url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/oisha-roziyallohu-anho
Oisha (roziyallohu anho)
Oisha binti Abu Bakr roziyallohu anho mo‘minlarning onalari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suyukli ayollari, juda ko‘plab hadislar rivoyat qilgan muhaddisa edilar. Xadicha roziyallohu anho onamiz kabi ularga ham Alloh taoloning farishtasi Jabroil alayhissalom Parvadigorning salomini keltirgan. Jabroil alayhissalom bir necha bor Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tushlariga kirib, «Bu sizning dunyo va oxiratdagi juftingizdir», deya xabar bergan. Qolaversa, Oisha roziyallohu anho onamizning pokligi haqida Alloh taolo Qurʼoni karimda oyatlar nozil qilgan. Mana shunday fozila ayolning bu hayotda yashab o‘tgan umr yo‘llarini, axloqu fazilatlarini o‘rganish, namuna olish va boshqalarga yetkazish sizu biz uchun ham farz, ham qarzdir. Barchamizga ushbu yo‘lda Parvardigorning o‘zi madadkor bo‘lishini so‘raymiz. Nashrga tayyorlovchi: Tavakkal Kenjayev
978-9943-7736-6-0
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-kandaj-kilib-kuprok-dustga-ega-bulish-va-odamlarda-yahshi-taassurot-koldirish-mumkin
Deyl Karnegi: Qanday qilib ko‘proq do‘stga ega bo‘lish va odamlarda yaxshi taassurot qoldirish mumkin? (предзаказ)
Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jihatlariga alohida eʼtibor qaratadi. Insonlarning o‘zaro muomala madaniyati, o‘zini tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yuqori baholash orqali obro‘-eʼtibor topish mumkinligini taʼkidlaydi. Shuningdek, o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib beradi. Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi maʼruza o‘qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarni tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi anʼanasiga ko‘ra, misollar tariqasida keltiriladi. Tarjimonlar: Ravshan Mamadaliyev, Odinaxon Sobitaliyeva, Dilshoda Avvalboyeva, Muhammadyusuf Sobitaliyev
978-9943-992-77-1
304
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-ali-ibn-sino-tib-qonunlari-1-2-3-4-5-kitoblar
Abu Ali Ibn Sino: «Tib qonunlari» 1, 2, 3, 4, 5-kitoblar + Bositxon ibn Zohiddin Shoshiy: 2073 xil dorivor moddaning tibbiy xosiyatlari
«Tib qonunlari» 1, 2, 3, 4, 5-kitoblar Uchinchi nashr “Qonun”ning ikkinchi nashri asosida tayyorlandi. Izoh va ko‘rsatkichlar qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu uchinchi nashrning  kitobiga muqaddima sifatida U.I. Karimovning II nashr muqaddimasi uchun yozgan «Ibn Sinoning hayoti va ijodi», V.K. Jumayevning «Ibn Sinoning umumiy klinik qarashlari va ularning nazariy asoslari» nomli taqdiqotlari hamda K.U Karimovaning uchinchi nashr uchun tayyorlangan «Ibn Sino va zamonaviy tabobat» nomli maqolalari berildi. Kitobdan foydalanishda quyidagilarni nazarda tutish lozim: sahifalar chetidagi raqamlar “Qonun” Birinchi kitobining Sank-Peterburgda saqlanayotgan qo‘lyozmasi (“L”)ning varag‘ini, matn ichida buchaklari qavsga olib berilgan raqamlar esa “Qonun”ning Buloq bosmasi (“B”)dagi betlarni ifodalaydi. Kursiv bilan terilgan arabcha, forscha va yunoncha so‘zlarning ko‘pi izohlarda tushuntiriladi. Dorilik moddalar haqida to‘laroq izolarni “Qoun”ning Ikkinchi va Beshinchi kitoblaridan, kasallik nomlariga oid istilohlarning izohini esa Uchinchi va To‘rtinchi kitoblaridan topish mumkin. Og‘irlik o‘lchovlarining miqdorini tushuntiruvchi jadval “Qonun”ning Ikkinchi kitobiga ilova qilinadi. Burchakli qavsga olingan so‘zlar baʼzi bir jumla va iboralarni tushunish oson bo‘lsin uchun tarjimon va muharrirlar tomonidan qo‘shilgan - Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy 1878 yidi Toshkentda yetuk tabib oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Zohidxon hakim ibn Muhammad Sodiqxon Sebzor daxasida yashagan bo‘lib, hoziq tabiblikda nom chiqargan kishilardan biri edi. Zohidxon hakim tabobat- ni o‘sha davrda Toshkentda nom qozongan Mulla Muhammad Rasul hakim ibn Mulla Xudoybergandan taʼlim olgan. Bu tabibning taxallusi Jomi Sharob (Sharob jomi) bo‘lib, Zohidxon hakim tib ilmini shu kishi qo‘lida xatm qilgan edi. Bundan tashqari Zohidxon hakim Siddiqho‘ja hakimdan ham tabobat sirlarini o‘rgangan. Bositxon tabib go‘daklikda o‘z otasi Zohidxon hakimning davolash ishlarini kuzatib borgan. Bositxon o‘zi yozgan kitoblaridan birining muqaddimasida: "Otam meni yetti yoshlik vaqtimdan boshlab tibga oid kitoblarni o‘qitish bilan tarbiya qilgan edilar" deb yozgan edi. Zohidxon hakim 1908 yili 67 yoshida vafot etgan. Bositxon tabib, demak o‘z otasiga shogird bo‘lib, tabobatni o‘rgangan va bu sohada kamolot hosil qilgan.
978-9943-5991-6-1
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/dunkan-klark-alibaba-zhek-ma-buned-etgan-maskan-kattik-mukova
Dunkan Klark: Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan (qattiq muqova)
"Alibaba: Jek Ma bunyod etgan maskan" - oddiy ingliz tili o‘qituvchisi qanday qilib dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan birini yaratgani va jahon iqtisodiyotini o‘zgartirib yuborgani haqida hikoya qiladi. Kitobda “Alibaba” kompaniyasining dunyoga kelishi va misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishishida nafaqat Jek Madagi ishtiyoq, qatʼiyat, tap tortmaslik, xarizma, kirishimlilik va boshqa xislatlar, balki o‘sha davrda shakllangan qulay muhit, raqiblarning jiddiy xatolari, Xitoyning o‘ziga xos siyosati kabi boshqa omillar ham muhim rol o‘ynagani yoritilgan. Shuningdek, Jek Maning muvaffaqiyatga erishish qoidalari va ularning tatbiqi ham tasvirlangan. Kitobni o‘qir ekansiz, “Alibaba” kompaniyasining oyoqqa turishi bilan bir qatorda, Xitoy iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni, inqilobiy islohotlar, xitoy tadbirkorlari va xalqining bozor iqtisodiyoti uchun kechgan og‘ir hamda matonatli kurashiga ham guvoh bo‘lasiz.
978-9943-7905-0-6
400
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-oiz-karnii-dunedagi-eng-bahtli-ael
Doktor Oiz Qarniy: Dunyodagi eng baxtli ayol
Ushbu kitob “O‘kinma”, "Tabassum qiling" kabi kitoblari bilan o‘zbek o‘quvchilarining eʼtibor va eʼtirofiga sazovor bo‘lgan Oiz Qarniyning muhtarama ayollarimizga saodatli hayotga erishmoq yo‘llarini anglatuvchi navbatdagi tadqiqotidir. Adib ramziy maʼnodagi gullar va javohirlar misolida; oyat, hadis va hikmatlar asosida mavzuni juda qiziqarli va o‘ziga xos uslubda yoritib beradi. Kitobning umumiy mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ayrim ibratli hikoyatlar va ulug‘larimizning pand-nasixatlari ham kitobga ilova qilindi. "Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobi tabarruk onajonlarimiz, ayniqsa, munisa opa-singillarimiz va qizlarimiz uchun qimmatbaho tuhfa bo‘lishidan umidvormiz.
978-9943-7159-8-1
288
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sun-czi-gari-galiardi-zhang-sanati-va-boshkaruv-sanati
Sun Szi, Gari Galiardi: Jang san’ati va menejment san’ati
Qarshingizda qadimgi xitoy strategi Sun Szinping o‘lmas merosi, zamonaviy menejment muammolariga bag‘ishlangan talqinda namoyon bo‘lib turibdi. Mazkur kitob odamlarni boshqarish, qaror qabul qilish va boshkaruv uslublarini takomillashtirish masalalarini qamrab olgani sabab, bugungi kunda o‘quvchilarining aksarini harbiylar emas, balki menejer va tadbirkorlar tashkil etmokda. Sun Szi taklif qilgan tamoyillar xususiy sektor bilan bir qatorda davlat sektorida ham birdek muvaffaqiyat olib keladi. Ularni nafaqat o‘rta qatlam rahbarlari, balki yuqori rahbariyat vakillari ham tadbik etishlari mumkin. Bundan tashqari, o‘zgacha bayon uslubi, kitobni nafaqat manfaatli, balki juda jozibali ko‘rinishga keltiradi.
978-9943-7728-3-0
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-ruhii-tarbiya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ruhiy tarbiya
Ma’lumki, jismoniy va moliyaviy ibodatlarimizni, ya’ni zohiriy amallarimiz shariatimiz tomonidan tartibga solinib, ularning tafsilotlarini fiqh ilmi Qur’oni Karim va Sunnat asosida bayon qilib beradi. Dinimizning ruhiy-ma’naviy va axloq-odobga oid ta’limotlarini esa Qur’oni Karim va Sunnat asosida ruhiy tarbiya ilmi bayon qilib beradi.    «Ruhiy tarbiya» asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo‘lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangandir. Ushbu majmua «Poklanish», «Tiklanish» va «Hulqlanish» deb nomlangan uch jilddan iborat bo‘lib, ularga nafsni poklash, ahloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan, nafs va qalbdagi turli xastaliklarning bayoni va ulardan poklanish yo‘llari, ruhiy kamolotning bosqichlariga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan.
978-9943-7033-7-7
480
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/barri-zh-neilbaff-avinash-diksit-uiinlar-nazariyasi-biznes-va-haetda-strategik-fikrlash-sanati
Barri J. Neylbaff, Avinash Diksit: O'yinlar nazariyasi. Biznes va hayotda strategik fikrlash san'ati
O‘yinlar nazariyasi - bu qatʼiy strategik tafakkur demakdir. Bu raqibning keyingi harakatini u ham xuddi shunday qilayotganini bila turib, avvaldan ko‘ra bilish sanʼatidir. Nazariyaning asosiy qismi odatiy turmush donoliklari va sog‘lom aqlga ziddir, shuning uchun uni o‘rganish dunyo tuzilishi va odamlarning o‘zaro taʼsiri haqidagi yangicha qarashni shakllantirishi mumkin. Kino, sport, siyosat, tarixdan misollar orqali mualliflar deyarli hamma kompaniyalar va odamlar o‘yinlar nazariyasi tomonidan tasvirlangan o‘zaro taʼsirlarda qanday ishtirok etishini ko‘rsatib berishadi. Bu fanni bilish sizga biznesda ham, hayotda ham muvaffaqiyat keltiradi. Tarjimon "Aruana Baxt" tarjima agentligi
978-9943-7591-1-4
720
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/eng-komil-inson
Adham Ibrohim o‘g‘li: Eng komil inson
Ушбу китобда арабларнинг Исломгача бўлган ҳаётидан тортиб фил эгалари қиссасигача. Пайғамбаримизнинг туғилишлари;  пайғамбарлик аломатлари ва бу вақтга қадар бўлиб ўтган воқеалар; Муҳаммад алайҳиссаломга ваҳийнинг келиши; мусулмонларга азоб-уқубатлар етказилиши; Исро ва Меърож воқеаси; Мадинаи мунавварага ҳижрат; қибланинг ўзгариши; Ифк ҳодисаси; Макка фатҳи; Видолашув ҳажи ҳамда Оламлар сарварининг боқий дунёга риҳлат қилишлари батафсил ёритилган.
978-99-43-12-619-0
400
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/mnemonika-yod-olish-sanati
Mnemonika. Yod olish san'ati
Qadimgi yunonlar ko'plab ma'lumotlarni yod olish uchun tasavvurdagi obrazlardan foydalanish mumkinligini aniqlashgan va shunday texnikalarni o'rganuvchi fanni mnemonika deb atashgan. Ushbu kitobda «super» xotirali insonlar sirlari, mnemotexnika turlari, ularni raqamli, matnli ma'lumotlarni, odamlarning ism-shariflari va boshqa kerakli ma'lumotlarni, tarixiy sanalarni eslab qolishda qo'llash usullari, xorijiy tillarni to'g'ri o'rganish yo'llari bayon qilingan. Bu bilimlar o'quvchilarning turli fanlarni o'zlashtirishlari, xorijiy tillarni oson o'rganishlarida qo'l keladi. Kitobga tegishli telegram bot orqali qo'shimcha ma'lumotlar va mashq materiallarini doimiy ravishda bepul olib turishingiz, mualliflarga o'z savollaringizni yo'llashingiz mumkin. Mualliflar haqida kitob muqovasining orqa tomonida batafsil ma'lumot berilgan.
978-9943-8518-4-9
128
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-lutfii-kozonchi-saodat-asri-kissalari
Ahmad Lutfiy Qozonchi: Saodat asri qissalari (2 ta kitob)
Saodat yoʼlining eng ulugʼ va eng soʼnggi rahbari, Olloh taoloning eng sevgili quli va elchisi hazrati Muxammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) janoblariiing goʼzal, barkamol, oʼrnakli hayotlarini butun borligʼicha aynan tasvirlash, ashobining unga nisbatan muhabbatini, vafodorlik tuygʼularini mukammal koʼrsatish, dushmanlarining kin va hasadga toʼla xatti-harakatlarini toʼlasicha ifodalab berish, fikrimizcha, hech bir insonning qoʼlidan kelmaydi. Masalan, Аbu Bakr hazratlarining Janobi Rasulullohga (s.a.v.) boʼlgan mehr-muhabbati, Аbu Jahldagi kin va hasad ummon kabi cheksiz-chegarasizdir. Hozirga qadar aytilgan gaplar ham, aytilajak gaplar xam shu ummondan bir necha qatradir, xolos. Yuz yillarcha davom etgan tussiz, masʼuliyatsiz hayot, bu hayot ichidagi yaxshi-yomon, ibrat olish mumkin boʼlgan eʼtiqod, axloq, odat va anʼanalar... undan keyin ilohiy amr xilpiratgan Tavhid sanjogʼi va haq bilan botil orasida yuzaga kelgan buyuk kurash... Qoʼlingizdagi kitob Sarvari anbiyo janoblariniig (s.a.v.) tugʼilishdan to oʼlimlariga qadar kechgan hayotlarini aks ettiradi. Undan keyingi — nubuvvat va risolat vazifasini olgandan to Parvardigoriga qovushgunlariga qadar oʼtgan vaqt «Saodat davri» deyiladi.
978-9943-6946-8-2
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/jon-duglas-mark-olsheyker-qotilning-psihologik-portreti
Jon Duglas, Mark Olsheyker: Qotilning psixologik portreti
Ushbu kitob, muallif taʼkidlaganidek, Gollivudning navbatdagi blokbasteri yoxud trilleri emas. Bu yigirma besh yil davomida Amerika Qo‘shma Shtatlari Federal qidiruv byurosi maxsus agenti Jon Duglasning o‘zi guvox bo‘lgan eng og‘ir jinoyatlar: Vahshiy ketma-ket qotilliklar, o‘g‘irlash va bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish orqali sodir etilgan qotilliklar bilan bog‘liq mingdan ortiq tergov ishlari yoritilgan kitobdir. Unda muallif o‘zi ishlagan Tergovga ko‘maklashish bo‘limining jinoyat joyidan olingan fotosuratlar asosida o‘zlari ishlab chiqqan usul qotilning shaxsiyatini tahlil qilish orqali jinoyatchini fosh etish yo‘llarini mufassal bayon etarkan, mutaxassislarning nafaqat jinoyatchi turini aniq ko‘rsatibgina qolmay uning jinoyat sodir etilgandan keyingi xatti-harakatlarini ham tasvirlab berish tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Eng muhimi, muallif, yuqorida qayd etilgan jinoyatlarning oldini olish haqida so‘z yuritar ekan, zo‘ravonlik jinoyatlari sonini kamaytiruvchi yagona qurol jinoyatchilar yetishtirishni to‘xtatish ekani, bu boradagi haqiqiy kurash oiladan, farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalashdan boshlanishi kerakligini bot-bot takrorlaydi. Farzand tarbiyasi yo‘lidagi ushbu qurolga har zamon extiyojimiz bor ekan, demak, bu qurolni ishlatish yo‘l-yo‘rig‘i jamlangan mazkur kitobni farzand ulg‘aytirayotganlarning barchasiga ilindik.
978-9943-20-897-1
496
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/pavel-annekov-million-dollarlik-hatolar-lotin-alifbosida
Pavel Annekov: Million dollarlik xatolar (lotin alifbosida)
Qoʼlingizdagi ushbu kitob ayni paytdagi tadbirkor tomonidan yozilgan. Ushbu kitob orqali siz amaldagi tadbirkorning bilim va tajribalariga ega boʼlasiz. Аlbatta, faoliyat davomida biznesni barbod qilishga oid omillar yetarlicha topiladi. Ushbu kitob sizlarni ana shu xatolar bilan birma-bir tanishtiradi. Chunki tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan inson ana shu xatolarga duch kelishi aniq. Shunday ekan, ushbu kitob Sizlarga yaqin koʼmakchi boʼladi, deb oʼylaymiz
978-9943-7253-8-6
288
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/luiza-mei-olkott-kichkina-honimlar
Luiza Mey Olkott: Kichkina xonimlar
Amerikalik noshir Tomas Nayloning iltimosiga binoan o‘sha zamon qizlariga atab yozilgan "Kichkina xonimlar" Luiza Mey Olkottning eng mashhur, jahon adabiyoti ro‘yxatlarida o‘rniyu eʼtirofini topgan romanlardan. To‘rt opa-singil - Meg, Jo, Bes va Emining biri boshqasinikiga o‘xshamas feʼli, sarguzashtlari, pokiza orzulari betakrorligi bilan ajralib turadi. Ushbu kitob qisman biografik asar hamdir. Muallif o‘z opa-singillarini prototip qilib tanlaydi va "Jo aslida menman" deya kundaliklarida qayd etadi. Yozuvchi nohaqlikka isyon, qiz bolaning oila, ro‘zg‘or tashvishlariga ko‘milib emas, jamiyatga manfaatli ishlarga ham hissa qo‘sha olishiga diqqatni qaratadi. Vatan, sadoqat, burchga masʼuliyat kabi muqaddas tushunchalar hech ohorini to‘kmasligini balog‘at yoshidagi qizlar misolida tasvirlaydi. O‘smirlik dunyosining tezob, ammo behad chiroyli yillari shu yoshdagi kitobxon qatori o‘sha pallalarni boshidan kechirgan kattalarni ham qiziqtirishi aniq.
978-9943-8176-8-5
416
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/umidzhon-ishmuhamedov-yusufbek-nasriddinov-top-universitetlarga-grant-yutish-sirlari
Umidjon Ishmuxamedov, Yusufbek Nasriddinov: Top universitetlarga grant yutish sirlari
Bu kitob ko‘plab o‘zbekzabon yoshlar orasida uchraydigan muammolardan biri-dunyodagi eng nufuzli universitetlarga ariza topshirish, bakalavr darajasiga o‘qishga kirish va grantlar yutib olish bo‘yicha qo‘llanma hisoblanib, yoshlar bilishi lozim bo‘lgan deyarli barcha maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi. Kitobda aynan AQSHdagi eng kuchli universitetlar qabul jarayoni va ariza topshirish bosqichlari haqida aytib o‘tilgan. Agar siz o‘sha universitetlar qabul jarayonidan o‘ta olsangiz, boshqa har qanday universitetga ham kira olasiz. Kitob bir nechta bo‘limdan iborat bo‘lib, qabul jarayonining har bir bosqichini qisqa va aniq tarzda qamrab olgan. Agar sizda qabul jarayonlari bo‘yicha hech qanday tushuncha bo‘lmasa, kitobni ipidan ignasigacha o‘qishni tavsiya qilamiz.
978-9943-23-188-7
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/hakan-mengyuch-iulga-chiksangiz-manzil-kurinadi
Hakan Mengyuch: Yo'lga chiqsangiz manzil ko'rinadi
Har narsa o'z vaqtini kutadi. Na gul o'z vaqtidan oldin ochiladi, na quyosh vaqtidan oldin chiqadi. Biroz sabr qiling: sizniki bo'lgan sizga qaytadi. XXI asrda dunyoning boshiga nimalar kelganini Mavlono ko'rsaydi,ajobo, nimalar haqida o'ylagan bo'lardi? Ushbu shiddatli asrda duch kelgan muammolarimizning yechimini topishimiz uchun qanday yo'l-yo'riq ko'rsatardi? Hakan Mengyuch ham ushbu kitobida aynan mana shu muammolarning yechimini izlaydi. Buyuk mutafakkir bo'lgan Mavlono asrimizning azoblanayotgan ruhlariga sakkiz yuz yil oldindan nido qilyapti. Ularga 21 ta oltin qoidani eslatyapti. Hech bir muammoning chorasiz va yechimsiz emasligini, har bir dardning ichida davosi yashiringanini takidlayapti. Xo'sh bu davoni topish mumkinmi? To'g'ri yerdan izlansa,albatta,mumkin... To'g'ri yerni biladigan qalb ko'zini uyg'otish vaqti keldi... Izlagan xazinangiz aynan hozir turgan joyingizda.
978-9943-8222-7-6
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-kalbingga-kulok-sol
O‘tkir Hoshimov: Qalbingga quloq sol (Nurli dunyo)
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning har bir asari kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Adibning „,Qalbingga quloq sol" qissasidagi Yodgor va Charosning quvonchu iztiroblari o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Yosh Dilfuzaning o‘limi esa qalblarni larzaga soladi. Qo‘lingizdagi kitobga kiritilgan ushbu qissa yozuvchining eng yaxshi asarlaridan biridir. Shuningdek, to‘plamdan yozuvchining „Uzun kechalar" hikoyasi o‘rin olgan.
978-9943-8879-8-5
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hajriddin-sulton-odamlardan-tinglab-hikoya
Xayriddin Sulton: Odamlardan tinglab hikoya
Тўпламдан ўрин олган ҳикоялар ғаройиб усулда ёзилган. Аслида, ёзувчи ҳаётда кўрган-билган, кимлардандир эшитган ва ёзишга “туртки” берган воқеаларини бадиий бўёқлар воситасида қоғозга тушуради. Улуғ шоир Ҳамид Олимжоннинг “Кўп эртак эшитгандим, Сўйлаб берарди бувим” деган сатрларига монанд бу гал адиб Хайриддин Султон ҳам ана шу воқеаларни сўзлаб берган кишиларнинг тўлиқ исм-фамилиялари ва мартабаларини очиқ кўрсатган ҳолда қоғозга тушуриб, улар тилидан маҳорат ила бадиий қиёмига етказган. Демак, ҳикояларда тасвирланган воқеалар ҳаётда аниқ юз берган. Бироқ, улар бадиий публицистикадан юксакроқ ўринда турувчи адабий жанр – ҳикоя тарзида ёзилган. Сўзлаб берган инсоннинг кимлиги, мартабаси ҳикоя мазмундорлигини янада оширишга хизмат қилган. Айтайлик, “Омад” сарлавҳали ҳикояни Тошкент шаҳрининг собиқ бош имом-хатиби Анвар қори Турсунов сўзлаб берган. Унда баён этилган омадли воқеа чиндан ҳам дунёларга татийдигандек таассурот қолдиради. Анвар қори Қирғизистоннинг Қорасув шаҳрида яшаётган устози Алоуддин Мансурни зиёрат қилиб борганида ўша ерлик Ботирбек исмли бир йигитга иш топишга ёрдам беришига тўғри келади. Хуллас, Ботирбек ўн минг аҳоли яшайдиган Оқёр қишлоғи қабристонига гўрковликка жойлаштирилади. Орадан бирор йил ўтиб Анвар қори яна ўша томонларга зиёратга борса, ҳузурига Ботирбек келади. “– Хўш, мулла Ботирбек, ўзингизнинг ишларингиз қалай? Хизматга кўникиб, ўрганиб кетдингизми” деб сўрайди ундан. Гўркор йигитнинг гапи ажойиб-у ғаройиб бўлади: “– Энди, сизга қандай тушунтирсам экан… Энди… шу, сиз ишга қўйиб кетганингиздан кейин… қишлоғимизда бирорта ҳам одам ўлмади-да…” Ана сизга омад-у, мана омад!.. Аслида Анвар қоридек табаррук инсоннинг шу ишга бош қўшгани Оқёр аҳлига катта омад келтиргандир, деган фикрлар хулоса ўрнида пайдо бўлади. “Монолог” ҳикоясида шоир Акбар Махсумов тилидан бутун бир давр ва ўша замондаги журналистика-ю ҳуқуқшунослик соҳасида ишлаганларнинг антиқа қисматлари жуда қизиқарли тасвирланган. Ҳуқуқшунослик соҳасида қавму қариндошлари билан катта-катта мансабларни “ишғол” этган Дадавой сўтнинг оиласидан чиқиб қолган шоир нигоҳи билан сўнгги эллик-олтмиш йил мобайнида юз берган воқеалар, ўша даврдаги журналистиканинг аҳволи, ҳуқуқ посбонларининг қиёфалари кўз ўнгингизда қайта-қайта жонлангандек бўлаверади. Бу ҳикояни бўлғуси журналистлар-у айрим “эркин ижодкор”ман деб юрганлар учун ўзига хос ажиб сабоқ, дегимиз келади. Собиқ мустабид тузум даврида атайданми ё бошқа сабабданми, кўпгина миллатдошларимизнинг ҳужжатларига исм-фамилиялари хато ёзилганидан дилимиз хуфтон бўлиб юрамиз. Миллат дардига айланган бу маънавий фожеа “Миллатчининг жазоси” сарлавҳали ҳикояда ғоят таъсирли ёритилган. “– Ҳуррият бўлиб, коммунистлар демократларга, атеистлар диндорларга айланган, миллий ўзликни англаш сиёсат даражасига кўтарилган дориломон кунлар” бир илмий ходим – Жамолитдин Бузруков фуқаролик паспортидаги имловий хатони тузатиб, қандай балога гирифтор бўлгани ғоят қизиқарли тасвирланган. Буни қарангки, у исмини Жамолиддин, деб тўғриласа, ўз уйи, хотини, болалари, мол-мулки, дипломлари ва, умуман, бутун борлиғидан жудо бўлиб қолар экан… Шўрлик, ахийри, ўттиздан ортиқ ҳужжатларда ўз исмини тўғрилаб чиқишдан кўра хато ёзилган бўлса-да ўша “Жамолитдин” ҳолига қайтишдан ўзга чора тополмайди. Янги паспортида исмини тўғрилаб берган подполковник Назымов Б.Ю. ҳузурига қайтадан бош уриб борган миллатпарвар Жамолиддин хижолат ботқоғидан қутулиш учун айтган мақоллардан куларингни ҳам, куярингни ҳам билмайсан. Унга руҳан “ҳамдард” бўлиб, бошқа аччиқроқ мақоллар ҳам хаёлингда чарх ураверади… Бу, аслида, ҳужжатларида исм-фамилиялари хато ёзилиб кетган барча миллатдошларимизнинг аччиқ қисматидир. Алам қиладиган жойи шундаки, жамиятимизда ҳали-вери бу муаммога тўлиқ барҳам берилиши амримаҳолдек кўринади… Социолог Ҳабибулла Шоумаров тилидан ҳикоя қилинган “Уй сотилади” сарлавҳали ҳикояда айрим қишлоқ одамларининг аянчлироқ турмуш тарзи жуда ҳаққоний тавирланади. Яъни, азим шаҳарлар янги шаҳар ва эски шаҳар деган қисмларга бўлингани каби бир қишлоққа туташ Татар маҳалладаги ажиб манзарага ҳавас билан қарайсиз. Хаёлан уни қишлоқдаги ҳолат билан қиёслайсиз. Яъни, “бошқа қинғир-қийшиқ, тангу тор кўчалардан фарқли равишда унинг ҳудудида ҳеч вақт таппи-тезак парчалари сочилиб, пичан-сомон тўзиб, эшик олдига боғланган мол-ҳолларни пашша талаб ётмас эди”. Бир ўринда “йўллари равон, кўчалари чароғон, одамлари фаровон Татар маҳаллада яшашни орзу қилмаган ўзбек йўқ эди қишлоғимизда” деган гап дилингиздаги орзуларга пайваста бўлиб кетади гўё. 90-йилларда Қримга кўчиб кетган “татарларнинг уйларини сотиб олган барака топгур ҳамқишлоқларим кўз очиб юмгунча бу ерларни ҳам қишлоқнинг бошқа хароб кўчалари қаторига тушуриб” қўйганини ўқиб, кўксингнинг аллақаерида нимадир чирт узилгандек бўлади. Энг қизиғи, шунга ўхшаш воқеа-ҳодисалар жуда кўп қишлоқларда юз берганига ўша давр одамлари шоҳиддирлар. Хўш, ўшандан буён миллатдошларимизнинг маънавий дунёси қанчалик ўзгарди? Сўнгги йилларда замонавий “Обод қишлоқ”лар бунёд этилмоқда. Уларни лоақал ўша Татар маҳалладек обод, файзли қилиб яшай оляпмизми, деган оғриқли саволлар қалбингни ўртайверади. Тўпламдан ўрин олган “Шодиёна”, “Мастона”, “Фожиёна”, “Ашёвий далил”, “Ҳақиқатчи” каби жами ўттиз битта ҳикоянинг ҳар бирида шу каби дилни ўртаб юборадиган воқеа-ҳодисалар маржондек тизилиб кетган. Бу ҳикояларнинг аксариятида собиқ мустабид тузум даврида улғайиб, юртимиз мустақиллиги шароитида онгу тафаккури ўзгараётган катта ва ўрта авлодга мансуб замондошларимизнинг ажиб қиёфаларини кўргандек бўласиз. Кўп воқеликлар ўз бошингиздан ҳам ўтгани ёдга тушиб, асар қаҳрамонлари билан руҳан ошно бўлиб қоласиз. “Одамлардан тинглаб ҳикоя” китобини мутолаа қилар экансиз, атоқли шоир Эркин Воҳидовнинг “Одамларнинг ўзидан олиб, одамларга бермоқдир ишим” деган машҳур сатрлари ёдга тушаверади. Негаки, унда ҳар бир ҳикоя шахси аниқ кўрсатилган одамлар тилидан ёзиб олингани аён. Бу ҳаётий ҳикоялар адиб Ўткир Ҳошимов ибораси билан айтганда, қисса қуввати билан ёзилгани баайни ҳақиқатдир. Устоз адиб Хайриддин Султон асарларининг жозибадор тили ва услуби, халқ мақоллари ҳамда маталларига бой битиклари ўқувчи қалбини маънан бойитибгина қолмасдан, унга ҳаёт сирларидан сабоқ берганини ҳис этасиз. Шундай маънавий хазинамизни бойитган “Одамлардан тинглаб ҳикоя” китоби ҳам адабиёт ихлосмандларига муборак бўлсин, дегимиз келади. Аслида ижод ва адабиётнинг вазифаси ҳам шу эканини изоҳлашга ҳожат бўлмаса керак. Тўлқин ЭШБЕК, филология фанлари номзоди, доцент
978-9943-6472-1-3
400
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-oiz-karnij-ukinma
Doktor Oiz Qarniy: O‘kinma
Ушбу китоб сизга: «Хушчақчақ ва бахтли бўлинг,яхшилик томонини изланг ва тинчланинг», дейди. Ҳаётга ўз ҳолича боқишни, мамнун, қувноқ ва шод яшашни ўргатади. Йўналишлар, одамлар, замон ва маконлар билан муомала қилишда фитратга зид хатоларни тузатади. Масъул муҳаррир: Мубашшир Аҳмад Таржимонлар: Абдулҳодий Ғиёс, Фарҳод Абдулҳалим ўғли, Зиёвуддин Абдулқайюм ўғли
978-9943-26-571-2
384
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/li-kuan-yu-uchinchi-dunyodan-birinchi-dunyoga-singapur-tarihi-1965-2000-2
Li Kuan Yu: Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga. Singapur tarixi (1965-2000).
Li Kuan Yu tarixda chuqur iz qoldirgan shaxslardan biridir. U kichik va imkoniyatlari cheklangan mamlakatni dunyodagi eng ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqqan. Kitobda muallif dunyo siyosati, xalqaro munosabatlar, huquq tizimi, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotni isloh qilish yo‘llari haqida teran mulohazalarini bayon etadi. O‘qituvchilar, o‘quvchilar, talabalar, soha mutaxassislari va xalqaro siyosatga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-8518-7-0
736
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/nuriya-cheleyen-har-ayol-hojardir
Nuriya Cheleen: Har ayol Hojardir
Mening asl yurishim Safo bilan Marva orasida yugurish emas, o‘sha yugurishdagi holimdir. Hayotimda hech kimni aybdor qilmadim. Hech kimga dardisar bo‘lmadim. Tilimni tiydim, hech kimga shikoyat qilmadim. Boshimga tushgan ishlarga hech kimni aybdor deb bilmadim, har ishni O‘zidan ko‘rdim. Yolg‘izlik o‘lkasida tark etildim-ozod qilingandek bo‘ldim. Butun Firoqlarimni, bor hasratlarimni bir umr bosh qo‘yganim - Kaʼbaning bag‘rida ketkazdim. Haqiqiy ishqni topdim. Vujudni foniy qilishning nomi ishq ekanini bildim.
978-9943-8365-5-6
250
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/adib-holid-uzbekiston-tavalludi-ilk-sssr-davrida-millat-imperiya-va-inkilob
Adib Xolid: O'zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob
Amerikalik taniqli olim Adib Xolidning ushbu kitobi dunyo xaritasida O‘zbekiston degan davlatning paydo bo‘lishi haqida. Muallif XX asr boshlarida yurtimizda kechgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil qiladi, o‘sha davr qiyofasini bor ziddiyatlari bilan tasvirlashga harakat qiladi. Asar yurtimiz tarixiga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-7575-4-7
424
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/eshli-vens-ilon-mask-tesla-spasex-va-kelazhak-sapi-jul
Eshli Vens: Ilon Mask. Tesla, SpaseX va kelajak sari yo‘l
Технологик мавзуларда қалам тебратувчи машҳур журналист Эшли Вэнс "Илон Маск: Tesla, SpaseX ва келажак сари йўл" китобида Силикон водийсининг энг ёрқин, тап тортмас тадбиркори илон Маскнинг ҳаёти ва муваффақиятларини илк маротаба холис ҳамда кенг ёритилади. Ушбу китобни ёзиш учун Вэнс Маск билан 50 соатдан ортиқ вақт суҳбатлашди ва унинг оила аъзолари, дўстлари, яқинлари, у билан ишлаган ходимлардан қарийб 300 кишига мурожаат қилди. Китоб ҳозипги замон саноатининг шакл-шамойилини ўзгартириб юборган Маскнинг Жанубий Африкада кечирган болалик йилларидан тортиб ҳозирги давргача босиб ўтган йўли, PayPal, Tesla Motors, SpaseX ва SolarCity каби йирик компанияларга асос солиб, сайёравий бизнес гигантига айланиши ҳақида мароқли тарзда ҳикоя қилади. Муаллифнинг фикрича, Макс жаҳон бизнеси тарихида мислсиз из қолдирган тадбиркор бўлиб, Томас Эдисон, Генри Форд, Говард Хьюз ва Стив Жобс каби афсонавий инноваторларва саноатчиларнинг энг яхши жиҳатларини ўзида уйғунлаштирган. Китоб лидерлик табиати билан қизиқувчилар, янги технологиялар ривожига бефарқ бўлмаганлар, шунингдек, сифатли биографик асарлар ихлосмандлари учун мўлжалланган.
978-9943-5787-2-2
512
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/komil-sindarov-ugirlangan-bolalik
Komil Sindarov: O'g'irlangan bolalik
Ijtimoiy tarmoqlar orqali jinoyatchilik, bezorilik, ayniqsa, qotillik sodir etilgani to‘g‘risidagi sovuq xabarlarni tinglar ekanmiz, odamlar nega insoniylikni yo‘qotib, qahri qattiqlashib borayotgani haqida o‘ylab qolamiz... Bir narsa aniqki, hayotda hech kim onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Aksincha, bola voyaga yetar ekan, oiladagi nosog‘lom muhit, ota onaning tarbiya masʼuliyatini his etmasligi, eʼtiborsizlik va loqaydlik kabi illatlar uning oxir-oqibat jinoyat ko‘chasiga kirishiga sabab bo‘ladi. Komil Sindarov qalamiga mansub «O‘zbek detektivi» ruknida nashr yuzini ko‘rgan yangi asar - «O‘g‘irlangan bolalik» yuqoridagi mulohazalar haqida so‘zlaydi. Kitobni varaqlar ekansiz, norasida go‘daklarning sirli ravishda yo‘qolib qolishi, gumondorlarning xatti-harakati jinoyat motiviga tasodifan mos kelishi va sizga yaxshi tanish bo‘lgan prokuratura tergovchisi Sanjarbek va hamkasblarining ustalik bilan yo‘qotilgan qotillik izlari va dalillarini mohirlik bilan fosh etishdagi kasbiy mahorati asarni bir nafasda o‘qib chiqishingizga xizmat qiladi.
978-9943-20-857-5
304
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/brajan-trejsi-vyjdi-iz-zony-komforta-izmeni-svoyu-zhizn-myagkaya-oblozhka
Брайан Трейси: Выйди из зоны комфорта. Измени свою жизнь (твёрдый)
О чем эта книга Книга № 1 по саморазвитию. Она переведена на 40 языков. Куплено более 1 200 000 экземпляров. С этой книги начался мировой успех Брайана Трейси - одного из ведущих специалистов в мире по личному развитию. В книге представлен результат более чем тридцатилетнего изучения вопросов распределения времени. Она рассказывает том, как добиваться решения сложных задач, выходя из зоны комфорта. Ранее книга выходила в издательстве "Попурри" под названием "Оставьте брезгливость, съешьте лягушку!" Для кого эта книга Книга представляет интерес для любого, независимо от рода занятий, хотя в первую очередь автор обращается к тем, кого принято называть деловыми людьми. Почему мы решили издать эту книгу Галилей когда-то написал: "Человека нельзя ничему научить, можно лишь помочь ему найти это в себе". Практические советы, данные в книге, позволят обнаружить резервы, о которых вы и не подозревали, и правильно определять приоритеты своих дел, грамотно планировать распорядок дня, всегда работать с максимальной отдачей. Фишки книги В книге вы найдете 21 практический совет, который можно применить немедленно.
null
144
2015
https://asaxiy.uz/uz/product/evril-turon-ojnur
Evril Turon: Oynur
O‘smir bolakayning oydek suyanchig‘i, bolalik xotiralari qatidagi qadrdoni-geolog qiz Oynur o‘tgan kunlari tasvirlanmish ushbu kitobda zamona nosozliklari, nopok kimsalarning qilmishi ro‘y-rost qalamga olinadi. Odamlar bir umr yolg‘onlar ichida yashab, uning nag‘malariga ovunib, suyanib yashashi-fojia. Gul umrning yolg‘onlari ichida sovrilib, olchoqlar qo‘lida ermakka aylanishi esa ikki karra azob. Atrofidagilarga oydek nur taratib, tafti bilan yonidagilarni isitishga - so‘zlamaq, isyon qilmoq, kurashmoqqa undagan Oynurning qismati shunday kechdi. Ilmi bilan ko‘kka parvoz qildi-yu, johillarning siltab-yulqilashidan kuldek to‘zg‘idi. Sahro bag‘rida ilm, najot izladi-yu, oxiri topgani xo‘rlik, iztirob, beadoq yolg‘on va o‘lim bo‘ldi."Ovro‘pacha kiyingan, kiyinganda ham oxirgi urfda (modada) kiyingan bu qiz biznikiga kelganda yerto‘lamiz yorishib ketardi... Men g‘arib yashaganimizdan uyalardim. Onamning ham yuz-ko‘zida shu ifoda kezardi. Oynur ilk tanishganlarida o‘zlarining asl qiyofalarini yashiradagan kishilar turidan emasdi. Bilʼsak, tabiatan qanday bo‘lsa, o‘zini shunday tutardi" deya aldangan qizginaning yolg‘onchi-muttahamlar sabab bevaqt yerparchin bo‘lishi asarni nuqtama-nuqta, hech bir satrini qoldirmay o‘qishga chorlayveradi. Muallifning taxir xotiralari orasidan sizib chiqqan sairlar fikr-yodingizni banl etishi, o‘yga toldirishi, qahramonlar qismatiga sherik bo‘lishga undashi aniq. "Oynur" bir qizninggina qismati, yozug‘i, dardi emas, balki millat, jamiyat, xalq ko‘rgiligi-fojiasidir.
978-9943-6502-8-2
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/odam-tanasining-tuzilishi-mening-birinchi-enciklopediyam
Odam tanasining tuzilishi (Mening birinchi ensiklopediyam)
Inson tanasida har bir soniyada yarim millionga yaqin kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladi. Inson tanasi ko‘plab jarayonlarni nazorat qilish imkonini beradigan muayyan noyob sxema bo‘yicha ishlaydi. Yoshligimizdanoq tanamiz bilan sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzata olamiz. Albatta, barcha o‘zgarishlarni kuzatib borishning imkoni yo‘q chunki hujayralarning o‘sishi va rivojlanishi ham uyquda, ham uyg‘oqlikda sodir bo‘ladi. Ko‘pincha, biz o‘zimiz, ayniqsa o‘smirlik davrida bo‘yimiz qanchalik tez o‘sayotganini anglab yetmaymiz. Bu davrda organizmni zarur vitaminlar bilan taʼminlash va mushaklarning baquvvat bo‘lishi uchun faol harakat qilish muhim sanaladi. Baʼzan tananing ichki qismida buzilishlar sodir bo‘lganda inson kasallikka duchor bo‘lishi mumkin. Organizmning kasallikni yengishiga yordam berish uchun o‘z salomatligingizga g‘amxo‘rlik qilishingiz kerak. Sog‘liq, bardoshlilik va aʼlo kayfiyat organizmdagi kasalliklarni osonlik bilan yengishga yordam beradi. Kun tartibi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, bu o‘zimizni baquvvat va chiroyli qilishning uzoq vaqtdan beri tasdiqlangan usullari hisoblanadi.
978-9943-7147-4-8
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/burhanov-hudojkulov-moliya-bozori-va-investiciyalar
Burxanov, Xudoyqulov: Moliya bozori va investitsiyalar
Дарслик "Молия бозори ва инвестициялар" фани дастури асосида тайёрланган бўлиб, унда молия бозорининг иқтисодий моҳияти, унинг қатнашчилари, инструментлари, профессионал иштирокчилари, институтционал инвесторлари ва қатнашчилари, уни мувофиқлаштириш ва тартибга солиш, инвестицион фаолият, инвестиция сиёсати ва муҳити, инвестицион лойиҳа ва уни молиялаштириш, хорижий инвестициялар ва уларни жалб қилиш йўналишлари, қимматли қоғозлар бозорида коллектив инвестициялаш институтлари, рисклар ва инвестицион портфелларни бошқариш асослари, жаҳон молия бозори ривожланишининг замонавий тенденциялари каби масалалар ёритилган. Китоб талабалар, магистрантлар, докторантлар, мустақил изланувчилар, иқтисодиёт йўналишида фаолият юритаётган профессор-ўқитувчилар, амалиётчи мутахассислар, молия бозори ва инвестициялар муаммолари билан қизиқувчиларга мўлжалланган.
978-9943-04-405-0
528
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/isaj-kalashnikov-shafqatsiz-asr-i-zhild
Isay Kalashnikov: Shafqatsiz asr (I jild)
Умрини босқинчилик ва жангу жадал ортида ўтказган, тарихимизда ижобий бўлмаса-да, ном қозонган Темучин - Чингизхоннинг болалик ва ўспиринлик даври қийинчилик, йўқсиллик, хору зорликда ўтди. У ўша пайтларда оддий инсон ўлароқ тинч ва осойишта кун кечиришни қанчалар орзу қилган эди. Темучин онаси ва укалари билан хотиржам ҳаёт истаб кимсасиз ҳудудга бош олиб кетса-да, таъқибчилардан қутула олмайди. Чекина-чекина чарчагач, ҳужум қилиш, босқинчилик ва талончилик қилишни хор бўлмаслик ва бу дунёда яшаб қолишнинг ягона йўли сифатида кўра бошлайди. Ана шу кундан шакллана бошлаган дунёнинг энг улкан империяси асосчиси Темучинни кейинчалик ҳеч ким тўхтата олмайди! Енгилмас саркарда ва ўта мураккаб шахс - Чингизхон ҳақидаги мазкур роман Исай Калашниковнинг ўн йилдан ортиқ давр мобайнида тарихий фактлар ва шу мавзудаги адабиётларни пухта ўрганиши натижасида юзага келган. Китоб шафқатсизлик асри воқеаларини ҳис қилмоқ, мозий ҳақиқатларидан огоҳ бўлмоқни истаганлар учун муҳим манба ҳисобланади.
978-9943-20-776-9
544
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/g-tarzhima-va-tafsiri
Shayx Abdulaziz Mansur: Qur’oni Karim: ma’nolarining tarjima va tafsiri (QR kodli)
Муқаддас калом таржимаси Қуръони карим маънолари таржимасини ўзбек тилида ўқиш ва уни аудиода тинглаш имкони сизда бор. Шайх Абдулазиз Мансур томонидан амалга оширилган ушбу таржима ва тафсир кирилл алифбосида ҳам чоп этилган бўлиб, ёзилиш услубининг тушунарли экани билан кўпчиликка манзур бўлган. Мазкур китобнинг эндиликда QR-кодли варианти ҳам чоп этилди. Кодни телефонга киритиш орқали Қуръон тиловатини ва Афзал Рафиқов ўқиган маънолар таржимасининг аудио шаклини тинглашингиз мумкин. Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур Таҳрир ҳайъати: Усмонхон Алимов, Хайриддин Султонов, Рустам Комилов, Ортиқбек Юсупов, Равшан Абдуллаев, Зоҳиджон Исломов, Убайдулла Уватов, Аҳаджон Ҳасанов
978-9943-5469-4-3
624
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/isaj-kalashnikov-shafqatsiz-asr-ii-zhild
Isay Kalashnikov: Shafqatsiz asr (II jild)
Исай Калашников қаламига мансуб «Шафқатсиз аср» романининг иккинчи китобини мутолаа қилар экансиз, шуурингизни дунёнинг енгилмас саркардаси ҳаёти мазмун-моҳияти хусусидаги тизгинсиз саволлар қамраб олади. Беихтиёр унга ачинасиз, чунки у асар давомида сизда қудратли шахс сифатида эмас, бир аянчли тақдир эгаси каби таассурот уйғота бошлайди. Зотан, у нақадар катта ҳудудларни эгалласа-да, умри поёнига етар экан, қалби бўм-бўшлигича қолганини, руҳан ёлғизликни ҳис қилган эди. Ҳамма нарсаси бор-у, аммо ҳеч нарсаси йўқ инсон каби! Жасоратли ва шарафли шаҳзода Жалолиддин тушган мураккаб вазият ўқувчини чиндан изтиробга солади. Халқимизнинг ушбу буюк баҳодир ўғлонига авлодларнинг асрлар ўтса-да, ҳарорати пасаймайдиган фахр ва миннатдорлик туйғуларини, ҳурмат ва муҳаббатини сиз ҳам ҳис қиласиз. Жалолиддиннинг ер билан яксон бўлган империяга валиаҳд қилиб тайинланиши Алоуддин Муҳаммад Хоразмшоҳ томонидан қабул қилинган энг тўғри ва минг афсуски, айни дамда жуда кечиккан қарор бўлганди. Бир тарафдан Чингизхоннинг катта ўғли Жўжининг тинч ҳаётни қўмсаб, қон тўкишдан безиллаб, ўзининг ўзлигини излаб яшаган хассос қалби изтироблари учун қайғу чекасиз. Айни дамда охирги томчи қони қолгунча Ўтрорни мардона ҳимоя қилган аждодларимизнинг мислсиз қаҳрамонликларидан чексиз фахрга тўласиз. Асарни мутолаа қилаётиб, шаҳар мудофаасида руҳан иштирок этаётганингизни сезмай ҳам қоласиз. Ана шундай қарама-қарши ҳисларни туймоқни истар экансиз, Исай Калашниковнинг қўлингиздаги мазкур тарихий романи айнан сиз учун.
978-9943-20-777-6
672
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shukur-holmirzaev-tanlangan-asarlar-ikoyalar
Shukur Xolmirzayev: Tanlangan asarlar (Hikoyalar)
XX аср ўзбек адабиётининг Шукур Холмирзаев ижодисиз тасаввур қилиш қийин. Ўзбек халқ ёзувчиси Шукур Холмирзаев 45 йиллик  ижодий фаолиятида яратган ҳикоялари ўзбек насрининг дурдоналари қаторидан ўрин олган. Машҳур адиб ҳикоячилигимизда ўзига хос мактаб яратди. Шу билан бирга катта адибни китобхонлар романнавис, қиссанавис, публицист, драматург, адабиётшунос сифатида ҳам яхши билишади. Ушбу "Танланган асарлар" китобида Шукур Холмирзаевнинг кўнгил мулкимизнинг тўридан ўрин олган энг сара ҳикоялари жамланди. Адиб таваллудининг 80 йиллиги нишонланаётган ушбу кунларда ўзбек ўқувчиси учун бундан ортиқ совға бўлмаслиги шак-шубҳасиз.
978-9943-5994-1-3
760
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/lev-tolstoi-eng-sara-asarlari-yumshok-mukova
Lev Tolstoy: Eng sara asarlari (yumshoq muqova)
Dunyoga mashhur yozuvchi va faylasuf Lev Tolstoyning ijodiy qarashlari boshqa yozuvchilarnikidan butunlay farq qiladi. Har bir adabiyotga muhabbati bor inson uning asarlari bilan tanish, albatta. Adibning asarlari dunyo bo‘ylab bir qancha tillarga tarjima qilingan. Uning ijodiy merosi badiiy asarlar, turli mavzudagi maqolalar, kundalik bitiklar va maktublardan iborat. Ushbu to‘plamda siz yozuvchining “Ikrornoma”, "Hoji murod", "Kavkaz asiri", "Oilaviy baxt" singari asarlari bilan tanishasiz.
978-9943-5546-1-0
496
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/safiyurahmon-muborakfurij-rasululloh-sollallohu-alajhi-vasallam-sijratlari-ar-rahiq-al-mahtum
Safiyurahmon Muborakfuriy: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siyratlari ar-rahiq al-maxtum
Сафиюраҳмон Муборакфурий: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам сийратлари ар-раҳиқ ал-махтум
978-9943-5993-8-3
680
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/usmon-sungur-eken-oshik-ham-bulmailikmi
Usmon Sungur Eken: Oshiq ham bo'lmaylikmi?
Baʼzan juda yaxshi ko‘rgan narsangiz imtihoningizga aylanadi. Ming bir umid bilan, ming bir orzu bilan chiqqan yo‘lingizda g‘am-anduh to‘ladi kaftlaringizda... Goh o‘zingizdan jahlingiz chiqadi, gohida o‘zingizdan kamaytirganlarga... Unutishni istaysiz, joningiz og‘riydi... Ketmoqchisiz, joningiz yonadi... Endi sevmaslikni istaysiz, qalbingiz yonadi... Qayerga borsangiz, siz bilan kelgan xotiralaringiz ketishingizga izn bermaydi, ketdim, deb o‘ylasangiz xam... Ishq endi og‘ritishni, kiygan bu olovli ko‘ylagingiz ko‘ksingizni kuydirishni, ko‘z yoshlaringiz yuragingizdan oqishni boshlagan onda qo‘llaringizni osmonga ko‘tarib sassiz hayqirasiz: "Men qayerda xato qildim?" "Oshiq, ham bo‘lmaylikmi?" siz izlagan javoblarni topdiradigan satrlarga taklif qiladi sizni... Usmon Sungur Eken
978-9943-8026-7-4
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/arojib-fizika
G'aroyib fizika
Bir vaqtlar chaqmoq va momaqaldiroqdan dahshatga tushib, ularga sig'ingan inson keyinchalik tabiat va uning hodisalari bilan uyg'un yashashni o'rgandi. Bugun esa u tabiat ne'matlaridan o'z maqsadlari yo'lida foydalanmoqda. Demak, lug'aviy ma'nosi «tabiat» bo'lgan fizikadagi bilimlar mislsiz kuch-qudrat ramzidir. Ushbu qo'llanmadagi qiziqarli ma'lumotlar va tajribalar bilan tanishish asnosida fizikaning qanchalik muhim fan ekanini anglaysiz. Ajabmaski, mazkur mashg'ulotlardan so'ng o'qishdagi muvaffaqiyatlaringiz ikki hissa ortib, kelajakda yetuk fizik olimga aylansangiz.
978-9943-5931-1-4
128
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/shahodat-isahonova-sulton-zhaloliddin-manguberdi-yohud-chingizhon-tuzogiga-tushgan-malika
Shahodat Isaxonova: Sulton Jaloliddin Manguberdi yohud Chingizxon tuzog‘iga tushgan malika
Qo‘lingizdagi kitob Vatanimiz tarixining og‘ir va musibatli zamonlari-mo‘g‘ul bosqini va istibdodi davri voqealarini yoritishga bag‘ishlangan. Romandagi voqea va hodisalar, personajlarning xatti-harakatlari Xorazmday ulkan va qadim davlatning tanazzuliga sababchi bo‘lgan Xorazmshoh va volidasi Turkon xotun obrazlari atrofida mujassamlashgan.
978-9943-5201-1-0
480
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-oiz-arnij-dunyodagi-eng-bahtli-ayol
Doktor Oiz Qarniy: Dunyodagi eng baxtli ayol
Ушбу китоб Аллохни Робб, Исломни дин ва Муҳаммад соллаллоху алайҳи васалламни пайгамбар деб билган барча муслималар, ҳақ йўлдан юрган кизлар, ўз сўзлари ила ёмонликлар билан курашаётган мураббиялар, фарзандларини тақволи, суннатга мувофик тарбия киладиган ва уларга яхшиликни суйдирадиган оналар ҳамда дилшикаст ва махзуна аёлларга бағишланади. Уларга бундай деймиз: Бахтли кунлар якин, Аллоҳнинг улуғ ажрлари берилиши тайин ва гунохлар ўчирилиши бор, шодланинг ва бахтиёр бўлинг! Табассум килишингиз учун бахтли бўлишни кутманг, бахтли бўлиш учун табассум килинг!
978-9943-7049-0-9
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/kashfiyot-va-ihtirolar-yosh-bilimdon-enciklopediyasi
Kashfiyot va Ixtirolar (Yosh bilimdon ensiklopediyasi)
Insoniyat tarixi kashfiyot va ixtirolarga boy. Har bir qilingan ixtiro odamlarning og‘irini yengil qilgan, taraqqiyotga maʼlum darajada hissa qo‘shgan. Dastlab turmushlarini yaxshilash uchun ish qurollarini mukammallashtirgan. Qayiq, g‘ildirak, gugurt, qog‘ozni kashf etishgan. Bugungi kunda biz foydalanayotgan har bir buyum, har bir texnikani yaratish uchun ixtirochilar yillar davomida izlanishlar olib borgan. Tuzuvchi: Nodira Xamdamova
978-9943-5933-1-2
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/agata-kristi-asarlari
Agata Kristi asarlari to‘plami - 10 ta
1. Kutubxonadagi murda   2.  Tilsimli shaxmat 3. Uchinchi qiz 4. Raqqosaning marjoni 5. Quyosh ostidagi yovuzlik 6. Endxauz jumbog'i 7. Rojerd Ekroydning sirli qotili 8. Qiyshiq uy 9. Javdar to'la cho'ntak 10. Alifbo bo'yicha qotillik
null
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/ali-ibn-zhobir-al-faifii-chunki-sen-borsan-alloh
Ali ibn Jobir al-Fayfiy: Chunki sen borsan, Alloh...
Ushbu kitob Alloh taoloni tanish, taʼbir joiz bo‘lsa, U Zot bilan qanday qilib samimiy va sahih munosabat o‘rnatish haqidadir. Kitob mutolaasi o‘ziga zulm qilgan - gunohlarga botgan kishiga qanday chiroyli tavba qilishni, og‘ir kasallik changalida qolganga qanday qilib shifo so‘rashni, qarzga botib qolganlarga qanday qilib najotga erishish yo‘llarini taʼlim beradi. Xullas, ushbu kitob yakkayu yagona Xoliqimiz Alloh taoloning qudrati cheksizligini, rahmati naqadar kengligini o‘ziga xos tarzda, hammaga tushunarli tilda bayon etishi bilan ham juda ahamiyatlidir.
978-9943-6168-4-4
200
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-alb-halovat-topmasa
Deyl Karnegi: Qalb halovat topmasa...
Amerikalik mashhur ruhshunos olim Deyl Karnegi  (1888-1955)ning asarlarini o‘zbek kitobxoniga yetkazib berish uchun juda ko‘p tarjimonlarning mehnati singgan. Qo‘lingizdagi kitobni esa hassos ijodkorlarimizdan biri Hayrullo Qosim erkin tarjima qilishga jazm etgan edi. Lekin kitobning jamlangan ushbu nashrini ko‘rish (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin) muallifga nasib etmadi. Tarjima o‘quvchilarda maroqli taassurot qoldirishiga ishonamiz.
978-9943-4127-5-0
264
2013
https://asaxiy.uz/uz/product/rasulloh-sollallohu-alajhi-vasallamning-ahli-ayollari
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ahli Ayollari
Аллоҳ таоло инсониятга ҳоматул анбиё қилиб юборган Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг барча одамлар каби жуфти ҳалоллари, фарзандлари бўлиб, бу ҳам комиллик белгиси эди. Ушбу китобдан Аллоҳнинг Расули, одамларнинг энг яхшиси Пайғамбар алайҳиссаломнинг аҳли аёллари ҳақида маълумотлар оласиз. Зеро, Расулуллоҳ соллалоҳу алайҳи васалламнинг аёллари билан муносабатлари ҳам Ҳақ ризолигини истаганлар учун энг улуғ ибрат мактабидир.
978-9943-25-889-1
288
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-abdulloh-muhammad-ibn-ismoil-buhorii-al-zhome-as-sahih-sahihi-buhorii
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy: Sahihi Buxoriy: Al-jome’ as-sahih (4 ta kitob)
Odamlar orasida «Sahihi Buxoriy», «Al-jomeʼ as-sahih" kabi nomlar bilan tanilgan ushbu kitobni Imom Buxoriy «Al-jomeʼ as-sahih al-musnad min hadisi Rasulillahi sollallohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyamihi» (Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislari, sunnatlari va muborak hayotlaridan to‘plangan sahih musnad) deb nomlagan. Barcha ulamolar: muhaddislar, faqihlar, usuliylar, mutakallimlar, nahviylar va boshqalar «Sahihi Buxoriy. Alloh taoloning Kitobi - Qurʼoni karimdan keyingi eng ishonchli va saxih kitob ekanligiga ittifoq qilganlar.
978-9943-6943-0-9
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/timur-aslanov-pr-matnlar-ukuvchini-kandai-zhalb-kilish-mumkin
Timur Aslanov: PR-matnlar. O'quvchini qanday jalb qilish mumkin
Mazkur qo‘llanmada ko‘p maslahatlar, g‘oyalar, aniq ko‘rsatmalar va tavsiyalar mavjud bo‘lib, ushbu maslahatlardan kelib chiqib ko‘pgina natijalarga erishishingiz mumkin. Kitob juda yengil va sodda tilda yozilgan bo‘lib, u nafaqat PR sohasidagi tajribali mutaxassislar, balki bu yo‘nalishda faoliyatini endigina boshlagan matbuot kotiblari uchun ham asqatadi degan umiddamiz.
978-9943-7504-2-5
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/endi-sernovic-sarafan-marketing-lotin
Endi Sernovits: Sarafan marketing (lotin)
Ushbu kitob barcha mahsulot sotuvchilar uchun. Sarafan marketing faqatgina yirik marketing byudjetli xalqaro korporatsiyalar uchun yaratilmagan. Ushbu kitobdagi amaliy axborotlar restoran, stomatolog yoki kimyoviy tozalash korxonalari egalari uchun ham juda mosdir. Buning uchun juda ham aqlli yoki reklama agenti bo‘lish shart emas. Nima uchun? Chunki bu yerda asosiy narsa marketing va u bo‘yicha mutaxassis emas. Asosiysi - oddiy odamlar va sabablardir. Bu oddiy odamlar siz va sizning mahsulotingiz haqida gapirishni xohlashadi. Shu vaqtdan boshlab men mahsulot va xizmatni nar sa deb atayman. Sarafan marketing istalgan mahsulot va xizmat uchun samaralidir. Bundan tashqari, siz odamlarga mavzu bo‘lishini xohlaydigan maqsad, g‘oya, istiqbolli tashabbuslar, tashkilotlar va istalgan barcha narsalar uchun mos keladi. Men anchadan beri marketing bilan shug‘ullanaman va hech qachon marketing uchun byudjetim bo‘lmagan. Shunga qaramasdan, men ko‘p narsalarni sotdim. Barcha muvaffaqiyatimning yarmi bu ijodiy yondashuvim bo‘lsa, yarmi esa ko‘pchilik bilan muloqotim natijasidir. Odamlar do‘stlari bilan gaplashganda mavzu bo‘luvchi suhbatlar bugungi kunda sarafan marketing deb atalishini o‘shanda bilmagan edim. Endi Sernovits
978-9943-7253-9-3
368
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/elzod-sultonov-aforizmlar-ming-iillik-durdona-fikrlar
Elzod Sultonov: Aforizmlar. Ming yillik durdona fikrlar
Ushbu to‘plamga o‘zining ijodi, ilm-fan, sanʼat, madaniyat va biznes sohasida erishgan yutuqlari orqali dunyoga dong‘i ketgan shaxslarning qaydnomalariga kiritilgan eng sara aforizmlar jamlangan. To‘plamga kiritilgan hikmatli fikr sohiblari eramizdan avvalgi IV asrlardan tortib bugungi kundagi zamondoshlarimizgacha ekanligi kitobni shartli ravishda "ming yillik durdona fikrlar jamlanmasi" deb atashimizga asos bo‘la oladi. Har bir aforizm o‘z mazmuni, mantiqiy yechimi, falsafiy-hayotiy xulosasiga ko‘ra yuksak maqomga ega. To‘plam keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6748-6-8
400
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/li-men-bak-muzhiza-sodir-bulmaidi-kirill-alifbosida
Li Myon Bak: Mo‘‘jiza sodir bo‘lmaydi (kirill alifbosida)
/h2>
978-9943-7023-6-3
352
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdurrahmon-zhaloliddin-suyutii-barzah-haeti-ehud-kabrga-kirgan-mumin-kishiga-hushhabar
Abdurrahmon Jaloliddin Suyutiy: Barzax hayoti yoxud qabrga kirgan mo'min kishiga xushxabar
Ushbu kitob mashhur «Jalolayn» tafsiri mualliflaridan biri hazrat Abdurrahmon Jaloluddin Suyutiyning «Qabrga kirgan g‘amgin kishiga xushxabar» asari tarjimasi bo‘lib, unda mo‘min kishining qabrdagi holi va unga yetadigan xushxabarlar haqida muhim maʼlumotlar jamlangan. Bu jihatdan asar har bir iymonli insonni solih amallar va komil ibodatlar bilan yashashga undaydi. Undagi har bir masala Qurʼon va hadis asosidagi dalil-hujjatlar ila isbotlangan. Risola har bir mo‘min kishining xonadonida bo‘lishi foydadan xoli emas.
978-9943-26-832-6
48
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/benzhamin-franklin-yuksalish-sanati
Benjamin Franklin: Yuksalish san'ati
Benjamin Franklinning «Yuksalish sanʼati» asari o‘zining azaliy falsafasi bo‘yicha tuzilgan: maksad kuyish va shaxsiy muvaffakiyat, boylik orttirish va soglikni saklash, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar va oilaviy xayot, keksayish va o‘lim kabi mavzulardagi asarlari to‘plamidan iborat. Chukur tushunchalarga boy, yokimli hazil, iktiboslar va ko‘plab soglom fikrga tula: "Yuksalish sanʼati" yosh va kari uchun marokli mutolaa imkonini beradi. Tarjimon: Sirojiddin To‘lanboyev
978-9943-8175-9-3
116
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhazhzhi-akademik-zhazhzhi-iktisodchi
Jajji Akademik (7 son) Jajji iqtisodchi
Bilimdon bo'ladigan barcha bolalarga uchun maxsus jurnal.
null
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-havotirlanishni-bas-qilish-va-yashaj-boshlash-jullari
Deyl Karnegi: Xavotirlanishni bas qilish va yashay boshlash yo‘llari
Xavotir bilan bog‘liq vaziyatlarni hal qilishning eng tezkor va ishonchli usulini bilmoqchimisiz? O‘nlab kitoblarning yuzlab sahifalarini o‘qib keyinroq xulosa chiqarishga urinmasdan, hozirning o‘zida qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan usullarga muhtojmisiz? Unda favqulodda iqtidorli muallif Deyl Karnegining ushbu asari mutolaasiga shoshiling. Uning xavotirga bog‘liq muammolarni hal etish texnologiyasi dunyo miqyosida eng yaxshilaridan biridir. Kitobni o‘qish asnosida xavotirsiz yashash mumkinligiga ham amin bo‘lasiz. Hayotiy faoliyatingiz va kayfiyatingizni yuqori darajada tutishni o‘rganasiz.
978-9943-6329-5-0
240
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/alihontura-sogunij-tarihi-muhammadij-yasil
Alixonto‘ra Sog‘uniy: Tarixi Muhammadiy
Ushbu kitob "XX asr Imom Buxoriy" deb shuhrat topgan mashhur alloma , marshal Alixonto‘ra Sog‘uniy (Alloh rahmat qilsin) qalamlariga mansub nodir asardir. Bu asarda Islom dini tarixi, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayot va faoliyatlari, 23 yillik payg‘ambarlik davrlarida boshlaridan kechirgan og‘ir va yengil kunlari, to‘rt xalifalari, sahobai kiromlari va boshqa musulmonlarning imon va Islom yo‘lida qilgan xizmatlari, mushrik va kufr ahlining dastlab Islom diniga ko‘rsatgan qarshilik va inkorlari, so‘ngra haqiqatni idrok etganlaridan keyin to‘p-to‘p bo‘lib Islom dinini qabul etganlari, ajoyib va g‘aroyib tarixiy voqealar batafsil bayon etilgan.
978-9943-7007-7-2
680
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-omid-azzolij-ej-farzand
Abu Homid G‘azzoliy: Ey farzand
Маълумки, Имом Абу Ҳомид Ғаззолийнинг "Эй фарзанд" номли рисоласи аввал ҳам босилиб чиққан эди. Тез орада у ўқувчилар қўлига етиб уларга манзур бўлди. Бу китобчанинг одамлар орасида жуда тез тарқалгани, кишиларни ўз фарзандларининг  камоли учун нечоғлик қайғураётганидан далолатдир. Ана шундай қувонарли ҳолатни кўриб, бу хайрли ишни давом эттириш мақсадида "Эй фарзанд"ни қайта, икиинчи нашрга тайёрлашни азм қилдик. "Эй фарзанд" яна китобхонлар қўлида. Ҳидоят ва тавфиқ Аллоҳдандир. Фарзандларимизни тўғри йўлда улғайиб, баркамол инсон бўлиб етишишларини Яратганнинг Ўзидан сўраб қоламиз.
978-9943-5200-1-1
191
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/mamatqul-hajlaev-shahmat-saboqlari
Mamatqul Xaylayev: Shaxmat saboqlari
Bizga maʼlumki, mamlakatimizning yosh shaxmatchilari jahon miqyosidagi musobaqalarda o‘z mahoratlarini namoyish etib, yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar. Ana shunday muvaffaqiyatlarimizning bardavom bo‘lishini taʼminlash maqsadida shaxmat haqidagi turli adabiyotlarga ehtiyoj sezilmoqda.
978-9943-4337-8-6
112
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/zhoanna-ketlin-rouling-garri-potter-va-azhal-tuhfalari
Joanna Ketlin Rouling: Garri Potter va ajal tuhfalari
Ҳурматли китобхон! "Гарри Поттер" романлар туркуми она тилимизга таржима қилишдан мақсад, сеҳр-жоду ёки афсунгарликни тарғиб қилиш эмас, аксинча ёшларнинг яхшиликка, адолатга, ҳақиқатга, меҳр-муҳаббатга бўлган ишончини янада мустаҳкамлашдир. "Гарри Поттер" романлар туркумининг финал қисми, яъни "Гарри Поттер ва Ажал туҳфалари" деб номланувчи ушбу қисмида ёвуз куч Волдемортнинг Сеҳргарлик вазирлигини енганига, кўпчилик эса Волдеморт томонига ўтиб кетганига гувоҳ бўласиз. Гарри Поттер, Рон ва Гермиона эса қочоққа айланишади. Гарри Поттер, Рон ва Гермиона Волдемортни тўхтатиш учун нима қилишади? Наҳотки, Албус Дамблдор Гарри Поттерни алдаган бўлса? Албус Дамблдорни ким ўлдирган? Ажал туҳфалари нима ўзи? Гарри Поттер ажал туҳфаларини қўлга киритадими? Профессор Снегг аслида ким бўлган? Волдеморт аслида ким бўлган? Ушбу саволларга китобни ўқиш давомида жавоб топасиз.
978-9943-6326-0-8
704
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/fyodor-dostoevskij-zhinoyat-va-zhazo-yaa
Fyodor Dostoyevskiy: Jinoyat va jazo (yumshoq muqova)
Достоевский ижоди, гарчи зиддиятли бўлса-да, рус ва жаҳон адабиётига катта таъсир кўрсатган. Достоевский 19-асрдаги реалистик роман жанрини янги ўзига хос томонлар билан бойитди. Адиб тўлақонли бадиий образларда нафақат воқеалар оқимини, инсонлар тақдирини, қалб курашини, балки жамият маънавий ҳаётидаги фожиавий конфликтларни ҳам бера олди. Ўзининг интеллектуал романларида фикрларнинг кескин курашини, ғоя ва дунёқарашнинг фожиавий тўқнашувини маҳорат билан тасвирлади. Достоевский романлари вазмин тасвир услуби эмас, аксинча, соф драматик жанрларга хос кескинлиги ва лиро-публицистик пафоси билан ажралади. Достоевскийнинг «Жиноят ва жазо», «Телба» ва бошқа асарлари Иброҳим Ғафуров томонидан ўзбек тилига таржима қилинган. Ҳаёт менга бир марта берилади ва бошқа ҳеч қачон қайтиб келмайди: мен «умум бахти» қачон келаркин, деб кутиб ўтиришни истамадим ва истамайман. Мен ўзим ҳам яшашни истайман, бўлмаса, яшашнинг ҳам кераги йўқ. Камбағаллик айб эмас, бироқ йўқчилик бу – иллат. Сиз камбағалчиликда ҳали ўзингизнинг туғма олижаноб фазилатларингизни сақлаб қолган бўласиз, йўқчиликда эса уларни ҳеч қачон ва ҳеч ким сақлаб қола билмайди. Беркитадиган нарсаси бўлмаган кишилар ўзларини бахтли деб билсалар арзийди. Бошқалар нима деркин, деб ўтириш ожизликнинг биринчи белгисидир! …омад келмагандан кейин ҳамма нарса бемаъни бўлиб кўринади! Табиат қонунларига кўра, одамлар умуман икки тоифага бўлинадилар: паст тоифа (одми одамлар), ўзига ўхшаганларни урчитишдан бошқа нарсага ярамайдилар, улар урчиш материалидирлар ва иккинчиси, одам деб санаса арзийдиган ва ҳаётда, ўз муҳитида янгилик, янги сўз барпо қилиш иқтидорига, қудратига эга бўлганлар (фавқулодда). Биринчи тоифадагилар – бугунги куннинг соҳиблари, иккинчидагилар эса келажакнинг эгаларидир. Биринчилар дунёни эминликда сақлаб турадилар, моддий борлиқни миқдоран кўпайтирадилар, иккинчилар эса дунёни ҳаракатга келтирадилар ва уни мақсад сари олиб борадилар.
978-9943-27-379-5
768
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zhoanna-ketlin-rouling-garri-potter-va-zoti-past-shahzoda
Joanna Ketlin Rouling: Garri Potter va zoti past shahzoda
Ҳурматли Китобхон! Ҳурматли китобхонлар! "Гарри Поттер" романлар туркуми она тилимизга таржима қилишдан мақсад, сеҳр-жоду ёки афсунгарликни тарғиб қилиш эмас, аксинча ёшларни яхшиликка, адолатга, ҳақиқатга, меҳр-муҳаббатга бўлган ишончини янада мустаҳкамлашдир. Сизлар "Гарри Поттер" романлар туркуми "Гарри Поттер ва зоти паст шаҳзода" деб номаланувчи ушбу қисмида ёвуз куч Волдемортнинг тобора юксалиб бораётганлигига гувоҳ бўласиз. Бу хавфни бартараф этиш учун Албус Дамблдор ва Гарри Поттер нималар қилишади. Улар қилган ишлар "Хогварс"ни ҳалокатдан сақлаб қола оладими? Гарри Поттер Волдемортни мағлуб эта олиш сирини била оладими? Профессор Снегг қайси томонда: адолат томонидами ёки жаҳолат? Ушбу саволларга китобни ўқиш давомида жавоб топасиз.
978-9943-6325-9-2
608
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/robert-kijosaki-sheron-lekter-kichik-biznesdan-kattasiga-2-kitob
Robert Kiyosaki, Sheron Lekter: Kichik biznesdan kattasiga (2-kitob)
Фақат буйруқ бажаравериш жонга тегдими ? Эртаю кеч ишласангиз ҳам ўсмаяпсизми ? Ўз бизнесингизни очишга тайёрмисиз ? Сизда миллион долларлик ғоя борми ? Лекин уни амалга ошириш қўлимдан келмайди, деб қўрқяпсизми ? Унда бу китоб фақат ва фақат Сиз учун !
null
160
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/ali-ibn-zhobir-al-faifii-chunki-sen-allohsan
Ali ibn Jobir al-Fayfiy: Chunki sen Allohsan...
Kitobda Allohning go‘zal ism-sifatlari keltirilib, ularga yondashilgan holda bandaning qalbida yashashga shavq uyg‘otuvchi, dunyo va oxirat saodatiga yetaklovchi go‘zal fikr va mulohazalar, ibratli hikoyalar, hikmatlar bayon qilinadi. Ushbu risola Alloh taoloning buyukligi hamda Zotiga xos sifatlarini anglagan holda, Unga yana-da yaqinlik, qurbat hosil qilishingizda bir vosita bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-7018-2-3
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-bezovtalikdan-kandaj-kutulib-yashash-mumkin
Deyl Karnegi: Bezovtalikdan qanday qutulib yashash mumkin
Yozuvchi Deyl Karnegining "Bezovtalikdan qanday qutulib yashash mumkin" deb nomlangan qo‘llanmasida, bezovtalik qanday natijalarga olib kelishi, bezovtalik haqida bilish kerak bo‘lgan asosiy faktlar, uning muammolarini qanday tahlil qilib hal qilish kerakligi, ishxonada yuzaga keladigan bezovtalikning 50 foizidan qanday qutulish mumkinligi va qanday qilib ruhingizdagi bezovtalikni yengish kerakligi haqida hikoya qilinadi.
978-9943-5309-8-0
308
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/herbert-uells-doktor-moro-oroli
Herbert Uells: Doktor Moro oroli
Ingliz fantast yozuvchisi Herbert Uells nomi kitobxonlarga yaxshi tanish. Uning «Vaqt mashinasi», «Ko‘rinmas odam» nomli qissalari jahon adabiyoti durdonalari qatorida turadi. «Doktor Moro oroli» adibning uchinchi mashhur qissasi. Mazkur asarda tabiat qonunlariga qarshi borib, inson va hayvonni jarrohlik yo‘li bilan birlashtirish orqali yangi bir maxluq yaratishga ahd qilgan yovuz olimning fojiasi butun dahshati bilan o‘z ifodasini topgan. Yozuvchi ushbu asar orqali tabiat muvozanatiga qarshi borish oxir-oqibat uning ijrochilarini og‘ir fojiaga yetaklashini ro‘yi rost ko‘rsatib beradi. Shuningdek, asarda inson matonati, uning har qanday murakkab vaziyatdan ham o‘z idroki orqali yo‘l topib chiqib keta olishi mumkinligi, qiyinchiliklarga darrov yengilmasdan, kurashuvchan bo‘lish kerakligi asar qahramoni Prendik misolida aks ettiriladi. Asarni mutolaa qilish davomida qahramonning g‘aroyib sarguzashtlari o‘quvchini alohida qiziqtirsa, uning yirtqichlarga yem bo‘lib ketmaslik, odamlar orasiga qaytish uchun tortgan zahmatlari aynan inson salohiyatini namoyon etadi. Ingliz tilidan Tilavoldi Jo‘rayev hamda Mahbuba Mamajonova tarjimasi
978-9943-8592-7-2
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/irving-stoun-hayotga-tashnalik
Irving Stoun : Hayotga tashnalik
Siz Vinsent Van Gog degan bir odam o‘z vaqtida mashhur bo‘lgan farang rassomi bilan ko‘rishish uchun yetmish chaqirim masofani poyu piyoda bosib o‘tganini bilarmidingiz? Eng ajablanarlisi, Van Gog o‘sha rassomning uyi ostonasigacha boradi-da, keyin ikkilanib, ortiga qaytib ketadi! Van Gog o‘z zamonasining dong‘i ketgan siymolari - Jorj Sera, Edgar Dega, Jan-Jak Russo, Emil Zolya bilan tanish bo‘lgan, osh-qatiq tutingan. U muttasil och-nahor yurgan, kamiga, zaif salomatligiga yomon odatlar bilan battar shikast yetkazgan. Eng ahamiyatlisi yoxud boshkacha aytganda, kishini mehr-oqibatga undaydigan jihati, Vinsentni Teo ismli ukasi doimiy ravishda moddiy tomondan taʼminlab, dalda berib turgan, zotan, u akasining nomi bir kun kelib tarix zarvaraqlariga bitilishiga ishongan yagona inson edi.
978-9943-9181-2-2
272
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/ravshan-abdullaev-islom-iqtisodiyotida-savdo-va-tadbirkorlik
Ravshan Abdullayev: Islom iqtisodiyotida savdo va tadbirkorlik
Darslikda savdo va tadbirkorlik masalalari Qurʼoni karim va hadis taʼlimotlari hamda zamonaviy yondashuvlar asosida yoritilgan. Shuningdek, sahih, fosid va botil savdo turlari hamda sherikchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatining xususiyatlari, shartlari va sharʼiy hukmlari bayon etilgan. Kitob oliy o‘quv yurti talabalari, tadqiqotchilar va keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.
978-9943-8651-8-1
232
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-malik-chumolilar-saltanati-kattik-mukova
Erkin Malik: Chumolilar saltanati (qattiq muqova)
Bu dunyoda tirik jon borki, hammasi harakatda. Zarradek jonivordan tortib bahaybat maxluqlargacha o‘z tashvishi, maqsad-muddaolari bilan andarmon. Yashash uchun kurash bir soniya ham to‘xtamaydi va yer yuzidagi hayotning davomiyligini taʼminlab turadi. Erkin Malik qalamiga mansub ushbu qissada ana shunday jonzotlardan biri - chumolilarning o‘ziga xos dunyosi bilan tanishasiz. Jasorat va qo‘rqoqlik, sadoqat va xiyonat, olijanoblik va olchoqlik kabi jihatlar ularga ham begona emasligiga guvoh bo‘lasiz. Bu jajji qahramonlarning quvonchiga qo‘shilib, qayg‘usiga sherik bo‘lasiz. Maroqli mutolaa tilaymiz.
978-9943-8348-2-8
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sad-saud-al-karibonii-kandai-buyuk-bulishgan
Sa'd Saud al-Kariboniy: Qanday buyuk bo'lishgan
Ushbu kitobda maqsad va unga erishishda bizdan eng muhimi matonat, ishtiyoq va qatʼiyat, optimizm - nekbinlik talab qilinishi ilmiy asoslar bilan batafsil tarzda tushuntiriladi. Bundan tashqari, muallif buyuk insonlar hayoti, mashaqqatlarni qanday yengishgani, bu muvaffaqiyatlari ortida katta mehnat yotganini hayotiy parchalar misolida mohirona ko‘rsatib bergan. Asarning asosiy mazmuni hayotda aniq maqsad qo‘yib, maqsadlariga qatʼiyat va matonat bilan erishgan buyuklar hayoti haqidadir.
978-9943-8622-1-0
172
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/bir-piyola-tuz
Bir piyola tuz (Bolajonlar uchun ertak kitoblar)
Yaxshi kitoblar shaxsning bir qismiga aylanishi mumkin. Bugungi kunda kitob do’konlari peshtaxtalarida juda ko’p kitoblarni uchratish mumkin, biroq chiroyli va yorqin muqovadagi hamma kitoblar ham bolalar o’qishi uchun foydali bo’lavermaydi. Eng yaxshilari nafaqat qiziqarli syujetga ega, balki ma’lum tarbiyaviy g’oyalarni ham o’z ichiga oladi: ular yaxshilik, adolat, halollikni o’rgatadi. Uch xil tilda yozilgan ushbu kitoblarda bolalaringiz nafaqat shunday tarbiyaviy g’oyalarga ega bo’ladi, balki dunyoqarashi ham kengayadi. 📌 Kitoblar 10 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan 📌 Kitob ichidagi maxsus QR kod orqali kitobni audio va video formatda ham ko’rishingiz mumkin.
978-9943-23-154-2
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-iso-termizii-sahihi-termizii-tanlangan-hadislar
Abu Iso Termiziy: Sahihi Termiziy: tanlangan hadislar
Islom madaniyatining shakllanishiga, olamshumul taraqqiyotga erishuviga bizning ota-bobolarimiz ham katta hissa qo‘shganlar. Dunyoning madaniyat beshigi, qadim vatanimiz Turkiston tuproqlarida juda ko‘p olimlar, qahramonlar, jumladan, atoqli muhaddislar yetishgani bilan faxrlantiradi. Qurʼoni Karimdan keyingi asosiy sharʼiy manbalar hisoblanguvchi hadis kitoblarini taʼlif qilgan vatandoshlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasoiy, Imom Marvaziy, Imom Bashshor kabi muxaddislar asarlarini nashr qilish, o‘rganish, ularning aytganlariga amal qilish bu ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanishimizning bir belgisi bo‘lmog‘i kerak. Abu Iso Termiziyning shoh asari - «Sahihi Termiziy»dan tanlab olingan bu hadislarni uzoq yillar diniy sohada xizmat qilgan marhum shayx Abdulg‘ani Abdulloh asl nusxadan tarjima qilgan. Matnning ham arab, ham o‘zbek tilida berilishi o‘quvchiga hadislarni yana-da chuqur o‘rganishi uchun imkon yaratadi.
978-9943-8308-0-6
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/britannika-eng-yangi-bolalar-enciklopediyasi-biz-bilganimiz-va-bilmaganimiz-hakida
Britannika. Eng yangi bolalar ensiklopediyasi. Biz bilganimiz va bilmaganimiz haqida
«Britannika» ensiklopediyasi 1768 yildan beri qiziquvchilar va o‘rganuvchilarga quvonch ulashib kelmoqda. Mazkur kitob ushbu anʼananing davomchisi sifatida sizni butun Olam va tarix bo‘ylab ajoyib sayohatga olib boradi. Bu kitob orqali sizda qora tuynukka sho‘ng‘ish (va u yerdan eson-omon qaytish!) hamda o‘rta asr qalʼasiga sayohat qilish, shuningdek kelajakka nazar tashlash va Yerda biz uchun eng muhim bo‘lgan narsalarni bilib olish imkoniyati beriladi. Har safar kitobni varaqlaganingizda, o‘zingiz uchun yangi bilim kashf qilasiz va, ehtimol, men kabi sudralib yuruvchilar bobini o‘qiganingizda biroz qo‘rqib ketasiz ham ... Ammo kitobning har bir sahifasi qanchalik hayratlanarli va qiziqarli bo‘lmasin, biz siz bilan baham ko‘rayotgan bilimlar har doim ham bir xil bo‘lib qolib ketmaydi. Bu, o‘z o‘rnida, biz kutgan narsa bo‘ladi. Maʼlum va mashhur sir-sinoatlarni izohlab beruvchi boblarni sinchiklab o‘qib chiqing. Bizga ushbu kitobni yaratishda yordam bergan olimlar, tadqiqotchilar va chuqur bilim sohiblari o‘zlarining kundalik hayotlarida bilimlarning chegaralarini belgilab beradigan kishilardir. Ular o‘zlarining ehtiroslari va aniqlikka bo‘lgan sadoqatlari bilan harakat qilishadi va barchamizga dunyoni yaxshiroq tushunishga yordam berishadi. Bu esa biz hali bilmagan bilimlarni egallashni o‘z ichiga oladi. Biz faktlar muhim deb hisoblaymiz va barcha maʼlumotlarni, shu jumladan ushbu sahifalarning har birini aniq faktlarni tekshirish orqali aniqlikka intilamiz. «Britannika» ensiklopediyasi o‘zining 250 yildan ortiq faoliyati davomida surishtiruv va qidiruv ishlarini olib borish, mutaxassislar bilan ishlash va innovatsiyalarni rivojlantirishga sodiqdir.
978-9943-7605-0-9
424
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/agata-kristi-gamgin-sarv
Agata Kristi: G'amgin sarv
Angliyalik mashhur adiba, detektiv asarlar muallifi Agata Kristining ushbu romani sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga bag‘ishlangan. Qotillikda ayblanayotgan qiz hamda boshqa qahramonlardan barcha tafsilotlarni so‘rab-surishtirish va mantiqiy fikrlash orqali boshqalar topishi mushkul tafsilotlardan boxabar bo‘lib, barcha dalillarni keltirgan Puaro begunoh qizning oqlanishiga sababchi bo‘ladi. Mazkur qiziqarli asar boshidan oxirigacha kitobxonni o‘ziga jalb qilib, qotil kimligini bilishga qiziqishini tobora kuchaytirib boradi. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Rus tilidan Komila Nosirova tarjimasi
978-9943-7667-6-1
256
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abror-akbarov-usnihat-yozuv-mashqlari
Abror Akbarov: Husnixat (yozuv mashqlari)
Ушбу ҳуснихат 5-7 ёшдаги болалар учун мўлжалланган.
978-9943-5215-2-0
32
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/aellar-ibodatiga-hos-masalalar
Ayollar ibodatiga xos masalalar
«Ayollar ibodatiga xos masalalar» mavzusidagi ushbu qo‘llanma muqaddas Islom diniga ixlosi baland hanafiylik mazhabidagi ayollar foydalanishi uchun tayyorlandi. Albatta, ayol pokiza, iymon-e’tiqodli bo‘lsa, oilada farzandlar ham iymon-e’tiqodli qilib tarbiyalanadi. Natijada oila va butun bir jamiyat a’zolari iymon-e’tiqodli bo‘ladilar. Nashrga tayyorlovchi: Rahimbergan Sapayev
978-9943-7102-7-6
128
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-fariduddin-attor-mantik-ut-tair
Shayx Fariduddin Attor: Mantiq ut-Tayr (I jild)
Shayx Fariduddin Attor - Sharq tasavvuf adabiyotining buyuk siymosi, bir yelkasida Mavlono Jaloliddin Rumiydek, ikkinchi yelkasida Mir Alisher Navoiydek ustozlarni tikka ko‘tarolgan moʻjizakor adib, daho ijodkor. Olti yashar Alisher «Qush tili»ni o‘qib, ne ahvolga tushgani sizga maʼlum. Buni qarangki, o‘n ikki yoshli Jaloliddin ham Attor qalamiga mansub «Asrornoma»ni o‘qib, ayni ahvolni boshdan kechirgan va umr bo‘yi shu kitobning shavqi, sururi bilan yashagan. Shayx Attor asarlari - Haq va haqiqatning mangu barhayot taronalaridir. Ularning asrlar osha insonlar qalbini zabt etib, ardoqlanib, sevib o‘qilayotgani sababi ham shunda. Biz Sharq maʼnaviyatining bu noyob durdonalarini zo‘r mamnuniyat ila aziz o‘quvchilarimizga taqdim etamiz. Tarjimon: J. Kamol
978-9943-20-892-6
464
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/isokzhon-nishonov-afgon-shamoli-1-2-kitoblar
Isoqjon Nishonov: Afg‘on shamoli (To‘plam, 7 ta kitob)
Hammasi Bo‘ronning Afg‘onistonga kelganidan boshlandi. Sobiq rus zobitlarining iltimosiga ko‘ra Afg‘onistondagi urush paytida yashirilgan xazinani topish maqsadida borgan Bo‘ron jangarilar qo‘liga tushib qoladi. Jangarilar orasida qo‘liga qurol olib yerli aholini talayotgan, ayollar, qizlar nomusiga tajovuz qilayotgan, uylarni yoqib kulini ko‘kka sovurayotgan, umuman, bir inson boshqa insonni vahshiylarcha azoblayotgan o‘z vatandoshlarini ko‘radi. Ular orasida qishloqdoshlari, harbiyda birga xizmat qilgan do‘stlari, hatto ota-onadan yetim qolganda o‘z qaramog‘iga olgan Fathulloxon ham bor edi. Xuddi shu ondan boshlab Bo‘ron O‘zbekiston bilan aloqa bog‘lab, vataniga xiyonat qilgan, odamlarning tinch hayotni parokanda qilishga urinayotgan jangarilarni fosh qila boshlaydi. Yuz metrlar nariga tushgan snaryadning gumburlagan ovozi yeru ko‘kni larzaga soldi. Abdurasul yerga ekib qo‘yilgandek tanasi yer ostida, boshi yer ustida. Hech kim bu boshni ko‘rmadi. Kimdir taqali etigi bilan qurbaqani bosgandek qonga botgan boshni toptab o‘tdi. U bu azoblarga dosh berolmasligini tushundi. Shunda Abdurasulning ko‘z oldidan tug‘ilib o‘sgan yurti, ota-onasi, yor-do‘stlari o‘tdi. Beixtiyor vujudini tark etayotgan bor quvvatni yig‘ib «Onajo-o-n» deb qichqirdi...» «Afg‘on shamoli»ning ikkinchi kitobidan olingan shu kichik parcha o‘z vatanida yaratish, yashnatish, bilim olishga qodir bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonining begona yerlarda yot g‘oyalarga asir bo‘lib qanchalar xor bo‘lganini ko‘z oldimizga keltiradi.
978-9943-6352-9-6
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/stefani-maer-yangi-tugilganlar-3-qism
Stefani Mayer: Yangi tug‘ilganlar (3-qism)
Erim Panchoga, uning sabr-toqati, muhabbati, do'stona tuyg'ulari, yumor hissi va kechgi ovqatsiz yashashga chidagani uchun bag'ishlayman. Shuningdek, farzandlarim Geyb, Set va Eliga, hatto joningni berishga ham arziydigan mhabbatga muyassar bo'lish imkoniyatiga bag'ishlayman.
978-9943-24-307-1
592
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhoanna-ketlin-rouling-garri-potter-va-azkaban-mahbusi
Joanna Ketlin Rouling: Garri Potter va azkaban mahbusi
Жоанна Кетлин Роулинг: Гарри Поттер ва азкабан маҳбуси
978-9943-3819-8-8
432
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zhozho-moies-sendan-keiin
Jojo Moyes: Sendan keyin
Sevimli kishingni yo‘qotganingda nima qilasan? Bundan keyin yashashga arziydimi? Endi Luiza Klark oddiygina hayot kechiradigan shunchaki odatdagi qiz emas. Uill Treynor bilan o‘tgan olti oy uni umrbod o‘zgartirdi. Oldindan ko‘zda tutilmagan shart-sharoitlar uni oilasi bag‘riga qaytishga majbur qildi va u beixtiyor barchasini yangidan boshlashi kerakligini angladi. Vujudidagi jarohatlar bitib ketdi, ammo yuragi azoblanib, shifo axtarmoqda! Bu shifoni unga psixologik qo‘llash guruhi aʼzolari o‘z kechinmalari, quvonchlari, qayg‘ulari va o‘lgudek bemaʼza pechenyelar bilan o‘rtoqlashgancha taqdim qiladilar. Ular tufayli Luiza «tez yordam» vrachi, hayot va o‘lim haqida ko‘p narsalarni biladigan irodali Sem Filding bilan tanishib qoladi. Sem Filding Luizani tushunadigan yagona inson bulib chiqadi. Ammo, Lu yana sevib qolish uchun o‘zida kuch topa oladimi?
978-9943-6747-5-2
544
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/napoleon-hill-ujla-va-boj-bul-bojlik-kurgoni-sari-sizning-kalitingiz
Napoleon Xill: O‘yla va boy bo‘l (boylik qo‘rg‘oni sari sizning kalitingiz)
Ушбу китобни ўқиб, ўзингизда кўра олмаётган янги қирраларингизни кашф этасиз. Бойлик, муваффақият, омад, бахт-саодатга етакловчи мақсадлар сари интиласиз. Ва бу мақсадлар тўғри ва аниқ эканлигига эътиборингизга ҳавола этиладиган китобни ўқиш давомида амин бўласиз. Келтирилаётган фикрлар, қарашлар, тамойиллар сизни бефарқ қолдирмайди...
978-9943-27-691-8
160
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/fenomenal-hotira-hotirani-mustahkamlashning-70-usuli
Sunnat Musamedov: Fenomenal xotira (xotirani mustahkamlashning 70 usuli)
Fenomenal xotira – mustahkam va kuchli xotira bo‘lib, u muntazam tashqi va ichki taʼsirlar natijasida miyani parvarish qilish, oziqlantirish, uzoq vaqt muammosiz ishlashi uchun sharoit yaratib berishga ehtiyoj sezadi. Mazkur kitob mustahkam xotiraga ega bo‘lgan allomalar hayoti va faoliyatini kuzatish asnosida yozilgan. Mutolaa jarayonida tavsiyalarga amal qilish va mashqlarni to‘g‘ri bajarish bilan har bir o‘quvchi o‘z xotirasi va miya faoliyati uchun bemisl xizmat ko‘rsatadi. Maktab o‘quvchilari, ayniqsa, abituriyent va talabalar ushbu kitobdan juda qimmatli maʼlumotlar hamda tavsiyalar olishlari mumkin.
978-9943-27-879-0
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/lev-tolstoj-urush-va-tinchlik-1-2-kitoblar
Lev Tolstoy: Urush va tinchlik (1-2 kitoblar)
Рус ва жаҳон адабиёти хазинасидан мустаҳкам ўрин олган «Уруш ва тинчлик» (1863—69) эпопеяси Толстойнинг 60-йилларда ижодий камолотга эришганидан шаҳодат беради. Айрим совет адабиётшунослари гарчанд бу асарни Толстойнинг ўз даври муаммоларидан қочиши, деб баҳолаган бўлсаларда, ёзувчи «Уруш ва тинчлик» романи билан ўз даврида рўй берган ва ўзи шахсан гувоҳ бўлган воқеаларга фаол муносабат билдирган. Энг муҳими, у Наполеоннинг 1805—07 ва 1812—14 йиллардаги ҳарбий юришлари мавзуига мурожаат этиб, кўплаб қаҳрамонлар иштирок этган эпик воқеалар билан бирга қаҳрамонларнинг руҳий тасвирлари илк бор катта маҳорат билан уйғунлашган тарихий роман жанрини яратди. Ҳолбуки, 19-аср ўрталарида эпик асарлар даври ўтди, деган фикрлар кенг тарқалган, 60-йилларда рус жамиятида куч ола бошлаган синфий зиддият ва курашлар эса «Уруш ва тинчлик»дек эпопеянинг майдонга келиши учун унумли замин бўла олмас эди. 1812 йилда Россиянинг Наполеон қўшинлари томонидан босиб олиниши мумкинлиги бир-бири билан келиша олмаган турли табақа ва синфларни душманга қарши кураш шиори остида бирлаштирдики, Толстойнинг рус халқи онгидаги ана шу уйғонишга мурожаат этиши «Уруш ва тинчлик» романининг юзага келиши учун ҳаётбахш замин вазифасини ўтади.
978-9943-5367-7-7
864
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-malik-shaitonvachchaning-nairanglari-2-kitob
Erkin Malik: Shaytonvachchaning nayranglari (2-kitob)
Kundalik turmushimizda ro'y berayotgan ko'ngilsizliklar, alg'ov-dalg'ov bo'layotgan ishlarimiz hamda xayolimizga keladigan nojo'ya fikrlarni tartibga soladigan, tarbiyaga chaqiradigan ma'rifiy qissa - Erkin Malik qalamiga mansub "Shaytonvachchaning nayranglari" kitobi yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
978-9943-8099-5-6
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhihod-at-turbonii-barbarossaning-101-tilsimi
Jihod at-Turboniy: Barbarossaning 101 tilsimi
Ushbu kitobda biz sizni o‘zimiz bilan islomiy flot bosh qo‘mondoni, yevropalik musulmon Xayruddin Barbarossaga tegishli kemada tarixiy sarguzashtlar tomon birga olib ketamiz. U yerdan biz o‘tmishning yashirin marvaridlarini terish uchun, tarix ummoni qaʼriga sho‘ng‘iymiz. Ushbu sarguzasht davomida baʼzi savollarga javob olishga harakat qilamiz. Tarjimon Jasur Hasan “iBook” loyihasi doirasida tarjima va chop qilindi.
978-9943-8217-9-8
178
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/fridrih-nitshe-zardusht-tavallosi
Fridrix Nitshe: Zardo'sht tavallosi
«Odam o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rishni o‘rgansin. Bu butun va sog‘lom muhabbat bo‘lsin...» Sizning qalbingizga yorug‘lik olib kiradigan bu fikrlar Zardo‘shtning tavallolaridir. «Zardo‘sht tavallosi» – to‘rt qismdan iborat bo‘lgan nasriy doston.Ushbu nasriy dostonni mutolaa qilar ekansiz, nemis faylasufi Fridrix Nitshening faqat o‘zigagina xos va mansub bo‘lgan qarashlari, fikrlari bilan tanishasiz, hech kimnikiga o‘xshamaydigan va hech kimni takrorlamaydigan olamidan voqif bo‘lasiz.
978-9943-27-262-0
448
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-ziga-nisbatan-ishonchni-kuchajtirish-va-omma-oldida-chikishlar-orkali-odamlarga-tasir-kursatish-hakida
Deyl Karnegi: O‘ziga nisbatan ishonchni kuchaytirish va omma oldida chiqishlar orqali odamlarga ta’sir ko‘rsatish haqida
Siz tinglovchilar oldidagi qo‘rquvdan xalos bo‘lmoqchimisiz? Vujudingizni qamragan ishonchsizlikning sababi nimada? Bular sizning mavjud imkoniyatlaringizni bilmasligingiz tufayli paydo bo‘ladi. Bu bilmaslikka esa yetarlicha tajriba yo‘qligi sababdir. Siz omadli ravishda tajriba orttira olsangiz, u qo‘rquvni yo‘q qiladi. Mazkur kitob sizga o‘ziga nisbatan ishonchni kuchaytirish va omma oldida chiqishlar orqali odamlarga taʼsir ko‘rsatish qobiliyatini oson shakllantiradi. Undagi ko‘rsatmalar, maslahatlar va mashg‘ulotlar moliyaviy va ijtimoiy sohada, sizning obro‘yingiz oshishi hamda rahbarlik vazifalarini egallashingizda qo‘l keladi. Unutmang, sizning olg‘a siljish surʼatingiz istagingiz kuchiga bog‘liq.
978-9943-6329-4-3
224
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-amallar-niyatga-boglikdir
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Amallar niyatga bog'liqdir
Keyingi asrlarda hadislar atroflicha o‘rganildi, bu sohada turli yo‘nalishlar paydo bo‘ldi, son-sanoqsiz kitoblar yozildi, sharhlar bitildi, tarjimalar qilindi. Jumladan, hadislarning turlari aniqlandi, ularni ruhiy tarbiya mashoyixlari o‘z yo‘llari bilan, faqihlar o‘z yo‘llari bilan, tarixchilar o‘z uslublari bilan, boshqa sohalarning olimlari ham o‘z sohalariga xos yo‘l va uslublar bilan batafsil o‘rgandilar. Sahih hadislarni alohida, hadisi qudsiylarni alohida, vaʼz-nasihatga oid hadislarni alohida, ilmga oid hadislarni alohida, silai rahmga oid hadislarni alohida va shunga o‘xshash boshqa sohalarga tegishli hadislarni ham alohida o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, baʼzi hadisi shariflarga alohida nom qo‘yish, ularning boshqa hadislardan ajralib turishini taʼkidlash odatlari ham yuzaga keldi. Kamina xodimingiz o‘zining hadisi sharifga oid asarlarini bitish davomida ulug‘ olim va muhaddislarimizning maʼlum bir hadisi shariflarni «Islomning madori» deb nomlaganlarini mulohaza qildi. Misol uchun, imom Navaviy o‘zining «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhida «Din nasihatdir» hadisi xususida: «Bu hadisning shaʼni ulug‘dir. U Islomning madoridir», degan (2-juz, 37-bet). Imom Abu Dovud rahmatullohi alayhi esa «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir» hadisi xususida shunday deydi: «Bu hadis Islomning madori bo‘lgan hadislardandir. Insonning dini uchun to‘rtta hadis kifoya. Ular: 1. «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir». 2. «Birortangiz toki o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ham yaxshi ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi». 3. «Kishining Islomi go‘zal bo‘lishi o‘zi uchun behuda narsalarni tark qilishidadir». 4. «Albatta, halol ochiq-oydindir, harom ochiq-oydindir», hadislaridir». Boshqa ulamolar mazkur hadislarga yana boshqa hadislarni qo‘shib, «Islomning madori» deb atalgan hadislarni ko‘paytirganlar. “Mador” so‘zi arab tilida asosan bir narsaning o‘z o‘qi atrofida aylanish doirasiga ishlatiladi. Shu bilan birga, o‘zak, asos, g‘olib, qoida kabi maʼnolarni ham anglatadi. Mazkur hadisi shariflarning «Islomning madori» deb atalishi ularning Islomning asosini, o‘zagini, g‘olib taʼlimotlari hisoblangan maʼnolarni o‘z ichiga olgani uchundir. Bizning tilimizda “mador” so‘zi kuch-quvvat, tayanch maʼnolarini anglatadi. Ushbu hadisi shariflarga nisbatan ushbu maʼnolarni ham ishlatish mumkin. Shu kungacha hadisi shariflarga oid bir nechta asarlar taʼlif qildik. Ularni yozish davomida yuqorida zikr etilgan hadislardan baʼzilari, xususan, «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir» va «Halol ochiq-oydindir. Harom ochiq-oydindir» hadislari ham sharh qilindi. Ushbu jarayonda ulamolarimiz bu hadisi shariflarni bejizga «Islomning madori» deb atamaganlariga to‘la ishonch hosil qildik. Shu bilan birga, ulardan baʼzilarini jamlab, sharh qilish niyati ham tug‘ildi. Bu niyat ko‘p yillar davomida niyatligicha qolib keldi. Va nihoyat, ushbu kunlarda Alloh taolo o‘sha eski niyatni amalga oshirishni ko‘ngilga soldi. Ikki rakat namoz o‘qib, Alloh taoloning O‘zidan yordam so‘ragan holda bu xayrli ishga qo‘l urishga jurʼat qildik. «Islomning madori» deb nomlangan hadisi shariflarni sharh qilishda odatdagidek, katta ulamolarimizning yo‘llari va uslublarini tutdik. Avval hadisi sharifning arabcha matnini keltirdik. Zotan, oyati karima va hadisi shariflarni arab tilidan boshqa tillarga tarjima qilishda ulamolarimiz qo‘ygan asosiy shartlardan biri ham avval arabcha matnni keltirishdir. Keyin hadisi sharifning matni so‘zma-so‘z tarjima qilindi. So‘ngra hadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan sahobiyning qisqacha tarjimai holi keltirildi. Bu ham muhaddislarimizning eng mashhur odatlaridan biridir. Ular hadisning o‘zlarigacha yetib kelgan yo‘lidagi barcha roviylarning tarjimai hollarini beradilar. Biz faqat sahobiy roziyallohu anhuni olganimiz uchun bir kishining tarjimai holi bilan kifoyalandik. Keyin hadisning jumlalarini sharh qilishga o‘tdik. Oxirida har bir hadisdan olishimiz mumkin bo‘lgan foydalarni eslab o‘tdik. Dastlab Islomning madori bo‘lgan mazkur hadislardan bir nechasini birdaniga sharh qilish niyati bor edi. Ammo birinchi hadis – «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir» hadisini sharh qilish davomida ushbu hadisning o‘zi sharhi bilan alohida bir kitob qilinishi yaxshiroq ekaniga to‘la ishonch hosil bo‘ldi. Alloh subhanahu va taoloning O‘zi bu ishni oson va foydali qilsin! Oxiratda tarozi bosadigan amallardan bo‘lishini nasib etsin! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
978-9943-7035-0-6
184
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nuriddin-iildiz-bu-ummatning-kizi
Nuriddin Yildiz: Bu ummatning qizi
Nuriddin Yildiz 1960 yili Turkiyaning Trabzondagi Of qishlog‘ida tug‘ildi. Qurʼon hofizligini va ilk diniy taʼlimni otasi, bosh imom-xatib Hilmi Yildizdan oldi. Istanbul-Gaziosmanpasha imom-xatib litseyida o‘qiyotganda har hafta turli gazetalarda uning maqola va tarjimalari chop etila boshlandi. Shu bilan birga, imom-xatiblik kursini ham davom ettirdi. Imom-xatib litseyini tugatib, Marmara universitetining ilohiyot fakultetida bir semestr o‘qigach, Makkadagi Ummul Quro universitetida ilm tahsilini davom ettirdi. Bu yerda usuli fiqh bo‘limini tamomladi. Makkada bo‘lgan paytida hadis ustozlaridan dars va ijozalar oldi. Suriyalik muhaddis Abdulfattoh Abu G‘udda, hindistonlik olim Abul Hasan an-Nadviy va Usmonli ulamolarining so‘nggi davr vakillaridan biri Mehmet Emin Sarach xo‘ja afandilar shunday ustozlardan edi. Istambulga qaytib kelganidan so‘ng, o‘zi yashab turgan jamiyat hayotining taʼlim yo‘nalishiga yangiliklar kiritish payida bo‘ldi. Qurʼon hofizligi va diniy taʼlim sohasi bo‘yicha turli muassasa va tashkilotlarda guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida o‘ziga xos izlanishlar olib bordi. Tarjimalar bilan bir qatorda mustaqil asarlar yoza boshladi. O‘zini zamonaviy ko‘cha qizi emas, Madina madaniyatining o‘z davridagi vakili deb biladigan, hijobdan ilmgacha bo‘lgan barcha sohalarda ushbu ummatning qizi bo‘lish zaruratini Badrdagi mujohidlarning hayajoni ila amalga oshirishga intilgan muborak qizlarga... Tilingiz bilan duo qilganingizda yodingizdan chiqmaylik deb... Alloh uchun ter to‘kkan paytingizdagi buyuk amallaringiz vasila bo‘lib, Alloh bizga rahmatlarini yog‘dirsin deya... Mana shunday qizlarga va suyukli qizimga... Nuriddin Yildiz
978-9943-7272-5-0
244
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sabohiddin-ali-ichimizdagi-shaiton
Sabohiddin Ali: Ichimizdagi shayton
Mashhur turk yozuvchisi Sabohiddin Ali qalamiga mansub mazkur asar garchi avtobiografik xarakterga ega bo‘lsa-da, mutolaa mobaynida o‘quvchi o‘zini xuddi asar qahramonlarini avvaldan taniydigandek, biladigandek his qiladi va kundalik hayotda ham ularga tez-tez duch kelib turishini anglaydi. Roman voqealari 1930 yil oxirida Istanbulda kechadi. Davr ruhini aks ettirgan ushbu asarda xalqning oddiy vakili bilan ziyolilar orasidagi farq ochib beriladi. Asarni o‘qir ekan, o‘quvchi ham beixtiyor o‘zini so‘roqqa tuta boshlaydi. Muallif yo‘l qo‘yilgan xatolardan saboq olib, inson o‘z ichidagi shaytonga quloq tutmay, to‘g‘ri yo‘ldan borishi zarurligini uqtiradi. Shubhasiz, har kim bu asardan o‘zi uchun nimadir topa oladi.
978-9943-8590-9-8
336
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/m-mirzaahmedov-matematikadan-masalalar-tuplami-4-sinf
M.Mirzaahmedov: Matematikadan masalalar to‘plami 4-sinf
Китоб умумий ўрта таълим мактабларининг математикага қизиқиши, иқтидори бор ўқувчиаларига мўлжалланган. Масалаларни ечиш учун математик билим билан бир қаторда, математик мушоҳада юритиш ва топқирлик ҳам талаб қилинади. Қўлланмадан мантиқий фикрлашга ундовчи қизиқарли ва олимпиада масалалари, тестлар ҳам ўрин олган. Қўлланма нафақат дарс жараёнида, балки ўқувчиларни турли математик мусобақаларга таёрлашда ҳам яқиндан ёрдам беради.
978-9943-6042-1-6
264
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/agata-krista-sharkii-ekspressdagi-kotillik
Agata Kristi: Sharqiy ekspressdagi qotillik
Agata Kristi bir necha marta muhtasham «Sharqiy ekspress» poyezdida sayohat qilgan. 1931 yilning dekabrida Turkiyadan Angliyaga qaytishi, ayniqsa, esda qolarli bo‘lgan, chunki sayohat davomida ob-havo yomonligi tufayli ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelgan. Yana bir hodisa - 1929 yil yanvarida «Sharqiy ekspress» qor bo‘roniga uchrab, olti kun to‘xtab qolgani ham asar g‘oyasiga turtki bergan. Bundan tashqari, 1932 yilning martida taniqli amerikalik uchuvchi Charlz Lindbergning bolasi o‘g‘irlab ketilishi roman syujetiga asos bo‘lgan. Roman ilk bor 1934 yil 1 yanvarda Buyuk Britaniyada nashrdan chiqqan. 2015 yilda Kristi ijodi muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, «Sharqiy ekspressdagi qotillik» ommabopligi jihatidan «O‘nta negr bolasi»dan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Asar Amerikada «Barcha davrlardagi 100 ta eng yaxshi detektiv roman» ro‘yxatiga kiritilgan.
978-9943-20-934-3
256
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-zhinoyatning-uzun-juli
Tohir Malik: Jinoyatning uzun yo‘li
Sudning jinoyatchilar o‘tiradigan panjara ortidagi qora kursisida balog‘atga yetmagan o‘smirlarni ko‘rib baʼzan ajablanamiz, baʼzan esa ularga rahmimiz keladi. "Ularni jinoyat ko‘chasiga boshlagan sabab nima?" deb o‘ylaguvchilar ham bor. “Alvido...bolalik”, “Charxpalak”, So‘nggi o‘q", “Shaytanat”, "Murdalar gapirmaydilar" kabi asarlarida jinoyat olamini turli ko‘rinishlarda aks ettirgan yozuvchi Tohir Malik bu safar o‘zgacharoq tarzda jinoyatchi ruhiy olamini tahlil etadi. Yozuvchi o‘smirlarni jinoyat ko‘chasiga yetaklovchi sabablarni o‘rganadi, jinoyat uchun jazo olayotgan bolalarning ruhiyatlarini tadqiq etib, kattalarni, xususan, ota-onalarni, tarbiyachilarni, huquqshunos va ruhshunoslarni jinoyatchi o‘smirlar olamiga tegishli muammolarni birgalikda hal  etishga daʼvat qiladi.
978-9943-6045-9-9
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/braian-treisi-lider-shahsiyati
Brayan Treysi: Lider shaxsiyati
Kitobni varaqlar ekansiz, muallifning chindan ham yetakchilikning sir-u sinoatlarini kashf qilib, ularni amalda qo‘llay olgan inson ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lib boradi. Shu komil ishonch va o‘qilgan tavsiyalarga imkon qadar amal qilishga odatlanish sizni va sizga xayrixoh insonlarni xam ertami-kechmi yetakchilik cho‘qqilariga ko‘taradi. Ushbu kitobni bir necha marotabagina o‘qib, tashlab qo‘yish emas, aksincha, unga hafta va oylar o‘tgani sari tez-tez qaytish, o‘zgarib borayotgan zamon va makon nuqtai nazaridan tafakkur va tahlil qilib turish (ayniqsa yosh kitobxonlarimiz uchun) ayni muddao bo‘ladi. Tarjimon: Nilufar Yo‘lchiyeva
978-9943-8217-3-6
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/adhamzhon-mamadierov-kuvonchbek-sagdullaev-geografiya-fanidan-variantlar-tuplami
Adhamjon Mamadiyorov, Quvonchbek Sag'dullayev: Geografiya fanidan variantlar to'plami (I qism)
Mazkur to'plamni tuzishda umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oqitilayotgan darsliklardan, shuningdek, oquv atlaslaridan ham foydalanilgan. Ikki qismdan iborat mazkur yangi variantlar to'plami oliy oquv yurtlariga kirish imtihonlarida muvaffaqiyatga erishishingizda, geografiya fanidan bilimlaringizni mustahkamlashda katta yordam beradi.
978-9943-6962-6-6
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/adhamzhon-mamadierov-kuvonchbek-sagdullaev-geografiya-fanidan-variantlar-tuplami-ii-kism
Adhamjon Mamadiyorov, Quvonchbek Sag'dullayev: Geografiya fanidan variantlar to'plami (II qism)
Mazkur to'plamni tuzishda umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oqitilayotgan darsliklardan, shuningdek, oquv atlaslaridan ham foydalanilgan. Ikki qismdan iborat mazkur yangi variantlar to'plami oliy oquv yurtlariga kirish imtihonlarida muvaffaqiyatga erishishingizda, geografiya fanidan bilimlaringizni mustahkamlashda katta yordam beradi.
978-9943-6962-6-6
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nozima-tuigunova-geografiya-fanidan-savollar-tuplami
Nozima Tuyg'unova: Geografiya fanidan savollar to'plami
Qo'llanma oʻrta umumta'lim maktablarning geografiya darsliklari hamda atlaslari asosida tuzilgan 5000 dan ziyod savollarni o'z ichiga oladi. Kitob maktab va litsey o'quvchilari, abituriyentlar hamda keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
978-9943-5455-7-1
480
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/geografiya-fanidan-malumotnoma
Geografiya fanidan ma'lumotnoma
Keyingi paytlarda yurtimizda turli fanlardan tayyorlangan qo‘shimcha qo‘llanmalarga ehtiyoj oshdi, chunki yildan yilga fanlar doirasi kengayib, yangi maʼlumotlar bilan boyib bormoqda, darslik va o‘quv qo‘llanmalari mukammallashib, imtihonlar ham murakkablashmoqda. Geografiya bo‘yicha ushbu qo‘llanma o‘quvchilarning ana shunday ehtiyojlarini hisobga olgan holda tuzilgan va mukammalligi bilan ajralib turadi, o‘quvchi undan o‘ziga kerakli maʼlumotlarni tizimli tanda olish imkoniga ega. Kitob abituriyentlar, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchi yoshlar va geografiyaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6362-4-8
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/adhamzhon-mamadierov-shahzod-ibragimov-geografiya-savollar-tuplami
Adhamjon Mamadiyorov, Shahzod Ibragimov: Geografiya savollar to'plami
Mazkur qo‘llanma maktab darsliklari asosida mavzulashtirilgan tarzda tuzilgan. Bir nechta o‘zaro bog‘liq mavzular jamlanib, bir mavzu ostiga birlashtirilgan. To‘plamni tuzishda umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan darsliklardan, qo‘shimcha ravishda 5-9-sinf atlaslaridan va amaliy mashg‘ulotlardan ham foydalanilgan. Kitob maktab va litsey o‘quvchilari, abituriyentlar hamda keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-5455-8-8
480
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sharl-loran-napoleonzoda
Sharl Loran: Napoleonzoda
Fransuz adibi Sharl Loran qalamiga mansub «Napoleonzoda» romani o‘z ichiga XIX asrning boshlari – Napoleon Fransiyasi davrini olgan «Napoleonning josusi» asarining mantiqiy davomidir. Asarda bayon qilingan asosiy voqealar bosh qahramon – Rim qiroli gersog Reyxshtadtskiy atrofida aylanadi. Gersog Reyxshtadtskiy asli buyuk fransuz sarkardasi Napoleon Bonapartning o‘g‘li – Jozef Fransua Sharl Bonapart. Otasining ayanchli taqdiri o‘g‘ilning hayotiga ham soya soldiki, onasidan ayro yashagan, o‘z bobosi qo‘lida tutqun bo‘lgan Napoleonzoda 21 yoshida sil kasalligidan vafot etadi... Kitobxon romanni mutolaa qilar ekan, XIX asr boshlaridagi ikki qirollik oliy nasab kishilar, tug‘ishganlar o‘rtasidagi adovat, shaxsiy g‘arazlar buyuk insonlar hayotining qanchalar ayanchli bo‘lganiga guvoh bo‘ladi.
978-9943-27-800-4
240
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/geografiya-haritali-rasmli-va-zhadvalli-savollar-tuplami
Geografiya: Xaritali, rasmli va jadvalli savollar to'plami
Ushbu savollar to‘plami amaldagi test tizimi talablariga muvofiq yangi darsliklar asosida tuzilgan. Kitobda 1350 ta savol-javoblar, o‘quv atlaslari, jadvallaru foydali qazilmalarning shartli belgilari, diagrammalar, koordinatalar hamda xarita va rasmlar berilgan. Kitob geografiya faniga qiziquvchilar, abituriyentlar, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Tuzuvchilar: Adhamjon Mamadiyorov, Quvonchbek Sag‘dullayev, Shahzod Ibragimov
978-9943-6965-1-8
528
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/atlas-nachalnyi-kurs-fizicheskoi-geografii-5-klass-konturnye-karty
Атлас (Начальный курс физической географии 5 класс) +Контурные карты
Атлас по географии для 5-го класса.
978-9943-15-783-5
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-nur-borki-soya-bor-kattik-mukova
O‘tkir Hoshimov: Nur borki, soya bor (qattiq muqova)
Ўзбек адабиётида фақат шу миллатгагина хос бўлган фазилат ва қадриятларни тараннум этувчи шоир ва ёзувчилар кўпчиликни ташкил этади. Ўткир Ҳошимов ижодида айнан шу жиҳатлар устуворлик қилади. Ўзбекона туйғу, кечинма, инсоний қадр-қиммат мавзуларини ўзига хос ифодалаган адибнинг, "Нур борки, соя бор" романида инсон руҳияти бутун мураккаблиги ва серқирралиги билан тасвирланади. Бу асарларга ҳаёт ва инсон ҳақидаги фалсафий, ибратли фикрлар сингдириб юборилган, ҳалоллик ва поклик улуғланган, "нур" ва "соя"лар орасидаги азалий кураш мавзуси таъсирли воқеалар асосида ёритилган.
978-9943-5397-9-2
256
2018