url
stringlengths 33
166
| name
stringlengths 5
141
| description
stringlengths 0
16.1k
⌀ | isbn
stringlengths 5
37
⌀ | num_pages
stringlengths 2
4
⌀ | year_published
stringclasses 20
values |
---|---|---|---|---|---|
https://asaxiy.uz/uz/product/timoti-uoker-finlandiya-talim-mujizasi | Timoti Uoker: Finlandiya ta'lim mo'jizasi | 2001 yilda o‘n besh yoshli fin o‘quvchilari o‘qish, matematika, va tabiiy fanlar bo‘yicha tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini baholash uchun mo‘ljallangan "Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi" (PISA)da eng yuqori ball olgani butun dunyoni hayratda qoldirdi. PISA testi natijalari sabab Finlyandiya maktablarining taʼlim tizimi eng yaxshi deb tan olingach, dunyoning barcha qitʼalaridagi pedagoglar fin hamkasblarining siri nimada ekanligini bilish uchun ularning tajribalarini o‘rganishga kirishdilar.
Xelsinkidagi maktabda ikki yil ishlagan amerikalik o‘qituvchi Timoti Uoker fin maktablaridagi muvaffaqiyatning zamirida juda oddiy tamoyil - o‘quv jarayonlarida quvonch mavjudligini taʼkidlaydi. Qisqa o‘quv kuni, yengil uy vazifalari va kam standartlashtirilgan testlar - bu faqat samarali taʼlim tizimining tashqi jihatlari, xolos.
Uoker o‘z kitobida fin taʼlim tizimi qanday tashkil etilgani, nima uchun o‘quvchilar bilan ularning baholarini muhokama qilish kerakligi, bolalarga ixtiyor erkinligini berish va ular bilan birgalikda kunni rejalashtirish o‘g‘il-qizning mustaqil bo‘lishiga qanday yordam berishi, devorlardagi ko‘rgazmali materiallarning haddan ziyod ko‘pligi o‘zlashtirishning pasayishiga olib kelishi, nega tanaffus chog‘ida o‘qituvchi bolalar bilan birga o‘ynashi muhimligi kabi masalalar haqida hikoya qiladi. Ushbu kitobda muallif o‘zbek maktablarida ham qo‘llasa bo‘ladigan 33 ta strategiyani taklif etadi. | 978-9943-8176-7-8 | 272 | 2023 |
https://asaxiy.uz/uz/product/greg-makkeon-essencializm-oddiilik-iuli | Greg Makkeon: Essentializm: Oddiylik yo'li | Ushbu kitob kitobxonga keraksiz va ahamiyatsiz yumushlar-u takliflarga “yo‘q” deya olishni o‘rgatadi. Ushbu “yo‘q” ko‘nikmasini o‘ziga singdirgan har qanday shaxs shaxsiy hayoti, faoliyati, odamlar bilan munosabatida katta muvaffaqiyatlarga erishishi tayin. Muallif ushbu risolada kichik ishlar orqali katta muvaffaqiyatlarga erishish yo‘llarini hayotiy misollar orqali ko‘rsatib bergan. | 978-9943-7085-1-8 | 256 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/omina-shenlikugli-imomning-maneken-qizi | Omina Shenliko‘g‘li: Imomning maneken qizi | Омина Шенликўғли 1953 йилда Туркиянинг Гиресун вилояти, Дарали Анбаралан қишлоғида туғилган. Кичик ёшиданоқ Адабозорига, у ердан эса оиласи билан биргаликда Истанбулга келиб жойлашади. Ёшлик чоғидан турли йўналишлардаги таҳсил билан бир қаторда христианлик дини ва "Инжил" китоби бўйича илмий изланишлар билан шуғалланади. Кейинги йилларда кўпроқ Исломий билимлар олиб, фиқҳ ва ақоидда мустаҳкам билимга эга бўлди. Диний олим ва журналист Ражаб Ўзкан билан турмуш қуриб, икки фарзанднинг онаси бўлади.
Омина Шенликўғли 1985 йилдан бери "Мактуб" номли журналнинг нашр ишлари бошқарувчиси бўлиб ишлаб келмоқда. Вақти-вақти билан Туркиянинг турли вилоятлари ва чет мамлакатларда конференциялар ўтказиб келади. Кўплаб ҳикоя, қисса ва романлар муаллифидир.
| null | 171 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/asaxiy-books-bestsellerlari-oktyabr-20ta-kitob-15-chegirma | «Asaxiy Books bestsellerlari», Mart: (20 ta kitob) 15 % chegirma | «Asaxiy Books bestsellerlari», Mart oyida:
1. Jeyms Klir: Atom odatlar
2. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
3. Jorj Oruell: Molxona
4. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
5. Piter Hopkirk: Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi
6. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati
7. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
8. Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday ko‘rish mumkin
9.Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
10. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
11. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
12. Paulo Koelyo: Alif
13. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
14. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
15. Deniyel Kiz: Eljernonga atalgan gullar
16. Jorj Oruell: 1984
17. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
18. Hans Rosling: Factfulness
19. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol
20. Klaus Shvab: To‘rtinchi sanoat inqilobi
Jami: 1 010 000 so‘m
Siz eng ommabop 20 kitobdan iborat to‘plamni internet do‘konimiz orqali 15 % chegirma bilan 859 000 so‘mga xarid qilishingiz mumkin. | null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/erkaklarga-sovga-kilish-mumkin-bulgan-5-kitob | Erkaklarga sovg‘a qilish mumkin bo‘lgan 5 kitob! | 1. Teodor Drayzer: Sarmoyador
“Sarmoyador” — amerikalik yozuvchi Teodor Drayzerning eng mashhur romanlaridan biri. Adibning “Istak trilogiyasi” dan joy olgan ushbu asari 1912 — yilda nashr etilgan. Unga amerikalik temir yoʻl korchaloni, millioner Charlz Yerksning hayot yoʻli asos qilib olingan. Kitobda konkret inson misolida tadbirkor qanday fikrlashi, xayolidan qanday oʻylar kechishi, muammolarga qanday yechim topishi tasvirlangan. Bu asar chinakam tadbirkor xarakteriga berilgan chizgidir.
2. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
Qanday qilib yetim bola oddiy garajdan boshlab dunyoning eng katta brendi Apple ni asos solganligi haqida. Hayot past va balandliklardan iborat ekanligi, inson mukammal emasligi, har bir muvaffaqiyat orqasida ulkan mehnat va harakatlar turganligini koʻrsatuvchi kitob. Yoshlarni katta maqsad qoʻyishga, mehnatga, masʼuliyatga, tirishqoqlikka undaydi.
3. Piter Hopkirk: Katta oʻyin. Ikki imperiya toʻqnashuvi
Ushbu kitob mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy oʻyinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni oʻz taʼsiri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi. Hikoya boʻlganda ham voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan shohidlarning hikoyalari.
Geosiyosiy bir oʻyin tarzida kechgan bu kurashda tomonlar kim koʻproq va kattaroq hududni egallash payida edi. Chor Rossiyasi Hindistonga chiqish, inglizlar tasarrufidagi hududni oʻziniki qilishni koʻzlasa, Britaniya imperiyasi bunga goh bufer davlatlar yaratish, goh Hindiston mulki chegaralarini kengaytirish orqali qarshi turadi. Rossiya ham inglizlar egallab olmasidan burun xonliklarni oʻz imperiyasiga qoʻshib olishga oshiqadi.
4. Den Braun: Ibtido
“Biz qayerdan paydo boʻlganmiz?” “Kelajakda bizni nima kutmoqda?” Bu savollar olimlar va turli eʼtiqoddagilarning bahslariga sabab boʻlgan. Professor Robert Lengdon oʻz shogirdi, yosh futurolog Edmond Kirshning taklifi bilan Ispaniyaga boradi va uning taqdimotida ushbu savollarga javob berilishidan xabar topadi. Ammo u javobni eshitishga ulgurmaydi, hammasi chappasiga aylanib ketadi... Ilk bor oʻzbek tilida taqdim etilayotgan ushbu asar qahramonlari din va fan oʻrtasidagi azaliy bahs mohiyatini ochib berishga harakat qiladi.
5. Henri Ford: Mening hayotim
Henri Ford bu kitobda qanday ish boshlagani, qanday qilib biznesga kirgani, muvaffaqiyatli va nihoyatda boy biznesmen boʻlish uchun qanday strategiyalar qoʻllagani va qanday qilib uzoq muddatli kompaniya qurgani haqida maʼlumot berilgan. Ushbu kitobda siz boshqalarning belgilangan tamoyillardan foydalangan holda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilishlari mumkinligini bilib olasiz. Mutolaa payti Henri Ford sizni oʻz tarixi, dunyosi bilan tanishtiradi, biznes falsafasini koʻrsatadi va qimmatli maslahatlarini beradi.
Kitob eng yaxshi sovgʻa. Yaqinlaringiz kitob oʻqishiga sababchi boʻling.
To'plamni Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish bepul! | null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/kel-nyuport-dikkat-chalgituvchi-duneda-muvaffakiyat-sirlari-kattik-mukova | Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari (qattiq muqova) | Ishda, oʻqishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim Telegram, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalgʻitadimi? Demak, AQShlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun. Diqqatni jamlab, chalgʻimasdan oʻz faoliyati bilan shugʻullanish muammoga aylangan zamonda professor oʻzining ilmiy asosga ega maslahatlari bilan sizga yordamga keladi.
Kitobda eng muhim mavzu, keraksiz kichik narsalarga chalgʻimasdan, diqqatni murakkab va muhim vazifalarga jalb qilish haqida yozilgan. Kitobda taʼkidlanishicha zamonaviy dunyoda diqqatini jamlab, bir vazifa ustida ishlay bilgan odamlargina haqiqiy yutuqlarga erisholadi.
Teran ish — bu kognitiv jihatdan talabchan vazifadan chalgʻimasdan diqqatni jamlash qobiliyati. Bu sizga murakkab maʼlumotlarni tezda oʻzlashtirish va qisqa vaqt ichida yaxshi natijalarga erishish imkonini beradigan mahoratdir. Teran ish sizni qilayotgan ishingizni samaraliroq qiladi va ish jarayonida haqiqiy qoniqish hissini beradi.
Muallif va professor Kel Nyuport “Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari” asarida ijtimoiy tarmoqlarning hayotga taʼsiri haqida hikoya qiladi. Chalgʻish yomon deb bahslashish oʻrniga, u aksincha teran ish kuchini koʻrsatib beradi.
Kitobni oʻqib turib, siz ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarning bizning hayotdagi oʻrni va ahamiyati haqida oʻzingizga savollar berib boshlaysiz.
Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri:
“Avtomatlashtirish va autsorsing ish joyini qayta shakllantirar ekan, bizga qanday yangi koʻnikmalar kerak? Teran ishlarni bajarish qobiliyati. Kel Nyuportning qiziqarli yangi kitobi chalgʻimaydigan muhitda diqqatni jamlash uchun qoʻllanma boʻlib, tez, chuqur oʻrganish va ishlatish mumkin. Bunga aqlingiz uchun gimnastika sifatida qarang va mashq dasturingizni bugundan boshlang.”
— Daniel X. Pink, Drive va When kitoblari muallifi.
“Bu kitob diqqatni jamlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi va uni hayotimizga tatbiq etish uchun darhol amalda qoʻllash mumkin boʻlgan qadamlarni taklif qiladi.”
— Adam M. Grant, Originals va Think Again muallifi
“Kel Nyuport — shovqin dengizidagi tiniq ovoz boʻlib, ilm-fan va ishtiyoqni teng darajada olib keladi. Bizga koʻproq kliklar, koʻproq mushuklar va koʻproq emojilar kerak emas. Bizga jasoratli ish kerak, koʻzlarimizni ishdan olganimizda sodir boʻladigan ish .“
— Set Godin, This is marketing va The Practise kitoblari muallifi
“Kel Nyuport insonning aqliy kuchlarini qayta tiklash boʻyicha men koʻrgan eng maʼlumotga boy va aqlli amaliy maslahatlar toʻplamini taqdim etadi.“
— Metyu B. Krouford, The World Beyond Your Head va Why We Drive kitoblari muallifi.
“Bu chuqur, sayoz boʻlmagan, hayotingizni boyitadigan kitob.“
— The Globe and Mail
“Teran ish hozir mening eng sevimli kitoblarimdan biri boʻlib, bu men uchun hayotimni oʻzgartirgan kitob boʻldi desam, hazillashmayman. Oʻylaymanki, bu siz uchun ham shunday boʻlishi mumkin.“
— Brett Makkey, The Art of Manliness kitobi muallifi
Muallif haqida:
Kel Nyuport Georgetown universitetining kompyuter fanlari professori va New York Times bestselleriga aylangan yettita kitob, jumladan, “E-pochtasiz dunyo”, “Raqamli minimalizm”, “Ular sizni eʼtibordan chetda qoldira olmaydi” va “Diqqat” kabi 35 ta tilga tarjima qilingan kitoblar muallifidir. U New Yorker, New York Times va WIRED gazetalarining doimiy hamkori, NPRning mehmoni va mashhur Deep Questions podkastining boshlovchisi.
| 978-9943-23-167-2 | 230 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/jona-berger-yuqumlilik-mahsulot-va-goyalar-qandaj-ommalashadi-oldindan-buyurtma | Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi (qattiq muqova) | Nima mahsulot yoki gʻoyani mashhur qiladi? Agar siz reklama degan boʻlsangiz, qayta oʻylab koʻring. Odamlar reklamani tinglamaydi, tengdoshlarini tinglaydi. Lekin mahsulot va gʻoyalarning tilga tushishi va ommalashuvi sababi nimada? Nega baʼzi maʼlumotlarni odamlar bir-biriga ulashadi? Nima uchun ayrim mish-mishlar epidemik xususiyatga ega? Gʻoyalar qanday omillar tufayli “virus” kabi keng tarqaladi? Nima uchun baʼzi mavzular haqida koʻproq suhbatlashamiz va unga oid maʼlumotlarni boshqalarga ulashamiz?
Uorton biznes maktabi marketing professori Yona Berger soʻnggi oʻn yil davomida ushbu savollarga javob berdi. U nima uchun mahsulotlar ogʻizdan ogʻizga tushishini va ijtimoiy taʼsir biz sotib olgan mashinalardan tortib, kiygan kiyimimizgacha, farzandlarimizga qoʻyadigan ismlargacha qanday shakllanishini oʻrgandi.
“Yuqumlilik” asarida Berger ogʻizdan-ogʻizga va ijtimoiy uzatish ortidagi sirli ilmni ochib beradi. Oltita asosiy tamoyil isteʼmol mahsulotlari va siyosat tashabbuslaridan tortib, ish joyidagi mish-mishlar va YouTube videolarigacha boʻlgan har xil narsalarni yuqumli holga keltirishini bilib oling. Qanday qilib hashamatli steykxaus mashhur boʻlmagan pishloqli steyk orqali mashhurlikka erishganini, nega giyohvandlikka qarshi reklama roliklari aslida giyohvand moddalarni isteʼmol qilishni koʻpaytirganini va nima uchun 200 milliondan ortiq isteʼmolchilar eng zerikarli mahsulotlardan biri: blender haqidagi videoni yaqinlari bilan baham koʻrishini bilib oling.
“Yuqumlilik” kitobi maʼlumotlarning tarqalishiga yordam berish uchun — odamlar baham koʻradigan xabarlar, reklamalar va kontentni loyihalash uchun maxsus, ishlatishga yaroqli usullarni taqdim etadi. Siz katta kompaniya menejeri boʻlasizmi, brend xabardorligini oshirishga harakat qilayotgan kichik biznes egasimisiz, lavozimga nomzod boʻlgan siyosatchimisiz yoki sogʻliqni saqlash xodimi boʻlasizmi, “Yuqumlilik” sizga mahsulot yoki gʻoyangizni qanday ommalashtirishni koʻrsatib beradi.
Ushbu kitobda Yona Berger ijtimoiy tarqaluvchanlik zamiridagi omillarni sodda va tushunarli tarzda bayon qilgan. Siz mutolaa qilmoqchi boʻlgan qiziqarli hikoyalar va keng qamrovli tadqiqotlar xulosalariga boy “Yuqumlilik” kitobi mahsuloti yoki gʻoyasi ommalashishini istagan har bir inson uchun muhim qoʻllanmadir.
Kitob oʻz mahsulot, xizmat va gʻoyalarini keng ommalashtirishni istaydigan har bir tadbirkor, marketolog, jurnalist, matbuot kotibi, PR menejer va blogerlar uchun tavsiya etiladi.
Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri:
“Nega baʼzi gʻoyalar bir kechada tarqalib ketadi, boshqalari esa yoʻqoladi? Qanday qilib baʼzi mahsulotlarni hamma joyda koʻrishimiz mumkin, boshqalari esa hech qachon oʻziga jalb etmaydi? Yona Berger javoblarni biladi va “Yuqumlilik” kitobi orqali biz ham bilamiz.“
— Charlz Duhigg, “The Power of Habit” bestselleri muallifi
“Yona Berger — bu faktlarni oʻrgangan, uni fantastikadan ajratib olgan va mutaxassislarning fikrlash tarzini oʻzgartirishga erishgan va yangi tajribalar oʻtkazgan noyob zotdir. Agar bu yil gʻoyalar qanday ommalashishi haqida bir dona kitob oʻqimoqchi boʻlsangiz, u shu kitobdir.“
— Deyv Balter, BzzAgent bosh direktori va “Ogʻizdan ogʻizga” marketing assotsiatsiyasi asoschilaridan biri
“Yona Berger maʼlumotlarning “yuqumli” boʻlishiga nima sabab boʻlishi haqida dunyodagi hammadan koʻra koʻproq biladi.“
— Daniel Gilbert, “Baxtga qoqilish” bestselleri muallifi
Muallif haqida:
YONA BERGER Pensilvaniya universiteti Uorton biznes maktabi marketing professori. Eng nufuzli ilmiy jurnallarda uning oʻnlab maqolalari chop etilgan va yana qator ishlari “New York Times”, “The Wall Street Journal”, “The Washington Post”, “Science”, “Harvard Business Review”, “Wired”, “BusinessWeek” va “Fast Company” nashrlaridan oʻrin olgan.
| 978-9943-23-180-1 | 248 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/2020-jilning-eng-bestseller-kitoblar-tuplami-20ta-kitob | "Asaxiy Books yil bestsellerlari 2022" to‘plami | Xabaringiz bor, har yili «Asaxiy Books yil bestsellerlari» ro‘yxatini eʼlon qilamiz. Ro‘yxatdan, www.asaxiy.uz internet-do‘koni orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan 20ta kitob joy oladi. Mana nihoyat 2022 yilda eng ko‘p sotilgan kitoblar ro‘yxatini eʼlon qilish vaqti keldi. Ushbu ro‘yxatda 2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 1 dekabrga qadar eng ko‘p sotilgan kitoblar o‘rin olishdi.
Asaxiy Books yil bestsellerlari 2022:
1. Jeyms Klir: Atom odatlar - 45.000 so‘m - 300 bet
2. Jorj Oruell: Molxona - 29.000 so‘m - 100 bet
3. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º - 39.000 so‘m - 224 bet
4. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi - 59.000 so‘m - 380 bet
5. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati - 29.000 so‘m - 192 bet
6. Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi - 60.000 so‘m - 248 bet
7. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li - 29.000 so‘m - 92 bet
8. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma - 45.000 so‘m- 368 bet
9. Jorj Oruell: 1984 - 49.000 so‘m - 338 bet
10. Jon G. Miller: COC! Savol ortidagi savol - 25.000 so‘m - 104 bet
11. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs - 60.000 so‘m - 624 bet
12. Teodor Drayzer: Sarmoyador - 59.000 so‘m - 700 bet
13. Hans Rosling: Factfulness - 49.000 so‘m - 344 bet
14. Den Braun: Raqamli qalʼa - 45.000 so‘m - 480 bet
15. Oldos Haksli: Ajib yangi dunyo - 39.000 so‘m - 258 bet
16. Deniyel Kiz: Eljernonga atalgan gullar - 39.000 so‘m - 260 bet
17. Henri Ford: Mening hayotim - 50.000 so‘m - 298 bet
18. Paulo Koelyo: Alif - 39.000 so‘m - 308 bet
19. Larisa Burakova: Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi - 50.000 so‘m - 328 bet
20. Den Braun: Ibtido - 60.000 so‘m - 668 bet
Jami: 899.000 so‘m
To‘plamni chegirma bilan 699.000 so‘mga xarid qiling.
*Reytingda uchinchi o‘rinda bo‘lgan "Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari" va o‘n ikkinchi o‘rinda bo‘lgan "Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari" kitoblari tugab qolganligi sababli "Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º" va "Teodor Drayzer: Sarmoyador" kitoblariga almashtirildi!
To‘plam haqida savollarga javoblar:
Kitoblar necha betdan iborat?
- Kitoblarning eng kattasi 700, eng kichigi 92 betdan iborat.
Kitoblarning muqovasi qanaqa?
- 2 ta kitob muqovasi qattiq, 18 tasi yumshoq muqovadir.
| null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/zheims-klir-atom-odatlar-kattik-mukova | Jeyms Klir: Atom odatlar (qattiq muqova) | Kichik oʻzgarishlar, katta natijalar!
New York Timesʼning birinchi raqamli bestselleri. Dunyo bo'ylab 2 yilda 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan!
Sizga hayotingizni o'zgartirishda muhim bo'lgan ajoyib kitobni ona tilimizda taqdim etishdan xursandmiz.
Nima maqsad qoʻyganingizdan qatʼiy nazar, ushbu kitob sizga har kuni oz-ozdan yaxshilanib borishning sinalgan dasturini taklif qiladi. Odatlarni shakllantirish boʻyicha dunyoning yetakchi ekspertlaridan bori Jeyms Klir yaxshi odatlarni shakllantirish, yomonlaridan xalos boʻlish hamda katta natijalarga olib boruvchi kichik odatlarni egallashni oʻrgatuvchi amaliy strategiyalarni ochib beradi.
Agar odatlaringizni oʻzgartirishni uddasidan chiqa olmayotgan boʻlsangiz, muammo sizda emas. Muammo tizimda. Yomon odatlar takrorlanaverishining sababi siz ularni oʻzgartirishni xohlamayotganingizda emas, balki oʻzgarish uchun notoʻgʻri tizim tanlaganingizda. Siz maqsadlaringizning darajasiga koʻtarilmaysiz, bilʼaks tizimlaringiz darajasiga tushib qolasiz. Mazkur kitobda esa sizni yangi choʻqqilarga olib chiquvchi sinashta tizim bilan tanishasiz.
Klir murakkab mavzularni ham kundalik hayotga va ishga osongina tatbiq qilsa boʻladigan oddiy odatlarga bogʻlab, yechim bera olishi bilan tanilgan. Kitobda u yaxshi odatlarni muqarrar, yomonlarini esa ilojsiz qilish boʻyicha tushunishga oson yoʻriqnoma yaratar ekan, biologiya, psixologiya va neyroilmdagi eng ishonchli gʻoyalarga suyanadi. Mutolaa davomida kitobxon Olimpiadadagi oltin medal sohiblari, yetakchi biznesmenlar, inson hayotini saqlab qolgan shifokorlar oʻz kasbini ustasi boʻlishda mitti odatlar ilmidan foydalangani hamda sohada eng zoʻriga aylangani haqidagi hayotiy hikoyalarini oʻqib, ruhlanadi.
Qanday qilib:
- yangi odatlar uchun vaqt ajratishni (hatto qiladigan ishlaringiz oshib-toshib ketganda ham);
- ishtiyoqsizlik va irodasizlikni yengishni;
- atrof-muhitni muvaffaqiyatga erishishni osonlashtiradigan qilib tartiblashni;
- yoʻldan adashganda ortga qayta olishni va boshqa koʻplab narsalarni oʻrganing.
“Atom odatlar” oʻsish va muvaffaqiyat haqidagi fikrlaringizni oʻzgartiradi hamda sizga odatlaringizni oʻzgartirishda zarur boʻlgan qurol va strategiyalarni taqdim etadi. Xoh chempionatda gʻalaba qozonishni istayotgan jamoa boʻling, xoh sohaga qayta jon berishga umid qilgan tashkilot, yoki shunchaki chekishni tashlashni, ozishni, stressni kamaytirishni yoki yana boshqa bir maqsadga erishishni xohlayotgan oddiy inson boʻling, bu kitob sizga naf keltirmay qolmaydi.
Tarjimon: Sarvinoz Qosimova
Muharrir: Z. G‘ulomova
Musahhihlar: Y. Mahmudov, U. Abdusalomova
Dizayner: A. Umarova
Sahifalovchi: X. Yo‘ldoshev
Kitob haqida OAV va mashhurlar:
"Juda amaliy va foydali kitob. Jeyms Klir odatlarning shakllanishiga oid eng asosiy ma'lumotlarni tarqatadi, shuning uchun siz kamroq narsaga e'tibor qaratib, ko'proq narsaga erishishingiz mumkin."
-Mark Menson, "Beparvolikning nozik san'ati" kitobi muallifi
“Jeyms Klir ko'p yillar umrini shaxsiy kamolot san'ati va odatlar fanini o'rganishga sarfladi. Ushbu qiziqarli, amaliy kitob sizga yomon tartiblarni buzish va yaxshilarini odat qilish uchun kerak bo'lgan qo'llanmadir."
-Adam Grant, "Originallar, Ber va ol" kitobi muallifi, mashhur yozuvchi
“Atom odatlari – bu bir (yoki o‘nlab) yomon odat(lar)ni tashlay olmayotganidan hafsalasi pir bo‘lgan va nihoyat salomatlik, fitnes, moliyaviy erkinlik, ajoyib munosabatlarga erishmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib kitob. yaxshi qo'llanma."
– Medium.com nashri | 978-9943-23-194-8 | 300 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/dostoevskij-kambagallar | Dostoyevskiy: Kambag‘allar | Достоевский инсон руҳиятини ёритувчи салмоқли асарлари билан жаҳон адиблари рўйхатидан ўрин олди. Унинг умуминсоний қадриятларни тараннум этувчи барча асарлари аллақачон ҳақиқий китобхонлар жовонига териб бўлинган. Адибнинг маълум бир миллат ҳаётини, турмуш таризини ёритар экан, замирида барча халқларга бирдек хос бўлган маънавий хусусиятларни меҳр-муҳаббат, садоқат, элпарварлик, меҳнатсеварликни юксакларга кўтаради. "Камбағаллар" романи ҳам ана шундай туйғу ва ҳислатларни улуғловчи асарлардан бири.
| 978-9943-5492-5-8 | 158 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/asaxiy-books-kitoblariga-obuna | Asaxiy Books kitoblariga obuna | Endi Asaxiy kitoblari sizni uyingizda kutadi!
Asaxiy Books loyihasi doirasida tarjima va chop etiluvchi bestsellerlar, fikrlash va hayot tarzini keskin yaxshilovchi kitoblar uchun obuna eʼlon qilamiz. Endi Asaxiy doirasida kitob chop etilganda alohida buyurtma berishingiz va yetkazib berish uchun alohida haq to'lashingiz shart emas. Siz bir martalik obuna orqali Asaxiy doirasida kelajakda chop etiluvchi 20ta kitobga obuna boʻlishingiz mumkin. Kitoblar chop etilishi bilanoq uyingizga bepul yetkazib beriladi. Ularni birinchilardan boʻlib mutolaa qiluvchilar safida boʻlasiz.
Obunani oʻzingiz uchun xarid qilishingiz yoki yaqin insoningizga sovgʻa sertifikati sifatida joʻnatishingiz ham mumkin. Birgina obuna qadrli insoningizni yiliga eng kamida 20 marta xursand qilish imkonini beradi. Bundan manfaatliroq va qadrliroq sovgʻa boʻlmaydi. Har safar yangi kitob borganida u inson sizni eslab minnatdor boʻlishi esa yana bir xursandchilik.
Toʻplamga tashkilotlar, taʼlim dargohlari va xususiy kompaniyalar ham pul oʻtkazish yoʻli bilan obuna boʻlishlari ham mumkin.
Eng yaxshi investitsiya, bilimingizga qilingan investitsiyadir. Buni hoziroq amalga oshiring!
2023 - yilda loyiha doirasida chop etilishi kutilayotgan kitoblarga misollar:
1. Charlz Uilan: Yalang'och iqtisodiyot: murakkab sohaning sodda qiyofasi
2. Jon Mann va Devid Bax: Latte faktori.
3. Maye Musk: A woman makes a plan
4. Herver Le Tellier : L'anomalie
5. Grant Cardone: Sell or be sold
6. Barbara Oakley: A mind for numbers
7. Jyul Vern: 15 yoshli kapitan
8. Питер Тиль: Нолдан биргача
va boshqalar | null | null | 2023 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mich-elbom-morrining-seshanba-darslari | Mich Elbom: Morrining seshanba darslari | Ушбу китоб инсонни умрнинг ҳар лаҳзасидан унумли фойдаланишга, ўзгаларга меҳр улашишга, ҳар бир ўзгариш ва хатти-ҳаракатданмҳикмат қидиришга, бир сўз билан айтганда, шунчаки яшамасликка ўргатади.
Ёзувчи ёзиқлари орқали руҳ тетиклиги ҳар нарсага қодирлигини, руҳият кучли бўлса, инсон табиатини ҳам гўзаллаштириб боришини кўрсатиб ўтади.
Мазкур асар орқали китобхон яқинларининг қадрини, соғликнинг нақадар зарурлигини, умрнинг қанчалик бебаҳолигини англайди ва ҳаётига ўзгача кўз билан қарай бошлайди. | 978-9943-7083-1-0 | 164 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mark-menson-beparvolikning-nozik-sanati | Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati | #1 “New York Times” bestselleri
10 milliondan ortiq nusxada sotilgan
Soʻnggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali oʻzimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolgʻon tasavvurlarimiz va ularni toʻgʻrilash haqida yozdi. Nihoyat, u oʻzining achchiq haqiqatlarini shu kitobga jamladi.
Ushbu kitobda muallif baxtli boʻlishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni toʻxtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb koʻrsatadi.
“Yillar mobaynida bizga ijobiy fikrlash – baxtli va muvaffaqiyatli hayotning kaliti, deya uqtirib keldilar. Ortiq bunday boʻlmaydi. Ijobiylikka tupuring,” – deydi Mark Menson.
Menson ilmiy tadqiqotlar xulosalari va oʻrinli oʻtkir hazillari yordamida oʻz argumentini quvvatlaydi.
Muallif imkonimiz cheklanganini bilib, buni boricha qabul qilishni maslahat beradi. “Bu – qudratli boʻlishning chin manbai, – deydi u. – Qoʻrquvimiz, nuqsonlarimiz va mubhamliklarni boricha qabul qilgach, ortiq ulardan qochmaymiz, balki ularga qarshi yuzlanamiz, izlaganimiz jasorat va ishonchga erishamiz.”
Kitobni oʻqir ekansiz, muallif koʻngilochar hikoyalar-u achchiq hazillar bilan yelkangizdan silkib, mudroqdan uygʻotgandek boʻladi. “Beparvolikning nozik sanʼati” yanada mazmunli, qoniqarli umr kechirishimiz uchun tetiklashtiruvchi tarsakidir.
Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri:
“Chidamlilik, baxt va erkinlik nimaga eʼtibor qilishni bilishdan kelib chiqadi — va eng muhimi, nimaga eʼtibor bermaslikni bilishdan. Bu mohir, falsafiy va amaliy kitob boʻlib, oʻquvchilarga buni amalga oshirish uchun bilim beradi”.
— Ryan Holiday, New York Times bestselleri boʻlgan “ The Obstacle is the Way and Ego is the Enemy” kitobi muallifi
“Markning masalaga chuqur kirib borishi va hayratlanarli, ammo ziddiyatli, hayot qiyinchiliklarini tushunish qobiliyati uni mening sevimli yozuvchilarimdan biriga aylantiradi va bu kitob uning eng yaxshi asaridir.“
— Matt Kepnes, New York Times bestseller boʻlgan “Travel the World on $50 a Day: Travel Cheaper, Longer, Smarter” kitobi muallifi.
“Ushbu kitob sizni eng yaqin doʻstingizning yuzingizga shapaloq urgandek uradi: quvnoq, qoʻpol va nihoyatda oʻylantiruvchi. Faqat barcha bahonalarni chetga surib, yaxshiroq hayot kechirishga tayyor boʻlsangiz, oʻqing.
— Stiv Kamb, “Level Up Your Life” bestseller kitobining muallifi va NerdFitness.com asoschisi
“Har bir boshqa kitobning aksi. Urinmang. Voz keching. Notoʻgʻri boʻling. Standartlaringizni pasaytiring. Oʻzingizga ishonishni toʻxtating. Ogʻriqni kuzatib boring. Har bir mulohaza juda toʻgʻri, foydali va odatdagidan koʻra kuchliroqdir. Qisqa, ammo hayratlanarli darajada chuqur yondashilgan, men uni bir kechada oʻqib chiqdim”.
— Derek Sivers, CD Baby asoschisi va “Anything You Want: 40 Lessons for a New Kind of Entrepreneur” kitobi muallifi
“Toʻgʻri yashash va baʼzan ogʻriqli vaziyatlarda baxt topish boʻyicha qoʻllanma... Koʻpincha mantiqqa toʻgʻri keladigan qarama-qarshi maslahatlarga toʻla bu kitobni oʻqish zavqli va qayta oʻqishga arziydi. Oʻz-oʻzini takomillashtirish kitoblari oʻlchanishi kerak boʻlgan yaxshi mezon”.
— Kirkus Reviews
Muallif haqida:
MARK MENSON – “New York Times” hamda xalqaro miqyosda bestseller deb tan olingan “Beparvolikning nozik sanʼati” asarining muallifi. Uning markmanson.net blogi oyiga ikki milliondan ortiq oʻquvchilarni jalb etadi. Menson Nyu-York shahrida istiqomat qiladi. | 978-9943-23-163-4 | 192 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/toni-shej-baht-etkazish-milliard-dollarlik-internet-dukon-tarihi-buyurtma-asosida | Toni Shey: Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi | • Ishdan boʻshash uchun yangi xodimlarga katta pul taklif qiling
• Mijozlarga xizmat koʻrsatishni faqat bir boʻlim emas, balki butun kompaniya masʼuliyatiga aylantiring
• №1 ustuvor vazifa sifatida korporativ madaniyatiga eʼtibor qarating
• Biznesni yuritishda baxt ilmidan olingan tadqiqotlarni qoʻllang
• Xodimlarga shaxsiy va kasbiy jihatdan oʻsishiga yordam bering
• Dunyoni oʻzgartirishga intiling
• Va pul ishlang. . .
Gʻayritabiiy eshitilyaptimi? Bu har yili 1 milliard dollardan ortiq yalpi tovar sotuvini amalga oshiruvchi onlayn-riteyler Zapposdagi standart ish tartibi. 2009-yilda Fortune jurnalining yillik “Ishlash uchun eng yaxshi kompaniyalar” roʻyxatida eng yuqori oʻrinni egallagandan soʻng Zappos Amazon tomonidan yopilish kunida qiymati 1,2 milliard dollardan ortiq boʻlgan shartnoma asosida sotib olindi.
“Baxt yetkazish” asarida Zappos bosh direktori Toni Shey LinkExchange, Zappos va boshqalar orqali chuvalchang yetishtirish fermasidan tortib pizza biznesini yuritishgacha boʻlgan biznes va hayotda olgan turli saboqlari bilan oʻrtoqlashadi. Bir nafasda oʻqib chiqiladigan ushbu kitob korporativ madaniyat muvaffaqiyat kaliti ekanligi, atrofingizdagi insonlarga baxt ulashish orqali yanada baxtliroq boʻlishingiz mumkinligini koʻrsatadi. Kitob “New York Times” hamda “Wall Street Journal”ning bestseller asarlar roʻyxatidan joy olgan.
Muallif haqida
Toni Shey “Zappos”ga 1999-yilda, kompaniya tashkil topganidan ikki oy oʻtgach, maslahatchi va investor sifatida jalb qilingan. U “Zappos”ning toʻliq tarkibiga 2000-yil qoʻshildi.
Zappos yalpi tovarlar savdosi 2000-yilda 1.6 million dollarni tashkil qilgan boʻlsa, Toni Shey rahbarligida 2008-yilga kelib 1 milliard dollardan oshdi. | 978-9943-23-168-9 | 298 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/uolter-ayzekson-stiv-jobs-yumshoq-muqova | Uolter Ayzekson: Stiv Jobs (yumshoq muqova) | “Asaxiy Books” loyihasida yana bir ajoyib yangilik. Uolter Ayzeksonning “Stiv Jobs” asari ilk marotaba oʻzbek tilida chop etildi. Zamonaviy dunyoning eng yirik biznesmenlaridan biri, innovator, Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning muvaffaqiyat tarixi haqida yozilgan ushbu kitob bir necha yil davomida jahon darajasidagi bestsellerga aylanib ulgurdi.
Kitobda siz otasi tashlab ketgan, onasi rad etgan bola qanday qilib dunyoning eng katta kompaniyasiga asos solishi tarixini oʻrganasiz. Bu ogʻir tabiatli, lekin dunyoni oʻzgacha koʻz bilan koʻra olgan, uni oʻzgartirishni xohlagan, informatsion texnologiyalari revolyutsiyasiga sababchi boʻlgan insonning hayoti haqidagi kitobdir.
Benjamin Franklin va Albert Eynshteynning eng koʻp sotilgan biografiyalari muallifi Uolter Ayzeksondan bu kitob Stiv Jobsning eksklyuziv tarjimai holi hisoblanadi.
Ikki yil davomida Jobs bilan oʻtkazilgan 40dan ortiq intervyularga, shuningdek, yuzdan ortiq oila aʼzolari, doʻstlari, raqiblari, raqobatchilari va hamkasblari bilan boʻlgan intervyularga asoslanib, Uolter Ayzekson juda shiddatli mukammallikka boʻlgan ishtiyoqi sababli oltita sohada: shaxsiy kompyuterlar, animatsion filmlar, musiqa, telefonlar, planshet kompyuterlari va raqamli nashriyot kabi sohalarda inqilob qilgan kreativ tadbirkorning shaxsiyati va hayoti haqida hayratlanarli hikoya yozgan.
Amerika oʻzining innovatsion ustunligini saqlab qolish yoʻllarini qidirayotgan bir paytda va butun dunyo boʻylab jamiyatlar raqamli asr iqtisodiyotini qurishga harakat qilayotgan bir paytda, Jobs ixtirochilik va amaliy tasavvurning yakuniy belgisi boʻlib turibdi. U XXI asrda qiymat yaratishning eng yaxshi usuli ijodkorlikni texnologiya bilan bogʻlash ekanligini bilardi. U tasavvur olami muhandislikning ajoyib yutuqlari bilan birlashtirilgan kompaniya qurdi.
Jobs ushbu kitob bilan hamkorlik qilgan boʻlsa-da, u yozilgan narsalarni nazorat qilmaslikni soʻradi. U hech narsani cheklab qoʻymadi. U oʻzi bilgan odamlarni haqiqatni gapirishga undadi. Jobs esa oʻzi ishlagan va raqobatlashgan odamlar haqida ochiqchasiga, baʼzan shafqatsizlarcha gapiradi. Uning doʻstlari, dushmanlari va hamkasblari uning biznesga boʻlgan yondashuvini va natijada innovatsion mahsulotlarni shakllantirgan ehtiroslar, perfektsionizm, sanʼatkorlik va nazoratga majburlash haqida aniq tasavvur beradi.
Jobsning shaxsiyati va mahsulotlari, xuddi Apple apparati va dasturiy taʼminoti integratsiyalashgan tizimning bir qismi boʻlgani kabi, bir-biri bilan bogʻliq edi. Uning hikoyasi ibratli va ehtiyotkor boʻlib, yangilik, xarakter, yetakchilik va qadriyatlar haqida saboqlarga toʻla.
| 978-9943-23-150-4 | 624 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/frensis-skott-ficzherald-buyuk-getsbi | Frensis Skott Fitsjerald: Buyuk Getsbi | Amerikalik yozuvchi Frensis Fisjerald jahon adabiyotida chuqur iz qoldirgan adiblardan biri hisoblanadi. Sizning eʼtiboringizga havola etilayotgan quyidagi “Buyuk Getsbi” romanida Amerika hayoti tasvirlanadi, Getsbi ismli yigit Dezi nomli qizni chin yurakdan sevib qoladi. Urush sababli sevgan qizini yoʻqotib qoʻyadi. Voqealar tizimi ularning ayrilishi va topishishi asosida kechadi.
Ushbu roman asosida ishlangan badiiy film ham millionlarcha tomoshabinlar mehrini qozongani bois, mazkur jahon adabiyoti durdonasi oʻzbek kitobxonlariga taqdim etilmoqda. | 978-9943-7084-7-1 | 204 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zherom-selinzher-zhavdarzordagi-haloskor-yumshok-mukova | Jerom Selinjer: Javdarzordagi xaloskor | Жером Сэлинжернинг “Жавдарзордаги халоскор” романи 1945–1946 йилларда серияли шаклда қисман нашр қилинган, 1951 йили алоҳида китоб бўлиб чиққан. Асар кўплаб тилларга ўгирилган. Шу кунгача 65 миллион нусхада сотилган. 2005 йили “Time” журнали асарни 1923 йилдан бошлаб инглиз тилида ёзилган 100 та энг яхши романлар рўйхатига киритган. “Modern Library” нашриёти эса романни XX асрнинг 100 та энг сара асарлари қаторидан жой олишга лойиқ топган. 2003 йил BBCнинг “The Big Read” (“Энг кўп ўқилган”) сўровномасида у 15-ўринни эгаллаган. Асарда бепарда сўзлар кўп учрагани боис бир қанча мамлакатларда, жумладан, АҚШ мактабларида ҳам кейинчалик танқидга учраган ва узоқ йиллар нашр этилиши тақиқланган. “Жавдарзордаги халоскор” кўп бора цензурага учраган бўлишига қарамай, АҚШ мактабларида энг кўп ўқитилган асарлар рўйхатида 2-ўринда туради (1-ўринни Жон Стейнбекнинг “Сичқонлар ва одамлар ҳақида” новелласи эгаллаган).
Асарнинг бош қаҳрамони Ҳолден Кольфильд ўсмирларнинг саркашлиги, исёни тимсолига айланишга улгурган. Роман, шунингдек, маъсумлик, асиллик, ўзлик, йўқотиш, дахлдорлик, интим ва тушкунлик каби мураккаб масалаларга ҳам тегиб ўтади.
Жером Сэлинжер 1919 йил 1 январда Нью-Йоркда туғилган ва 2010 йил 27 январда Нью-Ҳэмпшир штати Корниш шаҳрида вафот этган. Иккинчи жаҳон урушига сафарбар қилингунга қадар “Story” ва “The New Yorker” журналларида бир неча ҳикоялари чоп этилган. Аммо 1951 йил босилиб чиққан “Жавдарзордаги халоскор” романи уни машҳур қилди. Нашрдан чиққач 2 ой муддатда оммалашиб кетган романда 16 ёшли ўсмир йигитнинг ўй-хаёллари, атрофидагиларнинг мунофиқлиги ва сохталикларидан безорлиги, ҳаётга бўлган очиқ муносабати ёритилган. Муаллифнинг ўзи 1953 йилги интервьюсида романни қисман автобиографик деб атаган.
"Asaxiy Books" лойиҳаси доирасида таржима ва чоп қилинди.
Таржимонлар:
Зуҳра Раҳимжонова
Ўғилой Мираҳматова
Муҳаррирлар:
Хуршид Йўлдошев
Зиёдахон Ғуломова
Мусаҳҳиҳлар:
Гуласал Қодирова
Гулнора Паттахова
Дизайнер:
Жавоҳир Равшанов
Daryo Uz нашри колумнисти Нурбек Алимов китоб ҳақида:
https://daryo.uz/k/2020/01/07/osmirlikdan-otish-qiyinchiliklari-va-jerom-selinjerning-javdarzordagi-xaloskor-romani-haqida/ | 978-9943-23-176-4 | 252 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhorzh-oruell-1984 | Jorj Oruell: 1984 (yumshoq muqova) | Yangi nashr ingliz tilidan qayta tahrir qilingan va imlo xatolari to‘g‘rilangan.
Jorj Oruellning ushbu romani ilk bora o‘zbek tiliga tarjima qilinib kitobxonlar eʼtiboriga yetkazilmoqda. “1984” romani "BBS talqinidagi eng yaxshi 200 ta kitob" ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni, Newsweek tomonidan insoniyat tarixidagi eng yaxshi kitoblar reytingida 2-o‘rinni egallagan. 2017 yilda ushbu kitob AQSHda eng ko‘p sotilgan kitob hisoblanadi. Asarning bunchalar shuhrat qozonishiga sabablarni kitobni o‘qish mobaynida bilib olishingiz mumkin.
kun.uz nashri kitob haqida:
Oruell aksiomasi: erk – qullikdir, bilimsizlik – kuchdir
Erkinlik ikki karra ikki to‘rt ekanligini ayta olishingdir.
Britaniyalik yozuvchi Jorj Oruellning antiutopik yo‘nalishda yozilgan “1984” romani dunyoning eng mashhur asarlari ro‘yxatiga kiritilgan. Asar o‘zbek tilida ham nashr qilingandan so‘ng o‘zbek kitobxonlari orasida tezda mashhur bo‘lib ketdi, asarni mutolaa qilish, u haqida fikr bildirish haqiqiy chellenjga aylandi. Harqalay, raqsga tushib, boshidan muzdek suv quyishdan ko‘ra, foydali va tartibli musobaqa boshlandi.
“1984” asarida o‘tgan asrning 80-yillarida Ummoniya (Angliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Okeaniya, Janubiy Afrikaning umumiy nomi) mamlakatida hukm surgan siyosiy tuzum haqida so‘z boradi. Nom ham aynan voqealar sodir bo‘lgan yildan kelib chiqib tanlangandek. Kitobda tasvirlangan holatlar tarixiy dalillar bilan solishtirib ko‘rilganda esa real makon Sobiq sovet ittifoqi bo‘lgani, ingliz sotsializmi tushunchasi ostida kommunizm nazarda tutilgani, “1984” esa totalitar tuzum avj olgan palla — 1948 yil ekani (shunchaki raqamlarning o‘rni almashtirilgan) haqida o‘quvchida ehtimol paydo bo‘ladi.
Oruell dunyosida o‘quvchini jalb qiladigan narsa – asarning nomi. Dastlab, uning ishchi nomi «Yevropadagi oxirgi inson» bo‘lgandi. Robotlashayozgan Ingsots jamiyatida yashayotgan, xotirasi, ongi, hissiyotlarini saqlab qolishga intilgan bosh qahramonni yozuvchi faqat tashqi ko‘rinishi odamsimon bo‘lgan maxluq emas, chin maʼnodagi Inson sifatida ko‘rsatishni istaydi. Kuchli ehtimol bilan aytish mumkinki, roman bu nomda ham hozirgidan kam shuhrat qozonmagan bo‘lardi.
Asar voqealari yuz bergan Ummoniyada yagona partiya, boshqaruvchi hokimiyat, jamiyat Ko‘zi mavjud. Ammo, u yerda tirik qonunlar yo‘q. Nimaiki partiya istaklariga uyg‘un bo‘lsa, shularning barchasi qonuniy. Uning manfaatlariga zid har qanday holat, xatti-harakat esa g‘ayriqonuniy. Mantiqan qaralganda, partiya – kishilar jamoasi, yaʼni asar bir guruh kishilar istagi amalga oshirilishi doimo qonuniy sanalgan Ummoniya haqida.
Partiyaning g‘oyalari matematik aksiomaga o‘xshaydi, uni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishga majbursan, nega va qanday qilib degan “o‘rinsiz” savollarga isbot talab qilinmaydi. Partiyaga shaxs emas, individ, ongsiz individ kerak.
“1984” asari uzoq yillar davomida (u 1949 yil chop etilgan) sovet makonida tarqalmaganini to‘g‘ri tushunish mumkin. Asar kapitalistlarning xuruji sifatida avtoritar rejimlar tomonidan inkor etilgan.
Unda tasvirlangan Ingsots (ingliz sotsializmi) jamiyatida bir necha vazirlik faoliyat yuritadi — Haqiqat vazirligi, Muhabbat vazirligi, Farovonlik vazirligi. Lekin biz qo‘llaydigan «ismi jismiga monand» tushunchasi shu nuqtada o‘z maʼnisini batamom yo‘qotadi: Haqiqat vazirligida haqiqatdan boshqa hamma narsa bor. Farovonlik vazirligi istalgan narsaga xizmat qilishi mumkin, faqat farovonlikka emas. Muhabbat vazirligining vazifasi esa muhabbatni tag-tomiri bilan yo‘qotish. Shunga qaramay, Ummoniyada faqatgina Katta Og‘aga nisbatan muhabbat bo‘lishi mumkin. «Katta Og‘aga itoat qilish — bari ular uchun sevimli mashg‘ulotlar».
Kundalik buyumlarning nomi ham partiyaning sharafini eʼtirof etish uchun qo‘yilgandek go‘yo: g‘alaba sharobi, g‘alaba sigaretalari, g‘alaba uyi... Hamma narsa partiyaning mutlaq g‘olibligi nishonasi. O‘z navbatida, uy xarob ahvoldaligi, sharob jig‘ildonni qaynatishdan boshqasiga yaramasligi, sigaretalarning kayfni uchiruvchi achimsiq taʼmini tasvirlash orqali yozuvchi bu g‘oliblikning mo‘rtligiga ishora qiladi. Axir, bu sharoitda yashayotgan jamiyatda qilib, «o‘tgan yilga nisbatan oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy anjomlari, doshqozonlar, yonilg‘i, kemalar – hamma narsa ko‘payadi». Ummoniyada faqat «jinoyatlar va aqldan ozishlar kamayib, yildan-yilga, daqiqadan-daqiqaga hamma va hamma narsa shiddat bilan yangi va yangi cho‘qqilarga ko‘tarilishi» mumkin. Shu zaylda har kuni «teleekran afsonaviy statistikani vulqonday otishda davom etadi».
Zohiran hammada va har joyda tuzumdan rozilik, hayotdan mamnunlik namoyon. Boshqa chora ham yo‘q, har qadamda teleekran va mikrofonlar taʼqib qiladi, «Katta Og‘a seni kuzatib turibdi» — uning nigohlaridan pana joy yo‘q, «bosh chanog‘ingning ichidagi bir necha santimetr kub xayoldan boshqa narsa senga tegishli emas». Bundan boshqa chora yo‘q: yiroqda tomlar orasida politsiya guruhi vertolyoti, hammasidan o‘tadigan Fikrlar politsiyasi fuqarolarni to‘liq nazorat qiladi.
Botinan esa kishilarda tuzumdan norozilik kayfiyati hukmron. Lekin hech kim sir boy bermaydi. O‘taketgan ingsotsparast Parson ham tushida «yo‘qolsin Katta Og‘a!» deya xitob qiladi, bayroqbardorlik va shiorlarni qichqirib aytishda peshqadam bo‘lgan Juliya hissiyotlariga erk beradi, mamlakat yangi tilini ishlab chiqishda jonbozlik ko‘rsatadigan Saym ham dabdurustdan “yo‘qolib” qoladi.
Asar bosh qahramoni Uinston Smit Haqiqat vazirligida tarixni soxtalashtirish (aslida «bir safsataning o‘rniga boshqa safsatani to‘qib chiqarish») bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, partiyaga isyon, Katta Og‘aga nafrat hissi bilan yashaydi, Juliya bilan ishqiy munosabatlar o‘rnatib, o‘z isyonini namoyish qilgandek bo‘ladi. Partiyaga qarshi tuzilgan maxfiy «Birodarlik harakati»ga qo‘shilishga intiladi, quyi qatlam — prollar bir kun kelib partiyani ag‘darishidan umid qiladi.
Asardagi eng ziddiyatli shaxs — O‘Brayen. Dastlab «Birodarlik harakati»ning tarafdori kabi ko‘rinsa ham, partiyaning ashaddiy rahnamosi, Fikr politsiyasi aʼzosi. U partiya qarashlarini jon-jahdi bilan targ‘ib qilsa-da, ich-ichidan o‘zining nohaqligi-yu Uinstonning haqligini tan olayotgandek taassurot qoldiradi. U «gaplashsa bo‘ladigan yagona odam». Biroq, u hokimiyatning shunday qurilishi, jamiyat nazorat etilishiga rozi, shuning uchun O‘Brayen nohaqligini bila turib, o‘rnatilgan tartibni saqlashga urinadi. Jamiyatning xotirasi sust, kecha olqishlangan kishi to‘satdan yo‘qolib qolsa ham hech kimda savol paydo bo‘lmaydi, uni hech kim qidirmaydi. Negaki, barcha fuqarolar yo‘qolgan kishi allaqachon jisman yo‘q qilinganiga ishonadi. Baʼzan bunday kishilar sud zallarida paydo bo‘lib, kimgadir qarshi ko‘rsatma berish uchun «tirilib ketadi».
Jorj Oruell o‘z asari orqali, balki o‘tmishni tasvirlagan, balki kelajakni bashorat qilgandir. Kimdir nafrat daqiqasida nafratlanayotgan yoki nafratlanishga majburlangan bo‘lishi, ikki karra ikki besh deyishni istamagani uchun birov tirik murdaga aylantirilishi, ongsizlik holatidagi Parson esa bizga zamondosh bo‘lishi mumkin.
Kitobning oxiriga yetmay turib, o‘quvchida fikr uyg‘onadi: bizni hozir aldashmayaptimi? Balki, asar bilan tanishgan kishi statistika, keltirilayotgan yangiliklar, olamshumul marralar haqidagi hikoyalarga shubha bilan qaray boshlar. Oruell dahshatli, qayg‘uli voqealarni, shu bilan birga siz va bizga tanish haqiqatni tasvirlaydi. U kishilarni manqurt bo‘lmaslikka, fikrlashga, o‘z so‘zini aytishga chaqiradi, so‘z va fikr erkinligi mavjudligini eslatadi.
Yilning eng antiutopik asari
Asaxiy Books bestsellerlari 2021 🏆 11-o‘rin
| 978-9943-23-196-2 | 338 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/svetlana-aleksievich-chernobil-tavallosi-predzakaz | Svetlana Aleksiyevich: Chernobil tavallosi | Nega inson o‘z tafakkuri mahsuli bo‘lgan, koriga yarashi kutilgan atom kuchidan foydalanishdan bu qadar qo‘rqib qoldi? Ilgarilab ketgan fan taraqqiyotiga avvalo kim tayyor turishi kerak – odamlarmi yoki hukumat?
“Vahima uyg‘otmaslik” maqsadida Chernobil fojiasi haqida ogohlantirilmagani tufayli hodisaning beayb qurboniga aylangan beloruslarning kechmishi butun insoniyat oldiga ana shu savollarni ko‘ndalang qo‘ydi.
Bu halokatdan so‘ng odamlar o‘z tarixi, bugunini taftish qilib ko‘rdi, natijada ko‘plab achchiq haqiqatlar yuzaga chiqdi. Chernobildagi atom stansiyasi portlashi nafaqat texnogen falokat, balki fuqarolarini tashqi dunyodan uzib, “tikan sim ichida” yashashga majbur qilgan ulkan saltanatning ham halokati ekani ayon bo‘ldi.
Rus tilida ijod qiluvchi belorus yozuvchisi Svetlana Aleksiyevichning "Chernobil tavallosi" kitobi 1997 yilda nashr qilingan. Yozuvchi 2015 yilda "Ko‘p ovozli ijodi - davrimizning azob-uqubati va jasoratiga qo‘ygan yodgorligi uchun" degan taʼrif bilan adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. | 978-9943-23-212-9 | 396 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/fotih-duman-men-bas-kil-ei-nafs | Fotih Duman: Men. Bas qil, ey nafs | Ichimda bir ovoz bor. Dunyoga kelibmanki, oʻzimniki deb oʻylaganim oʻsha ovoz bor... Hech toʻxtamagan, har doim shivirlab turgan ovoz... Kimdir uni “ichki ovoz” desa, yana kimdir uni “Menlik” deb ataydi, ammo eskilar buni “nafsning ovozi”, “nafs” deb atashadi...
Nafs — zahardir. nafs — dushmandir... U hech qachon tin olmaydi... Sizning ham ichingizda bir ovoz siz bilan gaplashadimi? Siz jim boʻlgan paytingizda ham u gapiraveradi, shundaymi? Quloqlaringizga nimalarnidir pichirlaydimi? Yolgʻiz qolgan paytingizda bu gʻalati ovoz siz bilan soʻzlashadimi?
Men siz bilan dardlashadigan oʻsha nafs haqida hikoya qilib beraman. Shunday ekan, bu kitobni nafsingiz tilidan xitob qilinadigan bir hikoya deb qabul qilgaysiz....
Ammo shuni bilingki, qalbimizga mana shularni vasvasa qilgan ham nafsimizdir. Bizlarni ishdan qoldirgan, aldab suldagan ham nafsdir. Va hatto, ichingizdan bir ovoz sizga “Bu kitobni aslo oʻqima!” deyayotgan boʻlsa, bilingki, bu ham ana oʻsha nafsning ovozidir. Gapirishdan koʻra yozish osonroqdek, yaxshiroqdek tuyuladi gohida. Garchi qiyin boʻlsa-da, men ham gapirmay, faqatgina yozaverdim. Sahifalarni qoralayverdim. Siz uchun, aynan siz uchun yozdim...
“Har bir kitobning oʻz egasi bor”, deydilar. Ajab emaski, bu kitob faqatgina siz uchun yozilgan boʻlsa! | 978-9943-8365-2-5 | 300 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/stiven-r-kovi-muvaffakiyatli-insonlarning-7-kunikmasi-yumshok-mukova | Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi | “Muvaffaqiyatli insonlar muammolar bilan emas, balki imkoniyatlar bilan yashaydilar. Ular imkoniyatlardan oziqlanib, muammolarni ochlikda qoldiradilar.“
«Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi» kitobi mashhur amerikalik biznes konsultant Stiven Kovi tomonidan yozilgan.
Kitob birinchi bor 1989 yilda nashrdan chiqadi. Oradan 15 yil o‘tib, 2004 yil kitob 38dan ortiq turli tillarga tarjima qilingan. 2011 yil avgustda “Time” jurnali ushbu kitobni asosiy biznes kitoblarning 25talik ro‘yxatiga kiritgan. Kitob bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Kitob doimo muvaffaqiyatga intiluvchilar uchun. U insonning rivojlanishi, hayot mazmuni va voqea-hodisalarga reaksiyasi, ya’ni javobi haqida. Stiven Kovi juda ko‘plab liderlik, muvaffaqiyat, samaradorlik mavzusidagi kitoblarni nafaqat o‘qigan, balki tahlil ham qilgan. Asarda ko‘plab mashhur (shunchaki mashhur emas, balki o‘zini maksimal darajada rivojlantirib, ichki xotirjamlikka erishgan)lardan misol keltiriladi. Ulardan eng yorqini - Viktor Frankl, “Hayotga «Ha» deyish: konslager Psixologi” kitobi muallifidir. | 978-9943-23-175-7 | 384 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/uolter-ajzekson-stiv-dzhobs | Uolter Ayzekson: Stiv Jobs (qattiq muqova) | “Asaxiy Books” loyihasida yana bir ajoyib yangilik. Uolter Ayzeksonning “Stiv Jobs” asari ilk marotaba oʻzbek tilida chop etildi. Zamonaviy dunyoning eng yirik biznesmenlaridan biri, innovator, Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning muvaffaqiyat tarixi haqida yozilgan ushbu kitob bir necha yil davomida jahon darajasidagi bestsellerga aylanib ulgurdi.
Kitobda siz otasi tashlab ketgan, onasi rad etgan bola qanday qilib dunyoning eng katta kompaniyasiga asos solishi tarixini oʻrganasiz. Bu ogʻir tabiatli, lekin dunyoni oʻzgacha koʻz bilan koʻra olgan, uni oʻzgartirishni xohlagan, informatsion texnologiyalari revolyutsiyasiga sababchi boʻlgan insonning hayoti haqidagi kitobdir.
Benjamin Franklin va Albert Eynshteynning eng koʻp sotilgan biografiyalari muallifi Uolter Ayzeksondan bu kitob Stiv Jobsning eksklyuziv tarjimai holi hisoblanadi.
Ikki yil davomida Jobs bilan oʻtkazilgan 40dan ortiq intervyularga, shuningdek, yuzdan ortiq oila aʼzolari, doʻstlari, raqiblari, raqobatchilari va hamkasblari bilan boʻlgan intervyularga asoslanib, Uolter Ayzekson juda shiddatli mukammallikka boʻlgan ishtiyoqi sababli oltita sohada: shaxsiy kompyuterlar, animatsion filmlar, musiqa, telefonlar, planshet kompyuterlari va raqamli nashriyot kabi sohalarda inqilob qilgan kreativ tadbirkorning shaxsiyati va hayoti haqida hayratlanarli hikoya yozgan.
Amerika oʻzining innovatsion ustunligini saqlab qolish yoʻllarini qidirayotgan bir paytda va butun dunyo boʻylab jamiyatlar raqamli asr iqtisodiyotini qurishga harakat qilayotgan bir paytda, Jobs ixtirochilik va amaliy tasavvurning yakuniy belgisi boʻlib turibdi. U XXI asrda qiymat yaratishning eng yaxshi usuli ijodkorlikni texnologiya bilan bogʻlash ekanligini bilardi. U tasavvur olami muhandislikning ajoyib yutuqlari bilan birlashtirilgan kompaniya qurdi.
Jobs ushbu kitob bilan hamkorlik qilgan boʻlsa-da, u yozilgan narsalarni nazorat qilmaslikni soʻradi. U hech narsani cheklab qoʻymadi. U oʻzi bilgan odamlarni haqiqatni gapirishga undadi. Jobs esa oʻzi ishlagan va raqobatlashgan odamlar haqida ochiqchasiga, baʼzan shafqatsizlarcha gapiradi. Uning doʻstlari, dushmanlari va hamkasblari uning biznesga boʻlgan yondashuvini va natijada innovatsion mahsulotlarni shakllantirgan ehtiroslar, perfektsionizm, sanʼatkorlik va nazoratga majburlash haqida aniq tasavvur beradi.
Jobsning shaxsiyati va mahsulotlari, xuddi Apple apparati va dasturiy taʼminoti integratsiyalashgan tizimning bir qismi boʻlgani kabi, bir-biri bilan bogʻliq edi. Uning hikoyasi ibratli va ehtiyotkor boʻlib, yangilik, xarakter, yetakchilik va qadriyatlar haqida saboqlarga toʻla.
| 978-9943-23-150-4 | 624 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/robert-kijosaki-boj-ota-kambagal-ota-25000-sum | Robert Kiyosaki: Boy ota, kambag‘al ota | Ҳар ким ўз фарзандига билганича таълим-тарбия беради. Бу борада ҳамманинг ўз қараши бор. Аммо келажак кимнинг йўли тўғрироқ эканини, албатта, кўрсатади... Мазкур китобда бой ва камбағал тоифадаги оталарнинг фикр-мулоҳазаларини, бу хусусдаги тамойилларини келтирар эканмиз, сиз азизларда солиштириш имкони мавжуд бўлади. Хулосани ўзингиз чиқаринг. Китоб сизга манзур бўлади ва ёрдам беради, деган умиддамиз.
| 223-76-41894-32-7 | 168 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/brajan-trejsi-samaradorlikning-21-juli | Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li | Agar biz undan toʻgʻri foydalana olsak, bizda hamisha yetarlicha vaqt topiladi.
“Samaradorlikning 21 yoʻli” — Brayan Treysi
Agar sizda :
— Rejalagan ishlaringizga yetarli vaqt topilmayotgan;
— Shaxsiy majburiyatlar, loyihalar, vaqt ortsa, oʻqiyman deganingiz talay jurnal va kitoblar yuki bosib qolgan. Biroq siz ularga ulgurmayotgan. Ishlaringizni toʻliq ado etishga umid ham qilmayotgan;
— Koʻnglingizdagidek dam olishga vaqt orttira olmayotgan;
— Ishlaringizni samarali yoʻlga qoʻyish usullarini har qancha oʻrganmang, rejalagan yumushlaringiz ortib, baribir vaqt yetmay qolayotgan boʻlsa, ushbu kitob aynan siz uchun!
Kitob vaqtni toʻgʻri taqsimlash, ish yoki oʻqish jarayonini tashkillashtirish, hayot tarzini oʻzgartirish, natijada qanday qilib samaradorlikka erishish haqida nazariyadan uzoq, aniq maʼlumot va qoʻllanmalarni beradi.
Kitob talabalar, tadbirkorlar, ishchilar, rahbarlar, kuni va vaqtini tartibni solishni xohlaydigan hatto uy bekalariga ham tavsiya qilinadi.
Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri:
“Agar siz ishni ortga surishni hayotingizdagi doimiy muammo deb bilsangiz, “Samaradorlikning 21 yoʻli” sinab koʻrish uchun kichik va qimmatli taktikalar toʻplamini taklif etadi. Har bir insonning kechiktirish sabablari har xil, shuning uchun Treysining taktikasi juda xilma-xil boʻlib, kechiktirishning turli sabablariga qarshi kurashadi.“
- The Simple Dollar
“Samaradorlikning 21 yoʻli”, sahifalari kam, ammo mazmuni katta, zamonaviy hayotning kasalligiga davo taklif qiladi: kechiktirish. Garchi dori ogʻriqli boʻlib tuyulsa ham, unday emas. Siz kabi men ham millionlab kitoblarni oʻqidim va koʻpincha oʻqiganlarimni eslay olmayman. Ammo bunisi bilan unday emas. Men har kuni maslahatlarga amal qilaman va oʻzimni yaxshi his qilaman! Men bu kitobni taʼriflashga soʻz ham topa olmayman.
-Korinna Richards, Murabbiylik akademiyasi
“Samaradorlikning 21 yoʻli” — bu mening mahsuldorlik haqidagi eng sevimli kitobim va men kelgusi yilda amal qilmoqchi boʻlgan koʻnikmalarni eslatish uchun yanvar oyida uni tez-tez qayta oʻqib chiqaman. Har safar kitobni oʻqiganimda men unumdorlik oltinining yangi parchalarini topaman.“
-Liz Gooster, Change for the Better
“Ushbu kitob menga qilinadigan ishlar roʻyxatini tuzish, kunlarimni rejalashtirish, samaradorroq boʻlish va diqqatimni jamlashim uchun zarur boʻlgan qoʻllanmani berdi.“
-Bet Anne Shvamberger, Ajoyib Biznes Onalar
“Samaradorlikning 21 yoʻli” — bu vaqtni boshqarish va shaxsiy samaradorlik boʻyicha eng ajoyib kitob — har qanday taym-menejment tizimini oʻrganishdan oldin uni oʻqishni tavsiya qilaman. Kitobda siz darhol qoʻllab koʻrishingiz mumkin boʻlgan juda koʻp mashqlar va texnikalar mavjud, va bu kitobda eng yoqqani — bu sizga darhol boshlashingiz uchun amaliy maslahatlar berilishidir.
-Thanh Pham, Osiyo samaradorligi
“Taʼsirli tanlov. Treysi baham koʻradigan 21 usul haqiqatdan hayotingizni oʻzgartiradi, agar siz shaxsiy rivojlanish va oʻzgarish qilish niyatida oʻqisangiz. Men bu kitobdan katta foyda oldim va sizga ham bugun kitobni olishingizni tavsiya qilaman.“
-Kris Mur, Reflect on This
Muallif haqida:
Brayan Treysi — “Brayan Treysi xalqaro tashkiloti” raisi va bosh direktori. Asosiy maʼruzachi va seminar rahbari sifatida u har yili 250 000dan ortiq odamga maʼruza qiladi. U oʻnlab tillarga tarjima qilingan saksondan ortiq kitoblarning bestseller muallifi. U yetmish beshdan ortiq mamlakatda 1000dan ortiq korporatsiyalar va 10 000dan ortiq korxonalarda maslahatchi va trener boʻlib ishlagan.
Tarjimonlar:
Hikmatjon Tolibjonov,
Surayyo Majidova
Shuhrat Aliqoʻziyev
Jasurbek Toʻlqinov
Muharrir: Xurshid Yoʻldoshev
Musahhih: Gulasal Qodirova | 978-9943-23-162-7 | 92 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/stiven-r-kovi-muvaffaqiyatli-insonlarning-7-kunikmasi-attiq-muqova | Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi (Qattiq muqova) | “Muvaffaqiyatli insonlar muammolar bilan emas, balki imkoniyatlar bilan yashaydilar. Ular imkoniyatlardan oziqlanib, muammolarni ochlikda qoldiradilar.“
«Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi» kitobi mashhur amerikalik biznes konsultant Stiven Kovi tomonidan yozilgan.
Kitob birinchi bor 1989 yilda nashrdan chiqadi. Oradan 15 yil o‘tib, 2004 yil kitob 38dan ortiq turli tillarga tarjima qilingan. 2011 yil avgustda “Time” jurnali ushbu kitobni asosiy biznes kitoblarning 25talik ro‘yxatiga kiritgan. Kitob bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Kitob doimo muvaffaqiyatga intiluvchilar uchun. U insonning rivojlanishi, hayot mazmuni va voqea-hodisalarga reaksiyasi, ya’ni javobi haqida. Stiven Kovi juda ko‘plab liderlik, muvaffaqiyat, samaradorlik mavzusidagi kitoblarni nafaqat o‘qigan, balki tahlil ham qilgan. Asarda ko‘plab mashhur (shunchaki mashhur emas, balki o‘zini maksimal darajada rivojlantirib, ichki xotirjamlikka erishgan)lardan misol keltiriladi. Ulardan eng yorqini - Viktor Frankl, “Hayotga «Ha» deyish: konslager Psixologi” kitobi muallifidir. | 978-9943-23-175-7 | 380 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhavlon-zhovliev-kurkma-yumshok-mukova | Javlon Jovliyev: Qo‘rqma | Roman oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlarining xotirasiga bagʻishlanadi.
Roman voqealarini qisqacha soʻzlar bilan ifoda etib boʻlmaydi. Barchasi shu qadar tigʻizki, shoshirib qoʻyadi. Majoz, obraz, ifoda, oʻt, hech kimnikiga oʻxshamagan lirizmni his qilasiz. Milliyat, sof muhabbat, koʻrinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik daʼvosidagi yolgʻonlar, ruh va qondagi paradokslar sizni oʻtmish va kelajak kuyiga asir qiladi, oʻylatadi, yigʻlatadi va achchiq-achchiq kuldiradi. Oʻtgan asr boshida Germaniyada oʻqigan talabalar, ular maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi.
| 978-9943-23-177-1 | 376 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/deniel-kiz-elzhernonga-atalgan-gullar-predzakaz | Deniyel Kiz: Eljernonga atalgan gullar | “Ishonarli, hayajonga soluvchi va yurakni larzaga keltiruvchi asar”. – Nyu-York Tayms
“Yurakni larzaga keltiruvchi mohirat asari… Joʻshqin... Inkor qilib boʻlmas qadar haqiqiy”. — Baltimor San
Deniyel Kizning “Eljernonga atalgan gullar” asari AQSHda adabiyot boʻyicha maktab dasturiga kiritilgan kitoblardan biridir. Asar 1966-yilning eng zoʻr romani deb topilgan, “Nebula” va “Hyugo” mukofotini olgan.
Deniyel Kiz asarni 14 yil mobaynida hayotida roʻy bergan voqealar bilan boyitib borgan. Asarning bir necha qismi aqli zaif inson tilidan soʻzlangan boʻlib, tarjimon qahramon tilini boricha — imloviy va uslubiy jihatdan saqlashga harakat qilgan. Asar matnidagi ayrim gʻayriodatiy, gʻalati jumlalar imloviy yoki uslubiy xatolar emas. Tarjimada ham muallifning ana shu uslubini imkon qadar saqlab qolishga harakat qilindi.
Charli Gordon oʻzining aqlli emasligini biladi. Yoshi 32 da, novvoyxonada pol artuvchi boʻlib ishlaydi va arzimagan pul topadi. Haftada 3-marta oqshom payti aqliy rivojlanishdan ortda qolgan kattalar uchun ochilgan markazda dars oladi. Ammo endi bularning bari oʻzgarish boʻsagʻasida turibdi. Shifokorlar nozik bir tajriba oʻtkazmoqchi. Ular Charlining miyasini operatsiya qilmoqchi. Ular operatsiya va maxsus dori Charlining intellektini oshirishiga umid qiladi, chunki bu tajriba laboratoriya sichqonchasi Eljernon bilan oʻtkazilganda ijobiy natija berdi. Shu asnoda Charli har kuni nima his qilayotganini kundalikka yozib boradi. Bu uning miyasi va hayotida sodir boʻlgan hayratlanarli oʻzgarishlar bitilgan taʼsirli qaydlarga aylanadi.
“Eljernonga atalgan gullar” dastlab hikoya tarzida nashr qilinadi, ammo tez orada koʻpchilikning olqishiga sazovor boʻladi.
Muallif haqida
Deniyel Kiz (1927 — 2014) Nyu-Yorkning Bruklin shaharchasida tugʻilgan. Bakalavr va magistrlik darajasini Bruklin kollejida olgan. U 8 ta asar yozgan. Ularning orasida 1966-yilda ilk bor nashr qilinib, 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan “Eljernonga atalgan gullar” asari ham bor. Asar asosida suratga olingan “Charli” filmi esa Oskar mukofotiga loyiq topilgan. Deniyel Kiz, shuningdek, savdogar dengizchi, badiiy muharrir, maktabda oʻqituvchi hamda Ohayo universitetida professor boʻlib ham ishlagan. 2000-yil Ohayo universitetida u “Xizmat koʻrsatgan professor” unvoni bilan taqdirlangan. Muallifning qoʻlingizdagi ushbu asari Hyugo va Nebula mukofotlari bilan taqdirlangan va 2000-yil Amerika ilmiy-fantast va fantast yozuvchilari uni “Xizmat koʻrsatgan muallif” deb eʼtirof etgan. | 978-9943-23-193-1 | 260 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/allan-dib-bir-varakli-marketing-rezha | Allan Dib: Bir varaqli marketing reja | Diqqat: agar pulni yomon koʻrsangiz, bu kitobni oʻqimang!
Muvaffaqiyatli biznes sohibi boʻlish uchun tasodifiy harakatlardan tiyilib, puxta reja asosida ishlash kerak. Odatda marketing reja tuzish murakkab va koʻp vaqt oladigan jarayon. Shu bois aksar ishbilarmonlar unga yetarli vaqt ajratmaydi.
Oʻzining “Bir varaqli marketing reja” kitobida tadbirkor va marketolog Allan Dib marketing reja qanday qilib oson va tez bitkazishni oʻrgatadi. U birgina sahifaga sigʻadi, toʻqqiz katakdan iborat boʻladi. Uning yordamida siz murakkab marketing rejangizni tuzib, boshlovchidan soha ustasiga aylanishingiz mumkin.
Biznes endi boshlayapsizmi yoki tajribali tadbirkormisiz, bundan qatʼi nazar, bir varaqli marketing reja biznesingizni oʻstiradigan marketing reja tuzishning oson va tezkor usulidir.
Ushbu yangi kitobda siz quyidagilarni bilib olasiz:
• Qanday qilib yangi mijozlar topish va mavjudlaridan koʻproq foyda olish;
• “Katta biznes”larga moʻljallangan marketing kichik va oʻrta biznes strategiyalarini oʻldirishi sabablari;
• Tom maʼnoda bir sahifali shaxsiy marketing reja tuzishdagi oddiy bosqichli jarayon. Shunchaki kitobni oʻqib, boblar soʻngidagi bir varaqli marketing rejaning kataklarini toʻldirib keting.
• Qanday qilib raqiblarni yengish va oʻzingizni mijoz uchun yagona tanlovga aylantirish;
• Qanday qilib toʻgʻridan toʻgʻri javob marketing sirlaridan foydalangan holda, kichik byudjet bilan katta natijalarga erishish;
• Qanday qilib mahsulot va xizmatlaringizga yuqori narx qoʻyish va mijozlar roziligini olish.
Tadbirkor va marketolog Allan Dib oʻzining koʻp yillik tajribasi va izlanishi samarasi oʻlaroq marketing rejani bir varaqqa sigʻdirishga erishdi. Ushbu kitobda muallif bir varaqli marketing reja tuzish barobarida kichik va oʻrta biznes yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularni tuzatish yoʻllari, mijoz topish, daromadni oshirish va biznesni avtomatlashtirish haqidagi oʻz bilimlarini oʻrtoqlashadi. Shuningdek, biznesni boshlashdan to uni soʻnggi mijozga sotguncha boʻlgan jarayon bilan ham tanishasiz.
“Bir varaqli marketing reja” kitobida tadbirkor va marketolog Allan Dib marketing rejani tez va oson tuzishni oʻrgatadi. Bu reja birgina sahifada jamlanib, toʻqqiz katakdan iborat boʻladi. Va oʻz murakkab marketing rejangizni tuzishda qoʻl keladi. Natijada siz havaskordan soha ustasiga aylanishingiz mumkin.
Sohada yangimisiz yoki tajribalimi, bundan qatʼiy nazar, “Bir varaqli marketing reja” biznesingizni oʻstiruvchi yoʻriqnoma tuzishning oson va tezkor usulidir.
“Marketing juda murakkablashib borayotganini hamma biladi. Allan Dib bu muammoni oʻzining ajoyib yangi kitobi bilan hal qiladi. Uni oʻqing va hayotingizni soddalashtiring.“
―Al Ries, “Positioning: The Battle for Your Mind“ muallifi | 978-9943-23-197-9 | 268 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/enri-ford-mening-hayotim | Henri Ford: Mening hayotim | Dunyoning yuzlab mamlakatlarida minglab marta millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yoʻlini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan. Ford hayotining tilsimlari, muvaffaqiyatining sirlari haqida koʻplab asarlar bitilgan. Bu kitob uning oʻzi yozgan, yorqin, timsolli, qatʼiyat va ilhom bilan bitilgan asardir.
Henri Ford bu kitobda qanday ish boshlagani, qanday qilib biznesga kirgani, muvaffaqiyatli va nihoyatda boy biznesmen boʻlish uchun qanday strategiyalar qoʻllagani va qanday qilib uzoq muddatli kompaniya qurgani haqida maʼlumot berilgan. Ushbu kitobda siz boshqalarning belgilangan tamoyillardan foydalangan holda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilishlari mumkinligini bilib olasiz. Mutolaa payti Henri Ford sizni oʻz tarixi, dunyosi bilan tanishtiradi, biznes falsafasini koʻrsatadi va qimmatli maslahatlarini beradi.
Fordning bu hayotnomasi tarixiy qimmatidan tashqari, bugun ham islohotlar oʻtkazayotgan va oʻz ishi hamda hayotini ijodiy oʻzgartirishga chogʻlagan iqtisodchilar, injenerlar, konstruktorlar, ruhshunoslar, sotsiologlar, biznes tashkilotchilari va rahbarlari, hayotda muvaffaqiyatga erishaman degan har bir odam uchun dolzarb asardir.
Tarjimonlar: Karim Bahriyev, Orifaxon Gʻulomova
Muharrir: Xurshid Yoʻldoshev
Musahhihlar: Gulasal Qodirova, G. Pattoxova
Dizayner: Javohir Ravshanov
| 978-9943-23-173-3 | 298 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/malkolm-gladuell-zukkolar-va-landavurlar-kattik-mukova | Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar | Бу фоний дунё ҳаётини адолатли деб бўлмайди. Негаки, унда пул, ҳокимият, шон-шуҳрат ва омад одамларнинг барчасига тенг тақсимланган эмас. Нега айрим одамларнинг ҳамма нарсаси бор, бошқаларда эса ҳеч вақо йўқ? Омаднинг сабабларини фақат инсоннинг табиат инъом этган шахсий фазилатлари билан боғлаш тўғримикин?
Малколм Гладуэлл ҳар доим мутлоқо тасодиф ҳисоблаб келинган муваффақиятларнинг замирида ётган яширин қонуниятларни топган биринчи инсондир. Бу қонуниятлар нега аксарият буюк хоккейчилар фақат январда туғилганлигини ва ҳеч қачон октябрда туғилмаслигини, нима учун математикани осиёлик талабалар бошқалардан кўра осонроқ ўзлаштиришини, нега Нью-Йоркнинг энг обрўли адвокати бўлиш учун албатта яҳудий бўлиш лозимлигини тушунтириб беради. Бу китоб Билл Гейтс, «Битлз» ва Моцарт каби шахсларни нима боғлаб туришини ҳамда улар нега ўз тенгдошларидан ўзиб кетганлигини кўрсатади.
«Зукколар ва ландавурлар» — «қандай қилиб муваффақиятли инсон бўлиш» бўйича қўлланма эмас. Бу сиз ўзингизга фойдали тарзда фойдаланишингиз мумкин бўлган ҳаёт қонуниятлари оламига завқли бир саёҳатдир.
Бир неча йил давомида “New York Times” ва “Amazon” бестселлерлари рўйхатидан тушмаган ушбу китобни кўплаб мутахассислар муваффақият ҳақидаги энг жиддий китоб деб талқин этишган.
Китоб талабаларга, ўқитувчиларга, ўқувчиларга, тадбиркорларга, умуман муваффақият қонунларини кашф этиш, ўз ишида профессионал бўлишни, бирор бир соҳани ўрганишни хоҳлайдиганларга тавсия этилади.
| 978-9943-23-151-1 | 240 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/oldos-haksli-azhib-yangi-dune-predzakaz | Oldos Haksli: Ajib yangi dunyo | “Ajib yangi dunyo“ ingliz yozuvchisi Oldos Hakslining 1931-yilda yozilib, 1932-yilda nashr etilgan, distopik, ijtimoiy-fantastik romanidir. U fuqarolari aql-idrokka suyanuvchi, ijtimoiy iyerarxiya tartiboti qaror topgan futuristik butunjahon mamlakati toʻgʻrisida hikoya qiladi. Unda reproduktiv texnologiyalar, uyqudagi taʼlim, ruhiyatga taʼsir va shartli reflekslarni shakllantirish sohalaridagi ulkan yutuqlar yordamida antiutopik jamiyat yaratiladi. Bu jamiyatga birgina inson — asarning bosh qahramoni qarshi chiqadi.
Oldos Hakslining jahon adabiyotida chuqur ahamiyat kasb etgan shoh asari “Ajib yangi dunyo“da tengsizlik hukm suruvchi, texnologik rivojlangan kelajakni taftish qiladi. Bu mamlakatda odamlar avtoritar boshqaruv tizimiga xayrixoh boʻlishi uchun genetik yoʻl bilan koʻpaytiriladi, ijtimoiy jihatdan moslashtiriladi hamda farmatsevtik yoʻl bilan kuchsizlantiriladi. Bularning bari insonni erki, odamiylik qiyofasi va, ehtimol, qalbidan mahrum qiladi.
Benazir isteʼdod egasi boʻlgan Haksli bir vaqtning oʻzida ham sanʼatkor, ham ruhshunos, ham inson tabiati va taraqqiyotining eng yorqin taftishchilaridan biri edi. Uning durdona asari – “Ajib yangi dunyo” millionlab oʻquvchilarni hayrat va vahimaga soldi, bizni ogohlantiruvchi, oʻyga toldiruvchi ajoyib badiiy asar oʻlaroq, bugungi kungacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmadi.
1930-yilgi fashizm bulutlari soyasi ostida yozilgan ushbu asar nafaqat oʻsha davr jamiyatlariga, balki ommaviy koʻngilxushlik, texnologiya, tibbiyot, farmatsevtika, koʻndirish sanʼati va elitaning yashirin taʼsiri hukmronlik qilayotgan XXI asr dunyosiga ham murojaat qiladi.
Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri:
“Oldos Haksli 20-asrning ingliz tilida ijod qilgan eng buyuk yozuvchisi”.
— Chicago Tribune
“Durdona asar. ...XX asrning eng bashoratli distopik asarlaridan biri.”
— Wall Street Journal
“U chop etilgan kundagidek yorqin, provokatsion, ajoyib ...“
— Martin Green
“XX asrning eng buyuk yozuvchilaridan biri.“
— Vashington Post
“Sovuq. . . . 1932-yilda u bizga genetik muhandislikning qorongʻu tomonini bergani hayratlanarli.“
— Providence jurnali byulleteni
“Daho. . . umrini Mashinaning keyingi yurishini qoralash bilan oʻtkazgan yozuvchi”.
— The New Yorker
“Haksli inson munosabatlari haqidagi ajoyib bilimini bizning haqiqiy dunyomizni 1931-yildagi bashoratli fantaziyasi bilan solishtirish uchun ishlatadi. Uning uzoq kelajak haqidagi satirik bashorati qanchalik qisqa vaqt ichida haqiqatga aylanganini bilish juda qoʻrqinchli tajribadir.“
— New York Times kitob sharhi
“Bugungi dunyoning baʼzan dahshatli darajada aniq koʻrinishi.“
— St. Louis pochta joʻnatmasi
“Hammaning “Ajib yangi dunyo”ni oʻqishi yoki qayta oʻqishi vaqti keldi.“
— Raleigh News & Observer
Muharrir: X. Yoʻldoshev
Musahhihlar: M. Sharifova, D. Haydarova
Dizayner sahifalovchi: D. Rasulov | 978-9943-23-192-4 | 260 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/paulo-koelo-alif | Paulo Koelo: Alif | Alif shunday qudratli bir mehvarki, unda jam boʻlgan, birlashgan kishilar, parallel olamga sayohat qilishi mumkin. Ammo bu birlashuv quvvatiga har kim ham dosh bera olmaydi. Alifda boʻlish uchun kishi oʻz nafsi, mayllari ustidan gʻolib boʻlmogʻi darkor.
Ushbu asar soʻfiylik, shamanlik va turli diniy taʼlimotlar haqida maʼlumotlarga boy. Injil va Qurʼondan ham oyatlar, sharhlar keltirilgan. Unda hayotda birgina vaqt borligi, u ham boʻlsa, hozirgi vaqt ekani aytiladi. Vaqt turgʻun emas. U mudom ilgarilaydi. Biz uning maʼlum bir nuqtasida mavjudmiz, xolos.
Ushbu asar qisman yozuvchining avtobiografiyasi ham boʻlib, falsafiy ruhda bitilgan. Eʼtiqodi va ruhiyatida inqiroz yuzaga kelgan adib shaxsiy takomil yoʻlini sayohatda deb biladi. U sayohati davomida kashf qilgan insonlar, voqea-hodisalar, mistik vaziyatlar va his-tuygʻularni kitobda batafsil aks ettirgan. Bu vaziyatga har bir kitobxon tushgan boʻlishi, u tuygan hislarni har bir shaxs tuyishi, oʻxshash hodisalarni boshdan kechirishi mumkin.
Muallif kitob davomida Trans-Sibir temir yoʻli orqali Afrikaga, soʻngra Yevropa va Osiyoga yoʻl oldi, u oʻz kuchini va ishtiyoqini jonlantirish uchun sayohatni boshladi. Shunday boʻlsa ham, u hech qachon iqtidorli yosh skripkachi Hilol bilan uchrashishni kutmagan edi. Hilol Paulo bundan besh yuz yil avval sevgan va unga shu qadar qoʻrqoqlik bilan xiyonat qilgan ayol ediki, bu unga hozirgi hayotda haqiqiy baxtni topishga xalaqit beradi. Ular birgalikda vaqt va makon boʻylab sirli sayohatni boshlaydilar, sevgi, kechirimlilik va hayotning muqarrar qiyinchiliklarini yengish uchun jasoratni oʻrgatgan yoʻlda sayohat qilishadi. Goʻzal va ilhomlantiruvchi Alif asari bizni shaxsiy sayohatlarimizning maʼnosini koʻrib chiqishga undaydi.
Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri:
“Koelo — universal tilda yozadigan muallif.“
— The New York Times
“Koeloning kitoblari millionlab odamlarning hayotini yaxshilashga taʼsir koʻrsatdi.“
— The Times (London)
“Yorqin, jozibali. . . . Shu qadar jozibaliki, kitobxonlar buni soniyaning bir ulushiga ham qoʻldan qoʻyishni xohlamaydilar. Muallif oʻz sayohatiga otlanar ekan, oʻquvchi oʻzi ham xuddi shu sayohatga otlanayotganini his qiladi”.
— International Herald Tribune
Muallif haqida:
Paulo Koelo xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan “Alkimyogar”, “Oʻn bir daqiqa”, “Haj ziyorati” va “Doʻzax arxivi” asarlari muallifi. Uning kitoblari 160 mamlakatda 130 milliondan ortiq nusxada sotilgan va 72 tilga tarjima qilingan. | 978-9943-23166-5 | 308 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-g-miller-coc-savol-ortidagi-savol | Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol | Odamda masʼuliyat hissi boʻlmasligi aybni birovga toʻnkash, oʻzini jabrdiyda his etib norozi boʻlish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab boʻladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, oʻz oldiga qoʻygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat koʻrsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional oʻstirishi ehtimoldan juda yiroq.
Jon G. Millerning fikricha, kompaniyalar jabr koʻrayotgan bu muammolarni kimnidir ayblash orqali hal qilib boʻlmaydi. Masalaning chinakam yechimi har birimiz shaxsiy javobgarlikni his etganimizdagina topiladi. Miller oʻzining ushbu kitobida “Nima uchun hammasini biz bajarishimiz kerak?” yoki “Aybdor kim oʻzi?” singari salbiy va notoʻgʻri berilgan savollar odamlarda masʼuliyat yetishmasligidan darak beradi, deydi. “Vaziyatni yaxshilash uchun nima qila olaman?” yoki “Men qanday hissa qoʻshishim mumkin?” kabi toʻgʻri savollar esa hayotimiz va jamoamizni ham oʻzgartirib yuboradi.
Qisqa, tushunarli va amaliy, “SOS! Savol ortidagi savol” ajoyib natijalarga olib kelishi mumkin boʻlgan kundalik hayotga shaxsiy javobgarlikni qoʻllash usulini taqdim etadi: muammolar hal qilinadi, toʻsiqlar yoʻqoladi, xizmat yaxshilanadi, jamoaviy ish samarasi ortadi va odamlar oʻzgarishlarga moslashadi.
Kitobning kirish qismi:
Қаёққа кетди...
Хюстон шоссесидаги эълонлар тахтасида ушбу савол пайдо бўлди:
“Масъулият ҳисси қаёққа кетди?”
Эълонни у ерга ким илганини билмайман, аммо у кўзимга чўғдай кўринди. У бежиз айни ҳақиқатдек кўринмаганди. Масъулият ҳисси қаёққа кетди? Нега бугун одамлар ўз муаммолари, ҳислари ва қилмишлари учун бошқа кимнидир ёки ниманидир айблашдан нарига ўтолмаётгандек туюляпти?
Мана, бунга айрим мисоллар:
Газ қуйиш шохобчасидаги дўкондан қаҳва изла- ётгандим, лекин графин бўш экан. Шундан сўнг пештахта ортидаги кишига “Маъзур тутасиз, идишда қаҳва йўқ экан”, – дея мурожаат қилдим. У ўзидан нари борса, 4,5 метр узоқликдаги ҳамкасбини кўрсатиб: “Қаҳва унга тегишли бўлимда!” – деди.
Бўлим? Шу йўл чеккасидаги катталиги битта хонамча келадиган газ қуйиш шохобчасида-я?
Яна бир мисол: мамлакат бўйлаб парвоз вақтида стюардесса ўтирганларга “Барчангиздан узр сўрай- миз, сизга ваъда қилинган фильм бугун қўйилмайди. Кейтеринг бордга янглишиб бошқасини олиб чиқибди”, – дея эълон қилди.
Навбатдаги ҳолат: пицца етказиб бериш хизмати, афтидан, бизнинг буюртмамизни йўқотиб қўйганди. Бу вақтда оилам қорни оч ҳолда машинада ўтирар, мен эса пиццамизни кутиб, у ёқдан-бу ёққа бориб-келардим. Шу пайт пештахта ортидаги йигит дабдурустдан: “Мени айбламанг, навбатим эндигина бошланди!” – деб қолди.
“Бу менинг айбим эмас”, “Бу менинг вазифамга кирмайди” ёки “Менинг муаммоим эмас...”га ўхшаш гапларни тез-тез эшитамиз. Эълонлар тахтасидаги ёзув кўзимга чўғдай кўринганининг қисман сабаби – ўша фикрга тўла қўшилганимда. Бироқ мени кимдир шах- сий жавобгарликка етарлича жиддий қараб, бу ёзувни биринчи навбатда шу тахтага жойлаш учун масъулият ҳиссини туя олгани лол қолдирганди.
Мен ҳам буни чуқур ҳис қилганим сабабли ушбу китобни ёздим.
Хўш, бу китоб ким учун ўзи? Мазкур асар:
“Анави бўлим қачон ўз ишини тўғри бажаради?”
“Нега улар яхшироқ мулоқот қила олмайди?”
“Ким қовун туширди?”
“Нега биз бу ўзгаришларни бошдан кечиришимиз керак?”
“Қачон менга биров ўргатади?”
“Нега биз яхшироқ одамларни топа олмаяпмиз?”
“Ким бизга аниқ тушунча беради?”га ўхшаш саволларни эшитган ё сўраган ҳар қандай киши учундир.
Бу саволлар етарлича безарар кўрингани билан, масъулият ҳисси етишмаслигини билдиради (мен “шахсий жавобгарлик” атамасини маъқул кўраман) ва у биз бугун дуч келаётган кўплаб муаммоларнинг илдизи саналади.
Аксинча, фикрлаш тарзимизни ўзгартириб, жавобгарлик ҳисси кучлироқ бўлган саволларни бериш ташкилотларимиз ва ҳаёт тарзимизни яхшилаш йўлидаги энг таъсирли ва самарадор чоралардан биридир.
“Савол ортидаги савол” (СОС!) йиллар давомида такомиллаштирилган қурол бўлиб, кишиларга, шу жумладан, менга ҳам, ўзимиз ҳақимизда яхшироқ савол- лар бериш орқали жавобгарлик ҳиссини оширишга кўмаклашади.
Мен бу ғоя ҳақида 1995 йилдан бери ёзаман ва гапираман, мавзу эса ҳар қачонгидек ўз аҳамиятини йўқотмаган. Деярли ҳар куни СОС ёрдамида унум- дорлик ошгани, якдиллик кучайгани, стресслар камайгани, муносабатлар соғломроқ бўлгани ва харидорга сифатлироқ хизмат кўрсатилгани ҳақидаги муваффақият тарихини эшитаман.
Ҳар ҳолда, одамларнинг СОСдан олаётган энг катта фойдаси шахсий эҳтиёж билан боғлиқ: бу тарзда фикр- лай бошлаганлари ҳамон барчаси ўз-ўзидан яхшиланади. Одамлар кўпроқ завқ туя бошлайдилар. Шахсий жавобгарлик йўлини танлаганлар учун ҳаёт гўзал ва ёқимлироқдир.
Хуллас, юқорида санаб ўтилганга ўхшаш саволлар- ни эшитган бўлсангиз, бошқалардаги масъулиятсизлик ҳафсалангизни пир қилган бўлса ёки ўзингизда шундай фикрлаш тарзининг айрим жиҳатларини пайқаган бўлсангиз, бу китоб сиз учун! Мутолаадан завқланинг! | 978-9943-23-187-0 | 104 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/ramita-navai-yolgonlar-shahri | Ramita Navai: Yolg‘onlar shahri | U shunday shaharki, odamlar oʻzlarining asl istaklarini pinhon tutishga, din va anʼana talablariga muvofiq yashayotganini koʻrsatishga majbur. Bu shaharda yashash uchun yolgʻon gapirish kerak. Bu yerda yolgʻon soʻzlash hayot va mamot masalasidir. Bu shahar ahli diniy majburiyatlar yuk va samimiy insoniy istaklar oʻrtasida sargardon kezadi. Bu shahar Tehron, Eron Islom Respublikasining poytaxti. “Yolgʻonlar shahri” bugungi Tehronning unutilmas manzarasini chizib beradi. Bu kitob tehronliklar tuzumning shafqatsiz bosimi ostida qanday yashayotgani, tuygʻulari, shodlig-u iztiroblarini qanday ifodalayotgani, umuman, turfa xil insonlar taqdiri haqida hikoya qiladi.
“Yolgʻonlar shahri” kitobi 2012-yili Britaniya Qirollik adabiyot jamiyatining “Jervud” mukofoti bilan taqdirlangan.
Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri:
“Yolgʻonlar shahri — bu Gʻarb deyarli tanimaydigan va koʻpincha qoʻrqadigan mamlakat haqida gʻayrioddiy tushuncha.“
- “Vogue”
“Chiroyli yozilgan profillar toʻplami.“
- “Publishers Weekly”
“Navaining hikoyalariga aql bovar qilmaydi. Ular ijtimoiy, siyosiy, jinsiy va diniy qarama-qarshiliklarga toʻla Tehronni ochib beradiki, kimdir kundalik hayotning ogʻir labirintidan qanday oʻtishini tasavvur qilish qiyin. Navai tafsilotlarga eʼtibor qaratishi bilan kitobxonni hayratda qoldiradi.“
- “Sunday Telegraph (London)“
“Navai, britaniyalik-eronlik jurnalist, oʻquvchilarni xiyobon boʻylab yuqoriga va pastga, shimoliy nuqtalarning ulugʻvorligidan, fransuz mustamlaka davridagi bezakli uylar va odamlar gavjum savdo markazlariga sayohatga olib boradi, janubdagi ishchilar sinfi va qashshoqroq hududlar...Navai musht bilan yozadi, bu sahifalarni zudlik bilan varaqlashga majburlaydi.“
- “Booklist”
“Kitobning har biri turli eronliklarga qaratilgan sakkizta bobni birlashtirib, shaharning dahshatli portreti tasvirlangan... Kitobxonlarga Tehron jamiyatining panoramik manzarasi taqdim etiladi: yangi boyliklar joylashgan soxta yunon qasrlaridan shaharning shimoliga, soʻng talabalar, savdogarlar va yosh ayollar bilan gavjum shahar markazidan Tehron janubidagi qashshoqlikkacha.“
- “Uoll-strit jurnali”
Kun.uz nashri kitob haqida: Havola
Muallif haqida:
Ramita Navai britaniyalik-eronlik tashqi ishlar jurnalisti boʻlib, Janubiy Sudan, Afgʻoniston, Misr, Nigeriya, Salvador va Zimbabve kabi oʻttizdan ortiq mamlakatlardan xabarlar tayyorlagan. U Channel 4s Unreported World seriali uchun yigirmata hujjatli film suratga oldi va PBS Frontline uchun Suriyadan yashirin reportaji uchun Emmi mukofoti bilan taqdirlandi. | 978-9943-23-164-1 | 276 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhumanazar-beknazar-buyuk-sino-yangi-asr-avlodidan | Jumanazar Beknazar: Buyuk Sino | Taniqli shifokor, shoir va adib, tibbiyot fanlari doktori, professor Jumanazar Beknazarning ushbu maʼrifiy romani qomusiy ismlar sohibi, buyuk alloma Ibn Sino hayoti va tabobat sohasida amalga oshirgan benazir kashfiyotlarining ilmiy-badiiy talqiniga bag‘ishlangan.Asarda ulug‘ mutafakkir obrazi umrining har lahzasida odamlar dardiga malham bo‘lishni burch deb bilgan chin insonparvar, bu yo‘lda muttasil izlanishdan charchamagan komil hakim, hayotini shaxs kamoloti va jamiyat ravnaqi yo‘liga tikkan ulug‘ mutafakkir sifatida namoyon bo‘ladi.Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. | 978-9943-20-736-3 | 368 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/abdukayum-iuldoshev-mashakkatlar-osha-yulduzlar-sari | Abduqayum Yo‘ldoshev: Mashaqqatlar osha yulduzlar sari | Ushbu to'plamdan yozuvchi Abduqayum Yo'ldoshevning turli yillarda yozgan rang-barang mavzulardagi hikoyalari o'rin olgan. E'tiborli tomoni shundaki, barcha hikoyalarni o'zaro bog'lab turgan bir jihat bor. Bu ham boʻlsa asarlardagi aksariyat yosh qahramonlarning o'z hayotlarida arzirli yangilanishlar, o'zgarishlar, istilohlar qilishga urinishlari, oʻzliklarini yaratish istagida jon-jahdlari bilan kurashishlaridir. Toʻgʻri, jarayon oson kechmaydi, aksar holatlarda yutuqdan ko'ra muvaffaqiyatsizlik, g'alabadan ko'ra mag'lubiyat kutib turadi qahramonlarni. Ammo na iloj, buni hayot deydilar. Muhimi, insonning oldinga intilib yashashi, o'zini anglash harakati, mag'lubiyatlardan to'g'ri saboq chiqara bilish salohiyatidir. | 978-9943-20-863-6 | 224 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mahtumquli-suz-chamani | Maxtumquli (So‘z chamani) | Ko'ngil kuyining sehrli navosi, purviqor cho'qqilar saxovati, dil yozgan bog'lar shiviri, ayqirib oqayotgan daryolarning ohanglaridan rang olgan sirli baytlarda taniqli shoir Maxtumqulining sog'inch- armonlariga qorishiq bo'lgan Vatan ishqi, olis yo'llardagi bobolarning mahzun hayot yo'li o'z aksini topgan.
Kitob haqiqiy she'riyat muxlislariga mo'ljallangan. | 978-9943-6362-0-0 | 128 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/somerset-moem-oi-va-sarik-chaka | Somerset Moem: Oy va sariq chaqa | Inson ruhan tanazzulga yuz tutmasligi, o‘zining yashirin shaxsiyatiyu asl “men”ini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun keskin burilish yasashga kuch topishi va qatʼiy qaror qabul qilishiga hech narsa, hatto vaqt ham to‘sqinlik qilmasligi lozim. Ha, hech qachon «endi kech» tamoyiliga aldanib qolmang. Sizni harakatsizlantirib qo‘ygan qobiqlar, zerikarli qonun-qoidalar, omma uchun odatiy bo‘lib qolgan qoliplardan xalos bo‘ling. Eng muhimi, o‘zligingizga qarshi yashamang. Asar nima haqida ekanligini payqagandirsiz?!
Romanning bosh qahramoni qirq yoshli Charlz Striklend asli savdo olami kishisi bo‘lsa-da, o‘zida sanʼatga nisbatan ilohiy kuch mujassam ekanligini avvalboshdan his etardi. Bu yo‘lda u hatto oilasini tashlab, Parijga bosh olib ketadi. Striklend, tom maʼnoda ilohiy qobiliyat sohibi edi, lekin sanʼat undan yaxshigina badal ham talab qiladi. Uning o‘z ayoli va farzandlarini yolg‘izlatib ketishi hamda og‘ir damda ko‘makdosh bo‘lgan qadrdoni Dirk Struve yaxshiliklariga aks taʼsir ko‘rsatishi, ayni paytda Blansh Struve muhabbatiga nisbatan adolatsizligi, uning hayotiga zomin bo‘lishi rassom qismatining naqadar murakkab ekanini ko‘rsatadi.
Striklend instinktlarga bo‘ysunmaydi, u uchun ijtimoiy talablar mutlaqo ahamiyatsiz. Asar davomida qaxramon hech vaqosiz - sariq chaqasiz tasvirlansa-da, ammo hayotining so‘ngida insoniyatga daxldor, mukammal sanʼat asari yaratib ketadi. | 978-9943-20-893-3 | 272 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/abbos-said-kazoi-kadar | Abbos Said: Qazoi qadar | Abbos Said - bugungi zamonaviy adabiyotimizda o‘z o‘rniga ega, ko‘plab muxlislar tomonidan eʼtirof etilgan adib. U «Xon chorboqqa tun cho‘kkanda», «Besh kunlik dunyo», «Ko‘chada qolgan odam» kabi asarlarida insonning ruhiy olamini tasvirlash orqali jamiyatdagi barqaror qadriyatlar, davomli illatlar hamda insonga bog‘liq bo‘lgan tom maʼnodagi munosabatlar xususida teran fikrlarini bayon etadi.
Qo‘lingizdagi katta kitob-«Qazoi qadar» muallifning hayotiy kuzatishlari inʼikosi, borliq va yo‘qlik orasidagi mavjudotning haqiqiy vazifasiyu pirovardidagi ahvolini bir-da ochiq, bir-da istehzo bilan ifodalaydi. Undagi qahramonlar muallifning dastlabki asarlarida ham uchraydi. Kitobxon obrazlarni qayta uchratar ekan, ularning taqdiridan to‘liqroq xabardor bo‘ladi. Tasvir va tahlilning birligi o‘quvchi uchun hayotiy bir sahnani yorqin namoyish etadi. | 978-9943-20-901-5 | 384 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/temur-tuzuklari-yumshok-mukova | Temur tuzuklari (yumshoq muqova) | Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilm-u fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid qarashlari, hayotning maʼno-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, din-u diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida taʼkidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan "Temur Tuzuklari" asarida har tomonlama aniq, ishonarli va taʼsirchan tarzda yoritilgan. | 978-9943-6324-8-6 | 144 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/ichak-kalderon-adizes-mukammal-rahbar | Isxak Kalderon Adizes: Mukammal rahbar | Doktor Adizesning fikricha, har qanday tashkilot menejmenti to‘rtta funksiyani bajarishi kerak: natijalar ishlab chiqarish, maʼmuriyat, tadbirkorlik va integratsiya. Ularni bir vaqtning o‘zida amalga oshirish uchun rahbar ko‘pgina, baʼzan bir-birini istisno qiladigan fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Adizes shunday xulosaga keladi: menejment - bu bir kishi uddalay olishi uchun juda murakkab jarayon. Mukammal menejer esa mavjud emas. Qanday bo‘lishi kerak?
Kompaniya yaqin va uzoq muddatli istiqbolda samarali bo‘lishi uchun uni bir-birini to‘ldiruvchi boshqaruv uslublariga ega odamlardan iborat menejerlar jamoasi boshqarishi kerak. Bunday jamoaga xodimlarni tanlash tamoyili qanday? Ular muqarrar nizolar sifatli qarorlar qabul qilishda foydalanilishi uchun qanday munosabatlarni to‘g‘ri amalga oshirishlari mumkin?
Mazkur kitobda menejment gurusi Isxak Kalderon Adizes shu va boshqa ko‘plab savollarga javob beradi. Kitob menejerlar, kadrlar agentliklari xodimlari va tashkilot boshqaruviga qiziqqanlar uchun mo‘ljallangan. | 978-9943-7593-4-3 | 432 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/sezai-karakoch-tirilish-nasli | Sezai Karakoch: Tirilish nasli | Ushbu kitobda muallif Islom jamiyati tanazzulining sabablari, xususan, Islom madaniyatining zaiflashuvi oqibatlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan. Islom madaniyatining qayta tirilishi uchun nimalar qilinishi kerakligi, bu yo‘lda xalqlar qanday iqtisodiy, siyosiy, geografik imkoniyatlarga egaligi va umuman, Islom madaniyati insoniyatga qay darajada kerak va muhimligi haqida shaxsiy fikrlarini bayon qiladi. Yozuvchi asarida madaniyatsiz iqtisod va iqtisodsiz madaniyat bo‘lmaydi, degan fikrni ilgari suradi. Shuningdek, kitobda oila farovonligi, o‘zaro birlik, qo‘shnichilik aloqalari, tenglik kabi mavzular ham yoritib borilgan.
Turk tilidan Dilbar Rajabova tarjimasi | 978-9943-8217-0-5 | 93 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/islom-boizhanov-aellarning-katta-hatosi-ehud-eringizni-folbinsiz-isitish-siri | Islom Boyjanov: Ayollarning katta xatosi yoxud eringizni folbinsiz isitish siri | Ushbu kitob ayollarning turmushda uchraydigan ayrim xato kamchiliklarini to‘g‘rilash asnosida yurtimizda mavjud oilalarni yana-da mustahkamlash maqsadida tayyorlandi. Kitobdan kundalik turmushda xotin-qizlarimizga asqotadigan tavsiya va maslahatlar o‘rin olgan. Mazkur kitob ayollarga o‘zligini anglashga va turmush o‘rtog‘ini tushunishga yordam beradi. Shuningdek kitob bamisoli ko‘ngil dorisi yoxud ruhiy muolaja o‘rnida turmushimizning bemor taraflariga shifo bo‘ladi, degan umiddamiz. O‘ylaymizki, ushbu risola sizlarni befarq qoldirmaydi va undagi tavsiyalarga amal qilish orqali siz har bir kuningizni chiroyli va mazmunli qilishga erishasiz. | 978-9943-7364-8-5 | 100 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulhamid-zairiev-osonlashtirilgan-islom-akidasi-risolasi | Abdulhamid Zayriyev: Osonlashtirilgan Islom aqidasi risolasi | Aqida Islomning ilk davridanoq dolzarblik kasb etib kelgan mavzulardandir. Qurʼonning Makka davrida tushgan ilk sura va oyatlarining qariyb barchasi aqidaviy mazmunga ega. Payg‘ambarlikning ilk davrlari ham, asosan, odamlarning aqidasini to‘g‘rilash va tuzatish bilan o‘tgan. Bu holat aqidalar majmui insoniyatning birlamchi bilib olishi va qalbida doimiy saqlashi kerak bo‘lgan eng ustuvor g‘oyasi bo‘lishi kerakligini anglatadi. Shuning uchun ham buyuk faqih Imomi Aʼzam Abu Hanifa ibn Sobit (80-150/699-767) rahmatullohi alayh aqida ilmini «Fiqhul akbar» («Eng katta fiqh» yoki «Ulug‘ fiqh») deb ataganlar. Fiqh so‘zining maʼnosi haqida esa u zot: «Fiqh — insonning o‘ziga foydali va zararli narsalarni bilmog‘idir», deganlar. Demak, har bir inson va har qanday jamiyat o‘ziga foydali va zararli g‘oya va mafkuralar, fikr va dunyoqarashlarni bilishi va o‘zlashtirishi aqida ilmining mavzusi hisoblanar ekan.
Hurmatli o‘quvchi, Islom insoniyatga hamma zamonlar va makonlarda, barcha xalqlarga manfaat keltirishi uchun nozil qilingan yagona haq dindir. Islom bu dunyoda tinchlik va xotirjamlikka, oxiratda esa abadiy saodatga erishish uchun inson hayot tarzini tartibga soladi. Ushbu kitobchada keng omma tomonidan yengil qabul qilinishi uchun Islom taʼlimotiga tegishli baʼzi muhim va asosiy jihatlari oson savol-javob tarzida bayon etildi. Bu javoblarning to‘g‘riligidan o‘quvchi ko‘nikish hosil qilishi uchun Qurʼon va sahih hadislardan dalillar ham keltirilgan. | 978-9943-7546-8-3 | 80 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/elif-shafak-sharaf | Elif Shafaq: Sharaf | Elif Shafaq - dunyoga mashhur turk va ingliz yozuvchisi. U o‘zining Sharq va G‘arb motivlari uyg‘unligida yozilgan, sevgi va undagi qarama-qarshiliklar haqidagi taʼsirchan romanlari orqali xalqaro eʼtirofga sazovor bo‘lgan.
Uning har bir kitobini millionlab muxlislar alohida sabrsizlik bilan kutishadi.
Muallifning “Sharaf” romani bu - haqiqiy sevgi va shafqatsiz tushunmovchilik, baʼzan yaqiningizni qutqarish uchun qilish kerak bo‘lgan murakkab tanlov haqidagi asardir.
Voqea qahramonlari bo‘lgan egizak opa-singillar Pimbi va Jamila, qizlarning or-nomusi muhim sanalgan hamda itoatkorlik xislatlari qadrlanadigan yurtda: Turkiya va Suriya chegarasidagi qishloqda voyaga yetishgach, ularning taqdir yo‘llari ayro tushadi. Pimbi turmushga chiqib, oilasi bilan Londonga ko‘chib ketadi, egizak singlisi Jamila esa qishlog‘ida qolib, doyalik qiladi.
Asarda yorqin tuyg‘ular va samimiy insoniy kechinmalar to‘liq ochib berilgan.
“Sharaf” romani ilk bora o‘zbek tilida nashr etilmoqda. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Tarjimon : Saydahmedova Marhabo Maʼrufjon qizi | 978-9943-7783-5-8 | 528 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/askad-muhtor-chinor-yumshok-mukova | Asqad Muxtor: Chinor (yumshoq muqova) | “Chinor” asari bir o‘zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu maʼnoda “tagli-zotli”. Uning har bir aʼzosi xalq hayotida maʼlum bir masʼuliyatli yukni o‘z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz ramzidir. Oila boshi Ochil buva safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarning har biri mustaqil ahloqiy-estetik fikrni oldinga suradi. Hikoyalar va rivoyatlar esa bu fikrlarni quvvatlab, yana-da mustahkamlaydi.
| 978-9943-6034-3-1 | 432 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/anor-besh-kavatli-uining-oltinchi-kavati-kattik-mukova | Anor: Besh qavatli uyning oltinchi qavati (qattiq muqova) | /h2> | 978-9943-20-827-8 | 256 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/erik-sigal-love-story-bir-muhabbat-tarihi | Erik Sigal: Love story. Bir muhabbat tarixi | Inson xarakteri faqat oq yoki qora ranglardan iborat emas. Unda boshqa qorishiq bo‘yoqlar ham bo‘lishi tabiiy. Badiiy asar qahramoni xarakterida ham turfa chizgilarni to‘g‘ri qo‘llash uning jonliligini, o‘quvchi tasavvuridagi realligini taʼminlaydi.
Ummonorti yozuvchisi Erik Sigalning "Love story. Bir muhabbat tarixi" kitobi ham amerikalik oshiqlarni, muhabbatga g‘arq ikki qalbni ko‘z o‘ngimizda jonli namoyish etadi, ularning iztirobiga sherik qiladi. Kuldiradi, kuydiradi, xullas, muhabbat insonni ne ko‘ylarga solsa, kitob ham o‘quvchini shu tuyg‘ularga oshno qiladi.
Dastlab melodrama sifatida suratga olinib, so‘ng kitobga ko‘chgan ushbu ishq qissasini romantik adabiyot muxlislari uchun tavsiya etamiz va muhtaram o‘quvchiga manzur bo‘ladi deb umid qilamiz. | 978-9943-8481-1-5 | 112 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-vahba-zuhailii-usoma-ibn-zaid-roziyallohu-anhu | Doktor Vahba Zuhayliy: Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu | Ulug‘ sahobalarning hayotlari ilm, xulqu odob, din va majburiyat nuqtai nazaridan, chuqur ihlos ila Alloh taoloning roziligini talab qilishlari kamolotga intilgan kishilar uchun haëtiy ibrat maktabidir. Ular moddiy manfaat, sohta mansabga erishish yoki o‘tkinchi shuhratga ega bo‘lish uchun harakat qilishmagan. Ularni bir narsa - Yaratganga taqvo va Uning barhaq payg‘ambariga muhabbat ulug‘likka olib chiqqan. Usoma ibn Zayd ham ulug‘ sahobiylardan biri bo‘lib, shu boisdan Payg‘ambarimiz alayhissalom bejiz "Usoma men uchun insonlarning eng suyuklisidir" demaganlar.
Siz aziz o‘quvchilarni ibratli hayot sohibi bo‘lmish ulug‘ sahobiyning hayoti bilan tanishish bilan muborakbod etamiz. | 978-9943-6617-3-8 | 88 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/odinahon-muhammad-sodik-guzal-urnak | Odinaxon Muhammad Sodiq: Go'zal o'rnak | Alloh taolo insonni yaratar ekan, uni payg‘ambarlardan va ularga merosxo‘r bo‘lmish olimlardan, solih kishilardan, murshidlardan va yaxshi do‘stlardan o‘rnak olib yashashga va o‘zi ham go‘zal xulqi va odobi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishga buyurdi.
Mazkur «Go‘zal o‘rnak» nomli kitob muslimaat.uz sayti sahifalarida Ramazon oyida efirga uzatilgan eshittirishlar asosida taʼlif etilgan bo‘lib, unda muallif Odinaxon Muhammad Sodiq har bir musulmon uchun zarur bo‘lgan go‘zal xislatlar haqida so‘z yuritadi. | 978-9943-7546-6-9 | 192 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhadid-adabieti-namoendalari-abdulla-kodirii | Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulla Qodiriy | Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o‘z o‘quvchilari bilan yuzlashmoqda.
Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo‘q.
«Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topadi. | 978-9943-7069-9-6 | 400 | 2022 |