url
stringlengths 33
166
| name
stringlengths 5
141
| description
stringlengths 0
16.1k
⌀ | isbn
stringlengths 5
37
⌀ | num_pages
stringlengths 2
4
⌀ | year_published
stringclasses 20
values |
---|---|---|---|---|---|
https://asaxiy.uz/uz/product/sinfdosh-uka-maktabdagi-posbon
|
Sinfdosh. Uka – maktabdagi posbon
|
Yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo'lgan barcha sinfdoshlar jurnali
| null |
32
| null |
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-osim-ibn-abdulloh-uvnavij-fiqhij-atamalarning-izohli-lugati
|
Shayx Qosim ibn Abdulloh Quvnaviy: Fiqhiy atamalarning izohli lug‘ati
|
Ушбу асарда фиқҳ (ислом ҳуқуқшунослиги) илмида қўлланадиган сўз ва ибораларнинг изоҳли луғатикелтирилган. Китоб фиқҳ боблари тартиби бўйича тартибланган. Фиқҳий атамаларни баён қилиш ва тартиблашда фақиҳларга, хусусан, ҳанафий мазҳаби уламоларига эргашилган. Атаманинг аввал луғавий маъноси, уларга Қуръон ва Ҳадисдан айнан далиллар келтирилган. Сўнгра атаманинг шаръий маъноси айтилган. Гоҳида аксинча-аввал шаръий, сўнг луғавий маънолари изоҳланган. Асар терминлардан ташқари кўплаб дақиқ фойдали маълумотларни ҳам ўз ичига олган. Шу жиҳатдан ҳам китоб олий ва ўрта махус диний ўқув юртлари ва соҳага қизиққан кенг омма учун мўлжалланган.
|
978-9943-6618-1-3
|
284
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/mahmudhuzha-behbudij-tanlangan-asarlar-2-qism
|
Mahmudxo‘ja Behbudiy: Tanlangan asarlar (2-qism)
|
ХХ аср ўзбек миллий уйгониш даври адабиётининг буюк намояндаси, миллат қаҳрамони Махмудхўжа Бехбудий "Танланган асарлар "ининг ушбу иккинчи жилдига адабий-танқидий ва публицистик мақолалари, сафар хотиралари, хатлари, шунингдек, замондошларининг ўзбек ва рус тилларидаги эсдалик ва бағишловлари киритилди.
Ушбу нашр ХХ асрдаги миллий уйгониш даври тарихи ва адабиёти билан кизикувчи мутахассислар ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўл жалланган.
|
978-9943-4299-6-3
|
312
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/abduvali-utbiddin-suz-chamani
|
Abduvali Qutbiddin (So‘z chamani)
|
"So'z chamani"
|
978-9943-6359-5-1
|
128
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/o-m-mirtazaev-l-p-zueva-g-s-matnazarova-epidomiologiya
|
O.M. Mirtazayev, L.P. Zuyeva, G.S. Matnazarova: Epidomiologiya
|
Ushbu kitobda odamlar orasida har qanday patologik holatlarning (kasalliklarning) paydo bo'lishi va tarqalishi qonuniyatlarini o'rganadigan va ularga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan fan sifatidagi epidemiologiyaning hozirgi zamondagi bayoni taqdim etilgan.
Umumiy epidemiologiya qismida epidemik jarayon to'g'risidagi ta'limotga, epidemiologik tekshiruv usullariga, yuqumli kasalliklariga qarahi kurashishning mavjud qoidalari wa usullaridan foydalanishga, epidemiologik nazorat tizimiga alohida elibor qaratilgan.
Epidemiologiyaning eng so'nggi tekshiruv usullari, (epidemiologik tashxisot) shu jumladan, ularni amalga oshirish mufassal bayon etilgan.
Xususiy epidemiologiya qismida antroponoz, zoonoz va sapronoz kasalliklarning har brining epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik nazorati izchillik bilan to'la-to'kis bayon qilingan. Birinchi marta epidemiologiya darsligida gospital epidemiologiyaning ta'rifi nazariy jihatlari, kasalxona ichi infeksiyalari bilan kurash tizimi va vositalari batafsil yoritilgan.
Shuningdek, noinfeksion va genetikaga bog'liq bo'lgan kasalliklarning epidemiologiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar ham darslikda birinchi marta keltirilgan.
Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan epidemiologiya fani dasturiga binoan yozilgan, shuningdek respublikamizda sog'ligni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida tayyorlanayotgan umumiy amaliyat vrachlari tayyorlash dasturi ham inobatga olingan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan epidemiologiyadan darslik sifatida tavsiya etilgan bo'lib, tibbiyot oliy o'quv yurtlari tibbiy profilaktika fakulteti talabalari, magistrlari, epidemiologiyadan malaka oshiruvchi kursantlar va umumiy amaliyot epidemilog vrachlar uchun mo'ljallangan.
|
978-9943-4541-9-4
|
600
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/lutfij-suz-chamani
|
Lutfiy (So‘z chamani)
|
"So'z chamani"
|
978-9943-6359-0-6
|
128
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/olimhon-isahon-ugli-islomda-zhanoza-va-unga-doir-masalalar
|
Olimxon Isaxon o‘g‘li: Islomda janoza va unga doir masalalar
|
Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: <<Агар аллоҳ бир бандага яхшиликни ирода қилса уни амал қилгувчи қилиб қўйади>>, дедилар.<<Эй, Аллоҳнинг расули! Қандай амал қилгувси қилиб қўяди>>, дейилди. <<Ўлимидан олдин, солиҳ амалларни қилишга муваффақ қилади>>, дедилар. (Ҳасан, саҳиҳ ҳадис)
|
978-9943-26-971-2
|
240
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-tilginamdan-ajlanaj
|
Tohir Malik: Tilginamdan aylanay
|
Tohir Malik - mahoratli, ulkan salohiyatli adib. Uning asarlarida bani basharning ibtidodagi xatolari-yu, bugungi tazarrulari aks etadi. Biroq yozuvchi doim ham kitobxon qalbini titratishni istamaydi. Baʼzida esa yengil kulgu, achchiq yumor bilan tanganing orqa tomonini ham ko‘rsatib qo‘yadi.
Ushbu kitobdan adibning turli yillar davomida yozgan hajviy hikoyalari, hangomalari o‘rin olganki, bu sizlarga yaxshi kayfiyat va yuzingizga tabassum yugurtiradi.
|
978-9943-6045-2-0
|
320
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/asqad-muhtor-suz-chamani
|
Asqad Muxtor (So‘z chamani)
|
O'zbek adabiyotining
|
978-9943-6362-3-1
|
128
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/irodabonu-avvalbojeva-sinfdan-tashqari-uqish
|
Irodabonu Avvalboyeva: Sinfdan tashqari o‘qish kitobi 1
|
1-синф учун ўқув қўлланма
|
978-9943-4706-7-5
|
160
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/pol-bregg-soglom-umurtqa
|
Pol Bregg: Sog‘lom umurtqa
|
Ушбу китобни тайёрлаш жараёнида умуртқа нақадар муҳим аьзо эканини тушуниб олдим. Унинг соғломлиги инсониятга узоқ умр ва чиройли ҳаёт кечиришида энг катта сабабчи экан.
китоб билантанишар екансиз. сиз ҳам шундай хулосага келишингизга аминман
|
978-9943-431-87-4
|
144
|
2014
|
https://asaxiy.uz/uz/product/tarihdan-kulaj-kullanma-6-sinf
|
Tarixdan qulay qo‘llanma 6 sinf
|
Ushbu qo’llanma orqali siz:
—Mavzularni oson, qulay tushunasiz;
—Ma’lumotlarni tez yodlab olasiz;
—Kitobni o’qib zerkib qolmaysiz, har bir mavzuni zo’r qiziqish bilan o’qiysiz;
—Kitobni o’zlashtirish koeffisentingiz juda oshadi;
—Avvalgi darslikda o’qigan ma’lumotingiz endi yodingizdan chiqmaydi, biz sizga eslatamiz!
Ushbu qo’llanma sizga maqsadlaringizga tez va oson yetishingizda ko’makdosh bo’ladi!
| null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhamshid-uramboev-yorqin-kelazhak-sari
|
Jamshid Quramboyev: Yorqin kelajak sari
|
Qo'lingizdagi mazkur kitob dunyoga mashhur shaxslarning g'aroyib hayot yo'li, ularning takrorlanmas taqdiri va aqlbovar qilmas muammo-yu qiyinchiliklarni qay tarzda yengib o'tishgani haqida hikoya qiladi. Ular siz-u bizga ma'lum va mashhur yozuvchi-yu olimlar, sportchi, tadbirkor yoxud siyosatchilar bo'lsalar-da, baribir oddiy insonlardir. Muallif esa bu insonlarning har qanday sohada, har qanday holatda ham nekbinlik bilan muvaffaqiyatga erishganligini ta'kidlaydi va kitobxonni Yorqin kelajak sari dadil qadam qo'yishga undaydi.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
|
978-9943-5241-5-6
|
192
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/ochil-tohir-sanaj-turib-adashma-bolalar-uchun-raqamlar-bilan-suzlashuv
|
Ochil Tohir: Sanay turib adashma (bolalar uchun raqamlar bilan so‘zlashuv)
|
Азиз болажонлар!
Ушбу шеър ва топишмоқлар тўплами сонлар асосида тузилган бўлиб, унда сонларни бир-бирига қўшиш, айириш, кўпайтириш ҳамда бўлиш амаллари ҳақидаги шеърларни ўқишингиз мумкин.
Ўйлаймизки, ушбу тўплам китоб жавонингиздан жой олади.
|
978-9943-5580-1-4
|
64
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/soglom-etiqod-muminga-nazhot
|
Sog‘lom e’tiqod mo‘minga najot
|
Диёримизда етишиб чиққан етук ҳанафий уламоларимизнинг асарлари тавҳид ва мотуридия ақидасини тарғиб қилиши билан эътиборга моликдир.
Қўлингиздаги китобда жамланган Мақсудхўжа Мансурхўжа ўғлининг «Махзанул мақсуд» Мулло Йўлдош Хилватийнинг «Чироғи мактаб», Шайх Назруллоҳхон Ғарибийнинг «Қасидаи Амолий шарҳи» ҳамда Сайфиддин Сайфуллоҳ тўплаб, нашрга тайёрлаган «Ақидавий аҳкомлар» рисолалари ақида масалаларини ёритишга бағишланган.
|
978-9943-26-148-8
| null |
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/fuzulij-suz-chamani
|
Fuzuliy (So‘z chamani)
|
"So'z chamani"
|
978-9943-6359-1-3
|
128
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/tura-sulajmon-sajhun-sabolari
|
To‘ra Sulaymon: Sayxun sabolari
|
Ушбу китобга миллий адабиётимизга Тўра Сулаймон, Ҳалима Худойбердиева сингари улкан истеъдодларни етказиб берган Сайхун воҳаси - Сирдарё вилояти ижодкорлариниг сара асарлари асосида тартиб берилди.
|
978-9943-24-279-1
|
312
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/sehrli-kitob-yoki-itopadesha
|
Sehrli kitob yoki Hitopadesha
|
Шарқ инсоният цивилизациясининг энг қадимий ўчоғидир. Ҳинд халқи ҳам ана шу маданиятнинг ривожига улкан ҳисса қўшган. Қўлингиздаги китоб қадимий ҳинд афсона ва ривоятларидан ташкил топган бўлиб, улар ёш авлод тарбиясида муҳим рол ўйнаши аниқ. Кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
|
978-9943-995-10-9
|
208
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/hronologiya-taktikasi
|
Xronologiya taktikasi
|
Kitobda nimalar mujassam?
— Ushbu qo’llanma eng so’ngi (6-7 sinf kitoblari 2017-yilgi, 8-va 9-sinf kitoblari 2019-yilgi) maktab darsliklari asosida tuzilgan bo’lib, to’rt qismdan iborat.
— Birinchi qism: Bu qism Tarixni o’rganish formulalari deb atalib, unda mazkur fanni o’rganishning eng samarali usullari ko’rsatilgan.
— Ikkinchi qism: Bu qismda har bir sinf kitobidagi yil va asrlar xronologik ketma-ketlikda berilgan.
— Uchinchi qism: Bu qismda bir yilda va bir asrda bo’lgan voqealar alohida-alohida (yillar alohida, asrlar alohida) keltirilgan.
— To’rtinchi qism: “Similar but Different (O’xshash ammo Farqli) usuli deb nomlanadi. Bu usul hali hech qayerda uchramagan yangi usul hisoblanadi. Qo’llanma eng yangi darsliklar (2019-yilgi) asosida tuzilgan. Hatto rasmlarda keltirilgan davrlar ham nazardan chetda qoldirilmagan.
| null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/zbekiston-respublikasining-soliq-kodeksi
|
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
|
Китоб 2019 йил 30 декабрдаги «Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодексига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги ЎРҚ–599-сонли Қонун ва янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодексини ўз ичига олган. Барча матнлар ўзбек тилида берилган.
Кодекс расмий нашр ҳисобланган Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси (Lex.uz) асосида 2020 йил 15 мартгача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан тайёрланган.
|
978-9943-6389-1-4
|
624
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/alisher-navoij-suz-chamani
|
Alisher Navoiy (So‘z chamani)
|
"So'z chamani" turkum kitoblarining ilk risolasi Hazrat Alisher Navoiy g'azallaridan tuzildi. Ko'hna turkiy-o'zbek yozuvining "alif"idan boshlab "yo"siga qadar, barcha harflariga oid she'rlardan saralab olishga harakat qilindi. Bu go'zal va benazir guldasta muhtaram she'r ixlosmandlariga sevimli bo'ladi deb ishonamiz.
|
978-9943-6358-9-0
|
128
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/uzajfa-ibn-yamon-roziyallahu-anhu-solih-sijmolar-silsilasi
|
Huzayfa ibn Yamon roziyallahu anhu (Solih siymolar silsilasi)
|
Китобда пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг энг яқин сафдош дўстларидан бири, фақат унгагина ишониб айтган сирлари соҳиби Ҳузайфа ибн Ямон розияллоҳу анҳунинг намунали ҳаёти, динимиз тарқалиши йўлидаги фидокорона хизматлари ҳақида ишончли манбалар асосида ҳикоя қилинади.
|
978-9943-6464-7-9-6
| null |
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/halilloev-mahkam-fizika-fanidan-malumotnoma
|
Xalilloyev Mahkam: Fizika fanidan malumotnoma
|
Cho'ntakbob qo'llanmada umumiy fizika faniga oid mavzular aks etgan bo'lib, 6-11-sinf va akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari hamda umumiy fizika fanlaridan ta'lim oluvchi oliy ta'lim talabalariga mo'ljallangan so'ngi yillardagi darsliklarga tayanilgan. Unda umumiy fizika fanining barcha mavzulari mufassal va ommabop tarzda berilgan. Shuningdek, sohadagi muhim ma'lumotlar jadvallar, formula va ilovalar asosida tushintirilgan.
Ushbu ma'lumotnoma maktab, akademik litsey, kollej o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, undan oliy o'quv yurti talabalari hamda fizika faniga qiziquvchi keng kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
|
978-9943-5767-2-8
|
480
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/ota-vasiyati-zaveshanie-otca-uzbek-halq-ertagi
|
Ota vasiyati - Завещание отца (o‘zbek xalq ertagi)
|
Kichik yoshdagi bolalar uchun ertak asosida ishlangan komiks/ Комикс на основе сказки для детей младшего возраста
|
978-9943-6044-9-0
| null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/irodabonu-avvalbojeva-sinfdan-tashqari-uqish-4
|
Irodabonu Avvalboyeva: Sinfdan tashqari o‘qish kitobi 4
|
4-sinf uchun o'quv qo'llanma.
|
978-9943-5130-5-1
|
160
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/shajhzoda-atoji
|
Shayxzoda Atoyi (So‘z chamani)
|
"So'z chamani" turkum kitoblarining navbatdagi risolasi hazrat Shayxzoda Atoyi g'azallaridan tuzildi. Ushbu rango-rang guldasta ham muhtaram she'r muhiblariga sevimli bo'lishiga ishonamiz.
|
978-9943-6359-3-7
|
128
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/fizika-boshlangich-saboqlar-6
|
Fizika: Boshlang‘ich saboqlar-6
|
Mazkur qo'shimcha o'quv qo'llanmada eng kichik zarrachalar mikroolamidan tortib bepayon galaktikalar makroolamigacha cheksiz muhitda kechadigan jarayonlarning fizika fani nuqtayi nazaridan tahlili qiziqarli hayotiy misollar bilan ko'rgazmali tazrda bayon etilgan. Insonlarning atrof-olam haqidagi tasavvurlarining shakllanishi, yangi mashina va asbob-uskunalarning ixtiro qilinishi, binobarin sanoatning yuksalishida hamda boshqa fanlarning rivojlanishida fizika fanining beqiyos ahamiyati va hissasi ko'rsatib berilgan. Har qaysi mavzuda taalluqli masala va yechimlar, qiziqarli tajribalar, loyihalashtirish va modellashtirish bilan bo'gliq amaliy mashg'ulotlar, shuningdek bo'lim yuzasidan olingan bilimlarni sinash uchun turli xil savol va topshiriqlarga alohida o'rin ajratilgan.
O'quv qo'llanma umumiy o'rta ta'lim va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari, shuningdek, fizika faniga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
|
978-9943-6128-0-8
|
328
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/azim-suyun-ej-dust-yohud-azimnoma
|
Azim Suyun: Ey do‘st yoxud Azimnoma
|
Ижод учун
|
978-9943-5228-0-0
|
448
|
2018
|
https://asaxiy.uz/uz/product/oris-muhosibij-risolatul-mustarshidijn-idoyat-izlovchilar-risolasi-abdulfattoh-abu-udda-sharhi
|
Horis Muhosibiy: Risolatul mustarshidiyn - Hidoyat izlovchilar risolasi (Abdulfattoh Abu G‘udda sharhi)
|
Ҳорис Мусоҳибийнинг "Рисолатул Мустаршидийн" - "Ҳидоят изловчилар рисоласи" китобига Aбдулфаттоҳ Aбу Ғудда шарҳ ёзганлар. Имом Ҳорис Муҳосибий усули фиқҳ билимдони, кучли воиз ва муҳаддис эдилар. У зот сўзласалар ўша нарсани кўриб тургандек бўласиз. Бу фазилатлар асарда ўз аксини топган.
«Рисолатул мустаршидийн»
Ҳорис Моҳосибий 7-8-асрларда яшаб ўтган олим бўлиб, Бағдодда ислом фалсафаси мактабига асос солган, тариқат уламоларидан бўлган.
Сизларнинг эътиборингизга ҳавола қилинаётган «Рисолатул мустаршидийн» – «Ҳидоят изловчилар рисоласи» китобига ХХ асрнинг забардаст олимларидан бўлган Абдулфаттоҳ Абу Ғудданинг шарҳи ҳар бир мусулмон ўқиши зарур бўлган адабиётлар сирасига киради.
Аллоҳ таоло Қуръони каримда марҳамат қилади: “(Эй, Муҳаммад!) Сиз ўзингиз суйган кишиларни ҳидоят қила олмайсиз, лекин Аллоҳ ўзи хоҳлаган кишиларни ҳидоят қилур. У ҳидоят топувчиларни яхши билувчидир”.
|
978-9943-6604-0-3
|
416
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/yosh-va-boy-holatda-ishdan-forig-bolish-1
|
Robert T.Kiyosaki. Sheron L.Lekter: Yosh va boy holatda ishdan forig‘ bo‘lish (1 kitob)
|
Сиз бир умр оддий ишчи бўлиб қолишни хоҳламайсиз. Шундайми ? "Ноль" дан бошлаб, узоғи 10 йилдан кам муддатда молиявий мустақилликка қандай қилиб эришиш мумкинлигини ўйлаяпсизми ? У ҳолда аксарият китобхонларнинг диққат-эътиборига тушган "Бой ота, камбағал ота", "Пул оқимининг квадранти", "Бой бола, ақлли бола", "Сармоялашда бой отамнинг бошқаруви" каби китобларнинг муаллифлари қўлингизда турган ушбу китобларида ҳам Сиз истаган ва излаган мавзу бўйича сўз юритишади.
Сиз вақт қадрини биласизми ?
Ҳаётда тўкин яшашни истайсизми ?
Демак, бу китоб айнан Сиз учун !
| null |
272
|
2015
|
https://asaxiy.uz/uz/product/tura-sulajmon-suz-chamani
|
To‘ra Sulaymon (So‘z chamani)
|
O'zbekiston xalq shoiri To'ra Sulaymon zamonaviy milliy adabiyotimizda o'zining munosib o'rniga ega, o'z ovoziga ega bo'lgan atoqli ijodkorlarimizdandir.
Shoirning xalqona donishmandlik ruhi bilan yo'g'rilgan badiiy barkamol asarlari, turli yillarda nashr etilgan "Istar ko'ngil", "Qorasoch", "Hamqishloqlarim", "Jahonnoma", "Men qayga borar bo'lsam", "Intizor", "Sizni eslayman", "Sensiz yolg'iz, g'arib bo'ldim..." singari yigirmadan ortiq kitoblari millionlab adabiyot ixlosmandlarining ko'ngil mulkidan joy olgan. O'nlab she'rlari qo'shiqqa aylanib, xalqimiz olqishiga sazovor bo'lgan.
Ishonamizki, ardoqli shoirimiz ijodidan saralangan ushbu to'plam kitobxonlarimizga munosib tuhfa bo'ladi.
|
978-9943-6361-2-5
|
128
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/navoij-va-usajn-dunyodagi-eng-lazzatli-taom-ertak-tinglajmiz-va-uqijmiz
|
Navoiy va Husayn, Dunyodagi eng lazzatli taom (Ertak tinglaymiz va o‘qiymiz)
|
Ўзбек халқ оғзаки ижодининг ажралмас бўлаги халқ эртакларидир. Асрлар мобайнида тилдан тилга ўтиб келувчи халқ эртаклари ўзининг бой таризхига эга. Улардаги эртак қаҳрамонлари, жониворлар ва афсонавий жонзотлар тингловчини қизиқарли, сеҳрли эртаклар оламига чорлайди.
Жажжи фарзандларимиз учун нашр қилинаётган ушбу китоб ҳам халқ эртакларидан тузилган. Ундаги ранг-баранг безаклар ўқувчининг китоб мутолаасига бўлган қизиқишини орттиради. Ушбу китобнинг бошқа эртак китоблардан фарқ қилувчи жиҳати шундаки, ундаги эртакларни нафақат ўқитиш, ҳаттоки тинглаш ҳам мумкин.
|
978-9943-6040-4-9
|
14
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/abdumutal-otaboev-odoblar-sarchashmasi
|
Abdumutal Otaboyev: Odoblar sarchashmasi
|
Абдумутал домла Отабоев ушбу китобида муҳаддислар султони, улуғ бобомиз Имом Бухорий тўплаган одоблар ҳақидаги саҳиҳ шарҳ-изоҳлар битилган. Китоб бугунги ёшлар тарбияси ва маънавияти юксалиши учун жуда аҳамиятлидир.
Чунки унда энг муҳим, инсон учун сув ва ҳаводай зарур бўлган гўзал одоблар, уларнинг фазилатлари баён этилган.
|
978-9943-5819-7-5
|
160
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/suhrob-zhumaboev-kimyo
|
Suhrob Jumaboyev: Kimyo
|
Aziz o'quvchilar, sizga kimyoning barcha nazariy qismidagi qiyinchiliklardan kelib chiqqan holda, sizlar uchun shu kitobni tayyorlashga qaror qildik. Kitob 7-11 sinf darsliklari asosida tuzilgan. Bu kitobda sizga kerakli bo'lgan nazariy va amaliy ma'lumotlar berilgan. Kitob oliyo'qub yurtlariga kirish va milliy sertifikat olish imtihonlariga tayyorlanuvchilar va doimiy kimyo bilan shug'ullanuvchilar uchun dasturilamal bo'ladi.
Agar sizning bilim olishingizga va kimyoning nazariy va amaliy qismini yaxshi o'rganishingizga kitobimiz ko'maklashsa, bundan biz xursandmiz!
|
978-9943-20-695-3
|
224
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/nasiba-erhonova-zuhra-ruzieva-tarbiyachi-kitobi-badiij-asarlar-tuplami
|
Nasiba Erxonova, Zuhra Ro‘ziyeva: Tarbiyachi kitobi (Badiiy asarlar to‘plami)
|
Мазкур "Тарбиячи китоби" Ўзбекистон Республикасининг илк ва мактабгача ёшдаги болаларнинг ривожланишига қўйиладиган Давлат талаблари ва "Илк қадам" мактабгача таълим муассасининг Давлат ўқув дастури асосида тайёрланди.
Болангизни уй шароитида мактабга қандай тайёрлаш ҳақида бош қотиряпсизми? Фарзандингиз ҳеч кимдан ортда қолмаслиги, мактабда яхши ўзлаштириши учун қайғуряпсизми? Унда тарбиячи китоби тўпламлари сизга ёрдамга келади. Ушбу китобларда фарзандингиз боғчада ўрганиши керак бўлган Давлат Дастури асосидаги барча мавзулар берилган бўлиб, сиз мустақил равишда уй шароитида улардан бемалол фойдаланишингиз мумкин. Машғулот жараёнларидаги эртак, топишмоқ, шеър ва тез айтишлар оиладаги барча ёшдаги фарзандлар ёшига мўлжалланган. Боладаги математик тасаввурларни шакллантириш учун эса тарбиячи китоби математика қўл келади. Уйда ўтириб ҳам фарзандимизнинг нутқини ўстиришимиз, сўз бойлигини оширишимиз, тасаввурини кенгайтиришимиз, унда ижодкорлик қобилиятини шакллантиришимиз мумкин. Китоб ўзбек ва рус тилларида чоп этилган.
| null |
144
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/madrim-amraev-sharifzhon-sariev-adabiyot-fanidan-malumotnoma
|
Madrim Hamrayev, Sharifjon Sariyev: Adabiyot fanidan ma’lumotnoma
|
Ushbu metodik qo'llanma umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quvchilari, oliy o'quv yurtiga kiruvchilar, talabalar hamda barcha adabiyot ixlosmandlari uchun to'laqonli ma'lumotnoma sifatida xizmat qiladi.
|
978-9943-6328-9-9
|
656
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/alisher-navoij-muhokamatu-l-lugatajn
|
Alisher Navoiy: Muhokamatu-l-lug‘atayn
|
Ушбу китоб
|
978-9943-995-98-7
|
128
|
2017
|
https://asaxiy.uz/uz/product/abiturientlar-uchun-hronologiya
|
Abituriyentlar uchun Xronologiya
|
Тарих фанидан тайёрланган мазкур қўлланмани тузишда умумтаълим мактаблари ҳамда ўрта махсус таълим тизими (академик лицей ва касб ҳунар коллежлари) учун сўнгги йилларда нашр этилган дарслик ва тавсия этилган адабиётлардан фойдаланилди.
|
978-9943-5662-4-8
|
280
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/ona-tili-yangi-testlar-i-qism
|
Ona tili yangi testlar I qism
|
Mazkur to‘plam 8 ta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda shu bo‘limlarga tegishli bo‘lgan DTM darajasida eng yangi mavjud.
To‘plamning qulayliklari:
✅Mazkur to‘plam orqali til tarixi, fonetika, orfoepiya, grafika, orfografiya, leksikologiya, leksikografiya va morfemika bo‘limlarini qay darajada o‘zlashtirganingizni aniq bilib olasiz.
✅Har bir mavzu bo‘yicha kamida 400-500 ta test yechish imkoniga ega bo‘lasiz.
✅Har bir bo‘lim so‘ngida o‘sha bo‘lim asosida tuzilgan mukammal variantlarni yechish orqali o‘z bilimingizni yanada mustahkamlab borasiz.
✅To‘plamdagi testlar yangilangan maktab darsliklari asosidagi ma’lumotlarga tayangan holda tuzilgan.
✅Har bitta yangilangan darslikdagi ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratilgan.
| null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/zbekiston-respublikasining-fuqarolik-kodeksi
|
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
|
Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси 1996 йилда қабул қилинган бўлиб, ўтган давр мобайнида катта ўзгаришларни фуқаролик-ҳуқуқий тартибга солишда муҳим роль ўйнади, бозор иқтисодиёти ривожланишига ҳуқуқий замин яратишга имкон берди.
2020 йил 1 июльгача бўлган ўзгартириш ва қўшимчалар билан.
|
978-9943-6390-0-3
|
592
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/fakultet-tibbiyot-junalishi
|
Fakultet tibbiyot yo‘nalishi
|
DTM matbuot xizmati : O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat kamissiyasining 10-son bayoni bolan 2021-2022-o'quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga topshiriladigan tasdiqlangan fanlar majmuasi.
To'plamdagi fanlar majmuasi ushbu bayon asosida tuzilgan:
Majburiy fanlar:
Ona tili
Matematika
O'zbekiston tarixi
Yo'nalish fanlar:
Biologiya
Kimyo.
|
978-9943-7131-0-9
|
320
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-somon-juli-elchilari
|
Tohir Malik: Somon yo‘li elchilari
|
Тоҳир Малик: Сомон йўли элчилари
| null |
264
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/imom-busirij-asidai-burda-tariful-abib-tarzhima-va-sharh
|
Imom Busiriy: Qasidai Burda Ta’riful-Habib (tarjima va sharh)
|
«Қасидаи Бурда» — Имом Бусирий қаламига мансуб бўлиб, унда пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.)нинг ҳаёти, сурат ва сийратлари, юксак ахлоқлари назмда ифодаланган.
Мазкур китобнинг ўзига хос фазилати — унда асл матн, уқилиши, маъно таржимаси ва содда шарҳнинг берилганида.
Мусанниф байтларни шарҳлашда машҳур тафсир, ҳадис, сийрат, тарих китобларидан, ибратли ҳикоят ва ривоятлардан уринли фойдаланган.
Китоб маънавий-маърифий хазинамизга муносиб улуш бўлишидан умидвормиз.
|
978-9943-26-344-4
| null |
2015
|
https://asaxiy.uz/uz/product/zbekiston-tarihidan-kulaj-kullanma-7-sinf
|
O‘zbekiston tarixidan qulay qo‘llanma 7 sinf
|
A.Muhammadjonov muharrirligida chiqarilgan O’zbekiston tarixi (7-sinf O’zbekiston tarixi, 2017. Sharq nashriyoti) kitobi umumta’lim maktablarida asosiy manba sifatida foydalaniladi.
Endi siz darslikni o’qish davomida:
—Mavzularni oson, qulay tushunasiz;
—Ma’lumotlarni tez yodlab olasiz;
—Kitobni o’qib zerkib qolmaysiz, har bir mavzuni zo’r qiziqish bilan o’qiysiz;
—Kitobni o’zlashtirish koeffisentingiz juda oshadi;
—Avvalgi darslikda o’qigan ma’lumotingiz endi yodingizdan chiqmaydi, biz sizga eslatamiz!
Ushbu qo’llanma sizga maqsadlaringizga tez va oson yetishingizda ko’makdosh bo’ladi!
| null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/nabizhon-hoshimov-afgon-figonlari-yohud-tilmoch-turabek-samarkandijning-kurgan-kechirganlari
|
Nabijon Hoshimov: Afg‘on fig‘onlari yoxud tilmoch To‘rabek Samarqandiyning ko‘rgan-kechirganlari
|
Har qanday urush insoniyat uchun talofat keltiradi. Qon to‘kiladi, kundalik turmush izidan chiqadi. Oilalar xonavayron, begunoh bolalar nobud bo‘lishadi, yetim qolishadi. Yaqin o‘tmishda (1979-1989 yillar) sodir bo‘lgan "Afg‘on urushi" deb nom olgan tarixiy fojia ko‘plab xalqlar boshiga musibat keltirdi.
Ushbu asar bevosita mazkur urush ishtirokchisi bo‘lgan, asli Samarqandlik hamyurtimiz To‘rabek otaning kechinmalari asosida yozildi.
|
978-9943-24-167-1
|
288
|
2015
|
https://asaxiy.uz/uz/product/togaj-murod-sajlanma-i-zhild
|
Tog‘ay Murod: Saylanma I jild
|
Ўзбекистон халқ ёзувчиси, Абдулла Қодирий номидаги Давлат мукофоти совриндори Тоғай Муроднинг эл орасида довруғ қозонган икки романидан ташкил топган II жилдли "Сайланма"си сиз азиз китобсеварларга тақдим этилмоқда.
Мазкур "Сайланма"нинг биринчи жилдига адибнинг Давлат мукофотига сазовор бўлган, ўзбек китобхонлари китоб жавонидан муносиб ўрин эгаллаган "Отамдан қолган далалар" романи киритилди. Романда ўзбек халқининг бир асрлик тарихи бадиий талқин этилади.
| null |
320
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-marhum-uchun-yopilgan-non
|
Tohir Malik: Marhum uchun yopilgan non
|
Асл ижодкорнинг тасаввури, тафаккури, ақл-закоси фақатгина реалистик асарлар билангина чекланиб қолмайди. У ҳамиша бесарҳад кенгликларда кезинади, оқибатда хаёлий асарлар яратади. Уларнинг замирида ҳам аччиқ ҳақиқатлар ётади. Тоҳир Маликнинг шу руҳдаги ҳикояларида ҳам ҳаётнинг паст-баланди ва турфа жилваларини кўриш мумкин.
Тоҳир Малик нафақат носир, балки маҳоратли таржимон ҳам эди. Унинг сара таржималарини ўқир экансиз, кўзингизга ёш келади, ёзувчининг зукколигига таҳсинлар айтасиз.
|
978-9943-6045-2-0
|
320
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/zulfiya-tingla-bulbul
|
Zulfiya: Tingla, bulbul
|
Зулфия XX аср ўзбек шеърияти осмонида чақнаб чиққан Зуҳро юлдузидир. Шоиранинг ёқимли лирик сози садолари ўзбек шеърияти наволари орасида яққол ажралиб туради, кўнгилларга ёрқин руҳ бағишлайди, нур улашади. Ўзбек аёлининг бой ва ранг-баранг ички дунёси, аёл эрки, аёл қалби, садоқат ва вафо, висол ва ҳижрон, пок севги, ёруғ муҳаббат, севикли ёр нашидалари ва изтироблари, она бахти ва армонлари шоира ижодининг ҳаётбахш сарчашмаларидир.
|
978-9943-5683-1-0
|
160
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/ibrojim-yusupov-suz-chamani
|
Ibroyim Yusupov (So‘z chamani)
|
Milliy adabiyotimizning navqiron ixlosmandlari uchun mo'ljallangan ushbu ixcham kitobdagi she'rlar va doston O'zbekiston qahramoni, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupovning boy ijodiy merosidan saralab olindi. Shoirning nafis va otashin she'rlari o'zbek kitobxonlariga yaxshi tanish va qadrli. Mazkur kitob mundarijasi uning yangi badiiy tarjimalaridan tashkil topgani bilan muhim. Bir qator she'rlar va doston o'zbek kitobxonlari e'tiboriga ilk bor havola etilmoqda. Ibroyim Yusupov she'riyati betakror go'zalligi va falsafiy teranligi bilan namoyon bo'ladi.
|
978-9943-6361-4-9
|
128
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/geografiya-2019-jil-test-topshiriqlari-tuplami
|
Geografiya (2019 yil test topshiriqlari to‘plami)
|
Тўпламдан Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасалари бакалавриатига 2019-2020 ўқув йили учун кириш тест синовларида фойдаланилган тест топшириқлари ўрин олган. Тўплам ўқитувчилар, олий таълим муассасаларига кириш учун тайёргарлик кўраётган абитуриентлар ва кенг жамоатчилик учун мўлжалланган.
| null |
128
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/zhannat-ahli-va-zhannat-amallari
|
Jannat ahli va jannat amallari
|
Мусулмон инсон Аллоҳнинг розилигини топиш ва жаннатга дохил бўлиш орзуси билан яшайди.
Сизларга тақдим этилаётгар мазкур китобда қандай амал соҳибларининг жаннат аҳлидан бўлиши ҳақида маълумотлар келтирилган.
Аллоҳ таоло Қуръони каримда марҳамат қилади: “Ким Аллоҳ ва унинг пайғамбарига итоат этса, уни остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга киритиб, ўша жойда абадий ҳаёт бахш этади ва бу катта зафардир” (Нисо, 13).
|
978-9943-6604-2-7
|
376
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/gabriel-garsia-markes-tukilayotgan-yaproklar
|
Gabriyel Garsia Markes: To‘kilayotgan yaproqlar
|
Nobel mukofoti sovrindori Gabriyel Garsia Markesning "To'kilayotgan yaproqlar" qissasi inson taqdiri haqida bitilgan mungli qo'shiqqa o'xshaydi. Bir tomonda odamlarga yordam berishdan bosh tortib, yolg'izlikda o'zini mahkum qilgan insonni so'nggi yo'lga kuzatish burchi. Boshqa tomonda uning o'z xonasida irib-chirib ketishini istagan olomonning qarshiligi.
Ushbu kitob har bir kitobxonni o'ylashga, mushohadaga chorlaydi.
Shuningdek, ushbu to'plamdan adibning "Oq yo'l, janob prezident" hikoyasi ham o'rin olgan.
|
978-9943-6340-4-6
| null |
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/ilonlar-yosh-bilimdon-enciklopediyasi
|
Ilonlar (Yosh bilimdon ensiklopediyasi)
|
Азиз болажон !
Ушбу китобда турли қитъаларда ҳаёт кечирувчи илонлар туркуми ҳақида умумий маълумотлар берилган. Илонларнинг ҳаёти ва хусусиятлари, ёввойи табиатда омон қолиш учун зарур бўлган ўзига хос жиҳатлари тавсиф этилган.
Ушбу тўплам сайёрамизнинг ҳайвонот дунёси ҳақидаги билим ва тасаввурларингизни кенгайтиришга ҳисса қўшади, деб умид қиламиз.
|
978-9943-6097-2-3
|
96
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-ajtmatov-asrni-karitgan-kun
|
Chingiz Aytmatov: Asrni qaritgan kun
|
“Manqurt” atamasi ilk bora tilga olingan ushbu asar nimasi bilan kitobxonga yaqin? Asarning asosiy qahramonlari bo‘lgan oddiy mehnat kishilari - Edigey Bo‘ron, Kazangap, Bo‘key, Ukkubola, Abutolib Quttiboyev, Zarifa obrazlaridagi o‘ziga xos xarakter, ichki olam, ular boshidan kechgan musibat kitobxon qalbiga shu darajada yaqinki, go‘yoki ular bizdan unchalik ham olisda emasdek...Kazangapni Bo‘ronli bekatidan uncha uzoq bo‘lmagan Ona Bayit qabristoniga dafn etishga undagan sabab hamda Nayman onaning farzandi tomonidan fojiali o‘ldirilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik asarning butun bir mohiyatini ochib beradi. Manqurtga aylangan farzandi Jo‘lomonni nihoyat ming azoblar bilan topgan onaizor o‘z bolasiga onasi ekanligini uqtirolmaydi. Xuddi shuningdek, insoniy tuyg‘ularidan mosuvo bo‘lgan, hatto otasining mayitini qayerga ko‘mish kerakligiga befarq bo‘lmagan holda, qabr uchun tanlangan makonga bepisandlarcha qaragan ongli Sobitjon yangi zamon manqurti sifatida tasvirlanadi.
|
978-9943-27-595-9
|
432
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/tarih-2020-super-testlar-tuplami
|
Tarix 2020 "Super" testlar to‘plami
|
2020-2021 ўқув йилида олий ўқув юртига кириш учун тайёрланаётганларга мўлжалланган янги кўринишдаги тест топшириқлари.
|
978-9943-6384-7-1
|
64
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/nuriya-cheleen-kalb-iffati
|
Nuriya Cheleen: Qalb iffati
|
Ushbu kitobdan ham tarix - o‘tmish haqida, ham odobi qalb haqida saboq olamiz. Avvalida tug‘ilajak farzandi uchun iffat so‘rab duoda bo‘lgan Hanna onamiz haqlarida, Maryam onamizga g‘amxo‘rlik qilishni bo‘yniga olgan Iysha va Zakariyo payg‘ambar haqlarida, qalb ko‘zi ko‘rlarning bo‘htonlari deb Maryam onamizning, ularning Allohga mahbub bandalar bo‘lishlariga qaramay, dunyo hayotida uchragan sinovlari haqida maʼlumotga ega bo‘lamiz.
Allohga nazr qilingan Maryam onamizning o‘y-xayollari, ularning iffat borasida suhbatlari haqida o‘qir ekanmiz, beixtiyor biz ham o‘zimizni isloh qilish uchun nafsimizni so‘roqqa tutishni boshlaymiz.
Tarjimon: O‘tkirbek Muhammadsobir
|
978-9943-8217-2-9
|
240
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/mirmuhsin-onaizor
|
Mirmuhsin: Onaizor
|
Mirmuhsin (Mirsaidov) - barcha davrlarning yetuk ijodkori. Uning yozganlari zalvorini his qilmoq uchun o'quvchidan mutolaaga alohida tayyorgarlik talab etiladi.
Yozuvchining «Onaizor» nomli mazkur hikoyalar to'plamiga biz uning chet el afkor ommasi hayotidan olingan asarlarini ham jamladik.
Bu hikoyalar inson zotining turfa fe'li, murakkab xarakteri, ayanchli taqdiridan so'zlaydi. Bu hikoyalar insonning inson ustidan hukmronligi, mustabid tuzum jabrini tortgan jabrdiydalar taqdiridan so'zlaydi.
Yashashdan murod ne degan savol qarshisida ular bilan yonma-yon turarkansiz, xuddiki, ularning o'ta chigal, azob-uqubatga to'la hayoti qarshisida o'zingizni gunohkordek his qilasiz.
Keling, yaxshisi kitobni mutolaa qiling, undan so'ng suhbatimizni davom ettiramiz.
|
978-9943-6870-2-8
|
144
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/chuqintirgan-ota-yaa
|
Mario Pyuzo: Cho‘qintirgan ota yohud mafiya sardori
|
Mario Pyuzoni mashhur qilgan va adabiyot sahnasida uning nomini ko‘klarga ko‘tarishga sabab bo‘lgan asar, shubhasiz, "Cho‘qintirgan ota yoxud mafiya sardori" asaridir. Bu asar million yillardan beri odamlar o‘rtasida davom etib kelayotgan illatlar, bir-birini ko‘rolmaslik, cheksiz boylikka bo‘lgan hirs, adovat kabilarni ro‘y-rost ifodalab bergani, shuningdek, amerikalik va sitsiliyalik mafiyachilarning kirdikorlarini to‘la-to‘kis ochib bergani bilan dunyo miqyosida ommalashib ketdi.
Asar badiiy to‘qimalarga boy bo‘lsa-da, kitobxonni ortidan ergashtiradi. Demak, biz hurmatli kitobxonlarimizni ular intiqlik bilan kutgan asar mutolaasiga qayta chorlaymiz.
|
978-9943-27-659-8
| null |
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-lutfii-kozonchi-ugai-ona-yangi-asr-avlodi
|
Ahmad Lutfiy Qozonchi: O'gay ona (Yangi asr avlodi)
|
Nega endi o'n sakkizga kirgan, husni odobi beqiyos go'zal bo'lgan qiz ko'plab sovchilar orasida xotini o'lgan ikki bolali erkakni tanlaydi va unga turmushga chiqdi? Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona " asarida mana shu haqida hikoya qilinadi. Butun oilsi, qarindosh-urug'i qizni bu qaroridan qaytarishga urinishadi. Nega aynan ikki bolali erkak. Balki yigitning katta boyligi bordir, balki qiz uni ko'rib yoqtirib qolgandir. Yo'q asl sabab boshqa...
|
978-9943-27-855-4
|
176
|
2018
|
https://asaxiy.uz/uz/product/viktor-emil-frankl-ayotga-ha-de
|
Viktor Emil Frankl: Hayotga ha de
|
Жаҳон адабиётининг ёрқин намунаси бўлган ушбу асар атоқли файласуф ва психологнинг инсон руҳияти кучи, ҳатто ўлим қароргоҳларида ҳам жон сақлаб, бардош беришга ёрдам берувчи хаёлларга интилиши тўғрисидаги машҳур китобидир. Асарда энг қийин вазиятларда инсон қалбининг туб-тубига назар ташланади.
Муаллиф инсон асли ким эканлиги тўғрисида саволга жавоб излайди. Ўқувчига қийин вазиятларда жисмонан бақувват инсонлар эмас, руҳияти кучлиларгина омон қолишини таъкидлайди. Асар хулосаси яхшилик ва ёмонликни ажратиб турувчи чизиқ борасида бўлади. У газ камераларини, крематорийларни яратган ва қалбида дуо билан ўша камерага кириб борган мавжудотнинг ички оламига назар ташлайди. Уруш даҳшатлари ҳақидаги бошқа асарлардан асосий фарқи ҳам шу жиҳатида кўринади.
|
978-9943-5936-8-8
|
128
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/zhozho-mojes-to-seni-topgunimcha-oldindan-buyurtma
|
Jojo Moyes: To seni topgunimcha
|
Инглизчадан она тилимизга ўгирилган ёзувчи Жожо Мойеснинг "То сени топгунимча" романи инсон характерининг рангли бўёқлари акс эттирилган асар бўлса-да, унда ҳар бир образнинг ички кечинмалари ва яшаш маданияти ўзгача талқинда очиб берилади. 26 ёшли Луиза Кларкнинг бадавлат оилага оддий энага бўлиб ишга кириши, у ерда бахтсиз тасодиф туфайли иш қобилиятини йўқотган, ҳатто ҳаётдан бутунлай умидини узган ва ногиронлик аравачасига михланиб қолган Уилл Трейнорда қайта яшашга муҳаббат уйғота олган беғараз меҳнати, энг муҳими, етти йилдан бери гаплашиб юрган беқарор Патрикдан кўнгил узиб, мажруҳни йигитни севиб қолиши рангин бўёқларда чизиб берилади. Роман китобхон аҳлининг ақлу шуурини бойитади ва қизғин мушоҳадаларга чорлайди.
Жожо Мойес Лондонда туғилган. Лондон университетини тугаллаган. Ўн йил мобайнида "Индепендент" газетасида ишлади. 2002 йилда унинг илк романи нашр қилингандан сўнггина ўзини тўлиқ ёзувчиликка бағишлади. Адиба Романтик- ёзувчилар Ассоциациясининг "Йилнинг романтик романи" мукофоти билан икки бора тадирланган камдан-кам ёзувчилар сирасига киради. Ушбу роман ҳақида мамлакатнинг етакчи газеталари ижобий фикрларни эълон қилган. "То сени топгунимча" романи дунёнинг 39 тилига таржима қилинган. Ўзбек тилидаги ушбу таржима эса биринчиси ва охиргиси эмас...
|
978-9943-5566-9-0
|
304
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/shuhrat-orif-shom-tovushi
|
Shuhrat Orif: Shom tovushi
|
Shuhrat Orif adabiyot muxlislarining eʼtirofiga sazovor bo‘lgan, o‘ziga xos usul va ohangi bilan so‘z shaydolarining hurmatini qozonayotgan shoir. Sheʼrlarining ajib bir ruhi, falsafaga qorilgan jozibasi shoirning ixcham satrlarida yaqqol sezilib turadi.
Shoirning navbatdagi to‘plamidagi qatralar xam xuddi sheʼrday o‘qiladi, o‘zingizda sheʼrning taʼsirini his qilasiz. Sheʼrga, ohangga sig‘magan tuyg‘ularning qatralar shaklidagi sehri sizni ham befarq qoldirmaydi.
|
978-9943-7657-9-5
|
160
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/shukur-holmirzaev-yur-toglarga-ketamiz
|
Shukur Xolmirzayev: Yur, tog'larga ketamiz
|
«Yur, tog'larga ketamiz» qissasi ana shunday epigraf hamda Saroytosh qishlog'ining go'zal ta'rifi bilan boshlanadi.
Qissa qahramoni qorong'i bostirmadan topib olgan kuchukbolaga (aslida, u oddiy kuchukbola emas, bo'ri bilan itning orasida tug'ilgan) Qoraboy deb ism qo'yadi. Shu kundan e'tiboran uning hayoti qiziqarli voqealar bilan boyib boradi.
Bag'rikeng tog'liklarning hammasi ham negadir Qoraboyga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lmaydilar, uni odamlar orasidan yo'qotishga urinadilar.
Ammo asar qahramoni sodiq do'stini harchand himoya qilmasin, ko'pchilikka bas kelolmaydi. Alaloqibat, odamlardan zulm ko'rgan Qoraboy ularga zulm bilan javob qaytaradi. Natijada esa «Hayvonot bog'i»ga badarg'a qilinadi. Ammo o'rtada allaqachon ildiz otgan sadoqat rishtasi, mehr-muhabbat tuyg'usi do'stlarni qayta diydor ko'rishtiradi.
Tog'lar esa yana ularni qarshi olmoqqa shay turadi ...
|
978-9943-6870-1-1
|
144
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/og-mandino-dunyoning-eng-buyuk-savdogari
|
Og Mandino: Dunyoning eng buyuk savdogari
|
Og Mandinoning millionlab nusxada chop etilgan kitoblari uni insoniyat taraqqiyoti muammolarini yechishga harakat qilgan buyuk yozuvchi sifatida dunyoga tanitdi. Uning asarlarini butun dunyoda - Amerika korporatsiyasi maʼmurlaridan tortib, yapon fabrikalarining oddiy ishchilariga, Meksika qamoqxonalarida yotgan mahbuslardan tortib, oddiy nemis uy bekalarigacha, qo‘yingki, millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, har bir inson sevib mutolaa qiladi.
"Dunyoning eng buyuk savdogari" asarida muallif oddiy savdo qilish qonun-qoidalarini hayotiy, falsafiy fikrlar bilan uyg‘unlashtirgan.
Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
|
978-9943-6292-3-3
|
224
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/mirach-chagri-oktosh-haet-yutkazgan-zhoiingdan-boshlanar
|
Mirach Chag'ri Oqtosh: Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
|
Yosh bo‘lishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chag‘ri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor o‘zbek tiliga o‘girilib, o‘quvchilar hukmiga taqdim etilmoqda.
Mazkur asarida muallif muqaddas Qurʼoni Karimdagi suralar, payg‘ambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan ko‘plab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purmaʼno fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayr-u saxovat ko‘rsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Allohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olg‘a intilish zarurligini uqtiradi, o‘quvchida shukronalik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
|
978-9943-7253-6-2
|
240
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/vasilii-yan-spartak
|
Vasiliy Yan: Spartak
|
Spartak - ezilgan, xo'rliklar ostida yashayotgan xalqi, dushmanlar oyog'i ostida ezg'ilanayotgan vatani taqdiriga befarq qarolmagan mard o'g'lon haqida yozilgan tarixiy qissa qahramoni.
U faqat xo'rlangan xalqini himoya qilibgina qolmay, o'zi kabi zabardast, bilagida kuchi bor o'g'lonlarni ham bu sharafli ishga - dushmanlarga qarshi kurashga chorlaydi.
Jang yakuni fojia bilan tugasa-da, ammo Spartakka hamroh bo'lgan, maydonda uni qo'llab-quvvatlagan yigitlar qalbida mag'rurlik fazilati saqlanib qoladi va ular mana shu tuyg'u bilan oxirigacha kurash olib boradilar.
Vatan ozod bo'ladi, Spartak kabi jasur o'g'lonlar xotirasi esa xalq yuragida abadiy saqlanib qoladi.
Kitob o'quvchilarga Vatan ozodligi naqadar buyuk ne'mat ekanligini anglatadi va aynan mana shu jihati bilan «Spartak»ni biz sizga taqdim etmoqdamiz.
|
978-9943-6869-7-7
|
112
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/stendal-kizil-va-kora-29000-sum
|
Stendal: Qizil va Qora (yumshoq muqova)
|
Mashhur fransuz yozuvchisi Stendalning "Qizil va qora romani" haqli ravishda dunyo adabiyoti durdonalari qatorlaridan o‘rin olgan.
Oddiy bir duradgor o‘g‘li Jyulyen Sorel jamiyatda o‘z aqli va fazilatlariga yarasha mavqega erishmoqchi bo‘ladi. Biroq burjua jamiyati qandaydir fuqaro yigitining yuksalishiga yo‘l qo‘yarmidi deysiz ? Romanda ezgulik bilan razillik orasidagi kurash bag‘oyat zo‘r kuch bilan tasvirlab berilgan. Asarning "Qizil va qora " deb nomalanishining boisi ham shunda.
|
978-9943-5623-6-3
|
688
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/m-a-rahmatov-b-z-zaripov-istedodli-insonlar-mamlakatning-bebaho-bojligidir
|
M.A.Rahmatov, B.Z.Zaripov: Iste’dodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir
|
Китоблар бор, ўқишни бошлаб беш-олти... ўн... нари борса йигирма бетдан нари ўтолмайсиз. Китоблар бор, минг бир азобда ўқиб тугатасизу, кетган вақтингизга ачинасиз. Китоблар бор, ўқиб чиқиб, дилингиз яйрайди, маънавий озиқ оласиз. Китоблар бор, бир ўқишда бош кўтармасдан тугатасиз, қайта-қайта ўқийсиз, у бир умр иш столингиз, ёстиғингиз остида турувчи гавҳарга айланади.
Ушбу мўъжазгина қўлланма ана шундай дурдона китоблар сарасига киришига умид қиламиз. Негаки, эндигина мустақилликка эришган қалоқ бир давлатни қисқа муддат ичида дунёнинг ривожланган давлатларидан бирига айлантира олган Ли Куан Юнинг “Сингапур мўъжизаси” сирларини билиш ҳар бир миллатпарвар ва фидоий китобхон “Сингапур мўъжизаси” дан ўз юрти равнақи йўлида фойдаланишни дилига туйиши табиий.
Кўпчилик мутахассислар азму-шижоатда, ғайрату жасоратда, ақлу-заковатда Ден Сяопин, Ли Куан Юга қиёс этилаётган Президент Ш.Мирзиёевнинг кейинги уч йилда амалга оширган туб ислоҳатларининг моҳиятини тушуниб етиш, уларнинг истиқболига ишонч кўзи билан қараш ҳамда қўллаб-қувватлаш учун мазкур рисола ҳар бир раҳбар, ҳар бир тадбиркор, ҳар бир юртдошимизнинг кундалик қўлланмасига айланмоғи даркор.
Илму фанга эътибор, жамиятда муаллимларнинг мақомини кўтариш, коррупцияга қарши беаёв кураш, тадбиркор ва инвесторлар манфаатларини ҳимоя қилиш, мамлакатнинг туризм салоҳиятини кўтариш, қўшни давлатлар билан дўстона алоқаларни мустаҳкамлаш ва бошқа кўплаб устивор вазифаларни амалга оширишда Сингапур тажрибаси Ўзбекистон учун муҳим аҳамиятга эга бўлишини инобатга олганда рисоланинг қадр-қиммати янада ёққолроқ намоён бўлади.
Китобча катта-кичик барча раҳбарлар, ишбилармонлар, олимлар, изланувчилар, хуллас Ватанимиз тақдирига бефарқ бўлмаган кенг китобхонлар учун мўлжалланган.
| null |
160
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/dzheison-fraid-devid-hainemaier-hensson-rework-hurofotlardan-holi-biznes
|
Djeyson Frayd, Devid Xaynemayer Xensson: Rework. Prinsiplarsiz biznes (Zukko kitobxon nashriyoti)
|
Biznesingizning yoshi va hajmi muhim emas. Kitob endigina O‘z biznesini boshlash haqida o‘ylayotgan yangi tadbirkorlar uchun ham (albatta, bir talay foydali maslahatlar berilgan), tajribali biznesmenlar uchun ham birdek foydali. Agar siz ulkan zavodning egasi bo‘lsangiz ham, shubhasiz, joriy etilishi foydadan xoli bo‘lmaydigan bir qancha tamoyillarga duch kelasiz.
Siz amalga oshirishni o‘ylayotgan biznesingiz muvaffaqiyatga uchramasligi haqida deb bir necha bor eshitgandirsiz. Kompaniyadagi ishlarning holatini yaxshilashning uddasidan chiqib bo‘lmasligi haqidagi gaplarni ham. Chunki unday va chunki bunday. O‘z vaqtida bizga ham shunday deyishgandi.
Mashhur cho‘pchakni eslang, muhandislarning fikriga ko‘ra, tukli ari ucha olmaydi: aerodinamik sifatlari bunga yo‘l qo‘ymaydimi? Har may oyida millionlab tukli arilar murakkab ilmiy hisob-kitoblarni osongina inkor etadi.
Ushbu kitob kelajakda tukli ari misol parvoz qiluvchi kompaniyalar va ularning baxtli egalari uchun.
|
978-9943-7346-2-3
|
176
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/alber-kamyu-begona-vabo
|
Alber Kamyu: Begona, Vabo
|
Alber Kamyu – XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi, mohir adib, dramaturg, faylasuf, “Tubanlashuv”, “Vabo”, «Sizif haqida asotir», «Kaligula», «Asotir va qiyofa», «Isyonkor odam», “Begona” kabi asarlar muallifi.
A.Kamyu o‘z asarlarida Ikkinchi jahon urushi dahshati oqibatida paydo bo‘lgan insoniy taqdirning absurd hissiyotlarini kuylagan.
Ushbu to‘plamdagi adibning eng sara asarlari — “Vabo” va “Begona”ni Ahmad Aʼzam tarjima qilgan bo‘lsa, «Yon daftarchalar», “Hikmatlar”ni esa I.Bek va E.Ernazarov tomonidan mohirona tarjima qilingan.
|
978-9943-27-315-3
|
464
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/gafur-gulom-shum-bola-yumshok-mukova
|
G'afur G'ulom: Shum bola (yumshoq muqova)
|
Biz bugun sevib o‘qiyotgan kitoblarni yigirma-o‘ttiz yil o‘tib balki varaqlagimiz ham kelmas, xohish topa olmasmiz. Lekin «Shum bola» qissasini esa har gal, har qanday yoshda bolalik sho‘xliklarini qo‘msab, sog‘inib, mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz adibimiz G‘. G‘ulomning bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi.
"Dandon sopli pichoq"dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi - Adolning "o‘g‘il tug‘ib bergani"ga borib ulab "innankeyin"chi, o‘lgudek injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qilgan Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bolishni xohlasangiz kitob mutolaasiga shoshiling.
Asar keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
|
978-9943-27-176-0
|
152
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/zhim-kollinz-yahshidan-buyukka
|
Jim Kollinz: Yaxshidan buyukka
|
Qo‘lingizdagi ushbu kitob katta bir jamoaning ko‘p yillik chuqur tadqiqotining natijasidir. Uzoq yillik mehnatning samarasi o‘laroq, asarda keltirilgan har bir maʼlumotning qiymati baland va sizga u juda katta muvaffaqiyatlar keltirishi aniq. Biz o‘rtamiyonalikka, yaxshi bo‘lishga ko‘nikib qolganmiz. Buyuklikka, yuksaklikka erisholmaymiz. Oldinga yurishdan qo‘rqamiz, shuning uchun kamchilikkagina buyuk taqdir va buyuk hayot nasib qiladi. Zero biznes tavakkalchilik asosiga quriladi. O‘z biznesingizni boshlaganingizga ancha bo‘ldi, biznesingiz yurib turibdi, ammo oldinga siljish, o‘sish yo‘q.
Nima qilishni bilmayapsizmi? Unda bu qo‘llanma aynan siz uchun! Biznesingizning g‘ildiragini shiddat bilan aylantirishni bizga qo‘yib bering. Sizdan faqat diqqat bilan o‘qib chiqish va amal qilish qoldi xolos. Sizga qunt va sabr tilaymiz!
Ingliz tilidan Saodat Abduraxmonova va Hulkar Darmanova tarjimasi
|
978-9943-7524-3-6
|
416
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-oiz-arnij-eng-bahtli-ayol
|
Doktor Oiz Qarniy: Eng baxtli ayol
|
Бу китоб аёл зотини ўзининг Ислом динида эканлигидан бахтиёр бўлишга, Аллоҳнинг унга берган фазлидан шод бўлишга ҳамда ўзидаги бор неъматларга хурсанд бўлишга ундайди.
Бу китоб ҳар бир қалби эзилган, ғам остида қолган, қайғуси зиёда бўлган инсон учун орзу чечаги, умид насими, хушхабар зиёсидир.
|
978-9943-8226-4-1
|
184
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/horhe-luis-borhes-al-muhtasimga-yaqinlashuv
|
Xorxe Luis Borxes: Al-Muhtasimga yaqinlashuv
|
ХОРХЕ ЛУИС БОРХЕС
Ал-Муҳтасимга яқинлашув
Х.Л.Борхес жаҳон адабиётининг забардаст вакилларидан бири. Унинг асарлари ўзига хос услуби, чуқур мазмуни, рамзий тимсол ва ифодалари, теран ва ҳеч кимникига ўхшамайдиган тили билан ажралиб туради. Ушбу китобга адибнинг энг сара ҳикоялари жамланган. Ҳикояларнинг бевосита испан тилидан таржима қилингани ҳам китобнинг қадрини янада оширади. Китоб чин адабиёт мухлисларига ҳақиқий совға бўлишига ишонамиз.
Бадиий муҳаррир: Баҳриддин Бозоров
|
978-9943-5930-1-5
|
288
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/zherom-selinzher-zhavdorzordagi-haloskor
|
Jerom Selinjer: Javdarzordagi xaloskor
|
Жером Сэлинжернинг “Жавдарзордаги халоскор” романи 1945–1946 йилларда серияли шаклда қисман нашр қилинган, 1951 йили алоҳида китоб бўлиб чиққан. Асар кўплаб тилларга ўгирилган. Шу кунгача 65 миллион нусхада сотилган. 2005 йили “Time” журнали асарни 1923 йилдан бошлаб инглиз тилида ёзилган 100 та энг яхши романлар рўйхатига киритган. “Modern Library” нашриёти эса романни XX асрнинг 100 та энг сара асарлари қаторидан жой олишга лойиқ топган. 2003 йил BBCнинг “The Big Read” (“Энг кўп ўқилган”) сўровномасида у 15-ўринни эгаллаган. Асарда бепарда сўзлар кўп учрагани боис бир қанча мамлакатларда, жумладан, АҚШ мактабларида ҳам кейинчалик танқидга учраган ва узоқ йиллар нашр этилиши тақиқланган. “Жавдарзордаги халоскор” кўп бора цензурага учраган бўлишига қарамай, АҚШ мактабларида энг кўп ўқитилган асарлар рўйхатида 2-ўринда туради (1-ўринни Жон Стейнбекнинг “Сичқонлар ва одамлар ҳақида” новелласи эгаллаган).
Асарнинг бош қаҳрамони Ҳолден Кольфильд ўсмирларнинг саркашлиги, исёни тимсолига айланишга улгурган. Роман, шунингдек, маъсумлик, асиллик, ўзлик, йўқотиш, дахлдорлик, интим ва тушкунлик каби мураккаб масалаларга ҳам тегиб ўтади.
Жером Сэлинжер 1919 йил 1 январда Нью-Йоркда туғилган ва 2010 йил 27 январда Нью-Ҳэмпшир штати Корниш шаҳрида вафот этган. Иккинчи жаҳон урушига сафарбар қилингунга қадар “Story” ва “The New Yorker” журналларида бир неча ҳикоялари чоп этилган. Аммо 1951 йил босилиб чиққан “Жавдарзордаги халоскор” романи уни машҳур қилди. Нашрдан чиққач 2 ой муддатда оммалашиб кетган романда 16 ёшли ўсмир йигитнинг ўй-хаёллари, атрофидагиларнинг мунофиқлиги ва сохталикларидан безорлиги, ҳаётга бўлган очиқ муносабати ёритилган. Муаллифнинг ўзи 1953 йилги интервьюсида романни қисман автобиографик деб атаган.
"Asaxiy Books" лойиҳаси доирасида таржима ва чоп қилинди.
Таржимонлар:
Зуҳра Раҳимжонова
Ўғилой Мираҳматова
Муҳаррирлар:
Хуршид Йўлдошев
Зиёдахон Ғуломова
Мусаҳҳиҳлар:
Гуласал Қодирова
Гулнора Паттахова
Дизайнер:
Жавоҳир Равшанов
Daryo Uz нашри колумнисти Нурбек Алимов китоб ҳақида:
https://daryo.uz/k/2020/01/07/osmirlikdan-otish-qiyinchiliklari-va-jerom-selinjerning-javdarzordagi-xaloskor-romani-haqida/
|
978-9943-23-176-4
|
252
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/islomda-zhinsij-aloqa-odoblari
|
Islomda jinsiy aloqa odoblari
|
Ушбу китобда Ислом дини шариатига кўра жинсий маданият, жинсий алоқа одоблари қандай бўлиши оят, ҳадис ва фиқҳий манбалар асосида ёритиб берилган. Унда замонавий масалаларга оид маълумотлар ҳам етарлича учрайди. Китоб 198 та савол-жавобдан иборат бўлиб, омма халқ учун мўлжалланган.
| null |
256
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/masaru
|
Masaru Ibuka: Uchdan keyin kech (lotin alifbosida)
|
Ҳар бир болада бир даҳо яширин. Унинг ким бўлиб вояга етиши эса катталарнинг муносабати, тарбияси маҳсулидир. Қўлингиздаги китоб сизни бунга ишонтиришнигина ўз олдига мақсад қилиб олмаган. Китобни ўқиб сиз бола тарбиясига оид оддий ва тушунарли усуллар билан танишасиз. Фақат бу борада кечикиб қолмаслигингиз лозим.
Китоб ўз боласининг келажаги учун қайғурадиган барча ота-оналарга мўлжалланган.
| null | null |
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/saidmurod-davlatov-men-va-pul
|
Saidmurod Davlatov: Men va pul
|
Kitob pul sizga ishlashi, siz pulga ishlamasligingiz uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi. Kitob yana fikringizni o‘zgartiradi, pul ishlashning har xil yo‘llarini ko‘rsatadi, kamroq vaqt sarflab ko‘proq pul topishga qobiliyatli qiladi. Moliyaviy erkin bo‘lish yo‘lini ochadi.
|
978-9967-9114-9-9
|
232
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/untasi-birda-va-etkazib-berish-bepul-6-9-eshli-bolazhonlar-uchun-kitoblar-tuplami
|
O'ntasi birda va chegirma narxda (6-9 yoshli bolajonlar uchun kitoblar to'plami)
|
To‘plam jahon va o‘zbek bolalar adabiyotining eng sara namunalaridan tashkil topgan.Ushbu kitoblar jamlanmasi 6 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
1. Nikolay Nosov: Bilmasvoy va do‘stlarining boshidan kechirganlari
2. Jajji Akademik (7 son ) Jajji iqtisodchi
3. Nafisa Choriyeva: Alifboga sayohat
4. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun Yozuv daftari
5. Merve Guljemal: Bu meniki!
6. Abror Akbarov: My first English lessons (o‘zb)
7. Bir piyola tuz (Bolajonlar uchun ertak kitoblar)
8. Zamira Ro‘ziyeva: Ziynatbog‘. Mevalar tilga kirganda
9. Dinara Muminova: Tomchi qayerga ketti
10. Sadritdinov Alovuddin; Salom, men Qofjonman! “Alifbo” mahallasiga sayohat
To‘plam atigi 140.000 so‘m turadi🤩
📌 Shoshiling, aksiya muddati cheklangan.
Siz eng ommabop 10 kitobdan iborat to‘plamni internet do‘konimiz orqali xarid qilishingiz mumkin.
| null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/saidmurod-davlatov-boj-va-kambagal-odamlarning-fikrlash-strategiyasi
|
Saidmurod Davlatov: Boy va kambag‘al odamlarning fikrlash strategiyasi
|
Inson fikrini yaxshi tomonga o‘zgartirganda o‘sadi. Insonni faqat komil bo‘lishga intilmagan inson esa hech narsaga arzimaydi. Bu kitobda ko‘p savollarga misol va voqealar bilan javob berganmiz. Misollarimizning hammasi ijobiy, insonning ruhini ko‘taradi, sababi salbiy misollarni har kuni shunday ham ko‘p ko‘ramiz va ko‘p eshitamiz.
|
978-9967-9183-3-7
|
308
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/remark-garbiy-front
|
Erix Mariya Remark: G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
|
Атоқли немис ёзувчиси Эрих Мария Ремарк ижоди билан китобхонларимиз унинг "Уч оғайни" романи орқали танишганлар. Мана энди адибнинг яна бир машҳур романини эътиборингизга ҳавола қилаётирмиз. Мазкур асарда биринчи жаҳон уруши ўз домига тортган ўспиринлар орқали уруш даҳшатларини бошдан кечирган, руҳан эзилган, жамиятдан бегоналашган ва болалик орзу-умидлари чил-парчин бўлган бутун бир авлоднинг аянчли қисмати маҳорат билан акс эттирилган.
|
978-9943-27-668-0
|
240
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/lara-edrian-tungi-tashrif-18
|
Lara Edrian: Tungi tashrif (18+)
|
Баъзида мияга дам бериш учун қизиқарли сюжетга эга шунчаки бадиий китоб ўқигиси келади одамни. Шу учун бўлса керакки бундан бир неча йил олдин ўзбек тилида чиққан вампирлар ҳақидаги “Шафақ” (Сумерки) китоби жуда машҳур бўлган эди.
Бугун сизга вампирлар ҳақида романтик янги жуда қизиқарли сюжетга эга китоб тақдим қиламиз. Америкалик ёзувчи Лара Эдрианнинг «Тунги Ташриф» асари илк маротаба ўзбек тилига таржима қилинди.
Китоб ҳақида маълумотлар:
Таржимон: Нодирабегим Иброҳимова
Муҳаррир: Шаҳноза Назарова
Мусаҳҳиҳ: Гули Нигора
Китобни ўқиш 18 ёшдан кичикларга тавсия этилмайди.
|
978-9943-5818-7-6
|
240
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/paulo-koelo-alkimyogar-yangi-asr-avlodi
|
Paulo Koelo: Alkimyogar (Yangi Asr Avlodi)
|
Одамзоднинг бу дунёдаги яккаю ягона, олий вазифаси – ўз тақдирини рўёбга чиқаришга эришувидир...
Барча одамлар ёшлик пайтларида ўз тақдирларини биладилар... Аммо фурсат ўтиши билан сирли бир куч уларни ўз тақдирларини рўёбга чиқариш имконсиз эканлигига ишонтира боради.
Бу сирли қудрат инсон зотига ғанимдай туюлади, аслида эса ўз тақдирини қандай рўёбга чиқариш йўлини худди ана шу қудрат кўрсатиб беради. У инсоннинг руҳини ва эркини ўша буюк вазифага тайёрлайди. Бу курраи заминда олий бир ҳақиқат мавжуд: қачонки сен ниманидир астойдил истасанг, албатта унга эришасан, чунки бундай истак Оламнинг Руҳида дунёга келган бўлади. Сен ер юзида худди ана шунинг учун яратилгансан.
“Алкимёгар” романи замиридаги ушбу ҳикмат ўтмишда ўтган ёхуд ривоят қаҳрамони бўлган кимнингдир қаётигагина тааллуқли эмас, бу сизу биз учун ҳам, биздан кейингилар учун ҳам ўтилажак йўлдир. Балки бугун бу китобнинг дунёдаги 120 мамлакатда севиб ўқилаётгани ҳам, Пауло Коэлонинг дунёнинг энг машҳур ёзувчисига айлангани ҳам бежиз эмасдир.
“Алкимёгар” ҳақида гапирганда Ричард Бахнинг “Жонатан исмли чақалай”, “Тасаввурлар” ёки Экзюперининг “Кичик шаҳзода” сингари эртак-ривоятларини эсламасликнинг сира ҳам иложи йўқ. Аммо “Алкимёгар” уларнинг ҳеч бирига ўхшамайди.
|
978-9943-20-340-2
|
184
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/mark-levi-soya-ugrisi
|
Mark Levi: Soya o'g'risi
|
Bolaligida u uchratgan insonlarining soyalarini oʻgʻirlaydi ... va bu soyalarning har biri unga egasining sirlarini aytib beradi.
U soyalardan insonlarning orzularini, umidlarini va qaygʻularini eshitadi. Bu gʻalati qobiliyat bilan nima qilish kerak ...?
Bir necha yil oʻtgach, “soya oʻgʻrisi” tibbiyot fakulteti talabasi boʻldi ... U kursdosh qiz Sofi yoki eng yaqin doʻsti Luyk kabi yaqinlarini nima xursand qilishi mumkinligini hali ham taxmin qila oladimi? Ular hayotini oʻzgartirishi uchun nima qilishlari kerak?
Va ularni baxt qayerda kutayotganini u biladimi?
Bu sevgi haqida asar. Onaning sevgisi. Unutilmas birinchi sevgi. Yakuniga yetayotgan sevgi... Bir umrlik doʻstlik... Soya oʻgʻrisi samimiy sevgi hikoyasidir.
Muallif haqida
18 yoshidan Qizil Xoch jamiyatida ishlab boshlagan va u yerda 6 yil umrini oʻtkazgan Mark Levi boy hayotiy tajribaga ega yozuvchidir. Jamiyatdagi faoliyatidan soʻng Mark Fransiya va Qoʻshma Shtatlarda kompyuter grafikasiga ixtisoslashgan kompaniyani yaratadi. Undan soʻng u arxitektura firmasini boshqargan.
2000 yilda Mark Levi oʻzining “Agar rost boʻlsa-chi” deb nomlangan birinchi romanini nashr etdi ... Shundan soʻng muvaffaqiyatga boy yillar boshlandi. Yigirma yil davomida u adib sifatida million muxlislarga ega boʻldi.
Uning kitoblari 49 tilga tarjima qilingan, 50 million nusxada sotilgan, ular asosida kinolar suratga olingan.
Bugungi kunda Mark Levi dunyodagi eng koʻp oʻqiladigan zamonaviy fransuz yozuvchi hisoblanadi.
Matbuot ushbu kitob haqida
Paris Match: "Mark Levining eng ta'sirli romani"
Le Parisien: "Ta'sirchan, aqlli va o'ziga xos, bu asar sizning ichgi tolalaringizgacha ta'sir qiladi va sizni bugungi Robin Gudlar haqida xayol surishga undaydi".
New York Times: "Shunchaki ajoyib".
Beijing Youth Daily (Xitoy): "Buyuk yozuvchilar kundalik hayotdan ajoyib hikoyalar yaratishlari bilan muvaffaqiyat qozonishadi, chunki kundalik tajriba va his-tuyg'ularni ifodalash qiyin. Mark Levi haqiqatan ham buyuk yozuvchi".
|
978-9943-7085-0-1
|
208
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/napoleon-hill-jla-va-boj-bul
|
Napoleon Xill: O‘yla va boy bo‘l
|
Ушбу китоб ўз олдингизга мақсад қўйишни, ишонч туйғусини мустаҳкамлашни, турли синовларни енгиб ўтишни, изланишни ўргатади. Шунингдек, махсус билимлар, ақл-заковат, ортга чекинмаслик ҳақида кенг тушунча беради. Китоб бой фикрлаш, орзу-истаклар устидан ҳукмрон бўлиш, муваффақиятга эришишга қаратилган. Сиз ҳаётда қандай қилиб мақсадга етиш ва қатъиятли бўлишнинг аниқ режасини топасиз. Бу эса ҳар бир ишда сизга қўл келади.
Китобда кўплаб инсонлар ҳаётидан олинган ибратли мисоллар келтирилган. Унда фикр кучи, ғайрат-шижоат, бахт-саодатга эришиш йўллари, муваффақиятнинг оддий сирлари баён этилган. Омад сари ундовчи тамойиллар, йўналиш, қоидалар билан бойитилган. Аниқ мақсад қўйиб, унга сари чалғимай бориш учун нималар қилиш кераклиги мухтасар айтиб ўтилган. Гарчанд китобнинг айрим ўринларида Наполеон Хилл тилидан ҳикоя қилинмаса-да, унинг қарашлари, нуқтаи назари, тамойиллари ўз аксини топган.
Китоб кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
|
978-9943-27-175-3
|
512
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/teodor-ruzvelt-liderlik-qonunlari
|
Teodor Ruzvelt: Liderlik qonunlari
|
"Liderlik mohiyatan yakkalik emas. Ammo liderga ko‘pchilik umid bog‘lagani uchun u maksimal darajada o‘ziga ishongan bo‘lishi kerak. Boshqalar unga qarab o‘ylashishini hisobga olgan holda har bir harakat va so‘zlarini obdon o‘ylashi lozim. Biroq liderlikning eng tub mohiyati qaror qabul qilish jarayoni qarorga, qaror esa harakatga aylanadigan onda o‘zini ko‘rsatishdir. Chinakam lider bu asnoda faqat o‘ziga ishonishi kerak."
Kitobda, taʼsir ko‘rsatish, qatʼiyat, botiniy kuch, boylik,chidam haqida so‘z boradi. Ushbu bestseller allakaqon o‘z tarixiga ega. U millionlab kishilarga muvaffaqiyatga erishishda ko‘mak bergan.
Teodor Ruzvelt shtat qonunchilik majlisi deputatligidan AQSH prezidentigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Hozirgi kungacha T.Ruzvelt millatning eng mashhur liderlaridan. Ushbu kitobda uning liderlik bo‘yicha yetti qonuni hamda 136 bebaho sabog‘ini topasiz.
|
978-9943-6747-6-9
|
278
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/ehson-shenozhak-islom-iktisodi-global-inkirozdan-chikish
|
Ehson Shenojak: Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish
|
Keyingi bir necha o‘n yillikda moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda uning meʼyorlarini zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy saʼy-harakatlar qilingan bo‘lsa-da, ammo "Islom moliyasi" yoki "Islom iqtisodiyoti" tushunchalarini keng ommaga yetkazish mushkul ish bo‘lib qolmoqda.
Qo‘lingizdagi ushbu kitob Turkiyaning mashhur ilohiyotchi olimi doktor Ehson Shenojakning mazkur mavzudagi uzoq yillik izlanishlari mevasi bo‘lib, unda "Islom iqtisodiyoti" mavzusi sodda tarzda, aniq dalillar asosida sharhlab berilgan.
Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar:
Muhammadolim Muhammasiddiqov - siyosiy fanlar doktori, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
Zokirjon Haydarov - mustaqil tadqiqotchi
|
978-9943-7524-8-1
|
192
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/sanzhar-huzha-haetimiz-kengurulari
|
Sanjar Xo'ja: Hayotimiz "Kenguru"lari
|
250 yil avval bir ingliz sayohatchisi Avstraliyaga borgan edi. Qitʼani aylanib yurar ekan, ilgari hech ko‘rmagan g‘alati bir hayvonga ko‘zi tushadi. Bu hayvonga qiziqib mahalliy kishi (aborigen)dan "bu nima?" deb so‘raydi. Mahalliy kishi esa «Kangru» («Kangaroo») deb javob qaytardi. Sayohatchi bu hayvonning rasmini chizib, mamlakatiga qaytganida hammaga ko‘rsatib, yangi kashf qilgan hayvonini taʼriflab berdi. Shu kishi sabab ko‘plab davlatlar qisqa vaqtda “kenguru” haqida maʼlumotga ega bo‘ldi va shu nomda atay boshlashdi.
Keyinchalik Avstraliyaning mahalliy tilini o‘rganishga borgan tilshunos, bu hayvon nomi boshqa so‘z bilan ifodalanishini aniqlagan. Aslida, “kenguru” degani "seni tushunmadim" maʼnosini berar ekan!
Hammamiz oiladan, yon-atrofdan, kattalardan ko‘rib o‘rganganlarimizga amal qilamiz. Sababini, maʼnosini, o‘tmishini surishtirmay o‘zlashtirib olaveramiz, kundalik odatlarimizga aylanib ketaveradi. Yomon tarafi ularning mohiyatini bilmasakda, "to‘g‘risi shu" deb qabul qilamiz, shunga ko‘nikib qolganmiz. Aslida, kundalik hayotimizga ziyraklik bilan nazar solsak, bir talay “kenguru”larni ko‘ramiz. Masalan,
manmanlik va kibrni - o‘ziga ishonch;
bor puliga to‘y qilishni - o‘zbekchilik;
buzuqlikni - erkaklik;
qo‘pollikni mardlik;
beparvolikni- tinchlik...
kabi yuzlab atamalar bilan ifodalaymiz.
Inson 18 yoshga to‘lgach, voyaga yetgan deb ataladi. Shuning uchun ko‘p huquqlarga ega bo‘ladi. Ulardan eng muhimi, mamlakatni kim boshqarishi, kimlar qonun chiqarishini belgilovchi - saylovlarda ovoz berish huquqidir. Men faqatgina umriga yil qo‘shilganlarni emas. tafakkur, tahlil va “kenguru”larni ko‘raolgan insonlarni voyaga yetgan deb hisoblayman. Chunki, bugun turli va farqli maʼlumotlar ko‘p. Ular orasidan haqiqatni qidirish, izlash va so‘roqlash qiyin. Buni faqatgina voyaga yetgan aql egalari uddalaydi. Ushbu kitob hayotimizdagi bir talay “kenguru”larni payqashda foydali bo‘ladi albatta.
Yoshlar...
Siz kimlarni yosh hisoblaysiz?
Men hayotda izlanishdan, intilishdan tolmaydigan, yuragi, qalbi uyg‘oq har bir insonni yosh deb hisoblayman.
Baʼzilar bor: bu dunyoda yigirma yildan buyon yashayotgan bo‘lsada, o‘qimayotgani, izlanmayotgani, vaqtini besamar o‘tkazayotgani uchun "keksayib ketgan"...
Baʼzi insonlar bor: umr bo‘yi doim izlanishda, intilishda. Yoshi yetmishga to‘lgan bo‘lsada, intilishdan, izlanishdan tolmaydi, hamisha yosh va navqiron, yashashga chanqoq.
Ushbu kitobni dunyoda sodir bo‘layotgan nohaqliklar, adolatsizliklar, yolg‘onlardan tush kunlikka tushmay, aksincha, orzu-umidlari va maqsadlari sari dadil intilayotgan, qalbi yorqin kelajak orzulariga to‘la tengdoshlarimga - siz yoshlarga bag‘ishladim!
Hurmat bilan Muallif
|
978-9943-7733-4-9
|
160
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/untasi-birda-va-etkazib-berish-bepul-9-15-eshli-bolazhonlar-uchun-kitoblar-tuplami
|
O'ntasi birda va chegirma narxda (9-15 yoshli bolajonlar uchun kitoblar to'plami)
|
To‘plam jahon va o‘zbek bolalar adabiyotining eng sara namunalaridan tashkil topgan.Ushbu kitoblar jamlanmasi 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
1. Jyul Vern: Kapitan Grant bolalari
2. Xudoyberdi To‘xtaboyev: Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari
3. Janni Rodari: Jelsomino Yolg‘onchilar mamlakatida
4. Hayati Bije: Yassaviy bobo hikoyalari
5. Mark Tven: Shahzoda va gado
6. G‘afur G‘ulom: Shum bola
7. Xudoyberdi To‘xtaboyev: Mungli ko‘zlar
8. Xudoyberdi To‘xtaboyev: Sariq devni minib
9. Astrid Lindgren: Mio, bolajonim Mio
10. Astrid Lindgren: Uzunpaypoq Peppi
To‘plam atigi 219.000 so‘m turadi🤩
📌 Shoshiling, aksiya muddati cheklangan.
Siz eng ommabop 10 kitobdan iborat to‘plamni internet do‘konimiz orqali xarid qilishingiz mumkin.
| null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhek-london-martin-iden
|
Jek London: Martin Iden
|
Ёзувчи Жек Лондон бир қарашда Мартин Иден тимсолида ўзини тасвирлайди. Ҳаёт нақадар оғирлиги, меҳнат қаттиқлиги, ишонч поймол бўлиши, муҳаббат саробга айланиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантиради. Инсон асли қадрлаши керак бўлган туйғулар, муносабатлар жамиятдаги ноқисликлар сабаб оёқости бўлиши ҳеч гап эмаслигини айтмоқчи бўлади. Ўқувчига буни уқтира олади ҳам.
| null |
512
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/zbignev-bzhezinskii-buyuk-shahmat-tahtasi
|
Zbignev Bjezinskiy: Buyuk shaxmat taxtasi
|
Zbignev Bjezinskiy ushbu bestseller asari orqali kitobxonga Yevroosiyo shaxmat taxtasi va undagi asosiy o‘yinchilar, xususan, Amerikaning global boshqaruvga intilishi va qudratli siyosati asoslari, Rossiyaning geosiyosiy ahvoli, Markaziy Osiyo mintaqasi, Yevropa, Xitoy, Yaponiya va boshqa aktorlarning buyuk shaxmat taxtasidagi o‘rni haqida chuqur tahliliy maʼlumotlar va ayrim bashoratlarni taqdim etadi.
Tarjima asar tarixchilar, jahon siyosati va xalqaro munosabatlar, geosiyosat, xavfsizlik sohasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar, tadqiqotchi va olimlar, talabalar, umuman, ushbu masalalarga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.
Tarjimon "Sharqshunos tahlilchilar" jamoasi
|
978-9943-8217-4-3
|
304
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/mario-pyuzo-siciliyalik-chukintirgan-ota-2
|
Mario Pyuzo: Sitsiliyalik (Cho‘qintirgan ota 2)
|
Америкалик таниқли ёзувчи Марио Пьюзонинг "Сицилиялик" романини "Чўқинтирган ота" асарининг давоми дейиш мумкин. Унда дон Корлеоненинг кичик ўғли Майкл тақдири тўғрисида ҳикоя қилинади. Шунингдек, жасур қаҳрамон, мард йигит Сальваторе Гильянонинг ҳаёти, метин иродаси, кўплаб саргузаштлару ва фожиавий қисматлар баён этилади. Ушбу китобда дўстлик ва адоват, муҳаббат ва нафрат, ўлим ва интиқомнинг сицилияча қонунлари хусусида баҳс кетади. Улар инсон руҳияти, айниқса қонунни четлаб ўтувчи кишиларнинг ички дунёсини чуқур билувчи Марио Пьюзонинг диққатини ҳамиша жалб қилиб келган. Ўткир сюжетли, турфа воқеаларга бой, ўқувчини кутилмаган бурилишларга олиб кирадиган ушбу асар ўз мухлисларини топиши муқаррар.
Шундай юксак тушунчалар борки, улар эзгулик, олижаноблик, қадр-қиммат, ўзаро ишонч, дўстлик ва садоқатдир. Таассуфки, бу юксак мезонларга қарама-қарши ўлароқ, инсон қадрини топташ, алдов, фириб, хиёнат каби иллатлар ҳам мавжуд. Очкўзлик, нафсга ҳирс қўйиш, адоват, шахсий манфаат йўлида бошқалар ҳаётини издан чиқариш айрим кимсаларнинг тамойилига айланган. Бундайларни ўзгартириш душвор, улар ҳар қандай ҳолатда ҳам манфурлигича қолаверади.
| null |
460
|
2019
|
https://asaxiy.uz/uz/product/zarifa-saidnosirova-oibegim-mening-yumshok-mukova
|
Zarifa Saidnosirova: Oybegim mening (yumshoq muqova)
|
Zarifa Saidnosirovaning "Oybegim mening" nomli kitobi nafaqat biografik asar, balki tarbiyaviy ahamiyati katta boʼlgan, jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir.
Kitobni oʼqigan har bir oʼquvchi qalbida Oybekdek ulugʼ adib va ulugʼ insonga nisbatan hurmat va muhabbat tuygʼulari paydo boʼladi. Kitobda, Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon bor. Bu, butun hayotini Oybekka bagʼishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor boʼlgan Zarifa opaning oʼzidir.
Oybekning shaxsiy hayotinigina emas, balki bir-biriga munosib ikki ulugʼ siymoning sevgi va vafo dostoni- "Oybegim mening" mutolaasi barchangizga muborak boʼlsin!
|
978-9943-20-711-0
|
320
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/otabek-mahkamov-yuksaklik-sari-tasodif-bulmagan-100-ta-uchrashuv
|
Otabek Mahkamov: Yuksaklik sari tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv
|
Har bir insonda taqdirini oʻzgartirib yuboruvchi va kelgusi hayot yoʻlini belgilab beruvchi uchrashuvlar boʻladi. Otabek Mahkamovning omadi shundaki, uning umr yoʻlida butunboshli kitobga jamlasa boʻladigan koʻplab ana shunday uchrashuvlar yuz bergan. Uning yuristlik va oʻqituvchilikdan tortib aktyorlik, jurnalistik, teleboshlovchilik, blogerlik hamda motivator notiqlikka qadar boʻlgan yorqin kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan boʻlsak, buning ajablanadigan joyi yoʻq.
Ushbu kitob qahramonlari orasida Hillari Klinton, Gordon Ramzi, Antonio Banderas, Devid Kopperfild, Enrike Iglesias, Farrux Zokirov, Daniel Redkliff kabi mashhur insonlar hamda dunyo miqyosidagi yulduz boʻlmasa-da, koʻpchilikka taniqli shaxslar bor. Otabek Mahkamov ilk daqiqalardanoq suhbatdoshining eʼtiborini jalb etish, uning yangi, baʼzan kutilmagan jihatlarini ochib berish qobiliyatiga ega. Shu boisdan mazkur kitobda jamlangan tasodif boʻlmagan har bir uchrashuvning oʻziga xos qiziqarli tarixi bor.
Nihoyat, kitob samimiyat bilan yozilgan. U hayot, uning darslar, quvonchlari, fojialari, yoʻqotishlari va gʻalabalari haqida. Undan barcha zamon va xalqlarga xos hazil-mutoyiba, teran mulohazalar, oʻtkir mushohadalar, tarixiy misollar hamda hikmatli soʻzlar ham oʻrin olgan.
Asar birdan uch tilda: rus, oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan. Muallif ushbu ijodiy loyihadan tushgan mablagʻning bir qismini Oʻzbekistondagi saraton kasalligiga chalingan bolalarni davolash uchun ajratishni rejalashtirgan.
|
9789943719576
|
680
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/valerij-sinelnikov-dardingni-sev
|
Valeriy Sinelnikov: Dardingni sev
|
Касаллик нима ? У қаердан пайдо бўлди ? Онг ости ақлимиз уни нима мақсадда яратади ? Ўз-ўзини даволашнинг бош қонуни қандай ? Машҳур амалиётчи психотерапевт, психолог, оддий ва самарадорлиги билан ўзига хос психологик методикалар муаллифи Валерий Синельников ўз асарларида бу саволларга батафсил жавоб берган. Унинг методикалари касалликка муносабатиизни ўзгартиришга, танамизни соғлом, ҳаётимизни эса ёрқин ва бахтли қилишга ёрдам беради. Доктор Синельников томонидан ишлаб чиқилган янги дунёқараш модели, муаллифнинг самарали усул ва стратегиялари сизни нафақат шифо топиш, балки касалликнинг олдини олиш сирларидан воқиф этади. Сиз туйғуларингизни бошқариш, бошқаларнинг фикрини ўқишни ўрганиб оласиз, қўрқув ва тушкунлик билан ҳайрлашасиз, айбдорлик туйғуси ва беҳудага ачинишдан воз кечасиз, ҳаётингиздан стресслар батамом чиқиб кетади.
Синельниковнинг асарлари тили шунчалик соддаки уни нафақат тиббиёт ходимлари , балки оддий инсонлар ҳам ўқиб тушуниб олишлари мумкин.
| null | null |
2016
|
https://asaxiy.uz/uz/product/mirach-chagri-oqtosh-tusiqlarga-qaramaj-sevdik
|
Mirach Chag‘ri Oqtosh: To‘siqlarga qaramay sevdik
|
Mirach Chag‘ri Oqtosh Antaliyaning Manavgat tumanida tavallud topgan va boshlang‘ich o‘quv yillarini Manavgat o‘rta maktabida tamomlagan.Mirach Chag‘ri Oqtosh o‘zining ilk mualliflik kitobini maktabning yuqori sinflarida o‘qib yurgan kezlari taqdim etgan.
Butun Turkiyada o‘zining minglab muxlislariga ega bo‘lgan Mirach Chag‘ri Oqtosh hozirda ham o‘qish, ham o‘z mualliflik kitoblarini ommaga taqdim qilish bilan mashg‘ul va mashhurdir.
"To‘siqlarga qaramay sevdik” yozuvchining eng talabgor va eng ko‘p adadda chop etilgan kitoblaridan sanaladi.Turk tilidan Nodirabegim Jamshid qizi tarjimasi.
|
978-9943-7253-1-7
|
168
|
2021
|
https://asaxiy.uz/uz/product/nassim-nikolas-taleb-qora-oqqush-i-ii
|
Nassim Nikolas Taleb: Qora Oqqush (I-II)
|
"Qora oqqush. Sodir bo‘lish ehtimoli kam bo‘lgan voqeliklar taʼsiri - bu amerikalik publitsist Nassim Nikolas Talebning qalamiga mansubdir. Kitobda noyoblik va oldindan aytib bo‘lmaydigan hodisalarning g‘ayrioddiy taʼsiri, shuningdek, odamlarga retrospektiv tarzda oddiy tushuntirishlarni topish tendensiyasi ko‘rib chiqiladi. Taleb buni "Qora oqqush nazariyasi" deb ataydi va birinchi marta bu nazariyani ushbu kitobda qo‘llaydi.
Siyosatda Qora oqqush nima? Oldindan bashorat qilish qiyin va kamdan- kam uchraydigan voqealar muhim oqibatlarga olib keladi. Kitobda qora oqqushlar tabiatda noyob hisoblanganidek, bashoratchilar aslida bunday mahoratga ega emasligi, ular imkonsiz narsalar haqida gapirishlari misollar orqali yoritib beriladi.
Ushbu kamyob Qora oqqushlar dunyoda sodir bo‘layotgan deyarli barcha voqea-hodisalarni izohlab beradi - G‘oyalar va dinlarning muvaffaqiyat qozonishidan tortib, tarixiy voqealar dinamikasi va shaxsiy hayotimizning tafsilotlariga qadar.
|
978-9943-7380-6-5
|
800
|
2023
|
https://asaxiy.uz/uz/product/fotih-duman-sir-oshiqlar-ulmas
|
Fotih Duman: Sir. Oshiqlar o'lmas
|
"Ayrimlar tirikligida o‘lik bo‘lur, baʼzilar esa o‘lganida ham tirikdir. Ko‘ngli o‘lik kishining jismi tirik bo‘lsa-da, u o‘lik hisoblanur. Ko‘ngil siridan voqif kishi esa garchi o‘lsa ham, tirikdir. Shu bois o‘lmoq deganlari har doim ham bir xil emas. Bu olamda o‘likday yashaganlar narigi dunyoda tirikday kezib yuradi" dedi Yahyo afandi.
Avvalgilar Istanbulning to‘rt nafar ruhoniy muhofizi borligiga ishongan. Ulardan biri Yahyo afandi - o‘lsa-da, vazifasi tugamagan fazilatli zot, dovrug‘i dunyoga taralgan sulton Sulaymon Qonuniyning emikdoshi.
"Abadiy ishq istaysizmi? Unda hech qachon o‘lmaydigan Sevgiliga oshiq bo‘ling", degan avvalgilar. Xuddi ana shunday oshiq haqida, bu dunyodan o‘tib ketgan bo‘lsa-da, o‘lmagan Yaxyo afandi to‘g‘risida so‘z yuritmoqchiman. Zero, Yunus Emro aytganidek, oshiqlar o‘lmaydi.
O‘lganlar yo‘q bo‘lib ketadi deb o‘ylaysizmi? O‘lmaydigan o‘liklar ham bo‘lsa-chi?..
|
978-9943-8365-4-9
|
220
|
2022
|
https://asaxiy.uz/uz/product/otabek-asanov-liderlar-kitobi-attiq-muqova
|
Otabek Hasanov: Liderlar kitobi (Qattiq muqova)
|
Ушбу нашрда жуда кўп янги ғоялар, ҳаётга теран назар билан қараш, ғолибликка интилиш, саодат ва комиллик учун дадил қадам ташлаш, жасурлик ва мардлик каби инсоний фазилатларни ўзида шакллантириш, Ватан ривожига, унинг иқтисодини юксалтиришга астойдил киришиш, ақл-заковатни, илмни ҳар қандай ишдан устун қўйиш каби ҳолатлар мавжуд бўлган. Унутманг, Лидер дегани, аввало ўз устида ишлайдиган ва ўзгаларга ёрдам қўлини чўзадиган инсондир.
Ўқувчилар эътиборига ҳавола қилинаётган ушбу китоб давлат хизматчилари, хусусий сектор вакиллари, ёш олимлар, талаба ва бўлажак Лидерлар ҳаёт йўлида кўмакчи бўлади, деб ўйлаймиз.
|
978-9943-6288-2-3
|
340
|
2020
|
https://asaxiy.uz/uz/product/alis-karabenli-bazilar-olisdan-sevarlar
|
Halis Karabenli: Ba’zilar olisdan sevarlar
|
Halis Karabenli 1976-yili Anqarada tug‘ilgan. Anadolu universitetining Boshqaruv bo‘limini tamomlagan. Uning qalamidan "Labimdagi ishq", "Ishqning narigi yuzi", "Aqlimda go‘zal qo‘l", "Efnan" va "Baʼzilar olisdan sevarlar" nomli kitoblari nashr qilingan.
|
978-9943-7523-0-0
|
208
|
2021
|
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.