text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
“Bizni hamma unutdi”. Chegaralar yopilgach, O‘zbekistonda qolib ketgan rossiyalik qiz hikoyasi O‘zbekiston 16-martdan boshlab boshqa davlatlar bilan barcha aviareyslarni bekor qildi, mamlakatga avtotransportda kirish-chiqish yo‘llari ham yopildi. Rossiyaga parvozlar faqatgina charter reyslar orqali amalga oshirilmoqda. Mamlakatda qolib ketgan rossiyaliklar qattiq karantin, elchixona sustkashligi va rejalashtirilmagan chiqimlarga duch kelyapti. Sayohatchilar o‘zga yurtda favqulodda holat rejimida yashamoqda: ko‘chaga faqat oziq-ovqat uchun chiqish mumkin, mehmonxona va ijrachilar istalgan vaqtda ularni ko‘chaga chiqarib yubora oladi. TJournal rossiyalik sayohatchining O‘zbekistonda duch kelgan qiyinchiliklari haqida yozdi. 16-mart kuni to‘rt nafar do‘stimiz bilan dam olish uchun O‘zbekistonga keldik — bizning samolyotimiz mamlakatga kirgan so‘nggi reys bo‘lib qoldi. Bundan bir kun oldin O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etilgani haqida xabar topgandik. S7 aviakompaniyasi vakillari uchsak bo‘ladimi deb so‘raganimizda, ular ‘Rejaga ko‘ra uchamiz, hech qanday muammo bo‘lmaydi’, deyishdi. Samarqandga qo‘nganimizdan so‘ng, bizga aviakompaniya ortga qaytuvchi reysni bekor qilgani, chipta puli esa 30 kun ichida qaytarilishi haqida yozilgan xabar keldi. Biz Rossiya elchixonasi bilan bog‘lanib, yurtimizga qaytish uchun anketalarni yubordik, ammo ular hech qanday yordam berolmasliklarini bildirdi. Bir yarim soat ichida bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan aviakompaniya vakillari ham xuddi shu javobni qaytardi. O‘zbekistondagi elchixonaning aytishicha, ular faqatgina charter reyslar haqida xabar beradi, shu sababli ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishimiz kerak ekan. Rossiyaga qachon qayta olishimiz mumkinligi haqida hech narsa deyishmadi. 20-mart kuni yana bir bor elchixonaga qo‘ng‘iroq qilib, qayerda yashashimiz kerakligini so‘radik — ijaraga olgan kvartiramiz muddati tugayotgan edi. Ular ‘qarindosh yoki do‘stlarnikida yashab turish”ni maslahat berdi. Ajoyib javob, axir har kimning istalgan davlatda besh nafar mehmonni belgilanmagan muddatga kutib oladigan qarindoshlari yoki do‘stlari bor. Shaharda hech qanday vahima bo‘lmasa-da, sotuvchilar va ko‘plab mahalliy aholi niqoblarda yurar, suhbatlar faqat koronavirus haqida edi. Shaharda muhit tinch bo‘lishiga va qarindoshlar qo‘llab-quvvatlovi borligiga qaramay, safar maksimal darajada yoqimsiz bo‘ldi. Elchixona va aviakompaniyadagilar to‘g‘ridan to‘g‘ri bizning keraksiz ekanligimizni va hech qanday yordam kutish kerak emasligini ma’lum qildi. Internetdan foydalana olmaydigan keksalar bu kabi vaziyatdan qanday chiqqan bo‘lishi mumkinligini o‘ylashning o‘zi qo‘rqinchli. Chegaralar yopilganidan so‘ng, barcha reyslar faqat Toshkentdan uchayotgani vaziyatni murakkablashtirdi — Samarqanddan poytaxtgacha to‘rt soatlik yo‘l. Samolyotda bo‘sh joy borligi to‘g‘risida ma’lumot esa parvozdan ikki soat oldin paydo bo‘ladi. Toshkentga kelishga va reyslarni shu yerdan kuzatishga majbur bo‘ldik. Uzbekistan airways’ning charter reyslari orqali Moskvaga qaytdik — aviakompaniya avvaliga reysi bekor qilingan yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi, shundan keyingina bo‘sh o‘rinlar sotildi. Biz samolyotda qolgan oxirgi besh o‘rinni sotib oldik — har bir chipta 30 ming rubldan sotildi, bu ikki tomonga qatnash uchun sotilgan chiptalardan ham qimmatroq. Uzbekistan airways’dan tashqari ‘Aeroflot’ bilan ham uchish mumkin edi. Ikki marta qo‘nishni amalga oshirish orqali ikki kun davom etadigan parvoz uchun chipta narxi 83 ming rublni, to‘g‘ridan to‘g‘ri reysdagi biznes-klass uchun chipta esa 159 ming rublni tashkil etdi. O‘zbekistonda pulsiz qolganlar nima qilishi kerak — bilmadim. Elchixona evakuatsiya uchun maxsus bortlar haqida gapirayotgan bo‘lsa-da, biroq aslida har bir yo‘lovchi chiptalarni o‘zi sotib olmoqda, elchixona hech qanday yordam ko‘rsatgani yo‘q. 21-mart kuni uyga qaytib keldik. Samolyotda kimyoviy himoyalangan kostyum kiyib olgan styuardessa bizga anketalar tarqatdi, Moskva aeroportida esa teplovizorlar bilan tana haroratimizni o‘lchashdi. Endi ikki hafta uy karantinida o‘tirishimiz kerak. Dasha, Rossiya   Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangani, u Toshkentda istiqomat qiluvchi ayol ekani, 11-mart kuni Fransiyadan qaytgani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49 kishiga yetgan.
8O‘zbekiston
Toshkentda bolalar harbiy paradi bo‘lib o‘tdi (foto) Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan Bolalar harbiy paradi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi IIBB matbuot xizmati.  IIBB va Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiri yosh o‘g‘il-qizlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usining yana mustahkamlanishiga xizmat qildi. Dastlab, harbiy orkestr sadolari ostida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i olib o‘tildi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. Paradda ishtirok etgan Toshkent shahar hokimligi, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolik institutlari jamiyatlarining rahbarlari faxriylarga yuzlanib, ularning ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi va urushdan keyingi davrda yurt farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari uchun minnatdorlik izhor qildilar. Xususan, tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Toshkent shahar IIBB boshlig‘i R.Jo‘rayev, “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi R.Kolonov va boshqalar urush faxriylarini 9 may — Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab ularga sog‘lik va uzoq umr tiladilar. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi vakillari ijrosidagi harbiy vatanparvarlikka oid she’r va qo‘shiqlari bayram tadbiriga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Shundan so‘ng, maktab, litsey shu jumladan, IIV 1-son akademik litseyi o‘quvchilari, “Temurbeklar maktabi”, “Jar” SSM qoshidagi maxsus maktab-internati hamda boshqa qator ta’lim muassasalari a’zolari tantanali ravishda saf tortib o‘tdilar. Harbiy vatanparvarlik ruhida o‘tgan tadbir o‘z atrofiga 500 dan ortiq yoshlarni birlashtirdi. Harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar esa yoshlarni vatanni sevish va unga sadoqatli bo‘lishga undadi.
8O‘zbekiston
“Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-450-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-450-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Mashhur Gangnam Style klipi rejissyoriga qamoq jazosi xavf solmoqda Janubiy Koreyada mamlakat prezidenti Pak Kin Xe bilan bog‘liq korruptsion mojaro tufayli mashhur Gangnam Style qo‘shig‘ining klipini suratga olgan klipmeyker Cha Un Tayka hibsga olindi. Bu haqda ZN xabar bermoqda.  46 yoshli Cha Un Tayka Janubiy koreyalik mashhur qo‘shiqchi PSY’ning xit qo‘shig‘i Gangnam Style klipini suratga olgani bilan ma'lum. Klipmeyker o‘ziga qulay loyihalarni olish uchun prezident bilan tanishligidan foydalanganlikda va uning dugonasi Chxve Sun Sil bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.  Mashhur klip rejissyorining taqdiri qanday kechishi noma'lum bo‘lib qolmoqda. Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya prezidentining dugonasi Chxve Sun Sil o‘zining mavqeidan foydalanib, Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari, misol uchun, Samsung’dan moliyaviy ko‘mak olib turgan.
5Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Yo‘lbarsxon Mansurov boshqa ishga o‘tkazildi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev” nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialining ijrochi direktori tayinlandi. Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan 2019 yilning 15 sentabr kuni imzolangan hujjatga ko‘ra, Yo‘lbarsxon Nabiyevich Mansurov Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev” nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi. Ma'lumot uchun: materialshunoslik va innovatsiyalarni boshqarish sohasida mutaxassis sanalgan “Buyuk kelajak” XNNT a'zosi Yo‘lbarsxon Mansurov O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. Quyidagilar Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev” nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filiali faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan: respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq tayyorlash; nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi, materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash, materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi va sanoat ishlab chiqarishining boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish; ta'lim hamda ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi, shuningdek, ularni jahon ta'limi va ilm-fani hamjamiyatiga integratsiya qilish hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; muhandis-texnik va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta'lim dasturlari hamda o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish; ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish; ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini faol takomillashtirish; ta'lim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.
8O‘zbekiston
“Taxtlar o‘yini”. O‘zbekcha talqin (video) 28-avgust kuni “Taxtlar o‘yini” seriali 7-mavsumining so‘nggi seriyasi namoyish etildi, deb yozadi My Day. Shu munosabat bilan nashr tahririyati musiqachilar Shavkat Matyoqubov (dutor, tanbur, doira) va Botir Do‘simbetov (alt va standart nay) bilan hamkorlikda mashhur serial musiqasiga kaver tayyorladi.
7Madaniyat
Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi Ijtimoiy tarmoqlarda Chirokchi tumani Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer astalik bilan cho‘g‘ bo‘lib yonayotgani va olov yer tagidan chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ushbu holat yuzasidan dastlabki o‘rganish natijalarini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, qishloq hududidagi yerdan chiqayotgan tutun Chiroqchi tuman nazorat isnpeksiyasi inspektorlari, tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi, Hududgaz ta’minot tuman filiali xodimlari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida taxminan 0,10 ga yer maydon avval yonib o‘chganligi va hozirda kunda taxminan 0,01 ga yer maydoni ustidan tutun chiqib, atrofga badbo‘y hid tarqalayotganligi kuzatilgan. «O‘rganish davomida ushbu qishloqda yashovchi oqsoqollar bu joy taxminan 50−70 yillar oldin chuqurlik bo‘lib, qamishzor bo‘lganligi va yillar o‘tib qamishlar ustiga tuproq yopilib ketganligi ta’kidlandi», — deyiladi xabarda. Holat bo‘yicha geologiya sohasi mutaxassislarining o‘rganish o‘tkazib xulosalari taqdim qilingunga qadar, «yer ostidagi qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi» natijasida ushbu holat yuzaga kelganligi bo‘yicha dastlabki xulosaga kelingan. Viloyat ekologiya boshqarma o‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.
5Jamiyat
Ronaldu Ikardi transferiga rozilik berdi “Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar qilishicha, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 26 yoshli futbolchining transferiga rozilik bergan. Portugaliyalik futbolchining fikricha, Ikardi hujumlarni yakunlash paytida bo‘sh hududlar yarata oladi va Ronaldu uchun mukammal sherik bo‘ladi. Biroq transferni amalga oshirish uchun “Yuventus” avvaliga Paulo Dibalaning kelajagiga oydinlik kiritishi kerak bo‘ladi. Avvalroq Ikardi “Inter”ni tark etish niyati yo‘qligi, klub esa uni shartnoma muddati oxirigacha maydonga tushirmaslikka tayyor ekani xabar qilingandi. Ortda qolgan mavsum Ikardi A Seriyada 29 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Chernigov o‘qqa tutilishi davom etdi. Urushning 35-kuni yakunlari Chernigov oblasti gubernatori Vyacheslav Chaus Moskvaning bu yo‘nalishda harbiy harakatlarni qisqartirish va’dasiga qaramay, Rossiya armiyasi tomonidan hujumlar to‘xtamayotganini ma’lum qildi. Region rahbarining so‘zlariga ko‘ra, butun tun davomida o‘t ochish davom etishidan aholi turar joylari, infratuzilma obektlari, kutubxona binosi va savdo markazlari jabrlangan. Chernigov meri Vladislav Atroshenko Rossiyaning Kiyev va Chernigovda hujumlarni yumshatishi to‘g‘risidagi va’dasi, agar rossiyaliklarning gapi haqiqat sifatida qabul qilinsa, yaxshi yangilik bo‘lishi haqida gapirdi. «Ko‘pincha ruslar bir gapni aytib, amalda boshqa ishni qilishadi. Ularning so‘zlari qanchalik haqiqat ekanini faqat vaqt ko‘rsatadi. Hozir esa biz bu so‘zlarga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqdamiz», degan Atroshenko. Seshanba kuni Atroshenko BBC bilan suhbatda aholi istiqomat qiluvchi tumanlar o‘qqa tutilishi oqibatida 35 kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi. Kiyevda chorshanba tongida havo trevogasi sirenalari yangragan, ammo shahar meri o‘rinbosari Nikolay Povoroznik tunda o‘t ochishlar kuzatilmaganini ma’lum qilgan. Kiyev va Vashingtondagilar Rossiyaning Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy harakatlarni qisqartirish to‘g‘risidagi bayonoti Moskva harbiy bo‘linmalarini Ukraina sharqiga ko‘chirayotganidan darak berishini aytishgan. Harbiy faollik pasaytirilishi to‘g‘risidagi va’dani ukrainlar ishonchsizlik bilan qabul qilishgan. «Ukrainlar - sodda odamlar emas», - dedi prezident Vladimir Zelenskiy tungi videomurojaatida. AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning bayonotiga baho berishga hali erta ekani, keyingi harakatlar qanday bo‘lishini kuzatish kerakligini aytdi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya ham Rossiya bilan munosabatlarda diqqatni yo‘qotmaslikka chaqirgan. Diplomatiya, strategiya, harbiy harakatlar. Ukrainadagi umumiy kartina qanday? Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon besh hafta o‘tdi. Istanbuldagi muzokaralardan keyin Rossiya Kiyev va Chernigov atrofida harbiy harakatlarni keskin kamaytirishi haqida bayonot bergandi. Buyuk Britaniya harbiy razvedkasi Rossiya endi diqqatini sharqdagi regionlarga qaratishi, shu bilan birga og‘ir yo‘qotishlarga uchragan bo‘linmalar zaxiralar hisobiga to‘ldirilishi va qayta tashkil etilishi uchun Rossiya va Belarus hududlariga qaytarilayotgani haqida xabar bergan. Amerika urushlarni tadqiq etish instituti rossiyalik harbiylar Kiyevni egallashdan voz kechgan bo‘lishsa-da, shahar atrofidagi egallab bo‘lingan pozitsiyalarini saqlab qolish uchun harbiy harakatlarni davom ettirishini xabar qilgan. Rossiya qo‘shinlari Donbassni to‘liq egallab, janubda bu hududni Qrim bilan bog‘lovchi quruqlik koridoriga ega bo‘lishni ko‘zlamoqda. Mazkur yo‘nalishda joylashgan Mariupol strategik muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Institut ekspertlari hisoblashicha, bir oydan buyon qamalda qolayotgan shahar tez orada taslim bo‘ladi. Kunning boshqa voqealari: Quyida urushning 35-kunida olingan suratlar:
2Dunyo
Dori-darmon vositalarini qo‘llashning siz bilmagan usullari Agar siz ko‘p mablag‘ sarflamasdan chiroyli va go‘zal ko‘rinishni xohlasangiz sizga dorixonadagi dori-darmonlar yordam beradi. Husnbuzarlarga qarshi kurashishda mukammal vosita hisoblanadi: ma’lum nuqtalar bo‘ylab suring, qurigandan so‘ng uxlashga yoting. Ertalab husnbuzarlardan asar ham qolmaydi. Faqat esingizda bo‘lsin: malham terini quritadi, shuning uchun namlantiruvchi krem surishni unutmang. Aslida retinol – ajinga qarshi kurashishda eng samarali vosita deb tan olingan A vitamini. Malham husnbuzarlarni yo‘qotishda yordam beradi. Lekin u yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ham ega. Bundan tashqari, u qizarish va qichishishni yo‘qotib, terini tinchlantiradi. Ehtiyot bo‘ling: faqat kechki payt qo‘llashingiz mumkin! Retinol ultrabinafsha nurlari bilan yaxshi kelishmaydi, ular ta’sirida pigment dog‘lari paydo bo‘lishi mumkin. Boshqacha nomi — salitsil kislota. Lifting sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun bir dona tabletkani qoshiq yordamida ezib maydalang va krem holiga kelishi uchun bir choy qoshiq qaymoq qo‘shing. Niqob kabi yuz terisining ko‘z atrofidan boshqa joylariga suring. 15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving. Uni suv bilan teng miqdorda aralashtiring va losyon sifatida foydalaning. Teri teshikchalari tozalanadi va qora nuqtalar kamayadi. Manba: “Cosmo.ru”
1Ayollar
“Bavariya”da inqiroz. Klub “Milan”, “Inter” va “Liverpul”dan keyin “Napoli”ga ham yutqazdi Myunxenning “Bavariya” klubi o‘zi mezbonlik qilgan Audi Cup turniridagi ikkinchi o‘yinda ham gol ura olmay, imkoniyatni boy berdi. 3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda Bundesliga yetakchisi A seriyaning uchinchi jamoasiga qarshi saf tortdi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yarim finalda Angliyaning “Liverpul” klubi “Bavariya” postiga 3 ta javobsiz gol urgandi. Shu tariqa Myunxen jamoasi Audi Cup musobaqasini so‘nggi o‘rinda yakunladi. Final “Atletiko” va “Liverpul” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mavsumga tayyorgarlik davomida “Bavariya” Chempionlar xalqaro kubogida ishtirok etgan bo‘lib, Italiyaning yana ikki klubiga imkoniyatni boy bergandi — “Milan” 0:4 va “Inter” 0:2. “Arsenal” bilan uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetgan. “Bavariya”ning o‘rtoqlik o‘yinlaridagi yagona g‘alabasi “Chelsi” bilan o‘yinda qo‘lga kiritildi — 3:2. Audi Cup 3-o‘rin uchun 2-avgust, chorshanba Gollar: Kulibali, 14 (0:1). Jakkerini, 55 (0:2).
13Sport
Daraxt ko‘chatlari bo‘yicha ko‘rsatmalarni to‘liq bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxsga 311 mln so‘m jarima qo‘llandi Daraxt ko‘chati parvarishi bo‘yicha ko‘rsatma talablarini to‘liq bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxsga 311 mln so‘m miqdorda jarima qo‘llanildi. Bu haqda AOKAda Ekologiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida 2021 yil kuz va joriy yil bahor mavsumida jami 213 mln dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi tashkil etildi.  Respublikadagi yirik, o‘rta va kichik mahallalarda jami 70 mln 800 ming dona hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqalariga 72 mln 500 ming dona terak ko‘chat va qalamchalari ekildi. Sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha 238 ta quduqlar qazilgan. Hududlarda ekilgan daraxt va butalarni sug‘orish, parvarish va muhofaza qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirilgan. Barcha mas’ul tashkilotlarga daraxt ko‘chatlarini parvarishlash bo‘yicha 10 577 ta majburiy ko‘rsatmalar berilib, ko‘rsatma talablarini lozim darajada bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 311 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. Aholi yashash va boshqa hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi punktlarida “yashil bog‘lar”, daraxtzor va butazorlarni barpo etish, qayta tiklash va parvarish qilish ishlarini samarali amalga oshirish hamda sug‘orish tizimi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi aytildi. Avvalroq Hisob palatasi 2022 yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida aslida ekilmagan 6,2 mln ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgani, 3,4 mln tup ko‘chat sug‘orish tizimi yo‘q joyga ekilganini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, 2,4 mln tup ko‘chat bahor tugamasdanoq qurib bitgan.
8O‘zbekiston
Davstatqo‘m go‘sht narxining oshishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi So‘nggi paytlarda keng jamoatchilik orasida go‘sht narxlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq vaziyat faol muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur masala yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar e'lon qilinishi, tematik ko‘rsatuvlarning efirlarga uzatilishi, ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralar olib borilishi shular jumlasidan. Bunday munozaralarda har bir tomon masala yuzasidan o‘z fikrlarini yoki qarashlarini bildirishga haqlidir. Ushbu masalani tartibga solishga ko‘mak berish va obektiv nuqtai nazarni shakllantirishga yordam berish uchun Davlat statistika qo‘mitasi quyidagilarga oydinlik kiritdi: Bozor iqtisodiyotining asosiy qoidalaridan biri bu – hukumat rasmiylarning bevosita aralashuvisiz erkin narxlarning shakllanishidir. Bozor sharoitida narxlar talab va taklif qonuniyati asosida shakllanishi kerak. Istisno tariqasida monopolist korxonalar mahsulotlari va ba'zi hayotiy zarur bo‘lgan mahsulotlar narxlari ehtimoldan holi bo‘lishi mumkin (masalan, ba'zi dori-darmonlar va boshqalar). Bozor sharoitida narx belgilash ikki tomonning ishtirokini o‘z ichiga oladi: talab tomoni (iste'molchilar) va taklif tomoni (sotuvchilar). Ushbu vaziyatda talab va taklifning kesishish nuqtasi muvozanatli bozor bahosi bo‘lib hisoblanadi. Narxlarning aniqlanishidagi bunday yondashuv nafaqat go‘sht mahsulotlariga, balki boshqa mahsulotlarga ham tegishlidir. Oddiy misol: saqlash uchun bardoshli bo‘lmagan mahsulotlar narxi shular jumlasidandir (pomidor, rezavorlar va boshqalar). Kun davomida bir nafar sotuvchida aynan bir turdagi mahsulot narxlari sezilarli darajada tebranishi mumkin. Shunday qilib, ertalabki va kun davomidagi narxlar kun oxiridagi narxlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi mumkin («kechki bozor»). Narxlarni qat'iy nazorat qilish maqsadida «yuqoridan belgilangan» narxlar (masalan, mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan) iqtisodchilarning xulosalariga ko‘ra bozordagi narxlar bo‘yicha vaziyatni keskinlashtirishga va ular orasidagi nomutanosiblikni vujudga keltiradi yoki kuchaytiradi. Masalan, avtomobillar uchun taklif etiladigan yuqori narxlar unga bo‘lgan talabni narxlarning arzonlashishiga qadar sezilarli darajada pasaytirishi mumkin bo‘lsa, ijtimoiy muhim ahamiyatga ega tovarlar (shu jumladan, go‘sht mahsulotiga ham) borasida davlatning vazifasi – bozorda arzon narxlar taklifini ta'minlashga harakat qilishdir. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, asosiy turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarning narxlari holati to‘g‘risida hukumat idoralari hamda keng jamoatchilikni tezkor ravishda xabardor qilish maqsadida, statistika organlari tomonidan iste'mol bozorida narxlar monitoringi amalga oshiriladi. 2019 yilning 16 iyul kunida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha uyushgan savdo majmualari hamda dehqon bozorlarida iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga asosan 1 kg. mol go‘shtining o‘rtacha narxi 40 501 so‘mni, 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 40 554 so‘mni tashkil etgan. Ta'kidlanishicha, respublikada o‘rtacha narxlar har bir hududning tovarlar va xizmatlarni iste'mol qilishga sarflanadigan xarajatlar tarkibi o‘rtacha og‘irlik sifatida shakllantirilgan ulushini inobatga olgan holda hisoblanadi. Hududlar kesimida bir kilogramm mol go‘shti narxlari diapazoni 34 705 so‘mdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 46 586 so‘mgacha (Toshkent sh.), qo‘y go‘shtining bir kilogrammi esa 31 196 so‘mdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 44 036 so‘mgacha (Toshkent viloyati) bo‘lgan oraliqni tashkil etmoqda. Amaldagi usulga ko‘ra, o‘rtacha narxlarni aniqlashda ularning butun diapazoni qamrab olinishi kerak. Shu bilan birga, narxlar darajasiga qarab aholining talab tarkibi va ayrim mahsulotlarning ommaviy iste'molini ham hisobga olish zarur. Masalan, joriy yilning 16 iyul kuni kuzatish Toshkent shahri bo‘yicha tanlab olingan savdo obektlarda bir kilogramm mol go‘shtining o‘rtacha narxini aniqlash uchun 32 000 so‘mdan 79 990 so‘mgacha bo‘lgan 230 dan ziyod narxlar ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, bir kilogramm go‘sht narxini hisoblash uchun jami ro‘yxatga olingan narxlarning 68 tasida 40 ming so‘mgacha, 100 dan ortiq narxlar 40 dan 50 ming so‘mgacha bo‘lgan diapazonda, 60 ga yaqin narxlar 50 ming so‘mdan yuqori va 6 tasi 70 ming so‘mdan yuqorisini tashkil etgan. O‘rtacha narx tarkibiga ko‘plab omillar, jumladan, mahsulot o‘zgarishi, narxlarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti, mavsumiylik, ro‘yxatdan o‘tish paytidagi talab va taklifning nisbati va boshqalar inobatga olinadi. Shuningdek, ichki bozorlarga go‘sht mahsulotini yetkazib berish bilan bog‘liq vaziyatni baholash uchun rasmiy statistik ma'lumotlarga murojaat qilish mumkin. Joriy yilning iyun oyidagi tashqi savdo statistikasi ma'lumotlariga asosan, yirik shoxli chorva mollari importi bir oy davomida 5 169 boshga yoki 21,1 %ga kamaydi (may oyida 24 549 boshdan joriy yilning iyun oyida 19 380 boshgacha). Bu davrda tirik qo‘ylar va echkilarning importi 78 158 boshdan (may oyi) 41 631 boshgacha (iyun oyi) qisqardi, ya'ni, salkam 2 marttaga. Shu bilan birga, yangi va sovitilgan yirik shoxli mol go‘shti importi 355,3 tonnadan (may oyi) 411,2 tonnagacha (iyun oyi), ya'ni, 55,9 tonna yoki 15,7% gacha oshdi. Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar–iyun oylari davomida 1119 tonna yangi, muzlatilgan, sovitilgan yirik shoxli mol go‘shti import qilingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar–iyun oylarida ichki sharoitida chorva mollari va parrandalarni so‘yish, yetishtirish tirik vaznda 1 128 144 tonna (2018 yilning yanvar–iyuniga nisbatan 2,2 %ga ko‘p), so‘yish vaznida 654 323 tonnani tashkil etgan. Taqqoslash uchun: 2018 yilning birinchi yarmida so‘yish uchun tirik vazndagi chorva hamda parranda yetishtirish hajmi 1 103 469 tonnani, so‘yilgandan keyingi vazni 640 012 tonnani tashkil etdi. 2018 yil uchun uy xo‘jaliklari budjetini o‘rganishning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, respublikada go‘sht va go‘sht mahsulotlarining o‘rtacha yillik iste'moli 1 423 704 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, aholi jon boshiga bu ko‘rsatkich yiliga 43,2 kg.ni tashkil etdi. Bunday o‘rtacha oylik iste'mol bilan birinchi yarim yillikda go‘shtga bo‘lgan ehtiyoj taxminan 711 852 tonnani (= 1423704/2) tashkil etadi. 2019 yilning dastlabki olti oyida aholining o‘sish sur'ati bilan bu ko‘rsatkich biroz yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, talab tarkibi bo‘yicha muhim ta'sir ko‘rsatuvchi mahalliy qayta ishlash korxonalarining go‘shtiga bo‘lgan ehtiyojni ham inobatga olish kerak. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda respublikada ishlab chiqarilgan, qayta ishlangan va konservalangan go‘shtning umumiy hajmi – 193 047,1 tonna, go‘sht va parranda go‘shti (kolbasa, dudlangan mahsulotlar va boshqalar) tayyor mahsulotlari – 31 513,4 tonnani tashkil etgan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, go‘sht narxining ko‘tarilishi bilan bog‘liq vaziyat «alohida» emas. Iste'mol narxlari indeksini hisoblash uchun ro‘yxatga olingan iste'mol narxlarini ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar–iyunida mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) yarim yil davomida 17,6 % (jumladan, iyun oyida 6,0 %), suyaksiz mol go‘shti 10,4% (iyun oyida 3,6 %), qo‘y go‘shti 16,6 % (iyun oyida 6,4 %)ga qimmatlashgan. Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda parranda go‘shti (son qismlardan tashqari) 10,1 %, (jumladan, iyun oyida 2,5 %), tovuq boldiri, son qismlari 5,0 % (iyun oyida 1,0 %) va tuxum narxlari 19,1 %ga (iyun oyida 2,6%) arzonlashgan.
8O‘zbekiston
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga kimyoviy hujumlar bo‘yicha missiya mandatini uzaytirish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini kiritdi Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga Suriyadagi kimyoviy hujumlarni tekshirish bo‘yicha missiya mandatini uzaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini kiritdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Hujjatga ko‘ra, BMT va Kimyoviy qurollarni man etish tashkiloti ekspertlarining ish mandati yana cho‘zdirish imkoniyati bilan 2018-yil maygacha uzaytiriladi. Shuningdek, Rossiya tomoni kimyoviy qurol qo‘llanishi bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritish uchun Xon-Sheyxun va Shayrat aviabazasiga ekspertlar jo‘natishni taklif etdi.
2Dunyo
Buxoroda er xotinini bolta bilan urdi Buxoro viloyatining Qorako`l tumanida 1 may kuni F.Jumaev uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi turmush o`rtog`i, D.Toshpo`latovaning boshiga bolta bilan urib jarohat etkazib so`ng, o`zining ko`krak va chap qo`l bilak qismiga pichoq bilan jarohat etkazgan. Natijada F.Jumaev va D.Toshpo`latovalar kasalxonaga yotqizilganlar, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
6Jinoyat
Toshkentda 33 yoshli piyodani mashinasida urib, qochib ketgan talaba olti soatda topildi Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalaridan birining 1-kursida ta’lim oluvchi talaba avtomobilda 33 yoshli piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Toshkent shahar IIBB YHXB Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish bo‘limi inspektori mayor Alisher Abduqodirovning “Bekajon” gazetasiga ma’lum qilishicha, hodisa 30-oktabr kuni ro‘y bergan. Xabar berishlaricha, piyoda og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga keltirilgan. “Yo‘l-transport hodisasi kunduzgi soat ikkilarda sodir etilgan bo‘lsa, haydovchi kechqurun 20:00 lar atrofida qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan ushlandi”, — deydi mayor Abduqodirov. “Bunday hodisalarni aniqlashda, albatta, haydovchining o‘sha paytda telefondan gaplashgani aniqlanadi, shuningdek, atrofdagilarning voqeani ko‘rgani ham e’tiborga olinadi. Voqeani o‘rganish uchun atrofdagi videokuzatuvlar ham ko‘riladi. Qisqasi, bugun texnika taraqqiyotida hech bir YTH beiz, yashirincha qolmaydi”, — dedi IIBB YHBB vakili.
8O‘zbekiston
Ukraina MSK: prezident saylovlarining ikkinchi turi bo`lmaydi Ukrainada prezident saylovlarining ikkinchi turi o`tkazilmaydi, bu haqda Ukraina markaziy saylov kommisiyasi (MSK) rahbari Mixail Oxendovskiy xabar qildi.  MSK ma`lumotlariga ko`ra, milliarder Petr Poroshenko 54,04 foiz ovoz bilan Ukraina prezidentlik saylovlarida g`olib chiqdi. Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko esa 13,13 foiz ovoz to`plagan.   Saylov natijalari bilan Petr Poroshenkoni Evroparlament raisi Martin Shuls tabrikladi. U mamlakatdagi qiyin ahvolda Ukrainaning qonuniy prezidenti saylanganidan qoniqqani va ushbu prezidentlik saylovlari barcha jahon standartlariga javob berishini aytib o`tdi. RIA axborot agentligining xabar qilishicha, Ukraina yangi prezidentining inaugurasiya marosimi 8-10 iyun kunlari o`tkazilishi mumkin. Petr Poroshenko Forbes jurnali talqini bo`yicha Ukrainaning eng badavlat kishilari ro`yxatida 7-o`rinda turadi.  Jahonga mashhur “Roshen” shirinliklar kompaniyasi aynan Poroshenkoga tegishli.
2Dunyo
O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan, jumladan, al-Aqso masjididagi navbatdagi to‘qnashuvlar sodir bo‘lganidan jiddiy xavotirda ekanligini bildirdi. «Biz tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz», — deyiladi bayonotda. Ta’kidlanishicha, Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyutsiyalari va «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur. «Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz», — deyiladi munosabatda. Eslatib o‘tamiz, aprel o‘rtalariga kelib, falastinliklar va Isroil xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchaydi. Muqaddas Ramazon oyida, 15 aprel kuni Quddusning Ma’bad tog‘idagi ham ikki tomon uchun muqaddas hisoblangan al-Aqso masjidi atrofida ikki tomon to‘qnashuvi boshlangandi. Ayni shu paytda masjidda 12 mingga yaqin musulmon bo‘lgan, ularning 250 dan ortig‘i jarohatlangan. 8 may kuni Isroil TIV ma’lum qilishicha, bosh vazir Naftali Bennet hukumat yig‘ilishida mamlakatda terrorchilik bilan kurashishning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qildi. U 5 may kuni Elad shahrida 3 kishi vafot etgan va to‘rt kishi jarohatlangan voqeada gumonlanayotgan ikki nafar falastinlik qo‘lga olinganiga izoh berar ekan shunday dedi: «Hech kim ig‘voni qo‘zg‘atib qo‘yib, keyin dam olmaydi, gugurtni yoqib qo‘yib, keyin qocha olmaydi». Isroil TIV keltirishicha, bosh vazir shuningdek, terrorga qarshi urush haqida gap ketganda, «Ma’bad tog‘i va Quddus bilan bog‘liq barcha qarorlar shaharda suveren bo‘lgan Isroil hukumati tomonidan tashqi mulohazalarsiz qabul qilinadi» deya ta’kidlagan. Falastin hukumati Isroil bosh vazirining so‘zlarini keskin qoraladi, deb xabar qildi Newsru.co.il nashri. «Sharqiy Quddus, uning musulmon va nasroniy ziyoratgohlari Falastin davlatining abadiy poytaxtidir. Buni bosib olingan Falastin hududi deb tan olgan xalqaro rezolyutsiyalar ham tasdiqlaydi», — deya nashr Nabil Abu Rudeinning so‘zlarini keltirmoqda. O‘tgan yilning may oyida qayta jonlangan ikki tomon 10 kundan ortiq davom etgan to‘qnashuvlarni to‘xtatishga qaror qilgandi.
12Siyosat
O`zbekistonda engil avtomobil eksporti qariyb 85 mln. AQSh dollariga etdi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar -may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSh dollariga teng engil avtomobillar eksport qilingan. Engil avtomobil eksporti o`tgan yilning mos davriga nisbatan 84,6 mln. AQSh dollariga  oshgan. O`zbekiston engil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar: 2021 yilning may oyida xorijiy davlatlarga qiymati 22,5 mln. AQSh dollariga teng engil avtomobillar eksport qilingan.
4Iqtisodiyot
Iyun oyida O‘zbekiston aholisi xorijiy valyutani kamroq sota boshladi Iyun oyida O‘zbekiston aholisi dollarni kamroq sota boshladi. Bu haqda Markaziy bank tahlili guvohlik beradi, deb yozadi Spot. Bu yil boshidan buyon ilk pasayish holatidir. Birinchi kvartalda banklar aholidan 420 million dollar (3,4 trillion so‘m) xarid qildi, ikkinchi kvartalda esa bu ko‘rsatkich ikki karra oshib, 868 million dollarni (6,9 trillion so‘m) tashkil etdi. Raqamlar mamlakatga yuborilgan pul jo‘natmalari o‘sishi bilan mos kelgan — birinchi kvartalda mamlakatga 950 million dollar yuborilgan bo‘lsa, ikkinchi kvartalda 1,4 marta ortiq (1,3 milliard dollar) yuborilgan.
8O‘zbekiston
«Bu yashirin iqtisodiyot hajmini oshirishi mumkin» – Yuliy Yusupov DSQ taklif etgan hujjat loyihasi haqida Vebinarni kuzatgan Kun.uz muxbiri taniqli iqtisodchining fikrlarini o‘zbek tilida keltirib o‘tadi. Yuliy Yusupov Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga bank hisoblari to‘g‘risidagi axborotni elektron tarzda uzatish tartibini tasdiqlash haqida»gi qaror loyihasiga oid fikrlarini bildirdi. «Bu koronavirus bilan bog‘liq holat emas. Biroq muayyan darajada globalizatsiyaga bog‘liq. Masalaning ikkita tomoni bor: globalizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi jihati – iqtisodiyotni tobora shaffoflashtirish haqiqatan ham global tendensiya. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda kartaga oid ma'lumotlar bo‘yicha qanday ekanini bilmaymanu, lekin bank hisoblaridagi ma'lumotlar soliq organlarining talabiga ko‘ra taqdim etiladi. Biroq buning ikkinchi tomoni bor. Bunday vaziyatga rivojlangan mamlakatlarda darhol kelishmagan. Ular bunga birinchidan, qadam-baqadam kelishgan, ikkinchidan aholi naqd pulsiz pul aylanmasi, naqd pulsiz hisob-kitob, plastiklarga ko‘nikkanidan keyin joriy etilgan. Odamlar qaysidir darajada qonunga bo‘ysunadigan va «soyaga berkinadigan» bo‘lmasa, yashirin iqtisodiyot katta bo‘lmasa, eng muhimi, iqtisodiyot, biznes banklarga ishonsa, ortiqcha ma'lumotdan yomon maqsadlarda foydalanmasliklarini tushunadi. O‘z-o‘zidan, o‘zgacha sharoitlarda tatbiq etiladigan bunday loyiha o‘tadi. Hozir rivojlangan mamlakatlardagi banklar ana shunday ochiq sharoitlarda faoliyat yuritadi. Zaruriy ma'lumotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, o‘zlarining banklari orqali yomon to‘lovlar amalga oshirilmasligidan manfaatdorlar. Bizdagi vaziyat boshqacha. Odamlar moliyalashtirishning muqobil mexanizmlari, ya'ni naqd puldan foydalanishga odatlanishgan. Plastik kartochkadan foylanishga ko‘nikishdi, lekin hozir u bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, «sizda buncha pul qayerdan paydo bo‘ldi?» deb so‘rashni boshlashsa, yaxshisi naqd puldan foydalanaman, yoki dollarda hisob-kitob qilaman deyishga o‘tadi. Eng muhimi, xalqimiz banklarga ham, davlatga ham ishonmaydi. Bu kabi yangiliklarda «kimdir yana cho‘ntagimizga ko‘z olaytiryapti», degan fikr tug‘iladi. Bu hatto qonuniy pullar bo‘lsa ham. Qo‘rqamanki, bu tashabbus aks ta'sirga olib keladi: Soliq qo‘mitasi shu tariqa yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashayotganini aytmoqda, aksincha yashirin iqtisodiyot hajmini orttirishi mumkin. Men bu borada shoshmagan bo‘lardim, agar islohotlarni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazsak, odamlar shaffof iqtisodiyotda yashashni o‘rgangach, ehtimol 10-15 yildan keyin bunga qaytish mumkin. Afsuski, hozir bunday emas», dedi Yuliy Yusupov. Bundan avvalroq muhokamaga qo‘yilgan hujjatda bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 mln. so‘mdan (shu jumladan, chet el valutasi milliy valuta ekvivalentida bo‘lgan taqdirda) va tranzaksiyalari soni 10tadan oshgan operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni banklar soliq idoralariga taqdim etishi belgilangani ijtimoiy tarmoqda jiddiy e'tirozlarga sabab bo‘lgandi.
4Iqtisodiyot
Yevropada gaz narxi ilk bor 2000 dollardan oshdi Yevropada gaz narxi tarixda ilk bor bir kubmetri uchun 2 ming dollardan oshdi. Bundan ICE birjasi ma’lumotlari darak bermoqda. 21 dekabrdagi savdolar vaqtida gaz bir kun avvalgiga nisbatan 17,1 foizga qimmatlagan va narxi bir kubmetr uchun 2050 dollarga yetgan. Savdolar boshida gaz narxi 1800 dollarga yaqinlashgan, so‘ngra 1750 dollargacha tushgan, biroq keyin keskin ko‘tarila boshlagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yevropa ittifoqining uzoq muddatli gaz shartnomalari tuzishdan bosh tortishi Yevropa davlatlari gazning kafolatlangan yetkazilishidan mahrum bo‘lishiga olib keldi. Bunday sharoitda gaz yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalar maksimal foyda olish maqsadida gazni pandemiyadan keyin faol tiklanayotgan va ko‘proq haq to‘layotgan Osiyo davlatlariga yo‘naltirgan va Yevropani gazsiz qoldirgan.   Gaz narxi rekord darajaga ko‘tarilishining yana bir sababi Yevropada quyosh va shamol energiyasiga haddan ziyod umid bog‘langani hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, oxirgi ikki kunning o‘zida Yevropada shamoldan olinadigan energiya hajmi 2 marta kamayib ketgan va sovuq ob-havo sharoitida bu holat energiyaning yanada taqchilligiga va gaz narxining keskin ko‘tarilishiga olib kelgan. Mutaxassislar bunday sharoitlarda Yevropada gaz narxi 2022 yil boshida bir kubmetri uchun 3 ming dollardan oshishi mumkinligini aytishmoqda.
2Dunyo
Malayziya bosh vaziri MN17 halokati bo‘yicha tergov xulosalarini isbotsiz deb atadi MN17 halokati bo‘yicha qo‘shma tergov guruhining xulosalari avval-boshdanoq siyosiy tusda va isbotsiz edi, dedi Malayziya bosh vaziri Muhammad Maxatxir. Uning so‘zlarini mahalliy Malay Mail gazetasi keltirmoqda. "Judayam xafamiz, chunki avval-boshdanoq bu Rossiyani qanday bo‘lmasin huquqbuzarlikda ayblashga qaratilgan siyosiy masalaga aylangan edi", — ta'kidladi Malayziya bosh vaziri. Uning eslatishicha, Moskvani "hali tergov boshlanmay turib ayblashni boshlashgan". "Endi esa isbot bor deyishmoqda. Ayni paytda isbot yo‘q, shunchaki mish-mishlar bor", deb qo‘shib qo‘ydi Maxatxir. Tergov siyosiy tusda bo‘lmasligi, balki isbot bilan mustahkamlanishi borasida malayziya tashqi ishlar vazirligi ham bayonot berdi. Kuni kecha xalqaro tergovchilar guruhi MH17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan to‘rt kishining kimligini ma'lum qildi. Aytilishicha, gumondorlar Rossiya fuqarolari Igor Girkin (Strelkov), Leonid Xarchenko, Oleg Pulatov va Ukraina fuqarosi Sergey Dubinskiydir.  2018 yil mayida tergov guruhi yo‘lovchi samolyoti Rossiya qurolli kuchlarining “Buk” raketasidan urib tushirilgani haqidagi xulosaga kelgan, biroq bunga kim javobgarligini o‘rnata olmagan. Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bo‘yicha yo‘nalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uchragan. Uning bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Voqeani tergov qiluvchi qo‘shma tergov guruhi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari kirgan.
2Dunyo
Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi Rossiya Federasiyasining bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o`lkasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qurulish sohasida 10 ming ta bo`sh ish o`rinlari taklif qilinadi. Fuqarolar nomiga  Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O`zbekistonda rasmiylashtiriladi. Ro`yxatdan o`tish Ushbu bo`sh ish o`rinlari to`g`risidagi batafsil ma`lumotlarni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining hududlardagi filiallaridan olish mumkin:  Murojaat uchun: Shuningdek, +998 (71) 202-33-55 (ichki raqamlar: 40, 77, 88), 1282 qisqa raqami.
5Jamiyat
“Barselona” “Atletiko”ga futbolchi almashtirishni taklif qildi Kataloniyaning “Barselona” klubi Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olishga harakat qilmoqda. “Barselona” Madrid klubiga yangi taklif yubordi, deb xabar bermoqda Football Espana. “Barselona” transfer shartnomasiga yarim himoyachi Filippe Koutinyoni ham qo‘shmoqchi. Ta’kidlanishicha, braziliyalik futbolchi kelishuvning bir qismiga aylanishga va faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishga rozilik bergan. Avvalroq “Barselona” Koutinyoni sotib yuborishi haqida xabar berilgandi. Braziliyalik Antuan Grizmann kabi 100 million yevroga baholanmoqda. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
JSST pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi xalqaro tashabbusni yo‘lga qo‘ydi Ushbu munosabat bilan tantanali marosim Jyenevada bir qator xalqaro tuzilmalar va davlatlar vakillari ishtirokida teleanjuman rejimida bo‘lib o‘tdi. JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus videoanjumanni ochib, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenga, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronga hamda saxovatpeshalar Bill va Melinda Geytsga tashabbusdagi ishtiroklari uchun minnatdorlik bildirdi.  “Biz umumiy xavf oldida turibmiz, biz uni birgalikda harakat qilibgina yenga olamiz”, deb aytgan JSST rahbari va dunyo pandemiyaga qarshi kurash uchun samarali vositalarga “o‘tkir ehtiyoj” sezayotganini qo‘shimcha qilgan.  Yangi tashabbus “COVID-19’ga qarshi vositalarga egalik qilishni tezlashtirish” (Access to COVID-19 Tools Accelerator) deb nom olgan. “Barchamiz hamma odamlar koronavirus ustidan g‘alaba uchun muhim bo‘lgan barcha vositalarga ega bo‘lishlari tarafdorimiz”, deb qo‘shimcha qilgan Gebreyyesus. O‘z navbatida, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus chegara bilmasligini va hamma yerda odamlarga xavf solayotganini aytgan. “O‘zaro bog‘liq dunyoda xavfsizlikda emas ekanmiz, hech qaysi birimiz xavfsizlikda bo‘la olmaymiz”, deb aytgan BMT rahbari va insoniyat birgalikda harakat qilib, joriy pandemiyadan g‘olib bo‘lib chiqishiga ishonishini ta'kidlab o‘tgan. JSSTda tushuntirilishicha, yangi tashabbus o‘zidan “koronavirusning oldini olish, uni tashxislash va davolash bo‘yicha xavfsiz va samarali texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llashni tezlashtirishda global hamkorlik va sheriklikni” aks ettiradi.
2Dunyo
Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osdi 23 yanvar kuni, Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli Sirojiddin Shodiyev uyida o‘zini osgan, buning oqibatida vafot etgan. Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati boshlig‘i Bexzod Qobulov «Gazeta.uz»ga ushbu xabarni tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, portlash aynan u rahbarlik qiladigan sexda sodir bo‘lgan. Marhum IESda sodir bo‘lgan portlash ishi bo‘yicha tergovga jalb qilingani aytilmoqda. Hozirda marhumning o‘zini osishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni 11:42da Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi bo‘lgan edi.
5Jamiyat
Salvador prezidenti jinoyatchilarga qarshi kurashga armiyani jalb qildi Salvador prezidenti Nayib Bukele jinoyatchilikka qarshi kurash uchun shaharlar ko‘chalariga armiyani chiqarishni buyurdi: mamlakatda oxirgi kunlarda qotilliklar soni keskin ko‘payib ketgan. Bu jinoiy to‘dalar zo‘ravonligi bilan bog‘langan. Harbiylar poytaxt San-Salvador va boshqa shaharlarni politsiya bilan birga patrullashni boshlagan. Politsiya nomaqbul hududlarda uyma-uy yurib jinoyatchilarni izlash vaqtida armiya zirhli texnikasi u yerlardan chiqish joylarini bloklab turibdi.  Bunday keskin choralar ko‘rilishiga mamlakatda oxirgi 2 kun ichida 30 dan ko‘proq qotillik sodir etilishi sabab bo‘lgan. 2020 yilda El Faro nashri prezident Bukele jinoiy guruhlar bilan kelishib olganini ma'lum qilgan. Kelishuvga ko‘ra, hukumat jinoiy to‘dalar zo‘ravonlik darajasini pasaytirishiga javoban qamoqxonadagi sharoitlarni yaxshilashga va'da bergan.
2Dunyo
Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida hukumat rahbari ishtirok etadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro Press-klub qisqa muddat davomida ko‘plab vazirliklar va idoralar, turli davlat tashkilotlari rahbarlari bilan bevosita sessiyalar tashkil etishga ulgurdi. Endilikda, XPKning yaqin oradagi navbatdagi sessiyalaridan birida bevosita hukumat rahbari va o‘rinbosarlari ishtirok etishi kutilmoqda.  Xalqaro Press-klubning Savdo-sanoat palatasi ishtirokida 12 iyulda bo‘lib o‘tgan sessiyasida moderator Sherzodxon Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi raisi Abdulla Oripov va o‘rinbosarlarini navbatdagi sessiyalardan biriga taklif etdi.  Shunga ko‘ra, taklif qabul qilinsa, XPK sessiyalaridan biri Bosh Vazir va o‘rinbosarlari qatnashadi.
8O‘zbekiston
ShHT O‘zbekistondagi prezidentlik sayloviga kuzatuvchilarini yuboradi 2016 yilning 20-23 sentabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar berdi. Majlisda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi hamda Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.  Shuningdek, majlisda 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ShHT kuzatuvchilari missiyasi ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishdi.
8O‘zbekiston
Kataloniya mustaqil bo‘lib, “Barselona” kuchli beshliksiz qolsa, Messi klubni erkin agent sifatida tark etadi Lionel Messining “Barselona” bilan imzolangan yangi — 4 yillik kelishuvida Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha alohida band bor ekani aniqlandi. Bu haqda “Chempionat” Ispaniyaning El Mundo nashriga asoslanib xabar berdi. 2017-yil imzolangan shartnomaga ko‘ra, Messining tovon puli 700 million yevro etib belgilangan. Ya’ni, “PSJ”ga o‘xshash biror bir klub futbolchini shartnomasi bor yoki yo‘qligiga qaramay o‘z safiga o‘tishga ko‘ndira olsa, “Barselona”ga shu pulni to‘lab, uni olib ketishi mumkin. Biroq bunda birgina istisno holat bor. Unga ko‘ra, Messi kuchli beshlikda to‘p surishni istaydi. Agar Kataloniya mustaqil bo‘lib, “Barselona” kuchli beshliksiz qolsa, Messi hech qanday tovon pulisiz “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Shartnomada ko‘rsatilishicha, Kataloniya mustaqil bo‘lgan taqdirida ham “Barselona” yo Ispaniya La Ligasidagi ishtirokini davom ettirishi kerak yoki Angliya, Germaniya, Fransiya chempionatlaridan biriga ko‘chib o‘tishi shart. Qolganiga Messi rozi bo‘lmaydi. Avvalroq “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu Kataloniya mustaqilligi uchun kurash ishtirokchilarini klub tomonidan moliyalashtirishga qarshi chiqib, referendum uchun pul ajratmasligini ma’lum qilgani borasida xabarlar paydo bo‘lgandi.
13Sport
Tramp Sudanni terrorchilik tashkilotlariga homiylik qiluvchi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqardi Sudan suveren kengashi Twitter’dagi sahifasida AQSh prezident Donald Trampning mamlakatni terrorchilik tashkilotlariga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. “AQSh prezidenti Sudanni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarish haqida qaror qabul qildi, bu haqda yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi”, – deyilgan Suveren kengash xabarida. Shuningdek, xabarda bu Sudan va mashhur inqilob tarixidagi muhim kun ekanligi ta’kidlangan. AQSh prezidenti Donald Tramp 19-oktabrda Sudan teraktlar qurboni bo‘lgan amerikaliklar va ularning oilalariga jami 335 million dollar miqdoridagi kompensatsiya to‘laganidan keyin uni terrorchilik tashkilotlariga homiylik qiluvchi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarishni va’da bergandi. AQSh Sudanni ushbu ro‘yxatga 1993-yil 12-avgustda kiritgan, 1997-yilda esa Xartumga qarshi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan ya’ni Sudan banklarining xorijlik hamkorlar bilan munosabatlari cheklab qo‘yilgandi. 2019-yil aprel oyida harbiylarning inqilob ko‘tarishi va Sudanni 30 yil boshqargan prezident Umar al-Bashir hukumatining ag‘darilishi, yangi hukumatning shakllanishi sababli Xartum hamda Vashington o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaxshilandi. 2019-yil avgustda Sudan yangi bosh vaziri Abdulloh Hamdok AQSh bilan mamlakatni terrorchilikka homiylik qiluvchi davlat ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha muzokaralar boshlaganini ma’lum qilgan. 2020-yil mart oyida Sudan markaziy banki rahbari AQShning mamlakatga nisbatan qo‘llanilgan barcha iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilganini xabar qildi. Markaziy banki bayonotiga ko‘ra jami 157 ta tashkilotga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilingan, ammo Darfurdagi voqealardan keyin ayrim shaxslar va tashkilotlarga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar o‘z kuchida qolayotgan edi.
2Dunyo
Ostonadagi Suriya bo‘yicha uchrashuv yakunlari bugun kunning ikkinchi yarmida e’lon qilinadi 6-fevral kuni Ostonada bo‘lib o‘tayotgan, Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha texnik uchrashuvning rasmiy yakunlari kunning ikkinchi yarmida e’lon qilinadi, deb yozadi “TASS” Qozog‘iston TIVga tayanib. Bugun, 6-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 17:30 (Toshkent vaqti bilan 16:30) atrofida Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro texnik uchrashuv natijalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tadi, deyiladi vazirlik tarqatgan axborotda. Rossiya, Eron va Turkiya qo‘shma tezkor guruhining birinchi majlisi mahalliy vaqt bilan 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 9:00 da) boshlandi. Avvalroq muzokaralarga yaqin manba majlisda Iordaniya vakillari ham qatnashishini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, majlisda BMT vakillari ishtirok etadi.
2Dunyo
Uz Truck & Bus Motors kompaniyasi SINOTRUK Golden Prince avtosamosvallariga aksiya e'lon qiladi! Ulkan muvaffaqiyatlar tarixi ishonchli yordamchilardan boshlanadi. Aynan shu sababli biz sizlarga faqat sifatli, ishonchli va hamyonbop texnikani taqdim etamiz, u sizga uzoq vaqt xizmat qiladi hamda foyda va daromad keltiradi. Uz Truck & Bus Motors kompaniyasi foydali narxlarda SINOTRUK Golden Prince ishonchli, sifatli va chidamli avtosamosvallarini taklif qiladi. Zamonaviy, hamyonbop SINOTRUK yuk mashinalari istalgan sinovlarni yengib o‘tadi. Xaridni amalga oshirishga va yuk ko‘tarish qobiliyati 25 tonna bo‘lgan avtosamosvallarni 649.750.000 so‘mga sotib olishga shoshiling! Ishlab chiqaruvchidan avtosamosvallarni xarid qilarkansiz, quyidagilarga ega bo‘lasiz: Vaqtni boy bermang va foydali xaridni amalga oshiring! Sotuvdagi texnika miqdori cheklangan. Qo‘shimcha axborot uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling: 78 148 80 80, 97 740 88 83 Biznesingizni biz bilan birga quring!
5Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev blogerlarga: Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” xalqaro festivalini yoritish uchun kelgan mahalliy va xorijiy blogerlar bilan suhbatlashdi. “Keyingi yillarda O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda va xalqaro hamjamiyatga haqiqatni yetkazishga intilish bor. Eng muhimi, muhokama qilish, tanqid qilish mumkin”, — dedi davlat rahbari. Mamlakatdagi islohotlarni, madaniyat, tarixiy obidalarni butun dunyoga tarannum etishda blogerlarning o‘rni katta ekanini ta’kidladi. “Sizlarni jonajon O‘zbekistonimizda, qadimiy sivilizatsiya markazi Samarqandda ko‘rib turganimdan juda xursandman. Bugun biz O‘zbekistonning yangi tarixini yaratyapmiz. Maqsadimiz — xalqimizga xizmat qilish, odamlarni rozi qilish va kelajakka ishonch bilan qarashini ta’minlash. Bunga sizlar ham hissa qo‘shasizlar deb ishonaman”, — dedi Prezident. “Orangizda o‘zimizning qorako‘zlarimizni ko‘rib turibman. Bu menga iftixor bag‘ishlaydi. Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Muloqot so‘ngida Prezident blogerlar bilan suratga tushdi, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
8O‘zbekiston
Navbat Qirg‘izistonga. Bishkekning “Dordoy” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Alisher Azizovni o‘z safiga qo‘shib oldi So‘nggi ikki mavsumni Toshkentning “Obod” futbol klubida o‘tkazgan Alisher Azizov Qirg‘izistonning “Dordoy” klubi bilan 1 yillik kelishuvga erishdi. Bu haqda xabar bergan “Championat.asia” sayti “Dordoy”ning sharoitlari “Obod”nikidan yaxshiroq yoki yo‘q ekaniga, shuningdek, shartnoma shartlariga oydinlik kiritmagan. Azizov “Obod” futbol klubining Oliy ligaga qadam qo‘yishiga hissa qo‘shdi. Keyin esa shu jamoani Oliy ligada olib qolish uchun jonbozlik ko‘rsatdi. Hujumchi bunga qadar “Paxtakor”, “Buxoro”, “Andijon”, “Qizilqum” kabi klublar sharafini himoya qilgandi. Alisher Azizov mamlakat Oliy ligasida ilk bor 2010-yilgi mavsum ko‘rinish bergan bo‘lib, “Paxtakor” safida 16 ta o‘yin o‘tkazgan va 5 ta gol urgan. Bu uning eng yaxshi natijasi hisoblanadi. U keyingi olti mavsumidan 4 tasida umuman gol ura olmagan. Yana 2 tasida mavsumni 1 tagina gol bilan yakunlagan. O‘zbekiston 1-ligasida esa Alisher Azizovning omadi kelgan va to‘purarga aylangan. Shu futbolchi endilikda “Dordoy” klubiga yordam beradi. Qayd etish kerak, Ahmad Ubaydullayev murabbiylik vaqtida Azizov O‘zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida to‘p surgan. U 1990-yilda tug‘ilgan. Ma’lumot uchun, Alisher Azizov bilan shartnoma imzolagan Bishkekning “Dordoy” klubi 2016-yilgi mavsumni Qirg‘iziston chempionatida “Alay Osh”dan keyin 2-o‘rinda yakulagandi.
13Sport
“Saab” va “Boeing” kompaniyalari harbiy samolyot yaratmoqchi Amerikaning “Boeing” korporasiyasi va Shvesiyaning “Saab” jamoasi yangi o`quv-mashq samolyoti ustida ishlash va uni ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. 2020 yilga kelib, ushbu apparatlar Amerikaning  T-38 "Telon" harbiy samolyotlarining o`rnini bosishi rejalashtirilgan. “Saab” konserniningbosh direktori va raisi Xokan Buskening so`zlariga ko`ra, yaqin yillar ichida kompaniya T-X samolyotini yaratishga investisiya yo`naltirish niyatida. Uning aytishicha, ushbu hamkorlik korporasiyani strategik rivojlantirishning muhim qismi hisoblanadi. 2020 yildan boshlab T-X dasturi bo`yicha AQSh HHKga T-38 "Telon" samolyotlarining o`rnini bosadigan 350 ta o`quv mashinasi kerak bo`ladi. Bu F-35 "Laytning-2" va F-22 "Reptor" kabi beshinchi avlod samolyotlari uchun uchuvchilar tayyorlash zarurati bilan bog`liq, deya xabar beradi “RIA Novosti”. Bundan oldin AQShHHK oltinchi avlod qiruvchilarini jangovor lazerlar bilan jihozlashni rejalashtirayotgani ma`lum qilingan edi. Amerika harbiylari ular yordamida dushmanning havo va er usti nishonlarini yo`q qilish niyatida.
2Dunyo
Toshkentda «Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» siyosat va xavfsizlik bo‘yicha muloqoti yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi 2021 yil 1 iyul kuni Toshkent shahrida “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston tashqi ishlar mahkamalari rahbarlarining o‘rinbosarlari hamda Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o‘rinbosari ishtirok etishi kutilmoqda. Yig‘ilish qatnashchilari Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladi. Shuningdek, tashqi siyosat sohasidagi umumiy tahdidlar va xavf-xatarlar ko‘rib chiqiladi.
8O‘zbekiston
«Dunyodagi eng shafqatsiz mustabid rahbar» - Mugabedan qolgan «meros» Zimbabve prezidenti Robert Mugabening «zamonaviy dunyodagi eng shafqatsiz mustabid rahbar sifatidagi» merosi mamlakat tarixida uzoq muddatga chuqur iz qoldiradi, deb yozmoqda Telegraph gazetasi. Nashrning ta'kidlashicha, mamlakatdagi keskinlik prezidentning rafiqasi Greys Mugabe yaqinda o‘z vazifasidan chetlatilgan vitse-prezident Emmerson Mnangagvaning o‘rnini egallashi haqida xabarlar tarqalgach yanada kuchaydi. «Greys Mugabe mamlakatda katta hurmatga ega emas, bu davlat iqtisodiyoti falaj holatda bo‘lgani holda, uning xarajatlari borgan sari ortib borgani bilan bog‘liq», - deya yozadi nashr. Ko‘p holatlarda «oq» fermerlarni – mamlakat qishloq xo‘jaligi o‘sishini ta'minlovchi asosni – o‘z yerlarini tark etishga majbur qilishgan, unumdor yerlar yaroqsiz ahvolga kelgan, bu esa Zimbabveda oziq-ovqatning o‘tkir yetishmovchiligi hamda iqtisodiyotning pastga «qulashi»ga olib kelgan. Gazetaning ta'kidlashicha, Mugabe davrida oddiy zimbabveliklar «milliarder»larga aylanishdi, biroq bu ochlik va yoqilg‘i uchun mablag‘ topa olmaydiganlar bilan yuz berdi, sababi ularning pullari juda katta inflyatsiya tufayli qadrsizlanib ketdi: natijada, non kabi oddiy mahsulotlar ham bir necha million zimbabve dollariga sotilgan. Hukumat Zimbabve valyutasidan voz kechib, savdoning asosiy vositasi sifatida AQSh dollarini qo‘llay boshlaganidagina inflyatsiya nazoratga olindi.
2Dunyo
Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat yerlarini fuqarolarga sotishni taklif qildi Innovatsion rivojlanish vazirligi fuqarolarning yer sotib olishiga ruxsat berishni taklif qildi, deya Spot xabar bermoqda. Vazirlik 2021-yilgacha O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasida fuqarolarning yer sotib olishiga ruxsat berish taklifini ilgari surgan. Xususan, hujjatda qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilmaydigan yerlarni fuqarolarga xususiy mulk sifatida sotish nazarda tutiladi. Shu tariqa yerning foydalanilmay turishining oldini olish ko‘zlangan. Hozirda O‘zbekistonda barcha yerlar davlatniki hisoblanadi va oldi-sotdi qilinmaydi. Shuningdek, hujjatda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish huquqini sotish ham nazarda tutilgan. Shu tariqa yer kapitalga aylanadi. 27-iyulga qadar hujjatning to‘liq matni bilan tanishish, taklif kiritish, izohlash va fikr bildirish mumkin. Hujjat taxminan 1-avgust kuni kuchga kiradi.
8O‘zbekiston
Sulsher yozda «MYu»ni tark etadi Norvegiyaning «Molde» klubi bosh direktori Oysteyn Neyerland bayonotiga ko‘ra, Ule-Gunnar Sulsher yozda jamoaga qaytadi. Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida mutaxassis «Manchester Yunayted» bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagan edi. «Yangi yildan oldin, Ule-Gunnar bilan 2021 yil yoziga qadar shartnoma imzoladik. Shundan so‘ng, u «Manchester Yunayted»ga ketdi. U yerda yozgacha ishlaydi, keyin «Molde»ga qaytadi», – deb Neyerland so‘zlarini keltirmoqda Goal. Sulsher qo‘l ostida «Yunayted» 29 turdan so‘ng, APL jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
13Sport
Issiq ob-havo tufayli poyezdlar tezligi cheklandi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi havo harorati juda yuqori bo‘lgani sababli ayrim temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar tezligiga cheklovlar joriy etdi, deya xabar berdi «O‘zbekiston temil yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati. Quyidagi yo‘nalishlarda tezlik cheklandi: Ushbu yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga bepul mineral suvlar tarqatish yo‘lga qo‘yilgan, deyiladi xabarda. Avvalroq O‘zgidromet yaqin bir yarim haftada jazirama issiq harorat qayd etilishi haqida xabar qilgan edi. Havo harorati +42 daraja, janub va cho‘l hududlarida esa +44 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
5Jamiyat
Mahsulotingizga 12 ta viloyatdan mijoz topib beramiz! Agar siz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarsangiz yoki boshqa davlatdan O‘zbekistonga import qilsangiz, mahsulotni sotish masalasi siz uchun eng muhim masala hisoblanadi. Agar xaridor topish uchun biror viloyatga borib ulgurji xaridorlar topib shartnoma tuzib kelaman desangiz, u viloyatga borib kelish xarajati, ya’ni yo‘lkira, tushlik, bir kun qolsangiz mehmonxona, mabodo o‘z mashinangizda borsangiz benzin va 1 ta radar bilan kamida 1-2 millionga tushadi. Xo‘sh, nima qilish kerak?  Javob oddiy, atigi 50.000 ming so‘m evaziga Oziqovqat ilovalari orqali e’lon bering va biz Sizga nafaqat bitta viloyat, balki 12 ta viloyatdan xaridorni terib qo‘yamiz.* — Siz ishlab chiqarishni va importni qoyillating, sotishni esa bizga qo‘yib bering. — Hozir 21-asr internet va texnologiya asri ekanligini unutmang.  Oziqovqat ilovasi xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi yangicha hamkorlik maydonidir. Bu yerda faqat ulgurji narxlarda soting yoki sotib oling. Oziqovqat ilovasi orqali viloyatlardan ishonchli diler va distribyutorlar toping va savdo hajmini 3-5 baravarga oshiring.  Ilova orqali berilgan e’lonlar bir vaqtning o‘zida quyidagi 7 ta ijtimoiy tarmoqlarda va 16 ta telegram kanal va guruhlarda tarqatiladi:  ? https://telegra.ph/Elon-berish-tartibi-11-15  Siz ham viloyatlardan mijozlar topib savdo hajmini oshirmoqchimisiz? U holda ilovalarimizni yuklab oling va hoziroq e’lon berib mijozlar bilan buyurtmalar qabul qiling. — Android: https://oziqovqat.com/s/android  — iOS: https://oziqovqat.com/s/ios  — Web: https://oziqovqat.com  — BOT: https://t.me/Elon_qabul_bot
8O‘zbekiston
Butun qish davomida rezavor mevalar yeyishni xohlasangiz — ularni to‘g‘ri muzlatish kerak! Ko‘p o‘tmay mevalar va rezavor mevalar mavsumi boshlanadi. Va ularni qish uchun g‘amlashni boshlash vaqti ham keladi. Bu mevalar tarkibidagi hamma vitaminlar saqlanib qolishi uchun ularni to‘g‘ri muzlatish zarur bo‘ladi. Quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, butun qish davomida  dasturxoningizdan xuddi yangi pishgandek mevalar uzilmaydi. Manba: “Xitrosti jizni”
1Ayollar
«Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga qancha mablag‘ tushdi va u nimalarga sarflanmoqda? Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fond koronavirusga qarshi kurash zaruratidan, ya'ni yaqinda tashkil etilgani yo‘q. «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi bir necha yillardan buyon aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj, yakka-yolg‘iz, nogiron qatlamlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. «Har yilgi xarajatlar smetasi bir necha milliard so‘mni tashkil qiladi. Aynan koronavirusga qarshi kurash doirasida bu fondga e'tibor kuchayib, uning ahamiyati keskin oshib ketdi», – deydi Asrol Mirzahmedov. Fond raisiga ko‘ra, homiylik hisobidan shakllangan mablag‘larni sarflashning vaqtinchalik tartibi quyidagicha: Asrol Mirzahmedovning so‘zlariga ko‘ra, fondga qisqa vaqt davomida hayratlanarli darajada mablag‘ kelib tushgan. «10 aprel holatiga ko‘ra, turli tashkilotlar va jismoniy shaxslardan fondi hisob raqamiga 57 milliard 613 million so‘mdan ortiqroq miqdorda mablag‘ kelib tushdi. Aynan jismoniy shaxslarning o‘zi 2 milliard 370 million so‘mdan ko‘proq homiylik qildi. Bu ham yurtdoshlarimizning mavjud vaziyatga befarq emasliklari, saxovatini ko‘rsatib turibdi. Birgina 10 aprel sanasining o‘zida qariyb 1,5 milliard so‘m homiylik mablag‘i kelib tushdi. Xarajatlarga kelsak, 10 aprel kuniga qadar yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun 5 milliard 767 milliondan ko‘proq mablag‘ sarflandi», – dedi Mirzahmedov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar bevosita Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda, mutasaddilar ko‘rsatmasi asosida eng zarur yo‘nalishlar uchun sarflanmoqda. «Biz OAV bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Faoliyatimiz shaffofligini ta'minlashda ularga suyanamiz. Kelib tushgan mablag‘lar, sarf-xarajatlar haqida barcha savollarga javob berishga tayyormiz», dedi Asrol Mirzahmedov so‘zi yakunida. «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondining hisob raqamlari:
8O‘zbekiston
Moskvada kafe, sport zal va bolalar maydonchalari ochildi 23 iyunda Moskvada pandemiya sababli kiritilgan cheklovlar bekor qilinishining yangi bosqichiga o‘tildi. Fitnes-markazlar, kafe va restoranlar, bolalar maydonchalari va ochiq havodagi trenajyorlar ochildi. Moskva meri Sergey Sobyaninning ta'kidlashicha, bu shaharda koronavirusga chalinish holatlari kamaygani sababli mumkin bo‘ldi. Shu bilan birga mer shaharliklar uchun masofadan ishlash rejimi saqlanishi lozimligini yoqlab chiqqan.  Ta'kidlanishicha, so‘nggi kunda Rossiya poytaxtida virusdan 1081 ta yangi kasallanish holati hamda 26 ta o‘lim qayd qilingan.  Shuningdek, shahar FHDYolari tantanali tadbirlarni o‘tkazishni qayta boshlagan. Mart oxiridan Moskvada mehmonlarsiz va fotosuratchilarsiz nikohdan o‘tishgagina ruxsat berilgan. Rospotrebnadzorning yangi qoidalariga ko‘ra fitnes-markazlariga oldindan yozilgan holda tashrif buyurish mumkin bo‘ladi. Zallarda 1,5 metrlik masofaga rioya qilish uchun maxsus chiziqlar tushirilishi, har bir tashrif buyuruvchiga 4 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hudud to‘g‘ri kelishi lozim qilib belgilangan.   Shuningdek, meriya bolalar bog‘chalariga odatiy ishlash rejimiga qaytishga ruxsat bergan. Bundan tashqari, bolalar maydonchalari, ko‘chada o‘rnatilgan trenajyorlar  ochilgan. 9 iyunda o‘zini yakkalash rejimi bekor qilinganiga qaramay, bu obektlardan foydalanish taqiqlangandi. Moskva-rekada pandemiya sababli bekor qilingan harakatlanish ham qayta tiklangan. Shu bilan birga, ko‘ngilochar muassasalar faoliyati va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga taqiq, ijtimoiy masofaga rioya qilish, jamoat joylarida niqob va qo‘lqoplar taqish talablari saqlanib qolgan.
2Dunyo
O‘zbekiston zaytun eksportchisiga aylanishni da'vo qilmoqda. Bu qanchalik asosli? 28 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan Ekologik partiya fraksiyasi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga (Jyeneva, 2015 yil 9 oktyabr) qo‘shilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, bugungi kunda zaytun va zaytun moyi jahon bozorida juda talabgir mahsulot hisoblanib, asosan, aholi iste'moli va dorivor maqsadlarda foydalaniladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 1 gektar zaytun plantatsiyasidan 15-17 ming dollar, uni qayta ishlash orqali 45-50 ming dollar miqdorida daromad olish mumkin. O‘zbekistonda rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda yangi zaytun plantatsiyalari tashkil etish, qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish, hamda eksport hajmlarini oshirish rejalashtirilgan. Avvalroq, respublikaning janubiy viloyatlarida 530 gektar, shu jumladan, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Muzrabot va Uzun tumanlarining har birida 100 gektardan, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Bandixon tumanlarining har birida 50 gektardan, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 30 gektar maydonda zaytun plantatsiyasi barpo etilishi bo‘yicha ma'lumotlar e'lon qilingandi. O‘zbekistonning o‘zida yoki umuman mintaqada mashhur bo‘lmagan zaytun moyi yetishtirish haqiqatdan ham katta foyda keltiradimi? Bu borada bir qancha muammoli holatlar yuzaga kelishi mumkin: Birinchidan, hozirgi kunda O‘zbekiston aholisi asosan kungaboqar va paxta moyi iste'mol qiladi. Zaytun moyining narxi kungaboqar va paxta moyi bilan solishtirganda ancha yuqori va uni ishlab chiqarish ancha qimmatga tushadi. Zaytun moyi iste'molchi uchun arzon muqobilga aylanmaydi, aksincha, u qimmat mahsulot bo‘lib, mamlakat aholisining asosiy qismida daromad darajasi yuqori bo‘lmaganligi sababli, zaytun biznesi rivojlanishi jiddiy to‘siqlarga uchrashi mumkin. Umumiy qilib aytganda, ichki bozorda zaytun moyi kungaboqar va paxta moyiga alternativa emas va talab deyarli yo‘q. Ikkinchidan, hozirgi kunda Ispaniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya va Marokash kabi mamlakatlar zaytun yetishtirish bo‘yicha eng yirik ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. Ya'ni jahon bozorida yuqori darajadagi raqobat mavjud. Bu yerda sifat birinchi o‘ringa chiqadi va tajribasiz o‘zbek ishlab chiqaruvchilari bu raqobat maydonida o‘z o‘rnini topishda qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy holatdir. Uchinchidan, geografik jihatdan O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan mamlakatlarning hech qaysisida zaytun moyi asosiy iste'mol mahsuloti hisoblanmaydi. Yaqin mamlakatlarda talabning yo‘qligi, eksport qilinadigan mahsulotlar uchun logistika xarajatlarini oshirib yuboradi.
4Iqtisodiyot
Yevropa Ligasi. “Milan” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Tottenhem”da esa kutilmagan mag‘lubiyat Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 2-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 29-oktabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi. “Lester” safarda AEK bilan o‘ynadi. Jeymi Vardi va Hamza Choudurining gollariga maydon egalari bir javob qaytara oldi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Braga” mehmonda “Zarya”dan ustun keldi. “Lester” va “Braga” o‘zaro o‘yin oldidan 6 ochko to‘plagan holda peshqadamga aylangan. H guruhi yetakchisi “Milan” o‘z uyida “Sparta”ni qabul qildi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Brahim Dias o‘z boshlagan hujumni chiroyli gol bilan yakunladi. Ikkinchi bo‘limda Rafael Leau va Diogu Dalot mehmonlar darvozasi tomon yo‘l topa oldi. Guruhning narigi o‘yinida “Lill” va “Seltik” jangovar durang qayd etildi. “Tottenhem” Belgiyaga safar qilib, “Antverpen”ga qarshi maydonga tushdi. Mezbonlar Lior Rafayelovning yagona goli evaziga g‘alabaga erishdi. Gollarga boy bo‘lgan ikkinchi o‘yinda esa LASK jamoasi g‘olib chiqdi. Yevropa Ligasi 2-tur bahslari 29-oktabr, payshanba G guruhi Gollar: 0:1 – 18, penalti Vardi, 0:2 – 39 Chouduri, 1:2 – 48 Tankovich. Gollar: 0:1 – 3 Paulinyu, 0:2 – 11 Gaytan, 1:2 – 90+6 Ivanisenya. H guruhi Gollar: 1:0 – 24 Brahim Dias, 2:0 – 57 Rafael Leau, 3:0 – 66 Diogu Dalot. “Milan”: Teterushanu, Kyer, Kalabriya (Konti, 68), Diogu Dalot, Romanyoli (Leo Duarte, 81), Kastilyexo, Krunich (Maldini, 88), Tonali, Bennaser (Kessie, 81), Brahim Dias, Ibragimovich (Rafael Leau, 46). “Sparta Praga”: Gecha, Lishka (Plexatы, 80), Ganousek, Chelyustka, Vinnheym, Pavelka, Sachek, Kreychi (Moberg-Karlsson, 63), Dochkal (Patrak, 90), Travnik (Karabets, 80), Yulish (Kozak, 63). Ogohlantirishlar: Dochkal (28), Lishka (36), Pavelka (52). Gollar: 0:1 – 28 Elyunussi, 0:2 – 32 Elyunussi, 1:2 – 67 Chelik, 2:2 – 75 Ikone. I guruhi Gollar: 1:0 – 55 Kayode, 1:1 – 68, penalti Biton, 1:2 – 74 Perets. Gollar: 1:0 – 78 Ovusu, 1:1 – 80 Pino, 1:2 – 84 Pako Alkaser, 1:3 – 90, penalti Pako Alkaser. J guruhi Gollar: 1:0 – 2 Balich, 2:0 – 11 Gruber, 2:1 – 15 Manu, 3:1 – 34 Raguj, 4:1 – 55, avtogol Verdon, 4:2 – 67 Manu, 4:3 – 73, penalti Manu. Gol: 1:0 – 29 Rafayelov. “Antverpen”: Byute, Sek, Jelen, de Lat, Yuklered, Ongla (Verstrate, 70), Miyesi (Buta, 58), Gerkens, Xarun, Rafayelov (Benavente, 88), Mbokani. “Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Devis, Orye, Regilon, Alli (Lamela, 46), Lo Chelso (Hyoyberg, 46), Bergveyn (Lukas Moura, 46), Uinks, Beyl (Keyn, 58), Vinisius (Son Hyon Min, 46). Ogohlantirishlar: Sek (20), Rafayelov (49), Verstrate (84), Mbokani (90). L guruhi Gollar: 1:0 – 7 Ben-Nabuan, 2:0 – 21 Ben-Nabuan, 2:1 – 41 Matoushek, 3:1 – 49 Gayich, 4:1 – 67 Katai, 5:1 – 69 Falchinelli. Gollar: 0:1 – 35, penalti Belfodil, 0:2 – 52 Grillich, 0:3 – 73 Gachinovich, 1:3 – 90 Klyayndinst, 1:4 – 90 Dabbur. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Mirziyoyev: Bu sohaning mehnati qanchalik sharafli, noni esa, qanchalik totliligini barchamiz yaxshi bilamiz Bugun O‘zbekistonda davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.  “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida ushbu sanaga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev soha xodimlarini tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.  “Mamlakatimizda hamma soha vakillarining bayrami bor. Lekin barchamizni, butun xalqimizni boqadigan, kiyintiradigan qishloq xo‘jaligi xodimlarining bayrami shu paytgacha yo‘q edi. Maxsus qonun qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilaganimiz, o‘ylaymanki, hayotimizdagi yana bir adolatli qaror, xalqimizning dilidagi gap bo‘ldi. Hammamiz bolaligimizdan yerga, dehqonchilik va chorvachilikka mehr qo‘yganmiz. Bu sohaning mehnati qanchalik sharafli, noni esa, qanchalik totli va shirinligini barchamiz yaxshi bilamiz. Dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz “olam ahlining to‘qligi, quvonchi, avvalo, yerga urug‘ sochib, bebaho noz-ne'mat yetishtiradigan fidoyi insonlar mehnatidandir” deb, mirishkor dehqonlar xizmatiga juda katta baho berganlar”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.  Qayd etilishicha, fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida, mamlakatda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda 12 mingdan ziyod  fermer xo‘jaligi rahbarlarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etsa, 6 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklariga xotin-qizlarimiz rahbarlik qilmoqda. O‘zbekistonda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari oxirgi ikki yilda 45 foizga ko‘payib, bugungi kunda ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish o‘rinlari barpo etildi.
8O‘zbekiston
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-3602-sonli hamda 2005-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi PF-3603-sonli farmonlariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-758-sonli Farmonida: 2-bandda: birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidagi “va respublikada xususiy biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 3-banddagi “va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-2342-sonli Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazini barpo etish va uning faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” deb o‘zgartirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-3306-sonli Farmonining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3358-sonli Farmoni ilovasida: a) II bo‘limda: 1-banddagi “va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” 6) IV bo‘limda: 1-band chiqarib tashlansin; 2-3-bandlar tegishli ravishda 1-2-bandlar deb hisoblansin.
10Qonunchilik
“Real” sobiq hujumchisi Messining Maradonadan kuchliroq ekanligini aytdi Italiya terma jamoasi va “Real” klubi sobiq hujumchisi Antonio Kassano argentinalik futbolchilar Diyego Maradona va Lionel Messini o‘zaro solishtirdi. “Messi — Argentina terma jamoasi safida finallarda harakat qilish va unda gol urish borasida rekordchi, bu yerda yana nima haqida gapirish mumkin? Messi terma jamoa safida 70 ta gol urgan, Maradona — 30. Ha, Messi doim kuchli hujumchilar birga to‘p surgan, biroq jamoada yaxshi himoyachilar va darvozabon bo‘lmagan”, — deydi Kassano. Messi Argentina terma jamoasi safida 141 o‘yin o‘yin o‘tkazib, 71 ta gol muallifiga aylangan. Maradona esa 91 ta o‘yinda 34 ta gol urgan. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Malayziya Eksimbanki O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 15 mln dollar ajratadi Kuala-Lumpurda O‘zbekiston investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Forum ishida Investitsion rivojlanish agentligi (Malaysian Investment Development Authority — MIDA), Standartlar departamenti, Malayziya Markaziy banki (Negara Bank), Malayziya Eksimbanki, SMITA rahbariyati, shuningdek, 20dan ortiq mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi, deya xabar beradi «Jahon» AA. Muzokaralarda O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar, keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, mamlakatning savdo-iqtisodiy salohiyati haqida batafsil ma'lumot taqdim etildi. Tadbir yakunida Malayziya ishbilarmon doiralarining Xorazm viloyatiga tashrifini tashkil etish haqidagi kelishuvga erishildi. Uning davomida salohiyat va investitsiya loyihalari o‘rganiladi. Forum doirasida Malayziya Eksimbanki tomonidan O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratildi.
8O‘zbekiston
iPhone 14‘ning yuqori aniqlikdagi maketi namoyish qilindi — video YouTube’ning “iUpdate” kanali iPhone 14 smartfonlarining maketlari aks etgan videoni e'lon qildi. Bu haqda “9To5Mac” xabar berdi. Tasvirda hozirda eng real ko'rinishda bo'lgan iPhone 14 maketlari aks etgan. Videoda iPhone 14 va iPhone 14 Max’ning asosiy modellari 2021 yilgi iPhone 13 va iPhone 13 Pro Max bilan deyarli bir xil. Ular hali ham bir xil alyuminiy qirra va “kokil”ga ega. Ammo iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max’da biroz farqli o'zgarishlar kuzatiladi. Mish-mishlarga ko'ra, Apple selfi kamera uchun to'rtburchak kesimni olib tashlashi kerak. Buning aks etgan maketi mavjud emas. Lekin videoda boshqa dizayn xususiyatlariga e'tibor qaratish mumkin. xususan, smartfonlarda kamera bloki ko'proq chiqib turadi. U yangilangan 48 megapikselli kamera sensoriga ega bo'lishi kutilmoqda.   Avvalroq Apple kompaniyasi kelajakda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun aqlli ko'zoynaklardan foydalangan holda yangi funktsiyani ishga tushirishi xabar berilgandi.
14Texnologiya
Arab davlatlari Qatar bilan yarashuv kelishuvini imzoladi Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi sammiti ishtirokchilari Qatar bilan yarashuv haqidagi kelishuvni imzoladi. Endilikda arab davlatlari tomonidan Dohaga nisbatan 3 yil davom etgan blokada olinadi. Imzolangan joyi tufayli “Al-Ula bayonoti” deb nom olgan ushbu kelishuv Qatardan blokadaning olinishi, u bilan barcha chegaralarning ochilishini nazarda tutadi. Kelishuv Bahrayn, BAA, Kuvayt, Ummon, Saudiya Arabistoni va Qatar tomonidan imzolangan. Fors ko‘rfazi davlatlaridan tashqari, Misr ham Doha bilan havo aloqasini tiklashga rozilik bildirgan.  Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud ushbu qaror arab davlatlariga Qatar bilan diplomatik aloqalarni tiklashga imkon berishini, biroq Fors ko‘rfazi davlatlari oldida turgan bir qator muhim masalalar, jumladan terrorchilikka qarshi kurashish muammosini ko‘rib chiqishni yakunlash kerakligini aytgan. Qatar va boshqa arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha muzokaralarda AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner ham ishtirok etgan. U tomonlar pozitsiyalarini yaqinlashtirishda va Dohaga qo‘yilayotgan talablarning yumshatilishida ko‘mak ko‘rsatgan. 2017 yilda Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishini e'lon qilgan. Bunga ushbu davlatlarning Dohani arab davlatlaridagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishda va terrorchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblashi sabab bo‘lgan. Keyinroq boykotga Yaman, Liviya, Maldiv, Mavrikiy, Mavritaniya, Komor orollari ittifoqi ham qo‘shilgan. O‘z navbatida, Qatar o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etgan va yakkalanishini o‘z suverenitetiga tajovuz deb atagan.
2Dunyo
Dilmurod Qobulovich Farg‘ona shahri prokurori, Dilmurod Qobilovich esa shahar IIB boshlig‘i etib tayinlandi Xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashining 9-fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida shaharning yangi prokurori va shahar IIBning yangi boshlig‘i jamoatchilikka tanishtirildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. Shu vaqtgacha Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Dilmurod Qobulovich Qobulov O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘i bilan Farg‘ona shahri prokurori etib tayinlangan. Dilmurod Qobulov. Qobulov 1981-yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. Andijon viloyat prokuraturasida hamda O‘zbekiston Bosh prokuraturasida ma’sul vazifalarda ishlagan. Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va shahri, Toshkent shahrining Bektemir tumani prokurori lavozimlarida faoliyat olib borgan. Shu vaqtgacha Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan podpolkovnik Dilmurod Qobilovich Asqarov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Farg‘ona shahar IIBning boshlig‘i etib tayinlandi. Dilmurod Asqarov. Asqarov 1979-yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2002-yildan ichki ishlar tizimida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Quva tuman IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, Nuriddin Ahmadjonovich Erkaboyev Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan. Erkaboyev 1983-yilda Beshariq tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini tamomlagan. Toshkent shahar soliq boshqarmasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. Nuriddin Erkaboyev. Joriy tayinlovga qadar Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi Soliq nazorati bo‘limi Geologiya va yoqilg‘i-energetika komplekslarining soliq nazorati shu’basi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan. Avvalroq Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona shahri hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Shaharning avvalgi “to‘rtligi” prezident Shavkat Mirziyoyev “Shodiyona” mahallasiga tashrif buyurganidan so‘ng ishdan olingan edi.
8O‘zbekiston
Bahor yomg‘irlaridan to‘yingan Janubiy Surxon suv ombori - fotojamlanma Surxondaryo viloyatining qoq markazida joylashgan Janubiy Surxon suv ombori bahordagi mo‘l yog‘ingarchiliklar tufayli bu yil suvga to‘lib turibdi. Kun.uz muxbirining Qumqo‘rg‘on tumanidagi mazkur suv ombori va unga yondosh hududlar manzaralari tasvirlangan fotojamlanmasini e'tiboringizga havola etamiz.
8O‘zbekiston
Britaniyaning davlat qarzi birinchi marta 2 trln funt sterlingdan oshdi Britaniyaning davlat qarzi pandemiya vaqtida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga sarflangan katta mablag‘lar tufayli yil davomida 227,6 mlrd funt sterlingga ko‘payib, iyul oxirida 2,004 trln funt sterlingni tashkil qildi. Bu Britaniyaning davlat qarzi tarixda birinchi marta 2 trln funt sterlingdan (2,6 trln dollar) oshishidir.  Britaniya milliy statistika xizmatining (ONS) ma'lum qilishicha, qirollikning davlat qarzi iyul oxirida yalpi ichki mahsulotidan ko‘proqni - 100,5 foizni tashkil qilgan. Bu esa bir yil avvalgiga nisbatan 20,4 foiz ko‘proq bo‘lgan. Britaniya davlat qarzi oxirgi marta 1961 yilda yalpi ichki mahsulotidan ko‘proqni tashkil qilgan.   Britaniya hukumati pandemiya vaqtida ish beruvchilar va soliq to‘lovchilarga yordam dasturlarini moliyalashtirish uchun katta mablag‘lar ajratgan. Britaniya moliya vaziri Rishi Sunak ushbu ma'lumotlarga izoh berarkan, koronavirus inqirozi davlat budjetiga og‘ir yuk bo‘lib tushganini, biroq hukumatning bunday katta miqdordagi sarf-xarajatlarsiz vaziyat yanada yomonroq bo‘lishi mumkinligini aytgan.
2Dunyo
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 401 nafar, shu jumladan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 96 nafar etib belgilansin. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisiga: zarur hollarda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzilmasini tasdiqlash; boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish; malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ular egallagan asosiy lavozimi bo‘yicha mansab maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar belgilash; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati, Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ularning biridan boshqasiga shtat birliklarini olib berish yo‘li bilan o‘zgartirishlar kiritish; xalqaro amaliyotdan va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun kontrakt asosida jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorini belgilash huquqi berilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat raqobat qo‘mitasi) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart; mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlariga nisbatan qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi saqlanib qoladi; Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan ilgari berilgan hujjatlar va ular qabul qilgan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi hamda uning qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoxud o‘zgartirilmaydi. 4. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga: raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish masalalari yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarga iqtisodiy, moliya, soliq organlari va boshqa organlar xodimlarini jalb qilish huquqi berilsin. 5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022-yil 1-avgustdan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bo‘yicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yig‘im undiriladi. 6. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin va uning manbalari quyidagilar etib belgilansin: raqobat va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlarning summasi; raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ko‘rsatmalarini bajarilmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan ma’muriy jarima mablag‘lari; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamg‘armasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bo‘yicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun yig‘imlar; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan da’volar bo‘yicha sud tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablag‘larining 100 foizi; tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi; “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki bo‘lgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish natijasida tushadigan yig‘im summasining 40 foizi; davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali operatori — “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning davlat xaridlari tizimidagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun olinadigan komissiya yig‘imlaridan tushgan mablag‘larning 20 foizi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yo‘naltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamg‘armaga qaytariladigan 50 foizi; tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi; Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga qo‘yishdan olingan daromadlar; xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari mablag‘lari va homiylik xayriyalari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. Belgilansinki, Qo‘mita raisi tomonidan boshqariladi va quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining joriy xarajatlarini moliyalashtirishga; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shuningdek ular tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga; jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar faoliyatiga, xalqaro va xorijiy tashkilotlarga haq to‘lash chora-tadbirlarini amalga oshirishga; raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga; raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida o‘quv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga; tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga; raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarga. 8. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikki oy muddatda: a) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda: Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; qonun hujjatlariga raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, axborot bermaslik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi taqdimnomalarini bajarmaslik, shuningdek uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar qo‘llash va ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligini tashkil etish hamda tegishli davlat organlari va muassasalarining shtat birliklarini hamda iste’molchilar huquqini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarini unga o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritsin; v) 2019 — 2023-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin: raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar va jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilg‘or modelini yaratish; tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan vositalari va usullarini joriy etish; raqobatni himoya qilish bo‘yicha oldini oluvchi vositalarni, shu jumladan monopoliyaga qarshi komplaens mexanizmi — birinchi navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni ta’minlash tizimini joriy etish; rag‘batlantiruvchi tariflar shakllantirishning raqobatni kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni qo‘llashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat tomonidan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish; raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning o‘zida huquqni qo‘llashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish; “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish; Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi bo‘yicha tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy etish; raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga nisbatan ta’sir choralarini ko‘rish tezkorligini oshirish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining kadrlar salohiyatini tizimli ravishda oshirish, oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturlariga raqobat siyosati va raqobat huquqi sohasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus yo‘nalishlarni joriy etish; munosib moddiy ta’minot va ijtimoiy sharoitlar borasida ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi turli omillarning oldini olish. 9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axboroti majburiy tarqatiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga; Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ushbu qarorni 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xarajatlari uchun mablag‘lar ajratsin va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur pul mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin va 5 ta xizmat, shu jumladan 4 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilasin; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan ma’muriy binolarini ta’mirlash hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zarur mebel, uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur pul mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin. 13. Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda tegishliligi bo‘yicha: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tasarrufiga o‘tadigan avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni; ko‘chmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga qayta rasmiylashtirishni amalga oshirsin. 14. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarda ko‘rib chiqiladigan barcha ishlar hamda hujjatlar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 15. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalarini qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining hozirgi joylashgan binolarida joylashtirilishini, zarur hollarda, yangi bino ajratilishini ta’minlasin. 16. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
20 mart kuni Toshkentning markaziy ko‘chalarida harakat cheklanadi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Yengil atletika federatsiyasi hamkorligida qabul qilingan “21 mart “Navro‘z” umumhalq bayramiga bag‘ishlangan “Yoshlar marafoni”ni  tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra, joriy yilning 20 mart kuni soat 09:00dan 12:00ga qadar “Yoshlar marafoni” o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. Shu munosabat bilan 20 mart kuni soat 9:00dan 12:00ga qadar Nukus ko‘chasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik ko‘chalari)dan “Paxtakor” markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.
8O‘zbekiston
Kobul qamal qilindi. Imkoni borlar mamlakatni tark etishga shoshilmoqda «Tolibon» harakati jangarilari Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrini olish uchun yurish boshladi. Associated Press agentligi shaxsi sir qolishini so‘rab ma'lumot bergan bir necha afg‘on rasmiylariga tayanib xabar qilishicha, toliblar shahar atrofidagi Kalakan, Qorabog‘ va Pag‘mon tumanlarida paydo bo‘lishgan, hozircha jiddiy to‘qnashuvlar ro‘y bermagani aytilgan. Sky News telekanali Afg‘oniston IIVga asoslanib xabar tarqatishicha, toliblar poytaxtni barcha tomondan qurshab olib, harakat qilmoqda. Shu bilan birga, jangarilarga tashkilot rahbariyati tomonidan tinch aholiga zo‘ravonlik qilmaslik va mamlakatni tark etishni istaganlarga to‘sqinlik qilmaslik bo‘yicha buyruq berilgan. «Tolibon» rahbariyati jangchilariga Kobul ichkarisiga kirmaslik haqida farmon bergani haqida ham xabarlar tarqalgan. 1TV telekanali ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda hukumat va toliblar o‘rtasida shaharni tinch yo‘l bilan topshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Toliblar shahar xavfsizligi uchun javobgarlikni hukumat zimmasiga yuklagan va hozirda tinchlik bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini bildirgan. Ular afg‘onlarni mamlakatni tark etmaslikka chaqirib, jamiyatning barcha qatlamlariga mansub odamlarga yangi hukumatda joy topilishiga va'da berishmoqda. Afg‘oniston prezidenti ma'muriyatining tvitterida esa aholini tinchlikka chaqirishga qaratilgan xabar paydo bo‘lgan. «Kobulning ayrim nuqtalarida otishmalar bo‘lib turibdi, lekin Kobulga hujum bo‘lgani yo‘q, xavfsizlik kuchlari va mudofaa kuchlari shahar xavfsizligini ta'minlash uchun xalqaro hamkorlar bilan birga ishlamoqda. Vaziyat nazorat ostida», deyilgan prezident vakili. Al-Arabia telekanali esa Kobul shimoli va janubida hukumat va toliblar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketgani haqida xabar berdi. Shahar ko‘chalarida oq bayroq ko‘targan guruhlar paydo bo‘lgan. 15 avgust tongida toliblar Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyati markazi, Kobulga yaqin joylashgan Jalolobod shahri to‘liq egallangani haqida e'lon qilgandi. Reuters agentligi ma'lumotiga ko‘ra, mahalliy hukumat tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishidan saqlanish uchun toliblarga qarshilik ko‘rsatmasdan shaharni topshirgan. Shuningdek, so‘nggi soatlarda Daykundi viloyati markazi Niliy va Vardak viloyati markazi Maydonshahr ham toliblar qo‘liga o‘tgan - shu tariqa, harakat bir kun davomida yana to‘qqiz viloyat markazini egallashdi. Bir necha kun oldin mamlakatning ikkinchi va uchinchi yirik shaharlari Qandahor va Hirot, 15 avgustga o‘tar kechasi Balx viloyati markazi, mamlakatning to‘rtinchi yirik shahri Mozori Sharif taslim bo‘lib, Afg‘onistonning shimoliy hududlari to‘liq toliblarga o‘tgandi. Jalolobod ham boy berilgach, toliblar qo‘liga o‘tmagan so‘nggi yirik shahar sifatida birgina poytaxt Kobul qolgandi. Associated Press agentligining xabar berishicha, Afg‘oniston hukumati qo‘lida endilikda 34 viloyatdan faqat 6tasidagi markazlar saqlanib qolmoqda. Ayni vaqtda mamlakatning barcha chegara punktlarini nazorat qilmoqda, mamlakatni faqat Kobuldagi aeroport orqali tark etish mumkin. Kobulga hujum haqidagi xabarlar fonida naqd pul olish yoki viza uchun hujjatlar to‘g‘rilash istagidagi odamlar uzun navbatlarni hosil qilishgan. Aholi asosan Dubay, Istanbul va G‘arb davlatlari tomon uchmoqda, aviachiptalar narxi bir necha barobar qimmatlab ketgan. Amalda Kobul to‘liq qamal holatida, shaharga olib keluvchi barcha transport magistrallari toliblar tomonidan to‘sib qo‘yilgan. 11 avgust kuni Amerika razvedkasi «Tolibon» yaqin bir oy ichida poytaxtni ham to‘liq egallashi mumkinligini ma'lum qilgandi. AQSh hukumati o‘z diplomatlarini Kobuldan evakuatsiya qilishga kirishgan, bu jarayon xavfsizligini ta'minlash uchun - mahalliy aeroport va elchixona himoyasiga qo‘shimcha harbiylar yuborilgan. «Tolibon» mamlakatda 20 yil davomida bo‘lib turgan G‘arb kuchlari to‘liq olib ketilishi boshlangach, butun Afg‘oniston bo‘ylab hujumlarga o‘tgandi va mahalliy hukumat 3 oydan ortiqroq qarshilik qila oldi.
2Dunyo
Krishtianu Ronalduning Facebook’dagi obunachilari soni 100 milliondan oshdi Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 100 million nafar obunachi to‘plagan birinchi sportchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Desporter. Shu munosabat bilan Krishtianu o‘z muxlislariga videomurojaat bilan yuzlandi. “Facebook’da do‘stlarim soni 100 milliontaga yetganidan juda xursandman. Bu ajoyib! Barchaga rahmat”, — dedi u. Taqqoslash uchun, Lionel Messining Facebook’dagi obunachilari soni 75 milliontani tashkil qiladi.
13Sport
SES dehqon bozorlaridagi qoidabuzarliklar to`g`risida ma`lumot berdi Yanvar-may oylaridagi O`zbekiston bo`yicha 61 ta dehqon bozorida sanitariya me`yorlari va qoidalari, shuningdek, gigienik normativlar buzilgani aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemitdogik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Maftuna Saidova AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi. Uning so`zlariga ko`ra, mamlakat bo`ylab 279 ta dehqon bozoriga biriktirilgan 558 nafar sanitariya xizmati xodimi monitoring olib bormoqda. Besh oy davomida savdo markazlari o`rtasida aravalarda go`sht, sut, shirinlik, salat va non mahsulotlarini maxsus liboslarsiz, sanitariya me`yorlariga rioya qilmagan holda sotayotgan 158 nafar fuqaro aniqlandi. Tibbiy ko`rikdan o`tmagan 72 nafar sotuvchi aniqlandi va savdodan chetlashtirilib, ko`rikdan o`tkazish uchun yuborildi. Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan 73 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma`muriy bayonnomalar tuzilib, sudlarga taqdim etildi. Ko`rib chiqilayotgan davrda dehqon bozorlari peshtaxtalaridan yaroqlilik muddati o`tgan, sifati tasdiqlanmagan va organoleptik xususiyatlari bo`yicha standartlarga javob bermaydigan qariyb 440,2 tonna oziq-ovqat mahsulotlari olib tashlandi va brakka chiqarildi. Matbuot kotibi bozorlarni tashkil etishning asosiy muammolarini sanab o`tdi:
5Jamiyat
Temur Joʻrabekov: «Teхnik jihatdan onlayn NKMni pilot darajasida joriy etishga hamma narsa tayyor» Toshkentda yettita vazirlik va idora vakillari ishtirokida onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimi test rejimida ishga tushirildi. U teхnologiya pilot loyihani boshlash uchun tayyorligini koʻrsatdi. Mamlakatimiz qachon onlayn NKMga oʻtadi? «Norma» portali muхbiri Oleg Gayevoy shu savolga javob izlab «Fiskal Ma’lumotlarni Avtomatizatsiyalash Tizimi» MChJga yoʻl oldi. «Fiskal Ma’lumotlarni Avtomatizatsiyalash Tizimi» kompaniyasi «UZINFOCOM» davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator va «Yagona umumrespublika protsessing markazi» QK tomonidan Oʻzbekistonda onlayn NKMni joriy etish maqsadida ta’sis etilgan. Ushbu tashkilot fiskal modullardan foydalanishga asoslangan teхnologiya joriy etilganda savdo shoхobchalaridan onlayn rejimda keladigan fiskal ma’lumotlarni jamlash va uzatish markaziga aylanishi kerak. U joriy etilishi bilan nafaqat nazorat-kassa mashinalaridan, balki ularga moslashtirilgan onlayn terminallar, kompyuterlar va boshqa gadjetlardan foydalanish mumkin boʻladi.    – Oktyabr oyining oхirida va noyabr oyining boshida yettita vazirlik va idora vakillari ishtirokida tizim uch kun test rejimida ishlatilgani muhim voqea boʻldi. U «Korzinka.uz» supermarketlar tarmogʻida oʻtkazildi. Xulosa – tizim koʻp sonli savdo shoхobchalari ishtirokida pilot rejimida joriy etilishga tayyor, – deya qayd etdi suhbat avvalida «Fiskal Ma’lumotlarni Avtomatizatsiyalash Tizimi» MChJ direktori oʻrinbosari Temur Joʻrabekov.    – Oʻzbekiston ushbu teхnologiya qoʻllaniladigan birinchi mamlakat boʻladimi? Jahonda ushbu teхnologiyani qoʻllash tajribasiga ega boʻlgan mamlakatlar bormi? – Gruziya, Bolgariya, Janubiy Koreya va ba’zi boshqa mamlakatlar fiskal modul bilan ishlaydi. Ushbu mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda mamlakatimiz ehtiyojlariga, biznesni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga doir zamonaviy talablarga javob beradigan yangi tizimni yaratdik. Mahalliy modelni ishlab chiqish jarayonida tizimga muhandislik va teхnik jihatdan jiddiy oʻzgartirishlar kiritdik. Shu sababli ushbu teхnologiya jahon amaliyotida ilk bor joriy etiladi, desak toʻgʻri boʻladi. – Nima uchun aynan ushbu teхnologiyani tanladingiz? Aхir boshqa mamlakatlar tajribasida sinalgan boshqalari ham bor-ku. – Fiskal ma’lumotlarni onlayn uzatish teхnologiyasini tanlayotganda unga oʻtish tadbirkorlar uchun ham, umuman davlat uchun ham oson va iqtisodiy jihatdan samarador boʻlishini koʻzladik. Tanlangan tizim eng maqbul variant hisoblanadi, u tadbirkor qoʻshimcha qimmat jihoz sotib olishini talab qilmaydi. Tadbirkor yangi NKM tizimiga oʻtishi uchun aslida eng oddiy smart-karta analogi (plastik kartalarimiz analogi) hisoblangan fiskal modul, jihozda maхsus teshik boʻlmasa, rider olishi hamda tizimimizga ulanishi kerak boʻladi. – Vazirlar Mahkamasining ushbu teхnologiyani joriy etishga yoʻnaltirilgan qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtayotganda koʻp хavfsirashlar izhor etildi. Aytishlaricha, bank POS-terminallaridan NKM sifatida foydalanishga ruхsat berilsa, bu Uzcard tizimi ishida uzilishlarga olib kelar ekan. NKM oʻrniga kompyuterlar va gadjetlarning ishlatilishi byudjetga katta summa kelib tushmasligiga sababchi boʻlar ekan. Bu boradagi fikrlaringiz qanday?   – Birinchi navbatda konstruktiv tanqid tizimimizni yanada kuchli, ishonchli qilishini qayd etib oʻtmoqchiman. Biz har bir fikr, har bir mulohazaga quloq soldik. Buning ustiga jahon tajribasini sinchiklab oʻrgandik. Teхnologiyaga qoʻshimcha ishlov berish chogʻida bularning bari hisobga olinadi. U ishonchli ekanligiga shubhamiz yoʻq. Terminallardan NKM sifatida foydalanish toʻlov tizimlari ishiga ta’sir qilmaydi. Sababi terminal va nazorat-kassa mashinasining funksiyalari turli хil sanaladi. Terminalni modernizatsiya qilib, amalda «ikkisini birda» jamlagan jihozga ega boʻlamiz. Terminallardan NKM sifatida foydalanish uchun amaldagi dasturiy ta’minotni yangilash kerak boʻladi. Unga qayta ishlov berishda dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar bilan ham, terminallarni ishlab chiqaruvchilar bilan ham faol hamkorlik qildik.  NKM sifatida kompyuterlar va gadjetlardan foydalanishga kelsak, bu borada ham tashvishlanishga oʻrin yoʻq. Tizimimiz toʻrtta hisoblagichga ega, ular hisobga aralashish imkonini bermaydi. Buning ustiga bunday jihozlar soliq organlarining хodimlari nazorati ostida ishlaydi. Tadbirkorga teхnologiya berib qoʻya qolinmaydi. Dasturiy ta’minotni oʻrnatish va fiskal ma’lumotlarni onlayn rejimda uzatishni yoʻlga qoʻyishda mutaхassislar yordam beradilar.  – Nazorat-kassa mashinalarining funksiyalari-chi? Mutaхassislarning aytishlaricha, faqat NKM ushbu jihozlar imkoniyatining toʻliq spektri bilan ta’minlay olar ekan.   – Nazorat-kassa mashinasi – realizatsiya qilinayotgan tovarlar hisobini yoʻlga qoʻyishda tadbirkorga yordam beradigan jihoz. Teхnologiyamiz funksionali turlicha boʻlgan ushbu jihozlarning har хil variantlarini taklif etadi. Hatto NKMning har хil modellarida ham ular turlicha. Tadbirkor rivojlanishni, sotish hajmlarini oshirishni, savdo shoхobchasini kengaytirishni, oborotni koʻpaytirishni koʻzlagan boʻlsa, albatta, nazorat-kassa mashinasini tanlaydi, arzoniga uchmay, keng funksionallisiga toʻхtaladi. Bu unga savdosi chaqqon va peshtaхtada qolib ketmaydigan tovarlar oʻz vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash imkonini beradi, hisob-kitobga oid har хil tashvishlardan хalos qiladi.  Agar ulkan maqsadlarni oldiga qoʻymagan kichik savdo shoхobchasi boʻlsa, tadbirkor arzonroq variantni tanlashi – terminal, kompyuter yoki gadjetni NKMga moslashtirishi mumkin. Barcha variantlarda funksional toʻplami turlicha boʻladi. Qay birini tanlash tadbirkorning iхtiyorida. Biz uchun fiskal ma’lumotlar, ya’ni kassa chekida aks ettirilishi majburiy boʻlgan ma’lumotlar soliq organlariga oʻz vaqtida va toʻgʻri uzatilishini ta’minlash muhim. Ular soliqlar hisoblanishi borasida nizo yuzaga kelganda haqiqatni aniqlashda ham asqotadi. Yuqorida tilga olingan variantlarning har qaysisi buni amalga oshirish imkonini beradi. – Tizim modernizatsiyalashga, iste’molchining huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi ilgʻor teхnologiyalar amaliyotga joriy etilishiga qanchalik tayyor? Misol uchun, hozir mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Tizim ushbu yangilikni joriy etishga tayyormi? – Har qanday teхnologiya singari u modernizatsiya qilinadi va takomillashtiriladi. Dasturchilar va muhandislar oldiga aniq vazifalar qoʻyish kerak. Aynan tovarlar harakatini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish haqida gapiradigan boʻlsak, bugungi kunda fiskal ma’lumotlarni uzatish tizimini oʻzining nomenklatura bazasi (tovarlarning aniq roʻyхati) mavjud boʻlgan shoхobchalarda joriy etsa boʻladi. – Ya’ni teхnologiya ishlashiga ishonchingiz komil? – Nafaqat men, balki uning ustida ishlagan mutaхassislarning butun jamoasi bunga ishonamiz. Bunda teхnologiyani joriy etishning juda muhim bosqichi – pilot bosqichidan barchamiz oʻtishimizga toʻgʻri keladi. U teхnologiyaning amaliyotdagi real imkoniyatlarini namoyon etadi. Uning natijalariga koʻra хulosa chiqarish va qaror qabul qilish mumkin boʻladi. Ushbu materiallarsiz asosiy vazifa – barcha ma’lumotlarni davlat organlariga uzatishdan tashqari, qanday natijaga erishishimiz haqida taхmin qilishimiz mumkin, хolos.   Pilot loyiha materiallari asosida NKM ishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish va kiritish lozim boʻladi. Davlat standartlari, yagona teхnik talablar, Oʻzbekiston hududida foydalanishga ruхsat etilgan fiskal хotirali nazorat-kassa mashinalari reyestri, nazorat-kassa teхnikasi ishini tartibga soluvchi qoidalarni qayta koʻrib chiqish kerak boʻlishi aniq. Pilot loyihaning tahliliy materiallarisiz buni amalga oshirib boʻlmaydi.  Pilot loyiha davomida tizim yanada samarali ishlashi uchun qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkinligi haqida ham oʻylab koʻrishga vaqt topiladi, zero hamma narsa teхnika va teхnologiyalarga bogʻliq emas. Misol uchun, bugungi kunda iste’molchi sotuvchidan chek talab qilishdan manfaatdor emasligi hech kimga sir emas. Koʻpchilik uni berganlarida ham tashlab ketadi. Tadbirkor soliq organlariga amalda qanday ma’lumotlarni taqdim etishi esa shunga bogʻliq. Kimdir keragidan ortiq soliq toʻlaydi deb oʻylamayman, ma’lumotlarni kamaytirib koʻrsatishga esa koʻpchilik urinib koʻradi. Soliq organlari хodimlari bilan birgalikda qanday qilib chekni kerakli hujjatga aylantirish mumkinligi, har bir iste’molchi uni olmaguncha sotuvchining oldidan ketmasligi uchun nimalar qilish kerakligi haqida oʻylab koʻramiz. Jahon amaliyotida ushbu maqsadga erishish dastaklari talaygina, shu jumladan qonun-qoidalarga amal qilish va iste’molchilarni ragʻbatlantirishga oid turfa хil dasturlar oʻtkazilishi mumkin.    – Pilot loyiha ushbu teхnologiyadan voz kechish ma’qulligini koʻrsatsa, yana qay birini sinovdan oʻtkazamiz? – Amalga oshirayotgan, taklif qilayotgan va joriy etayotgan mahsulimizga ishonaman. Shuni yana bir bor qayd etib oʻtmoqchimanki, biz konstruktiv tanqidga doim quloq solamiz. Tanqidiy fikr-mulohazalar teхnologiyani takomillashtirish, uni yanada kuchli va ishonchli qilish imkonini beradi. – Teхnologiyani butun respublika boʻylab qanday joriy etmoqchisiz? – Bosqichma-bosqich. Avval yirik savdo tarmoqlari qamrab olinadi, sababi ulardagi infratuzilma va хodimlar innovatsiyalarni joriy etishga koʻproq darajada tayyor. Undan keyin mazkur teхnologiyani qolgan savdo-servis korхonalarida joriy etishda davom etamiz. Onlayn NKMning joriy etilishi biznes uchun shaffof, raqobatbardosh muhit yaratilishiga zamin boʻladi. Agar iste’molchi har bir хarid chogʻida chek talab qiladigan boʻlsa, tizim ularni sifatsiz mahsulotlardan himoyalovchi yana bir samarali dastakka aylanadi. Bunda nazorat-kassa mashinalari va boshqa savdo uskunalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilish niyatidamiz. Suhbatimiz yakunida barcha tadbirkorlarni loyihada ishtirok etishga taklif etmoqchiman, ishtirok etuvchilar uchun imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish rejalashtirilgan.
10Qonunchilik
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi yonib ketdi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi yonib zararlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 14 dekabr kuni soat taxminan 07:27larda G‘uzor tumani FVBga tumanning Guliston mahallasi Chuqur qishlog‘ida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, qutqaruv xizmatining 3ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga yetib borgan va soat 8:20larda yong‘inni to‘liq o‘chirgan. Yong‘in oqibatida yashash uyining taxminan 80 metr kvadrat maydon ichki va tom qismi zarar ko‘rgan. Qutqaruvchilar tomonidan yashash uyining 200 metr kvadrat maydon qismi saqlab qolingan. Qayd etilishicha, yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in elektr simlari qisqa tutashuvi sababli kelib chiqqan deb gumon qilinmoqda. Ayni paytda ko‘rilgan moddiy zarar miqdori va sabablari o‘rganilmoqda. Qashqadaryoda joylashgan korxonada yong‘in sodir bo‘ldi Qarshi shahridagi mebel korxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda 3 kishi halok bo‘ldi
5Jamiyat
Apple kompaniyasi qiymati bir kunda 180 mlrd dollarga arzonlashdi Payshanba kungi savdolarda Apple kapitalizatsiyasi 8 foizga kamaydi, bu qariyb 180 mlrd dollar demakdir. Bu AQSh bozori tarixida kompaniya qiymatining bir kunda rekord darajada tushib ketishi hisoblanadi, deb yozmoqda Barrons's nashri.  Ammo shunga qaramasdan, Apple kapitalizatsiyasi hali ham 2 trln dollardan ortiqroqni tashkil etmoqda.  Facebook aksiyalari narxi 3,8 foizga arzonlashdi. Alphabet kotirovkalari 5,1, Amazon.com - 4,6, Netflix - 4,9, Microsoft - 6,2 foizga pasaydi.  Avvalgi antirekord Facebook tomonidan qayd etilgan: 2018 yil iyunda kompaniyaning bozor bahosi bir kunda 119 mlrd dollarga arzonlashgandi.
14Texnologiya
Turkiya kompaniyasi Samarqanddagi oltin konlarini o‘zlashtirishda yordam beradi Samarqand viloyatidagi G‘allabuloq va Qushtepada oltinga oid obektlarni o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida Davlat geologiya qo‘mitasi va Turkiyaning «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi o‘rtasida geologiya-qidiruv ishlarini hamkorlikda olib borishga doir memorandum imzolandi. Bu haqda «Davgeolqo‘m» Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi 328-sonli qarori bilan strategik jihatdan muhim bo‘lgan qattiq foydali qazilmalarning 111ta istiqbolli maydonlari va 29ta koni ro‘yxati tasdiqlangan va ularni geologik o‘rganish va o‘zlashtirish uchun chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda.  Ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida Davgeolqo‘m tomonidan Turkiyaning «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi bilan Samarqand viloyatining G‘allabuloq va Qushtepa obektlarida birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va oltinga oid obektlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qilish masalasi ishlab chiqilgan. Tasdiqlangan tartibga ko‘ra, ilgari tomonlar o‘rtasida memorandum va qayd etilgan obektlar uchun oshkor qilmaslik to‘g‘risida kelishuv imzolangan va loyihada ishtirok etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun geologik materiallar Turkiya tomoniga belgilangan tartibda berilgan. Materiallarni o‘rganish doirasida turk va nemis ekspert–geologlari tomonidan joylarga chiqilgan, namunalar olingan hamda Turkiya va Kanadadagi xalqaro laboratoriyalarda tahlil qilgan holda obektni o‘rganish tashkil etilgan. O‘rganish yakunlari bo‘yicha «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi tomonidan loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirilgan.  2018 yil 25 oktabrda loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi, unga binoan, birinchi bosqichda «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi keyingi yillarda quyidagi ishlarni amalga oshiradi: mavjud resurs bazasi to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirish va tarixiy geologik qidiruv ma'lumotlari, shu jumladan xalqaro standartlardan foydalanishni tasdiqlash uchun obektlarda tekshiruv punktlarini ochish; texnologik jarayonlarni ishlab chiqish uchun metallurgik sinovlarini o‘tkazish; oltin zaxiralarini rivojlantirish uchun PTEO (taxminiy texnik-iqtisodiy asoslar) loyihasini ishlab chiqish. Loyihaning birinchi bosqichining ijobiy natijalaridan so‘ng tomonlar oltin zaxiralarini rivojlantirishda hamkorlik qilishning shakl va shartlari to‘g‘risida kelishadilar.
4Iqtisodiyot
153 million so`mlik reja fosh qilindi Bojxona chegaralari orqali zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro B.K. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda. Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona to`lovlarisiz olib kirish me`yoridan ortiqcha bo`lgan umumiy qiymati 153 million so`mlik 460,52 gramm sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan     surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
6Jinoyat
Yarashtirish komissiyasi ajrashayotganlar yuzasidan хabardor qilinadi 3.01.2018 yildagi «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Oila kodeksida nazarda tutilgan nikohdan ajrashish meхanizmiga tuzatish kiritildi. Endi sud va FHDYo organlari yarashtirish komissiyasini tegishli choralar koʻrishi uchun yozma ravishda хabardor etishlari kerak. Xabarnoma er-хotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻiniga, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa - har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻiniga yuboriladi. Xabarnomani yuborish muddati: Ma’lumot uchun: OKning 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda FHDYo organlarida nikohdan ajratiladi, qolgan holatlarda – sud tartibida. Sud ishning koʻrilishini keyinga qoldirgan holda er-хotinga yarashish uchun 6 oy doirasida muhlat belgilashga haqli. FHDYo organlarida nikohdan ajratishni roʻyхatga olish ariza topshirilgan kundan boshlab 3 oy oʻtgach amalga oshiriladi, ya’ni bu mazkur tartibda er-хotinning yarashishi uchun eng koʻp muddat  hisoblanadi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.      Oleg Zamanov.
10Qonunchilik
“Real” va “Barselona” o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvi sanasi ma`lum bo`ldi Mavsumlar oralig`ida Evropaning top klublari ishtirok etadigan International Champions Cup musobaqasining bu yilgi bahslarida muxlislar “El-Klassiko”ning guvohi bo`lishadi. AS nashrining ma`lum qilishicha, 29 iyul kuni Mayamidagi “Hard Rock Stadium”da “Barselona” va “Real” jamoalari o`zaro o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishadi. Turnir tashkilotchilarining ma`lum qilishicha, musobaqada shuningdek "Yuventus" va "Manchester Yunayted" klublari ham ishtirok etadi. Ma`lumot uchun, “Real” va “Barselona” so`nggi marta 1992 yilda o`zaro o`rtoqlik o`yini o`tkazishgan.
13Sport
Pentagon Suriyaga qo‘shimcha harbiy kuchlarini kiritadi Pentagon Suriyaning Raqqa shahrini IShIDdan ozod etish uchun qamalga qo‘shimcha kuchlarni jalb etmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatdi. Qayd etilishicha, Vashington maxsus topshiriqli harbiylarini, harbiy vertolyotlari hamda artilleriyasining bir qismini Suriyaga ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, IShIDga qarshi kurash olib borayotgan Suriya kurdlariga o‘q-dori yetkazib berish davom ettiriladi. Shuningdek, amerikalik amaldorlar Suriyada AQSh harbiylari bo‘lishi bo‘yicha sobiq prezident Barak Obama tomonidan qo‘llangan cheklovlarni bekor qildirishmoqchi. Obamaning chekloviga ko‘ra, Suriyada 500 nafardan ortiq amerikalik maxsus topshiriqli harbiylar bo‘lishi taqiqlangan.
2Dunyo
Ledi Gaga Madonnani yosh san’atkorlarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lishda aybladi Ledi Gaga Madonnani yosh san’atkorlarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lish va yangi iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashni istamaslikda ayblab, qattiq tanqid qildi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda. Greek People jurnaliga bergan intervyusida Ledi Gaga o‘zining kuylash uslubi va musiqa borasidagi didiga asosiy ta’sir ko‘rsatgan qo‘shiqchilar sifatida Devid Boui, Freddi Merkyuri va Maykl Jeksonlarni sanab o‘tdi. Gaganing ta’kidlashicha, agar yosh xonandalarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lmaganida, bu ro‘yxatga Madonnani ham kiritgan bo‘lar edi. “Ha, men Madonnani bu ro‘yxatga qo‘shgan bo‘lar edim, ammo noma’lum bir tuyg‘u mening bunday qilishimga to‘sqinlik qiladi. Agar men shou-biznesda shunchalik ahamiyatga ega shaxs bo‘lganimda, albatta musiqa olamiga ilk qadam qo‘yganlarga yordam berar edim”, — dedi u. Shunday bo‘lsa-da, Madonnaning Ledi Gaga ijodiga ta’siri xonandaning musiqasida ham, sahna imijida ham seziladi.
7Madaniyat
AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi Bundan butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan jabrlanganlar haqida ma'lumot yig‘uvchi Jons Hopkins universiteti ma'lumotlari darak bermoqda. Bundan tashqari, AQSh hozirda koronavirusga chalinganlar soni (180 mingdan ko‘proq kasallangan) bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turibdi.  Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 3580 nafarga yetgan. Bu raqam kontinental Xitoydagidan 275 taga ko‘proqni tashkil qiladi.   AQShda eng og‘ir vaziyat Nyu-Yorkda kuzatilmoqda, bu yerda oxirgi bir kun ichida koronavirusdan 208 kishi, umumiy hisobda esa 1550 kishi vafot etgan. Shuningdek, bir nechta shtatlarda virusdan 100 dan ko‘proq odam vafot etgan: Vashington – 210 nafar, Nyu-Jyersi - 198, Luiziana - 185, Michigan - 184, Kaliforniya - 149 va Jorjiya - 108. Bu orada AQShning koronavirusga qarshi kurashish milliy shtabi a'zosi Antonio Fauchi yuzaga kelgan vaziyatda AQShda virus tarqalishining ikkinchi to‘lqini yuz bersa, mamlakatda uni yengish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, AQShda bu holatda yaxshiroq qurilmalar va epidemiyaga qarshi yaxshiroq tayyorgarlik bo‘ladi. Fauchi, shuningdek, odamlar o‘zini alohidalashni afzal ko‘rayotganlari sababli vaziyat yaxshilanayotgani alomatlarini ko‘rayotganini qo‘shimcha qilgan.  Ayni vaqtda koronavirusdan butun dunyoda 41 mingdan ko‘proq odam vafot etgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiyada (12428 ta) va Ispaniyada (8269) qayd qilingan. 4-o‘rinda Fransiya (3523 ta) va 5-o‘rinda Xitoy (3305 ta) turibdi.
2Dunyo
Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlar tasdiqlandi Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, Xalq qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tuzilmasi tarkibiga kiradi va yuridik shaxs hisoblanmaydi. Xalq qabulxonasi o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda o‘z nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas. Nizomda belgilanishicha, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni tatbiq etilmaydigan, shu jumladan ko‘rib chiqish tartibi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarni Xalq qabulxonasi ko‘rib chiqmaydi.  Xalq qabulxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Nizomda belgilanishicha, Xalq qabulxonasi quyidagilarga majburdir: Xalq qabulxonasida murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shaklda shaxsan yoki pochta aloqa vositasi orqali qabul qilinadi.
8O‘zbekiston
Namanganda propan gaz balloni portlashi tufayli 3 kishi kuyish jarohati oldi Joriy yilning 5 iyun kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida yashovchi 46 yoshli uy bekasi O.E. uyi yerto‘lasida joylashgan oshxonasiga kirib gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida propan gaz balloniga ulangan shlangdan sizib chiqib xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.E. va uyida mehmonda bo‘lgan qizi, 26 yoshli D.M. hamda uning 2 yashar qizi M.X.lar kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilganlar.  Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
MDH hududidagi eng yaxshi shaharlar reytingi e`lon qilindi “TurStat” analitik agentligi kuz mavsumida sayohat uchun MDH hududidagi eng yaxshi shaharlar reytingini e`lon qildi. Kuzgi sayyohlar kelishi reytingida Minsk, Ostona va Boku shaharlari etakchilik qilmoqda. MDH davlatlaridagi eng yaxshi shaharlar o`ntaligidan Minsk, Ostona, Boku, Toshkent, Olmaota, Bishkek, Kishinyov, Dushanbe va Ashxobod kabilar o`rin olgan. Agentlik ma`lumotiga ko`ra, MDH mamlakatlariga kuz mavsumida sayyohlar qisqa muddatli tashrif bilan keladi.
2Dunyo
O‘zbekistonda uy olish va qurish uchun fuqarolarga 20 yilga kam foizli kreditlar hamda subsidiyalar beriladi Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-mart kuni uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Unda davlat rahbari “2021-yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur”, deb ta’kidlagandi. “Gazeta.uz”ning ma’lum qilishicha, ushbu yig‘ilishda mutasaddilar oldiga qo‘ygan vazifalarining huquqiy asosi sifatida Prezidentning 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 2021-yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash uchun davlat ipoteka dasturi doirasida 26 614 kvartirali jami 45 mingta uy quriladi va aholiga yangi tartibdagi ipoteka kreditlari ajratiladi. Shu maqsadda Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga 8,1 trillion so‘m resurs joylashtiriladi. Hujjatga ko‘ra, ipoteka kreditlari 20 yil muddatga, 6 oy imtiyozli davri bilan ajratiladi. Boshlang‘ich badal 15 foiz bo‘ladi. To‘lovlar ikki xil annuitet va differensial usulda to‘lanadi. Moliya vazirligi tomonidan 6500 ta yakka tartibda uy qurish va ta’mirlash uchun 1,5 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Ya’ni aholi yakka tartibdagi o‘z uy-joylarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ham kreditlar olishlari mumkin bo‘ladi. 2021-yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 3550 ta kvartirali uylar quriladi. Bunga davlat budjetidan 1,3 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. 2021-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha 23,3 ming nafar shaxsga 960 milliard so‘mlik subsidiyalar to‘lanadi. Qishloq joylarda qurilgan ko‘p kvartirali uylar uchun 6 oylik imtiyozli davr va 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi dastlabki badal bilan 20 yil muddatga ipotekaga beriladi. Qishloq joylarda yashayotgan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 10 foiz miqdorida subsidiyalar ajratiladi. Sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan, xotin-qizlarni ijara huquqi asosida joylashtirish maqsadida hokimliklar tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1000 ta xonadan sotib olinadi. Toshkent shahrida tajriba tariqasida og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarga 6 oy davomida ijara to‘lovining 50 foiz miqdorida kompensatsiya to‘lanadi. 2021-yil 1-iyundan boshlab: Imtiyozlarni adolatli taqsimlash maqsadida “Xalqparvar” komissiyalar tashkil etiladi.  Uy-joy qurilish sifatini oshirish mas’uliyati Ochilboy Ramatov va viloyat hokimlariga yuklatiladi 2021-yil 1-mayga qadar Moliya vazirligi tomonidan ipoteka bozori veb-portali ishga tushiriladi. Undan qurilayotgan uylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va shartlari, subsidiya to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Qurilayotgan uylarning sifatiga ta’sir qilmagan holda narxlarni pasaytirish maqsadida farmon bilan 2021-yil 1-oktabrga qadar sement mahsulotini olib kirishda bojxona bojining “0” (nol) stavkasi qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, uy-joylar qishloqlarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir beton va yirik ponelli konstruksiyalar hamda 2-darajadan past bo‘lmagan issiqlik himoyasidan foydalangan holda massiv shaklida qurilishiga ruxsat berildi. Farmon bilan quruvchilarning kreditlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibi 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi. Uy-joylar qurilishida shaharsozlik normalariga rioya etilishi va sifatni ta’minlash maqsadida yangi tartib o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra: Viloyat, tuman va shahar hokimlari bir hafta davomida yangi tizim asosida aholini uy-joy bilan ta’minlashda yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni odamlarga mahallabay tushuntiradi. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2017—2020-yillarda davlat dasturlari asosida 140 mingta yoki yiliga o‘rtacha 35 mingtadan uy-joylar barpo etilgan bo‘lib, bu avvallari yiliga qurilgan o‘rtacha uy-joydan 5—6 baravar ko‘p. “Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yiliga kamida 100—150 mingta uy-joy qurish kerak. Bu havodan olingan gap emas, Jahon banki, mamlakatimizdagi mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganilgan tahlillar natijasi. Shu bilan birga, loyiha va qurilish sifatini oshirish, sohani mablag‘ bilan ta’minlash va halol-pok ishlatish, malakali mutaxassislar tayyorlash kabi ko‘plab muammolar o‘z yechimini kutayotgani ham haqiqat”, — degan edi Prezident 3-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida.
8O‘zbekiston
Farg‘onada yuziga niqob taqib, dorixonalarda bosqinchilik sodir etgan shaxslar ushlandi Farg‘ona shahrida yuziga niqob taqib, pnevmatik pistolet bilan dorixonalarda bosqinchilik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti. Ma’lum qilinishicha, 11-aprel kuni soat 00:30 dan 01:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar yuziga tibbiy niqob taqqan holda Farg‘ona shahri Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan “555” nomli dorixonaga pnevmatik pistolet bilan qurollangan holda bostirib kirgan. Dorixonadagi navbatchi sotuvchini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, dorixona g‘aznasida bo‘lgan 600 ming so‘m pullarni olib chiqib ketgan. Shuningdek, ushbu ikki nafar noma’lum shaxs shaharning Oybek ko‘chasida joylashgan “Sog‘lom hayot sari” nomli dorixonaga ham bostirib kirib, u yerdan 400 ming so‘m pul va kuzatuv kamerasining xotira saqlash moslamasini olib, hodisa joyidan yashiringan. Farg‘ona viloyati JQB, YHXB, PPX, Tergov boshqarmasi hamda boshqa sohaviy xizmatlar xodimlaridan iborat maxsus tergov-tezkor guruhi tuzilib, ularning sa’y-harakatlari natijasida yuqoridagi jinoyatga Cobalt rusumli avtomashina har ikki holatda ham aloqadorligi aniqlangan. Avtomobilning yo‘nalishi o‘rganilib, mazkur jinoyatni Qo‘qon shahrida yashovchi fuqarolar — 41 yoshli Dilshod va 43 yoshli Sherzod sodir qilgani ma’lum bo‘lgan va ular viloyat IIB xodimlari tomonidan yashash manzilida qo‘lga olingan. Gumonlanuvchilarning xonadonlari tintuv qilinganda bir dona “PM” rusumli pnevmatik pistolet, bir dona “Kalashnikov” rusumli pnevmatik avtomat, 250 dona dumaloqsimon pnevmatik o‘qlar, 1 juft avtomashina davlat raqami, bir dona aloqa ratsiyasi, bir dona niqob, bir dona qora rangli qo‘lqop, 3 dona kuzatuv kamerasi xotira moslamasi, 20 dona Beeline uyali aloqa kompaniyasiga tegishli SIM-karta, 4 dona pichoq, bir dona “LIZ” rusumli dron (uchuvchisiz uchish apparati) topilgan. Shuningdek, Cobalt rusumli avtomashinadan bir dona chopqi, bir dona otvyortka, bir dona ombur va 1 juft avtomashina davlat raqam belgisi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (bosqinchilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Dilshod va Sherzod ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bundan tashqari, tergov harakatlari davomida ushbu shaxslarning yana boshqa jinoyatga aloqadorliklari yuzasidan tekshiruvlar olib borilmoqda. Avvalroq Farg‘onada xonadonga bostirib kirib, uy egalariga tan jarohati yetkazgan niqobli bosqinchilar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda Medanta va Pratiksha klinikalari filiali ochiladi Hindiston so‘nggi 10-15 yil ichida tibbiyotda taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirib yubordi. Sohadagi tezkor yuksalishlar dunyoning yuzdan ortiq davlatidan har yili bir necha millionlab insonlarni o‘z dardlariga davo topish maqsadida Hindistonga kelishlariga sabab bo‘lmoqda. Bu yerdagi shifokorlarning bir gapi bor: “Biz insonlarning oyoq-barmog‘idan sochining tolasiga qadar bo‘lgan dardni davolaymiz”. Bu gaplar mubolag‘a emas, chunki Hindiston tibbiyotidagi zamonaviy texnologiyalar eng ilg‘or davlatlarda davolash imkoni bo‘lmagan kasalliklarni davolash imkonini beradi. O‘zbekistondan har yili 25-30 ming nafar fuqaro ushbu mamlakatdagi klinikaga murojaat qilishadi. Biroq bunga har kimning ham imkoni yetmaydi. Kimdir mablag‘ yetishmasligi, yana kimdir esa vaqt masalasida bu imkonga ega bo‘lmaydi. Ammo bu masalada O‘zbekiston tomoni har tomonlama islohotlar olib bormoqda. Masalan, Hindistonning eng oldi klinikalari O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochishni rejalashtirmoqda. Quvonarlisi, bu tashabbus har ikki davlat soha xodimlari va sarmoyadorlarini qiziqtirmoqda. Ana shunday klinikalardan biri Medanta klinikasidir. AQSh va Singapurda o‘z filiallariga ega ushbu klinikani dunyo bo‘ylab yuz minglab odamlar biladi. Ular orasida o‘zbekistonlik bemorlar ham bor. Medanta klinikasida kardiologiya, travmatologiya, onkologiya va va boshqa kasalliklar davolanadi. Hozirgi kunda mazkur klinikaning filialini O‘zbekistonda ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda. Yangi loyihaga 15 million dollar mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. - Mamlakatingizda ochilishi rejalashtirilgan Medanta klinikasi haqda to‘xtalsak, biz O‘zbekiston tomonining taklifini to‘laligicha qabul qildik, - deydi klinika rahbari Naresh Trexan. – Klinika Hindistondagidan qolishmaydigan tarzda poydevoridan boshlab bunyod etiladi. U eng zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Tan olishim kerak, sizdagi xirurglar juda kuchli, faqatgina ular zamonaviy texnologiyalardan juda kam foydalanishadi. Shu bois filial ishga tushganda dastlab hindistonlik shifokorlar ish olib borishadi va o‘z tajribalarini o‘zbekistonlik shifokorlar bilan o‘rtoqlashishadi. Bu nafaqat O‘zbekiston fuqarolari uchun yaxshi, balki bu klinika qo‘shni davlat fuqarolariga ham xizmat ko‘rsatuvchi yirik markazga aylanadi. O‘zbekiston bilan hamkorlik qilaman degan klinikalar soni bugunga kelib juda ko‘paygan. Ana shunday klinikalardan yana biri, 25 yillik tajribaga ega “Pratiksha hospital Group” kompaniyasidir. U birinchilardan bo‘lib xorijdagi faoliyatini O‘zbekistonda boshlamoqchi. Toshkent shahrida joylashadigan uning filialida kardiologiya, yurak jarrohligi, nevrojarrohlik va boshqa yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatiladi. Mazkur loyihaga 10 million dollar investitsiya kiritish rejalashtirilgan. - To‘g‘risini aytish kerak, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xorijiy investorlar uchun mamlakatda yaratayotgan shart-sharoitlari quvonarli hol, dedi “Pratiksha hospital Group” ijrochi direktori Megha Vats. – Sababi qulay muhit bo‘lgan joyda investor hech ikkilanmasdan biror bir ishga pul tikishi mumkin. Shu boisdan ham xorijdagi ilk klinikamizni sizning davlatingizda ochmoqchimiz. Bu ishlarga O‘zbekistondagi mas'ul idoralar tomonidan ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan. - Ishchi guruhimiz kelib, Hindistonning eng ilg‘or klinikalarida bu yerdagi tajriba o‘rganildi, - dedi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Alisher Shodmonov. – Olib borilgan muzokaralar natijalarga ko‘ra, hindistonlik shifokorlar O‘zbekistonga kelib o‘z klinikalarining filialini O‘zbekistonda ochishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
8O‘zbekiston
OAV: Indoneziya OPeK a'zoligidan chiqishga qaror qildi Indoneziya Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotiga (OPeK) a'zoligini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma'lum qilmoqda. U bergan ma'lumotga ko‘ra, Indoneziya tashkilotga a'zo boshqa davlatlar o‘rtasida taqsimlanadi. Avvalroq Indoneziya neft qazib olishni muzlatishga nisbatan o‘z pozitsiyasini aniqlashtirmagani, ammo tashkilotda muhim o‘rin tutishi haqida xabar berilgan edi.  Ma'lumot uchun: OPeK tarkibiga 12 ta davlat kiradi. Bular: Eron, Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Venesuela, Qatar, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Jazoir, Nigeriya, Ekvador va Angola.
4Iqtisodiyot
Kassir xaridorlar chekidan 16,5 mln so‘m keshbek yig‘di Poytaxtdagi «A.A.» kompaniyasining kassiri B. R. aprel oyida xaridorlarning 1,6 mlrd so‘mlik 152 ta cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazib, 16,48 mln so‘mdan ortiq keshbek ishlab olgani ma’lum bo‘ldi. Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati «shubhali» cheklar uchun to‘lab berilgan summa to‘liq bekor qilinganini ma’lum qildi. O‘z navbatida, kassir tomonidan bir oy ichida 1,8 mlrd so‘mlik 443 ta chek rasmiylashtirilib, 18 mln so‘mdan ortiq keshbek jamg‘arilgani aniqlangan. Hukumatning 12 maydagi [255-son] qaroriga muvofiq, DSQ onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi tasdig‘ini so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo‘lgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
5Jamiyat
Bayden, Jinping va boshqa davlatlar rahbarlari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga tabrik yo‘lladi Xususan, AQSh prezidenti Jozef Robinett Bayden va XXR raisi Si Jinping O‘zbekiston rahbarini bayram bilan qutladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Hurmatli Prezident janoblari! Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z baxtli va farovon bo‘lishini tilayman. Bu barcha uchun tinchlik va yangilanish bayramidir, joriy yil esa mamlakatlarimiz diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlayotgani bilan alohida ahamiyatlidir. Mening ma’muriyatim pandemiyaga qarshi kurash, strategik sherikligimizni chuqurlashtirish va xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi muvaffaqiyatli sa’y-harakatlarimizni davom ettirish uchun kelgusi yilda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan umidvor. Mamlakatingizni Amerika investitsiyalari uchun jozibador qilishiga yordam bergan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Shuningdek, Siz bilan C5+1 jarayoni doirasida umumiy mintaqaviy maqsadlarimiz yo‘lidagi ishlarimizni davom ettirishga intilamiz Navro‘z muborak! Hurmat bilan, Jozef Robinett Bayden, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Muhtaram Prezident janoblari! Xitoy hukumati va xalqi nomidan hamda o‘z nomimdan Sizni O‘zbekistonning an’anaviy bayrami Navro‘z munosabati bilan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz. Yaqinda siz bilan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligiining 30 yilligini nishonladik. Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi doirasida do‘stona muhitda sermahsul uchrashuv o‘tkazdik hamda ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va birgalikda “Bir makon, bir yo‘l”ni barpo etish, COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan yangi kelishuvlarga erishdik. Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman va Siz bilan birgalikda mamlakatlarimiz ravnaqi va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida an’anaviy do‘stlikni mustahkamlash va ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyorman. Sizga mustahkam sog‘lik, davlatchilik faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilayman! Si Jinping, Xitoy Xalq Respublikasi raisi. Bundan tashqari: Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
8O‘zbekiston
Namanganda yapon futbol maktabi ochiladi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga birinchi rasmiy tashrifi arafasida, Tokioda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Yaponiya Biznes forumi doirasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Namangan viloyati hokimligi hamda Yaponiyaning Yamanashi prefekturasi taniqli futbol klubi – “Vanfore Kofu” o‘rtasida hamkorlik aloqasi o‘rnatilib, anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Kelishuvga ko‘ra, Yaponiya J2 League divizioni yetakchi jamoalaridan biri bo‘lgan “Vanfore Kofu” va Namangan futboli o‘rtasida doimiy hamkorlik o‘rnatiladi. Yapon klubi yaqin davrda Namanganda o‘z futbol maktabini ochadi, ushbu maktabning eng yaxshi tarbiyalanuvchilari “Vanfore Kofu” tarkibiga qo‘shilish imkoniga ega bo‘lishadi. Shuningdek namanganlik murabbiylar uchun yapon mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminarlari, master-klasslar tashkil etadi. “Vanfore Kofu” hamda “Navbahor” jamoalari asosiy tarkibining o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi. “Suzuki”, “Citizen”, “NNS”, “Pioneer”, “Daihatsu” kabi Yaponiyaning o‘nlab taniqli yirik kompaniyalarning homiyligida faoliyat olib borayotgan “Vanfore Kofu” bilan erishilgan bu kelishuv homiy kompaniyalarning Namangan viloyatiga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga hamda kelgusida investitsiyalar sohasida hamkorlik uchun zamin yaratishi mumkin.
13Sport
«Mahallaga juda ko‘p vazifalarni yuklab yuboryapmiz» — Alisher Qodirov «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov 27 sentabr kuni Surxondaryo viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida mahallalarga juda ko‘p vazifalar yuklatib yuborilayotganini ta’kidladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda. «Keyingi paytlarda mahallaga juda ko‘p vazifalarni yuklab yuboryapmiz. Mahalla aslida odamlarni birlashtiradigan, maslahat, muloqot qiladigan maskan bo‘lishi kerak», — dedi u. Prezidentlikka nomzodning ta’kidlashicha, mahallalar hokimiyatga haqiqiy tavsiyalarini, takliflarini beradigan idoraga aylanishi kerak. «Shu ma’noda, bizning mahallaga alohida e’tibor qaratib, asl holiga qaytarish rejalarimiz bor», — deya qo‘shimcha qildi u. Fevral oyida Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi sessiyasida «mahalla tashabbuskor, mahalla raisi islohotchi» deya ta’kidlagan edi. «Mahalla raisi oldingidek to‘y-u tomoshalarda odamlar kutib, kuzatadigan odam emas. 775 ta mahallada raislar o‘zini munosib ko‘ra oladimi?», — degan edi davlat rahbari. Aprel oyida esa Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tajriba amalga oshirilishi haqida ma’lum qilgan. «Yangi tizimda, tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari strukturasida, Mahallabay ishlash markazi tashkil etiladi va markazda har uchta mahallaga bittadan inspektor biriktiriladi. Inspektorlar mahalla raisining tadbirkorlik va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosari bilan yonma-yon turib, kechayu-kunduz ishlaydi. Ular endi budjetdan oylik olib, mahallada ish joyi tashkil etish bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi. Bu „Samarqand tajribasi“ bo‘ladi», — degan edi u.
12Siyosat
O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi Rossiya hukumati matbuot xizmati. "Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari va hukumatlararo yo‘nalish bo‘yicha bo‘lajak muloqotlar jadvalini ko‘rib chiqishdi", - deyiladi xabarda. Bundan tashqari, ikki davlat hukumat rahbarlari 30 may kuni Urganchda bo‘lib o‘tgan hukumatlar rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida erishilgan kelishuvlarning bajarilishini muhokama qilishgan. Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilgani xabar qilingandi.
8O‘zbekiston
Britaniyalik rassom o`qiganda qorayadigan kitobni yaratdi Britaniyalik rassom Kamilla Leprust antiqa bir kitob ixtiro qildi. Kitobni o`qish uchun varaqlangan vaqtda kitob betlari qoraya boshlaydi. Ushbu ixtiro 2014 yilning 26-28 sentyabr kunlari har yilgi London Art Book Fair kitob yarmarkasida namoyish etiladi. Bu haqda lenta.ru nashri xabar beradi. Ma`lumotlarga ko`ra, rassom ushbu kitobni yaratishda maxsus termoqog`ozdan foydalangan. Ixtiro qilingan kitob 4 soat ichida o`qib bo`linishi shart. Aks holda kitobning barcha varaqlari qorayib, yozuvlar o`cha boshlaydi. Kitobning ustki qismi ham antiqa ravishda dizayn qilingan.
2Dunyo
O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ishlab chiqildi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, xalqaro va milliy ekspertlar bilan birgalikda yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqdi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi. Bu maqsadni ko‘zlagan holda, unga soliq solish masalalarini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlar qoidalari, shu jumladan, soliq stavkalari kiritildi. Loyiha soliqlarni undirish prinsiplari, yondashuvlari bo‘yicha boshqa mamlakatlarning amaliyotda sinalgan tajribasining qo‘llanilishiga asoslangan. Soliq kodeksining amaldagi tuzilishi saqlanib qolingan, u umumiy qism (soliq ma’murchiligi masalalari) va maxsus qismga (soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning asosiy qoidalari) bo‘linishi nazarda tutilgan. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida taklif etilayotgan asosiy konseptual o‘zgartirishlar: I. Maxsus soliq rejimlarining bekor qilinishi: bozorlar uchun, ularni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazgan holda; konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun ularga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini joriy etgan holda. Bunda mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan davlat boji miqdorini pasaytirish nazarda tutilmoqda; fakat advokatlik hay’atlari uchun notijorat tashkiloti maqomini saqlab qolgan holda, advokatlik byuro va firmalari umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi; qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni umumbelgilangan soliqlarni yoki aylanmadan soliq to‘lashga o‘tkazgan holda. Bunda soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi uchun foyda solig‘i bo‘yicha “nol” stavkada va mol-mulk solig‘idan ozod etish belgilanmoqda; yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan summada jismoniy shaxslar daromadidan soliq to‘lash tartibi saqlanib qoladi. Bunda ularga deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlash huquqi beriladi, bu soliq yukini yanada adolatli taqsimlash va mazkur soliq turi bo‘yicha berilgan imtiyozlarni qo‘llash imkonini beradi. Soliq kodeksidan davlat boji, ayrim turdagi tovarlarni (alkogolli mahsulotlar) sotish huquqi uchun yig‘imi singari bo‘limlar chiqarib tashlanmoqda. Ularni alohida “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida (yangi tahrirdagi) nazarda tutish taklif etilmoqda. II. Umumiy qismga kiritilayotgan qo‘shimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan: soliq to‘lovchilar va soliq organlarining huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish; soliq organlariga tahlika-tahlil natijalariga ko‘ra (inspektor aralashuvisiz) vakolatli organ bilan kelishmagan holda, kameral, sayyor tekshiruvlar va soliq auditini tayinlash huquqini beradigan soliq nazoratini o‘tkazishning yangi tartibini joriy etish; soliq auditini o‘tkazish, soliq nizolarini sudgacha tartibda hal etish, shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarlikning turiga qarab javobgarlik choralarini belgilash tartibini detallashtirish; ortiqcha to‘langan soliq o‘z vaqtida qaytarilmaganligi uchun penya to‘lagan holda soliq summasini o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish; soliqlar to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha yangi dastaklarni, shuningdek, kollegial organlar (komissiyalar) ishtirokisiz pullik asosda soliqlar to‘lanishini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish tartibini joriy etish; soliq solishdan bo‘yin tovlashga qarshi tadbirlar belgilash bo‘yicha normalarni, shu jumladan, “bitimlarni qayta malakalash” qoidalarini, “soxta bitimlar” bekor qilinishini, firibgarlikdan iborat bitimlar bo‘yicha chegirmalar taqdim etilmasligini belgilash. III. Maxsus qismga kiritilayotgan qo‘shimchalarda soliqlarni hisoblab chiqarish mexanizmini va to‘lash tartibini takomillashtirish, shuningdek, barcha soliq solish elementlarini aniqlashtirish va tartibga solish nazarda tutilgan. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarning 9 ta turi nazarda tutilgan, katta bo‘lmagan kompaniyalar (1 milliard so‘mgacha aylanmaga ega bo‘lgan) uchun aylanmadan soliq ko‘rinishidagi maxsus soliq rejimi saqlanib qoladi. Soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bo‘yicha asosiy o‘zgartirishlar: Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha: batafsil kameral tekshiruv o‘tkazilganidan keyin soliq to‘lovchilarga QQS bo‘yicha “salbiy” saldoni qaytarish huquqi taqdim etiladi. Yirik soliq to‘lovchilar uchun uni soddalashtirilgan tartibda qaytarish ham nazarda tutilmoqda. Ayni paytda QQS bo‘yicha “salbiy” saldo faqat eksportyorlarga qaytarilmoqda; asosiy vosita obyektlari, shu jumladan, ko‘chmas mulk obyektlari xarid qilinganda (barpo etilganda) QQSni bir yo‘la hisobga olinishi joriy etiladi. Ayni paytda hisobga olish teng ulushlarda ketma-ket keluvchi 12 oy davomida, ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha esa 36 oy davomida amalga oshirilmoqda; QQSdan ozod bo‘lish huquqiga ega elchixonalar va xalqaro tashkilotlarga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan QQSsiz realizatsiya qilishning amaldagi tartibi o‘rniga QQSni soddalashtirilgan sxema bo‘yicha qaytarish taklif etilmoqda; norezidentlar tomonidan ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarga soliq solish joriy etilmoqda; davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar uchun QQS joriy etilmoqda, bu xususiy sektor bilan raqobatlashish imkonini beradi; soliq to‘lovchilar tomonidan sodir etiladigan firibgarlik harakatlari, jumladan, rahbarlar (muassislar) yoki ularning oila a’zolari ehtiyojlari uchun tovar-moddiy boyliklarni tekinga berish, sotib olish va boshqa holatlarda bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan; hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash muddatlari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Chunonchi, katta bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (choraklik aylanmasi 1 milliard so‘mdan kam bo‘lgan) hisob-kitobni har oyda taqdim etishlari o‘rniga har chorakda taqdim etishi belgilandi; Foyda solig‘i bo‘yicha: ilgari soliq solingan shunday daromad summalari bo‘yicha hisobga olish mexanizmini joriy etish orqali dividendlarga pog‘onali soliq solishdan voz kechish taklif etilmoqda; foizlarga to‘lov manbaida emas, balki ularni oluvchilarni soliqqa tortish tartibi joriy etilmoqda; yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solinadigan bazani soddalashtirilgan tartibda tushumning 25 foizi miqdorida belgilash huquqi berilmoqda; soliq solinadigan foydani texnologik asbob-uskunalar yoki ko‘chmas mulk obyektlarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga kamaytirish qismida imtiyozni bekor qilgan holda ularni xarid qilishda bir yo‘la amortizatsiya chegirmalari tartibi joriy etilmoqda; avans to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotnomalar bekor qilinadi. Ular o‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra faqat yirik soliq to‘lovchilar uchun hisoblanadi; Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha: obyektlarni hisobga olish sifatini oshirish maqsadida taqdim etilgan imtiyozlarni bekor qilgan holda, alohida obyektlar (yer uchastkalari) bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkalarini joriy etish taklif etilmoqda; belgilangan muddatda foydalanishga joriy etilmagan asbob-uskunalarga mol-mulk solig‘ining soliq solish obyektidan chiqarib tashlanmoqda; yagona yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarish tartibi joriy etilmoqda; Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha: suvdan quyidagi maqsadlarda foydalanganda oshirilgan (besh baravar miqdorda) soliq stavkalari qo‘llaniladi: a) suvdan foydalanishning belgilangan limitlaridan ortiq hajmda foydalanilganda — oshgan qismiga; b) ruxsat beruvchi hujjatlarsiz; v) avtotransport vositalarini yuvuvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan foydalanganda. Boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha to‘lovchilar toifasiga, soliq solish obyektiga va soliq solinadigan bazani belgilash tartibiga aniqlashtirishlar kiritildi. Yangi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamalari 17-sentabrga qadar davom etadi.
8O‘zbekiston
“Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 36-son, 394-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:”. 2. Qoidalarda: a) 1-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar “Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “20 foizidan” degan so‘zlar “25 foizidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 8-banddagi “emitentning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitalining 20 foizidan” degan so‘zlar “emitent ustav kapitalining 25 foizidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 29-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Foizli, diskontli, yutuqli, seriyali (obligatsiyaviy dasturga asoslangan) va maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar chiqarilishi mumkin.”; quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Seriyali (obligatsiyaviy dasturga asoslangan) obligatsiyalar to‘lov muddati davriy ravishda tegishli emissiya qarori (risolasi) bilan belgilangan muddatlarda yuzaga keladigan obligatsiyalar hisoblanadi.”; oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin; d) 1 va 1a-ilovalarning 11.7-bandidagi “baholash faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning raqami, berilgan sanasi va litsenziyaning amal qilish muddati, ko‘rsatilgan litsenziyani bergan organ.” degan so‘zlar “baholovchi tashkilotning professional jamoat birlashmasiga a’zoligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va berilgan sanasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; e) 2v-ilovaning 7 va 10-bandlaridagi “pasport ma’lumotlari” degan so‘zlar “pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10Qonunchilik
Turkiyada 5 balldan ziyod magnitudali zilzila bo‘ldi Turkiyaning Manisa provinsiyasi hududida 5,1 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda CNN Turk telekanaliga asoslanib, Reuters xabar bermoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida hech kim jabrlanmagan va vayronkorliklar kuzatilmagan. Yer osti silkinishlari Saruxanla tumanida, 10 km. yer ostida kuzatilgan. Ma'lum qilishlaricha, zilzila to‘lqini qo‘shni tog‘larda ham sezilgan.
5Jamiyat
O‘qituvchilarga mehnat ta'tili davomida qo‘shimcha topshiriqlar berilmaydi – XTV Vazir o‘rinbosarining ma'lum qilishicha, mehnat ta'tiliga chiqqan pedagog xodimlarga ta'til davomida topshiriq bermaslik haqida barcha hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga ko‘rsatma berilgan. «19 martdagi Prezident farmoni va 23 martdagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, barcha pedagog xodimlarga karantin davrida lavozimidan qat'i nazar mehnat ta'tili berilgan. Ularga ta'til davomida qo‘shimcha vazifa yuklatish bo‘yicha topshiriq mavjud emas», dedi Dilshod Kenjayev 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda. Unga ko‘ra, ta'lim muassasalarining asosiy ish faoliyatiga ta'sir etmagan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning mehnat faoliyatini maksimal darajada masofaviy tarzda tashkil etish choralari ko‘rilgan. «Xalq ta'limi vazirligi masofadan ishlash uchun faqat uyida imkoniyati bor xodimlarnigina jalb qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga ko‘rsatmalar bergan. Pedagoglarga elektron dars ishlanmasini yuritish kabi qo‘shimcha topshiriqlar berilgan emas. Ota-onalarning so‘rovlaridan kelib chiqqan holda masofadan turib ishni davom ettirayotgan pedagoglar o‘z o‘quvchilariga onlayn darslarni o‘zlashtirish va mavzuni mustahkamlashda amaliy yordam ko‘rsatishlarini so‘rab qolamiz», dedi Kenjayev. Brifing davomida vazir o‘rinbosari Xalq ta'limi vazirligi nomidan umumta'lim muassasalari rahbarlariga rasman murojaat qildi. «Barcha umumta'lim muassasalari rahbarlaridan rasman mehnat ta'tiliga chiqqan xodimlarni bezovta qilmasliklarini, masofadan o‘z faoliyatini olib borayotgan xodimlarga ortiqcha vazifa yuklamasliklarini so‘rab qolamiz», deya ta'kidladi u. Karantin davrida maktab xodimlari tungi navbatchilikka jalb etilishi haqida topshiriq yo‘q ― XTV O‘qituvchilar uchun yozgi ta'til muddati qisqaradi - vazirlik
5Jamiyat
O‘zbekistonda tugatilayotgan litseylar ro‘yxati ma'lum qilindi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida respublikada 4 ta akademik litsey tugatiladi, 54 tasi esa kasb-hunar kollejiga aylantiriladi. Tugatilayotgan litseylar ro‘yxati ma'lum qilindi. Aynan qaysi Akademik litseylarning faoliyati tugatilayotganligi ma'lum qilindi. Bular: 1.Andijon tibbiyot instituti qoshidagi 2-sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 547) 2.Samarqand davlat arxitektura-qurilish institut qoshidagi 2-sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 173); 3.Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi 2-sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 300); 4.Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti qoshidagi Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 307). Qarorga ko‘ra, ushbu akademik litseylarning 1-bosqichlariga o‘quvchilarni qabul qilish 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatiladi. Ya'ni yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan o‘quv dargohlariga 9-sinf bitiruvchilari o‘qishga qabul qilinmaydi. Qolgan o‘quvchilar o‘z o‘qishlarini oxirigacha davom ettirishadi.  Litseylardagi o‘quv guruhlaridagi o‘quvchilar soni cheklanadi Prezident Qarori Akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta'lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta'lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida qabul qilingan. Litsey bitiruvchilariga sertifikatlar topshiriladi
8O‘zbekiston
Sankt-Peterburgdagi kafelardan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi Sankt-Peterburgda «Burger King» kafesining yordamchi xonasida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Rossiya OAV huquqni muhofaza qilish organlariga tayangan holda xabar berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 14 sentabr kuni fastfud restoranining direktori ishga kelgan va yordamchi xonaga yo‘l olgan, ammo eshik ichkaridan qulflangan bo‘lgan. U bir soat davomida xonaga kirishga uringan hamda o‘sha yerda bo‘lishi kerak bo‘lgan xodimning uyali telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan. Eshik ochilganda ayol restoran oshpazi, 26 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadini aniqladi. Politsiya videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar, restoranda bo‘lgan oshpazning buyumlari hamda pichoqlarini olgan. Aniqlanishicha, yordamchi xonaning eshigini faqat ichkaridan yopish mumkin bo‘lgan. Kafega bostirib kirish va janjal belgilari topilmadi. Tekshiruv o‘tkazilmoqda. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining taxminicha, marhum oshpazning ishida jinoiy omil bo‘lmasligi ham mumkin.
5Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi archalar o‘rnatiladigan va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarni ma’lum qildi Toshkent shahar hokimligi shaharda archalar o‘rnatiladigan va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarni ma’lum qildi. Toshkentning asosiy Yangi yil archasi Istiqlol ko‘chasi Alisher Navoiy nomidagi kutubxona qoshida o‘rnatiladi. Bundan tashqari, qishning asosiy bayrami kunlari yana beshta asosiy archa bezatiladi. Bu yasatilgan archalar Xalqlar Do‘stligi va Xadra maydonlarida Toshkent Davlat sirki oldida, Next va Compass savdo-ko‘ngilochar markazlari yaqinida va Algoritm dahasida Roison Elektronics korxonasi yonida o‘rnatiladi. Tuman hokimliklari poytaxt hayvonot bog‘i, Ecobozor savdo kompleksi hududida, GreenPark’da, “Ashxobod”, “Do‘stlik”, “Eko park”, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Central Park bog‘larida, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr oldida, O‘zbekiston Milliy banki yonida va boshqa joylarda bayram tadbirlarini uyushtiradi.
8O‘zbekiston
Amir Temur xiyoboni: kecha va bugun (foto) Toshkentdagi Amir Temur nomidagi xiyobon — shaharning alohida belgilangan maydoni, boshlang‘ich koordinatasi timsolidir. Madaniyat, san’at, fanning alohida gullagan payti o‘sha davr bilan belgilanadi. 1994-yil 31-avgust, Mustaqillik bayrami arafasida taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov bronzadan quyma yasagan Amir Temur haykali Toshkent aholisiga taqdim etildi. Haykaltarosh akademik maktab vakili, usta haykaltarosh ko‘p marotaba dunyo bo‘ylab sayohat qildi: Meksikada Rivera, Orasko va Sikeyros haykallarini ko‘rib o‘z ijodini qayta nigohidan o‘tkazdi. Aynan shu ijodiy safar natijasida Badiiy akademiya akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ilhom Jabborov otliq Amir Temur haykalini mana shunday ajoyib ko‘rinishda yaratdi. 1998-yilda xiyobonda musiqa chalib o‘tirgan orkestr. Amir Temur shaxsini Toshkentning markaziy qismi ramzi sifatida tanlash tasodifiy emas. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, o‘zbek davlatchiligi asoschisining timsoli poytaxt aholisini mustaqil davlatni yaxlit birlashtirishga, buyuk ajdodlarning ezgu ishlarini davom ettirishga chaqiradi. Haykal Amir Temurning o‘tirgan holatini ifoda etadi. Hukmdor jangovar kiyimda, go‘yoki g‘alabali yurishdan qaytmoqda, chap qo‘li bilan olovli otini jilovlamoqda, o‘ng qo‘li uni kutib olayotgan odamlar uzra ko‘tarilgan va mamlakatda tinchlik, osoyishtalik hukm surishini ma’lum qilmoqda. Hukmdorning viqorli salobati va yarim bukilgan qo‘li farovonlik va taraqqiyot ramzidir. Haykal o‘rnatilgan tagkursida esa buyuk Temurning “Kuch – adolatdadur” shiorining to‘rt tilda yozilganligini ko‘ramiz. 2009-yil noyabrida hukumat qaroriga muvofiq Amir Temur xiyoboni tubdan qayta tiklandi: yoshi 100 dan o‘tgan keksa daraxtlar kesib tashlandi. Aynan shu bog‘ yuz yildan ortiq vaqt davomida xiyobonda eng jazirama issiq ob-havoda ham salqinlikni ta’minlar edi. “Skver”dagi chinorlarni kesib tashlash shahar ma’muriyatining so‘nggi yillardagi eng shov-shuvli va muhokamalarga sabab bo‘lgan qaroriga aylandi. Hozirga qadar ko‘pchilik toshkentliklar uning tarixini xiyobonni “yo‘q qilgungacha” va “undan keyingi” davrga bo‘lib kelishadi. Daraxtlar kesilgach, xiyobon hududida hashar uyushtirilib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirildi, ko‘rkam, go‘zal va shinam bog‘-xiyobon vujudga keltirildi. Turli manzarali daraxtlar, gullar ekilib, zamonaviy favvoralar o‘rnatildi. “Daryo” haykal o‘rnatilgan vaqtdan bugunga qadar bo‘lgan qiyofasi aks etgan suratlarni bo‘lishadi. Amir Temur xiyobonining 1996-yildagi qiyofasi fonida turgan haykal. Amir Temur xiyoboni, 2007-yil, noyabr. 2009-yilning 12-noyabrida ushbu xiyobondagi daraxtlarni kesish va qo‘porish ishlari boshlangan. 16-noyabrga kelib bu yerdagi yashil qiyofa tugatilgan. Amir Temur xiyoboni, 2007-yil, noyabr. 2009-yilning 12-noyabrida ushbu xiyobondagi daraxtlarni kesish va qo‘porish ishlari boshlangan. 16-noyabrga kelib bu yerdagi yashil qiyofa tugatilgan. 2017-yil, Amir Temur xiyoboni. 2017-yilning 8-sentabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivali doirasida shahar markazidagi Amir Temur xiyobonida ko‘kka ko‘tarilgan sharlar. Amir Temur haykali shahardagi asosiy yodgorlik sanaladi. Amir Temur o‘rta asrlarning kuchli siyosiy arbobi va sarkardasi bo‘lib, 200 yil hukm surgan va Kavkazdan Xitoygacha, Sibirdan Hindistongacha hududni egallagan yirik va yagona imperiyani tuzgan. Temurning salobatli turishi va yuqoriga cho‘zilgan qo‘li homiylik, xalqqa tinchlik va xotirjamlik va’da berishining ramzi. 2019-yilning 17-noyabrida O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan festival doirasida Amir Temur xiyobonidan “Xalqlar do‘stligi” maydoni tomongacha otlar marshi o‘tkazilgan edi. 2020-yilning 15-mart kuni O‘zbekistonda ilk marta koronavirus qayd etilgan edi. Bu haqda ma’lumot e’lon qilingan soatlarda Amir Temur xiyobonida odamlar hali niqobsiz yurar edi. 2020-yilning 22-martidan e’tiboran koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish choralari doirasida Toshkentdagi jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu paytda odamlar hali uylariga qamalmagan holda Amir Temur xiyobonida sayr qilib yurishar edi. 2020-yilning 6-aprelidan boshlab koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Respublikada “o‘zini yakkalash” hayot tarzi joriy etildi. Suratda bo‘m-bo‘sh Amir Temur xiyoboni oldida ketayotgan yuk mashinasi hamda xizmat avtomobili. Ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turilishi xabar qilindi. 2020-yilning 8-aprelida butun dunyo va shu jumladan, O‘zbekiston aholisi ham o‘zini yakkalash rejimida uyida o‘tirganida kutilmaganda qor yog‘di. Suratda Amir Temur haykalining o‘sha kungi manzarasi. 2020-yilning 8-aprelida butun dunyo va shu jumladan, O‘zbekiston aholisi ham o‘zini yakkalash rejimida uyida o‘tirganida kutilmaganda qor yog‘di. Suratda Amir Temur haykalining o‘sha kungi manzarasi. 2020-yilning 14-aprel kuni Toshkent shahrini tongdan tuman qopladi. Suratda xiyobonning tumandagi ko‘rinishi va koronavirusdan saqlanish uchun niqob taqib olgan odamlar. 2020-yilning 18-noyabrida Toshkentda yog‘gan birinchi qor fonida turgan Amir Temur haykali. 2021-yilning 18-fevralida Toshkentga erta kelgan bahor nafasi Amir Temur xiyobonida ham sezildi. Daraxtlar kurtakka kirdi. 2021-yil, 9 aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yillik yubiley sanasi nishonlanmoqda.
8O‘zbekiston
“O‘zstandart” agentligi bosh direktorining virtual qabulxonasi ishga tushdi “O‘zstandart” agentligi rasmiy saytida agentlik bosh direktorining virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Sayt orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan. Murojaatlar o‘z vaqtida hamda ijobiy ko‘rib chiqilishi uchun har bir masala alohida va tushunarli tilda yo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. Saytda murojaat natijasini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish mumkin. Onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Agentlik markaziy apparatida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan har bir masala agentlik majlislarida muntazam muhokama qilinmoqda va ular mamlakatimiz qonunchiligi doirasida hal etilmoqda.
8O‘zbekiston
Chempionlik kamari uchun saralash jangida ishtirok etadigan Isroil Madrimov, Peleni ortda qoldirgan Messi, “Manchester Yunayted”dagi debyuti aniq bo‘lgan Ronaldu. Eng so‘nggi sport yangiliklari Dunyo va o‘zbek sportiga oid 11-sentabr tongining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing. MOQ matbuot xizmati Rossiyaning Qozon shahrida MDH o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 10-sentabr kuni o‘zbekistonlik dzyudochilar jamoaviy bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bahslardagi ishtirokini yarim finaldan boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi mazkur bosqichda Rossiyani 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda esa Ozarbayjon terma jamoasi mag‘lub etildi (5:3). 12-sentabrdan 3-oktabrgacha Litvada bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon Chempionati “Sport TV” va “Yoshlar” telekanallari orqali jonli tarzda efirga uzatiladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada B guruhidan joy olgan bo‘lib, keyingi bosqichga chiqish uchun Misr, Gvatemala va Rossiya Futbol ittifoqi (Rossiya) bilan kuch sinashadi. O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan 3 ta o‘yin 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. “Paxtakor” “Metallurg” maydoniga safar qilib, 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. “Bunyodkor” Toshkentda “Qo‘qon-1912” bilan kuch sinashdi, uchrashuv 2:1 hisobida “qaldirg‘ochlar” foydasiga hal bo‘ldi. “Navbahor” va “OKMK” Namanganda 0:0 durangni rasmiylashtirdi. Isroil Madrimov WBA chempionlik kamari uchun saralash jangida ishtirok etadi. Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) majburiy da’vogar bo‘lgan Madrimov (7-0, 5 KO) mazkur vaznda WBA Gold kamari sohibi Mishel Soro (35-2-1, 24 KO) bilan jang o‘tkazadi. Jang eliminator (majburiy da’vogar) maqomi uchun kechadi. Jang uchun WBA tashkiloti tomonidan ochiq promouterlik auksioni e’lon qilindi. Promouterlik auksioni 20-sentabrga belgilangan. Madrimov—Soro jangi g‘olibi WBA Super kamari egasi Jermell Charloga qarshi jang uchun majburiy da’vogarga aylanadi. MOQ matbuot xizmati 1994-yili Norvegiyaning Lillehammer shahrida o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlarida oltin medal qo‘lga kiritgan Liliya Cheryazovaga Rossiyaning Novosibirsk shahridagi “Kleshchixinskiy” qabristonida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining moddiy va ma’naviy ko‘magi bilan yodgorlik o‘rnatildi, deb yozmoqda tashkilot matbuot xizmati. Qayd etish o‘rinli, Cheryazova O‘zbekistonning qishki olimpiya o‘yinlaridagi yagona medalchisi hisoblanadi. Lina Cheryazova – 1968-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi, Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (1990), Jahon chempioni (1993), Jahon Kubogi bosqichlari Gran-prisi sovrindori (1993, 1994), Norvegiyaning Lillaxamer shahrida o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlari chempioni (1994), Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi xalqaro stipendiyasining faxriy sovrindori hisoblangan. U 2019-yil 23-mart sanasida og‘ir xastalikdan vafot etgan. Jahon Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning “Nyukasl”ga qarshi o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ma’lum qildi. “Manchester Yunayted” – “Nyukasl” uchrashuvi 11-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Pelening rekordini yangiladi. Messi JCh—2022 saralash bosqichi doirasida Boliviyaga qarshi o‘yinda (3:0) het-trik qayd etdi. Shu tariqa 34 yoshli futbolchining terma jamoadagi gollari soni 79 taga yetdi. Bu natija “PSJ” futbolchisiga Janubiy Amerika terma jamoalari to‘purarlari orasida birinchi o‘ringa chiqib olishga imkon yaratdi. Messi bu yo‘lda 92 o‘yinda 77 ta gol urgan braziliyalik sobiq futbolchi Peledan o‘zib ketdi. Argentinalikning hisobida esa 153 ta o‘yin bor. Jerom Boateng sobiq qaylig‘iga kuch ishlatgani uchun aybdor deb topildi va 1,8 million yevro jarima to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda Bild xabar qilmoqda. Avvalroq Boatengning 2018-yilda janjal sabab farzandlarining onasi bo‘lgan Sherin Zenlerga qo‘l ko‘targani va unga tan jarohati yetkazgani haqida xabar berilgandi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
AQShda zargarning o‘g‘li ko‘p millionli sug‘urta puli uchun otasini o‘ldirishga qotil yolladi AQShning Kollej-Steyshn shahrida zargarni o‘zining 19 yoshli o‘g‘li tomonidan yollangan qotil otib o‘ldirdi. Bu haqda Fox News xabar berdi. Joriy yilning 2-mart kuni 55 yoshli Teodor Shonessi yashaydigan uyga noma’lum kishi kirgan. U erkakka bir necha marta o‘q uzgan, uning itini o‘ldirgan, undan keyin esa yashiringan. Zargarning rafiqasi tirik qolgan va politsiya chaqirgan. Politsiya tomonidan gumon qilinishicha, qotillik ortida zargarning 19 yoshli o‘g‘li Nikolas Shonessi turgan. Ma’lum bo‘lishicha, u bir necha oy davomida pul evaziga qotillikni amalga oshirishga tayyor kishini izlagan. O‘g‘ilning so‘zlariga ko‘ra, ota-onasining o‘limi uchun sug‘urta puli, ularning uyi va zargarlik do‘konini sotish qariyb sakkiz million dollar olib keladi. Qotil hali topilgani yo‘q. Nikolas Shonessining uyidan jinoyat vaqtida foydalanilgan o‘q-dori bilan bir xil o‘qlar topilgan. Shuningdek, o‘g‘ilning rafiqasi ham qo‘lga olingan, ular qotillikda ayblanmoqda.
2Dunyo
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-son “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi karoriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 186-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3015, 2018-yil 21-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 21-son, 444-modda) bilan tasdiqlangan Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotni joylashtirishni va unga kirishni, davlat xaridlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) klassifikatoridan foydalanishni, elektron davlat xaridlarini o‘tkazish, elektron xarid qilish tartib-taomillari natijalariga ko‘ra shartnomalar tuzishni va HKKP orqali majburiyatlarni bajarish kafolatlarini ta’minlaydigan axborot tizimining mavjudligi;”. 2. 12-bandda: quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “davlat xaridlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantiradi;”; sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin. 3. 13-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “buyurtmachilar va ishtirokchilarga elektron davlat xaridlarida qatnashish uchun portaldan bepul foydalanishlarini ta’minlash;”. 4. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “36. Budjet buyurtmachisi tomonidan shaxsiy kabinet orqali elektron auksion, elektron tanlov va elektron tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon (bundan buyon matnda e’lon deb yuritiladi) joylashtirilganidan yoki elektron do‘konda ishtirokchining ofertasi tanlangandan (bundan buyon matnda oferta deb yuritiladi) so‘ng, portal elektron davlat xaridlari yakunlariga ko‘ra tuziladigan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun, moliyalashtirish manbalarini inobatga olgan holda, kerakli summaga band qo‘yish to‘g‘risidagi axborotni Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan (bundan buyon matnda DMBAT deb yuritiladi) olgandan so‘ng ushbu e’lonni yoki tanlangan oferta bo‘yicha narxlar so‘rovi mexanizmini aktivlashtiradi.”. 5. 38-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Auksion va elektron do‘kon o‘tkazishda korporativ buyurtmachisi va ijrochining kiritgan zakalatlari shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qo‘yiladi.”; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Budjet buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender o‘tkazishda ishtirokchilarning zakalati g‘olib aniqlangunga qadar xatlab qo‘yiladi. Elektron tanlov yoki elektron tender g‘olibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar band qilib qo‘yiladi. Korporativ buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender o‘tkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati va miqdori korporativ buyurtmachi tomonidan belgilanadi hamda kiritilgan zakalat elektron tanlov yoki elektron tender g‘olibi bilan shartnoma tuzilguniga qadar xatlanadi. Bunda zakalat miqdori tovar (ish, xizmat) qiymatining 3 foizidan oshmasligi kerak.”. 6. Quyidagi mazmundagi 381-band bilan to‘ldirilsin: “381. Moliya vazirligi ma’lumotlar bazalarining elektron hamkorligi orqali Operator bilan elektron hujjatlar aylanmasini hamda davlat xaridlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan axborot almashinuvini ta’minlaydi.”. 7. 41-bandda: birinchi xatboshidagi “hisobga oladi va shartnoma summasini HKKPga o‘tkazib beradi” degan so‘zlar “hisobga oladi, shuningdek elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma summasini HKKPga o‘tkazib beradi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Budjet buyurtmachisi elektron tanlov yoki elektron tender natijasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlardan foydalanmagan holda amalga oshiradi.”; ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin. 8. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “42. Korporativ buyurtmachilar elektron do‘kon yoki auksion natijasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni to‘liq hajmda amalga oshirish uchun ushbu shartnoma portalda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab, besh ish kuni mobaynida o‘zlarining HKKPdagi hisob raqamlariga pul mablag‘larini o‘tkazadilar. Bunda zakalat, shartnoma bo‘yicha to‘lash summasiga qo‘shib hisoblanadi. Korporativ buyurtmachilar elektron tanlov yoki elektron tender natijasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlardan foydalanmagan holda amalga oshiradi.”. 9. 44 va 45-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “44. Agarda, korporativ buyurtmachi elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmagan taqdirda, uning zakalati uch ish kunida, mazkur muddat tugaganidan so‘ng, keyinchalik unga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobiga o‘tkazish uchun, ijrochining HKKPdagi tegishli hisob raqamiga o‘tkaziladi. 45. HKKP buyurtmachidan elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma bo‘yicha kelib tushgan to‘lov summasini band qilib qo‘yadi va pul mablag‘lari kelib tushgan kunning ertasidan bir ish kunidan kechikmagan muddatda elektron shaklda to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha ijrochiga xabarnoma yuboradi. Mazkur xabarnoma ijrochiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.”. 10. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “47. Korporativ buyurtmachi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan keyin uch ish kuni mobaynida Operatorga o‘zining shaxsiy kabinetidan foydalangan holda elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) to‘liq hajmda qabul qilganlik to‘g‘risidagi axborotni yuborishga majbur.”. 11. 50-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “50. Operator, tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘liq hajmda yetkazilganligi haqida ma’lumotni olgandan so‘ng, bir ish kuni davomida:”; oltinchi xatboshidagi “shartnomaviy” degan so‘z “elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. Quyidagi mazmundagi 501-band bilan to‘ldirilsin: “501. Operator elektron tanlov yoki elektron tender natijasida shartnoma tuzilganidan so‘ng, bir ish kuni davomida zakalatni banddan echadi va uni ijrochining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytaradi. Korporativ buyurtmachi tomonidan o‘tkazilgan elektron tanlov yoki elektron tenderda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritilgan taqdirda, u Operator tomonidan shartnoma tuzilganidan so‘ng, bir ish kuni davomida banddan echiladi va ijrochining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytariladi.”. 13. 51-banddagi “Shartnoma” degan so‘z “elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 14. 52-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “52. Buyurtmachi tomonidan elektron do‘kon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi ma’lumot taqdim qilinmaganda, HKKP ushbu shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish muddati tugagach uch ish kunidan so‘ng:”.
10Qonunchilik
Everestda uch alpinist halok bo‘ldi Sayyoradagi eng baland cho‘qqi — Everestga chiqish vaqtida uch kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “MK.ru”. Yana bir alpinist bedarak yo‘qoldi. Uch alpinist — AQSh fuqarosi Roland Yervud, Slovakiya fuqarosi Vladimir Shtrba va avstraliyalik Franchesko Enriko Marchett Everestga chiqish vaqtida halok bo‘ldi. Amerikalik tog‘ cho‘qqisi yaqinida vafot etdi, avstraliyalik tog‘ kasalligidan ko‘z yumdi. Hindistonlik alpinist esa bedarak yo‘qoldi.
2Dunyo
Keyt Middlton homiladorlikning so‘nggi kunlarida Range Rover haydab yurgani xabar berildi Jurnalistlar qo‘liga homiladorlikning so‘nggi kunlarini kechirayotgan Keyt Middlton avtomobil boshqarayotgani aks etgan surat kelib tushdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”. Ma’lum bo‘lishicha, shahzoda Uilyamning rafiqasi farzandi Jorjni suzishga olib ketayotgan bo‘lgan. Basseynga qilingan tashrifdan so‘ng Kembridj gersoginyasi tezda Kensington saroyiga qaytib keldi. Unga tansoqchi, shahzoda Jorj va uning enagasi hamrohlik qildi. Keyt Middltonning ikkinchi farzandga homiladorligi haqida 2014-yil sentabrida ma’lum bo‘lgan edi. Keyt va Uilyamning birinchi farzandi Georg Aleksandr Lui 2013-yil iyulida dunyoga kelgan edi.
2Dunyo