text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Banklarga vasiylik qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 302-son bilan tasdiqlangan Banklarga vasiylik qilish to‘g‘risidagi nizomga(ro‘yxat raqami 570, 1998-yil 19-dekabr) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 8-banddagi “Kredit tashkilotlariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti” degan so‘zlar “Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Bankka vasiy etib tayinlanadigan shaxs Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan o‘rnatilgan malaka talablariga (ro‘yxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) muvofiq bo‘lishi lozim.”.
10Qonunchilik
Buxoroda 14 yoshli qizni zo‘rlab kelgan cho‘pon 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi Buxoroda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik qilgan cho‘pon 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Gazeta.uz” Oliy sud axborot xizmatiga tayanib xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning avgust oyida Qorako‘l tumanidagi “Bandboshi” MFY fuqarosi A.S. (1989-yilda tug‘ilgan) tumandagi boshqa mahalla yig‘inida yashovchi Sh.R. bilan tanishib qolgan. Har ikkisi cho‘ponlik bilan shug‘ullangan. Sh.R. yangi tanishi bo‘lgan A.S. bilan do‘stlashib, uni tez-tez xonadoniga olib keladigan bo‘lgan. A.S. fuqaro Sh.R. ning turmush o‘rtog‘i, uch nafar qizi va bir o‘g‘li bilan tanishgan. 2020-yilning 20-oktabrida ular birgalikda Qorako‘l cho‘l hududidagi “Chibirdon ota” ziyoratgohiga borishgan. Sh.R.ning katta qizi — tumandagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 14 yoshli A.X. (2006-yilda tug‘ilgan)ning qo‘l telefoni raqamini olgan A.S. hali voyaga yetmagan qizga ishqiy izhorlarini SMS orqali yo‘llab turgan. Voyaga yetmagan qizga turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini va unga uylanishini bildirgan. Qiz o‘zidan 17 yosh katta erkakning yozishmalaridan qo‘rqib, undan bunday SMSlar yozmaslikni, ota-onasi bilib qolsa, qattiq jazolashi mumkinligini aytgan. A.S. kunora yangi tanishini ko‘rish bahonasida ularning xonadoniga kelib ketavergan. 14-noyabr kuni soat 10:00 larda A.X. maktabdan qaytgan va bu paytda hovlida hech kim bo‘lmagan. Erkak esa qizning qarshiligiga qaramay, uning qo‘lidan tortib, mashinasining orqa o‘rindig‘iga majburlab o‘tirg‘izgan va mashina eshiklarini qulflab, haydab ketgan. Qorako‘l tumanida joylashgan “Eshonqul-Niyoz” fermer xo‘jaligi dala shiyponiga olib borib, zo‘rlik va kuch ishlatish yo‘li bilan qizni mashinadan tushirgan. Shiypon qorovulxonasiga voyaga yetmagan qizni majburlab olib kirgan cho‘pon uning qarshiligiga qaramay, jinsiy zo‘ravonlik qilgan va nomusini toptagan. Shundan so‘ng A.S. 14 yoshli qizga bu holatni hech kimga aytmasligini, 11-sinfni tugatganidan so‘ng unga uylanishini, bu ishdan ota-onasi xabar topsa, har ikkisini ham o‘ldirishi mumkinligini aytib qo‘rqitgan. Voyaga yetmagan qizni tez-tez uchrashuvga taklif qilgan va qiz rad etganda, holatdan ota-onasi hamda boshqalar ham xabar topishini aytib, po‘pisa qilgan. Gap-so‘z tarqalishidan qo‘rqqan A.X. u bilan uchrashuvlarga chiqib turgan. Cho‘pon qizga turli va’dalar berib, keyinchalik ixtiyoriy rozi bo‘lgan qiz bilan “Qandim” zavodi tomondagi cho‘l hududidagi cho‘lda, mashinasi ichida ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Qiz 2021-yil 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan holatlarni onasi M.R.ga aytib bergan. 22-yanvar kuni fuqaro M.R. tuman IIBga holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilib, A.S.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. Ariza yuzasidan olib borilgan tezkor tergov-surishtiruv ishlari davomida A.S. barcha aybni voyaga yetmagan qizga ag‘darib, turli ishqiy maktublar yozgani, uni tinch qo‘ymaganini, shundan so‘ng u bilan uchrasha boshlaganini bildirgan. Qo‘shimcha qilinishicha, voyaga yetmagan 14 yoshli qizni nomussizlikda, ya’ni birinchi jinsiy aloqada bokira emaslikda ayblagan va qiz tomonidan yozilgan ishqiy maktublarni ko‘rsatgan. Voqea tafsilotlari to‘liq o‘rganilganda cho‘pon bir necha bor uchrashuvlari paytida qizning voyaga yetmagani va g‘o‘rligidan foydalanib, o‘z nomiga turli ishqiy mazmundagi xatlarni qizning qo‘li bilan yozdirib olgani oshkor bo‘lgan. Sud davlat ayblovchisining xulosasini, jabrlanuvchi — voyaga yetmagan A.X. va A.S.ning hufyona ishqiy uchrashuvlari borasidagi ish hujjatlarini o‘rganib chiqqan. Sud jinoyat ishida to‘plangan boshqa dalillar orqali A.S.ning jinoiy xatti-harakatlarini fosh etgan. Uning “Men qiz bilan takroran jinsiy aloqada bo‘lmaganman, uni majburlamaganman” degan vajlarini asossiz, deb hisoblagan. Natijada A.S. o‘z aybini tan olishga majbur bo‘lgan. Sud tomonidan sudlanuvchining qilmishlari oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini va boshqa ijtimoiy muammolar keltirib chiqarishini nazarda tutib, uni jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin emas, degan qat’iy fikrga kelindi. 30-may kunidagi sud hukmiga ko‘ra, A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 2-qismining “a” bandi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilsa) sanksiyasi doirasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ushbu bandga ko‘ra, A.S. jazoni uch yil muddatga manzilli koloniyalarda o‘taydi. Bundan avval Jizzaxda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs jinoyati 20 yil o‘tib fosh bo‘lgani, Toshkent viloyatida 14 yoshli qizning nomusiga tegganlikda gumonlanayotgan shaxs qamoqqa olingani ma’lum qilingani hamda Sirdaryodagi maktab hojatxonasida 8 yoshli qizga nisbatan axloqsiz harakatlarni amalga oshirgan erkak 10 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 14-sammitida ishtirok etib, nutq so‘zladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) videoanjuman shaklida o‘tgan 14-sammiti ishida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raisligida o‘tgan tadbirda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, shuningdek, IHT bosh kotibi Hadi Sulaymonpur hamda mintaqaviy tuzilmalar rahbarlari ham ishtirok etdi. Sammit kun tartibiga muvofiq COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda ushbu nufuzli tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari o‘z nutqida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hududi – bu tarixi, dini, madaniyati va qadriyatlari mushtarak, ulkan salohiyatga ega bo‘lgan mintaqa ekanini alohida ta’kidladi. Pandemiya sharoitlarida mamlakatlar iqtisodiyotining kuchli va zaif tomonlari yaqqol ko‘ringani qayd etildi. Ushbu xatar mintaqa mamlakatlari bir-biriga o‘zaro bog‘liq ekani, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish zarurligini ochiq-oydin namoyon etdi. Shu bilan birga, IHTga a’zo mamlakatlarning mavjud salohiyati va keng imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti, deb ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti. Ta’kidlanishicha, 2025-yilga qadar davrga mo‘ljallab qabul qilingan harakatlar dasturi doirasida ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirish maqsadida davlat rahbari tomonidan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. O‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish maqsadida karantin chora-tadbirlari doirasida o‘rnatilgan savdo, transportga doir cheklov va to‘siqlarni bekor qilish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi. Bundan tashqari, savdoni raqamlashtirish va elektron tijoratni rivojlantirish borasidagi yechimlarni keng joriy etish hamda savdo bo‘yicha mintaqaviy bitimni tez fursatda qabul qilish taklif etildi. O‘zaro kelishilgan “yo‘l xaritasi” asosida mamlakatlarning yetakchi korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash ham muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Bu boradagi loyihalarni ilgari surish uchun moliyaviy hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish hamda mamlakatlarning yetakchi bank institutlari ishtirokida mintaqaviy forum o‘tkazish taklif etildi. Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik strategik muhim ustuvor yo‘nalish etib belgilandi. Mamlakatimiz O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–Ummon va O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy transport yo‘laklarini, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga eltuvchi marshrutlarni rivojlantirishdan manfaatdor. Afg‘onistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlash va mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish maqsadida yangi “Mozori-Sharif–Qobul–Peshavor” temiryo‘lini qurish muhim ekani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev qayd etgan yana bir muhim yo‘nalish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash. Shu munosabat bilan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan birgalikda tegishli dasturni ishlab chiqish hamda uni joriy yil mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan IHT davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi uchrashuvida taqdim etish taklif qilindi. Energetika haqida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston Prezidenti sohaga, birinchi navbatda qayta tiklanuvchi energetikaga ilg‘or texnologik yechimlar va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida o‘rta muddatli strategiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. Iqlim o‘zgarishining global oqibatlariga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi, sog‘liqni saqlash sohasida, shu jumladan zamonaviy tahdid va xatarlarni monitoring qilish va ularga qarshi tezkor chora ko‘rish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashkilotga samarali raislik qilgani uchun prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga minnatdorlik bildirib, raislik Turkmanistonga o‘tgani munosabati bilan prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi. Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan, ayniqsa, Yevrosiyo makonidagi mintaqalarning iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish borasidagi muhim tashabbuslari va aniq takliflari birlashmaga a’zo mamlakatlar yetakchilari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. IHTga a’zo mamlakatlar yetakchilari o‘z nutqlarida mintaqada o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport va kommunikatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surishning istiqbollariga to‘xtaldi. Tashkilotning navbatdagi, 15-sammitini Turkmanistonda o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bundan avval Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotlagani, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasiga aniqlik kiritilgani hamda Shavkat Mirziyoyev “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Mobiuz tarif rejalarini yangiladi hamda Internet narxlarini tushirdi Mobiuz mobil operatori mijozlarga yo‘naltirilgan strategiyasini davom ettirmoqda hamda shu kunlarda bir nechta ajoyib aksiyalarni o‘tkazmoqda. Xususan, o‘zgarishlar Mobi 70, 90, 110, 150, ularning yillik ko‘rinishlari hamda Gap Yo‘q Pro tariflarini qamrab oldi – ularning barchasida megabaytlar hajmi sezirarli darajada arzonlashdi. Muhimi, aksiya nafaqat yangi, balki amaldagi abonentlar uchun ham amal qilmoqda. Masalan, Mobi 90 tarif rejasi bo‘yicha avval oyiga 90 ming so‘m evaziga 18 000 MB, tarmoq ichida bepul qo‘ng‘iroqlar, O‘zbekiston bo‘yicha 3 500 daqiqa hamda 3 500 ta SMS taqdim etilardi. Aksiya bo‘yicha esa tarifning Internet-trafigi 65 000 MBga yetdi, abonent to‘lovi esa o‘zgarishsiz qoldi. Gap Yo‘q Pro maxsus Internet-tarifi oldinlari oyiga 75 ming so‘mga o‘z ichiga 17 000 MB va tungi 8 000 MBni olgan bo‘lsa, hozirda 35 000 MB, tungi 25 000 MB hamda O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 1 000 daqiqani qamrab olgan. Tarif rejalaridagi o‘zgarishlar haqidagi batafsil ma’lumot quidagi havola orqali taqdim etilgan (https://mobi.uz/uz/news/2020/21519/). Lekin bu ham hali hammasi emas. Mobiuz oylik Internet-to‘plamlari hamda OnNet opsiyasi uchun narxlarni kesin arzonlashtirdi. Masalan, 5 000 MB 33 ming so‘m (avval 56 ming so‘m), 10 000 MB 50 ming so‘m (avval 84 ming so‘m), 50 000 MB 75 ming so‘m (avval 252 ming so‘m) bo‘ldi. To‘plamlarning narxlari bo‘yicha ko‘proq ma’lumotni bu yerdan olish mumkin (https://mobi.uz/uz/news/2020/21530/). OnNet-to‘plamlari (har oyda avtomatik tarzda belgilanadi hamda ikkinchi oydan boshlab arzonrok bo‘lib qoladi) undan ham qulayrok bo‘ldi. Hususan, 10 000 MBning birinchi oydagi narxi 50 ming so‘mni tashkil qilsa, ikkinchi oyda 45 ming so‘m bo‘lib qoladi. «Mazkur aksiyalar davomida kompaniya turli xil narxlardagi tarif rejalariga hamda barcha uchun bo‘ljallangan Internet-to‘plamlarga qaratmoqda. Shuni aniq aytishimiz mumkinki, aksiyalari abonentlarimiz hamda bo‘lajak mijozlarimizna yoqib tushdi, biz ulardan har kuni yuzlab ijobiy fikrlar olyapmiz. Bu holat bizni ilhomlantirgan holda yangidan-yangi g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishga undamoqda”, - deydi Mobiuz’ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev. Aksiyalar mazkur yilning kuz fasli yakunigacha amal qiladi. Kompaniya abonentiga aylanishni xohlagan barcha insonlar uchun tanlangan tarif rejasiga qarab chiroyli raqamlarga chegirmalar amal qilmoqda. 97 va 88 kodlari bilan boshlanadigan raqamlarni kompaniya ofislari hamda tijorat hamkorlarining savdo shahobchalarida ulash mumkin.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Kubogi. “Navbahor“ o‘z maydonida “Dinamo”dan ustun keldi, “Lokomotiv” Jizzax jamoasini yenga olmadi Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi 2-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 12-aprel, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi. “Navbahor” o‘z uyida “Dinamo”ni qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Jamshid Iskanderov tomonidan urilgan gol yagonaligicha qoldi va mezbonlarning g‘alabasini ta’minladi. “Navbahor” ushbu g‘alabadan so‘ng A guruhida 6 ochko bilan 1-o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qildi, samarqandliklar esa birorta ochko jamg‘armagan holda 4-pog‘onani band etib turibdi. B guruhida “Lokomotiv” “Zomin” bilan bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang natijaga imzo chekdi. “Zomin” ochkolari sonini 4 taga yetkazdi va B guruhida yetakchilikni qo‘lga oldi. “Lokomotiv” esa 2 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston Kubogi 2-tur bahslari 12-aprel, seshanba Gol: 1:0 — 13 Jamshid Iskanderov “Navbahor”: 35. Rahimjon Davronov, 4. Boyan Siger, 6. Rustam Ashurmatov, 10. Jamshid Iskanderov (17. Ehsoni Panshanbe, 90+1), 14. Jamshid Boltaboyev, 19. Nurillo To‘xtasinov (11. Islom Kenjaboyev, 58), 23. Yovan Jokich, 24. Davron Hoshimov, 28. Stanislav Andreyev, 30. Elguja Grigalashvili (9. Ibrohim G‘anixonov, 84), 32. Zoran Marushich (77. Asadbek Sobirjonov, 84). “Dinamo”: 12. Miloe Prekovich, 5. Mixaylo Yovanovich (21. Oybek Jo‘rayev, 34), 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 10. Shohmalik Komilov (23. Akmal Kozimov, 83), 15. Jo‘rabek Mannonov, 17. Muzaffar Muzaffarov (78. Aleksandr Glishich, 46), 19. Islom Sharipov, 20. Jasur Jumayev, 30. Jasur Umarov, 70. Oybek Nurmatov (77. Vohidjon Oqbo‘tayev, 83), 97. Faxriddin Alimov (11. Sahob Rashidov, 66). Ogohlantirishlar: Nurillo To‘xtasinov (42), Ibrohim Yo‘ldoshev (45). Gollar: 0:1 — 14 Doniyor Usmonov, 1:1 — 21 Sanjar Qodirqulov, 2:1 — 45+1 Ma’ruf Jumayev, 2:2 — 73 Saidmahmud G‘ulomov. “Lokomotiv”: 13. Rustam Nortojiyev, 3. Islom Qobilov, 4. Dilshod Komilov (Xurshid Muxtorov, 81), 11. Kaxi Maxaradze, 17. Sanjar Qodirqulov, 19. Jerome Etame, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 23. Igor Chikrizov, 27. Islom Rashidxonov, 37. Sherzod Fayziyev, 98. Ma’ruf Jumayev (Diyorjon Turopov, 46). “Zomin”: 1. Rahimjon Abduqodirov, 2. Nodirbek Qo‘yboqov (A.Ahmedov, 70), 4. Eldor Karimov, 5. Doniyor Umarov, 6. Farrux Haydarov, 8. Otabek Ahmatjonov, 10. Jonibek Ko‘chimov, 14. Saidmahmudxon G‘ulomov, 23. Doniyor Usmonov (L. Fayzullayev), 33. Bahodir Daminov (A.Tursunqulov), 35. Shuhrat Sadirdinov. Ogohlantirishlar: Ma’ruf Jumayev (8), Nodirbek Qo‘yboqov (60), Islom Rashidxonov (90).
13Sport
Yotib telefon ko‘rish, ryukzak tutish va qaddi-qomatga zarar yetkazadigan boshqa zararli odatlar Gavdani tik tutish faqatgina jismoniy salomatlik garovi emas. Egilishni to‘xtatish, yelkalarni to‘g‘rilash, umurtqa pog‘onasini tiklash, bo‘yinni cho‘zishda bir daqiqaga bo‘lsa-da, inson o‘zini yaxshi his qiladi, stress kamayadi va hatto depressiya alomatlari ham yengillashadi, bu ilmiy jihatdan isbotlangan. Shuningdek, yoshroq ko‘rinish ham mumkin. Ikki daqiqada 10 yilga yoshroq ko‘rinishni xohlovchilar qomatning holatiga e’tibor qaratishi zarur. Stulda yoki kresloda egilib o‘tirish Ish faoliyatingiz o‘tirgan tarzda olib boriladimi? Stul yoki ofis kreslosi bo‘yga mos kelishiga ishonch hosil qilish lozim: agar hamma narsa mos bo‘lsa, avtomatik ravishda orqa qism to‘g‘ri tutiladi. Ammo agar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, pastki orqa tomonda zo‘riqish paydo bo‘lishi mumkin va bu stuldan turgandan keyin og‘riq bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu holatda doimo oldinga cho‘zilish, yelkani va iyakni ham oldga tashlash kuzatiladi. Tana bu holatni o‘zlashtiradi, vaqt o‘tishi bilan ushbu odat tik turganda ham, yurish paytida ham takrorlanadi. Achinarlisi, haqiqiy yoshga yana 5-10 yil qo‘shiladi. Shuning uchun orqa qismni to‘g‘ri tutish, yelkani erkin qo‘yish, oyoqlarni yelka kengligida ochish va shu holatni saqlab qolish tavsiya etiladi. Telefondan foydalanishda bo‘yin va iyakni egish Tan olish kerak, hamma shunday qiladi. Telefon suhbati unchalik uzoq bo‘lmasa ham va qo‘llar bo‘sh bo‘lsa ham, iyak va bo‘yin qisiladi. Agar ushbu holat muntazam ravishda takrorlansa, bir yelka boshqasidan pastroq bo‘ladi va bu buzilishning o‘rnini egallash uchun mushak va ligamentlar taranglashadi. Ushbu holatda ko‘p o‘tmay insult xavfi ortadi. Shuning uchun telefonda suhbatlashishda quloqchindan foydalanish tavsiya etiladi – bu sog‘liq uchun foydalidir. Yotoqda yoki divanda yotib ishlash Ayniqsa, masofadan turib ishlaydiganlarga tegishli, shunday emasmi? Bu juda yoqimli, ertalab uyg‘onib, ofisga borish o‘rniga shunchaki noutbuk ochiladi va ish joyi paydo bo‘ladi. Ammo bu haqiqatan ham xavfsizmi? Noutbuk tizzaga qo‘yib ishlanganda bachadon bo‘yni umurtqa pog‘onasi doimo taranglashadi: yelkalar ko‘tariladi, iyak tushiriladi va bo‘yin oldinga cho‘ziladi, bu juda nosog‘lom odat. Vaqt o‘tishi bilan bu holat tana uchun odatiy holga aylanishi mumkin. Qorin bilan uxlash  Uyqu holati sog‘liq, fe’l-atvor va hatto go‘zallik haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin. Shifokorlarning ogohlantirishicha, umurtqa pog‘onasi uchun eng xavfli uyqu holati – qorin bilan uxlash. Bo‘yin va yelka muskullarining doimiy tarangligi ularning yallig‘lanishiga olib kelishi va bosh burilishini qiyinlashtirishi mumkin. Bu na salomatlik, na o‘zni yaxshi his qilish, na jozibadorlikni oshiradi. Iloji bo‘lsa, chalqancha uxlash lozim, shuningdek, matrasning sifatiga ham e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Ryukzak taqish Ryukzakdagi og‘irlikni yelkalar ko‘taradi va bu qay darajada xavfsiz? Ryukzak haqiqatan ham bel uchun eng xavfsiz aksessuardir, lekin undan to‘g‘ri foydalangandagina. Ryukzak kamari juda uzun bo‘lmasligi kerak, ular bir xil uzunlikda bo‘lishi lozim va ryukzakning og‘irligi butun orqa tomonga, yelkadan belga taqsimlanishi muhim. Agar bu talablarning bittasi buzilgan bo‘lsa ham, tanaga qo‘shimcha yuk tushadi va bu qomatda jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi.
11Salomatlik
Google O‘zA saytini bloklab qo‘ydi Google kompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA sayti – uza.uz’ni shubhali saytlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “Kun” nashri xabar berdi. Kompaniyaning ommaviy brauzeri – Google Chrome orqali saytga murojaat qilinsa, brauzer foydalanuvchini ushbu saytda zararli dasturiy ta’minot borligi haqida ogohlantirmoqda. Boshqa ommaviy brauzerlar (Internet Explorer, Mozilla Firefox, Opera)da bunday ogohlantirish berilmaydi. Google’ning uza.uz diagnostikasiga bag‘ishlangan maxsus sahifasida qayd etilishicha, O‘zA saytdi shubhali saytlar ro‘yxatiga kiritilgan. “Ushbu saytga kirish kompyuteringizga zarar yetkazishi mumkin. Bu saytning ba’zi qismlarida so‘nggi 90 kun davomida shubhali faollik qayd etildi (bunday holatlar 15 marta qayd etilgan)”, – deyiladi Google ma’lumotnomasida. Google’ning ma’lum qilishicha, kompaniya tomonidan so‘nggi 90 kun davomida O‘zA saytining 79ta sahifasi test qilingan bo‘lib, ularning 49tasida foydalanuvchining ruxsatisiz zararli dasturiy ta’minotni ko‘chirish va yuklash holati qayd etilgan. Google O‘zA saytini oxirgi marta 5 yanvar kuni test qilgan, zararli dasturiy ta’minot ishlayotgani ham aynan shu kuni aniqlangan. Qayd etish joiz, 5 yanvar kuni agentlik sayti Google’ning ogohlantiruvisiz ochilayotgan edi. Google’ning taxminicha, katta ehtimol bilan uza.uz saytidan so‘nggi 90 kun davomida boshqa saytlarga zarar yetkazuvchi o‘rta bo‘g‘in sifatida foydalanilgan. “Ba’zan qonuniy maqsadlarda ishga tushirilgan saytlarga uchinchi shaxslar tomonidan zararli kodlar qo‘shilishi mumkin. Bizning ogohlantiruvimiz aynan shu sabab bilan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, – deyiladi Google axborotida. Qayd etish joiz, 2013 yil oxirida xuddi shu sabab bilan Rossiyadagi eng yirik axborot agentligi “RIA Novosti”ning saytiga Google Chrome’da kirish imkonsiz bo‘lib qolgan, buning natijasida sayt tashrifchilar soni sezilarli kamaygan edi.
14Texnologiya
APL. “Manchester Siti” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradi Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 30-turida “Manchester Siti” 10-aprel, shanba kuni “Lids”ni qabul qildi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Styuart Dallas mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda “Lids” jamoasi bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: Liem Kuper to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Ikkinchi bo‘lim to‘liq “shaharliklar”ning nazorati ostida kechdi. 76-daqiqaga kelib, Ferran Torres muvozanatni tikladi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Dallas qarshi hujumda gol urib, “Lids”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. “Manchester Siti” 74 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Marselo Byelsa jamoasi esa (45) 9-o‘rinda bormoqda APL 30-tur bahsi 10-aprel, shanba Gollar: 0:1 – 42 Dallas, 1:1 – 76 Ferran Torres, 1:2 – 90+1 Dallas. “Manchester Siti”: Ederson, Joau Kanselu, Stounz, Ake (Gundo‘g‘an, 58), Zinchenko, Ferran Torres, Fernandinyo, Sterling, Bernardu Silva, Mendi (Foden, 74), Gabriel Jezus. “Lids”: Melye, Kuper, Eyling, Lyorente, Dallas, Alioski, Fillips, Elder Koshta, Rafinya (Shekelton, 90+7), Bemford (Streyk, 45), Roberts (Kox, 63). Ogohlantirishlar: Ake (35), Alioski (66), Bernardu Silva (83). Chetlatish: Kuper (45). Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Urugvaylik Xorxe Fossati Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon Chempionati—2018 yo‘lidagi raqibi Qatar bosh murabbiy Xose Daniel Karrenoni iste’foga chiqargani ma’lum qilingandi. “TASS” esa uning o‘rniga urugvaylik Xorxe Fossatining tayinlangani haqida xabar berdi. 63 yoshli Fossati bir vaqtning o‘zida Qatarning “Ar-Rayyan” klubi bosh murabbiyi ham hisoblanadi. Milliy terma jamoani qabul qilib olganidan so‘ng uning o‘z klubi bilan xayrlashishi borasida ma’lumot berilmagan. Fossati Qatar milliy terma jamoasida 2007—2008-yilgi mavsumda ham faoliyat olib borgandi. U o‘z karyerasi davomida Argentinaning “River Pleyt”, Braziliyaning “Internatsional” kabi klublarida ham ishlagan.
13Sport
La Liga prezidenti: “Ronalduning ketishi bizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi” Ispaniya La Ligasi Prezidenti Xavyer Tebas Krishtianu Ronalduning “Real”dan ketishi va Lionel Messining Ispaniya chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi. “Krishtianuning ketishi, Madridni ranjitgan bo‘lsa-da, La Ligaga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi. Biz yillar davomida La Liga brendini alohida o‘yinchilar mavqeyidan kuchliroq qilish ustida ishladik. Ammo Messi bilan bog‘liq vaziyat umuman boshqacha. Messi — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi. Bu borada omadimiz chopgan, boisi u har doim bizning ligamizda o‘ynagan. Menimcha, Messining ketishi sezilarli bo‘lardi, ayniqsa, agar boshqa ligaga o‘tganida. Lionel Messi — Ispaniya futbolining ramzidir. Men undan faoliyatini chempionatimizda yakunlashini so‘ragan bo‘lardim. Messining ketishi fojia bo‘lmaydi, boisi biz usiz ham televizion shartnomalar imzolaymiz. Ammo eng asosiysi uning La Ligaga berayotgan qiymatidir. Messi doimo bizni qoyil qoldirib keladi”, — deydi Tabas. Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2009—2018-yillarda Ispaniya La Ligasida (“Real”) to‘p surgan. Messi esa faoliyatini (2004-yilda debyut qilgan, “Barselona”) Ispaniya chempionatida boshlagan. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Samarqandlik tadbirkor 57 bolaning sunnat to‘yini o‘tkazdi Samarqandlik mashhur tadbirkor Umar Rajabov 57 nafar bolaning xayriya sunnat to‘yini o‘tkazdi va ularning har biriga bankda hisob raqami ochib, unga bir million so‘mdan pul qo‘ydi. Tadbirga 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Samarqand va Juma shaharlaridagi sakkizta mahalladan kam ta'minlangan oilalarning farzandlari taklif etilgan edi.  Bunday xayriya ishlarini tadbirkor ko‘p yillar davomida ixtiyoriy ravishda, hech qayerdan ko‘rsatma kutmasdan savob yo‘lida amalga oshirib kelmoqda. Masalan, o‘tgan yili 30 nafar bolaga xayriya sunnat to‘yi o‘tkazgan va 1-son Mehribonlik uyiga avtobus va kompaniyasi tomonidan bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uydan bitta kvartira sovg‘a qilgan edi.  Bu yil ham bolajonlar, ularning tarbiyachilari va ota-onalari uchun dasturxon yozildi hamda bolalarga to‘y liboslari berildi va sovg‘a-salomlar ulashildi. Umar Rajabovning davraga chiqib, har bir bolajon nomiga hisob raqami ochib, unga bir million so‘mdan pul qo‘yishi va bu mablag‘ ulardan har birining nikoh to‘yigacha yuqori foizda bankda saqlanishi haqidagi xabari olqishlar bilan kutib olindi. Ayrim onalar o‘zlarining quvonch ko‘z yoshlarini yashira olmadilar.  Xayriya tuyi avvalida viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrulla domla ana shunday tadbirning mohiyati va ahamiyatini Islom dinimiz nuqtai nazaridan tushuntirib berdi va Qur'oni karim suralaridan tilovat qildi. O‘zbekiston faxriylarnining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi Samarqand viloyat bo‘limi boshlig‘i Hasan Normurodov o‘z chiqishida bolalarni ular hayotidagi bugungi ulkan voqea bilan tabrikladi. «Shuni esdan chiqarmaylikki, tadbirkor ko‘p, ammo o‘z ixtiyori bilan muntazam xayriya ishlariga qo‘l urayotganlar – hisobli. Ana shuday qo‘li ochiq ishbilarmonlardan biri Umar Rajabov bo‘ladi, – dedi u bolalarga qarata. – Sizlar ham ulg‘ayib, o‘zingizga va atrofdagilarga foyda keltiradigan yigitlar bo‘lib voyaga yetasizlar deb ishonaman. Bunga sizga Umar bobongizning yo‘li ibrat bo‘lsin». To‘y kechasi bolalar qalbida bir umrlik muhr qoldirishi uchun tashkilotchilar ancha jonbozlik ko‘rsatishdi. Bolalarga ulkan tort sovg‘a qilindi. Ularni o‘yin-ko‘lguga chorlovchi kuy va qo‘shiqlar yangradi. Bu yo‘lda taniqli xonanda Asatulla Otaullayev, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatr aktyori Komron Otaullayev hamda «Aloviddin» guruhi jonbozlik ko‘rsatishdi.  Shuhrat Shokirjonov
5Jamiyat
Alplardagi tog‘ga bo‘laklanib ketish xavf solmoqda Alp tog‘laridagi Xoxfogel tog‘i unda hosil bo‘lgan yoriq sababli bo‘laklanib ketishi mumkin. E'tiborlisi, ushbu tog‘ orqali Avstriya va Germaniya chegarasi o‘tadi.  Earth Surface nashrida ma'lum qilinishicha, balandligi 2,5 ming metrdan yuqoriroq bo‘lgan tog‘dagi yoriq ancha oldin paydo bo‘lgan va kengayishda davom etmoqda. U yiliga 5 millimetr tezlik bilan kengaymoqda va ba'zi joylarda eni 5 metrgacha yetmoqda. Mutaxassislarning prognoziga ko‘ra, bunday davom etadigan bo‘lsa, ma'lum muddatdan keyin Avstriyadagi Xornbax vodiysiga 260 ming kubmetr tog‘ jinsi qulashi mumkin. Biroq bu qachon yuz berishini aytish qiyin.   Yoriqning kengayishiga shamol, harorat o‘zgarishi va ko‘plab kuchsiz yer silkinishlari sabab bo‘lmoqda.
2Dunyo
BARAKA MARKeT – vaqtingiz va pulingizni tejaydi Xaridorlarni nima shunchalik o‘ziga jalb qilmoqda? BARAKA MARKeT oziq-ovqat tarmog‘ining uy yaqinidagi do‘konlari, o‘zining katta bo‘lmagan maydonga ega ekanligiga qaramay, sanitariya sharoitlari, saqlash me'yorlari va tovar joylashuvlari tamoyillariga qat'iy rioya etilishini kafolatlaydi. Shuningdek, barqaror va kerakli assortimentlar, narxlar darajasi bo‘yicha iste'molchilar tomonidan kutilgan holatga to‘liq mos keladi. Har doim uydan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan BARAKA MARKeT do‘konlari tarmog‘ida qulay xaridlar uchun hamma narsa o‘ylangan: Do‘konlarimiz siz va oilangizga yangi, tanlab olingan meva-sabzavotlar, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, mazali va foydali non mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalarni taklif etadi. Bularning barchasiga do‘konimizning ochilish marosimida qatnashganlar birinchi bo‘lib amin bo‘lishgan. Tez orada har bir odam va'da qilingan gaplarni amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangiliklarni kuzatib boring, bayramona ochilish marosimlariga tashrif buyuring va quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimizda o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing: Sayt: www.barakamarket.uz Facebook: fb.com/barakamarket.uz Instagram: @barakamarket.uz Telegram: t.me/barakamarket_uz Telefon: +998 90 024-17-10
8O‘zbekiston
Rossiyada Vladimir Solovyovga suiqasd tayyorlangani aytildi «Bugun tongda FSB tomonidan rossiyalik mashhur jurnalistlardan biriga qarshi suiqasd uyushtirishga uringan terrorchilar guruhi qo‘lga olindi», dedi Putin Rossiya bosh prokuraturasida chiqish qilar ekan. Keyinchalik Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) gap Vladimir Solovyov haqida ketayotganini ma’lum qildi. «Rossiya tergov qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududida faoliyati cheklangan «National Socialism/White Power» guruhi a’zosi bo‘lmish Rossiya fuqarolari qo‘lga olingan. Ular Ukraina Xavfsizlik xizmati topshirig‘i bilan mashhur jurnalist Vladimir Solovyovni o‘ldirishni maqsad qilgan», deya FSB vakilining so‘zlarini keltirgan «Interfaks». Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh Solovyovni o‘ldirgach, chet elga qochishni maqsad qilgan. Xabarda yozilishicha, qo‘lga olinganlarning uyidan 8 ta «Molotov kokteyli», qo‘lbola  portlovchi qurilmalar, 6 ta Makarov to‘pponchasi, qirqma miltiqlar, 5 ta granata va mingdan oshiq patronlar topilgan. 58 yoshli Solovyov Rossiya hukumati pozitsiyasini targ‘ib qiluvchi asosiy propagandachi jurnalist hisoblanadi. U Rossiya federal kanallarida ko‘rsatuvlar tayyorlaydi, Vladimir Putin bilan bir necha marta intervyu uyushtirgan. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, ko‘plab siyosatchilar qatorida Solovyov G‘arbning personal sanksiyalariga uchrab, uning YouTube'dagi kanali yopilgandi.
2Dunyo
Tramp Rossiya va Turkiyaga qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga olgan mudofaa budjetini imzoladi Senat tomonidan ma'qullangan va prezident Tramp tomonidan imzolangan 2020 yilgi mudofaa budjetida Rossiyani tiyib turish uchun 734 million dollar (budjetning 0,1 foizi) ajratilishi ham kiritilgan. Ushbu budjet joriy yildagisidan 3,1 foizga kattaroq. Pentagonning asosiy ehtiyojlariga 635 milliard dollar ajratilmoqda. Afg‘oniston, Suriya va Yamanda harbiy operatsiyalarni davom ettirish, boshqa mamlakatlarda terrorchilarga qarshi turish uchun 71,5 milliard, yana 31,5 milliard dollar esa  yadroviy qurolning jangovar tayyorgarligini ta'minlab turish, uni modernizatsiya qilish va boshqa mudofaa maqsadlariga sarflanadi. Hujjat bilan AQShning Rossiya bilan harbiy sohada hamkorlik qilish hamda Qrimni tan olishga taqiq o‘z kuchida qoldirildi. Ukrainaga ham 300 million dollar yordam ko‘rsatish, uchuvchi harbiy qurilmalar yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hujjat Turkiyaga Amerikaning beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini berishni taqiqlaydi. Anqara tomonidan Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimi sotib olinishi «Rossiyaning Yevropa va Yevrosiyodagi ta'siriga qarshi turish» to‘g‘risidagi qonun moddasiga tushadi, bu esa sanksiya kiritilishini nazarda tutadi. AQShning yangi yildagi mudofaa budjetiga yangi ko‘rinishdagi kosmik qo‘shinlar yaratish haqida band ham kiritilgan. Germaniyadagilar norozi Budjetda Rossiyaning «Shimoliy oqim-2» va «Turk oqimi» gaz quvurlariga nisbatan sanksiyalar ham nazarda tutilgan. Budjet imzolanishi arafasida bundan xabardor bo‘lgan «Gazprom»ning shveysariyalik pudratchisi — AllSeas kompaniyasi iqtisodiy cheklovlarga duchor bo‘lishdan cho‘chib, darhol ishlarni to‘xtatgan, deb yozmoqda Forbes. Kompaniyaning rasmiy saytidagi bayonotida AQSh hokimiyatidan tushuntirish so‘ralgan. 12 dekabr kuni AQSh Kongressi hujjatning loyihasini qabul qilganida respublikachi senatorlar AllSeas’ga xat jo‘natishgan va kompaniyadan barcha ishlarni to‘xtatishni, aks holda «fatal barbodlik» bilan tahdid qilishgan. «AQSh mudofaa budjetining qabul qilinishi bilan undagi shartlarni qabul qilishlaring va «Shimoliy oqim-2» uchun quvur yotqizishni bas qilishdan boshqa choralaring yo‘q», — deyilgan xatda. Ayni paytda «Shimoliy oqim-2»ning 93 foizdan ortiqroq qismi bunyod etib bo‘lingan. Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi 1224 kilometrlik qo‘shquvurning Daniya hududiy suvlaridagi qismi yotqizilayotgan edi. Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Ulrike Demmer xonim bu cheklovdan taassufda ekanini aytib, Tvitterda «Germaniya federal hukumati eksterritorial sanksiyalarni rad etishi»ni bildirgan. Bungacha Germaniya federal kansleri Angela Merkelning bundestagda AQShning «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri bilan bog‘liq eksterritorial sanksiyalariga qarshi chiqishi haqida gapirganini Der Tagesspiegel nashri xabar qilgan edi. Kecha AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas bilan telefon orqali gaplashgan. Suhbat asnosida tomonlar «Shimoliy oqim-2» qurilishiga joriy etilayotgan sanksiyalar masalasiga ham to‘xtalishgan. Handelsblatt nashriga ko‘ra, Maas AQShni «Shimoliy oqim-2»ga nisbatan sanksiya qo‘llamaslikka chaqirgan va nemis hukumati bu borada Vashington bilan muzokaralar olib borayotganini aytib o‘tgan.
2Dunyo
7 mart soat 18:00 holatiga respublikada doimiy yashovchi ayollar soni necha nafarni tashkil etadi? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra,  2022 yilning 7 mart soat 18:00 holatiga respublikamizda doimy yashovchi  ayollar soni 17 587 908 nafarga etdi.  Bu mamlakatimiz doimiy aholisining 49,7 foizini tashkil etmoqda.
5Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev: Import o‘rnini bosuvchi, sifatli dorilar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratish lozim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Namangan tumanidagi Merrymed Farm mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zA. Merrymed Farm mas’uliyati cheklangan jamiyati xitoylik hamkorlar ishtirokida tashkil etilgan. Korxona faoliyati farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish, saqlash, transport-logistika, marketing jarayonlarini to‘laligicha o‘zida qamrab olgan. Ish jarayoniga yuqori texnologik uskunalar va elektron axborot nazorat qilish tizimlari joriy etilgan. Merrymed Farm MChJ import o‘rnini bosuvchi 10 farmakologik guruhdagi 100 dan ortiq turdagi dori vositalarini ishlab chiqarmoqda. Korxona o‘simlik va sintetik xomashyodan dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tabletkalar, kapsulalar, mazlar, galen mahsulotlari, suspenziyalar, infuziyalar, ineksiyalar, quruq kukun ko‘rinishidagi antibiotiklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxona zamonaviy farmatsevtik uskunalar bilan jihozlangan. Korxonada 300 ga yaqin ishchi mehnat qiladi. Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Korxonada amalga oshiriladigan yangi loyihalar haqida ma’lumot berildi. “Sohani yanada rivojlantirish uchun dunyo tajribasini o‘zlashtirish kerak. Bu borada import o‘rnini bosuvchi, sifatli dorilar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratish lozim”, — dedi Prezident
8O‘zbekiston
Ozmoqchi bo‘lsangiz, ratsioningizga qora shokoladni kiritishning 3 sababi Dietologlar bir ovozdan qora shokoladni superfud deb e’lon qildi. Bu ko‘pchilikda savol uyg‘otdi. Qora shokolad vazn yo‘qotishda yordam beradimi? Harper’s Bazaar jurnali qora shokoladning bunday afzalliklarga ega ekanligi haqida bir necha sabablar keltirdi. Qora shokoladning sog‘lik uchun foydali jihatlaridan biri shundaki, u insulin sezgirligini yaxshilaydi. Insulin – bu gormon bo‘lib, shakarni qon oqimidan hujayralarga o‘tkazadi va u energiya uchun ishlatiladi. Qora shokoladni iste’mol qilish qonda insulin miqdorini pasaytirib, shakar darajasini nazorat qilishda yordam beradi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qora shokolad ochlik bilan kurashishda juda foydali. Olimlarning ta’kidlashicha, qora shokolad ta’mi va hidi ochlik gormoni bo‘lgan grelin miqdorini kamaytiradi. Shokolad kayfiyatimizga qanday ta’sir qilishini hamma biladi. Uni iste’mol qilish depressiv alomatlar ehtimolini 57 foizga kamaytiradi. Kuniga atigi 40 gramm qora shokolad kifoya qiladi va ikki hafta ichida stress darajasi sezilarli darajada pasayadi. Shu bilan birga vazn yo‘qotish uchun qora shokoladning barcha afzalliklarini bilgan holda uni iste’mol qilmaslik kerak, chunki u juda ko‘p yog‘ni o‘z ichiga olgan yuqori kaloriya mahsulotidir. Minimal qo‘shilgan shakar va tarkibida 70 foiz kakao bo‘lgan variantlarini tanlash mumkin.
11Salomatlik
Kurash. Sherali Jo‘rayev prezident sovrini uchun o‘tkazilgan I xalqaro turnir g‘olibi Poytaxtda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun xalqaro musobaqa o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bahslar mutlaq vazn toifasida tashkil qilindi. Jahonning 40ga yaqin mamlakatidan polvonlar ishtirok etgan musobaqa finaliga ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi yetib bordi. Bekmurod Oltiboyev va Sherali Jo‘rayev o‘rtasidagi final bellashuvida esa Sheralining qo‘li baland keldi va yakunda u musobaqa g‘olibiga aylandi. Sherali oltin medal bilan birga musobaqa g‘olibi uchun atalgan 50 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqdi. Ikkinchi o‘rin sohibi Bekmurod Oltiboyevga 25 000 AQSh dollari nasib qildi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilar Aslan Kambiyev (Rossiya) va Temur Rahimov (Tojikiston) esa 10 000 AQSh dollari bilan ketadigan bo‘lishdi. Shuningdek, 5-8 o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarga 1250 AQSh dollari miqdorida mukofot topshirildi. Eslatib o‘tamiz, Sherali Jo‘rayev va Bekmurod Oltiboyev Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha ishtirok etib, bronza medallarga sazovor bo‘lishgandi. Jo‘rayev -100 kg vazn toifasidagi bahslarda, Oltiboyev esa +100 kg vazn toifasidagi bahslarda uchinchi bo‘lishgandi.
13Sport
​Bolalarda qandli diabet: nimalarni bilishimiz shart? Qandli diabet kasalligi yildan-yilga yasharib borayotgani dunyo ahlini jiddiy tashvishga solayotir. Hozir bu dardga chalinganlar orasida yosh bolalar, hatto, chaqaloqlar ham ko`p. — Bolalarda qandli diabetning asosan 1-turi uchramoqda, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar endokrinologiyasi bo`limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Shahnoza AZIMOVA. — Organizmda insulin etishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, suyuqlikni ko`p miqdorda ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar kuzatiladi. Qandli diabetning 1-turini davolash parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iboratdir. Mutaxassisdan qandli diabetning nasldan-naslga o`tishi haqida so`raymiz. — Qandli diabetning 1-turi nasldan-naslga o`tadi, — deydi shifokor. — Agar qat`iy parhezga amal qilinib, jismoniy faollik ta`minlansa va bolaning doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallik alomatlarining oldi olingan bo`ladi. Agar aksi bo`lsa, ko`z, buyrak faoliyatida buzilish kuzatiladi. Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, bo`y o`smasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolish holatlari ro`y beradi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi. Shu bois, farzandiga qandli diabet 1-tur tashxisi qo`yilgan ota-onalar dastlab o`g`il-qizlarining maxsus maktablar, ya`ni diabet: o`z-o`zini nazorat qilish maktablarida ta`lim olishlariga sharoit yaratishi shart. Bunday maktablar har bir viloyat endokrin dispanserlari qoshida ochilgan. Diabetik bolalar o`z-o`zini nazorat qilishi, gipoglikemiya va ketoatsedozga shubha qilinganda qondagi glyukozani aniqlashni bilishi kerak. Shahnoza Azimovaning ta`kidlashicha, oqsil, yog`, uglevod, vitamin va mikroelementlar kundalik rasionga kiritiladi. Uglevodlarni iste`mol qilishda ularning glikemik indeksiga e`tibor beriladi. Glikemik indeksi past bo`lgan mahsulotlar, masalan, dukkaklilar, suli, sabzavotlar qondagi qand miqdorini sekin ko`taradi. Diabet bilan og`rigan bolalar kun davomida 5-6 mahal ovqatlanishi, jumladan, 3 mahal asosiy taomlanish va oraliq vaqtda qo`shimcha ovqatlanish tavsiya etiladi. Parhezga rioya qilinganda qondagi qand miqdorining keskin ortishi va shu bilan birga, qandning turli a`zo va to`qimalarga nojo`ya ta`siri oldi olinadi, qabul qilinayotgan insulin dozasini korreksiyalash oson bo`ladi. Shuning uchun bolalar va ularning ota-onalari iste`mol qilinayotgan uglevodlarni hisoblashni bilishlari lozim.
11Salomatlik
5G texnologiyasi dalalarga robot-kombaynlarni boshlab chiqadi Yuqori tezlikli 5G internet texnologiyasi qishloq xo‘jaligini robotlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin. Real vaqt rejimida ulanish hisobiga «aqlli kombaynlar» bir biri bilan aloqa qilib, dalalarni bir necha karra tezroq qayta ishlashlari mumkin, deb yozadi ZDNet. 5G texnologiyasi ko‘pincha tayinli qoplanishga ega bo‘lmagan hududlar uchun ishonchli va yuqori tezlikka ega internet o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bundan ko‘proq fermerlar yutadi va ular pilotsiz boshqariladigan yuqori unumdorli kombaynlarni ishlatishlari mumkin bo‘ladi. Yangi texnologiya qishloq xo‘jaligiga ma'lumotlarni bulut orqali almashinib, maydonda ishlayotgan boshqa mashinalar bilan aloqani juda tez o‘rnatish imkonini beradi. «Shunday qilib, sizda bitta hosilni yig‘ayotgan ikkita kombayn bo‘lishi mumkin, — deydi John Deere qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqaruvchi kompaniyaning innovatsion texnologiyalar markazi direktori Julian Sanches. — Biz hozir ma'lumotlar uzatish uchun 30 dan 60 soniyagacha sarflaymiz, bu esa keng miqyosda jarayonni juda sekinlashtiradi». John Deere vakilining so‘zlariga ko‘ra, 5G joriy etilsa bulut orqali kombaynlar o‘rtasida ma'lumot almashish 1 soniyagacha qisqaradi. Real vaqt rejimida aloqa dala haqida katta axborotga ega bo‘lgan robot-kombaynlar optimallashtirish uchun ma'lumotni boshqa kombaynga jo‘natishi mumkin va har ikki mashina yanada samarador ishlay boshlaydi. Bir yil muqaddam John Deere kompaniyasi sun'iy intellekt bilan shug‘ullanuvchi Blue River startapini sotib oldi, endi esa mashina o‘quvi, kompyuter nazari va robot texnikasini qishloq xo‘jaligi uskunalariga joriy etish ustida ish olib bormoqda. «2050 yilga borib sayyoramizda to‘qqiz milliard kishi yashay boshlaydi, — deydi John Deere’ning ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha menejyeri Terri Pikett. — Buncha insonni to‘ydirish uchun joriy oziq-ovqat ishlab chiqarilishini 70 foizgacha oshirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa haqiqiy poyga degani». BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2050 yilga borib faqatgina oziq-ovqat ishlab chiqarilishini 70 foizga oshirib Yer aholisini to‘ydirish mumkin. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining samaradorligini maksimal darajada oshirish uchun Eseye kompaniyasi Burkard Engineering bilan birgalikda zararli mikroorganizmlarni aniqlab topish uchun aqlli datchiklar o‘rnatishni mo‘ljallagan. Hozircha mazkur texnologiya sinovdan o‘tmoqda, biroq yaqin orada u jahon bozorlarida paydo bo‘ladi.
14Texnologiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM MUASSASALARIGA ChET EL FUQAROLARINI O‘QIShGA QABUL QILISh OLDIDAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISh HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 169-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga chet el fuqarolarini o‘qishga qabul qilish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2008-yil 4-avgustdagi 169-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga chet el fuqarolarini o‘qishga qabul qilish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish oldidan albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 2. Tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga kiruvchi chet el fuqarolarini salomatlik holati va jismoniy rivojlanganligini inobatga olib o‘qishga layoqatliligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga kiruvchi chet el fuqarolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan tibbiy muassasalarda pulli xizmat asosida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risida”gi nizomning 9-bandiga muvofiq, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlariga tariflar va narxlar markaz tomonidan mustaqil ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilashga haqli. 4. Chet el fuqarolarining o‘qishga qobiliyati mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan kasalliklar ro‘yxati asosida tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha aniqlanadi. Ushbu ro‘yxatda keltirilgan kasalliklar aniqlangan taqdirda chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishiga qabul qilish ruxsat etilmaydi. 5. Chet el fuqarolarini tibbiy ko‘rikdan sifatli o‘tkazilishiga tibbiy muassasaning rahbari mas’uldir. 6. Chet el fuqarolari tibbiy ko‘rikdan o‘tish davrida shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki boshqa hujjat)ni taqdim etadilar. 7. Umumta’lim maktabiga rasmiylashtirish jarayonida bola umumiy amaliyot shifokori, pediatr, va boshqa shifokor mutaxassislar: otolaringolog, oftalmolog, nevropatolog, stomatolog, xirurg, ortoped ko‘rigidan o‘tkaziladi. Shuningdek, bolalarga antropometriya, tegishli klinik va laboratoriya tahlillari o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha Vrachlar konsultativ komissiyasi tomonidan bolaning o‘qishga layoqatliligi yoki layoqatsizligi to‘g‘risida profilaktik emlashlari (063u shakli) ko‘rsatilgan holda bolaning tibbiy kartasi (026 shakli) beriladi. 8. Chet el fuqarolari o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish jarayonida umumiy amaliyot shifokori va boshqa shifokor mutaxassislar: otolaringolog, oftalmolog, nevropatolog, xirurg, urolog, ginekolog, psixiatr ko‘rigi va flyuorografiya tekshiruvidan, tegishli klinik tahlillari o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha Vrachlar konsultativ komissiyasi tomonidan chet el fuqarosining o‘qishga layoqatliligi yoki layoqatsizligi to‘g‘risida profilaktik emlashlari (063u shakli) ko‘rsatilgan holda tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli) beriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga kiruvchi chet el fuqarolar mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida keltirilgan tekshiruvlardan o‘tkazilgandan so‘ng test oldi maslahati va OITS/OIV tekshiruvidan o‘tkaziladi. 10. Profilaktik emlashlari to‘g‘risida ma’lumotni (063u shakli) taqdim qilmagan chet el fuqarolari yoshiga munosib emlanganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani taqdim qilishlari lozim. 11. Tibbiy ko‘rik davomida fuqaroda o‘tkir kasalliklar aniqlangan taqdirda, kasallik tuzalgandan so‘ng qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va belgilangan tartibda Vrachlar konsultativ komissiyasi xulosasi beriladi. 12. Murakkab va bahsli holatlarda chet el fuqarosi tibbiy ko‘rikni ixtisoslashtirilgan muassasalarda davom ettirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga (yoki uning hududiy boshqarmalariga) yuboriladi. 13. Vrachlar konsultativ komissiyasi tomonidan berilgan fuqaroning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosasi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda topshiriladigan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilishi uchun beriladi. 14. Chet el fuqarosining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosasi yo‘qolgan taqdirda, u tibbiy ko‘rikdan mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta o‘tkazilib tegishli tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi. 15. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan. 1. Sil kasalligining ochiq formalari (aktiv rivojlanuvchi o‘pka sili, traxeobronxial, qorinorti va pereferik limfa tugunlari, yirik suyaklar, halqum, ichak va teri aktiv sili). 2. Rivojlangan o‘pka-yurak yetishmovchiligi (III-daraja) bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali kasalliklari. 3. Barcha bosqichdagi xavfli o‘sma kasalliklari, ikki yil oldin radikal davolangan holatlaridan tashqari. 4. II va III-darajali qon aylanishining buzilishi bilan kechuvchi yurak mushak va klapanlarining organik o‘zgarishlari (tug‘ma va orttirilgan). 5. Turg‘un buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari. 6. Endokrin kasalliklar: aqliy faoliyatni pasayishiga olib keluvchi tug‘ma gipoterioz va boshqa tug‘ma kasalliklar. 7. Qon kasalliklari: o‘tkir leykozlar, aplastik kamqonlik. 8. Tug‘ma va surunkali organik asab kasalliklari, shuningdek, aql-zakovatning chuqur va turg‘un buzilishlari, psixopatik buzilishi, yaqqol namoyon bo‘lgan nevrologik belgilar yoki psixopatik xulq-atvor asoratlari bilan o‘tkazilgan og‘ir kasalliklar (ensefalit, meningit, araxnoidit, bosh va orqa miyaning yopiq jarohatlari va boshqalar). 9. To‘xtovsiz rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniya (oddiy, gebefrenik, paranoid turlari): a) xurujsimon rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniya (turlari: katotonik, galyutsinator, paranoid); b) to‘lqinsimon kechuvchi shizofreniya (turlari: sirkulyar, depressiv-paranoid, oneyroid-katotonik) tez-tez xurujlanuvchi va qisqa remissiyali holatlarda; v) sust kechuvchi shizofreniyaning xuruj davri. 10. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomator xurujlari bilan, shuningdek, xushning xiralashuvi va og‘ir disforiya bilan. 11. Kam takrorlanuvchi xurujlar bilan kechuvchi epilepsiya, shaxsning chuqur o‘zgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan, epileptik psixozlar, tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psixoz, tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar. 12. Shaxsning patologik rivojlanishi har xil turlari, mehnatga qobiliyati pasayishi bilan, psixopatiyaning yaqqol turi yoki tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari. 13. Og‘ir, surunkali kechuvchi, qaytalanuvchi teri kasalliklarining nogironlikka olib keluvchi (pufakchali epidermoliz, slerodaktiliya, artropatik psoriaz turlari, tarqok qizil teri sili (volchanka). 14. Zaxmning yuqumli bosqichi. 15. Traxomaning I, II, III-darajalari. 16. Giyohvandlik, toksikomaniyaning (tamakiga tobelikdan tashqari) barcha turlari. 17. Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS/OIV).
10Qonunchilik
Yuriy Chayka Rossiya bosh prokurorligidan ketdi. Putin uning o‘rniga nomzod ko‘rsatdi Rossiya bosh prokurori Yuriy Chayka boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi. Hozircha uning yangi lavozimi haqida ma'lumot berilmagan. «Otkrytyye media»ning Bosh prokuraturaga yaqin bergan manbasi bergan xabarga ko‘ra, Yuriy Chaykaning iste'fosi u may oyida 69 yoshga to‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qonunchilikka ko‘ra, Rossiyada 70 yoshga to‘lmagan shaxslargina bosh prokuror bo‘lishi mumkin. Rossiya prezidenti Vladimir Putin federatsiya kengashiga Tergov qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Igor Krasnovning nomzodini bosh prokuror lavozimiga ilgari surdi. RIA Novosti manbasi xabariga ko‘ra, Federatsiya kengashi prezident taklifini 22 yanvar kuni ko‘rib chiqadi.
2Dunyo
Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi 2022 yilning mart oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 1,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida ma’lum qilindi. Yillik nisbatda (2021 yilning mart oyiga nisbatan) esa bu ko‘rsatkich 10,5 foizni teng bo‘ldi. Fevral oyida iste’mol sektoridagi inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,51 foizni, yillik nisbatda esa 9,69 foizni tashkil qilgandi. O‘tgan oylarga nisbatan inflyatsiya ko‘rsatkichi. Manba: Davlat statistika qo‘mitasi. Mart oyida ham narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 2,5 foizga oshdi. Yillik hisobda esa ushbu mahsulotlar 14,5 foizga qimmatlashgan. Ma’lumot uchun: fevral oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,51 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari esa 0,6 foizga, yillik nisbatda esa 13,1 foizga oshgan edi. Nooziq-ovqat mahsulotlatlarining oylik inflatsiyasi 1,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, aholiga pullik xizmatlar narxi ushbu oyda 0,4 foizga ko‘tarilgan. Oziq-ovqat (2,5%) hamda nooziq-ovqat mahsulotlarining (8,2%) yillik inflatsiyasida o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, pullik xizmatlarning (6,5%) yillik inflatsiyasi fevral oyidagi darajada saqlanib qolgan. Ushbu mahsulotlar orasida narxlarning o‘sishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich shakarga tegishli bo‘ldi. Mart oyida shakar narxi 12,8 foizga, 2021 yilning mart oyiga nisbatan esa 36,6 foizga qimmatlagan. Shuningdek, mart oyida bug‘doy uni 2 foizga, sut narxi 2,5 foizga, kungaboqar yog‘i 3,1 foizga, paxta yog‘i 2,1 foizga oshgan. Ushbu oyda tuxum narxi 0,9 foizga, suyakli mol go‘shti 0,1 foizga, guruch 0,4 foizga arzonladi. Iqtisodchi va «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev o‘zining Telegramdagi sahifasida ushbu mavzuga to‘xtaldi. Uning yozishicha, tuxum eksportiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilganidan buyon tuxum narxi pasayuvchi trendni namoyon qilmoqda. «Masalan yil boshidan buyon tuxum narxi 3,7 foizga pasaygan. Ya’ni qaysidir ma’noda tuxum eksportining cheklanganligi ichki bozorga o‘z ta’sirini o‘tkazyapti deyish mumkin», — dedi iqtisodchi. Uning qayd etishicha, haqiqatdan ham dekabr hamda yanvar oylarida eksportning cheklanishi ichki bozorga ta’sir qilgan hamda tuxumning mavsumiy taklifi kamayishiga qaramasdan, narxlarning pasayishiga sabab bo‘lgan edi. Xususan, 2021 yil dekabr oyida tuxum narxi 0,3 foizga pasaygan. Taqqoslash uchun, 2020 hamda 2019 yilning dekabr oyida tuxum narxni mos ravishda 3,5% hamda 7% qimmatlagan edi. Yanvar oyida ham xuddi shu tendensiyani kuzatishimiz mumkin. Ushbu tendensiya fevral oyiga kelib o‘zgargan, «ya’ni tuxum narxi pasayishda davom etayotganiga qaramasdan, oldingi yillar bilan taqqoslaganda narx pasayishi ancha sekin bo‘lgan». Bu tendensiyani mart oyida ham kuzatish mumkin. Xususan joriy yilning mart oyida tuxum narxi 0,9 foizga pasaygan. Taqqoslash uchun: 2021 hada 2020 yillarning mart oyida tuxum narxi mos ravishda 2,6 va 3,5 foizga arzonlashgan. «Tuxum eksportiga qo‘yilgan cheklov natijasida ishlab chiqaruvchilar (ya’ni tuxum yetishtiruvchilar) o‘zlarining kelajakdagi qarorlarini qisqa muddatda o‘zgartirishgan bo‘lsa, ya’ni kutilayotgan foydaning kamayishi ortidan tuxum yetishtirishga investitsiyani kamaytirishi (yoki potensial tadbirkorlarning sohaga kirmasligi) bundan tashqari mavjud tuxum yetishtirish darajasini ham pasaytirishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, unda qabul qilingan vaqtincha qarorning oqibatlari yomon bo‘ladi», - deb yozdi Mirkomil Xolboyev. Iqtisodchining fikriga ko‘ra, agar yuqoridagi keltirgan faraz to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, unda kelayotgan oylarda eksportning vaqtincha cheklangani tufayli iste’molchilar alternativ holatga nisbatan qimmatroq pul to‘lashga majbur bo‘ladi. Avvalroq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tuxum eksportiga nisbatan cheklov haqiqatda joriy qilinganini bildirib, buni vaqtinchalik chora deb atagandi.
4Iqtisodiyot
Putin vorisi haqida qachon o‘ylay boshlagani haqida so‘zlab berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2000 yildayoq vorisi haqida o‘ylay boshlagan, biroq uning shaxsiy qarashlari ahamiyatsizdir, chunki tanlovni rossiyaliklarning o‘zlari amalga oshiradilar.  “Men 2000 yildan beri bu haqda o‘ylamoqdaman. O‘ylash zarar qilmaydi, biroq pirovard natijada tanlovni Rossiya xalqi amalga oshiradi. Menga kimdir yoqishi yoki aksincha, yoqmasligidan qat'iy nazar, nomzodlar saylovlarga kelishadi va  yakuniy qarorni Rossiya fuqarolari qabul qilishadi”, deb aytgan Putin NBC telekanaliga bergan intervyusida u o‘ziga voris topgani haqida berilgan savolga javoban.  Putin hokimiyat o‘zgargandan keyin oxirgi yillarda qilingan ishlar barbod bo‘lishi borasidagi xavotirlarga izoh berib, “Sizning mutaxassislar deb ataluvchilar istaklarini haqiqat sifatida taqdim qilishadi. Men bu borada ko‘plab aljirashlarni eshitganman”, deb aytgan Putin. “Nima uchun siz Rossiya hokimiyatiga mendan keyin oxirgi yillar men tomondan qilingan barcha narsani barbod qiladiganlar kelishi kerak, deb o‘ylaysiz? Balki, aksincha, keladigan odamlar Rossiyani mustahkamlashni, u uchun kelajak, keyingi avlodlar uchun rivojlanish maydonini yaratishni istovchi odamlar bo‘ladi”, deb aytgan Putin va dunyoda oliy davlat lavozimida “vayronkor odam”ni ko‘rishni istovchilar yetarlicha borligini qo‘shimcha qilgan. Putin, shuningdek, AQSh barqaror Rossiyadan manfaatdorligiga ishonch bildirgan.  “AQSh, fikrimcha, boshqa narsadan – Rossiya barqaror, farovon va rivojlanuvchi davlat bo‘lishidan manfaatdor”, deb aytgan Putin.
2Dunyo
2035-yilgacha O‘zbekistonning o‘z sun’iy yo‘ldoshlari va raketalari bo‘ladi O‘zbekiston o‘z aerokosmik sanoatini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan, deb xabar beradi “Spot.uz”. 2018–2035-yillar uchun aerokosmik sanoatni shakllantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, milliy aviatsion sanoat tiklanishi rejalashtirilmoqda. 2018-yil 10-noyabrga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjatning tayyorlanishi va davlat harakat dasturining tasdiqlanishi kutilmoqda. Strategiya doirasida, xususan, moddiy va ilmiy baza shakllantiriladi, chet elda malaka oshirib kelgan kadrlar tayyorlanadi, chet el investitsiyalari jalb etiladi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov mustaqillikning 25 yillik bayramiga tayyorgarlik to‘g‘risida qaror qabul qildi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi. Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning ko‘p asrlik shonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yo‘lini ochib bergan buyuk tarixiy voqea — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biz uchun haqiqatan ham eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan bu qutlug‘ sana o‘tgan tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat og‘ir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘limizni, amalga oshirgan keng ko‘lamli islohotlarimiz samarasini, qo‘lga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy ko‘z bilan sarhisob qilish, oldimizga qo‘ygan oliy maqsad — eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bundan 25 yil oldin o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, avvalo milliy davlatchiligimizni tiklaganimiz, jahondagi mustaqil va suveren davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallaganimiz, o‘zini oqlamagan eski, mustabid tuzumdan butunlay voz kechib, chuqur o‘ylangan, milliy manfaatlarimizga to‘la javob beradigan islohotlarga asoslangan, butun dunyoda “o‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirganimiz bugungi kunda biz tanlagan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos rivojlanish yo‘lining naqadar to‘g‘ri va hayotiy ekanini tasdiqlab bermoqda. Buning amaliy isbotini mamlakatimizning qudrati va iqtisodiy salohiyati tobora ortib, yalpi ichki mahsulotimizning o‘sish sur’atlari oxirgi 11 yil davomida jahondagi sanoqli davlatlar qatorida 8 foizdan kam bo‘lmasdan kelayotganida, aholimizning hayot darajasi va sifati yuksalib borayotganida yaqqol ko‘rish mumkin. Ko‘pni ko‘rgan, mehnatkash va olijanob xalqimizning mardligi va matonati evaziga erishayotgan bunday marra va natijalar Vatanimizning obro‘sini yanada yuksaltirib, ko‘pchilik mamlakatlarni qoyil qoldirayotgani va ularning havasini uyg‘otayotganini kuzatish qiyin emas. Oldin tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan bunday olamshumul natijalarning asosiy omilini avvalambor taraqqiyot yo‘limizda to‘siq bo‘lgan turli qiyinchilik, yetishmovchilik, og‘ir va mashaqqatli sinovlarni yengib o‘tishda odamlarimiz, butun xalqimizning dunyoqarashi, mehnatga, hayotga munosabati o‘zgarib, ularning siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi, yon-atrofdagi voqealarga daxldorlik hissi tobora kuchayib borayotganida ko‘rish darkor. Eng muhimi, ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi bo‘lmish yosh avlodimizning yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetayotganini alohida ta’kidlash zarur. Ayni shunday yoshlarni, aytish mumkinki, hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni o‘zimizning ustuvor vazifamiz deb kun tartibiga qo‘yganimiz vaqt o‘tishi bilan naqadar uzoqni ko‘zlagan tarixiy qadam bo‘lgani tobora ayon bo‘lmoqda. Mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan O‘zbekistonimiz mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish, o‘tgan davr mobaynida ona yurtimiz, barcha viloyat, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tobora ochilib, go‘zal bo‘lib borayotganini, shu zaminda yashayotgan insonlarning kayfiyati, bugungi hayotdan roziligini, ertangi kunga ishonchini, barcha sohalarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli ishlarimizning mohiyati va ahamiyatini yurtimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish, vatandoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin. 3. Mazkur dasturni tayyorlashda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilsin: mustaqillik hayotimizning ma’no-mazmunini tubdan o‘zgartirib, xalqimizni qaramlik kishanlaridan ozod qilgani, toptalgan qadriyatlarimiz, dinu diyonatimiz, oru nomusimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, farovon hayot va yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish yo‘lida beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng yoritish; mamlakatimiz suverenitetining iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligi, yoqilg‘i-energetika, transport-kommunikatsiya sohasidagi mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, zamonaviy korxonalar barpo etish va ularni ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan jihozlash borasidagi ulkan ishlarning ma’no-mazmunini aniq misollar orqali ko‘rsatib berish; yurtimizning ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olgan agrar o‘lkadan bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylanganini chuqur tahliliy asosda talqin qilish. Bu borada iqtisodiyotda sanoatning ulushi 34 foizga yetgani, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etayotgani ko‘p narsadan dalolat beradi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarning jadal rivojlanayotgani bilan bog‘liq fakt va raqamlarga alohida urg‘u berish; mustaqillik yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 12 barobardan ziyod oshgani, oltin-valyuta zaxiralarimiz barqaror sur’atlar bilan ko‘payib borayotgani misolida keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarimizning amaliy samarasini ko‘rsatish; oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erishish yo‘lida mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotimizni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan taraqqiyotimizning lokomotivi bo‘lgan yetakchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish, iqtisodiyotimizda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilgan xususiy mulkning ustuvorligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining samarasini yanada kuchaytirish kabi o‘ta muhim yo‘nalishlarning ahamiyatini jamoatchiligimizga, xalqimizga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazish. Jumladan, 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga yetkazish bo‘yicha belgilab olingan aniq reja va dasturlarni amalga oshirish uchun, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlariga qaramasdan, qat’iyat bilan ilgarilab borishimizga asos bo‘layotgan mezon va omillarning mohiyatini ochib berish; qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi iqtisodiy munosabatlar joriy etilib, fermerlik harakati uchun katta imkoniyatlar yaratilgani, hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 90-92 foizini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy harakatga va yetakchi kuchga aylanib borayotganini keng yoritish; yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, go‘sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji 1990 yilda import hisobidan qoplangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotganini; o‘tgan davr mobaynida aholi jon boshiga go‘sht iste’moli 1,4 barobar, sut va sut mahsulotlari – 1,5 karra, kartoshka – 1,9 marta, sabzavot – 2,6 barobardan ortiq, meva 6,3 marta ko‘paygani va boshqa hayotiy misollarni mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning mustahkam poydevori sifatida aks ettirish; mustaqillikka qadar yurtimizda umuman mavjud bo‘lmagan, bugungi kunda esa jamiyatimizning qudratli tayanchiga aylanib borayotgan o‘rta sinf – mulkdorlar sinfining jadal rivojlanib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizga yetgani, ayni shu tarmoqda ish bilan band aholining 77,9 foizi mehnat qilib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganini tahliliy asosda ko‘rsatish; jamiyatimiz hayotini butunlay o‘zgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish va boshqa umummilliy dasturlarimizni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda o‘n ikki yillik majburiy va bepul, umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga, ikki bosqichli oliy ta’lim tizimiga asos solinib, zamonaviy yangi avlod kadrlarini tarbiyalash uchun mustahkam poydevor yaratilgani O‘zbekistonimizning jahon maydonida raqobatdoshligini ta’minlashning ishonchli zamini bo‘lib xizmat qilayotganini teran ifoda etish; biz uchun o‘ta muhim bo‘lgan sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish, keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish uchun amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga alohida ahamiyat berish. Jumladan, davlat budjetimizning sotsial sohalarga yo‘naltirilgan yillik xarajatlari izchil oshib borayotganini, birgina 2015 yilda ushbu raqam 60 foizdan ortganini bu boradagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy natijasi sifatida ko‘rsatish; yosh avlodimizni sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining mohiyatini, xususan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barcha viloyat, shahar va tumanlarimizda 300 ga yaqin musiqa va san’at maktablari, 1 ming 900 dan ziyod sport inshootlari bunyod etilgani, so‘nggi o‘n yilda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanish darajasi 30 foizdan 57 foizga, qizlar o‘rtasida 24 foizdan 47 foizga yetgani va boshqa misollar asosida ana shunday amaliy ishlarimizning ahamiyatini atroflicha yoritib berish; yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarni isloh qilish va milliy armiyamizning salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan, ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan o‘zgarishlar bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish; bugun biz boshimizdan kechirayotgan o‘ta tahlikali zamonda, yon-atrofimizda turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrash, millatlar va fuqarolararo do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini chuqur ochib berish; O‘zbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan, yaqin va uzoq qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar, o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatini, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan qarama-qarshilik va to‘qnashuvlarni faqatgina siyosiy muzokaralar, tinchlik yo‘li bilan hal etish haqidagi yondashuv va qarashlarining mazmun-mohiyatini atroflicha yoritish. Xususan, mamlakatimizning hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligi, yurtimiz hududida chet davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga, harbiylarimizning xorijiy mamlakatlardagi jangovar operatsiyalarda qatnashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonuniy asosda belgilab olingan qat’iy pozitsiyasini keng jamoatchilikka yetkazish. 4. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida uchrashuv va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi ta’minlansin. 5. Bayram tantanalari arafasida foydalanishga topshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy obyektlarni o‘z vaqtida ishga tushirish choralari ko‘rilsin. 6. Respublika komissiyasi o‘z yig‘ilishlarida belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin. 7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Tasviriy oyina”, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari, Badiiy akademiya va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda “Istiqlol farzandlari” va “Kelajak bizniki, marra bizniki!” deb nomlangan yoshlar festivallarini, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” respublika do‘stlik va madaniyat festivalini, “Milliy g‘oya – bizning g‘oya” ilmiy-amaliy anjumanini, shuningdek, yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy bosqichini hamda “Eng ulug‘, eng aziz”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Ranglar jilosida – ona diyor madhi”, “Seni kuylaymiz, zamondosh!”, “Istiqlol solnomasi”, “Bu – mening Vatanim” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlarning yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlasin. 8. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda xayriya mablag‘lari hisobidan; Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 9. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
8O‘zbekiston
15 yil avval “Paxtakor”ni Osiyoda eng yaxshi qilgan futbolchilar haqida. Ular hozir qayerda? 2002-yil OFK Toshkentning “Paxtakor” klubini qit’aning eng yaxshi jamoasi deb e’tirof etgandi. Ushbu voqeaga ham 15 yil to‘ldi, deb yozgandi “Championat.asia” nashri. Maqola muallifi Narzulla Saydullayev “Paxtakor”ni Osiyoda eng yaxshi qila olgan futbolchilar hozirgi kunda nimalar bilan mashg‘ul ekaniga e’tibor qaratgan. “Paxtakor” yangi rahbariyat qo‘liga o‘tgach, uning superklubga aylanishi borasida gapirildi. Bu yo‘lda klub akademiyasi kuchaytiriladi, stadion qaytadan quriladi va jamoaga bir qator kuchli futbolchilar taklif qilinadi. Savol: klub yuqorida aytilgani kabi mavqesini qaytara oladimi? Quyida “Paxtakor”da mehnat qilgan futbolchilar buguniga nazar solinadi. Ko‘pchilik uchun OFK nimaga aynan o‘zbek klubini eng yaxshi deb topgani qiziq. O‘sha yil Osiyo futboli rahbarlari “Osiyo chempionlar kubogi”ni “Osiyo chempionlar ligasi” deb o‘zgartirdi va musobaqa yangi formatda o‘tkazila boshlandi. O‘zbekiston vitse-chempioni sifatida turnirga pley-offdan qo‘shilgan “sherlar” Iordaniyaning “Al-Vihdat” (3:0, 1:3), Qatarning “Al-Ittihod” (3:4, 3:0) va BAAning “Al-Ahli” (3:2, 1:0) klublari to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘ta oldi. Guruh bosqichini 2003-yilning bahorida o‘tkazish rejalashtirilgandi. Shu tariqa OFK saralashda ajoyib o‘yinlar namoyish etgani uchun “Paxtakor”ni qit’aning eng yaxshi klubi sifatida tan olgandi. Jamoa o‘sha yil Viktor Jalilov boshqaruvida O‘zbekiston chempionatida 74 ochko to‘pladi va chempion bo‘ldi. O‘zbekiston kubogining finalida esa Farg‘onaning “Neftchi” klubi 6:3 hisobida taslim qilindi. O‘sha yil jamoaga kelgan yosh posbon tezda asosiy darvozabonga aylanib olgandi. Nesterov “Paxtakor”ning bir necha yil davomida O‘zbekistonda gegemonlik qilishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Keyin u bir necha yil davomida “Bunyodkor”da o‘ynadi. Ayni paytda esa Toshkentning uchinchi grand klubi “Lokomotiv” sharafini himoya qilmoqda. Nesterov bu vaqt ichida O‘zbekiston termasining 100 ga yaqin o‘yinida maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Turkmanistonlik himoyachini “Paxtakor”ning eng yaxshi legionerlaridan biri deb bemalol aytish mumkin. U orqa chiziqda to‘p sursa ham, raqib darvozasiga gol urishda uncha-buncha hujumchiga dars bergan. Gochkuliyev 2002-yil Oliy liganing 26 ta uchrashuvida 14 ta gol urib, klub to‘purari bo‘lgandi. Himoyachi 2002—2005-yillarda “Paxtakor” sharafini himoya qilgan. 2007—2010-yillar davomida “Bunyodkor”da o‘ynagan. U 2014-yildan buyon “Oltin Asr” klubida katta murabbiy lavozimida ishlab kelmoqda. Gochkuliyev O‘zbekistondagi faoliyati davomida 7 karra O‘zbekiston chempioni, 6 karra O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi. 3 marta OChL yarim finaliga qadar yetib bordi. 2002-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so‘rovnomasida Aleksandr Geynrixdan keyingi ikkinchi bo‘lgandi. O‘sha mavsum himoya markazida Gochkuliyev bilan tandem hosil qilgan Ashurmatov jamoa g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘sha olgan. Keyinroq u ma’lum muddat Rossiyaning “Spartak Alaniya”, “Torpedo Metallurg”, “Krilya Sovetov” klublari sharafini himoya qildi. 2007-yil Oliy ligaga katta maqsadlar bilan chiqqan “Quruvchi” (hozirgi “Bunyodkor”) tajribali himoyachini O‘zbekistonga qaytardi. Ikki yil davomida “qaldirg‘ochlar” safida o‘ynagan Ashurmatov, futbolchilik faoliyatining so‘nggi yillarini “Xorazm” va “Lokomotiv”da o‘tkazdi. 2012-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan sobiq himoyachi dastlab “Guliston”, so‘ngra “Navbahor” va “Andijon” klublarida ishladi. Bir muddat O‘zbekiston olimpiya termasini ham boshqardi. Hozir “Buxoro” klubida Ulug‘bek Baqoyev bilan birga faoliyat olib bormoqda. Viktor Jalilovning o‘g‘li qanot himoyasida o‘ynardi. Kerak paytda hujumga ham qo‘shilib, sheriklarini golli vaziyatga olib chiqishga harakat qilardi. 2003-yilda “Paxtakor”dan ketgan Jalilov, faoliyatini “Navbahor”, “Mash’al” va “Qizilqum” klublarida davom ettirdi. 2007-yil butsalarini mixga ilgan Vitaliy ayni paytda Samvel Babayan jamoasida ma’mur sifatida faoliyat olib bormoqda. O‘zbekistonda tug‘ilgan qozoq futbolchisi 2000—2003-yillarda “Paxtakor” sharafini himoya qilgan va qanot himoyasida o‘ynagan. “Sherlar” safini tark etgach, Qozog‘istoning bir qator klublarida o‘ynadi. 2009-yil O‘zbekistonga qaytib, “Andijon”da to‘p surdi. O‘taboyev 2012-yil faoliyatini tugatgandi. E’tiborlisi, Qayrat 2002-yil O‘zbekiston terma jamoasida maydonga tushgan. 2005—2007-yillarda esa Qozog‘iston terma jamoasida o‘ynagan. Mavsumni o‘ng qanot himoya va yarim himoyasida o‘tkazgan futbolchi, o‘sha yil Oliy ligada 20 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta to‘p kiritgandi. 2009-yilda Kiryan Namanganing “Navbahor” klubiga ko‘chib o‘tdi. 2010-yilning ikkinchi davrasida Toshkentning “Lokomotiv” klubida ko‘rinish berdi va shundan so‘ng katta sport bilan xayrlashdi. U ayni paytda Rossiyaning Belgorod viloyatida yashaydi, biznes bilan shug‘ullanadi. Futboldagi faoliyatining ilk yillarini “Paxtakor”da boshlagan G‘ofurov hozirga qadar futbol o‘ynamoqda. “Sherlar” safini 2003-yil tark etgan futbolchi, keyinroq “Navbahor”, “Dinamo”, “Mash’al” va “Bunyodkor” klublarida o‘ynadi. Hozir esa tarqalib ketish arafasida turgan Toshkentning “Obod” klubiga o‘ynamoqda. “Paxtakor”ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Jeparov pleymeyker sifatida Osiyoga mashhur bo‘lib ulgurgandi. Bundan tashqari Server ko‘plab gollar urishga ham muvaffaq bo‘lgandi. 2007-yilga qadar “sherlar” safida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan yarim himoyachi, 2008-yil “Bunyodkor”ga o‘tgandi. Osiyoda ikki marta yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan Jeparov Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya klublarida faoliyat olib bordi va har ikki mamlakat chempioniga aylandi. U o‘tgan yil “Lokomotiv”da o‘ynadi, bu yil boshida esa Eroning “Istiqlol” klubi bilan bir yarim yillik shartnoma tuzdi va “Sepaxon”ga ijaraga berildi. Chap oyog‘idagi zarbasi raqib darvozabonlarining tushlariga kirib chiqardi. Uning jarima to‘plaridan urgan gollari “Paxtakor”ning bir qator muhim g‘alabalariga zamin yaratdi. Koshelev “sherlar” safini 2007-yilda tark etgan. Shundan keyin “Dinamo”, “Qizilqum”, “Sho‘rtan” va “Navbahor” kabi klublarda o‘ynadi. 2013-yil futbolchilik faoliyatini tugatgan Koshelev ayni paytda “Paxtakor” akademiyasida yosh bolakaylarga futbol sir asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. Bugungi kunga qadar futbol o‘ynayotgan kam sonli o‘yinchilardan yana biri. Kapadze o‘sha tarkibda universal futbolchi edi. “Neftchi”da hujumchi bo‘lgan Kopa, “Paxtakor”da tayanch zonada o‘ynadi. O‘sha yil oliy ligada 20 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urishga erishgan Kapadze ham Jeparov kabi 2008-yilda “Bunyodkor”ga ko‘chib o‘tgandi. Bundan tashqari Janubiy Koreya va BAA chempionatlarida o‘ynagan yarim himoyachi, bugungi kunda “Lokomotiv” sharafini himoya qilmoqda. O‘zbekistoning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lgan Mirjalol Qosimov o‘sha mavsum jarohatlari tufayli bir qator o‘yinlarda jamoaga yordam bera olmadi. Ammo maydonga tushgan o‘yinlarining hech birida raqiblarga oson bo‘lmasdi. Jarima to‘plaridan zargarona gollar urishning hadisini olgan Qosimov, maydonni ko‘rish va chiroyli to‘p uzatishda ham sherkilariga dars berardi. Qosimov 2003—2004-yillarda Rossiyaning “Alaniya” klubida, 2005-yil Muborakning “Mash’al” klubida o‘ynab, faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Qosimov butsalarini mixga ilib, murabbiylik faoliyatini boshlab yuborgandi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida yordamchi murabbiy bo‘lgan Mirjalol Qo‘shoqovich, “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatida ikki yil ishladi. Keyin O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi. U ham futbolchi, ham murabbiy sifatida Osiyo Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan inson hisoblanadi. “Bunyodkor” klubini 2008 va 2012-yillarda aynan Qosimov qit’a chempionatida yarim final sari boshlagandi. 18 yoshli hujumchi “Paxtakor”dagi ilk mavsumidayoq ajoyib o‘yinlar namoyish etib bergandi. Yil yakunida O‘zbekistoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani ham bunga isbot bo‘la oladi. Oliy ligada 22 ta o‘yinda maydonga tushgan va 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan Sasha, faoliyatining keyngi yilini Rossiyaning “SSKA” klubi bilan bog‘lab, xato qilgandi. Yosh futbolchi kuchli raqobatda yutqazdi va asosiy tarkibda maydonga deyarli tushmadi. Keyin “Paxtakor”ga qaytib, o‘z formasini tiklab olgach, yana Rossiyaga, bu safar Moskvaning “Torpedo” klubiga o‘tdi. 2007—2011-yillarda “Paxtakor”da o‘ynagan Geynrix Qatardagi Osiyo kubogidan so‘ng Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung” klubidan tushgan taklifni qabul qilgandi. So‘ngra, BAAda “Emireyts”, Qozog‘istonda “Aktobe” klublarida o‘ynadi. 2014-yilni “Lokomotiv”da o‘tkazdi. Sasha 2015-yildan buyon Qozog‘istoning “Ordabasi” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Hujumchi o‘sha yil Oliy ligada 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. OChL pley-offida esa Tojiyevlarning to‘ng‘ichi “Al-Vihdat”, “Al-Ittihod” va “Al-Ahli” bilan o‘yinlarda jami 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning driblingi raqib himoyachilarini shoshirib qo‘yardi. 2010-yilga qadar “Paxtakor”da o‘ynagan hujumchi, faoliyatini Oliy liganing bir qator klublarida davom ettirdi. 2015-yil “Buxoro” safida bir davra o‘ynab, butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Tojiyev ayni paytda JFL Tashkent klubida bolalar murabbiyi bo‘lib ishlamoqda. “Sehrli tayoqcha” sifatida nom qozongan hujumchi “Paxtakor”da o‘sha mavsum ko‘pincha qanotda ko‘rinish berdi va muhim gollarni urdi. Soliyev 2008-yil “Bunyodkor”ni tanladi va 2012-yilga qadar shu jamoada o‘ynadi. Orada bir yil “Nasaf”da ijarada o‘ynab qaytdi. 2013—2015-yillarda yana “sherlar” safiga qaytgan hujumchi, o‘tgan mavsum birinchi davradan so‘ng futbolchilikni tugatishga qaror qildi. Bugungi kunda Namanganing “Navbahor” klubida sport direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda. Qoraqalpog‘istonlik hujumchi o‘sha yil Oliy ligada 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Quttiboyev hujumda Geynrix bilan tandem hosil qilardi. “Paxtakor”dan so‘ng u “Qizilqum” va “Xorazm” safida o‘ynadi. Bir necha yil davomida “Orol” klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi. Bugungi kunda Quttiboyev Nukus olimpiya zaxiralari kollejida yosh futbolchilarga saboq beradi. O‘sha tarkibning eng yosh vakillaridan biri. Bikmayev 16 yoshida Oliy ligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgandi. U “Paxtakor”dan keyin asosan Rossiya klublarida o‘ynadi: “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Spartak Nalchik”, “Alaniya”. Marat Qozog‘istonda “Aktobe”da ikki mavsum to‘p surdi. 2014-yilda O‘zbekistonga qaytib, “Lokomotiv” bilan shartnoma tuzdi. Bugunga kelib jamoaning asosiy hujumchisiga aylanib olgan. “Paxtakor”ning o‘sha vaqtdagi g‘alabalari Viktor Jalilov bilan bog‘lanadi. Bosh murabbiy klubni O‘zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibiga aylantirgandi. Shu sababli 2002-yil aynan Viktor Romanovich O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etilgan. “Paxtakor”dan keyin Jalilov “Mash’al”, “Navbahor” va “Dinamo” klublarida ishladi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi.
13Sport
Bedana tuxumi—barcha kasalliklardan forig` etadi Bedana tuxumining foydali jihatlari qadimdan ma`lum bo`lgan. O`zining kichik o`lchamiga qaramasdan, u juda ham mazali va to`yimli bo`lib, tarkibida ko`p miqdorda biologik faol moddalar mavjud. Tovuq tuxumi bilan taqqoslaganda, bedana tuxumining bir grammida ikki marta ko`proq A va D vitamini borligini aytish mumkin. Shuningdek, uning tarkibida B vitamini, mis, fosfor, kaliy, temir, kobalt, nikotin kislotasi va tengi yo`q aminokislotalar mavjud. Bedana tuxumining dorivor xususiyatlari Tovuq tuxumidan farqli ravishda bedana tuxumi xolesterinni kamaytirishga xizmat qiladi. Yana bir muhim jihati, u allergiya chaqirmaydi, shuning uchun ham bolalar taomnomasiga uni ikkilanmasdan kiritish mumkin. Ushbu mahsulotni muntazam iste`mol qilish inson asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Undagi fosfor, kaliy va temir moddalari xotirani mustahkamlaydi. Mutaxassislar xom bedana tuxumini bolalar va qariyalar rasioniga kiritishni tavsiya qiladi. Bedana tuxumi qon bosimini normallashtiradi va hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. U antibakterial va immunitetni mustahkamlovchi xususiyatga egaligi uchun xasta va nimjon kishilarga ham tavsiya etiladi. Mahsulot kamqonlik, yurak xastaliklari, kuchli bosh og`rig`i, bronxial astma, gastrit xastaligiga chalingan kishilar uchun ham foydalidir. Bedana tuxumi erkaklar quvvatini oshiruvchi mahsulot sifatida ham mashhur. Ayollarga homiladorlik va bolani emizish davrida kerakli vitaminlar, aminokislota va mikroelementlarga boy bo`lgan bedana tuxumini iste`mol qilish tavsiya etiladi. Olimlarning tadqiqotlari shuni ko`rsatdiki, 90 foizi karbonat kalsiydan tashkil topgan bedana tuxumining po`chog`i dorixonalardagi kalsiy vositasidan ko`ra osonroq organizm tomonidan o`zlashtiriladi. Bundan tashqari, uning po`chog`ida organizm uchun zarur bo`lgan mis, ftor, kremniy, oltingugurt va ruh mavjud. Bedana tuxumining afzalliklaridan biri uni uzoq vaqt saqlash mumkinligidir. Uni xona haroratida bir oygacha, muzlatgichda esa 60 kungacha saqlash mumkin. Bedana tuxumini har qanday ko`rinishda: xomligicha, qaynatib yoki qovurib iste`mol qilish mumkin. ISTE`MOL QILISh TARTIBI Mittigina tuxumni nafaqat xomligicha iste`mol qilish, balki qaynatish, qovurish, hatto dudlash va marinadlash ham mumkin. Bedana tuxumi terining sog`lom va ko`rkam bo`lishiga yordam beradi. Bolalar bir kunda 2-4 dona, kattalar 3-5 dona tuxumni ertalab och qoringa iste`mol etishi tavsiya etiladi. Eng foydalisi, tuxumni xomligicha och qoringa ichishdir. Buni uch-to`rt oy davomida tanaffussiz amalga oshirish lozim. Davolash ikki haftadan keyin o`z samarasini ko`rsatadi. Uch yoshgacha bo`lgan bolalarga esa bedana tuxumini pishirilgan holda bergan ma`qul. ENG ShIFOBAXSh TUXUM Bedana tuxumi tarkibida erkaklar salomatligi uchun foydali moddalar, mikro va makro elementlar, vitaminlar 3-4 marta ziyod. Masalan, tuxumdagi kaliy moddasi tovuq tuxuminikiga qaraganda besh barobar ko`proq. Bu esa erkaklik quvvatini oshirishda juda samarali yordam beradi. KIChIK TAVSIYaLAR Bir stakan tabiiy sharbatga 2-3 ta ko`pirtirilgan tuxum va bir qoshiq asal qo`shing va undan kuniga bir mahal qabul qiling, quvvatingiz oshadi. Erkaklar potensiyani oshirish uchun 40 kun davomida ertalab 3 ta, kechqurun 3 ta bedana tuxumini xomligicha ichishi lozim. 3-4 oy bedana tuxumi iste`mol qilish duduqlanishni bartaraf etishi mumkin. Internet materiallari asosida Sevara Nishonova tayyorladi
11Salomatlik
Xorijlik talabalar soni bo‘yicha Xorazm yetakchilik qilmoqda Ma'lumki, ta'lim investitsiyasi ham mamlakat hayotida muhim yo‘nalishlardan biri bo‘la oladi. Dunyoning rivojlangan davlatlari bunday investitsiya jalb qilish, ya'ni o‘z ta'lim dargohlarida xorijlik talabalarni o‘qitish orqali milliardlab mablag‘larning o‘z iqtisodlariga kirishiga erishadilar. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda asta-sekin qadamlar tashlashni boshladi. Innovatsiya vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda 2377 nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Ularning soni eng kam bo‘lgan viloyat Namangan (2 nafar). Bu borada birinchilik ko‘pchilik o‘ylaganidek poytaxt Toshkent shahrida emas (293 nafar), aksincha OTMlari soni uchta bo‘lgan uzoq Xorazm viloyati (1322 nafar). Ikkinchi o‘rinni esa Buxoro viloyati egallagan (567 nafar). Quyidagi infografikada hududlar kesimida xorijlik talabalar soni va ulardan kelib tushgan mablag‘ miqdori ko‘rsatilgan:
8O‘zbekiston
Ispaniyadagi sirkdan begemot qochib ketdi (video) Ispaniyaning Palos-de-la-Frontera shahridagi sirkdan begemot qochib ketdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. U aynan qay tarzda sirk hududini tark etishga muvaffaq bo‘lganiga aniqlik kiritilmayapti. “Sayr” chog‘ida qochoq jonivor o‘txo‘rlik qildi, shuningdek, avtotrassa bo‘ylab aylanib yurdi va o‘tkinchilarni qo‘rqitdi. Voqea guvohlari begemotni suratga olib, foto va videotasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Oxir-oqibat begemotni tutishdi va sirkka qaytarishdi.
2Dunyo
Yakka tartibdagi tadbirkorlar kartalaridan har qanday tovar va xizmatlar uchun to‘lash imkoniyati tug‘iladi Yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlarining plastik kartalaridan nafaqat ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, balki har qanday tovar va xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. Markaziy bank “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomga tegishli o‘zgartishlarni kiritdi. “Endilikda tomonlar, ya’ni sotuvchi va bank kartasi egasi o‘rtasida tegishli shartnoma tuzish shart emas”, — deyiladi Markaziy bank xabarida. Bunday to‘lovlar amalga oshirilganida hisobot hujjati sifatida kvitansiya va hisoblarning originallari, ularga ilova qilingan, bankomat, infokiosk hamda terminal kvitansiyalari ko‘riladi. Terminaldan to‘lov amalga oshirilganida to‘lovni qabul qilgan ishchi kvitansiyani imzolashi hamda “to‘langan” muhrini bosib berishi talab etiladi. Shuningdek, endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z kartalarini foydalanish uchun boshqalarga berish huquqiga ega. Ilgari ular plastik kartalaridan faqat ishlab chiqarish ehtiyojlari yo‘lida foydalanishi mumkin edi.
8O‘zbekiston
Toshkent avtovokzali xodimi fuqaroga kuch ishlatgani yuzasidan ma’lumot berildi “O‘zavtovokzal servis” DUK ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent avtovokzali xodimi fuqaroga kuch ishlatgani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi. Kadr: Telegram Ijtimoiy tarmoqlarda vokzal xodimi o‘zini tasvirga olgan fuqaroga kuch ishlatishga uringani tasvirlangan video tarqaldi: Ma’lum qilinishicha, ushbu holat 24-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan holatni tasvirga olgan fuqaro Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi M.A hisoblanadi. U avtovokzal qo‘riqlash xizmati xodimi o‘ziga nisbatan kuch ishlatilishi bilan bog‘liq holat ro‘y berishdan avval Toshkent avtovokzalining kutish zaliga kirib, bu yerda o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan ayol xodimlarni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan. O‘z navbatida, avtovokzal qo‘riqlash xizmati xodimi N.A. voqea joyiga yetib kelib, jamoat tartibini buzayotgan fuqaro M.A.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni ta’minlash maqsadida uni ushbu hududda joylashgan militsiya tayanch punktiga olib bormoqchi bo‘lgan vaqtida o‘z xizmat vakolatidan chetga chiqish bilan bog‘liq harakatlarni sodir etgan. “O‘zavtovokzal servis” DUK ushbu voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda holat yuzasidan o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib borgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro M.A. Toshkent avtovokzali hududida jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarni spirtli ichimlik ta’siri ostida sodir etgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, avtovokzal qo‘riqlash xizmati xodimi N.A. o‘z xizmat vakolatidan chetga chiqish bilan bog‘liq harakatlarni sodir etgani oydinlashgan. Ushbu holat yuzasidan fuqaro M.A. va avtovokzal xodimi N.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha ma’muriy ish ochilgan. Ta’kidlanishicha, kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligining oldini olish maqsadida Toshkent avtovokzali barcha xodimlari qat’iy ogohlantirilib, yo‘lovchilarga xushmuomala bo‘lishlari, odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Avvalroq Buxoroda Milliy gvardiya xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Namanganda prokuratura xodimi ayol kishiga kuch ishlatgani, Toshkentda 73 yoshli erkakka kuch ishlatgan PPX xodimlariga sud hukmi o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Atom energetikasini rivojlantirish agentligi alohida vazirlik tarkibiga kiritiladi - Prezident farmoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi etib vazirlik tarkibiga o‘tkazildi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmonida yoziladi.  Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi kelgusida mos ravishda  Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi etib qayta tashkil etiladi va vazirlik tuzilmasiga o‘tkaziladi. «Energiya tejash milliy kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining «Energiya tejash milliy kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatini belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.​
8O‘zbekiston
Pfizer omikron-shtammga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshladi Pfizer farmatsevtika kompaniyasi rahbari Alber Burla koronavirusning yangi omikron shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqish boshlanganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, vaksina 100 kundan kamroq vaqt ichida tayyor bo‘lishi mumkin. Avvalroq Pfizer Yevropa Ittifoqi bilan tuzgan shartnomaga ko‘ra omikron shtammining xavfliligi isbotlansa, unda o‘z vaksinasini 100 kun ichida yangi shtammga moslashtirishi kerakligi ma'lum qilingan. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Rigadagi matbuot anjumanida aytib o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, olimlar 2-3 hafta ichida yangi shtamm haqida zarur ma'lumotlarni yig‘ishlari, Yevropa Ittifoqi davlatlari esa emlash, qayta emlash va sanitar choralarni faollashtirishi kerak. Koronavirusning “omikron” deb nom olgan yangi B.1.1.529 shtammi dastlab Afrika janubida aniqlandi. U ko‘plab mutatsiyalarga ega bo‘lib, hozirda u bilan kasallanish holatlari Yevropaning bir qator davlatlarida, Hongkong, Isroil va Avstraliyada qayd qilingan.
2Dunyo
O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi kamaydi Dastlabki ma'lumotlar bo‘yicha 2018 yilning yanvar-iyul oylarida respublika korxonalari tomonidan 113,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur'ati 110,7%ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining 7,6%ga, tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning – 31,2%ga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni kondittsiyalashning 1,3%ga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning – 35,6%ga o‘sishi hisoblanadi. Tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2018 yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 18,4 trln so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 16,3%ni tashkil etdi. Tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi bo‘yicha chaqiq tosh qazib olish hajmi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga, kaolin - 1,8 martaga, gaz kondensati – 16,1%ga va tabiiy gaz – 6,6%ga oshgan. Shu bilan birga neft qazib olish hajmining 9,9%ga va ko‘mirning – 13,1%ga kamayganligini kuzatish mumkin.
8O‘zbekiston
APL. “Liverpul” 95-daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 33-turida “Liverpul” 24-aprel, shanba kuni “Nyukasl”ni qabul qildi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Muhammad Saloh mersisaydlarni oldinga olib chiqdi. Shuningdek, o‘yin davomida maydon egalarida bir qator qulay imkoniyatlar bo‘ldi, biroq “hakkalar”ning chuqur himoyasini yorib o‘tish Yurgen Klopp shogirdlariga boshqa nasib etmadi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Kallum Uilson gol urgandi, biroq hujum vaqtida to‘p futbolchining qo‘liga tegib ketgani sabab bu gol bekor qilindi. Biroq so‘nggi soniyalar o‘tib borayotganda Jo Uillok o‘zining aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi. “Liverpul” 54 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda, “Nyukasl” esa (36) 15-pog‘onadan joy olgan. APL 33-tur bahsi 24-aprel, shanba Gollar: 1:0 – 3 Saloh, 1:1 – 90+5 Uillok. “Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, Kabak, Fabinyo, Mane, Tiago Alkantara (Jons, 77), Veynaldum, Diogu Jota (Milner, 58), Saloh, Firmino. “Nyukasl”: Dubravka, Fernandes, Klark (Uillok, 64), Dammett, Ritchi, Shelvi, Myorfi, Longstaff, Almiron (Geyl, 85), Sen-Maksimen, Joelinton (Uilson, 60). Ogohlantirishlar: Kabak (9), Fernandes (16), Fabinyo (89). Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Nyu-Yorkda vahima: “Hamma yoqni kalamushlar bosib ketdi” Nyu-York mahalliy hukumati shahar tumanlaridan birida yashovchi fuqaro kalamushlar tomonidan tarqatiluvchi leptospiroz yuqumli kasalligidan vafot etgani tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. U bugun, chorshanba kuniga belgilangan. Bu haqda NBC New York telekanali xabar berdi. Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko‘ra, kasallik Bronksning yana ikki nafar fuqarosida aniqlangan, ular ayni damda bu xastalikni yengishga muvaffaq bo‘lishgan. "Kasallik jiddiy bo‘lishi mumkin, biroq u antibiotiklar yordamida davolanadi", - deya xabar berdi sog‘liqni saqlash departamenti. Departament xodimlari kemiruvchilar bilan kurash uchun barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda. Shifokorlar Bronks aholisiga kalamushlar yig‘ilishi mumkin bo‘lgan joylardan uzoqroq yurish va qo‘llarni yaxshilab yuvishni maslahat berishdi. Biroq, mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, buning iloji yo‘q: hamma yoqda "kalamushlar tiqilib yotibdi va ular nafaqat binolarda, balki poyezdlar ham ular bilan to‘la". Ta'kidlanishicha, vahima shu darajada kattaki, Qizil xoch tashkiloti tumandagi sakkizta oilaga vaqtinchalik turar-joy taqdim etgan.
2Dunyo
Kanadada qarovsiz qoldirilgan it mikroavtobusni “olib qochib”, uni ariqqa tushirib yubordi Kanadaning Ottava shahrida sodir bo‘lgan noodatiy avariya oqibatida miniven ariqqa tushib ketdi. Ko‘ngilsiz hodisaga mops aybdor bo‘lib, uning egasi itni o‘t oldirib qo‘yilgan furgon ichida yolg‘iz tashlab ketgan, deb xabar beradi Motor. Mikroavtobus egasi itini o‘t oldirib qo‘yilgan avtomobili ichiga bir necha daqiqaga tashlab ketgan. Bu mops uchun qandaydir usul bilan uzatmalar qutisini ishga tushirish va minivenni ariqqa qulatish uchun yetarli bo‘lgan. Avtomobil harakatlanayotganini ko‘rgan erkak uni yurayotgan joyida to‘xtatishga uringan, biroq barchasi muvaffaqiyatsiz kechgan. Avariya joyiga yetib kelgan politsiyachilar haydovchini dvigateli ishlab turgan avtomobilni qarovsiz qoldirish mumkin emasligi haqida ogohlantirgan — ichida kim bo‘lishidan qat’i nazar. YTH oqibatida mikroavtobus egasi kichik jarohat bilan kifoyalangan. To‘rt oyoqli aybdor esa biroz qo‘rqib qolgan xolos. Avvalroq Avstraliyada boyo‘g‘li avariya sodir etib, voqea joyidan qochib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  AQShda “uchib kelgan” toshbaqa avtomobilning old oynasiga urilib, unga tiqilib qoldi
0Avto
Hukumat a’zolari YeOII bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha deputatlarning savollariga javob qaytardi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 10-aprel kuni o‘tkazilgan “Hukumat soati”da hukumat a’zolaridan O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masala yuzasidan o‘zlarini va jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga javob oldi. Bu haqda parlament Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi. O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, moliya vaziri T.Ishmetov, bosh vazir maslahatchisi K.Rashidov va Vazirlar Mahkamasining bir qancha mas’ul xodimlari, boshqa bir qancha vazirliklar, tashkilotlar va muassasalar mas’ul xodimlari, mutaxassislar va ekspertlar masofadan ishtirok etgan “Hukumat soati”da YeOII bilan integratsiyalashuv jarayoni kechgan taqdirda tashqi savdo, bojxona-tarif tizimini tartibga solish, budjet, bank va moliya sohasi, bandlik, ta’lim, tibbiyot, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalarida qanday ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlar ro‘y berishi masalalariga to‘xtab o‘tilgan. Xususan, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi rahbari A.Qodirovning YeOII bilan munosabatlar ittifoqqa a’zo bo‘lmagan – Tojikiston va Turkmaniston bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarimizga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinganmi, degan savoliga bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov quyidagicha javob qaytardi: “Ta’kidlash joiz, ushbu ikki qo‘shni mamlakat bilan amaldagi ikki tomonlama va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi keng qamrovli kelishuvlar doirasida hamkorlik olib borilmoqda. Iqtisodiy, siyosiy munosabatlarimiz rivojlanishida tizimli ishlarning davom ettirilishi, albatta, biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Shu o‘rinda alohida aytib o‘tish lozim, masalan, Tojikiston 2015-yildan beri YeOII integratsiyalashuv masalasini o‘rganib kelmoqda. Shu bilan bir paytda Tojikiston YeOII davlatlari tomonidan tashkil etilgan Yevrosiyo taraqqiyot banki bilan faol hamkorlik qilib keladi. Turkmaniston bilan ham biz juda yaqin savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, umuman, har tomonlama munosabatlarni davom ettirishga harakat qilyapmiz. Turkmaniston tomonidan ham hozirgi paytda dunyoda tarkib topayotgan integratsion tashkilotlar bilan turli ko‘rinishdagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar olib borilayotganini ta’kidlash lozim. Ana shu omillarni inbatga olib, YeOII bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan yo‘nalishimiz bo‘yicha rejalarimiz mazkur davlatlar bilan munosabatlarimizga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga ishonamiz”, — dedi Umurzoqov. Shuningdek, “Hukumat soati”da Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari rivojlanishiga oid vazirliklar, davlat qo‘mitalari, tashkilotlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va mahalliy ekspertlar tomonidan olib borilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va bildirilgan taklif va xulosalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, YeOII bilan hamkorlikning chuqurlashish darajasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, jumladan, tashqi raqobatdan nisbatan himoyalangan sanoat tarmoqlarining o‘rta va uzoq muddatda rivojlanish ssenariylari va ularning oqibatlarini baholashga oid hukumat vakillari tomonidan amalga oshirilgan tahlillar natijalariga e’tibor qaratildi. Siyosiy partiyalar fraksiyalari va qo‘mitalar a’zolari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda YeOII bilan hamkorlik masalasi bo‘yicha aholi (elektorat) bilan doimiy muloqotlar olib borilayotgani hamda aholining ushbu masalalarga qiziqishi ortib borayotgani aytib o‘tildi. Muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Umurzoqov hamda moliya vaziri T.Ishmetovning deputatlarning savollariga javoblari ma’lumot uchun qabul qilindi hamda O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyalashuvning tashqi savdo, bojxona-tarif tizimini tartibga solish, budjetga ta’sirini chuqur tahlil qilish, hamkorlikning bank va moliya sohasi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlanishi istiqbollarini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha ilg‘or xorijiy ekspertlar va mutaxassislarning asoslantirilgan xulosalarini umumlashtirish vazifalari yuklatildi. Majlisda deputatlarning faol ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masala yuzasidan bahslar, muhokamalarni davom ettirish qayd etildi. Yaqin kunlarda ushbu masala bo‘yicha parlament quyi palatasida “Parlament eshituvi”ni o‘tkazish ham rejalashtirilgan, deyilgan xabarda. Avval O‘zbekiston Senati YeOII bilan hamkorlik masalasini o‘rganishga kirishgani, “Adolat” SDP fraksiyasi maxsus ishchi guruhi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishining ijobiy va salbiy jihatlari haqidagi dastlabki xulosalarida ittifoqqa kirishdan mamlakatimiz sanoati 2 milliard dollar yo‘qotishini taxmin qilgani,  “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Jahongir Abdurasulov O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish masalasida o‘z fikrlarini bildirgani hamda ittifoqqa a’zo bo‘lish tarafdorlari taqdim qilgan chalg‘ituvchi raqamlardan ehtiyot bo‘lish kerakligini bildirgani haqida xabarlar berilgan.
8O‘zbekiston
Xitoy AQSh bojlariga javob choralarini tayyorladi Xitoy savdo-sotiq vazirligi 23-mart, juma kuni o‘z saytida AQShdan import qilinadigan 128 ta mahsulot ro‘yxatini chop etdi. Amerika tomonidan po‘lat va alyuminiyga nisbatan boj joriy etilishiga javob chorasi sifatida mazkur mahsulotlarga bojlar joriy etilishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”. 2017-yil statistikasiga ko‘ra, soliq solinadigan tovarlar ro‘yxati AQShga uch milliard dollar keltirganligi ta’kidlanmoqda. Birinchi bosqichda AQShdan mevalar, quruq mevalar, uzum vinolari, yong‘oqlar, jenshen, choksiz po‘lat quvurlar va ba’zi boshqa mahsulotlar importiga bojlarni 15 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Ro‘yxatga 2017-yilda importi 977 million dollarga yetgan jami 120 nomlanishdagi tovar kiritilgan. Ikkinchi bosqichda sakkiz turdagi tovar, jumladan, cho‘chqa, undan ishlangan mahsulotlar, qayta ishlangan alyuminiy importiga bojlar 25 foizga oshishi mumkin. Ularning Xitoyga importi AQShga 1,992 milliard dollar keltirgan.
2Dunyo
Boliviyada avtobuslar ishtirokidagi avtohalokatlar oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi Boliviya g‘arbida avtobuslar ishtirokida yuz bergan ikkita yo‘l-transport hodisasi oqibatida umumiy hisobda 23 kishi halok bo‘ldi va 20 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda EFE axborot agentligi xabar bermoqda.   Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi YTH La-Pas shahridan shimolga tomon 150 km uzoqlikda yuz bergan. Bu yerda yo‘lovchi avtobusi jarlikka tushib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTHga tezlikning oshirilishi sabab bo‘lgan.  Inkisivi viloyatida yana bir avtobus qiyalikdan tushib ketgan. Buning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 23 kishi jarohat olgan. Mamlakatda yo‘llar yomonligi va yo‘l harakati qoidalariga amal qilinmasligi sababli har yili YTHlarda o‘rtacha ming kishi halok bo‘ladi, 40 ming kishi jarohat oladi.
2Dunyo
So‘xda 3 ta dam olish maskani yaratiladi, viloyat markaziga aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda So‘x tumanida uchta dam olish maskani yaratiladi. Tumandagi eski aerodromni qayta ta’mirlab, viloyat markaziga havo yo‘llari orqali borib kelishni yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda So‘x tumani hokimligi xabar berdi. Qayd etilishicha, mazkur masalalar 3-iyun kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida So‘x tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilingan. Shuningdek, Simodon, Kasminon, Hushyor, Malbud va Vargan hududlarida ikki oy davomida tik quduqlar o‘rnatilib, bo‘sh turgan yerlar o‘zlashtiriladi. Oltita mahalla fuqarolar yig‘inida kichik sanoat hududlari tashkil etilishi belgilab olindi. So‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratildi Ta’kidlanishicha, tumanga tashrif buyurgan vazirlar o‘z sohalari bo‘yicha ikki kun davomida mavjud muammolarni o‘rganib, ularni to‘liq bartaraf etish uchun manzilli dastur loyihasi ishlab chiqildi. Shuningdek, So‘x—Rishton yo‘li va boshqa mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida takliflar bildirilgan. Hududda 2020-yil davomida qiymati 101 milliard so‘m bo‘lgan 73 loyiha amalga oshiriladi. Buning natijasida 4,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Banklar ko‘magida 82 ta loyiha amalga oshirilib, bu maqsadlar uchun So‘x tumaniga 153 milliard so‘m kredit yo‘naltiriladi. Avvalroq So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi. Ma’lumot uchun, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan. Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
8O‘zbekiston
Dunyoning eng yaxshi «Oltin asr» universitetlari Jahon iqtisodiy forumi dunyodagi eng yaxshi «Oltin asr» universitetlari nomini ma'lum qildi. Ular ilmiy doiralardagi bebi-bumerlar – Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‘plab mamlakatlarda oliy ta'limning tezkor kengayishi davrida paydo bo‘lgan universitetlardir. Times Higher Education 1945 va 1967 yillar orasida asos solingan, yoshi 50 dan 80 gacha bo‘lgan «Oltin asr» universitetlarini baholash uchun universitetlarning jahon reytingini belgilashda qo‘llaniladigan metodologiyadan foydalandi. «Oltin asr»ning 271 ta universiteti bo‘lib, AQSh, Buyuk Britaniya va Hindiston mazkur jadvaldan keng o‘rin olgan, biroq Yaponiya o‘zining 46 ta oliy o‘quv yurti bilan jadvaldagi eng e'tiborli mamlakat sanaladi. Avstraliya dastlabki o‘ntalikda uch o‘rinni egallagan bo‘lsa, AQShning ikki universiteti bor, Xitoy, Germaniya, Hongkong, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya davlatlarining har biri o‘zining bittadan universiteti bilan dastlabki o‘ntalikdan joy olgan. «Oltin asr» universitetlarining dastlabki o‘ntaligi Oltin asr 2019 yil reytingi Oltin asr 2018 yil reytingi Jahon universitet reytingi 2019 Institut Mamlakat/mintaqa 1 1 30 Kaliforniya universiteti,  San Diyego AQSh 2 2 49 Avstraliya Milliy universiteti Avstraliya 3 3 53 Hongkong Xitoy universiteti Hongkong 4 4 63 Seul Milliy universiteti Janubiy Koreya 5 8 =79 Uorvik universiteti Birlashgan Qirollik 6 5 =84 Monash universiteti Avstraliya 7 13 =93 Xitoy Ilm-fan va texnologiya universiteti Xitoy =8 9 =96 Kaliforniya universiteti, Irvin AQSh =8 6 =96 Yangi G‘arbiy Uels universiteti Avstraliya 10 7 104 Berlin Erkin universiteti Germaniya   10. Berlin Erkin universiteti, Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin Berlin g‘olib bo‘lgan ittifoqchilar tomonidan nazorat qilinuvchi hududlarga ajraldi. Berlindagi Unter-den-Linden universiteti sovet hududiga to‘g‘ri keldi. Berlin Erkin universitetiga 1948 yilda G‘arbiy Berlindagi muqobil variant sifatida asos solingan. Unda 32 ming nafardan ortiq talaba, 5 ming nafarga yaqin o‘qituvchi bor hamda 150 dan ortiq dastur taklif etiladi. =8. Yangi G‘arbiy Uels universiteti, Avstraliya Yangi G‘arbiy Uels universiteti 1949 yilda paydo bo‘lgan va 52 ming nafarga yaqin talabaga ega. Ulardan 13 ming nafarga yaqini 130 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar sanaladi. Universitet o‘zini fotoelektr texnologiyalari, OIV/OITS va kvant hisob-kitoblar sohalarida jahon yetakchisi deb hisoblaydi va 4300 nafar ilmiy xodimga ega. =8. Kaliforniya universiteti, Irvin, AQSh Irvin Kaliforniya universitetiga kiradigan 10 ta muassasadan biri. Unga Los-Anjyelesdan janubdagi Oranj okrugida asos solingan. Universitetda 30 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi va uning kutubxonasida 3,6 mln dona kitob bor. 7. Xitoy Ilm-fan va texnologiya universiteti, Xitoy Xitoy Ilm-fan va texnologiya universitetiga 1958 yilda, Xitoyning ilm-fan va texnika sohalaridagi dunyo miqyosidagi yuqori malakali ish kuchiga tobora o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun asos solingan. Dastlab u Pekinda joylashgan, biroq 1970 yilda madaniy inqilob vaqtida Xefeyga ko‘chib o‘tdi. Uning 15 ta maktabida 15 ming nafarga yaqin talabaga ilm-fan, hayot haqidagi fanlar, dasturiy ta'minot hamda elektrooptik texnologiyani ishlab chiqish, shuningdek, boshqa ilmiy va texnik fanlardan 3,5 ming nafar o‘qituvchi ta'lim beradi. 6. Monash universiteti, Avstraliya Monashda 170 dan ortiq mamlakatdan kelgan 77 ming nafardan ortiq talaba ta'lim oladi. Bu esa uni Avstraliyanig yirik universitetlaridan biriga aylantiradi. 1958 yilda Melburnda tashkil etilgan universitet bugunga kelib Xitoy, Hindiston va Malayziyada o‘z kampuslariga ega. 5. Uorvik universiteti, Birlashgan Qirollik Koventri shahriga yaqin joylashgan Uorvik universitetida 26 ming 500 nafarga yaqin talaba va qariyb 2,5 ming nafar o‘qituvchi bor. Unga 1965 yilda asos solingan. U 29 ta fakultet va 50 dan ortiq ilmiy-tadqiqot markazi va institutlardan iborat. 4. Seul Milliy universiteti, Janubiy Koreya Seul milliy universiteti 1946 yilda, Koreya Yaponiyadan mustaqillikka erishganidan keyin paydo bo‘lgan. Bugun unda 16 ming 500 nafarga yaqin talaba, 11 ming 600 nafar aspirant va 2 609 nafar shtatdagi o‘qituvchi hamda 83 ta kafedrali 15 ta kollej mavjud. 3. Hongkong Xitoy universiteti, Hongkong Hongkong Xitoy universiteti to‘qqizta alohida kollejlarni boshqaradi va 1963 yilda an'analarni zamonaviylik bilan birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. 20 ming nafarga yaqin talaba tibbiy va salomatlik bilan bog‘liq fanlar o‘qitiladigan universitetga qatnaydi. Universitet shuningdek, xitoy tili, madaniyat va iqtisodiyot fanlari o‘qitilishi bilan ham faxrlanadi. 2. Avstraliya Milliy universiteti Avstraliya Milliy universiteti 1946 yildagina milliy universitetga aylanganiga qaraymay, bir necha qadimiy va kichik muassasalarni birlashtirdi. Ularning ko‘pchiligi ixtisoslashgan astronomiya bilan shug‘ullanadi. Unda 25 ming 500 nafar talaba tahsil oladi, ulardan yarmi – aspirantlar. 1. Kaliforniya universiteti, San Diyego, AQSh 1960 yilda San-Diyegoda asos solingan Kaliforniya univeritetida 2,5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi 38 ming nafardan ortiq talabaga ta'lim beradi. Universitet dunyodagi yirik geologik va dengiz ilmiy instituti Skripps Okeanografiya institutining uyi sanaladi.
2Dunyo
“ChET ELDA HISOBVARAQLARNI OChISh UChUN RUXSATNOMALAR BERISh TARTIBI”GA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida” va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” (yangi tahrirda)gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish tartibi”ga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin (1999-yil 22-yanvar, ro‘yxat raqami 610-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 1-son). 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan 10 kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
10Qonunchilik
Belgiyadagi shaharda favvora ostidan birinchi merning yuragi solingan quti topildi Belgiyaning Verve shahri markazidagi favvora ta'mirlanishi vaqtida uning ostida shaharning birinchi meri yuragi solingan quti topildi. Bu haqda Daily Mail  nashri xabar berdi. Yurak shaharning birinchi meri Per Davidga tegishli bo‘lgan. U Belgiya mustaqillikka erishgandan keyin Vervega rahbarlik qilgan. Shu tariqa “shahar yuragida haqiqiy inson yuragi yotishi” haqidagi qadimiy afsona tasdiqlangan. Yurak alkogol solingan idishda saqlangan. Idish esa o‘z navbatida rux metallidan ishlangan qutiga joylashtirilgan. Per David Vervega 1798 yildan o‘z o‘limigacha qadar – 1839 yilgacha rahbarlik qilgan. U shaharga turli tuzumlar vaqtida merlik qilgan, 1830 yildagi inqilobdan keyin esa shaharda osuda hayot kechishi uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshirgan. Jumladan, u shaharni o‘t o‘chirish jamoasi va maktab bilan ta'minlagan. Per David 58 yoshida to‘satdan vafot etgan va mish-mishlarga qaraganda, mahalliy hokimiyat uning yuragini saqlab qolishga qaror qilgan. Tarixiy manbalarda ta'kidlanishicha, merning yuragi 44 yil davomida mahalliy hokimiyat binosida saqlangan. 1883 yilda esa uni shahar markazidagi favvora ostiga ko‘mishga qaror qilingan. O‘sha yildan favvora uning nomi bilan atala boshlangan.
2Dunyo
Turkmaniston prezidenti butun Markaziy Osiyoni arzon kompyuterlar bilan ta’minlash haqidagi qonunni imzoladi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov suverenitetni tashqi hujumlardan himoya qilishga yo‘naltirilgan kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarini Turkmanistonda ishlab chiqarilgan kompyuterlar bilan ta’minlash haqida topshiriq berdi, deb xabar beradi Fergana News. Hujjat hukumatning 6-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida imzolangan. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun turkman hukumati 2018-yilning oktabr oyida Xitoyning Hengsheng Lianhua Investment Management Co. Ltd., Tongfang Hongkong Limited kompaniyalari bilan hamkorlikda “Agzibirlik Tilsimati” kompyuter ishlab chiqaruvchi korxonasini tashkil qilgan edi. Korxona “eng xavfsiz kompyuterlar”ni ishlab chiqarishi, o‘z dasturlarini ishlab chiqishi hamda dasturchilarni tayyorlashi kerak edi. Turkmaniston tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligining kompyuter texnologiyalari markazi tomonidan asos solingan korxonada Xitoyning Sinxua universiteti sertifikatiga ega mutaxassislar ishlamoqda. 2019-yilda Berdimuhamedovning qaroriga binoan, “Agzibirlik Tilsimati” korxonasi tomonidan 80 mingta bolalar o‘quv kompyuteri ishlab chiqarildi va ular prezident nomidan birinchi sinf o‘quvchilariga sovg‘a qilindi. Ularda yuklangan dastur 198 ta turli xil o‘quv funksiyani bajaradi va turkman, rus va ingliz tillarida uchta til versiyasiga ega. Barcha ilovalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan va dastlabki uch yil ichida maktabda bolalar o‘zlashtiradigan asosiy mavzularni o‘z ichiga oladi. Dastlab korxona import o‘rnini bosish bilan shug‘ullanishi kerak edi, endi u boshqa vazifa — yaqin mamlakatlarga turkman kompyuterlarini yetkazib berishni boshlash, shuningdek, noutbuklar, planshetlar, monobloklar, shaxsiy kompyuterlar va serverlar ishlab chiqarish yuklandi. Shaxsiy kompyuterlarning birinchi partiyasi 2019-yil oxiriga qadar chiqarilishi rejalashtirilgan.
2Dunyo
Samarqandda chiqindi tashlash bo‘yicha 247 nafar huquqbuzarga 43 mln so‘m jarima solindi Samarqandda joriy yilning 6 oyi davomida aholi yashash punktlari sanitar holatini yaxshilash, hamda O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni talablarini joylarda bajarilishi bo‘yicha 245 marta reydlar o‘tkazilgan. Reydlar natijasida ro‘zg‘or chiqindilarni belgilanmagan hududlarga joylashtirganliklari uchun 247 nafar huquqbuzarlik holati aniqlanib 43 060 000 so‘m jarima solingan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, shahar va tuman inspektorlari tomonidan 51 ta norasmiy chiqindixonalar aniqlanib, hashar yo‘li bilan ushbu norasmiy chiqindixonalardan 428,9 tonna maishiy chiqindilar olib chiqilgan. Samarqand shahar hududidan oqib o‘tuvchi Siyob kanali atrofiga Samarqand shahar “Xumo” mahallasi va “Yoshlar” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan har xil turdagi chiqindilarni Siyob kanali atrofiga tashlayotganligini oldini olish maqsadida mahalla raislariga ogohlantirish xatlari berilgan va chiqindini belgilanmagan joylarga tashlagan fuqarolarga nisbatan mamuriy choralar ko‘rilgan. Samarqand shahar Zarafshon daryosi qirg‘oqlari hududlarida, “Katta o‘zbek trakt” ko‘chasida va “Mehnat” mahallasida shahar inspektorlari tomonidan xududlarda to‘planib qolgan har xil turdagi chiqindilarni tozalash bo‘yicha hashar tashkil qilinib hudud chiqindilardan tozalandi. Bundan tashqari 5-iyun “Xalqaro atrof muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan viloyatning barcha shaxar va tumanlarida “Toza hudud” DUK hamda homiylar bilan hamkorlikda hududlarda 21 ta norasmiy chiqindixonalar aniqlanib ulardan 186 tonna chiqindilar hashar yo‘li bilan chiqindixonalarga joylashtirildi. Samarqand shahar hududidan oqib o‘tuvchi Siyobcha, Siyob, Obi raxmat, Chashma kanallari va kollektorlar bo‘yicha Samarqand viloyat Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimlari bilan hamkorlikda reydlar o‘tkazildi va o‘tkazilgan reydlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.
8O‘zbekiston
Narkoman Domodedovo aeroporti to‘xtash joyidagi 5 ta avtomobilga zarar yetkazdi Moskva viloyatida istiqomat qiluvchi 26 yoshli shaxs birovning mulkini qasddan yo‘q qilishda gumon qilinib, Domodedovo tumanida qo‘lga olindi. Bu haqda “Moskva 24” xabar berdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, gumondor tunda Domodedovo aeroportiga kirib, sport sumkasidan xanjar olib, to‘xtash joyida turgan avtomobillarni sindira boshlagan. “Moskva 24” telekanalining axborotiga ko‘ra, u beshta — BMW, Mazda, Volvo, Range Rover va Audi R8 avtomobillariga zarar yetkazishga ulgurgan. Qayd etilishicha, eng ko‘p ziyon Audi R8’ga yetkazilgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, voqea sodir bo‘lgan joyga politsiya xodimlari yetib kelib, gumondorni Ichki ishlar bo‘limiga olib ketgan. Mutaxassislar gumondor shaxs jinoyatni sodir etayotgan vaqtida giyohvand modda ta’sirida bo‘lgan, deya xulosa chiqardi. Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘ash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
2Dunyo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MA’MURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR, AHOLI PUNKTLARI, TAShKILOTLAR VA BOShQA TOPONIMIK OBYEKTLARNING NOMLARINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA Mamlakatimiz mustaqilligiga besh yil to‘layotganligiga qaramay hamon joylarda toponimik obyektlarning eski tuzum va kommunistik mafkuraga xizmat qiladigan, xalqimiz tarixi va milliy an’analariga bog‘liq bo‘lmagan nomlari saqlanib qolmoqda. Bular istiqlol mazmun-mohiyatini tushunmaslikdan, milliy mafkura va milliy g‘urur sustligidan, ba’zan esa mas’uliyatsizlik va loqaydlikdan kelib chiqmoqda. Natijada bu yangicha fikrlash va yashashni o‘rganish sharoitlarida xalqimizni mustaqillik g‘oyalaridan chalg‘itmoqda. Hokimliklar, ular huzuridagi toponimik komissiyalarning yetarli darajada faoliyat ko‘rsatmayotganligini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining toponimik obyektlar nomlarini tartibga solish borasidagi ishlari talab darajasida emas deb hisoblansin. Bu boradagi kamchiliklar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga ko‘rsatib o‘tilsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar, korxonalar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar va boshqa obyektlarga nom berish, ularning nomlarini o‘zgartirish va tartibga solish mas’uliyati shaxsan yuklatilsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga: 10 kun muddat ichida hokimliklar huzurida tashkil etilgan toponimik komissiyalar faoliyati va tarkibini ko‘rib chiqish, ular olib borayotgan ishlarni faollashtirish maqsadida komissiyalar tarkibiga tarixchilar, tilshunoslar, huquqshunoslarni, jamoatchilik va mahalliy boshqaruv idoralari vakillarini jalb etish; 1996-yil 1-sentabrgacha o‘zgartiriladigan toponimik obyektlar nomlarini qayta ko‘rib chiqish, obyektlarning eski tuzum davridan saqlanib qolgan, xalqimiz tarixi va an’analari bilan bog‘liq bo‘lmagan nomlarini o‘zgartirish va ularga nom berishda tarixiy, milliy, tabiiy va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olish, kishilar sharafiga qo‘yilgan barcha nomlarning belgilangan qoidalar va maqsadga muvofiqligini qayta ko‘rib chiqish topshirilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxslarning nomini hayot chog‘ida biror joyga qo‘yishga hamda abadiylashtirishga ruxsat berilmaydi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 123-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Shotlandiyaning Britaniyadan ajralib chiqishi munosabati bilan yangi bayroq tayyorlanmoqda Londonning Financial Times gazetasi Shotlandiyaning Britaniyadan ajralib chiqib ketishi munosabati bilan yangi davlat bayrog`ini taklif qildi.  “Agar Shotlandiya yagona davlatni tark etsa, butun mamlakatni, shuningdek, bayrog`ini ham qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi”,- deydi nashr.  Gazeta yangi bayroqni eskizini chop etdi. Yangi bayroq hozirgi qo`shma qirollik bayrog`ini eslatadi. Biroq yangisi o`zgacha rangda ishlangan. Shotlandiyani anglatuvchi ko`k rang o`rniga Uelsni anglatuvchi qora-sariq rang ishlatilgan.  Shu kungacha Uels Buyuk Britaniya bayrog`iga kiritilmagan edi. Shotlandiyaning Britaniyadan ajralib chiqishi bo`yicha referendumi shu yilning sentyabr oyida o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Agar ovoz beruvchilarning aksariyati mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berishsa, u holda Shotlandiya hukumatining rejasiga ko`ra, 2016 yilning 24 martidan mustaqil davlatga aylanadi.
2Dunyo
“Allohga shukr, biz yetib keldik”: BAAlik birinchi fazogir orbitadan yurtdoshlariga salom yo‘lladi BAAlik birinchi fazogir Hazza al-Mansuriy “Soyuz MS-15” kemasining Xalqaro koinot stansiyasiga tutashganidan keyin yurtdoshlariga salom yo‘lladi.    Kema XKSga tutashgandan keyin ekipaj lyukni ochib, stansiyaga o‘tgan. Oleg Skripochka, Jyessika Meir va al-Mansuriyni stansiyada 6 fazogir – Aleksey Ovchinin, Aleksandr Skvorsov, Kristina Kuk, Nik Xeyg, Endryu Morgan va Luka Parmitano kutib olgan.  #فيديو | لحظات تاريخية لدخول #هزاع_المنصوري #أول_رائد_فضاء_إماراتي إلى محطة الفضاء الدولية #طموح_زايد #وام pic.twitter.com/Uzo8LK2gkW Al-Mansuriy Dubaydagi koinot markazidagi parvozni boshqarish xonasi bilan aloqaga chiqib, “Allohga shukr, biz yetib keldik”, degan. “Hammasi yaxshi ketmoqda, mening BAA aholisiga salomim”, deb qo‘shimcha qilgan fazogir. Al-Mansuriy, shuningdek, parvoz vaqtida “Yerdagi ajoyib quyosh botishlar va tong otishlar manzaralarini” ko‘rganini aytgan.  “Men ko‘rganlarimni siz bilan bo‘lishishni istardim”, deb qo‘shimcha qilgan BAAlik fazogir. Al-Mansuriy birinchi arab va BAAlik fazogir bo‘ldi. U Yerga 8 kundan keyin, 3 oktyabrda qaytadi. Shuningdek, BAAning fazoga jo‘natiladigan ikkinchi fazogiri nomi ma'lum bo‘ldi. Bu inson muhandis Sulton an-Niyoziy bo‘ladi. Bu haqda jurnalistlarga BAA koinot agentligi direktorlar kengashi raisi ma'lum qildi. An-Niyoziy al-Mansuriyning dublyori hisoblanadi.
2Dunyo
Jizzaxda qulagan binoning qolgan qismi ham buzib tashlanmoqda “Jizzaxda qulagan 6 qavatli binoning qolgan qismi ham talabga javob bermasligi hamda yaqin orada qulab, odamlar sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkinligi inobatga olinib, hozirda atrofi tuproq bilan to‘ldirilgan holda tadbirkorning o‘z hisobidan buzib tashlanmoqda”, - deyiladi ma'lumotda. Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax shahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri kutilmaganda, hech bir tabiiy ofat ta'sirisiz qulab tushdi. Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Foydalanishga topshirilmagan bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati turar joy, dastlabki 2 qavati noturar joy sifatida qurilayotgan bo‘lgan. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya zimmasiga 6 qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil bo‘lgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgani, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaldagi normativ-me'yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan. Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
8O‘zbekiston
Pekinda O‘zbekiston-Xitoy vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi 24 dekabr kuni Pekin shahrida O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabarda aytilishicha, unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib bormoqda. Xususan, Tashqi ishlar vazirligining Senatga bergan hisobotida aytilishicha, yaqin kunlarda Guanchjou shahrida O‘zbekiston Respublikasi konsulxonasi ochilishi kutilmoqda.
8O‘zbekiston
Qur`oni karimni o`rgatuvchi maxsus kurslar boshlanishi haqida e`lon qilindi Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoniga asosan: 2018 yil aprel oyidan O`zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi muassasalarda fuqarolarga muqaddas Qur`oni karimni o`rgatuvchi maxsus kurslar tashkil qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanalida ma`lum qilindi.
5Jamiyat
Oliy ta'limda yangi konsepsiya, mansabdorlar uchun deklaratsiya tizimi, AQSh tajovuzini qaytarmoqchi bo‘layotgan Eron va kunning boshqa xabarlari Yakunlanib borayotgan 29 may, chorshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.  O‘zbekiston xabarlari  ·       Prezident farmoni: Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi ·        Video: Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklar o‘zini qiziqtirgan ma'lumotlarni nega xorijiy manbalardan izlashini tushuntirib berdi ·       O‘zbekistonda korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan lavozimlar ro‘yxati shakllantiriladi ·       Germaniya siyosiy va ilmiy doiralari GFR prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida qanday fikrda?   Iqtisodiyot va moliya ·       Xitoyliklar Jizzaxda avtomobil zavodi qurishi mumkin ·       Markaziy bankning Jizzax viloyati bosh boshqarmasiga ham yangi boshliq tayinlandi ·       111ta davlat fuqarolari Toshkentda 400 000 dollarga ko‘chmas mulk xarid qilsa, O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olishi mumkin bo‘ladi ·       O‘zbekistonda soxta bankrotlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi  Ekologiya ·       Daraxtlarni g‘ayriqonuniy ravishda kesgan fuqarolar endi 2 mln so‘m jarimaga tortiladi ·       Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish endi juda jiddiy jazolanadi ·       Baliq ovlash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori keskin oshirildi ·       Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi   Ta'lim tizimi ·       Prezident topshirig‘i: Oliy ta'limda yangi Konsepsiya, flagman universitetlar va E-Minbar tizimi ·       Shavkat Mirziyoyev oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yangi birinchi o‘rinbosarini tayinladi ·       Irrigatsiya institutining Qarshi filiali tashkil etildi ·       Maktablar ta'miriga ajratiladigan mablag‘lar yetarli(mi?)   Dolzarb mavzular, reportajlar va tahliliy maqolalar  ·       «Deputatlardan ayb qidirish muammoni hal qiladimi?» - Rasul Kusherbayev Adliya vazirligiga javob qaytardi ·       Timur Musin: «Toshkentga tadbirkorlar, ish o‘rinlari, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish kerak emas» ·       Andijonda kim ko‘zbo‘yamachilik qildi? ·       O‘ktam Barnoyev Jondor tumanida sayyor qabul o‘tkazadi ·       Xitoydagi talaba yoshlarning navbatdagi murojaati. Talabalar firma va konsullikdan minnatdor   JAHON XABARLARI   ·       Yevrokomissiya Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishi borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini bildirdi ·       Hind YouTube-kanali dunyoda birinchi bo‘lib yuz million obunachiga ega bo‘ldi ·       Tehron AQSh tajovuzini qaytarishga kuchi yetishini ma'lum qildi ·       Haftar armiyasi Qohiraga eng xavfli misrlik terrorchini topshirdi – OAV ·       Olimlar daryolarning antibiotiklar bilan ifloslanganini aniqlashdi   Sport xabarlari ·       O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi ·       Video: Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda osh tayyorladi ·       «Eyzel fojiasi»ga 34 yil. Aslida nima bo‘lgandi? ·       Obama Messining muvaffaqiyatsizliklariga izoh berdi ·       «Chelsi» va «Real» Azar transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
8O‘zbekiston
Grizmann qishdayoq «MYu»ga o‘tadi «Manchester Yunayted» rahbariyati Antuan Grizmanning transferi bo‘yicha muzokaralarni kelgusi yilning yoziga qadar kutib o‘tirishni istamayapti. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar tarqatdi. Manba bergan xabarga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyati Joze Mourino bilan kelishgan holda Fransiya terma jamoasi hujumchisini 2018 yilning boshidayoq qo‘lga kiritishni istamoqda. Klubning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi esa «Real» vingeri Garet Beyl bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» hujumchisi APL jamoasiga ko‘chib o‘tish rozilik bergan, biroq madridliklarning bir yil davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatga ololmasligi tufayli qiyin vaziyatda jamoani tashlab ketmaslikka rozi bo‘lgandi. FIFAning «Atletiko» nisbatan qo‘llagan sanksiyasi yanvarda o‘z kuchini yo‘qotadi va shunda madridliklar yangi futbolchi sotib olishi mumkin bo‘ladi.
13Sport
AQShda yashayotgan o‘zbekistonliklar futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi—2018” musobaqasini o‘tkazdi (foto) Joriy yilning 15-sentabr kunida Nyu-York shahrida AQShda yashayotgan va faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonliklar ishtirokida​ katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti maslahatchisi San’at Sharipov “Daryo”ga ma’lum qildi. Musobaqaga AQShning 9 ta shtatidan 12 ta jamoa tashrif buyurdi. Bu safargi musobaqada O‘zbekistonning diplomatik missiya vakillari ham ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston Havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi konsullik idorasi, shuningdek, Birlashgan Millatlar tashkilotidan ham vakillar qatnashdi. Tadbirda katta qozonda 70 kgli o‘zbekcha osh damlandi Bolalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilindi. Barchaning kayfiyati ko‘tarinki ruhda bo‘ldi. Stadion atrofiga ko‘plab muxlislar keldi. Yarim finalga eng kuchli to‘rtta jamoa yo‘l oldi. Finalda bo‘lsa, Pensilvaniya shtatining “Do‘stlik” hamda Nyu-Yorkning “Maroqand” jamoalari o‘zaro kurash olib bordi. O‘yinning asosiy daqiqalarida 2:2 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham yana bittadan gollar kiritildi, yakuniy hisob 3:3 bo‘ldi. Keyin g‘olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashga kirishildi. Unda, umumiy 7:6 hisobi qayd etilib, “Maroqand” jamoasi bosh sovringa ega bo‘ldi. 3-o‘rin uchun bahsda Nyu-Yorkning ikki “Paxtakor” va “Kaymans” jamoalarilari o‘zaro kuch sinashdi. Unda paxtakorchilar 3:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqaning 3-o‘rinini egalladi. Tadbir yakunida kelasi yili ham musobaqani ommaviy tarzda o‘tkazishga kelishib olindi.
13Sport
Xiaomi Mi 10 Pro+: Yangi flagmanning texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi Xiaomi kompaniyasi fevral oyida o‘zining yangi Mi 10 va Mi 10 Pro flagmanlarini taqdim etgandi. So‘nggi model ishlab chiqaruvchining eng kuchli smartfoni bo‘lib qolmoqda. Biroq tez orada bunga o‘zgartirish kiritiladi, kompaniya bundanda kuchliroq Xiaomi Mi 10 Pro+ ustida ish boshladi, deb xabar beradi Gizchina. Xitoylik manbalarning ma’lum qilishicha, Mi 10 Pro+ Look beyond the world (“Dunyodan tashqariga qarang”) shiori ostida ilgari suriladi. Qurilmaning asosiy kamerasi 100 megapikselga teng bo‘ladi va 12 marotaba yaqinlashtiruvchi optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma ichidan Snapdragon 865 protssesori o‘rin oladi. Hozircha smartfonga sig‘imi qanchaga teng akkumulyator o‘rnatilishi noma’lum, biroq ta’kidlanishicha, u 65 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega bo‘ladi. Xiaomi Mi 10 Pro+ qachondan boshlab ishlab chiqarilishiga ham aniqlik kiritilmagan. Mish-mishlarga ko‘ra, vendor Snapdragon 865 bazasidagi 5 ta yangi smartfonni 2020-yilning ikkinchi yarmida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, kompaniyaning yangi qurilmalar orasidan MediaTek Dimensity 1000 gadjeti ham o‘rin oladi.
14Texnologiya
Buxoroda 123-maxsus maktab-internati sobiq direktorining ishga tiklanishi jamoada e`tirozlarga sabab bo`ldi. Nega? 7 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro shahridagi 123-maxsus maktab-internati sobiq direktorining ishga tiklanishi jamoada e`tirozlarga sabab bo`lganligi haqidagi xabarlar tarqatildi.  Ushbu holat bo`yicha viloyat xalq ta`limi boshqarmasi qo`yidagilarni ma`lum qildi: Eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ushbu internatning sobiq rahbari H. S.   2017 yildan  2021 yilning 7 oktyabriga qadar muassasada direktorlik lavozimida faoliyat yuritgan. Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyati boshqarmasining 2021 yil 7 oktyabrdagi taqdimnomasiga asosan H.S. viloyat xalq ta`limi boshqarmasi buyrug`i bilan lavozimidan ozod qilingan. H.S. lavozimidan ozod qilingach, Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudiga murojaat qilgan.  Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining 2021 yil 23 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan H.S o`z lavozimiga qayta tiklangan. Joriy yilning 7 yanvar kuni Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasining mas`ul xodimi hamda sud qarorlari ijrosini ta`minlash departamenti vakili  sobiq direktorni o`z lavozimiga qayta tiklanganligini ma`lum qilish uchun borishganida, muassasaning ayrim pedagog-tarbiyachilari tomonidan bunga e`tiroz bildirilgan va holat videoga olinib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatilgan.  Xalq ta`limi boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida vaziyat bartaraf etilib, ayni paytda H. S. direktor o`z faoliyatini davom ettirmoqda.
5Jamiyat
2017-2018-yillar qish-bahor davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida 2017-2018-yillar qish-bahor davrida aholini va ijtimoiy soha muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror ta’minlash, respublika shahar va tumanlarini shunday mahsulotlar bilan uzluksiz boyitish, shuningdek, ularning narxi o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida: 1. 2017-2018-yillar qish-bahor davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarining eng muhim vazifalari etib quyidagilar belgilansin: birinchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini, shu jumladan takroriy ekin maydonlarida yetishtirish hajmlarini o‘stirish hisobiga ichki iste’mol bozoriga oziq-ovqat tovarlarini ustuvor darajada yetkazib berish, shunday mahsulotlarni davlat buyurtmasida belgilangan hajmlarda o‘z vaqtida g‘amlab qo‘yish va tegishli darajada saqlanishini ta’minlash; ikkinchi, chakana savdo shohobchalariga mahsulotni zarur hajmlarda bir maromda yetkazib berish hisobiga barcha shahar va tumanlarda aholini hamda ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa ijtimoiy ahamiyatdagi oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan barqaror narxlarda kafolatli ta’minlash; uchinchi, ichki bozor ehtiyojlaridan ortiqcha hajmlardagi yangi meva-sabzavot mahsulotini eksportga yetkazib berish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan: 2017-2018-yillar qish-bahor davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash prognoz hajmlari 1, la — 1o-ilovalariga* muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar bo‘yicha tayyorlov korxonalari kesimida 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini joylashtirishning prognoz hajmlari 2, 2a — 2o-ilovalariga* muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor davrida ichki iste’mol bozorini ta’minlash uchun “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining hududiy korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini saqlash uchun g‘amlashning prognoz hajmlari 3-ilovaga* muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar kesimida 2017-2018-yillar qish-bahor davrida ijtimoiy soha muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlash uchun g‘amlashning prognoz hajmlari 4, 4a — 4o-ilovalariga* muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan 2017-2018-yillar qish-bahor davrida ichki iste’mol bozori uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga g‘amlab qo‘yish prognoz hajmlari 5, 5a — 5o-ilovalariga* muvofiq; respublika mintaqalari kesimida 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch)ni g‘amlash jadvallari 6, 6a — 6d-ilovalariga* muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini (kartoshka, piyoz sabzi, guruch) chiqarish jadvallari 7, 7a — 7d-ilovalariga* muvofiq; “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlari tomonidan dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 8-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 oktyarbdagi PQ-3345-sonli qarori bilan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev) — (keyingi o‘rinlarda — Respublika ishchi guruhi) ikki kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Hisob palatasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan tarkib topgan, tasdiqlangan jadvallarga muvofiq 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash ishlarining borishini joylarga chiqib, tanqidiy o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruhini tashkil qilsin, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har o‘n kunda axborot taqdim etib tursin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi: ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga muvofiq 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari to‘la hajmda va belgilangan muddatlarda g‘amlab qo‘yilishini ta’minlasin; mavjud muammoli masalalar bo‘yicha ularni hal etish yuzasidan aniq takliflar bilan Respublika ishchi guruhiga axborot taqdim etgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash va chiqarishning tasdiqlangan jadvallari qanday bajarilayotganligini xar o‘n kunda monitoring qilib borsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tayyorlov tashkilotlarining asosli buyurtmanomalari bo‘yicha dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan mahsulot xarid qilishga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash uchun imtiyozli kreditlar (Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bilan) belgilangan tartibda ajratish choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy soha obyektlari tomonidan qish-bahor davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash uchun mo‘ljallangan budjet mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin hamda ularning maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin. 7. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash va chiqarishning borishini monitoring qilishda shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari har o‘n kunda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga: “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari — “O‘zbekoziqovqatzaxira” korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari jalb etgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash va ichki iste’mol bozoriga chiqarish hajmlari to‘g‘risida; tijorat banklari — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun tayyorlov tashkilotlariga ajratilgan kredit mablag‘larining hajmlari to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi — ijtimoiy soha muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlash va chiqarish uchun g‘amlash, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash uchun mo‘ljallangan budjet mablag‘larini ajratish va o‘zlashtirish hajmlari to‘g‘risida axborot taqdim etadilar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari takroriy ekin maydonlaridan qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili o‘z vaqtida va to‘la hajmda yig‘ishtirib olinishi, shuningdek, 2017-2018-yillar qish-bahor davrida aholi talab-ehtiyojlarini ta’minlash uchun ana shu mahsulotlarning tegishlicha saqlanishini tashkil etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rsin. 9. “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (Z.O. Fayziyev), “O‘zbekoziqovqat-xolding” XK (T.A. Jalilov) aholini barqaror ta’minlash hamda ichki iste’mol bozorida narxlarning keskin o‘zgarib turishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarori bilan tashkil qilingan Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga import qilish nazarda tutilgan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari (parranda go‘shti, kartoshka, shakar, o‘simlik moyi va hayvon yog‘i hamda boshqalar) o‘z vaqtida keltirilishi va sotilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev “O‘zbekoziqovqatxolding” XK (T.A. Jalilov), “O‘zdonmahsulot” AJ (S.O. Haydarov), “O‘zvinosanoat-xolding” XK (Sh.N. Raximov), “O‘zpaxtayog‘” AJ (M.M. Solihov), “O‘zbaliqsanoat” AJ (A.Sh. Ergashev), “Parrandasanoat” uyushmasi (R.M. Ismatullayev) bilan birgalikda bir hafta muddatda 2017-2018-yillar qish-bahor davrida ichki iste’mol bozoriga oziq-ovqat mahsulotlarini bir maromda yetkazib berishni ta’minlash uchun shunday mahsulotlar yetishtirish hajmlari va turlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kesimida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zdonmahsulot” AJ bilan birgalikda 2018-yilgi davlat resurslarining oziq-ovqatbop bug‘doyidan foydalanish balansini shakllantirishda chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini kengaytirish va go‘sht mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish uchun mazkur xo‘jaliklarga birja savdolari orqali bug‘doy sotish hajmlarini 2017-yilga nisbatan 30 ming tonnaga (shu jumladan, 2018-yilning I yarim yilligida 15 ming tonna) ko‘paytirishni nazarda tutsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ichki iste’mol bozorining to‘ldirilganligini va ushbu tovarlar narxlarining konyunkturasi o‘zgarishini xar oyda tahlil qilib borsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3083-sonli qarori bilan tashkil qilingan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasiga tegishli takliflar kiritsin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3344-son qaroriga muvofiq, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tayyorlov korxonalari tomonidan dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibini belgilab beradi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: dehqon xo‘jaligi — oila boshlig‘iga meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun taqdim etilgan tomorqa yer uchastkasida oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi. shaxsiy tomorqa xo‘jaligi — oilaviy xo‘jalik bo‘lib, unda oila a’zolari tomorqa uchastkasida (posyolka, qishloq, ovulda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish huquqi asosida taqdim etilgan uchastkaning bir qismida) oila ehtiyojlari uchun, shuningdek, ortiqcha mahsulotni dehqon bozorlarida sotish uchun qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi; yetkazib beruvchilar — dehqon va shaxsiy tomorqa ho‘jaliklari — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar; tayyorlovchilar — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, jamg‘arish, saqlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar; qishloq xo‘jaligi mahsuloti — dehqon va shaxsiy tomorqa ho‘jaliklarida yetishtiriladigan sabzavotlar, kartoshka, poliz mahsulotlari, mevalar, uzum, guruch, dukkakli ekinlar, go‘sht (mol, qo‘y, parranda); oldi-sotdi shartnomasi — shartnoma shakli bo‘lib, unga muvofiq, bir tomon (sotuvchi) buyum (tovar)ni ikkinchi tomon (xaridor)ning egaligiga berish, xaridor esa ushbu tovarni qabul qilish va uning uchun ma’lum bir pul mablag‘i (qiymat)ni to‘lash majburiyatini oladi. 3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish yetkazib beruvchilar va tayyorlovchilar o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari asosida amalga oshiriladi. 4. Oldi-sotdi shartnomasi yetkazib beruvchi va tayyorlovchi o‘rtasida mazkur nizomga ilovadagi shaklga muvofiq shakldagi xarid dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Xarid dalolatnomasi yozma shaklda rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar majburiy ravishda ko‘rsatiladi: bitim tuzilgan joy; yetkazib beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan, tug‘ilgan sanasi, ro‘yxatdan o‘tgan manzil); yetkazib beruvchi — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; mahsulot nomi, bir donasining narxi, xarid qilinayotgan mahsulot hajmi, bitim summasi; pul olganlikni yetkazib beruvchining imzosi bilan tasdig‘i yoki sotuvchining realizatsiya qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti uchun pul mablag‘lari o‘tkaziladigan plastik kartasi rekvizitlari (tegishli shaxsiy hisobvarag‘i raqami). Xarid dalolatnomasiga tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki tomorqa shirkati tomonidan yetkazib beruvchiga taqdim etilgan, realizatsiya qilingan mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat majburiy tartibda ilova qilinadi. 5. Sotib olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun o‘zaro hisob-kitoblar quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash uchun taqdim etilgan tijorat banklarining maqsadli mablag‘lari hisobidan naqd pul ko‘rinishidagi to‘lov; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchilarining plastik kartasiga pul mablag‘larini o‘tkazib berish; yetkazib beruvchilar tomonidan tijorat banklarida ochilgan jamg‘arma hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o‘tkazib berish. 6. Tijorat banklari tomonidan tayyorlov korxonalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun naqd pul mablag‘larini berish respublikada pul muomalasini tashkil etishni tartibga soluvchi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Tayyorlovchi rejalashtirilayotgan chorak boshlanishidan 30 kun avval xizmat ko‘rsatuvchi bankka xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga to‘lovni amalga oshirish uchun naqd pul mablag‘lariga ehtiyoj to‘g‘risida belgilangan shakldagi kassa buyurtmanomasini taqdim qiladi. 8. Kassa buyurtmanomasiga tovarlarni tayyorlash va “Xizmat beminnat” maxsus savdo obyektlari orqali realizatsiya qilish rejasi yoki tayyorlovchi tomonidan davlat ta’minot muassasalari, maxsus iste’molchilar, qayta ishlash va chakana savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari bilan ularga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, qish-bahor davri uchun zaxiraga yig‘ish uchun tuzilgan shartnomalar nusxalari ilova qilinadi. 9. Tijorat banklari tomonidan naqd pul mablag‘lari kelishilgan grafik asosida, qoidaga ko‘ra, har yetti kunda bir marta beriladi. 10. Tayyorlovchi avval olingan naqd pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan taqdirda, bank ularni berishni to‘xtatib qo‘yadi. 11. Olingan naqd pul mablag‘larining yetti ish kuni mobaynida ishlatilmay qolgan qismi tayyorlovchi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga qaytarilishi shart. Bunda yetti kunlik muddat o‘tgach ushbu mablag‘ uning talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi yoki kassa buyurtmanomasiga muvofiq keyingi yetti kunlik muddat uchun navbatdagi naqd pul mablag‘lari to‘lovi uchun hisoblanadi. 12. Bankdan olingan naqd pul mablag‘larini tayyorlovchilar tomonidan kirim va chiqim qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-iyunda 2687-raqam bilan ro‘yxatga olingan Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 13. Tayyorlovchi har chorakda, biroq hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan, naqd pul mablag‘lari hisobidan xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim qiladi. 14. O‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladigan rejali tekshiruvlarda soliq organlari va xizmat ko‘rsatuvchi banklar buxgalterlik hisobi, qabul qilish kvitansiyalari (xarid qilish vedomostlari, mahsulotni omborga qabul qilish bo‘yicha yuk xatlari) va kassa hujjatlarini tahlil qilish yo‘li bilan tayyorlovchi tomonidan naqd pul mablag‘larini olish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi. 15. Joylarda tekshiruv davomida naqd pul mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi, hisobotlarda kamchiliklar va boshqa qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan jarimalar bilan bir qatorda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar naqd pul mablag‘larini berish to‘xtatib qo‘yiladi.
10Qonunchilik
Pechda kartoshka bilan pishirilgan qo‘y go‘shti retsepti Bu kabi mazali taomni faqatgina bayramlarda emas, balki kechki ovqat uchun ham tayyorlab ko‘rish tavsiya etiladi. Kerakli mahsulotlar: Go‘sht uchun: Tayyorlanish jarayoni: Yoqimli ishtaha!
9Pazandachilik
Toshkentda Italiyaning kichik bo‘lagi Sayohat qilishga, kitob o‘qish kabi qancha ko‘p mablag‘ sarflasangiz, shuncha ko‘p esdalik, quvonch, ilhom, bilim va yangi-yangi g‘oyalar bilan boyishingiz mumkinligini hammamiz yaxshi bilamiz. Buni Murad Buildings asoschisi Murod Nazarovning o‘z oilasi bilan Italiya mamlakatiga sayohati misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Italiya muhiti oilaga shu qadar manzur bo‘ldiki, ilhomlanib, ular shu singari o‘ziga xos muhitni jonajon Toshkentda yaratishni juda xohlashdi. Bu ezgu niyat oilaviy baxt onlarini eslatgani tufayli, boshqa insonlarga ham baxt hissini ulashish maqsadida, yangi loyihani “Baxt” — Felicita deb nomlashga ahd qilindi. Poytaxt markazida qad rostlagan Felicita turar joy majmua g‘oyasi shu tariqa paydo bo‘ldi. Loyihani amalga oshirishdan avval Murad Buildings jamoasini bitta savol jiddiy o‘ylantirardi: qanday qilib Italiyaning kichik bir qismini Toshkentda barpo etish mumkin!? Butun MDH mamlakatlari orasida o‘zining mohir bunyodkorligi bilan dong taratgan quruvchilar ishga shay, biroq kichik Italiya loyihasi uchun bu yetarli emas edi, haqiqiy italiyalik me’mor yordamisiz bunga erishib bo‘lmasdi. Mehmon Leonardo Notssa o‘zini uzoq kuttirmadi. “Murad Buildings taklifiga ko‘ra o‘tgan yilning yanvarida Toshkentga keldim. Men ishni birinchi navbatda Murod Nazarovning bo‘lajak loyiha haqidagi fikrlari va uning dunyoqarashi bilan yaqindan tanishdim. Shundan keyingina Felicita loyihasini amalga oshirishga jamoa bilan kirishdik”, — deydi Leonardo Notssa. Kompaniya “Toshkentdagi kichik Italiya loyihasi” uchun munosib joyni 2 yil izladi va topdi. Qurilish ishlari ancha nozik bo‘lib, shijoatni moddiy rag‘batdan ustun qo‘yishgan bunyodkorlardan kuchli mehr, detallarga alohida e’tibor va matonat talab etdi. Felicita faqatgina nomi bilan emas, butun borlig‘i bilan Italiya muhitini o‘zida gavdalantirishi kerak edi. 6 qavatdan iborat bo‘lgan hamda 40 xonadon uchun mo‘ljallangan Felicita poytaxtning Abdulla Qahhor va Mahmud Torobiy ko‘chalari kesishmasida barpo etildi. Mazkur baxt maskanida siz 108 dan boshlab 219 kvadrat metrgacha bo‘lgan kvartiralarni topishingiz mumkin. Felicita uchun maxsus nemis kompaniyalarining eshik-romlari hamda shovqinsiz ishlaydigan yapon liftlari olib kelingan. Murad Buildings jamoasi har safar bir-birini takrorlamaydigan imoratlarni topshirishdan zavq oladi. “Gap qancha pul topishda emas, biz uchun asosiysi o‘z mehnatimizdan va asarlarimizdan rohat olishdir”, — deydi kompaniya rahbari. 11-aprel kuni Felicita o‘zining ilk mehmonlariga haqiqiy Italiya muhitini tortiq qildi. Tadbirda Murad Buildings hamkori Audi kompaniyasi ham qatnashib, o‘zining eng so‘nggi rusumdagi avtomobillarini turar joy majmuasining zamonaviy yerosti avtoturargohda mehmonlarga namoyish etdi. 12-apreldan Felicita turar joy majmuasi eshiklari barcha uchun ochiq. Keling, ko‘ring va baho bering. Zero Murad Buildings uchun sizning har bir fikringiz ahamiyatlidir. Otabek Mirsagatov suratlari.
8O‘zbekiston
Oliy liga. «Neftchi» ilk g‘alabasiga erishdi, «Nasaf» yuqoriga ko‘tarildi Oliy liganing 7-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Nasaf» «Obod»ni qabul qilgan bo‘lsa, «Neftchi» Jizzaxda «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘ldi. O‘z stadionini ta'mirdan chiqarayotgan «Nasaf» G‘uzorda «Obod»ni qabul qilib, Dragan Cheranning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. «Neftchi»  esa «So‘g‘diyona» uyida so‘nggi daqiqalarda kiritilgan yagona gol evaziga bu mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Buxoro» - «Mash'al» va «Olmaliq» - «Qizilqum» uchrashuvlarida esa g‘olib aniqlanmadi. G‘alabadan keyin «Nasaf» 6 o‘yinda ochkolari sonini 12taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa 2-o‘rinda borayotgan «Qo‘qon»dan bitta uchrashuv kam o‘tkazgan holda, ikki ochko kam jamg‘argan. «Mash'al» 11 ochko bilan6, «Buxoro» 10 ochko bilan 7-pog‘onani band etib turishibdi. «Olmaliq» va «Qizilqum» bir xilda 8 ochko to‘plab 10-11 o‘rinlarni bo‘lib turibdi. «Neftchi» esa dastlabki g‘alabadan keyin bir pog‘ona yuqorilab 15-o‘ringa ko‘tarilgan. Oliy liga, 7-tur «Nasaf» – «Obod» 1:0 (1:0). Gol: Dragan Cheran (48).  «Nasaf»: Eldor Suyunov, Akmal Shorahmedov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov, Dilshod Rahmatullayev (Bobir Abduholiqov, 46), Sharof Muhiddinov (Islom Rashidxonov, 78), Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A'zamov, Farrux Sayfiyev, Dragan Cheran. «Obod»: Azamat Ahmedov, Farhod Mirahmatov, Anvar G‘ofurov, Islom Ismoilov, Sardor Qahhorov, Sanjar To‘raqulov (Sunnatilla Ermatov, 55), Sanjar Rixsiboyev, Doniyor Hasanov, G‘ayrat Umirov, Idris Bikmaykin (Sherzod Jalilov, 70), Navro‘z Haipov (Shohruz Norxonov, 46). Ogohlantirishlar: Anvar G‘ofurov (38), Farrux Sayfiyev (42), Sanjar To‘raqulov (44), Dragan Cheran (78), Akmal Shorahmedov (90+3).  «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 0:1 (0:1) Gol: Abdurahmon Abdulhaqov (90). «So‘g‘diyona»: Shohruh Eshbo‘tayev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Sunnatilla Mamadaliyev, Sanjar Rashidov (Sarvar Jo‘rayev, 84), Suhrob Qobilov, Shohruh Dostonov (Doston Abdurahmonov, 73), Ixtiyor Toshpo‘latov, Qahramon Bahodirov, Sardor Eminov. «Neftchi»: Abdumavlon Abdujalilov, Hamza Karimov, Baxtiyor Yoqubov (Husniddin G‘ofurov, 70), Akram Bahriddinov (Saidjon Abdujabborov, 59), Abbosbek Maxstaliyev, Muzaffar Muzaffarov, Dilyorbek Ermatov, Muhsin Ubaydullayev, Abdurahmon Abdulhaqov, Otbek Isroilov (Mo‘ydin Mamazulumov, 81), Dmitriy Komarovskiy. Chetlatish: Sardor Qulmatov (90+2, So‘g‘diyona). «Buxoro» – «Mash'al» 2:2 (1:0). Gollar: Vladimir Bayenko (37), San'at Shixov (54) - Zafar To‘rayev (52), Sardor Rahmonov (68). «Buxoro»: Erkin Jabborov, Bobirjon Omonov, Kirill Pasichnik, Ivor Vayttser, Bahriddin Vahobov (Nozim Umurov, 64), San'at Shixov, Jasur Hasanov, Robbim Hasanov (Shohrux Gadoyev, 76), Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Ivan Nagayev. «Mash'al»: Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov, Sardor Rahmonov, Sardor Abduraimov, Humoyun Murtazoyev, Shahzod Shaymanov, Abbos Shodmonov, Asiljon Begimqulov, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov (Zohir Qo‘ziboyev, 75), Zafar To‘rayev (Kenja To‘rayev, 90). «Olmaliq» – «Qizilqum» 0:0 «Olmaliq»: Xurshid Xo‘jayev, Abduqahhor Hojiakbarov, Dilshod Jo‘rayev, Shota Grigalashvili (Shohnazar Norbekov, 66), Farhod Musabekov (Zabihillio O‘rinboyev, 80), Kamoliddin Murzoyev, Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, Rahmatilla Berdimurodov, Igor Yyelich, Vladislav Kasminin. «Qizilqum»: Aryotm Makosin, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Otabek Zokirov (Jasur Hasanov, 67), Vohid Shodiyev, Fayzulla Qambarov, Azamat Allaniyazov (Bekzod G‘anijonov, 80), Artur Gevorkyan, G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev (Azizbek Usmonov, 90), Ilhom Yunusov. Ogohlantirish: G‘ayrat Jumayev (17).
13Sport
Samarqandda avtobus konduktorlari qaytim uchun 100 so‘mliklar bilan ta’minlanadi “Samarqandtransmarkazi”da avtobus haydovchilari va konduktorlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi, deb yozadi “Samarkandskiy vestnik”. Tashkilot rahbari I. Hamroyev boshchiligidagi majlis yakunida qator qarorlar qabul qilindi. Chunonchi, endi har kuni reysga chiqishdan oldin haydovchi va nazoratchilarning tashqi ko‘rinishi tekshiriladi. Har bir haydovchidan yo‘lovchilarga xushmuomala munosabatda bo‘lish, salonda chekmaslik, jadvalga qarab harakatlanish, yo‘lovchilarni qat’iy belgilangan joylar — bekatlarda tushirib-chiqarish haqida tilxat olinadi. Alohida e’tibor konduktorlarning yoshiga ham qaratildi. O‘zbekiston qonunchiligida voyaga yetmagan shaxslarni ishga qabul qilish taqiqlanishi tufayli, voyaga yetmagan konduktorlarni 18—35 yoshdagi shaxslar bilan almashtirishga qaror qilindi. Shuningdek, yo‘lovchilar bilan o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirish uchun, konduktorlarni 100 so‘mlik kupyuralar bilan ta’minlash yuklatildi.
8O‘zbekiston
«Lukashenko effekti»: Polsha Belarus bilan chegarada noqonuniy migratsiya o‘sganini ma'lum qildi. Litvada ham shu muammo Polsha-Belarus chegarasida ushlangan noqonuniy migrantlar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki baravarga oshib ketdi. Bu haqda mamlakat chegara xizmatiga tayanib TASS xabar berdi. «Yil boshidan buyon Podlyaska chegara xizmati tomonidan qo‘riqlanadigan Polsha-Belarus chegarasida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan 238 nafar migrant ushlandi. O‘tgan yili mazkur uchastkada 122 nafar noqonuniy migrant ushlangandi», — deyiladi chegara xizmati xabarida. Ta'kidlanishicha, «1 iyuldan beri chegara xizmati 91 nafar noqonuniy migrantni, jumladan, 40 va 49 kishidan iborat ikkita guruhni ushlagan». Litva devor qurmoqchi Avvalroq Litva noqonuniy migratsiya muammosi o‘sishiga duch kelgandi. Xabar qilinishicha, yil boshidan beri Belarusdan Litvaga asosan Afrika va Yaqin Sharqdan bo‘lgan 1676 nafar migrant o‘tgan, bu o‘tgan yildagiga nisbatan qariyb 20 baravarga ko‘p. Litvaga o‘tgan migrantlar qo‘lga olinganidan so‘ng boshpana so‘rashmoqda. Mamlakat vazirlar mahkamasi 2 iyul kuni migratsion inqiroz sababli favqulodda vaziyat rejimi e'lon qildi. Litva bosh vaziri Ingrida Shimonite respublika migrantlar oqimini to‘xtatish uchun Belarus bilan chegarada devor qurishni mo‘ljallayotganini aytdi. Yevrokomissiya Litvaga 10 mln yevro ajratadi Ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissar Ilva Yohansonning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Litvaga noqonuniy migratsiya muammosini hal qilishi uchun 10 mln yevro ajratadi.  «Komissiya Litvani ushbu murakkab, og‘ir vaziyatni hal qilishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Avgustda turli fondlardan 10 mln yevro ajratiladi», — dedi u. «Fronteks» Litva-Belarus chegarasiga o‘z chegarachilarini jo‘natadi 12 iyul kuni Yevropa ittifoqining tashqi chegaralar xavfsizligi agentligi («Fronteks») migratsion inqiroz kuchayishi sababli Litva va Belarus chegarasiga o‘z chegarachilarini jo‘natishini xabar qildi. Qayd etilishicha, agentlik 1 iyul kuni Litva-Belarus chegarasiga ofitserlar va qurilmalarini jo‘natgan. «Yordamni kuchaytiramiz va qo‘shimcha chegarachilar, patrul mashinalari hamda jinoiy tarmoqlar to‘g‘risida ma'lumot to‘plash maqsadida migrantlar orasida so‘rov o‘tkazish uchun ixtisoslashgan ofitserlarni jo‘natamiz», — dedi agentlik rahbari Fabris Lejyeri. «Fronteks» Litva chegarasiga o‘z chegarachilarini yaqin kunlarda jo‘natishi kutilmoqda. Agentlikning ma'lumot berishicha, iyulning birinchi yarmida Litva hukumati 800dan ortiq migrantlarning chegaradan noqonuniy o‘tish holatlarini qayd etgan. Migrantlarning aksariyati Kongo, Gambiya, Gvineya, Mali va Senegal fuqarolari hisoblanadi. «Lukashenko effekti» Iyul boshlarida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika Yevroittifoqqa yo‘l olgan migrantlarni to‘xtatmasligini aytgandi. «Agar kimdir Polsha, Litva, Latviya va Ukraina bilan chegarani yopishimizni va Afg‘oniston, Eron, Iroq, Liviya, Suriya, Tunisdan keladigan qochoqlar makoniga aylanishimizni o‘ylayotgan bo‘lsa, u kamida adashayotgan bo‘ladi. Biz hech kimni hech qachon to‘xtatmaymiz: ular bizgamas, yorqin, iliq, shinam Yevropaga borishmoqda», — degandi u.
2Dunyo
Mirziyoyevning Sergeliga tashrifi, Toshkent uzra bayroqli vertolyot, test sinovlarining yangi tartibi va kunning boshqa muhim xabarlari 17-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida. Vertolyot maketi. 1. Shavkat Mirziyoyev 22–25-noyabr kunlari Janubiy Koreyada davlat tashrifi bilan bo‘ladi. Tashrif Janubiy Koreya prezidenti taklifiga ko‘ra amalga oshirilmoqda. 2. Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi. U yangi massivdagi maktab, bog‘cha, poliklinika, ichki ishlar idorasi, suzish havzasi va boshqa joylarni ham ko‘zdan kechirdi. 3. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri: To‘rt yoshli qizchasini ayovsiz kaltaklagan bu odam shunday qusurlari uchun ishdan haydalgan. 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan shaxs otalik huquqidan mahrum etilgan. 4. 2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda madaniyat, san’at va sport sohasidagi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi. 5. 18-noyabr kuni Toshkent uzra harbiy vertolyotlarda O‘zbekiston bayrog‘i olib o‘tiladi. Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr — O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
8O‘zbekiston
Putin Zelenskiyga istagan vaqtida Moskvada uchrashishni taklif qildi Agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbass muammosini muhokama qilmoqchi bo‘lsa, avval o‘zini respublika deb e’lon qilgan Donesk va Lugansk Xalq Respublikalari (DXR va LXR) rahbarlari bilan, shundan keyingina Rossiya rahbariyati bilan uchrashishi kerak. Bu haqda prezident Vladimir Putin ta’kidlab o‘tdi, deb yozadi “RBK”. “Agar gap ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish haqida bo‘lsa, unda marhamat. Biz Ukraina prezidentini u uchun qulay bo‘lgan har qanday vaqtda Moskvada qabul qilamiz”, — dedi Putin. 20-aprel kuni Zelenskiy Putinga Ukrainaning Donbassidagi urush ketayotgan istalgan joyida uchrashishni taklif qildi. Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, Ukraina tomoni aynan nimani muhokama qilmoqchi, degan savol tug‘iladi. Putinning fikriga ko‘ra, agar gap Donbass muammolari haqida boradigan bo‘lsa, unda, avvalambor, Ukraina rahbariyati LXR va DXR respublikalari rahbarlari bilan uchrashishi kerak va shundan keyingina ushbu muammolarni uchinchi mamlakatlar vakillari, xususan, Rossiya bilan muhokama qilishi lozim”. Shuningdek, Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda Ukraina bilan munosabatlarga to‘xtalib o‘tdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati ikki tomonlama munosabatlarni buzadigan ko‘plab qadamlarni tashlagan. “Bu rus pravoslav cherkoviga bo‘lgan munosabat, uni yo‘q qilishga urinishlar bilan bog‘liq. Bu rus tiliga va Ukrainaning rusiyzabon fuqarolariga hamda Ukrainada yashovchi Rossiya fuqarolariga bo‘lgan munosabat bilan bog‘liq”, —  dedi u. Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanaliga joylashtirilgan videomurojaati orqali Putinni Donbassda uchrashishga taklif qilish chog‘ida agar Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush yuz bersa, bu minglab odamlar hayotiga ta’sir qilib, oxir-oqibat ikkala tomon ham yutqazishini aytgan. Shuningdek, Ukraina prezidenti “tankda tinchlik o‘rnatish mumkin emas”, deb qo‘shimcha qilgan. Kreml Zelenskiyning taklifiga izoh berib, Putin agar zarur deb bilsa, unga shaxsan javob berishini aytgan edi.  Shu bilan birga, Kreml vakili Dimitriy Peskov Putin bilan uchrashuv to‘g‘risida Zelenskiy tomonidan yaqin orada rasmiy so‘rovlar bo‘lmaganini ta’kidlagan.
2Dunyo
Nurotada mudhish YTH, 2 kishi halok bo‘ldi 27 may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda. D.Q. o‘zining boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinani “Nurota-Qizilcha” yo‘lining 65-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan O.M. boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.  Natijada “Spark” avtomashinasi haydovchisi D.Q. va uning yo‘lovchisi U.S. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda har yili o‘rtacha qancha YTH yuz berishi aytilgandi.
5Jamiyat
Xabarovskda 1,9 mlrd dollar o‘g‘irlashda gumon qilingan 2 xitoylik qo‘lga olindi Xabarovsk aeroportida Xitoy so‘rovi bilan 1,9 mlrd dollar o‘g‘irlashda gumon qilingan 2 xitoylik qo‘lga olindi.  Gap 14 yoshli erkak va 66 yoshli ayol haqida bormoqda. Xitoyda gumonlanuvchilar qidiruvda bo‘lganlar. Ular “piramidal selling” deb nomlangan firibgarlikda ayblanmoqdalar.  Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchilar jinoiy to‘da rahbariyatiga kirgan. Ular tomonidan noqonuniy faoliyatni amalga oshirish uchun 50 mingdan ko‘proq xodimdan iborat tijorat tashkiloti tashkil etilgan. Xitoyliklarning harakatlari oqibatida 1,5 mlndan ko‘proq odam jabr ko‘rgan, ular yetkazgan zarar miqdori 13,4 mlrd yuanga yaqinni (1,9 mlrd dollardan ko‘proq) tashkil qilgan.
2Dunyo
O‘zbekistonning eng faol banklari aniqlandi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingini yangiladi. Bu haqda markaz matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.  Markaz tadqiqotida banklar ikki guruhga bo‘lingan — katta va kichik. Reyting ushbu guruhlarning har biri uchun alohida-alohida tuzilgan. Shu bilan birga, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida (yoki faqat bitta viloyatda) faoliyat yurituvchi banklar kiradi. 2022-yilning 1-choragida katta banklar o‘rtasida “Kapital bank” birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda “Trast bank” qayd etilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda “Ipoteka bank” bo‘ldi.  Kichik banklar bo‘yicha birinchi o‘rinda “Davr bank”, ikkinchi o‘rinda “Ziraat bank” va uchinchi o‘rinda “Poytaxt bank” qayd etilgan.  Avvalroq O‘zbekistonning eng daromadli banklari ro‘yxati ma’lum qilingan edi.
8O‘zbekiston
Toshkentda mini futbol maydonchasiga ega bo‘lgan ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilishi mumkin Kecha, 21 iyul kuni Toshkent shahri hokimiyati binosida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va tadbirkorlar hamda investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish» mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tadbirkorlar va investorlar o‘z takliflarini bildirishgan. «Kun.uz» muxbiri xabar qilishicha, «Arena International» oilaviy korxonasi tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumani hududida ko‘p qavatli avtoturargoh va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini tashkil etish loyihasi taqdim qilingan. Loyihaning asosiy maqsadi shahardagi tirbandlikni kamaytirishga va avtoturargohlar kamligi sababli yo‘l chetida qoldirilayotgan mashinalar uchun kam hudud egallaydigan ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihaga bor yo‘g‘i 70 sotix maydon yetarli bo‘lib, u deyarli 300ta avtomobilni o‘zida sig‘dira oladi. Loyiha qurib bitkazilsa, 150ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Shu bilan birga, loyihaning ustki qavatida mini futbol maydoni qurilishi ham ko‘zda tutilgan.
8O‘zbekiston
Avtomobil va aviatsiya benziniga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida qabul qilindi. Qaror bilan avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlandi va rasmiy e'lon qilingan kunidan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritiladi. "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma'lumot uchun qabul qilindi. "O‘zstandart" agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab avtomobil va aviatsiya benzinini, dizel va kema yonilg‘isini, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘ini va mazutni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta'minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘radi. "O‘zbekneftgaz" AJ, "O‘zstandart" agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining keng xabardor qilinishini ta'minlaydilar. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.Otajonov hamda "O‘zstandart" agentligining bosh direktori A.Karimov zimmasiga yuklandi.
8O‘zbekiston
Shirinkomaxo‘r rahbarlar, hujjatbozlikka ko‘milgan professorlar va «qorovul»ga aylantirilayotgan yoshlar. Ilm sohasidagi 5ta dolzarb nuqta Nagoya iqtisodiyot universiteti (Yaponiya), Biznes huquqi fakulteti professori, «Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi a'zosi Alisher Umirdinov Kun.uz uchun yozgan maqolasida akademik erkinlik mavzusini yoritish barobarida ilm-fanimizning chuqur inqirozi haqida so‘z yuritadi. Sohada yuz berayotgan ba'zi ijobiy o‘zgarishlarni tan olgan holda insofli ilmiy doiralarimizni hali-hamon qiynab kelayotgan masalalarni yoritish uchun 5ta dolzarb nuqtaga e'tiboringizni qarataman: Endi batafsilroq izohlab beraman. Birinchi nuqta. Tasavvur qiling: Bilag‘on Olimov ismli yosh, chet tilini yaxshi o‘zlashtirgan kafedra o‘qituvchisi Niderlandiyaga xalqaro simpoziumga ma'ruzachi sifatida taklif qilingani haqida xat oladi. Niderlandiyaning Toshkentdagi elchixonasi unga viza berishga rozi. Simpozium tashkilotchilari hatto chipta va mehmonxona xarajatlarini ko‘tarishga ham tayyor. Olimov esa ham xorijni ko‘radi, ham o‘zining ilmiy aloqalarini kengaytiradi, ham yurtimiz ilm-fanini chet elga tanitadi. Qanday yaxshi! Ammo shoshilmang, aziz o‘quvchi. Universitet rahbariyati bunday holatda qanday yo‘l tutadi, deb o‘ylaysiz? Ruxsat berib, kerak bo‘lsa xodim cho‘ntagiga universitet fondidan pul ham solib, aeroportdan kuzatib qo‘yadi deb o‘ylaysizmi? Ming afsuski, aksariyat universitetlarimizda ahvol bunday ko‘rkam emas. Avvalambor, ko‘pgina universitetlarimiz ma'lum bir vazirliklar qoshida tuzilgani uchun universitet o‘qituvchisi nafaqat rektoratdan, balki vazirlikdan ham ruxsat olishi kerak. Amalda rektor va vazirliklar ruxsatni osongina bermaydi. Bunda allaqanday ichki yo‘riqnomalar borligi pesh qilinadi. Qo‘shimcha tarzda, odat bo‘yicha «nega aynan sizni taklif qilishdi, nimaga har safar siz borishingiz kerak, boshqalar ham bor-ku, ular ham borsin» degan so‘zlar aytiladi. Rahbariyatga aloqador xodimlarning simpozium va konferensiyalarga jo‘natilishi ko‘proq kuzatiladi, yosh tadqiqotchilar esa kamdan-kam yuboriladi. Tajribamda kuzatganman – bir qancha yosh tadqiqotchilar uchun chiptalar olinganiga qaramasdan universitet rahbariyati e'tirozi bilan chet el safarlari bekor bo‘lgan. Bunday «amaliyot» natijasida ko‘plab iqtidorli yoshlar ishlayotgan joyida «qorovul» bo‘lib qolishadi. Ikki-uch yil orasida dunyoda bo‘layotgan ilm-fan rivojidan bexabar, chetda qolib ketishadi. Bilganlarini «bilimning eng mukammali» deb o‘zlarini aldab yuraverishadi. O‘z ustida ishlab, harakat qilayotgan, chet tilini bilgan, sof ilmiy grantlar asosida chet elga bormoqchi bo‘lganlarga munosabat shunday bo‘lsa, oldimizga yuksak marralarni qo‘ya olamizmi?   Xorijiy universitetlarda bu ishlar qanday tashkil etilgan? Misol uchun, Yaponiya universitetlarida chet elga chiqmoqchi bo‘lgan xodim dekanatga «chet elga chiqish arizasi» degan bir parcha qog‘ozni topshiradi. Bu mazkur o‘qituvchining qayerdaligini rasmiylashtirib qo‘yish, hisobini yuritish va uning darslarini dekanatdagilar qaysi jadval asosida qayta ko‘rib chiqishi uchun kerak, xolos. Bunda o‘qituvchiga ruxsat berish yoki ruxsat bermaslik haqida umuman gap-so‘z yo‘q. Qandaydir «suhbat» haqida umuman gap bormaydi. Kafedra mudiri, dekan yoki rektor sizdan «chet eldan hadya» kutmaydi. Shuncha yil Yaponiyada ishlab, shu paytgacha birorta universitet o‘qituvchiga chet el safariga ruxsat bermaganini eshitmadim. Professorlar semestr o‘rtasida ham ketaverishadi, darslarini keyinga surib, qaytib kelganlaridan keyin boshqa vaqtda o‘tib berishadi. O‘zim ham bunday imkoniyatdan yilda kamida 2-3 bor foydalanaman. Universitet rahbariyati konferensiyalar doimo hafta oxirida yoki yozgi ta'tilda bo‘lavermasligini e'tiborga olib, har qanday paytda xodimini qo‘yib yuboradi. Zero, Yaponiyadagi universitetlar rahbarlari o‘z professori chet elga chiqib, ilmiy maqolalar yozsa universitetning dunyo universitetlar reytingidagi darajasi yanada ko‘tarilishini tushunadi. Taklifim – universitet rahbariyati o‘qituvchilarni chet el safarlaridan ushlab qolishini ma'n etish lozim. Ular chet eldagi simpozium va konferensiyalarga (lozim bo‘lsa qisqa va uzoq muddatli ilmiy almashinuvga ham) qatnashishga targ‘ib qiladigan, «bizdan nima yordam?» deydigan holatga o‘tishlari kerak. Shundagina holat o‘zgarishi mumkin.   Ikkinchi nuqta. Akademik darajani dunyo standartiga chiqarishni o‘ylayapmiz. Bunday maqsadga erishishda yurtimizdagi universitetlar ko‘plab konferensiyalarga mezbonlik qilishi va shu orqali universitetlarda kuchli xalqaro ilmiy muhitni vujudga keltirishi lozim. Kuzatuvlarim natijasini aytishim mumkinki, ko‘pgina konferensiyalar bizda aynan rahbarlar tomonidan tashkil etadi. Chet elda esa bunday ilmiy tadbirlarni doimiy faoliyat ko‘rsatadigan turli ilmiy uyushmalar tashkil qilishadi. Ya'ni, olimlarning tashabbusi bilan uyushtiriladi ilmiy konferensiyalar. Bizda esa unday emas. Nega? Bilmayman.   Shunisi e'tiborliki, O‘rta Osiyodagi eng ko‘p xalqaro ilmiy anjumanlar qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘iston respublikalarida bo‘lib o‘tadi. Bizda emas. Nega bizda doimo davlat sherikchiligi bo‘lishi, qaysidir davlat organi xalqaro konferensiyalarga aralashishi lozim? Achchiq haqiqat shuki, biz allaqachon akademik ustunlikni qozoq do‘stlarimizga berib bo‘lganmiz. Qozoq olimlarining ilmiy monografiyalari allaqachon dunyodagi eng kuchli nashriyotlarda o‘z o‘rnini egallagan. Qozoq talabalarining Kembrij universitetida hatto o‘z jamiyatlari mavjud. Buni ilmiy mard-u maydon deydilar, «mening ilmim eng zo‘ri» deb yurmasdan, o‘zimizga tanqidiy qarashimiz, «men bilmagan ilm yana qayerda bor va qayerga borib o‘rgansam bo‘ladi» degan yondashuvga o‘tishimiz kerak. Axir o‘rta asrlardagi yetuk olimlarimiz ilm istagida yurtlarni kezishgan. Bizdagi kabi «men professorman, doktorman, diplomim bor» deb o‘z ustida ishlamasdan yuraverishmagan-ku? Shuning uchun ham ularni hozirgacha butun dunyo tan oladi. Qirg‘iziston va Qozog‘istonda hozirda O‘rta Osiyoga taalluqli eng mashhur ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi. Nursulton (oldingi Ostona), Olmaota va Bishkek shaharlari ularga jon-ko‘ngildan mezbonlik qilishadi. Qozoq va qirg‘iz olimlari va talabalarining ilmiy saviyasi esa kundan-kunga yuksalyapti. Shuning uchun, davlat universitetlarimiz vazirliklarning nazoratidan chiqishi, ularning ilmiy erkinligi ta'minlanishi lozim. Ya'ni: — universitetlarimiz o‘z an'anasiga ega bo‘lgan, xalqaro darajada tan olingan ilmiy uyushmalarning yillik yoki ikki yillik anjumanlariga aynan O‘zbekistonda mezbonlik qilishga jiddiy da'vogarlikni boshlashlari va shu orqali ilmiy salohiyatimizni yuksaltirishlari lozim; — bundan tashqari, tor doiradagi vorkshop va seminarlar uchun ortiqcha byurokratik talablarni olib tashlash, ko‘zga ko‘rinmas to‘siqlarni yo‘q qilish lozim; — yurtimiz universitetlarida xorijlik olimlar qisqa muddatga (1-3 oy) va uzoq muddatga (3 oydan 1 yilgacha) kelib ilmiy ish qilishlari uchun dasturlar tashkil etish darkor. Toshkentning nomdor universitetlaridan ba'zilari bunday dasturni allaqachon boshlaganliklari quvonarli, albatta, ammo bu kam. Viloyatlardagi universitet va institutlarda esa holat umuman yomon. Uchinchi nuqta. Akademik (ilmiy) erkinlikni tor ma'noda tushunmaslik lozim. Olim yoki tadqiqotchi haqiqiy ma'noda erkin bo‘lishi lozim, buning uchun esa uning moddiy-texnik ta'minoti ham «joyida» bo‘lishi kerak. Shu yerda yo‘qotib qo‘ygan bir qadriyatimizni alam bilan tilga olsam. Qachon Buxoro yoki Samarqandga borsam ichim zil ketadi. Sababi, o‘sha paytlardagi madrasalarimizda (o‘rta asrlar ilm o‘choqlarida) har bir mudarrisga alohida hujra berilgan. Hozirgi zamonaviy til bilan aytganda «professor kabineti». U yerda mudarrislarimiz xohlagancha qolganlar, ijod qilishgan va talaba (shogird) yetishtirishgan. Bu moddiy qadriyatimizni g‘arb olami juda ham yaxshi o‘zlashtirgan. Deyarli barcha universitetlarda professor xonalari mavjud. Ular xohlagancha kitob va onlayn dasturlarni sotib olishadi va kabinetlarida o‘tirib o‘z ustilarida, tinch sharoitda, hech narsaga chalg‘imay ishlay olishadi. Ularni hech kim bezovta qilmaydi. O‘zbekiston universitetlarida vaziyat qanday? Bizda hali ham ushbu qadimiy qadriyatimiz va g‘arb olami muvaffaqiyatli qo‘llagan tajriba amalga tatbiq etilmay kelinyapti. Yurtimizdagi eng nomdor universitetlarda ham hali-hamon o‘qituvchilarimiz uchun umumiy bitta xona ajratilgan va har birining u yerda bittadan stol-stuli bor. Shu xolos. Maktabdagi o‘qituvchilar xonasidan deyarli farqi yo‘q. Faqatgina kafedra mudiri uchungina ayrim hollarda alohida xona mavjud bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, eng nomdor universitetlarimizda ham ba'zi o‘qituvchilar hattoki kompyuter bilan ham ta'minlanmagan. Professorlar qachon va qayerda o‘z ustlarida ishlashadi degan savol hamon ochiq qolmoqda. Eshigi tez-tez ochilib yopiladigan, odam arimaydigan, yuqoridan tinimsiz keladigan turli tashkiliy topshiriqlar muhokama qilinadigan xonada yaxshi ilmiy ish yozish, biror jiddiy kitob yoki maqola o‘qish osonmi? Bu yoqda yana tashkiliy topshiriq berilsa-chi? Shunday ekan, universitetlarimizdagi professor-o‘qituvchilarimizga alohida kabinetlar berish lozim. Yangi quriladigan yoki yangilanadigan universitet binolarini shu talabga muvofiqlashtirish lozim. Suiiste'mol hollari yuz bermasligi uchun o‘z xonasida bekorchilik qiladiganlarga semestr yakuniga ko‘ra ular amalga oshirgan ilmiy ishlari soni, sifati va ko‘lamiga qarab ilmiy kengashda ko‘rib chiqish orqali chora ko‘rish mumkin. Xorijda ham xuddi shunday qilinadi. Zero ko‘pchilik izza bo‘lishni xohlamaydi, o‘zini bilgan, ilmiy mas'uliyati bo‘lganlar esa bunga yo‘l qo‘ymaydi.  Shu yerda universitet o‘qituvchi xodimlarining vaqt erkinligini ham tilga olsam. 2017 yilda Oliy ta'lim vazirligi tomonidan professor-o‘qituvchini dars vaqtida hech kim bezovta qilmasligi kerakligiga oid qarori chiqqan edi. Bu qaror yuzaki amalga oshirilyapti, amalda esa boshqa. Chunki, rahbariyatdan topshiriq kelsa uni o‘sha ondayoq bajarishingiz kerak – topshiriqni bajarish muddati yo bir soat yoki o‘sha kun. Sababi rahbariyatdagilar topshiriqni tugash vaqtidan biroz avval olib kelishga o‘rganib qolishgan yoki ularga ham yuqoridan juda kam vaqt beriladi. Agar bajarmasangiz ilmiy kengashda gap eshitasiz. Menimcha, bunday amaliyotdan qutulish vaqti keldi. Yaponiyadagi shaxsan o‘zim ishlaydigan ilm dargohidan misol keltiraman: bir yil oldin universitetning to‘liq yillik ishlash dasturi kunma-kun tasdiqlanadi, o‘sha hujjat barcha o‘qituvchilarga o‘quv yili boshlanishidan 2-3 oy oldin tarqatiladi. Bundan tashqari, agar rektor, dekan yoki kengash boshliqlari o‘qituvchilardan biror ishni bajarishni so‘rasa, kamida 1 yoki 2 oy oldin elektron pochtadan maktub jo‘natib iltimos qiladi. Yaponiyada hech kim favqulodda holatlarda ishlashga o‘rganmagan. Vaholanki, Yaponiya dunyoning uchinchi katta iqtisodi bo‘lib, pul aylanishini va maoshlarni yurtimiz bilan aslo solishtirib bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, ular tartib va jadval bo‘yicha universitet hayotini boshqara olishyapti. Nahot biz shunday qilolmaymiz?!  To‘rtinchi nuqta. Dars mavzularini va o‘qituvchining yuklamasini belgilashdagi professor-o‘qituvchining erkinligi masalasi. Hozirgi kunda domlalarimiz o‘tmoqchi bo‘lgan seminar yoki ma'ruza matnlarini yoki boshqa yuklamani o‘zlari erkin shakllantira olmaydilar. Ma'muriy usulda belgilangan dars jadvali va nizomga amal qilishlari lozim. Undan chiqish mumkin emas. Shaxsan o‘zim yaqindan bilgan ilm dargohlaridan ba'zilari Angliya ta'lim tizimi kabi to‘liq kredit tizimiga o‘tishga harakat qilsa ham, ularga hali-hamon to‘liq ruxsat berilgani yo‘q. Vaholanki, bunday byurokratik yo‘llar bilan ta'limni «qolip»ga solgan, dunyoga o‘z ilmiy yutuqlari bilan tanilgan mamlakatning o‘zi yo‘q. Chunki, har bir o‘qituvchi o‘tmoqchi bo‘lgan darsining mazmunini, o‘qilishi lozim bo‘lgan kitobni yoki maqolani belgilab bera olmasa, shaxsiy tashabbus bo‘g‘iladi. Dunyoda har kuni yuz berayotgan ilmiy o‘zgarishlarni ilg‘ashga ulgura olmay qoladi. Talabalarda esa bir tomonlama qarash shakllanib qoladi. O‘n-yigirma yil oldin o‘tilgan dars mazmuni bugun ham miyasida saqlanib qoladi. Bu esa muammolarni oldindan ko‘ra bilish qiyin bo‘lgan 21 asrda o‘sha muammolarni osonlik bilan hal eta oladigan kadrlarni yetishtirishni juda ham qiyinlashtirib tashlaydi. Hozirda ishsizlik juda yuqori bo‘lib turgan bir paytda sifatli kadr inqirozi kabi tragik holat bilan yuzma-yuz turganimizni shundan ham tushunib olsa bo‘ladi. Kelib qolganimiz bu holat ta'lim sohamizni erkinlashtirib, o‘qituvchilarga yaxshi ma'nodagi mustaqillik berilishi qay darajada dolzarbligini yana bir bor yaqqol ko‘rsatadi.   Oxirgi masala. Yurtimizda birinchi bor yetakchi xorijiy universitetlarning 500talik ro‘yxati shakllantirildi. Bu universitetlar diplomlari imtihon va turli byurokratik to‘siqlarsiz tan olina boshlandi. Biz yoshlar bunday ijobiy o‘zgarishni uzoq muddat kutgan edik. Biroq bu bilan muammo hal bo‘lgani yo‘q. Birinchidan, universitet va institutlarimiz boshqaruvidagi ko‘rinmas «oltin qoida» hamon mavjud: «sen rahbaringdan oldinga o‘tib ketmasliging lozim!». «O‘tib ketdingmi, chopilasan!». Natijada, ilmiy ishni siz o‘z kuchingiz bilan amalga oshirgan bo‘lsangiz ham albatta uni rahbar nomi bilan chiqarish lozim. Yoki hech bo‘lmasa, mualliflar ro‘yxati boshiga yo kafedra boshlig‘i yoki dekan yoki rektor nomi tirkalishi kerak. Buni ilm o‘g‘irlash emas, balki qaroqchilik deb atasak to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki plagiat yuz berganda kimdir intellektual mulkingizni sizga sezdirmay o‘g‘irlaydi, yuqoridagi holatda esa sizni majburlashadi. Qo‘shimchasiga siz tomoningizdan berilgan takliflar yoki innovatsion g‘oyalar ham shundayligicha rahbariyat tomonidan o‘zlashtirilib, rahbariyatning nomidan yuqoridagilarga yetkazilishi holatlari ham davom etyapti. Intellektual mulk huquqlari himoyasi muhimligi haqida bong urar ekanmiz, avvalo ilm dargohlari rahbariyati va yoshi katta o‘qituvchi-professorlarimizning holiga nazar tashlamog‘imiz lozim. Kezi kelganda, masalaning yoshi katta professor-o‘qituvchilarga tegishli muhim tomonini aytib o‘tay. Bizda qo‘shtirnoq ichidagi olimlar xorijiy universitetni va uning ilmiy yutuqlarini tan olgisi, nazar pisand qilgisi kelmaydi. O‘z ustida ishlamay, «men zo‘rman» deb yuraveradi. Qaytib kelgan yosh olim yigit-qizlarimizning yo‘lini ochmay, ularga turli yuklarni yuklash orqali universitet hayotidan bezdirish holatlari bo‘layotganini eshitib turibmiz. Albatta, bunday paytlarda chet eldan kuchli xohish, olam-olam niyatlar bilan qaytayotgan yoshlarimizning holatini tasavvur etish qiyin emas. Universitetlarimizda avlodlar almashinuvi muvaffaqiyatli o‘tishi uchun yaxshi sharoit yaratish kerak. Aks holda quyidagi ikki holatdan biri ro‘y berishi muqarrar: yo yurtiga katta umidlar bilan qaytgan yosh olim yana chet elga chiqib ketadi yoki ruhiy sinib ilm-fanni tark etadi – xususiy sektorga o‘tadi. Shu yerda nafaqat universitet rahbarlarining, balki universitet professor-o‘qituvchilarining mas'uliyat hissi haqida ham biroz gapirib o‘tsam. Keyingi paytda kamina kuzatayotgan yurtimizdagi fenomen – ilmiy daraja va unvon olish ilmning boshlanishi emas, yakuni bo‘lib qolgani! Ilmiy ish himoyasini qilib tugatgan shaxs qaytib ilmga jiddiy kirishmaydi. Qanchadan-qancha kishilar ishini himoya qilib olgach, deyarli o‘z ustida ishlamaydi, ilm qilmaydi, shogirdlar chiqarmaydi, ilm faol rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmaydi. Ilmiy ish himoyasi «men doktorman, sen esa doktor emassan» deb yurish uchungina hamda ma'lum bir maqom va imtiyozga erishish uchun vosita bo‘lib qolgan! Rivojlangan davlatlarda siz fan doktorimisiz yoki professormi degan savolni berishmaydi. Balki «sening oxirgi ilmiy yangiliging yoki fanga qo‘shgan yangi g‘oyang nimadan iborat?», «Qaysi yetakchi xorijiy jurnalda maqolang chiqdi, o‘z ustingda ishlayapsanmi, shogirdlar chiqaryapsanmi?» degan savollarni berishadi. Agar mana shu savollarga ijobiy javob bo‘lmasa, hech kim 5-10 yil oldin fan doktori, professor yoki akademik bo‘lganiga qaramaydi va hech qaysi kengash va ilmiy konferensiyalarga qo‘shishmaydi. Chunki u odamda o‘sish yo‘q, u to‘xtagan. Unday odamdan ko‘ra, o‘z ustida tinimsiz ishlayotgan va ko‘plab xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda yangidan-yangi ilmiy g‘oyalar berayotgan yosh olimning qadri baland. Shu yosh olim ilmiy kengashlarga ham kiritiladi va barcha imtiyozlardan ham foydalanadi. Demak, asosiy mezon qo‘lingizdagi bir parcha qog‘oz bo‘lmish «fan doktori», «professor» degan diplom emas, balki oxirgi 1-2 yildagi ilmiy izlanishlaringizning manfaatli natijasidir. Shuning uchun ham barcha olimlar doimiy raqobatda, o‘z ustida ishlashga harakat qilishadi. Tajribamdan aytishim mumkin, bir mashhur yapon professori ilmiy kengashda hammaning oldida so‘roqqa tutib, nega o‘z ustida ishlamayotgani va natija ko‘rsatmayotgani tanqid qilindi va u hattoki talabalarga ma'ruza o‘qish huquqidan ma'lum muddatga mahrum qilindi. O‘z-o‘zidan uning professorligi ham sariq chaqalik ahamiyatga ega bo‘lmay qoldi o‘shanda, ya'ni hech kim tan olmaydigan holga keldi. So‘ngso‘z o‘rnida Akademik erkinlikning qay darajada muhimligi borasida oddiy bir misol keltirib, xulosani siz azizlarga qoldirsam: oxirgi ikki-uch yildagi matbuot erkinligi natijasida internet axborot vositalarida saviyali tahliliy maqolalar ko‘paydi. E'tibor berdingizmi? Ammo maqolalarning aksariyatini davlat universitetlari professor-o‘qituvchilari emas, balki boshqa soha vakillari yozishyapti. Bir-ikki professorni istisno qilganda, deyarli yo‘q hisobi. Nega bunday ekan-a?
5Jamiyat
Angliyalik futbolchi mundialda qatnashish uchun go‘sht yeyishdan voz kechmoqchi «Sanderlend» hujumchisi Jyermeyn Defo Angliya terma jamoasi safida 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun vegetarian bo‘lishga tayyor. Oktyabr oyida 34 yoshga to‘ladigan Defo 3,5 yillik tanaffusdan keyin terma jamoaga qaytgan. U angliyaliklarning JCh-2018 saralashi doirasida Litvaga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvida ishtirok etib, gollardan biriga mualliflik qildi. U vegetarianlik unga terma jamoa talabiga javob beruvchi sport formasini saqlab turishni ta'minlaydi deb hisoblamoqda. Defo uzoq vaqtdan beri alkogoldan voz kechish harakati (teetotalism) tarafdori hisoblanadi, krioterapiya (tanani sovuq suvda chiniqtirish) targ‘iboti hamda yoga bilan shug‘ullanadi. Ushbu futbolchi o‘z muvaffaqiyatlari sababini shu tanlovlari bilan bog‘laydi. Uning aytishicha, bu g‘oyani unga sevgan qizi taklif etgan.  «Endi men o‘z tanamni yaxshi his qilaman. Har bir futbolchi o‘yindan oldin o‘zini bardam his etishni istaydi, bundan yoqimliroq hissiyot bo‘lmaydi. Shu tufayli men krioterapiya, massaj, to‘g‘ri ovqatlanish va vegetarianlikni to‘g‘ri yo‘l deb bilaman. Kulishingiz mumkin – men onamnikiga mehmon bo‘lib borganimda u stolga go‘shtning barcha xilini tortib qo‘yadi», - degan Defo Skysports efirida.
13Sport
Buxoroda 1500 nafar fuqaroga konvert usulida oylik to‘lanayotgani aniqlandi Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro shahar Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan qurilish materiallari, ya’ni sement mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarida konvert usulida haq olib kelayotgan 55 nafar yonlanma ishchi xodimlarning qonuniy manfaatlari tiklandi. Bu haqda viloyat soliq boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. “Endi har bir yollanma ishchi ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalanadi. Og‘ir mehnat sharoitida ishlab kelayotgan bu kabi fuqarolarning insoniy qadr-qimmati muhofaza etilib, ularning mehnatlarini qadrlash maqsadida, mahalliy tadbirkorlar tomonidan reja asosida har kuni ishchilarga ish boshlanishidan avval va tuganidan so‘ng sut va sut mahsulotlarini bepul tarqatish tizimining yo‘lga qo‘yilganligi ularning xursandchiligiga sabab bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda. Bugungi kunda mazkur savdo kompleksida 14 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat yuritmoqda. Biriktirilgan soliq xizmati xodimlari yangi konsepsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarni ularga doimiy tarzda tushuntirib bormoqda. Uchrashuvlar davomida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining amaldagi 4 ta pog‘onali stavkalari o‘rniga yagona 12 foizlik stavka belgilanligi, pensiya jamg‘armasiga 8 foizli sug‘urta badali bekor qilinganligi, korxona rahbarlariga hamda konvert usulida haq olib kelayotgan ishchilarga tushuntirilmoqda va shu joyda ularni qonuniy ish yuritishi uchun zamin yaratilmoqda. “Viloyat misolida aytadigan bo‘lsak, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringda 1500 ga yaqin shu kabi norasmiy, konvert usulida haq olib kelayotgan fuqarolar aniqlangan. Joylardagi mavjud kamchiliklar yuzasidan davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan qonuniy faoliyat yuritishlari uchun esa ularga amaliy yordamalar ko‘rsatilib kelinmoqda. Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
8O‘zbekiston
Fotogalereya: BAAda tashlandiq mashinalar qabristoni topildi Ushbu mashinalar biror kolleksionerning quvonchiga aylanishi mumkin edi, ammo ular qayerdadir chang bosib yotibdi. Sharja shahridagi (BAA) katta garajda avtomobillarning haqiqiy jannati qurilgan. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi.
3Foto
Millatlar Ligasi. Fransiya Niderlandiyaga yutqazib qo‘ydi, Daniya esa Uelsni taslim qildi 16-noyabr sanasida Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi. Xususan, Niderlandiya terma jamoasi amaldagi jahon chempionlari — Fransiya termasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hisobni 44-daqiqada Jorjinyo Veynaldum ochdi. 90-daqiqada esa Memfis Depay penaltidan gol urib, JCH—2018 chempionining mag‘lubiyatini ta’minladi. Slovakiya terma jamoasi esa o‘z maydonida Andrey Shevchenko boshchiligidagi Ukraina termasini mehmon qilib, yirik 4:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Rayan Giggz qo‘l ostidagi Uels termasi esa Daniyaga qarshi kurash olib borib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Millatlar Ligasi 16-noyabr, juma Niderlandiya – Fransiya 2:0 Gollar: 1:0 – 44 Veynaldum, 2:0 – 90, penalti Depay. Uels – Daniya 1:2 Gollar: 0:1 – 42 Yorgensen, 0:2 – 88 Breytueyt, 1:2 – 89 Beyl. Lixtenshteyn – Makedoniya 0:2 Gollar: 0:1 – 53 Bardi, 0:2 – 90 Nestorovski. Slovakiya – Ukraina 4:1 Gollar: 1:0 – 6 Rusnak, 2:0 – 26 Kuska, 2:1 – 47 Konoplyanka, 3:1 – 52 Zrelyak, 4:1 – 61 Mak. Kipr – Bolgariya 1:1 Gollar: 1:0 – 24 Zaxariu, 1:1 – 89, penalti Dimitrov. Sloveniya – Norvegiya 1:1 Gollar: 1:0 – 9 Verbich, 1:1 – 85 Yonsen. Gibraltar – Armaniston 2:6 Gollar: 1:0 – 10 De Barr, 1:1 – 27 Movsisyan, 1:2 – 48 Movsisyan, 1:3 – 52 Movsisyan, 1:4 – 54 Movsisyan, 1:5 – 66 Kartashyan, 2:5 – 78 Pristli, 2:6 – 90 Karapetyan.
13Sport
YeKL. Shomurodov 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bahsda «Roma» TsSKAni tor-mor etdi Yevropa Konferensiyalar Ligasida 1-tur bahslari yakunlandi. «Roma» o‘z maydonida Sofiyaning TsSKA klubini qabul qilib, tezkor gol o‘tkazib yuborganiga qaramay yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kerining goliga Pellegrini (2ta), El-Shaaravi, Manchini va Abraham javob berishdi. «Bo‘rilar» safida Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 2 golga assistentlik qildi.  Guruhning ikkinchi o‘yinida «Bude-Glimt» (Norvegiya) o‘z maydonida «Zarya»dan (Ukraina) ustun keldi. YeKL. 1-tur. 16 sentabr S guruhi Roma — TsSKA Sofiya 5:1 Gollar: Pellegrini (25, 62), El-Shaaravi (38), Manchini (82), Abraham (84) — Keri (10). Roma – Patrisiu, Karsdorp (Ibanes, 46), Smolling, Manchini, Kalafori (Kumbulya, 76), Pellegrini (Abraham, 74), Vilyar (Veretu, 58), Diavara (Kristante, 57), El-Shaaravi, Shomurodov, Karles Peres.  TsSKA Sofiya – Buzatto, Turitsov (Donchev, 74), Matey, Lam, Maziku, Galabov, Keri, Yomov (Bayya, 67), Muxar, Vildsxut, Krastev (Axmedov, 87).  Chetlatish: Vildsxut (80). Bude-Glimt — Zarya 3:1 Gollar: Saltnes (48), Solbakken (49), Pellegrino (60) — Gromov (90+1). V guruhi Anortosis — Partizan 0:2 Gollar: Menig (42), Gomesh (68). D guruhi Ranners — AZ 2:2 Gollar: Pizinger (27), Graves (68) — Klasi (24), Pavlidis (34). Yablonets — ChFR Kluj 1:0 Gol: Pilarj (51, penalti).
13Sport
Sirdaryoda fuqaro xonadonidan giyohvand moddalar topildi Sirdaryo viloyati IIB xabar berishicha, Boyovut tumanida giyohvand modda saqlab kelayotgan fuqaro aniqlangan.  Qayd etilishicha, tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma`lumot asosida, Boyovut tumani Bekat mahallasi hududida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Boyovut tumani, Bekat mahallasida yashovchi, Z.Bning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, yashash uyi mehmonxonasida joylashgan sandiq ustida turgan ko`rpalar orasidan 3 shisha idishga solingan sof og`irligi 2.86 gr “Marixuana” giyohvandlik vositasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. Holat yuzasidan Boyovut tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Z.Bga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
6Jinoyat
Tarixdagi birinchi hijobli model moda olamini tark etdi Moda tarixidagi birinchi hijobli model Halima Ayden Inctagramdagi sahifasida moda olamini tark etganini ma'lum qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi 1,5 millionga yaqin kuzatuvchisiga shunday deb murojaat qildi: «Moda hech qachon men uchun bo‘lmagan. Men uyg‘ondim va iymonimni tanladim». Keniyada tug‘ilgan 23 yoshli Halima Aydenning hijobdagi surati birinchi marta 2018 yilda Britaniyaning «Vogue» jurnali muqovalarida e'lon qilingan. Ayden faoliyati davomida diniy e'tiqodlari buzilganini ma'lum qildi. Pandemiya davrida esa bular haqida qayta o‘ylash uchun unda vaqt bo‘lgan. Halimaning bunday qarorga kelishiga modalar namoyishi yoki fotosessiya jarayonlari sabab namoz vaqtlarini o‘tkazib yuborgani, shuningdek, bir gal ro‘mol o‘rniga boshiga jyensi kiyishga majburlashgani sabab bo‘lgan. Ayden e'tiqodidan chekinib, imkoniyat va karera uchun tirishgani uchun o‘zini ayblaydi. Uning Sky News’ga aytishicha, hijob taqib yurishini qabul qilishsa, faoliyatini davom ettirishi mumkin.
2Dunyo
O`zbekistonda ulanmasa ham aylanaveradigan gaz hisoblagich aniqlandi (Video) Ajabo! O`zbekistonda anomal gaz hisoblagich aniqlandi. U hatto gaz quvuriga ulanmagan bo`lsa ham aylanaveradi. Asosiysi bu gaz hisobgagich davdat standartidan o`tkazilgan bo`lb chiqdi. Video:
4Iqtisodiyot
Ispaniyalik milliarder hamqishloqlariga 210 million dollar meros qoldirdi Corona brendi asoschisi, ispaniyalik milliarder Antonino Fernandes o`zi tug`ilib o`sgan Seresales del Kondado qishlog`ida yashovchi har bir insonga 2,6 million dollardan meros qoldirdi, deb xabar beradi “Vesti”.  Bu kichik qishloqda 80 nafar inson yashaydi. Fernandes hammasi bo`lib 210 million dollarni hamqishloqlariga meros qoldirdi.  Ispaniyaning taniqli biznesmeni 2016 yilning avgust oyida 99 yoshida vafot etdi. Qishloq aholisi marhum milliarderga minnatdorchilik bildirmoqda. Ularning so`zlariga ko`ra, qishloqda ishsizlar ko`p. “Antonino bo`lmaganida nima qilardik? Ehtimol ko`chada yurib, sadaqa so`rarmidik”, — deydi qishloqda yashaydiganlardan biri.  Fernandesning oilasida 13 nafar farzand bo`lgan. Oila a`zolari shu qadar nochor hayot kechirardiki, bo`lg`usi milliarder maktabni tashlab, ishlashga majbur bo`lgan.  1949 yilda 32 yoshli ispaniyalik Meksikaga bordi va pivo ishlab chiqaradigan Grupo Modelo kompaniyasiga ishga kirdi.  1971 yilga kelib, u firmaning bosh direktori bo`lib tayinlandi va Corona brendini mamlakatdagi eng ommabop brendga aylantirdi.
2Dunyo
Samsung’ning yangi premium-smartfoni Galaxy F deb nomlanadi Internetda Samsung’ning hali taqdim etilmagan Galaxy F premium-flagmaniga tegishli suratlar paydo bo‘ldi, deya xabar berdi Mail.ru. “Telefon yoqilganidan so‘ng paydo bo‘ladigan fonda uning Galaxy F nomi aks etgan”, — deb yozadi nashr. Avvalroq uning Falaxy S5 Prime yoki Galaxy Alpha deb nomlanishi haqida taxminlar bor  edi. U  to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 805 protsessori, 3 Gb tezkor xotira va 16 megapikselli kamera bilan ta’minlanadi. Ekrani 5,3 dyuymli bo‘lsa-da, displey atrofidagi romlarning ingichkalashgani tufayli Galaxy S5 dan ko‘ra kichikroq hajmga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilmaning asimmetrik bo‘lishi xabar qilinmoqda. Ya’ni panelning burchaklari telefonning tepa qismida pastki qismiga nisbatan aylanaroq ko‘rinishda bo‘ladi.
14Texnologiya
Farg‘onada kollejga ketgancha qaytib kelmagan yigit qidirilmoqda Shohruhbek Bo‘taboyev 1999-yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. U 16-iyun, shanba kuni soat chamasi 11:00 larda kollejga borish uchun uydan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Uydan chiqib ketayotganda egnida ko‘k rangli futbolka, qora jinsi shim, oyog‘ida jigarrang krossovka bo‘lgan. Bo‘yi 1,60—1,65 santimetr, ko‘rinishi ozg‘inroq, bug‘doyrang, bo‘ynining chap qismida kichkina xoli bor. Shohruhbekni ko‘rganlar Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani IIBning +99873 3521535, +99873 3521298 yoki otasining +99890 633 1800 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi so‘ralgan.
8O‘zbekiston
Toshkentdagi Inha universitetida Garvard va boshqa nufuzli universitet bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi 2016-yilning 16-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida AQShdagi nufuzli universitet bitiruvchilarining o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuvda Garvard Universiteti, Stendford universiteti va Fletcher yurisprudensiya va diplomatiya maktabi bitiruvchilari ishtirok etdi. Ushbu delegatsiyaga Garvard universitetining Osiyo yetakchilari markazi ijrochi direktori Samuel Kim boshchilik qildi. Uchrashuv davomida AQShning nufuzli universiteti bitiruvchilari turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilimlarini o‘zbekistonlik talabalar bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, Garvard universiteti bitiruvchilari o‘zbekistonlik talabalarga ma’lumotlarni eslab qolish, biznes-loyihalarni rivojlantirish, shaxsiy brendlarni yaratish, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z karyerasini targ‘ib qilish va boshqa bilimlarni berdi. O‘zbekistonlik talabalar intervyudan o‘tish, konsalting, moliya va investitsiya, biznes madaniyatni yaratish bo‘yicha o‘z bilimlarini ham yanada mukammallashtirdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti turli yetakchi oliy o‘quv yurtlari va kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlarni muntazam o‘tkazadi. Bunday uchrashuvlar talabalarga malaka almashishga, nazariyani amaliyotga joriy qilish, dunyoning yetakchi o‘quv yurtlarida magistratura va doktoranturada ta’lim olishga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘mak beradi.
8O‘zbekiston
JCh—2018. Uels gruzinlarni yenga olmadi, Italiya va Ispaniya zafar quchdi, Turkiyada esa mag‘lubiyat (video) 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati uchun kurash olib borayotgan Yevropa mamlakatlari saralashning 3-turini boshladi. “D” guruhi yetakchisi sifatida e’tirof etilgan va Yevropa Chempionatida yarim finalga qadar yetib borgan Uels terma jamoasi o‘z maydonida Gruziyani mag‘lub eta olmadi. Garet Beylning goli bilan oldinga chiqib olgan mezbonlar, yakunda ustunlikni saqlab qola olmadi. Mazkur guruhda Irlandiya va Serbiya termalari yetakchi bo‘lib turibdi. Dastlabki turda bu ikki mamlakat o‘zaro durang o‘ynagandi. JCh—2018 UEFA saralashi. 3-tur 9-oktabr, yakshanba “D” guruhi Gollar: Garet Beyl, 10 (1:0). Tornike Okriashvili, 57 (1:1). Gollar: Aleksandar Mitrovich, 6 (1:0). Marsel Zabitser, 16 (1:1). Aleksandar Mitrovich, 23 (2:1). Mark Yanko, 62 (2:2). Dushan Tadich, 74 (3:2). Gollar: Sheyn Long, 2 (0:1). Igor Bugayev, 45+1 (1:1). Jeyms Makklin, 69 (1:2). Jeyms Makklin, 76 (1:3). “G” guruhida kurash ancha qizg‘in. Italiya terma jamoasi 3-turga kelib o‘z irodasini namoyish qildi. Makedoniya mehmoni bo‘lgan “moviy gvardiyachilar” Chiro Immobilening dubli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Ispaniya terma jamoasi esa Albaniyada zafar quchdi. 3-turdan keyin ikki jamoa hisobida 7, yana ikkitasida 6 ochko bor. JCh—2018 UEFA saralashi. 3-tur 9-oktabr, yakshanba “G guruhi Gollar: Tomer Xemed, 4 (1:0). Tomer Xemed, 16 (2:0). Maks Geppel, 49 (2:1). Gollar: Diyego Kosta, 55 (0:1). Nolito, 63 (0:2). Gollar: Andrea Belotti, 24 (0:1). Iliya Nestorovski, 57 (1:1). Feran Xasani, 59 (2:1). Chiro Immobile, 75 (2:2). Chiro Immobile, 90+2 (2:3). 9-oktabr kuni “I” guruhi ishtirokchilari ham 3-turni yakunlab oldi. Xorvatiya Manjukichning yagona goli evaziga Finlyandiya maydonida zafar quchdi. Shu tariqa Mario saralashda 4 tadan gol urgan Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski hamda Tomas Myullerga yetib oldi. Bir tur avval 90-daqiqadan keyin urilgan ikkita gol sabab irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Islandiya, bu safar Turkiyaga imkoniyat qoldirmadi. O‘zining uy uchrashuvini Polshada o‘tkazishga majbur bo‘lgan Ukraina esa Kosovo darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. JCh—2018 UEFA saralashi. 3-tur 9-oktabr, yakshanba “I” guruhi Gol: Mario Manjukich, 18 (0:1). Gollar: Amir Rahmani, 31-avt (1:0). Andrey Yarmolenko, 81 (2:0). Ruslan Rotan, 87 (3:0). Gollar: Emer Toprak, 42-avt (1:0). Alfred Finnbogason, 44 (2:0).
13Sport
Futbolchilar talqiniga ko‘ra Angliyada yil o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi Angliya professional futbolchilari assotsiatsiyasi (PFA) Angliyada yil o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi. “Liverpul”ning to‘rt nafar va “Manchester Siti”ning ikki futbolchisi sovringa nomzodlar ro‘yxatidan o‘rin oldi. Ro‘yxat bilan tanishing: Avvalroq Kevin de Bryuyne APL talqiniga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan, Henderson esa jurnalistlar talqiniga ko‘ra, eng yaxshi bo‘lgandi. Muxlislar esa Maneni mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida tanlagan. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Nima uchun bosh aylanadi? Sabab va yechimlar Bosh aylanishining juda ko‘p sabablari mavjud bo‘lib, u yurak qon-tomir, endokrin tizim kasalliklari, asab va ruhiy xastaliklar bilan yuzaga kelishi mumkin. Ko‘pincha bu alomat miyada kislorod yetishmovchiligi, xavotir hissi, anemiya, yurak faoliyatining buzilishi va qonda shakar miqdorining ortishi bilan namoyon bo‘ladi. Bosh aylanishi umurtqa arteriyalarining aterosklerotik shikast tufayli torayishi hamda pasayishi natijasida paydo bo‘ladi. Agar ushbu muammo muntazam ravishda kuzatilsa, nevropatologga murojaat qilish kerak. Davolash ishlari esa tibbiy holatga qarab, buyuriladi. Xurujning eng keng tarqalgan sabablari: Xavotir, depressiya, qo‘rquv (psixogen bosh aylanishi). Bunday holatda nima qilish mumkin? Albatta, eng avvalo, psixoterapiya va terapiya talab etiladi. Buning uchun shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur. Umurtqa bo‘yni osteoxondrozi. Asosan muammo qon aylanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shifokor tavsiyasiga ko‘ra, ushbu holatda dori hamda mashqlar terapiyasi kerak bo‘ladi. Homilador ayollarda bosh aylanishi. Ushbu alomatning kuzatilishi tabiiy holat. Xuruj ko‘pincha gipotoniya va qonda glyukoza konsentratsiyasining pasayishi bilan bog‘liq. Odatda buning uchun davolanish shart emas. Xuruj vaqtida issiq shirin suv yoki choy ichish tavsiya etiladi. Homilador ayollar esa uni doimo o‘zi bilan olib yurishi mumkin. Arterial gipertenziya. Xuruj miyaning pastki qismida qon ta’minoti buzilishi tufayli yuzaga keladi. Ko‘pincha ushbu alomatdan so‘ng qon bosimining keskin pasayishi kuzatiladi. Birinchi navbatda arterial bosimning tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, gipertenziya holatini barqarorlashtirishga mo‘ljallangan dori miqdorini mustaqil ravishda o‘zgartirish mumkin emas. Miyada o‘simta. Alomat bosh og‘rig‘i bilan birgalikda kuzatiladi. Buning uchun miyani kompyuter tomografiyasida tekshirish va talab qilsa, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish haqida ham o‘ylab ko‘rish mumkin. Yurak urishining buzilishi. Xuruj hatto hushdan ketishga ham olib keladi. Buning uchun har kuni elektrokardiogramma monitoringini o‘tkazish va shifokor nazorati ostida yurak stimulyatori o‘rnatilishi ham mumkin.
11Salomatlik
Tanzila Norboyeva tikuvchilik sexlaridagi ishchi ayollarning maoshi kamligini tanqid qildi 2020-yil 21-dekabr kuni Tanzila Norboyeva raisligida o‘tkazilgan Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya majlisida xotin-qizlarga oid bir qancha muammolar atroflicha muhokama qilindi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, Tanzila Norboyeva Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga qator savollar bilan yuzlanib, tikuv sexlari va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi ayollarning maoshi kamligini tanqid ostiga oldi. Bizdagi qonunchilikda ayollar va erkaklar maoshida hech qanday muammo yo‘q. Lekin bu bo‘yicha amaliyotda o‘rganish ham, tadqiqot ham o‘tkazilmagan. Men Xalqaro mehnat tashkilotidan mazkur masalada tadqiqot o‘tkazib berishini iltimos qilgandim. Chunki bizdagi vazirlarning erkagi ham, ayoli ham teng miqdorda maosh oladi. Tashkilotlarning boshqarma boshliqlarida ham xuddi shunday. Ammo tikuv sexlari va xizmat ko‘rsatish sohalarida ish beruvchilar oyliklarni juda kam qilib belgilab qo‘ygan. Ayollarning ko‘pchiligi imtiyozli kreditga uy-joy xarid qilishgan. Ular maoshi ozligi bois har oyda kreditini to‘lay olishmayapti. Bizning komissiyaga ham shu masalada ko‘plab murojaatlar tushmoqda. Hamma ish o‘rni yaratdim, deb hisobot beraveradi, lekin u ish o‘rini qanchalik daromadli va qay darajada muhofazalangan? Ayollar ishga olinganini eshitib, “Mana ish joyimga ega bo‘ldim, shu paytgacha uyda o‘tirgandim, endi oz bo‘lsa-da, pul topaman”, deya birdaniga xursand bo‘lishi mumkin. Biroq bir necha oy ishlaganidan so‘ng mablag‘ini hech narsaga yetkazolmay, juda qiyinaladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maoshlarning minimum miqdorini belgilash va uni oshirib borish bo‘yicha 2021-yilda nima ishlar qilmoqchi, rejalar qanday? Tanzila Norboyeva, Senat raisi Nozim Husanov ushbu savolga javob berarkan, mazkur masalaning yechimi ish unumdorligiga bog‘liq ekanini aytdi. Haqiqatan juda to‘g‘ri savol berdingiz. So‘nggi uch, to‘rt oy ichida ommaviy axborot vositalari orqali bizga aynan ish haqi miqdorlari bo‘yicha ko‘plab murojaat va e’tirozlar kelib tushdi. Hududlarda ish beruvchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarimizda ham bu masalani ko‘tardik. Bilamizki, hozirda respublikada ish haqining eng kam miqdori belgilangan, ammo joylarda tadbirkorlar bilan suhbatlashganimizda, ular bu masalani ish unumdorligi bilan bog‘lashdi. Ya’ni ish samaradorligiga qarab, ish haqini oshirishimiz mumkin, bunga qarshi emasmiz, degan fikrni ham bildirishdi. Ish unumdorligi o‘z navbatida bozorlarning ochiqligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi kunda hukumat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning bozorini ta’minlash bo‘yicha katta kompleks choralar ko‘rilmoqda. 2021-yildan ish haqi miqdori masalasiga ham e’tibor qaratamiz. Nozim Husanov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Avvalroq Tanzila Norboyeva ayollarni yuqori lavozimga tayyorlash, kerakli bilim va ko‘nikmalarni berish zarurligini, “aynan hozirgi davrda” ayrim ayollarning fohishalik bilan shug‘ullanishiga yo‘qchilik sabab emasligini ta’kidlagandi.
8O‘zbekiston
17 yil ichida birinchi marta. Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi tafsilotlari Qirg‘iziston prezidenti devonining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Oyzoda Subakojoyeva Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi. Tashrif 5-6 sentabr kunlari amalga oshiriladi. Ta'kidlab o‘tish lozim, O‘zbekiston prezidenti 17 yil ichida birinchi bor Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan keladi. Oyzoda Subakojoyevaning aytishicha, tashrif doirasida Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan tor doirada va keng tarkibda uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari bosh vazir Sapar Isoqov va Jo‘qorg‘i Kenes raisi Chinibay Tursunbekov bilan uchrashadi. «Tashrif doirasida qator idoralararo va hukumatlararo hujjatlar imzolanadi. Asosiy yakuniy siyosiy hujjatga prezidentlar tomonidan imzolanadigan qo‘shma bayonot aylanadi, unda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar bo‘ladi. Kutilishicha, yana bir muhim hujjatga qirg‘iz-o‘zbek chegarasi to‘g‘risidagi kelishuv aylanishi mumkin», - dedi Subakojoyeva. Samarqanddagi uchrashuvida Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari qirg‘iz-o‘zbek chegarasining delimitatsiya jarayonini faollashtirish topshirig‘ini berishgandi. Ishchi guruhi faoliyati faollashdi va doimiy asosda yo‘lga qo‘yildi, 16 ta uchrashuv o‘tkazildi. “Bugungi kunda umumiy chegaraning 1 ming 170 kilometri aniqlandi. Yana 217 kilometri qolmoqda. Ular bo‘yicha ish davom ettiriladi”, - dedi Subakojoyeva. Shu bilan birga, Qirg‘iziston prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi rahbarining ta'kidlashicha, davlat ichidagi barcha jarayonlar yakunlangan. Kecha parlamentdagi uchta qo‘mita kelishuvni ko‘rib chiqqan va ma'qullagan. Hujjat imzolash uchun tayyor. «Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlari tarixida davlat chegarasi to‘g‘risidagi kelishuv imzolanganidan so‘ng yangi yorqin sahifa ochiladi. Uning imzolanishi hamkorlikning barcha masalalari faollashishiga turtki beradi. Asosiy urg‘u chegara oldidagi hamkorlik, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratiladi. Biroq hozirdan hamkorlik barcha yo‘nalishlarda faollashganini aytishimiz mumkin, tovar aylanmasi o‘smoqda», - deya xulosa qilgan Oyzoda Subakojoyeva. Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasida rasmiy shaxslar uchrashuvlaridan tashqari, ikki davlat ishbilarmonlari, tegishli vazirlik va idoralar, Toshkent hamda Bishkek hokimiyatlari vakillarining uchrashuvlari rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Qirg‘izistonga so‘nggi davlat tashrifi 2000 yilning oktabrida amalga oshirilgan. Shavkat Mirziyoyev esa ushbu mamlakatga davlat rahbari maqomida ilk bora keladi.
8O‘zbekiston
Kosondagi bozor nega tartibga kirmaydi? “NasafNews.uz” nashri Qashqadaryo viloyatining Koson shahrida joylashgan dehqon bozoridagi tartibsizliklar haqida maqola e’lon qilindi. Quyida ushbu maqolaning to‘liq shakli keltirilgan. Ro‘zg‘or buyumlari xaridi uchun o‘zingizga yaqin hududda joylashgan bozorga otlandingiz, mahsulotlarni sotib olish uchun savdogarga yuzlandingiz, ammo shu paytda savdogar va xaridor o‘rtasida tartibsizlik tufayli nizo kelib chiqdi. Bunga kim aybdor? Sotuvchilar uchun sharoit yaratmagan bozor ma’muriyatimi yoki noqonuniy ekanini bilsa-da faoliyat olib borayotgan tadbirkormi? Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi markaziy dehqon bozori va buyum bozori atrofida yuzaga kelgan tartibsizliklarni ko‘rib shunday xayolga kelasan kishi! Chindan ham bir necha yillardan beri bu bozorlarning tartibga kelganini hech kim eslolmaydi. Hamma o‘zi bilganicha savdo-sotiq ishlarini olib boradi. Xaridorlarga ham farqi yo‘q. Toza bo‘ladimi yoki kir-chir har qanday mahsulotlarni sotib olishadi. Joyida iste’mol ham qilib ketaverishadi. Albatta, bunga kichik-kichik yoyma umumiy ovqatlanish maskanlari (choyxonalar)ning ham hissasi bordek nazarimizda. Mayli mahsulotlarni sotish va sotib olish masalasini chetga qo‘yib turaylik: Haydovchilar va piyodalarning tartibsiz harakatini asosiy masalaga ko‘tarsak, “bu hamma bozorlarda borku” deb ensangiz qotishi turgan gap. Ammo hamma bozorlarning qonun-qoidasida “yo‘l qoidasiga amal qilinmasin” degan gap yo‘qku! Kosondagi eng tirband joy shu yer ekanini hamma biladi. Ba’zan bu tirbandliklar natijasida yo‘l transport hodisalari ham sodir bo‘lib turadi. Xullas, haydovchi va piyoda bilib turib xohlagandek yo‘l qoidalarini buzib ketaverishadi. Buni afsuski, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari nazorat qilishga “kuchi yetmaydi”
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Janubiy Koreya sobiq prezidentining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari 27-noyabr kuni Janubiy Koreyaning Toshkentdagi elchixonasida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. “Taniqli siyosat va davlat arbobi, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim Yong Samning vafot etganligi munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nomidan elchixonadagi Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi”, — deyiladi vazirlik axborotida. Xabar berishlaricha, Janubiy Koreya tomoni bildirilgan dalda va hamdardlik uchun samimiy minnatdorchilik izhor etdi.
8O‘zbekiston
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid farmon imzolandi Shavkat Mirziyoev “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonni imzoladi. Unga ko`ra:  umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik sub`ektlarining bank kartalari va kontaktsiz to`lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to`lashga majburiy tartibda o`tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmaydi;  Toshkent shahrida o`tkazilayotgan onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR kodi asosida sovrinli o`yinlarni o`tkazish eksperimenti 2020 yilda barcha hududlarda amalga oshiriladi. Bugungi kunga qadar Toshkent shahrida 9 oyda 3,3 trillion so`mlik 16,3 millionta chek, viloyatlarda esa 6,3 trillion so`mlik 22,7 millionta chek chiqarilgan. Sovrinli o`yinlarning viloyatlarda joriy etilishi onlayn kassa mashinalariga o`tish jarayonini tezlashtiradi. Sovrinli o`yinlarga 1 milliard so`m ajratilgan bo`lib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga 524 million so`mlik sovrinlar o`ynaldi;  qurilish korxonalariga ishchilarni ularga ish haqini naqd pulda to`lash (mehnatga haq to`lash fondining 10 foizidan oshmagan holda) huquqi bilan hamda ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini saqlab qolgan holda shartnoma tuzmasdan yollashga muddatli ravishda ruxsat beriladi;  tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga vakolatli organni xabardor qilgan holda o`tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari natijalarini ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish tartibi joriy qilinadi;  soliq organlarining ma`lumotlarini qayta ishlash markazini zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta`minot bilan ta`minlashni tezlashtirish va birlamchi qo`shimcha jihozlash maqsadida 100 milliard so`m mablag` ajratiladi;
4Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevga “Respublikamizdagi mavjud moddiy madaniy me’ros obyektlarini tiklash, saqlash hamda muhofaza qilish maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevga “Respublikamizdagi mavjud moddiy madaniy me’ros obyektlarini tiklash, saqlash hamda muhofaza qilish maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Mazkur Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mamlakatimizda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, yurtimizning sayyohlik salohiyatini yanada yuksaltirishda ularning o‘rni va ahamiyatini oshirish hamda bu boradagi ishlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hukumat tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini ta’mirlash ishlariga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori yil sayin ortib bormoqda. Jumladan, o‘tgan yili moddiy madaniy meros obyektlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlariga jami 47,5 mlrd. so‘m, joriy yilda esa jami 58 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Shu bilan birga, deputatlar tomonidan hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar mazkur sohada o‘z yechimini kutib turgan bir qator masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan, bugungi kunda mamlakatimizda mavjud bo‘lgan 8 208 ta moddiy madaniy meros obyektlarining ma’lum qismi ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga muhtojdir. Ularning ayrimlarida bunday ishlar boshlab yuborilgan. Shu bilan birga, olimlar, xalq ustalari, restavratorlar, ekspertlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ta’mirshunoslikdagi o‘ziga xos uslub, an’ana va maktablarini rivojlantirish borasidagi ishlarning yetarli darajada tashkil etilmaganligi natijasida moddiy madaniy meros obyektlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan muddat va talab darajasida bajarilmayapti. Bu esa, tabiyki, mazkur yo‘nalishdagi ishlar uchun ajratilayotgan budjet mablag‘idan samarali foydalanishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Sizdan 10 kun muddatda quyidagi masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berishingizni so‘raymiz: vazirlik tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish ishlari uchun ajratilayotgan budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish borasida qanday amaliy ishlar olib borilmoqda? mamlakatimizdagi mavjud moddiy madaniy meros obyektlarini pasportlashtirish, ularning chegara tegralarini belgilash va kadastrlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar nimalardan iborat?; moddiy madaniy meros obyektlarini bus-butun holda saqlash va ularni kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.
10Qonunchilik
Tarixda birinchi marta Saturn halqalaridan suratlar yo‘llandi Cassini zondi tarixda birinchi bo‘lib Saturn va uning halqalari orasidagi hududga kirib bordi va u yerda olingan ilk suratlarni Yerga uzatdi. Noyob parvoz dalillari Milliy aeronavtika va kosmik kenglikni tadqiq qilish (NASA) boshqarmasining saytida namoyish qilindi.  "Buyuk tadqiqotchilar an'analarini davom ettirib, Cassini yangi yo‘lni bosib o‘tdi va bizga yangi mo‘'jizalarni namoyish etdi", - dedi NASA'ning sayyoralarni tadqiq qilish bo‘limi boshlig‘i Jim Grin. Cassini tomonidan yo‘llangan suratlarda Saturn atmosferasining o‘ziga xosligini misli ko‘rilmagan yaqin masofadan ko‘rish mumkin. "Hech bir kosmik qurilma hech qachon Saturnga bu qadar yaqinlashmagan. Men Cassini Saturn va uning halqalari o‘rtasidagi ushbu kenglikdan o‘tganini ma'lum qilishdan xursandman", - dedi Cassini missiyasi rahbari doktor Erl Meyz. Cassini zondi 1997 yilning 5 oktabrida Yerdan ko‘tarilgan va 2004 yilning 1 iyulida Saturnga yetgan. Shundan keyin zond bir necha yil davomida sayyora orbitasida bo‘lib, uning yo‘ldoshlari haqida ma'lumotlar to‘plagan. 2017 yilning 26 aprelida Cassini Saturn va uning halqalari o‘rtasidagi kenglik tomon yo‘naltirildi. Kosmik zarralar bilan to‘qnashuvlarning oldini olish uchun qurilmaning aylana antennasi o‘ziga xos qalqonga aylantirildi, bu aloqaning vaqtinchalik uzilishiga olib keldi. Cassini missiyasi tugashiga qadar zond Saturn va uning halqalari o‘rtasiga yana 21 "sho‘ng‘ish"ni amalga oshirishi kerak (keyingisi 2 mayga mo‘ljallangan). Shundan so‘ng uning bortida yoqilg‘i tugaydi va 2017 yilning sentabrida qurilma Saturn atmosferasida yonib ketishi kerak.
5Jamiyat
Fransiyada odamlar garovga olindi, Saloh Abdusalomni ozod etish talabi qo‘yildi Fransiyaning Treb kommunasida joylashgan supermarketda noma'lum shaxs odamlarni garovga oldi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda. Shahar meri so‘zlariga ko‘ra, supermarketda kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki inson jarohat oldi. Ularning ahvoli qay darajada og‘ir ekani aytilmayapti. Odamlarni garovga olgan erkak 2015 yilning noyabrida sodir etilgan teraktda ayblanayotgan Saloh Abdusalomni ozod etishni talab qilgan.  Ta'kidlanishicha, jinoyatchi avval fransuz razvedkasi nazoratiga ham tushgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, erkak o‘zini IShID tarafdori, deb atagan. Voqea joyiga uchta vertolyot, shuningdek, 50 nafar politsiyachi yetib keldi.
2Dunyo
Munosabat: Tirnoq ostidan kir qidirmaylik Muqaddas dinimizda: «Hamma narsa niyatga bog`liq», – degan ajib hikmat bor. Niyat xolis bo`lmas ekan, oqni qora, qorani oq ko`rish mumkin. Dunyoda bundan yomoni yo`q. Chunki bunda haqiqat poydevoriga darz ketadi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan voqea-hodisalarga ayrim fuqarolarimizning ijtimoiy tarmoqlar orqali o`z shaxsiy munosabatini bildirishga qiziqayotgani – yaxshi narsa. Biroq munosabatda munosabat borda. Ya`ni munosabat ham xolis bo`lishi kerak. O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning bir manzumasida odamlar eshakka minib ketayotgan chol bilan nevarani tanqid qilishadi. Ularni eshakka rahm qilmaganga chiqarishadi. Keyingi qishloqdan o`tayotganda chol eshakka minib oladiyu, nevara piyoda yuradi. Bu gal cholni nevaraga rahm qilmaganlikda ayblashadi. Uchinchi qishloqdan o`tishayotganda nevara eshakka minadi-yu, chol piyoda yuradi. Yana tanqidga uchrashadi... Nima qilsang ham odamlar gapiraveradi ekan-da, degan xulosa chiqadi asardan. Elning og`ziga elak tutib bo`lmas ekan-da. Yo`q: bunaqasi ketmaydi! Kuni-kecha mamlakatimizga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning davlat tashrifi bilan kelib ketgani ayrim fuqarolarimizning ijtimoiy tarmoqlarda turli-tuman munosabat bildirishlari uchun mavzu bo`ldi. Ularning aksariyatini bunday yaqin qo`shnichilik nihoyatda xursand qilgani bayon etiladi. Biroq bular orasida shundaylar ham topildiki, ularga qo`shni davlat rahbarining izzat-hurmati uchun poytaxtimiz ko`chalariga talaba yoshlarning saf tortib, ikki davlat bayrog`ini ko`tarib turishi ma`qul tushmabdi. Ana xolos! O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimiz tashqi siyosatini yangi pog`onaga ko`tarish, xalqaro maydonda obro`-e`tiborimizni yanada oshirish, avvalo, yon qo`shnilarimiz bilan ikki taraflama manfaatli do`stona aloqalarni yangi pog`onalarga ko`tarishning tashabbuskori bo`lib kelyapti. Qozog`iston Respublikasi, Qirg`iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston bilan aloqalarimiz borasida o`tgan bir yarim yildan oshiqroq davr mobaynida tamoman yangi sahifalar ochildi. Turkmaniston Prezidentini kutib olish bilan bog`liq tadbirlarda yoshlarimizning ishtirokiga yaxshi niyat bilan qarash zarur, deb o`ylayman. Axir yaqindagina O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi chog`ida ham bu qo`shni mamlakat yoshlari xuddi shunday hurmat-ehtirom ko`rsatdi-ku! Axir, mehmonnavozlik biz – Markaziy Osiyo xalqlarining qon-qoniga singib ketgan-ku. Ikki davlat hayotida yuz berib turgan shunday katta ijtimoiy-siyosiy voqeaga munosabatda bunday maydalashish yaxshilik alomati emas. Xullas, tirnoq ostidan kir qidirmaylik! Dildora OLIMOVA, jurnalist O`zbekiston Yoshlar ittifoqi huzuridagi «Yoshlar media markazi» nodavlat notijorat tashkiloti G`oyaviy rejalashtirish bo`limi boshlig`i
5Jamiyat
EI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Ukrainadagi harbiy operasiyalar to`xtatilganda yumshatishi mumkin Evropa Ittifoqi (EI) Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Ukrainadagi «maxsus harbiy operasiya» to`xtatilishi va qo`shinlarning olib chiqishi bilan yumshatishi mumkin. Ushbu fikrlarni EI tashqi ishlar xizmati rasmiy vakili Piter Stano aytib o`tdi. Shu bilan birga, u EI «xulq-atvorni o`zgartirish» yoki xalqaro yoki gumanitar huquq buzilishiga javob berish uchun sanksiyalar qo`llashini va EI qonunbuzarliklar bartaraf etilgan, deb hisoblamaguncha cheklovlar o`z kuchida qolishini ta`kidladi.  Stanoning so`zlariga ko`ra, sanksiyalar ro`yxatini uzaytirish va tuzatish to`g`risidagi qarorlar EI a`zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Ma`lumki, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam so`roviga javoban Donbassni himoya qilish uchun «maxsus harbiy operasiya» boshladi. Shundan so`ng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi.  Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Ko`plab davlatlar Rossiyaga, jumladan, Evropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, qator rasmiylar, tadbirkorlar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.
2Dunyo
Bilsa hazil, bilmasa chin: qiymati milliardlab so‘m bo‘lgan gaz quvurlari talon-taroj qilinganmi? KUN.UZ tahririyatiga respublikaning turli nuqtalaridan murojaatlar kelib tushmoqda. Xaqli murojaatlarni o‘rganish uchun mazkur hududlarga xizmat safarlari uyushtirib turamiz. Bu safar Samarqand viloyatiga tashrif buyurdik. Boisi, biz tashrif buyurgan hudud faollari tuman hududidan o‘tgan kamida 5 kilometrdan ortiq jamoa mulki - gaz quvurlari ba'zi mansabdor shaxslar tomonidan yo‘qotib yuborilganligi haqida murojaat qilishgan edi. Viloyatning Jomboy tumani “Beshbola” mahallasi faollari bilan uchrashuvda ular muammoni yotig‘i bilan tushuntirishdi. Aytishlaricha, Jomboy tumaniga 1968 yil Bulung‘ur tumani hududidan gaz tortib kelingan. O‘sha vaqtlar xususiy mulk bo‘lmaganligi sababli bu mulk jamoa mulki sifatida hudud balansida turgan. Mazkur quvurning uzunligi 11,5 kilometr bo‘lib, uning diametri 219 millimetr, qalinligi 8 millimetrni tashkil qilgan. Ba'zi noma'lum sabablarga ko‘ra, 2017 yildan mazkur hududlarda gaz berilishi butunlay to‘xtatilgan. Gaz quvuridan umuman foydalanmay qo‘yilgan. Hozirda esa aholi kuz-qish mavsumini o‘tin bilan o‘tkazib kelmoqda. Tegishli idoralarning bir necha qaror, buyruq va farmoyishlariga asoslanib, tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardagi gaz quvurlari va gaz taqsimlash qurilmalarini demontaj qilish (tugatish) to‘g‘risidagi topshiriqlarining ijrosini ta'minlash maqsadida, mazkur hududlarda gaz quvurlarni kesish yoppasiga “Markazgazta'minot” unitar korxonasining demontaj qiluvchi ishchi guruhi tomonidan boshlab yuborilgan. Unitar korxona endi hududdagi gaz trubalarini o‘z balansiga o‘tganligini ta'kidlashgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha unitar korxonada o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan mulk huquqi bo‘lmaydi. Ya'ni, korxona mulkni sotish huquqiga ega emas. Biroq korxona allaqachon qonunni chetlab o‘tishni boshlab yuborgan. Tuman hokimligidan kelib gaz quvurlarini kesayotgan shaxslarga arizachilar murojaat qilgan chog‘da ular yuqoridan topshiriq kelganligini aytishib, hech qanday hujjatlarni ko‘rsatmay, kesilayotgan quvurlar Urgut tumanida olib borilayotgan qurilish ishlariga ishlatilishini aytishgan. Lekin bu hududning keyinchalik gaz bilan ta'minlanish masalasi o‘ylab ham ko‘rilmagan. Aholining murojaat qilmagan tashkiloti qolmagan. Murojaatchilar eng quyi pog‘onadan boshlab eng yuqori pog‘ona vakillarigacha murojaat qilib kelgan. 2017 yil Bosh prokuraturadan kelgan shaxslar xalq qabulida bo‘lgan paytda ularga uchta papkadan iborat hujjat (murojaatlar, javob xatlari va boshqalar) ko‘rsatilganda, vakillar hujjat bo‘yicha 1128 metrga gaz quvurlari kesib olinishiga ruxsat berilganligini aytib, qolganini nega kesishadi, biz buni, albatta, oxiriga yetamiz, deb va'da berishgan. Vaziyat o‘sha-o‘sha, va'da esa kun sayin qarimoqda. Ortiqcha kesib olingan quvurlar miqdori o‘sha vaqtda taxminan erkin baholovchilar tomonidan 3 milliard so‘mdan ortiqqa baholangan. Muammo shu kungacha ijobiy hal etilmagan. Quvurlar kesishi so‘nggi bor taxminan bir oy avvalga qadar ham davom ettirilgan. “O‘zbekneftgaz” Milliy holding kompaniyasi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filialidan kelgan shaxslarga aholi qarshilik qilib, ularni quvurlarni kesishlariga jim qarab turmagan, jarayonni to‘xtattirib qo‘ygan. Ular esa tuman hokimi va yuqori tashkilotdan kelgan buyruqqa ko‘ra, tumandagi favvora qurilishiga ishlatish uchun quvur kesib olishi kerakligini aytgan. Aholi qarshiligi va Bosh prokuratura ishonch qo‘ng‘irog‘iga murojaat qilingach kesish ishlari to‘xtatilib, kesilgan quvurlar mahalla hududiga olib keltirilgan. Mulk talon-taroj qilinishi tinmay davom etib kelgan. Hududga bir necha bor tuman hokimiyati, tuman gaz vakillari kelib kesishni davom ettirishga uringan. Davlat mulki emas, shaxsiy mulk ham emas. Olaver, kamayib qolmaydi, tarzida kesib olish ishlari davom ettirib kelingan. Tuman aholisiga gaz berish masalasi ochiqligicha qolmoqda. Aholining tayyor gaz quvurlari o‘g‘irlanmoqda, talon-taroj qilinmoqda. Hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi ba'zi organlar befarq, hech qanday chora ko‘rmay kelmoqda. “Jomboygaz” tashkiloti esa ichki ishlar bo‘limidan kesib olishda amaliy ko‘mak so‘ragan. Hayriyatki, tuman ichki ishlar bo‘limi qonuniy asossiz quvurlarni kesib olishga yordam berilmaydi, deb javob qaytargan deydi mahalla faollaridan biri. Biz gaz trubalari kesib olinishi boshlangan hududga bordik. Boshlanishi va oxirgi kesib olingan hudud masofasini o‘lchadik. Rostdan ham kilometrlab gaz trubalar yo‘q bo‘lib ketgan. Mazkur muammolarni o‘rgangach, izoh so‘rab tumangazga bordik. U yerdagi qorovul tashkilot boshlig‘i ishdan chiqib ketgan, qayerda ekanligini bilmaymiz, deb aytdi. Keyin tuman hokimiyatiga bordik. U yerda tuman hokimiga duch kelmadik. Hokim o‘rinbosari bilan suhbat chog‘ida quvur bilan bog‘liq barcha ma'lumotni viloyatgaz biladi, degan javob oldik. Ular bilan telefon orqali so‘zlashganimizda gaz trubalari asosli kesib ishlatilmoqda, deb aytishdi. Lekin hujjatlarini ko‘rsak bo‘ladimi deyishimiz bilan bunaqa hujjatlar mavjud emasligini ta'kidlashdi. Xullas tuman, viloyat mansabdor shaxslari murojaat qilgan insonni bir-biriga yuzlantirib, biz bilmaymiz ular bilishadi qabilida ish tutib kelishgan va biz ham shu o‘yinda qatnashdik, taqdir ekan. Xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘rganilgan muammo juda jiddiy. Prezident xalq roziligi hammasidan ustunligini aytmoqda. Biroq Jomboy aholisi esa bunday o‘zboshimchaliklardan juda norozi. Adolat o‘rnatilishini istaydi, xolos. Mansabdor shaxslarning barchasi olib borilayotgan islohotlarni anglab yetishini xohlaydi. Tashkilotlar esa bunga befarq. Gap milliardlab summa ustida ketmoqda. Bunday ketishda qolgan gaz quvurlarining kesilib ketmasligiga kim kafil bo‘la oladi? Bu savolga javob berish ham amri mahol. O‘ylaymizki, mazkur muammo tez orada o‘z yechimini topadi. Aybdorlar o‘z ayblariga yarasha jazo olishadi. P.S.: Maqola yozilishi chog‘ida Jomboy tumani "Beshbola" mahallasidan qo‘ng‘iroq qilishdi. Aytishlaricha, tuman hokimi mahalla raisi Anvar Farmonovni soliq tushumlarini bajarmaganligi vaji bilan o‘z vazifasidan bo‘shatgan. Mahalla raisi ham ishdan bo‘shaganini tasdiqladi. Tuman soliq inpektsiyasi bajarishi lozim bo‘lgan ish uchun mahalla oqsoqoli ishdan olinishi kulguli holat. Qo‘ng‘iroq qilgan fuqaroga ko‘ra, tuman hokimi Umidjon Nazarov mahalladan “yuqoriga” ko‘p murojaatlar bo‘layotgani, qolaversa gaz quvuriga doir o‘rganishlarga javoban shunday chora ko‘rishga qaror qilgan. Yana kim bilsin?! Zafarbek Solijonov
5Jamiyat