text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
Rossiyaga 44 tonna nosvoy olib o`tmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi ustidan sud hukmi o`qildi
Rossiyaning Orenburg viloyati Akubulak tumanida davlat chegarasidan 44 tonna nosvoyni noqonuniy olib o`tmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi ustidan sud hukmi o`qildi, deb xabar qilmoqda Rossiya prokuraturasi matbuot xizmati.
Sudda xabar berilishiga ko`ra, 2016 yilning iyul oyida O`zbekiston fuqarosi bir necha kishilar bilan birgalikda Rossiya Federasiyasi hududiga Qozog`iston orqali 44 tonnadan ortiq nosvoy olib kirish vaqti qo`lga olingan.
Rossiya qonunchiligiga ko`ra, ushbu turdagi mahsulotni, inson sog`lig`i uchun xavfli bo`lgani tufayli, Rossiya hududida sotish, tashib o`tish ta`qiqlangan.
O`zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya JKning 30, moddasining 3 qismi, 238 modddasining 2 qismiga binoan jinoiy ish qo`zg`atilgan. (Bir guruh shaxslar tomonidan aholi sog`lig`iga zarar keltiruvchi mahsulot tashib o`tkazishga urinish)
Ushbu noqonuniy faoliyati uchun jinoyatchiga 1 yil qamoq jazosi, va 100 ming rubl jarima solindi. Undan tashqari jinoyatchi, aholi sog`lig`iga zarar etkazuvchi mahsulotni aniqlash, va yo`q qilish bo`yicha 250 ming rubl davlat xarajatlarini qoplashi kerak bo`ladi. | 6Jinoyat
|
O‘zbekistonda yangi yildan yagona o‘quvchi formasi joriy etiladi
O‘zbekistonda yangi yildan yagona o‘quvchi formasi joriy etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov OAV xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Darakchi.uz”.
“Davlat rahbari ta’kidlaganidek, maktab formasining bir xilda bo‘lishi birinchi navbatda o‘quvchilar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlaydi. O‘quvchi bilan talaba kiyimi ham bir-biridan farq qilishi kerak. Forma borasidagi taklifimizni ota-onalar yaxshi qabul qildi. Shu paytga qadar ham maktab o‘quvchilarining o‘z formalari bo‘lgan, biroq turli maktablarda turlicha edi”, — dedi Ulug‘bek Inoyatov.
Vazirga ko‘ra, hozirda dizaynerlar bu borada ish olib bormoqda. Yaqinda bu kiyimlar ota-onalar va pedagoglar muhokamasiga qo‘yiladi. Kelgusi yil yanvardan boshlab esa do‘konlarga tarqatiladi. | 8O‘zbekiston
|
O`zbekistonda 27 oktyabr kuni kutilayotgani ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi
O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati 27 oktyabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 18-20° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi. | 5Jamiyat
|
Damba o‘pirilishi oqibatida suvga g‘arq bo‘lgan Tulun shahridan reportaj (foto va video)
Rossiyaning Irkutsk viloyatida kuzatilgan kuchli yomg‘ir uchta daryo suvining o‘zanidan toshishiga olib keldi, deb xabar berdi TJournal.
Hududda favqulodda holat rejimi joriy qilingan. 31 ta aholi yashash punktida elektroenergiya o‘chib qolgan.
29-iyun kuni tongda suv toshqini 3,8 mingta uyga zarar yetkazgan, ularda 9 ming kishi yashashi aytilmoqda.
Eng og‘ir vaziyat 40 ming kishi yashovchi Tulun shahrida kuzatilmoqda. Bu yerda 900 ta uy suv ostida qolgan.
28-iyun kuni Iye daryosidagi himoyasi dambasi o‘pirilib ketganidan keyin qutqaruvchilar evakuatsiya ishlarini boshlagan.
O‘sha kuni kechqurun suv toshqini darajasi 12 metrga yetgan.
FVVning qayd etishicha, bir-ikki kun ichida vaziyat yanada og‘irlashadi.
Tulunda avtomobi stansiyasini suv bosgan hamda jamoat transporti harakatlanmayapti.
Hodisa oqibatida eng kamida bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi bedarak yo‘qolgan. Yuzlab odamlar vaqtincha yashash joyida, 16—18 kishi esa kasalxonada.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 2Dunyo
|
Jahon xom-ashyo birjalaridagi neft narxi 2015 yil iyulidagi raqamdan ko‘tarildi
Jahon qora oltin bozorida Brent navli neft narxi 2015 yil 21 iyulidan beri ilk marotaba barreliga 57 dollardan oshdi. OPeK va uyushmaga kirmaydigan davlatlar o‘rtasida neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvning imzolanishi neft qimmatlashuviga sabab bo‘lgan.
Shu bilan birga, WTI navli neft ham qimmatlashib, bir barreli 54 dollardan oshgan.
Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novakning ma'lum qilishicha, Venada imzolangan kelishuvga ko‘ra, Rossiya tomonidan neft qazib olishni qisqartirishning yakuniy chegarasi kuniga 10,947 mln barreldir. | 4Iqtisodiyot
|
Obama AQSh Kongressi qurol-yarog‘ lobbisi ta’siri ostida ekanligini ma’lum qildi
AQSh prezidenti Barak Obama Kongress AQSh Milliy o‘q otish assotsiatsiyasi ta’siri ostida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jamiyatning loqaydligi bilan qo‘shilib, mamlakatda qurol-yarog‘ muomalasiga oid vaziyatni o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi.
“Kongressda yaqin orada qurol-yarog‘ muomalasiga doir qonunchilik tashabbuslari bo‘lishini kutmayapman. Vaholanki, gap faqat qurol olib yurish an’anasini siqilgan yoki noto‘g‘ri yo‘naltirilgan yoki irqchi bo‘lgan 21 yoshli kishi qurol-yarog‘ do‘koniga bormasligini kafolatlovchi sog‘lom fikrni birlashtirish haqida boryapti”, — dedi Obama.
Eslatib o‘tamiz, AQShda qurol olib yurishni cheklash masalasi 17-iyun kuni Charlston shahridagi qora tanlilar cherkovida 21 yoshli Dilan Ruf 9 kishini otib o‘ldirgach yana diqqat markaziga ko‘tarildi. | 2Dunyo
|
Ellik yoshdan oshgan insonlarga har kuni iste’mol qilish tavsiya etiladigan 9 mahsulot
Yosh o‘tishi bilan salomatlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi, odam faol bo‘lgani bilan metabolizm yomonlashishi sabab holsizlik kuzatilishi mumkin. “Domashniy ochag” nashri 50 yoshdan keyin salomatlikni saqlash uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Loviya
Ikkinchi darajali qandli diabet, xolesterin miqdorining oshishi, oshqozon kasalliklari – bularning bari 50 yoshdan keyin boshlanishi mumkin. Ushbu kasalliklar xavfini kamaytirish uchun loviya yeyishni kanda qilmaslik kerak. Istalgan yoshda, ayniqsa ellikdan keyin tanqisligi kuzatiladigan kletchatka ushbu mahsulotda bisyor bo‘ladi.
Pomidor
Mazali va qip-qizil pomidor ajin tushishining oldini oladi. Unda terini shikastlanishlardan himoya qilib, erta ajin tushishini oldini oladigan antioksidantlar ko‘p bo‘ladi. Shuningdek, pomidorlar o‘pka uchun foydali hisoblanib, nafas olish bilan bog‘liq muammolarni yengillashtiradi. Yosh o‘tishi bilan pnevmoniya xavflari ko‘payishini inobatga olib, pomidorni yeyishni kanda qilmaslik kerak.
Lavlagi
Lavlagi energiya, miya faoliyati va yurak salomatligini yaxshilash xususiyatga ega. Undagi alohida modda arterial qon bosimni kamaytirib, qon tomirlarni kengaytiradi. Bu esa 50 yoshdan keyin erkak va ayollarda uchraydigan yurak kasalliklari va insult xavfini me’yorlashtirishda ahamiyatli sanaladi.
Kungaboqar pistasi
Terining yosh va go‘zalligini saqlash uchun pista yeyishni kanda qilmaslik kerak. Pista tarkibidagi E va C vitamini qarishning asosiy sababi hisoblangan zararli radikallar bilan kurashishga yordam beradi. Pistani salatga qo‘shib iste’mol qilish yoki shunchaki chaqish tavsiya qilinadi.
Pekan yong‘og‘i
Ushbu yong‘oqda yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan yog‘lar, flavonidlar bisyor bo‘ladi. Kuniga bir nechta yong‘oq iste’mol qilib yurak kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytirish mumkin.
Sut mahsulotlari
Mushaklar massasining birdaniga kamayishining oldini olish uchun tarkibida oqsil bisyor bo‘lgan mahsulotlar, xususan, sut mahsulotlarini yeyishni kanda qilmaslik kerak. Shu sabab ham kunlik taomnomadan yogurt, kefir va tvorog o‘rin olishiga e’tibor qaratish kerak. Qolaversa, sport bilan shug‘ullanishni ham yo‘lga qo‘yish kerak.
Qo‘ziqorin
Menapauza vaqti ayollarda suyaklar mo‘rtlashishi kuzatiladi. Bu bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun esa D vitaminiga boy qo‘ziqorinni kanda qilmaslik kerak. Qo‘ziqorinni nafaqat yoz, balki “quyosh” vitaminiga ehtiyoj yuqori bo‘lgan qish faslida ham iste’mol qilish kerak.
Olxo‘ri qoqi
Olxo‘ri qoqi ham suyaklar salomatligi va mustahkamligi uchun foydali bo‘lgan mahsulotlardan sanaladi. Kun davomida 5-6 donasini yeyish suyaklar massasining kamayishi bilan bog‘liq muammoning oldini oladi.
Tuxum
Istalgan yoshda foydali hisoblangan tuxumni, ayniqsa, ellikdan keyin doimiy ravishda iste’mol qilish kerak. Uni muntazam ravishda yeyish miya salomatligini mustahkamlaydi, keksayganda kognitiv qobiliyatlarni saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, tuxum mushaklar massasi uchun muhim bo‘lgan oqsilning koni ham sanaladi. Shu sabab ham kunni tuxumdan tayyorlangan omlet bilan boshlash tavsiya qilinadi. | 11Salomatlik
|
AQSh Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasini buzganlikda aybladi
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining Suriyada jangovar harakatlarni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyasi qoidalarini e’tiborsiz qoldirdi. Bu haqda Oq uy tarqatgan bayonotda aytiladi, deb yozadi “Vedomosti”. Hujjat mualliflari Sharqiy Gutadagi tinch aholi vakillarining o‘limi uchun javobgarlikni Moskvaning zimmasiga yuklamoqda.
“BMT Xavfsizlik kengashining butun Suriyada jangovar harakatlarni 30 kunga to‘xtatishni talab qiluvchi 2401-rezolyutsiyasi qabul qilinishini ortga surishga qaratilgan bir nechta urinishlardan keyin, Rossiya uning shartlarini e’tiborsiz qoldirib, aksilterrorchilik operatsiyalari degan soxta bahona ostida begunoh fuqarolarni o‘ldirishda davom etdi”, — deyiladi bayonotda.
Vashington Suriya prezidenti Bashar Asad rejimidan hamda uning Moskva va Tehrondagi ittifoqdoshlaridan Sharqiy Gutadagi jangovar harakatlarni to‘xtatib, 400 mingga yaqin aholi ehtiyojmand bo‘lgan gumanitar yordamni to‘siqsiz yetkazib berishga imkon berishni talab qilmoqda. | 2Dunyo
|
Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlaridagi uchuvchi qizlar
Odatda, uchuvchilik sovuqqon erkaklarga xos kasb sifatida qabul qilinadi. AdMe buning aksini ko‘rsatuvchi uchuvchi qizlar suratlarni taqdim etdi. | 3Foto
|
Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni Turkmanistonga boradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017 yil 17 sentyabr kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zA.
Davlat rahbari Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida Prezident qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari 17−27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Turdiyevning ma’lum qilishicha, musobaqalarda O‘zbekiston sha’nini 189 sportchi himoya qiladi.
Ular yengil atletika, og‘ir atletika, sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi), taekvondo, velosport (trek), ot sporti, shaxmat, suzish, tennis, futzal, basketbol (3×3), kurash, belbog‘li kurash, turkman kurashi, sport raqsi, kikboksing, muaytay, jiu-jitsu, sambo va bouling kabi sport turlaridan bellashadi. | 12Siyosat
|
O‘zbekistonning o‘rta muddatli istiqboldagi investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 iyunga qadar har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda, investitsiya jalb etish uchun ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli istiqboldagi investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar – ustuvor hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va siyosiy, shuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorligini yanada faollashtirish va rivojlantirishga qaratilgan aniq tadbirlar bo‘yicha takliflarni kiritadi.
Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar – ustuvor hamkorlar bilan hamkorligini yanada faollashtirish bo‘yicha taklif etiladigan tadbirlar va yo‘nalishlar Davlat dasturi va O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasidagi bayonnoma kuchga kirdi
2019 yilning 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi va Lyuksemburg Buyuk Gersogligi o‘rtasida Ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish va daromad va kapitaldan olinadigan soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etish to‘g‘risidagi konvensiyaga (1997 yil 2 iyul) O‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma (2017 yil centyabr oyida Lyuksemburg shahrida imzolangan) kuchga kirdi.
TIV xabariga ko‘ra, yangi hujjat soliqqa oid ma'lumotlar bilan almashishni xalqaro standartlarga mos holda olib borish va ikki tomonlama soliqqa tortish to‘g‘risidagi shartnoma shartlarini suiiste'mol qilishning oldini olish imkonini beradi.
Bu soliqqa tortiladigan bazani yo‘q qilish va foydani soliqqa tortishdan yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan harakatlar rejasining asosiy bandlaridan biri hisoblanadi.
Bayonnomaning 6-moddasiga binoan hujjatning qoidalari 2020 yil 1 yanvardan to‘lanadigan soliqlarga nisbatan qo‘llanila boshlaydi. | 8O‘zbekiston
|
Hindistonda ichida 40 nafar o‘quvchi bo‘lgan qayiq ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor
Hindistonning g‘arbiy sohillarida qayiqning ag‘darilib ketishi oqibatida kamida to‘rt nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda, ANI agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa 13-yanvar kuni ertalab, Maharashtra shtatining g‘arbidagi Daxanu shahri qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, noxush hodisa yuz bergan vaqtda qayiq ichida 40 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
Ularning 25 nafarini qutqarib qolingan. Ayni vaqtda hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyalari o‘tkazilmoqda. | 2Dunyo
|
Ertaga eng yaxshi «Real»ni ko`rasiz. Messi, Mbappe va Neymarga qarshi o`z rejamiz bor — Anchelotti
«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti EChL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi «PSJ»ga qarshi o`yin oldidan fikrlari bilan o`rtoqlashdi, deya xabar bermoqda "Tribuna" nashri:
— Eng yaxshi «Real» eng kuchli «PSJ»ga bas kela oladi. Parijdagi birinchi bahsimizda «PSJ»ning eng kuchli variantini ko`rdik, ertaga esa eng yaxshi «Real»ni ko`rasiz.
Karimda hammasi yaxshi. Benzema jarohatdan avvalgi jismoniy holatini tiklashga ulgurdi. Undan umidimiz katta.
Mbappeni qanday to`xtatmoqchimiz? Faqat Mbappe emas, Neymar, Messi va raqibning eng yaxshi o`yinchilariga qarshi ham o`z rejamizga egamiz.
Rejamiz shunday iboratki, to`p bilan ham, to`psiz ham birlashib zich o`ynash, kuchimizni 90 daqiqaga teng taqsimlab, kerakli natijaga erishishdir. Buning uchun aqlli o`ynash va g`alaba qozonish talab etiladi, - deydi Anchelotti o`yindan keyin.
Ma`lumot uchun, «Real» - «PSJ» uchrashuvi 9 mart, chorshanba oqshomida soat 01:00da boshlanadi. Dastlabki bahsda parijliklar minimal hisobda (1:0) g`alaba qozonishdi. | 13Sport
|
Pekindagi tumanlarning birida koronavirus sabab “harbiy holat rejimi” joriy etildi. COVID-19 tumandagi baliq bozorida aniqlangan
Pekindagi yirik bozorlarning birida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha to‘rtta va kasallikni belgisiz tashish bo‘yicha 45 ta holat qayd etildi. Bu haqda Pekin Kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish markazi rahbari Pan Sinxoga tayanib, Reuters xabar berdi.
Pekinning Fentay tumanida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgach, “harbiy holat rejimi” e’lon qilindi.
Koronavirus so‘nggi bir necha kun ichida tumanning 45 fuqarosida aniqlangan bo‘lib, ularda kasallik belgilari kuzatilmagan.
Kasallanish holatlarining barchasi Sindafigi oziq-ovqat bozori bilan bog‘liq. Ta’kidlanishicha, koronavirus import qilingan lososlarni kesishga mo‘ljallangan taxtadan topilgan.
Shu sababli shahardagi barcha bozorlar vaqtincha yopilgan. Shuningdek, hukumat maktablarni ochish to‘g‘risidagi rejani keyinroqqa qoldirishga qaror qilgan.
Avvalroq butun Xitoy bo‘ylab so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 11 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 7 ta holat aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Xitoyda koronavirusni zararsizlantiruvchi antitanalarga ega dori vositasini sinovdan o‘tkazish boshlandi
Ma’lumot uchun, Xitoyda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bir nafar bemorni davolashga XXR budjetidan 3,2 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanmoqda. Ayrim holatlarda og‘ir kasallanganlarni davolash uchun 140 ming dollargacha pul ishlatilmoqda. | 2Dunyo
|
Facebook bir yilda 70 mlrd dollar daromad qildi. Ijtimoiy tarmoqning oylik auditoriyasi 2,5 mlrd kishiga yetdi
Facebook’ning 2019-yildagi daromadi 27 foizga o‘sib, 70,7 milliard dollarni tashkil etdi, deya xabar beradi The Wall Street Journal kompaniyaning choraklik hisobotiga tayanib. Bu undan avvalgi yilga nisbatan 15 milliard dollarga ko‘pdir.
Meduza’ning yozishicha, sof daromad 7 foizga o‘sib, 7,3 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, kompaniyaning to‘rtinchi chorakdagi xarajatlari 2018-yilning to‘rtinchi choragiga nisbatan 34 foizga oshib, 12 milliard dollarga yetdi.
O‘tgan yil davomida Facebook aksiyalari 55 foizga o‘sdi va hozirda bitta qimmatli qog‘oz narxi 220 dollardan qimmatdir.
Ijtimoiy tarmoqning kunlik auditoriyasi 1,66 milliard foydalanuvchi, oylik auditoriyasi esa 2,5 milliard foydalanuvchini tashkil etadi. Har oyda kompaniyaning barcha dasturlari, jumladan, Instagram, Messenger va WhatsApp’dan 2,89 milliard kishi foydalanadi.
Forbes ma’lumotlariga ko’ra, choraklik hisobot e’lon qilingandan so‘ng, Facebook aksiyalari qariyb 7 foizga tushib ketdi. Shu sharoitda ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerbergning boyligi 5 milliard dollarga qisqarib, 77 milliard dollarga tushib ketdi.
Facebook foydalanuvchilarning hatto saytdan tashqaridagi ma’lumotlarini yig‘ishini oshkor qildi. Ularni o‘chirish mumkin | 2Dunyo
|
IIV Covid-19 markaziga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining shikoyati bo‘yicha munosabat bildirdi
Biroz avval Toshkent shahridagi gimnastika sport kompleksi hududida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Covid-19 markaziga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining davlat rahbari nomiga yo‘llagan shikoyati e'lon qilingandi.
Shikoyatda 116 nafar tibbiyot xodimlari mehnat haqi va shartlari bir taraflama o‘zgartirilayotganidan norozi bo‘lishgandi. IIV ushbu murojaatga nisbatan o‘z rasmiy munosabatini bildirdi.
«O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasining «Universal» sport majmuasida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vaqtinchalik shifoxonasida mehnat faoliyati olib borgan hamda ayni vaqtda ishlab kelayotgan tibbiyot xodimlari tomonidan Kun.uz rasmiy sayti orqali yo‘llangan murojaat vazirlikning mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 461-son qarori talablariga muvofiq, Ichki ishlar vazirligining Markaziy gospitali huzurida O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasining «Universal» sport majmuasida 750 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona tashkil etilgan. Mazkur vaqtinchalik shifoxona Toshkent shahar Yunusobod tumani Xo‘ja ota tor ko‘chasi 2-A uyda joylashgan.
Mazkur vaqtinchalik shifoxonaga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni qabul qilish 2020 yil 2 avgust kunidan boshlanib, hozirga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Vaqtinchalik shifoxonada tibbiyot xodimlarining ish tartibi 3 smenada tashkil etilib, hozirgi kunda jami 427 nafar tibbiyot xodimlari - 138 nafar shifokor, 154 nafar hamshira, 128 nafar kichik tibbiy xodimlar hamda 7 nafar dezinfektor faoliyat olib bormoqda.
Shifoxonada xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlari, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan «Covid-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha amaliy qo‘llanma»ga muvofiq davolash ishlari amalga oshirib kelmoqda.
Vaqtinchalik shifoxonaga shu kunga qadar 5942 nafar bemor murojaat etgan bo‘lib, shundan 1485 nafar bemorga tegishli tibbiy konsultatsiyalar berildi, 4457 nafar bemor shifoxonaga joylashtirilib, ulardan 3609 nafari sog‘ligi yaxshilangani sababli uylariga yuborildi, ayni vaqtda shifoxonada 690 nafar bemorga nisbatan davolash muolajalari olib borilmoqda.
Vaqtinchalik shifoxonada davolanayotgan bemorlar va mehnat faoliyatini olib borayotgan tibbiyot xodimlarini ovqatlantirish, laboratoriya va diagnostika xizmatlari o‘rnatilgan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida autsorsing shaklida amalga oshirilmoqda.
Yashash manzili olisda bo‘lgan tibbiyot xodimlari bepul yotoq-joy hamda 3 mahal issiq ovqat bilan ta'minlanib kelinmoqda.
Vaqtinchalik shifoxona faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, bemorlarni hamda jalb qilingan mutaxassis va boshqa xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zaruriy anjomlar bilan ta'minlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ–4652-son qarorining 1-bandida tibbiyot xodimlariga maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari har 14 kunlik «vaxta» usulidagi faoliyat davri uchun to‘lanishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, joriy yilning 20 avgust kunidan keyin tuzilgan mehnat shartnomalariga asosan mehnat faoliyatini olib borgan tibbiyot xodimlariga belgilangan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari har 30 kunlik ish davri yakuni bo‘yicha to‘lanishi qayd etilgan.
Mazkur bayon talablariga muvofiq, vaqtinchalik shifoxonaga tibbiyot xodimlarini jalb etish yuzasidan tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar o‘zgargani sababli, jalb etilgan tibbiyot xodimlari e'tiboriga yangi tartibni yetkazish maqsadida vaqtinchalik shifoxona hududida 2020 yil 9 sentabr kuni shifoxonada xizmat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida IIVning mas'ul xodimlari va vaqtinchalik shifoxonada tashkil etilgan shtab a'zolari tomonidan maxsus komissiyaning tegishli bayoniga muvofiq, ish tartibi «vaxta» usulidagi 14 kunlikdan 8 soatlik 3 smenadagi 30 kunlik ish tartibiga o‘tkazilishi hamda tibbiyot xodimlari uyiga borib-kelgan holda ishlashlari mumkinligi to‘g‘risida tushunchalar, shuningdek, yig‘ilishda ishtirok etgan tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Mazkur tushuntirish ishlari olib borilishi davomida aksariyat tibbiyot xodimlari belgilangan tartibni to‘g‘ri qabul qilib, har bir xodim bilan qo‘shimcha kelishuv tuzgan holda ixtiyoriy ravishda mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Yig‘ilish yakunida 30 kunlik ish tartibida o‘zining ish faoliyatini davom ettirish istagini bildirmagan 4 nafar tibbiyot xodimlari shu kunning o‘zida mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishdi va ularga 20 avgust kunidan boshlab 30 kunlik ish tartibi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, maxsus rag‘batlantirish to‘lovlari amalga oshirildi», deyiladi Ichki ishlar vazirligi e'lon qilgan rasmiy munosabatda. | 8O‘zbekiston
|
Davlat xaridlarida takliflar qanday tanlab olinadi?
Xarid komissiyalarining faoliyatini tashkil etish va eng yaxshi takliflarni tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan, deb yozmoqda Norma.
Komissiyalarni tashkil etish va takliflarni tanlash tartibi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun, Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF–5624-son farmoni va Prezidentning 27.09.2018 yildagi PQ–3953-son qarori qoidalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Prezidentning 22.01.2018 yildagi PQ–3487-son qarorida ro‘yxati belgilangan strategik xaridorlar uchun hujjat tavsiya tusiga ega bo‘ladi.
Eng yaxshi takliflarni tanlash – xarid qilish tartib-taomillarining raqobatli turi bo‘lib, quyidagi davlat xaridlarida qo‘llaniladi:
• davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta'minlash, O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta'minlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda;
• respublika prezidenti sayloviga, Oliy Majlis, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun.
Tanlash bilan bir qatorda, qonunchilikka muvofiq boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan elektron auksion yoki elektron do‘kon orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish mumkin.
25 EKIHdan oshmaydigan miqdorda, shuningdek qonunchilikka muvofiq yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchidan xarid qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 25 EKIHdan ortiq miqdorda xarid qilishda xarid qilish tartibi tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, u ochiq yoki yopiq shaklda bo‘lishi mumkin. Hukumat tomonidan belgilangan hollarda, agar xaridlar to‘g‘risidagi shartnoma davlat sirini tashkil etuvchi obektga, shuningdek, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini ta'minlash uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obektga nisbatan tuzilgan bo‘lsa, tanlash yopiq shaklda amalga oshiriladi.
Loyihada xarid komissiyasi (kamida 5 kishidan iborat) faoliyatini tashkil etish, tanlashda qatnashish uchun ishtirokchilarga ruxsat berishning asosiy jihatlari (Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilmagan talabgorlarga tanlashda ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yiladi) aks ettirilgan.
Tanlashni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida buyurtmachi buyurtmalarni, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) joylashtirish hajmi va muddatlari qayd etilgan reja-jadvalni majburiy tartibda portalda joylashtiradi, tanlashning yopiq shakli bundan mustasno. Tanlashni o‘tkazish to‘g‘risidagi e'lon qanday ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi kerakligi ko‘rsatilgan. Qayd etilishicha, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tavsifiga aniq tovar belgisiga yoki nomiga, patentga, konstruksiyaga yoki modelga, u mansub bo‘lgan muayyan manbaga yoki ishlab chiqaruvchiga doir talablar yoki havolalar kiritilmasligi kerak, xarid xususiyatlarini ta'riflashning boshqa yetarlicha aniq usuli mavjud bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
Tanlashni o‘tkazish tartibi, shuningdek takliflarni baholash usullari va mezonlari belgilangan. Chunonchi, quyidagi usullar qo‘llanilishi mumkin:
• ekspert baholash usuli;
• eng past narx usuli;
• yakuniy koeffitsiyentni aniqlash usuli;
• qiymat usuli;
• ball usuli va boshqalar.
Tanlash mezonlariga esa quyidagilar kiradi: narx, yetkazib berish shartlari, yetkazib berish muddati, tavsifnomalar va sifat ko‘rsatkichlari, to‘lov va kafolatlar shartlari, muayyan davrda foydalanish, ekspluatatsiya qilish va ta'mirlash xarajatlari.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. | 8O‘zbekiston
|
OAV: Zimbabvening yangi prezidenti inauguratsiyasi 24 noyabrda bo‘lib o‘tadi
Zimbabvening yangi prezidenti inauguratsiyasi 24 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Yangi prezident mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva bo‘ladi, deb xabar bermoqda Zimbabvening teleradiouzatish korporatsiyasi ZBC.
Associated Press axborot agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, Mnangagva shu munosabat bilan JARdan Zimbabvega uchib ketgan. OAVning ta'kidlashicha, aviabazada siyosatchini kutib olish uchun yuzlab odamlar to‘plangan. Ulardan ba'zilari Mnangagva suratlari va “Bizning qahramon, qaytayotganing bilan” degan yozuv bo‘lgan plakatlarni ushlab olishgan. Mnangagvani Zimbabve armiyasi bosh qo‘mondoni Konstantino Chivenga va hukmron partiya ZANU-PF a'zolari kutib olishlari, so‘ngra u endilikda sobiq prezident Robert Mugabe bilan uchrashishi kutilmoqda.
Zimbabveni 37 yil davomida boshqarib kelgan 93 yoshli Mugabe 21 noyabrda iste'foga ketishini e'lon qildi. | 2Dunyo
|
Bokudagi o‘yinlarga bag‘ishlangan dunyodagi eng katta shokolad shirinlikxo‘rlar hujumiga uchramoqda
Dunyodagi eng katta shokoladli rasm Boku muzeylaridan birida o‘rnatilgan bo‘lib, u shaharda o‘tkazilayotgan Yevropa o‘yinlariga bag‘ishlangan, deb xabar beradi “TASS” shokoladli ko‘rgazma tashkilotchisi Andrey Leyn ma’lumotiga tayanib. Barcha taqiqlarga qaramasdan, mahalliy shirinlikxo‘rlar uning mazasini bilishga intilmoqda.
“Nikolya shokolad ko‘rgazmasi” Bokuda Yevropa o‘yinlari boshlanishidan yarim oy avval ochilgan edi. Unga allaqachon 15 ming kishi tashrif buyurdi. Ko‘rgazmaning asosiy bezagi 215 kilogrammli ulkan shokoladli rasm bo‘lib, unda Ozarbayjon, Boku va birinchi Yevropa o‘yinlari ramzlari tasvirlangan.
Dunyodagi eng katta shokoladli rasmni yaratuvchilar uni Ginnessning Rekordlar kitobiga kiritish uchun ariza berdi. | 2Dunyo
|
And tog`larida ibtidoiy odamlarning dengiz sathidan 4500 metr balandlikdagi manzilgohlari aniqlandi
Peru hududidagi And tog`larida, dengiz sathidan 4500 metr balandlikda ibtidoiy odamlarning turar-joy izlari topildi, deb xabar bermoqda Sience jurnali. Bu ibtidoiy odamlar etib borgan eng yuqori joy hisoblanadi.
Olimlar eramizdan avvalgi o`ninchi mingyillikka tegishli deb hisoblayotgan bunday qarorgohlarda kislorod miqdori kam, quyosh nurlanishi kuchli va harorat haddan tashqari sovuq bo`lgan sharoitlarda ibtidoiy odamlar qanday yashay olgani hozircha aniqlanmagan.
Arxeologlar ikki manzilgohni o`rgangan bo`lib, Kunchayka g`orida qurollar bilan birga devoriy suratlar ham topilgani sababli bu erda yil bo`yi odam yashagani xulosa qilingan. Pukuncho g`orida esa lama ovi mavsumida odam yashaganidan dalolat beruvchi alomatlar topilgan.
Manba: daryo.uz | 2Dunyo
|
Namanganlik talaba tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi
2018 yil 24 dekabr kuni vaqtincha Namangan shahar 3-mikrorayonda yashagan, Namangan qurilish institutining yuqori kurs talabasi Sh. T. uyi oshxonasida gaz plitasidan sizib chiqqan tabiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etdi.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. | 5Jamiyat
|
Maktablarni kompyuter texnikasi bilan ta'minlash dasturi tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda respublikadagi umumta'lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan ta'minlash hamda xalq ta'limi tizimida axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2019-2020 yillarda ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnik vositalari bilan jihozlash hamda xalq ta'limi tizimida axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha “Umumta'lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan ta'minlash dasturi”, “Xalq ta'limi tizimida axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini joriy etish dasturi” tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Xalq ta'limi vazirligiga 2019-2020 yillarda respublikadagi umumta'lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan ta'minlash dasturini moliyalashtirish ishlarida xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda imtiyozli xorijiy grant va kreditlari, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida davlat budjetidan jalb etish choralarini ko‘radi.
Xalq ta'limi tizimidagi axborot tizimlarini yaratish va joriy etish, ta'lim muassasalariga kompyuter va orgtexnikalarini o‘rnatish va doimiy monitoringini olib borish bo‘yicha yagona integrator etib Xalq ta'limi vazirligining Xalq ta'limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi belgilanadi hamda o‘z vakolati doirasida Markazni topshiriqlari xalq ta'limi tizimidagi barcha tashkilotlar va muassasalar uchun majburiy deb belgilanadi. | 8O‘zbekiston
|
6 ta gol urilgan London derbisida “Arsenal” “Tottenhem”ni taslim qildi, Obameyangdan dubl (video)
2-dekabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 14-turidan o‘rin olgan navbatdagi London derbisi yakuniga yetdi.
Unda “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Tottenhem”ni qabul qildi. O‘yinda hisob 10-daqiqada ochildi. Pyer-Emerik Obameyang “Tottenhem” darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. 30-daqiqada Erik Dayer Kristian Eriksenning uzatmasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi. 34-daqiqada Harri Keyn “Arsenal” darvozasi tomon belgilangan 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib, “shporlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida Obameyang dublni rasmiylashtirib, muvozanatni tikladi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Aleksandr Lyakazett 74-daqiqada “Arsenal” hisobda oldinga olib chiqdi. 77-daqiqada esa Lukas Torreyra “kanonirlar”ning 4:2 hisobida g‘alaba qozonishini ta’minladi.
Angliya premyer ligasi
14-tur bahsi
2-dekabr, yakshanba
Gollar: 1:0 – 10, penalti Obameyang, 1:1 – 30 Dayer, 1:2 – 34, penalti Keyn, 2:2 – 56 Obameyang, 3:2 – 74 Lyakazett, 4:2 – 77 Torreyra.
“Arsenal” – Leno, Papastatopulos, Xolding, Kolashinats, Mustafi (Gunduzi, 71), Mxitaryan (Remzi, 46), Torreyra, Ivobi (Lyakazett, 46), Jaka, Belyerin, Obameyang.
“Tottenhem” – Lyoris, Vertongen, Devis (Rouz, 82), Orye, Foyt, Sissoko, Dayer, Eriksen, Alli (Uinks, 79), Son Xyon Min (Lukas Moura, 79), Keyn.
Ogohlantirishlar: Vertongen (9), Dayer (32), Mustafi (37), Jaka (49), Alli (65), Torreyra (78), Orye (90).
Chetlatish: Vertongen (85). | 13Sport
|
Hindistonda MasterCard kartalarini chiqarish taqiqlab qo‘yildi
Ma'lum qilinishicha, taqiqlov to‘lov tizimining amaldagi mijozlariga ta'sir qilmaydi.
«Ko‘p vaqt o‘tgani va kompaniyaga yetarlicha imkoniyatlar berilganiga qaramay, MasterCard talablarni bajarmayotgani haqidagi xulosaga keldik», deb aytilgan markaziy bank xabarida.
AQShning to‘lov xizmatlari ko‘rsatuvchi provayderlari bunday qoidalarga qarshi chiqib keladi, chunki bu choralar xorijda biznes yuritish xarajatlarini oshiradi.
Joriy yilda Hindistonda yuqoridagi sabablarga ko‘ra American Express va Diners Club kartalarini chiqarish taqiqlab qo‘yilgandi.
Mastercard hissasiga 2020 yilda Hindistonda plastik kartalar yordamida amalga oshirilgan barcha to‘lovlarning 33 foizi to‘g‘ri kelgan.
Mastercard dunyoning eng qimmat brendlari o‘ntaligiga kiradi. | 2Dunyo
|
Qodirov Chechenistondagi ommaviy zaharlanish haqidagi xabarlarni “qip-qizil yolg‘on” deb atadi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov mamlakatda ommaviy zaharlanish yuz bergani haqidagi xabarlarni rad etdi va ularni “qip-qizil yolg‘on” deb atadi, deb yozadi “RBK” Qodirovning “VKontakte”dagi sahifasiga tayanib.
Qodirovning ta’kidlashicha, na yakka tarzda, na ommaviy tarzda zaharlanish bo‘yicha holatlar qayd etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada uning buyrug‘i bilan barcha davolash muassasalari tekshirilgan.
Checheniston rahbari qo‘shimcha qilishicha, bunday mish-mishlar xalq orasida sarosima uyg‘otish uchun tarqatilmoqda. U tegishli organlarga provokatsiya tashkilotchilarini topib, ularni javobgarlikka tortish taklifini bergan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Chechenistonning Gudermes tumani aholisi yoppasiga ich terlama bilan kasallangani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. | 2Dunyo
|
Farg‘onada yapon oq turpi yetishtirilmoqda
Farg‘ona viloyatining Oltiariq va Rishton tumani chegarasida Qayrag‘och QFY bor. Bu yerdagilar o‘zining dehqonchiligi, noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan elda e'tibor topgan kishilardan. Mirzarahmon aka Bannopov uzoq yillar davomida viloyat rivoji uchun hissa qo‘shgan insonlardan. 2015 yilda nafaqaga chiqib dehqonchilikni yo‘lga qo‘ydi. Har doim noodatiy mahsulotlar o‘stirish va ularni parvarish qilish maqsadida bo‘lgan mehnat faxriysi Yaponiyadan oq turp urug‘larini olib kelib yerga qadadi.
Aytish joizki, yapon turpi takroriy ekin sanaladi. Takroriy ekin joylashtirilgan maydonlar esa yanada madaniylashtiriladi, yerga qayta ishlov berish orqali begona o‘tlar yo‘qotilib, tuproq unumdorligi ortadi. Eng asosiysi, aholimizni yil davomida vitaminlarga boy oq turp bilan ta'minlash imkoniyati vujudga keladi.
Boshqa sabzavotlarda mavjud bo‘lmagan o‘ziga xos ta'miga qarab, ko‘p taomlarga qo‘shimcha salatga qo‘shib iste'mol qilinadi. Yapon turpi tarkibida uglevodlar, fermentlar, vitaminlar, efir moylari bor. Ildizmevasida 90% gacha suv, shuningdek, qand, biriktiruvchi modda, uning fitonsid va bakteritsid xususiyatlarini belgilovchi oltingugurtli moddalar, kislotalar, natriy tuzi, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir, aminokislotalar va boshqalar bor. Yapon turpi o‘zining tarkibiga ko‘ra qish faslida, bahor boshlanishida, xalqimiz "ilik uzildi" deb ataydigan kunlarda, organizmda yetishmayotgan vitaminlar va mineral tuzlar o‘rnini to‘ldirishda juda foydalidir. U mikroblarga qarshi kurashuvchan kuchli xususiyatlarga ega.
Mirzarahmon Bannopov ayni vaqtda 60 yoshni qarshilagan. Ammo hamon uni kuch-quvvat, mehnatsevarlik tark etgani yo‘q. Bunday deyishimiz bejiz emas. Qahramonimiz har yili 30 sotixlik tomorqasida karam ham ekadi. Hamqishloqlarining gap-so‘zlariga qaraganda, bir yili u yetishtirgan bir dona karam 25 kilogramm tosh bosgan ekan.
Ish bilganga ming tanga, degan gap bor. Qayrag‘ochliklar buni birgina tomorqachilik misolida isbotlashmoqda. Shuning hisobidan kimdir yangi mashina sotib olyapti, kimdir imorat qurayapti. Yana kim uchundir bu asosiy daromad manbai bo‘lsa, boshqalarning oilaviy byudjyetiga qo‘shimcha foyda keltiryapti. Yana bir tomoni, tomorqadagi mehnat oilada voyaga yetayotgan farzandlar ongida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Yosh bola ketmonga yoki boshqa ish quroliga qo‘l tekkizadimi, hayotda qiyinchilikka uchramaydi, halol ishlash va yashashga harakat qiladi.
Ahror Ziyo, Farg‘ona | 5Jamiyat
|
Hemilton “Formula-1” poygalarining 5 karra chempioniga aylandi
Britaniyalik poygachi Lyuis Hemilton joriy “Formula-1” poygasining muddatdan avval chempioniga aylandi.
“Mersedes” a'zosi qatorasiga ikkinchi yil shohsupadan joy egallamagan holda Meksikadagi bosqichda jahon chempioniga aylanmoqda. U joriy bosqichda marraga to‘rtinchi bo‘lib kelgan, biroq ushbu natija unga faoliyatidagi beshinchi chempionlikni rasmiylashtirishga yetarli bo‘lgan.
Hemilton Meksika Gran-prisi doirasida umumiy jadvalda o‘ziga birinchi o‘rinni ta'minlab, ortidan kelayotgan Sebastyan Fetteldan yetib bo‘lmas darajada o‘zib ketdi. Fettel marraga ikkinchi bo‘lib kelgan.
G‘oliblikni esa Red Bull a'zosi, gollandiyalik Maks Ferstappen nishonlagan.
Joriy poygalarning yakunlanishiga yana ikkita bosqich – Braziliya va Abu-Dabi Gran-prilari qoldi.
Bungacha Hemilton 2008, 2014, 2015 va 2017 yillarda chempion bo‘lgan.
“Formula-1” tarixida eng ko‘p chempionlikni afsonaviy nemis poygachisi Mixael Shumaxer qo‘lga kiritgan. Uning hisobida 7 ta chempionlik unvoni (1994, 1995, 2000, 2001, 2002, 2003, 2004 yy.) bor. | 13Sport
|
Kim Chen In amaldorlarni KXDR aholisining yashash sharoitlarini yaxshilashga chaqirdi
KXDR hukumati fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilashni ustuvor vazifalaridan biriga aylantirishi kerak. Mamlakat rahbari Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi tuzilganining 76 yilligi munosabati bilan qilgan chiqishida shunday bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.
Kim Chen In mamlakatda sotsialistik qurilishni odamlar belgilashini ta’kidlab, barcha darajadagi rahbarlarni “ularga xudo kabi xizmat qilishga” chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, partiya amaldorlari “o‘z xatti-harakatlari xalq manfaatlarini buzib qo‘ymaydimi yoki ularga noqulaylik tug‘dirmaydimi, buni har doim inobatga olishi shart”.
Davlat rahbari partiya yanvar oyida bo‘lib o‘tgan qurultoyda belgilangan xalq xo‘jaligini rivojlantirishning besh yillik rejasini samarali ilgari surishga qat’iy qaror qilganini aytib, uni fuqarolarni oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash muammolarini iloji boricha tezroq hal qilishga undadi. U o‘z nutqida, shuningdek, partiya qurilishining so‘nggi o‘n yil ichidagi asosiy bosqichlari haqida gapirdi.
Kim Chen In KXDRning Janubiy Koreya va AQSh bilan munosabatlarini tilga olmadi. U 2011-yil oxirida hokimiyat tepasiga kelganidan beri birinchi marta Mehnat partiyasi tashkil topganining yubileyi munosabati bilan ma’ruza qildi.
10-oktabr kuni mamlakatda hukmron partiya tashkil etilganiga 76 yil to‘ldi. Bu kun harbiy parad va kuchlarni ko‘z-ko‘z qiladigan boshqa namoyishlarsiz o‘tkazildi. Gazetalarda partiya va Kim Chen Inning mamlakat va xalq oldidagi xizmatlariga bag‘ishlangan bir qancha maqolalar chop etilgan. Masalan, markaziy “Nodon Sinmun” tahririyati fuqarolarni rahbarni qo‘llab-quvvatlash uchun safarbarlikka chaqirib, Kim Chen Inning iqtisodiy muammolarni hal qilishdagi harakatlari haqida maqolalar chiqargan. | 2Dunyo
|
Navoiy viloyatida 115 yoshni qarshilagan ikki nafar nuroniy istiqomat qilmoqda
Navoiy shahrining Yoshlar markazida viloyatdagi nuroniylar ishtirokida “Keksalar duosini olaylik” va “Keksasi bor xonadon — fayzli xonadon” deb nomlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
Bugungi kunda Navoiy viloyatida 60 yoshdan oshgan 44 mingdan ziyod keksalar istiqomat qilmoqda. Ulardan 27 nafari 100 yoshni ortda qoldirgan, ikki nafar nuroniy esa 115 yoshni qarshi olgan. | 8O‘zbekiston
|
iPhone 12 Pro ishlash tezligi bo‘yicha Galaxy Note20 Ultra’ni ortda qoldirdi (video)
YouTube’dagi PhoneBruff kanali muallifi Apple va Samsung’ning ikkita yangi raqobatchi flagmanlari ustida oddiy test o‘tkazdi. Buning uchun u ikkala smartfonda ham turli harakatlar ketma-ketligini bir xil tezlikda amalga oshiradigan kichik mexanik qo‘lni yiqqan, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Kadr: YouTube
Real sharoitlarni imitatsiya qilish uchun bloger robot ketma-ket ochadigan mobil dasturlar va o‘yinlarni tanlagan. Smartfonlar tezkor xotiradagi dasturlarning qanchalik tez qayta yuklanishini tekshirish uchun testni ikki doirada o‘tkazgan.
Galaxy Note20 Ultra ikki karra ustunlik mavjud, chunki uning tezkor xotirasi 12 gigabayt, iPhone 12’da esa 6 gigabayt. Shu bilan birga, iPhone bozordagi ilk 5 nanometrli A14 Bionic protsessoriga ega bo‘lgan.
Test natijalariga ko‘ra, iPhone 12 Pro g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. U barcha mobil dasturlar va o‘yinlarni ishga tushirish jarayonida hamda qayta test vaqtida ham tezkorlik ko‘rsatgan. iPhone 12 Pro barcha amallarni bajarishga 2 daqiqa 24 soniya sarflagan bo‘lsa, Galaxy Note20 Ultra’da ushbu ko‘rsatkichi — 2 daqiqa 41 soniya.
Avvalroq iPhone 12 va 12 Pro ishlash samaradorligi bo‘yicha Android flagmanlariga yutqizib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 14Texnologiya
|
Bosh prokuratura Marg‘ilon bozoridagi yong‘in haqida ma’lumot berdi
8-iyundan 9-iyunga o‘tar kechasi soat 02:10 larda Marg‘ilon shahar, Pichoqchi MFY, Xiyobon ko‘chasi, 174A-uyda joylashgan “Marg‘ilon umumiy ulgurji savdo” MChJga qarashli ulgurji va chakana tovarlar sotishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli savdo pavilyonida yong‘in sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qilishicha, pavilyonda tungi navbatchilikda qolgan Sh.I. soat 02:00 larda 3-sonli savdo pavilyoni tom qismidagi elektr simida qisqa tutashuv bo‘lib, kuchli chaqnash yuz berganligini va natijada yong‘in kelib chiqqanligini ko‘rib, binoni elektr tarmog‘idan uzib, bu haqda darhol Marg‘ilon shahar yong‘in qutqaruv qismiga xabar bergan.
Soat 02:10 da yong‘in qutqaruv xodimlari hodisa joyiga yetib borgan va soat 04:20 da yong‘in bo‘lgan hudud qurshab olingan. Yong‘in soat 05:40 da bartaraf etilgan. Halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari va tadbirkorlarga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida bozorning 1575 kv. metr maydonida tomi va ichki qismi va unda saqlanayotgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan.
Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. | 8O‘zbekiston
|
Fotogalereya: Kattalarni ham qo‘rqitadigan eski o‘yinchoqlar
Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi va turli imkoniyatlarga ega ko‘plab o‘yinchoqlar mavjud. TravelAsk esa bir qator noodatiy eski o‘yinchoqlarga e’tibor qaratdi. | 3Foto
|
Bojxonachilar yashirin tarzda olib kirilayotgan 5 milliard so‘mlik televizorlarni aniqlashdi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdorda televizorlarni yashirin tarzda olib kirilayotgani fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan biri nomiga jo‘natilgan yuk konteynerlarida, hujjatlarga ko‘ra, 389 o‘rinda qiymati 5422 AQSh dollariga teng bo‘lgan «Sintetik ip» tovarlari bo‘lishi kerak edi.
«Biroq konteynerlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda unda hujjatlarda ko‘rsatilmagan qiymati 5 milliard so‘mlik jami 1206 dona LG rusumli televizorlar mavjudligi aniqlandi», – deyiladi
qo‘mita xabarida.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Akalaridan keyin o‘zbekistonlik yosh bokschilar ham Osiyo chempionatini 1-o‘rinda yakunladi
Tailand mezbonlik qilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati.
10 vazn toifasida ringga chiqqan o‘zbekistonlik sportchilardan besh nafari oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uch nafar bokschi kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, yana bittasiga bronza nasib qildi. Janglar davomida O‘zbekiston delegatsiyasining bittagina sportchisi shohsupaga chiqa olmadi.
-49 kg: Samandar Xolmurodov
-69 kg: Farrux Ilhomov
-75 kg: Rajabboy Otanazarov
-91 kg: Profsor Rorimsha
+91 kg: Lazizbek Mullajonov
-52 kg: Abdumalik Halakov
-64 kg: Bilol Mirzarahimov
-81 kg: Temur Ergashev
-60 kg: Saidjamshid Jafarov
Toshkent mezbonlik qilgan 2017-yilgi Osiyo chempionatida O‘zbekiston boks terma jamoasi 9 ta oltin medal bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, unda ishtirok etgan 10 nafar o‘zbekistonlikning hammasi Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
Ma’lumot uchun, yosh bokschilar o‘rtasidagi qit’a chempionatida Osiyoning 23 mamlakatidan sportchilar tashrif buyurgandi. | 13Sport
|
Fujairah Open – 2017: O‘zbekistonlik taekvondochilar xalqaro turnirni uchta oltin medal bilan tugatishdi
Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Birlashgan Arab Amiriklarining Fujayra shahrida o‘tkazilgan Fujairah Open – 2017 xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 550 ga yaqin taekvondochi qatnashdi.
Kadetlar bahsida O‘zbekiston vakillari Amirbek To‘rayev, Azizbek Rahmonberdiyev va Daniil Kim barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Javohir Xolmurodov kumush medal bilan taqdirlandi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchi Zuhra Ochilova shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy egalladi. Shuningdek, Islom Yo‘ldoshev, Dinora Muxtorova hamda Feruza Sodiqova o‘z vazn toifalarida bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan kattalar bahsida Nikita Rafalovich, Shuhrat Salayev, Nigora Tursunqulova kumush, Valentin Xegay, Maksim Rafalovich, Temur O‘rolov, Maftuna Ergasheva, Svetlana Osipova bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari “Fujairah Open – 2017” xalqaro turnirida 3 oltin, 5 kumush va 8 bronza medaliga sazovor bo‘ldi. | 13Sport
|
Koronavirus haqidagi hanuz javobsiz qolayotgan 10 savol
Koronavirus tarqalishi va u bilan bog‘liq cheklovlar asrlar davomida davom etadiganga o‘xshasa-da, SARS-CoV-2 virusi hali ham insoniyat uchun yangi bo‘lib, uni o‘rganish kerak. «Ko‘pchilik uchun bu juda qiyin. Odamlarga biz aniq javoblar berishimiz kerakdek ko‘rinmoqda, — deydi epidemiolog Saskiya Popesku. — Aslida esa, biz ko‘prik qurishga va undan yurishga bir vaqtning o‘zida harakat qilmoqdamiz. Bu biz uchun yangi kasallik va yangi vaziyat».
1. Koronavirusdan aslida qancha odam zararlandi?
27 may holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirishning tasdiqlangan 5,7 million holati va 354 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan. Ammo ko‘pgina mutaxassislar bu raqamlar yetarli emas, degan fikrda. Har bir zararlanish holatini kuzatish uchun bizda testlar va boshqa vositalar yetishmayapti. Dunyoda millionlab aniqlanmagan bemorlar mavjud bo‘lishi mumkin.
Biroq, aniq javob olish juda muhim. Agar hozir bilganimizdan ko‘proq odam zararlangan bo‘lib, ammo o‘lim soni o‘zgarishsiz qolsa, koronavirusdan o‘lim darajasi o‘ylaganimizdan pasayadi. Agar aniqlanmagan holatlar kamligi yoki o‘lim holatlari ko‘payganligi aniqlansa, qat'iy izolyatsiya choralarini qo‘llash samarali bo‘lgan hisoblanadi.
Gap shundaki, ba'zi insonlarning hech qanday simptomlarsiz holatda virus tashuvchisi bo‘lishlari yoki ijobiy test natijasi olishlari bilan murakkablashadi. Shunday qilib, ko‘pchilik o‘zi bilmagan holda virus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Ilgari ular asimptomatik tashuvchilar deb hisoblanar edi, ammo dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘pchilikda vaqt o‘tishi bilan kasallikning ayrim belgilari paydo bo‘ladi. Agar qo‘shimcha tadqiqotlar buni tasdiqlasa, e'tiborsiz qolayotgan holatlar soni uncha ko‘p emas.
Olimlar hozircha ehtiyotkorlikka qay darajada amal qilish borasida bahslashmoqda. Italiya, Ispaniya va Qo‘shma Shtatlardagi voqealar koronavirus juda xavfli bo‘lishi mumkinligini allaqachon isbotladi. Gap hozir holatga e'tiborsizlik qilish yoki beg‘am yashash mumkin yoki yo‘qligida emas, qanchalik ehtiyotkor bo‘lish haqida bormoqda.
2. Masofa saqlash o‘lchovlari qanday bo‘lgani ma'qul?
Ko‘pgina davlatlar karantin tartibiga o‘tib, iloji boricha hamma narsani yopishdi. Bu olimlar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi: aynan qaysi choralar virus tarqalishini sekinlashtirishi noma'lum. Ommaviy tadbirlar taqiqlanishimi? Parvoz cheklovlarimi? Masofaviy ish rejimiga o‘tishmi?
Florida universiteti biostatistika professori Natali Dinning so‘zlariga ko‘ra, eng xavflisi odamlar uzoq vaqt davomida yopiq binoda to‘planishidir.
Javoblarni topish uchun olimlar turli choralarni tanlagan mamlakat va shaharlar tajribasini o‘rganishmoqda. Masalan, Janubiy Koreya va Germaniya karantindan juda ehtiyotkorlik bilan chiqyapti. Ushbu jarayonni kuzatish shuningdek, Osiyo mamlakatlaridagi virusning ikkinchi to‘lqini, uning tarqalish xavfini aynan nima oshirib yuborishini tushunishga yordam beradi.
Qanday cheklovlarni qoldirib, qaysilaridan voz kechish mumkinligi natijalarga bog‘liq. «Vaksina paydo bo‘lishidan avval sanoat sivilizatsiyasi hayotini to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki vaksina yaratilishining o‘zi sanoat sivilizatsiyasiga aloqador», deydi Jons Hopkins universiteti sog‘liqni saqlash xavfsizligi markazi tadqiqotchisi Amesh Adaliya.
3. Bolalar virusni qanchalik faol tarqatishadi?
Avvaliga bolalarning virus yuqtirishi ham aniq emas edi. Vaqt o‘tishi ularning ham koronavirusdan aziyat chekishi ma'lum bo‘ldi va ba'zilarida COVID-19 g‘ayritabiiy tarzda kechmoqda, masalan, bolalarda arteriya tomir devorlari yallig‘lanishi kuzatilyapti. Vaholanki bolalar kam kasallanayotgan bo‘lsa-da, ular xavfdan yiroqda deb bo‘lmaydi.
Avvalgidek, bolalar koronavirusni qanchalik faol ravishda tarqatishi noma'lumligicha qolmoqda. Agar kattalardan kamroq bo‘lsa, maktablarni qayta ochish mumkin bo‘ladi. Ehtimol, sinflardagi o‘quvchilar soni kamayadi, partalar bir-biridan uzoqlashtiriladi va turli guruhlardagi tanaffuslar har xil vaqtda bo‘ladi. Qanday bo‘lmasin, bu ota-onalar uchun yengillik tug‘dirib, ularning xotirjam ishlashiga imkon beradi.
4. Nega ayrim joylarda jiddiy avj olish kuzatildi-yu, boshqalarida yo‘q?
Masalan, nima uchun Nyu-Yorkdagi koronavirusdan o‘lim darajasi Kaliforniya shtatiga qaraganda 14 marta ko‘p? Ba'zi hollarda, javoblar to‘liq tasalli beradi: qayerda avvalroq va yanada faolroq harakat qila boshlangan bo‘lsa, natijalar yaxshi. Ammo bu har doim ham to‘g‘ri emas.
Ko‘p narsa omadga bog‘liq. Masalan, bir hududda bir kishi supertarqatuvchi aniqlangan va juda ko‘p odamga yuqtirgan, boshqasida esa bu holat kuzatilmagan.
Ammo ba'zida bu ma'lumotlar savolga javob topishga yordam bermaydi. Tokio va Nyu-York mavzusiga qaytamiz. Yaponiya poytaxtida aholi zichligi yuqori va odamlar ko‘pincha jamoat transportidan foydalanishadi. Nazariy jihatdan, vaziyat Nyu-Yorkka qaraganda og‘irroq bo‘lishi kerak, ammo unday emas. Hatto ular virus bilan kurash choralarini kechroq amalga kiritishgan.
Shubhasiz, hali aniqlanmagan ba'zi omillar mavjud. Ehtimol, bu Yaponiyada uzoq vaqtdan beri keng tarqalgan niqoblarga bog‘liqdir. Yoki Tokio sanitariya me'yorlariga yaxshiroq rioya qilyapti. Yana bir taxmin esa umumiy aholi salomatligiga borib taqaladi. Javoblar topilishi bilan kelajakda shaharlar va mamlakatlar koronavirus va boshqa infeksiyalarning yana avj olishiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi kerakligi aniqlashadi.
5. Yozgi ob-havo virusga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
Agar issiq, nam ob-havoning o‘zi koronavirusga qarshi tura olganida Luiziana, Ekvador va Singapurda zararlanish holatlari bu qadar ko‘p kuzatilmasdi. Biroq, ko‘rinishidan yuqori harorat, namlik va ultrabinafsha nurlari virusga haqiqatan ham zarar yetkazmoqda. Issiqlikda virusning tashqi lipid membranasi zaiflashadi. Nam havoda virusli zarralarni o‘z ichiga olgan tupuk tomchilari yerga tezroq joylashadi.
Ultrabinafsha nurlarining dezinfeksiyalash xususiyati fanga allaqachon ma'lum.
Hammasi aholining yangi koronavirusga qarshi immunitetga ega emasligi bilan murakkablashadi. «Garchi ob-havoning ba'zi ta'sirini kuzatayotgan bo‘lsak-da, aholining yuqori zaiflik darajasi uning ta'sirini pasaytirmoqda, – deydi Harvard tibbiyot maktabi xodimi Mauritsio Santillana. – Ko‘pchilik hali ham virusga juda ta'sirchan. Shunday qilib, harorat va namlik rol o‘ynashi mumkin bo‘lsa ham, hali immunitet yetarli emas».
6. Park va plyajlarni ochish mumkinmi?
Virusning tarqalishi nuqtayi nazaridan tashqi makonlar kamroq xavflidir. U infeksiyalangan odamning tupuk tomchilari orqali tarqaladi va yaxshi shamollatiladigan joylarda, bu tomchilar boshqa odamga tushishi ehtimoli kamayadi. Agar issiq ob-havo va ultrabinafsha nurlarining ta'siri bo‘lsa, park va plyajlarga borish xavfsiz bo‘lishi mumkin. Bu barcha o‘zini o‘zi izolyatsiya qiluvchilar intizorlik bilan kutgan davr bo‘ladi.
Ammo savollar ochiqligicha qolmoqda. Bunday joylarda odamlar qanday masofalanishi kerak? U yerda do‘stlar va qarindoshlar bilan uchrashish mumkinmi? Yuqori xavf guruhidagi insonlarning parklarga borishiga ruxsat beriladimi? Jamoat joylarida 2 metr masofa saqlash, niqob taqish va odamlar to‘planishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar hali ham amalda.
7. Uzoq muddatli immunitet hosil bo‘ladimi?
Ehtimol, u faqat bir necha hafta yoki oy, balki bir necha yil davom etar. Buni g‘ayrioddiy holat emas: gripp va shamollashga qarshi ham uzoq muddatli immunitet rivojlanmaydi.
Koronavirus yuqtirishning takroriy holatlari haqida allaqachon xabarlar mavjud. Ularning tahlilning noto‘g‘ri ijobiy natijalari yoki boshqa narsalar bilan bog‘liqligi hali aniq emas.
Hatto vaksina ham faqat bir muncha vaqt davomidagina himoya qilishi mumkin. Biroq, bu keyingi avj olishlar hozirgi kabi shafqatsiz bo‘ladi degani emas. Grippni eslang. Endilikda amalda uning xavfini kamaytiruvchi vaksina va dori-darmonlar mavjud. Bundan tashqari, kasallikka chalingan odam organizmlari virusga nisbatan ko‘proq qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
8. 12-18 oyda vaksina paydo bo‘ladimi?
Bu kabi muddatlar haqida ommaviy axborot vositalarida tez-tez muhokama qilinmoqda, ammo barcha mutaxassislar ham bu fikrga qo‘shilmaydi.
«Vaksina bu yil kuzda yoki hatto keyingi yilda tayyor bo‘lishiga umid qilish ham juda optimistik fikrdir», deydi epidemiolog Josh Misho.
Vaqt vaksina ishlab chiqilishidagi juda muhim omil. Dori vositasi haqiqatan ham uzoq vaqt davomida himoya qilishini va uning xavfli nojo‘ya ta'siri yo‘qligini tushunish uchun olimlarga oylar kerak. Laboratoriya sharoitlarida qo‘l kelgan amaliyot haqiqiy dunyoda ham ish berishini tekshirish juda muhimdir.
Agar faqat vaksina yaratilishiga umid bog‘lansa, yana oylar va hatto yillar davomida ijtimoiy masofalanish choralariga rioya etib yashashga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, vaksinaga erisha olmaslik ehtimoli ham mavjud.
9. Covid-19 uchun dori yaratiladimi?
Vaksina yaratishning iloji bo‘lmasa ham, olimlar koronavirus xavfini kamaytiradigan dori yaratishi mumkin. Masalan, OIV bilan bo‘lgani kabi.
Vaqt o‘tishi bilan OITS qo‘zg‘atuvchilari bilan kurashadigan, uning tarqalishini sekinlashtiradigan, shuningdek infeksiyani boshqa odamga yuqtirish ehtimolini kamaytiradigan dorilar paydo bo‘ldi.
Koronavirusga qarshi shunga o‘xshash dorilar juda foydali bo‘lar edi. Xususan, koronavirus kasalligi kechishini og‘irlashtiradigan boshqa jiddiy xastaliklarga ega odamlar uchun. Ammo hozirgacha ko‘p muhim narsalar noma'lum. Masalan, kasallik semizlarda qiyin kechayotgani rostmi yoki gap ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi aksariyat odamlar chalingan diabet xastaligidami? Ular bir-biri bilan qanday aloqador? Javoblar turli odamlarning zaruratlarini tushunishga yordam beradi, dori paydo bo‘lishi esa asoratlar va o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
10. Sun'iy nafas yetkazib beruvchi jihozlar (IVL) ko‘proq ishlab chiqarilishi kerakmi?
Epidemiya boshlanishida hamma bunday moslamalar mavjud bo‘lganidan ko‘proq kerak bo‘ladi degan fikrda edi. Nafas olishda qiyinchilikka duch keluvchi bemorlarga yordam berish kerak deb ishonilgan. Ammo prognozlar buni tasdiqlanmadi. Aftidan, ijtimoiy masofalanish virus tarqalishini sekinlashtirdi, hatto eng og‘ir vaziyatlarni boshdan kechirgan Nyu-York kabi shaharlar shu orqali vaziyatni yo‘lga sola oldi.
Shuningdek, IVL apparatlarining foydasi avval o‘ylanganidan kamroqligi haqida taxminlar mavjud. Agar bemorlar undan juda uzoq vaqt foydalansa, u zarar yetkazishi mumkin. Ammo bu jumboqni aniq tushunish uchun vaqt kerak.
Shunday qilib, o‘pkani shamollatuvchi jihozlar bilan bog‘liq vaziyat ikki tomonlama. Bir tomondan, ushbu vosita biz o‘ylaganimizdan kamroq samara berishi mumkin. Boshqa tomondan, kasallarga yordam berishda ko‘plab qimmat va murakkab qurilmalarga ehtiyoj sezmasligimiz mumkin.
Odamlarning hayoti bog‘liq bo‘lgan savollarga aniq javoblar yo‘qligini tushunish qiyin. Bu noaniqlik, barchamiz duch keladigan qo‘rquv va xavotirni kuchaytiradi. Shuning uchun, mas'uliyat va ehtiyotkorlik haqida unutmaslik juda muhimdir. Hamma narsa biz kutgandek ketmagan taqdirda, moslashishga tayyor bo‘ling. | 2Dunyo
|
Olimlar inson umrini 18 yilga uzaytirish mumkinligini aniqladi
Shifokorlar nosog`lom turmush tarzining inson umri davomiyligiga qanday ta`sir ko`rsatishini aniqlab, sport bilan muntazam ravishda shug`ullanish hamda zararli odatlardan voz kechish inson umrini 18 yilgacha uzaytirish mumkinligini ta`kidlamoqda, deb yozadi “RIA Novosti” nashri.
Mazkur tadqiqot Kanada aholisi misolida sinab ko`rildi.
Olimlarning aniqlashicha, ichuvchi va chekuvchilar, sport bilan shug`ullanmaydigan va nosog`lom turmush tarzini kechiruvchilar sog`lom turmush tarzini kechiruvchi insonlarga nisbatan 17,9 yil kamroq yashashar ekan.
Avvalroq tadqiqotchilar tungi rejimda ishlovchilarda biologik va ijtimoiy ritm buzilishi sabab saraton kasalligi va utrli o`smalar, ortiqcha vazn va oshqozon yarasi ko`p uchrashini aniqlagan edi. | 2Dunyo
|
“Yashil” yo‘lak orqali 85 million so‘mlik dori vositalarini noqonuniy olib kirishga uringan shaxslar fosh etildi
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari ko‘p miqdordagi dori vositalari va tibbiy buyumlarining mamlakatimizga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.
“Moskva-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro Z.B. bojxona chegarasidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tayotib, yonida taqiqlangan yoki ortiqcha yuklari yo‘qligini ma'lum qiladi. Biroq bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgani sababli uning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi va uning qilmishlari fosh bo‘ldi.
Ma'lum bo‘lishicha, Z.B. yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida aytilmagan, umumiy narxi dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra 60 million so‘mlik 14 turdagi 409 dona stomatologik tibbiy buyumni olib kirishga uringan ekan.
Xuddi shu reys bilan uchib kelgan yana bir yo‘lovchi fuqaro A.J.ga ham bojxona chegarasidan “yashil” yo‘lak orqali 29 turdagi 113 dona dori vositalari va tibbiyot buyumlarini olib o‘tish “nasib” qilmadi. Ushbu shaxs qiymati 25 million so‘mlik ushbu tovarlar haqida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ham ma'lum qilmay turib, olib kirmoqchi bo‘lgan paytda to‘xtatib qolindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Toshkentda fuqaroni xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, keyinchalik esa hokim o‘rinbosari qilib tayinlash uchun 200 ming dollar so‘ragan er-xotinga sud hukmi o‘qildi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni mas’ul lavozimga tayinlab berish uchun katta miqdorda pul talab qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 13-oktabr kuni DXX, IIV, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.F. (1982-yilda tug‘ilgan ayol) va uning shar’iy turmush o‘rtog‘i D.A. til biriktirib, fuqaro Q.A. (ayol)ning ishonchiga kirgani aniqlangan. Ular fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimligi xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i etib, keyinchalik esa hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlab berishini va’da qilgan. Ular xizmati evaziga 200 ming dollar so‘ragan.
Tezkor tadbir davomida ular Toshkent shahridagi “Novza” metro bekati oldidagi savdo majmuasida fuqarodan kelishilgan pulning 130 ming dollarini olayotganda ushlangan.
M.F. va D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilingan. D.A.ga nisbatan 54 million so‘m jarima va 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. M.F.ga esa 27 million so‘m jarima va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilangan.
Avvalroq Qashqadaryoda uch nafar fuqaroni temiryo‘l uzeliga ishga joylashtirish uchun qariyb 70 mln so‘m olgan shaxs ushlangani, Buxoroda tadbirkorlarni aldab, 51 ming dollar pulni qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olingani, Andijon va Buxoroda fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan ish va o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlangani haqida xabar qilingan. | 8O‘zbekiston
|
TIVda Irlandiyaning yangi elchisi qabul qilindi
16 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Irlandiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Edrian Makdeydni qabul qildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qildi va uni O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Irlandiya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada kengaytirish istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ikki davlatning parlamentlari, ishbilarmon doiralari, ta’lim muassasalari, fan madaniyat va san’at arboblari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha fikr almashildi. | 12Siyosat
|
Afg‘oniston poytaxtida masjid oldida portlash yuz berdi, ikki kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxtidagi masjidda portlash yuz berdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, besh kishi tan jarohati olgan.
Mahalliy 1TV telekanalining xabar berishicha, terrorchi-hudkush imom Zamon masjidi oldida o‘zini portlatib yuborgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan so‘ng otishma yuz bergan.
Suicide Bomber Targets #Kabul Mosquehttps://t.co/UBwOpoR52W pic.twitter.com/0dx5rXcowg
— TOLOnews (@TOLOnews) October 20, 2017
Tolo News’ning xabariga ko‘ra, politsiya portlash yuz berganini tasdiqlagan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 10 kishi jarohat olgan bo‘lishi mumkin. | 2Dunyo
|
Yevropa Ligasini kim yutadi: «Marsel» yoki «Atletiko»?
Bugun, 16 may kuni Yevropa Ligasida final o‘yini o‘tkaziladi. Fransiyaning Lion shahrida «Marsel» va «Atletiko» klublari bellashadi.
Qizig‘i shundaki, «Marsel» bu o‘yinda zafar quchsa, UYeFA Kubogi/Yevropa Ligasida g‘alaba qozongan Fransiyaning ilk klubi bo‘lishi mumkin. «Atletiko» esa o‘z tarixida uchinchi marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.
Taxminiy tarkiblar:
Marsel: Mandanda — Sakai, Rami, Luis Gustavo, Amavi — Zambo-Angissa, Sanson — Toven, Payye, Okampos — Jyermen
Atletiko: Oblak — Vrsalko, Ximenes, Godin, Lukas Ernandes — Koke, Saul, Gabi, Korrea — Grizmann, Diyego Kosta
Avvalroq, jamoalar yevrokuboklarda bir-biri bilan ikki marta to‘qnash kelgan: Chempionlar Ligasi 2008/09 mavsumi guruh bosqichida «Atletiko» o‘z uyida 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Marselda esa 0:0 hisobi qayd etilgan.
Qiziqarli faktlar:
- «Marsel» o‘z tarixida ikki marta UYeFA Kubogi finalida o‘ynagan: 1999 yilda «Parma» (0:3) bilan, 2004 yilda «Valensiya» (0:2) bilan;
- «Atletiko» o‘z tarixida ikki marta Yevropa Ligasi finalida o‘ynagan: 2010 yilda «Fulhem» bilan (2:1), 2012 yilda «Atletik» (3:0) bilan;
- Fransiya klublari hech qachon UYeFA Kubogi/Yevropa Ligasida g‘alaba qozonmagan. «Marsel»dan tashqari, unda «Bastiya» (1977/78) va «Bordo» (1995/96) klublari ham o‘ynagan;
- «Atletiko» futbolchilari Vitolo va Kevin Gameyro «Sevilya» bilan qatorasiga uch marta Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘lishgan (2013/14, 2014/15, 2015/16).
Murabbiylar fikri.
«Marsel» bosh murabbiyi Rudi Garsiya:
«Bizda g‘alaba uchun imkoniyat ko‘p emas, ammo bor kuchimizni sarflaymiz. «Atletiko»ga qarshi o‘yin - biz uchun katta voqea. Bu klub so‘nggi 4 yilda 2 marta Chempionlar Ligasi finalida o‘ynagan. Avvalroq Yevropa Ligasida ham g‘alaba qozongan. Ammo Fransiyada o‘tkazilayotgan final biz uchun ajoyib imkoniyat. Fransiya klublari bu turnirda biror marta g‘alaba qozonmagan. Agar g‘alaba qozonsak, juda zo‘r bo‘lardi».
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone:
«Final juda zo‘r bo‘ladi. «Marsel» turnirni ajoyib o‘tkazmoqda. Ularning murabbiyi o‘yinni juda yaxshi tushunadi, tarkib ham maromida. «Marsel» yarimhimoya va hujumda xavfli. O‘yin juda og‘ir bo‘ladi, bu aniq. Chempionlar Ligasini tark etgach, bu turnirda g‘alaba qozonish ishtiyoqida edik. Mana finalga ham yetib keldik. Afsuski, zaxira o‘rindig‘ida bo‘lmayman, ammo Xerman Burgosga ishonaman. Biz bir xil fikrlaymiz, chunki ko‘p yillardan buyon birga ishlayapmiz».
Eslatib o‘tamiz, «Marsel» — «Atletiko» o‘yini 16 may kuni soat 23:45da boshlanadi. | 13Sport
|
Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” VIII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini hamda Qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “U
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012—2016-yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21 maydagi PQ-1758-son qarorini bajarish yuzasidan, qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni yanada jadal rivojlantirish, eng yangi texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan jihozlangan meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ixcham korxonalarni tashkil etish, yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan ilg‘or, yuqori samarali mini-texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan tanishish uchun fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olishda ularga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21 maydagi PQ-1758-son qarori bilan tashkil etilgan 2012—2016-yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish Idoralararo komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) 2013-yil 28—31 mayda Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazma maydonlari negizida:
Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning “Uzbekistan Agrominitech Expo—2013” (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” deb ataladi) VIII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini;
qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” deb ataladi) II Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini birgalikda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazma maydonlari ko‘rgazma ishtirokchilariga bepul beriladi, ko‘rgazma stendlarini qurish va qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalarini taqdim etish va xizmatlar ko‘rsatish esa belgilangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
ko‘rgazmalarni o‘tkazishning mavzuli rejalari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
ko‘rgazmalar doirasida 2013-yil 28—31-maydavrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ko‘magida, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari taqdimotlarini tashkil etgan holda, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati kinolektoriysida har kungi mavzuli seminarlarni o‘tkazishning namunaviy ssenariysi 3-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari rahbarlarining, respublikaning barcha mintaqalaridagi fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarining ko‘rgazmalarga kelish jadvali, shuningdek mintaqalardan ko‘rgazma ishtirokchilarining Toshkent shahrida bo‘lishi bo‘yicha birkitilgan mas’ul shaxslar ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ-449-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita Idoralararo komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun mini-texnologiyalar hamda ixcham asbob-uskunalar, shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalar va asbob-uskunalarning yetakchi jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarini ko‘rgazmalarda qatnashishga jalb etish bo‘yicha faol reklama-axborot va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ko‘rgazmalar ishtirokchilari o‘rtasida shartnoma asosida tarqatish maqsadida O‘zbekistonda va xorijda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning keng ko‘lamli katalogini nashr etsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda:
fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘plab talab qilinadigan mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar turlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga bir hafta muddatda taqdim etsinlar;
fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarining, shuningdek respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlarining qatnashishini ta’minlasinlar va kontraktlarni imzolashida ko‘maklashsinlar.
7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ-449-son qarorining 7-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” ko‘rgazmasida ishtirok etish doirasida, shuningdek ko‘rgazma-savdo davomida tuzilgan kontraktlarni bajarish yuzasidan qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarni chetdan keltiruvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlariga “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” ko‘rgazmasi doirasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalar va asbob-uskunalarni tender savdolari o‘tkazmasdan sotib olishga istisno tartibida ruxsat etilsin.
9. Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” ko‘rgazmasi natijalariga ko‘ra 2013-yil 30-iyungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligiga yetkazib berish uchun jahondagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan texnikaning zamonaviy va yuqori unumli turlarini tanlab olish yuzasidan takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalariga binoan ko‘rgazmalarning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan, shuningdek ularning ishtirokchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligining to‘lov undirilmasdan qo‘riqlanishini ta’minlasin.
12. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi:
ishtirokchilarni “Toshkent” aeroportida kutib olish va kuzatib qo‘yishlarni tashkil etish shtabi ishlari muvofiqlashtirilishini, bunda shtabning zarur miqdorda tashkiliy-texnika va aloqa vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek “Toshkent” aeroportida ko‘rgazmalar ishtirokchilariga transport xizmati ko‘rsatilishi nazarda tutilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalarga binoan ko‘rgazmaga yuborilayotgan ko‘rgazma yuklarining imtiyozli yuk tariflari bo‘yicha tashilishini, belgilangan yuk tariflaridan 30 foizli chegirma berilishini, yuklarning “Toshkent” aeroportida ishlanishi va saqlanishi uchun yig‘imlar to‘lovidan ozod qilinishini;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” va “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” ko‘rgazmalari ishtirokchilari uchun aviachiptalarning band qilinishi va sotilishini;
ko‘rgazmalar ishtirokchilariga “Toshkent” aeroportining SIP zalida to‘lov undirilmasdan xizmatlar ko‘rsatilishini;
aeroport binosi xonalarining “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” va “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” ko‘rgazmalari reklama ko‘rsatkichlari bilan jihozlanishini ta’minlasin.
13. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning hamda “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” va “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” ko‘rgazmalari ishtirokchilarining buyurtmanomalariga binoan ko‘rgazmaga yuborilayotgan ko‘rgazma yuklarining imtiyozli tariflar bo‘yicha tashilishini, belgilangan stavkalarning kamida 30 foizi miqdorida chegirma berilishini, belgilangan manzilga yetkazib berishning va temir yo‘lda ko‘rgazmaga olib kelinayotgan yuklarni tushirish uchun vagonlarning yig‘imlar undirmasdan o‘z vaqtida berishning tezkor kuzatib turilishini;
ko‘rgazmaga kelayotgan vagonlarning bo‘sh turib qolganligi uchun to‘lovlardan ozod qilishni ta’minlasin.
14. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ko‘rgazmalarga tayyorgarlik va ko‘rgazmalar ishlarining matbuot va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan internet-nashrlarda keng yoritilishini ta’minlasinlar.
15. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrominitech Expo — 2013” va “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” ko‘rgazmalariga keluvchilar uchun shartnoma asosida, imtiyozli shartlarda ma’lumotnoma-axborot bukletlari hamda sumkalar tayyorlanishini ta’minlasin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi hududlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Termiz shahrida 2021-yil 27-sentabr kuni Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir afg‘on tomonining iltimosiga binoan Afg‘onistonga import mollarini tranzit tashuvi bilan bog‘liq masalalarni hal etish maqsadida tashkil etildi. Muloqot dastavval eng zarur xalq iste’mol tovarlari – oziq-ovqatlar, dori-darmon, tibbiy anjomlar, kiyim-kechak va yonilg‘i xususida bordi.
Uchrashuvda muhokama etilgan masalalar, jumladan, Afg‘onistonda yuzaga kelgan og‘ir gumanitar vaziyat davrida mamlakatga yuklarni yetkazib berish va tranzit o‘tkazishda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yig‘ilish so‘nggida tomonlar eng dolzarb chegaraoldi masalalari yuzasidan ishchi aloqalarini davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
Bundan avval Turkiy kengashga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston bo‘yicha qo‘shma bayonoti qabul qilingani hamda Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik harbiy halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
Usmonov «Everton»ga ko‘z tikmoqdami?
Avgust boshlarida Alisher Usmonov Londonning «Arsenal» klubining o‘ziga tegishli aksiyalar paketini (30%) klubning asosiy aksiyadori Sten Kronkega naqd 550 mln funt sterlingga sotishga qaror qilgani ma'lum bo‘ldi. Bir haftadan so‘ng Bloomberg’ga bergan intervyusida rossiyalik milliarder futbol bilan xayrlashmoqchi emasligini va boshqa jamoalarga investitsiya kiritish masalasini ko‘rib chiqayotganligini bildirdi.
Usmonov jurnalistlarga bir nechta, xususan, Myunxenning «Bavariya», Italiyaning «Milan» va «Roma» klublari muxlisi ekanligini ma'lum qildi. Agarda foydali taklif bo‘lsa, milliarder «bu kelishuvni ko‘rib chiqishga tayyor».
Ammo yuqorida nomlari aytilgan klublar istiqbolli emas. Nemis futbolidagi qoidaga ko‘ra, aksiyalarning nazorat paketi (50+1) klubda qolishi kerak, shu sababli hech qanday pul evaziga klubning yagona xo‘jayini bo‘lishning imkoni yo‘q. Cheklovni aylanib o‘tish yo‘llari ham bor, ammo buni aksiyadorlari Adidas, Audi va Allianz SE (8,33%dan) bo‘lgan «Bavariya» bilan amalga oshirib bo‘lmaydi.
«Milan» yaqindagina Elliott Management Corp investitsion guruhi boshqaruviga o‘tdi va moliyaviy holatini yaxshilamaguncha sotilmaydi. «Roma» yetti yildirki amerikalik milliarder Jyeyms Palottega tegishli bo‘lib, keskin marketingni amalga oshirmoqda va 2020 yilda yangi stadionga ko‘chib o‘tmoqchi.
Usmonov uchun Liverpulning 140 yillik tarixga ega «Everton» jamoasi qiziqarliroq ko‘rinmoqda.
Hozirda klubning asosiy egasi Usmonovning qadrdon do‘sti va biznes hamkori Farhod Moshiri hisoblanadi. Ular 1990-yillar boshlarida tanishishgan, 2007 yilda esa birgalikda «Arsenal» aksiyalarini sotib olishgan. Usmonov 2016 yilda Moshirining «Arsenal»dagi ulushini, Moshiri esa «Everton»ning 49,9% aksiyasini sotib olgan. Ayrim manbalarning ta'kidlashicha, Moshiri 2018 yilda «Everton» direktorlaridan biri Jon Vudsning ulushini sotib olib (8,9%) klubning asosiy xo‘jayiniga aylanishi mumkin. U holda Moshiri klub ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadi va uni eski sherigi bilan bo‘lishishni rad etmaydi.
Usmonov 2017 yil boshidayoq Moshirining loyihasiga qiziqish bildirgandi: USM kompaniyasi yiliga 6 mln funt sterling evaziga «Everton»ning Finch Farm mashg‘ulot bazasi homiysiga aylangan. Yaqinda bergan intervyusida esa milliarder klubga yanada kattaroq investitsiya kiritish «ehtimoli borligini» va agarda Moshirini qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lsa «unga yordam berishdan xursand bo‘lishini» aytdi. Usmonovdagi imkoniyatlar bilan premer-liganing o‘rtacha jamoasini yuqori darajadagi jamoaga aylantirish ehtimoli keskin oshadi.
Sportdagi muvaffaqiyatlar nuqtai nazaridan olib qaraganda jamoaning natijalari maqtangulik emas. «Everton»ning 2017 yilda yangi o‘yinchilar uchun 142,4 mln funt sterling sarflashi (ikki «Manchester» va «Chelsi»gina undan ko‘proq pul sarflagan) hech narsa bermadi: jamoa chempionatda 8-o‘rinni egalladi va hattoki Yevropa Ligasiga ham ilasha olmadi. Bu yil transfer xarajatlari kamtarona bo‘ldi (£99,8 mln), biroq «Everton» «Arsenal», «Siti» va «Yunayted»dan ko‘ra ko‘proq xarajat qildi.
Ammo-lekin biznes ko‘rsatkichlarida o‘sish ko‘zga tashlanmoqda. «Everton» 2018 yilda Deloitte top-20 reytingiga qaytdi: klubning 2016/17 mavsumdagi daromadi 171,2 mln funt sterlingni tashkil etdi va bu avvalgi mavsumga nisbatan 50 mln funtga ko‘pdir. Bu asosan Angliya premer-ligasining yangi televizion shartnomasi bilan bog‘liq: «Everton» 2016/17 yilgi chempionatda 7-o‘rinni egalladi va 130,5 mln funt oldi. Tijorat daromadlari 31% ga oshdi. 2017/18 yilgi mavsumda jamoaning «libos» homiysi o‘zgardi. Futbolkadagi logotip uchun yiliga 5,3 mln funt to‘lagan Tailandning Gang pivosi o‘rnini yiliga 9,6 mln funt sterling to‘lagan Keniyaning SportPesa bukmekerlik kontorasi egalladi. Bundan tashqari, klub «yeng» homiysini ham topdi. Kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchi Rovio Entertainment Corporation klub hamkoriga aylandi.
Yangi stadion klub daromadi o‘sishida muhim omil bo‘ladi. 40 ming o‘rinli eski «Gudison Park» stadioni deyarli 100%ga to‘ladi (klub 32 000ta abonement sotadi), ammo yiliga kamtarona 14,5 mln funt daromad keltiradi (2016/17 yilgi mavsum ma'lumoti). 50–55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan yangi stadion esa yanada ko‘proq foyda keltiradi. Liverpul shahar kengashi «Everton»uchun Bremli-Mur-dok tumanida yangi stadion qurilishini ma'qulladi va klubga 280 mln funt sterling kredit ajratishga tayyor. Arxitektor Den Meysning loyihasi 450-500 mln funt deb baholanmoqda. «Everton» yangi stadionga 2022/23 yilgi mavsumda ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan, ammo Usmonovning ehtimoliy investitsiyalari bu jarayonni tezlashtirishi mumkin. | 13Sport
|
Isroil harbiylari ko`zdan yoshdan oqizuvchi gazdan foydalanishdi
Isroillik harbiylar G`azo sektorida falastinliklarga qarshi ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Oqibatda 350 nafar falastinliklar jarohat olishdi.Hozirda ular G`azo sektoridagi tibbiy punktlarga olib kelingan. Shuningdek, to`qnashuvlar oqibatida yana 50 kishi o`q tegishi oqibatida yaralangan. | 2Dunyo
|
Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvida ikki kishi vafot etdi
Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
YTH 25 avgust kuni soat 14:32 larda, Jizzax viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 «Termiz-Toshkent» avtomobil yo‘lining 965-kilometrida sodir bo‘ldi. Haydovchi M.R. (1983 y.t.) Zhongtong Bus rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan haydovchi, X.A. (1979 y.t.) boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasining chap yon tomoniga urilgan.
Natijada, Isuzu rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida ag‘darilgan. Ag‘darilish natijasida, ushbu avtomashina haydovchisi 41 yoshli X.A. va avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi 17 yoshli A.N. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. | 5Jamiyat
|
Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi «Gidromexanizatsiya» korxonasi tugatiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvqurilishta'minot” respublika birlashmasi tarkibidagi “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasini tugatish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvqurilishta'minot” respublika birlashmasi tarkibidagi “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasi faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
“Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasi faoliyatini tugatish komissiyasi tarkibi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hisobiga beg‘araz o‘tkaziladigan “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasi hisobidagi bino va inshootlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Tugatish komissiyasi (A.Mirzayev)ga:
“Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasini tugatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta'minlash, bunda:
“Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasiga yuklatilgan funksional vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tegishli tashkilotlari zimmasiga o‘tkazish;
“Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasining mavjud debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini xatlovdan o‘tkazish va ularning so‘ndirilishini ta'minlash;
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa vazifalarni bajarish yuklatiladi.
Belgilanishicha, “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasining ishchi-xizmatchilari oldidagi barcha majburiyatlariga O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Amu-Buxoro mashina kanalidan hamda Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmalari tegishliligi bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasining funksional vazifalari yuklatilayotgan tashkilotlarning tasdiqlangan shtatlar jadvallari va xarajatlar smetasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini;
ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar har yili O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishini;
mavjud texnika va mexanizmlar, jumladan zemsnaryadlarning barqaror ishlashini, ularning texnik holatini saqlash va kelgusida ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli amalga oshirilishini;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda pudrat ishlarini bajarilishida sohaga tajribali mutaxassislarni jalb qilishni hamda ularning malakaviy mahoratlarini doimiy ravishda oshirilishini ta'minlaydi. | 8O‘zbekiston
|
MMFI filialiga qabul kvotalari oʻzgartirilmaydi
QHTBT portalida «MMFI» MTYaUning Toshkentdagi filialiga 2020/2021 oʻquv yili uchun qabul kvotalari belgilangan loyiha joylashtirilgan.
Uni 2019/2020 oʻquv yilida boʻlgan miqdorda – 100 kishi, mavjud yoʻnalishlardan har biri: «Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi», «Yadroviy fizika va teхnologiyalar», «Issiqlik energetikasi va issiqlik teхnikasi», «Elektr energetikasi va elektroteхnika» uchun 25 nafardan qoldirish taklif etilmoqda.
Davlat test markazi abituriyentlarning qabul jarayonini, Aхborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi esa kirish sinovlarini videotasvirga olish va toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyasini tashkil etishni ta’minlaydi. Kirish sinovlarini oʻtkazish joyi ijarasi uchun toʻlovlar «Oʻzatom» agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda «MMFI» MTYaU filialini ochish toʻgʻrisidagi qaror 2018 yil iyul oyida qabul qilingan. Oliy ta’lim muassasasi Oʻzbekiston atom sohasi uchun kadrlar tayyorlashda tayanch dargoh boʻladi. Kelgusida filialda bakalavrlar tayyorlash yoʻnalishlarini kengaytirish va magistratura ochish rejalashtirilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 10Qonunchilik
|
O‘zbekistondagi 2021 ta masjidda hayit namozi o‘qildi (foto)
Muborak Ramazon oyi yakunlanib, 13-may erta tongida O‘zbekistondagi 2021 ta jome masjidlarida Hayit namozi (Iydul fitr) o‘qildi. Namozxonlar ibodat amalini ko‘tarinki ruhda ado etishi uchun masjidlarda qulay sharoit yaratildi, deb yozadi O‘zA.
Toshkentdagi “Novza” jome masjidida
Toshkentdagi Hasti Imom masjidi
Nukusdagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidi
Andijon shahridagi “Imomi A’zam” jome masjidi
Navoiy shahridagi “Alisher Navoiy” jome masjidi
Namangan shahridagi “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” jome masjidi
Samarqand shahridagi “Namozgoh” jome masjidi
Termiz shahridagi “Hakim Termiziy” jome masjidi
Qarshi shahridagi “Aralovul” jome masjidi
Marg‘ilon shahridagi “Xonaqoh” jome masjidi | 8O‘zbekiston
|
IFC O‘zbekistonda ekologik barqaror paxta yetishtirish bo‘yicha loyihani boshladi
Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O‘zbekistonda ijtimoiy mas'uliyatli va ekologik barqaror paxta yetishtirish bo‘yicha loyihani boshladi.
Mazkur loyiha paxta yetishtirishning ilg‘or tajribasini ishlab chiqish, paxta sektorida majburiy mehnatdan foydalanish xavfini kamaytirish maqsadida xalqaro standartlar talablariga javob beradigan barqaror paxta ishlab chiqarish standartlarini joriy etish orqali O‘zbekistonda paxta yetishtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
IFC ma'lumotlariga ko‘ra, loyiha 2017-2022 yillar mobaynida amalga oshiriladi. 2017-2018 yillar mobaynida Xalqaro moliya korporatsiyasi ikki viloyatda Better Cotton jahon standartlari asosida barqaror paxta ishlab chiqarish standartlari tizimini yaratish hamda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tajriba dasturini amalga oshiradi.
Tizim muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgach, u bu sohadagi 3 mingga yaqin fermer va agrofirma, paxta ishlab chiqaruvchilar bilan qamrab olinadi.
Loyiha IFC tomonidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi, «O‘zbekengilsanoat» AJ, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida amalga oshiriladi.
2019-2022 yillar mobaynida Loyiha ishi mamlakatning qolgan viloyatlarida paxta yetishtirish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar va barqaror paxta yetishtirish standartlar tizimini kengaytirish, hamda milliy darajada standartlar tizimini to‘liq ijtimoiy institut qilishga qaratiladi.
IFC milliy hamkorlar bilan birgalikda Loyiha ishi yakunlangandan so‘ng, mamlakatda tizimning barqaror ishlashini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan ekspertiza, tizim va infratuzilmani rivojlantirish ustida ishlaydi.
Loyihani amalga oshirish davomida Xalqaro moliya tashkiloti Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston paxta sektorida faol faoliyat ko‘rsatadigan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ushbu loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan IFC’ning ko‘p yillik hamkori bo‘lgan Vengriya EXIM Bank’i moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Urganchdagi g‘isht zavodi 440,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
«Hududgazta’minot» AJ xabariga ko‘ra, mazkur xumdonlarga o‘rnatilgan gaz jo‘mragi polietilen quvurlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, g‘isht pishirilgan.
Bundan tashqari, jamiyatga qarashli choyxona ham tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini qo‘pol ravishda buzib faoliyat ko‘rsatayotgani ma'lum bo‘lgan. Loyiha hujjatlarida ovqatlanish obekti temir quvurlar bilan gazlashtirilishi belgilangan bo‘lsada, amalda polietilen quvurlar orqali gazga ulanib, taom tayyorlash uchun mo‘ljallangan qo‘lbola 12ta komforkali uskunalardan foydalanib kelingan.
Ma'lum qilinishicha, «Jahongir» MChJ tomonidan sodir etilgan ushbu qonunbuzarliklar natijasida gaz yetkazib beruvchi tashkilotlarga jami 440,8 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Korxona hozirda gaz ta'minotidan to‘liq uzilgan. Mazkur ish bo‘yicha barcha hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan. | 8O‘zbekiston
|
Tokio-2020. Fransiya va Germaniya guruhda qolib ketdi, Ispaniya Argentinani uyiga jo‘natdi
Yaponiya Fransiyani yakson etdi
A guruhi
Fransiya – Yaponiya 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 27 Kubo, 0:2 – 34 Sakai, 0:3 – 70 Miyosi, 0:4 – 90 Maeda.
Fransiya U-23 – Bernardoni, Mishlen, Kasi, Kalulu (Sanyan, 62), Beka-Beka, Savane (Le Fe, 38), Tuzar, Toven, Pembele (Bar, 62), Kolo-Muani, Jinyak.
Yaponiya U-23 – Tani, Sakai (Xasioka, 55), Yosida, Nakayama, Tomiyasu, Kubo (Miyosi, 46), Xatate, Endo (Itakura, 72), Tanaka (Maeda, 80), Doan (Soma, 72), Ueda.
Ogohlantirishlar: Tomiyasu (22), Sakai (44), Pembele (58), Mishlen (66).
Chetlatish: Kolo-Muani (74).
Yaponlarning asosiy iste'dodli futbolchisi, transfer huquqi «Real»ga tegishli bo‘lgan, ikki mavsumni «Malorka» va «Xetafe»da ijara asosida o‘tkazgan Kubo turnirning asosiy yulduzi bo‘lmoqda. Hozirda Takefusa o‘z o‘yinlari bilan Yevropadagi jamoalar e'tiborini o‘ziga qaratmoqda. Avvalgi ikki turda bittadan gol urgan bu yosh futbolchi so‘nggi turni ham golsiz tark etmaydigan bo‘ldi, fransuzlar darvozaboni Bernardonining xatosidan keyin hisobni ochgan forvard Olimpiya o‘yinlaridagi barcha uch o‘yinda gol urgan yagona futbolchiga aylandi. Unga o‘xshash vaziyatda samuraylarning faxriy futbolchilaridan biri — «Marsel»ning 31 yoshli himoyachisi Sakai ham gol urdi. Birinchi turda Meksikaga yirik hisobda yutqazib, ikkinchi turda JARni qiyinchilik bilan mag‘lub etgan Fransiya guruh bosqichidayoq ishtirokini yakunladi.
JAR – Meksika 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 18 Vega, 0:2 – 45 Romo, 0:3 – 60 Martin.
JAR U-23 – Uilyams, Mukumela (Malangu, 67), Mohamme, Flers, Malepe, Sele (Mosele, 83), Maxlatsi, Mokuna, Kodisang (Frosler, 61), Singx, Makgopa (Ngobo, 83).
Meksika U-23 – Ochoa, Loronya, Montes, Sanches (Mora, 71), Romo, Antuna (Angulo, 77), Kordova (Eskivel, 71), Angulo, Vega (Laynes, 77), Martin (Agirre, 75), Rodriges.
Ogohlantirishlar: Mohamme (4), Sele (75).
Chetlatishlar: Malepe (57), Rodriges (66).
Parallel uchrashuvda Meksika intrigaga tezda barham berdi va Fransiyani guruhda qoldirgan holda ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga o‘tdi. Lekin buni sensatsiya deb ham bo‘lmaydi, chunki klublar yulduzlarni qo‘yib yubormagani uchun Fransiya ikkinchi tarkib bilan ishtirok etishga majbur bo‘ldi, bunday vaziyatda esa Yaponiya o‘z uyidagi Olimpiadada medallar uchun asosiy da'vogarlardan biriga aylanmoqda. Yaponlar pley-offda yangi zelandiyaliklarga qarshi yaqqol favorit.
Koreya ikki o‘yinda 10 gol urdi
B guruhi
Janubiy Koreya – Honduras 6:0 (3:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 12, penalti Hvang Iy Jo, 2:0 – 19, penalti Von Du Je, 3:0 – 45 Hvang Iy Jo, 4:0 – 52, penalti Hvang Iy Jo, 5:0 – 64 Kim Jin Ya, 6:0 – 82 Li Kan In.
Janubiy Koreya U-23 – Son Bom Gin, Jon The Uk, Pak Ji Su, Sol Yen U, Kan Yun Son (Kim Je U, 57), Kim Jin Gyu, Kim Jin Ya, Von Du Je (Kim Don Hen, 72), Kvong Chhang Hun (Li Don Gen, 73), Li Don Jun (Om Von San, 46), Hvang Iy Jo (Li Kan In, 57).
Honduras U-23 – Guiti, Dekas, Maldonado, Melendes, Nunes, Rodriges (Alvares, 70), Reyyes, Palma (Melendes, 43), Pineda (Rivas Vindel, 46), Oliva, Martines (Velaskes, 46).
Ogohlantirishlar: Melendes (17), Nunes (27), Melendes (51), Li Kan In (65).
Chetlatish: Melendes (39).
Bu guruhda yakuniy tur arafasida barcha jamoalarda ochkolar soni teng edi, shu tufayli ular uchun amalda pley-off chorshanba kuni boshlandi. Koreya chorakfinalga boksdagi nokaut bilan chiqdi, koreyslar so‘nggi ikki turda 10 gol urishdi, «Bordo» hujumchisi Hvang Uy Jo esa hondurasliklarga qarshi o‘yinda het-trik rasmiylashtirdi. E'tiborli jihati, bu o‘yindagi olti goldan yarmini koreyslar penaltidan urishdi.
Ruminiya – Yangi Zelandiya 0:0 (0:0, 0:0)
Ruminiya U-23 – Aioani, Kindrish (Dyakonu, 78), Gitse, Ratiu, Grigore, Floresku (Sefer, 87), Shtefan, Dulka (Chobanu, 78), Marin, Dobre (George, 78), Sintyan (Ganya, 59).
Yangi Zelandiya U-23 – Vud, Kakase, Elliott (Ingem, 46), Peynaker, Stamenich, Stensness, Bell, Jast, Vud, Garbett (Lyuis, 72), Chempness (Makkouett, 46).
Ogohlantirishlar: Garbett (21), Kindrish (28), Dulka (30), Elliott (42), Stamenich (89).
Parallel uchrashuvdagi durang natija esa Yangi Zelandiya foydasiga edi, bu jamoa guruhdagi yagona g‘alabasiga birinchi turda koreyslarga qarshi o‘yinda erishgandi va bu tarixiy natija ko‘rsatib, chorakfinalga chiqish uchun yetarli bo‘ldi.
Argentina uchun qo‘rqinchli tush
S guruhi
Ispaniya – Argentina 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 66 Merino, 1:1 – 87 Belmonte.
Ispaniya U-23 – Unai Simon, Xil (Valexo, 88), Pau Torres, Erik Garsiya, Pedri (Soler, 74), Merino (Monkayola, 88), Asensio, Olmo (Xil, 85), Oyarsabal (Rafa Mir, 74), Subimendi, Kukurelya.
Argentina U-23 – Ledesma, Errera, Medina, Peres, Mak Allister (Payyero, 55), Bravo (Mosevich, 83), Vera (Kolombatto, 55), Belmonte, Barko (de la Vega, 46), Gaych, Ursi (Almada, 70).
Ogohlantirishlar: Peres (9), Vera (53), Kolombatto (58), Payyero (61), Bravo (81), Xil (82), Mosevich (90).
Avstraliya – Misr 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 44 Rayan, 0:2 – 85 Hamdi.
Avstraliya U-23 – Glover, Suttar, Pires (Arzani, 46), Roulz, King, Uels (Baguelorich, 63), Janro (Bakkus, 46), Deng, Tilio, D`Agostino (Uots, 90), Metkalf (Devlin, 90).
Misr U-23 – Al-Shenavi, Al-Iraqi, Galal, Al-Fotu, Hegazi, Sobhi (Maher, 90), Tavfiq (Ashur, 90), Muhammad (Odil, 79), Hamdi, Rayan (Mansi, 79), Moxsen (Hamdi, 61).
Ogohlantirishlar: Tavfiq (36), Bakkus (77), Hamdi (90).
Kun o‘yinida turnir arafasida medallar uchun asosiy da'vogarlar sifatida ko‘rilgan ikki jamoadan biri uyiga yo‘l olishi kerak edi. Ispaniya o‘z uslubida to‘pga egalik qilib, o‘yinda ustunlik qilishga harakat qildi, Argentina ham to‘pni olib qo‘yish uchun o‘ynadi. O‘yinning qaysidir qismlarida oq-ko‘klar turnirdagi eng yaxshi futbolini namoyish etishdi, faqat ayrim qismlarda. Tanaffusgacha argentinaliklarda birorta golli vaziyat yuzaga kelmadi va pley-offga parallel uchrashuvda g‘alaba qozongan Misr chiqadigan bo‘ldi.
O‘z navbatida, «Qizil furiya»da vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha muammolar davom etmoqda. Oyyarsabal va Dani Olmo qulay vaziyatlarda darvozaga yo‘l topa olmadi, ammo baribir Olmo o‘yin taqdirini hal qildi, u ikkinchi bo‘limda Merinoning goliga assistentlik qilgach, argentinaliklar ikki gol urishi talab etildi. Gaych esa darvozabon hududida turib to‘pni darvozaga kirita olmadi.
Ammo shu epizoddan keyin ispanlar jamoasi mudofaasi bir lahzaga diqqatni yo‘qotdi, Unai Simonning reaksiyasi jamoani avtogoldan qutqargan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay Belmonte intrigani qaytardi. Lekin argentinaliklar qolgan bir necha daqiqada ikkinchi golni ura olishmadi. Olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan so‘nggi Yevropa jamoasi bo‘lmish Ispaniya yurishini davom ettiradi, o‘shanda ham Argentina o‘z tarixida ilk bor qatorasiga ikkinchi Olimpiadada guruhdan chiqa olmagandi.
Germaniyani durang qutqara olmadi
D guruhi
Germaniya – Kot-d`Ivuar 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 67, avtogol Henriks, 1:1 – 73 Leven.
Germaniya U-23 – Myuller, Henriks, Raum, Uduohay, Torunariga, Amiri (Shlotterbek, 88), Mayyer (Shtah, 79), Arnold (Leven, 46), Rihter (Toyhert, 62), Ahe, Kruze.
Kot-d`Ivuar U-23 – Tape, Singo, Diallo, Bayi, Dabila, Dumbiya (Diallo, 57), Kessie, Gradel, Keyta, Dao, Kuame (Uattara, 90).
Ogohlantirishlar: Kuame (1), Keyta (21), Arnold (30).
Avvalgi Olimpiadaning kumush medallari sohiblari uyga qaytadigan bo‘ldi. Germaniya ivuarliklarga qarshi o‘yin davomida raqibga jiddiy muammolar tug‘dira olmadi. Durang natija qanoatlantirgan afrikaliklar pragmatik o‘yin bilan maqsadga erishdi, jamoa raqib xatosini poylab o‘ynadi va Henriksni o‘z darvozasiga gol urishga majburlashdi. Shtefan Kuns shogirdlarini o‘yinga Eduard Leven qaytardi — yaqinda «Herta»dan «Bohum»ga o‘tgan 24 yoshli yarimhimoyachi, rossiyalik muhojirlar oilasi farzandi jarima zarbasini golga aylantirdi. Ammo yevropaliklar o‘yinda boshqa maqtagulik ish qila olishmadi, aksincha o‘yin oxirigacha yana bir necha gol o‘tkazib yuborishlariga bir baxya qoldi.
Saudiya Arabistoni – Braziliya 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 14 Mateus Kunya, 1:1 – 27 Al-Amri, 1:2 – 76 Risharlison, 1:3 – 90 Risharlison.
Saudiya Arabistoni U-23 – Bohari, Al-Amri, Abdulhamid, Ad-Dossariy (Al-G‘annam, 89), Al-Shahroniy, Al-Naji (G‘arib, 61), Hindi, Al-Hassan (Ali, 61), Al-Faroj (Al-Omran, 89), Ad-Dossariy, Al-Hamdon (Al-Ammar, 77).
Braziliya U-23 – Santos, Diyego Karlos, Arana (Abner, 90), Nino, Dani Alves, Bruno Gimaraes (Gabriel Menino, 84), Mateus Enrike, Antoni (Malkom, 46), Mateus Kunya (Martinelli, 84), Risharlison, Klaudino (Reyner, 71).
Ogohlantirishlar: Arana (26), Al-Shahroniy (29), Ali (74), Ad-Dossariy (80), Bohariy (90), Martinelli (90), Dani Alves (90).
Brazillar — turnirning eng beg‘am jamoasi. Jamoadagi holat shundayki, go‘yo ular qandaydir mas'uliyatli turnirda emas, biror tijoriy turneda ishtirok etishmoqda. Buni mehmonxona hollida Dani Alves, Risharlison va Diyegu Karlos uyushtirgan shoudan ham bilish mumkin, ular ayollar jamoasi murabbiyi - shvetsiyalik taniqli mutaxassis Pia Sundxage royal chalayotganida unga jo‘r bo‘lishdi.
Publikatsiya ot Seleção Feminina de Futebol (@selecaofemininadefutebol)
Braziliya uchinchi tur o‘yinida ham osonlik bilan hisobni ochdi, Klaudinyu burchakdan Mateus Kunening boshiga to‘pni tashlab berdi. Ammo bundan oldingi turda Germaniyani ham qiynab qo‘ygan arablar tezkor javob qaytarishdi va favoritni jiddiyroq o‘ynashga majbur qilishdi. «Selesao» tarkibda muhim o‘zgarishlar amalga oshirdi, Reyniyer va Malkomning o‘yinga qo‘shilishi o‘yinni o‘zgartirdi. Antonini almashtirgan Malkomni endi muxlislar har o‘yinda boshlang‘ich tarkibda ko‘rishni istashmoqda. Braziliyaning asosiy qahramonlari esa jamoa markazidagi motor Brunu Gimaraes va birinchi o‘yinda Germaniyaga uchta gol urgan, bu safar esa dubli bilan turnirdagi gollari sonini beshtaga yetkazib qo‘ygan Risharlison bo‘ldi.
Pley-off uchrashuvlari 31 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Guruhlar g‘oliblari Yaponiya, Janubiy Koreya, Ispaniya va Braziliya mos ravishda ikkinchi o‘rinlar vakillari Yangi Zelandiya, Meksika, Kot-d`Ivuar va Misrga qarshi o‘ynaydi. | 13Sport
|
Ramazonda oshqozonni tozalash borasida tabiblar nasihatlari
“Muslimaat.uz” muslimalar sahifasi Ramazon oyi kirishi munosabati bilan, oshqozonni tozalash borasida tabiblarning bir necha nasihatlarini havola qildi. | 1Ayollar
|
Rahimberdi Rahmonov Toshkent shahri bosh imom-xatibi etib tayinlandi
Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” jome masjididagi 4 yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining sobiq bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov 2018-yil 13-iyun kuni vafot etgandi. | 8O‘zbekiston
|
Toshkentda giyohvandlik moddasini sotib kelgan yosh yigit ushlandi
O‘tgan yili 1998 yilda tug‘ilgan Komiljon Sattorov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zi tengi Zabixillo Qalandarovga gugurt qutisidagi marixuana giyohvandlik moddasini 50 ming so‘mga sotadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
O‘sha kunning o‘zida Z.Qalandarov huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan to‘xtatiladi va uning yonidan giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtiriladi. Oradan bir haftaga yaqin vaqt o‘tgach, boshqa bir tanishiga yana bir gugurt qutisiga joylangan marixuana giyohvandlik moddasini 80 ming so‘mga o‘tkazayotganda K.Sattorovning o‘zi ham qo‘lga olinadi.
Sud tomonidan ayblanuvchilarning har biriga qilmishiga yarasha tegishli jazo tayinlandi. | 5Jamiyat
|
Rossiyada fikr kuchi bilan boshqariluvchi avtomobil yaratildi
Rossiyaning N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijyegorod davlat universiteti xodimlari fikr kuchi bilan boshqariluvchi mashina – neyromobil yaratishdi. Ma'lum qilinishicha, bu elektrokar jismoniy imkoniyati cheklangan odamlar uchun mo‘ljallangan.
Antiqa mashina Moskvada o‘tadigan “Vuzpromekspo-2017” ixtisoslashgan ko‘rgazmasida 13 dekabrda taqdim etiladi.
Mashinaning seriyali versiyasi narxi 550-990 ming rublni tashkil qiladi.
Universitet xodimlari odam miyasi va avtomobil bort tizimlari bilan axborot almashishga imkon beruvchi tizim ustida ishlashadi. Olimlar tomondan yaratilgan maxsus algoritmlar odam miyasidagi turli modallikdagi signallarni o‘qib, ularni mashinani boshqaruvchi tizimga uzatadi. Haydovchi fikran tegishli buyruqlar bilan avtomobilni, uning dvigateli, uzatmalar qutisini boshqara oladi.
Neyromobil 20 ot kuchiga ega asinxron elektrodvigatel bilan jihozlanadi. Mashina bir quvvatlanishda bosa oladigan masofa 200-600 km ni tashkil qiladi. Bu esa shahar ichidagi kundalik safarlar va qo‘shni shaharlar orasidagi masofani bosib o‘tishga yetadi. Yangi mashina L7 toifasi bo‘yicha sertifikatlanadi. Bu toifaga 4 g‘ildirakli, og‘irligi 400 kg dan, motori quvvati 15 kVtdan oshmaydigan transport vositalari kiradi. Mashinaning gabarit o‘lchamlari quyidagicha: eni 1480 mm, uzunligi 2995 mm, bo‘yi 1725 mm.
Ixtirochilarning aytishlaricha, kelgusida ushbu neyromobil platformasi negizida ekologik toza transport vositalari yaratiladi.
Mashinaning seriyali variantini 2019 yilda taqdim qilish rejalashtirilgan. | 14Texnologiya
|
Xitoyda koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinadan foydalanishga ruxsat berildi
Xitoyda aholining barcha yoshdagi guruhlarini Sinovac kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlashga ruxsat berildi. Bu haqda xorij nashrlari xabar bermoqda.
CoronaVac vaksinasi xorijda o‘tkazilgan so‘nggi klinik tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda ma'qullangan. Qayd etilishicha, tahlil yakunlari bo‘yicha oxirgi ma'lumotlar hozircha olinmagan.
Avvalroq Xitoyda vaksinadan yuqori xatar guruhidagi aholini emlash dasturi doirasida foydalanilgandi.
Bundan tashqari, Xitoyda o‘tgan yilning dekabridan buyon Sinopharm kompaniyasi vaksinasi qo‘llab kelinmoqda. Sinovac mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan ikkinchi vaksina bo‘ldi.
Shuningdek, Indoneziya, Turkiya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Urugvay va Laosda ushbu vaksinadan shoshilinch holatlarda foydalanishga ruxsat berilgan. | 2Dunyo
|
2020 yilda sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi
BHTP sug`urta kompaniyasi tomonidan 2020 yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi.
Sug`urtachilar fikriga ko`ra, Avstraliya — sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakat. Yirik o`rmon yong`inlariga qaramay, aynan ushbu mamlakatni sayyohlar xavfsiz sayohat uchun birinchi o`ringa loyiq deb topishdi. Aytishlaricha tabiiylik va ekzotika mujassamlashgani uchun ham turistlar Avstraliyaga sayohat qilishni xush ko`rishadi.
Ikkinchi o`rinda — Shvesiya. Darhaqiqat yoshlarga ham, yoshi ulug` insonlarga bu mamlakat birdek yoqadi.
Uchinchi o`rinda — yoshlar ko`proq borishni yaxshi ko`radigan mamlakat Yangi Zelandiya. Mo``tadil iqlim, ajoyib infratuzilma, sifatli tibbiyot, yuqori tezlikdagi internet, tep-tekis yo`llar kimga ham yoqmaydi deysiz!
2020 yilda sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar (top-10) | 2Dunyo
|
Ichmaydigan Vitsin, suvga oqib ketgan Shurik. “Kavkaz asirasi” filmi haqida tomoshabinga ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlar
1967-yilda suratga olingan, rejissor Leonid Gaydayning shedevrlaridan biri bo‘lgan “Kavkaz asirasi” filmi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
“Kavkaz asirasi” filmining g‘oyasi “I operatsiyasi” filmining suratga olish jarayonida tug‘ilgan. Avvaliga film ikki qismdan iborat bo‘lgan, birinchisi biz uchun ma’lum bo‘lgan versiya. Ikkinchisiga ko‘ra esa, filmdagi ma’lum uchlik tog‘ga qochib ketgan va iziga tushgan militsiyani adashtirish uchun u yerda qor odam bordek mahalliy aholini vahimaga solgan. Leonid Gayday voqealar rivoji qaysidir ma’noda Eldar Ryazzanovning komediyasini takrorlanishi deb hisoblab ikkinchi qismdan voz kechgan.
Aslida, film boshqacha boshlanishi kerak bo‘lgan, unga ko‘ra uchlikdan biri chiqib devorga x harfini yozishi, ketidan ikkinchisi chiqib u harfini yozishi va shu vaqtda militsiya sirenasining ovozi chiqishi bu vaqtda uchinchi qahramon chiqib “Xudojestvenniy film” deb yozishi kerak bo‘lgan. Nikulin tomonidan o‘ylab topilgan mazkur sahna rejissor tomonidan ham ma’qullangan, faqat senzura sabab bu sahna o‘tmagan.
1966-yilda Natalya Varley bu qadar mashhurlikka erishishini hayoliga ham keltirmagan. Sirkda ishlagan Natalya ba’zi filmlarda epizodik rollar ijro qilgan. Unga Gaydayning yangi filmida suratga tushish taklif qilingan vaqtda esa rejissor Nina roli uchun 500 dan ko‘p nomzodni sinab ko‘rishga ulgurgan edi. Ular orasida Natalya Kustinskaya, Larisa Golubkina, Anastasiya Vertinskaya bo‘lgan. Varley darhol rolga tasdiqlangan.
Hazil uchun shampan vinosi
Film ssenariysi ko‘p marta qayta yozilgan. Sevimli bo‘lgan dialoglar, hazil va kulgili jumlalarning ko‘pi suratga olish jarayonida tug‘ilgan. G‘oyalarning asosiy generatorlari Vitsin, Nikulin va Morgunov bo‘lgan. Rejissor omadli hazil jumla yoki sahna o‘ylab topganga bir shisha shampan vino berishini ma’lum qilgan. Eng ko‘p kulgili sahna o‘ylab topgan Nikulinga 24 shisha, Morgunovga 19 shisha va Vitsinga faqat bir shisha shampan vinosi berilgan. Bunga Vitsinning kulgili sahna o‘ylab topa olmagani emas, shampan vinosini yoqtirmagani sabab bo‘lgan.
Vitsin qat’iy ravishda spirtli ichimlik ichmaydiganlardan bo’lgan. Uchlik bochka oldida pivo ichishi aks etgan sahnani suratga olish jarayonida u stakanga na’matak siropi aralashtirilgan suv quyib berishlarini so‘ragan. Ammo bu kadrda ishonarli chiqmagan, keyin Nikulin pivo ko‘pigiga o‘xshashi uchun stakanga paxta solishni taklif qilgan, lekin bu g‘oya ham o‘zini oqlamagan. Shundan keyin Vitsin kadr uchun pivo ichishga rozi bo‘lgan va bu aktyorning hayoti va suratga olish maydonchasidagi birinchi hamda oxirgi ichgan spirtli ichimligi bo‘lgan.
Daryoga oqib ketgan Shurik
Filmdagi ko‘p tryuklarni aktyorlarning o‘zi bajarishiga to‘g‘ri kelgan. Jamoaning xavfsizligi yuqori darajada ta’minlangan, Natalya Varleyning akrobatikadan tajribasi borligi esa ayni muddao bo‘lgan. Lekin ba’zida rejadan tashqari hodisalar ham yuz berib turgan. Aleksandr Demyanenko ijro qilgan Shurikning zamokli qop ichiga kirganidan keyin jarlikdan suvga tushish sahnasi detallari xavfsizlikka amal qilingan holda yaxshilab o‘ylangan uch qismdan iborat bo‘lgan. Lekin suvga yiqilish sahnasida kimdir hayallab qolgan va Shurik daryo suvi bo‘ylab oqib ketgan. Aynan shu kadrlar filmdan o‘rin olgan. Suratga olish jamoasi darhol Shurikni suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lganiga qaramay, bunga qadar aktyor yetarli darajada qo‘rquv nimaligini his qilib bo‘lgan.
Morgunov bilan kelisha olmagan Gayday
“Kavkaz asirasi” Gayday tomonidan o‘ylab topilgan afsonaviy uchlik birgalikda rol o‘ynagan so‘nggi film bo‘lgan. Gaydayga suratga olish maydonchasida Morgunov o‘zini tutishi va yulduzlik kasalligiga chalingani yoqmagan. Morgunov rejissor bilan har qanday vaziyatda bahslashib uning fikriga qarshi chiqqan. Aktyorning o‘zini tutishi hiqildog‘iga kelgan Gayday filmning yopiq namoyishidan keyin yoqalashib ketishiga bir baxya qolgan. Bunga muxlislari qurshovida bo‘lgan Morgunovning katta ketgani, Gayday dakki berganidan keyin esa mushtlashmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan. Shundan keyin Gayday aktyor ishtirok etadigan sahnalarni ssenariydan o‘chirib tashlagan.
Filmda Nina rolini Natalya Varley ijro qilishiga qaramay, unga Nadejda Rumyanseva ovoz bergan, qo‘shiqni esa uning nomidan professional xonanda Aida Vedisheva kuylagan. Varley har safar ushbu filmni ko‘rganida boshqa odam ovozi bilan gapiradigan qahramonini ko‘rish og‘irligini ta’kidlagan.
Davomi bo‘lishi mumkin edi...
“Kavkaz asirasining” suratga olish jarayonida ijodkorlarda filmni davom ettirish g‘oyasi tug‘ilgan. Syujetga ko‘ra, Ninaning olib qochilishini tashkillashtirgan o‘rtoq Saaxov qamoqqa tushishi kerak bo‘lgan. Bu vaqtda Nina rahbarlik lavozimini egallaydi va taqdir taqozosi bilan ularning ikkisi qayta uchrashadi. Ammo g‘oya g‘oyaligicha qolgan va Gayday “Brilliant qo‘l” ssenariysiga sho‘ng‘ib ketgan. | 7Madaniyat
|
Tramp Kim Chen In bilan muzokaralar “katta muvaffaqiyat” bilan kechishini taxmin qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralar katta muvaffaqiyat bilan o‘tishini kutayotganini aytgan.
“Fikrimcha Shimoliy Koreya bilan hammasi yaxshi bo‘ladi, o‘ylaymanki, bizni katta muvaffaqiyat kutmoqda. Bizda katta quvvatlov bor. Shu sababli, o‘ylashimcha, Shimoliy Koreya bilan barchasi yaxshi bo‘ladi”, deb jurnalistlarning Shimoliy Koreya bilan muzokaralar bo‘yicha prognoz haqidagi savollariga javob bergan Tramp.
Tramp muzokaralar vaqtida yadroviy sinovlar to‘xtatilishini kutayotgani, Shimoliy Koreya yadroviy qurolsizlantirish imkonini ko‘rib chiqayotganini aytgan.
“Shuning uchun hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Tramp.
Tramp Shimoliy Koreya yetakchisining uchrashuv haqidagi taklifini qabul qilgan. Uchrashuv may oyigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Oq uyda uchrashuv joyi va sanasi keyinroq kelishib olinishi ma'lum qilingan. | 2Dunyo
|
G‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilishni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini keng joriy qilish uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga ko‘ra, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarining, ayniqsa g‘o‘za hosildorligini oshirish, shu asosda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash maqsadida:
Quyidagilar g‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilishni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:
· g‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish bo‘yicha loyihani amalga oshiruvchi paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga davlat tomonidan ko‘mak ko‘rsatishning ta'sirli tizimini joriy qilish, tomchilatib sug‘orish tizimi va uning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish;
· mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, tomchilatib sug‘orish orqali g‘o‘za yetishtirish sohasida innovatsion g‘oyalar, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni keng joriy qilish;
· respublika hududlarining tuproq-iqlim va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash uchun ilmiy-amaliy va uslubiy asoslarini shakllantirish;
· tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalangan holda paxta yetishtirishda foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashina va mexanizmlari, shuningdek mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
· suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish; | 8O‘zbekiston
|
Ekvadorda advokat terma jamoa futbolchisini butun mamlakatga sharmanda qilish bilan tahdid qildi
Ekvadordagi sport majmuasida sud nozirlari politsiyachilar bilan birgalikda paydo bo‘lib, order ko‘rsatib, «Everton» futbolchisi Enner Valensiya mashg‘ulotlarni to‘xtatishi kerakligini aytishdi.
Valensiya o‘zining 5 yoshli qiziga aliment to‘lashdan qochishda ayblanmoqda. Qizchaning onasi manfaatlarini himoya qiluvchi advokatlarning bildirishicha, futbolchi sobiq oilasiga 17 ming dollar berishi kerak hisoblanadi.
«Agar bu odam yetarlicha pul topayotgan bo‘lsayu, har oyda maoshining bir qismini qizchasi uchun ajratmasa, bu haqda butun Ekvador bilib oladi», — degan advokat Pol Marin. | 13Sport
|
O‘zbekiston Tojikistonga yengil avtomobillar yetkazib beradi
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi Tojikistonga yengil avtomobillar yetkazish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu haqda Tojikiston respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, «O‘zavtosanoat» kompaniyasi Tojikistonning «Lesinvest» va «Tajmotors» kompaniyalari bilan yengil avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolagan. Shuningdek «Gayur» kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi. Shartnomalar qiymati noma'lum.
Hujjatlar Dushanbeda o‘z ishini yakunlayotgan O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida imzolandi. Ko‘rgazmada «O‘zavtosanoat» kompaniya korxonalari tomonidan ishlab chiqariluvchi 200 dan ortiq nomdagi mahsulotlarni namoyish etdi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Tojikiston SSP o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv, TRANSNEFTEGAZ GLOBAL SERVIS va «Gayur» kompaniyasi o‘rtasida anglashuv va foydali qazilmalarni yetkazib berish bo‘yicha memorandumlar hamda boshqa qator bayonnomalar imzolandi. | 14Texnologiya
|
Gematologiya, onkologiya va immunologiya markazlaridagi bemor bolalarga qarayotganlarga bepul ovqat beriladi
“2022–2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar tashkil etiladi:
Respublika va hududiy perinatal markazlar va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022–2023 yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlash uchun audioskrining tadbirlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va barcha tug‘uruq komplekslarida tatbiq etiladi.
Bolalar hamda homilador va tug‘ish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish uchun 2022 yil 1 iyuldan “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha 3 600 ta, 2023 yil 1 yanvardan yana qo‘shimcha 4 900 ta o‘rta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratiladi.
2022 yil 1 maydan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yiladi. | 8O‘zbekiston
|
Shavkat Mirziyoyev Paragvay Prezidentini qutladi
14.05.2018
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Paragvay Respublikasi Prezidenti Orasio Manuel Kartes Xarani Paragvay Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan qutladi. | 12Siyosat
|
Gvineyada harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirib, prezidentni qo‘lga oldi
G‘arbiy Afrikada joylashgan Gvineya Respublikasida 5-sentabr, yakshanba kuni ertalab prezident Alfa Konde qarorgohi yaqinida otishma yuz berdi. Bu haqda Reuters guvohlarga tayanib xabar berdi. Jeune Afrique jurnali o‘z manbalariga tayanib yozishicha, gap davlat to‘ntarishiga urinish haqida bormoqda.
Mamadi Dumbuya
Jeune Afrique ma’lumotlariga ko‘ra, polkovnik Mamadi Dumbuya rahbarligidagi GPS maxsus topshiriqli bo‘linma jangchilari o‘t ochgan. Reuters’ga xabar bergan guvohlar so‘zlariga ko‘ra, harbiylar mamlakat poytaxti Konakri ko‘chalarida patrullik qilmoqda. Shuningdek, agentlik manbasi ma’lum qilishicha, prezident qarorgohi va bir nechta vazirliklar binolari joylashgan tumanga olib boradigan yagona ko‘prik harbiylar tomonidan to‘sib qo‘yilgan.
Prezident Alfa Konde jabr ko‘rmagan, deya agentlikka yuqori mansabli amaldor ma’lum qilgan, ammo boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan. Jeune Afrique ma’lumotlari bo‘yicha prezidentning ahvoli yaxshi va o‘z soqchilari himoyasi ostida.
Keyinroq prezident Alfa Konde davlat to‘ntarishi uyushtirgan bir guruh harbiylar tomonidan qo‘lga olingani xabar berildi. Bu haqda “Maliactu.net” jurnalisti Sega Dayariya o‘z Twitter’ida ma’lum qilgan va qo‘zg‘olon ko‘targan harbiylar tomonidan e’lon qilingan videoni ilova qilgan. Prezident qo‘lga olingani haqida Guineenews nashri ham xabar bergan.
Qo‘zg‘olonchilar yetakchisi polkovnik Mamadi Dumbuya mamlakatda konstitutsiya amal qilishdan to‘xtaganini va chegaralar yopilganini e’lon qildi.
Nashrning yozishicha, Konde birinchi marta fitnaga urinishga duch kelmayapti, xususan, 2011-yilda uning uyiga hujum qilingan.
83 yoshli Konde hokimiyat tepasiga 2010-yilda kelgan. 2020-yilda konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar sharofati bilan uchinchi muddatga qayta saylangan, ushbu tuzatish esa mamlakatda noroziliklarga sabab bo‘lgan.
Polkovnik Mamadi Dumbuya ilgari Fransiya xorijiy legionida xizmat qilgan, 2018-yilda esa GPS ustidan qo‘mondonlikni o‘z qo‘liga olish uchun Gvineyaga qaytib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Malida to‘qqiz oy ichida ikkinchi marta harbiy to‘ntarish yuz berdi. To‘ntarishdan keyin komendantlik soati o‘rnatilib, tashqi chegaralar yopildi. Iyulda esa Mali prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, polkovnik Assimi Goytaga mamlakat poytaxti Bamakodagi masjidda suiqasd uyushtirildi.
Bundan tashqari, iyul boshida Gaiti prezidenti Jovenel Moiz o‘z qarorgohida otib o‘ldirildi. | 2Dunyo
|
Angliyada 350 yil avvalgi yong`in xotirasiga bag`ishlab London shahrining yog`och maketi yoqildi
Britaniya poytaxtidagi Temza daryosida eski London shahrining yog`ochdan yasalgan 120 metrli maketi yoqib yuborildi. Bu harakat 1666 yilda yuz bergan yirik yong`in xotirasiga bag`ishlandi, deb yozadi “Tjournal”.
Mazkur loyiha muallifi amerikalik Devid Bestu bo`ldi. unga mahalliy aholi vakillaridan ko`ngillilar yordam berdi. London shahrining 18-asrdagi ko`rinishini eslatuvchi maket bundan 350 yil muqaddam yuz bergan yong`in xotirasiga bag`ishlandi. Sahnalashtirilgan yong`inni ko`rish uchun yuzlab tomoshabinlar yig`ildi.
Londondagi yirik yong`in 1666 yilning 2 sentyabrida boshlangan edi. Yong`in 4 kun davom etgan. O`shanda shahardagi ko`plab uylar yonib ketgan, 100 minglab insonlar boshpanasiz qolgan va shaharni yangidan qurishga to`g`ri kelgan edi. | 2Dunyo
|
Qidiruvdagi o`zbekistonlik “milliarder” Qozonda qo`lga olindi
Xalqaro qidiruvga berilgan o`zbekistonlik Viktor Kim Qozonda qo`lga olindi.
O`zbekistonda u 162 milliard rubl ekvivalenti miqdorida etkazilgan zarar bilan bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda, deyiladi xabarda.
Bugun, 11 fevral kuni sud prokurorning 2019 yil oktyabr oyida hibsga olingan 32 yoshli Viktor Kimga qamoqda saqlash muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomasini ko`rib chiqadi.
Qayd etilishicha, Kimga nisbatan sirtdan ayblov Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan 2016 yil may oyida e`lon qilingan. U firibgarlik, soliqlarni to`lashdan bo`yin tovlash va jinoiy daromadni legallashtirish, shuningdek, savdo qoidalarini buzish hamda qalbaki shtamplar tayyorlashda ayblanmoqda.
Xabarda og`ir jinoyatlarni sodir etishda ayblayotgan xorijlikni berish so`rovi Rossiya Bosh prokuraturasiga kelib tushgani qo`shimcha qilingan. | 6Jinoyat
|
Bortidagi bezori yo‘lovchi tufayli layner AQSh qiruvchi samolyotlari bilan qurshab olindi
Amerikaning ikkita F-16 qiruvchi samolyoti Torontodan Panama-Sitiga yo‘l olgan yo‘lovchi laynerini qo‘lga oldi. Undagi yo‘lovchilardan biri samolyotni portlatib yuborishi haqida po‘pisa qilgan edi, deb yozadi Associated Press.
Hodisa Sunwing Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot mahalliy vaqt bilan 7:00 da AQShning G‘arbiy Virjiniya shtati ustidan uchib o‘tayotganida sodir bo‘ldi. Samolyot yo‘lovchilaridan biri to‘satdan do‘q-po‘pisa qila boshlagan va “Kanadani portlatishini” aytgan.
Shundan so‘ng samolyot Torontoga qaytib ketish uchun qayrilgan, Ogayodan esa har ehtimolga qarshi ikkita qiruvchi samolyot yuborilgan, ular laynerni yerga qo‘ngunicha kuzatib borgan.
Samolyot Torontoga qo‘nishi bilan bezori politsiya tomonidan hibsga olingan. 25 yoshli Kanada fuqarosi Ali Shaxining xatti-harakatlari maqsadlari o‘rganilmoqda. | 2Dunyo
|
“Sahar” guruhi yakkaxoni Anvar Jo‘rayev uylanmoqda
“Yomg‘ir” qo‘shig‘i bilan minglab muxlislar qalbidan joy olgan “Sahar” guruhi yakkaxon xonandasi Anvar Jo‘rayev bugun, 11-sentabr kuni uylanmoqda. Bu haqda fotograf Aziza Kariyeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Anvar va Odinaxonning nikoh to‘yi hozirda xonanda ijod qilayotgan Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadimi yoki O‘zbekistonda — bunisi noma’lum.
Ma’lumot uchun, Anvar Jo‘rayev 1979-yilning 31-oktabr kuni Navoiy viloyati Uchquduq shahrida tug‘ilgan. Uning yakkaxonligidagi “Sahar” guruhini mashhur qilgan “Yomg‘ir” taronasi 1999-yilda yaratilgan. O‘shanda mazkur qo‘shiq 17 hafta davomida turli xit-paradlarda birinchilikni ushlab turgan. | 7Madaniyat
|
«Karantinda mashinalarni jarima maydonida ushlab turish qayta ko‘riladi». Akmal Burxonov munosabat bildirdi
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov Kun.uz'ga bergan intervyusida pandemiya davrida o‘rnatilgan tartibni buzgani uchun jarimaga tortilgan haydovchilar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Uning aytishicha, jarimaga tortilgan haydovchining mashinasi maxsus maydonchaga amaldagi qoidalar bilan qo‘yilishi va uzoq muddat saqlanishiga «Adolat» SDP fraksiya a'zolari qarshi bo‘lgan. Deputatlar holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligidan tushuntirish so‘ragan.
– Pandemiya davrida turli kutilmagan vaziyatlar, holatlarga ham duch kelyapmiz. Qonunchilik bilan turli tushunarsiz holatlar yuz bermoqda. Gap yana ichki ishlar xodimlariga borib taqaladi. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 54-moddasini qo‘llagan holda, mashinalarni jarima maydonchasiga olib borish yoki mahalla boshida uchastka nozirlari ham haydovchi hujjatlarini tekshirishga harakat qilishi... Vakolat doirasiga kirmaydigan turli amallarni bajarishiga qanday munosabat bildirasiz?
– To‘g‘ri. Bu qonunda yo‘q.
– Ko‘pchilikda O‘zbekistonda karantin e'lon qilingandan keyin shu paytgacha amal qilgan qonunlar bekor qilindimi, degan savol tug‘ilyapti.
– Bizda «Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik to‘g‘risida» qonun bor. Qonunda ko‘rsatilganki, shunaqa davrda prezident tomonidan maxsus idora tuzilishi mumkin va maxsus idora mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha uchun majburiy qarorlar qabul qilish vakolatiga ega. Lekin men hozir qonun ishlamasligining tarafini olish maqsadida gapirayotganim yo‘q. Maqsad – koronavirusga qarshi kurashish, uning O‘zbekistonga ta'sirini minimallashtirish. Buning uchun hukumat maxsus komissiyasi tomonidan bir qator qarorlar qabul qilindi.
Bu yerda faqatgina qonunga zid degan narsani ilgari surish noto‘g‘ri. Avtomashinani jarima maydonchasiga qo‘yish emas, balki harakatlanishga ham cheklov qo‘yildi. Erkin harakatlanish konstitutsiyada ham, qonunchilikda ham belgilab qo‘yilgan. Lekin qonunchilikka ko‘ra, hozirgi vaziyatda hukumat komissiyasi qaror qabul qilish huquqiga ega. Buni har bir fuqaro to‘g‘ri tushunishi kerak. To‘g‘ri, parlamentda ham qonunga o‘zgartirish kiritamiz, ya'ni karantin qoidalarini buzganlik uchun avtomashinani jarima maydoniga kiritish masalasini ko‘tarish haqida gap bo‘ldi. Agar biz bu o‘zgartirishni kiritib qo‘yadigan bo‘lsak, karantin tugagandan keyin ham ertaga bir qishloqda, biron restoranda kimdir kasallansa, shundan foydalanib, avtomashinalarni yoppasiga jarima maydonlariga tiqish bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz bundan cheklandik, ya'ni bu bir martalik, favqulodda vaziyat paytida qo‘llanilyapti.
Lekin parlament a'zolari, ayniqsa, «Adolat» SDP vakillari bu masalani ko‘tarishmoqchi. Parlament so‘rovini ham tayyorlamoqchimiz. Mantiqan olib qaraganda, fuqarolar hozir stikersiz avtomashinada yurish huquqiga ega emas. Unga biz to‘xtagan joyida qaytib ket, deya olmaymiz. Chunki o‘sha joyda to‘xtatgandan keyin avtomashinasi bilan yura olmaydi. Lekin ikkinchi tomoni bor. Uni jarima maydonchasiga olib kirgandan so‘ng karantin tugaguncha olib chiqa olmaydi va jarima maydonchasiga kunlik to‘lov qilishga majbur bo‘lyapti. Hozir biz buni ham ko‘tarmoqchimiz. Mayli, favqulodda vaziyatda bu choraning ko‘rilishi to‘g‘ridir, lekin hech bo‘lmaganda o‘sha jarima maydonchasiga olib kirishni bepul qilish masalasi yoki boshqa yo‘llarini ham muhokama qilishni rejalashtirganmiz.
Suhbatni Youtube orqali to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
Alisher Ro‘zioxunov suhbatlashdi | 8O‘zbekiston
|
Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlarini qabul qildi
Bugun, 7-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishida ishtirok etadigan delegatsiya boshliqlarini qabul qildi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Prezident mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekistonda MDH doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, jumladan, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.
Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash O‘zbekistonning Hamdo‘stlikda 2020-yilgi raisligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
Tashkilotga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, shu jumladan tezkor axborot almashish hamda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda, internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan zo‘ravonlik va radikal qarashlarni targ‘ib qilish maqsadida foydalanishga chek qo‘yish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Mehmonlar samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘z mamlakatlari rahbarlarining salom va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-noyabr kuni Toshkent shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi 47-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish davomida xalqaro terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqish, MDH makonida millatlararo va konfessiyalararo nizolar kelib chiqishining oldini olish, transport kommunikatsiyalari va iqtisodiyot sohasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
MDH maxsus xizmatlari rahbarlari Toshkentda yig‘iladi | 8O‘zbekiston
|
Toshkentda zamonaviy diagnostika markazi ish boshladi
Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida 22-yanvar kuni ko‘p tarmoqli Vitamed Medical tibbiyot markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, bir qator xorijiy hamkor tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi. Ramziy tasma kesish tadbiridan so‘ng, keng jamoatchilik yangi diagnostika markazining imkoniyatlari bilan bevosita tanishib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Vitamed Medical’ning tajribali shifokorlar jamoasi mehmonlarni klinik radiologiya, laboratoriya, endoskopiya, funksional diagnostika, ambulator-poliklinik tekshiruvlar o‘tkazish va davolash, jarrohlik, statsionar davolash, fizioterapiya hamda tibbiy fizkultura, shoshilinch tibbiy xizmat bo‘limlarining ishlash jarayoni bilan tanishtirdi.
Yangi markaz jahondagi ilg‘or ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan, xalqaro standartlar darajasidagi yuqori axborotlashgan tibbiy-diagnostik uskunalarga ega.
Bundan tashqari, bemorlar ortiqcha qog‘ozbozliklarsiz, hujjatlarning elektron almashinuvi asosida xizmatlardan foydalanishi mumkin. Bunda shifokor va bemor o‘rtasidagi har bir muloqot, davolash jarayoni elektron shaklda yig‘ilib, rasmiylashtirilib boriladi. Tekshiruv natijalari, shifokor xulosalari, davolash-tiklash muolajalari elektron formatda markaz serverida saqlanadi.
Vitamed Medical markazi Hindiston va boshqa mamlakatlarda 20 dan ortiq ixtisoslashgan bo‘limlariga ega bo‘lgan Medanta klinikasi bilan izchil hamkorlikda ish olib boradi. Shu boisdan ham yosh mutaxassislarni tayyorlash, tibbiyotning turli jabhalarida ilmiy izlanishlarni yo‘lga qo‘yish ham markazning asosiy maqsadlaridan biridir.
Hozirda tibbiyot muassasasining 14 nafar xodimi o‘z sohasi bo‘yicha diagnostika, davolash va reabilitatsiya yo‘nalishlaridagi zamonaviy uslublar bilan tanishish uchun Hindistonda malaka oshirmoqda.
Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining ochilishi munosabati bilan Medanta klinikasi mutaxassislari — bolalar kardiojarrohi Munesh Tomar, neyrojarroh Adjaya Nand Ja, onkolog Vaid Ashok ishtirokida maslahat berish shaklidagi xayriya tadbiri ham bo‘lib o‘tdi.
Vitamed Medical’ning faoliyat boshlashi zamonaviy va yuqori sifatdagi ishonchli tibbiy xizmatdan foydalanishni xohlovchilar uchun katta sovg‘aga aylandi.
Xizmatlar litsenziyalangan | 8O‘zbekiston
|
Yevro-2020. Italiya finalda Angliyaga qarshi bahs olib boradi
11 iyundan 11 iyulga qadar bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatining yarim final uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Italiya terma jamoasi Ispaniyani penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etib (o‘yinning asosiy vaqtida 1:1) finalga yo‘l oldi.
Angliya esa Daniya ustidan qo‘shimcha vaqtlarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi — 2:1 (o‘yinning asosiy vaqti 1:1).
Shunday qilib Italiya — Angliya terma jamoalari o‘rtasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 11 iyuldan 12 iyulga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. Uchrashuv Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkaziladi.
Foto: https://twitter.com/EURO2020 | 13Sport
|
U-23 Osiyo chempionati start olishiga 2 kun qoldi
U-23 Osiyo chempionati start olishiga 2 kun qoldi, deb yozadi O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi rasmiy kanali.
Qit`a chempionati uchrashuvlarini to`liq formatda “Sport” telekanalida tomosha qilish mumkin.
Qit`a chempionatiga munosib tayyorgarlik olib borgan O`zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda musobaqa doirasidagi ilk o`yinini o`tkazadigan Songxla shahriga etib kelgan va ilk o`yin – Eronga qarshi uchrashuvga hozirlik ko`rmoqda.
OFK Media bo`limi vakillari terma jamoamiz joylashgan “BP Samila Hotel” mehmonxonasiga tashrif buyurishdi va terma jamoamiz etakchilaridan biri – Hojiakbar Alijonov bilan chempionat oldidan suhbat qurishdi.
Ma`lmu bo`lishicha, terma jamoa turnirga yaxshi tayyorgarlik olib borgan. Iqlimga ko`nikishda ortiqcha muammo bo`lmaydi. Sababi qishgi yig`inlar issiq mamlakatlarda olib borilgan. Qolaversa, Tailandga ham biroz ertaroq borilgan.
Terma jamoamiz 2018 yilda U-23 Osiyo chempionatida g`olib chiqqan edi. Endigi maqsad – o`sha muvaffaqiyatni takrorlash va Olimpiada o`yinlariga yo`l olish. | 13Sport
|
“Bu idishlarda mehnat bilan, yurak bilan birga tarix ham bor”: Shavkat Mirziyoyevning Rishtondagi kulolchilik markaziga tashrifi (foto)
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida Rishton tumanida qurilgan Xalqaro kulolchilik markazini borib ko‘rgan.
Ilgari rishtonlik kulollar o‘z uyida, tor ustaxonalarda ishlardi. Xorijlik turistlar uchun sharoit yo‘q bo‘lgan. Davlat rahbarining 2017-yil 17-noyabrdagi farmonidan keyin hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlar uchun keng imkoniyatlar yaratila boshlandi. Mazkur farmonga muvofiq, o‘tgan yillarda Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida hunarmandchilik markazlari qurilgan. Rishtondagisi mashhur kulolchilik yo‘nalishida bo‘ldi.
Markazda 20 ta ikki qavatli kulollar xonadoni, Rishton tarixi muzeyi, bank xizmatlari markazi bunyod etilgan. Uylarning birinchi qavatida ustaxona va savdo do‘koni joylashgan, ikkinchi qavatda hunarmandlar oilasi yashaydi. Xonadonlarda 6 o‘rinli mehmonxona ham mavjud. Chet ellik sayyohlar bu yerda yashab, kulollarning ishi bilan tanishishi mumkin.
“Daryo” muxbiri davlat rahbarining ushbu markazga tashrifidan aks etgan qiziqarli lahzalarni kadrlarga muhrladi.
Davlat rahbari markazga kirib kelishi bilanoq jurnalistlar tarafga yo‘nalib, ular bilan suhbat qurdi.
Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: “Qo‘rqmanglar, ortingizda Prezident turibdi”
Davlat rahbari O‘zbekiston xalq ustasi Alisher Nazirovning markaz ichidagi ustaxonasida bo‘ldi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kulolchilik buyumlarini ko‘zdan kechirdi.
Davlat rahbari O‘zbekiston xalq ustasi Alisher Nazirov ustaxonasida bo‘ldi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kulolchilik buyumlarini ko‘zdan kechirdi.
Bu idishlarda mehnat bilan, yurak bilan birga tarix ham bor. Hamma yo‘nalishlarda milliy an’analarimizni tiklayapmiz. Sopol buyumlarni ham yana ommalashtirib, har bir xonadonga kiritish kerak. Ularni chet elliklar juda qadrlaydi. Chunki chiroyli, sifatli, ekologik toza. Yurtimizdagi har bir uyda mana shunday idishlar bo‘lsa, ham milliy iftixor, ham ma’naviyat bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Prezident taniqli kulollar Muzaffar Saidov va Sharofiddin Yusupov xonadoniga ham kirib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.
Qurilish jarayonida shu yerdagi Xo‘ja Rushnoiy maqbarasi obod qilingan edi. Davlat rahbari ushbu maqbarani ham ziyorat qildi.
Shu yerda viloyatda “mahallabay” tizimi asosida yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z uyida tikuvchilik sexi ochib, mahalla xotin-qizlarini ish bilan ta’minlagan uchko‘priklik ayollar bilan muloqot qildi. Ular faoliyatini kengaytirishi uchun logistikaga qulay joyda zamonaviy kompleks qurib berish bo‘yicha mutasaddilarga vazifa qo‘ydi. | 7Madaniyat
|
FQB Bred Pittning o‘g‘liga nisbatan zo‘ravonlik qilgani haqidagi ishni yopib qo‘ydi
Federal qidiruv byurosi (FQB) amerikalik aktyor Bred Pitt o‘zining katta o‘g‘li Meddoks bilan beshafqat munosabatda bo‘lganiga hech qanday isbot topmadi.
"Tergov harakati to‘xtatildi", deb yozadi TMZ o‘z manbalariga asoslangan holda.
“FQB barcha holatlarni tekshiruvdan o‘tkazdi. Bu ish bo‘yicha hech qanday ayblovlar qo‘yilmadi”, — deb aytib o‘tdi nashrning maxsus xizmatdagi manbasi.
Shu tariqa, Pittdan Minnesota shtatida shaxsiy samolyotning to‘xtashi vaqtida sodir bo‘lgan ehtimoliy noxush hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan barcha shubha-gumonlar olib tashlandi. 2016 yilning sentabrida Joli-Pitt oilasining parvozi davomida 52 yoshli Bred va 15 yoshli Meddoks o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani xabar qilingandi. Noma'lum guvohlar Los-Anjyeles okrugining bolalar va oila masalalari bo‘yicha departamentiga ota o‘smirga jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik ko‘rsatgani haqida xabar qilishgan.
Avvalroq, Kaliforniya maxsus xizmati Pittning xatti-harakatlarida hech qanday shafqatsizlik alomatlarini aniqlamagani ma'lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Pitt va Joli 2005 yildan beri munosabatda bo‘lib, 2014 yili turmush qurishgan. Juftlik 15 yoshgacha bo‘lgan olti farzandga ega. | 5Jamiyat
|
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash tartibi aniqlashtirildi
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, nizomga ko‘ra bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti miqdori taqdirlash to‘g‘risidagi prezident farmoni, qarori yoki Oliy Majlis palatalarining qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqi yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda har oyda bazaviy hisoblash miqdorida ustama haq oladi.
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash AT “Xalq banki”ning barcha filiallari tomonidan amalga oshiriladi. | 8O‘zbekiston
|
Yangiyo‘llik 70 yoshli otaxon hozirgacha nevara va evaralari bilan futbol o‘ynashi ma’lum qilindi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridagi Abdulla Ortiqov nomli fuqarolar yig‘inida yashovchi 70 yoshli Normurod Xudayberdiyev hozirgacha futbol o‘ynashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Butun umrim davomida futbolga qiziqib kelaman. Viloyat birinchiliklarida o‘ynaganman. Darvoza o‘rniga ikkita g‘isht qo‘yib o‘ynardik. Hozirda bizning tumanimizning o‘zida 18 ta sun’iy qoplamali maydonlar mavjud. Kiyim almashtirish, yuvinish xonalari, barcha kerakli jihozlar muhayyo.
Faqat kelib shug‘ullanish kerak. O‘zimning 35 nafar nevara va evaralarimni ham sportga o‘rgatyapman. Ular bilan to‘p o‘ynashda davom etyapman. Bunday jamoa bilan yoshingni ham unutasan”, − dedi 70 yoshli otaxon. | 8O‘zbekiston
|
Abituriyentlardan DTMga 3 mingdan ortiq ariza tushdi
Bugun, 30 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Davlat test markazining 2019-2020 yilgi test jarayonlari yakunlari bo‘yicha press-brifing o‘tkazildi. Unda boshqa muhim masalalar qatori apellyatsiya jarayoni qanday ketayotgani haqida ham axborot berildi. Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Sevar Zufarxo‘jayeva qaysi fanlar savollari bo‘yicha eng ko‘p shikoyat tushgani haqida aytib o‘tdi.
«Besh kundan beri abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqyapmiz. 3000dan ortiq ariza kelib tushdi. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda taxminan 1000taga kam. Murojaatlarning eng ko‘p qismi ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha va bu holat normal, deb qabul qilinadi. Negaki, barcha yo‘nalishlarda bu fan mavjud. 5 kunlik natijalarni aytadigan bo‘lsam, birgina ona tili va adabiyotidan 983 nafar abituriyentdan apellyatsiya qabul qilindi. Savollar to‘g‘ri tuzilgani bo‘yicha DTM ekspertlari va tashqaridan shu soha mutaxassislari ham jalb qilinadi. Qo‘shimcha ma'lumot o‘rnida aytishim mumkinki, ona tili va adabiyoti fani test savollarining 20tasi ona tilidan, qolgan 10tasi adabiyotdan tuziladi. Bu yili test bazasini shakllantirishda qiyinchiliklar bo‘ldi, chunki kollej, litsey va maktab bitiruvchilari o‘quv dasturlari ba'zi joylarda bir-birini inkor qiladi. Ulardagi umumiylikni topishda qiyinchiliklarga duch keldik», deya uuning so‘zlarini keltirmoqda muxbiri.
DTM direktori Majid Karimovning qo‘shimcha qilishicha, fizika, tarix, rus tili, matematika va kimyo fanlari bo‘yicha ham apellyatsiyalar miqdori yuqori. | 5Jamiyat
|
Permda quvur yorilishi oqibatida 5 kishi qaynoq suvda kuyib vafot etdi
Rossiyaning Perm shahridagi Xostellarning birida quvurlar nosozligi oqibatida avariya sodir bo`ldi. Buning natijasida 5 kishi qaynoq suvda kuyib vafot etli. 1 kishi og`ir darajadagi kuyish jarohati oldi. Ma`lum bo`lishicha bu baxtsiz xodisa 20 yanvar kuni tunda sodir bo`lgan. Qutqaruvchilar etib kelishganda voqea sodir bo`lgan joydan 5 kishining jasadi topilgan. Ularning orasida bir nafar yosh bola ham bo`lgan.
Ayni paytda baxtsiz xodisada vafot etganlarning shaxsi aniiqlashtirilmoqda. Shuningdek ushbu voqea yuzasidan "xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joyda xizmat ko`rsatish tashkil qilish" moddasi bo`yicha jinoiy javobgarlik qo`zg`atilgan. | 2Dunyo
|
Tashqi ishlar vazirligida navbatdagi lavozim tayinlovi ro‘y berdi
TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi tayinlandi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bergan.
Qayd etilishicha, 2018 yilning 25 iyulidan Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Lutfiddin Xo‘jayev ushbu boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIV tuzilmasida muhim lavozim tayinlovi ro‘y bergani xabar qilingandi. | 8O‘zbekiston
|
Toshkentda avval yopib qo‘yilgan ko‘chalardan birida to‘siqlar olib tashlanadi
Toshkent shahrida bir necha muddat transport vositalari harakati uchun yopiq bo‘lgan Fidokor ko‘chasining Oybek ko‘chasiga chiqish qismida endi yana avtomobillar harakatlanishi mumkin. Bu haqda poytaxt IIBB xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, 31 iyul kuni mazkur to‘siqni olib tashlash va ushbu yo‘lda avtomobillar harakatini tiklash ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi Temur Malik – Parkent ko‘chalari kesishmasida transport harakati qisman cheklangandi. | 8O‘zbekiston
|
Virus Rossiyaning 20 ta yirik tashkiloti tarmoqlariga hujum qildi
Rossiyadagi 20 tacha tashkilotning tarmoqlariga zararli dasturiy ta’minot yuqtirildi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati rasmiy bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Xakerlar hujumiga davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari, ilmiy va harbiy muassasalar, harbiy-sanoat kompleksi korxonalari hamda mamlakat infrastrukturasida muhim ahamiyatga ega boshqa obyektlar uchradi.
FXX xodimlari aniqlagan dasturiy ta’minot kiberjosuslik uchun ishlatilgani ma’lum qilinmoqda. Virus maqsadli ravishda tarqatilib, operatsiyani professionallar rejalashtirgani va amalga oshirgani aytilmoqda.
Mutaxassislar virus ilgari Rossiya va xorij davlatlarida uchragan ayrim namunalarga o‘xshashligini tasdiqladi. Har bir tarmoq uchun dasturlar majmui individual tarzda ishlab chiqilgan, bunda texnikaning o‘ziga xos jihatlari inobatga olingan.
Tizimni zararlash uchun xakerlar virusli maktubni elektron pochtaga yo‘llagan. Foydalanuvchi xatni ochsa, virus tarmoqqa o‘tgan. U tarmoq trafigini kuzata, ekrandan skrinshotlar ola, kamera va mikrofonni yoqa olgan, shuningdek, klavishalar bosilishini kuzatib borgan.
FXXning ma’lum qilishicha, tahdid ortda qolgan, virus ishining oqibatlari bartaraf etilgan. | 14Texnologiya
|
Qo‘ng‘irotda 390 mln so‘mlik binoni davlatdan bepul olgan tadbirkor uni buzib, qurilish materiallarini o‘z ehtiyojiga ishlatgani aniqlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida qiymati 390,6 million so‘m bo‘lgan mehmonxona binosini davlatdan nol qiymatda olgan tadbirkor uni buzib, qurilish materiallarini o‘z ehtiyojiga ishlatgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamentining Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, “I.” MChJ ta’sischisi A.I. tuman hokimligi balansidagi qurilishi tugallanmagan, umumiy qiymati 390,6 million so‘m bo‘lgan mehmonxona binosini 705 million so‘m investitsiya kiritish majburiyati bilan nol qiymatda xarid qilgan. Tadbirkor mazkur binoda 550 o‘ringa mo‘ljallangan ta’lim markazini tashkil etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyatini olgan.
Biroq tadbirkor amalda shartnoma shartlarini bajarmasdan, korxona ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirmasdan, ushbu binoni buzib, qurilish materiallarini o‘z shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan hamda juda ko‘p miqdordagi mol-mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Shanhay davlat kompaniyalari innovatsiya loyihalariga 121 mlrd dollar sarmoya kiritadi
Xitoyning Shanxay davlat kompaniyalari megapolisda yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish loyihalariga yaqin besh yil mobaynida har yili 800 mlrd yuan (121 mlrd dollar) miqdorida sarmoya kiritadi. Bu haqda "Shanxay jibao" nashri shahar hokimiyatiga asoslangan holda yozmoqda.
Mablag‘lar yuqori texnologiyalar sohasidagi eng istiqbolli loyihalarga ajratiladi. Bundan tashqari, muqobil energiya manbalari va yangi materiallar bo‘yicha tadqiqot ishlariga sarflanadi. Shuningdek, davlat kompaniyalarining boshqaruv tuzilmalarini optimallashtirish va ularning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha choralar belgilangan, deb yozadi TASS.
Nashrning yozishicha, 2013 yildan beri Shanxay davlat kompaniyalari turli xil tadqiqot innovatsiyaviy loyihalar va rivojlanish ishlariga 110 mlrd yuan (16 mlrd dollar) sarmoya kiritib keladi. Shahar ma'muriyati shu yilning avgust oyida davlat kompaniyalari bilan 220 mlrd yuan (33 mlrd dollar) mablag‘ni 20 foizga oshirishga kelishib olgan. Bu, o‘z navbatida, megapolisni global innovatsiya markaziga aylantirishi kerak.
2016 yili XXR hukumati Shanxayni 2020 yilgacha global innovatsiya markaziga aylantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlagan edi. Bu maqsadga erishish uchun shahar hokimiyati turli choralarni ko‘rmoqda. | 14Texnologiya
|
JCh—2018. Bugun saralash o‘yinlari. Ispaniya va Serbiya Rossiya mundiali missiyasini hal qilishi mumkin
Yevropa mamlakatlari Rossiya—2018 mundiali uchun kurashda davom etadi. Bugun yana 3 ta guruhda uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
JCh—2018. Saralash
“D” guruhi. 9-tur
6-oktabr, juma
Gruziya — Uels — 21:00
Avstriya — Serbiya — 23:45
Irlandiya — Moldova — 23:45
JCh—2018. Saralash
“G” guruhi. 9-tur
6-oktabr, juma
Ispaniya — Albaniya — 23:45 (Futbol-TV)
Italiya — Makedoniya — 23:45
Lixtenshteyn — Isroil — 23:45
JCh—2018. Saralash
“I” guruhi. 9-tur
6-oktabr, juma
Turkiya — Islandiya — 23:45
Xorvatiya — Finlyandiya — 23:45
Kosovo — Ukraina — 23:45 | 13Sport
|
Shamsiddin Turdaliyev Oltiariq tumaniga hokim bo‘ldi
26 fevral kuni xalq deputatlari Oltiariq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. Unda tumanga yangi xokim tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi viloyat hokimligi.
Deputatlar Turdaliyev Shamsiddin Asqaraliyevichni Oltiariq tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini bir ovozdan ma’qulladi.
U bunga qadar Rishton tumani prokurori sifatida ishlagan. Shamsiddin Turdaliyev mazkur lavozimda 7 fevral kuni Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgan Xolmirza Niyozovning o‘rnini egalladi.
Shamsiddin Turdaliyev 1979 yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik yo‘nalishini tamomlagan. Hozirda adliya katta maslahatchisi unvoniga ega.
Mehnat faoliyatini 2003 yilda Farg‘ona shahar prokuraturasida boshlagan. 2006−2011, 2016−2017 yillar oralig‘ida Farg‘ona viloyat prokuraturasida katta tergovchi, bo‘lim boshlig‘i vazifalarida faoliyat olib borgan. 2011−2016 yillarda Beshariq tumani prokurori, 2017−2018 yillarda Dang‘ara tumani prokurori, 2018 yilda Qo‘qon shahar prokurori bo‘lgan.
2018−2019 yillarda Xorazm viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2019−2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2021 yil 2 fevraldan bugungi tayinlovga qadar Rishton tumani prokurori bo‘lib ishlab kelgan.
Oltiariq tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Xolmirza Niyozov joriy yil 7 fevralda Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. | 5Jamiyat
|
Andijon hokimi ota-onalar oldida uzr so'ragan o'qituvchilar ishiga munosabat bildirdi
Andijon viloyati Marhamat tumanida o'qituvchilardan ota-onalar qarshisida uzr so'rattirilgani xabar qilingandi. Viloyat hokimi holatni o'z nazoratiga olganini ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, viloyat hokimi holatni o'z nazoratiga olgan va bu bo'yicha alohida ishchi guruh tuzilgan.
“Bu bilan ustozlarimizga bo'lgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan ayni davrda ‘ayrim’ rahbarlarning ma'naviyatsizligi va saviyasizligi kechirib bo'lmas xatoni yuzaga keltirdi.
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Men Andijon viloyati hokimi sifatida mazkur holatni o'z nazoratimga olib, mening boshchiligimda alohida ishchi guruh tuzildi.
Aytib o'tish joizki, ushbu xatoga yo'l qo'ygan har qanday rahbarlarga qonunda belgilangan jazo choralari ko'rilishini ta'minlayman.
Andijonda hech bir ustoz va murabbiylarimiz bunday holatga tushishlariga yo'l qo'ymayman, zero, sizning oldingizda sharafli mehnatingizni qadrlagan holda ta'zimdamiz”, — deydi hokim Shuhrat Abdurahmonov.
Shuningdek, Marhamat tumani hokimi ham holat yuzasidan munosabat bildirib ketgan. Qayd etilishicha, hokim bu ish bo'yicha majlisda ustoz va murabbiylardan uzr so'ragan.
“Ulrani qo'llab-quvvatlab, yelkadosh bo'lib, yetuk insonlar tarbiyalashda kamarbasta bo'lamiz”, — deydi Bobur Yo'ldoshev.
Avvalroq xalq ta'limi vazirligi ushbu holatni keskin qoralab, tashabbus muallifi topilib, unga nisbatan tegishli chora ko'rilishini ma'lum qilgandi. | 5Jamiyat
|
Indoneziyada sunami qurbonlari soni 222 kishiga yetdi
23-dekabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Yava va Sumatra orollari oralig‘idagi Zond bo‘g‘ozida yuz bergan sunami oqibatida halok bo‘lganlar soni 222 kishiga yetdi. Jarohatlanganlarning soni esa 843 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida El Pais xabar bermoqda. Sumatra va Yava qirg‘oqlaridagi o‘nlab binolar butunlay vayronaga aylangan. Rasmiylar bu raqamlar yaqin vaqt ichida ortib borishidan xavotirda.
Tabiiy ofatlar talafotlarini bartaraf etish milliy agentligi vakili Sutoro Purvo Nugroxo, qurbonlar sonini aytib o‘tar ekan, hali 35 kishining taqdiri noma’lum ekanligini qayd etgan. Mahalliy vaqt bilan 21:27 va 21:35 oralig‘ida qirg‘oqqa urilgan sunami sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Pangdeglang qirg‘oq hududiga jiddiy shikast yetkazdi. Bu yerda halok bo‘lganlar soni 92 nafarni tashkil etmoqda. Yuzlab uylarga to‘lqin urilishi sababli ziyon yetdi.
Rasmiylar tabiiy ofatning kelib chiqish sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qilgan. Gap shundaki, odatda bu yerda yirik sunamilar kuchli zilzilalardan keyin yuzaga kelar edi. Bu safar esa hududda zilzila qayd etilmagan. | 2Dunyo
|
«Vest Barselona Albion». «Liverpul»ning buyuk g‘alabasi haqida
To‘rt yil oldin, Yurgen Klopp «Liverpul»ga kelgan ilk oylar edi. Adashmasam, dekabr oylarida jamoa o‘z maydonida «Vest Bromvich»ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. «Vest Bromvich» bilan. Mezbonlar o‘yinning oxirgi daqiqalarida hisobni tenglashtirib, mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutulib qoldilar. «Vest Bromvich» bilan.
O‘yin tugagach, Klopp shogirdlarini yig‘di va ularni ashaddiy muxlislar o‘tiradigan sektorga olib bordi. Barcha futbolchilar bir-birlarining qo‘llarini ushlab, osmonga qaratib, durangni nishonlay boshladilar. «Vest Bromvich» bilan durangni.
Internet tarmog‘ida memlarga sabab bo‘lib ketgan bu sahna, ochig‘i, menga ham juda erish tuyilgandi. Faqat menga emas. Qiziqda, Angliyaning eng sovrindor klublaridan biri shu darajada tushdimiki, «Vest Bromvich» bilan durangni shunaqa nishonlasa? Jamoani yuqori saviyaga olib kelishi kerak bo‘lgan bu nemis g‘irt masxaraboz ekan-ku?
O‘sha voqeadan so‘ng qancha daryolar oqib ketdi. Bir necha oy o‘tib, «Liverpul» o‘z maydonida «Borussiya»dan 1:3 hisobida ortda borib, g‘alaba qozonib ketgan o‘yinni ham ko‘rdik.
Nazarimda, o‘sha ilk durangda Kloppga raqibning yoki o‘sha bir ochkoning umuman ahamiyati bo‘lmagan. Ahamiyatlisi, shogirdlarini kurashga o‘rgatish, qarshisida kimligining ahamiyati yo‘q bir raqib va qanchalik qiyinligini ahamiyati yo‘q bir vazifa turganda, qanchaligi ahamiyati yo‘q vaqt va imkon bor ekan, oxirigacha harakat qilish kerakligini tushuntirmoqchi bo‘lgandi.
Aslida mana shunday qiyin vazifalar bajarilganda qanchalik zavqli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgandi shogirdlariga.
Va mana, bugungi o‘yin...
Men Yurgen Klopp ajoyib taktika o‘ylab topib, o‘yinda burilish yasab, «Barselona» ustidan g‘alaba qozonganiga ishonmayman. Uchrashuvda dubllar qayd etgan ikki futbolchi agar ba'zi o‘yinchilar jarohat olishmaganda, umuman maydonga tushishmasdi ham balki. Klopp bu o‘yinga ataylab qandaydir o‘ziga xos tarkib tanlamadi, baxtga qarshi, balki uning baxtiga, boshqa iloji ham yo‘q edi, qo‘l ostida mavjud bo‘lgan bor futbolchilardan foydalandi, xolos.
Xo‘sh, nimaning hisobiga «Barselona»dan ustun bo‘lish mumkin? Tarkib? Yo‘q, buni aytdim. Jismoniy tayyorgarlik? «Liverpul» uch kungina oldin «Nyukasl»da og‘ir uchrashuv o‘tkazdi va to‘qson to‘rtinchi ochkosini oldi, «Barselona» esa, allaqachon Ispaniyani zabt etgan va futbolchilar navbati bilan dam olib, ancha yaxshiroq sport formasida kelgandilar. Ssenariy? Ha, tezkor gol urildi, ammo aynan «Liverpul» eng muhim futbolchisi Robersonni birinchi bo‘lim oxirlarida yo‘qotgan, Henderson ham qiyin holatda o‘yinni davom ettirayotgandi. Muxlislar? Ha, balkim.
Lekin o‘yinni Klopp o‘sha ilk kunlardan jamoaga singdirishga harakat qilgan va isbotini ko‘rganimizdek, buni uddalagan faktor raqibni tiz cho‘ktirdi. Xarakter. Ruhiyat.
«Kelganimda «Liverpul» «uyqudagi gigant» ekanini tushungandim. Ularning kayfiyati yaxshi edi, ammo zo‘r emasdi. Murabbiy o‘zgardimi, demak undan oldin nimadir o‘xshamagan bo‘ladi.
Ilk kunlarimdan biror narsani tubdan o‘zgartirishga urinmadim. Men avvalo, mendan oldin nimalar bo‘lganini bilmoqchi bo‘ldim, klub haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishga urindim. Futbolchilar bilan gaplashdim. Hozir hamma ko‘rib turibdi – Brendan Rojyers juda kuchli murabbiy. Demak, gap faqat unda bo‘lmagan.
Yana nimadir bor edi. Biz buni tushunib, bosqichma-bosqich muammoni hal qilib borishimiz kerak edi.
Biz uchun muhimi, maydonga tushganda faqat o‘zimiz uchun emas, klub personali, oilamiz, muxlislar uchun bor kuchimizni ishga solishdir. Bu boshlanishi. Boshqa tarafdan esa, bu shunchaki futbol. Hamma biladi, men daho emasman. Ammo men va shogirdlarim qanchalik yaxshi bo‘lishsa, o‘yinimiz ham shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bizda yaxshi o‘yinchilar ko‘p edi, yana bir nechtasini sotib oldik. Biz hozir kelgan joyimizdan zavq olyapmiz. Bilaman, bu hali yo‘lning yarmi, ammo to‘g‘ri yo‘lda ekanimizga ishonaman.
Aynan nimani o‘zgartirganimni ayta olmayman. Lekin qilayotgan ishimiz o‘zimizga yoqyapti, bu - juda yaxshi poydevor» - deb eslaydi Yurgen Klopp.
Yurgen Klopp yana liverpulchilarni o‘yindan zavq olishga o‘rgatdi. Faqat o‘yindan emas, natijadan, turli qiyin vazifalarni, cho‘qqilarni zabt etishdan baxtli bo‘lishni o‘rgatdi. Bosim, turnir jadvali, uzoq vaqt sovrinsizlik, bulardan qat'i nazar, futbol avvalo, zavq ekanini, har bir qadamdan, har bir yutuqdan zavq olish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Qaysidir futbolchilar bu ruhiyatga mos kelmadi, ketdi, kimdirlar keldi - muhimi, Liverpulda Klopp xarakteridagi jamoa paydo bo‘ldi. Shu xolos.
«Barselona» istalgan paytda, ayniqsa birinchi bo‘limda birgina gol urib, vaziyatni deyarli hal qilib qo‘yishi mumkin edi. U holda «Liverpul»ning vazifasi qiyinlashib ketar, beshta gol urish imkonsiz holga kelardi. To‘xtang, uchta gol urish osonmidi aslida? Yo‘q, albatta. Demak, menimcha, «Barselona» hisobni tenglashtirganda ham, mezbonlar 5:1 hisobida g‘alaba qozonish uchun o‘ynayverardilar. Bunga ishonish ancha oson.
Chunki «Liverpul»ga qarshisida kimligining ahamiyati yo‘q bir raqib va qanchalik qiyinligini ahamiyati yo‘q bir vazifa turgandi.
Kechagi «Vest Bromvich» bo‘lmaganida, bugungi «Barselona» bo‘lmasdi, menimcha.
Qahramon Aslanov | 13Sport
|
Toshkent taymerli svetoforlardan voz kechdi
Toshkent shahrida raqamli tablo o‘rnatilgan taymerli svetoforlar o‘rnatish tajribasidan voz kechildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma'lum qilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakilining aniqlik kiritishicha, shahar chorrahalarida shunday turdagi svetoforlar o‘rnatilishi yo‘l-transport hodisalari soni oshishiga sabab bo‘lgan. Shu kabi holatlar respublikaning boshqa shahar va tumanlarida ham kuzatilgan.
"Haydovchi soniyalar ortga qarab sanalayotgan elektron tabloga qarab yashil chiroqning oxirgi soniyasida ham harakatlanishda davom etishi va buning ortidan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berishi mumkin. Darvoqe, bugungi kunda xorijda ham bunday svetorforlardan kam foydalanishmoqda. Masalan, Isroilda undan butkul voz kechishgan", degan mutaxassis.
U Toshkentda videokameralar o‘rnatilishi tufayli bunday svetroforlarning bo‘lishi o‘rinsiz ekanini ta'kidlab o‘tgan. Bunda svetoforlar chorrahalarda tartibsizlik keltirib chiqarishi qayd etilgan.
Taymerli svetoforlar o‘rnatish haydovchilardan biri o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga qilgan murojaati ortidan tajriba sifatida amalga oshirilgandi.
Shu bilan birga Toshkent viloyati va Andijonda raqamli svetoforlar ishlashi davom etmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Jismoniy va yuridik shaxslar qanday tartibda murojaat qilishadi?
Hozirgi kunda davlat organlari va mansabdor shaxslarga murojaat qilish hayotimizning asosiy qismiga aylanib ulgurdi. Albatta, bu narsa ijobiy holat sanaladi, kachonki asosli va to‘g‘ri tartibda amalga oshirilganda. Sababi, fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini tegishli tartibda bilishi va amalda qo‘llanilishini talab qilishi ularning konstitutsiyaviy huquqlari hisoblanadi. Demak, bu jarayon qonunchiligimizda qanday belgilanganini ko‘rib chiqamiz. Bu xususidagi asosiy manba «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonun hisoblanadi. Uning 3-moddasida murojaat etishning quyidagi shartlari keltirib o‘tilgan: «Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin».
Dastlab nimalarga e'tibor qaratish zarur?
Murojaat etishda Qonunning 6-moddasida quyidagi talablar belgilab o‘tilgan: «Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
Elektron murojaat qanday tartibda beriladi?
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida bo‘lishi kerak. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Anonim murojaatlar nima?
Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma'lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma'lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. Agar murojaatda qabul qilish va ko‘rib chiqish qonunga xilof ravishda rad etilsa, uning ustidan xar bir shahs bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli ekanligi belgilab o‘tilgan. Murojaatlarni berish muddatlari esa qoida tariqasida belgilanmaydi.
Murojaatlar kanday va qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibida esa bir qancha muhim jihatlar qayd etilgan. Unga ko‘ra, Qonunning 18-moddasida : «Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘zining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi».
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati esa bir qancha asoslar bilan belgilab o‘tilgan. Qonunning 19-moddasida shunday keltirilgan: «Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e'tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun talablari buzilsa, yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi belgilab o‘tilgan.
Javohir Shamsutdinov
huquqshunos | 8O‘zbekiston
|
Turkmaniston poytaxtida COVID-19’ning yangi to‘lqini kuzatilmoqda
Ashxobodda may—iyun oylaridagi kuchli issiq havo sabab tibbiyot xodimlari gripp yoki pnevmoniya deya tashxislayotgan kasalliklarga chalinish holatlari keskin ko‘paydi. “Turkmen.news” nashrining yozishicha, bu koronavirusning uchinchi to‘lqini ekanligining ehtimoli yuqori. Mamlakatda COVID-19’ning birinchi to‘lqini 2020-yil yozining boshlanishi va o‘rtalarida, ikkinchi to‘lqin esa 2020-yil dekabri va 2021-yilning fevraliga to‘g‘ri kelgan.
Ashxoboddagi manbalar Cho‘ganlidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida vaziyat og‘ir ekani, o‘likxonalar to‘lgani, murdalar ko‘k plastik paketlarda kafanlanayotgani va uni ochish taqiqlanganini xabar qilgan. Ushbu ma’lumotlarni tekshirish va ularning qanchalik darajada haqiqat yoki aksincha ekanini aniqlash, vaziyatga baho berish imkoni mavjud emas, Turkmaniston rasmiylari mustaqil jurnalistlarning bu kabi tekshiruvlar o‘tkazishiga xayrixoh emas.
Cho‘ganlidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi
Biroq hukumat epidemiologik vaziyatdan xavotirda ekanini rasman e’lon qilgan. Bu hodisa Turkmaniston ichkarisida koronavirus yo‘qligi, lekin butun dunyoda pandemiya davom etayotganligi bilan izohlangan. 18-iyunda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tarqalayotgan kasallikka qarshi kurash bo‘yicha favqulodda komissiya yig‘ilishini o‘tkazgan.
“O‘z vaqtida amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar samarasi o‘laroq o‘tkir pnevmoniya qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan kasallikning davlatimiz hududiga kirishiga yo‘l qo‘yilmadi”, – deya ta’kidlagan Berdimuhamedov.
Shunga qaramay, prezident va mazkur yig‘ilishda ishtirok etgan amaldorlar dunyoda koronavirusning yangi shtammlari tarqalayotganidan xavotir kuchayib borayotganini bildirgan. Turkmaniston davlat agentligining qayd etishicha, “kasallikning tarqalishiga butun dunyoda fuqarolarning bir mamlakatdan boshqa bir yerga borishi sabab bo‘lmoqda”. Shuningdek, agentlik butun dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyat sanitariya me’yorlari va kasalliklar tarqalishiga qarshi qoidalariga yetarli darajada rioya etilmaganining oqibatida yomonlashgan.
Yig‘ilish yakunida Berdimuhamedov profilaktik choralar ko‘rish zarurligi, ammo u qayd etib o‘tgan choralar hammasi azaldan mavjud ekanligini aytgan. Ya’ni, xorijdan kelganlar uchun 21 kunlik karantin (Turkmanistonda xorijdan qaytganlar bir oy yoki undan ko‘proq karantinda bo‘lmoqda), COVID-19’ga qarshi vaksinatsiya, aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish u qayd etib o‘tgan asosiy choralar hisoblanadi. Turkmaniston prezidenti koronavirus infeksiyasiga qarshi xorij preparatlarini sotib olish haqida topshiriq bergan, bunda emlash vositalari nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin, sababi Berdimuhamedov vaksinatsiya deganda ko‘p ehtimol bilan vaksinalar xaridi haqida gapirgan.
Nooziq-ovqat mahsulotlari do‘konlarini yopish, hududlararo transport qatnovini bekor qilish, keskin cheklov choralarini ko‘rish haqida yig‘ilishda so‘z yuritilmagan. Ammo Turkmaniston aholisi orasida 18-iyundan boshlab ko‘plab muassasalar yopila boshlagani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. Ayrim do‘konlar, o‘quv markazlari va xususiy bog‘chalar hech qanday izohsiz ishlashni to‘xtatib qo‘ygan. Kompyuter o‘yinlari ishqibozlari ham internet-kafelar yopilgani tufayli yozda zerikishga mahkum.
“Shahardagi barcha o‘yinxonalar komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tishidan avval yopilgandi. 16-iyundan buyon mijozlarga bu borada hech qanday izoh berilmayapti”, – degan Ashxobodda yashovchi Turkmaniston fuqarolaridan biri.
Bir yil avval ham xuddi shu vaqtda shunday holat kuzatilgan. U paytda Ashxobod va viloyatlardagi yangi qabrlar soni keskin ko‘payib ketgandi. Ammo hukumat koronavirusning mamlakatga kirib kelganini inkor etgan va bahorda Turkmanistonga kelishi kerak bo‘lgan JSST missiyasini hududga kiritmagandi.
2020-yilda Mari viloyatidagi qabriston holati
2020-yil iyul oyida JSST ekspertlari Turkmanistonga kelishga muvaffaq bo‘ldi va u yerda mutaxassislarga oldindan tayyorlab qo‘yilgan kasalxonalar namoyish etilgan. Ekspertlar virusning mavjudligi borasida hukumat vakillari bilan tortishmagan, ammo mamlakatda koronavirus pandemiyasiga qarshi ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilgan. Shundan keyin keskin choralar ko‘rilib, biznes va fuqarolarning mamlakat bo‘ylab faoliyati kuchli nazoratga olingandi.
“Turkmen.news”ning yozishicha, 2020-yil iyun–iyul oylarida nashrga COVID-19 kasalligi tufayli vafot etgan odamlar haqida ko‘plab xabarlar kelib tushgan. Cheklovlar joriy qilingach, infeksiyaning birinchi to‘lqini chekina boshlagan va o‘lim holatlari haqida xabarlar ham kamaygan. Dekabr–fevral oylarida yana nashrning “Xotira ustuni”ga yangi qurbonlar ismi yozila boshlandi va bu Turkmanistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini anglatdi. Muayyan vaqt o‘tgach vaziyat o‘nglandi, lekin endi mamlakatda uchinchi to‘lqin kuzatilmoqda.
Bunda hech qanday hayratlanarli jihat yo‘q, aksincha holat boshqacha bo‘lganida, hammasi g‘alati tuyulardi. Butun dunyoda COVID-19’ning yangi shtammlari tarqala boshlagan, jumladan, Delta shtammi, ya’ni Hindiston shtammi yuqumliligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Rossiyada kasallanganlar sonining keskin oshib ketgani tufayli cheklov choralari qayta joriy qilindi. 18-iyunda Moskva shahri meri Sergey Sobyanin koronavirus bilan kasallanganlarning 89 foizida Hindiston shtammi kuzatilganini ma’lum qilgan.
Qirg‘izistonda ham koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygan. Tojikiston SSV 2020-yil bahoridagi kabi mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari kuzatilmaganini bildirmoqda. Lekin mamlakatdagi xususiy laboratoriyalar kuniga 100 ta yangi holat qayd etilayotganini ta’kidlagan. SSV rasmiylari bu koronavirus emas, sil kasalligi ekanini aytgan.
Holatlar bir yil avvalgi vaziyatni eslatib yubormoqda. 2020-yilda ham Tojikiston va Turkmaniston koronavirusning borligini yashirgan. Biroq Tojikiston hukumati imij strategiyasini o‘z vaqtida o‘zgartirgan va mamlakatda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha holatlar mavjudligini tan olgan. Turkmaniston hukumati va davlat amaldorlari esa garchi mamlakatda hech kim koronavirusning yo‘qligi haqidagi gapga ishonmay qo‘ygan bo‘lsa ham, bu borada oxirigacha o‘z pozitsiyasini ushlab turgan.
Turkmanistonda aholini Xitoy va Rossiya preparatlari bilan emlash ishlari 2021-yil boshidan beri davom etmoqda. Bugungi kunda barcha nafaqaxo‘rlar va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari vaksinatsiya qilinyapti. Odamlarning vaksinatsiyadan keyin o‘zini qanday his etayotgani haqida axborotlar berilmagan. Biroq “Turkmen.news” nashri emlashdan keyin odamlarning yurak yetishmovchiligi sabab vafot etish holatlari kuzatilgani haqida xabarlar borligi xususida yozgan.
Turkmanistonda vaksinatsiya boshlanganidan keyin 2020-yil iyulida yopib qo‘yilgan ayrim korxonalar faoliyatini qaytadan boshlagan. Hududlar bo‘ylab transport qatnovi qisman tiklangan. O‘tgan yili avgustda boshlangan xorijdagi fuqarolarni mamlakatga olib kelish ishlari davom ettirilmoqda, COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlanishidan avval xorijda qolib ketgan fuqarolarning ayrimlar hanuzgacha Turkmanistonga qaytarilmagan. | 2Dunyo
|
SQB Insurance “SQB Online” platformasini ishga tushirdi
Anjumanda davlatimiz rahbarining mazkur qarori ijrosi doirasida sug‘urta kompaniyalari, jumladan, “SQB Insurance” tomonidan sug‘urta biznesiga innovatsion yondashish, yuridik va jismoniy shaxslarning talab va takliflari asosida yangi innovatsion sug‘urta xizmatlarini ishlab chiqish, boshqaruv va sotuv jarayonlariga IT-texnologiyalarini keng joriy qilgan holda milliy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.
Xususan, kompaniya 2019 yil 16 avgustda umumiy sug‘urta sohasining barcha 17 klassi bo‘yicha majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lganligi, respublikaning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida o‘z filiallarini ochib, ular sonini 14 taga yetkazganligi ma'lum qilindi.
Aholining barcha qatlamiga mo‘ljallangan, soddalashtirilgan shartlarni o‘z ichiga olgan va, eng asosiysi, aholi uchun qulay narxlarda sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqilganligi qayd etildi.
“Mening oilam”, “Mening uyim”, “Katta uy”, “KASKO-PREMIUM”, “KASKO-SILVER”, “SWEET HOME”, “MY CARD”, chet elga chiquvchilar (sayohatchilar)ni sug‘urtalash hamda jismoniy shaxslarni baxsiz hodisalardan sug‘urtalash kabi sug‘urta mahsulotlari shular sirasiga kiradi.
Bundan tashqari, kompaniya tomonidan boshqaruv va sotuv jarayonlariga IT-texnologiyalarini keng joriy qilish, mijozlarga zamonaviy, sifatli va tezkor sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida “SQB Online” platformasi ishga tushirildi. Sug‘urta xizmatlarining “Telegram-bot” orqali ham sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Kompaniya ichki va tashqi sug‘urta xizmatlari bozorlarida qayta sug‘urtalash xizmatlarini ham ko‘rsatish imkoniga ega. Ayni paytda shu yo‘nalishda 22 ta kompaniya bilan hamkorlik o‘rnatgan, “SKALA broker” (Rossiya) va “MOI Broker” (Qozog‘iston) xalqaro qayta sug‘urtalash brokerlari bilan shartnomalar tuzgan. Natijada joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, qayta sug‘urtalash xizmatlari bo‘yicha 394 ta shartnoma imzolab, 1,4 mlrd. so‘m hajmida sug‘urta mukofotlari tushumini ta'minlagan.
Xalqaro hamkorlik borasida “SQB Insurance”, shuningdek Turkiyaning REMED Assistance” (Turkiya) xalqaro assistans kompaniyasi bilan sayohatchilarni sug‘urtalash loyihasi doirasida ish olib bormoqda.
Anjumanda o‘tgan davr mobaynida kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ishlar aniq ko‘rsatkichlar doirasida sarhisob qilindi.
Unda 2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, kompaniya tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 21,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 8,9 mlrd. so‘m yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, 4,1 mlrd. so‘mi yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini, 1,2 mlrd. so‘mi jismoniy shaxslarni baxsiz hodisalardan sug‘urtalash, 607,0 mln. so‘mi majburiy sug‘urtalash va 6,3 mlrd. so‘mi moliyaviy qaltisliklardan sug‘urtalash va boshqa sug‘urta turlari hisobiga to‘g‘ri kelganligi qayd etildi.
Shuningdek, hisobot davrida 15 724 dona sug‘urta shartnomasi tuzilgan bo‘lib (shundan 85 foizi jismoniy shaxslar, qolgan qismi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi), 9 294,8 mlrd. so‘m sug‘urta himoyasi taqdim qilindi. Olingan sug‘urta javobgarliklarining 3 709,3 mlrd. so‘mi yoki 39,9 foizi boshqa qayta sug‘urta kompaniyalarida qayta sug‘urtalandi. 69 ta da'vo arizasi bo‘yicha 155,0 mln. so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.
Kompaniya aktivlari 2019 yil boshiga nisbatan 156,3 foizga oshib, 46,9 mlrd. so‘mni, shakllantirilgan sug‘urta zahiralari miqdori 15,6 mlrd. so‘mni tashkil qilmoqda. Kompaniya aktivlari yuqori likvidlikka ega bo‘lib, unda investitsiya qo‘yilmalarining ulushi 93,4 foizga tengdir.
Ma'lumot uchun. “SQB Insurance” savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi “PSB Insurance” MChJ sug‘urta kompaniyasi 2018 yil 28 noyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Kompaniya ta'sischisi (100 foiz) “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bo‘lib, uning ustav kapitali 30,0 mlrd. so‘m hajmida to‘liq shakllantirilgan. Kompaniyaning dastlabki faoliyati 2019 yil 5 aprelda Moliya vazirligi tomonidan berilgan SF 00240-sonli litsenziyaga muvofiq boshlangan.
Axborot xizmati | 5Jamiyat
|
«Bavariya» yana bir transferni rasmiylashtirdi
«Lion» yarim himoyachisi Korentin Tolisso «Bavariya» a'zosiga aylandi. Bugun u Myunxen klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va shartnomani imzolagan.
Ushbu 22 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan. Uning uchun «Bavariya» «Lion»ga 37 million yevro to‘lagan.
Tolisso «Lion» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu xavbek yakunlanganm mavsumda jamoasining turli turnirlarida jami 47 uchrashuvda maydonga tushgan va 14 gol urib, 7 golga uzatma bergan.
«Bavariya» bungacha «Verder»dan Serj Gnabrini sotib olgandi. | 13Sport
|
Shavkat Mirziyoyev xizmatlar bozorini jadal rivojlantirish uchun 500 million dollar ajratilganini ma’lum qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari xizmatlar bozorini jadal rivojlantirish uchun talab etiladigan moliyaviy resurslar haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
“Hisob-kitoblarga ko‘ra, xizmatlar sohasi uchun banklar tomonidan joriy yilda kamida 18 trillion so‘m kreditlar yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 million dollar, shundan 1-iyulgacha 150 million dollar ajratiladi.
Birinchi bosqichda Samarqandga – 160 milliard so‘m, Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo va Farg‘onaga – 150 milliard so‘mdan, Namangan va Surxondaryoga – 125 milliard so‘mdan, Buxoro – 90 milliard so‘m, Jizzax – 85 milliard so‘m, Qoraqalpog‘iston va Xorazmga – 75 milliard so‘m, Sirdaryoga – 60 milliard so‘m, Navoiyga – 55 milliard so‘m ajratiladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimlari tijorat banklari bilan birga, ajratilgan mablag‘ yoniga yana shuncha miqdorda resurs topishlari, ya’ni bu ishlarni “ellikka ellik” tamoyili asosida tashkil etishlari shart va zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, viloyat, tuman, shahar hokimlari, sektor rahbarlari, mahallaga iqtisodiy kompleksdan biriktirilgan mas’ullar bilan birga “mahalla—tuman—bank” prinsipi asosida loyihalar ro‘yxatini shakllantiradi.
“Bunda Jamshid Qo‘chqorov va Alisher Mirsoatov tashkil etiladigan loyihalarda har bir mahallada bo‘lishi shart bo‘lgan kamida 20 ta turdagi, tuman va shaharda kamida 70 ta turdagi xizmat ro‘yxatini asos qilib olishlari shart. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mahalla, tuman va shaharlarda ushbu zaruriy xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha, alohida hukumat qarorini qabul qilib, ijrosini nazoratga oladi.
Viloyat rahbarlarining e’tiborini alohida qaratmoqchiman, tuman va shaharlarning mablag‘lardan samarali foydalanishiga qarab, 1-sentabrdan keyingi 150 million dollarni ajratamiz. Bundan tashqari, Milliy bank raisi Alisher Mirsoatov 28 ta yirik va o‘rta shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, ta’lim obyektlari, yirik savdo komplekslarini tashkil etish uchun shu yilning o‘zida qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ jalb qiladi. Demak, budjetdan va banklar tomonidan qo‘shimcha ajratiladigan mablag‘ jami 500 million dollar yoki 5,5 trillion so‘mni tashkil etadi”, – dedi Prezident.
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish sohasiga mas’uliyatsizlik qilgan 27 nafar rahbar lavozimidan olinib, 54 nafariga intizomiy jazo berilganini, hokimlarning xizmatlar sohasida belgilagan rejalari ushbu hududlar salohiyatidan ancha past ekani hamda Milliy bank qoshida xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha-tahliliy markazi tashkil etilishi haqida ma’lum qilgandi. | 8O‘zbekiston
|
TAMAKI IShLAB ChIQARISh XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar tamaki ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasida mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
12. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
13. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
15. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
16. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
17. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
18. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
19. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
20. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
21. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
22. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
23. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
24. Xodimlar Yog‘-moy va tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2113, 2010-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 205-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
25. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
26. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
27. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
28. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
33. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi.
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
36. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim.
37. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas.
38. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
40. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani” talabiga mos bo‘lishi kerak.
41. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
42. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
43. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
44. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
45. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
46. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
47. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
48. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
49. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
50. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak.
51. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
52. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
53. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
54. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
57. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
58. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
59. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
60. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
61. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
62. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
63. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
64. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
65. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
66. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
67. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
68. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, o‘rtacha og‘ir ishda 17°S, og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi lozim.
69. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
70. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
71. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
72. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
73. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
74. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
75. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
76. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
77. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
78. Yoritish va quvvatli uskunalar hamda elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart.
79. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart.
80. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
81. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
82. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
83. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
85. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
86. Elektr apparatlari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
87. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
88. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
89. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yer bilan ulangan bo‘lishi lozim.
90. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
91. Tamaki ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
92. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
ishlovchilarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi mahsulotlarni qo‘llash (ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar ko‘rish orqali);
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish uskunalarini to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash;
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
93. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli normativlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
94. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
95. Texnologik jarayon qat’iy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
96. Texnologik jarayonda yangi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar qo‘llanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi va himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
97. Yangi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qo‘llashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik me’yorlar tasdiqlangandan so‘ng ruxsat etiladi.
98. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
99. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
100. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
101. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
102. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
103. Ventilatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
104. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
105. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
106. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
107. Tamaki bargini qo‘lda titish ish joylari mahalliy havo so‘rg‘ichlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
108. Vakuumli namlash qurilmasi va xo‘llash silindri bug‘ keluvchi quvurda bug‘ uzatishni avtomatik ravishda berkituvchi jo‘mrak, ehtiyot klapani, manometrlar va termometrlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
109. Tamakini namlash qurilmalari (ko‘chmas asosli, tunneli, shpritslovchi, baraban turidagi) yopiq havo so‘rish moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
110. Ish hududi ishga tushiruvchi moslamalarni aniq ko‘rishni ta’minlovchi yetarli darajada yoritilgan bo‘lishi lozim.
111. Baraban va barcha transportyorlarning sozligi tekshirib turilishi lozim.
112. Uskunada nosozlik aniqlangan taqdirda, nosozlik bartaraf etilmaguncha uskunani ishga tushirish taqiqlanadi.
113. Tamakini namlash uskunasini ishga tushirish vaqtida o‘lchash asboblarining ko‘rsatishi, suv va bug‘ning bosimi hamda harorati nazorat qilib turilishi lozim.
114. Bug‘ tizimlari izolatsiyalangan va to‘siqlar bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
115. Uskuna ishlayotgan paytda yig‘ishtirish ishlarini olib borish taqiqlanadi.
116. Barabanning ichidagi yig‘ishtirish ishlari naryad-ruxsatnomasi bo‘yicha olib borilishi lozim.
117. Silindrning ichiga u sovigandan so‘ng kirishga ruxsat etiladi.
118. Barabanni tozalashni boshlashdan oldin “Yoqilmasin, odamlar ishlamoqda!” taqiqlovchi xavfsizlik belgisini osib qo‘yish lozim.
119. Silindrning ichi ho‘l va sirpanchiq bo‘lgani sababli yig‘ishtirish ishlarini rezina poyabzal kiygan holda bajarish lozim.
120. Silindrning ichiga kirishdan avval uning uzatmasi, uzatma dvigatellari elektr ta’minoti manbaidan o‘chirilgan va qulflab qo‘yilgan bo‘lishi shart.
121. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalardagi qurilma va uskunalar ularning qurilishi, sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
122. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
123. Ombor va yuk saqlash maydonchalarida yuklarni ortish-tushirish va og‘ir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
124. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuk ortish-tushirish joyi va transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
125. Yuk ortish va tushirish ishlari tamaki to‘plarini xavfsiz joylash qoidalarini, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini yaxshi biluvchi xodimning rahbarligi ostida bajarilishi lozim.
126. Tamaki to‘plarini joylash, ortish va tushirish ishlarining bajarilishi uchun javobgar xodim ishlar boshlanishidan avval yuk ko‘taruvchi va tashuvchi mexanizmlar hamda boshqa ortish va tushirish jihozlarining sozligini tekshirishi lozim.
127. G‘aramlash ishlari kamida ikki kishi tomonidan bajarilishi lozim.
128. Omborxonalar ozoda tutilishi lozim.
129. Tamaki to‘plari juda aniqlik bilan qulab ketishi va siljishining oldini olgan holda o‘rnatilib, mahkamlanishi lozim. Tamaki to‘plarini ortish va tushirishda ustunli tagliklardan foydalanib o‘rab bog‘lash qo‘llaniladi.
130. Tamaki to‘plarini joylashtirish, yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar xodim muntazam ravishda tamaki g‘aramlarining turg‘unligini tekshiradi. Har qanday turg‘unsizlik aniqlangan taqdirda, zudlik bilan uni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim.
131. Omborxonalarning poli yog‘ochli yoki asfaltli bo‘lishi lozim. Agar pol boshqa materiallardan iborat bo‘lsa, to‘plar panjarali yog‘och taglikka taxlanishi lozim.
132. Taxlamning kengligi omborxonaning kengligi bilan aniqlanadi. Taxlamning kengligi 7 m dan ortmasligi lozim, taxlamlar orasida 0,5 m kenglikda o‘tish yo‘li, old tomonidan esa 1 m dan 1,5 m gacha kenglikda o‘tish yo‘li qoldiriladi. Taxlamdan orqa devorgacha bo‘lgan masofa 0,5 m dan kam bo‘lmasligi shart.
133. Taxlamlarning ustida ishlovchi xodimlar tushib ketishdan himoyalovchi vositalar bilan to‘liq ta’minlangan, himoya kamari bilan trosga mahkamlab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Tros sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
134. Yuk bilan devor, kolonna va xona shipi orasidagi masofa kamida 1 m, yuk va yoritqich orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi lozim.
135. Qo‘lda ortish chog‘ida g‘aramning balandligi 3 m dan, yuk ko‘tarish mexanizmlari qo‘llanilganda esa 6 m dan ortmasligi lozim.
136. Transport vositasiga yuk ortish paytida yukning balandligi yo‘lning harakatlanish qismida 3,8 m dan, kengligi esa 2,5 m dan ortmasligi shart.
137. Transport vositasining bortlarini ochish va yopishni faqat ikki xodim tomonidan bajarishga ruxsat etiladi.
138. Qutilarni ustma-ust taxlashda gidravlik qisqichli avto yuklagichdan foydalanish lozim.
139. Sigaretli yashiklar transport vositasiga pastki qatordagi yashiklar deformatsiyalanmaydigan qilib taxlanishi lozim.
140. Xonaning poli qattiq qoplamga ega bo‘lishi va yer sathidan kamida 50 sm baland bo‘lishi lozim. Sigaretli yashiklar poldan kamida 10 sm baland va havo aylanishi uchun oraliqlarga ega bo‘lgan yog‘och tagliklarga taxlanishi lozim.
141. Sigaretli yashiklar pastki yashikka putur yetkazmaydigan balandlikda taxlanishi lozim. Taxlangan yashiklardan issiqlik manbai va devorlargacha bo‘lgan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
142. Transportlash tamg‘asi “Namlikdan qo‘rqadi”, “Qizishdan qo‘rqadi”, “Oson yonuvchan” manipulatsiya belgilari va mahsulotning xususiyatini belgilovchi belgi tushirilgan holda GOST 14192-77 talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
143. Fumigatsiyalash maxsus o‘qitilgan, yo‘riqdan o‘tgan, malakali xodimlar tomonidan o‘tkazilishi lozim.
144. Sertifikatga ega bo‘lgan fosfin ajratib chiqaruvchi preparatlardan foydalanish lozim. Fosfinning (fosforli vodorod) to‘g‘ri miqdori test sinovi jarayonida aniqlanadi.
145. Faqat tamakida foydalanish uchun tasdiqlangan fosfinning reagentlaridan foydalanish lozim.
146. Magniy fosfidi 5°S va undan yuqori haroratda plastina yoki tasma shaklida ishlatilishi mumkin.
147. Alyuminiy fosfidi 10°S dan past haroratda qo‘llanilmasligi lozim. Havoning namligi 15% dan past bo‘lmasligi lozim.
148. Tamakini fumigatsiya qilish uchun fosfin tabletkalarining yumaloq donalaridan, shuningdek joylash idishining shikastlangan tasmachalaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
149. Fumigatsiya qilish boshlanishidan oldin ishlarning o‘tkazilishi uchun javobgar xodimga ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
150. Fumigatsiya o‘tkaziluvchi joy odamlar istiqomat qiladigan joydan va omborxonalardan uzoqda, shuningdek har qanday obod qilingan joydan kamida 100 m masofada joylashgan bo‘lishi shart.
151. Nafas olish organlarini himoyalash vositalari fumigatsiyalash uchun javobgar xodim tomonidan ish boshlanishidan oldin tekshirilishi va bu maxsus jurnalda qayd qilinishi lozim.
152. Fosfin bilan ishlash uchun ma’qul topilgan filtr turidan foydalanish lozim. Niqob yuzni to‘liq berkitishi lozim.
153. Protivogazdan fosfinning miqdori filtrda ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lmagan hollarda foydalanish lozim. Bu miqdor filtrda ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lsa yoki u noma’lum bo‘lsa, avtonom nafas olish apparati qo‘llanishi lozim. Kutilmagan hodisalar uchun ushbu vositalarning komplekti doim mavjud bo‘lishi lozim.
154. Ish jarayonida yengil yuviluvchan ip gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim, rezina yoki polixlorin qo‘lqop va rezina botinka kiyilishi lozim.
155. Barcha mavjud fumigantlar tashkilotda qayd etilgan bo‘lishi va ularning ishlatilishi qattiq nazorat qilinishi lozim.
156. Tashkilotning rahbari barcha xodimlarni o‘tkazilgan har bir fumigatsiyalash haqida xabardor qilishi lozim.
157. Kutilmagan avariya vaziyatlarda harakat qilish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
158. Fumigantlarni transport vositalarida tashish xavfli moddalarni tashish bo‘yicha qoida va me’yorlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
159. Fosfin ajratib chiqaruvchi moddalarning barcha zaxirasi yopiq va plomba bilan tamg‘alangan konteynyerlarda, boshqa omborxonalardan uzoq masofada joylashgan xonalarda hamda saqlash xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda saqlanishi lozim. Fumigantlarni quruq va yaxshi yoritilgan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi.
160. Fumigantlar saqlanadigan va fumigatsiyalash o‘tkaziladigan joylarda ogohlantiruvchi belgilar, saqlash va xavfsizlik bo‘yicha eslatmalar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
161. Fumigantlarni oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy faol va oson alangalanib ketuvchi moddalarning yaqinida saqlash taqiqlanadi.
162. Ish paytida foydalanilgan shaxsiy himoya vositalari (qo‘lqoplar, filtrlar) chiqindilarni ko‘mish qoidalariga muvofiq utillashtirilishi lozim.
163. Qo‘llanilayotgan ipli maxsus kiyim va poyabzal 24 soat davomida yaxshilab shamollatilishi lozim.
164. Barcha ishlatilgan yordamchi materiallar va uskunalar yig‘ib olinishi, tozalanishi va maxsus ajratilgan joyga qo‘yilishi lozim.
165. Tashkilotlarni chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va utillashtirishda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir.
166. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning inventarizatsiyasini o‘tkazish tashkil etilishi, chiqindilarning har bir turiga pasportlar ishlab chiqilishi va chiqindilarning insonlarning hayoti va atrof muhit uchun xavflilik darajasi aniqlanishi shart.
167. Tashkilotda chiqindilar tashkil etilgan joylarda yopiq konteynyerlarda, yog‘ingarchilik tushmaydigan holda saqlanishi lozim.
168. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.
169. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
170. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi shart.
171. Ishlab chiqarish uskunalari montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash paytida ishlarning xavfsizligini ta’minlashi, yong‘in va portlash xavfidan xoli bo‘lishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan sanitariya me’yorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning o‘zgarishlari natijasida xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim.
172. Ishlab chiqarish uskunalarining harakatlanuvchi qismlari to‘silgan yoki GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
173. Ishlab chiqarish uskunalarining elementlari (elektr o‘tkazgichlari, o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan bo‘lishi lozim.
174. Barcha nazorat moslamalari (termometr, monometr, hisoblagich va boshqalar), shuningdek signal beruvchi chiroqlarning joylashuvi ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish va sozlash paytida qulay kuzatish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
175. Katta o‘lchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat ko‘rsatish, tekshirish, ta’mirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 m va undan balandda joylashganda to‘siqlari va zinalari bor maydonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
176. Uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi ko‘rsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari bo‘lishi lozim.
177. Ishlab chiqarish uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari:
o‘chirib qo‘yilgan yoki nosoz ishlab chiqarish uskunasining ishlashini cheklab qo‘yishi;
xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri tugagandan so‘nggina o‘zining himoya vazifasini tugatishini ta’minlashi;
himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini ta’minlashi;
xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
178. Ishlab chiqaruvchi uskunalar o‘tkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi lozim.
179. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashi kerak.
180. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari butunlay yoki to‘r parda bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
181. Tez-tez tekshirilib turiladigan to‘siqlar tez yoki oson yechiladigan bo‘lishi kerak.
182. Vakuum kameralarining elektr asboblari yerga ulangan bo‘lishi, shuningdek kameralarning ishga tushirilganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi nurlanuvchan va tovushli signalizatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
183. Vakuum kameraning eshigini ochayotganda va yopayotganda bug‘dan kuyishdan ehtiyot bo‘lish lozim. Rolikli transportyorni ishga tushirishdan avval kameraning ichida va transportyorning ustida odamlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur.
184. Uskunalarda bug‘, suv va havo ochib qo‘yilganda hech qanday ta’mirlash ishlari olib borilmasligi lozim.
185. Ishlayotgan paytda shisha rezervuardagi suvning sathi kuzatib turilishi, uning ko‘rsatilgan chegaralardan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
186. Tig‘i yopiladigan xavfsiz pichoqdan foydalanish lozim.
187. Pichoqdan foydalanib ishlayotgan xodimning yaqinida boshqa xodimlar bo‘lmasligi lozim.
188. Pichoq bilan kesish xodimning ro‘parasi tomondagi yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim. Xodimning tanasi tomon yo‘nalishda kesish taqiqlanadi.
189. Pichoq qo‘llanmaydigan ishlar bajarilayotgan paytda pichoq qiniga joylanib, u uchun ajratilgan joyga qo‘yilishi lozim.
190. Transportlanayotgan ashyolar transportyor tasmasidan chiqib turmasligi va tushib ketmasligi lozim.
191. Harakatlanayotgan transportyorning roliklariga tegish, transportyorga o‘tirish, ustida yurish, undan sakrash taqiqlanadi.
192. Ish joyini orasta tutish, uni tashilayotgan yuklar, chiqindilar bilan to‘ldirib yubormaslik lozim.
193. Farmaturani fraksiyalarga ajratish uskunasi havoni uzatuvchi va tortuvchi ventilatsiya va avtomatik o‘t o‘chirish tizimi bilan jihozlangan alohida xonada joylashtirilishi lozim.
194. Farmaturadan bo‘shagan idishlar o‘z vaqtida xonadan maxsus ajratilgan joyga olib ketilishi lozim.
195. Farmatura tozalagichi mahalliy havo so‘rg‘ich bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
196. Dastgohni ishga tushirishdan avval himoyalovchi moslamalarning mustahkamligi, blokirovka va xabardor qiluvchi tizimlarining sozligi tekshirilishi lozim.
197. Tamaki kesuvchi mashinalarni yuklash mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
198. Qo‘zg‘aladigan orqa devorning, sepgich va shiberning uzatmalari tamaki kesuvchi mashinalarning uzatmasi bilan blokirovkalangan va g‘ilof bilan yopilgan bo‘lishi lozim.
199. Gilotin pichog‘ining harakatlanish hududi ishga tushiruvchi qurilma bilan blokirovkalangan va g‘ilof bilan yopilishi lozim.
200. Mashinalar tamaki, abraziv va metall changlarni so‘rib oluvchi aspiratsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
201. Blokirovka sxemasi alohida mexanizmlarning belgilangan tartibda avval pichoqli baraban va abraziv doiralar, shundan so‘ng plastinasimon transportyorlar ishga tushishini ta’minlashi lozim.
202. Quyidagilar taqiqlanadi:
to‘siqlarni yechish;
blokirovkalash tizimini o‘chirish;
blokirovkalash tizimini yoqmay turib ta’mirlash va detallarni almashtirish ishlarini bajarish;
pichoq bilan ishlayotganda uni o‘z gavdasi tomonga yo‘naltirish.
203. Sigaretlarni ishlab chiqaruvchi va joylovchi uskunalar rezina yostiqlarga o‘rnatilishi lozim.
204. Har bir mashina avariya vaziyati yuzaga kelgan hollarda butun ishlab chiqarish liniyasini to‘xtatib qo‘yuvchi “avariyaviy to‘xtatish” tugmasiga ega bo‘lishi lozim.
205. Tamakini uzatish va joylash pnevmatik transportyor yoki mexanik yuklagich bilan bajarilishi lozim.
206. Vakuum kameralari, ularni ravon ko‘tarish va tushirishni ta’minlovchi ko‘tarish mexanizmi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
207. Sigaret sterjenlari pichoqli kallaklarining uzellari elektr mexanik blokirovka, qulf va to‘siq bilan jihozlangan bo‘lishi, u ochib qo‘yilgan vaqtda kesuvchi kallaklarning inersion harakati to‘xtab turishi lozim.
208. Tez-tez ko‘zdan kechirib turiladigan joylarning to‘siqlari tezda yechiluvchi (qopqoqlar, shitoklar) yoki oson ochiluvchi (sharnirli, oshiq-moshiqli) bo‘lishi lozim. To‘siqlar, ular yechib olinganda yoki ochilganda uskunaning uzatmasini avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yish uchun blokirovka bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
209. Ishga tushiruvchi qurilmalar, boshqarish organlari (tugmalar, dastaklar, pedallar, tutqichlar) “STOP” avariya tugmasi va xabardor qiluvchi ranglarga bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
210. Tutqichlar va dastaklar, ularning harakatlanib ketishining oldini oluvchi fiksatorlar, shuningdek mos kelmaydigan harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
211. Uskunalarni boshqarish tizimi xodimlar jarohatlanishining oldini olish maqsadida shoshilinch tormozlanish va to‘xtatish vositalarini hamda uskuna ishidagi buzilishlardan xabardor qiluvchi signalizatsiya tizimlarini o‘z ichiga olishi lozim.
212. Sigaret mashinalarining distributorlari begona metall qo‘shimchalarni tutib qolish uchun elektr magnit bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
213. Elektr isitkich himoya to‘sig‘i (planka) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
214. Filtr yig‘uvchi mashinaning himoya to‘sig‘i mashinaning uzatmasi bilan blokirovkalangan bo‘lishi lozim.
215. Sellofan bilan o‘rovchi va joylash mashinalarining elektr goryelkalari mashina to‘xtagach ularni o‘chirib qo‘yuvchi elektr blokirovka bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
216. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, tegishli dastur bo‘yicha o‘qitilgan va tashkilot bo‘yicha buyruq bilan tayinlangan xodimlar avtokara va elektrokaraning mashinistlari bo‘lishi mumkin.
217. Elektrokaraning boshqarish dastaklarida ularning joriy tezlikdagi holatini ko‘rsatuvchi fiksatorlar bo‘lishi lozim.
218. Elektr va avtokaralar tez ishlovchi tormozlar, tovushli signallar, yoritish asboblari va ulardan begona shaxslar foydalanishiga imkoniyat bermaydigan qulflar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
219. Tashilayotgan yuk o‘zi yurar aravachaning yuk platformasiga mos bo‘lishi lozim.
220. Elektr va avtokaralardan foydalanish va ularni ta’mirlash tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
221. Avtokaralardan havo almashtirish qurilmalariga ega bo‘lmagan sexlarda foydalanish taqiqlanadi.
222. Elektr va avtokaralarning ko‘rinib turadigan joyida uning nomeri va u ko‘tara oladigan yukning vazni ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
223. Maxsus jihozlanmagan elektrokaralarda odamlarni olib yurish taqiqlanadi.
224. Tashkilot hududida transport vositalarining harakatlanish tezligi 5 km/soat dan ortmasligi shart.
225. Konveyyerlar o‘tish joylari va uskunalar ustida joylashgan taqdirda ularning pastki qismi sochilib ketgan materialning tushib ketishining oldini oluvchi yaxlit to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
226. Konveyerdagi zanjirli, tasmali va tishli uzatgichlar, birlashtiruvchi muftalar, uzatma mexanizmlarining barabanlari, tarang tortib turuvchi qurilmalarning troslari va yuklarining elementlari himoya to‘siqlari bilan to‘silgan bo‘lishi shart.
227. To‘siqning konstruksiyasi uni yechib olmasdan turib qismlarini moylash va podshipniklari qiziganligini tekshirib turish imkonini berishi lozim.
228. Tasmaning tasmali konveyer barabani bilan tutashuv joyi konveyerning uskunasi bo‘ylab yon tomonidan kamida 1 m hamda baraban radiusining yig‘indisiga teng bo‘lgan masofada to‘silgan bo‘lishi lozim.
229. Konveyerning tasmasi harakatlanayotgan paytida yon tomonga siljimasligi va baraban hamda tayanch roliklarining chekkasidan chiqib ketmasligi lozim.
230. Tasmali konveyyerlar tasma yoki taranglovchi qurilmalar uzilib ketgan, shuningdek bo‘shatuvchi voronka tarnovlari to‘lib tiqilib qolgan taqdirda konveyerning uzatmasini to‘xtatib qo‘yuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
231. Ko‘chmas konveyyerlar, ularning uzunligidan qat’i nazar, avariya vaziyatlarida ularning uzunasi bo‘ylab istalgan joydan turib konveyerning uzatmasini to‘xtatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
232. 6° dan ortiq qiyalikka ega bo‘lgan tasmali va plastinli konveyyerlar, ular to‘xtaganda yuk ortilgan tasmaning teskari tomonga qarab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan stopor qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
233. Tasmali konveyyerlar tasma va barabanni yopishib qolgan materialdan mexanik ravishda tozalovchi moslamaga ega bo‘lishi lozim.
234. Konveyyerlarni ta’minlovchi elektr kabellari foydalanishga qulay va o‘tish joylarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
235. Metall parchalarini olib tashlash uchun konveyerda magnitli metall ajratgichlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
236. Tasmali konveyyerlar ostidan to‘kilgan materialni yig‘ishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. Materiallarni qo‘lda yig‘ishtirib olishga faqat konveyer to‘xtatib qo‘yilgandagina ruxsat etiladi.
237. Konveyerni ishga tushirishdan oldin kamida 5 sekund davomida konveyerning butun uzunligi bo‘yicha eshitiluvchi ogohlantiruvchi tovushli signal berilishi shart.
238. Konveyyerlarning ustidan o‘tish uchun galereyalarda har 100 m dan, ishlab chiqarish xonalarida har 30 — 60 m dan so‘ng qo‘zg‘almaydigan ko‘prikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. O‘tish ko‘prikchalari yaxlit to‘shamali, yoritilgan va ularning balandligi kamida 1,8 m bo‘lishi lozim.
239. Konveyer ishlayotgan paytda uning har qanday qismini qo‘lda ta’mirlash va tozalash, shuningdek tasmasining ustiga chiqish taqiqlanadi.
240. Tasmaning kengligi 0,8 m dan ortiq bo‘lsa konveyerning uzatma va taranglovchi qurilmalarining ustida ta’mirlash ishlarini bajarish uchun yuk ko‘taruvchi vositalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
241. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
242. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
243. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim.
244. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
245. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
246. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
247. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval, ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
248. Ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha maxsus kiyim, poyabzal va saqlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi lozim.
249. Og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak.
250. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
251. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
252. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
253 Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi amaldagi qoidalarning talabiga javob berishi lozim.
254. Havoza va to‘shamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
255. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim.
256. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
257. Barcha ta’mirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
258. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
259. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
260. Ta’mirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim.
261. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
262. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
263. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan. | 10Qonunchilik
|