text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel keldi
Davomi: Zarafshondagi sel oqibatida 300 kishi evakuatsiya qilindi
Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel kelgani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan aholi vakillarining aytishicha, sel toshqini aholi yashovchi hududda sodir bo‘lgan.
Zarafshon shahrida yashovchi yana bir fuqaroning ma’lumot berishicha, 13-may kuni soat 01:00 dan boshlab shaharda kuchli shamol bo‘lib, jala quya boshlagan.
“Sel aholi yashovchi hududga ham kirib keldi, odamlar sel toshqinidan aziyat chekmoqda. Bizga texnika bo‘yicha yordam berishlarini so‘raymiz”, — deydi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan fuqaro.
Ta’kidlanishicha, shaharning Bog‘dorchilik hududidan tashqari ko‘plab aholi manzillarida sel toshqinlari sodir bo‘lgan.
Murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytga qadar mas’ul tashkilotlar bu holatga e’tibor qaratmagan. | 8O‘zbekiston
|
Klichko hukumat, bosh vazir va Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbarini sudga berdi
Kiyev meri Vitaliy Klichko uni Kiyev shahar davlat ma'muriyati boshlig‘i lavozimidan olib tashlash to‘g‘risidagi qarori uchun Ukraina hukumati, bosh vazir Aleksey Goncharuk va mamlakat prezidenti ma'muriyati rahbari Andrey Bogdanni sudga berdi.
Klichko o‘z da'vosida hukumatning uni lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risidagi prezidentga taqdimnomasini noqonuniy deb topishni so‘ragan. Klichkoning ta'kidlashicha, uning Kiyev shahar boshlig‘i sifatidagi vakolatlari 2020 yil noyabrda tugaydi.
Bogdanga qarshi da'vosida esa u prezident ma'muriyati rahbari vazirlar mahkamasiga uni lavozimidan bo‘shatishga asos bo‘lib xizmat qilgan xat kiritib o‘z vakolatini suiiiste'mol qilganini bildirgan. Merning qayd etishicha, bunday masalalar bevosita prezident va hukumat vakolatiga kiradi.
Avvalroq Ukraina hukumati Klichkoning Kiyev shahar davlat ma'muriyati rahbarligidan bo‘shatilishini ma'qullagandi | 13Sport
|
Namanganda ijaraga olingan Damas’ni pullab yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘aldi
Namangan shahrida yashovchi S.Ahmadjon ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Arizachiga ko‘ra, 2016-yil 16-avgust kuni Namangan shahrida yashovchi N.Qodir va R.G‘ulom uning 50 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan olib ketib, o‘zlashtirib yuborgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.Qodir va R.G‘ulom tilxat orqali ochiqda qoldirildi.
Shuningdek, Namangan shahrida yashovchi M.Komiljon tanishi, Norin tumanida yashovchi V.Nasim undan 2017-yil may oyida ijaraga olgan Damas avtomashinasini boshqa shaxsga sotib yuborganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘radi.
Mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi tilxat bilan ochiqda qoldirildi. | 8O‘zbekiston
|
Boliviya sobiq prezidenti Janin Anyes 10 yillik qamoqqa hukm qilindi
Boliviya sudi mamlakat sobiq muvaqqat prezidenti Janin Anyesni 2019-yildagi davlat to‘ntarishi haqidagi ish bo‘yicha 10 yil qamoqqa hukm qildi, deb yozadi “RBK”.
Boliviya Bosh prokuraturasi Konstitutsiya va qonunlarga zid jinoiy rezolyutsiyalarni chiqargani, shuningdek, xizmat majburiyatlarini buzgani uchun 15 yillik qamoqqa hukm qilishni so‘ragan edi. Biroq sud jazo muddatini kamaytirdi.
Janin Anyes Boliviya senatida ikkinchi vitse-spiker va muxolifat yetakchisi bo‘lgan. 2019-yil noyabrida, Boliviyada siyosiy inqiroz yuz berganida, 13 yil davomida mamlakat rahbari lavozimini egallab kelgan Evo Moralesni iste’foga yuborgan Anyes o‘zini yangi saylovlarga qadar prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi. Vaqtinchalik hukumatga qarshi noroziliklar fonida Anyes politsiyani tartibni tiklashga chaqirdi, 14-noyabrda esa harbiylarni tartibni saqlash chog‘idagi harakatlari uchun har qanday jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi farmonni imzoladi.
2020-yil oktabrida mamlakatda yangi saylovlar bo‘lib o‘tdi, uning yakunlariga ko‘ra, Moralesning maslakdoshi Luis Arse prezident bo‘ldi.
2021-yil martida Anyes va uning ma’muriyatidagi bir nechta yuqori mansabli amaldorlar davlat to‘ntarishini uyushtirganlik va unda qatnashganlik ayblovi bilan hibsga olindi.
Tergov Anyes konstitutsiya qoidalari va qonunlarni buzgan holda, o‘zini noqonuniy ravishda Boliviya prezidenti deb e’lon qilgan, degan qarorga keldi. | 2Dunyo
|
Olimlar “so‘nggi umid antibiotiklari” pnevmoniyani yengishda zaif bo‘lib qolganini ma’lum qildi
AQSh shifoxonalarida qo‘llanilayotgan “so‘nggi umid antibiotiki” hisoblanuvchi kolistin pnevmoniyani yengishda zaif bo‘lib qoldi va bu yaqin kelajakda pnevmoniya oqibatidagi o‘lim xavfini oshiradi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Ta’kidlanishicha, bu xavotirli holat bo‘lib, pnevmoniya bakteriyalari boshqa bakteriyalarga qaraganda ko‘proq infeksiya chaqiradi. AQShda avval bunday turdagi pnevmoniya aniqlanmagan.
So‘nggi yillarda bir yoki bir nechta antibiotiklarga chidamli bo‘lgan mikroblarning paydo bo‘lishi shifokorlar oldidagi katta muammolardan biriga aylandi. Ular orasida infeksiyani qo‘zg‘atuvchi kamyob va keng tarqalgan miktroblar bor. Barcha antibiotiklarning o‘z samaradorligini yo‘qotishi real xavfni yuzaga keltirdi. | 14Texnologiya
|
Odil Ahmedovning shov-shuvli intervyusidan keyin Namangandagi to‘siqlar bartaraf bo‘ldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ikki kun avval intervyu berib, bolalar futboli masalasida Namanganda boshlagan ishi ayrim to‘siqlarga duch kelayotganidan kuyunib gapirgandi. “Championat.asia” nashri o‘sha fikrlarga Namanganda qanday reaksiya bo‘lganini bilishga qiziqdi.
“Hozircha hammasi iziga tushdi. Bir tomondan gapirib olganim yaxshi bo‘ldi. Yo‘qsa, shahar huddi bedarvozadek bo‘lib qolgandi. Men gapirmasam, u gapirmasa, shunday davom etaverarmidi”, — deb so‘z boshlagan Odil Ahmedov.
Keyinroq Odil Ahmedov ba’zi masalalarga halal berayotgan kishi bilan tug‘ishgan akasi uning nomidan uchrashib olgani haqida aytdi. Biroq o‘sha kishining aynan kimligini yopiq qoldirishga qaror qildi.
O‘sha gapimdan keyin muxlislar ko‘p murojaat qildi. Yakunda akam o‘sha kishi bilan mening nomimdan muxlislar oldida ko‘rishib oldi. Barcha qilayotgan ishlari aytildi. Bungacha ayrim muxlislar ham bizni noto‘g‘ri tushunayotgandi. Kecha barchasiga barham berildi.
Shaxsan Xayrulla Xayitboyivichning o‘zi bizni chalg‘ituvchi to‘siqlarni bartaraf etib berishga va’da berdi. Menimcha, endi birov halal qilmaydi, shunga umid qilamiz. Shu o‘rinda Namangandagi akademiyani saqlab qolishga harakat qilgan viloyat futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Bahrom Xolmirzayevga ham minnatdorchilik bildiraman.
Odil Ahmedov, “Shanxay SIPG” a’zosi
Avvalgi intervyusida Odil Ahmedov “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov haqida ham keskin fikrlar bildirgandi. Xitoyda to‘p surayotgan futbolchi bu safar masalaga to‘liqroq to‘xtalib o‘tdi.
Ilhom akaga e’tiroz yoshlar jamoasiga e’tibor qaratilmayotgani borasida bo‘ldi. Ko‘pchilik bizga halal bergan odam Mo‘minjonov deb o‘yladi. Aslida unday emas. Agar u Namangandagi yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilsa, hammamizga yaxshi bo‘ladi. O‘rinbosarlar tarkibini jiddiy o‘rgansin, seleksiyada qatnashsin, o‘yinlarni jonli ko‘rsin, tayyorlov guruhi o‘yinlariga tashrif buyursin va o‘rinbosarlar safiga kerakli o‘yinchilarni to‘ldirishga yordam bersin. Mo‘minjonovning vazifasi shundan iborat. Men bolalar futboli bilan shug‘ullanishni boshlar ekanman, bizdan chiqadigan futbolchilar keyinchalik o‘rinbosarlar safiga borib qo‘shilmasa, qilgan mehnatimiz samarali bo‘lmaydi.
Odil Ahmedov, “Shanxay SIPG” a’zosi
Yarim himoyachi Vodiy Chempionlar ligasi har qanday vaziyatda ham o‘tishiga va’da berdi. Uning maqsadi faqatgina Namangan emas, balki Farg‘ona va Andijonda ham bolalar futbolini jonlantirish, shu yo‘l bilan Yaponiya, Janubiy Koreya futbolidan andoza olishga harakat qilishdan iborat. | 13Sport
|
Yaponiya Marsni suratga olish uchun ilk 8K-kamerani kosmosga uchiradi
Yaponiyaning JAXA kosmik agentligi va NHK telekompaniyasi o‘zaro hamkorlikda 4K va 8K sifatga ega Super Hi-Vision Camera’lar modulini yaratmoqda. Mars tarixida birinchi bor qizil sayyora va uning tabiiy yo‘ldoshlari — Fobos va Deymos yuqori aniqlikda o‘rganiladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Super Hi-Vision kameralarini hozirda loyihalanayotgan MMX kosmik apparati Marsga, Yerdan 300 million kilometr uzoqlikdagi masofaga yetkazadi. Parvoz 2024-yilning sentabriga mo‘ljallangan bo‘lib, u sayyoraga bir yildan so‘ng yetib boradi.
Missiyaning murakkabligi uning ikki bosqichli ekanligida. Mars va uning yo‘ldoshlarini o‘rganish davomida sun’iy yo‘ldosh ularning suratlari va boshqa materillarni siqilgan holda yuboradi. Asosiy fayllarning o‘zi kosmik apparatda saqlanadi — u Yerga 2029-yilda MMXning ortga qaytish moduli orqali olib kelinadi.
Olimlar 8K-kameralar yordamida Mars fenomeni va sayyoraga juda yaqin masofada aylanuvchi uning tabiiy yo‘ldoshlarini tadqiq etadi. Loyihaning o‘ziga xosiligi — olingan barcha suratlar internetga yuklanadi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oxirlarida AQSh Marsning o‘tmishdagi hayot izlarini qidirishga mo‘ljallangan yangi Perseverance marsoxodini uchirgan edi.
Xitoy GPS raqobatchisi hisoblanuvchi Beidou-3 navigatsiya tizimini ishga tushirdi
Avvalroq BAA o‘zining kosmik zondini birinchi bor Yaponiyadan turib Marsga uchirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Oradan ko‘p o‘tmay Xitoy ham Marsga o‘zining birinchi missiyasini uchirgan. | 14Texnologiya
|
La Ligayu "Barselona" safarda g`alaba qozonib, 3-o`ringa ko`tarilib oldi
Ispaniya chempionatining 27-turida "Barselona" safarda "Elche"ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida "Barselona" klubi g`alaba qozondi va o`z ochkolari sonini 48taga etkazib olgan holda 3-o`ringa chiqib oldi.
La Liga. 27-turElche — Barselona 1:2Gollar: Fidel (44) — Torres (61), Depay (84, penalti). | 13Sport
|
7—8-sentabr kunlari O‘zbekistonning oltita vazirligi hamda davlat idoralari Buxoro shahri va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazadi
7—8-sentabr kunlari O‘zbekistonning oltita vazirligi hamda davlat idoralari Buxoro shahri va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazadi. Ular fuqarolar bilan shaxsan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning muammolarini hal qilishda yordam ko‘rsatadilar, deb xabar berdi LiveBukhara.
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori, senator Ixtiyor Abdullayev, mamlakat Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Adliya vaziri Ruslan Davletov, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Toxiriy, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevning tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.
Vazirlar hamda davlat idoralari rahbarlarining Buxoro aholisi bilan uchrashuvidan ko‘zlangan asosiy maqsad — korrupsiya va davlat idoralarida faoliyat yuritadigan amaldorlarning o‘z mansabini suiiste’mol qilishi, shuningdek, fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolarini ko‘rib chiqishdan iborat. Bundan tashqari mamlakatning barcha tijorat banklari bu kabi uchrashuvlarni tashkil etadi. Buxoro aholisi uchun qabullar ertalabki soat 9:00 dan 21:00 ga qadar davom etadi.
Buxoroda bo‘lib o‘tadigan sayyor qabullarning kun tartibi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Surxondaryo viloyatida bir qator elektr tarmoqlari modernizatsiya qilindi
Surxondaryo viloyatida “Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturi” doirasida “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Surxondaryo hududiy bo‘limi tomonidan belgilangan nazorat ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Surxondaryo viloyatining tog‘li hududida joylashgan Uzun tumanidagi Karsh qishlog‘ini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, 14,5 kilometr uzunlikdagi yuqori va past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘i qurilib, quvvati 250 kVA bo‘lgan komplekt transformator punkti o‘rnatildi.
Denov tumanidagi Shar-Shar qishlog‘ini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 120 dona ustunlar o‘rnatilib, 4,5 kilometr uzunlikdagi past va yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i qurildi hamda quvvati 100 kVA bo‘lgan komplekt transformator punkti o‘rnatildi.
Muzrabod tumani iste’molchilarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, uzilish va avariyalarni oldini olish maqsadida ma’naviy eskirgan, uzunligi 8,2 kilometr bo‘lgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘i rekonstruksiya qilinib, yaroqsiz holga kelib qolgan 167 dona ustunlar yangisiga almashtirildi hamda zamonaviy izolyatsiyalangan “SIP” turdagi simlar tortildi.
Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan Yengil sanoat kasb-hunar kolleji elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida uzunligi 1,7 kilometr bo‘lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘i qurildi.
110/10 kVli “AMU-1” podstansiyasida yaroqsiz holga kelib qolgan kuch transformatorini “Chirchiq transformator zavodi”da ishlab chiqarilgan quvvati 63 000 kVA bo‘lgan kuch transformatoriga almashtirilishi hisobiga qishloq xo‘jaligidagi ekin maydonlarini sug‘orishning elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligini ta’minlanishiga erishildi.
Bundan tashqari, viloyat hududlarida qurilib, foydalanishga topshirilayotgan namunaviy uy-joylarning elektr ta’minoti uchun jami 19 dona komplekt transformator punktlari o‘rnatildi, uzunligi 24,47 kilometr bo‘lgan yuqori va past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari qurildi. | 8O‘zbekiston
|
Zelenskiy: Ukraina Rossiya hujumiga tayyor
Ukraina armiyasi Rossiya qo‘shinlarining ehtimoliy bostirib kirishiga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘tgan haftada Donbassga qilgan tashrifi chog‘ida CNN muxbiriga bergan intervyusida aytdi.
«Albatta. Biz Rossiyaning bostirib kirish ehtimoli haqida bilamiz. Buni 2014 yildan beri bilamiz. Ular tayyor, lekin biz ham tayyormiz, chunki o‘z yerimizda va o‘z hududimizdamiz», — dedi Zelenskiy.
U shuningdek, AQSh Ukrainani NATOda ko‘rishni istasa, buni amalda tasdiqlashi kerakligini aytdi.
«Agar ular Ukrainani NATOda ko‘rishni xohlashsa, buni ochiq aytishlari va bajarishlari kerak. Faqat so‘zdagina emas», — dedi Zelenskiy.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina rahbariyati o‘z reytingini tiklash uchun «o‘ylamasdan harakat qilishi», buning «oqibati yomon bo‘lishi» mumkinligini aytgandi. | 2Dunyo
|
Toshkent moliya institutida o‘qish koronavirus sabab masofaviy shaklga o‘tkazildi
Toshkent moliya institutida darslar 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, bu koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.
Xabarga ko‘ra, 2 haftalik masofaviy ta'lim talabalar uchun e'lon qilinmoqda, institut professor-o‘qituvchilari karantin qoidalariga rioya etgan holda vazifalarini olib borishadi. | 8O‘zbekiston
|
Fanlar Akademiyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Yerga asteroid yaqinlashayotgani haqidagi xabar tufayli boshlangan mish-mishlarga munosabat bildirdi
Shu kunlarda Rossiya telekanali Yer sayyorasi tomon ulkan asteroid yaqinlashayotgani, u 2019 yil 1 fevralda Yerga urilib, oxiri zamon bo‘lishi haqidagi video materiallarni tarqatgandi. Buning ortidan odamlar o‘rtasida qiyomat yaqinlashayotgani to‘g‘risida vahima ham paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti bu xabarga munosabat bildirdi.
«Bu xabar bilan tanishib chiqqanimizdan so‘ng, uning mutlaqo uydirma ekani ma'lum bo‘ldi. Chunki, 2019 yilda Yerga yaqinlashuvchi asteroidlarning ro‘yxati astronomlarga avvaldan ma'lum va ular muntazam monitoring qilib boriladi. 2019 yilning aprel oyigacha Yerga yaqinlashishi kutilayotgan asteroidlarning soni 20dan ortiq bo‘lib, ularning o‘rtacha yaqinlashish masofasi 5 mln kilometrni tashkil etadi. 2019 yilning 1 fevralida Yerga yaqinlashuvchi asteroid shu yilning yanvar oyida ochilgan bo‘lib, unga 2019AV2 deb nom berilgan. Uning o‘lchami 150-340 metrni tashkil etib, u Yerga 6 mln kilometrgacha yaqinlashadi. Bunda uning trayektoriyasi Yerga yo‘naltirilgan chiziqqa tik yo‘nalishda bo‘ladi. Asteroidning Yerga bunday masofada yaqinlashuvi va yuqoridagicha trayektoriyaga egaligi tufayli u Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Rossiya telekanali xabarida «Yerga yaqinlashayotgan asteroid galaktikalararo fazodan kelmoqda», deyilgan. Bu fikr xabar yolg‘onligini ko‘rsatadi. Chunki asteroidlar Quyosh tizimi a'zolari bo‘lib, ularning boshqa galakatikalarga aloqasi yo‘q», deyiladi xabarda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay'ati ham bunday xabarlarga munosabat bildirib chiqqan.
«Qiyomat qachon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi». Qiyomat qachon bo‘lishini so‘raganlarga Payg‘ambarimiz qanday javob berishlari kerak ekanligini Alloh taoloning o‘zi ochiq-oydin oyati karimada o‘rgatgan. Jumladan, Alloh taolo Qur'oni karimda shunday degan:
«Odamlar Sizdan Qiyomat (qachon bo‘lishi) haqida so‘raydilar. «U haqdagi ma'lumot faqat Allohning huzuridadir» – deb ayting!» (Ahzob surasi, 63-oyat).
Qiyomat qachondir bo‘lishiga iymon keltirganmiz, lekin aynan qaysi kunda bo‘lishi haqidagi ma'lumotni Alloh taolo sir tutib, uni biror manbada keltirmagan. Hatto, o‘z payg‘ambarlari va farishtalaridan ham yashirgan.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimizdan «Menga soat (Qiyomat) haqida xabar bering!» deb so‘raganlarida Payg‘ambarimiz: «U haqda so‘ralayotgan odam so‘rovchidan ko‘ra bilimli emas», deb javob berdilar (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyati).
Ushbu hadisi sharifdan so‘raluvchi shaxs Muhammad sallallohu alayhi vasallam ham, so‘rovchi Jabroil alayhissalom ham Qiyomat qachon bo‘lishini bilmaganlari ko‘rinib turibdi.
Demak, Payg‘ambarimiz va Jabroil alayhissalomlar bilmagan narsani kim, «men bilaman, falon kuni Qiyomat bo‘ladi», desa, iymoniga putur yetadi. Bir qancha oyat va hadislarga qarshi chiqqan bo‘ladi. Vallohu a'lam», deyiladi idora munosabatida.
Qayd etish kerakki, qaysidir sanada qiyomat bo‘lishi haqida juda ko‘p marta bashoratlar qilingan. Ayniqsa 2012 yilda ham bunday ma'lumotlar keng tarqalgan edi. Ammo tabiiyki bularning birortasi tasdig‘ini topmagan. | 8O‘zbekiston
|
Buxoro tibbiyot institutida yirik korrupsiyaga qo‘l urilgani aytilmoqda. OTM buni rad etdi, ba'zi savollar ochiq qoldi
Bloger Umid G‘ofurov Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiya holatlari avj olganini xabar qildi. U «Odam anatomiyasi» darsligi talabalarga majburan sotilayotgani, bu darslikni chop etish bo‘yicha buyurtmalar shubhali tarzda «Bitubi Grupp» MChJga berilayotganini ma'lum qildi.
Umid G‘ofurovga ko‘ra, «Odam anatomiyasi» darsligi mualliflaridan biri va ayni vaqtda institut rektori v.v.b. Shuhrat Teshayev «Bitubi Grupp» MChJ ta'sischisi Eduard Itskov bilan kelishgan holda, bir nechta shartnomalar orqali 1,4 mlrd so‘mga yaqin institut pullarini shu korxonaga ko‘chirib bermoqda.
Bloger bir nechta takliflar orasidan «Bitubi Grupp» MChJning tanlab olinishiga e'tibor qaratdi. Kitob birja savdolariga qo‘yilganda har bir dona to‘plam uchun 364 ming, 369 ming, 373 ming va 380 ming so‘mlik nisbatan arzonroq takliflar berilgani holda 382 ming so‘mni tashkil etuvchi «Bitubi Grupp» MChJ taklifi qabul qilingan.
Buxoro davlat tibbiyot instituti holatga munosabat bildirib, mazkur kitob smart shakldagi qulayliklarga egaligi, kitobni yaratishdan maqsad tibbiy ta'limning innovatsion texnologiyalarini qo‘llash ekanini bildirdi.
Rasmiy axborotda universitet kitob chop etish bo‘yicha shartnomalarni Tovar-xomashyo birjasi orqali qonun doirasida amalga oshirgani, xaridlarni yetkazib berish bo‘yicha o‘z tijoriy taklifini bergan korxonalar kitobga qo‘yilgan talablarni tushunib, savdoda ishtirok etishni o‘zlari rad qilgani, kitob mualliflaridan biri – institut rektori v.v.b. Shuhrat Teshayev bu lavozimga 2020 yil 19 sentyabrda tayinlangani va shartnomalarning aksariyati Sh.Teshayev hali rahbar bo‘lmagan vaqtda tuzilgani ma'lum qilingan.
Bundan tashqari, institut bayonotida «Bitubi Grupp» MChJ o‘quv tibbiy adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha litsenziyaga egaligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi tomonidan mualliflarga kitobni chop etish bo‘yicha nashr ruxsatnomasi berilgani ham ta'kidlangan.
Shundan so‘ng, Umid G‘ofurov yuqoridagi litsenziya 2019 yil 16 sentyabrda, nashr ruxsatnomasi 2019 yil 2 noyabrda olingani, biroq ushbu hujjatlar olingunga qadar, ya'ni 2019 yil 13 avgust kuni ham institut va ushbu nashriyot o‘rtasida shartnoma imzolanganiga e'tibor qaratdi.
Shuningdek, bloger o‘zida Sh.Teshayev institut xizmat avtomobilidan oilaviy maqsadlarda foydalanishiga oid video borligi, institutda talabalarga Ibn Sino surati aks etgan emblema majburiy ravishda sotilgani, mabodo talaba bu emblemani o‘quv formasiga taqib olmasa, unga «nb» qo‘yish (darsga kelmagan deb hisoblash) tartibi joriy etilganini ham bildirdi.
«Bir oddiy o‘qituvchi 8 martga qilingan sovg‘ani minnat qilgani haqida gapirganimda, yarim kun ichida Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi bu o‘qituvchini ishdan bo‘shatdi.
O‘z kitoblarini oliygoh budjeti hisobidan kamida 1,4 mlrd so‘mga xarid qilgan rektor haqida gapirganimga 12 kun bo‘ldi, biror bir munosabat bildirilmadi. Vazirlikning tishi faqat oddiy o‘qituvchilarga o‘tadimi? Kamida bu ma'lumotlarga munosabat bildirish o‘rinli emasmidi?
3 kun oldin barcha dalillarni ko‘rsatib video tayyorladim. Hech qanday tashkilot mendan tafsilotlarni o‘rganish uchun aloqaga chiqmadi. Axir menda haydovchidan olingan video dalillar bor, talabalar majburiy ravishda kitob va emblemalarni sotib olishi to‘g‘risida xabarlar bor... Bu hech kimga qiziq emasmi? Hech bo‘lmaganda tekshirishni boshlash uchun yana qanday dalil kerak?
Shuncha yuqori tashkilotlar befarqmi ta'lim tizimida bo‘layotgan ishlarga nisbatan?» – deydi Umid G‘ofurov.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi holatga izoh bermadi. Vazirlik o‘tgan oyda «korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi hamda manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi»ni bayon qilgandi.
Kun.uz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan olgan ma'lumotga ko‘ra, agentlik mazkur holat bo‘yicha 2 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklariga so‘rov yuborgan. | 8O‘zbekiston
|
FIFA g‘orda qolayotgan taylandlik futbolchilarni JCh-2018 finaliga taklif etdi
Xalqaro Futbol federatsiyasi – FIFA JCh-2018 finaliga Tayland g‘orlaridan birida to‘silib qolgan yosh futbolchilar va ularning murabbiylarini taklif etdi. Bu haqda FIFA rahbari Janni Infantinoning ularga yo‘llagan maktubida yozilgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Maktub Tayland futbol assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilingan.
«Agar, barchamiz umid qilganimizdek, ular yaqqin kunlarda o‘z oilalari bilan birlashsa va ularning salomatligi sayohat qilishga imkon bersa, FIFA ularni JCh-2018 finaliga bizning mehmonimiz sifatida Moskva taklif qilishdan xursand bo‘ladi», — deb qo‘shimcha qilgan Infantino.
Tashkilotga ko‘ra, ular 23 iyundan beri qutqaruv operatsiyasini kuzatib bormoqda.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati finali 15 iyul kuni Moskvaning «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tadi. | 13Sport
|
Kosovo politsiyasi o‘lka maktablarida 60 kg dan oshiq narkotik musodara qildi
Kosovo politsiyasi o‘lka maktablarida o‘tkazgan operatsiya davomida 60 kilogrammdan oshiq marixuana va boshqa narkotiklarni musodara qildi. Bu haqda respublika IIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Politsiyaning ‘Maktablarda narkotiklarga o‘rin yo‘q’ aksiyasi davomida 62 kilogrammdan oshiq marixuana, 0,5 gramm kokain va o‘qotar qurol musodara qilindi. 26 kishi qo‘lga olindi, 17 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Operatsiya o‘tgan haftada Kosovaning barcha xududida o‘tkazilgani bildirilmoqda. Odatda bunday tadbirlar ko‘plab miqdorda og‘ir va yengil narkotiklar, qurol hamda kelib chiqishi shubhali yirik summadagi pullarning musodara etilishiga olib keladi. | 2Dunyo
|
Prezident fuqarolik olish tartibi soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Unga ko‘ra, endilikda 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Shuningdek, O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talabi bekor qilindi.
Bundan tashqari, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Ma'lumot uchun, Davlat dasturida 2021 yil 1 maydan O‘zbekistonda 15 yil doimiy yashab kelgan shaxslarga fuqarolik berilishi aytilgandi. Biroq mazkur topshiriq ijrosi yuqoridagi qonunni qabul qilish kechikkani tufayli ortga surildi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 13 mart kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun bilan, 1995 yilga qadar O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon mamlakatda muqim yashayotgan shaxslarga avtomatik tarzda fuqarolik berilishi belgilanib, bu yangilik ortidan 2020 yilda 8310 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingandi. | 8O‘zbekiston
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MIKROFIRMALAR VA KIChIK KORXONALARNI RIVOJLANTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda) 7-bandidagi “yagona soliqni” so‘zlari “yagona soliq to‘lovini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 67-modda) 1-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshidagi “yagona soliqni”, “yagona soliq” so‘zlari tegishli ravishda “yagona soliq to‘lovini”, “yagona soliq to‘lovi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 10Qonunchilik
|
Qozog‘istonda 5-iyun kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 5-iyun kuni mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda u videomurojaatida ma’lum qildi.
Konstitutsiyaviy islohot “butun davlat modelini keng qamrovli o‘zgartirishga” qaratilgan, dedi To‘qayev. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgartirishlar Qozog‘istonning “superprezidentlik” boshqaruv shaklidan nufuzli parlamentga ega bo‘lgan prezidentlik respublikasiga o‘tish jarayonini amalga oshirishni ko‘zlagan.
“Interfaks” xabariga ko‘ra, To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini referendumga quyidagi savol bilan qo‘yishni buyurgan: “Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga ‘Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida’gi qonun loyihasida belgilangan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qabul qilasizmi?”. Referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonning o‘zi hamda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan holatdagi qonun loyihasi 6-may kuni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
To‘qayev aprel oyida Qozog‘iston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini e’lon qilgandi. O‘zgartirishlar mamlakat bosh qonunining 30 dan ortiq moddalariga taalluqli bo‘ladi. Boshqa narsalar qatorida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning vakolatlari va maqomi to‘g‘risidagi bandlar Konstitutsiyadan chiqarib tashlanishi rejalashtirilmoqda.
2022-yil yanvar oyida Qozog‘istonda gaz narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishlari bilan boshlangan yirik tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi. Ularni bostirish uchun To‘qayev, xususan, KXSHT mamlakatlari qurolli kuchlarini taklif qildi. Noroziliklar fonida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik Kengashi rahbari lavozimidan chetlashtirildi, uning ko‘plab qarindoshlari rahbarlik lavozimlaridan ayrildi. | 2Dunyo
|
Suriyada izsiz yo‘qolgan deb hisoblangan ikki askar jasadi Turkiyaga qaytarildi
Suriyaning Al-Bab shahrini IShID terrorchilaridan ozod qilish uchun "Frot qalqoni" operatsiyasida qatnashgan, izsiz yo‘qolgan, deb hisoblangan ikki askarning jasadi Turkiyaga qaytarildi. Bu haqida xavfsizlik xizmati xodimining so‘zlariga asoslanib, Daily Sabah nashri xabar berdi.
Chanoqqal'a provinsiyasida yashovchi Kivanch Kashikchi va adanalik Muhammad Dyuran Keskin 2016 yilning 29 noyabrida IShIDga qarshi olib borilayotgan "Frot qalqoni" operatsiyasi davomida g‘oyib bo‘lishgan.
Askarlarning jasadi Turkiya janubidagi G‘azontepa aeroportiga qaytarildi, shu yerdan ular yashagan provinsiyalarga yetkaziladi.
Turk armiyasi 29 noyabr kuni Suriyaning shimoliy chegarasi hududida, "Frot qalqoni" operatsiyasi davomida ikki nafar askari bilan aloqa uzilganligi to‘g‘risidagi bayonot bilan chiqqandi.
IShID terrorchilariga qarshi olib borilayotgan "Frot qalqoni" operatsiyasiga 24 avgust kuni start berilgan. | 2Dunyo
|
Tesla kompaniyasi bozordagi qiymati bo‘yicha Ford’dan o‘tib ketdi
Tesla Motors kompaniyasi bozordagi qiymati bo‘yicha Ford kompaniyasini ortda qoldirdi. The Wall Street Journal nashrining ma'lum qilishicha, "Tesla" aksiyalari u rekord darajadagi sotuvlarga erishgani haqidagi ma'lumot chop etilgandan keyin 7 foizdan ko‘proqqa o‘sdi. Bu esa kompaniyaning bozordagi qiymatining 48,7 mlrd dollardan oshishiga olib keldi. "Ford"ning qiymati esa 45,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
"Tesla" oxirgi yarim yildan beri arzonlashayotgan "Ford"dan ilk bor o‘tib ketdi. Shu tariqa elektrokar ishlab chiqaruvchi kompaniya qimmatligi bo‘yicha AQSh avtokonsernlari o‘rtasida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu borada 1-o‘rinni General Motors egallaydi, uning bozor qiymati 51,2 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq "Tesla" 2017 yilning 1-chorakida rekord darajadagi 25 mingta avtomobil sotgani ma'lum bo‘lgandi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 69 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. Shu bilan birga 1-chorakda sotilgan avtomobillar miqdoriga chorak oxirida mijozlarga yetkazib berilish jarayonida bo‘lgan 4650 ta mashina kiritilmagan.
Taqqoslash uchun, "Tesla" 2016 yilda 76 mingtaga yaqin, Ford esa 6,7 mln ta mashina sotgan. | 4Iqtisodiyot
|
OAV: Shimoliy Koreya raketa uchirgani haqida hech narsa ma'lum qilmadi
Shimoliy Koreya o‘tkazgani ehtimol qilinayotgan raketa sinovi haqida Pxenyan rasman xabar qilmagan va bu haqda davlat OAVda hech qanday eslatmalar berilmagan. Bunday axborotni hozirda muxbiri Pxenyanda bo‘lgan Yaponiyaning NHK jamoat televideniyesi tarqatdi.
Ta'kidlanishicha, yangi raketa sinovi haqida Shimoliy Koreyada u yoki bu kanallar orqali hech narsa ma'lum qilinmagan. Yapon jurnalistlari bu birinchi navbatda sinovning muvaffaqiyatsiz yakunlangani bilan bog‘langan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
AQSh qurolli kuchlari ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 16 aprelda o‘tkazgan raketa sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlangan, raketa uchirilishi bilanoq portlab ketgan. | 2Dunyo
|
AQShdagi eng keksa ayol 113 yoshida vafot etdi
Vuster shahrida (Massachusets shtati) istiqomat qiluvchi AQShning eng keksa ayoli Goldi Mixelson 113 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mixelson 1902-yili Rossiya imperiyasining Yelisavetgrad shahrida (hozirgi Kirovograd, Ukraina) tug‘ilgan va bolalik chog‘ida ota-onasi bilan AQShga ko‘chib o‘tgandi. Bu yerda u nufuzli Braun universitetitini tamomladi.
Gerontology Research Group gerontologiya xizmatiga ko‘ra, endi Nyu-Jersi shtatida yashovchi 113 yoshli Adel Danlap AQShdagi eng keksa ayol hisoblanadi. | 2Dunyo
|
BBC qirollik oilasi talabiga ko`ra malika Diana haqidagi filmni efirdan olib tashladi
BBC korporasiyasi o`z efir dasturlaridan malika Diana haqidagi filmni olib tashladi. Bunday qaror qabul qilinishiga shahzoda Charlz tomonidan o`tkazilgan huquqiy bosim sabab bo`ldi, deya xabar beradi The Daily Mirror. Ikki qismli Reinventing The Royals hujjatli filmining namoyishi 4 yanvar kuni o`tkazilishi kerak edi.
Kartinada Diananing o`limidan keyingi voqealar aks ettirilgan, xususan film mualliflari qirollik oilasi shahzoda Charlz hamda turmush o`rtog`i Kamilla Rozmari Mauntbetten-Vindzorlarning (oldin Kamilla Parker-Boulz bo`lgan) OAVdagi imijini yaxshilash uchun PR-mutaxassislarni ishga solishatganligini tasdiqlashdi.
Filmni dasturlar jadvaliga kiritishga tayyorlanishayotgandi, biroq BBC tahririyati Charlz va Kamilla adovkatlaridan kelib tushgan xat sabab qarorni bekor qilishdi.
BBC vakillari filmning namoyishi kechiktirilgan, biroq tamoman olib tashlanmaganligini ma`lum qilishmoqda. Ularning so`zlariga ko`ra, kartina ba`zi muammolar, jumladan arxiv materiallaridan foydalanish bo`yicha masala hal bo`lgach, efirga uzatiladi.
2006 yili Diananing falokatidan so`ng qirollik oilasi hayotiga bag`ishlangan “Qirolicha” nomli biografik film ishlangan edi.
Malika Diana 1997 yili Parijda ro`y bergan avtofalokat sabab olamdan o`tgan edi. 1981-1996 yillarda u shahzoda Charlzning xotini bo`lgan. Diana xayriya hamda tinchlikni saqlash borasida juda faol bo`lgan. Diana va Charlzning ajrashib ketishlariga sabablardan biri shahzodaning Kmialla Parker-Boulz bilan munosabatlari bo`lgan. Nikoh bekor qilinib, malika halok bo`lgach, OAVda Charlz hamda uning yangi xotinini ko`p tanqid qilishgandi. | 2Dunyo
|
JSST koronavirusga qarshi bir nechta dori vositalarini sinovdan o‘tkazishni to‘xtatdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasiga qarshi gidroksixloroxin, shuningdek, lopinavir va ritonavir dori vositalari kombinatsiyasini sinovdan o‘tkazishni to‘xtatdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.
Bu boradagi tegishli tavsiyalar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash vositalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro boshqaruv qo‘mitasi tomonidan berilgan.
Tadqiqotlar davomida mutaxassislar dori vositalarining SARS-CoV-2 virusi oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim holatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgangan. Dastlabki natijalarda gidroksixloroxin va lopinavir/ritonavir COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning o‘limini juda oz miqdorda kamaytirishga yordam berayotgani yoki umuman ta’sir ko‘rsatmayotgani aniqlangan.
Gidroksixloroxin, shuningdek, lopinavir va ritonavir kombinatsiyasi Solidarity xalqaro klinik tadqiqotlar doiraida sinovdan o‘tkaziladigan dori vositalari ro‘yxatiga kirilgan edi.
May oyining oxirlarida JSST gidroksixloroxinning xavfsizligidan xavotirlanib, uning sinovlarini to‘xtatgan edi. JSST rahbari Tedros Gebreyesus ushbu dori vositasini iste’mol qilganlarda o‘lim darajasi ortganini ma’lum qilgan. Iyun oyida tashkilot eksperti Anna Mariya Restrepo sinovlar to‘liq to‘xtatilishini bildirgan.
Gidroksixloroxin — bezgakka qarshi dori vositasi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp COVID-19’ga qarshi profilaktika sifatida ushbu preparatni ichayotganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng mamlakatda bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xlorin preparatlariga talab 46 baravar oshgan. Prezident preparatlarning koronavirusni davolashda ta’sirini bir necha bor ijobiy baholagan. Mutaxassislar esa COVID-19’ni davolashda rasman tasdiqlanmagan ushbu preparatlar haqida bunday xulosaga kelishga hali erta ekanligini aytib, uning ko‘plab salbiy ta’sirlari borligidan ogohlantirgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virusga qarshi dori vositalarini testdan o‘tkazish jarayonida faqatgina remdesivir COVID-19’ga qarshi umid uyg‘otuvchi natjalarni ko‘rsatgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 2Dunyo
|
Prezident «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasi bo`yicha yig`ilish o`tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoev so`nggi o`n kunda 16 nafar rahbar ishdan bo`shatilgan, «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasiga bag`ishlab yig`ilish o`tkazdi. Davlat rahbari tizimga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo`yicha topshiriqlar berdi.
Qayd etilishicha, geodeziya, kartografiya va kadastr sohasida qator muammolar to`planib qolgan.Mamlakatda er xatlovi oxirgi marta 40 yil oldin o`tkazilgan. Masalan, 140 ta tuman ma`muriy chegaralari hozirgacha aniq emas. Qishloq xo`jaligi erlarini ajratish tartibi 20 yil oldin qabul qilingan va hozirgi islohotlar talabiga javob bermaydi. Bularning oqibatida sohada talon-torojlik va korrupsiya avj olgan. 66 ta tumanda 150 ming gektar ekin eri o`zboshimchalik bilan egallangan, oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgar bo`lgan.
Shu bois tizimni isloh qilish boshlandi. Bugungi yig`ilishda shu boradagi muhim masalalar muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Prezident Shavkat Mirziyoev kadastr idoralarining eng asosiy vazifasi erning hisobi va balansini yuritish bo`lishi kerakligini qayd etdi. Yil yakuniga qadar er turi, konturi, chegarasi va foydalanuvchisi haqidagi ma`lumotlar jamlangan axborot tizimini ishga tushirish vazifasi qo`yildi. Endi er ajratish to`g`risidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy hisoblanadi.
Shuningdek, sun`iy yo`ldosh kanallarini ijaraga olish va signallarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga ko`rsatma berildi. Bu esa kosmosuratlarni yillar bo`yicha taqqoslash orqali hosildorlikni tahlil qilish, erlarning meliorativ holatini muntazam o`rganishda qo`l keladi.
Qishloq xo`jaligini boshqarishni raqamlashtirish, kelgusi yildan er balansi va uning hisobini Milliy geoaxborot tizimida yuritish zarurligi qayd etildi. Yil yakuniga qadar qishloq xo`jaligi maydonlarini elektron tanlov va auksion asosida ajratish tartibini joriy qilish, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda er toifalarini optimallashtirish bo`yicha topshiriq berildi.
«Ergeodezkadastr» davlat qo`mitasining tuproq sifatini baholash, erlarni rivojlantirish, ekinlarni joylashtirish bilan bog`liq vazifalarini, shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo`jaligi vazirligiga o`tkazish taklifi bildirildi. Jahon bankidan ajratilayotgan 87 million dollar hisobidan mazkur institut faoliyatini rivojlantirish, laboratoriyalarini yangilash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, Qishloq xo`jaligi vazirligiga yil yakunigacha 10 ming gektar er maydonining tuproq tahlilini va agrotexnologik xaritalarini tayyorlash vazifasi qo`yildi.
Sohadagi yana bir kamchilik — ba`zi turdagi kadastrlar to`liq shakllanmagan. Masalan, avtomobil yo`llari kadastri 23 foiz, madaniy meros ob`ektlari 32 foiz, quvurlar 32 foiz, shaharsozlik kadastri 63 foiz shakllangan, xolos. Shu bois IT-texnologiyalarni rivojlantirish bo`yicha Bosh vazir maslahatchisiga ishchi guruh tuzib, kadastrlar bazasini to`liq ishlab chiqish topshirildi.
Yig`ilishda shahar va qishloqlarda erning haqiqiy qiymatini aniqlash hamda uning bozorini shakllantirish masalasiga ham to`xtalib o`tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev sohaning kadrlar salohiyati pastligi, «Ergeodezkadastr» davlat qo`mitasi tizimidagi 27 foiz xodimlar mutaxassisligi sohaga to`g`ri kelmasligini qayd etdi. Shu yo`nalishda xorijiy oliy o`quv yurti filialini tashkil qilish muhimligi, Italiyaning Piza universiteti hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bilan hamkorlik o`rnatish kerakligi ta`kidlandi.
Avvalroq «Ergeodezkadastr» davlat qo`mitasida tozalash ishlari boshlangani haqida xabar qilingan edi. Unga kshra, 10 iyulda 7 nafar, 17 iyulda esa 9 nafar rahbar lavozimini suiiste`mol qilgani, o`z ishiga mas`uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan yondoshib tizim idoralarida etarli darajada ishni tashkil etmaganligi va eng asosiysi xalqning muammolariga chuqur o`rganib echim topmagani uchun ishdan bo`shatilgan.
Jumladan, 17 iyul kuni Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l, Shomanay, Taxtako`pir, Beruniy, Ellikqal`a tumani va Nukus shahri, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hamda Buxoro viloyatining Kogon tuman «Ermulkkadastr» korxonalari rahbar va xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. | 12Siyosat
|
Aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortildi
Adliya vazirligi tomonidan prezidentning aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratishga oid farmoni ijrosi yuzasidan 29 ta vazirlik va idoralarda o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
O‘rganishlar natijasida vazirlik va idoralar tomonidan farmonda belgilangan talablar buzilgani, ayrim tadbirlar ijrosi ta’minlanmagani aniqlangan.
Xususan, 1 iyundan 18 turdagi ma’lumot va hujjatlarni aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish bekor qilinib, ushbu hujjatlarni mustaqil ravishda, shu jumladan «Elektron hukumat» tizimi orqali so‘rab olinishi belgilangan. Shunday bo‘lsa-da, farmon talabi buzilib jami 3 256 ta holatda hujjatlar aholining o‘zidan talab qilib olingan.
O‘rganish yakunida aholidan ortiqcha hujjatlarni talab qilib olganligi uchun quyidagi vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215−5-moddasiga (Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish) asosan ma’muriy javobgarlikka (BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha) tortildi:
Shuningdek, o‘rganilgan 29 ta vazirlik va idoralardan 3 tasi o‘rganish jarayonida, qolgan 24 ta vazirlik va idoralar hamda ularning tizim idoralari o‘rganish yakuni bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan taqdimnomalarga asosan «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishi ta’minlandi.
«Bu esa ushbu davlat organlariga ular tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida aholini ovora qilmasdan (hujjatlarni aholidan talab qilib olmasdan) davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni vakolatli organlardan mustaqil ravishda so‘rab olish imkonini beradi», — deyiladi xabarda.
Aniqlangan qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida vazirlik va idoralarga 21 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida davlat organlari va tashkilotlarining 38 nafar ma’sul xodimiga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. | 12Siyosat
|
Xitoylik yigit sevgan qiziga antiqa to‘y sovg‘asi keltirdi
Xitoy fuqarosi Lyu Fey sevgan qizidan noodatiy usulda unga turmushga chiqishni so‘radi. U qizga to‘y sovg‘asi sifatida 33 tonnalik toshni keltirdi, toshning meteorit ekanligi taxmin qilindi. Bu haqida Sina'da xabar berildi.
Lyu Feyning aytishicha, u bir yil avval sayohatda kolleksioner bilan tanishib qolgan, ulkan tosh ham shu kishiga tegishli bo‘lgan. Tosh unga va uning bo‘lajak yoriga juda yoqib qolgan. Sotuvchi toshni meteorit deb aytgan va yigitga uni million yuandan ortiqqa pullagan.
Fey qizga to‘y sovg‘asi sifatida kvartira sotib olish uchun pul yig‘ayotgandi, lekin u uy o‘rniga ulkan toshni taqdim etdi.
Meteorit 12 mart kuni Urumchi shahri maydoniga keltirildi, ikki kundan keyin esa Fey sevgan qizidan unga turmushga chiqishni so‘radi. Qiz uning taklifiga rozilik bildirdi. | 5Jamiyat
|
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2019—2021-yillarda 4 ming nomzodni xorijga yuboradi
O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Bu Prezidentning tegishli qarorida ko‘zda tutilgan.
Ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
Ta’lim;
Fan va ilmiy tadqiqotlar;
Sog‘liqni saqlash;
Davlat boshqaruvi;
Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.
2019—2021-yillarda jamg‘arma stipendiyalari hisobidan o‘qishga yuboriladigan kadrlarning prognoz miqdori 4 000 o‘rindan kam bo‘lmagan miqdorda, jamg‘arma stipendiyalariga ajratilgan umumiy o‘rinlarning 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini magistratura va doktoranturada o‘qish uchun ajratiladi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi:
2019-yilda jamg‘arma dasturlari bo‘yicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishni moliyalashtirish uchun 3 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi.
Jamg‘armaning asoslangan talabnomalari bo‘yicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirishni ta’minlaydi.
Vazirliklar va idoralarga bir oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi va jamg‘armaga:
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishga yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, chet elda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish hamda ularning salohiyatidan foydalanish masalalarini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha talab etiladigan mutaxassisliklar ro‘yxatini;
Ilgari tegishli vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari va tarkibiy bo‘linmalarida ishlagan, hozirda chet elga chiqib ketgan yuqori malakali mutaxassislar ro‘yxatini kiritish topshirildi. | 8O‘zbekiston
|
Joze Mourino jahon chempionati favoritlarini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jahon chempionatida g‘alaba qozonishi ehtimoli katta bo‘lgan terma jamoalarni nomladi.
«Messi va Ronaldu juda zo‘r futbolchilardir. Ular terma jamoasini ancha kuchaytirishga qodir. Menimcha, Argentina va Portugaliya musobaqada zafar quchishi mumkin.
Braziliya ham Tite qo‘l ostida juda yaxshi o‘ynamoqda. Himoya ham ancha kuchli. Bundan tashqari, ularda Braziliyaga xos tabiiy iqtidor bor.
Ispaniya saralashda zo‘r ishtirok etdi. Unda tajribali va sifatli futbolchilar to‘plangan. Ammo, jahon chempionatida syurprizlar ham yuz berib turadi» - deb Mourino so‘zlarini keltirmoqda GQ. | 13Sport
|
«Vtoraya jyena zamministra» MChJ ro‘yxatdan o‘tdi. Bu internetda shov-shuv ko‘targan ayolga tegishli korxona
Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd tadbirida o‘zini «zamministr»ning ikkinchi xotini» deb tanishtirib, janjal ko‘targani ortidan tanilgan Madinabonu Eshonqulova nomi «VTORAYA JENA ZAMMINISTRA» MChJga o‘zgargan korxona ta’sischisi hisoblanadi.
Firmaning avvalgi nomi «PAIDO LOW CALORIE DRINK» MChJ bo‘lgan. Korxona 2021 yil 29 sentabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Mazkur jamiyat 2021 yilning 22 dekabr kuni qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan va korxona nomi «PAIDO LOW CALORIE DRINK» MChJdan «VTORAYA JENA ZAMMINISTRA» MChJga o‘zgartirilgan.
MChJ ustav kapitali 10 mln so‘m etib belgilangan va rasmiy ma’lumotlarda Eshonqulova Madinabonu Jumanazarovna korxonaning yagona egasi sifatida qayd etilgan.
Davlat xizmatlari agentligi muhokamaga sabab bo‘lgan firma nomi, tadbirkor bilan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng belgilangan tartibda o‘zgartirilganini ma’lum qildi.
Madinabonu Eshonqulova 30 iyul kuni Uchtepa tumanida o‘tkazilgan maxsus reyd tadbirida YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgani, majburan to‘xtatilgan vaqtda o‘zini «zamministr»ning ikkinchi xotini deb tanishtirib, janjal ko‘targani ortidan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Holat tasvirlangan lavha UzReport telekanali orqali efirga uzatilgan.
«Men ‘zamministr’ning ikkinchi xotini bo‘laman. Hozir telefon qilaman, mana shu kamerangiz uchun javob berasiz», – deya mashina boshqaruvidagi ayol YPX xodimiga hujjatlarini taqdim etmagandi. Uning yonidagi erkak esa operator va YPX xodimlariga qo‘pollik qilib, kuch ishlatgan. Yordamga yetib kelgan tezkor xodimlar zo‘ravonni ichki ishlar idorasiga olib ketgan.
Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani va ularning faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgani uchun Madinabonu Eshonqulova hamda uning ukasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llangan.
Toshkent shahar IIBB tomonidan e’lon qilingan rasmiy munosabatda Madina Eshonqulovaning hech qaysi vazir o‘rinbosariga aloqasi yo‘qligi aniqlangani ta’kidlanadi.
Keyinchalik «Zamministr»ning ikkinchi xotini ekanligini aytib, YPX xodimlariga po‘pisa qilgan qoidabuzar haydovchi yosh aktrisa Madina Eshonqulova ekani ma’lum bo‘lgandi.
Davlat xizmatlari agentligi «Firma nomlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, firma nomida: | 5Jamiyat
|
«Fuqarolar uchun byudjet: 2021 yil uchun loyiha» e’lon qilindi
Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan navbatdagi aхborot nashri 2021 yil uchun byudjet toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
2021 yil uchun byudjet asosini tashkil etadigan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi nashrning birinchi boʻlimida berilgan. Unda pandemiya bilan bogʻliq vaziyatni bosqichma-bosqich yaхshilash nazarda tutilmoqda – 2021 yil oхiriga kelib mamlakatda iqtisodiy faollik va talab darajasini inqirozdan oldingi davrdagiga yetkazish prognoz qilinmoqda.
Byudjetni rejalashtirishda eng muhim jihat fiskal strategiya hisoblanadi, nashrning ikkinchi boʻlimi shunga bagʻishlangan. 2021–2023 yillarga moʻljallangan fiskal strategiyada 2021 yilda Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirish shartlari va 2022–2023 yillar uchun byudjet yoʻnalishlari belgilanadi.
Nashrning asosiy qismi byudjet daromadlari, хarajatlari va defitsitini prognozlashga bagʻishlangan. Davlat byudjeti daromadlari prognozi tushumlar manbalari kesimida taqdim etilgan. Shuningdek boʻlimda asosiy soliqlarning byudjetga kelib tushishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar koʻrib chiqiladi. 2021 yilda kutilayotgan iqtisodiy faollikning tiklanishini, shuningdek barcha toifadagi daromadlar boʻyicha (yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va boshqa daromadlar bundan mustasno) soliq siyosatidagi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda tushumlar darajasining oʻsishi prognoz qilinmoqda.
2021 yilda byudjet хarajatlari ijtimoiy yoʻnalishini saqlab qoladi, bu koronavirus pandemiyasidan chiqish davrida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash uchun zaruriy chora hisoblanadi. Byudjetda rejalashtirilgan tuzilmaviy islohotlarni davom ettirish uchun mablagʻlar nazarda tutilgan.
2021 yilda iqtisodiyotni hamda byudjet daromadlarining oʻsish darajasini bosqichma-bosqich tiklash sharoitlarida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining YaIMga nisbatan 2,5% defitsiti prognoz qilinmoqda. Byudjet holatini toʻliq baholash uchun nashrda Konsolidatsiyalashgan byudjet koʻrsatkichlari keltirilmoqda, uning defitsiti YaIMga nisbatan 5,4% miqdorida prognoz qilinmoqda, shuningdek byudjet defitsitini qoplash manbalari koʻrsatilmoqda.
Yakunda oʻquvchilar davlat qarzi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin, u oʻsish darajasi ortishiga qaramay, makroiqtisodiy barqarorlik uchun maqbul darajada saqlanib qolmoqda. Joriy yilda davlat qarzini oʻz vaqtida va toʻliq soʻndirish maqsadida Moliya vazirligining Gʻaznachiligi huzurida Davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha Kafolat jamgʻarmasi tashkil etilgan.
«Oʻzbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirish» qoʻshma loyihasini amalga oshirish doirasida «Fuqarolar uchun 2021 yilgi byudjet» uch tilda: oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlab chiqilgan.
Bu fuqarolar uchun byudjet boʻyicha joriy yildagi uchinchi nashrdir. Avvalgi ikkita nashr 2019 yildagi byudjet ijrosiga hamda 2020 yilda qabul qilingan byudjetga bagʻishlangan edi. Shu tariqa, oʻquvchilar mamlakat byudjeti bilan byudjet jarayonining barcha bosqichlarida: Oliy Majlisga taqdim etilgan byudjet loyihasidan boshlab uning ijrosiga qadar muntazam ravishda tanishib borishlari mumkin.
Lola Abduazimova. | 10Qonunchilik
|
Royal Bank of Scotland firibgarliklari uchun 1 mlrd dollar to‘lashga rozi bo‘ldi
Shotlandiya qirollik banki Royal Bank of Scotland 2008 yilda aksionerlarni aldagani uchun 800 mln funt sterling (1 mlrd dollar) to‘lashga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Ma'lum qilinishicha, AQShning tartibga soluvchi idorasi RBS’ni AQShning kredit ittifoqlariga past sifatli ipoteka qimmatli qog‘ozlarini sotganlikda ayblamoqda, bu esa ushbu ittifoqlarning 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan keyin barbod bo‘lishiga olib kelgan.
RBS ishda ishtirok etayotgan 5 ta investorlar guruhidan uchtasi: Standard Life, Legal & General, Aviva and Prudential va The Universities Superannuation Scheme (USS) bilan kelishuvga erishganini ma'lum qildi. Ularning hisobiga 2008 yilda bank tomonidan chiqarilgan aksiyalarning 10 foizi to‘g‘ri keladi.
Qolgan ishtirokchilar bilan muzokaralar davom etmoqda. | 4Iqtisodiyot
|
Bayden Rossiyaning eng xavfli qurolini ma`lum qildi
Ukrainadagi maxsus operasiya vaqtida jangovar harakatlarda birinchi marta qo`llanilgan Rossiyaning “Kinjal” gipertovushli raketasini to`xtatish deyarli mumkin emas. Bu kutilmagan iqrorni AQSh prezidenti Jo Bayden ma`lum qildi.
"U boshqa raketalar kabi jangovar kuchga ega. Ammo, u juda kuchli qurol. "Kinjal"ni to`xtatish deyarli mumkin emas", - dedi Amerika prezidenti.
Eslatib o`tamiz, “Kinjal” yordamida rossiyalik harbiylar Ivano-Frankivsk viloyatidagi “Tochka-U” Ukraina taktik raketalari uchun jangovar bo`linmalarning er osti omborini yo`q qildi. Uni qo`llash 1000 kilometrdan ortiq masofadan amalga oshirildi. | 2Dunyo
|
Shavkat Mirziyoyev Kapitoliyga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kapitoliyda AQSh Kongressi vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi kongressmenlar bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida tobora rivojlanib borayotgan munosabatlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. | 8O‘zbekiston
|
FT: Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 15 banddan iborat tinchlik kelishuvini ishlab chiqmoqda va bu borada sezilarli natijalarga erishilgan
Rossiya hamda Ukraina delegatsiyalari jami 15 banddan iborat tinchlik kelishuvi ustida birgalikda ish olib bormoqda, deya xabar qilgan muzokaralarga aloqador uchta manbaga tayanib The Financial Times.
Nashrning yozishicha, tomonlar muzokaralarda sezilarli natijalarga erishishni boshlagan.
Taxminlarga ko‘ra, kelishuvda Ukrainaning NATO a’zoligiga kirish rejalarini bekor qilish va o‘z hududida xorij harbiy bazalari hamda qurollarini joylashtirishdan voz kechish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Ukraina boshqa mamlakatlardan xavfsizlik kafolatlarini olmoqchi, ular AQSh, Buyuk Britaniya va Turkiya bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ikki manba kelishuvda Ukrainada rus tili himoyasi masalasi ham aks etishi haqida gapirgan. Ukraina prezidentining ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak FT’ga bergan intervyusida rus tili masalasi boshqa ijtimoiy muammolar kabi Ukraina manfaatidan kelib chiqqan holda hal etilishini bildirgan.
Podolyak Rossiya bilan kelishuv 24-fevralda mamlakat hududiga bostirib kirgan Moskva qo‘shinlarining Ukrainadan chiqib ketishi kafolatlanishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim, DXR va LXR masalalari alohida muhokama qilinadi.
FT nashri maqolani e’lon qilganidan keyin Podolyak ushbu materialning Rossiya tomoni qoralamasi asosida tayyorlanganini aytgan.
“Mazkur bosqichda tasdiqlashimiz mumkin bo‘lgan yagona harakat bu — o‘t ochishni to‘xtatish, rus qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketishi va bir qator davlatlar tomonidan Ukraina xavfsizligining kafolatlanishi masalalari bo‘ladi”, – degan Podolyak.
Moskva ham Kiyev ham 16-mart kuni kelishuv borasida ijobiy o‘zgarishlar borligini bildirgan bo‘lsa-da, Ukraina rasmiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tinchlik bitimiga rioya qilishiga ishonmayapti va Kreml kuchni qayta taqsimlab, yana hujumga o‘tishi mumkinligidan xavotirda.
The Financial Times
Moskva va Kiyev delegatsiyalari Ukrainada urush boshlanganidan beri jami uch marta o‘zaro uchrashdi. Muzokaralarning birinchi raundi – 28-fevralda, 2-raundi 3-martda, 3-raundi esa 7-mart kuni o‘tkazilgan. Shundan keyin tomonlar muzokaralarni onlayn formatda o‘tkazishni boshladi.
Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live | 2Dunyo
|
FVV Toshkent viloyatidagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi
2019 yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, «Surum» MFY, Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyning isitish qozonidan tabiiy gazning sizib chiqishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgani xabar berilgandi.
FVV xabariga ko‘ra, buning oqibatida uyning tom qismi qulab tushgan va uy jihozlari yongan. Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari va viloyatning tegishli mutasaddi rahbarlari, Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi FVV ma'lumotida. | 5Jamiyat
|
"COCA-COLA" TURKMANISTONDA IShLAB ChIQARILMAYDI
"Coca-Cola İçecek" kompaniyasi rahbari Aleksandra Akkirman Turkmanistonda valyuta konvertasiyasi bilan bog`liq muammo yuzaga kelgani bois ayni paytda mazkur kompaniya ichimlik ishlab chiqarishni to`xtatgani qayd etdi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarishga jalb etilgan xodimlar ishdan bo`shatilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra shu yil noyabrda Turkmanistonda "Coca-cola" ichimliklari narxi 2-3 martaga oshgan.
Shu paytga qadar kompaniya “Bonaqua”, “Coca-Cola”, “Coca-Cola zero”, “Fanta”, “Sprite” ichimliklari ishlab chiqargan. | 2Dunyo
|
Puerto-Riko aholisi AQShga qo‘shilishni navbatdagi marta qo‘llab-quvvatladi
Puerto-Riko Karib dengizidagi hudud bo‘lib, u 1898 yilda AQSh hududi deb tan olingan. Orol AQSh tomonidan boshqarilsa-da, biroq uning ajralmas qismi hisoblanmaydi. Orol AQShning boshqa shtatlari kabi o‘z mahalliy konstitutsiyasiga, qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga ega. Uning fuqarolari 1917 yildan beri AQSh fuqarolari hisoblansa-da, biroq prezident saylovlarida ovoz berish huquqiga ega emaslar va AQSh kongressida cheklangan huquqlarga ega bir vakil bilan bildirilganlar. Orolning AQSh bilan bog‘liqligi umumiy fuqarolik, valuta va mudofaaga ega ekanidan iborat.
Puerto-Riko hukumati rahbari Vanda Vaskes Garsed orolning AQShga qo‘shilishi bo‘yicha yangi referendum o‘tkazilishi haqidagi qonun loyihasini may oyida imzolagan.
Shu bilan birga, AQSh orolning maqomi bo‘yicha referendum natijalarini inobatga olishga majbur emas. Orolning AQSh tarkibiga kirishi masalasini kongress hal qiladi.
Avval ham Puerto-Rikoda orolning maqomi masalasi bir necha marotaba ko‘tarilgan. 2012 yil noyabrda o‘tkazilgan referendumda 65 foiz aholi AQSh tarkibiga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, AQSh kongressi bu qarorni ma'qullamagan. Ushbu masala bo‘yicha 2017 yilda o‘tkazilgan referendumda ham ovoz beruvchilarning 97 foizi orolning AQShga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan. | 2Dunyo
|
Dori vositalarining noqonuniy realizatsiyasiga chek qo‘yiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020 yil 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videokonferensaloqa shaklidagi yalpi majlisida bir qator masalalar deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Parlament saytida xabar qilinishicha, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishdagi muhokamasida qizg‘in fikr-mulohazalar bildirildi.
Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarining tegishli moddalariga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Jinoyat kodeksining 186-3-moddasiga ko‘ra, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek, dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish bo‘yicha javobgarlik belgilash ko‘zda tutilyapti. Shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi taklif etilyapti.
Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda atroflicha ko‘rib chiqildi. Uning aholining sog‘lig‘ini saqlashdagi ahamiyati inobatga olinib, deputatlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi. | 8O‘zbekiston
|
«Bir qator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi» — Prezident qarori
Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatning mustaqil rivojlanishi davrida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortiq davlat ob’ekti, shu jumladan, 6,5 mingta yirik va o‘rta korxona xususiy mulk qilib sotildi. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81 foizidan ko‘prog‘i, sanoat ishlab chiqarishining 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan bir qatorda, tanqidiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqda, «bir qator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi», deyiladi hujjatda.
«Xususan, respublika mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlarining borishi bilan tanishish natijalari xususiylashtirilgan korxonalarning mulkdorlari ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanmayotgani va korxonalarni uzoq muddatli rivojlantirish bilan shug‘ullanmayotgani, ixtisoslashgan ishlab chiqarishlarni tiklamayotganligi va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etmayotganligini ko‘rsatmoqda, — deyiladi qarorda. — Mazkur holatlar Toshkent shahrida avval xususiylashtirilgan „Rele va avtomatika“, „Algoritm“ zavodlari, Samarqand shahridagi „Qizil dvigatel“ va Liftsozlik zavodlari, G‘ijduvon ip yigiruv fabrikasi, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi parranda fabrikasi, Termiz shahridagi „16-sonli g‘isht zavodi“ va boshqa ko‘plab ob’ektlar misolida ko‘rinib turibdi».
O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortiq past rentabelli va zarar ko‘rayotgan kam quvvatli xo‘jalik sub’ekti, shu jumladan, mingdan ortiq ishlamayotgan hamda deyarli bo‘sh yotgan ob’ekt, samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish xonalari aniqlangan.
«Davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o‘rganish, ularning ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy-iqtisodiy ahvolini monitoring qilish, mavjud muammolarni tahlil etish va sabablarini aniqlash, ularni kredit va moddiy resurslar bilan ta’minlashda, muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklashda, ichki va tashqi savdo bozorlarini topishda amaliy ko‘mak berish bilan sust shug‘ullanmoqda «, — deya davom ettiriladi qarorda.
«Yuzaga kelgan holat vakolatli organlarning xususiylashtirilgan korxonalarga yondashuvlari, ular bilan ishlash prinsiplari va usullarini tubdan o‘zgartirishni, faoliyat samaradorligini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishlab chiqarishni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatining asoslarini o‘rgatish, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalarini kengaytirishni talab etadi», — deya qayd etiladi hujjatda.
Qabul qilingan «2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"da iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishdagi muhim vazifa sifatida xususiy mulkning ustuvor rolini kuchaytirish va xususiylashtirilgan ob’ektlar negizida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish belgilangan.
Qarorda O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot berishi belgilandi. | 4Iqtisodiyot
|
Murodov «prokuraturani tozalash vaqti kelmadimi», degan gaplarga javob qaytardi
2018 yilda prokuror protesti bilan jinoyat sudlarining 716 nafar shaxsga nisbatan qarorlari bekor qilindi. 2009 nafar shaxsga nisbatan qaror va hukmlar o‘zgartirildi. 152 nafar shaxsga nisbatan oqilona hukm chiqarilishida prokurorlar tashabbus ko‘rsatdi, deb hisobot berdi Bosh prokuror Otabek Murodov. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Senatning 19-yalpi majlisida hisobot bergan Murodovga ko‘ra, 106 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi, 12 mingdan ziyod noqonuniy hujjatlar qonunga muvofiqlashtirildi. Shuningdek, 2 trln 228 mlrd so‘m zarar undirib berildi.
«Ko‘p hollarda majburiy ijro byurosining faoliyatiga tanqidiy baho berilyapti. Ba'zi ma'lumotlarni keltirib o‘tmoqchiman: xizmat vazifasini bajarishda 4 nafar xodim vafot etdi, 100dan ortig‘i turli darajada tan jarohati oldi. 4690 nafar xodim bunday og‘ir sharoitda ishlashni istamasdan o‘z xohishiga binoan ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berdi.
Kadrlar masalasi ham biz uchun muhim. Poraxo‘rlik va mansabini suiiste'mol qilgani uchun 281 nafar xodimni ishdan bo‘shatdik, 61 nafar xodimni jinoiy javobgarlikka tortdik. Bunaqa raqamlar hech qachon prokuratura tarixida bo‘lmagan. Bu faktlarni ijtimoiy tarmoqlarda urchib ketgan «prokuraturani tozalash vaqti kelmadimi», degan gaplarga javoban aytyapman. 82ta holatda prokuratura xodimlari pora bergan shaxslar haqida xabar berdi. Demak, pora berishni to‘xtatish kerak», - deydi u.
Bundan avval Bosh prokurorning korrupsiya bo‘yicha bildirgan fikrlari e'lon qilingandi. | 8O‘zbekiston
|
Foto: Farg‘onadagi maktablar oldida o‘rnatilgan ko‘chma svetofor
Farg‘ona yo‘llarida so‘nggi oylarda boshqa innovatsiyalardan ham foydalanish joriy qilinmoqda. Xususan, 1-yanvardan shaharda qoidabuzarliklar dronlar yordamida qayd etila boshlandi. Bundan tashqari, 2020-yil noyabr oyidan boshlab shaharda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi kameralar ishga tushdi. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekistonga xorijdan yuboriladigan pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga nisbatan 148 mln dollarga kamaydi
O‘zbekiston Markaziy banki 2020-yil yanvar—oktabr davomida mamlakatda amalga oshirilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bu vaqt davomida respublikaga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 4,88 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 148 million dollarga yoki 3 foizga kamaydi.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori esa 934 million dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 67 million dollar yoki 8 foizga oshdi.
Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 3,95 milliard dollarga yetgan.
Avval O‘zbekistonda naqd pul tushumlarining hajmi koronavirus epidemiyasidan avvalgi darajasini tiklayotgani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekistonga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari oqimida o‘sish kuzatildi. Endi mehnat muhojirlari ko‘proq maosh olmoqda | 8O‘zbekiston
|
Rubl dunyoda so‘nggi 7 yillik eng yuqori darajaga, O‘zbekistonda esa qariyb 200 so‘mga ko‘tarildi. Buning sabablari nimada?
Rubl oxirgi 7 yillik ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Rossiya valyutasi 1 dollar uchun 1,7 foizga oshib, 55,44 ni tashkil etdi, bu Moskva birjasi narxlari asosida 2015-yil iyulidan beri eng kuchli darajadir.
Yil boshidan beri rubl 35 foizga o‘sdi, bu esa siyosatchilar asosiy stavkani pasaytirganidan va G‘arb sanksiyalariga javoban o‘rnatilgan kapital nazorati yumshatilganidan keyin ham to‘xtovsiz davom etmoqda.
Hukumat rasmiylari Rossiya Ukrainaga bostirib kirgani uchun xalqaro jazolarni yengib o‘tganining dalili sifatida rublni qayta tiklanganini ta’kidlamoqda.
Biroq ular mamlakatning eksport raqobatbardoshligi va byudjet moliyasiga putur yetkazadigan avansdan borgan sari xavotirda.
Rossiya Markaziy bankining yumshatish choralari rublning o‘sish sur’atiga unchalik ta’sir ko‘rsatmadi.
Bu dollar operatsiyalaridagi cheklovlar va mamlakat importining qulashi fonida dollarga talabning pastligi bilan bog‘liq.
Urush dastlab shov-shuvga sabab bo‘ldi va 10-mart kuni Rossiya valyuta kursi bir dollar uchun 121 rublgacha ko‘tarilib, rekord darajaga chiqdi.
Ammo Moskva eksportchilarga majburiy valyuta sotuvini joriy qilgandan so‘ng va energiya mahsulotlarining ba’zi xaridorlarini rublda to‘lashni talab qilgandan keyin rubl yana o‘z holiga qayta boshladi va urushdan avvalgiga qaraganda ham qadrliroq bo‘lmoqda.
Bu mamlakatga valyuta inqirozidan qutulishga yordam bergan bo‘lsa-da, Rossiya Markaziy banki uchun tashvish tug‘dirdi.
Rubl mahalliy valyutada eksport tushumlarini kamaytirdi va mamlakat tovarlarini xorijda qimmatlashtirdi. Bank bir qator yumshatish choralari bilan javob berdi.
Bunga bir nechta sabab bor.
Markaziy bankning kapital harakatini cheklashi. 30-sentabrgacha rossiyalik jismoniy shaxslar va do‘stona mamlakatlardan kelgan norezidentlar chet elga oyiga 50 ming dollargacha pul o‘tkazishlari mumkin.
Rossiyada ishlamaydigan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslariga hali ham chet elda pul olib chiqishga ruxsat berilmagan.
Importning keskin pasayishi. Rossiya Federal bojxona xizmati mart-aprel oylari uchun eksport statistik ma’lumotlarini e’lon qilmadi.
Biroq The Economist jurnali Rossiyaning mamlakatga importining 60 foizini va eksportining 40 foizdan ortig‘ini tashkil etuvchi Rossiyaning sakkizta asosiy hamkori haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi.
Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, pul ko‘rinishida import 44 foizga qisqargan, eksport esa 8 foizga oshgan.
Rossiya gaziga rublda to‘lov. 19-may kuni Rossiyada bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak “Gazprom”ning 54 mijozining yarmi rubl hisobini ochganini, ba’zilari esa hatto to‘laganini aytdi.
Soliq muddati. Endi eksportchilar soliq to‘lashlari kerak — ular rublda to‘lash uchun o‘z valyutalarini sotishadi, deya tushuntiradi BCS World of Investments fond bozori bo‘yicha eksperti Dmitriy Babin.
Urush boshlanganidan buyon import keskin pasayib ketgani sababli, bu valyutaga xaridorlar yetarli emas. Shuning uchun valyuta kursi tushadi.
Markaziy bank valyuta tushumining atigi 50 foizini sotishga ruxsat berganiga qaramay, eksportchilar daromadlarni katta hajmda sotishda davom etadi, chunki ular banklarda dollar va yevro saqlashdan qo‘rqishadi. Bunga esa sanksiyalar sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Markaziy bankining 22-may uchun qiymatiga ko‘ra rubl 199,74 so‘mga baholanmoqda. | 2Dunyo
|
2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi qabul qilindi
Prezidentning 19.12.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. U oʻz ichiga kapital qoʻyilmalarning asosiy parametrlari, ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’yektlarini ishga tushirish prognozi hamda ob’yektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini oladi.
Shu bilan bir qatorda, kelasi yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
birinchidan, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, ob’yektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;
ikkinchidan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:
uchinchidan, davlat kafolati bilan хorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
toʻrtinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
beshinchidan, tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish yigʻma manzilli dasturi;
oltinchidan, markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:
yettinchidan, quyidagilar:
Loyiha hujjatlari ishlab chiqilib ekspertizadan oʻtkazilgandan keyin loyihalar (ob’yektlar) yuzasidan roʻyхatlarga va kapital qoʻyilmalar limitlariga (qiymatiga) aniqlik va tuzatishlar kiritilishi mumkin. Bu LBMA bilan kelishilgan holda Bosh vazirning oʻrinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining qarorlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Loyihalar (ob’yektlar) boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Hukumatning qarorlariga asosan kiritiladi.
Qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonlariga zarur vakolatga ega boʻlmagan shaхslarning aralashuvi taqiqlandi.
Oleg Zamanov. | 10Qonunchilik
|
6,5 ming dona Nexia 3 mashinasiga tumanga qarshi chiroqlar o‘rnatilmagani ma’lum qilindi
O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Gazeta.uz"ga 2018 yilda ishlab chiqarilgan 6506 dona Nexia -3 (2-pozitsiya) rusumidagi avtomobillar komplektatsiyasida tumanga qarshi oldi yoritkichlar o‘rnatilmagani aniqlangani haqida xabar berdi. GM Uzbekistan kompaniyasi esa bu axborot haqiqatga zid ekanini ma’lum qildi.
Antimonopoliya qo‘mitasi xabarida qayd etilishicha, ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha qo‘mitaning talabiga asosan bugungi kunga kelib iste’molchilarga yetkazib berilgan 6037 ta avtomashinaga tumanga qarshi yoritkichlar o‘rnatib berildi va fuqarolarning jami 2,5 mlrd so‘mdan ortiq manfaatlari himoya qilindi.
Qo‘mita mazkur rusumdagi avtotransport vositasida yuqorida ko‘rsatilgan nuqsonni aniqlagangan taqdirda, GM Uzbekistan kompaniyasi yoki Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining: (78) 144−77−77, (78) 147−14−14, (71) 241−76−17 raqamlariga murojaat qilinishini so‘radi.
GM Uzbekistan kompaniyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga mazkur axborotning haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qildi. Antimonopoliya qo‘mitasi tomonidan ushbu yo‘nalishda qandaydir o‘rganishlar olib borilmagan, deya qayd etdi kompaniya vakili.
«Tumanga qarshi farasiz avtomobillarni topshirish mazkur ehtiyot qismni yetkazib berishdagi uzilishlar munosabati bilan xaridorlarni ogohlantirgan holda amalga oshiriladi. Avtomobillarni o‘z vaqtida yetkazib berish maqsadida kompaniya xaridorlarga keyinchalik o‘rnatib berish sharti bilan avtomobillarni tumanga qarshi yoritkichlarsiz yetkazib berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan», — deya tushuntirish berdi avtoishlab chiqaruvchi matbuot xizmati. | 4Iqtisodiyot
|
Imkon qadar tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan 9 ta eng foydali sabzavot
Yetarli miqdorda kletchatka, shuningdek, boshqa foydali vitamin va minerallarni olish uchun sabzavotlarni har kuni iste’mol qilish kerak. Deyarli har qanday sabzavot salomatlik uchun zarurdir, ammo imkon qadar tez-tez iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan haqiqiy chempionlar mavjud.
Piyoz
Yangi piyozda antioksidantlar ko‘p bo‘lib, ular erkin radikallarning salbiy ta’siriga qarshi kurashadi va saraton hujayralariga qarshilikni oshiradi. Esda tutish kerakki, xom yoki tuzlangan piyozning foydasi juda ko‘p.
Makkajo‘xori
Bu sabzavot hamma uchun foydali, ayniqsa, keksalar uchun. Tadqiqot shuni tasdiqladiki, makkajo‘xorida boy bo‘lgan maxsus antioksidant lyutein keksalikda ko‘rlik rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, boshoqlar qancha uzoq pishirilsa, antioksidantlar miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi.
No‘xat
Hajmi muhim bo‘lmagan mahsulotlardan biri: kichik no‘xatlar oshqozon saratoni xavfini kamaytirishga yordam beradigan birikmalarga to‘la. Uni har kuni – yangi, konservalangan yoki boshqa usulda tayyorlanganini iste’mol qilish mumkin.
Karam
Oddiy karam tarkibida zararli xolesterin darajasini sezilarli darajada kamaytiradigan va yurak xastaliklari xavfining oldini oladigan antioksidant bo‘lgan C vitamini mavjud.
Brokkoli
Karamlar oilasiga mansub ushbu sabzavot saraton kasalligiga qarshi kurashda foydali hisoblanadi: tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bu sabzavotni haftasiga besh marta iste’mol qilish peshob pufagi saratoni rivojlanish xavfini ikki baravar kamaytirishi mumkin.
Qizil qalampir
Bitta o‘rta kattalikdagi qalampir C vitamini kunlik qiymatining 150 foizini o‘z ichiga oladi, bu aterosklerozning oldini olishga, yurak va qon tomirlarini himoya qilishga yordam beradi.
Ismaloq
Ko‘zlar salomatligi haqida qayg‘uradiganlar shunchaki ismaloqni muntazam iste’mol qilishi kerak. U ko‘z sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan va keksa odamlarda ko‘rish qobiliyati pasayishining oldini olishga yordam beradigan karotenoidlar, antioksidantlarga boy.
Bryussel karami
C vitamini yuqori bo‘lgan yana bir sabzavot, shuningdek, erkin radikallarni zararsizlantirishga yordam beradigan antioksidantlar, yurak kasalliklari bilan kurashish va katarakta rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.
Lavlagi
Bu ildiz sabzavot saratonga qarshi kurashda yordam beradigan foydali antioksidantlarga, shuningdek, ko‘z salomatligi uchun zarur bo‘lgan lyuteinga boy. Bundan tashqari, foydali xususiyatlar pishirish va qovurishdan keyin ham saqlanib qoladi. | 11Salomatlik
|
Intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni buzganlik uchun jarimalar joriy etildi
Prezident tomonidan 02.02.2022 yildagi “Intellektual mulk ob’yektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-749-son Qonun imzolandi.
1994 yil 6 maydagi "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida"gi 1062-XII-son Qonun “Sanoat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaхslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi” boʻlimi bilan toʻldirildi.
Xususan, sanoat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik asoslari belgilandi:
Tegishli patentlangan sanoat mulki ob’yektini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruхsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoхud iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish -
yuridik shaхslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.
2001 yil 30 avgustdagi "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida"gi 267-II-son Qonunga tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaхslar tomonidan jarimani toʻlash tartibini belgilovchi modda kiritildi.
Jumladan, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻхshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga хilof ravishda foydalanish -
BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.
Jarima summasi miqdorining 70%i bir oy ichida iхtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.
2006 yil 18 sentyabrdagi "Firma nomlari toʻgʻrisida"gi OʻRQ-51-son Qonun modda bilan toʻldirildi, unga muvofiq firma nomidan qonunga хilof ravishda foydalanish yuridik shaхslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
1996 yil 27 dekabrdagi "Advokatura toʻgʻrisida"gi 349-I-son Qonunga qator хizmatlarni avtomatlashtirish va teхnik koʻmak berish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan, advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini roʻyхatdan oʻtkazish endi davlat хizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 03.02.2022 yilda e’lon qilingan.
Lola Abduazimova. | 10Qonunchilik
|
Rossiyada birinchi marta OAV diniy karikaturani chop etgani uchun jazolandi
Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati (“Roskomnadzor”) diniy mavzudagi karikaturalarni chop etgani uchun “Respublika” internet-portaliga ogohlantirish jo‘natdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” idora matbuot kotibi Vadim Ampelonskiyga tayanib.
“Ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, bu turli nizolarni avj oldirish deb baholanadi”, — dedi “Roskomnadzor” vakili.
Bu bunday e’lonlar uchun OAVlarga nisbatan qo‘llanilgan birinchi sanksiyadir. Ampelonskiy ta’kidlashicha, bunday amaliyot davom ettiriladi. | 2Dunyo
|
Erta ajin tushishiga sabab bo‘luvchi kundalik odatlar
Siz e’tibor bermaydigan, lekin odatiy bo‘lgan holatlar ajin tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘zni qisib qarash
Ko‘z nurining ravshan emasligi sabab yaxshi ko‘rmaslik va quyoshga ko‘zoynaksiz qarash oqibatida ko‘zni qisib qarash odat bo‘lib qoladi. Buning oqibati esa faqatgina ajin tushishi bilan yakun topmaydi. Shu sabab ham sizda shu kabi odat kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga borish tavsiya qilinadi.
Qovoq solish
Asabiylashish yoki g‘azablanishda yuzning barcha muskullari tirishadi, qovoq solinganda esa qoshlar chimirilib, uning atrofida ajin paydo bo‘ladi. Shu bois ham emotsiyalarni nazorat qilish, bo‘lar-bo‘lmasga qovoq solmaslik kerak. Ba’zida telefonga tikilganda ham shu odat kuzatiladi, bunday vaqtda sizga nima yoqmayotgani va qanday vaziyatda qoshingizni chimirishingizni aniqlab, muammoni bartaraf etishga kirishing.
Asabiylashganda tishni tishga qo‘yish
Noxush yoki yoqimsiz vaziyatlarda ham tishini-tishiga qo‘yib indamay turish, emotsiyalarini yashirish ham ajin paydo bo‘lishiga olib keladi. Aslida bu holat organizmning himoya reaksiyasi hisoblanib, sizni hamma narsani ichingizga yutishingiz, asablarni tamom qilish bilan birga lab atrofiga erta ajin tushishi va uchburchak chiziqlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Yotgan holda o‘qish
Kitob yoki gadjetlardagi elektron kitoblarni yotib o‘qish vaqtida bosh pastga egiladi va bu bo‘yinda ajin yig‘ilishiga olib keladi. Oqibatda ajinlarning o‘zigina emas, bo‘yin toliqishi kuzatilib salomatlikka salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Shu sabab ham o‘tirgan holda o‘qish hamda boshni egib olmaslik kerak.
Qorin bilan uxlash
Agar siz shunday uxlaydiganlardan bo‘lsangiz, demak, sizda qon aylanishida muammolar kuzatilishi bilan birga yuzingizda shish va ajinlar ham ko‘zga tashlanishi mumkin. Eng yaxshi vaziyat tepaga qarab uxlash ekanini yoddan chiqarmang. | 1Ayollar
|
Qarshida chaqaloq sotmoqchi bo`lgan tug`ruqxona doyasi qo`lga olindi
Bugun insoniyat hayotiga jiddiy xavf solib turgan global muammolar orasida odam savdosidek jirkanch illat ham borligi achinarli. Eng yomoni, odamlar havoyi nafs ilinjida o`z jigargo`shasini pullashdan ham tap tortmayotir. Jumladan, Qarshi shahrida yashovchi E.N. shu yil 25 mart kuni Qarshi shahar IIO FMB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda Nishon tumani tug`ruq kompleksida navbatchi doya lavozimida ishlovchi Sh. ismli ayol bir hafta oldin tug`ilgan chaqaloqni sotmoqchi ekanini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.
2020 yil 25 mart kuni soat 15:00 larda Qarshi shahar IIO FMB xodimlari Qarshi shahar “Samarqand” MFY I.Karimov ko`chasida joylashgan 4-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi ro`parasida, Qarshi tumanida yashovchi, Nishon tuman tug`ruqxonasida doya bo`lib ishlovchi X.Sh. va Nishon tumani G`.G`ulom MFYda yashovchi Ch.G. 4.000.000 so`m pul evaziga 2020 yil 13 mart kuni Nishon tumani tug`ruqxonasida tug`ilgan qiz chaqaloqni tadbirda xaridor sifatida ishtirok etgan E.N.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida X.Sh. Ch.G. ning qizi B.Ch.ni Nishon tumani tug`ruq kompleksi mudiri Nishon tumanida yashovchi S.N. bilan birga 5.000.000 so`mga sotib, Ch.G.ga tug`ish harajatlarini berishmoqchiligini bildirgan. X.Sh.ning ko`rsatmasiga asosan, 2020 yil 25 mart kuni soat 20:30 larda Nishon tumanida joylashgan bekatda navbatchi doya X.Sh. mudir S.N. bilan uchrashib, unga qiz chaqaloqni sotishdan tushgan 4.000.000 so`m pullarni bergan vaqtida Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan ushlangan.
Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan X.Sh. va boshqalarga nisbatan O`z.R JKning 135-m. 3-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. | 6Jinoyat
|
O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Xitoydagi turnirning oltin medaliga sazovor bo‘ldi
Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirining final bellashuvlari start oldi.
O‘zbekiston boks federatsiyasining Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, -49 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov filippinlik Rogen Ladonni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Avvalroq Hasanboy Do‘smatovning Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 1-aprel kuni, o‘zbekistonlik bokschilardan Shahobiddin Zoirov (-52 kilogramm), Shahram G‘iyosov (-69 kilogramm) va Elshod Rasulov (-81 kilogramm) ham musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi. | 13Sport
|
Foto, video: «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ochilishi
23 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
Markazdan o‘rin olgan «Boqiy shahar» majmuasi hovlisida samarqandlik nuroniylar, ziyolilar bilan samimiy suhbat bo‘ldi. Ushbu inshootlar xayr-barakali bo‘lishini, bunday yaxshiliklar ko‘p bo‘lishini tilab, duo qilindi.
Shundan so‘ng, «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.
Unda davlat rahbari nutq so‘zlab, barchani ushbu quvonchli voqea bilan tabrikladi.
«Xalqimizning aql-zakovati va fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan ushbu majmua Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi yana bir salmoqli, zafarli natija bo‘ldi. Qadimiy va navqiron Samarqand bag‘rida qad rostlagan mana shunday zamonaviy, ulug‘vor me’moriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin, buyursin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, Samarqand — milliy davlatchilikka asos bo‘lgan, tarixdagi ikkala Renessans davrida ham muhim o‘rin tutgan shahar. Shu bois sayyohlar bu yerga asosan qadimiy obidalarni ko‘rish va tabarruk joylarni ziyorat qilish uchun kelardi. Turizmning boshqa yo‘nalishlari uchun zamonaviy majmualar yo‘q edi.
2019 yilda prezident tashabbusi bilan katta ambitsiyali loyiha boshlandi — Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida, 212 gektar maydonda ulkan majmua qurishga kirishildi. Avvalo, tajribali me’mor va muhandislardan iborat xalqaro jamoa jalb etilib, puxta loyiha ishlab chiqildi. Davlat rahbari bu yerga bir necha marta kelib, qurilishni milliy me’morchilik an’analarimiz va odamlarga qulaylik jihatidan takomillashtirdi. Bunyodkorlik ishlarida malakali quruvchilar bilan birga Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning yetuk mutaxassislari ishtirok etdi, deyiladi xabarda.
Bu ko‘p tarmoqli markaz tarkibida 8 ta zamonaviy mehmonxona, Kongress xoll, «Boqiy shahar» majmuasi, amfiteatr va ko‘plab boshqa inshootlar bor. U yiliga 2 million turistga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
«Bu ulkan markaz buyuk ajdodlarimiz bunyod etgan muhtasham me’moriy obidalarga munosib bo‘lib, ularning tarixiy an’analarini davom ettiradi. Ushbu majmua mamlakatimizda hozirgi paytda poydevori qurilishi boshlangan Uchinchi Renessans va oldingi tarixiy davrlar o‘rtasidagi ramziy ko‘prik bo‘ladi, deb ishonaman», — dedi prezident.
Markazga «Buyuk ipak yo‘li» deb nomlanganida chuqur ma’no bor. Bu yerda o‘sha davrga oid tarixiy manzaralar aks ettirilgan. Masalan, «Boqiy shahar» majmuasi bezaklarida qadimiy Afrosiyob devorlarida saqlanib qolgan So‘g‘d davlati hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilgan.
Bu yerda qadimiy bozor, mamlakatning barcha hududlariga xos 40 ta hunarmandlik ustaxonasi tashkil etilgan. Unda ustalar yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, zargarlik, gilam to‘qish kabi jarayonlarini sayyohlarga namoyish etadi.
Bu mamlakatda sayyohlik industriyasini rivojlantirish borasidagi ulkan ishlarning bir qismi. Yangi turizm markazi kelgusi yillarda Samarqandga keladigan xorijiy sayyohlar sonini 1,5 milliondan oshirishda muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda, kelgusi besh yilda mamlakatimizga keladigan sayyohlar sonini hozirgi 2 milliondan 9 millionga yetkazish maqsad qidingan. Eng muhimi, turizm sohasida mehnat qilayotganlar soni 500 mingdan oshadi.
Shuningdek, bu yerdagi zamonaviy mehmonxonalar va Kongress xoll yirik anjumanlar o‘tkazish uchun ham sharoit yaratadi. Yaqinda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvi kabi nufuzli xalqaro tadbirlar shu yerda bo‘lib o‘tadi. Kelgusi yilda esa, qadimiy shahrimizda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruv Kengashining yillik yig‘ilishi va Jahon turizm tashkilotining bosh assambleyasi ham o‘tkaziladi.
«Boqiy shahar dostoni» musiqali hikoyasi yangi markazning obrazli ifodasi bo‘ldi. O‘zbek xalqi va dunyo san’ati uyg‘unlashgan shou marosimga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Konsert dasturida shuningdek, britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Sami Yusuf ishtirok etib, «Hayot daraxti» qo‘shig‘ini ijro etdi. | 12Siyosat
|
Bahodir Jalolov shu haftada navbatdagi jangini o‘tkazadi
Professional boksning super og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolovning (4-0 4 KO) raqibi jang boshlanishiga uch kun qolganida o‘zgardi.
GoSport.uz nashri xabariga ko‘ra, 15 mart kuni u kolumbiyalik Santander Silgado (28-6, 22 KO) bilan jang o‘tkazishi belgilangandi. Ammo Silgado 23 mart kuni amerikalik Chazz Uizerspun (37-3, 28 KO) bilan jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan va Bahodir Jalolov bilan jang qilishdan bosh tortgan.
Endilikda Bahodir Jalolovga boshqa bir amerikalik bokschi Villi Harvey (3-1-1, 3 KO) raqiblik qiladigan bo‘ldi. Jang Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov so‘nggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. | 13Sport
|
Amerikalik senator Marko Rubio Snoudenni sudga berishni va’da qildi
Amerikalik senator Marko Rubio AQSh prezidentligiga saylovlarda g‘olib chiqsa, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snoudenni sudga berishni va’da qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Snouden xoindir. Va agar men prezident bo‘lsam, uni sudga beramiz”, — dedi u saylovoldi teledebatlar chog‘ida.
Edvard Snouden bilan bog‘liq mojaro 2013-yil iyunida kelib chiqqan edi. O‘shanda u AQSh maxsus xizmatlari internet va mobil aloqa orqali butun dunyodagi foydalanuvchilarni kuzatib borgani haqidagi maxfiy axborotlarni fosh etgan edi. | 2Dunyo
|
Urganch aeroportida o‘zga shaxsga tegishli 3 ming dollarni olib o‘tib berayotgan yo‘lovchi to‘xtatildi
“Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Urganch—Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatdan uchib ketayotgan fuqaro Sh.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Natijada ushbu fuqaro tomonidan olib o‘tilayotgan 3000 AQSh dollari o‘zga shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tekshiruv jarayonida yuqoridagi 3000 AQSh dollari aslida fuqaro J.M.ga tegishli bo‘lib, ushbu me’yoridan ortiq xorijiy valyutalarni fuqaro Sh.S.dan bojxona nazoratidan olib o‘tib berishini so‘raganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Xemingueyning evarasi Chloe brendining yangi ifori reklamasida suratga tushdi
Amerikalik fotomodel va aktrisa, yozuvchi Ernest Xemingueyning evarasi Dri Xeminguey Chloe brendining Chloe Eau de Parfum deb nomlangan yangi ifori reklamasida suratga tushdi. Ular sentyabrda paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Vogue xabar berdi.
Dri Xeminguey 2009-yilda model sifatidagi faoliyatini boshladi va oradan bir yil o‘tib, Gianfranco Ferré “yuzi”ga aylandi. Undan tashqari, Gucci, Valentino, Chanel va Paco Rabann brendlari bilan hamkorlik qildi. Chloe bilan shartnoma 2015-yil may oyida imzolangan. | 7Madaniyat
|
Hindiston infratuzilma va ta’limni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 448 million dollar ajratadi
Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov 12-dekabr kuni Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikka qaratilgan ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibi ko‘rib chiqilgan.
Tomonlar 2022-yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 13-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini, xususan, tadbirni amaliy mazmun bilan to‘ldirishni muhokama qilgan.
Qayd etilishicha, Hindiston Eksimbanki tomonidan O‘zbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va ta’lim sohalarida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 448 million dollar miqdorida mablag‘ arjatiladi.
Ta’kidlanishicha, muloqotda alohida taribda hududlararo hamkorlikn faollashtirish masalasi o‘rganilgan. Jumladan, Andijon va Gujarot, Farg‘ona va Xaryana, Buxoro va Haydarobod, Toshkent va Nyu-Dehli shaharlari o‘rtasida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, Hindistonning mamlakatdagi elchixonasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida “Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazida yangi metrologik laboratoriyani tashkil qilish va jihozlash”, shuningdek “O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan jihozlash” loyihalarini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolangan. | 8O‘zbekiston
|
Rossiyada o'zbekistonlik erkaklar hamyurtini urib o'ldirdi
Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'zbekistonlik hamyurtini urib o'ldirgan erkaklar sudlandi. Bu haqda “Vesti Novosibirsk” xabar berdi.
Tergov ma'lumotiga ko'ra, 2021 yil 4 avgust kuni Krasniy prospektidagi 64-uyda 3 nafar o'zbekistonlik erkak spirtli ichimlik ichgan. Shundan so'ng 52 hamda 39 yoshli ayblanuvchilar va ularning 32 yoshli hamyurti o'rtasida janjal kelib chiqqan. Ayblanuvchilar jabrlanuvchini kamida 57 marta oyoq kiyim bilan urgan. Oqibatda 32 yoshli erkak olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, erkaklar hibsga olingan, ular o'z ayblariga qisman iqror bo'lgan.
Avvalroq Rossiyada terrorizmni targ'ib qilgan o'zbekistonlik erkak qo'lga olingandi. Shuningdek, Rossiyada o'zbekistonlik yigit odam o'g'irlashga uringandi. | 2Dunyo
|
JSST O‘zbekistonda tibbiyot sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor
Italiya poytaxti Rim shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etyapti. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada tibbiyot sohasida global darajadagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Chunonchi, ekologiyaning dunyo xalqlari salomatligiga ta’siri, oziq-ovqat standartlari, birlamchi tibbiy yordamning o‘rni hamda turli yuqumli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, dori-darmon narxlari, tamaki va alkogol iste’molining zararlari, jismoniy faollikning ahamiyati, semirishning oqibatlari keng muhokama etilmoqda.
Tadbir doirasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida yurtimizda so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasining oshirilayotgani, shuningdek, sohada qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, istiqboldagi reja va dasturlar haqida ma’lumot berildi.
O‘z navbatida Tedros Gebreyesus ham aholi salomatligini asrashni asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilash bu kelajak avlodlar kamolga yetishining eng to‘g‘ri yo‘li ekanligini ta’kidladi. Bu sog‘lom jamiyat barpo etish va har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazish kafolatidir. Shu ma’noda, O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar g‘amxo‘rlikning barcha zarur jihatlarini qamrab olganligi bilan ko‘plab mamlakatlarga namuna bo‘lishini e’tirof etdi. Shuningdek, u JSST va O‘zbekiston o‘rtasida mamlakat manfaatlarini himoya qiluvchi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanini hamda O‘zbekistonga amalga oshirilajak tashrifni intiqlik bilan kutayotganini bildirdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya, Belarus, Turkiya, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston hamda Tojikiston davlatlarining delegatlari bilan ham kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda istiqbolli rejalar xususida ikki tomonlama samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sessiya ishi davom etmoqda. | 5Jamiyat
|
Prezident 283 turdagi import mahsulotini mahalliylashtirish vazifasini topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida sanoat kooperasiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishi ayni paytda davom etmoqda.
Yig`ilishda sanoat tarmoqlari, yirik korxonalar bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o`rtasida “mahsulotbay” kooperasiyani yo`lga qo`yish zarurligi ta`kidlandi.
2022 yil uchun 4,4 trln so`mlik kooperasiya shartnomalari tuzish rejalari mutlaqo qoniqarsiz ekanligi, buni 15 trln so`mga etkazish bo`yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Shuning uchun 1 iyulga qadar jami 283 turdagi import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish bo`yicha tayyor biznes-rejalarni tadbirkorlarga taklif etish vazifasi qo`yildi.
Bundan tashqari, sanoat yarmarkalari faoliyati ham tubdan qayta ko`rib chiqishga ko`rsatma berildi.
Tayyor mahsulotlarga xaridor topish bilan birga mahalliylashtirishga tavsiya qilinayotgan mahsulotlar bo`yicha biznes-rejalar ham qilinadi va loyihaga qiziqish bildirgan tadbirkorlar yarmarkaning o`zida banklar bilan moliyalashtirish shartlarini kelishib oladi.
Buyurtmachilar loyiha tashabbuskorlari bilan 3 yil muddatgacha kafolatli xarid shartnomalarini tuzadi.
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga “Ekspomarkaz”ning 1 ta pavilonida doimiy ishlaydigan sanoat yarmarkasini tashkil etish, viloyat markazlarida, shuningdek, sanoat zonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “shou-rumlari”ni ishga tushirish topshirildi.
Shu bilan birga, 1 apreldan: | 5Jamiyat
|
Musulmonlar idorasi: Telegram’dagi pul tikib o‘ynaladigan o‘yinlar qimor hisoblanadi
Hozirgi kunda ba’zi Telegram kanallarida ayrim kishilar sport o‘yinlari, masalan, futbolda qaysidir jamoaga pul tikib, kimning jamoasi yutsa, o‘sha odam narigi jamoaga tikilgan pullarni olishi bilan bog‘liq o‘yinlar e’lon qilinmoqda. Bunga O‘zbekiston musulmonlari idorasi munosabat bildirdi.
Musulmonlar idorasi matbuot xizmatiga ko‘ra, bu kabi narsalar qimor hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, g‘olib mag‘lubdan biror narsa oladigan har bir o‘yinga qimor deyiladi.
Islom dinida qimor qattiq qoralangan va gunohi kabira deyilgan.
Alloh taolo “Moida” surasining 90-oyatida shunday marhamat qilgan:
“Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz”.
Olamlar Robbi bu oyatda qimorni “ifloslik va shaytonning ishi” deb marhamat qilgan. Aynan shu oyatda xamr ichish va qimor o‘ynash kabi amaliy gunohlarni butga cho‘qinish va folbinga ishonish kabi kufr va shirk sanalgan ulkan ma’naviy jinoyatlarga tenglashtirgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim o‘z sohibiga ‘Kel, sen bilan qimor o‘ynayman’, desa, sadaqa qilsin”, — dedilar.
Qimor shu qadar jirkanch ish ekanki, kishi hali o‘ynamagan bo‘lsa ham, o‘ynashni taklif qilishi bilanoq gunohkor bo‘lib qolar ekan. Shu bois, uning kafforotiga o‘ynamoqchi bo‘lgan pulini sadaqa qilib yuborish kerak ekan.
Dinimizda insonlar halol mehnat qilib pul topishga buyurilgan. Birovni aldab, xiyonat qilib, muttahamlik yo‘li bilan uning mulkiga ega bo‘lib olish haromdir. Qimor esa aynan shunday yo‘l bilan pul topishdir.
Qimorda yutqazgan taraf yutgan tarafni hech qachon yaxshi ko‘rmaydi. O‘rtada adovat, nafrat, janjal paydo bo‘ladi. Yutqazgan taraf imkon topildi deguncha yutgan tarafdan pullarini qaytarib olishga, buning uchun hatto o‘sha yutgan kimsani o‘ldirishgacha borib yetadi. Xullas, qimor sababli insonlar o‘rtasida dushmanlik, bir-birini yomon ko‘rish va hatto qotillik yuzaga keladi. Mana shularning o‘ziyoq qimorning jamiyatga soladigan xavfi, keltiradigan zararlari nechog‘li ayanchli ekanini ko‘rsatadi.
Odamlarda mehnat qilmay, qiynalmay, oson va tez pul topishga bo‘lgan istak ularni mana shunday jirkanch ish — qimor o‘ynashga, qimorga yo‘naltirilgan kanallarga a’zo bo‘lishga undaydi.
Qimor o‘ynovchi kimsa borib-borib hamma narsasidan judo bo‘ladi. Oilasining parokanda, farzandlarning uysiz qolishiga, ularning luqmasi buzilishiga sabab bo‘ladi.
“Kimda kim qimor o‘ynab, pul yutib olgan bo‘lsa, o‘sha yutgan pulni darhol egasiga qaytarib berishi kerak. Agar egasi o‘lib qolgan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga beradi. Bordi-yu, merosxo‘rlarni ham topa olmasa, egasining nomidan biror faqirga beradi”, — deyiladi xabarda. | 8O‘zbekiston
|
Jeenbekov Tojikistonga tashrif buyuradi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan yo‘llagan maktubida aytilishicha, «rejalashtirilayotgan rasmiy tashrif ikki davlatning ko‘p qirrali hamkorligiga yangi turtki beradi va uni qardosh xalqlarning tub manfaatlariga muvofiq yangi darajaga ko‘taradi».
Xabarda Tojikistonga tashrif muddati haqida hech narsa aytilmagan.
Eslatib o‘tamiz, S.Jeenbekov 2017 yilning 13-14 dekabr kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. | 5Jamiyat
|
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri: Tibbiyot xodimini majburiy mehnatga jalb etish holatlari endi tarixda qoladi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida ijtimoiy soha, xususan, tibbiyot xodimlarini dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga jalb etishni bartaraf etish va taqiqlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Yig‘ilishda ijtimoiy soha xodimlarini jamoat ishlariga majburiy jalb etishga chek qo‘yish borasida qator vazifalar belgilandi.
“Jumladan, xodimlar mehnat huquqlari buzilishining oldini olish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish, tibbiyot xodimlarini qishloq xo‘jaligi, kommunal xo‘jalik, obodonlashtirish ishlariga majburan jalb etilmasligini alohida nazoratga olish bo‘yicha shifoxonalar kesimida doimiy ishlovchi komissiyalar tashkil qilish belgilandi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Videoselektordan so‘ng sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etilishining achinarli oqibatlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Prezidentimiz ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb etish, ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanishni davlat rahbarining siyosatiga xiyonat deya baholadi. Kuni kecha Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham bu alohida ta’kidlandi.
Ilgari shifokoru hamshirani turli jamoat ishlariga olib chiqishga yo‘l qo‘yilgandir, lekin bugun zamon o‘zgardi, yondashuv o‘zgardi. Tibbiyot xodimini majburiy mehnatga jalb etish endi tarixda qoladi.
Sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘indagi rahbarlari shuni anglashi lozimki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalqparvar siyosati majburiy mehnat degan illatni tag-tugi bilan yo‘qotishga, xalq manfaatini birlamchi o‘ringa qo‘yishga qaratilgan.
Tizimda faoliyat yuritayotgan hech bir xodim endi majburiy mehnatga jalb etilmaydi. Ko‘zbo‘yamachilik, bir-birimizni aldash bilan bugun o‘tishi mumkindir, lekin bu bilan kelajakni qura olmaymiz.
Alisher Shodmonov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 17-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda yig‘ilish raisi bosh vazir Abdulla Aripov vazir Shodmonovga hokimlarga emas, o‘zi rahbarlik qilayotgan tizimdagi tibbiyot xodimlariga “advokatlik qilish”ni tavsiya qilgan edi.
Prezident tashabbusi bilan bosh vazir o‘tkazgan 17-apreldagi tarixiy videoselektor. Stenogramma | 8O‘zbekiston
|
Qozog‘istonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi
Qozog‘istonda prezidentlik saylovlarida ovoz berish yakunlandi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda saylovchilarning 95,11 foizi qatnashgan. Saylovning dastlabki natijalari bugun, 27-aprel kuni e’lon qilinadi.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Vladimir Fors aytishicha, ayni paytda saylovchilar ovozlarini hisoblash ishlari olib borilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, bunga hisob-kitob boshlangan paytdan 12 soat vaqt beriladi.
Respublikaning 14 ta viloyatida ham saylovchilar ishtiroki ko‘rsatkichi 95 foizdan oshgan. | 2Dunyo
|
Frankfurt aeroportida yong‘in yuz berdi
Frankfurt xalqaro aeroportida yong‘in yuz berdi. Aerodromdagi shatakka oluvchi avtomobil yonib ketgan, olov undan samolyotga o‘tgan. Hodisa 11-iyun kuni ertalab yuz bergan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Yong‘in oqibatida uchuvchi kabinasi zararlangan, shu sababli Filadelfiyaga yo‘l olgan yo‘lovchilarga boshqa samolyot taklif qilingan. Xabar qilinishicha, o‘tkir tutun sababli olti kishining nafas yo‘llari zararlangan.
Lufthansa aviakompaniyasi vakilining ma’lumotlariga ko‘ra, shatakka oluvchi transport Star Alliance kompaniyasiga tegishli bo‘m-bo‘sh Airbus A340 samolyotini yo‘lovchilarni chiqarish joyiga olib borishi kerak bo‘lgan.
Yong‘in sababi noma’lum, uning yetkazgan zarari aniqlanmoqda. Star Alliance tarkibiga kiruvchi Lufthansa tomonidan ma’lum qilinishicha, zarar qamrovini mutaxassislar baholashi kerak. | 2Dunyo
|
Soch to‘kilishiga qarshi yangi dori vositasi kashf etildi
Afsuski, hozirgi kunda aksariyat odamlarning soch to‘kilishi muammosidan aziyat chekayotganini tez-tez uchratmoqdamiz. Bu kasallik kundan kunga yoshlar orasida ham tobora avj olib bormoqda. Ammo yaqin kunlarda bu muammoning ham oldini olish imkoni tug‘ildi. Trixologiya instituti olimlari birinchi marta keskin soch to‘kilishining oldini olish va hattoki kallikdan butunlay xalos bo‘lish usullarini ishlab chiqishdi.
Bu yangilik to‘g‘risida bizga Raxmonov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetiga qarashli “Teri va veneroligiya kasalliklari klinikasi” ning xodimi, dermatovenerolog, trixolog va kosmetolog hamda ijtimoiy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot markazida yosh ilmiy mutaxassis bo‘lgan Go‘zal Alimova xabar beradi.
Sochlar parvarishi va uni mustahkam holda saqlab qolish sirlarini barcha bilishni istasa kerak. Quyida shu mavzu to‘g‘risida hamda mahsulot haqida qisqacha “AiF” gazetasi muxbiri Malika va o‘z sohasida professionallik darajasiga erishgan Go‘zal o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatdan bir parchasi bilan ulashamiz!
Malika: Bu hayratlanarli natija! Bu mahsulotning asosiy xususiyatlari yoki zararli ta’sirlari bormi?
Go‘zal: Ishontirib aytishim mumkinki, bu mahsulotning zararli xususiyatlari yo‘q. Umuman olganda, mahsulot tarkibi tabiiy o‘stiruvchi stimulyatorlar va aktivatorlar, jumladan, kaliy kanallarini faollashtiruvchi vositalar (minoksidin va minoksidil) dan tashkil topgan. Undan tashqari, bu mahsulotni uzoq vaqt davomida qo‘rqmasdan ishlatish mumkin. Shuningdek, MINOX ning yana bir afzalligi shundaki, u faqat kallikni to‘xtatishdan tashqari, sochlaringizning tez o‘sishini ta’minlab beradi. Bu mahsulotimizni nafaqat soch to‘kilishidan aziyat chekkanlar yoki kallikning oldini olishni istaganlar, balki soch ko‘paytirishni, tezroq o‘stirishini va ildizlarini mustahkamlashni xohlaganlar ham foydalanishi mumkinligidan dalolat beradi.
Malika: Sochni kamroq yuvsa, soch to‘kilmaydi degan fikr bor. Shu to‘g‘rimi?
Go‘zal: Sochni ko‘p yuvishning soch to‘kilishiga umuman aloqasi yo‘q. Aksincha, sochi tez yog‘lanishga moyilligi yuqori insonlar sochlarini ko‘proq yuvganlari ma’qul. Ammo, soch to‘kilishi tez rivojlanib borish holatlarida, sochni tez-tez yuvish yoki yuvmaslik, hattoki, shifobaxsh o‘simliklar va yog‘lardan foydalanish ham foyda bermaydi.
Malika: Soch to‘kilishining oldini olishning yana qanday yo‘llari mavjud?
Go‘zal: Ko‘pincha dorivor pereparatlar (glyukokortikoid va siklospirin), hamda soch ekish usullari keng ko‘lamda ishlatiladi. Lekin, aksariyat holatlarda bu usullar foyda bermaydi. Bunday usullar ayrim holatlarda salbiy va nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin; ya’ni yuzda husnbuzarlarning paydo bo‘lishi, oshqozon buzilishi, jigar va buyrakning ish faoliyatni susayishi kabi oqibatlariga olib keladi.
Malika: MINOX preparatining asosiy ta’sir kuchi va qanday holatlarda qo‘llash tavsiya etilishi haqida qisqacha gapirib o‘tsangiz.
Go‘zal: MINOX losyon-spreyi bir qancha kompleks ta’sir kuchiga ega.
Birinchidan, u digidrotestosteron ta’sirini kamaytiradi va yangi sochlar o‘sishi uchun omil bo‘ladi. Natijada bu losyonning qo‘llanishi follikula ichida metabolizmni faollashtiradi;
Ikkinchidan, tomirlarning kengayishi natijasida soch ildizlarini oziqlanishi yaxshilanadi, follikula normal sochlar paydo bo‘lishi uchun tayyor holatga erishgan holda kengayadi;
Uchinchidan, sochlarning o‘sish fazasi (anagen) uzayadi, sochlarning hayotiyligi uzoqroq bo‘ladi;
Bundan tashqari, bu mahsulotdan foydalanish jarayonida sochlarning ko‘p qismi degradatsiya va tinchlik (telogen) fazasidan o‘sish fazasiga o‘tadi hamda sochlar follikulasining soni o‘sish va tinchlik fazasida muvozanati qayta tiklanadi.
Qo‘llanish holatlarini sanab o‘tadigan bo‘lsak, bu preparat:
— Ota-onadan o‘tadigan soch to‘kilishida (androgenetik alopetsiya);
— Gormonal o‘zgarishlardan kelib chiqadigan soch to‘kilishida (difuznaya alopetsiya);
— Tug‘ruqdan keyingi soch to‘kilishida;
— Tashqi faktorlar ta’sirida soch to‘kilishida (kasallik davrida yoki xar hil kimyoviy moddalarning sochga ta’sirida;
— Boshqa har xil holatlar ta’sirida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Malika: Erkaklar va ayollar o‘rtasida soch to‘kilishi va uning davolash usulida farq bormi?
Go‘zal: Albatta. Shuning uchun bizning mahsulotimiz ham ikki turga bo‘lingan; ya’ni erkaklar uchun va ayollar uchun alohida moslashtirilgan konsentratlar. Masalan, MINOX 2 — ayollar uchun losyon-spreyimiz tarkibida ayollar uchun eng ma’qul barcha moddalar to‘yinmasiga ega. Sochlarni to‘kilishini kamayishi va o‘sishiga yordam berish uchun tavsiya etilgan.
MINOX 5 — erkaklar uchun losyon-spreyimiz tarkibida esa, erkaklar uchun eng ma’qul barcha moddalar (minoxidil) to‘yinmasiga ega. Erkaklarning har xil turdagi soch to‘kilish yoki kamayishini oldini olish uchun tavsiya etiladi. Erkaklarning soch to‘kilishini davolash uchun erkaklarda soch o‘sishi xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan.
Quyidagi bog‘lanish ma’lumotlari orqali TM Minox mutaxassislaridan bepul maslahatlar oling va o‘zingizda Minox preparatlarini sinab ko‘ring.
Agar sizda ham yuqorida keltirilgan alomatlar mavjud bo‘lsa, siz Minox losyoni bilan birgalikda, soch to‘kilishiga qarshi Biokon shampunini muntazam qat‘iy rejim ostida foydalanishingiz kerak bo‘ladi. Albatta, eng yaxshi natijaga siz 3-4 oy davomidagi qat’iy rejim asosida foydalanishdan keyin erishasiz. Har bir oydagi o‘zgarishlarni o‘zingiz yanada aniqroq bilish uchun har bir oy muddat oralig‘ida sochingizni suratga olib boring.
Agar siz allaqachon 8-10 yillar mobaynida soch to‘kilishi va ochiq kallik muammolaridan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, trixolog (soch bo‘yicha mutaxassis) ga murojaat qilib, sochingizning ildizlari mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sizda soch ildizlari mavjud bo‘lgan taqdirdagina Minox losyoni va Biokon shampunlaridan foydalanishning natijasi samarali bo‘ladi.
Shuning uchun ham soch to‘kilishiga qarshi muolajalarni o‘z vaqtida amalga oshirib, to boshingizda ochiq joylar va kallik alomatlari vujudga kelmasidan oldin uni davolash lozim.
Shuningdek, Minox losyoni sochlarning nobud bo‘lishining boshqa sabablarida ham yordam beradi: masalan, ayollar va erkaklarda o‘choqli alopetsiya davrida.
Soch to‘kilishida asosiysi davolanishning o‘zi emas, balki uni tezroq boshlash, ya‘ni bugundan boshlash muhim. Davolashni qancha kech boshlasangiz, sochlaringizni qayta tiklanish samarasi ham shuncha kamayib boraveradi.
Shu bilan bir qatorda, soch to‘kilishiga qarshi Biokon shampuni haqida ham unutmang, chunki bu shampun vositasida bir vaqtning o‘zida ikki tomonlama davolanishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook, Odnoklassniki, Instagram, Telegram
Telegram buyurtma: TELEGRAM | 8O‘zbekiston
|
Qaysi maishiy teхnikada energiya samaradorligi klassi koʻrsatilishi shart
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotiladigan, teхnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi aхborotlarning majburiy mavjud boʻlishi haqidagi talab tatbiq etiladigan maishiy elektr priborlari roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, maishiy elektr priborining klassi lotincha bosh harflar bilan belgilanadi: «A», «V», «S», «D», «E», «F», «G» (kamayib borishiga koʻra). Qoʻshimcha ravishda – «A+», «A++» va undan yuqori (ortib borishiga koʻra) – ular «A» klassi darajasidan ancha oshadi.
Roʻyхatdagi energiya samaradorligi klassi koʻrsatilmagan priborlarni (ilgari foydalanilganlaridan tashqari) 2016 yil 1 yanvardan import qilish, 1 iyulidan esa –mamlakatda realizatsiya qilish taqiqlandi. Quyi klassdagi tovarlarni import qilish va realizatsiya qilish bosqichma-bosqich: 2017 yildan – «G», 2018 yildan – «F», 2019 yildan – «Ye» klassidagilar taqiqlandi.
2019 yil mayda «Oʻzstandart» agentligiga roʻyхatni qayta koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirildi (30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qarorga qarang). Natijada unga 8 ta yangi pozitsiya kiritildi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.10.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 10Qonunchilik
|
«Real» klublar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
Finalda Braziliyaning «Gremio» klubi «Real Madrid» bilan bellashdi. O‘yin ispaniyaliklarning katta ustunligi ostida o‘tdi va 53-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan urilgan gol ularga g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘ldi.
Natijada, «Real» o‘z tarixida 6-marta klublar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi (1960, 1998, 2002, 2014, 2016, 2017).
KJCh-2017. Final
Real (Madrid, Ispaniya) – Gremio (Braziliya) - 1:0
16 dekabr, «Shayx Zayd Sports Siti»
Gol: 1:0 – 53 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Kroos, Ronaldu, Benzema (Beyl, 80).
Gremio – Groe, Kannemann, Jyeromel, Kortes, Jailson, Ramiro (Everton, 71), Mishel (Maykon, 84), Fernandino, Edilson, Luan, Barrios (Jael, 63).
Ogohlantirish: Kazemiro (27). | 13Sport
|
Hukumat qarori loyihasi: Shahrisabz shahri kompleks rivojlantiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan 2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi tasdiqlanishi mumkin.
Quyidagilar:
- 2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalarining ko‘rsatkichlari;
- 2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida sanoat yo‘nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
- 2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
- 2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
- muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish, aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar;
- ta'lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa turdagi ijtimoiy soha obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
- irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va foydalanishdan chiqarib yuborilgan yerlarni foydalanishga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlanadi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda:
Dasturdagi ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda tarmoq jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo‘yicha nazarda tutilgan ishlarning tasdiqlangan parametrlarga muvofiq jadal bajarilishini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib boradi va muvofiqlashtiradi;
barcha parametrlar bo‘yicha monitoring olib borilishini tashkil etadi va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni ko‘rib chiqadi, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar ko‘radi;
zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Dasturga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi tegishli tijorat banklari va loyiha tashabbuskori bilan birgalikda 2019 yilda “Shahrisabz tekstil” MChJda aralash ip-kalava ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Shahrisabz tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Shahrisabz tuman Bolalar shifoxonasini Shahrisabz shahar markazida joylashganligini inobatga olib Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi tasarrufiga o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi Shahrisabz shahri turistik shahar ekanligini hisobga olib shahar markazida joylashgan Shahrisabz tumaniga qarashli “Agrotexservis” MTP MChJni Shahrisabz tumanidagi bo‘sh turgan MMTPlar binosiga ko‘chirish choralarini ko‘radi.
Shahrisabz shahar hokimligi bo‘shagan yer maydonini turistik va dam olish obektlari qurish uchun ajratadi.
Moliya vazirligi Shahrisabz shahrini qayta qurish munosabati bilan buzilgan noturar joy obektlari uchun kompensatsiya to‘lovidan bo‘lgan 25,0 mlrd so‘m qarzdorlikni to‘lanishini ta'minlaydi.
Madaniyat vazirligi, Shahrisabz shahar hokimligi shahardagi “Xotira maydoni”ni Shahrisabz tarixiy markazini o‘rab turuvchi tarixiy qal'a devori hamda Samarqand darvozasining shimoliy qismiga ko‘chirish choralarini ko‘radi.
Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturga kiritilgan obektlar loyiha-smeta hujjatlarining sifatli davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun tegishli ruxsatnomalar Davlat xizmatlari markazlari orqali qonunchilikda belgilangan muddatlarda berilishini ta'minlaydi.
“O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Dastur doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish korxonalarini tabiiy gaz va elektr uzatish tarmoqlariga o‘z vaqtida ulanishini hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, tabiiy gaz va elektr energiyasi o‘rnatilgan tartibda yetkazib berilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturini shakllantirishda ushbu qarorda nazarda tutilgan markazlashtirilgan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-son qaroriga muvofiq, jamg‘arma kuzatuv kengashining ijobiy qaroriga asosan belgilangan tartibda kiritilishini ta'minlaydi.
Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari har chorak yakuni bilan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar kesimida Dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligi yuzasidan viloyat va shahar faollari yig‘ilishlarida muhokama qiladilar hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradilar. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish bepul bo‘ladi
Shavkat Mirziyoyev “tonirovka” borasida qaror imzolagni haqida xabar berilgandi.
Prezident ta’kidlashicha, 1-iyuldan boshlab:
Endi, 10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq bo‘lganlari esa bir yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
“Bu hali boshlanishi. Men prezident maslahatchilari, Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman.
Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yo‘qotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha Ishchi guruhi barcha yo‘nalishlarda muntazam ishlayapti.
Joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar bo‘yicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, – dedi prezident yig‘ilish yakunida. | 8O‘zbekiston
|
Rossiya Tojikistonda bolalar salomatligini saqlash loyihasiga salkam 1,5 mln dollar ajratadi
Rossiya BMT bolalar fondi (YuNISEF) budjetiga “Tojikiston Respublikasida yosh bolalarning omon qolishi va rivojlanishi” loyihasini amalga oshirish uchun 1,43 million dollar ajratadi. Bu haqda Rossiya TIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Loyihaning asosiy maqsadi mamlakatdagi 12 tumanda onalar, chaqaloqlar va yosh bolalarning sog‘liqni saqlash tayanch xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishdan iborat. Uning doirasida Tojikiston sog‘liqni saqlash idoralari salohiyatini kuchaytirish, tibbiyot muassasalarini maxsus asbob-uskunalar va qurilmalar bilan jihozlash, dori-darmon bilan ta’minlash, tug‘uruqxonalar suv ta’minotini tiklash, shuningdek, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.
Vazirlikda ta’kidlanishicha, mazkur loyihaning moliyalashtirilishi Tojikistonda bolalar o‘limi darajasini kamaytirishga qo‘shilgan amaliy hissa bo‘ladi. Bungacha Rossiya YuNISEFning “Armanistonda neonatal xizmatlarni rivojlantirish” loyihasi uchun ham 600 ming dollar ajratgandi. | 2Dunyo
|
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini har galgidek Hazrati Xizr majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. Davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi. O‘tganlar xotirasiga Qur'on tilovat qilindi.
Imom Buxoriy majmuasi ziyorati chog‘ida qadamjoni yanada obod qilish, Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazi metodikasini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalar muhokama etildi. Prezident viloyatning Oqdaryo, Ishtixon va Pastdarg‘om tumanlarida bo‘lib, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishib, xalq bilan muloqot qildi. | 8O‘zbekiston
|
E`tiborsiz ota “ma`muriy qamoq” jazosidan keyin uyg`ondi
Hech bir ota yo`qki, farzandlari kelajagi uchun jonini berib, uni unib-o`stirib, kelajakda buyuk inson sifatida halqiga xizmat qiladigan farzand bo`lib etishishini xoxlamaydigan. Biroq turmushdagi kelishmovchiliklar afsuski, oxir-oqibat farzandlarimizning kelajagiga ta`sir qilib, ularning moddiy ta`minotida muammolarni keltirib chiqaradi. Shunday vaziyatda ularning moddiy tomonlama ta`minotini ta`minlash qonun yo`li bilan amalga oshirilishi belgilab qo`yilgan.
Byuroning Urganch shahar bo`limi tomonidan fuqaro N.Shokirova foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`yicha fuqaro D.Yusupovni bir necha bor ogohlantirilgani va chet elga chiqish huquqi cheklanganligiga qaramasdan aliment pullarini to`lashni paysalga solib keldi.
To`plangan hujjatlar bo`yicha Urganch shahar Ma`muriy sudi tomonidan fuqaro D.Yusupovga nisbatan “Ma`muriy qamoq” tarzidagi ko`rilgan chora natijasida fuqaro N.Shakirovaga 2 nafar voyaga etmagan farzandi uchun 6,3 mln. so`m aliment pullari undirib berilishi ta`minlanib, qonun ustivorligi ta`minlandi. | 6Jinoyat
|
Samarqandda qariyb 8 ming dollarlik kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Samarqand shahar “Chashma” MFY hududida joylashgan mehmonxonada tezkor tadbir o`tkazdi.
Unda fuqarolar R.M. va B.A.lar 4 892 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini jami 7 900 AQSh dollariga sotishga kelishib, 7 500 AQSh dollari va 4,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. | 5Jamiyat
|
Neft 9 foizga qimmatlashdi
OPeKga a'zo davlatlarning Venadagi uchrashuvi yakunlariga ko‘ra jahon bozoridagi neft narxi 9 foizga oshdi. Venadagi uchrashuvda neft qazib olish hajmini kamaytirishga kelishildi.
30 noyabrdagi savdolarga ko‘ra, fevraldagi fyucherslar uchun Brent turidagi neft narxi 9,11 foizga oshib, 51,63 dollarni tashkil qilgan. WTI nefti narxi esa 8,78 foizga, ya'ni 49,20 dollargacha oshgan.
OPeK davlatlari uchrashuvda neft qazib olish hajmini kuniga 1,2 mln barrelga, ya'ni 32,5 mln barrelgacha qisqartirishga kelishib olishdi. Kelishuvga ko‘ra, OPeKga kirmaydigan davlatlar kuniga 600 ming barrel, Rossiya esa 300 ming barrel kamroq neft qazib olishga rozi bo‘ldilar.
Ushbu kelishuvdan keyin neft narxi keskin ko‘tarila boshladi, biroq keyinroq "qora oltin" narxi biroz tushdi. | 4Iqtisodiyot
|
Tencent’ning eng yirik aksiyadori kompaniyaning 15 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi
Xitoyning Tencent internet-korporatsiyasining eng yirik aksiyadori hisoblangan Prosus investitsion jamg‘armasi kompaniyaning 14,7 mlrd dollarlik aksiyalarini sotganini e'lon qildi.
Niderland jamg‘armasi Xitoy kompaniyasining 192 mln.dona aksiyasini sotgan, bu esa kompaniya umumiy aksiyalarining 2 foizini tashkil qiladi. Shundan keyin Prosus’ning Tencent’dagi ulushi 30,9 foizdan 28,9 foizgacha qisqargan, biroq u kompaniyaning eng yirik aksiyadori bo‘lib qoldi. Tencent’ning jamg‘armaga tegishli ulushi 239 mlrd dollarga baholanadi. Investitsion jamg‘arma yaqin 3 yil ichida Tencent aksiyalarini boshqa sotmaslikka va'da bergan.
Prosus 2019 yilda tashkil etilgan va unga JARning Naspers holdingiga qarashli xorijiy internet-aktivlar birlashtirilgan. Naspers onlayn-to‘lovlar, internetdagi savdo platformalari, taom va tovarlar yetkazuvchi onlayn-servislar, ijtimoiy tarmoqlarga ixtisoslashgan ko‘plab kompaniyalarda ulushlarga ega. Naspers Xitoy kompaniyasiga 2001 yilda 32 mln dollar sarmoya kiritgan.
Prosus’ning naqd pul zaxiralari Tencent aksiyalarini sotganidan keyin deyarli 4 marotaba oshadi. Jamg‘arma 2020 yil sentyabrida 4,6 mlrd dollarga ega bo‘lgan.
Jamg‘arma aksiyalarni sotishdan olgan mablag‘ni yangi internet-korporatsiyalarga sarmoya qilmoqchi. Ta'kidlanishicha, mablag‘lar Hindistonning onlayn-savdo tarmog‘iga yo‘naltirilishi mumkin. | 14Texnologiya
|
Chelyabinsklik nafaqaxo‘r o‘zi samolyot yig‘ib, ruxsatsiz parvoz qildi
Rossiyaning Omsk viloyatida o‘zi yig‘gan samolyotda ruxsatsiz uchgani uchun chelyabinsklik nafaqaxo‘r ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar bermoqda G‘arbiy Sibir transport prokuraturasi.
Ruxsastsiz parvoz sentyabr oyi boshlarida aniqlangan. Reyd davomida transport prokuraturasi xodimlari Maryanovka posyolkasi atrofida osmonda Helio yengil dvigatelli samolyotini ko‘rib qolgan. Qo‘nish joyida ma’lum bo‘lishicha, samolyotni boshqarayotgan odam Chelyabinsk viloyatining 67 yoshli fuqarosi bo‘lib, unda na samolyot hujjatlari, na uni boshqarish huquqi bo‘lmagan.
Reyddan keyin havo hududidan foydalanish qoidalarini buzish, havo transportini boshqaruv huquqisiz haydash va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan havo transportida harakatlanish uchun javobgarlikni taqozo qiluvchi me’yorlar bo‘yicha ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan. Yakuniy qaror 8-oktabr kuni e’lon qilinadi. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston – Janubiy Koreya: Strategik sheriklik munosabatlarida yangi bosqich
23.11.2017
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.
Tashrifning asosiy voqealari 23-noyabr kuni boʻlib oʻtdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev dastlab ikki mamlakat iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirokida oʻtgan Janubiy Koreya – O‘zbekiston biznes-forumida qatnashdi.
700 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan forum ochilishida Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning qutlovi oʻqib eshitirildi.
Prezidentimiz oʻz nutqida O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotgani, mamlakatimizda biznes yuritish uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilganini qayd etdi. O‘zbekiston Koreya Respublikasi biznes vakillari bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
O‘zbekistonda Koreya Respublikasi biznes markazi tashkil etish taklifini ilgari surdi.
Janubiy koreyalik moliya va ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonda faol biznes yuritish uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholab, oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.
Shu yerda Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi bir yillik faoliyati haqida koreys tilida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. 50 ming nusxada chop etilgan kitob 8 boʻlim, 320 sahifadan iborat.
Davlatimiz rahbari Koreya Respublikasi mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan qariyb 170 ming odam xoki qoʻyilgan Milliy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Vatanparvarlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, yodgorlik poyiga gulchambar qoʻydi.
Shundan soʻng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong va de” (“Moviy saroy”) qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul oldidan oʻtdilar.
Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje Inning tor doiradagi muzokarasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning uzoq istiqbolga moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqlarini qadimiy doʻstlik rishtalari bogʻlab turadi. Ikki xalqning madaniyati, mentaliteti oʻxshash. Taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan koreyslar oʻzbeklar bilan doʻst-birodar boʻlib ketgan, jamiyatimizning faol a’zolariga aylangan. Koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida, mahalliy Kengashlarda, boshqaruv organlarida, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yuritayotir.
Davlatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni qoʻllab-quvvatlash hamda xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda koʻp sonli koreys diasporasi muhim rol oʻynaydi. Ushbu millat vakillari MDHda eng yirik diaspora boʻlib (180 mingdan ziyod), nufusi jihatidan dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turadi. Joriy yilda koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz O‘zbekistonda yashayotganining 80 yilligi keng nishonlandi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi aloqalari 2006-yilda imzolangan Strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya, 2014-yilda qabul qilingan Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya va boshqa muhim hujjatlar asosida izchil rivojlanmoqda. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.
Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi strategik sheriklardir. Janubiy Koreya yuksak darajada taraqqiy etgan, ulkan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va intellektual salohiyatga ega davlat sifatida dunyoda e’tibor qozongan. Ochiqlik, oʻzaro anglashuv va manfaatlarga hurmat asosida qaror topgan hamkorligimizni yuksak qadrlaymiz, dedi davlatimiz rahbari.
Mun Chje In Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan qutlab, oliy darajadagi an’anaviy muloqotlarni davom ettirish va yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston bizning eng yaqin hamkorlarimizdan biri boʻlib, turli sohalardagi aloqalarimiz izchil rivojlanib borayotganidan mamnunmiz. Janubiy Koreya bugungi kunda butun Yevrosiyoda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash yoʻlidan bormoqda. Markaziy Osiyoda asosiy oʻringa ega O‘zbekiston ushbu rejaning markazidadir, dedi Koreya Respublikasi Prezidenti.
Mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan beri 14 marta davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Soʻnggi yillarda ushbu muloqotlar yanada faollashib, ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik aloqalari iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarida va gumanitar sohada oʻz aksini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi siyosiy munosabatlari xalqaro maydonda bir-birini qoʻllab-quvvatlash ruhida davom etmoqda. Tomonlarning global hamda mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar boʻyicha yondashuvlari oʻxshash yoki yaqindir.
Prezidentlar muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga oid masalalarni muhokama qildilar.
Bugungi kunda hukumatlar, vazirlik, idora, moliya, bank institutlari va biznes tuzilmalari oʻrtasida mustahkam munosabatlar tobora kengayib bormoqda. Parlamentlararo aloqalar rivojlanib, Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlari doimiy ravishda oʻtkazilmoqda.
Koreya Respublikasi Osiyo – Tinch okeani mintaqasida O‘zbekistonning yetakchi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklaridan biridir. 2016-yil yakunlari boʻyicha oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard AQSh dollaridan oshdi. Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasida O‘zbekiston ulushi qariyb 50 foizni tashkil qiladi.
Oliy darajadagi uchrashuvda ayni paytdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va salohiyat toʻliq ishga solinmayotgani qayd etildi. Yaqin yillarda ushbu koʻrsatkichlarni yanada oshirish boʻyicha yangi qadamlar tashlanishi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan izchil islohotlar zamirida xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ezgu gʻoya mujassam ekanini ta’kidlar ekan, Koreya Respublikasida ham davlatning haqiqiy egasi xalqdir, degan gʻoya uygʻunligiga e’tibor qaratdi.
Koreya Respulikasi Prezidenti ham O‘zbekistonda xalqchil va oqilona siyosat olib borilayotgani, bu mamlakatning izchil taraqqiyotida muhim omil boʻlishini qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi hamkorligi keng koʻlam kasb etgan. Rasmiy Seulning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etgan investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Yurtimizda ushbu mamlakat kapitali ishtirokida 461 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 386 tasi qoʻshma korxona boʻlsa, 75 tasi toʻlaligicha koreys sarmoyasi evaziga tashkil qilingan. Mazkur korxonalar neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika hamda toʻqimachilik sohalarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika, turizm yoʻnalishlarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.
Energetika sohasidagi aloqalar ham jadal rivojlanmoqda. 2016-yil Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Ustyurt gaz-kimyo majmuasi barpo etildi. Mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorligining yorqin namunasi boʻlgan ushbu yirik loyihaga 4 milliard dollar miqdoridagi mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Ma’lumki, Koreya Respublikasi xalqaro miqyosda rivojlangan va jozibador erkin iqtisodiy zonalarga ega mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ushbu mamlakat O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ularni rivojlantirishga koʻmaklashayotir. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida Janubiy Koreya, Xitoy, Italiya, Singapur, Hindiston, BAA va boshqa mamlakatlar ishtirokida 20 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, 2008-yildan beri “Korean Air” kompaniyasi “Navoiy” xalqaro aeroporti orqali yuk tashishlarni amalga oshirmoqda, aeroportda ilgʻor texnologiyalar hamda samarali tizimli nazoratni joriy etib kelmoqda.
Joriy yilning may oyida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida “CNP Dream” kompaniyasi bilan hamkorlikda kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod qurildi. Ushbu mahsulotlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinayotir.
Zamonaviy texnologiyalarni keng qoʻllash asosida shaharlarni boshqarish, transport tizimi hamda uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha samarali tizim tashkil etish sohasida Janubiy Koreyaning ilgʻor tajribasidan keng foydalanilmoqda.
Joriy yilning 24-oktabr kuni Janubiy Koreyaning yer resurslari, infratuzilmalar hamda transport vaziri Kim Xyon Mi boshchiligidagi “Korea Eximbank”, “Korea Expressway”, “Hyundai Engineering Co. Ltd”, “POSCO Engineering and Construction”, “HSnK Architects Group” singari yirik kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya “Tashkent City” xalqaro biznes markazi loyihasi bilan tanishish maqsadida mamlakatimizda boʻldi. Zamonaviy texnologiyalar va “aqlli shaharlar” qurilishiga ustuvor ahamiyat berish maqsadida yurtimizda boʻlgan investorlar biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ayniqsa, valyuta siyosati liberallashtirilganiga alohida e’tibor qaratdi.
Koreya Respublikasi xalqaro hamkorlik agentligi hamda Koreya eksport-import banki mamlakatimizda qator loyihalarni amalga oshirmoqda. “Samsung”, “LG” singari yirik korporatsiyalar yurtimizda qoʻshma korxonalar tashkil qilmoqda. Xususan, “Samsung” “Artel” kompaniyasi bilan maishiy texnika vositalari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan.
Madaniy-gumanitar aloqalar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlamoqda. Yurtimizda Koreya Respublikasi madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi. Koreys madaniyati va san’ati uyi qurilmoqda. Ushbu loyiha mamlakatimizdagi koreys diasporasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol ifodasidir.
Ta’lim sohasidagi aloqalar ham tobora rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari Janubiy Koreyaning 30 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Qator ta’lim muassasalarida koreys tili hamda madaniyati markazlari ochilgan. 2014-yil Toshkent shahrida Inha universiteti ochilgani bu boradagi aloqalarni yangi pogʻonaga koʻtardi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali IT-mutaxassislar tayyorlashga munosib hissa qoʻshayotgan ilk xorijiy ta’lim dargohidir. Bugungi kunda universitetda mingdan ziyod talaba axborot texnologiyalari, injiniring va logistika yoʻnalishlarida tahsil olmoqda.
Muzokarada tomonlar oliy darajadagi muloqotlarni izchil davom ettirish, iqtisodiyot, energetika, moliya, sarmoya, yuqori texnologiyalar kabi sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, gumanitar aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonotni imzoladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini boshqarish vazirligi oʻrtasida Hamkorlik memorandumi, ikki mamlakat Adliya vazirliklari oʻrtasida Hamkorlik memorandumi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirliklari oʻrtasida O‘zbekistonda Milliy elektron savdo platformasini joriy qilish boʻyicha hamkorlik bitimi, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilishi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo memorandum, ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2018-2020-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan Koreya Strategiya va moliya vazirligi oʻrtasida Bilimlar almashinuv dasturi boʻyicha Anglashuv memorandumi, 2018-2020-yillarda Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamgʻarmasi kreditlari boʻyicha hukumatlararo hadli kelishuv hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi bilan Koreya Respublikasi eksport-import banki oʻrtasida moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv kabi oltmishdan ortiq hujjat imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda. | 12Siyosat
|
Krishtianu Ronaldu “Real” maydonidagi 424 daqiqalik golsiz seriyasiga dubl orqali barham berdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Sporting Xixon”ga qarshi (2:1) La Liga 13-turida dubl muallifi bo‘lib, birinchi goli orqali Ispaniya chempionati doirasida “Santyago Bernabeu”dagi 424 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi oxirgi marta “Real” maydonida 10-sentabr kuni, “Osasuna”ga qarshi (5:2) o‘yinda gol muallifi bo‘lgan edi.
YChL doirasida esa Ronaldu “Santyago Bernabeu”da so‘ngi bor 14-sentabr kuni, “Sporting” klubiga qarshi (2:1) o‘yinda gol kiritgandi.
Avvalroq Ronaldu “Sporting Xixon” bilan o‘yinda kiritgan gollari orqali La Ligada qatorasiga yetti yil davomida 30 va undan ortiq gol kiritgan ilk futbolchi bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 13Sport
|
Lanmodo startapi avtomobillar uchun soyabon yaratdi
Amerikaning Lanmodo startapi ko‘p vazifali All-in-One Wireless Automatic Car Tent qurilmasini taqdim etdi. Avtomobillar uchun soyabon vazifasini bajaradigan qurilmadan chodir yoki proyektor uchun ekran sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi
Qurilmaning asosiy vazifasi mashinani yog‘ingarchilik, og‘ir jismlarning tushishi va quyoshdan saqlash hisoblanadi. U avtomobil tomiga mahkamlagich yordamida o‘rnatiladi. Shuningdek, mahkamlovchi tasmalar ham bo‘lib, ularni mashina eshiklari orasiga qistirish yoki orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgularga ildirib qo‘yish mumkin.
Soyabon masofadan boshqarish pulti yordamida yoyiladi va avtomobil kuzoviga tegmaydi.
Soyabondan avtomobildan alohida foydalanish uchun uni yerga mahkamlovchi ustun ham bor. Shu tariqa qurilmadan plyaj soyaboni yoki tabiat qo‘ynida yog‘ingarchilik vaqtida chodir sifatida foydalanish mumkin.
Shu bilan birga, All-in-One Wireless Automatic Car Tent to‘liq to‘plamda xarid qilinsa, mijozga qurilmani chodirga aylantirishga imkon beruvchi jihoz qo‘shib beriladi. Yerga mahkamlovchi ustunda elektr quvvati bilan ishlovchi qurilmalarni quvvatlash porti o‘rnatilgan. Soyabonning orqa tomonidan proyektor uchun ekran sifatida foydalanish mumkin.
All-in-One Wireless Automatic Car Tent narxi 200 dan 400 dollargacha yetadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 0Avto
|
Bo‘lg‘usi Nokia smartfonlarining xususiyatlari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi
Nokia kompaniyasi Barselonadagi Mobile World Congress (MWC) konferensiyasi doirasida yangi smartfonni taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Qurilma Carl Zeiss obyektivi va Qualcomm Snapdragon 820 protsessoriga ega bo‘ldi. U, shuningdek, suv va changdan himoya qilingan metall korpus bilan jihozlanadi.
Smartfon 5,2 va 5,5 dyuym diagonalli ikki xil variantda chiqariladi. Devays Android operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Flagmanlarni ishlab chiqarish bilan HMD Global korporatsiyasi shug‘ullanadi. | 14Texnologiya
|
Parasetamolning zararli ekanligi ma`lum bo`ldi
Tarkibida parasetamol bo`lgan dorilarni qabul qilish reproduktiv funksiyalarning buzilishi va homilaning rivojlanishidagi muammolarni yuzaga keltirishi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Olimlar olib borgan tadqiqotlarda 18 yoshdan katta bo`lgan 455 ko`ngilli qatnashd. 1880 evropalik egizaklar va kelib chiqishi afroamerikalik ispanlarga borib taqalgan 1235 nafar odamning arxiv materiallari tekshiruvdan o`tkazildi.
Mutaxassislarning aniqlashicha , tarkibida parasetamol bo`lgan dorilarni qabul qilgan bemorlarning barchasida organizmning gormonal darajadagi 35 yil mobaynida qarishiga teng bo`lgan jinsiy gormonlarning kurib qolishi kuzatildi.
Maqolada takidlanishicha, bunaqa klinik xolat platsenta disfunksiyasiga va jinsiy funksiyalarning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, parasetamolni homiladorlik paytida qabul qilish homilaning tushib qolishi va embrion asab tizimining rivojlanishi bilan bog`liq muammolar paydo bo`lishi xavfini oshiradi.
Parasetamol issiqlikni tushiruvchi keng tarqalgan analgetik xisoblanadi. G`arb davlatlarida bu preparat Acetaminophen (APAP) nomi bilan ataladi. | 2Dunyo
|
Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi poyezdlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
26-oktabr kuni Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalida Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan 20 ta zamonaviy metro vagonlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli” matbuot xizmati
“Transmashxolding” AJ tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash” tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur 20 ta zamonaviy metro vagoni Toshkentga 13-oktabr kuni yuborilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
“Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli” matbuot xizmati
Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Prezidentining “‘Toshkent metropolitenining yerusti liniyasi uchun o‘nta metro poyezdini sotib olish’ loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Toshkent metropoliteni oldiga qo‘yilgan majburiyatlarni bajargan.
“Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli” matbuot xizmati
Poytaxt metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan vagonlar zavodda o‘zgacha usulda bo‘yalgan — yon tarafi va eshiklari oq rangga, butun harakat tarkibi bo‘ylab gorizontal ravishda esa O‘zbekiston milliy bayrog‘ining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan. Poyezdning tom qismi havorang tusda, old qismi esa qora rangda bo‘yalgan. Shuningdek, old qismida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi elektron satr joylashgan bo‘lib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ramzi aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda metropolitenning 20 vagondan iborat birinchi partiyasi Toshkentga yetib kelgandi. 2021-yilning avgust oyida esa “Metrovagonmash” AJ O‘zbekistonga yana 20 ta metro vagonini jo‘natgan.
Ma’lumot uchun, “Metrovagonmash” AJ va Toshkent metropoliteni 40 metro vagonini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani 2021-yilning aprel oyida imzolagan. Moliyalashtirish manbalari Rossiyaning Rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalar davlat banki va Rossiya eksport-import banki kreditlari hisoblanadi.
Yangi vagonlar bir qator texnik imkoniyatlar va afzalliklarga ega:
Avvalroq Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan chiqarilishi, 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
YeChL. "MYu" o‘z uyida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi
2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinlari o‘tkazildi.
Kunning markaziy o‘yinida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yinning 74-daqiqasida Ben-Yyedder hisobda mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqada o‘tib, uning o‘zi dubl qayd etdi. Mezbonlarning yagona javob goli 84-daqiqada Lukaku tomonidan kiritildi.
Manchester Yunayted Angliya – Sevilya Ispaniya 1:2
Gollar: 0:1 – 74 Ben-Yyedder, 0:2 – 78 Ben-Yyedder, 1:2 – 84 Lukaku.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Bayi, Valensiya (Mata, 77), Lingard (Marsyal, 77), Yang, Fellayni (Pogba, 60), Matich, Sanches, Reshford, Lukaku.
Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Merkado, Langle, Vaskes (Pisarro, 87), Banega, Sarabiya, Nzonzi, Korrea (Gays, 89), Muriel (Ben-Yyedder, 72).
Ogohlantirishlar: Banega (5), Ben-Yyedder (78), Korrea (88), Sarabiya (90), Reshford (90).
Ilk uchrashuv 0:0 | 13Sport
|
Bahaybat buqa rodeo chempionini toptab tashladi (Video)
Rodeo chempioni Giliard Antonio Braziliyada o`tkazilgan rodeo arenasida fojiaviy ravishda vafot etdi, deya xabar bermoqda Mirror nashri.
Braziliyada eng zo`r chavandozlardan biri hisoblangan kovboyning qo`li bir tonnali buqaning abzali orasida qolib ketib, Antonio buqaning belidan yiqiladi. Keyin g`azabga to`lgan buqa uning ko`ksiga orqa tuyoqlari bilan bir necha bor zarba beradi.
Oqibatda Antonioning ko`krak qafasi, yuragi va o`pkasi jarohatlanib, vafot etdi.
Chavandozning rafiqasi va kichkina qizalog`i bo`zlab qolaverdi. | 2Dunyo
|
Eron: Isroil Suriyaga raketa yo`llagan bo`lsa, javob beradi
Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Bahrom Gassem Suriyaning Shayrat aviabazasiga Isroil harbiylari tomonidan uyushtirilgan deb ehtimol qilinayotgan raketalar hujumini “tajovuzkorona harakat” deb baholab, aybdor qilmishiga yarasha javob olishini ma`lum qildi. Baxrom Gassem so`zlarini keltirgan "Haaretz " gazetasiga asoslanib, bu haqda RIA Novosti yozadi. Baxrom Gassem Suriya armiyasi o`z hududini himoya qilishga qodirligi va uni bajarishini ham ta`kidlagan. Avvalroq Suriya ommaviy axborot vositalari mamlakatning Xoms hududidagi havo mudofaa tizimi chetdan yo`llangan raketalarni urib tushirgani haqida xabar tarqatgan edi. RIA Novostining Suriya armiyasidagi manbasi ham Shayratga bo`lgan raketalar hujumini tasdiqladi. Al-Masdar axborot portalining qayd etishicha esa Shayratga yo`llangan raketalar Isroil tomonidan uchirilgan bo`lib, Suriya armiyasi hujumni havoning o`zida bartaraf etgan. Al-Masdarning yana bir ma`lumotiga ko`ra Damashq shimolidagi Dumeyr aerodromiga ham raketa hujumi uyushtirilgan bo`lgan. | 2Dunyo
|
FIFA prezidenti «Lokomotiv» jamoasini tabrikladi
FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentning «Lokomotiv» klubini O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgani bilan tabriklab, maktub yubordi, deya xabar qildi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Maktubda, jumladan, shunday deyiladi:
«Toshkentning PFK «Lokomotiv» klubi ketma-ket
uchinchi marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgani munosabati bilan o‘z
tabrigimni yo‘llashdan benihoya mamnunman.
Mazkur chempionlikka o‘z hissasini qo‘shgan, katta hajmdagi mehnatni amalga oshirgan klubning barcha xodimlarini ham yuksak natija bilan tabriklab qolaman.O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtingizda futbol rivoji uchun amalga oshirilayotgan ko‘plab islohotlar, chora-tadbirlar va sa’y-harakatlar futbol jamoatchiligini xursand qilmoqda.
Mazkur islohotlarni amalga oshirishda Sizlarga muvaffaqiyatlar
tilab qolaman!"
Eslatib o‘tamiz, 26 noyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 31-turi doirasida poytaxtdagi ikki jamoa — «Lokomotiv» va «Paxtakor» uchrashuvida temiryo‘lchilar raqiblaridan 3:2 hisobida ustun kelib, chempionlikni muddatidan
avval hal etgan edi. | 13Sport
|
Eronda bir kecha-kunduz ichidagi to‘rtinchi zilzila yuz berdi
Eronda 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi, u bir kecha-kunduz ichidagi to‘rtinchisi bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Eron seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Yer silkinishidan jabrlanganlar va yetgan moddiy zarar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
So‘nggi bir kecha-kunduzda Eronda uchta zilzila qayd etildi. Ularning eng kuchlisi Karmanshoh viloyatida kuzatildi va 5,9 magnitudani tashkil qildi. Tabiiy ofat natijasida 287 kishi jabrlandi, 101 ta bino to‘liq vayron bo‘ldi, yana 850 tasi zarar ko‘rdi. | 2Dunyo
|
Shota Arveladze: “OKMK — finalda o‘ynashni biladigan jamoa. O‘yinga eng kuchli tarkibni tashlaymiz”
“Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi finali doirasida OKMKga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Qo‘qondagi o‘yindan keyin eng kuchli jamoalar yarim finalga yetib kelganini aytgandim. Finalda ham shunday. Raqibimiz yaxshi jamoa. Avvalgi ikki finalda ham shu klub bilan to‘qnash kelgandik. Mavsumni barqaror o‘tkazdik deb o‘ylayman. OChLda ham yaxshi o‘ynadik, afsuski, finalga chiqa olmadik. Ammo ko‘rsatgan o‘yinimizdan qoniqdim. Ishonamanki, “Paxtakor”da hali OChL finaliga chiqish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘ladi. Final qiyin va qiziqarli kechadi. Raqib finalda o‘ynashni yaxshi biladigan jamoa
Albatta, o‘yinga eng kuchli tarkibni maydonga tushiramiz. Ammo maydonda barcha 11 nafar futbolchi o‘ynay olmaydi. Bitta yo‘qotish bor: Farruh Sayfiyev diskvalifikatsiya sababli o‘ynay olmaydi
Finaldan keyin uyga uchib ketaman. Uzoq vaqtdan buyon uyimga borganim yo‘q. O‘z yaqinlarim bilan yangi yilni kutib olaman. Takliflar bo‘lishi mumkin, ammo bayramni o‘tkazib yana “Paxtakor”ga qaytaman.
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionatiga chiqishi uchun nima yetishmaydi? Futbolda imkon boricha yaxshi sharoitlarni yaxshi darajaga keltirib, barchasi doimiy o‘sib borishiga urinish lozim. Aytaylik, maydon, yoritish tizimi yoki boshqa jihatlar bo‘yicha muammolar bo‘lmasligi kerak.
“Paxtakor” sovrin yutishdan zerikmadimi? Agar “Bavariya” murabbiyi oldida o‘tirganingizda bunday savol bermagan bo‘lardingiz, menimcha. Sovrinlarga ega chiqish doimo yoqimli. Biz bunga barqaror erishayotganimiz yana-da xursandchilik beradi. Hech bir jamoa biror sovrindan keyin to‘xtab qolishni xohlamaydi. Biz yangi-yangi g‘alabalar uchun intilamiz.
“Paxtakor” safiga kelgan har bir o‘yinchi yaxshi o‘ynab keta olmasligi mumkin. Butun dunyoda shunday. Yaxshi futbolchilar kuchliroq klublarga o‘tadi. Tarkibimizda o‘zimizdan chiqqan tarbiyalanuvchilar ko‘p. Krimets, Masharipov, Sergeyev, Anzur Ismoilov, Alijonov, Kozak, Sobirjonov, Erkinov, Sidiqov. Qolaversa, legionerlarni ortiqcha jalb etmay mahalliy futbolchilarni xarid qilyapmiz. Bu esa pullar o‘zbek futbolida qoladi degani.
Stadionga kelgan muxlislar qaysi klubga ko‘proq muxlislik qiladi? O‘zingiz ham javobini bilasiz-ku. Namanganlik muxlislar negadir “Paxtakor”ga hech qachon va hech qayerda muxlislik qilmaydi. Nega bundayligini bilmayman. Agar nimadir o‘zgargan bo‘lsa va o‘yinda bizga muxlislik qilishsa xursand bo‘lardim.
Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi
“Paxtakor” va OKMK jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 20-dekabr, yakshanba kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuv 15:00 da boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Mehriddin Abdullayev neft-gaz sanoati xodimlariga tabrik yo‘lladi
Qadrli hamkasblar!
Mamlakatimizda sentabr oyining birinchi yakshanbasi “Neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami” sifatida keng nishonlanmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev va hukumatimiz tomonidan neft va gaz sohasini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratib berildi,soha xodimlari esa har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘i bo‘lmish, Neft va gaz sanoatida erishilgan har bir yutuqda barcha-barchangizni hissangiz bor. Shu munosabat bilan sizlarni samimiy muborakbod etaman.
Neft va gaz sohasida faoliyat olib borayotgan 50 ming nafarga yaqin xodimlarni matonat va mustahkam iroda timsoliga o‘xshataman.
O‘tgan davr davomida barchangiz bilan bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qildik va yaxshi natijalarga erishish maqsadida sizlarga qo‘shilib, geolog, burg‘ilovchi, master, muhandis, texnik, tadqiqotchi va ustaga aylandim. Imkon qadar sizning yoningizda bo‘lib, mashaqqatli mehnatingizda yelkadosh bo‘lishga harakat qilyapman.
Qahraton qish va saratonning jazirama kunlari ham kasbingizga bo‘lgan mehr-u muhabbatingizga, vatanga bo‘lgan sadoqatingizga raxna sola olmasligining guvohi bo‘ldim, ayni shu sabab ham siz bilan birga ekanligimdan g‘ururlanaman.
Sizlarning o‘ta mashaqqatli mehnatingiz va mas'uliyatingiz vatandoshlarimizga ulashmoqda, mamlakat sanoati to‘xtovsiz harakatlanmoqda. Jamiyat farovonligini ta'minlagan har bir texnika vositasining harakatlanishida sizning ulushingiz bor.
Ishonchim komilki, bizni birgalikda yangi muvaffaqiyatlar kutmoqda. Biz bir tan-u bir jon bo‘lib, bundan-da ko‘p yutuqlarga erisha olamiz. Barchangiz bir jamoa bo‘lib mehnat qilayotganingiz uchun samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
O‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-sog‘lik, baxt-u omad, farovon turmush, kasbiy muvaffaqiyat, tinchlik-xotirjamlik tilayman. Yana bir bor bayramingiz bilan tabriklayman!
Hurmat bilan,
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi
Mehriddin Abdullayev
Kun.uz tahririyati neft-gaz sohasining barcha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi. Mashaqqatli mehnat faoliyatingizda yangi marralar yor bo‘lsin, oilangizdan fayz-u baraka arimasin, fidoyi neft-gaz sanoatchilari! | 5Jamiyat
|
O‘zbekiston 27 davlat sayyohlari uchun viza tartibini bekor qiladi
2017-yil 1-apreldan O‘zbekiston 15 mamlakat sayyohlari hamda 12 davlatning 55 yoshdan oshgan sayyohlari uchun viza tartibini bekor qiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
2017-yil 1-apreldan O‘zbekiston mamlakatga 30 kundan ziyod bo‘lmagan muddatga sayyohlik maqsadida kelgan Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Singapur, Finlyandiya, Shveysariya va Yaponiya fuqarolari uchun viza tartibini bekor qiladi. Bu Prezidentning 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni tezlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qo‘shimcha ravishda, Belgiya Qirolligi, Indoneziya, Xitoy (sayyohlik guruhlari tarkibida), Malayziya, AQSh, Fransiya, Vyetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiyaning 30 kundan ziyod bo‘lmagan muddatda sayyohlik maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi 55 yoshdan oshgan fuqarolari uchun viza tartibi bekor qilinadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga kirishda 50 AQSh dollari miqdoridagi kirish yig‘imini to‘laydi, mazkur mablag‘lar davlat byudjetiga o‘tkaziladi. Kirish yig‘imi to‘langanini tasdiqlovchi hujjat mamlakatga kirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mutasaddi davlat tashkilotlariga kelgusi yilning apreligacha bo‘lgan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganchdagi xalqaro aeroportlarda respublikaga kelayotgan va undan ketayotgan chet ellik sayyohlar uchun pasport va bojxona nazorati, yuklarni olish va transport xizmati soddalashtirilgan “yashil koridor” bojxona nazorati tizimini joriy etish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish vazifasi topshirildi.
O‘zbekistonning aeroport va vokzallarida chet el fuqarolariga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda jarayonlarni tezlashtirish maqsadida rezident va norezidentlar uchun alohida pasport nazoratidan o‘tish tashkil etiladi.
Tegishli tuzilmalarga qo‘shimcha ravishda yo‘lovchilarga bepul asosda ko‘rsatilayotgan xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, aeroport va temir yo‘l vokzallarida qulay sayyohlik informatsion muhiti, jumladan, sayyohlik-ma’lumot punktlari, sayyohlik navigatsiya tizimlari, mo‘ljal olish belgilari va boshqalarni tashkil etish topshirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 8O‘zbekiston
|
«Yengilmas» «Napoli» «Manchester Siti»dan yengildi
«Manchester Siti» Chempionlar ligasining guruh bosqichi -turida «Napoli»ni qabul qildi. Manchesterdagi «Etihad — Siti of Manchester» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
9-daqiqadayoq Rahim Sterling «shaharliklar»ni olg‘a boshladi, daqiqa o‘tib Gabriel Jyezus ustunlikni oshirdi 2:0.
38-daqiqada Dris Mertens penaltini golga aylantira olmadi - Ederson vaziyat qahramoni.
73-daqiqada neapolliklar yana bir marta 11-metrli jarima zarbasini ijro etish huquqini qo‘lga kiritishdi, bu safar Amadu Diavara aniq harakat qildi.
Guruhning parallel kechgan ikkinchi o‘yinida «Shaxtyor» «Feyyenoord»ni Bernardning 2 goli evaziga mag‘lub etdi - 2:1.
F guruhida 3 turdan keyingi vaziyat: 1. «Manchester Siti» — 9 ochko; 2. «Shaxtyor» — 6; 3. «Napoli» — 3; 4. «Feyyenoord» — 0.
Chempionlar ligasi
F guruhi
Manchester Siti Angliya – Napoli Italiya 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 9 Sterling, 2:0 – 13 Gabriel Jyezus, 2:1 – 73, penalti Diavara.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Stounz, Uoker, Delf, Silva (Gundo‘g‘an, 76), Fernandino, Sterling (Bernardu Silva, 70), de Bryuyne, Sane, Gabriel Jyezus (Danilo, 87).
Napoli – Reyna, Albiol, G‘ulom, Xyusay (Madjo, 70), Kulibali, Hamshik (Una, 78), Diavara, Kallejon, Zelinski, Insine (Allan, 57), Mertens.
Ogohlantirishlar: Uoker (37), de Bryuyne (44), Fernandino (72), Albiol (74), Madjo (79).
Feyyenoord – Shaxtyor 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 7 Bergeys, 1:1 – 24 Bernard, 1:2 – 54 Bernard.
Feyyenoord – Jons, Niukop (Tornstra, 61), van Bek (Kramer, 77), Sen-Jyust, Xaps, Amrabat, El-Axmadi, Trindade, Bergeys, Yorgensen (Larsson, 67), Boetiyus.
Shaxtyor – Pyatov, Butko, Ordets, Rakitskiy, Ismaili, Fred, Stepanenko, Marlos (Zubkov, 90), Tayson, Bernard (Kovalenko, 70), Ferreyra (Xocholava, 77).
Ogohlantirishlar: Rakitskiy (48), Tayson (64), El-Axmadi (66), Kovalenko (77), Amrabat (87), Butko (90).
Chetlatish: Rakitskiy (75). | 13Sport
|
Oliy sud yarim yillik yakunlarini o‘tkazdi
2017 yilning birinchi yarmi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar 149 mingdan ziyod ishlarni ko‘rib chiqdi. Ularning umumiy sonidan 89,4 foizida sud qarorlari chiqarildi, chiqarilgan sud qarorlarining 88,1 foizida esa talablar qondirildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov «Gazeta.uz"ga xabar berdi.
Ko‘rsatilgan muddatda jinoiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 40008 shaxsga nisbatan 30 mingdan ziyod jinoiy ishni ko‘rib chiqib, 88 nafar shaxsga nisbatan 66 ta ish bo‘yicha oqlov hukmini chiqardi.
Yarashtiruv instituti qo‘llanilishi natijasida 6993 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi (2016 yilning xuddi shu davrida — 6934 nafar shaxs).
Jinoiy qonunchilikning liberalizatsiya qilinishi munosabati bilan 290 mlrd so‘m miqdorida moddiy ziyon keltirgan 3406 kishiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralari qo‘llanildi. Bu 2016 yilning birinchi yarmiga nisbatan 15,6 foiz (2872 kishi) ko‘p demakdir.
Bundan tashqari, sudlar tomonidan 223793 kishiga nisbatan 189 mingdan ziyod ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. 2016 yilning birinchi yarmida jinoiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 197607 kishiga nisbatan 158 mingdan ortiq ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan edi.
Iqtisodiy sudlar tomonidan 186 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularning umumiy sonidan 97,9 foizida sud qarorlari chiqarildi. Chiqarilgan sud qarorlari bo‘yicha 93,6 foiz talablar qondirildi.
2017 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan 13 ming shikoyat ko‘rib chiqilib, 370 sud qarori o‘zgartirildi yoki bekor qilindi.
Hisobot davrida sudlar tomonidan 128 mingdan ziyod sayyor sud majlislari o‘tkazildi. | 5Jamiyat
|
Xorazmda er xotinini o`g`irlik ustida ushladi va uni IIBga topshirdi
Xorazmda tadbirkor er shz xotinini shsh-irlik ustida ushlab oldi. Bu haqda Postda xabariga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
Voqea mana bunday bo`lgan: Tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi R.Sultonboyning pullari orasidan dastlab 500 AQSh dollari yo`qoladi. Xonaning qulfi buzilmaganligini ko`rgan Sultonboy pul sanashda adashgan bo`lsam kerak, degan fikrga boradi va e`tibor bermaydi.
Oradan uch kun o`tgach, yana 1000 dollar g`oyib bo`ladi. Eshik va deraza romlarining butligi hamda pullarning oz-ozdan o`g`irlanishi xonadon sohibini shubhalantirib qo`ydi. Shundan so`ng u xonaga xufiyona kuzatuv kamerasini o`rnatdi.
Ertasi kuni Sultonboy yana 1 mln. so`m puli joyida yo`qligini bildi va darhol kuzatuv kamerasi xotirasidagi yozuvlarni ko`zdan kechirdi. Ne ko`z bilan ko`rsinki, yaxshi niyat bilan sha`riy nikohdan o`tgan ayoli G.Muborak kalit tanlash yo`li bilan xonaga kirib pullarni o`g`irlagan ekan.
R.Sultonboy bu haqda tuman IIBga murojaat qildi. Inkor etib bo`lmas dalillar oldida mulzam bo`lgan Muborak qilmishini tan olishdan boshqa chora topa olmadi. | 6Jinoyat
|
Futbol bo‘yicha Irlandiya termasi Yevro—2016 ga yo‘l oldi
Yevro—2016 saralashi, pley-off bosqichining javob o‘yinida Irlandiya terma jamoasi Bosniya va Gersegovina termasi ustidan 2:0 hisobida ustun keldi va Yevropa chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
O‘yinda Uolters dublga erishdi. Shu tariqa, irlandlar Fransiyada o‘tkaziladigan qit’a birinchiligiga yo‘l olgan 22-jamoaga aylandi.
Aytish joizki, Irlandiya termasi Yevropa chempionatida uchinchi bor ishtirok etadi. Jamoa 1988 va 2012-yillarda ham final bosqichida o‘ynagan edi.
Bugun, 17-noyabr kuni yana ikki yo‘llanma sohibi aniqlanadi. Daniya termasi Shvetsiya bilan, Sloveniya esa Ukraina terma jamoasi bilan o‘zaro bellashadi.
Yevro—2016 saralashi. Javob o‘yini
Irlandiya – Bosniya va Gersegovina 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 24, penalti Uolters, 2:0 – 70 Uolters.
Dastlabki o‘yin: 1:1 | 13Sport
|
AQShda robot-delfin ishlab chiqildi (video)
Arynews telekompaniyasining ma'lum qilishicha, robotni yaratish uchun tibbiy silikondan foydalanilgan. Robotni sirk tomoshalari va delfinariylarda qo‘llash mumkin.
Robot-delfinning uzunligi 2,5 metrni, og‘irligi 250 kgni tashkil qiladi. U operator tomonidan radiokanal orqali boshqariladi. Robot Kaliforniyada sinovdan o‘tkazilgan va tutqunlikda ushlab turiluvchi delfinlar o‘rnini bosish uchun ishlab chiqilgan.
Edge Innovations bosh direktori Uolt Kontining ma'lum qilishicha, dunyo bo‘ylab delfinariylarda 3 mingga yaqin delfin tutqunlikda ushlanadi. Antiqa robot esa tirik hayvonlar bilan tomoshalar qo‘yish taqiqlangan sirk va bog‘larda qo‘llanishi mumkin. | 2Dunyo
|
Parij yaqinida avtomobil harbiylar guruhi ustiga bostirib borildi
Fransiya poytaxti Parij yaqinidagi Levalua-Perre shahrida avtomobil harbiylar guruhiga qarab bostirib borildi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Hodisa oqibatida kamida olti kishi jabrlandi, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Avtomobil voqea joyidan yashiringan.
Politsiya tumanda maxsus amaliyot o‘tkazmoqda va avtomobilni qidirmoqda.
Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. | 2Dunyo
|
Shoygu Tojikistonga katta miqdorda aviatexnika yetkazib berilishini ma'lum qildi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya 2017 yilda Tojikistonga uning barqarorligini ta'minlash maqsadida "katta miqdorda aviatsion texnika" yetkazib berilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Shoygu Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan uchrashuvda aytdi.
Shoyguning aytishicha, 2017 yilda Rossiya va Tojikiston o‘rtasida "harbiy-texnik hamkorlik, qurol-aslaha va harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha muhim faza" keladi. Ma'lum qilinishicha, Tojikistonga samolyot va vertolyotlar yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Shoygu harbiy texnikaning yetkazib berilishi mintaqada barqarorlikni saqlashga imkon berishini hamda IShID va "Afg‘oniston hududidagi boshqa terrorchilik tashkilotlari" bilan kurashishda yordam berishini aytdi.
Bundan tashqari, Shoygu bu "yovuz kuchlar bilan bir safda kurashishga" va'da berdi. Tojikiston mudofaa vaziri o‘z navbatida, "hamdo‘stlikning janubiy sarhadlari ishonchli qo‘riqlanishiga" va'da berdi. | 2Dunyo
|