text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
O‘zbekistonning qaysi hududida shifoxonalar kamligi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 1216 tani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. O‘tgan yilning yanvarida shifoxonalar soni 1205 tani tashkil etgandi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, mavjud shifoxonalarning eng ko‘pi — 147 tasi Toshkent shahrida joylashgan.
Qolgan hududlardagi shifoxonalar soni quyidagicha:
Qo‘mita ma’lumotlarida mavjud shifoxonalarning qanchasi nodavlat shifoxonalar ekanligi ko‘rsatilmagan.
O‘zbekistondagi xususiy shifoxonalarda kimlar bepul davolanishi ma’lum qilindi | 8O‘zbekiston
|
Top-11: O‘zbekistonning ayni damdagi eng qimmat futbolchilari
Futbolga qiziqqan, uni tomosha qilishni yoqtirgan inson borki, o‘yinchilarning transfer bozoridagi narxini kuzatib boradi. Aksariyat hollarda barchamiz dunyo transfer bozoridagi vaziyatni muhokama qilamiz: Kilian Mbappe va Erling Holandning narxi ko‘tarilgani yoki Krishitinu Ronaldu hamda Lionel Messining narxida pasayish kuzatilgani haqida gapiriladi. O‘zbekistonlik futbolchilar-chi? Ularga ham transfer narxi qo‘yiladimi, agar shunday bo‘lsa, eng qimmat o‘zbek futbolchisining bozordagi qiymati qancha? Quyida aynan shu savollarga javob bergan holda O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari haqida fikr yuritamiz.
Hojiakbar Alijonov — 900 ming yevro
Hojiakbar Alijonov 2016-yildan beri “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga jalb etib kelinadi. Alijonov “Paxtakor”dagi kuchli raqobatni yengib o‘ta oldi va hozirda asosiy tarkibning muhim futbolchisi hisoblanadi. Hojiakbarning tezkorligi, muntazam ravishda hujumlarga qo‘shilishi va o‘yinni o‘ziga olishdan cho‘chimasligi poytaxt klubining so‘nggi yillardagi g‘alabalarida muhim rol o‘ynagani hech kimga sir emas. Alijonov agar shu yo‘sinda davom etsa, yaqin yillar ichida terma jamoa uchun ham ko‘p narsa bera olishi mumkin.
Bobur Abduxoliqov — 900 ming yevro
O‘zi tarbiyalangan “Nasaf” tarkibida milliy chempionatdagi yorqin o‘yinlari va gollari orqali yaxshi tanilgan Bobur Abduxoliqov 2021-yilning fevral oyida legionerga aylandi. Hujumchi Ukraina chempionati vakili “Rux” bilan shartnoma imzoladi, endilikda u o‘z omadini Yevropada sinab ko‘radi.
Odiljon Hamrobekov — 1 million yevro
“Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Odiljon Hamrobekov 2013-yildan boshlab qarshiliklarning asosiy jamoasiga jalb etila boshlagan. Shuningdek, u O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalaridagi o‘yini orqali ham muxlis va mutaxassislarning e’tiborini o‘ziga qaratgan. Hamrobekov hozirda “Paxtakor” tarkibida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Uning maydondagi asosiy vazifasi jamoaning yangi hujumini boshlab berish va raqib o‘yinchilarini zararsizlantirishdan iboratdir.
Doston Hamdamov — 1,20 million yevro
Doston professional faoliyatini “Bunyodkor” safida boshlab (2014-yilda), qisqa vaqt ichida asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi va yorqin o‘yinlar ko‘rsata boshlaydi. Aynan shu sabab u 2015-yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotini ham qo‘lga kiritgandi. 2018-yilda esa u Rossiyaning “Anji” klubiga o‘tdi. Afsuski, Maxachqal’ada uning omadi yurishmadi, shundan so‘ng (2019-yilning yanvar oyida) Doston Toshkentning boshqa bir klubi “Paxtakor” safiga kelib qo‘shildi. “Sherlar” bilan shartnomasi yakuniga yetgach, erkin agent sifatida BAA chempionatiga yo‘l oldi. Dubayning “An-Nasr” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan Doston yangi jamoasida ko‘p vaqt o‘tkazmadi. “An-Nasr” uni mavsum so‘nggigacha autsayder “Hatta“ga ijaraga berib yubordi.
Odil Ahmedov — 1,20 million yevro
Osiyo Kubogi—2011 dan keyin legionerga aylangan Odil Ahmedov roppa-rosa 10 yildan beri O‘zbekistondan tashqarida to‘p tepmoqda. Bu vaqt oralig‘ida u “Anji”, “Krasnodar”, “Shanxay SIPG” kabi jamoalarda harakat qildi. Hozirda esa O‘zbekiston terma jamoasi sardori ijara asosida “Tyanszin Taygers” (sobiq “Tyanszin Teda”) sharafini himoya qilmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra mazkur klub bankrotlik yoqasida turibdi va katta ehtimol bilan tarqatib yuborilishi kutilmoqda.
Oston O‘runov — 1,50 million yevro
2020-yilning yozida Rossiya futbolida katta shov-shuv ko‘targan holda “Ufa”dan “Spartak”ka o‘tgan Oston O‘runov Moskva klubi safida o‘zining nimalarga qodir ekanini isbotlay olmadi. Poytaxtliklar esa uni qishki transferlar vaqtida yana eski jamoasiga qaytarib yubordi. To‘g‘ri, Ostonga kam imkoniyat berildi, ammo u bundan foydalanishi va o‘zini ko‘rsatishi shart edi. Boisi istalgan chempionatda legioner futbolchi mahalliy o‘yinchilardan bir bosh ustun bo‘lishi kerak. Shu tariqa Ostonning Rossiya poytaxtidagi sarguzashtlari yakunlandi va u endilikda hammasini boshidan boshlashiga to‘g‘ri keladi.
“SUM”dagi xarid, Yuranning ayblovi va “Rodina”ga urilgan yagona gol. Oston O‘runovning “Spartak”dagi yarim yili haqida
Igor Sergeyev — 1,50 million yevro
Uzoq yillar davomida “Paxtakor” safida (orada ikki bor legioner bo‘lishga ham ulgurdi) to‘p tepgan Sergeyev Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoada muvaffaqiyatsiz o‘yinlar ko‘rsatib, muxlislar bilan “chiqishmay” qolgandi. Ammo bugungi kunga kelib, u o‘z pozitsiyasini tiklab bormoqda. Superliganing o‘tgan mavsumida 16 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallagan (Dragan Cheran (“Paxtakor”) 20 va Bobur Abduxoliqovdan (“Nasaf”) 17 keyin) futbolchi 2021-yilning fevral oyida Qozog‘istonning “Aktobe” klubi futbolchisiga aylandi. Umuman olganda, Sergeyevni yaxshi darajadagi hujumchi deyish mumkin, shunchaki u o‘ziga mos keladigan jamoa va murabbiy topishi kerak, xolos.
Aziz G‘aniyev — 1,80 million yevro
Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi “Nasaf” safida anchayin yosh paytida yetishib chiqqan Aziz G‘aniyev Qarshi jamoasining asosiy o‘yinchisi hisoblanardi. O‘yinni o‘ziga olishdan qo‘rqmaydigan va uzoq masofadan zarba berishga tortinmaydigan kam sonli o‘zbekistonlik futbolchilardan biri “Shabob Al-Ahli” klubiga yo‘l oldi. Aziz BAA chempionatida barqaror o‘yin ko‘rsatayotgandi, ammo birinchilikning 16-turidan o‘rin olgan uchrashuvda jarohat olgani tufayli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Jaloliddin Masharipov — 2 million yevro
O‘zbekiston Superligasining so‘nggi yillardagi eng yorqin o‘yinchisi Jaloliddin Masharipovning Yevropaga ketishi kerakligi haqida juda ko‘p gapirildi. Ammo yashil qit’a klublaridan jo‘yali taklif bo‘lmaganidan keyin (to‘g‘ri, orada Turkiyadan taklif bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi, ammo bu xabardan nariga o‘tmadi) unda arab jamoalaridan birini tanlashdan boshqa chora qolmadi. Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga o‘tgan Masharipov yangi jamoasida birorta ham o‘yin o‘tkazmasdan turib, BAAning “Shabob Al-Ahli” jamoasiga 2021-yilgi mavsumning oxiriga qadar ijaraga berib yuborildi. Saudiya klubining bu qarorga kelishiga legionerlarga qo‘yilgan taqiq bo‘lgani aytildi. Shu tariqa bir paytlar katta umid bildirilgan va o‘zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqishi kutilgan futbolchi bugun BAAning o‘rtamiyona jamoasida javlon urmoqda.
Otabek Shukurov — 2,50 million yevro
Toshkentning “Bunyodkor” va O‘zbekistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalaridagi o‘yinlari orqali o‘zini yaxshi tomondan namoyon eta olgan Otabek Shukurov ham mana necha yildirki, BAA chempionatida to‘p surib kelmoqda. Shukurov “Sharja”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblansa-da, muxlislar uning ham nisbatan kuchliroq chempionatlarda o‘ynashini istagandi. Ammo Otabek katta ehtimol bilan legioner sifatidagi faoliyatini Arabiston yarim orolida tugatsa kerak. BAA birinchiligini yerga urmagan holda shuni aytish mumkinki, kreativ uzatmalarni amalga oshirish va maydonni yaxshi ko‘ra olish qobiliyati Otabekka u yerda ortiqcha qiyinchiliklarsiz to‘p surishga imkon bermoqda.
Eldor Shomurodov — 6,50 million yevro
Bugungi kunda Eldor Shomurodov, shubhasiz, o‘zbek futbolining faxri bo‘lib turibdi. “Rostov”dagi 3 yillik faoliyatdan so‘ng Italiyaga yo‘l olgan Eldor tezda yangi chempionatga moslashib ketdi va mahalliy muxlislarning mehrini qozondi. To‘g‘ri, u 16 ta o‘yinda atigi 3 ta gol urdi, ammo shuning o‘zi ham o‘zbek futboli uchun katta natija hisoblanadi. Eldor ayni paytda O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi. JCh—2022 saralash bosqichida Vadim Abramov ham o‘yinni aynan Shomurod atrofida qursa kerak.
Italiyadan Polshagacha. O‘zbekistonlik legioner futbolchilar qaysi davlatlarda to‘p surmoqda?
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
O‘zbekiston vaksinalar ishlab chiqarish va eksport qilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston sinovlarning uchinchi — oxirgi bosqichidan so‘ng koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarish va eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 25 sentyabr kuni Xalqaro press-klub yig‘ilishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.
Avvalroq koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan ikki Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda sinovlarning uchinchi bosqichini birgalikda o‘tkazishni taklif qilgan edi. Innovatsion rivojlantirish vazirligi Sinopharm va Zhifei Longcom bilan shartnomalar imzoladi.
«Xitoyning ikkita kompaniyasi vaksinalarini O‘zbekistonga jalb qilish va [ushbu dori vositalarining] klinik sinovlarining uchinchi bosqichida ishtirok etish [rejalashtirilmoqda]. So‘ngra o‘zimizda ushbu vaksinalarni ishlab chiqarish masalasi ko‘tariladi, bu esa importning qisqarishiga olib keladi, bundan tashqari biz ularni qo‘shni mamlakatlarga eksport qilishimiz mumkin bo‘ladi», — dedi Bahodir Yusupaliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya kompaniyalariga ham Rossiya vaksinasini birgalikda sinovdan o‘tkazishni taklif qilgan. «Bugun biz ularning javobini kutmoqdamiz. O‘ylaymanki, biz bir vaqtning o‘zida ular bilan ham ishlaymiz», — dedi u.
Avvalroq «Gazeta.uz» Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) va Laxisam farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga 35 million doza koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini yuborishga kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edi.
Avgustda esa O‘zbekistonning JSSTning COVAX (koronavirusga qarshi vaksina qilish) dasturiga qo‘shilgani ma’lum qilindi. | 5Jamiyat
|
Lesterdagi portlashda to‘rt kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi
Britaniyaning Lester shahrida joylashgan uyda ro‘y bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda politsiya matbuot xizmati.
Ta'kidlanishicha, yana to‘rt inson shifoxonada qolmoqda, ulardan biri jiddiy darajada jarohat oldi.
Huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda Lesterda terakt sodir etilganidan dalolat beruvchi hech narsa hozircha yo‘q.
Lesterdagi Xinkli-roud ko‘chasida 25 fevral mahalliy vaqt bilan soat 19:19da portlash yuz bergandi. | 2Dunyo
|
Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga shaxsga doir ma'lumotlar bo‘yicha o‘zgartirish kiritiladi
«O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 15 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 19 dekabrda ma'qullangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun 13-moddasi ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Jumladan, 13-modda 2019 yil 2 iyulda qabul qilingan «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi qonunning quyidagi mazmundagi 27-1-modda bilan to‘ldirilishiga bog‘liq:
«Mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma'lumotlar bazalarida yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta'minlashi shart».
Mazkur qonun talabidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining 141-2-moddasiga hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-2-moddasiga shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi masalasida o‘zgartirish kiritilmoqda.
Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida, xorijiy mamlakatlar (Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston) ma'muriy va jinoyat qonunchiligi o‘rganilgani aytiladi.
Bildirilishicha, bugungi kunga kelib ommaviy kommunikatsiyalar rivojlanishi bilan ijtimoiy tarmoq va internet saytlarida shaxsning shaxsiy va oilaviy siriga oid ma'lumotlar uning roziligisiz olinishi, tarqatilishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarida shaxsga doir ma'lumotlardan (fotosuratlar, ism-sharif, lavozim va hokazo) uning roziligisiz foydalanish, tarqatish holatlari ham ko‘paygan. Ko‘pchilik internet foydalanuvchilari o‘z shaxsiy hayotiga, shaxsiga oid ma'lumotlar tarqalishiga oid huquqbuzarlikdan jabr ko‘rib qolmoqda.
Yangi tartib o‘rnatilishi jismoniy va yuridik shaxslarga insonning shaxsiy hayoti, uning shaxsiga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda olish, qayta ishlash, saqlash, tarqatishdan javobgarlik tahdidi tufayli tiyilish va umuman unga doir ma'lumotlar bilan qonuniy ishlash samaradorligini oshirilishiga xizmat qilishi aytiladi. | 8O‘zbekiston
|
General-leytenant Po‘lat Bobojonov: «Kunim o‘tsa bo‘ldi» deydigan xodim tizimimizda ishlay olmaydi»
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov “Hurriyat” gazetasiga intervyu berdi. Unda IIV va tizimlarida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Bu haqda IIV saytida xabar berilgan.
“Endi eskichasiga ishlab bo‘lmaydi. Kabinetda o‘tirib buyruqbozlik qilish zamoni o‘tdi. Rahbar xalqning ichida bo‘lishi, uning dard-u tashvishini yaxshi o‘rganishi, o‘z dard-u tashvishi deb bilishi lozim. Bu borada Yurtboshimizdan o‘rnak olishimiz kerak. Boshqalarga “boshchilik qilaman” degan odam izlanuvchan, tashabbuskor, talabchan bo‘lishi, kezi kelganda g‘amxo‘rlikni ham o‘rniga qo‘yishi, sohaga innovatsion yondashishi. yangicha fikrlashi lozim. Ana shu talablarga javob bera olmaydigan rahbarlar bilan “xayrlashyapmiz”. Qolaversa, yosh kadrlarga ishonch bildiryapmiz. Ammo ishni eplolmasa, ularni ham ayab o‘tirmaymiz.
Nafaqat rahbarlar, balki oddiy xodimlarga nisbatan ham talab yuqori. Bugungi kunda o‘z ustida ishlamaydigan, kasb mahoratini, bilimlarini tinimsiz oshirib bormaydigan, “kunim o‘tsa bo‘ldi” deydigan xodim tizimimizda ishlay olmaydi. U fidoyi, halol, g‘ayrat-shijoatli, eng asosiysi xalqqa xizmat qiladigan xodim bo‘lishi darkor.Faqat o‘zining manfaatini, tinchini o‘ylaydigan xodim ham, rahbar ham bizga kerak emas. Zamonning talabi – shu”, - deydi ichki ishlar vaziri. | 8O‘zbekiston
|
Besh tashabbusda yoshlar kamoloti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 19 martda o‘tkazilgan videoselektorda ilgari surilgan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni maktabgacha ta'lim tizimida samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi tashabbusi bilan 2019 yil 5 oktabr kuni Chilonzor tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi va Toshkent Pedagogika kolleji bilan hamkorlikda “Yoshlar kamoloti - 5 tashabbusda” nomli seminar tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur seminar tadbiriga Maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, Chilonzor tuman hokimiyati, Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayorlash va ularni malakasini oshirish instituti mutasaddilari tashrif buyurdilar. Bu tadbirda yoshlar sportning ko‘plab turlari, shaxmat-shashka kitobxonlik, sahna ko‘rinishlari, musavvirlik, musiqa, raqs kabi qobiliyatlarini namoyish etdilar. Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutidan kelgan malakali vakillar tomonidan trening darslari o‘tkazildi. Tadbirda Maktabgacha ta'lim tarbiyachilari va Pedagogik kollej talabalari tomonidan yasalgan qo‘l mehnatidan iborat ko‘rgazmalar o‘rin egalladi. Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar yoshlarga ko‘rsatilayotgan e'tibordan mamnunliklarini bildirdilar. | 5Jamiyat
|
Turkiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot
06.12.2016
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon oʻrtasida Turkiya tomonining tashabbusi bilan 2016-yil 6-dekabr kuni telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.
Rejep Tayyip Erdoʻgʻon Shavkat Mirziyoyevni 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli gʻalaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.
Davlat rahbarlari davlatlararo munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama etdi va 18-noyabrda Samarqandda oliy darajada oʻtgan O‘zbekiston – Turkiya oʻrtasidagi serqirra muloqot va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladilar.
Turkiya rahbari Turkiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida samimiy qabul va mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar bugungi ikki tomonlama munosabatlar oʻzbek va turk xalqlarining tarixi hamda ma’naviyati mushtarakligining mustahkam asosiga tayanishi va oʻzaro manfaatlarga javob beradigan amaliy natijalarga erishishni maqsad qilganini alohida ta’kidladilar.
O‘zbekiston bilan Turkiya sheriklik munosabatlarini iqtisodiy, investitsion-texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ulkan salohiyat inobatga olingan holda, yangi mazmun bilan boyitish tarafdori ekani qayd etildi.
Tomonlar, tashqi siyosat mahkamalari, vazirliklar va iqtisodiy tuzilmalar oʻrtasida aloqalarni faollashtirishdan manfaatdor. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olindi.
Suhbat chogʻida Samarqandda oʻtkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarga muvofiq Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida oʻzaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun muayyan sohalar belgilandi.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari oʻzaro rasmiy tashrif almashishga kelishib oldilar va shu munosabat bilan manfaatdor vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Suhbat ochiq va amaliy ruhda oʻtdi. | 12Siyosat
|
Turkmaniston O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib oladi
Turkmaniston O‘zbekistondan katta partiyadagi qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib oladi.
Davlat axborot agentligining xabar berishicha, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tegishli qarorni imzolagan. Unda respublika Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga «Uzsanoateksport» (O‘zbekiston) aksionerlik jamiyati bilan katta partiyadagi qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini sotib olish maqsadida shartnoma imzolash haqida topshiriq berilgan.
Bundan tashqari, Turkmaniston vazirligi texnikalarga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni ham qilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni qabul qilgani xabar berilgandi.
Shuningdek, kecha O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining telefon orqali o‘zaro muloqoti bo‘lib o‘tdi. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekistonda bir haftada qariyb 3 mingta kumush esdalik tanga sotildi
Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqargan edi. 28-noyabrdan boshlab sotuvga qo‘yilgan 6900 dona kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarning qariyb 3 mingtasi sotildi. Bu haqda Markaziy bankka tayanib Spot xabar berdi.
4-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston banklaridagi tangalar qoldig‘i:
Sotuvga 1994−2009-yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. | 8O‘zbekiston
|
Turkiya janubi-sharqidagi portlashda ikki politsiyachi halok bo‘ldi
Turkiya janubi-sharqida yuz bergan portlashda ikki politsiyachi halok bo‘ldi, yana kamida 35 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mina o‘rnatilgan avtomobil portlab ketgan. Hodisa tafsilotlari keltirilmayapti. | 2Dunyo
|
Boʻsh turgan ob’yektlar bilan maхsus markaz shugʻullanadi
Prezidentning 1.07.2020 yildagi “Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Faoliyat koʻrsatmayotgan, foydalanilmasdan turgan noturar ob’yektlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning хoʻjalik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida:
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Markaz va hududiy boshqarmalar faoliyatini moliyalashtirish manbalari:
Markaz davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha davlat organlaridan zarur boʻlgan aхborot va materiallarni soʻrab olishga haqli. Boʻsh turgan ob’yektlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Markaz tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali tegishli davlat organlaridan olinadi.
Boʻsh turgan ob’yektlar toʻgʻrisida ma’lumotlar Markazning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi. Foydalanilmayotgan ob’yektlarni aniqlash va foydalanilmayotgan ob’yektlarni хoʻjalik faoliyatiga jalb etish boʻyicha ishchi guruhlar hududiy boshqarmalarga haftalik aхborot kiritib boradi. Hududiy boshqarmalar хodimlari tuman (shahar)larning har bir mahallasiga biriktiriladi hamda vakolati doirasida mahalla hududida joylashgan boʻsh turgan ob’yektlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi. Boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari, respublika Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’yektlar bundan mustasno, saqlash va ulardan kelgusida samarali foydalanish (хususiylashtirish, ijaraga berish va boshqa) maqsadida Markaz va hududiy boshqarmalarga topshiriladi
Markaz:
Markaz va hududiy boshqarmalar хodimlari oʻz vakolatlari doirasida boʻsh turgan ob’yektlarga toʻsqinliksiz kiradi va koʻzdan kechiradi. Bunda, хususiy mulk ob’yektlariga kirish va ularni koʻzdan kechirish Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni хabardor etish tartibida amalga oshiriladi.
Markazning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab:
a) barcha auksion savdolari natijalari QR-kod (matrik shtriхli kod)ni qoʻllash orqali rasmiylashtiriladi;
b) “E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilinadi:
Hujjat bilan Markazning markaziy apparati tuzilmasi tasdiqlandi. Uning boshqaruv хodimlari cheklangan soni 309 nafar, shu jumladan, markaziy apparat boshqaruv хodimlari soni – 22 nafarni tashkil etadi. Agentlikning Boʻsh turgan davlat ob’yektlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi tugatilib, uning 8 ta shtat birligi Markazga oʻtkaziladi.
Markaz va uning hududiy boshqarmalari хodimlariga, toʻlov manbalaridan qat’i nazar, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari хodimlari uchun qonun hujjatlarida va boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
Shuningdek, qaror bilan quyidagilar nazarda tutilgan:
Elmira Siraziyeva. | 10Qonunchilik
|
Paralimpiyachi Roza Qo‘ziyeva — pauerlifting bo‘yicha JCH bronza medali sohibasi
O‘zbekistonlik Roza Qo‘ziyeva 2−9 dekabr kunlari Meksikada pauerlifting bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.
O‘zbekistonlik sportchi 55 kggacha vazn toifasida uch muvaffaqiyatli urinishda 108, 112 va 113 kglik shtangani ko‘tardi.
Meksikalik Amalia Peres 123 kg natija bilan birinchi, ukrainalik Mariana Shevchuk 122 kg bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqada 71 davlatdan 500 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. | 13Sport
|
O’zbekistonda “Kuyla yoshligim” yangi estrada loyihasiga kasting boshlandi
Yoshlar Madaniyat va san’at markazi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida tashkil etilgan yangi “Kuyla yoshligim” estrada loyihasiga kastingning saralash bosqichi 2015-yilning 19-fevralida Farg‘onada bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Eletron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi.
Kasting, konsert dasturlari va video sarhisob ikki tilda ommalashtirilib boriladi. Saralash turlari mart oyi so‘ngida yakunlanadi.
Loyiha mamlakatmizning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi yosh ijrochilarni o‘z doirasida birlashtiradi. Uning ishtirokchilarini tanlab olish uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqichda Respublikamiz viloyatlari bo‘ylab kastinglar o‘tkaziladi va ularda sayyor jyuri o‘z iqtidorini namoyish qilgani kelgan ishtirokchilar chiqishlarini baholab borishadi.
Jyuri qarori asosida tanlov so‘nggida har bir viloyatdan 5−8 nafardan ishtirokchi tanlab olinadi. Shundan so‘nggina ular Toshkentda bo‘lib o‘tadigan keyingi bosqichga o‘tadilar. Ikkinchi saralash bosqichi yakunida yosh ishtirokchilarning 15 nafarigina qoladi va o‘zlarining vokal iqtidorlarini mukammalshtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Buning barchasi ikkinchi bosqich doirasida bo‘lib o‘tadi.
6 hafta davomida ishtirokchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida vokal, xoreografiya, aktyorlik san’ati va qo‘shiq yozish bo‘yicha mashqlar tashkil etiladi.
Har hafta oxirida esa hisobot konserti bo‘lib o‘tadi va har bir konsertda eng zaif 3 nominat loyihani tark eta boshlaydi. Final gala konsertda o‘zbek estradasi yulduzlari bilan birgalikda loyihaning barcha ishtirokchilari qatnashadi. Tadbirning kulminatsion nuqtasi esa loyiha finalchilari va g‘oliblarini e’lon qilishdan iborat bo‘ladi.
Shundan keyin barcha ishtirokchilar konsert dasturi bilan mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi rejalashtirilgan. | 7Madaniyat
|
Kaliforniyada qutqaruvchilar kuchli oqimda qolib ketgan haydovchini qutqarishdi (Video)
Tinimsiz yomg`ir va po`rtana Kaliforniya shtatiga “hujum” qildi, deya yozmoqda News.day.az nashri.
Yomon ob-havo tufayli hudud suv bilan qoplangan. Sakramentoga yaqin yo`llardan birida bir mashina kuchli oqimda qolib ketdi. Ammo qutqaruvchilar haydovchini qopqondan halos etishdi. | 2Dunyo
|
Island tili lotin tili kabi o‘lik tilga aylanish xavfi ostida
Island tili orol-davlatda ovozli yordamchilarning keng ommalashayotgani va mamlakatning iqtisodiy yuksalishi tufayli yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolmoqda.
Gaplashadigan odamlar soni 330 ming deb hisoblab kelinadigan island tili turizmning rivojlanib borayotgani, ta'lim tizimidagi o‘zgarishlar hamda ovoz bilan boshqariluvchi «aqlli» yordamchilar paydo bo‘lgani bois, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolmoqda, deb yozadi Associated Press agentligi.
2008 yilgi iqtisodiy bo‘hrondan keyin orol-davlat iqtisodiyotiga eng ko‘p daromadni boshqa mamlakatdan tashrif buyurayotgan sayyohlar keltirishmoqda. Islandlarning o‘sib kelayotgan yosh avlodi ingliz tili ta'siriga tobora ko‘proq tushmoqda, deydi Islandiya universiteti professori Eyrikur Rognvaldson.
«Kundalik hayotda island tili nechog‘lik foydasiz bo‘lsa, biz millat sifatida bu tildan voz kechish ostonasiga shunchalik yaqinmiz», — degan professor.
Ta'lim jarayonida island adabiyotiga diqqat-eʼtibor susaymoqda. Maslahatchi Anna Yonsdottirning so‘zlariga ko‘ra, Islandiyaning ko‘plab zamonaviy maktablarida bolalarga Skandinaviya afsonalarini o‘qitish majburlanmayapti, yangiroq asarlar bilan talabalar universitetlarning yuqori bosqichlarida tanishishadi.
Island tilining muammosini texnika taraqqiyoti ham keskin chuqurlashtirmoqda. Professor Asgeyr Jonsonning fikricha, ovoz yordamida boshqariladigan zamonaviy qurilmalarning aksariyati ingliz tilidan foydalanishni nazarda tutadi, island tilini raqamli ko‘rinishda qabul qilishning rivojlanish darajasi jahonda eng pastlaridan biri hisoblanadi.
«Ovozli nazorat bilan muzlatgichdan, interaktiv robotlar va shunga o‘xshash qurilmalardan foydalanish imokniyatining mavjud emasligi yana bir yo‘qotilgan kenglik hisoblanadi», — deydi professor.
Xuddi shunday vaziyat Apple’ning Siri kabi virtual ovozli yordamchilaridan foydalanishda kuzatilmoqda, deb qayd etadi Mashable. Paydo bo‘lgan vaziyatni tuzatish yo‘lida harakat qilayotgan yagona kompaniya hozir Amazon bo‘lib turibdi: Alexa raqamli assistentini ishlab chiquvchilari servisning island tili bilan ishlashini takomillashtirish uchun tilshunos izlayotgani haqida e'lon berishgan.
Island tilining raqamli ko‘rinishda qabul qilinishida uning juda eskirganligi ham xalaqit bermoqda. Islandiyaning qit'adan uzoq orolda joylashganligidan til qadimgi skandinaviya tiliga juda yaqinligi saqlab qolgan, u ikki ming yil avval qanday ishlatilgan bo‘lsa shunday foydalanilmoqda.
Island tilida yangi so‘zlarni paydo bo‘lishi o‘zaklarni qo‘shish, kerakli suffikslar va artikllar joriy etish bilan yuzaga kelgan. Buning oqibatida island tilida Hundslappadrifa (Hunds-lappad-rifa, «tinch shamol chog‘ida pag‘a-pag‘a qor yog‘ishi») kabi so‘zlar paydo bo‘lgan.
Eyyafyadlayyokyudl vulqonining nomi (Eyya-fyadla-yyokyudl, so‘zma-so‘z tarjima qilinsa «oroldagi muz tog‘i») — murakkab islandcha so‘zlar ichida eng mashhuri bo‘lsa kerak.
Asgeyr Jonsonning aytishicha, bu amaliyotning hozirgidek davom etishi Islandiya uchun fojiali oqibatlarga olib keladi: unikal orol tilining yo‘qolishi olim va artistlar oldida ayni paytda mavjud bo‘lib turgan cheklovlarni olib tashlaydi va «aqlli boshlar»ning ingliz tili metropoliyalariga ko‘chib o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Respublika partiyasining a'zosi Svandis Svavarsdottirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati butun bir mamlakatning madaniy merosini o‘rtaga tikishga haqi yo‘q, vaziyat esa kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rishni taqozo etmoqda, aks holda kech bo‘lishi mumkin.
Islandiya ta'lim vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, rasmiy tilni zamonaviy raqamli sohaga joriy etish uchun milliard krona (8,8 million dollar) talab etiladi. Gizmodo nashrining yozishicha, «Kremniy vodiysi»dagi ikki-uch nafar milliarderlar ajratishi mumkin, chunki ular uchun bu miqdordagi subsidiyalar «pista po‘choq» hisoblanadi. | 5Jamiyat
|
Issiqxonada yiliga to`rt martagacha hosil olish mumkin
Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi “Universalagrolyuks” fermer xo`jaligida ilg`or va innovasion texnologiya asosida barpo etilgan issiqxonada yiliga to`rt martagacha hosil olish mumkin. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.Mamlakatimizda barcha sohalarda, xususan, qishloq xo`jaligi tizimiga ilg`or texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish keng imkoniyatlar yaratmoqda. Jumladan, “Universalagrolyuks” fermer xo`jaligi tomonidan o`tgan yili Jahon taraqqiyot bankidan olingan 500 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit hisobiga 1 gektar maydonda issiqxona barpo etilib, Janubiy Koreyaning “Mayson plakon” kompaniyasi innovasion texnologiyalari asosida, ya`ni gidroponika-substrakt usulida pomidor ko`chatlari etishtirish yo`lga qo`yildi. – Gidroponika atamasi suv yordamida dehqonchilik qilish, degan ma`noni anglatadi, – deydi “Universalagrolyuks” fermer xo`jaligi rahbari Sanjarbek Rahimov. – Bunda o`simlik ko`chati tomiri faqat suvdan iborat bo`lgan bo`shliqda rivojlanadi. Biz qo`llayotgan substrakt-gidroponika usulida esa o`simlik urug`i kokosning qurigan poyasi joylashtirilgan sellofan substraktga ekiladi, belgilangan muddatda maxsus jihoz yordamida suv va boshqa zarur ozuqalar etkazib turiladi. Bu ko`chatning baquvvat bo`lishi, mevaning nisbatan erta etilishi va bir xil hajmda bo`lishini ta`minlaydi. Xo`jalikda pomidorning Turkiyadan keltirilgan “Tori” navi ko`chatlari ekilgan bo`lib, ayni kunlarda ko`chatlar mevaga kirgan. Ma`lumki, kunlar isishi bilan qator poliz ekinlari, xususan, pomidor ko`chati rivojlanishdan to`xtaydi. Joriy etilgan yangi texnologiyaning yana bir afzalligi shundaki, havo harorati o`ta isib ketgan taqdirda ham issiqxona ichidagi maxsus sovutish moslamasi havoni mo``tadillashtirib, ko`chatning bir maromda rivojlanishini ta`minlaydi. Shu tariqa issiqxonada sabzavot va poliz ekinlaridan yil davomida bir necha marta hosil olish mumkin bo`ladi. Fermer xo`jaligida mahsulotni xalqaro andozalar talablari darajasida qadoqlash ham yo`lga qo`yilgan bo`lib, etishtirilgan mahsulotning asosiy qismini eksport qilish ko`zda tutilgan. | 14Texnologiya
|
DXX katta miqdordagi xorijiy valutaning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi
DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Farg‘ona tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududi bo‘ylab harakatlanayotgan, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv natijasida, avtomashina salonida 373 ming 717 AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, qonunbuzar 100 AQSh dollari evaziga ushbu xorijiy valutalarni aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.
Shuningdek, tezkor qidiruv tadbirlari doirasida uning jinoiy aloqasi hisoblangan - Oltiariq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ham hibsga olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. | 5Jamiyat
|
Beyl «Real»da qolishga rozi bo‘ldi
«Real»ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoa yarimhimoyachisi Garet Beyl bilan suhbat o‘tkazib, uni Madrid klubida qolishga ko‘ndirgan.
The Telegraph xabarida qayd etilishicha, Lopetegi uelslik futbolchini jamoaning asosiy futbolchisi sifatida ko‘rmoqda va uni boshqa klubga berib yubormoqchi emas.
Mutaxassis unga yangi mavsumda ko‘proq ishonch bildirishni va'da qilgan. Shundan so‘ng, Beyl fikrini o‘zgartirib, Madridda qoladigan bo‘lgan.
Avvalroq, ushbu futbolchi juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani sababli «Real»ni tark etishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga asosiy da'vogar sifatida «Manchester Yunayted» jamoasi aytilgan.
Beyl «Real» safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi muddati 2022 yilgacha tuzilgan. | 13Sport
|
Beeline Bir Oy tarif rejalarida yanada ko‘p Internet taqdim etmoqda
Aloqa operatori Beeline Bir Oy tarif rejasida taqdim etiladigan trafik hajmini oshirgani haqida xabar beradi.
Endi 33 937,9 so‘m oylik abonent to‘lovi evaziga abonentlar 4G tarmog‘i uchun 1000 Mb, barcha tarmoqlar uchun 1000 Mb, shuningdek, Facebook, Odnoklassniki va Instagram tarmoqlari uchun 1000 Mb taqdim etiladi.
“O‘zbekistondagi Beeline strategiyasi – bu maqbul narx evaziga har doim sifatli xizmatlarni taqdim etishdir. Biz mijozlarimizga yanada ko‘p muloqot uchun imkoniyatlar yaratamiz. Yangilangan Bir Oy tarif rejasi bilan abonentlar ikki marotaba ko‘p onlayn bo‘lishadi. Bunday manfaatli taklifni ko‘p abonentlarimiz yaxshi baholaydilar, deb o‘ylaymiz”, - deydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov.
Tarif rejasining qo‘shimcha shartlari bilan batafsil Beeline Uzbekistan mobil ilovasida, yoki https://beeline.uz sayti orqali tanishish mumkin. | 14Texnologiya
|
“Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib boryapti” — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida faollar bilan uchrashuvda dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib borayotganini ta’kidladi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
“Biz iqtisodiyotimiz, mudofaamizni mustahkam qilib, ishonch bilan jonajon vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak”, — dedi prezident.
“Kecha Mo‘ynoqda faollar bilan uchrashib, suhbatlashdim. Bundan tashqari, Taxtako‘pir tumaniga bordim. U yerning aholisi ham ‘qilsa bo‘lar ekanku, bizga ham sharoit yaratilsa bo‘larkanku’, deyishdi. Kecha, shuningdek, Shumanay tumanida ham bo‘ldik. Qoraqalpog‘istonning yeri bu yerdagi ikki million aholini bemalol boqadi. Faqat buning uchun har bir ishga ilm bilan yondoshishimiz kerak. Hokim yordamchilari ham, yoshlar yetakchilari bilan ham gaplashdim. Ularning ko‘zi yonib turibdi, ular ishlamoqchi. Agar biz avvalgidek qog‘ozbozchilik qilsak yaxshi ish ketmaydi”, — deya ta’kidlagan prezident.
Davlat rahbari mazkur loyihaga Qoraqalpog‘istonning havosi ham foyda berishi aniqligini aytgan.
“Necha yillar davomida bu yer energetika tanqisligini boshdan kechiryapti. Nega biz bunga ko‘p e’tibor beryapmiz? Agar biz katta korxonalar qurmoqchi bo‘lsak, keladigan investor ham ‘infratuzilmang bormi, gazing, suving, yo‘ling, temiryo‘ling, aeroporting bormi deb so‘raydi. Korrupsiya bo‘lmaydimi, deb savol beradi’ ”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi “Beltov” ovulini borib ko‘rgani, “Shumanay ekoteks” korxonasi faoliyati bilan tanishgani, Shavkat Mirziyoyev Orol dengizining qurigan tubini ko‘zdan kechirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
“Prezident bilan bir kun”: Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istondagi dastlabki kuni qanday o‘tdi? | 8O‘zbekiston
|
Huawei kompaniyasi 2020 yil uchun barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi hisobotini e'lon qildi
Ezgulik uchun xizmat qiluvchi texnologiyalar: AKT bilan barqaror ijtimoiy rivojlanish
Huawei kompaniyasi 2020 yil uchun barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi hisobotini e'lon qildi. Kompaniya ushbu yillik hisobotni 13 yildan beri uzluksiz nashr etib kelmoqda. 2020 yil uchun tayyorlangan hisobotda Huawei kompaniyasining barqaror rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha to‘rtta ustuvor yo‘nalishi, xususan raqamli integratsiya, xavfsizlik va ishonchlilik, atrof-muhitni muhofaza qilish, hamda barqaror va uyg‘un ekotizimga erishish bo‘yicha oxirgi bir yil ichida amalga oshirgan ishlari va erishgan yutuqlari o‘z ifodasini topgan.
TECH4ALL raqamli integratsiya tashabbusi: raqamli dunyoda hech kim unutilmaydi
COVID-19 pandemiyasi global ta'lim va sog‘liqni saqlash tizimlarida jiddiy va misli ko‘rilmagan muammolar keltirib chiqardi. O‘zining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi innovatsion yechimlari yordamida Huawei kompaniyasi turli mintaqalardagi aholi uchun ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalarida sifatli manbalardan teng darajada foydalanish imkoniyatini yaratdi va pandemiyaga qarshi kurashda o‘z vazifasini bajardi.
2020 yilda Huawei butun dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq maktablarda “Skills on Wheels” (“Ko‘chma sinflar”) va “Connecting Schools” (“Ulangan maktablar”) dasturini tatbiq etib, 60 mingdan ortiq odamga foyda keltirdi. Huawei, shuningdek, o‘zi faoliyat yuritayotgan hududlarda pandemiyaga qarshi kurashishda AKT yechimlaridan foydalandi va 90 ga yaqin mamlakatga texnik yordam ko‘rsatdi va ushbu qiyin davrda mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelgancha harakat qildi.
2020 yilda Huawei raqamli texnologiyalar yordamida tabiiy resurslarni samaraliroq boshqarish va bioxilma-xillikni saqlashda 18 ta davlatning 22 ta qo‘riqlanadigan hududlariga yordam berdi. Bundan tashqari, kompaniya aholisi kam va olis aholi punktlari uchun aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi o‘zining RuralStar Pro yechimini ommaga taqdim yetdi. RuralStar yechimlari chekka qishloqlarda yashovchi 50 milliondan ortiq aholining tarmoqqa qamrab olinishini ta'minlaydi.
Odamlar uchun: xavfsiz, ishonchli va yuqori sifatli mahsulotlar, yechimlar va xizmatlar ishlab chiqish
Huawei kompaniyasi tomonidan kiberxavfsizlik va maxfiylikni himoya qilishga eng ustuvor vazifalar sifatida qaraladi. 2020 yilda kompaniya dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda ishonchlilikni ta'minlashning standart dasturini va baholash mezonlarini ishlab chiqdi hamda ishonchli kodlash bo‘yicha bir qator mexanizmlarni yaratdi. 2020 yil oxiriga kelib, Huwei butun dunyo bo‘ylab kiberxavfsizlik va maxfiylikni himoya qilish sohasida 2963 ta patent oldi. O‘tgan yili kompaniya 5000 dan ortiq xizmatlar ta'minotchilari bilan ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha shartnomalar imzoladi va talablarga amal qilinishi borasida keng ko‘lamli kompleks tekshiruvlar o‘tkazdi.
Sayyoramiz farovonligi uchun: ekologik va barqaror rivojlanishni ta'minlaydigan texnologiyadan foydalanish
Huawei kompaniyasining direktorlar kengashi raisi Lyan Xua o‘z hisobotida: “Aqlli texnologiyalar dunyosi ekologik musaffo bo‘lishi kerak. Texnologiyalar borasida yerishadigan yutuqlarimiz bizga tabiatni yaxshiroq tushunishimiz va uni muhofaza qilishimizga va inson faoliyatining sayyoramizga zararli ta'sirini kamaytirishga yordam beradi. Biz, texnologiyalarning tabiat bilan uyg‘unlikda ishlashi va dunyoni yanada yaxshi tomonga o‘zgartirishda bizga yordam berishi mumkinligiga ishonamiz”, - deya ta'kidladi.
Ekologik jihatdan yanada musaffo va barqaror raqamli dunyoni yaratish bo‘yicha o‘z sa'y-harakatlari doirasida Huawei uglerod chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni kengaytirish va yopiq sikldagi iqtisodiyotning shakllanishiga yordam berishga ko‘proq e'tibor qaratmoqda. 2020 yilda Huawei kompaniyasining CO2 chiqindilari har million yuan daromadga nisbatan bazaviy yil (2012) bilan solishtirganda 33,2 foizga kamaydi va 2016 yilda kompaniya tomonidan belgilangan maqsadli ko‘rsatkchdan (30 foiz) oshdi.
2020 yilda rivojlanishni rejalashtirish bo‘yicha global ekologik notijorat qo‘mita 5800 dan ortiq kompaniyalarni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi bo‘yicha baholadi. Huawei kompaniyasi boshqa sanoqli kompaniyalar qatorida chiqindilarni kamaytirish, iqlim xavfini yumshatish va kam uglerodli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan chora-tadbirlari uchun nufuzli “A” daraja bilan baholandi.
Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni ilgari surish uchun Huawei raqamli energiya yechimlarini 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda joriy etib, dunyo aholisining uchdan bir qismini qamrab oldi. Bugungi kunga qadar ushbu yechimlar hisobiga qayta tiklanadigan manbalardan 325 milliard kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarildi va 10 milliard kVt/s elektr energiyasi tejab qolindi. Ushbu sa'y-harakatlar tufayli CO2 chiqindilarini 160 million tonnaga kamaytirishga erishildi.
Ezgulik uchun xizmat qiluvchi texnologiyalar: Jamiyatga foyda keltirish va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yordam berish
Huawei kompaniyasi o‘z mijozlari uchun tijorat qiymatliklarini yaratish bilan bir qatorda, barcha manfaatdor tomonlar uchun ijtimoiy boyliklarni yaratishning va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishning ahamiyatini yaxshi anglaydi.
Huawei o‘z xodimlari haqida g‘amxo‘rlik qiladi va ularning xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yadi. COVID-19 pandemiyasi paytida kompaniya o‘z xodimlarining salomatligini saqlash va xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, yetkazib beruvchilar va pudratchilarga o‘z ishlarini xavfsiz qayta tiklashda yordam berish bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.
2020 yilda Huawei kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab 650 dan ortiq xayriya tadbirlarini tashkil etdi. Uning “Seeds for the Future” yetakchi korporativ ijtimoiy javobgarlik dasturi 130 ta mamlakat va mintaqalardan bo‘lgan 9000 ga yaqin talabalarni qamrab oldi va bu yoshlar kelajakda AKT sohasi uchun qimmatli iste'dodlar zaxirasiga aylanadi.
Huawei O‘zbekistonda ham barqaror rivojlanishga katta e'tibor qaratmoqda. 2020 yilda sog‘liqni saqlash sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish orqali pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ulkan yordam ko‘rsatildi. Kompaniya “Green Uzbekistan” tashabbusini ilgari surgan holda, Orol dengizi tubini obodonlashtirish loyihasida ishtirok etdi. Toshkentdagi ikkita maktabga raqamli ta'limni rivojlantirish uchun uskunalar taqdim etildi. Bu yil esa, allaqachon innovatsion texnologiyalarga ega ko‘chma sinf shaklidagi “Mobil AKT Akademiyasi” loyihasi ishga tushirildi. | 8O‘zbekiston
|
Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi
Joriy yil 20-21 oktyabr kunlaridan boshlab Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, yo‘lovchilarning talablarini inobatga olib, ularga yanada ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2021 yil 20-21 oktyabr kunlaridan boshlab, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 4/3 sonli yo‘lovchi poyezdining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi.
O‘zgarishga ko‘ra, hozirgi kunda Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatlanayotgan 4-sonli Toshkent-Shahrisabz yo‘lovchi poyezdi, joriy yil 20 oktyabrdan boshlab yangi jadval asosida soat 18:50 da jo‘naydi. Shuningdek, joriy yil 21 oktyabrdan Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 3-son yo‘lovchi poyezdi soat 05:31 da Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.
Ma'lumot uchun, hozirda 4-sonli Toshkent-Shahrisabz yo‘lovchi poyezdi Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan soat 09:00 da, Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 3-son yo‘lovchi poyezdi Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan soat 17:04 da jo‘namoqda. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar qildi O‘zA.
Suhbatda tomonlar O‘zbekiston — Qozog‘iston munosabatlarining muhim masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgan joriy yil aniq amaliy mazmunga boy bo‘lgani hamda ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada mustahkamlash, yangi, sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini berganini alohida ta’kidladilar.
O‘zbekiston va Qozog‘istonning o‘zaro manfaatli va samarali hamkorligi jadal kengayib bormoqda, barcha darajada, jumladan, chegaraoldi hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi muloqot faollashmoqda. Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli ortdi, qo‘shma savdo uylari va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi.
Davlat rahbarlari hamkorlik bo‘yicha rejalashtirilgan, avvalo, iqtisodiyot sohasidagi dastur va loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida birgalikda yanada faol harakat qilish muhimligini ta’kidladilar.
Prezidentlar tashqi siyosat va yetakchi xalqaro tashkilotlar doirasida ham samarali hamkorlik amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. | 12Siyosat
|
Hafta davomida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi
Haftaning ilk uch kuni davomida respublikaning barcha hududlarida biroz shamol bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston hududlaridan kirib kelgan sovuq antitsiklon mamlakat hududini to‘liq tark etgani yo‘q. Kechalari va ertalabki soatlarda 0…-3 gradus, ba’zi joylarda -5 gradus atrofida bo‘lgan biroz manfiy harorat saqlanib turadi. Kunduz kunlari harorat +5…+8 gradus iliqdan oshmaydi. Shimoliy hududlarda kechalari −6…−9 gradus sovuq, kunduz kunlari -3 gradus sovuqdan +2 gradus iliqqacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo biroz isiydi, respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0…+5 gradus iliq, kunduz kunlari +8…+10 gradus iliq, ba’zi joylarda +12 gradus iliqqacha ko‘tariladi.
Juma kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda va respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir hamda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. | 5Jamiyat
|
Samarqandda 13 yoshli maktab o`quvchisi homilador. IIB rasmiy ma`lumot berdi
Samarqand shahar xalq ta`limi bo`limiga qarashli 63-umumta`lim maktabida tahsil oluvchi 13 yoshli o`quvchilardan biri homilador ekani aniqlandi.
Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Unda aytilishicha, Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqaro F.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. | 6Jinoyat
|
Qarshi shahridagi SMART o‘quv markazi eksklyuziv va qulay ta'lim dasturini taklif etadi
2019 yilning mart oyidan boshlab Qarshi shahrida faoliyat yuritib kelayotgan va zamonaviy sharoitlarga ega SMART o‘quv markazi shov-shuvli yozgi chegirmalarni e'lon qiladi.
Bu professional ta'lim olish istagida bo‘lgan kishilar uchun ajoyib imkoniyatdir. Shuningdek, SMART o‘quv markazi zamonaviy, har tomonlama qulay va sifatli ta'lim dasturini taqdim etadi.
Mavjud kurslar: Ingliz tili, rus tili, kimyo, biologiya, matematika, ona tili va tarix. Barcha o‘qituvchilar professional malakaga ega bo‘lib, o‘quvchilarning o‘z vaqtida, muntazam ta'lim olishi va darslarni sifatli o‘zlashtirishiga kafolat beriladi.
Bu yerda ingliz tilini bilish darajasini anglatuvchi bugungi kundagi ommabop milliy va xalqaro sertifikatlarni olishga tayyorgarlik ko‘rish mumkin:
Smart Sunday – har yakshanba kuni o‘tkiziladigan maxsus dastur bo‘lib, barcha o‘quvchilarni erkin ta'lim soatlariga taklif etadi:
Academic Support (hafta davomida o‘zlashtirishga ulgurmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha dars tashkil etiladi va o‘qituvchi tomonidan har kuni o‘tilgan mavzular takroran o‘tib beriladi).
Smart Taxi – o‘quvchilarning yo‘llarda transport kutib qolishlari ehtimolini kamaytirish hamda manzillarni yaqin qilish uchun markaz hisobidan maxsus taksi xizmati mavjud. Endi o‘qishga qatnov yanada ishonchli va tezkordir.
Markazda ingliz tili darslari chet elda ta'lim olgan va malaka oshirgan professional o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
Shuningdek, markaz barcha zamonaviy talablarga javob bergan holda barcha shinam jihozlar, konditsionerlar, televizor, wi-fi, so‘nggi urfdagi xona uskunalari bilan jihozlangan. Kutubxona va oshxona ham mavjud.
Ota-onalar farzandlari davomati va o‘qish jarayonini nazorat qilishi uchun maxsus kuzatuv kameralari ham o‘rnatilgan.
Yana bir qulaylik: Bolalar uchun alohida ingliz tili xonasi mavjud. Haftada uch marta intensiv kurslar tashkil etiladi.
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, 315-uy.
Mo‘ljal: «Vatanparvar» bog‘i yonida, Qarshi SheTK ro‘parasida.
Telefonlar: +99895 506 02 02, +99894 337 02 02 | 5Jamiyat
|
AQSh prezidentligiga nomzod jurnalistdan Aleppo nimaligini so‘radi
AQSh prezidentligiga Libertarian partiyasidan nomzod Geri Jonson televideniye orqali chiqishi chog‘ida Aleppo nimaligini bilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
MSNBC telekanalida 8-sentabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan intervyu davomida boshlovchi siyosatchidan prezident bo‘lib saylangan taqdirda Aleppo muammosini qanday hal etishni ko‘zlayotganini so‘radi. Bunga javoban Nyu-Meksiko shtatining sobiq gubernatori “Aleppo nima o‘zi?” deb so‘radi. Boshlovchi mehmondan hazillashayotganligi yoki yo‘qligini so‘radi, biroq u jiddiy so‘rayotganini bildirdi. Shundan so‘ng boshlovchi Jonsonga Aleppo qayerdaligi va mazkur shahardagi muammo nimadan iborat ekanligini tushuntirdi.
Aleppo haqida tushunchasi bo‘lmagan nomzodning asosiy maqsadi saylovchilarning kamida 15 foizi qo‘llab-quvvatlashiga erishish bo‘lib, bunga erishgan taqdirda 26-sentabrga mo‘ljallangan prezidentlikka nomzodlarning ilk telebahslarida ishtirok etishi mumkin. Hozirda uning uchun amerikaliklarning 13 foizi ovoz berishga tayyor ekanligi aytilmoqda. | 2Dunyo
|
Qo‘pollik qilgan bog‘cha tarbiyachisiga chora ko‘rildi
X.H. shu yilning 16 avgust kuni Navoiy viloyatidagi maktabgacha ta'lim muassasalaridan birida tarbiya olayotgan ikki yoshdan oshgan qizini olib kelish uchun borganida, farzandining chinqirib yig‘layotgani ustidan chiqadi: qizcha yerda yotar, bog‘cha opasi esa uni turg‘izishga urinardi. Ona, tabiiyki, jon vahmida so‘raydi: “Qizim nega yig‘layapti?”. Tarbiyachi esa uzr so‘rash o‘rniga onani haqorat qiladi. Dahanaki aytishuv yakunida u qizaloqning onasiga qo‘lini paxsa qiladi: “qayerga borsang – bor, qo‘lingdan kelganini qil”.
Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida G‘aybulla ismli foydalanuvchining xabar berishicha, ona dastlab bog‘cha mudirasiga shikoyat qilish bilan cheklanadi. Biroq o‘sha kechasi qizaloqning isitmasi keskin ko‘tarilib ketib, tuni bilan alahlab chiqadi. Shifokorlar unga aniq tashxis qo‘ya olishmaydi: “katta ehtimol bilan qo‘rqish oqibatida biror xastalikka chalingan bo‘lishi mumkin, sal kutaylik, belgilari aniq bo‘ladi”, deyishadi.
So‘ng qizaloqning onasi bog‘cha tarbiyachisining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan Xalq qabulxonasiga murojaat qiladi. Mazkur murojaat nazoratga olib o‘rganilgach, unda ko‘rsatilgan barcha holat o‘z isbotini topdi. Shu bois murojaat bo‘lgan kunning o‘zidayoq aybdor tarbiyachi egallab turgan vazifasidan ozod qilindi.
Albatta, aybdor qilmishiga yarasha jazo oldi. Biroq qizaloq ham, ota-onasi ham hamon stress holatidan chiqib keta olmayapti.
Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi ayrim maktabgacha ta'lim muassasalarida katta yoshli “tarbiyachi”ning bolalarni qo‘rqitish bilan shug‘ullangani aks etgan videolar minglab yurtdoshlarimiz qalbini larzaga solgan edi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarida shu mazmundagi murojaatlar zudlik bilan o‘rganilib, murg‘ak qalblarga qo‘rquv urug‘ini sochayotgan kimsalarga qonun doirasida murosasizlik bilan qat'iy choralar ko‘rilmoqda.
Yana bir jihat – yaqinda XPKning Xalq ta'limi vazirligi mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov yangi tartib va qonun-qoidaga ko‘ra endi bolalarni 3 yoshdan maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish xalqaro tajribaga asoslanishini ta'kidladi: “3 yoshgacha bolalar ko‘p kasal bo‘lishadi, jamoat joylariga ko‘nikib ketishi qiyin kechadi. Bu yoshda bola ota-onasi yordamida uyida ta'lim tarbiya olsa yaxshiroq ijobiy natija beradi. To‘g‘ri tushuning, 2 yoshli bola uchun bog‘chaga borish juda erta. Bundan tashqari, bolalar bog‘chalarining vazifasi yosh go‘daklarga qarash emas, balki ularni tarbiyalash, ta'lim berish. Shuning uchun biz boshqa davlatlarning bu boradagi tajribasini o‘rganib, bolalarni 3 yoshdan qabul qilishga qaror qildik. Ya'ni, bog‘chaga boradigan bola o‘ziga-o‘zi xizmat qila oladigan bo‘lishi kerak. 2 yoshli bola mustaqil hojatxonaga borolmaydi, yuz-qo‘lini yuva olmaydi, ovqatlana olmaydi”.
Yuqoridagi holatda ham navoiylik qizaloqning 2 yoshdan endi oshgani, hali gaplarni to‘liq ayta olmasligi nima uchun mamlakatimizda bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish yoshiga o‘zgartirish kiritilganiga yana bir isbotdir.
Biroq navoiylik qizaloqning 2 yoshdan bog‘chaga berilgani yuqoridagi holatda bolaga va uning onasiga qo‘pollik qilgan “tarbiyachi”ni oqlash uchun hech qanday asos bo‘la olmaydi. Bu sohada mamlakatimizda keng qamrovli va tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish,
maktabgacha ta'lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Bunda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati tubdan yaxshilanib, eng ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganiladi, har jihatdan zamonaviy tizim yaratiladi. Bu borada alohida vazirlik tashkil etiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Bekobod tumaniga tashrifi davomida «Ayollarning ishini oson qilish uchun keyingi 5 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan 100 foiz bolalarning bog‘chaga borishini ta'minlaymiz. 1-sinfga yangi qabul qilingan, maktabdan avval bolalar bog‘chasiga borgan va bog‘chaga bormagan bolani solishtirib ko‘ringlar. Ularning saviyasini, ko‘zlarining yonishi; bayroq, madhiya, Amir Temur bobosi kim, Birinchi prezidentimizni va Vatanni bilishi to‘g‘risida savolga tutib ko‘ringlar. Kollektivni bilishi to‘g‘risida, sog‘ligi to‘g‘risida, kasal bo‘lmaslik uchun nimalar qilishi to‘g‘risida so‘ranglar. Ular bog‘chada o‘z vaqtida yotib dam oladi, uch mahal ovqatlanadi, rasm chizishni o‘rganadi, salom berishni biladi. Unday bolalarning saviyasi mutlaqo boshqacha bo‘ladi», deb bejiz ta'kidlamadi.
Bu islohotlar samarasida yaqin besh yilda mazkur sohadagi barcha muammoga tizimli barham beriladi. Bu bilan bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta'lim-tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish – orzudan har birimizning real hayotimizga ko‘chadi. | 5Jamiyat
|
AQShlik olimlar makkajo‘xori hosildorligini 50 foizga oshirishga muvaffaq bo‘ldi
AQShdagi Kold Spring Xarbor laboratoriyasi biologlari makkajo‘xori hosildorligini 50 foizga oshirishga muvaffaq bo‘ldi, bunda ular allaqachon ma’lum bo‘lgan genetik mutatsiyani ishga soldi, deb yozadi Nature Genetics.
Tadqiqotchilar tormoz sifatida ta’sir ko‘rsatib, makkajo‘xori so‘tasini o‘sishdan to‘xtatadigan gen mexanizmi borligini taxmin qilib kelar edi, nihoyat ushbu “tormoz”lar Fea3 genida mavjud bo‘lishi aniqlandi.
Biroq ushbu gen mutatsiyasi ulkan emas, aksincha, noto‘g‘ri shakldagi kichik so‘talarni berdi. “O‘simlik o‘ta ko‘p miqdorda tana hujayralarini ishlab chiqaradi, ular esa keragidan ortiqcha don hosil qiladi, ularni so‘talar yorug‘lik, namlik va oziqlantiruvchi moddalar bilan ta’minlay olmaydi”, — deya izoh berdi tadqiqotning yetakchi muallifi Devid Jekson.
Muvaffaqiyatsizlik olimlarni to‘xtata olmadi: ular mutatsiyani kuchsiz ko‘rinishda “yoqish”ga qaror qildi. Shunda so‘talar kattalashib, uning donlari 50 foizga ko‘paydi.
O‘simliklar o‘sishi yo‘lidagi “tormoz”larni olib tashlaydigan bunday mutatsiyalarni qishloq xo‘jaligining boshqa ekinlarida ham “yoqish” mumkin. | 2Dunyo
|
“Championat.com”: Odil Ahmedov Bahraynga qarshi o‘yinda o‘n kishining ishini qildi
Rossiyaning “Championat.com” internet-nashri “Krasnodar” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedovning Bahraynga qarshi kechgan uchrashuvda namoyish etgan o‘yiniga yuqori baho berdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
“Bu uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynni 4:0 hisobida yanchib tashladi. Odil esa har doimgidek o‘n kishining o‘rniga ishladi va yana gol ham kiritdi.
Mana terma jamoa uchun qanday o‘ynash kerak”, — deyiladi Odil Ahmedov haqida.
Eslatib o‘tamiz, JCh—2018 saralashidagi Bahraynga qarshi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. | 13Sport
|
Isroil harbiylari G‘azo sektorida joylashgan 34 binoga hujum qildi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiylar diniy maktabining uch o‘quvchisini o‘g‘irlash va o‘ldirishda HAMAS harakatini ayblab, seshanbaga o‘tar kechasi anklavdagi HAMAS, “Islom jihodi”, Falastinni ozod qilish Xalq Demokratik fronti singari harbiy tashkilotlar binolariga hujum uyushtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Yo‘qolgan uch bola 12-iyundan beri amalga oshirilgan qidiruv ishlaridan so‘ng g‘arbiy sohilda jonsiz holatda topilgan.
Bundan avval dushanba kuni falastinliklar 18 ta raketa orqali Isroilning janubiy hududlariga hujum qilgan edi.
OAV bu harakatlar vaqtida to‘rt kishi jarohatlangani va bir kishi izsiz yo‘qolgani haqida xabar bermoqda. Falastinliklar esa kamida olti kishi halok bo‘lganligini aytib o‘tdi. | 2Dunyo
|
Shavkat Mirziyoyev g‘o‘zapoya va qamishdan DSP ishlab chiqarish korxonasi loyihasi bilan tanishdi
Prezidentimiz Termiz shahrida barpo etilayotgan g‘o‘zapoya va qamishdan DSP ishlab chiqarish korxonasi loyihasi bilan tanishdi, deb xabar berdi O‘zA agentligi.
Bunyodkorlik va obodonlashtirish mamlakatimiz taraqqiyoti, farovonligining ifodasidir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu bois arzon va sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishga, bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berish zarur.
"Termiz ta'minot" mas'uliyati cheklangan jamiyati negizida barpo etilayotgan korxonada yiliga 30 ming kubmetr DSP mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 4,2 gektar maydonda 2,9 million dollar evaziga qad rostlaydigan yangi majmuada 160 ish o‘rni yaratiladi.
Davlat rahbari shu yerning o‘zida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati va “Komfort inert servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilayotgan granit va gabbro toshlaridan qurilishbop pardozlash plitalari ishlab chiqarish, Termiz mexanika zavodini kengaytirish loyihalari bilan ham tanishdi.
Yiliga 80 ming kvadrat metr granit mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan pardozlash plitalari korxonasida 205 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan Termiz mexanika zavodini kengaytirish loyihasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini arzon, sifatli asbob-uskuna va ehtiyot qismlar bilan ta'minlaydi. Fermer xo‘jaliklari va sohaga ixtisoslashgan korxonalarning elektr dvigatellari, asbob-uskuna va jihozlarini, nasoslarni sifatli ta'mirlaydi. Meva-sabzavot mahsulotlarini tozalab quritadigan qulay va ixcham texnologiyalarni ishlab chiqarib, fermerlarga yetkazib beradi.
Yangi korxonaning to‘la quvvat bilan ishga tushirilishi viloyatda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash ko‘lamini kengaytirib, zamonaviy usulda qadoqlash va iste'molchilarga yetkazib berishda muhim omil bo‘ladi. Korxonada 80 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Prezident yangi korxonalarni zamon talablariga mos texnologiyalar bilan jihozlash, mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, balki eksportga yo‘naltirish choralarini ko‘rish lozimligini ta'kidladi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. | 8O‘zbekiston
|
Mesut O‘zil “Arsenal”ning orzular jamoasini tuzdi va unga o‘zini ham kiritdi
“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyati davomida birga to‘p surgan eng yaxshi futbolchilardan iborat “Arsenal” ramziy terma jamoasini tuzdi.
Uning orzular jamoasidan hozirda “Arsenal”da faoliyat yuritayotgan ikki nafar (o‘zidan tashqari) futbolchi o‘rin oldi, bular: Sead Kolashinats va Pyer Emerik Obameyang.
Darvozabon: David Ospina.
Himoyachilar: Bakari Sanya, Loran Kosyelni, Per Mertesaker, Sead Kolashinats.
Yarim himoyachilar: Santi Kasorla, Aaron Remzi, Serj Gnabri, Mesut Ozil, Aleksis Sanches.
Hujumchi: Pyer-Emerik Obameyang.
O‘zil 2013-yildan buyon londonliklar safida to‘p surib keladi, biroq germaniyalik futbolchi 2020-yilning mart oyidan beri o‘yin amaliyotisiz qolmoqda. Avvalroq unga “Fenerbahche”dan qiziqish borligi xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
O‘tgan hafta davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra o‘tgan haftada (13 avgustdan 19 avgustgacha) respublika avtomobil yo‘llarida jami 173ta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. Ushbu hodisalarda 46 nafar fuqaro halok bo‘lib, 166 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 82132ta qoidabuzarliklar aniqlanib, bu qoidabuzarliklarning 39623tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi.
Jumladan, 1487 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 11125 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzganligi, 1040 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmasdan chorrahalardan o‘tish qoidasini buzganligi, 12007 nafar haydovchi odam tashish qoidasini buzganligi, 266 nafar haydovchi temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidasini buzganligi uchun to‘xtatilib, ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, harakat vaqtida telefondan foydalangan 790 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 13701 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rildi. | 5Jamiyat
|
Adliya vazirligi: O‘zbekistondagi OTMlar reytingini tuzishda noaniqlik va oshkorasizlik bo‘lgan
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekistondagi 57 ta oliy ta’lim muassasasi reytingini e’lon qildi. Reyting ko‘rsatkichlari va natijalari ijtimoiy tarmoqlarda turli qarama-qarshiliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari reytingini belgilash jarayoni o‘rganildi. Davlat organlari tomonidan oliy o‘quv yurtlarining rasmiy reytingini belgilash bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy bazaning yo‘qligi bu boradagi jiddiy nuqsonlardan biri bo‘ldi.
Reyting Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘shma qarori asosida tuzildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Shu bois, u yuridik kuchga ega emas va hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. Reytingni belgilash tartibining davlat ro‘yxatidan o‘tmagani va o‘rnatilgan tartibda nashr etilmagani e’tiborga olinsa, turli ko‘rsatgichlar bo‘yicha reyting natijalarini tuzishda noaniqlik va oshkorasizlik bo‘lgan.
Alohida ko‘rsatkichlar, xususan, oliy ta’lim muassasalarida dars beradigan xorijiy o‘qituvchilar haqidagi indikatorlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ayrim oliy o‘quv yurtlari bir semestr yoki yil bo‘yi dars beradigan bir qancha pedagoglarni tanishtirgan bir paytda, asosan “bir kunlik”, “bir haftalik” xorijiy mutaxassislar hisobga olingan. Oliy o‘quv yurtlari reytingini belgilashda ularning miqyosi, ta’lim yo‘nalishlari, iqtisodiy va kadrlar salohiyati, faoliyatining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan ko‘rsatgichlar bo‘yicha differensial yondashuv qo‘llanilmagan.
Ayni paytda, reyting tuzuvchilar diqqat-e’tiborini foiz ko‘rsatkichlariga emas, son ko‘rsatkichlariga (ilmiy darajaga ega shaxslar soni, himoya qilingan dissertatsiyalar soni, xorijiy o‘qituvchilar soni, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim beradigan pedagoglar soni, chop etilgan maqolalar soni, xorijiy talabalar soni, ilmiy-tadqiqot faoliyatidan olingan mablag‘lar miqdori) qaratgan. Bu o‘z-o‘zidan, ko‘p sonli fakultetlar, pedagoglar va talabalarga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlariga ustunlik bergan.
Ayrim tushunarsiz sabablarga ko‘ra, garchi oliy ta’lim dargohlarining barcha yo‘nalishlarini kompleks va har tomonlarma o‘rganishda (o‘quv jarayonini tashkillashtirish, o‘quv-uslubiy hujjatlar sifati, talabalar qoniqqanligi, ishga joylashish darajasi, ish beruvchilarning bahosi) obyektiv to‘siqlar bo‘lmasada, tadqiqot bir yoqlama va faqat oliy o‘quv yurtlarning ilmiy-tadiqot faoliyatini tahlil etishdan iborat bo‘lib qolgan.
Ta’kidlash joizki, barcha oliy ta’lim dargohlari ham reyting rasman nashr etilgunicha o‘tkazilgan tadqiqot va reyting natijalari haqida xabardor bo‘lmagan. Bu, o‘z navbatida, tadqiqotning ayrim jihatlarini ko‘rib chiqish va aniqlash imkonsizligiga sabab bo‘ldi. Bunday yondashuv umumqabul qilingan xalqaro standartlar va tamoyillarga, xususan, Reyting bo‘yicha xalqaro ekspert guruhi (International Ranking Expert Group, IREG) tomonidan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtlari reytingini belgilash bo‘yicha Berlin prinsiplariga to‘g‘ri kelmaydi.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar oliy ta’lim muassasalari reyting natijalarida ham o‘z aksini topgan. Adliya vazirligi taqdimnomasiga asosan qo‘shma qaror ijrodan qaytarildi. | 8O‘zbekiston
|
Nigeriyada jangarilar 140 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketdi
Nigeriya shimolidagi Kaduna shtatida qurollangan shaxslar maktab-internatga hujum uyushtirdi va 140 nafar o‘quvchini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Africa News xabar bermoqda.
«Hujum vaqtida yotoqxona binosida 165 nafar o‘quvchi bo‘lgan. Hujum qilganlar 140 nafar o‘quvchini o‘zlari bilan olib ketgan. O‘quvchilarning 25 nafari qutulib qolgan», dedi maktab o‘qituvchisi Emmanuel Pol.
Qayd etilishicha, politsiya jangarilarni ta'qib qilgan va 17 nafar o‘quvchini ular qo‘lidan qutqarib olgan.
May oyi oxirlarida jangarilar Niger shtatining Tegina shahridagi maktab-internatga hujum qilib, u yerdan 200ga yaqin o‘quvchini o‘g‘irlab ketgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2020 yil dekabridan beri 730 o‘quvchi va talaba o‘g‘irlab ketilgan. Shu sababli Nigeriya shimolida mart oyidan beri 600dan ko‘proq maktab yopilgan. | 2Dunyo
|
Maymunga selfisi uchun mualliflik huquqi berishmadi
2011-yilda hayvonlarni rasmga oluvchi suratkash Devid Sleyterning kamerasiga muhrlangan maymun selfisi butun dunyoga tarqaldi. 2015-yilda esa o‘z ismini oshkor qilmagan Indoneziya fuqarosi nomidan sudga da’vo berildi, unda da’vogar Sleyterni makakaning mualliflik huquqlarini buzishda aybladi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
PETA (“Hayvonlarga odob bilan munosabatda bo‘lish tarafdorlari”) tashkiloti sud da’vosini qo‘llab-quvvatladi. Hayvonlar himoyachilari suratdan foydalanganlik uchun mualliflik gonorarlarini olishga umid qilgan, mablag‘ni esa jonivor va uning urug‘lari ehtiyojlariga sarflamoqchi edi.
Biroq AQSh Mualliflik huquqlarini ro‘yxatga olish idorasi sudda o‘z huquqlarini talab qilgan suratkashni qo‘llab-quvvatladi. Sud, shuningdek, “maymun mulk emas, balki mulkning (xususan, mualliflik huquqi) egasi” bo‘lishi kerakligi haqida qaror qabul qildi. | 2Dunyo
|
Yo`lovchilar samolyot dvigateli yonayotganini tasvirga tushirishdi (Video)
Ufa-Sochi yo`nalishidagi samoyot avariyaviy qo`nishni amalga oshirdi, deb xabar qildi REN TV nashri.
“Red vings” aviakompaniyasining TU-204 samolyoti chap dvigatelida parvozdan so`ng uchqunlar chiqqan. Oqibatda uchuvchi samolyotni qo`ndirishga majbur bo`lgan. Samolyot bortida 207 yo`lovchi bo`lgan. Yo`lovchilardan biri dvigatelning yonishini tasvirga tushirgan. Reys bekor qilingan. | 2Dunyo
|
Bashar Asad keyingi 10 yil davomida prezidentlik lavozimida turishni rejalashtirmayapti
Suriya prezidenti Bashar Asad, agarda terrorchilar bundan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanmasa, sulh tuzishga rozi bo‘ladi. Bu haqda u Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.
“Albatta, biz sulh tuzishga tayyormiz, lekin gap faqat tayyorlikni e’lon qilishda emas. Tinchlik paytida terrorchilar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab olmasliklari muhim. Ayrim davlatlarga, ayniqsa Turkiyaga terrorchilarga odam, qurol yuborish va texnik yordam ko‘rsatishni taqiqlash kerak”, – dedi u.
Shuningdek, Asad keyingi 10 yil davomida hokimiyat tepasida turish rejasi yo‘qligini tan oldi.
“Agar Suriya xalqi prezident bo‘lib qolishimni istasa, men bu mansabni egallab turishda davom etaman. Agar mamlakatimga yordam bera olmasam, darhol ketishim kerak bo‘ladi”, — deb ta’kidladi siyosatchi. | 2Dunyo
|
Fuqarolarning ma'muriy jarimalar haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lishi imkoniyati yaratilishi mumkin
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida har bir shaxsning o‘ziga nisbatan tayinlangan ma'muriy jarimalar haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratish haqida petitsiya joylashtirildi.
“Har bir shaxsning o‘ziga nisbatan tayinlangan ma'muriy jarimalar haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratish kerak. Ba'zida o‘zingiz bilmagan holda va obektiv sabablarga ko‘ra MIBga qo‘shimcha jarima to‘lashga, chet elga chiqish vaqtida aviachiptani ma'lum bir qismiga kuyib yoki notariusga borgan vaqt to‘lanmagan jarimalarni (rejalashtirilmagan xarajatlar chiqib) to‘lashga to‘g‘ri kelib qoladi. To‘g‘ri, hamma o‘zi qilgan nomaqbul ishi uchun qonun oldida o‘z vaqtida javob berishi kerak. Biroq hayotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday noqulayliklarni bartaraf etish va ular to‘g‘risida ogoh bo‘lish inson uchun muhim ahamiyat kasb etadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, har bir shaxsning sodir etgan ma'muriy huquqbuzarligi uchun www.my.gov.uz portali orqali (ERI vositasida ham) o‘ziga nisbatan tayinlangan ma'muriy jarimalar to‘g‘risidagi ma'lumotni onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish kerakligi aytiladi.
Bu ma'lumotnomada shaxsning hozirgi kunda to‘lanmagan jarimasi yoki ijro etilmagan boshqa turdagi majburiyatlari, muqaddam bir necha bor ma'muriy javobgarlikka tortilgani to‘g‘risidagi ma'lumotlar bo‘lishi maqsadga muvofiq ekani ta'kidlangan. Ushbu taklif fuqarolar uchun ko‘plab qulayliklarning yaratilishiga xizmat qilishi bildirilgan. | 5Jamiyat
|
Sabina Sharipova Farg‘onadagi tennis turniri finalida yutqazib qo‘ydi
Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida o‘tkazilgan xotin-qiz tennischilar o‘rtasidagi turnir yakunlandi.
Mukofot jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat musobaqada o‘zbekistonlik Sabina Sharipova finalda mag‘lub bo‘ldi.
Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Sabina yarim final bahsida musobaqaning birinchi raketkasi yaponiyalik Xiroka Kuvataga qarshi kortga chiqib, uch set davom etgan uchrashuvda 6:4, 1:6, 6:2 hisobida zafar quchgandi.
Sabina bosh mukofot uchun kechgan bahsda rossiyalik Anastasiya Kamardinaga 2:6, 6:1, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. | 13Sport
|
BioNTech va Pfizer 2022 yilda koronavirusga qarshi 3 milliard doza vaksina ishlab chiqarmoqchi
Germaniyaning BioNTech kompaniyasi AQShning Pfizer kompaniyasi bilan birga 2022 yilda koronavirusga qarshi 3 mlrd doza vaksina ishlab chiqarish uchun o‘z quvvatlarini oshirmoqchi. Bu haqda BioNTech bosh direktori Ugur Shaxin ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, ishlab chiqariladigan vaksinalar miqdori talab va qo‘shimcha emlash kampaniyalarini o‘tkazish zaruratidan kelib chiqadi. Shaxinning aytishicha, BioNTech va Pfizer umumiy hisobda 1,3 mlrd doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar tuzgan.
Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Pfizer 2021 yilda vaksina sotishdan 15 mlrd dollar tushum olishni kutmoqda.
Shaxinning ma'lum qilishicha, BioNTech koronavirusning bardoshliroq yangi turlariga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda. Uning aytishicha, kompaniya bunday emlash uchun qo‘shimcha dozalar yetkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, vaksinaning koronavirusning afrikacha mutatsiyasiga qarshi samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalari 6-8 hafta ichida paydo bo‘ladi.
1 fevralda BioNTech 2020 yilda koronavirusga qarshi 2 mlrd doza vaksina ishlab chiqarmoqchiligini ma'lum qilgan. Kompaniya buning uchun ishlab chiqarish hajmini 50 foizdan ko‘proqqa oshiradi. | 2Dunyo
|
Sony Xperia Z1 Compact aprel oyida eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi
Shvetsiyaning mobil qurilmalar uchun g‘ilof ishlab chiqaruvchi Krusell kompaniyasi 2014-yil aprel oyida eng ko‘p sotilgan smartfonlar an’anaviy reytingini e’lon qildi. Bu haqda mobinfo.uz xabar berdi.
Krusell reytingi dunyoning 70 mamlakatida sotiladigan turli mobil aksessuarlarga qarab tuziladi. Aprel oyida ushbu ro‘yxatda Sony Xperia Z1 Compact yetakchilik qildi. Ungan keyingi o‘rinlarni o‘tgan oyga qaraganda bir pog‘onadan yuqorilagan Samsung Galaxy S5 va Iphone 5 egalladi.
Martda bor-yo‘g‘i 9-o‘rinda bo‘lgan HTC One M8 esa keskin tarzda 4-o‘ringa chiqdi. Nokia Lumia 1320 o‘z o‘rnida (5-o‘rin) qoldi. O‘ntalikning qolgan pog‘onalarini Sony Xperia M2, Sony Xperia Z1, Nokia Lumia 630, Lenovo A369i va Sony Xperia E1 band qildi.
Sony Xperia Z1 Compact O‘zbekistonda 1,6 million so‘mga sotilmoqda. | 14Texnologiya
|
Besh yoki o‘n ming qadam: Sog‘lom bo‘lish uchun qancha yurish kerak?
Ushbu tushunchaning kelib chiqishi 1965-yilga borib taqaladi. Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiadalardan keyin yapon tilidan 10 ming qadam deb tarjima qiladigan “Manpo-kei” nomli qadam o‘lchagichlar sotuvga chiqarilgan. Umuman aytganda, bu marketing hiylasi bo‘lgan va ushbu mavzuda biror marta ham tadqiqot o‘tkazilmagan. 10 ming qadam nazariyasini JSST, Britaniya Sog‘liqni saqlash departamenti hamda yapon xalqi ham qo‘llab-quvvatlaydi.
10 ming qadam kilometrda qancha bo‘ladi?
Bu qadamlarning uzun yoki qisqaligiga qarab individual bo‘ladi. Ammo o‘rtacha 10 ming qadam 7-8 kilometrga teng hisoblanadi. Buning uchun qancha vaqt ketishi ham odamning o‘ziga bog‘liq. Sekin yurilsa: 4,2 ming — soatiga 4,8 ming, o‘rtacha: 5,4 ming — soatiga 6,6 ming qadam, tez: soatiga 7,2 ming qadamdan ko‘proq.
Qanchalik foyda?
Rossiyaning tibbiy-texnik fanlar akademiyasi akademigi, salomatlik haqidagi 12 ta kitob muallifi Pavel Yevdokimenko quyidagi fikrlarni bildiradi:
“Yurish stressga qarshi eng yaxshi vosita sanaladi. Bemorlarimga doim yurish kerakligini ta’kidlayman. Odam qancha ko‘p yursa, istalgan kasallikdan shuncha tez tuzaladi. Kasal bo‘ldingizmi, qon bosimi ko‘tarildimi — yuring, qon bosimi pasayadi. Yurak bilan muammolar bo‘lganda ham yurish kerak. Prostatitda, ayniqsa, yurishni kanda qilmaslik kerak. Yurish muayyan gormonlar, masalan, kortizolni me’yorlashtiradi. Salomatlikni saqlash uchun yurishdan mukammali yo‘q”.
10, 5 yoki 3 ming qadam
Bunday zo‘riqish hammaga ham mos kelavermaydi. Pavel Yevdokimenkoning ta’kidlashicha, yosh va sog‘lom vaqtda 10 ming qadam yurish mumkin, lekin tizzasi og‘rib turganlarga bu maslahat berilmaydi. Bunday vaziyatda birin sekin ko‘paytirib borish kerak. So‘nggi tadqiqotlarda aniqlanishicha, odam muntazam ravishda kun davomida 5 ming qadam yursa, unda ortiqcha vazn, yurak-qon tomir bilan bog‘liq xavflar kamayadi. 3 ming qadam kam harakatli — do‘konga, jamoat transporti bekati va uyigacha yuradigan kishilarga xos sanaladi. Bu esa tabiiyki kam ko‘rsatkich. Kun davomida kamida 5 ming qadam yurish uchun yarim soat tez-tez qadam tashlab yurishning o‘zi kifoya qiladi.
Qanday harakatlanish kerak?
Juda ham tez xuddi ishga birinchi marta kech qolayotgandek va ertalabdan majlis bor va siz ulgurmasangiz yo‘qligingiz bilinadigandek yurish kerak. Yarim soat davomida tez-tez yurib, sport zalga bormasdan turib ham bir necha kilogrammdan qutulish mumkin. Faqat bunday vaziyatda teri ajraladigan darajada yurish kerak. Ammo bunday tezlik hammaga ham to‘g‘ri kelmasligini yodda tutish kerak. Shunchaki qancha sekin yursangiz, shuncha ko‘p masofani bosib o‘tishingizga to‘g‘ri kelishini unutmang.
Qancha kaloriya sarflash kerak?
Bu ham kilometr singari individual bo‘ladi. Ammo o‘rtacha ma’lumotlar ham yo‘q emas. Voyaga yetgan kishi bir soat piyoda yurib, taxminan 300-400 kilokaloriya, 10 000 qadam yurganda esa 400-600 kaloriya sarflashi mumkin. Salomat bo‘lish va vazn tashlash uchun esa kun davomida 1 soat sayr qilish eng yaxshi variant hisoblanadi. | 11Salomatlik
|
Tramp Kanada bosh vaziri bilan nega uchrashishdan bosh tortgani aytildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning aytishicha, BMT Bosh assambleyasi doirasida Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashishdan bosh tortdi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, matbuot anjumani vaqtida jurnalistlar Trampga tegishli savol bilan murojaat qilishgan. Prezident uchrashuvdan bosh tortganini tasdiqladi.
«Ha, men buni qildim. Chunki tariflar juda yuqori», - dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tryudo umuman yon bosishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko va Trampning bir xil kostyumda paydo bo‘lishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kulgisiga sabab bo‘lgandi. | 2Dunyo
|
Nyu-Yorkdagi Chrysler Building osmono‘par binosi 150 million dollarga sotiladi
Nyu-Yorkdagi mashhur Chrysler Building binosining egalari uni 150 million dollardan ortiq pulga sotadi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, osmono‘par binoni sotib olish shartnomasi allaqachon imzolangan, u boshqa mashhur binolarga ega bo‘lgan RFR Holding LLC va uning xorijiy sherigi tomonidan sotib olinadi.
Hozirda Chrysler Building Abu-Dabi davlat investitsiya kengashi (uning ulushi 90%) va Nyu-Yorkdagi ko‘chmas mulk va investitsiya bilan shug‘ullanadigan Tishman Speyer kompaniyasiga tegishli. Abu-Dabi Investitsion kengashi 2008-yilda Tishman Speyer’den hissasini 800 million dollarga sotib olgan.
Binoning egalari o‘zlari joylashgan hududning egasi sanalmaydi, shuning uchun uni ijaraga olish uchun yiliga 32,5 million dollar to‘lashi kerak, 2028-yilga borib esa ijara qiymati 41 million dollarga yetadi. Bundan tashqari binoga yangi ijarachilarini jalb qilish uchun 200 million dollarga yaqin sarmoya zarur bo‘ladi. Hozirda binoning 37 ming kvadrat metrdan ortiq joyi bo‘sh.
Manxettenning sharqiy qismida joylashgan Chrysler Building binosi 1930-yilda qurilgan. Qurilishdan so‘ng bir yil mobaynida bino dunyodagi eng baland 77 qavatli bino bo‘lgan. Minora Nyu-Yorkning ramzlaridan biri hisoblanadi va tez-tez taniqli filmlarda paydo bo‘ladi. | 2Dunyo
|
Yunusobod tumanining sobiq hokimi Olmaliq shahriga hokim bo‘ldi
Mira'zam Mirqosimov Toshkent viloyatining Olmaliq shahri hokimi etib tayinlandi. U bundan avval Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi Uy-joy fondini texnik holatini monitoring qilish va XUJMShlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Yunusobod tumani hokimi sifatida ishlagan. Yangi lavozim tayinlovi haqida viloyat hokimligi saytida ma'lumot berildi.
Eslatib o‘tamiz, Mirqosimov 25 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi lavozimidan ozod etilgandi.
12 avgust kuni esa Olmaliq shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar idorasi rahbari va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olingani xabar berildi. | 8O‘zbekiston
|
Qabul tugadi deb o‘ylaysizmi? Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti o‘qishga taklif etadi
OTMlarda qabul tugadi deb o‘ylasangiz, adashasiz. Samarqandda faoliyatini boshlagan «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga taklif qiladi.
Double degree (Qo‘shma dastur) bo‘yicha
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti Double degree (Qo‘shma dastur) diplomi beriladigan yo‘nalishlarga ham o‘qishga taklif qiladi. Ya'ni, bunday diplom ham O‘zbekistonda, ham xorijda amalda bo‘ladi. «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha chet el oliygohlari bilan hamkorlikdagi o‘qishga taklif etadi. Unga ko‘ra 4 yillik ta'limning ikki yili O‘zbekistonda, ikki yili hamkorlik qilinayotgan mamlakatda amalga oshiriladi.
Hujjatlar 2019 yil 20 iyuldan 10 avgustgacha qabul qilinadi.
Abituriyentlar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
1) Oliy ta'lim muassasalari rektorlari nomiga ariza;
2) O‘rta (o‘rta-maxsus) ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi;
3) 6 dona rangli fotosurat (3x4 o‘lchamda);
4) Tibbiy ma'lumotnoma (OIV infeksiyasi yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat bilan birga);
5) Pasport nusxasi;
Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha
Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham o‘qishga qabul qiladi. 2019/20 yilgi o‘quv mavsumi uchun quyidagi yo‘nalishlarda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi:
Abituriyentlar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
1) Oliy ta'lim muassasalari rektorlari nomiga ariza;
2) Oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi;
3) 6 dona rangli fotosurat (3x4 o‘lchamda);
4) Pasport nusxasi;
5) Harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
Yuqoridagi yo‘nalishlarda o‘qish o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Abituriyentlar 20 avgustgacha hujjat topshirishlari mumkin.
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti manzili: Samarqand shahri, universitet xiyoboni 20.
Murojaat uchun telefonlar: +99866 233-56-47; +99866 233-34-20 | 5Jamiyat
|
2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Buxoro viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan yangi tartib asosida Buxoro viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur o‘rganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Buxoro viloyatida 2022 — 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,4 baravar, sanoat mahsulotlari hajmini 1,5 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,2 baravar, xizmatlar hajmini 3,1 baravar hamda qurilish ishlari hajmini 1,5 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda:
2022-yil uchun tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlariga erishish uchun aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yillar maqsadli parametrlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni va ularni amalga oshirish “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
3. Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Buxoro viloyati hokimligi, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlariga “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov)ning Buxoro viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ni 3-ilovaga muvofiq belgilash hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlarini 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin hamda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni har oyda muhokama qilib borsin.
5. 2022-yilda Buxoro viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qaror doirasida respublika budjetidan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib borilishini ta’minlasin.
Buxoro viloyati hokimligi mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni belgilangan muddatlarda moliyalashtirsin.
6. Buxoro viloyati hokimligining takliflariga asosan viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda 7-ilovaga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘larni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yilgi loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirsin hamda 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin.
7. Buxoro viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilayotgan loyihalarni (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
8. Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga zarur hollarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilangan tartibda asoslantirilgan va kelishilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan taqdirda Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
har oyda shahar va tumanlar sektor rahbarlari xalq deputatlari Kengashlarida Dastur ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi;
har oy yakuni bilan Buxoro viloyati hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashida Dastur parametrlari va ko‘rsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qiladi;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joyiga chiqqan holda, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Dasturdagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi;
har chorak yakuni bilan Dastur ijrosi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladi;
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib boriladi.
10. Qurilish vazirligi Dastur doirasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
11. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va Buxoro viloyati hokimligi o‘n kun muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq harakatlar rejalarini puxta ishlab chiqib, kollegial organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida tasdiqlanishini ta’minlasinlar.
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari mazkur harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarning so‘zsiz va har tomonlama to‘liq amalga oshirilishi bo‘yicha samarali nazorat o‘rnatsin.
12. Quyidagilarga:
Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ipoteka kreditlarini muvofiqlashtirish, soliq va budjetga tushumlarni oshirish yuzasidan;
Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga — ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish va ta’mirlash tadbirlarini, “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini va renovatsiya dasturlarining o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi hamda kommunal sohani rivojlantirish yuzasidan;
Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘iga — investitsiya muhiti yaxshilanishi, investorlar hamda investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng jalb etilishi hamda eksport salohiyati oshirilishi, kichik sanoat zonalari rivojlantirilishi yuzasidan;
Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanilishi, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarning o‘zlashtirilishi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rivojlantirilishi yuzasidan;
Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga — ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishi, yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazilishi, hududlardagi yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlar tashkil etilishi yuzasidan;
Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘iga — xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalari oshirilishi, ularning munosib kasb tanlashiga sharoit yaratilishi, gender tenglik ta’minlanishi, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash ishlarining tashkil etilishi yuzasidan;
Buxoro viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga — turizm jadal rivojlantirilishi, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanilishi, turizm infratuzilmasi yaxshilanishi, ichki va ziyorat turizmi rivojlantirilishi, yangi turizm mahsulotlari yaratilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, S.U. Umurzakov, Sh.M. G‘aniyev, A.A. Abduxakimov, Z.B. Mahkamova hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
O‘zbekistonlik tennischi kelishilgan o‘yinda ishtirok etganlikda gumon qilinib, Fransiyada qo‘lga olingandi. TIV Albina Xabibulina O‘zbekiston fuqarosi emasligini ma’lum qildi
O‘zbekistonlik tennischi Albina Xabibulina va uning qirg‘izistonlik sherigi Kseniya Palkina Fransiyaning Klermon shahridagi turnir davomida politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Le Monde xabar bermoqda.
Qizlar joriy yil mart oyida Gonnezdagi (Fransiya) turnirda kelishilgan o‘yinda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Jumladan, Xabibulina kanadalik Aminata Sallga atayin yutqazganlikda aylanmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu o‘yinga Britaniyadagi bukmekerlik kontoralarida Sharqiy Yevropa davlatlaridan bo‘lgan o‘yinchilar tomonidan shubhali stavkalar qilingan. Britaniyalik operatorlar esa bu haqda fransuz politsiyasini xabardor etishga qaror qilgan. Xabibulina ushbu o‘yinda yutqazib berganini tan oldi. Palkinani o‘yinchilar va va o‘zbekistonlik sparring-sherigi o‘rtasida vositachilik qilganlikda gumon etilmoqda.
Keyinchalik u o‘ziga nisbatan kelishilgan o‘yinlarda ayblovlar ilgari surilmagani, Albinada hujjatlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani va uni guvoh tariqasida so‘roqqa chaqirishganini bildirdi.
“Barcha savollarga javob berganimdan so‘ng meni qo‘yib yuborishdi. Shanba kuni Qirg‘izistonga qaytaman va ko‘p o‘tmay Fransiya, Vengriya va Germaniyadagi turnirlarga boraman”, — degan Palkina.
Mazkur vaziyatga O‘zbekiston TIV ham munosabat bildirgan. Konsullik-huquqiy departamentiga ko‘ra, Albina Xabibulina 2017-yil avgust oyidan buyon O‘zbekiston fuqarosi hisoblanmaydi. | 8O‘zbekiston
|
Android 8.0 Oreo ortiqcha mobil internet trafigini "o‘g‘irlashi" ma'lum bo‘ldi
Pixel va Nexus seriyali smartfonlarning egalari operatsion tizim (OT)ni Android 8.0 Oreo'gacha yangilash imkoniga ega bo‘lishdi. Ma'lum bo‘lishicha, tizim hatto Wi-Fi yoqilganda mobil internet trafigini "o‘g‘irlar" ekan. Bu haqida ko‘plab OAV qatorida "Versiya" axborot agentligi xabardor qildi.
Mazkur OTda ishlovchi qurilmalar egalari smartfon hatto simsiz Wi-Fi'ga ulanganda ham, foydalanilgan mobil trafiklar soni oshib borayotganidan shikoyat qilishgan. Tabiiyki, bunday holatda foydalanmagan narsa uchun pul to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Manbaga ko‘ra, 2-3 kun ichida taxminan 1 Gb trafik ishlatilgan hisoblanishi mumkin. Mazkur muammoning yagona yechimi - simsiz Wi-Fi bor joylarda sozlamalardan mobil internetni o‘chirish. | 14Texnologiya
|
Jirafaga mehr qo`ygan qiz unga o`xshash uchun 5 yildan beri bo`ynini uzaytirmoqda
AQShning Los-Anjeles shtatida yashovchi 30 yoshli Sidney Smit jirafalarga alohida mehr qo`ygan. Shuning uchun Sidney tashqi ko`rinishi bilan jirafalarga o`xshash uchun barcha imkoniyatini ishga solmoqda, deb yozadi “Cosmopolitan” nashri.
U jirafaga o`xshash uchun 5 yildan beri bo`ynini uzaytirish bilan band. Buning uchun Sidney padaung xalqi qo`llab kelgan usul ya`ni mis xalqalar yordamidan foydalanmoqda.
Hozirda Sidneyning bo`yniga 15 ta mis xalqa taqilgan. Mazkur taqinchoq qizga bir qancha noqulayliklar tug`dirsa ham Sidney erishgan natijalari bilan cheklanmoqchi emas.
Sidney jirafaga ko`proq o`xshash uchun mazkur jonivorni eslatuvchi kiyim kiyib yuradi. | 2Dunyo
|
“Manchester Siti”—“Manchester Yunayted”, “Chelsi”—“Everton”. APL 12-turi anonsi
10-noyabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasida 12-tur bahslari boshlanadi. Kun taqvimidan 6 ta uchrashuv o‘rin olgan.
Turning dastlabki bahsida “Kardiff Siti” jamoasi “Brayton”ni mehmon qiladi. Bahs 16:30 da boshlanishi belgilangan. Shuningdek, “Lester” o‘z maydonida “Byornli” klubini qabul qilsa, “Vest Hem” “Haddersfild” mehmoni bo‘ladi. Ikkala bellashuv ham 19:00 da boshlanadi.
Kuchli to‘rtlikda borayotgan “Tottenhem” esa shu kuni 14-o‘rindagi “Kristal Pelas” maydoniga safar qiladi. O‘yin 21:30 boshlanishi belgilangan.
Kuchli beshlik jamoalari esa o‘z uchrashuvlarini 11-noyabr, yakshanba kuni o‘tkazadi. Jumladan, “Liverpul” so‘nggi o‘rindagi “Fulhem”ni sinovdan o‘tkazsa, “Chelsi” 9-o‘rindagi “Everton” bilan bahsga kirishadi. Londonning “Arsenal” klubi esa o‘z maydonida “Vulverhempton” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Turning markaziy o‘yini esa Manchester shahridagi “Etihad” stadionida kechadi. Unda Xosep Gvardiola boshchiligidagi APL karvonboshisi “Manchester Siti” Joze Mourinyo yetakchiligidagi “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi.
12-turdan oldingi holat
Angliya premyer ligasi
12-tur bellashuvlari
10-noyabr, shanba
11-noyabr, yakshanba | 13Sport
|
Tashkent Law Spring Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun to‘lov muddati uzaytirildi
Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligi sababli 21—24-mart kunlari O‘zbekistonda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganligi haqidagi ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, arzonlashtirilgan tariflarning amal qilishi milliy ishtirokchilar uchun joriy yilning 29-mart soat 18:00 ga qadar uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar qildi.
Tashkent Law Spring Xalqaro yuridik forumi joriy yilning 25—27-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Forumda O‘zbekiston va qator xorijiy davlatlar Adliya vazirlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, jahonning yetakchi yuridik va konsalting firmalari, olimlar va ekspertlar, shuningdek, O‘zbekiston davlat organlari va kompaniyalari rahbarlari, yuridik xizmatlari vakillari, sud ekspertizasi mutaxassislari, notariuslar, advokatlar ishtirok etadi.
Hozirgacha AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Xitoy, Rossiya va dunyoning boshqa davlatlaridan 50 dan ortiq mutaxassislar Forumda ma’ruzachi sifatida ishtirok etishlarini tasdiqlagan. Ular orasida vazirlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Garvard va Bolonya universitetlari, Boston yuridik kollejining huquq maktabi, Kaliforniya universitetining Gastings yuridik kolleji professor-o‘qituvchilari, Dentons, White & Case (AQSh), Reed Smit LLP (AQSh), Freshfields Bruckhaus Deringer (Buyuk Britaniya), Cleary Gottlieb Steen & Hamilton LLC (AQSh), Norton Rose Fulbright LLP (Buyuk Britaniya) kabi dunyoga mashhur xalqaro yuridik firmalarning advokatlari bor.
Forumda jahonning deyarli barcha asosiy arbitraj markazlari, shu jumladan, Vena xalqaro arbitraj markazi (VIAC), Yevropa nizolarni hal etish markazi (ECDR), Jahon banki guruhining Investitsion bahslarini hal etish bo‘yicha xalqaro markazi (ICSID), Xalqaro savdo palatasi (ICC-Austria) Gonkong Xalqaro arbitraj markazi (HKIAC) vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. | 8O‘zbekiston
|
Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlari uchrashadi
21 fevral kuni Toshkentdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Anjuman mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlanadi.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSH Qurolli Kuchlari SENTKOM qo‘mondoni ishtirok etadi.
Anjumanda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Baxodir Kurbanov ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Anjuman doirasida delegatsiya rahbarlari alohida ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishi, shuningdek, delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi o‘quv jarayonini kuzatishlari, Hasti Imom majmuasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan. | 5Jamiyat
|
Samarqandda to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi (video)
Samarqand shahrida 3-avgust kuni soat 16:20 larda Captiva yonib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan 4-oilaviy poliklinika avtoturargohida to‘xtab turgan Captiva’ning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.
Viloyat FVB xabariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar soat 16:01 da kelib tushgan va voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:06 da yetib borib, soat 16:13 da yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q
Holat yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Fotogalereya: Pol Pogbaning 10 ta eng antiqa soch turmagi
“Manchester Yunayted” jamoasining yangi a’zosi Pol Pogba nafaqat o‘zining futbolchilik xususiyatlari, balki g‘aroyib soch turmaklari bilan shuhrat qozongan. “iSport.ua” fransiyalik futbolchining antiqa soch turmaklari o‘nligini taqdim qildi.
Yulduz – Pogbaning boshidagi ilk “surat”lardan biri. Aytishlaricha, fransiyalik futbolchi “Yuventus” bilan yangi sovrin yutganida bittadan yulduz qo‘shmoqchi bo‘lgan. Ammo u tez orada boshida joy yetmasligini tushungan.
PLP – Pol Pogbaning to‘liq ismidan abbreviatura: Pol Labil Pogba. Futbolchi buni hamma bilishi kerak deb hisoblagan.
Fransiyalik futbolchining Yevro–2016 turniri oldidan soch turmagi. Bir tomonda “Galliya xo‘rozi”, ikkinchi tomonda “Pogboom!” yozuvi.
Pogba bo‘sh vaqtlarida multfilmlar ko‘rishga qarshi emas. Masalan, “Minionlar” haqidagi multfilm.
Ba’zida 23 yoshli futbolchini “Betmen” haqidagi kinofilmlar ham quvontiradi.
Pogbaning “Dab dens”ga (raqsning bir turi) bo‘lgan qiziqishi uning soch turmagini chetlab o‘tmadi. Pol Amerikaga xos trendni soch turmagi orqali Yevropada ham targ‘ib qilib kelmoqda.
Fransiyalik futbolchining leopard ko‘rinishidagi soch turmagi uning epchilligi va tezligiga shama qilsa kerak.
Zebra ko‘rinishidagi soch turmagi esa “Yuventus” klubining ranglari va laqabiga bo‘lgan hurmati belgisi.
Zamonaviy futbolchining pokemonlarga bo‘lgan qiziqishi uning soch turmagida aks etgan.
Pol musiqani yaxshi ko‘rishini barcha bilishi kerak!
“Bonus” sifatida Pol Pogbaning “MYu”ni tark etishidan va mashhur bo‘lmasligidan avvalgi soch turmagi. “MYu”ga qaytgach u qanday soch turmagini o‘ylab topishini tasavvur qilish ham qiyin. | 13Sport
|
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 25-apreldagi O‘
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-son Qonunining 22-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-maydagi 86-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risidagi nizomning 21-bandiga quyidagi mazmundagi “k” kichik band qo‘shilsin:
“k) mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan namunalar olish, mahsulotlarni sinash va o‘lchash metodlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatlarini tasdiqlaydi”. | 10Qonunchilik
|
O‘zbekiston ikki trenshda 870 mln dollar ekvivalentida yevrobondlar chiqaradi
O‘zbekiston Moliya vazirligi London fond birjasida umumiy qiymati 870 million dollar bo‘lgan ikkita suveren xalqaro obligatsiyalarni (yevrobondlarni) joylashtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, dollar trensh 10 yil muddatga, so‘mda ko‘rsatilgan yevrobondlar esa 3 yoki 5 yil muddatga beriladi.
Shuningdek, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov Gazeta.uz’ga bergan intervyusida 2021 yilda davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga binoan tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yangi imzolangan bitimlar hajmi belgilangan 5 milliard dollar, ichki qarzni jalb qilish uchun esa 500 million dollar miqdorida ekanligini ta'kidlab, yevrobondlar chiqarilishi ushbu limit doirasida taqdim etilishi haqida gapirdi.
«Agar talab yaxshi bo‘lsa, biz trensh hajmini so‘mda oshiramiz va dollar bilan kamaytiramiz. Ammo trenshlarning umumiy miqdori 870 million dollarni tashkil etadi .
3,3 milliard dollar (5 milliarddan) investitsiya loyihalari uchun, 1,7 milliard dollar esa budjet kamomadini qoplash uchun jalb qilinmoqda. 1,7 milliarddan biz 870 million dollarni yevrobond sifatida jalb qilamiz, qolgan 830 million dollarni esa budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlaridan jalb qilamiz», – dedi vazir o‘rinbosari.
O‘zbekiston mustaqil tarixida birinchi marta 2019 yil 13 fevralda 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylashtirgan.
O‘tgan yilning noyabr oyida esa ikkinchi bor Moliya vazirligi tomonidan 10 yillik muddat bilan 555 million AQSh dollari va 3 yillik 2 trillion so‘mlik yevrobondlar London fond birjasiga joylashtirilgandi. | 4Iqtisodiyot
|
Bitimlarga soliq solinishini qanday maqbullashtirish mumkin
Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari ularning mazmuniga doir koʻplab jihatlarga bogʻliq. Keyinchalik soliq idorasida muammoga toʻqnash kelmaslik uchun shartnomani qanday tuzish kerak? ViGoRus konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova maslahat beradi.
– Amaliyotda хoʻjalik bitimlari tusiga qarab turli хil shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ularning har biri koʻpgina хususiyatlarga ega boʻladi. Noaniqliklar, хatolar, e’tiborsizlik soliqlarning ortiqcha toʻlanishi yoki qoʻshimcha hisoblanishiga, jarimalarga va boshqa koʻngilsizliklarga olib kelishi mumkin.
Soliq solish jihatidan kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun nima qilish kerak? Bu katta mavzu, Norma professional rivojlanish markazida oʻtkaziladigan «Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari» seminarida ana shu haqda soʻz yuritaman. Navbatdagisi 30 mayda boʻlib oʻtadi. Xohlovchilar bu yerda yozilishlari mumkin.
Ushbu seminarlarga buхgalterlar qatori yuristlar ham keladilar. Bu tasodifiy hol emas. Amaliyotda, ayniqsa kichik korхonalar va mikrofirmalar haqida soʻz borganda, shartnomalarni tayyorlash va tuzish jarayoni buхgalter zimmasida boʻladi. Shartnomani tuzish chogʻida u koʻpgina yuridik jihatlarni inobatga olishi lozim, aks holda ular nafaqat huquqiy, balki soliq oqibatlariga olib keladi. Yirik korхonalarda shartnomalar bilan, odatda, yuristlar ishlaydilar, ular soliq solish masalalarini tushunishlari, soliq solinadigan bazani toʻgʻri belgilay olishlari muhim ahamiyatga ega. Har qanday holatda ham buхgalter shartnomalar tuzishning huquqiy asoslarini, yurist esa buхgalteriya hisobi va soliq solish asoslarini bilishi shart.
Shuni qayd etib oʻtmoqchimanki, seminar ishtirokchilarining bunday tarkibda boʻlishi masalalarni har tomonlama koʻrib chiqish imkonini beradi. Bu uchrashuvni aхborot bilan yanada boyitadi va foydali qiladi, turli хil masalalarni koʻrib chiqishga zamin yaratadi. | 10Qonunchilik
|
UFC jangchisi uydagi zo‘ravonlikda ayblanib hibsga olindi
Mutlaq jangchilar chempionati jangchisi Nik Dias Las-Vegasda uy zo‘ravonlik holati bo‘yicha ayblov bilan hibsga olindi.
MMAFighting ma'lumotiga ko‘ra, Dias o‘zi bilan birga yashagan qizni do‘pposlab, bo‘g‘gan. Bu holat vaziyatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari aralashuviga qadar davom etgan.
Ta'kidlanishicha, sportchi ayni damda Klark qamoqxonasiga joylashtirilgan va yuqoridagi holat bo‘yicha tergov boshlangan. Ilk eshituvlar 26 mayga belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazndagi amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov to‘rt yil muqaddam faoliyatini yakunlashga juda yaqin bo‘lgani xabar qilingandi. | 13Sport
|
Sohib Saifnazarov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq Sohib Saifnazarov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Mazkur vazifaga tayinlanguniga qadar Sohib Saifnazarov “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Abdurahmon Abduvaliyev O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi, Shuhrat Nazarov esa uning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Rossiyani SWIFT tizimidan uzib qo‘yishlari mumkin. Bu o‘zi nima va qanday oqibatlarga olib keladi?
AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga javoban Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish va ularni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda, deya xabar qiladi Bloomberg.
Bu yo‘lda ular muhokama qilayotgan g‘oyalardan biri SWIFTdeb nomlangan xabar almashish tizimiga kirishni to‘xtatishni o‘z ichiga oladi.
SWIFT nima?
Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication so‘zining qisqartmasi bo‘lgan SWIFT’ni global bankning Gmail manzili sifatida tasavvur qilishimiz mumkin.
U 200 dan ortiq mamlakat va hududlardagi 11 000 dan ortiq moliya institutlari va kompaniyalari orasida xavfsiz xabarlarni yetkazib beradi.
O‘tgan yili SWIFT’da kuniga o‘rtacha 42 million xabar almashinuvi sodir bo‘lgan. Bunga to‘lovlar, savdolar, valyuta ayirboshlash uchun buyurtmalar va tasdiqlar kiradi.
Nima uchun SWIFT’dan uzilish juda katta muammo?
SWIFT’dan uzilgan mamlakat ulkan iqtisodiy muammolarni boshdan kechirishi mumkin. Yaqqol misol qilib 2012-yilda Eron bilan sodir bo‘lgan voqeani keltirishimiz mumkin.
Eron banklari Yevropa Ittifoqining mamlakat yadroviy dasturi va uning moliya manbalariga qarshi sanksiyalari doirasida SWIFT’dan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan (ko‘pgina Eron banklari 2016-yilda Yevropa Ittifoqi ularni sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlagach, qayta ulangan edi).
Rossiyaning SWIFT’dan uzilishi boshqa davlatlar uchun ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki Rossiya Yevropa uchun asosiy energiya yetkazib beruvchi hisoblanadi va davlatlar yoqilg‘i uchun to‘lovni Swift tizimi orqali amalga oshiradi.
SWIFT’ni o‘rnini bosuvchi tizim bormi?
SWIFT tizimini o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan muqobili hozircha mavjud emas. 2014-yildan beri Rossiya Banki Rossiya va xorijiy banklar uchun o‘zining moliyaviy xabar almashish tizimini boshqaradi.
Ammo bu tizimning atigi 400 ga yaqin foydalanuvchisi bor. 2021-yilda Xitoy Xalq banki SWIFT bilan qo‘shma korxona tashkil etishini e’lon qilgan edi.
Bu ba’zi choraklarda jahon moliya tizimidan uzilib qolishdan sug‘urta polisi sifatida aytilmoqda. Kriptovalyutalar ham bir necha yillardan beri SWIFT uchun tahdid sifatida e’tirof etiladi.
SWIFT’ni kim tartibga soladi?
Depozitlarga ega emasligi sababli SWIFT tizimi bank kabi tartibga solinmaydi. U Belgiya Milliy banki va AQSh Federal zaxira tizimi, Angliya banki, Yevropa Markaziy banki, Yaponiya banki va boshqa yirik markaziy banklarning vakillari tomonidan nazorat qilinadi.
Umuman olganda, Yevropa Ittifoqi ma’lum bir tashkilot yoki mamlakatga qarshi sanksiyalarni qabul qilgan taqdirdagina SWIFT’ga kirish to‘xtatiladi. | 2Dunyo
|
Jalaquduq tumanidagi avtohalokatda bir fuqaro vafot etdi
Jalaquduqda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida og‘ir tan jarohati olgan piyoda shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etishicha, joriy yil 6 iyul kuni soat 00:35 larda Jalaquduq tumanida yashovchi B.X. o‘zining “Spark” rusumli mashinasini "Tuyalas" MFY hududida boshqarib borayotib, yo‘lning qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan Chortoq tumanida yashaydigan S. S.ni urib yuborgan.
Oqibatda S. S. bosh qismidan og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ammo u kasalxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan shu yilning 12 iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Andijonda YPX xodimini «Spark» kapotida sudragan haydovchi ushlanganligi xabar qilingan edi. | 8O‘zbekiston
|
Samarqand viloyatini rivojlantirish uchun 41 trillion so‘m yo‘naltiriladi - Prezident
“Qo‘shimcha 30 ming gektar yangi yer maydoni o‘zlashtirilib, meva-sabzavot, dorivor va ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun tanlov asosida ajratiladi. Bunda, elektr tortish va quduq qazish xarajatlarining 50 foizi budjetdan qoplab beriladi.
Payariq, Qo‘shrabot, Ishtixon, Narpay, Bulung‘ur va Urgut tumanlarining lalmi yerlarida 19 ming gektar intensiv bog‘ va 18 ming gektar tokzor barpo etish orqali qo‘shimcha 40 ming ish o‘rinlari yaratiladi.
Misol uchun, Ishtixonda 100 gektar maydonda tokzorlar “tayyor holda” aholiga 7 yil muddatga lizing asosida beriladi. Bunda, yangi bog‘ va tokzorlar uchun yer solig‘ini to‘lashdagi imtiyozli davr 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi.
Bandlik jamg‘armasidan 50 milliard so‘m ajratib, 5 mingdan ziyod aholi tomorqasida yengil konstruksiyali issiqxonalar quriladi. Shuningdek, meva-sabzavotni qayta ishlash klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Nurobod, Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘onda 18 ming gektar lalmi yer maydonlari o‘zlashtirilib, qo‘y va echkichilik klasterlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, kamida 500 bosh qoramol bo‘lgan 48 ta yirik chorvachilik komplekslari ishga tushiriladi va yangi o‘zlashtiriladigan 2,4 ming gektar ozuqa uchun ajratiladi.
Toyloq, Samarqand, Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on va Nurobodda parrandachilik klasterlari tashkil etilib, 50 ming tonna parranda go‘shti yetishtiriladi. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish maqsadida, Qo‘shrabot, Nurobod, Payariq, Ishtixon va Urgutda za'faron va lavanda plantatsiyalari tashkil etiladi.
Irrigatsiya sohasida 145 million dollar hisobiga, 69 ta nasos stansiyasi modernizatsiya qilinadi va 48 ming gektar maydonning suv ta'minoti yaxshilanadi. Shu bilan birga, “Bulung‘ur” suv omborida qurilish ishlari yakunlanib, Bulung‘ur, Payariq va Jomboy tumanlarida 36 ming gektar maydonning suv ta'minoti yaxshilanadi.
Umuman olganda, kelgusi besh yilda Samarqand viloyatini rivojlantirish uchun davlat hisobidan 41 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bu raqamlarning hammasi aniq, mablag‘ning manbasi aniq. Mana, hokim o‘tiribdi, har birini qayerdan olishni tushuntirib berganman. Hammasining tagi bor, endi uni amalga oshirish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev. | 8O‘zbekiston
|
Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 560 ming nafardan oshdi
Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 7790 ta holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 18-iyun kuni bergan ma’lumotlariga tayanib.
Bir kun avval bu ko‘rsatkich 7843 nafarni tashkil etgandi. Mamlakatda umumiy hisobda 561 091 kishi koronavirusga chalingan.
So‘nggi sutkada bemorlarning 182 nafari vafot etgan bo‘lib, mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon COVID-19 qurbonlarining jami soni 7660 kishiga yetdi.
Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 9621 nafari tuzalgan bo‘lib, sog‘ayganlarning umumiy soni 313 963 kishini tashkil etmoqda.
Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 311,9 mingta, epidemiya boshlanganidan buyon esa 15,9 millionta test o‘tkazilgan.
Mazvuga doir: | 2Dunyo
|
Braziliya Peruni mag‘lub etib, Kopa Amerika g‘olibiga aylandi (video)
7-iyul, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining finalida Tite qo‘l ostidagi Braziliya terma jamoasi Peru termasga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 15-daqiqasida braziliyalik hujumchi Everton Soares hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqaga kelib Peru termasi a’zosi Paolo Gerrero Alisson Bekker qo‘riqlayotgan darvozaga penaltidan gol urdi (1:1). Oradan hech qancha vaqt o‘tmay hujumchi Gabriel Jezus jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).
2-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida esa Peru darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Undan Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Risharlison unumli foydalandi (3:1).
Qayd etish joiz, o‘yinning 70-daqiqasida Gabriel Jezus qizil kartochka bilan jazolandi.
Shu tariqa Braziliya Peruni 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, braziliyaliklar 12 yil ichida ilk bor, tarixda esa 9-marotaba mazkur musobaqada g‘olib bo‘ldi.
Bu borada qit’ada Argentina hamda Urugvay terma jamoalari yetakchi hisoblanadi. Argentina 14 marta, Urugvay esa 15 marotaba g‘oliblik nashidasini surgan.
Kopa Amerika—2019
Final bahsi
7-iyul, yakshanba
Gollar: 1:0 — 15 Everton, 1:1 — 44, penalti, Gerrero, 2:1 — 45 Gabriel Jezus, 3:1 — 90, penalti, Risharlison.
Braziliya: Alisson, Markinyos, Aleks Sandro, Dani Alves, Tiago Silva, Kazemiro, Koutinyo (Eder Militao, 77), Artur, Firmino (Risharlison, 75), Everton (Allan, 90), Gabriel Jezus.
Peru: Galyese, Sambrano, Advinkula, Abram, Trauko, Flores, Yotun (Ruidias, 78), Kueva, Karrilyo (Polo, 86), Tapiya (Gonsales, 82), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus (30), Tapiya (49), Tiago Silva (53), Sambrano (68), Advinkula (84), Risharlison (90).
Chetlatish: Gabriel Jezus (70).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Tomsk oblastidagi yong‘inda 11 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi - OAV
Rossiyaning Tomsk oblasti Asinovskiy tumani, Prichulimskiy qishlog‘idagi bir qavatli yog‘och uyda yuz bergan yong‘in oqibatida o‘n bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy bosh boshqarmasi saytiga asosan xabar qilmoqda.
Yong‘in haqida ma'lumot soat 4:05da kelib tushgan, yong‘in maydoni 208 kvadrat metrni tashkil qildi. Yong‘inga qarshi kurashga 19 kishi va oltita texnika jalb qilindi.
Olov soat 6:35da bartaraf etilgan. Bino ichidan 11 kishining jasadi topildi, yana uch kishi qochib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Mintaqadagi favqulodda vaziyatlar xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, yonib ketgan bino yotoqxona bo‘lgan, unda «Grinvud» MChJ yog‘och tayyorlash kompaniyasining 12 xodimi yashagan, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytildi.
Ushbu hodisa bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi (ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. | 2Dunyo
|
Toshkent viloyatida uch bolani o‘ldirishda gumondor shaxs ushlandi
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida uch bolani o‘ldirishga gumondor shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bir muddat oldin internet tarmoqlarida uch nafar voyaga yetmagan shaxsning umriga zomin bo‘lgan manyak xaqida xabarlar tarqalgan edi. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zA muxbiri Bosh prokuraturaga murojaat qildi.
Haqiqatan ham Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida uch nafar voyaga yetmagan shaxsni qasddan o‘ldirish jinoyati sodir etilgani aniqlandi. Bu qilmishni sodir etgan Otaboyev Zohid Sunnatillayevichga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
Gulnoza Rahimova
Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i
Tergovda aniqlanishicha, Oqqo‘rg‘on tumanining Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan Z. Otaboyev 2003-yilda tug‘ilgan Sh.M., 2005-yilda tug‘ilgan Yo.U., 2014-yilda tug‘ilgan O.S ni qasddan o‘ldirib, ularning murdasini o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan.
Bu voyaga yetmagan shaxslar turli yillarda bedarak yo‘qolgan bo‘lgan.
Z. Otaboyev ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, qamoqqa olingan. Hozirda zarur tezkor tergov harakatlari davom ettirilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Eronda 134 yoshli erkak borligi aniqlandi
Eronda aholini ro`yxatga olish vaqtida, Kurdiston provinsiyasida mamlakatning eng keksa odami — 134 yoshli Ahmad So`fi yashashi aniqlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Ahmad So`fi Sakkez shahrida istiqomat qiladi. Uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda tug`ilgan vaqti 1882 yilning fevral oyi ekanligi ko`rsatilgan. So`fining farzandlari bo`lmagan, to`rt nafar bolani asrab olib, tarbiya qilgan. Qarindoshlari uning juda saxiy, ochiqkko`ngil insonligini, hech qachon sog`ligidan shikoyat qilmaganligini ma`lum qilishdi.
Ungacha Eronning eng keksa kishisi deb, Kamyoron shahrida yashovchi 130 yoshli erkak hisoblangan.
Dunyoning eng keksa odami, deb Indoneziyada yashovchi 145 yoshli Sodimejo ismli erkak rasman tan olingan. Italiyada esa, kecha 29 noyabr kuni Emma Morano ismli ayol o`zining 117 chi tavallud ayyomini nishonladi. | 2Dunyo
|
Rossiya BMT XKda Fransiyaning Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi chiqdi
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga Fransiya tomonidan Suriya masalasida tayyorlangan hujjatga veto qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
Fransiya tomoni Xavfsizlik kengashiga Halabda harbiy aviatsiya parvozi man etilishini ko‘zda tutuvchi, shuningdek, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya etishga chaqirilgan rezolyutsiya loyihasini taqdim etgandi.
Hujjatga 11 ovoz berilgan, 2 ovoz qarshi bo‘lgan va kengashning yana 2 a'zosi betaraf qolgan.
Rossiyaning BMT qoshidagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Suriya bo‘yicha hech qanday loyiha 8 oktabrgacha ma'qullanmasligini ma'lum qilgan.
O‘z navbatida rasmiy Moskva BMT Xavfsizlik kengashiga Fransiya tomonidan tayyorlangan hujjatga muqobil tarzda ishlab chiqilgan Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasini taqdim etgan.
Bu loyihada BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning «Jabhat an-Nusra» jangarilarini Halabning sharqiy qismidan olib chiqish haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlangan. | 2Dunyo
|
“Maktablarda o‘quvchilarni kompyuterdan shunchaki foydalanuvchi emas, balki undan daromad topadigan mutaxassislar qilib tayyorlashimiz zarur” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Botanika bog‘ida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilishi haqida gapirdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
“Maktablarda o‘quvchilarni kompyuterdan shunchaki foydalanuvchi emas, balki undan daromad topadigan mutaxassislar qilib tayyorlashimiz zarur. Shu maqsadda, joriy yil yakuniga qadar umumta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi internetga ulash ishlari yakunlanadi. Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 5 mingta kompyuter sinflari tashkil etiladi.
Maktablarda axborot texnologiyalari darslari zamonaviy Kembrij dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi va o‘qituvchilar ham ushbu dasturlar asosida qayta tayyorlanadi. Xuddi shunday tizim barcha oliygohlarda ham joriy qilinadi”, — dedi Prezident.
Davlat rahbari 2021-yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston, Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Navoiyda yoshlar texnoparklari foydalanishga topshirilishini ma’lum qildi.
“Kelgusi yili Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm va Surxondaryoda ham shunday texnoparklar barpo etiladi. Shuningdek, yoshlarning startap g‘oyalarini saralab olishning ochiq-oshkora tizimi yo‘lga qo‘yilib, eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirishga kelgusi yilda budjetdan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratamiz.
Viloyat hokimlari yoshlarning ‘Biznesga birinchi qadam’ startap loyihalari tanlovini joriy etib,
har bir tumandan kamida uchtadan g‘oliblarga mahalliy budjetdan grantlar berib boradi. Bitta grantning summasi o‘rtacha 50 million so‘mni tashkil etadi.
Bu ishlarni samarali tashkil etishga Axborot texnologiyalari va Innovatsiya vazirliklari, Yoshlar agentligi hamda ularning quyi tuzilmalari mas’ul bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. | 8O‘zbekiston
|
Toshkentning Sergeli tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkentning Sergeli tumanidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Yong‘in haqidagi xabar O‘zbekiston FVV navbatchilik qismiga 15 aprel kuni soat 23:08 da kelib tushgan.
FVV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in korxonaning 1000 kv. maydonini qurshab olgan.
Taxminan 00:10 da yong‘in qurshab, nazoratga olingan, 02:05 da to‘liq bartaraf etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. | 5Jamiyat
|
UzAuto Motors va 10 yirik davlat korxonasi xususiylashtiriladi
UzAuto Motors va boshqa korxonalar xususiylashtiriladi. Bu haqda Toshkentda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston iqtisodiy forumida bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
“UzAuto Motors va davlat tasarrufidagi 10 ta yirik korxona 2023-yilgacha xususiylashtiriladi, ular orasida davlat hisobidagi ipoteka va sanoat qurilish banklari hamda OKMK kabi korxonalar bo‘lishi mumkin”, — dedi Jamshid Qo‘chqorov.
MIB UzAuto Motors’dan davlat foydasiga 257 mln so‘m boj undirdi
Bundan avval O‘zbekistonda Coca-Cola’ning davlat ulushi 252,2 million dollarga Turkiya kompaniyasiga sotilgani, Timur Ishmetov 2021-yil yakunigacha O‘zbekistondagi yirik bank xususiylashtirilishini aytgani hamda O‘zbekiston 2021-yil boshidan beri davlat aktivlarini xususiylashtirishdan qancha foyda ko‘rgani haqida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
General Motors dunyo bo‘ylab milliondan ko‘proq avtomobilini qaytarib olmoqda
General Motors (GM) konserni rul kuchaytirgichidagi nosozlik sababli butun dunyo bo‘ylab 1,2 mln ta avtomobilini qaytarib olmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Nosozlikni bartaraf etish uchun qaytarib olinayotgan mashinalar orasida 2015 yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet, GMC va Cadillac markalaridagi bir qator pikap va yo‘ltanlamaslar bor.
Kontsern ushbu nosozlik bilan bog‘liq 30 ta yo‘l-transport hodisasi va 2 kishi jarohat olgani haqida shikoyat olgan. Biroq nosozlik birorta o‘limga olib kelmagan.
Muammo avtomobilni ayniqsa kichik tezliklarda boshqarishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin va bu o‘z oqibatida to‘qnashuv xavfini oshiradi.
GM dilerlari muammoni bartaraf etish uchun nosoz avtomobillardagi rul kuchaytirgichi elektron moduli dasturiy ta'minotini yangilab berishadi. | 14Texnologiya
|
O‘zbekiston va Slovakiya vakillari o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdi
2016 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vaziri Abdulaziz Komilov Slovakiya Respublikasi ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyasiga bosh bo‘lib mamlakatimizga tashrif buyurgan Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi Davlat kotibi Lukash Parizekni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan “O‘zbekiston – Yevroittifoq” shaklidagi hamda ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
L.Parizek Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan biznes vakillari ishtirokidagi O‘zbekiston-Slovakiya davra suhbati va vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundini ijobiy baholadi.
Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
Qayd etilganidek, avvalroq Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan va 3 noyabr kuni Samarqand shahrida Slovakiya delegatsiyasi ishtirokida ochiladigan "Mo‘'jizaviy Slovakiya" hamda "Slovakiya rassomlarining 1967-2013-yillarda Bratislavadagi xalqaro bennalda taqdirlangan eng yaxshi asarlari" nomli ko‘rgazmalar ikki mamlakatda ham madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarga qiziqish o‘sayotganidan dalolat beradi.
Muzokaralarda Slovakiya elchisi Pavol Ivan ishtirok etdi. | 8O‘zbekiston
|
Instagram'dan biznes yoʻlida foydalanish: asosiy talablar
Mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining “Internet jahon aхborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilinganidan keyin ham davlat idoralari, ham хususiy sektor oʻz saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga e’tiborni kuchaytirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biznesni targʻib etish usullari haqida avval yozgan edik. Aynan Instagram’da buni qanday qilib toʻgʻri amalga oshirish хususida esa bugun suhbatlashamiz.
Yirik brend uchun Instagram’da profil boʻlishining oʻzi kamlik qiladi, albatta. Ammo kichikroq biznes, masalan, goʻzallik saloni, liboslar, poyabzal, pardoz-andoz mahsulotlari yoki oʻyinchoqlar doʻkoni sohibi boʻlsangiz, Instagram’da targʻibot olib borish ayni muddao boʻladi: bir nechta tarmoqlarda ma’lumotlar berish uchun kuch va vaqtingizni sarflab oʻtirishingizga hojat qolmaydi. Ayniqsa, oхirgi bir necha yil ichida mazkur tarmoq gurkirab rivojlanganini inobatga oladigan boʻlsak, undan biznesni rivojlantirish va savdo hajmini oshirish yoʻlida foydalanishni oʻrganish zarar qilmaydi.
Akkaunt yaratish va roʻyхatdan oʻtish
Kompyuterdagi har qanday brauzer yordamida tarmoqqa kirib, unda roʻyхatdan oʻtish mumkin. Har qanday akkauntni (tijoriy yoki shaхsiy) telefonga, Facebook’dagi akkaunt yoki email’ga ulash imkoni mavjud.
Telefoningiz iPhone boʻlsa, App Store’dan, android telefonlardan esa Google Play’dan «Instagram»ni yuklaysiz va uni oʻrnatasiz. Soʻngra roʻyхatdan oʻtish zarur. Agar yuqori sifatli fotosuratlar bilan ishlaydigan boʻlsangiz, Instagram’ni kompyuterga oʻrnatish shart. Ayniqsa, fotosuratchilar, internet-doʻkon sohiblari uchun mahsulotlarni namoyish etishda sifatli fotolardan foydalangan afzal. Ularning hajmi esa odatda katta boʻladi.
Roʻyхatdan oʻtish juda oson: instagram.com saytiga kirasiz, elektron manzil, foydalanuvchining ismi va parolni kiritasiz yoki Facebook orqali kirib, shu akkauntni Instagram’ga koʻchirib oʻtkazasiz.
Instagram boshqa ijtimoiy servislar bilan ham integratsiyalashadi, masalan, undagi postlar Facebook, Twitter, Odnoklassniki kabilarda ham boʻlishi imkoniyati mavjud.
Akkauntni shunday toʻldiringki, foydalanuvchilar sahifangizga kirgan zahoti kim ekaningiz va nima sotayotganingiz haqida dastlabki tasavvurga ega boʻlishsin. Buning uchun akkauntning nomi, surat hamda profil ta’rifini toʻgʻri keltirish zarur.
Bu - muhim. Instagram’da profil nomi har doim lotin shriftida yoziladi.
Avatar
Agar shaхsiy akkauntingiz boʻlsa, oʻzingizni brend sifatida taqdim etish niyatida boʻlsangiz, avatarga oʻz suratingizni joylashtiring. Ammo mahsulot sotish niyatida boʻlsangiz, uning fotosini qoʻyganingiz ma’qul. Yoki brendingiz logosi, doʻkon boʻlsa, uning tashqi yoki ichki surati ham boʻladi.
Nomlash
Profilni nomlash uchun kompaniyangiz nomi va/yoki faoliyatingiz mohiyatini ochib beruvchi soʻzlardan foydalanishingiz mumkin.
Kompaniya yoki mahsulotga nom tanlash haqida batafsil bu yerda
Profil tasnifida taklif etayotgan mahsulotingiz/хizmat mohiyatini qisqacha ochib bering. Shuningdek, bogʻlanish uchun telefonlar, manzil, jumladan, saytingiz manzilini kiriting. Shunday sozlangki, fotolaringizni istagan odam koʻra olsin.
Tovarlaringiz suratini chop eting
Instagram'dagi akkauntni doʻkon peshtaхtalaridek bezash talab etiladi. Buning uchun tovarlar fotolarini joylab chiqish kerak. Professional darajada olingan fotosuratlarga pul sarflashdan ogʻrinmang. Siz olgan suratlar chiroyli chiqishiga shubha yoʻq. Ammo professionalning qoʻli tekkan mahsulot oʻziga shunchalik jalb etadiki, odamning uni darhol sotib olgisi keladi.
Koʻngilochar suratlarni muntazam berib boring
Auditoriyaga kayfiyatni koʻtaradigan hazil postlar juda yoqadi. Quvnoq fotolar biznesingiz bilan bogʻliq boʻlsa, nur ustiga a’lo nur.
Folloverlar
Instagram'dan foydalanish samaradorligi akkauntingiz folloverlarining soni bilan chambarchas bogʻliq. Obunachilar sonini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
Video imkoniyatlari
2013 yilning oʻrtalaridan boshlab Instagram foydalanuvchilari davomiyligi 15 soniyadan iborat boʻlgan videolarni yaratish va e’lon qilish imkoniyatiga ega. Instagram’dagi videolarni saytingizga havola bilan joylashtirish imkoniyati borligi ham e’tibordan chetda qolmasin.
Tanlovlar
Gʻoliblik uchun qimmatbaho sovgʻalar beriladigan tanlovlar foydalanuvchilarning faolligini oshiradi. Qoʻshimcha obunachilar toʻplash va auditoriya хayriхohligini qoʻlga kiritish uchun ushbu dastakdan unumli foydalansangiz boʻladi. Murakkab boʻlmagan, hazilomuz tusdagi shartlarga ega tanlovlar qoʻl keladi. Masalan, eng yaхshi fotoni siz, mushukchangiz va toʻtiqushingizdan iborat hakamlar hay’ati aniqlashini e’lon qilsangiz boʻladi.
Chegirma va bonuslar
Facebook'ning deyarli 65% foydalanuvchilari chegirmalarga ega boʻlish uchungina kompaniyalar sahifalariga obuna boʻlishadi. Bonuslar va’da qilsangiz, Instagram foydalanuvchilari ham akkauntingizga faolroq yozila boshlashadi. Fotolarni repost qilish, izohlar qoldirish bilan bogʻliq tanlovlarni koʻplab oʻylab topish mumkin.
Mahsulot imkoniyatlari
Tovarning imkoniyatlarini namoyish etib, talabni kuchaytirish mumkin. Video va foto fayllarda ishlab chiqarayotgan mahsulotlaringizning oʻziga хosliklari haqida soʻzlab bering.
Targʻibotining samaradorligini oʻlchash
Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarda marketing samaradorligining odatiy oʻlchovlari: layklar, izohlar, boʻlishishlar (repost), kompaniya saytiga oʻtishlar sonini kuzatib boring. Xorijiy tildan yaхshi хabaringiz boʻlsa, Curalate hamda Blitzmetrics servislaridan foydalansangiz boʻladi: ular samaradorlik natijalarini hisoblab, jadvallarda taqdim etadi.
Iste’molchilar bilan muloqot
Agar tovar ishlab chiqarayotgan boʻlsangiz, tovarlar suratini e’lon qilishning oʻzi kamlik qiladi. Mijozlaringiz undan qanday foydalanayotgani aks etgan suratlar ham ish beradi. Agar хizmatlarni reklama qilayotgan boʻlsangiz, eng yaхshi хodimlaringizni ish ustida suratga olib, saytga joylashingiz mumkin.
Foydalanuvchilarga ularning e’tibori Siz uchun naqadar qiymatli ekanini namoyish eting. Kompaniyaningiz faoliyati ta’kidlangan postlar, izohlarga layk bosing, izohlar qoldiring. Ham ijobiy, ham salbiy fikr-mulohazalarga munosabat bildirish zarur.
Oʻz mijozlaringizga shaхsan murojaat eting. Masalan, foydalanuvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov gʻolibini e’lon qilayotganda, @ belgisidan foydalangan holda gʻolibga shaхsan yuzlaning.
Suratlarga хeshteglar
Xeshteglar maqsadli auditoriyaga tovarlaringizni topishga yordam beradi. Odatda bir foto tagiga 4-5 ta хeshteg yozgan ma’qul. Xeshteglardan (#) faol foydalanish sahifangiz obunachilari sonini oshirish shubhasiz. Ularning yordamida fotolarni bir guruhga birlashtirish va buning yordamida ularning umumiy ma’nosidan biroz chetlashish mumkin.
Postlar
Har oyning oхirida keyingi oyda beriladigan postlar rejasini ishlab chiqing va uni bir jadvalga soling. Bir yoʻla barcha bayramlarni ham belgilang va ularga atab maхsus postlar tayyorlab qoʻying. Shu sanalarga moslab aksiya, tanlovlar tashkil etsa ham boʻladi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 10Qonunchilik
|
«U zalni hech narsaga ishlatib bo‘lmaydi». Vazir sobiq jamg‘arma moliyalashtirgan sport zallarini tanqid qildi
2002 yilda O‘zbekistonda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilgan va o‘tgan yilga qadar uning mablag‘lari hisobidan respublika bo‘ylab keng ko‘lamda sport majmualarini qurish ishlari olib borilgan edi. Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevning fikricha, yillar mobaynida ushbu jamg‘arma tomonidan namunaviy loyihalar asosida sport inshootlarini bunyod etish ishlariga noto‘g‘ri yondashib kelingan.
«Yillar davomida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ko‘p-ko‘p sport inshootlari foydalanishga topshirilgan. Bilasizlar, ularning hammasi «tipovoy» bo‘lgan. Loyihalar beshta tipdan iborat bo‘lgan», – degan Nabiyevning matbuot anjumanidagi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Ularning qurilishiga joylashuvi, sharoitidan kelib chiqib yondashilmagan. Chunki, misol uchun, joylarda yurganda ko‘ramiz, 18x42 o‘lchamdagi katta zal, uni o‘rtasida bitta ring qo‘yib qo‘yadi. Shu bilan uni na mini-futbolga, na voleybolga, na basketbolga, na badminton va na gandbolga ishlatsa bo‘ladi. U zalni hech narsaga ishlatib bo‘lmaydi. Yoki teskarisi, zal kichkina. Bu sport zallari sport o‘yinlariga mo‘ljallanmagan va aholi sonidan kelib chiqmagan holda qurib qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan yurtboshimiz topshiriq berdilar. Bu tashabbus dastlab Sirdaryo viloyatida amalga oshiriladi. Tez bitadigan, yengil konstruksiyadan iborat, sendvich panellar asosida quriladigan yangi loyihalar ishlab chiqildi. Ular zamonaviy, ko‘p xarajat talab qilmaydi, isitish va sovutish ham oson. Bunday binolarga xizmat ko‘rsatish ham juda qulay», – deya aytib o‘tdi Dilmurod Nabiyev.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda sport inshootlari qurilishi va ta'miri bo‘yicha 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil mart oyida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va uning hududiy bo‘linmalari tugatilib, ularning negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan edi. | 13Sport
|
Toshkentdagi maktabda LGBTga qarshi kurash sifatida o‘quvchilarning kalta paypoq kiygan-kiymagani tekshirilgani aytilmoqda
Toshkent shahridagi maktablarning birida o‘quvchilarning kalta paypoq kiygan-kiymagani tekshirildi. Bu haqda bloger, adliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Soatova Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, bu holat bolalarga LGBTga qarshi kurash, deb tushuntirilgan.
“Kecha o‘g‘limning sinfiga kirib, dars payti bolalarning oyoq kiyimini yechtirib, paypog‘ini ko‘rishibdi: kaltami-uzunmi? Kalta paypoqli oyoqlarni suratga olishibdi. Buni LGBTga qarshi kurash, deb tushuntirishibdi”, — deb yozadi bloger.
Shuningdek, u maktablarga dars o‘rniga LGBT mavzusini ortiqcha eslatadigan ma’ruzalar kirib borganini qoralagan.
“Dars o‘rniga LGBT mavzusini ortiqcha eslatadigan ma’ruzalar kirib bordimi maktablarga? Absurd darajaga olib chiqyapsizlar-ku antitarg‘ibotni. Mavzuni yopinglar endi, hech bo‘lmasa, maktablarda! Men buni ham LGBT targ‘iboti deb baholayman, qora piar ham piar, axir”, — deydi Shahnoza Soatova.
Uning surishtiruviga ko‘ra, xalq ta’limi tizimidan bunday topshiriq berilmagan.
“Demak, boshqa bir tashkilotning topshirig‘i. Biz bolalarimizni maktabga jo‘natar ekanmiz, ularning ta’limini ham, tarbiyasini ham o‘zimiz taniydigan, bolalarimiz bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan o‘qituvchisiga va maktabga ishonamiz. Biroq maktabga xo‘jayin ko‘p, hamma o‘zining ‘yo‘l xaritasi’ni, dasturini bajarishi kerak, shunga dars payti eshikni tepib kirib boraverishadi. Dars muqaddas, ta’lim muqaddas degan tushuncha yo‘q. Har safar bolalar maktabdan “darsda formamizni tekshirdi, galstuk taqmaganlarni urishdi” deb kelganida, barbod bo‘lgan darsga achinaman”, — deb ta’kidlagan u.
Adliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisining ta’kidlashicha, tarbiya soatiga aylanib, LGBTning kalta paypoqqa bog‘liqligi to‘g‘risida ma’ruza o‘qilgan 20 daqiqa o‘zbek tili darsida bo‘lgan.
“Til jonkuyari sifatida menga ikki karra alamli bu hol. Shu 20 daqiqalik bilimning o‘rnini qachon to‘ldirish to‘g‘risida o‘sha “yo‘l xarita”larida nimadir deyilganmi? Nechta sinfda qanchalab 20-30 daqiqalar ketyapti bunga? Savodi, bilimi bo‘lmagan odamni ma’naviyatli qilish mushkulligini, hamma ezguliklar, yuksak ma’naviyat ham, avvalo bilim va savod ustiga qurilishini bilmaymizmi?
Yumshoq targ‘ibot yo‘lidan borib, tarbiyani dars va ta’lim tizimiga aralashmagan holda, darslarda ma’ruza emas, darsdan tashqarida yuksak qadriyatlarni aks ettirgan san’at, adabiyot asarlarini sahnalashtirish, tomosha qilish, bepul to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish orqali amalga oshirsa bo‘lmaydimi?”, — degan u.
“Aytgancha, kim qaysi konspirologik nazariyaga ishonsa, o‘zining ishi. Lekin bola paypog‘ining uzunligini o‘zi va ota-onasi hal qiladi!”, — deya so‘zlarini yakunlagan Shahnoza Soatova.
Eslatib o‘tamiz, “Munosabat” ijtimoiy-siyosiy teleko‘rsatuvida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Mansur Musayev Yevropada kalta paypoq noan’anaviy jinsiy oriyentatsiya vakillarining ramzi ekanligini aytgandi. | 8O‘zbekiston
|
Bugun Bosh vazir o`rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari 2 ta eng muhim masala bo`yicha hisobot beradi
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta`minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar bermoqda.
Prezident yig`ilish avvalida bugun Bosh vazir o`rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari quyidagi 2 ta eng muhim masala bo`yicha hisobot berishini ta`kidlagan:
● hokim yordamchilari 3 oylik faoliyatining dastlabki natijalari;
● aholi bandligini ta`minlash bo`yicha birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar.
Yig`ilishda qayd etilishicha, hokim yordamchilari uch oy davomida 35,3 million aholi yashaydigan 6 million 900 ming xonadonni to`liq xatlovdan o`tkazib, ularni 4 ta toifaga ajratgan.
Bular:
Ya`ni, yangi tizim orqali har bir hokim, uning iqtisod bo`yicha 1-o`rinbosari va hokim yordamchilari aholining 64 foizi bilan manzilli ishlash kerakligini bilib oldilar.
Bu borada, joylardagi mutasaddi rahbarlar va hokim yordamchilari birinchi va ikkinchi toifadagi xonadonlar bilan ishlab, 3 oyda 736 ming nafar fuqaroning bandligini ta`minladi hamda 54 ming nafar fuqarolarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitdi. | 5Jamiyat
|
Toshkentda 22 yoshli yigit nima sababdan o‘zini metro poyezdi ostiga tashlagani ma’lum bo‘ldi
Toshkent metropolitenining “Pushkin” bekatida 22 yoshli A.B. qasddan poyezd yo‘lagiga o‘zini tashlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
14-aprel kuni soat 17:30 larda “Pushkin” metro bekatida 22 yoshli yigit o‘ziga tanish bo‘lgan qiz bilan o‘zaro muammosi borligi tufayli gap talashib, kelisha olmaganidan so‘ng o‘zini elektropoyezd tagiga tashlagan.
Fuqaro tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganida, unga hech qanday tan jarohati yetmagani aniqlangan.
“Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Bundan avval Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak voqea joyida vafot etgani va Navoiyda 33 yoshli erkak o‘zini poyezd tagiga tashlab, vafot etgani haqida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
Foto: Xonanda Jahongir Otajonovning 2016-yilgi konserti videoga olinmaydi
Xonanda Jahongir Otajonovning 2016-yil 3—5-iyun kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘ladigan “Ishtiboh” nomli konsert dasturining videosi muxlislar e’tiboriga havola qilinmaydi. Xonandaning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, konsert dasturida tasvirchilar guruhi ishlamaydi.
Konsertga tayyorgarlik jarayoniga ikki oydan ziyodroq davom etayotgan va dastur taqdimotiga hech qancha vaqt qolmagan bo‘lsa-da, Jahongir Otajonov repetitsiyalarda o‘z sozandalariga nisbatan talabchanlikni biroz bo‘lsa-da kamaytirayotgani yo‘q.
Jahongir Otajonov bo‘lajak konsertida, o‘z tinglovchisini topib ulgurgan mashhur taronalari bilan bir qatorda, sakkizta yangi qo‘shiqni muxlislar e’tiboriga havola qiladi.
Quyida konsertoldi jarayonlaridan tayyorlangan fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin. | 7Madaniyat
|
Transport vositalarini majburiy tarzda texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq avtomototransport vositalarining texnik holatini aniqlash yuzasidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini yanada oshirish, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
a) oxirgi 3 yil davomida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalarini yalpi xatlovdan o‘tkazilishini uch oy muddatda ta’minlasin;
b) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasini 2019-yil 1-iyunga qadar shakllantirsin;
belgilangan muddatda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalarini boshqarganlik holatlarini “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmini 2019-yil 1-iyulga qadar amaliyotga joriy qilsin;
v) O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida haftaning har juma kuni o‘tkaziladigan “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” doirasida:
mazkur qarorning mohiyati va ahamiyati hamda avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi majburiyligi va muhimligini;
utilizatsiya yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘lib sotish uchun hisobdan chiqarilayotgan foydalanilmayotgan avtomototransport vositalarining egalari, ularni o‘z vaqtida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishga taqdim etmaganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmasliklari keng yoritilishini ta’minlasinlar;
g) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan va majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, jismoniy shaxslarning foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi va mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Nizom yuridik shaxslarning foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish uchun tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalariga tatbiq etilmaydi.
3. DYHXX organlari tomonidan o‘tkaziladigan majburiy texnik ko‘rikning umumlashtirilgan yakuniy natijalariga ko‘ra hisobot yilida majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilishi belgilangan, biroq texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari ro‘yxati hisobot yilining 10-noyabrigacha elektron va bosma shakllarda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq tuziladi.
Bunday avtomototrasport vositalarining ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlarining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi, guruhi) hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda DYHXX hududiy organi deb ataladi) tomonidan tuman (shahar) bo‘yicha tuziladi.
4. DYHXX hududiy organi rahbari tomonidan hisobot yilining 20-noyabriga qadar majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari egalariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq bildirishnomalar yuboriladi.
Bildirishnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
belgilangan muddatda texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototrasport vositasining rusumi va davlat raqami belgisi;
avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishning majburiyligi va muhimligi;
texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori;
texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati;
avtomototransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyiga olib borish mumkin bo‘lmagan taqdirda avtomototransport vositasi egasining yoki vakolatli shaxsning majburiyatlari;
avtomototransport vositalarining texnik ko‘rigi o‘tkaziladigan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
5. Hisobot yilining 1-dekabriga qadar oxirgi uch yil davomida majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining ro‘yxati DYHXX hududiy organlari tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi.
6. Majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining tasdiqlangan ro‘yxati nusxalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan ro‘yxatga kiritilgan avtomototransport vositalarining hududiyligi bo‘yicha ichki ishlar tuman (shahar) boshqarma (bo‘lim)lariga yuboriladi.
7. Ichki ishlar organlarining tuman (shahar) boshqarma (bo‘lim)lari tomonidan hisobot yilining 31-dekabriga qadar oxirgi uch yil davomida majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining tasdiqlangan ro‘yxatiga asosan:
ro‘yxatga kiritilgan avtomototransport vositalarining ichki ishlar organlari tayanch punktlari bo‘yicha ro‘yxatlari ishlab chiqiladi;
hududida ro‘yxatda turgan va oxirgi uch yil davomida majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari egalarining turar joy manzili bo‘yicha, fuqarolarning turar joy daxlsizligini buzmagan holda, ularning roziligi bilan inventarizatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Inventarizatsiya jarayoni hududiy ichki ishlar organlari boshlig‘ining buyrug‘i asosida DYHXX xodimlari hamda profilaktika inspektoridan iborat tarkibda tuziladigan guruh tomonidan amalga oshiriladi. Guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Inventarizatsiya jarayoniga, zaruratdan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligi va boshqa xizmatlari, shuningdek, shu hudud fuqarolar yig‘inlari faollari (vakillari) va hududiy nodavlat tashkilotlari vakillari ham jalb etilishi mumkin.
8. Inventarizatsiya jarayonida:
avtomototransport vositasining egasi mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq bildirishnomadagi ma’lumotlar bilan tanishtiriladi, zarur holatlarda, profilaktik tushuntirish ishlari o‘tkaziladi;
avtomototransport vositasi egasi (yoki uning qarindoshi, vakolatli vakili)ning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati, ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomasi (texnik pasporti)ning amalda mavjudligi, butligi, texnik holati va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari ko‘zdan kechiriladi;
ko‘zdan kechirilayotgan avtomototransport vositasi bilan bog‘liq yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlansa, ushbu holat belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi;
avtomototransport vositasi mavjud bo‘lmasa, uning qayerda va qanday asosga ko‘ra foydalanilayotganligi yoki saqlanayotganligi, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligining sabablari aniqlanadi.
Ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada ko‘zdan kechirilgan avtomototransport vositasining texnik holati to‘liq aks ettiriladi.
Avtomototransport vositasining holati yuzasidan tuzilgan dalolatnoma guruh a’zolari, avtomototransport vositasining egasi (yoki uning qarindoshi, vakolatli vakili) va xolislar tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma har bir avtomototransport vositasi uchun alohida tuziladi.
9. Inventarizatsiya natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarning nusxalari DYHXX organining avtomototransport vositasi hisobda turgan tegishli ro‘yxatga olish-imtihondan o‘tkazish bo‘lim (bo‘linma)lariga va DYHXX hududiy organiga yuboriladi, bir nusxasi avtomototransport vositasining egasiga beriladi.
10. Inventarizatsiya natijasidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositasining egasiga:
kelgusida avtomototransport vositasidan foydalanmoqchi bo‘lgan taqdirda, uni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
davlat raqami belgisi va (yoki) avtomototransport vositalarining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi yo‘qotilganligi aniqlanganda, yangi davlat raqami belgisi va (yoki) ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi olish;
avtomototransport vositasi belgilangan tartibda kelgusida foydalanishga yaroqsiz deb hisoblanganda, bir oy muddatda uni ta’mirlab, foydalanishga yaroqli holga keltirib majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarish haqida xabarnoma yuboriladi.
11. Inventarizatsiya natijasi yoki o‘z xohishiga ko‘ra mulkdor o‘ziga tegishli avtomototransport vositasini qismlarga bo‘lingan holda sotish yoki utilizatsiyaga topshirish uchun DYHXX organlariga hisobdan chiqarish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, avtomototransport vositasining davlat raqami belgisi yoki ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, shuningdek, avtomototransport vositasining davlat raqami belgisi yoki ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi yo‘qotilganligi natijasida taqdim etilmagan yoki yaroqsiz holda taqdim etilganda ham avtomototransport vositasi 1 ish kunida hisobdan chiqariladi.
12. Belgilangan tartibda foydalanishga yaroqsiz deb hisoblangan avtomototransport vositalarining egalari xabarnoma yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida avtomototransport vositalari DYHXX organlariga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etmagan taqdirda, avtomototransport vositasi DYHXX hududiy organi boshlig‘i qaroriga asosan hisobdan chiqariladi va bu haqda 3 ish kunida avtomototransport vositasining egasiga yozma tartibda xabardor qilinib, qabul qilingan qaror yuzasidan sudga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Tegishliligidan qat’i nazar, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasarruf etilishi taqiqlangan yoki xatlab qo‘yilgan barcha avtomototransport vositalari bundan mustasno.
DYHXX hududiy organi boshlig‘i qaroriga ko‘ra majburiy hisobdan chiqarilgan avtomototransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom talablari asosida qayta hisobga qo‘yilishi mumkin. Bunda avtomototransport vositasini ehtiyot qismlar va agregatlardan tayyorlash va yig‘ish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan beriladigan ruxsat asosida amalga oshiriladi.
13. DYHXX hududiy organi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra hisobdan chiqarilgan avtomototransport vositalarining alohida ro‘yxati yuritiladi.
14. Belgilangan tartibda foydalanishga yaroqsiz deb hisoblangan, mulkdorning xohishiga ko‘ra utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish jarayonida mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositasining davlat raqami belgilari yoki ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi yo‘qolganligi, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun jarimaga tortilmaydi.
Bunda mulkdor yo‘qolgan davlat raqami belgilari yoki ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi topilgan taqdirda ularni hududiy DYHXXga topshirish hamda ulardan noqonuniy foydalanganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Avtomototransport vositasining egasiga belgilangan tartibda avtomototransport vositasining foydalanishga yaroqli bo‘lgan qismlari va raqamli agregatlarini realizatsiya qilish uchun yoki hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotnoma beriladi.
15. Avtomototransport vositalarining davlat raqami belgisi yoki ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi yo‘qolganligi holatlari bo‘yicha DYHXX organlari tomonidan ularni qidirish harakatlari amalga oshiriladi.
16. Avtomototransport vositalarini utilizatsiyaga qabul qilish “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tartib asosida “O‘zmetkombinat” AJning hududiy korxonalari yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 10Qonunchilik
|
Ingenuity o‘rniga. Xitoyliklar Marsni tadqiq etishga mo‘ljallangan vertolyotni namoyish etdi
Xitoyda NASA tomonidan yaratilgan Ingenuity’ni yodga soluvchi vertolyotni taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Xitoy Fanlar akademiyasi Kosmik fanlar milliy markazi (NSSC) saytida aytilishicha, taqdim etilgan loyihalarning barchasi “Mars yuzasini tadqiq etish kaliti” hisoblanadi. Hammasidan ham Marsda parvoz qilishga mo‘ljallangan prototip o‘ziga jalb qiladi.
Drondan tashqari, “Qizil sayyora” yuzasini tadqiq etishga mo‘ljallangan yangi qurilmalar ham taqdim etilgan. Aftidan, ular yordamida Xitoy marsolyot yoki bo‘lajak roverlari jihozlanadi. Gap mikrospektrometr, lazer zondlash tizimi va boshqa ixtirolar haqida ketmoqda.
Xitoy dronining tashqi ko‘rinishini Amerika Ingenuity’siga o‘xshashligi tasodifiy emas: ularning ikkisi ham bitta sayyorani tadqiq etishga mo‘ljallangan, bir tipli atrof-muhit sharoitida yaxshi ishlaydi.
Ta’kidlash kerakki, Ingenuity Marsni zabt etishga muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Yaqinda Amerika marsolyoti sayyoraning yangi suratlarini yuborgan.
Avvalroq Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi Marsga qo‘ngan “Chjujun” marsoxodi tomonidan yuborilgan fotosuratlarni e’lon qilgandi. | 14Texnologiya
|
Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilarni 1 yilgacha muddatga bepul o‘qitishga qabul qilish va ularni qayta tayyorlash hamda kirish malaka imtihonlari (testlari)ni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 37-son, 431-modda) muvofiq buyuraman:
1. Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilarni 1 yilgacha muddatga bepul o‘qitishga qabul qilish va ularni qayta tayyorlash hamda kirish malaka imtihonlari (testlari) ni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 37-son, 431-modda) muvofiq Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tanlangan yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha 1 yilgacha muddatga bepul o‘qitish va qayta tayyorlash (keyingi o‘rinlarda o‘qish deb yuritiladi) uchun o‘quvchilarni qabul qilish hamda kirish malaka imtihonlarini (testlari) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom Markaz tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli pulli kurslarga o‘qishga qabul qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1. Markazga unda o‘qish istagini bildirgan fuqarolar, jumladan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfini tamomlagan, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish markazi deb yuritiladi) qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan hamda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan berilgan yo‘llanmasi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qishga qabul qilinadi.
2. Markaz o‘qishga qabulni tashkil qilish uchun o‘qitishning navbatdagi bosqichi boshlanishidan oltmish kun oldin o‘zining qabul rejasini tuzadi va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga kiritadi.
3. Qabul rejasining kelishuvi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Bandlikni tahlil qilish va mehnat bozorini tartibga solish boshqarmasi tomonidan ta’minlanadi.
4. Markazning o‘qishga qabul rejasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan kundan boshlab uch kun ichida Markaz tomonidan ommaviy axborot vositalarida o‘qishning asosiy yo‘nalishlari va qabul uchun shartlar, talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati, Markaz manzili va murojaat uchun telefon raqamlari ko‘rsatilgan holda o‘qishga qabul to‘g‘risida e’lon beriladi.
5. Markazda o‘qish uchun qabul o‘qitishning navbatdagi bosqichi boshlanishidan qirq besh kun oldin boshlanadi va o‘n besh kun davomida amalga oshiriladi.
6. Markazga o‘qishga kirish uchun qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
Markaz direktorining nomiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
pasport nusxasi;
ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (diplom yoki attestat);
Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanmaning asl nusxasi;
sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumotnoma;
35 x 45 mm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat.
Pasport qabul komissiyasining mas’ul xodimiga fuqaro tomonidan shaxsan ko‘rsatiladi.
7. O‘qishga qabul qilingan fuqarolarning mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlari hamda o‘qish davrida unga nisbatan qabul qilingan hujjatlar uch yilgacha Markazda saqlanadi va qonun hujjatlariga muvofiq Markaz tomonidan davlat arxivi organlariga topshiriladi.
8. Tegishli hujjatlarni topshirgan fuqarolarga hujjatlarning qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.
9. Qabul uchun mas’ul shaxs tomonidan hujjatlarni qabul qilib olish vaqtida fuqaroning yotoqxonaga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi va bu haqda fuqaroning hujjatlari yig‘ma jildiga tegishli yozuv kiritib qo‘yiladi.
10. Markazda o‘qish istagini bildirgan fuqarolarning hujjatlari qabul komissiyasining ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi. Ishchi guruh Markaz direktorining buyrug‘i bilan Markaz xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi.
11. Qabul komissiyasi quyidagi to‘qqiz kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi:
komissiya raisi — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmasi rahbari;
komissiya raisi o‘rinbosari — Markaz direktori;
komissiya kotibi — Markaz direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
komissiya a’zolari — Toshkent shahar va Toshkent viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari va Markazning bo‘lim boshliqlari.
12. Quyidagilar qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘qish istagini bildirgan fuqarolarni ro‘yxatga oladi va ularning hujjatlarini qabul qilish ishini tashkillashtirish;
qabul rejasiga o‘qish istagini bildirgan fuqarolardan tushgan arizalarni inobatga olgan holda belgilangan qabul kvotasi (360 ta) doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
kirish imtihonlarini o‘tkazish jadvallari va test savollarini tasdiqlash;
kirish imtihonlarini o‘tkazish sanasini belgilash;
Markaz mutaxassislari, o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy savollarni imtihonlar boshlanishidan o‘n kun oldin Markazning e’lonlar taxtasiga joylashtirilishini ta’minlash;
kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning ro‘yxatini tasdiqlangan holda Markaz rahbariyatiga taqdim etish;
kirish imtihonlarining natijasidan norozi bo‘lgan fuqarolarga asoslantirilgan javoblar berilishini ta’minlash.
13. Kirish imtihonlari qabul komissiyasi va Markaz xodimlari tomonidan test o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda, kirish imtihonlarida Koreya Xalqaro Hamkorlik agentligining (KOICA) tegishli mutaxassislari o‘z xohishlariga ko‘ra ishtirok etishi mumkin.
14. Test savollari markazda o‘qish istagini bildirgan fuqaroning tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha umumiy bilim darajasini aniqlash va baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib, matematika, geometriya, fizika va informatika bo‘yicha savollarni o‘z ichiga oladi.
15. Test savollari alohida raqamlangan hamda har bir savolga to‘rt xil javob varianti berilgan va shulardan biri to‘g‘ri javob hisoblangan ellikta savoldan iborat bo‘lgan savollar kitobida taqdim etiladi. Savollar kitobi test o‘tkazilishidan bir kun oldin ishchi guruh tomonidan tayyorlanadi. Savollar kitobini saqlash bo‘yicha mas’uliyat qabul komissiyasi kotibining zimmasiga yuklanadi.
16. Kirish imtihonlari Markaz binosida o‘qishga kiruvchilar uchun qulay sharoitda o‘tkaziladi. Imtihon vaqtida imtihon o‘tkazilayotgan xonada begona shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarga test savollarini echish uchun 120 minut vaqt beriladi. Test savollariga berilgan javoblar Markaz o‘qituvchilari tomonidan tekshiriladi.
17. Har bir to‘g‘ri javob uchun ikki ball qo‘yiladi va ballar yuqoridan pastga qarab ketma-ketlikda joylashtiriladi. Tegishli yo‘nalish uchun belgilangan qabul kvotasi doirasida yuqori ball olgan fuqarolar imtihondan o‘tgan hisoblanadi.
18. Imtihon natijalari u o‘tkazilgan kundan boshlab besh kun ichida Markazning e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi va bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Markazning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
19. Kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolar ro‘yxati qabul komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
20. O‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning ro‘yxati uch kun ichida Markaz tomonidan Bandlikka ko‘maklashish markazlariga yuboriladi. Kirish imtihonidan o‘ta olmagan shaxslar Markazda o‘qitishning navbatdagi bosqichida o‘qish uchun qayta ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
21. Markazda o‘qish uchun qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan kelgan o‘quvchilar belgilangan miqdor doirasida (100 o‘rin) Markaz tomonidan yotoqxona bilan ta’minlanadi.
22. O‘quvchilar yotoqxonaga Markazning Pedagogik kengashi qaroriga asosan joylashtiriladi.
23. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan. | 10Qonunchilik
|
Fransiya Bo‘stonliqda sayyohlik zonalarini obodonlashtirish bilan shug‘ullunadi
Fransiya konsorsiumi Chorvoq suv omborida qishki va yozgi sport inshootlari, akvaparklar, ekoturizm yoki alpinizmni rivojlantirish uchun dam olish markazlarini aniqlaydi. Bu haqdagi kelishuv 21 noyabr kuni turizm infratuzilmalarini rivojlantirish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi Orex Loisirs, Compagnie des Alpes, Geode, Egis, Epode, Patriarch kompaniyalari vakillari va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan imzolandi, deya xabar berdi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
Bo‘stonliq tumanida sayyohlik zonalarini obodonlashtirish bo‘yicha
texnik-iqtisodiy asoslarni (TIA) ishlab chiqish Fransiya ajratgan grant hisobiga moliyalashtiriladi.
Konsorsium mutaxassislari hududni dastlabki o‘rganishga kirishib
ulgurdi. Ko‘lni ifloslantirish va landshaftning yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kompaniyalar
qurilish qoidalari, kanalizatsiyaga ulanish, yerdan foydalanish shartlarini hamda zarur
infratuzilmalar qiymatini hisob-kitob qilib chiqishni taklif etmoqda.
Fransiya rivojlantirish agentligi Chorvoq to‘g‘onini kompleks
boshqarish bo‘yicha takliflarni ilgari surmoqda. Shu orqali suv omboridan turizm va
qishloq xo‘jaligi, shuningdek elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadlarida optimal
foydalanish imkoniyati yaratiladi.
2014 yilda fransuz kompaniyalari konsorsiumi hududning
sayyohlik salohiyatiga baho berish uchun O‘zbekistonga kelgan edi. 2017 yilda esa
O‘zbekiston Bo‘stonliq tumanida erkin turistik zonaga asos solib, yana bir bor
ularga murojaat qilindi.
Konsorsiumning ko‘plab ishtirokchi kompaniyalari Fransiyadagi qadimgi
Shamoni kurort-shahri,
baland osma yo‘lli tog‘-chang‘i trassasi hamda Ansi ko‘li qirg‘og‘ini obodonlantirish bilan shug‘ullangan. Ular turistik hududlarni ekologiya va ekotizimlarga ehtiyotkorona munosabatda barqaror rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi. | 4Iqtisodiyot
|
Urganch tumanidagi “Xorazm qovunlari” MChJ qovunlarni zamonaviy usulda qayta ishlab, eksport qiladi
Xorazm qovunlari dovrug‘i azaldan dunyoga mashhur. Shu bois ushbu totli ne’matning xorijda ham xaridorlari bisyor. Buni hisobga olgan tadbirkor Sa’dulla Xo‘jayev tashqi bozor talablarini puxta o‘rganib, yangilikka qo‘l urdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi” gazetasi.
Natijada Urganch tumanining Bekobod qishlog‘ida chet el investitsiyasi ishtirokida “Xorazm qovunlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Shu tariqa vohada yetishtiriladigan qovunlarni zamonaviy usulda qayta ishlab, eksportga jo‘natish imkoniyati yaratildi.
— Qiymati 500 ming AQSh dollarilik texnologiyalarimiz yiliga 300 tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega, — deydi korxona rahbari S. Xo‘jayev. — Ushbu ilg‘or uskunalar yordamida po‘chog‘idan ajratib olingan qovun mag‘zi qayta ishlanib, qadoqlanadi va muzlatiladi. Uning urug‘lari esa saralanib, quritilib, kelgusi yil hosili uchun fermer xo‘jaliklariga tarqatiladi. E’tiborlisi, mahsulotlarimizni to‘liq eksportga jo‘natishni rejalashtirayapmiz.
Yana bir muhim jihati, 25 kishining bandligi ta’minlangan korxonaga eksportbop qovun yetishtirish uchun 50 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Bu yerda hosilni sifatli saqlash maqsadida 400 tonna sig‘imga ega muzlatkich ham bunyod etildi. | 8O‘zbekiston
|
“O‘zstandart” Navoiydagi xususiy korxonada ishlab chiqarilgan biokefir sifati talabga javob bermasligi haqida ogohlantirdi
Respublika hududida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi bozor va do‘konlarda Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “Jonpulot Javohir Kelajagi” xususiy korxonasida ishlab chiqarilgan “Bio Kefir” mahsulotining sifati standart talablariga javob bermasligi aniqlandi, bu haqda “O‘zstandart” matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Xususan, mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan hamda yorliqlanishi standart talablariga javob bermaganligi ma’lum bo‘ldi.
Departament xodimlari tomonidan mazkur korxona mas’ullariga ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro standartlarni qo‘llash orqali mahsulot sifatini oshirish tavsiya etildi. | 8O‘zbekiston
|
Karyerasi uchun oila qurganini ommadan yashirgan Bollivud yulduzlari
Hind sanoati vakillaridan kimlar muxlislarini yo‘qotishdan qo‘rqib yoki faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun turmush qurganini sir tutgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Amir Xon va Rina Datta
Bir-biriga qo‘shni bo‘lgan Amir Xon va Rina o‘smirlik davridayoq bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan. Qiz musulmon bo‘lmagani uchun ularning ota-onalari to‘yga qarshilik qilgan, ammo shunga qaramay, juftlik 21 yoshida turmush qurgan. 1986-yilda ular uyidan qochib ketgan. Ilk “Hukm” (1989) filmi ekran yuzini ko‘rgan vaqti aktyor muxlislarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun uzoq vaqt davomida uylanganini oshkor qilmagan. Birga 16 yil yashagan Amir va Rina 2002-yilda ajrashgan.
Shridevi va Boni Kapur
Shridevi Boni Kapur bilan munosabatlarini homilador bo‘lguniga qadar hammadan yashirgan. Aktrisa Bonining oilasi borligi va o‘zi Mitxun Chakraborti bilan munosabatda ekani sabab avvaliga Kapurga ro‘yxushlik bermagan.
Ammo Mitxun bilan aloqalariga nuqta qo‘yilganidan keyin Kapur bilan uchrashishni boshlagan. Telegraph India nashrining yozishicha, Shridevi va Boni deyarli uch yil davomida turmush qurganini bildirmaslikka harakat qilgan.
Juhi Chavla va Jay Mexta
Juhi Chavla 1992-yildagi suratga olish jarayonida Rakesh Roshan bilan tanishgan. U vaqtda Rakeshning oilasi bo‘lgan. Roshanning rafiqasi Juhining esa onasi vafot etganidan keyin juftlik bir-biriga hamdard bo‘lgan. Ularning turmush qurgani Juhining homiladorligidan keyingina ma’lum bo‘lgan.
Rekha va Vinod Mehra
Mish-mishlarga qaraganda, Rekha va Vinod Mehra oila qurganini nafaqat muxlislari, balki matbuot va ularni turmushiga qarshi bo‘lgan aktyorning onasidan ham yashirgan. Rekxa shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilishni yoqtirmaydiganlardan. Vinodga turmushga chiqqanini rad etishni afzal bilishiga qaramay, uning yaqin do‘stlari buning aksini ta’kidlaydi.
Govinda va Sunita
Karyerasining boshida Govinda “Ayb” filmidagi hamkasbi Nilam Kotxariga telbalarcha oshiq bo‘lgan. Suratga tushish davomida orasida sevgi uchquni alanga olgan juftlik, keyinroq yana o‘nga yaqin filmda birga ishtirok etgan.
Nilamga uylanishiga Govindaning onasi qarshilik qilgan va o‘g‘liga Sunita ismli qizni olib bermoqchi bo‘lgan. 1987-yil 11-martda Govinda nafaqat jurnalistlar, balki Nilamdan ham yashirincha Sunitaga uylangan. Stardust jurnaliga bergan intervyusida Nilam karyerasiga salbiy ta’sir qilmasligi uchun to‘yini sir tutganini ta’kidlagan. | 7Madaniyat
|
Shahram G`iyosovning zarbalariga raqibi uch raundgina bardosh bera oldi
AQShda ӯtkazilgan professional boks oqshomida hamyurtimiz Shahram G`iyosov nikaragualik Uinston Kampos (31-7-6, 19 KO)ga qarshi ringga kӯtarildi.
O`zbekistonlik bokschi uchinchi raundning so`nggi soniyalarida raqibining qorin qismiga kuchli zarba berdi va Kamposni nokautga uchratdi.
Shu tariqa Shahram professional boksdagi o`ninchi jangida 10-g`alabasini qo`lga kiritdi.
Aslida Shahram meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Roxoda koronavirus aniqlangani sabab, unga raqib sifatida Kampos tanlangan. | 13Sport
|
Eldor Tulyakov: Zaxarovaning O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga bildirgan fikrlari asossiz
Eldor Tulyakov o‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangrayotganini ta'kidlagan.
«Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yuzasidan bildirgan fikrlari asossiz va bir yoqlama ekanini ta'kidlamoqchimiz. Binobarin, o‘z zaminida 130dan ortiq millat va elatni birlashtirib, tinchlik-xotirjamlikda, hamjihatlik va totuvlikda hech qanday millatchilik va shovinizmga yo‘l qo‘ymasdan, barcha millat vakillarining tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlab, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratib kelayotgan O‘zbekistonga nisbatan bunday o‘rinsiz iddao xalqaro huquqiy normalarga mutlaqo mos kelmaydi», degan u.
Rossiya TIV rasmiysi o‘z chiqishida O‘zbekistondagi rasmiy idoralarda rus tilidan foydalanish saqlab qolinishi Rossiyada o‘qish yoki ishlashni tanlaydigan fuqarolarning manfaatlariga to‘la mos kelishini ta'kidlagandi.
«Mariya Zaxarovaning aytishicha, O‘zbekistonda rasmiy idoralarda o‘zbek tilida ish yuritishga qaratilgan qonun loyihasining tarafdorlari go‘yoki kamchilikni tashkil etayotgan emish. Shuning uchun rus tilini rasmiy doiralarda to‘laligicha saqlab qolish Rossiyada ishlash va o‘qish qarorini qabul qiladigan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlariga to‘g‘ri kelarmish.
Afsuski, Mariya Zaxarova bu so‘zlariga hech qanday isbot va dalil keltirmagan, keltirolmaydi ham. Boisi, mazkur qonun loyihasi xalqimizning katta qismi, shu jumladan, O‘zbekistonda istiqomat qilib kelayotgan boshqa millat vakillari tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda va uni takomillashtirishga oid yuzlab takliflar bildirilmoqda», deydi u.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori qonun qabul qilish har bir suveren davlatning o‘z ichki ishi ekaniga e'tibor qaratgan.
«Qolaversa, boshqa davlat tashqi siyosat idorasi mas'ul shaxsining ushbu mavzuga aralashuvi na diplomatik, na siyosiy etika va na axloq qoidalariga to‘g‘ri keladi. Chunki, qonun qabul qilish bu har suveren davlatning o‘z ichki ishi sanaladi.
Shunday ekan, O‘zbekiston ham o‘z ichki siyosatini o‘zi mustaqil ravishda belgilashga, mustahkamlab qo‘yilgan xalqaro standart va normalarga uyg‘un tarzda eng asosiy milliy huquqiy hujjatining normalarini mamlakat hududida to‘liq joriy etishga har tomonlama haqli. Bundan kim yoki kimlar manfaatdor ekani ham O‘zbekiston fuqarolariga, ya'ni xalqimizga havola», degan Eldor Tulyakov.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta'minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqandi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova 14 may kuni o‘tkazilgan brifing vaqtida O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga izoh berib, «O‘zbekistonda ish yuritish jarayonlarida rus tilidan foydalanish respublika fuqarolarining manfaatlariga mos kelishi»ni aytgandi.
«Til masalasi tartibga solinishi suveren davlatning ichki siyosati» – Akmal Burxanov Mariya Zaxarovaning so‘zlariga javob qaytardi | 8O‘zbekiston
|
Makron tanlov uchun fransuzlarga minnatdorlik bildirdi va terrorizmga qarshi kurashishga va’da berdi
Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘alaba qozongan Emmanuel Makron ovoz berishning dastlabki natijalari e’lon qilingandan keyin chiqish qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Makron o‘zi uchun ovoz bergan saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi va prezidentlikka saylanish unga katta mas’uliyat yuklashini ma’lum qildi. Makron butun Fransiya manfaatlarini himoya qilishga va’da berdi va Marin Le Pen saylovchilari kutgan narsalarni ham hisobga olish rejasi haqida ma’lum qildi.
Emmanuel Makron Fransiya tinchlik tamoyillariga amal qilishi hamda terrorizmga qarshi o‘z hududida va undan tashqarida ham qat’iy kurashishini ta’kidlab o‘tdi.
50 foiz ovozlar hisob-kitobiga ko‘ra, Makron uchun saylovchilarning 61,7 foizi ovoz bergan. | 2Dunyo
|
Botir Jabborov Narpay tumani hokimi etib tayinlandi
Xalq deputatlari Narpay tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi Bahodir Yusupov o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayev tavsiyasiga ko‘ra, Botir Jabborov Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.
U shu paytgacha “O‘zstandart” agentligi Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi. | 8O‘zbekiston
|
"Milan" markaziy uchrashuvda "Yuventus"ni mag‘lub qildi
"Milan" jamoasi Italiya chempionati 9-turida o‘z maydonida "Yuventus"ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda milanliklar 1:0 hisobida g‘olib chiqdilar va yagona gol 65-daqiqada Lokatelli tomonidan kiritildi.
Biroq mag‘lubiyatga qaramay "Yuventus" A seriyada 22 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni davom ettirmoqda.
"Milan" – "Yuventus" 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65 Lokatelli.
"Milan" – Donnarumma, Abate, Paletta, Romanoli, De Shilo, Kutska, Lokatelli (Gomes, 81), Bonaventura, Suso, Bakka (Lapadula, 90), Nyang (Poli, 69).
"Yuventus" – Buffon, Bardzali, Bonuchchi, Benatiya (Mandjukich, 75), Dani Alves, Xedira, Ernanes (Sturaro, 87), Pyanich, Aleks Sandro, Iguain, Dibala (Kuadrado, 33).
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (30), Pyanich (38), Kutska (44), Donnarumma (50), Dani Alves (76), Lokatelli (79), Gomes (83).
Manba: tribuna.uz | 13Sport
|
Amazon o‘z tarmog‘ini proksi-server sifatida qo‘llashni taqiqladi
Amazon o‘z tarmog‘ini bloklashlarni chetlab o‘tish uchun proksi-server sifatida qo‘llashni taqiqladi. Bu haqda kompaniya blogida ma'lum qilindi. Oxirgi manzilni yashirishga imkon beruvchi texnologiyani dasturchilargina o‘zlarida saqlab qoladilar.
Kompaniyada tushuntirilishicha, bu taqiqlov Amazon tarmog‘i orqali zararli dasturlarni tarqatuvchi g‘araz niyatli foydalanuvchilarga qarshi kurash uchun qaratilgan.
The Verge nashrining ta'kidlashicha, bu taqiqlov Amazon’dan bloklashlarni chetlab o‘tish uchun foydalangan servislarga, jumladan Rossiya va Eronda taqiqlangan Telegram messenjeriga kirishga ta'sir qiladi.
Aprelda Google ham xuddi shunday yo‘l tutgandi.
Rossiyada aprel o‘rtalaridan Telegram messenjerini to‘sishga harakat qilinmoqda. Roskomnadzor messenjerga kirishni cheklash uchun aksariyati Google va Amazon’ga tegishli bo‘lgan bir necha millionlab IP-adreslarni taqiqlangan saytlar ro‘yxatiga kiritgandi. Buning oqibatida esa boshqa resurslar ham jabr ko‘rgan. | 2Dunyo
|
Seulda o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida Navro‘zga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkaziladi
Mart—aprel oylarida Janubiy Koreya poytaxti Seulda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan madaniyat tadbirini o‘tkazish rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushbu madaniyat bayramida o‘zbekistonlik san’atkor va ijodkorlar ishtirokida katta konsert uyushtiriladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada bir qator muzokaralar olib borgan.
Tashrif doirasida u “Janubiy Koreya—Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi kotibiyati direktori Lim Chyol Vi bilan uchrashgan. Uchrashuvda ikki mamlakat madaniyat vakillari ishtirokida hamkorlikdagi madaniy tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olingan.
Sentabr oyida O‘zbekistonda Koreya ko‘rgazmasini tashkil etishga kelishilgan. Bundan tashqari, 2020-yilda O‘zbekiston muzey xodimlarining Janubiy Koreyada malaka oshirishlari masalasida muzokaralar olib borilgan. | 8O‘zbekiston
|
Farhod Mahmudov «Baron-2» haqida: Film yo‘nalishini boshqa tomonga burib yubordik
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan. Kinodagi birinchi rolini 14 yoshida «O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan «Bo‘rilar» filmida ijro etgan.
Maktabni bitirganidan so‘ng u Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olgan va faoliyatini Rossiyada davom ettirgan. 2016 yilda u suratga tushgan o‘zbekistonlik kinorejissyor Rustam Sa'diyevning «Baron» filmi ekranlarga chiqdi.
Farhod Mahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda mazkur film va uning davomi haqida o‘z fikrlarini aytdi.
«Menga bir kishi qo‘ng‘iroq qildi, o‘zbekistonlik rejissyor Rustam Sa'diyev ekanligini aytdi. U meni filmda suratga tushishga taklif qilmoqchiligini bildirdi. Birinchidan, menga ssenariy yoqdi. Eng asosiysi esa, vatanimdan taklif tushgandi. Bu esa darrov ta'sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, 30 yildan buyon Rossiyada yashayotgan menga. Men bu taklifga «yo‘q» deya olmadim», – dedi Mahmudov.
Hozirda mazkur filmning davomi suratga olinayotgan bo‘lib, u shu yil kuzida tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
«Biz turli joylarda suratga olish ishlarini olib borishimiz kerak edi, hozir esa bir joyda olinadigan lavhalar qolgan. Ikkinchi filmning syujyeti birinchisidan butunlay farq qiladi. Film yo‘nalishini boshqa tomonga burib yubordik. Ko‘p narsani oshkor qilishni istamayman, ammo narkotrafik voqeasidan terrorizmga o‘tdik. Bahorda suratga olish ishlarini yakunlamoqchimiz. Kuzga borib film amalda tayyor bo‘ladi deb umid qilaman», – dedi Farhod Mahmudov.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube | 5Jamiyat
|
2021 yilda nimalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda
2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokama uchun taqdim etildi.
Loyihaga muvofiq 2021 yilda quyidagilar rejalashtirilgan:
1) tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash choralarini davom ettirish maqsadida quyidagilarning amal qilish muddatini 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirish:
2) Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
a) talabalar oʻz iхtiyoriga koʻra akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga oʻtkazilib (agar OTMda bunday ta’limning shakllari mavjud boʻlsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyatini yaratish;
b) oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati boʻlmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqini berish;
v) talabalarga oʻqish davomida akademik ta’til berilishi boʻyicha miqdoriy cheklovlar, akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari oʻzlashtirilgan fanlar boʻyicha qaytadan oʻqitish amaliyotini bekor qilish;
3) respublikada talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha iqtidorli mutaхassislarni nufuzli хorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda tayyorlashning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida 2021 yil 1 apreldan boshlab:
4) aholi salomatligini mustahkamlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida:
a) 22 ta maktabgacha ta’lim muassasasi binolari, 31 ta yangi maktab, 16 ta oliy ta’lim muassasalari binolari, 24 ta sogʻliqni saqlash ob’yektlari hamda 23 ta sport ob’yektlarining qurilishini ta’minlash;
b) 100 ta oilaviy shifokor punktlari, 17 ta qishloqlarda joylashgan oilaviy poliklinikalar, 7 ta shaharlarda joylashgan oilaviy poliklinikalar tashkil etish;
5) ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olishi va kasb egallashiga koʻmaklashish, ogʻir kasallikka chalingan bolalarni davolash maqsadida Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish va uning maqsadlari amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 100 mlrd soʻm ajratish;
6) pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida oʻrnatiladigan tartibga muvofiq 2021 yil 1 iyundan boshlab:
7) iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida:
a) dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 10 sotiхdan 1 gektargacha yer ajratish;
b) ajratilgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi hamda elektr energiyasi bilan ta’minlash;
v) berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun subsidiya ajratilishini yoʻlga qoʻyish;
8) elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotida monopoliyani bekor qilib, bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida:
9) DSQ faoliyatini «soliqchi-koʻmakchi» tamoyili asosida tashkil etish maqsadida kichik tadbirkorlik sub’yektlari va fermer хoʻjaliklari uchun moliyaviy hisobotni avtomatik tarzda shakllantirib, soliq organlariga yuborish va monitoring olib borish imkonini beruvchi elektron tizimni 2021 yil 1 iyunga qadar joriy etish;
10) bojхona nazorati tartib-taomillarini takomillashtirishda raqamli teхnologiyalarni keng joriy etish, DBQ faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2021 yil 1 iyuldan boshlab bojхona nazoratini olib borishning quyidagi tartibini belgilash:
11) davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish maqsadida:
a) хodimlar soni va maoshini hududning oʻziga хosligi va ish hajmidan kelib chiqib belgilash;
b) quyi tizim rahbarlari va хodimlarini samarali ishlashga oʻrgatish va malakasini muntazam oshirib borishning aniq tizimini joriy etish;
12) хalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish maqsadida:
Shuningdek loyihada quyidagilarni ma’qullash taklif etilmoqda:
a) YHXXning asosiy faoliyatini fuqarolarga koʻmak berishga yoʻnaltirish hamda korrupsiyaga imkon beradigan omillarni bartaraf etish choralarini koʻrish uchun:
- avtomototransport vositasini teхnik koʻrikdan oʻtkazishni eksterritoriallik prinsipi asosida yoʻlga qoʻyish va yangi avtomototransport vositasini teхnik koʻrikdan oʻtkazish talabini bekor qilish;
- Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida bittadan roʻyхatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlim (boʻlinma)larida fuqarolarning doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan hududidan qat’i nazar, avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va ularga davlat raqami belgilarini berishni amalga oshirish;
- barcha roʻyхatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlim (boʻlinma)larida hamda kamida 20 ta davlat хizmatlari markazlarida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishni fuqarolarning doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan hududidan qat’i nazar, amalga oshirish;
- haydovchilik guvohnomasini olishga talabgorlardan imtihon olish jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatish imkonini yaratish.
b) respublika hududida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddatini 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirish. Har bir kesilgan daraхt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraхt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli (yoshi 5 yoshdan va balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan) koʻchat ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish, noqonuniy kesilganlar daraхt va butalar uchun esa 3 yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup koʻchat ekish majburiyatini kiritish.
Shuningdek loyihada 2021 yil 1 maydan boshlab mamlakatimizga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek mamlakatimizda 15 yil davomida Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaхslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda, Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilinishi nazarda tutiladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Elmira Siraziyeva. | 10Qonunchilik
|
Toshkentdagi Inha universiteti logistika sohasida mutaxassislar tayyorlay boshlaydi
Toshkentdagi Inha universiteti koreyalik sheriklari bilan ikkita — menejmentda AKT va logistika yo‘nalishlarini ochishni ishlab chiqmoqda, deb xabar beradi Uzbekistan Today.
O‘tgan haftada Korean Air aviakompaniyasi prezidenti Chi Chang Xun tashrif buyurgan va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan edi. Muzokaralar kun tartibidan kampusni yanada rivojlantirish va kengaytirish, eng yangi uskunalar bilan jihozlash va kadrlar siyosati bo‘yicha rejalar o‘rin olgan edi.
OTM kengayishi va yangi yo‘nalishlar ochilishi munosabati bilan mahalliy o‘qituvchilarni tayyorlash dasturi bilan bog‘liq masala ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyaning yirik va nufuzli Korean Air aviakompaniyasi Inha universiteti muassisi hisoblangan Hanjin Group kompaniyalari guruhi tarkibiga kiradi. | 8O‘zbekiston
|