folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Vafot etgan eng boy mashhurlar (fotogalereya)
Forbes jurnali eng ko‘p pul ishlab topgan marhum yulduzlar reytingini e’lon qildi. Jurnal saytida e’lon qilingan ro‘yxatda 2009-yilda vafot etgan Maykl Jekson qatorasiga sakkizinchi marta yetakchilik qilgan. Ma’lum qilinishicha, xonanda nomidan ishlab topilgan 48 million dollarning 70 foizdan ortig‘i Sony kompaniyasi va Maykl tomonidan tashkil qilingan Mijac Music leyblining uzoq muddatga tuzilgan bitimidan kelib tushgan. 1991-yilda vafot etgan amerikalik yozuvchi Doktor Syuz kitoblari sotuvi hisobiga 33 million daromad bilan reytingda ikkinchilikka loyiq deb topilgan. Rassom-karikaturachi Charlz Shults yetakchilar orasida uchinchi bo‘lgan. 25 million dollar bilan Arnold Palmer to‘rtinchi, xonanda Elvis Presli esa undan ikki million kam ko‘rsatkich bilan beshinchi deb topilgan. Kobi Brayant 20 million bilan ro‘yxatda oltinchi, Juice WRLD esa 15 million dollar mablag‘ bilan yettinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Sakkizinchi o‘rinda 14 million bilan Bob Marli, undan atigi bir million dollar kam daromad bilan esa Jon Lennon to‘qqizinchi bo‘lgan. O‘ntalik so‘ngidan Prins nomi (10 million) o‘rin olgan. Reytingda Freddi Merkyuri (9 million) o‘n birinchi, Jorj Xarrison (8,5 million) o‘n ikkinchi bo‘lgan va 8 million daromad bilan Merilin Monro reytingga yakun yasagan.
45
1,287
Foto
Fotogalereya: Faqat rentgen ostida ko‘rinadigan hayratlanarli narsalar
Odam rentgen nurini kashf qilganidan keyin imkoni bo‘lgan barcha narsani “skaner qildi” va odatiy narsalarni noodatiy tomondan ko‘rdi. AdMe odamni hayratga soluvchi rentgen tasvirlarini taqdim etdi.
70
198
Foto
Foto: Xitoydagi koronavirus dahshati — shishib ketgan qo‘llar, infeksiyalangan ayoldan tug‘ilgan sog‘lom chaqaloq, niqoblar tanqisligi
Xitoy sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi mamlakatda koronavirus sabab 722 kishi vafot etgani haqida ma’lum qildi. Umumiy hisobda kasallanganlar soni 30 ming kishidan oshib ketdi. BigPicture Xitoyda davom etayotgan murakkab epidemik vaziyat naqadar og‘irligini ifodalangan suratlar to‘plamini e’lon qildi. Mamlakatdagi barcha tibbiyot xodimlari epidemiya o‘chog‘iga borishga majbur. Suratda tibbiyot brigadasi a’zosi Uxanga borishdan oldin ko‘z yoshlarini artmoqda. Shifokor ayol turmush o‘rtog‘i bilan xayrlashmoqda. Uxandagi tibbiyot xodimlariga juda qiyin. Suratda navbatdagi ish smenasidan chiqqan shifokorning qo‘llari. Virus tezlik bilan tarqalayotgani sabab xitoyliklar ko‘chaga juda kam chiqishmoqda. Suratda Pekindagi doimo gavjum bo‘ladigan Tyananmen maydoni. Uxan shahrining o‘zi ham arvoh-shaharga aylanib qolgan. 1,3 milliard aholisi bor Xitoyda niqob taqmagan insonni uchratmaysiz. Niqoblar barchaga yetmayotgani sababli ayrim xitoyliklar boshqa himoya vositalaridan foydalanmoqda. Odamlar, asosan, bolalar va qariyalarning xavfsizligini ta’minlashga urinmoqda, chunki ular kasallik qarshisida zaifdir. Bu yangi niqob uchun dorixonalardan birining oldidagi navbat. Barcha aholining tana harorati muntazam o‘lchab turilmoqda.  Xitoydan charter reys bilan keltirilgan o‘zbekistonliklar qanday sharoitda karantin o‘tamoqda? (foto) Odamlar iloji boricha supermarketlardan uzoq muddatga yetadigan yeguliklarni olishga urinmoqda. Shu sabab ko‘plab do‘konlarda taqchillik yuzaga kelgan. Ayrim davlatlar kasallik xavfi sabab o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilib bo‘ldi. Koronavirusga chalingan ayol sog‘lom farzandni dunyoga keltirdi.
134
1,652
Foto
Fotogalereya: O‘ziga xos hazil tuyg‘usiga ega insonlar tomonidan yaratilgan attraksionlar
AdMe xalqni xursand etish niyatida yaratilgan zamonaviy attraksionlarning suratlarni to‘plab taqdim etdi. Qor parkiga joylashtirilgan muz maydoncha. Bolalar u yerdan mustaqil chiqa olmagani sabab, maydoncha xuddi qopqonga o‘xshab qolgan. Odam otuvchi katapulta O‘yinchoqlar olinadigan avtomatning bolalarga mo‘ljallangani Asalarilar tunneli. Qiziqarli ko‘rinadi “Kovshda sayr qilish” attraksioni. Aytgancha, ushbu bog‘dagi barcha attraksionlar traktorlardan yasalgan. Bolalar uchun toshli ilon-tunnel “Ayiq bilan o‘yna” attraksioni
89
537
Foto
Tayvanlik ayol o‘z o‘g‘lini 17 yil davomida noodatiy tarzda suratga oldi (fotogalereya)
Tayvanlik Enni Vong suratkashlik bilan shug‘ullanadi. Biroq u rasmlarni “ona va bola” kabi odatiy tarzda olmasdan, bunga o‘zgacha yondashdi. Ayol 17 yil davomida faqt o‘zi va o‘g‘lini suratga oladi va fon uchun undan avval olingan suratlardan foydalanadi. “Adme.ru” sayti ushbu suratlarni taqdim etdi.
87
301
Foto
Yog‘ochdan yasalgan ulkan sakkizoyoq (foto)
Vashingtonlik o‘ymakor usta Jeffri Maykl Samudoski qulagan daraxtdan ulkan sakkizoyoq yasadi, deb yozadi Tjournal. Samudoski 1998-yildan beri yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanadi. Sakkizoyoqdan avval usta g‘avvoslar bosh kiyimi, qo‘y va ayiqni yasagan edi. Samudoskining boshqa ishlari bilan uning Facebook’dagi sahifasida tanishish mumkin.
43
350
Foto
Fotoreportaj: Qashqadaryoda Navro‘z sayli
O‘zA Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilayotgan Navro‘z sayllaridan fotoreportaj tayyorladi. Quyida fotoreportaj e’tiboringizga havola etiladi.
41
139
Foto
Xitoy 100 yil davomida qanday oʻzgardi?galereya
Odamzodning kuch-qudratini yoki aksincha, uning tabiat va vaqt oqimi qarshisida qanchalik ojizligini koʻrsatuvchi dalillarni tomosha qilish doimo qiziq. Xitoy aholi soni boʻyicha jahondagi eng yirik mamlakat hisoblanadi, maydoni boʻyicha esa Rossiya va Kanadadan keyin uchinchi oʻrinni egallaydi. Bu mamlakat ilgʻor davlatdir, sanoat mahsulotlarining koʻplab turlarini ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda yetakchi sanaladi. Shunday moliyaviy va inson resurslari evaziga mamlakatning qiyofasi qanchalik tez oʻzgarganini faqat tasavvur qilish mumkin. Biz turli saytlardagi tarixiy fotosuratlarni saralab oldik va ular orqali vaqt boʻylab sayohatga chiqish mumkin. 1921 va 2016 yillardagi Sian shahri. Shensi provinsiyasidagi subprovinsial maqomdagi bu shaharda provinsiya hukumati joylashgan. Shahar 3100 yildan beri mavjud va bir muddat hatto jahondagi eng yirik shahar ham boʻlgan. Sichuan provinsiyasidagi Ibin shahar okrugi 1940 va 2016 yillarda. Sian 1949 va 2016 yillarda. 1927 va 2016 yillardagi Uxan. Markaziy Xitoydagi eng aholi zich shahar. Uxan 1960 va 2016 yillarda. Shanxay 1920 va 2016 yilarda Xitoyning eng yirik shahri va jahondagi aholi soni boʻyicha eng yirik shaharlardan biri. 1940 va 2016 yillardagi Nankin koʻchasi. Shanxaydagi eng asosiy savdo koʻchasi va jahondagi eng gavjum savdo koʻchalaridan biri. Gansu provinsiyasidagi Lanchjou shahar okrugi 1930 va 2016 yillarda Lanchjou 1910 va 2016 yillarda Xanchjou shahri 1900 va 2016 yil. Xanchjouning shahar qismidagi aholi soni 1,75 million kishini tashkil qiladi. Guyyan shahri 1920 yil va 2016 yillarda Guanchjou shahri 1980 va 2016 yillarda. Butun Janubiy Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, maorif, madaniy va transport markazi. Guanchjou shahri 1970 va 2016 yillarda Chendu shahri 1994 va 2016 yillarda. Xitoyda aholi soni boʻyicha 5-oʻrinni egallaydi: 14 million aholiga ega.
47
1,857
Foto
“Butan yuzi” fotoloyihasida aks etgan xalq mehri va g‘ururi
Fotograf Endryu Styuder ajoyib peyzaj rasmlari bilan mashhur. Ammo Butan davlatiga sayohatidan so‘ng portret syomkalar bilan ishlashga qaror qildi. U “Butan yuzi” fotoloyihasi ustida ishlab, Butan xalqining mehrli va g‘ururli yuzlari aks etgan rasmlarni yaratdi. Travel Ask ularni taqdim etdi.
59
293
Foto
Bu buyumlar shunchalik idealki, ularni ko‘rganda qo‘rquv paydo bo‘ladi (fotogalereya)
Insonga yon-atrofdagi buyumlardan kamchilik izlash xos. Ular shunchalik ko‘pki, yonginangizda ideal buyumga duch kelsangiz dunyoviy ko‘lamdagi kashfiyotga duch kelgandek bo‘lasiz. AdMe ideal olam mavjud deb hisoblaydi va buning isbotini quyidagi suratlarda keltiradi. Ideal mashinalar uchun ideal sharoit Ziravorlardan konus Tabiatdagi piritning ideal kubi. Tabiatning ana shunday buyumlarni yaratishi hayratlanarli! Bunday oyoq kiyim bilan istalgan eskalator o‘zingniki Bunday vaziyatda idish ham yodingizdan ko‘tarilishi mumkin Haqiqiy hayotdagi “iloncha” o‘yini Ajoyib qadoqlash Kimdir ideal nonushta tayyorlashga qaror qilgan ko‘rinadi Oshpazlik mahorati “Tetris”dagi mahoratidan ustun bo‘lganda Bu esa haqiqatda muhim “kashfiyot”!     Ular qanday bu holatda turibdi? Perfeksionist yog‘och kesuvchi perfeksionist haydovchini qidirmoqda Bu promouter nafaqat o‘z ishini biladi, balki uni chindan yaxshi ko‘radi ham Haqiqiy hayot o‘ylab chiqilgani bilan to‘qnash kelganda sehrgarlik boshlanadi Bu yerga xaridorlar tashrif buyuradimi? Balki bu yer muzeydir? Bu qor parchasi hech qachon yerga tushmagandek
85
1,119
Foto
Fotogalereya: Butun umr saqlansa ham buzilmaydigan mahsulotlar
AdMe uzoq yillar davomida saqlansa ham aynimaydigan va buzilmaydigan mahsulotlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
62
114
Foto
Namanganning musiqali favvorasi (fotoreportaj)
O‘zA axborot agentligi Namangandagi musiqali favvora suratlari bilan bo‘lishdi.
46
79
Foto
Fotogalereya: 17 yoshli fotografning maftunkor manzaralar aks etgan suratlari
Germaniyalik Yannik Obenxoff ismli o‘smir maftunkor manzaralar aks etgan suratlari bilan ko‘pchilikni lol qodirmoqda. 17 yoshli Obenxoff sayohat qilishni yaxshi ko‘radi. Shu bilan birga, u go‘zal tabiat manzaralarini suratga oladi. TravelAsk o‘smirning suratlaridan iborat jamlanmani taqdim etdi.
77
296
Foto
Fotogalereya: Muhabbat sabab taxtdan voz kechgan insonlar
Muhabbat uchun insonlar ko‘p narsadan voz kechishga tayyor bo‘ladi. AdMe sevgisi sabab taxtdan va barcha imtiyozlaridan voz kechgan valiahdlarning suratini taqdim etdi. Qirol Muhammad V (Malayziya) Buyuk knyaz Konstantin Pavlovich Romanov (Rossiya) Buyuk knyaz Mixail Aleksandrovich Romanov (Rossiya) Malika Noriko Takamado (Yaponiya) Malika Ubol Ratana (Tailand) Edingburg gersogi Filipp (Buyuk Britaniya) Shahzoda Frizo Oransko-Nassauskiy (Niderlandiya) Qirol Eduard VIII (Buyuk Britaniya) Lui Lyuksemburgskiy (Lyuksemburg) Qirol Karol II (Ruminiya) Malika Ayako (Yaponiya)
57
585
Foto
Fotogalereya: O‘z xonimlari bilan xarid qilishga chiqqan erkaklar
Instagram’dagi Miserable Men sahifasida o‘zi xonimi bilan xarid qilishga chiqqan erkaklarning suratlari e’lon qilinadi. TravelAsk ana shu suratlarga e’tibor qaratdi.
65
165
Foto
Astoydil uy tozalashga undovchi suratlar
Uy tozalashni yoqtirmaslikning bir qancha sabablari bor. Ammo barchasi ishga kirishguncha. Bir zumda vaqt o‘tgani va qanchadan qancha yumushlar bajarilganiga hatto uy egasi ham ishonmay qoladi. Pokiza xona, saranjom javonlar, oppoqqina choyshab – bularning bari soflik tuyg‘usini baxshida etadi. “O‘ta qiyin davrdan so‘ng hayotni yaxshilashga urinmoqdaman”. “Nihoyat tartibsizlikdan qutuldim. Tozalikni his qilish vaqti keldi”. “O‘yin xonasini tartibga keltirish uchun ancha vaqt ketdi”. “Ushbu shkaf meni bir yil davomida bezovta qildi. Oxiri uning uchun vaqt ajratdim va natija yomon emas”. “Xonamdan bir talay keraksiz buyumlar bor ekan. Tozalash besamar bo‘lmadi”. “Ish stolim: avval va keyin”. “Tozalashdan keyin xonada uzoq vaqt yashiringan pol paydo bo‘ldi”. “Kafellar orasidagi chiziqlarga e’tibor bering”. “Ishimdan ayrilgandan so‘ng uch hafta tushkunlikda bo‘ldim. Ammo hozir bu yer toza va men o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman”. “Nihoyat xonamni tartibga keltirdim”. “Oldin va keyin: ishonish qiyin. Shkaf ham o‘sha-o‘sha”. “Buning uchun tozalash vositasi va katta kuch sarflandi”. “Men bugun pechni tozaladim. Bilaman, bu ishni allaqachon qilishim kerak edi”. “Avval va keyin: ikkinchi it tozalash uzoq davom etgani uchun ketib qoldi”. “Ayniqsa, yolg‘iz yashash qiyin. Ushbu tartibsizlikni asta-sekin yengmoqdaman”. “Uzoq muddatli mehnatdan so‘ng vanna chindan ham porlamoqda”. “Akvarium tozalash ham san’at”. “Yarim tunda uyg‘onib, qahva ichmoqchi edim. Ammo barcha stakanlar tozalanmagan edi”.
40
1,522
Foto
Fotogalereya: Zamonaviy modellarning farzandlari qanday ko‘rinishda
Supermodellarning ish tartibi bir necha oy oldindan rejalashtirib qo‘yilgan bo‘lsa ham, suratga olish jarayonlari va ko‘rgazmalar ulardan doim yaxshi ko‘rinishda bo‘lishini talab qiladi. Garchi farzandga kelganda tabiat qayg‘urmaydi degan qarashlar bo‘lsa ham, moda sanoatining ba’zi go‘zallari buning aksini isbotlaydi. AdMe ana shunday sohibjamollarning farzandlari rasmini taqdim etdi.
67
388
Foto
Smartfonlar paydo bo‘lishidan avvalroq selfiga tushgan mashhurlar (foto)
Smartfonlar, fotokamera va filtrlar hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan. Shunchalik o‘rganib qolganimizdan ular ixtiro qilinmasidan avval odamlar qanday yashagan, xotiralarni qanday muhrlagan ekan, degan savol tug‘iladi. Baxtli onlar hamisha bo‘lgan va ularni his qilish uchun qo‘l telefonining keragi bo‘lmagan. Bunga quyidagi yulduzlar fotolari yaqqol misol bo‘la oladi. Linda, Pol va Meri Makkartni, 1990-yil Jon Lennon, 1967-yil Madonna, 1982-yil Maykl Jekson, 1966-yil Prezident Jon Kennedi va uning rafiqasi, 1954-yil Rossiya imperatori Nikolay II qizi Anastasiya, 1914-yil Kurt Kobeyn va Kortni Lav, 1992-yil Sofi Loren va fotogrof Richard Avedon, 1960-yil Madonna, 80-yillar
72
691
Foto
Fotoreportaj: Sudochyening so‘lim manzaralari
O‘zA Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi Sudochye ko‘lining ajoyib manzaralari tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.
45
134
Foto
Yiliga 22,5 million dollar to‘lanadigan model (foto)
3-noyarda model Kendall Jenner 24-yoshni qarshiladi. Tug‘ilgan kun sohibasining hayoti va karyerasiga oid qiziqarli fakt va ijtimoiy tarmoqdagi eng ko‘p like yiqqan fotolar bilan bo‘lishamiz. 1. Kendall Jenner 1995-yil 3-noyabrda, Los-Anjelosda tug‘ilgan. Otasi sobiq Olimpiya chempioni Bryus Jenner, onasi Kris Jenner. 2. Kendallning moda olamidagi debyuti 14 yoshida bo‘lgan va u Forever 21 brendi reklamasi uchun suratga tushgan. Erta mashhurlikka erishgan model bugunga qadar Givenchy, Marc Jacobs, Balmain, Chanel, Versace, Celvin Clein, Valentino va boshqa taniqli brendlar bilan hamkorlikda ishlagan. 3. Hozirda uning Instagram sahifasida 117 million kuzatuvchi bor. Bundan tashqari, Kendall Forbes nashrining 2018-yilda eng katta haq to‘lanadigan modellar reytingida yetakchilik qilgan. Ma’lumotga ko‘ra, unga 1 yil ichida 22,5 million dollar to‘langan. 4. Kendallning bo‘yi 1,78 sm va u oila a’zolari orasida eng novchasi. Bo‘yi va qaddi-qomatining idealligidan yaqinlari uni “podium uchun dunyoga kelgan” deyishadi. 5. Nozik did sohibasining yoshligida qizlardan ko‘ra o‘g‘il bolalar bilan yaxshi chiqishgani va o‘g‘il bolacha uslubda kiyinganiga ishonish qiyin bo‘lsa-da bu ayni haqiqat. Hozir esa model go‘zallik va did borasida opalari tanlovidan ilhomlanishini ta’kidlaydi. 6. Kendall nafaqat tashqi ko‘rinishi balki, ezgu amallari bilan ham muxlislar hurmatiga sazovor. U xayriyalarda faol qatnashadi. Xususan, bolalar shifoxonasi uchun o‘tkaziladigan loyihalarda ishtirok etishni kanda qilmaydi. 7. Odri Xepbyorn modelning sevimli aktrisasi. U Odri ishtirokidagi filmlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘radi va imkon bo‘lsa aktrisa rolini bajonidil o‘ynaydi. 2019-yilda Tiffany brendining yuzi bo‘lishga bergan roziligini ham Odri ishtirokidagi “Tiffanyda nonushta” filmi sabab deb biladi. 8. Kendall faoliyati davomida turli safarlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, samolyotda uchishdan qo‘rqadi va aeroportga borishi bilan vahimaga tusha boshlaydi. 9. U o‘zini xursand qilishni, kayfiyatini ko‘tarish uchun sovg‘alar xarid qilishni xush ko‘radi. Ayniqsa, brilliantlarni yaxshi ko‘radi va uni qizlarning eng yaxshi do‘sti deb hisoblaydi. 10. Uning klassik mashinalar kolleksiyasi bor. Kolleksiyadan Eldorado Biarritz mashinasi ham o‘rin olgan. Shuningdek, model Instagram sahifasida Lamborghini, Ferrari, Range Rover, Rolls-Royce avtomashinalari bilan birga tushgan suratlarini ham bo‘lishib boradi. 11. Kendall yoga bilan shug‘ullanadi. U nafaqat jismonan tetik balki, tashqi va ichki garmonyada bo‘lish, o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori bo‘lishi uchun ham sog‘liqqa e‘tiborli bo‘lish kerak, deb hisoblaydi. 12. U nafaqat suratga tushishni balki suratga olishni ham yaxshi ko‘radi.
52
2,698
Foto
Pokistonda yashayotgan oʻzbeklar, halokatga uchragan metro, retro avtomobillar marshi — 4 may suratlari
E'tiboringizga 4 mayning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. 1980 yillardan buyon Pokiston gʻarbidagi Balujiston viloyatida yashab kelayotgan afgʻonistonlik afgʻon, oʻzbek va turkmanlar nochor sharoitlarda kun kechirmoqda. Ular sovet-afgʻon urushi paytida bu yerga qochib oʻtgan. Asosan bir xonali xom gʻishtdan qurilgan uylarda yashayotgan qochoqlarning ayrimlari fuqarolikka ham ega emas. Xorijga ketish uchun esa 140 kilometr yoʻl bosib, Afgʻonistonga borib pasport olish kerak boʻladi. Kundalik ehtiyoj mahsulotlari ham yetishmaydi. Meksika poytaxti Mexiko shahrida metroning 12-liniyasidan oʻtgan metro koʻprigining qulab tushishi oqibatida halokat sodir boʻldi. Natijada yigirmaga yaqin kishi halok boʻlgan. Jarohatlanganlar ham bor. Shundan soʻng voqega joyiga qutqaruv guruhlari yetib kelib, vagon ostida qolib ketganlarni qutqarib olgan. Qolgan yoʻlovchilar va metroning uzilgan qismidagi yoʻnalishlar uchun avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Hindistonda soʻnggi kunlarda yuz berayotgan koronavirus bilan bogʻliq vaziyat dunyoda eng yomoni boʻlib turibdi. Holatning qay darajada ekanini quyidagi suratlarda ham bemalol tasavvur qilish mumkin. Bugun, 4 may kuni Toshkent shahrida 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab retro avtomobillar marshi oʻtkazildi. Marshda turli xil rusumdagi avtomobillar qatnashdi. Marsh 7 mayga qadar davom etadi. Tadbirdan eksklyuziv suratlarni tomosha qiling.
103
1,417
Foto
Asablarni tinchlantirishga yordam beradigan 17 ta surat
Insonni kuldiruvchi, kerak bo‘lsa, yig‘latuvchi suratlar talaygina. Lekin hayot tarzi davomida uchraydigan holatlar aks etgan suratlar asab tolalarini tinchlantirishi − bu haqiqiy mo‘jiza! Pirog chindan ham o‘xshaganida. Talabalardan biri “1”ni shunchaki mukammal yozgan. Jo‘jalarga tozalab qo‘yish uchun berilgan tarvuz. Tovuq dum-dumaloq tuxum qo‘ydi. Eski daraxt atrofiga yangi taxtalar yotqizildi. Tomchining muvaffaqiyatli joylashuvi. Bir necha urinishdan so‘ng tayyor bo‘lgan limonli chizkeyk, natijadan juda xursandman! Aniq belgili qor parchasini ko‘rganmisiz? Qum ustida olib borilgan ijod! Qo‘shnim bilan uning kartinalari va mening idishlarim bir-birga juda mos kelishini aniqladik. Uy atrofidan yig‘ilgan yaproqlar. Muzdan mukammal kubik shaklini yasadim. Futbolkamdagi rasm stul teshigiga juda mos keldi. Tuxumlar kruassanga mos kelishi uchun atayin shunday qovurilgan. Yana bir mutanosiblik: pomidor va non. To‘g‘ralgan piyoz ajoyib gradient hosil qilganda. Bu pufakchalar shampun idishidan birma-bir chiqib keldi.
55
1,044
Foto
AQShda turli irqdagi egizaklar tug‘ildi (foto)
Opa-singil Kalani va Jarani Din AQShning Massachusets shtatida 2016-yil 23-aprelida tug‘ildi. Turli tuxumlardan rivojlangan boshqa ko‘plab egizaklar kabi, ularning yuz tuzilishi bir xil emas. Ammo bu egizaklar o‘rtasidagi farq kattaroq bo‘lib chiqdi: qizchalar turli teri rangiga ega, deb yozadi National Geographic. Noodatiy egizaklarning otasi, Tomas Din afro-amerikalik, onasi, Uitni Meyer esa oq tanli. Ularning 7 yoshli o‘g‘li ham bor, u Uitnining birinchi turmushi chog‘ida tug‘ilgan. Din-Meyer oilasida Kalani “otasining qizi” hisoblanadi. O‘zining oq tanli singlisidan farqli o‘laroq, u yerda sudralib yurishni yaxshi ko‘radi, Jarani esa ko‘proq ovqatga qiziqadi. Ota-onasi ularni bir xil kiyintirib qo‘yadi, akasi esa singillarini jon deb o‘ynatadi. Irqi turlicha bo‘lgan aka-uka va opa-singillar haqida mana bu maqolada ham ma’lumot olishingiz mumkin.
46
864
Foto
Fotoreportaj: “O‘zekspomarkaz”da 8-mart munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zA Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbirdan tayyorlangan fotoreportajni taqdim etdi.
86
174
Foto
Toshkentda Markaziy Osiyo tadbirkor ayollari diskussion klubi ish boshladi
Toshkent shaxrida 3 dekabr, juma kuni Markaziy Osiyo yetakchi ayollari mulokoti shafeligida Markaziy Osiyo tadbirkor ayollari diskussion klubining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda unda ishtirok etgan “Bugun.uz” muxbiri xabar qildi. Qayd etilishicha, diskussion klub inauguratsion yig'ilishining ochilishida Senat raisi, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti raisi Tanzila Norboyeva va muloqotning boshqa a'zolari, BMT Taraqqiyot dasturining Evropa va MDH davlatlari bo'yicha mintaqaviy byurosi direktori Miryana Spolyarich Egger, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German ishtirok etgan. Bundan tashqari, BMT Ayollar qo'mitasining Evropa va Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Aliya El-Yassir va ETTBning Markaziy Osiyo bo'yicha boshqaruvchi direktori Jujanna xargitay nutq so'zladi. Yig'ilishda mintaqa mamlakatlari vazirlik va idoralari, diplomatik korpus, biznes tuzilmalar va birlashmalar, xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashgan. “xotin-qizlar stereotiplar va yakkalash tufayli yaratilgan chegaralar va to'siqlarni yengib o'tishga qodir. Tadbirkor, novator va global harakatlar tashabbuskori sifatida ular o'z jamoalari va mamlakatlarining barqaror rivojlanishi hamda farovonligiga katta hissa qo'shmoqda. Ayollarimiz biznes, siyosat, ilm-fan va boshqa sohalarda erkaklar kabi muvaffaqiyat qozona oladi. Tadbirkorlikning ko'p sohalarida qat'iyatlilik, mehnatsevarlik, intiluvchanlik va metin iroda tufayli ayollar katta natijalarga erishmoqda. Ishonchim komilki, xususiy va davlat sektorlari, xalqaro ekspertlar va hamkorlar ishtirokidagi ochiq, konstruktiv muhokamalar mamlakatlarimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi”, — dedi Norboyeva. Shuningdek, Senat raisi davlat tuzilmalari vakillarini ham muhokamalarda ishtirok etishga, ishbilarmon doiralar va xalqaro ekspertlarning ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratish masalalariga oid fikr-mulohazalarini va qarashlarini inobatga olishga chaqirdi. Yig'ilish yakunlari bo'yicha muloqot a'zolari va diskussion klub ishtirokchilari mintaqa mamlakatlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash masalalarini muntazam muhokama qilish va fikr almashishga kelishib oldi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo tadbirkor ayollarining diskussion klubi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Ta'kidlanishicha, tadbir Oliy Majlis Senati va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Tadbirkor ayollarni moliyalashtirish tashabbusi (We-Fi) moliyalashtiradigan Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Tadbirkor ayollar” Markaziy Osiyo dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. xususan, diskussion klub ayollar tadbirkorligi sohasida fikr va ilg'or tajribalar bilan muntazam almashish, biznes va mintaqaviy savdoni rivojlantirish, sarmoya jalb etishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkor ayollari o'rtasida ishbilarmonlik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etilgan. Ma'lumot uchun, Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti mintaqada barqaror rivojlanish, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga ko'maklashishda barcha ayollarning rolini kuchaytirish tarafdori bo'lgan norasmiy koalitsiya hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Evropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi Markaziy Osiyoda yangi platformani ishga tushirishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, ExHT “COVID-2019 pandemiyasi sharoitida Markaziy Osiyoda inson huquqlari himoyasi” mavzusida konferentsiya o'tkazgandi.
74
3,617
Foto
Fotokamera teskari aylantirilsa, mashhur sayyohlik maskanlari qanday ko‘rinadi? (fotojamlanma)
Hozirgi kunda sayyohlik maskanlarida takrorlanmas kadr bilan suratga olish ancha qiyin masalaga aylanib qoldi. Ko‘plab insonlar selfi tayoqcha yordamida o‘zlari bilmagan holda bir xil suratlarni fotoapparat xotirasiga muhrlab, har soniya ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgani sir emas. Britaniyalik suratkash Oliver Kertis esa olomon ortidan borib, selfi orqali bir xil kadrlarni suratga olishni istamadi va antiqa ishga qo‘l urdi, deb yozadi BigPicture. Oliver mashhur sayyohlik maskanlariga qarama-qarshi bo‘lgan joylarni fotoapparatiga muhrladi. Quyida uning ishlaridan namunlarni tomosha qilishingiz mumkin. Toj-Mahal, Agra, Hindiston Iso Masih haykali, Rio-de-Janeyro, Braziliya “Mona Liza”, Luvr, Parij, Fransiya Avliyo Mark maydoni, Venetsiya, Italiya Xeops piramidasi, Giza, Misr Mao Szedun maqbarasi, Pekin, Xitoy Parfenon, Afina, Gretsiya Yig‘i devori, Quddus, Isroil Ozodlik haykali, Nyu-York, AQSh Oq uy, Vashington, AQSh Eyfel minorasi, Parij, Fransiya
94
971
Foto
Foto: Suv ustidan va ostidan o‘tgan ko‘prik
Daniya va Shvetsiya o‘rtasida joylashgan Eresunn bo‘g‘ozining 16 kilometrli qismida ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi tunnel joylashgan. Bu tipdagi yagona inshoot bo‘lgan Eresunn ko‘prik-tunneli masofani ancha tez bosib o‘tishga imkon beradi. Ko‘prik qurilguniga qadar bu vazifani kemalar bajargan va hozirgiga qaraganda ko‘proq vaqt sarflangan. “Billionnews.ru” nashri ko‘prikning fotojamlanmasini taqdim etdi. Ko‘prik orqali to‘rt qatorli avtomagistral va temiryo‘l o‘tgan. U sun’iy orolda tugaydi va suv ostidan o‘tadigan tunnelga ulanib ketadi. Bunday noodatiy inshoot yaqin masofada joylashgan Kopengagen aeroportiga qo‘nuvchi samolyotlarga xalaqit bermaslik va kemalarning erkin qatnovini ta’minlash uchun yaratilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
43
801
Foto
1000 yillik tarixga ega ustun, xon o‘limi sabab chala qolgan minora, zamonasining “konditsioner”i. Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahar-muzey — Ichan qal’aga sayohat
Suvoqlangan mustahkam devorlar, tepasiga Qur’oni karimdan oyat bitilgan yog‘och darvozalar, labirintsimon, tutash yoki oxiri berk ko‘chalar haqida so‘z borsa, “Oloviddinning sehrli chirog‘i”, “Semurg‘” kabi filmlardagi kadrlar ko‘z oldimizdan o‘ta boshlaydi. Aslida esa bunday o‘ziga xos manzarani ko‘rish uchun vaqt mashinasida o‘tmishga qaytishni faraz qilish yoki shunchaki tasavvurlar bilan cheklanishga hojat yo‘q. O‘sha ertakmonand muhitni his qilish uchun Xivaning yuragi — Ichan qal’aga tashrif buyurish kifoya. Haykal fonida ko‘rinib turgan Muhammad Aminxon minorasi Sayyohlar aynan Ichan qal’ani ko‘rish uchun dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurib turganida, “Toshkentdan Xorazmgacha 1100 kilometr”ni bosib o‘tishga erinchoqlik qilish yaramaydi. Qachongacha o‘zimizdagi tarixiy va turistik yerlar haqida xorijlik blogerlarning taassurotlari orqali xulosa qilib o‘tiramiz, deya 18–20-aprel kunlari Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil qilingan press-tur doirasida boshqa tarixiy obyektlar bilan birga Ichan qal’ani kezish uchun Xiva tomon yo‘l oldik. Xorazm hunarmandchilik namunalari Afsonalarda Markaziy Osiyoning jar qismida joylashgani uchun suv manbalari juda yaqin bo‘lgan Xivaga bundan 5000-yil avval Nuh alayhissalomning o‘g‘li Som asos solgani aytiladi. X asrda yashagan tarixchi Istahriy Xivaga o‘z davrining eng yirik 30 ta shaharlaridan biri deb ta’rif bergan. Qadimgi Xiva uch qismdan tashkil topgan. Ichan qal’a, ya’ni Xivaning ichki qismi shaharning tashqi qismi bo‘lgan Dishan qal’adan kungurador devor bilan qisman ajratilgan. Ichan qal’a hududidagi o‘rta asrlar ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi haykal Sal avvalroq Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on ziyorat qilib ketgan ushbu shaharga borishda vaqtni tejashning eng maqbul yo‘li — samolyot. Imkoniyatdan kelib chiqib poyezd yoki mashinadan ham foydalansa bo‘ladi. Toshkent aeroportidan 1,5 soatga yetmay Urganchga borib olish, uyog‘iga esa avtobus orqali Xivagacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish mumkin. Atrofi hatto ichida ham mehmonxonalar mavjud ekani sabab har kim o‘z budjetidan kelib chiqib turli qulaylikdagi variantni tanlashi va qal’aga piyoda 5–10 daqiqaga qolmay yetib olishi mumkin. Islomxo‘ja minora va madrasasi Mehmonxonamiz yaqinligi sababli ertani kutishga betoqatlik qilib o‘sha kechaning o‘zida, taxminan, kechki soat o‘nlarda bir guruh katta-kichik hamkasblar bilan qal’a tomon yo‘l oldik. Tungi Ichan qal’a Qizig‘i, oramizdagilarning aksariyatini bu yerga, umuman, Xivaga birinchi safari emasligiga qaramay, yo‘l charchog‘ini chiqarish uchun xonada qolib dam olish, havo poytaxtdagiga nisbatan salqinroq ekanini bahona qilmay baravariga chiqishni afzal bildi. Aftidan, yo yodgorlikning ohanrabosi bor, yoki ko‘pchilik bo‘lib kezishning zavqi o‘zgacha. Chiroqlar bilan yoritilgan Ko‘hna Ark Zotan, biz borgan kechada hammayoq qorong‘i ekaniga qaramay, ertasi kuni Ichan qal’aning tungi husnini ko‘roldik. Chiroqlar bilan u zebigardon-u tillaqoshlar bilan bezangan, shahar ahli uyquga ketsa ham bunga uning xayrixohligi yo‘q Xorazm huriliqosi, yo bo‘lmasa qolganlar shuni afzal bilsa-yu, ularga qarshilik qilishni o‘ziga ep ko‘rmay, tik va uyg‘oq qolishni ma’qul biladigan mard Xiva o‘g‘loniga o‘xshaydi go‘yo. Ichan qal’adagi kechki sayr Majmua bo‘ylab yangraydigan musiqa ohanglari fonida kech bo‘lsa ham odamlarning qushlardek chug‘ur-chug‘ur suhbatlashishi orada qah-qah kulgisi quloqqa chalinadi. Kun bo‘yi savdo qilib charchagan hunarmandlar esa narsalarini yig‘ishtirib ketishga otlangan, ayrimlar bo‘lsa qal’a ichidagi yemakxonada iftorlik qilib chiqardi. Qal’a devori Ikkinchi kun tongi Ichan qal’aga takroriy safar bilan boshlandi. Uzunligi 2 200, balandligi bo‘lsa 10 metrni tashkil qiladigan mahobatli qal’a garchi oddiy, bezaklardan xoli bo‘lsa ham aynan u misolida ‘‘oddiylik murakkablikning eng yuksak darajasi’’ degan ibora beixtiyor o‘z isbotini topadi. Markaziy Osiyodagi saqlanib qolgan yagona shahar-muzey — Ichan qal’aning betakrorligi undagi yodgorliklarning bir emas, bir necha davrga oidligida. Unda nafaqat Xonlik davri, balki Xorazmshohlar hukmronligidan tortib mo‘g‘ullar istilosi va undan keyingi, shuningdek, XVI—XVII asrlarga oid obyektlarga duch kelish mumkin. Gujum daraxtidan yasalgan eshik Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgani bois ansamblda 4 ta darvoza: Bog‘cha darvoza, Polvon darvoza, Toshdarvoza hamda Ota darvoza mavjud. To‘rtala tomondan kirish imkoniyatini sayyoh va mehmonlar uchun qulaylik deb baholash mumkin. Ota darvozadan Polvon darvozagacha bo‘lgan yo‘l XVIII—XX asrlarda qurilgan. Xivaning 80 foizga yaqin tarixiy yodgorligi jam bo‘lgan majmua darvozalari XIX asrda bomdod namozi vaqtida ochilib, xufton namozi vaqtida yopilgan. Gujumdan ishlanib, naqshlar bilan bezatilgan eshik Kelgan sayyohlarga ma’lumot beraverib qal’a tarixini suv qilib ichib yuborgan Toshhovli saroy bo‘lim mudiri Farrux Jumaniyozovning aytishicha, Ichan qal’aning ichidagi barcha darvoza, eshik, ustunlar Xorazmda o‘sadigan gujum daraxtidan yasalgan bo‘lib, ko‘chalarni bezab turadigan ajoyib lavhlar uchun ham bugungi kunda ustalar aynan ushbu daraxtdan foydalanadi. Sho‘r yerda o‘sadigan an’anaviy gujum daraxti shunchalik qattiq va mustahkamligidan temirga qiyoslanadi. Darvozaga aylana shaklidagi naqsh o‘yilgan bo‘lib, ulardan biriga Ixlos surasi ikkinchisiga esa Kalimai shahodat tushirilgan. Shunchalik mohirlik bilan o‘yilganidan yozuvning boshi bilan oxiri bir-biriga tutashgan. Kiraverishda sarrofxonalar qurilgan bo‘lib, uni hozirgi valyuta ayirboshlash shoxobchalariga qiyoslash mumkin. Ichan qal’aning Ota darvozadan kirgandagi ko‘rinishi Ichan qal’ada Juma masjidi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Toshhovli saroyi, Islomxo‘ja minorasi, Muhammad Aminxon minorasi, Ko‘hna Ark va Toshhovlidan boshqa yana bir qancha o‘ziga xos ahamiyatga ega inshootlar bir qancha. Ota darvozadan kirganda ko‘zga birinchi bo‘lib xalq orasida kalta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad Aminxon madrasasining oldida joylashgan minora ko‘zga tashlanadi. Gidning tushuntirishicha, aslida minoralarni qurishdan bir qancha maqsad ko‘zlangan. Asosan so‘fi azon aytib namozga chaqirishi uchun masjid yonida bunyod etilgan minoralar, shuningdek, mayoq vazifasini ham bajargan. Karvon adashmay topib kelishi uchun minora ustiga kechqurunlari olov yoqib qo‘yilgan. Yana mudofaa borasida ham manfaatli bo‘lgan. Tepasida turgan soqchi kelayotgan yovni ko‘rgach boshqalarga signal bergan. Balandligi 51 metrni tashkil qiladigan Islomxo‘ja minorasi Qolaversa, u orqali uni qurdirgan insonning ismi abadiylashtirilgan. Muhammad Aminxon va Islomxo‘ja madrasalarining yonida minora qad rostlaganining sababi ham shunda. Savdo rastalari Yana bir o‘ziga xosligi Muhammad Aminxon minorasida Ogahiyga oid 16 misralik tarixdan 12 tasini uchratish mumkin. Ta’mir vaqtida asliga keltirilgan yozuvda minora jannatda o‘sadigan Tubo daraxtiga qiyoslanadi, falak ayvonining ustuni ya’ni osmon gumbazini tutib turuvchi ustun deyiladi. 28 metr balandlikdagi (gid 28 metr deb aytdi, ammo ayrim manbalarda 29 metr ekanligi haqida ma’lumotlar bor) Muhammad Aminxon minorasi 51 metrlik Islomxo‘ja minorasidan zangori, moviy ranglar bilan bezatilgani orqali ham ajralib turadi. Yana quyosh tushganida o‘zgarmasligi, ranglari o‘chmasligi bilan ham diqqatga sazovor. Ansambldagi sharqona muhit Minoraning aylana diametridan uning balandligini bilish mumkin. Muhammad Aminxon minorasining aylana diametri 14, 5 metr, Islomxo‘janing diametri esa 7 metr. Shundan kelib chiqib xonning o‘limi sabab chala qolgani aytiladigan minora bitganida ansambldagi Islomxo‘jadan qanchalik baland bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilish mumkin. Xalq orasida “Madrasasi bitib minorasi bitmagan Muhammad Aminxon murodiga yetmagan”, degan gap bor. Tovlanadigan, jilokor minoraning tarixi bilan bog‘liq bir necha afsonalar ham yo‘q emas. Emishki, shahardagi eng ulkan minora bunyod qilishni buyurgan Xiva xoni Buxoro amirida ham shunday xohish paydo bo‘lganidan xabar topadi. Xonning bunday minoraning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasligini yaxshi bilgan bosh usta, bitganidan so‘ng meni qatl qilishadi, degan qo‘rquv bilan ishni chala tashlab qochib ketadi. XX asr boshida qurilgan Polvon qori savdo uyi Ansamblda turli asrlarga oid obyektlar bo‘lsa ulardan eng eskisi qaysi degan savolga, Farrux aka “Juma masjidi”da 1000 yillik tarixga ega ustunlar borligini aytish orqali javob berdi. Uning ma’lum qilishicha, X asrda yo‘li shu tomonlarga tushgan arab sayyohi Juma masjidi haqida yozib, unga chiroyli, mo‘jaz deb ta’rif bergan. Muhammad Rahimxon madrasasi Bizgacha yetib kelgan eng qadimiy obida XIV asrga tegishli Sayyid Alovuddin maqbarasi hisoblanadi. Qolgan inshootlar XVII, XVIII va XIX asrlarga tegishli. Ro‘parama-ro‘para uslubda qurilgan binolar Xiva me’morlari O‘rta Osiyo arxitekturasiga xos uslub — inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurishdan foydalangan. Pishiq g‘ishtdan qurilgan madrasalar arxitekturasi o‘xshash — simmetrik, ikki qavat va hovlili. Peshtoqning ikki tarafiga an’anaviy guldasta-minoralar ishlangan. Me’morchiligi o‘xshagani bilan har biri alohida, o‘ziga xos. Yuqoridan kaftdek ko‘rinadigan Ichan qal’a Xorazm me’morchiligidan o‘rganadigan jihatlar ko‘p. Zax tortmasligi uchun binolar orasiga qamish qo‘yilgani (qamish suvda o‘sgani hisobiga suvda chirimaydi), Xorazm O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgani uchun imorat tiklashda asosan issiq va sovuq inobatga olingani tahsinga sazovor. “Xon qabuli” sahna ko‘rinishidan lavha Xon qarorgohi hisoblangan Ko‘hna Arkdagi arzxona bunga misol bo‘la oladi. Xon yozning jaziramasida mehmon va elchilarni ayvonda, qishda esa ichkarida qabul qilgan. “Xon qabuli” sahna ko‘rinishidan lavha Dastlab shimolga qaragan ayvonning baland ishlangani, qarshisidagi devorning esa past ekanligi ajablantirdi. Keyin bilsak, bu bejiz emas ekan. Ta’kidlanishicha, tars ya’ni quyoshga teskari qaragan ayvonga qishin-yozin quyosh tushmas ekan. Shimoldan kelgan sovuq shamol baland devorga urilib, yana qayta harakatlanib chiqib ketayotganda, o‘sha tomondan kelayotgan boshqa bir shamolga qo‘shilib shabada hosil qilar ekan. Buni o‘z zamonasining “konditsioner”iga qiyoslasa bo‘ladi. Xon chiqib ko‘ringan, farmonlar o‘qib eshittirilgan siyosiy maydon “Islomxo'ja”, “Muhtasham yuz yil” va boshqa tarixiy seriallarida hukmdor chiqib ko‘rinish beradigan sahnalar bor. Ichan qal’ada ham mana shunday siyosiy maydon bo‘lgan. Xon unda chiqib ko‘rinish bergan, farmonlar o‘qib eshittirilgan, xalqqa ibrat bo‘lishi uchun ayrim jazo turlari ham aynan shu yerda namoyishkorona qo‘llanilgan. 2020-yil Xiva ‘‘Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilinganida ta’mirlash ishlari olib borilgan va o‘sha vaqtda mazkur maydonda usti beton bilan yopilgan quduqqa o‘xshash chuqurlik topilgan. Undagi g‘ishtlarning barida romb ko‘rinishidagi belgi borligi, ya’ni har bir usta o‘z muhrini qo‘ygani aniqlangan. Chuqur quduq yoki sardoba bo‘lgan deb taxmin qilingan, ammo suv idishi topilgach bu yer zindon bo‘lishi, mahbuslar jazolanguniga qadar shu yerga tashlab turilgan bo‘lishi mumkin degan ehtimollar ham aytilgan. Hunarmandchilik namunasini sayyohlarga ko‘rsatayotgan ayol Ichan qal’ani ko‘rish uchun kelganlar orasida fransuz, turk hamda ingliz millatiga mansub sayyohlar borligi, yana arxitekturaga shaydo bo‘lishdan tashqari hunarmandchilik namunalari — gilamlar, milliy libos va ayniqsa cho‘girmalar qiziqtirayotganini payqash qiyin emas. Ranglar umumlashmasi bilan o‘ziga rom etadigan Xorazm gilamlari Xiva gilamlarining to‘qilish jarayoni xuddi ranglar simfoniyasidan yaralayotgan asarga o‘xshaydi. Gilamning to‘qilish jarayoni Uni tikilib tomosha qilish meditatsiya singari ta’sir qiladi odamga. Gilam to‘qishda foydalaniladigan iplar Rastalarda cho‘girmalarning turli rang va katta-kichiklikdagisini ko‘rish, hatto sotib olmasa ham kiyib suratga tushib olish mumkin. Savdogarlar bunga e’tiroz bildirmaydi, go‘yo bu tabiiydek oddiy hol sifatida qabul qiladi. Cho‘girma o‘tmishda chang va sovuqdan himoya qilishdan tashqari, safarga chiqqan yo‘lovchi uchun yo‘lda yostiq vazifasini ham bajargan. Qolaversa, tolalarining uzun-qisqaligi uni kiygan odamning mavqeyini ham bildirgan. Shuning uchun boshidan cho‘girma tushgunicha jon uzilishi afzal bilingan. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, qiziq fakt — turmush yukini bo‘yniga olishga qanchalik tayyor ekanini bilish uchun bo‘yi yetgan qizlar cho‘girma bilan 7 marta urib ko‘rilgan. Zarbdan yiqilmasa keyin turmushga berilgan. Qal’a devorining yuqoridan ko‘rinishi Turizm va madaniy meros vazirligining ma’lum qilishicha, Xorazmda 21 ta muzey bo‘ladigan bo‘lsa, undan 19 tasi aynan Ichan qal’ada qolgan ikkitasi esa Dishan qal’ada mujassam. Ichan qal’adagi muzey eksponatlari Ichan qal’a davlat muzey qo‘riqxonasidagi buyumlar, ashyolarning umumiy soni 56 232 tani tashkil qiladi. Ularni tomosha qilgan odam shunchalik qiymatli merosni o‘z ko‘zi bilan ko‘rayotganidan hayratlanadi. Lekin, afsuski, kimlarningdir nafsi sabab ko‘z ko‘rgan hamma narsa ham asl bo‘lib chiqavermaydi. Ichan qal’adagi muzey eksponatlari Madaniy meros agentligining sal avvalroq Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasida olib borgan ishlari natijasida naqd 101 ta muzey ashyolarining soxta ekani aniqlangani haqida bergan xabari ushbu fikrga isbotga bo‘la oladi. Eksponatlarning yo‘qolishi millat uchun yo‘qotish, tarix va madaniy meroslarga mensimasdan qarash esa juda ayanchli. Odam vahimaga tushadi — tarixga ham eksponatlar singari o‘zgartirish kiritilmagan bo‘lsin-da, ishqilib … Pahlavon Mahmud maqbarasi Xiva turistik shahar, shu uchun bo‘lsa kerak aksariyat kishilar xonadonlarni mehmonxona, restoran va do‘kon qilib olgan. Sayyohlar uchun Ichan qal’aning ichidagi uyda istiqomat qilish qulay va hatto o‘ziga xos bo‘lishi mumkin, biroq aholining uylarini bo‘shatib tijorat qilishi tarixiy muhitga ta’sir qilishi, natijada ko‘rimsiz, jonli hayotdan uzilgandek muhit kuzatilishi mumkin. Pahlavon Mahmud maqbarasining hovlisida yurgan musicha 1967-yilda muzey qo‘riqxona tashkil qilinganda, aholi u yerdan ko‘chirib tashlanmoqchi bo‘lgan-u, ma’lum qismi qoldirilgan. 1990-yili Butunjahon madaniy meros yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan Ichan qal’adagi uylarni qayta qurish mumkin, ammo UNESCO’ning shartiga binoan ohaklash, shifr qilmaslik kerak. Milliy naqshlar bilan bezatilgan hunarmandchilik namunalari Ichan qal’aning maydoni kattaligi hisobiga bu yerga birinchi marta kelgan odam uni 1 yoki 2 kunda aylanib chiqib faqat ko‘rganlariga tayanib xulosa chiqarishi mumkin. Ko‘rmagan nazardan qochgan jihatlar bo‘lishi yoki aksincha avvalroq kelganidagi holat bilan solishtirib oldingi ko‘rinishi bilan bog‘liq farqni darhol payqashi mumkin. Egalarini kutayotgan hunarmandchilik namunalari Masalan, jamoa bo‘lib aylanganda Ota darvozadan Polvon darvozagacha bo‘lgan masofada xonadonlarga ko‘zimiz tushmadi. Lekin hamrohlik qilish vaqtida bizga o‘zi ham ichan qal’alik ekanini ta’kidlagan Toshhovli saroy bo‘lim mudiri Farrux Jumaniyozov hududdagi uylar avloddan avlodga o‘tib kelayotgani, 400 ga yaqin xonadonda 3000 ga yaqin aholi istiqomat qilishi haqida ma’lumot berdi. Bozori chaqqon milliy qo‘g‘irchoqlar Ichan qal’adan tashqari Xiva va Urganchdagi boshqa obyektlarga ham dastur asosida tashrif buyurishimiz kerakligi, vaqt esa tig‘izligi hisobiga 26 gektar hududdagi hamma-hammasini ko‘rishga jismonan hamda ma’nan ulgurish imkonsiz edi. Shundan kelib chiqib agar hamkasbim Madina Nurman bilan kechki tamaddi uchun qayta qal’a ichiga boshqa, yon tarafidagi darvozadan kirib qolmaganimizda biz ham bir emas, ko‘p emas — naqd 400 ta xonadon bor ekan-ku, lekin biz ularni ko‘rmadik, deb aytishimiz mumkin edi. Lekin kichik sarguzasht — sal kam adashishimiz ortidan kunduzi kezib ulgurmagan, devorlari suvoq qilingan, tomlariga shifr qo‘yilmagan xonadonlarning yonidan o‘tdik, va oldinroq ko‘rmaganimizga ajablandik ham. Tarixiy obida va yodgorliklar alohida masala, ammo aynan past devorli uylar tarafda sharqona shaharning ekzotik obrazi saqlanib qolganga o‘xshaydi. Bu obrazni iloji boricha saqlash va yaxshilash esa nafaqat turizm balki avlodlarga bor merosni yetkazish uchun ham ahamiyatli. Press-tur ishtirokchilarini karnay-surnay bilan qarshilagan xivaliklar Aslida yuqoridagilarning bari Xiva hatto Ichan qal’a bilan bog‘liq hammasi emas, uning go‘zalligi va o‘ziga xosligini so‘zlar bilan ifodalash uchun yozish borasida musavvir bo‘lish ham kamlik qiladi. Eng yaxshisi, borish va o‘z ko‘zi bilan ko‘rish kerak.
175
16,518
Foto
Vashington. Jahon siyosati markazidan “Daryo” reportaji
AQShga safarimiz davomida shunga amin bo‘ldikki, bu yerdagi har bir yirik shahar o‘ziga xos muhitga, o‘ziga xos me’morchilikka, o‘ziga xos ruhga ega. Deylik, Chikago ishbilarmonlik markazi hisoblansa, Las-Vegas ko‘ngilochar muassasalar majmuasi, Los-Anjeles esa jahon kinosi poytaxti hisoblanadi va hokazo. Mamlakat poytaxti — Vashington ham o‘zgacha ruhga va maqomga egadir. Avvalo, Vashington jahon siyosati markazidir. Ko‘plab diplomatlar o‘z xotiralarida e’tirof etganiday, bu yerda dunyo mamlakatlarining taqdiri hal bo‘ladi. Nafaqat AQSh federal hukumati muassasalari shu shaharda jamuljam bo‘lgani, balki elchixonalar-u, turli xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari azbaroi ko‘pligidan Vashington chinakam siyosatchilar shaharchasiga aylanib qolgan. Siyosatdonlar, diplomatlar, lobbichilar, piarchilar, huquqshunoslar, jurnalistlar, NNTlar vakillari shahar aholisining salmoqli qismini tashkil qiladi. Ayni paytda Vashington ochiq osmon ostidagi muzeydir. Deyarli har bir bino o‘ziga xos tarixga ega. Hatto odamlar yashaydigan uylar ham tarixiy obida sanalib, ularni buzish yoki rejasiga o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi. Vashington XIX asr oxirida shtatlar orasidagi kelishuvga binoan maxsus poytaxt shahar sifatida bunyod etilgan. Hududi uncha katta bo‘lmagan shahar maxsus Kolumbiya okrugiga ajratilgan bo‘lib, Merilend va Virginiya shtatlari orasida joylashgan hamda bu shtatlar bilan birgalikda yagona metropolitan hududni tashkil qiladi: merilendliklar har kuni ishga Vashingtonga keladi, poytaxtga tashrif buyuruvchilar Virginiya aeroportlariga kelib tushadi va hokazo. Poytaxtni Merilenddan Rock Creek Park bog‘i ajratib turadi. Merilendning yondosh hududi — Silver-Spring shaharchasi Vashington uchun ham biznes markazi hisoblanadi, butun yirik biznes shu shaharda makon qurgan. Vashingtonda esa asosan siyosat va huquq bilan bog‘liq kompaniyalar ofislarga ega. Shaharda muzeylar, tarixiy binolar, haykallar, Dupont Circle kabi bog‘lar va boshqa turistik obyektlar nihoyatda ko‘p. Oq Uy, Oliy sud singari davlat muassasalari binosida ham omma uchun ochiq hududlar, ko‘rgazmalar, shuningdek, turistlar qabul qilinadigan soatlar tashkil etilgan. Vashingtonning eng mashhur inshootlari National Mall xiyobonida joylashgan. Kongress qarorgohi — Kapitoliydan boshlanib, Linkoln memorialida tugaydigan uzundan-uzoq ushbu xiyobon o‘zida AQSh mustaqilligining asosiy ramzlarini jamlagan. Kongress binosidan tashqari, ushbu xiyobon bo‘ylab sayr davomida mashhur obelisk — Vashington monumentini, Ikkinchi jahon urushi memorialini, Vashington memorialini aks ettirib turuvchi Reflecting Pool hovuzini va, albatta, Linkoln memorialini ko‘rish mumkin. Shaharning diqqatga sazovor joylaridan Kongress kutubxonasini, shuningdek, Jefferson memorialini tilga olib o‘tish mumkin. AQSh siyosatining markazi, prezident qarorgohi Oq Uy oldida har kuni tumonat odam to‘planib turadi. Ularning bir qismi sayyohlar bo‘lsa, qolganlari turli siyosiy talablar bilan to‘plangan fuqarolik jamiyati faollaridir. Jumladan, biz borganimizda Oq Uy oldida abortlarga qarshi, shuningdek, farzandlarini emizadigan ayollar diskriminatsiya qilinishiga qarshi piketlar o‘tkazilayotgan edi. Bundan tashqari, butunjahon uyg‘urlari yetakchisi, mashhur inson huquqlari himoyachisi Robiya Qodir boshchiligida Xitoyda musulmonlarning tazyiqqa olinishiga qarshi uyushtirilayotgan piketga guvoh bo‘ldik. Robiya Qodir bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘libgina qolmay, undan O‘rta Osiyo xalqlari va xususan O‘zbekiston haqida ko‘p iliq so‘zlar eshitdik. Ammo Vashingtondagi uchrashuvlarimiz bu bilan cheklanmadi. Oq Uy oldida qozog‘istonlik talabalar bilan uchrashib qolishimiz, shuningdek, Xalqaro matbuot markaziga hamda “Amerika ovozi” o‘zbek xizmatiga tashrifimiz ham esda qolarli bo‘ldi. Vashingtonga xos yana ikki jihatni aytib o‘tsam. Birinchisi — shaharda Kongressdan balandroq bino qurish mumkin emas, shu uchun, Chikago yoki Nyu-Yorkdan farqli o‘laroq, bu yerda osmono‘par binolar yo‘q. Ikkinchisi — siyosiy markaz bo‘lgani bois shaharda xavfsizlik masalalariga juda jiddiy qaraladi. Shaharning turli qismlarida tekshiruvlar o‘tkazib turiladi, u yoki bu yo‘llar yopib qo‘yiladi yoki transport harakati cheklanadi. Bunday holatlarning ro‘y berishi shahardagi siyosiy voqeliklarga bevosita bog‘liq. Yirik tadbirlar chog‘ida xavfsizlik choralari ham kuchaytiriladi. Vashington qurilgan hududda qadimda asosan qora tanli qullar istiqomat qilgan. Oq tanli aholi — plantatorlar esa Jorjtaunda va Aleksandriyada (Virginiya) o‘rnashgan. Afroamerikaliklar mamlakat poytaxtini o‘z qo‘llari bilan, o‘z hududlarida bunyod etganlaridan juda faxrlanadi. Yaqin-yaqingacha shahar aholisining 70 foizini aynan afroamerikaliklar tashkil etar edi. Ammo shaharda yirik qurilishlar ko‘payishi, uy-joyning qimmatlashishi natijasida ularning kattagina qismi chekka hududlarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Ketganlarning o‘rnini boshqa shtatlardan ko‘chib kelayotgan amaldorlar, siyosatchilar, huquqshunoslar va boshqa nufuzli kasb sohiblari egallamoqda. Bundan tashqari, shaharda uysizlar soni ham sezilarli darajada ko‘p — tungi soatlarda China Town atrofi va boshqa ba’zi ko‘chalar uysiz fuqarolarning “yotoqxona”siga aylanadi. Vashington nihoyatda qimmat shahar sanalishiga qaramasdan, uning ichida ham alohida “boylar shaharchasi” — Jorjtaun mavjud. Jorjtaun Vashingtonning shimoli-g‘arbida, Potomak daryosi sohilida joylashgan tarixiy tuman bo‘lib, u nihoyatda shinam, o‘ziga xos me’morchiligi, qadimiy dahalari, do‘konlari va restoranlari bilan mashhur. Bu yerda Jon Kerri, Barak Obama singari siyosatchilar istiqomat qiladi. Vashingtonliklar va shahar mehmonlari Potomak sohilida sayr qilib yoki tamaddixonalarda yig‘ilib, sehrli oqshomlar o‘tkazadi. Daryoning narigi sohilida Virginiyaning Rozlin shahridagi osmono‘par inshootlar ko‘zga tashlanib turadi.
55
5,855
Foto
Sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan va dunyo haqidagi fikringizni o‘zgartiruvchi suratlar
DigitalGlobe loyihasi Yer sayyorasi samoda turgan astronavtga qanday ko‘rinishini namoyish etuvchi suratlarni taqdim etdi, deya xabar bermoqda TravelAsk.
87
153
Foto
Jeki Chan hayotini xavf ostiga qo‘yib bajargan tryuklar (foto)
Jang san’ati namunalari va kulgini bir filmda mujassam qiladigan mashhur aktyor Jeki Channing jiddiy jarohatlanishga sabab bo‘lgan tryuklari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. “A loyihasi” (1983) — 8 metr balandlikdan yiqilgan Jeki Chan eng jiddiy jarohatlaridan birini “A loyihasi” filmini suratga olish maydonchasida olgan. Sujetga ko‘ra, Chan gavdalantirgan qahramon binodan chiqadi va soat strelkasini ushlagan vaqti orqadan dushmani itargani uchun osilib qoladi. Oqibatda 8 metr balandlikdan matodan tikilgan tom ustini teshib yerga tushadi. Dastlabki ilk dubldan qoniqmagani sabab sahnani takror suratga olishga qaror qiladi. Aynan shu jarayonda aktyor yerga yiqilib, sindirib olishiga sal qoladi. Og‘riqning kuchliligiga qaramay, Chan o‘zini qo‘lga olib sahnani oxirigacha ijro qilgan. “Politsiya tarixi” (1985) — Balandlikdan yiqilish davomida avvaliga to‘siq so‘ngra shiyponga urilib, yerga zarb bilan tushgan Chan ijrosidagi eng yaxshi filmlardan biri boshidan-oxirigacha turli tryuklarga boy ekani bilan o‘ziga xosdir. Savdo markazi zinasida Jeki ijro qilgan qahramonni ikki raqibi uni to‘siqning ustidan yerga otib yuboradi. Jeki daraxtdan yasalgan shiyponga urilib, uning bo‘laklari bilan birga yerga yiqiladi. Bu vaqt polda hech qanday setka yoki to‘shak bo‘lmaydi. Ushbu sahnadan keyin suratga olish jamoasi zarb bilan tushgan aktyorni ko‘tarib, o‘ziga kelishiga yordam berish uchun olib ketgan. “Politsiya tarixi” (1985) — Ustundan yiqilgan Ushbu filmdagi yana bir esda qolarli, ammo aktyor uchun og‘ir bo‘lgan sahna ham mazkur savdo markazida olingan. Jeki balkondan atrofida yangi yil chiroqlari bo‘lgan metall ustun bo‘ylab sirpanadi va oxiri shisha tomga borib uriladi. Ekranda qoyilmaqom ko‘ringan ushbu sahna Jekiga qimmatga tushgan: bir necha marta tok urgan, qo‘llari kuygan va kesilgan, hatto barmoqlarini ham sindirib olgan. Bu ham yetmagandek tos suyagi jarohatlanib, umurtqa pog‘onasi shikastlangan. “Tangri aslahasi” (1986) — Boshi bilan toshga urilgan Aktyorga jarlik ustidan daraxt orqali sakrab o‘tish sahnasining birinchi dubli yoqmagan. U o‘zini yetarlicha tez harakatlanmagan deb hisoblagan. Ikkinchi urinishda esa orqasi bilan yiqilib, boshi bilan toshga urilgan. Zarbdan bosh suyagining bir qismi bosh miyasiga kirib ketgan aktyorning hayoti shifokorlarning tezkor harakati sabab saqlab qolingan. Shundan buyon Channing quloqlaridan biri ikkinchisidan ko‘ra yomonroq eshitadi. “Politsiya tarixi-2” (1988) — Harakatlanayotgan avtobus ustida shishaga urilib, qattiq jarohatlangan  Politsiyachi Kevin Chan sarguzashtlari davomida avtobusning ustiga sakraydi va boshqaruvsiz avtobus ustidagi qahramon shishali reklama baneriga borib uriladi. Ushbu sahnani suratga olish uchun xavfsiz shisha tayyorlanganiga qaramay, Jan hisobda adashgan va haqiqiy shishaga urilgan. Oqibatda bo‘yni, qo‘llari, kaftlari va yuzi jarohatlangan. Montajda hammasi to‘g‘rilanganiga qaramay, u suratga olish jarayoni tugagunicha bog‘lov bilan yurgan. “Tangri aslahasi-2: Kondor operatsiyasi” (1991) — Zanjirdan sirpanib tushib ketgan Filmning finaliga biroz qolganida Jeki osilgan zanjirdan turtib chiqqan qismga borib uriladi. Shunchalik zarb bilan urilganidan aktyorning ko‘krak suyagi joyidan siljiydi. “Politsiya tarixi 3: Superpolitsiyachi” (1992) — Uzoq vaqt davomida osilib turishdan yelka mushaklari qattiq zo‘riqqan Sahnalardan birida osilib turgan Jeki harakatlanib kelayotgan vertolyotdan o‘zini chetga olishi kerak bo‘lgan, ammo unday qilmagan. Uchayotgan vertolyotning osma narvonida uzoq vaqt davomida, qutqaruv jamoasi kelib yordam bermagunicha osilib turgani sabab tekshiruvdan keyin aktyorning yelka mushaklari jiddiy zo‘riqqani ma’lum bo‘lgan. “Jinoyat haqida hikoya” (1993) — Ikkita avtomobilning o‘rtasida qisilib qolgan Aktyor sahnalardan birida ikkita avtomobilning o‘rtasida qisilib qolgan. Oqibatda oyoqlari singan va 3 oy shifoxonada davolanishga majbur bo‘lgan. Ammo suratga olish maydonchasiga qaytgach, o‘ylab ham o‘tirmay ushbu tryukni takrorlagan. “Bronksdagi mashmasha” (1995). Sakrab jarohatlangan O‘zining Gollivuddagi ilk muvaffaqiyatli loyihasida sujetga ko‘ra balandlikdan sakragan aktyor oyog‘ini noto‘g‘ri qo‘ygani hisobiga to‘pig‘ini sindirib olgan. Singan suyaklari bitishini kutish o‘rniga aktyor gips ustidan rezinali paypoq kiyib suratga tushishda davom etgan. Bu tryuk boshqalariga qaraganda u qadar xavfli emasligiga qaramay, aktyorning ishiga qanday munosabatda ekanini ko‘rsatadi.
62
4,441
Foto
Foto: Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inlari
Ispaniyaning As-Neves munisipalitetida 2017-yilning 16-oktabr kuni o‘rmon yong‘inlari oqibatida zararlangan haykalning suratini Meduza taqdim etdi. Ispaniya va Portugaliya chegarasidagi yong‘inlar hali ham davom etmoqda. To‘rt ming gektardan ortiq maydon yonib ketgan. Yong‘inda uch kishi halok bo‘lgan.
37
304
Foto
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi. Haydovchi kuyib, kasalxonaga yotqizildi
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 10-avgust kuni “GAZ-52” yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda. Voqea tumanning Suloqli mahallasi hududida yuz bergan. “Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida. Xabar berishlaricha, yong‘in oqibatida avtomashinaning motor va salon qismi yonib zarar ko‘rgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida kuygan haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.
75
501
Foto
Fotogalereya: Britaniyaliklar yadroviy hujumga qanday tayyorgarlik ko‘rgan — “sovuq urush” davridagi bunkerlar
“Sovuq urush” davrida ko‘pgina davlatlar yadro hujumiga tayyorlanib, Sobiq Ittifoq bilan jang bo‘lishini kutgan. Shu qatori, Buyuk Britaniya ham 1 563 ta yerosti bunkerlarini yaratgan. Ularning barchasi bir-biridan 25 kilometr masofada joylashgan. Travel Ask ularning suratini taqdim etdi.
110
289
Foto
Fotogalereya: Shimoliy Koreyadagi kundalik hayot (video)
1948-yil 9-sentabrda dunyo xaritasida yangi davlat — Shimoliy Koreya paydo bo‘ldi. AdMe mana shu qiziq davlatning kundalik hayotiga nazar tashladi. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
56
1,283
Foto
Ma’nosini tushunish uchun qayta-qayta qarashga majbur qiladigan suratlar
Agar atrofga diqqat bilan qaralsa, dunyo butunlay boshqacha ko‘rinish kasb etadi. Ba’zida nima bo‘layotganini tushunish uchun ikki marta qarashga ham to‘g‘ri keladi. Quyida xuddi shu kabi qayta qarashga majbur qiladigan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz. Ko‘l ustida g‘alati metall tuynuk. Mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar uchun kutilmagan yo‘lakcha. “Itimizni yana yo‘qotdik, uni izlayapmiz”. Ushbu yuk tashuvchi mashina butunlay oq rangda. “Sut to‘la stakanim xuddi teskari turgandek ko‘rinmoqda”. “Mushugim hozir uxlayapti, lekin u tik turgandek ko‘rinadi”. Isitgichning metall kostryulkada aks etishi uni shaffof qilib ko‘rsatadi. Yuk mashinasi xuddi ochilgandek bo‘yalgan. Bargdagi poyaning soyasi tufayli, o‘simlik boshqa tomonga burilganga o‘xshaydi. Ajoyib kichkina qo‘shiqchi. Bu yangi velosiped yo‘lidagi qum quyosh nuriga o‘xshaydi. “Qizim yotishdan oldin yumshoq o‘yinchog‘ini quchoqlab uxlaydi”. Hali patlarini ochmagan tovus o‘simlik oldida. “Men doimo xotinimning podvodkasi bilan batareyani chalkashtirib yuboraman”. “Yuqoridan qaraganda San-Fransiskodagi daraxtda ko‘rgan bu narsa zanglagan boltga o‘xshaydi”.
72
1,148
Foto
Fotogalereya: Yoshlik paytini ko‘pchilik ko‘rmagan aktyorlar
Gollivud vunderkindlar, bolaligidan ekranda paydo bo‘lib, o‘smirligida tanilgan aktyorlarga to‘la. Ammo ba’zi aktyorlar katta yoshga kirib, mashhurlikka erishadi, shu sababli ularning yoshligini ko‘pchilik ko‘rmagan bo‘ladi. AdMe ana shunday aktyorlarnign suratini taqdim etdi. Vupi Goldberg, 63 yosh Shirli Makleyn, 85 yosh Rouen Atkinson, 64 yosh Devid Bredli, 77 yosh Keti Beyts, 70 yosh Sigurni Uiver, 69 yosh Stiven Fray, 61 yosh Lin Shey, 75 yosh Stiv Martin, 73 yosh Lui de Fyunes (1914-1983) Kristofer Uoken, 76 yosh Lesli Nilsen (1926-2010)
60
560
Foto
Fotogalereya: Turli mamlakatlarda ayollar go‘zalligining asosiy mezonlari
Har bir mamlakatda ayollar go‘zalligiga nisbatan o‘ziga xos qarash mavjud. AdMe ana shunday qarash va mezonlardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi.
73
148
Foto
Fotogalereya: Kuchli iroda bilan ortiqcha vazndan qutulgan kishilar
Ortiqcha vazn ko‘plab kishilarning muammosiga aylangan. Undan qutulish uchun kuchli iroda kerak. AdMe ana shunday iroda egalarining suratlarini taqdim etdi.
67
156
Foto
Zaharli ko‘l ostida qolgan Ruminiyadagi qishloq (foto)
1970-yillarning oxirida Ruminiyadagi Jamana qishlog‘ining aholisi o‘z uylarini qoldirib, davlat to‘lagan badal puli hisobiga mamlakatning turli hudulariga ko‘chib ketishgan. Aholining ko‘chib ketishiga qishloq hududidan katta miqdorda topilgan misning qayta ishlanishi sabab bo‘lgan, deb xabar berdi TJournal. Vodiy to‘g‘on bilan “berkitilgan” bo‘lib, qishloq ko‘lida chiqindi hamda shlak yig‘ila boshlagan. Qizargan zaharli suvning darajasi har yili bir metrga ko‘tarilmoqda. Yigirmaga yaqin odam vodiyda yashashga qolgan, biroq ular tog‘ yonbag‘ri tomon sekin-asta ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Hozirga qadar mahalliy qabriston va cherkov suv ostida qolishga ulgurgan.
54
675
Foto
Miss International 2017 go‘zallik tanlovi g‘olibi aniqlandi (foto)
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida Miss International 2017 go‘zallik tanlovi natijalari aniqlandi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Indoneziyalik 21 yoshli Kevin Liliana tanlov g‘olibi deb topildi. Tanlovning keyingi o‘rinlarini Kyurasao, Venesuela va Avstraliya vakillari zabt etdi. Go‘zallik tanlovida 69 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi.
66
338
Foto
Fotogalereya: Samolyot yo‘lovchilari tomonidan suratga olingan aqlga sig‘mas buyumlar
TravelAsk samolyot yo‘lovchilari tomonidan “tarixga muhrlangan” aql bovar qilmas suratlarni to‘plab taqdim etdi. Bu shunchaki oynadagi tasvir Ushbu kurka qo‘shnilarining joniga tegib ketgan ko‘rinadi O‘zining parvozidan xursand kuchuklar 10 metr balandlikdagi holat: umidsizlik Buni ko‘rib shokka tushish hech gap emas Kimdur oynani karton qog‘oz bilan berkitib qo‘yibdi… Balki bu shunchaki aerofobiyaga qarshi kurashish usulidir Aerofobiyasi bor odam Paypoqlarni quritish uchun ajoyib joy ekan
85
502
Foto
Fotogalereya: Fotosuratchi jahon ayollarining go‘zalligini ko‘rsatib berdi
Ruminiyalik fotosuratchi Mixaela Norok bir necha yil avval o‘z ishini tashlab, yangi hayot boshladi — u dunyo bo‘ylab sayohatga chiqib, yuzlab ayollarni suratga tushirdi. Uning “Go‘zallik atlasi” deb atalgan va hozirgi vaqtda 37 mamlakatni qamrab olgan loyihasi shunday boshlandi, deya xabar bermoqda AdMe. “Bugun ishonch bilan shuni ayta olamanki, atrofimiz go‘zallikka to‘la va u na pardoz-andozga va na liboslarning o‘lchamiga qarab qolgan. Go‘zallik — o‘zligingni topish demak”, — deydi Mixaela.
74
499
Foto
#10YearsChallenge: tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarish (foto)
10 yil uzoq muddat va biz bu davrda ancha o‘zgaramiz. AdMe mana shunday katta o‘zgarishlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
63
124
Foto
Fransiya va Italiyadagi suv toshqini oqibatlari (foto)
Fransiya janubi-sharqiga va Italiya shimoliga kuchli sel yopirildi. Oqibatda tog‘ daryolari qirg‘oqlaridan toshib chiqdi, qishloqlar yerlari o‘pirilib tushdi. “Kommersant” tabiiy ofat oqibatlarini aks ettiruvchi fotogalereyani e’lon qildi. Qutqaruvchilar odamlarni vertolyotlarda evakuatsiya qilmoqda. Italiyaning eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlari — Pyemont va Liguriya ma’murlari hukumatdan favqulodda holat e’lon qilishni so‘radi. Yer ko‘chishlari tufayli Italiyada yo‘llar to‘silgan, bir nechta aholi punktlari tashqi dunyodan uzilib qolgan. Po daryosi sathi olti metrga ko‘tarilgan. 10,5 mingdan ortiq uy elektrsiz qolgan. Italiya shimolida toshqin oqibatida yetti kishi, shu jumladan, bir qutqaruvchi halok bo‘lgan. 7-oktabr kuni ofatdan jabr ko‘rgan Fransiya janubi-sharqiga mamlakat prezidenti Emmanyuel Makron tashrif buyurishi kutilmoqda. Fransiya bayrog‘i suv toshqinidan keyin. Sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan, yana 13 kishi qidirilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Ikki yuzdan ortiq kishi jabrlangan hududdan vertolyotlarda evakuatsiya qilindi. Qutqaruv xizmatlari jabrlangan shaharlarga vertolyotlarda oziq-ovqat mahsulotlarini tashlamoqda. Ko‘p joylarda telefon aloqasi uzilgan, elektr toki yo‘q. Yer ko‘chishlari oqibatida elektr kabellari va uzatish simlari uzilgan. Hududda mingga yaqin yong‘in-qutqaruv xizmatlari xodimlari ishlamoqda. Dengizbo‘yi Alp tog‘lari departamenti hududida bir nechta avtomagistral yopilgan, temir yo‘l harakati to‘xtatilgan. Sen-Marten-Vezyubi yaqinida kuchli yomg‘ir tufayli avtomobil ko‘prigi qulab tushdi. Ob-havo xavfining eng yuqori darajasi Dengizbo‘yi Alp tog‘lari departamentida e’lon qilindi.
54
1,727
Foto
Moskva — Peterburg trassasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi (foto)
Moskva—Sankt-Peterburg orasidagi M10 trassasining 418-kilometrida uchta yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi va yana to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda Novgorod viloyatining FVV matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Scania yuk mashinasi haydovchisi Ford Fusion yengil avtomobili uriligan va Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. U esa o‘z navbatida Ford Fusion va yana bir Volvo yuk mashinasiga urilgan. Zanjirning so‘nggi qismida Renault Sandero joy olgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkita yengil mashina furalar ostida qolib ketgan.
89
688
Foto
Dunyodagi 18 ta eng g‘aroyib daraxt (fotogalereya)
AdMe dunyoning turli burchaklaridagi eng ajoyib-u g‘aroyib daraxtlar suratlarini taqdim etdi. Ammo ta’kidlash joiz, ushbu o‘simliklarning barchasini ham daraxt deb atab bo‘lmaydi: glitsiniya — bu tol, rododendron — buta, baobab esa gulxayrilar oilasiga kiradi.
50
260
Foto
Foto: Bu uyda xonaki gullar o‘rniga haqiqiy daraxt o‘sadi
Bog‘dorchilik ko‘pchilikning sevimli xobbisi. Kimdir uyida limon yetishtiradi, kimdir kaktus yoki gullar o‘stiradi, bu uyda esa haqiqiy daraxt o‘sadi. Bu g‘oya qozog‘istonlik Oybek Olmosovga tegishli. U o‘rmonda o‘sib turgan qoraqarag‘ay atrofida qurilgan shisha bino loyihasini yaratdi. AdMe ushbu ajoyib bino suratlarini taqdim etdi. “Uydagi daraxt” — bu noyob loyiha tabiat bilan uyg‘unlikni his etishga yordam beradi. Bunday bino albatta o‘rmonda joylashadi. Uyda oshxona, mehmonxona va hojatxona bor. 12 metrlik binoning yuqori qavatlariga oq aylanma zina yordamida ko‘tarilish mumkin. Kechki payt jimjitlikda kitob o‘qish mumkin. Bunday uy ko‘pchilik uchun havosi og‘ir beton qutilardan chiqish va tabiat bilan haqiqiy birlikni his qilish uchun ajoyib imkoniyat.
57
773
Foto
Fotoreportaj: Toshkent favvoralari
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Doniyorxon Akbar ismli foydalanuvchi Toshkent shahrida joylashgan biri-biridan ajoyib favvoralarning suratlarni to‘plab “Daryo”ga taqdim etdi. Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning aprel oyida O‘zbekiston hukumati har yili 1-may kuni Toshkentda “Favvoralar kuni”ni nishonlash to‘g‘risida qaror chiqargan edi.
34
342
Foto
Tabiatdan yaxshiroq rassom yo‘qligini isbotlovchi bir-biridan ajoyib jonivorlar suratlari
Atrof-muhitga nazar tashlab, ona tabiatdan yaxshiroq ijodkor yo‘qligiga amin bo‘lish mumkin. Sariq xarza nafaqat mevalarga, balki bug‘u bolalariga ham chang solishi mumkin. Oq yelkali suvburgut (orlan) sayyoradagi eng uchishi og‘ir va eng chiroyli qushlardan biri. Suv kalamushi tishining emali tarkibida temirdan iborat pigment bor. Grenlandiya akulasi 500 yil umr ko‘rishi mumkin. Pikasso qo‘ng‘izi. Tabiat ham rassomlikni maromiga yetkazadi. Yorug‘lik nurlari dengiz sichqonining orqa “shetinka”siga (dag‘al tuki) tushadigan bo‘lsa, turli ranglarda tovlana boshlaydi. 15 metrgacha sakray oladigan qurbaqa. Noodatiy ko‘rinishga ega kurka. Chayon pashsha deb ataluvchi g‘aroyib ko‘rinishga ega hasharot. Ko‘krak sohasidagi suzgichlari sabab sudralish qobiliyatiga ega bo‘lgan hamshira akulalar (nurse shark). Robber flies — boshqa qurt-qumursqalar bilan oziqlanadigan yirtqich pashsha. Uning oldida oddiy pashshalar naqadar beozor ekanini yaxshi tushungandirsiz? Tili ko‘k kaltakesaklar. Qora soqolli saki (maymun) o‘yinqaroqlikni yaxshi ko‘radi. Ko‘rinishi vertolyotni esga soladigan chivin.
89
1,107
Foto
Tarmoqlarda ijarasi 90 mln funt turadigan Airbus xususiy samolyotining hashamatli saloni suratlari tarqaldi
Tarmoqlarda Airbus avikompaniyasiga tegishli xususiy samolyotning hashamatli saloni suratlari paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Daily Star. Airbus ACJ32Oneo samolyoti qizil yog‘ochdan ishlangan bir necha karovat bilan jihozlangan. Shuningdek, bortda charm divanlar va ulkan yuvinish xonasi mavjud. Ta’kidlanishicha, havo kemasi bortidagi yuvinish xonasi Airbus laynerlari orasida eng kattasi hisoblanadi. Samolyotda 17 nafar yo‘lovchi bemalol uxlashi yoki 19 kishi o‘tirgan holda uchishi mumkin. Havo kemasining dizaynini taniqli interyer Iv Pikardt Britaniyaning Acropolis Aviation charter kompaniyasi uchun yaratgan. Airbus ACJ32Oneo 9,7 ming kilometr masofaga uchishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning ijarasi 90 million funt turadi.
107
731
Foto
Mikrofon tutgan Prezident, qurigan suv ombori, yondirilgan karkidon shoxlari — 22 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Foto: Prezident matbuot xizmati Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida oʻtayotgan Yoshlar festivaliga tashrif buyurdi. «Men har doim yoshlar, ta‘lim, bilim-bilim, deb ta‘kidlayman. Bilim ‘oʻtda yonmaydi, suvda choʻkmaydi’. Qancha koʻp bilim egallasak, kelajak bizniki. Uchinchi Renessans poydevorini yaratamiz deb oʻzimizga gʻoya olganmiz. Bu poydevorni kim yaratadi? Faqat bilimli yoshlar», — dedi Prezident.Yoshlarga keng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta‘kidlandi. Avstraliyada majburiy emlashga qarshi boʻlganlar hamda qurilish sohasidagi lokdaunlarga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazilmoqda. Hindistondagi Bengalorda metro quruvchilari tunnel qazishni tugatganini xursandchilik bilan nishonlamoqda. Hindistonda Xalqaro karkidonlar kunida noqonuniy qoʻlga kiritilgan karkidon shoxlari yoqib yuborildi. Rim Papasi Fransisk haftalik nutq marosimida qizchani quchoqlamoqda. Xitoydagi togʻ oʻrmoni milliy parki osmoni uzra quyosh chiqmoqda. Indoneziyadagi oʻrmonlardan birida oʻrmonchilar 9 metrli ulkan ilonni ushladi. Idlibdagi qochqinlar lagerida yashayotgan 300 nafar bola 75 metrli plakat yasab unda harbiy harakatlar oqibatida vayron boʻlgan uylari va oila a‘zolari suratlarini chizdi. Diyorbakrda qurib qolgan mahalliy koʻl-suv omborlardan biri iqlim oʻzgarishlari oqibatida qurib qoldi. Nyu-Dehli shahridagi chiqindixonalardan biri yonida tashlanqid kreslo ustida turgan qiz.
100
1,483
Foto
Fotogalereya: Mushuklarning ajoyib qobiliyatlari
Mushuklar turli qobiliyatlarga ega, ayniqsa, ularning qayishqoqligi va chaqqonligi kishilarni hayratda qoldiradi. AdMe ana shu jonivorlarning ajoyib qobiliyatlari va holatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
48
209
Foto
AQShdagi anomal sovuq havo qiziqarli Challenge’ga sabab bo‘ldi
Amerikaliklar “muzlab qolga shim” Challenge’ni boshladi va u tezda ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda 112.ua xabar berdi. Amerikaliklar ho‘l shimlarini muzdek havoga chiqarishib qo‘yishgan. Natijada shimlar o‘ta past havo harorati ta’sirida muzlab qolgan. “Muzlab qolgan shim” Challenge’ining mualliflari tez orada rasmlarni Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga #frozenpants xeshtegi ostida joylashtiradi.
62
427
Foto
Fotogalereya: Yovvoyi hayvonlar chanqog‘ini qondirayotgan ko‘ngilli
Keniyalik fermer Patrik Kilonzo Mvalua har kuni bir necha soat vaqt sarflab, Sharqiy Tsavo milliy bog‘ining qurg‘oqchil hududlariga suv olib keladi. U qurib qolgan ko‘lmaklarni to‘ldirib, hududda yashayotgan hayvonlarning chanqog‘ini qondirib, ularni o‘limdan saqlab qolmoqda, deb Travelask xabar berdi. Hayvonlar fermerning mashinasini ko‘rgan zahoti, uni qarshi oladi. Fillar, zebralar, antilopalar va hududdagi ko‘plab hayvonlar bu insonga bog‘lanib qolgan, chunki bu joyda umuman suv yo‘q. Supermen belgisi tushirilgan futbolka ko‘ngilliga yarashadi. U mahalliy jonivorlar uchun haqiqiy qahramon va qutqaruvchidir. Yaqin oradagi qishloqda yashovchi oddiy fermer bo‘lgan Patrik yog‘ingarchilik yo‘qligi tufayli hayvonlarning qiynalayotganini ko‘rib, jim tura olmadi. U har kuni 11 ming litr sig‘imli suv tashuvchi mashinasini suvga to‘ldirib, yo‘lga chiqadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
67
942
Foto
13 ming kishi Stounxenjga yozgi quyosh otishini tomosha qilgani keldi (foto)
21-iyun kuni “Ingliz merosi” davlat tashkiloti odamlar yozgi quyosh otishini kuzatishlari uchun milliy Stounxenj yodgorligiga kirishni ochib qo‘ydi, deb xabar berdi TJournal. Odamlar Stounxenjda quyosh otishini tomosha qilish uchun ancha erta yetib kelgan. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Stounxenj ming yillar davomida yozgi tong otishiga ibodat qilish maskani bo‘lib kelgan.
76
377
Foto
Bir necha bor ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli filmlaringizdagi siz payqamagan xatoliklar
Quyida berilgan filmlardagi xatolarni birinchi marta ko‘rganda payqash qiyin, ammo bu maqolani o‘qib chiqqandan so‘ng, sevimli filmlaringizni qayta tomosha qilib, xatolarni o‘z ko'‘ingiz bilan ko‘rishni xohlab qolasiz. “Titanik” kemasida Rouz dastlab faqat panjarani ushlab turadi, keyingi kadrda esa ko‘ylagining etagini ham ushlab olgan. “Samoviy kelgindi” 2-mavsumida Asta Jeyga bergan tug‘ilgan kun otkritkasini turlicha yozgan. “Bobil-Berlin” serialining 2-mavsumida bosh qahramon yopiq obyektiv bilan suratga oladi. “Hellboy” sahnalarning birida Hellboy otasi bilan telefonda gaplashmoqda, ammo displeyda javob kutayotgan kiruvchi qo‘ng‘iroq ko‘rsatilgan. “Tez yordam” filmida FQB agenti Anson Klark 13:14 dagi xabarni soat 12:37 da oladi. “Kichik ayollar” dramasida Lorining uyi suratga olinayotganda plastik idish kadrga tushib qolgan, garchi film voqealari 1863-yilda sodir bo‘lgan bo‘lsa ham. “Qariyalar joyi emas” trilleri voqealari 1980-yilda sodir bo‘ladi, ammo kadrlardan birida 2006-yildagi telefon kabinasini ko‘rish mumkin. “A. N. K. L. agentlari” filmining titrida Xyu Grant obrazi dosyesida inglizcha lavozimi (“position”) so‘zi noto‘g‘ri yozilgan. “Yangi qiz” serialining 4-mavsumida Jess tirnoqlari bo‘yalgan holda paydo bo‘ladi, ammo keyingi kadrda laklari yo‘qoladi. “Sohibjamol va maxluq” multfilmida o‘sha paytda hali mavjud bo‘lmagan Eyfel minorasi ko‘rsatiladi. “Samoviy kelgindi” serialining 2-mavsumida operator kamerasi mashina oynasida aks etgan. “Zombilend” komediyasi sahnalarining birida operatorning barmog‘i kadrga tushib qolgan.
87
1,576
Foto
Biroz fantaziya va harakat: O‘ziga xos kadr chiqishi uchun ko‘p narsa kerakmasligini isbotlovchi suratlar
Olingan surat mukammal chiqishi uchun kamera qimmat bo‘lishi, maskan va joy bilan birga yorug‘lik ham ideal bo‘lishi kerak, deb o‘ylaganlarning fikri quyidagi ijod namunalarini ko‘rgandan keyin o‘zgarishi aniq. Kompyuter, lampa va qizil futbolka. Jarayondan ham yaxshiroq bo‘lgan natija. “Men shunchaki rang-barang koptokchalarni bo‘sh chelak ichiga otdim”. “Labga surtadigan bo‘yoqni suratga olish uchun chiroyli fon kerak bo‘ldi”. Ko‘rgan odam qoyaning uchida o‘tiribdi, deb o‘ylashi aniq. Aslida esa unday emas. Biroz fantaziyani ishlatishning o‘zi kifoya. Gul, siyoh va sodiq yordamchi. Go‘zallikni ko‘rish uchun unga boshqacha ko‘z bilan qarash kerak. Suratga olish jarayonidan keyin ananas yeb tugatildi. Shunchaki asfaltga suv sepish orqali mana bunday go‘zal kadr olishga erishildi. O‘ziga xos kadr tayyor, model esa hali ham uxlab yotibdi. Yaxshi mutaxassis suratga olish uchun manzara qidirmaydi, bor imkoniyatdan foydalanib, o‘ziga xos kadr olishga erishadi. Surat yaxshi yoritilishi uchun nimalar qilishga to‘g‘ri kelmaydi deysiz. Kim uchundir ko‘lmak, boshqa biri uchun imkoniyat. “2014-yilda men tomonimdan olingan suratni keyinroq optika reklamasida ko‘rib qoldim”. Hojatxona qog‘ozi va lazer yordamida olingan surat. Bunday kadr bilan surat omadsiz chiqishi mumkin emasdi. Fotoning zo‘r chiqishida “ayfon”ning hissasi katta ekanligini kim ham inkor eta olardi deysiz.
105
1,400
Foto
Fotogalereya: Tarkibi sabab taqiqqa uchragan mahsulotlar
AdMe ayrim mamlatlarda bemalol sotiladigan, ba’zilarida esa juda qattiq taqiqlangan mahsulotlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. “Kinder-syurpriz” AQSh hukumati tomonidan 1938-yilda ichida iste’mol qilib bo‘lmaydigan elementi bor yeguliklar savdosi taqiqlagan edi. Ular qatoriga “Kinder Syurpriz” ham kiradi. Shuningdek, uning ichidagi o‘yinchoqning mayda qismlari bolalar tomog‘iga tiqilib ham qolgan. Shokoladli tuxumlarni Qo‘shma Shtatlarga import qilish bir necha bor to‘siqlarga uchragan. Biroq bundan 5 yil oldin “Kinder-syurpriz” ishlab chiqaruvchilar qonunni chetlab o‘tishga va Amerika bozoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Sun’iy bo‘yoqlar So‘nggi 50 yil ichida sun’iy bo‘yoqlar ishlatilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab 500 foizga oshdi, bu esa insoniyat sog‘ligiga jiddiy zarar keltirmoqda. Bu kabi qo‘shimchalar giperfaollikni, allergiya va saratonni keltirib chiqaradi. Aynan shu sababli Yevropaga eksport qilinadigan mahsulotlarda sun’iy bo‘yoqlar ishlatilgan bo‘lsa, uning tarkibi tabiiy bo‘yoqlarga almashtirilishi kerak. Tarkibida antibiotiklari mavjud tovuq Yevropa, Rossiya, Norvegiya va Avstraliya Amerikaning yirik go‘sht ishlab chiqaruvchi Tyson Foods kompaniyasidan tovuq go‘shtini sotib olishni taqiqladi. Bunga butun dunyoga Tyson o‘z mahsulotlariga antibiotiklar, steroidlar, yallig‘lanishga qarshi vositalar va ketamin qo‘shishi haqida ma’lumotlar tarqalgani sabab bo‘lgan. Ushbu ma’lumotlar tarqalgach, kompaniya vakillari bu turdagi vositalarni endilikda ishlatmaslikka va’da bergan. GMO (GO'O — genetik o‘zgartirilgan organizm) 2015-yilda Yevropa mamlakatlarining yarmidan ko‘pi GMO’dan foydalanishga taqiq qo‘ydi. Bunga uning allergiya keltirib chiqarishi, zaharli ekanligi hamda mahsulotning ozuqaviy qiymatini pasayishiga olib kelishi sabab bo‘lgan. Yumshatgich qo‘shilgan non Xamirni yumshatishda ko‘pincha kaliy bromat ishlatiladi. Uning yordamida non mahsulotlari yumshoq va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi, xuddi tandirdan yangi uzilgandek. Kaliy bromat bosh og‘rig‘ini, teri kasalligini hamda ovqat hazm qilish jarayonida buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Fermada yetishtirilgan losos Avstraliya va Yangi Zelandiyada rostdan ham fermada yetishtirilgan lososlar taqiqlangan. Bunga ularning ozuqasida antibiotiklar hamda koloriyani ko‘taruvchi vositalar mavjudligi sabab. Bu turdagi lososda foydali narsalar umuman yo‘q. Sport ichimliklari Sport ichimliklari tarkibida vitaminlar, minerallar va boshqa foydali vositalar mavjud. Biroq ba’zi ishlab chiqaruvchilar ichimlikning yoqimsiz hidini yo‘qotish maqsadida unga o‘ziga jalb qiluvchi bromlangan o‘simlik yo‘gi — E-443 yordamida rang qo‘shadi. E-443 Yaponiya va Yevropada zaharli bo‘lganligi sabab taqiqlangan. U ko‘krak saratonini va prostatani keltirib chiqaradi.
56
2,769
Foto
Fotogalereya: 100 yil oldingi odamlar hozirgi kunni qanday tasavvur qilgan?
Kelajak har qanday odam uchun doim qiziq bo‘lib kelgan. Bundan 100 yil avval yashagan odamlar ham hozirgi zamonni o‘zlaricha tasavvur qilgan. AdMe rassomlar kelajakni tasvirlab chizgan suratlarni taqdim etdi.
75
208
Foto
Foto: amerikalik dizayner o‘nlab soatlik aviatrafikni fotokollajlarga birlashtirdi
Los-Anjelesda istiqomat qiluvchi suratkash va dizayner Mayk Kelli jahonning 18 aeroportidan uchib chiqayotgan samolyotlarni suratga olishga ikki yil umrini sarfladi. Bir nuqtadan tushirilgan suratlardan u kollajlar yaratdi. Ushbu fotosuratlar odamlarga havo yo‘llari qay darajada ko‘p ishlatilishini ko‘rsatishi lozim, deb xabar beradi TJournal. Loyiha Airportraits — “Aviaportretlar” nomini oldi. Uning doirasidagi ilk fotokollaj 2014-yilda e’lon qilingan edi. Los-Anjelesda tushirilgan suratlardan yasalgan kollaj internetda keng tarqalib, shuhratga erishdi, shundan so‘ng Kelli g‘oyani kengaytirishga qaror qildi.
82
616
Foto
Fotogalereya: Dunyoning taniqli shaharlari kecha va bugun
Dunyo shunday tezlikda o‘zgaryaptiki, bu katta va kichik o‘zgarishlarni payqash qiyin mushkul bo‘lmoqda. TravelAsk dunyo shaharlarining kechagi va bugungi kundagi ko‘rinishlarini taqqosladi.
57
190
Foto
Indoneziyadagi uch mingta oila yashovchi axlattepa (foto)
Fransiyalik fotosuratchi Aleksandr Settler Indoneziya poytaxti — Jakartaga tashrif buyurdi, deb yozadi TJournal. Shahardan 19 km masofada Bantar Gebang — janubi-sharqiy Osiyodagi axlat bilan liq to‘la eng katta poligon joylashgan. Bu Bekasi shahridagi quyi tuman bo‘lib, bu yerga sanoat korxonalaridan chiqindilarni keltirishadi, oqova suvlar ham shu yerga oqib keladi. Uch mingga yaqin oila yashaydigan iflos joy suratlarini Daily Mail nashri e’lon qildi. Settlerning so‘zlariga ko‘ra, u Indoneziyada chiqindilar utilizatsiyasi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib berish uchun bu joyga kelgan. Har kuni bu yerga to‘qqiz ming tonna xilma-xil axlatni olib kelishadi. Fotosuratchi aytishicha, poligonda yashovchilar chiqindilardan oziqlanish va ularni qayta sotish orqali kun kechiradi. U ko‘pchilik bolalar boshqacha hayotni bilmagani tufayli, baxtli ko‘rinishini aytdi.
57
878
Foto
Instagram’dagi shaxs: Sayohatchi ayol va uning mushugi
Kaliforniyalik 35 yoshli Liz Klark umrining o‘n yildan ortig‘ini o‘z qayig‘ida Meksika va Markaziy Amerikaning g‘arbiy qirg‘oqlari, shuningdek, Tinch okeanining janubiy qismi bo‘ylab sayohatda o‘tkazgan, deb yozadi TJournal. Klark sayohatga chiqishdan avval San-Diyegoda barmen bo‘lib ishlagan, biroq bolaligidan sayohat haqida orzu qilgan. 2006-yili u ishdan bo‘shadi va o‘z orzusini amalga oshirishga kirishdi. 2013-yilda Klarkning qayig‘ida uning o‘zi tomonidan qutqarib olingan Ameliya laqabli mushuk paydo bo‘ldi. Klark mushugini ba’zan “Tropiket” deb ham chaqiradi. Sayohatchining aytishicha, mushukka qirg‘oqdagi uydan ko‘ra qayiqda yashash ko‘proq yoqadi. 2014-yilda Klark National Geographic jurnalining “Sarguzashtlar izlovchisi” nominatsiyasidan joy oldi. U o‘z sayohatlari haqida Facebook va Instagram’da hikoya qilib boradi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
54
1,017
Foto
Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton Paddington ayig‘i bilan raqsga tushdi (foto)
Kembrij gersoginyasi Ketrin Londondagi Paddington stansiyasining platformasida o‘tkazilgan xayriya tadbiri vaqtida ingliz ertaklarining qahramoni Paddington ayig‘i bilan raqsga tushdi. Reuters agentligining ta’kidlashicha, shahzoda Uilyamning rafiqasi uchinchi farzandini kutmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”. Shahzoda Garri hamda uning akasi Uilyam gersoginya bilan birga qirollik oilasi tomonidan moliyalashtiriladigan xayriya tadbirida bolalar bilan ko‘rishishdi. Bolalar poyezd orqali ingliz mahalliy qishloqlariga sayohat qilishlari kerak. Shuningdek, tadbirga noyabr oyida ekranlarga chiqishi kutilayotgan Paddington ayig‘i borasidagi yangi filmning aktyorlari ham tashrif buyurdi. Paddington ayig‘i hamda Kembrij gersoginyasi Ketrin Paddington ayig‘i hamda aktyor Xyu Bonnevill Kembrij gersoginiyasi Ketrin xayriya tadbiri vaqtida poyezd vagoni ichida Shahzoda Garri Qirollik oilasi vakillari
79
904
Foto
Fotogalereya: Mashhur aktyorlar o‘z karyerasining boshida va bugun
AdMe mashhur aktyorlarning o‘z karyerasi boshida o‘ynagan rollari va yaqin yillar ichida ijro etgan rollaridagi qahramonlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
66
157
Foto
Paparatssi ta’qibidan qochishni istagan yulduzlarning kulgili suratlari (foto)
Suratga olish jarayonlari, kameralardan charchagan mashhurlar hech bo‘lmasa kundalik hayotda e’tibordan holi bo‘lishni istaydi. Bennedikt Kamberbetch: “Yaxshisi Misrga borib, dunyoga muhimroq narsani ko‘rsating”. Dastin Xoffman shunday qilsam ko‘rinmayman, deb o‘ylagan chog‘i. Yonidagi bor buyumlardan foydalanib yashirinishga uringan Bennedikt Kamberbetch Toshbaqa singari ko‘rinmaslikka harakat qilgan Leonardo Di Kaprio. Jerard Batler kasbini o‘zgartiradi. Jennifer Lourens takrorlanmas obrazda. Shakil O‘nil qayerga yashiringanini ko‘rganlar bormi? Qiziq, Alek Bolduin yurishga qiynalmadimikin? Soyabon bilan yashirinishga uringan Di Kaprio. Jozef Gordon Levitt jimgina ovqatlanib o‘tirgandi. Berkinish bo‘yicha ustasi farangga aylangan Di Kaprio. Boshqa mashhur emasman, deb ommaga e’lon qilayotgan Shaya Labaf. Tobi Maguayr esa bu borada hamkasblaridek tajribaga ega emas. Pitssa printi tushirilgan kiyim "zamogi"ni oxirigacha taqib olgan Kara Delevin. Birgina Xarrison Ford paparatssi omadli chiqqani bilan tabriklashi mumkin.
78
1,049
Foto
Instagram’dan reportaj: Alkatras — o‘ta xavfli jinoyatchilarning sobiq qamoqxonasi
1963-yil 21-mart kuni Alkatras orolida joylashgan, o‘ta xavfli jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan qamoqxona yopilgan edi. Sakkiz yil o‘tgach orol “Oltin darvoza” milliy dam olish zonasining bir qismiga aylandi va keyinroq sayyohlar uchun ochildi. TJournal Alkatrasga tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan olingan fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ttiz yillik faoliyati davomida qamoqxonadan birorta ham qochish muvaffaqiyatli amalga oshmagan, biroq oxir-oqibat qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan besh kishi topilmagan, deb hisoblaniladi. Taniqli qamoqxona turli yillarda kino ijodkorlarini ilhomlantirgan. Klint Istvud ishtirokidagi “Alkatrasdan qochish” filmi qamoqxona mahbusi Frenk Morris hikoyalari asosida suratga olingan. Shon Konneri va Nikolas Keyj ishtirokidagi “Qoya” filmi voqealari Alkatrasda bo‘lib o‘tgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
82
928
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng g‘aroyib sabzavotlar
AdMe dunyoning turli burchaklarida yetishtiriladigan noodatiy va g‘aroyib sabzavotlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Kamalak kabi tovlanuvchi ushbu jo‘xorini amerikalik fermer Karl Barns yaratgan va uni Glass Gem deya atagan. Uni qaynatilgan holda iste’mol qilib bo‘lmaydi — undan faqat un va popkorn tayyorlanadi. Ushbu karam Hindistonda rangli karam va brokkolini chatishtirish orqali olingan. Uning tarkibida karotin, C vitamin, rux kabi foydali elemaentlar ko‘p. Oddiy ismaloqning malina yoki qulupnayga o‘xshash shu kabi rangli mevasi borligi ham aniqlandi. O‘simlikning bargini ham mevasini ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Ushbu siyohrang kartoshkaning vatani Peru va Kolumbiya hisoblanadi. Uning tarkibida antioksidantlar mavjud va turli kasalliklarga qarshi profilaktikada ishlatiladi. Meksikaliklar kaktusning ushbu turini juda yaxshi ko‘rishadi. Undan salatlar tayyorlashda foydalaniladi, asosiy taom uchun masalliq sifatida ishlatiladi va hatto marinadlanadi. Karamning bu kabi turi istalgan dasturxonning ko‘rki bo‘la oladi. Lotos ildizi Yaponiya, Xitoy va Tayvan oshxonalarida delikates hisoblanadi. Shuningdek, uni sabzovotlarning fugu balig‘i deyish ham mumkin, chunki ovqat tayyorlashda undan noto‘g‘ri foydalanilsa zaharlanishga olib keladi. Osiyoda keng tarqalgan ushbu o‘simlikning po‘stlog‘i achchiq, suvi esa zaharli. Ushbu g‘ayrioddiy sabzavot Kolumbiya, Peru va Chilida yetishtiriladi. Uning ta’mi kartoshkanikiga o‘xshaydi, biroq hidi bilan biroz ajralib turadi. Uning ko‘rinishi tarvuzga o‘xshasa-da ta’mi shirin emas, oddiy rediskadan farqi yo‘q.
48
1,584
Foto
Foto: Kaliforniyada 20 yil mobaynida ilk bor sahro gullarga burkandi
Kaliforniyaning janubiy qismida joylashgan va 240 ming gektar maydonni egallagan Anza-Borrego Desert State Park bog‘iga kelayotganlarning qadami uzilmayapti: sayyohlar 20 yil mobaynida ilk bor gullar bilan burkangan sahroni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga oshiqmoqda. Bu haqda National Geographic xabar berdi. Bog‘dagi yog‘inlar miqdori yiliga 12,7 santimetrdan oshmaydi va odatda yomg‘irlar uzoq qurg‘oqchilikdan so‘ng keladi. Bu o‘simliklarni butkul qurib qolishdan saqlash uchun yetarli, biroq ularning gullashga kuchi qolmaydi. Hammasi 2016-yilda o‘zgardi: iyul oyidan beri sahroga muntazam ravishda yomg‘ir yog‘moqda va yillik me’yordan ham oshib ketdi. Hozirgacha bog‘ga jami 17,7 santimetr yog‘in tushgani qayd etildi. Natijada tuproqda bo‘lgan urug‘lar ko‘p yillik uyqudan uyg‘ondi, o‘simliklar, kaktuslar va butalar gulladi. Gilam kabi yashnagan sahroni ko‘rishga kelayotgan sayyohlar oqimi ko‘paygani tufayli bog‘ ma’muriyati ularni yo‘ldagi tiqinlar va avtoturargohlarda bo‘sh joylar yetishmasligi haqida ogohlantirishga majbur bo‘lmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
68
1,119
Foto
Leonardo Di Kaprioning ekokurorti suratlari namoyish etildi
Belizdagi Leonardo Di Kaprioga tegishli Blackadore Caye orolida barpo etiladigan shu nomdagi kurort loyihasining dastlabki suratlari namoyish etildi. Kurort qisman 2018-yildan ishlashni boshlaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Xabar qilinishicha, kurort 68 ta villa va 48 ta xususiy uyni o‘z ichiga oladi. Bunda har bir obyektning narxi besh milliondan o‘n besh million dollargacha bo‘ladi. Loyiha haqidagi rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, kurort to‘laligicha qayta tiklanadigan energiya manbasida faoliyat ko‘rsatadi. Atrof-muhitga zararni kamaytirish uchun uning yaratuvchlariga 12 yil kerak bo‘ldi. Kurortda olib borilgan ish davomida mangr o‘rmonlari yaratilgan, suv ostida esa sun’iy riflar paydo bo‘lgan. Mazkur riflar suvosti jonzotlarining hayotini jonlantirishga imkon beradi.
59
802
Foto
His-tuyg‘uga boy ayiq to‘y fotosessiyasiga tushib qoldi (foto)
Amerikalik kelin-kuyovning to‘yidan olingan fotosuratlar kadrga tushib qolgan ayiqning yuz ifodalari tufayli internetda mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi “RIA Novosti”. Kelin-kuyov Minnesota shtati hayvonot bog‘ida fotosessiya uyushtirishga qaror qildi. Suratlardan birida ular ayiq saqlanadigan volyer oldida qo‘l ushlashib turibdi. Suratlarning har birida yirtqichning yuz ifodasi o‘zgarib boraverganini ko‘rish mumkin. Ularni hayratdan salbiy fikrgacha deb baholash mumkin. Ko‘pchilik foydalanuvchilar ayiq xuddi sevgisi rad etilgan oshiqqa o‘xshashini qayd etdi. Boshqalar jonivor kuyovga hamdardlik izhor etayotganini taxmin qildi. Ayrimlar esa to‘yni hayvonot bog‘ida nishonlash g‘oyasidan norozi bo‘ldi.
62
711
Foto
Pekin Olimpiadasi, harbiy tayyorgarlik ko'rayotgan ukrainaliklar, Elizaveta II hukmronligiga 70 yil — 6 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ukrainaliklar Rossiya bilan bo'ladigan ehtimoliy urush sabab harbiy tayyorgarlikdan o'tmoqda. Marokashda 32 metrli quduqqa tushib ketgan 5 yoshli bolani qutqarish operatsiyasidan lavha. Besh kun davomida quduqda qolgan Rayyon ismli bola 5 fevral tunida olib chiqildi. Ammo u vafot etdi. Pekinda davom etayotgan qishki Olimpiada o'yinlarida chiqish qilayotgan sportchi. Pekin Olimpiadasida xokkey bo'yicha qatnashayotgan Chexiya Respublikasi ayollar terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o'yin oldidan. Venesuela poytaxti Karakasda odamlar raqsga tushmoqda. Indoneziyada an'anaviy sigirlarga qo'shilgan arava poygasi o'tkazilmoqda. Hakkari viloyatida qidiruv iti suratga tushmoqda. Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II taxtga o'tirganiga 70 yil to'ldi. Ispaniya poytaxti Madridda Oy kalendari bo'yicha Yangi yil kuni munosabati bilan mushakbozlik qilinmoqda. AQShning Yangi Orlean shahrida an'anaviy karnaval bo'lib o'tmoqda.
120
984
Foto
“Go‘zallik atlasi”: fotosuratchi butun dunyo bo‘ylab ayollar portretlarini olishda davom etmoqda (foto)
Ruminiyalik fotosuratchi Mixael Norok o‘zi to‘rt yildan buyon shug‘ullanib kelayotgan ajoyib va o‘ta muhim fotoloyiha bilan butun dunyoga tanildi, deb yozadi Travel Ask. Uning asarlari seriyasi “Go‘zallik atlasi” deb ataladi va o‘zi butun dunyo bo‘ylab sayohati davomida kameraga muhrlagan oddiy ayollar portretlaridan iborat. “Go‘zallik atlasi” 500 dan ortiq portretlar va ko‘plab qiziqarli hikoyalardan tashkil topgan ajoyib kitobga aylanib ulgurdi.
103
451
Foto
Fotogalereya: Qishning go‘zalligini o‘zida aks ettirgan suratlar
AdMe qish yaqinlashayotganligi sabab “birinchi qor”ni intizorlik bilan kutayotganlar uchun zumrad faslning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
64
146
Foto
Foto: Dunyodagi olmosning eng yirik zaxirasi bo‘lgan Popigay krateri
Rossiyada joylashgan Popigay meteorit kraterining diametri 100 kilometr bo‘lib, sayyoradagi eng yirik kraterlaridan biri hisoblanadi. Kraterda ulkan olmos zaxirasi aniqlangan, deb yozmoqda TravelAsk. Olimlarning taxmin qilishicha, Sibir shimolidagi krater taxminan 35 million yil avval Yerga asteroid urilishi oqibatida yuzaga kelgan. Krater 1946-yildagi ekspeditsiya davomida aniqlangan. 1960-yilda olib borilgan ekspeditsiya davomida kraterda juda yuqori harorat va bosim ostida yuzaga keladigan impakt jinslar aniqlangan. 1970-yiilarda o‘tkazilgan ekspeditsiya davomida kraterda ikkita impakt oslmos koni aniqlangan. Ulardan birining zaxirasi 140 milliard karatga teng bo‘lsa, ikkinchisiniki 7 milliard karatga teng.
68
722
Foto
Mehribonlik uyiga borgan Prezident, toshqindan zarar koʻrgan uydan “natyurmort”, choʻmilayotgan yoʻlbarslar — 28 iyul suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 21-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Prezident tarbiyachilar va bolalar bilan suhbatlashdi. Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni fan, san‘at va sport tashkilotlari bilan bogʻlab, tarbiyalanuvchilarning qobiliyatini rivojlantirish muhimligini ta‘kidladi. Vengriyaning Balaton koʻli sohillarida ayollar kun botarda koptok oʻynamoqda. Germaniyadagi suv toshqinidan zarar koʻrgan uydan «natyurmort». Tabiiy ofat oqibatida mamlakatda 180 dan ortiq inson halok boʻldi. Livan poytaxti Bayrut shahrida port portlashi oqibatida halok boʻlganlar sharafiga instalyasiya oʻrnatilmoqda. Qochqin qiz tasvirlangan ulkan qoʻgʻirchoq Amal suriyalik qochqin bolalar bilan koʻchalarda yuribdi. Balandligi 3,5 metr boʻlgan ushbu asar Turkiya, Gresiya, Italiya, Fransiya, Shveytsariya, Germaniya, Belgiya va Buyuk Britaniyaga tashrif buyurib, yosh qochqinlarning birinchi ehtiyojlariga e‘tibor qaratmoqda. AQShning Kaliforniya shtatidagi oʻrmon yongʻini. Ushbu ofat natijasida 800 kilometrdan ziyodroq maydon yongani aytilmoqda. Gvineyadagi koʻchada tashkil qilingan bozor. Italiyaning Rim shahrida namoyishchilar koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi guvohnomaga qarshi chiqmoqda. Ushbu hujjat keyingi oydan boshlab mamlakatdagi koʻplab joylarga kirish imkonini beradi, ya‘ni usiz koʻp joyga kirish taqiqlanadi. Niderlandiyaning Utrext universiteti tadqiqotchilari port yaqinida oʻlik holda topilgan 15 metr uzunlikdagi fin kitining jasadini oʻrganmoqda. Hindistonning Bengal koʻrfazida baliq tutishga qoʻyilgan taqiq 65 kun oʻtib tugadi. Suratda taqiqdan keyin baliqchilar ovlagan baliqlar. Sibir yoʻlbarslari Xengdaoheji naslchilik markazida choʻmilishmoqda. U yer dunyodagi yoʻqolib borayotgan hayvonlar uchun eng yirik naslchilik markazi hisoblanadi.
127
1,875
Foto
Fotogalereya: Mashhur erkaklar uy ishlari va bolalar bilan shug‘ullanganda
Odam kun davomida o‘nlab ijtimoiy rollarni bajarishi mumkin. AdMe mashhur erkaklar bu rollarni uyda qanday eplashiga qiziqdi.
74
125
Foto
Fotogalereya: 40 yoshdan oshganiga qaramay turmushga chiqmagan Gollivud go‘zallari
AdMe 40 yoshdan oshganiga qaramay hamon turmushga chiqmagan Gollivud yulduzlarining suratlarini to‘plab taqdim etdi. Yeva Mendes 43 yoshni qarshi olganiga qaramay, biror marta ham rasmiy nikohda bo‘lmagan. 6 yildan buyon Gollivud aktyori Rayan Gosling bilan uchrashadi va bir yashaydi, hatto unga ikkita farzand ham dunyoga keltirgan, biroq munosabatlari rasmiylashtirilmagan. Atiga uch yildan so‘ng 50 yoshga to‘ladigan taniqli model Naomi Kempbell hamon turmushga chiqishga shoshilmayapti. Kelgusi yilda 50 yoshni qarshi oladigan taniqli qo‘shiqchining qo‘liga biror marta nikoh uzugi taqilmagan. Sharliz Teron 40 yoshdan oshganiga qaramay, rasmiy nikohdan o‘tmagan. U onalik borasida o‘z taqdirini topgan — hozirda Jekson va Avgust ismli asrab olgan bolalarini tarbiya qilmoqda. Taniqli fransuz qo‘shiqchisi 50 yoshga kirgan bo‘lsada hamon turmushga chiqmagan. Butun dunyo Vaynonaning Jonni Depp bilan munosabatlarini muhokama qilgan bo‘lsada, aktrisa hali turmush qurmagan. Taniqli aktyor uning ismni badaniga tatuirovka qilib chizdirgan ham, biroq oila qurish masalasi o‘xshamagan. Fransiyalik qo‘shiqchi Milen Farmerning turmush o‘rtog‘i ham, farzandlari ham yo‘q. Televideniyening eng nufuzli ayollaridan biri bo‘lmish Opra Uinfri 20 yildan ortiqroq vaqtdan beri o‘zining sherigi Stedman Grexam bilan birga yashaydi. Biroq bu rasmiy nikoh emas. 40 yoshli supermodel Tayra Benks yaqinda farzandli bo‘ldi, biroq haligacha nikoh rishtalari bilan o‘zini bog‘lamagan.
82
1,478
Foto
Fotogalereya: Qushlarning parvozidan hosil bo‘lgan chizgilar
Xavi Bu ismli rassom tabiat go‘zalliklarini ko‘p marta qog‘ozga joylagan. Ornitographies loyihasi doirasida esa u qushlarning parvozidan hosil bo‘lgan chizgilarni aks ettirgan. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi.
60
218
Foto
O‘ychanlik, hayrat, quvonch. Jonivorlar ham his-tuyg‘ularini ifoda eta olishining isboti — suratlarda
Har yili butun dunyo fotograflari The Comedy Wildlife Photography Awards tanloviga jonivorlarning eng ajoyib suratlarini taqdim etadi, deb yozadi Esquire. Joriy yilda ishlarni qabul qilish tugaguniga qadar suratlarni tomosha qilish imkoni paydo bo‘ldi. The Comedy Wildlife Photography Awards tanlovi 2020-yilda oltinchi marta o‘tkazilmoqda. Hali tanlov g‘oliblari e’lon qilinmadi. Fotograflar o‘z ishlarini hakamlar hay’atiga 30-iyunga qadar taqdim etishi mumkin. 2020-yilda suratlarni qabul qilish muddatini bir oyga uzaytirishdi. Quyida jonivorlarning his-tuyg‘ularini ko‘rsatuvchi takrorlanmas suratlarni tomosha qilishingiz mumkin. Boshqa qiziqarli fotojamlanmalar:
101
677
Foto
Fotogalereya: Sotuvga qo’yilgan uylarning haqiqiy rasmlari
Terrible Real Estate Agent Photos nomli blog sotuvga qo‘yib, rosa “maqtalgan” uylarning haqiqiy holati aks etgan suratlarni internetga joyladi. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi.
58
185
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli burchagidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari
Yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan mamlakat ahlining turmush darajasini bilib olish mumkin. TravelAsk bir qancha mamlakatlarning shunday shoxobchalaridan rasmlar taqdim etdi. Angliya Mali AQSh Irlandiya AQSh Venesuela Mexiko Kuba
72
234
Foto
Kutilganidan ham a’loligi bilan kishilar kayfiyatini ko‘targan oddiy narsalar surati
Aksariyat xaridorlar sotib olgan buyumlarining o‘ramdagi suratga o‘xshamasligidan shikoyat qiladi. Ammo omadli, arzimagan pulga kayfiyatni ko‘taradigan buyum sotib olgan, yasagan va duch kelgan odamlar ham yo‘q emas. “Fikrimcha, bu juda ham ajoyib”. “11 yashar qizim tayyorlagan nonushta”. “Bo‘yashdan avval natija meni qoniqtirmasa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo o‘ylaganimdan yaxshiroq chiqdi”. “O‘z qo‘llarim bilan tayyorlagan tovuqli burger oila a’zolarimga juda ham yoqdi”. “Shunchaki shishadan yasalgan toshbaqa deb o‘ylaganim haqiqiy bakkara (qimmatbaho xrustal) bo‘lib chiqdi”. “Xuddi suratdagidek, gap bo‘lishi mumkin emas”. “Umrimda birinchi marta sushi tayyorlab ko‘rdim”. “3 dollar sarflab xarid qilgan gulli konteynerim ichidan yana ikkita idish ham chiqdi”. “Bundan yaxshisi bo‘lishi mumkin emas”. “Hayotimda ikkinchi marta organza matosiga kashta tikyapman. “Kutganimdan ham a’lo”. “Qaylig‘imning sovg‘asi”. “Mana buni haqiqiy omad desa bo‘ladi”. “Xursandligimdan yettinchi osmondaman. 4,99 dollarga antiqa kumush brelok xarid qildim”. “Rafiqam tayyorlagan tushlikni olaman deb sumkamni ochsam, qizimning o‘yinchog‘i chiqib keldi”. “3 dollarga mana shunaqa ajoyib buyum sotib olsa ham bo‘lar ekan”. “Ofisdagi stolim ustida turgan tuvakdagi o‘simlikni ko‘rib, kayfiyatim ko‘tarildi”.
84
1,312
Foto
Foto: Pantone instituti talqini bo‘yicha 2020-yil rangi
Pantone xalqaro tadqiqot instituti 2020-yil rangini tanladi. Bu — klassik ko‘k rang, deb yozmoqda Meduza. “Biz yashayotgan davr iymon va ishonch talab qiladi, klassik ko‘k rang esa doimiylik va ishonch belgisi bo‘lib, unga doimo tayanish mumkin”, — deya tanlangan yil rangiga izoh bergan institut vitse-prezidenti Lauri Pressman. O‘tgan yili Pantone talqini bo‘yicha yil rangi “optimizmga ichki ehtiyoj” ramzi hisoblanuvchi “tirik korall” bo‘lgan.
55
448
Foto
Fotogalereya: Suratkash Jozefinaning kursdoshlarini 17 yil oldingi va hozirgi suratlari
Suratkash Jozefina Sittenfeld 2000-yilda kollejdagi do‘stlarini suratga olgan. O‘sha vaqtda Sittenfeld Prinston universitetining boshlang‘ich kursida o‘qigan. Do‘stlarining suratlari uzoq yillar davomida ota-onasining shkafida yotgan. O‘tgan yili esa ular tanishganliklarining 15 yilligi munosabati bilan kecha uyushtirishga qaror qilgan. Shunda u bir necha yil avval olgan suratlarni eslagan va ularni tadbir vaqtida qayta yaratishga qaror qilgan. TravelAsk Jozefinaning “Reyunon” nomli to‘plamidan joy olgan suratlarni taqdim etdi.
87
533
Foto
Foto: Lego’dan qurilgan Registon
Toshkentdagi o‘yinchoq do‘konlaridan birining xodimlari Lego bo‘laklaridan Samarqanddagi Registon maydoni nusxasini tayyorladi. Bu haqda Tez Food loyihasi rahbari Bahriddin Chustiy Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan. Lego’dan qurilgan maket haqiqiy Registonga qanchalik o‘xshash chiqqanini maydonning suratiga qarab, baholashingiz mumkin.
32
346
Foto
Foto: Gollandiyadagi gulli marafon
Gollandiyada har yili aprel oyidan mayning so‘nggi kunlarigacha an’anaviy ravishda dunyoga mashhur lolalar festivali o‘tkaziladi. “Kommersant” bu yilgi festivaldan fotoreportaj tayyorladi. Dunyoning turli mamlakatlaridan sayyohlar bir vaqtda 4,5 million lola gullaydigan Kekenxof qirollik bog‘iga tashrif buyuradi. Ular Bloemencorso nomli gullar paradlarida ishtirok etadi. Gollandiya aholisi ushbu paradlardagi yurishlarni “tarixiy telbalik” deb ataydi.
34
461
Foto
Foto: Sirdaryodagi toshqin ostida qolgan hududlardan qutqarilayotgan chorva mollari
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborining devori o‘pirilishi oqibatida suv ostida qolgan hududlardan chorva mollari ham qutqarilmoqda. Telegram’dagi “Insider.uz” kanali ana shu jarayonlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. Suratlarda Milliy gvardiya xodimlarining chorva mollarini suv bosgan hovlilardan va maydonlardan olib chiqayotganini hamda ularni xavfsiz joylarga haydab ketayotganini ko‘rish mumkin.  Sardobadan hikoyalar Avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sirdaryodagi toshqin oqibatida kamida 70 ta uy hayvoni nobud bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Sardobadagi falokatda Milliy gvardiya xodimi halok bo‘lgani, yana bir xodim bedarak yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi.
83
688
Foto
Koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlangan Pekindagi vaziyat — suratlarda
Xitoyning Pekin shahrida qariyb ikki oy deganda yana koronavirus tarqalishi qayd etildi, deb yozadi “RIA Novosti”. Shahar ma’muriyati infeksiya tarqalishi xavfi o‘ta yuqori ekanligidan ogohlantirdi. COVID-19 bilan kasallanish holati Pekindagi yirik ulgurji bozorlardan biri — “Sinfadi”da aniqlandi. Epidemiologik tadqiqotlar import qilingan losos balig‘ini bo‘lishga mo‘ljallangan taxtada koronavirus borligini ko‘rsatgan. Vaziyat nazorat ostidan chiqib ketmasligi uchun bozor vaqtincha yopib qo‘yilgan. “ ‘Sinfadi’ bozorida virus aniqlangani munosabati bilan Pekinda epidemiya tarqalishi xavfi yuqori”, — dedi Pekin hukumati matbuot xizmati rahbari matbuot anjumanida. “Sinfadi” bozori joylashgan Fentay tumanida harbiy holat rejimi joriy etildi. Hozirda nafaqat bozor, balki unga yaqin hududda joylashgan do‘kon, restoran va mehmonxonalar ham nazorat ostiga olingan. Shuningdek, bozor atrofida joylashgan 11 ta turar joy majmualari aholisi ham nazorat ostida. Shahar ma’muriyati “Sinfadi” bozori ishchilari, yaqin atrofda yashovchilar hamda 30-maydan beri bozorga kelgan fuqarolarni koronavirus borligiga tekshirmoqda. 14-iyun kuni Pekinda 76 mingdan ko‘proq test o‘tkazilgan. Bir necha o‘nlab fuqarolarda koronavirus aniqlangan.  Dunyo aholisining pandemiya sharoitida yangi hayot tarziga ko‘nikayotganini aks ettiruvchi suratlar
72
1,340
Foto
Saksofon chalish, qushlar ovoziga taqlid qilish, to‘qish: Gollivud yulduzlarining sevimli mashg‘ulotlari
Har qanday odam kundalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda dam olish va stressdan xalos bo‘lish yo‘lini qidiradi, mashhurlar ham bundan mustasno emas. Jennifer Garner saksofon chaladi “13 dan 30 gacha” filmi yulduzi maktab yillaridan beri saksofon chaladi. Bir marta u orkestr formasini kiyib, Riz Uizerspunni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun “Happy Birthday” kuyini chalib bergan. Pirs Brosnan rasm chizadi Pirs Brosnan 16 yoshida rasm chizishga qiziqib qolgan, hatto grafik dizayner bo‘lishni xohlagan. Uning aytishicha, birinchi xotini vafot etganda aynan sevimli mashg‘uloti yordamida o‘zini qo‘lga olgan. Kara Delevin to‘qiydi Podiumga navbati kelguncha Kara Delevin bajonidil yangi mashg‘uloti bilan shug‘ullanadi. Model va aktrisa modalar ko‘rgazmasida sahna ortida to‘qiyotgan suratini ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rdi. Jonni Depp Barbi qo‘g‘irchoqlarini kolleksiya qiladi Bu qiziqishning kelib chiqishi aktyorning qizi bilan Barbi o‘ynagan vaqtlari bilan bog‘liq. Ammo keyinchalik qizi qo‘g‘irchoqlarga qiziqmay qolganda Depp ulardan ajralishni xohlamadi: ular ajoyib xotiralar bilan bog‘liq edi. Hozirda uning Barbi’lari shunchalik ko‘pki, ularga alohida xona kerak. Keti Perri boshqa mashhurlarning sochlarini yig‘adi Keti Perri boshqa mashhurlarning sochlarini kolleksiya qilishini aytgan. Masalan, Teylor Svift va Mayli Sayrus kabi. Eng hayratlanarlisi shundaki, u mashg‘uloti g‘alati ekanini tushunadi, lekin baribir buni ajoyib deb hisoblaydi. Teylor Svift qorli sharchalar yasaydi Teylor Svift qorli sharchalar yasashni yaxshi ko‘radi. “Lover” klipidagi qorli sharchani ham o‘zi yasagan. Mayk Tayson kaptar boqadi Mayk Tayson bolaligidan kaptarlarni yaxshi ko‘rardi, hozir esa uning mingdan ortiq qushlari bor. Taysonning aytishicha, kabutarlar bizga ko‘p narsalarni o‘rgatadi. Kendall Jenner qushlarning ovoziga taqlid qiladi Bu shunchaki sevimli mashg‘ulot emas, balki haqiqiy iste’doddir: Kendall Jenner qushlarning tovushlariga shunchalik hayratlanarli tarzda taqlid qiladiki, atrofingizni qushlar galasi o‘rab olgan deb o‘ylashingiz mumkin. Beyonse asalarichilik bilan shug‘ullanadi Beyonse kuchli allergiyaga chalingan qiziga yordam berishi mumkin bo‘lgan asal uchun asalari boqishni boshladi. Ammo tez orada bu uning sevimli mashg‘ulotiga aylandi. Hozir uning 80 mingga yaqin asalarisi va 2 ta uyasi bor. Tom Xenks eski yozuv mashinkalarini yig‘adi Tom ularni mashhur bo‘lishidan oldin yig‘ishni boshlagan. Hozir uning kolleksiyasida 120 ga yaqin yozuv mashinkasi bor. Klaudiya Shiffer hasharotlarni kolleksiya qiladi Mashhur modelning kolleksiya qilishini eshitganimizda, sumkalar, kiyim-kechak, aksessuarlar va boshqalar deb o‘ylagan edik. Ammo bular Klaudiyaga taalluqli emas. U hasharotlarni, xususan, o‘rgimchaklarni kolleksiya qiladi. Nikolas Keyj qasrlar va dinozavrlarning bosh suyaklarini yig‘adi Keyj pulni o‘ylamay sarflashi oqibatida qasrlar va hatto dinozavrning bosh suyagini sotib olgan. U bu borada Leonardo Di Kaprioni ham ortda qoldirdi, biroq oxir-oqibat bosh suyakni Mo‘g‘ulistonga qaytarishga majbur bo‘ldi. Mila Kunis videoo‘yinlar o‘ynaydi Mila videoo‘yinlarni, ayniqsa Call of Duty va World of Warcraft o‘ynashni yaxshi ko‘radi. U hatto World of Warcraft’dagi bir nechta gildiyalarning a’zosi bo‘lgan. Muxlisi uning ovozidan tanib qolganida esa gildiyalardan birini tark etishga majbur bo‘lgan.
104
3,367
Foto
“Qonli oy” eronlik suratkash nigohida (fotogalereya)
Eronlik suratkash Erfan Samanfar XXI asrdagi eng uzun Oy tutilishini Eronning cheksiz sahrolaridan turib fotoapparatiga muhrladi, deb yozadi IslamToday. Quyida uning ijodini tomosha qilishingiz mumkin.
52
201
Foto
Fotogalereya: Amerika shtatlarining maftunkor suratlari (2-qism)
Amerika Qo‘shma Shtatlari ulkan va iqlimi hamda landshafti turli-tuman bo‘lgan mamlakat. TravelAsk ana shu mamlakat shtatlarining eng maftunkor suratlarini taqdim etdi.
64
168
Foto
Tabiat va jonivorlarning san’at asari darajasidagi suratlari
“Oltin toshbaqa” 2020 xalqaro ijodiy tanlovi g‘oliblari hakamlar hay’ati tomonidan e’lon qilindi. Unga ko‘ra saralangan suratlar turli nominatsiyalar doirasida mukofotga loyiq deb topilgan. Kichkina o‘rmon sichqonining sakrashi avstriyalik fotosuratchi Yulian Rad “Hayvonlar harakati” nominatsiyasida g‘alaba qozongan. Italiyalik suratkash Franchesko Vizintin “Oltin toshbaqa” tanlovining sovrindoriga aylandi. Uning g‘oliblikka loyiq ko‘rilgan suratida suvosti dunyosi jonzotlari aks etgan. Gennadiy Yusinning “Tug‘ilgan kuning bilan!” deb nomlangan suratida endigina tug‘ilgan bug‘u bolasi tasvirini ko‘rish mumkin. U juda ojizligidan bir necha kun yotib kuch to‘plashi kerak. “Tabiat bolalar nigohida” nominatsiyasi bo‘yicha Ispaniyadan Andres Luis Dominges Blanko “O‘rmonda” surati bilan zafar quchdi. Argentinalik Adriana Klaudiya Sansning daraxt baqasi aks etgan surati “Hayvon portreti” nominatsiyasida hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topildi. “Tabiat san’ati va qiyofasi” nominatsiyasida norvegiyalik suratkash Galis Oaro “Bo‘lajak murena” surati uchun g‘alaba qozondi. “Ehtiyot bo‘lish zarar qilmaydi” surati muallifi hindistonlik Aneesh Sankarankutti “Inson va tabiat” nominatsiyasi bo‘yicha g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Tabiat yoshlar nigohida” nominatsiyasida g‘oliblik vengriyalik Tamas Konch-Bistrichning “Qordagi qushcha” suratiga nasib etdi. Hakamlar hay’ati “Peysaj” nominatsiyasida g‘oliblikni rossiyalik Vyacheslav Luzanovga “Shomon” surati uchun topshirdi. Suratga tasvirlangan shomon daraxti o‘rmonda adashib qolgan sayohatchini kutib oladi, u hattoki xaritalarda ham yo‘q. Qaysi yo‘ldan borish esa insonning o‘ziga bog‘liq. Polshalik Marchin Dobas ham “Kea” nomli ijodiy ishi bilan tanlov g‘olibiga aylandi. Surat qahramoni tog‘li hududlarda yashovchi to‘tiqushlar oilasining yagona vakili hisoblanadi. Vengriyalik Norbert Kasash “Oltin yomg‘ir” deb nomlangan surati bilan “Mitti olam” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Norvegiyalik Tere Kolaas “Yovvoyi tabiatni suratga olishda yangi texnologiyalar” nominatsiya g‘olibiga aylandi. Suratda nasl qoldirish uchun har yili bahorda Shpitsbergenga yig‘ilgan g‘ozlar ajoyib ko‘rinishni aks etgan. “O‘simliklar sehri” nominatsiyasi bo‘yicha “Tumandagi krokuslar” eng yaxshi surat deb topildi. Tibor Litauskaning suratida gullar beqaror to‘lqinlar qurshovida qolganga o‘xshaydi.
60
2,355
Foto
Foto: Xitoydagi velosipedlar qabristoni
TravelAsk Xitoydagi velosipedlar qabristoni tasvirlangan suratlarni taqdim etdi. Xitoyning Guanchjou shahrida mahalliy aholi ijaraga velosiped olib, ijara vaqti tugagach ularni xohlagan joyiga tashlab ketadi. Kommunal xizmat xodimlari esa tashlab ketilgan transport vositalarini to‘plab, shaharning janubiy qismiga olib borib tashlaydi. Ijarachi kompaniyalar o‘z velosipedlarini shu yerdan olib ketishlari mumkin bo‘ladi, biroq ularning aksariyati bunga vaqt sarflashni istamagani sabab 10 000 dan ortiq temir “marhumlar” jamlangan velosipedlar qabristoni yuzaga kelgan.
39
571
Foto
Fotogalereya: Skandinaviyaning eng go‘zal ko‘rfazlari
1991-yildan beri har yili Daniya hukumatining tashabbusi bilan 12-iyul Skandinaviyada ko‘rfazlar kuni sifatida nishonlanadi. Shimoliy Yevropa mamlakatlari o‘zlarining unchalik baland bo‘lmagan tog‘lari bilan o‘ralgan tor ko‘rfazlarini dunyo aholisi e’tiboriga havola qiladi. Bu kabi ko‘rfazlar nafaqat shimolda, balki Chili, Yangi Zelandiya va hatto Chernogoriyada ham bo‘lishiga qaramay Norvegiya ko‘rfazlari mashhurroq sanaladi. “Gazeta.ru” Skandinaviyaning eng go‘zal ko‘rgazlari suratlarini to‘plab taqdim etdi.
53
515
Foto
Tanadagi yoqimsiz hidni yo‘qotuvchi 11 mahsulot (foto)
Gipergidradatsiya yoki bizning tilda aytganda, haddan ortiq terlash, albatta, yoqimsiz hol.  Pomidor, karam, qahva kabi ba’zi mahsulotlar bu jarayonni yana ham kuchaytiradi. Biroq, inson tanasida terlashni kamaytirishga qodir bo‘lgan mahsulotlar ham bor, deya yozadi AdMe. 2. Fenugreek urug‘i — organizmdan toksinlarni haydab chiqaradi. Qaynab turgan suvga 1 choy qoshiq urug‘ni 6-8 soatga solib, ichish mumkin. Choyga qo‘shib, ichsa ham bo‘ladi. 3. Ko‘k choy — har kuni ichilgan ko‘k choy tana va og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalardan xalos etadi. 4. Dolchin — ovqatga solingan dolchin, og‘iz bo‘shlig‘idagi nohush hidlarni yo‘qotadi. 5. Yalpiz — uni iste’mol qilsa ham, tashqi tarafdan qo‘llasa ham bo‘ladi. 6. Mavrak (shalfey) — qaynatilgan holatda foydalansa ham bo‘ladi, vannaga solsa ham bo‘ladi. 7. Petrushka — salat va ovqatlarga qo‘shib yesa ham, qurigan holatda qaynatib, foydalansa ham bo‘ladi. 8. Bug‘doy gullari — uni xomligicha ham (kuniga 40 gramm), kukun tarzida ham (kuniga 3 gramm) ishlatsa bo‘ladi. 9. Nim barglari (yoki fors meliyasi) — barglarni qaynagan suvga solib, bo‘tqa hosil qilinadi. Keyin esa terlaydigan sohalarga surtib, bir necha daqiqaga qoldiriladi. So‘ng vanna yoki dush qabul qilinadi. 10. Limon va boshqa sitrus mevalar — har kuni ertalab bir stakan limonli suv ichish kifoya (agar oshqozonda muammo bo‘lmasa) yoki 1/2 limonni suvini siqib, terlaydigan sohaga surtib, qurigandan keyin dush qabul qilish kerak. 11. Kokos moyi — yuvingandan so‘ng qo‘ltiq ostiga kuniga 1-2 marta surtib qo‘yish tavsiya etiladi.
54
1,554
Foto
Fotogalereya: Turk aktrisasi Deniz Baysalning shaxsiy hayotidan lavhalar
Hozirgi kunlarda O‘zbekistonda sevib tomosha qilinayotgan “Fazilat xonim va uning qizlari” serialidagi asosiy qahramonlardan biri Xazan ko‘pchilik tomoshabinlar e’tiborining markazida. Ushbu qahramonni ijro etgan mashhur turk aktrisasi Deniz Baysal 10 yoshidanoq teatrda rol o‘ynay boshlagan. Ammo 2017-yil “Fazilat xonim va uning qizlari” seriali unga mashhurlik olib kelgan. Ushbu serialdagi roli uchun “Eng yaxshi serial aktrisasi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlangan. 2016-yilning oxirida aktrisa “Kolpa” musiqiy guruhining solisti Barish Yurtju bilan uchrasha boshlagan. Ularning tanishuviga esa ikkovi bilan birga ishlaydigan menejer sabab bo‘lgan. 2018-yilga kelib juftlik turmush qurishga qaror qildi. Shu sabab, ular bir-birini oilasi bilan tanishdi. Ammo Denizning seriallardagi syomkalari sabab, hali to‘y sanasi aniqlanmagan. Muhimi hozirda juftlik birgalikda baxtli! Barish Yurtju bilan uning qaylig‘i aktrisa Deniz Baysalni aprel oyining boshida Nishantashida sayr qilib yurganini suratga olishgan. Jurnalistlarning “To‘y qachon?” degan savoliga Deniz “Tayyorgarlikni boshlaganmiz. Hammasi biz  xohlagandek ketyapti. Nikoh oqshomi nasib qilsa sentabr oyida Chashmada bo‘ladi“, deb javob bergan.
72
1,208
Foto
Vengriyalik er-xotin afsonaviy filmlar kadrlarini qayta yaratdi (foto)
Vengriyalik er-xotin Fanni va Norbert uyda o‘tirgan holda odamlarning yuziga tabassum ulashmoqda, deb yozadi TravelAsk. Juftlik mashhur filmlardagi kadrlarni qayta yaratdi. Er-xotin barchaning sevimli kinofilmlaridagi yod bo‘lib ketgan kadrlar, filmlar posterlarini mahorat bilan aks ettirdi.
70
292
Foto
Fotogalereya: Apple iPhone’da olingan eng yaxshi fotosuratlar
Eng yaxshi o‘nta surat minglab rasmlardan tanlab olingan, deya xabar beradi “Korrespondent”. Apple kompaniyasi “iPhone’da suratga olingan” tanlovi doirasida o‘nta eng yaxshi fotosuratlarni tanladi. Eng zo‘rlari loyiha qatnashchilarining minglab fotosuratlaridan tanlangan. G‘oliblarning suratlari Apple bannerlari va boshqa reklama materiallariga bezak sifatida qo‘llaniladi, ularning mualliflari esa buning uchun to‘lovlar oladi. Loyiha ishtirokchilari o‘z suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga #ShotoniPhone xeshtegi ostida joylagan.
61
531