folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Huvillab qolgan London ko'chalari, Strasburgdagi Rojdestvo bozori, politsiya bilan to'qnashgan muhojirlar | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
AQShda yuz bergan tornado odamlarning uylarini vayron qildi.
AQShga yo'l olgan lotin amerikalik muhojirlar karvoni Mexiko shahrida politsiya bilan to'qnashdi.
Edinburg universiteti uzra ko'ringan ulkan oy.
Londondagi Avliyo Tomas shifoxonasida vaktsina olish uchun navbatda turgan odamlar.
Braziliyadagi daryo suvi o'zanidan chiqib ketdi.
Rossiyadagi monastirda 18 yoshli yigit o'zini portlatib yubordi.
AQShdagi Rojdestvo tadbirlari davom etmoqda.
Hukumatning masofadan ishlash haqidagi qaroridan so'ng London ko'chalari huvillab qoldi.
Frantsiyaning Strasburg shahrida an'anaviy Rojdestvo bozoridagi odamlar.
Moskvadagi Qizil maydonda Yangi yil tadbirlari. | 105 | 719 |
Foto | Qullik davrlarida paydo bo‘lgan milliy bayram: JARda ikkinchi Yangi yil nishonlandi (fotogalereya) | 2-yanvar kuni Janubiy Afrika Respublikasida ko‘p yillik an’anaga ko‘ra, “ikkinchi Yangi yil” yoki Tweede Nuwe Jaar nishonlanadi. Bayram 19-asrda qullik davrlarida paydo bo‘lgan, biroq qullik bekor qilingandan keyin ham u Keyptaunning eng asosiy bayramlaridan biriga aylangan. 2017-yilda ham an’anaga ko‘ra o‘tkazilgan karnavalning suratlarini TJournal taqdim etdi.
Qullik tuzumi avj olgan davrda JARda Hindiston, Afrika va madagaskarlik o‘n minglab qullar yashagan. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, 2-yanvar kuni qullarning yagona dam olish kuni hisoblangan va qullar shu kuni “ranglilar karnavali”ni o‘tkazgan.
Dastlab qora tanlilarga taqlid qilib, yuzlariga kuydirilgan po‘kak surib olgan artistlar ushbu bayramni masxara qilgan. O‘shandan buyon bu an’anaga aylangan va qora tanlilar karnavalda yuzlariga oq gildan niqob surib oladi.
Politsiyaning baholashicha, 2017-yilda 13 ming artist va musiqachi Keyptaun bo‘ylab an’anaviy yo‘nalish bo‘yicha yurib o‘tgan hamda o‘z chiqishlarini stadionda hakamlar oldidagi so‘nggi qo‘shiq bilan yakunlagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 98 | 1,222 |
Foto | Dizayni va ajoyib atmosferasi orqali xo‘randalarni o‘ziga jalb etuvchi kafe va restoranlar (foto) | “Mishlen” yulduzini olish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilish muhim. Maxsus komissiya idish-tovoqlarning mustahkamligi, tashqi ko‘rinishi, tayyorlanadigan mahsulotlarga e’tibor qaratadi. Ammo mijozlar xotirasida qolish uchun restoran yoki kafe ba’zan ichki dizayn yoki boshqa bir tarafi bilan tashrif buyuruvchilarni lol qoldirishi kerak.
Bu restoranda ofitsiantlardan tashqari toza idishlarni olib keladigan va ishlatilganlarini olib ketadigan robot ham bor.
Kafe tashrif buyuruvchilarga gazlangan yoki gazsiz suvni tanlashni taklif qiladi.
Ko‘p yillar oldin bu restoranning o‘rnida bank bor edi. Hatto stolni omborxonadan ham buyurtma berish mumkin.
Agar bu yerga suhbat qurish uchun tashrif buyurilsa, kafe bepul taom taklif qiladi.
Xitoydagi McDonald’sda xodimlar gazlangan ichimliklarni peshtaxtada ataylab qoldirishadi. Buyurtma qilingan vaqtga kelib, ichimlik allaqachon gazsiz va erigan muzi tufayli yoqimli ta’mga ega bo‘ladi.
Ushbu qahvaxona hojatxonasida bepul shirinliklar mavjud.
Xelsinki temir yo‘l vokzalidagi kafe stullariga poyezdda ma’lum bir shaharga borish uchun qancha vaqt ketishi kerakligi yozilgan.
Qahvaxona nomining surdo tarjimasi yozilgan.
Ushbu restoranda tuz, qalampir universal idishda turadi.
“Mahalliy kafedagi dasturxonimiz o‘rta asr qudug‘i ustida joylashgan”.
Ko‘zi ojizlarga xayriya uchun ushbu kafeda oddiy quti emas, balki kredit kartalari uchun moslama o‘rnatilgan.
Qishda ham ushbu restoranda ochiq havoda ovqatlanish mumkin.
Pullar yopishtirilgan shift.
Ushbu koreys restoranida sochlarni ovqatdan uzoqroq turishi uchun tashrif buyuruvchilarga bepul rezina tasmalar beriladi.
Restoranning koridoriga “Chao” deb yozilgan. | 97 | 1,682 |
Foto | Fotogalereya: Yana 20 ming yil yashashga yaroqsiz Chernobil qay ahvolda? | Chernobildagi AES portlaganiga 33 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham odamlar uni unutgani yo‘q. Shuncha yillar davomida dunyodan begonalashgan bu hududga sayyohlar oqimi yana kela boshladi. AdMe Chernobilning hozirgi ko‘rinishini taqdim etdi. | 72 | 243 |
Foto | Foto: Yuzi keksa kishining yuziga o‘xshash it | Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Bekon laqabli itning akkaunti bo‘lib, uning yuzi keksa kishining yuziga o‘xshaydi. Mashable nashri mazkur profilga e’tibor qaratdi.
Hayvonning egalari uni “qariya Bekon” deb ataydi. It pekines, chixuaxua va taksa zotlarining chatishmasi hisoblanadi.
Xo‘jayinlar tomonidan ochilgan Bekonning akkaunti uning butun mimikalarini ko‘rsatadi.
Nashrning yozishicha, yuz tuzilishi bo‘g‘iq bo‘lishiga qaramasdan, it juda quvnoq xarakterga ega. U o‘z xo‘jayinlari bilan Floridada yashaydi va qutqaruvchi bo‘lib ishlaydi. | 45 | 543 |
Foto | Buyuk Britaniyada to‘fon qadimiy o‘rmonni yer yuziga chiqardi (foto) | Buyuk Britaniyada to‘rt yarim ming yildan buyon qum va suv ostida qolib kelgan qadimiy o‘rmon Uelsga yopirilgan to‘fon sababli yer yuzasiga chiqib qoldi, deb xabar beradi Forum Daily.
Kuchli shamol natijasida dengiz chekingan va daraxtlarga chirmashib olgan torflarni uloqtirib tashlagan.
Toshga aylangan daraxtlarni Keredigion grafligidagi Bort va Inislas qishloqlari orasida kuzatish mumkin.
XVII asrdagi qo‘lyozmalarda suv ostida qolib ketgan sivilizatsiya haqida so‘z boradi.
Ta’kidlanishicha, bu yerlar qadimda unumdor va turli to‘g‘onlar bilan himoyalangan joy bo‘lgan. Afsonalarga ko‘ra, hudud kuchli to‘fonlar vaqtida bir necha bor suv ostida qolgan.
Eramizning VI asrida 16 ta mahalliy qishloq suv ostida qolib ketishi oqibatida, ko‘plab odamlar halok bo‘lgan. | 68 | 772 |
Foto | Kimsasiz Fukusima: yadroviy fojiadan besh yil o‘tib | Polshalik fotosuratchi Arkadiush Podnesinskiy Yaponiyaning Fukusima prefekturasidagi yadroviy halokat yuz bergan hududda bo‘lib, dahshatli fojia oqibatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga qaror qildi, deb yozadi TravelAsk.
O‘z vaqtida Chernobil AES fojiasi oqibatlarini ham shaxsan kuzatgan Podnesinskiy: “‘Fukusima’ atom elektrostansiyasi halokatiga zilzila yoki sunami emas, odamlar sababchidir”, — deb yozadi o‘z saytida. | 51 | 420 |
Foto | Fotogalereya: London hayvonot bog‘i hayvonlarni rentgen tasvirga tushirdi | London hayvonot bog‘ida 18000 ga yaqin hayvon saqlanadi. Travel Ask ularning bir nechta rentgen suratlarini taqdim etdi. | 73 | 120 |
Foto | Fotogalereya: Aldamchi suratlar ortidagi haqiqatlar | Internetdagi ajoyib suratlar ortida ba’zan aldamchi yoki tasavvur ham qilishingiz qiyin bo‘lgan holatlar bo‘ladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 51 | 173 |
Foto | 6-palata: Yaponiyada dunyodagi eng g‘alati fotoxosting aniqlandi (fotogalereya) | Dunyodagi eng bema’ni deb baholanayotgan Sukima Nurse fotoxostingi yaratuvchilari tan olishicha, u auditoriyaning 1 foizigagina foydali bo‘lishi mumkin, deb yozadi Afisha Daily. Qolganlar esa dengiz chig‘anog‘ini puflayotgan yoki deraza ortidagi oxir zamonni mehr bilan tomosha qilayotgan hamshirani hech bo‘lmasa, kulgili deb topishi mumkin. | 79 | 342 |
Foto | Karina Vichak loyihasi asosida qurilgan mashhur logotiplar shaklidagi uylar (fotogalereya) | San’atkorlarni har qanday voqea yoki buyum, belgi ilhomlantirishi mumkin, hatto o‘zga ijodkorlarning asarlari ham. Polshalik arxitektor Karina Vichak mashhur logotiplardan ilhomlanib o‘ziga xos uylar kompleksini yaratdi. Karinaning g‘oyasi asosida Mitsubishi, Renault, Chevrolet va Adidas logotiplariga o‘xshash uylar qad rostladi, xonadonlarning ichkarisi mehmonxona, yotoqxona va yuvinish xonalariga ega odatiy uylardagidek jihozlangan. Har bir xona logotip g‘oyasiga hamohang!
Birinchi bino Trihouse nomini olgan — u Adidas logotipi shaklida.
Trihouse shisha devor va tomlar ajratib turadigan uchta beton qismdan iborat. Binoning shakli uchburchakni eslatadi va umumiy maydoni 560 kvadrat metrga teng.
Uy to‘rt qavatdan iborat — dastlabki ikki qavatda oshxona, ovqatlanish xonasi, mehmonxona, kutubxona va boshqa xonalar joylashgan. Uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda yotoqxona va yuvinish xonalari mavjud.
Ikkinchi bino Crosshouse deb ataladi. U Chevrolet logotipi shaklida.
Karinaning g‘oyasi bo‘yicha uy suvda joylashgan va xoch shaklida. Binoning tashqi tomoni shisha bilan o‘ralgan. Umumiy maydoni 245 kvadrat metrni tashkil qiladi, ushbu hududga ikkita qavat va mezonin kiradi. Oshxona, ovqatlanish zali va mehmonxona shisha devorlar bilan o‘ralgan qismiga yaqin joylashgan, yotoqxona va yuvinish xonasi binoning qarama-qarshi tomonida.
Uchinchi bino Pyrahouse deb nomlangan va Mitsubishi logotipini eslatuvchi romb shaklida.
Uyning quyi qismi 320 kvadrat metr maydonga ega va betondan qurilgan, kiraverishdagi zina chordoq va kichik yo‘lakka boshlaydi. Birinchi qavatda mehmonxona, oshxona, ovqatlanish xonasi va kutubxona joylashgan. Piramidaning yuqori qismida yotoqxona va yuvinish xonasi bor.
Rhombhouse uychasi Renault logotipi shaklida qurilgan.
Arxitektor binoni romb shaklida qurishni taklif etgan, markazda ikkala tomonni ham shaffof ko‘rsatadigan shisha devorlar o‘ragan. Oshxona, mehmonxona va kutubxona birinchi qavatda, yotoqxona, yuvinish xonasi va garderob ikkinchi, qo‘shimcha yotoqxona, kabinet va yana ikkita vannaxonasi uchinchi qavatda joylashgan. Uyning umumiy maydoni 270 kvadrat metrni tashkil qiladi. | 90 | 2,140 |
Foto | Yuzidan nur yog‘ilayotgan daho: rasmiy targ‘ibot suratlaridagi Kim Chen In (foto) | Travel Ask “buyuk sarkarda” Kim Chen Irning davomchisi, Shimoliy Koreyaning hozirgi rahbari, marshal va “daholar dahosi” Kim Chen In rasmiy targ‘ibot fotosuratlarida qanday aks etganiga aniqlik kiritdi. | 81 | 202 |
Foto | Millionlab muxlislarga ega Gollivud yulduzlari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) | Har qanday irkit o‘rdakcha bir kun kelib oqqushga aylanishi hech gap emas. Bolaligida ko‘rimsiz, tengdoshlariga nisbatan qoloq ko‘ringan insonlar kelajakda millionlab muxlislarga ega dunyoga tanilgan yulduz bo‘lishi ham mumkin. Bu yutuqqa ko‘pchilik o‘z ustida tinimsiz ishlashi, sport, plastik jarrohlik va kosmetik vositalar orqali erishadi. AdMe ana shu kabi yulduzlarning bolaligi bilan taqqoslangan suratlar bilan bo‘lishdi.
Keyt Bekinseyl
Hozirda 47 yoshni qarshilagan aktrisaga taxminan 30 yoshni berish mumkin. Albatta, u bunday ko‘rinishga fitnes dasturi va to‘g‘ri ovqatlanish orqali erishdi. Aktrisa bolaligida suratga tushishni yoqtiradigan sertabassum qizaloq bo‘lgan.
Dueyn Skala Jonson
Yaqinda Dueyn Instagram sahifasida yangi surat bilan bo‘lishdi. Suratda Gavayida yashovchi, sochini afrikacha uslubda turmaklagan 7 yashar Dueyn tasvirlangan edi.
Kim Kardashyan va Kayli Jenner
Kim Kardashyan va uning singlisi Kayli Jenner ham bolaligiga qaranganda sezilarli darajada o‘zgargan. Ular botoks va lab ishirish amaliyotini sinab ko‘rgan, ammo tanasi bilan bog‘liq hech qanday jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaganligini aytib o‘tgan.
Teylor Lotner
Aktyor debyut rolini 13 yoshda ijro etgan. “Sumerki” kartinasida esa u endigina 17 yoshni qarshilagan edi.
Megan Markl
Megan Markl balog‘at yoshiga yetganidan so‘ng tashqi ko‘rinishi ustida ishlay boshlagan. 2019-yilda u hattoki moda olamidagi eng nufuzli shaxs unvoniga ham sazovor bo‘ldi.
Jessika Alba
Jessika joylashtirgan bolalikdagi fotosurat xuddi hozirgi kabi maftunkor va go‘zal.
Enn Xeteuey
Enn bosh rolni ijro etgan “Jodugarlar” filmi namoyishidan so‘ng aktrisa bolalikdagi Xellouin bayramida tushgan surati bilan bo‘lishdi.
Riz Uizerspun
Yillar o‘tgan bo‘lsa-da, aktrisaning bolalikdagi samimiy tabassumi sira ham o‘zgarmagan.
Dakota Jonson
Dakotaning bolaligidagi yoqimtoyligiga o‘tgan yillar nafislik va chiroy qo‘shganga o‘xshaydi.
Bella Xadid
Supermodel Bella ham muxlislarini bolalikdagi suratlari bilan hayratda qoldirmoqda.
Tom Felton
Aktyor Garri Potter haqidagi filmlarda rol ijro etgandan so‘ng chinakamiga mashhurlikka erishdi. | 92 | 2,118 |
Foto | Jonni Depp, Jim Kerri, shahzoda Charlz va rasm chizish qobiliyatiga ega boshqa mashhurlar (foto) | Quyida keltirilgan bir qancha yulduzlar mashhur bo‘lguniga qadar rasm chizish bilan ham shug‘ullangan. Ularning ayrimlari esa taniqli bo‘lgach rassomchilikni boshlab yubordi. Yana ba’zilari esa hattoki taxallus ostida ijod ham qiladi.
Maykl Jekson, xonanda
Stiven Tayler, rok-musiqachi
Devid Boui, rok-musiqachi
Entoni Xopkins, aktyor
Shahzoda Charlz
Merilin Monro, aktrisa
Jim Kerri, aktyor
Merilin Menson, rok-musiqachi
Pirs Brosnan, aktyor
Jonni Depp, aktyor
Lyusi Lyu, aktrisa
Jeyms Franko, aktyor
Frenk Sinatra, aktyor va xonanda
Pol Makkartni, musiqachi
Makoley Kalkin, aktyor
Silvester Stallone, aktyor | 96 | 625 |
Foto | Fotogalereya: Tassurotlarga boy suratlar | Ta’tillarda va sayohatlarda olingan suratlar taassurotlarga boy bo‘ladi. AdMe ana shunday suratlarni taqdim etdi. | 40 | 113 |
Foto | Panjsher arsloni. Marhum Ahmadshoh Mas‘ud xotirasi suratlarda | Bundan roppa-rosa 20 yil avval Panjsher arsloni deya nom qozongan, Sovet qoʻshinlariga qarshi togʻlarda yurib qarshilik harakatini boshqargan, afgʻon mujohidlarining yirik liderlaridan biri Ahmadshoh Mas‘ud «Al Qoida» terroristik guruhining yollanma qotillari tarafidan oʻldirilgan edi. «Bugun suratlari» ruknining ushbu sonini Ahmadshoh Mas‘udning xotirasiga bagʻishlaymiz.
Mujohidlar guruhi bilan sovetlarga qarshi kurashayotgan Ahmadshoh Mas‘ud Panjsher togʻlarida.
Ahmadshoh Mas‘ud Panjsher togʻlarida aholi bilan koʻrishmoqda.
Panjsher togʻlarida otda yurgan Ahmadshoh Mas‘ud.
Mujohidlar radio orqali yangiliklarni diqqat bilan tinglamoqda.
Ahmadshoh Mas‘ud Panjsherdagi qishloqlardan birida qishloq kattalari bilan gaplashmoqda.
Kechki namozni oʻqiyotgan mujohidlar guruhi. Ular orasida Ahmadshoh Mas‘ud ham bor.
Ahmadshoh Mas‘ud va yosh Abdulla Abdulla (chapda) mujohidlar orasida.
Ahmadshoh Mas‘ud va Richard Makkenzi.
Ahmadshoh Mas‘ud va mujohidlar guruhi.
Ahmadshoh Mas‘ud Parijda. Uning yonidagi esa fransiyalik doʻsti, fransuz faylasufi, adibi Bernard Anri Levi. Bugungi qarshilik harakatini ancha faol qoʻllab-quvvatlayotgan kam sonli shaxsiyatlardan biri.
Panjsherda uning sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik surat.
Surat sotadigan doʻkondagi Ahmadshoh surati.
Mamlakatning turli nuqtalarida unga bagʻishlangan devoriy suratlar ham chizilgan.
Panjsher darasidagi Ahmadshoh Mas‘ud maqbarasining umumiy koʻrinishi.
Bernar Anri Levi hamda Ahmadshoh Mas‘udning oʻgʻli yosh Ahmad Mas‘ud. | 61 | 1,492 |
Foto | Hukumatga qarshi namoyishlar, aeroportdagi mashqlar, Meksikada Oʻliklar kuni — 27 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Tailand poytaxti Bangkokda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boʻlmoqda. Namoyishchilar bosh vazir iste‘fosini talab qilmoqda.
Meksikada Oʻliklar kuni munosabati bilan «Boshqa dunyo» deb nomlangan koʻrgazma ish boshladi.
London Oliy sudi binosi oldida Julian Assanj ishi koʻrilayotgan paytda norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Sud uning AQShga ekstradisiyasi masalasini koʻrib chiqmoqda.
Ocean Rebellion ekofaollari Glazgoda ochiladigan BMTning iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan sammiti oldidan aksiya oʻtkazdi.
Anqaradagi Esenbogʻa xalqaro aeroportida avia mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Indoneziyaning Jakarta shahridagi kutubxonalar yana qaytadan ish boshladi.
Basklar mamlakatidagi tumanli ob-havo.
Manilada ajdarho raqsi.
Sudandagi muvaffaqiyatsiz harbiy toʻntarish oortidan norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Nepalda Tixar festivali uchun Gomfrena gullari terilmoqda. | 99 | 944 |
Foto | San’atga muhabbat: Rus muzeyiga kirish bepul bo‘lgan kuni uzun navbat hosil bo‘ldi (foto) | Har yili 19-mart kuni Sankt-Peterburg shahrida Rus muzeyi kuni nishonlanadi. Shu kuni 1898-yili Mixaylovsk saroyida birinchi milliy san’at davlat muzeyi ochilgandi.
Bayram kuni munosabati bilan 19-mart muzeyga kirish tekin bo‘ldi va unda uzun navbat hosil bo‘ldi. TJournal ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar tomonidan suratga olingan fotolavhalarni bir sahifaga jamladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 89 | 443 |
Foto | Vataniga kelgan Shvarsenegger, qulatilgan qirolicha Viktoriya haykali, Parijda oʻtgan mason yigʻini — 2 iyul suratlari | E'tiboringizga 2 iyulning eng sara suratlarini taqdim etamiz.
Gʻazodagi yozgi oromgohda bolalar hovuzda choʻmilmoqda. Hozirda butun dunyoda anomal issiq havo kuzatilmoqda.
Shvesiyalik ekofaol Greta Tyunberg parlament binosi oldida namoyish oʻtkazmoqda.
Bir necha hafta davom etgan janglardan soʻng Efiopiyaning Tigrey shahri mudofaa kuchlari tomonidan qayta egallandi.
Kanadada mahalliy aholi Buyuk Britaniyaning marhum qirolichasi Viktoriyaga atab qurilgan haykalni qulatdi. U zulm ramzi sifatida baholangan.
Kanadada maktab hududidan jasadlari topilgan yuzlab bolalar xotiralanmoqda.
Kolumbiyada motam tutayotgan ayol koronavirus qurbonlari koʻmilgan qabristonda dafn etilgan yaqini uchun koʻz yosh toʻkmoqda.
Sloveniyada koʻcha artistlari oʻz chiqishllarini namoyish etmoqda.
Mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger ona vatani Avstriyada ot sporti maktabiga tashrif buyurdi.
Parijda masonlarning Fransiya Buyuk qoʻshma lojasi a'zolari yigʻildi.
Istanbulda Turkiyaning ayollarga zoʻravonlikni taqiqlash haqidagi «Istanbul konvensiyasi»dan chiqishiga norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi. Turkiya hukumati mazkur konvensiyani oila institutiga zarba deb baholagan. | 118 | 1,156 |
Foto | Fotogalereya: Daraxtlarning go‘zalligini aks ettiruvchi 12 surat | Daraxtlar juda ajoyib va bebaho. Ular toza havo, quyoshli kunda soya va hosil beradi. Ammo insonlar uning go‘zalligiga har doim ham ahamiyat beravermaydi. Travel Ask daraxtlarning aynan go‘zalligi aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Baobab daraxtlari, Madagaskar
“Ajdarho qoni” daraxti, Yaman
Kaliforniya
Gilos daraxti, Germaniya
Avstraliya
Portlend
Suv ostidagi mangrov daraxti
Gilos daraxtining gullagan payti
Pontus qoraqayini, Fransiya
Farishta emani, Charlston
Irlandiya
Qizil zarang daraxti | 64 | 505 |
Foto | AQShda kichkina itlar tikanakli nimcha kiyib yurishiga to‘g‘ri keladi (foto) | Amerikalik Amina Axtar o‘zining Twitter’dagi sahifasida Bini laqabli itiga mo‘ljallangan maxsus kiyimni ko‘rsatdi. Bu haqda Tjournal xabar berdi.
Bu kiyim uy hayvonlarini yirtqichlardan himoya qilishga xizmat qiladi.
AQSh g‘arbida burgut va koyot (bo‘rilar turi)larning itlarga hujum qilishi odatiy hol sanaladi.
Nimchalar savdosini yo‘lga qo‘ygan firma asoschilarining itini 2015-yilda yirtqich g‘ajib ketgan.
Ushbu libosni ko‘plab amerikaliklar o‘zlarining uy hayvonlari uchun xarid qiladi. | 76 | 495 |
Foto | Fotogalereya: San’at virusga qarshi | “Interfaks” dunyoning turli nuqtalarida yangi turdagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish yo‘lida rassomlar tomonidan ko‘chalarga chizilgan ajoyib tasvirlarni to‘plab taqdim etdi.
Sorokaba, Braziliya
Milan, Italiya
Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida 475 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan. Mamlakatda virus oqibatida vafot etganlar soni 2,9 ming kishidan oshib ketdi.
Valensiya, Ispaniya
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning rafiqasi — Begonya Gomes COVID-19 koronavirusi bilan kasallandi. Ispanlarning alohida zaruratsiz ko‘chaga chiqishi taqiqlangan.
Afina, Gretsiya
Berlin, Germaniya
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 200 ming kishidan, uning qurbonlari soni esa 8 ming kishidan oshdi.
Barselona, Ispaniya
Breshiya, Italiya
Shanxay, Xitoy
Kuala-Lumpur, Malayziya
Barselona, Ispaniya | 35 | 900 |
Foto | Makron–Putin uchrashuvi, ayolga qurol o'qtalgan askar, harakatga kelgan Etna vulqoni — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
O'tayotgan haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Moskvada uchrashdi. Uchrashuv asosiy maqsadi Ukraina bo'lgan.
xitoy poytaxti Pekin shahrida qishki Olimpiada o'yinlari davom etmoqda. Frantsiyalik Antuan Jerard o'z chiqishini namoyish etmoqda.
G'arbiy sohilda falastinliklar namoyishiga qarshi qurol ko'tarib turgan Isroil askarlari.
Nyu-Jersida kun botishi.
Hindistonda bo'yalgan kalava iplarni quritish jarayoni.
Pekinda “Maymunlar xudosi” libosidagi ko'cha savdogari.
Kolumbiya poytaxti Bogotadagi maydonda uchib yurgan kabutarlar.
Ispaniyaning Samora shahrida an'anaviy festival o'tkazildi.
Portugaliya suvlarida syorfing bilan shug'ullanayotgan kishi.
xitoyning xunshan hayvonot bog'ida o'ynayotgan panda.
Sitsiliya orolidagi Etna vulqoni yana harakatga kelmoqda.
Shimoliy Makedoniyadagi Doyran ko'lidagi saqoqush.
Nepalda voyaga yetish marosimi o'tkazilmoqda. | 102 | 969 |
Foto | Fotoreportaj: O‘zbekiston Milliy bog‘i hududidagi Adiblar hiyoboni | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-aprelda “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi. Mazkur hujjat ijrosi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. O‘zA Adiblar xiyobonidan fotomuxbir Sarvar O‘rmonov tomonidan tayyorlangan fotoreportajni taqdim etdi. | 66 | 432 |
Foto | Fotogalereya: Butun dunyoni ishontirgan qalbaki rasmlar | Internet foydalanuvchilari har kuni o‘z sahifasiga turli rasmlarni joylaydi. Odamlarda eng kuchli taassurot uyg‘otgan rasmlarni esa mayda detallariga ahamiyat bermasdan boshqa foydalanuvchilar bilan bo‘lishishga intiladi. Aslida ba’zi rasmlar qalbaki ishlov berilgan bo‘lib chiqadi. AdMe ana shunday rasmlarni taqdim etadi.
Aslida esa bu hech qanday 10 yillik farq bilan yasalgan fotokollaj emas, balki bitta suratdan ishlangan rasm
2. Yigit qoyilmaqom tarzda guruchni aralashtirmoqda
Aslida bu guruchni Tokioning yasama buyumlar do‘konidan sotib olishingiz mumkin. Guruch ham, rasm ham qalbaki
3. Faqat suvda ko‘rinadigan graffitlar
Strit-art ustasi Rey Bartkus ushbu sujetni atayin teskari chizgan. Shunda devordagi rasm suvda to‘g‘ri aks etadi. Lekin shamol bo‘lmagan paytdagina. Aks holda mana bunday ko‘rinish yuzaga keladi:
4. Kaliforniyada yong‘indan qochgan kiyik va silovsin bolasi ofis stolining tagiga yashiringan
Rasm haqiqiy. Lekin har safar AQShdagi qaysidir o‘rmonda yong‘in chiqqanda aynan shu rasm boshqa sarlavhalar bilan chiqariladi. Aslida bu rasm 2009-yil hayvon qutqaruvchi jamoaga tegishli bo‘lgan binoda suratga tushirilgan. Santa-Barbaradagi (Kaliforniya) yong‘in vaqtida ushbu hayvon bolalari Arnold Shvаrtseneggerning ranchosi yaqinidan topilgan. Qutqaruvchilar ularni ofisga joylashga majbur bo‘lgan.
https://www.flickr.com/photos/howlett1802/6254415840
5. Parijda Yangi yil
Eyfel minorasidan otiladigan mushakbozlik mana aslida qanday ko‘rinadi:
6. It o‘z xo‘jayinining qabriga 7 yil davomida har tun keldi
Bu yerda Kapitan laqabli it yetti yil davomida har tun egasining qabriga kelib, tonggacha uxlashi aytilgan. Rasm haqiqiy, hikoya ham. Ammo ular bir-biri bilan bog‘lanmagan. Xuddi shunday hikoya bilan 2012-yilda boshqa itning rasmi internetga joylashtirilgan edi:
7. Rossiyadagi odatiy kun
Rasm haqiqiy, lekin ayiq haqiqiy emas. Ikki nafar ko‘ngilli odam ayiqning kostyumini kiyib olgan.
8. Muzlab qolgan o‘rdak kuchuk bolasini qanotlari orasiga olib, isitdi.
Yanvar oyida ushbu rasm ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Go‘yo rasm Montanadagi voqeani aks ettirgandek. Rasm haqiqiy, ammo u 2017-yilda Xitoy bloglarida paydo bo‘lgan. Unga ko‘ra, kuchukcha sovuqda muzlab qolgan. Ko‘chadan bir gala o‘rdaklar o‘tib ketayotganida kuchukcha ular tomon yugurib, bir o‘rdakning qanoti ostiga kirib olgan.
9. Toshbaqaning boshiga o‘xshash tog‘
Aslida bunday tog‘ yo‘q. Rasm bir nechta suratlarni qo‘shib, ishlov berish natijasida yaratilgan.
10. Kitning umurtqasiga qadalib qolgan megalodon tishi
Bu tish va suyak boshqa-boshqa joylardan turli vaqtda topilgan. | 55 | 2,601 |
Foto | Indoneziyada Rojdestvoga tayyorgarlik, Yoqutistondagi -50 daraja harorat, G'azoda kun botishi — 23 dekabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Indoneziyada Rojdestvoga tayyorgarlik.
Yoqutistondagi -50 daraja harorat.
Darsga oshiqayotgan “bo'lg'usi ofitser”.
Missuri shtatida Rojdestvo kayfiyati.
G'azoda kun botishi.
Ispaniya hukumatining niqob taqishni qayta joriy etishi.
Niderlandiyaning Sxipxol aeroportida Rojdestvo ta'tiliga oshiqayotgan yo'lovchilar.
Parijda Rojdestvoni kutib olish jarayoni.
Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkazilayotgan figurali uchish bo'yicha mamlakat birinchiligidan lavha (Kana Muramoto va Daysuke Takaxasi).
Hindistonning Chennay shahridagi maktabda ertalabgi Rojdestvo. | 115 | 617 |
Foto | Oddiy insonlarning suratlarida tasodifan paydo bo‘lib, uni unutilmas kadrga aylantirgan mashhurlar (foto) | Har qanday insonning ham suratga tushish jarayonida xalaqit beradigan do‘st yoki tanishlari bor. Ammo aynan ular bilan kadr yanada qiziqarli chiqadi. Shu kabi insonlar yulduzlar orasida ham serob. Ular oddiy insonlar tushayotgan suratga tasodifan kirib qoladi va qarabsizki, kadr bir umrga barchaning yodida qoladi.
Angliya qirolichasi Yelizaveta II avstraliyalik sportchilar Jeyd Teylor va Bruk Perisning suratida paydo bo‘ldi.
Xokkey o‘yinida bo‘lgan qirolicha tasodifan sportchilarning kamerasida o‘zini ko‘rib qolgan va shunchaki jilmayib qo‘yishni afzal bilgan.
Shahzoda Garri
Qirolichaning nabirasi bu borada ortda qolmaydi. O‘yin ishtirokchilari go‘yoki shahzodani shu tarzda kadrga tushirgandek.
Anjelina Joli, Dastin Xoffman va Jek Blek
Agar hamkasblaring aktyor bo‘lsa, ulardan har qanday qiziq holatni kutish mumkin.
Zak Braff
Aktyor va rejissor turmush qurayotgan juftlikning kadrida paydo bo‘ldi va ushbu surat sevimli to‘y suratiga aylandi.
Benedikt Kamberbetch
Mashhur “Sherlok Xolms” g‘ayritabiiylikni yaxshi ko‘radi va buni uchrashuv yoki tadbirlarda ham amalga oshirishdan to‘xtamaydi.
Jorj Kluni
Jorj Kluni Stiven Spilberg, Jessika va Jerri Saynfeld tushgan surat o‘zisiz mukammal bo‘lmasligini bilgan holda kadrga qo‘shilishga qaror qildi.
Jorj Kluni
Gollivudning sevimli aktyori Kluni hazilkashlikni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun ham uning tasodifiy ishtirokidagi bu kabi suratlar uning bir qancha hamkasbida bor. Aktyor ko‘pincha orqa fonda o‘tirishni yaxshi ko‘radi va shu tarzda kadrlarni bezatib keladi.
Kevin Speysi
Mashhur Boston bog‘ida suratga tushayotganingizda atrofda Kevin Speysi yuribdi. Qolaversa, u kadrga kelib qo‘shilsa-chi? Bunga qanday izoh berish mumkin?
Kevin Speysi
Ushbu kadr Kevinsiz Mettyu Perri va Konan O’Brayenning oddiygina surati bo‘lar edi.
Jared Leto
Marosimda ishtirok etayotgan Jared kadrga o‘zgacha tus berdi. Qiziq, bu Gollivudda urfga kirganmi?
Stallone va Shvarsenegger
Stiv Teyler
Nikolas Keyj
Yosh ona yulduz bilan selfiga tushishni kutmagan edi. Ammo Keyjning ham o‘z rejalari bor.
Beyonse
Brayan Krenston
Jon Travolta
Kelin-kuyov uchun haqiqiy to‘y sovg‘asi.
Dueyn “Skala” Jonson
Eng ajoyib kadrlardan biri.
Elayja Vud
Kris Xemsvort
Avstraliyalik aktyorsiz bu hovuz yonidagi oddiy kadr bo‘lar edi. | 105 | 2,280 |
Foto | Fotogalereya: Ko‘cha san’atining ajoyib namunalari | Haqiqiy san’atning to‘siq va chegarasi yo‘q. AdMe ko‘cha san’atining chegara bilmas namunalarini taqdim etdi. | 50 | 109 |
Foto | Hayotini o‘zgartirish maqsadida vazn tashlagan odamlarning hayratlanarli natijalari (foto) | Ortiqcha vazn gipertoniya, ikkinchi darajali qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari va boshqa ko‘plab kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Nafaqat salomatlik, balki ruhiyat bilan bog‘liq muammolardan yiroq bo‘lish uchun esa sog‘lom ravishda ozishga harakat qilish va to‘g‘ri turmush tarziga amal qilish kerak. Vazn tashlashga qaror qilgan yoki hali bu muhim to‘xtamga kela olmaganlar quyidagi kishilarning natijasidan ilhomlanishi mumkin.
“79 kilo vazn tashladim”.
“Vazn tashlaganim va endi iyaklarim borligidan juda ham xursandman”.
“Suratlar orasida 3 yil farq bor”.
“18 oyda erishgan natijam”.
“Birinchi suratda vaznim 152, ikkinchisida esa 88 kilo”.
“25 kiloga ozganimdan keyin birinchi marta kalta top kiyishga muvaffaq bo‘ldim”.
“Pasportni o‘zgartirish vaqti keldi”.
“Natijam — 39 kg”.
“15 oyda erishgan natijam”.
“Avval va keyin”.
“Avval 127 kilo edim, hozir esa 79”.
“Semizligimdan quloqlarim juda ham kichik ko‘ringan”.
“68 kilo vazn tashlaganimdan keyin va nihoyat bo‘ynim borligini his qila boshladim”.
“50 kiloga yengil bo‘ldim”.
“Faxrlansa arziydigan natija”.
“Eski suratlarimga qarab, shu menmi, degan savol tug‘iladi”.
“Bir yil ichida 38 kilo vazn tashladim. Endi eski shortini mana bunday kiya olishim mumkin”.
“Mushugim meni qo‘llab-quvvatlaganidan juda ham xursandman”. | 90 | 1,319 |
Foto | Sayyohlarga city’lardan ko‘ra qiziqroq, tarixda mayoq vazifasini bajargan besh asrlik madrasa — Ko‘kaldoshga sayohat | Toshkent arxitekturasi bilan musobaqa o‘ynayotgandek tasavvur uyg‘otadigan, narxi osmon, chiroq yoki gazsiz qolmasligi kafolatlanmagan, poytaxt ichidagi sun’iy “shahar”lar, rusumi va rangi bir xil mashinalar shovqinidangina iborat emas. 2009-yilda 2200-yilligi keng nishonlagan, ko‘p millatli xalq uchun jonajon bo‘lgan gavjum shaharda ko‘hna, biroq hadeganda borilavermaydigan maskanlar ham topiladi. Ulardan biri Ko‘kaldosh madrasasi.
Ba’zida boshi-oxiri ko‘rinmas qurilishlardan madori ketib, changlar ichida qolgan Toshkent daraxtlari bilan birga o‘zligini yo‘qotayotgan odamga o‘xshab ketadi. Yangi imoratlari ham qandaydir tussiz – bir xilligi bilan kishi ta’bini xira qiladi. Shunday tushkun o‘ylardan qochish ilinjida “Chorsu” bozorining ichidagi metro stansiyasidan chiqib, eski shaharda o‘sib-ulg‘ayganim, talabalik yillarim yonidagi bekatda soatlab avtobus kutganimga qaramay, biror marta ham ichiga kirib ko‘rish xayolimga kelmagan Ko‘kaldosh madrasasi tomon yo‘l oldim.
Dunyo kezib, tarixiy, turistik maskanlarga borishni dilimga tugibman-u, ammo yonidan ming martalab o‘tgan besh asrlik qadamjo tarixiga hech qiziqib ko‘rmabman. Har kuni shu yerdan yo‘li o‘tadigan sanoqsiz odamlar ham mendan farq qilmaydi-yov.
Baland-u, ammo yaroqsiz bo‘lib qolgani uchun fayz va istarasiz ko‘ringan, kulrang beton va och pushti aralash Chorsu mehmonxonasining deyarli ro‘parasida joylashgan Ko‘kaldoshga bozor rastalarini oralab kesib chiqdim. Madrasa zinapoyalariga qadar savdogar to‘la — “Tilla, dollar, rossiyskiy... singlim, valyuta almashtirasizmi?”, “Xonimlar bor, xonimlar” degancha har kim o‘z yumushi bilan andarmon. Ularning chaqirig‘iga taksichi amakilarning “G‘uncha, Tinchlik, Beruniy” degan ovozlari qo‘shilib ketadi. Sovuqdan yuz-burni qizargan bolakaylardan tortib, tirikchilik dardida, kun bo‘yi tik turgan, ro‘mol, qalin jemperga o‘ranib olgan juvonlar o‘tgan-ketganga “Zora, nimadir olsa!” deya umid bilan tikiladi. Ularni ortda qoldirib, madrasa atrofini kuzata boshladim.
Ikki kun avval O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga murojaat qilib olgan Ko‘kaldoshning eski suratlarini o‘zimcha hozirgi ko‘rinishi bilan solishtirgandek bo‘ldim.
O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivining ma’lumotiga ko‘ra, yili noma’lum, ammo XX asr ikkinchi yarmiga oid deb taxmin qilingan surat
Ko‘kaldosh madrasasining 1969-yilgi ko‘rinishi
Veniamin Solomonovich Kosovskiyning shaxsiy fondidan topilgan, yili noma’lum surat
1551-yili Shayboniylar davomchisi Baroqxonning o‘g‘li Darveshxon Toshkentda hokim bo‘lgan vaqt Qulbobo Ko‘kaldosh tomonidan bunyod etilgan inshoot ko‘pimiz bexabar tarixiy sinoatlarga guvohdek ko‘chalar kesishadigan nuqtada gerdayib, qarshimda ko‘krak kerib turardi.
Ko‘kaldosh — emikdosh ma’nosini anglatadi. Shu bilan birga, tarixda hukmdorga eng yaqin bo‘lgan ishonchli kishi ham ko‘kaldosh deb atalgan.
Xorijliklar va shahar mehmonlari uchun mayoq bo‘lgan madrasa
Eski shahar hududidagi uylar azaldan pastqam tiklangani uchun shaharga kelgan savdogar va mehmonlar, sayyoh-u chet elliklar o‘tmishda madrasaga qarab mo‘ljal olgan, go‘yo mayoqdek unga qarab yo‘l belgilagan.
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Toshkent Islom instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Obid Tangirovning aytishicha, madrasa Beshyog‘och dahasi — shaharning qoq markazida joylashgan. Chorsu esa to‘rt daha tutashadigan hudud sanalgan.
Turli ta’mirlash ishlari, tashqi ko‘rinishiga bir necha martalab o‘zgartirish kiritilganiga qaramay, binoning besh asrdan buyon mustahkam turishi sababini Obid Tangirov ikki asos bilan bog‘laydi. Birinchidan, Toshkent geografik jihatdan zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladigan hududligi hisobga olinib, qolaversa, asrlar bo‘yi ilm maskaniga aylansin deb, madrasa qariyb chorak asr davomida pishiq g‘ishtlardan qurilgan.
Mudarris, mutavalli va boshqalarga beriladigan vaqf miqdori qat’iy belgilab qo‘yilgani, talabalarga esa mablag‘ binoni yaxshi saqlash, chirog‘i, tuzilishi va holatida kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan berilgani ikkinchi sababdir. Bir hujradan dars tayyorlash, buyumlarini saqlash uchun foydalangan talaba uni ko‘z qorachig‘idek asrashga ham astoydil harakat qilgan.
Sharqona “imzo”
O‘rta asr me’morchiligiga xos uslubda bunyod etilgan, peshtoqi qariyb 20 metrga yetadigan Ko‘kaldoshning eshik-derazalari, panjaralari yog‘ochdan ishlangan.
G‘ishtin bino bezaklari to‘q siyohrang, ko‘k, ba’zan sarg‘ish va oq rangda. Tashqaridan qaraganda o‘ziga xos ranglar umumlashmasidek tuyuladigan naqshlar orasida arabiy yozuvlar qatori svastika ham ko‘zga tashlanishi ajablanarli. Adolf Gitler o‘ziga ramz qilib olgach, natsizm va fashizmning timsoli sifatida odamlarda yomon taassurot qoldirgan svastika aslida qadimgi hind-sanskrit tilidan “olqishlash”, “omad tilash” ma’nosini anglatib, kelib chiqishi qadim zamonlarga borib taqaladi.
Me’mor, rassom, Xalqaro Islom akademiyasi, “Ziyo” media studiyasining me’moriy loyihalar koordinatori Shavkat Muzaffarning aytishicha, svastikaning ma’nolari ko‘p. Qadimgi xalqlarda harakat, omad, hayot, uzoq umr, qut-baraka ma’nosini anglatgan ramz turli e’tiqodlarda turfa talqinlarga ega bo‘lgan. Zardushtiylik dinida muqaddas sanalgan to‘rt unsur — olov, suv, yer, havo hinduiylik ta’limotida quyoshni aks ettirib, koinot g‘ildiragi ma’nosini anglatgan. Shuningdek, buddaviylik ta’limoti keng tarqalgan Xitoy, Koreya mamlakatlarida ham chapga qaragan svastika keng ishlatilgan.
Mutaxassis Islom dini taraqqiy etavergach, hunarmandchilik va me’moriy obidalar bezaklarida svastikaning turli talqin, dizayn ko‘rinishlari bezak sifatida keng qo‘llangani, biroq yuqoridagi e’tiqodlardan farqli o‘laroq Islom kosmogoniyasida ma’nosi boshqacharoq ekanini alohida ta’kidlaydi.
O‘ng va chap tomonga qaragan svastikali bezaklarning o‘rtasida Alloh, uning to‘rt tomonida Muhammad so‘zlari geometrik shaklda ishlangan bo‘ladi. Islom kosmogoniyasida svastikaning asosiy ma’nosi — olamning bir nuqtadan boshlab va aylana bo‘ylab yaratilish jarayonini anglatadi, — deydi me’mor Shavkat Muzaffar.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Islom me’morchiligida svastikaning turli ko‘rinishlari mavjud, ammo aynan Ko‘kaldosh madrasasidagi betakror. Shu bois sayyohlar haligacha hayratini yashira olmaydi”.
Aslida ezgulik, olam va hayot harakati tushunchalarini aks ettirgan svastikani 1920-yillari irqchilar partiyasi o‘ziga, 1933-yil Gitler hokimiyat tepasiga kelgach, davlat ramziga aylantirgan. Ya’ni bunday ramzni ko‘riboq turfa xayolga borishdan avval har nening ma’nosini chuqur o‘rganish maqbul degan xulosa kelib chiqadi.
Tevaragi hujra va ayvonlar bilan o‘ralgan, sahni keng hovliga kirib, tashqaridagi g‘ala-g‘ovur bozorni butunlay unutadi kishi. Shahar shovqini, odamlar ovozi yozda issiq, qishda sovuq bo‘lmaydigan madrasa sokinligini buzishga jazm etolmay, darvoza ortida iymanib qolgandek go‘yo.
Fasadi janubga qaragan madrasada xalq hunarmandchiligining barcha turlari: o‘ymakorlik, ganchli bezaklar va sirkor koshinlardan unumli foydalanilganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Shavkat Muzaffarning ta’kidlashicha, tarixda jami 38 ta hujrani o‘z ichiga olgan madrasa peshtoqida islimiy naqshlar bilan birga, ko‘fiy yozuvlar, girihlardan unumli foydalanilgan. Tashqaridagi peshtoqqa 1999-yildan avvalgi ta’mirlash jarayonlarida “Fotiha”, ichkariga esa “Alaq” surasidan oyatlar bitilgan.
Ichkaridagi peshtoqlarning o‘ng tarafida asl birlamchi koshinlar namuna sifatida saqlanib qolganini ko‘rish mumkin. Tadqiqotlar ko‘pligiga qaramay, ularning tiniqligi, yorqinligi va sifati siri haligacha ochilmagan. Me’morlar xuddi bu asrorni moziyga o‘zlari bilan birga olib ketgandek...
XVIII asrning 30-yillari karvonsaroy sifatida foydalanilgan madrasadagi har bir g‘isht va devorning o‘z hikoyasi, aytar so‘zi bordek tuyuladi. Aksar mehmonlar: Muqimiy, Furqat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Xislat kabi ijodkorlar ko‘pincha shu yerda tunab qolganlar.
1830–1831-yillari Toshkent hokimi Lashkar Beglarbegining davrida darsxona va masjid nuray boshlagan, zangori gumbazlari va ikkinchi qavatning g‘ishtlari ko‘chirib olinib, keyinchalik buzilib ketgan Beglarbegi madrasasining qurilishida ishlatilgan, — deydi kuyunib Obid Tangirov.
Uning tushuntirishicha, Sovet davrida Ko‘kaldoshni ta’mirlash bahonasida, besh yuz yillik tarixga ega Xo‘ja Ahror Valiy madrasasining g‘ishtlari ko‘chirib olinadi. Ko‘kaldoshda oz-moz pardozlash-ta’mirlash ishlari bo‘ladi-yu, ammo evaziga poytaxtdagi boshqa bir tarixiy madaniy meros yo‘q qilinadi.
Qanchalik pishiq va mustahkam qurilgan bo‘lmasin, zilzilalar madrasa ko‘rinishiga ta’sir qilmay qolmaydi. 1868, 1886, 1946 va 1966-yillardagi yer qimirlashlari sabab bino dastlabki qiyofasini yo‘qotadi.
Xayriya qilish savob, deya mahalliy aholi bir yoqadan bosh chiqarib, mablag‘ jamlaydi. Ammo yig‘ilgan mablag‘ yetmay, ta’mirlash ishlari chalaligicha qoladi. Oqibatda yodgorlikni asl holiga qaytarish ilojsiz bo‘ladi.
Obid Tangirovning qo‘shimcha qilishicha, mustaqillik yillarida inshootning kami-ko‘sti ta’mirlangan. Tarixda ilm maskani bo‘lsin, deya barpo qilingan madrasa bugungi kunda ham o‘sha vazifani bajarmoqda. 1999-yildan buyon “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus bilim yurti sifatida faoliyat olib boradigan dargohda bugungi kunda 215 nafar talaba tahsil oladi.
Bitiruvchilarga o‘rta-maxsus ma’lumotga ega mutaxassis diplomi beriladi. Avvalgidan farqi — darsxonalar zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Kutubxonasida 12 mingdan ziyod adabiyotlar mavjud. Noyob manbalar burchagidan 50 taga yaqin qo‘lyozmalar o‘rin olgan.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Toshkentda 20 ta madrasa mavjud bo‘lgan. Ammo bugungi kunda ulardan sanoqlilarigina saqlanib qolgan, xolos. Obidjon Tangirov boshqa madrasalardan ham bilim berish maqsadida foydalanilsa, ularning tarixiy ahvoliga zarar yetmasligiga ishonadi.
Madrasa tarixi haqida ma’lumot berayotgan Obid Tangirov
O‘zbekistonga kelgan sayyoh, asosan, Samarqand, Xiva va Buxoroga borishni afzal biladi. Lekin Toshkentga keladigan bo‘lsa, borib ko‘rishi kerak bo‘lgan joylar ro‘yxatidan Ko‘kaldosh o‘rin olishi shart. “Ammo, — deydi bilim yurti mudir o‘rinbosari Abdulvose G‘aniyev — pandemiyadan keyin tashrif buyuruvchi sayyohlar soni keskin kamaygan”.
Madrasadan chiqaverishimda shahar aylanib yurgan bobo nabirasidan Ko‘kaldosh oldida suratga olib qo‘yishini so‘radi. Chopon va telpak kiyib olgan otaxon umrning omonatligini o‘ylab, shu kunining bir lahzasini asrdan asrga o‘tib kelayotgan obida fonida muhrlashni istadi-yov, nazdimda.
Oradan hech qancha o‘tmay yosh yigitcha hamrohligida, millati menga qorong‘i, ammo rus tilida so‘zlayotgan sayyohlar ichkarini aylanib, suratlarga tushib bo‘lgach, gid yigitning qanaqadir city’ga ketdik deganiga: “Nima bor u yerda? Undan ko‘ra eski shahar ko‘chalarini aylansak-chi?!”, deb javob bergani qulog‘imga chalindi. Ushbu qisqa jumla poytaxtga keladigan barcha sayyohning xohish-istagini anglatgandek bo‘ldi, go‘yo.
Shularni o‘ylarkanman, amerikalik sayohatchi va bloger Dryu Binskining O‘zbekistonni, munosib ekaniga qaramay, sayohatchilar e’tiboridan chetda qolayotgan o‘lkalar ro‘yxatiga kiritgani esimga tushdi. Sodda Dryu bilmaydiki, xorijliklar tugul, shu yerda tug‘ilib-o‘sgan aholining o‘zi ham yurtidagi turistik, sayohatbop joylarga nisbatan juda befarq. To‘g‘ri, bunga obyektiv va subyektiv sabablar borligini inkor qilish noinsoflik. Biroq o‘rganishning erta-kechi yo‘q. Agar siz ham shu fikrga qo‘shilsangiz, “Daryo”ning o‘lkamiz bo‘ylab kichik safarlarini kuzatib boring.
“Daryo” so‘roviga ko‘ra, Kinofotofono hujjatlari milliy arxividan sotib olingan suratlardan turli maqsadlarda foydalanish va tarqatish taqiqlanadi. | 116 | 11,567 |
Foto | Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan mukammal suratlarning aslida yolg‘on ekanligining isboti (foto) | Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Shuningdek, unga surat joylash ham go‘yoki muhim vazifaga aylanib qolgandek. Ayniqsa, surat noyob va mukammal bo‘lishi lozim. Buning uchun yoshlar bor imkoniyatdan unumli foydalanib, odamlarni ishontirishga harakat qilmoqda.
Selfi tayoqchasi bo‘lmaganida...
“Plyaj yo‘lidagi ushbu ekzotik daraxtni yaxshi ko‘raman”.
Dubay.
“Nihoyat kichkintoy bilan suvga chiqdik”.
“Sevimli insonim bilan sayohat qilamiz”.
“Mening ish joyim hozir shunday ko‘rinishda”.
“Hammasi ob-havodan”.
“Oxirgi pog‘ona qoldi”.
“Hozir ushbu ulkan burger bo‘lagini tatib ko‘raman”.
View this post on Instagram
“Jarlikdan qulayotganim aks etgan ajoyib surat olmoqchi edim, ammo it meni qutqarishga keldi”.
“Mening itimi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi”.
Oziq-ovqat blogi oddiy ish emas.
“Yonimdan sariq sochli xonim joy oldi. Hayot go‘zal”.
“Omadli kadr”. | 100 | 911 |
Foto | Portugaliyalik fotografning hamma narsani to‘g‘ri rakurs hal qilishini isbotlaydigan suratlari (foto) | Rakurs har qanday suratni yangi va hayajonli asarga aylantirishi mumkin. Lissabonlik Ugo Suissas aynan mana shu turdagi fotosuratlarni yaxshi ko‘radi. U hamma uchun tanish bo‘lgan joylarni eng ajoyib rakursdan suratga oladi. Shu bilan birga, Ugo barcha turdagi rekvizitlardan foydalanadi: flomaster, dezodorant, sochlar uchun to‘g‘nog‘ich. Uning ishi, albatta, nostandart toifaga kiradi va barchani hayratda qoldiradi.
Ugo avval suratkashlikka qiziqmagan va buni o‘zi mustaqil ravishda o‘rgangan.
U odatda tadbirlarni tashkillashtirar edi, lekin bir kuni do‘sti suratga olish ishlarida undan yordam so‘radi.
Shundan buyon u o‘zini to‘xtata olmaydi va o‘zining fantaziyalarini namoyon qilib kelmoqda.
Uning fantaziyalari orqali suratlar juda g‘aroyib chiqadi.
Ammo u har qanday tasvirni yanada qiziqarli qilishga ishonadi.
Buning uchun kadrga boshqa rakursdan qarash va biroz aqlni ishlatish kerak.
Suratkashning ijodiga ilk nazar solgan odam, albatta, buni oddiy rasm deyishi mumkin.
Lekin har bir kadr ortida olam-olam ma’no bor.
Suratkash buning uchun dastlab mos joy topadi va qandaydir vositadan foydalanadi.
Yangi g‘oyalar bir necha kunlar davomida kelishi mumkin.
Ugo tasavvurlarni o‘zgartirishga juda usta.
U o‘zining suratlarida juda oddiy buyumlardan foydalanadi.
Kiyim ilgichdan ko‘prik ham hosil qiladi.
Ko‘prikni esa kir yoyiladigan dorga aylantiradi.
Sayohatlarda ham yaxshigina ijod qiladi.
Diqqatga sazovor joylar suratkash uchun boshqacha ko‘rinadi.
U chindan ham qolganlarga qaraganda o‘z ishiga boshqacha yondashadi.
Va o‘z ijod namunasi bilan barchani ilhomlantiradi. | 101 | 1,604 |
Foto | Fotogalereya: Ota-onasiga ikki tomchi suvdek o‘xshash mashhurlar | Bir ko‘rgandayoq kimning farzandi ekanini bilib olish qiyin bo‘lmagan mashhurlarning rasmini AdMe taqdim etdi.
Marshelin Bertran va Anjelina Joli
Jeyms Makkartni va Pol Makkartni
Jennifer Lopes hamda Emma va Maks Entoni
Maykl Duglas va Kirk Duglas
Liza Mariya Presli va Elvis Presli
Leonardo Di Kaprio va Irmelin Di Kaprio
Tom Xenks va Kolin Xenks
Jey Kerri va Jim Kerri
Bob Marli va Ziggi Marli
Flin Blum va Orlando Blum
Rafferti Lou va Jud Lou | 64 | 455 |
Foto | Fotogalereya: O‘z tushlarida ko‘rgan makonlarni haqiqatga aylantirgan suratkash | Hindistonlik iqtidorli suratkash Vatsal Katariya o‘zining tushlarida ko‘rgan makonlarni haqiqatga aylantirishga qaror qildi. Ajablanarli jihati shundaki, u bu kabi ajoyib manzaralarni qo‘l ostidagi oddiy buyumlardan foydalangan holda yaratadi, deb xabar berdi TravelAsk.
Boshqa tomon
Qorong‘ulik tugaydigan joy
G‘alati hodisalar
Sirlar g‘ori
Chorraha
Ichki xotirjamlik | 79 | 373 |
Foto | Fotogalereya: Madagaskar yovvoyi tabiati | Madagaskar Hind okeanida joylashgan endemik hayvonot dunyosiga boy bo‘lgan ajoyib oroldir. Bu yerda yashovchi hayvonlarning ko‘pi yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi, shuning uchun hozir taqdim etiladigan fotosuratlar oldingidan ham qadrliroq.
Fotograf Ben Saymon Ren Madagaskarga borib, oroldagi faunani kadrga muhrladi. Rasmlar shunaqangi haqiqiy chiqqanki, go‘yo undagi hayvonlarga tegsa bo‘ladigandek. Travel Ask ularni taqdim etdi. | 40 | 437 |
Foto | Rakurs sabab qayta va qayta qarashga majbur qiladigan suratlar | Aksariyat hollarda rakursning to‘g‘ri tanlangani kadrning yaxshi chiqishiga kafolat bo‘ladi. Ba’zida esa odamning o‘zi bilmagan holda olgan surati keyinroq hayratlanishiga va savollar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Itning boshi go‘yoki ko‘cha bo‘ylab uchib yurganga o‘xshaydi.
Boshi yo‘qdek ko‘rinayotgan odam.
Stul ortidagi gavdasi ko‘rinmayotgan qiz.
Sochlari chiroyli yumshoq o‘yinchoq.
“Naqd bir daqiqa suratga tikilib, qo‘lim qayerda ekanligini topa olmadim”.
Itlarning soch turmagi o‘ziga xos bo‘lmaydi, deb kim aytdi.
“Mening ikki boshli itim”.
“Mushugimning boshi shaffof ko‘rinyapti”.
Filadelfiyadagi bir qarashda borligini bilish qiyin bo‘lgan bino.
“Nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda?”
Suratda xuddi tanasi yo‘qdek ko‘rinib qolgan tuya. | 62 | 753 |
Foto | Foto: Jonivorlarning noodatiy do‘stligi | Kino va filmlar ta’siri ostida shakllangan, hayvonlar bir-biri bilan do‘st bo‘la olmasligi haqidagi tasavvurni quyidagi suratlar o‘zgartirib yuborishi aniq. Jonivorlarning beg‘ubor va o‘yinqaroqligi muhrlangan kadrlarni ko‘rib charchoq va g‘am-tashvishni unutishingiz aniq.
Sibir hayvonot bog‘ida 10 oylik Andreyka ismli ayiqcha malamut zotli it Rommi bilan o‘ynamoqda.
Qrimning Bog‘chasaroy bog‘ida Pusha laqabli mushuk 4 nafar olmaxon bolalari bilan birga yashaydi.
Do‘st tutingan it va qo‘y.
Xitoydagi yovvoyi hayvonlarni himoya qilish hududidagi it endigina dunyoga kelgan 4 yo‘lbars bolasi va o‘ziniki.
Granbi fermasidagi sigir va mushuk.
Shenyangdagi bog‘da maymun, sher va yo‘lbars bolasi birgalikda o‘ynamoqda.
Qrimdagi Bog‘chasaroy bog‘ida bir-biri bilan suhbatlashayotgandek yuzma-yuz turgan echki va kiyik bolasi.
Mushuk va sichqon do‘st bo‘lmaydi deb, kim aytdi?
Timsoh ustiga chiqib olgan toshbaqa.
Itni quchoqlab olgan kulrang ayiq bolasi.
Buyvolning ustiga chiqib olgan it bolasi miriqib o‘ynamoqda.
Bombay laqabli 1 yashar oq yo‘lbars 4 yashar Dalmatin zotli it bilan o‘ynamoqda.
Kulrang qarg‘a va sigir.
Xitoy bog‘ida zog‘orabaliqlar bilan taomini bo‘lishayotgan qora oqqush.
Ushbu it va mushuk bolasi surat muallifi Muhammad Hamidning uyida yashaydi.
Bir qafasni bo‘lishgan bo‘ri va eshak.
Qurbaqaning ustiga minib olgan sichqon. | 39 | 1,364 |
Foto | Hayratlanarli sharoitga ega bo‘lgan kichkina uchburchak uy (foto) | Bu g‘aroyib loyiha Yaponiyaning Mizuishi Architect Atelier arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Kichkina uy tor uchburchak maydonda qurilgan bo‘lib, bor-yo‘g‘i 29 kvadrat metr maydonni egallaydi.
AdMe kichkinaligiga qaramasdan, ichkarisi hayratlanarli darajada keng va ko‘p funksiyaga ega uyning suratlarini taqdim etdi.
Uydagi yashash hududi birinchi qavatda joylashgan. Har ikkala tomondagi derazalar erkinlik hissini beradi.
Oshxona va ovqatlanish qismi juda baland shiftga ega ikkinchi qavatda joylashgan.
Uy interyeri minimalizm uslubida bajarilgan. Uy sathini vizual kengaytirish uchun uning barcha devorlari oq rangga bo‘yalgan. | 65 | 652 |
Foto | Fotogalereya: Tabiatning yordam so‘rayotgani aks etgan suratlar | Insoniyatning kundalik hayotiy ehtiyojlari tabiatga shunchalik ta’sir ko‘rsatdiki, uni har qadamda yaqqol ko‘rish mumkin bo‘lib qoldi. AdMe ana shunday manzaralar aks etgan suratlarni taqdim etdi | 63 | 195 |
Foto | Putin — “Jiguli”, Merkel — Volkswagen, Britaniya qirolichasi esa avtobus: ozarbayjonlik rassomning transformerlari | Ozarbayjonlik illyustrator Gunduz Agayev siyosiy arboblarga bag‘ishlangan Transformers nomli suratlar seriyasini tayyorladi. Bu haqda etoday xabar bermoqda. | 114 | 156 |
Foto | Fotogalereya: Yovvoyi karnaygul aks etgan suratlar | Yer sayyorasi jannatmakon joylarga boy. Ulardan biri AQShning Kaliforniya shtati. U yerdagi aholi kam yashaydigan Big-Sur shaharchasida yovvoyi karnaygullar vodiysi bor. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi. | 50 | 210 |
Foto | Odamlarga ishonishga undaydigan 10 ta ta’sirli surat (foto) | Travel Ask dunyoning turli burchaklarida olingan ta’sirli va yoqimli suratlar to‘plami bilan bo‘lishdi, ular bizni hayotni sevishda davom etishga, odamlarga ishonishga va eng asosiysi — insoniylik va rahm-shafqatni saqlab qolishga undaydi. | 59 | 239 |
Foto | Fotogalereya: Yeguliklar va hayvonlarning umumiylashtirilgan qiziqarli suratlari | Fotosuratchi Ronald Ong surrealistik tasvirlarni yaratadi. Ya’ni u asarlarida hayvonlarni oziq-ovqat va boshqa kutilmagan narsalar bilan mohirona birlashtiradi. Ronald o‘z ishida haqiqiy hayvonlarning fotosuratlaridan foydalanadi. Suratlarga boqib, go‘yo bu ajoyib hayvonlarning ichi shirin mevalardan qilingan degan fikrga borasiz.
TravelAsk taqdim etgan suratlarga boqib, fotografning tasavvur dunyosi qanchalar kengligiga tan berish mumkin. | 81 | 443 |
Foto | Fotogalereya: Arxitektorlar dengizda joylashgan shaharni qanday tasavvur qiladi? | Yaqin kunlarda BMT agentliklaridan biri insonlar istiqomat qiladigan hududlarni kengaytirish masalasida anjuman o‘tkazdi. Bjarke Ingels Group arxitektorlar korporatsiyasi ushbu konferensiyada “Dengiz uylari” loyihasini taqdim etdi. Kompaniya Oceanix City deb nomlangan shinam shahar. U yerda 10 ming kishi yashashi mo‘ljallangan. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi. | 80 | 370 |
Foto | xolokost qurbonlarini xotirlash kuni, Quddusda yoqqan qor, yangi tug'ilgan qo'zichoq — 27 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Berlindagi xolokost qurbonlari yodgorligi. Bugun, 27 yanvar — xalqaro xolokost qurbonlari xotirasi kuni.
Knesset spikeri Maykl Levi xalqaro xolokost qurbonlari xotirasi kunida Bundestagda nutq so'zlayotgan paytda yig'lab yubordi.
Sankt-Peterburgdagi Ikkinchi jahon urushi qurbonlari qabristonida Leningrad qamali nihoyasiga yetgan kun munosabati bilan gul qo'yildi. Leningrad qamali 1941 yilning 8 sentyabridan 1944 yilning 27 yanvariga qadar davom etgan.
Idlibdagi qochqinlar lageridagi vaziyat sovuq sabab qiyinlashmoqda.
Turkiyada old oyoqlari singan holda tug'ilgan qo'zichoq yurishga harakat qilmoqda.
Kosta-Rikada prezidentlikka nomzod Joze Maria Figueres tarafdorlari oldida nutq so'zlashga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Kalkuttada tsirk masxarabozi Korim Sikx chiqish oldidan suratga tushmoqda.
Douning stritdan chiqib ketayotgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson.
Falastin poytaxti Quddus shahrida qor yog'di.
Angliyadagi hayvonot bog'larining birida olti haftalik janub karkidoni. | 106 | 1,052 |
Foto | Hayvonlar o‘rtasidagi go‘zallik tanlovida shubhasiz g‘oliblikka da’vogarlar (fotogalereya) | Tabiat yaratgan mo‘jizalar kishini hayratda qoldiradi. AdMe ana shunday maftunkor, yoqimtoy va juda g‘aroyib hayvonlar suratlari jamlanmasini taqdim etdi.
Smuzi — dunyodagi eng maftunkor mushuklardan biri
Bu esa afg‘on iti — Tea. Uning go‘zalligiga har qanday supermodel havas qilsa arziydi.
Bu esa poygachi otlar dunyosidagi go‘zallik qirolichasi — Axaltekin oti
Dengiz cho‘chqasidagi ajoyibot
“Eng yaxshi oyoqlar sohibi”ni kutib oling
“Eng ajoyib tabassum” nomi uchun munosib nomzod
Bu kenguru esa dunyoning eng mushakdor hayvoni nomi uchun bahslashishi mumkin
Malika Avrora laqabli mushuk
Tug‘ilgan zahoti ajoyib ekanligini payqagan buzoqcha
Betakror to‘tiqushlar
Agar o‘rgimchaklarni yoqimsiz deb hisoblasangiz, suratdagi o‘rgimchak bu fikringizni o‘zgartiradi
Bu xo‘rozni tunning o‘zi bo‘yagan ko‘rinadi
Bu tuyaqush kipriklar uchun tush reklamasida suratga tusha oladi
Momiq quyon
Dangasa yoqimtoy | 90 | 916 |
Foto | Dunyoning tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan 10 ta shahri (foto) | Har bir yilning o‘tishi bilan, vaqt borgan sari tezroq o‘tib ketayotgandek tuyuladi va u bizning hayotimizga tobora ko‘proq o‘zgarishlarni olib kiradi. Bu holat, ayniqsa, katta shaharlarda seziladi – ularning aksariyati qandaydir o‘n yil avval butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lgan.
“AdMe.ru” o‘tmishga sayohat qilib, ushbu shaharlardagi afsonaviy o‘zgarishlardan hayratga tushdi:
Singapur. 1960-yillar va hozir
Gonkong. 1960-yillar va hozirgi davr
Fortaleza, Braziliya. 1980-yil va hozir
Shanxay, Xitoy. 1990-yil va hozirgi davr
Toronto, Kanada. 1930-yil va hozir
Seul, Janubiy Koreya. 1950-yil va hozirgi kunlar
Nayrobi, Keniya. 1960-yillar va hozir
Pekin, Xitoy. 1940-yillar va hozir
Melburn, Avstraliya.1920-yil va hozirgi kunlar
Dubay, BAA. 1980-yillar va hozirgi davr | 62 | 787 |
Foto | National Geographic’ning 2015-yildagi eng mashhur suratlari | National Geographic tahririyati Daily Dozen ruknida e’lon qilib kelingan eng yaxshi mashhur suratlarni saralab oldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ro‘yxatdan 19 surat o‘rin olgan. Ularning barchasi National Geographic fotosuratchilari tomonidan 2015-yil davomida Your Shot bo‘limida e’lon qilingan va ruknlar g‘olibi sifatida tanlab olingan.
Fotosuratlar National Geographic, Traveler, News, Your Shot va Proof bo‘limlari muharrirlari tomonidan saralab, tanlangan.
Xabar berishlaricha, fotosuratlar reytingiga jurnal o‘quvchilari ham ta’sir qilishi mumkin — har bir foydalanuvchida o‘ziga ma’qul suratga ovoz berish imkoni bor. | 59 | 641 |
Foto | Foto: Dengiz yaqinidagi eng qimmat va hashamatli uylar | Dengiz mavjlari, shafaq va go‘zal manzarani tomosha qilib, rohat hissini tuyish imkonini beruvchi uylar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Villa Leopolda (Fransiya) 750 million
Leopolda villasi fransuz riverasining moviy qirg‘og‘iga ko‘rk bag‘ishlab turadi. Dunyodagi eng qimmatbaho xususiy uylardan biri Belgiya qiroli Leopolda II (to‘g‘rirog‘i uning qaylig‘iga) uchun qurilgan. Qo‘rg‘on maydoni 2000 kvadrat metrni tashkil qiladi. 14,2 gektarli botanika bog‘iga naqd 50 nafar bog‘bon qaraydi. Devorlari qaymoqrang marmar bilan qoplangan qasrning ichi tilla shtofdan ishlanganini ko‘rish mumkin. Devorlarni esa oyna va suratlar bezab turadi. Xonalar ichida kam uchraydigan daraxtlardan va qimmatbaho matolardan tayyorlangan mebel borligini ko‘rish mumkin. Uyda 14 ta yotoqxona mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z rangida jihozlangan. Tashrif buyurganlar yog‘ochdan ishlangan kutubxonani ko‘rishi yoki uzun zinapoya bo‘ylab O‘rta dengizning sohiliga tushishi mumkin.
Hearst Mansion (Los-Anjeles) 165 million dollar
Hearst qasri Kaliforniyadagi Tinch okean sohilida joylashgan. Maydoni 6750 kvadrat metrni tashkil qiladigan uyning bir derazasidan quyosh, boshqasidan dengiz, uchinchisidan esa tog‘ ko‘rinib turadi. O‘rtasida 110 xonali katta uy mavjud bo‘lgan turar joyning hududida teatr, aeroport va dunyodagi eng katta xususiy hayvonot bog‘i bor. Tashqi tomoni turli arxitektura uslubida interyer ichi esa media magnat butun umri davomida to‘plagan san’at asarlari hamda antikvarlar bilan bezatilgan. Rim hovuzi “Neptun” hashamatga yaqqol misol bo‘la oladi. Uning chetini qadimgi Rim fontani hamda Misrdan olib kelingan ustun va ajoyib haykallar bezab turibdi. Sayqal uchun oltin bilan naqsh berilgan shishali plitalar ishlatilgan.
Razor Residence (Kaliforniya) 117 million dollar
Tinch okean sohilidagi maydoni 11000 kvadrat metrni tashkil qiladigan bino beton va shishadan ishlangan. Arxitekturasidan tashqari, go‘zal tabiat bag‘rida ekani hamda sharsharali hovuz va ochiq terrasaning mavjudligi yanada o‘ziga xos ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Oynaning kattaligi ichki hududni keng bo‘lib ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Shafaqdan to tong otgunicha, quyosh nurlarining turli intensivligi tufayli xonalarning yoritilishi va “kayfiyati” o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, doimo dengiz mavjlaridan bahra olish imkoniyati ham mavjud.
Lemperle Residence (Kaliforniya) 95 million dollar
Razor Residence
Tinch okean sohilida joylashgan Quyosh (Lemperle) deb nomlanuvchi xususiy rezidensiya “amerikancha orzu”ning yaqqol timsoli hisoblanadi. Yog‘och, shisha va betondan ishlangan mazkur bino ultra xay-tek uslubida yaratilgan. Uni qurgan binokorning maqsadi bino va tabiat o‘rtasidagi chegarani yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan. Panorama oynalaridan okean to‘lqinlari, go‘zal manzara ko‘rinib turadi. O‘ziga xos terrasa kishini o‘ziga jalb qilmay qolmaydi. Yong‘oq daraxtidan yasalgan mebel uyni bezab turadi. Aksessuarlar, hayvonlar terisi va avangard rasmlar dizaynning ajralmas qismi hisoblanadi.
Muraka villa (Maldiv orollar) 15 million dollar
Dunyodagi ilk suvosti villasining nomi “marjon” deb tarjima qilinadi. Lakkadiv dengizining tubida 9 kishiga mo‘ljallangan ikki qavatli villa, yuqoridagi uylardan arzonroq ekaniga qaramay, non-xau planida yetakchilik qiladi. 2018-yildan buyon tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lgan Muraka besh yulduzli mehmonxonani esga soladi. Katta mehmonxonadan Hind okeani ko‘rinib turadi. Suvdan 5 metr chuqurlikda suv o‘tkazmaydigan modul o‘rnatilgan. Unda esa akvarium texnologiyasi qo‘llangan: devor va shiftari shaffof joy mavjud. 180 darajadagi gumbazlar esa akrildan ishlangan. Yotoqxona, mehmonxona yoki vanna xonasida dengiz hayvonlarini tomosha qilsa bo‘ladi. U yerga lift yoki aylanali zinapoya bilan tushish mumkin. Tashrif buyutuvchilar uchun keragidan ortiq imkoniyatlar yaratilgan maskanda tunash uchun kuniga 30 ming dollar to‘lash kerak. | 54 | 3,882 |
Foto | Fotogalereya: Odatiy reallikdan chiqib ketgan suratlar | Odamlar ma’lum qolip asosida yashashga odatlangan. Odatiy qoliplarga tushmaydigan narsalar esa kishilarda hayrat uyg‘otadi. AdMe ana shunday hayratni uyg‘otuvchi suratlarni taqdim etdi. | 54 | 185 |
Foto | NASA tomonidan o‘tkazilgan tanlovda Yerning eng yaxshi suratlari aniqlandi (foto) | NASA vakillari Yerning eng yaxshi suratlarini saraladi. Bu haqda NASA’ning Yer observatoriyasi saytida aytiladi.
Tournament Earth 2020 tanlovi Yer observatoriyasining 20 yilligi va Yer kunining 50-marta nishonlangani munosabati bilan o‘tkazildi.
Yerning eng yaxshi suratini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tanladi.
Qayd etilishicha, tanlov beshta turni o‘z ichiga oldi. Ushbu vaqt mobaynida suratlarga 56 mingdan ortiq kishi ovoz bergan. Bagama orollarining surati tanlov g‘olibi deb topildi. Yakuniy turda ushbu surat 66,2 foiz ovoz to‘plagan.
View this post on Instagram
Shuningdek, tanlovga taqdim etilgan boshqa suratlar ham namoyish etildi. | 81 | 664 |
Foto | Fotogalereya: Kaliforniyadagi ko‘pchilikka noma’lum yerosti inshootlari | Kaliforniya yerosti ko‘ngilochar inshootlariga boy. Ularda shunchaki sayr qilish yoki haqiqiy g‘orlarni o‘rganish mumkin. Forum Daily nashri ana shu inshootlar jamlanmasini taqdim etdi. | 71 | 185 |
Foto | Fotogalereya: Vafot etgan yigitiga “turmushga chiqqan” qiz | AQShning Tuson shahrida yashovchi qiz Debbi Gerlak vafot etgan yigitiga “turmushga chiqdi”. Yigit nikoh marosimidan bir necha oy oldin avtohalokatga uchrab, vafot etgan. Big Picture nikoh kuni aks etgan suratlarni taqdim etdi.
2018-yilning 11-noyabr kuni Debbi Gerlak va Rendi Simmerman nikohdan o‘tishi kerak edi. Biroq yigit 2018-yilning 1-fevralida o‘z motosiklida halokatga uchragan va vafot etgan.
Yaqinda Debbi Facebook’da nikoh bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan kunda nikoh ko‘ylagida tushgan suratlarni e’lon qildi.
Grafik muharrir yordamida fotograf Debbining suratlariga kuyovning tasvirini qo‘shgan. Suratlarda Rendi arvoh kabi ko‘ringan. Ba’zi foydalanuvchilar Rendini o‘z rafiqasiga har doim g‘amxo‘rlik qiladigan “qo‘riqchi farishta” deb atagan. | 58 | 755 |
Foto | Gullar orasida choʻmilayotgan bolakay, Ispaniyada uygʻongan vulqon, yomgʻir sabab loyqalangan daryo suvi — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Ispaniyaning Fuenxirola bioparkidagi orangutan bolasi.
Paragvayda ogʻir metallar sabab ifloslangan laguna.
Bangladeshda bolakay suv nilufarlari orasida suzmoqda.
Kaliforniyada oʻrmon yongʻinlari hamon davom etmoqda.
Yoxannesburgdagi koʻlda quyosh botishi.
Xitoyning Xubey provinsiyasida yoqqan kuchli yomgʻirdan keyin Xan daryosining suvi loyqalanib qoldi.
Kobul aeroportiga kirishga urinayotgan afgʻonlar bolasini sim toʻsiqlar uzra harbiylarga uzatmoqda. Ular mamlakatdan qanday qilib boʻlsa ham chiqib ketish niyatida.
Germaniyada plastik oʻramdan qutqarilgan dengiz mushugi bolasi yana dengizga qoʻyib yuborildi.
Indoneziyada Mustaqillik kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan musobaqa qatnashchilari.
Ispaniyada Fagradalsfyadl vulqoni harakatga keldi.
Nyu-York uzra toʻlin oy. | 122 | 841 |
Foto | Fotogalereya: Qahvadan yaratilgan san’at asari | Koreyalik Kanbin Li haqiqiy rassom. Faqat u rassomchilikning noodatiy turini tanlagan. U chashkaga quyilgan qaynoq qahva ustiga rasm chizadi. Uning shedevri bir necha daqiqa yashaydi, shuning uchun ham qadrli. Kanbin har bir chashkaga alohida e’tibor bilan rasm chizadi. O‘z ijodini u Cremart deb ataydi. Travel Ask uning ijodidan namunalar taqdim etdi. | 46 | 353 |
Foto | Fotogalereya: Shimoliy Koreya aviatsiyasi | Air Koryo KXDRning yagona aviakompaniyasi hisoblanadi. 2006-yilda Yevropa Ittifoqi KXDRdan keladigan reyslarni taqiqlab qo‘ygan. O‘tgan yili esa Bangkok, Kuala-Lumpur va Kuvaytga uchuvchi reyslar ham to‘xtatilgan. So‘nggi yillarda joriy etilgan xalqaro sanksiyalar Shimoliy Koreya aviatsiyasining parvozlarini cheklab qo‘ygan, faqat Xitoy va Vladivostokka uchuvchi yo‘nalishlar qolgan. Kamdan-kam bo‘ladigan ichki reyslar hisobiga uchuvchilar o‘z parvoz ko‘nikmalarini saqlab turibdi. Asosiy samolyotlar esa eski An, Il va Tu hisoblanib, ularning umumiy soni 15 tani tashkil qiladi. Il-62 Kim Chen Inning shaxsiy samolyoti hisoblanadi. “Gazeta.ru” mazkur mamlakat aviatsiyasi aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 41 | 720 |
Foto | Dunyoga mashhur ochiq maqbaralar (fotogalereya) | 20-aprel kuni LDPR va “Yedinaya Rossiya” deputatlari Vladimir Lenin jasadini ko‘mishni taklif qildi. Biroq bir kun o‘tib qonun loyihasi chaqirib olindi. Shunga qaramasdan, o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 63 foizi Lenin jasadini ko‘mish g‘oyasini ma’qullaydi.
Yana qanday maqbaralar hamon tashrif buyurish uchun ochiq ekanligi haqida “TASS” hikoya qiladi.
Mao Szedun, XXR
XX asrning eng atoqli siyosiy arboblaridan biri, XXR raisi Mao Szedun 1976-yilda vafot etgan edi. Uning merosxo‘ri Xua Gofen yetakchi jasadini balzamlashga qaror qilgan.
Kim Ir Sen va Kim Chen Ir, KXDR
KXDR yetakchilari Kim Ir Sen va uning o‘g‘li Kim Chen Irning balzamlangan jasadlari Pxenyandagi Kimsusan memorial saroyida orom topgan. Har ikkala siyosatchi jasadi shisha sarkofaglarda. Maqbara sayyohlar va ziyoratchilar uchun ochiq, biroq jasadlarni suratga olish taqiqlangan, tashrif buyuruvchilar esa maxsus dress-kodga amal qilishi lozim.
Xo Shi Min, Vyetnam
Vyetnam yetakchisi Xo Shi Min 1969-yilda vafot etganidan so‘ng balzamlangan. Siyosiy arbobning o‘zi jasadini yoqib, kulini mamlakatning uch qismida sochishni so‘ragan. Biroq uning merosxo‘ri Le Zuan boshqa qaror qabul qilgan.
Chan Kayshi, Xitoy respublikasi
Xitoy respublikasi (Tayvan) prezidenti Chan Kayshi vafotidan so‘ng uning jasadi uzoq vaqt Sixu qarorgohida saqlandi. Keyinroq sarkofag Taybey markazida maxsus qurilgan maqbaraga ko‘chirildi.
Szyan Szingo, Xitoy respublikasi
Szyan Szingo — Chan Kayshining o‘g‘li va uning merosxo‘ri otasi yaqinida — Toulyao maqbarasida orom topgan.
Nikolay Pirogov, Ukraina
Afsonaviy jarroh Nikolay Pirogov vafotidan so‘ng jasadini balzamlashlarini o‘zi istagan ushbu ro‘yxatdagi yagona odam. Hozirda Pirogov Vinnitsaning Vishnya qishlog‘ida orom topgan. | 47 | 1,763 |
Foto | Nyu-Yorkning suvga toʻlgan koʻchalari, AQShga qochib ketgan afgʻon harbiylari, talabalar orasidagi Putin — 2 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
AQShda shu kunlarda Ayda toʻfoni mamlakatning bir qancha hududlariga katta zarar yetkazdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokdagi admiral Nevelskiy nomidagi dengizchilik davlat universitetiga tashrifi davomida u yerda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.
Germaniyaning Boltiq dengizi boʻyidagi sohillarida tashrif buyuruvchilarni kutayotgan sohil oʻrindiqlari.
Tailandda hukumatga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazayotgan namoyishchi bosh vazirning iste‘fosini talab qilmoqda.
Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishga harakat qilayotgan oʻt oʻchiruvchi.
Yangi Zelandiya sohillarida ogʻzini ochib turgan dengiz leopardini kuzatayotgan syorfingchi.
Italiya Afgʻonistdan 5000 nafarga yaqin afgʻonni evakuasiya qilishga muvaffaq boʻldi.
Britaniyaning Bornmut shahrida an‘anaviy aviashou start oldi. Suratda AeroSuperBatics guruhining chiqishini koʻrish mumkin.
Shu yilning 4 sentyabr kuni Brandenburgda an‘anaviy qovoqlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
AQShda yuz bergan Ayda toʻfoni oqibatida mamlakatning yirik shaharlaridan biri Nyu-York koʻchalarini suv bosdi. Suv toshqini oqibatida shahar metrosi harakati toʻxtab qolgan.
AQShning Virjiniya shtati Dulles shahri aeroportida Afgʻoniston harbiy kuchlari libosidagi kishi qochqinlar uchun moʻljallangan avtobusga chiqmoqda. | 127 | 1,355 |
Foto | Fotogalereya: Dunyo musulmonlari muqaddas Ramazon oyini qarshilamoqda | Dunyodagi minglab musulmonlar dushanba kuni, 6-maydan boshlab Islomdagi muqaddas oy – Ramazon kirib kelishini ilk ro‘zalari bilan boshlab yubordi.
Osmonda navbatdagi hilol oy ko‘rinishiga qarab 29 yoki 30 kun davom etadigan Ramazonda musulmonlar kuni davomida ovqatlanish, ichimlik ichish, chekishdan o‘zini tiyadi. Bundan tashqari, bir oy davomida har bir oila dasturxon atrofida tongda saharlik uchun, quyosh botgach esa iftorlik uchun yig‘iladi.
Quyidagi suratlar TRT World tomonidan jamlanib, o‘zida dunyo musulmonlarining Ramazonga tayyorgarligini aks etgan.
Yangi oy ko‘rinishini durbindan kuzatib turgan erkak.
Germaniyaning Markaziy masjidida musulmonlar birinchi tarovex namozini o‘qimoqda.
Qohira shahridagi do‘konlarning biridagi sotuvchi Liverpulning misrlik futbol o‘yinchisi Muhammad Saloh suvenirini ko‘rsatmoqda.
Sarayevodagi G‘ozi Husravbek masjidida musulmon ayollar Ramazonning boshlanganini nishonlash uchun milliy libosga yasanib olgan.
Yamanliklar Ramazon xayriya qilib tarqatilgan oziq-ovqatlarni ko‘tarib ketishmoqda.
Musulmonlar markaziy Malidagi Buyuk Jenne masjidini loy bilan ta’mirlamoqda.
Turkiyalik konchilarning Qora dengiz sohilidagi Zonguldak provinsiyasidagi ilk saharligi.
Eronliklar Ramazon oyi boshlanishidan oldin Tehronning janubida joylashgan shilar imomi Abdulazim haramiga tashrif buyurmoqda.
Bosniya va Gertsegovinada bolalar Ramazonning boshlangani munosabati bilan pufaklar ishirib olgan.
Kosovoning Pristina shahridagi Fotih Sulton Mahmud masjidida musulmonlar ilk tarovex namozini o‘qimoqda.
Pokistondagi Karachi savdo markazida sotuvchi xurmolarni tarozida tortmoqda.
Indoneziyada Medan shahridagi Ar-Raudlatul Hasana islom maktab-internatida Ramazonning birinchi kunida talabalar peshin namozini o‘qimoqda.
Hindistonlik musulmon ayol Uluberia shahridagi saylov uchastkasida navbatini kutmoqda. Hindiston saylovlarining so‘nggi kuni Ramazonning ilk kuniga to‘g‘ri kelgan. | 69 | 1,933 |
Foto | Fotojamlanma: Yer uzra NEOWISE kometasi uchib o‘tmoqda | Yer aholisi 14-iyul kuni NEOWISE yoki C/2020 F3 kometasining samo bo‘ylab harakatiga guvoh bo‘ldi. Noyob kometa ortidan tutunli iz qoldirib yer uzra uchib o‘tmoqda. Reuters fotomuxbirlari ushbu kam uchraydigan hodisani suratlarga muhrladi.
Italiyaning Rim shahri, muqaddas Pyotr ibodatxonasi ustida ko‘ringan kometa.
Kosmik hodisa Fransiyadagi Monlyuson shahri osmonida shunday aks etdi.
Buyuk Britaniyada kosmik hodisani kuzatayotgan erkak.
Yaponiyaning Xokkaydo shahri osmonidan uchayotgan kometa.
Maltadagi yana bir ko‘rinish.
NEOWISE kometasi AQShning Yuta shtati osmoni ustidan uchib o‘tmoqda.
Maltadagi muqaddas Mark minorasi ortidan ko‘ringan kometa.
Maltadagi muqaddas Mark minorasi ustidan uchib o‘tayotgan kometa.
Kosmik hodisa Maltadagi Baxar qishlog‘idan shunday ko‘rindi.
Yer uzra “asr kometasi” uchib o‘tmoqda | 54 | 842 |
Foto | DXX Toshkent shahar boshqarma boshligʻi kubogi uchun mini-futbol musobaqasi qur'a tashlash marosimi oʻtkazildi | Poytaxtda 7 iyun, dushanba kuni Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun mini-futbol musobaqasining ochilishi va qur'a tashlash marosimi oʻtkazildi. Bu haqda unda ishtirok etgan «Bugun.uz» muxbiri xabar berdi.
Qayd etilishicha, may oyida mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasisining tuman bosqichlari oʻtkazilgan va ularda shahardagi 524 ta mahallaning 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan uyushmagan yoshlaridan iborat jamoalari bellashgan.
Shuningdek, tuman bosqichlari yakuniga koʻra, Bektemir tumanining «Zilola», Mirobod tumanining «Sarikoʻl», Mirzo Ulugʻbek tumanining «Ahmad Yugnakiy», Olmazor tumanining «Quyosh», Sergeli tumanining «Noʻgʻayqoʻrgʻon», Uchtepa tumanining «Istirohat», Chilonzor tumanining «Katta Olmazor», Shayxontohur tumanining «Bogʻ koʻcha», Yunusobod tumanining «Oqtepa», Yangihayot tumanining «Navqiron», Yakkasaroy tumanining «Qushbegi» va Yashnobod tumanining «Doʻstobod» mahallalari jamoalari gʻolib deb topilgan.
Mazkur musobaqaning shahar bosqichi ochilish marosimini DXX Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Xurshid Bilolov ochib berdi va marosim doirasida tuman bosqichlarining eng yaxshi oʻyinchilari taqdirladi. Shuningdek, shahar bosqichi jamoalari oʻrtasida qur'a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi va shundan kelib chiqib, raqib jamoalar aniqlandi.
Ma'lumot uchun, musobaqalar 7–10 iyun kunlari poytaxtdagi «Jar» sport majmuasida oʻtkaziladi. Toshkent shahar bosqichida gʻolib boʻlgan jamoa Oʻzbekiston DXX raisi kubogida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Avvalroq OʻFA prezidenti Milliy terma jamoa vakillari bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkent shahar hokimi «Paxtakor» klubi rahbariyati bilan uchrashgani ma'lum qilingan. | 110 | 1,815 |
Foto | Jahonning eng chiroyli 11 bayram archasi (fotogalereya) | Derazadan qanday manzara ko‘rinayotganining — hammayoqni qor qoplaganmi yoki bir saf bo‘lib palmalar qad rostlaganmi, ahamiyati yo‘q: Yangi yil aksariyat odamlar uchun bir xilda uzoq kutiladigan va quvonch ulashuvchi bayramdir, deb yozadi AdMe.
Albatta, bu bayramni o‘ziga xos asosiy belgisi — archasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har bir mamlakatning o‘z bayram archasi bor hamda uni tomosha qilgani mahalliy aholi va hatto sayyohlar ham keladi.
Quyidagi fotojamlanmada jahonning turli burchaklarida qad rostlagan va haqiqatan ham hayratga soluvchi bayram archalari bilan tanishish imkoni bor.
Balandligi 25 metr bo‘lgan bu archa Fransiyadagi Galeries Lafayette univermagini bezab turibdi
Yarim milliondan ortiq Lego bo‘lakchalaridan qurilgan bayram archasi
Kafedral maydondagi Milliy archa
Rokfeller-sentrdagi bayram archasining o‘ziga xos ochilishi
O‘zining hajmi va noodatiyligi bilan mazkur archa Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan. Uni qurishda qariyb 3 ming kishi qatnashgan
Gubbio aholisi — haqiqiy baxtiyor insonlardir, chunki ular bayramona bezatilgan archani shaharning istalgan nuqtasidan tomosha qila oladi: archa Injino tog‘ida joylashgan. Yangi yil go‘zalining balandligi 650 metrdan ortiq, u 1991-yili Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan
Yorug‘lik diodli bu daraxtning balandligi deyarli 36 metrga yetadi. Bayramga bir oy qolganida, bu yerda quyosh botganidan so‘ng har yarim soatda chiroqli shou tashkil etiladi
Bu eng baland bayram archasi, uning balandligi 82 metr. Archa Lagoa ko‘li o‘rtasidagi maxsus suzib yuruvchi platformaga o‘rnatilgan. Daraxt har yili turlicha bezatiladi va har xil mavzularda chiroqli shoular uyushtiriladi
Milliy bayram archasi. Bayramning bosh mezboniga aylanish uchun bu daraxt Alyaskadan qariyb 7 ming kilometr “yo‘l bosib kelgan”
35 metrli bu bayram archasi jahonning eng qadimiy port-shahrida joylashgan
Pyatssa Kastelloda original bayram archasini tomosha qilib, zavq olish mumkin | 55 | 1,955 |
Foto | Foto: Mashhur yulduzlar makiyajini takrorlab, ulardek ko‘rinishga ega bo‘lgan oddiy qizlar | Istalgan obrazni yaratishda makiyaj muhim rol o‘ynaydi. Ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish uchun esa yulduzlarning ko‘rinishidan ilhomlanishning o‘zi yetarli.
“Aytishlaricha, men Adelga o‘xshayman. O‘zimga bunday tuyilmaydi. Shuning uchun ham bo‘yanib, buni to‘g‘rilashga qaror qildim”.
Megan Foksning obrazidan ilhomlanib qilingan makiyaj.
“Merilin Monroning izidan”.
Rianna uslubidagi makiyaj.
“Tviggi uslubida makiyaj qilishga qaror qildim”.
“Aleksa Demidan ilhomlandim”.
“Eyforiya” seriali motividan kelib chiqib qilingan makiyaj.
“Devid Bouidan ilhomlandim va unikiga o‘xshash makiyaj qildim”.
Bella Porch uslubidagi obraz.
“Kim Chon Xaning yangi musiqiy klipidan ilhomlanib makiyaj qildim”.
“Kali Uchisdek bo‘yanishga harakat qildim”.
“Bu obrazni Xarli Kvinnda ko‘rgandim”.
Naomi Smolls obraziga havas qilgan holda yaratilgan obraz.
“Tviggiga o‘xshashimni aytishdi va men u kabi makiyaj qilishga qaror qildim”.
Kerri Vashingtondan ilhomlanib yaratilgan obraz.
Teylor Sviftnikidek makiyaj.
Lili Reynxartdan ta’sirlanib yaratilgan obraz. | 90 | 1,062 |
Foto | Fotogalereya: Gollivudning mashhur bolalari 20 yildan so‘ng | Ko‘pchilik aktyorlar Gollivudga bolaligidan keladi — kimdir ota-onasi tufayli omadga erishsa, yana kimdir sinovlardan o‘tgan, kim uchundir bu tasodif. Bolalikdan boshlangan ishlarning hammasi ham omadli karyeraga yetaklamaydi, ba’zan o‘sha omadli rol artist bilan bir umrga qoladi, uning o‘zi esa e’tibordan chetga chiqib qoladi. Makoley Kalkin hamon uyda yolg‘iz, aktyor Xeyli Joel Osment esa hamon o‘lgan odamlarni ko‘radi. 10-aprel kuni u 30 yoshga kirdi.
Biroq erta erishilgan muvaffaqiyatning omadli ibratlari ham bor — Natali Portman o‘nlab boshqa filmlarda ham rol ijro etdi, Emma Uotson ham bunga yorqin misol bo‘la oladi. Yulduz bolalardan kim yaxshi tomonga o‘zgarganligi, kimlar uchun esa yillar o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazganligi “Gazeta.ru” fotogalereyasida.
Xeyli Joel Osment
Edvard Ferlong
Makoley Kalkin
Natali Portman
Dryu Berrimor
Emma Uotson
Deniel Redkliff
Kirsten Danst
Leonardo Di Kaprio
Jeyk Lloyd
Bart Simpson va ulg‘aygan Bart Simpson | 59 | 974 |
Foto | Kesishga qo‘l bormaydi: san’at asari darajasida tayyorlangan tortlar (foto) | Qandolatchilik mahorati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Avvallari tort desert sifatida sotib olinardi. Endi esa kesishga qo‘l bormaydi — shirinlik emas, haqiqiy san’at asari. Quyidagi shirinliklarni tomosha qilib, qandolatchilarning mahoratiga qoyil qolishingiz shubhasiz.
“Ilk ijodiy ishim — toshbaqa ko‘rinishidagi tort. U shokoladli biskvit, olcha murabbosi va pishloqli kremdan iborat”
Uyda tayyorlangan malinali tort
“Men pishirgan birinchi tort tortishish kuchiga bag‘ishlanadi”
“Ushbu tort tufayli bugun men juda iste’dodli qandolatchi ekanligimni bildim”
“Turmush o‘rtog‘imning tug‘ilgan kuniga mana shu tortni tayyorladim”
“Haqiqiy ovqatga o‘xshaydigan tortlarni tayyorlashni yaxshi ko‘raman. Kuni kecha pishirilgan kurka ko‘rinishidagi tortga buyurtma oldim”
Kichkina malika uchun tort
“Sevimli dugonamning tug‘ilgan kuni uchun”
Erkaklar uchun maxsus
“O‘z ijodim bilan o‘rtoqlashmoqchiman”
“Multfilm premyerasiga atab pishirilgan”
“Yaxshiroq qarang: aslida kuchuk ham tortning bir qismi”
Ba’zida shirinlik ekanligiga ishonmay ham qolasan
Yil torti — jele dengizidagi orol shaklida tort | 75 | 1,111 |
Foto | Foto: Ikki o‘xshash otaning tarmoqda ommalashayotgan surati | Internetda bir-biriga o‘xshash ikki otaning suratlari tezlik bilan tarqalmoqda. Suratlarda uni e’lon qilgan foydalanuvchining otasi va katta akasi aks etgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Xabar qilinishicha, ikki surat orasidagi vaqt farqi 30 yilni tashkil qiladi. Ikki holatda ham erkaklar ko‘zini yumib yotgan holda kichkina bolalar bilan tasvirlangan.
Ikkala ota ham shu qadar o‘xshashki, dastlab ularning boshqa-boshqa kishi ekanligiga ishonish qiyin. Biroq e’tibor bilan qaralsa, ularning orasidagi farqni ko‘rish mumkin. | 59 | 529 |
Foto | Fotogalereya: The Weather Channel tanloviga taqdim etilgan suratlar | The Weather Channel meteorologik portali o‘zining har yilgi Amazing Out There Photo Contest tanlovidagi eng jozibador ishlarni taqdim etdi. TravelAsk ana shu suratlarga e’tibor qaratdi. | 67 | 185 |
Foto | “Kechirasiz, bu aktyorning o‘zi emasmi?”. Aktyorlarga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan dublyorlar (foto) | Hech kimga sir emaski, suratga olishning qiyin paytlarida aktyorlar kaskadyor juftlari bilan almashtiriladi. Dublyor erkak va ayollar jang san’atini yaxshi egallaydi, avtomobil va mototsikllarni boshqaradi, umuman barcha xavfli elementlarni bajaradi.
Charchagan Deniel Kreyg “O‘lishning vaqti emas” filmining suratga olish jarayonida.
Kris Xemsvortning dublyori – Bobbi Xollend Xenton.
Gal Gadot va Keytlin Deshel – bu ikki mo‘jizakor ayol.
Elsa Pataki – Kris Xemsvortning rafiqasi – yangi filmning suratga olish jarayonidagi fotosuratini muxlislari bilan bo‘lishdi.
“Murosasiz Kimmi Shmidt” yulduzi Elli Kemper egizaklari qurshovida.
Priyanka Chopra “Kuantiko” kartinasining suratga olinish jarayonida.
Lina Danem o‘zining dublyori Dakotani qanchalik sevishini namoyish etmoqda.
Jared Padaleki “G'ayritabiiy” teleserialida yovuz ruhlar bilan kurashishdan u qadar qo‘rqmagan bo‘lishi mumkin, chunki uning sherigi doim yonida bo‘lgan.
Bitta Zoui Deshanel juda yaxshi, ammo ikkitasi undan ham yaxshi.
Teylor Lotner dublyori bilan bir qator murakkab tryuklarni suratga olgandan so‘ng.
“Matryoshkaning hayoti” filmidagi Natasha Lionning sertabassum hamkasblari.
Toraning onasi rolini o‘ynagan Rene Russo va uning egizagi Xloya Brus.
“Shannaraning xronikalari” fantastik seriyasining ijodkorlari.
Tom Xardi va uning dublyori Jeykob Tomurining hattoki quloqlari o‘xshash.
Jonni Depp The Rone Ranger filmining suratga olish jarayonida. | 101 | 1,445 |
Foto | Foto: Yekaterinburg markaziy maydonidagi 240 ta politsiya mashinasi | Rossiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashyev IIVning mahalliy boshqarmasi rahbariyatiga 240 ta xizmat avtomobili kalitlarini topshirdi: 200 ta yengil avtomobil, 36 ta maxsus avtomobil va to‘rtta motosikl. Marosimni o‘tkazish uchun politsiya Yekaterinburgning markaziy maydonini band qildi, deb yozmoqda TJournal.
Viloyat IIB vakilining ma’lum qilishicha, yangi avtomobillar politsiyachilarga prezident saylovi va futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida jamoat tartibini saqlashga yordam beradi. | 67 | 516 |
Foto | Fotogalereya: Amerika qabilalari vakillarining portretlari | Fotograf Matiki Uilburg Shimoliy Amerikada federal darajada tan olingan qabilalar vakillarini suratga oladi. TravelAsk uning ijod namunalarini taqdim etdi. | 58 | 155 |
Foto | Foto: “Uyda yolg‘iz” filmi suratga olingan Makkalisterlar xonadoniga sayohat | Yangi yilni “Uyda yolg‘iz” filmisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bayram film suratga tushirilgan uyda kutib olinsa, yana yaxshi. Endi buning imkoni bor. Sal avvalroq “Uyda yolg‘iz” filmidagi Makkalisterlarning uyi ijaraga berilayotgani haqida e’lon berilgan. O‘tgan hafta “Guchchi uyi” filmi suratga olingan Balbiano villasini bir sutkaga ijaraga olish mumkinligi ma’lum bo‘lgandi. Keyinroq esa “Uyda yolg‘iz” muxlislari Makkalisterlarning uyida vaqt o‘tkazish mumkinligidan xabar topgan.
Mavsumni Makkalisterlar uslubida kutib oling. Tarixda birinchi marta shumtakalarning bir jamoasi “Uyda yolg‘iz” hikoyasi boshlangan uyda bayramni nishonlashi mumkin. Makkalisterlar ta’tilga ketgan vaqtda Bazz tunni o‘z bolaligi o‘tgan uyda o‘tkazadi”, — deyilgan Kevinning katta akasi Bazz tomonidan yozilgan e’londa.
Bunday maxsus taklifga Rojdestvoga uch hafta vaqt qolgani va sal avvalroq “Uyda yolg‘iz”ning oltinchi qismi “Home Sweet Home Alone” ekran yuzini ko‘rgani sabab bo‘lishi mumkin. Den Meyzer rejissorlik qilgan filmda Elli Kemper, Rob Dileyni va Archi Yeyts bosh qahramon rolini ijro qilgan. Biroq film tanqid ostida qolgan. E’londa Chikagodagi Amerikaga xos klassik xonadonda 4 kishi vaqt o‘tkazishi mumkin ekani aytilgan. Ularga Bazz Makkalisterni gavdalantirgan Devin Retrey hamrohlik qiladi. 2021-yil bahorda ilk bor ota bo‘lgan Kevin ijrochisi Makoley Kalkin esa loyihada ishtirok etmaslikka qaror qilgan.
Ijaradan tushgan mablag‘ni La Rabida shifoxonasi uchun sarflash mo‘ljallangan. 7-dekabrdan 25 dollarga band qilish mumkin bo‘lgan uy aslida qanday ko‘rinishga ega? Quyidagi fotolar orqali ushbu savolga javob beramiz. | 76 | 1,628 |
Foto | Dunyo biz o‘ylagandan ko‘ra hayratlanarliroq: buni isbotlovchi 20 ta surat (fotogalereya) | Biz yashayotgan olam qiziqarli va hayratlanarli narsalarga boy. Faqat ularni ko‘ra bilish kerak. AdMe kishini haqiqatan ham hayratlantira oladigan qiziqarli suratlarni to‘pladi. | 89 | 177 |
Foto | Avval va keyin: Koronavirus Hindistonni smogdan tozaladi (foto) | Hozir hamma uyda o‘tiribdi: avtotransport harakatlanmayapti, samolyotlar parvoz qilmayapti, yirik zavodlarda esa ishlab chiqarish hajmi kamaytirilgan. Yer “nafasini rostlash” imkonini qo‘lga kiritdi. Bu holat turli shaharlarda havoning ifloslanish darajasini kamaytirmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Tozalanish jarayoni sayyoraning eng ifloslangan hududlarini ham qamrab olmoqda. Insonlar faolligining kamayishi Hindistonning smog darajasi yuqori bosqichga chiqqan Nyu-Dehli shahri havosining tozalanishiga olib keldi.
Quyidagi rasmlarda shaharning qanday o‘zgarganini ko‘rish mumkin.
AQI India ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi oy ichida Nyu-Dehli havosining ifloslanishi sezilarli darajada kamaydi. Shahar havosi sifati ko‘rsatkichi esa “yomon”dan “me’yorida” va “yaxshi”ga o‘zgardi.
Koronavirus faqat havoning ifloslanish darajasiga ta’sir ko‘rsatmayapti. Avvalroq koronavirus sabab “Yerning qaltirashlari” pasaygani ma’lum bo‘lgan edi.
Hindistonda karantin tufayli havo tozalandi. Aholi 30 yildan beri ilk marta Himolayning qorli cho‘qqilarini ko‘rdi | 63 | 1,057 |
Foto | Fotogalereya: Kutilmagan yulduzlar juftligi | Aktyorlar, musiqachilar va boshqa mashhur insonlar sir saqlashi juda qiyin masala, chunki paparatsiya ularning har bir qadamini poylaydi. Shuning uchun ularning shaxsiy hayoti doim ommaga ma’lum bo‘lib turadi. Ammo ba’zi yulduzlar juftligi o‘z munosabatlarini sir saqlashga muvaffaq bo‘lgan. AdMe ularga e’tibor qaratdi. | 43 | 320 |
Foto | Tuz miqdori yuqori bo‘lgan maskanlarning ajoyib suratlari (foto) | Salt: Fields, Plottings, and Extracts — Kanadalik fotosuratchi Devid Bardeni tomonidan amalga oshirilgan ajoyib fotoloyiha.
Unda sayyoramizning chiroyli joylaridan biri sho‘rli maydonlar aks ettirilgan. Travel Ask mana shu rasmlarni taqdim etdi.
Bir necha yil oldin Bardeni AQSh, Meksika va Avstraliya qit’asining sho‘rlilik darajasi yuqori bo‘lgan joylarni o‘rgangan va ularni yuqoridan suratga ola boshlagan. | 64 | 411 |
Foto | Uyida qulay va shinam ish joyini yaratgan insonlar ijod namunasi (foto) | Ayni damda masofaviy ish hech kimni ajablantirmay qo‘ydi. Uy-ofisning bir qancha afzalliklari bor: ko‘proq uxlash, nonushtaga ulgurish, ishga kechikmaslik, yo‘l uchun pul va vaqt sarflamaslik kabi. Buning yana bir qancha yaxshi tomonlarini sanash mumkin. Ammo dastlab insonlar o‘z uylaridan qanday ofislar barpo etganini ko‘rib chiqish kerak.
“Ish stolim yonidagi shinam burchak shunday ko‘rinishga ega”.
Barchaga ilhom baxsh etadigan tabiat manzarasi hamda ish joyi.
“Mening shinamgina ish joyim”.
“Shotlandiyadagi qorli bog‘da uy-ofisim bor”.
“Dahshatli burchakni ajoyib ofisga aylantirdim”.
“Va nihoyat ish joyimni yangiladim”.
“Tez orada bu yerga yangi o‘simliklar qo‘shiladi”.
“Yangi uslubdagi ofisim”.
“Ijod va mehnat uchun qulay makon”.
“Ehtimol, ish joyini juda yaxshi ko‘radigan inson o‘zim bo‘lsam kerak”.
“Bizning qulay mehmonxonamiz ish joyi sifatida ham xizmat qiladi”.
Shtutgart yaqinida ochiq havodagi ofis.
“Ish joyi hamda o‘yin maydoni”.
“Bahor quyoshiga burkangan ofis”.
“Maksimal samara uchun uy-ofis”.
“Ish stolimdan ko‘rinib turadigan manzara”.
“Tumanli o‘rmonga qarab turuvchi ofis”.
“Men uydan turib ishlayman va bu mening shinam ofisim”.
“O‘simliklar bilan o‘ralgan ish joyim”. | 71 | 1,219 |
Foto | Fotogalereya: Yaponiyalik rassom shishirilgan pufaklardan turli jonzotlar yasadi | Masayoshi Matsumoto ijodi bir ko‘rishdayoq o‘ziga jalb qiladi. Chunki u o‘z ijodini san’at darajasiga olib chiqqan. O‘z asarini yaratishga esa u noodatiy material tanladi — shishirilgan pufak. Yapon ijodkori o‘z ishida qo‘shimcha narsalardan foydalanmasligini faxr bian aytdi. Travel Ask uning ijodidan parchalar keltirdi. | 80 | 323 |
Foto | Amerikalik o‘z biznesini 54 mln dollarga sotdi va pulni bankka qo‘yib, oilasi bilan dunyo bo‘ylab sayohatga jo‘nadi (foto) | AQShning Yuta shtatida yashovchi Garett Ji ismli tadbirkor o‘zining QR-kodlarni skanerlovchi dasturini Snapchat’ga 54 million dollarga sotdi, keyin nima qilishni esa uzoq o‘ylab o‘tirmadi, deb yozadi Big Picture.
U 54 million dollarni bankka qo‘ydi, rafiqasi bilan barcha mol-mulkini pulladi va farzandlarini olib, qiziqarli sayohatga jo‘nadi. Sayohatchilar oilasi Tonga va Fiji orollari, shuningdek, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tailandda bo‘lishga ulgurdi. | 122 | 461 |
Foto | Namanganda yuz bergan portlash, AQShdagi tornado oqibatlari, “baliq boshli” namoyishchilar — 12 dekabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Livandagi qochqinlar lagerining singan derazasidan qarab turgan ayol.
Ectinction Rebellion ekofaollar guruhining Ocean Rebellion tarmog'i a'zolari Belgiya poytaxti Bryusselda namoyish o'tkazdi.
Kobuldagi shar sotuvchi.
Hindistondagi sikh jangchisi oti bilan mashq qilmoqda.
AQShning bir qator shtatlarida kuchli tornado yuz bermoqda.
Gaitilik oila AQSh-Meksika chegarasidagi devorga yaqinlashmoqda. Lotin Amerikasidan minglab muhojirlar AQShga yo'l olmoqda.
Milanda “World of Banksy” ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.
Santa libosidagi yigit kabob sotib olmoqda.
Keniyalik 28 yoshli Tamale Safaulu amputantlar o'rtasidagi bodibilding turnirida chiqish qilmoqda.
Namangan tumanidagi xonadonlardan birida 12 dekabr kuni portlash sodir bo'ldi. | 112 | 795 |
Foto | Foto: Sobiq Ittifoq respublikalarini uzoq yillar davomida boshqargan va boshqarib kelayotgan prezidentlar | Tojikiston rahbari Emomali Rahmon navbatdagi prezidentlik saylovlarida 90,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Sobiq Ittifoq respublikalarining amaldagi yetakchilari orasida u hammadan ko‘p prezidenlik qilib kelmoqda. “Kommersant” nashri sobiq SSSR mamlakatlarining uzoq umr ko‘rgan prezidentlariga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev
U mamlakatni 28 yil-u 10 oy va 24 kun davomida boshqargan — 1990-yilning 24-aprelidan 2019-yilning 20-martiga qadar. Nazarboyev lavozimdan ketganiga qaramay Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi rahbari, “Nur Otan” partiyasi raisi va respublika Konstitutsion kengashi a’zosi hisoblanadi. 2010-yilda unga “Elboshi” unvoni topshirilgan.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon
27 yil 10 oydan buyon lazovimda — 1992-yilning 27-noyabridan boshlab (Oliy kengash raisi sifatida). 1994-yildan — prezident. 2015-yilda “Tinchlik va milliy birlik asoschisi — Millat yetakchisi” unvoniga ega bo‘lgan.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov
26 yil-u 5 oy va 9 kun lavozimda o‘tirgan — 1991-yilning 31-avgustidan boshlab 2016-yilning 2-sentabriga qadar.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko
26 yil 2 oydan buyon lavozimda — 1994-yil 20-iyuldan beri. 2020-yil 9-avgustdagi prezidentlik saylovlaridan so‘ng mamlakatda Lukashenkoga qarshi ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Namoyishchilar uni saylov natijalarini soxtalashtirishda ayblamoqda (rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz to‘plagan).
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev
16 yil 11 oydan buyon lavozimda — 2003-yilning 31-oktabridan beri. Aliyev davrida 2008-yili referendum o‘tkazilgan bo‘lib, unda prezidentning ikki marotabagina saylanishi to‘g‘risidagi cheklov olib tashlangan. 2016-yilda esa yangi konstitutsion referendum prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilga uzaytirgan (buning tashabbuskori Ilhom Aliyevning o‘zi).
Rossiya prezidenti Vladimir Putin
16 yil 9 oydan buyon lavozimda — 2000-yil 7-maydan beri (1999-yil 31-dekabrdan prezident vazifasini bajaruvchi). 2008-yildan 2012-yilga qadar bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan.
Turkmanistonning sobiq prezidenti Saparmurot Niyozov
15 yil 1 oy lavozimda o‘tirgan — 1991-yilning 27-oktabridan 2006-yil 21-dekabrda yurak yetishmovchiligidan vafot etguniga qadar. 1999-yilda “Turkmanboshi” (barcha turkmanlarning otasi) nomiga sazovor bo‘lgan.
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev
14 yil 4 oy lavozimga o‘tirgan — 1990-yilning 27-oktabridan 2005-yilning 11-apreliga qadar. “Lola inqilobi” sabab prezidentlikdan ketgan va Rossiyaga qochishga majbur bo‘lgan.
Turkmaniston prezidenti Gubanguli Berdimuhamedov
13 yil 9 oydan buyon ushbu lavozimda — 2007-yil 14-fevralda saylangan (2006-yil 21-dekabrdan vaqtincha bajaravchi). 2015-yilda Ashxobodda Berdimuhamedovga atab haykal o‘rnatilgan.
Gruziya sobiq prezidenti Eduard Shevarnadze
11 yil lavozimda o‘tirgan — 1992-yilning 6-noyabridan 2003-yilning 23-noyabriga qadar. “Atirgul inqilobi” sabab iste’foga chiqqan. Mamlakatda qolgan, biroq siyosat bilan boshqa shug‘ullanmagan. 2014-yilning 7-iyul kuni vafot etgan.
Markaziy Osiyo prezidentlari qanday avtomobillarda harakatlanadi? | 105 | 3,149 |
Foto | Malagadagi “Verdiales” festivali, Hindistonning Ajmer ko'lidagi saqoqushlar, Kobuldagi universitet bitiruv kechasi — 29 dekabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Malagada an'anaviy “Verdiales” festivali o'tkazildi.
Shimoliy Qaliforniya tog'larida kuchli qor yog'ishi.
Hindistonning Ajmer ko'lidagi saqoqushlar.
Kobuldagi universitet bitiruv kechasi.
Kaliforniyada kunbotar vaqti.
Venesuelada muqaddas Vifleem begunoh go'daklari kuni nishonlanishi.
Mumbay shahri atrofida bambukda baliq quritilishi.
Istambul shahri aholisi uysiz hayvonlar uchun Yangi yil bazmini uyushtirdi.
Jakartaning Senayan bog'idagi kuzatuv maydoni. | 136 | 520 |
Foto | Fotogalereya: Gollivudda mashhurlikka erishguniga qadar do‘st bo‘lgan yulduzlar | AdMe mashhurlikka erishguniga qadar do‘st bo‘lgan yosh yulduzlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 79 | 101 |
Foto | Foto: Angry Birds multfilmining haqiqiy qahramonlari | Finlyandiyalik fotorassom Ossi Saarinen qushlarning suratlari bilan mashhur bo‘lgan. U tomonidan olingan ko‘plab qushlarning suratlari Angry Birds multfilmining qahramonlariga o‘xshab ketadi. TravelAsk ana shu suratlardan namunalarni taqdim etdi. | 52 | 246 |
Foto | Inson bu olamda mitti zarracha ekanligini ko‘rsatib beruvchi 24 ta surat (fotogalereya) | Kundalik hayotda qanday muammolar bilan to‘qnash kelishingizdan qat’i nazar, yovvoyi tabiat qo‘yniga tushganda ular qanchalik mayda va ahamiyatsiz ekanligini his qilasiz, deb yozadi AdMe. Ulug‘vor o‘rmonlar, zabt etilmagan cho‘qqilar, quturgan dengizlar va jazirama cho‘llar. Haqiqiy qudrat va kuch qayerga to‘plangani aynan shu yerda yaqqollashadi. | 87 | 349 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalaridagi g‘aroyib ranglar jilosi | Dunyo ranglarga to‘la. Ular tabiiy bo‘ladimi, sun’iy bo‘ladimi, atrof-muhit bilan hamohanglikda betakror manzaralar yaratishga qodir. Voyagerloin nashri dunyoning turli nuqtalaridagi ranglar jilosi aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Venetsiyada joylashgan daha rang-barang uylarga boy.
Dala bahor boshlanishi bilan gullagan kolzalar bilan qoplanadi.
Tik qoyalar yonbag‘rida qurilgan beshta qishloq yetib borish qiyin joylardan biri hisoblanadi.
Koloniyalashtirish davrida qurilgan plyaj kabinalari bir-birini takrorlamas 82 usulda bo‘yalgan.
45 million gulga ega bog‘ dunyodagi eng katta tabiiy gullar bog‘i hisoblanadi.
Bog‘ga mart oyidan may oyigacha tashrif buyurib, 32 gektar maydondagi 7 million lolaning go‘zalligidan bahra olish mumkin.
Grenlandiyaning janubi-sharqidagi kichik oroldagi barcha uylar yog‘ochdan qurilgan va tomlari yorqin ranglar bilan bo‘yalgan.
Lavanda Povansda XIV asrdan buyon yetishtiriladi. Binafsharang yo‘laklar bahorning oxirida o‘z go‘zalligini namoyon qila boshlaydi.
Niderlandiya bir yilda yetishtiriladigan uch milliard lola bilan dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
Ziyoratchilar eng ko‘p tashrif buyuradigan muqaddas joylardan biri bo‘lgan ibodatxonada nikoh marosimlari va ibodatlar bo‘lib o‘tadi.
Birinchi ingliz koloniyasi sifatida e‘tirof etilgan shahrning katta qismi tarixiy yodgorlik maqomiga ega.
Egey dengizida joylashgan oroldagi uylar oq, tomlar va gumbazlar esa ko‘k rangda. Orol quyosh botishini tomosha qilish uchun maqbul joy sifatida mashhur.
Daraxtlarning shoxlari butun yil davomida rang-barang chiroqlar jilosi bilan bezanib turadi.
Yetib borish juda qiyinligi sababli vodiy o‘zining tabiiy go‘zalligini saqlab turadi. Vodiyda gullarning 500 dan ortiq turi o‘sadi.
Meksikaning ranglarga boy shahri o‘zining kulolchiligi bilan mashhur. Shahar 1988-yilda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.
Ko‘lning yorqin pushti rangi fan tomonidan aniq tushuntirib berilmagan. Biroq ko‘lda qizil pigmentli bakteriya borligi taxmin qilinadi.
Hosil yig‘imidan oldin yashil sholizorlar sariq tusga kiradi.
Dunyoning ranglarga eng boy shaharlaridan biri kichik “San-Fransisko” deb ham ataladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 67 | 2,217 |
Foto | Xitoylik 6 yoshli qiz onasi ularni tashlab ketgach, falaj otasiga g’amxo‘rlik qilmoqda (foto) | Oilada fojia yuz berganda, bu uni mustahkamlashi kerak. Biroq xitoylik 40 yoshli Tyan Xaychen ikki yil avval avtohalokatga uchrab, falaj bo‘lib qolganda, rafiqasi uni tashlab ketdi. Erkakning baxtiga undan barcha oila a’zolari voz kechmadi, deb hikoya qiladi Big Picture.
Erkakning olti yoshli qizi Szya Szya otasining g‘amxo‘rligini o‘z qo‘liga oldi va ikki yildan buyon unga g‘amxo‘rlik qilmoqda.
Tyan tanasining ko‘krak qafasidan pastki qismi falaj bo‘lib qolgan. 2016-yilning mart oyida u taksiga o‘tirgan va YTHga uchragan. Fojiadan bir necha oy o‘tib, u bilan yetti yil yashagan rafiqasi qarindoshlarini ko‘rishga bir necha kunga ketayotganini aytgan, biroq qaytib kelmagan. Ayol o‘zi bilan katta o‘g‘lini olib ketgan.
Tyan ayoli bilan uchrashishni xohlamaydi. Ular hali ajrashmagan.
Xitoy OAVlariga ko‘ra, har kuni Szya Szya ertalab soat oltida turib, otasini massaj qiladi. Maktabga ketishdan oldin qiz otasiga tishlarini tozalashga va yuvinishga yordam beradi. Qiz maktabda bo‘lgan vaqtda falaj otasiga buvisi va bobosi qarab turadi. Maktabdan keyin Szya Szya tushlik tayyorlaydi va otasiga uy bo‘ylab yurishga yordam beradi. | 93 | 1,139 |
Foto | Fotogalereya: Tanib bo‘lmas darajada ozgan mashhurlar | Ortiqcha vazn muammosiga bugungi kunda deyarli barcha duch kelmoqda. Gollivud yulduzlari ham bu muammodan yiroq emas. AdMe ana shunday muammo bilan kurashib, tanib bo‘lmas darajada ozgan mashhurlarga e’tibor qaratdi. | 53 | 216 |
Foto | “Nahotki bu o‘sha?”. Makiyajsiz holdagi suratlarini ko‘rsatishdan qo‘rqmaydigan Gollivud yulduzlari (foto) | Shunday yulduzlar borki, ular ijtimoiy tarmoqlarga o‘z rasmlarini hech qanday pardozsiz holda joylashtirishdan qo‘rqmaydilar.
Anya Teylor-Joy, 25 yoshda
Selena Gomes, 29 yoshda
Xelen Mirren, 76 yoshda
Kara Delevin, 29 yoshda
Adel, 33 yoshda
Fergi, 46 yoshda
Zoi Kravits, 32 yoshda
Madonna, 63 yoshda
Rianna, 33 yoshda
Sara Jessika Parker, 56 yoshda
Skarlett Yoxansson, 36 yoshda
Emma Stoun, 32 yoshda
Jennifer Lourens, 31 yoshda
Peris Hilton, 40 yoshda
Pink, 41 yoshda
Cardi B, 28 yoshda | 106 | 502 |
Foto | Fotogalereya: Haqiqat va xayol uyg‘unligi. Ko‘cha san’ati durdonalari | AdMe nashri har qanday odamni hayratlanishga majbur qiladigan, haqiqat va xayolning o‘zaro uyg‘unligiga sabab bo‘lgan ko‘cha san’ati durdonalari suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 69 | 177 |
Foto | Sharq ayollari haqidagi eskicha tasavvurlarga barham berayotgan Saudiya Arabistoni malikasi (foto) | Saudiya Arabistoni malikasi — 33 yoshli Amira at-Tavil go‘zal, o‘ziga ishongan, dovyurak va sobitqadam ayol, deb yozadi AdMe. U nafaqat Saudiya Arabistonida, balki butun dunyo bo‘ylab gumanitar muammolar bilan shug‘ullanadi. Dunyoning dolzarb muammolarini tushunish va hal qilish uchun u 70 dan ortiq mamlakatda bo‘lgan.
Malika qashshoqlikka va ofatlar oqibatlariga qarshi kurashadi. U xayriya jamg‘armalarini tuzishda qatnashgan, G‘arbiy Afrikada boshpana tashkil qilgan, Pokistondagi suv toshqini qurbonlarini yordam bilan ta’minlagan, Kembridj universiteti qoshida Islom tadqiqotlari markazini ochgan, Somalida ko‘mak ko‘rsatish missiyasiga rahbarlik qilgan.
Qiz o‘z vatanida birinchilardan bo‘lib abayya (uzun va yopiq qora libos)dan voz kechgan va yevropacha kiyimlar kiyib yuradi. Ammo ko‘pincha uning zamonaviy liboslarida sharqona uslubni ham payqash mumkin.
Amira avtomobil haydaydi, AQSh universitetlaridan birida olingan oliy ma’lumot hamda biznesni boshqarish sohasidagi ilmiy darajaga ega. Malika mamlakatdagi barcha ayollar ushbu masalalarda tanlovga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi va amalda bunga erishishga intiladi. | 98 | 1,139 |
Foto | Rossiyalik mashhur boshlovchining rafiqasi mamlakatning eng go‘zal xonimi deb tan olindi (foto) | Moskvada “Missis Rossiya – 2017” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda teleboshlovchi Dmitriy Dibrovning rafiqasi Polina g‘alaba qozondi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Uch farzandning onasi bo‘lmish 28 yoshli Polina toj bilan taqdirlandi.
O‘tgan yili tanlovda 34 yoshli uy bekasi Yuliya Stupishina g‘alaba qozongan edi. | 95 | 308 |
Foto | Foto: Dunyodagi eng ko‘hna aeroportlar | Dunyodagi eng eski aeroport yaqinda o‘zining 116 yilligini nishonladi. Bugungi kunda dunyoda 100 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bir necha o‘nlab aeroport mavjud. OneTwoTrip dunyodagi eng eski aeroportlar jamlanmasini taqdim etdi.
Amsterdamning asosiy aeroporti va Yevropaning muhim davozasi hisoblangan Sxipxol o‘z tarixini 1916-yil 16-sentabrdan boshlagan. 1920-yilgacha harbiy aerodrom bo‘lgan, zamonaviy aeroport o‘rnida esa Amsterdam mudofaa inshootlari tizimiga kiruvchi Sxipxol qal’asi bo‘lgan.
Aeroportda atigi bitta, lekin ulkan terminal bor. Terminal maydoni jihatdan dunyodagi eng yirik binolar ichida 16-o‘rinda turadi. Terminalda bir-biriga bog‘langan uchta zal bor.
Aeroport Yevropadagi eng zamonaviy va qulay aeroportlardan biri bo‘lib, unda dam olish hududlari, kutubxonalar, o‘yin xonalari, ko‘p sonli do‘konlar, kafelar, restoranlar va badiiy ko‘rgazmalar bor. 2006-yildan boshlab aeroportda FHDYo bo‘limi ishlay boshlagan.
Italiyadagi eng eski aeroportga Birinchi jahon urushi mashhur uchuvchisining nomi qo‘yilgan. Biroq u shunchaki o‘zi joylashgan hudud — Champino nomi bilan ataladi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida aeroport ittifoqchilar qo‘shinlari tomonidan egallab olingan hamda yuklar va qurolli kuchlarni yetkazib berish uchun xizmat qilgan.
Bugungi kunda Champino ichki va charter reyslari uchun foydalaniladi. Xalqaro parvozlar uchun 1960-yilda Fyumichinoda Leonardo da Vinchi nomidagi aeroport qurilgan. Aeroport yiliga besh million nafargacha yo‘lovchini qabul qiladi. Aeroportda ikkita terminal bo‘lib, biri uchib ketish va uchib keluvchi reyslarga xizmat qilsa, ikkinchi xususiy parvozlarga mo‘ljallangan.
Aeroport 1914-yil 27-martda harbiy havo kuchlari bazasida ochilgan. 2006-yilgacha Don Muang mamlakatning asosiy aeroporti bo‘lgan. 2012-yilda aeroport qayta ta’mirlandi va hozirgi kunda davlat, charter va ichki reyslar uchun foydalaniladi. Aeroport bir yilda to‘qqiz million kishini qabul qilish imkoniyatiga ega.
Aeroportda ikkita terminal bor. Biri mahalliy reyslar, ikkinchisi xalqaro parvozlarga xizmat ko‘rsatadi.
Aeroport Buxarestdan 8,5 km uzoqlikdagi Benyasa tumanida joylashgan. 1968-yilga qadar u Ruminiyadagi yagona aeroport bo‘lgan.
Benyasada dastlabki parvozlar 1909-yilda amalga oshirilgan. 1912-yilda aeroportda Ruminiyadagi birinchi uchish maktabi ochilgan, bu aeroportning ochilish sanasi ham hisoblanadi.
Aeroportning zamonaviy binosi 1940-yillar oxirida qurilgan va 1952-yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi. Bu Buxarestning me’moriy yodgorliklaridan biri hisoblanadi.
2012-yildan yo‘lovchilar sonining oshib ketishi natijasida aeroportga keluvchi reyslar keskin kamaygan. Aeroport atrofida joyning kamligi sababli yangi terminal qurishning iloji yo’q.
Dunyodagi eng eski aeroport bugungi kungacha savdo reyslarini qabul qiladi. U 1911-yil yanvar oyida ochilgan.
Aeroport Gamburgdan 8,5 km uzoqlikda joylashgan. XX asrning oxirida aeroportni shahardan yanada uzoqroqqa ko‘chirish rejalashtirilgan, biroq uni qayta ta’mirlash bilan cheklanilgan. Yangi ma’muriy binolar va infratuzilma obyektlari qurilgan.
Aeroportda ikkita terminal va ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi bor. Yevropa mamlakatlari, asosan, Skandinaviya mamlakatlari reyslariga aeroportda xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘lovchi qabul qilish quvvati bir yilda 13 million kishini tashkil qiladi.
2016-yildan boshlab aeroport Germaniyaning beshinchi kansleri Gelmut Shmidt nomi bilan ataladi. | 38 | 3,409 |
Foto | Foto: Shifoxonada bo‘lib ham Yangi yilni nishonlash mumkinligini isbotlovchi suratlar | “Shifoxona” so‘zi yodga olinganida Yangi yil bayrami haqida eng so‘nggida o‘ylanadi. Biroq o‘zining kreativ yondoshuvi bilan bayramona kayfiyatni shifoxonalarga olib kelgan tashabbuskorlar ham yo‘q emas. BigPicture bayramni yuzlab qizil yuk mashinalari va boshqa ko‘p sovg‘a-salomlar bo‘lmasa ham ajoyib o‘tkazish mumkinligini isbotlovchi suratlar bilan bo‘lishdi.
Yurak urushingiz yaxshi — bayramni boshlashinigiz mumkin!
Analizlar uchun kolbadan tayyorlangan bayram gulchambari.
Shifoxona xodimlari archani art-obyektga aylantirish qobiliyatiga ega ko‘rinadi.
AQShdagi tug‘ruqxonalardan birida bayram arafasi dunyoga kelgan chaqaloqlar.
Har kimning o‘z sovg‘asi bor.
Vizual terapiya. Kuniga besh mahal belgilangan.
Hamshiralardan Rojdestvo chambari.
Yangi yil — barcha uchun bayram. | 85 | 791 |
Foto | Qadimgi dunyoda hukmronlik qilgan buyuk shaharlar (foto) | Flytothesky nashri o‘z davrida gullab yashnagan buyuk shaharlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Birinchi venetsiyaliklar ushbu orol materikdan ko‘ra ancha xavfsiz bo‘lganligi uchun bu yerda o‘z uylarni ulkan yog‘och qoziqlar ustiga qura boshlagan. Shundan so‘ng tuz qazib olish hamda u bilan savdo qilish yo‘lga qo‘yilgan. Venetsiya O‘rtayer dengizidagi eng katta savdo portlaridan biriga va G‘arbiy Yevopadagi eng boy shaharga aylangan.
Sumatra orolida joylashgan ushbu orol ham Venetsiya kabi o‘zining joylashgan o‘rni savdo-sotiq uchun qulay bo‘lganligi sabab gullab yashnagan. Afrika va Xitoyni Yaqin Sharq, Hindiston hamda Janubi-Sharqiy Osiyoni birlashtirib turuvchi Hind okeani materikdagi Buyuk ipak yo‘lidan ko‘ra keng ko‘lamli bo‘lgan.
Qadimiy Eridu shahriga (Xudolar uyi) eramizdan avvalgi 5400-yilda Frot daryosi qirg‘oqlarida asos solingan. Arxeologlar ushbu shahar qoldiqlarini XX asrda topishga muvaffaq bo‘lgan. Odamlar Eriduni nega eramizdan avvalgi 600-yilda tark etishganlari hamon noma’lum.
Misr madaniyat markazi o‘zining ajoyib ibodatxonalari va quyosh xudosi Amon sharafiga qurilgan haykallari bilan mashhur.
Chingizxon barcha mog‘ul qabilalarini birlashtirgach, 1220-yilda imperiya tarixidagi eng katta shaharni — Qoraqurumni qurishni boshlaydi. O‘rxun daryosida yaqinida joylashgan Qoraqurum Buyuk ipak yo‘lining strategik obyekti hisoblangan. XIV asrda xitoyliklar tomonidan vayron qilib tashlanguniga qadar shahar juda ahamiyatli bo‘lgan.
Buyuk Zimbabve qachonlardir 25 ming odam istiqomat qiladigan, savdo-sotiq rivojlangan shahar bo‘lgan.
Gomerning “Iliada“ va “Odissey”i yaratilgan davr xettlar imperiyasining eng qudratli davriga to‘g‘ri kelgan, poytaxt Xattusa shahri esa odamlar gavjum megapolis bo‘lgan. Eramizning XII asrida frigiyaliklar shaharga hujum qilib uning kulini ko‘kka sovurgan.
Sian — qadimiy Xitoyning oltita poytaxtidan biri bo‘lib, eng mashuri va qudratlisi hisoblanadi. Qadimiy Xitoy yopiq jamiyat bo‘lgan. Bu avvaliga uni rivojlantirgan bo‘lsa, keyinchalik uning yo‘q bo‘lishiga ham aynan shu narsa sabab bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘li Sharq va G‘arbni birlashtirib turgan va bu yo‘l aynan Siandan boshlangan.
Eramizdan avvalgi 326-yilda shahzoda Chandragupta Pataliputra shahariga asos solgan. Ushbu zamonda yashaganlar shaharga “hashamatli va jinoyatdan xoli” deya ta’rif berishgan. Imperator Ashoka davrida shaharda toshdan uylar qurila boshlagan. | 56 | 2,411 |
Foto | Foto: “Iblis barmoqlari” — dunyodagi eng yoqimsiz qo‘ziqorin | “Iblis barmoqlari” birinchi bor tarmoqlarda paydo bo‘lganida ko‘pchilik uning haqiqiy ekanligiga ishonishni istamagan. Ayrimlar u o‘zga sayyoraliklarning urug‘i deb hazillashgan bo‘lsa, boshqalar bu shunchaki fantastik filmni suratga olish maydonchasidagi kadrlar deya ta’kidlagan, deb xabar berdi TJournal.
Ushbu o‘simlik haqida birinchi bor 1860-yilda, Tasmaniya tabiati tariflanganida so‘z borgan va o‘shanda uni butun dunyoga tarqatish ishlari boshlangan. O‘simlik sporalari avvaliga Avstraliya, Yangi Zelandiyaga olib kelingan, birinchi jahon urushi vaqtida esa Fransiyaga qadar yetib borgan. Taxminlarga ko‘ra, ular mamlakatga jun mahsulotlari bilan birga kirib kelgan. “Iblis barmoqlari”ni Yevropadagi barcha o‘rmonlarda — Ispaniyadan tortib Polshaga qadar uchratish mumkin.
“Iblis barmoqlari” sobiq SSSR hududida ham tarqalgan. 50-yillarda u Qozog‘istondan topilgan bo‘lsa, 70-yillar oxirida ukrain o‘rmonlarida tez-tez uchrab turgan. Shuningdek, o‘simlik Rossiyaning Sverdlovsk va Kalujsk viloyatlarida ham bir martadan aniqlangan.
Qo‘ziqorin ta’mini totib ko‘rishga nafaqat uning ko‘rinishi, balki u tarqatadigan “aynigan go‘sht hidi” ham xalaqit beradi. Biroq shunga qaramay ushbu xususiyatlar qiziquvchilarni qo‘ziqorinni ta’tib ko‘rishdan to‘xtata olmadi. Tatib ko‘rgan insonlarning so‘zlariga ko‘ra, uning ta’mi juda yomon, biroq shunisi bilan u esda qolarli.
O‘zining qo‘rqinchli tashqi ko‘rinishiga ega ushbu o‘simlik tez-tez Instagram “yulduzi”ga aylanib turadi. | 60 | 1,480 |
Foto | 2018-yilning dronlarda olingan eng yaxshi suratlari aniqlandi (foto) | Har yili o‘tkaziladigan Drone Awards fototanlovi doirasida oltita nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar va gran-pri sohibi aniqlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
G‘oliblik Tabiat, Odamlar, Sport, Yovvoyi hayot, Shahar va Abstraksiya yo‘nalishlariga taqdim etildi. Hakamlar ko‘rib chiqishi uchun 101 ta mamlakatdan jami 4500 ta ish taqdim etilgan. Ularning hammasi dronlarda olingan.
Festival gran-prisi fotograf Florian Ledga “Oq ayiq ustida” surati uchun berilgan. | 68 | 474 |
Foto | AQShning yirik aviabazasi suv ostida qoldi (foto) | AQSh Qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonlik bazasi, RC-135 razvedkasi, E-4B samolyoti va boshqa bir qator apparatlari Missuri toshqini oqibatida suv ostida qoldi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar berdi.
Offutt bazasi Nebraska shtatining Omaxa shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, AQSh Harbiy havo kuchlarining eng muhim bazalaridan biri hisoblanadi. Unda mablag‘ jihatdan ham, milliy xavfsizlik uchun ahamiyati jihatidan ham qimmatli bo‘lgan qo‘mondon va nazorat qiluvchi samolyotlar joylashgan.
Stratcom AQShning yadroviy kuchini nazorat qiluvchi asosiy strategik markazlardan biri. Yangi bunker yanvar oyida ochilgan edi. Endi esa uchib-qo‘nish yo‘lagi suv bilan to‘lgan. Suv toshqini paytida ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina samolyotlar parvozga tayyor bo‘lmagan, yer osti bunkerlari esa bundan hodisaga qarshi chidamli bo‘lmagan.
Hozirda harbiylar o‘nlab qum qoplari va boshqa sun’iy to‘siqlar yordamida suv toshqiniga qarshi kurashmoqda. 20 ga yaqin binolar evakuatsiya qilingan, 60 ga yaqin inshootlar shikastlangan, 30 tasini butunlay suv bosgan. Mavjud 33 ta samolyotdan faqat 9 tasi uchib ketgan. | 49 | 1,105 |
Foto | Bir vaqtning o‘zida ham qo‘rqitib, ham maftun qiluvchi 10 ta haykal (fotogalereya) | AdMe dunyoning turli burchaklaridagi haykaltaroshlarning ajoyib ijod namunalarini bir yerga to‘pladi, ulardan ko‘z uzolmasligingiz aniq. | 82 | 136 |
Foto | Fotogalereya: E’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan tasodifiy o‘tkinchilar | Ko‘chada turli ko‘rinishdagi kishilarni uchratish mumkin. Ularning ba’zilarini uzoq vaqt esdan chiqarib bo‘lmaydi. AdMe ana shunday kishilar va holatlar suratlarini taqdim etdi. | 69 | 177 |
Foto | Monreal ko‘chalarining ostidan muzlik davriga oid g‘orlar topildi (foto) | Yaqinda kanadalik tadqiqotchilar Monrealda kutilmagan kashfiyotni amalga oshirdi: shahar ostidan g‘orlar topildi. Ishonish qanchalik qiyin bo‘lmasin yer osti tunnellari avtomobillar va odamlar qatnaytigan ko‘chalardan atiga bir necha o‘n metr chuqurlikda bo‘lgan, deb xabar berdi TravelAsk.
G‘orlar mutlaqo tasodifan kashf qilingan: Daniel Karon va Lyuk Le Blan ilgari ma’lum bo‘lgan g‘orning qadimgi devorlarini buzishni rejalashtirgan. Ular bolg‘alar yordamida buzilgan devor ortida ancha katta tunnellar tarmog‘iga duch kelgan. U yerga hali hech bir odamning qadami yetmagan.
G‘orning uzunligi 200 metr, eni esa bir metrlar atrofida. Hatto uning ichida chuqurligi 5 metr keladigan ko‘l ham mavjud. Shu sababli tadqiqotchilar u yerni o‘rganishda havo bilan shishirilgan kanoeda harakatlanishga majbur bo‘lmoqda. | 72 | 815 |