folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Turli xil obrazlarda tanish qiyin bo‘lgan mahoratli aktyor va aktrisalar (foto)
Hamma tomoshabinlar ekranda voqealarga ishonishi uchun rolga ko‘nikishi juda qiyin. Biroq ba’zi aktyorlar o‘z qahramonini aniq ijro etsa-da,  keyingi kartinada butunlay boshqacha xarakterni namoyon etishga muvaffaq bo‘ladi. Tilda Suinton “Narniya saltanati”da stilist va vizajistlar Tildaning qiyofasini o‘zgartirib, uni tabiiy pardoz bilan sovuq xonimga aylantirgan. “Komplekssiz qiz” filmidagi roli uchun u tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirilgan. Dakota Jonson Dakota ham qiyofasiga ko‘ra ham sodda va quvnoq, shuningdek, yovuz obrazlarga ham juda mos keladi. Faqat buning uchun mohir pardozchilar kerak. Nikol Kidman Nikolni “Gazetachi” filmidagi ajoyib xonim rolida ko‘rish mumkin. Eri va qizidan ajralgan ayol qiyofasida u “Ko‘l tepasi” serialining ikkinchi mavsumida ko‘rinish bergan. Rozamund Payk Aktrisa “Xavfli unsur” biografik filmida eksperimental olima Mariya Sklodovskaya-Kyurining rolini o‘ynadi.“Firibgar” filmidagi roli uchun esa u befarq firibgarga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Tom Xolland Tom “O‘rgimchak odam” filmida Piter Parker roli bilan mashhur bo‘ldi. “Pastga” kartinasida butunlay boshqa qahramonga, jarohatdan keyingi buzuqlik va yomon odatlarga ega bo‘lgan shifokorga aylanishi bilan ajablantira oldi. Keyt Blanshett Aktrisa “Uzuklar hukmdori” trilogiyasida kuchli elf ayol Galadriyel rolini o‘ynadi. U, shuningdek, “Tor: Ragnaryok” filmidagi yovuz ayol Xelani ijro etishga muvaffaq bo‘ldi. Riz Uizerspun Umuman olganda, aktrisaning har bir obrazi yodda qolarli darajada bir-biridan farq qiladi. Tom Ellis Aktyor kartinalarda goh uyatchan oshpaz, ba’zan esa o‘zi ishongan obrazlarda namoyon bo‘ladi. Buning uchun unda mahorat yetarli darajada. Sara Polson “Amerikaning qo‘rqinchli hikoyasi”da Sara psixologik muammolari bo‘lgan isyonchi sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, “Shisha” filmda psixoterapevt rolida namoyon bo‘ldi. Ana de Armas Aktrisa turfa xil rollarda turli xil ko‘rinishda rol ijro etadi. O‘zgarishlar nafaqat uning tashqi ko‘rinishida, balki xarakterida ham yaqqol namoyon bo‘lgan. Robert Pattinson Robertning ko‘p qirraliligi uning ikkita roli bilan isbotlandi. Shunday qilib aktyor “Aziz do‘stim” filmida jamiyatning yuqori qatlamiga tegishli inson rolini ijro etgan. Keyinchalik “Yaxshi vaqt” filmida qonun bilan muammolari bor odam qiyofasida o‘z mahoratini namoyish etdi. Vanessa Xajens Mehnatsevar talaba va iqtidorli qo‘shiqchi timsolida Vanessa “O‘rta maktab musiqasi” filmida paydo bo‘ldi. Shuningdek, “Menga boshpana ber” filmida isyonkor qahramonni ijro etishga muvaffaq bo‘ldi. Lili Jeyms Aktrisa ijodi davomida turli qahramonlarga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, u 2015-yil xuddi shu nomli film ertakida Zolushka rolini o‘ynadi. So‘ngra “Qorong‘i soatlar”da Yelizaveta Leyton obrazini yaratdi. “Pam va Tommi” seriallarida esa beg‘ubor Pamela Anderson rolini mahorat bilan ijro etgan. Jared Leto Jared allaqachon Jokerga aylanishi bilan muxlislarini hayratga solgan. So‘ngra u butunlay boshqacha — Gucci moda uyi asoschisining nabirasi ko‘rinishida namoyon bo‘ldi.
79
3,044
Foto
Fotogalereya: “Uyda yolg‘iz” filmi suratga olingan uyning hozirgi ko‘rinishi
Yangi yilni nishonlash an’analaridan biriga aylangan “Uyda yolg‘iz” filmini tomosha qilishni barchamiz yaxshi ko‘ramiz. O‘z uyini o‘g‘rilardan himoya qilgan bolakay haqidagi hikoya barchaning yuragini zabt etgan. Film suratga olingan uy Chikago yaqinidagi qishloqda joylashgan. Biroq, “Uyda yolg‘iz” filmi suratga olingan uy hozirda butunlay o‘zgarib ketgan. Uyini suratga olishga rozi bo‘lgan xonadon egasi 2012-yilgacha o‘zi o‘sha yerda yashagan. Keyin esa uni 1,5 million dollarga sotib yuborgan. Filmda Amerikaning 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshiga xos interyer ko‘rsatilgan. To‘q qizil gilamlar va mebel, yashil pardalar, katta vazalar, xolldagi oynaning qalin ramkasi shular jumlasidan. Barcha xona devorlaridagi gulqog‘ozlar oq rang ustiga gul tasviri bilan bezatilgan. Klassik uslubdagi shinam uy. XXI asrda dizaynda minimalizm qadrlanadigan bo‘ldi, shuning uchun Kevinning yangi oshxonasida ham och ranglardan foydalanilgani va mebellar kamligi uchun xona oddiyroq ko‘rinishga ega bo‘ldi. Uzun zinali xoll ham ta’mirdan chiqqan. Ko‘p sonli ramkaga solingan suratlar endi yo‘q. Xona esa endi yorug‘roq va turli katta eshiklardan holi. Ha aytgancha, uyning avvalgi egalarida nafaqat royal, balki yozuv stoli va stol lampasi ham qolgan. Ko‘rinib turibdiki, uyning yangi egalarining oilasi kichkina. Chunki sakkiz kishilik ovqatlanish stolini o‘rnini to‘rt kishilik stol egallagan.
76
1,402
Foto
Fotogalereya: Bolalar modasining mashhur vakillari
Bugungi kunda bolalar modasi olami kattalar modasidan qolishmayapti. Unda ham o‘zining omadlilari va mashhurlari mavjud. AdMe ana shu omadli vakillarga e’tibor qaratdi.
50
168
Foto
Fotogalereya: Bolalarning kattalardan ko‘ra topqirroq ekanligini isbotlovchi suratlar
AdMe oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun o‘z topqirligini ishga solgan yosh bolakaylarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
85
127
Foto
Fotogalereya: Shimoliy Koreya uslubidagi bunyodkorlik
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyandagi yangi kvartal qurilishini ko‘zdan kechirdi. So‘nggi bir necha yilda shaharda ko‘plab osmono‘par binolar, dam olish majmualari va boshqa obyektlar paydo bo‘ldi. BMT keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya aholisining yarmiga yaqini qashshoqlikda kun kechiradi. Biroq bu kabi statistika KXDR poytaxtining tubdan o‘zgarishiga to‘sqinlik qilmaydi. Pxenyan zamonaviy arxitekturasini “Kommersant.ru” taqdim etmoqda. “Mire” olimlar ko‘chasi KXDR yetakchisi yangi ko‘chani ko‘zdan kechirmoqda “Mire” ko‘chasi Pxenyan osmonidagi mushakbozlik Eng yangi ilmiy-texnik kompleks Pxenyan ilmiy-texnik kompleksi Sunan xalqaro aeroportida yangi terminalning ochilish marosimi Kim Chen In Vonsandagi yangi bolalar uyi qurilishini ko‘zdan kechirmoqda Pxenyan Davlat san’at teatri artistlari uchun qurilgan uylar Pxenyan markazidagi ko‘p qavatli uylar Kim Ir Sen nomidagi universitet o‘qituvchilari uchun qurilgan uylar Balandligi 330 metr bo‘lgan Ryugyon mehmonxonasi Munsu akvaparki Kim Chxek nomidagi politexnika universiteti Shimoliy Koreya yetakchilarining bino fasadlaridagi portretlari “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
53
1,219
Foto
Fotogalereya: AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning uyi
AQSh prezidentligi uchun kurash olib borayotganlar qatorida o‘zining shov-shuvli ham mojaroli bayonotlari va ba’zan ahmoqonadek ko‘rinadigan harakatlari bilan tanilgan milliarder Donald Tramp ham bor. “Uni, biroz ikkilanib bo‘lsa-da, Rossiyadagi Jirinovskiy bilan qiyoslash mumkin. Lekin saylovchilarga uning bayonotlari va harakatlari yoqyapti — bir necha oy avval uni hech kim hisobga olmayotgan edi, endi esa: ‘Tramp prezident bo‘lib qolsa-ya?’, deb hamma xavotirda”, — deb yozadi rossiyalik bloger Ilya Varlamov. Trampning yana bir e’tiborga molik tomoni — u o‘ziga tegishli hamma narsa eng qimmat va eng hashamatli bo‘lishini istaydi. Masalan, mana shu xabardagi birinchi fotosuratda u oilasi bilan birga aks etgan va bu surat biror bir saroy yoki muzeyda emas, Trampning “oddiygina” xonadonida olingan. Mazkur “xonadoncha”da Tramp turmush o‘rtog‘i Melanya va o‘g‘li Berron bilan birga istiqomat qiladi. Nyu-Yorkdagi Trump Tower’ning yuqori uch qavatida joylashgan pentxaus interyerini 1983-yili dizayner Anjelo Dongiya ishlab chiqqan. Butun inshootga marmar va 24 qirotli oltin bilan zeb berilgan. Dongiyaning fikricha, “Lyudovik XIV ruhida”gi interyer aynan shunday bo‘lishi kerak. Pentxaus pollari, devorlari va ustunlari marmardan ishlangan. Yuqorida billur qandil, orqa fonda esa oq marmardan ishlangan kichik favvora. Shiftga yunon mifologiyasiga oid sahnalardan suratlar tushirilgan. Ganchlar, lampalar, vazalar, patnislar va idishlar oltindan tayyorlangan. Eros va Psixeyaning bronza haykali oldidagi stolchada narxi 15 ming dollarlik, bokschi Muhammad Aliga bag‘ishlangan kitob turibdi. Fotosuratlar uchun shunchaki stolcha. Jurnallar uchun mo‘ljallangan stolcha. Yunon mifologiyasi uslubidagi bolakaylarning tillarang haykali. Melanya Trampning ofisi. Devorda Renaurning “Loja” surati (qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, bu o‘sha asarning bor-yo‘g‘i nusxasi ekan!), divanda esa qimmatbaho taqinchoqlar bilan to‘la “Lui Vitton” qutisi. “Lui Vitton”ga yaqinlashamiz. Hammayoqda oltin, har narsa oltin. Bu pentxaus 100 million dollarga baholangan. “Donald Tramp Oq uyga ko‘chib o‘tishga umid qilmoqda, biroq u o‘zining Nyu-Yorkdagi pentxausiga ‘Alvido!’, deyishga ancha qiynalsa kerak”, — deb yozadi The Daily Mail. To‘g‘ri, bu uyning kirish eshigiga ham oltin va olmos bilan zeb berilganidan keyin, xayrlashish oson bo‘lmaydi, albatta. Ha-ya, The Daily Mail Trampning xonadoni bilan tanishtiruvchi qiziqarli gid tayyorlagan. Tramplar oilasida apelsin sharbati gardishiga oltin suvi yuritilgan qadahlarda tortiladi. Telefon esa, kutilmaganda, juda oddiy va unga oltin bilan zeb berilmagan. “Lyudovik XIV ruhida”gi stolda rangli qalamlar... “Amerikalik oddiy milliarder mana shunday yashaydi. Aytmoqchi, bu hali Nyu-Yorkdagi eng qimmat kvartira emas”, — deb xulosa qiladi bloger.
62
2,807
Foto
80 yoshli yaponiyalik erkak Microsoft Excel dasturi yordamida ajoyib suratlar chizmoqda (foto)
Yaponiyada yashovchi 80 yoshli Tatsuo Xoriuchi Microsoft Excel dasturi yordamida ajoyib san’at asarlarini yaratmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”. Xoriuchi 20 yil avval rasm chizishni o‘rgangan, biroq surat chizish uchun dasturlardan foydalanmasdi. U Excel dasturini tanladi. Ijodini boshlaganidan olti yil keyin Xoriuchi Excel Authoshape Art Contest tanlovida ishtirok etdi hamda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Uning ayrim asarlari mahalliy tasviriy san’at muzeyida namoyish etilganidan so‘ng sotib olingan.  Iroqlik rassom vatanidagi muammolarni kollaj yordamida aks ettirmoqda (foto)
94
599
Foto
Zolushkaning hayotdagi prototipi. Oddiy oiladan chiqib shahzoda qalbini zabt etgan Keyt Middlton 38 yoshda (fotomaqola)
Bugun, 9-yanvarda Kembrij gersoginyasi, shahzoda Uilyam rafiqasi Keyt Middlton 38 yoshga to‘ldi. Keyt 1982-yil Angliyaning Berkshir grafligida dunyoga kelgan. Kamtarligi, o‘zini tutishidan tortib kiyinishigacha e’tirofga sazovor oddiy qiz qanday qilib qirollik oilasiga kelib qolgan? Quyida ushbu savollarga javob beramiz. Keyt oddiy oilaning farzandi bo‘lishiga qaramay ota-onasi farzand tarbiyasi, ta’limi uchun pulni ayamagan. Bo‘lajak malika eng yaxshi kollej va universitetda ta’lim olgan, sayohat qilgan. Malboro kollejidagi o‘quvchilik yillarida a’lo ko‘rsatkichlarni qayd etgan, shuningdek, hokkey, tennis va yengil atletika bilan shug‘ullangan. O‘qishdan yillik ta’til olib ko‘p sayohat qilgan, Italiya bilan almashinuv dasturi hamda Chilidagi xayriya dasturlarida ishtirok etgan. Uning biografiyasiga nazar tashlansa, yoshligidanoq xayriya ishlarida faol bo‘lganiga guvoh bo‘lish mumkin. 2001-yilda Keyt Sent-Endryuss universiteti talabasi bo‘lgan va aynan o‘sha universitetda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan. Bakalavr diplomini san’at tarixi bo‘yicha qo‘lga kiritgan. Avvaliga ushbu fanga Uilyam va Keyt birgalikda qatnashgan, keyinchalik esa shahzoda yo‘nalishini geografiyaga o‘zgartirgan. Uilyam 1-kursdan keyin o‘qishni tashlamoqchi bo‘lgan, lekin Keyt uni bu fikridan qaytarishga ko‘ndirgan. O‘qishni tamomlab Party Pieces firmasida marketolog sifatida faoliyat boshlagan, keyinchalik Jigsaw firmasida ishlagan. Keyt professional fotograf bo‘lishni istagan, mashhur ingliz fotograflaridan dars olishni ham rejalashtirgan. U olgan suratlari bilan hatto bir qancha funt sterling to‘plagani ham sir emas. Talabalik yillarida Uilyam yuragini zabt etish uchun qizlar o‘rtasida raqobat bo‘lgan. Uilyam ingliz adabiyoti fakultetidagi qizlar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan, lekin xayriya fondi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kulrang ko‘zli bryunetni ko‘rib, eski munosabatlarga nuqta qo‘ygan. Shundan keyin ikki yosh doim birga bo‘lgan, ta’tillarni ham birga o‘tkazgan. Bu vaqtda ingliz matbuoti shokka tushgan. Axir mavjud qarashlar bo‘yicha taxt vorisi aristokrat oilasidan bo‘lgan, qirol oilasi ma’qullagan inson emas, oddiy oilaning farzandi bilan jiddiy munosabatda bo‘lishi mumkin emasdi. Bu vaqtda qirolicha Yelizavetta nimalarni his qilgani faqat o‘ziga ayon. Jurnal va gazetalardagi yangiliklar hammani hayron qoldirgan, ommaviy axborot vositalari uni “Zolushka” ertagi qahramoniga qiyoslagan. Hammani bir savol qiynardi: shahzodani oshiq qiladigan boshqa qizlarda yo‘q qanday xususiyat bor bu qizda? Javobni esa har kim o‘zicha talqin qilgan. Keytning qirollik oilasi bilan birga rasmiy uchrashuvlardagi ishtiroki yanada ko‘p savollar keltirib chiqargan. Malika qanday kiyinishi, o‘zini tutishi kerakligi o‘rgatiladigan hech qanday kurslarda ta’lim olmagan qizning manyerasidan hech qanday ayb topa olishmagan. Aksincha uni hamma yaxshi ko‘ra boshladi va unga nisbatan moda ikonasi, “Ingliz atirguli” deb ta’rif  berildi. Ayniqsa, kiyinish uslubidagi o‘ziga xoslik barchani e’tiborini torta boshlagan. Uning kiyimlariga asosiy urg‘uni retro uslubidagi yoki zamonaviy yorqin shlyapalari berardi. Keyt asosan John Boyd, Lock&Co, Philip Treacy hamda Jane Taylor brendlarini tanlaydi. Uning muayyan tadbirdan fotolari tarqashi bilan libos va ustki kiyimlar nafaqat Angliya, balki butun dunyoda urfga kira boshlagan, soch turmaklaridan go‘zallik salonlari va byuti-bloger ilhomlangan. Londonda eng yuksak did bilan kiyinadiganlar haqida so‘rov o‘tkazilganda u birinchi o‘rinni egallagan. Ikki yosh 2011-yil 29-aprelda Londonda turmush qurdi. U Britaniya qirollik oilasidagi eng yoshi katta bo‘lib turmushga chiqqan kelin bo‘ldi, ya’ni o‘sha vaqtda uning yoshi 29 da bo‘lgan. Hozir Keyt va Uilyamning 3 nafar farzandi bor. 2013-yilning 22-iyunida ingliz taxti vorisining yangi vorisi — Georg, 2015-yilda malika Sharlotta, 2018-yil 23-aprelda esa shahzoda Lui dunyoga kelgan.   Avvaliga uni malika sifatida qabul qila olmagan ommaviy axborot vositalari keyinchalik o‘zini samimiy tutishi, insonlar dini, qarashlari va an’analariga hurmatini ko‘rib tan bera boshladi. Xususan, quyidagi fotoda Uilyam va Keyt Pokistondagi tashrifi doirasida “Badshahi” masjidiga tashrifi aks etgan. Malika masjidga oyoq kiyimlarini yechib kirgan. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqqa joylanishi bilan ko‘plab ijobiy munosabat va izohlar bildirilgan, hatto uni “Aladdin” multfilmidagi malika Jasminga ham o‘xshatishgan.
119
4,430
Foto
Fotogalereya: Haqiqatda baxtiyor odamlar
AdMe o‘zgalarning ham kayfiyatini yaxshilashga qodir baxtiyor odamlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. “Ikki haftalik intensiv terapiyadan keyin o‘g‘lim nihoyat yana o‘z uyida” “Sobiq xotinim qizim borligini mendan deyarli ikki yil davomida yashirib kelgan ekan. Kecha, 696 kunlik ayriliqdan so‘ng o‘z hayotimdagi eng baxtli suratimni oldim” “61 yoshli onam bugun turmushga chiqdi” “Birinchi marta qorda sayr qilayotgan o‘g‘lim” “Otasi bilan birinchi marotaba uchrashgan bolakay” “Oradan 72 yil o‘tgach, bobom nihoyat Ikkinchi jahon urushida qilgan xizmati uchun faxriy medal bilan taqdirlandi” “Ayol ushbu qizga donorlik qilgan marhum o‘g‘lining yurak urushini eshitmoqda” “Juda tez aylantirishimni so‘ragan jiyanim” “Avtofalokat oqibatida nogiron bo‘lib qolgan do‘stim, bugun birinchi bor zamonaviy texnologiyalar yordamida oyoqqa turdi” “Ko‘zi ojiz ukam Brayl alifbosida maktab tarixida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchiga aylandi”
40
945
Foto
Bill Geyts 43 million dollarlik uy sotib oldi (foto)
Amerikalik biznesmen Microsoft kompaniyasi asoschisi Kaliforniya okrugidan hudud uchun rekord summa — 43 million dollarga uy sotib oldi, deb yozadi Daily Mail. Uy texaslik milliarder Ti Bun Pikensning bevasi Madlen Pikensdan xarid qilingan. Qasrda oltita yotoqxona, okeanga qaragan basseyn va 10 kishilik jakuzi bor. Uyning umumiy maydoni 540 kvadrat metr atrofida.  Reper Dreyk uyi interyeri haqida so‘zlab berdi. U uxlaydigan matras 400 ming dollar turadi (foto)
52
468
Foto
Fotogalereya: Faqat milliarderlar o‘ziga ravo ko‘ra olgan narsalar
Milliarderlar o‘ziga xos, ba’zan aqlga sig‘mas narsalar sotib olgan holda o‘zaro musobaqalashadi. AdMe ana shunday narsalardan ba’zilariga e’tibor qaratdi. View this post on Instagram
66
192
Foto
Fotogalereya: Ota-onasidan voz kechgan mashhurlar
Ba’zi mashhurlarning hayotida shunday voqealar bo‘ladiki, natijada ular ota-onalari bilan kelisha olmay qoladi. “Fotoshedevri” ana shunday kelishmovchiliklar oqibatida ota-onasidan voz kechgan mashhurlar haqida hikoya qildi. Qiz bir necha yil avval yosh va kelajagi porloq aktrisa deb hisoblanar edi. Qiz erta kelgan mashhurlikni ko‘tara olmadi va spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarga berilib ketgan. Hatto ota-onasi ham unga ta’sir qila olmagan, chunki Lindsi ular bilan munosabatlarini uzgan. Reper o‘z qo‘shiqlaridan birida onasini haqorat qilgan. Buning uchun 1999-yilda reperning onasi Debora Metters uni sudga bergan. 1990-yillarning yosh yulduzi bo‘lgan Makkolleyning ota-onasi uning gonorar pulini bo‘lisha olmagani sababli ajrashib ketgan. 1997-yilda Kalkin ota-onasini uning pullariga nisbatan huquqdan mahrum qilish uchun sudga bergan, keyin esa ular bilan aloqalarini uzgan.
49
896
Foto
Foto: Kuchli yomg‘irdan so‘ng suv ostida qolgan Toshkent
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida 6-may, shanba kuni kunning ikkinchi yarmida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida shaharning qator ko‘chalari suvga to‘ldi. UZ24 Gidrometeorologiya markaziga tayanib yozishicha, yomg‘ir 7—8-may kunlari ham davom etadi.
56
270
Foto
Bahorni qarshi olish uchun Yaponiya eng yaxshi joy ekanligini isbotlovchi maftunkor suratlar
Bahor — Yaponiyaga borish uchun eng yaxshi davr, bu mavsumda butun mamlakat bo‘ylab sakura daraxtlari gullaydi. Bu haqiqatan ham maftunkor manzaradir. VIII asrdayoq yaponiyaliklarda xanami — gullayotgan daraxt ostida pikniklar o‘tkazish an’anasi shakllangan. Xanami bugungi kunda ham ommabop. Sakura gullari hayotning o‘tkinchi, bir lahzalik ekanligi ramzi hisoblanadi. TravelAsk yaponiyalik fotograf Xidenobu Suzukining maftunkor suratlari to‘plamini taqdim etdi.
92
464
Foto
Fotogalereya: Odamning sodiq do‘stlari
Itlarning odamga sodiqligi va vafodorligiga hech kim shubha qilmaydi. U har qanday vaziyatda ham o‘z egasining yonida bo‘lishga harakat qiladi. AdMe nashri ana shu vafodorlik va sodiqlik aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
38
224
Foto
Foto: Amerikaliklar prezident saylovi natijalarini qanday kuzatib bormoqda?
AQShda prezidentlik saylovlari uchun ovoz berish jarayonlari yakunlandi: Alyaskadagi so‘nggi uchastka yopilgan. Bu safar pandemiya sabab 100 milliondan ortiq amerikalik o‘z tanlovini muddatidan oldin amalga oshirgan, ularning yarmidan ko‘pi pochta orqali ovoz bergan. Shu sababli natijalar hisob-kitobi cho‘zilishi mumkin. “RBK” AQSh aholisi saylovlar jarayonini qanday kuzatayotgani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi. Floridadagi saylov natijalarining e’lon qilinish translyatsiyasi, Mayami Trampning tarafdorlari Michigandagi bazmdan turib saylov natijalarini kuzatmoqda Pensilvaniyadagi anjumanlar markazida pochta byulletenlarini qayta ishlash. Bu ovoz berish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega yirik shtatlardan biri hisoblanadi. U yerda saylovchilardan sabr qilish va saylov natijalari birinchi kundayoq e’lon qilinishini kutmaslik so‘ralgan Cairo Messenger gazetasining muharriri Rendi Fayn Keyrodagi (Jorjiya) saylov natijalarini e’lon qilmoqda Tramp tarafdorlari Mayamida Versailles restorani qarshisida Nyu-Yorkda AQSh prezident Donald Tramp administratsiyasga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari Demokratlar partiyasidan bo‘lgan nomzod, sobiq vitse-prezident Jo Baydenning tarafdorlari Uilmingtonda miting uyushtirdi Xyuston, Texas Avvalroq Amerika yetakchisi Donald Tramp AQSh prezidenti saylovida g‘olib bo‘layotganini, ammo undan bu g‘alabani “tortib olishga” urinishayotganini aytgan edi.
75
1,422
Foto
Foto: Los-Anjelesdagi shahzoda Garri va Megan Markl yashayotgan uy
Shahzoda Garri va Megan Markl o‘g‘li Archi bilan Los-Anjelesda yashayotgan uyining suratlari paydo bo‘ldi, deb yozadi Hello. Qayd etilishicha, Garri va Megan taniqli Gollivud prodyuseri Tayler Perrining Beverli-Hillzdagi hashamatli qasrini ijaraga olgan. Tayler ushbu uyni o‘zi qurdirgan. U 2004-yilda yer uchastkasini 4,3 million dollarga sotib olgandi. Ushbu uy 18 million dollarga baholangan. U qariyb 9 gektar yer maydonida joylashgan. U qo‘riqlanadigan yopiq hududda joylashgan bo‘lib, atrofidagi qalin daraxtzor uyda istiqomat qiluvchilarni ko‘rish imkonini bermaydi. Qasr 2230 kvadrat metr maydonga ega, unda 8 ta yotoqxona va 12 ta vannaxona mavjud. Tayler gersog va gersonginya bilan oldindan tanish bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q, biroq Tayler teleboshlovchi Opra Uinfri bilan iliq munosabatda. Opra esa Megan bilan dugona. Aynan Opra Uinfri Meganga uy topishga yordam bergan bo‘lishi mumkin.
66
902
Foto
Tailandda mamlakatning eng baland binosi ochildi (foto)
Tailand poytaxti Bangkokda 314 metrlik, 77 qavatli MahaNakhon osmono‘par binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. U mamlakatning eng baland binosi bo‘lib, jahon miqyosida 89-o‘rinni egalladi. Ilgarigi rekord 19 yildan buyon 304 metrlik Baiyoke Tower II osmono‘par binosiga tegishli edi. “Gazeta.ru” yangi rekordchining fotosuratlarini taqdim etdi.
55
349
Foto
Navro'z suratlari. Turkiy dunyoda Navro'z qanday nishonlandi?
Turkiy dunyoda nishonlangan Navro'z tantanalaridan tayyorlangan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz. Ozarbayjonda Navro'z tantanalari. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Qorabog'da Navro'z olovini yoqdi. Qirg'izistonda Sumalak pishirish. Olma-ota ko'chalarida Navro'z shukuhi. Qozog'iston prezidenti Qosim Jo'mart To'qaev Navro'z bayramini Olmaotada nishonladi. Yanvarda shahar norozilik namoyishlarining markaziga aylangan edi. Olmaotadagi bayram tantanalari. Toshkentdagi “Humo Arena”da asosiy bayram tadbirlari bo'lib o'tdi. Tadbirda davlat rahbari Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi va nutq so'zladi. Qoraqalpog'iston markazi Nukus shahrida Navro'z tadbirlari bo'lib o'tdi. Samarqand viloyatida Navro'z munosabati bilan ko'pkari tashkil etildi. Buxoroda Navro'z tantanalari kishilar yuzida tabassum olib keldi. Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi Oygul Japarova 20 mart kuni Botken viloyatida sumalak tayyorlash jarayonida ishtirok etdi. Qirg'iz oqinlari xalq qo'shiqlarini ijro etmoqda. Bursadagi “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” tadbirlari Navro'z bilan boshlandi. Qirg'izistondagi bayram tantanalari. Turkmanistonliklar Navro'zni yangi prezident bilan qarshi oldi. Turkmanistonliklar Navro'z arafasida yangi rahbarlari bilan ko'chat ekdi.
61
1,260
Foto
Mustaqillik monumenti, tugʻilgan kunini nishonlayotgan panda, avj pallasiga kirgan Paralimpiya oʻyinlari — 31 avgust suratlari
Bugunning eng sara suratlarini etiboringizga havola etamiz. Toshkent viloyatidagi «Yangi Oʻzbekiston» majmuasida Mustaqillik monumenti va «Yangi Oʻzbekiston» bogʻi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mustaqillikning 30 yilligiga bagʻishlangan majmuani Shavkat Mirziyoyev ochib berdi. Malayziyada ham Mustaqillik bayrami nishonlandi. Ularning mustaqilligiga 64 yil toʻldi. Qoʻshni Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda ham Mustaqillik bayrami munosabati bilan harbiy parad oʻtkazildi. Triseratopsning 66 milliondan ziyodroq yillik skeleti Parijdagi auksionlar uyida sotuvga qoʻyildi. Bangladesh poytaxti Dakka shahrida joylashgan temirni qayta ishlash zavodining 12 yoshli ishchisi. Germaniyaning Berlin zooparkida Pol va Pit ismli pandalar oʻzining ikkinchi tugʻilgan kunini nishonlamoqda. AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Taxo orolida qutqaruvchilar oʻrmon yongʻinlari bilan kurashmoqda. Olov Los-Anjelesga yaqinlashmoqda. Paralimpiya oʻyinlarining yettinchi kunidan fotosurat. Afsuski, oʻzbekistonlik sportchilar bugun birorta ham medal qoʻlga kirita olmadi. Avstraliyada joylashgan Botanika bogʻining suv kaltakesagi. AQShning Luizana shtatiga «Ayda» toʻfoni yopirildi, buning oqibatida kamida bir kishi halok boʻldi.
126
1,218
Foto
Fotogalereya: Sony World Photography Awards-2017 g‘oliblari e’lon qilindi
Sony World Photography Awards-2017 yillik tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”. Tanlovda g‘alaba qozongan fotosuratlardan iborat jamlanma quyida taqdim etiladi. Sony World Photography Awards-2017
73
234
Foto
Fotogalereya: Kuzning go‘zal manzaralari
Kuz nafaqat salqinlik, yomg‘irlar va bulutli osmon fasli, balki u ranglarning go‘zal jilolanishi fasli ham hisoblanadi. TravelAsk ranglarning go‘zal jilosi hosil qilgan kuz manzaralarini taqdim etdi.
40
199
Foto
Fotogalereya: Buyumlarning “yuzidagi hissiyotlar”
Ba’zan turli buyumlarda odamning yuz ifodasini ko‘rish mumkin bo‘ladi. AdMe ana shunday buyumlarning suratlarini taqdim etdi.
49
125
Foto
Arab kelinlari to‘y kuni qay darajada o‘zgaradi? (foto)
Har qaysi millatga mansub kelinlar hayotining eng baxtli kunida kutilmagan darajada o‘zgaradi va malikaga aylanadi. Bugun arab qizlari to‘y kuni qanday pardoz qilishi va ko‘rinishini taqdim etamiz. Mukammal makiyaj har qanday qizni malikaga aylantirishi shubhasiz. Ammo bu borada tabiiylikka murojaat qilish yanada yaxshi natija beradi. Mavzuga doir
55
354
Foto
Kent grafligida arslonlarga qo‘shni sifatida tunab qolish mumkin bo‘lgan g‘aroyib mehmonxona ochildi (foto)
Yovvoyi hayvonlardan cho‘chimasdan tabiat qo‘ynida uxlash Afrika va Osiyoda amalga oshirish mumkin bo‘lgan ekstremal ishlardan biri hisoblanadi. Yevropada ham dam olish kunlarini maroqli va sarguzashtga boy o‘tkazmoqchi bo‘lganlar uchun shunday imkoniyat yaratildi. Kent grafligida safari-park hududida bir nechta bejirim uychalar qad rostladi. Istagan sayyoh bu yerdan o‘ziga joy band etishi va jungli o‘rmonlarining podshohlari bilan qo‘shnichilikda ma’lum vaqt yashashi mumkin. Safari yarim sahrolarida yovvoyi tabiat qo‘ynida zavq olishni istagan sayyohlar endi Afrika-yu Osiyo burchaklariga bormasa ham bo‘ladi. Buyuk Britaniyada sarguzasht ixlosmandlari uchun arslon-u yo‘lbarslar bilan yonma-yon, qo‘shnichilikda tunash imkoniyatini beruvchi kompleks ishga tushgan. Kentdagi buyurtma mehmonxonasi Lympne’da joylashgan safari-park ichida qurilgan va besh yulduzli mehmonxona hisoblanadi. Bu yerda sayyohlar yovvoyi hayvonlarga, jumladan, bo‘ri, ayiq, yo‘lbars va arslonlarga qo‘shni sifatida uychalarni ijaraga olishi mumkin. Tashrif buyuruvchilar hayvonlardan cho‘chimay uxlab, uychada o‘zini xotirjam his eta oladi. Uylar orasidagi eng g‘aroyib kulba sherlarga qo‘shni bo‘lgani. Yovvoyi tabiatdan zavq oluvchi kishilar uyning ulkan derazalaridan atrofda sayr qilib yurgan sherlarni tomosha qiladi. Mehmonxona nomerlari loft uslubida jihozlangan, xonalarda ulkan kamin pechlari, hayvonlar hujumidan himoyalangan skandinav ochiq termal suv havzalari mavjud. Mehmonlar xona yotoxonasidan arslonlar oilasi — Adras va Audrikaning uch nafar shervachchani voyaga yetkazayotganini tomosha qiladi. Uychada maxsus bar, 2 metrli qandil va bog‘ hovlisiga olib chiquvchi alohida yo‘lak ham bor. Xonalarni band qilish va ijaraga olish narxlari ulardagi qulayliklar darajasiga bog‘liq holda o‘sib boradi. Muntazam tashrif buyuruvchilar 1 750 funt to‘lab mehmonxonada tunashi mumkin. Ushbu narxlarga nonushta, bir shisha shampan vinosi, safarini bepul sayr qilish, Port Lympne qo‘riqxonasini aylanish hamda yovvoyi hayvonlar yashovchi Xoulets parkini kezib chiqish ham kiritilgan. Kompleksning boshqa nomerlarida tunab qolish nisbatan arzonroq: yo‘lbarslar uychasi — 1000 funt, bo‘rilar uyi — 549 funt, ayiqlar yonidagi nomer — 350 funt. Bunday mehmonxonada o‘tadigan tun unutilmas voqeaga aylanadi. Yovvoyi hayvonlar bilan muloqotdan olingan taassurotlar ham inson xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
107
2,402
Foto
NASA Sardoba toshqinining sun’iy yo‘ldoshdan olgan suratlarini e’lon qildi
Sardoba suv ombori to‘g‘onining g‘arbiy devori 1-may kuni yorilib ketgan edi. NASA’ning Landsat 8’dagi Operativ yerusti skaneri (OLI) yordamida 8-may kuni olingan suratlarda suv oqimi O‘zbekiston va Qozog‘istonning aynan qayerida to‘planganini ko‘rish mumkin. NASA taqqoslash uchun 22-aprel, to‘g‘on o‘pirilishidan oldin xuddi shu hududdan olingan fotosuratni ham e’lon qilgan. 22-aprel kuni tushirgan surat 8-may kuni tushirgan surat 8-may kuni tushirgan surat 8-may kuni tushirgan surat Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi. To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
74
1,023
Foto
Fotogalereya: Abadiy qishdan abadiy yozgacha — sayyoradagi eng ekstremal shaharlar
Nafas olib bolmaydigan darajada issiq yoki juda ham sovuq bo‘lgan shaharda yashashdan ham g‘alati narsa bo‘lmasa kerak. Ammo mahalliy aholi bunday sharoitlarga moslashib ketgan bo‘ladi. Travel Ask ana shunday shaharlarga e’tibor berdi.
82
235
Foto
Foto: The New Yorker tomonidan Hillari Klinton saylovda g‘olib chiqqan taqdirda chop etilishi kutilgan muqova
Har hafta chop etiladigan The New Yorker yetakchi amerika jurnali 2016-yilning 14-noyabrida ushbu muqova bilan chiqishi mumkin edi, deb yozmoqda Meduza. AQShdagi prezidentlik saylovida Donald Tramp g‘olib chiqdi va jurnal boshqa muqovadan foydalandi. 2016-yilning 8-noyabrida bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentligiga saylovda Donald Tramp g‘alaba qozongan edi.
109
356
Foto
Foto: Shahar ko‘chalari kabi yoritilgan g‘or
Yangi Zelandiyaning Shimoliy orolida joylashgan g‘or odatiy qorong‘u g‘orlardan tubdan farq qiladi. Bu yerosti maskanining shift va devorlari bag‘oyat go‘zal bo‘lib, bayram yortigichlari bilan bezatilgan shahar ko‘chalarini eslatadi. TravelAsk ana shu g‘orning suratlarini taqdim etdi. Bu unutilmas yorug‘likni Arachnocampa luminosa nomli qo‘ng‘izlar ta’minlab turadi. Minglab qo‘ng‘izlar g‘orning shifti va devorlarida yashaydi. Ularning urug‘lari yopishqoq iplarni hosil qilgan holda shiftdan osilib turadi va o‘lja tutishda yordam beradi. Qo‘ng‘izlar g‘orda uchib yuradigan hasharotlar bilan oziqlanadi, o‘ljani jalb qilish uchun esa urug‘lar qorong‘ulikda tovlanadi. Yorug‘lik darajasi urug‘larning ochlik darajasiga bevosita bog‘liq. Ular qanchalik och bo‘lsa, yorug‘lik shunchalik kuchli bo‘ladi. Urug‘larga tegilgan zahoti yorug‘lik o‘chadi va yoritgichlar ko‘rinmas bo‘lib qoladi.
44
890
Foto
Avtomat ko'targan ayol, suv bosgan Avstraliya ko'chalari, BMTning shoshilinch majlisi — 28 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Besh kundan buyon Ukrainada urush davom etmoqda. xarkovda harbiy instruktor aholiga quroldan foydalanishni o'rgatmoqda. Ukrainaliklar Rossiya bosqiniga qarshi kurashmoqda. Hongkongdagi koronavirus bemorlarini vaqtincha yakkalash markazining yuqoridan ko'rinishi. Avstraliyaning janubi-sharqiy hududlarida suv toshqinlari yuz bermoqda. xitoyning Nankin shahridagi bog'da sayyohlar bahor gullarini tomosha qilishga tashrif buyurdi. Germaniyaning Keln shahridagi karnavalda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning SSSR davlatlari fonida baraban chalayotgan haykali namoyish etildi. Ukrainadagi vaziyat yuzasidan BMT Bosh assambleyasining navbatdan tashqari sessiyasi chaqirildi. Yaponiyadagi “Hoshinoya Tokyo” mehmonxonasi xodimlari niqobsiz kechki ovqatlanish haqida namoyish tayyorladi. Damashqda bir guruh yoshlar jang san'ati mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Angliya janubi-g'arbida joylashgan Glostershir grafligidagi ikki daryo tutashgan yerda suv toshqini yuz berdi. Londonda angliyaliklar Ukrainadagi vaziyat sabab u yerdan chiqib ketgan ukrainlarga gumanitar yordam to'plamoqda.
107
1,141
Foto
Foto: Noodatiy dizaynga ega ekani bilan istalgan odamni o‘ziga maftun qiladigan zamonaviy buyumlar
Zamonaviy insonlarni hayron qoldirish oson emas. Ammo anoyi bo‘lmagan ishlab chiqaruvchilar buni yaxshi biladi va sifat bilan birga taqdim qilinayotgan mahsulotning o‘ziga xos dizaynda bo‘lishiga ham e’tibor qaratadi. Tog‘ni yaxshi ko‘radiganlar uchun mo‘ljallangan yostiqlar. Ajoyib idish-tovoq. Noodatiy vaza. AirPods tutqich. G‘aroyib tuvak. Boshqalariga o‘xshamagan ko‘zgu. O‘ziga xos dizaynga ega qandil. Bu shunchaki zirak emas. View this post on Instagram XXI asr kalishi. Qoyilmaqom stol. Ranglar uyg‘unligi. Qora rangni yaxshi ko‘radiganlar uchun o‘yinchoq. Kelajak velosipedi. View this post on Instagram Hatto bulutli havoda ham kayfiyatni ko‘tarishi mumkin bo‘lgan kreativ finjon. Van Gog asarining o‘zgacha talqini. Bo‘linishlarni yaxshi ko‘radiganlar uchun klaviatura. Bu sut idishini tashlab yuborishga odamning ko‘zi qiymaydi. Nozik did bilan ishlangan oshxona buyumlari. Xavfli o‘rdakcha. Bunday poyabzalni ko‘rmaganingiz aniq. Ryukzak ekaniga ishonish qiyin. Ertak qahramonlarinikidek taassurot uyg‘otadigan poyabzal.
98
1,087
Foto
Dunyo bo'ylab xalqaro xotin-qizlar kuni — suratlarda
Bugun xalqaro xotin-qizlar kuni. Bu kunni dunyo turlicha nishonlaydi. Quyida ushbu sanani dunyo qanday qarshi olganini suratlarda tomosha qiling. Poytaxt Toshkentda hukumat darajasida 8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda hukumat vakillari, jamoatchilik faollari ishtirok etdi. xitoyning shimoli-sharqida qishda suzish ishqibozlari xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan muzlagan ko'lda cho'mildi. Pokistonning Lahor shahrida ayollar parad tashkil etdi. Amritsarlik fermer ayollar sana munosabati bilan yanada ko'proq huquqlarga ega bo'lishni so'ramoqda. Ukrainalik qochqin ayollarga polshaliklar bayram munosabati bilan gullar tarqatdi. Ozarbayjonda ham ayollar huquqlarini talab qilib namoyishga chiqdi. Frantsiyada ayollar Ukrainadagi urushni to'xtatishni talab qilib namoyish o'tkazdi. Bu orada uyg'urlarning genotsidini ham esga olganlar bo'ldi. Albaniyada ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi o'ziga xos aktsiya tashkil etildi. Surat barchasini aytib turibdi. Turkiyaning Kappadokiya shahrida sana munosabati bilan havo sharlari uchirildi.
52
1,092
Foto
Yoqutistonlik politsiyachilar qorli kipriklar fleshmobini yo‘lga qo‘ydi (foto)
Yoqutiston bo‘yicha Rossiya IIV mahalliy posbonlari Instagram’da qorli kipriklar fleshmobini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “MK.ru” xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqda politsiya xodimlarining suratlari #buyoqutistonpolitsiyachisi (#etoyakutiyapolitseyskiy) xeshtegi ostida joylana boshlagan. Politsiyachilar suratlarda qirovli kipriklari, sharf va shapkalar bilan aks etgan. Aksiya tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, ular shu yo‘l bilan boshqa hududlardagi hamkasblariga, Yoqutistonda xizmat qilish oson emasligini namoyish etishga qaror qilgan. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
78
882
Foto
Musavvir Saype 3 ming kvadrat metr o‘tloqqa rasm chizdi. U karantindan bezor bo‘lganlarga bag‘ishlanadi (foto)
Saype taxallusi bilan ijod qiluvchi Giyom Legro maysalar ustida tasviriy san’at asarlarini yaratadi. U butun dunyo bo‘ylab, bioparchalanuvchan bo‘yoqlardan foydalanib, minglab kvadrat metr maydonlarga suratlar chizadi. Shu kunlarda Saype o‘zining “Inqirozdan so‘ng” deb nomlangan yangi rasmini taqdim etdi. Unda uzoqlarga termulib turgan qizcha aks etgan. Qizchaning yonida esa u bir-biri bilan qo‘l ushlashib turganlar rasmi hamda bo‘rlar ko‘rinadi. View this post on Instagram Musavvirning fikricha, ushbu surat koronavirus pandemiyasi tufayli uyda qamalib qolgan insonlarga umid baxsh etishi kerak. “Inqirozdan so‘ng” kartinasi Shveysariyaning Egl okrugi Lezen kommunasida chizilgan. Kartina maydoni uch ming kvadrat metrni tashkil etadi. Saypening boshqa suratlari bilan quyida tanishish mumkin: View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram  “Uydan ishlashimni xotinim yomon ko‘radi”. Benksi o‘zining karantinga bag‘ishlangan yangi ishlarini ko‘rsatdi (foto)
110
1,197
Foto
Foto: XX asrdagi eng dahshatli aviahalokatlardan biri
Yaponiyada 1985-yilning 12-avgustida dunyo aviatsiyasi tarixidagi eng yirik aviahalokatlardan biri yuz berdi. Halokat qurbonlari soni 520 kishini tashkil qilgan, deya hikoya qildi Big Pictures. Qayg‘udan aqlini yo‘qotgan qurbonlarning qarindoshlari Japan Airlines ofislari eshiklarini qoqdi. Vijdon azobiga chiday olmagan kompaniyaning texnik xizmati rahbari o‘zini-o‘zi o‘ldirgan. O‘sha kuni Japan Airlines kompaniyasiga tegishli Boeing 747SR-46 samolyoti 18:00 da Tokiodan Osakaga reysni amalga oshirishga tayyorlangan. Parvoz qisqa masofali reyslarga kirgan va uning davomiyligi 54 daqiqani tashkil qilgan. Samolyot modelining maxsus modifikatsiyasi tufayli bortga 550 nafar yo‘lovchi joylashgan. Parvozga chiqish vaqtida JAL 123 12 reysi bortda 509 nafar yo‘lovchi va 15 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot kapitani aviakompaniyada 19 yil ishlagan eng tajribali uchuvchilardan biri 49 yoshli Masami Takaxama bo‘lgan. Ikkinchi uchuvchi 10 yillik ish stajiga ega 39 yoshli Yutaka Sasaki bo‘lgan. Soat 18:12 da samolyot Tokioning Xaneda aeroportidan havoga ko‘tarilgan. 18:24 da 7200 metr balandlikda bort kuzatuvchilaridan biri kapitandan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlashga ruxsat olgan. Tasdiq olingach, salonda portlash ovoziga o‘xshash shovqin eshitilgan. Uchuvchilar kabinasiga oq tutun kirgan. Fyuzelyajdagi bosim keskin tushib ketayotgani haqida ogohlantiruvchi signalizatsiya ishlab ketgan. Uchuvchilar nima bo‘layotganini tushuna olmagan va shassi eshiklari sinib ketgan, deb taxmin qilgan. Bort muhandisi esa gidrotizimdagi nozolik haqida xabar bergan. Kema komandiri samolyotni burib, Tokioga qaytishga qaror qilgan, biroq ikkinchi uchuvchi shturvalni burishga uringanda, samolyotni boshqarib bo‘lmayotgan edi. Yerdagi dispetcherda samolyot halokatga uchrayotganini anglatuvchi “7700” raqamli xabar paydo bo‘lgan. Ekipaj va yo‘lovchilar samolyot germetik qatlamiga zarar yetgan vaqtda ishlab ketadigan kislorod niqoblarini taqqan. Uchuvchilar bor kuchi bilan ortga qaytish yo‘nalishiga tushishga uringan, biroq daqiqa sayin vaziyat yomonlashib borgan — samolyot uchta o‘qi bo‘ylab o‘sib boruvchi amplitudada silkina boshlagan. Salonda vahima boshlangan, yo‘lovchilar vahimaga tusha boshlagan. Ular duo qilgan, yig‘lagan, bloknotlardan varaqlar yirtib, yaqinlariga vidolashuv maktublarini yoza boshlagan. Bu vaqtda uchuvchilar kabinasida samolyot boshqaruvini qo‘lga olishga urunishlar davom etgan. Uchuvchilar qiyinchilik bilan laynerni Tokio yo‘nalishiga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Yerdagi dispetcherlar samolyotni halokatli qo‘ndirishning turli variantlarini taklif qilgan, biroq uchuvchilar tanlay olmagan — ular istalgan soniyada boshqaruv imkoniyatini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan. Fudziyama tog‘lari hududida pastlashga urinish muvaffaqiyatsiz chiqqan. 18:41 da samolyot boshqaruvi qaytadan qo‘ldan chiqqan va Otsuki tog‘i ustida to‘rt kilometr radiusda aylanani amalga oshirgan. Uchuvchilar boshqaruvni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. 18:47 da kema kapitani dispetcherlarga samolyotni boshqarib bo‘lmayotganini va tog‘larga urilib ketishi mumkinligini xabar qilgan. Biroq ekipaj yana bir marta to‘qnashuvdan qutulib qolgan. Biroq shundan so‘ng samolyot keskin pastlay boshlagan. Idzu yarimoroli va Suruga bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tgan samolyot tog‘li hudud ustiga borib qolgan. Bu esa parvozni muvaffaqiyatli yakunlash imkoniyatlarini kamaytirib yuborgan. Shu holatda ham ekipaj boshqaruvni qo‘lga olishga urinishlarni davom ettirgan. Samolyot shtopor aylanishiga kirib ketishiga ham bir bahya qolgan, biroq ekipaj uni muvozanatga keltirishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramasdan, laynerning burni pastga qarab, tezlik bilan keyingi qoya tomonga intilgan. Samolyot kapitani uni muvozanatga keltirgan, biroq tog‘ bilan to‘qnashuvdan qochib qolishga vaqt yetmagan. Samolyot qanotlari daraxtlarning uchiga urilgan — u 18:56 da aylanib ketgan va katta tezlikda Otsutaka tog‘ining 1457 metr balandlikdagi o‘rmonli qoyasiga urilgan, u Tokiodan 112 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan edi. Halokat joyida yong‘in yuzaga kelgan. AQSh harbiy-havo kuchlarining С-130 samolyoti halokatdan 30 daqiqadan keyin qulash joyini topgan. Uning koordinatalari yaponlarga jo‘natilgan, biroq hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruv xizmati vertolyoti samolyot bo‘laklari tik qoyada yotganini, bu hududga qo‘nish qiyin ekanligini aniqlagan. Bundan tashqari, yong‘in bo‘layotgani sababli vertolyot uchuvchisi bazaga qaytishga qaror qilgan va tirik jon izi yo‘qligi haqida axborot bergan. Qutqaruvchilar 14 soatdan keyin yetib kelgan va tirik jonni topishga umid qilmagan, biroq to‘rt kishi tirik qolgan edi: 26 yoshli Yumi Otiai, 34 yoshli Xiroko Yosidzaki o‘zining 8 yoshli qizi Mikiko bilan va 12 yoshli Keyko Kavakami. Yumi Otiai Japan Airlines’da bort kuzatuvchisi bo‘lib ishlagan, biroq o‘sha kuni u shaxsiy safarni amalga oshirayotgan edi. Aynan u bortda nima yuz bergani haqida ko‘plab ma’lumotni bergan. 12 yoshli Keykoni qutqaruvchilar daraxt shoxida topgan — qizcha samolyot qulashi vaqtida otilib ketgan. Biroz vaqt davomida uning otasi ham tirik bo‘lgan, biroq u 14 soatlik kutishga chiday olmagan. Tirik qolganlar ko‘p bo‘lgan, biroq jarohatlar bilan birga ular tog‘dagi kechada jiddiy sovuqni boshdan o‘tkazgan va yordam yetib kelishini kuta olmagan. Halokat joyida qora qutilar va qurbonlarning o‘z yaqinlariga yozgan ko‘p sonli maktublari topilgan. Yaponiya haqiqiy shok ostida qolgan — halok bo‘lganlarning qarindoshlari aviakompaniya ofislariga kela boshlagan, uning xodimlari esa odamlar bor joydan qochgan. Aviakompaniya prezidenti tergov natijalarini kutmasdan iste’foga chiqqan, aeroportdagi texnik xizmat rahbari esa o‘zini xarakiri qilgan. Samolyot nima uchun halokatga uchragan? 1985-yilning 13-avgustida Yaponiya mudofaasining harbiy-dengiz kemasi Sagami bo‘g‘ozida suzib yurgan samolyotning vertikal va gorizontal tayanchlarini topgan. Bu samolyot parvoz chog‘ida dum qismini va balandlikni boshqarish rullaridan ajralganini bildiradi. Bunday nosozlik sharoitida samolyot darhol qulashi kerak bo‘lgan, biroq uchuvchilar uni havoda yarim soat ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning mahorati to‘rt kishini qutqarib qolgan. Agar halokatdan keyingi 14 soatlik kutish bo‘lmaganda, qutqarib qolinganlar soni ko‘proq bo‘lgan bo‘lardi. Nima uchun samolyot parvoz chog‘idan dumidan ajralgan? Aniqlanishicha, 1978-yilning 2-iyunida JA8119 reysi uchuvchisining xatosi sababli mazkur samolyotning dum qismi Osaka aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagiga urilgan, natijada dum qismidagi germetik shpangout zararlangan. Germetik shpanpout layner salonining yo‘ovchilar joylashgan dum qismini samolyot dumining nogermetik qismidan ajratib turadi va unda havoning doimiy bosimi saqlab turiladi. Ta’mirlash ishlari Yaponiyada amalga oshirilgan. Germoshpangoutning zararlangan qismini uch qator mahkamlagich bilan qotirilgan yaxlit plastik-kuchaytirgich bilan mustahkamlash kerak bo‘lgan. Biroq uch qator mahkamlagichli yaxlit kuchaytirgich o‘rnatish o‘rniga texniklar ikkita alohida kuchaytirgich qismlaridan foydalangan, ulardan biri ikki qator mahkamlagich bilan, ikkinchisi esa faqat bir qator mahkamlagich bilan qotirilgan. Ta’mirlash brigadasi ana shu ta’mirlashni ham yetarli bo‘iadi, deb hisoblagan — haqiqatda ham samolyot parvozlarni muvaffaqiyatli davom ettirgan. Biroq uchish va qo‘nishlar vaqtida yuklama doimiy ravishda metallning payvandlangan joyini buzib borgan. Halokat yuz berishi aniq bo‘lgan, faqat masala uning qachon yuz berishida bo‘lgan. 1985-yil 12-avgustda germoshpangout navbatdagi havoga ko‘tarilishda bosimni ko‘tara olmagan va butunlay ochilib ketgan hamda gidravlik tizim simlarini ham uzib yuborgan. Salondagi havo yuqori bosim ostida vertikal dum barqarorlashtiruvchisi yuzasiga urilgan va uni shampan vinosi butilkasining qopqog‘i kabi otib yuborgan. Samolyot boshqaruvni yo‘qotgan. Halokatdan keyin Japan Airlines kompaniyasi uzoq vaqt davomida o‘z obro‘sini tiklagan, Boeing korporatsiyasi esa layerlarni ta’mirlash qoidalarini qattiqlashtirgan va butun dunyo bo‘ylab o‘z havo kemalarining shoshilinch tekshiruvini o‘tkazgan.
53
8,087
Foto
Fotojamlanma: Prezident va bosh vazir sifatida faoliyat yuritayotgan ayollar
Reuters nashri bugungi kunda dunyoda liderlik maqomiga ega bo‘lgan rahbar ayollar haqida fotojamlanma taqdim etdi.  Estoniyaning birinchi ayol bosh vaziri Kaya Kallas 2021-yilning 26-yanvaridagi ilk yig‘ilishda 2020-yilning 20-dekabrida saylangan Moldova prezidenti Mayya Sandu. 2020-yil 25-noyabrda saylangan Litva prezidenti Ingrida Simonte. 2020-yil 5-noyabrdan Kosovo prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vyosa Osmani. 2020-yil 16-iyulda Gabonning bosh vaziri vazifasiga kirishgan Roza Kristiana Raponda (fotosurati mavjud emas). 2020-yil 13-martda saylangan Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulu. 2019-yil 10-dekabrda tayinlangan Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin. 2019-yil 27-iyunda tayinlangan Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen. 2019-yil 15-iyunda saylangan Slovakiya prezidenti Zuzana Kaputova. 2018-yil 16-dekabrda saylangan Gruziya prezidenti Salom Zurabishvili. 2018-yil 25-oktabrda saylangan Efiopiya prezidenti Saxle-Vork Zevde. 2018-yil 25-mayda tayinlangan Barbadis bosh vaziri Miya Motley. 2018-yil 19-martda saylangan Trinidad va Tobago prezidenti Paula Maye Viks. 2017-yil 30-noyabrda tayinlangan Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdouttir. 2017-yil 26-oktabrda tayinlangan Yangi Zelandiya bosh vaziri Jakinda Ardern. 2017-yil 14-sentabrda saylangan Singapur prezidenti Halima Yoqub. 2017-yil 29-iyunda tayinlangan Serbiya bosh vaziri Ana Brnabik. 2016-yil 10-oktabrda saylangan Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd. 2016-yil 20-mayda saylangan Tayvan prezidenti Say Inven. 2016-yil 6-aprelda tayinlangan Myanma davlat maslahatchisi Aun San Su Chji. 2015-yil 29-oktabrda saylangan Nepal prezidenti Bidhya Bhandari. 2013-yil 16-oktabrda tayinlangan Norvegiya bosh vaziri Erna Solberg. 2009-yil 6-yanvarda tayinlangan Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina. 2005-yil 22-noyabrda saylangan Germaniya kansleri Angela Merkel.
76
1,875
Foto
Yana o‘quvchi bo‘lib qolging keladi! Prezident maktabiga sayohat (fotoreportaj)
Prezident maktablarida imkoniyati cheklangan o‘quvchi-bolalar uchun ham alohida sharoit yaratilgan. Bu haqda 16-sentabr kuni Toshkent shahrida joylashgan Prezident maktabi direktori To‘raboy Shermatov maktabda bo‘lib o‘tgan mediaturda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov. Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablari Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 20-fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda iqtidorli yoshlarni o‘qitish tizimini yaratish hamda kelgusida ularda rahbarlik va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Ilk Prezident maktabi Toshkent shahrida ish boshladi. Ayni paytda Namangan, Nukus va Xivada Prezident maktablarining qurilish va jihozlash ishlari yakunlanmoqda. Prezident maktabiga kirish imtihonlari Prezident maktablariga 2019—2020-o‘quv yili uchun imtihonlar Namangan, Nukus, Xiva va Toshkentda ikki bosqichda bo‘lib o‘tgan. Dastlab, saralash imtihonlarida qatnashish uchun 28 ming 452 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Saralash bosqichi imtihoni natijalariga ko‘ra, 12 mingga yaqin o‘quvchi asosiy imtihonlarda ishtirok etishni qo‘lga kiritgan. Har bir maktabga 144 o‘quvchi qabul qilingan (har bir sinfda 24 o‘quvchi). Sinovlar “Cambridge Assessment International Education” mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan. O‘quv jarayoni Prezident maktabi internat sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ya’ni, o‘quvchilar 5 kun davomida maktab hududida (kampusda) yashab, o‘qiydi. O‘quvchilar uchun barcha talablarga javob beruvchi yotoqxona tashkil etilgan. Dam olish kunlari ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin. O‘quvchilar bepul maktab formasi va ovqat bilan ta’minlanadi. O‘quv xonasida har bir bola uchun alohida kompyuter ajratilgan. O‘qituvchilarga qulay bo‘lishi uchun o‘quv xonalariga ham elektron, ham oddiy doska sifatida foydalanish imkonini beruvchi va qo‘shimchasiga kompyuter vazifasini bajaruvchi doskalar o‘rnatilgan. O‘quv jarayoni “STEAM – ta’lim” dasturi (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — san’at, Mathematics — matematika) bo‘yicha olib boriladi. Ushbu yo‘nalishdagi darslar ingliz tilida o‘tadi. Ayni payta maktab STEAM metodologiyasi bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlangan. “STEAM – ta’lim” dasturiga kiruvchi darslarni mahalliy va xorijdan kelgan o‘qituvchi olib boradi. Mahalliy o‘qituvchi dars davomida o‘quvchilar uchun tushunmovchiliklar bo‘lsa, unga oydinlik kiritishga ko‘maklashadi. Bu o‘z navbatida mahalliy o‘qituvchilarni xorijiy tajribaga ega mutaxassis bilan malaka almashinuvida yordam beradi. Bolalarning qiziqishlari va xususiyatlariga qarab, o‘quv jarayonini individualizatsiya qilingan holda o‘tkazish mumkin. Kanadaning “Teachaway” hamda Buyuk Britaniyaning “TIC Recruitment” rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktabga 30 nafar chet ellik mutaxassis tanlab olingan. Shuningdek, 72 nafar tajribali va malakali mahalliy o‘qituvchi ham jalb etildi. Ularning barchasi uch bosqichli maxsus imtihondan o‘tkazilgan. O‘qituvchilarga maktab yotoqxonasida yashashlari uchun alohida xonalar ajratilgan. Toshkent shahridagi Prezident maktabiga 2019—2020-o‘quv yili uchun 5—10-sinfga o‘quvchilar qabul qilingan. Kelgusi o‘quv yili uchun faqat 5-sinfga o‘quvchilar qabul qilish rejalashtirilgan. Maktabda ona tili va adabiyoti, tarix, geografiya fanlari o‘zbek tilida olib boriladi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida maktab hududida erkin harakatlanish uchun lift va alohida moslashtirilgan yotoqxona xizmati joriy etilgan. O‘quvchilarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullunishlariga mini futbol, basketbol, volleybol maydoni mavjud. Yopiq suzish havzasi, basketbol va volleybol sport zallari o‘quvchilar ixtiyorida. Maktabning umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etadi. Bitiruvchilar belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtiga kirish imkonini beradi. Cambridge Assessment International Education vakillari tomonidan mahalliy va xorijiy mutaxassislar uchun Cambridge o‘quv dasturlari asosida maxsus treninglar o‘tkazildi. Prezident maktablarining dastlab cheklangan miqdorda tashkil etilishi ushbu muassasalarni boshqarish uchun yangi modelni sinab ko‘rish zarurati bilan bog‘liq. Sinovdan so‘ng, Prezident maktablari 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurish rejalashtirilgan.
79
4,741
Foto
Fotogalereya: Ko‘zlarni aldovchi rassom asarlari
Kanadalik mashhur rassom Rob Gonsalesning ishlash uslubi syurrealizm deb nomlanadi. Biroq uning asarlarini “sehrli realizm” deb atash mumkin. Gonsales yaratgan asarlarda turli manzaralarning sehrli birlashishi, sezilmas o‘zgarishlar, bir ko‘rinishdan ikkinchisiga o‘tayotgan obyektlar aks etgan. AdMe nashri rassomning betakror asarlari jamlanmasini taqdim etdi.
48
362
Foto
Har qanday sinchkov nigohni ham chalg‘ita oluvchi ajoyib suratlar
Ba’zida ongimiz va ko‘zlarimiz bizni aldashi mumkin: tafsilotlarni e’tiborsiz qoldiramiz yoki ko‘rgan narsamizni avval tanish bo‘lgan narsa bilan avtomatik ravishda bog‘laymiz. Hech shubha yo‘qki, siz ham AdMe nashri taqdim etgan quyidagi suratlarga qarab nimaligini tushunishdan oldin ko‘zingizni bir necha marta ishqalashingizga to‘g‘ri keladi. “Nahotki, 5 oyoqli mushuk?” Yaxshilab qarang, chap orqa oyog‘ining yonida dumi bor, o‘ng oyog‘i esa old tomonda “Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu bankalarda bir xil miqdorda murabbo bor” “Ancha vaqt qarab turganimdan keyingina bu ko‘rpa emas, balki it ekanligini anglab yetdim” “Bu oddiy sigir. Uning laqabi Berta” “Aslida uning panjalari joyida” “Avvaliga men buni ko‘zgu sababli deb o‘yladim” “Men buni polda ko‘rganimda qaltirab ketdim” Rakovinada mitti mushukmi yoki bu vannami? “Shunchaki bu suratda katta marmar vanna, 30 smlik jo‘mrak va odatiy o‘lchamdagi mushuk bor” “Nega bu surat ko‘zni aldaydiganlar qatorida ekanligini juda uzoq vaqt tushunolmadim. Velosiped g‘ildiraklari joyida, ular shunchaki loy” “Kuchuk yerosti portalidan chiqayotgandek tuyuldi” “Qo‘lida chaqaloq bormi?” “Dugonam antilopaga yemish beryapti. Diqqat bilan qarasangiz, boshining orqasida tanasining boshqa qismlarini ko‘rishingiz mumkin” Suratda ikkita mushukmi yoki ikki dumli mushukmi? Orol osmonda uchayotgandek tuyulishi mumkin, ammo uning aksiga e’tibor berish kerak
65
1,414
Foto
Mehribonlik uyiga borgan Prezident, toshqindan zarar ko'rgan uydan “natyurmort”, cho'milayotgan yo'lbarslar — 28 iyul suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi 21-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Prezident tarbiyachilar va bolalar bilan suhbatlashdi. Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni fan, san'at va sport tashkilotlari bilan bog'lab, tarbiyalanuvchilarning qobiliyatini rivojlantirish muhimligini ta'kidladi.  Vengriyaning Balaton ko'li sohillarida ayollar kun botarda koptok o'ynamoqda. Germaniyadagi suv toshqinidan zarar ko'rgan uydan “natyurmort”. Tabiiy ofat oqibatida mamlakatda 180 dan ortiq inson halok bo'ldi. Livan poytaxti Bayrut shahrida port portlashi oqibatida halok bo'lganlar sharafiga instalyatsiya o'rnatilmoqda. Qochqin qiz tasvirlangan ulkan qo'g'irchoq Amal suriyalik qochqin bolalar bilan ko'chalarda yuribdi. Balandligi 3,5 metr bo'lgan ushbu asar Turkiya, Gretsiya, Italiya, Frantsiya, Shveytsariya, Germaniya, Belgiya va Buyuk Britaniyaga tashrif buyurib, yosh qochqinlarning birinchi ehtiyojlariga e'tibor qaratmoqda. AQShning Kaliforniya shtatidagi o'rmon yong'ini. Ushbu ofat natijasida 800 kilometrdan ziyodroq maydon yongani aytilmoqda. Gvineyadagi ko'chada tashkil qilingan bozor. Italiyaning Rim shahrida namoyishchilar koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi guvohnomaga qarshi chiqmoqda. Ushbu hujjat keyingi oydan boshlab mamlakatdagi ko'plab joylarga kirish imkonini beradi, ya'ni usiz ko'p joyga kirish taqiqlanadi. Niderlandiyaning Utrext universiteti tadqiqotchilari port yaqinida o'lik holda topilgan 15 metr uzunlikdagi fin kitining jasadini o'rganmoqda. Hindistonning Bengal ko'rfazida baliq tutishga qo'yilgan taqiq 65 kun o'tib tugadi. Suratda taqiqdan keyin baliqchilar ovlagan baliqlar. Sibir yo'lbarslari xengdaoheji naslchilik markazida cho'milishmoqda. U yer dunyodagi yo'qolib borayotgan hayvonlar uchun eng yirik naslchilik markazi hisoblanadi.
127
1,878
Foto
Jizzaxda ushlangan bo'g'ma ilon, Klichkoga bag'ishlangan graffiti, bir uyum temirga aylangan “Nexia” — 22 mart suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ukrainalik harbiy Kiev yaqinidagi qishloqlardan biriga kelib kelib tushgan rus raketasi izlarini ko'zdan kechirmoqda. Polshaning Ukraina bilan chegarasida tashkil etilgan qochqinlar lagerida o'ynayotgan 6 yoshli Masha. Jizzax viloyati G'allaorol tumanida O'zbekiston hududida uchramaydigan piton iloni topildi. Viloyatning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati kotibining ma'lumot berishicha, bunday tur ilonlar O'zbekiston hududida uchramaydi. Qayd etilishicha, video va suratlardagi piton iloni G'allaorol tumani Olimlar MFY hududidagi ochiq maydonga sel bilan oqib kelgan va cho'ponlar tomonidan topilgan. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida “Lacetti” va “Nexia-3” to'qnashishi oqibatida 4 kishi vafot etdi. Mirishkorda Navro'z bayramida ehtiyojmand oilalardagi 35 nafar bolaning sunnat to'ylari o'tkazib berildi. Ularning ichida uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyo ham bor. Nukus garnizonidagi katta Navro'z saylida 14 qozon sumalak pishirildi hamda xalq o'yinlari tashkil etildi. Turkiyaning “Hisarek” tog'-chang'i kurorti. Indoneziyada xalqaro suv zaxiralari kuni nishonlanmoqda. Meksikaning Yutakan shtatida bahorgi teng kunlik nishonlanmoqda. Polshaning Gdansk shahridagi temir yo'l yoqasidagi devroga aka-uka Klichkolarga bag'ishlangan graffiti chizildi. Ularning yonidagilarni esa tanigandirsiz?
120
1,406
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi aholi yashaydigan eng qadimiy shaharlar
Insoniyat sivilizatsiyasi tarixi bir necha mingyilliklarga borib taqaladi. Hayratlanarlisi, bugungi kunda qadim o‘tmishda paydo bo‘lgan shaharlar hamon mavjud va ularda odamlar yashamoqda. TravelAsk sayyoradagi aholi yashaydigan eng qadimiy shaharlarga e’tibor qaratdi. Mazkur shahardagi eng qadimiy odamlar izlari miloddan avvalgi to‘qqizinchi ming yilliklarga borib taqaladi. Mudofaa devorlari qoldiqlari ularning miloddan 6800 yil avval qurilganidan guvohlik beradi. Shaharda VII — XIX asrlarda aholi yashamagan bo‘lsa ham, u sayyoradagi eng qadimiy shahar deb tan olingan. Bugungi kunda Jebeyl deb ataluvchi Bibl shahri miloddan avvalgi to‘rtinchi ming yilliklardan ma’lum. Arab tarixchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Damashq shahriga miloddan avvalgi to‘rtinchi ming yillikda asos solingan. O‘zining uzoq tarixi davomida Damashq shu nom bilan atalgan qirollik markazi bo‘lgan, Aleksandr Makedonskiy va Vizantiya imperiyalari tarkibiga kirgan. Turli manbalar Alepponing paydo bo‘lish sanasini turlicha baholaydi: miloddan avvalgi 6—4-mingyilliklar. Shaharda qadimiy tarixni tasdiqlovchi ko‘plab yodgorliklar saqlanib qolgan. Qadimgi davrda bu shahar Eron davlatining poytaxti sifatida mashhur bo‘lgan. Suza shahri miloddan avvalgi 7—4-mingyilliklarda yuzaga kelgani taxmin qilinadi. Ayni paytda ko‘plab arxitektura obyektlari saqlanib qolgan shaharda 60 ming kishi yashaydi. 20 ming kishi yashaydigan bu grek shahri Yevropaning doimiy aholiga ega shaharlari ichida eng qadimiysi sanaladi. Tarixchilar Argosda miloddan avvalgi beshinchi mingyilliklarda aholi mavjud bo‘lganini taxmin qiladi. Gretsiya poytaxtidagi dastlabki yodgorliklar miloddan avvalgi 1600-yillarga borib taqalsa ham, u miloddan avvalgi to‘rtinchi mingyillikda paydo bo‘lgan. Sidon ham Bibl kabi qsdimiy port shaharlardan biri sanaladi. Sidonning paydo bo‘lish sanasi to‘rtinchi mingyilliklarga borib taqaladi. Ayni kunda Sayda deb ataluvchi shaharda 200 ming kishi yashaydi. Tarixiy yodgorliklarning ko‘pligiga qaramasdan, Misrda qadimiy far’avnlar davri shaharlari saqlanib qolmagan. Al-Fayyum bugungi kunda Misrning eng qadimiy shahri hisoblanadi, uning asoslari miloddan avvalgi to‘rt mingyilliklarga taqaladi. Shahar haqidagi birinchi yodgorliklar miloddan avvalgi 1200-yillarga taalluqli. Tarixchilar fikriga ko‘ra, shaharning dastlabki aholisi miloddan avvalgi oltinchi mingyilliklarda yashagan. Plovdivda Rim amfiteatri, shuningdek, Antik va O‘rta asrlar davrining boshqa yodgorliklari yaxshi saqlanib qolgan. Finikiyaliklarning Barut shahri miloddan avvalgi XV asrdan ma’lum, uning aholisi esa miloddan avvalgi uchinchi mingyilliklarda mavjud bo‘lgan. Livanning bugungi kundagi poytaxti mintaqadagi yetakchi o‘rinni egallaydi. Yaqin Sharqdagi bu qadimiy shaharga miloddan avvalgi to‘rtinchi mingyilllikda asos solingan. Yozma manbalardagi birinchi yodgorliklari miloddan avvalgi XX—XIX asrlarga taalluqli.
63
2,897
Foto
Fotogalereya: Yangi yil uchun bayram makiyajlari
Yangi yil bayramida ajoyib tashqi ko‘rinish bayramning yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishiga xizmat qiladi. AdMe ana shunday tashqi ko‘rinish uchun misollar taqdim etdi.
48
170
Foto
U yer xatarli, sanitariyaga zid va faqat choy ichiladi: rossiyalik sayohatchilar O‘rta Osiyo haqida 10 ta mif to‘pladi
Dunyoning 53 ta mamlakatiga sayohat qilgan rossiyalik sayohatchilar Pasha va Lena O‘rta Osiyo haqida o‘nta mif to‘pladi, deb yozadi “K-News”. Ular sayohatga yo‘l olishdan avval ofis ishchilari edi: Lena Mail.Ru Group’da PR-menejer, Pasha — sug‘urta kompaniyasi internet-marketologi. Ular 2016-yilning mayida pul to‘plab, butun vaqtini sayohatlarga sarflash uchun shinam ofislarini tark etdi. Quyida ularning O‘rta Osiyo haqida to‘plagan o‘nta mifini e’tiboringizga havola etamiz. O‘rta Osiyo mamlakatlarida biz begona emasmiz va bu davlatlar aslida OAVlari va yo‘lko‘rsatkich mualliflar tasvirlagandek emasligini aytishimiz mumkin. Biz O‘rta Osiyo haqida qachonlardir o‘zimiz ham ishongan eng ommabop yanglish fikrlarni to‘pladik. Bu ommabop mif ishchi migrantlar tufayli yuzaga kelgan. Aslida O‘rta Osiyoga sayohat qilish (hatto qizlar uchun ham) mutlaqo xavfsiz: odamlar ochiq, samimiy, ruscha so‘zlasha oladi va yordam berishga tayyor. Sizni aldash va tunab ketishga hech kim urinmaydi. Moskva metrosida O‘rta Osiyodan kelgan, pala-partish kiyingan kishilarga ko‘zingiz tushgan bo‘lishi mumkin. Ular ko‘pincha atrofdagilarga tajovuz bilan qaraydi va katta shahar hayoti qanday tuzilganligini tushunmaydi. O‘rta Osiyoning aksariyat aholisi umuman boshqacha: sokin, jilmayib turadigan, ko‘pchiligi oliy ma’lumotli bo‘lib, ofislarda ishlaydi va kiyinishi ham shunga mos. Ularning bizga tushuntirishicha, Rossiyaga kelgan ishchilar asosan uzoq qishloqlar aholisi bo‘lib, ular shaharda o‘zini tutish madaniyatiga ega emas. Bu holatni Dushanbeda qayd etdik. O‘rta Osiyoga may oyi boshida kelib, issiq kurtkalar va sharflar kiyishga majbur bo‘ldik. Aprel oyi oxirida Ostona ob-havosi ko‘proq Sibir havosiga yaqin edi. Mahalliy aholining ma’lum qilishicha, O‘rta Osiyoda qish sovuq va tez-tez qor yog‘adi. O‘rta Osiyoda faqat may oyidan sentabrga qadar issiq. Qovun-tarvuzlarni faqat mavsumda: yozning ikkinchi yarmi va kuzning birinchi ikki oyida har qadamda uchratish mumkin. May oyi boshida hech qanday poliz ekinlarini uchratmaysiz, qulupnaydan tashqari. Palov haqiqatda juda ommabop, biroq u bu yerdagi yagona taom emas. Manti, shashlik, beshbarmoq va kulchalar dasturxonga tez-tez tortiladigan taomlar, rus oshxonasini ham tez-tez uchratishingiz mumkin. Grechka yoki borshch tanovul qilish muammo emas. Aytgancha, Rossiyadagi cho‘chqa va tovuq go‘shtidan farqli ravishda O‘rta Osiyoda qo‘y go‘shti eng ommabop go‘sht. Bishkek bozori supermarketda xarid qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish mumkin bo‘lgan Moskva viloyatidagi bozorga o‘xshamaydi. Bishkek bozori — shovqin-suronli sharqona bozor. Biz hech narsa xarid qilmasak ham, bozor aylanishni yaxshi ko‘ramiz. Sotuvchilar ko‘pincha bitta mahsulot bilan savdo qiladi: suratdagi sotuvchi ham faqat banan biznesi bilan shug‘ullanadi. Kulchalar hech qachon paketlarga o‘ralmaydi, shuning uchun ham o‘ziga xos xushbo‘y isini yo‘qotmaydi. Qisman to‘g‘ri: SSSR tarqalgandan so‘ng, ruslarning aksariyati Rossiyaga ko‘chib ketgan. Ko‘pchiligi esa Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda qolgan va yashash tarzi yomon emas. Bundan Tojikistonni istisno qilish mumkin, u yerda ruslar kam, biroq sovet davrida ham bu yerda ruslar ko‘p bo‘lmagan. O‘rta Osiyoning istalgan mamlakatining 95 foiz aholisi rus tilini tushunadi va so‘zlasha oladi. Tog‘li qishloqlar, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysini bundan istisno qilish mumkin. O‘rta Osiyoning barcha mamlakatlarida islom dini eng ommabop din bo‘lishiga qaramasdan, bu mamlakatlar dunyoviy davlatlardir. Davlat aholi o‘rtasida dinni yoymaydi, alkogol erkin sotiladi va mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadi. Qizlar istalgan uzunlikdagi yubka kiyadi, erkaklar soqol qo‘ymaydi. Juma esa odatiy ish kuni. Masjidlar ko‘p, biroq dindorlar aholining bir necha foizini tashkil etadi, xolos. Bu fikrni O‘rta Osiyo mamlakatlarida hech qachon bo‘lmagan kishilar bildirishi mumkin. Poytaxtlar, ko‘pincha har bir davlatning ikkinchi shaharlari ham mehmonxonalar, restoranlar, ko‘ngilochar industriya, internet va boshqalarga ega bo‘lgan yirik shaharlardir. Yevropa bilan taqqoslash qiyin (shartmikan?), biroq suv va elektr ta’minotining soatbay berilishi, internetning yo‘qligi va pulli meditsina bilan bog‘liq qo‘rqinchli gaplar o‘z tasdig‘ini topmadi. Meditsinaga kelsak, Toshkentda qon tahlili natijalari bir necha soatda chiqqanidan hayratlandik! 8. Samarqand — O‘rta Osiyodagi eng qiziqarli shahar O‘zbekiston turizm jihatidan O‘rta Osiyoning eng rivojlangan davlati, Samarqand esa O‘zbekistonning turistik Makkasi. Qadimiy shaharni ko‘rish istagida butun dunyodan kelayotgan sayohatchilar oqimi cheksiz. O‘zbekistonda bizga qadimiy Xiva va Buxoro, Qozog‘istonda Olmaota va Ostona, shuningdek Qirg‘izistonning O‘sh shahri va Tojikistonning Xo‘jandi ko‘proq yoqdi. Biz O‘rta Osiyoga Janubi-Sharqiy Osiyodan keldik va ular o‘rtasidagi farq hayratlanarli darajada ekanligini ta’kidlashimiz mumkin. O‘rta Osiyo mamlakatlarida Janubiy Osiyodagi taom sotuvchi ko‘chma telejkalardan farqli ravishda kafelar ko‘p. Ularda sizga toza dasturxonga, yuvilgan idishda ovqat tortiladi, oshxonaga noxosdan kirish esa ishtahangizni bo‘g‘masdan, aksincha ochib yuboradi. Tailand, Kombodja va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida oshxonaga ko‘z tashlashni tavsiya etmaymiz. Choy O‘rta Osiyodagi ommabop bo‘lsa-da, yagona ichimlik emas. Yirik shaharlarda kofeen juda ko‘p, kafelarda sok va alkogollar katta assortimentda taklif etiladi, ko‘chalarda esa kompot, kvas va maksim (qirg‘izcha bug‘doy ichimligi) sotiladi. Turli xil fikrlarga ishonib qolmang va qalbingiz qayerga chorlasa, o‘sha joyga yo‘l oling. Shunda aniq bir shahar yoki davlat haqida o‘z fikrlaringiz va qarashlaringizni hosil qilishingiz mumkin.
118
5,712
Foto
Vulqonni tomosha qilayotgan ona-bola, Braziliyadagi norozilik namoyishlari, vaksina olayotgan hind ayoli — 3 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Efiopiyaning Bishoftu shahridagi oromo xalqining shukronalik bayrami vaqtida koʻl boʻyida suv sachratib turgan kishi. Ona-bola Kumbre Vexa vulqonining davom etayotgan otilishini tomosha qilmoqda. Londondagi «Virgin Money 2021» marafonida ishtirokchilar 1 milyalik belgini bosib oʻtmoqda. Rassom Xristo Yavashev gʻoyasi asosida yaratilgan kumush-koʻk matoga oʻralgan Parijdagi gʻalaba arkasi. Rio-de-Janeyroda Braziliya bayrogʻiga oʻranib olgan ayol norozilik namoyishi vaqtida amaldagi prezident Jair Bolsonaruning pandemiya bilan bogʻliq qaroriga norozilik bildirmoqda. Hindistonning Bangalor shahrida Mahatma Gandi haykali uzra uchayotgan kabutarlar. Kobuldagi mamlakatdan chiqib ketayotganlarning maishiy texnika va boshqa buyumlarini sotadigan bozorida oʻtirgan afgʻon oilasi. Hindistonning Chennai shahridagi xarobalardan birida koronavirusga qarshi vaksina olayotgan hind ayoli. Vashingtonda ayollar marshi va abort uchun adolatli munosabat talab qilib chiqayotgan namoyish ishtirokchilari Oliy sud binosi oldida plakatlar ushlab turibdi. Vengriyaga qushlarni halqalash jarayoni vaqtida qushni silab turgan ayol.
126
1,179
Foto
Fotogalereya: Qurilishda yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibatlari
Qurilishda ishni birinchi safarda sifatli qilish juda yaxshi hisoblanadi. AdMe taqdim etgan suratlarda esa ustalar “Shunisi ham bo‘laveradi” naqliga amal qilgan ko‘rinadi.
58
171
Foto
Creative Photo Awards 2022 g‘oliblari e’lon qilindi
Siena Creative Photo Awards — ishtirokchilar fotoshopdan foydalanishlari va o‘z suratlarini o‘zgartirishlari mumkin bo‘lgan kam sonli tanlovlardan biri. Uning qiziqarli tomoni ham shunda. Ushbu tanlov boshqalardan farq qiladi, chunki u suratga har qanday yo‘l bilan ishlov berish va raqamli manipulyatsiyaga imkon beradi. Fotosuratchilarning asosiy vazifasi — “o‘zlarining noyob qarashlari va tasavvurlarini ajoyib va ​​o‘ziga xos asarga aylantirish qobiliyatini namoyish etish”. Quyida bu yilgi tanlovda g‘olib bo‘lgan original va noodatiy suratlar bilan tanishing. Yil surati “Oziq-ovqat va ichimliklar” nominatsiyasi g‘olibi “Konseptual” nominatsiyasi g‘olibi “Tabiat va manzara” nominatsiyasi g‘olibi “Tabiat va manzara” nominatsiyasi g‘olibi “To‘y” nominatsiyasi g‘olibi “Arxitektura” nominatsiyasi g‘olibi “Hayvonlar/uy hayvonlari” nominatsiyasi g‘olibi “Hayvonlar/uy hayvonlari” nominatsiyasi g‘olibi “Hayvonlar/uy hayvonlari” nominatsiyasi g‘olibi “Portret” nominatsiyasi g‘olibi “Natyurmort” nominatsiyasi g‘olibi “Go‘zallik” nominatsiyasi g‘olibi
51
1,068
Foto
AQSh Harbiy-havo kuchlarining eng qimmatbaho samolyotlari reytingi e’lon qilindi (foto)
B-2A Spirit ko‘rinmas og‘ir strategik bombardimonchisi AQSh Harbiy-havo kuchlari parkidagi eng qimmatbaho samolyot hisoblanadi, deb yozadi “TASS”. Bunday ma’lumotlar AQSh HHK tomonidan taqdim etilgan reytingda keltirildi, unga aviatsiya parkidagi o‘nta eng qimmatbaho samolyot kirdi. O‘ntalikka quyidagi samolyotlar kiritildi: 1. B-2A strategik bombardimonchi (1998-yilgi narx-navo bilan 1,16 milliard dollar, bir soatlik parvoz uchun 128 805 dollar sarflanadi); 2. VC-25 samolyoti (1990-yilgi narxda 330 million dolar, 206 337 dollar); 3. B-1B Lancer strategik bombardimonchi (317 million dollar, 58 488 dollar); 4. E-8C JSTARS radioelektron razvedka va nishonni ko‘rsatuvchi samolyot (244 million dollar, 73 234 dollar); 5. E-4B havo qo‘mondonlik punkti vazifasini bajaruvchi samolyot (223 million dollar, 149 253 dollar); 6. AC-130H maxsus operatsiyalar samolyoti (210 million dollar, 173 253 dollar); 7. F-22A Raptor qiruvchisi (143 million dollar, 59 166 dollar); 8. F-35A qiruvchisi (108 million dollar, 42 169 dollar); 9. CV-22B konvertoplani (90 million dollar, 65 684 dollar); 10. B-52H strategik bombardimonchisi (2012-yil narxida 84 million dollar, 67 005 dollar)
87
1,183
Foto
«Evronigoh» finali, Gʻazodagi qahvaxona, Fransiyada yangi chempion — 24 may suratlari
Sutkaning eng diqqatga sazovor suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Kongo Demokratik Respublikasida vulqondan lava otilib chiqishi natijasida vayron boʻlgan uylar oldida turgan odamlar. Hindistonning Mumbay shahrida NNTlar tomonidan tashkil etilgan xayriya tadbirida himoya kiyimidagi sartarosh bolalarning sochini olmoqda. Hindiston oxirgi oylarning kasallik avjiga chiqqan nuqta boʻldi. Niderlandiyaning Rotterdam shahrida boʻlib oʻtgan «Evronigoh» tanlovining final bosqichida ishtirok etayotgan gresiyalik Stefaniya oʻzining ajoyib chiqishi bilan muxlislar qalbidan joy oldi. Germaniyada quyosh nurlari ostida oʻsayotgan raps oʻsimligi dalalari. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida koronavirusdan vafot etgan bemorning yaqinlari janoza namozini oʻqimoqda. 2011 yildan buyon ilk bor Fransiya chempionatida chempionlikni qoʻlga kiritgan Lill jamoasi muxlislari sevimli jamoalarining gʻalabasini nishonlamoqda. Isroil aviasiya bergan hujumlar oqibatida vayron boʻlgan Gʻazo sektorida aholi mahalliy qahvaxonada ovqatlanmoqda. Gʻazodagi urushda 230 nafar fuqaro halok boʻldi. Ispaniyaning janubiy sohillarida yuzaga kelgan muhojirlar bilan bogʻliq gumanitar inqiroz davom etmoqda. Bir guruh qutqarib qolingan muhojirlar Qizil xoch jamiyati tashkil qilgan lagerda yashamoqda. Niderlandiyaning Rotterdam shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi «Evronigoh» tanlovida Italiyaning «Maneskin» rok guruhi shov-shuvli tarzda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. AQShning Meksika bilan chegarasida mamlakat chegarasini kesib oʻtishga urinayotgan muhojirlar.
85
1,538
Foto
Fotogalereya: National Geographic versiyasi bo‘yicha 2017-yilning eng yaxshi sayohat-suratlari
Daily Afisha nashri National Geographic tomonidan 2017-yilning eng yaxshi sayohat-fotosuratlari deya topilgan — Mexikoda harakatga kelgan vulqon, Patagoniya g‘orlari, Shtutgart shahri kutubxonasi va sayyoraning turli nuqtalaridan olingan ajoyib tasvirlarni bir sahifaga jamladi.
94
278
Foto
Foto: Toshkent shahridagi buyum va dehqon bozorlari karantin vaqtida
Koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekistonda 24-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikada infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati davom etadigan dehqon bozorlari va oziq-ovqat do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmovchiligi bo‘lmasligi haqida rasmiy bayonot bilan chiqqan. Unga ko‘ra, mamlakatda aholini mahsulotlar bilan uzluksiz, barqaror narxlarda ta’minlash va zaxirasini yaratish borasida hech qanday muammo mavjud emas. Bahor oylarida aholini kartoshkaga bo‘lgan talab va bozorlardagi narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar qilingani keltirilgan. Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qilgandi. Tadbirkorlardan esa koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olingan. Respublika maxsus komissiyasi shu yilning 19-mart kuni mamlakat hududidagi barcha umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini ham vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan. “Daryo” muxbiri faoliyati karantin tufayli vaqtincha to‘xtatilgan buyum bozorlari hamda ayni vaqtda ishlab turgan dehqon bozorlarida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi. Odatda, odamlar va transport vositalari bilan gavjum bo‘ladigan Toshkent halqa avtomobil yo‘li “Toshkent savdo majmuasi” (sobiq “Abu Saxiy” bozori) hududidagi doim to‘la turadigan gipermarket avtoturargohi karantinda “Toshkent savdo majmuasi” (sobiq “Abu Saxiy” bozori) hududidagi savdo nuqtalari karantinda  Toshkent halqa avtomobil yo‘li “Toshkent savdo majmuasi”dan “Bek Baraka” savdo majmuasiga olib o‘tuvchi yerosti yo‘li “Bek Baraka” savdo majmuasi yerosti yo‘lining chiqish qismi karantin tufayli berkitilgan “Bek Baraka” savdo majmuasining yerosti yo‘li Yerosti yo‘lida koronavirus infeksiyasi davrida salomlashish qoidalari aks etgan maxsus plakatlar yopishtirilgan “Bek Baraka” savdo majmuasidagi karantindan ogohlantiruvchi ma’lumot “Bek Baraka” savdo majmuasi hududi karantinda “Bek Baraka” savdo majmuasi hududidagi savdo nuqtalari karantinda “Bek Baraka” savdo majmuasi savdo rastalari Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan “Toshkent savdo majmuasi” bekati hududi Toshkent shahridagi faoliyati odatiy tartibda davom etayotgan dehqon bozorlari manzarasi Chilonzor tumanidagi “Farhod” dehqon bozoridagi savdo jarayoni Chilonzor tumanidagi “Farhod” dehqon bozoridagi savdo jarayoni Chilonzor tumanidagi “Farhod” dehqon bozoridagi savdo jarayoni Chilonzor tumanidagi “Farhod” dehqon bozoridagi ziravorlar rastasi va niqob taqqan savdogar Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozori Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozori Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozori. Isiriq rastasi Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozoridagi narx-navo Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozorida narx-navo
68
3,154
Foto
Foto: Polsha qishloqlarida joylashgan masjidlar
Polshalik tatarlar XIV asr boshidan boshlab mazkur mamlakat tarixining bir qismiga aylangan. Polshaning Beloston shahri yaqinida joylashgan Boxoniki va Krushinyani qishloqlarida birorta ham cherkov yo‘q. Bu ikki qishloqda tatarlar yashaydi va ularda tarixiy masjidlar joylashgan, deb yozmoqda Islam Today. Boxonikida joylashgan masjid 1679-yilda qurilgan va XIX asrda qayta ta’mirlangan. Masjid binosi 2012-yilda davlatning tarixiy yodgorligi sifatida tan olingan. Krushinyanidagi masjid XVIII asrda qurilgan.
47
512
Foto
Sayyoraning eng chiroyli inshootlari ro‘yxati e’lon qilindi (foto)
Architizer me’morchilik sayti sayyoraning eng go‘zal inshootlariga beriladigan A+ Awards mukofotining joriy yilgi sohiblarini e’lon qildi. Ro‘yxat portalning maxsus sahifasida chop etildi. G‘oliblar bir qator kategoriyalar bo‘yicha aniqlandi. Ovoz berishda 300 ekspert va 200 ming internet foydalanuvchisi ishtirok etdi. Tanlovda 100 dan ortiq davlatda qad ko‘targan binolar ishtirok etdi. “Korrespondent.net” ushbu sovringa sazovor bo‘lgan eng chiroyli inshootlar aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. Sohanak hovuzi, Tehron, Eron Biesbosch muzeyi, Niderlandiya Milan Expo’dagi Buyuk Britaniya pavilyoni, Milan, Italiya Sayama o‘rmon cherkovi, Tokorodzava, Yaponiya Yangi me’morchilik maktabi, Qirollik texnologiya instituti, Stokgolm, Shvetsiya Dokk1 madaniyat markazi, Orxus, Daniya Madaniyat markazi va kutubxona, Allered, Daniya Hukumat binosi, Alikante, Ispaniya Wo Hop Shek krematoriysi, Gonkong Navy Yards Central Green bog‘i, Filadelfiya, AQSh Haydar Aliyev nomidagi aeroport, Boku, Ozarbayjon Arnem shahri vokzali, Niderlandiya
66
1,048
Foto
Fotogalereya: O‘z shuhratidan voz kechib, oddiy ish topgan mashhurlar
AdMe o‘z karyerasidan voz kechib, oddiy ish bilan shug‘ullanayotgan mashhurlar suratlarini taqdim etdi.
69
103
Foto
Fotogalereya: Shimoliy Koreya ahlining kundalik hayotiga nazar
Shimoliy Koreyada harbiylarni suratga olish, rahbarlarni esa bo‘yi bilan suratga olmaslik taqiqlanadi. Jurnalistlar marshrut bo‘yicha kelishib olishlari, fotografik jihozlar uchun hujjatlar taqdim etishlari va muayyan joyning fotosurati nima uchun kerakligini asoslashlari shart. Holbuki, davlatning yopiqligi va cheklovlarga qaramay, sayyohlar va jurnalistlar mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi suratlarni olishlari mumkin: hayot, kasalxonalar, do‘konlar, transport va media-holati, bo‘sh vaqt va o‘yin-kulgi holati. Bularning barchasi respublikaning hayotini ichki dunyodan ko‘rish imkonini beradi. AdMe Shimoliy Koreyaning ichki dunyosini ko‘rsatuvchi suratlarni taqdim etdi.
62
698
Foto
Fotogalereya: 80-yillarda yangi gadjetlar bilan tushgan odamlarning retro suratlari
Agar siz 80-yillarda yashagan bo‘lsangiz, bu qanday davr bo‘lgani sizga ma’lum. Har oy dunyoda yangi texnologiya kashf etilar edi. Bu shaxsiy kompyuter, ko‘chma proigrivatel va boshqa hozir kunda muhim hisoblangan narsalarning yaratilish payti bo‘lgan. Travel Ask ularning suratini taqdim etdi.
83
294
Foto
Fotogalereya: Og‘ir xastaligiga qaramasdan, muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar
Yulduzlarning hayoti haqiqatdan boshqa odamlarnikidan ko‘p jihatdan farqlanadi. Ularning hayoti betashvish va go‘zaldek ko‘rinadi. Biroq sog‘lik bilan bog‘liq muammolardan hech kim kafolatlanmagan. Muvaffaqiyatga erishish uchun esa qiyinchiliklarni yengib o‘tish kerak. AdMe ana shunday qiyinchiliklarga duch kelib, muvaffaqiyatga erishgan mashhurlarga e’tibor qaratdi. Ledi Gaga 2017-yilda xronik fibromialgiya bilan og‘rishini ma’lum qilgan. Bu kasallik bilan og‘riydiganlar yaxshi uxlay olmaslik, mushaklardagi og‘riqlar, charchoq, xotirani yo‘qotish va animaniya konsentratsiyasining buzilishidan aziyat chekadi. Kim Kardashyan ko‘p yillardan buyon psoriaz kasalligidan aziyat chekadi. U maxsus parhezda yuradi va har kuni terisiga kortizonli krem suradi. Toshmalar kuchayganda esa inyeksiyalar qabul qiladi. Germaniyada 2005-yilda yuz bergan avtohalokat oqibatida aktyor chap ko‘zisiz qolgan edi. Yuzining chap qismi suyaklari singan edi. Operatsiya vaqtida yuziga to‘rtta metall shtift qo‘yilgan, chap ko‘zi kosasining bir qismi esa titan plastina bilan almashtirilgan. Bella Xadidga 2015-yilda Laym kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Bu kasallikdan uning onasi va akasi ham aziyat chekadi. Kasallik boshda, mushaklarda og‘riqni, holsizlikni, charchoqni keltirib chiqaradi. Aktrisa deyarli har kuni osma ukol va antibiotiklar oladi. Asoratlar sababli u ko‘pincha suratga olish ishlarini ko‘chirishga yoki bekor qilishga majbur bo‘ladi. Qo‘shiqchi 2015-yilda autoimmun kasallik bilan og‘rigan. Kasallik toshmalar, charchoq va tomirlarda og‘riqni keltirib chiqaradi. Kasallik sababli qizda tahlikalar boshlangan. U kimyo terapiyasini o‘tash uchun gastrollarini bekor qilgan. Davolanishdan so‘ng qo‘shiqchi tuzala boshlagan, biroq asoratlar qolgan. Unga 2017-yilda dugonasidan buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan. Mashhur fransuz aktyori har doim o‘ng qo‘lini cho‘ntagiga solib yuradi va bunga ko‘pchilikning e’tiborini tortmaydi. 1990-yilda Jamel 14 yosh bo‘lganda, do‘sti bilan Parij metrosi relsini kesib o‘tayotganda soatiga 150 kilometr tezlikda kelayotgan poyezdni payqamay qolgan. Poyezd bolani urib yuborgan. Oqibatda uning o‘ng qo‘li jarohatlangan va rivojlanmay qolgan.
78
2,176
Foto
Fotogalereya: Gavana ko‘chalarining yorqin va zamonaviy hayoti tasvirlangan suratlar
TravelAsk suratkash va jurnalist Grem Grin tomonidan Kuba ko‘chalarida olingan ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
84
117
Foto
Fotogalereya: O‘tmishda haqiqatan ham yashagani aniq bo‘lmagan 6 mashhur shaxs
Robin Gud yoki Qirol Artur haqidagi mashhur hikoyalarni ko‘pchilik eshitgan. Lekin olimlar haligacha ishonch bilan mana shu shaxslar haqiqatan ham o‘tmishda yashab o‘tgan deb aytolmaydi.  Travel Ask mana shunday shaxslarning suratlarini to‘pladi. Qadimgi Xitoy faylasufi Lao-Szi O‘rta asrlardagi shveysar qahramoni Vilgelm Tell Robin Gud Qirol Artur Jasur xitoy qizi Mulan Jek laqabli qotil
78
395
Foto
Bloger mashhur filmlar suratga olingan joylarni topib, bosh qahramonlarni u yerga qaytardi (foto)
Kino faqat pavilyonlarda emas, mehmonxona, qasr, ko‘cha va plyajlarda ham suratga olinadi. Biroq ekranda film tomosha qilish jarayonida oddiy tomoshabin suratga olish guruhi ishlagan joyda bo‘lib qolishni tasavvur ham qila olmaydi. Sayohatchi bloger, rassom Andrea Devid mashhur filmlar suratga olingan joylarni izlab topadi va bosh qahramonlarni o‘sha joylarga qaytaradi. London metrosi. “Garri Potter” filmining ayrim sahnalari suratga olingan joy. View this post on Instagram Ispaniyaning Zumaya munisipalitetidagi plyaj. “Taxtlar o‘yini” suratga olingan joy. View this post on Instagram Bostondagi Fairmont Copley Plaza mehmonxonasi.  “Kelinlar janggi” filmi suratga olingan. View this post on Instagram Nyu-Yorkdagi Plaza mehmonxonasining tashqi ko‘rinishi. Bu yerda “Uyda yolg‘iz” filmi suratga olingan. View this post on Instagram “Uyda yolg‘iz 2” filmi suratga olingan Radio City Music Hall konsert zali tashqi tomoni. View this post on Instagram “Joker” filmi qahramoni yurgan Nyu-York ko‘chalari. View this post on Instagram Berlindagi metro stansiyasi. Bu yerda “Hayot-mamot o‘yinlari” filmi suratga olingan. View this post on Instagram
97
1,251
Foto
Fotogalereya: Ishtahani ochuvchi, ammo yeb bo‘lmaydigan narsalar
Ba’zi buyumlar ko‘rinishidan yegulikni eslatib, ishtahani ochadi. AdMe ana shunday buyumlarning suratlarini taqdim etdi.
64
120
Foto
Smitning shapalog'i, dafn etilgan gaz ballon, Mo'ynoqqa qo'ngan ilk samolyot — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ramazon oyi arafasida Pokiston bozorlari tarvuz bilan to'lib-toshdi. Kot-d’Ivuar poytaxti Abidjan shahridagi ko'cha bozori. Janubiy Koreya qattiq yonilg'ida harakatlanuvchi yangi raketasini namoyish qildi. Ular ham shimollik qardoshlaridan o'rnak olayotgan bo'lsa, ne ajab. Hindiston Yoshlar harakati faollari yonilg'i narxi oshganiga norozilik sifatida gaz ballonlarini dafn qilishga olib ketmoqda. Suratdagi ayol esa mamlakatning Insoniy resurslar bo'yicha vaziri Smitri Irani. Ukrainaning Irpin shahridan evakuatsiya qilingan onasini quchoqlab turgan askar. Ukrainada Rossiya harbiy kuchlariga qarashli texnikalar yo'q qilingan. Haftaning eng ko'p muhokama qilingan voqeasi. Bu yilgi Oskar mukofoti marosimidagi yuz bergan voqeani surat aytib turibdi. Ortiqcha izohga hojat yo'q. Mo'ynoq aeroportiga Toshkentdan ilk yo'lovchi samolyoti kelib qo'ndi. Qayd etilishicha, ushbu aeroport 1947 yilda qurilgan bo'lib, ilgari kichik samolyotlarni qabul qilgan. 1990 yildan buyon aviatashuvlar uchun foydalanilmaydi. Ilgari ushbu aeroportdan Nukus, Urganch, Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlariga parvozlar amalga oshirilgan. Oradan vaqt o'tib, 2019 yilda O'zbekiston hukumati qaroriga asosan Mo'ynoq aeroportini rekonstruktsiya qilish boshlangan. Qoraqalpog'istondagi Sulaymon Boqirg'oniy maqbarasi. Nukusdagi 65 mingdan ziyod eksponatga ega Qoraqalpog'iston tarixi va madaniyati davlat muzeyi. Arizonadagi Pauel ko'li uzra chiqqan kamalak. Kamalakda 6 emas, 7 xil rang mavjud.
94
1,539
Foto
Fotogalereya: Hayotda hech bo‘lmasa bir marta ko‘rishga arziydigan joylar
Dunyoda hech bo‘lmasa bir marta ko‘rishga arziydigan ko‘plab joylar mavjud. AdMe ana shunday joylardan ba’zilariga e’tibor qaratdi.
73
131
Foto
Fotogalereya: Portugaliyalik rassom devorlarga binoning ichki qismi ko‘ringandek qilib illyuziya chizadi
Portugaliyalik rassom Rodrigo Migel Sepulveda ko‘cha devorlari va to‘siqlarga o‘z tahallusi – Vile tarzida grafitt chizadi. U bir qarashda harflari o‘yilgan, binoning ichi ko‘ringandek qilib, reallik emas illyuziya grafittlar chiza oladi. Vile professional rassomlar bilan ishlaydi hamda vaqti-vaqti bilan Yevropa ko‘cha san’ati festivallarida ishtirok etadi. U 1984-yilda tug‘ilgan bo‘lib, 14 yoshidan buyon graffit chizish bilan shug‘illanadi. Vile graffitlarni asosan tashlandiq bino devorlari va to‘siqlarga chizadi. Unga ko‘ra, ish jarayondagi murakkablik illyuziyani ishonarli bo‘lishi uchun ranglar tanlash bilan bog‘liq.
104
629
Foto
Uzoq yillik karyerasi davomida millionlab qalblarni zabt etgan jahon kinosi yulduzlari bugungi kunda qanday ko‘rinishda? (foto)
Ushbu mashhur aktyor va aktrisalar kino sanoati sohasida o‘nlab yillar davomida ishlagan va muxlislar ko‘z o‘ngida ulug‘aygan, qarilikni qarshi olgan. Tomoshabinlar ular ishtirokidagi filmlardan hanuzgacha zavqlanadi. Ayniqsa, bugungi kunda sevimli ijodkorlarni ekranlarda ko‘rish ularni yanada ko‘proq quvontiradi. Jeyn Fonda – 83 yosh Robert De Niro – 78 yosh Betti Uayt – 99 yosh Al Pachino – 81 yosh Meril Strip – 72 yosh Uilyam Shetner – 90 yosh Anjela Lensberi – 95 yosh Donald Sazerlend – 86 yosh Judi Dench – 86 yosh Klint Istvud – 91 yosh
127
556
Foto
Millionlab muxlislarning e’tiborini tortgan Gollivud go‘zallari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
AdMe 90-yillarda va 2000-yillar boshida o‘z go‘zalligi bilan muxlislar e’tiboriga tushgan Gollivud yulduzlarini hozirgi ko‘rinishlari bilan taqqosladi.
104
151
Foto
Fotogalereya: Ming yillardan beri hech kim vayron qilolmagan qadimiy shaharlar
Odamzot uzoq yillardan beri yer yuzida yashab keladi. Bu vaqt davomida qancha shaharlar qurilib, qanchasi vayron qilingan. Ammo shunday shaharlar borki, ming yillar davomida urushlarni boshidan kechirgan, ammo yengilmagan. Hozirda esa ular eng qadimiy shahar nomiga sazovor, deya yozadi Travel Ask. Balx (Afg‘oniston) Dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri. U yerda Zardusht tug‘ilgan va zardushtiylik dini yuzaga kelgan. Shaharning paydo bo‘lgan sanasi aniq emas-u, lekin olimlar miloddan avvalgi 1500—2000-yillar deb taxmin qiladi. Kirkuk (Iroq) Shahar bir vaqtning o‘zida uchta imperiya o‘rtasida jang maydoniga aylangan bo‘lsa-da, islom va inglizlar istilosini boshdan kechirgan bo‘lsa-da, hozirgacha yashashda davom etib kelmoqda. Miloddan avvalgi 2200-yillarda barpo etilgan deb taxmin qilinadi. Erbil (Iroq) Yana bir qadimiy Iroq shahri. Kurdiston poytaxti. Uzoq o‘tmishdan asosiy savdo markazi bo‘lgan va u orqali Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab karvonlar o‘tgan. Shahar taxminan miloddan avvalgi 2300-yilda bunyod etilgan. Tir (Livan) Shahar, shuningdek, Sur nomi bilan ham mashhur. Miloddan avvalgi 2750-yilda finikiyaliklar tomonidan qurilgan. Beyrut (Livan) Mamlakatning asosiy shahri 5 ming yildan beri yashab kelmoqda. U arablar, rimliklar, turklar qo‘lidan o‘tgani hisobga olinsa, u yana ancha umr ko‘radi deb aytish mumkin. Shahar miloddan avvalgi 3000-yilda qurilgan. Gaziantep (Turkiya) Shahar mamlakatning janubiy qismida joylashgan va millionlab aholiga ega. Miloddan avvalgi 3650-yilda tashkil topgan ushbu shahar o‘zida tarixiy ko‘rinish aks etadi. Uning madaniyati rang-barang, chunki uzoq yillik tarixi davomida vavilonliklar, forslar, rimliklar va arablar qo‘l ostida bo‘lgan. El-Fayyum (Misr) Misrning eng qadimiy shahri miloddan avvalgi 4000-yilda tashkil topgan. Lekin hozirda sayyohlar boradigan va mashhur shahar hisoblanmaydi. Shu bilan birga u qachonlardir timsohni muqaddas deb bilgan Krokodilopolisning bir qismi hisoblanadi. Damashq (Suriya) Bu shaharning tashkil topgan sanasi aniq bo‘lmasa ham, rasman miloddan avvalgi 4300-yil deb belgilangan. Lekin bu boradagi fikrlar bir-biridan farq qiladi. O‘rta asrlarda yashab o‘tgan arab tarixchisi Ibn Asakir aynan Dmashq devoir dunyo to‘fonidan keyin qurilgan ilk devor deb yozgan, shuning uchun uning paydo bo‘lish sanasi IV mingyillikka borib taqaladi. Boshqa tadqiqotchilar esa shaharni undan ham qadimiyroq deb hisoblaydi. Ularning fikricha, Damashq miloddan avvalgi X mingyillikda paydo bo‘lgan. Bibl (Livan)
78
2,496
Foto
Fotogalereya: Barak Obama oilasi bilan istiqomat qilayotgan koshona
Avvalroq, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama oilasi bilan Vashingtonning Kalorama tumanidagi uyni sotib olgani haqida xabar berilgandi. Prezidentlik muddati tugaganidan so‘ng Oq uyni tark etgan Obama shu uyni ijaraga olib yashayotgan edi. “Gazeta.ru” Obamaning koshonasi suratlarini to‘plab taqdim etdi. 1928-yilda qurilgan ushbu bino Bill Klintonning matbuot kotibi Jo Lokxartuga tegishli bo‘lgan. U uyni 5,3 million dollarga sotib olgan edi.
67
446
Foto
Dunyodagi eng katta aysberg qush parvozi balandligidan suratga olindi
Har antarktik bahor va yozda NASA maxsus samolyotlar yordamida qit’a ustidan uchib o‘tib, global isish uning landshaftiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini kuzatib boradi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”. NASA’ning P-3 Orion razvedka samolyoti Argentinaning Ushuayi shahridan uchib, Larsen S muzligini va undan ajralib chiqqan ulkan aysbergni tadqiq qilish uchun havoga ko‘tarildi. A-68 deya nomlangan ulkan muz parchasi joriy yilning iyun oyi boshida mustaqil suzishni boshlagan edi. O‘shandan buyon u anchagina yirik bo‘laklaridan ajralib, biroz “ozdi”. NASA aysbergning suratini o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirdi. Insoniyat birinchi bor ushbu obyektni bu qadar yaqin masofadan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi — bunga qadar suratlar sun’iy yo‘ldashdagi maxsus qurilmalar yordamida olinar edi. Aysbergning o‘zi kemalarga xavf tug‘dirmaydi. Hozircha u okeanda stakandagi muz bo‘lakchasi kabi suzishni davom ettirmoqda. Biroq u Larsen S muzligidan ajralib chiqib, uning erish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Bu o‘z navbatida dengiz sathining ko‘tarilishiga olib keladi.
69
1,090
Foto
Afrikadagi orolda yolg‘iz qolgan shimpanze butun dunyodan yangi do‘stlar orttira boshladi
G‘arbiy Afrikadagi orollardan birida amerikalik tibbiyot xodimlarining tajribalaridan omon qolgan yagona shimpanze istiqomat qiladi. Hozir unga ko‘ngillilar yordam bermoqda, deb xabar beradi “National Geographic Rossiya”. 1983-yili Kot-d’Ivuar qirg‘og‘iga yaqin joylashgan orollardan biriga 20 shimpanze olib kelindi. 7–11 yoshdagi primatlar bundan oldin bir necha yil davomida Nyu-Yorkdagi qon o‘rganish markazida (New York Blood Center, NYBC) saqlangan edi. U yerda shimpanzelar turli tajribalar obyektiga aylandi: olimlar jonivorlarni narkozda tutdi, biopsiya o‘tkazdi, turli vazifalarni bajarishga majbur qildi. Rejadagi barcha sinovlar yakuniga yetgach, shimpanzelar Afrikaga olib ketildi. Ularning istiqomati uchun tanlangan orol yashab qolish talablariga javob bermas edi: ovqat kamligi barobarida, tajribalardan bemajol bo‘lgan maymunlar organizmi infeksiyalarga qarshilik ko‘rsata olmas edi. Buning oqibatida birinchi haftadayoq shimpanzelarning sakkiz nafari diareyadan vafot etdi. 1984-yilga kelib maymunlarning faqat o‘n nafarigina omon qoldi; ular boshqa orolga ko‘chirilib, mahalliy aholi vakillaridan biri qarovchi sifatida yollandi. Shu paytga qadar tibbiy markaz vakillari bu ishni “xayriya maqsadida” amalga oshirganini, qonuniy jihatdan Nyu-Yorkdagi markaz “maymunlar oldida qarzdor emas”ligini ta’kidlab keldi. 2005-yili shimpanzelarga g‘amxo‘rlik qilish ishi moliyalashtirilishi butunlay to‘xtatildi. Hozir orolda Ponso laqabini olgan yagona primat yashamoqda. Uning o‘g‘li 2013-yilda olamdan o‘tdi. Vaqti-vaqti bilan Ponsoni mahalliy aholi vakili Jerom yo‘qlab keladi. U Ponsoga banan, yong‘oq olib keladi, ammo jonivorni to‘liq ta’minlay olmaydi. Shu tufayli ekologik tashkilotlar a’zolari yordamga keldi. Ponso uchun Facebook’da sahifa ochildi. Endi dunyoning turli chekkalarida istiqomat qiluvchi odamlar yolg‘iz qolgan maymun taqdirida ishtirok etishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq orqali mablag‘ to‘planib, Ponsoni boqish va tibbiy yordam ko‘rsatishga sarflanadi. Odamlarni ko‘rganida, shimpanze ular bilan o‘ynashga harakat qiladi, shu bois yaqinda unga katta baxmal ayiqcha sovg‘a qilindi. Ponso o‘yinchoqni katta quvonch bilan qabul qilib oldi. O‘z navbatida, NYBC aybini inkor etishda davom etmoqda. Markaz vakillarining ta’kidlashicha, maymunga shusiz ham ko‘p pul sarflangan va moliyalashtirish qaytadan yo‘lga qo‘yilmaydi.
89
2,356
Foto
Fotogalereya: reallik fotoshopdan hayratlanarliroq bo‘lganida
“Pomada” portali taqdim etgan galereyadan o‘rin olgan fotosuratlar real hayotning fotoshopsiz ham naqadar hayratlanarli ekanligini ko‘rsatadi. Yangi Zelandiyadagi temir yo‘l relslari 2010-yildagi zilziladan so‘ng Rossiyaning Volgograd viloyatida joylashgan Rudnya qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in chog‘ida to‘liq yonib ketmagan ustun Zebroidlardan biri — zebra va poni aralashmasi Parad Ushbu akvariumda 1500 dan ortiq baliq yashaydi Vulqon otilib, atrof kul bilan qoplanganidan so‘ng gullagan gibiskus. Sumatra oroli Ledibauer suv omboridagi suv bo‘shatish tunneli Xaski muz bilan qoplangan ko‘l ustida Aeroport uchish-qo‘nish tasmasi Sent-Martin orolidagi Maxo plyaji yaqinidan boshlanadi Jipdan qolgan iz Sidneydagi shamollar festivali, Avstraliya Suv to‘lqini ichidagi ulkan dengiz o‘tlari Nildagi suv giatsintlari, Misr San Cruise mehmonxonasi, Chondochjin, Janubiy Koreya Kaliforniyadagi shishali plyaj
61
924
Foto
Bruney malikasi Fadzilla turmushga chiqdi. Uning to‘yi yetti kun davom etdi (foto)
Bu go‘yoki jozibali ertakka o‘xshaydi. Faqat gap “Ming bir kecha” haqida emas, balki yetti sehrli kun haqida ketadi — Bruney malikasi Fadzillaning to‘yi aynan yetti kun davomida nishonlandi. Qirollik oilasining ushbu a’zosi a’lo xulq-atvori bilan birga nufuzli Kingston universitetining bitiruvchisi, netbol jamoasidagi ajoyib sport yutuqlari (basketbolning bir turi) va 36 yoshida hech qanday noto‘g‘ri qarashlarsiz turmushga chiqdi. Kelinning otasi — Bruney sultoni 20 milliard dollarga yaqin boyligi bilan sayyoradagi eng boy odamlardan biri sanaladi. Onasi esa qirolning ikkinchi rafiqasi bo‘lgan sobiq styuardessa. Kelin o‘n ikki farzandning to‘qqizinchisi hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, malikaning turmush o‘rtog‘i haqida ismidan tashqari hech narsa ma’lum emas. Mahalliy matbuot Avang Abdulla Nabil Mahmud Al-Hoshimiyni “chiroyli xorijlik” deb ta’rifladi. Indoneziya ommaviy axborot vositalarining taxminlaridan biriga ko‘ra, kuyov mamlakatdagi qahvaxonalar tarmog‘iga egalik qiladi. Juftlikning unashtirilishi 2021-yil 31-dekabr kuni, Yangi yil arafasida rasman e’lon qilindi. To‘y tantanalari 2022-yil 16-yanvar kuni Sulton kelin va kuyovga duo berish an’anasi bilan boshlandi. Diniy marosimlar masjidda, to‘y esa zarhallangan katta zalda keng miqyosda bo‘lib o‘tdi. Kelin va kuyov olmos bilan bezatilgan oq va kumushrang milliy libos kiydi. Kelin boshini ipak ro‘mol va nozik to‘rdan tikilgan fata bilan yopdi, qimmatbaho toshlarning yorqinligi tufayli qor malikasini eslatuvchi toj bilan obrazini boyitdi.
82
1,520
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi tashlandiq aeroportlar
Aeroportning paydo bo‘lishi odatda aglomeratsiyalar rivojida yangi bosqich sifatida qaraladi. Murakkab va ko‘p xarajat talab qiladigan inshoot katta maydonni egallaydi va unda ko‘p sonli xodimlar faoliyat olib boradi. Tijorat aeroportlarining paydo bo‘lganiga hali yuz yil bo‘lmagan bo‘lsa ham, dunyoning turli mamlakatlarida tashlandiq aeroportlarni uchratish mumkin. TJournal ana shunday aeroportlar jamlanmasini taqdim etdi. Kiprning xalqaro aeroporti 1930-yillarda ochilgan va 1974-yilga qadar bir qancha tanaffuslar bilan foydalanilgan. Turk bosqinidan buyon bu aeroportga faqat BMTning tinchlikparvarlari keladi. So‘nggi samolyot esa aeroportdan 1977-yilda parvoz qilgan. Aeroport turk va kipr tomoni o‘rtasidagi bufer hududda joylashgan bo‘lib, u yo‘lovchi reyslarini qabul qilmaydi. Xodjalin aeroporti tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasidagi yagona aeroport bo‘lib, yirik samolyotlarni qabul qila oladi. Qorabog‘ mojarolari boshlangan 1990-yillardan bugungi kunga qadar aeroport yopiq hisoblanadi. 2012-yilda u rasman ishga tushirilgan bo‘lsa ham, hanuzgacha yo‘lovchi reyslarni qabul qilmaydi. Aeroport faqat harbiylar tomonidan foydalaniladi va unda ba’zan havo sharlari festivali bo‘lib o‘tadi. Ellinikon aeroporti 2001-yilga qadar Afinaning asosiy havo porti hisoblangan, biroq yangi Elefterios Venizelos aeroporti ishga tushirilgach, u tashlandiq holga tushib qolgan. Ellinikon 1938-yilda qurilgan, har yili aeroport 12 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Aeroportning terminallaridan biri muzey sifatida ishlamoqda, bir qismi esa 2004-yilgi Olimpiada o‘yinlarida sport xiyoboniga aylantirilgan. Qolgan binolarda 2016-yilgacha suriyalik noqonuniy qochoqlar yashagan. Syudad-real Ispaniyadagi birinchi xususiy aeroport bo‘lgan. Uning qurilishi qariyb bir milliard yevroga tushgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi esa Yevropadagi eng kattalardan biri bo‘lgan. U faqat 2009—2012-yillarda ishlagan va keyin o‘zini bankrot deb e’lon qilgan. Hukumat uni bir necha marta savdoga qo‘ygan bo‘lsa ham, 2015-yilda CR International Airport kompaniyasi tomonidan 56,2 million yevroga sotib olinmaguniga qadar uni xarid qilishga hech kim jazm qilmagan. Sergey Prokofyev nomidagi xalqaro aeroportga 1930-yillarda asos solingan va 2014-yilning may oyiga qadar ishlagan. 2012-yilda aeroportda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan, Ukraina hukumati buning uchun 875 million dollar sarflagan. Harbiy harakatlarning boshlangani sababli aeroportning ishi to‘xtagan. 2014—2016-yillardagi harbiy harakatlar davomida aeroport butunlay vayron bo‘lgan va foydalanishga yaroqsiz holga kelgan. London atrofida turli sabablarga ko‘ra yopilgan bir nechta aeroport bor. Masalan, 1920-yildan buyon ishlab kelgan Kroydon aeroporti shahar qurilishining yaqin masofaga kelib qolgani sababli o‘z ishini to‘xtatgan. Uni ta’mirlash uchun mablag‘ topilmagan va o‘sha davr yodgorligiga aylantirilgan. G‘azo sektorining Rafax shahridagi Yosir Arofat xalqaro aeroporti kam umr ko‘rgan aeroport sanaladi. Bir qator mamlakatlarning moliyaviy ko‘magida 1998-yilda qurilgan aeroport Falastin davlatining rivojidagi belgi sifatida qabul qilingan. Aeroport Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkilotining kodini qo‘lga kiritgan, uning ochilishida esa nafaqat Yosir Arofat, balki AQSh prezidenti Bill Klinton ham ishtirok etgan. 2001-yilning dekabr oyida Isroil Harbiy-havo kuchlari aeroportning radiolokatsiya stansiyasi va dispetcherlik minorasini bombardimon qilgan, 2002-yilning yanvar oyida esa asfalt qoplamasining katta qismi buldozerlar bilan buzib tashlangan. Aeroport xodimlari 2006-yilgacha ishlagan bo‘lsa ham, u yerdan hech kim uchmagan va u yerga hech kim qo‘nmagan. “Barcha aeroportlarning otasi” bo‘lgan Berlindagi ulkan Tempelxof 1920-yillardan 2008-yilgacha ishlagan. U samarasizligi sababli yopilgan. Yopilishdan so‘ng uchish-qo‘nish yo‘laklari obodonlashtirilib, shahar xiyoboniga aylantirilgan va erkin tashrif buyurish uchun ochib qo‘yilgan. Aerovokzal binolari va maydonlar qochoqlarni saqlash markazi sifatida foydalanilmoqda.
46
4,040
Foto
Glazgoda yoqqan qor, hibsga olingan namoyishchilar, raketalar oldidan o'tib ketayotgan ayol — 7 yanvar suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Pekinda muzlagan daryo ustida chana uchayotgan bolalar. Shri Lankada vaktsina olish uchun navbatda turgan o'quvchi qizlar. Anqarada yangi tug'ilgan uloqchasini quchoqlab turgan fermer. Eronda Iroqdagi AQSh ba'zasiga berilgan raketa zarbasining ikki yilligi munosabati bilan qurollar namoyish qilindi. Islomobod shahridagi yomg'irli bir kun. Ruminiyada folklor o'yinlari davomida ot minayotgan kishi. Kolumbiyada Oqlar va Qoralar karnavali davom etmoqda. Shotlandiyaning Edinburg va Glazgo shaharlarida qalin qor yog'di. Hindistonda Respublika kuni munosabati bilan harbiy parad tashkil etildi. Avstraliya va Angliya o'rtasidagi kriket o'yinidagi muxlislar. Kolumbiya poytaxti Bogotada namoyishchilar hibsga olinmoqda.
112
778
Foto
Iqlim o‘zgarishining ayanchli oqibatlarini o‘zida mujassam etgan suratlar
2020-yil sayyorada rekord darajada issiq ob-havo kuzatildi. Bu esa iqlimning hamon o‘zgarishda ekanidan darak beradi. Dunyo o‘zgarib bormoqda, insonlar atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilsa, yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan maskanlar saqlanib qoladi. Bu hozir va kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolardan biridir. Sayyoradagi muzliklar tezlik bilan erimoqda. Muzliklar erigani sayin Dunyo okeani sathi ko‘tarilib bormoqda. Ko‘plab yovvoyi hayvonlar yashash joylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ba’zi joylar butunlay o‘zgarib ketgan. Ba’zi joylarda qirg‘oq chizig‘ining eroziyasi tezlashdi, bu esa xavfli. Qurg‘oqchilik ilgari suv ostida yashiringan dolmenlarni fosh qildi. Bir vaqtlar katta bo‘lgan Orol dengizi qismlarga bo‘linib ketdi. Indoneziyadagi o‘rmonlarning kesilishi uni issiqxona gazlarini chiqaradigan mamlakatlar qatoriga qo‘shdi. Anomal issiqlik qishloq xo‘jaligi yerlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Germaniyada iqlim o‘zgarishi tufayli Xarts milliy bog‘iga qo‘ng‘izlarning bosqini tez-tez uchraydi. Ushbu ko‘l bir vaqtlar Yaqin Sharqdagi eng katta ko‘l bo‘lgan, ammo uning maydoni bir necha o‘n yildan buyon qisqarib bormoqda. Dunyo okeani sathining o‘zgarishi natijasida Venetsiyada suv toshqinlari ko‘paymoqda. Ushbu muzlik jarlik yoqasidan orqaga chekindi. Aysberg-Leyk muzligi tezlik bilan erimoqda. Muzlikning katta qismlari erib, qulab tushmoqda. Sayyohlarning sevimli maskaniga bo‘lgan ushbu muzliklar ham erish arafasida.
73
1,456
Foto
Fotogalereya: Hayotda siz mavjudligini bilmagan 10 ta shaffof mavjudot
Ba’zan biror kishi haqida gapira turib, “Ichida nima borligini ko‘rib turibman” deymiz. Albatta, bu ibora ko‘chma ma’noga ega. Biroq TravelAsk bu so‘zlarni chin ma’noda qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘nta tirik mavjudot suratlarini taqdim etdi. Bu hayvonlarning aksariyati suvda yashaydi. Aynan suvda ular tanasining shaffofligi o‘z-o‘zini saqlashi uchun juda asqotadi.
70
363
Foto
Inson hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan ijtimoiy masofa saqlash dunyoning turli burchaklarida (foto)
Insonlar allaqachon ijtimoiy masofa saqlashga o‘rganib qoldi. Bir necha oy avval ushbu suratlar insonlarning hayratlanishiga sabab bo‘lishi mumkin edi, ammo bugungi kunda u haqiqatga aylandi. Dunyo asta-sekin o‘z holiga qaytar ekan, himoya vositalarini nafaqat tibbiyot maskanlarida, balki kino, teatr, qahvaxona va do‘konlarda ham ko‘rish mumkin. 2020-yil  aynan ijtimoiy masofa saqlash voqeasi bilan insonlar yodida qoladi. Travel Ask sayti esa inson hayotining ajralmas qismiga aylangan ijtimoiy masofa saqlash holatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi. Braziliyaning San-Paulu shahridagi teatrlashtirilgan tomosha alohida xonalardan kuzatilmoqda. Indoneziyaning Jakarta shahridagi kinoteatr xodimi o‘tirmaslik kerak bo‘lgan joylarni belgilamoqda. Salvadordagi Antiguo Kuskatlan shahrida bo‘linmalar bilan jihozlangan sport zal. Argentinaning Buenos-Ayres shahrida talabalarning birinchi o‘qish kuni. O‘qituvchi mashg‘ulotlarni toza havoda olib bomoqda. Kanadaning Gamilton shahridagi barda kuylash mumkin bo‘lgan joy. Manxettendagi qahvaxonada qavariq chodirlar. Kaliforniyaning Santa-Monika shahrida sartaroshlar ko‘chada ishlaydi. Mexikodagi qahvaxonalarda masofani saqlashda katta ayiqlar yordam beradi. Yaponiyaning Tokio shahridagi tungi klublarning birida stul ustiga o‘rnatilgan himoya ekranlari. Shri-Lankaning Kolombo shahridagi Butunjahon savdo markazining xodimlari ijtimoiy masofa saqlashni mashq qilmoqda. Fransiyaning Nitssa shahrida yo‘lovchilar metroda poyezd kutmoqda. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi restoranlardan biri. Odamlar shou-dasturni ochiq havoda, ammo mashinaning ichida tomosha qiladi. Quddus, Isroil. Nemis maktablarining birida niqob taqqan o‘quvchi va o‘qituvchi. Fransuz kinoteatrlaridan birida minionlar.
109
1,765
Foto
Foto: Yarim shaffof mato qismlaridan tayyorlangan installyatsiya
Germaniyalik rassomlar Tomas Granseyer va Tomislav Tema yuzlab yarim shaffof mato qismlaridan tayyorlangan installyatsiyani taqdim etdi va bu bilan tanqidchilarni maftun qildi, deb yozadi Big Picture. Installyatsiya uch o‘lchamli graffitini eslatadi. Rassomlar shu tariqa haqiqiy va raqamli hayot o‘rtasidagi farqni yaqqol ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. “Yo‘qolgan jannat” deb ataluvchi installyatsiyani o‘rnatish uchun metall qisqichlar va yuzlab metr turli rangdagi yarim shaffof matolar kerak bo‘lgan.
64
504
Foto
Dunyoni hayratda qoldirgan 20 ta fotosurat (foto)
TopTales butun dunyoni hayratga solgan 20 ta fotosurat bilan bo‘lishdi.
49
71
Foto
Fotogalereya: Instagram’dagi 10 ta eng ommabop sayyohlik makoni
TravelBird sayyohlik agentligi qaysi diqqatga sazovor joylar Instagram foydalanuvchilari orasida eng ko‘p qiziqish uyg‘otishini aniqlashga qaror qildi. Buning uchun agentlik Instagram API platformasi yordamida u yoki bu yo‘nalish bilan bog‘liq barcha tillardagi heshteglarni hisoblab chiqdi. Natijada TravelBird saylanmasiga 264 ta joy kiritildi, deb yozadi Forbes. Quyida ro‘yxat o‘nligiga kirgan joylar bilan tanishishingiz mumkin. 10-o‘rin. Oktoberfest, Myunxen — 2 262 885 ta teg 9-o‘rin. Parij Bibi Maryam sobori, Parij — 2 517 129 ta teg 8-o‘rin. Tayms-skver, Nyu-York — 2 560 272 ta teg 7-o‘rin. Big-Ben, London — 2 561 617 ta teg 6-o‘rin. Las-Vegas-Strip, Las-Vegas — 3 653 548 ta teg 5-o‘rin. Berlin devori, Berlin — 4 595 501 ta teg 4-o‘rin. South Beach, Mayami — 4 689 396 ta teg 3-o‘rin. Disneyuorld, Florida — 5 465 098 ta teg 2-o‘rin. Eyfel minorasi, Parij — 7 253 011 ta teg 1-o‘rin. Disneylend, Kaliforniya — 14 615 952 ta teg
63
951
Foto
Ko‘pchilik ko‘chib o‘tishni orzu qiladigan eng mashhur mamlakatlar ro‘yxati (foto)
TravelAsk farovon turmush izlab, qaysi mamlakatlarga intilayotgani va qayerlarda eng ko‘p miqdorda muhojirlar yashayotgani haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. AQSh Bejiz AQSh muhojirlar mamlakati deyilmaydi. Qo‘shma shtatlar muhojirlar soni bo‘yicha ko‘p yillardan buyon yetakchilik qilib keladi. Bu yerga ko‘chib kelganlar soni yil sayin ortib bormoqda. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, aholi orasida muhojirlar soni 43,7 million kishini, ya’ni mamlakat aholisining 13 foizini tashkil etgan. Muhojirlarning aksariyati Meksika hamda Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlaridan ko‘chib kelgan. Ikkinchi o‘rinni Osiyo mamlakatlari egallagan bo‘lib, ularning orasida Xitoy yetakchilik qiladi. Yevropa va Afrikadan keladigan muhojirlar oqimi u qadar katta emas. Germaniya Muhojirlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Germaniya band qilgan. Bu yerga ko‘chib kelganlar soni 12 million kishi yoki umumiy aholining 15 foizini tashkil qiladi (2015-yil ma’lumoti). Germaniya Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakati hisoblanadi, shuning uchun bu yerga boshqa mamlakatlardan kishilar o‘z moddiy ahvolini yaxshilash uchun ko‘chib keladi. Asosan Turkiya, Polsha, Ruminiya, Vengriya, Italiya, Yevropa va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlari fuqarolari ko‘chib keladi. Germaniyada Rossiya va Qozog‘istondan ko‘chib kelgan, asli kelib chiqishi nemis bo‘lgan muhojirlar ham talaygina. Rossiya Muhojirlar soni bo‘yicha Rossiya uchinchi o‘rinni egallaydi. Odatda Rossiyaga MDH tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston, Ukraina, Qozog‘iston singari mamlakatlardan muhojirlar keladi. Ularning soni 11 million kishi yoki umumiy aholining 8 foizini tashkil qiladi. Yaqin Sharqning neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlari Muhojirlar orasida mashhur bo‘lgan davlatlar sirasiga Yaqin Sharqning Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt va Qatar singari badavlat mamlakatlari ham kiradi. Asosan Hindiston, Xitoy, shuningdek, Yaqin Sharq va Afrika qit’asining rivojlanmagan hududlaridan muhojirlar ko‘chib keladi. Yaqin Sharq mamlakatlari muhojirlarning aholi orasidagi ulushi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, Birlashgan Arab Amirliklarida bu ko‘rsatkich 88 foiz, Quvaytda 73 foiz, Saudiya Arabistonida 30 foizdan ziyodni tashkil qiladi. Avstraliya Muhojirlar mamlakatlaridan yana biri — Аvstraliya. Janubi-Sharqiy Osiyo, asosan Xitoy, Hindiston, Vyetnam, Filippindan kelgan muhojirlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biroq muhojirlarning asosiy qismi – Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya kabi inglizzabon mamlakatlar fuqarolari. Ularning soni 1,5 milliondan ortiqdir. Avstraliya muhojirlarining umumiy soni 6 milliondan ziyodni tashkil qiladi. Dunyoning boshqa mamlakatlaridan Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya va Italiyani muhojirlar soni yuqori bo‘lgan davlatlar sifatida keltirish mumkin.
82
2,801
Foto
2015-yilda dunyoni hayratga solgan xitoylik 10 nuroniy
Ayrimlar uchun yosh o‘tishi muammo emas, negaki iroda kuchi va optimizm ularga g‘ayrat bag‘ishlaydi. Bu borada boshqalarga ibrat bo‘la oladigan 10 nafar keksa xitoylik inson haqida Shanghaiist yozmoqda. 1. 79 yoshli aktyor va model Van Deshun Pekin modalar haftasidagi defilesi bilan tomoshabinlarni lol qoldirdi. 2. Saratonni yengib, parashyutdan sakragan 70 yashar erkak. U, og‘ir xastalikka chalinganiga qaramay, rafiqasi bilan to‘yining 50 yilligini nishonlashni juda xohlagan edi va buning uddasidan chiqdi. 3. Guanchjoulik 93 yoshli bobo hali-hanuz uncha-muncha polvonlarga bas kela oladi. 4. Chendulik 70 yoshli raqqosa. 5. Rafiqasidan bir lahzaga ham ayrilmaslik uchun 79 yashar erkak ikki o‘rinli nogironlar aravachasini yasadi. 6. 73 yoshli sayyoh turistik guruhdan ortda qolib, Man qilingan shaharda yo‘qolib qoldi. U 1,5 ming kilometr yo‘l yurib, o‘z uyiga yetib keldi. 7. Sichuanlik 80 yoshli havaskor modelyer o‘zi yaratgan liboslari bilan nom qozondi. 8. Uxan sport universiteti bitiruvchisi, 84 tennischi 10 yillik ta’limdan so‘ng nihoyat diplom oldi. 9. 92 yoshli bobo tug‘ilgan kuniga 5 ming yuanlik onlayn-buyurtmani amalga oshirdi. Bu pul evaziga unga italyancha bayramona tushlik tashkil etib berildi. 10. Quyidagi juftlik 70 yil oldingi nikoh marosimida olingan fotosuratni asliday tiklashga harakat qildi.
54
1,337
Foto
Karantin paytidagi inson qalbini junbushga keltiradigan suratlar (foto)
Koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda kuzatilayotgan karantin aksariyat qarindoshlarni bir-biridan uzoqlashtirdi. Biroq quyidagi suratlardagi insonlar bir binoda bo‘lmasdan turib, diydorlashish yo‘lini topdi, deb xabar beradi Cosmopolitan. Bobo va buvi nevarasini ko‘rgani keldi Keksalar va bolalar virusni yuqtirib olishga eng ko‘p moyil bo‘lganlar hisoblanadi. Shuning uchun ular karantin paytida o‘zlarini ehtiyot qilishlari kerak. Biroq mana bu insonlar nevarasini shu qadar sog‘inganidan yopiq eshik ortidan bo‘lsa ham uni ko‘rishga keldi. Er va xotin bir necha daqiqaga diydor ko‘rishdi Xitoylik er-xotinning ushbu surati ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Er ham xotin ham koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan davlat xizmatida bo‘lgani uchun ko‘rishishga ulgurmayapti. Politsiyachi va hamshira oyna orqali bir-birini ko‘rib, telefonda suhbatlashdi. Bobosiga turmushga chiqayotganini aytish uchun kelgan nevara Turmushga chiqayotgan qiz karantinda o‘tirgan bobosiga xushxabarni yetkazib, uning kayfiyatini ko‘tardi. Bobo karantin bo‘lmaganida nevarasini bag‘riga bosib, tabriklagan bo‘lardi. Nevara bilan ilk uchrashuv Butun dunyo koronavirus muammosini qanday hal qilish haqida bosh qotirayotgan bir paytda kimdir farzandini dunyoga keltirmoqda. Keksa otaxon va onaxon nevarasi bilan oyna orqali tanishdi. O‘g‘lini oyna orqali o‘payotgan ona Chen Juysyu Sinyan shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida ishlaydi. Shuning uchun u og‘li bilan bir oydan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘risha olmayapti. Farzandini juda sog‘ingan ona uni oyna orqali bo‘lsa ham o‘pib qo‘ymoqda. Sevgilisi bilan uchrasha olmayotgan xitoylik hamshira Xitoylik yana bir hamshira sevgan yigitining hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun u bilan vaqtincha uchrashmay turishga qaror qildi. Bobo va buvisini ko‘rishga kelgan nevaralar Bobo-buvi hamda nevaralar o‘rtasida o‘ziga xos rishtalar mavjudligini isbotlovchi surat. Ularning quvonchi va tabassumiga qarang! Xaydi Klum va uning turmush o‘rtog‘i karantinga amal qilmoqda Model Xaydi Klum bir hafta o‘zini yomon his etdi, shuning uchun koronavirus testining javobi chiqqunicha eridan uzoqroq bo‘lishga qaror qildi.
71
2,169
Foto
Sevgi bir umr davom eta olishini isbotlagan 16 ta mashhur juftlik (foto)
AdMe uzoq yillardan buyon birga umr kechirib kelayotgan mashhur shaxslar ro‘yxatini tuzdi.
72
90
Foto
Fotogalereya: Stiven Kingning uyi qayerda joylashgan va qanday ko‘rinishda
Stiven Kingning ijodi bilan tanish bo‘lmagan odam bo‘lmasa kerak. Hatto uning kitoblarini o‘qimagan odam ham “Shoushenkdan qochish”ni bir necha marta ko‘rgan. Yaqinda kinoteatrlarda “Uy hayvonlarining qabristoni” filmi qo‘yildi. Kuzda esa “U” filmining 2-qismi chiqadi. Aslida o‘sha qabriston haqiqatan mavjudligini bilasizmi? Axir masxaraboz Pennivayz yashaydigan Derri shaharchasini tasvirlay turib, Stiven King o‘zi yashaydigan Bangor shahrini nazarda tutgan. AdMe “Dahshatlar qiroli”ning uyi haqida bir qancha ma’lumotlar to‘pladi. Men shtatidagi Bangorning eng diqqatga sazovor joyi bu Stiven Kingning uyi. Yozuvchi bu uyni rafiqasi bilan 80-yillarda sotib olgan va shundan beri ko‘p vaqtini uyda o‘tkazadi. Faqatgina qishda iliq havoga ega Floridaga boradi. Tashqaridan Kingning uyi dahshatli filmlardagi uylarga o‘xshaydi. Uy 1870-yilda qurilgan. Atrofida ko‘rshapalaklar va ajdarholar bor. Yozuvchining muxlislari bu uyning oldidan shunchaki e’tibor bermay o‘tib ketolmaydi. Dastlab uy oddiy bo‘lgan. Hech qanday qo‘rqinchli tarixga ega emas. Ko‘rshapalak, ajdarho va o‘rgimchaklarni Kingning o‘zi darvozaga qo‘shgan. Keyinchalik esa bu ishidan pushaymon bo‘ldi. Chunki bunday bezaklar uyga ko‘proq sayyohlarni jalb qila boshladi. Uyning ichi tashqaridan turib taxmin qilinganidan ancha katta. Unda 6 ta yotoqxona, 5 ta vannaxona, basseyn va 3 ta mashina sig‘adigan garaj bor. Stivenning ishlaydigan xonasi binoning orqa qismida joylashgan. Yo‘ldan uning derazalari ko‘rinmaydi. Agar ko‘chadan turib bu uyga qaralsa, uning qanchalar katta ekanini bilish qiyin. Bunda bizga sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan surat yordam beradi. Uyning maydoni 460 kvadrat metrdan kam emas. Stiven va uning rafiqasi Tibeta begonalardan uy ichini berkitishga urinadi. To‘g‘ri, Stiven ba’zan uy hayvonlarining rasmini ommaga taqdim etib turadi. Shunga qarab odamlar uyning ichi haqida xulosa chiqaradi. Masalan, ushbu rasm 2 ta ma’lumot beradi: birinchidan, yozuvchining uyida kitoblar ko‘p, ikkinchidan, u korgi zotli itlarni sevadi. Stiven Kingning uyida dahshatli filmlardagi kabi joylar bormi? Ehtimol. U o‘zining Twitter sahifasida kuchukchasi Mollini mana bunday o‘yinchoq bilan suratini joylagan. Ba’zan bu uyda g‘alati narsalar sodir bo‘ladi. Masalan, “U” filmining premyerasidan oldin derazada qizil pufak paydo bo‘lgan. Uni kim yopishtirganini hatto King ham bilmaydi. “Pufakni men osmadim! Biz Teddi bilan shtatning g‘arbiy qismidagi do‘stimiznikida mehmondamiz. Buni kim qilganini bilmadim-u, ammo men qarshi emasman”, — deydi Stiven King. Romanlarida yozuvchi Bangor yaqinida joylashgan Derri nomli shaharchani tasvirlaydi. Kingning o‘zi Derri to‘qima shahar emasligini tan olgan. Uni tasvirlash chog‘ida, King o‘zi yashaydigan Bangor shahrini nazarda tutgan. “Uy hayvonlari qabristoni” filmi ham Bangorda suratga olingan. Aniqrog‘i, shahardagi Mount Hope qabristonidan foydalanilgan. Quyidagi suratda esa — Stiven King o‘sha filmdagi mushuk bilan suratga tushgan. Yozuvchining uyi joylashgan shaharda 33 ming kishi yashaydi. Ularning har biri mashhur qo‘shnilari borligini biladi. Stiven Kingni shunchaki supermarketda yoki xiyobonda sayr qilib yurganida ko‘rib qolish mumkin. Mahalliy aholi 90-yillarda King bolalar basketbol jamoasiga murabbiylik qilganini va ularni hech qachon yengilmaslikka o‘rgatganini yaxshi eslaydi.
74
3,336
Foto
Trevi favvorasiga qancha pul tashlanadi va u nimaga sarflanadi (foto)
Afsonaga ko‘ra Trevi favvorasiga tanga tashlagan odam albatta Rimga qaytib keladi. Agarda ikkita tashlansa — o‘z sevgisini uchratadi, uchta tashlasa — uni to‘y kutadi, to‘rtta esa — boylikdan dalolat. Har yili millionlab turistlar XVIII asrda barokko usulida qurilgan favvoraga tashrif buyurib, deyarli barchasi baxt uchun u yerga choy-chaqa otadi. Suv ostida shu qadar ko‘p pul yig‘ilib qoladiki, xodimlar uni har kecha tozalashlariga to‘g‘ri keladi, deb xabar berdi Insider Pro. 2016-yilda Trevi favvorasidan 1,5 million dollar yig‘ib olingan. Barcha pullar katolik cherkovining xayriya fondlariga yo‘naltirilgan. Balandligi 25,9 metr hamda eni 19,8 metr bo‘lgan favvorani qurishni 1762-yilda Nikola Salvi boshlagan, Juzeppe Pannini esa oradan 30 yil o‘tib uning ishini yakunlagan. Favvora nomi unga eltuvchi uchta ko‘cha nomidan kelib chiqqan (italyancha “tre vie”) — Via Dey Krochichchi, Via Poli hamda Via Delle Muratte. Favvora yaqinda Italiyaning Fendi modalar uyi hisobiga rekonstruksiya qilingan edi. Ta’mirlash ishlariga 2,2 million dollar sarflangan. Har kuni munitsipal ishchilari favvora suvining ostini tozalab, turistlar tashlagan tangalarni yig‘adi. Undagi tangalar bir necha ming dollarni tashkil etadi. Yig‘ilgan tangalar tozalanadi, tortib ko‘riladi, sanaladi va xalqaro katolik notijorat tashkiloti Karitasga yuboriladi. Getty Images’ning 2005-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, bir yil davomida favvoradan 600 ming dollarga yaqin pul yig‘ib olingan. 2016-yilda esa ushbu mablag‘ 1,5 million dollarga yetgan. Avvallari favvorani oddiy o‘g‘rilar tunab ketgan. Bu ish Rim shahar kengashi ushbu faoliyatni noqonuniy deya topguniga qadar davom etgan. Trevi favvorasiga nafaqat tangalar tashlanadi. Ba’zida u yerdan ko‘zoynak, diniy ramzlar va hatto tish protezlari ham chiqib turadi.
69
1,801
Foto
Soqolini oldirishi tavsiya etilmaydigan 16 aktyor (fotogalereya)
AdMe har qancha jozibador bo‘lishiga qaramay, yaxshisi, ustaraga yaqinlashmagani ma’qul bo‘lgan 16 aktyorni keltirib o‘tdi. Ular soqol qo‘ygan holatda soqolsiz qiyofadan ancha yaxshiroq ko‘rinishiga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin.
64
237
Foto
Xitoyda yomon xodimlar qanday jazolanadi? (foto)
Xitoylik rahbarlar xodimlarini o‘z qilmishlari uchun jazolashda yangicha yo‘l tutmoqda, deb yozadi Travel Ask  nashri. Quyidagi suratlardan ma’lum bo‘lishicha, ular xodimlarga, boshqa mamlakatlardagi kabi, uzundan-uzoq ma’ruzalar o‘qimaydi, shuningdek, ularni mukofot pullaridan mahrum qilmaydi. Xitoylik rahbarlar ayb ish qilgan xodimlarni gavjum ko‘chaning o‘rtasida tiz cho‘kib o‘tirib, o‘tkinchilarga o‘z dardi haqida kuylashga majburlaydi. Bundan tashqari, har bir ishchiga taxtacha osilgan bo‘lib, unda ism-sharif va jazolanishiga sabab bo‘lgan qilmishi keltirilgan.
48
575
Foto
Yogʻoch qayiqdagi muhojirlar, quyoshdan yuzini toʻsayotgan muxlislar, toʻqnashib ketgan poyga mashinalari — 29 avgust suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Floridada oʻtkazilgan rallida bir nechta mashina ishtirokida toʻqnashuv yuz berdi. Bir necha kundan buyon Londonda «Extinction Rebellion» ekoharakatining faollari iqlim oʻzgarishlari va hayvonlar himoyasi uchun namoyish oʻtkazmoqda. JAR poytaxti Yohannesburg shahrida an‘anaviy Brixton Burn bayramida niqob taqib yurgan bolakay. Isroil askarlari tomonidan otib oʻldirilgan 12 yoshli Umar Hasan Abu al-Nilning doʻstlari dafn marosimida yigʻlamoqda. Londondagi «Greenwich+Docklands» xalqaro festivalida chiqish qilayotgan Katalan balet raqqoslari. Kobul xalqaro aeroportida ota-onasi bilan evakuasiya qilinishi kutilayotgan chaqaloqni AQSh dengiz kuchlari askari koʻtarib turibdi. Buyuk Britaniyaning Lids shahrida oʻtkazilayotgan festivalda qoʻshiq kuylayotgan Ashnikko. Falastinning Gʻazo boʻlgasi va Isroil oʻrtasida yana keskinlik yuzaga kelmoqda. Chegarada Isroil askarlari va gʻazoliklar oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz bergan. Tokioda davom etayotgan Paralimpiya oʻyinlarida avstraliyalik Sara Uolsh uzunlikka sakrash musobaqasida oʻz chiqishini namoyish etmoqda. «Liverpul» va «Chelsi» oʻrtasidagi uchrashuv paytida «Liverpul» muxlislari va yon hakam yuzini quyoshdan toʻsmoqda. 18 nafar muhojir Oʻrta dengizni yogʻoch qayiqda kechib oʻtib, Italiya qirgʻoqlariga yetib keldi.
127
1,338
Foto
Fotojamlanma: Dunyo mamlakatlarida koronavirus qurbonlari qanday dafn etilmoqda?
Reuters dunyo mamlakatlarida koronavirus qurbonlari qay tarzda dafn etilayotgani haqida fotomaqola tayyorladi. AQShning Nyu-York shtatida yashovchi erkak koronavirus qurbonlarining jasadi krematsiya qilinganidan so‘ng hoki solingan qutilar orasidan qaysi biri rafiqasinikiga tegishli ekanligini aniqlashga urinmoqda. Nayrobida yashovchi Alisa Vandjiru koronavirusdan vafot etgan turmush o‘rtog‘i Charlz Kariukining krematsiya qilishga tayyorlanayotgan tobutiga qarab turibdi. Hindistonning Nyu-Dehli shahrida maxsus himoya kiyimini kiyib olgan rohib koronavirus qurbonining jasadini yoqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Indoneziyaning Jakarta shahridagi musulmonlar qabristonida koronavirus qurboni dafn etilmoqda. Braziliyaning Manaus shahridagi qabristonning qush parvozi balandligidan olingan suratlari. Braziliyaning Manaus shahridagi qabriston ishchisi go‘r qazimoqda. AQShning Texas shtatidagi kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida koronavirusdan vafot etgan erkak dafn etishga tayyorlanib, qopga o‘rab tashlangan. Meksikaning Mexiko shahridagi qabristonda go‘r qaziyotgan erkakni kuzatayotgan bolalar. Meksikaning Mexiko shahridagi qabristonda bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi qabrlar paydo bo‘ldi. Hindistonning Mumbay shahrida koronavirus qurboni uchun kovlanayotgan qabr. Indoneziyaning Jakarta shahridagi qabristonda koronavirus qurbonlarini dafn etish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Indoneziyaning Jakarta shahridagi qabristonda qabr ustiga qo‘yilgan gullar. San-Salvadordagi qabristonda dafn etish byurosi xodimlari koronavirusdan vafot etgan insonning tobutini ko‘tarib ketmoqda. Hindistonning Nyu-Dehli shahrida maxsus himoya kiyimlaridagi tibbiyot xodimlari marhumni krematoriyga olib ketmoqda. Hindistonning Shrinagar shahri markaziy zaxira politsiya boshqarmasi xodimlari koronavirusdan vafot etgan hamkasbining tobutini dafn etish uchun olib ketmoqda. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri yaqinidagi qabristonga koronavirus qurboni 62 yoshli Edson Amorimning tobuti olib ketilmoqda. Nyu-Dehlidagi krematoriy oldida koronavirusdan vafot etgan ayolning jasadi mashinadan tushirilmoqda. Braziliyaning San-Paulu shahridagi qabristonda koronavirus infeksiyasidan vafot etgan 67 yoshli Salvador Xose de Souza dafn qilinmoqda.
80
2,273
Foto
Fotogalereya: Kanadani sevib qolishga majbur qiladigan sabablar
AdMe Kanadaga borishni istovchilar u yerda nimalarga duch kelishi mumkinligi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Kanada pasporti Bu yerda qahvaning to‘kib yuborilishi yomonlik alomati hisoblanadi Kanada bosh vazirining ajoyib paypoqlari ko‘pchilikning kayfiyatini ko‘taradi Qo‘shnim bahorni kutib charchadi Kanadaning yangi 2 dollarlik monetasi qorong‘ulikda shu’lalanadi Kanada Uber’i Kanadada mast odamni uyiga tekin eltib qo‘yish xizmati mavjud Sport inventarlaridan kundalik hayotda foydalanish mumkin Kanadaliklarning xushmuomalaligi haqida afsonalar yuradi Kanadada Santa-Klausga xat yuboriladi va 11 mingdan ortiq pochta xodimlari har bir xatga javob yozadi Kanadadagi oddiy yo‘l belgisi
63
713
Foto
Suratkash leopard va qora panterani bir vaqtda suratga olish uchun 6 kun kutishga majbur bo‘ldi
Instagram’dagi Mithun H. taxallusi ostida faoliyat yurituvchi suratkash leopard va qora panteraning noyob suratini e’lon qildi. U mazkur suratga “Abadiy juftlik” deya nom bergan. Mithunning so‘zlariga ko‘ra, u bitta shu suratni olish uchun olti kun vaqt sarflagan, deb yozadi Esquire. “Bu, albatta, sabr-toqat talab qildi. Pantera va (urg‘ochi leopard) Kleopatra taxminan 100 metrlarda juft bo‘lib yurganini eshitgan edim, biroq ularni ko‘ra olmadim. Shu sabab bitta nuqtada 6 kun kutishimga to‘g‘ri keldi”, — deydi Mithun. Suratga bo‘lgan qiziqish optik illyuziya sabab ortib ketgan. Saya (pantera) va Kleopatra (urg‘ochi leopard) bir-biriga nisbatan deyarli bir xil holatda turgan. Shu sababli pantera leopardning soyasiga o‘xshab qolgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mithun turli yovvoyi mushuklarni suratga olishga qiziqadi. U leopard va panteralarni National Geographic’ning “Haqiqiy qora pantera” loyihasi uchun kuzatgan. Mithunning Instagram’dagi sahifasida leopard, yo‘lbars va boshqa yirtqichlarning o‘nlab suratlarini ko‘rish mumkin. Suratkash 150 mingdan ortiq obunachiga ega. Qora panteralar keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalarga ko‘ra, alohida tur emas. Bu leopard yoki qora rangli yaguarlarning genetik versiyasi. Ilm-fanda bu kabi hodisa melanizm deyiladi.
95
1,266
Foto
Fotogalereya: Hayvonlar dunyoni qanday ko‘radi?
Sizningcha hayvonlar dunyoni qanday ko‘radi? Ya’ni biz yashayotgan uylar, tabiat ularning ko‘ziga qanday ko‘rinadi? AdMe olimlarning fikriga tayanib, turli xil hayvonlar bir xil tasvirni qanday ko‘rishlarini haqidagi suratlarni taqdim etdi.
47
240
Foto
Fotogalereya: Islandiyada yashovchi ertaknamo otlar
Agar chindan ham qor va muzda sehrli nimadir bo‘lsa, demak, u Islandiyani har doim odamlarni o‘ziga jalb eta oladigan ohanrabodek joyga aylantiradi. Nyu-yorklik fotomuxbir ham kinematograf Dryu Doggetе o‘zining navbatdagi “Afsonalar olamida” deb nomlangan fotosessiyasida ushbu sehrning ma’lum  qismini suratlarga muhrlay oldi, deb yozadi TravelAsk. Dryuning loyihasi qahramonlari esa Islandiyada yashovchi yovvoyi otlari bo‘ldi. Quyida ularni tomosha qilishingiz mumkin.
51
471
Foto
“Olam go‘zali — 2015” tanlovi qatnashchilari o‘zlarining makiyajsiz suratlarini namoyish etdi
“Olam go‘zali — 2015” tanlovi g‘oliblari internetda o‘zlarining makiyajsiz suratlarini namoyish etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Tanlov finali arafasida unda ishtirok etayotgan 10 qiz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o‘z tabiiy go‘zalliklari aks etgan suratlarni joylashtirdi. Fotosuratlarga #ConfidentlyBeautiful xeshtegi ilova qilingan. O‘zining haqiqiy husnini ko‘rsatishdan qo‘rqmagan tanlov ishtirokchilari orasida Argentina, Avstraliya, Indoneziya, Hindiston, shuningdek, boshqa mamlakatlarning vakillari bor. Qizlar o‘zlarining bu suratlari bilan ularning go‘zalligi pardozlangan chehra emas, balki undan-da yuqoriroq jihat ekanligiga e’tibor qaratishga uringan.
93
691
Foto
Fotogalereya: Avstraliyalik fotograf aslida mavjud bo‘lmagan soxta shaharlarni suratga oldi
Avtraliyalik fotograf Gregor Sayler butun dunyoni kezib, yasama va soxta shaharlarni suratga oldi. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi.
91
140
Foto
Foto: Cheksiz kitob tunneli
Xitoy sharqidagi Yanchjou kitob do‘koni va kutubxonasi ko‘zgu illyuziyasi yordamida cheksiz labirintga aylantirildi. Interyer Shanxayning XL-Muse Architects studiyasi tomonidan loyihalashtirildi, ilhom manbai sifatida esa mashhur Yanchjou kanallari arkali toshko‘priklari xizmat qildi. G‘oyaga ko‘ra, ushbu o‘ziga xos tunnelga kirgan kitobxon “kitob daryo”siga sho‘ng‘ishi lozim. TJournal kutubxona qanday shaklga kelganini aks ettiruvchi fotosuratlarni taqdim etdi.
27
466
Foto
Fotogalereya: Yulduzlar bir xil kiyimda namoyon bo‘lganda
Ba’zan turli tadbirlarda mashhur yulduzlar bir xil kiyimda paydo bo‘lishi mumkin. AdMe ana shunday holatda ular qanday ko‘rinishiga e’tibor berdi.
57
146
Foto
Tabiat eng yaxshi rassom ekanligini ko‘rsatuvchi noyob muz asarlar (fotogalereya)
Qish nozik didga ega bo‘lgan haqiqiy rassom. Qor va sovuq yordamida u takrorlanmas darajada maftunkor muz asarlarni yaratadi. Afsuski, bu go‘zallikning umri qisqa... “Fotoshedevri” nashri qish ertaklarini eslatuvchi ana shunday suratlar jamlanmasini e’tiboringizga taqdim etadi. Muzlab qolgan daraxt Muzlab qolgan gul g‘unchalari Muzlagan gulzor Muzlagan ko‘l Muzlagan hovuz Muz bilan qoplangan gul     Qish to‘ri Muzlagan mevalar Muz qoplagan qarag‘ay Zumrad Baykal Michgan ko‘lidagi muzlab qolgan mayoqlar Muzdan hosil bo‘lgan gullar Muz shakllar Muzlagan bog‘ Maysa ustida muzlagan suv Gullagan olma daraxti
81
629
Foto
Budva faxriy fuqarosi bo'lgan Jokovich, Italiyada uyg'ongan vulqon, mashhur yozuvchi xose Marti tug'ilganining 169 yilligi — 28 yanvar suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Budva faxriy fuqarosi bo'lgan  Novak Jokovich. Harbiy havo kuchlari bilan Vashingtonga qaytayotgan Kamala Harris. Germaniyaning Drezden shahrida XVIII asrga oid muzey eksponati o'g'risiga nisbatan boshlangan sud. Kuba poytaxti Gavanada mashhur yozuvchi xose Marti tug'ilganining 169 yilligi nishonlanishi. Ukrainaning Lvov shahri yaqinidagi Yaroviy harbiy poligonida NLAW nomli havo kuchlariga qarshi qurol sinovdan o'tkazilmoqda. Janubiy xyamyong viloyati xamju tumanidagi sabzavot fermasi uchun yerni ko'zdan kechirayotgan Kim Chen In. G'azoda elektr uzilishlar ortidan olov atrofida isinayotgan falastinlik qochqinlar. Gretsiyaning Alimos plyajida kit bolasini qutqarayotgan g'avvoslar. Mexikoda Kandelariya bayrami munosabati bilan tayyorlanayotgan Isoning go'daklikdagi haykali. Italiyada uyg'ongan porto vulqoni natijasida 150 kishi evakuatsiya qilindi.
144
920