folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fotoreportaj: Qashqadaryo va Surxondaryoda kumush qish
29-yanvar kuni Qashqadaryo va Surxondaryo oppoq qorga burkandi. O‘zA viloyatlardagi qish manzarasi aks etgan fotoreportajni tadqim etdi.
54
136
Foto
“Oskar-2019” taqdimot marosimidagi yulduzlarning liboslari (foto)
Bugun, 25-fevral kuni Los-Anjelesda Amerika kinoakademiyasining “Oskar-2019” mukofoti o‘z egalariga topshirildi. Nufuzli mukofot taqdimotiga yulduzlar rang-barang liboslarda tashrif buyurdi. Quyida aktyor va aktrisalarning qizil yo‘lakchadagi ko‘rinishi aks etgan suratlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
65
1,134
Foto
Kun fotosi: Tel-Avivdagi loyli yugurish
Tel-Avivda har yili loyli yugurish bo‘lib o‘tadi: ishtirokchilar o‘n kilometrga yaqin loyli yo‘lni bosib o‘tishi lozim, deb yozadi TravelAsk. Ularning yo‘llarida shinalar, to‘r va quvurlardan iborat ko‘p sonli to‘siqlar uchraydi.
39
230
Foto
Kamargu dengiz otlari — Fransiyaning milliy boyligi (foto, video)
Fransiyada yashovchi  kamargu zotidagi yarim yovvoyi otlar dunyodagi eng chiroyli hisoblanadi. Yorqin rangli, katta ko‘zli, dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab yugurayotgan ushbu otlar har qanday odamda iliqlik uyg‘otishi tabiiy. TravelAsk kamarga zotiga oid otlarning videosi va ajoyib suratlari bilan bo‘lishdi. Kamargularni O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlarida yashagani uchun “dengiz otlari” deb atashadi. Ushbu otlarni va ular bilan birga yashoychi flamingolarni muhofaza qilish maqsadida Kamarg milliy bog‘i tashkil etilgan, bu yerda ular Tur dyu Valat biologik stansiyasining tadqiqotchilari nazorati ostida bo‘ladi. Har yili ularni tomosha qilish va suratga olish maqsadida dunyoning turli burchaklaridan minglab suratkashlar, turistlar va ot ishqibozlari tashrif buyuradi. Kamargu zotining ajdodlari G‘arbiy Yevropada bundan 50 ming yillar oldin yashagan. Zamonaviy kamargu bilan uning qadimiy ajdodi o‘rtasidagi farq ko‘p emas. Shunga qaramay, ularning qarindoshligi hamon taxminligicha qolmoqda. Ayrim tadqiqotchilar ularni Karfagen va O‘rta Osiyodan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Kamargularning shakllanishiga ushbu mahalliy hududlardan odamlar bilan birga Xalqlarning buyuk ko‘chishi vaqtida o‘tgan turli ot zotlari ham ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu zotdagi otlarning ranggi dastlab tug‘ilganida qora-kulrang yoki jigarrang bo‘ladi, keyinchalik esa yorqinlashib boradi. Juda kuchli hisoblanuvchi kamargalar 25 yilgacha umr ko‘radi. Bu yarim yovvoyi hayvonlar uchun ajoyib ko‘rsatkich. Kamargular erkin to‘da shaklida hayot kechiradi, milliy bog‘ hududida ularning 30 ga yaqini mavjud.
65
1,581
Foto
Fotogalereya: Italiyaning tashlandiq joylaridan qo‘rqinchli suratlar
Italiya sayyohlar uchun betakror joy, mazali taom, arxitektura, mehmondo‘st xalq sifatida tanilgan. Ammo fotograf Eleonora Kosti uchun esa Italiya insonlarni qo‘rqitishga qodir mamlakat. Kosti turli xarobalarga borib, suratlar olgan. Travel Ask ularni taqdim etdi.
68
264
Foto
Quddusdagi musulmon va yahudiylar to'qnashuvi, gigant Pasxa tuxumlari, “Moskva” bilan xayrlashuv marosimi — 15 aprel suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Rossiyaning “Pervy” kanalining sobiq muharriri Marina Ovsyannikova jonli efir paytida “Urushni to'xtating, tashviqotga ishonmang, ular bu yerda sizga aldashyapti” yozuvlarini ko'tarib chiqqan. So'ng u kanaldan ishdan bo'shab, Germaniyaning “Die Welt” nashrida ish boshlagandi. Tahririyat binosi yonida o'quvchilar uni ishdan bo'shatishni talab qilib, aktsiya o'tkazdi. Ularning qo'lida “Tashviqotchi — jurnalist emas”, “Tashviqotchining sobig'i bo'lmaydi” yozuvlari bor edi. Ukrainada rus raketalaridan himoyalanish uchun xavfsiz joyga yashiringan ona-bola. xorvatiyalik ayol ko'chalarda sodda san'at uslubida bo'yalgan 2 metrli tuxumga hayrat ila boqmoqda. xitoydagi karantin sabab izolyatsiyalangan aholi birlamchi ehtiyojdagi mahsulotlarni yetkazib beruvchi orqali qabul qilmoqda. Ba'zi provintsiyalarda total izolyatsiya amal qilmoqda. Gollandiyadagi go'zallik — lolazor. Parij arxeparxiyasining apostol ma'murlari Notr-Dam soborida binoni qisman vayron qilgan yong'inning uch yilligi munosabati bilan ibodat qilishmoqda. Hindistonda havaskor va professional rassomlar o'z ijod namunalari bilan ko'chalarni kezmoqda. Quddusdagi al-Aqso masjidida musulmon va yahudiylar to'qnashdi. Isroil xavfsizlik kuchlari falastinliklarning Al-Aqso masjidiga juma namoziga borishiga to'sqinlik qilmoqda. Bugun falastinlik namoyishchilar bilan Isroil politsiyasi o'rtasidagi to'qnashuvda 100 dan ortiq odam tan jarohati oldi. Rossiyaning qudratli “Moskva” harbiy kemasi ukrainalik harbiylar ko'rsatgan yo'nalishga qarab ketdi. Mamlakatning Qora dengiz floti flagmani bo'lgan “Moskva” krayseri 14 aprel kuni cho'kib ketdi. Bugun, 15 aprel kuni Sevastopol shahrida kreyser bilan xayrlashuv marosimi bo'lib o'tdi.
126
1,760
Foto
Fotogalereya: Topqirligiga tasanno aytish mumkin bo‘lgan odamlar
AdMe o‘z topqirligini ishga solgan odamlarning ajoyib “ixtirolari” tasvirlangan suratlarni taqdim etdi. Yaqin atrofda karavot topilmaganida Ozgina sabr — keyin suvga buyurtma bermasak ham bo‘ladi “Singlim naushniklar o‘rniga shuni yasab berdi” Seni uyda o‘tirishga majbur qilishdimi? U holda o‘zingga 3D-kinoteatr yarat Balandroq narvon topilmaganida Ustaxonagacha shu usulda ham yetib olsa bo‘ladi Beshta g‘ildirak to‘rttasidan yaxshi, albatta Planshetni ushlab o‘tiraverib, qo‘llari tolgan ko‘rinadi Quritishga ilib qo‘yilgan ko‘ylak pastki qavatga tushib ketganida Biriga chiroq xalaqit qilmoqda — ikkinchisiga yostiq kerak Buni yasash uchun nechta trubkacha kerak bo‘ldi ekan-a? Ko‘chada yomg‘ir, senda esa etik yo‘q
64
731
Foto
Fotogalereya: Yuzlarga tabassum ulashuvchi suratlar
Charchoq ustun kelgan vaqtda oddiy surat ham tabassum qilishga va kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi. AdMe ana shunday suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
51
155
Foto
Fotogalereya: Fizika qonunlariga qarshi chiquvchi haykallar
Chad Nayt 3D asarlar yaratuvchi rassom bo‘lib, o‘z haykallarini haqiqiy manzaralarda joylashtiradi. AdMe rassomning ijod namunlarini taqdim etdi.
59
145
Foto
Fotogalereya: Asperatus — dahshatli bulutlarning noyob turi
Tabiat cheksiz kuchga ega va u har doim ham buni namoyon etmaydi. Ba’zan bunday kuchlar dahshatli halokatga yoki insonlar o‘limiga olib kelishi mumkin. Asperatus nomi bilan ma‘lum bo‘lgan bunday bulutlar alohida tur sifatida qo‘rqinchli turdagi bulutlarning noyob turi hisoblanadi. Olimlarning aniqlashicha, asperatus bulutlari XXI asr boshlaridagina tez-tez paydo bo‘la boshlagan. Dahshatli ko‘rinishiga qaramay, bunday bulutlar undulatus nomli eng yaqin bo‘lgan turdagi bulutlardan farqli o‘laroq, momaqaldiroq va bo‘ron bilan birga kelmaydi. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda undulatus asperatus qo‘pol yoki bo‘rtma tog‘lar degan ma’noni anglatadi. Bunday bulutlar, ayniqsa, AQShda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha kunning ertalab va tushdan keyingi vaqtlarida paydo bo‘ladi. 2009-yildan beri Britaniya Qirollik meteorologiya jamiyati asperatus bulutlari qanday paydo bo‘lishini va undulatus bulutlaridan qanday farq qilishini o‘rganish uchun ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
59
975
Foto
Fotogalereya: Kutilmagan muammolarning g‘aroyib yechimlari
AdMe agarda chin ko‘ngildan harakat qilinsa har qanday muammoga yechim topish mumkinligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
58
134
Foto
Iqlim o‘zgarayotganini yaqqol ko‘rsatib beruvchi 10 ta surat (fotogalereya)
NASA maxsus saytni ishga tushirdi, u yerda iqlimning barcha dolzarb o‘zgarishlarini aks ettiruvchi suratlar e’lon qilib boriladi. AdMe ularning ba’zilarini fotogalereya ko‘rinishida taqdim etdi.
75
194
Foto
Matonatli paralimpiyachi, Mexikodagi restling-shou, Vankuverdagi quyosh botishi — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Ispaniyaning Sabusedo qishlogʻida «Rapa das Bastas» festivalidagi yovvoyi otlar podasi. Kanadaning Vankuver shahrida quyosh botishi. Oxotsk dengizining Vrangel koʻrfazidagi Grenlandiya kitlari. Turkiyaning Bursa shahridagi Jandarm va Sohil xavfsizlik akademiyasi kursantlarining bitiruv tadbiri. Germaniyaning Xonshtayn shahrida boʻlib oʻtayotgan Haylayn festivali ishtirokchisi. Yaponiyaning ichki ishlar tizimi xodimi mamlakat bayrogʻini ushlab turibdi. Grenlandiya gʻarbiy sohilida joylashgan Disko koʻrfazidagi muzliklar. Janubiy Afrikalik paralimpiyachi Ntando Malangu erkaklar orasida uzunlikka sakrash boʻyicha musobaqa paytida. Gvatemalaning La-Avrora zooparkidagi tamarin maymuni. Mexikodagi restling-shou.
97
776
Foto
Sayyoraning eng go‘zal maskani haqida 12 fakt (foto)
Rough Guide jurnali o‘quvchilari sayyoraning eng go‘zal yerlari reytingini tuzish uchun ovoz berdi. Yigirmatalik ro‘yxatga Shotlandiya boshchilik qilmoqda. Shu munosabat bilan AdMe nashri jahonning eng go‘zal maskani deb topilgan Shotlandiya haqida qiziqarli faktlar keltirdi. Shotlandiya hududida, uning asosiy qismidan tashqari, 800 ga yaqin orol bo‘lib, ulardan 130 tasida odamlar yashaydi. Mamlakatning umumiy maydoni BAA, Chexiya va Panama maydoniga teng. Aynan Shotlandiyada dunyodagi eng qisqa aviareysni amalga oshirish mumkin. Uestreydan Papa-Uestreygacha uchib borish vaqti 1 daqiqa 14 sekundni tashkil etadi. Parvoz narxi — 17 yevro. Fortingall qishlog‘i cherkovining hovlisida 3 ming yoshdagi daraxt turibdi. Bu rezali tis daraxtidir. Rivoyatga ko‘ra, ushbu daraxt ostida bolaligida Isroilning Rim davridagi prokuratori Pontiy Pilatning o‘zi o‘ynagan. Shotlandiya aholisining 14 foizi mallasoch, 40 foizida mallachoslik geni bor. Har yili bu yerda mallasochlar paradi o‘tadi. Shotlandiyaliklar qadimda yakkashoxni yengilmas kuch deb bilib, uni inglizlarning ramzi bo‘lmish arslonga qarshi qo‘yib kelgan. Hozirda esa afsonaviy jonivor ruhiy musaffolik va donolik ramzi sanaladi. Shotlandiya bilan bog‘liq mashhur sport turlari — futbol va golf. Ammo bu o‘lkada fil polosi ham o‘ynaladi. Shotlandiya hududida Bonnibrij shaharchasi joylashgan. Har yili uning aholisi osmonda 300 martagacha noma’lum uchar obyekt (NUJ) ko‘radi. Shu bois u jahon miqyosda NUJ poytaxti hisoblanadi. Xaggis — mashhur shotland taomi, u qo‘yning yuragidan, jigaridan va o‘pkasidan tayyorlanadi. Hozir xaggisning vegetariancha versiyalari ham bor. Qadimgi diniy aqidalarga oid ushbu yodgorlik o‘z o‘lchamlari bilan kishini hayratga soladi. Bundan tashqari, u tekislikda joylashgan bo‘lib, umumiy manzaradan keskin ajralib turadi. Edinburgning aholisi yarim million atrofida, shaharda 16 mingga yaqin madaniy va tarixiy yodgorliklar joylashgan. Bu jahonning mutlaq rekordidir. Bundan tashqari, mashhur Edinburg qasri so‘ngan vulqonda qurilgani diqqatga sazovor. Bu shaharda birinchi o‘t o‘chirish xizmati paydo bo‘lgan. Shotlandiyaning Roslin institutida dunyodagi eng mashhur qo‘y paydo bo‘ldi. Dolli — dunyodagi birinchi klon bo‘lib, uning paydo bo‘lishi fanda to‘ntarish yasadi. “Kelpi” haykali — o‘n qavatli bino balandligidagi ikkita ot kallasi qiyofasidagi yodgorlik bo‘lib, ular Folkerk shaharchasida joylashgan. Haykallar daryo va ko‘llarda yashashiga ishonib kelingan afsonaviy mavjudotlar sharafiga tiklangan.
52
2,515
Foto
Fotogalereya: Kadrda turli xil amerikaliklar
AQSh 330 million odam yashaydigan, xilma-xilliklarga boy mamlakat. U yerda turli millat va irq vakillari istiqomat qiladi. Bunday boy madaniyat fotograf Jon Mirelesni ilhomlantirgan. Natijada Neighbors loyihasi yaratilgan. Ushbu loyiha doirasida fotograf AQShning barcha shtatlarini aylanib, oddiy mahalliy aholini suratga olgan. Travel Ask Jon Mireles olgan suratlarni taqdim etdi.
44
382
Foto
O‘z yoshiga nisbatan hayratlanarli darajada yosh ko‘rinadigan 8 kishi (foto)
AdMe har qanday yoshda ham yoshlikni saqlab qolish mumkinligini isbotlagan 8 kishi bilan tanishtirdi. Ular bilan allaqachon tanish bo‘lishingiz ham mumkin: hayratlanarli darajada yosh ko‘rinishi tufayli ular ijtimoiy tarmoqlar yulduzlariga aylanib ulgurgan. Ularning barchasi yosh ko‘rinishga erishish uchun yoshlikdan sog‘lom hayot tarzi olib borgani: to‘g‘ri ovqatlanib, sport bilan shug‘ullangani, shuningdek, kuniga 2 litr suv ichganini ta’kidlaydi.
76
453
Foto
Shimol yog‘dusi mo‘jizalari: Kanadadagi “Yorug‘lik ustunlari” (foto)
Kanadaning Nort-Bey shahrida yashovchi Timmi Jo Elzinga tungi osmondagi rang-barang ustunlar ko‘rinishidagi noyob yorug‘lik hodisasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi TJournal. Kanadalikning so‘zlariga qaraganda, tunda ikki yoshli o‘g‘ilchasi Gibson uni uyg‘otmaganda u bunday ajoyib manzarani ko‘rmasdan, uyquda o‘tkazgan bo‘lar edi. Bolani tinchlantirib, ko‘chaga chiqqan erkak ba’zi qo‘shnilari ham osmonni tomosha qilayotganligini ko‘rgan. Ba’zi odamlar suratlarni qalbaki yoki ishlov berilgan deyishdi, biroq men ularning haqiqiyligini bilaman. Chunki aniq chiqmagan, xira suratlar menda ham bir talay. Timmi Jo Elzinga Bu kabi noyob hodisa yorug‘lik havoda osilib qolgan muz kristallarida akslanganda yuzaga keladi. U turlicha ko‘rinishda, masalan quyosh atrofidagi muz kamalak ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
68
1,005
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi bir qarashda qo‘rqituvchi xavfli yo‘llar
Dunyodagi ba’zi yo‘llar nafaqat o‘z go‘zalligi bilan zavqlantiradi, balki xavfliligi bilan qo‘rquvga ham soladi. AdMe ana shunday yo‘llarning suratlarini taqdim etdi.
64
166
Foto
Istalgan shaharni “mo‘jizalar mamlakati”ga aylantiradigan dizayn elementlari (foto)
Ba’zi olimlar shahar muhitini loyihalashtirishda nafaqat professional arxitektorlar, balki ko‘cha san’ati va hatto chakalaklar ham dizayn elementlari sifatida ishtirok etishi mumkin, degan fikrga qo‘shiladi. Bunga, albatta, yashash yoki ish joyidagi o‘zgacha dizaynga ega ko‘chalar isbot bo‘la oladi. Devorlarda bir kecha-kunduzda paydo bo‘ladigan graffit yoki g‘ayritabiiy diqqatga sazovor joy bo‘ladimi – ular shaharning go‘zallashuviga hissa qo‘shadi. Vashingtondagi Milliy sobor toshdan o‘yilgan mitti Dart Veyder bilan bezatilgan. Kimdir betonlarni xuddi tobleron shokoladiga o‘xshash tarzda bo‘yab qo‘ygan. Amsterdamdagi maktab avtobusi. Balat – Istanbulning eng rang-barang tumani. View this post on Instagram View this post on Instagram Kapadokiyada havo sharlaridagi sayohatlar mehmonlarda unutilmas taassurot qoldiradi va shu bilan birga, shahar aholisi osmonning ajoyib manzarasiga ega bo‘ladi. View this post on Instagram Sirmionedagi (Italiya) ertaklari kitob sahifalaridan chiqib ketganga o‘xshagan do‘kon. View this post on Instagram Chikagodagi ushbu binoda uning joylashuvi ko‘rsatilgan hudud xaritasi mavjud. Mardindagi gilamli ko‘cha (Turkiya). View this post on Instagram Tokioning Sinzuku shahridagi 2D qahvaxona. Maktab atrofidagi ustunlar qalamga o‘xshaydi. Italiyadagi ajoyib kitob mashinasi tufayli ko‘chada ham mutolaa qilish mumkin. View this post on Instagram
83
1,481
Foto
Afsonaviy Enrike Iglesias 2000-yildan shu kungacha qanchalar o‘zgargan? (foto)
Enrike Iglesias — Lotin Amerika musiqasida ijod qiluvchi dunyodagi eng mashhur qo‘shiqchi.  Uning albomlari 116 marta platinaga muvaffaq bo‘lgan, dunyo bo‘yicha umumiy hisobda 107 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Enrike Iglesias rossiyalik tennischi Anna Kurnikova bilan turmush qurgan, hozirda baxtli hayot kechirmoqda. 2017-yilda esa ular egizak farzandli bo‘lishdi. 2017-yilda konsert berish uchun Toshkentga  kelgan. Quyidagi rasmlarda Enrike Iglesias 1990-yillarning oxiridan beri o‘zgarmaganiga e’tibor bering. Hozir u 44 yoshda, biroq ko‘rinishidan 25 yoshli yigitning o‘zginasi. Buning siri nimada bilasizmi? Baxtda va muvaffaqiyatda! Enrike 1996-yilda Enrike 1999-yilda 2002-yilda 2005-yilda 2008-yilda 2011-yilda 2015-yilda 2017-yilda 2017-yilda 2017-yilda 2018-yilda. 43 yoshida
78
813
Foto
Erta tongdan bajonidil uydan chiqishga undaydigan ishxonalarning suratlari (foto)
Ba’zilar uchun ish joyi qor qoplangan tog‘ yoki cheksiz dengiz, boshqalar uchun esa shahar markazida joylashgan shinamgina ofis. Umuman ishlamaydiganlar uchun qo‘lda qahva hamda salqingina xona kifoya qiladi. Quyida qanchalar mashaqqatli bo‘lmasin, o‘z faoliyatidan mamnun bo‘lgan kasb egalarining ish joyi bilan tanishing. “Bu mening yoqtirgan qizim ishlaydigan maktab hovlisi”. “Ofisimdan ko‘rinib turuvchi manzara”. “Ushbu manzarani tomosha qilishdan sira ham charchamayman”. “Biz Komandor orollaridagi qo‘riqxonalar inspektorimiz”. “Mening baxt burchagim”. “Orzu qilgan ishimni endigina boshladim. Juda ham xursandman!” “Ofis derazasidan bugungi tonggi ko‘rinish”. “Loy yerlar, ochlik, charchoq hamda sovuq ob-havo. Har kim ham tezroq uyga qaytgisi keladi. Ammo yetib borgach, ushbu manzara qanchalar yaxshi ekanini anglash mumkin”. “Men poyezd haydovchisiman va bu men ofisimdan ko‘rgan manzara”. “Derazadan shu kabi manzara ko‘rinib turganda, qanday qilib ishlash mumkin?” “Stomatologning xonasiga olib boradigan yo‘lakchani ko‘ryapsizmi?” “Alyaskadagi ofisim tashqarisidagi manzara”. “Dunyodagi eng yaxshi ish joyi – uchuvchining kabinasi”. “Yaqinda fermani boshqarishni o‘z zimmamga oldim va endi ofisim shunday ko‘rinishda”. “Men ishlaydigan bog‘da kedr daraxti 300 yoshda”. “Ofisimdan ko‘ringan bugungi manzara”. “Men o‘rmon yaqinida ishlayotganimdan xursandman. Suv bo‘ylab yurish stressning eng yaxshi davosidir”. “GESdan chiqayotgan suvni doimo maroq bilan tomosha qilish mumkin”.
81
1,510
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalaridagi maktablarning bir-biridan farqi
AdMe dunyoning turni nuqtalarida joylashgan maktablarning o‘ziga xosligi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. O‘quv yili: Sentabr — iyul Dars davomiyligi: o‘tiladigan fandan kelib chiqib (55 daqiqadan 2 soatgacha) O‘quv haftaligining davomiyligi: 5 kun Imtihonlar: bor Uyga vazifalar: bor O‘ziga xos jihati: Bu yerda ikkinchi yilda o‘qiyotganlarni yoki “sinfdan sinfga sakragan” bolalarni uchratish mumkin, shu sababli aralash sinflar kam emas. Bundan tashqari maktablarda tushlik uchun ikki soatlik tanaffus mavjud: bolalar uyiga borib ovqatlanib kelishi mumkin. Maktablarda telefondan foydalanish taqiqlangan. O‘quv yili: aprel — mart Dars davomiyligi: 45 daqiqa (boshlang‘ich sinflar), 50 daqiqa (o‘rta va yuqori sinflar) O‘quv haftaligining davomiyligi: 6 kun Imtihonlar: yilda bir necha bor Uyga vazifalar: yo‘q (boshlang‘ich maktabda), o‘rta va yuqori sinflarda esa juda ko‘p O‘ziga xos jihati: Darslar 8:30 dan boshlanib kechga qadar davom etadi. Ko‘plab bolalar qo‘shimcha o‘quv muassasalariga ham qatnaydi; yakshanba kunlari ham qo‘shimcha shug‘ullanish normal holat hisoblanadi. Ta’tillar yaponalar uchun (20-iyuldan 1-sentabrga qadar, 26-dekabrdan 7-yanvarga qadar hamda 25-martdan 1-aprelga qadar) — bu yaxshilab o‘qish bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan vaqt. O‘quv yili: sentabr — iyun Dars davomiyligi: 90 daqiqa O‘quv haftaligining davomiyligi: 6 kun Imtihonlar: bor Uyga vazifalar: yo‘q (1—6 sinflarga) O‘ziga xos jihati: maktablarda o‘quvchilarning qobiliyati va o‘zlashtirishiga qarab guruhlarga bo‘linadi. O‘quvchilarning qobiliyatlaridan kelib chiqib guruhga o‘tiladigan fanlar darajasi ham farq qiladi. O‘quv yili: sentabr — iyul Dars davomiyligi: 40 daqiqa O‘quv haftaligining davomiyligi: 6 kun Imtihonlar: bor Uyga vazifalar: bor O‘ziga xos jihati: maktabda o‘qish badantarbiyadan boshlanadi, uchinchi soatdan so‘ng esa ko‘zlar mashq qilinadi. Soat 14:00 da yana bir kunduzgi badantarbiya. O‘quv yili: iyul — may Dars davomiyligi: 35 daqiqa O‘quv haftaligining davomiyligi: 6 kun Imtihonlar: bor Uyga vazifalar: yo‘q (1—6 sinflarga) O‘ziga xos jihati: Hindistonda o‘quvchilarning ota-onalari o‘z farzandlarining imtihon natijalaridan juda qayg‘urishadi. Shahodatnomadagi baholarning yaxshiligi hayotda ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochadi. O‘quv yili: yanvar — dekabr Dars davomiyligi: o‘qituvchining xohishiga qarab O‘quv haftaligining davomiyligi: 5 kun Imtihonlar: 3-sinfdan boshlab har ikki yilda Uyga vazifalar: bor O‘ziga xos jihati: o‘quv yili 4 chorakka bo‘linadi va Pasxa bayramida ta’tilga chiqiladi (aprel oyida ikki hafta). Sinf rahbari har yili almashib turadi, bolalar ham har yili “aralashtirib” yuboriladi. O‘quv yili: sentabr — iyun Dasr davomiyligi: 85 daqiqa O‘quv haftaligining davomiyligi: 5 kun Imtihonlar: bor, muntazam testlar va nazorat ishlari Uyga vazifalar: majburiy emas O‘ziga xos jihati: o‘qish kuni soat 8:15 da boshlanadi, biroq bu vaqt hamma uchun majburiy emas. 8:15 dan 8:45 ga qadar o‘qituvchi bilan individual muloqot qilish vaqti hisoblanadi. O‘quv yili: mintaqa va ob-havodan kelib chiqib har yili o‘zgarib turadi Dars davomiyligi: 50—55 daqiqa O‘quv haftaligining davomiyligi: 5 kun Imtihonlar: bor Uyga vazifalar: yo‘q O‘ziga xos jihati: bolalar maktabni albatta ikki marta almashtiradi — boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘rta maktabga o‘tishadi va bu yerdan o‘qishni 1-sinfdan boshlashadi. Hamma narsa — bino, o‘qituvchilar va sinfdoshlar o‘zgaradi. Bitiruv kechasi o‘rniga “professorlar bilan kechgi ovqat” uyushtiriladi. Sinf bitiruvchilari yaxshi bir restoranda kechgi ovqat tashkillashtirib, professorlarni taklif etishadi. Bunga ketadigan xarajatlarni o‘quvchilarning o‘zi to‘laydi, ota-onalaridan pul olishlari kerak emas (maqsad — bolalar katta bo‘lib qolganini ko‘rsatish).
75
3,754
Foto
“Rus go‘zali 2016” tanlovi g‘olibi aniqlandi (fotogalereya)
Moskvada Miss World Russian Beauty Butunrossiya go‘zallik tanlovi finali bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Unda Kristina Adamson g‘olib bo‘ldi, u Rossiya nomidan “Olam go‘zali”ning xalqaro bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Miss World Russian Beauty tanlovida turli yosh kategoriyalari bo‘yicha musobaqalashiladi. Barcha yosh guruhlariga taalluqli go‘zallarni nashr o‘z fotogalereyasida ko‘rsatib o‘tdi.
59
427
Foto
Soʻnggi qoʻngʻiroq, hayvonot bogʻidagi ulkan maymun, chodirda yashayotgan gʻazolik oila — 25 may suratlari
Sutkaning eng diqqatga sazovor suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. «Bitiruvchi–2021». Bugun Oʻzbekiston maktablarida oʻquv yilining yakunlanganini bildiruvchi soʻnggi qoʻngʻiroq chalindi. Evrokomissiya prezidenti Ursula Von der Leen, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron YeI sammitida ishtirok etmoqda. Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida Kongress binosi oldida hukumatga qarshi namoyishlarda halok boʻlganlar sharafiga gullar qoʻyildi. AQShning Michigan shtatida talabalar universitet oʻqituvchisining QAnon fitna nazariyalariga ishonishi sababidan uning ishdan boʻshatilishini talab qilib namoyish oʻtkazmoqda. Braziliyada koronavirusga qarshi emlash ishlari davom etmoqda. Mamlakatda yarim millionga yaqin kishi ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. Isroil armiyasi tomonidan bombardimon qilingan Gʻazoda mahalliy aholi vayron boʻlgan uylari oʻrnida chodirlarda hayot kechirmoqda. Qrimning Bogʻchasaroy shahrida joylashgan hayvonot bogʻida kichraytirilgan mashinalar maketi ustidan yurib oʻtayotgan maymun. Atrofdagi uylar ham maket boʻlib, bu xuddi ulkan maymun shaharda yurgandek taassurot qoldiradi. Tayvanda koronavirus bilan bogʻliq holatlar soni oshgani sababli aholi yana karantinga olingan. Natijada Taypey shahri koʻchalari huvullab qolgan. Evropaning eng katta vulqoni Etna yana harakatga keldi va undan lava otilib chiqishni boshladi. Mazkur vulqon Sisiliya orolida joylashgan.
106
1,429
Foto
Ona qornidagi jonivorlar (fotogalereya)
National Geographic tadqiqotchilari va rejissor Piter Chinn ajoyib loyihani amalga oshirdi, deb yozadi Travel Ask. Ular hali tug‘ilmagan, onasi qornida bo‘lgan jonivorlarni kadrga muhrladi. Bunga ular 4D ultra tovushli tekshiruv tizimiga ulangan ko‘p sonli mitti kameralar yordamida erishdi. Fotogalereyada dunyoga kelishiga bir necha hafta qolgan jonivorlar qanday ko‘rinishda bo‘lishidan xabar topishingiz mumkin.
39
415
Foto
Fotogalereya: Tabiatning bir vaqtda maftun qiladigan va qo‘rqitadigan go‘zalligi
Tabiat insonni o‘z go‘zalligi bilan ilhomlantiradi, biroq ko‘p sirlarni ham yashiradi. Birinchi qarashda chiroyli ko‘ringan gullar va hayvonlar juda xavfli bo‘lishi, go‘zal tabiat hodisalari esa o‘nglab bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. AdMe ana shunday sirlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
80
298
Foto
Fotogalereya: Qirg‘izistonning siz hali hech qayerda ko‘rmagan suratlari
“Kaktakto” Qirg‘iziston manzaralari aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
72
80
Foto
Oʻzbekistonga kelgan Stiven Sigal, AQSh parkidagi yongʻin, futbol oʻynayotgan migrantlar — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Migrantlar Meksikaning Syudad-Akunya shahridagi qochqinlar lagerida futbol oʻynamoqda. Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurgan Stiven Sigal. Primorskiy oʻlkasidagi «Beliy lev» yovvoyi hayvonlar bogʻidagi sher bolasi. Och qolgan qutb ayigʻi norveg arxipelagi Svalbarddagi Piramida yaqinidagi qirgʻoqda ovqat izlamoqda. Venesuelaning Karakas shahridagi abort qilishni qonuniylashtirish tarafdorlari. Kaliforniyada har yili oʻtkaziladigan itlar uchun syorfing boʻyicha musobaqadan lavha. AQShning «Sekvoya» milliy parkida yongʻin sodir boʻldi. Toshkent xalqaro kinofestivali doirasidagi ijodiy muloqotda nutq soʻzlayotgan Jerar Deparde. Xitoyning Shinjon shahrida Chili qalampirini quritish. Sidneyda kun botishi. Kobulda avtomobil yukxonasida ketayotgan afgʻon bolalari.
106
839
Foto
Fotogalereya: Hajviya hissini yaxshi o‘zlashtirgan mashhurlar
Mashhurlarning suratlarda ideal ko‘rinishi odatiy holat. Biroq ular orasida chiroyli niqob ortiga yashirishga urinmaydiganlar ham bor, buning o‘rniga ular oddiy odam bo‘lib qoladi. AdMe ana shunday mashhurlar suratlarini taqdim etdi.
61
233
Foto
Kelajakning fantastik olami reallikka ko‘chganini aks ettiruvchi inshootlar (foto)
Sayyorada qad ko‘tarayotgan ayrim binolar uzoq kelajakdagi xayoliy inshootlarga o‘xshaydi. Arxitekturadagi rivojlanish hamda yutuqlar allaqachon buni isbotlab berdi. Xitoy poytaxti Pekinda joylashgan eng baland atrium  Leeza SOHO minorasi 2019-yildan beri ishlaydi. Yuqori miqdorda tabiiy yorug‘likni ta’minlaydigan ko‘p qavatli galereyalarga ega. 2010-yildan Gollandiyada ajoyib mehmonxona mijozlarni qabul qila boshladi Binoda aks etgan g‘ayrioddiy me’morlik ishi go‘yo ko‘plab kichik uylardan iborat bo‘lib, uni boshqa barcha binolardan ajratib turadi. Islandiya poytaxti Reykyavikda g‘ayrioddiy Lyuteran cherkovi qurildi Bu Xatlgrimskirkya deb nomlangan cherkov sovuq ob-havo paytida juda ham sirli ko‘rinadi. Livandagi Beirut Terraces loyihasi arxitektura firmasi tomonidan 2017-yilda yakunlangan Binoning balandligi 119 metr bo‘lib, u poytaxtning eng faol hududida o‘z o‘rnini egalladi. Tungi hayotni sevuvchilarni ushbu klub hayratda qoldiradi Ayniqsa, uning old eshiklari antiqa dizaynda qurilgan. Chroma klubi 2018-yil Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida ochilgan. Latviya dorixonasi binosida mohir me’moriy g‘oya mujassam  Dunyoning barcha qiyinchiliklariga qaramay, u 2020-yilda Rigada ish boshladi. Istanbuldagi ko‘p qavatli binolarning rang palitrasi Xitoyning ultrazamonaviy maydoni AQShning Chikago shtatidagi Akva osmono‘par binosi Bu bino eng chiroyli va ekologik jihatdan mujassam sifatida tan olingan. Valensiyadagi san’at va ilm-fan shahri Bu nafaqat kelajakdagi qurilish yutug‘i, balki 20 yildan buyon sayohatchilar uchun eng tomoshabop manzil. “Yashil DNK” nomli ekologik minora estetika va mexanikani birlashtiradi Uni to‘liqligicha tez orada Tayvanda ko‘rish mumkin. Xitoyning besh yulduzli Morpheus mehmonxonasi 40 qavatdan iborat Barcha mehmonlar bino derazalaridan ajoyib manzaralarni tomosha qiladi.
82
1,840
Foto
Fotogalereya: Chiroyli va xavfli jonzotlar
Ko‘rinishidan momiq, chiroyli va beozor ba’zi jonzotlar odamlar o‘ylaganidan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin. AdMe ana shunday jonzotlardan iborat jamlanmani taqdim etdi. Barmoq va qimmatbaho buyumlarni yenotning tirnoqlari va tishlaridan ehtiyot qilish zarur. Primatlar orasidagi yagona zaharli tur o‘zini yirtqichlardan himoya qilish uchun panjalaridagi maxsus bezlaridan zahar ajratib chiqaradi. Go‘zallik ortiga yashiringan zahar unga tekkan jonzotni bir lahzada o‘ldiradi. Uning o‘tkir tirnoqlari qattiq yerni osonlik bilan qazishi va xavfli qurolga aylanishi mumkin. Katta erkak o‘rdakburunning zahri kichik hayvonlar va odam uchun xavfli hisoblanadi. Barmoqlar ehtiyot qilinmasa, yovvoyi tipratikanlardan quturishni yuqtirib olish hech gap emas. Jahldor kazuarning tumshug‘i va tirnoqlari uning hududiga kirgan odamga jiddiy jarohat yetkazishga qodir. O‘zining o‘g‘riligi va quturish kasalligini tarqatishi bilan xavfli hisoblanadi. Juftlashish va boshqa turdoshlari bilan urishayotgan vaqtda u odam uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
42
1,045
Foto
Toshkentda daraxt yiqitadigan kuchli shamol va chaqin kuzatildi
8-may kechasi Toshkent shahrida kuchli shamol kuzatildi. Momaqaldiroq va chaqin osmonni larzaga soldi, shiddatli jala quydi. Shaharliklarning e’tirof etishicha, yashin shu qadar katta kuch va qamrov bilan chaqnaganki, ko‘chalarni yoritib yuborgan. Shamol daraxtlarni qulatgan, ko‘plab mashinalar katta-katta daraxt tanalari ostida qolib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida tabiiy hodisa aks etgan qator fotosuratlar e’lon qilindi. “Daryo” ushbu suratlarni saralab, fotojamlanma tuzdi.
63
533
Foto
Sankt-Peterburgda avariya ishtirokchilari YPX xodimlari kelgunicha qorbola yasadi (foto)
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Viborg shossesida 23-dekabrda qorli ob-havo sababli yo‘l-transport hodisasi yuz bergan: ikkita avtomobil bir-biriga urilgan, hech kim jabrlanmagan. Avtomobillar haydovchilari YPX xodimlari kelguniga qadar ikkita qorbola yasab, ularni yo‘l chetiga o‘rnatgan. Guvohlar qorbolalarning suratlarini e’lon qildi, deb yozmoqda TJournal.
88
368
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
29
84
Foto
Reuters agentligi 2017-yilning eng hayratlanarli suratlarini e’lon qildi (fotogalereya)
Har yili Reuters agentligi yilning eng hayratlanarli 100 ta suratini e’lon qiladi. Agentlik suratlaridan butun dunyodagi siyosiy vaziyat, jamiyat va odamlarning shaxsiy hayotidagi hayratlanarli lahzalar o‘rin oladi. AdMe Reuters tomonidan joriy yilda taqdim etilgan suratlarning ba’zilari bilan bo‘lishdi. 4 yoshli myanmalik qochoq Xosni Ara Bangladeshda bolalar xorini tinglamoqda Nyufaudlend aholisi joriy mavsumda birinchi bor suzib o‘tayotgan aysbergni tomosha qilmoqda Mumbayda Xoli festivali, Hindiston Texas aholisi “Xarvi” to‘foni oqibatida paydo bo‘lgan suv toshqinidan qochmoqda Londonning g‘arbiy qismida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in Kendi Friman Nyu-Yorkdagi Black Lives Matter norozilik marshida AQSh va Rossiya prezidentlari Gamburgdagi G20 sammiti doirasida uchrashdi Qutqaruvchilar ayolga Xuachipedagi suv ostida qolgan ko‘chani kesib o‘tishda yordam bermoqda, Peru Yuriy Gagarinning Moskvada joylashgan haykali KXDR rahbari Kim Chen In “Xvason-12” ballistik raketasining uchirilishini kuzatmoqda Venesuela milliy bayrog‘ini ko‘tarib olgan norozilik namoyishi ishtirokchisi Afg‘on politsiyachilari Kobuldagi terrorchilikning qurboniga aylanishiga bir bahya qolgan bolakayni qutqarishga tayyorlanmoqda
87
1,235
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. O‘lik dengiz qirg‘oqlaridagi qumli to‘siq. Isroil Lourens Abdun laqabli mushuk Britaniyaning Iordaniyadagi elchixonasida rasman ish boshladi Donald Trampning o‘g‘li otasi Oq uy oldida jurnalistlarning savollariga javob berib bo‘lishini kutmoqda Varraklarda ishlatiladigan iplarni bo‘yash jarayoni. Ahmadobod, Hindiston Yangi tug‘ilgan maymuncha onasi bilan. Dvur-Kralove-nad-Labem hayvonot bog‘i, Chexiya Bangkokda joylashgan savdo markaz yonidagi Rojdestvo bezaklari. Tailand Shukronalik kuni arafasida AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan afv etilgan kurka  Britaniya kasaba uyushmalari a’zolari moliya vaziri Filipp Xemmond parlamentda budjet loyihasini taqdim etayotgan vaqt norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda. London, Buyuk Britaniya Xitoyning Shandun provinsiyasidagi qishloqda lag‘monlar quritilmoqda
29
898
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi yangi diqqatga sazovor joylar
Dunyoda doimiy ravishda yangi diqqatga sazovor joylar paydo bo‘ladi. National Geographic ana shunday yangi diqqatga sazovor joylardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
53
164
Foto
Fuqaroning peshonasidan o'payotgan Makron, tarafdorlari bilan uchrashgan Tramp, Kievdagi buzilgan ko'prik — 10 aprel suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Bugun Frantsiyada prezidentlik saylovlari bo'lib o'tdi. Uni yoritish uchun 400 dan ortiq jurnalistlar akreditatsiyadan o'tgan. Saylovda amaldagi prezident Emmanuel Makron ham ovoz berdi. Ovoz berib bo'lgan prezident fuqarolar bilan uchrashdi. Ulardan birining peshonasidan ham o'pib qo'yishga ulgurdi. Darvoqe, saylovning birinchi turidan keyin Emmanuel Makron yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi bosqichda unga Marin Le Pen raqiblik qiladi. Londonda ayollar Ukrainaning Bucha shahridagi qirg'inni qoralab o'ziga xos aktsiya uyushtirdi. Bangladeshda tarvuz sotuvchisi. Bu yilgi ob-havoning issiq kelishi sababli tarvuzlar muddatidan oldin pishgan. Mamlakat poytaxtida talaba qiz tomonidan chizilgan Bengal Yangi yiliga bag'ishlangan devoriy san'at asari. Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi shahrida Visaki tantanalari nishonlanishida raqs tushayotgan raqqosalar. Boltiq dengizining Germaniyadagi sohillarida sohil o'rindiqlari qo'yib chiqildi. Kievdagi Irpin daryosi ustidagi ko'prik rus harbiylari hujumi oqibatida qulab tushdi. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Shimoliy Karolinada o'z tarafdorlari bilan uchrashdi. Buyuk Britaniya poytaxti Londonda “Extinction Rebellion” ekoharakati a'zolari norozilik namoyishi o'tkazdi. Bugun Frantsiya fuqarolari o'z siyosiy burchlarini ado etdi. Saylovda qatnashish 2017 yildan pastroq, 2002 yildan yuqori bo'lgani qayd etildi.
126
1,427
Foto
Fotogalereya: Diqqat qilib qarashga majbur qiluvchi rasmlar
Odamlar ko‘zlari va quloqlariga ishonishga odatlangan. Ammo AdMe bir marta qaraganda tushunib bo‘lmaydigan rasmlarni to‘pladi.
59
126
Foto
Fotogalereya: Eng ajoyib qal’alar
O‘rta asrlar arxitekturasi o‘zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Ana shu davrlar yodgorligi hisoblangan qal’alar o‘z egalarining boyligini aks ettirish bilan birga, mustahkam mudofaa vazifasini ham o‘tagan. AdMe nashri beqiyos go‘zallikka ega qal’alar fotojamlanmasini taqdim etdi.
33
287
Foto
Finlyandiyalik fotosuratchi o‘rmon hayvonlarini professional modellar kabi kadrga muhrlaydi (foto)
Xelsinkida istiqomat qiluvchi fotosuratchi Yoaxim Myunter Finlyandiya o‘rmonlarida hayvonlarni suratga oladi, deb yozadi Travel Ask. Bir qarashda jonivorlar qanday suratga tushishni biladigan “modellar” kabi ko‘rinadi. Qiziquvchan tulkidan tortib, ochko‘z olmaxongacha — barcha “modellar” obyektiv qarshisida o‘zini tamoman qulay his qiladi. “Yovvoyi tabiatni tasvirga olishda asosiysi — hayvonlar ishonchiga erishish. Jonivorni ta’qib qilish muhim emas, deb o‘ylayman. Shunchaki vaqt ajratish va sabr qilish kerak, toki hayvonlar yoningizda o‘zini qulay his qilsin”, — deydi Myunter.
98
584
Foto
Fotogalereya: Barcha yuz o‘girgan Qatar
“Vedomosti” nashri so‘nggi kunlarda bir nechta davlat aloqasini uzgan mamlakat — Qatarning iqtisodiy xususiyatlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Qatar — Yaqin Sharqdagi davlat, Arabiston yarimorolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Maydoni — 12 000 kvadrat metr. Aholisi — 2,2 million (2015-yil ma’lumoti). Poytaxti Doha shahrida 400 ming aholi istiqomat qiladi. Suratda Dohadagi “Qatar marvaridi” nomli sun’iy orol — ushbu oroldan chet elliklar joy sotib olishiga so‘nggi yillardagina ruxsat berildi. Mamlakatda neftni qazib olish 1935-yilda boshlangan. Qatar 1961-yildan beri OPEK a’zosi. Neft zaxiralari — 2,7 milliard tonnaga teng. Bu dunyodagi neft zaxirasining 1,5 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga Qatar dunyoda suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksport qiluvchi yirik davlat. Qatar 2016-yilda 77,2 million tonna STG eksport qildi, bu jahon bo‘yicha eksport qilingan STGlarning uchdan birini tashkil qiladi. Qatar gaz zaxirasi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda — Eron va Rossiyadan keyin. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda Qatar YIMi 164,6 milliard dollarni tashkil etgan. 77,3 milliard dollar eksportdan, jumladan, neft va gazning ulushi  37 foizni tashkil qiladi. Kishi boshiga YIM — 68 765 dollarni tashkil etadi. Qatarda AQShning Yaqin Sharqdagi eng katta Harbiy-havo kuchlari bazasi joylashgan bo‘lib, u o‘z ichiga 120 samolyot, jumladan, suratdagi B-52 Stratofortress qiruvchi samolyotini ham oladi. AQSh bularni 2016-yil aprelida, IShID terrorchilarga qarshi kurashish maqsadiga joylashtirgan. 2016-yil bo‘yicha davlat kompaniyalarining daromad hajmi: Qatar National Bank (11,7 milliard dollar, kapitallizatsiyasi 37,7 milliard dollarga teng), Ooredoo Telecom (8,9 milliard dollar, kapitalizatsiyasi 9,1 milliard), Commercial Bank of Qatar ( 1,7 milliard dollar, kapitalizatsiyasi 3,4 milliard). Arab telekanallari ichida eng yiriklaridan biri Al Jazeera Qatarga tegishli. Telekompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, uni 100 mamlakatda 310 million xonadon tomosha qiladi. Telekanalning dunyo bo‘ylab 70 ta redaksiyasi bor, jumladan, Moskvada ham. 2022-yilning noyabr oyini oxiri hamda dekabr oyining boshida Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mamlakatning yiriki aviakompaniyasi Qatar Airways 5-iyun kuni Saudiya Arabistoniga parvozlarini to‘xtatganini ma’lum qildi. Bunga qadar amirlikning FlyDubai hamda Emirates, Air Arabia, Etihad Airways kompaniyalari ham Qatarga parvozlarini bekor qilishga tayyorlanayotgan edi. Qatarda oziq-ovqat mahsulotlari asosan Saudiya Arabistonidan import qilingani sabab, endilikda oziq-ovqat narxlari oshishi kutilmoqda. Tahlilchilar iqtisodiy o‘sishning pastlashini taxmin qilishmoqda. Shundoq ham tashqi qarzi 105 milliard dollarni tashkil qiladigan bank sektorlari, Qatar Airways kompaniyalari zarar ko‘radi.
39
2,812
Foto
Fotogalereya: Qoshiqlar va sanchqilardan tayyorlangan guldastalar
Kundalik hayotda ishlatiladigan buyumlar ko‘pincha ijodkorlarni hayratlanarli san’at asarlari yaratishga ilhomlantiradi. Britaniyalik Enn Kerrington xo‘jalik buyumlaridan go‘zal san’at namunalari yaratadi. Billionnews nashri ijodkor tomonidan qoshiqlar va sanchqilar yordamida tayyorlangan guldastalar fotojamlanmasini taqdim etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
65
409
Foto
Yer ilgari va hozir. NASA suratlaridagi ulkan o‘zgarishlar (fotogalereya)
AdMe NASA saytidan topgan suratlar taqqoslansa, inson yillar davomida o‘z sayyorasi qiyofasini qanchalik o‘zgartirganligini ko‘rish mumkin. Mazkur suratlar o‘rtasidagi farq besh yildan yuz yilgachadir. Pederson muzligi, Alyaska. 1917-yil yoz fasli — 2005-yil yozi. Orol dengizi, Markaziy Osiyo. 2000-yil avgusti — 2014-yil avgusti. Kerroll muzligi, Alyaska. 1906-yil avgusti — 2003-yil sentabri. Pauell ko‘li, Arizona va Yuta shtatlari. 1999-yil marti — 2014-yil may oyi. Ayiq muzligi, Alyaska. 1909-yil iyuli — 2005-yil avgusti. Rondoniya o‘rmonlari, Braziliya. 1975-yil iyuni — 2009-yil avgust oyi. Makkarti muzligi, Alyaska. 1909-yil iyuli — 2004-yil avgusti. Dasht daryosi, Pokiston. 1999-yil avgusti — 2011-yil iyuni. Matterxorn tog‘lari, Shveysariya va Italiya chegarasidagi Alplar. 1960-yil avgusti — 2005-yil avgusti. Mabira o‘rmonlari, Uganda. 2001-yil noyabri — 2006-yil yanvari. Inson qo‘li bilan yaratilgan buyuk daryo, Liviya. 1987-yil apreli — 2010-yil apreli. Kori Kalis muzligi, Peru. 1978-yil iyuli — 2011-yil iyuli. Mar-Chikita ko‘li, Argentina. 1998-yil iyuli — 2011-yil sentabri. Muir muzligi, Alyaska. 1941-yil avgusti — 2004-yil avgusti. Urugvay o‘rmonlari. 1975-yil mart — 2009-yil fevrali. Urugvay o‘rmonlari maydonini 45 ming gektardan 900 ming gektargacha oshirishga erishdi, biroq ulardagi hayvonlar va o‘simliklar xilma-xilligi kamayib ketdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
73
1,458
Foto
2020-yil — suratlarda: Biz uni qanday eslab qolamiz?
2020-yil butun dunyo uchun unutilmas hamda ko‘p yo‘qotishlarga boy yil bo‘ldi. Pandemiya davrida tibbiyot xodimlarining fidokorligi, tabiiy ofat qurbonlariga yordam berish uchun insonlarning birlashuvi – bularni uzoq davom ettirish mumkin. O‘tgan 12 oy ichida dunyo qay darajada o‘zgarganini quyidagi suratlarda tomosha qilish mumkin. Yanvar 1-yanvar. Nyu-York aholisi Tayms-skverda Yangi yilni nishonlamoqda. 23-yanvar. Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Xubey viloyatidagi oziq-ovqat do‘koni. Fevral 1-fevral. Himoya kiyimi va niqobdagi erkak Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida velosipedda yetkazib berish ishlarini amalga oshirmoqda. Koronavirusdan vafot etganlar soni 259, kasallanganlar soni 11000 ga yetdi. Kasallik AQSh, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya kabi bir qator mamlakatlarda ham qayd etilgan. 9-fevral. Tarixda birinchi bora “Oskar” mukofoti ingliz tilida emas, balki Janubiy koreyalik rejissor Pon Jun Xo tomonidan yaratilgan “Parazitlar” filmiga nasib etdi. Shuningdek, u eng yaxshi rejissor va ssenariy mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Mart 11-mart. Nyu-York shtati Oliy sudi prodyuser Xarvi Vaynshteynni 5 ta ishdan 2 tasida aybdor deb topib, 23 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 17-mart. Piza minorasi yaqinida sanitariya ishlarini olib borayotgan xodim. 31-mart. Shotlandiyaning Uels shahridagi kimsasiz ko‘chalarda yurgan tog‘ echkilari. Aprel 3-aprel. Vashington shahridagi eng mashhur konsert joyi bo‘lgan Anthem binosiga “Biz buni yengib chiqamiz” nomli plakat joylashtirildi. Shuningdek, Oq uy COVID-19 pandemiyasi AQShda 100 mingdan 240 minggacha odam vafot etishi kutilayotganini ma’lum qildi. 13-aprel. Tailandlik hamshira va yangi tug‘ilgan chaqaloq. May 7-may. Milliy hamshiralar uyushmasi Oq uy oldida 88 juft ayollar poyabzalini namoyish etdi. Bu namoyish AQShda koronavirusdan vafot etgan hamshiralarga bag‘ishlandi. Milliy hamshiralar uyushmasi vakillari hukumatdan barcha tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari va kompensatsiya to‘lovlari bilan ta’minlashni talab qildi. 29-may. 2020-yilning may oyida AQShda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan hibsga olinayotganda o‘ldirildi. Buning ortidan mamlakat bo‘ylab huquq tartibot organlari shafqatsizligi va irqiy tengsizlikka qarshi ommaviy norozilik namoyishlari avj oldi va Black Lives Matter (“Qora tanlilarning hayoti muhim”) harakati paydo bo‘ldi. Iyun 1-iyun. Mushukcha Filippin temiryo‘l stansiyasidagi ijtimoiy masofani anglatuvchi belgi yonida. Mamlakatda karantin cheklovlari rasman yengillashdi va odamlar poyezdlarda saf tortib, boshqa shaharlarga ketmoqda. 80 kunlik qat’iy karantin tufayli millionlab filippinliklar ishsiz va boshpanasiz qoldi. 13-iyun. Qirolicha Yelizaveta II har yili Trooping the Color harbiy paradini o‘tkazadi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan parad odatdagidan ko‘ra soddaroq tarzda o‘tkazildi. Qirol oilasi a’zolaridan faqat Yelizaveta II qatnashdi. Iyul 1-iyul. Rossiyada Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish yakunlanmoqda. Saylov uchastkalari yopilganidan so‘ng e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, tuzatishlarni saylovchilarning 71,2 foizi qo‘llab-quvvatladi, 28,3 foizi esa qarshi chiqdi. 9-iyul. Prezidentlikka nomzodini qo‘ygan Jo Bayden Pensilvaniyada o‘sgan uyi oldida tiz cho‘kdi. Avgust 4-avgust. Beyrut portida ikkita kuchli portlash sodir bo‘ldi. O‘nlab insonlar halok bo‘ldi, jarohatlanganlari esa yuzlab odamlarni tashkil etdi. 19-avgust. Kaliforniyada yong‘in. Anomal issiqlik va chaqmoq falokat kelib chiqishining asosiy sababi hisoblanib, favqulodda holat rejimi joriy etildi. Sentabr 2-sentabr. Gollandiyalik bolalar dunyodagi boshqa bolalar singari masofaviy o‘qitish va yozgi ta’tildan so‘ng maktabga qaytmoqda. Ular barcha xavfsizlik choralariga rioya qilishi shart. 20-sentabr. Liza Kudrou, Jennifer Eniston va Kortni Koks “Emmi” mukofotlari boshlovchisi bilan videoaloqada. Bu yil mukofot topshirish marosimi onlayn tarzda o‘tkazildi. Oktabr 2-oktabr. AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyada koronavirus aniqlandi. AQSh rahbari mamlakatning Uolter Rid milliy harbiy tibbiyot markaziga davolanishga yuborildi. Noyabr 4-noyabr. Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlovchi va Donald Trampga ovoz bergan odamlar o‘rtasidagi nizo. AQShda 2020-yil prezident saylovlariga ovoz berish bilan tugaydi. 21-noyabr. Parijliklar hukumat tomonidan yaqinda qabul qilingan global xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi norozilik bildirmoqda. 27-noyabr. Minglab Kashmir musulmonlari Dastgir Sohib ibodatxonasida. Dekabr 2-dekabr. Nyu-Yorkning Yangi yil uchun bezatilgan ko‘chalari. 6-dekabr. Qorbobo libosidagi odam Berlindagi daryoda. Bu yil Germaniyada Yangi yil savdo shoxobchalari bekor qilindi. 6-dekabr. Kichkintoy Vashingtondagi ulkan shaffof pufakcha ichida o‘tirgan Qorboboga qo‘lini uzatmoqda. 11-dekabr. Argentinalik ayollar xursandchilik qilmoqda. Chunki homiladorlikning 14-haftasigacha bo‘lgan abortni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qonun Senatga taqdim etiladi. Avvalroq prezidentning o‘zi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan edi. 13-dekabr. Texas shtatidagi meteoritli yomg‘ir. 15-dekabr. Bolalar Qizil maydonda qor o‘ynamoqda.
52
5,229
Foto
O‘z egasini street style yulduziga aylantira oladigan zamonaviy sumkalar (foto)
Doimo trendda bo‘lishni istovchilar nimalarga e’tibor qaratishi kerak? Albatta, taniqli brendlarning sumkalari bu borada yordam berishi aniq. Klatch, xobo, minoder kabi turli nomdaga ega sumka modellarisiz biror mashhur ayollarni tasavvur qilish qiyin. Tout-sumka View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Mikrosumka View this post on Instagram Xobo-sumka View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Klatch View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Minoder sumka View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Baget sumka View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Qop sumka View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Ridikyul View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Bilaguzuk sumka View this post on Instagram Boks sumka View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Animalistik sumka View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
79
1,915
Foto
Fotogalereya: Qirg‘izistonga yuqoridan nazar: Tulporko‘l
Bloger Denis Fransuzov yaqinda Qirg‘izistonning Tulpo‘rko‘liga va uning yonidagi tog‘larga sayohat qilgan. U yerda o‘tgan uch kunini kameraga muhrlagan. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi.
56
194
Foto
Paralimpiya o'yinlari mash'alasi, Kievda portlatilgan ko'prik, Yangi Zelandiyadagi yong'in — 2 mart suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ukrainadan 400 mingdan oshiq kishi urushdan qochib, Polsha chegarasini kesib o'tdi. Hindistonning Shrinagar shahrida departament ishchilari norozilik namoyishlari ortidan hibsga olindi. Baliliklar mahalliy Yangi yilga tayyorgarlik ko'rmoqda. Avstraliya janubida yuz bergan suv toshqini. Efiopiyaliklar Adva jangidagi Italiya ustidan qozonilgan g'alabaning 126 yilligini nishonlamoqda. Vellingtonda norozilik namoyishlari paytida yong'in yuzaga keldi. Kievlik ayol oilasi bilan portlatilgan ko'prik xarobalari oralab yurib bormoqda. Pekinda Paralimpiya o'yinlari mash'alasini yondirish marosimi bo'lib o'tdi. Gonkongda “omikron” sabab vaziyat jiddiylashib bormoqda. Buyuk Britaniya parlamentida Ukrainaning mamlakatdagi elchisi Vadim Pristayko ham ishtirok etdi.
109
822
Foto
Fotogalereya: Odam organlari mikroskop ostida
Birinchi optik qurilmaning yaratilishi odamlarga dunyoning qanchalik boy ekanligini ko‘rishga imkon berdi. TravelAsk odam organlarining mikroskop ostidagi tasvirlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
45
199
Foto
Fotogalereya: Tabiatga munosabat namunalari
Insonlar tabiatga turlicha munosabatda bo‘ladi. Facebook’dagi “Interesnaya planeta” sahifasida ana shu munosabatning turlicha ko‘rinishi aks etgan suratlar taqdim etildi.
43
170
Foto
Foto: Vankuver politsiyasi tomonidan 2019-yil uchun chiqarilgan xayriya kalendari
Kanadaning Vankuver shahri politsiyasi va ularning xizmat itlari xayriya kalendari uchun ajoyib fotosessiyada ishtirok etdi. Xayriya kalendariga 2009-yilda asos solingan va undan tushadigan daromad Vankuverning rak kasalliklari va bolalar kasalxonasiga yo‘naltiriladi. TravelAsk fotosessiyadan namunalarni taqdim etdi.
81
318
Foto
Jurnalistlar Instagram’da “layk”lar bo‘yicha rekord o‘rnatgan tuxumni kim o‘ylab chiqqanligini aniqladi
The New York Times nashri Instagram’da “layk”lar bo‘yicha dunyo rekordini yangilagan World Record Egg akkauntining yaratuvchilari bilan suhbatlashdi, deb yozadi Meduza. Tovuq tuxumining o‘ta mashhur akkauntini The & Partnership London reklama agentligining 29 yoshli xodimi Kris Godfri va uning ikki do‘sti o‘ylab chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. World Record Egg akkaunti odatiy tovuq tuxumini ilk bor 4-yanvar kuni joylashtirdi va quyidagi izohni qoldirdi: “Keling, birgalikda Instagram᾽ning o‘tgan yilgi rekordini yangilaymiz va bu suratni eng mashhur qilamiz. Kayli Jenner rekordini yangilaymiz”. Dunyo rekordini yangilashi uchun tuxumga 9 kun kerak bo‘ldi; hozirda u 52 million “layk” to‘pladi. Undan keyin akkaunt tuxumning yangi — yoriq tusha boshlagan suratlarini joylashtira boshladi. Godfriga birinchi berilgan savol: “Nega aynan tuxum?” savoli bo‘ldi. “Tuxumning jinsi, irqi va dini yo‘q. Tuxum bu tuxum, u universal”. U akkauntni ilgari surish uchun mashhur Instagram-blogerlarga haq to‘laganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Reklama sanoati vakillari allaqachon 10 million obunachiga ega bo‘lgan World Record Egg akkaunti yaratuvchilariga juda ko‘p mablag‘ keltirishi mumkin deb hisoblamoqda.
103
1,201
Foto
Farzandlarini enagaga ishonmay, ularga o‘zi g‘amxo‘rlik qilishga qaror qilgan yulduzlar (foto)
Ayni vaqtda bolalar uchun enaga yollash odatiy holga aylangan. Ayniqsa, bu taniqli shaxslar orasida ko‘p uchraydi. Chunki ular karyera tufayli ham tug‘ruqdan keyin tanaffus qilmaydi. Shunday bo‘lmasin, farzandining tarbiyasini birinchi o‘ringa qo‘yib, enagalarsiz ularga o‘zi g‘amxo‘rlik qilayotgan yulduzlar ham talaygina. Mila Kunis va Eshton Kutcher Yulduzli juftlik bir qiz va o‘g‘ilni tarbiya qilmoqda. Ular farzandlariga o‘zi g‘amxo‘rlik qilishga qaror qilgan. Ularni tez-tez o‘yingohlar, savdo markazi va xiyobonlarda sayr qilayotganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, Mila farzandlarini ona suti bilan boqdi va uning so‘zlariga ko‘ra, bu uni baxtli ham qilgan. Mila eng zamonaviy aktrisa bo‘lib, qizil yo‘lakda batamom boshqa ayolga aylanadi. Uyda esa qulay kiyimlarni kiyib, farzandlari bilan vaqt o‘tkazadigan mehribon onadir. Bleyk Layvli va Rayan Reynolds Mashhur juftlik ham uch qizni tarbiyalamoqda. Ular uchun bolalari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish muhimdir. Shuningdek, juftlik bir vaqtda ishga ketmaydi. Farzandlari bilan ota yoki ona birga qolishi kerak. Bleyk hamisha oilasining katta bo‘lishini, imkoni bo‘lsa 30 ta farzand ko‘rishni orzu qilgan. Rayan esa chindan ham mehribon dada. U kechasi qizidan xabar olish uchun 5 marta uyg‘onishini ham tan olgan. Garchi charchagan bo‘lsa-da, bunday shirin tashvishlardan qochmaydi. Riz Uizerspun Riz Uzerspun va Rayan Filipp ajrashgan bo‘lsa-da, ular farzandiga g‘amxo‘rlik borasida ortga chekinmaydi. Shunday bo‘lsa-da, farzandlarini enaga topshirishdan bosh tortgan. Rizga avvalgi turmushidagi farzandlari doimo yordam beradi. “Ona bo‘lish hayotimdagi eng asosiy baxtdan biri. Chindan ham uch farzandimdan ko‘p narsani o‘rgandim. Sabr-toqat, mehr-oqibat, kamtarlik, ijodkorlik. Men bolalarimni hammadan ham ko‘proq yaxshi ko‘raman. Buni farzandli bo‘lgachgina tushunish mumkin. Men sizlarning onangiz ekanligimdan minnatdorman”, – deydi aktrisa. Jennifer Lopes Mark Entoni va Jennifer Lopesning egizaklari dunyoga kelganida, juftlik farzandlariga g‘amxo‘rlik qilishda enagadan foydalanmaslikka qaror qilgan. Ular o‘z ishlaridan navbatma-navbat farzandlari uchun vaqt ajratar edi. Juftlik ajrashganidan so‘ng, Jenniferga uning onasi va yaqinlari yordam bergan. Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach, Jeni o‘g‘li uchun ustoz yollashga qaror qilgan. Chunki o‘g‘li hamisha ayollar qurshovida bo‘lib, unga haqiqiy erkak kishining tarbiyasi kerak edi. Jennifer Lav Xyuitt Aktrisaning qizi 1,5 yoshda ekanligida u ikkinchi farzandiga ham homilador edi. U intervyularining birida, hech qachon farzandlarini enagaga topshirmasligini ma’lum qilgan. Jennifer ham oddiy ayollar kabi barchasini o‘zi amalga oshirishini yoqtiradi. Shuningdek, hayotidagi barcha narsalar bilan farzandlar tarbiyasini taqqoslab, hammasi ikkichi o‘rinda ekanini anglab yetgan. Garchi farzand tarbiyasi oson ish bo‘lmasa-da, u hamisha baxtli. Hattoki Instagram sahifasida: “Eng yaxshi narsa – bu turmush qurish, farzandli bo‘lish va ularning kun sayin o‘zgarishini ko‘rishdir”, – deb yozgan. Selin Dion Xonandaning uch o‘g‘li bor. Unga dastlab farzand ko‘ra olmaslik tashxisi qo‘yilgan edi. Lekin tibbiy yo‘l orqali buni amalga oshirdi. “Men ham farzand ko‘rib, ularni tarbiya qilishni xohlar edim. Balki bugun ularsiz bo‘lishim mumkin edi, shuning uchun imkon qadar ular bilan ko‘p vaqt birga bo‘laman”, – deydi Selin. Selin hech qachon enaga haqida o‘ylamagan. Unga hamisha onasi va singlisi ko‘maklashib turgan. Yeva Mendes va Rayan Gosling Juftlikning ikki nafar farzandi bor. Yeva ularni tarbiyalashda enagaga murojaat qilmagan. Qanchalar charchagan bo‘lsa ham, ularni boshqa birovga ishonib topshira olmaydi. Shuningdek, oilaviy suratlarini Instagram sahifasiga joylab boradi. Jessika Alba Jessika oilasiga farzandlariga g‘amxo‘rlik qilishda yordam bergani uchun pul to‘laydi. Chunki uch nafar qiziga qarash qiyin va aktrisaning o‘zi ham bu boradan toliqib qoladi. Ammo u uchinchi farzandini dunyoga keltirgach, ancha o‘zgargan hamda tajribasi oshgan. Skarlett Yoxansson Yulduz ham bir vaqtlar bola tarbiyasini enagaga topshirishni xohlamagan. Ammo qizi tug‘ilgach ko‘p narsani tushunib yetgan. Masalan, bolalar kuni bilan kattalar oldida bo‘lganidan ko‘ra, tengdoshlari bilan yaxshi vaqt o‘tkazadi. Shunda ham aktrisa farzandiga boshqa bir inson g‘amxo‘rlik qilishini tasavvur qila olmaydi. Sara Jessika Parker Aktrisa uch farzandning onasi. Garchi ular bir muntazam yashaydigan enaga bo‘lmasa-da, vaqti-vaqti bilan bunga muhtojlik sezadi. Buni aktrisaning o‘zi ham tan oladi. Aktrisa bolalariga g‘amxo‘rlik qilish, erta tongda ularga nonushta tayyorlash, qiziqishlarini o‘rganish, birgalikda o‘yinchoq o‘ynashga harakat qiladi. Shuningdek, farzandlarini ilk qadamini ko‘rish, ilk so‘zlarini eshitish baxtidan mosuvo bo‘lib qolmaslikka urinadi. Kamchiliklari bo‘lsa-da, yaxshi ona bo‘lishga butun hayotini bag‘ishlaydi.
94
4,864
Foto
Foto: 2021-yilda dunyodagi eng go‘zal deb topilgan ayollar
TC Candler platformasi 30 yildan ortiq vaqt davomida har yili reytinglar bo‘yicha o‘tgan yillarni sarhisob qiladi. Masalan, dunyodagi eng go‘zal 100 nafar ayol reytingi kabi. Bunday ro‘yxatga nafaqat dunyoga mashhur yulduzlar, balki faoliyatini endi boshlagan blogerlar, modellar, aktrisalar ham kirishi mumkin. Bu yil tanlovda 40 dan ortiq davlatdan 260 000 dan ortiq qizlar ishtirok etdi. AdMe nashri ushbu reytingning 2021-yil natijalarini siz bilan baham ko‘radi. 15-o‘rin: Gal Gadot, kelib chiqishi isroillik bo‘lgan amerikalik aktrisa 14-o‘rin: Tilan Blondo, fransuz modeli 13-o‘rin: Kan Silgi, Janubiy koreyalik qo‘shiqchi va raqqosa 12-o‘rin: Dasha Taran, rossiyalik bloger 11-o‘rin: Keylin Slevin, amerikalik aktrisa va bloger 10-o‘rin: Im Jin A, Janubiy koreyalik qo‘shiqchi, aktrisa va model 9-o‘rin: Jasmin Tuks, amerikalik model 8-o‘rin: Liodra Ginting, indoneziyalik aktrisa va qo‘shiqchi 7-o‘rin: Chjou Tzuyuy, asli tayvanlik bo‘lgan janubiy koreyalik xonanda 6-o‘rin: Yael Shelbia, isroillik model va aktrisa 5-o‘rin: Nensi, Janubiy koreyalik qo‘shiqchi, boshlovchi va aktrisa 4-o‘rin: Ivana Alavi, filippin-marokashlik model va aktrisa 3-o‘rin: Halima Aden, kelib chiqishi somalilik bo‘lgan, amerikalik model 2-o‘rin: Emili Nereng, norvegiyalik bloger 1-o‘rin: Lalisa Manoban, asli Tailanddan bo‘lgan J42anubiy koreyalik qo‘shiqchi
58
1,362
Foto
Kobul ayollarining kundalik hayoti: Afg‘oniston poytaxtidagi go‘zallik salonlari qanday ishlaydi? (foto)
Nihoyat, afg‘onistonlik ayollar go‘zallik salonida o‘ziga oro berish imkoniyatiga ega bo‘ldi, deb yozadi Sputnik. Nashr Kobuldagi go‘zallik salonidan fotoreportajni taqdim etdi.
104
177
Foto
Dunyodagi ba’zi narsalar aslida qanchalik katta? (fotogalereya)
Kevin Visbit ismli talaba dunyodagi ba’zi narsalar aslida qanchalik katta ekanligini tushunib yetishga yordam beradigan kollajlarni yaratdi, deb yozadi AdMe. Dunyodagi eng katta dvigatel bo‘lgan M-1 50-yillarda NASA kosmik dasturi uchun yaratilgan, uning diametri 4 metrdan oshiq. Kislorodning yuqori miqdori tufayli, qadimiy qo‘ng‘izlar hozirgilaridan kattaroq bo‘lgan. Pulmonoskorpionlarning uzunligi 60 santimetrgacha yetgan. Seawise Giant neft tankerining uzunligi — 458 metr. Apollon asteroidlar mintaqasining bir qismi bo‘lgan Dionisning kengligi — 1,5 metr. “Titanik”ning uzunligi 269 m bo‘lgan, “Ronald Reygan” aviatashuvchiniki esa — 333 m. Xitoyda joylashgan dunyodagi eng katta radioteleskopning diametri qariyb 500 metrni tashkil qiladi. “Mir” konining chuqurligi — qariyb 525 metr. AQShdagi ikkinchi eng baland bino esa 527 metrga bo‘y cho‘zgan. Dunyodagi eng katta va qimmatbaholaridan biri bo‘lgan B-2 bombardimonchisi qanotlari qulochi 54 metrga yetadi. Dunyodagi eng baland inshoot — Burj-Xalifa 828 metr bo‘lib, u Empayr-steyt-bildingdan naq 447 metrga balandroq. Agar “O‘lim yulduzi” haqiqatan mavjud bo‘lganida, u Florida ustidan uchib o‘tayotib, taxminan shunday ko‘rinishga ega bo‘lardi.
63
1,219
Foto
Fotogalereya: Yomon kayfiyatni bartaraf etuvchi hayvonlarning suratlari
AdMe yomon kayfiyatni bir zumda bartaraf etuvchi ajoyib hayvonlarning suratlarni to‘plab taqdim etdi. Jingalak yungli mushuk  “Itim bilan qorbo‘ron o‘ynadik!” Pudu bug‘usi — dunyodagi eng mitti bug‘u Besh haftalik kuchukcha Mitti quyoncha. Xuddi shokoladdan yaratilgandek “Itim nihoyat ikkita o‘yinchoqni birdaniga tishlashga muvaffaq bo‘ldi. U baxtli!” 23 yoshli mushuk: ajoyib, oliyjanob va shunchaki zamonaviy “Bir soat tirbandlikda qolib ketdim, yaxshiyam baxtimga qo‘shni mashinada shu it bor ekan, do‘stlashib oldim” Qanday ajoyib ifor! Quyoncha dam olmoqda Sakkizoyoqlar ham yoqimli bo‘lishi mumkin. Ayniqsa mittilari Ajoyib karkidon-it Mushuklar oilasi Panjalarining chiroyliligini qarang! Tug‘ilgan kunida tort yeyotgan mushuk Shaharga shunday qahramon kerak
71
782
Foto
Noodatiy tashqi ko‘rinishga ega mushuk Instagram’da mashhurlikka erishdi (foto)
Fransiyada dunyoga kelgan Narniya laqabli mushuk noodatiy tashqi ko‘rinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Nomidan ochilgan Instagram sahifasida 250 mingdan ortiq obunachisi bor Narniya yaqinda ota bo‘ldi. Yuzining teng yarmi kulrang, ikkinchi tarafi esa qora, tanasi qora, bo‘yin qismi esa oq rangdan iborat Narniyaning egasi mushukni bir ko‘rishda yoqtirib qolgan. Narniyaning dunyoga kelgan bolalari biri kulrang, ikkinchisi esa qora rangda. Qayd qilinishicha, bunday ko‘rinishga ega bo‘lishga bir hayvonda ikki turli ajdodning geni mujassamlashgani sabab bo‘ladi va ba’zida nafaqat hayvonning juni, balki ko‘z ranglari ham farqli bo‘ladi.
79
663
Foto
3 may — Xalqaro quyosh kuni. Dunyodagi eng quyoshli shaharlar — suratlarda
3 may butun dunyoda quyosh kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur sanani bayram qilish tashabbusini amerikalik ekofaol Denis Haes ilgari surgan va 1978 yilda AQSh prezidenti Jimmi Karter 3 mayni quyosh kuni sifatida nishonlashni taklif qilgan. Shu kundan buyon mazkur sana Xalqaro quyosh kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan kun fotolari ruknida dunyoning eng quyoshli shaharlari suratlarini taqdim etamiz. Yuma, AQSh Mazkur kichik shaharcha Arizona shtatnining janubi-sharqida joylashgan boʻlib, yiliga 4000 soat quyoshli havo bilan dunyoning eng koʻp quyosh porlaydigan shahri hisoblanadi. Yumada bir kunda 11 soat mobaynida quyosh chiqib turadi. Asvon, Misr Ehromlar mamlakati boʻlmish Misrda joylashgan mazkur shahar yiliga 3863 soat quyoshni koʻradi. Yillik harorat oʻrtacha 26 darajani tashkil etadi. Feniks, AQSh Arizona shtatida joylashgan mazkur shahar ham eng quyoshli shaharlar qatorida turadi. Bu yerda yillik quyosh chiqishi 3872 soatni tashkil qiladi. Shahar, shuningdek, «Quyoshli vodiy» deb ham ataladi. Las-Vegas, AQSh Nafaqat kunduzi, balki tunlari ham yorugʻ boʻladigan bu mashhur shaharda quyoshli damlar bir yilda 3825 soatni tashkil qiladi. Las-Vegas dunyoning eng mashhur turistik shaharlaridan biri ham hisoblanadi. Arekipa, Peru Yilning 300 kuni davomida quyoshli boʻlib turadigan mazkur shahar quyoshsevarlar uchun eng yaxshi joy boʻlsa kerak. Dengiz sathidan 2300 metr balandlikda joylashgan mazkur shahar Lotin Amerikasining ajoyib maskanlaridan biri hisoblanadi. Dongola, Sudan Nil sohillarida joylashgan Dongola shahri dunyoning eng quyoshli shaharlaridan biri boʻlib, u yerda yiliga 3800 soatdan ortiq quyosh porlab turadi. Xarga, Misr Mamlakat gʻarbida joylashgan mazkur shahar ham dunyoning eng quyoshli shaharlaridan biri hisoblanadi. Shaharda yiliga 3700 soat quyoshdan bahra oladi. Quyosh botishini tomosha qiluvchilar uchun ajoyib shahar. Morondava, Madagaskar Yiliga 3500 soat, kuniga 9,6 soat D vitamini koʻradigan mazkur shahar ham dunyoning eng quyoshli shaharlaridan biri hisoblanadi. Qurgʻoqchil iqlimga ega ushbu shaharda yiliga faqat 13 kun yogʻingarchilik boʻladi. Mendoza, Argentina Lotin Amerikasida joylashgan ushbu shaharda bir yilda 320 kun quyosh nur sochib turadi. Shahar oʻzining uzumchilik hamda vino sanoati bilan mashhur. Dubay, BAA Arab yarimorolida joylashgan sahro javohiri kuniga 8 soatdan 11 soatgacha quyoshdan bahra olishi mumkin. Shahardagi Burj al-Xalifa binosidan quyosh chiqishi va botishini tomosha qilish uchun ham dunyoning turli burchaklaridan turistlar tashrif buyuradi. Shaharning yillik yogʻingarchilik mavsumi 6 kunni tashkil qiladi, xolos.
74
2,633
Foto
Mattel kompaniyasi birinchi hijobli Barbi qo‘g‘irchog‘ini taqdim etdi (foto)
Mattel Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Barbi qo‘g‘irchog‘ining yangi ko‘rinishi amerikalik qilichboz va jahon chempioni Ibtihoj Muhammad obrazini oldi. Sportchi Olimpiada musobaqalarida hijobda ishtirok etgan birinchi amerikalik hisoblanadi, deb yozmoqda “RBK”. Qo‘g‘irchoqni yaratishga kompaniyani Ibtihoj Muhammad ilhomlantirgan. Yangi Barbi hijob va oq qilichbozlik kostyumini kiygan, shuningdek, unda himoya shlemi va shpaga ham bor. Barbi Nyu-Yorkda 13-noyabr kuni Glamour amerika jurnalining “Yil ayoli” mukofotini topshirish marosimida taqdim etilgan.
76
576
Foto
Bayrutdagi to'qnashuvlar, davolanayotgan it, xayrlashayotgan Merkel — 3 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Meksikaning Kankun sohillarida Milliy gvardiya askarlari navbatchilik qilmoqda. Vetnam poytaxti xanoy shahridagi veterinariya shifoxonasi. Germaniyada kantsler Angela Merkelning xayrlashuv tadbirlari o'tkazilmoqda. Frantsiyadagi festivalda raqsga tushayotgan musiqa shaydolari. Belgiya poytaxti Bryussel shahridagi shifoxona shifokorlari. Livan poytaxti Bayrutda iqtisodiy inqiroz sabab norozilik namoyishlari o'tkazilmoqda. Gambiyada prezidentlik saylovi oldidan bo'layotgan kampaniyada muxolifat nomzodini qo'llab-quvvatlayotganlar. Kalkuttada imo-ishora yordamida gapirayotgan ayol. 3 dekabr xalqaro nogironligi bor insonlar kuni hisoblanadi. Kiprda bo'lib turgan Rim papasi tashrifiga tayyorgarlik ko'rayotgan ruhoniy suratga tushirmoqda. Antonis Van Deykka tegishli Yakob de Vitte va Mariya Nutius portretlari Londonda auktsion savdosiga qo'yildi.
88
913
Foto
Dunyoning turli mamlakatlarida kosmonavtlar qanday taomlarni iste’mol qiladi? (fotogalereya)
Kosmonavtlar orbitada qanday taomlarni tanovul qilishidan xabaringiz bormi? AdMe kosmik taom nima ekanligi va dunyoning eng yaxshi oshpazlari qanday qilib astronavtlarni qoyil qoldirishini aniqladi. Biryulyovskiy tajriba zavodi Rossiyada kosmonavtlar uchun taomlar chiqaruvchi yagona rasmiy ishlab chiqaruvchidir. Birinchi bo‘lib kosmosda Yuriy Gagarin ovqatlangan. Uning nonushtasi 160 grammlik uchta: ikkita go‘shtli va bitta shokoladli tyubikdan iborat bo‘lgan. Bugungi kunda rossiyalik kosmonavtlar nonushtaga bo‘tqa va tvorog tanovul qiladi. Xalqaro kosmik stansiyada tvorog uchun navbatda turishadi. Boshqa mamlakatlar kosmonavtlari ham bu mazali yegulikni xush ko‘radi. Tvorog, borsh, go‘shtli pyure va qaylali go‘sht. Kosmik taomlarga alohida talablar qo‘yiladi: ular yengil, orbitada tayyorlash uchun oson va o‘zidan keyin chiqit qoldirmasligi kerak. Tyubiklardagi yozuvlarga qaramasdan, ularda spirtli ichimlik emas, borsh bor. Rossiyalik kosmonavtlar amerikalik hamkasblarini ana shunday sovg‘alar bilan hayron qoldirgan edi. Rossiyalik kosmonavtlar Yerdan meva va sabzavotlarni ham qabul qilib oladi. XKSda ular 300 ga yaqin taom va mahsulotlardan o‘ziga ma’qulini tanlashi mumkin. Turli mamlakatlar kosmonavtlari bir-birining moduliga tushlik va kechki taomga tashrif buyurib turadi va boshqa mamlakatlarning taomlarini tatib ko‘radi. Har yakshanba esa birgalikda tushlik qiladi. Go‘sht va qaylali makaronlar. Taomni yeyishdan avval unga suv qo‘shish kifoya. Amerika taomlarining aksariyati vakuum o‘ramda bo‘lib, ularni yuborish, mikroto‘lqinli pechda isitish va sovutkichda saqlash oson. Krevetkalardan tayyorlangan salat-kokteyl. Vakuum o‘ram tufayli kosmik taomlar barcha foydali xususiyatlari va vitaminlarini o‘zida saqlaydi. Kosmonavtlar orbitada albatta kalsiyga boy mahsulotlarni iste’mol qiladi. Bekon bo‘lagi — orbitadagi sevimli taom Burger kuni sharafiga XKSda tayyorlangan burger analogi Yevropa kosmik agentligi kosmonavtlarni XKSga yuborar ekan, ular uchun milliy oshxona taomlaridan tashkil topgan maxsus menyuni tuzib chiqadi. Ko‘p yillar davomida kosmonavtlar bir zumda tayyor bo‘luvchi qahvani mazalirog‘iga almashtirishni so‘rab keldi. Vaziyatni italiyalik astronavtlar o‘zgartirdi. Ular orbitaga Lavazza va Agrotec qahva kompaniyalari tomonidan tayyorlangan vaznsizlik sharoiti uchun mo‘ljallangan maxsus qahva qaynatadigan qurilmani olib chiqdi. XKSda Italiya kuni. Missiya muvaffaqiyatli yakunlanganligi sharafiga kosmonavtlarga italyancha ziyofat — zaytun, quritilgan tomat, qaylali fettuchini pastasi va rizotto berildi. Kimchi — koreyslarning eng tansiq taomi. Bu qizil garmdori, piyoz, sarimsoq va zanjabil qo‘shilgan tuzlangan karamdir. Marinadlangan go‘sht, ugra va gazaklar — ularning barchasi kosmosga sayohat qilishni yengil o‘tkazadi. Bu “Oy pechenyesi” Oydagi missiya uchun maxsus tayyorlangan. Xitoyda har bir missiya uchun alohida menyu ishlab chiqiladi. Quritilgan mevalar — kosmonavtlarning sevimli yeguligi Yaponiyalik kosmonavt ugrani tayoqchalar yordamida yeyishga kirishmoqda. Yaponiyalik astronavtlarning eng ommabop taomlari sushi, ugra, jele va guruchli sharchalardir. Soya qaylali ta’mga ega sabzavotli ugra Olma, sabzi va sitrus mevalardan tayyorlangan pyure Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
92
3,411
Foto
Turli mamlakat vakillari tomonidan go‘zal deb topilgan qizlar (fotogalereya)
Internetda noodatiy so‘rovnoma o‘tkazildi. Kompyuter o‘yinlarining ishqibozi o‘z do‘stlaridan mamlakatlaridagi eng go‘zal qizlar suratini yuborishni so‘radi. Unga mashhur aktrisalar, model va musiqachilar, jamoat arboblari va hatto qirol rafiqasining suratlari yuborildi. Yigitning do‘stlari ularning har birida o‘ziga xos joziba bor deb hisoblaydi, deb yozadi AdMe. Tamanna Bxatiya, Hindiston Petra Silander, Shvetsiya Keyt Menson, Gana Nur Nilofa Mod Nur, Malayziya Gal Gadot, Isroil Jetsun Pema, Butan Jasmin Villegas, Meksika Emiliya Nereng, Norvegiya Lyu Ifey, Xitoy Kristina Asmus, Rossiya Kiara Kabukuru, Uganda Mao Inoe, Yaponiya Iva Kubelkova, Chexiya Fransiya Raisa, Gonduras Samanta Xarris, Avstraliya Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
76
884
Foto
Fotosurat: Saturn halqalari orasidagi Yer
Saturnni tadqiq etayotgan Cassini avtomatik kosmik qurilmasi 12-aprel kuni gaz-sayyora orbitasida turib Yerni suratga oldi. Fotoda yorqin nuqta ko‘rinishida aks etgan sayyoramiz Saturn halqalari orasida qolib ketgan. Agar yaxshilab qaralsa, suratda Oyni ham ko‘rish mumkin, deb yozadi Meduza. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
41
367
Foto
Foto: BAAdagi hayotning o‘ziga xosliklari hamda faqat mahalliy aholiga ma’lum bo‘lgan sirlari
Bundan 50 yil oldin ham Birlashgan Arab Amirliklari tarqoq, ko‘zga ko‘rinmas shaharlardan iborat edi. Hozir esa jadal rivojlanayotgan va ancha rang-barang mamlakatga aylangan. Ko‘rinishidan, g‘ayrioddiy narsalarni faqat shu yerdan topish mumkin. Albatta, ularning aksariyati mahalliy aholiga allaqachon tanish, ammo sayyohlar uchun sirligicha qolmoqda. AdMe nashri taqdim etgan maqolaga ko‘ra, bu mamlakat oshkor etilishini kutayotgan ko‘plab sirlarga ega ekanini ko‘rish mumkin. “Mening do‘stim Dubayda yashaydi va bunday narsalarni mahalliy cho‘lda tez-tez uchratishini aytadi”. Ha, bu oddiy rozetkalar, ular cho‘lda ekskursiyalar paytida jihozlarni zaryad qilish uchun ishlatiladi. BAAdagi belgilarda “nogiron” so‘zi o‘rniga “ruhan kuchli” deb yoziladi. Restoranlardagi porsiyalar juda katta. Taomni kutayotganingizda ular yeyish mumkin bo‘lgan bepul pirojki va salatlar beradi. “Mahalliy supermarketda jajji Nutella topildi”. Yo‘l yaqinidagi qishloqlarda sovuq suvni bepul olish mumkin. “Mana, sahro safari paytida mening mototsiklimga qo‘ngan do‘st. Menimcha, bu birovning uy hayvoni bo‘lsa kerak”. Mahalliy arxitektura talabalari mustaqil ravishda o‘z kampuslari uchun ushbu xavfsizlik kabinasini loyihalashtirdi va qurdi. Bu “Dubay ramkasi”. Agar  unga bir tomondan qarasangiz, yangi shaharni, boshqa tomondan esa eskisini ko‘rasiz. “Kun yaxshi boshlandi. Mening ertalabki qahvam haqiqiy san’at asaridir." “Men chiroyli manzarali joyda yotibman. Maza qilib dam oladigan vaqtlardan biri”. Abu-Dabidagi savdo markazi yaqinida mahalliy aholi qarovsiz hayvonlarni shunday boqmoqda. “2 oy davomida men mahalliy taomlarning yarmini ham sinab ko‘rmadim. Bu, masalan, bizning qovoqning chet eldagi qarindoshi”. “Men Dubaydagi savdo markazlaridan birida mana bunday kompozitsiyani ko‘rdim”. “Somon yo‘lini Abu-Dabidagi eng qorong‘i joydan suratga oldim. Va bu daraxtlarni topish uchun men cho‘l bo‘ylab 2 kilometrgacha yurdim”. “Dubayda svetoforning yashil chirog‘i yonishini kutyapman”. Mahalliy aholi shunday yashaydi. Ular tuya boqadi, davlat ularga har tomonlama yordam beradi: suv, o‘t olib keladi. “Bu chorrahani Dubayda ko‘rganman. Menimcha, izohlar kerak emas”. “Bu jonzotni jar yoqasida ko‘rganman. U oddiy tangadan katta emas”. “Ushbu maskan Abu-Dabida 15-20 yil avval o‘rnatilgan. Va uzoq vaqt davomida men maktabdan keyin boradigan yagona joy edi”
93
2,375
Foto
Fotofakt: Gonkongdagi osmono‘par binolarning “tuynuklari” siri
Gonkongdagi ko‘p qavatli binolarda katta teshiklarni ko‘rish mumkin. Birinchi taassurot — binolarning shamolga nisbatan qarshiligini kamaytirish uchun bu “oynalar” o‘rnatilgan. AdMe bu noodatiy arxitektura mohiyatini tushuntirib berdi. Bunday yechim qadimiy xitoy falsafasi — fenshuydan kelib chiqqan. Unga ko‘ra, Gonkong tog‘larida cho‘milish va chanqog‘ini qondirish uchun suvga tushadigan ajdarlar yashaydi. Gonkong aholisining fikriga ko‘ra, shahar aynan dengiz va tog‘lar o‘rtasida joylashgani uchun gullab-yashnamoqda. Qirg‘oq bo‘ylab qurilayotgan baland binolar ajdarlar yo‘lini to‘sadi va natijada omadsizlik keladi. Shuning uchun quruvchilar binolarda ajdarlar bemalol uchib o‘tib, suvga borishi uchun katta tuynuklar qoldiradi. Ming yillardan buyon Xitoyda inson va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarda donolik ulug‘langan. Fenshuy uslubidagi teshiklar bilan quriladigan noodatiy uylar zamonaviy Xitoy aholisi besh ming yillik xitoy sivilizatsiyasining qadimiy an’analarini saqlashga harakat qilayotganini ko‘rsatadi.
62
1,032
Foto
O‘ziga pul sarflashga o‘rganmagan mashhurlar (fotogalereya)
AdMe misli ko‘rilmagan gonorarlarga qaramay, kamtar hayot kechirishga o‘rgangan dunyoga mashhur shaxslar haqida maqola tayyorladi. “Ochlik o‘yinlari” yulduzi pulni aql bilan sarflashga o‘rgangan va o‘zi ishlab topgan har bir sentning qadrini biladi — Volkswagen Eos’da yuradi, do‘konlardagi chegirmalar bilan qiziqadi va chegirmali kuponlardan foydalanadi. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan Luisvill shahridagi bolalar kasalxonasining kardiologiya bo‘limiga aktrisaning nomi berilgan, u yerga Jennifer 2 million dollar xayriya qilgan. Kianu xizmat pog‘onasidan ko‘tarilayotgan vaqtida ham mehmonxonalarda yashashni yoki kvartiralarni ijaraga olishni afzal ko‘rardi. Uning ko‘pdan-ko‘p ashyolari, soqchilari yo‘q, va u jamoat transportida bemalol yuradi. Aktyor “Matritsa” filmidan olgan gonorarining 90 foizini (taxminan 80 million dollar) grimchilar, maxsus effektlar bo‘yicha mutaxassislar va loyiha bo‘yicha boshqa hamkasblariga berdi, 12 nafar kaskadyorga esa bittadan yangi mototsikl sovg‘a qildi. Aktrisa pulni ehtiyot bo‘lib sarflaydi va farzandlarini ham shunga o‘rgatishga urinadi. Sara ularga o‘zi kiyim tikadi va sekond-xendlarni yaxshi ko‘radi. Sara o‘zining taniqli qahramoni — Kerri Bredshouning tuflisini kimoshdi savdosida sotib, tushgan mablag‘ning barchasini musiqa va san’at maktabiga xayriya qildi. Gersoginya ko‘pincha omma oldiga bir xil kiyimda chiqadi va arzon brendlarni yaxshi ko‘radi. Masalan, suratdagi pidjak va ko‘k ko‘ylak — Zara brendidan. Keyt doimiy ravishda xayriya bilan shug‘ullanadi. So‘nggi xayriya dasturlaridan biri — yoshlar, faxriylar, boshpanasiz kishilar va xavf zonasidagi boshqa kishilar guruhining ruhiy salomatligi bilan shug‘ullanadigan Heads Together dasturi. “Betmen” shuhratga erishganidan keyin ham uzoq vaqt oilasi bilan bir xonali xonadonda yashagan va soqchilari ham bo‘lmagan. Yangi “Va’da” filmi prokatidan tushadigan daromadning barchasini aktyor xayriyaga sarfkashga qaror qildi. Yaxshi pul topadigan aktyorga aylanganidan so‘ng ham Leo oddiy Toyota Prius mashinasida yurardi. Hozirgacha ham aktyor xususiy samolyotlardan ko‘ra, tijorat parvozlarini afzal ko‘radi. 1998-yilda u Leonardo DiCaprio Foundation jamg‘armasini yaratdi va 30 ta turli xayriya tashkilotlari hisoblariga 15 million dollar o‘tkazdi. Aktrisa o‘zi uchun har oyda limit belgilaydi; agar u ushbu summadan ko‘proq narsa xarid qilmoqchi bo‘lsa, bu haqiqatan ham zarurmi, deya o‘ziga savol beradi. Kira xayriyaga pul yig‘ish uchun o‘zi turli tadbirlarga kiyib borgan liboslarni sotadi. Jessika — tejamkor ona va ekologik tagliklar ishlab chiqaruvchi The Honest Company kompaniyasi asoschisi. U to‘ng‘ich qiziga sig‘may qolgan kiyimlarni tashlab yubormaydi, balki kichik qiziga kiydiradi. Forbes aktrisani AQShning boyligini o‘z kuchi bilan jamg‘argan eng badavlat ayollari reytingiga kiritgan bo‘lsa-da, Jessika arzon markali kiyimlar sotib olish va jamoat transportida yurishdan uyalmaydi.
59
2,912
Foto
Nukusda milliy liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi (foto)
1-may kuni dizayner va hunarmand Ayzada Nurimbetovaning Nukus shahridagi Yoshlar markazi oldida milliy liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. “KRuz.uz” mazkur ko‘rgazmada namoyish etilgan ajoyib liboslarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Shuningdek, ushbu kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tuman Sardorlar kengashi a’zolariga 53 ta velosiped sovg‘a qilingan.
55
370
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi tashlandiq joylar
Bir vaqtlar hayot qaynagan, biroq hozir tashlandiqqa aylangan joylar dunyoda ko‘plab topiladi. TravelAsk ana shunday joylardan bir nechtasiga e’tibor qaratdi.
41
158
Foto
Hajga tayyorlanayotgan Ka‘ba, narkotiklarni yoqib yuborayotgan polisiyachi, Ozodlik haykali kiyimidagi namoyishchi — 19 iyul suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Germaniyada qutqaruvchilar suv toshqinlari zararlarini bartaraf etish bilan band. Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Namira masjidida hojilar Arafa kuni namozini ado etmoqda. Germaniyadan keyin suv toshqinlari Shveysariyada ham kuzatilmoqda. Nevshatel koʻli suvining oshib ketishi natijasida avtomobillar uchun toʻxtash joyi suv ostida qoldi. Germaniyadan keyin suv toshqinlari Shveysariyada ham kuzatilmoqda. Nevshatel koʻli suvining oshib ketishi natijasida dam oluvchilar chodirlari suv ostida qoldi. Xitoyning Nankin shahri aholisi yozning issiq kunidan akvaparklarda jon saqlamoqda. Hindistonning Assam shtati polisiyasi musodara qilingan bir tonnadan oshiq narkotik vositalarini yoqib yubordi. Makkadagi Ka‘bada haj amallarini bajarishga kirishildi. Bu yilgi haj mavsumida 18 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan, koronavirusga qarshi vaksinaning barcha bosqichlaridan oʻtgan musulmonlargina qatnashishi mumkin. Yakutck shahri va yana 50 dan oshiq aholi punkti oʻrmon yongʻinlari oqibatida kelib chiqqan tutun bilan qoplandi. Fransiyada prezident Emmanuel Makron tomonidan taklif etilgan yangi sanitar qoidalarga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Namoyishchilardan biri AQShdagi Ozodlik haykali koʻrinishidagi libos kiyib, oʻz noroziligini bildirmoqda. Namoyishchilar orasida vaksinaga qarshi boʻlganlarni ham uchratish mumkin. Belgiyalik bokschi Riad Merhi Brusselda oʻtgan boks oqshomida Xitoylik Zaoxin Jang ustidan gʻalaba qozonib, oʻz kamarini saqlab qoldi.
134
1,539
Foto
Fotogalereya: Yangi yil nafasini his qilishga yordam beruvchi ajoyib itlarning suratlari
AdMe har qanday odamning kayfiyatini yaxshilashga yordam beradigan ajoyib itlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. “Sizga muvaffaqiyat tilaymiz” Do‘stlar bilan tez-tez uchrashib turing! O‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang! Maroqli hordiq chiqaring! Tushkunlikka tushmang! G‘alati ko‘rinishdan qo‘rqmang! Sport bilan shug‘ullanishga vaqt toping! Ta’tilni yodda qolarli tarzda o‘tkazing! Har qanday to‘siqlarni osonlik bilan bosib o‘ting! Takrorlanmas jihatga ega ekanligingizga ishoning!
88
501
Foto
Los-Anjelesda Billboard Music Award 2020 g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi (foto, video)
Billboard Music Award 2020 eng yaxshi ijod namunalari uchun mashhur musiqachilarni taqdirladi. Har yili aprel oyida bo‘lib o‘tadigan ushbu marosim koronavirus pandemiyasi sabab 2020-yilning 14-oktabrida yangi shaklda o‘tkazildi. Billboard Music Awards 2020 taqdirlash marosimi an’anaviy qizil gilam va tomoshabinlarsiz Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tdi. Onlayn tarzda olib borilgan marosim uch soat davom etdi va uni uchinchi marotaba amerikalik xonanda va aktrisa Kelli Klarkson olib bordi. Eng ko‘p mukofot reper Post Malonega nasib qildi. Chunki u 9 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, irqiy kamsitishga qarshi namoyishlar uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorlik izhor etgan Lizzoning nutqi rezonansga sabab bo‘ldi. Xonandalar Sia, Demi Lovato va Janubiy Koreyaning BTS guruhining chiqishlari tomoshabopligi va o‘ziga xosligi bilan marosimga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Uchinchi farzandi vafotidan keyin Jon Lejendning omma oldida chiqish qilishi barcha uchun ta’sirli voqea bo‘ldi. Xonanadaning rafiqasi, model va boshlovchi Krissi Teygenning farzandi qornida nobud bo‘lgandi. Alisha Kisning musiqiy raqami tomoshabinlar yodida qoldi, u ijro paytida ham pianino chalib, ham raqsga tushdi. Billboard Music Awards 2020 g‘oliblari:
100
1,278
Foto
Fotogalereya: Daraxtdan ishlangan eng chiroyli tunnellar
Katta shaharlarda ko‘pincha tabiat manzaralari yetishmayotgani seziladi. “Zakon.kz” shahar markazlarida, parklarda va o‘rmonlarda daraxtdan ishlangan tunnellarning rasmini to‘pladi.
56
181
Foto
Fotogalereya: Yilning eng chiroyli erkaklari
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari 2018-yilning eng chiroyli erkaklari ro‘yxatini aniqladi. AdMe ana shu ro‘yxatga e’tibor qaratdi.
44
133
Foto
Foto: Yaponiyadagi qorli yo‘lak
Har yili Tateyama bilan Omati orasida tog‘ ekskursiya yo‘nalishi — “Yaponiya tomi” Xonsyu orollarining diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanadi. Yo‘llarning biri balandligi 15—20 metr keladigan qor “devorlar” bilan o‘ralgan. Bu haqda TJournal xabar berdi. Yo‘nalish sayyohlar uchun ochiq bo‘lgan mavsumda (taxminan aprel oyidan iyunning o‘rtalarigacha) qor devorni ko‘rgani kuniga besh mingga yaqin kishi keladi. Aynan mana shu yo‘nalishga tushish uchun maxsus avtobusga o‘tirish kerak. Ekskursiyaga taxminan 40 dollar ketadi. TJ sayyohlarning Instagram’ga qo‘ygan rasmlarini jamlagan.
31
589
Foto
Foto: Bolalarining taomini ishtaha ochar qilib yasatgan ota-onalarning ijod mahsuli
Bolalar o‘z vaqtida ovqatlanishi uchun taomning faqatgina mazali chiqishining o‘zi kamlik qiladi. Buni yaxshi bilgan ota-onalar esa farzandlarining xohishidan kelib chiqib ijodkorona yondashishni afzal biladi. Vahimaga soladigan o‘ziga xos nonushta. Qizi uchun mahsulotlardan “surat yaratadigan” otaning ijod mahsuli. “Vulqon yonidagi dinozavrlar”. Pikachuli Bento (bir porsiya taom uchun ishlatiladigan yaponcha termin). Kreativ ota-onaning farzandlariga tayyorlab bergan ishtahali yeguligi. Oddiy, ammo mazali. Biskvit, glazur va dinozavr haykalchalaridan bolalar orzusidagidek tort tayyorlash mumkin. Tuxum va sosiskaning o‘zi bilan tayyorlangan ishtaha ochar nonushta. “Buvisinikida yotib qolgan farzandlarim nonushtaga ‘mumiyoli’ quymoq yebdi”. Qoyilmaqom quymoq tayyorlash juda ham oson. “Farzandlarim uchun “Pi” soni kuni munosabati bilan tayyorlangan tushlik”. “Bolalarim pankeykli tog‘ so‘rashgandi”. Bolani har kuni vitamin qabul qilishga qiziqtirishning yaxshi usuli. “Bolalarim uchun uycha ko‘rinishidagi tushlik”. Taom tayyorlashga ijodiy yondashishni hayot tarziga aylantirgan odamlar ham yo‘q emas.
83
1,128
Foto
Moskva va moskvaliklar mohir suratkash nigohida (fotogalereya)
Artyom Jitenev moskvalik suratkash bo‘lib, ko‘proq ko‘cha fotosan’ati yo‘nalishida ijod qiladi. U 2017-yilda Street photography from Eastern Europe va Miami Street Photography Festival tanlovlari finaliga chiqqan. Uning “Moskva” deb nom olgan kitobidan, so‘nggi 12 yilda olgan eng yaxshi suratlari o‘rin oldi, deb xabar beradi “Meduza”. Quyida uning suratlarini tomosha qilishingiz mumkin. Qizil maydon. 2013-yil Kuznetsk ko‘prigi. 2013-yil “Mayakovskaya” metro bekati. 2008-yil “Kichik Filevskaya” ko‘chasi. 2016-yil Kuskovo. 2016-yil Tver ko‘chasi. 2010-yil “Kalujeskoye” elektrodeposi. 2016-yil “Tretyakovskaya” metro bekati. 2015-yil ZIL madaniy markazi. 2013-yil Markaziy Ippodrom. 2017-yil
62
704
Foto
Singapur allaqachon kelajakdagi mamlakatga aylanganligini aks ettiruvchi suratlar (foto)
Hududi kichik va tabiiy resurslarning yetishmasligiga qaramay, Singapur hozirgi kunda eng rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi. U ta’lim, sog‘liqni saqlash, hayot sifati va xavfsizlik kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori o‘rinni egallaydi. Shuningdek, singapurliklar uzoq umr ko‘rish bo‘yicha ham yuoqri natijaga erishgan. Quyosh energiyasidan foydalanadigan superdaraxtlar Singapurning ko‘rinishiga ajoyib hissa qo‘shadi. Qariya va nogironlar o‘z imkoniyatidan foydalanib, yo‘lni kesib o‘tishda ko‘proq vaqtga ega bo‘lishi mumkin. “Ushbu bino mening universitetim”. 31 ta turar joy massividan iborat Interclase kompleksi 2015-yilgi Jahon arxitektura festivalida “Yilning eng yaxshi binosi” nomiga sazovor bo‘ldi. “Men Singapurda ko‘rgan aqldan ozdiradigan bulut. Bo‘ron boshlanishidan oldin olingan surat”. “Bu shunday pushti stansiya”. “Singapurda nima qilish mumkin emas va tegishli jarimalarni bugungi gazetada o‘qidim”. Marine Life Park XXRdagi Chimelong Ocean Kingdom’dan avval dunyodagi eng katta okeanarium bo‘lgan. “Men ushbu binoni internetda ko‘rdim va Singapurga borib, shaxsan tashrif buyurishga qaror qildim”. “Singapurda bolalar kutubxonasi mana shunday ko‘rinishda”. “Bu esa Bishan kutubxonasi bo‘lib, kattalar uchun mo‘ljallangan. Maxsus kapsulalarda ham internet tarmog‘idan foydalanish mumkin”. “Hayotimda uchratgan eng kichik McDonald’s”. Bu yerda shunday yozilgan: “Agar teringiz ushbu rangda bo‘lsa, sizga quyoshli hammom qabul qilishni to‘xtatish vaqti keldi”. Tomida ochiq hovuzi bo‘lgan mashhur Marina Bay Sands mehmonxonasi. Kelajakda aeroportlar qanday bo‘lishini bilishni istasangiz, Singapurga borish kerak. Bu yerda ishlab chiqarish tabiiy motivlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Shuningdek, noodatiy tarzda qurilgan sharsharani ham ko‘rish mumkin.
88
1,800
Foto
Fotogalereya: Marokashliklarning o‘ziga xos hayot tarzi
TravelAsk marokashliklarning boshqalarga o‘xshamgan, o‘ziga xos yashash tarzi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Dirham — Marokash rasmiy pul birligi, biroq ba’zida sotuvchilar hisobni rialda aytishadi. Rialda aytilgan hisobni 20 ga bo‘lsangiz, qancha to‘lash lozim ekanligini tushunasiz. To‘ydan keyin raqifalarning har biri asl familiyasiga ega bo‘ladi, bolalarga esa otasining familiyasi qo‘yiladi. Turar-joy uylari va qarorgohlar raqam o‘rniga turli odamlar ismi bilan nomlanadi. Hozirga qadar ko‘chalarda poyabzal tozalovchilarni uchratish mumkin. Bu yerda zakot berish juda keng tarqalgan. Mahalliy aholi o‘z farzandlarini bu narsaga belanchakda ekanligidanoq o‘rgatadi. Bu yerda guldasta ichidagi gullarning soni hech qanday ramziy ahamiyatga ega emas. Mamlakat qachonlardir Fransiya va Ispaniya tasarrufida bo‘lganligi sabab, mahalliy aholining aksariyati fransuz va ispan tilida erkin so‘zlasha oladi. Marokash oshxonasi o‘zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Marokashliklar barcha meva va sabzavotlarning po‘stlog‘ini archib tashlaydi. Pomidorlarning esa urug‘i ham olib tashlanadi. Mamlakat aholisi juda mehmondo‘st. Yaqindan tanish bo‘lmagan odamlar bilan ham quchoqlashib ko‘rishiladi.
55
1,215
Foto
Tabiatning mukammalligini o‘zida mujassam qilgan suratlar
Atrof-muhitga nazar tashlash orqali ona tabiatning qanchalik mukammal rassom ekaniga amin bo‘lish imkonini beruvchi suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Mukammal o‘lchamdagi meva qutisi. Burmalarining mukammal darajada simmetrikligidan o‘yinchoq sabzavotga o‘xshaydigan pomidor. “Bugun ideal kadr olishga muvaffaq bo‘ldim”. Tog‘ chiziqlariga to‘g‘ri kelgan havo sharidagi tasvir. “Birinchi marta mukammal kamalakni suratga tushirdim”. Qovoqning ikki xil  rangli bargi. Mukammal aks. “Ushbu tuzli sharchani O‘lik dengizdan olib kelganman Barg chetidagi shudring. Arining mukammal olti burchakli eski uyasi. Quyosh botishi muhrlangan kadr. Oq va qizil ranglarni o‘zida mujassam qilgan atirgul. Suratga modellar singari tushib bergan mushuk. Qabr ustidan o‘sib chiqqan gul. Mukammal shaklga ega bo‘lgan bulg‘ori qalampiri. “Hovlimizdagi qushning inida ikkita polapon borligiga guvoh bo‘ldim”. Mandarin ichidagi mandarin. “Mushugim panjalarini birlashtirsa, yurakcha paydo bo‘ladi”.
57
1,001
Foto
Kinolokatsiya: mashhur film va seriallar suratga olingan joylarni topgan kino ishqibozlari
Kino suratga olish uchun joy topish — bu barcha kino ijodkorlar duch keladigan jarayon. Prodyuserlar va jamoaning boshqa a’zolari mos joylarni topish uchun bir necha oy davomida turli shahar va mamlakatlarga sayohat qilishadi. Katta ekranda hamma narsa mukammal ko‘ringani uchun ham tomoshabinlar bu joylarga tashrif buyurishni xohlashadi. Ba’zi mashhur kinolokatsiyalarni topishga muvaffaq bo‘lgan odamlar bor, ularning ayrimlari hatto o‘sha sahnani qayta tiklashga urinib ko‘rgan. “Gladiator” filmidagi ushbu joyni Italiyadagi Toskana atrofida sayr qilib yurganimda topdim”. Oddiy joyni g‘ayrioddiy narsaga aylantirish juda hayratlanarli. “Men 40 yoshimni Toni Stark rol o‘ynagan joyda nishonladim”. “Muhabbatning yo‘qolishi” filmi suratga olingan joy. “Men Dubrovnikda edim va ‘Taxtlar o‘yini’ filmidagi ba’zi sahnalarni suratga olish joylari bilan solishtirish qiziqarli bo‘ladi deb o‘yladim”. “Rojdestvo va Yangi yil arafasida 200 ga yaqin kino suratga olingan joylarga bordim”. Yana bir kinolokatsiya. Bu safar “Chumoli odam va arilar” filmidan. Mashhur kinolar suratga olingan joylar lokatsiyasi. “Qora ritsar” birinchi navbatda! “Men ‘Breaking Bad’ filmining juda ko‘p suratga olingan joylariga tashrif buyurdim”. “2021-yil aprel oyida 1986-yilda ‘Men bilan qol’ filmi suratga olingan shaharga tashrif buyurdim”.
90
1,329
Foto
Yakunlanayotgan qishning eng zo‘r surati nomiga da’vogarlik qila oluvchi kadrlar
Har bir faslning o‘z o‘rni va zavqi bor. Ayrim kishilar sovuq va kutilmagan holatlarga boy bo‘lishiga qaramay, qishga boshqacha nazar bilan qarashni, kadrlarga muhrlab, o‘ziga xosligini aks ettirishning uddasidan chiqa oladi. “Otam qahraton sovuqda qor ustiga qaynagan suv quydi”. “Mashinani band qilgandim, ammo kelib ko‘rgach haydash fikridan qaytdim”. “Rojdestvo girlyandlarini yig‘ishtirmagan edim. Erinchoqligim qimmatga tushdi”. “Minus 40 daraja haroratda ochiq hovuzda cho‘milish mana shunaqa bo‘ladi”. “10 kundan buyon karantindaman. 12 yashar qizimdan derazadan qarang, degan SMS oldim”. “O‘zimni yaramas odamdek his qilyapman”. Madriddagi qor bilan burkangan apelsin daraxti. “Oynani yopdim, deb o‘ylagan edim”. “Yaponiyadan kelgan qarindoshim san’at asari darajasidagi qor bola yasadi”. Qahraton sovuqdagi sovunli pufak. “Men braziliyalikman. Umrimda qorni birinchi marta ko‘rishim”. “Itning birinchi, qalin qor yog‘ganidan keyingi ahvoli”. “Rojdestvo girlyandlarini fevralgacha yoqiq qoldirish, qorli kunlarda o‘z ‘meva’sini beradi”. “Iyul oyida ota bo‘laman. Barchaga homiladorlik haqida e’lon qilish uchun rafiqam bilan yog‘gan qordan foydalandik”. “Bu mening mashinam. Men Shimoliy Norvegiyada yashayman”. Sovuqda muz bilan qoplangan o‘simliklar. Minus 36 daraja haroratga hatto quloqchin ham “dosh bera olmagan”. “Avtobusimga zo‘rg‘a ulgurdim. Vaholanki, bejiz yugurgan ekanman. Alal-oqibat qorlar erib ketadi.
80
1,445
Foto
Fotogalereya: Hind kinosining go‘zal yulduzlari
Kino san’atida chiroyli tashqi ko‘rinish muhim ahamiyatga ega. Quyida Bollivudning go‘zal deb e’tirof etilgan aktrisalarining suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.
47
165
Foto
Fotogalereya: Gang daryosining Himolaydan to Kalkuttagacha bo‘lgan “o‘limi”
Himolay tog‘laridan boshlanuvchi Gang daryosining suvi xuddi go‘dakning ko‘z yoshlari kabi toza. Biroq oqim o‘z manbaidan uzoqlashgani sari yo‘l chetidagi zovurlarni yodga sola boshlaydi. Hindlar ushbu daryoni muqaddas deb biladi, shunga qaramay har kuni uni ifloslantirishni davom etmoqda. BigPicture Gang daryosining suvi Kalkutta shahriga yetib kelguniga qadar shaffoflikdan asar ham qolmaydigan suvga aylangani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Alaknanda va Bxagiratxi daryolarining qo‘shilish joyi, Gang irmoqlari. Aynan shu yerdan sayyoradagi eng katta daryolardan biri boshlanadi. Gang hind mifologiyasida — samodan yerga tushgan daryo. Shu sababli uning qirg‘oqlarida ko‘plab diniy marosimlar o‘tkaziladi. Gang daryosining boshlanishida Devaprayyag shahri joylashgan — hindlarning muqaddas ziyoratgohi. Suratda 19 yoshli Lokesh Sharma tasvirlangan bo‘lib, u rohiblarning to‘rtinchi avlodi hisoblanadi. Xaridvar shahrida kechki ibodat vaqti. Suv sekin-asta loyqalanib bormoqda. Har kuni minglab hindlar gunohlaridan forig‘ bo‘lish uchun suvda cho‘miladi. Suvda hatto xudolarining haykallari ham cho‘miladi. Ayrimlari esa suv ostida qolib ketadi. Daryo suvlari sanoat shahri bo‘lmish Kanpurda to‘q kulrang rangga kiradi. Gang daryosining bu kabi suvlarida cho‘milish dizenteriya, vabo va diareya kabi kasalliklarga olib keladi. Kanpur — Hindistonning asosiy sanoat shaharlaridan biri va bu yerdagi ishlab chiqaruvchilar chiqindilarni tozalamasdan Gangga tashlaydi. Suv yuzasida qandaydir qizil chiqindi aralashgan ko‘piklar to‘planib qoladi. Noekologik ishlab chiqarish korxonalari ko‘p bo‘lgan joylarda esa Gang iflos qizil rangga kiradi. Undan keyingi manzil — Uttar-Pradesh shtatidagi Mirzapur shahri. Turar joy binolarining kanalizatsiyasi to‘g‘ri daryoga oqadi. Maishiy chiqindilar ham to‘g‘ri daryoga tashlanadi. Hindlarning muqaddas joylaridan biri — Varanasi. Bu yerda vafot etgan insonlar ma’lum bir vaqt daryo suviga solib qo‘yiladi. Shuningdek, ko‘plab odamlar bu yerga cho‘milgani keladi. Gang daryosining Kalkuttadagi qirg‘oqlarining ko‘rinishi. Gang daryosi suvining so‘nggi maskani — Bengal ko‘rfazi.
75
2,148
Foto
O‘z vaqti va joyida suratga olingan bir-biridan qiziq suratlar
Bir-biridan ajoyib suratlarni kadrga tushirishga muvaffaq bo‘lgan kishilarning bir-biridan qiziq ijod namunalarini e’tiboringizga havola etamiz. “Do‘kondan yurak shaklini esga soladigan pomidor topib oldim”. Bilaguzukning toshlari orasida turgan sariq xonqizi. “Tayyorlagan shirinligimni suratga olayotgan vaqtim kadrga quyon ham tushib qoldi”. “Alanga oldida men bilan birga dam olishni istagan kapalak”. “Orqa hovlimda o‘sayotgan rang-barang novda”. “Uchib kelib dugonamning qo‘liga qo‘ngan qush”. Yaroqlilik muddati 20 yil avval tugagan plyonkada olingan Archer laqabli itning surati. To‘satdan olingan, ammo darhaqiqat omadli chiqqan kadr. Quyosh botishining o‘ziga xos ko‘rinishi. Parvozga shaylangan qushcha. Ninachi tatuirovkasi ustiga kelib qo‘ngan ninachi. Piknik stoli qarshisida odamlar singari o‘tirib olgan ayiq. “Tovuqlarimdan biri noodatiy kattalikda tuxum qo‘ydi”. “Uyimning tepasidagi kamalak” Bitta nuqtali xonqizi.
62
948
Foto
Fotoreportaj: Chirchiqdagi harbiy qismda bo‘lib o‘tgan o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoni
O‘zA Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan biri bo‘lib o‘tgan o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonidan fotoreportaj tayyorlab taqdim etdi.
83
129
Foto
Foto: Libosidagi didsiz tanlangan bantlar tufayli obraziga putur yetgan mashhurlar
Libosdagi har bir detal o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. Aks holda quyidagi suratlardagi kabi obrazning beo‘xshov chiqishiga sababchi bo‘ladi. Lili Jeyms Anya Teylor-Joy Elizabet Debiki Sara Polson El Fanning Mishel Uilyams Jennifer Lopes Natali Emmanuel Lyusi Boynton
82
275
Foto
Fotogalereya: Forbes milliarderlarining Instagram’dagi hayoti
Ko‘plab milliarderlar Twitter va Facebook’dan faol foydalanadi. Instagram’dan esa Forbes milliarderlari nisbatan kamroq foydalanadi. Shunday bo‘lsa ham, Instagram’dan foydalanuvchi mashhur milliarderlar bor. Forbes Instagram’ning ana shu foydalanuvchilarini bir to‘plamga jamladi. Amazon rahbari Instagram’dagi birinchi postini ikki hafta oldin yozgan. Uning beshta postidan uchtasi New Glenn raketa tashuvchisiga bag‘ishlangan. Sukerbergning Instagram’i boshqalarnikidan unchalik farq qilmaydi: oilaviy bayramlar, sayohatlar, hamkasblar va sevimli iti bilan suratlar. Milliarderning Instagram’idagi suratlarda uni bo‘yinbo‘gsiz ko‘rish qiyin. U, asosan, turli yig‘ilishlardagi ishtiroki aks etgan suratlarni tarmoqqa joylaydi. Milliarderning profilida qoldirilgan postlar soni to‘rt yarim yil ichida 100 taga ham yetmagan. Maskning sahifasida Tesla va SpaceX raketasi suratlari asosiy o‘rinni egallaydi. Geffen Records ovoz yozish kompaniyasi asoschisi tarmoqqa yulduzlar bilan tushgan, yaxtadagi va top-modellar bilan tushgan suratlarni joylaydi. Richard Brensonning Instagram sahifasi turli motivatorlar bilan to‘ldirilgan. U o‘z muvaffaqiyatlarini Kant va Joan Rouling muvaffaqiyatlari bilan tenglashtiradi. Airbnb rahbarining sahifasi ko‘pchilikni o‘ziga tortishi qiyin. Airbnb asoschilaridan yana biri san’atni yaxshi ko‘radi. 59 yoshli milliarder Disneylendda tushilgan suratlarni joylash orqali ideal ota obrazini yaratgan. Baxtli oilaning yana bir xronikasi. View this post on Instagram Kasperskiyning sahifasi Sukerbergning sahifasini eslatib yuboradi. Farq shundaki, it o‘rniga yashil ayiq suratga tushgan.
61
1,642
Foto
Toshkent yuqoridan qaraganda: O‘rta Osiyodagi eng yirik shahar (foto)
Rossiyalik taniqli suratkash Slava Stepanov Facebook’dagi sahifasiga Toshkent shahrining go‘zal manzaralari yuqoridan tasvirlangan suratlarni joylashtirdi.
69
155
Foto
Shahzoda Filipp vafoti, dunyoni titratayotgan koronavirus, Namangandagi yarmarka, Madriddagi modalar haftaligi — 9 aprel suratlari
Bugun, 2021 yilning 9 aprel kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi qirolichasi Yelizaveta II’ning turmush oʻrtogʻi, Edinburg gersogi, shahzoda Filipp 99 yoshida vafot etdi. Uning vafoti munosabati bilan London aholisi Bukingem saroyi oldida toʻplanishni boshladi. Inglizlar saroy panjaralari oldida gullar qoʻymoqda. 2019 yilda Xitoyda tarqalishni boshlagan, 2020 yilda butun dunyoga tarqalib ketgan koronavirus keltirib chiqargan kasallik hamon oʻz kuchini koʻrsatmoqda. Dunyo hamon pandemiya bilan kurashni davom ettirmoqda. Butun dunyo boʻylab vaksinalash jarayonlari ketmoqda. Shu bilan birga, bemorlarni davolash ishlari ham davom etmoqda. Quyida dunyoning turli burchaklarida pandemiya sharoitida yashayotgan insonlar holati tasvirlangan suratlarni taqdim etamiz. Boliviyaning Oruro shahrida joylashgan Uru-Uru koʻlida chiqindilar uzoq yillar davomida toʻplanib qolgani sababli koʻlning suvi ifloslangan. Boliviyaliklar esa tashabbus koʻrsatib, koʻlni chiqindilardan tozalashga ahd qildi. Suratlarda koʻlning qay darajada ifloslanganini koʻrishingiz mumkin. Bugun Namangan shahridagi monomarkaz yonida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazildi. Pandemiya sabab ish joylarini yoʻqotgan insonlar uchun ana shunday yarmarkalar ayni muddao boʻlishi turgan gap. Pandemiya sabab butun dunyoda koʻplab sohalar inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Turizm, moda sanoati kabi sohalar katta yoʻqotishga uchradi. Rejalashtirilgan koʻrgazmalar bekor qilindi. 9 aprel kuni uzoq tanaffusdan soʻng «Madrid Fashion Week» modalar haftaligi oʻz ishini boshladi. Namoyishning ilk kunidan fotosuratlarni taqdim etamiz.
130
1,621
Foto
Foto: Virus tarqalganidan so‘ng Uxandagi tibbiyot xodimlarining kun tartibi
Hozirda butun dunyo koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Uxan shahridagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Biroq hamma ham u yerdagi mahalliy shifokor va hamshiralar qanchalik og‘ir vaziyatda ekanligini bilmaydi. BigPicture virus tarqalganidan buyon Uxandagi shifokorlarning kun tartibi qanday o‘tayotgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Hamshiralar himoya kostyumini kiyish uchun bir-birlarining sochini kesishmoqda. Endilikda mahalliy kasalxonalarda uzun sochli hamshiralar yo‘q. Ayrim qizlar hatto sochini kal qilib oldirib tashlamoqda. Bu kasallanish xavfini kamaytirish va virusning soch orqali tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilmoqda. Dastlabki tayyorgalikdan so‘ng, shifokorlar va hamshiralar maxsus himoya kostyumlarini kiyib, hamkasblarini tanib olishlari uchun unga ismlarini yozadi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari virus ko‘z, burun va og‘izga tushmasligi uchun maxsus ko‘zoynak va niqoblar taqmoqda. Butun Xitoydagi shifokor va hamshiralar hamkasblariga yordam berish maqsadida Uxanga kelgan. Kasallanganlar ko‘pligidan shifokorlarda dam olishga vaqt bo‘lmayapti. Ular bir daqiqa bo‘sh qolsa ham uxlab olishga harakat qilmoqda.
75
1,176
Foto
Nigohlari yurakka hayajon soluvchi yevropalik aktyorlar (fotogalereya)
Yevropa bizga universitetlar, bosma kitoblar bilan bir qatorda ko‘plab kelishgan va jozibali aktyorlarni hadya qildi. AdMe nashri bir qarashining o‘zi yoqtirib qolish uchun kifoya bo‘ladigan iste’dodli aktyorlar suratlarini to‘pladi. Tom Xiddlston Aleksandr Skarsgard Benedikt Kemberbetch Tom Xardi Jeymi Dornan Jan Dyujarden Jeyms MakEvoy Kit Xarington Lui Garrel Maykl Fassbender
70
390
Foto
Fotogalereya: Yulduzlarning yoshlik va hozirgi paytlari uyg‘unlashtirilgan suratlar
Ko‘pchilik yoshligida tushgan suratlarini zavq bilan tomosha qilib, shu holatdagi o‘tmishimga qaytib, uchrashib qolsam qanday bo‘lardi, deb hayol qiladi. Rassom Ard Gelink bu fantaziyani ro‘yobga chiqarishga harakat qildi. U mashhur yulduzlarning eski va yangi suratlarini uyg‘unlashtirib, go‘yoki birga tushilgandek holatga keltirgan va bu juda ham haqqoniy chiqqan. AdMe.ru ana shunday suratlardan namunalar taqdim etdi. Jorj Kluni Kortni Koks Brijit Bardo Bryus Uillis Liza Kudrou Mettyu Perri Elton Jon Bred Pitt Uill Smit Tom Xenks Keyt Moss Jon Travolta Leonardo Di Kaprio Jastin Timberleyk Emma Uotson Deniyel Redkliff Rupert Grint Kim Kardashyan Krishtianu Ronaldu Dueyn “Skala” Jonson Maykl Jekson Jennifer Eniston Juliya Roberts
83
760
Foto
Foto: Turli mamlakatlarning bir-biriga o‘xshamagan beg‘ubor bolalari
Sayohat qilishni yaxshi ko‘radigan italiyalik fotosuratchi Massimo Betti, turli mamlakatlarga tashrif buyurganida birinchi navbatda arxitektura yoki landshaftga emas, mahalliy aholiga ayniqsa kichkintoylarga diqqat qaratadi. Ularni kadrga muhrlashga va shu orqali ma’lum shahar yoki davlat haqida tushuncha berishga harakat qiladi. Hindiston, Varanasi Kambodja Janubiy Sudan, Terekeka Italiya, Milan Bangladesh, Silxet Papua — Yangi Gvineya Norvegiya, Kautokeyno Malayziya, Semporno Laos, Don Det Nepal, Manakamana Shri-Lanka Madagaskar, Murundava Vyetnam, Sapa Myanma Tailand, Chiangmay
68
601
Foto
Milliarderlarning beshta sevimli oroli (foto)
Forbes nashri o‘z ro‘yxatining ishtirokchilari, siyosatchilar, qirollik oilalari a’zolari va ekran yulduzlari dam oladigan plyajlar beshligini tuzdi. Nekker xususiy kurort oroli Virgin Group korporatsiyasi asoschisi, Amerika Forbes’i reytingida 324-o‘rinda bo‘lgan ser Richard Brensonga tegishli. Mehmonxonada ekzotik indoneziyacha uslubda bezatilgan oltita villa bor. Mehmonlarning maksimal soni — 28 kishi. Doimiy mehmonlar orasida Barak Obamaning oilasi ham bor. Villalarning har bittasi bir kecha uchun 5000 dollar turadi. 1957-yilda Devid Rokfeller orolda ikkita yer maydonini sotib olgach, Sen-Bartelemi milliarderlar oroli maqomiga ega bo‘lgan. Rokfellerlar ortidan Sen-Bartelemiga Fordlar, Rotshildlar yo‘l oldi. Va orolda qimmatbaho do‘konlar, klublar, mehmonxonalar va restoranlar paydo bo‘ldi. 2009-yilda Roman Abramovich oroldagi eng qimmatbaho uyni — Devid Rokfellerning koshonasini 89 million dollarga sotib oldi. U o‘z ichiga bir nechta bungalo, basseynlar, tennis kortlari va bal raqslari uchun zallarni oladi. Xorvatiya janubidagi serquyosh orol ikkinchi “Lojuvard sohil” deb ataladi. Bu yerda dam olishga Beyonse, Tom Kruz, shahzoda Garri keladi. ABC News ta’kidlashicha, sohillarga Roman Abramovich, Bill Geyts va Gollivud yulduzlari yaxtalari bog‘lab qo‘yiladi. Fiji — Amerika Forbes’ida 660-o‘rinda bo‘lgan, dunyodagi eng badavlat ayollardan biri Opra Uinfrining sevimli kurorti. Amerikalik teleboshlovchi va aktrisani Fijida Barak Obamaning yaqin doirasidagi do‘stlari hamrohligida ko‘rishgan. Laguna-Bichda yashovchilar orasida Amerika Forbes’ida 2-o‘rinda bo‘lgan Uorren Baffett ham bor. U kurort hali unchalik mashhur bo‘lmagan vaqtda — 1971-yilda u yerdan uy sotib olgan. Bu yil Baffett o‘z uyini 11 million dollarga sotuvga qo‘ygan.
45
1,764
Foto
Fotoreportaj: Milliylik ufurub turgan tungi Toshkent ko‘chalari
Ko‘chalarida milliylik aks etgan, chiroqlar bilan bezatilgan Toshkentning tungi suratlarini O‘zA taqdim etdi. “Toshkent o‘zbek do‘ppisini eslatuvchi qalampir gul, naqsh bezaklari poytaxtga o‘ziga xos ko‘rk bergan. Toshkent shahar hokimligining g‘arbning ‘I love you’ belgilaridan voz kechib milliylikka yondoshgani tahsinga sazovor”, — deyiladi xabarda.
63
354
Foto
Fotogalereya: Yangi yil uchun uy bezatishning 10 usuli
Yangi yilni kutib olishga ham oz vaqt qoldi. “Elledecoration.ru” nashrida taqdim etilgan xonadonda bayram atmosferasini paydo qiladigan interyerlar haqidagi maqolani e’tiboringizga havola qilamiz. 1. Minimallashgan yangi yil dizayni hech qachon urfdan qolmaydi Klassik yangi yil archasini minimalizm uslubidagi chiroyli yashil dekor bilan almashtirish mumkin. Devorga archa yoki evkalipt shohlarini osish, shuningdek, boshqa daraxtlarning quruq shohlarini joylashtirib, ularga archa o‘yinchoqlarini osgan holda yaxlit kompozitsiya hosil qilish mumkin. 2. Yashil buyumlar tillarang va qordek oq ranglar bilan juda chiroyli ko‘rinadi Yashil + oq – birlashuvi yangi yil ramziga aylangan archa hamda oppoq qor hamohangligini ta’minlaydi. Boshqa qo‘shimcha ranglar uyg‘unligi esa insonning bayramona kayfiyatiga yana xursandchilik qo‘shadi! 3. Tim qora ranglardagi dekorni ham sinovdan o‘tkazish lozim Tim qora hamma tusdagi interyer ham yangi yil arafasida xonani bezish mumkin. Ko‘pincha dala hovlida yashaydiganlar derazalari ko‘p xonadonlarda shunday ranglarni tanlaydi, sababi shisha oynalarning ko‘pligi xonalarni yanada yorqinlashtiradi. Kamin, qalin jun ro‘mollar va mo‘yna xonaga Rossiya qishi effektini bergan. 4. Eng yaxshi yangi yil gulchambari inson o‘z qo‘li bilan yasagani bo‘lsa kerak! Yangi yil gulchambarini yasashda an’anaviy yo‘ldan borib, archa shohlari yoki tikanlaridan foydalanish sahrt emas. Tasavvurni ishga solib, turli tajribalar o‘tkazish mumkin. Masalan, qog‘oz, oltinrang karton yoki sharob qutilaridan gulchambar yasash mumkin. 5. Bittasi yaxshi, ikkitasi undan-da a’lo! Yangi yil gulchambari bitta emas ikkita bo‘lsa yana ham yaxshi. Karnizga ilingan bir nechta yashil gulchambarlar deraza atrofidagi har qanday ko‘rinishga qo‘shimcha zeb beradi 6. Kumushsifat kulrang — yangi rang! Kiborlarga xos javohir tusidagi kulrang yangi yil oltini uchun munosib. Bunday ranglarda bezatilgan uy shohona, glamurga va bayromonalikka ortiqcha hashamsiz ham chiqa oladi. Bunda archani bir-biriga yaqin ranglardagi o‘yinchoqlar bilan bezash mumkin. 6. Bayram idish-tovoqlari Bayram dasturxoniga chiroyli buyumlarni qo‘yish yangi yilning muhim tarkibiy qismlaridan biri. 8. Yangi yil archasi Archa odatiy kulrang tusdagi devor fonidan ham chiroyli ko‘rinadi va uyga bayromona kayfiyat bag‘ishlaydi. Sun’iy archalar bezatishga qarshi bo‘lganlarga imkon darajasida tabiiy yashil daraxtni ijaraga olish tavsiya qilingan. Shuningdek, archani tuvakda yoki konteynerda o‘stirib keyinchalik hovliga ekib qo‘yish ham mumkin. Bunda usta bog‘bonlardan archa o‘stirish, uni butalash bo‘yicha tavsiyalar olish lozim. 9. Kamin va shamlar Yangi yil arafasida bezatishga arziydigan uy burchaklaridan biri bu kamin! Haqiqiy kamin bo‘lmasa, uni devorga chizdirish yoki yasash, yoxud xonalarni iloji boricha ko‘proq shamlar bilan yoritish tavsiya qilingan! 10. Qish guldastasi Tabiiy amarillislar yoki boshqa gullardan yasalga guldasta uyga bayramona shukuh bag‘ishlaydi.
54
2,979
Foto
Dunyo prezidentlarining 20 ta eng qimmatbaho samolyoti (fotogalereya)
Novate davlat rahbarlarining dunyodagi eng qimmatbaho va shohona samolyotlari reytingini e’lon qildi.
69
101
Foto
Foto: Tashkent City bog‘ida 500 ta dron ishtirokida shou o‘tkazildi
Tashkent City bog‘ida dam olish kunlari 500 ta dron ishtirokida shou o‘tkazildi. Musiqa sadosi ostida 8 xil dinamik shaklni yaratish uchun 500 ta dron havoga ko‘tarildi. 30 kishilik guruh nazorati ostida uchar mashinalar yordamida archa daraxti, sovg‘a qutisi, “2021” va boshqa shakllar namoyish etildi.
67
304
Foto
“Uyda yolg‘iz” 30 yoshda: Sevimli film qahramonlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)
Bundan roppa-rosa 30 yil avval Amerikaning Chikago shahrida “Uyda yolg‘iz” filmining premyerasi bo‘lib o‘tgan. Rojdestvo arafasida ota-ona uyda unutib qoldirgan Kevin haqidagi komediya kino tarixida eng ko‘p daromad keltirgan filmlardan biriga aylandi, deb yozadi “Gazeta.ru”. 18 million dollar mablag‘ sarflangan ushbu kartina 476 million dollar daromad ishlab olgan. Komediyaning mantiqiy davomi sifatida yana bir necha qismlari ham ishlab chiqildi va ular garchi avvalgidek muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa-da, yaxshi natijani qayd etdi. Dunyo bo‘ylab tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan bolakay Makoley Kalkin 2020-yilda 40 yoshga to‘lgan. Filmdagi boshqa qahramonlar orasida esa 80 yoshni qarshilaganlari ham bor. 1990—2020-yillar ichida aktyorlarning qay darajada o‘zgarganligini quyida tomosha qilish mumkin. Makoley Kalkin qahramoni Kevin Makkalister rolida  Ketrin O’xara Kevinning onasi Keyt rolida  Jon Xyord Kevinning otasi rolida. Aktyor 2017-yil vafot etgan.  Jo Peshi qahramoni Garri Laym rolida  Deniel Stern qahramoni Marvin Merchants rolida  Devin Retrey qahramoni Bazz rolida Kiran Kalkin qahramoni Fuller rolida Jerri Bemmen qahramoni Frenk amaki rolida Xillari Vulf qahramoni Megan rolida
97
1,217