folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Hayotni osonlashtiradigan 10 ta hiyla (foto va video)
AdMe bizga odatiy bo‘lib qolgan narsalarni qulayroq qilishning o‘nta usuli bilan bo‘lishdi. Somonchani bankaning uzib olinadigan tilchasidagi teshikcha orqali kiriting, shunda u hech qachon chiqib ketmaydi. Quymoqni dum-dumaloq ko‘rinishda pishirish uchun maxsus moslama kerak emas, balki bor-yo‘g‘i oddiy piyoz halqasi zarur bo‘ladi. Kabellar tortilgan vaqtda chiqib ketmasligi uchun, ular ulangan joyni kichik tugun orqali mahkamlang. Sarimsoqpiyozni bankaga soling, qopqog‘ini yopib, birmuncha vaqt silkiting. Tirnoqlarni batartib bo‘yash uchun  mana shu sxemaga rioya qiling. Butilkadagi ichimlik tez sovisin desangiz, uni nam qog‘oz sochiq bilan o‘rab, sovitgichga 15 daqiqaga qo‘ysangiz kifoya. Bu usulni Ayana Figen o‘ylab topgan. Shu tariqa, poyabzal bog‘ichlari hech qachon yechilib ketmaydi. Muzqaymoq qadog‘ini kesib oling, uni pechenye yoki biskvit ustiga qo‘ying, ustini yoping. Vualya! Ba’zan qattiq plastik o‘ramlarni qaychida kesib bo‘lmaydi, shunda konserva pichog‘idan foydalanish mumkin. Mana shu ko‘rsamaga rioya qiling, bu juda oddiy va tez.
53
1,072
Foto
Fotogalereya: Yaponiyadagi “lyuks” tug‘ruqxona — besh yulduzli mehmonxonada farzand dunyoga keltirish qanday afzalliklarga ega
Farzand dunyoga keltirish ayol kishi hayotida katta mas’uliyat talab qiladigan va mashaqqatli vazifalardan biri. Shuning uchun Yaponiyaning Fudzimi shahridagi Keiai kasalxonasi yangi onalarga besh kun dam olib, kuch yig‘ib olishlari uchun “lyuks” turar joy taqdim qiladi. Ushbu xususiy tug‘ruqxona 1971-yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi.
126
377
Foto
Isroilni qoʻllayotgan Respublikachilar, koʻylagi koʻtarilgan Papa, yonib ketgan Gresiya — 20 may suratlari
E'tiboringizga 20 mayning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. Davom etayotgan Isroil–Falastin toʻqnashuvlarida tank ostida yashirinib olgan isroillik askarlar. Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlari oqibatida halok boʻlgan falastinlik marhumning yaqinlari koʻz yosh toʻkmoqda. Arab dengizidagi Hindistonga tegishli vertolyot dengizda koʻtarilgan kuchli toʻfondan keyin qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ustidan sud jarayoni boshlanmoqda. U 2012 yilgi saylov kampaniyasi davomida moliyaviy jinoyat qilganlikda ayblanmoqda. Rim Papasi Fransiskning libosi shamol sabab koʻtarilib qoldi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻlu BMT Bosh assambleyasining Falastin boʻyicha chaqirilgan yigʻilishida ishtirok etdi. U Gʻazo, Quddus va Gʻarbiy sohildagi voqealarga faqatgina Isroil mas'ul ekanini ta'kidladi. Bir necha kundan buyon Ispaniyaning Marokash bilan chegara qismida muhojirlar inqirozi kuzatilmoqda. Minglab muhojirlar Ispaniya chegarasini kesib oʻtish uchun boʻgʻozdan suzib oʻtmoqda. Dengizda plastik idishlar yordamida suzib borayotgan marokashlik bola yigʻlamoqda. Gresiya poytaxti Afina shahri gʻarbida aholi yashaydigan hududlar oʻrmonlar yongʻinlari oqibatida olov ichida qolmoqda. Davom etayotgan Isroil–Falastin mojarosida AQShning Respublikachilar partiyasi a'zolarining bir guruhi Isroil bilan birdamliklarini namoyish etish maqsadida namoyishga chiqdi. Kolumbiyaning Bogota shahrida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.
106
1,511
Foto
Foto: Egizaklari bilan hayotni fotoloyihaga aylantirgan ota
Isroillik Gay Vayner va uning rafiqasi har kuni Barak va Yanal ismli egizak o‘g‘illari bilan g‘aroyib suratlarga tushadi. Keyin esa bu suratlarga fotoshop yordamida ishlov beradi. AdMe ana shu suratlardan namunalar taqdim etdi.
59
227
Foto
Fotojamlanma: Koronavirus aniqlangan taniqli shaxslar
Reuters koronavirus aniqlangan taniqli shaxslar haqida fotomaqola tayyorladi. Gollivud aktrisasi Olga Kurilenko ham koronavirusdan tuzalgan. U 15-mart kuni kasallikning yengil alomatlari aniqlanganidan so‘ng uyida davolangan. Bollivud afsonasi Amitabh Bachchan, uning o‘g‘li Abhishek, kelini Ayshvariya Ray hamda nevarasi Aradhya Mumbaydagi kasalxonada koronavirusdan davolanmoqda. Britaniyalik aktyor Idris Elba 16-mart kuni koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqani, biroq unda kasallikning hech qanday alomatlari kuzatilmaganini aytgan edi. Xonanda Pink va uning uch yoshli o‘g‘li aprel oyida koronavirusni boshdan kechirgan. Mart oyida Britaniya shahzodasi Charlzning koronavirusga chalingani haqida xabar berildi. Unda kasallikning yengil simptomlari kuzatilgan. Gollivud aktyori Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson ham mart oyida koronavirusni boshdan kechirgan edi.    Italiyalik opera xonandasi Andrea Bochelli mart oyida koronavirus bilan kurashayotgan damlarini “dahshat ichida yashash” deb ataydi. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning rafiqasi Sofi Tryudo ham mart oyida koronavirus bilan og‘rigan edi. Unda kassallik xuddi gripp singari kechgan. “Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi Kristofer Xivyu 16-mart kuni koronavirusni yuqtrigani haqida xabar berdi. U karantinni oilasi bilan Norvegiyada o‘tkazgan.   Braziliya prezidenti Jair Bolsanaruda 7-iyul kuni koronavirus aniqlanib, shifoxonaga yotqizilgan edi. U hozir o‘zini ancha yaxshi his etayotganini aytgan. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson aprel oyida koronavirusni boshdan kechirgan. Koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik taniqli shaxslar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) 18-iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalingani, u Toshkent shahrida kasallikdan davolanayotgani, ahvoli barqaror ekanini ma’lum qildi. Shuningdek 18-iyul kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani, u Nukus shahridagi klinikada davolanayotgani haqida ham xabar berdi. Aktrisa Muqaddas Xoliqova, uning turmush o‘rtog‘i hamda ikki qizi koronavirusdan davolanmoqda. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov 11-iyul kuni koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganini ma’lum qildi. Xonanda Kaniza koronavirusga test topshirganida, javobi salbiy chiqqani, shunday bo‘lsa ham o‘zini koronavirusga chalingan deb o‘ylayotganini ma’lum qildi. Taniqli rejissor Sarvar Karimov Twitter’dagi sahifasida o‘zi va oila a’zolari COVID-19’ga chalinganini ma’lum qildi. Sarvar Karimov otasining ham koronavirus infeksiyasidan vafot etganini bildirdi.
53
2,736
Foto
Foto: “Vaqt bo‘shlig‘ida qolib ketgan” shveysar qishlog‘i
Shveysariya Alplarida joylashgan kichkina Taveyan qishlog‘i “vaqt bo‘ylab sayohat qilmoqchi” bo‘lgan sayyohlar orasida ommabop hisoblanadi. Dengiz sathidan 1649 metr balandlikda joylashgan tarixiy qishloqqa elektr ta’minoti yetib kelmagan. TJournal ana shu qishloqqa tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan olingan suratlar jamlanmasini taqdim etdi. Hozirgi vaqtda qishloqda XX asrning boshida qurilgan uylarnig asosiy qismi qo‘shni Grionda yashovchilarga tegishli. 1970-yilda qishloq uning aholisi xohishi bilan qo‘riqxona tarkibiga kiritilgan. Bu qaror qishloq va uning atrofidagi manzaralarning uzoq muddatli kelajagini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Qishloqda yagona muassasa Refuge de Taveyanne bo‘lib, unga egalik qiluvchi oila sayyohlarga an’anaviy shveysarcha ovqatlarni taklif qiladi. Unda tunni o‘tkazish ham mumkin, bunda mehmonlarga chordoqda bir juft matras taklif qilinadi, xolos.
57
899
Foto
Fotogalereya: Noodatiy to‘y suratlari
Britaniyalik Yan Ueldon o‘zini to‘ylarni suratga oladigan fotograf deb hisoblaydi. Sababi uning suratlarida kaptarlarni chiroyli tarzda uchiradigan, bir-birlariga nikoh uzugini taqayotgan odatiy kelin va kuyov yo‘q. Aksincha hammasi oddiy: Ueldon to‘ylarni qanday bo‘lsa, shunday suratga oladi. Rasmlarda nafaqat quvnoq mehmonlar, balki to‘y vaqtida ovqatlanmaydigan kelin-kuyov va raqsga tushishga shaylnayotganlar bor. Ularda hammasi tabiiy va samimiy. Ueldon uchun to‘y odatdagi uyushtirilgan va rasmiy tadbir emas, balki his-tuyg‘ularga boy bo‘lgan bayramdir. U yetti yil oldin to‘ylarni suratga olishni boshladi va bu ishda katta muvaffaqiyat qozondi. Shu boisdan ham Ueldon unutilmas kunni muhrlash uchun sayyoramizning turli burchaklariga taklif qilinadi. TravelAsk ana shunday ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
37
823
Foto
Fotogalereya: Yerning qush parvozi balandligidan olingan suratlari
Daily Overview dasturi Yerning qush parvozi balandligidan olingan suratlarini chop etib boradi. Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, Yerni qush parvozi balandligidan tomosha qilish sayyorani asrash naqadar muhim ekanligini tushinishga yordam beradi. Blogdagi ko‘p suratlar odam ta’sirida Yerning tabiiy landshafti naqadar o‘zgarib ketganini ko‘rsatadi. Meduza Daily Overview chop etgan suratlarning ba’zilarini to‘plab taqdim etdi.
66
435
Foto
Bozordagi “Tolibon” askarlari, Rossiyada eriyotgan muzlar, AQShda yonayotgan oʻrmonlar — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. AQShda qolgan eng katta Konfederasiya haykali Konfederasiya generali Robert E Li haykali, olib tashlanadi. Rossiyaning Frans-Yozef yer arxipelagi yaqinida muz ustida yotgan oq ayiq. Olimlarning aytishicha, Arktikadagi dengiz muzlari taxmin qilinganidan tezroq erimoqda. Pxenyandagi Kim Ir Sen maydonida Shimoliy Koreya tashkil etilganining 73 yilligini nishonlash uchun «harbiylashtirilgan boʻlinma va jamoat xavfsizligi kuchlari» paradi. Liej yaqinidagi Yuprel shahridagi tashlandiq A601 trassasidagi axlat. 90 ming tonnadan ortiq ushbu chiqindilar iyun oyida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida toʻplanib qolgan. Odamlarni Kentdagi Dungeness qutqaruv qayigʻidan qirgʻoqqa olib kelishdi. Bu hafta ob-havo yaxshilanganidan keyin yuzlab qochqinlar va muhojirlar kanal orqali Buyuk Britaniyaga oʻtib ketishdi. Afgʻon ayollari Kobuldagi bozordan farzandlariga kiyim xarid qilmoqda. Kobuldagi markaziy bozorda savdogarlar yonida oʻtirgan «Tolibon» askarlari. Falastinlik namoyishchilar Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik mahbuslarni qoʻllab-quvvatlash namoyishi ortidan Isroil xavfsizlik kuchlari bilan toʻqnashuvda shinalarini yoqishdi. Braziliyada prezident Jair Bolsonaroni qoʻllab-quvvatlash aksiyasi boʻlib oʻtdi. Qayta ishlanadigan materiallarni tirikchilik uchun yigʻadigan odam, poytaxt Nayrobidagi eng katta axlatxona Dandoradagi chiqindilar yonayotgan tutun ostida, axlat uyumida oziqlanayotgan Marabou laylaklari yonidan oʻtib ketmoqda. Filippinda sogʻliqni saqlash xodimlari uylarga tashrif buyurib, togʻli Baska qishlogʻida COVID-19 kasaliga chalinganlardan test olib ketmoqda. Kirkvuddagi Kaldor yongʻinida daraxtlar yonib ketdi. Yongʻin oqibatida kamida 212 907 akr yer maydoni yonib ketgan.
104
1,778
Foto
Fotogalereya: Haftaning eng yorqin suratlari
“Interfaks” haftaning eng yorqin suratlarini jamladi. Quyida ana shu suratlar keltirildi. Yangi Zelandiyadagi Uayt-Aylend vulqoni otilishi Bip, Boris va Mash Londonda Rojdestvo — kechki ovqat paytida Shri-Lankaning Kolombo shahridagi plyaj yaqinidagi sovun ko‘pigi pufaklari sotuvchisi Tokiodagi Sunshine Aquarium akvariumda Afrika pingvinlari suzmoqda Ekologik faollardan biri Madriddagi COP25 iqlim sammiti boshlanishi oldidan Chilidagi hukumatga qarshi namoyishlar Filippindagi Janubi-Sharqiy Osiyo yubiley o‘yinlari doirasidagi gimnastika musobaqasidan lavha Ishchi Dubaydagi “Ras Al Xor” qo‘riqxonasida flamingolarni boqmoqda Keniyalik raqqosalar Nayrobidagi Afrika va Karib dengizi davlatlari va hukumatlari rahbarlarining 9-sammiti delegatsiya a’zolarini kutib olmoqda Falastinlik erkak gaz sektori shimolida yomg‘irdan yashirinmoqda
44
849
Foto
Fotogalereya: 2018-yilda urfga aylanadigan kiyinish uslublari
AdMe dunyoga mashhur moda uylari 2018-yilda qanday ko‘rinishdagi kiyimlarga ko‘proq e’tibor berganliklari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Kulguli so‘zlar yozilgan futbolkalar vs “Ma’noli futbolkalar” 2018-yilga qiziqarli trend va’da qilingan — endilikda odamlar futbolkadagi yozuvlar yordamida o‘z fikrini bildirishi mumkin. Gap 2017-yildagi kabi yengil-yelpi fikrlar yozilgan futbolkalar haqida emas, balki “hayot pozitsiyasi uchqur iboralar yordamida ifodalagan” futbolkalar borasida ketmoqda. Dior, Haider Ackermann, Prabal Gurung, Ashish kabi moda uylari 2018-yilgi kolleksiyasidan o‘rin olgan shiorlarni taqdim etishga ulgurdi. Instagram’dagi uslublar vs Kostyumlar Dizayner Lui Verdad Gollivuddagi ko‘plab mashhurlarni (Keyt Blanshett, Madonna, Mila Yovovich va hokazo) kiyintirish bilan shug‘ullanadi. Uning hisoblashicha, 2018-yilda Kim Kardashyan kabi kiyinish aktual bo‘lmaydi. Yirtiq jinsilar, korset belbog‘lar va legginslar o‘tmishda qolmoqda. Ularning o‘rniga klassika keladi. Dior, Lanvin va Dolce & Gabbana moda uylari yangi kolleksiyalaridan joy olgan turli variatsiyadagi kostyumlarini namoyish etdi. Noqulay oyoq kiyim vs Qulay oyoq kiyim Lyuks poyabzallar dizayneri Joan Oloff nafaqat chiroyli, balki barmoqlarning bemalol qimirlashiga ham imkon beruvchi qulay oyoq kiyimlarni ma’qul ko‘rmoqda. Joanning hisoblashicha, moda qulaylik tomon harakat qilmoqda, noqulay oyoq kiyimlar o‘tmishda qoldi. Boxo vs Kovboycha uslub Dizaynerlarning fikricha, 2018-yilda boxo uslubiga bo‘lgan qiziqish yakunlanadi. Shunga qaramay, uning o‘rniga kovboycha uslub kirib keladi va taassurotlarga erkinlik berish mumkin bo‘ladi. Ochiq yelkalar vs 80-yillar uslubidagi yelkalar Stilist Ali Levin 2017-yil yelkalarni ochib yurish moda hisoblangan so‘nggi yil bo‘lib qolishini hisoblamoqda. Qirqimlar hech qayerga yo‘qolmaydi, ammo ular orqa va va yon tomonlarga ko‘chadi. Boy ranglar vs Oq 2017-yilda yorqin ranglar — sariq, ko‘k, zumradrang trendda edi. 2018-yilda esa ularning o‘rnini oq rang egallaydi. Simmetriya vs Tartibsiz sochlar 2018-yilda tartibsiz sochlar urfga kirishi kutilmoqda. Grafik qoshlar vs Tabiiy qoshlar Kelgusi yilda qoshlar maksimal darajada tabiiy ko‘rinishi uchun ularni yorqin ranglarga bo‘yash urfga aylanadi.
61
2,249
Foto
Fotogalereya: Rossiya yuragi — Putorana
Har yili 3-mart kuni nishonlanadigan Butunjahon yovvoyi tabiat kuniga “Ogonyok” jurnali Rossiya geografik markazi — Putorana platosi tabiati haqida hikoya qildi. Nomsiz daryolar joylashgan va qish sakkiz oy davom etadigan bu o‘lkani fotograf Sergey Gorshkov uch yil davomida suratga oldi. Mazkur suratlarni “Kommersant.ru” taqdim etadi. Qish faslida ko‘llarda hosil bo‘lgan muz qatqaloqlari balandligi ikki metrgacha yetib, iyul oxiriga qadar erimaydi. Bir yo‘la uchta qor qo‘yini uchratish — fotosuratchi uchun katta omad! Putorana platosi suvsarida och sariq rang ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ayan daryosi eng qattiq sovuqda ham muzlamaydi. Bu o‘lkadagi qutb tulkisi avval faol ovlangan bo‘lsa, endi ular qo‘riqlanadi. Irkingda daryosidagi Kitabo-Oron sharsharasi suv sathiga qarab ko‘rinishini o‘zgartiradi. Putorananing ovlash juda qiyin bo‘lgan jonivori — qutb bo‘risi bug‘u izidan bormoqda. Kuksha — qarg‘a va zag‘izg‘onning qarindoshi bo‘lgan kichik qushcha. U bu yerdagi eng qattiq sovuqlarga ham chiday oladi. Yovvoyi shimol bug‘ulari yassi tog‘ orqali ko‘chmoqda. Mazkur daralar yoriqlarida qor qo‘ylari bo‘ri va ayiqlardan jonini saqlaydi. Rosomaxalar juda kam sonli va yovvoyi tabiat kadrlariga kamdan-kam tushadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
39
1,309
Foto
Fotogalereya: Internet foydalanuvchilarini 2017-yilda befarq qoldirmagan suratlar
AdMe nashri Flickr saytidagi 2017-yilda ommaboplikka erishgan suratlarni taqdim etdi.
81
85
Foto
Fotogalereya: Ustun jihatidan ajralgan mashhurlarning qiyofasi
Mashhurlar orasida go‘zallik uchun o‘z individualligidan voz kechadiganlar tez-tez uchraydi. AdMe fotoshop yordamida mashhurlarning tashqi ko‘rinishidagi taniqli jihatlari olib tashlangan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
62
222
Foto
Foto: Hindistondagi Xoli festivali
Bu yilgi Xoli bayrami 20—21-mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu bayram hind taqvimiga muvofiq yangi yil boshlanishini ramziy ma’noda anglatadi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bayram kuni an’anaviy ravishda ommaviy sayillar o’tkaziladi, tadbir ishtirokchilari tabiiy masalliqlardan tayyorlangan kukun ko‘rinishidagi yorqin rangli bo‘yoqlarni bir-biriga otadi. Bayramning yana bir an’anasi mavjud. E’tiqodlarga ko‘ra, Vishnu xudosiga ishonmagani uchun yonib ketgan Xolika iblisining qo‘g‘irchog‘i gulxanda yoqiladi. Hindistonda Xoli festivali har yili o‘tkaziladi. Bayramning juda quvnoq, rang-barang bo‘yoqlar va yaxshi kayfiyat ostida o‘tkazilishi butun dunyo sayyohlari orasida juda mashhur.
34
688
Foto
Obrazi uchun tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishdan qo‘rqmaydigan Gollivud yulduzlari (foto)
Kuchli teatr aktyorining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tashqi ko‘rinishi kabi ichki dunyosini ham o‘zgartira olish qobiliyatidir. Tomoshabinlar obrazni ijro etayotgan aktyorga emas, balki personajga ergashishni xohlaydi. Bu borada teatr aktyorlaridan ko‘ra kino aktyorlari uchun yanada qiyinroq, chunki tomoshabinlar ularni sahnadagi aktyorlarga qaraganda ancha yaqindan ko‘rishadi. Quyida filmdagi roli uchun nafaqat ichki olamini, balki tashqi ko‘rinishini ham butunlay o‘zgartirgan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot beramiz. Tim Karri “Uyda yolg‘iz-2” filmidagi mehmonxona xizmatchisini eslaysizmi? U doimo boshqalarning ishiga burun suqib, hammaga choychaqa berish kerakligiga ishora qilardi. Bu Tim Karrining eng taniqli rollaridan biri, ammo eng yorqini emas. Aynan shu tabassum egasi birinchi marta ekranlashtirilgan “U” filmida yovuz masxaraboz rolini ijro etgan. 70-yillarda esa “Rokki Horrorning dahshatli shousi” musiqiy filmida rol o‘ynagan, mazkur filmda u telba olima qiyofasida namoyon bo‘lgan. Stenli Tuchchi Aftidan, bu maftunkor aktyor har qanday rolni o‘ynashi mumkin. Buning uchun uning uchta rolini taqqoslash kifoya: “Qattiqqo‘l xonim” filmidagi ishchan dizayner, “Ochlik o‘yinlari”da ekssentrik boshlovchi, “Sevimli suyaklar” filmida jinoyatchi. “Yoqimli suyaklar” filmidagi roli uchun Tuchchi hatto “Oskar” mukofotiga da’vogar bo‘lgan, chunki u ruhiy beqaror odam xarakterini qoyilmaqom qilib ijro etgan. Rouz Makgoven “Afsunlanganlar” filmidagi roli Rouz Makgovenga mashhurlik olib keldi. Ko‘pchilik aktrisada faqat opa-singil Fibi va Piperni ko‘rishgan, ammo aktrisa boshqa rollarni ham maromiga yetkazib ijro eta olishi mumkinligini isbotlagan. Jeyms Makavoy “Split” filmida 24 kishilik obrazni ijro etish orqali Jeyms Makavoy barchani qoyil qoldirgan. Bu tug‘ma iste’dodi bilan u “Gunohlarni yuvish” filmida bir nigohi bilan tomoshabinlar yodida qolgan, “Narniya saltanati”da u janob Tumnus roli bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan. Antonio Banderas “Chorasizlik” filmidagi rolidan keyin Antonio Banderas faqat ispaniyalik macho obrazida esda qoldi. Ammo aktyor hech qachon ampulasidan chiqishdan qo‘rqmagan va ko‘pincha ekranlarda kutilmagan rollarda namoyon bo‘lgan. Masalan, “Vampir bilan intervyu”dagi o‘lmas jonzot yoki “Sug‘urtalovchi” filmidagi hayotdan charchagan odam rollari singari. Meggi Smit Aktrisa zodagon xonim roliga juda yaxshi tushadi, buni “Daunton abbatligi”da ham ko‘rish mumkin. Ammo Meggi Smitning aktyorlik doirasi ancha keng. U ayollar monastirining boshlig‘i (“Davom et”) hamda sergap uysiz kampir (“Furgondagi xonim”) rolini ishonarli darajada o‘ynagan. Jim Kerri Jim Kerri har qanday rolga singib ketadi: komedik, dramatik va murakkab rolli filmlarda ham. “Kinodagi Sonik” filmida u salbiy xarakterni ijro etgan bo‘lsa-da, baribir tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan. “Men seni sevaman, Filipp Morris” tragikomediyasida aktyor qalbi parchalanib ketgan odamning ichki dunyosini juda nozik ko‘rsatib bera olgan. “Ajoyib Bert Uanderstoun” filmida esa Jim Kerri umuman boshqa obraz —  ko‘cha sehrgariga aylangan. Nik Stall “Terminator 3: Mashinalar isyoni” filmida aktyor loyihani tashlab ketgan Edvard Furlong o‘rnini egallab, Jon Konnor rolini ijro etgan. Keyinchalik Nik yoqimli yigit qiyofasidan voz kechib, “Gunohlar shahri”dagi roli uchun yuzini jirkanch niqob ostiga yashirdi va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Endi Serkis Aktyor “Maymunlar sayyorasi: Urush” filmida Sezar, “Uzuklar hukmdori”da Gollum, “Yulduzlar jangi”da oliy rahbar, “Nufuz” filmida Nikola Tesla yordamchisi rolini maromiga yetkazib ijro etgan.
89
3,602
Foto
Polshada quyoshdan quvvat olib, nur taratuvchi velosiped yo‘laklarini o‘ylab topishdi (foto)
Polshaning TPA Sp. z o.o kompaniyasi ekologik jihatdan eng toza transport vositalaridan biri — velosipedlarni sayyora uchun yanada xavfsizroq qilish va, asosiysi, velosipedda sayohatni yanada qiziqarliroq qilish yo‘lini topdi, deb yozadi AdMe. Buning uchun ular shunday velosiped yo‘lagini yaratdiki, u quyoshdan quvvat oladi, qorong‘ilikda esa yog‘du sochadi. Yo‘lak sintetik materialdan tayyorlangan bo‘lib, kun bo‘yi quvvat olgan holda 10 soat davomida nur taratib tura oladi. Ayni paytda konsepsiya ishlab chiqish bosqichida turibdi.
92
540
Foto
Foto: Arxitektorlar aybi bilan sodir bo‘lgan tarixdagi eng mudhish halokatlar
TravelAsk arxitektorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufaylik ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan ishootlar borasida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. “Nikerbroker” kinoteatri (Vashington, AQSh), 1992-yil 28-yanvar 5 yillik bino tomi ikki kun davomida yoqqan qalin qor qatlamiga chidash bera olmagan. Kinoteatr qulab tushgan vaqtda uning ichi odamlarga to‘la bo‘lgan, buning oqibatida 98 kishi halok bo‘lgan. Yarmut ko‘prigi (Greyt-Yarmut, Angliya), 1845-yil 2-may 1845-yilning 2-may sanasida daryo bo‘ylab bochka ustida suzib ketayotgan masxarabozni tomosha qilish uchun yuzlab bolalar va ularning ota-onalari tashrif buyurgan. Ularning barchasi Yarmut ko‘prigiga to‘planishgan. Ko‘prik ostidan suzib o‘tayotgan masxarabozni ko‘rish uchun odamlar joyidan siljiganida platforma zanjirlari bunga dosh bera olmay uzilib ketgan. “Pemberton Mill” fabrikasi (Lorens, Massachusets), 1860-yil 10-yanvar 7 yil qad rostlab turgan fabrikaning to‘satdan qulab tushishi oqibatida 145 kishi halok bo‘lgan. Aniqlanishicha, fabrikani qurish vaqtida arzon po‘lat to‘sinlardan foydalanilgan. Ronan Point binosi (London, Angliya), 1968-yil 16-may Qurilish ishlari yakunlanganiga ikki oy to‘lmasdan binoda gaz sizib chiqqan. Portlash oqibatida binoning bitta asosiy devori qulab tushgan. 4 kishi halok bo‘lgan. Titon daryosidagi to‘g‘on (Aydaxo, AQSh), 1976-yil 5-iyun Titon daryosiga qurilgan to‘g‘onning buzilishiga qurilish vaqtidagi xatolik sabab bo‘lgan. Buning oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan va 13 mingdan ortiq odam jarohat olgan. Sampoong savdo markazi (Seul, Janubiy Koreya), 1995-yil 29-iyun 11-sentabrda sodir bo‘lgan teraktga qadar Seuldagi universal savdo majmuasining qulab tushishi eng halokatli hodisa hisoblangan. Binoning qulashi oqibatida 502 kishi halok bo‘lgan. Tantanalar zali (Quddus, Isroil), 2001-yil 24-may Loyihachilarining noto‘g‘ri hisob-kitoblari sabab konsturksiya tantana vaqtida raqsga tushayotgan odamlarning og‘irligini ko‘tara olmagan. Natijada 23 kishi halok bo‘lgan, yana 380 kishi jarohat olgan. Lotus Riverside kompleksi (Shanxay, Xitoy), 2009-yil 27-iyun Kompleksdan 13 qavatli 11 ta ko‘p qavatli turar joy binosi o‘rin olgan, biroq 2009-yilda ulardan biri to‘satdan qulab tushgan. Rana Plaza binosi (Savar, Bangladesh), 2013-yil 24-aprel Binoning 8-qavatida yoriqlar paydo bo‘lishi bilan odamlar darhol evakuatsiya qilingan. Biroq yuqori qavatdagi odamlar binodan qochib chiqishga ulgurmagan. Falokat oqibatida 1127 kishi halok bo‘lgan.
77
2,480
Foto
Shifoxona devoridagi super qahramonlar, ritsarlik unvonini olgan poygachi, harorat o'lchayotgan Santa — 15 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Polyak maxsus xizmati xodimlari chegarada qiyin ahvolda qolgan muhojirlarga tibbiy yordam ko'rsatmoqda. AQShda yuz bergan tornado oqibatida ko'plab uy-joylar vayron bo'ldi. Buyuk britaniyalik “Formula-1” poygachisi Lyuis Hemilton ritsarlik unvoniga ega bo'ldi. Unga unvonni Uels shahzodasi taqdim etmoqda. Myanmada g'isht zavodi ishchilari. Rossiya va xxR rahbarlari o'rtasida onlayn muloqot bo'lib o'tdi. Hindistonda Santa-Klaus libosidagi kishi maktabga kelgan o'quvchilarning haroratini o'lchamoqda. Suriya poytaxti Damashq shahri Rojdestvo arafasida bezatilmoqda. Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida Bharatiya Kisan Yunion partiyasi lideri Rakesh Tikait hukumatning fermerlar bilan bog'liq farmonni bekor qilganini nishonlashga tashrif buyurdi. Indoneziyada mahalliy shaytonni quvish ritualini bajarish uchun odamlar badanlarini turli shakllar bilan bo'yamoqda. Milandagi shifoxona devorlarida super qahramonlar libosidagi akrobatlar bemorlarni xursand qilmoqda.
123
1,028
Foto
Yaponiyadagi bandargohda bulut-terminal qurildi (foto)
Yaponiyaning SANAA firmasi dizaynerlari Naosima orolidagi bandargohda bulut shaklidagi kichkina yo‘lovchi terminali qurdi. Terminalning oldida velosiped yoki motosiklni qoldirish, uning ichida esa yo‘lga chiqishdan oldin dam olish va hojatxonaga borish mumkin. TJournal terminalning suratlarini taqdim etdi. Biz mahalliy aholi va mehmonlar uchun to‘xtash nuqtasini oson topish uchun yo‘nalish ko‘rsatuvchi narsa qurishni xohlagan edik. Qurilishning ajoyib shakli tufayli quruqlik yoki suv orqali terminalga yo‘l olgan kishilar uzoqdan ham bandargohni topa oladi. SANAA Terminalning balandligi sakkiz metrni tashkil qiladi. U yog‘och karkasga mahkamlangan kesishuvchi sferalardan tuzilgan. Kechki payt terminal ichkaridan yoritiladi va shu sababli tashqaridan yarqirab turadi.
54
777
Foto
“Koinot go‘zali” tanlovi ishtirokchilari pardoz-andozsiz qanday ko‘rinishga ega? (fotogalereya)
“Koinot go‘zali” — ozg‘in qizlar va plastik qo‘g‘irchoqlar emas, balki mutlaqo oddiy odamlar qatnashadigan tanlov, deb yozadi AdMe. Nashr g‘urur bilan o‘z mamlakatlariga vakillik qiluvchi qizlar pardoz-andozsiz aks etgan suratlarni taqdim etdi.
95
244
Foto
Foto: RM Sotheby's auksionida sotiladigan klassik avtomobilar
RM Sotheby’s auksion uyi 27-mayda klassik avtomobillar, mototsikllar va qayiqlar auksionini o‘tkazadi. 26-mayda esa auksionda sotiladigan transport vositalarining bepul auksionoldi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Forbes Life auksionda savdoga qo‘yiladigan klassik avtomobilar jamlanmasini taqdim etdi. Narxi: €6 500 000 — €8 000 000 Narxi: €3 200 000 — €3 800 000 Narxi: €1 700 000 — €2 000 000 Narxi: €1 600 000 — €1 800 000 Narxi: €575 000 — €650 000
61
451
Foto
Foto: tojikistonlik “malika”ning turmush tarzi internet ahlini hayratga solmoqda
Tojikistonlik oligarxning qizi Madina Shokirovaning turmush tarzi, xususan, uning Instagram’dagi sahifasida joylashtirib borayotgan suratlari internet foydalanuvchilarini hayratga solmoqda. Qizning to‘y libosi 630 ming dollarga tushgan edi, keyingi rasmlarida esa u 80 ming dollarlik bilakuzuklar va 600 ming dollarlik tillaqoshlar namoyish etishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Qiz bolaligidan hashamatda yashashga o‘rgangan. U har Yangi yilni Dubaydagi besh yulduzli mehmonxonada kutib oladi. Dubayga qiz xususiy samolyotida boradi. Shuningdek, u har yili an’anaviy tarzda Parijdagi modalar haftasiga borib, Gollivud yulduzlari va Vogue jurnali bosh muharriri Anna Vintur bilan birgalikda birinchi qatorda o‘tiradi.
80
740
Foto
Tokio-2020 ochilishidagi Oʻzbekiston delegasiyasi, suv havzasiga “borgan” itlar, Germaniyaning toshqindan zarar koʻrgan yoʻllari — 23 iyul suratlari
Bugunning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Yaponiyaning Tokio shahrida 23 iyul kuni Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston delegasiyasi bayroqdorlari bokschi Bahodir Jalolov va taekvandochi Nigora Tursunqulova boʻldi. Quyida Oʻzbekiston delegasiyasining chiqishidan bir nechta yorqin fotosuratlar qoldiramiz. Ma‘lumot uchun, Olimpiya oʻyinlari 8 avgustga qadar davom etadi. Oʻzbekiston delegasiyasi 17 ta sport turi boʻyicha 71 ta yoʻllanmaga ega boʻlgan. Oʻzbekistonlik sportchilar 24 iyuldan oʻz ishtirokini boshlaydi. Tailandda COVID-19 iqtisodiy qiyinchiliklari tufayli haydovchilar ijara haqini toʻlay olmaganligi sababli koʻplab taksilarni avtoturargohda tashlab ketmoqda. Xitoyning Lianyungang portida yigʻilib qolgan konteynerlar. Saudiya Arabistonining Makka shahrida xodim Ka‘bani tavof qilayotgan muslimaga suv taklif qilmoqda. Londonda muxlislar Tokio-2020 Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimini Vestfild fan-zonasidagi katta ekranda tomosha qilishmoqda. Yaponiyalik ayol Olimpiya oʻyinlari mezbonligiga qarshi chiqmoqda. Buyuk Britaniyaning Halifaks shahridagi «Tot Spot» kunduzgi bolalar bogʻchasi bolalari birinchi boʻlib yozgi ta‘tilining boshlanishini nishonlash uchun 17 tonna qum olib kelinganidan soʻng, paqir va belkurakni olib, (sun‘iy) plyajda zavq olib oʻynashmoqda. Germaniyaning suv toshqinidan jiddiy zarar koʻrgan yoʻllari. Londonda itlar ular uchun qurilgan maxsus suv havzasida «dam olishmoqda». Buyuk Britaniyalik baxtli eshaklar.
148
1,520
Foto
Fotogalereya: Reuters talqinida 2018-yilning eng yaxshi aerofotosuratlari
Reuters agentligi har yili o‘tayotgan yilning eng ahamiyatli fotosuratlari jamlanmasini taqdim etadi. Big Picture agentlikning 2018-yil ana shu to‘plamiga e’tibor qaratdi.
73
171
Foto
Fotogalereya: O‘z karyerasini erta yakunlagan mashhurlar
AdMe o‘z karyerasini erta yakunlagan yoki uzoq tanaffusga chiqib ketgan mashhurlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Jek bolaligidan boshlab epizodik rollarda suratga tushib kelgan. Uni butun dunyoga tanitgan roli “Taxtlar o‘yini”dagi Joffri Barateondir. Biroq Glison endilikda kinoda suratga tushishni istamasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyorlik kasbi o‘zi shug‘ullanishni istaydigan kasb emasligini tushunib yetgan. XX asrning eng mashhur aktrisalarida biri, “Tiffaninikida nonushta”, “Rim ta’tillari” filmlarining yulduzi Odri Xepbern yana bir nechta ajoyib rollarni yaratishi mumkin edi, biroq bunga ayrim omillar to‘sqinlik ko‘rsatgan. Aktrisaning birinchi turmush o‘rtog‘i Mel Ferrer edi — u ham aktyor bo‘lgan, biroq xotini kabi mashhurlikka erisha olmagan va ko‘pincha unga hasad qilgan. Xepbern turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlagan va doim Melga rol berishsagina suratga tushishga rozilik bildirgan. Ularning turmushi baribir uzoqqa bormadi va kino sohasidagi 15 yillik faoliyatidan so‘ng aktrisa suratga tushishni yig‘ishtirib qo‘ydi. Greys Kelli kino sohasida hayratlanarli natijalarga erishishi mumkin edi, biroq kutilmaganda uning hayotida Monako knyazi Renye III paydo bo‘lgan. Aktrisa Gollivudda muvaffaqiyatga erishgan va “Oskar” mukofotiga loyiq topilgan. Biroq Kelli ikki yo‘ldan birini tanlashi kerak edi: karyera yoki oila. U birinchisini tanlagan. O‘z faoliyatini ovozsiz kinolardan boshlagan Gretaga o‘z davrida talab juda yuqori bo‘lgan. 30-yillar oxirida Garboning kinostudiya bilan shartnomasida muammolar boshlangan, 1941-yilda “Ikki yuzli ayol” filmi ekranlarga chiqqan, biroq u kinotanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olinmagan. Shu bilan ushbu film uchun so‘nggi bo‘lib qolgan. Teylor birinchi bor kinoda 3 yoshida rol ijro etgan. Unga o‘z davrining eng mashhur filmlaridan biri — “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi”, “Josus bolalar — 2”da rol ijro etish nasib qilgan. Biroq unga haqiqiy mashhurlikni “G‘iybatchi” seriali olib kelgan. Biroq bundan keyin Momsen kinodagi faoliyatini yakunlash borasidagi niyatini ma’lum qilgan va o‘zini to‘liq musiqaga baxshida etgan. Hozirda u The Pretty Reckless rok-guruhining yetakchisi sifatida tanilgan. Kemeron ishtirokidagi so‘nggi film 2014-yilda chiqqan. Bunga sabab aktrisa o‘zini oilasiga bag‘ishlashni xohlagan bo‘lishi mumkin, axir u 2015-yilda musiqachi Benji Meddenga turmushga chiqqan. Bu vaqt orasida Kemeron uzoq umr ko‘rish va sog‘lom hayot tarzini kechirishga bag‘ishlangan ikkita kitobni chiqarishga ulgurdi. Adel o‘zining 2-albomini chiqarganidan so‘ng, ma’lum bir vaqtga “jimib qolgan” edi va oradan 4 yil o‘tgachgina o‘zining 3-albomini taqdim etishga qaror qildi. 2017-yilning yozida Adel muxlislariga maktub yo‘llab, o‘zini doimo uyda o‘tiradigan odam bo‘lganligini ta’kidlab, kelajakda yana gastrollarga chiqish yoki chiqmasligi ma’lum emasligini bildirgan.
56
2,867
Foto
Galereya: Yangi Zelandiya “shahzoda”sining muhtasham hayotidan lavhalar
Instagram’da Yangi Zelandiya bosh vaziri, Milliy partiya yetakchisi Jon Keyning o‘g‘liga tegishli akkaunt shuhrat qozonmoqda. 21 yoshli Maks Key to‘rtinchi kurs talabasi, shu bilan bir vaqtda, didjey va model hamdir. Uning muhtasham turmush tarziga ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari turlicha munosabat bildirmoqda, shunga qaramay, uning shuhrati ortib bormoqda. “Gazeta.ru” Maks Keyning saralangan fotosuratlarini taqdim etdi.
71
428
Foto
Fotosessiyalardan kadr orti suratlari (2-qism)
Uddaburo suratkashlar chiroyli kadr olish uchun qanday ishlarga qo‘l urishi-yu, qanaqa vositalardan foydalanishi haqida muqaddam yozgan edik. Ushbu jarayon aks etgan kadr orti fotosuratlarini namoyish etishda davom etamiz. Ilgari aytilganidek, suratning asl sifati fotoshop va retushdan ko‘ra ko‘proq yorug‘lik, rakurs, sahna postanovkasi va hokazolarga bog‘liq. Big Picture portali  o‘quvchilarni fotosessiya jarayoni bilan yaqindan tanishtirishda davom etadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
46
625
Foto
Vaqtning sehriga ishonishga undovchi “avval va keyin” seriyasidagi suratlar
Vaqt oqar daryoga o‘xshaydi. U hammani, hamma narsani o‘zgartiradi. Suratlar insonlar, jonivorlar hamda boshqa predmetlarning qanchalik o‘zgarganini aks ettirishga qodir bo‘lgan bebaho narsadir, deb yozadi AdMe. Quyida vaqt sehrli qudratga ega ekanligini isbotlovchi “avval va keyin” seriyasidagi fotosuratlar keltiriladi. It ulg‘aydi, odatlari esa o‘sha-o‘sha. Bitta bino 16 oy farq bilan. “Ishga ketayotganda avtomobil oynasidan ko‘rinadigan manzara”. Buning shunchaki rasm ekanligiga ishonish qiyin. “140 yoshli tovaga yangi hayot ato etdim”. “Bog‘chadagi birinchi kunim. Tavofut — 30 yil”. “Buvim 1955-yilda to‘y kunida va xuddi o‘sha ko‘ylakda 2005-yilda”. “1904-yilgi cho‘yan plitani tozaladim. U xuddi avvalgidek yarqiramoqda”. Ikkala suratda bitta bug‘u. 5 oy farq bilan. “Chapda 1991-yilda yangi kurtkadaman. O‘ngda 2019-yili xuddi shu kurtkadaman”. “Mening maktabdagi birinchi va so‘nggi kunim”. Bo‘yashdan keyingi tubdan o‘zgarish. “Mato ustarasi tufayli kiyimimni chiqindiga tashlab yuborishdan saqlab qoldim”. Yuvilganidan keyin xuddi yangiga o‘xshab qolgan gilam. Yillar o‘tmoqda, lekin hech narsa o‘zgargani yo‘q. Xonanda Adel bir yil ichida 45 kilogrammga ozdi.
75
1,209
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
29
84
Foto
Quddusdagi to'qnashuvlar, xarobalarda iftorlik qilayotgan suriyaliklar, ochlikdan qiynalayotgan afg'on bolalari — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ukrainaning Kuxari qishlog'ida buzilgan ko'prik ustiga velosipedini ko'tarib chiqayotgan kishi. O'tgan haftada Quddus shahridagi al-Aqso masjidida Isroil politsiyasi va falastinlik musulmonlar o'rtasida yana to'qnashuvlar bo'lib o'tdi. Kobulda axlat uyumlari orasida yurgan bolalar. Afg'oniston hozirda chuqur gumanitar va iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Rossiya harbiylari uyushtirgan hujum oqibatida yonib ketgan avtomobilga qarab turgan ukrainalik kishi. Isroillik ortodoks yahudiylar Ukraina uchun duo qilmoqda. Suriyaning Tadef shahrida buzilgan vayronalar oldida iftorlik qilayotgan suriyaliklar. Quddusdagi pravoslav ruhoniylari muqaddas bayramlarini nishonlamoqda. Idlibda vayron bo'lgan uyda iftorlik qilayotgan suriyalik oila. Boltiq dengizida quyosh chiqishi.
129
841
Foto
Fotogalereya: Ikki marta qarashga majbur qiladigan suratlar
Ba’zi narsalarga bir qarashda uning nimani aks ettirayotganini tushunib olish qiyin va unga yana bir marta qarash kerak bo‘ladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
59
188
Foto
Fotogalereya: G‘aroyib nemis ovcharkalari
Komissar Reks haqidagi serialdan so‘ng butun dunyodagi bolalar nemis ovcharkasini boqishga xohish bildira boshladi. AdMe ana shu aqlli hayvonning ajoyib suratlarini taqdim etdi.
41
177
Foto
Tinib-tinchimas yaponlar: Ular yasagan har bir qorbola siz taniydigan multqahramonlarni yodga soladi (fotogalereya)
Yaponiyada yanvar oyi o‘rtasida tezyurar poyezdlar va o‘nlab aviareyslarning ushlanib qolishiga sabab bo‘lgan kuchli qor yog‘ishi kuzatildi. Mamlakatning aksariyat hududlarini qalin qor qopladi. Mamlakat aholisi qorbolalar yasashga kirishdi. Qorbolalarning yuzlab suratlari ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirdi, deb yozadi TJournal. Qorbolalar mushukcha Kitti, “Muz yurak”dagi Olaf, “Qahramonlar shahri”dan Beymaks, Snupi, Xayao Miyadzaki multfilmlaridagi qahramonlarni eslatadi. Yaponiyadagi ommabop qishki trendlardan yana biri — tabiiy kattalikdagi haqiqiy hayvonlarni qordan yasash. Ko‘plab ovqatlanish muasassalari ham o‘z menyusiga qishki mavzuni kiritib, taomlarni qorbola ko‘rinishidagi bezaklar bilan bezatmoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
115
900
Foto
Maldivdagi “g‘ayrioddiy suvosti galereyasi” (foto+video)
“Suv ostidagi haykallar”i bilan mashhur bo‘lgan Jeyson de Kayres Maldiv orollaridagi Fairmont Maldives Sirru Fen Fushi kurorti uchun maxsus galereya yaratdi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda. Jeyson o‘zining noodatiy g‘oyasini 2006-yildan boshlab amalga tatbiq etib kela boshlagan. Uning san’at namunalari ekologik toza materiallar asosida bajariladi. Tabiatga hech qanday ziyon yetkazmaydi. Dunyodagi birinchi suvosti bog‘i, o‘nlab haykallardan iborat bo‘lib, u Karib dengizining quyi qismida, Grenada qirg‘oqlarida uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. Jeyson so‘nggi yillarda dunyoning bir nechta davlatlarida o‘z galereyalarini yaratdi. Endi esa ijodkor yangi konsepsiya: “to‘lqinlar galereyasi” haqida o‘ylab qoldi. Loyiha 2018-yil iyulida yakunlangandi. Nomi esa Coralarium edi.  U ochiq devorli kub ko‘rinishida bo‘lib, suvosti va suv sathi o‘rtasida bir xil turdagi ko‘prik hosil qiladi. U qirg‘oqdan pastki qismga o‘rnatilgan: taxminan, 3 metr suv ostida va yana shuncha sirtdan yuqoriroq ko‘rinadi. Haykallar esa unga turlicha ko‘rinishda joylashtirilgan. Galereyaga ekskursiya biologik ta’limga ega bo‘lgan gidlar hamrohligida o‘tkaziladi. Bu dunyodagi shunday xususiyatga ega bo‘lgan suv ostidagi ilk galereyadir.
56
1,243
Foto
Sudandagi namoyishlar, Ka‘ba atrofida yigʻilgan namozxonlar, bolalar bilan uchrashgan prezident — 17 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Gaitilik raqs guruhi a‘zolari Boston shahridagi Mission Hill mahallasida oʻz chiqishlarini kutmoqda. Rossiyalik aktrisa Yuliya Peresild rejissyor Klim Shipenko va kosmonavt Oleg Noviskiy bilan birgalikda kosmosda film suratga olib qaytib tushdi. Olimlar Ispaniyaning Palma orolida otilib chiqayotgan vulqon atrofida oʻrganish olib bormoqda. Sudanda namoyishchilar oʻtish hukumatini tarqatib yuborishni talab qilib prezident saroyi oldida namoyish oʻtkazdi. Italiyaning Milan shahrida koronavirusga qarshi majburiy emlash va sanitar pasportga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Tel-Avivdagi Rabin xiyobonida 2020 yilda gʻayritabiiy sabablar tufayli vafot etgan insonlar ismi yozilgan lavhalar oʻrnatildi. Namozxonlar koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon birinchi marta musulmonlarning muqaddas shahridagi Katta masjidda yelkama-elka namoz oʻqidi. AQSh prezidenti Jo Bayden Hartfordda bolalar rivojlanish markazida bolalar bilan koʻrishdi. Vengriya poytaxti Budapeshtda moda haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Sidneyda koronavirus pandemiyasi sabab kiritilgan cheklovlar yumshatilishi ortidan odamlar restoranlarda ovqatlanmoqda.
118
1,198
Foto
Foto: Ramazonning so‘nggi tunida 2 mln musulmon Qur’on o‘qimoqda
Ramazon oyida Qur’onni xatm qilish yakunlanadigan tunda Makkadagi Masjid al Haromga 2 milliondan ziyod dindor yig‘ildi, deb yozadi “Islam-today.ru” masjid ma’muriyatiga tayanib.
64
177
Foto
Foto: Serfarzand davlat rahbarlari
Siyosat olamida yaxshi ma’lum, ammo serfarzand ekani haqida hamma ham ma’lumotga ega bo‘lmagan davlat rahbarlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Aleksandr Lukashenko — Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 1994-yil 20-iyulda Belarus prezidenti bo‘lgan. 1975-yilda Galina Rodionovna bilan turmush qurgan siyosatchining ikki o‘g‘il farzandi bor. Prezident bo‘lganidan keyin Lukashenko farzandlarining onasi bilan ajrashmagan holda alohida yashay boshlagan. 2004-yilda uchinchi farzandi dunyoga kelgan, ammo Lukashenko uning onasi kim ekanini sir tutgan. OAV bolaning onasi, prezidentning sobiq, shaxsiy shifokori Irina Abelskaya deb ma’lumot tarqatgan. Davlat rahbari bir necha marta boshqa davlatlarga rasmiy tashrifi davomida kenja qizi Nikolayani o‘zi bilan birga olib ketgan. Uning 7 nafar nabirasi bor. Filipp — Belgiya qiroli Belgiya qiroli Filipp Leopold Ludovik Mariya 2013-yilda taxtga o‘tirgan. U uyda ta’lim olmasdan oddiy maktabga qatnab o‘qigan birinchi merosxo‘r shahzoda bo‘lgan. Stenford universitetida siyosatshunoslik bo‘yicha magistrlik darajasini qo‘lga kiritgan. Matilda d’Udekem d’Akozga uylangan Filippning 4 nafar farzandi bor. Belgiyada merosxo‘rlik jinsga bog‘liq emas, shu sabab ham uning birinchi qizi 18 yashar Yelizaveta Tereza Mariya Yelena taxtga birinchi da’vogar hisoblanadi. Belgiya qirolining o‘g‘li Gabriel Boduen Karl Mariya 16, uchinchi farzandi Emmanuel Leopold Giyom Fransua Mariya 14 hamda kenja farzandi 11 yoshda. Ramzan Qodirov — Checheniston Respublikasi rahbari Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad Qodirovning o‘g‘li 2007-yil 5-apreldan buyon respublikaga rahbarlik qiladi. Ramzan va uning rafiqasi Mednining 12 nafar farzandi (ulardan ikkitasi asrab olingan) bor. O‘g‘li Ahmad 14, Zelimxon 13, Adam 12 va kenja o‘g‘li Abdulloh 3 yoshda. Katta qizi Ayshat 21, Karina 20, Xedi 17, Tabarik 15, shuningdek, Ayshura 7, Eyshat esa 5 yoshda. Qizi Ayshat 2016-yildan buyon Firdaws moda uyini boshqaradi va Checheniston davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida o‘qiydi. U 2017-yilda turmushga chiqqan. Almazbek Atambayev — Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qirg‘izistonni 2011—2017-yillarda boshqargan Atambayev 6 nafar farzandning otasi. Birinchi turmushidan Seyitbek ismli o‘g‘li va Diana hamda Dinara ismli egizak qizi bor. 1988-yilda Raisa Minaxmedovnaga uylangan, rafiqasi Aliya va Qodir ismli farzandlarni dunyoga keltirgan. Rassomlik kasbini tanlagan 23 yashar Aliya Instagram’da blog yuritadi va mamlakatda ayollar huquqini qo‘llab-quvvatlaydi. Kersti Kalyulayd — Estoniya prezidenti 50 yoshli Kalyulayd Estoniyani 2016-yildan buyon boshqaradi. Uning 4 nafar:  birinchi turmushidan bir o‘g‘il va bir qiz, ikkinchi turmushidan esa ikki o‘g‘il farzandi bor. Emomali Rahmon — Tojikiston prezidenti 1994-yildan beri prezidentlik qilayotgan Emomali Rahmon Azizmo Asadullayeva bilan turmush qurgan. Juftlikning 9 nafar farzandi bor: eng kattasi 45, eng kichigi esa 21 yoshda. Ularning deyarli barchasi oila qurishga ulgurgan. O‘rta Osiyoning eng obro‘li ayollari o‘ntaligidan o‘rin olgan ikkinchi qizi Ozoda Rahmon 2016-yilda mamlakat parlamentining yuqori palatasi senatori bo‘lgan. Pyotr Poroshenko — Ukraina sobiq prezidenti Ukrainada 2014-yildan-2019-yilgacha rahbarlik qilgan Poroshenko prezident bo‘lguniga qadar ko‘p tarmoqli xoldingni boshqargan. Pyotr va rafiqasi Marinaning 4 nafar farzandi bor. Katta o‘g‘li Aleksey o‘zi singari siyosatni tanlagan va 2014-yilda xalq deputati bo‘lgan. Egizak qizlari Yevgeniya va Aleksandra 2000-yil, kenja o‘g‘li Mixail esa 2001-yilda dunyoga kelgan. Donald Tramp — AQShning sobiq prezidenti AQShning 45 prezidenti uch marta turmush qurgan. Birinchi rafiqasi Ivana Zelnichkova uch farzand: kichik Donald, Ivanka va Erikni, ikkinchi turmush o‘rtog‘i Marla Meyplz esa Tiffani ismli qizni dunyoga keltirgan. 2005-yilda turmush qurgan Melanyadan esa 14 yoshli Berron Uilyam ismli o‘g‘li bor. AQSh sobiq prezidenti 8 nafar nabiraning bobosi. Yelizaveta II — Buyuk Britaniya qirolichasi 93 yashar qirolicha 1952-yil 6-fevralda taxtga o‘tirgan. Yelizaveta II va shahzoda Filippning 71 yashar taxt vorisi shahzoda Charlzdan tashqari, yana ikki nafar o‘g‘li va bir nafar qizi: shahzoda Andryu, shahzoda Edvard, shuningdek, malika Anna bor. Anna “qirollik malikasi” maqomiga egalik qiladi.
34
4,283
Foto
Foto: Toshkent osmonidagi kamalak
Toshkentning ayrim hududlarida yomg‘ir tinib, osmonda kamalak ko‘rinish berdi. Ushbu suratlar Yunusobod tumanida olingan.
33
121
Foto
Asrab olingan it modaga “itlar selfisi”ni joriy etdi (foto)
Nikolya ismli suratkash 2016-yilning may oyida Puerto-Rikoda Satos zotli itni asrab olgan. Satos — quloqlarining o‘lchami katta bo‘lgan kichkina kuchuk. Ayol unga Zoi deya laqab bergan va suratga tushish vaqtida o‘zini qanday tutishni o‘rgatgan, deb xabar berdi “Forum Daily”. U Zoiga qo‘li bilan ishora berganida panjalarini ko‘tarib turishni o‘rgatishga muvaffaq bo‘ldi. Nikolya bu ishni boshqa itlar bilan ham sinab ko‘rdi va bir-biridan qiziqarli suratlarni yaratdi.
59
471
Foto
Foto: Toza suv ilinjida 4 kilometr suzishga majbur bo‘layotdan indoneziyalik ayollar
Indoneziyaning chekka qishloqlarida, ayniqsa, dunyodagi eng iflos daryolardan biri hisoblangan — Chitarum qirg‘og‘i yaqinida yashaydigan aholi toza ichimlik suvi ilinjida uzoq masofani bosib o‘tishga majbur bo‘ladi, deb xabar berdi TravelAsk. Tinambung hududida istiqomat qiladigan Xasriya ismli ayol har kuni toza suv uchun daryoni suzib o‘tadi. Havo harorati pasaygach, 46 yoshli ayol orqasiga 200 ta yelim idishni bog‘lab olib, suvga tushadi. Bir soat davomida u 4 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tadi va idishlarini narigi qirg‘oqdagi quduqdan toza suvga to‘ldirib, yana ortiga qaytadi. Xasriya yashaydigan qishloqda toza ichimlik suvi manbasi yo‘q, shu sababli ayol yelim idishdagi suvlarni sotadi. Bitta yelim idishni taxmiman 500 rupiy (0,03 sent) dan sotadi. Bu ish bilan Xasriyadan boshqa shug‘ullanadigan odamlar ham ko‘plab topiladi. Tinambung hududida 6 mingga yaqin oila yashaydi va ularning deyarli barchasida suv muammosi kuzatiladi.
84
951
Foto
Fotogalereya: Qancha kattalashtirsa, shuncha kulgili bo‘ladigan suratlar
Ba’zan narsalarning mohiyatini tushunish uchun shunchaki ularga yaxshiroq qarash kerak. AdMe ana shunday e’tiborni talab qiladigan suratlarni taqdim etdi.
72
154
Foto
Fotogalereya: O‘zlarini eng baxtli his qilgan insonlar
Baxt sira tuganmasdek tuyulgan kunni hech birimiz unutmaymiz. Odatda ular tug‘ilgan kunlar yoki farzandingizning dunyoga kelishi bilan bog‘liq. AdMe arzimas sabab ham ba’zan o‘zini baxtli his qilishga yordam berishi mumkinligini isbotlovchi suratlarni taqdim etdi. Yigit va qiz qayta bronlashtirish tufayli biznes-klassga tushib qoldi 99 yoshli keksa ayol hibsga olindi, biroq u aynan shuni istagandi Niderlandiya politsiyasi keksa ayolni yolg‘ondan ikki daqiqaga hibsga oldi. Chunki bu uning ushalmas orzulari ro‘yxatida edi. Yoshlar unashtirilganligidan quvonmoqda Amanda va Todd allaqachon turmush qurgan va farzand kutmoqda. Todd yura olmasligi va nogironlar aravachasida harakatlanishi lozim bo‘lganligi tufayli ko‘pchilik ularning turmush qurishiga ishonmagan edi. Ayol ikki yildan so‘ng o‘ziga ish topdi Bolakayga komikslarni ularning muallifi hadya qildi Ko‘zi ojiz yigit ilk bor mushukni ushlab ko‘rdi Onasini ko‘rishdan baxtiyor bolakay O‘zining adashi o‘rniga Ispaniyada bepul dam olgan yigit Joui Makgratga notanish odamlar ular bilan birga Ispaniya safariga bepul borishni taklif qildi. Notanishlar Joui Makgratni so‘nggi lahzada safarga borishdan bosh tortgan do‘stlari (uning ham ismi Joui Makgrat) o‘rniga sayohatga olib ketdi. 93 yoshli buvi virtual reallik ko‘zoynagida o‘ynamoqda “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
54
1,381
Foto
Foto: Mashhur hind aktrisasi Ayshvariya Ray 30 yil ichida qanchalik o‘zgardi?
Ayshvariya Ray eng mashhur aktrisalardan biri. 1991-yilda u xalqaro supermodellar tanlovida g‘olib chiqqach (Ford kompaniyasi tashkillashtirgan), uning suratlari Vogue jurnalida paydo bo‘ldi. 1993-yilda Ray aktyorlar Amir Xon va Mahima Chaudxari bilan Pepsi reklama roliklarida qatnashgani uchun olqishlarga sazovor bo‘ldi. Reklamadagi “Salom, men Sanjanaman” jumlasi uni bir zumda mashhur qildi. 1994-yil “Hindiston go‘zali” tanlovida u Sushmita Sendan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi va “Dunyo go‘zali” tanloviga borish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 1994-yil 19-noyabrda 21 yoshli Ayshvarya yangi “Dunyo go‘zali”ga aylandi. U modellik faoliyatini davom ettirish uchun arxitektura akademiyasidagi o‘qishini tashlashga qaror qilgan. 1997-yilda aktrisa Mani Ratnamning tamil tilidagi Mohanlal, Prakash Raj, Tabu va Revati ishtirokidagi yarim biografik siyosiy drama “Duet” filmida debyut rolini ijro qildi. Film katta muvaffaqiyatga erishdi va boshqa mukofotlar qatorida Belgrad xalqaro kinofestivali tomonidan “Eng yaxshi film” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Xuddi shu yili u Bobbi Deol bilan “Ular bir-birlarini sevib qolishdi” filmida ishtirok etdi. Ayshvariya Ray Kann festivalida, 2002-yil 2002-yili Ayshvariya birinchi marta Kann kinofestivalida “Devdas” filmidagi roli uchun qatnashdi. Mazkur film xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyatga erishdi va “Ming yillikning eng yaxshi 10 filmi” ro‘yxatiga kirdi. Shuningdek, “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasi bo‘yicha Bafta mukofotiga nomzod bo‘ldi. Hindistonda esa ushbu film 10 ta Filmfare mukofotini qo‘lga kiritdi. 2007-yil 20-aprelda Ayshvariya Ray aktyor Abhishek Bachchanga turmushga chiqdi. Bungacha u aktyorlar — Salmon Xon va Vivek Oberoy bilan munosabatda bo‘lgan. 2011-yil 11-may kuni 64-Kann kinofestivali ochilish marosimidagi Ayshvariya Ray. Aktrisa homiladorlikning uchinchi oyida. 2011-yil 16-noyabrda aktrisa qizi Aradiyani dunyoga keltirdi. Tug‘ruqdan so‘ng u uzoq vaqtgacha vaznini yo‘qotolmadi, shu sababli ham muxlislari tomonidan juda ko‘p tanqidga uchradi. Ayshvariya Ray Kann festivalida, 2019-yil
77
2,080
Foto
Fotogalereya: Dunyo vulqonlarining hayratlanarli manzaralari
Sayyoradagi vulqonlar ulkan konus cho‘qqilardan tortib, moviy krater ko‘llarigacha cho‘zilgan. TravelAsk ana shu vulqonlar manzaralarini taqdim etdi.
60
149
Foto
Xayoliy mitti olam: kichraytirilgan insonlar yashaydigan reallik qanday ko‘rinishga ega? (foto)
Vengriyalik suratkash Peter Chakvari o‘zining “Mitti joy” nomli fotoloyihasini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Unda xayoliy olam tasvirlangan bo‘lib, odamlar tasviri ataylab kichraytirilgan. Ularni kundalik buyumlar qurshab olgan, biroq o‘lchamlar orasidagi farq sabab loyiha ajoyib ko‘rinish kasb etgan. Muallif fud-suratkash sifatida ish boshlagan, shu sababli suratlarda turli ovqatlar rasmi ko‘p uchraydi. Avvaliga e’tibor buyumlar va shakllarning o‘zaro farqiga qaratilgan, keyinroq esa Chakvari atrofdagi obyektlar va fonga ko‘proq e’tibor qarata boshlagan. Muallif asosan kundalik hayotini miniatyurada ifodalagan.
95
637
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng keksa hukmdorlar
Zimbabveda 15-noyabr kuni harbiy to‘ntarish yuz berdi va mamlakatning 93 yoshli prezidenti Robert Mugabe hokimiyatdan chetlatildi. U amaldagi davlat rahbarlari orasida yoshi eng kattasi hisoblanar edi. Shu munosabat bilan “Kommersant” jahonning eng keksa yetakchilari fotojamlanmasini taqdim etdi.
44
297
Foto
“O‘zgalar dardi”, “Antiqa sovchilar”, “Kapalak tushi” va poytaxt teatrlaridagi eng ko‘p tomosha qilinayotgan boshqa spektakllar (foto)
So‘nggi marta qachon teatrga bordingiz? Bu savolga darhol javob beradiganlar juda ozchilikni tashkil etishi aniq. Chunki tomoshabinlar avvalgidek teatrlarga serqatnov emas, o‘z xohishi bilan spektaklga keladiganlar esa barmoq bilan sanarli. Xo‘sh, poytaxt teatrlaridagi eng tomoshabop spektakllar va ularning chipta narxi qancha? Botir Muhammadjonov — O‘zbek milliy akademik drama teatri truppa rahbari: — Ayni kunlarda teatrimizdagi eng tomoshabop spektakllar: “Andishali kelinchak”, “Ko‘ngil”, “Keldi-yu, ketdi”, “Urush odamlari” va “O‘zgalar dardi” hisoblanadi. Dam olish kunlari mazkur spektakllarga chipta topish muammo. O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaning vafotidan so‘ng “O‘zbekcha raqs” spektaklining namoyishi vaqtincha to‘xtatilgandi. Dekabr oyidan boshlab spektakl yana sahnaga qaytdi. Endilikda asosiy rolni Malika Ibrohimova va Mahfuza Bobotillayevalar ijro etishyapti. Keyingi paytlarda komediya janridagi asarlarga talab yuqori. Dam olish kunlari namoyish etiladigan “Andishali kelinchak” va “Ko‘ngil” spektakllariga bir necha hafta oldin chiptalar sotuvi tugatiladi. “Andishali kelinchak” spektaklining ilk premyerasi 2005-yilning 15-iyun sanasida o‘tkazilgan. Shu kungacha necha marta namoyish etilganligi haqidagi aniq ma’lumot yo‘q. Erkin Xushvaqtov asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda bosh rollarni: Dilnoza Kubayeva, Shodiya To‘xtayeva, Rixsitilla Abdullayev, Avaz Qodirov, Saida Rametova, Shohida Ismoilova va Xosiyat Husanova kabi el ardog‘idagi aktyorlar jamoasi ijro etishadi. Spektakl haqida qisqacha: Asar Olmaxon ismli yosh kelinchakning o‘zga xonadonga moslashib ketishi haqida hikoya qiladi. Kelinchakni qaynonasi xushlamaydi, shu bois oilada ziddiyatli vaziyatlarga uchraydi. Hatto qaynona kelinini tug‘maslikda ayblab, o‘g‘lini boshqa qizga uylantirmoqchi bo‘ladi. Ikki yosh esa baxt uchun kurashib, onaning ko‘ngliga yo‘l topishadi. “Ko‘ngil” spektaklining premyerasi 2015-yilning 8-aprel sanasida o‘tkazilgan. Asar muallifi Erkin Xushvaqtov “Ko‘ngil”ni O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning taklifiga ko‘ra yozgan. Dramaturg asarni yozishda shoira Marhabo Karimovaning she’ridan ilhomlanganini ham yashirmaydi. Bosh rollarni Muqaddas Xoliqova, Farhod Abdullayev, Shahlo Temirova, Baxtiyor Yusupovlar ijro etishgan. Spektakl haqida qisqacha: Ayolga turmush o‘rtog‘i guldasta olib keladi. Bundan quvongan ayolning dunyoga bo‘lgan qarashlari o‘zgaradi. Tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishi lozimligini anglab yetadi. U avvalgidan go‘zallashadi. Turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan munosabatlari ham o‘zgaradi. Ammo erkak ayolni quvontirgan gulni xarid qilmagani va uni yo‘lakdan topib olganini aytadi. Spektakl so‘ngida erkak oilaviy munosabatlarning yaxshilanishida e’tiborning naqadar katta kuchga egaligini tushunib yetadi. Chiptalar 30 000 – 50 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotiladi. Xayrulla Inog‘omov — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrining tomoshabinlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari: — Shu kungacha teatrimizdagi eng anshlag spektakl “Super qaynona” bo‘lgan. U 20 yilga yaqin namoyish etilib, ikki yil avval repertuardan olib tashlandi. Hozirgi kunda “Antiqa sovchilar”, “Aqldan ozish hech gapmas”, “Asl xazina” va “Oliftalar” spektakliga talab birmuncha yuqori. Spektakllarimizga bilet topish muammo emas. Dam olish kunlari 400 kishilik tomosha zali muxlislar bilan to‘ladi, qolgan kunlari esa 100-200 kishi tashrif buyuradi. Ixtiyoriy tashrif buyuruvchilar kamligi uchun korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashimizga to‘g‘ri keladi. “Antiqa sovchilar” spektakli Isfandiyor qalamiga mansub bo‘lib, bosh rollarni Mehri Bekjonova, Gulchehra Nosirova, Turg‘un Beknazarov, Xayrulla Inogomov, Malika Qayumova, Maxsuda Otajonova kabi aktyorlar jamoasi ijro etishadi. Spektakl haqida qisqacha: Izzat aka qizi Nargizaga kelgan sovchilardan birini tanlolmay boshi qotadi. U qiziga oshiq bo‘lgan Baxtiyorga qizini turmushga berishni istamaydi.  Bir kuni Izzat akaning tushiga rahmatli otasi kirib, nabirasini Baxtiyorga turmushga bersa, baxtli bo‘lishi haqida aytadi. Shu kundan boshlab ota Baxtiyorning hayotiga qiziqadi. U yashirincha bo‘lsa-da, yigitga Nargizaga uylanishni taklif qiladi. Spektakl ikki yoshning baxt oqshomi bilan yakunlanadi. Chiptalar 10 000 – 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotiladi. Uchqun O‘sarov — O‘zbekiston davlat drama teatri adabiy emakdoshi: — Ayni kunlarda teatrimiz asosan yosh tomoshabinlar uchun “Yangi yil ertagi” spektaklini namoyish etmoqda. Tan olish kerak, spektakl tomoshalariga tashrif buyuruvchilar nihoyatda kam. Shu bois maktab, institut va korxonalar bilan hamkorlikda ishlashimizga to‘g‘ri keladi. “Ayajonlarim”, “Ming yillik hangoma”. “Qaytar dunyo” va “Vafodor” singari spektakllarimiz tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolayotgani ko‘ngilni xira qiladi. “Yillar armoni” — O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning 80 yilligi munosabati bilan dramaturg Uchqun O‘sarov qalamiga mansub, rejissor Rasuljon Tog‘ayqulov tomonidan sahnalashtirilgan. Unda bosh rollarni Po‘lat Normatov, Shukurjon So‘fiyev, Madina To‘xtayeva, Mahbuba Xurramova kabi aktyorlar ijro etishgan. Asarda Abdulla Oripovning hayot va ijodi bilan bog‘liq voqealar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, shoirning mashhur she’rlari yozilishiga turtki bo‘lgan voqealar ham spektakl sujetiga kiritilgan. Chiptalar 10 000 – 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotiladi. Kelishuvga ko‘ra maktab o‘quvchilari va talabalar uchun maxsus chegirmalar mavjud. Qahramon Meliyev — O‘zbek davlat satira teatri direktori o‘rinbosari: — Teatr binosi chekka hududda joylashgani uchun tomoshabinlarning kelishi havas qilgudek emas. Ko‘p hollarda 300 o‘rinli tomosha zaliga 50-100 ta tomoshabinlar kelishadi. Barmoq bilan sanarli tomoshabinlar uchun spektakl qo‘ygan paytlarimiz ham ko‘p bo‘lgan. Ayni kunlarda teatrimizda “Julqunboy”, “Uylanish”, “Doktor falsafasi” kabi spektakllar namoyish etilmoqda. Bolajonlar uchun “Qor malikasi” spektakli sahnalashtirilgan. Bu spektaklga maktab va korxonalar bilan hamkorlikda chiptalar sotilmoqda. “Julqunboy” — yozuvchi Abdulla Qodiriyning kichik hikoyalari asosida sahnalashtirilgan. Unda jamiyatdagi adolatsizlik, poraxo‘rlik va mansabparastlik kabi illatlar achchiq kulgi ostiga olinadi. Chiptalar 10 000 – 20 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotiladi. Bobur Yo‘ldoshev — “Diydor” teatr-studiyasi rahbari: — Ayni kunlarda teatrimizda “Yulduzli tunlar”, Arshin mal alan”, “Mungli ko‘z”, “Kapalak tushi” kabi spektakllar namoyish etilmoqda. Spektakllar faqat shanba va yakshanba kunlari namoyish etiladi. Teatr binosi kichik bo‘lgani uchun tomosha zalimizga 100 ta odam sig‘ishi mumkin, ammo har doim ham bu natijaga erishmaymiz. Odatda, 60-70 ta tomoshabin tashrif buyuradi. “Diydor” teatr-studiyasida chiptalar bepul. Eng qimmat chipta bilan balet spektaklini tomosha qilasiz Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri tomoshabop spektakllarni sahnalashtirishda faol. Shu kunlarda “Bogema” operasi 33-55 ming so‘mgacha, “Oqqush ko‘li” va “Qarsildoq” balet spektakllariga esa 33-110 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda chiptalar sotilmoqda. Teatr bir oy davomida taxminan 5-6 balet spektaklini, 3-4 ta opera spektaklini namoyish etadi. Balet spektakllarining chiptalari bir hafta avval xarid qilinishi ko‘pchilik o‘zbek tomoshabinlari uchun taajjublanarli hol. Bolalar teatrlarida nima gap? 1. O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri — 25-dekabrdan boshlab “Qor malikasi” spektakli namoyish etiladi. Seanslardan oldin qorbobo va qorqiz ishtirokidagi bayram tomoshalari ham o‘tkaziladi. Chiptalar narxi 25 000 so‘m. 2. O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri — 25-dekabrdan boshlab “Uchar kema” nomli sarguzasht spektaklni namoyish etadi. Spektakl namoyishidan avval Yangi yil konsert dasturi ham o‘tkaziladi. Chiptalar narxi 25 000 so‘m.
134
7,778
Foto
Rosa vaqtida olingan 20 fotosurat
Hayot shu qadar tezkorki, biz kun va hatto yil qanday o‘tib ketganini sezmay qolamiz. Vaholanki bu vaqtning har bir fursatida qandaydir g‘aroyib voqea yuz beradi! Oniy lahzaga to‘xtab qolsangiz, biror-bir ajoyib hodisa guvohiga aylanasiz! AdMe nashri har birining qiymati millionga teng suratlarni bir sahifaga jamladi. Ularning qimmatligi shundaki, bari eng kerakli vaqtda olingan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
33
552
Foto
Fotogalereya: Hayotda bir marta bo‘lsa ham bosib o‘tishga arzigulik so‘qmoqlar
AdMe dunyoda sayr qilish mumkin bo‘lgan ajoyib joylar, so‘qmoqlar suratini to‘plab taqdim etdi. Xayku so‘qmog‘i yoki Osmon zinapoyasi deb ataluvchi ushbu so‘qmoq Oaxu orolida joylashgan. Uni amerikalik harbiylar ikkinchi jahon urushida tepalikda joylashgan antennalarga chiqib borish maqsadida qurishgan. Sikoku orolida qadimiy Yaponiyaning butun go‘zalligi saqlanib qolgan. Ushbu yo‘l orqali sayr 2 soat vaqtni talab qilib, bu vaqt davomida 88 qadimiy Budda ibodatxonalarini tomosha qilish mumkin. Inklar tomonidan qurilgan qadimiy so‘qmoq 6 asrdan beri mavjud va hozirda ushbu yo‘l bo‘ylab turistlar sayr qiladi. Shvetsiyaning Sarek milliy bog‘ida mamlakatning ulkan cho‘qqilari, irmoqlari, muzliklari, shimol yog‘dusi va erkinlikning ta’riflab bo‘lmas hissi mujassam. Likya so‘qmog‘i ushbu mamlakatning ajoyibotlariga yo‘l ochadi. Bu yerda qadimiy Likya aholisi tomonidan 3 ming yil oldin qoldirib ketilgan qoyalardagi qabrlardan tortib ovloq moviy ko‘rfazlargacha uchratish mumkin. Bu yerga Olovli ko‘rfaz nomi qirg‘oqlardagi qoyalarni qoplagan to‘q sariq lishayniklar rangi sabab berilgan. Bu yerda Tasmaniyaning go‘zal joylarini, yuqori tog‘ cho‘qqilarni, tiniq suvli ko‘llar, sharsharalar va archagul maydonlarni tomosha qilish imkoni mavjud. O‘rta asrlarda bu yo‘ldan ziyotchilar Ispaniya homiysi — havoriy Iakov qabriga sig‘ingani kelishgan. Zion — qoyalar va tosh platolardan, ajoyib tunnel hamda suv oqishi oqibatida hosil bo‘lgan chuqur kanyonlardan iborat. Nepal — dunyodagi eng ulkan tog‘lar, uzoqqa cho‘zilgan daralar, tog‘larda yo‘qolgan Budda ibodatxonalari kabi tomosha qilishga arziydigan maskanlardan iborat.
78
1,638
Foto
Fotogalereya: Islandiyaga yuqoridan nazar
Fotograf Gabor Neyj Islandiyaning go‘zal manzaralarini suratga oldi. Travel Ask ularni taqdim etdi.
41
99
Foto
Foto: Nyu-Yorkdagi qurilish maydonida paydo bo‘lgan gullar
Nyu-yorklik gulchi Lyuis Miller va uning jamoasi Farrow & Ball kompaniyasi bilan birgalikda Manxetten markazidagi qurilish maydonini gulzorga ayantirdi, deb xabar berdi TJournal. Foto; TJournal Yomg‘irga qaramay bir necha yog‘och bo‘laklari va minglab gullardan iborat konstruksiya bir kechada yaratildi. Shuningdek, ko‘chaning ushbu qismini loyihalashda Farrov & Ball’ning yangi kolleksiyasidan ham foydalanildi. Nyu-York kabi shaharning, ayniqsa, Moda haftaligi vaqtidagi ijodiy energiya sabab, biz odamlarni kundalik hayotning, xoh ishda yoki yo‘lda bo‘lsin lahzalik boy taassurotlarga ega bo‘lishiga va ularni ilhomlantirishga harakat qilmoqdamiz. Sharlotta Kosbi, Farrow & Ball Miller o‘z ishlarini “porlayotgan gullar” deya atamoqda. Foto; TJournal Foto; TJournal
58
775
Foto
Foto: Insonni o‘ylashga va yaxshilikka yetaklovchi suratlar
Har bir odam kamida 1-2 marta doim shovqin qiluvchi qo‘shni, qo‘pol sotuvchi va yomon hamkasbga uchragani tabiiy. Mana shunday hollarda dunyo juda yoqimsiz joy, insonlar esa bo‘ri bo‘lib tuyuladi. Lekin keyin birdan odamlarning bir-biriga qanday yordam berishini, xayrli va yaxshi ishlar qilishini, begona odamlar ham bir-biriga tabassum qilishini ko‘rganda hayot go‘zal ekanini tushunamiz. AdMe ana shunday rasmlarni taqdim etdi. Mozart makes us feel that way, too! Help @handelandhaydn find this child: https://t.co/TsjEQmeSYX pic.twitter.com/FYpXmOT8hl — CRB Classical 99.5 (@CRBClassical) May 8, 2019
59
609
Foto
Shaharga almashtirib bo‘lmaydigan 17 ta ajoyib qishloq (fotogalereya)
Shubhasiz, shahar hayotining o‘ziga xos jozibasi va qator afzalliklari bor: bu yerda barcha qulayliklar mavjud, ko‘rgazmalar va konsertlar shu yerda o‘tkaziladi, galereya va restoranlar shu yerda ochiladi, bu yerda doimo hayot qaynaydi. Ammo eng “ashaddiy shaharlik” ham vaqti-vaqti bilan tinch va osuda qishloq hayotiga talpinadi. Ammo ba’zi qishloqlar ajoyib manzaralari va mo‘jizakor muhiti bilan ko‘ngilni shunchalik zabt eta oladiki, uni qayta tark etging kelmay qoladi. Travel Ask ana shunday qishloqlar fotogalereyasini taqdim etdi.
69
539
Foto
Taqqoslash orqali nafaqat buyumlar, balki yillar orasidagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin bo‘lgan suratlar
Bizning ongimiz haqiqiy taqqoslash mashinasidir. Ko‘rgan narsalarni boshqa obyekt yoki vaziyat bilan taqqoslash orqaligina olingan ma’lumotni adekvat baholash mumkin. Bugungi quyidagi suratlar egalari hech narsani eslashlari shart emas, ular o‘z ko‘zlari bilan hamma narsani taqqoslab tushunadi. “Dam olishga ketayotganda o‘zim bilan nima olgan narsalarim va bunisi turmush o‘rtog‘imniki”. “Mehmonxonaning kichik tish pastasi va cho‘tka to‘plami. Men o‘lchov uchun uning yoniga quloqqa tiqadiganlarni qo‘ydim”. “O‘ng tomonda men 15 yil davomida gitara chalayotgan barmog‘im bor. Shuncha yil mobaynida men qancha tirnog‘imni yemiribman”. “Bu soxta dollar kinolarda suratga olish uchun ishlatiladi, men uni tasodifan hamyonimdan topib oldim. Pastdagisi haqiqiy dollar”. Yangi poyabzal va bir yil davomida har kuni kiyilgan poyabzal o‘rtasidagi farq. “Chapda oddiy qo‘l, o‘ngda esa 6 yil oldin sindirgan qo‘lim”. Erta tug‘ilgan chaqaloqlar uchun taglikning o‘lchami. Kiyilgan va yangisi o‘rtasidagi farq. “Itimning panjalari soch olishdan oldin va keyin”. Ilgarigi kupyuralar hozirgidan ancha katta edi. “O‘tgan yili tutilgan daftar yangisiga nisbatan” Qo‘l bilan solishtirganda juda ham kichik rakovina. Oyoq kiyimlarni qanday kiyishni juda oson farqlab olish mumkin. “Bir vaqtning o‘zida qish va yozdagi to‘xtash joyim”. 2000-yildagi Lego figurasi bugungi kunga nisbatan. “Men qahva donalarini qovurish darajasida qanday farq qilishini ko‘rsatish uchun pastdan yashil rangdan boshlab, chuqur qovurilgani eng yuqorida”. “Mening aqlli soatim va buvimning soati”. “Men Internetda biror narsaga buyurtma berganimda va o‘lchamlarga qaramaganimda”. Telefon uchun yangi g‘ilof va 4 yil ishlatilgani. Mushukcha 2021-yil aprel oyida va 9 oydan keyin. “Ikkala tuxumni o‘ramda ko‘rsatilganidek, ferma tovuqlari qo‘ygan”. “Taqqoslash uchun kuya kapalak va dadamning qo‘li”.
106
1,881
Foto
Dunyo volontyorlarining koronavirus pandemiyasi sharoitidagi faoliyati – suratlarda
Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni tashvishga solayotgan vaziyatda volontyor (ko‘ngilli) larning rolini alohida e’tirof etish lozim. Ular o‘z vaqti, ko‘nikmalari, moddiy va ma’naviy yordamlari bilan ko‘makka zarurat sezayotgan insonlarning oldiga shoshilmoqda. Jahonning turli nuqtalarida kuzatilayotgan yetishmovchilik tufayli uy sharoitida niqoblar tikish, shaxsiy gigiyena vositalarini ishlab chiqarish bilan birga, keksalar va muhtoj oilalarga yordam qo‘lini cho‘zayotgan ko‘ngilli insonlar soni ortib bormoqda. The Atlantic nashri ana shunday volontyorlarning faoliyatidan lavhalar ulashdi. Favqulodda yordam guruhining volontyori (o‘ngda) koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida mototsikl haydovchisiga qo‘llarini to‘g‘ri dezinfeksiya qilishni o‘rgatmoqda. Karachi, Pokiston. 2020-yil, 21-mart. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlariga qo‘shilgan volontyorWestCOP jamoatchilik markazida mahsulotlarni taqsimlash hududida aholini kutib olmoqda. Nyu-York shtati, Nyu-Roshel, AQSh. 2020-yil, 18-mart. Koronavirus tufayli maktabi yopilgan bolakay volontyordan o‘quv anjomlari bilan to‘ldirilgan sumkani qabul qilib olmoqda. Folls-Cherch kam ta’minlanganlar tumani, Virjiniya shtati, AQSh. 2020-yil, 17-mart. Generazione 90 birlashmasi volontyori Marko Kaberletto yordam guruhiga murojaat qilgan keksa ayolga mahsulotlar xarid qilib, yetkazib bermoqda. Venetsiya, Italiya. 2020-yil, 13-mart. Novi-Sad yarmarkasi ichida koronavirusning yengil belgilari bilan og‘rigan bemorlarini joylashtirish uchun karavotlarni o‘rnatayotgan ko‘ngillilar tanaffus vaqtida. Novi-Sad, Serbiya. 2020-yil, 27-mart. Volontyor jamoat avtobuslari vokzalini dezinfeksiya qilmoqda. Kuritiba, Braziliya. 2020-yil, 1-aprel. Arbeiter-Samariter-Bund yordam va ijtimoiy himoya tashkilotining vakili Valtraud Doering koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashayotgan feldsherlar uchun bepul himoya niqoblarini tikmoqda. Barzingxauzen, Germaniya. 2020-yil, 26-mart. Yong‘inga qarshi maxsus kiyimlar ishlab chiqaradigan fabrikada ko‘ngillilar jamoasi tibbiyot xodimlari uchun xalatlar tikmoqda. Arnedo, Ispaniya. 2020-yil, 30-mart. Mahalliy volontyor sovun va yuvuvchi vositalar bilan to‘ldirilgan qutini manzili tomon olib ketmoqda. Rio-de-Janeyro, Braziliya. 2020-yil, 24-mart. Ko‘ngillilar Oq uy Sharqiy xonasining nusxasi, Richard Nikson nomidagi kutubxona va muzeyda joylashgan donorlik markazida qon topshirmoqda. Yorba-Lind, Kaliforniya, AQSh. 2020-yil, 30-mart. Roza Edit Lukou xususiy restoranida idishlarni qo‘lbola suyuq sovun bilan to‘ldirmoqda. Palmere, Abijan shahri, Kot-d’Ivuar. 2020-yil, 1-aprel. Roza Edit Lukouning yordamchisi sovun va suv-spirtli gellarni Yopugon tumanidagi aholiga tarqatmoqda. Abidjan, Kot-d’Ivuar. 2020-yil, 1-aprel. Volontyor hamshira ko‘chadagi uysiz odamlarni parvarish qilmoqda. Milan, Italiya. 2020-yil, 24-mart. Volontyorlar hukumat tomonidan koronavirusga qarshi choralar doirasida yordam beriladigan aholi uchun oziq-ovqat va birlamchi mahsulotlar uchun qutilar tayyorlamoqda. Nayrobi, Keniya. 2020-yil, 28-mart. Ko‘ngillilar guruhi vakillari axborot tarqatishda ishtirok etish uchun niqoblarni taqmoqda. Ular gigiyenaga amal qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi bo‘yicha aholi orasida ma’lumot tarqatganlar. Dipzslut, Yoxannesburg, Janubiy Afrika. 2020-yil, 21-mart. Jeremi Reytman garajida 3-D printerlari chiqarayotgan tibbiy himoya oynalari uchun jihozlarning qismlarini kuzatmoqda. Ayni damda Reytmanda kuniga 25 ta niqob chiqaradigan 5 ta printer bor. Kaliforniya, AQSh. 2020-yil, 30-mart. “Panama birdamlik rejasi” harakati a’zolari kam ta’minlangan oilalarga yordam tariqasida oziq-ovqat mahsulotlari to‘ldirilgan qopchalarni pikapga ortmoqda. Marakana stadioni, Panam-Siti, Panama. 2020-yil, 1-aprel. Ukraina Pravoslav cherkovining ruhoniysi qo‘l uchun dezinfeksiya vositalarini idishlarga joylamoqda. Ruhoniylar va talabalar ushbu vositalarni ishlab chiqarib, keksalar hamda muhtojlarga tarqatishmoqda. Vidubich, Kiyev, Ukraina. Instruktor volontyorlarga koronavirus bo‘yicha aholi o‘rtasida axborot tarqatish oldidan murojaat qilmoqda. Sane, Yaman. 2020-yil, 28-mart. Pitsseriya egasi Milan Varga “o‘zini yakkalab” yashayotgan insonlarga bepul pitssa tarqatmoqda. Budapesht, Vengriya. 2020-yil, 23-mart. Kortni Tornton Capital Area Food Bank oziq-ovqat bankida volontyorlik qilmoqda. Pandemiya vaqtida oziq-ovqatga talab ortgani sababli banklar ishchi kuchi va xayriyaga muhtojlik sezmoqda. Vashington, Kolumbiya okrugi, AQSh. 2020-yil, 1-aprel. Xayriya qilish yoki bepul ovqat olish uchun osib qo‘yilgan savatdan mahsulot olayotgan erkak. Savatdagi yozuv: “Kim bera olsa qo‘ysin, qo‘ya olmasa olsin”. Neapol, Italiya. 2020-yil, 30-mart. Volontyorlar karantinda o‘tirgan keksalar uchun mahsulotlar xarid qilishmoqda. Moskva, Rossiya. 2020-yil, 27-mart. Odamlar violonchel chalib, bepul konsert berayotgan Jodi Benderning kuylarini masofa saqlagan holda tinglamoqda. Maunt-Reynir, Merilend, Vashington, Kolumbiya okrugi. 2020-yil, 30-mart. Volontyor mahsulot to‘ldirilgan sumkani keksa ayolga topshirmoqda. Shahar ma’muriyati koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida kam ta’minlangan oilalar va odamlarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish tashabbusini ko‘tarib chiqqan. Tbilisi, Gruziya. 2020-yil, 18-mart. Volontyor COVID-19 infeksiyasi tarqalishining oldini olish ishlari doirasida Taman Sari saroyini dezinfeksiya qilmoqda. Yogyakarta, Indoneziya. 2020-yil, 31-mart. Bonus.  O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 100dan ortiq volontyorlari O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazida jarayonga ko‘maklashmoqda.
83
5,725
Foto
Cho‘llarda uchragan eng g‘alati topilmalar (foto)
Travel Ask sahrolarni tadqiq qiluvchilar yo‘lida uchragan eng ajablanarli topilmalar ro‘yxatini tuzdi. Texas cho‘lidagi mashhur brend do‘koni savdo-sotiq maqsadida emas, balki supermoda butigi sivilizatsiyadan uzoqda qanday ko‘rinishini bilish maqsadida barpo qilingan. Ichida original brend kiyimlari bo‘lgan do‘kon eng murakkab qulflar va zirhli shishalar bilan jihozlangan. Bunday ko‘rsatkichlar Arizona cho‘lida 1911-yildayoq paydo bo‘lgan. Ular pochta samolyotlari uchun o‘ziga xos navigator rolini bajargan. Ushbu budka 1960-yilda konchilar va bu yerga adashib kelib qolgan daydilar uchun Moxave cho‘liga o‘rnatilgan. U 1997-yilda grek rassomi tomonidan installyatsiya sifatida yaratilgan. 35 yil avval juda ko‘p miqdorda videoo‘yin va pristavkalar ishlab chiqargan Atari kompaniyasi talabgir bo‘lmagan nusxalardan qutulish uchun ularni cho‘lga ko‘mib tashlashga qaror qilgan. “Xazina” 2014-yildagina topilgan. Bu haykal 1992-yilda Chili shimolidagi Atakama  cho‘lida yaratilgan. 11 metrli qo‘l insoniyatning ojizligi timsolidir. Moxave cho‘liga avstriyalik rassom tomonidan o‘rnatilgan basseynda uni o‘z yo‘lida uchratgan istalgan kishi cho‘milishi mumkin. Bu faqat Misr cho‘lida topish mumkin bo‘lgan sayyoradagi eng noyob mineraldir. Tutanxamon qabridan topilgan kulon aynan shu toshdan yasalgan edi.
49
1,317
Foto
Rossiyada katta paradga tayyorgarlik, hayvonot bogʻidan qochgan tovus, Baydenning nutqi — 7 may suratlari
E'tiboringizga soʻnggi 24 soatning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. Rossiyada «Gʻalaba kuni»da namoyish etiladigan parad dasturlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda. U yerda bayram har yilgidek keng nishonlanadi. Bunday muhim tadbirlarda «katta shaharlarda ham kichik koʻngilsizliklar boʻlib turadi» kabi bahonalar ketmaydi — yaxshilab tayyorlanish zarur. Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 21 milliondan oshdi. Ispaniyaning Madrid shahrida Kolumbiyadagi polisiya zoʻravonligiga qarshi namoyish boʻlib oʻtdi. U yerda odamlar prezident tomonidan taklif etilgan soliq islohotlariga qarshiligini bildirib, koʻchaga chiqishgan edi. Polisiya bilan toʻqnashuvlar natijasida 19 kishi vafot etdi. Nyu-Yorkda aholi bahor ob-havosidan bahra olmoqda. Vatikanda Shveysariya gvardiyasiga qabul qilinganlarning qasamyod qilish marosimi boʻlib oʻtdi. Varshavada oʻt oʻchiruvchilar aholi turar joy binosining derazidan mahalliy hayvonot bogʻidan qochib ketgan tovusni ushladi. Londonda oʻrdak birinchi marotaba suvga sakramoqda. Sharqiy Quddusda falastinliklarning Shayx Jarrah hududidan chiqarilishi yuzasidan norozilik va toʻqnashuvlar davom etmoqda. Salvadorda harbiylar kuni nishonlanmoqda. Hozirda 194 nafar ayol oʻz xizmat muddatini oʻtamoqda. Serbiyadagi savdo markazlarining birida odamlar vaksina qabul qilish uchun navbat kutishmoqda. Vaksinani birinchi qabul qilgan 100 kishiga savdo markazida tomonidan 30 dollarlik vaucher va'da qilingan. Kolumbiyaning Bogota shahrida qashshoqlik va polisiya zoʻravonligiga qarshi namoyish paytida polisiyaning zirhli mashinasi. AQSh prezidenti Jo Bayden oʻzining yozuvlariga qarab, Charlz koʻli yaqinida Amerikada ish oʻrinlari haqida nutq soʻzlamoqda. Baliq turlarining yillik migrasiyasi paytida Van koʻlining irmogʻida marvarid kefalini gullaydi. Gonduraslik muhojirlar — besh yoshli Kami va uning ammasi Mariana AQSh bilan El-Chaparral chegara portidagi vaqtinchalik lagerda. Jahonga mashhur futbol murabbiyi Joze Mourino Vespada ketayotgani tasvirlangan devor. Mourino kelasi mavsumdan boshlab Italiyaning «Roma» klubida bosh murabbiy lavozimini egallaydi.
105
2,111
Foto
Daraxtni qulatgan dovul, Angliyadagi qor bo'roni, Van tog'laridagi cho'pon — 20 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ukrainalik harbiy xizmatchi frontdagi qishloqda yirik kalibrli minomyotdan o'qqa tutilgan bino yonida o'q otilgan yo'nalishni ko'rsatmoqda. Turkiyaning Van viloyatidagi tog'larda qo'y boqib yurgan cho'pon. Singapurda tonggi badantarbiya. Londonda moda haftaligi o'tkazilmoqda. Burkina Fasoda badanini harbiy liboslar rangiga bo'yab olgan kishilar harbiylarni qo'llab-quvvatlamoqda. Angliyada kuchli qor yog'di. Bundan tashqari to'fon natijasida ko'chalarni suv bosdi. Islandiyadagi otlar fermasi. Niderlandiyada dovul kanal bo'yidagi daraxtni qulatdi. Shveytsariyada chanada suvga sirpanib tushish musobaqasida ishtirokchilar “Titanik” modelidan foydalanishdi. Kanadada politsiya koronavirus tadbirlariga qarshi uch hafta davom etgan norozilik namoyishini tarqatib yubordi.
96
834
Foto
Yapon taomlari san’atning alohida turi ekanligini isbotlovchi suratlar
Ma’lumki, Yaponiya o‘z xos mentalitet, urf-odat va texnologik mahsulotlarga boy mamlakatdir. Ushbu mamlakatda hamma narsa nafislikka burkangan. Yaponlar hatto oziq-ovqat mahsulotlarini ham san’at asari darajasida pishiradi va o‘ziga xos madaniyati bilan dasturxonga tortiq etadi. Oddiygina quymoqlar ham original tarzda bezatilishi mumkin. Ushbu mazali pechenyelar ham san’at asaridir. Ajoyib shokoladli haykalni tort uchun eritib yubordik. “O‘tgan yili menga ham gorilla sovg‘a qilishgan edi, men uni tanovul qildim”. Mitti pankeyklar. “Tushlik qutisiga joylashtirilgan sushilar bahor manzarasini yodga soladi”. Odatiy chuchvara bilan yaponlar chuchvarasi orasidagi farq. Yaponiyada mevali sendvichlar juda mashhur bo‘lib, ularga ba’zida mevalar butunligicha solinadi. Tayyor mevali sendvichlar do‘konlarda sotiladi. Syurprizli desert. View this post on Instagram Mevali muzlar ichimlik uchun ajoyib ta’m beradi. Sakura barglari bilan nozik jele. Odatiy hamda yaponlar bulochkasi. Piroglar ham san’at asaridir. Maydalangan muz qulupnay va shokolad − yaponlarning eng mashhur shirinligi. Hayvon terisi nusxasidan biskvitlar. View this post on Instagram Vinni-pux pechenyelari. Apelsinli chizkeykning ko‘rinishi.
70
1,259
Foto
Foto: Oq uyning eng mushakdor oshpazi
Oq uyda AQSh armiyasida 23 yil xizmat qilgan Andre Rash oshpazlik qiladi, deb yozmoqda TJournal. U Jorj Bush administratsiyasi bilan ham, Barak Obama administratsiyasi bilan ham, Donald Tramp administratsiyasi bilan ham ishlashga ulgurgan. Uning oshpazlik faoliyati AQSh armiyasida boshlangan. Maktabni bitirishi bilan harbiy xizmatga borgan va “VIP-shaxslar, mehmonlar va generallarni qo‘riqchisi qabilidagi ishlar bilan shug‘ullangan”. U umumiy hisobda armiyada 23 yil xizmat qilgan va Iroqda yarador bo‘lgan. Rash parallel ravishda Vest-Poynt harbiy akademiyasi, Pentagon uchun qabullar va kechki ovqatlar tashkillashtirgan. Endi esa bu ishlarni Oq uyda bajarmoqda. Rash doimiy oshpaz sifatida ishlamaydi, faqat eng muhim tadbirlarga keladi xolos. Iyun oyi boshlarida Reddit ijtimoiy tarmog‘ida 2018-yil Vashingtonda o‘tkazilgan prezident tadbirlaridan birida Andre Rash xizmat qilayotgani suratlari tarqalgan. Tarmoq foydalanuvchilari bu suratlardan mem tayyorlab, fotoshop-batl o‘tkazgan.
37
996
Foto
Ortiqcha vazndan xalos bo‘la olgan shou-biznes yulduzlari (fotogalereya)
AdMe turli sabablarga ko‘ra ancha-muncha vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan shou-biznes yulduzlari bilan tanishtirdi.
72
115
Foto
AQSh tog‘larida ko‘lda aylanuvchi jumboqli muz disk topildi (foto)
AQShning Adirondak tog‘larida dam olayotgan oila ko‘l yuzasida aylanuvchi jumboqli disk topdi. Shaharga qaytganidan so‘ng oila juda kamyob hodisani kuzatganini tushunib yetgan, deb yozmoqda “Gazeta.ru”. Bu hodisa haqida birinchi marta 1997-yilda ilmiy adabiyotda yozilgan. Odatda, disklarning diametri bir metrdan yuz metrgacha bo‘ladi, bunda aylanish tezligi o‘lchamlarga bog‘liq bo‘ladi va taxminan soniyasiga bir burchak darajasini tashkil qiladi. Ularning paydo bo‘lishi suv haroratining o‘zgarishi va uning tig‘izligi bilan bog‘liq. Disk ostidagi muzlarning erishi past haroratli joyni hosil qiladi. Harorat 4 darajaga yetganida suvning tig‘izligi o‘zining eng yuqori qiymatiga yetadi, suv esa pastga tushgan holda voronka hosil qiladi. Voronka esa ishqalanish hisobiga diskning o‘zini aylanishga majbur qiladi. Diskning shakli kichik muzlarning yopishishi yoki katta muzlarning uchlari yedirilishi natijasida yuzaga keladi.
66
931
Foto
Foto: To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi aysberg
NASA IceBridge operatsiyasi doirasida Yerdagi muzliklarning erish tezligini o‘rganish uchun muz qatlamlari suratga olingan. Larsen S shelf muzligi yaqinida, Antarktika yarimoroli qirg‘og‘ida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi aysberg suratga olingan: u xuddi chizg‘ich bilan tekislab, arrada kesilganga o‘xshaydi, deb yozmoqda National Geographic. NASA mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu aysbergning hosil bo‘lishida odamning aralashuvi mavjud emas. Merilend universiteti muzshunos olimi Kelli Brantning tushuntirishicha, uzoq vaqt o‘sadigan muzlik yorilishni boshlaydi, yorilish to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega bo‘ladi. Brantning so‘zlariga ko‘ra, mazkur aysberg juda yosh bo‘lib, uning o‘tkir uchlari hali shamol va to‘lqinlar tomonidan yemirilmagan. Aysberg barqaror emas, unda istalgan vaqtda yangi yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin.
45
835
Foto
Fotoreyting: Jahonning eng ko‘p suratga tushiriladigan 25 shahri
TravelAsk nashri sayyohlar qalbidan joy olib, fotokamera tugmasini bosishga eng ko‘p majbur qiladigan jahonning 25 shahri reytingini tayyorladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, sayyohlar bu joylarni eng ajoyib, go‘zal va tomoshabop deb hisoblaydi.
64
235
Foto
Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)
Ayrim ijodkorlar fikricha, salbiy rollarni ijro etish qiyin, ammo bunday rollarning ko‘pchiligi tomoshabinlar e’tiborini tortadi. Quyidagi ijodkorlar rollarini shunchalik ishonarli ijro etishganki, oqibatda tomoshabinlar “nafrati”ga uchragan. “Gulchehra Ibrohimbekovani ko‘rgani ko‘zim yo‘q!” Aktrisa Ibrohim Rasulovning “Begona bahor” filmida qattiqqo‘l qaynona rolini ijro etgan. Film tomoshabinlar e’tiboriga tushgani uchun qaynonaning salbiy fe’l-atvori va keliniga qilgan zulmi keng jamoatchilik tomonidan muhokama etilgan. — Bu filmdagi rolim haqida yaxshi va yomon gaplarni ko‘p eshitganman. Roldan ta’sirlanib, keliniga zug‘um qilmaslikni anglab yetgan qaynonalar haqida ham ko‘p eshitganman. Yoki aksincha, qaynonam rolingizdagidek deb kelgan kelinlar ham bo‘lgan. Hatto bir necha marta yuzimga “Shu rolingizdan keyin sizni ko‘rgani ko‘zim qolmagan. Tanbal qizingizning boshini silab, kelinni siltadingiz”, degan gaplarni ham eshitganman. Film g‘oyasi hayotiy bo‘lgani uchun ham tomoshabinlarga manzur kelgan. Odatda ijobiy rolga nisbatan salbiy rolning ta’sir etish kuchi ortiqroq bo‘ladi. Agar ijroyimdagi qaynonani ko‘rib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olganlar bo‘lsa, bundan quvonaman. Shamsiqamar Mansurovani yaxshi qizlarga o‘xshatishmagan Aktrisa 1972-yil suratga olingan “Bahor qaytmaydi” videofilmida kichik epizod rol ijro etgan. Alimardon To‘rayevning ma’shuqasi roli ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. — Sochim hamisha kalta bo‘lgan, uzun va keng ko‘ylak kiyishni ham yoqtirmaganman. Shu sabab ko‘pchilik rejissorlar salbiy rollarga taklif etishardi. “Bahor qaytmaydi” videofilmida suratga tushishimga ham kalta sochim sabab bo‘lgan. Unda kichik sahnada suratga tushganman, ammo tomoshabinlarga jiddiy ta’sir etgan. Rosti, bir muddat ko‘cha-ko‘yda yurolmay qolganman. Rolimni qoralashgan, hatto qo‘llari bilan ko‘rsatgan paytlari ham bo‘lgan. Albatta, bu rolning ishonchli chiqqanidan darak beradi, ammo baribir ko‘pchilikning orasida noqulay vaziyatga tushish menga alam qilgan. Hatto, bir kuni tramvayga chiqmoqchi bo‘lganimda bir nechta ayollar men bilan ketishni istamay, haydovchiga eshikni yoping, deb baqirishgan. O‘shanda salbiy rolning yukini ko‘tarish naqadar og‘ir ekanligini anglaganman. Barchin G‘ofurovani bo‘g‘ib o‘ldirishmoqchi Aktrisa “Milliy” telekanalida namoyish etilayotgan “Baxt ovchisi” serialida erkaklarni yo‘ldan uruvchi, o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan hayo qilmaydigan Zulya rolini ijro etgan. Yengiltak ayol roli ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. — “Baxt ovchisi” serialidan so‘ng Instagram profilimga tinimsiz haqoratli so‘zlar yozadigan bo‘lishdi. Hatto ba’zi ayollar ochiqdan ochiq “Sizni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchiman!” deb po‘pisa ham qilishdi. Yashirmayman, mazkur serialdagi Zulya roli ko‘pchilikni nafratlantirdi. Agar ijroyim orqali tomoshabinlarni ishontirolgan bo‘lsam, xursandman. Ko‘pchilik rolimdan nafratlanadi, ammo hayotda uchratgach “Boshqacha inson ekansiz. Nega bunaqa rol ijro etdingiz?” deyishadi. Yashirmayman, serial efirga ketishni boshlagandan buyon yaqinlarimga nisbatan ham tanqid toshlari otilmoqda. Nachora, odamlar bir kun rol shunchaki ijro ekanligini tushunib yetishlariga umid qilaman, — deydi Barchin G‘ofurova. Mirolim Qilichevning ustidan onasiga shikoyat qilishgan Aktyor Mirolim Qilichev 2019-yilda “Zalolat” serialida suratga tushgan. Uning qahramoni Muxtor qaynakasidan o‘ch olish uchun ayolini yo‘ldan uradi. Oxir-oqibat oila parokanda bo‘lib, Muxtorning qistovi bilan ayol eridan voz kechib, ichkilikka ruju qo‘yadi. — “Zalolat” seriali efirga uzatilayotgan paytda xalq orasida yurishga iymanganman. Chunki “Muxtorning afti qursin. Shunaqa ham odam bo‘ladimi? Sizga yarashmabdi”, degan gaplarni har kuni eshitardim. Bir kuni xizmatda onaxonga kelin-kuyovlarni tabriklash uchun navbat bersam, Muxtorning qilmishlarini muhokama qilib ketgandi. Ammo eng yomoni onamga borib, rolim ustidan shikoyat qilishgani bo‘lgan. Aslida bu serialda suratga tushishni istamagandim, rejissor iltimos qilgani uchun rad etolmaganman. Ammo ijro etgan rolimdan afsuslanmayman, — deydi Mirolim Qilichev. “Mashhura Zulfiqorova, erim bilan yurmang” Aktrisa, asosan, salbiy rollarda suratga tushadi. Shu yili u ishtirok etgan “Daydi qizning daftari” seriali ham ko‘plab muhokama va tanqidlarga sabab bo‘ldi. Uning qahramoni Xurshida qizi Taxminani o‘zi tanlagan taqdir yo‘lidan yurishini va yengil pul topishini istaydi. — Aslida ijobiyga nisbatan, salbiy rolni yaratish qiyin. Ammo buni hamma ham to‘g‘ri tushunmaydi. Ekrandagi qiyofangizga qarab, sizni shunday inson deb biladiganlar ham ko‘p. Yaqinda qiziq voqea bo‘ldi. Do‘konga kirsam bir ayol yonimga kelib, “Sizni juda yomon ko‘raman, hatto erim siz suratga tushgan serialni ko‘rib o‘tirgan bo‘lsa ham rashk qilaman”, deb biroz qo‘pol muomala qildi. Unga bosiqlik bilan hayotda hamma yaxshi bo‘lmaganidek, seriallarda ham yomon ayollar bor. Ularning rolini kimdir ijro etishi kerak-ku, dedim. Bu gapimdan keyin ayol biroz xijolat bo‘lib uzr so‘radi. Bu voqeadan avval esa Instagram’ga mashinada tushgan rasmimni qo‘ysam, “Erimning mashinasida nima qilyapsiz? Meni bolalarim bor” kabi g‘alati xabarlar ham kelgandi. Go‘yoki bunday mashina faqat o‘sha ayolning erida bordek. Bu juda g‘alati va kulgili holat. Aktrisa o‘z nomi bilan ijrochi. U hayotda ham shunday inson degan gap esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, — deydi aktrisa. Feruza Sobitovaning “detdom”dagi bolasi Aktrisa shu kungacha ko‘plab salbiy rollarni ijro etgan. Ammo Shohruh reperning “Bolaligim” klipidagi ishtiroki ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. U klipda yengiltabiat ayol rolini ijro etgan. — Klipdan keyin ko‘pchilik yoshi ulug‘ ayollardan tanbeh eshitganman. Hatto ko‘cha-ko‘yda yonimga kelib, “Es-hushingni yig‘ib, “detdom”dagi bolangni qaytarib ol, uvoliga qolasan”, deganlar ham bo‘lgan. To‘g‘risi, bu gaplarni eshitib g‘alati ahvolga tushardim. Balki, klip suratga olingan paytda tomoshabinlar meni yaxshi tanishmagani uchun shunday hangomalar bo‘lgandir. Ammo hozir bunday voqealar bo‘lmaydi. Faqatgina salbiy rollardan keyin “Bo‘ldi, bunday rol o‘ynamang, sizga yaxshi ayollarning roli ham yarashadi”, degan gaplarni eshitaman, — deydi Feruza Sobitova. Gulnora Tolipova baqiroq qaynona obrazi bilan tomoshabinlar nafratiga uchragan Aktrisa “Jurnalist” serialida baqiroq qaynona rolini ijro etgandan so‘ng tomoshabinlar nafratiga uchragan. Uning keliniga kun bermas, o‘g‘lini ham muammolarga ko‘mib tashlagan ona roli ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. — “Jurnalist” seriali efirga berilayotgan payt “Chorsu” bozoriga ro‘zg‘orlik qilish uchun bordim. Hamma xaridorlar singari kartoshkaning narxini so‘rasam, sotuvchi ayol jahl bilan “Senga kartoshka sotmayman”, degan. Gapidan hayron bo‘lib tursam “Uyatsiz birovning qizini ham shunchalik xo‘rlaysanmi? Malika indamay xizmatingni qilyapti-ku”, desa bo‘ladimi?! Men ham asli bozorchi bo‘lganim uchun bo‘sh kelmaganman. O‘rtada rosa bahslashuv bo‘lgan. U menga kartoshka otib, “Chorsu”ga ortiq qadam qo‘ymasligimni aytgandi. Undan keyin “Shukrona” serialida o‘g‘lining hayotini buzib, ikkinchi xotin olib beradigan ona rolini ijro etganman. Serial tugagach, ko‘chada bir ayol yonimga kelib “Ajab bo‘pti, keliningizning uvoli tutib jinni bo‘lib qoldingiz”, degandi, — deydi aktrisa. “Ma’rufxon Muhammedovga qizimni bermayman” Aktyor 2017-yil suratga olingan “Fitna” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. U oilali ayol bilan don olishib, uning oilasi buzilishiga sababchi bo‘ladi. Serialdagi yigit va ayol munosabatlari tomoshabinlar nafratini qo‘zg‘atib, hatto Nozima rolini ijro etgan aktrisa Feruza Normatovaga nisbatan ham tanqid toshlari otilgandi. — Asli aktyor emas, savdogarman. “Fitna” serialidan so‘ng bozorlarga borishga uyalib qolganman. Chunki ko‘pchilik tomoshabinlar rolim haqida salbiy fikr bildirishgan. “Shunchalik ham bo‘lasizmi, ikkita bolaning uvolidan qo‘rqmadingizmi? Chiroyli bola ekansiz, o‘z tengingizni topardingiz?” kabi ko‘plab tanqidlarni eshitganman. Ammo eng yomoni onam sovchilikka borgan joylar  “O‘g‘lingizning ayollarga suyagi yo‘q-ku, rolni ishonarli o‘ynagan. Demak, hayotda ham shunday bola”, deyishgan. Rol sabab ancha xonadonlardan rad javobini olganmiz. Shukrki, taqdirim boshqa inson bilan ekan. Oila qurdim, farzandli bo‘ldim. Tomoshabinlarning ham men haqimdagi yomon fikrlari unutildi, — deydi Ma’rufxon Muhammedov. Jayronaning mashinasi balonini teshib ketishgan Yosh aktrisa Jayrona ko‘plab film va seriallarda salbiy rollarni ijro etgan. Ayniqsa, “Qora atirgul” serialidagi Munira rolidan keyin tomoshabinlar nafratiga uchragan, desak ham bo‘ladi. — “Qora atirgul” serialidan keyin tanqidlar bo‘ronida qolganman. Sabinaning hayotiga achingan tomoshabinlar Munirani qarg‘ab, haqorat qilishardi. Hatto oldimga kelib “Birovni oilasini buzib charchamadingizmi?” deganlar ham bo‘lgan.  Bir marta Spark rusumli avtomobilimning balonini teshib ketishgan. Haqoratli so‘zlarni kuniga kamida 10-15 ta jo‘natishardi. Hurmatli tomoshabinlar, salbiy rolga ishondingizmi, demak, aktrisa mahoratli — yo‘qsa sizni ishontirolmagan bo‘lardi, degim keladi. Ammo buni hamma ham tushunavermaydi-da. Fotima Berdiyeva Taxmina obrazini yaratganidan afsusda “Daydi qizning daftari” filmida Taxmina rolini ijro etgan. Fohishalik yo‘liga kiradigan yosh qiz tomoshabinlar g‘azabiga uchradi, ayrimlar uni jabrdiyda, boshqalar esa ustomon qiz deb ta’riflashdi. — Ba’zi insonlarda aktrisaga roliga qarab munosabat bildirishadi. Bu noto‘g‘ri! Taxmina rolidan keyin ko‘plab gap-so‘zlar tarqaldi. Hatto men bilan suratga tushgan aktyorning ayoli bilan biroz tortishib qoldik. Rolim (ijroyim emas) ko‘plab tanqidlarga uchradi. Gap-so‘zlar ota-onamga ham qaratilgani uchun rolga rozilik berganimga biroz afsuslandim. Shu bois ortiq rol ijro etmaslikka qaror qildim. Balki, kun kelib bu fikrimdan qaytarman yoki yo‘q. Buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo rol bilan hayotni aralashtirib yuborishlari meni biroz ranjitdi. Asolat Tursunovaga tarsaki tushirishgan Aktrisa Asolat Tursunova “Qodirxon” serialida ayyor, ustomon kelin rolini ijro etgan. Uning roli ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. — Serial namoyish etilgandan so‘ng, ko‘chada notanish inson yuzimga tarsaki tushirgan. Kutilmagan zarbdan o‘zimni yo‘qotib, uyga yig‘lab kelganman. O‘shanda ustozimiz rahmatli Mirza Azizovning “Shu rolni o‘ynadingizmi xalq toshbo‘ron qilishiga ham chidashingiz kerak”, degan gaplarini esladim. Ustozning oxiratlari obod bo‘lsin.
156
10,416
Foto
Foto: Itning inidagi kichik mehmonxona
Finlyandiyaning Espu shahrida yashovchi kishi Airbnb sayti orqali sayyohlarga itning sobiq inida tunni o‘tkazishni taklif qildi. Itning uyi maydoni uch kvadrat metr bo‘lgan mehmonxonaga aylantirildi. TJournal mazkur kichik mehmonxonaning suratlarini taqdim etdi. Kichik mehmonxona xususiy uyning bog‘ida joylashgan, u isitish va yoritish tizimi bilan jihozlangan. Uning ichida tik turib bo‘lmaydi, uxlash uchun esa yerdagi matras taklif qilinadi. Hojatxonadan, dushdan yoki kir yuvish mashinasidan foydalanish uchun mehmon uyga borishi kerak bo‘ladi.
38
551
Foto
Fotogalereya: Tarixdan so‘zlovchi kamyob suratlar
Suratlar tarixdan so‘zlovchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. TravelAsk XX asrdan so‘zlovchi suratlarni taqdim etdi.
49
121
Foto
Foto: Dunyodagi eng arzon xususiy samolyot
Keng fyuzelyajli Airbus A380 superjeti xususiy reaktiv samolyotlar rivojlanishining yangi bosqichini ochib berdi. Biroq Cirrus Vision Jet barchasini o‘zgartirdi. Lifter nashri yangi samolyot haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi Circus kompaniyasining vitse-prezidenti Ben Kovalskining so‘zlariga ko‘ra, Vision Jet’ni yaratish uchun 10 yil sarflangan. Samolyotning seriyali ko‘rinishi birinchi parvozni 2016-yil may oyida amalga oshirgan. Kovalskining aytishicha, Vision Art xususiy foydalanuvchilar va hududiy savdo reyslari uchun mo‘ljallangan. Bu bir dvigatelli birinchi xususiy samolyot. Vision Art 8500 metr balandlikda 555 km/soat tezlikda parvoz qila oladi. Samolyot 555 km/soat tezlikda 1850 kilometrgacha, 444 km/soat tezlikda esa 2220 kilometrgacha ucha oladi. Samolyot salonining balandligi 1,2 metr, eni 1,5 metr bo‘lib, unda besh nafar katta yoshli yo‘lovchi va ikkita yosh bola joylashadi.
42
904
Foto
Mehmonxonani barbod qilgan tuman. Azor orollaridagi hashamatli mehmonxonaning gʻalati taqdiri
Ushbu hashamatli mehmonxonani oddiy tuman yoʻq qilgan. Buning uchun atigi 1,5 yil kifoya boʻlgan. Tasavvur qiling, siz turgan «Monte Palace» mehmonxonasidan qandaydir 15 daqiqalik masofada, soʻqmoq yoʻl boʻylab quyiroqda, butun orol boʻylab quyosh charaqlab turibdi, sohilda qizlar quyoshda toblanmoqda, geyzerlar, sharsharalar, qoyalar va toʻlqinlar joʻsh urmoqda, yashil oʻtloqlarda esa semirgan sigirlar imillagancha, oʻzining yirik yelinidagi sutni sogʻishga olib ketyapti, pishloq pishiradiganlar pishloq tayyorlamoqda, sharob qiladiganlar esa sharob tayyorlashyapti. Qisqasi, kurort hayoti qaynamoqda. Siz esa kuniga 200 dollar haq olinadigan xonada oʻtirib (1989 yil uchun bu narx arzon pul emas), nafaqat u sigirlarnigina emas, balki yotoqdan balkonga chekkani chiqqan turmush oʻrtogʻingizni ham koʻrmaysiz. Uni sizdan tuman toʻsib qoʻygan boʻladi. Endi siz shu manzaraga yana doim nam turadigan yotoq koʻrpalari, namlik tufayli unitazdagi yigʻilgan sovuq kondensat hamda nonushtaga qoʻyilgan boʻkib qolgan fransuz nonini ham qoʻshib tasavvur qilib koʻring. 20 milliondan koʻproq narxga qurilgan mehmonxonaning taqdiri oldindan ma'lum edi. Belgiya va Fransiyaga qarashli bir kompaniya saksoninchi yillar oxirida Azor orollariga sayyohlar oqimining oʻsishini taxmin qilib, ushbu orollardagi birinchi 5 yulduzli mehmonxonani qurishga qaror qilgandi. Mutaxassislar mehmonxona uchun joy tanlagani qancha vaqt sarflashgani noma'lum, lekin sarmoyadorlar oroldagi eng goʻzal manzaraga ega boʻlgan joy – Miradouro Vista do Rei degan joydagi maydonda qurilish qilish kerak, degan fikrga toʻxtalishgan (Portugaliyaning soʻnggi qiroli aynan shu joydan turib, tabiat manzaralaridan bahra olar edi). Gʻoyaga koʻra, mehmonxonaning har bir xonasidan ushbu goʻzal manzara namoyon boʻlishi maqsad qilingandi. Gap shundaki, mehmonxonani ummon sathidan 700 metr yuqorida — yirik vulqon ogʻzining chetida — qurishni reja qilingan boʻlib, bu vulqon ogʻzining ichkarisida ikkita oʻzaro tutash koʻl mavjud boʻlgan. San-Migel orolida vulqon kraterlari va koʻllar koʻp. Aytgancha, Lagoa-dash-Sete-Sidadesh Portugaliyaning yetti moʻ'jizasidan biri sanaladi. Xullas, mehmonxonaning bir tarafidagi xonalardan qush parvozi balandligida turib oʻsha koʻllarning maftunkor goʻzalligidan bahra olsa boʻlardi; boshqa tarafdagi xonalardan esa Atlantika okeanini tomosha qilsa boʻlardi. Mehmonxonani vulqon ogʻziga shunchalik yaqin qurishganki, siz uning ayvonidan turib, mahalliy vino shishasini ochgach, uning qopqogʻini toʻgʻri vulqon komiga otib yuborishingiz mumkin edi. 88 ta xonaning yarmidagi oynalar okeanning nisbatan zerikarliroq boʻlgan manzarasi tomon ochilardi, xolos va shu sababli arzonroq boʻlgan. Mehmonxonaning bu qismiga joylashgan «bechora»lar vino qopqogʻini faqat chiqindi qutisiga tashlay olishardi, xolos. Lekin durbin boʻlsa va omadlari kelsa, ummonda delfinlarning qanday juftlashayotganini kuzatishlari mumkin boʻlardi. Vulqon tubidagi koʻllar va, ayniqsa, okean havo ochiq boʻlgan paytlarda juda yaxshi namoyon boʻlib koʻrinardi. Lekin kichkinagina boʻlsa ham bulutcha paydo boʻlib qolsa, u mazkur balandlik (700 metr ekanini yuqorida aytdik) tepasida ushlanib qolardi va natijada butun mehmonxonani nam tuman qolardi. Keyinchalik aniqlanishicha, koʻrish masofasi 20 metrdan oshmaydigan tuman va unga yoʻldosh boʻladigan mayda yomgʻir, yilning 250 kunida doim aynan yerda hukm surar ekan. Ha, mehmonxonada 2 ta restoran, 3 ta konferens-zal, shinam disko-bar, jozibador oynavand kapsula-liftlar, sartaroshxona va hatto bank boʻlimi ham mavjud boʻlgan. Sivilizasiyaga aloqador boʻlgan eng yaqin qishloqqacha esa 15 daqiqalik yoʻl. Atrof tuman va siz quyoshni koʻrish uchun, albatta, avtomobil ijaraga olishingiz kerak. Mehmonxona atigi 18 oy faoliyat koʻrsatdi. Undan keyin esa yopildi va barcha xodimlar ishdan boʻshatildi. Qoʻriqchi it va qorovullar yollanib, ob'ektni keyingi uzoq 20 yil mobaynida qoʻriqlab turishdi. 2010 yilda esa moliyalashtirish butunlay toʻxtatildi va qorovullar juftakni rostlashdi. Qachonlardir hashamatli mehmonxona boʻlgan bino esa total ravishdagi talonchilik va vayronkorlikka uchradi. Taqdir hazilini qarangki, 4 yil avval, oʻz nomi – «Monte Palace»ning fasaddagi qoldiqlari bilan birga, koʻrimsiz beton karkasdan iborat sobiq mehmonxona inshooti kulgili ravishdagi arzon narxga – atigi 385 000 yevroga sotuvga qoʻyildi.
93
4,351
Foto
Fotogalereya: Faqat mast odamlarning qo‘lidan keladigan ishlar
Ichkilikbozlikning oqibati juda xunuk ekanligi hammaga ma’lum. Bu masalada hatto bahslashishga ham hojat yo‘q: mastlikdagi ahvolingiz eng yovuz dushmaningiz ekanini o‘zingiz ham juda yaxshi bilasiz, deb yozadi “Vicer.ru”.
62
221
Foto
Yer yuzidagi odamlar yashaydigan eng xavfli hududlar (foto)
Sayyorada hayot uchun xavfli bo‘lgan joylar ko‘plab topiladi. Tashqaridan vahimali ko‘ringani, u yerda yashashni tasavvur qilib bo‘lmagani bilan mahalliy aholi u yerni tark etishga chog‘lanmaydi. Yerdagi eng sovuq joy — Oymakon Rossiya tarkibidagi Yoqutiston Respublikasining Oymakon qishlog‘ida havo harorati qish kunlari 64 daraja ayrim vaqtlarda esa 77 darajagacha sovuq, yoz kunlari bo‘lsa 34 darajagacha isishi mumkin. Qishloqda yuzdan ortiq aholi yog‘ochdan yasalgan uylarda yashaydi. Harorat 50 darajadan pasayadigan bo‘lsa, maktablar yopiladi. Mahalliy aholi tabiiy shubalar, qalin kiyimlar kiyadi. Haddan ortiq sovuqligi, mashinalarning qotib qolishi mumkinligi va boshqa bir qancha muammolarga qaramay, mahalliy aholi oila a’zolari bilan bu yerda yashashda davom etadi. Balandligidan kislorod yetmaydigan joy — La-Rinkonada Dengiz sathidan 5 ming balandlikda joylashgan Perudagi, La-Rinkonada shahrida o‘simliklarni uchratish mumkin emas. Qoyalardan iborat mazkur hududda kislorod tanqisligi sabab, odam nafas olishga qiynalishi mumkin. Iqlim va maishiy muammolarning borligi mahalliy aholi sonini ko‘paymasligiga sabab bo‘lolmaydi. Shahar aholisining soni so‘nggi vaqtda ikki karraga ko‘paygan va bugungi kunda 50 ming kishini tashkil qiladi. Odamlar “igna ustidagidek” yashaydigan Sumatra oroli Yerning yorig‘ida joylashgan mazkur hudud yashash uchun eng xavfli joylardan biri sanaladi. Bu yerda 8 ballgacha yer silkinishi, vulqonlar otilishi, dovullar ko‘plab kuzatilishi mumkin. Shunga qaramasdan Sumatra orolida 50 milliondan ortiq “metin asabli” odamlar yashaydi. Indoneziyaning boshqa Yava orolida esa Merapi vulqoni aholini tonusda ushlab turadi. Merapidan 7 yilda bir marta katta, 1 yilda ikki marta mayda vulqonlar otilib turishi hammasi emas, tutun parchalari har kuni chiqib turadi. Ulkan echkiemarlar oroli — Komodo Komodo oroli uzunligi 3 metr, og‘irligi 180 kilogramm tashkil qiladigan echkiemarlar ko‘pligi bilan mashhur. Aholining soni 2000, bunday bahaybat echkiemarlar esa 1700 nafarni tashkil qiladi. Ular uchun deyarli 80 yil avval qo‘riqxona tashkil etilgan bo‘lib, u keyinchalik YuNESCO’ning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sakraydigan, yuguradigan, suzadigan va quyoshda toblanadigan hayvonlarning odamlarga tashlanishi ham ehtimoldan holi emas. Shunga qaramay, mahalliy aholining mazkur orolni tark etish niyati yo‘q. Qumdan iborat posyolka— Shoyna Rossiyadagi Shoyna posyolkasida yashovchi aholining har tongi uylarini qumdan kavlab olishdan boshlanadi. Ayrimlar uy derazasidan tashqariga chiqishi mumkin, ammo har ehtimolga qarshi uyning tom qismida ham tashqariga chiqish uchun tuynuklar bor. Soni 200 nafarni tashkil qiladigan aholi muntazam ravishda binolarni kavlab olishga allaqachon ko‘nikkan. Yomg‘irlar qishlog‘i — Mosinram Hindistonda joylashgan Mosinram qishlog‘i Ginnesning rekordlari kitobiga sayyoradagi eng nam ob-havoli joy sifatida kiritilgan. Ko‘pchilikka yog‘ingarchilikning haddan ortiq bo‘lishi noqulaylik keltirib chiqarilganiga qaramay, Mosilyamda yashovchi odamlar bunga odatiy holdek qaraydi va bundan unumli foydalanishga harakat qiladi. O‘ziga xos o‘simliklar o‘sadigan va bambukli zontlar o‘rnatilgan qishloq aholisini shamollash aslo cho‘chitmaydi. Namlikning yuqori ekani sabab qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan hududda yomg‘ir asosan yoz va erta kuzda ko‘p bo‘ladi. Qaynaydigan ko‘l  Markaziy Afrikadagi Kivu ko‘li va uning atrofi go‘zalligi bilan sayyohlarni o‘ziga maftun qiladi. 2 millionni tashkil qiladigan aholi ekzotik baliqlari bor mazkur ko‘lda cho‘milishi, baliq tutishi mumkin. Ammo olimlarni suv havzasi ostida metan va uglerod dvuokisi borligi xavotirga soladi. Yer silkinadigan bo‘lsa sunami, otilishlar yoki boshqa inson hayoti uchun xavfli hodisalar yuz berishi mumkin. Bunday voqea 1948-yilda yuz bergan bo‘lib, unda ko‘ldagi suv qaynay boshlagan, qattiq talofat ko‘rmagan aholi tabiat tomonidan “pishirib berilgan” (suv qaynaganida baliqlarning pishib qolgani nazarda tutilyapti) baliqlarni iste’mol qilgan. Gaz to‘planishining davom etgani sabab olimlar ushbu holat takrorlanishidan qo‘rqadi, ammo mahalliy aholi odatiy turmush tarzini kechirishda davom etadi. Radiatsiyali hudud — Chernobil 1986-yilda Chernobildagi AES avariyasidan keyin 30 kilometrlik hududdan jami 115 000 kishi butunlay ko‘chib ketgan. Zararlanish xavfi hali yana uzoq vaqt yuqori bo‘ladigan hududda yashashda davom etayotgan kishilar ham yo‘q emas. Olimlar, radiatsiya darajasini kuzatuvchi ilmiy xodimlar bilan jami 80 nafar inson istiqomat qiladi. Telefondan foydalanish taqiqlangan qishloq — Kifuka Kongo demokratik respublikasidagi qishloq 970 metr balandlikdagi tog‘da joylashgan. Aholi turmush tarzi va salomatligini saqlash maqsadida mazkur qishloqda telefon, planshet va boshqa shu kabi narsalardan foydalanish taqiqlanadi. Gap shundaki, ushbu qishloqda muntazam ravishda yashin urishi odatiy hol bo‘lgan anomal hudud mavjud. Tornadolar xiyoboni Yer yuzida shamol 400 km/soat tezlikda esishi mumkin bo‘lgan joy bor. AQShdagi Texas, Oklaxoma, Kanzas, Nebraska, Janubiy Dakota, Kolorado singari hududlar tornado xiyoboni deb ataladi. Bu yerdagi uylar mustahkamlik standartlariga to‘g‘ri kelishi, tornadodan saqlanish mumkin bo‘lgan boshpanasi bo‘lishi kerak. Ogohlantirish tizimi tashkil qilingan hududdagi har bir fuqaro xavfsizlik qoidalarini yaxshi biladi va unga rioya qiladi. Chunki bu yerda boshqachasiga yashab bo‘lmaydi.
59
5,401
Foto
Antikorruptsiya agentligi binosiga chizilgan graffiti, devordan oshib al-Aqsoga borayotgan falastinlik, Ukrainaga borgan AQSh davlat kotibi — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. O'zbekiston Afg'onistonga insonparvarlik yordami jo'natdi. “Bugun.uz” muxbiri jarayondan eksklyuziv suratlarni yubordi. Muxbirimizning aniqlik kiritishicha, gumanitar yordam 58 ta vagondan iborat bo'lgan (uning tarkibini bu yerda o'qishingiz mumkin). Prezidentning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev Ramazon hayiti munosabati bilan yuborilgan insonparvarlik yordamini topshirib, Shavkat Mirziyoevning afg'on xalqiga tilaklarini etkazdi. Falastinlik erkak Al Aqso masjidida juma namozini o'qish uchun mamlakatning Al-Ram va Quddusni ajratuvchi devordan oshib o'tmoqda. Bu hech qanday “gigant” odam emas. Kolumbiya ko'chalarida akrobat hukumatga qarshi namoyishlar vaqtida dor o'ynadi. Ukrainadagi urush mavzusidan chetlab o'tolmaymiz. Ukrainalik askar Boxodarov dalasiga qulagan rus ballistik raketasini tomosha qilmoqda (ularning raketalari shundan boshqasiga yaramadi, shekilli o'zi?!) BMT bosh kotibi Antonio Gutteresh Ukrainaning urush sabab vayron bo'lgan Irpin shahriga tashrif buyurdi. Oldinroq u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Doimgidek, uzun(dan uzun) stol atrofida. Bu hafta Ukrainada “tashriflar haftasi” bo'ldi. BMT kotibidan tashqari u yerga AQSh davlat kotibi Entoni Blinken hamda mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham bordi. NASA va Space-x xalqaro kosmik stantsiyaga Crew-4 missiyasini yubordi. “Inkuzart” tomonidan Aksilkorruptsiya agentligi binosi devoriga chizilgan antikorruptsion graffiti. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron hamda uning rafiqasi Brijit Makron prezident saylovidagi g'alabani nishonlamoqda. Armaniston prezidenti, bosh vaziri va parlament raisi armanlar “genotsidi”ning 107 yilligini xotirlamoqda.
157
1,733
Foto
Shahzoda Garri va Megan Marklning to‘yi (fotoreportaj)
19-may kuni Vindzor qasridagi Avliyo Georgiy cherkovida Britaniya shahzodasi Garri va amerikalik aktrisa Megan Marklning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda qirollik oilasi a’zolari, shuningdek, ikki mingdan ortiq taklif etilgan mehmonlar qatnashdi, deb yozadi Meduza.
54
266
Foto
Mohiyatini anglash uchun ikki marta qarashga majbur qiladigan suratlar (foto)
Obyektivning kerakli vaqtda, kerakli joyda bo‘lishi natijasida mo‘jizaviy suratlar kadrga muhrlanishi: quyosh nuri tushayotgan bino yonayotgandek ko‘rinishi, ikki odam bir kishi bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Quyidagi suratlar buning yaqqol misoli. 1. It hayvonning sodiq do‘sti ekanligi rost. Ammo ba’zida kalla bilan ham do‘stlashib turish kerak. 2. Bir qarashda fotoda nechta odam borligini anglash qiyin. 3. Karusellar ba’zida makkorlik ham qilib turadi. 4. Atrofdagi voqealardan palma hayratda. 5. Suratda qora girdob, deb o‘ylaganlar yanglishadi. Shunchaki ofis gilamiga toner (kimyoviy kukun) to‘kilgan. 7. Bino yonyapti yoki sizga shunday ko‘rinyapti. 8. Tabiat benuqson ko‘rinishli qiyofadoshini topganga o‘xshaydi. 9. Tumanli o‘rmon va uchayotgan qushlar. Yo‘q, bu shunchaki o‘chirg‘ich.
77
800
Foto
Foto: Har qanday eski narsani yangilashga muvaffaq bo‘lgan kishilarning ijod mahsuli
Ko‘rinishi o‘zgargan, yaroqsizdek tuyilgan buyumlarni tashlab yuborishga oshiqmaslik kerak. Biroz fantaziyani ishga solish va vaqt sarflash bilan aksariyat buyumlarni yangilashga erishish mumkin. “Xayriya do‘konidan 4,99 dollarga sotib olgan poyabzalimni 395 dollar turadigan brend oyoq kiyim singari ko‘rinishga keltirdim”. “Onamning sevimli hamyonini yangicha ko‘rinishga keltirdim. Buning uchun akril bo‘yoqdan foydalandim”. “Maykadagi teshikni bezak orqali yopishga harakat qildim”. “Sariq jemferdagi pushti lak bo‘yog‘ini, kashtada gul tikib yashirdim”. Eski stulni ham yangidek qilib ta’mirlash mumkinligining isboti. “Qizimning quyonchasini yangilab berdim”. “Bir qancha eski jinsilarni birlashtirib zamonaviy shim ko‘rinishiga keltirdim”. “Yangi oyoq kiyimga sarflanishi mumkin bo‘lgan mablag‘ cho‘ntakka qoldi”. “Dala hovlidan vafli tayyorlaydigan uskuna topib oldim. Ko‘rinishi dahshatli bo‘lishiga qaramay tozalab, yuvilganidan keyin vafli pishirishga muvaffaq bo‘ldim”. “Ko‘ylagim dog‘ bo‘lgandi, tikishni bilishim muammoga yechim bo‘ldi”. “Eski kresloni yangilash uchun 2 kun vaqt sarfladim”. “Xarid qilinganiga 10 yil bo‘lgan, qirilgan chamadonni qo‘l mehnati bilan bezadim”. “Sharfdagi teshikni yopish uchun bir necha soat vaqt sarflab, kashtada kiyik tushirdim”. Yangilangan eski o‘rindiq. “Ikki xil sovundan foydalangandim, krossovkam qordek oppoq bo‘ldi”. “Onamning 80-yillardagi charm kurtkasini o‘zimga moslab oldim. Yirtiqlarini yamagandan keyin poyabzal kremi bilan moyladim”.
84
1,514
Foto
Jennifer Lopes va Aleks Rodrigesning Mayamidagi 40 mln dollarlik yangi villasiga sayohat (foto)
Jennifer Lopes va Aleks Rodriges o‘z kolleksiyasiga yana bir dang‘illama hovli qo‘shdi, deb yozadi Hello jurnali. Yangi hovli Mayami-Bichda, Yulduz orolida (Star island) joylashgan. Turli vaqtlarda Lenni Kravits, Uill Smit, Silvestr Stallone va boshqalar bu yerda yashagan. Yangi ko‘chmas mulk Jennifer va Aleksga 40 million dollarga tushdi. Bu narx evaziga ular nafaqat begona odamlar tomonidan berkitilgan orol va maydoni 1370 kvadrat metr bo‘lgan ko‘chmas mulkka ega bo‘ldi. Villada 10 ta yotoqxona, 10 ta hammom, bir nechta mehmonxona, katta oshxona, oshxona, kiyinish xonasi, kutubxona, lift, ichimliklar xonasi, uchta mashina garaji bor. Shuningdek, hududda suv havzasi, jakuzi, terrasa va yaxtalar to‘xtash joyi mavjud. Biskay ko‘rfazi va shaharning chiroyli manzarasi odamni maftun etadi.
95
804
Foto
Fotogalereya: Xayolga ham kelmaydigan suratlar
Bu hayot biz tomonimizdan tabiiyligicha qabul qiladigan narsalarga boy. Ba’zan esa bu narsalar biz o‘ylagandan ko‘ra boshqacharoq bo‘liobb chiqadi. AdMe ana shunday biz o‘ylamaydigan narsalar aks etgan narsalar aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
46
255
Foto
Fotogalereya: Kaftga sig‘gan hayvon bolalari
Hayvonlar tug‘ilganidanoq insonlar qalbida mehr uyg‘ota oladi. Ularning bolalari juda ham yoqimtoy bo‘ladi. Ana shu yoqimtoy jonivorlar esa inson kaftiga bemalol sig‘adi. AdMe mitti hayvonlarning rasmini yig‘di.
44
211
Foto
Fotogalereya: Osiyo farzandlari
Osiyoda qashshoq hududlar ko‘p va bu yerlarda yashaydigan bolalarning hayoti har doim ham shirin emas. Biroq ularning ko‘zlariga qiyo boqsangiz, ulardagi jo‘shqinlik va samimiylik hissi sizni chulg‘ab oladi. Bu bolalarning oq-qora fotosuratlari esa ularning ko‘zlaridagi olov va yashash zavqini yanada yorqinroq, ajratib ko‘rsatadi, deb yozadi TravelAsk.
31
354
Foto
Kanadalik yigit o‘zini bolalikdagi fotosuratlariga joylashtirib chiqdi (foto)
Kanadalik fotoshop ustasi Konor Nikerson 1997—2005-yillarda, uning bolaligida olingan suratlariga o‘zining hozirgi suratlarini joylashtirib chiqdi, shu tariqa, yigit o‘zining bolalikdagi o‘zi bilan vaqtichog‘lik qilayotganini tasavvur etib ko‘rdi.
77
247
Foto
Avstraliyaning yorqin chaqmoqlari (foto)
8-dekabr kechasi Sidneyda kuchli momaqaldiroq yuz berib, Bondi plyaji va okean ustida tez-tez chaqmoq chaqnadi, deb yozadi TJournal. Tabiat hodisasi avstraliyaliklarning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ommabop mavzuga aylandi. Bir soatdan ortiqroq davom etgan momaqaldiroqning o‘nlab suratlari Instagram’ga joylandi.
40
322
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlarida bolalar qanday o‘yinchoq o‘ynaydi
Dunyoda turli xil millatlari yashagani kabi, ularning har biri o‘z an’anasiga, tarixiga va mentalitetiga ega. Ularning hammasi bir-biridan ham tashqi ko‘rinishi bilan, ham hayot tarzi va fikrlashi bilan tubdan farq qiladi. Faqatgina bolalar millati, yashash joyi va turmush darajasidan qat’iy nazar bir narsani xohlaydi — ular o‘ynagisi keladi. Ammo ularning o‘yinchog‘i har xil. Bir kuni Anna Rosling Ryonnlund ismli qiz dunyoning turli mamlakatlaridagi daromadi har xil bo‘lgan fuqarolar qanday yashashiga qiziqdi. Keyin esa Dollar Street loyihasini amalga oshirdi. Loyiha doirasida fotograflar dunyoning barcha burchaklariga yuborildi. U yerdan esa haqiqiy hayot tasvirlangan suratlarni olib keldi. Travel Ask loyiha davomida turli mamlakat bolalari qanday o‘yinchoq o‘ynashi aks etgan suratlarni taqdim etdi. Tailand Tunis Janubiy Koreya Zimbabve Nepal Kolumbiya Burkina-Faso Kamerun Shvetsiya Gaiti Bolgariya Braziliya Kolumbiya
78
945
Foto
Foto: Hind kinosi yulduzlari va ularning ota-onalari
Dunyoga kelgan chaqaloqning kelajakda kim bo‘lishi va mashhurlikka erishishini tasavvur qilish qiyin. Iste’dod yoki qobiliyat qanchalik mujassam bo‘lmasin, u yoki bu odamning muvaffaqiyatga erishishiga ota-onaning xizmati va ta’siri beqiyos bo‘ladi. Quyida hind kinosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mashhurlarning dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan insonlar kim ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Ayshvariya Ray Dunyo go‘zali Ayshvariyaning ota-onasi kino san’atidan yiroq insonlar. Otasi Krishnaray Ray savdo-floti ofitseri. Onasi esa o‘zini farzandlariga bag‘ishlagan va bo‘sh vaqtida kitob yozib turgan. Otasi harbiy bo‘lgani sabab ular Mangalorda dong‘i chiqqan oilalardan bo‘lgan. Bu esa farzandlarga yaxshi ta’lim berish va o‘qitish imkonini bergan. Bolaligidan klassik musiqa va raqs bilan shug‘ullangan Ayshvariya, Bombeyga ko‘chib kelganidan keyin nufuzli Arya Vidya Mandir kollejida xorijiy tillarni o‘rgangan. Shunga qaramay, karyerasini modellik va aktrisalikda davom ettirishga qaror qilgan. Dipika Padukone Daniyada dunyoga kelgan Dipikaning oilasi u tug‘ilganidan keyin Hindistonga qaytib kelgan. Aktrisaning onasi Ujalla tur-agent, otasi Prakash esa badminton bo‘yicha professional sportchi bo‘lgan. U 1980-yil Angliyadagi ochiq chempionatda g‘olib deb topilgan va bu hind sportchilari tomonidan qayd qilingan ilk natija edi. Bundan tashqari 1981—1983-yillarda bronza va oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Anushka Sharma Anushkaning otasi Ajay Kumar ham harbiy bo‘lgan, onasi esa Ayshvariyaniki singari farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Anushkaning akasi Karnesh ham savdo flotida xizmat qiladi. Priyanka Chopra Priyankaning ota-onasi Ashok va Madxu Chopralar harbiy shifokor bo‘lgan. Ularning xizmat yuzasidan shaharma-shahar yurishi esa qizining o‘quv muassasasi tez-tez o‘zgarishi va o‘rta maktabni AQShda tugatishiga sabab bo‘lgan. Priyanka oilada yolg‘iz farzand emas, uning kichik ukasi bor. Otasi 2013-yilda saratondan vafot etgan. Bipasha Basu Bipasha Nyu-Delida dunyoga kelgan. Uning Bidisha va Bidjoeta ismli opalari bor. Otasi Xirak Basu muhandis bo‘lib ishlagan. Onasi Mamta esa uy bekasi bo‘lgan va qizlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan.
52
2,175
Foto
Markaziy Osiyoning brend mahsulotlari reytingi tuzildi (foto)
Open Asia Markaziy Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqariladigan va brend sifatida e’tirof etishga arziydigan mahsulotlar reytingini tuzdi. Reytingdan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan brend mahsulotlari qatoriga qovunlar, avtomobillar, Artel maishiy texnika mahsulotlari, Rishton kulolchiligi namunalari va xon atlas kiritilgan. Qirg‘izistonning brend mahsulotlari sifatida esa loviya, forel balig‘i, Yummy to‘qimachilik mahsulotlari, o‘tov qurish uchun mo‘ljallangan konstruktor e’tirof etilgan. Shokolad, sut mahsulotlari, muzqaymoq, avtomobillar va Zibroo sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi Qozog‘iston brendlari qatorini to‘ldirgan. Reytingga Tojikiston brendi sifatida limon, o‘rik turshagi va shokolad, Obi Zulol mineral suvi, iamdifferent to‘qimachilik mahsulotlari va jun paypoqlar kiritilgan.
61
931
Foto
Drone Photo Awards – 2021 tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi (foto)
Italiyada Drone Photo Awards – 2021 aerofotografiya tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Tanlov dasturi 10 ta nominatsiyaga bo‘lingan: shahar, yovvoyi tabiat, sport, odamlar, tabiat, mavhumlik, to‘y, yilning eng yaxshi video va surati. Terye Kolosning “Kaltatumshuq qushlar qish bilan uchrashmoqda” deya nomlangan fotosurati “Yil surati” deb topildi. Minglab kaltatumshuq qushlar Norvegiya markazida. Ular bahorda bu hudud orqali uchib, naslchilik joyiga – Arktikadagi Shpitsbergen oroliga boradi. “Shahar” “Shahar” toifasida rossiyalik Sergey Poletayev “Shahar va qish haqidagi metaforik bayon” asari bilan birinchi o‘rinni egalladi. “Yovvoyi tabiat” Qosim al-Forsiyning “Sarguzashtlarga qaytish” surati. Toshbaqa tuxum qo‘yib, suvga qaytmoqda. “Sport” Fil De Glanvill surati “Kamalak qirg‘og‘idagi oltin”. Syorfingchi Olli Genri Avstraliyaning janubi-g‘arbiy sohilidagi ulkan to‘lqindan uzoqlashmoqda. “Odamlar” Vyetnamlik fotograf Chung Xaya Famning “Mangrov o‘rmonida baliq ovlash” suratida Vyetnamning Tyatyen Xue provinsiyasida joylashgan Mangrov o‘rmonidagi baliqchi tasvirlangan. “Tabiat” Martin Sanchesning suratida Islandiyada vulqon otilishi tasvirlangan. “Abstraksiya” George Popaning surati “Zaharlangan daryo” deb nomlangan. Daryodagi abstrakt naqsh G‘arbiy Ruminiya tog‘larida mis va oltin qazib olish paytidagi kimyoviy chiqindilar tufayli paydo bo‘lgan. “To‘y” Matteo Original surati: “Sen bilan cheksizlikka qadar”.
65
1,434
Foto
Foto: Xertogenbosdagi dumaloq uylar
Niderlandiyaning Xertogenbos shahrida arxitektor Dris Kreykampning loyihasi asosida qurilgan uylar dahasi joylashgan. Tajriba uylar loyihasi 1960-yillarning oxirida ma’qullangan bo‘lsa ham, qurilish ishlari 1984-yilda yakunlangan. Bolwoningen (“Shar uylar”) noodatiy dizayni bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. TJournal ana shu uylarning suratlarini taqdim etdi. Silindr asoslarga o‘rnatilgan bu uylar filmlarda aks etgan o‘zga sayyora uylari yoki g‘aroyib yomg‘ir qo‘ziqorinlariga o‘xshaydi. Hammasi bo‘lib 50 ta uy qurilgan. Har birining diametri 5,5 metrni tashkil qiladi. Inshootlar betondan va oynali toladan qurilgan. Uylarning 11 tadan derazasi bo‘lib, sun’iy ko’lning bo‘yida joylashgan. Har bir uyda kirish qismi, oshxona, yotoqxona, mehmonxona, yuvinish xonasi va hojatxzona bor. Bu uylarning har qaysisi bir yoki ikki kishi uchun mo‘ljallangan. Biroq ularning arxitektori ko‘plab tanqidlarga uchragan. Uylar ba’zi jurnallar tomonidan eng xunuk uylar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuning uchun arxitektor boshqa bunday uylar uchun buyurtma olmagan. Shunga qaramasdan, ayni vaqtda uylar yakka hayot kechiruvchilar va talabalar orasida ommaboplikka erishgan.
35
1,164
Foto
It o'ynatayotgan bosh vazir, metrodagi qayiq, qum ostida qolgan xitoy — 27 iyul suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Bugun xitoyning Gansu provintsiyasida kuchli qum bo'roni yopirildi. Angliyada baliqchilar quyosh chiqishini tomosha qilmoqda. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya urushi yakunlanganining 68 yilligi marosimida ishtirok etmoqda. xitoyda kuchli yog'ingarchilik va suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish maqsadida qutqaruv xizmati xodimlari metro stantsiyalaridan biriga qayiq olib kirdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson politsiya bo'linmalarining birida xizmatchi itlarni ko'rikdan o'tkazdi. Turkiyaning Kappadokiya shahrida osmon uzra parvoz qilayotgan havo sharlari. Pekinda yomg'irlar mavsumi boshlandi. JAR poytaxti Yohannesburgda qahraton qish hukm surmoqda. Shimoliy koreyaliklar Koreya urushi yakunlangani va tinchlik sulhi tuzilganining 68 yilligini nishonlamoqda. Kataloniyadagi o'rmon yong'inlarining oqibatlari. Kolumbiadagi modalar namoyishida Diego Guarnizo liboslari namoyish etilmoqda. AQShning Suzanvill shahrida o'rmonda yuz bergan yong'inni o'chirishga urinayotgan o't o'chiruvchi.
89
1,077
Foto
Mashhur ayollarning Instagram va hayotdagi ko‘rinishi orasidagi tafovut (foto)
Aksariyat insonlar o‘zining chiroyini ta’kidlashga intiladi, buning uchun tashqi qiyofasini ideal holatda bo‘lishini xohlaydi. Ularning orasida jamoat nazariga tushgan mashhurlar ham topiladi. Ajoyiblikka intilish uchun turli xil vositalarga murojaat qilish, kosmetik muolajalardan foydalanish va oxirida, albatta, fotoshopga ham qo‘l uriladi. Quyida yulduzlarning Instagram sahifasidagi suratlar va professional suratkashlar tomonidan olinganlari bilan taqqoslangan. Ularni tomosha qila turib, ishlov berilgan suratlarga qaraganda yulduzlar hayotda ancha yaxshi ko‘rinishga ega, deyish mumkin. Monika Beluchchi Salma Xayek Julianna Mur Penelopa Krus Rianna Selena Gomes Viktoriya Bekxem Oliviya Uayld Beyonse Keyt Bekinseyl Sharliz Teron Priyanka Chopra Nikol Kidman Rouzi Xantington-Uaytli Yeva Longoriya Keti Perri Naomi Kempbell
78
848
Foto
Fotogalereya: Og‘ir kasalligiga qaramay o‘z faoliyatini davom ettirgan mashhurlar
Sog‘liq har bir odamning hayotidagi eng muhim narsa, ammo kasal bo‘lishdan hech kim sug‘urtalanmagan. Bizga baxtli va kuchga to‘la ko‘ringan aksariyat yulduzlar kasal ekanliklarini oshkor etmaydi. Ulardan ayrimlari ommaning e’tiborini jalb etish uchun emas, balki odamlar o‘z sog‘liqlari haqida hozirdan qayg‘urishlari kerakligi, aks holda kech bo‘lishi mumkinligini aytish maqsadida kasalliklari haqida bir necha yil o‘tib ma’lum qiladi. AdMe shunday yulduzlar haqida ma’lum qildi. Mark Ruffalo View this post on Instagram 2001-yilda aktyorga vestibulyar shvannoma kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Bu bosh miya o‘simtasi kasalligi bo‘lib, akustik nevrinoma nomi bilan ham mashhur. O‘sha paytda aktyorning rafiqasi birinchi farzandini dunyoga keltirish arafasida bo‘lgan. Mark hech kimga o‘z kasalligi haqida gapirmagan. Chaqaloqning bir haftalik bo‘lishini kutib aktyor rafiqasiga kasalligi haqida ma’lum qilgan. O‘simtani olib tashlash bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Biroq yuzining yarmi falaj bo‘lib, chap qulog‘i eshitmay qolgan. Ammo bu aktyorning baxtli hayot kechirib, muxlislarini ijodi bilan xursand qilishiga halal bermaydi. Morgan Frimen View this post on Instagram 2013-yilda AQShlik aktyor Morgan Frimen 2009-yilda avtohalokatga uchraganidan so‘ng fibromialgiya kasalligiga chalinganligini oshkor qilgan. Bu bo‘g‘imlarda, mushaklarda va boshqa to‘qimalarda surunkali og‘riqni boshdan kechirish holati. Uning o‘ng yelkasi, qo‘li va tirsagi singan va aktyor operatsiya qilingan. Shifokorlar uning yelkasi va qo‘lidagi shikastlangan nervlarni tiklash maqsadida to‘rt soat davomida operatsiya qilgan. Morgan chapaqay, lekin u chap qo‘l barmoqlarini qimirlata olmaydi. U harakatsizlik oqibatida qon to‘planib qolmasligi uchun kompresslovchi maxsus qo‘lqop taqib yuradi. Alek Bolduin View this post on Instagram Alek Bolduin Layma kasalligiga qarshi kurashgani haqida 2017-yilda gapirib bergan. Aktyor kana chaqishi oqibatida zararlangan va u bir necha yil davomida holdan toydiruvchi doimiy bosh og‘rig‘i, yorug‘likka ta’sirchanlik, mushaklar og‘rig‘i, titroq, teri toshmalari kabi alomatlarga olib kelgan. Anasteysha View this post on Instagram Anesteysha 13 yoshidan beri Kron kasalligi bilan yashaydi. Kasallik tashxisi qo‘yilgan paytda uning ingichka ichagining katta qismi yaxshi sifatli o‘smalar bilan zararlangan. Shu sababli  ichagining 30 santimetri va bir necha limfa tugunlari kesib tashlangan. Qo‘shiqchida hali ham kasallikning ba’zi alomatlari kuzatiladi: oshqozonda noqulaylik, chandiq izlari tagining tortishib og‘rishi. Ba’zan esa u umuman ovqatlana olmaydi. 2003-yilda esa unga ko‘krak saratoni kasalligi tashxisi qo‘yilgan. O‘simtani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan, shundan so‘ng bir necha davolanish bosqichini o‘tgan. Hozirda Anesteysha faol musiqiy faoliyat olib borib muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. Devid Bekxem View this post on Instagram Devid Bekxem bolaligidan astmaning yengil shakli bilan og‘rigan. U bu haqda aytishni xohlamagan. Chunki astma uning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmagan. Ammo 2009-yildagi o‘yin paytida ingalyatordan foydalanishga majbur bo‘lgan va shundan boshlab kasalligini yashira olmagan. Hozirda u fudbol faoliyatini tugatgan. 2006-yilda esa obsessiv kompulsiv sindromidan aziyat chekishini tan olgan. Futbolchi biror narsa bir chiziqda yoki boshqa xususiyatlariga ko‘ra tartib bilan turmagunicha tinchlana olmaydi. Bono View this post on Instagram U2 frontmentining aytishicha, uning qoraytirilgan ko‘zoynak taqishiga surunkali ko‘z kasalligi sabab bo‘lgan. U 20 yil davomida glaukoma kasalligi bilan og‘riydi. Shu sababli u doim, hatto xonada ham maxsus ko‘zoynakda yuradi. Glaukoma ko‘z olmasida qon bosimining oshishidan kelib chiqqan bo‘lib, davolash choralari ko‘rilmasa, ko‘rish nervlarini shikastlab, ko‘rlikka olib kelishi mumkin. Biroq bu unga san’at sohasidan ketishga sabab bo‘la olmagan. Melani Griffit View this post on Instagram Aktrisaning aytishicha, sakkiz yil avval unga epilepsiya tashxisi qo‘yilgan. 2011-yilda Kanndagi kinofestivalda ikki marta tutqanoq xuruj qilib qolganda kasalligi ma’lum bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, unda kasallik xuruji qattiq siqilishdan so‘ng paydo bo‘ladi. Ammo turmush tarzini yaxshilaganidan so‘ng olti yil davomida kasallik xuruji kuzatilmagan. Emiliya Klark View this post on Instagram Aktrisa 21-mart kuni The New Yorker gazetasiga bergan intervyuda “Taxtlar o‘yini” serialini suratga olish davomida insult va uch marta miya operatsiyasini boshidan o‘tkazganini aytgan. Shu vaqtgacha u kasalligini rad etib kelgan. Hatto hamkasblari ham uning kasalligini bilmagan. Faqatgina “Taxtlar o‘yini” suratga olish guruhi rahbariyati bundan ogoh bo‘lgan. 2011-yilda sodir bo‘lgan insultdan so‘ng unda afaziya — nutqning buzilishi boshlangan. “Og‘ir ahvolda qolganimda shifokorlarga o‘lishimga imkon berishlarini so‘rardim. Mening ishim — hayotim qanday bo‘lishi haqidagi orzularim nutqim, muloqot qilishim bilan bog‘liq edi. Busiz o‘zimni yo‘qotib qo‘ygandek sezardim”, —deb xotirlaydi aktrisa. Baxtiga, afaziyadan qutilgan, biroq u muntazam ravishda bosh miya MRT tekshiruvidan o‘tib turishi kerak bo‘lgan. Chunki unda yana bir anevrizma aniqlangan bo‘lib, uning holatini doim nazorat qilib turish kerak bo‘lgan. 2013-yilda aktrisaga anevrizmani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Jarrohlik operatsiyasi paytida ko‘p qon ketishi oqibatida bu safar ochiq bosh miyada boshqa bir operatsiyani o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Shu sababli uning boshida katta chandiq qolgan. Bosh suyagining bir qismi esa titan plastinasidan iborat. Klarkning aytishicha, olti yildan so‘ng uchinchi operatsiyani o‘tkazgandan keyin o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. U bosh miya jarohati yoki insultga chalingan bemorlar davolanishiga yordam ko‘rsatuvchi SameYou fondi asoschilaridan biri hisoblanadi.
81
5,974
Foto
Foto: Irlandiyadagi olma bog‘i to‘fondan so‘ng
Fotograf Jonatan Rayan va uning bir nechta hamkasbi Irlandiyaning Klonmel shahridagi olma sharbati ishlab chiqaruvchi Bulmers fabrikasining bog‘ini suratga oldi. “Ofeliya” to‘foni daraxtlardan mevalarning ko‘p qismini to‘kib tashlagan, Shur daryosidan ko‘tarilgan suv esa ularni bog‘ning bir burchagida to‘plagan. Holat aks etgan suratlarni TJournal taqdim etdi. To‘fon bog‘ga jiddiy zarar yetkazmagan. Biroq mahalliy jurnalistlar fabrikaning quvvati bu tariqa “terilgan” olmalarni toki ular buzilguniga qadar qayta ishlashga yetadimi yoki yo‘qligiga qiziqmoqda. “Ofeliya” to‘foni Buyuk Britaniyada bir nechta shaharning osmonini sariq tusga kiritgan va Estoniyada qora yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lgan edi.
46
709
Foto
Kanar orollaridagi migrantlar, taygada dam olgan Putin, iqlim oʻzgarishlariga qarshi namoyishlar, Suvayshda tiqilib qolgan konteyner tashuvchi — haftaning dolzarb suratlari
Ispaniyaga tegishli Kanar orollarida Marokash va Gʻarbiy Afrikadan kelgan 23 mingdan ortiq migrantlar nochor sharoitlarda yashashda davom etmoqda. Koronavirus pandemiyasi sabab vaziyat yana-da yomonlashishi mumkin. Xalqaro tashkilotlar Ispaniya hukumatini tegishli choralar koʻrishga chaqirmoqda. Haftaning eng koʻp muhokama qilingan voqealaridan biri bu Suvaysh kanalida tiqilib qolgan konteyner tashuvchi kema voqeasi boʻldi. Mazkur hodisa natijasida eng muhim dengiz transport yoʻlagi boʻlgan Suvaysh kanalida kemalar tirbandligi yuzaga keldi. 300 dan ortiq kema hamon yoʻl ochilishini kutmoqda. Ikki oydan buyon davom etayotgan Myanmadagi davlat toʻntarishiga qarshi xalq namoyishlari koʻplab qurbonlarni bermoqda. Kuch ishlatar tizimlar bilan boʻlgan qarama-qarshiliklarda halok boʻlganlarning oilasi esa ular ortidan achchiq koʻz yoshi toʻkmoqda. Namoyishchilar agʻdarib tashlangan hukumat a'zolarini qaytarishni talab qilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin Sibirning Tayga oʻrmonlarida dam oldi. Bu dam olish davomida unga mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamrohlik qildi. Jarayondan suratlarni tomosha qiling. Hafta oxiriga kelib, Fransiya poytaxti Parij shahrida bir qator ekofaollar iqlim oʻzgarishlariga qarshi hukumatning sustligini qoralab, norozilik namoyishlariga chiqdi. Namoyishchilar hukumatni va xalqaro jamoatchilikni iqlim oʻzgarishlariga qarshi choralar koʻrishga chaqirmoqda.
172
1,422
Foto
Putin–Lukashenko uchrashuvi, vayron bo'lgan kutubxona, Nyu-Yorkdagi otishma — 12 aprel suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Bugun Nyu-York metrosida otishma sodir bo'ldi. Oqibatda bir necha kishi vafot etgan, yana o'nlab odamlar jarohat olgan. Rossiya tomonidan egallangan Chernigov viloyatidagi qishloqning ayni damdagi ko'rinishi. Lukashenko va Putin o'rtasida “Vostochniy” kosmodromida muzokaralar bo'lib o'tdi. Milan shahridagi mashhur Vertikal O'rmon deb nomlanuvchi turar joy binolaridan biri. Vashingtodan WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni ozod qilishni talab qilib namoyish bo'lib o'tdi. U AQShning Afg'oniston va Iroqdagi harakatlariga doir maxfiy hujjatlarni e'lon qilganlikda ayblanib, Londonda hibsga olingan. Uning hibsga olinganiga uch yil to'ldi. Afg'onistonlik ayol Kobuldagi yo'lda sadaqa so'ramoqda. Ukrainaning Chernigov shahridagi vayron bo'lgan kutubxona. Shanxayda sanitariya xizmati xodimi aholiga tarqatiladigan oziq-ovqatlarning qadoqlarini dezinfektsiya qilmoqda. Bu qaysidir Evropadagi shahar deb o'ylayotgandirsiz? Adashdingiz, bu dunyodan yashirin Shimoliy Koreyaning poytaxti Pxenyan shahrining tungi qiyofasi.
96
1,079
Foto
Fotogalereya: Yaponlarning noodatiy ixtirolari
AdMe kunchiqar mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan noodatiy ixtirolar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. “Kosmik” shokoladli konfetlar! Osakadagi liftlarda ko‘chada yomg‘ir yog‘ayotganini bildiradigan ogohlantiruvchi belgi bor Hatto kanalizatsiya lyuklarida ham sakura tasvirini uchratish mumkin Yaponiyadagi hayvonot bog‘ida istalgan odam maxsus teshik orqali hayvonlar bilan“ko‘rishishi” mumkin Yaponlarning Xalqaro kosmik stansiya bortida uchib yurgan droni Pokemonlar chizilgan yapon samolyotlari Velosipedlarni juda tez haydamaslik uchun trotuarlarga o‘rnatilgan to‘siqlar Ushbu ekzoskelet yapon olimlari tomonidan yaratilgan. “Po‘lat mushaklar” sababli odam ulkan jismoniy kuchga ega bo‘ladi. Uning narxi 5 ming dollardan boshlanadi Yaponiyada deyarli barcha saqichlar maxsus salfetka bilan sotiladi. Bu ishlatilgan mahsulotni sumka yoki hamyonga solib qo‘yish imkonini beradi. Egasining yoniga o‘zi keluvchi muzlatgich Soyabonlar “turargohi”. Istalgan odam bu yerdan soyabon olishi yoki o‘zinikini qo‘yib ketishi mumkin. Barchasi mutlaqo bepul Suzuki Twin avtomobillarining kulib turgan bamperlari
46
1,119
Foto
Sayyoradagi eng qimmatbaho 16 ta xomashyo (fotogalereya)
Ko‘p asrlardan buyon insoniyatning katta qismi oltin — eng qimmatbaho material deb hisoblab keladi. Bu butunlay noto‘g‘ri. AdMe eng qimmatbaho xomashyolar reytingini o‘sish tartibida tuzdi. Oltin bu ro‘yxatda yetakchilar uchligiga ham kirmadi.
56
243
Foto
Fotogalereya: Dunyoning eng sirli qit’asi
Antarktidada doimiy sovuq havo bo‘lgani uchun u haqida ko‘p ma’lumotlar ochilmay qolgan. U yerda yashaydigan odamlar faqat ilmiy-tadqiqot stantsiyasining xodimlari hisoblanadi. Travel Ask ko‘p yillardan beri sirli bo‘lib kelgan ushbu qit’aning rasmlarini taqdim etdi. Antarktidada bolalar bog‘chasi, maktab va cherkov bor Muz tagida qaynoq vulqonlar bor Sayyoradagi chuchuk suvning asosiy manbasi Dunyodagi eng quruq cho‘l Bundan ham sovuqroq joyni topib bo‘lmaydi Antarktida ham eriydi Itlar bilan kelish taqiqlanadi Bu yerda bir paytlar palmalar o‘sgan
41
562
Foto
Foto: Everestning Xalqaro kosmik stansiya bortidan ko‘rinishi
Xalqaro kosmik stansiya Yer atrofida soniyasiga 7 kilometr tezlikda harakatlangan sabab unchalik katta bo‘lmagan obyektlarni suratga olish oson emas. Ular qatoriga shartli ravishda Everestni ham kiritish mumkin: ko‘zga ko‘rinarli “gorizontal” hududlarni egallagan shahar, dengiz yoki sahrolardan farqli o‘laroq, 8848 metrli tog‘ koinotdan turib qaralganda boshqa tepaliklar orasida shunchaki nuqtadek ko‘rinadi, deb xabar berdi National Geographic. Yaqinda “Roskosmos” kosmonavti Sergey Ryazanskiy Xalqaro kosmik stansiya bortidan turib Everestni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. NASA astronavtlari ham bu turda suratlarni bir necha bor olgan. 2002-yilda Deniel Bursh Everestning suratini taqdim etgan edi: 2003-yilda afsonafiy tog‘ astronavtlarning kamerasi obyektivi tomonidan yana bir bor tarixga “muhrlandi”: 26-ekipaj tomonidan 2011-yilda Everestning ajoyib surati olingan:
61
881
Foto
Fermerlar isyonining nihoyasi, Chilidagi muhojirlar oqimi, Nobel mukofotini topshirish marosimi — 10 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. AQShda 5 dekabr kuni 98 yoshida vafot etgan sobiq senator Bob Doul bilan vidolashuv marosimi bo'lib o'tdi. Meksika poytaxti Mexikoga diniy bayramni nishonlashga kelgan ziyoratchilar. Izmirdagi baliqchilik fermasi ishchilari baliqlarni ajratmoqda. xanoy shahrida Rojdestvoga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Chili navbatdagi muhojirlar oqimiga duch kelmoqda. Nyu-Yorkda mashhur Cirque du Soleil tsirkining namoyishi bo'lib o'tmoqda. Ispaniyada Arga daryosi o'zanidan chiqishi oqibatida ko'chalarni suv bosdi. Berlinda yoqqan qor. Osloda Nobel mukofotini topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Suratda “Novaya Gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist Mariya Ressa. Hindistonda deyarli bir yil davom etgan fermerlar isyoni nihoyasiga yetdi. Bunga hukumatning fermerlarni norozi qilgan qarorning bekor qilishi sabab bo'lgan.
117
892
Foto
Fotogalereya: Bir joy ikki kamera obyektivida
Zuzu va Piter ismli yosh juftlik dunyo bo‘ylab sayohat qiladi va turli joylarda bir-birini suratga oladi. Juftlik bu orqali bitta narsa yoki joyni turli burchaklardan ko‘rsatadi. AdMe ular tomonidan olingan suratlardan namunalar taqdim etdi.
45
241
Foto
Foto: Buxoroning karantin tufayli huvillab qolgan diqqatga sazovor maskanlari
Buxoro shahridagi yilning to‘rt faslida sayyohlar bilan gavjum bo‘ladigan diqqatga sazovor maskanlar koronavirus karantini tufayli huvillab qoldi. “Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev shaharning kimsasiz ko‘chalari aks etgan suratlari bilan bo‘lishdi. “Ona shahrim Buxoro hali hech qachon bunday huvillab qolmagan edi. Muqaddas joylar quvvatini his etdim, shu yerda konsert bersam, qanday zo‘r bolar edi, deb o‘ylab qoldim”, — deb yozadi Anvar Jo‘rayev. Xonandaning suratlarida bo‘m-bo‘sh Ark, Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi, Labi Hovuz, shahardagi istirohat bog‘ini ko‘rish mumkin. Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarga yetdi. Ulardan besh nafari mazkur kasallikdan deyarli tuzaldi. 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.  Issiq harorat koronavirusni o‘ldiradimi? Barchani o‘ylantirayotgan savolga javob qidiramiz
77
1,014