folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Prezident obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan Hirotdagi Alisher Navoiy maqbarasi — suratlarda | Shavkat Mirziyoev 31 may kuni Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash va tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishgandi. “Bugun.uz”ning Afg'onistondagi muxbiri Hirot shahridagi maqbarada bo'lib, u yerdan fotoreportaj tayyorladi.
Qayd etilishicha, Mir Alisher Navoiy maqbarasi Hirotdagi me'moriy yodgorlik hisoblanadi. Shahar tashqarisidagi Musallo markazida Injil arig'ining janubiy qirg'og'i yaqinida joylashgan gumbazli oddiy bino. Binoni Gavharshodbegim maqbarasiga qiyoslab, hirotlik savdogar hoji G'ulomhaydar Muxtorzoda qurdirgan. Tarhining tashqarisi 10x10 metr, ichkarisi 6x6 metr.
Devor qalinligi 1 metr. An'anaviy mayda chorsi g'isht (18x18x5 santimetr) ganchxok loyida terilgan. Ichki bezagida ganchkori naqsh va iroqisimon bezak qo'llangan. Gumbazosti gardishining 4 tomonida darcha bor. Maqbara bezaksiz, xona o'rtasida kichik dahma qora marmar (182x41–35,6x4 santimetr) bilan qoplangan, unda nasta'liq xatida “Hazrat Amir Kabir Nizomiddin Alisher Navoiy Hiraviy. Tavalludi hijriy 844, vafoti 906, Donishparvar vazir” degan so'zlar bitilgan.
Mazkur qabrtosh Kobuldan keltirib o'rnatilgan (1967). Hazrat Navoiy qabri ustidagi maqbara 2003 yilda O'zbekiston hukumati buyrug'iga binoan xalqaro Bobur jamg'armasi tomonidan buzilgan. O'zbekiston rasmiylari qadimgi maqbara o'rniga zamonaviy bino barpo etishni rejalashtirgan. Biroq Afg'oniston hukumati, BMTning madaniyat jamg'armasi YuNESKO bunga qarshi chiqqan. Ma'lum qilinishicha, o'shanda tashkilot maqbaraning Temuriylar davri me'morchilik uslubiga mos bo'lishini talab qilgan.
2012 yilda Hirotning Gavharshodbegim bog'idagi Hazrat Navoiy maqbarasini Afg'oniston Madaniyat va axborot vazirligi tomonidan qayta qurish ishi boshlangan. Bu loyiha Hirotdagi qadimiy binolar, xususan Ixtiriyoddin qal'asi va Temuriylar davrida qurilgan xo'ja Abdulloh Ansoriy maqbarasini qayta tiklagan afg'on shirkatiga topshirilgan. Madaniyat va axborot vazirligi maqbarani qayta tiklashga 60 ming dollar miqdorida mablag' ajratgan. Binoni olti oy mobaynida qurib bitkazish mo'ljallangan.
Afg'oniston Madaniyat va axborot vazirligi Hazrat Navoiy maqbarasi eski ko'rinishi tasvirga tushirilgan videolavha mavjudligini, maqbara ana shu video asosida qayta qurilishini ma'lum qilgan.
Bobur xalqaro jamoat fondining ilmiy ekspeditsiyasi a'zolari 2015 yilda uch marta Afg'onistonga safar uyushtirib, Navoiy maqbarasini obodonlashtirish bo'yicha ishlarni rejalashtirib olgan. Jarayonda Alisher Navoiy qabrtoshi va maqbarasi eshigi yangilangan.
Navoiyning yangi qabr toshi Navoiy viloyati Nurota tumani G'ozg'on qishlog'ida yashovchi usta-sangtarosh Tohirjon Rahimov tomonidan, maqbara eshigi esa toshkentlik yog'och ustasi Alisherbek tomonidan tayyorlangan. Qabr toshining og'irligi salkam 4 tonna bo'lib, 9 bo'lak marmardan tashkil topgan.
Qabr toshiga Qur'oni karim oyatlari va Navoiy qalamiga mansub: “Bu gulshan ichraki yo'qtur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot” (forscha: “Dar in chaman shukufau gulro sabot nest, Gar nomi nek bimonand az inson saodat ast”) misralari o'zbek va fors tillarida o'yib yozilgan.
Eslatib o'tamiz, Prezident 31 may kungi taqdimotda Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash va tiklash, uning atrofini obodonlashtirish loyihasiga alohida e'tibor qaratgandi.
Afg'onistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasi majmuasida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganib chiqish vazifasi Prezidentning 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi qarorida belgilangan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash doirasida o'zbek mutaxassislari afg'onistonlik hamkasblari bilan birgalikda maqbarani joyida o'rgangan. O'rganishlar natijasida an'anaviy me'morchilik, san'at va bezak elementlaridan foydalangan holda maqbarani ta'mirlash va tiklash loyihasi ishlab chiqilgan.
Unga ko'ra, maqbaraning kirish va qolgan yo'laklariga Hazrat Navoiyning hikmatli so'zlari bitilgan kitob ko'rinishidagi belgilar qo'yiladi hamda dekorativ o'tirgichlar o'rnatiladi.
Kirish qismida sakkiz burchakli masjid bunyod etiladi. Kirish peshtog'idan hovli qismining chap va o'ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko'rinishiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan ishlanadi. Majmua hududi ko'kalamzorlashtiriladi. | 98 | 4,396 |
Foto | Nogironlik aravachasidagi sayohatchi, dezinfeksiya qilinayotgan stadion, Turkiyaga yopirilgan migrantlar oqimi — 23 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
AQShning shimoli-sharqiy qirgʻogʻidagi «Genri» tropik boʻroni.
Merilend shtatining Annapolis shahrida AQSh Harbiy-dengiz akademiyasi birinchi kurs talabalari har yili oʻtkaziladigan balandligi 6,4 metr boʻlgan Xerndon yodgorligiga koʻtarilishda ishtirok etdi.
Xitoyning Bochjou shahridagi oʻrta maktab stadionining dezinfeksiya qilinish jarayoni.
Turkiya tobora kuchayib borayotgan afgʻon muhojirlari toʻlqiniga duch kelmoqda.
Sochida «Holi» plyaj festivali boʻlib oʻtdi.
Gaitidagi zilzila oqibatida zarar koʻrganlarga gumanitar yordam tarqatish jarayoni. Zilzila oqibatida ikki mingdan ortiq odam halok boʻlgan.
Amerikaning Portlend shahrida bir yil oldin sodir boʻlgan tartibsizliklarga bagʻishlangan xotira tadbiri tartibsizliklar bilan yakunlandi.
COVID-19 pandemiyasi tufayli ma‘lum tanaffusdan soʻng Bukingem saroyida birinchi marta qoʻriqchi almashish marosimi boʻlib oʻtdi.
AQShning Tennessi shtatida suv toshqinlari oqibatida kamida 21 kishi halok boʻldi, 20 kishi esa bedarak yoʻqoldi.
Achinsk shahrida yashovchi Viktor Sibirin nogironlar aravachasida Baykal koʻligacha bordi. Safar 42 kun davom etdi. | 132 | 1,172 |
Foto | Foto: Bill Geyts dam oladigan Yelloustoun-Klab | Yelloustoun-Klab xususiy tog‘-chang‘i kurorti bo‘lib, AQShning Montana shtatidagi Big-Skay shahri yaqinida joylashgan. Bu kurortda Bill va Melinda Geyts, Erik Shmidt, Jastin Timberleyk kabilarning o‘z tog‘lari bor. Insider ana shu kurortning manzaralari aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 46 | 287 |
Foto | Comedy Pet Awards-2022: Uy hayvonlarining eng kulgili suratlari g‘oliblari e’lon qilindi (foto) | Ba’zida uy hayvonlari bilan ham qiziqarli holatlar uchraydi, bu vaqtda ularni suratlarga muhrlash mumkin. Comedy Pet Awards-2022 tanlovi uy hayvonlarining eng kulgili suratlari yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar nomini e’lon qildi. Surat mualliflari uyidagi hayvonlarni tasodifan eng noodatiy holat va vaziyatlarda suratga oldi.
Maysazor uzra yugurayotgan it
Tik turib og‘zini ochgan mushuk
Qorda yugurayotgan it
Ot va toychoq surati
Butazorlar orasida tiqilib qolgan mushuk
Shaxmat donalariga tikilgan mushuk
Qorda tennis to‘pi ortidan yugurgan it
Belanchakda egasi bilan dam olayotgan it
Qora rangdagi it boshqa itning ko‘zini yumgani aks etgan surat
Og‘ziga cho‘p solgan lama
O‘zini videoga olayotgan mushuk
Bir-biriga suyangan mushuklar
Eshikka osilgan mushuk
Egasiga osilib tilini chiqargan it
Og‘zini ochgan mushuk
Mashinada egasi bilan sayr qilgan it | 95 | 868 |
Foto | Afg'onistondagi ma'yus va Belarus–Polsha chegarasidagi ilojsiz bolalar, hayotdan xursand otlar, meksikaliklarning AQSh tomon yurishi — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Qum bo'roni faqat Toshkentda emas. Pokistonning Lahor shahrida ham xuddi shunday holat kuzatildi.
Afg'onistonning Kobul shahridagi do'konlarning birida sotilayotgan nonga qarab turgan qizaloq.
Mashinani joyidan siljitishga urunayotgan bolalar. Bu ham Afg'oniston.
Yana bolalar. Bu safar Belarus–Polsha chegarasida.
Bolgariyaning Sofiya shahrida prezidentlik va parlament saylovlari uchastkalari mas'ullari koronavirus tufayli o'zini izolyatsiya qilgan fuqarolarga ko'chma saylov uchastkalari olib kelmoqda.
Janubiy koreyalik sportchi Cha Chjongvan Tokiodagi figurali uchish bo'yicha Gran-prida ishtirok etmoqda.
Amerika Qo'shma Shtatlari tomon yo'l olgan meksikalik migrantlar.
xuddi o'sha migrantlar Mexikodagi treller (katta yuk mashinasi) ustiga chiqishda bir-biriga yordam bermoqda.
Peruning Lima shahrida sog'liqni saqlash tizimi xodimlari uyma-uy yurib, koronavirusga qarshi Pfizer vaktsinasini olishga undamoqda.
Filippindagi maktablarning birida “qafas”da o'tirgan bolalar. Kovid xavfi tufayli mamlakatdagi 100 dan ortiq maktabda shunday choralar ko'rilgan.
Portugaliyaning Nazare shahri daryosidagi syorferchi.
Germaniyaning Taunus shahridagi Islandiya otlari. Ular hayotdan xursand. Ulardek bo'ling. | 150 | 1,271 |
Foto | Butun dunyo professionallari va havaskorlari ishtirok etgan eng yirik xalqaro fotosuratlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi (foto) | Dunyo bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan Siena International Photo Awards tanlovi g‘oliblari ma’lum qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan 156 mamlakatdan suratkashlar olgan 48 000 ta ijodiy ishlar ko‘rib chiqildi va ularning eng saralari mukofotga loyiq ko‘rildi.
Tanlovning mutlaq g‘olibligi suvosti fotografi Greg Lekerga nasib qildi.
Yonas Klasson “Tungi ovchi” surati bilan “Hayvonlarning yashash muhiti” nominatsiyasi bo‘yicha sovringa ega bo‘ldi.
“Uyda yolg‘iz” asarining muallifi Attila Balog “Arxitektura va shahar makonlari” nominatsiyasida g‘oliblikni nishonladi.
Ten Nguen “Sayohat va sarguzasht” nominatsiyasida ijodiy ishi bilan yutuqqa erishdi.
Shon Yuan “Hujjatli filmlar va fotojurnalistika” yo‘nalishida uchinchi o‘rinni egalladi.
“Tabiat go‘zalligi” nominatsiyasida ikkinchi o‘rin Chilida vulqon otilishi paytida dahshatli bo‘ronni kadrga muhrlagan Fransisko Negroniga nasib etdi.
Rossiyalik Sergey Anisimovning surati “Hayratlanarli yuzlar va personajlar” nominatsiyasi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofot bilan taqdirlandi.
Tobias Fridrix “Tabiat go‘zalligi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
“Sayohat va sarguzasht” nominatsiyasi bo‘yicha Amirmaxdi Najaflu Shaxpar tanlov g‘olibiga aylandi.
“Hayratlanarli yuzlar va personajlar” nominatsiyasida Silviya Alessi birinchi o‘rinni egalladi.
“Sport va harakat” nominatsiyasi bo‘yicha Yan Maknikol hakamlar hay’atining mukofotiga sazovor bo‘ldi.
“Hujjatli fotosuratlar va fotojurnalistika” nominatsiyasida Muhammad Sazid Xosseyn “Yong‘in qurboni” nomli surati uchun bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
20 yoshgacha bo‘lgan fotosuratchilar orasida Rikardo Marchegiani g‘olib chiqdi.
Maykl Kovalchik “Ko‘cha fotosuratlari” nominatsiyasida ikkinchi o‘rin bilan taqdirlandi.
Fattah Zinuri “Hayratlanarli yuzlar va personajlar” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Yunxua Yu “Sayohatlar va sarguzashtlar” nominatsiyasida suratning yorqin namunasi sifatida taqdirlandi.
“Hujjatli fotosuratlar va fotojurnalistika” yo‘nalishi bo‘yicha K. Asad faxriy mukofotga sazovor bo‘ldi.
Rossiyalik Aleksandr Vinogradovning “Opa-singillari” “Hayratlanarli yuzlar va personajlar” nominatsiyasida uchinchi o‘rinni egalladi.
Chung Fam Xay “Sayohat va sarguzashtlar” yo‘nalishi g‘olibiga aylandi.
Nurlan Tohirlining ijodiy ishi “Arxitektura va shahar joylari” nominatsiyasida taqdirlandi. | 126 | 2,355 |
Foto | Onalar har doim va hamma joyda ona bo‘lib qolishini isbotlovchi jonivorlar suratlari | Ona mehri va g‘amxo‘rligi odamlar dunyosida ham, hayvonot olamida ham chegara bilmaydi. Axir onaning bolasiga bo‘lgan mehr-muhabbati cheksizdir.
Eng mehribon o‘pich — bu onaniki ekanligini hamma biladi
Ona har doim dardlarimizga quloq soladi va to‘g‘ri maslahat beradi
Ha, ba’zida unga ham qiyin bo‘ladi
Ammo sen bilan bo‘lgan bebaho daqiqalar barcha tashvishni yuvib ketadi
Onang yoningda bo‘lishi qanday yaxshi...
Chunki ona — eng mehribon zot
U senga ko‘p narsalarni o‘rgatadi
U seni qanday bo‘lsang, shundayligingcha yaxshi ko‘radi
Seni har qanday baxtsizlikdan asraydi
Ona bolaligingdanoq sen bilan birga
U bilan har doim issiq va yoqimli
Ba’zida bir so‘z ham demay, uni quchging keladi
Va doim u bilan birga bo‘lsang...
Har qanday vaziyatda u seni doim qo‘llab-quvvatlaydi | 84 | 791 |
Foto | Dunyodagi eng yaxshi burgerlar (foto) | Fastfud sanoati o‘zining tezkorligi va turli xil ta’mlar uyg‘unligi bilan dunyoning ko‘p mamlakatlarini zabt etishga ulgurgan. Tayyorlanadigan burgerlarning ham ko‘plab turlari mavjud. Insider nashri nufuzli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan eng yaxshi burgerlar jamlanmasini taqdim etdi. | 37 | 302 |
Foto | Fotogalereya: Toshkent tramvayining intihosi | Toshkentda 28-martgacha oltita tramvay yo‘nalishi bor edi. Shu kuni shahar hokimi alohida matbuot anjumani tashkil etib, tez orada Toshkentdagi barcha tramvay yo‘nalishlari yopilishi, ularning izlari yo demontaj, yo ko‘mib tashlanishini e’lon qildi.
Hozirgi kunga kelib tramvay yo‘nalishlarining beshtasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Faqat bitta — Beshqayrag‘och dahasidan “Chilonzor” buyum bozoriga qadar qatnovchi 17-tramvay hali ham yo‘lovchi tashimoqda. Bu yo‘nalish qachon yopilishi hozircha noma’lum.
Tarixi 1901-yildan boshlangan Toshkent tramvayi 1912-yilda elektrlashtirilgan bo‘lib, katta ehtimol bilan, endi uni O‘zbekiston hududida faqat fotosuratlarda ko‘rish mumkin.
Fotohavaskor Shuhrat Tursunov “Toshkent tramvayi” DUK deposida bo‘lib, 1901-yil konkalari va Belgiyadan olib kelingan dastlabki elektr-tramvaylardan tortib, 2011—2012-yillarda Chexiyadan olib kelingan zamonaviy Vario LF tramvaylarigacha hammasini tasvirga tushirdi. | 44 | 945 |
Foto | Tarixdagi eng sirli o‘limlardan biri. Janob Bergmanning so‘nggi kunlari haqida fotogalereya | 2009-yilning 16-iyunida Irlandiyaning Slaygo grafligida yashovchi Artur Slaygo Rosses-Poynt qishlog‘i yaqinidagi sohilga o‘g‘li bilan yugurishga kelgan vaqtida suv to‘lqinlari qirg‘oqqa olib chiqib tashlagan erkak jasadini ko‘rib qoladi. Keyinchalik erkakning Piter Bergmann ekani aniqlangan, biroq uning nima sababdan vafot etgani hozirgacha internet olami foydalanuvchilarini qiziqtirib keladi. Erkakning o‘limidan avvalgi kunlari qanday o‘tganini u yurgan va yashagan joylardagi kameralar yordamida aniqlashga urinib ko‘rildi, biroq to‘plangan ma’lumotlar sirli o‘lim yuzasidan surishtiruv jarayonini yanada chigallashtirdi.
Sirli Piter Bergmann
2009-yil 12-iyunda Slaygo shahridagi kameralar soat 18:28 da Olsterdan avtobusda kelgan oriq kishini tasvirga tushirgan. Avtobusdan tushgan erkak yelkasiga sumka osgan va qo‘lida sport sumkasini ko‘targandi. Bergmann taksi to‘xtatib Sligo City Hotel mehmonxonasiga borgan va 65 yevro evaziga u yerdan xona ijaraaga olgan. Ro‘yxatdan o‘tgan vaqtida u o‘zini Piter Bergmann deb tanishtirgan va Venada Aynshtettern ko‘chasi 15-uyda yashashini bildirgan.
Piter Bergmann Slaygo avtovokzalida
Ertasi kuni u mahalliy pochta bo‘limiga borib, u yerdan sakkizta marka va aviapochta stikerlarini xarid qilgan. 14-iyun yakshanba kuni esa Piter ko‘chada taksi to‘xtatib, cho‘milish uchun yaqin atrofdagi sohil bo‘yiga borgan. Taksichi uni Rosses-Poyntga eltib qo‘ygan. Atrof-muhitni tomosha qilgan erkak o‘sha avtomobilning o‘zida Slaygoga qaytgan.
Piter Bergmann mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tmoqda
15-iyunda Piter Bergmann soat 13:06 da qora sumka va binafsharang polietilen paketini ko‘tarib ko‘chaga chiqqan. 13:38 da Kueysayd ko‘chasidagi savdo markaziga kelib, u yerda tushlik qilgan. Tushlikdan keyin erkak cho‘ntagidan chiqqan g‘ijimlangan qog‘ozlarni o‘qib, yirtib tashlagan va ahlatga uloqtirgan. Bir soatdan keyin Piterni Rosses-poynt plyajida sayr qilayotganini ko‘rishgan.
Piter Bergmann Slaygo savdo markazining zalida
Guvohlar erkakning suv bo‘yida qaqqayib turgani va kech tushishini poylaganini bildirgan. 16-iyun 06:45 da Artur Kinsell va uning o‘g‘li sohil bo‘yida Piter Bergmanning murdasini ko‘rgan. Irlandiya politsiyasi ishni besh oy davomida tergov qilgan va bir nechta tafsilotni o‘rgangan, ushbu ma’lumotlar ushbu holatning sirliligini yanada oshirgan.
Janob Bergmanning sirlari
Piter Bergmann atrofdagi odamlar bilan deyarli muloqot qilmagan, lekin guvohlar uning yengil nemis lahjasida gapirganini ma’lum qilgan. Erkakning yonidan hujjatlar va pullar topilmagan. Kiyimning yozuvlari va shtrix-kodlari qo‘pol ravishda qirqib olingan. Patologoanatomlar erkakning 55 – 65 yoshda bo‘lgani, unda prostataning rivojlanayotgan saratoni va suyak o‘simtasi borligini aniqlagan. Jasad tekshirilganda murdaning qiynoqqa solingani yoki qotillik tufayli o‘ldirilgani bo‘yicha alomatlar aniqlanmagan.
Piter Bergmanning saqlanib qolgan buyumlari
U bir necha marta yurak xurujiga uchragan va bitta buyrakli odam bo‘lgan. Piter kuchli og‘riqlar ta’sirida yurgan bo‘lsa ham hech qanday dorilarni qabul qilmagan. Barmoq izlariga qarab shaxsni aniqlashga urinishlar ham besamar ketgan. Piter Bergmann chegarada ro‘yxatdan o‘tmagan va Irlandiyaga qonuniy yo‘l bilan kelmagan, Aynshtetterndagi 15-uy o‘rnida esa hech nima yo‘q.
Piter Bergmann binafsharang paket bilan ko‘chaga chiqmoqda.
Kameralar oxirgi kunlarda uning 13 marta mehmonxonadan chiqqani va har safar binafsharang paket bilan ko‘chaga chiqib usiz ortga qaytganini ko‘rsatmoqda. Ushbu kunlar davomida Bergmanning paketni qayoqqa tashlagani kameralar nigohidan chetda qolgan. Politsiya erkakning kameralarning ojiz nuqtasini juda yaxshi bilganligini ta’kidlagan. Ish bilan shug‘ullangan Terri Makmaxon uning sobiq politsiyachi yoki harbiy bo‘lganini taxmin qilgan. Bergmann ayrim holatlarda kamera tasvirlariga tushishni istamagan bo‘lishi mumkin.
Rosses-Poynt sohili
Politsiya ahlatxonalarni ham tekshirib chiqdi va ishga aloqador ashyoviy dalillar topa olmadi. Bergmanning marka sotib olganidan keyin sakkizta xatni kimga yuborgani ham noma’lumligicha qolmoqda. Inspektor Rey Malderrig ham sirli o‘lim yuzasidan fikr bildirib, ishning o‘ta chigal ekanligini qayd etgan.
Tarixda qolish
Piter Bergmanni hodisasi Reddit nashrining ko‘plab postlari va odamlarning ularga bildirgan munosabat-u taxminlari bilan tarixda qoldi. Eng ommaviy sharhlar va taxminlarda erkakning maxsus xizmat vakili, jinoyatchi yoki zamonlar osha sayohat qiluvchi olim ekani bildirilgan.
Slaygo ko‘chasida yurgan sirli Piter Bergmann
2013-yilda rejissor Kiran Kessidi “Piter Bergmanning oxirgi kunlari” nomli hujjatli filmni suratga oldi va unda sirli ishning barcha tafsilotlarini yoritishga harakat qildi. Ushbu filmdan keyin ijtimoiy tarmoqlar ko‘plab internet-surishtiruvlari va podkastlarga to‘lib ketdi, barchasida odamlar Piter Bergmanning kim bo‘lganligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirardi. Hech kimga sezdirmay, tinchgina o‘lishni istagan odamning bunday shov-shuvli muhokamalarga sabab bo‘lgani g‘alati. | 91 | 5,004 |
Foto | Fotogalereya: Yerdagi jannat | Inson umri davomida albatta tashrif buyurishi kerak bo‘lgan ko‘p joylar bor. Shunday sohillardan bir qanchasining suratini Sputnik taqdim etdi.
Foto : Pixabay | 29 | 160 |
Foto | Foto: Jeki Channing uch palubali superyaxtasi | Gonkonglik aktyor va rejissor Jeki Chan yangi superyaxta sotib oldi, deb xabar berdi Daily Mail.
38 metrli suv kemasini Xitoyning Ruiying Yachts kemasozlik tashkiloti qurgan. Yaxtada sauna, karaoke-salon, jakuzi hamda vertolyot qo‘nishi uchun mo‘ljallangan maydoncha mavjud. Yaxtaning ichki tuzilishi haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmadi; faqatgina yaxta sohibining kayutasi, kambuz (oshxona) va dam olish kayutasining suratlari e’lon qilindi. Yaxtaga har biri 1900 ot kuchiga ega ikkita CAT C32 dvigateli o‘rnatilgan; maksimal tezligi — 32 uzel (soatiga 59 kilometr).
Kemani uning egasiga topshirish marosimi Xuludao shahrida (Lyaonin provinsiyasi) bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Jeki Chan yana bitta yaxta buyurtma qilishni rejalashtirayotganini, bu safar uning uzunligi 46 metr bo‘lishini ma’lum qildi. | 45 | 806 |
Foto | Selfi tushayotgan prezident oilasi, dengizdan qutqarilgan muhojirlar, qafasdagi sher va it — 6 iyul suratlari | E‘tiboringizga 6 iyulning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz.
Hindistonda kommunistik partiya tarafdorlari tomonidan mamlakatda neft inqirozi tufayli norozilik namoyishi oʻtkazildi.
Krasnodarda kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida suv toshqinlari yuz berdi. FVV xodimlari qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Kan kinofestivali hakamlar hay‘ati raisi Spayk Li marosim oldidan suratga tushmoqda.
Venesuela mustaqilligining 210 yilligi munosabati bilan askarlar parad oʻtkazmoqda.
Parijdagi Roden oliy maktabi oʻquvchilari bitiruv imtihonlari natijalarini koʻrmoqda.
Liviya qirgʻoqlarida muhojirlar kemasi sohil qutqaruvchilari tomonidan qutqarib qolindi.
Indoneziyaning Yava orolidagi vulqonlarning biridan lava oqib chiqmoqda.
Tailanddagi zavodlardan birida sodir boʻlgan portlashdan keyin qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden va uning oila a‘zolari selfi tushyapti.
Kambodjadagi hayvonot bogʻlaridan birida sher it bilan birga hordiq chiqarmoqda. | 109 | 987 |
Foto | “Ishoning, axir bu menman!”. Dunyo ayollari makiyajdan avval va keyin (fotogalereya) | Instagram ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilar tomonidan #powermakeup (makiyaj kuchi) heshtegi bilan yarim milliondan ortiq suratlar chop etilgan, deb yozadi AdMe.
Dunyo ayollari o‘zining makiyajdan oldingi va keyingi holatlari aks etgan suratlarni tarmoqqa joylab, ko‘pchilikni hayron qoldirmoqda. Quyida makiyajning ayollarga qay daraja ta’sir etishi mumkinligiga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin. | 84 | 401 |
Foto | Turli tuyg‘ularni his qilishga sabab bo‘ladigan suratlar | Turli emotsiyalarni tuyish uchun har doim ham ta’sirchan va qo‘rqinchli film hamda suratlarni ko‘rishga hojat yo‘q. Ayrim fotolar rakursi, joyi va tufayli ham kishini sal avvalgidan tamoman boshqacha his qilishi mumkin.
Kadrning dahshatli filmlardagidek ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan chivin.
“Men to‘xtagan mehmonxonadagi gilamchada mana nima paydo bo‘ldi”.
Kadrga qarab qayerga olib borishini bilib bo‘lmaydigan ko‘prik.
Reklama aksi kishida boshqara taassurot uyg‘otadi.
Kanadadagi ko‘rinishi lapshani esga soladigan tornado.
“Uydan chiqishim bilan birinchi bo‘lib ko‘zimga tashlanadigan narsa”.
“Stomatolog shifokorimning xonasiga olib boradigan koridor ’Stenli Kubrik’ filmidagi dekoratsiyaga o‘xshaydi”.
Ilonlar daraxtda ham sudrala olishi mumkinligini bilarmidingiz?
Bambukdan san’at darajasida ishlangan kompozitsiya.
Osiyoning janubi-sharqidagi o‘rmonlarida o‘sadigan qo‘rqinchli tikanaklari bor daraxt.
Ko‘rinishi yurak shaklini esga soladigan kartoshka.
Buni tunda ko‘rish kishini naqadar qo‘rqishiga sabab bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilyapsizmi?
Bulutlarning dovuldan avvalgi to‘lqin singari ko‘rinishi.
“Mening baliqlarning bosh suyagidan to‘plagan kolleksiyam”.
Itning esnayotgan vaqtida olingan surat.
Shunchaki dazmolda o‘z aksini suratga olgan odam.
Kreativ tarzda yirtilgan paypoq. | 56 | 1,319 |
Foto | Fotogalereya: Makkadagi taroveh namozi | Suratkashlar qush parvozi balandligidan turib muqaddaas Makka shahrida taroveh namozini amalga oshirayotgan insonlarni suratga oldi. Islam-today nashri taqdim etgan suratlarda yuz minglab musulmonlar Ka’ba tomon birgalikda namoz o‘qiyotgani tasvirlangan. | 38 | 254 |
Foto | Insoniyatda hali ham umid borligini isbotlovchi 10 ta voqea | AdMe insoniyatda hamon ishonch va umid borligini isbotlovchi voqealarni taqdim etishga qaror qildi.
O‘rmon yong‘inlari Fort Mak-Myurreyni dunyodan uzib qo‘yganda ommaviy evakuatsiya boshlandi. Bir necha o‘n minglab odam imkon boricha tezroq shaharni tark etishi lozim edi. Uy hayvonlarichi? Ularni samolyotda o‘zi bilan birga olish uchun bir qancha hujjat talab qilinadi. Aviatarmoq rahbariyati uy hayvonlarini ortiqcha qog‘ozlarsiz o‘zi bilan birga olishga ruxsat berdi.
Bu surat insoniyat uchun g‘ururlanish hissini uyg‘otadi. Marko futbol bo‘yicha maktab jamoasiga qo‘shilishni orzu qilardi. Biroq uning oilasi sportzal uchun abonement yoki trenajyorlar imkoniyatiga ega emas edi. U taslim bo‘lmadi va jismoniy holatini yaxshilash uchun mana shu usulni o‘ylab topdi. Tasodifiy o‘tkinchi tomonidan olingan uning surati ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lishi bilan Marko va uning oilasi hayoti o‘zgarib ketdi. Butun dunyodan odamlar unga sport jihozlari va qo‘llab-quvvatlovchi tilaklarni yubora boshladi.
BBC kanalining videosini allaqachon bir necha million kishi tomosha qildi. Unda Fransiya termasining xafa bo‘lgan muxlisiga Portugaliya o‘yinchisi formasidagi o‘g‘il bola yaqinlashib, erkakning yelkasiga qoqib qo‘yadi, keyin esa uni quchoqlaydi. Voqea futbol bo‘yicha Yevro-2016 finalida Portugaliya terma jamoasi Fransiya termasini mag‘lub qilgandan so‘ng yuz bergan. Sportdagi qarama-qarshilik va qizg‘inlik ham inson ekanligimizni yodda tutishga xalaqit bermasligi kerak.
Haftaning har payshanba kuni Bruklin ismli qizaloq chiqindi tashuvchi mashina haydovchisiga qo‘l silkitishga odatlandi. Haydovchi ham unga javoban qo‘l silkitar va salomlashish tariqasida bir necha marta signal chalib qo‘yardi. Qizaloqning tug‘ilgan kuni ham payshanbaga to‘g‘ri keldi va u onasiga kulib turadigan haydovchini keks bilan mehmon qilish istagi haqida ma’lum qildi. Bu safar haydovchini qizchaning onasi to‘xtatdi va haydovchi kichkina do‘stini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. U o‘z vazifasini bajarish uchun yo‘lida davom etar ekan, qizaloq onasiga qanchalik baxtli ekanligini ma’lum qildi.
Skott Dann hushiga kelganda birinchi navbatda onasidan: “Bugun nechchinchi sana? Nahotki bitiruv oqshomini o‘tkazib yuborgan bo‘lsam?” — deb so‘radi. Yigit bu kunni sabrsizlik bilan kutgan, biroq avtohalokat tufayli shifoxonaga tushib qolgan edi. Uning ahvoli yaxshilanib, maktabga chiqqan kuni bayram sadolari va tabrik so‘zlari qaytadan jarangladi. Biroq bu safar faqat bitta diplom topshirildi.
Facebook foydalanuvchilaridan biri tug‘ilgan kuniga hech kim kelmagan singlisi suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi va unga shunchaki otkritka yuborishni iltimos qildi. Xeyli 18 yoshini yolg‘iz nishonladi, biroq ertasi kuni otkritka va sovg‘alar uning pochta qutisiga suv toshqini kabi yopirildi.
Texaslik o‘qituvchi eng yaqin uy hayvoni Blondi ismli mushugi vafotidan juda siqildi. O‘quvchilar matematika o‘qituvchisi har tanaffusda ko‘z yosh to‘kayotganini payqadi. Ular o‘qituvchisiga oq atirgullar guldastasi va ikkita mushukchani sovg‘a qilganda ayolning qayg‘u yoshlari sevinch yoshlariga aylandi.
Janubiy Karolina boshlang‘ich sinflarining o‘qituvchisi o‘z sinfidagi bezori bolalar bilan kelishish yo‘lini topdi. U bir nechta bo‘yinbog‘ va pidjaklar xarid qildi va har hafta eng to‘polonchi bolalarni to‘play boshladi. O‘z darslarida esa otalar o‘z o‘g‘illariga o‘rgatadigan narsalar: bo‘yinbog‘ bog‘lash, kattalar bilan muomala qilish qoidalari, ona, buvi yoki singillariga g‘amxo‘rlik qilish kabilar haqida hikoya qildi. O‘qituvchi smoking kiygan bola hech qachon janjal chiqarmasligiga ishonadi. “Ular yomon bo‘lganligi uchun emas, e’tibor va g‘amxo‘rlik yetishmaganligi uchun o‘zlarini yomon tutadi”, — deydi u.
Braziliya armiyasi askarlari Amazonka changalzorlaridan kichkina yaguarni topib olganda u arang tirik qolgan edi. Ular hayvonni o‘zlari bilan olib ketishga qaror qildi. Mahalliy hukumat yaguarni armiyada qoldirishga ruxsat berdi. Hozirda Jikitaya nomini olgan yaguar uni o‘limdan saqlab qolgan kishilar orasida.
Yaqinda insultni boshdan kechirgan 71 yoshli erkakka samolyotning birinchi qatoridan qulay kreslo ajratishdi. Biroq tushlik tarqatgan styuardessa yo‘lovchi qoshiqni tuta olmayotganligini payqadi. Shunda u erkakni ovqatlantirib qo‘ydi va begona odamning g‘amxo‘rligidan yig‘lab yuborgan erkakning ko‘z yoshlarini artib qo‘ydi. | 59 | 4,342 |
Foto | Foto: Nogironlik aravachasidagi salto bilan Ginnes rekordlari kitobiga kirgan yigit | Amerikalik Aaron Foteringem umurtqa pog‘onasi kasalligi bilan tug‘ilgan. Hatto 23 ta operatsiya ham unga yurish qobiliyatini qaytara olmagan. Yigit 18 yoshida nogironlik aravachasida tramplinda ikki marta orqaga saltoni amalga oshirib, Ginnes rekordlari kitobiga kirgan dunyodagi birinchi nogiron sportchi bo‘lgan, deb yozmoqda AdMe.
Aaron 1991-yilda Las-Vegasda tug‘ilgan. Haqiqiy ota-onasi undan voz kechgach, uni boshqa oila asrab olgan. U 3 yoshida aravachada yura boshlagan, 8 yoshida esa to‘liq nogironlik aravachasiga o‘tgan.
Bola o‘z akasining velosipedda ekstremal sport turi bilan shug‘ullanishini tomosha qilgan. Undan ruhlanib, Aaron ham o‘z aravasida turli tryuklar amalga oshira boshlagan, mashaqqatli mehnatlardan so‘ng muvaffaqiyatga erishgan.
2012-yilda Aaron ikki tramplin orasida 15 metrli parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. | 83 | 852 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlarida kinotomoshabinlar nima yeydi? | Ko‘pchilik odamlar kinozalga popkornsiz kirishni tasavvur qila olmasa kerak. Ammo boshqa mamlakatlarda tomoshabinlar turli yeguliklarni afzal ko‘radi. Travel Ask turli davlatlarning kinozaldagi sevimli yeguligini taqdim etdi.
Xitoy kinoteatrlarida esa tuzlangan olxo‘ri qoqi va qovurilgan pista yeyiladi.
Meksikaliklar tostiokos yeb, kino ko‘rishni yaxshi ko‘radi. U bodring, jo‘xori, loviya va yong‘oqning sous bilan aralshtirilgan shakli.
Gretsiyada qovurilgan shashliklarni yaxshi ko‘rishadi. Odatda u nonning o‘rtasiga solingan bo‘ladi va unga yangi sabzavot hamda sous qo‘shiladi. Bunday yegulik suvlak deb ataladi.
Niderlandiyalik tomoshabinlar esa ko‘pincha qizilmiyadan qilingan tuzli konfetni xush ko‘radi. | 74 | 719 |
Foto | Fotogalereya: O‘zing va xayollaring bilan yolg‘iz qolish uchun maqbul 15 sokin uy | Ba’zan kishini shunday hissiyot chulg‘ab oladi — har kim va hamma narsadan qochib ketging keladi. Zarur buyumlar solingan xaltani yelkaga olib, yo‘lga tushging, ish, o‘qish, har turli gadjetlar, do‘stlar, hatto oilani ham unutib, shunchaki o‘zing va xayollaring bilan qolishni istaysan kishi.
AdMe nashri ayni vaqtda shunday kayfiyatni boshdan o‘tkazayotganlar uchun sershovqin shaharlardan uzoqda joylashgan shinam va sokin joylarni bir sahifaga jamladi. Bu suratlarga bir marta nazar tashlashning o‘ziyoq qalbingizga iliqlik va xotirjamlik baxsh eta oladi, deb umid qilamiz. | 81 | 576 |
Foto | Fotogalereya: Ismi hammaga ma’lum, ammo suratini ko‘pchilik ko‘rmagan insonlar | Modelyer va dizaynerlarning hammasi ham bir ko‘rganda tanib oladigan darajada mashhur emas. Ularning ismi yozilgan kiyimlarni odamlar har kuni kiysa-da, lekin suratini ko‘rganda tanimaydi. AdMe ana shu dizaynerlarning rasmini taqdim etdi.
Mark Jeykobs, 55 yosh
View this post on Instagram
Kristian Lakrua, 67 yosh
Tommi Xilfiger, 67 yosh
Miuchcha Prada, 69 yosh
Maykl Kors, 59 yosh
Jimmi Chu, 70 yosh
Kristian Lubuten, 56 yosh
Kelvin Klyayn, 76 yosh
Manolo Blanik, 76 yosh
Kendzo Takada, 80 yosh
Luchano Benetton, 83 yosh
Pyer Karden, 96 yosh | 78 | 568 |
Foto | Kanadaning aslida qanday mamlakat ekanligini aks ettiruvchi g‘aroyib suratlar | Kanadaliklarning samimiyligi va haddan ortiq xushmuomalaligi haqida hamma eshitgan bo‘lsa kerak. Boshqa mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar hayratda: Kanadada “kechirasiz” jumlasi kundalik muloqotda eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘z hisoblanadi.
AdMe nashri Kanadaning eng qulay va mehmondo‘st mamlakat unvoniga bemalol da’vo qila olishini isbotlovchi fotosuratlarni to‘pladi.
“Internet uzluksiz ishlayotgandi. Mushuklar sun’iy yo‘ldosh antennasi biroz issiqligini bilgunlaricha”
“Kecha qahvamni mashinada unutib qoldiribman. Shundan keyin ham Kanadaga borishni xohlaysizmi?”
“Ko‘zlaringizga ishonmayapsizmi? Bu tomiga ikkita Rojdestvo archasini bog‘lab olgan Lamborghini”
“Men ko‘rgan eng chiroyli ranglardan biri!”
“Televizorga buyurtma berib, Rojdestvo bayramiga ketgandim. Bugun qaytib kelsam, eshik oldida turibdi. Kuzatuv kameralarini tekshirdim: 2-kun hammaning ko‘zo‘ngida turgan, biroq hech kim olmagan”
“Kanadaliklarning hammasi ham xushmuomala emas! Iltimos, Kanada g‘ozlariga yaqinlashmang, chunki juda yaqin borsangiz, ular tajovuzkor bo‘lib qolishi mumkin”
Moizi daryosida hosil bo‘lgan mukammal doira
Rojdestvo avtobusi
“Bugun hovlida ko‘rib qoldim. Aytgancha, men Kokuitlameda yashayman”
“Xayrli tong Alberta!”
“Ko‘cha boshiga chiqib olish uchun 25 daqiqa vaqt ketdi”
“Maktabda bir o‘quvchining tishi tushibdi, shu munosabat bilan direktor o‘rinbosari Tish parisiga rasmiy xat yozdi”
“Ha, puma mashinaning tomida yotibdi”
“Kecha haqiqiy Kanadani ko‘rsatuvchi bir lahza bo‘ldi. G‘ozlar piyodalar o‘tish joyi bo‘ylab yurishmoqda. Biz hammamiz ularni o‘tkazish uchun to‘xtadik”
“Butun kunni vankuverlik rassom tabiat haykallarini yaratgan parkda o‘tkazdim”
“Ertalab balkonimga uchib kelibdi”
“Kanadadagi mum haykallar muzeyiga tashrif buyurdim. Ular buni Beyonse deb o‘ylasharkan. Yuragimni changallab qoldim”
“Kanadada nafaqat juda sovuq, balki juda issiq ham bo‘ladi” | 77 | 1,896 |
Foto | Fotogalereya: O‘zbekistonda Navro‘z sayllari boshlandi | O‘zbekistonda 20-mart kuni erta tongdanoq dam olish maskanlari va istirohat bog‘larida xalq sayillari, davlat va nodavlat tashkilotlari, hunarmandchilik muassasalarining ko‘rgazmalari, o‘zbek milliy musiqa san’ati namoyandalari, bolalar raqs ansambllarining badiiy chiqishlari, mahalliy aholi hamda mehmonlar diqqat e’tiborida bo‘ldi. Bundan tashqari, dorbozlar, qiziqchilar, xalq teatri vakillari, askiyachilar, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari tashkil etildi. O‘zA Navro‘z shkuhi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 54 | 585 |
Foto | Foto: Antarktikada -60℃ sovuqda qoldirilgan lag‘mon | Antarktikadagi “Konkordiya” stansiyasi — 2005-yilda fransuzlar va italyanlar tomonidan dunyodagi eng katta cho‘lda ochilgan tadqiqot stansiyasi, deb yozadi TJournal. U yerda yilda 4 oy quyosh bo‘lmaydi, harorat -70 darajagacha tushib ketadi, hayvonlar esa mintaqada yashay olmaydi.
“Konkordiya”da Yevropa kosmik agentligi xodimlari uzoq davom etuvchi kosmik parvozlarning ehtimoliy oqibatlarini o‘rganadi. Ammo 29-sentabr kuni stansiya xodimlari boshqa bir eksperimentni amalga oshirdi: ular lag‘monni qahratonda qoldirdi.
“Konkordiya” olimlari taomni tayyorlab, uni shu zahoti tadqiqot minoralaridan biring tepasida bir necha daqiqaga qoldirdi. -60 daraja sovuqda lag‘mon muzlashi effekti binoning ichida turib, bir necha marta suratga olishga yetdi. | 51 | 753 |
Foto | Fotogalereya: Odamlar — qafasda, yirtqichlar — ozodlikda | Chilining Rankagua shahrida Lotin Amerikasidagi birinchi Safari Lion Zoo hayvonot bog‘i ishga tushdi. Unda qafasda hayvonlar emas, aksincha odamlar o‘tiradi. Hayvonot bog‘ida odam va yirtqichlarni birgina avtobus panjarasi ajratib turadi. Bundan maqsad insonlar hayvonlarning tabiiy sharoitda qanday yashashlarini ko‘rishdan iborat. AdMe ushbu hayvonot bog‘iga tashrif buyurganlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 56 | 417 |
Foto | Suratkashlar ajabtovur lahzalarni tutishga muvaffaq bo‘lgan noyob dengiz suratlari (foto) | The Oceanographic jurnali tomonidan Ocean Photography Awards 2020 tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Hakamlar hay’ati tominidan 3000 dan ortiq asar ichidan 100 nafar g‘olib aniqlandi. | 89 | 182 |
Foto | Dunyoning eng tor ko‘chalari reytingi e’lon qilindi (foto) | National Geographic dunyodagi eng tor ko‘chalar reytingini e’lon qildi.
3-o‘rin: Klanchich
Agar siz klaustrofobiyaga (tor va yopiq xonalardan qo‘rqish) chalinmagan bo‘lsangiz, Xorvatiyadagi Vrbnik shahri sizga yoqishi aniq. Shaharning aksariyat ko‘chalari shu darajada torki, mashina yoki motosiklda yurishning iloji yo‘q. Bu ko‘chaga hattoki piyodaning ham sig‘ishi qiyin masaladir. Reytingdagi uchinchi o‘rin — Klanchich ko‘chasi. Eng tor qismining eni bor-yo‘g‘i 43 santimetrni tashkil qiladi.
2-o‘rin: Shproyerxofshtrase
Ko‘cha Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Roytlingen shaharchasida joylashgan. Shproyerxofshtrase ko‘chasining eng keng qismi — 50 santimetr, eng tor qismi 31 santimetrni tashkil qiladi. Ko‘cha rasman 1727-yili yirik yong‘indan keyingi tiklash ishlari natijasida paydo bo‘lgan va hujjatlarda “77-raqamli ko‘cha” sifatida ro‘yxatga olingan.
1-o‘rin: Androuno
Reytingning chempioni — Androuno ko‘chasi Fransiya janubi-sharqida, mashhur Sen-Trope turistik hududi yaqinida joylashgan. Ko‘chaning eng tor qismining eni 29 santimetrga teng. | 58 | 1,060 |
Foto | Did bilan kiyinadigan dunyoning eng go‘zal malikalari (foto) | Quyidagi qirollik vakilalari nafaqat jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan, balki kiyinish borasidagi nozik didi bilan ham diqqat-e’tibor markazida bo‘ladi.
Kembrij gersoginyasi Ketrin
Ketrin qirollik oilasi orasida did bilan kiyinadigan Kembrij gersoginyasi sevimli ko‘ylaklarini bemalol bir necha marta kiyishi mumkin. Chunki u hukumat budjetini har qanday hashamatli brend kiyimlardan ustun qo‘yadi. Agar siz smart casual va oqilona xaridlarni yoqtirsangiz, Ketrin uslubi siz uchun haqiqiy ilhom manbayi bo‘la oladi.
Malika Sirivannavari
Tailand qirolining nabirasi tendensiyalar ketidan quvmaydi, ularni o‘zi yaratadi. Bolaligidanoq modani yaxshi ko‘radigan Sirivannavari butun hayotini shu soha bilan bog‘lashga qaror qilgan. Malika dizaynerlikka o‘qib, Dior va Armani singari taniqli moda uylarida amaliyot ham o‘tagan. Keyinchalik u Tailandda o‘zining nomi bilan ataladigan o‘z brendini yaratdi.
Knyaginya Sharlin
Monako knyazining rafiqasi bo‘lganidan so‘ng Sharlin Uittstok kiyinishi borasida bir zumda o‘z muxlislariga ega bo‘ldi va moda ikonasiga aylandi. U chindan ham bu nomga loyiq: Sharlin hashamatli, shohona bezaklarsiz zamonaviy va ixcham liboslarni uyg‘unlashtirgan holda did bilan kiyinadi.
Qirolicha Raniya
Qirolicha Raniya nafaqat o‘zining faol insonparvarlik ishlari, balki har qanday vaziyatda va har qanday kiyimda munosib ko‘rinadigan qobiliyati uchun ham tahsinga loyiq. Ish kunlari Iordaniya qirolichasi qulay jinsi va bluzkalarni afzal ko‘radi, ammo rasmiy ziyofatlar uchun hashamatli dizaynerlik liboslarida ko‘rinish beradi. Aytgancha, Raniyaning eng sevimli dizaynerlaridan biri bu Giorgio Armani bo‘lib, u bir necha bor malikani o‘zining ilhom parisi deb atagan.
Qirolicha Maksima
Niderlandiya qirolining rafiqasi Argentinada tug‘ilgan. Shu sababli u eng klassik ko‘rinishni ham katta va ko‘zga tashlanadigan zargarlik buyumlari yoki aksessuarlar bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashtira oladi. Qirolicha Maksima ham Kembrij gersoginyasi kabi qirollik oilasining kiyinish uslubiga qo‘yiladigan qat’iy talablarga nisbatan ancha e’tiborsiz va muntazam ravishda o‘zining sevimli kiyimlarida bir necha bor namoyon bo‘lishdan uyalmaydi.
Malika Sharlotta
Monako malikasi Sharlotta Kasiragi o‘ziga xos uslubi bilan doimiy ravishda mashhur jurnallar sahifalarini bezaydi. Sharlotta zamonaviy kiyinishi bilan necha bor taniqli brendlarning yuziga aylangan.
Malika Dina
Bir necha yil oldin Saudiya Arabistoni malikasi o‘zining noodatiy kiyinishi va zamonaviy qisqa sochlari bilan dunyoning Fashion Week haftaligini zabt etgandi. Saudiya Arabistoni malikasi o‘z vatanida o‘zi asos solgan mashhur brend kiyimlar tarmog‘ining egasi hisoblanadi.
Qirolicha Letisiya
Qirolicha Letisiya turmushga chiqqunga qadar jurnalist bo‘lib ishlagan va qirolicha maqomiga erishsa-da, o‘z uslubiga xos bo‘lgan odmi libosda yuradi. | 60 | 2,847 |
Foto | Bollivud yulduzlari Priyanka va Karina bir-biriga raqobatchi bo‘lishining sababi nimada? | Bollivudning ikki go‘zal aktrisasi Karina Kapur va Priyanka Chopra o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi sababi nimada ekanligiga to‘xtalib o‘tamiz.
Ilk bor 2004-yil suratga olingan “Aitraaz” filmida birga ishlashga muvaffaq bo‘lgan aktrisalar bir-biri bilan yaqin bo‘lib ketgan. Keyin har ikkisining ham mashhur bo‘lib ketishi do‘stlikdan ko‘ra raqobatni ustun bilishga sabab bo‘lgan. Priyanka va Karina birgalikda Shohrux Xon bilan “Kim millioner bo‘lishni istaydi?” shousining birinchi mavsum finalida ishtirok etgan.
2007-yilda Karina Priyankani aktrisa sifatida o‘zi bilan teng ko‘rmasligini ta’kidlagan, tabiiyki, Priyanka bunga jim qarab turmagan.
“Bebo mendan katta va yetuk aktrisa, o‘ylashimcha, uning malakasi mening ijrolarimga baho berish imkonini beradi”, — degan aktrisa. Shundan keyin u Karinaning “Uchrashganimizda”nomli filmdagi roliga ijobiy baho bergan.
“Karan bilan qahva” shousida Karina Chopraga yana bir bor tosh otgan va uni Shahid Kapurni o‘zidan “olib qo‘yishda” ayblagan. Priyanka bunga javoban Saif ham bir vaqtlar kimningdir sevgilisi bo‘lganini ta’kidlagan.
Karina bilan ajralganidan keyin Shahid Kapur o‘sha vaqtlar Xarma Bavedja bilan munosabatlariga nuqta qo‘yganiga ko‘p bo‘lmagan Priyanka bilan uchrashib yurgan. Ammo juftlik munosabatlarini sir tutishni afzal bilgan. Bora-bora ularning har ikkisi o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib ketgan. Bugungi kunda Karina Saif Ali Xon, Priyanka esa Nik Jonas bilan baxtli hayot kechiradi. | 88 | 1,469 |
Foto | Bu odamlar Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qabri kalitini saqlaydi (foto) | Islam Today nashri Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar dafn qilingan joy kalitini saqlovchi kishilarning hozirgacha tirik bo‘lgan sakkiz nafari bilan tanishtirdi.
Fotosuratchi Adel Kurayshiy va uning “Saqlovchilar” fotoloyihasi buyuk sharaf ishonib topshirilgan va buyuk mas’uliyat yuklatilgan kishilarning yuzlarini ko‘rsatib berdi.
Ushbu an’ana XII asrga borib taqaladi. Kalitni saqlovchilar Madinadagi Payg‘ambar masjidida tayinlanadi va o‘sha yerda ishlaydi. Shunisi e’tiborga loyiqki, saqlovchilarning barchasi asli Efiopiya yoki Eritreyadan. Arab yarim orolida efiopiyaliklar azaldan masjidlarni qo‘riqlovchi va qorovullik qiluvchilar sifatida tanilgan.
Fotosuratchining so‘zlariga ko‘ra, u bu odamlar bilan ishlab, tushuntirib berish qiyin bo‘lgan hissiyotlarni boshidan kechirgan. “Ularning yonida o‘zingizni yengil his qilasiz. Ular juda xotirjam odamlar. Men ular o‘tirgan xonada nur taralayotganini his qildim, bu ichkaridan chiqayotgan nur edi”, — dedi u. | 70 | 968 |
Foto | Foto: Chiqindilardan qurilgan suzuvchi xiyobon | Dunyo okeanida katta miqdordagi chiqindilar suzib yuribdi va ular orollarni yuzaga keltirmoqda. Yetakchi muhandislar va ekologlar bu muammoni bartaraf etishning turli yo‘llarini taklif qilmoqda, deb yozmoqda TravelAsk.
Rotterdamlik ekologlar faollar Nive-Maas daryosidagi chiqindilarni yig‘ish orqali okeanga ketayotgan chiqindilarning yo‘lini to‘sib, okeanlarni tozalash uchun o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi. Ular
Recycled Island Foundation kompaniyasi daryoda uchta maxsus qopqon o‘rnatgan. Ular plastik chiqindilarni ushlab qolgan. Bundan tashqari ko‘ngillilar qirg‘oqlardagi chiqindilarni yig‘gan. Yig‘ilgan chiqindi qayta ishlanib, ulardan noodatiy suzuvchi xiyobon uchun konteynerlar tayyorlangan.
Nive-Maasdagi suzuvchi xiyobon 2018-yilning yozida ochilgan. | 46 | 773 |
Foto | Yonib ketgan elektrostansiya, uyi buzilayotgan falastinliklar, olovdan qutqarilgan AQSh bayrogʻi — 5 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Livan poytaxti Bayrut shahrida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Namoyishchilar mamlakat hukumatidan inqirozga qarshi choralar qoʻllashni va bir yil oldingi portlash oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha harakat qilishni talab qilmoqda.
98 yoshli veteran Bob Sullivan Londondagi qirollik gospitali yonida Gana mustaqilligi uchun kurashgan xalqlar hurmatiga oʻtkaziladigan «Founder's Day» marosimida ishtirok etmoqda.
Kaliforniyada davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari vaqtida oʻt oʻchiruvchilar aholi uylaridan birida oʻrnatilgan AQSh bayrogʻini yonib ketishdan asrab qoldi.
Hindistonda hukumatning agrar islohotlariga qarshi chiqqan namoyishchilarni polisiya suv yordamida qaytarishga harakat qilmoqda.
Livanda joylashgan Xon Yunus qochoqlar lagerida issiq kunda falastinlik ona bolalarini choʻmiltirmoqda.
Turkiyadagi oʻrmon yongʻinlarining Kemerkoy issiqlik stansiyasiga yetib kelishi ortidan aholi dengiz orqali evakuasiya qilinmoqda.
Avstraliyada bu yil hisobidan ilk koala dunyoga keldi.
Ispaniyaning Malaga shahri sohillarida dam olayotgan turistlar.
Iordan daryosining gʻarbiy sohilida falastinliklarga tegishli uylar Isroil tomonidan buzib tashlanmoqda. Vaziyatni Isroil askarlari nazorat qilib turibdi. Isroil tinimsiz ravishda Falastin hududlarini noqonuniy ravishda egallab olmoqda.
Germaniyaning Beldorf kommunasida fermadagi sigirlar.
Turkiya janubi-gʻarbidagi oʻrmon yongʻinlari hududdagi issiqlik elektr stansiyasiga ham yetib keldi.
Dunyodagi eng katta muzey hisoblangan Parijdagi Luvr muzeyida odamlar ichkariga kirish uchun navbat kutmoqda. | 117 | 1,623 |
Foto | Dizayner o‘z studiyasini Valensiyadagi ko‘prik tagiga osib qo‘ydi (foto) | Ispaniyalik mebel dizayneri Valensiyada graffiti bilan bejab tashlangan ko‘priklardan birining ostida o‘ziga nanostudiya qurib oldi, deb yozadi Afisha Daily.
U yerda joy faqat bir kishiga yetsa-da, ammo ilhomlanish uchun kenglik cheksizdir, deyiladi xabarda. Bu yerda zarur narsalarning barchasi — ish stoli, stul, javonlar, fotoromlar va har ehtimolga qarshi ko‘rpa-yostiq ham bor.
Bir qarashda konstruksiya beton gumbazlar ostida havoda muallaq turganga o‘xshaydi, bularning barchasi esa ko‘proq ijodiy jarayonning imkonsizligi haqidagi installyatsiyani eslatadi. Aslida esa u yerda ijod qilishning juda ham imkoni bor: ish joyiga ko‘prikning qarama-qarshi uchidan metall va yog‘ochdan yasalgan mobil platforma kelgan, unda dizaynerning o‘zi o‘tirib, konstruksiyani oddiy dastak yordamida harakatga keltiradi.
Studiyani yaratishga ikki hafta vaqt ketdi. Avval mana bunday edi:
Mana bu suratlarni esa bugun ko‘plab me’morchilik (nafaqat) nashrlarda ko‘rish mumkin:
Studiyani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz amri mahol: Abeyanas uning qayerda joylashganligini sir tutmoqda. Bunga avvalambor, vandallar va soliq inspeksiyasidan xavfsirashi sababchidir. Shunga qaramay, uning Levrel dizayn agentligi ajoyib tarzda reklama qilindi: agar sizga ixcham va funksional mebel kerak bo‘lsa, shu yerga keling. | 72 | 1,305 |
Foto | Islom me’morchiligi go‘zalligini ko‘rsatib beruvchi masjidlar shiftlari (fotogalereya) | “Islam-today.ru” islom me’morchiligining ajoyib go‘zalligini ko‘rsatib beruvchi masjidlar shiftlari suratlarini taqdim etdi. Ular orasida O‘zbekistondagi Naqshband maqbarasi shifti ham bor. | 86 | 189 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng katta qurtga aylangan kapalak | Kapalaklar, qo‘ng‘izlar, asalarilar va boshqa ko‘plab hasharotlar o‘z hayotlari davomida bir qator metamorfozlarga uchraydigan turga kiradi.
Shu bilan birga, ushbu hasharotlarni lichinka davrida tanib olish mutlaqo ilojsiz, chunki ular tashqi ko‘rinishidan bo‘lg‘usi hasharotga o‘xshamaydi va umuman boshqacha hayot tarzini olib boradi.
Lekin kapalaklarni kuzatish hammasidan ham qiziqarlisi hisoblanadi.
Axir, ular ajoyib shakli va ranglari bilan ajralib turadi. Travel Ask ularning qurtga aylangan davri aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 57 | 539 |
Foto | Fotogalereya: Sochlarining tabiiy rang orqali tanish qiyin bo‘lgan Gollivud yulduzlari | AdMe birgina sochlarini bo‘yab butunlay boshqa obrazga aylangan Gollivud yulduzlarining suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 86 | 120 |
Foto | Pxenyan metrosi — dunyodagi eng sirli metro (fotogalereya) | Shimoliy Koreyadagi barcha narsalar haqida bo‘lgani kabi, Pxenyan metropoliteni haqida ham hayratlanarli hikoyalar va mish-mishlarni eshitish mumkin, deya Travel Ask bloger Eduard Gavaylerning so‘zlarini keltiradi.
Masalan, Pxenyandagi metro — urush yuzaga kelgan taqdirda mamlakat rahbariyatini bekitish uchun mo‘ljallangan strategik harbiy obyektning bir qismi. Yoki, umuman, metro — g‘irt “sahnalashtirilgan” va soxta narsa.
Shimoliy Koreya metrosi dunyodagi eng arzon metro deb hisoblaniladi, yo‘lkira taxminan 3—4 sentga teng. Pxenyanga sayohat qilgan blogerning guruhiga bir nechta bekatlarni ko‘rsatishgan va ikkita liniyadan bittasida 1957—1965-yillarda Germaniyada ishlab chiqarilgan va dastlab Berlinda foydalanilgan vagonlarda yurishga ruxsat berishgan. | 58 | 764 |
Foto | Fotogalereya: Isroil — kecha va bugun | Isroil shaharlarining 50—100 yil ichida tubdan o‘zgarganini ko‘rish mumkin. Travelask ana shu shaharlarning kechagi va bugungi qiyofasi aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
Eylat, 1963-yil va bugun
Quddus, 1912-yil va bugun
Bir as-Saba 1912-yil va bugun
Hod-Ha-Sharon, 1930-yil va bugun
Hertsliya, 1940-yil va bugun
Hadera, 1929-yil va bugun
Hayfa, 1920-yil va bugun
Tveriya, 1949-yil va bugun
Petah-Tikva, 1920-yil va bugun
Tel-Aviv, 1920-yil va bugun | 37 | 469 |
Foto | Fotogalereya: Hayotda bir marta bo‘lsa-da borish kerak bo‘lgan maskanlar | AdMe nashri hayotda bir marta bo‘lsa-da sayohatga borish lozim bo‘lgan maskanlar suratlarini bir sahifaga jamladi. | 72 | 114 |
Foto | Foto: Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashganidan keyin qanday uyda yashamoqda? | Anjelina Joli ijtimoiy tarmoqqa farzandlari bilan birga istiqomat qiladigan uyi suratlarini joyladi. Bu haqda SM-News xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, derazalaridan shahar manzarasini ko‘rish mumkin bo‘lgan Los-Anjelesdagi uy aktrisa tomonidan bir necha yil avval xarid qilingan bo‘lib, qayta ta’mirlangan hamda modernizatsiya qilingan.
Ta’mirlash ishlari davomida uyning eski uslubi qisman saqlab qolinib, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Jolidan avval ushbu uyda rejissor Sesil Demill 1959-yilga qadar yashagan.
Hududida hovuz, sayr uchun park bo‘lgan uy ikki qavatdan iborat bo‘lib, unda oltita yotoqxona, 10 ta yuvinish xonasi, kutubxona va mehmonxona bor.
Mehmonlar uchun mo‘ljallangan alohida xona, mashg‘ulot zali va garaj ham o‘rin olgan uy maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Anjelina Joli ushbu hashamatli uyida 6 nafar farzandi bilan birga yashaydi. | 79 | 875 |
Foto | Melaniya Trampning eng esda qolarli 8 ta libosi (foto) | Melaniya Tramp AQSh birinchi xonimi majburiyatlarini bajarishga kirishganiga roppa-rosa bir yil bo‘ldi. “Gazeta.ru” Melaniyaning o‘tgan bir yil ichidagi eng esda qolarli liboslaridan iborat fotogalereyani taqdim etdi. | 54 | 217 |
Foto | AQSh elchixonasidagi “Tolibon” bayrogʻi, qabristonni tozalayotganlar, zilzila sabab koʻchada qolgan bemor va shifokorlar — 8 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
AQSh elchixonasining devorlari «Tolibon» bayrogʻi bilan boʻyab qoʻyildi.
Meksikada 7 magnitudali zilziladan keyin evakuasiya qilingan shifokorlar va bemorlar kasalxona tashqarisida.
Afgʻon qochqinlari Erondagi qochqinlar lagerida qolmoqda.
Ishchilar Koreyaning asosiy hosil bayrami Chusokdan oldin Guanchjou shahrining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan milliy qabristonda qabrlarning maysalarini tekislamoqda.
Boliviya poytaxti La-Pas shahrida Morenada milliy bayramida raqs tushayotgan raqqosalar. Morenada Boliviyaning milliy raqsi hisoblanadi.
Pekindagi moda haftaligida liboslarni namoyish etayotgan model.
Amritsardagi Oltin ibodatxonada sikhlar Guru Grant Sahib ma‘budi haykali oʻrnatilishining 417 yilligi munosabati bilan sham yoqdi.
Black Lives Matter faollari Konfederasiya generali Robert E Li haykalining Richmondda olib tashlanishidan bir kun oldingi tunda yigʻildi. 130 yildan koʻproq vaqt oldin qurilgan bu haykal AQShdagi eng yirik konfederativ haykal hisoblanadi.
Mana, oʻsha haykalning olib tashlanishi.
AQSh 2001 yil 11 sentyabr hujumlarining 20 yilligiga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Pokistonda kuchli yogʻingarchilik toshqinlarga olib keldi.
Salvador aholisi birinchi kriptovalyutaning qonuniylashtirilishiga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi. Salvador bitkoin rasmiy toʻlov vositasi sifatida tan olingan dunyodagi birinchi mamlakat boʻldi. | 143 | 1,419 |
Foto | Yevropaning vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy yodgorliklari (foto) | Europa Nostra federatsiyasi Yevropaning vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy obidalari ro‘yxatini e’lon qildi. Tashkilot Yevropa madaniy merosi va tabiatini muhofaza qilish maqsadida tuzilgan. Turkiyaning qadimiy Hasankeyf shahri, Durresedagi Rim amfiteatri (Albaniya), Italiyadagi Alessandriya qo‘rg‘oni singari yodgorliklar ro‘yxatdan joy olgan.
TravelAsk vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy yodgorliklarning eng mashhurlarini jamladi.
Qachonlardir Grimsida dunyoning eng yirik dengiz bandargohlaridan biri joylashgan edi. Fabrika dengiz kemalarida baliqlarni saqlash uchun mo‘ljallangan muz ishlab chiqargan. Hozir bino tashlandiq holatda, uni tiklash rejalashtirilmagan.
Vena — jahon tanigan bastakorlarning vatani. Yevropa madaniy merosining shakllanishida Venaning o‘rni katta. Biroq yangi qurilgan ko‘p qavatli bino shahar tarixiy markazinining qiyofasiga putur yetkazmoqda.
Urush va tabiiy ofatlar Albaniya janubi-sharqidagi Voskopoye va Vitkuke shaharlarida joylashgan 12 ta ibodatxonani vayrona holatiga keltirgan.
Kommunistik partiyaning afsonaviy uy-muzeyi 1981-yili qurilgan. Biroq kommunistik tizimning qulashi bilan Buzlujada talon-toroj va tartibsizlik avj olgan. Yosh bolgariyaliklarning aksariyati bu yodgorlik haqida hatto eshitmagan.
1910-yili Qora dengiz bo‘yida modern uslubida kazino qurilgan. Biroq 2000-yildan buyon bino tashlandiq holatda.
Istanbul yaqinidagi Prinkipo orolida yunon pravoslavlari tomonidan asos solingan mehribonlik uyi bor. Bu — Yevropada yog’ochdan qurilgan eng yirik bino. 1964-yili mehribonlik uyi yopilgan, shundan buyon binodan foydalanilmaydi.
Tbilisidan 60 kilometr uzoqlikda Gruziya madaniyatining durdonasi — VI asrda g’orlar ichiga qurilgan cherkov majmuasi joylashgan. Majmuaning umumiy uzunligi — 25 kilometr. | 67 | 1,768 |
Foto | To‘rt farzandning yolg‘iz onasi bo‘lgan amerikalik ayol YouTube darslari yordamida orzusidagi uyni qurdi | Amerikalik Kara Brukins ikkinchi muvaffaqiyatsiz nikohdan so‘ng to‘rt nafar farzandi bilan ko‘chada qoldi. Uning uyi ham, uni xarid qilish uchun puli ham yo‘q edi. Shunda u YouTube videoyo‘riqnomalari yordamida uyni o‘zi qurdi. AdMe Kara va uning oilasi hikoyasini taqdim etadi.
2007-yilda 45 yoshli Brukins u bilan shafqatsiz muomalada bo‘luvchi turmush o‘rtog‘i bilan ortiq yashay olmasligini tushundi. O‘shanda uning farzandlari 17, 15, 11 va 2 yosh edi. Kara bungacha hech qachon quruvchilik bilan shug‘ullanmagan bo‘lsa-da, o‘zi mustaqil ravishda uy qurishga qaror qildi. Bolalari uning qarorini qo‘llab-quvvatladi.
Kara yer uchun 20 ming dollar va qurilish materiallarini xarid qilish uchun 150 ming dollar kredit oldi — va bolalari bilan birgalikda YouTube’ning qurilish bo‘yicha videodarslarini ko‘ra boshladi.
Loyihalarni tuzishga 15 yoshli Dryu yordam berdi, kichkina bolalari esa sement bilan qorish uchun suv tashib turdi.
Ular birgalikda devorlarni ko‘tardi, quvurlar o‘tkazdi. Kara ko‘pincha kechalari ishlardi.
“Bolalarimdan tashqari, hamma buni axmoqona fikr deb o‘ylar, qurilish inspektorlari esa meni aqldan ozgan deb hisoblar edi”, — deydi Kara.
Oila ba’zan nafaqadagi o‘t o‘chiruvchining yordamidan foydalanar, u ham qurilishda ko‘p narsani tushunmasa-da, o‘z ishi uchun ko‘p haq olmas edi.
Uy ichkarisini bezatish va interyer bilan ham Kara va bolalari shug‘ullandi.
Qurilish 9 oy davom etdi, 2009-yilda Kara va uning bolalari 325 metr kvadrat maydonli, beshta yotoqxona va uchta mashinaga mo‘ljallangan garajli yangi uyga ko‘chib o‘tdi. Hozirda mazkur uy 500 ming dollarga baholanmoqda.
Kara Brukins o‘z tajribasi haqida kitob (Rise) yozdi. “O‘z maqsadingizni toping va qanchalik qiyin bo‘lmasin, undan voz kechmang”, — deya xulosa qiladi u. | 104 | 1,775 |
Foto | Amerikalik qiz fotoshop orqali turli mamlakatlardagi go‘zallik standartlari farq qilishini isbotladi (foto) | Bugungi kunda fotoshop va filtrlar bilan suratlarni istalgan ko‘rinishga keltirish, go‘zallik standartlariga mos kelish mushkul emas. Amerikalik Ester Xonig fotoshopning shunday kuchidan foydalangan holda o‘z suratini turli mamlakat ayollaridek makiyaj va ko‘rinishga keltirdi.
Amerikalik jurnalist Ester Xonig bugungi kunda turli mamlakat go‘zallik standartlari bir-biridan qanday farq qilishini isbotlash uchun eksperiment o‘tkazishga qaror qildi. U makiyajsiz tushgan suratini dunyoning turli nuqtalaridagi frilanserlarga yubordi. Ester bu orqali go‘zallikni boshqa mamlakat vakillari qanday ko‘z bilan ko‘rishini aniqlamoqchi bo‘lgan. Before & After deb atalgan ushbu loyihada dunyoning yigirma mamlakatidan deyarli qirqqa yaqin frilanser ishtirok etgan. Xoning AQShda fotoshop mavjud bo‘lmagan go‘zallik standartining ramziga aylangani, uning mazkur loyihasi esa ushbu standartlarning dunyo miqyosida qanday o‘zgarishini o‘rganib chiqishdan iborat ekanligini ta’kidlagan. “Har bir suratda go‘zallikka bo‘lgan shaxsiy va madaniy qarash aks etadi”, — degan. Uning qo‘shimcha qilishicha, fotoshop kishilarga mukammal ko‘rinishga yordam bergani bilan ushbu standartlar dunyo miqyosida solishtirilganda farqli ekanini ko‘rish mumkin.
Ester Xonig (Amerika).
Ester Xonig (Argentina).
Ester Xonig (Bangladesh).
Ester Xonig (Chili).
Ester Xonig (Hindiston).
Ester Xonig (Indoneziya).
Ester Xonig (Italiya).
Ester Xonig (Keniya).
Ester Xonig (Marokash).
Ester Xonig (Pokiston).
Ester Xonig (Filippin).
Ester Xonig (Filippin).
Ester Xonig (Serbiya).
Ester Xonig (Shri-Lanka).
Ester Xonig (Buyuk Britaniya).
Ester Xonig (Ukraina). | 107 | 1,640 |
Foto | Gollivud yulduzlari maktab yoshida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) | Dunyoga mashhur insonlar o‘smir vaqtida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? Suratda kimlar bor ekanligini taxmin qilish mumkin. Ammo ba’zilarini umuman tanib bo‘lmaydi.
Vaynona Rayder
“Do‘stim sochlarimni juda kalta kesib yuborgan. Ularni chiroyli qilish uchun pivo va tuxum oqi aralashmasini surish kerak edi”, – deya eslaydi aktrisa.
Kim Kardashyan
Kardashyan millioner va 4 farzandning onasi bo‘lguniga qadar juda kamtar ko‘ringan.
Rayan Reynolds
Maktab yillarida u o‘ziga xos qarashga ega ajoyib yigit edi. Hozirda ham o‘zgarishlar unchalik katta emas.
Rene Zellveger
Uning o‘quvchilik suratida tanib olish juda qiyin. Ayniqsa, uning oxirgi yillarda amalga oshirgan plastik operatsiyalaridan so‘ng.
Gvinet Peltrou
G‘ayritabiiy yuz ifodasi – aktrisa o‘sha davrda ham yaxshi kayfiyatga ega bo‘lgan.
Orlando Blum
Orlandoni bolakayning ko‘zlaridan topish mumkin. U hali kelajakda taniqli inson bo‘lishdan bexabar.
Nikolas Keyj
Aktyor o‘rta maktabda futbol jamoasining kapitaniga o‘xshar edi va bir necha yildan so‘ng uni butun dunyo tanidi.
Adam Sendler
Bunday soch turmagi bilan uni tanib olish mumkin emasdir, ammo uning tabassumi barchasini oshkor etadi.
Keyt Xadson
Bitiruv albomidagi Keyt ancha kamtar va uyatchan edi.
Jennifer Eniston
Bo‘lajak yulduz 16 yoshida sochida tajriba o‘tkazgan.
Jonni Depp
Albatta, uni tanish qiyin. Ammo aktyor o‘smirligida zargarlik buyumlariga juda qiziqqan.
Emma Stoun
Aktrisaning maktabni yakunlash arafasidagi suratlardan biri.
Kristen Danst
Aktrisa 11 yoshida “Vampir bilan suhbat” filmida rol ijro etgan. Suratda uning oddiygina holati aks etgan.
Natali Portman
U yoshligida ham ekranda barchani hayratga solishi mumkin edi. Ammo suratga olish maydonchasidan tashqarida juda kamtarona ko‘ringan.
Xarrison Ford
Taniqli aktyor yoshligida butunlay boshqacha bo‘lgan.
Bred Pitt
Bu yigitni yoshligida ham har qanday qiz yoqtirib qolgan.
Ben Afflek
Suratda aktyor biroz mag‘rur ko‘rinadi, garchi hali mashhurlikka erishmagan bo‘lsa-da.
Mett Deymon
Mett oddiy amerikalik o‘spiringa o‘xshar edi, lekin uning ajoyib tashqi ko‘rinishi kelajakda barchaning sevimlisiga aylandi.
Kichik Robert Dauni
Bu yigit hali kelajakda eng ko‘p maosh oladigan aktyor bo‘lishini bilmaydi.
Maykl Jekson
Hali pop qiroli emas, ammo oppoq tishli kichkina shahzoda. | 69 | 2,288 |
Foto | Fotogalereya: Imperatorlar kofunlari — Yaponiyadagi eng yopiq joylar | Yaponiya uzoq yillardan buyon butun dunyo uchun ochiq mamlakat hisoblansa ham, shu kunga qadar xorijlik sayyohlar uchun kirish taqiqlangan joylarga ega. Bu joylar yapon imperatorlarining dafn qilingan joylari bo‘lib, u yerga mamlakat fuqarolari va olimlarga ham kirish taqiqlangan. Ular imperator kofunlari deb ataladi va qo‘rg‘onlar shaklida qurilgan, deb yozmoqda TravelAsk.
Yaponiya hududida 10000 dan ortiq qabr qo‘rg‘onlar aniqlangan. Ular miloddan avvalgi III asrdan boshlab, milodning VII asriga qadar qurilgan. Mazkur qadimiy inshootlar asosan yarim aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida barpo qilingan. Milodning III asridan boshlab qurilgan klassik kofunlar esa qulf teshigi shakliga ega. Ko‘plab klassik kofunlar qurilgan milodning III—VII asrlari Yaponiya tarixida Kofun davri yoki qo‘rg‘onlar davri deb ataladi. Perimetri 200 metrdan ortiq bo‘lgan asosiy yirik kofunlar Nara vodiysida joylashgan Nara va Osaka prefekturalari yaqinida jamlangan.
Klassik kofun bir nechta darajadan iborat bo‘lib, darajalar soni unda dafn qilingan kishining maqomini ko‘rsatadi.
Maydoni bo‘yicha eng yirik va eng mashhur kofun Osaka prefekturasidagi Sakaida joylashgan imperator Nintokuning qabri hisoblanadi. Imperator Yaponiyani milodning IV asrida boshqargan. Kofunning uzunligi 486 metrni, balandligi 33 metrni tashkil qiladi. U yettita darajadan tashkil topgan va atrofi suvli chuqur bilan o‘ralgan. Tepalikning o‘zini o‘rmon qoplagan bo‘lib, u yerda hayvonlar ham yashaydi. | 68 | 1,480 |
Foto | Fotogalereya: Insonlar va hayvonlar o‘rtasidagi mehr aks etgan suratlar | Do‘stlik ajoyib tuyg‘u, ayniqsa u odamlar va hayvonlar o‘rtasida bo‘lsa. AdMe ana shunday rasmlarni taqdim etdi. | 71 | 112 |
Foto | Fotogalereya: Aholisi o‘ta zich yashaydigan Gonkongning ko‘p qavatli uylari | Dunyodagi aholisi eng zich yashaydigan shaharlardan biri bo‘lgan Gonkong o‘z aholisining ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘ziga xos arxitekturaga ega bo‘lgan. Bu ko‘plab zich ko‘p qavatli uylarning qurilishiga olib kelgan. TravelAsk ana shu shahar arxitekturasi aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 75 | 297 |
Foto | Foto: Qor bosgan mashinalarni anime-transformerlarga aylantirgan yaponlar | Meduza yaponlar tomonidan qorli kunlarda anime qahramonlariga aylantirilgan mashinalarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
“Yaponlar istalgan narsani animega aylantira oladi — hatto qor bosgan mashinalarni ham. Shunchaki avtomobilga ko‘z (yopiq bo‘lsa, undan ham yaxshi) va lab chizish kerak, xolos. Tayyor, hammasi ajoyib. Aytgancha, ko‘z o‘rniga faralardan ham foydalanish mumkin, muhimi ularni yoqib qo‘yish”, — deyiladi xabarda.
Eng chiroyli qish qayerda kuzatilmoqda? Dunyoning turli burchaklaridan olingan hayratomuz suratlar | 73 | 536 |
Foto | Gollivud yulduzlarining qimmatbaho uylari | Biz filmlarda ko‘rib hashamatidan hayratlanadigan uylar aktyorlar uchun begona emas. Buni “Pravda.ru” taqdim qilgan ma’lumotlardan bilish qiyin emas.
Kristen Styuart
Aktrisa Los-Anjelesdagi maydoni 312 kvadrat metr bo‘lgan uyda istiqomat qiladi. Uy 4 ta yotoqxona, 4 ta yuvinish xonasi hamda hovuzni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, veranda va ishlash uchun mo‘ljallangan kichik ish xonasini uchratish mumkin.
Jastin Biber
Xonandaning 6,5 million dollarga baholangan uyida 6 ta yotoqxona, 7 ta yuvinish xonasi va hovuz bor. Bundan tashqari, uy piknik uyushtirish va barbekyu pishirish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha maydonga ega.
Jennifer Lopes
Qo‘shiqchi turar joyi qasrni esga soladi. 10 million dollarga baholanganidan keyin uni qasr deb atasa ham yanglish bo‘lmasa kerak. Jenniferning 890 kvadrat metrlik uyi hashamatli sauna, 8 ta yotoqxona va 7 ta yuvinish xonasidan iborat.
Britni Spirs
Britnining 2000 kvadrat metrni egallagan uyi 20 million dollarga baholangan. 10 ta yotoqxona, 30 ta yuvinish xonasi va boshqa xonalar dekoratsiyasi taniqli dizayner tomonidan bezatilgan. Uy hududida o‘ziga xos uslubda qurilgan hovuz, dekorativ g‘or va sharsharani ko‘rish mumkin.
Jennifer Eniston
Beverli-Hillzda joylashgan 35 million dollarlik uyda yashagan aktrisa Gollivudga yaqin bo‘lishni istagan chog‘i. U ayni vaqtda Los-Anjelesdagi 19,5 million dollarlik uyda istiqomat qiladi.
Leonardo Di Kaprio
Gollivud yulduzi Di Kaprio Los-Anjelesning eng oldi tumanlaridan biri bo‘lgan Malibuda joylashgan 18,9 millionlik uyida umrguzaronlik qiladi. Leoning bundan boshqa uylari ham yo‘q emas.
Harrison Ford
Aktyor 16 millionga baholangan, 11 ta xonani o‘z ichiga olgan kvartirada istiqomat qiladi. Bu hali hammasi emas, kvartiraning shaxsiy lifti, sport zali va uy tomida joylashgan terrasasi bor. | 41 | 1,788 |
Foto | Gollivud yulduzlari bir necha kilo vazn to‘plasa, qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi (foto) | AdMe Gollivudning taniqli yulduzlarini FaseApp yordamida bir necha kilogrammga “semirtirdi”. Natijani o‘zingiz tomosha qiling.
Anya Teylor-Joy
Uill Smit
Jennifer Lourens
Kianu Rivz
Bella Hadid
Emma Uotson
Orlando Blum
Sharliz Teron
Sirsha Ronan
Emili Blant
Bred Pitt
Kichik Robert Dauni
Martin Frimen
Mila Kunis
Tilda Suinton
Maryam Uzerli | 87 | 355 |
Foto | Fotogalereya: Dunyo mamlakatlarining turli elchixonalari | Arxitektura binoning nima maqsadga mo‘ljallanganini ko‘rsatibgina qolmay, uning nufuzi va o‘sha davr ruhini ham bildiradi. Ayniqsa, gap elchixonalar haqida ketganda bunga alohida urg‘u berish kerak. Axir ular boshqa bir davlatning hududida turib, o‘z davlati haqida ma’lumot beradi. Ularning estetikasi nafaqat asrlar o‘tsa ham o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak, balki xalqning madaniyati, qadriyatlari va xarakterini ham ifodalashi kerak. Travel Ask turli mamlakatlarda joylashgan elchixona binolarining suratini yig‘di. | 56 | 517 |
Foto | Fotogalereya: Mashhur filmlarning g‘alati plagiatlari | AdMe dunyoga mashhur filmlar g‘oyasini o‘g‘irlab yaratilgan “plagiat filmlar” haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Italiyaliklar o‘zlarining qo‘rqinchi fantastik filmini “Terminator II” deya nomlashga qaror qilgan. Bu Jeyms Kemeron 1991-yilda suratga olgan “Terminator 2: Qiyomat kuni” filmi emas, albatta.
Ko‘pchilik Gilyermo del Toroni g‘aroyib maxluqlar yarata oladigan fantaziyasi uchun yaxshi ko‘radi. Pacific Rim filmidagi o‘zga sayyoralik maxluqlar qanchalik yaxshi yaratilgan bo‘lsa, Atlantic Rim’da ular shunchalik yomon: chaplangan kadrlar va bolalar o‘yinchog‘idan yig‘ilgandek taassurot qoldiruvchi robotlar…
Hindistonlik kinematograflar ham dunyoga mashhur sehrgar-bolakay haqida film olishga qaror qilishgan. “Aabra Ka Daabra”da barcha narsa mavjud: sehr, sarguzasht, tasodifan tirilgan ota va yarim yalang‘och maktab direktori, shuningdek, ko‘plab qo‘shiq va raqslar, g‘alati effektlar.
“D kuni” — Mixail Porechenkov hamda Yekaterina Pobedinskaya rejissorligi ostida 2008-yilda suratga olingan bo‘lib, Arnold Shvarsenegger ishtirokidagi “Kommando” (1985-yil) filmining remeyki hisoblanadi.
“Transmorferlar” filmida kosmosdan kelib Yerni egallab olgan robotlar haqida hikoya qilinadi. Odamlar esa yer ostiga berkinib, robotlarga zarba berish uchun bir guruhga birlashadilar. Oradan 300 yil o‘tgach insonlar qaqshatgich hujumni amalga oshiradi…
Stiven Kingni butun dunyo birdek yaxshi ko‘radi, ayniqsa, Hindistonda. Shu sababli ham “Woh” nomi ostida 52 qismli film suratga olishgan. | 53 | 1,501 |
Foto | Fotogalereya: Shvetsiya hayratlanarli narsalardan tashkil topganligini isbotlovchi suratlar | Shvetsiyaliklar hayratlanarli: ular bananli pitssa yeydi, har yili bitta mehmonxonani qaytadan quradi. AdMe Shvetsiya haqidagi shu kabi hayratlanarli narsalar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 91 | 192 |
Foto | Fotogalereya: Muzeylardan o‘ziga o‘xshash insonlarni topgan kishilar | Hayotda ba’zan bir-biri bilan qarindosh bo‘lmasa ham, ikki tomchi suvdek o‘xshash insonlarni uchratamiz. Biroq hammaning ham bu borada omadi chopavermaydi. Bunga bizga o‘xshash kishilar boshqa zamonda yashaganligi sabab bo‘lsa kerak.
AdMe bu holatni isbotlovchi ajoyib suratlarni to‘pladi.
Bartolome Murilyo tomonidan tasvirlangan ispaniyalik zodagon senga o‘xshaganda
Bu erkakka o‘xshash inson 1572-yilda yashagan
Zamonaviy soch turmaklari ham bir-biriga o‘xshaydi!
Villi Robertsonning do‘stlari kartinani Shotlandiya muzeyidan topdi va unga sovg‘a qildi
Kiyimini almashtirsa — aynan o‘zi!
111 yil avval bu erkak samuray bo‘lgan shekilli
Muzeyga omadli tashrif buyurganda
XVII asrda yashagan o‘xshashi
Bu holatni qanday izohlash mumkin?!
Qancha ko‘p qarasang, shuncha ko‘p o‘xshashlik topasan
Bunday soch turmaklari qadimda ham urf bo‘lgan
Kuchugini qayerdadir unutib qoldiribdi | 68 | 890 |
Foto | Foto: Vulqon og‘zida ijod qiluvchi fotojurnalistning suratlari | GEO va National Geographic jurnallarining fotojurnalisti, germaniyalik ekolog olim Ulla Loxmann Tinch okeanining janubiy qismidagi tub xalqlar hayotidan tayyorlagan reportajlari bilan tanilgan. Uning eng katta qiziqishi harakatdagi vulqonlarda. Vulqonlarni o‘rganish uchun u so‘nggi 10 yil ichida bir nechta ekspeditsiya uyushtirdi. Olim suratlarni vulqon kraterlarining og‘zida oladi. Bunda unga eri hamrohlik qiladi. TJournal Ullaning ijod namunalarini taqdim etdi. | 62 | 467 |
Foto | Turkiyada nish urgan bugʻdoy, Germaniyada aprel qori, Islandiyada qaynoq lava, Avstraliyada qogʻoz kovboy, Namangan gullari — 7 aprel suratlari | Soʻnggi haftalar ichida Islandiyada bir nechta vulqon otilishi sodir boʻldi. Shunday vulqonlardan biri 6 ming yil oʻtib otilgan edi. Shu kecha-kunduzda yana bir vulqon otilib, undan lava oqib chiqa boshladi. Oʻziga xos goʻzallik yaratgan mazkur jarayonni tomosha qilish uchun har doimgidek odamlar hodisa joyiga yetib keldi.
Aprel oyi oʻtib borar ekan, ba'zi bir hududlarda hamon qish hukmronlikni berishni istamayotgandek. 7 aprel kuni Germaniyaning bir qator hududlarida qor yogʻdi. Yoqqan qor yerni oppoq tusga burkadi.
Germaniyada qor yogʻib turgan bir paytda Turkiyada bugʻdoy va arpa maydonlari yashil tusga kirib bormoqda. Jumladan, mamlakatning Tunjeli viloyatida ekilgan bugʻdoy va arpa ekin maydonlari yashil tusga kirdi. Qizigʻi, mart oyida Turkiya ham qor ostida qolgan va saytimizda u haqida suratlar e'lon qilgan edik.
Tabiat oʻz goʻzalliklarini tuhfa qilib turgan bir paytda dunyoning koʻplab davlatlarida karantin choralari kuchaytirilib, insonlar oʻz uylariga qamalib qolayotgani koʻngilni xira qilmay qolmaydi, albatta. Jumladan, Avstraliyaning Brisban shahrida mehmonxonada qamalib qolgan Devid Merriot oʻziga buyurtma qilgan ovqatlarning qogʻoz idishlaridan qoʻlbola ot yasab olgan. Shuningdek, oʻziga kovboylar kiyimini ham yasagan. Merriot bu ishni juda zerikib ketganidan qilganini tan olgan va suratlarini boʻlishgan.
Oʻzbekistonning goʻzal maskanlaridan biri Namangan shahridir. Uning gullar shahri deyilishi ham bejiz emas. Quyida Namangan gullarini e'tiboringizga havola etamiz. Koʻring va bahra oling. | 143 | 1,529 |
Foto | Suv bosgan koʻchalar, istirohat bogʻida ushlangan ulkan ilon, qurigan koʻl tubida qolib ketgan qayiq — 15 iyul suratlari | Sutkaning eng sara suratlarini taqdim etamiz.
Belgiyaning Lej shahrida kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida koʻchalarni suv bosdi.
Germaniyaning gʻarbiy qismidagi ba‘zi hududlarda kuchli toʻfonlar yuz berishi natijasida koʻchalarga tosh uyumlari oqib keldi. Bu esa vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi.
Vengriyaning Nograd viloyati uzra chaqmoq chaqishi kuzatilgani suratga olindi.
Nigeriyaning Lagos shahrida ayollar oziq-ovqat uchun navbatga turibdi. Ushbu xayriya tadbiri mahalliy koʻngillilar tomonidan tashkil etilgan.
Fransiyaning Nissa shahrida 2016 yil 14 iyul kuni yuz bergan, 86 kishining hayotiga zomin boʻlgan terrorchilik harakati qurbonlari yod etildi.
AQShdagi Hensley koʻlining qurib qolgan qismida qolib ketgan qayiq. Kaliforniyada yuz berayotgan issiq iqlim va qurgʻoqchilik hudud tabiatiga jiddiy xavf tugʻdirmoqda.
AQShning Mayami shahrida Kubadagi hukumatga qarshi norozilik namoyishlarini qoʻllab-quvvatlovchi aksiyalar boʻlib oʻtmoqda. Kubadagi namoyishlarda hozircha bir kishi vafot etdi va yuzdan ortiq kishi hibsga olingan.
Xitoydagi gʻorlardan birida turistlar salqin havodan bahra olmoqda.
Bankokdagi istirohat bogʻlarining birida qutqaruvchilar ulkan ilonni qoʻlga tushirdi.
London metrosi kirishida suratga tushayotgan kelin-kuyov. | 120 | 1,261 |
Foto | 60 yoshda 20 yoshdek ko‘rinish mumkinmi? Yosh shunchaki raqam ekanini isbotlovchi yulduzlar (foto) | Meditatsiya, yoga, go‘zallik muolajalari — yosh ko‘rinishni saqlab qolishning bir necha usullari borligi ma’lum bo‘lsa ham, 71 yoshda 25 yashardek natijaga erishish mumkinligi hech kimning xayoliga ham kelmasligi aniq.
Vera Vong
Iyun oyida modelyer Vera Vong 71 yoshni qarshiladi. Ammo uning suratlariga nazar tashlab uning yoshini taxmin qilish mushkul. Uning nafaqat yuzi, balki qomati ham yoshiga nisbatan ancha yosh ko‘rinadi.
Iman
View this post on Instagram
Model va aktrisa 65 yoshiga nisbatan ancha yosh va go‘zal ko‘rinishga ega. U biznes sohasida muvaffaqiyatga erishgan ayol, sevimli ona va chiroyi e’tirof etilmay iloji yo‘q bo‘lgan ayol.
Xolli Berri
54 yashar “Oskar” mukofoti sovrindoriga qarab, u yoshlik eliksiridan foydalanadi, degan xulosaga kelish mumkin. Ko‘p vaqtini trenirovkaga sarflaydigan Xollining Instagram’dagi obunachilari uning qomati va ko‘rinishiga besh ketadi.
Kortni Koks
“Do‘stlar” seriali ilk bor efirga uzatilganiga 26 yil bo‘lgan. Ammo unda Monika rolini ijro qilgan Kortnining hozirgi qiyofasiga qarab uning 56 yosh ekaniga shubha paydo bo‘ladi.
Salma Xayek
View this post on Instagram
Salmaning makiyajsiz surati yaqinda ijtimoiy tarmoqda 400 ming marta like bosilishiga sababchi bo‘lgan. 54 yashar Salma mazkur fotoda 25 yoshga kichik ko‘ringan.
Jennifer Lopes
Sevimli Jenniferning 51 yosh ekaniga hali hamon ishonib bo‘lmaydi. Xonanda va aktrisa muntazam ravishda trenirovka bilan shug‘ullanishi sabab yoshiga nisbatan yosh va sog‘lom ko‘rinadi. Uning o‘z ustida ishlashi qaddi-qomati va ko‘rinish borasida ijobiy natijaga erishishiga sababchi bo‘lgan.
Iolanda Xadid
Opa-singil Xadidlarning onasi, sobiq model Iolanda 54 yoshga o‘xshamaydi. Ko‘rinishiga nazar tashlab qizlariga go‘zallik va sarvqomatlik onasidan o‘tganini bilish mumkin.
Xaydi Klum
Xaydining suratlaridan hech kim unga 47 yosh bermaydi. Sobiq model va 4 farzandning onasi 20 yoshdagidek go‘zal va maftunkor ko‘rinadi.
Sindi Krouford
Sindi 54 yosh bo‘lishiga qaramay, jozibasi bilan hali hamon e’tibor markazida. O‘tgan yillar uning tashqi ko‘rinishiga ta’sir qilmagan, aksincha avvalgidan ham yoshroq ko‘rinadi.
Kristi Brinkli
Amerikalik sobiq model, aktrisa va tadbirkor Kristi bu yil 66 yoshni qarshiladi. Ammo bu ma’lumotga ega bo‘lmaganlar uning suratidan asl yoshi necha ekanini taxmin qilib ham, topa olmaydi. Uning tabassumi esa chiroyiga chiroy qo‘shadi. | 98 | 2,411 |
Foto | Fotogalereya: CES 2016 ko‘rgazmasining eng go‘zal qizlari | Las-Vegasdagi maishiy elektronika xalqaro ko‘rgazmasi (CES)da kompaniyalar o‘zlarining yangi mahsulotlarini ommaga namoyish etdi. “Hi-Tech Mail.ru” esa texnokompaniyalarning gadjetlarini ko‘rgazma mehmonlariga taqdim etayotgan nozik jins vakillariga e’tibor qaratdi. | 57 | 266 |
Foto | Hayotning har oni mo‘jizalarga to‘la ekanligini isbotlovchi suratlar (foto) | Hindistonning “Better Photography” jurnali “Yil fotosuratchisi” tanlovi natijalarini e’lon qildi. Undagi finalist hamda g‘oliblarning mahorati va ijod namunalari hakamlarni lol qoldirdi. E’tiboringizga eng esda qolarli suratlar ketma-ketligini havola qilamiz.
1. Birinchi o‘rin va “Yil fotosuratchisi” e’tirofiga “Ekzotik sayohat” nominatsiyasi bo‘yicha Azim Xon Ronni Bangladeshdagi diniy marosimlardan birini olgan surati sabab sazovor bo‘ldi.
2. “Klassik peyzaj” nominatsiyasi bo‘yicha Avstraliyaning Moreton milliy bog‘idagi sharsharani olgan surati bilan Grant Gelbreyt eng yaxshi deb topildi.
3. Boliviyadagi Yakuma daryosi yaqinida o‘ziga xos manzarani kadrga muhrlagan Charlz Jons esa “Tabiatni kashf etib” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
4. Zay Yar Lin esa hakamlar fikricha eng yaxshi “Emotsional portret”ni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
5. Tanlovning mutlaq g‘olibi bo‘lgan Azim Xonning yana bir surati esa “Ekzotik sayohat” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa loyiq topildi.
6. Serrina Smit muallifligidagi surat “Emotsional portret” bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
7. Tanlov finalisti Kshishtof Brovko tomonidan suratga olingan manzaraga qarab tabiatdan yaxshiroq rassom yo‘qligiga amin bo‘lish mumkin.
8. Viet Van Tran muallifligidagi surat ham “Emotsional portret” yo‘nalishidagi eng yaxshi suratlar orasida bor.
9. Key Sayferning yomg‘ir va chaqmoq chaqishini muhrlagan kadri “Klassik peyzaj” nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni oldi.
10. Marchello Galleanonining surati “Tabiatni kashf etib” nominatsiyasida kumush olishga sababchi bo‘ldi.
11. Grem Gordon tomonidan olingan Dubaydagi Etixad muzeyining surati “Ekzotik sayohat” nominatsiyasi bo‘yicha kumushni qo‘lga kiritdi.
12. Zay Yar Linning yana bir fotosi “Ekzotik sayohat” nominatsiyasi bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan suratlar orasida bor.
13. Mari-Terez Elzning Yaponiyadagi kuzni kameraga muhrlagan surati “Tabiatni kashf etib” nominatsiyasida kumush mukofotiga loyiq deb topildi.
14. “Ekzotik sayohat” nominatsiyasi bo‘yicha Fanni Ridning suvda yugurayotgan otlar surati kumushga loyiq topildi.
15. Lourens Vuster muallifligidagi mazkur surat esa “Tabiatni kashf etib” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan suratlar qatoridan o‘rin oldi. | 75 | 2,246 |
Foto | Torrekyara — muhabbat bir umrga qo‘nim topgan qasr (fotogalereya) | Italiyaning Parma viloyatida joylashgan Torrekyara (Nurli saroy) qasri mamlakatdagi eng ko‘rkam binolardan biri hisoblanadi. XV asrga oid juda yaxshi saqlangan qasr Italiyadagi barcha sevishganlar uchun o‘ziga xos maskanga aylangan. Saroy tarixi hududdagi eng go‘zal, oxiri yaxshilik bilan tugagan Emilya—Romanya muhabbat qissasi bilan bog‘langan.
Bu yerga nafaqat mahalliy aholi vakillari, balki mamlakatga mehmonga kelgan sayyohlar ham tashrif buyurishga shoshiladi. Saroydagi muhit Pyer Mariya Rossi va Byanka Pellegrinining yorqin va betakror sevgisiga monand.
Torrekyara qasri Parmadan 20 kilometr uzoqlikda janubi-g‘arbdagi Langirano kommunasida joylashgan.
Suratdagi ushbu saroy 1448—1460-yillar oralig‘ida Pyer Mariya Rossi tomonidan sevgilisi Byanka Pellegrini de Arlunoga atab bunyod qilingan.
Qasr yaqinida bir nechta xonadonlar joylashgan va ularda asosan saroyda ishlaydigan fuqarolar istiqomat qiladi.
Qasr yonida Juzeppe Vikarining sharob ishlab chiqarish kichik korxonasi joylashgan.
Juzeppe Vikari ishlab chiqarishning barcha jihatlari va o‘ziga xosliklari haqida erinmay gapirib bera oladi.
Ishlab chiqarish ham, sotuv do‘koni ham kichik binoning o‘zida joylashgan.
Qasrga kiraverishdagi yozgi maktab o‘quvchilari, ular qandaydir tarixiy o‘yinda ishtirok etmoqda. O‘g‘il bolalar kavaler, qizlar esa muloyim xonimlar.
Ushbu kichik uyda saroyga kirish chiptaxonasining xodimi yashaydi.
Torrekyara qasri San-Sekondo grafi kondotyer Pyer Mariya II Rossi (1413—1482-yillarda yashagan) tomonidan qurilgan. Pyer Mariya 20 yoshida lotin, yunon, ispan tillari va tibbiyotni yaxshi bilgan, kuchli jangchi va Franchesko Sfortsining yaqin do‘sti hisoblangan.
U shu darajada boy bo‘lganki, hatto imperator va Rim Papasi bilan bu borada raqobatlasha olgan. Pyer Mariya Rossi Milandagi saroyda Byanka Pellegrini bilan uchrashib, uni sevib qoladi.
Ular sevgi yo‘lidagi turli to‘siqlarga qaramay aslo taslim bo‘lmagan. Graf sevgilisi Byanka uchun 1448—1460-yillarda Torrekyara qasrini qurdirgan.
Rossining ikkita oilasi bo‘lgan, ikkisi uchun alohida-alohida saroyi bo‘lgan: birinchi xotini Antonina va bolalari bilan San-Sekondoda, Byanka bilan esa Torrekyarada yashagan.
Saroyning ko‘plab xonalaridagi devorlarga turli tasviriy asarlar chizilgan. Asarlarda naturalistik, fantastik va hayotning haddan ziyod bo‘rttirilishi, ya’ni grotesk mavzudagi syujetlar aks etgan.
Pyer Mariyaning qonuniy rafiqasi 1468-yilda vaboga chalinib vafot etgan, biroq Pyer va Byanka ushbu voqeadan keyin nikohdan o‘tgan yoki o‘tmagani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Pyer Mariya San-Nikomededagi ibodatxonaga dafn qilingan, Byankaning qabri ham uning yonida. Keyinchalik sevishganlarning qabri boshqa yerga ko‘chirilgan.
Pyer Mariya graflik davrida devorlardagi gipsdan yasalgan shakllar oltin bilan qoplangan, biroq keyinchalik saroyning boshqa egalari tillalarni yig‘ib olib, sotib yuborgan.
Torrekyara saroyining xaritada aks etgan ko‘rinishi.
2008-yilda zilzila yuz berib saroy talofat ko‘rdi, 2010-yilda ta’mirlash ishlaridan keyin qayta ochildi.
Qasr ayvonidan uzumzorlarni tomosha qilish mumkin.
Yevropadagi ko‘plab saroylarda bo‘lgani kabi Torrekyaraning ham o‘z arvohi bor. Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, oy to‘lin bo‘lgan tunda, tuman ichida saroy hovlisiga juda go‘zal ayol sharpasi kirib keladi.
Qasr viloyat munitsipalitetining balansida turadi.
Qasrda hozir ham hayot qaynaydi — sayyohlar keladi, bayramlar o‘tkaziladi, jozibali musiqa yangraydi… Har yili o‘tkaziladigan festivallar, jaz, opera va liboslar bilan bog‘liq tadbirlar shular jumlasidan. Ushbu tadbirlarning mavzusi esa o‘lmas sevgi qissalari. | 65 | 3,625 |
Foto | Tabiat insonlarni hayratlantirishdan hech qachon to‘xtamasligini isbotlovchi suratlar | Atrofni qurshab turgan tabiat g‘ayrioddiy narsa va hodisalarga to‘la – ko‘zlari ko‘k, ammo ko‘rmaydigan mushuk, albinos bug‘u yoki mikroskop ostidagi chumoli boshi. Quyidagi suratlar go‘zallikni izlagan inson, albatta, uni topishini yodga soladi.
“Do‘stimning Soren ismli mushugining ko‘zlari ajoyib, ammo ular ko‘rmaydi”.
“Bu quloqchin qutisiga yopishib qolgan temir magnitlar”.
“Do‘stimning uyidagi ulkan kungaboqar”.
Ginandromorf kapalak.
Gindellum peka qo‘ziqorini ham qo‘rqinchli, ham jozibali ko‘rinishga ega.
Shisha qurbaqaning ajoyib ko‘zlari bor.
View this post on Instagram
6, 5 va 4 qirrali dengiz yulduzi.
2 kilogrammlik qisqichbaqa panjasi.
“Bugun bu oq qirqquloqni sayr chog‘ida topdim”.
Dengiz tipratikanining ichki qismi ko‘rinishi.
Balandligi 4-qavatgacha ko‘tarilgan o‘simlik.
Elektron mikroskop ostidagi chumolining boshi.
View this post on Instagram
Bu mitti jonzotning ichida skelet, arteriyalar va butun organlar to‘plami bor.
“Bu o‘ta ehtiyotkor dengiz shilliqurti meni o‘rganmoqda”.
“Men bu albinos kiyikni Laplandiyada sayohat qilganimda ko‘rdim”. | 85 | 1,116 |
Foto | Fotogalereya: Millionerlar yashaydigan top 10 mamlakat | Yer yuzida boyligi 50 million AQSh dollaridan oshgan odamlarning umumiy soni 149 890 kishiga yetdi.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, 50 230 nafar odamning boyligi — $100 millionni tashkil etsa, 4 390 kishining kamida $500 million dollarga teng boyligi bor.
Ushbu ma‘lumotlar asosida Credit Suisse ekspertlari eng ko‘p millionerlar istiqomat qiladigan mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi. Xo‘sh, millionerlar qaysi davlatlarda yashaydi?
Badavlat fuqarolar soni: 2 910 kishi
Avstraliya iqtisodiyoti bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinda, aholi jon boshiga YaIM hajmi bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadi. Mamlakat turmush darajasi, sog‘liq, ta’lim, moliyaviy erkinlik, fuqarolar erkinligi va siyosiy huquqlarini himoya qilish kabi ko‘plab sohalarda inson potensialining rivojlanish indeksi bo‘yicha esa ikkinchi o'rinda turadi.
Bundan tashqari, Avstraliyadagi qulay iqlim mamlakat doimiy yashash joyi sifatida tanlanishi sabablaridan biridir.
Badavlat fuqarolar soni: 3 010 kishi
Kanada dunyodagi aholi daromadi yuqori bo‘lgan, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda G7 ga a’zo davlatlardan biri hisoblanadi. mazkur davlat Amerika Qo‘shma Shtatlarining asosiy savdo hamkori hisoblanadi.
Kanada immigrantlar mamlakati. Immigratsiyaning o‘sishida mamlakatning yuqori darajada rivojlangani, tinch, etnik muammolardan va mojarolardan holi bo‘lgani asosiy rol o‘ynaydi.
Badavlat fuqarolar soni: 3 040 kishi
Mamlakat iqtisodiyotida faol aholining 76,7 foizi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boradi. Ikkilamchi sektorning ulushi 20,5 foizni tashkil qiladi. Fransiyaning iqtisodiyoti uning xalqaro maydondagi rolini belgilab bergan. Fransiya ulkan madaniy merosga ega va bu meros turli davrlarda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan.
Badavlat fuqarolar soni: 3 220 kishi
Italiya — qishloq xo‘jaligi va sanoati rivojlangan mamlakat. Boy madaniy meros hamda qulay iqlim sharoiti boylar Italiyani tanlashlari uchun asosiy sabab bo‘ladi.
Badavlat fuqarolar soni: 3 400 kishi
So‘nggi 10 yil ichida Hindiston YaIM 5,5 % ga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich esa mamlakat iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan malakatlardan biri deb e’tirof etilishiga sabab bo‘ldi.
Hindistonda ingliz tilida so‘zlashadigan mutaxassislarning borligi sabab ko‘plab transmilliy korporatsiyalar uchun autsorsing makoniga aylangan. Shuningdek, mamlakat tibbiyot turizmi bo‘yicha ham jahonda ancha tanilgan.
Badavlat fuqarolar soni: 3 580 kishi
Yaponiya — rivojlangan davlat. Aholi turmush darajasi ham yuqori. Shuningdek, mamlakat uzoq umr ko‘rish bo‘yicha yuqori, tug‘ilishlar o‘limi bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlarga ega mamlakat. Bank xizmatlari, sug‘urta, transport, savdo-sotiq, telekommunikatsiya hamda qurilish sohalari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy ahamiyatga ega.
Badavlat fuqarolar soni: 4 670 kishi
Buyuk Britaniyaning xizmat ko‘rsatish sohasi mamlakat iqtisodiyotining asosiy sektori hisoblanib, u yalpi ichki mahsulotining 75% ni tashkil etadi. Bank sektori yaxshi rivojlangan. Britaniyada soliq imtiyozlari mavjudligi badavlat kishilar uchun birmuncha qulayliklar yaratadi.
Badavlat fuqarolar soni: 6 320 kishi
Germaniya — iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan davlat. Mamlakat yirik mahsulotlarning eksporti va importi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Turmush darajasi yuqori. Ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash tizimi, atrof-muhitni muhofaza qilish va bepul oliy ta’lim beradigan davlat hisoblanadi.
Badavlat fuqarolar soni: 16 510 kishi
Xitoy iqtisodiyotida so‘nggi 10 yilda tinimsiz o‘sish kuzatilmoqda. U o‘zining ta’lim tizimini rivojlantirishi bilan birga, texnologiya va boshqa mahsulotlar importida ham yetakchi hisoblanadi. Dasturiy ta’minot, yangi materiallar ishlab chiqarish, telekommunikatsiya sanoati, biotexnologiya, sog‘liqni saqlash sohalaridagi rivojlanishlar mamlakat taraqqiyotida asosiy ahamiyatga ega.
Badavlat fuqarolar soni: 70 540 kishi
Qo‘shma Shtatlar dunyoda iqtisodiyoti nominal yalpi ichki mahsulot bo‘yicha birinchi, yalpi ichki mahsuloti bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lgan, yuqori rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Mamlakat aholisi dunyo aholisining atigi 4,3 foizini tashkil etishiga qaramay, dunyodagi jami boylikning 40 foiziga aynan amerikaliklar egalik qiladi. Amerika bir qator ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha, xususan, o‘rtacha ish haqi, inson taraqqiyoti indeksi, YaIM va mehnat unumdorligi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qiladi. | 54 | 4,362 |
Foto | Isroilda namoyishchilarni haydash vaqtida tasodifan o‘tkinchi ayolga suv bilan zarba berildi (video) | Isroilda 26-noyabr kuni ortodoksal yahudiylar majburiy harbiy xizmatga qarshi namoyish o‘tkazdi. Namoyish vaqtida 35 kishi qo‘lga olingan. Politsiya namoyish qatnashchilarini suv zambaragi yordamida haydagan. Shu vaqtda maxsus transport tomonidan berilgan suv zarbasi tasodifan o‘tkinchi ayolga tekkan. Holat aks etgan videoni TJournal taqdim etdi.
Ayol zarbani boshining orqa tomonidan qabul qilgan va bir necha metrga uchib borib, asfaltga yiqilgan. Xabar berilishicha, namoyish qatnashchilari va o‘tkinchilardan hech kim jabrlanmagan. | 100 | 538 |
Foto | Yangi yilga tayyorlanayotgan Kuala-Lumpur, Moskvadagi Qozog'iston elchixonasi oldidagi gullar, Saudiyada o'tayotgan Dakar–2022 — 10 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Oy kalendari bo'yicha kirib kelayotgan yangi yilga tayyorgarlik ko'rayotgan Kuala-Lumpur.
Moskvadagi Qozog'iston elchixonasi oldida marhumlar xotirasiga bag'ishlab qo'yilayotgan gullar.
Saudiyada o'tayotgan Dakar–2022 musobaqasining 8-bosqichida ishtirok etayotgan portugaliyalik motopoygachi.
Tokiodagi sintoistlar ibodatxonasida sovuq suvda poklanayotgan e'tiqodchilar.
Sudanning xartum shahrida davlat to'ntarishiga qarshi namoyishlar.
Pekinda yozgi saroydagi muzli maydon chang'i ixlosmandlari uchun ochildi.
Bolgariyaning Ribnovo qishlog'idagi pomaklarning an'anaviy to'y marosimi.
xitoyning Nantun tabiat qo'riqxonasida suv ichayotgan oq yo'lbars.
Nyu-Yorkning Bronks okrugida 19 qavatli turar joy binosidagi yong'in natijasida 12 kishi, shu jumladan, to'qqiz nafar bola vafot etdi.
Yaponiyada balog'at yoshiga yetish bayramining nishonlanishi. | 148 | 911 |
Foto | Ramazondagi tarovih namozlari, Vengriyadagi parlament saylovi, bombardimon qilingan Odessa — 3 aprel suratlari | Islom dunyosi Ramazon oyi ro'zasini tutib, tarovih namozlarini o'qimoqda. Vengriyada parlament saylovi o'tkazildi, Ukrainaning qator hududlari bombardimon qilindi. “Bugun.uz” 3 aprel suratlarini e'tiboringizga havola etadi.
Butun islom dunyosi muqaddas Ramazon oyini o'tkazmoqda. Odatga ko'ra bu oyda kechalari masjidlarda tarovih namozlari o'qiladi. Suratda Toshkent shahridagi Minor masjididagi tarovihdan kadr. “Bugun.uz” bu haqda fotogalereya tayyorladi.
xuddi shunday tarovih naamozlari Indoneziya poytaxti Jakarta masjidlarida ham o'qilmoqda.
Rossiya harbiylari tomonidan bombardimon qilingan Odessada mashina oldida turgan ayollar. Orqada esa portlagan joydan qora tutun chiqmoda.
Frantsiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron saylov kampaniyasi davomida ilk bora katta miting tashkil qildi. Mamlakatda 10 aprel kuni prezident saylovining birinchi turi bo'lib o'tadi.
Parij marafoni qatnashchilari poytaxtdagi Eyfel minorasi yonidan yugurib o'tmoqda.
Ukrainaning Chernigov viloyatida tank ustidagi ukrain askarlariga qo'l silkib turgan mahalliy ayollardan biri. Ukraina Rossiya agressiyasiga qarshi kurashni davom ettirmoqda.
Frantsiyalik uzum yetishtiruvchi fermerlar uzumlarni sovuq urib ketishiga qarshi chora sifatida olovdan foydalanmoqda.
Vengriyada parlament saylovlari o'tkazilmoqda. Suratda milliy kiyimlarda ovoz berishga kelgan venger ayollari.
Moskva politsiyasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasiga norozilik bildirgan ayolni hibsga oldi.
Floridada quyosh chiqmoqda. | 110 | 1,496 |
Foto | Xitoyda styuardessalar qanday ta’lim oladi? (foto) | Qachondir Xitoy aviatarmog‘ida parvoz qilsangiz sizga qahva quyib berayotgan bortkuzatuvchilarga e’tibor qarating. Ularning maftunkor tabassumi va tik qomati ortida ko‘p soatlik murakkab mashg‘ulotlar yotadi.
AdMe Xitoy styuardessalari qanday ta’lim olishi haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishishga qaror qildi.
Suratdagi talabalar Sichuan provinsiyasi Fuqarolik aviatsiyasi kollejida ta’lim oluvchi bo‘lajak bortkuzatuvchilar. Ular tabassumini chiroyli qilish uchun tishlarida yog‘och tayoqchalarni tutib turadi. Boshidagi jurnal esa ular qomatini tik tutishini mashq qildiradi.
Tik qomatni shakllantiruvchi yana bir mashq: qizlar mineral butilkasini boshida uch daqiqa davomida tutib turishi lozim.
Bo‘lajak bortkuzatuvchilar to‘g‘ri turishni o‘rganish uchun tizzalari orasida A4 formatdagi qog‘ozni tutib turishi lozim.
Parvoz etikasi mashg‘ulotlarida reys davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har bir gavda holati ishlab chiqiladi.
Kollej xavfsizlik haqida ham unutmaydi. Bortkuzatuvchilarga kung-fu va taekvondo usullarini o‘rgatuvchi alohida darslar mavjud.
Jang san’ati bo‘yicha ba’zi darslar ochiq havoda o‘tkaziladi. Ular styuardessalar emas, askarlar mashg‘ulotini eslatadi.
Qizlar ochiq havoda to‘siqlarni yengib o‘tish, sovuq qurolga qarshilik ko‘rsatish va zarba kuchini ishlab chiqadi. Bitiruv imtihonida bortkuzatuvchilar bir qo‘li bilan birinchi urinishdan sopol likopchani sindirishi lozim.
Havo kemasi real sharoitlarida jinoyatchini zararsizlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bu yoqimtoy styuardessalar parvozingiz qulay bo‘lishi uchun uzoq va jiddiy tayyorgarlik jarayonidan o‘tadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 50 | 1,690 |
Foto | Fotogalereya: Insoniyat tarixidagi eng g‘aroyib arxiv suratlar | Rob Muris — amsterdamlik fotograf va rassom. U odatda arxiv suratlar bilan ishlaydi. U minglab tarixiy suratlarni raqamlashtirishi kerak edi. U shuncha surat uzoq yillardan beri mana shu suratlar yashi holatda saqlanib kelayotganidan hayratga tushdi. Travel Ask ularni taqdim etdi. | 62 | 281 |
Foto | Shahzodalarning smartfonlari: Qirollik oilasi a’zolari gadjetlarga qanday munosabatda? (foto) | Texnologiyalar, telefon va internetsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin bo‘lib qoldi, “telefonga yopishib qolgan”, “qo‘lidan telefon tushmaydi ” iboralari bilan atrofdagilarga ta’rif berish yangilik emas endilikda. Hatto qirollik oilasi vakillari ham telefonsiz yura olmaydi, ular ham odam-da, axir boshqalar singari telefonda suhbatlashgisi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalangisi keladi. Cosmopolitan nashri e’tiboringizga Britaniya qirollik oilasi vakillarining gadjetlar bilan fotosuratchilar nishoniga tushgan suratlarni taqdim qiladi.
Shahzoda Garri
2019-yilda Garri va Meganning rasmiy Instagram sahifasi paydo bo‘lguniga qadar ham Garri smartfondan faol foydalangan. Bunga 2015-yilda olingan foto isbot bo‘lishi mumkin.
Pippa Middlton
Pippa Middlton va Otomn Fillipsning telefonda suratga olayotgani, nogironlar aravachasidagi sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan regbi musobaqasida jurnalistlar e’tiborini jalb qilmay qolmagan.
Malika Viktoriya
Qirollik oilasining vakili degani boshqalardek yashash mumkinmas degani emasligini shved malikasi Viktoriyaning telefoni g‘ilofiga tushirilgan farzandlari suratidan ham bilsa bo‘ladi.
Zara Tindoll
Kim biladi, Zara ushbu suratda musobaqani Instagram’ga joylayotgan yoki natijasi bilan boshqalar singari maqtanyotgan bo‘lsa, ne ajab?!
Selfi kasaliga chalinganlar orasida shahzoda Frederik ham borga o‘xshaydi.
Shahzoda Loran
Muhim uchrashuv, marosim vaqtida ham zarur qo‘ng‘iroqqa javob berishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin-ku, axir. Shahzodaning rafiqasi esa boshqa ayollar singari erini turtib qo‘ymoqda.
Malika Beatriss
Malikalarning ham telefondagi suhbatdan ajablanishi, ko‘zlari katta-katta ochilishi mumkin.
Suratda Charlz rulda, rafiqasi qo‘ng‘iroqqa javob beryapti.
Shahzoda Endryuning sobiq rafiqasi telefondagi suhbatga berilganida, atrofidagi voqeaga e’tibor ham bermayapti.
Qirolichaning qiziga smartfonning o‘zi kamlik qilgan chog‘i, cho‘ntagiga ratsiya solib olgan.
Yoningda boshqa malika yoki shahzoda bo‘lishidan qat’i nazar senda ham boshqa oddiy insonlar kabi atrofdagi qiziqarli voqeani suratga olishga xohish paydo bo‘lishi tabiiy.
Mashhurlar bilan suratga tushish, fanat bo‘lish hammaga xos ekanini malika Yevgeniyaning aktyor Jeyms Blant bilan birga selfiga tushayotganidan ham bilsa bo‘ladi.
Jiyan shahzoda amakisiga qiziqarli surat ko‘rsatyapti chog‘i. | 93 | 2,339 |
Foto | Faqat Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan g‘ayritabiiy holatlar (foto) | Kunchiqar mamlakatga borish go‘yoki boshqa sayyoraga uchib ketishga o‘xshaydi. Buni Yaponiyada kundalik hayot suratlarini muntazam ravishda bo‘lishadigan sayohatchilar isbotlaydi. Masalan, kiyimlarni quritish uchun ob-havo ma’lumoti, ko‘chalarda yurgan samuray mushuklar boshqa joyda bo‘lishi ehtimoldan yiroq.
Yaponiyadagina energiya beruvchi ichimlikning teskarisini ham topish mumkin. Bu dam olish uchun ichiladigan ichimlik.
Hatto fastfud tarmog‘ining mashhur ramzlari ham bu yerda milliylikni hisobga olgan holda bezatilgan.
“Ushbu kolani faqat Yaponiyadan topish mumkin, uning mazasi sarimsoqqa o‘xshaydi”.
“Yaponiyada kir yuvish uchun ham maxsus ob-havo ma’lumoti mavjud”.
“Buning hech qanday belgisi yo‘q, shunchaki, qo‘g‘irchoqlar tushirilgan kimono belbog‘i”.
Ushbu avtomatdan bir shisha sriracha sousini sotib olish mumkin.
Yaponiyada chipslarga o‘xshash tez tayyorlanadigan makaron bor.
“Bu ustun ustiga yasalgan uyim”.
“Yaponiyadagi sotuv markazlaridan o‘rin olgan manekenlar”.
“Oddiy salfetka turadigan buyum zerikarli bo‘lganida”.
Yapon mushuklari shunday dam olishni yaxshi ko‘radi.
Ko‘chalarda yuruvchi haqiqiy samuray mushuklari.
Toshbaqalarini sayrga olib chiqqan yaponiyalik erkak.
Ushbu vafli shirinligi sinib ketmasligi uchun qabariq qutiga o‘ralgan.
“Magazinga buyurtma bergan edim. Qo‘shimcha tarzda origami miniatyurali futbolkasini ham berishdi”.
“Pitssaga buyurtma bergan edim. Rayhonni yangidek saqlash uchun alohida qadoqda yuborishdi”.
“Bar hojatxonalarida ham g‘ayrioddiy narsalarni uchratish mumkin. Haqiqiy gitara va ovoz kuchaytirgich”.
Hatto bu yerda haykallar ham yomg‘irdan himoyalangan.
Tokio stansiyasida ishlash mumkin bo‘lgan alohida kabinalar mavjud.
“Xavfsizlik roboti mening ofisim foyesida patrullik qilmoqda”.
Ba’zi metro vagonlarida konditsioner mavjud emas, ammo yuqorida ventilyator bor.
Tokio aeroportida yotoq o‘rinlarni ijaraga olish mumkin.
“Ushbu ziyofat niqobi ‘Ha, men chet ellikman’ deb nomlangan”.
Stansiyada savdo avtomatlari ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan poyezdlar bilan bir xil rangga bo‘yalgan.
Poyezdlarda chipta uchun maxsus joy bor. | 70 | 2,126 |
Foto | Yonayotgan filcha surati va Sanctuary yovvoyi tabiat fototanlovining boshqa finalchilari (foto) | Darg‘azab olomondan qochayotgan fil va uning bolasi aks etgan fotosurat Sanctuary Asia jurnalining yovvoyi tabiat fotosuratlari tanlovida bu yil bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb yozadi Travel Ask.
“Jahannam shu yerda” deb nomlanuvchi suratni Biplab Xazra G‘arbiy Bengaliyadagi Bankura tumanida olgan. Bu yerda ancha vaqtlardan buyon odamlar va jonivorlar o‘rtasida jiddiy ixtilof bormoqda: qishloq aholisi fillar to‘dasini quvib yuborish maqsadida olovli sharlardan foydalanadi, suratda fillarning alanga ichida qolgani aynan shu tufaylidir.
Nashr fototanlovda yutib chiqqan boshqa suratlarni ham keltirib o‘tdi. | 95 | 614 |
Foto | Fotogalereya: Qirollik oilasining har bir a’zosi amal qiladigan qoidalar | AdMe Britaniya qirollik oilasi bir necha yillardan buyon amal qilib kelayotgan qiziqarli marosim va an’analar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Kamida ikkita farzand
Qirollik oilasining 60 yillik an’anasiga ko‘ra, oilada kamida ikki nafar farzand bo‘lishi kerak. Hech kim uchinchi yoki to‘rtinchi farzand ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi, biroq bu er-xotinning o‘z ixtiyoriga bog‘liq. Yelizaveta II va Edinburg gersogi bu an’anaga bo‘ysunmagan. Hozirda esa Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton uchinchi farzandini dunyoga keltirish niyatida.
O‘tirish qoidalari
Qirollik oilasining ayollari o‘zlari xohlagandek o‘tira olmaydi. Oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish mumkin emas.
Alohida tartib
Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i u bilan yonma-yon yura olmaydi, u deyarli doim undan sal orqaroqda turadi. Shuningdek, yana bir odat mavjud: avvaliga Yelizaveta II Edinburg gersogi bilan o‘tiradi, unda keyin Charlz rafiqasi bilan, shundan so‘nggina shahzoda Uilyam turmush o‘rtog‘i bilan o‘tirishi mumkin.
Bitta qora kiyim
Qirollik oilasining har bir a’zosi o‘zi bilan har qanday safarga albatta qora kiyim olib ketadi (qarindoshlaridan biri vafot etib qolgan taqdirda shoshib qolmaslik uchun). Qirollik oilasi a’zolari hech qaysi rasmiy chiqishlarida qora rangli kiyimlardan foydalanmaydi. U faqat motam holatlarida ishlatiladi.
Bolalar kiyimi
Bolalarga nisbatan juda qattiq tartib mavjud: shimlardan faqatgina kattalar foydalanadi. Shu sababli bolalar yilning istalgan vaqtidan qat’i nazar shortikda yuradi. Va bu dress-kodga kamida 8 yoshgacha amal qilinadi.
To‘rtta ism
Qirollik oilasida tug‘ilgan bolalarning to‘rttagacha ismi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga ularning familiyasi bo‘lmaydi. Agarda familiyaga ehtiyoj tug‘ilib qolsa, ular o‘z unvonidan foydalanishi mumkin. Masalan, shahzoda Jorj maktabda Kembrij familiyasidan foydalanadi.
Qirolichaning tug‘ilgan kuni
Qirolichaning tug‘ilgan kunida qirollik oilasining barcha a’zolari ishtirok etishi kerak. Bu borada deyarli hech qanday istisno qabul qilinmaydi, barcha kelishga majbur.
Yangi tug‘ilganlarni cho‘qintirish
Chaqaloqlar Angliya cherkovining yoki Bukingem saroyining rahbari tomonidan, bo‘lmasam ota-onasining xohishiga qarab cherkovda cho‘qintiriladi. Ta’kidlanishicha, ushbu marosimida bolakaylarga 1841-yilda qirolicha Viktoriya cho‘qintirilganda foydalangan kiyimlar kiydiriladi. | 72 | 2,350 |
Foto | Dunyoning turli burchaklaridagi kruiz laynerlari (fotogalereya) | Discovery jurnali Facebook sahifasida dunyoning turli burchaklaridagi kruiz (dengiz sayohati) laynerlari suratlari bilan bo‘lishdi. | 63 | 131 |
Foto | National Geographic 2017-yilning eng yaxshi suratlarini tanlab oldi (foto) | National Geographic nashri 2017-yilda o‘zining dunyoning turli burchaklaridagi mualliflari olgan 57 ta eng yaxshi fotosuratni tanlab oldi, deb yozadi TJournal. Hakamlar hay’ati 88 nafar fotosuratchining 2 millionga yaqin suratlarini qarab chiqdi. Ularning ba’zilarini ushbu fotogalereyada tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, saylanmaga O‘zbekistonda olingan suratlar ham kirdi. Xususan, yozuvchi Mark Sinnott O‘zbekistondagi Boysuntov tizmasiga ko‘tarilayotgani (muallif Robbi Shoun) hamda toshkentlik aka-ukaning bir kunda bo‘lib o‘tayotgan to‘yi (muallif Jon Stenmayer) aks etgan fotosuratlar ham bor. | 74 | 619 |
Foto | Fotoreportaj: Xorazmga xos bo‘lgan san’at va hunarmandchilik | O‘zA Xorazm viloyatining o‘ziga xos san’ati va hunarmandchiligi aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi. | 60 | 99 |
Foto | Fotogalereya: Qirolicha Yelizaveta II ning kundalik hayoti | Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning hayoti oliy darajali mehmonlarni qabul qilish, diplomatik tashriflar, mukofotlar topshirish va boshqa shu kabi marosimlar bilan to‘lgan. Biroq ba’zan qirolicha boshqa odamlar kabi yashashini ko‘rsatadi, uning o‘zi do‘konga boradi, mashina haydaydi, moda namoyishlariga va ot shoulariga boradi, daraxt ekadi va hatto jamoat transportida yuradi. AdMe ana shu holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 58 | 446 |
Foto | Kuch oddiylikda ekanligini isbotlagan 10 mashhur shaxs (foto) | Biz ko‘pincha mashhur kishilar oddiy odamlarning hayotidan uzoq deb o‘ylaymiz. Ammo ular orasida shundaylari borki, cheksiz moliyaviy imkoniyatlariga qaramasdan, oddiylikni afzal ko‘radi va shu bilan hurmatimizni qozonadi. AdMe kuch oddiylikda ekanligini isbotlagan o‘n nafar mashhur shaxsni keltirib o‘tdi.
Mademuazel Koko dunyodagi barcha ayollarning hayotini osonlashtirdi, axir ular ham, uning o‘zi ham pat taqilgan ulkan shlyapalar, ko‘p qavatli ko‘ylaklar kiyishiga to‘g‘ri kelgan. U mashhur “kichkina qora ko‘ylak ”ni yaratdi va jaket, galstukli bluzka, shlyapa, soyabon, ilmatugma kabi erkaklar kiyim-kechaklarini ayollar orasida urfga kiritdi. Bularning barchasini o‘zi kiyib, shunday kiyimlarda ham chiroyli ko‘rinish mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Facebook asoschisi kiyim tanlashda lo‘ndalikni afzal ko‘radi, shu tufayli uning garderobida kulrang futbolkalar “hukmronlik qiladi”. Uning o‘zi tan olishicha, kiyim-kechak — u o‘z vaqtini sarflashni istaydigan narsa emas. Yosh milliarderning daromadlari esa uning kuniga yuzlab taniqli brendlar kiyim-kechaklarini sotib olish imkonini bersa, ajab emas.
IKEA asoschisi uzoq yillar davomida hamma narsada oddiylikni targ‘ib qiladi: kiyimlarni chegirmali do‘konlardan xarid qiladi, arzon oziq-ovqatlar sotib oladi, qariyb 15 yil davomida eskigina Volvo avtomobilidan foydalanmoqda, samolyotlarda ekonom-klassda uchadi, uyi esa o‘z markasi do‘konlarida sotiladigan buyumlar bilan jihozlangan.
London sobiq meri, hozirda esa Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson ishga kortej bilan emas, oddiy velosipedda boradi. U velosipedni avtomobilning ajoyib muqobili deb hisoblaydi va fuqarolarni undan o‘rnak olishga chaqiradi.
Gollivud go‘zali doim oddiyligi va o‘z moliyaviy imkoniyatlarini ko‘z-ko‘z qilishga intilmasligi bilan ajralib turgan. U oddiy mass-market do‘konlariga boradi, oziq-ovqatlarni esa o‘z farzandlari bilan mutlaqo oddiy bozordan sotib oladi.
O‘zining “fantastik” daromadlariga qaramay, olma imperiyasining otasi va asoschisi hamisha har narsada oddiylikka intilgan: faqat bitta formatdagi kiyimlarni — jinsi shim, qora vodolazka va oq krossovka — kiygan va saroy yoki dang‘illama uy deb atab bo‘lmaydigan uychada yashagan.
Taniqli amerikalik model hashamatli restoranlarga umuman e’tibor qaratmaydi. U o‘ziga arzongina ovqatlanib olish mumkin bo‘lgan The Cheesecake Factory kabi yemakxonalar mos keladi deb hisoblaydi.
Amerikaning eng talabgir aktyorlaridan biri Los-Anjelesda joylashgan dabdabali hovli-joydagi hayotdan voz kechib, oilasi bilan Avstraliyaga ko‘chib ketdi. Krou rancho va oddiygina jip sotib oldi.
Mashhurlik bu aktyorga bolaligidayoq yopirildi, shu tufayli 35 yoshigacha u yulduzlar hayotining jozibasidan charchashga ulgurdi. Yaqinda o‘z oilasi bilan vatani Kanadaga ko‘chib o‘tib, u yerda ferma sotib oldi.
Bu aktyorning ezgu ishlari va kamtarona hayot tarzi anchadan buyon el og‘ziga tushgan. U o‘z gonorarlarini doimiy tarzda xayriyaga sarflaydi yoki atrofidagilarga sovg‘alar tarqatadi, juda oddiy kiyinadi va Nyu-York metrosida yurib, shundoq ham hayratda bo‘lgan xalqni yanada hayron qoldiradi. | 61 | 3,110 |
Foto | Foto: Buxorodan Sudoche ko‘liga olib kelingan 17 bosh turkman qulonlari | Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigidan Sudoche ko‘liga Turkman qulonlari olib kelindi, deb xabar bermoqda “Sudoche-Aqpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasi matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigidan 175 bosh turkman qulonlarini “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i va “Saygachiy” buyurtma qo‘riqxonasiga ko‘chirish va mazkur noyob hayvonlarning tarixiy areallari bo‘lgan hududlarda ularning bosh sonini tiklash topshirig‘i belgilangan.
Shunga muvofiq, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi “Mo‘ynoq kelajak bunyodkorlari” bilan shartnoma imzolangan. Fanlar akademiyasi tavsiyasiga asosan 17 bosh turkman qulonini Qoraqalpog‘istondagi “Sudoche-Aqpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasining Sudoche bo‘limiga ko‘chirish ishlari amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan mingdan ortiq yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborilgani xabar qilingan. | 71 | 1,017 |
Foto | Fotogalereya: Hindiston haqidagi g‘alati faktlar | Hindiston dunyodagi noodatiy va hayratlanarli mamlakatlardan biri hisoblanadi. Unda ma’lum va noma’lum bo‘lgan ko‘plab g‘alati faktlar mavjud. TravelAsk ana shunday faktlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
Hind aviakompaniyalari juda tejamkor. Ekipaj a’zolari orasida faqat ozg‘in qizlar bor. Buning evaziga aviakompaniyalar yuz minglab dollarlik yoqilg‘ini tejaydi.
Hindistonda feministlar tashkiloti bo‘lib, unga 10 mingdan ortiq ayol a’zo bo‘lgan.
Hindistondagi Xarmandir-Sohib nomli sikx ibodatxonasida e’tiqodi va millatidan qat‘i nazar barcha kam ta’minlanganlar bepul ovqatlanishi mumkin.
Ramesh Babuda soch oldirish ikki dollar turadi, uning o‘zi esa Rolls Royce’da yuradi.
Ayolni vafot etgan eriga qo‘shib yoqish odati zamonaviy Hindistonda ham uchrab turadi.
Hinduiylik dinida minglab ma’budlar mavjud.
Hind ayollari dunyodagi oltin zaxirasining 11 foiziga egalik qiladi.
Hindistonlik Jadav Payengning o‘zi Braxmaputra qirg‘og‘ida minglab daraxt ekkan. Hozirgi paytda bu yerda 1500 gektarlik qo‘riqxona mavjud.
1879-yilda insoniyat tarixidagi eng hayratga soluvchi janglardan biri bo‘lib o‘tgan. 21 nafar sikx 10 ming nafar afg‘on bilan jang qilgan. Sikxlarning halok bo‘lgani aniq, biroq ularning zarbidan 600 nafardan ortiq afg‘on yer tishlagan.
Hindiston temir yo‘llari kompaniyasi dunyodagi eng yirik ish beruvchi hisoblanadi. Unda 1,5 milliondan ortiq kishi mehnat qiladi. | 48 | 1,397 |
Foto | Pandemiya boshlanganidan buyon ilk yirik madaniy tadbir — Venetsiya kinofestivaliga start berildi (foto) | Lido orolida 77-Venetsiya kinofestivali o‘tkazildi. U pandemiya boshlanganidan beri tashkil etilgan ilk yirik tadbir sanaladi. COVID-19 sababli tashkilotchilar bir qator cheklovlar joriy etishdi: zalning faqatgina yarmi to‘ladi, mehmonlar niqobda bo‘lishi lozim. Dasturda bu yil 50 mamlakatning 65 ta filmi ishtirok etdi. Hakamlar hay’atini Keyt Blanshet boshqardi.
Italiyalik model va aktrisa Erika Aurora.
Venetsiyada 77-Venetsiya kinofestivalining ochilish marosimida suratga tushayotgan Tilda Suinton.
Xodim ayolning tana haroratini tekshirmoqda.
Rejissor Andrea Segre.
Aktrisa Anna Foglietta.
Italiyalik qo‘shiqchi Elodi va reper Marrakash.
Festival 12-sentabrda tugaydi.
Muxlislardan biri ochilish marosimida aktrisa Keyt Blanshetning surati tushirilgan niqobda.
Sanitariya me’yorlariga asosan kinofestival zalining yarmigina to‘lgan. Shu sababli joriy yilda tashkilotchilar qo‘shimcha hududlarni ham tayyorlashdi.
Ochilish marosimidagi mashhurlarni ko‘rish uchun mo‘ralab turgan muxlislar.
Hakamlar hay’ati a’zosi Mett Dillon suratga tushmoqda.
Marosim mehmoni qizil gilamda.
Bastakor Andrea Morrikone ochilish marosimida chiqish qilmoqda.
Bu dunyoda pandemiya boshlanganidan buyon o‘tkazilgan ilk kinofestival. Suratda Marina Falache.
Aktrisa Ester Eksposito.
Hakamlar hay’ati raisi Keyt Blanshett (chapda) “Oltin sher” mukofotini britaniyalik aktrisa Tilda Suintonga topshirdi.
Festival maydonchasiga kirayotgan har bir tashrif buyuruvchining harorati tekshirildi. Tadbirlarning barchasiga oldindan yozilish va chiptalarni faqat onlayn xarid qilish lozim.
Festival direktori Alberto Barbera (chapda ikkinchi) ayoli bilan, Italiya madaniy meros vaziri Dario Francheskini ham rafiqasi bilan (markazda), Venetsiya biennalesi prezidenti Roberto Chikkuto. | 104 | 1,795 |
Foto | Fotogalereya: Noodatiy kiyinish uslubiga ega yulduzlar | Turli xil noodatiy kiyinish uslubi bilan ommani hayratga soladigan yulduzlar talaygina. AdMe bir nechta ana shunday taniqli kishilarni bir sahifaga to‘pladi.
Siya
Jared Leto
Kim Kardashyan
Rita Ora
Gvendolin Kristi
Helen Lasichan
Ledi Gaga
Solanj Noulz
Greys Jons
Eva Longoriya | 54 | 286 |
Foto | Haddan tashqari ko‘p yuk ortilgan transport vositalari (fotogalereya) | Travel Ask haddan tashqari ko‘p yuk ko‘tarib ketayotgan transport vositalari aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi. Ular bunday og‘irlik ostida qanday qilib joyidan jilgani bizga qorong‘i. | 69 | 185 |
Foto | O‘n nafar eng go‘zal va muvaffaqiyatli gruzin ayollari (foto) | “Vestnik Kavkaza” tarixning turli davrlarida dunyoga tanilgan gruzin ayollari bilan tanishtirib o‘tdi.
Bundan 100 yil ilgari Gruziyada ayollar go‘zalligi timsoli aktrisa Nato Vachnadze bo‘lgan.
1970-yillarda mashhur bo‘lgan Sofiko xalqaro kinofestivallarda eng yaxshi aktrisa sifatida yetti marta mukofotlangan ilk SSSR aktrisasidir.
Rus romanslarining eng yaxshi ijrochilaridan biri Nani gruzin estrada qo‘shiqchiligi va kinematografiya saundtreki asoschisi hisoblanadi.
Gruzin xalq aktrisasi 6—7 yoshligida ilk bor rol ijro etib, mashhurlikka erishgan.
Katta teatr prima-balerinasi Nino dunyo balet sahnalaridagi eng muvaffaqiyatli gruzin ayoldir.
1970-yillarda mashurlikka erishgan aktrisaning fojiali o‘limi butun Gruziyani qayg‘uga cho‘mdirgan.
Go‘zalligi, aqli va iste’dodi bilan nafaqat Gruziyani, balki Rossiyani ham zabt etgan teleboshlovchi.
Kiyim-kechak dizayneri, o‘z avlodi yetakchisi jamoatchilik hayotida faol ishtirok etib, hurmatga sazovor bo‘lgan.
Mashhur aktrisa va teleboshlovchi, shuningdek, ko‘plab shov-shuvli mojarolar ishtirokchisi.
2003-yilda Gruziyadagi go‘zallik tanlovi g‘olibi. | 61 | 1,117 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning butun muhabbatini o‘zida jamlagan suratlar | Ba’zan bir surat hayot tarixini har qanday so‘zdan yaxshiroq hikoya qiladi. AdMe turli ko‘rinishdagi muhabbatni yoritib beruvchi suratlarni to‘pladi.
Aktyor va komik Patton Osvalt rafiqasi vafotidan bir necha oydan so‘ng “Emmi” mukofoti olganini nishonlamoqda
Onaning yo‘qolgan o‘g‘liga maktubi
Ona halok bo‘lgan o‘g‘lining yuragi ko‘chirilgan qizning yurak urishini tinglamoqda
Bu ayolning eri allaqachon hayotni tark etgan, biroq u hamon har kuni u bilan tushlik qiladi
Taksi haydovchisining mashinasidagi yozuv
Vafodor do‘st yonidagi oxirgi daqiqalar
Bu bolakayning ota-onasi uning nogironlik kursisini Xellouin kostyumining bir qismiga aylantirdi
Ushbu manzarani ko‘rib, ko‘ngil taskin topadi. Notanish insonning g‘amxo‘rligi
Qiz keksa qariyaning Rojdestvo kechasini yolg‘iz o‘tkazishini bilib, uni “uchrashuv”ga taklif qildi
Qo‘riqxona ishchisi brakonyerlar qurboniga aylangan karkidon yonida
2015-yil “Tailand go‘zali” g‘olibasi uni o‘stirish uchun bir umr chiqindi tergan onasiga minnatdorlik birdirmoqda
Ajoyib juftlik
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 66 | 1,113 |
Foto | Atlantida bilan bog‘liq topilmalarning noyob suratlari e’lon qilindi (fotogalereya) | Olimlar Atlantida orol-davlati bilan bog‘liq topilmalarning noyob suratlarini e’lon qildi. Qadimiy sivilizatsiya qoldiqlari XXI asr avvalida Misr qirg‘oqlarida, 50 metr chuqurlikda topilgan, endi esa ularning fotolari tarmoqda paydo bo‘ldi.
Greklar Geraklion, misrliklar Tonis deb nomlagan orol 12 ming yil avval suv ostiga ketgan. Bunga sabab sifatida zilzila, suv sathining ko‘tarilishi, ko‘chki va boshqa taxminlar bildirilgan, biroq hozirgacha ularning hech biri aniq isbotini topmagan.
Suv ostidagi “sharpa-shahar”dan 60 dan ortiq kemalar qoldiqlari, ulkan haykallar, tilla tangalar, tadqiqotchilar hali o‘rganishi lozim bo‘lgan yozuvli taxtachalar topildi. | 83 | 664 |
Foto | Hayotda hech bo‘lmasa bir marta ko‘rish kerak bo‘lgan 16 ta g‘aroyib surat (fotogalereya) | Dunyo siz-u biz hech qachon tasavvur qilmagan narsalarga to‘la. Bunday g‘aroyib kashfiyotlarni qilish doim yoqimli. AdMe 16 ta eng jozibali lahzalarni to‘pladi. | 89 | 160 |
Foto | Instagram’dagi eng bayramona 10 ta yoga-surat | Yoganing haqiqiy ixlosmandlariga farqi yo‘q — tunmi yo kun, dam olish kunimi yo ish kuni — o‘z mashg‘ulotlarini baribir to‘xtatmaydi.
Bayram kunlari ham bundan mustasno emas, faqat bunda yoga mashg‘ulotlari olib boriladigan joyda bayram atributlari paydo bo‘lishi mumkin.
Yoga Journal nashri Instagram tarmog‘idan yoga ixlosmandlarining 10 ta eng bayramona va kayfiyatni ko‘taruvchi suratlarini saralab chiqdi. | 45 | 411 |
Foto | Kommunistik partiyani madh qilayotgan xitoyliklar, raqsga tushayotgan mahbuslar, Oʻzbekistonga kelgan «Oʻtkan kunlar» tarjimoni — 27 aprel suratlari | E'tiboringizga 27 aprelning eng dolzarb suratlarini taqdim etamiz.
Xitoylik pensionerlar mamlakat Qizil Armiyasining inqilobiy qoʻshiqlarini kuylash uchun Guychjou provinsiyasida yigʻildi.
Xitoyning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Gansu provinsiyasining Linze qishlogʻi qum boʻroni ostida qoldi.
Fransiyalik baliqchilarning Dordon koʻlida omadi keldi: laqqa baliq ularning oʻljasiga aylandi.
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti xodimlari tomonidan aholi ma'lumotlarini toʻplash jarayonida dalalardan topilgan oʻrdakburun.
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi Rafael Nadal «Barcelona Open» musobaqasida chempion boʻlganidan soʻng uni nishonlash uchun oʻzini suv havzasiga tashladi.
Dunyoning turli nuqtalaridan toʻlin oyning koʻrinishi.
«Oʻtkan kunlar» romanini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Eduard Riz Toshkentga keldi. U adiblar xiyobonida uchrashuv oʻtkazdi.
Burundining Mpimba markaziy qamoqxonasidan 5000 mahbus ozod etildi. Prezdentning ushbu qaroridan quvongan mahbus ayollar raqsga tushmoqda.
Hindiston tom ma'noda koronavirusning oʻchogʻiga aylandi. Bugungi kunga kelib kasalxonalarda joy, kislorod, dori-darmonlar yetishmayapti. Kuniga 2 minglab inson vafot etmoqda. Murdalar koʻchalarda yoqilmoqda. Koronavirus Hindistonda dahshatli manzarani yuzaga keltirdi. | 148 | 1,287 |
Foto | Fotogalereya: Mehribon uy hayvonlari | Ba’zida uy hayvonlariga ega odamlar bir xil kechinmalarni boshidan o‘tkazadigandek ko‘rinadi. Uyda paydo bo‘lganida birinchi unutib bo‘lmas taassurot, uy hayvonlari izma-iz orqangizdan yurishi, ishga ketayotgan paytingizda xafa bo‘lishi va qaytganingizda xursand bo‘lishi. Bularning barchasi uy hayvonlariga bo‘lgan mehrdan tashqari ularning egalarini bog‘lab turuvchi rishtalarning bir ko‘rinishi.
AdMe taqdim etgan suratlarga boqib, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin. | 36 | 479 |
Foto | Foto: “Oskar-2021” taqdirlash marosimidagi eng esda qolarli obrazlar | 25-aprel kuni “Oskar” mukofotining 93-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Karantin sabab ikki oy kechga qoldirilgan marosimni dunyoning turli burchaklaridan onlayn tomosha qilish mumkin bo‘ldi. Unda kinosanoat yulduzlari o‘ziga xos liboslari bilan bir-biridan ajralib turdi. Riz Uizerspun, Keri Malligan va Amanda Seyfriddan tashqari, boshqa mashhurlarning ham obraziga nazar tashlab, ular qizil yo‘lakda noodatiy ko‘rinish uchun qanchalik uringanini bilish mumkin.
Valentino Haute Couture’dan libos kiygan Keri Malligan Cartier taqinchoqlarini taqishni afzal bilgan.
Xolli Berri esa tanlov borasida Dolce & Gabbana’da to‘xtagan.
Riz Uizerspun esa Dior va Bulgari brendlarini afzal bilgan.
Oscar de la Renta’dan kiyingan Lora Dern esa Pomellato taqinchoqlari bilan obrazini boyitgan.
Xonanda H.E.R. esa Dundas va Chopard brendlarining ijod namunasida ko‘rinish bergan.
Valentino’dan kiyingan Zendaya esa taqinchoqlarni Bulgari’dan olishni ma’qul ko‘rgan.
Vanessa Kirdi esa marosimga yasanib kelish uchun Gucci va Cartier brendlarini eng yaxshi deb bilgan.
Margo Robbi esa Chanel’dan kiyingan.
Anjela Bassett Alberta Ferretti libosi va Chopard taqinchog‘i bilan o‘ziga xos ko‘ringan.
Emerald Fennell Gucci’dan kiyingan.
Glenn Klouz Armani Privé’ni afzal bilgan.
Selest Ueyt ham obraz uchun Gucci’ga murojaat qilgan.
Dayan Uorren esa Valentino‘da ko‘rinish bergan.
Ayla Fisher esa Dior’dan kiyinib Bulgari taqinchoqlarini taqishga qaror qilgan. | 68 | 1,454 |
Foto | Fotogalereya: Reuters talqini bo‘yicha 2018-yilning eng yaxshi suratlari | Reuters agentligi har yili o‘tayotgan yilning eng yaxshi suratlarini e’lon qiladi. AdMe agentlik tomonidan 2018-yildagi eng yaxshi deb topilgan suratlarni ulashdi. | 72 | 163 |
Foto | 2029-yilda dunyo mamlakatlari shaharlari qay darajada o‘zgarishi prognoz qilindi (foto) | Texnologiyalar bir joyda to‘xtab turmaydi, yangi o‘zgarishlar hayotga doimiy ravishda kirib boraveradi. IT kompaniyalarining imkoniyati hatto shaharning kelajakda qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini ham belgilab bermoqda. Masalan, uchuvchisiz avtomobil, smartfon orqali foydalaniladigan xizmat xodimlari, Wi-Fi hamda quvvatlagichli bekatlar… Oldinda yana nimalar kutilmoqda? Bu savolga kelajakning turli xil ko‘rinishlarni namoyish etadigan dizaynerlarning fantaziyalari javob beradi. Quyidagi rasmlar orqali yana 10 yil ichida hayot taxminan qanday bo‘lishi aks ettirilgan.
Barselona 2029-yilda.
Berlin 2029-yilda.
Kyoln 2029-yilda.
Moskva 2029-yilda.
Sidney 2029-yilda.
Stokgolm 2029-yilda.
Rio-de-Janeyro 2029-yilda.
Parij 2029-yilda.
London 2029-yilda.
Faqatgina monumental me’morchilik emas, balki neon va gologrammalardan iborat muqobil versiyalar ham mavjud.
Nyu-York 2029-yilda.
Bundan tashqari, ayrim mualliflar kelgusi yillardan juda ham katta o‘zgarishlar kutmaydi. Masalan, ushbu tasvir muallifi Nyu-Yorkni 2130-yilga qadar shu ko‘rinishda bo‘ladi, deb hisoblaydi.
“Ozodlik” haykali osongina o‘zgartiriladi.
Nyu-York 2029-yilda.
Nyu-York 2029-yilda.
Nyu-York 2029-yilda.
Nyu-York 2029-yilda.
O‘rta Sharqning 2077-yildagi ko‘rinishi.
Rossiyaning YPX avtomobili 2077-yilda.
Moskva 2029-yilda.
Moskvada yo‘lni nazorat qiluvchi yangi tizim. | 87 | 1,389 |
Foto | Yaponiya poytaxti geymerlarni nimalar bilan hayratga solishga qodir (fotogalereya) | Yaponiya poytaxti istalgan kishini hayratga solishga qodir. Yashil bog‘lar va ibodatxonalardan tashqari Yaponiya “gigapolisi” videoo‘yinlar ishqibozlariga maroqli hordiq chiqarish imkonini beradi. “Gazeta.ru” Tokio geymerlarni nimalar bilan o‘ziga jalb etishi haqida hikoya qiladi.
Tuta olsang, olib ket
Yumshoq o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yin avtomatlari Yaponiyada hamon mashhur. Buning uchun Sindzyuku tumanidagi Kabukicho kvartalida joylashgan SEGA yozuvli binoga kirish kifoya. U yerda bunday avtomatlar juda ko‘p.
Shu yerning o‘zida fayting, poygalar va boshqa janrlarda o‘ynash mumkin bo‘lgan arkadalar mavjud. Ularning aksariyatini boshqa mamlakatlarda uchratmaysiz. Shunga qaramasdan, apparatning asosiy maqsadi sizdan ko‘proq iyen undirish ekanligini unutmang.
Kolleksiyani to‘ldirish imkoni
Agar siz o‘yin disklari qutisini afzal ko‘rsangiz mahalliy do‘konlarga ko‘z yugurtiring. Tokioda qaytarib topshirilgan o‘yinlarni yaxshigina chegirma bian sotish tizimi rivojlangan.
BookOff kabi do‘konlar odamlar tomonidan topshirilgan kitoblar bilan savdo qiladi. Bu yerda siz turli konsollar uchun o‘yinlarni topa olasiz.
Yaponiyada o‘yin sanoatining yirik kompaniyalari va studiyalarining ofislari joylashgan. Ularning hammasi ham Tokioda joylashmagan. Biroq sayyohlik nuqtai nazaridan Kioto va Osakaga tashrif buyurish arziydi. “Mario” yaratuvchisi Sigeru Miyamoto ham xayol surish va yangilik yaratishga ko‘mak beruvchi osuda Kioto shahrini xush ko‘rishini ta’kidlagan edi.
Yaponiyaning eski poytaxtida xotira taxtachasi osilgan Nintendo’ning original binosini uchratish mumkin.
Tokiodagi Akixabara tumani juda ko‘p texnikalar, jumladan o‘yinlar sotilishi bilan mashhur. Bundan tashqari, Yaponiya poytaxtida o‘yin pristavkalarini juda foydali narxda xarid qilish mumkin.
Yaponiyada o‘yinlar saundtreklar bilan mashhur. O‘yinlarda tez-tez mashhur ijrochilarning qo‘shiqlaridan foydalaniladi. Yaponiya karaokelarga muhabbati bilan mashhur ekanligini hisobga olsa, siz ham bunday qo‘shiqlardan bir nechtasini kuylab ko‘rishingiz mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 82 | 2,129 |
Foto | Fotogalereya: Nyu-Yorkda noqonuniy hisoblanadigan g‘alati narsalar | AQShning har bir shtatida kishini hayratga solishi mumkin bo‘lgan qonunlar mavjud. Xususan, Nyu-York shtatida ham ba’zi taqiqlangan narsalar kishilarning hayratiga sabab bo‘ladi. Forum Daily ana shu narsalarga e’tibor qaratdi. | 66 | 226 |
Foto | Foto: Sankt-Peterburgdagi “Gazel o‘ta olmaydi!” belgili ko‘prik ostidan o‘tishga uringan “Gazel”lar | Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 25-sentabr kuni “Xavfli! Past ko‘prik! Gazel o‘ta olmaydi!” degan yozuvli belgi osilgan ko‘prik ostida “Gazel” avtomobili tiqilib qoldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi noma’lum. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Ko‘prikda tez-tez YTH yuz beradi.
2017-yil aprel
2016-yil noyabr
2016-yil may
2017-yil 5-sentabr | 99 | 364 |
Foto | Fotogalereya: Dunyo fotoshopsiz ham go‘zal ekanligini isbotlovchi suratlar | Rassomning eng kuchli ishi ham Yerdagi butun go‘zallikni ifodalashga qodir emas. Ana shu go‘zallik ba’zan fotosuratlarda aks etadi. AdMe dunyo go‘zalligi fotoshopsiz aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 74 | 210 |
Foto | Fotogalereya: Eng muvaffaqiyatli startap yaratuvchlari | Oxirgi 10 yil ichida bizning dunyoyimiz butunlay o‘zgarib ketdi. Yuqori texnologiyalar har bir uyga kirib bordi, gadjetlar va dasturlar har kuni ishlatiladigan narsaga aylandi. Odamlar har kuni Twitter, WhatsApp va Instagram ishlatadi-yu, bu messenjerlar kimningdir g‘oyasi ekani haqida o‘ylamaydi. AdMe bugungi kunda muvaffaqiyat qozongan startaplar yaratuvchilarining rasmini yig‘di. | 54 | 385 |
Foto | Dunyoning turli burchaklarida nishonlangan Hayit bayrami — suratlarda | Butun dunyo musulmonlari 20 iyul kuni Iyd al-Adha, ya‘ni Qurbon Hayitini nishonladi. Bugungi sana munosabati bilan «Bugun suratlari» ruknimizning bu galgi soni Hayit bayramiga bagʻishlanadi.
Iroqlik musulmonlar Bogʻdod shahridagi Abu Hanifa masjidiga tashrif buyurmoqda.
Angliyadagi musulmonlar Hayit namoz paytida.
Rossiyadagi musulmonlar Qurbon Hayiti namozini ado etish uchun Moskvadagi asosiy masjidga yigʻildi.
Irlandiyada ham Hayit namozi boshqa koʻplab joylardagi kabi ijtimoiy masofa saqlagan holda oʻqildi.
Somalilik bolakaylar Hayit namozini ado etish uchun masjidga keldi.
Albaniyaning Tirana shahrida musulmonlar namoz oʻqiyotgani aks etgan, qush parvozi balandligidan olingan surat.
Koronavirus pandemiyasi davrida Turkiyalik moʻminlar Istanbuldagi Fotih masjidida ijtimoiy masofani saqlagan holda Hayit namozini ado etdi. Rasm dron yordamida olingan.
Kot-D’Iuvar davlatidagi musulmonlar Hayit namozini ado etish uchun bir joyga toʻplandi.
Yamanlik musulmonlar.
Falastinlik yosh qizchalar Gʻazo shahridagi maydonda Hayit namozini oʻqimoqda.
Gʻazo shahridagi ayollar jamoat namozidan lavha.
Suriyaning Idlib shahrida yosh bolakaylar Hayit namozidan soʻng oʻynamoqda.
Misrning Qohira shahrida joylashgan al-Azhar masjidida bolakaylar Hayit namozi vaqtida pufaklar oʻynamoqda.
Musulmonlar namozdan soʻng Afgʻonistonning Hirot shahridan joylashgan masjidni tark etishmoqda.
Londondagi musulmon bolalar Hayit namozi vaqtida.
Falastinliklar Quddus shahrida joylashgan al-Aqso masjidi yonida Qurbon Hayitini nishonlamoqda. | 69 | 1,528 |