folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Fotogalereya: Bulutlarning ajoyib ko‘rinishi | Gollandiyalik peyzaj fotografi Kler Dropert o‘zining g‘ayrioddiy to‘plamlari bilan ommani lol qoldirishda davom etmoqda. U yaqinda tabiatning oddiy, ammo eng yorqin hodisalarini aks ettirgan “Bulutli” to‘plamini yaratdi. Dropertning aytishicha, u bulutlar paydo bo‘lishini ko‘rishi bilanoq, kamerasini olib darhol suratga olishni boshlaydi. Chunki tabiatning bu kabi hayratlanarli hodisalari uzoq davom etmaydi. Biroq suratkash fotoda ularni bir umrga saqlab qolishi mumkin. Bulutlarni Dropert yorqin va ajoyib ko‘rinishi uchun kattalashtirib olgan.
TravelAsk taqdim etgan suratlarga boqib, nafaqat bulutlarning go‘zalligiga, balki Kler Dropertning ham mahoratiga tan berishingiz aniq! | 44 | 686 |
Foto | Fotoreportaj: Hindistonda Respublika kuni tantanalari | Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida milliy bayram — Respublika kuniga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Hindiston xalqi bu yil Konstitutsiya qabul qilinganining 68 yilligini nishonladi.
Bu yilgi tantanali marshda Birlashgan Arab Amirliklari harbiylari ham ishtirok etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 53 | 489 |
Foto | Hatto tajribali olimlarni ham bosh qotirishga undaydigan dunyodagi 8 ta sirli obyekt (foto) | Yer yuzida shunday joylar borki, ularning qanday paydo bo‘lgani olimlarni ham, sayyohlarni ham hayratda qoldiradi. Arxeologlarga jumboq bo‘lib tuyulgan sirli inshootlarni ixtiro qilish qobiliyati ajdodlarimizga ona tabiat tomonidan berilgan bo‘lsa kerak.
AdMe nashri sayyoramizning sirli binolar haqida ma’lumot to‘plab, e’tiboringizga havola etadi.
Al-Naslaa toshi, Saudiya Arabistoni
Saudiya Arabistonidagi bu toshning qanday paydo bo‘lgani va sirli shakllanishi hatto eng tajribali sayohatchilarni ham hayratda qoldiradi. Mazkur xarsangtosh yerga deyarli tegmaydi, shuningdek, uning markazidan tekis yoriq borki, xuddi lazer yordamida kesilganga o‘xshaydi. Bu qanday sodir bo‘lganini esa hech kim bilmaydi.
Ko‘zalar vodiysi, Laos
Devqomatlar yemakxonasi, qabriston yoki qadimiy me’morning hazilimi? Shu paytgacha Laos tog‘laridan birining atrofidagi ulkan ko‘zalarning nima ekanini hech kim bilmaydi. Afsonalarga ko‘ra, bir vaqtlar bu hududda haqiqiy bahaybat odamlar yashagan va bu idishlar haqiqatan ham ularga tegishli bo‘lgan. Biroq tarixchilar bu versiyaga umuman ishonmaydi. Ularning fikricha, tosh ko‘zalar zamonaviy laosliklar tomonidan ajdodlari dafn qilingan joy sifatida ishlatilgan.
Teotiuakan, Meksika
Teotiuakan yoki “xudolar shahri” Meksikaning zamonaviy poytaxti — Mexiko shahriga juda yaqin joylashgan. Hozirda bu shaharga faqat sayyohlar tashrif buyurishadi, lekin bir paytlar Teotiuakanda 100 mingdan ortiq aholi yashagan. VII asrda gullab-yashnagan shahar to‘satdan tashlab ketilgan: aholi shunchaki shaharni tark etgan. Ilm-fan xulosasiga ko‘ra, hudud qurg‘oqchilikka, aholi esa ochlikka duch kelgan.
“Parilar uyi”
Italiya o‘zining me’moriy yodgorliklarining xilma-xilligi bilan mashhur: ulug‘vor Kolizey yoki mashhur Piza minorasi bunga misol bo‘la oladi. Biroq Italiya tuprog‘ida sayyohlarga unchalik ma’lum bo‘lmagan, lekin qiziqarli joylar ham bor. Bu joylardan biri — Sardiniyadagi sirli “Parilar uyi” (Domus de Janas), g‘orning hajmi odamlarga qaraganda parilarga ko‘proq mos keladi. Bugungi kunda toshdan yasalgan ushbu uychalar taxminan 6 ming yillik tarixga ega va qadimgi Otsieri tamadduniga tegishli deb ishoniladi.
Tosh maqbaralar, Rossiya
Sochi tog‘larida joylashgan mashhur Volkon tosh maqbaralari bir necha ming yillikka ega. Qadimgi maqbaralar hali ham olimlar va fandan uzoq odamlar o‘rtasida munozarali mavzudir: ba’zilar uning diniy maqsadda qurilganiga amin bo‘lishsa, boshqalar maqbaralarning sirli xususiyatlariga ishonishadi. Biroq bu toshlarning asosiy siri shundaki, qadimgi odamlar ulkan tosh qoyaning ichidagi keng xonani qanday qilib o‘yishgan?
Ellora, Hindiston
Sayyoradagi eng sirli inshootlardan biri Ellora g‘orlaridan Kailash ibodatxonasi — bu ham monolit toshdan yasalgan sayyoradagi eng katta binolardan biridir. Hozirda arxeologlar qadimgi hindular bunday noyob inshootni qanday qilib qo‘l mehnati bilan yasashgani haqida faqat bosh qotirishmoqda.
Bakha ibodatxonasi, Baalbek
Baalbekdagi Bakha ibodatxonasi — milodiy birinchi ming yillikning boshlarida qurilgan sirli inshoot. Butxonaning o‘lchamlari shunchalik kattaki, Afinadagi mashhur Parfenon uning fonida mitti bino kabi ko‘rinadi. Binoning bunday ulkan ko‘lami qadimgi gigantlar, yo‘qolgan sivilizatsiyalar va hatto musofirlar qurilishida ishtirok etish haqida ko‘plab ertaklarni keltirib chiqara olmas edi, ammo rasmiy nazariyaga ko‘ra, Bakha ibodatxonasi Rim imperatori Entoni Pius buyrug‘iga ko‘ra qurilgan.
Masuda no Ivafune, Yaponiya
Yaponiyaning Asuka viloyatining turli joylarida g‘ayrioddiy o‘yilgan toshlar bor, ularning eng kattasining uzunligi 11 metrga teng. Sirli tosh qadimiy yaponlar tomonidan noma’lum maqsadlarda yasalgan to‘rtburchaklar teshiklari bilan mashhur. Bir versiyaga ko‘ra, Masuda-no-Ivafunaning toshlari eng qadimiy qurbongohlar namunasidir. | 91 | 3,795 |
Foto | Singapur o‘ziga xosligi uchun medalga munosib ekanligini isbotlaydigan suratlar | 50 yil ichida superrivojlangan mamlakatga aylangan Singapurning umumiy maydoni atigi 719 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Osmono‘par binolar, o‘simliklar bilan qurshalgan, e’tirof etsa arziydigan muhandislik namunalari va g‘aroyib taqiqlarni o‘zida mujassam etgan Singapur haqida o‘ziga xos taassurot beradigan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Singapurdagi monorels yo‘lda harakatlanadigan poyezd oynalari, turar joylar yonidan o‘tayotganda xiralashadi.
“Losos bo‘lagi sotib olish mumkin bo‘lgan avtomat”.
“Men ushbu san’at asarini ‘Hayot tanlovi zinapoyasi’ deb atayman”.
Bishan-Ang Mo Kio bog‘i 2008—2011-yillarda.
24 soat ishlaydigan, pitssa xarid qilish mumkin bo‘lgan avtomat.
“Buni savdo markazida ko‘rib qoldim. Ammo nima uchun bunday qilishganini tushuna olmadim”.
“Jewel aeroporti vakillari o‘g‘limning tug‘ilgan kunidagi tort bilan olingan suratni ko‘rgandan keyin men bilan bog‘landi”.
Ingliz tili va singlish (ingliz tilining Singapurcha varianti).
Singapurdagi taksilarining yo‘lovchi o‘tiradigan tarafida orqa tomonni ko‘rsatadigan oyna bor.
Naqadar topqir erkak.
Ko‘p madaniyatlarni o‘zida mujassam etgan jamiyat.
Otam ushbu Lamborghini’ni Singapurda suratga olgan.
Faqat chumoli sotiladigan hayvonlar do‘koni.
Ajoyib manzara ko‘rinib turadigan Singapurdagi xonadon.
Aftidan, dunyodagi eng birinchi kokos yong‘og‘i sotadigan avtomat.
Shunchaki Singapurdagi odatiy tong.
Avtobusdagi mazkur joydan Malayziya va Bukit-Timaxdagi qo‘riqxonani ko‘rish mumkin.
Daraxt va o‘simliklar bilan qurshalgan mehmonxona. | 79 | 1,546 |
Foto | Qishda ertaknamo ko‘rinish oladigan 17 joy | Skyscanner xizmati qishi xuddi ertaklarga o‘xshaydigan jahonning 17 nuqtasi ro‘yxatini tuzdi. Qish manzaralarini tomosha qilib, sayohatlar uchun ilhom oling!
Amsterdam kanallari yilning istalgan faslida ajoyib ko‘rinadi. Biroq qishda — uylarning tomi va sollarning usti, sohil bo‘yidagi daraxt va fonarlar uyum-uyum qor ostida turganida yanada maftunkorroq manzaraga guvohi bo‘lasiz.
Sloveniyaning eng yodda qolarli manzarasi aynan shu — Bled ko‘li o‘rtasidagi Bibi Maryam me’roji cherkovi qad rostlagan orolcha. Uning qishki manzarasi kompyuteringiz ish stolida turishdan boshqasiga arzimaydi.
Shamol, suv va ayoz Jeneva ko‘li sohillarini bir kechada Qor malikasining saltanatiga aylantirishga qodir.
Ustiga qorli choyshab “tortgan” Manxettendagi Markaziy xiyobon qishda Nyu-Yorkning eng go‘zal maskanlaridan biriga aylanadi.
Qishda Xorvatiya sayyohlardan qutuladi. Aynan shu vaqtda Plitvitske ko‘llariga tashrif buyurib, qor bosgan so‘qmoqlar bo‘ylab vaqt o‘tkazish, bus-butunligicha muzlab qolgan sharsharalarni tomosha qilish va tanholikda tabiat go‘zalligidan bahra olish mumkin.
Qor Tallinning kichkinagina eski shaharchasiga yanada ko‘proq maftunkorlik baxsh etadi — qishda bu yerda soatlab sayr qilib, ibodatxona va do‘konchalarni tomosha qilish, shinamgina qahvaxonalarda isinib olish mumkin.
Qor Tbilisi ahlining joniga tegib ketgan, deb bo‘lmaydi — bu yerda ikki kun qor tursa haqiqiy bayram, deb hisoblayver. Shu sababli ham, shahar markazidagi Rustaveli shohko‘chasida yosh boladek qorbo‘ron o‘ynayotgan amakilarni ko‘rib qolsangiz, hayron qolmang.
Trakay — Galve ko‘li o‘rtasidagi mo‘jaz shaharcha. Shaharchaga eng yaqin orolchada O‘rta asrlarga oid yirik qasr qad rostlagan bo‘lib, ko‘l obdon muzlaganidan so‘ng, yanvar—mart oylarida bu yerda xalq uchun yaxmalak tashkil etiladi.
Tog‘lar orasida qolib ketgan Sirakava-go qishlog‘i uzoq vaqt davomida sivilizatsiyadan uzilib qolgan va o‘zining dastlabki ko‘rinishini hozirgi kunga qadar saqlagan. U YuNESKO tomonidan Jahon merosi obyekti deb topilgan va so‘nggi yillarda Yaponiya turizmining haqiqiy yulduziga aylandi. Sayyohlar bundan bir necha asrlar avval yaponlar qanday yashaganini ko‘rish uchun ham bu yerga oqib kelmoqda.
Myunxen qishda vaqtichog‘lik uchun ayni mos shaharga aylanadi — shahar markazida ochiq osmon ostida yaxmalak tashkil etiladi, shov-shuvli Oktoberfest o‘rnini Tollwood festivali egallaydi, Xofbroyxaus qovoqxonasi dam olish kunisiz ishlaydi, bir emas, ikki emas, yigirmadan ortiq Yangi yil yarmarkalari tashkil etiladi.
Yangi yil bayrami arafasida Shvetsiya poytaxti haqiqiy ertaklar shahriga aylanadi. Qor bosgan sohilbo‘yi ko‘chalarini piyoda kezarkansiz, shu yerdagi tomlarning birida haqiqatan ham Karslon, ha, xuddi o‘sha Karlson yashayapti, deb osongina tasavvur qilasiz.
Xitoyda har yili yanvar-fevral oylarida Xalqaro muz haykallar festivali uyushtiriladi. Xarbin shahrida minglab ishchilar muz va qordan ulkan ertaklar shaharchasini quradi.
Zaltsburgdan Avstriyaning ko‘plab tog‘-chang‘i kurortlariga bir qadamlik yo‘l — faol hordiq istagidalar uchun eng munosib joy.
O‘rta asr uylari, qasrlari va cherkovlariga to‘lib toshgan Krumlov, Chexiya poytaxti Pragadan farqli o‘laroq, tinch va shinam — bu yerga bir-ikki kunga mehmonga kelib, katta shahar shovqinlaridan dam olish mumkin.
Britaniyada qor — kamyob hodisa. Atigi 5 santimetr qalinlikdagi qor ham mamlakat hayotini izdan chiqarishga qodir. Biroq havo namligining yuqoriligi sabab, ayozli kunlarda ba’zan daraxtlar muz va qirovning yupqa qatlami bilan qoplanib, har bir bog‘ va xiyobonni ertaknamo maskanga aylantirib qo‘yadi.
Alba yaqinidagi Pyemont qishloqlari qishda, “sayyohlar bosqini”dan hordiq chiqarayotgan bir vaqtda, yanada jozibali ko‘rinish oladi.
Rus kishisi ertaknamo qishni tomosha qilish uchun ko‘p ham uzoqqa borishi shart emas — bir-ikki kunga Rossiya qishloqlariga chiqib kelsa bas, haqiqiy ertakning ichiga tushadi-qoladi. | 42 | 3,915 |
Foto | Fotogalereya: Arktika muzliklari so‘nggi yuz yil ichida qanchalik o‘zgardi? | 1900-yilning boshiga qadar Arktika muzliklari tabiatning sir-sinoatga boy g‘aroyib mo‘jizasi bo‘lib qolgan. Sovuq, ulkan va inson qadami yetmagan muzliklar sayyohlarni o‘ziga rom eta olgan. Biroq texnologiyalar asri o‘z ishini qildi: endilikda bu yerda neft va gaz qazib olinmoqda, iqlimi ham o‘zgarib ketgan. Shvetsiyalik fotojurnalist Kristian Aslund 2002-yilda Shpisbergen arxipelagini suratga olib uni XX asr boshlaridagi suratlar bilan taqqosladi. Kadrlar o‘sha joyda va o‘sha rakurdsa suratga olingan, deb xabar berdi TravelAsk. | 75 | 534 |
Foto | Fotogalereya: 1900-yillarning odamlari zamonaviy uylarni qanday tasavvur qilgan? | Angie’s List va Neomam Studios kompaniyalari birgalikda noodatiy loyiha ustida ishladi. Ular bizning hozirgi zamonaviy uylarimizni o‘tgan asrda yashagan ajdodlarimiz qanday tasavvur qilganini qog‘ozga muhrladi. Travel Ask ularni taqdim etdi. | 80 | 241 |
Foto | Har qanday sharoitga moslashgan odamlar (foto) | Qulaylik hamma narsadan ustun. Ammo ba’zida mana shu qulaylikni yaratish uchun odamlar ko‘p aziyat chekadi. AdMe aqlga sig‘mas darajada ijodkorlik bilan yondashib, o‘zi uchun qulaylik yaratgan odamlarning suratini yig‘di. | 46 | 221 |
Foto | Foto: Smartfon yordamida reallik bilan uyg‘unlashtirilgan xayoliy narsalar | Internetda reklama sohasida ishlaydigan Yaxav Drayzin ismli erkak filmlardagi skrinshotlar va suratlarni real obyektlarga “yopishtirish” orqali mashhurlikka erishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Yaxav bu orqali o‘zini muntazam ilhomlantirib keladi. U o‘zining smartfonidan foydalangan holda suratlarni real obyektlar bilan uyg‘ulashtiradi. Shu orqali suratlar ancha kulgili ko‘rinish kasb etadi.
“Suratga olish — bolalikdan buyon xobbim. Suratlar bilan ishlash mendan ijodiy yondashuvni va turli nuqtayi nazarlarni tadqiq etishni, shuningdek, boshqalar har doim ham ko‘ra olmaydigan holatni taqdim etishni talab qiladi”, — deydi suratkash.
Drayzinning ta’kidlashicha, u omadli kadrni suratga olish uchun doim o‘zi bilan ikkita telefon olib yuradi. Surat borasidagi g‘oyalar dabdurustdan kelib qoladi. “Odatda meni ilhomlantirgan personajlardan foydalanaman va deyarli har qanday yangi vaziyatda qo‘shimcha surat uchun obrazni eslay olaman”, — deydi u. | 74 | 959 |
Foto | Okeangacha yetib borgan lava, Xitoyning elektrsiz qolgan sharqiy hududlari, Bangkokda norozilik namoyishlari — 29 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Ispaniyaning Palma orolidagi vulqondan chiqqan lava Atlantika okeanigacha yetib bordi.
Chjuxayda Xitoy Xalqaro aviasiya va aerokosmik koʻrgazmasi «Airshow China 2021» boshlanadi.
Londonda agent 007 Jeyms Bond haqidagi «Oʻlim vaqti emas» filmining jahon premerasi boʻlib oʻtdi.
Xitoyda energiya inqirozi shimoliy hududlarda elektr energiyasining katta uzilishlariga olib keldi.
Bulutlar va tuman bilan qoplangan Xitoyning Xongshi togʻi.
Antaliyadagi baliqchilik fermasidan oltin baliq topildi.
Bangkokda hukumatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi.
Papa Frensisk Vatikanda har hafta oʻtkaziladigan umumiy qabul marosimini oʻtkazdi.
Pekindagi Tiananmen maydonida Xitoy milliy kuniga tayyorgarlik.
Parijda «Saint Laurent» moda namoyishi boʻlib oʻtdi. | 132 | 806 |
Foto | Foto: Venetsiya kanalidagi ulkan qo‘llar | Italiyalik ijodkor Lorenso Kuinn kanal ichidan chiqib Ca’Sagredo tarixiy binosini ushlab turgan ikkita ulkan qo‘ldan iborat haykalining ochilish marosimini Venetsiya biennalesiga topshirdi, deb xabar berdi TJournal.
Ijodkor bu orqali odamlarga kech bo‘lmasidan global isishga o‘z munosabatlarini bildirishlari kerak ekanligini ifodalagan. Bundan tashqari u Venetsiyaning suv ostida qolishi mumkinligi haqidagi muammoga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan.
Haykaltaroshning fikricha, qo‘llar insonning ikki — ijodiy va buzg‘unchi tomonini ifodalashi lozim, haykal bir vaqtning o‘zida ham umidni ham qo‘rquvni bildiradi.
“Men inson tanasining eng murakkab texnik qismini yasashni istadim. Qo‘l — sevgi, nafrat, ijodkorlik va vayronkorlik kuchlari kabi hokimiyatga ega”, — dedi Lorenso Kuinn. | 40 | 782 |
Foto | Fotogalereya: Kamdan kam tilga olinadigan xalqlar | Dunyo keng va turfa xil. Uning turli burchaklarida bir-biriga o‘xshamagan xalqlarni uchratish mumkin. Ular ma’lum mamlakatda ozchilikni tashkil qilib yashaydi. Shunga qaramay ularning bari o‘ziga xos tarzda chiroyli, deya yozadi AdMe.
Orochonlar — Shimoliy Xitoydagi xalq | 49 | 276 |
Foto | Jonivorlarning yuzda tabassum uyg‘otadigan suratlari | Hayvonot olami yoqimli, chiroyli, quvnoqligi va hatto xatarliligi bilan hech qaysi insonni befarq qoldirmaydi. Agar bu borada fotosuratchiga omad kulib boqqan bo‘lsa, unda suratlarni tomosha qilmaslikning sira ham iloji yo‘q. E’tiboringizga “Noyob kadr” tanlovining eng yaxshi asarlari qatoriga kiritilgan hayvonlar aks etgan noyob kadr to‘plamini havola etamiz.
Salom! Hammaga xayrli kun va yaxshi kayfiyat tilayman!
Ucharshuvga biroz ertaroq kelganda va “u” kechikayotganda...
Xayrli kech! Kimdir bormi?
Qiziq, hasharotlarning taqdiri oldindan belgilanganmi? Yoki kaltakesak u qadar och emasmi?
Shaharda hayot boshqacha, yurishing-turishing ham o‘zgarib ketarkan.
Yong‘oq chaqishni olmaxondan o‘rganish kerak.
Sizningcha bu raqsmi yoki janjal?
Yerdan shisha bo‘laklari o‘sib chiqqanini birinchi ko‘rishim.
Qoplon hujum qilmayapti, quchoq ochib kutib olyapti.
Uch boshli, olti shohli jirafa. Bunaqasi qayta takrorlanmaydi.
O‘g‘lim bilan sport maydonchasida...
Maqsadlar aniq bo‘lsa, to‘siqlar ko‘rinmaydi.
Suv ichida ham chiroyli tushishga harakat qildim.
Qochishni rejalashtirgandim. Kuzatuv kameralari ishlab turgan ekan.
Uch boshli, yo‘g‘e, uch bolali ayiq.
“Shampun-kanditsioner bilan yaltirab qoldim”
Daraxtga chiqish yoshlarga yarashadi, biz qaridik. | 52 | 1,274 |
Foto | Islom Karimovning arxiv surati, “Qonli yakshanba”ning 50 yilligi, bozordagi Yangi yil chiroqlari — 30 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida Birinchi Prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo'ydi.
Shuningdek, Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ham haykal poyiga gul qo'ydi.
Qur'on oyatlari tilovat qilindi. Islom Karimovning xalqimiz manfaati yo'lida qilgan ishlari yodga olindi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
“O'zarxiv” agentligi axborot xizmati sana munosabati bilan Islom Karimovning arxiv hujjatlarida saqlanayotgan suratlarini “Bugun.uz”ga taqdim etdi. Suratda Pokiston sobiq bosh vaziri Benazir Bxutto va Islom Karimov.
Islom Karimov va Mirjalol Qosimov.
Rossiyaning Novosibirsk shahridagi muzlab qolgan suv minorasiga chiqayotgan odam.
Pokistonning Islomobod shahrida afg'on qochqinlari orasida polioga qarshi kampaniya olib borilmoqda. Pokiston sog'liqni saqlash xodimlari bolalarni tekshiruvdan o'tkazmoqda.
Burkina-Fasodagi granit koni ishchilari.
Jakartadagi bozorlarda Oy kalendari bo'yicha Yangi yil kirib kelishi munosabati bilan chiroqlar yoqilmoqda.
Shimoliy Irlandiyada “Qonli yakshanba” voqeasining 50 yilligi munosabati bilan qurbonlar xotirasi yodga olindi. | 118 | 1,284 |
Foto | Britaniyalik 70 yoshli ayol bir yilda 52 ta sohilni tozalab, Yer sayyorasi haqida g‘amxo‘rlik qilishga hech qachon kech bo‘lmasligini isbotladi (foto) | Yer insoniyatning yagona uyi, lekin ba’zan odamlar bunga e’tibor bermaydi. Afsuski, hozirda tabiat har qachongidan ham yordamga muhtoj. Yaxshiyamki, dunyoda haqiqatan ham sayyorani qutqarishga intiladigan, uning kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qiladigan va go‘zalligini saqlab qolishni xohlaydigan insonlar bor. Angliyalik Pet Smit tabiatni tozalash uchun o‘z hissasini qo‘shdi. AdMe uning ishini rasmlarda aks ettirdi.
Buyuk Britaniyalik Pet Smit ismli 70 yoshli ayol plastmassalar natijasida sohillar qanchalik ifloslanayotgani haqida hujjatli film ko‘rgan. Shundan keyin har hafta bittadan sohilni tozalashga qaror qilgan.
U tug‘ilib o‘sgan shahar Kornuolledagi odamlar bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan.
Ko‘ngillilar va nabiralar bilan birgalikda Pet 2018-yilda 52 ta sohilni tozalashga va’da bergan.
Lekin bu hikoyaning oxiri emas: u dunyoni yaxshiroq joyga aylantirmoqda. | 150 | 873 |
Foto | Yer yuzidagi inson hayoti davomida borib ko‘rishga arziydigan maskanlarning o‘ziga xos suratlari | Sayohatga chiqish uchun diqqatga sazovor joylar, qayerga borish kerakligi haqidagi ma’lumotlar qalashib yotibdi. Ammo inson hayoti davomida hammaga ma’lum-u mashhur yerlardan tashqari, hamma ham bilavermaydigan, ammo manzarasi kishini o‘ziga maftun qiladigan maskanlarga borib, tabiatning naqadar mo‘jizalarga to‘la ekaniga guvoh bo‘lishi kerak.
Norvegiyadagi “Yetti opa-singillar” sharsharasi
Lavertezzo ( Shveysariya)
View this post on Instagram
Avstraliyadagi Hillier ko‘li
Strineelva (Norvegiya)
View this post on Instagram
Italiyaning Amalfi qirg‘og‘i
View this post on Instagram
Fransiyadagi Ez qishlog‘i
Shveysariyadagi Eshinen ko‘li
Kolmar (Fransiya)
San-Fransiskodagi Lombard-strit
View this post on Instagram
Xitoydagi “Osmon darvozasi”
View this post on Instagram
Chilidagi marmartosh g‘orlar
View this post on Instagram
Hindistondagi Kaylasanatxa ibodatxonasi
View this post on Instagram
Shimoliy Irlandiyadagi “Gigantlar yo‘li”
Yangi Zelandiyadagi yonar qo‘ng‘izlar g‘ori
Yangi Zelandiyadagi ko‘rinishi ikkiga bo‘lingan olmani eslatadigan qoya
Morkote (Shveysariya)
Amerikadagi Gleysher milliy bog‘i
Yaman, Sokotra orolidagi ajdar-daraxtlari
View this post on Instagram
Amerikadagi Pauell suv ombori
Vista-Rij (AQSh) | 96 | 1,368 |
Foto | Fotogalereya: Bahaybat Leonberger itlari | Leonberger juda katta va kuchli it zotidir. Bunday noodatiy laqab nemis shahri hisoblangan Leonberg sharafiga qo‘yilgan. Leonbergerlarning egalari, ulardanda yaxshi do‘st – qo‘riqchi yo‘qligini aytishadi. Bahaybat ko‘rinishiga qaramasdan bu itlar juda mehribon jonivorlardir. AdMe taqdim etgan suratlarni ko‘rib, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. | 40 | 346 |
Foto | Chiroyli oyoq kiyim uchun yarim oyligini sarflashdan qochib, uni o‘zlari yaratgan odamlarning mehnat mahsuli (foto) | Bugun savdo rastalarida har qanday didga mos keluvchi qimmatbaho poyabzallarni topish mumkin. Ammo ularning narxiga kelganda, ko‘pchilik ish haqi haqida o‘ylab qolishi tabiiy. Buning, albatta, chiqish yo‘li mavjud. Oddiy bir juft poyabzalni xohish va ozgina sabr bilan eksklyuziv asarga aylantirish ham mumkin.
“Bir vaqtlar ushbu oyoq kiyimda itning surati bor edi, endilikda unga o‘zgartirish kiritildi”.
“Men ushbu oyoq kiyimimning orqa qismida quyosh botishining suratini aks ettirdim”.
“Do‘stim menga animatsion film asosida bo‘yalgan poyabzal sovg‘a qildi. Ular juda ajoyib”.
Oddiy tuflilarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish mumkinmi? Juda oson.
“Men poyabzalga rasm chizaman”.
“Men oyoq kiyimlarni bezata olaman”.
“Tufliga o‘z qo‘lim bilan shunday bezakni yopishtirib chiqdim”.
“Ish jarayoni shunday boshlandi. Bu mening birinchi ijodim va natijadan faxrlandim”.
“Oddiygina oq oyoq kiyimni olib, bo‘yab do‘stimga sovg‘a qildim”.
“Men ushu sliponlarni o‘quv yili tugashi munosabati bilan bolalarimning o‘qituvchisiga sovg‘a sifatida bo‘yadim”.
“Temir odam” komikslari yordamida oddiy tufli tamoman o‘zgardi.
“Men ushbu poyabzalni do‘stimga bo‘yab berdim”.
“Bular shunchaki oppoq krossovka edi. Men ularni 6 soat ichida o‘zgartirdim. Dizayn, g‘oya o‘zimga tegishli”.
“Ushbu tuflining bezagi dastlab nima uchun bundayligini tushunmadim. Ammo endi men qo‘shgan komikslarga juda mos keladi”.
“Poyabzalda kashtachilikni birinchi marta qo‘llashim”.
“Men tez-tez poyabzallarni o‘zgartirib turaman. Mana bu oddiy arzon oyoq kiyimi ham endi suv o‘tkazmaydiganga aylandi”.
“Ushbu krossovkani 40 foiz chegirmada sotib oldim, ammo rangi yoqmagan edi. Endi esa ularni o‘z didimga moslab bo‘yadim”.
“Kashtalar bilan bezatilgan bolalar oyoq kiyimi”.
“Men asosan toshlar bilan bezak beraman. Tuflini yakunlagach, qo‘lim krossovka tomon ketib qoldi”.
“Kubizm uslubida oyoq kiyimlarni bo‘yash”.
“Uydagi oddiy charm oyoq kiyimni unchalik ham yoqtirmas edim. So‘ngra ijoddan keyin shunday o‘zgardi”. | 115 | 2,004 |
Foto | Toshkentga kelgan muhojirlar, samolyotda koʻzi yorigan ayol, Gʻazodagi yangi taranglik — 22 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
AQSh harbiylari tomonidan evakuasiya qilingan afgʻon ayoli samolyotda farzandli boʻldi.
Xitoydagi universitetlar yangi oʻquv yili oldidan dezinfeksiya qilinmoqda.
Gʻazo sektori yana toʻqnashuvlar markaziga aylanmoqda. Isroil bilan chegarada chiqqan nizo ortidan ikki tomon oʻrtasida oʻt ochish amalga oshirilgan. Isroil harbiylarining havo hujumlariga javoban HAMAS ham Isroil hududiga raketa yuborgan.
Kobul aeroporti hamon tartibsizligicha qolmoqda. Odamlar sarosimada vatanni tark etishga intilmoqda.
Germaniya harbiylari tomonidan Kobuldan evakuasiya qilingan afgʻonistonliklar Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.
Noqulay ob-havo tufayli Nyu-Yorkdagi konsert toʻxtatildi.
Kobuldan evakuasiya qilingan afgʻonlarning bir guruhi Virjiniyaga yetib keldi.
Kaliforniyadagi dahshatli Diksi oʻrmon yongʻinlari hamon davom etmoqda.
Bankokda davom etayotgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari paytida yaralangan namoyishchiga tibbiyot xodimlari yordam koʻrsatmoqda. U polisiya tomonidan hibsga olingan.
Germaniya poytaxti Berlinda Afgʻonistonni qoʻlab quvvatlash aksiyasi boʻlib oʻtdi. | 108 | 1,152 |
Foto | Fotoshopda ishlov berilgandek tasavvur uyg‘otuvchi rang-barang suratlar (foto) | Nafaqat professional, balki havaskor fotosuratchilar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan va atrofdagi o‘ziga xosliklarga urg‘u berishga qaratilgan Prix De La Photographie Paris 2021 tanloviga bir-biridan rang-barang suratlar taqdim qilindi. Eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilarning ishlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Dominik Koshovska
Daraxt bargini esga soladigan daraxtlar. Tomosha qilish davomida surat 3 qismga bo‘lingandek tasavvur uyg‘otadi.
Naoya Yosida
O‘rmonning kechki va boshqalarga o‘xshamagan manzarasi muhrlangan kadr.
Sara Vouters
Baliq tutiladigan to‘rning tikilish jarayoni.
Sharlotta Pixo
Skatlar davrasida o‘zini a’lo darajada his qilayotgan toshbaqa.
Alberto Juliani
Pandemiya shifokorlar haqiqiy qahramon ekanini yana bir marta esga soldi.
Chin-Fa Seng
Qandaydir qadimiy odatlarga o‘xshab ketadigan qiziq va rang-barang raqs.
Kevin De Vri
Quyosh nurlarining dengiz ostidan olingan surati.
Jerri Chang
Quyoshli kunda kezib yurgan echkilar.
Sidun Lin
Haqiqiy ekaniga ishonish qiyin bo‘lgan rang-barang ko‘l surati.
Piter Plorin
Kosmik bekatlarni esga soladigan yer osti o‘tish yo‘li. | 78 | 1,114 |
Foto | Ta’tilni maroqli o‘tkazing: katta-yu kichikka birdek qiziq, chuqur ma’noga ega multfilmlar | Uzoq yillar davomida ko‘pchilik animatsion kino faqat bolalar uchun yaratiladi deb o‘ylagan. XXI asrda bu stereotipni butkul o‘zgartirib yuborgan. Katta studiyalar barchaga qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan oilaviy kinolar ishlay boshlagan. Wday nashri hatto kattalar uchun ham qiziqarli multfilmlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.
“Vall-I” (2008)
Ushbu multfilmda insoniyat va robotlarning sevgisi haqida hikoya qiladi. Unga ko‘ra, 2805-yilda ifloslangan sayyorani odamlar allaqachon tark etib faqatgina suvaraklar qolgan. Chiqindidan barpo bo‘lgan osmono‘par binolar orasida yuradigan farrosh-robot Vall-I arziydigan narsalarni yig‘ib yuradi. Kunlarning birida robot-tadqiqotchi odamlar bor kosmik kemaga olib ketish uchun yetib kelishi kerak bo‘lgan yashil niholni topib oladi. Uni tomosha qilish davomida bolalar sahnalarni qiziqib tomosha qilsa, kattalar Yer va ekologiya haqida o‘ylay boshlaydi.
“Tepaga”
Pixar studiyasi tomonidan suratga olingan multfilmda rafiqasining orzusini ro‘yobga chiqarish uchun Karl Fredriksen ismli yolg‘iz qariya uyiga minglab uchar sharlar bog‘lab sayohatga otlanadi. 2009-yilda ekran yuzini ko‘rgan multfilm katta-yu kichikni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadi.
“Nemoni izlab” (2003), “Dorini qidirib” (2016)
Har ikki kartinaning rejissori bo‘lgan Endryu Stenton voqealar rivoji nafaqat kattalar, balki bolalarga ham manzur bo‘lishini o‘ylaydi. “Nemoni izlab”da ota-bola baliqlarning sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Voqealar rivoji Nemoning otasining gapiga kirmaganidan keyin boshlanadi.
“Kung-fu Panda”ning barcha qismlari (2008, 2011 va 2016)
DreamWorks kompaniyasi tomonidan ishlangan multfilm nima bo‘lgan taqdirda ham o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik kerakligi haqida hikoya qiladi. Trilogiyaning birinchi qismida muxlislar guru kung-fu bo‘lishni orzu qiladigan Po ismli panda bilan tanishadi.
“Ibtidoiy odamlar” (2018)
Aardman studiyasining filmida, g‘orda yashab, hamma narsadan qo‘rqadigan odamlar haqida hikoya qiladi. Unda zilzila sabab hammasi o‘zgaradi.
“O‘yinchoqlar olami”ning barcha qismlari (1995, 1999, 2010 va 2019)
Disney tomonidan ilk bor to‘liq 3D-texnologiya yordamida chizilgan animatsion multfilm ulg‘ayish va bolalikning ortga qaytmasligi haqida. Unda bir odamdan boshqa bir odamga o‘tayotgan o‘yinchoqlar vaqt tegirmoniga tushib qoladi.
“Pakana burunboy”
“Melnitsa” studiyasi tomonidan suratga olingan multfilm o‘zida Vilgelm Gauf hikoyalarini mujassam qilgan bo‘lib, unda jodugarga yordam berishdan bosh tortgani tufayli ko‘rimsiz bo‘lib qolgan Yakob ismli bolakayning sarguzashtlari o‘z aksini topadi. Kunlardan bir kuni Yakob hech kim uni tanimaydigan ona shahrida g‘ozni qutqarib qoladi. G‘oz jodudan qanday xalos bo‘lishni biladigan sehrlangan malika bo‘lib chiqadi.
“Shrek”ning barcha qismlari (2000, 2004, 2007 va 2010)
DreamWorks’ning loyihasi sanalgan “Shrek” ham “Kung-fu Panda” singari o‘zini qanday bo‘lmasin qabul qilish kerakligiga o‘rgatadi. Uchinchi qismdagi Shrekning so‘zlarini tasdiqlamay bo‘lmaydi: “Agar odamlar seni nobakor deb hisoblasa — ularni eshitishing shart emas. Muhimi — sen o‘zingni kim deb hisoblashing”.
“Sening isming” (2016)
Yapon rejissori Makoto Sinkay makon va zamon ustidan g‘alaba qozongan sevgi haqida melodramalar suratga oladi. “Sening isming” multfilmida Taki va Mitsuha ismli o‘smirlar tushida o‘rin almashadi. Bola qishloqdagi maktabda o‘qib kechasi ibodatxonada ishlaydi, qiz esa Tokioda hayot kechiradi. Vaqt o‘tishi bilan ular bir-birini sevib qoladi. Mitsuha poytaxtga borishga otlangan vaqtda yerga meteorit tushadi.
“Marhuma kelin”
Rejissor Tim Bertonning multfilmida dahshatli voqealar hazil orqali ko‘rsatib beriladi. Sujetga ko‘ra, baliq savdosi bilan shug‘ullanadigan badavlat kimsaning o‘g‘li, aslzoda qiz bilan turmush qurishi kerak bo‘ladi. Ammo marosimga tayyorgarlik chog‘ida asabiylashganidan gaplarini adashtirib yuborgan yigit tinchlanish uchun o‘rmonga qochib ketadi. U yerda nutqini xatosiz takrorlashni uddasidan chiqadi. U daraxt shoxi deb o‘ylab uzuk kiydirgan narsa marhum kelinning barmog‘i bo‘lib chiqadi. Shundan keyin kelin “uyg‘onib”, Viktorni narigi dunyoga tortib ketadi. | 90 | 4,126 |
Foto | Pyer Karden 95 yoshga to‘ldi (foto) | Bugun, 3-iyul kuni fransiyalik modelyer, “Maksim” restorani va shu nomdagi savdo markasining egasi Pyer Karden 95 yoshni qarshi oldi. “Gazeta.ru” ajoyib bosh kiyimlar, rangli kolgotkalar va erkaklar uchun yuqori moda namunalarini yaratgani bilan tanilgan Pyerning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 35 | 296 |
Foto | Fotogalereya: Mashhurlarning noyob suratlari | Eski suratlar bir daqiqaga o‘tmishga nazar solishga imkon beradi. Agar bu mashhurlarning o‘tmishi bo‘lsa, yanada qiziqarliroq tuyuladi. AdMe mashhurlarning arxividan e’lon qilingan eski suratlarni taqdim etdi. | 44 | 209 |
Foto | Fotogalereya: Qo‘rquv bilmas sayohatchilar uchun g‘aroyib maskanlar | AdMe nashri Yer sayyorasining turli burchaklarida joylashgan, har qanday jasur odam yuragida bir damga bo‘lsa-da qo‘rquv uyg‘ota oladigan maskanlar suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 67 | 180 |
Foto | Barcha yangi narsalar — unutilgan yaxshi narsalar ekanligini isbotlovchi suratlar (foto) | AdMe ayrim zamonaviy tendensiyalar odamlar o‘ylaganidan ko‘ra ancha eskiroq ekanligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Zamonaviy texnologiyalar odamlarni ijtimoiy befarqlikka o‘rgatmoqda deb hisoblasangiz, unda quyidagi suratga e’tibor bering.
Odamlar o‘zini chalg‘itish hamda qo‘lini nima bilandir band qilish uchun bu kabi narsalarni o‘ylab topadi.
Hatto selfi ham 2000-yillarda kashf etilmagan.
Bir asrdan ortiqroq vaqtdan beri moda olamida ham aytarli o‘zgarish bo‘lmagan.
Hozirda ommalashib ketgan romper kombinzonini qachonlardir Jeyms Bond ham kiygan.
Siyosatchilar o‘zgaradi, biroq yangi tayinlangan hamda prezidentlikni tark etayotganlarning yuz tuzilishi o‘zgarmaydi.
Qimmatbaho buyumlarga bo‘lgan qiziqish azaldan mavjud bo‘lgan.
Qadimgi Misr davridan buyon insoniyat aytarli o‘zgarmadi, axir hamon belgilar orqali suhbatlashishni davom etmoqdamiz. | 88 | 878 |
Foto | NASA Marsdagi muzli qumtepaliklar suratini e’lon qildi | NASA kosmik agentligi Marsdagi muzli qumtepaliklarining suratlari bilan bo‘lishdi. Suratdagi oq dog‘lar — bu erigan muz, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Marsning shimoliy tekisliklarida joylashgan qumtepaliklarida bir-birini takrorlovchi yoki ketma-ketlikka rioya qiluvchi tasvirlar yo‘q, qum to‘lqinlari tartibsiz joylashgan, ayrim hududlarda kraterlar mavjud.
NASA’ning yozishicha, muz sekin-asta erib bormoqda, bu esa yil fasllari o‘zgarayotganini bildiradi. Marsda mavsumlar xuddi Yerdagidek o‘tadi — hozir u yerda ham bahor. Biroq u yerdagi muz haqiqiy emas, balki sublimatsiyalangan. Ya’ni, uning tarkibini suv emas, quruq muz deb ataluvchi uglerod dioksidi tashkil etadi.
Avvalroq NASA bunga qadar ularni faqat olimlar ko‘ra olgan yangi kosmik suratlarni e’lon qilgandi. | 54 | 780 |
Foto | 2020-yilning eng yaxshi qushlar suratlari aniqlandi (foto) | Tashkilotchilar tomonidan Bird Photographer of the Year 2020 (“Yilning eng yaxshi qush suratkashi – 2020”) deb nomlangan tanlovda eng ajoyib tarzda olingan qushlarning fotosuratlari namoyish etildi va g‘oliblar taqdirlandi.
Kuvaytlik fotograf Majid Al-Zaabi tojdor baklan qushlari aks etgan “Kunning botishi” portreti uchun Gran-pri sovrindori bo‘ldi.
Italiyalik Franchesko Filippo Pelleriniga “Iguasu sharsharasi ustidagi uzunqanotlar” surati “Tabiiy yashash joyidagi qushlar” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
Britaniyalik fotograf Jeyms Xadsonning “Mandarin abstraksiyasi” surati “Ijodiy obrazlar” nominatsiyasiga ko‘ra bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.
Chexiyalik Magdalena Strakovoyning fotosurati “Bog‘ va shahar qushlari” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.
Avstraliyalik Jorjine Steytler “Eng yaxshi portfolio” nominatsiyasida “Parvozda” surati bilan g‘olib bo‘ldi.
Niderlandiyalik fotograf Rulof Molenaar “Qushlarning harakati” nominatsiyasi bo‘yicha sovrindor deb topildi.
Tanlovning “Eng yaxshi oq-qora surat”i nemis fotografi Robert Sommerning “Bo‘sh raqam” asariga nasib etdi.
“Detallarga e’tibor” nominatsiyasi bo‘yicha isroillik fotosuratchi Moshe Koenaning “Mukammal yashirinish” surati g‘olib chiqdi.
Yana bir isroillik suratkash Gadi Shmila “Qushlar parvozda” nominatsiyasida uchib ketayotgan xudxud qushi tasvirlangan surati bilan yutuqqa ega bo‘ldi.
“Ilhomlantiruvchi uchrashuv” nominatsiyasi bo‘yicha muallif Geyl Bissonning “Uyga qaytish” surati eng yaxshi ish deb topildi.
17 yashar britaniyalik Adam Leyk Devonshirdagi ko‘l oqqushi muhrlangan surati bilan “Yilning eng yosh fotosuratchisi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. | 58 | 1,664 |
Foto | Atrof-muhit ifloslanishi qanday oqibatlarga olib kelishi haqida o‘ylashga undovchi suratlar | Portugaliyalik fotograf Paulo de Oliveyra va uning hamkasblari o‘z ishlari bilan atrof-muhit ifloslanishi naqadar keng ko‘lamli muammo ekanligi hamda chiqindilarni qayta ishlash ahamiyatini ko‘rsatib berdi, deb yozadi Esquire.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har yili okeanga 13 million tonna plastik chiqindilar tashlanadi. Bu dunyo okeanidagi umumiy chiqindining 80 foizi degani.
Plastik quyosh nurlari ta’sirida mayda bo‘laklarga bo‘linadi hamda atrof-muhitga katta zarar yetkazadigan moddalar chiqara boshlaydi. Paketlar, butilkalar, bir martalik idishlar va boshqa chiqindilar dengizda yashovchi jonivorlar va qushlarning oshqozoniga tushadi. Ekologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu holat har yili o‘n minglab jonivorlarning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Paulo de Oliveyra o‘z suratlari bilan plastik buyumlar okeanga qanday zarar yetkazayotganiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratmoqchi bo‘ldi.
Bu hujjatli suratlar emas, fotograf muammoni yaqqol ko‘rsatish uchun bir necha suratlarni jamlab kompozitsiya yaratgan. | 91 | 1,012 |
Foto | Foto: Babkok-ranch — quyosh energiyasi bilan to‘liq ta’minlangan Amerikadagi ilk shahar | Bloomberg nashri Floridadagi quyosh batareyalari yordamida to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlangan Babkok-ranch shahrining suratlarini e’lon qildi.
Kirson & Partners kompaniyasi mazkur loyiha haqida birinchi bor 2005-yilda ma’lum qilgandi. Shahar 340 ming quyosh batareyalari yordamida energiya bilan ta’minlangan. Elektr energiyasi nafaqat Babkok-ranchning o‘ziga, balki yaqin atrofdagi tumanlarga ham yetmoqda.
2018-yil boshida shaharga ikkita yangi oila ko‘chib kelgan. Loyiha mualliflari Babkok-ranch hududiga 19,5 mingta uy qurishni va unga 50 ming aholini joylashtirishni rejalashtirgan. Hozircha pudratchilar 100 ta uyni qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan. | 87 | 670 |
Foto | Turli mamlakatlarda 20 dollarga qanday oziq-ovqatlarni xarid qilish mumkin? (fotogalereya) | AdMe dunyoning turli mamlakatlarida 20 dollarga qanday oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish mumkinligini aniqladi. Hisob-kitob qilishda ushbu mamlakatlarning barcha shaharlaridagi o‘rtacha narxlar qo‘llanildi.
Rossiya | 90 | 222 |
Foto | Viktor Tsoyga bag'ishlangan ko'rgazma, Ivanovo shahridagi qor, Qozog'istondagi tartibsizlik oqibatlarining bartaraf etilishi — 13 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Moskvadagi “Viktor Tsoy — qahramon yo'li” ko'rgazmasi ochildi.
Ivanovo shahrida qor.
Qozog'istondagi tartibsizlik oqibatlarining bartaraf etilishi.
Sinoptiklar Moskvada eski Yangi yil vaqti issiq kelishini bashorat qilishdi.
Nyu-York politsiyasi olib qochilgan mashina oldida.
Tallinda o'tayotgan figurali uchish bo'yicha Evropa chempionati.
xitoy qishki Olimpiada oldidan koronovirus bilan kurashmoqda.
Londondagi Sea Life okeanariumida yillik inventarizatsiya jarayoni.
Kaliforniyada syorfing.
Hindiston Ganga Sagar Mela bayramiga karantin davrida tayyorgarlik ko'rmoqda. | 146 | 634 |
Foto | Sevimli filmlarni suratga olish jarayoni haqida ma’lumot beruvchi suratlar | Muxlislar sevib tomosha qiladigan hamda tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan filmlarni suratga olish maydonchalaridagi, kadr ortidagi qiziqarli suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
View this post on Instagram
“Do‘stlar: Birlashish”ni suratga olish maydonchasida.
View this post on Instagram
“Galaktika qo‘riqchilari” filmi uchun Gamoraning yuzi ko‘rinishidagi niqob tayyorlangan. Ammo suratga olish jarayonida undan foydalanilmagan.
View this post on Instagram
Karen Gillan va Jek Blek “Jumanji”ni suratga olish jarayonida o‘z dublyorlari bilan.
View this post on Instagram
Xalkni gavdalantirgan Mark Ruffalo suratga olish maydonchasida.
View this post on Instagram
Tor va Kapitan Amerika quyosh nurlaridan saqlanmoqda.
View this post on Instagram
Tanosning qo‘lqopini kiyib ko‘rgan Pol Radd.
View this post on Instagram
“Mo‘jizakor ayol”ning etigi mana qanday hozirlangan.
View this post on Instagram
Lochin parvozining repetitsiyasi.
View this post on Instagram
“Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar ertak aytmaydi” filmining suratga olish maydonchasi”.
View this post on Instagram
Gamorani pardoz qilish jarayoni.
View this post on Instagram
Entoni Xopkins “Tor: Ragnarek” blokbasterini suratga olish maydonchasida rejissor Tayka Vaytiti va bosh rol ijrochisi Kris Xemsvort bilan.
Florens Pyu “Midsommar” filmining kadr ortida.
View this post on Instagram
Chedvik Bouzman o‘yinchoq yenot Raketa bilan.
Naomi Uotts “King-Kong”ni suratga olish maydonchasida.
View this post on Instagram
Skarlett Yoxansson va Florens Pyu “Qora beva” filmini suratga olish jarayonidagi tanaffusda. | 74 | 1,805 |
Foto | Fotogalereya: Yer yuzidagi eng qattiq qo‘riqlanadigan joylar | AdMe nashri qanchalik kirishni istasangiz ham kirishning imkoni yo‘q bo‘lgan maxfiy joylar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Granit tog‘idan 200 metr chuqurlikda mormonlar tomonidan qurilgan maxfiy ombor joylashgan. Mish-mishlarga ko‘ra u yerda mormonlar uchun qadrli bo‘lgan buyumlar saqlanadi. Bu yerga faqatgina cherkovning oliy a’zolarigina kirishi mumkin. Bazaning joylashgan o‘rni yadroviy portlashga ham bardosh bera oladi.
2008-yilda Shpisbergen orolida butunjahon urug‘larni saqlash omborxonasi ochilgan. U yerda sayyoradagi o‘simliklar urug‘ining 250 million xil namunasi saqlanadi. Orolda hech qanday tektonik faollik yo‘q, bundan tashqari u dengiz sahtidan 130 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu uni urug‘ saqlash uchun eng yaxshi joy ekanligini ta’minlaydi.
Gavayi arxipelagidagi ushbu kichik orolga kirish taqiqlanadi. Niixau 1863-yilda plantatorlar oilasiga sotilgan, 1915-yilda esa unga kirish taqiqlab qo‘yilgan. Orolga kirishning bugungi kunda ham imkoni yo‘q. Niixau qirg‘oqbo‘yi qorovullarining nazorati ostida.
Bahnhof provayderining ma‘lumotlar markazi 30 metr chuqurlikdagi g‘orda joylashgan, Ushbu bunker 1943-yilda, yadroviy zarbadan himoyalanish uchun qurilgan. Uning ichida sun’iy sharshara va hajmi 2,6 ming litrli akvarium mavjud.
Ushbu qamoqxonaning norasmiy nomi — “Tog‘li Alkatras”. Mahbuslar kamerasi — yaxlit toshdan iborat, hatto ularning yotog‘i va rakovinalari ham betondan quyilgan. Qamoqxona ichida ko‘plab lazerli qopqonlar mavjud, qolgan eshiklar tarmoq orqali nazorat qilinadi. Bu yerda barcha qo‘riqchilar qochishga uringan mahbuslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri otish huquqiga ega.
Ushbu joy dunyoda eng qattiq qo‘riqlanadigan kurort hisoblanadi. Bu yerda faqatgina AQSh hukumati xodimlari dam olishi mumkin. Shuningdek, bazada yadroviy urushdan himoyalanish maqsadida qutqaruv bunkeri ham mavjud.
Dunyodagi eng yopiq kutubxona. Arxivda VIII asrdan beri Rim papalarining hujjatlari saqlanadi. Bu yerga faqatgina ilmiy xodim kirishi mumkin, shunda ham bir nechta tekshiruv bosqichlaridan so‘ng.
Ushbu avtoturargoh — dunyodagi eng xavfsiz joylardan biri. Haydovchilarga avtoturargohdagi o‘rni bilan sinxronlashuvchi maxsus shtrixkod-chiptalar beriladi. Avtomobil joylashgan asfaltning ostiga harakat datchigi joylashtirilgan bo‘lib, avtomobil o‘zining egasisiz harakatlanadigan bo‘lsa signal ishga tushadi. Bu yerni 190 ta kuzatuv kameralari nazorat qiladi.
51-hudud — eksperimental uchuvchi qurilmalar va qurollanish tizimini rivojlantirish joyi. Bazadan birinchi bor Vyetnamdagi urush davrida MRBning hujjatlari uchun foydalanilgan. U yerga nafaqat quruqlik orqali borish, balki ustidan uchib o‘tish ham taqiqlangan. | 60 | 2,669 |
Foto | Kobuldagi Valentin kuni sharlari, tibbiyot niqobidan tikilgan ko'ylak, Yaponiyadagi “qor maxluqlari” — 13 fevral suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Isroil sohillarida plyaj voleyboli o'ynayotgan odamlar.
Frantsiyaning Nitsa shahrida an'anaviy karnaval 137-marta o'tkazildi.
Berlinda ayol to'liq tibbiyot niqobidan tikilgan ko'ylakda ko'chaga chiqdi.
Pokistonning Kalam shahrida qishki sport o'yinlari festivali bo'lib o'tmoqda.
Nepalda ayollar diniy ritual hisoblangan muqaddas suvda cho'milish marosimini o'tkazmoqda.
KxDR poytaxti Pxenyanda mamlakatning marhum lideri Kim Chen Irning 80 yillik yubileyi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda sinxron suzuvchi qizlar o'z chiqishini namoyish qilmoqda.
Bangalorda gul sotuvchi erkak Valentin kuni munosabati bilan gullarini tayyorlamoqda.
Venetsiyada karnaval.
Yaponiyadagi Zao tog'ida joylashgan ayoz bilan qoplangan ignabargli daraxtlar o'zining g'alati ko'rinishi sabab Juhyo, ya'ni “qor maxluqlari” deb nomlanadi.
Kanadada kuchli qor bo'lishiga qaramay, yuk mashinasi haydovchilari koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik namoyishini davom ettirmoqda.
Ispaniyadagi tashlandiq qishloq.
Kobulda Valentin kuni shar sotib yurgan bolakay surakashga tilini chiqarmoqda. | 122 | 1,131 |
Foto | Urush sabab bo'shab qolgan Hirotdagi uylar, Patagoniyadagi o'rmon yong'inlari, daryodagi muzyorar kemalar — 30 dekabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Argentinaning Patagoniya o'rmonlarida yong'inlar yuz berdi.
Urush sabab deyarli bo'shab qolgan Afg'onistonning Hirot viloyatidagi xom g'ishtdan qurilgan uylar.
Yakutiyada qahraton qish.
Ozarbayjonda Santa-Klaus libosidagi kishi bolalarga sovg'alar ulashmoqda.
Perulik shamanlar kelgusi yilda dunyo liderlari aqlli qarorlar qabul qilishlari uchun ibodat marosimini o'tkazdi.
Nepalning Bxaktapur shahridagi ifloslangan havo.
Hindiston koronavirus bilan kasallanish holatlari bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda bormoqda. Mamlakat aholisining 35 millionga yaqini virus yuqtirib olgan.
Filippin sohillaridagi syorfingchilar.
Kyoln hayvonot bog'idagi kiyiklar.
Polshadagi Odra daryosining muzini yorayotgan kemalar.
Hindistonning Chennay shahrida kuchli yomg'ir yog'di. | 127 | 823 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning turli shaharlarida 1 million dollar turuvchi uylar | AdMe dunyoning turli burchaklarida joylashgan bir million dollarlik uylarning suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Yuqori Vest-Sayddagi bitta yotoqxona va ochiq ayvonga ega kvartira. Nyu-York, AQSh
Plyajdan bir necha qadam narida joylashgan ikki xonali kvartira. Tel-Aviv, Isroil
Ochiq ayvonga ega uch xonali kvartira. Rim, Italiya
San-Fransiskoning eng zamonaviy hududida joylashgan 2 ta yotoqxonaga ega kvartira. AQSh
XIX asrda ta’mirlangan binoda joylashgan bir xonali kvartira. Parij, Fransiya
Ostermalm hududida joylashgan shohona dizaynga ega bir xonali kvartira. Stokgolm, Shvetsiya
Melburn markazida joylashgan uch xonali kvartira. Avstraliya
Tokiodagi eng baland osmono‘par binolardan birida joylashgan 2 ta yotoqxonaga ega kvartira. Yaponiya
Mexikodagi 5 ta yotoqxonaga ega villa. Meksika
Kroysberg hududida joylashgan 4 ta yotoqxonasi mavjud kvartira. Berlin, Germaniya | 74 | 884 |
Foto | Nyu-York metrosining eskirgan vagonlari qanday yo‘q qilinadi? (foto) | Hisobdan chiqarilgan deyarli barcha vagonlarni katta sayohat kutadi. Avvaliga ularning tirkamalari, oynalari, eshiklari, qurilma va qoplamalari, barcha xavfli materiallari hamda texnik suyuqliklari olib tashlanadi, deb xabar beradi TravelAsk.
Vagonning ayrim qismlari chiqindiga, ba’zilari qayta ishlashga, yana bir qismi esa xohlovchilarga sotiladi. MTA kompaniyasining saytida avtobus va vagonlardan yechib olingan eski qurilmalar sotuvga qo‘yiladigan maxsus bo‘lim ham bor. Shundan so‘ng tozalangan vagonlar bug‘ yordamida dezinfeksiya qilinib, uni ochiq okeanga olib ketadigan kemalarga yuklanadi. Nyu-York metrosi bilan tanish odamlar uni “o‘lim kemasi” deya ataydi. Vagonlar belgilangan nuqtada okeanga tashlab yuboriladi. Ular ummon ostida minglab baliqlar va dengiz organizmlari uchun uy bo‘lib xizmat qiladi.
So‘nggi marta vagonlar 2010-yilda cho‘ktirilgan. Barcha vagonlar ham okenga tashlanmaydi. Ularning bir qismi xizmat maqsadida olib qolinsa, yana bir qismi transport muzeyiga berib yuboriladi yoki depoda saqlanadi.
MTA kompaniyasida sun’iy riflarni yaratish dasturi 1960-yillarda ishlab chiqarilgan vagonlardan qanday qilib xalos bo‘lib muammosi paydo bo‘lganida ishlab chiqilgan.
2000-yildan beri 2580 vagon ushbu usul yordamida yo‘q qilingan.
MTA kompaniyasining ma’lum qilishicha, vagonlarning okeanga tashlanishi natijasida 12 million dollar tejalmoqda. | 68 | 1,378 |
Foto | Fotoreportaj: Rekonstruksiyadan so‘ng yangicha qiyofa kasb etgan “Toshkent” avtovokzali | Chilonzor tumanidagi “Toshkent” avtovokzali rekonstruksiya qilinib, yangicha qiyofa kasb etdi. Bir vaqtning o‘zida 2 mingdan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.
Vokzal eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan. Dispecherlik xizmati, chiptaxona, kutish zali va VIP zalda yo‘lovchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Mehmonxona, ona va bola hamda tibbiyot xonalari, savdo do‘konlari, ayollar va erkaklar uchun alohida namozxona, barlar tashkil etilgan. 31 ta perron, 80 ta avtobus uchun joy mavjud. | 87 | 619 |
Foto | Fotogalereya: Har doim xayol surib yuradigan kishilardan ajoyib suratlar | Kishilar oshirib yuborishga, ba’zan esa fantaziya qilishga moyil. Ba’zi kishilar esa ko‘rgan narsalaridan fantaziya qilishga usta bo‘lib ketgan. AdMe ana shunday fantaziyalardan namunalarni taqdim etdi. | 72 | 202 |
Foto | Turli mamlakatlarda iftor qanday o‘tkaziladi? (fotogalereya) | “Islam-today.ru” turli mamlakatlardagi ommaviy iftorlar aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi. | 60 | 91 |
Foto | Bangladesh prezidenti Samarqanddagi tarixiy qadamjolarni ziyorat qildi (foto) | Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid O‘zbekistonga tashrifining uchinchi kuni – 18-iyunda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamrohligida Samarqand shahriga keldi. Bu haqda Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Bangladesh rahbari Samarqand temir yo‘l vokzalining noyob me’morchiligi tahsinga sazovor ekanini qayd etdi.
Aziz Abduhakimov Bangladesh Prezidentiga ta’lim sohasida hamkorlik qilish, xususan, Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti bilan Bangladeshning “Jahongir Nagar” universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi va bu tashabbus Prezident Abdul Hamid tomonidan bajonidil qabul qilindi.
Bangladesh Prezidenti Samarqanddagi “Hazrati Hizr” kompleksi ziyorati davomida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Yuksak martabali mehmonga majmua bo‘ylab manzarali ekskursiya tashkil etildi va uning doirasida kompleksning barpo etilishi hamda O‘zbekiston Birinchi Prezidentining hayotiga oid ma’lumotlar taqdim etildi.
Ta’kidlash joizki, 15-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbedagi Osiyo hamkorligi va ishonch choralariga doir sammit doirasida Bangladesh rahbarini qabul qildi. | 77 | 1,221 |
Foto | Fotogalereya: Juda charchaganlar uchun tanish holatlar | Odam ba’zan juda charchaganda har qanday joyda ham tin olgisi keladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 54 | 129 |
Foto | Fotogalereya: Yerning eng sovuq qishlog‘i — Oymakonga sayohat | Travelask Yerning eng sovuq qishlog‘i — Yoqutistondagi Oymakonning suratlarini taqdim etdi.
Oymakon qishlog‘iga olib boruvchi yagona yo‘l
Qishloqqa kiraverishda “Oymakon — sovuq qutb” degan yozuvni ko‘rish mumkin
Qishloq markazidagi muzlab qolgan uy
Qalin juni itlarga issiqni saqlashga yordam beradi
Aksariyat hojatxonalar ko‘chada quriladi, chunki muzlab qolgan tuproq vodoprovod qurish imkonini bermaydi
Mahalliy fermerlar kechasi sigirlarini mana bunday saroylarda sovuqdan saqlaydi
Oymakondagi yagona ishlab turgan do‘kon aholiga barcha zarur mahsulotlarni yetkazib beradi
Avtomobillarni faqat isitiluvchi garajlarda qoldirish mumkin
Ko‘mir zavodi qishloq aholisi uchun issiqlik ishlab chiqaradi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 61 | 885 |
Foto | Foto: Fukusimadagi tashlandiq mashinalar va kimsasiz supermarketlar | Bangkoklik fotosuratchi va sayohatchi Kiu Ui Lun o‘z Facebook sahifasida 2011-yilda AESda yuz bergan avariyadan so‘ng aholisining barchasi evakuatsiya qilingan Fukusima hududiga qanday kirgani haqida gapirib berdi, deb yozadi TJournal. U rasmiy ruxsatnoma olish uchun uch—to‘rt hafta kutishni istamadi va yopiq hududga o‘rmon orqali kirib oldi.
“Qizil hudud”ga kirganidan, Lun, o‘zining aytishicha, ko‘zlari achishganini va kuchli kimyoviy hidni sezgan. Ushbu hududda radiatsiya darajasi hamon juda yuqori.
Shuningdek, sayohatchi shaharni hech kim o‘marib ketmaganidan hayratlandi (Chernobildan farqli o‘laroq). U shoshilinchda odamlar qoldirib ketgan yegulik, pul, tilla, noutbuk va boshqa qimmatbaho buyumlarni topishga muvaffaq bo‘ldi. | 67 | 745 |
Foto | Amerikalik ona qizi bilan yo‘laklarga bo‘r yordamida 3D-rasmlar chizmoqda (foto) | Amerikaning Texas shtatida yashovchi Jen Riggins va uning 13 yoshli qizi bo‘r bilan rasm chizishga qiziqadi, deb yozadi TravelAsk.
Pandemiyaga qadar ular bo‘r bilan trotuarga rasm chizish bo‘yicha turli tanlovlarda ishtirok etgan. Biroq hozir koronavirus tufayli tanlovlar bekor qilingan, shuning uchun ona va qiz iste’dodlarini namoyish etib, qo‘shnilarini xursand qilishga kirishdi.
Jenning aytishicha, ular ishtirok etishni rejalashtirgan tanlovlar bekor bo‘lganini eshitib, qattiq xafa bo‘lgan. Shundan so‘ng ayol o‘z uyi yaqinidagi yo‘laklarga rasm chizishga qaror qilgan.
Jen besh yil avval bo‘r bilan rasm chizishga qiziqib qolgan. U professional rassomga shogird tushib, hamma bo‘sh vaqtini ushbu mashg‘ulotga bag‘ishlagan. Keyinroq unga qizi qo‘shilgan.
Ular uy yaqinidagi yo‘lakka baliqlarning rasmini chizgan, bu qo‘shnilarga juda yoqqan. Shundan so‘ng ona va bola faoliyatini bemalol davom ettirmoqda.
Musavvir Saype 3 ming kvadrat metr o‘tloqqa rasm chizdi. U karantindan bezor bo‘lganlarga bag‘ishlanadi (foto) | 80 | 1,039 |
Foto | Fotoreportaj: Jo Baydenning inauguratsiyasi qanday o‘tdi? | 20-yanvar kuni Vashingtonda AQShning 46-prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Marosimda sobiq prezidenti Donald Tramp bo‘lmagan, bu bir asrdan ortiq davrdan beri davom etib kelayotgan an’ananing buzilishi hisoblanadi. “RBK” AQShning yangi saylangan prezidentini inauguratsiyasi qanday o‘tgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Pandemiya sabab marosim mehmonlari soni cheklangan, ommaviy tadbirlar esa, masalan, an’anaviy parad bekor qilingan
Jo Bayden va Kamala Xarris marosim boshlanishidan bir soat oldin Kapitoliyga yetib kelgan
Donald Tramp administratsiyasining vitse-prezidenti Mayk Pens rafiqasi Karen bilan
Sobiq prezident Barak Obama rafiqasi Mishel bilan
Bunga qadar birorta inauguratsiya marosimini qoldirmagan AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter bu safar ishtirok eta olmagan
Sobiq prezidentlar kichik Jorj Bush va Bill Klinton. Orqa planda — Barak va Mishel Obama
AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi
Inauguratsiya kuni Vashingtonda xavfsizlik choralari ehtimoliy norozilik namoyishlari sabab kuchaytirildi. AQSh poytaxtiga 25 ming harbiy kiritilgan
Marosimda qo‘shiqchi Jennifer Lopes chiqish qildi
Yangi vitse-prezident Kamala Xarris va uning turmush o‘rtog‘i Dug Emxoff
AQSh madhiyasini Ledi Gaga kuyladi
Chap tomondan: Jo Bayden rafiqasi Jill va farzandlari Eshli hamda Xanter bilan | 57 | 1,345 |
Foto | Abhishek Bachchan va Ayshvariya Rayning Dubaydagi hashamatli uyiga sayohat (foto) | Aksariyat Bollivud aktyorlar BAAning Dubay shahriga dam olishga kelganida mehmonxonada emas, o‘z uyida yashashni xohlaydi. Shuning uchun ushbu shahardan uy sotib olayotgan hind aktyorlarining safi ortib bormoqda.
Hozirga qadar Amitabh Bachchan, Shohrux Xon hamda Abhishek va Ayshvariya juftligi Dubaydan uy xarid qilgan.
Yulduzli juftlik Dubaydan 2016-yilda uy sotib olgan. O‘shandayoq ularning hashamatli uylari hammaning og‘ziga tushgan.
Abhishek va Ayshvariyaning orzusini BAAdagi eng mashhur qurilish kompaniyalaridan biri Shaikh Holdings ro‘yobga chiqardi.
Ularning hashamatli villasi Scavolini brendining dizaynerlik oshxonasi va Nolte brendi shkaflari bilan jihozlangan. Juftlikning yangi qasrida “aqlli” uylarga xos barcha texnologiya mavjud.
Uy oldida katta basseyn bor. Uning atrofiga palma daraxtlari ekilgan.
Villada bir nechta yotoqxona, yuvinish xonasi, kinoteatr, katta garderob va sport zali mavjud. | 81 | 916 |
Foto | Saudiya Arabistonida barpo etiladigan kelajak shahri qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? | Sinay yarimoroli sohilida yaqin vaqt ichida Neom noyob mega shahar qurilishi boshlanadi. U 26 ming kvadrat kilometr maydonda joylashadi. Loyiha ishlari haqidagi kelishuvni Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi va Misr prezidenti imzoladi.
Neom — lyuks klassidagi ilmiy va turistik loyiha bo‘lib, u haqiqiy jannat va kelajak shahridir. Uning nomlanishi ikkita: grekcha neo — “yangi” va arabcha mostaqbal — “kelajak” so‘zlaridan tashkil topgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mega shahar qurilishi 500 milliard dollarga tushadi. TravelAsk shahar qanday ko‘rinishda bo‘lishini aks ettiruvchi suratlarni taqdim etadi.
Neom neft sohasidan yuqori texnologiyalar sohasiga o‘tishga yordam beradi. Megapolisning barcha hayotiy ta’minotlari quyosh va shamol energiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Loyihaning birinchi bosqichini 2025-yilda yakunlash rejalashtirilgan. | 84 | 857 |
Foto | Dunyoning eng boy yozuvchi ayollari Forbes Woman reytingida (fotogalereya) | 2016-yil yakunlariga ko‘ra, dunyoning eng ko‘p haq to‘lanuvchi mualliflari ro‘yxatiga 17 kishi kiritildi, ulardan olti nafari ayol yozuvchidir. Forbes Woman kitoblari va ular asosida ishlangan kinofranshizalar 2016-yilda o‘z yaratuvchilariga ulkan daromad keltirgan ayol yozuvchilar ro‘yxatini keltiradi.
Ularning umumiy daromadi 90 million dollarni tashkil etadi.
2016-yildagi daromadi: 19 million dollar
Yoshi: 51 da
Vatani: Buyuk Britaniya
Asarlari: Garri Potter haqidagi kitoblar seriyasi, “Tasodifiy bo‘sh o‘rin”, Kormoran Strayk haqidagi detektivlar seriyasi.
Garri Potter haqidagi yettita asar 65 ta tilga tarjima qilingan va 400 million nusxada chop etilgan. Yosh sehrgar haqidagi filmlar daromadi 7,7 milliard dollarga yetgan.
2016-yildagi daromadi: 15 million dollar
Yoshi: 66 da
Vatani: AQSh
Asarlari: “Irlandcha yuraklar”, “Mak-Gregori”, “Tungi hikoyalar”, “Stanislavski oilasi”, Yeva Dallas haqidagi kitoblar to‘plami.
Nora Roberts juda sermahsul ijodkor. Bitta asarni yaratish uchun o‘rtacha 45 kun sarflaydi va shu zahoti boshqasiga o‘tadi. Yozuvchi o‘zining 200-kitobini 2012-yilda chiqargan bo‘lsa, 2017-yilda ularning soni 220 dan oshdi.
2016-yildagi daromadi: 15 million dollar
Yoshi: 69 da
Vatani: AQSh
Asarlari: “Zoya”, “Oilaviy albom”, “Uzuk” va boshqa romanlar.
Stil 800 million nusxada tarqalgan va unga 330 million dollar daromad keltirgan 130 dan ortiq roman muallifidir.
2016-yildagi daromadi: 14 million dollar
Yoshi: 54 da
Vatani: Buyuk Britaniya
Asarlari: “Kulrangning ellik tusi”, “Ellik rangga qoraroq”, “Ozodlikning ellik tusi”.
2013-yilda 95 million dollar daromadi bilan Jeyms Forbes’ning eng yuqori haq to‘lanuvchi yozuvchilari reytingiga yetakchilik qildi.
2016-yildagi daromadi: 10 million dollar
Yoshi: 45 da
Vatani: Buyuk Britaniya
Asarlari: “Poyezddagi qiz”, “Suvda”.
“Poyezddagi qiz” nashr etilgandan keyingi uch oy ichida ikki milliondan ortiq nusxada sotildi. O‘tgan yili Dream Works tomonidan chiqarilgan ekranizatsiyasi esa dunyo prokatida 173 million dollardan ortiq daromad keltirdi.
2016-yildagi daromadi: 10 million dollar
Yoshi: 28 da
Vatani: AQSh
Asarlari: “Divergent”, “Insurgent”, “Elligent”.
2010-yilda hali 22 yoshga to‘lmagan Rot o‘zining o‘smirlik antiutopiyasi aks etgan birinchi kitobi “Divergent”ni kitob bilan tanishib chiqqan birinchi nashriyotga sotdi. 2017-yil yanvar holatiga ko‘ra, uning trilogiyasi 35 milliondan ortiq nusxada sotilgan. | 74 | 2,410 |
Foto | Davom etayotgan Pekin paralimpiyasi, vayron bo'lgan rus tanklari, portlatilgan masjid — hafta suratlari | Haftaning eng dolzarb va sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
xitoy shimolida ko'ngillilar ko'chat o'tqazmoqda. 500 ko'chat tashabbusidan ilhomlangan ko'rinishadi.
xitoyda xalq vakillari Butunxitoy yig'ilishining yakuniy qismidan foto.
Murmanskdagi kiyiklar to'dasi.
Bu esa qo'ylar podasi. Ammo ular dalada emas, Parijning yuragida. Gap shundaki, o'tgan haftada u yerda qishloq xo'jaligi yarmarkasi o'tkazilgan edi.
Argentina poytaxtida hukumatning xalqaro valyuta fondi bilan kelishuviga qarshi norozilik namoyishi bo'lib o'tdi.
Pokistonning Peshovar viloyatidagi masjidda yuz bergan portlash oqibatida vafot etgan kishilar jasadi shahar shifoxonasi tashqarisida turibdi.
Rossiya harbiylari hujumidan so'ng vayron bo'lgan Mariopoldagi cherkov. Ikki haftadan buyon Rossiya Ukraina shaharlarini bombardimon qilmoqda.
Janubiy Koreyadagi prezident saylovida Demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon saylov kampaniyasi davomida tarafdorlari oldida chiqish qilmoqda. Ammo u saylovda g'alaba qozona olmadi. Janubiy Koreya prezidenti esa bundan buyon Yun Sok Yol hisoblanadi.
Ukrainaning Brovari shahri yaqinida ukrain harbiylari tomonidan vayron etilgan rus tanklari.
Buyuk britaniyalik Skot Minaf Pekinda davom etayotgan qishki Paralimpiya o'yinlarida o'z chiqishini namoyish etmoqda.
O'tgan haftada Rossiya harbiylari Mariopoldagi tug'urqxonaga havodan zarba berishi oqibatida muassasa vayron bo'ldi. U yerdagi bemorlar evakuatsiya qilindi.
Portugaliyaning Penish shahri sohillarida syorfing bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Farzandi qabri yonida yig'layotgan ayol. Urush bo'lmasin, onalar yig'lamasin, Vatan bo'linmasin! | 103 | 1,625 |
Foto | Baliq ovlayotgan Putin, syorfing uchayotgan it, kameraga tushib qolgan boʻri toʻdasi — 26 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Argentinada boʻlayotgan Tango boʻyicha Jahon chempionatida chiqish qilayotgan raqqos-raqqosalar.
Qizil dengizning Saudiya kurortida joylashgan Faysal Malikaning uyidagi retikulyar pitonlar. Malika oʻziga xos ranglar va naqshlarda "jonli san‘at" yaratish uchun oʻnlab ilonlarni saqlab keladi.
Lionda boʻlib oʻtgan oshpazlar chempionatida Italiya jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinlarni yaponiyalik va fransiyalik oshpazlar egalladi.
Misr ehromlari yaqinidan oʻtib ketayotgan tuya mingan sayyohlar.
Bangkokda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.
«Sledge Sisters» solisti Keti Sleyj Glazgoda oʻtayotgan musiqa festivalida chiqish qilmoqda.
Germaniyada Angela Merkelning davomchisi aniqlanmoqda. Mamlakatda parlament saylovlari boshlandi.
AQShda itlar oʻrtasida syorfing musoqabasida qatnashayotgan Derbi laqabli kuchuk musobaqaga tayyorlanmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sibirda dam olish chogʻida baliq ovlamoqda.
Sibirdagi qoʻriqxonalardan birida oʻrnatilgan kameralar Sibir boʻrilar toʻdasini suratga oldi. | 108 | 1,109 |
Foto | Turkiyada hilol va yulduz ko‘rinishida masjid qurilmoqda (foto) | Turkiyaning Sivas shahrida hilol va yulduz ko‘rinishidagi masjidda qurilish ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi, deb xabar bermoqda “Azon.uz”.
Turkiyada bunday ko‘rinishga ega yagona masjidning qurilish ishlari 2017-yilda boshlangan. Ushbu masjid shahar hokimligi yordami va xayr-ehsonlar hisobiga qurilmoqda.
Yuqoridan qaraganda, masjidning hilol va yulduz shaklida ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Yulduz ko‘rinishidagi yopiq maydonda bir paytning o‘zida 3,5 ming, hilol ko‘rinishidagi hovlida esa 5 ming kishi namoz o‘qishi mumkin. | 63 | 529 |
Foto | Shou-biznes yulduzlari qanday uylarda yashaydi? (fotogalereya) | AdMe shou-biznes yulduzlari yashaydigan uylar bilan tanishtirdi. | 62 | 64 |
Foto | Fotogalereya: Shaharlarning havas qilsa arziydigan tashqi dizaynlari | AdMe shaharlarni noodatiy va g‘aroyib tashqi dizayn bilan bezash mumkinligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Ulkan kitobni turfa rangli qalamlar ko‘tarib turgan maktab avobusi bekati
Yuzda tabassum uyg‘otuvchi banan-o‘rdaklar
Ovoz kuchaytirgich kabi ko‘rinishga ega gitaralar bilan savdo qiluvchi do‘kon
Ushbu yigitcha o‘z mashinasini kafega aylantirdi
Oyoq ostida suzib yurgan begemotlar
Bolgariyadagi ko‘cha kutubxonasi
Marhamat, o‘tiring!
Yo‘l chetiga o‘rnatilgan ulkan qalamlar
Bog‘dagi ulkan qistirgich
Kimdur bu ko‘chada tetris o‘ynagan ko‘rinadi
Kitob do‘konining vitrinasi
Shahar o‘rtasiga o‘rnatilgan orzudagi gamaklar
Velosipedlar uchun “taroq”
Avtobus bekati
Qahva ichasizmi? | 68 | 713 |
Foto | Poyezdga o‘tirib, uzoq sayohatlarga chiqish istagini uyg‘otuvchi suratlar | Yiliga 1,8 milliard odam poyezddan foydalanadi. Kechasi yo‘lga chiqqan aksari yo‘lovchilar g‘ildiraklarning shovqini, uxlash bilan bog‘liq noqulayliklardan shikoyat qiladi. Ammo texnologiyalar rivojlangani sayin ishlab chiqaruvchilar imkoniyati keng va mijozlarga maksimal darajada qulay variantlarni taqdim qilmoqda.
Shvetsiyaning tunda harakatlanadigan poyezdi
Lokomotiv poyezdlar mamlakatning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasida qatnaydi. Quyidagi suratda esa yo‘lovchilarni joylashtirishning to‘rtdan bir varianti keltirilgan. Unda bir kupeda 6 ta yotoq borligini ko‘rish mumkin. Xavfsizlik maqsadida tunda kamar va setka maxsus mahkamlanadi.
Poyezdning harakatlanish jadvali manzilga nonushta vaqtigacha yetib borishga mo‘ljallangan. Yo‘lovchilar o‘tirishiga qulay bo‘lishi uchun yotoq o‘rinlari kunning yorug‘ qismida yig‘iladi. Ayollar, erkaklar yoki aralash bo‘limlarni tanlash imkoniyati ham mavjud. Joyni oldindan band qilish kishi boshiga 20 dollar turadigan poyezdda uncha katta bo‘lmagan restoran borligiga ham guvoh bo‘lish mumkin: ish vaqti soat tonggi 05:00 dan kechki 23:00 gacha. Shvetsiya bo‘ylab poyezdda sayohat qilib, oyna ortidagi betakror manzarani tomosha qilish, masalan, Xelsingborggacha bo‘lgan manzilda shunday ajoyib go‘zallikka guvoh bo‘lish mumkin. Yo‘l davomida kutilmagan holatlar ham yuz berishi ehtimoldan xoli emas.
Yaponiyaning Sunrise Izumo va Sunrise Seto poyezdlarining Nobinobi kechki vagonlari
Taxminan, 12 soat ichida 950 km masofani bosib o‘tadigan poyezd bir necha turdagi, yotog‘i bor vagonlar ham mavjud. Sayohat qayerdan boshlab qayerda tugashidan qat’i nazar, yotoq joyini band qilish narxi o‘zgarmaydi.
Ammo shunga qaramay, bosib o‘tilgan yo‘l masofasiga bog‘liq bo‘lgan asosiy va ekspress-chipta bo‘lishi kerak. Vagonda siz-u bizga uchun odatiy bo‘linish yo‘q, o‘tish joyidan ikkita yotoqxonaga kirish imkoni mavjud.
Xitoyning vagon-kupesi
Xitoy hududida turli kompaniyalarga qarashli ko‘plab poyezdlar harakatlanadi. So‘nggi vaqtlarda yotoqlari o‘tish yo‘llari bo‘ylab ikki tarafda joylashgan vagonli poyezdlar mashhurlikka erishgan.
Bu yo‘lovchilarning har biriga maksimal darajada qulay joy tashkil qilish imkonini beradi. Qolaversa, yo‘laklarning kengligidan hatto katta chamadon bilan ham bemalol yurish mumkin. Ayrim sayohatchilar bunday poyezdlarda tambur yo‘qligini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, CRH1E poyezdlarida odatiy 4 kishilik, qolaversa, televizori bor kupelarni uchratish mumkin. Vagon oynasidan guruch yetishtiriladigan keng maydonlarni tomosha qilib ketsa bo‘ladi.
Avstriyaning kechki Nightjet poyezdi
Avstriyadan boshqa mamlakatlarga sayohat qilish uchun 4 kishi uchun mo‘ljallangan yotog‘i bor vagon ayni muddao hisoblanadi. Yo‘lovchilar shiftiga qorli purviqor tog‘lar surati tushirilgan, rang-barang kupelardan tashqari, dekoratsiyasiz oddiy variantlarni ham tanlashi mumkin.
Har bir kupesida vanna va hojatxonani o‘z ichiga oladigan poyezdda nonushta — qahva yoki choy, sariyog‘ yoki murabboli bir dona bulochka, shuningdek, mineral suv ham chipta to‘lovining ichiga kirib ketadi. Ta’bga qarab taomnomadan boshqa taom yoki yegulikni buyurtma qilsa bo‘ladi, faqat buning uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘lanadi
Ispaniyaning Trenhotel kechki poyezdi
Yuqori sifatli mazkur kechki poyezd uzoq safarlar uchun mo‘ljallangan.
G‘ildiraklarning bir maromda harakatlanishi vaqtida uyg‘onish va vagondagi restoranda nonushta qilish kishiga o‘ziga xos zavq beradi.
Italiya va Fransiya o‘rtasida qatnovchi Thello kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan poyezdlar
Parij, Dijon, Milan va Venetsiya singari shaharlarni o‘z ichiga olgan Fransiya hamda Italiya o‘rtasida qatnaydigan poyezdda 4 kishilik hamda 6 kishilik kupelar mavjud. Kunduz kuni yotoqlarni o‘rindiq holiga keltirish mumkin.
Thello kompaniyasi, shuningdek, qulaylikni afzal biladigan yo‘lovchilarga shaxsiy hojatxonasi bor premium klassdagi kupelardan foydalanishni ham taklif qiladi. Parij — Venetsiya yo‘nalishi bo‘ylab to‘liq restoranni o‘z ichiga oladigan eng qulay kechki poyezdlar harakatlanadi.
Angliyadan Shotlandiyaga qatnaydigan poyezd
Mazkur poyezd haftada 6 kecha London va Shotlandiya va Shotlandiyadan London bo‘ylab harakatlanadi. Chipta qaysi klassga olinganiga qarab unga 1 yoki 2 kishi joylashishi mumkin.
Barcha xonalarda telefon quvvatlagich, uxlash uchun kerakli jihozlar hamda rakovina mavjud. Birinchi klass yo‘lovchilarining nonushtasi chipta narxining ichiga kirib ketadi.
Rossiyaning yangilangan platskartali vagonlari
54 kishiga mo‘ljallangan poyezdning har bir kupesida to‘rtta yo‘lovchi uchun joy mavjud. Unda yog‘ochdan ishlangan va teshiklari mavjud paneldan tepa qavatga zinapoya sifatida foydalanish mumkin. Har biri kishi uchun alohida rozetka, USB-porti borligi yanada qulaylik keltirib chiqaradi. Poyezd harakatlanganda va to‘xtaganda to‘kilib kelmasligi uchun stolga ichimlik qo‘yish uchun maxsus chuqurchalar mavjud. | 73 | 4,891 |
Foto | Fotogalereya: O‘tmishdagi qiziq hikoyalarni so‘zlab beruvchi suratlar | Agar e’tibor berib qarasak, o‘tmish doim biz bilan muloqot qilishga intilishini sezamiz. U biz bilan me’morchilik, adabiy asarlar, madaniy meros va suratlar orqali gaplashadi. Travel Ask taqdim etgan suratlar o‘tmish haqida qiziq ma’lumotlarni berdi. | 69 | 250 |
Foto | Fotogalereya: Qoq o‘rtasidan bo‘lingach, ichki qismi qiziqarli ko‘rinadigan narsalar | Bolalikda ko‘pchilik o‘yinchog‘ini ichi qanday ekanini bilish uchun, uni ikkiga bo‘lib ko‘radi. Ba’zan bu odat katta bo‘lgach ham qoladi. AdMe qoq ikkiga bo‘lingach, ichki qismi aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Konsert zali
Sovet suvosti kemasi
Kivano qovuni
Kreslo
Sigaret folgasidan shar
Grechka
Dur
Akkardeon
Artishok
Batareya
Aloe bargi
Qattiq disk
Lotos ildizi | 84 | 378 |
Foto | Megan Markl va boshqa mashhur yulduzlarning rus qiyofadoshlari (foto) | Ajabo, qanday qilib ikki odam bir-biriga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, agar ulardan biri dunyoga mashhur bo‘lsa-yu, ikkinchisi oddiy o‘quvchi yoki model bo‘lsa.
Megan Markl va yekaterinburglik rus qiz
Ehtimol, bu biz ko‘rgan eng o‘xshash qiyofadoshlardan biridir. Fotosuratchi Vladislav Burnashev tomonidan suratga olingan yekaterinburglik noma’lum qiz ham so‘rovda qatnashdi, natijada hamma Rossiyaning o‘z Sasseks gersoginyasi borligini bilib oldi.
Riz Uizerspun va Marina Domojirova
Rasmdagi Riz Uizerspun emas, balki rossiyalik aktrisa Marina Domojirova ekanligini birinchi martadayoq topish qiyin. Ha, ular nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan, balki kasbi bilan ham o‘xshash. Aytgancha, Marina Uizerspunga o‘xshash uchun hech qanday plastik operatsiya qildirmaganini ta’kidlaydi.
Deniel Redkliff va Nikolay Posled
Nikolay Posled Krasnoyarskda savdo sohasida ishlaydi, shuningdek, Instagram’da 30 mingdan ortiq obunachisi bo‘lgan blogni ham yuritadi. Yigitning har bir surati tagiga Deniel Redkliffning Garri Potter rolidagi aniq nusxasi ekanligi yozilgan — bu borada u bilan bahslashish qiyin.
Natali Dormer va Dariya Grinko
Natali Dormer o‘ynagan “Taxtlar o‘yini” filmining qahramoni Margeri Tirellning ham qiyofadoshi bor. Soch rangidagi farqni aytmasa, chindan ham ular bir-birlariga juda o‘xshaydi.
Anjelina Joli va Assol Vasilyeva
Dunyo bo‘ylab Anjelina Jolining qanchadan qancha qiyofadoshlari bor. Aktrisaning ruscha “versiyasi” — model va teleboshlovchi Assol Vasilyeva. Qizning aytishicha, u tashqi ko‘rinishidan aktrisaga umuman o‘xshamaydi va uni Joliga o‘xshatgan odamlarni tushunmaydi.
Megan Foks va Anastasiya Sudakova
Sankt-peterburglik Anastasiya Sudakova Megan Foksning ayni nusxasi. To‘g‘ri, Megan Foks juda ko‘p jarrohlik operatsiyalaridan foydalangan, Anastasiya esa bunday qilmagan. | 69 | 1,815 |
Foto | Mashhur film va seriallarning o‘zidek qiziq bo‘lgan kadrorti suratlari | Ko‘pchilik suratga olish maydonchasida nima sodir bo‘layotganini faqat ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilayotgan kadrlar orqali tasavvur qilishi mumkin. Ba’zida ularning surati kartinaning o‘zidan ham omadliroq chiqadi. Quyida ana shunday ajoyib kadrlarning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.
Ba’zan nafaqat afsunning vizual effektlarini, balki sehrli tayoqchani ham tasavvur qilish kerak. (“Garri Potter” filmini suratga olish jarayoni).
Genri Kavill va “Jodugar”serialidagi mashaqqatlari.
Kadrdagi “Kalmar o‘yini” aktyorlari qasam ichgan dushmanlardir, ular sahna ortida kulgili tarzda selfiga tushadi.
Qanday chiqqanini imkon qadar tezroq ko‘rish juda qiziq.
Dedpulga ko‘rsatmalar berayotgan rejissor Devid Leytchning.
Rejissor Deni Vilnyov va Stilgar roli ijrochisi Xaver Bardem “Dyuna” filmida.
Haqiqatda Parijni bo‘lishning imkoni yo‘q, shuning uchun “Ibtido” filmi ijdokorlari kompyuter grafikasi bilan kifoyalandi.
Filmlarda ushbu kadr arzimas masaladek tuyulsa-da, aslida bunday sahnalar uchun juda ko‘p texnikadan foydalaniladi.
Bu filmdagi tayyor ko‘rinishi.
Kadrda ham, sahna ortida ham raqsga tushish. Stiven Spilberg va “Vestsayd hikoyasi” filmining aktyorlari.
“Buyuk” serialining ikkinchi mavsumini suratga olish jarayonida aktyorlar shirinliklar bilan oziqlangan.
Tom Xolland “Haos yurishi” (“Chaos Walking”) suratga olish maydonchasida. Ko‘rinib turibdiki, aktyorlar ish davomida film muhitini to‘liq his qilgan.
Anjelina Joli va Bruklin Prins “Yagona va betakror Ayvan” bolalar filmining suratga olish maydonida.
Asosiysi tushlikdan oldin ularni tushirishni unutmang. “Neverland” serialining suratga olinish jarayoni.
“Doom patrul” (“Rokovoy patrul”) aktyorlari dubllar orasidagi tanaffusda.
“1917” filmining sahnasini suratga olish jarayoni.
“Kichkina ayollar” filmidagi bosh rol ijrochilari internetsiz faqat ekrandagina yashashga rozi. | 70 | 1,876 |
Foto | Janna Friskesiz 5 yil. Taniqli xonandaning muvaffaqiyatli hamda fojiali hayot yo‘li — suratlarda | Besh yil avval taniqli rossiyalik xonanda va aktrisa Janna Friske vafot etgan edi. “RIA Novosti” Friskening shon-shuhratli, shu bilan birga fojiali hayoti aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
Janna Friske og‘ir kasallik bilan bir yil kurashdi. U hayotining so‘nggi uch oyini komada o‘tkazdi. 2015-yilning 15-iyun kuni xonanda vafot etdi.
Jannaga mashhurlik hamda xalq mehri u “Blestyashiye” guruhida faoliyat yurita boshlagan 1990-yillar o‘rtalarida keldi.
Friske Olga Orlova va Irina Lukyanova bilan guruhning “oltin tarkibi”ga kirgan.
2003-yilda Janna “So‘nggi qahramon” realiti-shousida ishtirok etgan. Xonandaning aytishicha, ko‘rsatuv uni o‘zgartirgan.
Moskvaga qaytgach, xonanda yakkaxon tarzda ijodini davom ettirishini ma’lum qildi. Jannaning “Qachondir yozda”, “La-la-la”, “Qorong‘ulikka uchmoqdaman” kabi xitlarni jamlagan birinchi albomi 2005-yilda sotuvga chiqdi.
Janna Friskening nomi shou-biznesni yoritadigan nashrlarda tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi.
Xonandani uslub qirolichasi deb atashardi. Uning ishtirokidagi fotosessiyalar jurnallar muqovalarini bezardi.
2004-yilda xonandaning muxlislari uni kinoaktrisa sifatida ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. U “Tungi kuzatuv” filmida jodugar rolini ijro etdi.
Shundan so‘ng unga kinodan ko‘plab takliflar bo‘la boshladi. Aktrisa “Kunduzgi kuzatuv”, “Erkaklar nima haqda gapiradi?”, “Men kimman?”, “Yangi yil sovchilari” kabi filmlarda ham turli obrazlarni gavdalantirdi.
Muvaffaqiyat va tomoshabin mehri xonandani bu sohada ham kutib turgan edi.
2011-yilda Janna Friskening teleboshlovchi Dmitriy Shepelev bilan uchrashishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Biroq ular shunchaki do‘st ekanligini ta’kidlardi.
Teleboshlovchi bilan munosabatlari haqidagi birinchi intervyuni Janna 2013-yilda bergan. O‘sha yili u o‘g‘li Platonni dunyoga keltirgan.
Friske farzandini dunyoga keltirgach, ancha paytgacha omma oldida ko‘rinish bermagan. 2014-yilning yanvarida esa u miya saratoniga chalingani ma’lum bo‘ldi.
Janna Friskening davolanish jarayoni bir yilcha davom etdi. U Nyu-York va Xitoydagi onkologiya klinikalarida davolandi.
2014-yilning oktabrida xonanda Moskvaga qaytdi. O‘shanda kasallikning xavfli bosqichi ortda qolgani aytilgan edi.
Janna Friskening oila a’zolari, do‘st va hamkasblari, millionlab muxlislari mo‘jiza yuz berishini kutdi, biroq kasallik uni hayotdan olib ketdi.
Saraton, diabet, revmatizm. Og‘ir kasalliklar bilan kurashib yashayotgan Gollivud yulduzlari | 96 | 2,452 |
Foto | Suratning bor muvaffaqiyati to‘g‘ri tanlangan rakursda ekanligini isbotlovchi holatlar (foto) | Inson kutilmaganda kashfiyotlarga duch kelishi mumkin. Buning uchun narsalarga noodatiy burchaklardan qarash kifoya. Kichik jonzotlar ulkan yoki oyoq-qo‘llari uzun ko‘rina boshlaydi. Shu tarzda eng oddiy tasvirlar ham jumboqqa aylanadi.
Lulu kechki ziyofatga tayyorgalik ko‘rmoqda.
“Yorug‘lik tufayli chiroqda ulkan o‘rgimchak borligini ko‘rish mumkin”.
Sehrgarning yordamchisiga aylanish uchun barcha imkoniyatlardan foydalangan mushuk.
To‘satdan kitob o‘z o‘quvchisi uchun mukammal bo‘lgan holat.
Nemis kuchugi kattaligidagi mushuk.
Bu chindan ham kichkina hammom.
“Chiroqning ko‘zoynakdagi aksi”.
“Idish yuvish mashinasini ishlatdim va 15 soniyaga ko‘tarib qo‘ydim. Endi esa panjarani qanday chiqarib olishni o‘ylayapman”
“Ko‘chamizda ulkan itlar yuradi”.
Stulning soyasi.
Muzlagan suv havzasi oddiy asfalt ko‘chaga o‘xshaydi.
“Singlimning oyog‘ida ikkita to‘piq borga o‘xshaydi”.
“Ikki itim o‘ynamoqda”.
Ushbu suratning bir qismi shunchaki ko‘lmakdagi binoning aksi.
“Sviter tufayli qo‘lim shunday uzun ko‘rinishga kelib qoldi”.
“Mening kuchugim odatdagidan kattaroq ko‘ringan”.
Xuddi barmoqlar ortiqchaga o‘xshaydi.
Yoki it katta, yoki uy kichkina.
Juda uzun mushuk.
“Yangi chiroq sotib olganimdan so‘ng mushugimning soyasi”.
“Uchar kabina”. | 93 | 1,266 |
Foto | Fotogalereya: Ijodiy yondoshuvi istalgan muammoni hal qiluvchi daholar | Hech Lego donachasini bilmay bosib olib, og‘riqdan baqirishni xohlaganmisiz? Yoki uyingizda hech qanday oshxona anjomi qolmagan vaziyatga duch kelgandirsiz? Quyidagi odamlar mana shunday noqulay vaziyatlarga duch kelib, oqilona yechim topgan. Ulardan talab qilingan narsa esa biroz ijodkorlik bo‘lgan. AdMe ana shunday suratlarni taqdim etdi.
“Men undan bo‘yi qanchaligini so‘ragan edim, u menga buni tutqazdi”: “Ha meni bo‘yim baland. 208 santimetr. (Yo‘q, hazillashmayapman. Ha, bu baland).Yo‘q, basketbol o‘ynamayman, voleybol o‘ynayman. Ha, odamning boshini ko‘rish g‘alati. Ha, bu yerda ob-havo yaxshi. Ajoyib suhbat bo‘ldi”
Idish yuvishni juda ham yomon ko‘rganlar uchun
Nahotki selfi-tayoqchani shunday yaratishgan?
“Ukamning quloqlari katta bo‘lgani uchun hamma ustidan kulardi, shuning uchun unga yordam berdim”
Bu yigitlar vaqtni qanday qilib yaxshi o‘tkazishni biladi
“Do‘stim farzandlari nuqul pultni yo‘qotib qo‘yishidan charchadi”
Juda ham qiyin tanlovga duch kelganida
“Qo‘shnimning uyida dazmol yo‘q”
Aeroportda tunab qolish
“Face Time kamerani Playstation tomonga burib qo‘ydim, endi vannaxonada ham uni o‘ynashim mumkin”
“Farzandingiz kelajakda omadli rassom bo‘lishiga ishonsangiz”
“O‘zimni o‘qishga qanday ilhomlantiraman”
“Mana men qanday qilib toshbaqam qayerga ketayotganini kuzatib turaman”
“Onam doim ukamning xonasidagi badbo‘y hiddan noliydi. Mana ukam nima qildi” | 70 | 1,405 |
Foto | Dushanbe va boshqalar: Sayyohlar oqimi kamligi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiluvchi besh shahar | 34travel portali yaqin vaqt ichida aynan sayyohlar oqimi kamligi bilan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan beshta yo‘nalish ro‘yxatini e’lon qildi. Bu ro‘yxatdan Dushanbe, Sofiya, Buxarest, Kasablanka va Boston o‘rin olgan, deb yozadi “Afisha Daily”.
Mazkur ro‘yxatni tuzgan ekspertlar bu shaharlarga tashrif buyurish uchun bir nechta sabablarni ham sanab o‘tgan.
Masalan, Tojikiston poytaxtiga sayyohlar tog‘ manzaralarini tomosha qilish uchun, Bolgariya poytaxtiga diniy qadriyatlar bilan tanishish uchun, Ruminiya poytaxtiga shahar arxitekturasi uchun, Kasablankaga Marokashdagi eng katta masjid, qirollik saroyi va savdo dahasi uchun, Bostonga esa Ilm-fan muzeyi va okean akvariumini tomosha qilish uchun boradi.
Dushanbe
Sofiya
Buxarest
Kasablanka
Boston
Avvalroq Euromonitor tadqiqotchilari Gonkongni xorijlik sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shahar deb topgan edi.
Reyting: Jahonning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlari
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 97 | 1,131 |
Foto | Dunyodagi aholisi eng zich mamlakat — Bangladesh hayotidan 25 ta ta’sirli surat (fotogalereya) | Bangladesh — Janubiy Osiyodagi eng qashshoq, shu bilan birgalikda, aholisi eng zich va ko‘p millatli bo‘lgan mamlakat, deb yozadi Travel Ask. Bu yerda odamlar faqat kechasi uxlash mumkin bo‘lgan xarob uy-joylarda yashaydi yoki umuman boshpanasi ham yo‘q. Ular ochlikdan o‘lmaslik uchun arzimagan pul evaziga og‘ir ishlarda mehnat qiladi. Har yerda qashshoqlik, axlat va antisanitariya, normal tibbiyotni tilga olib ham bo‘lmaydi.
Ammo baribir, bu o‘z madaniy xilma-xilligi, rang va tuslarining turfaligi bilan e’tiborni jalb qiladigan o‘ta yorqin va g‘aroyib mamlakatdir. | 94 | 571 |
Foto | Fotogalereya: Nagoyadagi ilm-fan muzeyi — dunyodagi eng katta planetariy | Zamonaviy ilmiy muzeylar har doim axborot beruvchi, qiziqarli va ijobiy his-tuyg‘ular ulashuvchi makon. Agar ilm-fan muzeyi ilm-fan va texnologiyaga alohida e’tibor qaratadigan mamlakat bo‘lmish Yaponiyada joylashgan bo‘lsa, bu sizga chindan ham zavq bag‘ishlaydi. Travel Ask dunyoning eng yirik planetariysi joylashgan Nagoya shahriga borishni taklif qiladi.
Kirishning o‘zidayoq bu shunchaki oddiy muzey emas, balki juda ajoyib eksponatlar bilan to‘ldirilgan noodatiy muzey ekani ma’lum bo‘ladi. Binoning me’morchiligi juda noan’anaviy, shu bilan birga ichki kontentga to‘liq mos keladi. Muzeyning bir qismi katta to‘p shaklida bo‘lib, tashqarida katta quyosh panellari mavjud, ular markaz uchun zarur energiya hosil qiladi. Tabiat, ilm-fan va texnologiya dunyosiga ajoyib sayohat, hatto liftda harakat qilishda davom etadi — murakkab mexanizmning haqiqiy jarayonini kuzatish imkonini beruvchi shaffof devorlar mavjud. | 72 | 922 |
Foto | Otasining soyasida: Putin, Tramp va boshqa davlat rahbarlarining qizlari nima bilan shug‘ullanadi? | Taniqli davlat rahbarlarining qizlari haqida siz bilmagan ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Mariya Putina
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi Sankt-Peterburg universitetining biologiya va tuproqshunoslik hamda Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakultetini tamomlagan. Shunga qaramay kursdoshlari uni darsda hech ham ko‘rmagani, ayrim o‘qituvchilar esa u bilan yakshanba kuni shug‘ullangani ta’kidlaydi. U endokrin tizimi va gormonlar nazoratiga ixtisoslashgan biotibbiyot bilan shug‘ullanish bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligining Endokrinologiya tadqiqot markazida ham faoliyat yuritadi. Gollandiyalik biznesmen Yorrit Faasen bilan turmush qurgan Putinaning, turmush o‘rtog‘i bilan birga Niderlandiyaga ko‘chib ketgani va 2012-yilda o‘g‘illi bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqagan.
Yekaterina Tixonova
Ayni vaqtda 30 yoshda bo‘lgan, Vladimir Putinning ikkinchi qizi Yekaterina, Sankt-Peterburg davlat universitetini tamomlagan. 2015-yilda u “Milliy intellektual rivojlanish” jamg‘armasini boshqarayotgani haqida ma’lumot tarqalgan. Akrobatika bilan shug‘ullanadigan Tixonova Shveysariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida sherigi bilan birga birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. U Putinning do‘sti Nikolay Shamalovning o‘g‘li, Kirill Shamalovga turmushga chiqqan. “Gazprom”da ishlagan Kirill, shuningdek, “Gazprombank” va hukumat apparatida ham faoliyat olib borgan.
Ivanka Tramp
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich farzandi Ivanka, yoshligida model bo‘lishni istagan. 1997-yil Seventeen jurnalining muqovasiga suratga tushgan Ivanka keyinchalik bir qancha moda chiqishlarida ishtirok etgan. Keyinroq modani tashlab biznesni tanlagan Tramp xonim, 2017-yildan buyon otasiga assistentlik qiladi. U millioner Jared Kushnerga turmushga chiqqan va uch nafar farzandni dunyoga keltirgan.
Tiffani Tramp
Tiffanini Donaldning ikkinchi rafiqasi Marla Meyplz dunyoga keltirgan. 2016-yilgacha Pensilvaniya universitetida o‘qigan qiz keyinchalik ta’limni Garvard universitetida davom ettirishga qaror qilgan. Musiqani yoqtiradigan qiz “Like a bird” nomli qo‘shiq yozgan. Tiffani ayni vaqtda milliarder Maykl Buglos bilan uchrashadi.
Barbara Berluskoni
Silvio Berluskonining qizi Barbara yoshligida vokal, fortepiano chalish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik falsafaga qiziqqan va San-Raffael universitetida tahsil olgan. Ayni vaqtda FinInvest direktorlar kengashining a’zosi bo‘lgan Barbara, “Milan” futbol klubining vitse-prezidenti hisoblanadi. Biznesmen Jorjio Valagutsga turmushga chiqqan Berluskoni xonim, ikki nafar qizni dunyoga keltirgan.
Alisa Meri Xiggins
Irlandiya prezidenti Maykl Xagginsning qizi Alisa, kasb borasida otasi singari siyosatni tanlagan. U Irlandiyadagi Milliy ayollar ittifoqining yetakchisi va Yevropa ayollar lobbisi kengashining a’zosi hisoblanadi. 2016-yilda Irlandiya senatiga saylangan Alisa, Dublindagi Universitet kollejida ingliz tili va falsafadan dars beradi.
Kinga Duda
Polsha prezidenti Ajey Dudaning qizi Kinga, Yagellon universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Ayrim siyosatchilar Facebook’da faol bo‘lgan Kingani, ijtimoiy tarmoqlarda saylovchilarni otasini qo‘llab-quvvatlashga katta ta’sir ko‘rsatishiga ishonadi.
Si Minsze
Xitoy xalq respublikasining rahbari Si Szinpinning qizi Garvard universitetida psixologiya va ingliz tilidan ta’lim olgan. Talabalar kampusida boshqa ism bilan yashagan qizni xitoylik qo‘riqchilar guruhi qo‘riqlagan. Ayni vaqtda Pekinda yashaydigan qiz moda va adabiyotga qiziqadi.
Leyla Aliyeva
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning qizi Leyla Buyuk Britaniya va Shveysariyadagi xususiy kollejlarda tahsil olgan. 2008-yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar universitetini tamomlagan Leyla, kino suratga olishi, she’r yozishi, shuningdek, rasm chizishi ham mumkin. Bobosi Geydar Aliyevga bag‘ishlangan “Elegiya” she’ri maktab o‘quvchilarining 5-sinf darsligiga kiritilgan. 2006-yilda xonanda Emin Agalarov bilan turmush qurib, ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan Leyla, turmush o‘rtog‘i bilan 2015-yilda ajrashgan va shundan keyin Amina ismli qizni asrab olgan.
Aliya Nazarboyeva
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya opalaridan farqli o‘laroq siyosatga qiziqmaydi. Shveysariya, Angliya va AQShda tahsil olgan Nazarboyeva o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan. “Yevropa plyus” radiosida direktor yordamchisi, “TuranAlemBank”ning yuridik bo‘limida ishlagan va otasiga kotibalik ham qilgan. Ayni vaqtda fitness-klub va “Elitstroy” qurilish kompaniyasini boshqaradigan Aliya uch marta turmushga chiqqan. Ikkinchi turmushida ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan ayol bugungi kunda “Kaztransoil”ning direktori Dimash Dosanov bilan birga yashaydi. | 98 | 4,734 |
Foto | Fotogalereya: Mantiqni izlashga majburlovchi suratlar | Ba’zi suratlarda mantiqni topish qiyin bo‘ladi. AdMe mantiq izlashga majbur qiladigan suratlarni taqdim etdi. | 53 | 109 |
Foto | Dunyoning turli burchagidagi ona-bolalarning o‘zaro mehr va muhabbatini o‘zida aks ettirgan suratlar | Ruminiyalik fotograf Mixaela Norok sayohat qilib dunyoning turli burchagida istiqomat qiladigan ayollarni suratga oladi. Uning suratlari orasida ona va bola o‘rtasidagi mehr-muhabbatni o‘zida aks ettiruvchi portretlarni ko‘rish mumkin. Vyetnamdan Indoneziyagacha, Islandiyadan Niderlandiyagacha qilingan safar davomidagi kadrlarda onalikning o‘ziga xosligini payqash mumkin.
O‘zining onalik baxtini his qilishga muvaffaq bo‘lgani esa ayollarning farzandiga bo‘lgan mehri, bolalarning onasiga bo‘lgan sevgisini shunchaki kadrga muhrlash emas, qalban his qilishga ham yordam beradi. Uning o‘zi buni uddasidan chiqish hamisha ham oson bo‘lmasligi, kamera qarshisida bolalar hamma vaqt ham o‘zini erkin tutmasligini ta’kidlaydi. Mixaela oson bo‘lmagan hozirgi vaqtda uning suratlari kishilarga biroz yorug‘lik bag‘ishlashiga ishonadi.
Mixaela Norok qizi Natalya bilan
Gau va uning o‘g‘li Xoy (Shimoliy Vyetnam).
Yuliana va uning o‘g‘li Aleks (Peru).
Singapurlik Mia va uning qizi Xeyli (Bangkok, Tailand).
Karmen va uning qizlari (Ruminiya).
Qizlarining hayoti yaxshi bo‘lishiga umid qilib Hindistonga kelgan bangladeshlik Tabassum. (Kalkutta, Hindiston).
Qiziga milliy raqs tushishni o‘rgatayotgan ona (Bali, Indoneziya).
Andrea o‘g‘li Benjamin bilan (Islandiya).
Ans va uning qizi Marlous (Amsterdam, Niderlandiya). | 100 | 1,322 |
Foto | Fotogalereya: “Oltin toshbaqa” tanlovining eng yaxshi suratlari | The Golden Turtle tanlovi doirasida 2006-yildan buyon rossiyalik va xorijlik fotograflar tabiatning go‘zal manzaralari aks etgan fotosuratlari bilan “Oltin toshbaqa” loyihasida ishtirok etadi. National Geographic tanlovda ishtirok etgan fotosuratlardan namunalar taqdim etdi.
Bugungi kunda tanlov arxivida 100 mingdan ortiq surat bor. Ishtirokchilar soni esa 10 mingdan oshgan. 2017-yilda tanlovda 81 ta mamlakatdan to‘qqizta yo‘nalish bo‘yicha fotograflar ishtirok etmoqda. | 63 | 474 |
Foto | Gollandiyaning diqqatga sazovor 10 ta antiqa joyi (fotogalereya) | Gollandiya maydoni jihatidan katta bo‘lmasa-da, bu yerda qiziqarli va diqqatga sazovor joylar yetarlicha. Gollandiyaga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni yildan yilga ortib bormoqda va mamlakat Yevropadagi eng yaxshi turistik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Travel Ask lolalar mamlakatining 10 ta osori-atiqalari haqida ma’lumot berdi.
Shimoliy Brabantdagi Fort de Ruvyer qal’asiga o‘tish uchun suvda cho‘kkan antiqa ko‘prikdan o‘tish kerak bo‘ladi.
Van Driel Mechatronica kompaniyasi mutaxassislari kemalarning to‘siqlarsiz ko‘prikdan o‘tishi uchun g‘aroyib ko‘tarma konstruksiya ishlab chiqqan. Xalq orasida u “ochiladigan uchar ko‘prik” nomini olgan.
Odamlar faqatgina qayiqlarda harakatlanadigan mazkur ko‘rkam qishloq Yevropada yagona sanaladi. Gollandiya “Venetsiyasi”da na avtomobillar va na yo‘llar mavjud. Shu sababli bu yerga tashrif buyuruvchilar o‘z avtomobillarini aholi yashash punktida tashlab keladi.
Kyokenxofning lola maydonlarini gullagan vaqtda ko‘rish kerak.
Bu bir ko‘rinishdan qadimgi qasrga o‘xshash joy emas. Aslida bu 1999-yili qurilishi boshlangan zamonaviy mehmonxonadir. Moliyaviy qiyinchiliklar tufaydi u oxiriga bitmagan.
Kampir haqidagi Angliyaning bolalar uchun mashhur ertagida namoyon bo‘ladigan uycha ko‘pchilikni befarq qoldirmaydi.
Har bir LEGO shinavandasi va boshqalar bu yerga kelishi kerak. Konstruksiya shunchaki ajoyib. Uning ichiga kechgi payt kirsangiz quvonchingiz cheki ko‘rinmaydi.
Sement va shisha toladan qurilgan ushbu futuristik uylar bu yerda 1980-yillarda paydo bo‘lgan. Antiqa arzitektura loyihasi muallifi Dris Kreykamp bunday uyda yashovchilar tabiatga yaqinroq bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Excalibur binosi – qoyalarga chiqishni mashq qiladigan alohida o‘rnatilgan eng baland imorat hisoblanadi. Uning balandligi 37 metrga teng.
Ushbu kapsulali mehmonxona shundoqqina Gaaga qirg‘oqlari yaqiniga o‘rnatilgan bo‘lib, qutqaruv gidroapparatlaridan tashkil topgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 64 | 2,086 |
Foto | Fotogalereya: Rossiyada Jet Expo 2017 xalqaro aviatsiya ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda | Jet Expo 2017 o‘n ikkinchi xalqaro aviatsiya ko‘rgazmasi “Vnukova-3”da ochildi. Ko‘rgazma 9-sentabrga qadar davom etadi, deb xabar berdi “Vedomosti”. | 83 | 149 |
Foto | Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt platosi va Sudochye ko‘li manzaralari (foto) | Taniqli fotosuratchi Azamat Matkarimov Facebook’dagi sahifasiga Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt platosi va Sudochye ko‘lining suratlarini joyladi, deb yozadi “KRuz.uz”. | 73 | 165 |
Foto | Enn Xeteuey, Bleyk Layvli va ekranda uslub malikalari sifatida gavdalanadigan boshqa aktrisalar kundalik hayotda qanday kiyinadi? (foto) | Odatda mashhur aktrisalar yaratgan obraz muxlislarning ko‘nglidan joy oladi va tabiiy ravishda unga taqlid qilish holatlari kuzatiladi. Shuningdek, aktrisalarning bejirim liboslar va yarashgan pardoz-andoz bilan turli xil bayram va premyeralarda ko‘rish mumkin. Lekin ular suratga olish ishlaridan tashqari, kundalik hayotda qanday uslubni xush ko‘radi? Quyida havola etiladigan bir qancha yulduzlar o‘ziga qulay hamda sodda kiyimlarni kiyishni yaxshi ko‘rsa-da, zamondan ortda qolmaslikni ma’qul deb biladi.
Sara Jessika Parker
Saraning ekranda bir-biridan ajoyib obrazda ko‘rish mumkin. Hayotda esa uning poyabzal brendi bor. Aktrisaning kundalik hayotdagi tasvirlari har doim takrorlanmas va g‘ayrioddiy. U yorqin ranglar, assimetrik bichimlar va noodatiy ko‘rinishdan uyalmaydi.
Enn Xeteuey
“Qattiqqo‘l xonim” filmi bosh qahramoni modalar jurnali tahririyatida irkit o‘rdakchadan moda olami malikasiga aylanadi. Bu rolni ijro etgan Enn Xeteuey qizil yo‘laklarda unutilmas chiqishlari bilan mashhur, shuningdek, kundalik hayotda ham aktrisa tendensiyalarni kuzatib boradi. Enn Xeteuey filmlardan tashqarida ham zamonaviy maqomini saqlab qoladi.
Ayla Fisher
Qat’iy karantin va uyda qolish: “Xarid vasvasasi” filmidagi aktrisani shim va futbolkada tanib olish qiyin. Yaqinda Ayla Fisher paparatssilar kamerasida yomon ko‘rinishda paydo bo‘ldi: uning obrazini zamonaviy deb atash qiyin. Lekin uning ishtirokidagi sevimli “Xarid vasvasasi” filmini qayta ko‘rib chiqish tomoshabinga zavq bag‘ishlaydi.
Lilli Kollinz
“Parijdagi Emili” – bu 2020-yilgi modaga bag‘ishlangan serial, film muvaffaqiyatga erishishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Serial qahramoni Lili Kollinz o‘ynagan Emili o‘z orzusini amalga oshirish uchun Parijga keladi va liboslari bilan hasadgo‘y hamkasblarini hayratda qoldiradi. Hayotda esa Lili hamma odamlar singari qanday qilib mukammal tasvirni yaratish haqida har doim ham o‘ylamaydi. Aeroport yoki do‘konda o‘zi yoqtirgan qulay ko‘ylak kiyishi mumkin.
Bleyk Layvli
“Serena van der Vudsen” serialidagi qahramon o‘rnida kim o‘zini tasavvur qilmagan? Hozir ham bu roli bilan mashhur bo‘lgan Bleyk Layvlining kiyimlari har doimgidek o‘ziga yarashgan va jozibali. | 136 | 2,214 |
Foto | Myanmadagi davlat toʻntarishiga qarshi namoyishlar, maktabga qaytgan nemis oʻquvchilari, Chovushogʻlini qabul qilgan Mirziyoyev — 9 mart suratlari | 9 mart kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.
Bir necha haftadan buyon Myanmada davlat toʻntarishini amalga oshirgan harbiylarga qarshi xalq norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.
Soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishlari va atrof-muhit ifloslanishi muammolari haqida koʻp gapirilmoqda.
Pandemiya sabab toʻxtab qolgan maktablar yana qayta ochilmoqda. | 146 | 392 |
Foto | Fotogalereya: Bering dengizi mo‘jizalari va dahshatlari | Kaliforniyalik Kori Arnold baliqchilik kemasida ishlaydi va suratga olish bilan shug‘ullanadi. U olingan suratlarining ko‘rgazmalarini tashkil qiladi. Suratkash Bering dengizida ovlanadigan dengiz mahsulotlarining iste’molchilarga qanday yetib kelishini suratlarda ko‘rsatdi, deb yozmoqda TravelAsk. | 55 | 299 |
Foto | O‘zgacha rakursi tufayli muvaffaqiyat qozongan antiqa suratlar | Erinmagan fotosuratchilar kadr omadli chiqishi uchun kerak bo‘lsa yerga yotishi, tomga chiqishi, bu ham yetmagandek, suvga ham sho‘ng‘ishi mumkin. Bunday urinishlar esa ko‘p hollarda besamar ketmaydi, voqea-hodisalar bir ko‘rishda kishini hayratlantiradigan tarzda aks etadi.
Suratga sherdek ko‘rinishda tushgan mushuk.
Samolyotni mana qanday uchirish kerak.
Tipratikan shaklida to‘da bo‘lib uchayotgan chug‘urchiqlar.
Baykal ko‘lidan olingan muz bo‘lagi bilan tushilgan portret.
Mevalarning aslidan ko‘proq ko‘rinishiga sabab bo‘lgan ko‘zgu.
Qish sayyorasining odami.
Rakurs sabab bahaybat ko‘ringan mushuk.
Binoni ushlab turishda egasiga ko‘maklashgan it.
Suratga vaqtini chog‘ o‘tkazayotgandek tushib qolgan haykal.
Yangi Zelandiya tog‘idan turib olingan qush surati.
Surat egasi o‘zini vaqtlar aro portalni topib olgandek his qilgan.
Bu suratda soya asosiy rolda.
Berlindagi xalq kutubxonasi.
Oqqushlar sevgisini aks ettirgan kadr.
Kadr chiroyli chiqishi uchun quyoshni kaftda tutib turgandek suratga tushishdan boshqa variantlar ham bor.
Yurak shaklini esga soluvchi daraxt shoxi. | 62 | 1,101 |
Foto | “Mushkulim oson bo‘lsin, deya muqaddas maskanlarda shirk amallarni bajarishdan uyalmaydiganlar, afsuski, ko‘p”. Amir Temur farmoni bilan bunyod etilgan, vaqt o‘tib, qadamjoga aylangan “Zangiota” ziyoratgohiga sayohat | Hayot misoli kitob, bir sahifani takror va takror o‘qimaslik uchun varaqlash kerak. Sayohat ham shunga o‘xshaydi – bir xil umr kechirmaslik uchun tez-tez safarga otlanish shart. Bunda inson o‘zini kashf etadi, nega yashayotganini anglaydi, mabodo tabarruk qadamjolar ziyorati bo‘lsa, unda kecha, bugun va ertasi haqida o‘ylab, qalbi taskin topadi. Muqaddas mohi Ramazon arafasida Toshkent viloyatidagi mashhur “Zangiota” ziyoratgohiga qilingan sayohat esa mana shu haqiqatlarni takror tushunishga, o‘tayotgan umrni yana bir karra xomcho‘tlashga yordam berdi.
Sayyoh bo‘lib bir kun
Hafta davomida ish va o‘qishdan ortmagan odam tuzukroq dam olgisi, keyingi haftani shiddat-la, kuchga to‘lib boshlagisi keladi. Sayohat (hatto kichik bo‘lgan taqdirda ham) noxush kayfiyat va charchoqlardan qutulishga, estetik zavq, ma’nan hordiq olishga eng bop usul. Harholda men uchun shunday. Shu niyatda metroga tushib, “Chilonzor” bekatidan chiqdim. Hamkasbimning aytishicha, men bormoqchi bo‘lgan maskanga arzon (2500 so‘m) va oson yetib olish uchun metro oldidagi “marshrutka”lar eng qulayi ekan. Hali besh daqiqa kutmasimdan yetib kelgan ushbu transport vositasiga yo‘lovchilar shosha-pisha chiqarkan, tezlashmasam, joy qolmasligini anglab, o‘zimga yarashmagan chaqqonlik bilan ularga qo‘shilib oldim. Yolg‘iz safarga chiqish — ortiqcha so‘zlardan tin olib, yaxshi bir hikoyani cheksiz tinglash yoki kuzatish imkonini beruvchi in’om. Yo‘l biroz uzoq.
Ulov odam bilan liq to‘la. Ko‘zlari qandaydir qiyinchiliklarni ko‘raverganidan kirtaygan, kaftlari og‘ir mehnatdan dag‘allashsa-da, ayolligini boy berishni istamay, egniga duxobadan ko‘ylak kiyib, lablariga qirmizi bo‘yoq surgan, tizzasidagi o‘g‘ilchasini quchoqlab olgan o‘rta yoshlardagi juvon yonida saqichini chapillatib chaynayotgan qizga onda-sonda o‘qrayib qarab qo‘yardi. Qarshimdagi amaki esa yonidagi yo‘lovchining Rossiya va Ukraina haqidagi uzuq-yuluq mulohazalariga uncha ro‘yxushlik bermay, “Nima bo‘lganda ham, urush yomon, nomi o‘chsin” deb qo‘ya qolardi.
Bir-biriga o‘xshamagan odamlarning o‘zini tutishi, gap-so‘zini kuzatgancha yarim soat o‘tib ketgani-yu, poytaxtdan taxminan 15 kilometr uzoqda joylashgan “Zangiota” ziyoratgohiga allaqachon yetib kelganimizni sezmay qoldim.
Ziyoratchilarning kelib-ketishini osonlashtirish maqsadida majmua yaqinida avtobus bekati joylashgan. Kiraverishda o‘tirgan xolaning aytishicha, bu yerga oldinlari tez-tez keladiganlar pandemiya, karantindan keyin kamnamo bo‘lib qolgan, hozir esa asosan Haj safaridan avval keladiganlar ko‘proq emish.
Amir Temurning shaxsan o‘zi ushbu zotga atab bino bunyod etishiga nima sabab bo‘lgan? Tarixi, millatining o‘tmishiga befarq bo‘lmagan har bir kishiga javob tariqasida ziyoratgoh hududida ma’lumotlar yozib qo‘yilgan. Lekin nimagadir uni o‘qiyotgan tashrifchiga ko‘zim tushmadi. Demak, mendan boshqa atrofimdagi hamma bu haqida allaqachon biladi yoki aksincha, shunchaki qiziq emas…
Turk-islom olamidagi mutafakkir, mutasavvif donishmandlaridan biri, Yassaviya tariqatining davomchisi Oyxo‘ja ibn Toj Xo‘ja XII asr oxirlarida Toshkentning Samarqand darvoza atrofidagi mahallada tug‘ilib, voyaga yetgan. Nasli arablardan, qorachadan kelgani uchun zangi (zanji), himmatli ekani sabab esa Zangibobo, Himmatiy degan nom olib, el orasida mashhur bo‘lgani manbalarda qayd etilgan.
Zangiotaning tug‘ilgan yili haqida taxminlar ko‘p. Bu haqida ziyoratgoh rahbari Abdulla Xoliqov shunday deydi: “Aslida Zangiotaning o‘lgan yili aniq — 1258-yil, ammo tug‘ilgan yili mavhum. Tarixga chuqur e’tibor bermaslik bizga sovet davridan meros. Manbalarni o‘rganib, u kishining o‘lgan yili va boshqa taxminlarni jamlab, juda aniq bo‘lmasa ham, haqiqatga yaqinrog‘ini olib, 1168-yilda tug‘ilgan degan ma’lumotda to‘xtadik va bukletga shuni kiritdik”.
Ammo yana bir jihati borki, devorga ilingan plakatdagi Zangiotaning tug‘ilgan joyi haqidagi ma’lumot, sayyoh va mahalliy aholi uchun o‘zbek, rus va ingliz tilida ziyoratgoh mutasaddilari tomonidan ishlab chiqilgan bukletdagidan farq qiladi. Ya’ni unda Zangiota Toshkent bilan Eski Qovunchi oralig‘idagi Zangiota qishlog‘ida dunyoga kelgan deb qayd qilingan. Boshqa bir manbalarda ham shunday ma’lumotni uchratish mumkin.
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Toshkent Islom instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Obid Tangirovdan Zangiotaning tug‘ilishi bilan bog‘liq qaysi ma’lumot asosli ekani haqida so‘raganimizda, mutaxassis uning Toshkent hududidagi Samarqand darvoza va O‘qchi mahallalari atrofida dunyoga kelgani haqiqatga yaqinroqligi, qabri Zangiotada joylashgani sabab esa tug‘ilishi bilan bog‘liq qarashlar o‘zgargan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Buni u o‘sha vaqtda odamlar qishloq va shaharda yashagani, xususan, Zangiota o‘troq hayot kechirgani bilan tushuntirishga urindi. Shuningdek, u vaqtlarda Samarqand darvoza va O‘qchi mahallalari atrofida aholi yashagani, Toshkent shahrida Ming O‘rik qulab, Binkat markaz bo‘lganidan keyin o‘sha hududlar mahallalarga aylangani, Zangiotaning qabri joylashgan hudud esa dalali joylar bo‘lgani bilan asosladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Oyxo‘ja 25 yoshida Xorazmdan olib kelgan Anbar onaga uylangach, Zangiota qishlog‘iga joylashib, shu yerda muqim yashay boshlaydi.
Abdulaziz Muhammadkarimovning “Toshkentnoma” kitobida Zangiotaning hayoti XIII asrning 20-yillarida mo‘g‘ul istilochilari Movarounnahrning eng yirik shahar va qishloqlarini kultepaga aylantirib, oddiy mehnatkash xalqni qullik iskanjasiga solgan davrga to‘g‘ri kelgani, shunday vaziyatda Zangiota va uning shogirdlari xalqning madaniy merosi, Islom dinini bosqindan saqlab qolish uchun savobli ishlarni amalga oshirgani haqida yozilgan.
Tarixshunos Obid Tangirov Zangiotaning ilm olish va bo‘lishishni kanda qilmaslik bilan birga podachilik bilan shug‘ullangani, hozir oddiy kasbdek tuyulgani bilan, o‘sha vaqtda aholi mollarini hammaga ham ishonib topshirmagani, o‘z navbatida, bunday mas’uliyatni bo‘yniga olishga har kim ham jur’at qilmaganini aytadi.
Zangiota 1258-yilda vafot etgan. Zangiota va Anbar bibi maqbarasining qurilish ishlari XIV asrning 90-yillarida Amir Temurning farmoni bilan boshlanadi.
Tarixshunos Toshkentda avliyo zotlarga bo‘lgan hurmat yuqori bo‘lgani uchun XVIII asrga qadar mavjud to‘rtala daha nomi o‘sha yerlik avliyo zotlar nomi bilan, xususan, Beshyog‘och Zangiota dahasi deb atalganini keltiradi.
Necha avlod vakillari bilan yuzlashgan qadamjo tarixi bilan bog‘liq turli rivoyatlar mavjud. Ularning ko‘pida biz bilgan va bilmagan haqiqatlar yashirin. Tarixiy maskanlar asrdan asrga o‘tib kelarkan, ular haqidagi afsona va rivoyatlar ham og‘izdan og‘izga o‘taveradi.
Me’mor, rassom Shavkat Muzaffarning ta’kidlashicha, rivoyatlardan birida Amir Temur dastlab Ahmad Yassaviyga atab maqbara qurishga ahd qiladi, ammo nima uchundir ish hadeganda yurishmaydi. Sababini bilmay yurgan kunlari g‘aroyib tush ko‘radi. Unda nuroniy bir zot Yassaviyga maqbara qurishdan oldin Zangiotaning qabrini obod qilishi kerakligini aytadi.
“Toshkentnoma”da keltirilgan ma’lumotlar ham rivoyatning bejizga emasligini tasdiqlaydi. Unda Zangiota tug‘ilgach, uni ko‘tarib kelib Xoja Ahmad Yassaviyga ko‘rsatishgani va undan suyunchi so‘rashganida, suyunchiga “mendan oldin shu go‘dakka maqbara qurilsin. Sizlar meni hurmat qilib kelibsizlar, bu go‘dak mendan ham ulug‘ bo‘lsin” deyilgan.
Shu bois Amir Temur Ahmad Yassaviydan avval Zangiota ruhini shod etish niyatida maqbara tiklashga kirishadi. Bobosi boshlagan ushbu xayrli ishni nabirasi davom ettiradi — Mirzo Ulug‘bek 1420-yilda maqbaraning old qismiga naqshinkor peshtoq qurdiradi.
Tarixchi azaldan O‘rta Osiyo, Dashti Qipchoq, Afg‘onistondan musofirlar tashrif buyurganini ma’lum qilgan ushbu majmuaga ayni vaqtda ham turfa insonlar: hassasiga suyangan qariyadan tortib, qiyqirib yurgan bolagacha kelib-ketadi.
Darvozadan ichkariga kirgach, chap biqinda joylashgan eshikdan turli esdalik sovg‘alar, kitob va milliy buyumlar sotiladigan do‘konlarga chiqsa bo‘ladi. Ro‘mol o‘rash yo olishni unutgan xotin-qizlar o‘sha yerdan sharf yoki ro‘mol sotib olib, keyin ichkariga kiradi.
Do‘konga chiqaverishdagi eshik tagida turgan amaki qadamimiz o‘sha tomonga ildamlaganini ko‘rib: “Baxtingni bersin, Hasan-Husanlar nasib qilsin, Allohning yo‘lida ojizlarga ham atab keting, qizim”, deb duo qilishga tushib ketdi. Hech kimdan sado chiqmagach, birdan o‘zgarib: “Ikki dunyoing obod, biring ikki bo‘lmasin”, — deb bisotidagi jamiki qarg‘ishlarini to‘kib soldi.
Tavba, g‘alati odamlar bor-a! Na kulishni, na yig‘lashni bilasan. Ruh buzilsa, uni davolab bo‘lmasligini eshitgandi-mu, amalda endi ko‘rishim. Pulni deb kimgadir til uchida baxt yoki aksincha, birinchi marta ko‘rayotgan odamingga uyalmay-netmay yomonlik tilash ham mumkin ekan.
Katta bog‘, binolar majmuasi — masjid, madrasa, minora, shuningdek, Anbar bibi maqbarasini ham o‘z ichiga oladigan ansambl hududi chinnidek toza va fayzli.
Necha asrlik joy deb atalishiga aynan u sababchi ekaniga qaramay, hovlining janubida joylashgan Zangiota maqbarasi, tarix sinoatlarini ko‘z-ko‘z qilishni istamagandek, kamtarona qad rostlab turadi. Qah-qah otib kuladigan, baland ovozda gaplashayotganlar unga yaqinlashgach, ovozini pasaytirar, juvonlar esa boshlaridagi ro‘mol-sharfning bir uchi bilan ko‘ylagining oldi ochiq qismini yopmay turib ichkariga kirishga jazm qila olmaydi.
Sir qoldiqlari saqlanib qolgan peshtoqli ayvon, yonma-yon qurilgan ziyoratxona bilan go‘rxonadan iborat maqbaradagi domlaning ovozi hovliga uzun-yuluq eshitilar, ichkarida joy qolmaganini bilgan ziyoratchilar esa ularning chiqishini sabr bilan kutib turardi.
Ziyoratxonaning pastki gumbazi devor, burchaklardagi yirik va mayda ravoqlarga tayangani, tashqi gumbaz esa ichki gumbaz ustida baland aylana devorga biriktirilganini soatlab tomosha qilsa bo‘ladi. Qur’on oyatlarini eshitib ko‘ngil huzurni tuysa, zarhal gumbazning pastki bezaklariga tikilib, ko‘zlar yayraydi.
Maqbaraga burchaklarida guldasta minoralari bo‘lgan portal-gumbaz konstruksiyalari ko‘rinishidagi darvozaxona orqali kiriladi. Ichkariga kirgan ziyoratchi aylana qilib qo‘yib chiqilgan o‘rindiqqa, ayrimlar esa cho‘kkalagancha yerga joylashadi. Domla tilovat qilishni boshlaydi, kimlardir pichirlagancha jo‘r bo‘ladi. Domla tugatganidan keyin esa hamma birgalikda yuziga fotiha tortadi.
Kiraverishdagi ziyorat odoblari bilan bog‘liq eslatmada ichkariga kirib o‘tirgach, oyatlardan tilovat qilish kerakligi, niyatlar va hojat baroridan kelishini qabr ahli emas, faqat Allohdan so‘rash ta’kidlangani, maqbara va qabr toshlarini o‘pish, sham yoqish, qabrga qarab sajda qilish shirk amallardan ekaniga urg‘u berilganiga qaramay, o‘z bilganidan qolmaydigan tashrif buyuruvchilar borligi ham ko‘zga tashlanib, dilni xira qiladi.
Ajoyib me’morchilik namunasiga termulib, maqbara qurilganidan buyon ko‘rinishi qanchalik o‘zgardi ekan, degan savol xayoldan o‘tadi. Bunga tarixchi: “O‘z vaqtida ta’mirlash ishlari olib borilgani hisobiga ham maqbara bugungi kungacha yetib kelgan”, deb javob berib, o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy ekaniga imo qiladi.
Maqbarada kelib chiqishi bundan bir necha ming yil avval Misr, Bobil va qadimgi Sharqqa borib taqaladigan mayolika, ya’ni sirlangan koshinlar borligi diqqatni tortadi. O‘rta asrlarda ushbu texnikadan O‘rta va Markaziy Osiyo mamlakatlari ustalari ham foydalangan. Italiyaga esa Malyorka orolidan kirib kelib, XIV va XVII asrlarda keng tarqalgan. Mashhur haykaltarosh Luka della Robbia va uning jiyani Andrea mayolika mexanikasini bo‘rtma haykaltaroshlik (reliyef)da ishlata boshlagan.
Ushbu maqbarada esa mayolikaning ajoyib ranglar uyg‘unligi — moviy, ko‘k, zangori ko‘zni quvnatadi, unda islimiy va geometrik naqshlar ham bor. Rassomning tushuntirishicha, Markaziy Osiyo me’morchiligida koshinlar asosan Amir Temur davrida ishlatilgan. Shavkat Muzaffar maqbaraga qo‘shimcha me’moriy elementlar XVII—XX asrlarda qurilganini aytadi.
Ularni tomosha qilarkanman, faqat bir o‘y tinchlik bermaydi: kelasi avlodlarga bizgacha yetib kelgan qadamjoni bus-butun, tarixini esa boricha yetkazaylik ishqilib...
Qo‘lida tasbeh ushlab, atrofni kuzatib o‘tirgan, ro‘molidan oq sochlari mo‘ralab turgan yangiyo‘llik Muqaddam aya Zangiotaga Xudoning nazari tushgan odam, deb ta’rif beradi. “O‘limidan keyin unutilib ketayotganlar qancha. Shunchalik aziz inson ekanki, uzoq-uzoqlardan odamlar kelib, ziyorat qiladi, bolam. Men ham har safar kelganimda qalbim taskin topib, ancha yengillashaman. Ikkita transportga chiqishim, ko‘proq yo‘lkira sarflashimga to‘g‘ri kelsayam, erinmay kelaveraman”, — deydi.
Tebranma o‘rindiqda o‘tirib, quvlashmachoq o‘ynayotgan farzandlarini kuzatayotgan, shu yaqin mahallada yashaydigan Jamila kelinoyi esa ziyoratgohga chiqib, dam olishini aytadi: “Kundalik yumushlar bilan o‘ralashib, bemalol nafas olishga vaqt topilmaydi. Bolalarni domlaga dam soldirgani olib kelib, o‘zim sal tin olaman”.
Shu payt peshin namozi vaqti kirib, azon ovozi quloqqa chalindi. Uni eshitib, hovlida yurgan hamma, hatto bir-birini quvlab yurgan Jamila opaning bolalari ham cho‘kkalab o‘tirib, kattalardek sukut saqlay boshladi.
Hovlida balandligi 31 metrga yetadigan minoradan taralayotgan namozga chaqiruv butun ziyoratgohni qoplab olgan. Avval ham minora bo‘lgan, ammo bunisi boshqa — yangi qurilgan.
Obid Tangirovning so‘zlariga ko‘ra, 1866-yil Toshkentda juda kuchli zilzila bo‘lgan. 1887—1888-yillari ta’mirtalab holga kelgan Zangiotaning qabri joylashgan go‘rxona qayta ta’mirlangan. XX asr, ya’ni 1914—1915-yillar atrofida qurilgan eski minora esa 2013—2015-yillardagi qayta ta’mirlash ishlari vaqtida olib tashlanib, o‘rniga masjid oldida 31 metr balandlikdagi hozirgi — yangi minora qurilgan.
Oxiri ko‘rinmayotgan ziyoratchilarni kuzatib, dam olish kuni bo‘lgani uchun odam gavjummi yoki doim shundaymi, deb so‘rasam, kadrlar bo‘yicha mutaxassis Hikmatillo Mirsobirov: “Shanba-yakshanba kunlari besh-olti ming, hafta kunlari ming-ikki ming ziyoratchi keladi”, deya javob berdi.
“Yiliga 100, 120 nafar xorijlik sayyoh asosan Turkiya, Pokiston, Afg‘oniston va Hindistondan kelib turadi. Ammo ularning soni pandemiyadan keyin ancha kamaygan”, — deya kiraverishdagi xolaning gapini tasdiqlaydi xodim.
Madrasa va masjid maqbaraning ikki tarafida joylashgan. Hovlidan turib qaraganda majmuadagi darvozaxonaning ortida zangori gumbazli, ikkita pastkam minora borligi shundoq ko‘rinib turadi. XVII asrda qurilgani aytiladigan, bir qavatli hujra, 2 ta darvozaxonadan iborat madrasa o‘z vaqtida talabalar uchun ziyo maskani bo‘lib xizmat qilgan. Uning yog‘ochdan o‘ymakor naqshlar bilan ishlangan eshiklari sharqona ertaklarda tasvirlangan va eski filmlardagi sahnalarni esga solardi.
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori 1870-yilda pishiq g‘ishtdan masjid qurdirilganini qo‘shimcha qiladi. Namozgoh masjidining peshayvonini qo‘qonlik Hoji Muhammad bezagan. Ustunli, devorlari girih va yozuvlar bilan bezatilgan peshayvonli masjidda ayol va erkaklar alohida xonalarga kirib namoz o‘qiydi. Ayollar namozxonasida chamasi 4-5 yoshlardagi qizaloq onasiga taqlid qilishi — o‘tirganda o‘tirib, turganida sakrab turib olishi tashqaridan ko‘rinib turardi.
Naqshlarni tomosha qilib bo‘lgach, shimoli sharqdagi yana bir boshqa kichik darvozadan Anbar bibi maqbarasi va qabriston tomonga yurib chiqiladi.
Ungacha bo‘lgan hududda joylashgan hovuzning shundoqqina oldiga taxtacha qo‘yilgan bo‘lib, unda hovuzga tanga tashlash mumkin emasligi yozib qo‘yilgan. Shunga qaramay, hovuz ichidagi tangalarni ko‘rib, ayrimlarning gapga tushunmasligi-yu tartib va qoidalarni qanchalik mensimasliklarini payqash mumkin.
Majmuaning janubi-g‘arbida joylashgan Anbar ona maqbarasi ham Amir Temur davri me’morchilik an’anasining yorqin namunasidir. Unga hovuz oldidan o‘tib boriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bino vaqt o‘tishi bilan asl holatini yo‘qotgan, keyingi ta’mirlashlar sabab ancha epaqaga kelgan. XX asrga yaqin Mirzo Rustam ismli shaxs o‘z hisobidan maqbarani ta’mirlagan.
O‘z davrining bilimli ayollaridan bo‘lgan, xotin-qizlarga Islom dinidan ta’lim berish bilan birga doyalik ham qilgan Anbar bibi Qoraxoniylar davlati hukmdori Ibrohim Bo‘g‘roxonning qizi bo‘lgan.
“Zinapoyadagi ikkita prizmatik toshdan iborat qabr toshida Zangiota maqbarasi gumbazidan olingan mayolika parchalari tasvirlangan. Birinchi qabr toshi Anbar bibiga, ikkinchisi Ahmad Yassaviy izdoshi Hakim otaning onasi Ulug‘ Podshoga tegishli edi”, — deydi Shavkat Muzaffar.
Maqbara peshtoq, ziyoratxona va go‘rxonadan iborat. Ziyoratxona va go‘rxonaning usti qo‘shqavat gumbazli, qubbali toshdan, kichik doira shaklida yasalgan. Maqbaraga oq marmardan qabrtosh qo‘yilgan. Atrofiga arabiy xat va nafis naqshlar o‘yilgan. Maqbara dastlab ikki xonali bo‘lgan, keyinchalik uning oldiga peshtoq qurilib, koshinlar bilan bezatilgan. Peshtoq tayanchi uncha baland emas.
Xuddi Zangiota maqbarasida bo‘lganidek, Anbar ona maqbarasining yoniga kelgan tashrif buyuruvchilar ham o‘rindiqlarga o‘tirib tilovat qiladi. Faqat o‘rindiqlar maqbaraning ro‘parasida — tashqarida joylashgan bo‘lib, usti yog‘in-sochindan himoya tariqasida yopib qo‘yilgan.
Domlalardan biri o‘tirganlarga majmua tarixi haqida qisqacha ma’lumot berish bilan birga, qilinishi kerak va nojoiz amallar haqida ham ma’lumot beradi.
Gap orasida domla aksariyat kishilarning “Farzandim yo‘q, baxtim ochilmayapti”, deb ko‘pincha shirk amallarni bajarishiga alohida urg‘u beradi. Yig‘ilganlar uning gaplarini ma’qullab, boshini qimirlatgancha tasdiqlaganiga qaramay, turgandan keyin dugonasiga maqbara atrofida gir aylanib, niyatni aytaverish kerak, degan qiz e’tiborimni tortdi. Shunda yana bir bor tushundimki: yozgan, quloqqa quygan bilan odamning o‘zida bo‘lmasa, hammasi befoyda ekan.
Ichki darvozadan chiqaverishdagi chap tarafdagi binoga choyxona deb yozib qo‘yilgan. Ayrim manbalarda ziyoratgoh hududida avval halimxona bo‘lgani, tayyorlangan taomlar tashrif buyuruvchilarga tarqatilgani haqida ma’lumot bor. Ta’kidlanganidek, oldinlari ham mazkur joyga uzoq-uzoqlardan ziyoratchilar kelgan. Ularga qo‘li ochiq, saxiy insonlar tayyorlagan taomlaridan tarqatib, ehson dasturxonlari yozgani haqiqatga yaqin, deydi Obid Tangirev. Qolaversa, Muhammad Solih Xo‘janing “Tarixi jadidayi Toshkand” asarida XIX asrning oxirida pishiqchilik vaqtida qovun sayllari ham bo‘lgani qayd etilgan.
Bugun ham ushbu odat qaysidir ma’noda saqlanib qolgan. Majmuaga yaqin yerdagi mehmonxonaga joylashgan xorazmlik Farog‘at opa ziyoratchilar xohishiga qarab, Alloh yo‘lida qo‘y so‘ydirishi, etini xayr-ehson qilib, qolgan ma’lum qismini pishirtirib, shu yerda oilaviy tamaddi qilishlari mumkinligini aytadi.
Oddiy bo‘lmagan joyda oddiy insonlar bilan suhbat, tarix va o‘zligimiz bilan bog‘liq ma’lumot, havas qilgulik kishilar-u, tartib-qoida nima ekanini hali yaxshiroq bilmaydigan bolalar, qilinishi zarur va nojoiz ishlar, o‘rganilishi keraku, voz kechish muhim sanalgan amallar haqida fikrlash imkonini berdi. Hozirda 43 nafar xodim ishlaydigan, barcha sharoit va qulaylikka ega maskanga buning uchun minnatdorlik bildirgan holda ortga qaytdim.
Aslida hamma narsa birgina qarordan boshlanadi. Kunlarning oddiy o‘tmasligi, imkoniyat va sharoitdan kelib chiqib hayotni o‘zgartirishga qilingan qarordan. Ushbu qaror bilan hayotni rang-barangroq qilish ham uning ortidan tarix, qadriyatlarni, tartibni o‘rganish yoki aksincha o‘rganmaslik mumkin. O‘zini va hayotini o‘zgartirmaslik uchun esa shunchaki hech nima qilmaslik yoki mas’uliyatsizlikning o‘zi kifoya. Bilimsizlik, rivojlanishni istamaslik, hayotni mazmunli o‘tkazmasdan va shirk amallar ortidan quvish esa zulmatga yetaklaydi.
Jamila opaning farzandlari va umuman o‘sayotgan avlod atrofdagilardan azon aytganda o‘tirishni, hamma duoga qo‘l ochganda qo‘shilishni yo bo‘lmasa, hovuzga tanga tashlab, sham yoqishni, birovlarning mehnatini pisand qilmaslikni o‘rganishi yoki o‘rganmasligi biz kattalarga bog‘liq.
Fransuz yozuvchisi Emil Zolya aytganidek: “Hech nima tafakkurni sayohat qilishchalik boyitmaydi”. Shunday ekan, “Daryo”ning o‘lkamiz bo‘ylab kichik safarlarini kuzatib boring.
Sayyohlarga city’lardan ko‘ra qiziqroq, tarixda mayoq vazifasini bajargan besh asrlik madrasa — Ko‘kaldoshga sayohat | 216 | 20,061 |
Foto | Fotogalereya: Xalqlar va mamlakatlarni ajratib turuvchi devorlar | Rossiya federal xavfsizlik xizmati 17-noyabrda Qrim va Ukraina o‘rtasida barpo etilayotgan 50 kilometrli devor 2018-yilning o‘rtasiga qadar bitkazilishi mumkinligini e’lon qildi. Dunyoning bir qator mamlakatlarida xalqlar va davlatlarni ajratib turuvchi devorlar bor. “Kommersant” ana shunday devorlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
Uzunligi 21 ming kilometr, balandligi 6—7 metr, qalinligi 5—8 metr. Qurilishi 1644-yilda tugatilgan.
Inshootning bugungi kunda saqlanib qolgan qismi Val Adriana bo‘lib, milodning 122—128-yillarida shimoldan keluvchi bosqinchilardan himoya maqsadida qurilgan. Balandligi olti metrgacha yetadigan inshootning uzunligi 117 kilometrni tashkil qiladi.
XV—XVI asrlarda qurilgan devor XIX asrda kengaytirilgan. Uning uzunligi 38 kilometrni tashkil qiladi. Devor YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
1961-yilda qurilgan devor Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasini ajratib turgan. Uzunligi 155 kilometr, balandligi 3,5 metr bo‘lgan devor 1990-yilda buzib tashlangan. Alohida qismlari esa yodgorlik sifatida saqlab qolingan.
1974-yilda Kiprning shimoliy qismiga turk armiyasi bostirib kirganidan so‘ng, BMTning Xavfsizlik kengashi orolni ikki qismga bo‘luvchi to‘siqli hudud (“yashil chiziq”)ni belgilagan. Hududning uzunligi 180 kilometrni tashkil qiladi. Alohida qismlarida turklar tomonidan beton va simli to‘siqlar o‘rnatilgan. To‘siqlarning katta qismi 2000-yilda buzib tashlangan.
1977—1979-yillarda Janubiy Koreya KXDR bilan chegaralarida shimoliy qo‘shnining ehtimoliy tank hujumidan himoya maqsadida devor barpo qilgan. 1953-yilda o‘z nihoyasiga yetgan Koreys urushidan so‘ng mamlakatlar uzunligi 241 kilometr va eni to‘rt kilometr bo‘lgan harbiysizlantirilgan hudud orqali ajratilgan.
Marokashning janubi-sharqida 1981—1987-yillarda hukumat va Sahro milliy-ozodlik harakati kuchlari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarni ajratuvchi inshootlar tizimi qurilgan. Tizim G‘arbiy Sahro Cheti nomi bilan mashhur. Tizimning uzunligi 2575 kilometr bo‘lib, qum uyumlari, devorlar, to‘siqlar va bunkerlardan iborat. Sahro milliy-ozodlik harakati a’zolari tizimni Sharmandalik devori deb ataydi.
Iroqning 1990-yilda Kuvaytga bostirib kirishi va Fors ko‘rfazidagi birinchi urushdan so‘ng, BMT rahnamoligida ikki mamlakat o‘rtasida harbiysizlantirilgan hudud barpo etilgan. 1991—1993-yillarda Kuvayt 193 kilometrli chegara to‘siqlarini qurgan. Devor elektrlashtirilgan bo‘lib, balandligi 4,6 metrni tashkil qiladi.
AQSh va Meksika o‘rtasidagi devorning qurilishi 1991-yilda boshlangan. 2006-yilda AQSh prezidenti Jorj Bush uzunligi 1,1 ming kilometrli devor qurishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagan. Xarajatlari 3,4 milliard dollarni tashkil qilgan loyiha 2010-yilda muzlatib qo‘yilgan. 2017-yilda qurilish qayta boshlandi. AQShning 2018-yilgi budjetida devor qurilishi uchun 1,6 milliard dollar ajratilgan.
1993-yilda Ispaniyaning Seuta va Melilya yarim anklavlari hamda Marokash qirolligi o‘rtasida devor qurilgan. Birinchi devorning uzunligi 8,4 kilometr, balandligi esa olti metrni tashkil qiladi. Ikkinchi devorning uzunligi esa 11 kilometr, balandligi olti metrni tashkil qiladi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi devor 2003-yilda buyon qurilmoqda. Devorning loyiha uzunligi 700 kilometr bo‘lib, balandligi 3—8 metrni tashkil qiladi. Ayni paytda devorning katta qismi qurib bo‘lingan.
Misr 2009—2011-yillarda G‘azo sektori bilan chegaralarda o‘n kilometrli devor qurdi. Po‘latdan tayyorlangan to‘siqlarning balandligi 18 metr bo‘lib, yer ostiga ham bir necha metr tushgan.
2012-yilda Gretsiya va Turkiya o‘rtasidagi uzunligi o‘n kilometr va balandligi ikki yarim metr bo‘lgan devorning qurilishi yakunlangan. U Yevropa Ittifoqi chegaralarini qochoqlardan himoya qilish maqsadida barpo etilgan. Loyihaning qiymati uch million yevroni tashkil qilgan.
Ukraina 2014-yilda Rossiya bilan chegaralarida uzunligi qariyb ikki ming kilometr bo‘lgan devor qurishni boshladi. 2017-yilning yanvar oyida qurilish muzlatilgan. Joriy yilning sentabr oyiga kelib esa Rossiya FXX Qrim va Ukraina o‘rtasida 50 kilometrli to‘siq qurmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. | 64 | 4,130 |
Foto | Fotogalereya: Ko‘pchilikka noma’lum kichkina davlatlar | Ko‘pchilik dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatning hech bo‘lmaganda bir marta nomini eshitgan. Biroq sayyorada shunday davlatlar ham borki, ularning mavjudligini ko‘pchilik xayoliga ham keltirmagan. Chunki ularning maydoni juda kichik yoki bir nechtagina uyni o‘z ichiga oladi. AdMe ana shunday davlatlar jamlanmasini taqdim etdi.
Palau davlati 300 ta oroldan tashkil topgan. Maydoni 459 kvadrat kilometrni, aholisi 21347 kishini tashkil qiladi. Davlat akvatoriyasida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan akulalarning 130 turi yashaydi. Mamlakatning diqqatga sazovor joyi ikki millionta meduza yashaydigan ko‘l hisoblanadi.
Niue — Okeaniyada joylashgan orol va davlat. Maydoni 261.46 kvadrat kilometr, aholisi 1190 kishini tashkil qiladi. Mamlakatda birorta ham ishlab chiqarish korxonasi yo‘q. Davlat Yangi Zelandiya dotatsiyasi hisobiga yashaydi.
Davlat ikkita oroldan tashkil topgan: biri Sent-Kits, ikkinchisi Nevis deb ataladi. Maydoni — 261 kvadrat kilometr, aholisi —52329 kishi. Davlatning asosiy daromad manbalaridan biri fuqarolikni sotish hisoblanadi.
Hatt-River knyazligi — xuddi shu nomdagi Avstraliya provinsiyasida joylashgan virtual davlat. Maydoni 75 kvadrat kilometrni, aholisi 30 kishini tashkil qiladi.
Tuvalu — dunyodagi eng kichkina va eng kambag‘al davlatlardan biri. Maydoni — 26 kvadrat kilometr, aholisi — 10959 kishi. Asosiy daromad manbai internetdagi .tv domenini sotish bo‘lib, har yili davlat bundan bir necha million dollar foyda oladi.
Nauru — sayyoradagi eng kichkina nomustaqil va eng kichkina orol davlat. Maydoni — 21 kvadrat kilometr, aholisi — 9591 kishi. Mamlakatning rasmiy poytaxti va jamoat transporti yo‘q. Mamlakatda ekologik holat juda yomon bo‘lib, aholining semizligi darajasi bo‘yicha ham davlat eng yuqori darajada turadi.
Italiyada joylashgan yan bir davlat aslida virtual knyazlik bo‘lib, uning tarkibiga Fransiya chegarasi yaqinida joylashgan xuddi shu nomli qishloq kiradi. Maydoni — 4,91 kvadrat kilometr, aholisi — 312 kishi. Tan olinmagan davlatning armiyasi 3 kishidan iborat: mudofaa vaziri va ikki nafar chegarachi.
AQShning Nevada shtati hududida joylashgan va hech kim tomonidan tan olinmagan Molossiya davlatining aholisi Kevin Bo, uning oilasi, uchta it, bitta mushuk va bitta quyondan tashkil topgan. Maydoni — 0,055 kvadrat kilometr. Molossiyaning madhiyasi, gerbi va bayrog‘i mavjud. Shuningdek, og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan. 2017-yil may oyida respublika 40 yoshga to‘ldi. U o‘z pasportini beradi va fazoviy dasturga ega.
Rim hududidagi Vatikan yaqinida yana bir mitti davlat joylashgan bo‘lib, Malta ordeni deb ataladi. Maydoni — 0,012 kvadrat kilometr, aholisi — 113500 kishi. Davlat uchta binoda joylashgan bo‘lib, ulardan ikkitasi Rim hududida, bittasi Malta orolida joylashgan. Mamlakatning o‘z valyutasi, markalari, sayti, avtomobil raqamlari va pasporti bor. Mamlakat pasporti dunyoning bir necha o‘n davlatiga vizasiz kirish huquqini beradi.
Tan olinmagan Silend davlati Buyuk Britaniya qirg‘oqlaridan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan dengiz platformasi hisoblanadi. Maydoni — 0,004 kvadrat kilometr, aholisi — 27 kishi. Davlat o‘zini o‘zi saylovchi shahzoda tomonidan boshqariladi. Xohlagan kishi graf, baron yoki gersog bo‘lishi mumkin. | 54 | 3,243 |
Foto | Fotogalereya: Madagaskarga kolonizatsiyadan qolgan meros | Fransiya Madagaskar orolini 121 yil avval koloniya deb e’lon qilgan. 1896-yilning oktabr oyida esa qo‘zg‘olon ko‘tarilgan. Aytish mumkinki, qo‘zg‘olon hanuzgacha davom etmoqda. Yarim asr avval Madagaskar mustaqil bo‘lgan bo‘lsa ham, u yerdagi og‘ir kasalliklar va hosilning yaxshi bo‘lmasligida kolonizatsiya ayblanadi. “Kommersant” mazkur oroldagi hayot aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Madagaskarning aholisi 25 million kishi bo‘lib, uning 90 foizi kambag‘allikda yashaydi.
Aholining asosiy qismi malagasiylar bo‘lib, ularning o‘zi ko‘pincha sayyohlardan rasmga tushirishni so‘raydi.
1897—1960-yillarda orolda 25 ming kilometrli yo‘llar, ko‘priklar, portlar va temir yo‘llar qurilgan. Qonunga ko‘ra, mahalliy aholi bir yilda 50 kun “davlat uchun ishlashi” kerak bo‘lgan. Bugungi kunda mamlakatdagi infratuzilma vayronalik yoqasiga kelib qolgan.
Asosiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi bo‘lib, unda aholining 80 foizi band hisoblanadi. Asosiy savdo hamkori esa Fransiya bo‘lib qolmoqda.
Fransuzlar “bosqinchilar” hisoblansa ham, fransuz tili malagasiy tili bilan birga rasmiy til hisoblanadi.
Orolda to‘fonlar tez-tez bo‘lib turgani sababli odamlar uylarni uzoq vaqt xizmat qiladigan materiallardan qurmaydi.
Asosiy transport yo‘li va orol hayotining markazi daryolar hisoblanadi.
Tog‘ daryolarida oltin yuvish xalq hunarmandchiligi sanaladi. Oilalar ertalabdan kechgacha ishlaydi, topilgan oltinni davlatga topshirish majburiy hisoblanadi.
Madagaskarda dron uchirish rasman taqiqlanmagan, biroq chegarada muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Ajdodlarga hurmat ko‘rsatish mahalliy aholi uchun muhim ritual hisoblanadi.
Mamlakat markazida baland tog‘li vulqonlar joylashgan.
Sinji-dyu-Bemaraxa milliy qo‘riqxonasi YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Malagasiylar uchun oq odam janob hisoblanadi.
Ayni vaqtda orolda o‘latning yangi to‘lqini yoyilgan. Xalqaro yordam doirasida mamlakatga 1,2 millionta vaksina ampulasi yetkazib berilgan. | 56 | 1,965 |
Foto | Fotogalereya: Nyu-Yorkda joylashgan bir-biridan ajoyib sharsharalar | Forum Daily nashri Nyu-Yorkda joylashgan eng chiroyli sharsharalarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Itaka-Fols, Itaka
Balandligi 30,5 metr keladigan sharshara Kayuga ko‘lining janubiy qismida joylashgan.
Kaushed-Fols, Filmor Glen shtati bog‘i
Yil davomida bemalol kuzatish mumkin bo‘lgan 12,2 metrli sharshara.
Lemson-Fols, Kler
Adirondak tog‘larining shimoliy qismida joylashgan Lempson sharsharalarining balandligi 18,3 metrga yetadi.
Edvards-Fols, Manlius
View this post on Instagram
Balandligi taxminan 18,3 metr keladigan sharshara juda chiroyli ko‘rinishga ega.
Lyutsifer-Fols, Robert Treman shtati bog‘i
View this post on Instagram
Enfildda joylashgan 35 metrli sharsharaga qaragan odam undan ko‘zini ancha vaqtgacha uzolmay qoladi.
Igl-Kliff-Fols, Gavan Glen bog‘i
Montur-Fols hududida joylashgan sharsharaning balandligi 12 metr bo‘lib, ko‘plab sayohatchilar uchun ajoyib maskan hisoblanadi.
Shekvaga-Fols, Montur-Fols
46 metrli sharshara mahalliy hududning haqiqiy xazinasi hisoblanadi.
Kaaterskill-Fols, Xanter
View this post on Instagram
Balandligi salkam 80 metr keladigan sharshara Nyu-York shtatida joylashgan eng chiroyli maskanlardan biri. | 67 | 1,214 |
Foto | O‘zbek do‘ppilari AQSh arxivlarida (foto) | O‘zbek milliy libosining bir qismi hisoblangan do‘ppining o‘zi bir olam, unda mohirlik bilan bitilgan bezaklarni ko‘rish mumkin. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining Facebook’dagi sahifasida Minneapolis San’at Institutida saqlanadigan va o‘zbek do‘ppilarining go‘zalligi va rang-barangligi aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 41 | 332 |
Foto | 13 mamlakat yetakchilarining maoshlari (foto) | AdMe turli mamlakatlar yetakchilari qancha maosh olishi haqida ma’lumot to‘pladi.
Yiliga 400 ming dollar (oyiga 33 ming dollar)lik maoshdan voz kechib, yiliga 1 dollar olishini ma’lum qilgan — qonun bo‘yicha bundan kam olish mumkin emas. Bungacha AQSh prezidentlaridan Jon Kennedi va Gerbert Guver ham xuddi shunday ish tutgan edi. Prezidentning davlati — 3 milliard dollarga teng.
AQShda eng kam oylik ish haqi — oyiga 1160 dollar.
Ukrainaning eng boy odamlaridan birining davlati 1,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Ukrainada eng kam oylik ish haqi — oyiga 133 dollar.
2015-yilda uning maoshi 62 foizga oshirilganidan keyingina, shunchaga yetdi.
Xitoyda eng kam oylik ish haqi — oyiga 150—300 dollar.
Mamlakatda eng kam oylik ish haqi davlat tomonidan belgilanmagan, ammo turli ma’lumotlarga ko‘ra, u taxminan 2000 dollarga teng.
Rossiyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 140 dollar.
Buyuk Britaniyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 1569 dollar.
Fransiyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 1758 dollar.
Gvatemalada eng kam oylik ish haqi — oyiga taxminan 200 dollar.
Germaniyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 1780 dollar.
Kanadada eng kam oylik ish haqi — oyiga o‘rtacha 1400 dollar.
Avstraliyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 1900 dollar.
Shveysariyada eng kam oylik ish haqi qonun bilan belgilanmagan.
Singapurda eng kam oylik ish haqi qonun bilan belgilanmagan, ammo norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u oyiga taxminan 1000 dollarga teng. | 45 | 1,451 |
Foto | London Tabiiy tarix muzeyi tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan chumolixo‘r surati soxta bo‘lib chiqdi | London Tabiiy tarix muzeyi tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan chumolixo‘r surati soxta bo‘lib chiqdi. Bu haqda tanlovning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Marsio Kabrala tomonidan taqdim etilgan “Tunggi bosqinchi” suratida tasvirlangan yovvoyi chumolixo‘r “Tabiiy sharoitdagi jonzot” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.
Noma’lum shaxs muzeyga Kabralaning suratida tasvirlangan hayvon kabi turgan chumolixo‘rning suratini yuborgan. Ushbu suratlarda tasvirlangan jonzot Emas milliy bog‘i kiraverishiga o‘rnatilgan tulum bo‘lib chiqdi.
Bir-biridan mustaqil tekshiruv o‘tkazgan besh nafar mutaxassis ikkala suratda ham bitta jonzot tasvirlangan degan xulosaga keldi.
Shundan so‘ng tanlovning Twitter’dagi rasmiy sahifasida “Tunggi bosqinchi” diskvalifikatsiya qilingani borasida xabar paydo bo‘lgan. | 103 | 855 |
Foto | Badgirlar — konditsionerdan ham samaraliroq sovitish uskunalari (foto) | Biz jaziramadan azob chekib, konditsioner va ventilyatorlar bilangina jon saqlab turgan bir paytda, bir necha ming yillardan buyon hatto cho‘ldagi hayotni yashashga moslashtiradigan va suvni deyarli muzlaydigan darajagacha sovitadigan qurilmalar mavjud bo‘lib kelmoqda, deb yozadi “Chispa1707.livejournal.com”.
Badgirlar — fors shamol tutqichlari bo‘lib, ular sahrodagi uylarni salqingina xonaga aylantirgan. Buning ustiga, ular ekzotik estetika va dag‘alroq bejirimlikdan xoli emas.
Badgirlar qachon paydo bo‘lganini hech kim aniq bilmaydi, ammo Eronda ularni ikki ming yildan ortiq vaqtdan buyon qurib kelishadi. Shunga o‘xshash inshootlar misrliklarda ham bo‘lgan, ular “malkaf” deb atalgan.
Ular ulkan quvur ko‘rinishida bo‘lib, binoning yerto‘lasidan boshlanib, xonalardan o‘tib, uy tepasigacha chiqqan. Ularni bekorga shamol tutqichlari deb atashmaydi. Badgirlarning mohiyati shundan iboratki, ular yuzadan o‘tadigan har qanday shamolni tutib, bosimlar o‘rtasidagi farq hisobiga, uni pastga yo‘naltiradi va butun bino bo‘ylab olib o‘tadi.
Ushbu qurilmalar butun bir bino uchun bir vaqtning o‘zida ham ventilyatsiya, ham radiator vazifasini o‘taydi. Badgirlar uyni jaziramadan xoli qilish bilan birga, ganatlar, ya’ni yer osti kanallari va suv omborlarini sovitish uchun ham foydalanilgan. Bu holatda samaradorlik shunchalik katta bo‘lganki, omborlardagi suv muzlaydigan darajagacha sovigan. | 70 | 1,400 |
Foto | Zerikarli peyzajni fantastik olamdagi maskanlarga aylantirgan suratlar | Zerikarli manzarani xayolot dunyosiga aylantirish juda oson. Portugaliyalik Ugo Suissas ismli fotograf syurreal tasvirlarni yaratmoqda. U shunchaki g‘ayrioddiy rakursni izlaydi va suratni yanada qiziqarli qilish uchun oddiy narsalardan foydalanadi. Natijaga esa quyidagi suratlar orqali guvoh bo‘lish mumkin. | 70 | 308 |
Foto | Karantinda o‘tirgan insonlarning dronlar yordamida olingan suratlari | Litvalik fotosuratchi Adas Vasilyauskas asosan to‘ylarni suratga oladi. Ammo koronavirus pandemiyasi ko‘pchilik singari uning hayot tarzini ham o‘zgartirib yubordi.
Endilikda Adas dronlar yordamida uyida karantinda o‘tirgan oilalarni ko‘chadan turib suratga olish bilan mashg‘ul. U avvaliga ijtimoiy tarmoqlar orqali do‘stlari va ko‘ngillilar bilan kelishib oladi, keyin ularning xonadonlariga borib, oyna orqali qiziqarli lavhalarni muhrlaydi.
Fotosuratchi o‘z g‘oyasi haqida shunday deydi: “Men ushbu loyihani shundoq ham har kuni salbiy axborotlar qurshovida qolayotgan insonlar hayotiga rang-baranglik olib kirish maqsadida boshladim. O‘ylaymanki, mazkur lavhalar uyda karantinda o‘tirish ham qiziqarli ekanligini ko‘rsatib bera oladi”. | 68 | 740 |
Foto | Iqlim o‘zgarishi davom etsa, sayyoraning eng mashhur maskanlari qanday holga tushishi aks etgan suratlar | So‘nggi o‘n yillikda o‘tgan 125 ming yil ichida eng issiq ob-havo kuzatildi. 1990-yillarning o‘rtalaridan boshlab Yer sayyorasida 28 trillion tonnaga yaqin muzlik eridi. Bu raqam sayyoradagi barcha tirik organizmlarning vaznidan deyarli 28 baravar ko‘p degani. Albatta, muzlikning erishini insoniyat uchun zararsiz deb bo‘lmaydi. Qolaversa, bugungi kunda ko‘plab shaharlar iqlim o‘zgarishi oqibatlarini boshdan kechira boshladi.
Sankt-Peterburg, Rossiya
XXI asrning oxirida Nevadagi shahar haqiqiy Venetsiyaga aylanish xavfi ostida. U yerdagi suv sathi shunday bo‘ladiki, mahalliy aholi faqat qayiqlar yordamida harakatlana oladi. Ichki suv omborining maksimal chuqurligi taxminan 2-3 metrga to‘g‘ri keladi.
Katta to‘siq rifi, Avstraliya
Global isish Avstraliya qirg‘oqlari yaqinidagi Katta to‘siq rifi uchun qattiq zarba bo‘lishi mumkin. Tirik organizmlarning aksariyati o‘zgaruvchan iqlimga moslashishga ulgurmaydi va natijada yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi.
Mumbay, Hindiston
Garchi bugungi kunda Mumbay gullab-yashnagan ulkan shahar bo‘lsa-da, ertaga uning taqdiri nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Yaqin kelajakda u butunlay suv ostida qolishi ehtimoli mavjud. Mahalliy aholi esa xavfsiz yashash uchun joy izlab, qit’aning ichki qismiga o‘tishga majbur bo‘ladi.
Antarktida
Iqlim o‘zgarishi muzli Antarktidaga ham ta’sir qiladi. Ming yillik muzliklarning erishi qit’aga yaqin joylarda yangi orollarning paydo bo‘lishiga olib keladi va qirg‘oq yaqinida joylashgan mamlakatlar ko‘plab yo‘qotishlarga uchraydi.
Rio-de-Janeyro, Braziliya
Global isish Braziliyada juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi, uning qirg‘oqbo‘yi hududlari suv ostida qolishi mumkin.
Alp tog‘lari, Shveysariya
Alp tog‘larida joylashgan sayyohlarning sevimli tog‘-chang‘i kurortlari tez orada qorsiz makonga aylanishi mumkin. Shunday qilib, XXI asr oxiriga kelib chang‘i sportchilari qorlarni ko‘rish uchun 3 kilometr balandlikka ko‘tarilishi kerak.
Amazon tropik o‘rmoni, Braziliya
Amazonning tropik o‘rmonlari bugungi kunda Janubiy Amerika qit’asining deyarli 40 foizini egallaydi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi allaqachon hayvonlar uchun qulay joyni o‘rmon yong‘inlari bilan qurg‘oqchilikka to‘la xavfli hududga aylantiradi.
Gavana, Kuba
Dam olish maskanlari va attraksionlarga to‘la Kuba poytaxti atrof-muhitining o‘rtacha harorati atigi 3 darajaga ko‘tarilsa, butunlay suv ostida qoladi. Insoniyat atmosferaga zararli chiqindilar miqdorini keskin kamaytirsa va haroratning oshishiga yo‘l qo‘ymasagina, Gavanani qutqarib qolishi mumkin.
Pastoruri muzligi, Peru
Bugungi kunda Pastoruri Janubiy Amerikadagi noyob muzliklardan biridir. Haroratning biroz ko‘tarilishi ham ushbu mintaqaning iqlimi va go‘zalligini abadiy o‘zgartiradi.
Male, Maldiv orollari
Hind okeanida joylashgan Maldiv orollari 1100 dan ortiq tekis orollardan iborat. Iqlimning tez o‘zgarishi XXI asr oxiriga kelib suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan ushbu kurort davlatga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.
Split, Xorvatiya
Xorvatiyaning Split shahri qisman suv ostida qolib ketish xavfi ostida. Xuddi shu narsa yaqin o‘n yilliklarda suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan Adriatik qirg‘oqlarining qolgan qismiga ham tegishli.
Ozodlik oroli, AQSh
Global isish Nyu-York hayotiga katta ta’sir qiladi. Okeanlar uning mashhur Ozodlik haykali beligacha ko‘tarilish xavfini tug‘diradi. Shahar ko‘chalarining o‘zi ham sayyohlarni xursand qilishi dargumon: ularning aksariyati suv toshqini zonasida bo‘ladi.
Alyaska, AQSh
Sovuq Alyaska 2050-yilga kelib juda issiq hududga aylanishi mumkin, chunki olimlar Shimoliy Amerikaning aynan shu qismida o‘rmon yong‘inlari soni deyarli 2 baravar oshishini bashorat qilmoqda. Ammo bu hammasi emas, yong‘inlar bilan birga u yerda abadiy muzliklar erib, quruq landshaftlar paydo bo‘ladi.
Bukingem saroyi, London, Buyuk Britaniya
Mashhur Bukingem saroyi ham muammoga duch kelishi mumkin, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Angliya qirolichasi tez orada boshqa quruq joyga ko‘chib o‘tishi kerak.
Venetsiya, Italiya
Adriatik dengizi bo‘yida joylashgan Venetsiya global isish natijasida o‘zining ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin. Agar Italiya hukumati himoyalanishning ishonchli usullarini o‘ylab topmasa, shaharning dengizga eng yaqin hududlari butunlay suv ostida qoladi.
O‘lik dengiz, Isroil
O‘lik dengiz ketma-ket bir necha o‘n yillar davomida bir vaqtlar bosib olingan quruqlik hududini yo‘qotmoqda. Global isishning tobora tezlashib borishi natijasida Yaqin Sharqning asosiy tabiiy diqqatga sazovor joylaridan biri 2050-yilga kelib sayyoradan yo‘qolib ketish ehtimoli mavjud.
Saloniki, Gretsiya
Zamonaviy Gretsiyaning asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan Saloniki yaqin o‘n yilliklarda Venetsiyaga aylanishi mumkin. Iqlimning o‘rtacha harorati atigi 3 darajaga ko‘tarilishi bilan uning ba’zi qismlari sayohatchilarni qabul qila olmaydi.
Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari
Sayyoraning, ehtimol, eng zamonaviy megapolisi Dubay tez orada cho‘lga aylanish xavfi ostida. Garchi bugungi kunda shaharda suv tanqisligi muammosi bo‘lsa-da, kelajakda mamlakat sovutish va toza suv olish uchun yanada yuqori xarajatlarga duch keladi. | 104 | 5,121 |
Foto | Fotogalereya: To‘satdan imijini o‘zgartirib, butun dunyoni hayratda qoldirgan mashhurlar | Yulduzlar yangi film, klip yoki reklama kampaniyasi uchun imidjini tez-tez o‘zgartirib turishiga to‘g‘ri keladi. Ammo ba’zi mashhurlarni bir xil obrazda ko‘rishga odatlanganmiz. Shuning uchun ulardagi o‘zgarish darrov e’tiborimizni tortadi. AdMe ana shunday rasmlarni taqdim etdi.
Sofi Terner
Jiji Xadid
Zak Efron
Kayli Jenner
Kit Xarington
Yelizaveta Boyarskaya
Mettyu Makkonaxi
Glyukoza
Jon Travolta
Naomi Kempbell
Megan Foks
Madonna | 88 | 446 |
Foto | Fotogalereya: Tungi botqoqlikdagi hayot | Fotograf Larri Linchva Devid Moynax yovvoyi tabiatning suratlarini olishga qiziqadi. Ular bir necha marotaba naminatsiyalar g‘olibi bo‘lgan. Bu suratlarni ko‘rib inson hayratga tushishi aniq, chunki bu lahzalar har doim ham bo‘lavermaydi. TravelAsk fotograflarning tunda botqoqlikda olgan suratlarini taqdim etdi. | 39 | 313 |
Foto | Yevropa haqida minglab so‘zlardan ham yaxshiroq ma’lumot beruvchi suratlar | Yevropaning har bir shahri o‘ziga xoslik va imkoniyatlarga ega ekanini o‘zida mujassam qilgan fotolarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Shveytsariyaning Lyusern shahri ko‘chalarida jamoat sovitkichlarini uchratish mumkin. Unga muhtojlar uchun yeguliklar qo‘yib ketiladi.
Ispaniyadagi yogurtlar sotiladigan avtomat.
Germaniyaning Gamburg shahrida qayiqda boriladigan McDonald’s bor.
Latviyadagi IKEA do‘konlariga kirgan odam xariddan avval itlarini qoldirishi uchun maxsus joy ajratilgan.
Germaniyadagi bahaybat o‘rindiq.
Latviyadagi dvigateli vodorod bilan ishlaydigan trolleybus.
Vengriyadagi kitob sotib olish mumkin bo‘lgan avtomat.
Ispaniyadagi yurakcha shaklida yonadigan svetafor.
Shvetsiyadagi liftlarda qavatlar orasida to‘xtash imkonini beruvchi tugmacha bor.
Chexiyadagi 24 soatlik vaqtni ko‘rsatadigan qadimiy soat.
Xorvatiyadagi ko‘zini telefonidan uzmaydigan yo‘lovchilar uchun svetafor.
Norvegiyadagi kitoblari bor bekat. Avtobus kutayotgan yo‘lovchilar kitob o‘qib, vaqtini o‘tkazishi mumkin.
Norvegiyadagi yangi mahsulotlarning o‘ramida yaroqlilik muddati tugashiga qancha qolganini ko‘rsatadigan hisoblagich bor.
Avstriyadagi kirxonasi bor yoqilg‘i quyish shoxobchasi.
Belgiyadagi mehmonxonalardan birida tunda o‘zini yolg‘iz his qilgan mijozlarga baliq ijaraga beriladi.
Belgiyadagi do‘konlardan birining avtoturargohida homilador ayollar mashinasini qo‘yishi uchun alohida joy bor. | 74 | 1,415 |
Foto | Instagram’dan fotoreportaj: Aprel oyida qor ostida qolgan Peterburg | 13-aprel kunduz kuni Peterburgda kuchli qor yog‘ishi kuzatildi. Oqibatda yo‘llar, ko‘chalar qorga burkandi, ularning ba’zilarida tiqilinchlar va jiddiy bo‘lmagan avariyalar yuz berdi.
Shahar Gidrometeorologiya markazi ob-havo dam olish kunlariga qadar nol darajada saqlanishini ma’lum qildi.
Peterburg aholisi ijtimoiy tarmoqlarda kutilmagan qorning suratlari bilan bo‘lishmoqda, deb yozadi TJournal. | 67 | 401 |
Foto | Sharshara ostidagi musulmonlar, suv ostida qolgan shifoxona, musobaqaga tayyorlanayotgan syorfingchi — 22 iyul suratlari | Bugunning eng sara suratlarini taqdim etamiz.
Syorfing boʻyicha Braziliya Olimpiya jamoasi a‘zosi Tsurigaskai sohilida Tokio-2020 musobaqalariga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Festival qatnashchilari Suffolkning Henham bogʻidagi «Latitude» musiqiy festivaliga etib kelishdi.
Kordu dengiz mayogʻining qoʻriqchisi Tomas Dalisson ufqni oʻrganmoqda.
Neapoldagi zavod ishchilari ishxonalari yopilishiga qarshi namoyish oʻtkazmoqda.
Afrikaning shimoliy qismida joylashgan Ispaniya anklavi Melilla shahrida Marokash bilan chegaradagi toʻsiqdan oʻtib Ispaniyaga etib kelgan 300 ga yaqin muhojir biroz tin olyapti.
Namoyishchilar Tigray Xalq ozodlik fronti 2018 yilda ishdan boʻshatilganidan keyin qaytishga urinish uchun uni qoralamoqda. Front Efiopiyada koalisiya boshida 30 yilga yaqin hukmronlik qilgan.
Isroildagi bogʻlarning birida musulmonlar Qurbon Hayitidan soʻng sharshara ostida dam olmoqda.
Avstraliyalik qariya kuchaytirilgan karantin paytida piyodalar oʻtish yoʻlakchasini yolgʻiz kesib oʻtmoqda.
Xitoyda qutqaruvchilar kuchli yomgʻirdan keyin suv toshqini ostida qolgan yurak-qon tomir kasalxonasida nogironlar aravachasidagi bemorni qutqarmoqda.
Hindistonning Kashmir viloyati shimolidagi Davar shahrida qizaloq maktab eshigi yonida toʻxtab qoldi. Bu esa suratga muhrlandi.
Tojik askarlar harbiy paradda saf tortdi.
Rossiyadagi Ilyinskiy oʻtlogʻi yaqinidagi «Golden Ring» havo sharlari festivalidan tushirilgan surat.
COVID’ga qarshi kurash doirasida Leningradskiy temir yoʻl stansiyasini dezinfeksiyalanmoqda. | 120 | 1,510 |
Foto | Fotogalereya: 45 kunda qayta qurilgan zamonaviy va ko‘rkam Manas qishlog‘i | O‘zA Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi 45 kun ichida qaytadan qurilgan Manas qishlog‘iga oid suratlarni to‘plab taqdim etdi.
45 kun ichida Manas qishloq fuqarolar yig‘inida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, qishloq butunlay qaytadan qurildi, hiyobonlar, maktab, futbol stadioni va hordiq chiqarish maskanlari bunyod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 30-mart kuni Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Manas qishlog‘iga ham borgan edi. | 74 | 478 |
Foto | Turli mamlakatlardagi kishini hayratga soladigan odatlar (foto) | Dunyoda 3814 dan ortiq madaniyat mavjud bo‘lib, ular rang-barang ekani, turli urf-odatlari bilan o‘ziga xos.
Pasxa gulxani, Germaniya
Pasxadan avvalgi tunda Germaniyaning turli yerlarida ulkan gulxanlar yoqiladi. Mazkur urf-odat bilan nemislar bahorni kutib oladi. Ba’zi yerlar, asosan Shimoliy Reyn-Vestfaliyada katta yog‘ochli g‘ildiraklar yoqilib, qiyalikdan itarib yuboriladi. Bu hosilni mo‘l bo‘lishiga hissa qo‘shishiga ishoniladi.
Chapillatib chaynash, Yaponiya
Aksariyat mamlakatlarda chapillatib chaynash beodoblik sanaladi. Yaponiyada esa aksincha. Lapshani ovoz chiqarmasdan iste’mol qilish yapon urf-odatlariga zid.
Shirinliklar ichiga pul solish, Boliviya
Boliviyada odamlar Yangi yilni kutib olish uchun pirog ichiga tanga solib pishiradi. Kimning bo‘lagidan tanga chiqsa, kelasi yil u uchun omadli kelishiga ishoniladi.
Tushgan tishni tomga otish, Gretsiya
Gretsiyada bolaning tishi tushsa, doimiy tishi mustahkam va sog‘lom bo‘lishini niyat qilgan holda tomga otiladi.
Pomidorlar jangi, Ispaniya
Ispaniyada odamlar bir-biriga pomidor otishi bilan o‘tadigan Tomatina festivali bor. Kelib chiqishi 1945-yilga borib taqaladigan festival har yili avgust oyining so‘nggi chorshanbasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu an’ana paradga qo‘shilishni istagan, ammo odamlar turtib yuborgan bolalar bilan bog‘liq. Tiqilinchda yiqilib tushgan bolalar jahli chiqib yeguliklarni odamlarga qarata ota boshlagan. Ammo bugungi kunda bayram ko‘ngilsizlikka aylanmasligi uchun amal qilinishi kerak bo‘lgan ba’zi qoidalar mavjud. Bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, otishdan avval pomidorlar ezilgan bo‘lishi kerak.
Qishda muzqaymoq yeyish, Mo‘g‘uliston
Mo‘g‘ulistonda odamlar muzqaymoqni qahratonda iste’mol qiladi. Shahar ko‘chalarida muzqaymoqlar karton qutilarda sotiladi, harorat 30 daraja sovuq bo‘lgani uchun muzlatkichga hojat yo‘q.
O‘z taqdirini tanlash, Janubiy Koreya
Koreyslar farzand dunyoga keladigan birinchi kunda uning taqdiri hal bo‘lishiga ishonadi. Toljanchxi deb ataladigan marosimda bolaning oldiga kitob, pul va shunga o‘xshash turli buyumlar qo‘yiladi. Pulni tanlagan bola badavlat, kitobni tanlagani esa aqlli bo‘lishiga ishoniladi.
Stuldan sakrash, Daniya
Yangi yil kechasi daniyaliklar stul ustiga turib, ilk soniyalarda undan sakrashga tayyorlanadi. Buni unutgan odam uchun yil omadsiz kelishiga ishoniladi.
Hayoti davomida sochini bir marta kesish, Xitoy
Xitoyning Xuangluo qishlog‘ida dunyodagi eng uzun sochli ayollar yashaydi. Odatda ro‘mol o‘rab yuradigan ayollar festival vaqti sochlarini yoyadi, yuvadi va taraydi. Uzunligi taxminan 1,7 metrni tashkil qiladigan sochlarini ushbu qishloq ayollari umrida bir marta — 18 yoshga to‘lganidagina kesadi. Bu qizlarning turmushga chiqishga tayyorligini bildiradi. Qishloq aholisi uzun soch umrning uzoq bo‘lishiga ta’sir qilishiga ishonadi. | 63 | 2,819 |
Foto | “Yer soati” — dunyo aholisi elektr ta’minotisiz (fotogalereya) | 25-mart kuni butun dunyo aholisi iqlim o‘zgarishi muammolariga befarq emasligini namoyish etish maqsadida elektr ta’minotini uzib qo‘ydi. Bu yil “Yer soati” qanday o‘tganligini “Kommersant” namoyish etdi.
Moskva, Rossiya
Gonkong, Xitoy
Sidney, Avstraliya
Tokio, Yaponiya
Shanxay, Xitoy
Jakarta, Indoneziya
Manila, Filippin
Karachi, Pokiston
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 62 | 429 |
Foto | National Geographic: iqlim o‘zgarishlarining fotoko‘rinishlari | National Geographic nashri butun dunyodagi fotograflarni iqlim o‘zgarishlari qanday oqibatlarga olib kelganini ifodalovchi suratlari bilan o‘rtoqlashishga chaqirdi. Eng yaxshi fotoasarlar Marokashdagi iqlim bo‘yicha sammit doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma uchun tanlab olinadi. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.
Qatnashchilar yo‘llagan lavhalarda erigan qorlar, qurigan daryolar, suv havzalari va shunga o‘xshash ko‘rinishlar aks etgan. | 62 | 442 |
Foto | Foto: Dunyoning o‘ziga xos arxitekturaga ega binolari | Kishini hayratga soladigan binolar faqat o‘tmishda qurilgan deb o‘ylasangiz, yanglishasiz. Bunyod etilganiga ko‘p bo‘lmagan va noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lgan inshootlarning quyida keltirilgan suratlari buning yaqqol misoli.
“Xarpa” konsert zali (Reykyavik, Islandiya. 2011-yil)
Dizayneri rassom Olafur Elisson bo‘lgan konsert zalini tashkil qilish uchun 164 million yevro sarflangan. Umumiy maydoni 28 000 kvadrat metrni tashkil qiladigan xol (hall), to‘rtta zal, gul saloni, kitob do‘koni, butik kafe va restoranlarni o‘z ichiga oladi.
Burj-Xalifa (Dubay, BAA, 2010-yil)
Balandligi 828 metrni tashkil qiladigan osmono‘par bino 162 qavatdan iborat. Stalagmit shaklini esga soladigan
Burj-Xalifada mehmonxona, xonadonlar, ofis va savdo markazlari bor. 2004-yilda qurish ishlari boshlangan binoning ochilishi 2010-yilda bo‘lib o‘tgan
Ko‘rfazdagi bog‘lar (Singapur, 2012)
Singapurda joylashgan mazkur bog‘da qirqquloq, uzum, orxideya va boshqa o‘simliklarning ko‘plab turini uchratish mumkin. Fotoelektr elementlari bilan ta’minlangan inshoot quyosh nuridan energiya ishlab chiqaradi. Bundan tashqari bog‘da issiqxona kompleksi, gullardan iborat gumbazni hamda liftda ko‘tarilish mumkin bo‘lgan “bulutli tog‘” — tog‘ o‘simliklari uchun issiqxonani uchratish mumkin.
Parasol metropoli (Sevilya, Ispaniya 2011)
Nemis arxitektori Yurgen Mayer tomonidan loyihalashtirilgan bino dunyodagi eng katta yog‘och inshoot hisoblanadi. Bahaybat qo‘ziqorin shaklidagi oltita soyabonning birinchi tashqi qavatida bozor, yuqoridagi terrasada esa restoran hamda muzey joylashgan.
Absolute World (Mississoga, Kanada, 2012-yil)
Absolute World kompleksi balkon va qavatlari butkul bir-biriga o‘xshamaydigan ikkita ko‘p qavatli uylardan iborat. Birinchi Absolute Towers Mississauga binosining balandligi 170 metr (56 qavat), ikkinchisiniki — 150 metr (50 qavat)ni tashkil etadi. Xuddi o‘z o‘qi atrofida aylanayotgandek ko‘rinishga egaligi uning o‘ziga xosligi sanaladi.
Guanchjoudagi opera teatri (Guanchjou, Xitoy, 2010-yil)
Guanchjouda joylashgan opera teatri noodatiy arxitekturasi bilan shahar mehmonlarini o‘ziga rom etadi. Haybatli shisha panellari bilan qoplangan bino ikkita zalni o‘z ichiga oladi. Kattasida 1800, kichkinasida esa 400 kishilik o‘rindiq bor.
Lotos ibodatxonasi (Nyu Deli, Hindiston, 1986)
Bahailarning ibodatxonasi hisoblangan mazkur bino Gretsiyaning Pentel tog‘laridan keltirilgan marmartoshdan qurilgan. Arxitektor Fariborz Sxba uni qurishda Sidney opera teatridan ilhomlangan. 10 gektar bog‘ bilan o‘ralgan bino yonida mahalliy o‘simlik turlarini o‘z ichiga oladigan issiqxona ham bor.
Atomium (Bryussel, Belgiya, 1958)
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan atom ko‘rinishidagi binoni ko‘pchilik dekoratsiya deb o‘ylaydi. Aslida esa ushbu inshoot restoran, muzey va ko‘rgazma zallarini o‘z ichiga oladi.
Sagrada Familia ibodatxonasi (Barselona, Ispaniya, 2010-yil)
Barselonadagi mazkur ibodatxona qurilishi uchun eng ko‘p vaqt ketgan binolardan sanaladi. 1888-yilda qurilish ishlari boshlangan bino 2010-yilda rasman ochilgan.
Linked Hybrid (Pekin, Xitoy, 2009-yil)
Linked Hybrid turar joy kompleksi ko‘priklar bilan ulangan bir necha ko‘p qavatli bino hisoblanadi. Unda xonadonlardan tashqari, savdo maydoni, kinoteatr, mehmonxona, avtoturargoh, bog‘cha va maktab bor. Loyiha unda yashovchilarning tashqariga chiqishiga deyarli hojat qolmasligini ko‘zda tutgan.
Marina Bay Sands (Singapur, 2010)
Arxitektor Moshe Safdi tomonidan loyihalashtirilgan uchta bino tepasidagi terrasada basseyn va bog‘ bor.
Marina Bay Sands’da mehmonxona, kazino va ko‘rgazma markazidan tashqari ikkita teatr, yettita restoran va muzey ham mavjud.
Vertikal o‘rmon (Milan, Italiya, 2014-yil)
Bosco Verticale nomli arxitektura kompleksi balandligi 111 va 76 metrli ikkita osmono‘par binodan tashkil topgan. Bino terrasasiga 900 ta daraxt, 5000 ta buta va 11 ming ko‘p yillik o‘simliklardan iborat klumba (gulzor) ekilgan. Bino shaharni bezash bilan birga, havoni karbonat angidrid gazidan filtrlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Kompleks elektr quvvatini quyosh batareyalaridan oladi. | 53 | 4,071 |
Foto | Zamonaviy san’at shaydolari uchun Yaponiyaning diqqatga sazovor joylari (foto) | Quyoshli mamlakat — Yaponiyada yilning qaysi fasli bo‘lishidan qat’i nazar, madaniy hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan joylar ko‘p. Yayoi Kusama installyatsiyalari to‘plami, dunyodagi eng baland muzey, haykaltaroshlik bog‘lari hamda san’at orollari sizni maftun qilishi, shubhasiz.
Yayoi Kusama muzeyi, Tokio
Mamlakatda zamonaviy rassomchilikning taniqli vakili Yayoi Kusamaning 2017-yilda o‘zining faol ishtiroki bilan tashkil etilgan shaxsiy muzeyi bor. Mazkur muzey ikki yillik tanaffusdan so‘ng, 2020-yilda qayta ochildi: chiptalarni internet orqali oldindan buyurtma qilish lozim. Muzeyda rassomning Yaponiya va chet ellarda namoyish etilmagan so‘nggi asarlari o‘rin olgan. Mart oyining oxirigacha muzeyda Kusamaning so‘nggi o‘n yil ichidagi eng katta xitlaridan biri — “Ko‘zguli xonaning cheksizligi” nomli psixologik asaridan bahramand bo‘lish mumkin. Shuningdek, muzey menyusida rassomning yangi “Gullar shaydosi” asari ham o‘rin olgan.
Naosima art-oroli, Tesima va Inujima
Seto ichki dengizidagi kichik orollarni art-arxipelagga aylantirish g‘oyasi tadbirkor va milliarder Soichiro Fukutake xayoliga Yaponiya iqtisodiyoti eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan 80-yillarning o‘rtalarida kelgan. Ikki korporatsiya — Benesse Holdings, Inc va Fukutake Foundation zamonaviy rassomlar, taniqli me’morlar va haykaltaroshlar bilan hamkorlikda ish boshladi. Ularning sa’y-harakatlari natijasida orollar tabiati art-syurrealizm ko‘rinishiga ega bo‘ldi.
Ochiq osmon ostidagi Hakone muzeyi
Odatda, sayyohlar Hakonega tabiatdan zavq olish uchun boradi: mox bilan qoplangan o‘rmon, sokin ko‘l, osoyishta qarag‘ayzorning toza havosi. Endi bu go‘zalliklarga yuzta ochiq turdagi art-inshootlarni qo‘shing: Rodin, Miro va Genri Mur haykallaridan tortib zamonaviy rassomlarning murakkab asarlarigacha. Ochiq osmon ostidagi Hakone muzeyi 70 ming kvadrat metr maydonda tashkil etilgan bo‘lib, san’atning mukammal uyg‘unligini shu yerdan topasiz.
Sapporo art-parki, Sapporo
Yana bir ajoyib ochiq osmon ostidagi muzey shimoliy orol — Xokkaydoda joylashgan. Odamlar bu yerga iliq mavsumda kelishadi (muzey apreldan noyabrgacha ishlaydi): san’at asarlari bilan to‘la o‘rmon bo‘ylab sayr qilish uchun bu yerda 74 ta san’at asari mavjud. Ba’zi installyatsiyalar retrofuturistik uslubda bo‘lib, tushunish qiyin. Ba’zilari esa yapon mentalitetini mukammal aks ettiradi.
Mori
Mori art-muzeyi Tokioning Roppongi tumanidagi 54 qavatli binoda joylashgani uchun eng yuqorida joylashgan badiiy kolleksiya hisoblanadi. Muzeyda doimiy kolleksiya yo‘q, aksincha ekspozitsiyalar doimiy ravishda o‘zgarib turadi, sayt yangi loyihalar va ko‘rgazmalarni qabul qiladi. Muzey ta’mirlash ishlari sababli butun qish bo‘yi yopiq edi, ammo shu yilning 22-aprelidan qayta ochilishi rejalashtirilgan.
Fukusima shahar-muzeyi
Fukusima 2011-yilgi dahshatli ofatdan to‘liq qutulib, shahar ochilishini faxr bilan e’lon qilgan shahar-muzeydir. Markaziy ko‘chalardagi grafittilar shaharni ochiq osmon ostidagi zamonaviy san’at muzeyiga aylantirgan. Agar sizni ko‘cha san’ati qiziqtirsa, bu shahar aynan sizbop ekanligi aniq. | 78 | 3,080 |
Foto | Kun davomida kayfiyatning a’lo bo‘lishiga hissa qo‘shuvchi suratlar | Ko‘ngilsiz voqealar va tashvishlardan uzoq yurish oson emas. Ammo yoqimli holat aks etgan arzimagan suratlar kishi kayfiyatini ko‘tarishi, kunning yaxshi o‘tishiga hissa qo‘shishi mumkin.
“Maktab avtobusini kutib turgan o‘g‘lim. O‘tib ketayotib, ko‘zim tushib qoldi”.
“Otamning birinchi nabirasini qo‘lga olgandagi holati”.
“Sous tayyorlayotgan 96 yoshli buvim”.
“103 yoshli buvim 2 oylik qizim bilan”.
“Qanchalik kuchli va zo‘r bo‘lma, ba’zida o‘zingning Vinni-Puxingga ehtiyojing bo‘ladi”.
“Bir-birining qo‘lidan tutgan holda uxlab qolgan ota-onam”.
Suykalishni yaxshi ko‘radigan mushuk.
“Rafiqam sovg‘a qilgan EnChroma ko‘zoynagini taqqandan keyin ranglarni birinchi marta ko‘ryapman”. (EnChroma — daltoniklarga mo‘ljallangan ko‘zoynak).
“Yaqindagina tovuqxonaga joylashib olgan uysiz mushuk endi oq tovuqni o‘z onasi, deb o‘ylayapti”.
“Dovul vaqtida mashina ichiga yashirinib olgan kuchuk”.
Ayol turmush o‘rtog‘ini sevishganlar kuni bilan qizi aks etgan surat orqali tabrikladi.
“Xolam ko‘rish qobiliyati susaygan, ammo karta o‘ynashni yaxshi ko‘radigan buvim uchun katta Uno kartalarini sotib oldi”.
View this post on Instagram
“Berlindagi hayvonot bog‘i 16 yildan buyon ilk marta gorilla tug‘ilishini nishonlamoqda”. | 67 | 1,250 |