folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Britaniyalik qiz 13 yil sochini kesmadi va Disney malikasi Rapunselga aylandi (foto) | 30 yashar britaniyalik xonanda Ziba Kelli vokal qobiliyati bilan emas, Disney malikasi Rapunselga o‘xshashligi bilan mashhurlikka erishdi.
Bolaligida aksariyat qizlar singari oddiy turmak bilan yurgan qiz 17 yoshida sochini o‘stirishga qaror qilgan.
Sochlari bag‘oyat tez, oyiga deyarli 5 santimetrdan o‘sa boshlagan. Uzunligi tovoniga yetganidan keyin sochlarini kesmaslikka qaror qilgan.
Bugungi kunda bo‘yi 160 sm bo‘lgan qizning sochi 182 sm tashkil qiladi. Ziba yerga sudralishi sabab ham ko‘chaga kamdan kam hollarda sochini yoyib chiqishi, eskalator haqida esa gap ham bo‘lishi mumkinmasligini ta’kidlaydi.
Kelli boshi va bel og‘rig‘idan aziyat chekishi, sochlarini yuvganidan keyin esa ko‘proq qiynalishini ma’lum qiladi. Chunki nam sochlar deyarli 2 kg og‘irlikda bo‘ladi.
Sochlarini yuvish va quritish uchun 1 yarim soat, butun uzunligi bo‘ylab tarash uchun esa 1 soat vaqt kerak bo‘ladi. Turli qiyinchiliklar keltirib chiqarishiga qaramay, bunga ko‘nikkan qiz sochlari kestirishni istamaydi. | 84 | 1,008 |
Foto | Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlari oqibatlari, Yangi Zelandiyadagi karantin, plastik sirtmoqlardan ozod qilingan dengiz mushuklari — 18 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Hindistonning Chennay shahridagi Birla planetariyida ayol «Soyasiz kun» (Zero Shadow Day)ni kuzatish uchun maxsus uskunadan foydalanyapti. Bu kunda peshin vaqtida quyosh ob‘ektlarda soya hosil qilmaydi. Bu hodisa odatda dunyoning har xil joylarida har xil vaqtda kuzatiladi.
Edinburgda har yili oʻtkaziladigan «Frinj» festivalida chiqish oldidan «Bromance» sirk truppasi mashgʻulotlari jarayoni.
Shveysariyadagi togʻ dovoniga nemis rassomlari Volfgang Eyxner va Tomas Xuberning «Va nihoyat» deb nomlanuvchi soat shaklidagi badiiy installyasiyasi oʻrnatildi.
«Bumerang» va «Okean doʻstlari» nomli Saxalin nodavlat-notijorat tashkilotlari Oxotsk dengizidagi 64 ta dengiz mushugini plastik sirtmoqlardan ozod qildi.
Bangladeshda dengiz nilufarini yigʻib olish jarayoni.
Janubiy Koreyada 1805 ta COVID-19 bilan yangi zararlanish holati qayd etildi.
Kaliforniyadagi «Diksi» oʻrmon yongʻinlarining oqibatlari.
Moskvadagi haykaltarosh Vitaliy Shanov va arxitektor Konstantin Fomin «Knyaz Aleksandr Nevskiy drujina bilan» yodgorlik majmuasining haykal kompozisiyasini yigʻish jarayonidan lavha.
Yangi Zelandiya hukumati mamlakatda bitta koronavirus bilan bogʻliq yangi zararlanish holati kuzatilgandan soʻng butun mamlakat boʻylab karantin e‘lon qildi.
Chaman shahri hududidagi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi nazorat-oʻtkazish punkti. | 152 | 1,392 |
Foto | Fotogalereya: Sohillardan topilgan antiqa buyumlar | Dengiz tubi sirli joy. Ba’zan to‘lqinlar uning tubidan turli narsalarni qirg‘oqqa chiqaradi. Travel Ask ana shunday kutilmagan va noodatiy narsalarning suratlarini taqdim etdi. | 50 | 176 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng go‘zal masjidlari. Ro‘yxatdan Bibixonim masjidi ham o‘rin olgan | TravelAsk nashri islom dini tarixida muhim ahamiyat kasb etuvchi, o‘zining go‘zalligi va hashamati bilan hamon dunyoni lol qoldirib kelayotgan masjidlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Masjidning qurilish ishlari 1993-yilda yakunlangan bo‘lib, uni qurish uchun 800 million dollar mablag‘ sarflangan. Barcha pullar ehsonlar hisobiga yig‘ilgan.
Istanbul markazida joylagan masjid Sulton Ahmad yoki Havorang masjid deb ham ataladi. U 1616-yilda qurib bitkazilgan. Masjid nafaqat islom olamining, balki jahon arxitekturasining yuksak namunalaridan biri hisoblanadi.
Jome masjidi — Isfaxondaning mahobatli inshootlaridan biri. Uni qurish VIII asrda boshlangan bo‘lib, qurilish va rekonstruksiya ishlari XX asr oxiriga qadar davom etgan.
Uzoq vaqtga qadar XV asrda qurilgan Bibixonim masjidi islom olamida eng ulkan masjid deya hisoblangan. Masjid Amir Temur buyrug‘iga asosan qurilgan. Inshoot O‘rta Osiyo arxitektura me’morchiligini klassik na’munasi.
Shayx Zayd masjidi ulkan tort misoli bo‘lib, nozik va nafis minora bilan bezatilgan. Masjidga o‘rnatilgan eng katta qandil, eng katta gilam va marmar mozaikasi o‘ziga xos rekordni qayd etgan.
XVII asrda Eski Dehli ko‘chalarining markaziga qurilgan ajoyib yodgorlik. Jome masjid Shohjahon buyrug‘iga asosan qurilgan. Bino hind-islom ramzlarini o‘zida mujassam etadi.
G‘arbiy Yevropadagi islom o‘tmishining yorqin namunasi Kordova shahrida joylashgan. O‘rta asrlarda ushbu masjid kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turgan. Uni qurish ishlari VIII asrda boshlangan bo‘lib, XIII asrga qadar davom etgan. Hozirda ushbu masjud xristian dinining cherkoviga aylantirilgan. | 91 | 1,613 |
Foto | xorazmda 4 asrlik tarixga ega turkmanlar yashagan “Ulli hovli” majmuasi — suratlarda | AOKA tomonidan xorazm viloyatiga tashkil etilgan press-tur davomida bir guruh jurnalistlar Urganch tumanidagi turkman millatiga mansub aholi yashagan hududdagi eng katta hovli-joy — “Ulli hovli” majmuasida bo'ldi. Bu haqda unda ishtirok etgan “Bugun.uz” muxbiri xabar qildi.
Qayd etilishicha, xiva xonligi davrida turkmanlar uchun qishloqlar, uy-joylar barpo etilgan. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” majmuasi ana shunday tarixiy obidalardan biridir. O'n yettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori atiqalar, ularni o'rab turgan qo'rg'on saqlanib qolgan.
Ushbu tarixiy maskan Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017–2018 yillarda qayta ta'mirlanib, asl holiga keltirilgan. Yigirma o'rinli mehmonxona qurilib, turkman o'tovlari o'rnatilgan. Ta'mirlanishdan so'ng majmua xovlisida 2 ta tandir o'rnatilib, tashrif buyurgan mehmonlar uchun mahorat darslari tashkil qilishga imkon yaratilgan.
Shuningdek, majmuada turkman milliy taomlari tayyorlanadigan 40 o'rinli restoran tashkil qilingan. Hunarmandlar xonalarida turkman milliy majmuasiga 5 ta o'tov uyi, qadimiy o'yma ustun va toshlar, 4 ta qadimiy ot aravasi, 50 xildan ortiq qadimiy sopol xumlar, 100 xildan ortiq kulolchilik mahsulotlari, eski xurjin, ot egari, qadimiy turkman gilamlari, qadimiy savatlar, mis xumcha va qumg'onlar va boshqa unsurlardan ekspozitsiya yaratilgan.
Majmuaning 2 ta xonasida hamda qadimiy turkman milliy urf-odatlari aks etgan foto va suratlar galereyasi, kutubxona tashkil qilingan. Bundan tashqari majmuaning yo'laklari xumlar, devorlari qadimiy turkman gilamlari va osori atiqalar bilan bezatilgan.
Ma'lumot o'rnida, 2018 yilning 25 aprel kuni Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovlar xorazmga tashrifi davomida “Ulli hovli”ga ham kelib, Do'stlik uyining ochilishida ishtirok etgan va qa'la bilan tanishgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq xorazmga 2021 yilda qancha sayyoh tashrif buyurgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, O'zbekistonga kelgan sayyohlar o'rtacha qancha pul sarflashi aytilgandi. | 84 | 2,054 |
Foto | Foto: Bir-biri bilan qarindosh bo‘lgan Bollivud yulduzlari | Qarindosh bo‘lish bilan birga, mashhurlikda bir-biridan qolishmaydigan Bollivud yulduzlari haqida ma’lumot beramiz.
Aktrisa Aditi Rao Haydari — Kiran Raoning amakivachchasi (prodyuser va Amir Xonning rafiqasi) hisoblanadi.
2000-yil boshlaridagi ikki taniqli aktyor Zayid Xon va Fardin Xonni qarindoshlik rishtalari bog‘lab turdi, chunki ularning otalari — Sanjay va Feroz Xon aka-ukalardir.
Kajol — Monish Bahlaning xolavachchasi. Ularning onalari (Tanuja va Nutan) opa-singildir.
Bollivud modeli Sonam Kapur va aktyor Arjun Kapur ham qarindosh. Ularning otalari (Anil va Boni Kapur) tug‘ishgan aka-uka hisoblanadi.
Puja Bhatt va Emran Hashmi ham bir-biriga amakivachcha bo‘ladi.
Sani Deol va Abhay Deol — Bollivudning mashhur aktyorlari bo‘lish bilan birga, amakivachchalar hamdir.
Bollivudning ikki taniqli rejissori — Fara Xon va Farxon Axtar qarindoshlik aloqalari bilan uzviy bog‘langan. | 58 | 898 |
Foto | Fotogalereya: Ortiga qarab oqqan daryo (video) | Baland ko‘tariladigan to‘lqinlar nafaqat qiziq, balki xavfli hamdir. Travel Ask zarb bilan urilgan to‘lqinlar rasmini taqdim etdi. | 46 | 130 |
Foto | Fotogalereya: Hech kim qaramayotgan payt hayvonlar nima qiladi? | Fransiyalik fotograf Tomas Subtil Kenyaga qilgan safarida hech kim qaramayotgan payt hayvonlar o‘zini qanday tutishini suratga oldi. So‘ng ushbu loyihaga ijodiy yondashib, faunaning biz bilmagan ajoyibotlarini yaratdi. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi. | 63 | 260 |
Foto | AQShda fikrlarni oʻqiy oladigan bosh kiyim sotuvga qoʻyildi | AQShda faoliyat yurituvchi «Kernel» kompaniyasi fikrlarni oʻqiy qoladigan bosh kiyim koʻrinishidagi qurilmani 50 000 dollardan sotuvga qoʻydi. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, bosh kiyimning ogʻirligi qariyb 900 grammni tashkil etib, ichida miyadagi elektr impulslar hamda qon oqimi ma'lumotlarini yozib oladigan va tahlil qiladigan, soʻngra axborotni kompyuterga chiqaradigan datchiklar va boshqa elektronika mavjud.
Qayd etilishicha, bosh kiyimlarning birinchi mijozlari miya tuzilishi, u bilan bogʻliq ruhiy kasalliklar, kontuziya, qon tomirlari va boshqa xastaliklarning ta'sirini oʻrganish bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa xaridorlar esa odamlarning ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar boʻlgan munosabatini bilishni istayotgan tijorat kompaniyalari boʻlgan.
Ma'lumotlarga koʻra, «Kernel» asoschisi 2030 yilga qadar bosh kiyim narxini 50 ming dollardan oddiy telefon bahosiga tushirishni rejalashtirgan. Ma'lumot oʻrnida, «Kernel» 2016 yilda tadbirkor Brayan Jonson tomonidan tashkil etilgan.
Avvalroq rossiyalik olimlar tushni qayta tiklay oladigan qurilma ishlab chiqqani xabar berilgan. Shuningdek, qon tarkibida alkogol miqdorini aniqlovchi qurilma ishlab chiqilgani ma'lum qilingandi. | 59 | 1,251 |
Foto | Foto: Itning qornidagi mehmonxona | AQShning Aydaho shtatidagi Kottonvud shahrida joylashgan Dog Bark Park oilaviy mehmonxonasi o‘zining noodatiy tashqi ko‘rinishi bilan sayyohlarni ko‘proq jalb qiladi. U faner va gipsokartondan yasalgan 10 metrli bigl zotiga mansub itga o‘xshab ko‘rinadi. Uning yonida yana bitta it qurilgan bo‘lib, uning balandligi 3,5 metrni tashkil qiladi. Xonalar katta itning qornida joylashgan. TJournal mehmonxonaning suratlarini taqdim etdi.
Mehmonxona Bed and breakfast tizimida ishlaydi. Bir vaqtning o‘zida itning qornida to‘rt kishi yashashi mumkin.
Mehmonxonaning tarixi 1990-yillarda, uning egalaridan biri Dennis Sallivan Dog Bark Park nomli badiiy studiya ochganida boshlangan. 2000-yillarning boshida Dennis rafiqasi bilan birga kichik oilaviy mehmonxona ochishga qaror qilgan. Mehmonxona sayyohlarni o‘ziga jalb qilishi uchun unga noodatiy shakl berilgan. | 33 | 858 |
Foto | Instagram’dagi mashhur tuxum yorila boshladi | Instagram’dagi eng mashhur tuxum ommalashishda davom etmoqda. Po‘chog‘i yorilgan so‘nggi surat 12 soat ichida to‘rt milliontadan ortiq layk yig‘di. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ayni paytda 4-yanvar kuni tarmoqda paydo bo‘lgan tuxumning yig‘gan layklari 50 milliontaga yetgan.
View this post on Instagram
Tuxumning surati ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng mashhuri bo‘ldi. | 44 | 398 |
Foto | Fransiyalik suratkash National Geographic fototanlovi gran-prisini qo‘lga kiritdi | National Geographic jurnali Nature Photographer of the Year tanlovini o‘tkazdi. Ushbu tanlov doirasida yilning tabiat manzaralariga bag‘ishlangan eng chiroyli suratlari turli nominatsiyalar bo‘yicha saralab olindi.
Tanlov gran-prisini fransiyalik Greg Lakur qo‘lga kiritdi. U Janubiy Afrika sohillarida sardinalar migratsiyasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, rossiyalik Vadim Balakin “Atrof muhit” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Uning “Hayot va mamot” fotosuratida oq ayiqning qoldiqlari aks etgan. Surat Shpitsbergenda olingan.
TJournal tanlovda yutuqli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bir qancha fotosuratlarni taqdim etdi.
Italiyadagi tabiat bog‘ida muzlab qolgan hovuz. Alessandro Grutssa.
Tinch okean ustida po‘rtana. Santyago Borxa.
Hind o‘rmonidagi ilon. Varun Aditya.
Qarg‘a boyqushni o‘z hududidan haydab chiqarmoqda. Chia Lourens.
Oq ayiq o‘z vaqtida qor bilan qoplanmagan sohilda. Petti Veymayr. | 81 | 934 |
Foto | Foto: Gollivud yulduzlarining ko‘rinishi ilk rolidan buyon qanchalik o‘zgargan? | Yillar hamma qatori yulduzlarning tashqi ko‘rinishiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Ularning karyerasini boshlagandagi va hozirgi fotolari solishtirilsa, bunga amin bo‘lish mumkin.
Bred Pitt
Gollivud yulduzi ilk bor 1988-yilda “Quyoshning qorong‘i tomoni” filmida suratga tushgan. Unda kamyob kasallikdan aziyat chekadigan qahramonni gavdalantirgan. 2004-yilda esa “Troya”da Axillasni gavdalantirgan. Film ekran yuzini ko‘rgandan keyin kassalarda 497 million dollar to‘plangan. Bugungi kunda ham suratga tushishda davom etayotgan aktyor so‘nggi marta “Ad astra” filmida rol o‘ynagan.
Juliya Roberts
Ilk marta “O‘t o‘chirish jamoasi” filmida epizodik rol ijro qilgan Juliya 1990-yilda “Chiroyli ayol”dagi ishtirokidan keyin mashhurlikka erishgan. 2008-yildagi “Uyga qaytish” seriali ekran yuzini ko‘rganidan keyin esa tanqidchilar Robertsning kichik ekrandagi debyutini muvaffaqiyatli deb baholagan.
Leonardo Di Kaprio
“Mahluqlar-3” filmida ilk bor suratga tushgan Di Kaprio 1997-yilda “Titanik”dan keyin yulduzga aylangan. 2019-yil 21-mayda esa Di Kaprio asosiy qahramonlardan birining rolini ijro qilgan Kventin Tarantinoning “Bir kuni Gollivudda” filmi premyerasi bo‘lib o‘tgan.
Nikol Kidman
Nikol ilk marta “O‘rmondagi rojdestvo” filmida suratga tushganida 16 yoshda bo‘lgan. 1989-yildagi “O‘lik sukunat”dan keyin mashhurlikka erishgan Kidman ishtirokidagi “The Undoing” mashhur seriallardan biriga aylangan.
Mettyu Makkonaxi
Karyerasini reklama roliklari va musiqiy kliplarda ishtirok etishdan boshlagan Makkonaxi ilk marta 1992-yilda “Ochilmagan sir” serialida suratga tushgan. “Dallas xaridorlar klubi” filmidagi ishtiroki uchun “Oltin Globus” va “Oskar”ga ega bo‘lgan aktyor 2019-yilda Gay Richining “Jentelmenlar” filmida rol o‘ynagan. 22 million dollar sarflangan film dunyo prokatida 115 million dollar to‘plagan.
Keyt Uinslet
1991-yildan suratga tushishni boshlagan Keyt “Titanik”dan keyin Gollivud yulduziga aylangan. U so‘nggi marta 2021-yilda “Isttaunlik Meyr” detektiv serialida ishtirok etgan.
Mett Deymon
Mett 18 yoshida “Mistik pitssa” komediyasida ishtirok etgan. “Zakovatli Uill Xanting”dan keyin mashhurlikka erishgan aktyor so‘nggi marta “Ford ferrariga qarshi” filmida Keroll Shelbi rolini gavdalantirgan.
Penelopa Krus
Krus ilk marta 1992-yilda “Jamon Jamon” filmida suratga tushgan. 2001-yilda ishtirok etgan “Vanilli osmon” filmi prokatda 200 million dollar to‘planishiga sababchi bo‘lgan. 2019-yilda esa Netflix tomonidan suratga olingan “Afera Mayamida” filmida rol ijro qilgan.
Skarlett Yoxansson
Ilk bor katta ekranda 9 yoshida ko‘rinish bergan aktrisa “Nort” filmida rol ijro qilgan. 2004-yildagi “Match-Point” kartinasi aktrisa “Oltin Globus”ga to‘rt karra nomzod bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. “Qora beva” filmidagi Natasha Romanoff so‘nggi omadli ijrolaridan biri hisoblanadigan aktrisa 2020-yilda “Nikoh haqidagi hikoya” filmi uchun eng yaxshi aktrisa, “Quyoncha Jojo” sabab esa ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa yo‘nalishlariga nomzodi qo‘yilgan. Ammo mukofot Rene Zellveger va Lora Dernga nasib qilgan.
Tom Xenks
Tomning aktyorlik karyerasi “U yolg‘iz ekanligingizni biladi” filmidan boshlangan. “Forrest Gamp”dan keyin mashhurlikka erishgan Xenks ijrosidagi “Greyxaund” kartinasi 2020-yilda ekran yuzini ko‘rgan.
Sheron Stoun
Ilk bor Vudi Allenning “Stardust xotiralari” filmida suratga tushgan. 1992-yilda “Asosiy instinkt”da Ketrin Tramellni gavdalantirgan. 2020-yilda esa ishtirokidagi “Retched” seriali ekran yuzini ko‘rgan.
Entoni Xopkins
1968-yilda “Qishdagi arslon” filmida suratga tushgan aktyor “Qo‘zilar sukunati”dagi ijrosi sabab tanqidchilar tomonidan e’tirof etilgan. 2020-yilda suratga tushgan “Ota” filmidagi ijrosi sabab esa 83 yoshida eng yaxshi aktyor sifatida “Oskar”ga sazovor bo‘lgan. | 79 | 3,754 |
Foto | Jahonning eng qimmat stadioni: kelajakka sayohat | Los-Anjeles yaqinida joylashgan Inglvud shahrida 2019-yilda ishchi nomi NFL Disney World bo‘lgan mahobatli sport majmuasi ochiladi, deya xabar bermoqda “Sports.ru”.
Majmuadagi sport arenasi jahondagi shunday inshootlar ichida eng qimmati bo‘ladi. Amerikacha futbol bo‘yicha “Los-Anjeles Rems” klubining yangi stadioni, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,6—3 milliard dollar evaziga quriladi.
Loyiha bo‘yicha, stadion 80 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Konsertlar, alohida boshqa tadbirlar vaqtida tomoshabinlar uchun o‘rinlar sonini 100 mingtagacha ko‘paytirish mumkin bo‘ladi.
Majmuaning umumiy maydoni 290 ming kvadrat metrga yaqin bo‘lib, uning yarmi ofislar va savdo maydonlari uchun ajratiladi. Shuningdek, bu yerda 300 o‘rinli mehmonxona, 2,5 mingta uy va 10 gektar maydonda xiyobon qad rostlaydi.
Noqulay ob-havo sharoiti vaqtida plastikdan tayyorlangan 76 ming kvadrat metrli tom maydonni, tribunani va ba’zi qo‘shni inshootlarni yog‘ingarchilikdan himoya qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Rems” rahbariyati mazkur stadiondan foydalanish huquqini “Oklend Rayders” va “San-Diyego Charjers” klublari bilan bo‘lishmoqchi. | 48 | 1,126 |
Foto | Fotogalereya: Oddiy dunyoni syurrealistik olamga aylantirgan fotograf | Velosipedchi yerni qaychi bilan ikkiga bo‘linganini ko‘rmaguncha bemalol uchaveradi. Bu paytda esa dunyoning boshqa qismida bir kishi qayiqda qirg‘oqqa yaqinlashadi-da, suv oyna kabi parchalanib ketganini ko‘radi. Bu gallyutsinatsiya yoki tush emas, aksincha 20 yildan beri faoliyat ko‘rsatadigan fotograf Erik Yoxanssonning syurrealistik rasmlari, deya yozadi Travel Ask. | 69 | 373 |
Foto | Selena Gomesning 5 mln dollarlik qasriga sayohat (foto) | So‘nggi vaqtlarda Selena Gomesga omad kulib boqmoqda. Xonandaning 2020-yil yanvarida sotuvga chiqarilgan Rare nomli uchinchi albomi bir necha hafta davomida turli chartlarda birinchilikni egallab keldi. Gomesning Boyfriend qo‘shig‘iga ishlangan klip bir kunda 11 million marta tomosha qilindi.
Bundan tashqari, Hello nashrining yozishicha, xonanda yaqinda besh million dollarlik uy sotib olgan.
Selenaning San Fernando Ensino vodiysining nufuzli tumanida joylashgan uyi shunchaki 350 kvadrat metr maydonga ega ko‘chmas mulk emas, balki o‘ziga xos tarixga ega maskan hisoblanadi.
Bino 80-yillar o‘rtalarida qurilgan bo‘lib, avval rok xonanda Tom Petti va uning birinchi rafiqasi Jeyn Benyoga tegishli bo‘lgan. 1987-yilda uy nopok kimsalar tomonidan yoqib yuborilgan.
Hech kim halok bo‘lmagan, biroq uy to‘liq yonib ketgan.
1989-yilda uy qayta tiklangach, Petti yana oilasi bilan bu yerga ko‘chib kelgan. 1996-yilda xonanda rafiqasi bilan ajrashgach, uy ijaraga berila boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ijarachilardan biri uyni katta to‘lov evaziga noqonuniy diskotega aylantirgan. Huquq-tartibot organlari uning faoliyatini fosh etmoqchi bo‘lganida u ichkariga yashirinib olgan. Jinoyatchi maxsus otryadlar, bir necha vertolyotlar kelganidan keyingina tashqariga chiqqan. Bunday holatlardan keyin uyni qayta ta’mirlashga to‘g‘ri kelgan. 2017-yilga kelib qasr Selena sotib olgan O‘rta Yer dengizi uslubidagi olti yotoqxonali va 11 ta vannaxonali uyga aylantirilgan.
Uyning devorlari ochiq ranglarga bo‘yalgan, ayrim xonalarda devor bo‘yi derazalar mavjud. Mehmonxona va oshxonada yorqin rangli toshlardan ishlangan kamin o‘rnatilgan. Uy oldidagi ochiq bog‘da esa sun’iy sharshara va katta basseyn joylashgan. Selenaning qo‘shnilardan ham omadi chopgan: uning uyi yaqinida Vin Dizelning ham uyi bor. | 55 | 1,794 |
Foto | Qo‘rquv hissini uyg‘otuvchi ulug‘vor daralar (foto) | Ko‘pincha tik qoyalar bilan o‘ralgan kanyonlar, tog‘ daryolari vodiylarini ko‘rganida eng jasoratli odamlarning ham yuragi orqaga tortib ketadi. Travel Ask dunyodagi eng yirik kanyonlarning ajoyib manzaralari bilan bo‘lishdi. | 51 | 225 |
Foto | Foto: Sokinlikning suratlardagi ko‘rinishi | Nikolas Shteynberg tumanlarni suratga olishi bilan ommaga tanilgan: uning ishlarini aksariyati aynan shu turdagi tabiat hodisasining g‘aroyibotlariga bag‘ishlangan. AdMe Nikolasning bir qarashda haqiqiyligiga ishonish qiyin bo‘lgan va ko‘ngil sokinligini his qilishga yordam beruvchi suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 42 | 316 |
Foto | Fotogalereya: Qirilib ketayotgan qabilalar | Polshalik professional suratkash Adam Kozyol so‘nggi yillarda butun dunyo bo‘ylab sayohat qilib, yaqin vaqt ichida Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadigan qabilalarni suratga oldi. TravelAsk uning suratlaridan namunalar taqdim etdi. | 42 | 226 |
Foto | Foto: Xonanda Baxtiyor Rahmonov oila qurdi | “Quyosh porlamoq uchun” qo‘shig‘i bilan muxlislar e’tiboriga tushgan xonanda Baxtiyor Rahmonov 14-mart kuni oila qurdi. Bu haqda “Shov-shuv.uz” saytiga tayanib, “Darakchi.uz” ma’lum qildi.
Baxtiyor va Nafisaxonlarning nikoh to‘ylari Toshkentdagi Miran International Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
Baxtiyor Rahmonovning to‘yiga shou-biznes olamining ko‘plab vakillari, jumladan, Sardor Rahimxon, Ulug‘bek Rahmatullayev va Manzura tashrif buyurdi. | 42 | 453 |
Foto | Fransiyada “agent 007”ning hashamatli villasi sotuvga qo‘yildi (foto) | Fransiyaning Nitsse shahrida avval Jeyms Bond haqidagi filmlarda “agent 007” rolini ijro etgan aktyor Shon Konneri yashagan hashamatli villa sotuvga qo‘yildi. Dengiz bo‘yidagi ko‘chmas mulk 30 million yevroga baholangan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Olti qavatli Le Roc Fleuri villasining umumiy maydoni bir necha ming kvadrat metrga teng bo‘lib, u O‘rta Yer dengizi ko‘rinib turadigan tepalikda joylashgan.
Qoyaning chuqur joyida qurilgan basseynli hududning o‘zi besh ming kvadrat metr maydonni egallaydi.
Lifti bo‘lgan villada sakkizta yotoqxona, SPA, trenajyor zali mavjud. Villa interyeri ar-deko uslubida bezatilgan.
Uy Monako va Kanndan 30 daqiqa piyoda yurish masofasida joylashgan.
Hozir Shon Konneri o‘z rafiqasi bilan Bagama orollarida yashaydi. Mahalliy aholi hozirgacha ushbu villani “Konnerining uyi” deb ataydi.
Vyetnamda dunyodagi birinchi oltin bilan qoplangan mehmonxona ochildi (foto) | 69 | 917 |
Foto | Server Jeparov, Temur Kapadze, Aleksandr Geynrix — Gollivud filmlari posterlarida | “Championat.asia” internet-nashri futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolarini antiqa usulda Yangi yil bilan tabrikladi — milliy terma jamoaning Odil Ahmedov, Server Jeparov, Aleksandr Geynrix kabi futbolchilari mashhur Gollivud filmlari qahramonlari qiyofasida taqdim etildi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix hazil tariqasida tayyorlangan mazkur posterlar galereyasidan kayfiyati ko‘tarilganini bildirgan. | 81 | 467 |
Foto | Gollandiyada aqli zaif qariyalar uchun shaharcha ko‘rinishidagi shifoxona bor (foto) | Gollandiyadagi oddiy qishloq bir qarashda hech narsasi bilan farqlanmaydi. U yerda 150 ga yaqin odam yashab, odatiy hayot tarzini olib boradi. Ammo u demensiya — aqli zaiflik kasalligidan azob chekadigan qariyalar uchun maxsus turdagi shifoxonadir, deb yozadi Adme.
Xogeveyk deb nomlangan bu joyda bemorlar palatalarga qamab qo‘yilmaydi, balki oddiy odamlar kabi hayot kechiradi: restoranlarga boradi, stol o‘yinlari o‘ynash uchun qo‘shnilari bilan to‘planishadi. Ular hatto ruhiy kasalxonada ekanliklarini bilmaydi ham.
Majmua turar-joylar, xiyobonlar, bog‘lar, maydonlar, sartaroshxona va hatto kichik teatrni ham o‘z ichiga oladi.
Uylar bemorning xotirasi ishlashdan to‘xtagan davrga — 50, 70 va hatto 2000-yillarga muvofiq qilib qurilgan. Bu yerga kelganlarning har biri o‘z didiga muvofiq joyni tanlashi mumkin.
Har bir uyda 5—6 bemor bir yoki ikki nafar vasiy bilan birga yashaydi. Klinikaga asos solgan Ivonn van Amerongen aytishicha, bemorlarga doimiy muloqot va tashqi olam bilan o‘zaro munosabat juda muhim, bu ularning o‘zini xotirjamroq his qilishiga, kasallikning rivojlanib ketmasligiga imkon beradi. Tadqiqotlar yolg‘izlik chekish kabi xavfli ekanligini, semizlikdan esa ikki baravar xavfliroq ekanligini ko‘rsatgan.
Shifoxona haqiqatan ham qishloqchaga juda o‘xshash, ammo u yerda faqat qariyalar yashaydi, shuningdek, kassada hech narsa uchun pul so‘ralmaydi.
Bu yerda yashash shunchalik qulayki, hech kim ketishga urinmaydi ham. Bor-yo‘g‘i 1,5 gektar maydonga bemorlar uchun zarur bo‘lgan narsalarning barchasi sig‘adi.
Bunga ishonish qiyin, ammo qishloqda yashash uyga kecha-yu kunduz qarovchi yollashdan ko‘ra arzonroq tushadi. | 84 | 1,652 |
Foto | Fotogalereya: Rigadagi “Mitti xayollar” | Rigada tashkil etilgan “Mitti xayollar” maket-ko‘rgazmasida atigi uch yevro evaziga Yevropa va Latviyaning go‘zal arxitekturasi, bu me’moriy obidalar orasida harakatlanayotgan poyezd va avtomobillarning modelchalari, mitti odamlar ishtirokidagi qiziqarli manzaralarni tomosha qilish mumkin, deya xabar bermoqda “Tchk.lv”.
Ko‘rgazma muallifi Vadim Dyatlenko qariyb 20 yildan beri maketlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi, jahondagi ko‘plab shunday ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. Rigadagi ekspozitsiyani tayyorlash uchun u olti oy vaqt va taxminan 100 ming yevro pul sarflagan.
“Rejalar hali bisyor. O‘yin maketlarini tayyorlash, haqiqiy lokomotivni boshqarish imkonini beruvchi pultni o‘rnatish maqsad qilingan. Bu lokomotiv yordamida mitti vagonlarni harakatlantirish, uning ichiga o‘rnatilgan kamera orqali esa kishi o‘zini xuddi mashinistdek his qilishi mumkin bo‘ladi”, — deydi Dyatlenko.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 39 | 1,056 |
Foto | “Garri Potter” aktyorlari 20 yildan keyin ham mustahkam do‘stlikni saqlab qolganini isbotlovchi suratlar | Garri Potter olamining sehrli dunyosi barchamizning qalbimizni zabt etib ulgurgan. Birinchi film ekranlarga chiqqaniga 20 yil bo‘ldi, aktyorlar esa bir-birlari hamon do‘st.
AdMe nashri ularning do‘stligini ko‘rsatish yosh sehrgarlar haqidagi filmlarga ozgina nostalji uyg‘otish uchun Garri Potter aktyorlari o‘rtasidagi uchrashuvlardan olingan fotosuratlarni to‘pladi.
Dunyoga Germiona Grenjer va Drako Malfoy nomi bilan tanilgan Emma Uotson va Tom Felton ajoyib do‘st. Ular plyajdagi ushbu selfini 2018-yilda olishgan. Ularning qahramonlari kinoda adovatda bo‘lishlariga qaramay, aktyorlarni doimo do‘stlik bog‘lab kelgan.
2019-yilda ular yana birgalikda vaqt o‘tkaza boshlashdi — Tom ularning Janubiy Afrikadan birga tushgan fotosuratini sahifasiga joyladi. U Emmaga gitara chalishni o‘rgatgani haqidagi yoqimli suratini baham ko‘rdi.
View this post on Instagram
Ular filmda Nevill rolini o‘ynagan Metyu Lyuis bilan ham do‘st. Bu 2018-yildagi surat.
View this post on Instagram
Sevimli qahramonlarimizdan yana biri Garri va Jinni Uizli. Ular 2016-yilda Jinni rolini ijro etgan Bonni Rayt “Maxfiylik” filmida bosh rolni o‘ynagan Deniel Radkliffni ko‘rgani kelganida uchrashgan. Qadrdon do‘stlarning suratga olish ishlari tugagandan keyin ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlarini ko‘rish qanchalik yoqimli.
Ota va o‘g‘il — Lyutsius va Drako Malfoy 2017-yilda yana uchrashishdi. Ular bilan Potter seriyasining boshqa aktyorlari — Metyu Lyuis va Uorik Devis ham bor edi. Shuncha yillardan keyin Malfoylar hali ham yaqin ekan.
View this post on Instagram
Fred, Jorj va Ron Uizli (Jeyms va Oliver Felps va Rupert Grint) Tom Felton bilan Orlandodagi Universal Studios’ga borishdi.
View this post on Instagram
2021-yilda Drako Malfoy va Uizli oilasi yana birlashishdi. Tom Felton ushbu suratga quyidagicha izoh qoldirdi: “Drako ich-ichidan doim malla bo‘lishni xohlardi”.
View this post on Instagram
Bu safar golf o‘ynash va qiziqarli selfi qilish uchun 2021-yilda Tom Felton va Jeyms Felps yana ko‘rishishdi. Ularning qahramonlari qarama-qarshi tomonlarda bo‘lganiga qaramay, haqiqiy hayotda bu aktyorlar yaxshi do‘st bo‘lib qolishgan.
View this post on Instagram
Drako Malfoy va Nevill (Tom Felton va Metyu Lyuis) hayotda yaqin do‘st. 2018-yilda Tom Metyuga Slizerin xaltasini sovg‘a qilayotgan kulgili suratini joylashtirdi. 20 yil o‘tsa ham aktyorlar bir-birlariga Garri Potter bilan bog‘liq hazil qilishadi.
View this post on Instagram
Ularning qahramonlari boshidanoq dushman bo‘lgan, ammo ekrandan tashqarida Deniel Redkliff va Tom Felton yaxshi do‘st.
Polumna Lavgud (haqiqiy hayotda Evanna Linch) filmda “singillari” — Keti Lyun va Skarlett Xefner rollarini o‘ynagan Cho Chang va Pansi Parkinson bilan suratga tushdi.
View this post on Instagram
Potter haqidagi barcha filmlar sujetining markazida, albatta, Garri, Ron va Germiona o‘rtasidagi do‘stlik yotadi. Emma Uotsonning aytishicha, aktyorlarning messenjerda muloqot qilish uchun o‘z chatlari bor. Yaqinda Deniel Redkliff Rupert Grintni ota bo‘lgani bilan tabrikladi. Ular katta bo‘lganiga qaramay, bu sehrli do‘stlik hali ham mustahkam. | 104 | 3,228 |
Foto | Foto: Ota-onasiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan odamlar | Kishilarning qanchalik ota-onasiga o‘xshashligini bilish uchun ularning suratlarini solishtirishning o‘zi kifoya.
“Men va otam, 1982-yil va 2021-yil. Ikkimizda 39 yil farq bilan 20 yosh farq”.
“Suratning chap tarafida men va o‘ng tomonda otam”.
“Onam va men. Suratda ikkimiz ham 33 yoshda”.
“Onam bilan bir yoshdamiz, faqat bizni 20 yil ajratib turibdi”
“O‘g‘lim bilan men — 24 yil farq”.
“Men va otam parallel”.
“Endi yo‘q ekaniga qaramay, har gal ko‘zguga qaraganimda onamni ko‘raman”.
“Men va onam. Suratda 32 yil farq”.
“Ona va qiz. Kiyimlar chellenji: 1995- va 2020-yillar.
“Odamlar bir-birimizga o‘xshashimizni ta’kidlaydi. Otam virtual do‘stlarim buni tasdiqlashini istadi”.
“Onamning yelkasiga bosh qo‘ygan men va yillar o‘tib mening yelkamga bosh qo‘ygan onam”.
“Onamning eski suratini topib oldim. U 36 yoshida vafot etgan, mening yoshim ham hozir 36 da”.
“Men va otam bir-birimizdan bexabar bir yoshda soqol o‘stirishga qaror qilganmiz”.
“Onam 1975-yil va men 2015-yilda”.
“Onamning 17, meni esa 26 yoshdagi ko‘rinishim”.
“Buvim va otamning bir yoshdagi fotosi”.
“Qizlarning 4 avlodi: buvi, ona, men va mening qizlarim”. | 57 | 1,148 |
Foto | Tomosha qiling: Qor qo‘ynidagi Afina akropoli | 9-yanvar, dushanba kuni Afinada qor yog‘di. Bolalar sirpanchiq yo‘llarda yiqilib, shikastlanmasligi uchun shaharda maktablar yopildi. Shahar avtoto‘qnashuvlar girdobida qolmasligi uchun, bir qator ko‘chalarda harakat to‘xtatildi, deb yozadi Meduza.
Lekin Afina uchun noodatiy bo‘lgan bu ob-havoning o‘ziga yarasha ijobiy tomonlari ham bor: akropol (ayniqsa Parfenon) qor qo‘ynida yanada ertaknamo ko‘rinish hosil qiladi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 45 | 815 |
Foto | Hatto eng zerikarli kunlarda ham kayfiyat ko‘tarilishiga sabab bo‘ladigan jonivorlar surati | Bir-biridan yoqimtoy hayvonlarning insonlar kayfiyatini chog‘ bo‘lishiga hissa qo‘shadigan fotolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Yorgan to‘pini boshiga kiyib olgan Zayon laqabli it.
Suratga odamlardan ham yaxshiroq tushadigan Ronald laqabli mushuk.
O‘rmondan qaytgach, uyning ichiga kira olmayotgan it.
Loy o‘ynaganini qarashlari bilan inkor qilayotgan mushuk.
Mushukning o‘simlik bilan tanishish jarayonini o‘zida mujassam qilgan 4 surat.
Tuproq bilan o‘ynash ham evi bilan.
Toshbaqalar bilan do‘st tutinmoqchi bo‘lgan mushuk.
Uddalab bo‘lmas topshiriq.
Yiqilishdan 2 soniya avval deb nomlangan surat.
Qarashlari bilan egasining rahmini keltirmoqchi bo‘lgan mushuk.
Kim nima dardda deb nomlangan surat.
“Tongda eshikni ochib, ushbu manzaraning guvohi bo‘ldim. Bu mening mushugim emas”.
Konusni teskarisiga taqib olgan it.
Harakatlanaman deb tiqilib qolgan mushuk.
“Men o‘ylaganimdan ham ko‘ra tor joy ekan”. | 91 | 926 |
Foto | Uinston Cherchill maktubi, “Tolibon”ga qarshi chiqqan ayollar, Oq uyga qaytgan Bayden — 7 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro tarafdori Planalto saroyi oldida namoyish oʻtkazmoqda. Bolsonaro va oʻnglar Kongress va oliy sudga qarshi namoyishlar oʻtkazishga chaqirdi.
1929 yilda ser Frederik Ponsonbiga yuborilgan sobiq bosh vazir Uinston Cherchill yozgan maktub Bonhamsda kimoshdi savdosi oldidan namoyish etildi.
Avtomobillar Xitoyning sharqiy Jiangsu provinsiyasidagi Lianyungang portida eksport qilinishini kutmoqda.
Kobuldagi Pokiston elchixonasi yaqinida Pokiston va «Tolibon»ga qarshi norozilik namoyishi paytida shiorlar bilan baqirayotgan ayollar yonida harakat jangchisi qoʻriqchilik qilmoqda. «Tolibon» yigʻilgan olomonni tarqatish uchun havoga oʻq uzdi.
Model Xitoy moda haftaligida Janet Chen ijodini taqdim etmoqda.
Ishchi City of Arts and Sciences Valensiya shahridagi Santyago Kalatravaning Gemisferik planetariy gumbazini tozalamoqda.
Quddusdagi yahudiy taqvimi boʻyicha Yangi yilni nishonlash arafasida an‘anaviy ibodat.
Jan-Pol Belmondoning muxlislari Parijdagi uyiga gul qoldirdi. Aktyor 6 sentyabr kuni 88 yoshida vafot etdi.
Bangkokda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden Vilmingtondagi uzoq dam olish kunlaridan soʻng Oq uyga qaytdi. | 108 | 1,258 |
Foto | Boloxonadan topilgan noodatiy buyumlar (fotogalereya) | Ko‘pchilik insonlar dam olish kunlarida ba’zan chang bosib yotgan boloxonalarini tozalashga ahd qiladi. Tozalash ishlari vaqtida esa ular o‘zlariga qadrli bo‘lgan bir qancha narsalarni ham topishi mumkin.
AdMe nashri bir nechta odamlarning bobo-buvilariga tegishli boloxonalardan noodatiy buyumlarni topganiga e’tibor qaratdi.
“Akam menga boloxonadan nimadir topganligini aytdi, men esa yig‘ladim”
“Boloxonadan katta buvimga tegishli eski kalkulyatorni topdim”
“Bobomga tegishli o‘simliklar urug‘larining qadimiy kolleksiyasi”
“Bobomning boloxonasini tozalay turib, Harrison Fordning maktab albomidagi suratini topib oldim”
“Boloxonani tozalay turib, fazogirlarning Oyga qo‘ygan birinchi qadami haqida yozilgan gazetani topdim”
1880-yillardagi Viktoriya qo‘g‘irchoq uyi
“Mening bobom aviatsiya injeneri bo‘lgan, u 1950-yillarda BBC’da faoliyat olib borgan. Biz bu suratni boloxonadan topdik”
“Bobom va buvimda 1911-yilda uranli oynadan tayyorlangan idish tovoqlar jamlanmasi bor. Uning tovlanishiga qarang!”
Yaxshi narsa!
“Boloxonani tozalab, nima topib olganimga bir qarang!” | 53 | 1,085 |
Foto | Fotogalereya: Dronlar yordamida suratga olingan 10 ta noodatiy surat | Magnum Photos agentligining Parijdagi bo‘limini sobiq muharriri Ayperi Karabuda Eser Dronescapes fotojamlanmasiga 250 ta suratni to‘pladi. Bu suratlarni Thames & Hudson nashriyoti bir necha kun oldin chop etdi, deb xabar berdi Insider Pro.
Ushbu jamlanmani yaratishda Eser 130 nafar suratkashning dronlar yordami suratga olgan 100 mingdan ortiq rasmlarini ko‘rib chiqdi.
“Aksariyat aerosuratlar bir biriga o‘xshaydi. Ularning mualliflari parvoz fikridan ilhom olib, fazoning yuqoridan ko‘rish mumkin bo‘lgan go‘zalligini yetkazib berishga harakat qilgan”, — dedi Eser. | 68 | 568 |
Foto | Vizajist Goar Avetisyanning makiyajidan keyin tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan ayollar (foto) | Vizajist Goar Avetisyan makiyaj qilgan insonning ko‘rinishi avvalgidan sezilarli darajada o‘zgaradi. 27 yosh bo‘lishiga qaramay Goarning Instagram sahifasida 10 million kuzatuvchisi, makiyaj maktabi va ko‘plab shogirdlari bor. Teridagi chandiq, kamchiliklarni yashirish, lab va ko‘z shaklini o‘zgartirish ushbu vizajistga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Buni quyidagi suratlardan ham bilish mumkin. | 93 | 392 |
Foto | Kiyinish uslubining o‘zgarmasligi, aksessuar taqmaslik, ranglar mutanosibligi : zerikarli tashqi ko‘rinishdan qutuling | Kiyinish uslubi odamni didli yoki didsiz, aslidan kattaroq yoki yosh ko‘rinishiga sabab bo‘lishi, shuningdek, boshqalarda turli tasavvur uyg‘otishi mumkin.
Maktab vaqtidan buyon kiyinish uslubining o‘zgarmasligi
Yillar o‘tib zamon o‘zgarsa hamki, kiyinish uslubing o‘zgarmasligi, birinchidan, zerikarli. Ikkinchidan, eskicha qilib ko‘rsatadi. Bu nafaqat kiyinish uslubi, balki soch turmagi va makiyajga ham taaluqli.
Bachkana ko‘rinaman deb o‘ylab, aksessuar taqmaslik
Yoshlikdagi eksperimentlardan kelib chiqib, oshirib yuboraman deb aksessuar taqmaslikni afzal bilishingiz mumkin. Ortiqcha, mos bo‘lmagan taqinchoq bilan obraz xunuk ko‘rinishi to‘g‘ri, ammo bu umuman voz kechish kerakligini bildirmaydi. Yaxshisi bittada uchtadan ortiq taqinchoq taqmaslikka harakat qiling va kiyim rangi hamda bichimidan kelib chiqib tanlov qiling.
Bir obrazda ikkitadan ortiq rangning bo‘lmasligi
Rang va uslub borasida eksperiment qilishdan qo‘rqmang, yorqinroq shu bilan birga me’yorni bilgan holda kiyining.
Kofta tugmalarini oxirigacha qadash
Kunlar issiq, erkin bo‘lgan joyga yoqaning tugmalarini qadab borish tavsiya qilinmaydi. Yoqa tugmalarini ochib, bo‘yningizda ro‘mol bilan bezak bering.
Sumka va poyabzalning bir rangda bo‘lishi
Bunday tendensiya allaqachon o‘tmishda qolib ketdi. Ranglar bir-biriga mos bo‘lishi shart emas.
Faqat klassik kiyim-kechak xarid qilish
Nafaqat ranglar, balki uslublarni ham umumlashtirib ko‘ring. Yangilikdan, qiziqarli detallar qo‘shishdan cho‘chimang.
Sportzalga krossovka, ko‘ylak bilan poshnali tufli kiyish
Ko‘ylak bilan sport uslubidagi poyabzal kiyib bo‘lmaydi deb yanglishasiz. Shim yoki shortik bilan poshnali tufli kiyish singari yubka va ko‘ylak bilan krossovka kiyishning ham yomon tarafi yo‘q.
Har doim ko‘ylakda, sochlarni turmaklab yurish
Unutmang, sizdagi ayollik va qizlik nafosati har doim ham kiyimda aks etishi shart emas. Asosiysi siz o‘zingizni his qilishingiz va qanday uslubda kiyinishni afzal bilishingiz. Charm kurtka kiyib, qalin botinka moslashni istayapsizmi kiying, krossovka va futbolkada yurish qulaymi, buni ham inkor qilmang. O‘z xohishlaringizga qarshi borib, qiz bola bo‘lganingiz uchungina har doim etaklari pirpirakli ko‘ylak bilan pushti poyabzalda yurishga majbur emassiz. | 118 | 2,249 |
Foto | 2017-yilda ochilgan dunyoning eng noodatiy mehmonxonalari (foto) | Yil boshidan buyon dunyoda ko‘plab mehmonxonalar va xostellar ochilishga ulgurdi. Ular orasida o‘ta noodatiylari ham bor. Kimdir mehmonlarni o‘ziga xos dizayn bilan jalb qilmoqchi bo‘lsa, boshqalar ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati bilan hayratga solmoqchi bo‘ladi, yana ba’zilar esa o‘z hajmi bilan taassurot qoldirishni istaydi. Maqolada so‘nggi bir necha oy ichida ilk sayyohlarni qabul qilgan eng g‘aroyib mehmonxonalar haqida hikoya qilamiz.
Angliyalik taniqli ko‘cha rassomi Benksi o‘z mehmonxonasini ochdi. Walled Off mehmonxonasi Falastin va Isroil chegarasida tashkil topdi. Mehmonxonada to‘qqizta xona va bitta syut bor. Devorlarni Benksining asarlari bezatadi.
Maldiv orollarida hashamatli mehmonxonalar tez-tez ochiladi. Ammo Laviani atollidagi besh yulduzli Hurawalhi Island Resort qariyb olti metr chuqurlikdagi suvosti restorani bilan maqtana oladi.
Ispaniyaning In-Tenta dizaynerlik kompaniyasi yaratgan inshootni mehmonxona ham emas, balki portativ mehmonxona xonasi deb atash mumkin, uni istalgan joyga o‘rnatsa bo‘ladi. Drop box deb nom olgan konstruksiya to‘rt kishiga mo‘ljallangan. Ikki kishilik variant ham ko‘zda tutilgan. Xonada dush xonasi va ayvon bor.
Singapur markazida yil boshida Oasia gulli mehmonxonasi ilk mehmonlarni qabul qildi. 27 qavatli bino fasadi haqiqiy maysalardan iborat to‘r bilan qoplangan. Bundan tashqari, to‘rtta yashil ayvon ham bor.
Yaponiyaning Tiba prefekturasida ochilgan Henn na Hotel mehmonxonasida deyarli xodimlar yo‘q. Ro‘yxatga olish peshtaxtasi ortidagi qizlarni va boshqa xodimlar o‘rnini robotlar egallagan.
Yuk konteynerlaridan yig‘ilgan Quadrum mehmonxonasi Gruziyada, Yuqori Gudaurida ochildi. Gudauri — mashhur tog‘-chang‘i kurorti. Mehmonxona sayyohlarga bir kishilik va oilaviy xonalarni, shuningdek, lyuks xonalarni taklif qiladi. | 64 | 1,807 |
Foto | “Titanik” va “Avatar” filmlari rejissori Jeyms Kemeronning 25 million dollarlik uyiga sayohat (foto) | Gollivudning eng mashhur filmlaridan sanaladigan “Titanik” va “Avatar” rejissori Jeyms Kemeron ayni vaqtda “Avatar”ning davomini suratga olish uchun jamoasi bilan birga Yangi Zelandiyada. Hali yashil mamlakatni tark etish niyati bo‘lmagan ijodkor Malibu sohilidagi uyini sotuvga qo‘yishga chog‘langan, deb yozadi Hello Magazine.
Hududi 1500 kvadrat metrni tashkil qiladigan, birlashtirilgan ikkita binodan iborat uy narxi 25 million dollar etib belgilangan.
Kemeron uyining birinchi qismini 1989-yilda 3,5 millionga xarid qilgan va u yerda uchinchi rafiqasi Ketrin Bigelou bilan birga yashagan.
Binoning ikkinchi qismini beshinchi rafiqasi Syuzi Emis Kemeron bilan oila qurganidan keyin 2003-yilda sotib olgan.
11 ta yotoqxona, 10 ta yuvinish xonasi, mehmonxona va ovqatlanish xonasi bor uyda bundan tashqari 2 ta oshxona, hovuz va SPA-salon va 10 tadan ko‘p mashina qo‘yish uchun mo‘ljallangan garaj mavjud.
Uyni ijaraga olish uchun oyiga 4 ming dollar, yiliga esa 125 ming dollar to‘lash kerak bo‘ladi. | 100 | 1,009 |
Foto | Orden olgan Mirziyoyev, qoʻl urishtirayotgan Makron va Jonson, odamlar orasidagi dengiz mushugi — 11 iyun suratlari | Soʻnggi 24 soatning eng diqqatga sazovor suratlarini e'tiboringizga taqdim etamiz.
Buyuk Britaniyada suratga olinayotgan Harisson Ford ijrosidagi mashhur Indiana Jons filmining beshinchi qismi pavilonida dekorasiya yonishi suratga olinmoqda.
Kaliforniyada qirgʻoqqa chiqqan dengiz mushugini tomosha qilayotgan sayyohlar. Kaliforniya qirgʻoqlari turistik mavsum uchun ochiq.
Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi ulkan xizmatlari uchun ushbu mamlakatning yuksak mukofoti - I darajali «Zarrintoj» ordenini tantanali ravishda topshirdi.
AQShda koronavirus qurbonlari xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik oldida turgan bolakay. Mamlakatda koronavirusdan 600 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Buyuk Britaniyaning Kornoul shahrida G7 davlatlari sammiti boʻlib oʻtmoqda. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va rafiqasi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasini kutib olmoqda.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar davlat kotibi Dominik Raab G7 sammitida jurnalistlarga intervyu bermoqda.
Kolumbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida vafot etgan Angelvis Gregorio Belloning dafn marosimida yaqinlari koʻz yosh toʻkmoqda. Mamlakatda bir oydan buyon hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.
Turkiyada sogʻlik xodimasi koronavirusga qarshi vaksinani tayyorlamoqda. Mamlakatda xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari emlanishi kutilmoqda. Turkiya eng koʻp turist tashrif buyuradigan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.
Braziliyada tasodifiy oʻq uzilishidan vafot etgan Katlen Romeu yaqinlari dafn marosimida koʻz yosh toʻkmoqda.
Berlinda davlat balet teatri raqqosasi kemada «Oqqush koʻli» baletida raqsga tushmoqda. | 115 | 1,702 |
Foto | Mahsulotlarni qanday kesish kerak? (foto) | AdMe biz sevgan oziq-ovqat mahsulotlarini tez va chiroyli qilib kesish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
Pomidorlarni ikkita yoyiq tarelka orasiga qo‘ying va ularning oralig‘idan o‘tkir pichoq o‘tkazing.
Kivini archib o‘tirmasdan, ikki bo‘lakka bo‘lib, lahm qismini qoshiq bilan yeyish mumkin.
Bu usulni qo‘llash natijasida mandarinni to‘liq archishdan ozod bo‘lasiz.
Anorning ustki va ostki qismlarini kesib tashlang. So‘ng yonboshiga kesimlar tushiring va anorni sindirib oching.
Avokadoni ham, kivi kabi qoshiq bilan yeyish mumkin.
Tarvuzni yeyish qulayroq bo‘lishi uchun tarvuz bo‘lagining burchaklarini kesib tashlang.
Tortdan bir bo‘lak kesib olish o‘rniga, uning markaziy qismini kesib oling. Shunda qolgan qismi qurib va qotib qolmaydi.
Faqat shu yo‘l bilangina laymdan maksimal miqdorda sharbatni siqib chiqarasiz. | 41 | 826 |
Foto | Qo‘l ishi: Spitsa va ipdan haqiqiy san’at asari yaratgan insonlar ijodidan namunalar (foto) | To‘qish — bu universal kasb. Erkak yoki ayol bo‘lishingizning ahamiyati yo‘q, maktabga borasizmi yoki nafaqadasizmi, to‘qish ko‘pchilikning sevimli mashg‘ulotiga aylangan. Quyidagi kolleksiya qahramonlari shunday ajoyib narsalar to‘qiganki, beixtiyor bu fotoshopmi deb o‘ylaysiz.
“Hayotimda birinchi marta nimadir qilish qo‘limdan keladi deya olaman”.
“Mushugimning chiroyli yuzini sviterimda tasvirladim”.
“Men kecha turmushga chiqdim. To‘y ko‘ylagi nakitkasini o‘z qo‘llarim bilan to‘qidim”.
“Onamga chiroyli ro‘mol to‘qidim. Lekin avval uni o‘zimda o‘lchab ko‘rdim”.
“Akamga to‘y sovg‘asi sifatida adyol to‘qidim”.
“Buni egnimdan hech qachon yechmasam kerak”.
“Yigitimning buvisi Islandiyaga bo‘ladigan sayohatimiz uchun bizga mana bu issiqqina sviter va qalpoqlarni to‘qib berdi”.
“Men hayotimga biroz yorug‘lik kiritishga qaror qildim”.
“Bu sviterimdan keyin bundan o‘tkazib to‘qiy olmasam kerak”.
“Farzandim avval sayyoralar nima ekanligini bilmasdi. Men unga Quyosh sistemasini to‘qib berdim!”
“Ushbu mittivoylarni to‘qish odamga zavq bag‘ishlaydi”.
“Mening paypoqlarim har qanday oyoqni panjaga aylantiradi”.
Dunyodagi eng katta momiq qo‘ng‘iz.
“Qirollarga xos adyolim 5 yildan so‘ng tayyor bo‘ldi”.
“Onam to‘qigan skandinavcha sviter”.
“Opam uchun ikki tomonli sharf. Aslida, buni to‘qish unchalik ham qiyin emas”
Haqiqiysiga o‘xshash beysbol koptogi.
“Bu qo‘ziqorinlarni o‘tgan yili to‘qigandim”. | 91 | 1,424 |
Foto | Fotogalereya: Buyuk Britaniya anomal ob-havoga qarshi qanday kurashyapti? | Bir necha kun oldin, G‘arbiy Yevropada harorat keskin ko‘tarildi. O‘tgan haftada kuzatilgan ob-havo barcha tarixiy rekordlarni yangiladi. Buyuk Britaniyadagi meteorologiya xizmati mashhur Heathrow aeroportida 36,9 °S harorat qayd etilganini e’lon qildi. Kembrijdagi ingliz termometri esa 38 °S ni ko‘rsatdi. Meteorologlarning ta’kidlashicha, britaniyaliklar kuzatuvlar tarixida ikkinchi marta bunday harorat kuzatilmoqda.
Albatta, Angliya issiq ob-havo anomal issiqlik kuzatilgan yagona mamlakat emas. Parijdagi 42,6 °Sdagi ob-havo ma’lumotlari shokka tushdi, Niderlandiya va Germaniya ham bir xil haroratda “yondi”. TravelAsk taqdim etgan suratlarga boqib, Yevropa aholisi bunday haroratli ob-havoga qanday kurashayotganining guvohi bo‘lasiz. | 73 | 744 |
Foto | Odamlarni faqat mahsuloti emas, balki o‘ziga xos dizayn va atmosferasi bilan o‘ziga chorlaydigan savdo markazlari (foto) | Xaridorni nafaqat mahsulotlarning keng assortimenti yoki arzon narxlar bilan, balki do‘konning o‘ziga xos dizayni va atmosferasi bilan ham jalb qilish mumkin. Axir, ko‘pchilikka qandaydir jihati bilan ajralib turadigan peshtaxtalar orasida sayr qilish yanada yoqimli. Masalan, Singapurdagi savdo markazida qayiqda suzish va sharsharaga ham duch kelish mumkin.
Denverdagi muzqaymoq do‘koni.
Ushbu do‘konning pollari shisha idish qopqoqlaridan qilingan.
Niderlandiyaning Alkmar shahridagi shirinliklar do‘koni.
Shvetsiyadagi bu do‘kon ko‘katlarni o‘zi yetishtiradi.
Hindistonning Aluva shahridagi kitob do‘koni
View this post on Instagram
Ukrainaning Mukachevo shahridagi “Silpo” supermarketidagi sabzavotlar sotiladigan peshtaxta.
Vinnitsa shahridagi supermarket.
“Men buni Istanbuldagi do‘kon shiftida ko‘rdim”.
Ushbu elektronika do‘konida mushuk yashaydi.
Kopengagenda quyida joylashgan do‘konni ko‘rish imkonini beruvchi shaffof pol bor.
Kiyim do‘konidagi bu qandil ilmoqlardan qilingan.
Bu do‘kon ilgari bouling maydoni bo‘lgan.
“Mahalliy do‘konda bu kabi haykallarni ham ko‘rish mumkin”.
BookTruck’dan kitob xarid qilish mumkin.
Ushbu do‘konda minglab filmlar yozilgan VHS kasetalar sotiladi.
Faqat binafsha rangli narsalarni sotadigan do‘kon.
Singapurdagi savdo markazida egri yo‘l bo‘ylab harakatlanadigan eskalator mavjud.
Shuningdek, Singapurdagi savdo markazida sharshara bor va qayiqda ham suzish mumkin. | 120 | 1,446 |
Foto | Xitoyda qurilayotgan muz inshootlaridan fotojamlanma | Xitoyning Harbin viloyatidan o‘tuvchi yuzasini muz qoplagan Sangxua daryosida 300 dan ziyod “muz qazuvchilar” tong otmasdan ish boshlaydi. Qishki festival uchun qurilayotgan muz inshootlari haqida Reuters fotoreportaj tayyorladi.
Sangxua daryosi ustidan muz kesib olmoqchi bo‘layotgan ishchi.
Muzyorar asboblar bilan qurollangan ishchilar bir kilometr kenglikdagi daryo yuzasini qoplagan muzdan yirik bo‘laklarni kesib oladi.
Ishchilardan biri muzga ishlov berish uchun arra olib ketmoqda.
U yerdagilarning aksariyati qurilish ishchilari yoki fermerlardir. Ular tizzagacha rezina etik, egniga kurtka va qalin qo‘lqop kiyib, sovuq urmasligi uchun qulog‘iga telpagini bostirib oladi.
Ishchilar muz konstruksiyasini qurmoqda.
“Muz qazish uchun har kuni ertalab soat 6 da kelamiz”, — deydi 40 yoshli Zeng Vay. “Ba’zan belgilangan vaqtdan ortiq ishlashga to‘g‘ri keladi, 8-9 gacha, hatto yarim tundan ham o‘tib ketadi”.
Chodir shaklidagi oshxonada ishchilarga tushlik uchun yegulik berilmoqda.
Tushlik shohona emas — bir kosa issiq makaron, xamirli do‘lma yoki bug‘da pishirilgan bulochka. Yog‘och ustunlar va polietilendan yasalgan chodir shaklidagi oshxonalarda biroz isinish mumkin.
Daryo bo‘yida muz ortiladigan yuk mashinalar saf tortib turibdi.
Dekabr boshidan beri daryodan har kuni o‘n minglab muz bo‘lagi yuk mashinalari yordamida Harbindagi har yili qishki festival o‘tkaziladigan joyga tashiladi. U yerda muzdan qasrlar, ibodatxonalar, ko‘prik va hatto yemakxonalar ham quriladi.
Daryo muzining ahamiyati nihoyatda katta.
“Sun’iy muz bunchalik qalin emas, shamolga bardosh berolmaydi”, — deydi 20 yildan beri festival uchun muzga ishlov berib kelayotgan Uang Kyushing.
Ishchilar muz bo‘lagini ehtiyotkorlik bilan joylamoqda.
Tashkilotchilar festivalgacha haykallarni tezroq bitkazish uchun kimo‘zarga bellashadi, maydon forklift, kran va iskanalarga to‘lib ketadi.
Muz bo‘laklari ehtiyotkorlik bilan bir-birining ustiga yotqizilarkan, ishchilar ularni arra bilan qirqib, ayrisimon va tishsimon uskunalar yordamida shaklga solib sayqallaydi.
Muz inshootlarini qurish jarayonidan lavha.
37-Harbin xalqaro muz-qor festivalida chang‘ida uchish, suzish musobaqalari va to‘y marosimlari o‘tkaziladi. Rangli chiroqlarga cho‘mgan muz haykallaridan iborat park esa festivalga o‘ziga xos ko‘rk beradi.
Koronavirus tufayli Xitoy xalqaro chegaralari qat’iy cheklov ostida turibdi. Shuning uchun kelgusi oy -35 darajali havoda muz haykallarini ko‘rishga keladigan mehmonlar asosan mahalliy sayyohlar bo‘lishi kutilmoqda.
Muzli inshootlarni qurish jarayonidan lavha.
Muz bo‘lagi boshqa joyga ko‘chirilmoqda.
Muz bo‘lagining yuzasi silliqlanmoqda.
Muz inshooti qurish jarayonidan lavha.
Muzdan ulkan Budda haykali qurilmoqda.
Ishchilar tushlik tayyor bo‘lishini kutmoqda.
Ishchilar polietilen chodir ichida ovqatlanmoqda.
Suratga tushayotgan ishchi.
Muz bo‘laklarini ulash uchun suvdan foydalaniladi.
Suratga tushayotgan ishchi.
Muzga ishlov berish jarayoni.
Muz bo‘lagini tashiyotgan ishchi.
Muzdan qurilgan inshoot.
Daryo bo‘yidagi yuk mashinalariga muz ortish uchun forkliftlardan foydalanilmoqda.
Yuk mashinasiga muz ortib bo‘linishini kutayotgan haydovchi.
Qurilish rejasini ko‘zdan kechirayotgan ishchi.
Muzyorarlar yordamida daryodan muz olayotgan ishchilar.
Muz olish jarayoni.
Daryodan muz bo‘lagi olish uchun ishchi gaff deb nomlanadigan asbobni ko‘tarib ketmoqda. | 52 | 3,420 |
Foto | Fotogalereya: Hayajonini yashira olmagan otalar | Erkaklar hayotida hech qachon unutilmaydigan lahzalar bo‘ladi. Farzandining dunyoga kelishi ham shular jumlasidan. Ona 9 oy uni qornida ko‘tarib yurganida, otasining faqatgina sabrsizlik bilan kutishdan boshqa chorasi qolmaydi. Va nihoyat, farzand dunyoga kelib, uni qo‘lga olishga ruxsat berilganida esa hayajon me’yoridan oshib ketadi. AdMe chaqalog‘ini qo‘liga olib, quvonchini yashirolmagan otalarning suratini taqdim etdi. | 47 | 427 |
Foto | Foto: Dubayning eng qimmatbaho villasi ichki ko‘rinishi | UAE Inside nashri Dubayning eng qimmatbaho villalaridan biri, qiymati 60 million dirham (qariyb 16 million dollar) bo‘lgan g‘aroyib villa suratlarini taqdim etdi.
Emirates Hills tumanida joylashgan bu hashamatli villa Uyg‘onish davri uslubidagi marmar, haykallardan iborat bezaklari bilan diqqatga sazovor.
Aqlga sig‘maydigan o‘lchamlarga ega yerosti qavatida uy kinoteatri, SPA va ko‘ngilochar xona joylashgan.
Uning yerosti avtomobillar turargohiga oltitagacha mashina sig‘adi, derazalardan esa sun’iy ko‘lni ko‘rish mumkin. Villada albatta katta basseyn va hatto lift mavjud. | 55 | 580 |
Foto | Asl mohiyatini bir qarashda anglash qiyin bo‘lgan suratlar (foto) | Inson miyasi tasvirlarni 13 millisoniyada qayta ishlashi mumkin. Ammo quyidagi suratlar ko‘proq vaqt talab etishi shubhasiz. Masalan, boshsiz mushuk, oyoqsiz ot va havoda turgan tosh kabi. Adme bu safar aqlni charxlaydigan jumboqlarga boy hamda tasvirning asl mohiyatini anglash qiyin bo‘lgan qiziqarli suratlar bilan bo‘lishdi.
Bu itning tishlari chindan ham g‘ayrioddiy ko‘rinishga ega.
Tosh havoda uchib yurganga o‘xshaydi-ya? Aslida u suvdan chiqib turibdi, xolos.
Servazifalilik.
Ushbu shox meni o‘ylashga majbur qildi.
Boshsiz mushuk.
Parvozchi chitos.
Bo‘rtib chiqqan ko‘zlar.
Aralash zot.
Kichkina yuzli mushuk.
“Qolgan oyoqlarimni topa olmayapman”.
Deraza ortidagi manzara xuddi suratga o‘xshaydi.
Bir qarashda anglash qiyin, albatta.
Ikkitasi birda.
Mushuk xuddi o‘tirgandek ko‘rinadi, aslida u yotib olgan.
Bir devordan iborat eski maktab.
Poyabzal ichida mushuk.
Mushukning bahaybat mushti. | 65 | 918 |
Foto | Bavariyadagi monastir, Dubaydagi lochin bilan ov musobaqasi, qishki Olimpiada o'yinlari ramzi — 11 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Kosta-Rikada yashovchi Nikaragua fuqarolari prezident Daniel Ortega boshqaruviga qarshi namoyishda.
Bavariyadagi Andeks monastiri.
Simferopol aeropotiga xizmatga kirgan 2 yoshli Rubi ismli kuchukcha.
Qozog'istondagi tartibsizliklar keltirgan zarar miqdori taxminan 2–3 milliard dollarni tashkil etadi.
Braziliya hukumati kuchli yomg'irlar natijasida Para-de-Minas to'g'onida yuzaga kelgan xavf haqida ogohlantirdi.
Dubayda lochin bilan ov musobaqasi bo'lib o'tadi.
Pekin bog'ida Pekin—2022 qishki olimpiada o'yinlari namoyishi.
Londonda 2020 yil 8 yanvarda haloqatga uchragan RS 752 reysi qurbonlarini xotirlashdi.
Murmanskda qutb tunidan keyingi ilk kunning kutib olinishi.
xitoyning Shenyan hududida maktab bolalari konkida musobaqalashmoqda. | 115 | 805 |
Foto | Fotogalereya: Qonda adrenalin darajasini oshiruvchi suratlar | Qo‘rqinchli yoki xavfli vaziyatlar kimlardadir adrenalinni oshirishga xizmat qiladi. AdMe ana shunday vaziyatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 60 | 146 |
Foto | Turnirdan chetlatilgan Jokovich, “ryukzak” taqqan pingvinlar, askarlar tomonidan to'xtatilgan muhojirlar karvoni — 16 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Yaponlar Chuo provintsiyasida 27 yil oldin yuz bergan Hanshin zilzilasi qurbonlarini xotirlamoqda.
Avstraliyaga viza sabab kiritilmagan dunyoning birinchi raqamli raketkasi Novak Jokovich mamlakat ochiq chempionatida ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Somalida hukumat matbuot kotibi Muhammad Ibrohim Muallimga qilingan suiqasd oqibatida mashina portlab ketdi. Teraktni “Ash Shabob” terror guruhi o'z zimmasiga olgan.
“Circus of Horrors” festivalida chiqish qilayotgan akrobat.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Arizonada o'z tarafdorlari bilan uchrashdi.
xitoydagi maxsus parkda yelkasiga “ryukzak” taqib olgan pingvinlar odamlar oldiga chiqmoqda.
Gvatemala harbiylari Gondurasdan AQShga qarab yo'l olgan muhojirlar karvonining yo'lini to'sdi.
Gvatemala harbiylari Gondurasdan AQShga qarab yo'l olgan muhojirlar karvonining yo'lini to'sdi.
Buyuk Britaniyada odamlar politsiya va jinoyat qonunchiligiga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashmoqda.
Niderlandiyada politsiya noqonuniy namoyishni tarqatib yubormoqda. | 134 | 1,070 |
Foto | Shimoliy Koreyada olingan yangi norasmiy fotosuratlar internet foydalanuvchilarini hayratga soldi | Polshalik suratkash Mixail Xunyevich Shimoliy Koreyaga tashrifi chog‘ida bir qancha diqqatga sazovor fotosuratlar olishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi norasmiy bo‘lib, mamlakat aholisi aslida qanday yashayotganini haqqoniy aks ettiradi.
Xunyevich olgan fotosuratlar KXDR rahbariyati tomonidan yashirib kelinayotgan faktlarni oshkor qiladi, deb hisoblaydi TravelAsk.
1. Pxenyan — har qadamda harbiylar.
2. Chapda — Shimoliy Koreya, o‘ngda — Xitoy.
3. Tafovut ayniqsa kechki payt yaqqol ko‘zga tashlanadi.
4. Safar chog‘ida bir necha bor shunaqa anketa to‘ldiriladi.
5. Xunyevichning KXDRda tushirgan birinchi surati (poyezd ichidan olingan).
6. Inson axlati o‘g‘it sifatida sotiladi.
7. Yozuvda: “Koreys ishchilari partiyasi rakvonlik birodarlarni hech qachon unutmaydi”.
8. Shimoliy Koreya xalqiga faqat mamlakat ichida sayohat qilishga ruxsat etiladi.
9. Askarlar.
10. Nazoratchi.
11. Poyezd Pxenyanga tashrif buyurdi. Xunyevichning aytishicha, o‘sha kuni boshqa poyezd yurmagan, shu bois perrondagi odamlar — sahnalashtirilgan tomoshadan boshqa narsa emas.
12. Pxenyanda sayohatchilarga darhol gidlar birlashtiriladi. Ulardan ayrilish mumkin emas. Gidlar sayyohlarga qayerga borish tugul, qachon uyquga ketish va qachon uyg‘onishni ham aytib turadi.
13. Ko‘chada.
14. Pxenyanning o‘ziga xos me’morchiligi.
15. Yanggakdo mehmonxonasi derazasidan ko‘rinadigan manzara.
16. Rasman mehmonxonada beshinchi qavat yo‘q, unga faqat zinapoyadan ko‘tarilish mumkin. Qavat eshiklari deyarli har doim yopiq bo‘ladi, ammo kirganlar u yerning tashviqiy plakatlarga to‘laligini ko‘rgan. Taxmin qilinishicha, bu qavatdan chet ellik mehmonlarni kuzatuvga olish uchun foydalaniladi.
17. Ofitsiant qizlarning ko‘pchiligi mehmonlar bilan muloqotga kirishmaydi, ularning fe’l-atvorida qandaydir hadik seziladi.
18. Kim Ir Sen maydoni — sayyohlardan aynan shu yerni suratga olish so‘raladi.
19. Pxenyanda yashash o‘ziga xos imtiyoz hisoblanadi: shaharda yashashi ruxsat etilgan odamlar hech qayerdan sotib olib bo‘lmaydigan nishon taqib yuradi. Nishonning qalbaki nusxasini Xitoyda xarid qilish mumkin.
20. Sayyohlarga shu ikki haykalni suratga olish ruxsat etiladi. Mahalliy aholi vakillari uzun navbatda turib, haykallar ostiga gul qo‘yib ketadi.
21. Xunyevichning ta’kidlashicha, buni rasmga olish uchun faqat 15 soniya vaqti bo‘lgan. Bu — mahalliy aholiga mo‘ljallangan do‘kon surati. Gid suratkashning bu yerga kirib olganini payqashi hamono uni tashqariga chiqarib yuborgan, ammo suratga olishga ulgurganini bilmay qolgan.
22. Esdalik sovg‘alar.
23. Shaharda chiqindi yo‘q.
24. Shaharda transport harakati yo‘q hisobi. Shunga qaramay, sayyohlarning pasporti tortib olingan, ular transport hodisasiga uchragan taqdirda mustaqil biror yerga borishi taqiqlangan.
25. Ishchilar.
26. Sotsialistik plakatlar.
27. Odamlar ishga ketyapti. | 97 | 2,851 |
Foto | Qaysi oziq-ovqatlarni yillab saqlash mumkin? (Foto) | Ko‘pincha oziq-ovqatlarni bir hafta, ba’zan ikki hafta oldinroq sotib olishga to‘g‘ri keladi. Ba’zilar bir necha oy, hattoki bir necha yil uchun zaxira tayyorlab qo‘yadi. Afsuski, ko‘pchilik mahsulotlar tezda ayniydi va pulimiz kuygani qoladi. Biroq shunday mahsulotlar borki, ular ko‘p yillar davomida buzilmay tura oladi. “Ayol.uz” nashri ularning ba’zilarini keltirib o‘tdi.
Guruchning xillari ko‘p. Aynan oq guruch 30 yilgacha o‘z holicha saqlanishi mumkin. Biroq buning uchun u vakuumli konteynerda salqin haroratda turishi kerak. Jigarrang guruchning saqlanish muddati — olti oy.
“Asal aynimas”, — deganlaricha bor. U to‘g‘ri saqlangan taqdirda bir nechta avlodgacha yetib borishi mumkin.
Biz sotib oladigan tuz odatda besh yilgacha yaroqli bo‘ladi. Bu unga yod qo‘shilishi bilan bog‘liq. Ta’kidlash joiz, tuz nafaqat taomni xushxo‘r qilish uchun, balki boshqa mahsulotlarni saqlash uchun ham qo‘l keladi.
Soya qaylasining saqlanish muddati unga aynan nimalar qo‘shilganiga bog‘liq. Agar u toza qayla bo‘lsa, uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Biroq uning o‘rami ochilgach, u sovitgichda turishi kerak.
Olimlar ta’kidlashicha, vaqt o‘tgani sari loviyaning sifati pasayib boradi, biroq u 30 yilgacha yeyish uchun yaroqli bo‘lib qoladi.
Haqiqiy sutdek mazali bo‘lmasa-da, sut kukuni unga nisbatan ancha ko‘p “umr ko‘radi”. Ta’kidlash joiz, qadoqlangan sutlarning ko‘pchiligi aynan kukundan tayyorlangan bo‘ladi.
Ushbu mahslotni ham bemalol bir necha yil uchun zaxira qilib qo‘yish mumkin. Uning havo orqali namlikni singdirib olish qobiliyati bo‘lib, bu boshqa mahsulotlarni ham quruq saqlash imkonini beradi. | 51 | 1,619 |
Foto | Fotogalereya: Uchta eshikka ega yo‘ltanlamaslar | “Motor” uchta eshikka ega ajoyib yo‘ltanlamaslarning suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 47 | 84 |
Foto | Betonlab tashlangan ko'chatlar, kul bilan qoplangan uylar, Hirotdagi yuqori maktab qizlari — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Jizzax viloyati Mirzacho'l tumanida yo'l chetiga ekilgan 75 tup daraxtning tagi betonlab tashlandi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan mazkur holat o'rganilganda haqiqatan ham tumanning Gagarin shaharchasi Do'stlik MFY xalqlar do'stligi ko'chasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup daraxt atrofi yo'lak qurish ishlari davomida betonlab yuborilgani aniqlangan. Daraxtlarning barchasi: 38 tup archa, 7 tup yasen, 1 tup tut, 1 tup akatsiya, 1 tup gilos, 4 tup qayrag'och, 7 tup eldor qarag'ayi, 12 tup aylant daraxtlarining tagidagi betonlar buzib olingan va daraxtlarning tagi yumshatilib, parvarish qilingan.
JARdagi Sabi-Send tabiiy qo'riqxonasidagi leopard.
Italiya sohil kuchlari tomonidan qutqarib qolingan muhojir ayolning ko'zi yoridi. O'tgan haftada O'rta dengizdan 200 ga yaqin afrikalik muhojirlar qutqarib qolingan.
Frantsiyaga tegishli Martinikada norozilik namoyishlari sababli yoqib yuborilgan mashinalar uyumi.
Frantsiyaning Dyunkerk shahri yaqinida o'rnatilgan muhojirlar lagerida olov atrofida isinayotgan muhojirlar.
Burkina Fasoda politsiya zo'ravonligiga qarshi norozilik namoyishlarida xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar o'rtasida to'qnashuvlar yuz berdi.
Shimoliy Kaliforniyada o'rmon yong'inlari sodir bo'ldi. Yong'in oqibatida 1000 akrga yaqin maydon yonib ketgan.
Belarusning Grodno shahrida tashkil qilingan muhojirlar lageridagi odamlar.
Iordan daryosining g'arbiy sohilida falastinlik namoyishchilar va Isroil kuchlari o'rtasida to'qnashuvlar yuz berdi.
Ispaniyaning Palma orolida yuz bergan vulqon natijasida kul qurumlari ostida qolib ketgan uylar.
Hirotdagi qizlar uchun mo'ljallangan Tajrobavay o'rta maktabi yana o'z eshiklarini ochdi. | 108 | 1,757 |
Foto | Har bir ayol garderobidan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 12 ta kiyim | Kiyim javoningizda bo‘lishi kerak bo‘lgan, urfdan qolmaydigan 12 ta narsa haqida ma’lumot beramiz.
Trenchkot
Qaymoqrang trenchkot har qanday ko‘rinishga mos keladi. Agar siz hali bunday libos olmagan bo‘lsangiz, qimmatbaho trenchkotga pul sarflashning hojati yo‘q — sifatli modellarni o‘rtacha narxlardagi brendlarda va hatto ikkinchi qo‘l do‘konlardan ham topish mumkin.
Erkaklarnikiga o‘xshash oq ko‘ylak
Bunday ko‘ylak nozik jins vakillarini qat’iyatli qilib ko‘rsatadi. U nafaqat jinsi shim bilan, balki shifon ko‘ylak bilan ham ajoyib kombinatsiya hosil qiladi.
Naqsh va yozuvlarsiz oq futbolka
Oq futbolkani jinsi shim va oq krossovka bilan moslashtirib, kundalik obraz yaratish mumkin. Bunday obraz soddaligi bilan ajralib turadi, ammo eng ko‘p foydalaniladigan zamonaviy kombinatsiyalardan biridir.
Jinsi shim
Har bir ayol jinsi shimning qaysi modeli unga mos kelishini bilishi va garderobida kamida bir juft jinsi shimi bo‘lishi kerak. Yodingizda bo‘lsinki, klassik tekis jinsi shimlar har qanday qomatga mos keladi.
Qulay poshnali tufli
15 santimetrlik poshnali tuflida yurishni xohlasak ham, bu uzoq vaqt kiyishga yaramaydi. Ammo balandligi o‘rtacha bo‘lgan qulay tuflilarni har kuni kiyish mumkin. Ular qora yoki qaymoqrang bo‘lishi shart emas, eng muhimi qulay va o‘zingizga yoqsa bo‘lgani.
Krossovka
Sport poyabzali toifasiga kiruvchi krossovkalar allaqachon kundalik poyabzalga aylangan. Kostyum-shim va kechki liboslar bilan krossovka kiyish urfga kirganiga ancha bo‘lgan.
Tor bichimdagi shim
Bunday shimlarni futbolka, bluzka, tolstovka, kurtka, krossovka va poshnali bosonojkalar bilan ham bemalol kiyish mumkin. Umuman olganda, tor bichimdagi shimlar universal kiyim hisoblanadi.
Sumka
Sumkalar yorqin rangli yoki qora, katta hajmli yoki kichik, monoxrom yoki turli ranglardan iborat bo‘lishi mumkin. Eng muhim xususiyati shundaki, sumka e’tiborni o‘ziga jalb qiladi va eng oddiy obrazda ham aksentga aylanishi mumkin.
To‘g‘ri bichimli jaket
Bu libos haqida ko‘p marta yozilgan, ammo moda asoslarini takrorlash hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Bunday bejirim jaket kundalik kiyimning bir qismini tashkil qiladi.
Qora vodolazka
Bu kiyim nafaqat 60-yillarda urfga kirgan, balki hozir ham mini yubka bilan ajoyib kombinatsiya yarata oladi. Muhimi, u yuqori sifatli, ideal holda esa kashmirdan bo‘lishi kerak.
Ixcham uslubdagi ko‘ylak
Kundalik uslubingizga ayollik nafosatini qo‘shish uchun istak paydo bo‘lganda kiyiladigan libos. Bunday ko‘ylak sodda, bezaklarsiz va yon tomonlarida ochiq qirqimlarsiz bo‘lishi lozim.
Telnyashka
Sizda bunday kiyimdan bir nechta nusxa bo‘lsa kerak. Uni nima kiyishni bilmay, bosh qotgan vaqtda yubka, shim, sarafan bilan moslashtirish mumkin. | 64 | 2,706 |
Foto | Osmondagi otashli toj: 2020-yildagi so‘nggi Quyosh tutilishi suratlarda | Ayrim mamlakatlar aholisi 14-dekabr kuni Quyoshning Oy gardishi bilan to‘silishi natijasida sodir bo‘ladigan hodisa vaqtida Quyosh tojini ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. Kamyob astronomik holat — Quyosh tutilishi bilan bog‘liq suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Quyoshning tutilishi Argentina va Chilining ba’zi hududlarida yaqqol ko‘ringan.
Patagoniyadagi San-Antonio Oeste shahri kunduzi bir necha lahzaga zulmatga aylangan.
Braziliya, Ekvador, Peru, Urugvay va Namibiyada Quyosh botishi to‘liq ko‘rinmagan.
Rossiyaning “Elektro-L” deb nomlangan gidrometeorologik sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan surat.
Odatda Quyosh tutilishi vaqtida havo harorati keskin pasayadi.
So‘ngra yana kun yorishib ketadi.
Quyosh tutilishi.
Moskvada shahar vaqti bilan soat 19:00—19:25 da maksimal Quyosh tutilishi kuzatilgan.
Oy quyoshni butkul to‘sib qo‘ygan.
Bunday kamyob hodisani odamlar endi 2048-yilda ko‘rishi mumkin.
Astronomlarning ta’kidlashicha, 2020-yilning oxiriga qadar yana ko‘p qiziqarli hodisalar yuz berishi mumkin.
Quyosh tutilishidan tashqari ikki marta “yulduzlar yog‘ilishi” kutilmoqda. | 71 | 1,105 |
Foto | Prezident obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan Hirotdagi Alisher Navoiy maqbarasi — suratlarda | Shavkat Mirziyoyev 31 may kuni Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash va tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishgandi. «Bugun.uz»ning Afgʻonistondagi muxbiri Hirot shahridagi maqbarada boʻlib, u yerdan fotoreportaj tayyorladi.
Qayd etilishicha, Mir Alisher Navoiy maqbarasi Hirotdagi me'moriy yodgorlik hisoblanadi. Shahar tashqarisidagi Musallo markazida Injil arigʻining janubiy qirgʻogʻi yaqinida joylashgan gumbazli oddiy bino. Binoni Gavharshodbegim maqbarasiga qiyoslab, hirotlik savdogar hoji Gʻulomhaydar Muxtorzoda qurdirgan. Tarhining tashqarisi 10x10 metr, ichkarisi 6x6 metr.
Devor qalinligi 1 metr. An'anaviy mayda chorsi gʻisht (18x18x5 santimetr) ganchxok loyida terilgan. Ichki bezagida ganchkori naqsh va iroqisimon bezak qoʻllangan. Gumbazosti gardishining 4 tomonida darcha bor. Maqbara bezaksiz, xona oʻrtasida kichik dahma qora marmar (182x41–35,6x4 santimetr) bilan qoplangan, unda nasta'liq xatida «Hazrat Amir Kabir Nizomiddin Alisher Navoiy Hiraviy. Tavalludi hijriy 844, vafoti 906, Donishparvar vazir» degan soʻzlar bitilgan.
Mazkur qabrtosh Kobuldan keltirib oʻrnatilgan (1967). Hazrat Navoiy qabri ustidagi maqbara 2003 yilda Oʻzbekiston hukumati buyrugʻiga binoan xalqaro Bobur jamgʻarmasi tomonidan buzilgan. Oʻzbekiston rasmiylari qadimgi maqbara oʻrniga zamonaviy bino barpo etishni rejalashtirgan. Biroq Afgʻoniston hukumati, BMTning madaniyat jamgʻarmasi YuNESKO bunga qarshi chiqqan. Ma'lum qilinishicha, oʻshanda tashkilot maqbaraning Temuriylar davri me'morchilik uslubiga mos boʻlishini talab qilgan.
2012 yilda Hirotning Gavharshodbegim bogʻidagi Hazrat Navoiy maqbarasini Afgʻoniston Madaniyat va axborot vazirligi tomonidan qayta qurish ishi boshlangan. Bu loyiha Hirotdagi qadimiy binolar, xususan Ixtiriyoddin qal'asi va Temuriylar davrida qurilgan Xoʻja Abdulloh Ansoriy maqbarasini qayta tiklagan afgʻon shirkatiga topshirilgan. Madaniyat va axborot vazirligi maqbarani qayta tiklashga 60 ming dollar miqdorida mablagʻ ajratgan. Binoni olti oy mobaynida qurib bitkazish moʻljallangan.
Afgʻoniston Madaniyat va axborot vazirligi Hazrat Navoiy maqbarasi eski koʻrinishi tasvirga tushirilgan videolavha mavjudligini, maqbara ana shu video asosida qayta qurilishini ma'lum qilgan.
Bobur xalqaro jamoat fondining ilmiy ekspedisiyasi a'zolari 2015 yilda uch marta Afgʻonistonga safar uyushtirib, Navoiy maqbarasini obodonlashtirish boʻyicha ishlarni rejalashtirib olgan. Jarayonda Alisher Navoiy qabrtoshi va maqbarasi eshigi yangilangan.
Navoiyning yangi qabr toshi Navoiy viloyati Nurota tumani Gʻozgʻon qishlogʻida yashovchi usta-sangtarosh Tohirjon Rahimov tomonidan, maqbara eshigi esa toshkentlik yogʻoch ustasi Alisherbek tomonidan tayyorlangan. Qabr toshining ogʻirligi salkam 4 tonna boʻlib, 9 boʻlak marmardan tashkil topgan.
Qabr toshiga Qur'oni karim oyatlari va Navoiy qalamiga mansub: «Bu gulshan ichraki yoʻqtur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot» (forscha: «Dar in chaman shukufau gulro sabot nest, Gar nomi nek bimonand az inson saodat ast») misralari oʻzbek va fors tillarida oʻyib yozilgan.
Eslatib oʻtamiz, Prezident 31 may kungi taqdimotda Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash va tiklash, uning atrofini obodonlashtirish loyihasiga alohida e'tibor qaratgandi.
Afgʻonistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasi majmuasida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish vazifasi Prezidentning 2020 yil 19 oktyabrdagi «Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash doirasida oʻzbek mutaxassislari afgʻonistonlik hamkasblari bilan birgalikda maqbarani joyida oʻrgangan. Oʻrganishlar natijasida an'anaviy me'morchilik, san'at va bezak elementlaridan foydalangan holda maqbarani ta'mirlash va tiklash loyihasi ishlab chiqilgan.
Unga koʻra, maqbaraning kirish va qolgan yoʻlaklariga Hazrat Navoiyning hikmatli soʻzlari bitilgan kitob koʻrinishidagi belgilar qoʻyiladi hamda dekorativ oʻtirgichlar oʻrnatiladi.
Kirish qismida sakkiz burchakli masjid bunyod etiladi. Kirish peshtogʻidan hovli qismining chap va oʻng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi koʻrinishiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan ishlanadi. Majmua hududi koʻkalamzorlashtiriladi. | 98 | 4,396 |
Foto | Fotogalereya: Yo‘lovchilar yo‘qligida styuardessalar nima bilan shug‘ullanadi? | TravelAsk Virgin Airlines kompaniyasining styuardessasi Molli Choma bo‘sh vaqtida yaratgan ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Mollining onasi styuardessa bo‘lgan va doim yonida kamera olib yurgan. Uning qiziga aynan shu xislat ta’sir ko‘rsatgan ko‘rinadi.
2008-yilda Molli grafik dizaynni o‘rgangan va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan.
Molli ish topishga qiynalavergach, onasi unga styuardessa bo‘lib ishlab ko‘rishni maslahat bergan.
Molli dastlabki bir necha oy aeroportda “zaxira”da o‘tirib, o‘z reysini kutgan.
Vaqtni tezroq o‘tkazish maqsadida u suratga olishni boshlagan.
Aeroport xodimlari uni “kamerali qizaloq” deya atay boshlagan.
Suratkashlik uning sevimli mashg‘ulotiga aylanib qolgan va Molli kerakli kadrlarni qidira boshlagan.
U suratga tushishni xohlovchi jozibador insonlarni qayerdan topish mumkinligini o‘ylashga tushgan.
Shunda u o‘zi ishlaydigan kompaniyaning styuardessalarini suratga olish mumkinligini tushungan.
“Bu ajoyib mashg‘ulotga aylanib ketdi”, — deydi Molli.
Choma faqatgina Virgin Airlines xodimlarini suratga oladi, yo‘lovchilarni emas. | 78 | 1,080 |
Foto | NASA Kaliforniyaning lolaqizg‘aldoq gullagan eng chiroyli joy suratlarini chop etdi (foto) | So‘nggi bir necha hafta davomida Antilopa vodiysi — Kaliforniya lolaqizg‘aldoqlar qo‘riqxonasiga ko‘plab odamlar tashrif buyurmoqda, deb yozadi Forum Daily.
Gullagan lolaqizg‘aldoqlarni ko‘rish va suratga tushish uchun minglab odamlar orasida tiqilinchda qolishni xohlamaganlar va gullagan maydonni boshqacha rakursada ko‘rmoqchi bo‘lganlarga NASA o‘zi olgan suratlarni taqdim etgan.
2-aprel kuni NASA Armstrong parvoz markazi uchuvchisi Glenn Grem astronavt Reks Valexim bilan birgalikda T-34 samolyotida qo‘riqxona ustiga parvoz qilib, qo‘riqxonaning bir necha suratlarini olgan va ushbu aerofotosuratlarni 5-aprel kuni Twitter’dagi sahifasida chop etgan. | 90 | 658 |
Foto | Dunyoning eng ko‘p milliarderlar yashaydigan shaharlari (fotogalereya) | Hozirgi kunda dunyodagi milliarderlar soni tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan, deb yozadi Forbes. 2017-yilda Forbes ro‘yxatiga 2043 kishi kiritilgan, bu 2016-yildagidan 13 foizga ko‘p demakdir. Milliarderlarning geografiyasi esa oltita qit’a, 71 ta mamlakat va yuzlab shaharlarni qamrab oladi. | 70 | 300 |
Foto | Dunyodagi eng qadimiy 14 masjid haqida bilasizmi? (foto) | “Azon.uz” dunyodagi eng qadimiy 14 masjidning qurilish tarixi va ular kim tomonidan qachon bunyod etilgani haqida qisqacha ma’lumot berdi.
“Masjid ul-Harom”
Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan eng mo‘tabar va ulkan hamda musulmonlar ibodat qilishlari uchun barpo etilgan ilk masjiddir. Mazkur masjidda qon to‘kish va boshqa gunoh ishlar harom qilingani bois shunday nom bilan atalgan. Masjidning to‘qqizta minorasi (har birining balandligi 95 metr), to‘rtta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor. O‘n bitta yurarzinalar orqali masjidning ikkinchi va uchinchi qavatlariga chiqiladi.
“Masjid ul Aqso”
“Uzoqdagi masjid” ma’nosini anglatuvchi mazkur jome Quddusi sharifda, Sulaymon alayhissalom tomonlaridan qurilgan. Islomdan ilgari arablar, keyin musulmonlar unga qibla sifatida yuzlanib ibodat qilishgan. Hijratning ikkinchi yilida Qur’oni karim hukmi bilan musulmonlar qibla sifatida Makkadagi Ka’baga qarab namoz o‘qiy boshlashgan.
“Qubo” masjidi
Islom tarixida ilk qurilgan masjid.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qubo masjidi qiblasi poydevoriga asos solganlar. Masjid qurilib bitkazilgach, jamoat bilan namoz o‘qishni boshlab berganlar. Qubo masjidi Madinai munavvaraning janubiy-g‘arbiy qismida, harami nabaviydan 3–5 km. uzoqlikda joylashgan. Jomeda Usmoniylar hukmronligi tomonidan bir qancha ta’mirlash ishlari olib borildi.
“Masjidun Nabaviy”
Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan. Masjid o‘rnini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘n dinorga sotib olganlar va masjid qurilishida sahobalarga bosh bo‘lib, shaxsan o‘zlari ishtirok etganlar. Masjid binosi xom g‘ishtdan, shifti xurmo shoxi, ustunlari esa xurmo yog‘ochidan bino qilingan. .
Masjidning bir yuz besh metrli ikkita, yetmish besh metrli to‘rtta minorasi, 400dan ortiq ustuni, 6800 ta qandili, ziyoratchilarni quyoshning jazirama nurlaridan to‘sib turuvchi ochilib-yopiladigan katta soyabonlari majmuaning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Kunduzi quyosh nuridan majmua qum rangida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabrlari joylashgan hujra gumbazi esa yashil rangda tovlanadi.
“Qiblatayn” masjidi
Hijratning ikkinchi yili, rajab oyining o‘rtalari, dushanba kuni edi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Bani Salama yurtida peshin namozini jamoat bilan Quddusga qarab o‘qiyotgan edilar. Namoz ichida qiblaning o‘zgargani haqida vahiy keldi. Ikkinchi rakat oxirlab qolgan edi. Musulmonlarga Makkadan Masjidi Haramga tomon qarash amri tushdi. Rasuli akram o‘sha zahotiyoq yuzlarini Quddusdan Ka’baga tomon burdilar. Jamoat ham saf bo‘lib birga burildi.
Yangi qibla tomon burilib, uchinchi va to‘rtinchi rakatlarni Masjidi Haramga qarab o‘qib, namozni tugatdilar. Shu sababdan Bani Salama masjidi ikki qiblali masjid ma’nosida “Masjidul Qiblatayn” degan nom oldi.
“Chiraman juma” jome masjidi (Hindiston)
Hijriy 629-yil Molik ibn Dinor roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Molik ibn Dinor roziyallohu anhu Hindistonga kelgan ilk musulmonlardan hisoblanadi.
“Xuayshen” jome masjidi (Xitoy)
Hijriy 630-yil Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu tomonlaridan bunyod etilgan. 1695-yil qayta qurilgan.
“Kufa” jome masjidi (Iroq)
VII asrda qurilgan. 2010-yil qayta ta’mirlangan.
“Uqba” jome masjidi (Tunis)
“Qayruan” jome masjidi nomi bilan ham mashhur. Tahminan hijriy 670-yili Uqba ibn Nafiy roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Masjidning minorasi bugungi kungacha yetib kelgan dunyodagi eng qadimiy minoralardan hisoblanadi.
“Halab” jome masjidi (Suriya)
Umaviylar hukmronligi davrida VIII asrda bunyod etilgan. 2003-yil masjid hovlisi va minorasi ta’mirlangan.
“Umaviylar” jome masjidi (Suriya)
Hijriy 715-yil qurilgan.
“Zaytuna” jome masjidi (Tunis)
Hijriy 731-yil barpo etilgan. Mazkur jome huzurida eng qadimiy Islom universitetlaridan biri ham joylashgan. Oliygohda dunyoning turli burchaklaridan talabalar kelib tahsil olishgan.
“Sina” jome masjidi (Xitoy)
Hijriy 742-yil qurilgan. Masjid Xitoy me’morchiligi asosida qad ko‘targan. Bir necha marta qayta ta’mirlangan.
“Juma” jome masjidi (Ozarbayjon)
Hijriy 743-yil Abu Muslim rahmatullohi alayh tomonidan bunyod etilgan. | 56 | 4,112 |
Foto | Fotogalereya: An’anaviy va zamonaviy yangi hind to‘y liboslari | Tarun Hival Hindistonning yetakchi moda fotograflaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari xalqaro miqyosda namoyish etilib, iste’dodi butun dunyoda tan olingan. Tarun Hival o‘zining jasorati, tajribalari tufayli Hindiston moda foto sanoatini o‘zgartira olgan. Bundan tashqari, Hival — Hasselbl ad Masters Award mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi hind vakilidir.
Hival estetikasining eng kuchli va boshqalardan ajralib turuvchi jihati — u eski qoidalarga bo‘ysunmasdan ularni o‘zi yaratadi. Tarun Hival yaqinda zamonaviy an’anaviy hind to‘y liboslarini namoyish etdi.
TravelAsk ana shunday fotosuratlarni jamlab taqdim etdi. | 62 | 624 |
Foto | Dengiz mahsulotlarining dasturxonlarga yetib kelishgacha bo‘lgan yo‘li (foto) | TravelAsk baliqchi va fotograf Kori Arnoldning dengizga sayohatlari davomida olgan suratlarini taqdim qildi.
Kori Arnold AQShning quyoshli Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. U bolaligidan otasi bilan baliq oviga borishni yoqtirar edi. Arnold Arizona universitetida tahsil olib, san’at yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. Biroq u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamadi, aksincha hamma uchun kutilmaganda Alyaskaga ketdi va baliq ovi bilan shug‘ullanish uchun kemaga yollandi. Shunday qilib bolalikdagi qiziqishlari uning kasbini belgilab berdi.
Korining yana bir qiziqishi bor — fotografiya. U kemada juda ko‘p sayohat qilgan, biroq ochiq dengizda necha kunni o‘tkazmasin, u kamerani qo‘ldan qo‘ymadi. Hozirda Kori Arnold dunyo bo‘ylab sayohat qiladi va o‘zi olgan suratlarining ko‘rgazmalarini tashkil qiladi. Arnoldning so‘zlariga qaraganda, u tijorat va ekologiya birgalikda mavjud bo‘lishi mumkinligini isbotlamoqchi. Shuningdek, Arnold dengiz mahsulotlarining do‘konlar rastalariga qanday qilib yetib kelishini suratlari orqali tushuntirib beradi. | 77 | 1,068 |
Foto | Fotogalereya: Deven Stross obyektivi nigohlaridagi g‘aroyib Antarktida | Portlendlik fotograf Deven Strossning ishlari bilan tanishtiramiz. Ushbu fotograf AQShda tug‘ilgan va Portlendda ishlaydi. U Antarktidaga sayohat qilishni sevadi. Muallifning o‘zi haqida u yaratgan asarlardan ortiq ma’lumot bera oladigan buyum va faktlar bo‘lmasa kerak. Quyidagi suratlarni ko‘rib, Antarktidaga sayohat qilishni istagi paydo bo‘lishi mumkin.
Qorli sahro
Erebus tog‘i
Fazoviy manzara
“Muzlagan” texnika
Evans sohili va orqa fonda Erebus tog‘i
Antarktika osmoni
Ushbu quyosh nurida toblanish mumkinmikan?! Yo‘q aslo, obyektiv ortidagi harorat 30 daraja sovuq. Mak Merdo stansiyasi.
Muzyorar kema
Suv yuzasi
Geografik janubiy qutb
Janubiy qutbning tantanali shari
Ulkan aysberg. Bu yerda “Taxtlar o‘yini” seriali suratga olingan bo‘lishi mumkin.
G‘aroyib ko‘rinish
Quyosh uchga bo‘linib qolgandek. G‘aroyib tomosha, qaysidir ma’noda qo‘rqinchli, umuman juda diqqatga sazovor ko‘rinish.
Fazo bulutlari
Antarktikada tong otmoqda
Antarktikada quyosh botishi
Antarktikaning tuni ajoyib o‘tadi. Faqat ko‘rinishi mo‘jizaviy. Iqlim sharoitiga esa havas qilib bo‘lmaydi.
Hatto tunda ham ish qaynaydi … Sababi bu yerda tun atigi 4 soat davom etadi.
Somon yo‘li shunday ko‘rinishda
Ruhan kuchli insonlar bunday sharoitda ishlay oladi. Ular tabiatni his qilib, ona Yerga mehrini beradi. | 70 | 1,320 |
Foto | National Geographic fototanlov natijalarini e’lon qildi | National Geographic’ning Photo Contest tanlovi g‘oliblari 10 mingta ariza ichidan tanlab olindi. Bu haqda “TravelAsk” xabar berdi.
Ushbu surat parvoz instruktori va professional skripkachi Yassen Todorov tomonidan olingan bo‘lib, unda Kaliforniyaning Moxave cho‘li o‘rtasidagi transport vositalari qabristoni aks etgan. Suratda Audi va Volkswagen tomonidan qaytarib olingan minglab avtomobillarning tabiat hukmiga tashlanganligini guvohi bo‘lish mumkin.
Ushbu ta’sirchan suratlar tirik mavjudotning go‘zalligi bilan birga u keltiradigan vayronagarchiliklar haqida ham hikoya qiladi. Suratlar uchta yo‘nalishga bo‘lingan — “Joylar”, “Yovvoyi tabiat” va “Odamlar”. Asosiy mukofotga “Noreal” nomli noaniq kadr loyiq topildi.
Asosiy mukofot: “Fantastik”, Yassen Todorov
“Yovvoyi tabiat” yo‘nalishi g‘olibi: “Chorrahadagi parvoz”, Pim Volkers
“Odamlar” yo‘nalishi g‘olibi: “Weekend studiyasidagi eng yaxshi yakshanba”, Mia Kollis
“Joylar” yo‘nalishida 2-o‘rin: “Changda qolgan Thunderbird”, Nikolas Moir
“Odamlar” yo‘nalishida 3-o‘rin: “Butun hayot muhabbati”, Avishek Das
a
“Yovvoyi tabiat” yo‘nalishida 2-o‘rin: “Qalin qor”, Jonas Beyer
“Joylar” yo‘nalishida 3-o‘rin: “Xarobalarga yo‘l”, Kristian Verner
“Joylar” yo‘nalishida faxriy o‘rin: “Qorli parchalar”, Rukka Itto
“Yovvoyi tabiat” yo‘nalishida 3-o‘rin: “Yangi qarash”, Elison Langevad
“Odamlar” yo‘nalishida 2-o‘rin: “Yo‘l ustidagi motel», Todd Kennedi | 55 | 1,414 |
Foto | Qishi ertaklardagi kabi ajoyib 20 joy | Kumush qish — yilning eng ajoyib damlaridan biri. Atrofdagi hamma narsani qor qoplaydi, havo musaffo bo‘ladi, uylar esa yanada shinam ko‘rinishga kiradi. Yer yuzida shunday joylar borki, qish kelishi bilan nafaqat o‘zgaradi, balki faqat ertaklarda tasvirlanadigan makonlarga o‘xshab qoladi.
AdMe tomonidan tayyorlangan va e’tiboringizga havola qilinayotgan suratlar jamlanmasini tomosha qilganingizdan so‘ng, qishni yanada ko‘proq yaxshi ko‘rib qolishingizga shubha yo‘q. | 37 | 471 |
Foto | Odam hayoti uchun xavfli bo‘lgan 10 ta g‘aroyib jonivor (foto) | National Geographic nashri yuzma-yuz kelib qolgan paytda maksimal darajada ehtiyotkor bo‘lish kerak bo‘lgan o‘nta o‘ziga xos jonivorni sanab o‘tdi. Shunisi qiziqki, ularning ba’zilari tashqi ko‘rinishidanoq kishida shubha uyg‘otsa, qolganlari butunlay bezarar tuyuladi.
Begemot dangasa va ko‘ngilchan mavjudot sifatida tasvirlansa-da, aslida ular har yili Afrikadagi boshqa jonivorlarning barchasiga qaraganda ko‘proq odamlarni o‘ldiradi. Ular o‘z hududini asrovchi, tajovuzkor hayvonlardir.
Ko‘k halqali sakkizoyoqning asab-paralitik zahari odamni sanoqli daqiqalardayoq o‘ldira oladi, unga qarshi dori mavjud emas. Qurbonni faqat zudlik bilan amalga oshirilgan yurak-o‘pka reanimatsiyasi qutqarishi mumkin.
Ikki rangli pitoxu zaharli qo‘ng‘izlarni yeyish natijasida tanasida o‘ldiruvchi toksinlarni yig‘adi. Bundan tashqari, ular inlaridagi tuxumlarga zahar surib qo‘yish yo‘li bilan ularni yirtqichlardan himoya qiladi.
Daraxtda o‘rmalovchi baqa olamga go‘zalligi va zaharliligi bilan tanilgan. Janubiy va Markaziy Amerika tub aholisi ularning og‘usidan foydalanib, zaharli nayzachalar yasagan.
Ikki rangli pelamida — dengiz ilonining zahri qirollik kobrasinikidan ham kuchliroq bo‘lib, katta odamni osongina o‘ldiradi.
Ninaqorinlilarning tanasi o‘ldiradigan zaharga ega, bundan tashqari, ular shishib, ninali sharga aylanadi, shunda ularni hech qanday yirtqich yeya olmaydi.
Konuslar — yirtqich qorinoyoqli mollyuskalar neyrotoksinlar ishlab chiqaradi va ular yordamida o‘z qurbonlari tanasini eritib yuboradi. Bunday zahar odamni bir necha soniyaga hushdan ketkizishi, ba’zi hollarda, o‘ldirishi ham mumkin.
Leiurus quinquestriatus — “pisinib turgan qotil” yer yuzidagi eng xavfli chayondir. Uning zahri kuchli og‘riqni keltirib chiqarib, nafas olishni qiyinlashtiradi, natijada bu o‘limga olib keladi.
Bumslang zaharli iloni ulkan qoziqtishlari, kuchli zahari va o‘tkir ko‘zi bilan taniqli.
Lonomia olbiqua Braziliyada “qotil qurt” deb atalib, o‘tkir tikanlarga ega. Bu tikanlarda kuchli zahar bo‘lib, u qonning ivishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek, qorasonnikiga o‘xshash simptomlarni keltirib chiqaradi. | 62 | 2,120 |
Foto | Fotogalereya: Mashhurlarning o‘ziga hayratlanarli darajada o‘xshash “egizaklari” | AdMe mashhurlarga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan insonlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 80 | 95 |
Foto | Fotogalereya: Yerdagilarning buyurtmasini bajargan kosmonavt | Rossiyalik kosmonavt Sergey Volkov “VKontakte”dagi o‘quvchilariga shunday taklif bilan chiqdi: “Qaysi shaharda yashaysiz? Buyurtma qiling, shahringizning koinotdan olingan suratini yo‘llayman!”. “Moskovskiy komsomolets”ning yozishicha, o‘ndan ortiq baxtli kishilarning buyurtmalari fazogir tomonidan bajarildi.
Kosmonavt shaharlarning koinotdan ko‘rinadigan manzaralarini tunda — ko‘chalar chiroqlarga limmo-lim to‘lgan vaqtda oladi. Buyurtma bo‘yicha olingan fotosuratlarni Sergey Volkov “VKontakte”dagi sahifasida e’lon qiladi. | 60 | 530 |
Foto | Tashlandiq dinozavrlar, vertolyotda koʻchirilgan sigir, Afgʻonistondan evakuasiya qilinganlar — 27 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Turkiyaning Bitlis viloyatidagi choʻponlar togʻdan tushmoqda.
Buyuk Britaniya tomonidan evakuasiya qilingan afgʻonistonliklar London aeroportiga yetib keldi. Mamlakat shu paytgacha 12 mingdan ortiq afgʻonistonlikni evakuasiya qilishga muvaffaq boʻlgan, yuzga yaqin britaniyaliklar ularga oʻz uyidan joy berish istagi borligini aytgan.
Paragvay dengiz kuchlari xodimlari sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining norozilik namoyishlarini kuzatmoqda. Shifokorlar koronavirus pandemiyasi paytidagi noqulay ish sharoitlaridan norozi boʻlmoqda.
Nepaldagi Narsimha festivalida bezanib olgan qizaloqlar.
Extinction Rebellion ekofaollari Londondagi Ingliz Banki oldida norozilik namoyishini oʻtkazdi.
Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirish ishlari davom etmoqda.
Moskvadagi 7-Xalqaro armiya oʻyinlarida qatnashayotgan rus jangovar tanki.
Braziliyaning tub aholisi ayollari hukumatning tub aholi yerlarini qisqartirishga qaratilgan loyihasiga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazmoqda.
Anqaradagi Wonderland Eurasia parkida tashlandiq holda tashlab qoyilgan dinozavr maketlari.
Kobuldan evakuasiya qilingan afgʻonistonliklar Albaniya poytaxti Tiranaga yetib keldi.
Shveysariyaning baland togʻlarida yozni oʻtkazgan sigir vertolyotda pastga olib tushilmoqda. | 115 | 1,311 |
Foto | Kitobda yoqqan qor, dunyo bo'ylab urushga qarshi namoyishlar, qo'y bosgan Parij ko'chalari — 6 mart suratlari | Bahor kirib kelganiga bir hafta bo'lib qoldi. Shunga qaramay 6 mart kuni Qashqadaryoning Kitob tumanidagi chekka qishloqda qor yog'di. Dunyo bo'ylab Rossiya-Ukraina urushiga qarshi namoyishlar ko'paymoqda, Parij ko'chalarini esa qo'ylar egallab oldi. “Bugun.uz” ushbu fotojamlanmada bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etadi.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Aspiduxtar qishlog'i tog'liklarida qor yog'di. Hatto qishda ham ko'pchilik ko'rmagan qor bahorning 6-kunida Kitobda kuzatildi.
Dunyo bo'ylab Rossiyaning Ukrainadagi bosqiniga qarshi mitinglar davom etmoqda. Yuqoridagi suratda Londonning Trafalgar maydonidagi namoyishchilar tasvirlangan. Ularning qo'lida “Urushni to'xtat” yozuvlarini ko'rish mumkin.
AQSh, Nyu-York. Ukrainadagi urushga qarshi namoyish.
xuddi shunday namoyishlar Rossiyaning o'zida ham bo'lib o'tmoqda. Lekin u yerda, bosh yerdagilardan farqli o'laroq, namoyishchilarni qamoqqa olish bilan yakunlanmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi vaqtga qadar mingdan ortiq urushga qarshi bo'lgan namoyishchi qo'lga olingan.
Turkiyaning Istanbul shahrida ham odamlar ko'chaga chiqqan. Lekin ular boshqa maqsadda namoyish o'tkazmoqda: xalqaro xotin-qizlar bayrami yaqin. Mitingda ayollar raqsga tushayotganini ko'rish mumkin.
Yo'q, qo'ylar urushga qarshi emas. Ular shunchaki xalqaro qishloq xo'jaligi yarmarkasininig so'nggi kunini o'tkazib, Parijning asosiy ko'chalaridan biridan o'tib ortga qaytmoqda.
Ukrainaning Irpin shahridagi rus harbiylari tomonidan berilgan aviazarba oqibatida zararlangan (deyarli yo'q bo'lgan) tinch aholi uyi.
Buyuk Britaniyaning Uolney qishlog'idagi suv bosgan ko'prikda mashinalar harakatlanmoqda.
Nepallik qilichbozlar milliy qilichbozlik chempionatida. | 109 | 1,720 |
Foto | Sen dunyoga kulib boqsang, u ham kulib boqadi (fotogalereya) | Jonivorlar ham quvonishni biladi. Ustiga-ustak, odamlardan farqli ravishda ular xursand bo‘lishi uchun juda kam narsa talab qilinadi. Shunday ekan, keling, ulardan o‘rnak olamiz. AdMe eng muz yuraklarni ham eritib yuboruvchi hayvonchalar suratlari bilan bo‘lishdi. | 60 | 264 |
Foto | Sport zalidagi prezidentlar, Turkiya va Gresiyadagi oʻrmon yongʻinlari, qoʻylarni olovdan qutqarayotgan odamlar — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi uchun Turkmanistonga bordi. Prezidentlar dastlab «Avaza»da norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.
Tokio Olimpiadasida 3000 metrga yugurish musobalarida qatnashayotgan avstraliyalik Jenevev Gregson yugurish yoʻlagida yiqilib tushdi.
Gresiyadagi oʻrmon yongʻinlari paytida oʻt oʻchiruvchilar alangani tomosha qilmoqda. Mamlakatni katta hajmdagi oʻrmon yongʻinlari qamrab olgan.
Amerikalik Simona Bayls gimnastika boʻyicha Tokio Olimpiadasida bronza medalni qoʻlga kiritdi. Suratda uning chiqishini tomosha qilishingiz mumkin.
Fransiyadagi Boval hayvonot bogʻida Huan Huan ismli panda yangi tugʻilgan bolasini ogʻzida tishlab turibdi.
Hindistonning Allohobod shahrida suv toshqinlari yuz berdi. Suratda bolalardan biri tomdan oʻzini suvga tashlayotganini koʻrish mumkin.
Turkiyadagi oʻrmon yongʻinlarida olovni oʻchirishga harakat qilayotgan oʻt oʻchiruvchilar va aholi.
Livanda Bayrut porti portlashining bir yilligi munosabati bilan keng koʻlamli norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.
Bodrumdagi oʻrmon yongʻinlarida odamlar qoʻylarni xavfsiz joylarga olib ketmoqda.
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida Amerikadan keltirilgan salkam 40 kilogrammlik oshqovoqlar yetishtirilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati «Bugun.uz»ga xabar berdi.
Svetlana Kolesnichenko va Svetlana Romashinalarning Tokio Olimpiadasidagi chiqishidan lavha. | 129 | 1,466 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi sayohatlarni sarguzashtlarga aylantiruvchi joylar | Tajribali sayohatchilar sayohat uchun eng qulay vaqt sifatida kuz va bahorni tanlaydi. AdMe sayohatlarni haqiqiy sarguzashtlarga aylantirish mumkin bo‘lgan joylarni taqdim etdi. | 73 | 177 |
Foto | Dizaynerlar tabiat g‘oyasini o‘g‘irlab, san’at asari yaratgan holatlar (foto) | Dunyoga mashhur brend dizaynerlarning ba’zilari g‘oya topishga qiynalgan vaqtda tabiatga murojaat qiladi. Undan nafaqat ranglar uyg‘unligi balki dizayn borasida ham ilhomlansa arziydi. O‘simlik, hayvon va qushlar ko‘rinishidan g‘oya olgan holda yaratilgan liboslar surati bilan bo‘lishamiz.
Ko‘ktorg‘oqdan ilhomlanib yaratilgan Mugler brendi libosi
Molly Goddard va tillarang meduza
House of Holland libosi va Blueface angelfish (baliq)
Lorenzo Serafini va rang-barang Trametes (qo‘ziqorin)
Rick Owens va qisqichbaqasimon o‘rgimchak
Jasper Konran ko‘ylagi va gulbeor
Agatha Ruiz de la Prada libosi va likogala
Simon Rosha libosi va kapalak (Polyphemus moth)
Dizayner Valentin Yudashkin libosi va o‘simliklar ichida yashaydigan qurt
Christian Siriano libosi va kamalaksimon qo‘ng‘iz
Farhad Re libosi va kapalak
Zuhair Murad libosi va mollyuska
Diane von Furstenberg libosi va o‘rgimchak
Valentin Yudashkin libosi va arlekin kapalagi
Meadham Kirchhoff libosi va qizilbosh Pitta
Antonio Berardi brendining kostyumi va yashil “pestryanka”
Yohji Yamamotoga qarashli libos va sargassum quritilgan suv o‘tlari
Carolina Herrera tomonidan taqdim qilingan libos va nargis | 77 | 1,178 |
Foto | Foto: Mashhur film qahramonlari Disney personajlariga aylantirilsa, qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? | Snapchat dasturining Cartoon filtridan foydalanib, odam suratini 1 soniya ichida multfilm qahramoniga aylantirish mumkin. U orqali sevimli film qahramonlari multfilm personajiga aylantirilsa, qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
“Jodugar” filmidagi Geralt.
“Titanik”dagi Jek Douson.
Bella Svon, “Sumerki”.
“Charli va shokolad fabrikasi” filmidagi Villi Vonka.
“Taxtlar o‘yini” serialidagi Jon Snou.
Dushechka, “Jazda faqat qizlar”.
Forrest Gamp.
Kleopatra.
Kevin Makkalister, “Uyda yolg‘iz”.
Terminator.
“Prada taqqan jodugar” filmidagi Endi Saks.
Miranda Pristli, “Prada taqqan jodugar”.
Edvard Kallen, “Sumerki”.
Lord Volan-de-Mort, “Garri Potter.
“Taxtlar o‘yini” serialidagi Deyeneris Targarien.
“Shamollarda qolgan hislarim” serialidagi Skarlett O’Xara.
“Titanik” filmidagi Rouz Dyuitt. | 99 | 852 |
Foto | Fotogalereya: Yilning eng yaxshi Instagram surati bo‘lishga nomzodlar | Bir necha kun avval Photobox kompaniyasi o‘zining birinchi Instagram suratlari tanlovining finalchilarini ma’lum qildi. Suratlar 180 mingdan ortiq ish orasidan tanlab olingan hamda barcha mavzular va qit’alarni qamrab oladi. TravelAsk ana shu finalchilardan ba’zilarini taqdim etdi. | 69 | 282 |
Foto | Fotogalereya: Mashhurlarning noyob suratlari | AdMe dunyoga mashhur “yulduz”larning ko‘pchilik ko‘rmagan noyob fotosuratlarini to‘plab taqdim etdi.
Jak Sharye va Brijit Bardo, 1968-yil
Maykl Jekson va Madonna “Oskar” mukofotining topshirilish marosimida, 1991-yil
Sofi Loren o‘g‘li —Karlo Ponti bilan shifoxonada, 1969-yil, 4-yanvar
Marlon Brando, 1949-yil
Marlon Brando “Cho‘qintirgan ota” filmida suratga tushish jarayonida, 1972-yil
Demi Mur, 1982-yil
Jon Travolta Grease filmida suratga tushish jarayonida, 1977-yil
Charli Chaplin yoshligida
Ernest Xeminguey mushugi bilan ovqatlanmoqda, 1950-yillar
“Rok-n-roll qiroli” Elvis Presli va uning raqifasi Prisilla, 1960-yillar
Pol Makkartni va Maykl Jekson, 1980-yil
Entoni Xopkins o‘zining mushugi bilan
Jonni Depp va Salma Xayek, 1995-yil
Jon Lennon How I Won the War filmida suratga tushish jarayonida, 1966-yil
Makkartni oilasi bilan, 1976-yil
Klaudiya Shiffer, 1993-yil
Richard Gir Blood Brothers filmida suratga tushish jarayonida, 1978-yil
Mik Jagger, 1971-yil
Mettyu Makkonaxi bitiruv kechasida
Donald Tramp rafiqasi Ivana bilan, 1991-yil | 44 | 1,068 |
Foto | Fotogalereya: Tarixiy egizaklari mavjud bo‘lgan mashhurlar | Har bir insonning bu hayotda kamida bitta egizagi bor deb hisoblanadi, mashhurlar ham bundan mustasno emas, deb yozadi “Adme”.
Ba’zida shunday bo‘ladiki, insonning egizagi bugungi kunda emas tarixda yashagan bo‘lishi mumkin.
Quyida bugungi mashhurlar va tarixiy shaxslarning qiyofalari taqqoslangan.
1. Arnold Shvarsenegger —Lorenso Medichi
Mashhur “terminator” Uyg‘onish davrining gubernatoriga juda o‘xshaydi.
2. Riz Uizerspun — knyaginya Polina Ivanovna Sherbatova
Aktrisa rus knyaginyasi suratiga juda o‘xshaydi.
3. Nikol Kidman — Mariya Riva (Marlen Ditrixning qizi)
Gollivud yulduzi Marlen Ditrixning qiziga o‘xshaydi.
4. Juliya Roberts — Koko Shanel
Barchaga sevimli aktrisa butun dunyoga mashhur moda uyi asoschisiga o‘xshaydi.
5. Pirs Brosnan — Ronald Reygan
Eng mashhur “agent 007” AQShning 40-prezidentiga o‘xshash.
6. Jon Malkovich — Chezare Borjia
Golivud aktyori va italiyalik zodagon bir-biriga juda o‘xshaydi.
7. Ien Makkellen — Leonard Bernstayn
Britaniyalik aktyor Nyu-York filarmoniyasi dirijoriga o‘xshaydi.
8. Alek Bolduin — Millard Fillmor
“Emmi” va “Oltin globus” mukofoti sohibi AQShning 13-prezidentiga o‘xshaydi.
9. Meggi Jillenxol — Rouz Uaylder Leyn
“Oltin globus” sohibi amerikalik jurnalistga o‘xshaydi.
10. Kuin Latifa — Zora Niel Xerston
Amerikalik qo‘shiqchi va model afroamerikalik yozuvchiga o‘xshaydi.
11. Orlando Blum — Nikolaye Grigoresku
Gollivud blokbasterlari yulduzi XIX asrda yashagan ruminiyalik rassomga o‘xshaydi.
12. Mark Sukerberg — Filipp IV
Facebook asoschisi Ispaniya qiroli bilan bir xil.
Ehtimol bu o‘xshashlik ularning bir avlodga mansubligini bildirar, balki tasodifdir, lekin haqiqat. | 58 | 1,652 |
Foto | Foto: Jahonning turli mamlakatlaridagi eng go‘zal politsiyachi xonimlar | Travel Ask nashri jahonning turli mamlakatlarida politsiyachi sifatida faoliyat yuritayotgan go‘zal xonimlarning suratlaridan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. | 71 | 160 |
Foto | Fotogalereya: Tomosha qilish kerak bo‘lgan eng chiroyli plyajlar | Yoz yaqinlashgani sayyohlar plyajlar tomon oshiqadi. AdMe borish, hech bo‘lmaganda tomosha qilish kerak bo‘lgan eng chiroyli plyajlar jamlanmasini taqdim etdi. | 64 | 159 |
Foto | Foto: Kiyinish borasida Disney qahramonlaridan ilhomlangan malikalar | Siz-u biz havas qiladigan malikalar liboslar borasida multfilm qahramonlariga taqlid qilishi mumkin. Quyidagi suratlar esa bunga yaqqol isbot bo‘la oladi.
Keyt Middlton va Zolushka
Och ko‘k libos, nomiga yig‘ilgan soch turmagi, hajmi katta zirak va yaltiroq klatch bilan Zolushkaning o‘ziga aylangan qolgan.
Malika Diana va Ariel
Yenglari fonar shaklida bo‘lgan pushti libos Dianaga juda ham yarashgan. Uning yuzidagi tabassum esa yanada jozibali ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan.
Sharlotta Kaziragi va Bell
Sharlottaning nafaqat tillarang libosi, balki tashqi ko‘rinishi ham “Sohibjamol va maxluq” multfilmidagi Bellni esga soladi.
Malika Sirivannavari va Pokaxontas
Tailand malikasi Sirivannavari kiyinish borasida o‘ziga xos usul va didga ega. O‘zining liboslar brendiga ham ega bo‘lgan malika obraz borasida tez-tez eksperiment qilib turadi. Shokildali kurtka va qaymoq rang ko‘ylagi bilan esa Pokaxontasni esga soladi.
Megan Markl va Merida
O‘ziga ishonchi yuksak bo‘lgan Megan, jasur malika Meridani esga soladi. Uning singari yashil libos esa Marklga juda ham yarashgan.
Qirolicha Letitsiya va Mulan
Ushbu obrazda Letitsiya malika Mulanning o‘zginasi. Qizil yubka va o‘ziga xos bichimli kofta Letitsiyani yanada dilbar va jozibali ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan. | 68 | 1,271 |
Foto | Foto: Eng jasur haydovchini ham qo‘rquvga solishga qodir tog‘ yo‘llari | CARakoom nashri har qanday haydovchini ham qo‘rquvga solishga qodir dunyoning turli nuqtalaridagi tog‘ yo‘llarining suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Trollar zinasi (Trollstigen), Norvegiya
Ondalsnes va Valldall shaharlarini birlashtiruvchi tog‘ yo‘li harakatlanish uchun 1936-yilda topshirilgan. RV63 trassasidagi hududlardan biri “Trollar zinasi” deb nomladi. Unda 11 ta keskin burilish mavjud bo‘lib, og‘ish burchagi 9 foizga teng. Uni bosib o‘tib, eng cho‘qqiga chiqqan holda butun vodiyni kuzatish mumkin.
Transfegerashsk shossesi, Ruminiya
Ruminiya haqida gap ketganida har bir avtomobil ishqibozi Transfegerashsk shossesini eslashi lozim. Uzunligi 151 kilometrga teng tog‘ trassasi sharsharalar, tonnellar va qoyalar orqali o‘tgan. Balandlik farqi 2 kilometrni tashkil etadi.
San Boldo dovoni, Italiya
Trikyana va Toveno kommunalari orasida joylashgan hudud dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, haqiqiy muhandislik san’ati namunasi hisoblanadi. Bu yerdagi beshta ko‘prik va oltita tonnel hududni turistlar uchun diqqatga sazovor maskanga aylantirib yuborgan. Hududda tezlik chegarasi o‘rnatilgan — 30 km/soat.
Ilon yo‘li (Paso de los Caracoles), Chili
Birgina suratning o‘zi bu yer nima sababdan ilon yo‘li deb nomlanishini izohlash uchun yetarli. U Chili va Argentina chegarasi joylashgan bo‘lib, 29 ta keskin burilishga tor shossedan iborat. Ushbu hududda ko‘pincha qor bo‘ladi va yo‘l cheti hech nima bilan to‘silmagan.
Lase de Monvernye, Fransiya
Uzunligi 3,4 kilometrga teng yo‘lni bosib o‘tish oson emas. Har 100-150 metrda 180 darajaga burilishga to‘g‘ri kelib, 280 metrga ko‘tariladi. Yo‘lning aynan ushbu hududi “Tur de Frans” velopoygalarining so‘nggi bosqichidan o‘rin olgan.
Sani Pass dovoni, JAR
Navbatdagi qo‘rqinchli tog‘ yo‘li JAR va Lesoto chegarasida Mxomazi qo‘riqxonasida joylashgan. U 1544 metrdan boshlanib, 2876 metrga qadar ko‘tariladi. Ushbu yo‘l tekkislangan tuproqdan iborat. Yomg‘ir yoqqan vaqtda bu yerga yaqinlashmaslik tavsiya etiladi.
Furka dovoni, Shveysariya
Gletch posyolkasi va Andrematt shahri o‘rtasidagi 31 kilometrli shosse Shveysariyaning haqiqiy diqqatga sazovor maskaniga aylangan. U muzliklar yonidan o‘tib, to‘g‘ri qoyalar orasidan o‘tgan temiryo‘l yonidan o‘tadi. Yo‘lning eng yuqori nuqtasi — 2436 metr balandlikda. Aynan shu yerda Jeyms Bond haqidagi “Goldfinger” filmi epizodlari suratga olingan. | 70 | 2,377 |
Foto | Kobuldagi sarosima, Kashmirda Mustaqillik kuni, Marokashda oʻrmon yongʻinlari — 16 avgust suratlari | Bugunning eng dolzarb suratlarini e‘tiboringiga havola etamiz.
Afgʻonistonda hokimiyat «Tolibon» qoʻliga oʻtganidan keyin poytaxt Kobul sarosima maydoniga aylanib qoldi. Suratda ayollar va bolalar mamlakatni tark etish maqsadida Hamid Karzay nomidagi Kobul xalqaro aeroportiga qarab bormoqda.
Tailandda hukumatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.
AQSh, Turkiya, Gresiya, Jazoir. Navbat Marokashga. Marokashdagi oʻrmon yongʻinlarini kuzatayotgan ayol.
Cingapurdagi Esplanad teatri devorlarini yuvayotgan ishchi.
Togʻli Kashmirda Hindiston Mustaqllik kuni munosabati bilan armiya saf tortdi.
Avstraliyaning Viktoriya shtatida tungi komendantlik soati joriy etildi.
Yangi Zellandiyada Somon yoʻli va yulduzlar yomgʻiri.
Hindistonda vaksina olganlarga shaharlararo poezdda harakat qilishga ruxsat etildi.
Zambiyada muxolifatdagi nomzod Xakainde Xichilemaning tarafdorlari uning saylovdagi gʻalabasini qutlamoqda.
Berlinda Extinction Rebellion ekologik harakati faollarining namoyishi boʻlib oʻtdi.
Turkiyaning Kastamonu shahridagi suv toshqinlarining oqibati. | 99 | 1,057 |
Foto | Shohona hashamat: Qirol va sultonlarning to‘ylari qay tarzda nishonlanadi? (foto) | Ayrim mamlakatlarda qirollarning oila qurish marosimi urf-odatlarga ko‘ra o‘tkaziladi. So‘nggi bir necha yillar ichida oq ko‘ylak, ajoyib dekoratsiya va baxtli kelin-kuyov – hayratga soluvchi nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tdi. Quyida qirollar va sultonlarning eng esda qolarli to‘y marosimlari haqida so‘z yuritiladi.
2017-yil 8-iyulda Gannover qiroli, qirollik uyining valiahd shahzodasi Ernst Avgust 31 yoshli dizayner Yekaterina Malishovaga uylandi. Afsuski, qirolning otasi Ernst V Avgust to‘yga kelishni rad etgan, sababi o‘g‘lining turmush o‘rtoq borasidagi tanlovi uni ranjitgan edi. Hatto buni barchaga namoyish etishdan ham tortinmadi.
2016-yil 27-iyunda 24 yoshli maharaja Yaduvir Krishnatta Chamaraja Vodiyar Dungapur (Shimoliy Rojaston) knyazligidan 22 yoshli qirolicha Tirishike Kumari Sinxga uylandi. Diniy nikoh marosimiga 1000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi va bundan ham ko‘proq mehmonlar 5 kunlik to‘y tantanalariga taklif etilgan.
2017-yil 8-iyul kun florensiyalik malika, zodagon Guichchardini oilasining merosxo‘ri Natalya Strozzi Mariin teatrining sobiq solisti Kiyevda istiqomat qiluvchi Roman Lyulkin bilan oila qurdi.
Vertxaymda qirolicha Sofiya Levenshteyn Vertgeym-Froydenberg va graf Konstantin Fugger fon Babenxauzena turmush qurdi.
Myunxen yaqinida Andeks abbatligidagi Benedikt monastrida Bavariya shahzodasi Genrix va uning rafiqasi Genriyetta Gruz.
2016-yil 18-iyunda malika Aliks de Lin va graf Giyom Damper.
2016-yil 12-aprelda Bruney sultoni va uning xotini Solihaning ikkinchi o‘g‘li Abdul-Malik oila qurdi. 31 yoshlik shahzoda Abdul-Malik o‘zining uzoq qarindoshi Dayanku Raabi’atul ’Adaviya Pengirin Xaji Bolkiaxga uylandi. Yosh qirolichaning kasbi dasturchi, lekin u to‘ydan keyin ishlash fikridan qaytganligini e’lon qildi.
Venchaniya qiroli Maksimilian su Sayn-Vitgenshteyn-Berleburg va Fransiski Baltser. Kelinning kasbi iqtisodchi bo‘lib, turmush qurgan vaqtda Siemens kompaniyasida ishlagan.
Shved shahzodasi Karl Filipp va Sofii Xellkvist. Ushbu nikohni 2015-yilning “yilning qirollik to‘yi” deb nomlashgan.
2014-yilning 13-sentabrida malika Mariya Tereza fon Turn und Taksis va britaniyalik mashhur rassom Ugo Uilsonning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. | 81 | 2,211 |
Foto | Foto: AQShdagi Guvera to‘g‘oni | Har yili milliondan ortiq sayyohni jalb qiluvchi gidrotexnik inshoot 1936-yilda AQShdagi Kolorado daryosining quyi oqimida qurib bitkazilgan. U yerda joylashgan elektrostansiya bugungi kunda AQShdagi muhim energiya manbai hisoblanadi. TravelAsk mazkur to‘g‘onga e’tibor qaratdi.
Qiziq tomoni shundaki, inshoot 2010-yilgacha transport vazifasini bajargan, u orqali trassa o‘tgan. Biroq 2010-yilda xavfsizlik yuzasidan uning ustidan avtomobil o‘tishi taqiqlangan va uning yonida AQSh hududidagi birinchi arksimon temir-beton ko‘prik qurilgan. | 30 | 540 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng badavlat insonlari tushlikka nima tanovul qiladi? | AdMe zamonamizning eng mashhur kishilari tushlikka nima tanovul qilishlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Sayyoraning eng badavlat kishisi — amerikancha fastfudning haqiqiy ixlosmandi: Geytsning har kunlik tushligidan chizburger yoki bigmak hamda Coca-cola o‘rin olgan.
Ushbu xonanda o‘zining ajoyib qomatini vegetariancha taomlar va intensiv kardiomashg‘ulotlar yordamida “ushlab” keladi. Madonna hatto shirinliklar o‘rniga karam va zanjabil choyini ma’qul ko‘radi.
“Qo‘rqinchli asarlar qiroli” bo‘lmish Stiven King nonushtaga go‘sht va kartoshka yeyishni yaxshi ko‘radi. Tushlikdan so‘ng bir finjon qahva bilan chizkeyk tanovul qilib, ishga sho‘ng‘iydi.
Eng chiroyli tabassum egasining fikricha, ovqatning foydaliligi uning kaloriyasida emas, balki uning natijasida vujudga keladigan hissiyotlarda. Shu sababli aktrisa kechalari shokoladli pechenye va vino ichishni ma’qul ko‘radi.
AQShning sobiq prezidenti uy sharoitida brokkoli qo‘shib pishirilgan losos balig‘i hamda ko‘k choyni ma’qul ko‘radi. Ammo restoranlarga borganida jon deb chizburger bilan kartoshka fri buyurtma beradi.
Arnold 70 yoshdan oshganiga qaramay hamon o‘zining dietasiga amal qilib keladi: uning ratsionidan oqsil, yog‘ va uglevodlar o‘rin olgan.
Amerika televideniyesining “tumori” — Opraning tushligi o‘zgarmagan: sho‘rva va salat.
Bekxem futboldagi faoliyatini yakunlaganiga qaramay uning ovqatlanishdagi tartib-qoidalari hamon o‘zgarmagan: ko‘p miqdorda oqsil, yog‘siz ovqat va enegriya uchun murakkab uglevodlar.
Suzish boyicha 26 karra jahon chempioni Mayk kuniga 12 ming kilokaloriyali yegulik iste’mol qiladi. | 77 | 1,608 |
Foto | Los-Anjelesda “Garri Potterning sehrli olami” ochildi (fotogalereya) | Universal kompaniyasi Los-Anjelesda Joan Roulingning mashhur kitobi bo‘yicha mavzuli istirohat bog‘ini ochdi, deb yozadi AdMe. Endi Garri Potter haqidagi saga muxlislari sehrgarlik olamiga sho‘ng‘ib, lahzalar ichida afsungarlarga aylanishi mumkin.
Bog‘ ziyoratchilari Xogsmid qishlog‘i bo‘ylab sayr qilishi, Xagridning uyiga mehmon bo‘lib borishi, Gippogrifda uchishi, Durmstrang va Sharmbaton talabalari bilan uchrashishi, Artur Uizli bilan tanishishi mumkin. | 68 | 460 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng yaxshi 25 madaniy obyekti | Sayohatchilar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik – TripAdvisor sayti ekspertlari sayohatchilar tomonidan jahon bo‘ylab eng yuqori baho berilgan 25 madaniy obyekt ro‘yxatini tuzib chiqdi. TravelAsk dunyoning eng yaxshi 25 madaniy obyekti suratlarini bir sahifaga jamladi.
Machu-Pikchu, Peru
Dunyoning yangi mo‘jizalaridan biri sifatida tan olingan Machu-Pikchu zamonaviy Peruda, dengiz sathidan 2 450 metr balandlikda joylashgan. Madaniy obyekt “Osmondagi shahar” yoki “Bulutlar orasidagi shahar” nomini olgan.
Shayx Zayd masjidi, BAA
Shayx Zayd masjidi – dunyodagi eng katta 6 masjiddan biri sanaladi. Masjid BAA asoschisi va birinchi prezidenti Zayd ibn Sulton an-Naxayyan sharafiga nomlangan. Boshqa masjidlardan farqli o‘laroq, bu yerga dinidan qat’i nazar istagan kishi kira oladi.
Toj-Mahal, Hindiston
Hindistonning Agra shahridagi Toj-Mahal maqbarasi butun dunyo bo‘ylab yaxshi taniladigan osori-atiqa hisoblanadi. Toj-Mahal chiroyli bino bo‘lishi bilan birga abadiy muhabbat timsoli ham hisoblanadi.
Meskita, Kordova, Ispaniya
Ko‘p asrlar avval bu yerda qadimiy Rim ibodatxonasi bo‘lgan, keyin u cherkovga aylantirildi. 785-yilda esa Meskita paydo bo‘ldi. Ma’lum vaqtgacha mazkur madaniy obyekt Makkadagi masjiddan keyin muhimligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turgandi. Keyin esa Meskita xristian ibodatxonasiga aylantirildi.
Avliyo Pyotr cherkovi, Vatikan, Italiya
Vatikan va katoliklarning yuragi – Avliyo Pyotr cherkovi Rimning asosiy osori-atiqasi hisoblanadi.
Angkor-Vat, Siyemreap, Kambodja
Qariyb 900 yillik tarixga ega Angkor-Vat Kambodjaning Siyemreap shahrida joylashgan. Madaniy obyekt 200 gektar maydonni qamrab olgan.
Bayon ibodatxonasi majmuasi, Siyemreap, Kambodja
Bayon – eng antiqa ibodatxonalardan biri. Angkor Tom hududida joylashgan osori-atiqa diniy markaz hisoblanadi. Madaniy obyekt hududida 37 ta bino mavjud.
Iso Masih cherkovi, Sankt-Peterburg, Rossiya
Sankt-Peterburgdagi Iso Masih cherkovi TripAdvisor ro‘yxatiga kiritilgan Rossiyaning yagona osori-atiqasi bo‘ldi.
Gettisberg milliy harbiy parki, Gettisberg, Pensilvaniya
Gettisberg milliy harbiy parki aslida park emas. Bu yer 1863-yili AQShda bo‘lib o‘tgan fuqarolik urushining asosiy qismi sanaladi.
Eski shahar devorlari, Dubrovnik, Xorvatiya
1979-yili YuNESKO Dubrovnik shahridagi Eski shaharni va shahar devorlarining aksariyat qismini Butunjahon meros obyektlari ro‘yxatiga kiritdi. Devorlar shaharni 4 tomondan o‘rab olingan hamda bino, qal’a, cherkov, maydon va ko‘chalar, maktab, muzey va galereyalarni o‘z ichiga oladi.
Pagoda Shvedagon, Yangon, Myanma
Pagoda Shvedagon Myanmaning eng baland ibodatxonalaridan biri sanaladi. Butun majmua 5 gektar maydonni egallagan.
Linkoln memoriali va uning aksi tushib turadigan basseyn, Vashington, AQSh
Linkoln memoriali Parfenonni eslatuvchi qadimiy Gretsiya uslubida qurilgan. Binoni oq marmardan yasalgan 36 ta kolonna ushlab turadi. Uning balandligi 5,79 metrga teng.
Petra qadimiy shahri, Iordaniya
Iordaniya markazida qadimiy Petra shahri joylashgan.
Buyuk Xitoy devoridagi Mutyanyuy maydoni, Pekin, Xitoy
Buyuk Xitoy devorida joylashgan Mutyanyuy maydonida 22 ta qo‘riqlaydigan bino mavjud. Asl qiyofasini saqlab qolgan ushbu maydon arxitekturaning haqiqiy san’at asari sanaladi.
Qadimiy Efes shahri, Selchuk, Turkiya
Qadimiy Efes shahri Turkiyaning eng ko‘p ziyorat qilinadigan madaniy obyekti hisoblanadi.
Algambra, Ispaniya
Algambra qadimiy qasr va Ispaniya janubidagi Granada provinsiyasi hukumatining qal’asi sanaladi.
Avstraliya harbiy memoriali, Kanberra, Avstraliya
Birinchi va Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga barpo etilgan asosiy memoriallardan biri.
Siyena cherkovi, Siyena, Italiya
Solnomalarda qayd etilishicha, XIII asr boshida Siyena shahar-mamlakat aholisi hukumatdan o‘sha davrdagi asosiy raqobatchisi – Florensiyadagi ibodatxonalardan kattaroq cherkov qurishga chaqirgan. 1215 va 1263-yillar davomida eski ibodatxona o‘rniga Duomo Siyena qurildi.
Milan cherkovi (Duomo), Milan, Italiya
Milan shahrining asosiy qismi – Santa Mariya Nashente (Duomo) cherkovi. Ibodatxona 1386-yildan XIX asr boshiga qadar qurilgan. Mazkur osori-atiqa dunyodagi eng katta katolik cherkovlari orasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Avliyo oila ibodatxonasi, Barselona, Ispaniya
Avliyo oila ibodatxonasi uzoq yillardan buyon qurilayotgan madaniy obyekt hisoblanadi. Uning qurilishi qariyb 150 yil avval boshnalib, hozirgi kungacha davom etmoqda.
“Oltin darvoza” ko‘prigi, San-Fransisko, Kaliforniya
1933-yildan 1937-yilgacha qurilgan mazkur obyekt ochilish vaqtida eng katta osma ko‘prik bo‘lgan.
Iso Masih haykali, Rio-de-Janeyro, Braziliya
Rio-de-Janeyro shahridagi Iso Masih haykali dunyodagi eng mahshur madaniy obyektlardan biri sifatida qayd etilgan.
Teotiuakan, San-Xuan-Teotiuakan, Meksika
Shimoliy yarim sharda joylashgan eng qadimiy va katta shaharlardan biri. Uning aniq yoshi hozirgacha noma’lum.
Xarmandir sohib oltin ibodatxonasi, Amritsar, Hindiston
Hindistonning eng qadimiy ibodatxonalaridan birining yuqori qavatlari zarhal bilan qoplangan. Shu sababli, bino “Oltin ibodatxona” nomi bilan ham mashhur.
Sidneydagi opera teatri, Sidney, Avstraliya
Sidneydagi opera teatri – dunyo bo‘ylab yaxshi taniladigan binolardan biri. Uning arxitektori daniyalik Yorn Utzon bo‘lgan. Mazkur bino Sidney timsoliga aylangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 53 | 5,463 |
Foto | Foto: cho‘l dengiz bilan tutashganida | Cho‘l dengizga ulanib ketgan joylarda oppoq qum va moviy suv tutashuvidan ajoyib kontrast yuzaga keladi, deb yozadi National Geographic. Bu, ayniqsa, koinotdan yaqqol ko‘rinadi.
Amerikaning Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshi yaqinda Pokistonning Makran hududini suratga oldi. Bu yerda Arab dengiziga cho‘kindi jinslarga boy Xingol daryosi kelib quyiladi. Kuchli jalalardan keyin uning suvlari qum bilan to‘ladi, dengizda esa uni oqimlar olib ketadi, natijada jimjimador naqshlar hosil bo‘ladi.
Luiziana shtati universiteti geologiya va geofizika professori Piter Klift aytishicha, loyqalarni va boshqa mayda suyuqliklarni dengizga sharqiy oqimlar tarqatadi, quyunlar esa yer osti relyefining o‘ziga xosliklari tufayli hosil bo‘ladi. | 37 | 726 |
Foto | AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto) | So‘nggi yillarda o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari AQShga ko‘chib ketayotgani kuzatilmoqda. Quyida kimlar O‘zbekistondagi mashhurlikdan voz kechib, shtatlardagi muhojirlik hayotini tanlayotgani haqida so‘z yuritamiz.
Otabek Madrahimov
90-yillarning oxirlarida “Kelinchak”, “Budur“ kabi qo‘shiqlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan taniqli xonanda Otabek Madrahimov AQShga ko‘chib ketganiga 7 yil bo‘ldi. U hozirda oilasi bilan Filadelfiya shahrida yashaydi.
Otabek Madrahimov AQShga ko‘chib ketgani haqida: O‘zbekistondagi nohaq “zapret”larga 15 yil chidadim
Gulchehra Eshonqulova
“Fotima va Zuhra”, “Shabnam”, “Panoh” kabi filmlardagi betakror obrazlari bilan tanilgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova ham bir necha yildan beri AQShning Nyu-York shtatida yashaydi. Aktrisa turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov bilan ikki farzandni tarbiyalab kelmoqda.
Aktrisaning Instagram’dagi sahifasi bloklangani uchun, u turmush o‘rtog‘ining sahifasidan muxlislariga murojaat yo‘llab, karantindan keyin o‘zi ishtirokidagi 4 yil davomida suratga olingan film taqdimoti o‘tkazilishini ma’lum qildi.
AQShdan aloqaga chiqqan Gulchehra Eshonqulova, negativ izohlardan dili og‘rigan Rayhon, Ozodbek Nazarbekovdan minnatdorchilik. Mashhurlar karantinda (foto+video)
Ulug‘bek Qodirov
“Fotima va Zuhra”, “O‘yin”, “Dada”, “Baron” kabi filmlarda bir-birini takrorlamaydigan obrazlar yaratgan aktyor Ulug‘bek Qodirov ham oilasi bilan AQShga ko‘chib ketgan.
Habibulla Nizomov aktyor Ulug‘bek Qodirovning AQShga ketib qolgani haqida: Uni xafa qilishdi
“Setora” guruhi xonandasi Feruza Latipova
O‘zbek estradasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli guruh xonandasi Feruza Latipova AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiladi. Feruza Amerikadagi o‘zbeklarning to‘ylari va turli oilaviy tadbirlarida qo‘shiq kuylaydi.
Sobiq “Setora”chi Feruza Instagram’da guruhning afsonaviy xit qo‘shig‘ini ijro etib berdi (video)
Sherzod Bin
Taniqli aktyor va parodist Sherzod Bin (Saydialiyev) hozirgi kunda AQShning Pensilvaniya shtati Holland shahrida yashaydi. U shtatlarda o‘zbek taomlari restoranini ochgan.
AQShda yashayotgan yana bir aktyor Sherzod Bin O‘zbekistondan ketgani haqida: Menda halovat yo‘q edi
Sobirjon Mo‘minov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sobirjon Mo‘minov oilasi bilan AQShning Nyu-York shahrida yashaydi. Xonanda o‘zbek to‘ylari va turli madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.
Sobirjon Mo‘minov AQShga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi
Ahmad Berdimurodov
“Shaytanat” serialidagi Jamshid obrazi bilan elga tanilgan aktyor Ahmad Berdimurodov AQShning Kaliforniya shtatida yashaydi. Aktyor, shuningdek, “Panoh”, “Sevginator”, “Qalbim o‘g‘risi” kabi filmlarda ham esda qolarli obrazlarni gavdalantirgan.
“Shaytanat” serialining 21-qismi treyleri
Nigina Nabiyeva
“Olmali aymoqcha” qo‘shig‘i bilan tanilgan Nigina Nabiyeva oilasi bilan AQShning Tennessi shtatida yashaydi. Nigina nafaqat xonanda, balki o‘zbek estradasidagi ko‘plab xit taronalar muallifi hamdir. Hozirda u ikki farzandining tarbiyasi bilan mashg‘ul.
Gulnora Qosimova
“Qaytar dunyo” seriali, “Notanish”, “Iblis devori”, “Mening akam bo‘ydoq” filmlarida turli obrazlarni mahorat bilan gavdalantirgan aktrisa Gulnora Qosimova bir necha yillardan beri AQShda yashaydi. Aktrisa hozirda ikki o‘g‘il farzandni tarbiyalamoqda.
Abduvohid G‘aniyev
“Poyga”, “Taqdirlar”, “Sevginator”, “Dada”, “O‘zimdan o‘zimgacha” kabi filmlar rejissori Abduvohid G‘aniyev ham AQShga ko‘chib ketgan.
Ravshan Hakimov
Taniqli boshlovchi Ravshan Hakimov AQShning Filadelfiya shahrida yashaydi.
Sohib Abbosxon
“Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan aktyor va rejissor Sohib Abbosxon ham AQShda yashaydi. U shtatlarda biznes bilan shug‘ullanadi.
Sohib Abbosxon AQShda mehmonxonada suvoqchilik qilgani va qizining so‘zlari uni yig‘latgani haqida gapirdi (video)
Shaxriyor
Reper Shaxriyor ham bir necha yildan beri AQShda yashab kelmoqda.
Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | 54 | 4,088 |
Foto | 2016-yilning eng bashang erkaklari aniqlandi | The Business Insider nashri jahonning eng bashang kiyinadigan erkaklari reytingini e’lon qildi. 16 kishidan iborat reytingga amerikalik aktyor Eddi Redmeyn boshchilik qilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Undan keyingi o‘rinlarni amerikalik dizayner va kinorejissor Tom Ford va britaniyalik aktyor Deniel Kreyg egalladi.
O‘nlikka aktyor Rami Malek, reper Kanye Uest, xonanda Garri Stayls va boshqalar kirdi. Nashr, shuningdek, Devid Bekxem, Kit Xarington, Laki Blyu Smit va boshqalarning didi yaxshi ekanligini qayd qilib o‘tdi | 44 | 537 |
Foto | Foto: Uch oyoqli it multfilmsifat panjalar tufayli Instagram’da mashhur bo‘lib ketdi | Amerikalik Charli Desrochers va uning dugonasi Marinyan uch oyoqli Bredli laqabli itni o‘z qaramog‘iga olib, Instagram’da unga atalgan alohida sahifa ochdi. Sahifada itning har bir suratiga multfilmsifat ko‘rinishidagi panjalar chizilgan, deb yozadi Mashable.
Bredlini mashina urib yuborganidan keyin uning oyog‘ini kesib tashlashga to‘g‘ri keldi. Itning yangi egalari uning o‘ziga xosligini qiziq ko‘rinishga aylantirishga qaror qilib, suratlarga oyoq va panja rasmini chizishni boshladi.
Desrochers itining suratlariga qo‘shimcha panja chizishdan tashqari, uning panjasi nimani ushlab turishini o‘ylab, turli g‘oyalar ishlab chiqadi: suratlarda itning chizilgan panjasi kofe, kitob va to‘pni ushlab turganini ko‘rish mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 84 | 805 |
Foto | Dunyoda eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar ro‘yxati (foto) | Insider Pro mutaxassislar tomonidan mijozlarga eng yaxshi xizmat ko‘rsatadigan deya e’tirof etilgan mehmonxonalar ro‘yxatini taqdim etdi.
Serengetiga sayohat qilishni istaganlar uchun ajoyib maskanlardan biri. Liza Lindblad ismli turagentning so‘zlariga ko‘ra, Singita xodimlari “juda yaxshi” tarbiya ko‘rgan. Muassasa daromadining bir qismi atrofdagi yerlar himoyasi uchun sarflanadi, bu esa o‘z navbatida xodimlarning oilalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu kabi mexanizm “mehmonxonada hayratlanarli darajada baxtli va ajoyib muhitni hosil qiladi”.
“Men sayyohlarni ushbu mehmonxonaga bir necha bor olib kelganman. Bu yerdagi xizmat ko‘rsatish va muammolarni hal qilish tezligi doim yuqori darajada bo‘lgan”, — deydi Protravel turistik firmasining agenti Natali Nagi.
Ushbu oilaviy mehmonxona mijozlar so‘rovini qondirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.
“Menga ushbu mehmonxonadagi musiqa bilan shug‘ullanuvchi oqsoch yoqadi. U nafaqat odatiy so‘rovlarga javob beradi, balki musiqaning turli janrlariga yaxshi tushunadi va mijozlarga keraklisini taklif ham qiladi”, — deydi Nagi.
Bu yerning xodimlari yaxshi tarbiya ko‘rgan, xotirjam, klassik uslubga rioya qiladi va mehmonlarga g‘amxo‘r. Ular Yevropadagi xususiy qasrlarning xizmatchilariga o‘xshaydi.
Amanemu mehmonxonasi Ise-Dzingu sintoistlar ibodatxonasi yaqinida joylashgan. “Amanemu mehmonxonasiga egalik qiluvchi Aman kompaniyasi “sharqning an’anaviy qadriyatlari asosida tarbiya ko‘rgan, mehmonlarga g‘amxo‘rlik qiladigan, mehribon, xushmuomala va professional xodimlarni tanlaydi. Natijalar kutilganidan ham a’lo”, — deydi Lindblad. | 68 | 1,606 |
Foto | Fotogalereya: Kataloniyaliklar mustaqillik e’lon qilinishini nishonlamoqda | Kataloniya parlamenti 27-oktabr, juma kuni o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Kataloniyaliklar ushbu yangilikni eshitib Barselona ko‘chalarida bayram uyushtirdi. CNBC o‘z mustaqilligiga erishganidan xursand kataloniyaliklarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Odamlar Barselonadagi plenar yig‘ilishini ulkan ekran orqali kuzatib, hissiyotlarga berilmoqda
Kataloniyaning bir tomonlama mustaqilligini nishonlayotgan fuqarolar
Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon Kataloniya jeneraliteti binosida mamlakat mustaqilligi uchun o‘z ovozini bermoqda
Yangilikdan xursand sog‘liqni saqlash vaziri Antoni Komin Puchdemonni quchoqlamoqda
Odamlar parlament qarorini nishonlamoqda
Puchdemon ovoz berishdan so‘ng Kataloniya merlariga murojaat qildi
Namoyishchilar Barselonaga yig‘ilayotgan vaqtda Kataloniya politsiyasi parlament atrofida soqchilik qilmoqda
Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy parlament yuqori palatasining Madriddagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Senat konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llashga ovoz berdi.
Kataloniya mustaqilligi parlament tomonidan e’lon qilinganidan so‘ng
Hissiyotlarga berilgan ayol
Barselonadagi odamlarning xursandchiligi
O‘n minglab insonlar mustaqillik deklaratsiyasini nishonlash maqsadida Barselonaning Syutadelya bog‘iga to‘plandi
Kataloniyalik o‘t o‘chiruvchilar ham bayramga qo‘shildi | 74 | 1,331 |
Foto | Gresiyadagi dahshatli oʻrmon yongʻinlari, Kobuldagi qochqinlar lageri, Polshadan topilgan vabo qabristoni — hafta suratlari | E‘tiboringizga haftaning eng sara suratlarini taqdim etamiz.
Polshada quruvchilar tasodifan vabo qurbonlarining qabristonini topib oldi. Bu haqda mahalliy nashrlarga tayanib, «Ren.tv» xabar berdi.
Kuchli yomgʻirlar oqibatida Ganga daryosi irmoqlaridan birining suvi toshishi oqibatida Hindistonning Allohobod shahrini suv bosdi.
Bir necha haftadan buyon Gresiyani dahshatli oʻrmon yongʻinlari egallab olmoqda.
Mamlakatdagi oʻrmon yongʻinlari sabab gresiyaliklar avtomobillarida tunamoqda.
Eri «Tolibon» bilan janglarda vafot etgan 28 yoshli Farziya farzandlari bilan Kobuldagi qochqinlar lagerida jon saqlamoqda. Soʻnggi kunlarda «Tolibon» harakatining afgʻon shaharlarini birin-ketin egallashi ortidan 270 mingdan ortiq aholi oʻz joyini oʻzgartirgan.
Tailand poytaxti Bankok shahrida hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida polisiya namoyishchilarga qarata oʻt ochgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan sportchi va murabbiylar bilan uchrashdi. Tadbirda Milliy Olimpiya qoʻmitasi va sport federasiyalari rahbarlari, sportchilarning ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham qatnashdi. Sportchi va murabbiylarga faxriy unvonlar, orden va medallar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda 2024 yilda Parijda boʻladigan Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik borasidagi vazifalar ham koʻrsatib oʻtildi.
AQShdagi Keyp Kode plyajida tong otmoqda.
Xitoyning Xesho okrugidagi fermerlar pomidor quritmoqda.
Italiyaning Sisiliya orolida Yevropaning eng katta vulqoni Etna yana harakatga keldi.
AQShning Nyu-York shahri uzra quyosh botmoqda.
Izmirdagi qushlar qoʻriqxonasidagi flamingo polaponlari. | 123 | 1,654 |
Foto | Kutilmagan vaziyatlarga tayyormisiz? (foto) | Hayot kutilmagan voqealarga juda ham boy. “AdMe.ru” bunday syurprizlarga tayyor bo‘lmagan bir nechta rasmlarni taqdim etdi.
Qo‘shningiz ham siz bilan bir reysda uchayotganini sezib qolgan paytingiz — Angela Merkel
Ajoyib pichoqlar to‘plami. Ayniqsa, qadoq ustidagi rasm bilan bir xil ekanini aytmaysizmi…
Yuk ko‘targichdagi ayol mushugini ham chang‘ida uchishga olib ketyapti
Yapon supermarketlaridagi sabzilarning uzunligi sizni ajablantirishi mumkin
“Kiruvchi xabarlar”ni ochish chindan ham dahshatli ko‘ringanida
Mehmonxonada hammomning derazasi shaharga qaragan xona taklif qilishganida
Mehmonxonada ikki kishilik xonadagi krovatdan ko‘rinadigan manzara
Bankomat taqdim etgan chek
Supermarketda rejalashtirilmagan cho‘chqa go‘shtini tezda sotish kerak
Jeff haddan ortiq go‘sht buyurtma qilib yuboribdi. Sotiladi
Favqulodda vaziyatlar uchun telefonni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lib, mezazoy davrining prototipiga duch kelganingizda
Ehtimol, ninza-toshbaqalar oziq-ovqat sotib olish uchun xohlagan vaqtda shu lyukdan foydalansa kerak
Nima qilibdi? Shunchaki ayol xarid qilish uchun bolasi bilan birga kelgan. E, yo‘g‘e, to‘xtang-chi...
Yuklaringiz ko‘p va siz ulardan birortasini ham yo‘qotishini xohlamasangiz
Ko‘chada ketyapsiz-u, to‘sattan…
Shifokorning xonasidagi maxfiy hojatxona
Egningizga xuddi dasturxon kiyib olgandek his qilganingizda
Kecha yuk mashinamning konsoli tushib ketdi. Ishoning, u ham xuddi mendek qo‘rqib ketdi
Niderlandiyadagi pivoxonaning menyusida € 0 evaziga “Kanada nonushtasi” bor ekan. Uning ichida yelkangizga qoqib qo‘yish, 2 ta og‘riq qoldiruvchi dori, va 1 stakan vodoprovod suvi bor ekan
To‘qqizta tuxum berib yuboring, iltimos!
Balki tabriklasak bo‘lar
Yaqindagina ajrashdim | 43 | 1,730 |
Foto | Bir-biriga g‘amxo‘r er-xotin hojilar ijtimoiy tarmoqlar qahramonlariga aylandi (foto) | Haj ziyorati davomida Al-Harom masjidida namoz o‘qish chog‘ida bir-birini jazirama quyoshdan himoya qilgan er-xotin ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining hayratiga sababchi bo‘ldi, deb yozadi “Islam-today.ru”.
Ayni paytda Saudiya Arabistonida yilning eng issiq mavsumi hukm surmoqda. Kunduzi havo harorati 42—43 darajagacha ko‘tariladi. Al-Harom masjidi yeri salqin bo‘lsa-da, quyosh nurlaridan himoyalanish ziyoratchilarning eng katta tashvishlaridan biriga aylanadi.
Suratlarda erkak va ayol Ka’ba yonida namoz o‘qish vaqtida bir-birlarini quyoshdan himoya qilib turganini ko‘rish mumkin. | 85 | 595 |
Foto | Fotogalereya: Odamlar istiqomat qiladigan dunyodagi mitti orollar | TravelAsk maydoni juda kichkina bo‘lishiga qaramay, odamlar istiqomat qiladigan mitti orollarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 65 | 130 |
Foto | Qozog‘istonlik qiz sevgilisi uchun Amirliklarga ko‘chib o‘tdi va Gollivud yulduzining uslubchisiga aylandi (foto) | Qozog‘istonlik Anara Omarxan mana yetti oydirki Dubayda yashaydi va uslubchi bo‘lib faoliyat yuritadi, deya xabar beradi “Nur.kz”.
Amirliklarga u sevgan insoni sababli ko‘chib o‘tgan qiz bugun u bilan aloqalari uzilganini aytadi.
Ammo qiz juda omadli karyera boshladi, hatto ijtimoiy tarmoqlarda 6,5 million obunachiga ega bo‘lgan Gollivud yulduzining stilisti ham bo‘ldi.
Anaraning birinchi ma’lumoti —moda olamidan emas. U Angliyada “moliyachi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan.
Ostonaga qaytgach qiz milliy kompaniyada faoliyat boshladi, ammo keyin Qozog‘iston baholash kompaniyasining hamkori bo‘ldi.
Anaraning eng katta orzusi o‘zini moda olamiga bag‘ishlash edi.
“Mening ichimda doim o‘zimni modaga bag‘ishlash istagi bo‘lgan, sababi barcha yaqinlarim mendan bu borada maslahat olardi. Shu sababli Angliyada ekanligimda London College of Fashion’da imij-maslahatchi va dizayner yo‘nalishida tahsil oldim”, — deydi qiz.
Sevgan insoni bilan ayrilib ketgan bo‘lsa-da, u Dubayga ko‘chib o‘tganidan mutlaqo afsuslanmaydi.
Kunlarning birida unga Gollivud yulduzining stilisti bo‘lish to‘g‘risida taklif kelib tushgan.
U Nargiz Fahriy edi.
“Uning Instagramda 6,5 million kuzatuvchilari bor, ular orasida Peris Xilton ham. Kasting haqida bilib men rezyume topshirdim va o‘tdim. Bu tajriba uchun ajoyib imkoniyat edi. To‘rt kun uchun 10 ta obraz topdim, yirik brendlar bilan kelishuv imzoladim. Bu juda uzoq jarayon edi, ammo buning natijasida menga katta imkoniyatlar eshigi ochildi”, —deydi Anara. | 113 | 1,516 |
Foto | Foto: Trampning ispaniyalik “egizagi” | Ispaniyalik jurnalist Paula Vaskes 20-aprel kuni Kabana-de-Bergantinyos munitsipalitetida tasodifiy vaziyatni suratga oldi. Surat bir necha kun ichida virusdek tarqalib ketdi, deb yozadi TJournal.
Vaskes qishloq hududidagi dovul oqibatlari haqida reportaj tayyorlayotgan edi va mahalliy fuqaro Dolores Leys Antelodan suratga tushishni iltimos qildi.
Jurnalist suratni Instagram’ga joylashtirdi, biroq undagi ayol AQSh prezidenti Donald Trampga juda o‘xshash ekanligini xayoliga ham keltirmadi. Suratga ijtimoiy tarmoqning minglab foydalanuvchilari e’tibor qaratdi, Amerikaning Newsweek jurnali esa Doloresdan intervyu oldi.
Dolores bu joylarda 40 yildan ortiq vaqtdan buyon yashashi va bu vaqt ichida unda kompyuter ham, telefon ham bo‘lmaganligini hikoya qiladi.
“Hech qachon smartfon olishni istamaganman, biroq qizlarim ko‘rsatgan narsalarni tomosha qilaman. Bu surat meni mashhur qilganini aytishdi, buning sababini tushunmayapman. U tarqalib ketgan ko‘rinadi. Barchasi sochlarimning rangi tufayli bo‘lsa kerak”, — deydi Dolores. | 37 | 1,035 |
Foto | Parvoz vaqtida samolyot eshigini ochish mumkinmi? | AdMe samolyot eshigi ochilib ketishidan qo‘rqib unda parvoz qilishni istamaydigan odamlar uchun bu borada hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini isbotlovchi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Parvoz vaqtida samolyot eshigini ochish mumkinmi?
Aerofoblar (uchar qurilmalarda parvoz qilishdan qo‘ruvchilar) bemalol chuqur nafas olishlari mumkin. Parvoz vaqtida samolyotning avariya holatlariga mo‘ljallangan eshigini ochishning deyarli imkoni yo‘q, chunki ichki bosim tashqaridagi atmosfera bosimidan biroz yuqori. Shu sababli havoda harakatlanayotgan samolyot eshigini ochish uchun juda katta kuch talab etiladi.
Agarda eshikni ochishga muvaffaq bo‘linsa, nima qilish kerak?
Eshik qandaydir usul bilan ochilgan taqdirda ham, birinchi navbatda bosim tushib ketadi. Yo‘lovchilar qarshisiga kislorod niqoblari tepadan tushadi va uni 15 soniya ichida taqish kerak. Styuardessalarning aytganini qilmasdan, xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchilar esa niqobni taqishga ulgurmasidan, havo kemasidan tashqariga uchib ketadi.
Uchuvchilar biror chora ko‘rishga ulguradimi?
Bu kabi holatlarda uchuvchilar kislorod tugab qolguniga qadar iloji boricha samolyotni 3 ming metr balandlikka qadar tushirishlari kerak. Shundagina yo‘lovchilar bemalol nafas olishi mumkin bo‘ladi. Agarda uchuvchilar zudlik bilan harakat qilmasa, samolyot bo‘laklarga ajralishni boshlaydi.
Eshik ochilib ketmasligining yana biror-bir kafolati bormi?
Yuqorida aytilganidek, parvoz vaqtida samolyot eshigini bir necha kishi ham ochishga qodir emas, shunga qaramay doimo vahimada yuradigan odamlar uchun yana bir isbot mavjud. Eshik tashqarisiga o‘rnatilgan “Kuper kuragi” nomli maxsus qurilma havo oqimi ostida og‘ib, parvoz vaqtida eshikning ochilishiga to‘sqinlik qiladi. | 49 | 1,730 |
Foto | Foto: Selfiga tushish taqiqlangan maskanlar | O‘tgan hafta Filippindagi Binangonan shahri yaqinida joylashgan Laguna-de-Bay ko‘lida sakkiz kishi cho‘kib ketdi. Tergov taxminlariga ko‘ra, fojiaga kema yo‘lovchilarning katta qismi selfiga tushish uchun kemaning boshqa bir burchagiga yig‘ilgani sabab bo‘lgan.
“Gazeta.ru” xavfsizlik nuqtai nazaridan selfiga tushish qonun tomonidan taqiqlangan mamlakatlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Disney’ning barcha 11 ta bog‘ida selfi-tayoqlardan foydalanish taqiqlangan. Avvaliga taqiq faqatgina attraksionlarda gadjetdan foydalanganlarga tegishli bo‘lgan, biroq 2015-yildan buyon butun hudud bo‘ylab joriy etildi. Selfi-tayog‘i bilan kelgan barcha, xavfsizlik nuqtai nazaridan uni bog‘da kirishda qoldirib ketishlari zarur.
2014-yildan 2016-yilga qadar Hindistonda o‘zini suratga olmoqchi bo‘lgan 76 kishi vafot etgan — bu butun dunyodagi mamlakatlar o‘rtasida rekord ko‘rsatgich hisoblanadi. Shaharda selfiga tushish mumkin bo‘lmagan 16 ta nuqta mavjud bo‘lib, u yerda selfiga tushgan shaxs 12,5 funt jarimaga tortiladi.
Taqiq okean qirg‘oqlari liniyasiga ham tegishli — 2016-yilda ikki nafar o‘smir suvda suratga tushish vaqtida cho‘kib ketgan edi.
Nyu-York Amerika shtatlari orasida selfini taqiqlagan birinchi shtat hisoblanadi — biroq faqatgina sher, yo‘lbars yoki boshqa mushuksimonlar oilasiga kiruvchi yirtqichlar bilan suratga tushganda. Ushbu qonun ko‘rgazmalar, sirk shoulari va boshqa shu turdagi tadbirlarda odamlar va hayvonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni taqiqlaydi.
Ispaniyaning Pamplona shahrida enserro — qo‘yib yuborilgan buqa yoki sigirlardan qochish an’anasi vaqtida suratga tushish taqiqlangan. Ushbu qonunga ko‘ra, foto yoki video uchun inson hayotini xavfga qo‘ygan har qanday odam 3 ming yevro jarimaga tortiladi.
1924-yildan buyon enserro vaqtida 15 kishi halok bo‘lgan va ispan hukumati ushbu raqamlarning ortishiga yo‘q qo‘yish niyatida emas.
Janubiy Koreya hozircha selfiga emas, balki litsenziyasiz selfi-tayoqlardan foydalanishga taqiq qo‘ygan — ushbu qurilma smartfonni Bluetooth texnologiyasi yordamida masofadan boshqarish imkonini beradi.
Mamlakat hukumati Bluetooth yordamida ishlaydigan selfi tayoqlarini ishlab chiqaradigan barcha korxonalar litsenziya olishiga majbur, chunki u telekommunikatsiya qurilmalari safiga kiradi.
Ushbu taqiqni buzganlar 3 ming dollar jarimaga tortiladi yoki uch yilga ozodlikdan mahrum etiladi. | 43 | 2,380 |