folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi noodatiy tomosha maydonlari | Tomosha maydonlari boshni aylantiradigan panoramada inson hayotiga xavf solmasdan, go‘zal manzaralardan rohatlanish imkonini beruvchi arxitektura inshootlaridir. Architime ana shunday maydonlar suratlarini taqdim etdi. | 51 | 218 |
Foto | Eng ko‘p mamlakatlarga borish imkonini beruvchi davlatlar pasportlari (fotogalereya) | Arton Capital moliyaviy konsalting kompaniyasi 2017-yilgi Pasportlar indeksini e’lon qildi, deb yozadi Insider Pro. Bu aholisi boshqa mamlakatlarga vizasiz borish huquqiga ega davlatlarning o‘ziga xos reytingidir. Ro‘yxatga jami 193 ta mamlakat kirdi. Nashr eng ta’siri kuchli pasportli 19 ta mamlakat bilan tanishtirdi. | 84 | 320 |
Foto | Fotogalereya: Toshkent metrosining go‘zalligi | Facebook’ning O‘zbekiston segmenti 25-yanvardan beri Kamil Yenikeyevning mualliflik loyihasini tinimsiz olqishlamoqda. Afisha’ning yozishicha, Kamil — Toshkent metrosida suratga olish baxtiga musharraf bo‘lganlardan. Uning loyihasi ham shunday — “Toshkent metrosi” deb ataladi.
“Men ko‘pdan beri bu loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini izlardim. Bunga loyiha menga katta shuhrat va pul keltirishi sabab emas, shunchaki men Toshkentni, uning takrorlanmas go‘zalligini sevaman va men ko‘rayotgan go‘zallikni ko‘proq odamlar ko‘rishini istayman. Metro — shahrimning ajralmas qismlaridan biri. Toshkent metrosi odamlar “A” nuqtadan “B” nuqtaga boradigan oddiy yerosti yo‘l emas, balki har birining o‘ziga xos uslubi va qalbi bor bekatlardir”, — deydi Kamil Yenikeyev. | 45 | 768 |
Foto | Qor bo‘ronida bo‘lib o‘tgan futbol uchrashuvi “Yulduzlar jangi”ga qiyoslandi (foto) | Amerika milliy futbol ligasining “Baffalo Bills” va “Indianapolis Kolts” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv kuchli qor bo‘roni ostida bo‘lib o‘tdi. O‘yin tomoshabinlari suratlarni Twitter’da e’lon qildi.
Baffalo ko‘chalarida qirov o‘yindan bir necha kun oldin paydo bo‘lgan. Mahalliy jamoa muxlislarga stadion xodimlariga yordam berishni va futbol maydonini tozalashni taklif qilgan, biroq urinishlar yetarlicha bo‘lmagan. Chim qaytadan qor ostida qolgan.
Qor va havo haroratining to‘qqiz daraja sovuq bo‘lishiga qaramasadan, muxlislar o‘yinni tomosha qilish uchun kelgan va “Baffalo Bills” 13:7 hisobida g‘alaba qozongan.
Twitter foydalanuvchilari tomonidan o‘yin “Yulduzlar jangi” filmining sahnalariga o‘xshatilgan. | 83 | 718 |
Foto | Rossiyalik milliarderlar ta’tilni qayerda o‘tkazmoqchi — Alisher Usmonovning yaxtasi Italiyaga qarab yo‘l oldi (foto) | May oyidagi bayramlar sabab bu oy Rossiyada 5 ta qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Forbes jurnalining aniqlashicha, eng qimmat yaxtalar xorijiy portlarga qarab yo‘l olgan. Faqatgina bittasi Sochiga borgan.
Yaxtaning taxminiy egasi: Alisher Usmonov
Bahosi: 550 million dollar
“Mening Italiyaga bo‘lgan munosabatim boshqacha. Deyarli yoz bo‘yi Sardiniyada yashayman”, — deydi Usmonov Forbes’ga 2018-yil bergan intervyusida.
2005-yilda milliarder Sardiniyaning eng qimmat va hashamatli dam olish maskanlari yaqinida joylashgan Romatsinoda villa sotib olgan. Bundan avval Indesit kompaniyasining egasi Antonio Merloniga tegishli bo‘lgan ushbu villani Usmonov 35 million yevro evaziga qo‘lga kiritgan. Villa Romatsino ko‘rfaziga qarashli keng park bilan o‘rab olingan. Usmonov nogironlarni tashish uchun ikkita avtobusni taqdim etgach hamda mahalliy futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlash va yuqori texnologiyali shifoxonani qurish uchun xayriya qilgani uchun Arsaken shahrining faxriy fuqarosi maqomiga ega bo‘lgan.
Yaxta egasi: Roman Abramovich
Bahosi: 460 million dollar
Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan 3500 dan kam aholiga ega bo‘lgan La-Syota dunyodagi eng katta va eng qimmat xususiy yaxtalarga xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi Yevropaning eng yirik dengiz porti unvoniga sazovor bo‘lgan, deb yozadi The New York Times. Kemasozlik bu yerda 1800-yillardan buyon amalda. “Parijda Eyfel minorasi bor, bizda esa kemasozlik bor”, — deydi shahar meri Patrik Bor.
La-Syotada, shuningdek, dunyodagi eng qadimiy teatr “Edem” ham joylashgan. U yerda aka-uka Lyumerning ilk pyesalari namoyish etilgan.
Yaxta egasi: Mixail Proxorov
Bahosi: 155 million dollar
Vilanova Grand Marina – Barcelona — superyaxtalar uchun mo‘ljallangan O‘rtayer dengizidagi birinchi port. Pristan himoyalangan portda joylashgan. Tinch va toza suv bilan ta’minlangan.
Yaxta egasi: Oleg Deripaska
Bahosi: 70 million dollar
Albaniya, umuman olganda superyaxtalar bilan mashhur emas, lekin mamlakatga yildan yilga ko‘proq xususiy kemalar tashrif buyurmoqda. Gretsiya, Xorvatiya va Italiyaga yaqinligi sababli, shuningdek, buzilmagan tabiiy go‘zalligi tufayli Albaniya “Yangi Chernogoriya” deb ataladi. Mahalliy hokimiyat organlarining statistika ma’lumotlariga ko’ra, 2018-yilda Sarandaga 1007 ta yaxta kelgan. 2017-yilda esa bu ko‘rsatkich 842 ta edi (yaxtalarning o‘lchami statistikada ko‘rsatilmagan). Afsuski, infratuzilma ideal emas, lekin Saranda portida superyaxtalar uchun maxsus pristanlar qurilgan.
Saranda yaqinida joylashgan arxeologik muzey qo‘riqxona — Butrint qadimiy shahrining xarobalari UNESCO’ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. | 117 | 2,626 |
Foto | Rossiya prezidenti samolyotining salonidan fotosuratlar | Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Il-96-300-PU(M) rusumli samolyotining ichini bezash ishlari bilan Britaniyaning Diamonite Aircraft Furnishings kompaniyasi shug‘ullangan. Bu ishlar uchun davlat byudjetidan 17 million dollar sarflangan.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, prezident samolyotining umumiy qiymati 45-60 million dollarni tashkil qiladi. Unda prezidentning ish kabineti, yotoqxonasi, vannaxonasi, hojatxona, oshxona, konferens-zal, mehmonlar va kuzatuvchilar uchun xonalar, shuningdek, soqchilar va xizmatchilar uchun bo‘limlar mavjud.
Prezident samolyotining saloni aks etgan fotosuratlarni “CrazyShark.ru” sayti taqdim etdi. | 55 | 647 |
Foto | Igna va ip yordamida san’at asari yaratgan insonlarning ijod mahsullari (foto) | Ijodkorlik bilan birga qo‘l mehnatini umumlashtirish ajoyib natijalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. AdMe nashri tikish va to‘qish orqali o‘ziga xos kiyim va narsalarni yaratgan insonlarning ijod namunalari aks etgan fotolarni e’tiboringizga havola qiladi.
“Onam to‘qigan odeyal. Unda 800 ta kichik gullarni ko‘rish mumkin”.
“Qizimga Rojdestvo uchun o‘zim yasagan Totoroni sovg‘a qildim”.
Xitoy chinnilaridan ilhomlanib tushirilgan naqsh.
Ichida qishga xos printlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan kuzgi palto.
“Men, uka va singillarim navbat bilan ‘sizni yaxshi ko‘raman’ni kashtada yozib, onamga Rojdestvoga sovg‘a qildik”.
“Qor parchasi kostyumini o‘z qo‘lim bilan tikdim”.
“Suratda ikki yillik mehnatning natijasini ko‘rishingiz mumkin”.
“Onalar kuni munosabati bilan onamga mazkur kashtani sovg‘a qilgandim, xursandligidan yig‘lab yubordi”.
“Yumshoq o‘yinchoq tikishda jiyanim tomonidan chizilgan suratdan ilhomlandim”.
“Sevimli itimning portretini kashta qilib tikdim”.
“Buvim menga kutilmagan sovg‘a qilish uchun qo‘g‘irchog‘imni bir necha haftaga olib turgandi”.
“O‘zimga ko‘ylak tikib oldim”.
“Mushugimga nimcha tikishga qaror qildim”.
“Dinozavr shaklidagi tovuqli naggetslarga o‘xshaydigan yostiqchalar — mening eng birinchi katta loyiham”.
“Stol uchun paypoq to‘qidim”.
“Ushbu naqshni o‘zim o‘ylab topdim”. | 78 | 1,329 |
Foto | Foto: Aqlbovar qilmas darajada go‘zal Yupiter | “Juno” sayyoralararo zondi Quyosh sistemasidagi eng katta sayyora — Yupiterni tadqiq etishda davom etmoqda. “Juno”, ilmiy ma’lumotlardan tashqari, gazdan tashkil topgan gigant sayyora sathi aks etgan o‘nlab suratlarni ham Yerga yuboradi. Erinmagan koinotshunoslar esa suratlarni shunday qayta ishlaydiki, osmon aks etgan oddiy tasvirlar go‘zal fotosuratlarga aylanadi.
“Qarang, Yupiter qanchalar go‘zal!”, — deb yozadi Meduza. | 45 | 426 |
Foto | Fotogalereya: O‘zbekistonning zamonaviy armiyasi | O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston parlamentining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi tarixiy ahamiyatga egadir, deb yozadi O‘zA.
Shu kundan e’tiboran O‘zbekiston hududidagi barcha harbiy qism va muassasalar respublika tasarrufiga o‘tkazildi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 1993-yil 29-dekabrda qabul qilingan Qonunga binoan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni, deb e’lon qilindi.
Quyida O‘zbekistonning zamonaviy qurolli kuchlari faoliyati aks etgan suratlar bilan tanishish mumkin. Suratlar O‘zA va “Jahon” agentliklari tomonidan tayyorlangan. | 48 | 701 |
Foto | Fotogalereya: O‘zbekistonning nihoyatda go‘zal suratlari | O‘zbekiston — haqiqiy sharqona ertak. Issiq quyosh tafti, tandirdan yangi uzilgan non hidi, bozor shovqini, ziravorlar hidi, qadimiy minoralar, madrasa gumbazlaridagi bezaklar ana shu ertakni to‘ldirib turadi, deb yozmoqda Kaktakto. Nashr ana shu ertaknamo tasavvurlarga mos suratlarni taqdim etdi. | 56 | 298 |
Foto | Istanbuldagi eng go‘zal masjid (foto) | Istanbulda juda ko‘plab masjidlar mavjud. Aytishlaricha, shaharning o‘zida ularning soni 2 mingdan ortiq, deb yozadi bloger Eduatrd Gvayler o‘z fotojamlanmasida. Sulaymoniylarning ahamiyati va hajmi jihatidan birinchi, Istanbulda ikkinchi bo‘lgan mashhur Sulton Ahmad jome masjidi hisoblanadi. Ushbu suratlar bilan “TravelAsk” bo‘lishdi. | 37 | 337 |
Foto | Chorvoqda varraklar festivali bo‘lib o‘tdi (foto) | 6-may kuni Chorvoq suv ombori yaqinida varraklar festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “MyTashkent.uz”.
Ta’kidlanishicha, ushbu festivalda ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan fuqarolarning soni 500 nafarga yaqinlashgan.
“Odamlar varraklarni bir necha ming yillardan buyon uchirib keladi. Festivalni o‘tkazishimizga Tokioda varraklarga bag‘ishlangan muzeyning ochilgani turtki bo‘ldi. 5-may kuni Yaponiyada ushbu bayram katta tantana bilan nishonlanadi. U yerdagi varraklarning o‘lchami juda katta va murakkab. Festivalni o‘tkazishdan maqsad odamlarga maroqli hordiq ulashish”, — deydi festivalning asosiy tashkilotchilaridan biri Saodat Muratxo‘jayeva. | 49 | 677 |
Foto | Fotogalereya: Sayyoraning qanchalik ifloslanganini aks ettirgan suratlar | Turli jonzotlarga panoh bo‘lgan Yer kundan-kunga ifloslanib bormoqda. AdMe sayyoraning qanchalik ifloslanganini aks ettirgan suratlarni taqdim etdi. | 72 | 148 |
Foto | Shirinliklardan mo‘jiza yarata olgan kishilarning ijod namunalari (foto) | Har qanday qandolat mahsulotlari salqingina havoda issiq choy bilan iste’mol qilinsa, insonga ajoyib kayfiyat bag‘ishlashi tabiiy. Ayniqsa, ulardan san’at asari darajasiga yetganlarini esa tomosha qilib ham zavqlanish mumkin. Quyida ana shunday oddiy shirinliklardan yaratilgan mo‘jizalardan bahramand bo‘ling.
“Olya uchun chebuzavr tayyorladim”.
Rovochdan ajoyib pirog.
Qaymoqli krem va murabbodan tayyorlanadigan an’anaviy shved bulochkalari.
Mol go‘shtidan vellingtoncha pirog.
Oshiq qurbaqalar shaklidagi shirinliklar.
Ichida o‘zga sayyoralik odamning portreti aks etgan kosmik tort.
“Mening limonli suflelarim”.
Fokachcha pishirilishidan avval va keyin.
“Bu esa mening fokachcham”.
Xala noni.
Oreo pechenyelari qo‘shilgan brauni.
Pista kremidan kruassanlar.
Qo‘lda bo‘yalgan pechenyelar.
Mana mukammal quymoqlar.
Dolchin va apelsin po‘stlog‘idan olma va klyukvali pirog.
Limonli yumshoqqina pechenyelar.
Yurakcha ko‘rinishidagi non.
Sizningcha, bu akula-kruassandan qutulish mumkinmi? | 72 | 1,006 |
Foto | Fotogalereya: Kam mehnat talab qiladigan va ko‘p foyda keltiradigan xona o‘simliklari | Zamonaviy hayot tarzi odamlarga xona o‘simliklariga yetarlicha vaqt ajratishga imkon bermaydi. AdMe ana shunday holatlarga mos tushuvchi va kam mehnat talab qiluvchi xona o‘simliklari haqida hikoya qildi.
O‘simlik o‘ziga suv zaxirasini jamlab oladi. Yozda bir haftada, qishda esa bir oyda bir marta sug‘orish yetarli.
Gul soya, issiq, qurg‘oqchilik va biroz sovuqqa ham chidamli, xonada qancha namlik yuqori bo‘lsa, suvni shuncha kam talab qiladi. U havoni tozalash qobiliyatiga ega.
Soyada o‘sa olgani uchun ham gul qorong‘u kvartiralarda yaxshi rivojlanadi. Gulning normal o‘sishi va o‘zini yaxshi his qilishi uchun havodagi va tuproqdagi bilinar-bilinmas namlik yetarli.
Qishda 2—3 haftada bir marta suv ichadigan gulning barglari xalq tabobatida foydali hisoblanadi.
Arzimas mehnat evaziga gul xona havosini kislorod bilan boyitadi va uni toksinlardan himoya qiladi
Uy hayvonlari uchun zaharli bo‘lgan mazkur gulni ular yeta olmaydigan joyga qo‘yish kerak. Gul havoning tabiiy namlantiruvchisi hisoblanadi.
Soyani va ozgina suvni talab qiluvchi gulni oshxona yoki ish stoli ustiga qo‘yish kerak. Uning bargidan chiqadigan sharbat bakteriyalarni o‘ldiradi va antiseptik xusuiyatga ega.
Parvarishi uchun bir yarim metr balandlik kifoya qiladi. U havoni tozalaydi va xushbo‘y ifor taratadi. Katta bo‘lgan guldan Yangi yil archasi sifatida foydalanish mumkin. | 85 | 1,366 |
Foto | Fotogalereya: Maqsadi yo‘lida to‘siqlarni ko‘rmaydigan kasb egalari | Hayotda shunday muammolar, imkonsiz ishlar bo‘ladiki, go‘yo ularni yengib o‘tib yoki amalga oshirib bo‘lmaydiganday tuyuladi. Lekin irodali insonlar har qanday vaziyatda ham chiqish yo‘lini topadi.
AdMe taqdim etgan suratlarni ko‘rib, inson istasa, har qanday muammoning yechimini topishi mumkinligiga amin bo‘lasiz. | 67 | 316 |
Foto | Fotogalereya: Har safar chiqindi tashlanganda esga keladigan suratlar | Har yili dunyo okeaniga 13 million tonna plastik chiqindi tushadi, bu odamlar tomonidan chiqarilayotgan chiqindilarning 80 foizini tashkil qiladi. Plastik chiqindilar dengiz hayvonlarining ichki organlariga kiradi, ularning tanasiga yopishadi, ular uchun o‘lim qopqonlariga aylanadi. TravelAsk ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 69 | 348 |
Foto | Fotogalereya: Royal Society Photography Contest 2018 tanlovi g‘oliblari | Royal Society Publishing Photography Competition tanlovi fan go‘zalligini dunyoga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan kishilar uchun ajoyib tanlov hisoblanadi. Tanlovning joriy yildagi g‘oliblari ajoyib suratlar taqdim etdi, deb yozmoqda TravelAsk. | 71 | 234 |
Foto | Dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyor — Dueyn Jonsonning Los-Anjelesdagi 27,8 million dollarlik uyiga sayohat | 2021-yilning aprel oyi “Jumanji” va “Forsaj” yulduzi Dueyn Jonson uchun omadli keldi. Piplsay kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada 46 foiz ishtirokchi agar prezidentlikka nomzod bo‘lsa, unga ovoz berishini bildirgan. 17-aprel kuni kenja qizi Tian tug‘ilgan kunini nishonlagan, qizaloq uch yoshga to‘lgan.
Qolaversa, aynan mazkur oyda Los-Anjelesdan yangi uy sotib olgan. 2020-yilda Forbes tomonidan qatorasiga ikkinchi marta eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyor deb atalgan Dueyn 27,8 million dollar sarflab Denzel Vashington,
Silvestr Stallone, Rod Styuard hamda Eddi Merfiga qo‘shni bo‘lgan.
Uyning eski egasi “Beverli-Xillzlik politsiyachi” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Pol Rayzer bo‘lgan. Uni musiqachi Aleks Van Xalen 1993-yilda qurdirgan.
Maydoni 1672 kvadrat metrni tashkil qiladigan uy hududida tennis korti, bog‘, basseyndan tashqari sport zali, uy kinoteatri va hatto musiqa studiyasi ham bor.
O‘rta Yer dengizi uslubidagi, arkalari bor mazkur kompleks haqiqiy kurortga taqqoslanadi. | 114 | 1,028 |
Foto | Foto: Hindiston Kashmiridagi qor bo‘roni | Hindistonning Kashmir viloyatida 9-yanvarga o‘tar kechasi kuchli qor bo‘roni kuzatildi. Viloyatning barcha hududlarida havo harorati rekord darajada tushgan, deb yozadi TJournal.
Kashmirning shimolida hudud uchun xos bo‘lmagan qahraton – -12,4 daraja sovuq iqlim sharoiti kuzatilgan.
Bundan avval viloyatda bunday sovuq havo 2012-yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda harorat -16,5 darajagacha tushib ketgan edi.
Viloyat janubida ham so‘nggi besh yildan beri kuzatilmagan izg‘irin qayd etilgan bo‘lib, termometr ko‘rsatkichi -9 darajagacha tushib ketgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 40 | 727 |
Foto | Dunyodagi eng hashamdor “qamoqxona”. Qo‘lga olingan saudiyalik shahzodalar 5 yulduzli mehmonxonaga qamaldi (foto+video) | Saudiya Arabistonida korrupsiya bilan kurash bo‘yicha tuzilgan qo‘mita tomonidan 11 nafar shahzoda, bir nechta vazir va hukumatning 38 nafar sobiq a’zosi qo‘lga olingani haqida 5-noyabrda ma’lum bo‘lgan edi. Qo‘mita 4-noyabrda tuzilgan va uni merosxo‘r shahzoda Muhammad bin Salmon boshqarmoqda.
TJournal’ning yozishicha, qo‘lga olinganlar mamlakat poytaxti Ar-Riyod shahridagi The Ritz Carlton nomli besh yulduzli mehmonxonaga joylashtirilgan. Mehmonxonada bo‘lgan mehmonlarga buyumlarini yig‘ishtirib, chiqib ketish buyurilgan, shundan so‘ng u yerga qo‘lga olinganlar va qo‘riqchilar joylashtirilgan.
Manbalarga ko‘ra, bunday oliy mansabli shaxslarni qamoqxonaga jo‘natish ularni kamsitish bo‘ladi. Shuning uchun 492 ta xona, bir nechta restoran, hovuzlar va ko‘ngilochar xonalarni o‘z ichiga olgan hashamatli mehmonxona vaqtincha “oltin qafas”ga aylandi. Shahzodalar va vazirlarning aybi isbotlansa, ularning shu yerda qolishi yoki qolmasligi noma’lum. | 119 | 957 |
Foto | Duterte Putindan zamonaviy qurol-yarog‘ so‘radi | Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida uning mamlakatiga IShID terrorchilari bilan kurashda zamonaviy qurol zarurligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Duterte Manilani qurol bilan ta’minlashda Moskvaning ko‘magiga umid qilmoqda. U Moskvaning ko‘magiga erishish va “do‘stlikni mustahkamlash” maqsadida kelganini aytdi.
O‘z navbatida Putin Filippindagi nizolar minimal talafotlar bilan bartaraf etilishiga umid bildirdi. U, shuningdek, Moskva va Manila o‘rtasida iqtisodiy va harbiy hamkorlik istiqbollari borligini aytdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. | 47 | 717 |
Foto | Fotogalereya: Dizaynerlar mahoratini aks ettirgan suratlar | Ijodkorlik dizaynerlar ishida eng asosiy omil hisoblanadi. AdMe ana shunday ijodkorlik va mahorat aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 58 | 131 |
Foto | Rossiyalik xonanda Zivert’ning Toshkentdagi konsertidan fotoreportaj | Rossiyalik taniqli estrada xonandasi Zivert o‘zbekistonlik muxlislari uchun Xalqlar do‘stligi san’at saroyida konsert dasturini taqdim etdi. “Daryo” muxbiri mazkur dasturdan fotoreportaj tayyorladi.
Salom, Toshkent! Bugun mana shu yerda yig‘ilgan barcha insonlarga sog‘inchli salomlarim. Yodimda, konsert dasturimiz qoldirilgan edi. Mana nihoyat bugun birgamiz, bir-birimizni his etyapmiz. Yaxshi va mehrli bir muhit almashgani keldik. Do‘stlar, kelganingiz uchun rahmat. Zivert va jamoa siz bilan shu yerda, iliq va shinam Toshkentda! Bugun, mana shu kechada, dunyoning tashvishlari, kundalik muammolarimiz, maishiy hayotimizni unutamiz. Bugun bu yerda faqat yorqin musiqa, qaynoq raqslar, muhabbat bo‘ladi.
Zivert, rossiyalik xonanda
Zivert dastur mobaynida “Life”, “Cry”, “Ne boley”, “Rokki”, “Bestseller” singari o‘n beshga yaqin hit qo‘shiqlarini kuyladi. U nafaqat taronalari, balki raqslari orqali ham tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Jonli ijrodagi konsertda zaldagi muxlislar ham xonanda bilan jo‘r bo‘lishdi. Shuningdek, konsertda Rossiyadagi mashhur estrada guruhi “Rasa” ham ijod namunalari bilan muxlislarni raqsga chorladi. | 68 | 1,145 |
Foto | Fotogalereya: O‘z go‘zalligi bilan dunyoga tanilgan bolalar | Go‘zallik subyektiv tushuncha bo‘lib, ko‘pincha bahslarga sabab bo‘ladi. Har kim go‘zallikka o‘z qarashi bilan yondashadi. AdMe go‘zalligi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan bolalardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. | 59 | 214 |
Foto | 17 yovvoyi hayvon va ularning aqlbovar qilmas sarguzashtlari | Sayyoraning eng qiziqarli jonivorlari hayotini kuzatish — har doim maroqli. Ayniqsa, hayvonot bog‘idagi qafasda emas, tabiat bag‘ridagi jonli tomoshalarga hech narsa yetmaydi.
Tabiatshunos fotosuratchilar turli hayvonlarning hayotidagi ajoyib lahzalarni tasvirlarga muhrladi, TravelAsk esa ularni fotoalbom ko‘rinishiga keltirdi. | 60 | 329 |
Foto | London mehmonxonasi Apple dizaynerlari tomonidan bezatilgan yangi yil archasini namoyish etdi | Londonning Claridge’s mehmonxonasi bezaklari Apple’ning yetakchi dizaynerlari Joni Ayv va Mark Nyuson tomonidan ishlab chiqilgan yangi yil archasini rasman namoyish etdi, deb yozadi TJournal.
Avvalgi dizaynerlardan farqli ravishda loyiha ustida ish olib borgan Nyuson va Ayv archaning o‘zini bezatmadi: unda yulduzlar ham, yaltiroq sharlar ham, boshqa aksessuarlar ham yo‘q.
Apple xodimlari asosiy e’tiborni mehmonxona lobbisiga qaratdi. U kichikroq archalar, yuqoridan osilib tushgan qarag‘ay shoxlari va qayinzor tasviri tushirilgan yoritib turiluvchi devorlar bilan bezatilgan.
Lobbidagi yoritish tizimi kun davomida quyosh holatiga qarab avtomatik ravishda o‘zgarib turadi. Shuning uchun mehmonxona mehmonlarini uyg‘onganda tong yorishishi, mehmonxonaga qaytish oldidan esa qosh qorayishi qarshi oladi.
2016-yilda Claridge’s o‘z xollini bezatish uchun yettinchi marta mashhur dizaynerlarni taklif qildi. Bundan avval Burberry, Dolce & Gabbana va boshqa brendlar mehmonxona uchun o‘z loyihalarini taqdim etgan.
Burberry dizaynerlari tomonidan bezatilgan archa (2015)
Dolce & Gabbana dizaynerlaridan archa (2014)
Dolce & Gabbana dizaynerlaridan archa (2013)
Britaniyaning McQueens kompaniyasi floristlari tomonidan bezatilgan archa (2012)
Parijning Lanvin brendi dizaynerlaridan archa (2011)
Britaniyalik modelyer Jon Galyano tomonidan taqdim etilgan archa (2010)
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 93 | 1,537 |
Foto | Hellouin manzaralari, qurum bosgan uylar, iqlim boʻyicha sammitga kelgan Greta Tunberg — 31 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Italiyaning Rim shahrida G20 mamlakat rahbarlari sammiti boʻlib oʻtmoqda.
Shotlandiyadagi Belhaven koʻprigi uzra shimol yogʻdusi.
Rio-de-Janeyro teatri aktrisasi spektakl oldidan soʻnggi tayyorgarlik koʻrmoqda.
Los-Anjelesda «Oʻliklar kuni» bayramida qatnashayotgan ishtirokchi.
Kanar orollaridagi vulqon otilishi natijasida qurum bilan koʻmilib qolgan uylar.
Ekofaol Greta Tunberg Glazgo shahri markaziy vokzaliga yetib keldi. U iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan sammitda ishtirok etadi.
Myanmada Xunta harbiy qoʻshinlarining oʻqqa tutishi natijasida 160 dan ortiq bino vayron boʻlgan.
Ispaniyaning Malaga shahrida «Mena» birodarlik tashkiloti a‘zolari «La magna: camino de la gloria» (Buyuk: gʻalabaning yoʻli) marosimi paytida Iso Masih haykalini shahar koʻchalari boʻylab olib ketmoqda.
Londonda Hellouin arafasi tadbirlari.
Kolumbiyada Hellouin arafasi tadbirlari. | 109 | 932 |
Foto | Ostonada “Qozog‘iston go‘zali — 2017” finaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda (foto) | “Qozog‘iston go‘zali — 2017” tanlovining barcha ishtirokchilari Ostonaga yig‘ildi, u yerda finalga tayyorgarlik olib borilmoqda, deb yozadi Tengrinews. Go‘zallik tanlovining yakuniy bosqichi 31-mart kuni Qozog‘iston poytaxtidagi Tinchlik va hamjihatlik saroyida bo‘lib o‘tadi.
Qizlar birinchi fotosessiyada tojlar va taqinchoqlar bilan ishtirok etdi, endi esa xayriya va ijtimoiy tadbirlarda qatnashadi.
“Qozog‘iston go‘zali” g‘olibasi birinchi marta asosiy mukofot jamg‘armasi — unvon, toj, “Dunyo go‘zali”ga yo‘llanma va besh million tenge (taxminan 15 500 dollar)dan tashqari, jahon luxury-brendidan shoping uchun pul sertifikatini qo‘lga kiritadi, shuningdek, mashhur fotosuratchidan fotosessiyani hadya sifatida oladi. | 78 | 725 |
Foto | Xitoyda megapolislarning yaralishi va kengayishini aks ettiruvchi fotosuratlar | 2026-yilga kelib Xitoyning megapolislarida istiqomat qiluvchi aholi soni 250 million kishiga yetadi. 2014-yilda e’lon qilingan “Yangi turdagi urbanizatsiya milliy rejasi (2014–2020)”ga muvofiq, qishloqlardan va kichik shaharlardan megapolislarga shu davr ichida 100 million kishi ko‘chiriladi.
Ammo bu keng miqyosli loyihani amalga oshirish shaharlarni kengaytirish, infrastrukturani rivojlantirishni talab etadi.
Xitoy boshlagan ushbu loyihaning ilk odimlarini, shuningdek, mamlakatning shaharchilik tarixini aks ettiruvchi suratlar TechInsider tomonidan taqdim etildi.
Xenan viloyati, 1867-yil. Mamlakat aholisi 363 million kishini tashkil qilardi.
Oradan bir asr o‘tib, Xitoy elektron tovarlar va ishlab chiqarish asbob-uskunalarini eksport qila boshladi.
Xitoy hukumati 1991-yildan toza shahar muhiti konsepsiyasini shakllantira boshladi. Gongkongdagi Devorli shaharni buzish bilan hukumat 30 ming kishini ko‘chirdi va uning o‘rniga bog‘ qurdi.
1995-yili avj olgan toshqinlar Xitoyda infrastrukturani yanada rivojlantirish kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi. Jumladan, eskirgan quvurlarni almashtirish masalasi o‘rtaga tashlandi.
Dunyodagi eng yirik McDonald’s (Pekin) atrofidagi binolarning buzilishi. Ulkan kranlar yirik shaharlar uchun odatiy manzara bo‘lib qoldi.
XX asr oxirida G‘arb kompaniyalari Xitoyga kirib kela boshladi. Mamlakat yetakchisi Den Syaopin kapitalistik davlatlar tajribasidan foydalangan holda ishlab chiqarishni rivojlantira olgani tufayli shaharlar soni va hajmi keskin o‘sdi.
XXI asr arafasida butun Xitoy bo‘ylab yangi binolar shiddat bilan o‘sib chiqa boshladi. Muammolar ham bo‘ldi. Jumladan, davlat uylarining qurilishi bilan bog‘liq janjal tufayli ikkita yirik bino buzib tashlandi. Bu Xitoyga 199 million yuan yoki 32 million dollar ziyon keltirdi.
Taxminan o‘sha paytlarda mamlakatda Uch dara to‘g‘oni qurilishi boshlandi. Yanszi daryosini kesib o‘tadigan to‘g‘on bugungi kunda dunyoning eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. Xitoyda odat bo‘lgan tezkorlikka qaramay, uning qurilishi 18 yil vaqt oldi.
O‘n yildan kamroq vaqt ichida Xitoy to‘g‘on atrofida infrastruktura yaratib, bir vaqtlar mamlakatni azoblagan tabiiy ofatlar va suv toshqinlarining oldini oldi. 2006-yilda to‘g‘on yuqorisidagi ulkan suv ombori nihoyat to‘ldirildi.
1973-yili sun’iy yo‘ldoshdan tushirilgan surat. Qizil bilan o‘rmonzor va flora bilan qoplangan hudud, kulrang bilan aholi istiqomat qiluvchi yerlar ko‘rsatilgan.
2003-yilda Xitoy sanoatlashgan mamlakatga aylandi. Shu bilan birga, o‘simliklar dunyosi yildan yilga qisqarmoqda, daryolar sarhadlari ichkariroqqa surilib, bo‘shagan yerlarda qishloqlar va aholi yashovchi punktlar barpo etilmoqda.
Xitoyning Pekin va Gongkong singari shaharlarni atrofdagi hududlar bilan birlashtirib, aholisi 10 million kishidan oshadigan megapolislar yaratish rejasi sekin-asta amalga oshirilmoqda. Suratda — Chjutszyan daryosi deltasidan o‘tish yo‘lini qisqartirib, uch shaharni birlashtiruvchi Gongkong–Chjuxay–Makao ko‘prigining qurilishi.
Transport megapolislarni birlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llarining ko‘payishi ishchilarning yo‘lga ketadigan vaqtini qisqartirishi ko‘zda tutilgan.
Xitoyda eski binolarni buzib tashlash odatiy holga aylandi. Yuz millionlab odamlarga joy bo‘shatish uchun Xitoy hukumati keskin choralar ko‘rmoqda. Uylari buzilgan odamlar megapolislarga ko‘chiriladi, buzilgan uylarning o‘rnida esa yo‘llar quriladi.
Uyi buzib tashlangan ayol ishchiga g‘isht bilan tashlandi.
Uyi buzilgani tufayli aqlini yo‘qotayozgan Xuan Sufan ismli ayol tomdan sakradi. Bunday holatlar kamdan-kam kuzatiladi, lekin hukumatning rejalari oddiy aholiga har xil ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ma’lum bo‘lmoqda.
Shaharlardan tashqarida yashovchi millionlab dehqonlar va fermerlar uchun hali-hanuz holat noma’lumligicha qolmoqda. Xitoyda fermerlarning mulkiy huquqlari cheklangan, Kommunistik partiya esa shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida shahar va qishloq bozorini qo‘shish taklifini ko‘pdan beri ilgari surib keladi.
Ulkan kranlar yordamida qurilayotgan osmono‘par binolar fonida erkak dala orqali suv tashimoqda. Xefey, Anxoy provinsiyasi.
Ko‘plab osmono‘par binolar qad ko‘tarib ulgurganiga qaramay, ularning aksariyati hali sotilgani yo‘q. Shaharlarga ko‘chib kelishni orzu qilgan millionlab odamlarning moddiy ahvoli bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Yirik shaharlarga ko‘chib kelgan mehnat muhojirlari eski binolarda istiqomat qiladi. Ulkan biznes markazlari va ofis binolari yaqinida turgan bunday inshootlar aholining daromadidagi farqlarni yanada yaqqolroq ko‘rsatadi.
Ba’zida mehnat muhojirlari uchun mana bu kabi vaqtinchalik uylar quriladi. Guanchjou, Guandun provinsiyasi.
Bu to‘siqlar va kamchiliklarga qaramay, loyiha jiddiy yutuqlarga erishmoqda. Xitoy butun boshli shosse tizimlari yaratishga, ular bo‘ylab ulkan binolar qurishga muvaffaq bo‘ldi. Yaratilgan infrastruktura bir kuni albatta kerak bo‘ladi.
1867-yildagi toshloq tepaliklar va qo‘lbola chaylalardan iborat Xitoy butunlay qaytadan qurib chiqildi, deb aytish mumkin. Shaharlar shiddat bilan o‘sib bormoqda. Binolar yelkama-yelka o‘sib chiqmoqda.
Ammo Xitoy endi boshladi. | 78 | 5,154 |
Foto | Fotogalereya: Kosmonavtlar yordamida koinotga sayohat | Tungi yulduzli osmonni tomosha qilish insonga o‘zigacha zavq bag‘ishlaydi. Porloq yulduzlarni yaqindan tomosha qilish hozircha kosmonavtlargagina nasib etgan. AdMe nashri kosmonavtlarning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi suratlari asosida tayyorlangan koinot manzaralarini aks ettiruvchi fotojamlanmani taqdim etdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 53 | 403 |
Foto | Tarixiy suratlar: Bollivudning “Ra.One” filmining suratga olish jarayonini tomosha qilayotgan Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedov | Prezidentlar ham xuddi oddiy insonlar kabi yoqtirgan kinoyulduzi bilan tanishish, suratga olish jarayonlarini kuzatish, dastxat olish, suratga tushish va choy ustida suhbat qurishni yoqtirsa kerak.
Bir necha yillar avval Rossiyaning amaldagi prezidenti − Dmitriy Medvedov Bollivudning eng yirik kino sanoati Yash Raj Films’ga ham tashrif buyurgan hamda uning asoschisi Yash Chopra bilan uchrashgan edi.
2011-yilda rejissor Anubxav Singx suratga olgan film “Tasodifiy kirish”, ya’ni “Ra.One” deb nomlangan.
Matbuot anjumanining rasmiy bayonotida Dmitriy Medvedov 1972- yoki 1973-yilda tomosha qilgan birinchi hind filmi “Janob 420” ekanligi, keyin ularning soni ko‘pligidan hammasini ham eslay olmasligini, shuningdek, ular qalbdan chuqur o‘rin egallaganini ma’lum qilgan.
Medvedov Bollivud qiroli – Shohrux Xon bilan va Raj Kapurning nabirasi Karina Kapur bilan ham suhbatlashgan.
Birgalikda o‘tgan 20 daqiqa vaqt mobaynida qahva ichish bilan birga, Karina va Shohrux Xon bir nechta raqslarni namoyish etgan. Xavfsizlik sababli filmni to‘liq suratga olish jarayoni ko‘rsatilmagan.
“Ra.One” “Robot” filmining hindcha variant bo‘lib, Rossiyada ushbu film internet orqali keng tarqalgan edi. Kartinaning Bollivud versiyasida esa bir qancha cheklovlar mavjud.
Filmda dunyo go‘zali – nafaqat Bollivud, balki Gollivud aktrisasi hisoblangan Priyanka Chopra ham ishtirok etgan.
“Tasodifiy kirish” kartinasi Rossiyada namoyish etilgan bo‘lsa-da, kutilgan natijaga erishmagan. Ammo Shohrux Xon hanuzgacha eng ko‘p muxlisga ega aktyor sifatida e’tirof etiladi. | 139 | 1,557 |
Foto | Foto: Milliarderlar egalik qiluvchi 6 ta hashamatli uy | Uy — bu inson shaxsiyatining bir qismi. Devorlar rangi, eshik tutqichlari, yoritgichlar sizning didingizdan, shuningdek, daromadingizdan dalolat beradi, deb yozadi GQ nashri.
Quyida dunyodagi eng hashamatli va qimmatbaho uylar haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Mumbaydagi “Antiliya” qasri.
Narxi — 2 milliard dollar
Egasi — Mukesh Ambani
Hindistonning eng badavlat fuqarosi Mukesh Ambani sayyoradagi eng hashamatli uylardan biriga egalik qiladi. Uy 27 qavatdan iborat va unda to‘qqizta tezyurar lift ishlaydi.
Ko‘p qavatli garajda esa 168 ta mashinaga joy bor. Agar mehmonlar vertolyotda kelmoqchi bo‘lsa, unda bu yerda uchta vertolyot sig‘adigan maydon bor. Uyda ballar o‘tkaziladigan zal, teatr, spa, ibodatxona va bir necha qishki bog‘lar bor.
Nyu-Yorkdagi Markaziy bog‘ ko‘rinib turadigan pentxaus.
Narxi — 240 million dollar
Egasi — Kennet “Ken” Griffin
Kennet Griffin — amerikalik investor, milliarder va Citadel kompaniyasi asoschisi. U ushbu pentxausni 2019-yilda sotib olgan.
Pentxaus uch qavatda joylashgan, uning umumiy maydoni 2137 kvadrat metrni tashkil etadi. Unda 16 ta yotoqxona, 17 ta vannaxona va beshta balkon bor.
Los-Anjelesdagi The Manor qasri.
Narxi — 120 million dollar
Egasi kimligi noma’lum
Bu Los-Anjelesdagi eng katta uy bo‘lib, uning umumiy maydoni 5203 kvadrat metrni tashkil etadi. Unda 123 ta xona, 14 ta yotoqxona va 27 ta vannaxona bor. Uyda go‘zallik saloni, tungi klub va sartaroshxona ham bor. Uy hovlisida 202 sotixli bog‘ joylashgan. Bog‘da tennis korti ham qurilgan. 2019-yilgacha uyda Petra Ekklstoun ismli ayol yashagan.
Beverli-Xillzdagi qasr.
Narxi — 71 million dollar
Egasi — Garret Kemp
Uber asoschilaridan biri Garret Kemp bu uyni 2019-yilda xarid qilgan. Uyning umumiy maydoni 1115 kvadrat metrni tashkil etadi. Uyda yarmi yer ostida joylashgan avtomobillar galereyasi va cheksiz basseyn bor.
Kaliforniyadagi plyajli uy.
Narxi — 43 million dollar
Egalari — Bill va Melinda Geyts
2020-yilning aprelida ushbu qasr Bill va Melinda Geytslar tomonidan sotib olingan. Plyajli uy sokin atmosferaga ega.
Vertolyot maydoniga ega pentxaus.
Narxi — 20 million dollar
Egalari — Devid va Viktoriya Bekxem.
Ushbu pentxaus One Thousand Museum binosida joylashgan, uning tomida esa vertolyot qo‘nishga mo‘ljallangan maydon bor.
Mayamidagi ushbu osmono‘par bino Zaha Hadid Architects loyihasi bo‘yicha qurilgan, er-xotin Bekxemlar uyni 2019-yilda sotib olgan. | 54 | 2,396 |
Foto | Jahondagi eng yaxshi aeroport (fotogalereya) | Singapurdagi Changi aeroporti jahonning eng yaxshi havo bandargohi sifatida muntazam ravishda mukofotlarni qo‘lga kiritadi. TJournal’ning xabar berishicha, 2015-yil may oyida ushbu aeroport Britaniyaning Sky Trax konsalting kompaniyasi tanloviga ko‘ra, The World’s Top 100 Airports reytingi peshqadamiga aylandi, shuningdek, Tech Insider tanlovi bo‘yicha jahonning eng innovatsion aeroportlari o‘nligiga kirdi.
Changi aeroportining o‘z basseyni, kaktus va orxideyalar bog‘i, kinoteatri va ko‘ngil ochish majmuasi bor. Ko‘ngil ochish majmuasida bepul o‘yinlar o‘ynash mumkin, u yerda doimiy tarzda ko‘rgazmalar uyushtiriladi, ko‘rgazmalarda jahonga mashhur rassomlarning ijodiy ishlari ham namoyishga qo‘yiladi.
Bir finjon qahva uchun Starbucks yoki boshqa bir qahva tarmog‘ini tanlash kerak bo‘ladigan jahonning aksariyat aeroportlaridan farqli o‘laroq, Changida eng mayda detallarga ham katta e’tibor qaratiladi.
Parvozlar oralig‘ida yoki Changidagi reys kechikkan vaqtda maxsus hordiq xonalarida dam olish mumkin. Bu xizmat taxminan 49 dollarga tushadi.
Bunday xonada yo‘lovchiga nafaqat karavot, balki televizor va rozetka ham taqdim etiladi.
Bron qiymati yegulikni ham o‘z ichiga olgan.
Hojatxonada unitaz, dush, rakovina va fen bor.
Bu xonalar The Haven dam olish zonasi ichida joylashgan. U yerda hordiq chiqarish haqi soatbay to‘lanadi — ikki soatlik dam olish uchun taxminan 25 dollar to‘lash kerak bo‘ladi.
U yerda o‘rindiqqa joylashib, ichimliklar ichish mumkin — ularning narxi ham xizmat haqi ichida.
Changi aeroporti rahbariyati yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxatini muntazam yangilab turadi. Masalan, bir muddat avval aerport hududida Moskvaga va Rossiyadagi sayyohlikka bag‘ishlangan ko‘rgazma oldida qurilgan yaxmalak faoliyat olib bordi.
Changida doimiy art-obyektlar ham bor — Kinetic Rain ulardan biri. Birinchi terminalda joylashgan bu installyatsiyada 1216 bronza detallaridan yomg‘ir tomchilariga o‘xshash manzara hosil qilingan.
2012-yili amerikalik rassom Kurt Venner aeroport buyurtmasiga asosan terminallarning birida polga 3D-surat chizgandi.
Changidagi orxideyalar bog‘ida mazkur gulning 30 dan ortiq turi o‘sadi.
Aeroport devorlarida joylashgan jahondagi dastlabki kapalaklar bog‘ida mingga yaqin tropik kapalaklar yashaydi.
2015-yil noyabrida All Nippon Airways kompaniyasi Changi aeroportida “Yulduzlar jangi” olami asosida bezaklangan Boeing 787 samolyoti taqdimotiga bag‘ishlangan media-tur o‘tkazdi.
Imperiya shturmchilari libosidagi aktyorlar haqiqiy o‘lchamdagi X-Wing qiruvchisi o‘rnatilgan bino bo‘ylab harakat qildi.
Yangi yil bayrami arafasida Changida doimiy ravishda bayram yarmarkalari tashkil etiladi.
TJournal Singapur aeroportidagi kundalik hayot aks etgan sayohatchilarning yana bir necha suratlarni to‘pladi. | 44 | 2,801 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi odamlar ko‘p to‘planadigan joylar | Dunyoning turli nuqtalarida odamlar ommaviy ravishda to‘planadigan maskanlar va muassasalar mavjud. AdMe ana shunday joylarga e’tibor qaratdi.
Xitoydagi eng katta suv havzasining maydoni uch gektarga teng. U tuzilishi va tarkibi jihatdan haqiqiy dengizga yaqinlashtirilgan. Unda bir vaqtning o‘zida o‘n ming kishi cho‘milgan.
Zamonaviy yetti mo‘jizadan biriga har yili 7—8 million kishi tashrif buyuradi.
Dunyodagi eng ommabop yodgorliklardan biri bo‘lgan Buyuk Xitoy devoriga bir yilda 10 milliongacha sayyoh tashrif buyuradi.
Har yili bo‘lib o‘tadigan o‘ziga xos tadbir vaqtida maydon atrofida 60 ming kishi yig‘iladi.
Tokio metrosining Sindzyuko bekati o‘zining gavjumligi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Bekat bir kunda uch million yo‘lovchini o‘tkazish quvvatiga ega. Aynan shu bekatda yo‘lovchilarni vagonga surib kirituvchi va ularning yuklari eshik orasiga qisilib qolmasligini nazorat qiluvchi lavozimi joriy qilingan.
Dunyoning yangi yetti mo‘jizasidan biri bo‘lgan Rio-de-Janeyrodagi haykali ko‘rish uchun sayyohlik mavsumida kuniga 3—4 ming kishi tashrif buyuradi.
Meksikadagi qadimiy piramidaga bir yilda 2,6 million sayyoh tashrif buyuradi.
Kolumbiyaning mazkur oroli dunyodagi aholi eng zich yashaydigan orol hisoblanadi. Futbol maydoniga teng orolda 1,2 ming kishi joylashgan.
AQShdagi eng katta savdo markaziga bir yilda 40 million kishi tashrif buyuradi, ularning uchdan bir qismini xorijliklar tashkil qiladi.
Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan mazkur daha Xitoyning aholi eng zich yashaydigan hududi hisoblanadi. Unda bir kvadrat kilometr maydonga 130 ming kishi to‘g‘ri keladi. | 57 | 1,625 |
Foto | Xitoyda 2016-yil hisobidan birinchi egizak pandalar tug‘ildi | Xitoyning Chendu shahridagi katta pandalarni ko‘paytirish va tadqiq etish bazasida Yali laqabli panda egizaklarni dunyoga keltirdi.
“Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, bu “chaqaloqlar” 2016-yilda dunyoga kelgan ilk egizak pandalardir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 60 | 394 |
Foto | Fotogalereya: Mashhurlar tushib qolgan noqulay holatlar | Mashhurlar orasida ham ideal odamlar bo‘lmaydi. Ular ham boshqalar kabi noqulay vaziyatlarga tushib qoladi. AdMe ana shunday vaziyatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 55 | 169 |
Foto | Turkiyani butunlay boshqa tomondan ochib beruvchi sayohatbop 6 maskan | Turkiyaning barchaga tanish va mashhur qadamjolaridan tashqari, yana shunday joylari borki, ko‘plab sayyohlar uchun quyidagi ma’lumotlar qiziq bo‘lishi aniq.
Turkcha Maldiv orollari: Salda ko‘li
Mamlakatning janubida, Burdur viloyatida sayyohlar ajoyib manzaradan — oq qum va Salda ko‘lining maftunkor toza suvlaridan bahramand bo‘lishadi. Antaliyadan ko‘lga taxminan ikki soatda yetib borish mumkin. Tabiatning mazkur mo‘jizasi o‘rmon va tog‘lar orasida joylashgan, shuning uchun bu yerdagi havo harorati har doim qirg‘oqqa qaraganda 7-10 daraja past bo‘ladi.
Ko‘l, aslida, tog‘ plitalaridagi yoriqlarning tektonik kelib chiqishidan paydo bo‘lgan. Qum esa mineral gidromagnezitning tabiiy qatlamidan hosil bo‘lgan. Sohil bo‘yida tabiiy loy vannalarini topish mumkin: magniy miqdori yuqori bo‘lgan oq loy bo‘g‘imlar uchun juda foydali. Hozircha bu hudud sayyohlar bilan gavjum emas, bu yerda besh yulduzli mehmonxonalar yo‘q, faqat chodirli lagerlar va bir nechta kafe bor, xolos.
Issiq buloqli kurort va sanatoriylar: Dalaman, Yalova, Pamukkale
Turkiyadagi sog‘lomlashtirish oromgohlari ko‘pchilik sayyohlar uchun hali yaxshi tanish emas, ammo turklar orasida juda mashhur. Egey dengizi sohili Dalaman shahridagi mineral suv va tabiiy loylar nevrologik, oshqozon va yurak kasalliklarini davolaydi, stress va surunkali charchoqni ketkazadi. Buloqlar yaqinidagi sanatoriyda davolanish yoki plyaj sohilidagi mehmonxonada yashash va muolajalarga borish uchun barcha sharoitlar yetarli.
Yalova kurorti Istanbul yaqinida, tabiiy dendrologik parkda joylashgan. Bu yerda mineral buloqlari bo‘lgan mehmonxonalarni, shuningdek, yirik tibbiyot klinikalarini topish mumkin. Sayyohlar ginekologik muammolar, buyrak va teri kasalliklarini davolash, immunitetni yaxshilash va asab tizimini mustahkamlash uchun Yalovaga boradi. Pamukkalada 20 ga yaqin issiq buloq mavjud. Mutaxassislar mushak-skelet tizimi, yurak-qon tomir va teri kasalliklarini davolash uchun qaysi buloqlardan foydalanish kerakligini tavsiya qilishadi.
Havo sharida sayohat: Kappadokiya
Kappadokiyaga sayyohlar oqimi kamayganda borgan ma’qul: mart—aprel oylarida havo salqin bo‘ladi, sayyohlar ham ko‘p bo‘lmagani sababli manzaralardan to‘liq zavq olasiz. Bu yerlardagi g‘orlarda Vizantiyaning gullab-yashnagan davridan qolgan tasvirlarni uchratish mumkin. Agar ko‘proq ekzotikani xohlasangiz, tik qoya ustiga qurilgan mehmonxonaga tashrif buyuring.
Haqiqiy Turkiya: Istanbul
Frilanserlar va masofaviy ishlaydiganlar orasida Istanbulga bir-ikki oyga borish so‘nggi yillarda haqiqiy tendensiyaga aylandi. Bu yerda ijara narxi o‘rtacha, internet barqaror va arzon. Istanbul tasavvur qilganingizdan-da katta shahar: Beyog‘li markazida dam olishingiz, Beshiktoshda dengiz va parom manzaralaridan bahramand bo‘lishingiz, zerikkaningizda esa Shahzodalar oroliga sayohat uyushtirishingiz mumkin.
Xarid qilish: Bursa
Mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Bursa turk to‘qimachilik poytaxtidir. Bu yerdagi rang-barang bozor va do‘konlardan matolar, to‘qimachilik buyumlari, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ulgurji narxlarda topish mumkin. Turkiyaning eng yirik to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ushbu hududda joylashgan. Shaharning markazida mashhur Ipak bozori joylashgan. Bu yerdan Bursaning afsonaviy ipagidan tayyorlangan deyarli har qanday kiyim yoki aksessuarni topish mumkin.
Turkcha shopingda qancha narsa xarid qilishingiz emas, balki u yerdagi jarayon zavqlidir. Birorta do‘konda turkcha choyni lukum bilan asta-sekin ichish asnosida do‘kon egasi sizga butun mahsulotini namoyish etadi. Taassurotlar esa uzoq vaqtgacha sizni tark etmaydi. | 69 | 3,618 |
Foto | O‘zbek shou-biznesining kelinlikka nomzod mashhurlari top 5 taligi: ularning yoshi nechada? (foto) | Hayotini san’at bilan bog‘laganlarga bir marotaba qiyin bo‘lsa, san’atkor ayollarga ikki marta mushkul. Sababi ham san’atni, ham oilani birdek olib borish oson ish emas. To‘g‘ri, xonanda yoki aktrisalar orasida ikkisiga birdek e’tibor berayotganlari ham bor. Shuningdek, ijoddagi muvaffaqiyatiga qaramay, o‘zini hali oila qurishga tayyor emas deb hisoblashi yoki orzusidagi insonni uchratmaganligi sababli turmushga chiqishni ortga surayotgan ayol xonandalar ham topiladi. “Omon-omon” ko‘rsatuvida o‘zbek shou-biznesining turmushga chiqmagan mashhurlari haqida ma’lumot berildi.
Feruza Normatova
Aktrisa, teleboshlovchi Feruza Normatova bugunga qadar bir necha film, serial va teleko‘rsatuvlarda ishtirok etib, tomoshabinlar ko‘nglidan joy olib ulgurgan. San’atda uni olqishlovchi muxlislari bisyor bo‘lsa-da, haligacha hayotda yolg‘iz. Instagram sahifasiga turli xil sovg‘alar, gullar rasmlarini joylayotgan bo‘lsa-da, oila qurish haqida hech qanday yangilik yo‘q. Eslatib o‘tamiz, Feruza Normatova 1989-yilda tug‘ilgan, u hozirda 32 yoshda. Yaqinda Feruza Instagram orqali muxlislariga o‘zidan kichik insonga turmushga chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Munisa Rizayeva
Mashhur xonanda doim hammaning diqqat-e’tiborida. Shu jumladan, ko‘pincha uning shaxsiy hayoti muhokamalarga ham sabab bo‘lib kelgan. Kelinlikka nomzod Munisa haqida shu kungacha bolalagan mish-mishlarning birortasi haqiqatga aylanmadi. Bunga xonandaning bo‘lajak kuyovga qo‘yayotgan talablari sababmikan? Bunisi noma’lum. San’at yo‘lida hammasi a’lo darajada, lekin shaxsiy hayoti haqida ham o‘ylashning ayni vaqti. Sevimli xonanda hozirda 35 yoshda.
“To‘y boshlab qo‘ydik”. Munisa Rizayeva turmushga chiqayotganini ma’lum qildi (video)
Kaniza
Xonanda Kanizaning ham atrofi mish-mishlarga to‘la. To‘g‘ri, bundan 5 yil avval u konsert dasturida turmushga chiqayotganini jonli ravishda e’lon qilgan edi. Biroq oradan vaqt o‘tib, nimadir yuz berdimi, bu to‘y unutildi. Hozir xonanda yolg‘iz va ijod qilishda davom etmoqda. Darvoqe, Kaniza bu masalada uzoq jim qolib ketmasa kerak. Tez orada uning shaxsiy hayotiga oid muhim yangilik paydo bo‘lsa, ajab emas. Xonanda 1985-yil Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, u bu yil 36 yoshni qarshi oldi.
Sitora Farmonova
Taniqli aktrisa va teleboshlovchi Sitora Farmonova ham o‘z latofati va go‘zalligi bilan, afsuski, hamon oila qurmaganlar safida. Aktrisa haqida ham shov-shuvlar bisyor, lekin uning o‘zi bunga e’tibor bermaydi. U o‘zini, hayotni va go‘zallikni sevadi va buni Instagram sahifasidagi suratlardan ham bilish mumkin. Sitora 37 yoshda va yaqinda u muxlislari bilan yaxshi yangiliklarni bo‘lishishi shubhasiz.
Manzura
Shou-biznes vakillari orasida eng tajribalisi va musiqiy bilimga ega professional xonanda. Manzura uzoq yillar o‘zini musiqa va kuylashga baxshida qildi. Ko‘plab xit qo‘shiqlar yaratdi. Lekin shaxsiy hayot masalasida hanuz tinchlik. Xonanda shu vaqtgacha turmush qurishga jazm qilmadi, balki bunga arzirli sabablar bordir. Ustiga-ustak, u yaqindan boshlab efirlarda chiqishini ham to‘xtatdi va hozir ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlari bilan hamsuhbat bo‘lmoqda. Ma’lumot uchun, Manzura 1978-yil tavallud topgan. | 98 | 3,152 |
Foto | Fotogalereya: internetning eng kelishgan otaxoni | Texaslik Irvin Rendl 54 yoshda bo‘lishiga qaramay, tashqi ko‘rinishiga jiddiy e’tibor beradi. U Xyustondagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Ikki nabirasi bor, lekin hozirda bo‘ydoq.
Ijtimoiy tarmoqlarda shuhratga erisha boshlagach, Rendl o‘z shaxsiy saytini yaratdi va uni “Janob-Buvingizni-O‘g‘irlab-Ketaman” deb nomladi.
“SoulPost.ru” internetning eng kelishgan otaxoni to‘plagan fotokolleksiyadan eng yaxshilarini saralab oldi. | 48 | 436 |
Foto | Foto: Serqatnov yo‘l o‘rtasida qolib ketgan maftunkor yalqov | Ekvadordagi serqatnov shosseni kesib o‘tishga uringan yalqov murakkab ahvolga tushib qoldi — avtomobillar harakati va shovqinidan qo‘rqib ketgan jonivor yo‘l o‘rtasidagi ustunchani quchoqlaganicha qotdi, deb yozadi Mashable.
Vahimadagi yalqovni qutqargan Ekvador transport politsiyasi o‘zining Facebook’dagi sahifasida jonivorning suratlarini e’lon qilarkan, uni “sohibjamol” deb atadi.
“Serqatnov yo‘llardan uzoqroq yurish lozimligini o‘z tanida his qilib ko‘rgan bu yalqov endi istiqbolli model biznesida o‘z omadini sinab ko‘radi, deb umid qilsa bo‘ladi”, — deb hazilomuz fikr bildirgan Mashable muallifi. | 60 | 611 |
Foto | Fotoreportaj: 20 mlrd so'mga ta'mirlanadigan “Shahidlar xotirasi” majmuasi | Toshkent shahar hokimligi 2021 yil 16 aprel kuni “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi o'rab olinib, u yerda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotganini ma'lum qilgandi. Mazkur holat aholi o'rtasida ko'plab savollarni keltirib chiqardi va ularning noroziligiga sabab bo'ldi.
“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi 2001 yilda qurilgan bo'lib, uning hududida joylashgan “Qatag'on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi juda ixcham qilib kurilgani sababli, bu yerdagi ekspozitsiyalarni kengaytirishning imkoni bo'lmagan. Bino muzey talablariga moslab qurilmagani sababli ekspozitsiya zallarini yozda salqin, qishda issiq saqlash katta muammoga aylangan. Buning ustiga, yog'ingarchilik mavsumlarida tez-tez binoning tomidan chakki o'tib, eksponatlarga zarar yetkazishi holatlari uchragan. Muzeyda 2002 yilda o'rnatilgan uskuna va jihozlar eskirib, bugungi talablarga javob bermay qolgan.
Shahar hokimligi va Qurilish vazirligi taqdim etgan ma'ulmotlarga ko'ra, majmuada hukumat qarori bilan qatag'on qurbonlari nomi aks etadigan ramziy kitob, muzey xodimlari uchun bino, milliy hunarmandchilik va savdo do'konlari, amfiteatr, veloyo'laklar qurilishi bildirilgan.
“O‘zshaharsozlik LITI” bosh arxitektori Gulshira Magametovaning aytishicha, savdo do'konlari, ochiq amfiteatr va Wi-Fi hududlarini tashkil etish kabilar jamoatchilik e'tirozidan so'ng loyihadan chiqarilgan. Majmua hududida muzey fondi va ilmiy xodimlari uchun alohida xizmat binosi quriladi. Muzey binosi va ramziy rotonda rekonstruktsiya qilinib, muzeyning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
“Gazeta.uz” taqdim etgan qaror suratida “Shahidlar xotirasi” majmuasi qurilish-ta'mirlash ishlariga birinchi bosqichda Toshkent shahar hokimligining mahalliy byudjetidan 20 milliard so'm miqdoridagi mablag'lar ajratilishi ko'rsatilgandi. Ikkinchi bosqichda esa yerlarni lotlarga ajratishda sarmoyadorlardan tushadigan mablag'lar hamda yetmagan qismi hokimlik mahalliy byudjetining qo'shimcha mablag'lari hisobidan yo'naltirilishi aytilgan.
Shuningdek, hujjatda majmua yaqinidagi 3,7 gektar yer uchastkalari sotilishi va buning uchun ular shahar hokimligi zaxirasiga beg'araz taqdim etilishi belgilab qo'yilgandi. Shu bilan birga, “O'zekspomarkaz”ga tegishli Amir Temur shoxko'chasi 107-uy manzilidagi 0,9 gektar yer maydoni ham poytaxt hokimligi zaxirasiga o'tkazilishi aytilgandi.
Poytaxt hokimligi rasmiylari 28 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida OAV vakillari uchun brifing o'tkazib, savollarga javob berdi. xususan, u shahar yerlari sotilmasligini, aksincha, tenderga qo'yilib, eng yuqori narx taklif etgan nomzodga berilishini ma'lum qildi.
“Bugun.uz” fotomuxbiri mazkur majmuada olib borilayotgan qurilish ishlaridan maxsus fotoreportaj tayyorladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkentda “Premier Hall” kinoteatrining yangi dizaynini yaratishda “Kokilli qiz” pannosi saqlab qolinishi haqida xabar berilgandi. | 74 | 2,930 |
Foto | Fotogalereya: AQSh birinchi xonimining Osiyo safaridagi liboslari | AQSh prezidenti Donald Trampning Sharqiy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safarida unga rafiqasi Melaniya Tramp hamrohlik qildi. Safarlar davomida AQShning birinchi xonimi turli liboslarda omma oldiga chiqdi va bu orqali OAVlar tomonidan qizg‘in e’tirof etildi. “Bonjur Glamur” mazkur chiqishlardagi lavhalardan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 65 | 336 |
Foto | Ushbu suratlarga qarab eng mahoratli erkaklar sartaroshlari Iroqda yashashiga ishonch hosil qilasiz (foto) | Erkaklar ham go‘zallikka intilib, zamonaviy va ixcham soch oldirish orqali o‘z kayfiyatini ko‘tarishga qarshi emas. Iroqlik sartaroshlar qaychi va o‘tkir ustaralar yordamida mijozlari sochidan haqiqiy san’at asarini yaratmoqda.
AdMe ana shunday o‘z ishining ustasi bo‘lgan iroqlik sartaroshlarning ishlarini taqdim etdi. | 106 | 320 |
Foto | Dunyo bo'ylab Bucha xotirasiga aktsiyalar, bulut ustida turgan ko'prik, tarovih orasida dam olayotgan namozxonlar — 6 aprel suratlari | Aprel oyining yana bir kuni o'z o'rnini keyingisiga bo'shatib bermoqda. Bugungi kun davomida dunyoning turli nuqtalarida bir-biridan qiziq (va ba'zilari alamli) suratlar e'lon qilindi. Ularning eng saralarini quyida taqdim etamiz.
Rossiyaning Ukrainaga bir oy davom etgan (samarasiz, yaxshiyamki) bosqinidan keyin rus armiyasi chekinishni boshladi. Ruslar egallagan shahar ketma-ket ozod etilmoqda. Suratda ulardan keyin qolgan vayronalar. Ularni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o'z Telegram kanalida e'lon qildi.
Rus qo'shinlari ortga chekingani bilan, urush davom etmoqda. Bugun uning 42-kuni. Aynan shu kunda Gruziyaning Tbilisi shahridagi parlament binosi yonida Ukrainaning Bucha shahrida halok bo'lganlarni yodga olish aktsiyasi o'tkazildi.
Litva poytaxti Vilnus shahrida ham xuddi shu mazmundagi protestlar bo'lib o'tdi.
Germaniyaning Berlinida ham xuddi shu manzara. Ayolning qo'lida “Bucha seni hech qachon unutmaydi” yozuvli plakat.
Ukraina mavzusidan biroz chetlashamiz. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Yangi Qirolicha Elizaveta II (nomdagi ba'zi so'zlar qadrdondek tuyulmayaptimi?) kasalxonasidagi bemorning holidan xabar olmoqda.
Indoneziyaning Banda Acheh shahridagi masjidlardan birida namozxonalar tarovih namozi orasida dam olmoqda.
Istanbuldagi tuman bilan qoplangan Fotih Sulton Mahmud ko'prigi.
Hindistonning Dehli shahrida bolakay havo harorati ko'tarilib ketgani tufayli muzdek suv bilan salqinlamoqda. O'zbekistonda ham shunday kunlar kel(di)ishga oz qoldi.
Dunyoni (Ukrainani ham, jumladan) “maxsus operatsiya”lar emas, go'zallik qutqaradi. Suratda shotlandiyalik baletchilar.
Va to'plam so'ngida O'zbekistonga oid surat: Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev Shavkat Mirziyoevni yangi qurilish loyihalari bilan tanishtirmoqda. | 133 | 1,773 |
Foto | Bor imkoniyatlarini ishga solib, barchani hayratda qoldirgan it va mushuklar (foto) | Insonlarning sevimli jonzotlari bo‘lmish mushuk va itlarni hamisha bir xil holatda ko‘rish, albatta, odatiy hol. Ammo ular ham gohida barcha imkoniyatlarini ishga soladi va nogahon o‘z egalarini hayratda qoldiradi.
“Yelkamdagi itni yoqtirib qolishingizga ishonchim komil”.
“Mening kuchugim o‘tirish uchun ajoyib joylarni tanlaydi”.
“Xo‘jayinning iti 15 daqiqadan buyon uyquda”.
“Itimning butunlay farqlanuvchi ikki xil tomoni bor”.
“Onam menga mushugimizning hayratlanarli tarzda uxlayotgan suratini yubordi”.
“Itimning o‘tirishi o‘zi shunaqa”.
“Shpits Foksi itga qaraganda ko‘proq mushukka o‘xshaydi. U bo‘yinbog‘ taqishni yoqtirmaydi. Shuning uchun sumkada yuradi”.
“Hech kim kuni bo‘yi mushuklar singari charchamaydi. Ishonmasangiz, o‘zidan so‘rang”.
“Qo‘l-oyoqlar va beldagi og‘riq... Men bu haqida eshitmaganman”.
“Mening itim divanda shu tarzda o‘tiradi”.
“Kecha uyga olib kelingan mushukning bugungi ko‘rinishi”.
“Ushbu mushukni ‘yig‘ish’da qiyinchiliklar bo‘lgani aniq”.
“Bu joy itlar uchun emas”.
“Mushukcham juda g‘alati uxlaydi”.
“O‘zi nima uchun bunday qilganini ham bilmaydi”.
“Ba’zan itlarni ‘yig‘ish’da ham qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin”.
“Quyoshda uzoq vaqt qolgan itimning uyqusi”. | 83 | 1,215 |
Foto | Chiroyli fotosuratlar aslida qanday olinadi? (fotogalereya) | Har kuni juda ko‘plab yorqin va noodatiy suratlarga ko‘zimiz tushadi, ammo ushbu kadrlar ortida nima turganini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Axir jozibador suratlar olish uchun fotosuratchining iste’dodi, yaxshi texnikadan tashqari, yordamchilarning ishi, suratga olishga soatlab tayyorgarlik va boshqa ko‘plab noqulayliklar ham talab etiladi. AdMe sizni shunday tasvirlar ortida nimalar yashirin ekanligini ko‘rishga taklif qiladi. Sahna ortiga marhamat! | 59 | 448 |
Foto | Fotogalereya: 2017-yilda bo‘lib o‘tgan nikoh to‘ylarining esda qolarli suratlari | AdMe 2017-yilda dunyoning turli joylarida bo‘lib o‘tgan nikoh to‘ylaridan esda qolarli suratlarni taqdim etdi. | 80 | 110 |
Foto | Mashgʻulotlardagi Messi, Qandahordagi janglar, kardinal Martinesning dafn marosimi — 13 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Antaliyaliklar yongʻin oqibatida vayron boʻlgan uylariga qaytib kelmoqda.
Lionel Messi oʻzining yangi jamoasida mashgʻulotlarga kirishdi.
Vatikanda kardinal Eduardo Martinesning dafn marosimi boʻlib oʻtdi.
Anqarada muhojirlar va mahalliy aholi oʻrtasida ommaviy toʻqnashuv yuz berdi. Suratda anqaralik yigit suriyaliklar yashayapti degan taxmin bilan uyning derazasini sindirishga harakat qilmoqda.
Afgʻoniston janubidagi mamlakatning ikkinchi yirik shahri Qandahor uchun janglarda hukumat kuchlari yengildi. Shahar «Tolibon» nazoratiga oʻtdi.
Hindistonning Allahobod shahrida Panchami festivalida kurash tushayotgan polvonlar.
V‘etnamning Hanoi shahrida plastik yigʻuvchi ularni qayta ishlash zavodiga olib ketmoqda.
AQShda dahshatli oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda.
Kaliforniyalik uysiz Jamol Venesiya sohilida dush qabul qilmoqda.
Parijdagi Boval hayvonot bogʻida dunyoga kelgan Paxta guli hamda Kichkina qor laqabli pandalar inkubatorda saqlanmoqda. | 104 | 1,015 |
Foto | Sovutkich muzxonasidan zudlik bilan chiqarish tavsiya etiladigan 11 ta mahsulot | Sovutkichning muzxonasi eng foydali jihozlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida ba’zi mahsulotlarni bir necha oylab saqlash mumkin. Biroq ba’zilar muzxonaga zinhor solish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni u yerga joylab xatoga yo‘l qo‘yadi. Sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi bunday xatolarning oldini olish uchun “101 sovet” sayti ana shunday mahsulotlarning ro‘yxatini taqdim etdi.
1. Tarkibida suv ko‘p bo‘lgan meva va sabzavotlar
Tarvuz, olma, kartoshka, bodring va boshqa shu kabi meva-sabzavotlar erigandan so‘ng o‘z shaklini yo‘qotadi. Shuning uchun ularni muzlatmasdan iste’mol qilish yoki saqlashning boshqa usulini topish tavsiya etiladi.
2. Muzdan eritilgan go‘sht
Muzlatilgan go‘shtda bakteriyalar ko‘paya boshlaydi. Ularni issiqlik bilan ishlov berish orqali yo‘q qilish zarur. Agar bunday go‘sht yana muzxonaga joylashtirilsa, unda mikroorganizmlar ko‘payishda davom etishi mumkin.
3. Qaynatilgan makaron
Agar siz makaronlarni muzxonaga joylasangiz, bu mahsulot eriganidan so‘ng nam tortib qoladi. Agar makaronni muzxonaga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, oxirigacha qaynatilmagan mahsulot bo‘lishi lozim.
4. Qahva donalari
Sovuq harorat ularni quritib yuborishi mumkin, oqibatda ular o‘z xususiyatini yo‘qotadi. Qahva donalarini germetik konteynerda qorong‘u joyda saqlash mumkin.
5. Konservalar
Konservalar muzxonada saqlashga mo‘ljallanmagan. Ularni kichik omborxonada saqlash lozim. Agar konserva bankasidagi mahsulotni muzlatishingiz kerak bo‘lsa, avval uni germetik konteynerga bo‘shating.
6. Tuxum
Muzxonada tuxumning po‘chog‘i darz ketib, uning ichiga bakteriyalar tushishi mumkin.
7. Kremsifat mahsulotlar
Smetana, yogurt, qaynatilgan krem kabi mahsulotlarni muzxonada emas, sovutkichning o‘zida saqlash kerak.
8. Yumshoq pishloq
Qattiq pishloqni muzlatish mumkin, yumshog‘ini esa sovutkichda saqlagan ma’qul.
9. Un yoki kraxmal bilan quyultirilgan souslar
Ular muzxonaga qo‘yilsa, tarkibi o‘zgarib, iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.
10. Eritilgan muzqaymoq
Eritilgan muzqaymoq muzlatilsa, yopishqoq bo‘lib qoladi.
11. Isitilgan taom
Tayyor tushliklarni birinchi marta isitgandan keyin yana muzxonaga qo‘yish tavsiya etilmaydi, bu ularda bakteriyalarning ko‘payishiga olib keladi. | 79 | 2,205 |
Foto | Uylarini dunyodagi eng shinam maskanga aylantirgan insonlarning mehnat mahsuli (foto) | Bugungi qahramonlar yashash joylari ustida juda ko‘p mehnat qilgan. Natijada ular nafaqat zamonaviy, balki qulayliklar yaratishga ham erishgan. Uy interyeri uchun mebellar sinchkovlik bilan tanlangan. Shuning uchun ham uy egalari u yerni tark etishni xohlamaydi.
“Dastlab ushbu studiyada bir dona stul bor edi. Hozirda esa shunday ko‘rinishda. Tepa qismdagi pushti baxmalni o‘z qo‘llarim bilan tayyorladim”.
“Ajrashganimdan so‘ng kichkina kvartiraga ko‘chib o‘tdim. Oshxonani ko‘rsam, ko‘nglim ko‘tariladi”.
“Parijdagi ushbu kvartirada bir yildan buyon yashayman va xuddi o‘zimning uyim deb bilaman”.
“Uydan xushbo‘y shamlarning hidi kelib turishini xohlayman”.
“Qo‘shnilarim uyni bezatish ishlarini menga ishonib topshirdi”.
“Ishdan keyin dam olish uchun eng yaxshi joy”.
“Oddiygina xira va bo‘sh xonani noodatiy hammomga aylantirdim”.
“Men ‘tartibsizlik’ deb nomlangan ichki dizayn uslubi borligini bilib oldim. Bu xonamga juda mos keldi”.
“Yotoqxona devorini shimgich bilan bo‘yab chiqdim. Buning uchun bir soat vaqt ketdi”.
“Yangilangan hammom endi shinam spa-salonga o‘xshaydi”.
“Oshxonani yangi parda va dasturxon bilan boyitdim. So‘ngra kvartiradagi eng sevimli xonamga aylandi”.
“Xonam pushti rangga bo‘yalgan va bundan afsuslanmayman”.
“Uyimiz aslida boshqacha muhitda, neytral uslubda yaratilgan. Ammo mening xonamda o‘zgarishlarning kattasi yuz bergan”.
“Ushbu burchakdan faxrlanaman. Bu yerda faqatgina mushukka yashash uchun ruxsat berilgan”.
“Feruza va oltinning kombinatsiyasini qanchalar yaxshi ko‘raman”.
“4 yildan so‘ng nihoyat kichkina studiyadamdan mamnunman”.
“Ko‘p yillik turmushdan so‘ng ajrashib, birinchi marta yolg‘iz yashayapman. Ammo uyimda ham baxtliman”.
“Xonangizni qora rangga bo‘yashni xohladingizmi, darrov amalga oshiring. Masalan, men hammomni bo‘yadim”.
“Uydagi gilamlarni olib, chinakam xazinani topdim. Aslida ular shu holda yaxshi ko‘rinishda”. | 85 | 1,902 |
Foto | Fotoreportaj: Namangan – gullar shahri | O‘zA Namangan gullari aks etgan suratlar fotogalereyasini taqdim etdi. | 38 | 70 |
Foto | Britaniyalik ayol makiyaj orqali san’at asari yaratadi (foto) | Britaniyalik Hanna Greys yuzida qoyilmaqom darajada optik illyuziya yaratadi va buning uchun 11 soat vaqt sarflaydi.
Ayol makiyaj orqali yuzini o‘girilgan, kesib tashlangandek yoki umuman yo‘q qilib ko‘rsatishi mumkin.
View this post on Instagram
U o‘zining san’at namunalari bilan Instagram sahifasida bo‘lishadi.
View this post on Instagram
Hanna mutaxassisligining grim bilan aloqasi yo‘q, u bosh oshpaz sifatida faoliyat olib boradi.
View this post on Instagram
Ayol bir necha yil avval makiyaj san’ati bilan qiziqib qolgan va mustaqil ravishda vizajistlikni o‘rgangan.
View this post on Instagram
Avvaliga yuzini maroq uchun bo‘yagan Hanna keyinchalik cho‘tka va kosmetika bir odamni tamoman boshqa odamga aylantirishi mumkinligini tushungan.
View this post on Instagram
Shundan keyin yangi ijodlar qila boshlagan va optik illyuziyaga qiziqishi ko‘proq ekanini payqagan.
View this post on Instagram
U farzandi uxlayotganida haftasiga uch yoki to‘rt marta obrazlar yaratishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo murakkablari uchun tun bo‘yi uxlamasdan ishlab chiqishi ham mumkin.
View this post on Instagram | 61 | 1,203 |
Foto | Urush o'chog'iga borgan BMT bosh kotibi, sudga chaqirilgan Jonni Dep, Moskvada yonib ketgan avtomobillar — 28 aprel suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Moskva janubida ko'p qavatli uy yonida yettita avtomobil yonib ketdi. Suratni ko'rganda, izohini o'qimagan odam, “ha, yana Ukraina bo'lsa kerak”, deb o'ylashi aniq. Chunki bunday holatni biz oxirgi vaqtlar Ukrainada ko'rayotgan edik.
Mashhur Gollivud aktyori Jonni Dep sobiq ayoli Ember xerd bilan sudlashmoqda.
Shveytsariyada “Tur Romandiya” ko'pkunlik velopoygasi davom etmoqda.
Hindiston poytaxtida havo chiqindixonalardan chiqayotgan toksik tutun sabab ifloslanish darajasidan oshib ketdi.
BMT bosh kotibi Antonio Gutteresh Ukrainaning urush sabab vayron bo'lgan Irpin shahriga tashrif buyurdi. Oldinroq u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi.
Qadr kechasida Abu Dabidagi Shayx Zayd masjidida ibodat qilayotgan musulmonlar.
Ramazon hayiti bayrami arafasida uyiga qaytayotgan indoneziyaliklar Jakarta yo'llarida tirbandlikni yuzaga kelishiga sabab bo'ldi.
Shri Lanka poytaxti Kolomboda kasaba uyushmalari a'zolari norozilik namoyishi o'tkazmoqda.
San Paoloda yong'in sabab uyidan qochib chiqqan qiz onasini quchoqlab turibdi.
Makka shahridagi Masjid-ul Haromda namoz o'qilmoqda. | 125 | 1,160 |
Foto | 8 yoshli fotosuratchi tomonidan olingan Britaniyaning ajoyib to‘qqiz manzarasi | Iste’dod — buyuk mukofot. Aynan iste’dodi sabab inson biror tanlagan kasbida katta yutuqlarga erishadi. Biroq hamma ham o‘z iste’dodini yuzaga chiqara olmaydi.
Britaniyalik Oliver Andreasga esa omad kulib boqqan. “Kulturologiya”ning yozishicha, u 8 yoshidayoq o‘z iste’dodini keng miqyosda namoyon etishga muvaffaq bo‘ldi.
Quyida Oliver tomonidan suratga olingan e’tiborga molik fotomanzaralar aks etgan.
Yosh iqtidorli fotosuratchi tomonidan olingan Britaniya manzaralari.
Oliver maktabda o‘qiydi, dam olish kunlari esa suratga olish uchun xushmanzara joylarni izlab, otasi bilan birga shahar tashqarisiga chiqadi.
Odatda, ota va o‘g‘il juda erta — tungi soat birda uyg‘onib, yo‘lga chiqadi.
Bu — yosh fotosuratchining eng sevimli joylaridan biri.
“Fotosuratni olgunimga qadar, pirsdagi bu odam qimirlamay turishini iltijo qilib so‘radim. Oxir-oqibat to‘lqinni ushlashga muvaffaq bo‘ldim”.
Oliverning iqtidori xalqaro miqyosda tan olib bo‘lingan.
Oliver Andreas tomonidan suratga olingan manzara.
Oliver otasi bilan birga Buyuk Britaniya bo‘ylab sayohat qiladi. Asosan tongda va quyosh botishi arafasida suratga oladi.
Iqtidorli Oliverning ajoyib ishlanmasi. | 78 | 1,169 |
Foto | Foto: Qirg‘izistonning Toshkent viloyatiga qo‘shni hududida qor yog‘di | Qirg‘izistonning Toshkent viloyatiga qo‘shni hududida qor yog‘di. Bu haqda “Akipress” xabar bermoqda.
Talas tumanining Alekseyevka va Konezavod qishloqlari 28-aprel, juma kuni qalin qor bilan qoplandi. | 70 | 202 |
Foto | Fotogalereya: Bryus Lining hali siz ko‘rmagan oilaviy fotosuratlari | Bryus Li millionlab tomoshabinlarning sevimli yulduzi edi. Jangovar san’at olami afsonasining falsafasi bugungi kunda ham dunyo bo‘ylab odamlarni ilhomlantirib kelmoqda, deb yozadi “1news.az”.
Li o‘zi rahbarlik qilayotgan mashg‘ulotlar vaqtida 17 yoshli talaba qiz — Linda Emerli bilan tanishadi. Linda bir ko‘rishdayoq kelishgan xitoylik yigitni sevib qoladi. U Lining guruhidagi mashg‘ulotlarga yozilgan edi, kunlarning biri esa Bryus Lindani restoranga taklif qiladi. Ko‘p o‘tmay, ular turmush qurishadi.
Keyinchalik ular buni bir ko‘rishdagi muhabbat bo‘lganini tan olgan. Bryusning ko‘ziga Linda “osmondan tushgan farishta”dek ko‘ringan. O‘z navbatida, qizga Bryusning o‘ziga xos did bilan kiyinishi juda yoqqan.
Bryus va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i o‘rtasidagi birinchi uchrashuvi qimmat restoranda bo‘lib o‘tgan. Lindaning ta’kidlashicha, bu juda romantik oqshom bo‘lgan — ular Bryusning bolalik va o‘smirlik davri haqida suhbat qurgan, falsafa, psixologiya va hayot rejalar bo‘yicha fikr almashgan.
Lindaning ota-onasi uning xitoylik yigitga turmushga chiqishiga qat’iy qarshi edi. Biroq bu sevishganlarning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘la olmadi. To‘ydan keyin Bryus Li va Linda uzoqroqqa ko‘chib ketib, alohida uyda o‘z hayotlarini mustaqil ravishda qurishga kirishdi.
1965-yil 1-fevralida Bryusning to‘ng‘ich o‘g‘li — Brendon Li tug‘iladi. O‘shanda aktyor o‘z farzandini “Kaliforniyadagi yagona malla va ko‘k-ko‘z xitoylik” deb atagan edi.
Ota va o‘g‘il hayratlanarli tarzda bir-biriga o‘xshardi. Bryus Li Brendonga uch yoshidan kung-funi o‘rgatdi. Besh yoshida esa bolakay qo‘lda yurib, bir sakrashda otasining dahaniga yeta olardi.
1969-yili ularning ikkinchi farzandi — qizaloq Shennon dunyoga keladi. U otasining yo‘lidan borib, aktrisa va kinoprodyuser bo‘ldi.
Gollivudning aksariyat yulduzlaridan farqli o‘laroq, Bryus Li butun hayoti davomida faqat bir marta oila qurgan. Linda bilan nikohda to‘qqiz yil — o‘limiga qadar birga yashadi.
Bryus Lining fikricha, yon bera olish — oilaviy hayotning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Uning o‘zi osonlik bilan xotiniga yon bosishi mumkinligi haqida jurnalistlarga bir necha bor so‘zlab bergan edi.
Bryus Lining o‘limidan so‘ng Linda Bryus Kedvelga turmushga chiqdi va hozirda Aydahoda istiqomat qiladi. | 67 | 2,273 |
Foto | Fotogalereya: Kundalik hayotni yengillashtirishi mumkin bo‘lgan ixtirolar | Inson tomonidan yaratilgan oddiy ixtirolar kundalik hayotni yengillashtirish uchun katta hissa qo‘shadi. AdMe nashri ana shunday oddiy ixtirolar fotojamlanmasini taqdim etdi. | 73 | 174 |
Foto | San-Fermin festivali: buqalar bilan yugurish va korrida (foto) | 6—14-iyul kunlari Ispaniyaning Pamplona shahrida 800 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan San-Fermin festivali bo‘lib o‘tdi. Shahar ko‘chalari bo‘ylab buqalar bilan yugurish va korrida uning eng mashhur qismi hisoblanadi. Bu yil festival qanday o‘tgani “Kommersant.ru” fotogalereyasidan o‘rin oldi. | 62 | 295 |
Foto | Karantindan ozod Fransiya, Isroil–Falastin toʻqnashuvi, Eurovision tanlovi — 19 may suratlari | E'tiboringizga 19 mayning diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz.
Uzoq davom etgan karantindan soʻng Fransiyada bir qator ommaviy tashkilotlar faoliyatini davom ettirishiga ruxsat berildi. Restoranlar, muzeylar shular jumlasidan. Xususan, restoranlar faqatgina tashqarida mijozlarni qabul qilishlari mumkin. Shuningdek, muzeylar ham mijozlarni qabul qilishni boshlagan. Koʻpchilik fransuzlar uzoq kutgan kunda prezident Makron ham restoranlardan birining terassasida qahva ichgan.
Isroil–Falastin oʻrtasidagi mojaro haqida batafsil toʻxtalishning hojati boʻlmasa ham kerak. Toʻqnashuvlar va Isroilning Gʻazoga hujumlari hamon davom etmoqda. Voqealar koʻlamini suratlardan anglab olishingiz mumkin.
Hindistonda koronavirus toʻlqini hamon davom etmoqda. Kunlik oʻlim darajasi yana rekord qayd etishda davom etmoqda. Oxirgi 24 soat davomida 4,5 mingdan ortiq bemor vafot etgan. Pandemiya boshidan buyon Hindistonda kasallanganlarning umumiy soni 25 milliondan ortiqni tashkil qilmoqda.
Shu kunlarda Niderlandiyaning Rotterdam shahrida Eurovision musiqa festivali boʻlib oʻtmoqda. Unda 39 nafar qoʻshiqchi gʻoliblik uchun kurashadi. Bugun tanlovning yarim final bosqichlari boʻlib oʻtdi. Jarayondan suratlarni quyida tomosha qilishingiz mumkin. | 93 | 1,244 |
Foto | Hafta fotolari: Ishonchli mehmon va o‘tloq uyqusi | National Geographic nashri “Yovvoyi tabiat Rossiya — 2017” konkursida favoritiga aylangan fotosuratlarni taqdim etdi.
Ishonchli mehmon. Tamara Morozova
Qaytish. Aleksey Trofimov
Biz ozod bo‘lamiz. Korol Sergey Sergeyevich
Shimol ob-havosining injiqliklari. Vitaliy Novikov
O‘tloq uyqusi. Mixail Ageyev | 49 | 311 |
Foto | Avval va hozir: taniqli fransuz aktrisalari qanday ko‘rinishda? | Bir necha yillar avval o‘zining chiroyi bilan filmlarning muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan aktrisalar hozirda ham o‘z ko‘rinishini qisman bo‘lsa-da saqlab qolgan. Oradan o‘tgan ayovsiz yillar ularni tanib olishga to‘sqinlik qilmaydi.
Brijit Bardo
Dunyo miqyosida shuhrat qozongan aktrisa bir necha filmlarda rol ijro etgan. Uni nafaqat aktrisa deyish mumkin, balki jonzotlarni himoya qilish faoli sifatida ham tanilgan. Bardo hayvonlarni himoya qilish fondiga asos solgan va bu orqali bir qancha foydali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Katrin Denyov
Katrin ham navbatdagi eng mashhur fransuz aktrisalaridan biri bo‘lishiga qaramay, Amerika u haqda asosan parfyumeriya yangiliklariga bag‘ishlangan reklamalar qahramoni sifatida biladi.
Mishel Mersye
Mishel ham fransuz filmlarida ajoyib rollarni ijro etgan mahoratli aktrisalardan biri. Oradan o‘tgan yillar uni o‘zgartirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, ammo sochlariga ta’sir o‘tkaza olmagani sezilib turibdi.
Marina Vladi
Fransuz pasportiga ega rus aktrisasi. Ushbu aktrisaning muxlislari nafaqat ijrolari uchun, balki rus va fransuz o‘rtasidagi madaniy aloqani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun ham yaxshi ko‘radi.
Vanessa Paradi
Vanessa 20 yil davomida Jonni Depp bilan orasidagi munosabatlar tufayli muxlislarni xursand etgan bo‘lsa-da, oilaviy baxtni rejissor Samyuel Benshetridan topdi. Aktrisa hanuzgacha latofatli ko‘rinishini saqlab qolgan.
Odri Totu
Odri oradan 20 yil vaqt o‘tsa ham o‘sha-o‘sha. Faqatgina soch turmagiga o‘zgartirish kiritgan. Tabassum, ko‘zlar xuddi yoshlikdagidek. Uning 10 yil avval ijro etgan “Koko Shanel”dagi bosh rolidan keyin moda uyi aktrisani №5 parfyumeriya yuziga aylantirgan.
Sofi Marso
16 yoshidanoq mashhurlikka erishgan aktrisa keyinchalik romantik ayolga aylangan. Uni 52 yoshida ham bemalol taniy olish mumkin. Sababi aktrisa pardozga juda ham mukkasidan ketmagan. Ammo zamonaviy uslubni yaxshi ko‘radi.
Letitsiya Kasta
Uning filmografiyasi unchalik ham katta bo‘lmasa-da, ammo bu unga dunyoning mashhur aktrisasiga aylanishiga to‘sqinlik qilmadi. U ko‘proq reklama kompaniyalarida, Victoria’s Secret’dan L’Oreal’ga qadar yuzi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Uning teri parvarishiga qoyil qolish mumkin, chunki 40 yoshida ham yosh va tabiiy ko‘rinadi.
Emmanuel Bear
Noto‘g‘ri estetik aralashuv aktrisani 27 yoshida deyarli tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirdi. Aktrisa barchasini ortga qaytarishga harakat qilmasin, muvaffaqiyatsiz kechgan plastik jarrohlik izlari hanuzgacha yaqqol sezilib turibdi.
Karol Buke
Aktrisaning yoshligidagi navqironligi yillar o‘tgan sayin o‘ziga ishongan, latofatli va jasur ko‘rinishni hosil qilgan. Aktrisa endilikda go‘zallikni qanday ta’kidlashni biladi. | 63 | 2,694 |
Foto | Foto: Dunyodagi eng ulkan oltin koni | TravelAsk Avstraliyada joylashgan Super Pit oltin konining suratlarini taqdim etdi. 1893-yilda aniqlangan konning chuqurligi ayni paytda 570 metrni, o‘lchamlari esa 3,5 ga 1,5 kilometrni tashkil qiladi. Har yili bu yerdan 28 tonna sof oltin olinadi. Bunda qazib olingan bir tonna rudadan atigi yetti gramm sof oltin ajratib olinadi. | 36 | 332 |
Foto | Fotogalereya: Maftunkorligining cheki yo‘q Avstraliya jonivorlari | Avstraliya o‘z hayvonot dunyosining xilma-xilligi bilan har qancha maqtansa oz. Kenguru, o‘rdakburun, koala, yexidna, vombat kabi g‘aroyib jonivorlarning barini faqat Avstraliyada uchratish mumkin.
Lekin bu hali hammasi emas, deb yozadi TravelAsk. Eng asosiysi, mazkur jonivorlarning bari shu qadar chiroyli va maftunkorki, ularni yaxshi ko‘rmaslikning iloji yo‘q! O‘zingiz baho bering. | 65 | 386 |
Foto | Foto: Etni junjiktiradigan tashlandiq joylar | Bir vaqtlar mashhur bo‘lgan manzilgoh va binolar vaqt o‘tishi bilan qarovsiz holga kelishi, tashlandiq joyga aylanishi mumkin. Bu nafaqat futuristik uslubda qurilgan uylar, balki zavod, texnologiya va sanoat obyektlariga ham taalluqli. Suratlarga nazar tashlab, har qanday yangilik, unutilgan eskilik ekaniga amin bo‘lish mumkin.
Bolgariya kommunistik partiyasining Buzludja tog‘idagi xotira uyi.
Kolmanskop — Namibiyada joylashgan kichik qishloq. 1900-yillarda nemislar u yerda olmoslar ko‘pligini tushunib yetgan, ammo oradan 50 yil o‘tib,mazkur joy qiziqarli bo‘lmay qolgan.
Germaniyadagi xarobaga aylangan Belis Xaylshtetten harbiy gospitali.
1916-yilda oyog‘idan yaralangan Adolf Gitler mazkur gospitalga davolanish uchun yuborilgan.
AQSh, Nyu-Yorkdagi metro stansiyasi.
Kanadadagi xaroba cherkovning qor yog‘gandagi ko‘rinishi.
Yaponiyadagi Xasima “Chegaradagi orol” deb tarjima qilinadi.
Tayvanning sharpalar shahri – Sanchjida joylashgan uylar.
Kiyev metrosidagi tashlandiq tunnel.
Kolumbiyadagi ayni vaqtda qarovsiz qolgan mazkur bino avvaliga El Hotel del Santo mehmonxonasi sifatida mashhur bo‘lgan.
Omskdagi metroning ichki tarafi mana shunday ko‘rinishga ega.
Xitoy hukumati gidroelektrostansiya qurish maqsadida ayrim shaharlarni sun’iy cho‘ktirish haqida qaror qabul qilgan. Ularning orasida Shichen shahri ham bo‘lgan. Shahar 1959-yilda cho‘ktirilgan.
“Disneylend”dan ilhomlanib Yaponiyada qurilgan “Nara Drimlend” yapon bog‘i. 1961-yilda ochilgan bog‘dan 2006-yilga kelib foydalanish to‘xtatilgan.
Rossiyadagi yog‘ochdan qurilgan, tashlandiq uy.
Suxumidagi mazkur stansiya 1992–1993-yillar Abxaziyadagi urush vaqtida qarovsiz qolgan.
AQShdagi Orfey teatri 1912-yilda ochilgan. 1950-yillarga kelib bino ortiqcha chiqim keltirib chiqaradi, deb qayta yopilgan.
1913-yilda ochilib, 1988-yilda yopilgan Michigandagi markaziy vokzal.
Ukraina, Pripyatdagi sharpalar shahri.
Gollandiya orolidagi so‘nggi uy. | 44 | 1,935 |
Foto | Avvaliga ahmoqona tuyulgan, biroq keyinchalik muvaffaqiyat qozongan ixtirolar (foto) | AdMe g‘oyalar qanchalik ahmoqona bo‘lmasin ular muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini isbotlovchi ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi.
Harakatlanayotgan tasvirlarni masofadan turib uzatish usuli XX asrning boshlarida ixtiro qilingan, biroq televideniye oradan bir necha o‘n yillar o‘tganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Nega? Sababi hech kim “ichida tirik suratlar joylashgan quti”ning muvaffaqiyatiga ishonishni xohlamagan. 1926-yilda ixtirochi Li Defore “Texnik jihatdan televideniye yaratishning imkoni bor, ammo u tijorat jihatidan mutlaqo ma’nisiz” deya yozib qoldirgan.
1947-yilda Bell Laboratories ilmiy laboratoriyasi xodimlari mobil aloqani yaratishda sot usulini (olti burchakli usul) taklif qilishgan. Mobil telefonlar savdoga chiqqunicha oradan 40 yil vaqt o‘tgan. Birinchi mobil telefonni Martin Kuper yaratgan. Ko‘pchilik unga bu ixtirosi ahamiyatsiz ekanligini aytgan, ammo qurilma sotuvga chiqqanining birinchi kunidayoq do‘konlarda uzun navbatlar paydo bo‘lgan. Ushbu qurilma xotirasida 30 ta raqamni saqlay olgan, bir soat ishlagan va 10 soat quvvat olgan.
Hozirda barchaga ma’lum bo‘lgan smayliklarni 1963-yilda amerikalik rassom Xarvi Boll yaratgan. Ushbu ijodi uchun Boll atiga 45 dollar pul olgan. Oradan bir necha yil o‘tgach Bernar va Myurrey Speyn kabi biznesmenlar smayliklarning foydasini ko‘ra bilgan va ularning savdosi hamda litsenziyasi bilan shug‘ullanib 50 million dollardan ortiq mablag‘ ishlab olgan.
Gurav Kxanna qora tuynuklarni o‘rganayotganida uning laboratoriyasiga superkompyuter zarur bo‘lib qolgan. Biroq uni yaratish uchun juda qimmat qismlarni sotib olish darkor bo‘lgan. Shunda Gustav bir qarashda g‘alati bo‘lgan usulni o‘ylab topgan: u 412 ta arzon Playstation 3’ni sotib olgan va ularga boshqa operatsion tizim o‘rnatgan. Ushbu qurilma o‘zining qimmatbaho “ukasi”dan ancha samaraliroq bo‘lib chiqqan.
Ushbu g‘oya eramizdan oldingi birinchi mingyillikda paydo bo‘lgan. U vaqtlarda jarohat yetgan joylarni tikish mexanizmi mavjud bo‘lmagan. Shuning uchun odamlar chumolilardan foydalanishgan, hasharotlar o‘zining mustahkam jag‘lari bilan jarohat yetkazilgan joyning ikki chetini mahkamlab bera olgan. Bu kabi usuldan VII asrga qadar foydalanilgan.
Los-Anjelesdagi suv ombori bir necha yil davomida juda iflos bo‘lgan. Unga tushadigan quyosh nuri xlor va brom bilan reaksiyaga kirishib suvni zararli qilib qo‘ygan. Shunda noodatiy usul o‘ylab topilgan: suv yuzasini butunlay qoplaydigan, suvda cho‘kmaydigan plastik sharlar tashlangan. Ular suvning isib ketishini va turli suv o‘tlarining o‘sishiga barham bergan.
2017-yilda ixtiro qilingan eng yosh o‘yinchoq. Spinner — aylanadigan qozog‘ o‘yinchoqning modernizatsiya qilingani xolos. Spinnerlarga bag‘ishlangan video bir hafta ichida 7 million foydalanuvchi to‘plagan. Uning savdosidan esa milliardlab dollar foyda kelmoqda. | 84 | 2,821 |
Foto | Haftaning qiziqarli suratlari | “Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
Rossiyaning Kalujsk viloyatida “Maslenitsa” bayramiga atab qurilgan “Yonayotgan gotika” art-obyektini yoqish jarayoni
Vladivostokdagi baliqchi qushlar
“Kress-salat” hosilini yig‘ish jarayoni, Xitoy
Pxyonchxanda Olimpiada sovrindorlarini taqdirlash marosimi
Yura Min va Aleksandr Geymelinning Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiadadagi ishtiroki
Shotlandiyalik rassom Jonni Xanna Yorkshir haykaltaroshlik namunalari bog‘ida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmasi doirasida Darktown Turbo taksisini namoyish etdi
Hindistonda Mahamastabkisheka bayramining nishonlanishi
Milanda bo‘lib o‘tgan modalar haftaligida Moncler tomonidan taqdim etilgan kuz-qishga mo‘ljallangan kolleksiya
Keniyada Yovvoyi tabiatni himoya qilish xizmati xodimlari Sharqiy Savo milliy bog‘iga olib ketish uchun uxlatib qo‘yilgan filni yuk mashinasi kuzoviga ortmoqda | 29 | 923 |
Foto | San’at asari sifatida ko‘rgazmaga qo‘yishga munosib bo‘lgan tortlar (foto) | Kayfiyatni ko‘targani va inson o‘zini baxtiyor his qilishga hissa qo‘shgani sabab shirinlikning bir bo‘lagini yeyishning o‘zi kifoya qiladi. Ammo qandolatchilarning shunday ijod mahsuli borki, uni kesishga kishining ko‘zi qiymaydi.
“Tort buyutma qilgan mijoz menga hech nima tushuntirmadi shunchaki: ‘Siyohrang va firuza rang suv parisi’, — deb aytdi.
“Ancha yildan buyon qandolatchi bo‘lib ishlayman, faoliyatim davomida ko‘plab qiziqarli buyurtmalar olaman”.
“Yunon mifologiyasida Atlant osmonni ushlab turadi, ammo men uni sayyorani ushlab turgandek tasvirlashni istadim”.
“4 yoshga to‘ladigan qizim tug‘ilgan kunida mushuk ko‘rinishidagi pirojniy sovg‘a qilinishini istadi”.
“Do‘stim rafiqasining tug‘ilgan kuni uchun buyurtma berdi va tortning ustida uning barcha sevimli shirinliklari: biskoff, nutella va qulupnay bo‘lishini istadi. Aytganini muhayyo qildim.
Olmali pirog.
“Birinchi marta ko‘p qavatli tort pishirib ko‘rdim”.
“E’tiboringizga men tomonimdan pishirilgan birinchi skulpturali tort — toshbaqani taqdim qilaman”.
Kayfiyat hamda ruhiyatni o‘zida aks ettiruvchi tort.
“Qog‘ozdan yasalgan bezak va mastika tarafdori emasman. Ularni kesib yopishtirishning o‘zi bitta masala”.
“Mijoz syurpriz qilishni va tortning ustida gulxan bo‘lishini istadi. O‘ylaymanki, unga yoqadi”.
“Pryanikli uyidan faxrlangan rafiqam uning quvonchi bilan bo‘lishishimni istadi”.
“Ikki yarim soat va qaltiragan qo‘llar. O‘ylaymanki rojdestvo sviteri ko‘rinishidagi tort pishirishni uddasidan chiqdim”.
“Quruq qandolat bo‘yog‘i va tangachalar uchun dumaloq shokoladlardan foydalanib baliq ko‘rinishidagi tort tayyorlandi”.
“Bu mening eng yaxshi ijod mahsulim”.
“Qushlarni yaxshi ko‘radigan kelinim uchun tayyorlagan syurprizim”.
“Bir bo‘lagini yeyish uchun ko‘p vaqt ketadi, deb o‘ylayman”.
“Qishki qalpoq” torti.
Darhaqiqat itga o‘xshagan tort. | 74 | 1,853 |
Foto | Fotoshop va makiyajsiz: dunyoga mashhur ayollar kundalik hayotda qanday ko‘rinadi? (foto) | Tabiiylik hamisha urfda bo‘lib kelgan. Bugunda ko‘plab yulduzlar ushbu tendensiyani qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular o‘zlarining suratlarini fotoshop va hatto makiyajsiz ham jasorat bilan Instagram’ga joylashtiradi. Bu kuzatuvchilarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ularning ishonchini mustahkamlaydi. Quyida ularning bir nechtasini solishtirib ko‘rish mumkin.
Kayli Jenner
Selena Gomes
Jiji Xadid
Billi Aylish
Shakira
Ledi Gaga
Milli Bobbi Braun
Kara Delevin
Rianna
Priyanka Chopra | 89 | 481 |
Foto | Fotojamlanma: Ijtimoiy masofa saqlayotgan odamlar hayotidan lavhalar | Reuters nashrining navbatdagi e’lon qilgan suratlari koronavirus davrida hordiq olayotgan, qiziqishlarini tashlab qo‘ymagan dam oluvchilarga bag‘ishlanadi. “Daryo” bir-biridan masofa saqlashda davom etayotgan dunyoning turli mamlakatlaridagi odamlarning ushbu fotosuratlarini taqdim etadi.
Shveysariyaning Lozanna shahrida koronavirus xavfining oldini olish uchun odamlarning maxsus “pufakli” joylar tashkil etilgan restoranda ovqatlanishi yo‘lga qo‘yildi.
Velosipeddagi niqobli kishi Buyuk Britaniyada uchinchi marotaba e’lon qilingan lokdaun davom etayotgan paytda ogohlantiruvchi belgi oldidan o'tib ketmoqda. Fulham, London, Britaniya.
Aktrisa Samanta Beyli koronavirus avj olayotgan bir paytda The Rose Bowl stadioni tashqarisidagi drayv-sru xizmatidagi (mashinasidan tushmasdan foydanalaniladigan xizmat turi) Yura davri dinozavri libosini kiygan xodim bilan suratga tushmoqda, Kaliforniya.
Ish endi avvalgidek bo‘lmaydi. Masofa saqlab ishlayotganlar — suratlarda | 68 | 982 |
Foto | Fotogalereya: Tabiatning hayratlanarli suratlari | “Fotoshedevri” nashri tabiat tomonidan yaratilgan harayratlanarli darajada ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Tong otishi 10 ming metr balandlikdan turib qaralganida
Ertaklardagi kabi temir yo‘l, Shveysariya
Tonggi tuman vaqtida qo‘nishni amalga oshirayotgan samolyot
Noodatiy bulut
Mash’ala yordamida yoritilgan muz g‘or
Xonqizi tonggi shudringda
Bulut: ajoyib kadr
Yog‘ayotgan yomg‘irning samolyotdan ko‘rinishi
Milliontadan bitta
Bulutlar sunamisi
Avstriyadagi sehrli makon — Grüner See
Noyob va ajoyib atmosfera hodisasi — “Olovli kamalak”
Dengiz qumlari 300 marotaba kattalashtirilib ko‘rilganida
Rodoxrozit — “inklar atirguli” nomi bilan mashhur juda chiroyli mineral
8 ming metr balandlikdagi manzara
Baykalning toza muzlari
Gullagan lotoslar
Botayotgan quyoshning nurlari sochlarda jilolanmoqda
Tabiat — ajoyib rassom | 48 | 847 |
Foto | Fotogalereya: Sayohat paytida zerikadigan sayyohlar | Britaniyalik fotograf Lourens Stivens sayohat vaqtida zerikadigan sayyohlarni suratga oladi. TravelAsk uning ijod namunalarini taqdim etdi. | 51 | 139 |
Foto | Foto: Mikroavtobusdagi sayohatni deb ishini tashlab ketgan amerikalik juftlik | Amerikalik juftlik Pit Tuli va Teylor Bucher mamlakat bo‘ylab mikroavtobusda sayohat qilish uchun ofisdagi ishlarini tashlab ketdi, deb yozadi Daily Mail.
Yosh juftlik mikroavtobusni harakatlanadigan uyga aylantirish uchun 5 000 dollar sarfladi.
Mashina ichida oshxona, mehmonxona va yotoqxona mavjud.
Tuli va Bucher o‘zi bilan birga Snup laqabli itini ham sayohatga olib chiqqan.
Hozirgi vaqtgacha juftlik 11 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 77 | 535 |
Foto | Dunyoning betakror manzaraga ega 15 ta ko‘li (foto) | Sayyoramizda tabiatning har bir mo‘jizasi o‘zgacha ko‘rinishda yaratilgan. Jumladan, ko‘llar ham. Ular orasida pushti rangdagisini ham uchratish mumkin. Quyida ana shunday ko‘llarning ajoyib suratlarini taqdim etamiz.
Moreyn ko‘li, Kanada
Salyar-de-Uyuni ko‘li, Boliviya
Xiller ko‘li, Avstraliya
Besh gul ko‘li, Xitoy
Yava orolidagi ko‘l, Indoneziya
Nakuru ko‘li, Keniya
Kaindi ko‘li, Qozog‘iston
Plitvits ko‘li, Xorvatiya
Reziya ko‘li, Italiya
Chili va Argentina chegarasidagi Xeneraal-Karrera ko‘li
Gipslend ko‘li, Avstraliya
Atitlan ko‘li, Gvatemala
Kreyter ko‘li, AQSh
Pich-Leyk, Trinidad oroli | 51 | 612 |
Foto | Fotogalereya: “Yil odami — 2017” ga nomzodlar | TJournal tahririyati 2017-yilda muhim va bahslarga sabab bo‘lgan harakatlari bilan e’tiborga tushgan kishilar ro‘yxatini tuzdi. Tahririyat joriy yilning oxirida o‘quvchilarning tanloviga asosan ana shu ro‘yxatdagi asosiy kishini e’lon qilishni rejalashtirmoqda. | 45 | 261 |
Foto | Fotogalereya: Amsterdamda joylashgan suv ustidagi uylar | Amsterdam kanallari — shaharning eng diqqatga sazovor qismlaridan biri hisoblanadi. Ular hatto YuNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga ham kiritilgan. Kanallar uzunligi yuzlab kilometrni tashkil etadi va ular ustidan 1500 dan ortiq ko‘prik o‘tgan. Aynan Amsterdam Shimoliy Venetsiya deb ataladi. TravelAsk mazkur shaharda joylashgan ajoyib uylarning suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Shahardagi Eyburg hududida bir nechta sun’iy orollar qurilgan. Hali to‘liq bitmagan hududda hozirning o‘zida 20 mingdan ortiq odam istiqomat qilmoqda. Hududning o‘ziga xos jihati — bu yerdgi uylar suv ustiga qurilgan. Vaterbuurt mikrorayonida 70 dan ortiq suzuvchi uylar mavjud. | 55 | 658 |
Foto | 2020-yilning eng yaxshi tabiat suratlari (foto) | “Earth Photo” – Xalqaro Yer suratlari tanlovi 2020-yil g‘oliblarini aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
2020-yilda tanlovning mutlaq g‘olibi sifatida Jonk taxallusi bilan ijod qiluvchi fotosuratchi taqdirlandi. Qirollik geografik jamiyati direktori Jo Smitning so‘zlariga ko‘ra, bunday suratlar insoniyat sivilizatsiyasini sabr bilan qabul qilayotgan tabiat kuchlariga bo‘lgan umidni aks ettirgan.
“O‘zgaruvchan o‘rmon” nominatsiyasi g‘olibi Charlz Kselotning o‘rmon yong‘inidan ikki yil o‘tib olingan daraxt surati bo‘ldi.
“Iqlim o‘zgarishi” nominatsiyasi g‘olibi Jo Xabbaning suratida Venetsiyaga toshqin vaqtida kelgan sayyoh aks etgan.
“Tabiat” nominatsiyasi sovrindori britaniyalik suratkash I Sun Ispaniyaning Aragon shahrini 900 metr balandlikdan suratga olgan. Shuningdek, ushbu mintaqa hozirda qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rmoqda.
“Odamlar” nominatsiyasida Yanjun Go Xitoyning Dalyan tog‘laridan olgan surati g‘olib bo‘ldi. Suratdagi odam go‘yoki tabiat bilan uyg‘unlashib, uning bir qismiga aylanib qolganga o‘xshaydi. | 47 | 1,046 |
Foto | Fotogalereya: Dubayning “qiyomat kuni”dan keyingi ko‘rinishi | Britaniyalik suratkash Richard Allenbi-Pratt “qiyomat kuni” sodir bo‘lganidan so‘ng, Dubay shahri qay ko‘rinishda bo‘lishini o‘zining Abbandoned nomli suratlar to‘plami orqali ko‘rsatib berdi, deb xabar qiladi TravelAsk.
Allenbi-Pratt asli Buyuk britaniyalik bo‘lib, bir necha yildan buyon BAAda istiqomat qiladi. Uning bu turdagi suratlarni yaratishiga 2009—2010-yillardagi iqtisodiy inqiroz sabab bo‘lgan. Bundan tashqari u o‘zining suratlari orqali Amirlikdagi dolzarb savollarni ko‘targan: neft o‘rnini boshqa energiya manbalari egallashi, mamlakatning muntazam o‘sib borayotgan qarzi, fuqarolikni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi taqiq va hokazo. | 60 | 644 |
Foto | Jennifer Lopes jazirama kunlarni Tinch okeani sohilidagi hashamatli uyda o‘tkazadi (foto) | Jennifer Lopes va Aleks Rodriges yozning jazirama kunlarini Malibu sohilida joylashgan uyda o‘tkazishga qaror qilgan. Bu haqda Hello Magazine nashri xabar berdi.
Juftlik 2019-yilning fevral oyidayoq Tinch okeanining Malibu sohillaridan 6,6 million dollarga uy xarid qilgandi. Hududi 410 kv metrdan iborat uy 4 ta yotoqxona, uy kinoteatri va ko‘zguli yoga studiyasi, sauna, fitnes zali va jakuzili terrasani o‘z ichiga olgan.
Bu kabi imkoniyatlarga qaramasdan uyni ijaraga berishga, hatto sotishga qaror qilgan juftlik shu kunlarda Malibudagi boshqa bir hovli oldida paparatsiya nishoniga uchragan.
Ta’kidlanishicha, Aleks va Lopesning Bentley rusumli mashinasi uch qavatli uy yonida to‘xtagan. Shundan keyin OAV yulduzlar tashrif buyurgan uy suratini e’lon qilgan.
Ta’kidlanishicha, ijara narxi 70 000 dollarni tashkil qiladigan uy 3 ta yotoqxona, 5 ta yuvinish xonasi va mehmonxona hamda oshxonadan iborat. Xonalarning katta va keng oynasidan okeanni tomosha qilish imkoniyati mavjud.
R’n’B qirolichasi, 2019-yilning eng badavlat xonandasi Riannaning okean sohilidagi uyiga sayohat (foto) | 89 | 1,097 |
Foto | Mashhur filmlar aslida qanday suratga olingani haqida taassurot uyg‘otuvchi suratlar | Kinosanoat shunchalik rivojlanganidan biz uchun murakkab va imkonsiz tuyulgan sahnalarni suratga olish ijodkorlarga cho‘t emas. Maxsus texnikalar, kompyuter grafikasi hamda filtrlar bilan qahramonlarni ham, studiyadan chiqmay turib atrofni ham istalgan ko‘rinishga keltirish mumkin.
“Ibtido” filmidagi mashhur epizod suratga olish maydonchasidagidan farq qiladi.
Animator Tim Allen “Kelinning jasadi” multfilmidagi qahramonlar ustida ishlayapti.
“Titanik”dagi mashhur sahna mana shunday suratga olingan.
“Terminator”ning ikkinchi qismidagi portlash sahnalardan biri aslida ana shunday suratga olingan.
“Xobbit: besh saltanat jangi” filmining suratga olish jarayoni. Rejissor Piter Jekson va aktyorlar Martin Frimen, shuningdek, Ien Makkellen ssenariy bilan tanishib chiqmoqda.
“Karib dengizi qaroqchilari: Qora Marvarid tavqi la’nati” filmida Kira Naytlining suv ostidagi sahnasi.
“Pi hayoti” kartinasida roli ishonarli chiqishi uchun Suraj Sharma qo‘lidan kelgan hamma narsani qilgan.
“G‘aroyib odamlar”dagi Xelli Berri gavdalantirgan qahramon parvozining maxsus effektlarsiz ko‘rinishi.
Endryu Garfild va Emma Stoun “Yangi o‘rgimchak-odam: yuqori kuchlanish” filmining suratga olish maydonchasida.
“Qora libosli odamlar”dagi o‘zga sayyoralik mana aslida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan.
“Yulduzlar jangi”ning kadr ortidagi jarayoni.
“King Kong”dagi Naomi Uotts aks etgan mashhur sahna shu tariqa suratga olingan.
Bred Pitt va uning dublyor-kaskadyori “Bir kuni Gollivudda” filmining suratga olish jarayonida.
“Ninza toshbaqalari”ni gavdalantirishi uchun maxsus libos kiyib olgan aktyorlar.
“Yovuzlik qarorgohi”dagi roliga kirishib ketgan Mila Yovovich, aftidan, dubllar orasidagi tanaffus vaqti ham qahramonining holatidan chiqa olmagan.
Prodyuser Devid Xeyman “Garri Potter”dagi Ron va Germionani gavdalantirgan aktyor va aktrisaga ko‘rsatma bermoqda.
Kianu Rivz va Mark Dakaskos “Jon Uik”ning dubllari orasidagi tanaffusda ko‘ngil yozishga ham ulgurgan. | 84 | 1,973 |
Foto | Red Bull Illume tanlovidagi eng yaxshi fotosuratlar namoyish etildi (fotogalereya) | Red Bull Illume 2016 fototanlovi doirasida kishining turli harakatlarni va sportning ekstremal turlarini bajarayotgani aks etgan yilning eng yaxshi suratlari tanlab olindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hakamlar dunyoning 120 mamlakatidagi ishtirokchilardan 34 mingta fotosurat qabul qildi. Suratlarning barchasi 11 ta kategoriya bo‘yicha taqsimlandi.
Butun loyiha bo‘yicha germaniyalik Lorens Xolder g‘olib deb topildi, u olgan suratda Gablensdagi ko‘prikda tryuk bajarayotgan velosipedchi aks etgan.
Tanlovning boshqa finalchilari suratlari ham fotogalereyaga kiritildi. | 82 | 574 |
Foto | Luvrdagi “neft qazuvchilar”, daryodan chiqarib olingan aravachalar, otilib chiqayotgan vulqon — 6 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Tarixiy Banganga hovuzida hinduiylik ta‘limoti a‘zolari oʻz ajdodlariga hurmat bajo keltirmoqda.
Neft oqib ketishi oqibatida Kaliforniya qirgʻoqlariga chiqib qolgan dengiz hayvonot dunyosi.
«Greenpeace» ekologik harakati a‘zolari Parijdagi Luvr muzeyi hovlisida neft qazib chiqaruvchilar kiyimida namoyish oʻtkazdi.
Janubiy Koreyaning Busan shahrida 26-Xalqaro film festivaliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Festival davomida 70 mamlakatdan 223 dan ortiq film namoyish etilishi kutilmoqda.
London porti ishchilari Temza daryosiga gʻarq boʻlgan supermarket aravachalarini tozalamoqda. London tinimsiz yoqqan yomgʻir ochibatida suvga botgan.
Ispaniyaning Palma orolida otilib chiqqan vulqonni tomosha qilayotgan ayollar.
Hindistonning Kalkutta shahrida hukumatning qishloq xoʻjaligidagi islohotlariga qarshi boʻlgan fermerlarga dastak sifatida ulkan oyoq shaklidagi stend oʻrnatildi.
Filippinda namoyishchilar prezidentlikka nomzod Ferdinand Markos Juniorga qarshi nozorilik sifatida inson huquqlari kommissari binosi oldida namoyish oʻtkazdi.
Hindistonning Ammritsar shahri koʻchalarida yoga bilan shugʻullanayotgan erkak.
Germaniyadagi qochqinlar lageridagi iroqlik qizaloq. Koʻplab iroqliklar Polsha orqali Germaniyaga kirib kelgan. | 115 | 1,302 |
Foto | Fotoreportaj: Yevropada anomal issiqlik kuzatilmoqda | Shimoliy Afrikadan kelgan issiq havo oqimi Yevropa mamlakatlariga haddan tashqari jazirama olib keldi. Fransiya va Ispaniyada havo harorati Selsiy bo‘yicha 40 darajadan, Germaniyada esa 38 darajadan oshdi.
Fransiyaning Lion shahridagi favvorada cho‘milayotgan bola.
Polshaning Krakov shahridagi maydonda kabutarlar suv jo‘mragi ostida salqinlamoqda.
Issiq kunda Ispaniyaning Madrid shahri markazidagi favvoradan yuzini yuvayotgan erkak.
Asalarilar suv qidirmoqda. Berlin, Germaniya.
Parij aholisi issiq kunda suv olmoqda.
Krakovda itning egasi jonivorni suv purkagich yordamida salqinlatmoqda.
Shveysariyadagi Jeneva ko‘lida dam olayotgan kishilar.
Lyustgarten bog‘idagi favvorada cho‘milayotgan aholi. Berlin.
Polshaning Jeshuv shahridagi haroratni ko‘rsatayotgan termometr.
Madrid markazida muzqaymoq yeyayotgan ayol.
Germaniyaning Ertingen shahrida 35 daraja issiqdan qochayotgan odam.
Yevropada keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda (foto va video) | 52 | 986 |
Foto | Davlat rahbarlarining oddiy yigitlarga turmushga chiqqan qizlari (foto) | Davlat rahbarlarining qizlari aksariyat hollarda ota-onasining faoliyatini davom ettiradi, biznesmen yoki siyosatchiga turmushga chiqadi. Shaxsiy hayotini yashirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik va hatto boshqa familiya ostida karyera qilish holatlari ham kuzatilib turadi. Lekin ularning orasida o‘z tanlovidan kelib chiqib, hayotini oddiy odam bilan bog‘lashga qaror qilganlar, o‘z xohishlariga binoan hayot kechiradiganlari ham yo‘q emas.
Aliya Shagiyeva
Qirg‘izistonni 2011—2017-yillarda boshqargan Almazbek Atambayev 6 nafar farzandning otasi. Birinchi turmushidan Seyitbek ismli o‘g‘li va Diana hamda Dinara ismli egizak qizi bor. 1988-yilda Raisa Minahmedovnaga uylangan, rafiqasi Aliya va Qodir ismli farzandlarni dunyoga keltirgan. Yopiq hayot tarzini tanlagani sabab Aliyadan tashqari qolgan farzandlarni na ijtimoiy tarmoqlarda, na boshqa joyda kuzatish mumkin.
Aliya otasining gaplariga quloq solmasdan turmush o‘rtoq sifatida oddiy yigit Konstantinga turmushga chiqqan. Hatto to‘yidan keyin ham yaqinlari tomonidan jufti unga mos emasligi ta’kidlanishiga qaramay, u birga tushgan foto va videolar bilan bo‘lishishdan charchamaydi.
Leyla Aliyeva
Ozarbayjon prezidentining qizi Leyla 2006-yilda bo‘lajak yulduz Eminga turmushga chiqqan. Crocus Group prezidentining o‘g‘li sifatida ma’lum bo‘lgan yigit prezidentning qiziga uylanganidan keyin haqiqiy mashhurlikka erishgan.
Turmushi davomida ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan Aliyeva xonim turmush o‘rtog‘i bilan 2015-yilda ajrashgan va shundan keyin Amina ismli qizni asrab olgan.
Ayshat Qodirova
Ayshat Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich farzandi. OAV ilk bor unga Firdaws modalar uyining rahbari bo‘lganidan keyin e’tibor qaratgan. Tatler jurnaliga bergan intervyusida Ayshat juda ham ko‘p ishlashi va karyera bilan universitetda o‘qishni baravar olib borish unga qiyinlik qilayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, u (otasining avtohalokatda halok bo‘lgan sinfdoshining o‘g‘li) oddiy yigitga turmushga chiqqanini ham ma’lum qilgan. Turmush o‘rtog‘i bilan to‘yidan bir necha hafta avval tanish bo‘lgan qiz otasining tanloviga ishongan va bundan afsuslanmagan.
Natalya Kiskova
Slovakiya sobiq prezidenti Andrey Kiskaning qizi Natalya haqida yaqingacha yetarli ma’lumot bo‘lmagan. Xorijda yashagan qiz ijtimoiy tarmoqdagi sahifalardan foydalanishini yashirishga harakat qilgan.
Ammo bugungi kunga kelib u Instagram’da faol ravishda blog yuritadi va shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni bo‘lishib keladi. Yaqinda uning turmushga chiqqani ma’lum bo‘lgan. Natalya turmush o‘rtog‘ining to‘liq ismi sir bo‘lib qolishini istagan. | 71 | 2,626 |
Foto | Isroilda topilgan qadimgi qilich, yurak shaklidagi koʻl, qamoqdagi “Tolibon” askari — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Ispaniyaning Palma orolidagi vulqon harakatga kelishda davom etmoqda.
Braziliyada mahalliy Yavalapiti qabilasi erkaklari qabila sardorining dafn marosimida diniy raqsni amalga oshirmoqda.
Moskva shifoxonalarida koronavirus bemorlariga qaraydigan shifokorlar nazorat olib bormoqda. Shaharda kasallik bilan bogʻliq holatlar yana oʻsib bormoqda.
Kobul tashqarisidagi Puli Charxi qamoqxonasida «Tolibon» askarlari tekshiruv oʻtkazmoqda.
Fransiya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi kanalni kesib oʻtayotgan migrantlar.
Gonkong universiteti kampusida oʻrnatilgan Uyat minorasi oldida turgan bolalar.
Gaiti poytaxti Port-o-Prens shahrida hukumatga qarshi bir qator tashkilotlar norozilik namoyishi uyushtirdi.
Balashixadagi Qizil koʻlining yuqoridan olingan surati.
Isroilning Sezar shahri portidan suv ostida qolgan bir metrdan uzun boʻlgan qadimiy qilich topildi. Ekspertlarning fikricha, u salib yurishlari davriga oid.
Chaqmoq Turkiyaning Iskandarun boʻgʻozini yoritib yubordi.
Iroq poytaxti Bagʻdod shahridagi koʻngilochar bogʻdagi attraksion.
Xitoy shimoli-gʻarbidagi Szyusyuan kosmodromidan boshqariladigan «Shenchjou-13» kosmik kemasi fazoga uchirildi. | 101 | 1,210 |
Foto | Qish sovug‘idan charchagan jonivorlar — suratlarda | Qishning sovuq va qorli kunlaridan barcha qatori jonzotlar ham charchaydi. Garchi mushuklar issiqqina uy derazasidan tashqarini tomosha qilishni yoqtirsa-da, ko‘chalarda sayr qiladigan itlar, bundan tashqari, qush va boshqa hayvonlar bahorning tezroq kelishini kutadi.
Itlarni parvarish qilish markazidagi kuchuk. Nyu-York, AQSh.
Soyabon ortiga yashiringan mushuk. Skopye, Makedoniya.
Yong‘in o‘chiruvchi moslamaga bog‘langan it egasini kutmoqda.
Muzlagan suv yonidagi ot. Texas, AQSh.
Kichkina mops qishki kiyimda.
Derazadan Vashington ko‘chalarini tomosha qilayotgan mushuk.
Omsk viloyati, Tara shahridagi qattiq sovuqda qolgan ko‘cha iti.
Qog‘oz stakanga yuzi tiqilib qolgan quyon.
Maymun bolasini isitmoqda.
Kosovodagi kiyiklar qishda.
Denverdagi bo‘rondan keyin kim hovlida sayr qilyapti?
Berlindagi muzlagan ko‘lda sayr qilayotgan chayka.
Oq uy qarshisida joylashgan Lafayet bog‘idagi daraxt kovagidagi olmaxon. Vashington, AQSh.
Moskva davlat universiteti binosi fonida akillayotgan it.
San-Antonio markazidagi kabutar. Texas, AQSh.
Zalsburg viloyatida tog‘ yaylovidagi sigirlar. Avstriya. | 50 | 1,111 |
Foto | Palov, somsa va lag‘mon: Moskvadagi o‘zbeklar qayerlarda ovqatlanadi? | Moskvada haqiqiy palovni topish mumkinmi? Qo‘y go‘shtidan tayyorlangan shashlikni qayerda tanovul qilish mumkin? Moskvada yashovchi o‘zbeklar haqiqiy o‘zbek taomi tayyorlanadigan qimmatbaho restoranlar, kafelar tarmog‘i va arzon tamaddixonalar haqida hikoya qiladi, deb yozadi Afisha Daily.
“Shabada”
“Hissiyotlar bo‘yicha Toshkentga eng yaqin joy”
Oleg Abdurashitov, Kaspersky Lab xodimi: “O‘zbek oshxonasi deganda turli geografik va tarixiy shart-sharoitlarda joylashgan turli hududlar oshxonalarining uyg‘unligi nazarda tutiladi. Shuning uchun ham toshkentcha osh uning samarqandcha va farg‘onacha turlaridan sezilarli darajada farq qiladi.
Qadrdon Toshkentda osh, manti, somsa, shashlik va lag‘mon — bularning barchasi, birinchi navbatda stritfud bo‘lib, ular tongda xarid qilingan mahsulotlardan ko‘p miqdorda tayyorlab qo‘yiladi va shu zahoti iste’mol qilinadi. Moskvada esa iqlim o‘ziga xosliklari va mahsulot logistikasidan kelib chiqib bunga erishish qiyin, biroq oxirgi yillarda o‘zbek oshxonasi kabi muassasalar soni sezilarli darajada oshdi.
Moskvada hissiyotlar bo‘yicha Toshkentga eng yaqin joy — bu Selskoxozyaystvenniy ko‘chasidagi ‘Shabada’ restorani. Bu yerga yozning issiq oqshomlarida katta kompaniya bilan kelib, ko‘chadagi stolga joylashib, issiq non, somsa, achichuk salati va albatta osh buyurtma qilgan ma’qul.
O‘zbek oshxonasi haqiqiy slow food. Shoshilmang. Bahramand bo‘ling. Yana buyurtma qiling”.
“Vizir Maxallya & Graf Orlov”
“Men Moskvada yegan eng yaxshi osh”
Elya Krasik, Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha menejer: “O‘ziga xos atmosferaga ega bo‘lgan ajoyib joyni tavsiya qilmoqchiman (tan olish kerakki, narxlar ancha yuqori) — ‘Vizir Maxallya & Graf Orlov” restorani. U graf Orlovning sobiq qo‘rg‘onidagi qadimiy va go‘zal binoda joylashgan.
Men Moskvada tanovul qilgan eng yaxshi osh — xuddi Toshkentdagi kabi bayramona. Uni laganda tortishadi, oshdagi guruch erib ketadi. Tandirda pishirilgan somsaning mazasi ham xuddi vatanimdagi kabi. Bu restorandagi ajoyib oshpazlarning barchasi o‘zbekistonlik”.
Timur Lanskiy, “Chayxona №1” restoranlari asoschisi: “Men Moskvada tug‘ilib, o‘sganman, otam esa asli toshkentlik. O‘zbek oshxonasi haqida eshitganimda birinchi navbatda urush davrlarida o‘zbeklar millionlab qochoqlarni ovqatlantirgan taomlar ko‘z oldimga keladi.
O‘zbek taomi men uchun birinchi navbatda mehmondo‘st va mehribon xalqning mazali taomidir. Choyxona taomlari Moskva va boshqa shaharlarimizda hech qachon yo‘qolmaydi. Faoliyatim turi tufayli restoranlarim konsepsiyasiga o‘xshash ko‘plab ovqatlanish muassasalariga borishimga to‘g‘ri keladi. ‘Vizir Maxallya & Graf Orlov’ restoranida yaxshi osh va manti tayyorlashadi. Yaxshi lag‘mon uchun esa Oxus’ga yo‘l olishni tavsiya qilaman”.
“Vostochniy kvartal”
“U yerga doim do‘stlarimizni olib boramiz”
Alisher, qo‘shiqchi, dizayner: “Men uchun Moskvada eng mazali, ishonchli va to‘g‘ri osh, yana haqiqiy o‘zbek shashligini tayyorlaydigan bitta joy bor. Bu stariy Arbatdagi ‘Vostochniy kvartal’ kafesidir. Uni 20 yil avval asli toshkentlik rus bolalar ochgan. Bu Moskvada paydo bo‘lgan birinchi o‘zbek oshxonasi kafelaridandir.
Kafeda qo‘ydan tashqari barcha mahsulotlar O‘zbekistondan keltiriladi. Kafe egalari ularning kafesi 20 yildan buyon bir kun ham yopilmaganligi bilan faxrlanadi”.
“Pavlin-mavlin”
“Qo‘y go‘shtidan tayyorlangan o‘zbekcha pelmeni — chuchvarani tatib ko‘rishni tavsiya qilaman”
Sergey Komarov, “Sobaka Records” boshqaruv direktori: “O‘zbek taomi bu bir olam an’analar majmuasi. Moskvada o‘zbek restoranlari juda ko‘p. Ulardan ‘Pavlin-mavlin’ni tanladim.
Menga ularning lag‘moni juda yoqadi, uning ta’mi haqiqiy o‘zbekchasini eslatadi. Shunindek, kichkina o‘zbekcha pelmeni — chuchvarani tatib ko‘rishni tavsiya etaman”.
“Alayskiy bazar”
Sofya Nazmetdinova, GR-konsultant: “Men uchun o‘zbek taomi tanish, yaqin va qadrdon. Anchadan buyon O‘zbekistonda yashamayman, milliy taomlar esa qadrdon joylar bilan aloqani saqlash imkonini beradi. ‘Lagmannaya’ kafesida ajoyib kulcha va somsa sotiladi.
Kattaroq muassasalarda norin kabi noyob taomni tatib ko‘rish mumkin. ‘Alayskiy bazar’ ana shunday muassasalardan biridir”.
“Uzbekistan”
“Ajoyib oshxona va benuqson xizmat ko‘rsatiladigan restoran”
Doni, Black Star leybli artisti: “Albatta Moskvaning hech qayerida O‘zbekistondagi kabi taom tayyorlanmaydi. Birinchidan, mahsulotlar boshqacha. Ikkinchidan, o‘zbek oshxonasi bu oddiy taomlar emas, butun bir an’analar majmuasidir. O‘zbek milliy taomlarini tanovul qilish uchun ‘Uzbekistan’ restoraniga boraman. U yerda dasturxonning bosh taomi — palov va shirinliklarni tatib ko‘rishingiz mumkin”.
Uyga yetkaziladigan taom: Plov Time, Ploveberry va Plov.com
“Chiroyli va qulay qadoqdagi o‘zbek taomi”
Xabib Abdullayev, Moskvada o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi: “O‘zbek taomlarini uyga yoki ofisga buyurtma qilish uchun Moskvada bir nechta servislar mavjud. Ulardan Plov Time’ni maqul ko‘raman. Ayniqsa ularning ‘Bayramona’ palovi (unga sariq no‘xat va mayiz qo‘shiladi), shuningdek, somsa va qovoq mantisini yoqtiraman”.
“Uryuk”
Mariya Buglova, menejer: “Lag‘mon va norinni ‘Uryuk’ choyxonalaridan olish kerak. Uch-panja (qo‘y go‘shtidan shashlik) va somsani esa ‘Chayxona №1’ dan, kulchani Danilovskiy bozori qarshisidagi palatkadan olishni tavsiya qilaman. Danilovskiy bozorining o‘zidan esa qurt ham topish mumkin”. | 69 | 5,345 |
Foto | Yer aholisi super Oy hodisasiga guvoh bo‘ldi (foto va video) | 7-apreldan 8-aprelga o‘tar kechasi Oy Yerga juda yaqin kelishi kuzatildi. Bu vaqtda sayyoraning tabiiy yo‘ldoshi Yerdan 356,9 ming kilometr masofada joylashdi. Yer yo‘ldoshi shu paytgacha kuzatilgan to‘lin Oylardan ko‘ra, yorqinroq va kattaroq ko‘rindi — u 7 foizga “kattalashdi” va 15 foiz yorqinroq nur taratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda super Oy hodisasi aks etgan video va fotosuratlar e’lon qilindi.
O‘zbekistonda, xususan Toshkentda yomg‘irli ob-havo bo‘lgani uchun ushbu hodisani kuzatish imkoni bo‘lmadi.
#SuperLuna, #SuperMoon ???. #QuedateEnCasa. https://t.co/7iqH0MOGXF
— 2.0. (@magl001) April 7, 2020
Dernière vidéo de la super Lune ce soir ? C’est une chance de pouvoir voir notre satellite de si près ?#superlune #supermoon #lune #moon #space pic.twitter.com/xAJEjx5MPz
— Maître Petit Pois (@maitrepetitpois) April 7, 2020
Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi super Oy hodisasi 7-may kuni kuzatiladi.
Yer aholisi odatdagidan 7 foizga kattaroq super Oyni kuzatishi mumkin bo‘ladi | 60 | 993 |
Foto | Janubiy Koreya har bir sayyohda unutilmas taassurotlar qoldirishini isbotlovchi suratlar | Sayyohlar Janubiy Koreyani o‘zining ajoyib manzaralari, mahobatli milliy bog‘lari, gullagan daraxti va achchiq taomlari bilan yaxshi ko‘radi. Albatta, mazkur mamlakat “Pusanga poyezd” nomli qo‘rqinchli filmi va bugungi kunda eng mashhur “Kalmar o‘yini” teleseriali bilan bog‘liq. Demak, koreyslarning kimchi salatidan tashqari dunyoga namoyish etadigan narsalari ko‘pga o‘xshaydi.
“Dam olish kunida birinchi marta Sokchoda bo‘ldim, ajoyib manzara”.
“Yomg‘ir ostida qolgan Pusandan bir nechta kadrlar”.
“Koreyalik o‘rta maktab o‘quvchilari sinfda uxlab qolgan sinfdoshini shunday uyg‘otadi”.
“Janubiy Koreyadagi odatiy maktab tushligi”.
“Daedun tog‘idagi jannatga zinalardan chiqdim”.
“Ba’zan Kannam bekatida k-pop musiqachilarining tug‘ilgan kuni aks etgan suratlarni ko‘rish mumkin”.
“Inchondagi mehmonxona xonasidan ko‘rinib turgan manzara”.
“Achchiq taomlarning darajalari”.
Koreyadagi eng qadimgi ko‘prik.
“Cheju aks etgan kola ichimligi”.
Ko‘rinib turibdiki, dunyo bo‘ylab ommalashayotgan “Kalmar o‘yini” serialining qo‘g‘irchog‘i hech qanday rekvizit emas. Aslida u Janubiy Koreyadagi qishloqlarning birida turadi va hatto mahalliy muzeylarda namoyish etiladi.
Janubiy Koreyada Yangi yil bayrami.
“Chungbukda gullagan sakura daraxti”
“Koreyslar xavfsizlik kamarini taqishni qo‘llab-quvvatlaydi”.
“Uysiz mushuklarni boqish uchun joy Chonju shahridagi xanok uslubida bezatilgan”.
“Inchondan Pusanga velosayohat, ertalabki tuman”.
Ushbu mandarinlar yordamida o‘smirlar bir-biriga sevgi izhor qiladi.
“Ushbu yegulik uchun atrofda uzoq navbat paydo bo‘ladi, bu qanday oziq-ovqat va nima uchun bu qadar mashhur?” Albatta, ushbu qovurilgan ponchiklar fast-fudlardan ko‘ra ancha yaxshi”.
“Xenameda quyosh botishi”. | 88 | 1,731 |
Foto | Foto: Aralash qonlar go‘zalligi | Moskvalik fotosuratchi Naira Oganesyan “Aralash qonlar go‘zalligi” nomli fotoloyihasi bilan turli millat vakillari o‘rtasida qurilgan oilalarda favqulodda go‘zal farzandlar dunyoga kelishini ko‘rsatishga harakat qildi.
“Ota-onasi boshqa-boshqa millatlarga mansub bolalar aqlbovar qilmas darajada qiziqarli bo‘lishi haqida ko‘pdan beri o‘ylardim. Odatda, bunday bolalar har bir millatning eng yaxshi jihatlarini o‘zida jamlaydi”, — deydi fotosuratchi.
200 dan ortiq ota-ona mazkur fotoloyihada ishtirok etish istagini bildirdi. Naira Oganesyan 6—9 yosh oralig‘idagi bolalarni suratga tushirgan. | 31 | 593 |
Foto | Foto: Turistlar e’tiboridan chetda qolib ketayotgan tabiati go‘zal mamlakatlar | TravelAsk mamlakatdagi notinchlik, xavfsizlik darajasining pastligi va shu kabi boshqa omillar sabab turistlar e’tiboridan doimo chetda qolib ketayotgan tabiati go‘zal mamlakatlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Somali
Somalidagi qaroqchilar sabab turislar ushbu maskanga tashrif buyurishni unchalik ham xohlashmaydi. Shuningdek, mamlakatda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarilishi ham turizmning foydasiga emas. Ammo aytish kerakki, Mogadisho atroflari hozirda ancha tinchlanib qolgan.
Tuvalu
Tuvaluning o‘ziga xos jihati — Polineziyaning sakkizta oroldan tashkil topganligi. Bu yerdagi ajoyib suvlar va hayotning bir maromdaligi sayyohlarni o‘ziga jalb etishi mumkin.
Marshall orollari
Marshall orollarining musaffo suvlari minglab turdagi baliqlarga boshpana bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari bu yerda riflarning 200 dan ortiq turini uchratish mumkin.
San-Tome va Prinsipi
Respublika ajoyibotlarga boy ikkita arxipelagdan tashkil topgan bo‘lib, u yerda qalin o‘rmonlar va havas qilsa arzigulik plyajlar, hatto faol vulqonlar ham joylashgan.
Kiribati
Kiribatiga tashrif buyurgan inson hecham afsuslanmaydi. Ushbu mamlakat dunyoda Yangi yil bayramini eng birinchi nishonlaydi. Tabiat manzaralaridan zavq olishni istagan sayyohlar uchun Kiribati ayni muddao.
Janubiy Sudan
Mazkur mamlakat dunyo xaritasida 2011-yilga kelibgina paydo bo‘ldi. Biroq hozirda ham mamlakat va Sudan chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Shunga qaramay Janubiy Sudan hukumati har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da sayyohlarni mamlakatga jalb qilishga intilmoqda.
Liviya
Liviyada vaziyat hamon keskin chigal. Uning hududi turli qurolli guruhlar tomonidan bo‘lib olingan, shu sababli hozirda u yerga borish mumkin emas. Shunga qaramay Liviya o‘zining tarixiy obidalari va takrorlanmas arxitekturasi bilan barchani hayron qoldirishda davom etmoqda.
Gvineya-Bisau
G‘arbiy Afrika qirg‘og‘ida joylashgan sobiq Portugaliya koloniyasida Yevropa madaniyatini o‘zida saqlab qolgan. Ammo mahalliy aholi o‘zining qadimiy urf-odatlarini ham unutib yubormagan. Tropik mamlakat o‘zining orollari va mangra o‘rmonlari bilan maqtana oladi.
Nauru
Nauru dunyodagi eng kichkina orol mamlakatlardan biri hisoblanadi. Oq qum barxanlariga burkangan ajoyib plyajlar hech kimni befarq qoldirmaydi. | 78 | 2,263 |
Foto | Shavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi | Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni «Gʻalaba bogʻi»ga tashrif buyurib, «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, atrof bayramona bezatilgan. Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbarlar tarkibi saf tortgan. Davlat rahbari, Qurolli Kuchlar oliy bosh qoʻmondoni ularni bayram bilan tabrikladi. Harbiy orkestr ijrosida «Xotirlash kuyi» yangradi. Prezident «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillari ham majmua poyiga gullar qoʻydi.
Ma'lumot uchun, bu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida besh oʻgʻlidan ayrilgan matonatli ona — Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bagʻishlab barpo etilgan. U oʻzbek xalqining urushdagi yoʻqotishlari, gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasining timsoli sifatida bogʻ markazidan oʻrin olgan. Bu yodgorlikka gul qoʻyish barcha Oʻzbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasida oʻtkazilayotgan 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlagan edi. | 77 | 1,209 |
Foto | Foto: Sidneyda chiroqlar festivali | Avstraliyada 26-mayda har yili o‘tkaziladigan va dunyoning turli mamlakatlaridan eng yaxshi chiroq dizaynerlari va rassomlarni o‘ziga chorlaydigan Vivid Sydney festivali boshlandi. Tadbirning an’anaviy qismi Sidney operasidagi turli ranglar jilosi hisoblanadi. Festival 17-iyungacha davom etadi. TJournal festivalning birinchi kechasida olingan fotosuratlarni taqdim etdi. | 34 | 372 |
Foto | Fotogalereya: Oddiy ishchidan millionerga aylangan kishilar | Dunyoning eng boy va obro‘li kishilari o‘z davralariga ega. Biroq ularning ko‘pchiligi karyerasini oddiy ishdan boshlagan. Insider taqdim etgan milliarderlar ro‘yxatiga kirganlar muvaffaqiyatga erishish har kimning o‘ziga bog‘liq ekanligini isbotlagan. | 59 | 252 |
Foto | Foto: Sakura guliga burkangan Yaponiya | Yaponiyada sakura daraxtining gullash mavsumi boshlandi. Tokio aholisi koronavirus pandemiyasiga qaramasdan mahalliy bog‘larga yo‘l olib, daraxtlar bilan rasmga tushmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
An’anaga ko‘ra, sakura mart oyining ikkinchi yarmida yoki aprelning boshida gullay boshlaydi, mamlakat meteorologiya xizmatlari sakuraning janubdan shimolga tomon gullash harakati haqida kunlik hisobot berib boradi.
Yaponiyada olcha rang sakura bulutni hamda hayotning o‘tkinchi ekanligini ifodalaydi.
Sakura gullari deyarli barcha Yaponiya iste’mol mahsulotlarida, xususan, kimono, kanselyariya mahsulotlari va idish-tovoqlarda ham tasvirlanadi. | 38 | 651 |
Foto | Fotojurnalistika bo‘yicha World Press Photo 2021 tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi (foto) | Niderlandiya World Press Photo tanlovining 2021-yildagi laureatlari e’lon qilindi. Bu haqda tanlov saytida e’lon qilingan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Birinchi quchoq” nomli surati sabab Mads Niss, Yil fotosi nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Suratda San-Paulu qariyalar uyidagi 85 yashar Roza Luziya Lunardi, besh oylik karantindan keyin hamshirani bag‘riga bosganini ko‘rish mumkin.
Sport yo‘nalishi bo‘yicha esa Adaa Pretti eng yaxshi deb topilgan. U tomonidan olingan kadrda Germaniyadagi bouldering mashg‘uloti muhrlangan.
Amerikalik Ralf Peyning niqobni tomosha qilayotgan dengiz arsloni surati esa Atrof-muhit yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan.
Evelin Xokshteynning Vashingtondagi Linkoln me’moriy yodgorligini buzish haqidagi bahs muhrlangan kadri esa Yangiliklar yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi deb e’tirof etilgan.
Pablo Toskoning Yamanda yashovchi Fotimaning o‘g‘li bilan baliq ovlash uchun to‘r tayyorlayotgani aks etgan surati esa Zamonaning muammolari yo‘nalishida g‘olib deb topilgan. 9 nafar farzandi bo‘lgan ayol ularni boqish uchun baliq ovlab kun ko‘radi.
Tabiat yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik esa Ami Vitalega nasib qilgan. U tomonidan olingan suratda Rotshild jirafasini maxsus, xavfsiz joyga ko‘chirib o‘tkazilmoqchiligini ko‘rish mumkin. Avvalroq Bird photographer of the year tanlovining finali uchun eng yaxshi fotolar saralab olingani haqida xabar berilgandi. | 92 | 1,430 |
Foto | Fotogalereya: Tomoshabinni befarq qoldirmaydigan dizaynerlik yechimlari | Zamonaviy dizaynerlar odamlarni hayratga soladigan buyumlar yaratish uchun butun fantaziyasini ishga solmoqda. AdMe ana shunday ijod namunalaridan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 71 | 177 |
Foto | Fotogalereya: Yosemite Milliy bog‘i mo‘jizalari | Tabiat hamisha o‘z mo‘jizalari bilan insonlarni hayratga solib keladi. Sizni tanishtirmoqchi bo‘lganimiz ana shunday mo‘jizalardan yana biri AQShda joylashgan Yosemite milliy bog‘i hisoblanadi.
4-oktabr har yili ushbu maskan ochilgan kun sifatida nishonlab kelinadi. “Daryo” sana munosabati bilan bog‘ haqida ma’lumot hamda forojamlanma taqdim etadi.
Yosemite milliy bog‘i (Yosemite National Park) – AQShdagi eng go‘zal tabiatga ega qo‘riqxonalardan biri. U Kaliforniya shtatidagi Syerra-Nevada tog‘ massivida joylashgan. 1984-yildan beri YuNESKO uni himoyasiga olgan.
Yosemite milliy bog‘i 3 026 km² maydonni egallaydi. Ushbu ulkan hududda sayyohlar beqiyos granit qoyalarni, ajoyib vodiylar va yaylovlarni, shaffof ko‘llar va daryolarni, sharsharalarni, shuningdek, hayvonlar va qushlar, o‘simliklarning ko‘plab turlarini uchratadi.
Bog‘ning tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, apache qabilasi hindularining tilida “yosemite” so‘zi “grizli ayig‘i” degan ma’noni anglatadi.
Bog‘ning hozirgi go‘zalligi XIX asr o‘rtalarida kashf etildi. Bu noyob maydon ming yillar oldin ulkan kontinental muzlik ta’siri ostida paydo bo‘lgan deb qaraladi.
1850-yillarda Yosemite vodiysi juda mashhur dam olish maskaniga aylandi. 1890-yil oktabr oyida bog‘ milliy maqomga ega bo‘ldi. Keyinchalik Yosemite milliy bog‘i xususiy mulkdorlardan sotib olingan yerlar hisobiga bir necha bor kengaytirildi.
Yosemite bog‘i O‘rta yer dengizi iqlim zonasida joylashgan. Bu shuni anglatadiki, yog‘ingarchilikning katta qismi qishda bo‘ladi, qolgan fasllar deyarli quruq kechadi. O‘rtacha kunlik harorat −3,9 dan 32,2 °C gacha o‘zgarib turadi va harorat pasayishi balandlik oshishi bilan boshlanadi. Yozdagi yuqori harorat, namlikning pastligi va chaqmoq sabab tez-tez yong‘inlar kelib chiqadi.
Yosemite bog‘i ulkan tog‘lar, sharsharalar, daryolar, o‘rmonlar va o‘tloqlar bilan o‘ralgan. U yerda sayyohlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, piyodalar va velosiped yo‘llari mavjud, to‘xtash joylari qulayligi bilan ajralib turadi.
Har yili milliy bog‘ga besh millionga yaqin odam tashrif buyuradi; sayyohlarning 90 foizi faqat Yosemite vodiysini ko‘rish uchun keladi. Chunki vodiy bog‘ning markaziy qismida – go‘zal Mersed daryosi bo‘yida joylashgan va diqqatga sazovor joylarga to‘la. Aynan shu yerda siz deyarli bir kilometr balandlikdagi El-Kapitan granitli tosh monolitni, chiroyli ko‘llar va sharsharalarni, turli hayvonlarni uchratasiz.
Asosiy sayyohlik yo‘nalishlari Yosemite vodiysidan boshlanadi. Bu yerda butun infratuzilma joylashgan – qahvaxona, dam olish joylari va do‘konlar ham sayyohlar bilan to‘la.
2015-yildan 2017-yilgacha bog‘ atrofida sayyohlar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha yana qayta ishlar olib borildi, buning natijasida tramvay yo‘llari olib tashlandi va piyodalar uchun qulay asfalt yo‘llar paydo bo‘ldi.
Quyida bog‘ning go‘zalliklarini o‘zida mujassam etgan fotosuratlar bilan tanishasiz. | 47 | 2,888 |
Foto | #UzbUSA2018: O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi (foto) | AQSh O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlatlardan hisoblanadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil 19-fevralda o‘rnatilgan va O‘zbekistonning AQShdagi birinchi elchixonasi 1993-yil fevral oyida ochilgan. Elchixona Vashington shahridagi Massachusets avenyusida joylashgan.
1906—1909-yillarda qurib bitkazilgan ushbu imorat fransuz me’mori Jyul Anri de Sibur tomonidan Lui XV uslubida ishlab chiqilgan bo‘lib, u bu ko‘chada joylashgan eng katta va eng qimmatbaho binolardan hisoblangan.
Uyning interyer qismi XVI—XVIII asrlar fransuz va ingliz bezak elementlarini o‘z ichiga olgan. Bezaklar 20—30 yil saqlangan qizil daraxt bilan ishlangan. Olti qavatli bu binoda 80 dan ortiq xona, 38 ta kamin o‘chog‘i, XVIII asrning noyob kumush qandillar mavjud.
Ichki xonalarning sodda va mantiqiy davom etishi hamda ularning uslubiy o‘zgarishlar ketma-ketligi, bir vaqtning o‘zida ham dizayn, ham hunarmandchilikning yuqori sifatini namoyish etadi. Alohida e’tibor ayniqsa, nozik yog‘och o‘ymakorligiga, gips va temir ishlariga, shuningdek, metalldan ishlangan ajoyib buyumlar va yoritish moslamalariga qaratiladi.
Binodan 1927-yilgacha xususiy turar joy sifatida foydalanilgan bo‘lib, so‘ng u Kanada hukumati tomonidan sotib olingan va vakolatxona, kanselyariya va elchixona sifatida ishlatilgan. O‘zbekiston hukumati mazkur binoni 1996-yilning yozida sotib olgan.
Sotib olingandan so‘ng mazkur binoning ichki qismiga ba’zi o‘zgartirishlar qilingan. Binoda milliylikni mujassam ettirish va elchixonaga tashrif buyuruvchilarga yog‘och o‘ymakorligi, ipak yigirish, shisha bo‘yash va rassomlik kabi Markaziy Osiyo san’atining boy an’analarini namoyish etish maqsadida o‘zbek bezak elementlari ishlatilgan. Jumladan, xonalar interyerida ikat, milliy liboslar, chinni va sopol idishlar kabi milliy san’at namunalari madaniyatlar uyg‘unlashuvini o‘zida aks ettiradi.
Elchixona bu yerga ko‘chib kelgandan boshlab bu joy ko‘p tarixiy uchrashuvlar uchun makon bo‘lgan. Aytib o‘tish joiz, Massachusets ko‘chasida O‘zbekiston bilan bir qatorda boshqa ko‘p mamlakatlarning elchixonalari ham joylashgan va mazkur ko‘cha shaharning eng nufuzli joylaridan hisoblanadi.
Shu kunlarda O‘zbekiston Prezidentining AQShga davlat tashrifiga juda qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Elchixona xodimlari, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari va jurnalistlar shu yerda ish olib bormoqda. | 56 | 2,402 |
Foto | Fotogalereya: Yaponiyadagi 2011-yildan buyon ro‘y bergan eng kuchli zilzila oqibatlari | Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Kumamoto prefekturasida 14-aprel, payshanba kuni ro‘y bergan, 2011-yildan buyon eng kuchli bo‘lgan 6,5 magnitudali zilzila oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, mingdan ziyod kishi jabrlandi, 44 ming kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi. Zilziladan so‘ng 120 dan oshiq yerosti silkinishi qayd etildi.
“RIA Novosti” tabiiy ofat hududidagi holat aks etgan fotojamlanmani e’lon qildi. | 86 | 404 |