folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Yer sayyorasidagi turli millat vakillarining o‘rtacha og‘irligi qanchaga teng? (foto) | Insonning o‘rtacha og‘irligi 62 kilogrammga teng degan fakt AdMe nashrini sayyoraning turli burchagidagi odamlardan qaysi biri “og‘irroq” ekanligini aniqlashga undadi. Aniqlanishicha, turli millat vakillarining o‘rtacha og‘irligi bir-biridan sezilarli darajada farq qilarkan. Bunga sabab: mamlakat ekologiyasining inson hayot tarziga ta’siri. | 85 | 342 |
Foto | Foto: Koronavirus bilan yuzma-yuz — o‘zgalar uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan shifokorlar | “Kommersant” nashri koronavirus bilan old qatorlarda “jang qilgan” tibbiyot xodimlarining tarixi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Hamkasblarini yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lgani haqida ogohlantirgan va yolg‘on mish-mishlar tarqalgani uchun hibsga olingan 34 yoshli xitoylik oftalmolog Li Venlyan 7-fevral kuni shifoxonada vafot etgan. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘limiga qadar kasallik belgilari haqida so‘zlab, koronavirusdan qochish yo‘llari haqida masalahat berib kelgan.
35 yoshli shifokor Nikola Sgarbi Italiyaning Modena shahrida joylashgan kasalxonalarning biridagi intensiv terapiya bo‘limida ishlaydi. Jonlantirish bo‘limida himoya kostyumi va niqob bilan 13 soat davom etgan ishdan so‘ng, selfiga tushdi.
31-mart kuni Moskva shahri yaqinida joylashgan Kommunarka aholi punktidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlandi. Shifokor o‘z kabinetida izolyatsiyalanib, masofadan ishlashini va onlayn maslahatlar berishini bildirgan. Denis Protsenko o‘zida kasallik aniqlanishidan bir hafta oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘rishgan edi.
20-mart kuni Italiyada 57 yoshli shifokor Marchello Natali vafot etdi. U jurnalistlarga qo‘lqoplar yetmayotgani sabab usiz ishlashga to‘g‘ri kelganini so‘zlab bergan.
“Biz, har bir kasallikka dori topiladi, degan ishonch bilan ulg‘aydik. Balki popugimizni pasaytirib qo‘yadigan ushbu dars bizga kerak bo‘lgandir”, — degan shifokor.
Hindistonning Surat shahrida kecha-yu kunduz koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokor va hamshiralar tazyiqqa uchramoqda. Ayrim tibbiyot xodimlari kasallikdan qo‘rqqan qo‘shnilarining vahimasi sabab uyidan haydab yuborilgan. Suratdagi ayol — Sanjibani Panigraxi o‘z uyiga kirishga ruxsat berishmaganini va kuni kecha do‘stona yashab yurganlari tahdid qilishganini so‘zlab bergan.
30 yillik tajribaga ega xitoylik shifokor Syan Lu koronavirusga qarshi kurashga yanvar oyida birinchilardan bo‘lib otlangan, u bir sutka ichida 310 shifokordan iborat jamoani yig‘gan. Dastlabki kunlarda ular ovqatlanishga ham vaqt topa olmagan. Syan Lu o‘ziga kasal yuqtirmasdan yuzlab odamlarni davolagan.
21-fevral kuni xitoylik 29 yoshli shifokor Pen Inxua koronavirus oqibatida vafot etgan. U pandemiyaga qarshi kurashish yo‘lida hamkasblariga yordam berish uchun o‘z to‘yini qoldirgan edi. Uning kabinetidan hali jo‘natilmagan to‘y taklifnomalari topilgan.
34 yoshli hamshira Daniela Tretssi Italiyaning Monsa shahridagi intensiv terapiya bo‘limida ishlagan. 10-mart kuni koronavirus bilan karantinga joylashtirilgan. Kasallik belgilari aniqlangan hamshira o‘z joniga qasd qilgan. U kuchli stressda bo‘lgan va boshqalarga yuqtirib olishdan qo‘rqqan.
25-mart kuni Nyu-Yorkda 48 yoshli tibbiyot xodimi Jordan Kelli vafot etdi. U ishlaydigan kasalxonaning xodimlariga himoya vositalari yetmagan. Shifokorlar kasallik yuqtirib olmaslik uchun chiqindiga mo‘ljallangan qoplardan foydalanishga majbur bo‘lgan. Hamshiralar ham, hatto kasallar va bemorlarga qarashda kiyimlarini almashtira olmagan.
Avstraliya ommaviy axborot vositalari, kuniga koronavirusda gumonlangan 55 nafargacha bemorni qabul qilib, ikkita klinikada 28 kun tinmay ishlagan Kamron Alini qahramon deb atamoqda.
Eronlik shifokor Shirin Ruhoniy esa o‘zida kasallik aniqlangan bo‘lsa ham, og‘ir kasallarni davolashni davom etavergan. 23-mart kuni ayol vafot etgan.
68 yoshli Jan-Jak Razafindranazi Fransiyada koronavirus oqibatida vafot etgan ilk shifokorga aylandi. O‘tgan yili nafaqaga chiqqan Jan-Jak epidemiya boshlangach, ko‘ngilli sifatida kasalxonaga qaytgan. Biroq uning o‘zi koronavirus yuqtirib olib, 22-mart kuni vafot etgan.
63 yoshli Odil al-Toir (chapdan ikkinchi) organlar transplantatsiyasi bo‘yicha mutaxassis. Epidemiya boshlangach Londonga qaytib, eng og‘ir sharoitga ega hududga jo‘natishlarini so‘ragan. Koronavirus yuqtirib olgan al-Toir 12 kundan so‘ng vafot etgan. | 95 | 3,917 |
Foto | Fotogalereya: AQShdagi birgina ko‘p qavatli uydan iborat shahar | AQShning Alyaska shtatida Uittier shaharchasida 220 kishi yashaydi. Qizig‘i aholi shahardagi yagona bino – 14 qavatli uyda istiqomat qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p qavatli uy harbiylar uchun qurilgan, biroq vaqt o‘tib, binoda Uittier portida ishlaydigan odamlar yashay boshlagan.
Uyning ichida maktab, politsiya mahkamasi, cherkov, kasalxona, fitnes-markaz hamda kichik qahvaxona mavjud. | 63 | 391 |
Foto | Fotogalereya: Odatiy kiyimlarda yuruvchi yulduzlar | AdMe ko‘cha-ko‘yda mutlaqo oddiy kiyimda yuradigan yulduzlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 50 | 97 |
Foto | Fotogalereya: Topqir, ammo omadsiz sigaret kontrabandachilari | “Fotoshedevri” bojxona nazoratidan sigaretlarni noqonuniy olib o‘tish uchun o‘ylab topilgan, ammo politsiya tomonidan fosh etilgan g‘aroyib topqirliklarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
. | 61 | 203 |
Foto | Dunyoning turli mintaqalarida nafaqaxo‘rlar qanday hayot kechiradi? (foto) | Natixis Global Asset Management global nafaqa indeksi to‘rt guruhdan iborat 18 ta ko‘rsatkich bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirib, dunyoning turli nuqtalaridagi nafaqaxo‘rlarning hayot tarzi reytingini tuzib chiqdi. Bunda nafaqaxo‘rlarning moddiy ta’minoti, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, tibbiy xizmatlardan foydalana olishi, hayot tarzining sifati hisobga olinadi. Barcha ko‘rsatkichlar 0 dan 100 foizgacha baholanadi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
Ushbu reytingga xuddi o‘tgan yilgidek Norvegiya 86 foizli umumiy indeks ko‘rsatkichi bilan yetakchilik qilmoqda. | 74 | 583 |
Foto | Mushuk boqadiganlarga uyda o‘tirish oson emas. Jonivorlar ham egalaridan kam aziyat chekayotgani yo‘q (foto) | Internetda egalari bilan juda ko‘p vaqtni birga o‘tkazayotgan “baxtsiz” mushuklar haqidagi memlar paydo bo‘la boshladi, deb yozadi Esquire.
Suratlarda mushuklarning naqadar xafa ekanligini ko‘rish mumkin. Uyda o‘tirishdan nafaqat odamlar, balki mushuklar ham aziyat chekmoqda. Jonivorlarga uyda kun bo‘yi odam bo‘lishi yoqmayapti.
Quyida insonlar shaxsiy hududini egallab olgan mushuklarning suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.
Biroq karantindan hamma mushuklar ham xafa emas. Ayrimlari vaqtni yaxshi o‘tkazmoqda.
Чем дольше карантин - тем здоровее и спортивнее ваши коты! Даешь КАРАНТИН! pic.twitter.com/DkzxDxdLAt
— Кровь Темнолесья (@Vanda71837730) March 28, 2020
#Коронавирус #карантин #кошки pic.twitter.com/vUW57GtLCS
— Mr Constantine (@ConstantineK7) April 12, 2020 | 108 | 781 |
Foto | Fotoreportaj: Qizilqum manzaralari | O‘zA Qizilqum manzaralari aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 34 | 59 |
Foto | Fotogalereya: XX asrdan bugungi kunga qadar qirollik to‘ylarida yaratilgan go‘zal obrazlar | XX asrdan bugungi kunga qadar dunyoning turli mamlakatlarida shahzodalar va malikalarning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tgan. AdMe ana shu marosimlarda yaratilgan kuyov va kelin obrazlarini taqdim etdi. | 90 | 196 |
Foto | Insonlar esdalikka suratga tushmoqchi bo‘lganida kutilmaganda yuzaga kelgan vaziyatlar (foto) | Esdalik uchun suratga tushayotgan vaqtda tasodifan qandaydir hodisa ro‘y berib, kadrni butunlay o‘zgartirib yuborishi ko‘pchilikning tajribasidan o‘tgan. Masalan, obyektivda mushukning paydo bo‘lishi yoki kimning yuzi ko‘rinmay qolishi ham mumkin. Quyida ana shu kabi suratlarning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.
“Bu qush suratkash bilan yaqinroq tanishishga qaror qilganida, men otda suratga tushayotgan edim”.
“Men manzarani suratga olmoqchi edim, lekin to‘satdan kadrga kolibri kirib keldi. Ha, u men tugmani bosgan paytda paydo bo‘ldi va men hayratda qoldim”.
Suratga tushish uchun bor kuchi bilan harakat qilayotgan edi, kutilmaganda kadrda mushuk paydo bo‘ldi.
Aftidan, to‘satdan chalgan chaqmoq bu suratni yanada ta’sirli qildi.
“Bu suratda do‘stim tutilgan baliqni ko‘rsatishi kerak edi”.
“Suratda men ham borman. Itning dumi orqasida”.
“Onam quyosh botishini suratga olishni xohlagandi. Kadrda kutilmaganda sakrab turgan delfin paydo bo‘ldi”.
“Men uchib o‘tayotgan kolibrini suratga olishga harakat qildim. Ammo kuchuk ham qanday bo‘lmasin kadrga kirishni xohladi”.
Bulutli osmonni suratga olayotganda, chaqmoq ham kadrga muhrlandi va va osmonni ikki qismga bo‘lganga o‘xshaydi.
Kadrda uchayotgan kichik samolyot emas, balki oddiygina ari.
“Men tutilgan baliqni tashlab yuborgan vaqtda olingan surat”.
Ari ham kadrda bo‘lishni xohladi.
“Besh tashlash”ni o‘rgangan mushuk. Uning yuzidagi ifodaga qaraganda, o‘zi nima qilganini tushunmadi.
“Ota-onamni suratga olayotgan edi, lekin kadrga kabutar ham kirishga qaror qildi”.
Lekin qush bilan birga suratga tushmoqchi bo‘lsangiz, u buni xohlamaydi.
“Lobster ruletini suratga olishga urinmoqdaman”.
“U mening boshimga tushishidan bir necha soniya oldin”.
Salom kapalak. Sening joying bu yerda emasga o‘xshaydi. | 93 | 1,793 |
Foto | Aktyorlarning ruhiyatini sindirishiga oz qolgan mashhur rollar (foto) | AdMe aktyorlar orasidan ma’lum bir rolga o‘ta berilib ketgan o‘z ishining ishqibozlarini qidirib topdi. Ushbu rollar ular uchun ruhiy muammolarni keltirib chiqarishgacha borgan.
Aktyor o‘zi o‘ynagan obrazning nosog‘lom hayot tarziga sho‘ng‘ib ketgan.
Dahshatli filmni suratga olish chog‘ida aktrisa, o‘z so‘zlariga ko‘ra, “narigi dunyo”dan xabarlar olgan.
Sakkiz oylik suratga olish ishlaridan so‘ng, multfilm obrazlari aktyorni “ta’qib qila boshlagan”.
Aktyor qahramonning dunyosiga shunchalik chuqur kirib ketganki, oxir-oqibat, tinchlantiruvchi va uxlatuvchi, keyinroq og‘riq qoldiruvchi dorilar ichishiga to‘g‘ri kelgan. O‘limidan keyin esa ushbu roli uchun “Oskar” bilan taqdirlandi.
Roliga kirishish uchun aktyor mol-mulkidan voz kechgan, yaqinlari bilan aloqalarini uzgan, hatto, ovqat yemay qo‘ygan.
Aktrisa ushbu roli uchun uzun sochlarini oldirib tashlagan, 15—20 kunda 10 kilogrammga ozgan, bularning barchasi uning ruhiy salomatligiga ham ta’sir qilgan. | 69 | 971 |
Foto | Fotogalereya: Yuz berishiga hech kim tayyor bo‘lmagan hodisalar | Har kimning hayotida kutilmagan hodisalar yuz berib turadi. AdMe ana shunday hodisalarga e’tibor qaratdi. | 63 | 105 |
Foto | “Oltin”ga burkangan Dushanbe: Tojikiston poytaxtidan kuzgi fotoreportaj | Suratkash Abdullo G‘urbati Tojikiston poytaxtida kuz fasli qanchalar chiyoli kechayotgani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Asia Plus.
“Dushanbeda hozirgi kunda yilning go‘zal vaqtda, shahar ajoyib ko‘rinish kasb etgan. U hozircha sariq va qizil ranglarga burkangan, ko‘chalarda quyosh porlamoqda, joriy yilning noyabri odatdagidan iliqroq kelishi aytilgan bo‘lsa-da, tez orada shaharga sovuq tushadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining suv va iqlim muammolari bo‘yicha oliy darajadagi uchrashuvida onlayn tarzda ishtirok etib, mamlakatdagi iqlim o‘zgarishi muammolarini sanab o‘tgandi. | 71 | 692 |
Foto | Fotogalereya: Le-Burje 2017 aviasaloni | Fransiyaning Le-Burje shahrida dunyodagi eng yirik avisalon bo‘lib o‘tmoqda. Aviasalon doirasida Boeing, Airbus va Embraer kabu kompaniyalarning taqdimotlari kutilmoqda. “Kommersant” avisalondan fotolavhalar jamlanmasini taqdim etdi. | 38 | 233 |
Foto | Fotoreportaj: Buxorodagi Devxona ko‘lining ajoyib suratlari | O‘zA Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan Devxona ko‘lining suratlarini to‘plab taqdim etdi.
1 ming 716 gektar hududni egallagan xushmanzara moviy ko‘lning o‘rtacha chuqurligi 40—120 metrni tashkil etadi. | 59 | 221 |
Foto | Fotogalereya: Istanbul aeroportidagi turli millat vakillari | Istanbullik fotograf Mustafo Chanqaya Otaturk aeroportida ishlaydi va har kuni u yerda turli madaniyat va dunyoning tuli nuqtalaridan kelgan minglab turli kishilarni ko‘radi. Fotograf uchun Istanbul aeroporti haqiqiy xazina hisoblanadi. TravelAsk fotograf tomonidan aeroportda olingan dunyoning turli millatlariga mansub kishilarning suratlarini taqdim etdi. | 59 | 358 |
Foto | Fotoreportaj: Toshkent yangi yil arafasida | O‘zA Toshkent shahrining Yangi yil bayrami arafasidagi qiyofasi aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. | 42 | 101 |
Foto | O‘lchami bilan har qanday insonni hayratga soladigan jonivorlar (foto) | Atrofda qanchalar ko‘p qush va hayvonlar bo‘lmasin, odatda ularning taxminiy o‘lchamlari insonga ma’lum. Biroq shunday mustasno holatlar ham mavjudki, ular bir qancha chalkashliklar keltirib chiqaradi. Shuningdek, ularni tomosha qilish uchun uzoqqa borish shart emas, ular odamlar orasida yashaydi.
Taxminiy balandligi 1.6 metr.
Stolga boshini qo‘yadigan darajada katta, ammo o‘zini uy hayvoni deb biladi.
“Tungi smenada ishlayotganimda yelkamga qo‘ndi. U qandaydir men bilan uchishni xohlaganini his qildim”.
Kichkintoy dam olmoqda.
Sel tushlikdan so‘ng uxlamoqda.
“2016-yilda Avstraliyada tushgan suratimga qarab, u haqda butunlay unutganimni angladim”.
“Yo‘lda qizim behosdan unga to‘qnash keldi”.
“Zoti braxman, lekin uning vakillari uchun ham bu katta o‘lcham”.
“Katta do‘st bilan shunchaki dam oling”.
“Do‘stim ushbu kattagina olmaxonni hovlisida ko‘rib qolgan”.
“Men uning qanchalar baland miyovlashini bilmoqchiman”.
“Buning ismi Maverik. Uning yoshi 1 da. Mening bo‘yim esa 170 santimetr”.
“Bu ko‘ringanidan ham ko‘ra katta”.
“Bizning loki suratda 8 oylik edi”.
“Menga mushugimning surati bilan bo‘lishishimni iltimos qilishdi”.
“Do‘stimning bahaybat iti bor”.
“Go‘yoki katta ajoyib odamlar singari”. | 70 | 1,225 |
Foto | Foto: Ustyurt manzaralari | Ustyutr platosi uzoq asrlar davomida ko‘plab xalqlar sivilizatsiyasi tutashgan makon bo‘lib kelgan. Uning bepoyon kengliklari bo‘ylab asrlar osha savdo karvonlari o‘tgan. Karvon yo‘llari G‘arb bilan Sharqni, Janub bilan Shimolni tutashtiruvchi tranzit xizmatini o‘tagan. Plato bo‘ylab qadimiy karvonsaroylar, qal’alar, qadimiy maqbara va qabristonlarni bugun ham ko‘plab uchratish mumkin, deb yozadi O‘zA.
Hudud o‘zining ajoyib tabiati, betakror va boy landshafti bilan ham e’tibor qozongan. Bu yerda o‘simliklarning bir necha turi, tulki, qarsoq, quyon, boyqush, burgut, kaklik kabi jonzotlar makon topgan. | 25 | 607 |
Foto | Gollandiyalik yigit o‘z shahridagi sohilbo‘yini tozalash uchun ajoyib usul qo‘lladi (foto) | Velosipedda sayr qilish ishqibozi bo‘lgan gollandiyalik Tommi Kleyn bir kuni shahardagi sohilbo‘yining holatini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘ldi: juda katta hajmdagi chiqindilarni hech kim tozalab olishga urinmasdi ham. AdMe yozishicha, yigit ushbu muammoni o‘ziga xos tarzda yechdi: har kuni ertalab u bitta xaltani chiqindi bilan to‘ldirish uchun 30 daqiqa barvaqtroq uyg‘onadigan bo‘ldi.
Bir haftada 20 xalta axlat to‘pladi, shunda sohilbo‘yi keskin o‘zgarish kasb etdi.
Tommi o‘zining sohilbo‘yini tozalayotgani aks etgan suratlarni Facebook’ga joyladi va 180 kishining ko‘magiga ega bo‘ldi. | 90 | 597 |
Foto | Yaponiyada shohona taomlanish uchun restoranga borishning hojati yo‘qligining isboti (foto) | Ko‘plab sayyohlar Yaponiyaning taomlariga oshiq bo‘ladi. Ko‘pchilik taomlarning asosini tashkil etuvchi guruchni yangi dengiz mahsulotlari bilan birlashtirish nafaqat mahalliy aholi va mamlakat mehmonlari, balki YuNESKO vakillarining ham qalbini zabt etdi. 2013-yilda yapon oshxonasi nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Va eng muhimi, oshpazlarning san’atini qadrlash uchun restoranga borish shart emas.
Tokio stantsiyasida ekiben variantlari.
Yaponiya tug‘ruqxonasida tushlik.
“So‘nggi olti oy ichida birinchi marta men o‘zimga ekiben sotib oldim”.
Supermarketdan tushlik.
“Yaponiyadagi vokzallarda qanday mazali taomlar borligi meni hayratga soladi”.
“Yamanasi prefekturasidagi mehmonxonada eng ko‘p uchraydigan nonushta. Bu, ehtimol, yaponlarning sog‘lom bo‘lishining sabablaridan biridir ”.
Universitet oshxonasidagi ramen.
“Yaponcha omlet va takoyaki bilan salati. Osakadan Stritfud. Mazali.
“Yaponiyada sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi qanchalik hayratlanarli”.
“Hozirgina mazali salat iste’mol qildim”.
“Tarmoq supermarketida sotib oldim”
Yaponiya shifoxonasidan chiqishdan oldin bayramona kechki ovqat.
Oddiy do‘kondan Bento 450 iyenaga sotilmoqda.
4,5 dollar evaziga to‘yib ovqatlanishingiz mumkin degan fikrga ishonish qiyin.
Taxminan 6,5 dollarga Osakadagi supermarketdan losos va ikra xarid qilish mumkin. | 91 | 1,355 |
Foto | Fotogalereya: Hazil qilishni biladigan odamlar | AdMe do‘stlari, yaqinlari va hamkasblariga nisbatan amalga oshirilgan qoyilmaqom hazillar tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Golf gazoniga aylantirilgan pol
“Ukam, stomatolog bilan hazillashishga qaror qildi”
“Do‘stim xonamni sun’iy o‘rgimchak to‘rlari bilan ‘bezаbdi’. Men esa o‘rgimchaklarni yomon ko‘raman”
“Xonadoshim uchun suv to‘ldirilgan 1100 ta stakan”
“Xodimlarimiz uchun hazil. Ushbu eshiklar orasidagi masofa 130 metr”
“Bugun aeroportda ushbu uchuvchiga duch keldim”
Hamkasbini sochlari oqarib ketguniga qadar qo‘rqitish mumkin bo‘lgan hazil
“Qo‘shnilarim ‘U’ filmini tomosha qilgani ketishdi. Ular qaytayotganida qorong‘i bo‘ladi”
“Ta’tildan qaytganimdan beri krujkamni topolmayotgan edim”
Kichkina idishdagi — vasabi. Qoyilmaqom jinoyat | 46 | 769 |
Foto | Sizni yashashga undaydigan 20 ta surat (fotogalereya) | AdMe hayot qaynab, turli bo‘yoqlar mavj urib turgan fotosuratlar to‘plamini taqdim etdi. | 53 | 88 |
Foto | Birorta ham mix ishlatmay qurilgan Xon saroyi, sirli va qadimiy Alban cherkovlari, Xorazm imperiyasi tomonidan boshqarilgan shahar — Ozarbayjonning Shaki o‘lkasidan portretli fotogalereya | Shaki — Ozarbayjon shimoli-g‘arbidagi shahar bo‘lib, atrofi shu nomdagi tuman bilan o‘ralgan. U Katta Kavkaz tog‘ tizmasining janubiy qismida, Bokudan 240 km uzoqlikda joylashgan. Shahar markazi va Shaki xonlari saroyi o‘zining betakror me’morchiligi va Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab muhim savdo markazi bo‘lganligi tufayli 2019-yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. “Daryo” fotomuxbiri Dilruh Isomiddinova Ozarbayjonning ushbu qadim o‘lkasida ham bo‘lib, asosan portret tasvirlaridan iborat fotogalereya tayyorladi.
Ozarbayjon tarixchilarining fikriga ko‘ra, shaharning nomi miloddan avvalgi VII asrda hozirgi Ozarbayjon hududiga kirib kelib, bir necha asr davomida u yerda yashagan saklar (!) etnonimiga borib taqaladi. O‘rta asr manbalarida nomi Sheke, Sheki, Shaka, Shakki, Shakne, Shaken, Shakkan, Shekin kabi turli shakllarda uchraydigan shahar 1968-yilning 15-fevraliga qadar Nuxa nomi bilan atalgan.
Shaki miloddan avvalgi VIII asrda tashkil etilgan. I asrda Kavkaz Albaniyasining eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan. Shaki podsholigi 11 ma’muriy viloyatga bo‘lingan. Arablar istilosidan oldin muhim siyosiy va iqtisodiy shaharlardan biri bo‘lgan Shaki bosqin natijasida uchinchi amirlikka qo‘shildi. Arab xalifaligi zaiflashgan davrda mustaqil Gruziya knyazligi – Hereti tashkil topdi. Shahar, shuningdek, Ozarbayjon otabeglari va Xorazm imperiyasi tomonidan ham boshqarilgan.
Shaharda ko‘plab cherkov va masjidlar mavjud. Sharqdagi ilk ibodatxonalardan bo‘lgan Kish Alban cherkovi kabi ba’zi ibodatxonalarning yoshi taxminan 1500 yil deyiladi.
Kürmük Kilsə alban ibodatxonasi.
Xon masjidi, Umar afandi masjidi va Gileyli minora shahardagi muhim ziyoratgohlardan sanaladi.
Shaharning markaziy va asosiy ochiq shahar maydonlarida ikkita sovet minorasi hukmronlik qiladi. Shakidagi ko‘plab jamoat joylari va xususiy uylar yelimsiz yoki birorta ham mixsiz bir-biriga yopishtirilgan rangli shisha bo‘laklaridan yasalgan yog‘och panjarali “shebeke” bilan bezatilgan. Ushbu texnika murakkab va faqat bir nechta hunarmandlarga ma’lum bo‘lib, ular bu nozik hunarmandchilik sirlarini avloddan avlodga o‘tkazadilar.
Shebeke.
Shaki xonlari saroyi hanuzgacha shaharning eng ko‘zga ko‘ringan, diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lib qolmoqda. 1762-yilda birorta ham mix ishlatmay qurilgan bu saroy o‘z davrining eng ajoyib yodgorliklaridan biridir.
Shaki Xon saroyi.
Shaki Xonlari saroyining derazalari shebekedan iborat.
Shaki qal’asi Hoji Chelebixon tomonidan Kavkazning janubiy etaklaridagi Nuxa qishlog‘i yaqinida qurilgan. Qal’a devorlari uzunligi 1200 metrga yaqin, qalinligi ikki metrdan oshadi. Ko‘p yillar davomida shaharni himoya qilgan qal’a askarlarining dushmanga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasoratlari ko‘plab tarix kitoblarida bitilgan. Lev Tolstoyning mashhur “Hojimurod” romanida voqea joyi sifatida Shaki qal’asi tanlangan.
XVIII asrdan boshlab Shakida beshta yirik karvonsaroy (Isfaxon, Tabriz, Lazgi, Ermeni va Taze) faoliyat ko‘rsatgan, ammo ulardan faqat ikkitasi saqlanib qolgan. Yuqori va quyi karvonsaroylar ham XVIII asrda qurilgan bo‘lib, savdogarlar o‘z mollarini yerto‘lalarda saqlab, birinchi qavatda savdo qilgan, ikkinchi qavatda esa yashagan.
Yuqori karvonsaroy.
Yuqori Karvonsaroy. | 187 | 3,254 |
Foto | Fotogalereya: Ishonib bo‘lmas reallik aks etgan suratlar | Hech bir suratkash tabiatning o‘zi ko‘rsatadigan go‘zallikni yarata olmaydi. AdMe bir ko‘rishda ishonish qiyin bo‘lgan haqiqiy suratlarni taqdim etdi. | 56 | 150 |
Foto | Kosmosga sayohat va yam-yashil Jungli: dunyodagi eng g‘ayrioddiy temiryo‘l bekatlari (foto) | Moskva metrosi dunyodagi eng chiroyli dizaynga ega metrolardan biri hisoblanadi. Shuningdek, ayrim temiryo‘l bekatlari ham me’moriy san’atning durdonalari sanaladi. Ushbu kichik fotosayohat orqali har qanday insonda borib ko‘rish istagini uyg‘otuvchi temiryo‘l bekatlarini taqdim etamiz.
Frankfurt: Bokenxaymer Varte bekati
Ko‘pchilik ushbu joyni “Garri Potter” yoki boshqa filmdan foydalanilmagan dekoratsiya deb o‘ylashi ham mumkin, lekin bunday emas. Frankfurtdagi Bokenxaymer Varte bekatiga kirish shunday ko‘rinadi. Bu almashuv bekati mahalliy aholi va sayyohlarni o‘ziga jalb qilishi tabiiy: tashqi tomondan u noodatiy dizaynga ko‘ra yerga kirib ketgan vagonga o‘xshaydi.
Arxitektor bu yechimni ma’lum sababga ko‘ra tanlagan. Shahardagi transport tarmog‘ining kengayishiga fuqarolar salbiy munosabatda bo‘lgan, shuning uchun har qanday yangi qurilish bir qancha noroziliklarni keltirib chiqargan. Mohir ijodkor esa foydali bo‘lishi bilan birga, tabassum uyg‘otadigan “tuzilmani” yaratdi.
Shanxay: Vayntan yerosti yo‘li
Ushbu surat zamonaviy san’at muzeyiga qo‘yilgan installyatsiya yoki kinodan olingan tasvirni anglatadi. Lekin bu yo‘lovchilarga o‘ziga xos va unutilmas taassurot qoldirish imkonini beradigan Vayntan yerosti yo‘li. 600 metrli shisha kabinadan ovoz effektlari bilan birga ajoyib chiroqlar shousini ko‘rish mumkin.
Neapol: Toledo bekati
Italiyaning Toledo bekati nafaqat eng chuqur, balki dunyodagi eng go‘zal bekatlardan biridir. Ba’zilar uchun bu kosmos bilan aloqalarni uyg‘otadi, boshqalari uchun Toledo yer ostidagi qorli podshohlikdek tuyuladi. Ikkinchi variant haqiqatga biroz yaqinroq: issiq havodagi chuqurlik tufayli bu yerda doim salqin bo‘ladi. Arxitektorlar bekatning tepa qismida mozaika plitkalardan foydalanib, ajoyib vizual effektga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Eskalator va yo‘laklar neon qurilmalar bilan bezatilgan va gumbaz orqali yorug‘lik kirib keladi.
Myunxen: Vestfridxof bekati
Reklama agentliklari ko‘pincha Vestfriedxof bekati hududida suratga olishni tashkil qiladi: yorug‘lik dizayni va atmosfera ta’riflab bo‘lmaydigan zavq bag‘ishlaydi. Qattiq beton devorlari tufayli esa g‘orga o‘xshaydi. Dastlab me’mor bezak sifatida shisha panellardan foydalanmoqchi bo‘lgan, lekin keyinchalik bu qaroridan voz kechgan.
Stokgolm: Markaziy bekat
Stokgolm o‘zining haqiqiy muzeyiga o‘xshash go‘zal metropoliteni bilan mashhur. Markaziy stansiya 1975-yilda ochilgan va shu zahotiyoq sayyohlarni jalb qiladigan joyga aylangan: ko‘k chiziqli platforma, g‘alati chizmalar va tabiiy shakllar stantsiyani ertakdagi sirli g‘orga aylantirgan. Markaziy bekat – Stokgolm metrosining uchta liniyasi birdaniga kesishgan yagona joy. Ushbu bekat ajablanarli bo‘lishi bilan birga, eng gavjum joy hisoblanadi.
Gaousyun: Formoza bulvari bekati
Ko‘pchilik murakkab dizayn bilan yoritilgan shiftlarni ko‘rishga odatlangan. Lekin aksariyat insonlar 30 metrli rangli vitraj oynani ko‘rmagan bo‘lishi mumkin. Albatta, go‘zallikdan bahramand bo‘lish uchun ushbu bekatga tashrif buyurish kifoya. Formoza bulvari dunyodagi eng katta vitraj ishi hisoblanadi. Muallif Narsiss Kvolyata yo‘lovchilarga to‘rt elementga qoyil qolish imkoniyatini berdi va mahalliy aholi uning asariga ilhomlantiruvchi “yorug‘lik gumbazi” nomini berdi.
Madrid: Atocha bekati
Ba’zi sayyohlar Atocha temiryo‘l bekatiga ekskursiyalar uyushtirishni xohlaydi: binoga kirgach, go‘zal bog‘ni ko‘rasiz va haqiqiy suv havzasini ko‘radi. Vokzalning sobiq binosi tezyurar poyezd ishga tushirilgandan keyin qayta foydalanila boshladi. Bog‘da tropik o‘simliklarning minglab turlari mavjud va hovuzda toshbaqalar koloniyasi joylashgan. Bu shahar hayvonot bog‘ining bir qismi emas, lekin oddiy bekat ekaniga ishonish qiyin.
Insbruk: Nordpark bekati
Nordpark temiryo‘l vokzali mashhur arxitektura byurosi Zaha Hadid Architects tomonidan ishlab chiqilgan. Mualliflar noodatiy uslubda to‘rtta bekatni yaratdi va binolar mahalliy landshaft bilan hayratlanarli darajada ko‘rinish hosil qildi. Sayyohlar bekatlarni suratga olishni yaxshi ko‘radi.
Nyu-York: Okulus bekati
Santyago Kalatrava – haqiqiy daho hisoblangan me’mor. Santyagoning har bir loyihasi muvaffaqiyatga erishadi: ko‘priklar va binolar hatto dizayn bosqichida ham diqqatga sazovor joylarga aylanadi va Okulus temiryo‘l bekati ham bundan mustasno emas edi. Tashqi ko‘rinishida, terminal osmonga uchmoqchi bo‘lgan qushga o‘xshaydi. Bino shisha qismli qovurg‘alardan iborat bo‘lib, ular orqali tabiiy yorug‘lik ichkariga kiradi.
Arnem: Arnem bekati
“Wday”
Gollandiyaning mashhur UNStudio byurosi Arnem shahrining eski temiryo‘l vokzali o‘rniga zamonaviy transport terminali bilan bezatdi. Binoning murakkab shakli yo‘lovchilarni 3D makoniga singdiradi, ular esa vokzal fonida ajoyib suratlar olishdan mamnun. Loyiha mualliflari nafaqat estetik komponent, balki tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratishni ham inobatga olgan. Bekatda do‘konlar, restoranlar, ofislar, kutish uchun xonalar mavjud. | 91 | 4,937 |
Foto | “Yevrovideniye—2021”da Italiya g‘alaba qozondi. Tanlovda eng yorqin chiqish qilgan ishtirokchilar (video) | 22-may kuni “Yevrovideniye” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra Italiya birinchi, Fransiya ikkinchi, Shveysariya esa uchinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Tanlovdagi eng yorqin chiqishlari bilan esda qolgan ishtirokchilar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Elena Sagrinu — El diablo (Kipr)
1994-yil Afinada dunyoga kelgan Elena 14 yoshida “Greece Got Talent” tanlovining yarim finaligacha yetib borgan. 2013-yildan OtherView guruhida 5 yil faoliyat yuritganidan keyin yakkaxon ijod qilishga qaror qilgan.
Anjela Peristeri — Karma (Albaniya)
35 yashar Anjela nafaqat xonandalik, balki qo‘shiq muallifi va model sifatida ham yaxshi ma’lum bo‘lgan. U bir qancha tanlovlar, xususan, “Festivali i Kenges”, “Kenga Magjike”, iste’dodlilar shousi “X Factor Greece” hamda “Albaniya go‘zali”da ishtirok etgan.
Eden Alene — Set Me Free (Isroil)
Ayni vaqtda 20 yoshda bo‘lgan isroillik xonanda karyerasini 2017-yilda boshlagan va “X Factor” shousida g‘olib bo‘lgan. 2018-yildagi “Better” qo‘shig‘i yanada mashhurlikka erishishiga hissa qo‘shgan.
Hooverphonic — The Wrong Place (Belgiya)
1995-yilda oktabrda tashkil qilingan “Hooverphonic” triosi faoliyati davomida uch marta albom taqdim qilish hamda Belgiyaning musiqiy chartlarini zabt etishga ulgurgan.
Manija — Russian Woman (Rossiya)
Manija Dalerovna Sangin 1991-yil 8-iyunda Dushanbeda dunyoga kelgan. Karyerasini 2003-yilda boshlagan xonanda bir necha tanlovlarda g‘oliblikka erishgan. Shuningdek, u BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligining ko‘ngilli elchisi hisoblanadi va Rossiyada amalga oshiriladigan bir qancha loyiha va tadbirlarida ishtirok etadi.
Destiny — Je Me Casse (Malta)
9 yoshidan qo‘shiq kuylashni boshlagan Destiniga haqiqiy omad bolalar “Yevrovideniye”sida ishtirokida kelgan. U tanlovda to‘plagan ballari bilan rekord qo‘ygan.
The Black Mamba — Love Is On My Side (Portugaliya)
Pedro Tatanka, Migel Kasaisa, Marko Pombino, Rui Pedro Vaza va Gilerme Salgeyradan tashkil topgan “The Black Mamba” guruhi faol ijod qilish bilan birga, Portugaliyadan tashqaridagi festivallarda ham ishtirok etib keladi.
Hurricane — Loco Loco (Serbiya)
Guruh a’zolaridan biri Sanya Vuchich 2016-yilgi “Yevrovideniye”da ishtirok etib 18-o‘rinni egallagan. 2017-yilda tashkil topgan guruh tomonidan 2019-yilda kuylangan “Favorito” qo‘shig‘i YouTube’da 34 million martadan ko‘proq ko‘rilgan.
James Newman — Embers (Buyuk Britaniya)
Jeyms “Rudimental” bilan hamkorlik qilib mashhurlikka erishgan va “Feel the Love” nomli qo‘shig‘i bilan Britaniyadagi UK Singles Chart’da yetakchilik qilgan.
Stefania — Last Dance (Gretsiya)
2016-yilda bolalar “Yevrovideniye”sida “Kisses” qo‘shig‘i bilan ishtirok etgan. U xonandalikdan tashqari filmlarda ham suratga tushadi.
Gjon’s Tears — Tout l’Univers (Shveysariya)
12 yoshida “Albanians Got Talent” shousida ishtirok etib uchinchi o‘rinni egallagan Gjon’s Tears “Die grоssten Schweizer Talente” shousining yarim finaligacha yetib borgan. 2019-yilda esa “Fransiya ovozi” shousida ishtirok etib unda ham yarim final bosqichida ishtirok etgan.
Gagnamagnid – Dadi Freyr yetakchiligidagi mazkur musiqiy guruhning tanlovdagi ishtiroki eng katta g‘alabalaridan biri sanaladi.
Blas Canto — Voy A Querdarme (Ispaniya)
29 yashar Blas 2004- yilda bolalar “Yevrovideniye”sida 4-o‘rinni egallaganidan keyin mashhurlikka erishgan.
Jendrik — I Don’t Feel Hate (Germaniya)
Osnabruk universitetni tamomlagan Jendrik teatrda faoliyat yurita boshlagan va “Briolin”, “Piter Pen” singari myuzikllarda rol ijro qilgan.
Blind Channel — Dark Side (Finlyandiya)
2103-yilda tashkil qilingan guruh 2014-yil Germaniyadagi eng nufuzli festivallardan biri hisoblangan “Wacken Open Air”da ishtirok etgan. Keyinchalik “Naysayers” va “Calling Out” nomli qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan.
Victoria — Growing Up is Getting Old (Bolgariya)
Xonanda “X-Factor Bulgaria” shousidagi ishtirokidan keyin mashhurlikka erishgan. Shundan keyin Monte Music bilan shartnoma imzolab yakkaxon karyera boshlagan.
The Roop — Discoteque (Litva)
Ilk “To Whom It May Concern” nomli albomini 2015-yilda taqdim qilgan guruh nafaqat Litva, balki mamlakatdan tashqarida ham gastrol safarlariga borgan. 2018-yilda ham “Yevrovideniye”da ishtirok etishga uringan, ammo bu ikkinchi urinish singari muvaffaqiyatli yakun topmagan.
Go_A — “Shum” (Ukraina)
2016-yilda “The Best Track in Ukraine” tanlovida ishtirok etgan guruhning “Vesnyanka” qo‘shig‘i mashhurlikka erishgan. 2016-yilda ilk albomini taqdim qilgan ijodkorlarning “Vesnyanka”si 2019-yilda Slovakiyada Top-10 iTunes Dance chartidan o‘rin olgan.
Barbara Pravi — Voila (Fransiya)
2014-yilda karyerasini boshlagan Barbara 2015-yilda “Capitol Music France” leybli bilan shartnoma imzolagan. 2016-yilda “Heidi” filmi uchun “On m’appelle Heidi” saundtrekini kuylagan Barbara 2016-yilda “Un ete 44” filmida suratga tushgan.
Efendi — Mata Hari (Ozarbayjon)
Bolaligidan qo‘shiq kuylaydigan Samira “Yeni ulduz”, “Boyuk sehne” singari tanlovlardagi ishtirokidan keyin mashhurlikka erishgan. 2016-yilda “The Voice of Azerbaijan” shousida ishtirok etgan va uchinchi o‘rinni egallagan.
TIX — Fallen Angel (Norvegiya)
Professional karyerasini 2015-yilda boshlagan TIX ilk bor “Domt og beromt” nomli albom taqdim qilib, Norvegiyaning musiqiy chartlarida ikkinchi o‘rinni egallagan. U nafaqat xonanda, balki qo‘shiq muallifi sifatida ham yaxshi ma’lum.
Jeangu Macrooy — Birth of a New Age (Niderlandiya)
Popacademy’da musiqa sohasida ta’lim olish uchun 2014-yilda Niderlandiyaga ko‘chib kelgan ArtEZ ikki marta albom taqdim qilish hamda bir marotaba konsert berishga ulgurgan.
Maneskin — Zitti E Buoni (Italiya)
2015-yilda tashkil qilingan guruh, ilk “Chosen” albomi Italiyaning FIMI Singles Chart’ida ikkinchi o‘rinni egallaganidan keyin mashhurlikka erishgan.
Tusse — Voices (Shvetsiya)
Karyerasini 2018-yilda “Talang” tanlovida ishtirok etishdan boshlagan xonanda bir yil o‘tib “Swedish Idol” shousida g‘alabaga erishgan.
Senhit — Adrenalina (San-Мarino)
Karyerasini Shveysariya va Germaniyada boshlagan Senhit 2002-yilda Italiyaga qaytgan va 4 yildan keyin ilk albomini taqdim qilgan. 2011-yilgi “Yevrovideniye”da ishtirok etgan ammo finalga yetib bora olmagan.
“Golos” shousining eng yorqin ishtirokchilari taqdiri qanday kechdi? (foto) | 105 | 6,259 |
Foto | Ilk qarashdayoq yolg‘on tasavvur paydo qiladigan suratlar | Ayrim suratlar shu darajada mohirlik bilan kadrga muhrlanganki, unga ilk bora ko‘z tushganda yolg‘on tasavvur paydo qiladi va qayta qarashga undaydi. Lekin sinchkovlik bilan tomosha qilgandan so‘ng insonning kayfiyati ham ko‘tariladi. Afsuski, bu kabi suratlar har doim ham qo‘lga kiritilavermaydi. Quyida esa buning ustidan chiqqan suratkashlarning ijod namunasini e’tiboringizga havola etamiz.
Uning oyoqlari qanchalik kuchli!
Ko‘rinib turibdiki, bu paypoqqa hayotda qiyin bo‘lgan.
Plyajdagi mayda marjonlar bodroqqa o‘xshaydi.
O‘zga sayyoralik mushuk.
Mana, bodring yurmoqda.
Och maxluq
Nega bu o‘yinlar jele konfetlaridan emas?
“Mening sport zalimdagi yerdagi salfetka odamga o‘xshaydi”
Bu o‘rindiqlar tirannozavrdan qo‘rqqanga o‘xshaydi.
Bu uzun qizil panjali bitta mushukka o‘xshaydi
Uchadigan yagona shilliqqurt.
“Mahalliy supermarketdagi mango ustidagi stikerlar ularni qushlarga o‘xshatadi”.
Ko‘lmakmi yoki boshqa joy?
Kelajak keldi.
“Pichog‘imdagi suv izi atirgulga o‘xshaydi”.
O‘ychan bulut.
Bunisi esa ajdahoga o‘xshaydi.
Mutafakkir daraxti – Italiyadan olib kelingan qadimiy zaytun.
“Amakivachcham va uning kuyovini to‘ylarida suratga tushirdim”.
Bu bayroq havoda hilpirab turganga o‘xshaydi.
Dunyodagi eng shirin pomidor topildi!
XIX asr boshlarida bu zargarlik buyumlarida bitta tosh yo‘q, u butunlay po‘latdan yasalgan. Bunday narsalar zargarlik buyumlari kabi qimmatga tushishi mumkin edi. | 57 | 1,427 |
Foto | O‘zbekiston rossiyaliklar uchun Makka (foto) | O‘zbekiston bizni anchadan buyon o‘ziga chorlab kelayotgan edi. Qadimiy sivilizatsiya tarixiga yaqinlashish, Sharq afsona va ertaklari dunyosiga g‘arq bo‘lish istagi o‘z natijasini ko‘rsatdi. Mana chiptalar xarid qilindi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti uch yarim soatda bizni Moskvadan mustaqil O‘zbekiston poytaxtiga olib keldi, deb hikoya qiladi “Mir novostey” nashri muxbiri.
Birinchi navbatda, Toshkentning markaziy bozoriga yo‘l oldik. Sharq bozoridagi narx-navoning arzonligi bizni hayratlantirmasdan qolmadi. Shuni yodda tutish lozimki, yaxshi tortishish natijasida sotuvchini narxlarni ikki barobarga tushirishga ko‘ndirish mumkin! Qolaversa, ularning barchasi rus tilini juda yaxshi biladi.
Biroq biz bitta shaharda ushlanib qolmaslikka harakat qildik, YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlari: Samarqand, Buxoro va Xivaga borishni rejalashtirdik.
Xiva
Xivaga kun botayotganda yetib bordik, biroq tong otishini kutmasdan, narsalarimizni mehmonxonada qoldirib, shaharni aylanishga chiqdik. Birinchi navbatda, Ichan Qal’aga yo‘l oldik.
Yuz yillar davomida barpo etilgan qal’a inshootlari va saroylar, masjid va madrasalar, maqbara va minoralar, karvon saroy va hammomlar Ichan Qal’ani o‘ziga xos muzey shaharga aylantirgan.
Tongda qal’a bo‘ylab ekskursiyamizni davom ettirdik. Balandligi 29 metr bo‘lgan noodatiy minora — Kaltaminor e’tiborimizni tortdi. Tarixchilarning ma’lum qilishicha, uning balandligi 80 metrga yetishi kerak bo‘lgan.
Kaltaminor Xivaning haqiqiy ramziga aylangan.
Afsonalardan birida aytilishicha, 1845—1855-yillarda Xivani boshqargan Muhammad Aminxon uning hukmronlik davrida qurilishi boshlangan minoraga chiqqanda butun Buxoroni ko‘rish istagini bildirgan. Qisqa muddatlarda topshiriqni bajara olmagan usta hukmdor qahridan qo‘rqib, qanot yasagan va qurib bitkazilmagan minora tepasidan uchib ketgan.
Qadimiy shahar ko‘chalari bo‘ylab sayr qila turib, ustalar yog‘ochdan qo‘lda turli suvenirlar o‘yib yasayotganligini ko‘rdik. Kunduzi ular o‘z ishlarini bozorda sotadi.
Buxoro
O‘zbekistonga tashrif buyurib, Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri Buxoroga bormaslikning iloji yo‘q.
Buxoroda, birinchi navbatda, ko‘rishingiz lozim bo‘lgan joy bu eski shahardir. U qadimiylik nafasi bilan o‘ziga rom qiladi.
Diqqatga savozor joylari bir-biridan uzoqda joylashgan Samarqanddan farqli ravishda Buxoroda ularning barchasi 1,5—2 kilometr radiusda joylashgan, biz ularni piyoda aylanib chiqdik.
Birinchi kuni eski shaharning qoq markazida joylashgan Labi hovuz arxitektura kompleksi, Ark qal’asi, uning qarshisida joylashgan, XVIII asr boshida barpo etilgan Bolo-hovuz masjidi, Nodir Devonbegi, Ulug‘bek, Ko‘kaldosh madrasalari hamda hamon faoliyat ko‘rsatayotgan Mir Arab madrasalarini tomosha qildik.
Shaharning qadimiy arxitektura yodgorligi Minorai Kalonni tomosha qilib zavqlandik. Bu eski Buxoroning eng baland inshooti — uning balandligi 46,5 metrga yetadi.
Ikkinchi kuni biz gid bilan shahar tashqarisidagi Buxoroni tomosha qilishga yo‘l oldik. Bahouddin Naqshband maqbarasi va Buxoro amirlarining yozgi qarorgohini ko‘rdik.
Shahar bo‘ylab sayr qila turib, xalq folklori qahramoni Nasriddin Afandining xushchaqchaq haykali yonida suratga tushdik.
Shaharda turli-tuman mehmonxonalar ko‘p. Narxlar to‘yimli nonushta bilan bir kechaga 50 ming so‘mdan boshlanadi.
Endi taomlarga to‘xtalsak.
O‘zbek oshxonasi hech qachon sizni befarq qoldirmaydi! Albatta, Sharqda taomlar sultoni — bu palov. Buxoroda uning turli-tuman ko‘rinishlarini tatib ko‘rishingiz mumkin. Qo‘y, mol go‘shti va jigardan tayyorlanadigan shashliklar mazasi ajoyib.
Choyni xush ko‘rasizmi? Unda Silk Road Tea House’ga tashrif buyuring. Choyingiz kutilmaganda tugab qolsa, qo‘shimcha so‘rashingiz mumkin. Keyingisi ham birinchi to‘lov ichiga kiradi.
Butun tashrifimiz davomida “Chor-Bakr” kafesidagi palov, tandirda pishirilgan qo‘y go‘shti, qo‘y go‘shtidan tayyorlangan shashlikni eng mazali taomlar deb topdik.
Samarqand
Navbatdagi to‘xtash joyimiz — afsonaviy, sharqona Samarqand shahri bo‘ldi. “Madaniyatlar chorrahasi shahri” — shahar aynan shu nom bilan YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Bu yerda, birinchi navbatda, mashhur Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibi Xonim masjidini tomosha qilish lozim.
Registon maydoni — shaharning yuragi. Maydon uch tomondan uchta ulkan madrasa — Ulug‘bek, Tilla Kori va Sherdor bilan o‘ralgan. Kechqurun maydonda sayr qilib, mashhur yorug‘lik va musiqali panorama — “Men — Registon”ni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik! Kishini o‘ziga rom qiluvchi tomosha!
Bu yerda joylashgan kulolchilik muzey-do‘koniga hech narsa xarid qilmasangiz ham borishni tavsiya qilamiz. O‘zbek kulolchiligining barcha turlari taqdim etilgan.
Dunyoda diqqatga sazovor joylar ko‘p, biroq sizga O‘zbekistonga borishni tavsiya qilamiz. Bundan sira afsuslanmaysiz! | 44 | 4,816 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning yirik shaharlari tungi chiroqlarsiz qolganda | Fotograf Tyerri Koen 2010-yildan buyon Parij, Tokio, Gonkong, Nyu-York va dunyoning boshqa yirik shaharlari aholisi ko‘rishi mumkin bo‘lgan tungi yulduzli osmonni namoyish qiluvchi loyiha ustida ishlashni boshlagan.
Buning uchun suratkash megapolislarning tungi suratlarini oladi, keyin esa cho‘llarga yo‘l oladi va u yerda yulduzli osmonni suratlarga muhrlaydi. Keyin esa suratlarni birlashtiradi. Biroq u mazkur shaharlardagi chiroqlarni o‘chirib, yulduzli osmon qanday ko‘rinishini tasvirlashga harakat qiladi. Buning uchun ijodkor Yerning harakatlanmas yulduzlarga nisbatan aylanish tezligiga asoslangan shkaladan foydalanadi. TravelAsk fotografning ijod namunalarini taqdim etdi. | 68 | 684 |
Foto | Boshlangan ov mavsumi, Alp togʻlaridagi qoʻy suruvlari, Germaniyadagi suv toshqini — 12 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Turkiyaning Mersian sohillarida dengiz toshbaqalarining yoʻqolib borayotgan karetta-karetta turi toshbaqachalari tuxumni yorib chiqishni boshladi.
Kuchli yomgʻir Germaniyaning Reynland-Pfals federal yerlari shimolidagi Ar daryosida suv toshqinini keltirib chiqardi va vodiyning katta qismini suv bosdi.
Ekvadorning Kito shahrida namoyishchilar joriy yilning may oyida oʻz lavozimiga kirishgan mamlakat prezidenti Gilermo Lassoga qarshi namoyish uyushtirmoqda.
Er aholisi har yili Perseid meteor yomgʻiri deya nomlanadigan astronomik hodisasini kuzatishi mumkin. Meteor yomgʻiri har yili 17 iyuldan 24 avgustgacha faol boʻladi, uning maksimal tushishi, odatiga muvofiq 12-avgustga toʻgʻri keladi. Rasmda: Xitoyning Shinjon-uygʻur avtonom tumani.
Kaliforniya tarixidagi eng katta tabiiy yongʻinlardan biri «Diksi» yongʻini kuchayishda davom etyapti. U hozircha 550 ta turar joy boʻlgan mingtacha binoni oʻz domiga tortib ketdi.
Qoʻl mehnati bilan toʻqilgan gilamlar Turkiya Antaliyasining jazirama quyoshida yonib ketyapti.
Oʻrta Yer dengizi mamlakatlari anomal issiq ob havoga duch kelmoqda, ba‘zi hududlarda harorat rekordlari oʻrnatildi. Rasmda Ispaniyadagi Kordoba shahri aholisi favvorada salqinlashmoqda.
Qoʻylar podasi Shveysariyaning Falknis choʻqqisidan pastroqdagi (dengiz sathidan 2562 metr balandlikdagi) Alp hududlarini kesib oʻtmoqda.
Novosibirskdagi "Gʻalaba poezdi. Ulugʻ Vatan urushi vaqtida ilm-fan" nomli koʻchma koʻrgazma.
Buyuk Britaniyada kuropatkalarni ovlash mavsumi ochildi. | 104 | 1,558 |
Foto | Fotogalereya: Paxta imperiyasi. Rossiya O‘rta Osiyoni qanday egallagan? | “Toshkentliklar” kim? Buxorolik yahudiylar faolligining oshishi paxta sanoatining rivojlanishiga bog‘liqmi? Bularning barchasi Forbes galereyasida.
1869-yilning kuzida Mixail Yevgrafovich Saltikov bir necha yil oldin egallab olingan Toshkent haqida yozishga qaror qildi. Yangi ish va tijorat istiqbollari qidirib, Osiyoni zabt etish uchun ko‘plab turli odamlar yo‘l oldi. Ularni umumiylashtirib “toshkentliklar” deb atashgan.
Ular ochko‘zlik va egoizm, qo‘pollik va beo‘ylikda ayblangan. Bularning barchasini Saltikov o‘zining “Janob toshkentliklar” asarida yoritgan.
Toshkent yigiruv fabrikasida ip gazlama ishlab chiqarilishi
XIX asr sanoatining yirik sohasi to‘qimachilik edi. XIX asr o‘rtalariga kelib kiyim ishlab chiqarish uchun asosiy materialga aylangan ip gazlama mato borgan sari ko‘proq ahamiyat kasb eta boshladi. Bunday mato uchun paxta xomashyo bo‘lib xizmat qilgan, u esa Rossiyada yetishtirilmagan. Uni asosan Shimoliy Amerikaning janubiy shtatlari yetkazib bergan. AQShda 1861—1865-yillar yuz bergan Fuqarolik urushi Yevropa, jumladan Rossiyaga paxta yetkazishni keskin qisqartirgan.
1861-yildan 1863-yilgacha bo‘lgan ikki yil ichida imperiyaga paxta xomashyosini olib kirish 2,491 million puddan 587 ming pudgacha tushib ketdi, narxlar esa 1861-yildagi bir pud uchun 4—5 rubldan 1864-yilda 20—23 rublga yetdi. Paxta taqchilligi yuzaga keldi, bu esa Moskva fabrikalarining xonavayron bo‘lishi xavfini yuzaga keltirdi. Amerika paxtasi muqobilini topish mamlakat iqtisodiyoti uchun kechiktirib bo‘lmas vazifaga aylandi.
AQSh Fuqarolik urushi O‘rta Osiyoni bosib olish davriga to‘g‘ri keldi. O‘rta Osiyo savdogarlari yuzyillik boshidan Rossiya to‘qimachilik korxonalariga mahalliy paxta yetkazishni yo‘lga qo‘ygan. 1864-yilga kelib u AQShdan import qilingan paxta hajmidan oshdi. Biroq O‘rta Osiyo xomashyosi sifati past bo‘lgan, dehqonlar esa tegishli infratuzilma yo‘qligi tufayli barqaror savdoga kafolat bera olmagan.
Toshkentcha usul: paxtadan mato uchun asos tayyorlash
O‘rta Osiyoda bir yo‘la bir nechta: paxtaning yangi naviga o‘tish, hududga transport aloqasini yo‘lga qo‘yish, irrigatsiya ishlarini o‘tkazish kabi vazifalarni hal etish lozim edi. General-gubernator Konstantin Kaufman “yangi egallangan o‘lka iqtisodiy holatini chuqur o‘rgana turib, bu yerda paxta madaniyati rivojlangan taqdirda Turkistonni buyuk kelajak kutayotganligini tushundi”. U o‘zining eng o‘qimishli ikki mansabdori — Brodovskiy va Samolevskiyni Texasga yubordi.
Ular g‘o‘za yetishtirish va unga ishlov berish jarayonini to‘liq o‘rganib, ikki yildan so‘ng vataniga qaytdi va o‘zi bilan Amerikaning eng yangi navi urug‘larini olib keldi. Kaufman ularga tajriba fermasini tashkil etishni buyurdi. U yerda mahalliy aholi urug‘larni tekin olishi va xomashyoni qayta ishlash jarayoni bilan tanishishi mumkin edi.
Dehqonlar texnologiyalarni birinchi qo‘ldan o‘rganib, fermada chet elning paxta tozalash mashinalari va presslarini ishlata boshladi. Urug‘lar tezlik bilan o‘lka bo‘ylab tarqaldi va yangi qishloq xo‘jalik texnikasiga O‘rta Osiyodan buyurtmalar soni oshib ketdi.
Toshkent ip gazlama manufakturasi
Paxtani olib chiqib ketish kerak edi. 1880-yilda O‘rta Osiyoni Rossiyaning Yevropa qismidan poyonsiz cho‘llar va dashtlar ajratib turar edi. Tuyalar karvoni ishonchli yuk aloqasini ta’minlay olmas edi. Bunday vaziyatni hal qiluvchi qarorni harbiylar qabul qildi. Ular Kaspiy dengizidagi Krasnovodsk portidan Kopetdog‘ tog‘ oldi hududlaridagi Qizil Arvat shahrigacha cho‘zilgan temiryo‘l qurilishini boshlashga qaror qildi. Temiryo‘lning bu qismi 1881-yilda tayyor bo‘ldi. 1885-yilda esa yo‘l Ashxobodga qadar uzaytirilib, 1888-yilda esa Amudaryo orqali ko‘prik qurilib, temiryo‘l Samarqandgacha yetdi. 1891-yildayoq u orqali Rossiyaga 165 ming tonna paxta olib chiqib ketildi.
Suvsiz cho‘l bo‘ylab 1500 kilometr uzunlikdagi yo‘lni qurish ishlari logistika va muhandislikda katta jasorat bo‘ldi. Unda Missisipidan Tinch okeaniga temiryo‘l qurgan amerikacha usuldan foydalanildi.
Bir necha yildan so‘ng yo‘l Samarqanddan Toshkentga qadar uzaytirildi. Biroq Krasnovodskdan Bokuga hamon Kaspiy orqali o‘tadigan kemadan foydalanishga to‘g‘ri kelardi. Shuning uchun 1900-yilda Orenburgdan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lni barpo etishga kirishildi. Natijada 1906-yilda poyezdlar Toshkentdan to‘g‘ri Moskvaga qatnay boshladi.
Kaspiyorti temiryo‘li 1881-yildan boshlab bosqichma-bosqich qurildi. 1891-yilda u orqali 165 ming tonna paxta olib chiqib ketildi.
Irrigatsiya ishlarini yuritish jarayoni ham murakkab kechgan. Kafolatlangan sug‘orish tizimisiz paxta yetishtirishning imkoni yo‘q edi. Bu muammoni imperator Nikolay I ning nabirasi buyuk knyaz Nikolay Konstantinovich hal qildi. U yoshligida brilliant o‘g‘irlashda ayblanib, oliy tabaqadan o‘chirilgan va hatto sharifini Volinskiyga o‘zgartirgan.
Nikolay Konstantinovich 1881-yilda Toshkentga keladi va Turkistonda irrigatsiya ishlarini o‘tkazish bo‘yicha rejasini taqdim etadi. Avvalroq Kaufman tashabbusi bilan ham bir necha marta kanallar qazishga urinishlar amalga oshirilgan, biroq ular har safar natijasiz yakunlangan. Bunga ba’zan muhandislarning xato hisob-kitoblari sabab bo‘lgan bo‘lsa, ba’zida yo‘l qo‘yilgan iqtisodiy xatolar sabab bo‘lgan. Masalan, ular dehqonlar kuniga 5 tangaga qazishini istagan.
Surgun qilingan zodagon esa irrigatsiya ishlarini o‘z hisobidan amalga oshirishni taklif qiladi. Knyaz bugungi kunda piar deb ataluvchi holatni juda yaxshi tushungan va 4500 gektar maydonni suv bilan ta’minlagan birinchi kanalni “Iskandar ariq” deb nomlagan.
Shundan so‘ng keng ko‘lamli loyihaga navbat keldi. “Buxoro arig‘i” besh yil davomida qurildi, biroq gidrotexniklar xatosi tufayli ishga tushmadi. Shundan so‘ng knyaz Kaufmanning tashlab qo‘yilgan loyihasiga murojaat qildi. U yer qazuvchilarga kuniga 90 tanga, keyinroq 1 rubl 20 tanga to‘ladi. Unda o‘zbeklar ham, ko‘chib kelgan ruslar ham ishlagan.
Suvni Sirdaryodan olgan yuz kilometrlik kanal 1896-yilda yakunlandi va u 100 ming gektar maydonni suv bilan ta’minladi. Kanal bo‘yida 120 ta yangi aholi turar-joyi paydo bo‘ldi.
Kaspiyorti temiryo‘li
Shubhasiz, buyuk knyaz shunchaki homiy bo‘lmagan. Uning o‘zi ham paxta biznesiga qo‘shilib, paxta tozalash zavodlari, moyjuvozlar ochgan va kunjara sotgan. Toshkent uning ikkinchi vataniga aylangan va u shu yerda 1918-yilda vafot etgan.
Olib borilgan ishlar natijasida 35 yil davomida hududdagi paxta maydoni 1916-yilga kelib 60 ming gektardan 840 ming gektarga yetgan. Hosildorlik ikki barobar — har gektardan deyarli 15 sentnerga yetgan. Paxta xomashyosini yetishtirish ham shunga muvofiq ravishda o‘sib bordi, 1913-yilda yetti martadan ziyod oshib, 744 ming tonnani tashkil qildi. Rossiyaga 138 million rublga teng miqdorda olib chiqib ketilgan. Birinchi jahon urushi yillarida xomashyoga bo‘lgan ehtiyojning 70 foizi O‘rta Osiyodan keltirish hisobiga qanoatlantirilgan.
Paxta madaniyatining rivojlanishi imperiyadagi to‘qimachilik sanoatiga yangi turtki berdi. 1885—1913-yillarda uning hajmi 3,5 marta oshdi.
Turkistonda paxta xomashyosini ommaviy ishlab chiqarish uni qayta ishlash bo‘yicha mahalliy sanoatning yuzaga kelishiga olib keldi. 1916-yilda O‘rta Osiyodagi paxta tozalash 11 million daromad keltirdi. Inqilobga kelib bu yerda 235 ta paxta zavodi bor edi.
O‘rta Osiyoda paxta sanoatining rivojlanishi buxorolik yahudiylar jamiyatining iqtisodiy faolligiga turtki bo‘ldi. Aka-uka Yakub va Sion Vadyayevlar, aka-uka Rafael va Nataniel Potelyaxovlar, Yusuf Davidov savdo-sanoat xoldinglari asoschilariga aylandi. Aka-uka Vadyayevlar 30 ta paxta zavodiga va beshta yog‘ zavodiga egalik qilgan, Yakub esa Qo‘qondagi birja qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.
Paxta biznesida kelib chiqishi turli millatga mansub bo‘lgan tadbirkorlar — tatar aka-uka Yaushevlar, o‘zbek va tojik Hakimbekov, Dadajonbayev, Mirbadalovlar ishtirok etgan.
Hudud qiyofasi tezkorlik bilan o‘zgara boshlagan. Mahalliy aholi yangi madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtira boshlagan. | 71 | 7,949 |
Foto | Qurbonlikka olib ketilayotgan hayvonlar, toʻntarilgan tank, yonib ketgan savdo markazi — 12 iyul suratlari | E‘tiboringizga 12 iyulning eng sara suratlarini taqdim etamiz.
Kubada hukumatga qarshi namoyishlar boshlanganidan keyin unga qarshi hukumat tarafdorlari ham namoyishga chiqdi.
AQShda qochqinda yashayotgan kubaliklar mamlakatda boshlangan hukumatga qarshi norozilik namoyishlariga qoʻshildi.
Rossiyada yuk tashuvchi transportda olib ketilayotgan tank agʻdarilib ketishi oqibatida yoʻldagi harakat toʻsilib qoldi.
AQSh prezidenti Jo Bayden oʻz xizmat vertolyotida Oq uyga yetib keldi.
Afgʻon maxsus kuchlari Qandahor viloyatida «Tolibon»ga qarshi operasiya paytida aholi uylarini tekshirmoqda.
JARda boshlangan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari paytida Bruksayd savdo markazi yonib ketdi.
KXDR yetakchisi Kim Chen Ir Pxenyanda san‘at truppasi a‘zolari bilan uchrashdi.
Pokistonning Karachi shahrida Qurbon hayiti oldidan hayvonlarni mol bozoriga olib borish uchun tomlardan kran yordamida pastga tushirmoqda.
Futbol boʻyicha Italiya terma jamoasi sardori Jorjio Kellini va darvozabon Janluiji Donnarumma qoʻlga kiritilgan Yervopa chempionligi kubogi bilan Rimdagi mehmonxonaga kirib ketmoqda.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Yevropa chempionati finalining ertasi kuni jamoa joylashgan mehmonxonani tark etmoqda. | 106 | 1,235 |
Foto | Ko‘pchilik omadi chopsagina hayotida faqat bir marta ko‘ra oladigan 20 ta noyob holat (foto) | Kundalik hayotda bunga o‘xshash holatlarga kamdan kam duch kelish mumkin. Bordi-yu, muz yaproq, ulkan chuqurlik atrofidagi shahar yoki bolasini ko‘tarib olgan archa daraxtini ko‘rib qolgan insonni esa chindan ham omadli deb atasa bo‘ladi.
Tabiat muzdan ham yaproq hosil qilishni o‘rgandi.
Bu kabi mitti jirafalar juda kamyob bo‘lib, bo‘yi 2,7 metrni tashkil etadi. Odatiy jirafalarning bo‘yi esa o‘rtacha 6 metr.
Fransiyada “teshikda yashash” iborasi boshqacharoq ma’noni anglatadi. Bu manzarali joy “Bozul teshigi” bo‘lib, diametri 400 metr, chuqurligi esa 100 metrni tashkil etadi.
Bagam orollaridagi “Okean atlanti” suvosti haykali.
View this post on Instagram
Quyosh nuri ostidagi meteorit.
View this post on Instagram
Ushbu ninachining izi 150 million yoshda.
View this post on Instagram
Kichkina bonsay daraxtida ham odatiy o‘lchamdagi olma o‘sadi.
Ginandromorfizm kapalak: tananing yarmi urg‘ochi, yarmi erkak.
Yozning so‘nggi qismi.
Juda g‘ayrioddiy rangdagi qo‘ziqorin.
Tovuqlar shunday bo‘ladi.
View this post on Instagram
Cho‘l atirguli − Sahroi Kabirda yomg‘irdan keyin hosil bo‘ladigan gips kristalli.
View this post on Instagram
Marsdagi krater tabassumga o‘xshagani tufayli u “Baxtiyor yuz” deb nomlangan.
Murmanskda qutb kechasidan keyin birinchi quyosh chiqishi kutib olindi. U 40 kun davomida yo‘q edi.
View this post on Instagram
Rassom Yuber Dyupra lichinkalarni oltin, marvarid va qimmatbaho toshlar bilan bezatib, akvariumga joylashtirdi.
Archa va “archacha”.
“Onamning uyiga kelgandimda derazada shunday manzara aks etgan edi”.
Ushbu “kosmik chuchvara” − Saturnning yo‘ldoshi, Pan.
5 yil farq bilan tug‘ilgan ot. Ba’zilari qora rangda tug‘ilib, keyin kulrangga aylanadi. | 92 | 1,801 |
Foto | Fotogalereya: Twitter’da memga aylangan mushakdor-mushuk | 28-may kuni Kanadaning Kvebek shahrida yashovchi Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi 2017-yilda duch kelib qolgan mushugining rasmini tarmoqqa joylashtirgan. Foydalanuvchi ushbu mushukni “mushakdor” deb atagan bo‘lsa, tarmoqning boshqa foydalanuvchilari uni “Arnold Kotnegger” va “Murriminator” deya atay boshlangan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Bir necha kun ichida “mushakdor-mushuk” ijtimoiy tarmoq “yulduzi”ga aylandi.
“Bu juda noyob hodisa. Dunyoda asosan sigirlarda va kuchuklarda uchraydigan o‘ziga xos genetik mutatsiya uchraydi, biroq mushuklarda — hech qachon. Balki bu — birinchisidir”, — deb yozadi veterinar Den Smit.
Mushakdor mushukning muxlislari uning suratini Photoshop yordamida o‘zgartirib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqata boshlashdi. | 56 | 765 |
Foto | 21 sentyabr — Butunjahon tinchlik kuni. Urush tufayli vayron boʻlgan davlatlar suratlarda | Har yili 21 sentyabr kuni butun dunyoda Butunjahon tinchlik kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan «Bugun suratlari» ruknining bugungi sonini urush girdobida qolgan davlatlarning urushdan oldingi va keyingi holatiga bagʻishlaymiz.
Fotokollaj: «Bugun.uz»
Qoʻshni Afgʻoniston mana 40 yildirki urush girdobida. Oʻtgan asrning 80 yillarida boshlangan urush mamlakatni xonavayron qildi. Urushing iqtisodiy, gumanitar zararlaridan tashqari butun boshli shaharlarni vayrona holga keltirdi. Suratda Kobul shahri urushdan oldingi va urushdan keyingi 90 yillar holatini koʻrishingiz mumkin.
Siz suratda koʻrib turgan shahar 2011 yil arab dunyosida boshlangan toʻpolonlar va nihoyasiz urushlarning debochasi boʻlgan edi. Aynan Liviyaning Bengʻozi shahri "Arab bahori"da muhim rol oʻynagan nuqtalardan biri edi. Shahar urush oqibatida juda katta talafot koʻrdi. Bir paytlar Liviyaning poytaxtdan keyingi eng yirik markazi boʻlgan shahar bugunda deyarli vayrona holatda. Liviyadagi urush esa hamon davom etmoqda.
Liviya poytaxti Tripoli shahri. Mamlakatda davom etayotgan fuqarolar urushi ushbu shaharni ham chetlab oʻtmadi.
Iroqda AQSh boshlab bergan urush oqibatida katta sahnaga chiqqan IShID terrorchi guruhining markazi boʻlgan Moʻsul shahri. IShID aynan shu shaharda oʻz mavjudligini e‘lon qilgan va bugunda vayron boʻlgan masjidda Abu Bakr Bagʻdodiy ismli shaxs oʻzini xalifa deb e‘lon qilgan edi. Shu voqeadan keyin Yaqin Sharq haqiqiy urush oʻchogʻiga aylandi. Bu esa koʻplab shaharlarning vayron boʻlishiga va millionlab insonlarning vafotiga, oʻz yurtini tashlab ketishiga sababchi boʻldi.
Yaqin Sharqdagi siyosiy tuzumlar ichida oʻzining yashovchanligi bilan ajralib turgan davlat bu Suriya. Prezident Bashar Assadning bu qaysarligi mamlakat uchun ancha qimmatga tushdi. Isyonchilar va hukumat qoʻshinlari oʻrtasidagi urush mamlakatni vayron qildi. Bu urushlar natijasida eng koʻp zarar koʻrgan shahar Halab shahridir. Bir paytlar musulmon dunyosining gultojlaridan biri boʻlgan shahar butkul vayronaga aylandi. Suratda qadimiy Halab qa‘lasi urushdan oldingi va urushdan keyingi holatini koʻrishingiz mumkin.
Halabdagi mashhur Ummaviylar masjidi. Suriyadagi eng qadimgi masjidlardan biri. Afsuski, ushbu noyob arxitektura yodgorligi urush sabab vayron boʻldi.
Qadimgi Rim me‘morchiligini oʻzida namoyon etuvchi mamlakatning eng diqqatga sazovor turistik maskanlaridan biri Palmira shahri xarobalari ham terrochilar hujumlari sabab butunlay vayron boʻldi. | 89 | 2,472 |
Foto | Fotogalereya: Yangi yil uchun noodatiy archalar | Har yili Yangi yil bayrami oldidan bezatiladigan archaga ba’zilar noodatiy uslubda yondashadi. AdMe ana shunday yondashuvlarga e’tibor qaratdi. | 47 | 143 |
Foto | Myanmadagi xalq noroziligi, AQSh chegarasidagi muhojir bolalar, Iroq va Qirgʻizistonda Navroʻz shodiyonalari — haftaning qiziqarli suratlari | Hafta davomida dunyoning turli burchaklarida olingan suratlarni taqdim etamiz.
Qariyb ikki oydan buyon Myanmada harbiylar tomonidan amalga oshirilgan davlat toʻntarishiga qarshi xalq tomonidan norozilik namoyishlari oʻtkazilmoqda. Ular toʻntarish natijasida agʻdarib tashlangan hukumat vakillarini ozod qilishni talab qilmoqda. Norozilik aksiyalariga shifokorlar ham qoʻshildi.
Oʻtgan hafta AQShning Meksika bilan chegarasida yuzlab muhojir bolalar ochiq osmon ostida qolib ketgan. Ularning sharoitlari tasvirga tushirilgan suratlarni taqdim qilamiz.
21 mart — Navroʻz kuni. Eron va Yaqin Sharqdagi ba'zi davlatlarda bu kun yangi yil kuni sifatida nishonlansa, Markaziy Osiyoda milliy bayram sifatida nishonlanadi. Nishonlash tartiblari ham bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, Iroqda istiqomat qiladigan kurdlar mazkur bayramni oʻziga xos rituallar bilan nishonlasa, Markaziy Osiyoda oʻziga xos xalq sayllari, kuy-qoʻshiqlar va xalq oʻyinlarini tashkil qilinadi. Quyida Iroq va Qirgʻizistonda Navroʻz kuni olingan suratlarni taqdim qilamiz. | 140 | 1,045 |
Foto | Mehrga to‘la va mehrga muhtoj jonivorlar | AdMe nashrining “Kun fotolari” asosida tayyorlangan va jonivorlar ishtirokidagi suratlar bilan tanishing. | 40 | 105 |
Foto | Fotogalereya: Ispaniyaning eng go‘zal shaharlari | Barselona, Madrid va Sevilyaga tashrif buyurgan sayyohlar mamlakatning boshqa shaharlarini ham ko‘rishlari maqsadga muvofiq. Axir Ispaniya katta shaharlardan ancha a’lo bo‘lgan rang-barang qishloqlarga boy: u yerda bir talay sayyohlar yo‘q, milliy taomlari o‘ziga xos, narxlar esa ancha hamyonbop. Mana shunday shaharlar ro‘yxati El País gazetasi o‘tkazgan so‘rov natijasida aynan ispanlarning o‘zi tomonidan tuzilgan. Bu shaharlardagi aholi soni 10 mingdan oshmaydi. Travel Ask ularning suratini taqdim etdi. | 48 | 509 |
Foto | Buxoroning yana bir mo‘jizasi: Fayzulla Xo‘jayevning uyi (foto) | “MyTashkent.uz” nashri atoqli davlat arbobi, Buxoro jadidchiliginng faol ishtirokchisi, O‘zbekiston Xalq nozirlar kengashi raisi Fayzulla Xo‘jayevning Buxorodagi uy muzeyidan fotolavha tayyorlab taqdim etdi. | 63 | 207 |
Foto | Foto: Chelyabinskdagi noodatiy piyodalar o‘tish joyi | Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi chorrahalardan birida noodatiy piyodalar o‘tish joyi paydo bo‘ldi. TJournal o‘tish joyining suratlarini taqdim etdi.
Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi o‘zboshimchalik bilan asfaltga chiziq chizish taqiqlanganini qayd etgan. Noodatiy chiziqlar esa yuvib tashlanadi. Agar chiziqlarning mualliflari topilsa, ularni ming rubl miqdoridagi jarima kutmoqda. | 52 | 398 |
Foto | Fotogalereya: Buyuk Britaniyaning 2018-yildagi eng manzarali suratlari | Buyuk Britaniyada mamlakatning eng manzarali suratlari tanlovining g‘oliblari ma’lum qilindi. TravelAsk ana shu tanlovda ishtirok etgan suratlarni taqdim etdi. | 70 | 159 |
Foto | Fotogalereya: Havaskor rassom jahon osori atiqalarini qahva idishlaridagi rasmga aylantirmoqda | Turkiyalik 22 yoshli havaskor rassom Berk Armug‘on dunyo bo‘ylab sayr qilib, safar davomida oddiy oq karton qahva idishlariga o‘zi ko‘rgan osori atiqalarni chizib boradi.
Odatda u nimani chizishini oldindan rejalashtiradi, ammo yo‘lida rejadan tashqari go‘zal maskanlar chiqib qolganida ham to‘xtab turmaydi. U o‘z ishlarini suratga olib, Instagram’dagi SeyyahArt sahifasiga joylab boradi.
Surat chizilgan idishlarni sotib, rassom keyingi safarlari uchun mablag‘ to‘playdi. Shuningdek, pulning bir qismini xayriya maqsadlariga sarflaydi.
Bir necha yil ichida u boshlagan ish mashhur trendga aylandi. Starbucks tarmog‘i hatto tanlov e’lon qilib, eng yaxshi dizaynerlik yechimlarini hayotga tatbiq etib bormoqda.
Uning asarlaridan namunalarni TJournal taqdim etdi. | 94 | 762 |
Foto | Fotogalereya: Samolyotlar haqida ko‘pchilik bilmagan qiziqarli ma’lumotlar | TravelAsk samolyotlar haqida ko‘pchilik bilmaydigan, biroq parvozlar vaqtida foydasi tegib qolishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi.
Havo tarkibida uglerod ikki oksidi ortib ketishi, turbulentlikning sodir bo‘lish ehtimolligi oshiradi. Bu esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Samolyot shokoladli bo‘lmagan. Fransiyalik Mishel Lotito noorganik buyumlarni iste’mol qilishi bilan tanilgan. Uning eng katta yutug‘i — Cessna 150 samolyoti. Mishel ushbu samolyotning o‘rindiqlari-yu, rezina g‘ildiraklarini qo‘shib yeb yuborishga ikki yil vaqt sarflagan.
Ingliz tili aviaparvozlar tili hisoblanadi, shu sababli xalqaro reyslarda ishlaydigan ekipaj a’zolari uni bilishlari lozim.
Boeing 747-400 samolyotining old oynasi BMW markasidagi avtomobilning narxiga teng. Boeing’ning o‘zi esa, taxminan, 250 million to‘llar turadi.
Uchuvchilar bir vaqtda hech qachon bir xil ovqat iste’mol qilmaydi, bu taqiqlangan. Bu orqali ikkala uchuvchining ham bir vaqtda ovqatdan zaharlanish ehtimolligining oldi olinadi.
Zamonaviy texnologiyalar samolyotlarning uchuvchisiz ham uchishini ta’minlay oladi. Biroq yo‘lovchi reyslarida bu amaliyotdan foydalanish taqiqlangan.
C-5’ning uzunligi olti qavatli binoga teng bo‘lib, u eng uzun harbiy samolyot deya e’tirof etilgan. Eng kichkina samolyotning og‘irligi esa 162 kilogramm. Bu BD-5 Micro.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, pomidor soki past bosimda yanada shirinroqqa aylanadi. Shu sababli ushbu sokni unchalik xushlamaydigan yo‘lovchilar ham samolyot bortida uni ichishni ma’qul ko‘radi.
Samolyotning eng xavfsiz joyi — uning dumi. Agarda falokat yuz bergudek bo‘lsa, orqada o‘tirgan yo‘lovchilarning omon qolish ehtimolligi 40 foizga ortadi.
“Qora quti” aslida quti ham, qora ham emas. Bu parvozning barcha parametrlarini yozib oluvchi qurilma. Uning shakli shar yoki silindr ko‘rinishida ishlanadi, bu esa tashqi bosimga yaxshiroq qarshilik ko‘rsatadi.
Aslini olganda kislorod niqoblari sizni uzoq muddatga qutqarmaydi. U 15 daqiqa davomida yordam beradi, bu esa samolyot bemalol nafas olsa bo‘ladigan balandlikdan pastga tushishi uchun yetarli emas.
Samolyotga simob olib chiqish taqiqlanadi. Uning hatto juda oz miqdori ham alyuminiydan ishlangan samolyotga juda katta xavf tug‘diradi. | 74 | 2,252 |
Foto | Fotogalereya: AQShdagi hashamatli turar joyga aylantirilgan sobiq raketa bazasi | AQShning Kanzas shtatidagi Eskrij shaharchasi yaqinida Harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lgan, bundan 60 yil avval qurilgan bir martalik “Atlas E” raketasining yer osti Subterra Castle bazasi hozirda hashamatli turar joyga aylantirilgan. Ushbu uyni 133 dollarga ijaraga olish mumkin.
Subterra Castle bazasining umumiy maydoni 13 gektar. Unga er-xotin Ed va Dianna Pedelar egalik qiladi. Ular bu yerda 1994-yildan beri yashab keladi.
Juftlikning fikricha, Subterra Castle bazasi “tarixiy va noyob joy”. Sovuq urush davrida raketalarning “omborxona”si bo‘lgan bazaning yer ostidagi umumiy maydoni taxminan 1670 kv metrni tashkil qiladi. | 79 | 636 |
Foto | Foto: Mashhur filmlarning tanaffus vaqtida olingan noyob kadrorti suratlari | Kinoning eng katta sehrli xususiyatlaridan biri — tomoshabinlarni imkonsiz narsaga bir muddat bo‘lsa ham ishontirishdir. Albatta, hozirda hamma maxsus effektlar va kompyuter grafikasi haqida biladi, lekin sahna ortidagi lahzalarni ko‘rish va sevimli qahramonlaringizga boshqa tomondan qarash joyib. Quyida mashhur filmlarni suratga olishda tanaffus paytida olingan noyob kadrlarni tomosha qiling.
Gamoraning o‘ziga xos yashil terisini yaratish uchun qancha mehnat kerak
Yuragingizni yorgan yovuz odam tayyorlanayotganda sahna ortidagi tinch muhit
Anjelina Joli qo‘rqinchli va go‘zal Malefisentaga aylanish jarayonini ko‘rsatmoqda
Hatto riviyalik Geralt ham kiyinish xonasida selfi tushishga qarshilik qila olmaydi
Agar yovuz odamlar haqiqiy bo‘lmasa va hech qayerga ketishingiz shart bo‘lmasa, nega zavqlanmaslik kerak? “Mo‘jiza ayol: 1984” filmining suratga olish jarayonidan
Betakror Kianu Rivz bilan “Jon Uik 3” filmining suratga olish jarayonidan sahna ortidagi lavhalar
Tanos ekrandan tashqarida quvnoqroq ko‘rinadi
O‘rgimchak odam hamkasblari bilan suratga tushmoqda
Hatto Leodek iqtidorli aktyor ham ssenariy bo‘yicha gapirishi kerak. Bu “Uoll-stritlik bo‘ri” filmining suratga olish jarayonidan.
Agar “Pining hayoti” kadrlariga qarasangiz, ba’zi suv sahnalari bino ichida suratga olinganini ko‘rasiz
Zoi Saldana, Sem Uortington, Keyt Uinslet va Kliff Kertis “Avatar 2” filmining suratga olish jarayonidan
Draks ijtimoiy tarmoqlarni bemalol aylanib chiqishi mumkin, chunki Galaktika xavfsizlikda
Jozef Gordon-Levitt “Muqaddima”dagi aylanuvchi koridor bo‘ylab shunday yurgan
Mett Deymon hatto Marsda ham yolg‘iz bo‘lmagan
Shuncha kameralar suratga olayotganda, yaxshi ko‘rinish muhim.
“G‘aroyib hodisalar” filmining 4-mavsumida Millie Bobbi Braun sochlarini kestirishi shart emasdi. Soch turmagi shunchalik real ko‘rinadiki, parikligini ko‘pchilik bilmaydi ham
Rejissor Todd Fillips uning har bir harakatini o‘rgatayotganida, Joker ham jilmayishni to‘xtatadi.
Filmda Mark Ruffalo bir zumda yashil rangga kirganini ko‘ramiz. Aslida bunga biroz ko‘proq vaqt talab etiladi
Ular hech qanday afsunsiz ham uy vazifalarini bajarishadi | 75 | 2,152 |
Foto | “Avval va keyin” mavzusidagi kishini lol qoldirishga qodir suratlar | Buyum, joy va odamlarning avvalgi va keyingi suratlarini solishtirish hamisha zavqli bo‘lgan. Ularga nazar tashlab vaqt, jarayon va boshqa omillar ta’sirida har qanday narsa tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi mumkinligini bilish mumkin.
Volontyorlar dunyodagi eng ifloslangan plyajlardan biri — Mumbaydagi Maxim Bichdan 700 mingta plastik yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
“Bugun 30-yillar parketini restavratsiya qilib berishdi”.
“Lablarimning 3 ml filler qilinganidan avvalgi va keyingi ko‘rinishi”.
“Bog‘ni tartibga keltirish uchun 2 hafta vaqt sarfladim”.
“Sochlarim shunchalik jingalak ekanligini tasavvur ham qilmagandim”.
Leypsigdagi kitob savdo uyining restavratsiya qilinganidan keyingi ko‘rinishi.
“Buvim va bobomning suratlarini rangli ko‘rinishga keltirdim”.
“Chap tomondagi pichoqdan qassob 5 yil davomida foydalangan. O‘ng tarafdagi pichoq ham xuddi shunday, shunchaki yangi xolos”.
“Uydagi sevimli burchagim. Ikkinchi suratda oradan atigi 1 oy vaqt o‘tgan”.
“Mo‘jazgina xonam ta’mir qilinganidan keyin.
Rinoplastikaning natijasi.
“Chap tomonda bolaligimdagi o‘yinchoq, o‘ng tarafdagi esa yaqindagina antikvar buyumlar do‘konidan sotib olingan”.
To‘q feruzadan tabiiy och rangga o‘zgartirilgan xona.
“Sevilmi itim va nihoyat 1 yoshga to‘ldi”.
“Yuvadigan mashina juda ham yaxshi ish berdi”. | 67 | 1,315 |
Foto | Fotogalereya: Tasavvurga boy suratlar | Ba’zan suratlarga bir qarash bilan unda ifodalangan tasvirdan boshqa narsalarni ham tasavvur qilish mumkin. AdMe ana shunday tasavvurga boy suratlarni taqdim etdi. | 37 | 163 |
Foto | Fotogalereya: Kelajakdagi Xitoy megapolisi | 1968-yilda Xitoy islohot yo‘lida birinchi qadamni qo‘ydi. Buning natijasida bir paytlar yopiq bo‘lgan kommunistik jamiyat globallashuvga yo‘l ochdi. Mentalitet, iqtisodiyot va madaniyatning o‘zgarishi Xitoyni zamonaviy va kuchli davlatga aylantirdi. So‘nggi qirq yil ichida Xitoy tarixdagi eng katta va tezkor industrializatsiya va urbanizatsiya davrini boshdan kechirdi. Chunsin shahri esa Xitoy evolyutsiyasining yorqin misolidir.
Belgiyalik arxitektura fotografi Kris Provust o‘z rasmlarida bu shaharni rivojlanayotganligi shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni yoritgan. Fotografning aytishicha, uch kun davomida u Chunsinni suratga olayotib shahardagi zichlik, transport qatnovi va xalqning turmush tarzini kuzatgan. Odamlar bu ulkan shaharda qanday yashayotganini ham aks ettirishga harakat qilgan. TravelAsk ana shunday suratlarni jamlab taqdim etdi. | 42 | 863 |
Foto | Mushuklardan ajoyib josus chiqishini isbotlovchi suratlar | Mahorat bilan yashirinish yoki ko‘zga tashlanmaslik hayvonlar uchun juda foydali. Albatta, yovvoyi hayvonlar buni o‘zini himoya qilish va o‘ljani qo‘lga tushirish uchun qoyilmaqom etib bajaradi. Lekin uy hayvoni hisoblangan mushuklar ham bu borada ortda qolmaydi. Ular o‘ta qobiliyatli ekanligidan uy egalari ko‘pincha qarshisida turgan mushuklarini izlab qolishi ham hech gap emas. | 57 | 382 |
Foto | Foto: 2,5 ming yil avval qurilgan dunyodagi eng tor kema o‘tkazuvchi kanal | Egey va Yunon dengizini bog‘lovchi kanal dunyodagi eng tor kema o‘tkazuvchi kanal hisoblanadi. Uning qurilishi miloddan avvalgi VII asrda boshlanib, XIX asrning oxiriganiga kelib tamomlangan. Antik davr hukmdorlari bu kanalni qurishni orzu qilgan, 1944-yilda esa chekinayotgan fashistlar uni vayron qilishiga bir bahya qolgan, deb hikoya qiladi TravelAsk.
Bu kanalni qurish orqali Egey dengizidagi Saroni bo‘g‘ozidan Yunon dengizidagi Korinf ko‘rfaziga o‘tish uchun 400 kilometrni qisqartirish mumkin bo‘lgan.
Uzoq asrlar davomida yakunlanmagan qurilish XIX asr oxoriga kelib o‘z nihoyasiga yetgan. Kanalning rasmiy ochilishi 1893-yilning avgust oyida 12 yillik qurilish ishlaridan keyin bo‘lib o‘tgan.
Korinf kanalining devorlari balandligi 76 metrni tashkil qilsa, dunyodagi eng tor bo‘lgan kanalning eni 21 metrga teng hamda u orqali reversiv harakat tashkil qilingan. Kemalar kengligi bo‘yicha ham cheklov mavjud: yirik kemalar tor kanal orqali o‘ta olmaydi. Mavjud kamchilikka qaramasdan, Korinf kanali orqali yiliga 15 mingtagacha kema o‘tadi.
Kanal orqali bir nechta avtomobil va temiryo‘l ko‘priklari o‘tkazilgan. Ekstremal sport ishqibozlari esa kanalda tez-tez musobaqa va tadbirlar uyushtiradi. | 74 | 1,209 |
Foto | Slovakiyadagi ukrain qochqinlari, cherkovda yuz bergan otishma, Avstraliyadagi suv toshqini oqibatlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Yangi Orlean aholisi “Mardi gras” bayramini nishonlamoqda.
Sakramentoda cherkovdagi otishma oqibatida bir necha kishi halok bo'ldi.
Meksikaning Monterrey shahrida tennis bo'yicha musobaqa start oldi. Suratda nemis raketkasi Yule Nimayer.
Avstraliya janubi-sharqida yuz bergan suv toshqini oqibatlari.
Venesuela supermeni libosidagi bola.
Shrinagarda kashmirlik muslimalar duo qilmoqda.
Filippinda karantin cheklovlari yumshatilishi ortidan yo'llarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.
Nepalda Maxashivaratri bayrami nishonlanmoqda.
Kolumbiyaning Medelin shahrida “Mal'unlarning qayta tirilishi” spektakli bo'lib o'tdi.
Slovakiyadagi ukrain qochqinlari yashab turgan lager. | 102 | 729 |
Foto | Fotogalereya: Tabiat qo‘ynidagi ajoyib sayohatlar | Tabiat qo‘yniga amalga oshiriladigan sayohatlar insonga o‘zgacha huzur va kayfiyat bag‘ishlaydi. Sayohat davomida qiziqarli voqealar va holatlar tez-tez ro‘y beradi. “Fotoshedevri” nashri tabiat qo‘ynidagi sayohatlarda olingan g‘aroyib suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 49 | 270 |
Foto | O'zbekistonning bahorgi turizm uchun tavsiya etiladigan maskanlari | O'zbekiston o'zining ko'plab tarixiy-me'moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur'atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o'ziga tortmoqda. Ayni paytda O'zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an'ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo'nalishlaridan biriga aylanmoqda. Quyida bahor faslida tashrif buyurish mumkin bo'lgan diqqatga sazovor maskanlarni keltirib o'tamiz.
Toshkent
Toshkent — O'zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri. Olis o'tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent xalqaro transport yo'nalishlarining chorrahasidir.
Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009 yilda u o'zining 2200 yilligini nishonlagan. Hudud tez sur'atlarda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono'par binolarning o'zaro uyg'unligida zamonaviy rivojlangan xalqaro megapolisga aylanmoqda.
Samarqand
Asrlar mobaynida O'zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo'li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o'ynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo'lining yuragi” deb nom oldi.
Qadim davrlarda Samarqand “Islom me'morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko'zgusi” kabi nomlar bilan ta'riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga teng bo'lgan Samarqand o'zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand buyuk qo'mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o'zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi.
Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o'z davrining eng mohir hunarmand va ustalarini to'pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. Amir Temurning nevarasi Ulug'bek bu an'analarni davom ettirdi. Bugunda Samarqandagi yodgorliklar go'zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin.
Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me'moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi bo'lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug'bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari qad ko'targan.
Go'ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug'bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig'iz qilib joylashtirib chiqilgan g'unchaga o'xshash Go'ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy.
Registon maydoni, Go'ri-Amir, Bibixonim, Shohi-Zinda maqbaralari, Ulug'bek rasadxonasi va shuningdek, bir qancha yodgorliklar shaharga tashrif buyuruvchilarni o'ziga maftun qilib kelmoqda.
Buxoro
Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo'lib kelmoqda. Uning yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me'moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo'lib qolaveradi.
Huddi to'r bilan qoplangan Ismoil Somoniy maqbarasi, ulkan qo'rg'on va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko'plab masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo'q marvaridlaridan bo'lib qoladi.
xiva
Buyuk ipak yo'li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar xivadir. U “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko'plab me'moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qal'a majmuasi XVIII asr oxiri xIx asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk ipak yo'lining chorrahasida joylashgani va bu yerdan karvon yo'li o'tganligi sababli Ichan-Qal'aga dunyoning to'rt tomoniga qaragan to'rtta darvozalar qurilgan. Qal'a devorining balandligi huddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko'rinish beradi.
Minoralar osmonga yetay deydi, va ularning orasida O'zbekistondagi eng uzun minora Islom-xo'jadir. Uylarning tekis tomlari uzra maqbara va masjidlarning charaqlagan ko'k gumbazlari viqor bilan turadi. xivada xon saroylaridan bir qanchasi saqlanib qolgan bo'lib ulardan eng mashxuri marosimlar o'tkaziladigan, xon dam oladigan va xon xaramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-hovli saroyidir.
Tashqi tomon va devor mozayka bezakli toshlar bilan qoplangan. Shaharning ajoyibligini bilish, tor ko'chalarini o'rganish va ochiq osmon ostidagi muzeyning asl taftini his qilish uchun bir kun ham kamlik qiladi.
Termiz
Ko'p qirrali O'zbekiston tarixi shubhasiz uning geografik joylashishini ham aks ettiradi. Termiz mamlakatning eng janubiy shahridir. Termiz Amudaryo sohilining o'ng tomonida karvon yo'lida asos solingan bo'lib asosiy port sifatida 2500 yildan buyon shu vazifani bajaradi.
Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo'lgan. Qoratepadagi toshga o'yilgan budda monastiri, Fayoztepadagi Budda ibodatxonasi, ko'plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig'inuvchilar uchun mashxur joy.
Termiz faqatgina o'zining budda dini yodgorliklari bilangina mashxur emas. Bu yerda o'rta asrlar boshiga tegishli bo'lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (x–xVII asrlar) va afsonaviy Qirqqiz qal'asi (Ix asr) mavjud.
Qoraqalpog'iston
Bugunda Qoraqolpog'iston hozirgi davr va qadim o'tmishni bog'lovchi tirik rishtasidir. Bu yer qiziqarli va takrorlanmas joylari, kutilmagan topilmalari va kashfiyotlari bilan o'zining afsona va sirlarini bo'lishishga tayyor.
Qoraqolpog'istonda joylashgan Qirqqiz, Ayozqal'a, Ishanqal'a maqbarasi, betakror Tuproqqal'a va boshqa tarixiy-memoriy yodgorliklar ilmiy va ma'daniy qiziqishni uyg'otadi, mahalliy va chet el sayyohlarni o'ziga jalb qiladi.
Andijon
O'zbek she'riyatining taniqli vakili, Mug'allar sulolasining asoschisi, sarkarda va hukmdor Boburning vatani. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo'li bo'ylab joylashgan, arxeologik yodgorliklar va tarixiy obidalarga boy bo'lgan shaharga tashrif buyurish tavsiya etiladi.
Andijon shahrining eski qismida ulkan majmua, madrasa, minora va xonaqoni ko'rish mumkin. Majmua binolari o'zlarining o'lchamlari bilan Markaziy Osiyodagi eng yirik va ajoyib an'anaviy bezaklaridan biri bilan e'tiborni tortadi. Minoraning yuzasi medalon shaklida naqsh bilan bezatilgan bo'lib, uning ichki qismida Qur'on oyatlari arab tilida yozilgan.
Qadimiy shahar xarobalari Andijon viloyatining Andijon shahridan 38 kilometr uzoqlikdagi Marhamat tumanida joylashgan. Bular qadimgi Ershi shahrining xarobalari bo'lib, miloddan avvalgi V-IV asrlardan eraning IV asrigacha mavjud bo'lgan Dovon davlatining poytaxti bo'lib xizmat qilgan. Ershi keyinchalik Mingtepa nomini olgan. Qachonlardir Buyuk Ipak yo'li ushbu savdo shahri orqali o'tgan. Qadimgi Dovon poytaxti xitoy yozma manbalarida eslab o'tilgan, bu yerda hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlangan va aynan shu yerda mashhur “samoviy otlar” xitoy imperatorining saroyi uchun olib ketilgan, hatto bu haqda Iskandar Zulqarnaynning o'zi orzu qilgan.
Qadimiy maqbara Jalaquduq tumani Paxtakor qishlog'ida, Andijon shahridan 28 kilometr uzoqlikda joylashgan. Arab qo'mondoni Qutayba ibn Muslim Bohiliy 715 yilda yangi saylangan xalifa Sulaymonga itoat etishdan bosh tortgan isyonchilar tomonidan o'ldirilgan.Uning qabri joylashgan qabriston tarixchi Narshaxiy tomonidan “Mozorbuva” nomi bilan tilga olinadi.
Farg'ona
Zamonaviy Farg'ona — iqtisodiyoti va madaniyati rivojlangan yirik sanoat markazi. Bu yerda amaliy san'at, she'riy adabiyot va ta'lim an'analari saqlanib qolgan. Shaharga tashrif buyurganingizda quyidagilarni ko'rishingiz mumkin:
Namangan
“Gullar shahri” Namangan o'zining tarixiy ahamiyati, shinam ko'chalari va eski binolari bilan ajralib turadi. Bu erda bir qavatli an'anaviy uylar va g'ayrioddiy binolarni topishingiz mumkin:
Namangan yaqinida qadimiy Chadak qishlog'i mavjud. U Chodaksoy daryosi vodiysida joylashgan. Qishloq to'rt ming yillik tarixga ega. Bunday ulug' yoshga qaramay, qishloq Markaziy Osiyo qishlog'ining an'anaviy shaklini saqlab qoldi.
Chodak o'zining bog'lari, yong'oqzorlari va buloqlari bilan mashhur. Ammo qishloqning diqqatga sazovor joyi – “Yig'layotgan qoyatosh”. Bu joy o'zining go'zalligi sahro o'rtasidagi ko'kalamzorga o'xshaydi. Qadimgi davrlarda savdo karvonlari shu yerda to'xtab, harbiy yo'llar ham shu joy orqali o'tgan.
Bu joy uzoq sayohatdan so'ng dam olish va toza suvni zaxira qilish uchun eng yaxshi to'xtash joyi bo'lgan. Aynan shu joydan Iskandar Zulqarnayn ham o'z qo'shini bilan o'tgan. Olimlarning taxminiga ko'ra, bu yerda u kuchni tiklash uchun uzoq vaqt qolgan. Zulqarnayndan so'ng bu joy mashhur bo'lib, Kushon podsholigining markazlaridan biriga aylangandan.
“Yig'layotgan qoyatosh” — bu kichik tog' shakllanishi bo'lib, uning tepasida qorlik joylashgan. Suv qoyadan pastga tushadi va qoyatosh po'panak va botqoq o'simliklari orqali ko'z yoshlarini to'kayotgandek tuyuladi. Afsonaga ko'ra, qoyatosh – bu taqdir taqozosi bilan sevgilisidan ajralishga majbur bo'lgan sevib qolgan qiz. Ajralish g'amidan kuygan qiz “abadiy yig'laydigan qoyaga” aylangan. Qizig'i shundaki, oqayotgan suv hatto qishda ham muzlamaydi va shifobaxsh hisoblanadi. Toshning ichida kichik nishablik mavjud. Uning ichiga kirib tilak tilash mumkin, sevishganlar yoki yolg'iz insonlar o'z sevgililarini topish to'g'risida tilak tilashadi.
Jizzax
Jizzax vohasi uzoq tarixga ega bo'lib, mintaqa tabiati sizni bir lahzada o'ziga tortadi.
Baxmal va G'allaorol tumanlarida “Temir Darvoza” deb nomlangan ajoyib yerosti yo'llarini ko'rish mumkin. Jizzax viloyatidagi Qizilqum cho'lining janubi-sharqiy qism qirg'oqlarida o'tovlar manzilgohi joylashgan Aydarko'l ko'li ko'rkamligi bilan sayohatchilarni o'ziga rom qiladi. Erta bahorda esa bu yerda pushti flamingolarning to'dasini ko'rish mumkin.
Mintaqa O'rta Osiyoning vohasi deb nomlanib, ko'plab shifobaxsh buloqlar, milliy bog'lar, qo'riqxonalar, ko'plab mevali va yong'oq daraxtlari o'sadigan chiroyli bog'larga ega hududdir.
Davolanish va sog'liqni tiklash hamda kuchga to'lish uchun aynan shu yerga sayyohlar kelishadi. Ajoyib tog' havosi, toza mineral suv, sog'lom meva va sabzavotlar mo''jiza yaratadi.
Bu yerda sog'liqni tiklashni mintaqadagi bir nechta diniy obidalarni ziyorat qilish bilan birga olib borish mumkin.
Navoiy
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida To'dako'l ko'li bor. Uning qirg'og'ida quyosh nuridan himoya qiluvchi soyabonlar o'rnatilgan plyaj jihozlangan.
Shuningdek, kottejlar, mehmonxonalar, zamonaviy kafe va restoran, oshxona, bolalar uchun o'yin maydonchalari, shuningdek suv attraktsionlari va basseynlar mavjud. Bu respublikaning barcha hududlari va chet ellik mehmonlar uchun dam olish maskani bo'libgina qolmay, Navoiy va tog'-metallurgiya kombinati ishchilari uchun ham eng mashhur dam olish maskanlaridan biri hamdir.
Navoiydan 23 kilometr uzoqlikda bir paytlar karvonlar o'tgan joyda bir paytlar ko'rkam bo'lgan xI asrga oid saroy qoldiqlari – Raboti Malik (“podshoh qal'asi” degan ma'noni anglatadi) karvon saroyi joylashgan. Mahalliy aholi omon qolgan peshtoqlarga “Buxoro darvozalari” deb nom bergan.
Raboti Malik xI-xII asrlarda Movarounnahr yerlariga egalik qilgan Qoraxoniylar sulolasidan bo'lgan turkiy hukmdorlarning cho'ldagi mustahkam qarorgohi bo'lgan. xIII asrdan boshlab, O'rta Osiyoning mo'g'ullar istilosidan keyin, xVIII asr boshlariga qadar Raboti Malik savdo karvonlari uchun karvon saroy vazifasini o'tagan.
Qarorgohda yashash xonasi, oshxona, hammom, masjid va otxonalar mavjud edi. Darvozadan unchalik uzoq bo'lmagan joyda hozirgi kungacha saqlanib qolgan suv ta'minoti manbai — Sardoba joylashgan edi. Bu yerdan Buyuk Ipak yo'li yo'nalishlaridan biri o'tgan.
Bugungi kunda saqlanib qolgan karvonsaroy xarobalari va kirish peshtoqinigina ko'rish mumkin. Karvonsaroy birinchi marta xIx asrning o'rtalarida tilga olina boshlandi. Uning ko'rinishi sayohatchilarning rasmlariga asosan, shuningdek, o'tgan asr arxeologik qazishmalari natijalariga ko'ra 27 yoshli tabiatshunos A.Lemanning yodgorlik eskiziga asosan qayta tiklangan.
Karvonsaroyning kirish joyi sakkiz qirrali va sebarg naqsh ko'rinishidagi g'isht bilan qoplangan. Old qismi arkasining perimetri epigrafika kamari bilan bezatilgan.
Qashqadaryo
Viloyat Qashqadaryo daryosining havzasida Pomir-Oloy tog'ining g'arbiy qiyaligida joylashgan. Hudud ob-havosi ekologik jihatdan eng toza bo'lgan Qashqadaryo vohasida joylashgan eng sara manzillardan biridir. Qashqadaryo nomi bir necha ma'nolarni anglatadi, jumladan “qumda yo'qolayotgan daryo” va “shaffof va toza daryo”dir.
Viloyatning markazi Qarshi shahri 2006 yilda o'zining 2700 yilligini nishonlagan.
Pomir-Oloy tog'lari etagidagi kontinental (ayrim joylarda esa hatto subtropik) iqlim tufayli bu mintaqa o'zining toza tabiiy landshaftlari, go'zal nabotot va hayvonot olami bilan sayohatchilarni maftun qila oladi. Mintaqa hududida Kitob, Hisor va Qizil-Soy kabi bir necha mashhur qo'riqxonalar mavjud.
Aynan mana shu tog'oldi hududlarida tabiatning qimmatbaho mevalari — anor, behi, shaftoli, nok, gilos, limonlar yetishtiriladi. Shu bilan birga ko'p turdagi sabzavotlar, quruq mevalardan bodom, pista va yong'oqlar ham yetishtiriladi. Keng o'tloq va dalalarida yashil o't-o'lanlar chorvachilik hayvonlarini boqishda xizmat qilib kelmoqda. Bu boyliklarning barchasi issiq quyosh ostida, keng dalalar bag'rida joylashgan.
Toza ob-havo va chiroyli tabiat bilan birga hudud qadimiy shaharlar va arxitektura xarobalari bilan boydir. Buyuk sarkarda Amir Temurning vatani bo'lmish Shahrisabz shahri UNESCO’ning butunjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Sirdaryo
Markaziy Osiyoning eng uzun daryolaridan biri — Sirdaryo bo'yida joylashgan mintaqa ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Shuningdek, mintaqada baliq ovlash va agroturizm juda mashhur.
Mintaqaning tarixi 3 ming yil oldin, ushbu hududdagi daryolar va tog' soylari bo'yidagi birinchi aholi punktlari paydo bo'lishi bilan vujudga kelgan. Sirdaryo viloyatidagi Savat va xovos qishloqlari arab geograflarining qadimiy asarlarida tilga olingan. O'rta asrlardagi Nurota shahrining xarobalari mintaqaning muhim tarixiy yodgorliklari sirasiga kiradi. Eng qadimiy yodgorlik Sayxunobod viloyatida joylashgan bo'lib, 40 gektar maydonni egallaydi.
Siz mintaqaga baliq ovi uchun borishingiz mumkin, chunki Sirdaryoda juda ko'p baliqlar uchraydi – yirik zog'orabaliq va xumbosh baliqdan tortib ilonbaliq va sudaklargacha! Sirdaryo – unutilmas xushbo'y hidi va shirin ta'mi bilan butun dunyoga mashhur bo'lgan Mirzacho'l qovunining vatanidir.
Sirdaryo viloyati paxtachilik, pillachilik, polizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Viloyatda Sirdaryo elektr stantsiyasi va Farhod gidroelektrostantsiyasi ishlamoqda, ular mamlakatdagi barcha elektr energiyasining 1/4 qismini ishlab chiqaradi.
Toshkent viloyati
Vohaning tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Bu yerda tosh davri odamlari manzilgohlarining izlari, bronza davri manzilgohlarining qoldiqlari va ko'hna qal'a, qo'rg'onlarning xarobalari, hamda qoyatoshga uyilgan rasmlar topilgan.
Ammo bu o'lka nafaqat qadimiy tarixi bilan balki, boy tog'oldi tabiati bilan o'ziga jalb etadi. Siz bu yerda dam oluvchilar uchun barcha sharoitlarga ega Chorvoq suv ombori qirg'oqlarida quyoshda toblanishingiz, Ugam-Chotqol tabiiy parki bo'ylab sayohat qilishingiz, sirli g'orlar, tog'li sharsharalar va oynadek toza ko'llarni o'zingiz uchun kashf etishingiz, shuningdek, Ugam, Chotqol va Pskom tezoqar soylarida suzib tushishingiz mumkin.
Qishki mavsumda esa viloyatning Amirsoy, Chimyon, Bildirsoy va Yangiobod tog'-chang'i dam olish maskanlarida dam olishingiz mumkin. Tog'-chang'i turizmining asosiy mavsumi noyabr oyidan mart oyigacha davom etadi. Muloyim iqlim, shamolning yo'qligi, chang'i poygasi va tez tushish uchun yo'laklarning ko'pligi tog'-chang'i sporti uchun ajoyib sharoitlarni yaratadi.
Geografiya
Toshkent viloyati O'zbekistonning shimoli-g'arbida, Tyan-Shan tog'i bilan Sirdaryo daryosi oralig'ida joylashgan. Viloyatning ma'muriy markazi Nurafshon shahri hisoblanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 66 | 16,033 |
Foto | Koronavirus dunyoni o‘zgartirmoqda. Eng mashhur jurnallarning muqovalari (foto) | Butun dunyo bo‘ylab 600 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallandi. Uch milliarddan ortiq odam hozirda uy yoki shifoxona karantinida. Eng muhim tadbirlar bekor qilinmoqda yoki ko‘chirilmoqda (hatto Olimpiada ham), eng mashhur diqqatga sazovor joylar yopilmoqda, shahar ko‘chalari, kafe, stadionlar va vokzallar bo‘shab qolgan. Pandemiya — jahon ommaviy axborot vositalarining birinchi raqamli mavzusiga aylandi. Meduza koronavirus jamiyatni qanchalik o‘zgartirayotgani tasvirlangan dunyoga mashhur jurnallarning muqovalarini to‘plab taqdim etdi.
Nyu-York markaziy vokzali
Skrinshot: Meduza
“Vahima qilma”
Skrinshot: Meduza
“Yangi yolg‘izlik”
Skrinshot: Meduza
“Butun dunyo to‘xtab qolayotganida”
Skrinshot: Meduza
“Jang boshlandi”
Skrinshot: Meduza
Skrinshot: Meduza
Tibbiyot niqobi — koronavirus pandemiyasining asosiy ramzi
Skrinshot: Meduza | 79 | 862 |
Foto | “Taxtlar o‘yini” va boshqa seriallarning grim bilan tanimaydigan darajada o‘zgargan aktyorlari (foto) | Pardozchilarning san’ati “Oskar” va boshqa mukofotlarda alohida nominatsiya bo‘yicha taqdirlanishi bejiz emas. O‘z ishining ustasi bo‘lgan ushbu kasb egalari qarshisidagi har qanday aktyor va aktrisa tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi mumkin.
Fillis Logan — “Daunton abbatligi”, Elsi Karson (Xyugs)
Fillis ushbu serialda o‘zidan ko‘ra ancha konservativ qarashlarga ega bo‘lgan va yoshi kattaroq qahramon obrazini gavdalantirgan.
Ariel Uinter — “Amerikalik oila”, Aleks Danfi
Ushbu serialda o‘qimishli qiz va professorning farzandi rolini ijro qilishi uchun aktrisaning maftunkor ko‘rinishini ancha o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Hayotda Arien qahramoni singari aqlli bo‘lmagani bilan undan ancha jozibali va yoqimtoy ko‘rinishga ega.
Evan Mak-Gregor — “Fargo”, Emmit Stassi
Aktyorning asl ko‘rinishi va mazkur serialdagi qahramoni o‘rtasida ancha tafovut bor.
Uzo Aduba — “Olovrang — mavsum xiti”, Syuzan Uorren
Ushbu serialda suratga tushish uchun aktrisaning ko‘rinishi: soch turmagidan tortib, kiyinish uslubigacha butkul o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan.
Metyu Mak-Konaxi — “Haqiqiy izquvar”, Rast Koul
Taralmagan uzun sochlar, mo‘ylov bilan kelishgan ko‘rinishga ega bo‘lgan aktyor bir zumda boshqa bir odamga aylangan qolgan.
Kler Foy — “Toj”, Qirolicha Yelizaveta II
Qirolicha obraziga tamoman mos tushgan aktrisaning sochlari serialdagidan to‘qroq, shu bilan birga u qahramonidan farqli ravishda ochiqroq liboslar kiyishni afzal biladi.
Emiliya Klark, — “Taxtlar o‘yini”, Deyeneris Targarien
Serialda gavdalantirgan qahramonidan farqli ravishda Emiliya hamisha tabassum qilib yuradi. Shuningdek, rang-barang kiyinishni yaxshi ko‘radigan aktrisaning sochlari ham Deyenerisniki singari sariq va uzun emas.
Syuzanna Shadkovski — “Ig‘vogar”, Dorota
Syuzanna hayotda Dorota singari sipo libosda, sochlarini yig‘ib yurmaydi. Hamisha quvnoq bo‘lgan aktrisa yuzidan tabassum arimaydi.
Madlin Bryuer — “Oqsoch hikoyasi”, Janin Uorrenova
Ushbu serialdagi qahramonlarning aksariyati ularni ijro qilgan aktyor va aktrisalarning hayotdagi ko‘rinishiga umuman o‘xshamaydi. Janin rolini go‘zal va maftunkor Gollivud aktrisasi Madlen ijro qilgan.
Konlet Xill — “Taxtlar o‘yini”, Lord Varis
Aktyor mazkur serialda kal, yuzida hamisha norozilik ifodasini ko‘rish mumkin bo‘lgan lordni gavdalantirgan.
Sofi Makshera — “Daunton abbatligi”, Deyzi Meyson
Aktrisa mazkur serialda jiddiy oqsoch ayol rolini qoyillatib ijro qilgan.
Terin Menning — “Olovrang — mavsum xiti”, Tiffani Dogget
Yoqimtoy aktrisani qamoqdagi ayol obraziga keltirish uchun pardozchilarning ancha ishlashiga to‘g‘ri kelgan.
Lena Xidi — “Taxtlar o‘yini”, Serseya Lannister
Aktrisa va u gavdalantirgan qahramon ko‘rinishi o‘rtasida umumiyliklar juda ham kam.
Jonni Galeki — “Katta portlash nazariyasi”, Leonard Xofsteder
Serialda aktyor ko‘zoynak taqadigan fizik olim rolini ijro qilgan.
Shennon Parser — “G‘alati ishlar”, Barb Xolland
Aktrisa serialda Barb ismli ko‘zoynak taqadigan, sochi ham eskicha uslubda turmaklangan maktab o‘quvchisi rolini o‘ynagan.
Milli Bobbi Braun — “G‘alati ishlar”, O‘n birinchi
Serialning birinchi faslidagi kal ko‘rinishida aktrisani tanib bo‘lmaydi. Uchinchi fasldagi sochi kalta kesilgan va bo‘yanmagan qahramon ham yoqimtoy Millini umuman eslatmaydi.
Brayan Krenston — “Egrilik sari”, Uolter Uayt
Narkotik vositalariga aloqasi bor bo‘lgan kimyo o‘qituvchisini istarali Brayan ekaniga ishonish qiyin. Soqol va ko‘zoynak aktyorning ko‘rinishi qahramon obraziga tamoman mos bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. | 101 | 3,508 |
Foto | Foto: 2017-yilning esda qoladigan suratlari | National Geographic nashri 2017-yilning eng muhim hodisalari tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Oq ayiqlar qirilib ketayotganligining isboti
Ekologlar Kanada orollaridan birida o‘layotgan oq ayiqni payqab qoldi. Muzning yo‘qligi uni (boshqa shimol hayvonlarini ham) yemishsiz qolishga majbur qilmoqda. Oq ayiq yangicha sharoitda yashay olmaydi.
Xabarovsk o‘lkasida kit bolasining o‘layotgani suratga olindi
2017-yilning avgust oyida Uzoq Sharqda suv oqimining pasayishi oqibatida kit sayozlikka chiqib qolgan edi. Buni payqab qolgan suratkash unga hech qanday yordam bera olmagan, mutaxassislar va tabiatni muhofaza qilish idoralarining vakillari esa yordamga oshiqmagan.
“Kassini” zondining eng esda qolarli suratlari
2017-yilning 15-sentabr kuni 20 yillik muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng “Kassini” kosmik zondi o‘z missiyasini yakunladi. NASA ushbu zond tomonidan taqdim etilgan eng ajoyib suratlar bilan bo‘lishdi. | 43 | 934 |
Foto | Tuxum surati Instagram’dagi jahon rekordini yangiladi | Instagram᾽da tuxum surati bir necha kun ichida 25 milliondan ziyod layk to‘plab, yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
View this post on Instagram
Shu kunga qadar amerikalik model Kayli Jenner qizalog‘i Stormi bilan tushgan surati Instagram olamidagi eng mashhur surat hisoblanardi. Ushbu surat 18 milliondan ziyod layk to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Shu yilning 4-yanvar kuni Instagram᾽da World Record Egg sahifasi tuxum suratini joylashtirib, quyidagi izohni qoldirdi: “Keling, birgalikda Instagram᾽ning o‘tgan yilgi rekordini yangilaymiz va bu suratni eng mashhur qilamiz. Kayli Jenner rekordini yangilaymiz”.
Ertasi kuni ushbu surat 9 million layk to‘pladi, 10 soatdan so‘ng esa layklar soni bo‘yicha Kayli Jenner rekordini ortda qoldirdi.
BuzzFeed News nashrining ma’lum qilishicha, Instagram᾽dagi sahifani Britaniya qishlog‘idan bo‘lgan Genriyetta ismli tovuq yuritadi. | 53 | 904 |
Foto | Qahraton qish faslining haqiqiy sovug‘ini o‘zida aks ettirgan suratlar | Qish fasli deyilganda Yangi yil bayrami, archa va olivye salati emas, balki muzlab qolgan o‘rgimchak ini, tabiatning qor bilan chizgan suratlarini ham tasavvur qilishi kerak. Agar bu qiyin bo‘lsa, marhamat quyida uni aks ettiruvchi suratlardan bahramand bo‘ling.
Deraza tashqarisidagi o‘rgimchak ini sovuqdan muz bilan qoplanib qolgan.
Tabiatning o‘zi chizgan velosipedning silueti.
Shunchalik sovuqligidan gilam ham sindi.
“Tashqari sovuq bo‘lgani uchun barmoqlarim oqarib, xiralashdi. Bu Reyno sindromi bilan bog‘liq. Bu spazmlar tufayli qon oqimining kamayishidir”.
Deraza tashqarisidagi qor dahshatli soya hosil qildi.
40 daraja sovuq ovqatlanish uchun yaxshi ob-havo emas.
Stol ustida muzlagan qor quyosh nurida erib harakatlandi, ammo tushib ketguncha yana muzlab qoldi.
Koloradoda biroz yog‘ingarchilik yuz berdi.
Qishda suv yo‘lagi shunday ko‘rinadi.
“Yigitim bilan yuzimiz izlarini qorga chiqardik”.
Chikagodagi bo‘rondan keyin velosiped muzlab qoldi.
“Panjaramdagi qor uyumlari qo‘ziqorin shaklida”.
“Qo‘shnilarni qo‘rqitish uchun 10 daraja sovuqda kiyimdan arvoh yasadim”
Mushuk izlari atrofida qor g‘alati eridi.
Avtomobil kapotidagi naqsh qor erishi natijasida shakllangan.
Qish hatto koptokni ham chiroyli muzlatib qo‘yadigan ajoyib rassomdir.
“Men mukammal dumaloq qorbobo yasadim”.
“Mashinam oynasini tushirganimda, tashqi tomonda qotib qolgan muzni sindirish juda qiziq”.
Bu qor bir haftadan beri tomda osilib turibdi.
“Mening oyoq kiyimim izlari xuddi nonushtadagi teshikkulchalarga o‘xshaydi”.
“Ko‘chadagi basketbol halqasini qor uyumi egalladi. | 70 | 1,584 |
Foto | Fotosessiya qilgan Kim Chen In, test uchun navbatda turgan pekinliklar, Quddus kunini nishonlayotgan eronliklar — 29 aprel suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Ukrainaning Zaparojiye shahrida ruslar hujumidan keyin tozalash ishlari olib borilmoqda.
Moldova poytaxti Kishinyovda vaziyat ancha keskinlashmoqda. Poytaxt bozorlarida odamlar kamaygan. Rossiyaning navbatdagi o'ljasi Moldova bo'lishi mumkin.
Ukrainaning xarkjv shahri metrosida jon saqlayotgan ukrainaliklar.
Quddusdagi falastinliklar Ramazon oyining so'nggi jumasida salqinlanmoqda.
Pokistonning Lahor shahrida odamlar issiq kunlarda salqinlamoqda.
Eron poytaxti Tehronda Haybar raketasi va Falastin bayroqlari bilan Quddus kuni nishonlanmoqda.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In askarlar bilan fotosessiya uyushtirdi.
Indoneziyaliklar Ramazon hayiti munosabati bilan mamlakat ichida sayohatga chiqmoqda.
xitoy poytaxti Pekinda odamlar koronavirusga test topshirish uchun navbat kutmoqda.
Baku yaqinidagi Azersun sanoat parkida kuchli yong'in kelib chiqdi.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat janubidagi bozorlarni aylanib yuribdi. | 132 | 1,008 |
Foto | Foto: Bolalik gashtini surish o‘rniga kattalardek mehnat qilayotgan norasidalar | Bolalarni majburiy mehnatga jalb etishga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, aksariyat mamlakatlarda kichik yoshdagi bolalar og‘ir mehnatga jalb etilmoqda. “Kommersant” nashri bolalik gashtini surish o‘rniga kattalardek ishlatilayotgan norasidalar haqida fotomaterial tayyorladi.
Dunyo bo‘ylab majburiy mehnatga jalb etilayotgan bolalarning yarmidan ko‘prog‘i aholi zich joylashgan Osiyo mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Afrikada har uchinchi bola ishlaydi, Lotin Amerikasida esa bu ko‘rsatkich 15-20 foizni tashkil etadi. Ish beruvchi tomonidan bolalar mehnatidan foydalanilayotgan to‘g‘risidagi ma’lumot sir saqlanishi tufayli aniq statistikani olish qiyin.
Bolalar mehnatining aniq tavsifi yo‘q. UNICEF’ning ta’kidlashicha, bu uzoq davom etadigan, og‘ir hamda bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan, ularning ta’lim olishiga xalal beradigan mehnat turidir.
Hindiston, Bangladesh, Pokiston va Nepalda bolalar qullardek ishlatiladi. Qonunni buzmaslik uchun yirik xususiy tadbirkorlar bolalarni uylarida ishlatadi, bu bilan bolalar mehnatidan foydalanayotgani haqidagi ma’lumotni yashiradi.
Sanoatning xavfli sohalarida ishlayotgan bolalarning uchdan bir qismi mehnat qiladi. Kichik biznes, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi, fohishalik yo‘nalishlarida bolalar mehnatidan foydalaniladi.
Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 700 milliondan ko‘proq bola majburiy mehnatga jalb etilgan.
Boshqa qiziqarli fotojamlanmalar: | 79 | 1,535 |
Foto | Karpat tog‘larida ulkan qo‘ziqorinlar terilmoqda (foto) | Karpat tog‘lari etaklarida ulkan qo‘ziqorinlar mavsumi boshlandi. “Korrespondent.net” ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ulashilgan suratlarga e’tibor qaratdi. Ta’kidlanishicha, ba’zi qo‘ziqorinlarning kattaligi soyabonlarga teng. | 55 | 239 |
Foto | Odamlarni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartiradigan yaponiyalik sartarosh butun dunyoga tanildi (foto) | Yigitlarda qizlarga nisbatan tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish imkoniyati juda kam. “TravelAsk” soch kesish orqali ham yigitlarni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartiradigan iste’dodli yaponiyalik sartarosh haqida yozdi.
Sartarosh Shu Osuki Tokioning L. Dorado salonida faoliyat yuritadi. U o‘z mijozlarining soch kesishdan avvalgi va keyingi g‘aroyib suratlari bilan mashhurlikka erishgan.
Osuki soch turmaklagan yigitlar sartaroshxonadan chiqib to‘g‘ri feyshn-jurnallarining muqovasi uchun suratga tushish uchun yo‘l olishi mumkin.
“Men shunchaki hammaning ko‘rinishi ajoyib bo‘lishini istayman. Insonning yuz tuzilishiga va shaxsiga asoslanib obraz yarataman. Menga har qanday muhitga moslashish juda yoqadi”, — deydi sartarosh. | 99 | 725 |
Foto | Bir qarashda ishonish qiyin bo‘lgan ajabtovur suratlar | Atrofimizdagi olam sir-sanoatlarga, g‘aroyibotlarga to‘la. Kishi kutilmagan tarzda ertaklardagidek karetalarga duch kelishi, baliq ovlash uchun tashlangan qarmoqqa dengiz yulduzi ilinishi mumkin. Mana shunday zavq olishga, hayratlanishga sabab bo‘ladigan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Sohildagi okean to‘lqiniga o‘xshash tosh.
Smayliklarga o‘xshash hasharot tuxumi.
Osmonning sahardagi pushti ko‘rinishi.
Yuk mashinasiga ortilgan bahaybat qovoqlar.
“Men tutishga muvaffaq bo‘lgan qisqichbaqa”.
Avtoturargoh joyida mashinalar qatorida turgan kareta.
“Bog‘dan yurak shaklidagi kartoshkani topib oldim”.
Osmonning tungi soat 11 da olingan surati.
“Shafaq vaqti mashinam ustiga tushgan yomg‘ir tomchilari go‘yo qimmatbaho toshlarga o‘xshaydi”.
Olmaning shunaqasini ko‘rganmisiz hech?
Sahroning qoq o‘rtasida turgan haykal.
Rang-barang ko‘rinishdagi alanga.
Mushuklar namoyishga chiqqan chog‘i.
Qorachig‘i ikkita bo‘lgan qush.
Mashinalar ham odamlarga o‘xshab turli bo‘lishi mumkin.
“To‘satdan dengiz yulduzi qarmog‘imizga ilindi”. | 54 | 1,054 |
Foto | Foto: Bo‘shab qolgan Pekin | Xitoyning Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilning boshlanishi 2016-yilda 8-fevralga to‘g‘ri keldi. Mazkur sana arafasida Xitoyning yirik shaharlari ko‘chalari bo‘shab qoldi. TJournal’ning tushuntirishicha, ko‘pchilik Yangi yilni yaqin qarindoshlari davrasida kutib olish uchun shaharlardan chiqib ketadi.
Shu sababli ham ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari odatda gavjum bo‘ladigan ko‘cha va maydonlarning kimsasiz holati tasvirlangan fotosuratlarini chop etishga kirishib ketdi. Bu kabi suratlarning aksariyati Pekinda tushirilgan.
Politsiya vertolyoti yordamida olingan tungi Pekin manzaralarini People’s Daily nashri o‘z tvitterida e’lon qildi.
Xitoy Yangi yili kirib kelishi munosabati bilan tabrik yo‘llaganlar orasida bu safar Rim papasini ham uchratish mumkin. Papa Fransisk millionlab odamlarni bayram bilan qutlab, ularga tinchlik, xotirjamlik va bag‘rikenglik tiladi.
Mazkur qutlovlarga Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg ham qo‘shilib, o‘z oilasi nomidan barchaga baxt, salomatlik va omad tiladi. | 26 | 1,032 |
Foto | Gollivud aktrisasi Keyt Uinsletning Nyu-York markazida joylashgan ikki qavatli pentxausiga sayohat (foto) | G‘arb ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, Keyt Uinslet Nyu-York markazida joylashgan ikki qavatli pentxausini sotuvga qo‘ygan, deb yozadi Glamour. Aktrisa ushbu xonadonni 2004-yilda sotib olgan va hanuzgacha oyiga 20 ooo dollarga ijaraga berayotgan edi. Aktrisa ushbu ikki qavatli pentxausni 5,7 million dollarga sotishni rejalashtirmoqda.
280 kvadrat metrli xonadonning ichki qismi minimal skandinaviya uslubida bo‘lib, tabiiy materiallar, asosan, yog‘och bilan bezatilgan.
Birinchi qavatda kaminli ulkan mehmonxona mavjud bo‘lib, u oshxona bilan yonma-yon joylashgan.
Qordek oppoq devor, baland shift, mebel va boshqa jihozlar uyning yorug‘lik va kengligini yanada oshirgan.
Shuningdek, ushbu qavatda uchta yotoq xona, shu jumladan, kiyinish xonasi va uchta hammom ham joy olgan.
Ikkinchi qavatda esa hammom bilan yonma-yon holda kichik yotoqxona joylashgan.
Hududning qolgan qismini esa ulkan terrasa egallagan bo‘lib, bu yerda shahar markazining boshni aylantirgulik manzarasini tomosha qilish mumkin. | 105 | 1,024 |
Foto | Fotogalereya: Hissiyotlar nazoratdan chiqib ketganda | Quvonch, qayg‘u, hayrat yoki qo‘rquv hissiyotlarning nazoratdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 52 | 155 |
Foto | Ikki ishni bir paytda qilishga uringan mushukning fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi | 13-avgust kuni yaponiyalik Twitter foydalanuvchisi @aktfps Milk-chan laqabli mushugining fotosuratini e’lon qildi. Unda jonivor bir paytning o‘zida ham tirnoqlarni charxlashga, ham to‘shak ustiga sakrab chiqishga uringani aks etgan. Ushbu g‘aroyib fotosurat bir lahzada 130 ming marta ulashilib, fotoshoplar uchun ommabop mavzuga aylandi, deb ma’lum qiladi TJournal.
Xo‘jayinining ta’kidlashicha, jonivor bu murakkab vaziyatdan bir lahzada chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. | 105 | 474 |
Foto | Qirolicha Yelizaveta II ning noyob fotosuratlari chop etildi | Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning noyob fotosuratlari uning 90 yoshga to‘lishi munosabati bilan uyushtirilayotgan konsert arafasida birinchi marta jamoatchilikka taqdim etildi. Ular arxiv materiallaridan olingani aytilmoqda.
Jamlanmadan qirolichaning opasi va otasi bilan tushgan fotosuratlari aks etgan, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Yosh malika Yelizaveta singlisi Margaret va otasi — qirol Georg VI bilan. Ular bo‘lajak qirolichaning sevimli itlarini ushlab turibdi.
Malika Yelizaveta otasi bilan hovuzga sho‘ng‘ishga hozirlik ko‘rmoqda.
Yelizaveta yelkasiga qo‘ngan qushga qarab turibdi.
Yelizaveta II (chapda), 1927-yil.
Yelizaveta o‘z itlari — Uillou, Xolli, Vulkan va Kendi bilan Vindzor qasri atrofida sayr qilmoqda.
Yelizaveta II qizi Anna bilan. Surat Vindzor qasrining Oq xonasida olingan.
Yelizaveta II qirollik oilasining kenja vakillari qurshovida. | 60 | 883 |
Foto | Fotogalereya: Tabiat ajoyib ranglar bilan siylagan mushuklar | Mushuklar — allaqachon butun dunyodagi insonlar qalbini egallab bo‘lgan. TravelAsk nashri tabiat o‘zgacha rang bilan siylagan ajoyib mushuklarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 60 | 179 |
Foto | Fursatini topib tushirilgan suratlar (fotogalereya) | Ko‘pchilik fotosuratchilar birgina omadli kadrni muhrlash maqsadida soatlab va hatto kunlab bir joyda poylab o‘tirishga tayyor. Ammo amaliyot ko‘rsatishicha, sabr-toqat bu ishda doim ham eng yaxshi yordamchi bo‘lavermaydi, ba’zan birgina omadning o‘zi yetarli. “Fotoshedevri” nashri ana shunday omadli, zarur lahzada kadrga muhrlangan suratlar bilan bo‘lishdi. | 51 | 360 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng g‘ayritabiiy manzaralar | Indoneziyadagi otilayotgan vulqonlar va Xitoydagi ertakomus go‘zal tog‘lar g‘ayritabiiy manzaralarga boy. TravelAsk ana shunday manzaralardan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 51 | 172 |
Foto | Fotogalereya: Ayrim davlatlarning tabiat tomonidan yaratilgan ajoyib bayroqlari | TravelAsk tabiatning o‘zi tomonidan yaratilgan ayrim davlatlarning ajoyib bayroqlari tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Tabiat tomonidan yaratilgan Polsha bayrog‘i
Ukraina bayrog‘i
Turkiya bayrog‘i
Estoniya bayrog‘i
Fransiya bayrog‘i
Peru bayrog‘i
Portugaliya bayrog‘i | 79 | 284 |
Foto | Olimlar tomonidan qayd etilgan eng g‘ayrioddiy kosmik obyektlar (foto) | Inson fantaziyasi mo‘jiza yaratadi. U kosmosda ham kartoshka va kapalak qanotlarini ko‘rishi ham mumkin. Rostini aytganda, mazkur kadrlar tomoshabinni ajablantirishi tabiiy.
Ushbu suratning izohi quyidagicha: “Pulsar yordam qo‘lini cho‘zmoqda”. Pulsar – tez aylanuvchi yulduzlar bo‘lib, ular ma’lum vaqt oralig‘ida to‘lqin nurlarini chiqaradi.
Kapalak qanotlariga o‘xshaydi, shunday emasmi? Markaziy yulduzlar tizimidan cho‘zilgan ikkita bo‘lak xuddi qanotli kapalakka o‘xshab ko‘rinadi.
Ushbu manzaraga sinchiklab qaralsa, yalmog‘iz va uning bosh kiyimi tasvirini ko‘rish mumkin.
Marsdagi oddiy shakl yirtqichning yuziga o‘xshaydi.
2014-yil Xellouin bayrami arafasida Quyoshning ko‘rinishi. U xuddi qovoqdan yasalgan niqobga o‘xshaydi.
Marsdagi ayrim hudud tekisliklari go‘yoki gilam ko‘rinishida.
Yupiterning katta qizil dog‘i joylashgan joyda sayyorada yuz bergan antisiklon — bo‘ron qora dog‘ni hosil qildi. Endilikda uni ko‘zi bor sayyoraga ham o‘xshatish mumkin.
Ushbu shakl otning boshi va bo‘ynini tasvirlab turgandek tuyuladi.
NASA astronavti Jek Fisher XKSga ilk safarini 2017-yilda amalga oshirdi. Ushbu suratni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi, tasvir esa barmoq uchiga o‘xshashligi ta’kidlangan.
“Spitser” kosmik teleskopi bilan olingan surat. Umumiy ma’noda “Entrprayz” kemasining eng mashhur ikkita versiyasi.
2018-yil kosmosga uchirilgan Remove Debris sputnigi. U kubik-rubik o‘yinchog‘iga juda o‘xshash.
Yupiter yuzasidagi ushbu shakl olimlarni ham o‘ylantirib qo‘ygan.
Ushbu suratdagi katta tosh qoshiqni yodga soladi.
Ushbu suratdagi jism dastlab tilla bo‘lagi deb gumon qilingan. Ammo keyinchalik oddiygina nikel-temir ekanligi aniqlangan.
Bu yerda xuddi ayol haykali bor deb o‘ylash mumkin. Ammo bularning bari shunchaki oddiy tosh.
1976-yil suratga olingan Marsdagi odamlar boshi. Bu ham navbatdagi tasavvur bo‘lib, aslida ular oddiygina tosh.
Ushbu tasvirda oyoq suyaklarini ko‘rish mumkin. Lekin bular ham shunchaki tosh bo‘laklari.
Saturn yo‘ldoshi Prometey kraterlari va noodatiy shakli bilan kartoshkaga o‘xshaydi.
Pluton yuzasida g‘alati muzli tekislik tasvirlangan. Markazdan olingan suratda esa shilliqqurtni ham ko‘rish mumkin. Ammo bu suv yuzasida suzuvchi azot deb taxmin qilinmoqda.
Saturnning unchalik ulkan bo‘lmagan yo‘ldoshi Panni xuddi italyancha chuchvaraga qiyoslash mumkin.
Kosmosda yuz bergan hodisa ayni vaqtda kadrga muhrlangan.
Ushbu asteroid shakli ko‘proq quymoqqa o‘xshab ketadi. | 70 | 2,448 |
Foto | Fotogalereya: Yuk konteynerlaridan qurilgan g‘aroyib mehmonxona | Gruziya tog‘larida joylashgan Quadrum mehmonxonasi eski yuk konteynerlaridan qurilgan piramidaga o‘xshaydi. Loyiha muallifi bo‘lgan arxitektorlar Sandro Ramishvili va Irakliy Eristavi mehmonxona qurilgan Yuqori Gudauri kurortini ilhom manbai deb hisoblamoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Arxitektorlar mahalliy ishlab chiqarish asosidagi ekologik toza materiallardan foydalandi. Har bir xonadan tog‘larning go‘zal manzarasi ko‘rinib turadi.
Mehmonxona tog‘ sporti va yoga ishqibozlarini, shuningdek, odamlardan yiroqda dam olishni xohlovchilarni o‘ziga chorlamoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 63 | 646 |
Foto | Fotogalereya: O‘zaro tengdosh bo‘lgan yulduzlar | AdMe bir yilda tug‘ilgan mashhur yulduzlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 47 | 79 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng qimmat it — Tibet mastifi | Tibet mastifi — Xitoyda paydo bo‘lgan qadimiy it zoti hisoblanadi. Uning katta hajmi tufayli ko‘pchilik undan qo‘rqadi va uni tajovuzkor Kavkaz ovcharkasi bilan bir xil deb o‘ylaydi. Lekin AdMe bu itlar qanchalik mehribon va og‘ir-bosiq hayvon ekanini isbotlovchi rasmlarni taqdim etdi. | 53 | 287 |
Foto | Dunyodagi 14 ta eng xavfli yo‘l (fotogalereya) | AdMe dunyoning ko‘ngilochar istirohat bog‘laridagi har qanday qo‘rqinchli attraksionlarni ortda qoldiruvchi tasavvurga sig‘maydigan yo‘llari bilan tanishtirdi.
1970-yillarda Guolyan qishlog‘i aholisi o‘z kuchi bilan ushbu tunnelni qazidi va faqat qo‘l asboblaridan foydalanib, undan “darcha”lar ochdi.
Poyezd ovozi eshitilishi bilan, savdogarlar soniyalar ichida mahsulotlarini chetga oladi, soyabonlarni yopib, 15 km/soat tezligida harakatlanayotgan poyezdni o‘tkazib yuboradi.
Dengiz sathidan 3300 metr balandlikdan 360 metr balandlikkacha tushgan yo‘l ko‘plab egri chizilarni hosil qiladi. Yo‘l juda tor bo‘lsa-da, u orqali hatto yuk mashinalari ham harakatlanadi.
Avstraliyada joylashgan 1660 kilometrlik ushbu shosseda juda ko‘p halokatlar sodir bo‘ladi. Sababi esa juda oddiy: bu yerda manzaralar shunchalik bir xil va zerikarliki, haydovchilar mashina boshqarayotib uxlab qoladi.
“Iblis burni” temir yo‘li 800 metr balandlikka ko‘tarilgan shu nomli qoyada joylashgan. Shu paytgacha sayyohlarga bu yerda qatnaydigan vagonlar tomida ketishga ruxsat berilar edi, bugungi kunda esa bu taqiqlangan.
1964-yilda ko‘prik kuchli shamollar natijasida vayron bo‘lgan, shu tufayli, shamol tezligi 55 km/soatdan oshgan vaqtlarda bu yerdan o‘tayotgan poyezdlarga ehtimoliy xavf haqida ogohlantiruvchi signal beriladi.
Ba’zi hududlari 4600 metr balandlikkacha chiqadigan 1300 kilometrli Qoraqurum shossesi yozda yomg‘irlar tufayli yer ko‘chkilariga moyil bo‘ladi, qishda esa ob-havo sharoitlari va qor ko‘chishi xavflari tufayli shosse butunlay yopiladi.
Suv ko‘tarilgan paytda yo‘l 4 metr suv tagida qoladi, ikki kecha-kunduzdan so‘nggina yana harakatlanish uchun ochiladi.
Juda tor yo‘l 4—5 km balandlikdagi bir nechta baland tog‘ dovonlaridan o‘tadi.
99 ta muyulishdan iborat 11 kilometrli yo‘l Tyanmen tog‘i cho‘qqisida joylashgan budda ibodatxonasiga olib boradi. Ba’zi joylarda muyulishlar orasidagi masofa 200 metrdan ham kam, shu tufayli haydovchilar o‘ta diqqatli bo‘lishi kerak. | 46 | 1,990 |
Foto | Fotogalereya: Hissiyotlar 200 Vt lampochkadan ham yorqin ifoda etilgan suratlar | Yomon hissiyotlar insonni stressga tushiradi, yaxshilari esa yettinchi osmonga ko‘taradi. AdMe yuqori kayfiyat aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 79 | 144 |
Foto | Foto: Yong‘inga qarshi kurashib holdan toygan o‘t o‘chiruvchilar | Portugaliya markazidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 64 kishi halok bo‘ldi va 135 kishi jarohat oldi. Ushbu yong‘in mamlakat tarixidagi ro‘y bergan “eng yomon yong‘in” deya atalmoqda, deb xabar berdi “Fotoshedevri”.
17-iyun kuni chaqmoq chaqishi oqibatida yuzaga kelgan yong‘in yashin tezligida tarqaldi. Olovga qarshi kurashga 1600 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi, 350 nafar askar, 700 ta avtomobil hamda 11 ta samolyot jalb qilindi.
Olov o‘t o‘chiruvchilarning tinka-madoni quritdi.
Holdan toygan o‘t o‘chiruvchilar maysa ustida dam olayotganini ularning hamkasbi Pedro Bras suratga oldi va Facebook’ka joylashtirdi. “I.F. deGois’ga qarshi kun-u tun kechgan kurashdan so‘ng, bizga tutunlar orasida 25 daqiqa hordiq chiqarishga ruxsat berishdi”, deya suratga izoh yozadi Pedro Brass. | 64 | 785 |
Foto | Har qanday kishini hayratda qoldiradigan g‘aroyib tabiat hodisalari (foto) | Agar kerakli vaqtda va kerakli joyda bo‘lsangiz, shunday maxsus effektlarga guvoh bo‘lishingiz mumkinki, hech qanday Gollivud blokbasteri sizni hayratda qoldira olmaydi. Daniyadagi millionlab qora chug‘urchuqlar, okean qirg‘oqlarida porlovchi to‘lqinlar va Antarktidadagi zumradli aysberglarni ko‘rganingizda tabiat mo‘jizasidan lol qolasiz.
Qora quyosh
Foto; Wikimedia Commons
Bahor va kuzda Daniya botqoqlarida ko‘chmanchi qushlarning tunash uchun joy tanlashini kuzatish mumkin. Bunday “bulut” ichida yarim million qush bilan tanlov juda uzoq davom etishi ajablanarli emas. Bu hodisa botayotgan quyosh tom ma’noda butun osmonni to‘ldirgan chug‘urchuqlar tomonidan to‘sib qo‘ygani tufayli shunday nom olgan.
Halqali kamalak
Aslida kamalak to‘liq doira shaklida bo‘ladi. Yerdan uning faqat bir qismini, ya’ni bizga tanish bo‘lgan yoyni ko‘ramiz. Agar balandroqqa chiqsangiz, butun kamalakni ko‘rish mumkin. Misol uchun, samolyotda uchayotgan bo‘lsangiz yoki tog‘ga chiqsangiz, halqali kamalakni bemalol tomosha qilishingiz mumkin.
Avliyo Elma olovi
O‘tkir shaklga ega bo‘lgan baland obyektlardan (machtalar, minora uchlari) paydo bo‘ladigan porlash qadim zamonlardan beri ma’lum. Ba’zi dengizchilar buni yaxshi belgi deb hisoblashgan — dengizchilarning homiysi bo‘lgan Avliyo Elma sharafiga bu hodisa shunday nom olgan. Momaqaldiroq paytida yer va bulutlar o‘rtasida kuchlanish sodir bo‘ladi va ochiq dengizdagi kemaning ustuni kabi balandlikdagi jismlar atrofida elektr maydoni hosil bo‘ladi va uning ionlari (zaryadlangan zarralari) porlay boshlaydi.
Nur taratuvchi suv o‘tlari
Ba’zi organizmlar, jumladan, suv o‘tlari, tabiiy kimyoviy jarayonlar tufayli porlashi mumkin. Bu go‘zal tovlanishlar suv o‘tlari gullagan davrida kuzatiladi. Yagona shart — suv o‘tlari harakatlanishi kerak. Misol uchun, qirg‘oqqa uriladigan to‘lqin suv o‘tlarining porlashiga hissa qo‘shishi mumkin.
Sardinyalar migratsiyasi
Maydan iyulgacha Afrika janubidagi okean sardinyalar bilan to‘lib-toshadi. Migratsiya miqyosi shunchalik kattaki, baliqlarni samolyotdan ham bemalol ko‘rish mumkin. Ba’zida ularning uzunligi 7 kilometrdan ortiq, kengligi 1,5 kilometr va chuqurligi 30 metrgacha yetadi. Sardinyalar sayohat qilishi uchun 21 darajadan ortiq bo‘lmagan suv harorati kerak.
Muzli sunami
Suv omborlarida muz erishi paytida kuzatilishi mumkin bo‘lgan tomosha. Bunday sunami tezligi odatdagi suv sunamisidan ancha past, ammo bu hodisa ham zarar yetkazadi. Muz yo‘llarni vayron qiladi, transport harakatiga xalaqit beradi, chiroq ustunlarini sindiradi va hatto uylarni suv bosadi.
Loy vulqoni
Oddiy vulqonlardan farqli o‘laroq, loy vulqonlari otilayotganda lava hosil qilmaydi. Magmatik faollik paydo bo‘lishi ham shart emas. Asosan, bunday vulqonlar suv va siqilgan gazlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Yerosti suvlari mineral konlar bilan aralashib, yer yuzasiga ko‘tariladi. Bunday “lava”ning harorati 2 dan 100°C gacha o‘zgarib turadi, shuning uchun ba’zi vulqonlardan hatto loy hammomlari sifatida foydalaniladi.
Nefrit yoki zumrad aysberglar
Odatda muzlash jarayonida havo pufakchalari aysberg ichida qoladi, ular orqali yorug‘lik tartibsiz sinadi, shuning hisobiga aysberg oppoq ko‘rinadi. Agar muz pufakchalarsiz juda zich bo‘lsa, u bizga yorqin ko‘k bo‘lib ko‘rinadi. Agarda muzlash paytida Antarktika muzliklariga xos bo‘lgan sariq chang ham suvga tushsa, muz zumrad rangida tovlanadi. | 74 | 3,379 |
Foto | Fotojamlanma: Ilon Maskning Los-Anjelesdagi 29 mln dollarlik hashamatli koshonasi | Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari, milliarder Ilon Mask Bel-Eyrda joylashgan uyini 29 million dollarga sotib yubordi. Bu haqida Hello xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu uy sotilishidan avval birgina Los-Anjelesdagi Bel-Eyr tumanida Ilonga qarashli uylar 6 ta bo‘lgan. Uy ko‘chmas mulk bozoriga sotuvga qo‘yilganidan 1,5 oy o‘tib xitoylik milliarder Uilyam Din tomonidan 29 million dollarga sotib olingan.
Mazkur uy 1990-yilda barpo qilingan bo‘lib, keyinchalik ta’mirlash ishlari olib borilgan. Ilon Mask ushbu uyni 2012-yilda 17 million dollarga xarid qilgan.
Hududi 1509 kvadrat metr bo‘lgan uyda 7 ta yotoqxona, 11 ta yuvinish xonasi, kutubxona, sport bilan shug‘ullanish uchun zal, kinoteatr, shuningdek, hovuz, tennis korti, mevali bog‘ hamda garaj mavjud. | 81 | 770 |
Foto | Yo‘lda anvoyi holatlarga duch kelish mumkinligining 15 ta isboti (fotogalereya) | AdMe mashinada safar qilish chog‘ida yo‘lda zerikib qolmasligingizni isbotlovchi fotosuratlar bilan bo‘lishdi. | 79 | 110 |
Foto | Quyoshning nafaqat yulduz, balki biroz sehrgar ekanligini isbotlovchi suratlar | Quyosh nafaqat Yerdagi energiya va hayotning asosiy manbai, balki optik illyuziyalar ustasi hamdir. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari shaxsiy tajribalari orqali bunga amin bo‘lishdi. Ular nurlarning qanday o‘ynoqi va ba’zan sirli harakat qilishini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi va bu kadrlarni boshqalarga ham ulashish niyatida.
Quyosh nuri devorda qilich shaklini aks ettirdi.
Adyol aslida ko‘k, lekin yorug‘lik uni qizil ko‘rsatyapti.
“Quyosh tungi chiroqqa tushganida juda qo‘rqinchli ko‘rinadi”.
Popkorn mashinasiga tushgan nurlar devorda undov belgisini yaratadi.
“To‘g‘ri burchakdan yorug‘lik tushsa, buvimning mashinasi yarmi oq, yarmi kulrang ko‘rinadi”.
“Eshik tutqichiga tushgan yorug‘lik tufayli erkak shaklidagi soya hosil bo‘ldi”.
Nur + suv = kamalak.
“Quyosh eshigimning tirqishiga to‘g‘ri kelgan”.
Quyosh nuri tufayli sariq pomidor porlab turibdi.
“Ofisimga yorug‘lik shu tarzda tushadi”.
Qaysi qism issiqlikdan mahrum ekanligini darhol ko‘rish mumkin.
Nur yuk mashinasiga shunday tushyaptiki, xuddi u osmondan tushganga o‘xshaydi.
Nur otvyorkaga tushib, yonayotgandek taassurot qoldirdi.
Binodagi nurli yo‘l ko‘rsatkich.
Bu yiliga ikki marta quyosh nuri eshikka tushganda sodir bo‘ladi. | 78 | 1,221 |
Foto | Yangi Zelandiya: Odamni hayratlantiruvchi 30 surat (fotogalereya) | Yangi Zelandiya landshaft va manzaralarning turli-tumanligi bilan ajralib turadi. TravelAsk mazkur mamlakatning go‘zalligi aks etgan va kishini hayratga soladigan 30 suratini taqdim qildi.
Muzliklarga to‘lgan ko‘l ko‘zni quvontiradi
Odam sharshara oldida mitti ko‘rinadi
Yangi Zelandiyada quyosh botishi
Qorli tog‘ cho‘qqisi
Qor bilan qoplangan o‘simliklar ko‘l oldida tebranmoqda
Maunt-Kuk istirohat bog‘iga eltuvchi asfalt yo‘li
Har yili ko‘plab sayyohlar Yangi Zelandiyadagi qo‘riqxonalarga tashrif buyuradi
Daraxtning shaffof suvdagi aksi
Bu yerda esa shaffof suvlar arxipelagning aksini ko‘rsatmoqda
Erib borayotgan muzlik
Sohil bo‘yidagi antiqa qoya
Qush parvozi balandligidan Yangi Zelandiyaning tog‘ va ko‘llari manzarasi
Tog‘lar muz bilan qoplangan
Maunt-Kuk milliy bog‘idagi tog‘ bag‘ri
Tog‘ va bulutlarning suvdagi aksi
Egmont yoki Taranaki tog‘i
Maunt-Kuk milliy bog‘i o‘z kunini quyoshning nurlari bilan boshlaydi
Tun o‘z o‘rnini kunga bo‘shatganida
Qiziquvchan to‘ti olma tanovul qilmoqda
Suvda o‘sadigan o‘simlik
Yulduzli osmon fonidagi ko‘l
Sokinlikda qotib qolgan muzliklar
Tog‘ cho‘qqisidagi mayoq kemalar yo‘liga yorug‘lik tushirib turadi
Manzarali ko‘l
Ko‘rfazning bir qismini quyosh nurlari yoritib turadi
Sokin bo‘g‘oz tog‘ balandliklari orasiga berkinib olgan
Tog‘da quyosh botishi
Tog‘ va balandliklar qor bilan qoplangan
Quyosh nurlari va kamalak fonidagi kichik sharshara
Tabiatni asrang, u bizga kerak!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 65 | 1,616 |
Foto | “Seni kutishyapti!”. O‘zbekistonlik faollarning yo‘ldagi tezlik chekloviga rioya etishga qaratilgan loyihasi | Bir guruh faollar tomonidan O‘zbekistondagi haydovchilik madaniyati sifatini oshirishga qaratilgan “Seni kutishyapti! Tezlikni oshirma” nomli ijtimoiy loyiha tayyorlandi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.
“Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad — haydovchilarni tezlik me’yorlariga rioya etishga chaqirishdir. Loyiha doirasida dolzarb mavzudagi bilbordlarni tayyorlash rejalashtirilgan”, — deydi loyiha tashkilotchilaridan biri Damir Usmonov.
Mazkur tashabbus “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari tomonidan ma’qullangan va olqishlangan. “G‘oyaga gap yo‘q! O‘zbekchasini ham tayyorlash esdan chiqmasin”, — deb yozgan foydalanuvchilardan biri. | 108 | 675 |
Foto | Fotogalereya: Farzandining suratlarini shedevrga aylantirgan ota | 36 yoshli Sholom Ber Solomon — Zoi ismli bir yoshli qizaloqning otasi. Ijodkor ota qizi bilan birgalikda yaratgan turli obrazlarini muntazam Instagram’dagi sahifasiga joylab boradi. AdMe bir qarashdayoq odamlar yuragiga quvonch bag‘ishlagan ushbu qizaloqning suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 64 | 293 |
Foto | Inson tasavvurining chegarasiz ekanligini isbotlovchi noodatiy qorbolalar (foto) | Qorbola haqidagi ilk yozuv 1408-yilga borib taqaladi. Vino savdosi bilan shug‘ullanadigan Bartolomeo del Korazza o‘z kundaligida 120 sm balandlikdagi unutilmas, qordan yasalgan skulptura haqida yozib qoldirgan. Yillar o‘tishi davomida odamlar tomonidan turli variantlari o‘ylab topilgan va yasalgan qorbolalarni ko‘rib qo‘rqib ketish, tushunib yetgandan keyin esa kulgidan o‘zini tutolmaslik mumkin.
“Bizga qish kirib keldi”.
Yangi mehmonlar tashrif buyurdi.
Mitti qorbolalar daraxtga chiqib ketmoqda.
Qor yo‘qligi muammo emas.
Janjalkash qorbola.
Ko‘tarilib chiqish mumkin bo‘lgan shaxtasi bor qorbola 2 hafta davomida hech qanday texnikasiz qurilgan.
Skripka chaladigan qorbola.
Qorbola va unga hamroh tulki.
“Bir qorbolani yasab tamomlagandan keyin unga oila kerakligini tushundik”.
Uchishga shaylangan qorbola.
Bu qorbolaning ismi Rupert.
Ushbu qorbola juma kuni ish soati davomida yasalgan.
Bir kun farq bilan olingan surat.
Quvonch ulashuvchi qorbola.
Olti pog‘onali qorbola.
Hovlini bezab turgan qorbola surati.
“Qo‘ligul qo‘shnilarim bilan faxrlanaman”.
Qorbolalar ham telefonga “yopishib olibdi”.
Mushuk ko‘rinishini esga soladigan qorbola.
Qordan yasalgan troll va uning turar joyi.
“Biz qordan yasalgan qaroqchilarni uchratib qoldik”.
2020-yilga munosib qorbola.
Bayram kayfiyatini ulashadigan qorbola. | 80 | 1,336 |
Foto | Fotogalereya: Livanning urush tufayli unutilgan haqiqiy va aqlni shoshirar go‘zalligi | Yaqin Sharq haqida gapirganda nimani eslaymiz? Ko‘pincha, cheksiz neft boyliklari-yu, dahshatli urushlar va terroristik hujumlar ko‘z oldimizga keladi. Ammo dengiz va vodiylar orasida joylashgan chiroyli tabiat e’tiborsiz qoladi. 29 yoshli yezinlik fotosuratchi Romiy Rizq aynan shu go‘zallikni butun dunyoga ko‘rsatishni xohladi, deya yozadi Travel Ask.
Livan — Suriya va O‘rtayer dengizi o‘rtasida joylashgan. Isroil va Kipr bilan ham qo‘shni. U kichik davlat bo‘lsa-da, kishiga ilhom beruvchi turfa xil landshaftlarga ega. Livanning juda ko‘p tog‘lari, ajoyib dengiz qirg‘oqlari va chiroyli vodiylari bor. Har bir narsa bir-birga shu qadar yaqinki, bir necha soat ichida chang‘i kurortidan quyoshli plyajga o‘tishingiz mumkin.
Mamlakatning poytaxti Bayrut dunyodagi eng qadimgi shaharlardan biri hisoblanadi. U tashkil topganiga 5000 yildan uzoq vaqt bo‘lgan. Bu hudud juda boy madaniyatga ega, uni yillar davomida o‘rganish mumkin, ammo shunda ham to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Shuning uchun Livan “Yaqin Sharq javohiri” nomini olgan. Uning barcha ajoyibotlarini ko‘rish uchun ko‘plab sayyohlar keladi.
Biroq, 2010-yilda Suriyada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin bu yerda ham ko‘p narsa o‘zgargan. O‘shandan beri Livanda har yili keladigan sayyohlar soni 38 foizga kamaygan. Qo‘shni davlatdagi urush Livan iqtisodiyoti uchun zarar keltiradi boshlagan. Suriyadagi voqealardan sayyohlar qo‘rqishi tushunarli hol bo‘lsa-da, Yaqin Sharq javohirining sehrli go‘zalligi e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. | 85 | 1,517 |
Foto | Dunyodagi bo‘ydoq shahzodalar soni bittaga kamaydi. Ularning qolgan 7 nafari bilan tanishing (foto) | 19-may kuni dunyodagi bo‘ydoq shahzodalar soni bittaga kamaydi: Britaniya shahzodasi Garri amerikalik aktrisa Megan Marklga uylandi. AdMe hali uylanmagan shahzodalarning qolganlari bilan tanishtirdi.
Bu yigitcha qachonlardir qarindoshi shahzoda Uilyamning to‘yida Keyt Middltonning ko‘ylagi etagini ko‘tarib yurgan. Hozir malika Margaretning nevarasi Artur Chatto 18 yoshda, va u Britaniya taxti merosxo‘rlari ichida uylanmagan yagonasidir, ammo navbatda bor-yo‘g‘i 23-o‘rinda.
Dubay hukmron sulolasi a’zosi, 35 yoshli Hamdan bin Muhammad bin Rashid al Maktum shu paytgacha uylanmagan, u oilaviy qadriyatlardan o‘z qiziqishlarini ustun qo‘yadi. Uning xobbilari haqida Instagram’dagi qariyb 6 million kishi kuzatib boradigan akkaunti orqali xabardor bo‘lish mumkin.
U Sandxerstdagi qirollik harbiy akademiyasida ta’lim olgan, shuningdek, London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabini bitirgan. Shahzoda NH Capital LLP xej-fondi rahbari, uning nomi bilan atalgan yangi universitet prezidenti, Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ligasi rahbari, Dubay amirligi sport qo‘mitasi rahbari va boshqa lavozimlarda ham ishlaydi.
Bruney shahzodasi 26 yoshda bo‘lib, taxtga navbat bo‘yicha 4-o‘rinda. U Buyuk Britaniyada o‘qigan, san’at sohasida magistr darajasiga ega. Ingliz, fransuz, italyan va arab tillarini biladi, polo o‘ynaydi.
23 yoshli shahzoda voyaga yetganidan keyin regent rolini bajarib, xalqaro tadbirlarda otasiga hamrohlik qilishni boshlagan. 21 yoshida BMT Xavfsizlik kengashi majlisida qatnashgan, bir necha oy avval esa BMT Bosh Asambleyasida nutq so‘zladi.
Daniya shahzodasi merosxo‘r bo‘lish bilan birga, modellik ham qiladi. U 18 yoshda va Daniya taxtiga navbatda 7-o‘rinda turadi.
Lyuksemburgning hukmron gersogi Anri va Mariya-Tereza Mestrening o‘g‘li 26 yoshli Sebastyan merosxo‘rlar ro‘yxatida beshinchi. U Angelsberg maktabida, Avliyo Georgiy xalqaro maktabida, Oksforddagi Summer Fields School’da va Amplfort kollejida o‘qigan. So‘ng Lyuksemburgdagi xalqaro maktab va Sandxerst harbiy akademiyasini bitirgan. Ayni paytda AQShdagi yetakchi universitetlardan birida marketing va kommunikatsiyalarni o‘rganmoqda.
19 yoshli yigitcha Gretsiya taxtiga o‘tirmasa ham (Gretsiya 1974-yilda respublikaga aylangan), unda shahzoda degan nom bor. U ayni paytda Vashingtondagi Jorjtaun universitetida huquqshunoslikka o‘qimoqda. | 99 | 2,342 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning 8 ta qo‘rqinchli ko‘prigi | Ko‘prik — inson tomonidan yaratilgan eng oqilona kashfiyotlardan biridir. Hozirga kelib esa ularning xavfsizlik darajasi ancha yaxshilangan. Lekin shunday bo‘lsa ham haligacha odamlar qo‘rqadigan ko‘priklar bor. Travel Ask ularning suratini taqdim etdi.
Yaponiyadagi Sikoku oroli Iya daryosidan o‘tuvchi ko‘prik
Kerrik-a-Rid 20 metrlik osma ko‘prik, Irlandiya
Malayziyaning Taman-Negara parkidagi 500 metrlik osma ko‘prik | 49 | 425 |
Foto | Kun fotosi: Abituriyentlar jazirama issiqda turnaqator navbatda turmoqda | Abituriyentlar OTMlarga hujjat topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish maqsadida jazirama issiqda turnaqator navbatda turmoqda.
Suratlarda Payariq tumani Davlat xizmatlari markazidagi holat aks etgan. | 72 | 196 |
Foto | Fotogalereya: Uayt-Sends (oq qumliklar) fotograf nigohida | Nyu-Meksikoning janubiy chegarasida juda chiroyli qumliklar joylashgan. U yer Uayt-Sends deb ataladi. Fotograf Navid Barati mana shu oq qumliklarni kadrga muhrladi. Travel Ask esa ularni taqdim etdi. | 57 | 199 |
Foto | Tomoshabinni yig‘latadigan sujetga ega 10 film (foto) | Quyidagi filmlarni tomosha qilish davomida tomoshabinlar ko‘z yoshlarini tiya olmasliklari aniq.
“To seni topgunimcha” (Buyuk Britaniya, 2016)
Rejissor: Tea Sherrok
Bosh rollarda: Emiliya Klark va Sem Klaflin
Sujet: Ishini yo‘qotgan Luiza ismli qiz avtohalokatdan keyin falaj bo‘lib qolgan Uill ismli yigitga qarovchi bo‘lib ishga kiradi. Halokatdan keyin yigitning nafaqat jismoniy imkoniyati cheklanadi, balki yashashdan maqsadi ham qolmaydi. Ammo hayotiga qiz kirib kelganidan keyin u o‘zgaradi. Jojo Moyesning kitobi asosida suratga olingan filmda yigit va qizning ilk uchrashuvi, Uillning Luizaga qilgan noodatiy sovg‘asi hamda qizga bo‘lgan tuyg‘ularini tan olish sahnalari tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadi.
“Xotira kundaligi” (AQSh, 2004)
Rejissor: Nik Kassavetis
Bosh rollarda: Rayan Gosling va Reychel Makadams
Sujet: Qariyalar uyida yashaydigan keksa kishi oddiy yigit va boy oila qizining sevgisi haqida kundalikdagi xotiralarini o‘qib beradi. Yigitning qizga yuborgan maktublarini qizning onasi berkitib qo‘ygan bo‘ladi. Yillar o‘tib sevishganlar ko‘rishganida qiz boshqa bir inson bilan unashtirilgan bo‘ladi. Qiz o‘zida Alsgeymer kasalligi rivojlanayotganini bilganidan keyin barchasini qog‘ozga tushirgan bo‘ladi, Noy esa har kuni kundalikdan unga xotiralarini o‘qib beradi.
“P.S. Men seni sevaman” (AQSh, 2007)
Rejissor: Richard LaGravenes
Asosiy rollarda: Hilari Suonk va Jerard Batler
Sujet: Jerri va Holli bir-birini jonidan ortiq yaxshi ko‘radi. Jerri miya saratonidan vafot etadi, Holli esa hayotining mazmunini yo‘qotadi. Hammasi Jerridan maktub kela boshlaganidan keyin o‘zgaradi. O‘lishiga oz qolganini bilganidan keyin Jerri sevgilisiga taskin bo‘lishi uchun 7 ta maktub yozib qoldirgan bo‘ladi.
“Ikki yuz yoshli odam” (Germaniya, 1999)
Rejissor: Kris Kolambus
Bosh rollarda: Robin UIlyams va Embet Devis
Sujet: Martinlar oilasi uy roboti Endryuni sotib oladi. U nafaqat yordamchi, balki oila a’zosiga ham aylanib qoladi. Ayniqsa, kenja qiz Amanda unga bog‘lanib qoladi, qizig‘i, robotda ham javoban tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Endryu robotga odam qiyofasini yaratishga yordam beradigan muhandisni uchratadi.
“Vinopazlarning qoidalari” (AQSh, 1999)
Rejissor: Lasse Hallstryom
Bosh rollarda: Tobi Maguayr va Sharliz Teron
Sujet: Bolalar uyida o‘sgan va haqiqiy ota-onasi kimligi haqida bilmagan Gomer ismli yigitchaning hayoti Kendi ismli qiz va uning sevgilisi Uollini uchratganidan keyin o‘zgaradi. Uolli frontga ketganida qiz va Gomer o‘rtasida munosabatlar paydo bo‘ladi. Frontdan falaj bo‘lib qaytgan Uollini ko‘rganidan keyin Kendi Gomerni tark etishga qaror qiladi.
“Qaychiqo‘l Edvard” (AQSh, 1990)
Rejissor: Tim Berton
Asosiy rollarda: Jonni Depp va Vaynona Rayder
Sujet: Keksa yoshli olim sun’iy odamni yaratadi va uni o‘z o‘g‘lidek yaxshi ko‘rib qoladi. Ammo, afsuski, u ishini oxiriga yetkazmasdan olamdan ko‘z yumadi. Baxtsiz Edvard atrofdagilarning ko‘ziga tashlanmaslik uchun Boggs xonim topib olmaguniga qadar qasrda yashirinib yuradi. Qo‘llarini ko‘rib, qo‘rquvga tushgan shahar aholisini Edvardning qalbi tozaligi qiziqtirmaydi. Edvard va Boggs xonimning qizi Kim bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi.
“Meni esla” (AQSh, 2010)
Rejissor: Allen Kulter
Bosh rollarda: Robert Pattinson va Emili de Revin
Sujet: Akasini yo‘qotganini hazm qila olmagan Taylerning hamma, hatto otasi bilan ham munosabatlari yomonlashadi. Do‘sti Eydan va singlisi Kerolayndan boshqa yaqinlari bo‘lmaydi. Oqshomda aralashib qolgan janjalning ketidan bir qiz bilan tanishadi. O‘ch olish uchun qilgan harakatlari chinakamiga sevib qolish bilan yakunlanadi.
“Marli va men” (AQSh, 2009)
Rejissor: Devid Frenkel
Bosh rollarda: Jennifer Eniston va Ouen Uilson
Sujet: Film jurnalist Jon Groganning romani asosida suratga olingan. Jon va Jenni to‘yidan keyin it asrab olishga qaror qiladi. Zararkunanda va quloqsiz uy hayvoni juftlikka oila a’zosi singari yaqin bo‘lib ketadi. Vaqti-soati kelib qarilikdan vafot etayotgan it bilan ayrilish oson bo‘lmaydi.
“Ruh” (AQSh, 1990)
Rejissor: Jerri Suker
Bosh rollarda: Demi Mur va Patrik Sueyzi
Sujet: Sevishganlar Sem va Molli birgalikda juda ham baxtli bo‘ladi, yangi uyga ko‘chib o‘tadi. Uyiga tushgan o‘g‘rilardan Mollini himoya qilaman deb yigit vafot etadi. Hammasi shundan keyin boshlanadi. Sem va Mollining xayrlashuv sahnasi va “Unchained Melody” qo‘shig‘iga raqs tushishi tomoshabinlar ko‘ziga yosh kelishiga sababchi bo‘ladi.
“Hayot qadri” (AQSh, 2002)
Rejissor: Adam Shenkman
Bosh rollarda: Sheyn Uest va Mendi Mur
Sujet: Maktabning eng oldi yigiti Lendon maktab spektaklida rol ijro qilish sabab a’lochi, ammo odmi qiz Jeymi bilan tanishadi va uni yoqtirib qoladi. Qiz o‘zining leykemiya ekanini aytishiga qaramay, yigit unga turmush qurishni taklif qiladi. Juftlik qizning ota-onasi bir vaqtlar turmush qurgan cherkovda oila quradi. | 53 | 4,805 |
Foto | Fotogalereya: Bolalar bilan shoping — kuchli iroda talab qilishini isbotlovchi suratlar | AdMe shoping uchun do‘konga bolalarni faqatgina jasur va irodali insonlar olib borishga qodir ekanligi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Bir daqiqadan ortiqroq davom etadigan har qanday mashg‘ulot — bu qiynoq
“Do‘konga borishga o‘zing rozi bo‘lgansan”
“Oyi, iltimos meni ham o‘zingiz bilan olib keting!”, deya yolvorgan edi
Onang kim bilandir uzoqroq suhbatlashib qolganida
Og‘riq va umidsizlikni yashirib bo‘lmaydi
Bekinmachoq — bolalarning eng sevimli o‘yini
Bolakay bu yerda anchadan buyon turgan ko‘rinadi
Atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga sening munosabating qanday ekanligini ko‘rsatishga harakat qilganingda
“Bir daqiqaga muzlatilgan sabzavotlarni olgani ketgan edim, qaytib kelsam…”
20 daqiqa ichida 1300 dollarlik kosmetikani yo‘q qilish mumkinmi? Albatta!
Ayollar bolaligidan shopingga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘ladi
So‘nggi daqiqalargacha harakat qilgani ko‘rinib turibdi
Uyda bunaqa qulay yotib bo‘lmas edi
Ularning har qanday “bezoriligi”ni birgina ajoyib ko‘zlari uchun kechirib yuborsa bo‘ladi | 87 | 1,040 |
Foto | Fotogalereya: Ko‘z uzmasdan qarash mumkin bo‘lgan suratlar | Og‘ir ruhiy holatlarda g‘aroyib suratlarni tomosha qilib, tinchlanish mumkin. AdMe ana shu imkoniyatni beruvchi suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 58 | 146 |
Foto | Fotogalereya: Fizika qonunlariga bo‘ysunmaydigan mushuklar | Mushuklar turli xil idishlarning holatiga moslasha oladi. AdMe ana shunday mushuklarning suratlarini taqdim etdi. | 58 | 113 |
Foto | Mashhurlarning oddiy hayot kechiruvchi egizaklari (fotogalereya) | Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi mashhur kishilarning egizaklari bor, biz esa ular haqida umuman eshitmaganmiz. AdMe bunday holatlarga oydinlik kiritdi. | 64 | 145 |
Foto | Fotogalereya: Turkiyalik fotograf tushda ko‘rganlarini o‘ngida chizib g‘aroyib asarlar yaratadi | Istanbulda yashovchi turkiyalik rassom Husayn Shahin (Hüseyin Şahin) bir nechta suratlardan yaxlit kompozitsiya yaratadi. U real hayotni fantaziya bilan uyg‘unlashtirib g‘aroyib syurrealistik voqealikni vujudga keltiradi va tushida ko‘rganlarini o‘z asarlarida aks ettiradi.
Garchi bugungi kunda ko‘pchilik bir nechta rasmni birlashtirib yaxlit kompozitsiya ya’ni kollaj yaratsa ham, Husaynning bu boradagi asarlari kishini hayratda qoldiradi. Uning ishlari inson tasavvuriga sig‘maydi. Ba’zida rassom turk xalq og‘zaki ijodi elementlaridan, masalan Qiz minorasidan foydalanadi. Bu Leandr haqidagi yunonlar afsonasiga aloqador sujet, u Afrodita Geroni sevib qolib har oqshom Gellespont bo‘g‘ozidan sevgilisi uchun suzib kelgan. Yigit bir kuni ekstremal sevgisi oqibatida suvga cho‘kib halok bo‘ladi, qiz ham suyuklisining o‘limiga chiday olmay minoradan o‘zini tashlab, vafot etadi.
View this post on Instagram
Qiz minorasi.
View this post on Instagram
Sohil-sayyora.
View this post on Instagram
Qo‘rqma!
View this post on Instagram
Ketdik.
View this post on Instagram
Toshbaqaning uyasi.
View this post on Instagram
Poklik maskani.
View this post on Instagram
Vaqt va makon.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Kim shunday uyda yashashni orzu qiladi?
View this post on Instagram
Tog‘dagi sohil.
View this post on Instagram
Xellouin uchun.
View this post on Instagram
Kel o‘ynaymiz.
View this post on Instagram
Suvli yo‘l.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Ko‘chadagi kichik ko‘lmakda suzish.
View this post on Instagram
Hayot.
View this post on Instagram
Ferma. | 95 | 1,877 |