folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Foto: Kim Kardashyan farzandlari uchun 60 mln dollarlik ko‘ngilochar bog‘ qurdirdi | Kim Kardashyan farzandlariga ajoyib sovg‘a hozirladi. People Talk’ning yozishicha, model uyining orqa hovlisida 60 million dollarlik o‘yin bog‘i qurdirgan.
Kim KKW Beauty butiki va Lego qasrini o‘z ichiga oladigan kichik shaharchani Lil Hidden Hills deb atagan.
Tashrif buyuruvchilar unda 50-yillar uslubidagi West Diner yemakxonasi, oziq-ovqat, shuningdek, gul do‘koni, bankomat, kottejlar va hatto Starbucks’ning kichik versiyasini ham uchratishi mumkin.
Ko‘chalari bor shaharchaga uning haqiqiy megapolisdek ko‘rinishiga sabab bo‘ladigan fonuslar o‘rnatilgan. Eslatib o‘tamiz, Kim Kardashyan va Kanye Uest 2021-yilning fevralida ajrashishga qaror qilgan. Juftlik mol-mulkni qanday bo‘lishishi hozircha ma’lum emas.
Page Six’ning ma’lumotiga ko‘ra, hashamatli uy Kanyega, uy qurilgan yer esa Kimga tegishli. Er-xotin ajrashish jarayoni bilan bog‘liq detallar haqida hali izoh berganicha yo‘q, deyiladi xabarda. | 82 | 917 |
Foto | Yongʻinda oʻlgan tulki, Oy uzra parvoz qilayotgan samolyot, vaksina pasportiga qarshi norozilik namoyishlari — 26 iyul suratlari | Bugunnning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Suriyaning Halab shahrida arxitektorlar Usmonli davriga oid tarixiy obidani restavrasiya qilish jarayonida. Halab Suriyadagi fuqarolar urushi sabab jiddiy zarar koʻrgan shahardir.
Italiya poytaxti Rim shahrida koronavirusga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi pasport joriy etilishiga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi.
Ulkan Oy toʻgʻrisidan uchib oʻtayotgan samolyot.
AQShlik namoyishchi Oq uy qarshisida Kubani qoʻllab-quvvtalash namoyishlarida ishtirok etmoqda. Kuba 30 yildan buyon iqtisodiy inqiroz ichida yashamoqda.
Italiyaning Sardiniya orolida yuz bergan kuchli oʻrmon yongʻinlari sababli halok boʻlgan tulki yoʻl chetida yotibdi.
London shahrida yogʻingarchilik natijasida suv toshqinlari yuz berdi.
Sardiniyadagi yongʻinni oʻchirish maqsadida suv sepayotgan samolyot.
Tunisda sogʻliqni saqlash tizimidagi muammolar tufayli norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Namoyishchilar hukumatning iste‘fosini va parlamentni tarqatib yuborishni soʻramoqda.
Sardniyada yongʻin tufayli minglab gektar oʻrmon yonib ketgan. Hatto mashinalar ham.
Ona-bola muhojirlar La Mansh boʻgʻozini kesib oʻtganidan soʻng qutqaruvchilar tomonidan kuzatib qoʻyilmoqda. | 128 | 1,219 |
Foto | Foto: Qo‘shnisini sog‘ingan mushuk | Reddit tarmog‘i foydalanuvchisi o‘zining Pepe laqabli mushugi haqida hikoya qildi, deb yozmoqda TJournal.
Mushuk o‘z egasining qo‘shnisini yaxshi ko‘rib qolgan. Biroq qo‘shni ko‘chib ketgach, mushuk uni sog‘inib, uning xonasi eshigi oldida turib olgan va uni kutgan. | 34 | 267 |
Foto | Avval va hozir: Internetda bir necha o‘n yillar avval olingan suratlar hozirgi davr bilan solishtirilmoqda (foto) | Repotografiya — suratga olingan ma’lum bir joy yoki obyektni muayyan vaqt o‘tganidan keyin qayta suratga olish hisoblanadi. Foydalanuvchilar tomonidan Reddit’ga joylangan shunday suratlarni tomosha qilib vayronkorlik, bunyodkorlik va saqlash ham odamzodning qo‘lida ekaniga amin bo‘lsa bo‘ladi.
Buva va nabira 73 yil vaqt farq bilan Tokioda
Arktikaning 103 yil avvalgi va hozirgi ko‘rinishi.
Utrext, Niderlandiya. 1982 va 2020-yillar. Shosse bo‘lgan yerda kanal qurilgan.
San-Fransisko, Kaliforniya. 1920-yil va oradan bir asr o‘tib olingan surat.
20 yil o‘tib Melburndagi o‘zgarish.
Londonning Buckhurst Hill Station metro bekati 1875 va 2020-yillarda.
Nyu-Yorkdagi Fletayron binosi 1917 va 2012-yillarda.
Chichen-Itsa 1892-yil va hozir
Darem 1934-yil va 2020-yillar.
Urk, Niderlandiya. 1930 va 2020-yillar.
Buyuk Britaniya, Yorkdagi vayronalar hozir va ikki asr avval.
Berlinda velosayohat, Kroysberg. 1985 va 2018-yillar.
Los-Anjelesdagi Hollywood yozuvi avval va hozir.
Tramvaylarning o‘zgarishi 1990 va 2018-yilda olingan suratlarda.
Xirosimaga atom bombasi tashlanganida vayron bo‘lgan gumbaz oradan 75 yil o‘tib.
Maui orolidagi daraxt. Birinchi surat ikkinchi jahon urushi vaqtida olingan.
Montana universiteti qurilishidan avval va keyin. Ikkinchi surat oradan 150 yil o‘tib olingan.
Dubay Marina, 2000 va 2020-yillar
Drezdenning ikkinchi jahon urushi vaqtida va hozir olingan suratlari.
Moskva 20 yil tafovut bilan olingan surat.
Singapur 2000-yil va hozir.
Bishan bog‘ining 1988 va 2020-yillarda olingan suratlari. | 113 | 1,545 |
Foto | National Geographic’ning “Sayohatnoma” yo‘nalishidagi tanlovida g‘olib chiqqan suratlar | National Geographic jurnaliga 2015-yil davomida jahonning turli burchaklaridan “Sayohatnoma” yo‘nalishi uchun yo‘llangan eng yaxshi fotosuratlar jamlanmasi bilan tanishing. | 87 | 172 |
Foto | Fotogalereya: Toshkentda Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan otlar marshi o‘tkazildi | Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan otlar marshi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy otliqlar otryadlari Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li hamda
Amir Temur shoh ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab Furqat va Bunyodkor ko‘chalari kesishgan chorrahagacha bo‘lgan qismda yurib borishdi. | 115 | 438 |
Foto | “Rostdan ham aynan shu odammi?”. Mashhur erkaklarning o‘smirlikdagi va hozirgi suratlari | Dunyoda insonlarning ikki toifasi mavjud: eski fotosuratlarini qayta-qayta ko‘rishni yaxshi ko‘radiganlar va kamdan-kam hollarda ularni tomosha qiladiganlar. Yulduzlar tashqi ko‘rinishini tez-tez o‘zgartirgani sabab ularning suratlarini ko‘rish yanada qiziqroq.
Shahzoda Uilyam
Zak Efron
Leonardo Di Kaprio
Shahzoda Garri
Jared Leto
Jastin Timberleyk
Devid Bekhem
Jastin Biber
Jon Krasinski
Rayan Gosling
Jeyk Jillenxol
Kris Evans
Orlando Blum
Aaron Teylor-Jonson | 88 | 476 |
Foto | Isroil harbiylari hibsga olgan arablar, Jahon chempionatiga tayyorlanayotgan amputant futbolchilar, darsga qatnashayotgan mushuk — 12 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Limada amputant futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Peru milliy terma jamoasi.
Bolgariyada hukumatning koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga norozi bo'lgan xalq namoyish o'tkazmoqda.
Pekindagi Yozgi saroy maydonida muz ustida chana uchayotgan odamlar.
Hindiston qishloqlarida koronavirusga qarshi vaktsina o'tkazib yurgan tibbiyot xodimi.
Bursadagi maktablardan birida o'quvchilar bilan birga darsga qatnashayotgan mushuk.
Saudiya Arabistonida Dakar rallisi davom etmoqda.
Olmaotada yonib ketgan mashinalarni kuzatib turgan o'tkinchilar.
Bangalordagi gul sotuvchilar.
Rossiyaning Janubiy Saxalin viloyatida kuchli qor yog'di.
Isroil xavfsizlik kuchlari namoyish paytida sahroyi arablarni hibsga oldi. | 150 | 798 |
Foto | Fridrix Buyuk dunyodagi eng chiroyli tulpor deb topildi (foto) | Britaniya matbuoti AQShda yashovchi Fridrix Buyuk laqabli friz ayg‘irini dunyodagi eng chiroyli ot deb topdi. Tim qora rangli mushakdor tulpor Ozark ko‘li yaqinidagi Pinnacle Friesians ot zavodida istiqomat qiladi, deb xabar bermoqda “Moya planeta” Daily Mail nashriga asoslanib.
Fridrix Buyukning shuhrati kun sayin ortmoqda — pruss imperatorining adashi bo‘lgan ayg‘irning Facebook’dagi sahifasida 19 mingdan ortiq obunachi bor, uning ishtirokidagi videoni esa YouTube orqali millionlab odamlar ko‘rmoqda.
2015-yilda Fridrix farzand ko‘rdi; mitti qulun 9 oy ichida otasidan qolishmaydigan xushbichim toychoqqa aylandi. Uni bir necha ming dollarga sotib olish mumkin.
Otlarning friz zoti XVI–XVII asrlarda Niderlandiyada yetishtirilgan. Aravaga qo‘shilishga mo‘ljallangan zot o‘z go‘zalligi bois “qora marvarid” deb yuritila boshlangan. Bu zotdagi ayg‘irlar faqat tim qora rangda bo‘ladi, baytallarda esa oq qashqa kuzatilishi mumkin. | 62 | 938 |
Foto | Yaponiyaliklarning kundalik turmush tarzini butun dunyoga ko‘rsatgan yapon | Yaponiyalik 35 yoshli fotosuratchi Takashi Yasui asosan Kiotoni suratga oladi. U fotografiyaga besh yil avval, jiyani tug‘ilganida, oilaviy portretlarni suratga olish orqali mehr qo‘ygan.
Shundan so‘ng uning beozorgina mashg‘uloti miqyosi ulkan faoliyatga aylanib ketdi: u jahonning ko‘plab fotosuratchilari ishlarini o‘rgana boshladi va bu uning ijodiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Yaqinda Yasui Yaponiyaning kundalik turmush tarzi aksi etgan ajoyib fotosuratlar seriyasini tayyorladi.
Yaponiyaliklar har kuni ko‘chaga chiqib, nimalarni ko‘rishi, nimalar bilan shug‘ullanishi, atrof-olamni qanday qabul qilishi haqida Yasuining go‘zal suratlari ma’lumot beradi, deb yozadi TravelAsk. | 74 | 687 |
Foto | Foto: Internet izlab tog‘ga chiqayotgan o‘quvchilar. Lokdaunda filippinliklar qanday ta’lim olmoqda? | Pandemiya tufayli masofadan ta’lim olayotgan filippinliklar internetga ulanish uchun tomga va hatto tog‘larga chiqishga majbur bo‘lmoqda. Filippinning rivojlanmagan hududlarida yashovchi o‘quvchilarning onlayn darslarga qatnashish jarayonidan Reuters fotoreportaj tayyorladi.
Parulan o‘g‘li Jayga onlayn darsda qatnashishga yordam bermoqda.
10 yoshli Jay Kalma odatda tomdagi siniq tog‘ora ustida o‘tirib internet signalini tutishga urinadi. “Tomga chiqib o‘tirmaslik uchun ba’zida boshqa yaxshiroq aloqa operatorining SIM-kartasidan foydalanamiz, ammo ular qimmatligi uchun kamdan kam holda qurbimiz yetadi”, — deydi Kalmaning onasi Jonalin Parulan Reuters’ga.
“Kelajakda ota-onamga yordam berish uchun hozir yaxshi o‘qishim kerak”, — deydi moduldagi topshiriqlarni bajarayotgan 3-sinf o‘quvchisi Meri Florenda.
Filippinda koronavirus yuqtirganlar soni 480 mingga yetgani bois, davlat rahbari Rodrigo Duterte virus xafvi kam hududlarda an’anaviy darslarni boshlash haqidagi rejani bekor qilib, maktablar ochilishini noma’lum muddatga qoldirgach, o‘quvchilarning maktabga qaytish umidi puchga chiqdi.
“Tunda internet yaxshi bo‘lgani uchun allamahalgacha dars qilib, ertalabki mashg‘ulotlarga uxlab qolaman”, — deydi 9-sinf o‘quvchisi Anna.
Onlayn ta’limga o‘tish aholisi 108 million bo‘lgan davlatni mushkul ahvolga soldi. Mamlakatdagi xonadonlarning beshdan bir qismigina internetga ulana oladi. Ko‘pchiligida esa mobil telefon ham yo‘q.
“Suv toshgan paytda xayolimga modullarimni saqlab qolishdan boshqa narsa kelmadi. Keyinchalik bizga kiyim-kechak xayriya qilishdi. Ammo ishonchim komil, hech kim menga modullarimni qaytarib berolmasdi”, — deydi Vamko tayfunidan zarar ko‘rgan aholining evakuatsiya markazida yashovchi 5-sinf o‘quvchisi Daniyella Nikol.
Ta’lim vazirligining xabar berishicha, maktabni tashlab ketayotgan o‘quvchilar soni ortmoqda.
Filippin poytaxti Manilaning janubida yashovchi talabalar internetga ulanish uchun tog‘ga chiqadi. Yomg‘ir yog‘sa yoki kechasi dars qilishga to‘g‘ri kelsa, tunash uchun tog‘dan kulba qurib olgan.
Kollej talabalari onlayn darsga qatnashish uchun internet signali qidirib tog‘ga ko‘tarilmoqda.
19 yoshli Rozamayn Gonzaga universitet hayotidan tubdan farq qiluvchi bunday ahvoldan qattiq xafa. “Kollejda o‘qish juda zavqli edi, chunki o‘qishga kirgunimcha butun umrim tog‘da o‘tgan”, — deydi Gonzaga. Pandemiya uning shaharda mustaqil hayot qurish rejalarini barbod qilgani haqida kuyinib gapirdi.
Gonzaga va boshqa talabalar tog‘dagi kulbada onlayn darsga qatnashmoqda.
Aksariyat kursdoshlari singari u ham stipendiyaga muhtoj. U darslarga qatnasha olmay, natijada stipendiyasiz qolishdan qo‘rqadi. Shunday bo‘lsa-da, Gonzaga virus yuqtirish xavfidan xavotirlanib, darslarni onlayn davom ettirishga qaror qildi. “Pandemiya meni bilim olishdan to‘xtata olmaydi”, — dedi u.
Andal o‘rmon bo‘ylab internet signali qidirmoqda.
San-Xuan shahrida yashovchi 18 yoshli Mark Jozef Andal virtual darslarda qatnashish uchun qurilishda ishlab smartfon sotib oldi. Bundan tashqari internet signalini tutish maqsadida o‘rmonda boshpana qurdi.
Signal yo‘qolsa, Andal plastik stulini ko‘tarib boshqa joy izlaydi. Mabodo yomg‘ir yog‘sa, u bir qo‘lida telefon, ikkinchisida soyabon bilan yuradi. Andalning aytishicha, uning boshqa chorasi yo‘q. “Biz boy emasmiz. Meni qiynalib katta qilgan ota-onamga foydam tegishi uchun maktabni tugatishim kerak”. Maktablar qayta ochilishi mumkinligini eshitib, Andal sevinish bilan birga qo‘rqdi ham. Sinovli kunlar uni muvaffaqiyat sari yanada qat’iyat bilan odimlashga o‘rgatdi. “Darslarga faol qatnashib, sabr-toqat bilan og‘ir vaziyatda ham o‘z ustimda ishlamoqchiman”, — deydi u.
Andal o‘rmondagi kulbasida onlayn darsga qatnashmoqda.
Oilasi bilan Manila janubidagi qabristonda yashaydigan Kastro onlayn vazifalarni tayyorlamoqda.
Aksariyat oilalar uchun bolasini uyda o‘qitish ham oson emas. Manilaning janubiy qabristonidagi qorovulxonada yashovchi 11 yoshli Joy Kastroning oilasi ziyoratchilar uchun tovuq pishirib sotadi. Oyoq ostida o‘ralashishni istamagan Kastro dars qilish uchun ba’zida qabrtoshlar ustiga chiqib oladi.
Kastro smartfon yordamida dars qilayotgan paytda buvisi va xolasi tovuq go‘shtini tozalamoqda.
“Bilaman, uning darslariga yordam bera olmayapmiz”, — xo‘rsinadi Kastroning buvisi. “Ammo ishlamasak, bolalarimizni boqa olmaymiz. Nabiram maktabni bitirib, yaxshi ish topishiga va ortiq qabristonda yashamasligiga umid qilaman”
7-sinf o‘quvchisi Jeyn Ayrish oziq-ovqat do‘konidagi WiFi’ga ulanib onlayn dars tayyorlamoqda. | 100 | 4,540 |
Foto | Kapitoliydagi paltolar paradi: Amerikadagi eng badavlat kishilarning rafiqalari marosimga qanday kiyimda tashrif buyurdi? | 2021-yilning 20-yanvar kuni Vashingtonda AQShning 46-prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Kapitoliyda
bo‘lib o‘tgan marosimga nafaqat siyosatchilar, balki AQShning eng mashhur kishilari tashrif buyurdi. Havo haroratining sovuq bo‘lgani sabab xonimlarning obraziga ustki kiyimlariga qarab baho berishi mumkin.
Amerikaning birinchi xonimi Jill Bayden och ko‘k ustki kiyim bilan xuddi shu rangdagi niqob taqqan.
Baydenni tabriklash uchun er-xotin Klinton va Bushlarning kelganini ko‘rish mumkin. Xillari Klinton to‘q siyohrang palto bilan qora niqob taqqan. Laura Bushning obrazi esa Jill Baydennikiga o‘xshab ketgan.
Mishel Obama ustki kiyim borasida qomatga urg‘u beradigan, shim va vodolozkasiga mos palto tanlagan.
AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris turmush o‘rtog‘i Dug Emxoff bilan birgalikda tashrif buyurgan va muhim marosimda obrazi esda qolarli bo‘lishi uchun ko‘k palto kiyishni ma’qul bilgan.
Kamala Xarrisning o‘gay qizi Ella esa marosimga sipo va oddiy ustki kiyimni tanlagan.
Tashrif buyurganlar orasida shou-biznes vakillaridan Ledi Gaga va Jennifer Lopesni uchratish mumkin. Ledi Gaga AQSh madhiyasini kuylagan. Jey Lo esa “This land is your land” qo‘shig‘ini ijro qilgan.
Ledi Gaga avvaliga oq paltoda bo‘lgan, ammo chiqish qilishidan avval kiyimini almashtirgan.
23 yosh ekaniga qaramay feminizm, irqchilik va shunga o‘xshash muhim masalalar bilan shug‘ullanadigan amerikalik faol va shoira Amanda Gormanning kiyimi eng esda qolarli obrazlardan biri bo‘lgan. U oq bluzka va qora yubka ustidan sariq rangli palto kiyishni afzal bilgan. Aksessuar sifatida esa toshlar bilan qoplangan qizil niqob hamda atlas matodan tikilgan xuddi shu rangdagi obodokni tanlagan.
Senator Mitch Makkonnell rafiqasi Eleyn Chai bilan birga qora rangda kiyingan.
Mayk Pens ham rafiqasi Karen Pens bilan birga qora rangda kiyinishni afzal bilgan. | 121 | 1,867 |
Foto | Fotogalereya: Tasodifan shedevrga aylangan omadsiz panorama suratlar | AdMe bir tarafdan omadsiz, boshqa tarafdan esa haqiqiy shedevrga aylangan panorama funksiyasi yordamida yaratilgan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
“Bir necha bor suratga olganimdan so‘ng, Google menga shunday panoramani taklif qildi”
“Hech qachon yoningizda harakatchan echki bo‘lsa, suratga tushmang!”
Qandaydir nomutanosiblik ro‘y bergan ko‘rinadi
“Kameram vertikal panoramani olishni istab qoldi. Men esa unga qarshilik qilgandim, haqiqatda chiroyli surat paydo bo‘ldi”
Shakl borasida panorama funksiyasining o‘z fikri borga o‘xshaydi
Ba’zida panoramalar fizika qonunlarini buzib ham turadi
“O‘g‘lim u qadar ham muvaffaqiyatli bo‘lmagan panoramani yaratdi”
“Do‘stim suratga tushishning ayni vaqtini topdi”
“Londonda o‘qiydigan do‘stimdan kelgan surat”
“Itlarni nega panorama funksiyasi yordamida suratga olmasligimning sabablaridan biri” | 68 | 849 |
Foto | Asl mohiyatini tushunish uchun sinchkovlik bilan qarash talab etiladigan suratlar | Inson qanchalik diqqatli bo‘lishidan qat’i nazar, ba’zida nima tasvirlanganini tushunish uchun suratga diqqat bilan qarash kerak. Odatda optik illyuziya yoki noaniq tasvirlar chalkashtirib yuboradi. Masalan, quyidagi suratlarni tushunishdan oldin tasavvurni uzoq vaqt ishlatish tavsiya etiladi.
“Bagajni ochganimda kimdir g‘ilof va zaxiraga olingan g‘ildirakni o‘g‘irlab ketgan, deb o‘ylab qo‘rqib ketdim. Keyin oyna sotib olganim yodimga tushdi”.
Yaproqlarning orasida tulki bor.
Bu yerda hech qanday oyna yo‘q.
“Sport zaldagi o‘rindiq oyoqlarining pastki qismi singan iPhone’ga o‘xshaydi”.
Yangi yil archasi rezina oyoq kiyimlarning bog‘lamidan yasalgan.
Chiroqning yorug‘ligi devorda optik illyuziya yaratdi.
“Mana 2 mushugim”.
Katta kitob javoni.
“Dadam va uning iti”.
“Buni okeanda suzayotgan yigitning surati deb o‘ylagandim, ammo u shunchaki qo‘lda turgan jajji tipratikan ekan”.
“Hammaga NUJni suratga olganimni aytaman”.
“Itimning ko‘rinishi juda g‘alati”.
“Ushbu manzarani London metrosida uchratdim”.
Devorga qaratilgan oddiy stol chirog‘i.
“Do‘stim snoubordda uchishni o‘rganmoqda”.
Bu shunchaki shamol tegirmoni.
“Hammomimdagi pufakchalar daryo yuzasidagi muzga o‘xshaydi”.
“Qattiq charchoqdan keyin oyoqlar qanday holatda turganini ham tushunib bo‘lmaydi”. | 81 | 1,287 |
Foto | Fotogalereya: Mushuklarning sinxron harakat qila olishini isbotlovchi suratlar | AdMe nashri mushuklarning sinxron tarzda harakatlana olishi mumkinligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 78 | 116 |
Foto | 2017-yilning eng muvaffaqiyatli venchur investorlari (fotogalereya) | Amerikaning Forbes jurnali an’anaviy “Midas ro‘yxati”ni — dunyoning eng muvaffaqiyatli venchur investorlari reytingini e’lon qildi.
Kremniy vodiysi kapitallari sohiblari kichik auditoriya va kam daromadli texnologik startaplarga mablag‘ kiritadi, yillar o‘tib ular millionlab foydalanuvchilarni qamrab olgan va milliardlab daromad oluvchi dinamik kompaniyalarga aylanadi.
Kompaniyasi: Sequoia Capital
Asosiy investitsiyalari: WhatsApp, Palo Alto Networks, Nimble Storage
Yoshi: 51
2016-yilgi reytingdagi o‘rni: 3
Kompaniyasi: Lowercase Capital
Asosiy investitsiyalari: Uber, Twitter, Stripe, Instagram
Yoshi: 41
2016-yilgi reytingdagi o‘rni: 4
Kompaniyasi: Benchmark
Asosiy investitsiyalari: Twitter, New Relic, Docker
Yoshi: 44
2016-yilgi reytingdagi o‘rni: 2
Kompaniyasi: Baseline Ventures
Asosiy investitsiyalari: Instagram, Twitter, Social Finance
Yoshi: 48
2016-yilgi reytingdagi o‘rni: 36
Kompaniyasi: Founders Fund
Asosiy investitsiyalari: Stemcentrx, Airbnb, Lyft, Spotify, SpaceX
Yoshi: 40
2016-yilgi reytingdagi o‘rni: 5
Kompaniyasi: Kleiner Perkins Caufield & Byers
Asosiy investitsiyalari: Facebook, JD.com, Airbnb, Spotify
Yoshi: 57
2016-yilgi reytingdagi o‘rni: 8
Kompaniyasi: Benchmark
Asosiy investitsiyalari: Uber, GrubHub, Nextdoor
Yoshi: 50
2016-yilgi reytingdagi o‘rni: 20
Kompaniyasi: OrbiMed
Asosiy investitsiyalari: Acerta, Seragon Pharmaceuticals
Yoshi: 52
2016-yilgi reytingdagi o‘rni: 9
Kompaniyasi: Sequoia Capital
Asosiy investitsiyalari: WhatsApp, FireEye, ServiceNow, Jasper Technologies
Yoshi: 59
2016-yilgi reytingdagi o‘rni: 9
Kompaniyasi: Breyer Capital
Asosiy investitsiyalari: Facebook
Yoshi: 55 | 67 | 1,641 |
Foto | Foto: Iste’mol qilishga kishining ko‘zi qiymaydigan pazandachilik namunalari | Ko‘rinishi mazasi singari mukammal bo‘lgan taomlarni tayyorlash uchun did, fantaziya va yuksak mahorat talab etiladi. Buning uddasidan chiqqan kishilarning ishtahani ochish bilan birga, bahri dil yayrashiga hissa qo‘shadigan ijod namunalarini o‘zida mujassam qilgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Mukammal ko‘rinishdagi tortlar
Mevalardan qilingan naqshlarni buzib yuborish mumkinligi sabab ham ushbu tortlarni kesishga kishining qo‘li bormaydi.
Kristall konfetlar
Mazkur konfetlar shirinlikdan ham ko‘ra qimmatbaho toshlarni esga soladi.
Yoqimtoy jonivor ko‘rinishidagi shirinlik
Itlar jon-u dili bo‘lgan, shuningdek, shirinliklarni yaxshi ko‘radigan do‘stingiz uchun mana shunday ko‘rinishga ega sovg‘a taqdim qilsangiz bo‘ladi.
Dunyodagi eng chiroyli ko‘rinishga ega non
Suratdagi non go‘yoki kompyuterda loyihalashtirilgan hamda 3D printerdan chiqarilgandek taassurot uyg‘otadi.
Shokoladli atirgul
Did va fantaziya bilan atirgul ko‘rinishiga keltirilgan shirinlikka qarab, kishi estetik zavq oladi.
Kartoshka fri
Kartoshka faqat bir xil ko‘rinishda bo‘ladi, deb o‘ylaydiganlar fikri ushbu suratdan keyin o‘zgarishi aniq.
Mukammal ravishda tayyorlangan zefir
Steyk qovurish qiyin deb o‘ylaganlarga zefirni yog‘da pishirib ko‘rish tavsiya qilinadi.
To‘lqin ko‘rinishidagi shirinlik
Ushbu noodatiy ko‘rinishga ega shirinlik ko‘proq san’at asarini esga soladi.
Asalari uyasi
Ko‘rinishining o‘zidayoq qanchalik mazali ekanini bilish mumkin.
Finjon ko‘rinishidagi qulupnayli desert
Qulupnay, shokolad va kremdan tayyorlangan mazkur shirinlikni yemasdan, yasatib olib qo‘yish istagi paydo bo‘ladi.
Ko‘rinishi koinotni esga soluvchi muzqaymoq
Qorag‘at, maymunjon va boshqa mevalar qo‘shib tayyorlangan muzqaymoq go‘yo butun boshli koinotni o‘zida mujassam qilgandek ko‘rinadi. | 76 | 1,793 |
Foto | Foto: AQSh bo‘ylab “g‘ildirakli uy”da sayohat qilayotgan ikki xaski iti | Xaski turiga mansub hali yosh ikki it — Niko va Taj fotosuratchi Jastin Majechki va uning veterinar xotini Kedi bilan birga AQSh bo‘ylab sayohat qilmoqda, deb yozadi Meduza.
Oila mamlakat bo‘ylab Jastin va Kedi tomonidan “g‘ildirakli uy”ga aylantirilgan furgonda safar qilmoqda.
Majechkilar oilasi Kaliforniyadan yo‘lga chiqqan bo‘lib, hozir Pensilvaniyaga yetib kelgan — bu ikki shtat oralig‘idagi masofa qariyb 4 ming kilometrni tashkil etadi. Jastinning ma’lum qilishicha, sayohatdan ko‘ra unga tayyorgarlik ko‘rish og‘irroq kechgan edi.
Egalarining so‘zlariga ko‘ra, Niko va Taj — muloqotni xush ko‘radigan va yoqimtoy itlardir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 71 | 813 |
Foto | Mashhurlik va yuqori daromadga qanday erishish mumkin? 41 yoshni qarshilagan Kim Kardashyandan 9 tavsiya | Kim Kardashyan teleyulduz, model va farzand tarbiyasi bilan birga biznesdagi muvaffaqiyatni umumlashtira olgan ayol sifatida yaxshi ma’lum. 1980-yil tavallud topgan Kardashyan xonim 21-oktabr kuni 41 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan uning mashhurlikka erishish borasidagi qoidalari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Birinchi qoida: o‘rnak olish
Ushbu tavsiya ko‘plab biznes-treninglarda beriladi. Tan olish kerak o‘z yo‘lini topishdan ko‘ra kimgadir ergashish osonroq. Ammo oshirib yubormaslik, masalan, Merilin Monro singari shon-shuhratni orzu qilmaslik kerak. Muvaffaqiyatga erishgan qarindoshingiz eng yaxshi o‘rnak bo‘lishi mumkin. U sizga maslahat bilan yordam berishi va to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin. Kim Kardashyanning bu borada omadi chopgan. Onasi Kris Jenner uning bolalikdagi kumiri bo‘lgan.
“Men hamisha onamdan ilhomlanganman, uning kiyinish uslubi va o‘zini tutishiga taqlid qilganman va buning uddasidan chiqdim, deb o‘ylayman”, — degan Kim intervyularidan birida.
Ma’lumot uchun, Kris Jenner 6 nafar farzandning onasi. U birinchi sobiq turmush o‘rtog‘i, Amerikadagi mashhur advokatlardan sanalgan Robert Kardashyan soyasida moda olamidagi kazo-kazolar davrasida o‘rnini topgan. U hali hamon podium va kechki ziyofatlarning eng aziz mehmonlaridan biri sanaladi. Kimga ustozidan o‘zib ketgan shogird deb ta’rif bersa ham yanglish bo‘lmaydi. U mashhurlik va muvaffaqiyat borasida bir vaqtlar o‘xshashni xohlagan onasini ortda qoldirgan.
Ikkinchi qoida: maqsad qo‘yish
Kim Kardashyan bolaligidanoq bir kun kelib mashhur bo‘lishini yaxshi bilgan. Nufuzli Beverli-Xillz maktabida o‘qiganiga qaramay, kollejda o‘qish va dissertatsiya yoqlashni xayoliga ham keltirmagan. Uning barcha o‘y-xayoli televideniyeda ko‘rinish bilan band bo‘lgan. Sinfdoshlarining aytishicha, u o‘z istaklaridan uyalmagan, aksincha, atrofdagilarga o‘zining bo‘lajak yulduz ekanini uqtirishga harakat qilgan.
Uchinchi qoida: maqsadga erishish usullarini topish
View this post on Instagram
Televideniyeda ko‘rinish berishdan avval Kim turli ziyofatlarda ishtirok etgan. Undan oldinroq esa Peris Xilton, Nikol Richi va Lindsi Loxan bilan apoq-chapoq bo‘lib yurgan. Asta-sekinlik bilan u aks etgan suratlar deyarli barcha jurnal muqovalarida chop etila boshlagan. Ammo bu bo‘lajak yulduz uchun yetarli bo‘lmagan. U o‘zining kiyim, atir brendiga asos solgan, internet-do‘konini ham ochishga ulgurgan. Tobora mashhurlikka erishishiga esa oilasi ham hissa qo‘shgan. 2007-yilda Amerika kanallaridan birida “Kardashyanlar oilasi” nomli realiti-shou efirga uzatilgan. Unda Kardashyan-Jennerlar oilasining barcha vakillari ishtirok etgan. Muxlislar shouni tomosha qilar ekan, Kimni undagi eng yorqin, faol va iste’dodli ishtirokchi deb e’tirof etgan.
“Bolaligimdan aktrisa bo‘lishni orzu qilganman va hamisha meni yashirin kameralar suratga olayotganini tasavvur qilganman. Shu sabab ham realiti-shou qahramoni bo‘lish men uchun oson kechdi”, — degan Kardashyan.
To‘rtinchi qoida: o‘z xatolarini tan olish
Xato va kamchiliklar har doim bo‘ladi. Bu ayniqsa biron ishga qo‘l urganda kuzatilishi sir emas. Shunday onlarda orzulardan voz kechmaslik, qo‘l siltamaslik muhim sanaladi. Kim yoqimsiz vaziyatlarda shunday yo‘l tutishga harakat qiladi.
Beshinchi qoida: o‘zini xafa qildirib qo‘ymaslik
Tanqidlardan qochib bo‘lmaydi, ayniqsa mashhurlar qattiq tanbehlarga hamisha tayyor bo‘lishi kerak. Ammo kezi kelganda o‘zini xafa qildirib qo‘ymaslik kerak. Toki hech kimning sizni haqorat qilishga haddi sig‘masin. Kim Kardashyan mana shunday qoidaga amal qiladi. 2013-yil The Tonight Show’ga bergan intervyusi bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. U farzandli bo‘lganidan keyin qomatiga bildirilgan izohlarga quyidagicha javob bergan: “Tug‘uruqdan keyin boshqa ayollar singari vazn to‘pladim. Ammo meni semiz deydigan har kimga juda ham qo‘pol javob beraman”.
Oltinchi qoida: kamchiliklarni afzallikka aylantirish
View this post on Instagram
Kim bo‘yining pastligini baland poshna bilan yashirishning uddasidan chiqadi. Kiyinish uslubi va aksessuarlar bilan esa qomatiga urg‘u berishni afzal biladi.
Yettinchi qoida: raqobatlashish
View this post on Instagram
Usullar turli bo‘lishi mumkin, ammo ularni hammaga birdek qo‘llash kerak. Hatto bu tug‘ishganing bo‘lsa ham. Sal avvalroq Kardashyanning singlisi Xloi foydalanuvchilar tomonidan yozilgan izoh soni bo‘yicha Kimdan o‘zib ketgan. Bunga uning suratlar ostiga omadsiz sevgi haqidagi falsafiy fikrlarni yozib qoldirgani sabab bo‘lgan. Kim bunga shunday qarab turmagan. “Ko‘p iqtibos yozib qoldiradiganlarning muammosi bisyor bo‘ladi. Twitter’da bu normal, ammo Instagram suratlar uchun kerak”, — deb yozib qoldirgan u.
Sakkizinchi qoida: har kuni o‘zini boshqalarga eslatib turish
View this post on Instagram
Kim Instagram’dagi eng mashhur yulduzlardan sanaladi. Uning sahifasini 259 million foydalanuvchi kuzatadi. U bir kun ichida bir necha marta yangi suratlar joylashni afzal biladi. Suratlari millionlab layk yig‘ishi ham hech kimga sir emas.
To‘qqizinchi qoida: kelajakka oid rejalar bilan bo‘lishish
View this post on Instagram
Hatto boshqalar uchun norealdek tuyilgan taqdirda ham o‘z rejalari haqida gapirishdan cho‘chimaslik kerak. Bir vaqtlar Kim selfi kitobini taqdim etmoqchiligini aytganida, ko‘pchilik uzoq vaqt davomida uning ustidan kulgan. Ammo nima bo‘lganda ham u rejasini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan va buning ortidan yaxshigina gonorar hamda mashhurlikka ega bo‘lgan. | 104 | 5,500 |
Foto | Millionlab ayollar qalbini zabt etgan aktyorlarning rafiqalari qanday ko‘rinishga ega? | Aktyorlar millionlar qalbini zabt etishadi: ba’zilari ijro etgan rollari bilan, boshqalari tashqi qiyofasi bilan, ayrimlari esa suratga olish maydonidagi yaxshi ishlari bilan. Ko‘pchilik qizlar yulduzlar bilan romantik uchrashuvlarni yashirincha orzu qiladi, shuning uchun ularning shaxsiy hayoti har doim muxlislar va jurnalistlarning diqqat markazida.
Liza Liberati va Jeyms Makevoy
Omar Si va Elen Si
Tobi Maguayr va Jennifer Meyer
Zofiya Borutska va Jan Reno
Violetta Komishan va Ansel Elgort
Viggo Mortensen va Ariadne Xil
Teo Jeyms va Rut Kirni
Natali Viskuzo va Genri Kavill
Genri Golding va Liv Lo
Kellan Lats va Brittani Gonsales
Klaudiya Treysak va Josh Hatcherson
Oded Fer va Ronda Tollfson
Pol Uesli va Ines de Ramon
Julian MakMexon va Kelli Paniagua | 86 | 775 |
Foto | Haftaning qiziqarli suratlari | “Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. | 29 | 84 |
Foto | Delfin, smaylik va bumerang: Antiqa shaklga ega ekani bilan o‘ziga xos bo‘lgan orollar (foto) | Ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lgan orollar suratiga nazar tashlab, tabiatdan-da yaxshiroq rassom yo‘qligiga amin bo‘lish mumkin.
Baliq shaklidagi orol
Xorvatiyaga dam olish uchun borgan sayyohlar Brioni orollarining yuqoridan ko‘rinishidan zavqlanishi aniq. 10 ta orolni o‘z ichiga oladigan asosiy kompleksda olimlar ikki yuzga yaqin dinozavrlar izini topishga muvaffaq bo‘lgan. Undagi orollardan birining ko‘rinishi esa baliq shaklini esga soladi.
Smaylik
Manukan, Mamutik va Sulug orollarining yuqoridan ko‘rinishi smaylikka o‘xshaydi. Mazkur orollar suv ostida suzish imkoniyati mavjudligi bilan ham mashhur. Mazkur orollar Malayziyaning Kota-Kinabalu shahri yaqinida joylashgan.
Delfin
Italiyadagi Li Galli orolining yuqoridan ko‘rinishi delfinni esga soladi. Qadimgi yunon afsonalarida bu orolda suv parilari yashagani aytilgan va aynan shu sabab ham orol Sirenusas (yunon mifologiyasida suv parisi) oroli deb ham ataladi.
Toshbaqa-orol
Mazkur orol nafaqat shaklining orolga o‘xshashi, balki haligacha vulqonlar otilishi bilan yaxshi ma’lum. Ilan okrugidagi eng katta mazkur orolga sayohatchilar tabiatning haqiqiy mo‘jizasini ko‘rish uchun ham tashrif buyuradi.
Vertolyot shaklidagi orol
Filippindagi mazkur orol shaklining vertolyotga o‘xshashi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Tropik o‘rmonlar bilan qoplangan mazkur orolning ko‘rinishi sohil va sohillarning rangi oq ekani va moviy rangli suv bilan umumlashib, yanada o‘ziga xos ko‘rinadi.
Bumerang-orol
Filippin, Malayziya va Vyetnamning janubiy qismi o‘rtasida joylashgan Spratli orollaridan biri shaklining bumerangga o‘xshashi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Gaz va neft konlari bor bo‘lgan mazkur orollar kompleksi qaysi mamlakatga qarashli ekani hali hamon aniq emas. | 93 | 1,742 |
Foto | Shveysariyada tom va devorlarsiz mehmonxona ochildi (foto) | Shveysariyaning Toggenburg okrugida devorlar va tomga ega bo‘lmagan mehmonxona ochildi, deb yozadi Design Boom.
Mehmonxonda bor yo‘g‘i 3 ta nomer mavjud. “Shaffof xona”larda karavot, kichik javon va yorituvchi lampa bor, xolos. Mijozlarga kofe, nonushta va alkogolsiz ichimkliklar olish huquqi ham taqdim etiladi. Mijoz yotoqxonasiga nonushta olib kelishdan tashqari noqulay ob-havo sharoitida joylashish uchun boshqa muqobil xizmatlarni ham taklif etishadi.
Yomg‘ir vaqtida tashrifchilar mehmonxonaga yaqin joydagi kulbalar yoki eski uylarga joylashib olishlari mumkin. Mehmonxona ochilgan zahoti ancha mashhur bo‘lib ketdi. Mavjud bo‘sh tunlarning ko‘pi oldindan band qilib qo‘yilgan. | 58 | 686 |
Foto | Foto: Turar joyini hayratomuz tarzda o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan yuksak didli kishilarning ijod mahsuli | Uy, hovli va xonalarni bezash uchun har doim ham dizaynerga murojaat qilishga hojat yo‘q. Did va o‘ziga xos yondashuv bilan uyini xohishiga ko‘ra bezash hamda jihozlashga muvaffaq bo‘lgan kishilar tomonidan olingan suratlar buning yaqqol isboti.
“Bolalar uchun ochiq kinoteatr tashkil qildik”
Arg‘imchoq uchishni yaxshi ko‘radigan it.
“Mehmonxonamizdagi quyosh nurlari tushib turgan kushetka”.
“Shiftlarni yog‘ochdan qayta ishlatdim”.
“Uyimdagi eng sevimli xonam”.
“Hamma narsani kichik studiyada birlashtirishga bo‘lgan urinishim, muvaffaqiyatli yakun topdi”.
“Oshxonamizning devorlarini o‘z qo‘llarim bilan bezadim”,
Yuvinish xonasini ham mana shunday o‘ziga xos jihozlash mumkin.
“Professional bo‘lmasam ham uyimizni shaxsan o‘zim loyihalashtirganimdan g‘oyat shodman”.
“Orqa hovlida qulay kinoteatr tashkil qilishga qaror qildik”.
Kitob o‘qish uchun mo‘ljallangan burchak.
“Erta tongda ayvonimizdan olingan surat”.
“Yangi uyimizdagi ilk bahorim”.
Balkonning o‘ziga xos ko‘rinishi.
“O‘z qo‘llarim bilan qurgan, qulay va ixcham kulbam”.
“Yangi jurnal stoli”.
“Kerakli hamma narsa mujassam”. | 107 | 1,109 |
Foto | Foto: Dunyodagi eng katta avtoshinalar chiqindixonasi | Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida avtomobillar soni shiddat bilan ko‘paymoqda, bunda foydalanilgan avtoshinalar soni ham o‘smoqda. Ularning utilizatsiyasi murakkab va qimmat turadigan jarayon hisoblanadi, shuning uchun barcha mamlakatlarda ham utilizatsiya mavjud emas. Yevropada foydalanilgan shinalar qayta ishlashga jo‘natilsa, u darajada rivojlanmagan mamlakatlarda shinalarni chiqindixonalarga tashlash yoki shunchaki yoqib yuborish ma’qul ko‘riladi, deb yozadi TravelAsk.
Avtomobil shinalari turli rezina aralashmalaridan tayyorlanadi va ularning tarkibi ishlab chiqaruvchilar tomonidan qat’iy sir saqlandi. Shunday bo‘lsa ham, uning asosini neftdan olinadigan sintetik kautchuk tashkil qiladi. Shinalarning xizmat qilish muddati foydalanish darajasiga bog‘liq va o‘rtacha besh yilni tashkil etadi.
Har yili dunyoda taxminan yetti million tonna ishlatilgan shina chiqindisi yuzaga keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab taxminan 25 million tonna shina chiqindixona va maxsus maydonlarda utilizatsiyani kutmoqda.
Biroq dunyoda nafaqat foydalanilgan shinalarni utilizatsiya qilish masalasini yechish darajasida bo‘lmagan, balki boshqa mamlakatlardan mazkur chiqindilarni qabul qiladigan davlatlar mavjud. Ular qatoriga Sulabiya deb nomlanuvchi dunyodagi eng katta avtoshinalar chiqindixonasi joylashgan Kuvayt kiradi.
Bu joyga nafaqat Kuvaytning o‘zidan, balki Hindiston, Pokiston va hatto Malayziyadan ham shinalar olib kelinadi. Shina chiqindilarining ko‘p yillik yig‘ilishi oqibatida chiqindixonaning maydoni 600 ming kvadrat metrga yetgan. U yerda ba’zan yong‘inlar yuz berib turadi.
Bu ulkan chiqindixonani hatto kosmosdan olingan suratlarda ham ko‘rish mumkin. Mamlakat rahbariyati boshqa muammolar bilan shug‘ullanishni ma’qul ko‘radi. Shinalar oddiy saqlash orqali, shuningdek, ulkan yong‘inlar oqibatida utilizatsiya qilinadi. | 53 | 1,852 |
Foto | Fotogalereya: “Armiya — 2017” ko‘rgazmasidagi yangi harbiy texnikalar | “Armiya” III xalqaro harbiy-texnika forumida 1200 dan ortiq korxona va tashkilot 18,5 mingdan ortiq mudofaa va xavfsizlik sohasidagi yangi ishlanmalar va texnologiyalar bilan ishtirok etmoqda.
Forum doirasida Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Slovakiya va Janubiy Afrika o‘z milliy ko‘rgazmlarini o‘tkazdi.
Uch guruhga bo‘lingan namoyish dasturida 190 ta qurol, harbiy va maxsus texnika qo‘yilgan bo‘lib, ular havo transporti, quruqlik transporti va otish qurollari guruhlariga bo‘lingan.
Forumga qo‘yilgan harbiy texnikalarning ko‘pchiligi ommaga birinchi marta namoyish etilmoqda. “TASS” ko‘rgazmadan namunalar taqdim etdi. | 69 | 642 |
Foto | Fotofleshmob: “Rembrandt kabi suratga ol” | 2017-yilning dekabr oyida “VKontakte”da “Rembrandt kabi suratga ol” guruhi paydo bo‘ldi, unga O‘rta asrlar miniatyurasi qahramonlarining turishi foydalanuvchilar tomonidan o‘xshatilgan suratlar joylandi, deb yozmoqda TJournal. Nashr ana shu suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 41 | 275 |
Foto | Fotogalereya: Albaniyaning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan haqiqiy suratlari | Bloger Ilya Stepanov Yevropa mintaqasining “yovvoyi yo‘rg‘asi” — Albaniyaga otlanib, u yerning sirli va jozibador tabiatini suratga oldi. TravelAsk ushbu ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
“Va’da qilinganidek ajoyib peyzajlar. Tog‘lar”
Shkoder shahri o‘zining suv havzalari bilan mashhur
Shaharning mehmondo‘st aholisi
Bu yerdagi nafaqaxo‘rlarning aksariyati velosipedda harakatlanadi
Mashhur Messi tosh ko‘prigi
Tungi Shkoder
Albaniya poytaxti — Tirana
Albaniya — u qadar ham boy mamlakat emas
Aholi istiqomat qiladigan oddiy dahalar Albaniya tabiati kabi jozibador emas, albatta
Dragobi qishlog‘i Albaniyaning shimoliy tog‘lariga tutashib ketgan
Albaniyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan bunkerlar har qadamda uchrab turadi
Ajoyib Ses qishlog‘i | 74 | 765 |
Foto | Foto: Hayratdagi kanistrlar | Reddit tarmog‘idagi guruhlardan biriga foydalanuvchilar “boshqa narsalarga o‘xshaydigan narsalarning” suratlarini joylaydi. Odatda, bu rasmlar o‘z shakli bilan odamning yuzini eslatadi. 29-yanvarda foydalanuvchilardan biri kanistrlar suratini joyladi va unga “Bu yigitlar nimaga bunchalik qarayapti”, deya izoh bergan.
Surat Reddit foydalanuvchilariga shu qadar yoqdiki, ular suratni filmlar va asarlar qahramonlari, shuningdek, haqiqiy odamlar yuzi bilan almashtira boshladi. TJournal ana shu suratlarni taqdim etdi. | 27 | 518 |
Foto | Fotogalereya: Alina Kabayevaning tug‘ilgan kuni | 2004-yildagi yakkalik ko‘pkurash bo‘yicha Olimpiada chempioni, gimnastikachi Alina Kabayeva 12-mayda 34 yoshga to‘ldi. Gimnastikachining hisobida 2000-yilgi Olimpiada o‘yinlarining bronza medali ham bor. Alina Kabayeva ikki marta mutlaq jahon chempioni, besh marta mutlaq Yevropa chempioni va olti marta mutlaq Rossiya chempioni bo‘lgan. “Gazeta.ru” sportchining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning suratlari jamlanmasini taqdim etdi. | 47 | 436 |
Foto | Mashhur Gollivud aktyori Richard Gir o‘zining hashamatli uyini 28 million dollarga sotuvga qo‘ydi (foto) | Mashhur Gollivud aktyori Richard Gir o‘zining Paund-Rijdagi (Nyu-York, AQSh) uyini 28 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Aktyorning uyiga tegishli suratlar Compass nashrida paydo bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Gir ushbu koshonada taxminan 20 yil yashadi. 2000-yilda qurilgan qasr keng hududda, aniqrog‘i uch gektarda joylashgan. Unda basseyn, plyaj, otxonalar, kurort va futbol maydoni mavjud.
Uyning o‘zi uch qavatli bo‘lib, sakkizta yotoqxona, to‘qqizta hammom, bir nechta oshxonalar va mehmonxonadan iborat.
Ichki makon tabiiy materiallarga urg‘u berilgan holda ochiq ranglarda yaratilgan.
Shuningdek, uyda zamonaviy maishiy texnika va gitara kolleksiyasi uchun alohida xona mavjud. | 104 | 696 |
Foto | Fotogalereya: Kallikdan imij yaratgan mashhurlar | Soch to‘kilishi ko‘pchilik erkaklarni tashvishga solsa ham, bir qator mashhurlar bunday o‘z imijini yaratgan. AdMe ana shunday kishilarga e’tibor qaratdi. | 48 | 154 |
Foto | Fotonigoh: Nukus shahrining bugungi ko‘rinishi | Qoraqalpog‘iston axborot agentligi Nukus shahrining bugungi ko‘rinishidan fotoreportaj tayyorlab taqdim etdi. “KRuz.uz” nashri ushbu ajoyib suratlarning ayrimlari bilan bo‘lishdi. | 46 | 179 |
Foto | Fotogalereya: Yaponiyadagi shifoxonalarda bemorlarga beriladigan taomlar | AdMe Yaponiyadagi shifoxonalarda bemorlarga beriladigan turfa taomlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Tushlikka quymoq
Shifoxonadagi tushlik: midiydan pishirilgan sho‘rva, barra mevalardan tayyorlangan salat, mevalar, non va choy
Operatsiyadan keyingi birinchi to‘laqonli tushlik
Nonushtaga fransuz tosti
Dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan tushlik
Choshgohga qahva va shirinlik
Kechki ovqat uchun barra go‘sht va guruch
Yaponcha nonushta
Tushlikka rizotto
Choshgoh: choy va shirinlik
Nonushtaga foydali sho‘rva, salat, mevalar, sok, choy va yogurt | 72 | 563 |
Foto | Yopilgan aeroport, 37 ta mashina ishtirokidagi YTH, aholiga qilingan ogohlantirish — Turkiyada kuchli qor yog'di | Turkiyada 24 yanvar kuni kuchli qor yog'di. Oqibatda mamlakatning ko'plab viloyatlari kuchli tsiklondan zarar ko'rdi.
Istanbuldagi universitetlar yopildi, maktab o'quvchilari ta'tilga chiqarildi, nogironlar va homilador ayollar ikki kunga ishdan ozod qilindi.
Qor yog'ishi sababli Istanbul xalqaro aeroporti ham ishini to'xtatdi. Aeroportning yopilishi Yaqin Sharq hamda Afrikadan Evropa va Osiyoga rejalashtirilgan parvozlarga ta'sir qildi.
Sayyohlik agentligi rasmiylari bu hodisa hukumat 2019 yilda eski Istanbul Otaturk aeroportini Turk havo yo'llari uchun yangi markaz sifatida almashtirganidan beri qayd etilgan birinchi yopilish ekanini aytdi.
Iqlimshunoslar Istanbulda qorning 24 yanvar kuni kechki payt kuchayib, yana uch kun davom etishi haqida ogohlantirdi. Mahalliy hokimiyat esa fuqarolarni uylarini zaruratsiz tark etmaslikka chaqirdi. Shaharda havo harorati -2 darajagacha pasaydi, bu yanvar oyidagi o'rtacha ko'rsatkichdan 4–6 darajaga past hisoblanadi.
Shaharda avtohalokatlar soni ortdi. Ko'chalarda o'n ballik tirbandlik yuzaga keldi. Kommunal xizmatlar esa yo'ldan qorni olib tashlashga ulgurmayapti.
xususan, Istanbul yo'nalishidagi trassada yirik yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. 30 dan ortiq avtomobil to'qnashib ketdi, 25 kishi kasalxonaga yotqizildi. Yuk mashinasi muzlagan yo'lda harakatlana olmay qolgan, boshqa avtomobillar esa unga borib urilgan. Shaharning ichida esa jiddiy YTH yuz berdi. Yo'lovchi avtobusi yo'ldan chiqib ketib, ag'darildi. Oqibatda haydovchi va bir yo'lovchi halok bo'ldi, yana o'n nafari yaralandi.
Bundan tashqari, Istanbul–Anqara avtomagistralida kuchli muzlash tufayli transport harakati to'sib qo'yildi. | 112 | 1,666 |
Foto | Foto: “Chempionat.com” nashrining Moskvadagi ofisi | Rambler&Co xoldingiga qarashli “Chempionat.com” nashriyot guruhining yangi ofisi 2016-yil Moskvaga ko‘chib kelgan edi, deb xabar beradi “Vc.ru”.
Ofisning umumiy hududi 400 kvadrat metrni tashkil etadi.
Ushbu qarorgohning loyihasi Nefa Architects dizaynerlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ofisdagi barcha xonalar sport uslubida yaratilgan.
Jumladan, dam olish zonasi, ochiq hovli va muzokaralar xonasi sport maydonchasini yodga solsa, anjumlar zalidagi kreslolar stadiondagi tribuna ko‘rinishida yaratilgan. | 50 | 516 |
Foto | Foto: Dunyodagi eng qimmat uy 418 million dollarga baholandi | Fransiyada 187 yil muqaddam qurilgan uy sotuvga qo‘yildi. Ko‘chmas mulk agentlari uni dunyodagi eng qimmat uy deb baholamoqda. The Daily Mail’ga ko‘ra, uyning narxi 418 million dollarni tashkil etadi.
Les Cèdres dala hovlisi mamlakat janubida joylashgan. Ilgari u Belgiya qiroli Leopold II na tegishli bo‘lgan, so‘ng zaytun fermasi sifatida ishlatilgan. Dala hovlida 14 yotoqxona bo‘lib, interyerlari XIX asr rasmlari va qimmatbaho mebel bilan jihozlangan. Shuningdek, u yerda hovuz, banket zali, 30 otga mo‘ljallangan otxona bor.
Villada Yevropadagi eng chiroyli bog‘lardan biri o‘stirilgan bo‘lib, unda 15 mingdan ortiq o‘simlik ekilgan. Uyga qo‘shnichilik qilgan mashhurlar orasida britaniyalik bastakor Endryu Lloyd Uebber va Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen bor. | 60 | 774 |
Foto | “Oyi, ishlarim joyida”: belgiyalik yigit onasiga atalgan murojaat bilan dunyo bo‘ylab sayohat qilmoqda (foto) | Bryussellik 27 yoshli Jonatan Kabben Kinyonez dunyo bo‘ylab sayohat qilib, xavfli va shunchaki go‘zal joylarda “Oyi, ishlarim joyida” (Mom, I’m fine) yozuvi tushirilgan plakat bilan suratga tushmoqda, deb yozadi TJournal. Suratlarning barchasini yigit o‘z Instagram’iga joylab boradi.
Uning Instagram sahifasi 1-aprelda ochilgan, u iyunga keliboq 55 ming obunachi to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Har bitta rasm va videoda sayohatchi plakat (yoki boshqa usullar) yordamida o‘z onasiga uning ahvoli joyida ekanligini bildiradi.
“Onam doim xavotir oladi. Yo‘lda ko‘pincha u bilan bog‘lanish qiyin bo‘lib qoldi, shu tufayli unga dunyoning go‘zalligini ko‘rsatib, o‘zimning ahvolim joyida ekanligini bildirish usulini o‘ylab topdim”, — dedi Jonatan. | 109 | 746 |
Foto | Fotogalereya: Dizaynerlarning chegara bilmas fantaziyasi | Oddiylikdan qoniqmagan odam dizayner bo‘ladi. Ular barcha narsada o‘ziga xoslikni yaratishga intiladi. AdMe dizaynerlar ishidan rasmlar taqdim etdi. | 56 | 148 |
Foto | Dunyodagi eng dahshatli 10 ko‘prik (foto va video) | Ko‘priklardan qo‘rqish gefirofobiya deb ataladi. Lifehacker nashri taqdim etgan quyidagi videolarni tomosha qilib, qanchalik qo‘rqmasligingizni sinab ko‘ring.
1. Husayniy osma ko‘prigi
Joylashuvi: Xunza daryosi, Pokiston shimoli.
Farqi: uzunligi — 200 metr, suvdan — 30 metr balandlikda.
Nimadan qurilgan: arqonlar, 472 ta yog‘och taxta.
Dunyodagi eng xavfli ko‘priklardan biri. Husayniy ko‘prigi ko‘proq zinapoyaga o‘xshaydi. Shamol va yuqori namlik tufayli arqonlar tezda chiriy boshlaydi. Bir necha marta inshoot shamol va daryo suvlari tufayli vayron bo‘lgan, ammo har safar qayta tiklangan.
Ko‘prik haqiqiy hayajonni istovchi sayyohlar orasida mashhur. Mahalliy aholi esa ko‘prikdan har kuni foydalanadi va bu ular uchun odatiy holga aylangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Husayniy ko‘prigida kamida o‘n kishi halok bo‘lgan.
2. Ubeyn yog‘och ko‘prigi
Joylashuvi: Amarapura, Mandalay okrugi, Myanma.
Farqi: uzunligi — 1208 metr, suvdan maksimal balandligi — 4,5 m.
Nimadan qurilgan: 1086 ta chirigan tik daraxti tanasi —mo‘rt joylari beton ustunlar bilan mustahkamlangan, ammo bu unga unchalik yordam bermaydi.
Dunyodagi eng uzun va qadimiy bo‘lgan mazkur yog‘och ko‘prik 1851-yilda qurilgan. Ginnesning rekordlar kitobida Yaponiyadagi Xauray ko‘prigi dunyodagi eng uzun yog‘och ko‘prik sifatida ko‘rsatilgan. Uning uzunligi atigi 897,4 metrni tashkil etadi, bu ko‘rib turganingizdek Ubeynnikidan ancha qisqa.
Umuman olganda, Ubeyn ko‘prigini ushbu yog‘och gigantni yaratishga pul to‘lagan Amarapura shahri hokimi sharafiga nomlashgan. Beyn — hokimning ismi, U esa birma tilida “xo‘jayin” degan ma’noni ifodalaydi
3. Kerrik-a-Red arqon ko‘prigi
Joylashuvi: Ballintoy, Antrim okrugi, Shimoliy Irlandiya.
Farqi: uzunligi — 20 metr, balandligi — 30 metr.
Nimadan qurilgan: Hozir Duglas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mustahkam kabel va archa yog‘ochlaridan. Avval chirigan taxta va arqonlardan.
Avvallari baliqchilar u yerda losos baliqlarini ovlashgan. Bu yerga yetib kelish oson bo‘lishi uchun XVII asr o‘rtalarida ular ushbu ko‘prikni qurishgan.
Dengiz shamoli va namlik tufayli arqonlar muntazam ravishda chirigan va taxminan uch yuz yil davomida baliqchilar har yili ko‘prikni yangilagan.
Nihoyat, 2000-yilda irlandlar bundan charchab, ko‘prikni qayta qurishga qaror qilishadi. Natija esa – ko‘prik baribir chirigan. Keyinchalik, 2008-yilda yanada mustahkam materiallardan foydalangan holda qayta qurilgan Kerrik-a-Red ko‘prigi hozirgacha yaxshi holatda saqlanib qolgan.
4. Oxuela osma ko‘prigi
Joylashuvi: Mapimi, Durango shtati, Meksika.
Farqi: uzunligi — 275 metr, balandligi — 95 metr.
Nimadan qurilgan: XIX asr uchun innovatsion bo‘lgan temir kabellar, yog‘och va beton.
Ushbu aholi punktiga bu joylarda boy oltin, kumush, rux va marganes konlarini kashf etgan ispaniyalik konkistador Fransisko de Oxuela nomi berilgan. 1598-yilda u koloniyaga asos solgan va u yerda 350 yildan ortiq konchilar avlodlari ishlagan.
Oxuela ko‘prigi 1898-yilda Bruklin ko‘prigini qurgan me’mor Jon Roblingning o‘g‘illari tomonidan qurilgan. Qazib olingan minerallar aravachalarda kanyon orqali tashilgan.
5. Ghasadagi osma ko‘prik
Joylashuvi: Ghasa-Kushme shahri, Annapurna, Nepal.
Farqi: uzunligi — 137 metr, balandligi — 70 metr.
Nimadan qurilgan: mustahkam metall to‘r, kabellar va yog‘och.
Dizayn xususiyatlari tufayli ko‘prik juda tor va egiluvchan. Shuning uchun ham u doimo shamolda tebranib turadi.
6. Langkavi orolidagi osmono‘par ko‘prik
Joylashuvi: Langkavi oroli, Kedah shtati, Malayziya.
Farqi: uzunligi — 125 metr, yerdan balandligi — 100 metr. Ko‘prik po‘latdan yasalgan kabellar orqali bitta tayanchga mustahkamlab qo‘yilgan.
Nimadan qurilgan: temir, beton va shisha panellar.
Bu yerga butun dunyodan kelgan sayyohlar Kedah marvaridi deb nomlangan orolning ajoyib manzarasidan bahramand bo‘lish uchun tashrif buyurishadi.
Orolda namlik juda yuqori va ko‘pincha tumanli ob-havo kuzatiladi. Agar quyoshli kunda ko‘prikda sayr qilishdan zeriksangiz, bulutli kunda Langkaviga tashrif buyuring, chunki quyuq tuman ichida hatto qo‘llaringizni ham ko‘rishingiz amri mahol. Kuchli hayajon kafolatlangan.
7. Chjangtzeyasze shisha ko‘prigi
Joylashuvi: Zhangjiajie, Vulingyuan tumani, Xitoy.
Farqi: uzunligi — 430 metr, yerdan balandligi — 300 metr.
Nimadan qurilgan: toblangan shishadan yasalgan 120 ta paneldan, to‘rtta beton ustundagi po‘lat troslardan.
Ko‘prik shaffof ekanligini nomidan ham taxmin qilish mumkin.
Umuman olganda, xitoyliklar shisha ko‘priklarni yaxshi ko‘radi — mamlakatda ularning soni 2300 dan oshgan, ammo Chjanszjie alohida ahamiyatga ega. Bu dunyodagi eng baland shisha ko‘prik! Me’morlarning ta’kidlashicha, bino bir vaqtning o‘zida 800 piyodaga dosh berishga qodir (albatta, o‘zlarini yaxshi tutsalar va sakrab yurmasalar).
8. “Burama ajdar” nomli sayr yo‘lagi
Joylashuvi: Zhangjiajie, Tianmen Mountain, Xitoy.
Farqi: uzunligi — 100 metr, vodiydan balandligi —430 metr. Vodiyning o‘zi 300 metr chuqurlikda.
Nimadan qurilgan: 99 ta egri-bugri shakldagi toblangan shishadan
Yuqorida aytib o‘tilgan ko‘prikdan tashqari, Zhangjiajie bog‘ida ko‘proq narsalarni ko‘rish mumkin.
“Burama ajdar” yo‘lagi qo‘rqib ketgan xitoylik sayyohning virusdek tarqalgan videosi bilan mashhur bo‘lib, oyoqlar ostidagi oynalar “yorilib”, sayyohlarning dahshatli qo‘rquviga sababchi bo‘ladi.
9. Xuangchuandagi “Uch dara” shisha ko‘prigi
Joylashuvi: Lyanchjou, Guangdun provinsiyasi, Xitoy.
Farqi: uzunligi — 526 metr, daryodan balandligi — 201 metr.
Nimadan qurilgan: Po‘latdan va sirg‘anchiq shishadan.
2020-yilgacha Zhangjiajie dunyodagi nafaqat eng baland, balki eng uzun shisha ko‘prik unvoniga ega edi. Biroq bu unvonni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Xuanchuan shahridagi “Uch dara” daryosi ustidagi yangi ko‘prik olib ketdi. Ushbu ko‘prikning uzunligi yarim kilometrdan oshiq, shisha qalinligi esa 4,5 santimetrni tashkil qiladi.
10. Kakum milliy bog‘idagi osma yo‘lak
Joylashuvi: Gana, G‘arbiy Afrika, Kakum milliy bog‘i.
Farqi: uzunligi — 330 metr, yerdan balandligi — 40 metr. Yo‘lak yaqin atrofdagi daraxtlarga mustahkamlangan.
Nimadan qurilgan: yog‘och va arqonlardan.
Umuman olganda, bunday yo‘laklar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida uchraydi, ammo Afrikada faqat bitta. U Kakum milliy bog‘ida joylashgan. Yo‘lak arqonlarga osilgan va daraxt tanalari esa tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Yo‘lak yettita ko‘prikdan iborat.
Osma yo‘lakda tabiiy tropik o‘rmonlarni, fillarni, buyvol va leopardlarni tomosha qilish mumkin. | 50 | 6,460 |
Foto | Fotogalereya: Stepan laqabli ayiq rossiyalik juftlik bilan bir oila bo‘lib yashab kelmoqda | Rossiyalik juftlik — Svetlana va Yuriy Panteleyenkolar 300 kilogramm vaznli Stepan laqabli ayiq bilan birga yashab kelmoqda. Juftlik ayiqni 3 oyligida asrab olgan bo‘lib, shundan buyon ular birga yashab keladi, deb xabar beradi “Xoroshiye novosti pro jivotnix” sayti.
G‘aroyib oila qayinlar bilan o‘ralgan yog‘och uyda yashaydi; ular har kuni haqiqiy ayiq bilan birga choy ichadi.
Hozir Styopa 20 yoshga kirdi, uning vazni 300 kilogramm, orqa oyoqlarida turganida bo‘yi 220 santimetrga yetadi. Ayiq shu darajada qo‘lga o‘rgatilganki, kechki soatlarda Sveta va Yura bilan birga o‘tirib televizor ko‘radi. U hatto ro‘zg‘or ishlarida yordam beradi, masalan, gullarni sug‘oradi.
Katta ayiqning ishtahasi ham karnay bo‘lar ekan. Stepan kuniga 25 kilogramm baliq, tuxum va sabzavot yeydi. Desert o‘rnida quyultirilgan sutni bankalab iste’mol qiladi.
Ayiq o‘yin-kulguni yaxshi ko‘radi. U bilan koptok o‘ynash mumkin. Yuriy istalgan paytda uni yerga yotqizib olib, hazillashib kurashishi mumkin, ayiq unga zarar bermaydi.
Stepanning o‘z sayti ham bor. Saytda quyidagi so‘zlar yozilgan: “Yura va Sveta Styopaga ikkinchi ota-ona bo‘ldi. Ular ayiqni haqiqiy sirk artistiga va kinofilmlar yulduziga aylantirdi. Styopa — qoidadan istisno holat. Tabiatda bunday ayiqlar bo‘lmaydi. U aqlli, mehribon va nihoyatda chiroylidir. Unga yaqinlashib silash, yelkasida o‘tirish, panjasidan ushlash mumkin”.
Ayiq “Podsho”, “O‘lka”, “Voroninlar” singari ko‘plab filmlarda suratga tushgan. Bundan tashqari, u muntazam ravishda Yangi yil archalarida ishtirok etib keladi. Yaqindagina Stepan “Archalar–4” telefilmida epizodik rol ijro etdi.
O‘tgan yili ona, uning qizi va ayiq ishtirokidagi fotosessiya internetda katta shuhrat qozondi. Fotosuratlar muallifi Olga Baranseva uning ishlari butun dunyoga tarqalib ketishini kutmagan edi. Aslida u Stepan ishtirokida bir qancha fotosessiyalar yaratgan.
“Styopa — ajoyib aktyor, u darhaqiqat qo‘lga o‘rgatilgandir. Uning yoqimtoyligini qarang, undan qanday qilib qo‘rqish mumkin?”, — deydi Olganing fotoloyihalarida ishtirok etgan modellar. | 90 | 2,066 |
Foto | Shotlandiyada 9 yoshli qizcha to‘y fotosuratchisiga aylandi (foto) | To‘qqiz yoshli Rejina Uilli Shotlandiyada yashab, boshlang‘ich maktabga boradi va otasining KSG Photography kompaniyasida to‘y fotosuratchisi bo‘lib ishlaydi, deb yozadi TJournal.
Rejinaning otasi so‘zlariga ko‘ra, u birinchi marta qo‘liga kamera olib, fotosyomka bilan qiziqib qolganida uch yoshda bo‘lgan. Olti yildan so‘ng u otasi bilan to‘ylarda ishlay boshlagan.
Ba’zan odamlar suratlarni aynan Rejina olganiga shubha qiladi va tasvirlarni haqiqatan ham u tahrirlashi haqida so‘raydi. Ota qiziga Lightroom’da suratlarga ishlov berishni o‘rgatgani, endi u buni mustaqil ravishda amalga oshirayotganini ta’kidlaydi.
Rejina suratga tushirishni juda yaxshi ko‘rsa-da, ulg‘ayganida kasbini o‘zgartirib, modelyer bo‘lmoqchi. | 66 | 727 |
Foto | Fotogalereya: Akula bilan raqs | Gavayilik fotograf Xuan Olifant suv osti hayotini ajoyib tarzda suratga oldi. Suratlarga qarab turib, dengiz hayoti fotograf uchun ikkinchi uy bo‘lib qolganini sezish qiyin emas. Undagi jonivorlar esa kadrda asosiy qahramon roliga chiqqan. Travel Ask fotograf Xuan Olifant olgan suratlarni taqdim etdi. | 30 | 302 |
Foto | Foto: “O‘rgimchak to‘ri” ostida qolgan Oq uy | Oq uyning janubiy kirish qismi Xellouin bayrami munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan kecha sharafiga “o‘rgimchak to‘riga burkandi”. Bayram oqshomiga jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, shuningdek, maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari taklif etilgan, deb xabar berdi TJournal.
Bayram kechasini AQShning avvalgi prezidentlari tasviri tushirilgan qovoqlar bilan bezashga va’da berishdi. | 44 | 395 |
Foto | Fotogalereya: Juda kelishgan bo‘lmasa ham, qalbimizdan joy olgan aktyorlar | Yoshlikda qizlar sinfidagi eng yoqimtoy bolani yoqtirib qoladi. 30 yoshlarga yetganda esa erkak kishidagi eng jozibador xislat — bu uning aqli ekanini anglaydi. Shuningdek, yumor hissi, kuchli irodasi va mehribon qalbi ham ahamiyatga ega. AdMe tashqi ko‘rinishidan xushbichim bo‘lmasa-da, ammo xarizmatik jozibaga ega aktyorlar suratini taqdim etdi.
Ben Stiller
Kolin Fert
Adam Drayver
Deniel Kreyg
Vudi Xarrelson
Uillem Defo
Tom Xiddlston
Konstantin Xabenskiy
Tim Rot
Benedikt Kamberbetch
Stiv Bushemi
Xyu Lori
Edrin Broudi | 74 | 536 |
Foto | Fotojamlanma: Uch oy huvillab qolgan Samarqand sayyohlarni qabul qila boshladi | Koronavirus pandemiyasi sabab Sharq gavhari, yer yuzining sayqali bo‘lmish Samarqand huvillab qolgan edi, deb yozadi Sputnik.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabab turizm sohasi minglab ish o‘rinlarni yo‘qotdi, Samarqand viloyatida turizm xizmatlari 90 million dollar zarar ko‘rdi.
Samarqand mamlakat aholi orasida ham katta shuhratga ega. Boshqa mintaqalardan Samarqanddagi bir necha ming yillik tarixiy obidalarni ko‘rish istagida bo‘lganlar bisyor.
Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib, ichki turizmni yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan edi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ichki turizm sohada 200 mingdan ziyod aholini ish bilan ta’minlashi mumkin. Mutasaddilarga yangi ichki turizm marshrutlari ochish, ko‘chma dam olish maskanlarini ko‘paytirishga oid ko‘rsatmalar berilgan.
Samarqanddagi sayyohlik obyektlarida barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmoqda. Kirish va chiqish joylarida dezinfeksiya yo‘lagi o‘rnatilgan va tashrif buyuruvchilarning harorati o‘lchanadi. | 78 | 1,088 |
Foto | Fotogalereya: Turli yoshdagi dunyoning boy odamlari | Insider Pro nashri 21 dan 100 yoshgacha bo‘lgan butun dunyodagi milliarderlar ro‘yxatini tuzib taqdim etdi.
Boyligi: 2,4 milliard dollar:
Vatani: Braziliya
Boyligi manbai: Otasidan Banco Real meros bo‘lib qolgan, bundan tashqari Alfa Bank’ning direktorlar kengashi raisi hisoblanadi.
Boyligi: 16,1 milliard dollar:
Vatani: Fransiya
Boyligi manbai: GIMD kanglomeratining merosxo‘ri
Boyligi: 75,6 milliard dollar:
Vatani: AQSh
Boyligi manbai: Berkshire Hathaway kompaniyasining direktorlari kengashi raisi va yirik aksiadori hisoblanadi
Boyligi: 48,3 milliard dollar:
Vatani: AQSh
Boyligi manbai: Otasi tomonidan asos solingan Koch Industries kompaniyasining bosh direktori va direktorlar kengashining raisi.
Boyligi: 54,5 milliard dollar:
Vatani: Meksika
Boyligi manbai: Turli xoldinglar, jumladan Grupo Carso’ning bosh direktori va boshqaruv raisi
Boyligi: 14,9 milliard dollar:
Vatani: Hindiston
Boyligi manbai: Wipro IT kompaniyasining raisi
Boyligi: 15 milliard dollar:
Vatani: Gonkong
Boyligi manbai: Chinese Estates Holdings investitsiya kompaniyasining asosiy egasi
Boyligi: 86 milliard dollar:
Vatani: AQSh
Boyligi manbai: Microsoft asoschisi
Boyligi: 20 milliard dollar:
Vatani: AQSh
Boyligi manbai: Stiv Jobsning bevasi
Boyligi: 13,2 milliard dollar:
Vatani: Rossiya
Boyligi manbai: O‘g‘it ishlab chiqaruvchi va energetika kompaniyalarining asosiy egasi
Boyligi: 4,7 milliard dollar:
Vatani: Kolumbiya, keyinroq AQShga ko‘chib o‘tgan
Boyligi manbai: SABMiller ulkan pivo kompaniyasining merosxo‘ri
Boyligi: 9 milliard dollar:
Vatani: Xitoy
Boyligi manbai: Otasidan ko‘chmas mulk kompaniyasi aksiyalarining bir qismi meros bo‘lib qolgan
Boyligi: 56 milliard dollar:
Vatani: AQSh
Boyligi manbai: Facebook asoschisi
Boyligi: 12,9 milliard dollar:
Vatani: Buyuk Britaniya
Boyligi manbai: Vestminister gersogligi va boyligi merosxo‘ri
Boyligi: 0,2 milliard dollar:
Vatani: Kanada
Boyligi manbai: Qo‘shiqchi, albomlar sotuvidan | 51 | 1,946 |
Foto | Fotogalereya: Faqat Yaponiyada uchratish bo‘lgan g‘aroyibotlar | AdMe yaponlarning kundalik hayoti qay tarzda o‘tishi tasvirlangan suratlarini to‘plab taqdim etdi.
2008-yilda Yubari qirollik qovunlarining bir jufti kimoshdi savdosida 24 ming dollarga sotilgan. Ushbu qovun navi Xokkaydo orolida juda kam miqdorda yetishtiriladi.
Kit Kat shokolad batonchiklari talabalarga imtihon oldidan omad ramzi sifatida beriladi.
Yaponiya bo‘ylab eng ajoyib poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan: ikki qavatli, tovush tezligida harakatlanadigan poyezdlar, mashinistsiz poyezdlar va hatto multfilm qahramonlariga o‘xshash poyezdlar. Metro poyezdlari orasida esa faqatgina ayollar uchun mo‘ljallangan vagonlar ham mavjud.
Ushbu hojatxonada qo‘shiq eshitish, o‘rindiqlarni isitish va hatto dush qabul qilish mumkin. | 62 | 737 |
Foto | Foto: Sobiq Ittifoq davrida yuz bergan va uzoq vaqt sir saqlangan dahshatli fojialar | Sobiq Ittifoq davrida ko‘plab dahshatli fojialar aholidan yashirilgan. OAV ularni yorita olmagan. TravelAsk uzoq vaqt davomida sir saqlangan ana shunday fojialar haqida hikoya qildi.
Novosibirskda samolyotning ko‘p qavatli uyga urilishi
1976-yilning 26-sentabrida 23 yoshli uchuvchi tomonidan o‘g‘irlangan An-2 samolyoti besh qavatli uyga urilgan va unda katta teshikni hosil qilgan. Hodisa oqibatida to‘rt kishi va uchuvchi halok bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, uchuvchning xotini bolasi bilan ana shu ko‘p qavatli uyda yashovchi ota-onasinikiga ketib qolgan. Uchuvchi esa xotinini jazolash uchun shu ishga qo‘l urgan. Biroq halokat vaqtida uchuvchining xotini va bolasi bu uyda bo‘lmagan. Fojia ommadan yashirilgan va 2000-yillarga kelib oshkor qilingan.
Moskva metrosidagi qulab tushgan eskalator
1982-yilning 17-fevralida Moskva metrosining “Aviamotornaya” bekatida yo‘lovchilarning ko‘pligi sababli eskalator qulab tushgan. Natijada sakkiz kishi halok bo‘lgan va ko‘plab kishilar nogiron bo‘lib qolgan. Voqea haqida gazetalarda qisqa xabar berilgan va u to‘qqiz oy yashirilgan.
Boyqo‘ng‘irdagi raketa portlashi
1960-yilning 24-oktabrida sovuq urushdagi musobaqalar sababli to‘liq tayyorlanmagan R-16 raketasiga ruxsatsiz start berilgan. Natijada raketa yonib ketgan va portlagan. Portlash oqibatida qurbon bo‘lganlarning soni hanuzgacha noma’lum bo‘lib, 78 dan 126 kishigacha bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinadi. | 84 | 1,412 |
Foto | Foto: Yirik muvaffaqiyatlarga erishgan “basketbol to‘pidagi qiz” | Xitoylik qiz Syan Xongyanning hayotdagi shiori “Bo‘sh kelma” bo‘lgan. Qizning murakkab taqdiri ko‘plab imkoniyati cheklangan kishilar uchun ilhom manbasi bo‘lib xizmat qilgan. Qiz oyoqlaridan ajralgan bo‘lsa ham, bu unga sportda yuksak natijalarga erishishga halaqit bermagan, deb hikoya qiladi AdMe.
Syan Xit0yoning Yunnan provinsiyasida tug‘ilgan. U to‘rt yoshida dahshatli YTHga uchraydi, natijada ikki oyog‘idan ham ajraladi. Qizning oilasi juda nochor ahvolda yashagan, shuning uchun protez sotib olish haqida orzu ham qila olmagan.
Dastlab qizning ota-onasi uni ko‘tarib yurgan, biroq murakkab vaziyatning yechimini Syanning bobosi topgan. U qarindoshlarinikiga borgan vaqtda hovlida basketbol to‘pini ko‘rib qolgan. To‘pni olish uchun ruxsat so‘rab, uni kesgan va ustiga nevarasini o‘tqizgan hamda qo‘liga qurilishda ishlatishga mo‘ljallangan ish qurolini bergan.
Syanning bu “protez”dagi surati Xitoy OAVlarida ommalashib ketgan. Jurnalistlar qizni “basketbol to‘pidagi qiz” deb atagan. Qizning maktabigacha yetti daqiqada piyoda yetib olish mumkin bo‘lgan, biroq Syan u yerga yetib borish uchun bir soat sarflagan, biroq uning irodasi mustahkamlangan. Besh yil ichida Syan sakkizta basketbol to‘pini ishlatgan.
2007-yilda hukumatning ko‘magi bilan qiz protez oldi. Qizning protezdagi birinchi qadamlarini ko‘plab mahalliy OAVlar yoritgan. 2008-yilda Syan Xitoyda bo‘lib o‘tgan Paraolimpiada o‘yinlarini diqqat bilan kuzatgan. O‘shanda Syanni suzish bilan shug‘ullanish va ana shu xalqaro musobaqalarda ishtirok etiish ishtiyoqi yondirgan.
Syan 2012-yilda Londonda bo‘lib o‘tgan Paraolimpiyada o‘yinlariga yo‘llanma ola olmagan, biroq u suzishdan voz kechmagan va mashg‘ulotlarni davom ettirgan. 2013-yilning sentabr oyida qiz yangi protez olgan.
U har kuni taxminan 10 kilometr suzgan. Syan mahalliy va milliy darajadagi turli musobaqalarda qatnashgan, biroq biror marta medalni qo‘lga kiritmagan. 2016-yilda Syan Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Paraolimpiada o‘yinlariga taklif qilingan.
Musobaqada u sovrinli o‘rinni qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa ham, eng yaxshi o‘ntalikdan joy olgan. Syan 2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paraolimpiada o‘yinlarida ishtirok etish umidini yo‘qotmadi. U hozir 21 yoshda va mashg‘ulotlarini hamda keyingi xalqaro musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. | 64 | 2,308 |
Foto | Harbiy maktabga borgan prezident, mashgʻulot oʻtkazayotgan Turkiya qurolli kuchlari, taqdimotga tashrif buyurgan Anjelina Joli — 28 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Mexikoda Oʻliklar kunini nishonlash arafasida rassom Frida Kahlo sharafiga koʻrgazma ochildi.
Hindistonda denge bezgagi bilan kasallanish holatlari keskin oshgani sababli Nyu-Dehlidagi koʻchalar dezinfeksiya qilinmoqda.
Pekinda quyosh chiqishi
Chexiyada an‘anaviy sazan baliqlari ovi boʻlib oʻtdi.
Aktrisa Anjelina Joli Londonda «Abadiylar» filmining taqdimotida ishtirok etdi.
Turkiya qurolli kuchlari Anqarada harbiy mashgʻulotlar oʻtkazmoqda.
Venada tennis boʻyicha Erste Bank Open xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.
Suriyaning Idlib shahri janubidagi vayronaga aylangan uy
Hindistonning Haydarobod shahrida boʻyalgan joʻjalarni sotish uchun olib ketayotgan sotuvchi
Suriya prezidenti Bashar Asad Oliy harbiy maktabga tashrif buyurdi. | 149 | 796 |
Foto | Kann kinofestivali tarixidagi eng chiroyli juftliklar (foto) | Kann kinofestivali 2020-yilning 12—23-may kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli festival tarixda birinchi marta bekor qilindi. Shu bois Vogue nashri festival tarixidagi eng chiroyli juftliklar suratini e’lon qildi.
Unda Greys Kelli va knyaz Renye, Jek Nikolson va Anjelika Hyuston, Nikol Kidman va Tom Kruz hamda Jonni Depp va Keyt Moss suratlarini ko‘rish mumkin.
Shuningdek taqdim qilingan suratda, 1955-yilda Monako shahzodasi bilan tanishib ulgurmagan bo‘lajak malika Greys Keyli, aktyor Jan-Pyer Omon bilan birga kinofestivalga tashrif buyurganini ko‘rish mumkin.
Nikol Kidman va Tom Kruz, 1992-yil
Keyt Moss va Jonni Depp, 1997-yil
Jerri Xoll va Mik Jagger, 1991-yil
Greys Kelli va Jan-Pyer Omon, 1955-yil
Shahzoda Charlz va malika Diana, 1987-yil
Joan Vudvord va Pol Nyuman, 1973-yil
Brayan Jons va Anita Pallenberg, 1967-yil
Kit Richards va Anita Pallenberg, 1967-yil
Roje Vadim va Brijit Bardo, 1955-yil
Devid Beyli va Katrin Denev, 1966-yil | 60 | 998 |
Foto | O‘simlik ekaniga ishonish qiyin bo‘lgan tabiatning chinakam mo‘jizalari (foto) | Yer sayyorasida inson hali ko‘rib, o‘rganib ulgurmagan o‘simliklar mavjud. Ularni uchratgan odam esa tabiatning chinakam ixtirochi ekaniga ishonishi tabiiy. Quyida dunyoning turli qismlariga virtual sayohat qilgan holda o‘xshashi yo‘q noyob o‘simliklarni tomosha qilish imkoniyati mavjud.
Anturus Archer, garchi u gulga o‘xshasa ham, aslida qo‘ziqorin. U hasharotlarni jalb qiladigan shilimshiq bilan qoplangan.
Xoyya Kerraning yaproqlari yurakchaga o‘xshaydi, shuning uchun ushbu gul Yevropada “Sevishganlar kuni”da sotiladi.
Seloziya nafaqat go‘zal, balki mazali hamdir. Hindistonda o‘simlik yo‘q bo‘lib ketish arafasida.
Anguloya guli xuddi yo‘rgakka o‘ralgan go‘dakka o‘xshaydi, hidi esa dolchinni eslatadi.
Ushbu o‘simlik yorqin tolalari bilan hasharotlarni ushlab, so‘ngra o‘ralib oladi.
Ushbu muzni yodga soluvchi gullar qo‘ziqorin bilan oziqlanadi.
Hamisha yashil vitalis suv parisining dumiga o‘xshaydi, ammo u tuproqda o‘sadi.
Editkoleyani “Fors gilamcha guli” deb ham atashadi, uning poyasi Efiopiya va Somalida sabzavot kabi iste’mol qilinadi.
Xavortiya Kuperaning tabiiy yashash joyi tuproq qatlami bo‘lib, uning yuzasida faqat shaffof barglari ko‘rinib turadi.
Tovus begoniya Malayziya o‘rmonlarida o‘sadi. Uning yaproqlarida g‘ayrioddiy ranglar sintezini ko‘rish mumkin.
Kirkazon zaharli bo‘lib, uni Rossiya va boshqa mamlakatlarga olib kirish taqiqlanadi.
Sukkulent-toshlar Janubiy Afrikaning quruq iqlimiga o‘rgangan. Ular gullashi, hatto meva berishi ham mumkin.
Bu ekzotik meva emas, balki haqiqiy zanjabil.
Balandligi 10 santimetrgacha bo‘lgan bu gul “gnom-o‘simlik” deb ataladi.
Ajdargulni quritganda, bosh suyagiga o‘xshash urug‘lar hosil bo‘ladi.
Oltin-binafsharang stapeliya gullari dengiz yulduziga o‘xshaydi va undan asalari mumi isi keladi.
Sonor folismalari faqatgina Shimoliy Amerikaning qum tepaliklarida o‘sadi.
Aloening ushbu turi Janubiy Afrikada uchraydi va yo‘qolib ketish xavfi ostida. Uni eksport qilish va sotish taqiqlangan.
Kaliforniyada keng tarqalgan parazit o‘simlik.
Qanotlari yoyilganoq qushga o‘xshash orxideya Xitoy, Yaponiya va uzoq Sharqda o‘sadi.
Aristoloxiya arborey gullari hasharotlar uchun haqiqiy tuzoq.
Go‘shtdor Xoyya − xushbo‘y nektar va g‘ayrioddiy barglardan iborat uy o‘simligi.
Argiroksifiyni faqatgina Gavayining Maui orolidan topish mumkin. U faqat bir marta gullaydi.
Bu aslida kaktus. U “tun malikasi” deb nomlanadi. Chunki u faqat tunda gullaydi. | 78 | 2,436 |
Foto | Millionlab mablag‘ topsa ham, pul tejaydigan yulduzlar (foto) | Gollivud yulduzlarining hammasi ham hashamatli hayotga mukkasidan ketmagan. Ularning orasida ham kamtarona hayot kechiradigan mashhurlar yo‘q emas.
Kianu Rivz
Gollivud yulduzi brendlardan kiyinish, xarid qilishga qiziqmaydi. Jamoat transportlaridan foydalanish, aksiyadagi mahsulotlarni sotib olishi mumkinligiga qaramay, uning pulga muhtojligi yo‘q. “Bilasizmi, ishlab topgan pulim bir necha asr muammosiz yashashimga yetadi”, — degan u intervyulardan birida.
Jennifer Lourens
O‘rtahol oilada tug‘ilib o‘sgan aktrisa Nyu-Yorkka ko‘chib kelganidan keyin moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan. U vaqti kelganida och qolishiga to‘g‘ri kelgani, hatto kalamushlar bor joyda katta bo‘lganini ta’kidlagan. Bunday tajribadan keyin u baxt pulda emasligini tushunib yetgan va katta gonorarga ega bo‘lganida ham uni havoga sochmagan.
Tayra Benks
“Amerika top modeli” shousini yo‘lga qo‘yib, mashhurlikka erishgan Tayraga reklama shartnomalari millionlab mablag‘ olib kelganiga qaramay, u ham pulni ko‘kka sovurishni afzal bilmagan. Oddiy amerikaliklar singari kafelarda ovqatlanadigan model muhim xaridni amalga oshirishdan avval hisobchisi bilan maslahatlashadi.
Leonardo Di Kaprio
Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlaridan biri ekaniga qaramay, Leo ham ortiqcha pul sarflamaydi. U karyerasini boshidayoq atrof-muhitning zararlanishi va global isish masalalarini hal qilishga qaratilgan jamg‘arma tashkil qilgan. U to‘langan gonorarlarning aksariyat qismini shu kabi jamg‘armalarga o‘tkazadi. “Men deyarli hech nimasiz, ammo baxtli bo‘lib o‘sganman. Pulning baxtga daxli yo‘q”, — degan u.
Sara Jessika Parker
Aktrisa bolaligi oson o‘tmaganini bir necha marta takrorlagan. U 7 farzandli oilada katta bo‘lgani sabab muntazam ravishda moddiy yetishmovchilik kuzatilgan. Qiyin o‘tgan bolalik uni pulning qadrini bilishga o‘rgatgan. | 61 | 1,829 |
Foto | Fotogalereya: Uoll-stritda joylashgan restoranning “Milliarderlar uchun maxfiy menyu”si | Delmonico’s steykxausi Manxetten markazidagi Nyu-York fond birjasi yaqinida joylashgan bo‘lib, u 1837-yilda ochilgan. U Amerikadagi birinchi klassik restoranlardan biri hisoblanadi.
Delmonico’s o‘zining steyklari bilan mashhur bo‘lsa-da, bu yerda standart menyuda ko‘rsatilmagan turfa taomlar ham taqdim qilinadi. Bu yerda pishloqli gril-sendvichni 100 dollarga yeyishingiz mumkin.
“Bizning restoranimizga Uoll-stritdagi ko‘plab insonlar tashrif buyuradi va ular doim bir-biridan oldinga o‘tishga harakat qiladi”, — deydi katta oshpaz Billi Oliva. Insider Pro Delmonico’s restoranining “maxfiy menyu”si haqida ma’lumotlar to‘plab taqdim etdi.
Delmonico’s joriy yilda o‘zining 180 yillik yubileyini nishonlaydi. Ushbu restoranda o‘z vaqtida Mark Tven va Avraam Linkoln tushlik qilgan.
Katta oshpaz Billi Olivaning aytishicha, “milliarderlarga mo‘ljallangan menyu” mavjud bo‘lib, u maxfiy hisoblanadi. Bu menyu haqida barmenlar va o‘sha taomni tashiydigan ofitsantlargina bilishadi.
“Milliarderning noni” — maxfiy menyudagi eng qimmat taomdir. Uning narxi 150 dollar.
Uni tayyorlashda marmar mol go‘shti, qisqichbaqa, fua-gra (g‘oz jigari) qora tryufel qirindilari va iste’mol qilsa bo‘ladigan 24 karatli oltin parchasi ishlatiladi.
Shuningdek, 100 dollarga “Uoll-strit gril-pishlog‘i”ni ham buyurtma qilish mumkin. Uni tayyorlashda Scharfe Maxx va L’Etivaz pishloqlari, 18 soat davomida past haroratda qovurilgan oliy navli bekon ishlatilgan.
Desertga ustiga qora hamda tilla rangli yarimfabrikat surtilgan pechenyeni 50 dollarga sotib olishingiz mumkin.
Bu klassik oq-qora pechenyega o‘xshash, ammo oq shirinlik o‘rniga 24 karatli oltin kukunidan foydalanilgan.
Shundan so‘ng “Milliarderning sutli kokteyli”ni 35 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin. | 87 | 1,758 |
Foto | Alisher Usmonovning Dilbar’i 2016-yilning eng yaxshi motorli yaxtasi deb tan olindi (fotogalereya) | 2016-yilgi World Superyacht Awards (Jahon super yaxta mukofoti) mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi, deb yozadi “Vedomosti”.
World Superyacht Awards talqiniga ko‘ra, 2016-yilning eng yaxshi motorli yaxtasi, OAVlar ma’lumotlari bo‘yicha, rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli Dilbar nomli yaxta bo‘ldi. Ushbu maqom uchun to‘qqizta kategoriya bo‘yicha g‘olib chiqqan yaxtalar kurash olib bordi. Mukofot saytida aytilishicha, hakamlar Dilbar’ni “eng yaxshilarning eng yaxshisi” deb topgan.
World Superyacht Awards har yili topshiriladi. Asosiy g‘olibdan tashqari, hay’at har xil turlar bo‘yicha eng yaxshi yaxtalarni tanlaydi. Dilbar, shuningdek, “Suv sig‘imi 3000 tonnadan ortiq bo‘lgan yaxtalar” yo‘nalishida ham g‘olib bo‘ldi.
“Suv sig‘imi 1500 dan 2999 tonnagacha bo‘lgan yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Cloudbreak:
“Suv sig‘imi 500 dan 1499 tonnagacha bo‘lgan yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Joy:
“Suv sig‘imi 500 tonnadan kam bo‘lgan yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — La Passion:
“Uzunligi 50 metrdan ortiq suvga yarim botadigan motor yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Galactica Super Nova. U “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperovga tegishli:
“Uzunligi 40—49,9 metrli suvga yarim botadigan motor yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Amore Mio:
“Uzunligi 34—39,9 metrli suvga yarim botadigan motor yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Gipsy.
“Uzunligi 30—33,9 metrli suvga yarim botadigan motor yaxtalar” yo‘nalishidagi g‘olib — Botti:
Eng yaxshi yelkanli yaxta — Sybaris: | 98 | 1,488 |
Foto | Reyting: Fastfud milliarderlari | Forbes ro‘yxatiga kiritilgan 2043 ta milliarderdan 14 nafari o‘z milliardlarini tez ovqatlanish sohasida orttirgan. Ularning boyligi atigi bir necha dollar turadigan buterburodlar, sendvichlar, pitssalar hisobiga yuzaga kelgan. Milliarderlarga tegishli brendlar asosan AQSh, Yaponiya va Filippinda mashhur hisoblanadi. Insider nashri fastfud sohasidagi milliarderlarni o‘z ichiga olgan jamlanmani taqdim etdi.
Kompaniya: Little Caesars
Holati: 6 mlrd dollar
Kompaniya: Chick-Fil-A
Holati: 3,8 mlrd dollar
Kompaniya: Chick-Fil-A
Holati: 3,8 mlrd dollar
Komaniya: Jollibee
Holati: 3,4 mlrd dollar
Kompaniya: Panda Express
Holati: 3,1 mllrd dollar
Kompaniya: Groupe Le Duff
Holati: 2,6 mlrd dollar
Kompaniya: Subway
Holati: 2,5 mlrd dollar
Kompaniya: Shenyang Toly Bread
Holati: 2,1 mlrd dollar
Kompaniya: Hungry Jack’s
Holati: 1,7 mlrd dollar
Kompaniya: Paris-Croissant Food
Holati: 1,6 mlrd dollar
Kompaniya: Tim Hortons
Holati: 1,4 mlrd dollar
Kompaniya: Papa John’s
Holati: 1 mlrd dollar
Kompaniya: Mang Inasal
Holati: 1 mlrd dollar
Kompaniya: Zensho Group
Holati: 1 mlrd dollar
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 31 | 1,163 |
Foto | Ijtimoiy masofa saqlayotgan, hojatxona qog‘ozini titkilagan, itlarga mehribon mushuklar – suratlarda | Butun dunyoda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli aksariyat insonlar bir necha kun va haftalab uylaridan chiqmay hayot kechirmoqda. Ammo ularning “momiq do‘stlari” uchun bu odatiy kunlardan farq qilmaydigan bir davr xolos. Quyida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan izohlari bilan birga e’lon qilingan suratlarni havola etamiz.
“Mana bu mittivoy ba’zan ish jarayonimni murakkablashtirib yuboradi”.
“25 kundan beri uydaman. U esa hamon kuzatmoqda”.
“Xonamga kirib mana shu manzaraga duch keldim. Mayli, shundoq ham choyshablarni almashtirishim zarur edi”.
“Oyijon, siz axir hojatxona qog‘ozlarini aynan shuning uchun xarid qilgansiz-ku!”.
“Bu bolalar ijtimoiy masofalanish urfga kirishidan avval ham shunday masoda saqlashgan”.
“Agar kuningiz xushkayfiyat o‘tsin, desangiz, ish bo‘yicha videoaloqa paytida bir-biriga termulib o‘tirgan mushuklarimizga boqing”.
“Ripli va Kessi ijtimoiy masofalanish haqida yaxshi tushunchaga ega”.
“Va nihoyat, pishirig‘imizning so‘nggi qavatini yotqizamiz”.
“Men buni boshqa qaytarilmaydi, degan edim. Ammo: karantinning 4-kunida…”
“Karantinning uchinchi kunida itlar u darajada ham yomon emasligini angladim”.
“Mushugim karantinda o‘tirishini bilganidan so‘ng mana shunday azob chekmoqda. Lekin uning butun umri karantindan farq qilmasligini tushunmayapti chog‘i”.
“Bundan maksimum foyda olishga intilmoqda”.
“Qushlarni kuzatish jarayonining bor tarovati”.
“Charmander sezdirmasdan chiqib ketmasligim uchun etiklarimni egallab olgan”.
“Aksa urgan mushugimizni vaqtinchalik karantinga joyladik”.
“Maylo ‘o‘zini yakkalash’ tartibiga o‘ta jiddiy yondashmoqda”.
“Men unga panjalarini 20 soniyagacha yuvishi lozimligini aytgandim. Belgilangan vaqt kamlik qilgan ko‘rinadi”.
Uillou va uning paketi “o‘zini yakkalash” tartibiga o‘tishdi.
“Uydan ishlashga harakat qilyapman. Mushugim esa yoqimlilik darajasidan asabga tegadigan darajaga chiqdi”.
“Roug uydan ishlashdan charchadi. Ko‘chaga chiqishni istayapti”.
“O‘yin o‘ynab yotib bir qarasam, Navi meni ko‘zlari bilan qovurmoqda”.
“Syuzan, sen meni tashqariga olib chiqishga va’da bergan eding, shoshma, Syuzan!” | 100 | 2,152 |
Foto | Mashhur filmlarga sinchkovlik bilan qarashga undaydigan suratlar | Biz uchun sevimli bo‘lgan film va seriallarning suratga olish jarayoni bir ekranda ko‘rgandek bo‘yoqlarga boy rang-barang bo‘lmasligi mumkin. Yashil ekran, g‘aroyib liboslar, dublyor va tonnalab grimlar bilan ishlagan katta ijodiy jamoa muxlislar ko‘nglidan joy oladigan namuna tayyorlash uchun tinimsiz ishlashiga va kuch sarflashiga to‘g‘ri keladi. E’tiboringizga muxlislarga ma’lum bo‘lmagan kadr ortidagi qiziqarli sahnalar suratini havola etamiz.
Gal Gadot “Mo‘jiza ayol” filmining suratga olish jarayonida qulay obrazda.
Semyul Jeksonning “Kapitan Marvel” filmi uchun grim qilinishi muhrlangan kadr.
“Qasoskorlar” filmining suratga olish jarayonida Mark Ruffalo shunday ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Valeta Cherveyning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” filmidagi ishtiroki mana shunday tarzda suratga olingan.
Tor va Loki rolini ijro qilgan aktyorlarning til topishishidan ajablangan suratga olish a’zosi.
“Ajdodlar chorlovi” filmidagi Karen Gillan va Terri Notari.
“Xobbit” filmining suratga olish maydonchasida Ien Makkellen va zamonaviy gadjet.
“Doktor Strenj” filmida qahramonning qobiliyati mana shunday suratga olingan.
Raqamli texnologiyalar yordamida “Avatar” filmining suratga olish jarayoni.
Men Massud (“Olovuddin”): “Gay Richi meni operator bo‘lishim, kerak deb hisobladi”.
Evan Reychel Vud “Yovvoyi G‘arb olami” filmining suratga olish jarayonida.
Genri Kavill “Jodugar” filmida Geralt qahramonini gavdalantirishga tayyorlanmoqda.
“Yulduzlar jangi” filmidagi poyga sahnasida muxlislarni aks ettirish uchun rang-barang paxtali tayoqchalardan foydalanilgan.
Kris Xemsvort va Mark Ruffalo “Qasoskorlar: Intiho” filmining suratga olish jarayonida.
“Mulan” filmi uchun ot minish sahnasi mana shunday suratga olingan edi.
Tanos qahramoni uchun Josh Brolinga raqamli texnologiyalar orqali emotsiyalar ishlab chiqilmoqda.
“Jodu saltanati” filmidagi qush aslida mana shunday ko‘rinishga ega bo‘lgan. | 64 | 1,923 |
Foto | FQB 11-sentabr teraktiga doir avval e’lon qilinmagan suratlarni chop etdi | AQShning Federal qidiruv byurosi (FQB) 2001-yil 11-sentabr teraktlari doirasida Pentagonga uyushtirilgan hujumning avvallari hech qayerda e’lon qilinmagan suratlarini chop etdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
27 suratdan iborat jamlanma vayronalar, yo‘lovchi samolyoning qoldiqlari va qutqaruvchilarning ish jarayonlari aks etgan. Ushbu terakt oqibatida 189 inson halok bo‘lgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 73 | 460 |
Foto | Ko‘pchilikni hayratda qoldirgan uchuvchining selfilari feyk bo‘lib chiqdi (foto) | Britaniyalik uchuvchi Dеniel Sentenoning samolyot kabinasidan turib tushirgan selfilari feyk bo‘lib chiqdi, deb xabar berdi TravelAsk.
Tarmoqlarda @pilotganso tahallusi bilan tanilgan Senteno o‘zining hayratlanarli suratlarini yaratishda Photoshop’dan foydalanadi. Uni bir nechta detallar “sotib” qo‘ygan: uchuvchining sochlari shamolga to‘zg‘imagan, ko‘zoynagida esa uchish-qo‘nish yo‘lagining aksini ko‘rish mumkin. Shuningdek, Deniel ushbu suratlar feyk ekanligini tan olgan va uning ostiga bu haqda doim izoh qoldiradi. | 80 | 524 |
Foto | Juda kichik o‘lchami bilan har qanday insonni hayratga soluvchi narsalar (foto) | Inson uchun azaldan tanish bo‘lgan narsalarning o‘lchami haqida tasavvur hamisha bir xil bo‘ladi. Ammo ulkan hajmdagilarini ko‘rganda, hayratga tushish tabiiy. Shuningdek, insonni nafaqat ulkan jismlar, balki o‘ta jajji narsalar ham xuddi shunday holga soladi.
“Men uzib olgan eng kichik banan”.
“Peperoni o‘lchami bilan bir xil pitssa tayyorladim”.
“Uyimizda yashaydigan o‘rgimchakka kichik pochta qutisi yasadim”.
“Frankeynshetynning kichik nusxasi, u to‘liq kitob”.
“Juda ham tor uy”.
“Ushbu kichkina bolg‘a men uchun juda qadrli”.
“Buvim gilos kattaligidagi juda kichik olmalarni topdi”.
“Mazkur chiroyli fors gilamchasi aslida kitob uchun xatcho‘pdir”.
“Juda kichik panjara”.
“Biz yashagan mehmonxonada juda kichik tish pastasi taqdim etiladi”.
Kichik yuk yetkazib berish mashinasi.
Avokadoning juda kichik o‘zagi.
“Bugun yig‘ib olgan pomidorning so‘nggi hosilidir. Bu to‘liq pishgan”.
“Sushi-barda shunday kichik sanchqini topib oldim. Hayratlanganimdan biror narsa deya olmadim”.
“Kichkina pichoq yasadim”.
“Bu qanday kema?”
“Bugun mehmonxonada tabasko va tajinning kichik qadoqdagilarini nonushta bilan birgalikda keltirishdi”.
“Do‘stim mixlardan yasagan mayda qilich”.
“Men chizgan kichik o‘lchamdagi peysaj”. | 79 | 1,236 |
Foto | AQSh arxivlaridagi O‘zbekiston (fotogalereya) | AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekistonning yaqin tarixidan olingan fotosuratlarni e’lon qildi, deb yozadi “Pisma o Tashkente” nashri.
Suratlar professor Deniel Uo Klarkning shaxsiy arxivi va Vashington universiteti raqamli kolleksiyasidan olingan. Suratlardagi mualliflik muhrida ular qaysi sanada olingani ko‘rsatilgan. | 45 | 330 |
Foto | Fotogalereya: Angliyaning eng chiroyli va emotsional itlari | Har yili Angliyada Kennel-klub jamiyati ko‘plab nominatsiyalar bo‘yicha itlarning eng yaxshi suratlari tanlovini o‘tkazadi. Suratlarning asosiy qahramonlari — itlar. Big Pictures 2018-yilda tanlovda ishtirok etgan suratlardan namunalar taqdim etdi. | 59 | 248 |
Foto | Fotogalereya: Voyaga yetishidan oldin millionerga aylangan bolalar | Kimlardir butun umri davomida millioner bo‘lishni orzu qilib, bunga erisha olmasa, ba’zi bolalar voyaga yetmasidan oldin millionerga aylanadi. AdMe ana shunday bolalarga e’tibor qaratdi.
Irlandiyalik bolakay to‘qqiz yoshida dasturlashni o‘rgangan, 12 yoshida esa iTunes’da bestsellerga aylangan o‘yinni yaratgan. Ota-onasi uning kompyuter oldida ko‘p vaqt o‘tkazib, o‘qishga e’tibor bermayotganidan xavotir olgan. Bugun esa ular 16 yoshli o‘g‘lining IT-kompaniyasini boshqarishga yordam bermoqda. Jordan o‘z boyligining aniq miqdorini aytmasa ham, dollarda millioner ekanligini ta’kidlaydi.
11 yoshli amerikalik qizaloq go‘zallik tanlovlarida ishtirok etadi va g‘alaba qozonadi. U o‘zining dastlabki millionlarini to‘rt yoshida ishlab olgan. Shundan buyon u o‘zini model, qo‘shiqchi sifatida muvaffaqiyatli sinab ko‘rdi va hatto o‘z biznesini ochdi. Uning boyligi ikki million dollardan ortiqni tashkil qiladi.
19 yoshli Rikoning boyligi to‘rt million dollarni tashkil qiladi. U olti yoshidan buyon turli ommabop bolalar seriallarida rollar ijro etib kelmoqda.
Olti yoshli bloger Rayan o‘z ota-onasi tufayli mashhurlikka erishdi. Ota-ona o‘g‘lining o‘yinchoqlarni o‘ynab, ular haqdagi taassurotlarini gapirib bergan videoni YouTube’ga joylagan. Ikki yil ichida uning kanaliga 14 milliondan ortiq kishi a’zo bo‘ldi. Endi o‘yinchoq ishlab chiqaruvchilar Rayan ishtirokida reklama suratga olish uchun navbatda turibdi. Rayanning boyligi 11 million dollardan ortiqni tashkil qiladi.
Bu 11 yoshli qiz aktrisa Salma Xayek va dunyoning 100 nafar eng boy kishilaridan biri biznesmen Fransua-Anri Pinoning farzandi hisoblanadi. Valentina o‘zini ijodda sinab ko‘rmagan yoki tadbirkor bo‘lmagan, biroq ota-onasi tufayli uning hisob raqamida 12 million dollar mavjud.
Anjelina Joli va Bred Pittning yangi tug‘ilgan egizaklarining birinchi fotosurati 14 million dollarga sotilgan, natijada u tarixdagi mashhurlarning eng qimmat fotosuratiga aylangan. Bu mablag‘ning bir qismi xayriya uchun ishlatilgan, biroq Noks va Vivyen o‘z uka va singillariga qaraganda biroz boyroq hisoblanadi. Joli-Pitt bolalarining umumiy boyligi taxminan 70 million dollarga teng.
Qizaloqning onasi — model va aktrisa Anna Nikol Smit — u bir yoshda bo‘lganida vafot etgan va qiziga o‘n million dollar meros qoldirgan. Qizaloq yana 49 million dollarni onasining ikkinchi eri vafot etganda taqsimlangan merosdan olgan. Ayni paytda Dennilin otasi Larri Birkxed bilan yashaydi va oddiy hayot kechiradi: maktabga boradi, qo‘shiq kuylash va raqs bilan shug‘ullanadi.
Tom Kruz va Keti Xolmsning qizi xohlagan narsasini qo‘lga kirituvchi eng injiq bolalar ro‘yxatida yetakchiga aylangan. Uning kiyimlar jamlanmasining o‘zi uch million dollardan ortiqqa baholanadi, Rojdestvo munosabati bilan olgan qo‘g‘irchoq uyining narxi esa oddiy odamning uyi narxiga teng. Ota-ona o‘z qizi uchun bankda bir necha yuz million dollarlik hisob raqam ochgan.
Buyuk Britaniya taxtining bo‘lajak merosxo‘ri hali besh yoshga ham to‘lmagan, biroq allaqchon dunyodagi eng nufuzli bola deb ataladi. Kichkina shahzoda nima kiysa, shu brendning mahsulotlari do‘konlarda shiddat bilan sotiladi. Tahlilchilarning hisobiga ko‘ra, kichkina Jorj mamlakatning yillik daromadiga 2,3 milliard dollar olib keladi. Uning shaxsiy boyligi esa bir milliard dollardan ortiqqa baholanadi.
Marokash qirolining o‘g‘li 15 yoshda, u bu ro‘yxatdagi boshqa bolalar kabi juda taniqli emas. Biroq aynan shu o‘smir tug‘ilganidan boshlab eng boy bolaga aylangan, uning boyligi 2,5 milliard dollarga teng. Mulay otasining munosib davomchisi bo‘lishga tayyorlanmoqda va ko‘pincha u bilan rasmiy qabullarga boradi. Boyligi va yuqori maqomiga qaramasdan, bola hech qachon ko‘p xarajat va shohona hayotga intilishi bilan namoyon bo‘lmagan. | 66 | 3,750 |
Foto | Nemis fotografining qish manzaralarini ifodalovchi beqiyos suratlari (fotogalereya) | Sovuq kunlarda, Yangi yil arafasida Yevropaning qish manzaralarini ifodalaydigan fotosuratlarni kuzatib, qor va sovuq iqlimda mavsumning sehrli tabiatidan bahramand bo‘lish mumkin. Yosh, umidli nemis fotografi Devid Detlefs Instagram’dagi rehpix akkaunti orqali ushbu manzaralarning suratlari bilan bo‘lishgan.
Fotogalereya: Qish fasli ertakmonand darajada go‘zal o‘tadigan 20 ta joy | 83 | 393 |
Foto | Fillar uchun maxsus bog‘, baliq ovlash an’anasi va tarixiy obidalar: Shri-Lankaning 15 mo‘jizasiga fotosayohat | 2021-yil boshida Shri-Lanka uzoq vaqt lokdaundan so‘ng sayohatchilar uchun chegaralarini ochdi. Janubiy Osiyodagi bu orol – go‘zal choy plantatsiyalari, qadimiy ibodatxonalar xarobalari, plyajlar, o‘rmonlar, ajoyib oshxona va boshqa ko‘p narsalar bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan haqiqiy jannatga qiyoslanadi. Quyidagi fotosayohat orqali Shri-Lankadagi zamonaviy hayot va u yerda ko‘rish mumkin bo‘lgan mo‘jizalarni tomosha qilish mumkin.
Baliq ovlash – Shri-Lankada an’anaga aylangan desa ham bo‘ladi. Orol plyajlarining uzunligi 1300 kilometrdan oshadi va qirg‘oq chizig‘i juda xilma-xildir. Bu yerda baliq ovlashning eng mashhur usuli – to‘r tashlash. Uning bir uchi qirg‘oqqa, ikkinchisi qayiqning yon tomoniga mahkamlanadi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bundan 150 yil oldin Shri-Lankada 30 mingga yaqin fil yashagan. Afsuski, XXI asr boshlarida bu raqam 5 barobarga kamaydi. Jonzotlarni saqlab qolish uchun orolda bir nechta yirik milliy bog‘lar tashkil etilgan.
Sigiriya – tosh tepalik dengiz sathidan 370 metr balandlikda joylashgan. Bu joy XV asr oldin Kassapa hukmdori qal’a qurdirganidan buyon mashhur. Uning kirish joyi qoyaga o‘yilgan ulkan sher shaklida bo‘lgan, lekin shu paytgacha faqatgina panjalar saqlanib qolgan. Sigiriyada, shuningdek, dunyodagi eng qadimgi favvoralar ham joylashgan.
Shri-Lankadagi kokos daraxtlarining soni choy butalari bilan taqqoslanadi. Palma o‘rmonlari orolning deyarli butun hududini qamrab oladi, faqatgina bundan sovuqroq tog‘lar va ularning etaklaridan tashqari. Palma daraxtlari qayerda bo‘lsa, kokos yong‘og‘i tushishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilgan.
Kolombo – Shri-Lankadagi eng katta shahar. Agar yashil tog‘larga sayohat qilish yoki qumli plyajda dam olishni rejalashtirayotganlar bo‘lsa, yorqin taassurot olish uchun bir necha kunni jonli Kolombo shahrida o‘tkazish lozim. Bu shahar Janubiy Osiyodagi asosiy portlardan biridir. Qadimgi ibodatxonalar biznes markaz va gavjum magistral yo‘llar yaqinida joylashgan.
To‘qqiz ustunli ko‘prik Ella va Demodara temiryo‘l vokzali o‘rtasida joylashgan va mintaqaning asosiy diqqatga sazovor joyidir. Bu ko‘prikning balandligi, taxminan, 30 metr. U 100 yil oldin Britaniya mustamlakachiligi davrida qurilgan. Katta tuzilmani yaratish uchun metall emas, balki toshdan foydalanilgan.
Baliq ovlash – bu Shri-Lanka baliqchilarining ming yillar davomida amal qilib kelgan amaliyoti. Maxsus qo‘yilgan daraxtlar tufayli ular qayiqlar yetib bo‘lmaydigan joylarda – orolning sayoz qoyali qirg‘og‘ida baliq ovlashi mumkin. Baliqchilar qirg‘oq bo‘ylab kichik-kichik daraxt tanasini joylashtiradi, ularga ko‘tarilib, baliq tutadi.
Shri-Lanka – sayyohlar mamlakati, shuning uchun ibodatxona va qal’a xarobalari hududiga kirish pul. Polonnaruva – mamlakatning O‘rta asrlar poytaxti, u bugun tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Piyoda yoki velosipedda shahar bo‘ylab harakatlanish va har daqiqada qiziqarli narsalarni topish mumkin.
X asrdan ko‘proq oldin Shri-Lankada mavjud bo‘lgan Polonnaruva qirolligi g‘ayrioddiy me’moriy uslubi bilan tanilgan. O‘tgan asrning boshlarida arxeologlar Polonnaruva shahrining qadimiy binolarini qazish ishlarini yakunladi va bugun u yer sayyohlar uchun ochiq. Vatadage uslubining asosiy xususiyatlari – tosh o‘ymakorligi va ustunlar.
Agar Shri-Lankaga borish imkoni bo‘lsa, shinam portli Galle shahriga tashrif buyurish mumkin. Unga portugaliyaliklar tomonidan asos solingan, lekin ko‘p qismini gollandlar qurgan. Galle YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu odatiy Yevropa shahriga o‘xshaydi: tarixiy markazda xristian cherkovlarini, Gollandiya qal’asini, g‘ayrioddiy mayoqni va piyodalar uchun tor ko‘chalarni ko‘rish mumkin.
Boshqa hech bir davlatda to‘yga kelin-kuyov shuncha ko‘p do‘stlarini taklif qilmasa kerak. Bir necha yil oldin Shri-Lanka hatto jahon rekordini o‘rnatgan: to‘yda 100 dan ortiq kelindugona va 30 ga yaqin kuyovjo‘ra qatnashgan. Bu yerda to‘ylarning aksariyati milliy uslubda o‘tkaziladi: kelin ko‘k, oltin yoki oq to‘y sari, kuyov esa hashamatli kashta tikilgan mul anduma kiyimida bo‘ladi.
Shri-Lanka 1972-yilgacha yevropaliklar Seylon oroli deb atagan choy plantatsiyalari bilan mashhur. Bu mamlakatda choy hamma joyda o‘stiriladi: vodiy, tog‘ yonbag‘irlari va hatto qirg‘oqda ham. Choy barglarini yig‘ish bilan faqat ayollar shug‘ullanadi. Ularning ko‘pchiligi kuniga 20 kilogrammgacha hosil yig‘adi.
Anuradxapuradagi Abxayagiri gumbazi 2 ming yil oldin qurilgan. Bu Shri-Lankadagi eng bebaho tarixiy yodgorlik. Bu ulug‘vor inshootni qurishga buyruq bergan qirol Valagamba uni buddaviy izdoshlari ziyoratgohiga aylantirdi. Yuz yillar oldin Abxayagiri gumbazi Shri-Lankaning qadimiy poytaxtidagi budda monastrining bir qismi bo‘lgan.
Shri-Lankadagi eng katta etnik guruh – singallar. Bu xalq o‘z musiqasi bilan mashhur. An’anaviy singal orkestri 5 turdagi asbobdan iborat bo‘lib, ular orasida zarbli cholg‘ular asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, qo‘shiqlarda instrumental komponent ustunlik qiladi. Shri-Lankada an’anaviy raqslar gataber, yak-ber, dovul va tammattam nog‘oralari hamrohligida ijro etiladi.
Jaya Shri Maxa Bodxi – inson tomonidan ekilgan eng qadimgi tirik daraxt. Bu miloddan avvalgi 288-yilda Shri-Lankada ekilgan fikus. Bugun odamlar Anuradxapuraga muqaddas daraxtni ko‘rish uchun tashrif buyuradi. Shri-Lanka qadimiy yodgorliklar, hayratlanarli manzaralar va plyajlarga to‘la. Mahalliy aholi ota-bobolari kabi oddiy va baxtli hayot kechiradi: baliq ovlash, choy yetishtirish va kokosdan ovqat tayyorlash. Agar Shri-Lankaga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lmasangiz, umid qilamizki, fotosuratlar sizga bu ajoyib mamlakat go‘zalligidan bahramand bo‘lishga imkon beradi. | 110 | 5,689 |
Foto | Fotogalereya: Noodatiy materiallardan qurilgan uylar | Odatda uylar g‘isht va penoplast materiallaridan quriladi. Shunday materiallar borki, ulardan qurilgan uylar o‘zining noodatiyligi bilan har qanday insonni hayratga soladi. Qiziqarlisi, bu xomashyolarning aksariyatini kundalik hayotda uchratish mumkin. Billonnews nashri ana shunday xomashyolar yordamida qurilgan uylar jamlanmasini taqdim etdi.
Ukrainaning Zaporoje shahrida yashovchi ishchi tomonidan dala hovlida qurilgan uy qo‘shnilar va mehmonlarni hayratga solmoqda.
Uy ishsizlik nafaqasi hisobiga yashovchi irlandiyalik rassom tomonidan qurilgan. Uyni qurishda ishlatilgan kupyuralarning umumiy miqdori 1,4 milliard yevroni tashkil qilgan. Qiziqarli jihati shundaki, rassom qurilish uchun bir sent ham sarflamagan. U bank tomonidan yaroqsiz deb topilgan kupyuralardan foydalangan.
Shotlandiyada joylashgan bog‘ omma uchun yiliga bir kun davomida ochiladi. Bog‘ landshaftini yaratish va tuproqqa ishlov berishda eng sifatli asbob-uskunalar ishlatilgan.
Turar joy qurish uchun somondan foydalanish mumkin. Uning afzalligi arzon xomashyo ekanligi bo‘lib, bunday inshoot ichida issiqlik uzoq vaqt saqlanadi. Uy turli tashqi ta’sirlarga chidamli hisoblanadi.
Tuproq qurilish uchun tekin xomashyo bo‘lib, qoplarga joylansa, mustaqil ravishda kichkina uy qurish mumkin. Muhim jihati shundaki, tuproq juda quruq bo‘lmasligi kerak. Qoplar bir qator teriladi va tikanli simlar yordamida mustahkamlanadi.
Bunday uyni qurish uchun o‘tinlarning uzunligi bir xil bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bu juda qiyin jarayon bo‘lib, ko‘p miqdorda o‘tin talab qilinadi. Uy issiqlikni juda yaxshi saqlaydi.
Uy qurishning juda arzon yo‘li. Konteyner ichini har kim o‘z xohishiga ko‘ra jihozlashi mumkin. Bir nechta konteynerlar birlashtirilsa, ko‘p xonali uy hosil bo‘ladi.
Chiqindilar muammosiga qarshi kurashuvchi arxitektor Maykl Reynolds o‘z yordamchilari bilan yashash uchun qulay uy qurdi. Maykl shinalarni qum bilan to‘ldirdi. Qurilishda bankalar, qog‘oz qutilar va boshqa qattiq chiqindilardan foydalanilgan.
Chexiyalik pensioner vino qopqoqlaridan uy qurdi. Uning hisob-kitobiga ko‘ra, uyni qurish uchun, taxminan, 180 mingta tiqin ishlatilgan. Bu miqdordagi qopqoqlarni yig‘ish uchun qariyaga mahalliy vino ishlab chiqaruvchi ko‘maklashgan.
Jeyms Mey bolalarning lego o‘yinchoqlaridan haqiqiy uy qurdi. Quruvchining hisobiga ko‘ra, uy qurish uchun kerak bo‘lgan detallarning taxminiy miqdori 816 milliontani tashkil qiladi.
Bunday uylarni kamdan-kam ko‘rish mumkin bo‘lsa ham, karton juda mustahkam xomashyo hisoblanadi. U 12 tonnagacha og‘irlikni ko‘tara oladi. Karton qurilishga puxta tayyorlansa, mustahkam xomashyoga aylanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 52 | 2,705 |
Foto | Yerning boshni aylantiradigan ajoyib manzaralari (fotogalereya) | Yer sayyorasida shunday joylar borki, ularga lol holda qarab qolmasdan iloj yo‘q. Chunki ularning manzarasi haqiqatan ham jozibali. AdMe rostakamiga chuqur taassurot qoldiruvchi bunday joylarning o‘ntasini to‘pladi. | 63 | 215 |
Foto | Fotogalereya: “O‘zbekiston” Xalqaro forumlar saroyi go‘zalligi | Ippolito Fleitz Group me’morlari tomonidan loyihalashtirilgan “O‘zbekiston” Xalqaro forumlar saroyi bugungi kunda O‘zbekistonning eng muhtasham binolaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Umumiy maydoni 33,7 ming kvadrat metr bo‘lgan bu saroyda davlatlar rahbarlarining uchrashuvlari, turli uchrashuv va tadbirlar, konferensiyalar o‘tkaziladi.
Binoning tashqi ko‘rinishi an’anaviy uslubda ekanligiga qaramay, uning ichki interyeri o‘ta zamonaviy ishlangan. Zamonaviy shishali fasad milliy ruhdagi naqsh va bezaklar bilan uyg‘unlashib ketgan. Interyerga qimmatbaho metallar va kristallar bilan zeb berilgan. Bosh foyeda 1,1 million kristalldan iborat 23 metrli Swarovski qandili o‘rnatilgan.
HQROOM nashri saroyning go‘zalligi aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. | 62 | 763 |
Foto | Gavanada halokatga uchragan Boeing 737 samolyoti (foto) | Kubaning Cubana de Aviacion aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 samolyoti Gavanadagi Xose Marti aeroportidan parvozni amalga oshirganidan so‘ng halokatga uchradi. Samolyot bortida 100 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Halokatga uchraganlar orasida to‘rt kishi tirik qolgan va ular zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Biroq jabrlanganlardan biri kasalxonada vafot etgan, qolganlarning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda. “Interfaks” halokatga uchragan Boeing 737 samolyotining qoldiqlari tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 55 | 528 |
Foto | Hindistondagi musson yomgʻirlari, Qur‘on oʻqishni oʻrganayotgan afgʻon bolalar, Palma orolida otilgan vulqon — 20 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Kaliforniyadagi Sekvoya Milliy bogʻidagi oʻrmon yongʻini
Indoneziya hukumati konsorsiumi Bali shahrining bir qancha joylarida maymun ovqatlari uchun mablagʻ ajratdi. Chunki koronavirus sababli yuzaga kelgan sayohat cheklovlari primatlar uchun oziq-ovqat sotib olishning asosiy manbai boʻlgan kirish toʻlovlarining pasayishiga olib keldi.
Qur‘on oʻqishni oʻrganayotgan afgʻon bolalar.
Nyu-Yorkda quyosh botmoqda
Sidney xalqaro aeroportida COVID-19 koronavirusini test qiladigan mobil qurilmaning ishlatilish jarayoni.
Pekinda Universal Studios ochilishi.
Ispaniyaning Palma orolida vulqon otilishi.
Chelsi qirollik kasalxonasida bogʻdorchilik koʻrgazmasi boshlandi.
Gongkongda kuz oʻrtalarida festivalni nishonlash jarayoni.
Hindistonning Kalkutta shahridagi musson yomgʻirlari. | 132 | 839 |
Foto | Foto: Ukrainadagi o‘q-dori ombori yong‘indan so‘ng | Ukrainaning Kalinovka shahri yaqinida joylashgan o‘q-dori omborida 28-sentabr kuni kuchli yong‘in yuz berdi. Medusa yong‘indan keyingi holat aks etgan suratni taqdim etdi.
Ukrainadagi o‘q-dori omborida yong‘in va portlashlar boshlandi (video)
Kalinovka va qo‘shni qishloqlardan taxminan 30 ming kishi evakuatsiya qilingan, ikki kishi jarohat olgan. Mahalliy aholiga tegishli qariyb ikki mingta uy zarar ko‘rgan, ularning ba’zilari qayta tiklab bo‘lmaydigan darajaga kelgan.
Ukrainadagi o‘q-dori omborida ro‘y bergan portlash 800 mln dollar zarar keltirdi | 50 | 557 |
Foto | Foto va video: Eng yoqimli harbiy parad | Chili poytaxti Santyago shahrida mamlakat Mustaqilligi kuni munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi.
TravelAsk politsiyaning kinologiya bo‘linmasi xodimlarining kichkina itlarni paradda olib o‘tgani aks etgan suratni taqdim etdi. | 39 | 233 |
Foto | Shveysariyada yig‘ma turar-joy modullaridan iborat eko-mehmonxona qurildi (foto) | Nyu-Yorkdagi POD Design+Media studiyasi “dala-hovli uyi yoki qishki kemping” sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan PODhouse mustahkam yig‘ma turar-joy modullarini ishlab chiqdi, deb yozadi “Vsyo masteram” nashri.
Shveysariyaning Films shahrida shunday POD modullar bazasida butun bir eko-mehmonxona barpo etildi. U uchta juda yaxshi izolyatsiyalangan POD-moduldan tashkil topgan bo‘lib, tog‘lardagi eng ekstremal ob-havo sharoitlarida ham boshpana va qulaylik bilan ta’minlaydi.
Eko-modullar karavot, chiroqlar, elektr toki va issiqlik bilan ta’minlangan bo‘lib, POD hajmiga qarab, uni qishki mavsum davomida bir kecha uchun 62 dollardan 90 dollargacha narxda ijaraga olinishi mumkin.
Shuningdek, bunday POD’larni katta-kichikligiga qarab, 11 ming dollardan 22 ming dollargacha narxda sotib olish ham mumkin. | 80 | 811 |
Foto | Foto: Sharsharadagi restoran | Filippindagi Labassin Waterfall restorani bevosita kichik qo‘lbola sharshara ostida joylashgan. Unda ovqat suv ustida turgan bambukli stollarga qo‘yiladi.
Bino Villa Escudero kurortiga tegishli bo‘lib, Maniladan 2,5 soatlik yo‘lda joylashgan. Restoran mehmonlari asosan turistlar bo‘lib, ular Instagram’da ushbu noyob muassasada tushgan fotosuratlarini joylashtirib boradi.
TJournal ana shunday suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 28 | 729 |
Foto | Fotogalereya: Trampning galstugi, qo‘l granatasi va Oydagi vezdexodda ishlatilgan skotchlar. Yopishqoq lenta patentlanganiga 90 yil to‘ldi | 1930-yilning 27-may kuni amerikalik Richard Dryu shaffof yopishqoq lenta — skotchni patentlagan edi. Dastlab u avtomobil ustaxonalarida avtomobillarni bo‘yashda ishlatilgan, biroq keyinroq odamlar undan foydalanishning ko‘plab usullarini o‘ylab topgan. “Kommersant” skotchdan AQSh prezidentining galstugi, Oydagi vezdexod qanoti, qo‘l granatasi va boshqa ko‘plab holatlarda foydalanilgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Moskva. Katta poshnali oyoq kiyimda yugurish poygasiga tayyorgalik ko‘rayotgan ayol
Filippin. Ayol politsiyachilar tasodifan o‘q uzib qo‘ymaslik uchun pistoletlar uchini yopishqoq lenta bilan o‘rab chiqishgan
Moskva. Plyonka bilan qoplanib, ustidan skotch yopishtirilgan avtomobil
Moskva viloyati. Shifokor himoya kostyumiga havo kirmasligi uchun uni skotchlamoqda
Novosibirsk. Xalqaro armiya o‘yinlari vaqtida skotchlab tashlangan granata
Moskva. “AntiJlob” aksiyasi ishtirokchisi shahar avtoturargohida qoidabuzarni aniqladi
Indianapolis. AQSh prezidenti Donald Tramp skotch bilan yopishtirilgan galstukda
Moskva. Rossiya iqtisodiyotni rivojlantirish sobiq vaziri Maksim Oreshkinning eshigi
Oy yurishga mo‘ljallangan vezdexodning qanoti ta’mirlash vaqtida skotchlab qo‘yildi
Moskva. 2018-yi 25-mart kuni “Qishki olcha” savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlariga bag‘ishlangan aksiya
Moskva. Metro stansiyasida yo‘lovchilarning oraliq masofani saqlashi uchun qo‘yilgan belgi
AQSh. Fiksatsiya yoki mushak va to‘qimalarni asrashda skotchdan foydalangan rossiyalik tennischi Daniil Medvedev
Moskva. Rossiya prezidentiligiga sobiq nomzod Kseniya Sobchakning saylovoldi shtabi
Moskva. Amaldorlarning “migalka”siga qarshi o‘tkazilgan aksiya ishtirokchisi
Rossiya. Yuk mashinasi eshigiga yopishtirilgan prezident Vladimir Putinning portreti
Bali. Erkak vulqon kuli uyga kirmasligi uchun oynalarni skotchlamoqda
Shanxay, Xitoy. Motoroller ruliga qotirilgan issiq qo‘lqoplar
Mayami. Art Basel festivalida skotchlangan banan. “Komik” nomli zamonaviy san’at asari fransiyalik kolleksionerga 120 ming dollarga sotilgan, biroq kelishuvdan keyin Nyu-York fuqarosi bananni ko‘chirib olib, yeb qo‘ygan | 138 | 2,145 |
Foto | Fotogalereya: Mashhurlarning Instagram’dagi bitta reklama posti uchun oladigan puli | Sport, kino va musiqa yulduzlari o‘z daromadining katta qismini ma’lum brendning kiyimlarini kiyib yurgani, ommabop ishlab chiqaruvchining qurilmalaridan foydalangani, aniq firmalarning qimmat kosmetika vositalarini tanlagani uchun oladi. Qo‘shimchasiga, ular ijtimoiy tarmoqlardagi tijoriy postlardan pul ishlaydi. AdMe mashhurlar bitta reklama posti uchun qancha haq olishiga qiziqdi. | 83 | 386 |
Foto | Fotogalereya: Osiyodagi yirik shaharlarning Cyberpunk uslubidagi suratlari | Suratkash Stiv Roye Seulga ko‘chib o‘tgach, Cyberpunk uslubidagi mashhur suratkashga aylandi. U har ta’tilini va dam olish kunlarini ana shunday suratlar olishga bag‘ishlagan. TravelAsk uning ijod namunalarini taqdim etdi. | 74 | 222 |
Foto | Janubiy Koreya o‘z qoidalari bilan yashab kelayotgan butunlay boshqa dunyo ekanini isbotlovchi suratlar | Koreyaning kosmetika brendlari anchadan beri hammaning qalbini zabt etib ulgurgan, uning mahalliy musiqasi esa butun dunyo yoshlarini deyarli aqldan ozdiradi. AdMe nashri Janubiy Koreyadagi hayotning siz uchun noma’lum bo‘lgan tomonlarini ochib beradi.
Janubiy Koreyadagi plyajlarda qo‘lingizga tana haroratini ko‘rsatadigan maxsus stiker yopishtirishadi. Agar stiker sap-sariq rangga kirsa, plyajdan chiqishda harorat yana o‘lchanadi.
Haydovchi, ehtiyot bo‘l! Mushuklar bor.
Svetofor rangi yerda ham aks etadi. Telefoniga “yopishib qolgan”lar yonayotgan chiroqni shundan ko‘rishadi.
Bu yerda chindan ham odamlar haqida qayg‘urishadi. Hojatxonadan foydalanmoqchi bo‘lganlarga masofa qanchalik yaqin qolgani haqida ma’lumot berib boriladi.
Koreyada 4 fasl. Bitta rakursdan olingan suratlar.
Bu uyning liftidagi tugmachada 4 raqami o‘rniga F harfi qo‘yilgan, chunki 4 baxtsizlik keltiruvchi son hisoblanadi.
Seuldagi quyosh panelli skameykalar. Shuningdek, USB va simsiz zaryadlovchi qurilmalari ham bor.
“Har kuni ishdan uyga qaytayotganda shu yerdan o‘taman”.
“Har kungi odatiy nonushta”.
Seuldan Pusangacha poyezdda 325 kilometrlik yo‘l. 40 dollarga quvvatlantirgichli va oyoq qo‘yadigan taglikli o‘rindiqda deyarli yotib olgan holda maza qilib ketish mumkin.
Tungi ibodatxona manzarasi.
“Tishimni achchiq lag‘mon ta’mli tish pastasi bilan yuvishni orzu qilganman”.
Buddaning tug‘ilgan kunini nishonlash oyida Seul universitetining ko‘rinishi.
Seulning Kurogu tumanidagi elektromobillar uchun quvvatlantirgichlar. Janubiy Koreyada o‘rnatilgan oxirgi qurilmalardan biri.
“Koreyaga yaqinda keldim. Dam olish kunlari sayr qilib yurganimda Qirolicha Seondok qabriga xush kelibsiz, degan yozuvni ko‘rdim”.
Seuldagi qor bilan qoplangan kichik restoran.
“Bo‘ron va ko‘chkidan keyin ham sevimli daraxtimga shikast yetmaganini ko‘rib, juda xursand bo‘ldim”. | 103 | 1,865 |
Foto | Yaponiyalik ayolning turmush o‘rtog‘i uchun tayyorlagan san’at asari darajasidagi taomlari (foto) | Odatda ayollar turmush o‘rtog‘iga taom tayyorlash uchun astoydil harakat qiladi. Ammo bugungi qahramon barcha mehribon ayollardan ham o‘zgacha. Uning taomlari chinakam san’at asari hisoblanadi va bu borada uning umr yo‘ldoshi juda baxtli.
Mashhur asarlarning nusxalari, taniqli shaxslar portreti, sevimli film qahramonlari – bularning barchasi yaponiyalik ayol Mika Matsuuraga tegishli.
Ayol shunday yangiliklar o‘ylab topadiki, balki uni iste’mol qilishga erining ko‘zi qiymas. Ammo tushlik uchun tayyorlangan taomlar ikkisining ham kayfiyatini ko‘tarishi shubhasiz.
Turmush o‘rtog‘iga tayyorlagan taomni yuborishdan avval Mika ularni suratga oladi va o‘zining Instagram sahifasiga joylashtiradi. Aks holda boshqa insonlar bu kabi mo‘jizalarni tomosha qilishdan bebahra qolar edi.
Mika tushlik tayyorlash uchun tonggi yettida uyg‘onadi. Taom uchun barcha masalliqni kechasi tayyorlab qo‘yadi. Shoh asar yaratish uchun, albatta, kuch va vaqt sarflaydi.
Yaponiyada insonlar shu qadar bandki, tushlik uchun restoranlarga borish yoki navbat kutishni xohlamaydi. Shuning uchun ko‘pchilik uyidan maxsus idishlarda taom olib keladi.
Shuning uchun ham yapon ayollari tushlik uchun tayyorlangan ovqatlarni o‘zgacha estetik did bilan bezatishga harakat qiladi. Garchi ularning hammasi ham Mika singari san’at asarini yaratishga qodir bo‘lmasa-da, taom yanada mazali bo‘lishi va ishtahani ochib yuborishi uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. | 97 | 1,438 |
Foto | Fotoreportaj: Toshkentdagi “Ashxobod sayilgohi” | Toshkent shahrining Yashnobod tumanida “Ashxobod sayilgohi” qurib bitkazildi. Ushbu sayilgohning umumiy maydoni 10 gektardan ortiq bo‘lib, uning kirish qismida katta favvora qurilgan. “Uz24” mazkur sayilgohdan fotoreportaj taqdim etdi. | 47 | 235 |
Foto | Fotogalereya: Dubaydagi hashamat axloq me’yorlaridan chiqib ketganligini isbotlovchi suratlar | Birlashgan Arab Amirligining eng boy shahri — Dubay o‘zining aqlni ozdiruvchi hashamatli hayot tarzi bilan mashhur. TravelAsk ushbu shaharda istiqomat qiluvchi aholining ahmoqona hashamatini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 93 | 234 |
Foto | Yoqimtoy va yumaloq jonivorlar (fotogalereya) | AdMe tashqi qiyofasi yumaloq shaklni eslatuvchi yoqimtoy jonivorlar suratlari bilan bo‘lishdi. | 45 | 94 |
Foto | Dezinfeksiyalanayotgan Vetnam, emlanayotgan muhojirlar, qoʻli kesilgan suzuvchi — 3 iyun suratlari | E'tiboringizga soʻnggi 24 soatning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz.
Shri-Lankaning Kolombo porti yaqinida yonib ketgan yuk tashuvchi kemadan chiqayotgan tutun. Yongʻin bir haftadan ortiq davom etgan.
Peru poytaxti Limada qabriston ishchilari koronavirusdan vafot etgan bemorning jasadini soʻnggi manzilga kuzatish uchun olib ketmoqda.
Parijning ramzi Eyfel minorasining shahardagi yana bir osmonoʻpar bino boʻlmish Monparnasdan koʻrinishi. Eyfel minorasi 1889 yilda qurilgan.
Bir oydan buyon Kolumbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Namoyishlarda musiqachilar ham ishtirok etmoqda.
Efiopiyalik yashash joyidan ajralgan fuqarolar vaqtinchalik turar joylarda hayotini oʻtkazishga majbur boʻlmoqda.
Braziliyalik parasuzuvchi Jessika Oliviera Vasko da Gama sport klubida mashgʻulotlarda qatnashmoqda. Uning qoʻli 10 yoshligida kasallik tufayli kesib tashlangan.
Xoshimin shahrida koronavirus kuchayishi fonida shahar yoppasiga dezinfeksiya qilinmoqda.
AQShda basketbol boʻyicha liga bahslari muxlislarsiz oʻtmoqda. Oʻyinlarni tomosha qilishga juda kam odam tashrif buyurmoqda.
Venesuela poytaxti Karakas shahrida aholi koronavirusga qarshi emlanmoqda.
Vaksinasiyadan muhojirlar ham foydalanmoqda. Gresiyaga tegishli Lesbos orolida qochqinlar lagerida saqlanayotgan muhojirlar ham koronavirusga qarshi emlanmoqda. | 98 | 1,351 |
Foto | Sayyoralararo sayohat. O‘zingizni Marsda yurgandek his qilishingiz mumkin bo‘lgan 6 joy | Bir necha yillar davomida olimlar Marsda hayot bor yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qilmoqda. 2021-yil 19-fevralga o‘tar kechasi insoniyat aynan shu maqsadga bir qadam yaqinlashdi: NASA’ning Perseverance marsoxodi Qizil sayyora yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Marsga sayohat qilish hali ham orzu bo‘lib qolmoqda, ammo sayyoraning ajoyib tasvirlari Yerda ham shunga o‘xshash landshaftlar borligini yodga soladi. Ba’zan o‘zga sayyorada bo‘lib qolish uchun boshqa qit’aga chipta sotib olishning o‘zi kifoya qiladi.
Vadi-Ram, Iordaniya
Vodi-Ram (Oy vodiysi deb ham ataladi) cho‘lini “Yerdagi Mars” deyish uchun hamma narsa bor. Qizil qumtoshlardan tortib tarixiy kraterlargacha mavjud bo‘lgan bu ajoyib joyda o‘zingizni Qizil sayyoraga kelib qolganday his qilasiz, eng muhimi esa sizga hech qanday harorat o‘zgarishi yoki kosmik nurlanish zarar yetkazmaydi.
San Pedro de Atakama, Chili
Agar siz uchun Marsning noodatiy manzarasi eng muhim xususiyat bo‘lsa, unda Chilining San Pedro de Atakama qishlog‘ini sayohatlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ying. Tuzli tekisliklar, vulqonlar, geyzerlar va issiq buloqlar — mahalliy landshaft Qizil sayyora manzarasi bilan bemalol raqobatlasha oladi.
Moab, AQSh
Marsga o‘xshash joylar ro‘yxati Amerika Moabisiz to‘liq bo‘lmaydi. Yuta shtatining sharqida joylashgan shahar, Arches milliy bog‘idagi qizil tosh shakllarini va Kanyonlendlarni o‘rganish uchun ideal maskandir. Bu yerdan topilgan dinozavrlar izlari hududni yanada sirli ko‘rsatadi.
Karijini, Avstraliya
Marsga sayohat qilishni orzu qilsangiz, o‘z sayyoramiz haqida ko‘proq ma’lumot bilishingiz lozim. Bu borada ikki milliard yillik Karijini milliy bog‘i sizga ma’qul keladi. Qadimgi daralar va dunyodagi eng qadimgi qizil toshlar orasida o‘zingizni makon va zamon oralig‘iga tushib qolgandek his etasiz.
Mivatn ko‘li, Islandiya
Muzlar va olov mamlakati — Islandiya o‘zining g‘ayrioddiy tabiati bilan mashhur. Ushbu ajoyib orolning shimolida joylashgan Mivatn ko‘li va uning atrofi qachonlardir qotib qolgan lava oqimi bilan qoplangani sababli Marsdagi landshaftlarni eslatadi.
Sesriyem, Namibiya
Hayot alomatlari deyarli yo‘q cho‘lda joylashgan kichik aholi punkti Marsga juda o‘xshaydi. Bu yer Qizil sayyoradagi hayotga moslashish uchun eng zo‘r joy! Ushbu ajoyib hududni tomosha qilishning eng yaxshi usuli — sayyohlik marshrutidan foydalangan holda havo sharlarida sayr qilishdir. | 87 | 2,383 |
Foto | Instagram’dan reportaj: O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi oldidagi bayramona muhit | Bu yil O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi Toshkentning Mustaqillik maydonidan “Anhor-Lokomotiv” parkiga ko‘chirildi.
Park bayramona bezatilgan, unda deyarli har kuni mashhur san’atkorlar ishtirokida tomoshalar, konsertlar uyushtirilmoqda.
Instagram bayram kunlari bog‘ga tashrif buyurgan va xush kayfiyatdagi tashrifchilarnig suratlari bilan to‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 89 | 544 |
Foto | “Kichkina tabib”dagi Nigora, “Chol va nabira”dagi G‘anisher: bolaligidanoq tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktyorlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto) | Kichik yoshida katta yoshdagi aktyorlar uchun ham orzu bo‘lgan mashhurlikni qo‘lga kiritgan bolakaylar o‘zbek kinosida ham topiladi. Jurnalist Nargizaxon Murodova tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan mashhur “bolalar”ning san’at olamiga kirib kelishi va ayni kunlarda nimalar bilan bandligiga qiziqdi.
“Maftuningman”dagi Muhabbat
Muhabbat To‘laxo‘jayeva – O‘zbekiston xalq shoiri Turob To‘laning farzandi. U suratga tushgan “Maftuningman” filmi ham aynan shoirning qalamiga mansub ssenariy asosida suratga olingan. Muhabbatning filmda suratga tushishini undan ham ko‘ra ko‘proq yaqinlari xohlashgan. Uning ukasi Nozim To‘laxo‘jayev — mashhur aktyor. Muhabbat aktrisa bo‘lmasa-da, u O‘zbekistondagi eng ko‘zga ko‘ringan teatrshunoslardan biri. San’atshunoslik fanlari doktori bo‘lgan Muhabbat To‘laxo‘jayeva bir necha yildan buyon O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarga saboq beradi.
Ketmoni uchgan “Abdullajon”
Shuhrat Qayumov taniqli operator Temur Qayumovning farzandi hisoblanadi. U kinodagi ilk rolini “Abdullajon” filmida yaratgan. Rejissor Zulfiqor Musoqov “O‘zbekkino” hovlisida Temur Malikovning o‘g‘lini uchratib qoladi. Mana shu tasodifiy uchrashuv sabab Abdullajon roli Shuhrat Qayumovga nasib etgan. U “Abdullajon”dan so‘ng boshqa o‘zbek filmlarida suratga tushmadi. Maktabni tamomlagach, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tahsil oldi. 1998-yilda tajriba oshirish maqsadida chet elga ketgan va bir necha yil Qozog‘iston va Rossiyada yashagan. U Rossiyada suratga olingan loyihalarda operator sifatida ishlagan. 2003-yili O‘zbekistonga qaytib, o‘z kompaniyasiga asos solgan. Uning kompaniyasi kinotexnikalarni sotish va ijaraga berish bilan shug‘ullanadi. Oilali, 2 o‘g‘il va bir qizning otasi.
Jalol Yusupov 15 yildan buyon AQShda
Jalol Yusupov – “Suyunchi” va “Chinor ostidagi duel” filmlaridagi epizodik rollari bilan yaxshi tanish. Ammo u ilk marta 1978-yili rejissor Ahror Akbarxo‘jayev suratga olgan “Shaffof kalitchalar” bolalar filmida Ali rolini ijro etgan. Bir yildan so‘ng mashhur rejissor Melis Abzalovning “Chinor ostidagi duel” filmi uchun o‘tkazilgan kastingda ishtirok etadi. Bu film “Suyunchi” filmida suratga tushishiga asos bo‘ladi. U avval aktyorlik, undan so‘ng rejissorlik sohasi bo‘yicha tahsil olgan. Aktyor shu kungacha “Sardor”, “Baxt uchun million”, “Qasos”, “Arosat” va “Aldangan ayol” singari ko‘plab kino va seriallarda ham suratga tushgan. U 1991–2006-yillarda O‘zbekiston yoshlar teatrida aktyor va rejissor sifatida faoliyat yuritgan. Undan so‘ng oilasi bilan Nyu-York shahriga ko‘chib o‘tgan.
“Kichkina tabib”dagi yashirilgan sir...
Bolaligidan qo‘shiqchi bo‘lishni niyat qilgan Dilshodbek Kattabekov kutilmaganda aktyorlik sohasiga qadam qo‘ygan. Besh yoshidan boshlab davlat tadbirlarida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Dilshodning yaqinlariga “Kichkina tabib” filmining kastingida ishtirok etishni taklif qilishadi. Doniyor roliga talabgorlar nihoyatda ko‘p bo‘lgan. Yuzdan ortiq ishtirokchilar orasidan tanlab olingan Dilshodbek Kattabekov kino olamiga dadil qadamlar bilan kirib keldi. Ba’zi ma’lumotlarda aktyor o‘sha paytda 5 yoshda bo‘lgani aytiladi, bizning hisob-kitoblar esa Dilshodbek Kattabekov “Kichkina tabib” filmida 8 yoshida suratga tushganini tasdiqlaydi.
Dilshodbek Kattabekov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Muhabbat sinovlari”, “Xavfli burilish”, “Vijdon” va “Fidoyilar” kabi qator filmlarda muvaffaqiyatli rollarni ijro etgan. Ayni kunlarda diniy-axloqiy roliklarga rejissorlik qilmoqda.
“Kichkina tabib”dagi Nigora AQShda oila qurgan
Barno Nishonova “Kichkina tabib” filmidagi Nigora roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Ammo uning rolga qanday tasdiqlangani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasmiz. Boisi u ancha yillardan buyon AQShda oilasi bilan yashaydi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Munavvar Abdullayevaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Barno Nishonova fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan va bir muddat O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham ishlagan. Uning turmush o‘rtog‘i ham musiqa bilan shug‘ullanadi. Ular bolalarga fortepiano chalish bo‘yicha saboq berishadi. Barno Nishonovaning ikki nafar qizchasi bor.
Xadicha Imomnazarova operani tanladi!
Xadicha Imomnazarova xususiy filmlardagi katta-kichik rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. U ilk rolini 2007-yil suratga olingan “Zumrad va Qimmat” filmida ijro etgan. Undan so‘ng “Nortoy”, “Oshiqlar” va “Men yulduzman” kabi filmlarda suratga tushgan. Ammo u aktrisa bo‘lishni istamadi va akademik xonandalik yo‘nalishini tanladi. U bir necha yildan buyon opera ijrochiligi bilan shug‘ullanadi. 2019-yilda “Nihol” nomidagi davlat mukofotini ham qo‘lga kiritgan.
“Chol va nabira”dagi G‘anisherni negadir rollarga chaqirishmayapti
Ma’ruf Sharipov “Chol va nabira” filmidagi G‘anisher roli bilan tomoshabinlarga yaxshi ma’lum. Bolalikdan qo‘shiq aytishga qiziqqan Ma’ruf bobosi sabab “Tomosha” guruhiga qatnaydi. Bir kuni mashg‘ulotga “O‘zbekkino”dan bir guruh ijodkorlar kelib, 5-6 yoshdagi bolalar bilan suhbatda bo‘lishadi. Chunki dramaturg Rixsivoy Muhammadjonov ilk rejissorlik ishi — “Chol va nabira” filmini suratga olish niyatida edi. Ma’ruf Sharipov kastingdan o‘tib, 6 yoshida Po‘lat Saidqosimov bilan suratga tushadi. Undan so‘ng “Enagalar”, “Umid” va “Tubanlik” kabi filmlarda kichik rollarni ijro etdi. 19 yoshni qarshilagan Ma’ruf Sharipov yaxshi rollarga chaqirishmayotganini, agar shunday taklif bo‘lsa, yana filmlarda suratga tushishini ma’lum qildi. | 151 | 5,618 |
Foto | Bulut bilan qoplangan Nest One, chiqindi bosgan Bali sohillari, Dubayga borgan Messi — 14 dekabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Liverpuldagi “The Royal Liver binosi tonggi tuman ostida.
Bangladeshda qum ustida o'ynab yurgan bolalar.
Iroqlik duradgor ayol Nur al Janabi uyida ta'mirlash ishlarini olib bormoqda.
Argentinalik futbolchi Lionel Messi Dubaydagi Expo 2020 ga tashrif buyurdi.
Los-Anjelesda O'rgimchak odam libosini kiygan kishi “O'rgimchak odam: uyga yo'l yo'q” filmi premerasiga tashrif buyurdi.
Londonda topilgan Rim imperiyasiga oid tangalar Britaniya muzeyida taqdim etildi.
Alp tog'laridagi dalalar qor bilan qoplandi.
Shtutgart teleminorasi tonggi bulutlar aro bo'y cho'zib turibdi.
Bali sohillarida kuchli to'fon tufayli chiqindilar to'planib qoldi.
Toshkentdagi Nest One ko'p qavatli binosi bulutlar orasida. | 106 | 760 |
Foto | Istalgan kishini hayratga soladigan ajabtovur dizaynga ega metro bekatlari (foto) | Katta shaharlarda yashab, odamlar ko‘p vaqtlarini yo‘lda o‘tkazishga odatlanib qolishgan. Ba’zan ish, kafe, maktab bir-biridan ancha uzoqda joylashgan bo‘ladi, infratuzilma u yerga borishning turli usullarini taklif qiladi — tramvay, avtobus, taksi, ba’zi shaharlarda metro ham. Me’morlar metroni o‘zlarining eng yaxshi asarlarini namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat sifatida tanlamaganida, metro eng zerikarli transport vositasi bo‘lishi mumkin edi.
Katta Xelsinkidagi metro bekati bezaklari. Ba’zan butun rasmni o‘zgartirish uchun bitta shift yetarli.
Erondagi ushbu metro bekatidagi shift qadimiy shaharlar devorlarini va bir vaqtning o‘zida cho‘ldagi qumtepalarni eslatadi.
Istanbul metrosi ozgina harakat bilan yorqin natijaga erishish mumkinligini eslatadi
Shahar tarixiga bo‘lgan hurmatni Istanbul metrosidagi devorlarda ham ko‘rish mumkin
Istanbuldagi bu bekatda hatto devorlari ham dengiz haqida gapiradi
Dunyodagi eng qisqa metro joylashgan Isroilning Hayfa shahridagi oltita metro stansiyasidan biri
Haqiqiy stimpank muxlislari uchun Arz-e-Metye Parij stansiyasi
Berlinda hayvonot bog‘iga bormoqchi bo‘lsangiz xaritaga qarashingiz shart emas: bekat nomi ham, dizayni ham qayerda ekaningizni aytib beradi.
Sharqona naqshlar Toshkentdagi metro dizaynida ham o‘z aksini topgan
Toshkent metrosining “Kosmonavtlar” bekatidagi barelyeflar shunday bezatilganki, ular kosmik kema illyuminatorlarini eslatadi.
Rang va yorug‘lik g‘alayonlari — Tayvandagi bu metro stansiyasini boshqacha ta’riflash qiyin.
Ulkan makon va stimpankning yana bir namunasi — Lissabondagi metro
Tabiiy tarix muzeyi Stokgolmdagi “Universitet” metro bekatida joylashgan. Ta’lim berish metrodayoq boshlanganga o‘xshaydi
Stokgolm metrosi toshdan o‘yilgan va bu stansiyaning dizayni esa tosh dengiz bir soniya to‘lqinlanib, muzlab qolganga o‘xshaydi.
Budapeshtdagi metro bekati. Filmlarda kosmik tunnel va portallar xuddi shunday tasvirlanadi.
Myunxendagi metro bekati — ixcham, ammo juda rang-barang
Monrealdagi metro ham futuristik ko‘rinishdagi tuzilmalar taassurot qoldirishi mumkin | 81 | 2,080 |
Foto | Jahonning turli mamlakatlarida Qorboboni nima deb chaqirishadi? | Butun dunyoda Yangi yil intizorlik bilan kutiladi. Bolalar Qorboboga xat yozadi, kattalar esa uning rolini o‘ynaydi va xufyona Yangi yil mo‘’jizasiga ishonadi. AdMe jahonning turli mamlakatlarida Qorboboni nima deb chaqirilishi haqida ma’lumot berdi.
AQSh. Santa-Klaus
Mo‘g‘uliston. Uvlin Uvgun
Italiya. Babbo-Natale
Belarus. Zyuzya
Fransiya. Per-Noel
Armaniston. Dzmer Papi yoki Kaxand Papi
Gollandiya. Sinterklaas
Gruziya. Tovlis Babua
Finlyandiya. Youlupukki
Polsha. Avliyo Nikolay
Xitoy. Shan Dan Laojen
Estoniya. Yiuluvana
Angliya. Fazer Kristmas
Shvetsiya. Yultumte
Rossiya. Ded Moroz
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 63 | 778 |
Foto | O'zbekistonda o'tgan saylov, ayollar kunidagi ommaviy namoyishlar, “Super Oy” hodisasi. 2021 yil suratlarda | Ortda qolayotgan 2021 yilning eng sara va esda qolarli suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Shu yilning 15 avgust kuni Afg'onistonda “Tolibon” guruhi hokimiyatni qo'lga oldi. Bundan sarosimaga tushgan aholi Kobul aerportiga bordi va AQShga ketish ilinjida samolyot ortidan yugurishdan chekinmadi. Suratda o'sha holatlardan birini ko'rib turibsiz.
Joriy yilning 24 oktyabr kuni O'zbekistonda eng muhim siyosiy voqea, ya'ni mamlakat prezidentligiga saylov bo'lib o'tdi.
Har yillikning eng muhim voqealaridan biri, shubhasiz, O'zbekiston oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlaridir. Bu yil ham minglab yoshlar o'z omadini sinab ko'rdi. Issiq kunlarda o'tkazilgan imtihonlarda abiturientlarga bosh kiyimlar tarqatildi.
So'nggi yillarda iqlim bilan bog'liq hodisalar juda ko'p kuzatilmoqda. Bu yil o'zbekistonliklar ham shunday voqealardan biriga guvoh bo'ldi. Noyabr oyida Respublikaning turli hududlarida chang va qum bo'ronlari kuzatildi. Eng kuchli chang Toshkent osmonida to'planib qoldi va u bir necha kun davom etdi.
Ushbu surat bir qaraganda qo'rqinchli fantastik filmlar sahnasini eslatib yuboradi. Surat yomg'irli kunlardan birida Yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tekshiruv jarayonidan olingan.
AQShning Meksika chegarasida muhojirlar bilan bog'liq inqiroz yil davomida kuzatildi. Suratda Rio-Grande daryosini kechib o'tayotgan Janubiy amerikalik muhojirlar karvoni.
Yil boshida rossiyalik siyosatchi, muxolifat Aleksey Navalniyni qo'llab-quvvatlab norozilik namoyishlari o'tkazildi. Unda ko'plab faollar hibsga olindi.
Kobulda niqob kiygan ayol go'zallik saloni oldida. “Tolibon” hukumatni qo'lga olishi ortidan go'zallik salonlari devorida yopishtirilgan ayollar suratlarining yuzi bo'yab chiqilgan.
Yil oxirlarida AQShning bir qator hududlarida tornado yuz berishi oqibatida ko'plab jamoat va turar joy binolari vayron bo'ldi. Suratda teatr sahnasining buzilganini ko'rish mumkin.
Yanvar oyida AQSh poytaxti Vashington shahrida Donald Tramp tarafdorlari norozilik namoyishi o'tkazib, Kapitoliyni egallab oldi.
Kapitoliyni egallagan Tramp tarafdorlari u yerda tartibsizliklar uyushtirdi. Voqea Baydenning inauguratsiyasi oldidan yuz bergan.
Noyob tabiat hodisalaridan biri “Super Oy” hodisasi bu yil ham yuz berdi. Suratda Parij shahridagi Eyfel minorasidan tushgan yorug'lik Oyga qaratilganini ko'rishingiz mumkin.
Meksika poytaxti Mexiko shahrida ayollar xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi norozilik namoyishlariga chiqdi.
Avgust oyida Rossiyaning Yakutiya o'lkasida o'rmon yong'inlari yuz berdi. Yong'in sabab hududda favqulodda holat e'lon qilindi.
Vashingtonda 20 yanvar kuni AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Baydenning qasamyod marosimi bo'lib o'tdi. Unda mamlakat madhiyasini mashhur qo'shiqchi Ledi Gaga ijro etdi.
Sentyabr oyida AQSh Metropoliten muzeyida yilning eng muhim moda shousi — “Met Gala-2021” bo'lib o'tdi. Unda aktrisa Kim Kardashian kiygan libos ko'pchilikning diqqatini o'ziga tortdi.
May oyida G'azo sektori Isroil harbiylari tomonidan bombardimon qilinishi oqibatida vayron bo'ldi. Vayronalar ostida sham yoqib o'tirgan g'azoliklar.
HAMAS raketalarini urib tushirayotgan Isroil mudofaa tizimi.
Iyul oyi o'rtalarida G'arbiy Evropaning Germaniya, Belgiya singari davlatlarida ksuhli suv toshqinlari yuz berdi. Oqibatda ko'plab hududlar vayron bo'ldi.
Islandiyada 19 martda 6 ming yil davomida uxlab yotgan vulqon harakatga keldi.
Yilning eng shov-shuvli voqealaridan biri Suvaysh kanalida botib qolgan Ever Given kemasi bilan yuz berdi. Oqibatda kanalda katta tirbandlik yuzaga keldi.
Fevral oyida Keniyaga ko'plab chigirtkalar yopirildi. Oqibatda qishloq xo'jaligi katta zarar ko'rdi.
May oyi o'rtalarida Ispaniyaning Seuta shahriga Afrikadan kelgan muhojirlar guruhi kirib olishga urindi. Ispaniya hukumati unga qarshi armiyani mobilizatsiya qildi.
Butun sport olamini larzaga keltirgan voqea, shubhasiz, “Barselona” afsonasi Lionel Messining jamoadan ketishi bo'ldi. Futbolchi xayrlashuv marosimida ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi. Messi hozirda faoliyatini PSJ jamoasida davom ettirmoqda.
Rossiya Dumasiga 16 sentyabr kuni muddatidan oldingi saylovlar bo'lib o'tdi. Unda komissiya a'zolari chekka hududlarga borib saylovchilar ovozini qabul qildi.
Yil Kaliforniyadagi o'rmon yong'inlari bilan ham esda qoladigan bo'ldi. Bu yong'inlar hududdagi so'nggi 30 yillikdagi eng vayronkor yong'inlar sifatida qayd etilgan.
Bizda hozircha shular. Yangi yilda ko'rishguncha. | 107 | 4,483 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlarida taqiqlangan narsalar | Ma’lum bir mamlakatga borishdan avval u yerda taqiqlangan narsalar bilan yaxshi tanishish tavsiya qilinadi. AdMe dunyoning turli mamlakatlarida taqiqlangan narsalarga e’tibor qaratdi. | 65 | 183 |
Foto | Fotogalereya: Kelajak kurortlari va osma bog‘lari | Olimlar va fantast yozuvchilar kelajak manzaralarini o‘zlaricha tasvirlaydi. Ularning fikrlari qay darajada haqiqatga mos bo‘lsin yo bo‘lmasin, odamlarda katta qiziqish uyg‘otadi, axir kelajakka ko‘z qirini tashlashni kim xohlamaydi deysiz.
AdMe dam olishning tashkil etilishi haqidagi futurologik qarashlar aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Erik Elmas shaffof tomli, ekologik toza va shovqinsiz dirijablni modellashtirdi. Uning yo‘lovchilari parvoz paytida cho‘milishi va quyosh nurlarida toblanishi mumkin bo‘ladi.
Vensan Kallebo esa Lilypad suzuvchi ekoshahri modeli ustida ishlamoqda. Shaharga 50 ming kishi sig‘adi, u qayta tiklanuvchi energiya manbalari — shamol, Quyosh nuridan quvvat oladi, shuningdek, yomg‘ir suvini to‘playdi.
Ushbu o‘ziga xos kemada ish o‘rinlari, savdo zonalari, ko‘ngilochar maydonlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Vensan Kalleboning yana bir loyihasi bog‘dorchilikni osmonga ko‘chiradi. “Gidrogenaza” — osmono‘par bino, dirijabl, bioreaktor va osma bog‘lar qorishmasi bo‘lib, havoni tozalab beradi.
Kemalar uchun mobil port. U butun boshli kurortning o‘rnini bosishi mumkin. Amalda bu o‘z energiya manbalariga ega bo‘lgan sun’iy oroldir.
Mashhur dizayner, marhuma Zaxa Hadid ushbu yaxta dizaynini yaratishda suv osti dunyosidan ilhomlangan. Yaxta ekoskelet shaklida loyihalashtirilgan.
Loyiha muallifi, dizayner Mak Bayers ko‘zlagan asosiy maqsad — sayohatlar uchun qulay transport yaratish.
Ichki interyer futuristik ruhda ishlangan. Keng maydon, yorqin ranglar va Yerga ochiladigan manzara.
Londonning Yacht Island Design kompaniyasi yaratgan mo‘jiza. Suzib yuruvchi sun’iy tropik orol o‘z sharsharasiga va hatto mitti vulqoniga ega.
Yacht Island Design’ning yana bir loyihasi. Lyuks toifasidagi kema o‘z ichiga Monakoning bir qancha mashhur obyektlarini oladi: “Otel de Pari” mehmonxonasi, “Monte-Karlo” kazinosi, “Kafe de Pari” restorani va Monakodagi Gran-pri trassasini takrorlovchi karting-trek.
“Atlantis II” maydoniga ko‘ra Nyu-Yorkning Markaziy bog‘iga tengdir.
Fazaliya — suzuvchi bog‘ bo‘lib, chuchuk suvli daryolarni tozalashga mo‘ljallangan. Transportning biofiltrlari tozalash uchun suv ustidagi bog‘lardan foydalanadi.
Bundan tashqari, musaffo havoga ega orol kurort vazifasini ham o‘tashi mumkin. | 49 | 2,257 |
Foto | Fotogalereya: Diqqatga sazovor joylarga o‘zining “arxitekturasini” uyg‘unlashtirgan suratkash | @paperboyo taxallusi bilan tanilgan Rich Makkor dunyo kezib, turli mamlakatlarning diqqatga sazovor maskanlarini suratga oladi. Richning boshqa suratkashlardan farqli o‘ziga xos noodatiy usuli mavjud: Richning hech bir kadri o‘zi tomonidan tayyorlangan qog‘oz qirqimlarisiz yaratilmaydi. AdMe Makkorning ajoyib fantaziyasi orqali yaratilgan hayratlanarli suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Rich Londonda istiqomat qilganligi sabab, uning aksariyat suratlari ushbu shaharga bog‘liq
Shunga qaramay, suratkash bitta narsani bir necha xil ko‘rinishda taqdim etishga qodir, masalan, Taur ko‘prigi
Qo‘shni Shotlandiyaning ham diqqatga sazovor joylari bisyor. Masalan, muallif quyidagi “orzu balig‘i”ni Glazgoda payqab qolgan
Suratkashning obyektivi orqali Parijni tomosha qilish ko‘pchilikni hayratlantiradi
Fransuz Alplari — bu shubhasiz bitmas-tuganmas ilhom manbai
Ba’zida Rich o‘z suratlarini tarix bilan uyg‘unlashtiradi, Piza
Rim Kolizeyini chetlab o‘tish mumkin emas, albatta
Richning AQShga sayohati natijasida yaratilgan suratlar
San-Fransisko Richning suratlarida yana bir bor o‘zining “Ko‘rfaz bo‘yidagi shahar” ekanligini tasdiqlaydi
Balki rostdan ham Torontodagi SN Tower’da yulduzlar yaqinroq ko‘rinar
Dubayning osmono‘par binosi
Agarda Singapurda rostdan ham ulkan bog‘ va gazonlar bo‘lsa, nega endi golf o‘ynab bo‘lmaydi?
Gonkongdagi uchar kema | 93 | 1,364 |
Foto | Eng hayajonli kun: o‘zbek shou-biznesi vakillarining nikoh oqshomidagi suratlari (foto) | Nikoh oqshomi inson hayotidagi muhim kunlardan biri hisoblanadi. Bu unutilmas sanada tarixga muhrlangan suratlar va videotasvirlar yillar davomida kishiga yoqimli xotiralarni yodga solib turadi. “Daryo” o‘zbek shou-biznesidagi ayrim san’atkorlarning to‘yidagi rasmlarini bir sahifaga jamladi.
Rashid Xoliqov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov 18 yoshida “Shahzod” guruhi yigitlari bilan bir to‘yga boradi. U yerda rafiqasi Saidaxonni ko‘rib, yoqtirib qoladi. Ikki yosh bir necha yil yaqin munosabatda bo‘ladi va 1994-yili oila qurishadi. Bugungi kunda ularning uch o‘g‘il va bir qiz farzandi hamda qator nabiralari bor.
Muhammadiso Abdulhairov
Taniqli aktyor Muhammadiso Abdulhairov turmush o‘rtog‘i Xolida Abdulhairovani ilk bor 1987-yilda hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida uchratadi.
Kadr: Videodan skrinshot
“Institut dekanatiga mo‘ralasam, harf teruvchi qiz mashinkani ayamay ‘savalayapti’. Uni ko‘rganman-u, yuragimda ‘Muhabbat, ey muhabbat’ kuyi yangrab ketgan. Yuragimda nimadir jiz etgani hamon yodimda”, — deydi aktyor bir intervyusida.
Kadr: Videodan skrinshot
Muhammadiso Abdulhairovning onasi 1992-yili ikki o‘g‘lini bir kunda uylab, xonadoniga qo‘shkelin tushiradi. Hozirda ular Aqoiddin Muhammad va Humoyuddin Muhammad ismli o‘g‘illarning ota-onasidir.
Sevara Nazarxon
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon 2006-yilning sentabrida Bahrom Primqulovga turmushga chiqqan.
Ularning nikoh oqshomi “O‘zbekiston” mehmonxonasining yozgi restoranida bo‘lib o‘tgan. Juftlikning Dengiz ismli o‘g‘li va Imon Anvar ismli qizi bor.
Samandar Hamroqulov
Kadr: Videodan skrinshot
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Samandar Hamroqulov ikki yil davomida o‘ziga munosib jufti halol izlaydi. Ammo unga ma’qul kelgan ikki nafar qiz onasiga yoqmaydi. Shundan so‘ng u bu murakkab ishni volidasiga topshiradi. Onasi topgan namanganlik Dilnozaxon ismli qiz Samandarning ko‘nglini ham jiz ettiradi.
Kadr: Videodan skrinshot
Ularning nikoh to‘yi 2007-yilning 10-avgustida bo‘lgan. Mazkur sana oila uchun juda muhim kun sifatida tarixga muhrlangan. Chunki 10-avgustda Samandar Hamroqulovning otasi Rustam Hamroqulov tavallud topgan.
Halima Ibragimova
Aktrisa va qiziqchi Halima Ibragimova umr yo‘ldoshi Jalol Mirzayevga 28 yoshida turmushga chiqqan. Xo‘jayini undan yetti yosh kichkina.
Kadr: Videodan skrinshot
“Turmush o‘rtog‘im — katta opamning qo‘shnisi. Har zamon to‘y-ma’rakalarga chiqib qarashib yurardi. Singlimning farzandiga o‘g‘il to‘y qilganimizda pochcham bilan to‘yga kelgan. O‘shanda salom-alikdan so‘ng yaqinroq tanishib qolganmiz. Keyinchalik ham bog‘lanib turdik. Qolgani o‘zingizga ma’lum, uch so‘m pul, bir kallaqand deganday, to‘yga ulanib ketdi”, — degan edi aktrisa intervyularining birida. Hozirda bu oilaning bir qiz va bir o‘g‘li bor.
Gulsanam Mamazoitova
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova 2007-yilning noyabr oyida Sanjarbek ismli sozanda yigit bilan turmush qurgan. Bugungi kunda ular ikki farzandning ota-onasi hisoblanadi.
Jahongir Poziljonov
“Bojalar” guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonov “Boyvachcha” filmini suratga olish jarayonida rafiqasi bilan tanishadi. Bir necha yildan so‘ng, ya’ni 2008-yilda bo‘ydoqlik bilan xayrlashadi. O‘zbek shou-biznesidagi serfarzand otalardan biri bo‘lgan xonandaning besh nafar farzandi: ikki o‘g‘il va uch qizi bor.
Parizoda
Kadr: Videodan skrinshot
“Nihol” mukofoti sovrindori, mahoratli raqqosa Parizodani turmush o‘rtog‘i Sherali Safarov Ozodbek Nazarbekovning konsertida ko‘rib, yoqtirib qoladi. Ularning to‘yi 2010-yilda bo‘lib o‘tadi. Parizoda nikoh oqshomida qo‘shiq kuylab, xo‘jayiniga syurpriz tayyorlaydi. Bu juftlik bugungi kunda ikki qiz va bir o‘g‘ilning ota-onasidir.
Davron Kabulov
“Million” jamoasi sardori va taniqli boshlovchi Davron Kabulovga oila qurgunicha 614 nafar qizning nomzod sifatida surati ko‘rsatilgan, ularning ayrimlari bilan uchrashuvga chiqqan. Vaqt o‘tib, 2016-yilning may oyida E’zozaxon ismli qizga uylangan.
Davron Kabulov “Afruz” guruhi yakkaxoni Jamshid bilan boja bo‘lgan. Juftlikning ikki farzandi bor.
Shahzoda Muhammedova
Dizayner va aktrisa Shahzoda Muhammedova 2018-yilning noyabrida Marat ismli yigitga turmushga chiqqan. Ular ma’lum muddat Moskvada yashagach, Toshkentga qaytib kelgan. Juftlik 2020-yilda qiz farzandli bo‘lgan va unga Milana deb ism qo‘yishgan. | 87 | 4,359 |
Foto | Kim Kardashyanga o‘xshash uchun 1 mln dollar sarflagan qiz qanday ko‘rinishga ega? | Sevimli kumiriga o‘xshash uchun katta miqdorda mablag‘ sarflaydigan kishilar soni tobora ko‘payib bormoqda. 29 yashar britaniyalik Chali shunday ashaddiy muxlislardan sanaladi. Bir necha yil avval Kim Kardashyanga o‘xshashga qaror qilgan qiz orzusiga erishish uchun 1 300 000 dollar sarflagan.
“Men uning suratini ko‘rishim bilanoq Kimga o‘xshashimni tushunib yetdim. Uni Instagram’da kuzata boshladim va har safar fotosini ko‘rganda ‘Axir bu men-ku’, der edim”, — degan Chali.
Tashqi ko‘rinishi uchun u botoks va fillerlardan foydalanadi. Plastik jarrohlik haqida esa hali qaror qilmagan. U mablag‘ning asosiy qismini Kardashyan singari dizaynerlik liboslari, poyabzal va sumkalar uchun sarflaydi. Britaniyalik qiz Kimga nafaqat tashqi ko‘rinish, balki garderobdagi kiyimlari bilan ham o‘xshashga harakat qiladi.
Masalan, Kardashyanniki singari Balmain brendining libosi uchun Chali 4000 funt (5535 dollar) ishlatgan. Givenchy’niki singari ko‘ylak uchun esa 7000 funt (9684 dollar) ishlatgan.
Yilda bir necha marta yangilab turishiga to‘g‘ri keladigan kolleksiyasidagi dizaynerlar tomonidan taqdim qilingan sumkalari ham taxminan shuncha pul turadi. | 82 | 1,156 |
Foto | G‘ayrioddiyligi bilan kishilarni hayratga soluvchi narsalar (foto) | O‘ziga xos deyilganda bu qanchalik haqiqat ekanligini har doim ham to‘liq anglay olmaslik mumkin. Har kimning o‘z qarashi bor, fikrlar bir-biriga o‘xshamaydi. Buning natijasida xayolga ham kelmaydigan ajoyib holatlarga duch kelish mumkin.
Tayvan qahvaxonasidan suvarakli latte.
Jihozning barcha qismi bilan kompaniyaning o‘zi ta’minlaydi, sizning vazifangiz unga suv quyish, baliqni joylashtirish va ularni ovqatlantirishni unutmaslikdir.
To‘rtburchak shakldagi kruassan an’ana va modernizmni birlashtiradi.
“Men uyda tayyorlagan tuz kristali”.
Ko‘zni qamashtiruvchi pitssa sumkasi.
View this post on Instagram
Kodli USB flesh-disk.
Super 3D ilon torti.
View this post on Instagram
Mana, nima uchun ingichka poshnada yurishadi?!
View this post on Instagram
“Dadam ancha oldin gugurtdan yasagan Eyfel minorasining nusxasi”.
Kartani yonda olib yurmasdan qanday qilib to‘lash mumkin?
O‘zingiz bilan olib yurishingiz mumkin bo‘lgan protezdan yasalgan ko‘zgu.
Qovurilgan tovuqli taqinchoq.
O‘z hayotiga qandaydir xilma-xillik kiritishni xohlaydiganlar uchun gultuvak.
Ajablanarli darajada mazali ko‘rinadigan ulkan suvarak torti. | 66 | 1,182 |
Foto | Fotogalereya: Sayyoradagi hayratomuz tungi manzaralar | Quyosh botgach o‘zgacha go‘zallik yorug‘lik o‘rnini egallaydi. Flytothesky nashri Insight Astronomy Photographer of the Year tanlovida ishtirok etgan tungi manzaralarni aks ettiruvchi suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 53 | 218 |
Foto | Test: Haqiqiymi yoki fotoshop? Suratlarni farqlay olishingizni tekshiring | Bugun, 7-yanvar fotografiyaning tug‘ilgan kuni. 1839-yilning 7-yanvar sanasida Fransua Arago fransuz fanlar akademiyasining yig‘ilishida kimyogar Lui Dageraning tasvirga olishning optik-kimyoviy usuli haqida ma’ruza qilgan. Aslida fotoapparat bu sanaga qadar ixtiro qilingan bo‘lsa ham, butun dunyoda aynan 7-yanvar fotografiyaning tug‘ilgan kuni hisoblanadi.
E’tiboringizga fotosuratlardan tuzilgan testni havola etamiz. Unda siz haqiqiy va fotoshop qilingan fotolarni farqlab, to‘g‘ri javobni belgilashingiz kerak bo‘ladi.
Test yuklanishini biroz kuting.
“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring.
Kinomanlar uchun:
Melomanlar uchun:
Siyosatga befarq bo‘lmaganlar uchun: | 73 | 678 |