folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Foto: Jeyson Stetxem va Rozi Hantington-Uaytlining Malibudagi 20 mln dollarlik uyiga sayohat | Rozi Hantington-Uaytli va Jeyson Stetxem Malibudagi zamonaviy uyini sotishga qaror qildi, deb yozadi Daily Mail.
Aktyor uyni model Rozi bilan tanishishidan bir yil oldin 2009-yilda sotib olgan edi. Uy yangi egalariga 19,95 million dollarga tushadi.
Maydoni 363 kvadrat metr bo‘lgan uy Tinch okeani sohilidagi Malibu koloniyasi yopiq qishlog‘ida joylashgan.
Uyning ta’mirlangan to‘rtta yotoqxonasi, to‘rtta hammom, oshxona va ovqatlanish xonasi mavjud. Zamonaviy uslubda yaratilgan ichki interyer uy egasini Malibu oltin asriga qaytaradi.
Bundan tashqari, uyda ulkan g‘ishtli kamin, Belgiyaning eman yog‘ochli pollari, va Malibudagi mashhur syorfing uchun joy – Old Joe’s’ga qaraydigan fransuzcha deraza bor.
Uyning tashqarisida keng ayvon, bu yerda gidromassajli vanna va dam olish zonasi mavjud, u yerdan sohilga boradigan yo‘l bor. Shuningdek, hududda mehmonxona, oshxona va hammom mavjud. | 92 | 897 |
Foto | Qozog‘istonda Jambil viloyatining eng go‘zal politsiya xodimasi aniqlandi (foto) | Qozog‘istonning Jambil viloyatida “Miss politsiya” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
G‘oliblar hududiy departamentning Instagram tarmog‘idagi sahifasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. Muxlislarning ovozi bilan eng go‘zal politsiyachi deb amaliyot boshqarmasi inspektori, politsiya leytenanti Kundiz Bugenbayeva tan olindi.
Ovozlarni to‘plash olti oy davom etdi. G‘olib 2095 laykka ega bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni 1026 ovoz bilan katta leytenant Aynur Mirzaxanova qo‘lga kiritdi.
Uchlikni politsiyachi Botagoz Axmetova yopib berdi. Unga 992 marta ovoz berildi.
Tanlovda shuningdek quyidagi politsiyachi qizlar ishtirok etdi:
Leytenant Baljan Yeseyeva
Katta leytenant Damira Ongarbayeva
Katta leytenant Fariza Musayeva
Politsiya kapitani Dinara Dosimbekova | 80 | 780 |
Foto | Fotogalereya: Narsalarning ajabtovur hajmi | Odamlar har kuni ko‘radigan buyumlarini haqiqiy hajmini doim ham sezavermaydi. Agar ularning oldiga odamlarni qo‘ysagina, naqadar insonlar kichkina ekani bilinadi. Travel Ask ana shunday rasmlarni taqdim etdi. | 42 | 209 |
Foto | AQShdagi o‘rmon yong‘inlari sabab yuzaga kelgan “olovli bulutlar”ning noyob suratlari e’lon qilindi | Aeronavtika va kosmik makonlarni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) Vashington shtati sharqida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari sabab yuzaga kelgan “olovli bulutlar”ning noyob suratlarini taqdim etdi, deb xabar beradi BBC.
“Ushbu suratlar juda noyob. Ayniqsa, bu kabi rakursdan olinganda”, — deydi NASAning yetakchi sinoptigi Devid Piterson.
Suratlar NASA meteorologlari jamoasi tomonidan Douglas DC-8 samolyoti bortidan turib olingan. Samolyot “olovli bulutlar” orqali 8-avgust kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 20:00 da, 9 kilometr balandlikdan uchib o‘tgan.
Pirokumulyativ bulutlar olov hosil qilgan konvektiv havo oqimining yuqoriga ko‘tarilishi sababli paydo bo‘ladi. Ushbu iliq havo oqimining yuqoriga ko‘tarilishi va kondensatsiya darajasiga yetishi shu turdagi bulutlarni shakllantiradi.
NASA va NOAA olimlari bulutlarning kimyoviy tarkibini o‘rganib, uning havo va iqlimga ta’sirini aniqlashmoqda. | 99 | 918 |
Foto | Fotogalereya: Bir qarashda hayrat uyg‘otuvchi suratlar | AdMe turli g‘aroyib va hayratlanarli holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 54 | 79 |
Foto | Bir xil libosni turli ko‘rinishda taqdim etgan yulduzlar (foto) | Yulduzlar omma oldida ko‘rinish berishda ko‘proq bir narsadan xavotir oladi, u ham bo‘lsa tanlagan libosida yana bir boshqa yulduzning namoyon bo‘lishidir. Shuning uchun bunday vaqtda stilistlar bor imkoniyatini ishga soladi, va albatta, ish kamchiliksiz bo‘lmaydi. Quyida bir xil libosni turlicha taqdim etgan yulduzlar suratini havola etamiz.
Jennifer Lourens va Emi Shumer
Bleyk Layvli va Jennifer Xadson
Anjelina Joli va Jeyn Fonda
Dryu Berrimor va Uzo Aduba
Keyt Middlton va Kim Kardashyan
Dua Lipa va Jiji Xadid
Bleyk Layvli va Jennifer Lav Xyuitt
Lili Kollinz va Priyanka Chopra
Naomi Kempbell va Jennifer Xadson | 63 | 628 |
Foto | Multfilm qahramonlari oramizda ekanligini isbotlovchi suratlar (foto) | Qaysi qiz yoshligida Disney multqahramonlariga o‘xshashni istamagan deysiz? Zolushka, Rapunsel ... Biroq Blits, Yubaba yoki Missis Kartoshkaga o‘xshashni orzu qilgan qizlarni topish qiyin bo‘lsa kerak. Biroq aynan ularga o‘xshashlik ba’zan dunyo bo‘yicha mashhurlikka sabab bo‘lgan.
AdMe ana shunday multfilm qahramonlariga aynan o‘xshash kishilar suratini taqdim etdi. | 69 | 369 |
Foto | Fotogalereya: Qish fasli ertakmonand darajada go‘zal o‘tadigan 20 ta joy | Qish — yilning eng ajoyib fasllaridan biri. Atrof-muhit oppoq qorga burkanadi, havo sovuq, lekin toza. Yer yuzida shunday joylar borki, qish tarovati bu yerlarni ertaklardagi sehrli o‘lkalarga aylantiradi.
Qish faslini yaxshi ko‘radiganlar uchun 20 ta sovuq, lekin ko‘rkam qish manzaralariga ega joylar bilan tanishtiramiz.
1. Val-Martello, Italiya
2. Tadami daryosi, Yaponiya
3. Kol de la Turn, Shveysariya
4. Peyto ko‘li, Kanada
5. Segoviyadagi Alkasar qasri, Ispaniya
6. Banf milliy parki, Kanada
7. Boreal o‘rmonlar, Norvegiya
8. Galshtat, Avstriya
9. Manitoba, Kanada
10. Dolomiti, Italiya
11. Shannon daryosi, Irlandiya
12. Bavariya, Germaniya
13. Xamnyoy, Norvegiya
14. Kampina milliy parki, Italiya
15. Bled ko‘li, Sloveniya
16. “Mumi-trollar mamlakati” ko‘ngilochar bog‘i, Finlyandiya
17. Aramil, Rossiya
18. Alp tog‘lari, Fransiya
19. Plitvitsk ko‘li, Xorvatiya
20. Surgut, Rossiya | 72 | 912 |
Foto | Fotogalereya: Venesuelalik ayollar og‘ir sharoitlarda ham o‘z go‘zalligini saqlab qolmoqda | Venesuela har doim go‘zal ayollari bilan mashhur bo‘lib kelgan. Venesuelalik 7 nafar ayol “Koinot go‘zali”, 6 nafari esa “Dunyo go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan. Biroq bugungi kunda mamlakat uzoq davom etgan inqirozni boshdan kechirmoqda. Ayollar oilasini boqish uchun kosmetika mahsulotlari va o‘zini parvarish qilishdan voz kechishga majbur bo‘lmoqda. Go‘zallik salonlari oziq-ovqat mahsuloti evaziga xizmat ko‘rsatmoqda. Uch milliondan ziyod aholi — jami aholisining o‘ndan bir qismi o‘z vatanini tark etgan. Venesuela ayollari mana shunday sharoitda o‘z go‘zalligini qanday qilib saqlab qolishga urinmoqda?
Manikyur ustasi Mariya Trinidad Tobar go‘zallik salonida mijoz kutmoqda. Karakas, 2019-yil 19-mart
Go‘zallik salonida rangsizlantirilgan tabiiy sochlar. Karakas, 2019-yil 2-aprel
Go‘zallik salonida “Venesuela go‘zali” kabi ko‘ylak kiygan maneken, Karakas, 2019-yil 22-mart
Yaris Kolina go‘zallik saloniga manikyur uchun keldi, Karakas, 2019-yil 22-mart
Karakasdagi bo‘m-bo‘sh go‘zallik saloni, 2019-yil 19-mart
Nelli Navaro sochlari uchun qancha haq to‘lashini so‘ramoqda, Karakas, 2019-yil 2-aprel
Valeriya Dias go‘zallik salonida 100 dollarga sotgan sochlarini so‘nggi marta ushlamoqda, Karakas, 2019-yil 5-aprel
Sartarosh Rozvel Velaskes o‘z salonida mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Karakas, 2019-yil 20-mart
Valeriya Dias sochlarini qirqtirmoqda. Karakas, 2019-yil 5-aprel | 90 | 1,396 |
Foto | Olimpiya gettosi: Turindagi shaharchaning muhojirlar uchun boshpanaga aylanish tarixi (foto) | Olimpiadadan so‘ng sport obyektlari ko‘pincha talabgir bo‘lmay qoladi. Turindagi binolar ham tashlandiq bo‘lib qoldi — u yerga afrikalik qochoqlar ko‘chib kirib oldi. “RBK” ular Olimpiya shaharchasida qanday yashashini ko‘rsatib berdi.
20-Olimpiya o‘yinlari Turinda 2006-yilning fevralida o‘tkazilgan edi. Yubiley qishki Olimpiadaga mezbonlik qilish huquqini Italiya shahri Shveysariyaning Syon shahrini ortda qoldirib, qo‘lga kiritgan edi. Shaharda qariyb 65 ta sport obyektlari qurildi, shuningdek, metropoliten ochildi.
Olimpiada shaharni sanoat markazidan sayyohlik markaziga aylantirishi kerak edi. Turin avtomobilsozlik poytaxti hisoblanadi: u yerda FIAT, Lancia va Iveco kompaniyalari bosh qarorgohlari joylashgan.
Olimpiya shaharchasi hududida yashash uchun 300 ta xonali to‘rtta bino joylashgan. Dastlab musobaqalardan keyin uylar tijoriy foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi.
Olimpiadadan so‘ng binolar qo‘llailmay qoldi. 2013-yilda Turindagi Olimpiya shaharchasiga mingdan ortiq afrikalik qochoqlar joylashtirildi. Bugungi kunda tashlandiq obyektlarda 30 mamlakatdan kelgan muhojirlar yashaydi.
Ayni paytda uylar yarim tashlandiq holatda bo‘lib, ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Nozik beton konstruksiyalar va gips-karton devorlar yashash uchun zarur sharoitlarni ta’minlay olmaydi.
2015-yil yanvarida Turin hukumati afrikalik muhojirlarni Olimpiya shaharchasidan haydashni boshladi. Loyiha doirasida shaharchadagi binolar 2020-yilgacha buzib tashlanishi, barcha yashovchilarga esa boshqa boshpana, ta’lim va ish qidirishda ko‘mak taqdim etilishi kerak. | 92 | 1,576 |
Foto | Fotogalereya: Omadli fotograflar tomonidan olingan suratlar | Zamonaviy texnologiyalar fotosan’atning chegaralarini kengaytirmoqda. Masalan, dronlar yordamida suratga olish ommalashib bormoqda. Shunday bo‘lsa ham, fotografning omadliligi va his qila olish qolibiyati muhim sanaladi. AdMe ana shunday omad va sezgilar natijasida olingan suratlarni taqdim etdi. | 59 | 297 |
Foto | Fotogalereya: Burj al-Arab mehmonxonasidagi eng qimmat nomerning aqldan ozdiruvchi suratlari | Birlashga Arab Amirligining eng katta shahalaridan biri hisoblanuvchi Dubay odamlarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Bu yerdagi Burj Al-Arab mehmonxonasida tashkil etilgan ikkita nomer o‘zining hashamati bilan ko‘pchilikni aqldan ozdiradi.
TravelAsk osmono‘par binosning eng yuqori qavatida joylashgan, 780 kvadrat metrni egallagan nomerning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Ushbu supernomerlar joylashgan Dubayning mashhur mehmonxonasi
Eng yuqori qavatdan binoning ichi shu kabi ko‘rinishga ega
Ikki darajali nomer Royal Two-Bedroom Suite deb atalib, unga alohida lift eltadi. Bu yerda ikkita yotoqxona va ishchi kabinet mavjud.
Mehmonxona
Mehmonxona ushbu nomerlar uchun LG’ga oltindan ishlangan televizorlarni buyurtma qilgan
Har kuni mehmonxona 10 minglab yangi atirgullar bilan bezatiladi
Mehmonxona yonidagi hojatxona
Ikkinchi qavat
Yotoqxona
Mehmonxonaning o‘ziga xos jihati — barcha nomerlardagi krovatlar tepasida ko‘zgu bor
Yotoqxona yaqinidagi yuvinish xonasi
Garderobga eltuvchi eshik
Ikkinchi yotoqxona
Ovqatlanish xonasi
Tashqi manzara
Ish kabineti | 92 | 1,089 |
Foto | Rossiyaning yadroviy qalqoni (fotogalereya) | Rossiyaning strategik ahamiyatdagi raketa qo‘shinlari — mamlakat strategik yadroviy qo‘shinlarining asosiy bo‘g‘inidir. “Gazeta.ru”ning xabar berishicha, 1959-yil 17-dekabr kuni tashkil etilgan ushbu qo‘shin 12 raketa diviziyasidan tashkil topgan.
Doimiy jangovar shay holatda turadigan mazkur qo‘shinlar tarkibidagi diviziyalar sonini 2020-yilga borib, “Barguzin” jangovar temiryo‘l raketa majmualari hisobidan, 13 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
“Topol” RT-2PM qit’alararo ballistik raketasi 1985-yil iyulidan beri jangovar navbatchilikda turibdi. U 10,5—11 ming kilometr masofadagi nishonni ura oladi. 2021-yilda “Topol” QBRlari o‘rnini yangi — “Yars” va “Yars-M” majmualari egallaydi.
“Yars” strategik raketasi 2009-yili foydalanishga qabul qilingan bo‘lib, 11 ming kilometr masofadagi nishonni ura oladi. “Topol”dan farqli o‘laroq, “Yars”lar ajraluvchi bosh qismi bilan ta’minlangan bo‘lib, bu qism, turli ma’lumotlarga ko‘ra, uch yoki to‘rtta jangovar yadroviy blokni o‘z ichiga olgan.
“Voyevoda” R-36M2 — ukrainalik muhandislar tomonidan ishlab chiqilgan, 15 ming kilometrgacha masofada bo‘lgan dushman pozitsiyalarini yo‘q qila oladigan raketa. Bu raketa o‘rniga undan ham kuchliroq “Sarmat” raketalari ishlab chiqilgan bo‘lib, 2018—2019-yillarda diviziyalarga yetkazib berilishi boshlanadi.
Rossiya armiyasi 1994-yilga qadar foydalangan yadroviy “arvoh-poyezd” — Jangovar temiryo‘l raketa majmuasi (JTRM). Bugungi kunda mazkur loyiha qayta ishga tushirilgan bo‘lib, “Barguzin” nomi ostida yangi poyezd ishlab chiqilmoqda. Dastlabki namunasi 2018-yilda harbiylarga beriladigan poyezddan 2040-yilgacha foydalaniladi.
“Kapustin Yar” sinov poligoni — Rossiyaning Astraxan viloyati shimoli-g‘arbidagi harbiy raketa poligoni. Dastlabki sovet ballistik raketalarini sinash uchun 1946-yili tashkil etilgan. Hozirgi kunda raketa sinovlari uchun yagona ilmiy-tadqiqot majmuasi hisoblanadi.
Qozog‘istondagi Sarishag‘an poligoni — raketaga qarshi qurollarni ishlab chiqish va sinash bo‘yicha Yevroosiyodagi birinchi va yagona poligon. Qarag‘anda va Jambul viloyatlari hududidagi cho‘l hududda joylashgan, Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan ijaraga olingan.
Qayd etish joiz, Rossiya tomonidan sinov tariqasida uchiriladigan ballistik raketalar O‘zbekiston osmonida ham ko‘rinib turadi. | 43 | 2,288 |
Foto | Fotogalereya: Pxenyan qizlari | Xorijiy muxbirlarga kamdan-kam hollarda Shimoliy Koreyaga borish nasib etadi. Biroq 2017-yilning aprel oyida jurnalistlar va fotograflar KXDRning abadiy prezidenti Kim Ir Sen tavalludining 105-yilligiga taklif qilindi. Taklif qilingan fotograflar dunyoga yopiq mamlakat hayotini ko‘rsatuvchi yangi fotosuratlarni taqdim etish imkoniga ega bo‘ldi. “Gazeta.ru” nashri Pxenyan ayollari va qizlarining bayram arafasida olingan fotosuratlari jamlanmasini taqdim etdi.
Pxenyan hayvonot bog‘ida muzqaymoq yeyayotgan qizlar, 16-aprel 2017-yil
Pxenyan ko‘chasidagi qizlar, 12-aprel 2017-yil
Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbir, 15-aprel 2017-yil
Pxenyandagi gul ko‘rgazmasiga kelgan qiz, 16-aprel 2017-yil
Pxenyan metropoliteni xodimi, 14-aprel 2017-yil
Pxenyandagi yo‘lovchilar, 12-aprel 2017-yil
Pxenyandagi Mangyonde tumanidagi maktab o‘quvchilari saroyi Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbirga tayyorgarlik vaqtida, 14-aprel 2017-yil
Pxenyan metrosidagi qiz, 14-aprel 2017-yil
Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbir, 15-aprel 2017-yil
Pxenyan metrosidagi qiz, 14-aprel 2017-yil
Pxenyan metrosidagi qiz, 14-aprel 2017-yil
Pxenyandagi tartibga soluvchi, 13-aprel 2017-yil
Pxenyan metropoliteni xodimi, 14-aprel 2017-yil
Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbir, 15-aprel 2017-yil
Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbir, 15-aprel 2017-yil
Pxenyandagi Mangyonde tumanidagi maktab o‘quvchilari saroyi Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbirga tayyorgarlik vaqtida, 14-aprel 2017-yil
Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbirda ishtirok etayotgan milliy libosdagi qiz, 15-aprel 2017-yil
Pxenyandagi gullar ko‘rgazmasi yaqinidagi turgan harbiy formadagi qizlar, 16-aprel 2017-yil
Pxenyandagi sotuvchi, 16-aprel 2017-yil
Pxenyanning Mangyonde tumanida joylashgan Kim Ir Sen muzeyi hududidagi ekskursovod, 14-aprel 2017-yil
Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbir, 15-aprel 2017-yil
Pxenyandagi baliq fabrikasi xodimi, 17-aprel 2017-yil
Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbir, 15-aprel 2017-yil
Pxenyandagi tartibga soluvchilar, 19-aprel 2017-yil
Pxenyanda yashovchilar, 13-aprel 2017-yil
Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga uyushtirilgan tadbir, 15-aprel 2017-yil
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 29 | 2,520 |
Foto | Fotogalereya: Kerakli lahzadan foydalanib qolgan mushuklar | Mushuklarning internetdagi suratlari odatda tez ommalashib ketadi. Bu suratlarni joylaydiganlar o‘z mushuklarining mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shadi. AdMe kerakli lahzada ajoyib suratga tushib, ana shunday mashhurlikka erishgan mushuklar suratlarni taqdim etdi. | 58 | 261 |
Foto | Fotogalereya: Unutilmas taassurot qoldiruvchi dahshatli muzeylar | Muzeylardan odatda ajoyib san’at asarlari va evolyutsiya natijasida paydo bo‘lgan narsalarni topsa bo‘ladi. Ammo tashrif har qanday odamning tasavvurida unutilmas iz qoldiradigan muzeylar ham bor. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi.
Avanos, Turkiya
Micropia, Gollandiya
Kent, Angliya
Myutter muzeyi, AQSh
Kankun, Meksika
Texas, AQSh
Yaponiya
Portlend, AQSh | 64 | 369 |
Foto | Shavkat Mirziyoev “Pokiston monumenti” milliy yodgorlik majmuasida bo'ldi | Shavkat Mirziyoev 4 mart kuni “Pokiston monumenti” milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Islomobod shahridagi bu majmua qariyb 3 gektar maydonni egallagan, uch yil davomida qurilib, 2007 yilda ochilgan. Yodgorlikning shakli gul barglariga o'xshaydi. To'rtta yirik barg Pokistonning to'rt provintsiyasini ifodalaydi. E'tiborlisi, majmua boburiylar me'morchiligi an'analari asosida barpo etilgan. Bu yerda tarix muzeyi ham bor.
Davlat rahbariga majmuadagi suratlar tarixi haqida so'zlab berildi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoev pokistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashgani xabar qilingandi. Eslatib o'tamiz, Pokiston OAV Shavkat Mirziyoev tashrifi haqida 200 dan ortiq maqola chop etgan. | 73 | 756 |
Foto | Fotogalereya: Plastik chiqindilar atrof-muhit uchun zarar ekanligini isbotlovchi suratlar | Ayni paytda insoniyat yiliga 300 million tonna plastik ishlab chiqarmoqda, uning yarmi bir martalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ularning atigi 10 foizi qayta ishlanadi, qolgani esa chiqindiga va daryolarga tushadi. Tadqiqotning ko‘rsatishicha, Afrikadagi ikkita va Osiyodagi sakkizta daryo dunyo okeaniga tushadigan plastik chiqindining 90 fozini oqizib keladi. AdMe plastik buyumlarning atrof-muhitga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 89 | 477 |
Foto | Yosemite bog‘idagi bir yilda bir marta ko‘rish mumkin bo‘lgan olovli sharshara paydo bo‘ldi(foto va video) | Yosemite milliy bog‘iga bir yilda bor yo‘g‘i bir necha kun davom etadigan noyob tabiat hodisasi qaytdi, deya xabar beradi “ForumDaily”.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu tabiat hodisasi hayolot bo‘lib, uning natijasida go‘yoki qaynoq lava qoya bo‘ylab oqayotganday tuyuladi.
“Olovli sharshara”ni bir yilda bor -yo‘g‘i bir marta foto va videoga muhrlash mumkin.
“Olovli sharshara” botayotgan quyosh nurlarini suv oqimiga to‘g‘ri burchak ostida yo‘naltirganda paydo bo‘ladi.
Ushbu hodisa fevralda ikki kun davom etadi va uni ko‘rgani har kuni yuzlab odamlar tashrif buyuradi. Sharsharaning u yoki bu yilda qanday ko‘rinishi qoyadan oqayotgan suvga bog‘liq.
Kaliforniya shtatining Fresno shahridan bo‘lgan fotosuratchi Vache Geyogliyan o‘tgan dushanba kuni kechqurun sharsharani suratga olib, ilk bor ushbu tabiat mo‘jizasining guvohi bo‘lgan. | 106 | 840 |
Foto | Kutilmagan holatda suratga tushib qolgan itlar (foto) | Itlar ba’zan odamlarga o‘xshab divanda o‘tirishi va boshqa ajabtovur qiliqlar qiladiki, ularni fotosuratga muhrlamasdan iloj yo‘q. AdMe kuchuklarning mana shunday qiziqarli rasmlarini taqdim etdi.
2. Menimcha, uning yuzi erib ketyapti
3. “Men ham odamga o‘xshab o‘tira olaman”
4. Bugun itim nimanidir chuqur o‘ylayapti
5. Bu ajoyib itni parkda ko‘rib qoldim
6. Mening itim o‘z iste’dodi bilan juda fahrlanadi
7. dog.exe dasturi, aftidan, to‘xtab qoldi shekilli
8. Buvam uni ovqatlatirib bo‘lgunicha itim shunday o‘tirdi
9. Men nima ovqat yeyayotganimni juda ham ko‘rgisi kelib ketdi
10. Faqat bu haqida mushuklarga aytmay qo‘yaqoling! Iltimos!
11. U aynan shu holatda uxlagisi keldi
12. Yorug‘lik uxlashga xalaqit qilganida
13. Uning burni 90 gradusga egildi
14. Itlarning burni baribir egiluvchan-da
15. Itimni hech qayeri og‘rimayapti, shunchaki mana shunday holatda o‘tirish unga juda ham yoqadi
16. Bu kuchuk divanda qanday o‘tirish kerakligini biladi | 53 | 970 |
Foto | Foto: Dizaynidan pishiriqqa o‘xshamaydigan antiqa tortlar | Ba’zan qandolatchilar nafaqat pazandalik mahorati, balki kutilmagan qirralari bilan ham hayratda qoldiradigan shirinliklar tayyorlaydi. Albatta, har qanday inson ularning ijod mahsulini tort deb o‘ylamasligi mumkin. Misol uchun, gamburger va kosmetik vositalar aslida shirinlik ekani hech kimning xayoliga ham kelmasligi aniq.
“Men turmush o‘rtog‘imning 30 yoshga to‘lgan kuni uchun ajoyib tort sotib olganimni aytdim. U, albatta, buni kutmagan edi”.
“11 yoshli qizimning tug‘ilgan kuni uchun tayyorlangan semiz kalamushli tort”.
“Xotinim va men o‘g‘limizning tug‘ilgan kuniga tayyorlangan bu tortdan juda xursand bo‘ldik”.
Bu tortni tayyorlagan kishi tug‘ilgan kun egasining barcha sevimli mashg‘ulotlarini hisobga olganga o‘xshaydi.
“Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu tort ajoyib asar. Bunga kun bo‘yi vaqt sarfladim, lekin bunisi xuddi o‘zidek chiqdi”.
“Bugun ishdagi so‘nggi kunim, shuning uchun bu tortni olib keldim”.
Tort – Prada sumkasi va Chanel kosmetikasi.
“Buni bayram kuni mehmonga kelganimda, qandolat do‘koni oynasida ko‘rdim”.
“Haqiqatan ham dengiz bo‘yidan uy sovg‘a qilmoqchi bo‘lganingizda”.
“Opam o‘zi pishirgan bu ajoyib tort bilan meni hayratda qoldirdi”.
Agar kimdir buni stolda ko‘rsa va tovuqdan tatib ko‘rmoqchi bo‘lsa-chi?
“Do‘stim mendan qayin tortini tayyorlashimi so‘radi”.
Bog‘ ko‘rinishidagi yong‘oqli tort.
“O‘tgan yilgi eng mashhur tortlarimdan biri”.
“Tug‘ilgan kunim uchun ajoyib tort”.
“O‘g‘limning 2 yoshga to‘lishi munosabati bilan tayyorlangan ferma torti”.
“Pechenye yordamida Rip Uiller ko‘rinishidagi tortni tayyorladim”. | 57 | 1,578 |
Foto | Evropadagi noqulay ob-havo, 10 yillik xotira, prezidentlar uchrashuvi — 11 mart suratlari | Bundan roppa-rosa 10 yil oldin — 2011 yilning 11 mart kuni Yaponiyaning Fukushima prefekturasida kuchli zilzila boʻlib, uning oqibatida vayronkor sunami yuzaga kelgan edi. Mazkur tabiiy ofat minglarcha insonning umriga zomin boʻlgan. Bugun mazkur voqeaga 10 yil toʻldi. Yaponiyaliklar sana munosabati bilan oʻtganlarni xotirlamoqda.
Evropaning bir qator davlatlarida yana noqulay ob-havo sharoitlari boshlanmoqda.
Bugun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovni qabul qildi. | 89 | 522 |
Foto | Osmondagi pushti super Oy: Ajoyib astronomik hodisaning kishini mahliyo etadigan suratlari | 27-aprel kechasi osmonda pushti rangli Oy ko‘rinish berdi. Kadrga muhrlangan ajoyib hodisa suratlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Bu 2021-yilning birinchi to‘lin oyi.
Oy Yerga maksimal darajada yaqin kelgan.
Oy va Yer sayyorasi o‘rtasidagi masofa, taxminan, 357 ming kilometrni tashkil qildi.
Bu vaqtda Yerning yo‘ldoshi odatdagidek ko‘rinishda bo‘lmagan.
Super Oy hodisasi to‘lin Oy hodisasi bilan bir paytda kuzatildi.
Bu vaqtda Oy o‘ziga xos rangga ega bo‘ladi.
Katta pushti Oyni birinchi bo‘lib Turkiya, Eron va Gemaniya aholisi ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan.
To‘lin Oy ko‘pincha bir-biridan ajoyib nomlar bilan ataladi.
Bahor guli floks (to‘p bo‘lib ochiladigan, o‘tsimon xushbo‘y gul) rangida ko‘rinish bergani uchun Aprel to‘lin oyi deb ham ataladi.
Mazkur gul Shimoliy Amerikada o‘sadi. U yerda yashagan hindular mazkur hodisaga qarab mavsum o‘zgarishini belgilagan.
Keyinchalik bu Yevropadan ko‘chib kelgan insonlar uchun ham an’anaga aylangan. | 90 | 964 |
Foto | Fotogalereya: Tashqi ko‘rinishi ustida ishlab, yoshargan rossiyalik yulduzlar | Vaqtning ustidan g‘alaba qilib bo‘lmaydi deyiladi. Ammo ba’zi yulduzlar buning noto‘g‘ri ekanini isbotladi. AdMe ularning suratini taqdim etdi. | 77 | 143 |
Foto | Dunyoning 12 ta eng yaxshi aviakompaniyasi styuardessalari qanday kiyinadi? (fotogalereya) | Travel Ask dunyoning eng nufuzli aviakompaniyalarida styuardessalik qiluvchi qizlar qanday ko‘rinishga egaligi va qanday kiyinishini ko‘rsatib beruvchi fotogalereyani taqdim etdi. | 90 | 179 |
Foto | Ozod qilingan Palmiradan fotosuratlar | Suriyadagi qadimiy Palmira shahri jangarilardan to‘liq ozod qilindi. YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan shahar deyarli bir yil davomida IShID terrorchi guruhi nazorati ostida turdi. YuNESKO noyob obidalarga terrorchilar yetkazgan zararni baholab chiqishi talab etiladi.
Meduza Palmiraning ozod qilinishidan so‘ng u yerda tushirilgan fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi.
Palmiraning tarixiy qismidagi portlatib yuborilgan G‘alaba arkasi ustunlari
Portlatib yuborilgan G‘alaba arkasi xarobalari
Buyuk kolonnada
Shaharning umumiy ko‘rinishi
IShID jangarilari deyarli bir yil davomida ko‘hna shaharni o‘z nazoratlari ostida saqladi
YuNESKO noyob obidalarga terrorchilar yetkazgan zararni baholab chiqishi talab etiladi
Palmira arxitektura-muzey majmuasi YuNESKO Butunjahon madaniy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan
Umumiy ko‘rinish
Buyuk kolonnada
Palmirani ozod qilish operatsiyasi Rossiya aviatsiyasi ko‘magida o‘tkazildi
IShID jangarilari Palmiradagi tangri Bel ibodatxonasini portlatib yubordi
Palmira qal’asining aholi yashash hududidan ko‘rinishi
Suriyalik askar Buyuk kolonnada yaqinida
Suriya armiyasi harbiylari Palmiraning aholi yashaydigan tumanida
Palmiraning aholi yashaydigan kvartallari
Palmiradagi vayronalar
Palmiradagi vayronalar
Palmira muzeyidagi ko‘rgazma zali
Palmira muzeyidagi ayrim eksponatlarga jiddiy zarar yetkazilgan
Palmira muzeyi eksponatlari
Palmira muzeyiga kirish
Suriya armiyasining “Cho‘l lochinlari brigadasi” bo‘linmasi jangchilari Palmiraning zamonaviy qismida
Suriya hukumat qo‘shinlari
Suriya hukumat qo‘shinlari
Palmira uzra hilpirayotgan Suriya bayrog‘i
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. | 37 | 1,772 |
Foto | Yer sayyorasining mobil aloqa yetib bormagan 10 hududi (foto) | Dunyoda shunday hududlar borki, u yerda na qo‘ng‘iroq qilish, na internetdan foydalanish imkoniyati mavjud. “Billionnews.ru” internet-nashri dunyoda umuman telefon aloqasi mavjud bo‘lmagan 10 ta joy nomini e’lon qildi.
Kifuka, Kongo Demokratik Respublikasi
Kifuka — dunyodagi eng xavfli hududlardan biri. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, yiliga bir kvadrat kilometrga 158 ta yashin zarbasi kelib uriladi. Shunga ko‘ra, har qanday elektron qurilmadan foydalanishni o‘z joniga qasd qilish bilan tenglashtirish mumkin.
Grin Benk, AQSh, G‘arbiy Virjiniya
Grin Benkda dunyodagi eng katta teleskop joylashgan, uning vazifasi kosmosdan keladigan eng zaif signallarni tutishdan iborat. Shuning uchun hududda o‘zidan elektromagnit nurlarini taratuvchi har qanday qurilmani ishlatish taqiqlanadi. Bunday qurilmalar ro‘yxatiga esa telefon aloqasi, Wi-Fi tamog‘i va hatto radio ham kiradi.
Motuo, Xitoy Xalq Respublikasi
Motuo Tibet hududida joylashgan bo‘lib, mahalliy buddaviylar bu joyni muqaddas hisoblashadi. Motuoga ko‘tarilish juda ham qiyin. U yerga borish uchun 200 metr uzunlikdagi osmako‘prikdan o‘tishga har kimning ham yuragi dosh bermaydi. Shu ko‘prik tufayli ham bu hududda aholi yashamaydi va bu yerda aloqa vositalarning ishlashi g‘alati holat bo‘lgan bo‘lar edi.
Muli, Farer orollari
Oldindan aytib bo‘lmaydigan noqulay ob-havo sharoitiga ega hududda, hayot kechirish uchun zarur bo‘ladigan resurslar deyarli mavjud emas. Mulida atigi 4 nafar mahalliy aholi bo‘lib, bunday og‘ir sharoit ham ularga hududni tashlab ketishlariga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Hududda turizmdan so‘z ochishning imkoni yo‘q, shuning uchun Mulini tashlandiq joy deb ham atasa bo‘ladi. Telekommunikatsiya haqida esa gap bo‘lishi mumkin emas.
Pitkern oroli, Tinch okeani
Pitkernning aholisi bor yo‘g‘i ellik kishidan iborat. Bu yerda sivilizatsiya bilan bog‘liq deyarli hech narsa yo‘q. Shu jumladan, telefon aloqasi va internet Pitkernda umuman mavjud emas. Aholi tashqi dunyo bilan faqatgina hududga bir oyda bir martda keladigan kema orqali aloqaga chiqishi mumkin.
“Akademik Vernadskiy” stansiyasi, Galindez oroli, Antarktika
Ukrainaning Antarktikadagi yagona ilmiy-tadqiqot stansiyasi. Tashqi dunyo bilan aloqa faqat sun’iy yo‘ldosh orqali amalga oshiriladi. Stansiyada internet mavjud, biroq uning tezligi ba’zida pochta orqali elektron xabarlarni yuborishga ham yetmaydi.
Vayau Laut, Filippin
Mahalliy aholi umrining ko‘p qismini suv ustida o‘tkazgani uchun “dengiz lo‘lilari” nomi bilan yuritiladi. Ular kamdan kam qirg‘oqqa tushishadi. Vayau Laut yashash uchun eng yaroqsiz bo‘lgan hududlar ro‘yxatiga kiradi. Bu yerda na ichimlik suvi, na elektr energiyasi va na tashqi dunyo bilan aloqa bor. Lekin shunday sharoitda ham hayot kechira olayotgan aholiga faqatgina tasanno deyish mumkin.
Sokotra oroli, Hind okeani
Orol tashqi dunyodan butunlay himoyalangani uchun “Yerdagi begona hudud” nomi bilan ataladi. Bu yerda g‘aroyib va noyob o‘simliklarni uchratish mumkin. Mobil aloqa va internet yo‘qligiga qaramay, Sokotrada 42 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Oymakon, Yoqutiston
Dunyoda aholi yashaydigan eng sovuq hudud Oymakon qishlog‘i hisoblanadi. Hududdagi eng sovuq harorat -71°С deb ro‘yxatga olingan. Bunday sovuq haroratda deyarli hamma narsa muzlab qoladi. Mobil aloqa yoki internetning bunaqa haroratda ishlay olishini esa tasavvur qilish imkonsiz. Aholi tashqi dunyo bilan faqatgina yoz faslida, haftada bir marta keladigan samolyot orqali aloqa qilishi mumkin.
Mavuzga doir: Fotogalereya: Yerning eng sovuq qishlog‘i — Oymakonga sayohat
Gorai, Hindiston
Faqat mulohaza yuritish va ichki xotirjamlikka erishish maqsadida barpo etilgan qishloqcha Gorai hisoblanadi. Goraiga telefon, planshet va shu kabi gadjetlar bilan kirishga ruxsat berilmaydi. Telefonda suhbatlashilmaganligi tufayli ham bu yerga aloqa xizmati yetib kelmagan. Goraiga qadam qo‘ygan inson hududda o‘rnatilgan qonun-qoidalarga so‘zsiz amal qilishi shart. Vaqtida uxlash, ovqatlanish, dam olish va mulohaza qilish hududning asosiy tartib qoidasi hisoblanadi. Bunday tartib-qoida kimga ham yoqmaydi!?
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 61 | 4,249 |
Foto | Fotogalereya: Hayratlanishga majbur qiluvchi suratlar | Yer yuzi kutilmagan mo‘jizalarga boy. Travel Ask har qanday insonni hayratda qoldiruvchi suratlarni yig‘di.
Yosh fuga baliqlari, xuddi kattalar kabi, shishishi mumkin, ular faqat juda yoqimli ko‘rinadi.
Toshbaqani teskari qilib ko‘tarilsa, smaylik borligini ko‘rish mumkin
Genetika natijasida ba’zi omarlar moviy rangga kirib qoladi
Ushbu zaytun daraxti 2 000 yoshda
Birorta ham dog‘i bo‘lmagan oppoq jirafa
100 yil oldin muzlatgichlar mana shunday ko‘rinishda bo‘lgan
Yoqutistonda qaqshatqich sovuq havoda kiyib yurish uchun maxsus kiyim yaratildi
Pushti toshbaqa
O‘rtasidan kesilgan mineral. Ichida esa dengiz to‘lqinlarining tasviri bor
Yuzasi chig‘anoqlar bilan to‘lib ketgan plyaj
Fazoviy qo‘ziqorin
Avokado shoxchasi o‘sib ketsa, o‘zga sayyoralik dahshatli maxluqqa o‘xshab qoladi
Bu orangutan avval hayvonot bog‘ida yashagan. Shuning uchun foydali ko‘nikmalarni egallagan
Buning ichiga havo kiritilsa, 1 litrli bankaga aylanadi | 53 | 947 |
Foto | Bollivud qiroli Shohruh Xonning Dubaydagi hashamatli uyi — “Jannat” qanday ko‘rinishga ega? (foto) | Bollivud qiroli Shohruh Xon va uning rafiqasi Gaurining Dubaydagi Palm Jumeirah sun’iy orolida uylari bor. Ularning villasi “Jannat” deb nomlanadi.
Villa Shohruh Xonga dubaylik quruvchi Xon Naxil tomonidan 2007-yilda rasmiy sovg‘a sifatida hadya qilingan.
“Jannat” 2,8 million dollarga baholangan, u 6 ta yotoqxona, masofadan boshqariladigan 2 ta garaj, basseyn hamda baliq ovlashga mo‘ljallangan plyaj uchastkasiga ega.
“Jannat” derazalaridan Dubay ko‘rinib turadi.
Shohruh Xonning rafiqasi Gauri BAA ularning oilaviy dam olish uchun eng sevimli joylaridan biri ekanligini aytib o‘tgan. Xonlar oilaviy suratlarini ko‘p ham OAVga taqdim etavermaydi. Ular hech qachon villa ichidagi dam olish jarayonini muxlislariga ko‘rsatmaydi.
Abhishek Bachchan va Ayshvariya Rayning Dubaydagi hashamatli uyiga sayohat (foto) | 98 | 817 |
Foto | Dunyo shaharlari ko‘chalari tig‘iz soatlarda (fotogalereya) | Ko‘pchilik tig‘iz soatlarda ko‘chalarda odamlarning ko‘payib ketishi, avtoyo‘llarda esa tiqilinchlik kelib chiqishi, buning oqibatida ishga kech qolishidan noliydi. Ayrim yirik shaharlarda jamoat transporti yurishi uchun alohida yo‘l ajratiladi, lekin u ham odamga to‘lib ketadi. Lekin bu borada ham o‘ziga yarasha rekordchilar bor. Dunyoning ayrim shaharlarda tiqilinch soatlar qanday kechishini bilganlar o‘zlarining ahvoli unchalik yomon emasligini tushunadi. TravelAsk ba’zi shaharlarning tig‘iz soatlari aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
1. Pekin, Xitoy.
2. Dakka, Bangladesh.
3. Venetsiya, Italiya.
4. Chxattisgarx shtati, Hindiston.
5. Tokio, Yaponiya. Shibbalovchilar odamlarni jamoat transportiga sig‘dirishga urinmoqda.
6. Siyemreap, Kambodja.
7. London, Buyuk Britaniya.
8. Moskva, Rossiya.
9. San-Paulu, Braziliya.
10. Kampaladagi taksi parki, Uganda.
11. Palermo, Italiya. | 59 | 899 |
Foto | Askotdagi ot poygalarining birinchi kuni (foto) | Buyuk Britaniyada 20-iyun muhim ijtimoiy tadbirlardan biri — Askotda Qirollik ot poygalarining birinchi kuni: Angliyadagi tadbirga qirolicha Yelizaveta II boshchiligida Britaniya monarxiyasi vakillari yetib keldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”
Kembrij gersogi va gersoginyasi shahzoda Edvard hamda uning rafiqasi Sofi bilan birgalikda bitta kabrioletda keldi. Ot poygalari boshlanishidan oldin qirollik oilasi Londondagi terakt hamda Grenfell Tower’da sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqladi. Shuningdek, Askot otchopari yong‘indan talafot ko‘rganlarga yordam ko‘rsatuvchi Britaniya Qizil Xoch jamiyati va fondlarga 100 ming funt taqdim etishi ma’lum qilindi. | 47 | 703 |
Foto | Parijda milliy bayram tantanalari, zargʻaldoq flamingolar, Kubadagi namoyishlar — 14 iyul suratlari | Kunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Kubada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Polisiya koʻchalarda navbatchilik qilmoqda.
Buyuk Britaniyada dam olish kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan karnaval qatnashchisi oʻzining libosini namoyish qilmoqda.
Fransiyada 14 iyul Milliy bayram kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan mamlakat aviasiyasi respublika bayrogʻi ranglarini samoga olib chiqdi. Orqa fonda esa Eyfel minorasi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tantalarda ishtirok etmoqda.
Buyuk Britaniyadagi hayvonot bogʻlarining birida flamingolar oilasida yangi mehmon dunyoga keldi.
Myanmada harbiy toʻntarishga qarshi namoyishlar yana qaytadan boshlanib ketdi.
Fransiyaning xorijiy legioni bayram tadbirlari davomida Yelisey maydonida paradda qatnashmoqda.
Keniyada oyoq kiyimlar rastasi orqasida gazeta oʻqib oʻtirgan kishi.
Parijdagi Gʻalaba arkasi maydonida harbiy paradda qatnashayotgan fransuz harbiylari. | 99 | 966 |
Foto | Rivojlangan va notinchlik hukm surayotgan mamlakatlar aholisining hayot tarzidagi keskin farqni aks ettiruvchi suratlar | Turkiyalik fotograf Ugur Gallenkush bir necha yildan beri qiziqarli loyiha bilan shug‘ullanadi, deb yozadi AdMe.
U bir-biridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda yashayotgan insonlar suratini yonma-yon qo‘yib, rivojlangan mamlakatlardagi hayot urush xavf solayotgan mamlakatlardagidan qanchalik darajada farq qilishini ko‘rsatib beradi.
Ugur zamonaviy Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning so‘zlarini iqtibos sifatida keltirishni yoqtiradi: “Uyning tinchligi — butun dunyoning tinchligi”.
Uning ta’kidlashicha, ayrim hollarda suratlar minglab so‘zlardan ham yorqinroq taassurot qoldirishi mumkin.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Dunyo mamlakatlari yeguliklari va ovqatlanish madaniyati — suratlarda | 119 | 1,201 |
Foto | Fotogaleraya: Shunchaki tilini chiqarib barchaning mehrini qozongan jonzotlar | AdMe o‘zining xatti-harakatlari bilan odamlarga xush kayfiyat ulashuvchi jonzotlarning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 77 | 126 |
Foto | Qadimiy, ammo bugunga qadar mavjud bo‘lgan 15 shahar | Shaharlar bundan 5-6 ming yillar muqaddam vujudga kelgan. Qadimgi dunyo tarixida dong taratgan buyuk shaharlarning ko‘pchiligi yo‘q bo‘lib ketgan. Ammo ularning ba’zi birovlari bugungi kunga qadar ham mavjud bo‘lib, turistlarning sevimli sayohat hududlariga aylanib qolgan.
Novate sayti vujudga kelishi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan, ammo bugungacha mavjud bo‘lgan ana shunday shaharlardan 15 tasi haqida qisqacha ma’lumot taqdim etdi.
Nomi yunon manbalarida Baktra deb tilga olinadigan shahar hududida ilk odamlar 3,5 ming yillar muqaddam o‘rnasha boshlagan. Shundan buyon tuzilgan ko‘plab davlatlarning poytaxti yoki markazlaridan biri maqomida yurgan bu shahar arab manbalarida “Shaharlar onasi” deb ataladi. Bugungi kunda u ilgarigiday yirik va zamonaviy shahar emas, lekin, shunga qaramay, tarixiy muhitni saqlab qola olgani bilan diqqatga sazovordir.
Bu shahar bobilliklarni, midiyaliklarni ko‘rgan noyob tarix darakchisidir. Shahar Bag‘doddan 240 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, neft sanoati markazlaridan biri sanaladi.
Arbil qadimdan savdo-sotiq markazi bo‘lib kelgan. Forslardan tortib turklargacha ushbu shaharga egalik qilish uchun kurashgan. Shuningdek, Arbil Buyuk Ipak Yo‘lining muhim markazlaridan biri ham edi.
Sur ham o‘zining qariyb 5 ming yillik tarixi mobaynida ko‘plab xalqlar va imperiyalarni ko‘rdi. Milodiy 64-yilda u Rim imperiyasi tarafidan zabt etildi. Hozir u dunyoning eng go‘zal turistik shaharlaridan biri hisoblanadi.
Yaqin Sharq va butun dunyoning eng mashhur shaharlaridan biri bo‘lmish Quddus jahonning uch dini vakillari uchun muqaddas dargoh hisoblanadi. U yerda yahudiylarning, xristianlarning va musulmonlarning muborak qadamjolari bor. Xudovand tobuti ibodatxonasi, al-Aqso masjidi shular jumlasidandir. Tarixi davomida Quddus 23 marta qamal qilingan, unga 52 hujum amalga oshirilgan. Bundan tashqari, u ikki marta butunlay vayron etilgan va qayta tiklangan.
Besh ming yillik tarixga ega Bayrut nafaqat turistik manzilgoh, balki Livanning markazi va shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy shahar hamdir. U mamlakatning poytaxti va ayni paytda iqtisodiy va madaniy markazidir.
Boshqa qadimiy shaharlar singari, G‘oziantep ham ko‘plab bosqinlar, rivojlanish va qulashlarni boshdan kechirgan. Bugungi kunda esa u Turkiyaning eng diqqatga sazovor ko‘hna manzilgohlaridan biri hisoblanadi.
Bolgariyaning Plovdiv shahri 6000 yildan buyon o‘z o‘rnida sobit turibdi. U Frakiya tarkibida bo‘ldi, rimliklar va Usmonlilar tomonidan egallandi. Shu bois unda turfa tarixiy yodgorliklarni topish mumkin, masalan, turk hammomlarini va Rim uslubidagi me’moriy obidalarni.
Sayda shahrida Aleksandr Makedonskiy, Iso Masih bo‘lgan. Uning hududidagi eng eski yodgorlik bo‘lmish finikiyaliklar manzilgohi bugungi kunga qadar mavjud.
Al-Fayum Qadimgi Misrdagi Krokodilopolis shahrining tarixiy qismidir. Bu shahar aholisi Petsuxos nomli timsohga topingan. Unga yaqin hududda piramidalar va madaniy markaz joylashgan.
Yunon manbalarida Suza deb ataladigan bu shahar o‘z vaqtida Elamning markazi, Ahamoniylar saltanatining markazlaridan biri bo‘lgan. Hozir bu mitti shaharda 65 ming kishi istiqomat qiladi. Vaholanki, u Eron tarixidagi eng yirik shaharchilik markazlaridan biri bo‘lgan.
Damashqqa ta’rif berish ortiqcha bo‘lsa kerak. Qadimgi dunyoning eng yirik shaharlaridan biri o‘rta asrlarda arab xalifaligining poytaxtiga aylandi. Bugungi tarixchilar uni dunyodagi eng qadimgi tirik shahar deb ataydi.
Halab, boshqa ko‘plab qadimgi shaharlardan farqli ravishda, bugungi kunda ham yirik megapolis maqomini saqlab qolgan edi. Suriyada fuqarolik urushi boshlanguniga qadar uning aholisi 4,4 million kishini tashkil qilardi.
Finikiyaliklar bu shaharni Gebal deb atagan. Bibl nomini esa unga yunonlar bergan.
Iyerixon bugungi kunda mavjudligini saqlab qolgan eng qadimgi shahardir. Uning hududida ilk bor odamlar 11 ming yil oldin joylasha boshlagan. Hozir u yerda 20 ming kishi yashaydi. | 52 | 3,930 |
Foto | O‘rta asr rassomlarining mo‘yqalami bilan yaratilgandek tasavvur uyg‘otuvchi fotosuratlar | Fotografiya — o‘ylaganimizdan ham ko‘ra injiq soha. Kamera tugmasini bir marta bosish orqali Uyg‘onish davridagi kabi eng yaxshi asar yoki e’tibor berishga arzimaydigan kadr yaratish mumkin.
AdMe nashri oddiy insonlar tomonidan olingan, muzey devoridagi suratga o‘xshab chiqqan kadrlarni e’tiboringizga havola qiladi.
“Sherigimning rasm chizadigan joyi”
“Quvnoq musiqachi”
“Avtobus oynasidan olgan suratim”
“Yog‘och buyumlar ustasi. Turkiya”
“Bu suratni baliqchilik fermasida olganman”
“Qiziq, uning ichida nechta qo‘zichoq borakan?”
“Yangi dunyo oynasi”
“Gollandiyalik tegirmonchining portreti”
“Menga doimo shu rasmim Uyg‘onish davridagi suratga o‘xshashligini aytishadi”
“Ko‘zlarimda tonggi nur aksi”
“An’anaviy oshxona o‘chog‘i”
“Kafeda. 2009-yil”
“Tovuqlar issiq taftidan zavqlanyapti”
“Yo‘l chetiga tashlab ketilgan olmalar” | 89 | 843 |
Foto | Yaponiyaning alohida dunyo ekanini isbotlovchi suratlar | Yaponiya — o‘ziga xos madaniyatga ega mamlakat, buni boshqa mamlakat fuqarosi hech qachon to‘liq his qila olmaydi. Quyidagi kadrlar orqali Quyosh mamlakati haqida juda ko‘p qiziqarli narsalarni bilib olish mumkin.
Yaponiyaning ayrim shaharlarida drenaj suvi shunchalik tozaki, hatto unda koi baliqlari suzib yuradi.
Ma’lumki, ko‘p yillardan beri Yaponiyada to‘rtburchak tarvuzlar yetishtirib kelinmoqda. Ammo ko‘pchilik ularning dekorativ maqsadlarda o‘stirilishini va yeb bo‘lmasligini bilmaydi. Tarvuzlar pishmasdan avval uzib olinadi. Yaponiyada bunday tarvuzni sovg‘a sifatida taqdim etish odatga aylangan.
Bundan tashqari, bozordan oq qulupnay ham topishingiz mumkin. Uning donasi 4-5 dollar turadi, ta’mi esa ananasga o‘xshaydi.
Faqatgina Yaponiyadagina cho‘chqa sayr qildirib yurgan odamlarni ko‘rish mumkin.
Umuman olganda, yaponlar juda intizomli xalq bo‘lib, qonunlarni hurmat qiladi. Masalan, pastga tushish zinasi bo‘sh bo‘lsa ham hech kim yuqoriga chiqmaydi.
Yaponlar metro poyezdining kelishini tartibga rioya qilgan holda kutadi.
Mamlakat haydovchilari mashinalarni teskari parkovka qilishga odatlangan.
Ba’zi dalalarda ulkan san’at asarlari yaratish uchun guruch yetishtiriladi. Bu kabi naqshlar guruchning turli navlarini ekish orqali yaratiladi.
Yaponlar qari daraxtlarni ham asrab-avaylaydi.
Liftlarda favqulodda vaziyatlarda hojatxona sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan o‘rindiq mavjud.
Savdo avtomatlaridan quritilgan hasharotlarni sotib olish mumkin.
Mamlakatda kapsulali mehmonxonalar juda ko‘p. Ular, albatta, klostrofob odamlar uchun mo‘ljallanmagan.
Yaponiya restoranlarida taom tortishdan avval oshibori — qo‘llarni artish uchun nam sochiq olib kelishadi.
Temiryo‘l stansiyalaridagi hojatxonalarda bolalar uchun kichik unitazlar mavjud.
Bankomatlar yonida chashka va hassa ushlagichlari mavjud.
Yaponiyadagi supermarketlarda savatlarni dezinfeksiya qiluvchi shkaflar bor.
Yaponiyada bunday kichik yuk mashinalarini tez-tez uchratish mumkin.
Yaponlar kanalizatsiya qopqoqlarini ham haqiqiy san’at asarlariga aylantirgan.
Yaponiyada “mushuk” orollari ham bor. Masalan, Aosima, Aynosima, Tasiro orollari shular jumlasidan.
Bu yerda uy hayvonlarini yaxshi ko‘rishadi. Ko‘pincha ularni aravachalarda olib yurishadi.
Kechqurun bambuk o‘rmoni shunday manzara hosil qiladi. | 55 | 2,313 |
Foto | 34 yoshli Dubay shahzodasi Fazza mushakdor tanasini namoyish etdi (foto) | Fazza taxallusi bilan tanilgan Dubayning 34 yoshli shahzodasi Hamdan bin Muhammad Al Maktum dunyodagi eng talabgir bo‘ydoqlardan biri hisoblanadi, deb xabar berdi “Makataka.ru”
Fazza vaqtini turli ko‘ngilxushliklarga sarflamaydi. U xayriya ishlarida qatnashadi, kambag‘allarga va Daun sindromidan azob chekuvchilarga yordam ko‘rsatadi. O‘zining ko‘rinishini saqlash uchun shahzoda har xil sport turlari bilan shug‘ullanadi.
Fazza katta tennis, otda chopish, suzish, dayving va boshqa sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib keladi.
Yaqinda u o‘zining Instagram’dagi sahifasiga suv mototsiklida harakatlangani tasvirlangan suratini joylashtirdi. Shahzodaning mushaklari ko‘plab obunachilarini “aqldan ozdirdi”.
Shahzodaning shaxsiy hayoti haqida hech narsa ma’lum emas. | 72 | 774 |
Foto | Fotogalereya: Medal olishi kerak bo‘lgan ajoyib ota-onalar | Ota-ona bo‘lish oson emas. Bugungi galereyamiz qahramonlari vaqtida hazillashshni biladigan, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan va bor kuchi bilan bolasini xursand qilishga intiladigan ota-onalardir. AdMe ana shunday holatlarni taqdim etdi. | 58 | 256 |
Foto | Fotogalereya: Farzandlarini bag‘oyat yaxshi ko‘radigan mashhur otalar | Mashhur erkaklar o‘z faoliyati bilan bir vaqtda yana bir muhim ish — otalikni eplashi kerak bo‘ladi. AdMe ana shunday mas’uliyatli ishni o‘z o‘rnida bajarayotgan mashhurlar fotojamlanmasini taqdim etdi. | 69 | 202 |
Foto | Fotogalereya: Instagram’dan har qanday yoshda ham foydalanish mumkinligini isbotlagan aktyorlar | AdMe yoshi o‘tib qolganiga qaramay Instagram’da ham mashhurlikka erishgan yulduzlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Sara Jessika Parker paparassidan berkinmoqda
Avtomobilingizga ehtiyot bo‘ling: uni Tom Xenks o‘g‘irlab ketishi mumkin
Kameron Dias pomidor yetishtirgani bilan maqtanmoqda
Martin Skorseze kulcha ustida hordiq chiqarmoqda
Arnold qizini tug‘ilgan kuni bilan tabriklamoqda
Lina Xidi — asalarilar qirolichasi
Dryu Berrimor “qizlar jannatida”
Rosomaxani tanidingizmi?
Naomi Uotts o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda
Dunyoni yana bir bor qutqarishdan oldin yaxshilab ovqatlanib olish kerak | 95 | 616 |
Foto | Fotogalereya: Oilaviy fotosessiyani san’atga aylantirgan otaning ijod namunasi | Jon Vilgelm ismli AKT mutaxassisi fotoshop yordamida o‘z oilasi — uch nafar qizi va rafiqasining suratlarini ertaklar fantaziyasiga aylantirgan. AdMe uning ijod naminalarini taqdim etdi. | 78 | 186 |
Foto | Fotogalereya: Hayvonlarning yuzga tabassum yugurishiga majbur qiluvchi suratlari | AdMe odamga xush kayfiyat bag‘ishlovchi hayvonlarning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Kuchuklar bir-birini silashni o‘rganib oldi
“Qaynanamning mushugi shu holda o‘tirishni yaxshi ko‘radi”
“Rafiqam doim oshxonadagi javonning eshigini yopmaganim uchun baqiradi. Bugun nima sababdan baqirishini tushunib yetdim”
—Yordam bering! Xo‘jayinim yo‘qolib qoldi.
—Tushunarli. Qancha bo‘ldi yo‘qolganiga?
—Naqd 20 daqiqa!
“Endi men pivoman”
“Uyg‘onsam, yostig‘im yo‘q. Qayerga yo‘qolganini divanda yotgan itimni ko‘rmaguncha rosa o‘yladim”
“Bugun biz mushuklarning zamonaviy san’atdagi obrazi haqida gaplashamiz”
Mushuklar uchun xostel
“Ofisda hech kimga ziyonim tegmay o‘tirgan edim, birdan tepamda bu paydo bo‘ldi”
“Ayrim mushuklar o‘z xo‘jayinlariga minnatdorchilik evaziga sichqon yoki chumchuq olib keladi. Mening mushugim esa choy paketini keltirdi”
“Elektrichkaning old o‘rindig‘ida kimdir xurrak otayotgan ekan, o‘rindiqni sekingina tepdim. Xurrak tindi va o‘ridiqdagi men tomonga o‘girildi”
Qulay kuzatish joyi
To‘satdan uyqu kelib qolganida
Nihoyat sig‘di
Itdek charchadim | 80 | 1,093 |
Foto | Dunyoning veb-kameralar o‘rnatilgan 9 ta g‘aroyib nuqtasi (foto) | Sayyoraning g‘aroyib, qiziqarli va ommabop nuqtalariga o‘rnatilgan veb-kameralar orqali uydan chiqmasdan turib, dunyo bo‘ylab sayohat qilish va ayni lahzalarda u yerda nima bo‘layotganini ko‘rish mumkin. Travel Ask ana shunday veb-kameralar qo‘yilgan manzillarning eng ommaboplarini sanab o‘tdi.
Manxettendagi veb-kamera Brodvey va Yettinchi avenyu kesishgan chorrahada joylashgan.
Veb-kamera Quyi bog‘dagi “Samson” favvorasiga qaratilgan.
2013-yilda Kay va Gerda ismli ayiqlar qiz farzand ko‘rdi, unga Shilka deb laqab qo‘yildi. Oq ayiqlar hayotini real vaqt rejimida tomosha qilish mumkin.
3200 kilogrammli bronza haykal Manxettendagi Bowling Green xiyobonida joylashgan.
Veb-kamera Janubiy Afrikada Kryuger milliy bog‘i chegarasida joylashgan. U orqali Afrika tabiati va fillarni kuzatish mumkin.
Dunyoga mashhur sharsharani boshqa qit’ada turib ham tomosha qilish mumkin.
Veb-kameralar 100 yoshli uyga o‘rnatilgan, uning yordamida tashkilotchilar arvohlar haqiqatda mavjud ekanligini isbotlovchi dalillarni yig‘moqchi. | 64 | 1,029 |
Foto | Koronavirusga qarshi emlash, poezd halokati, Viktor Orbanning tashrifi, Yaponiyadagi bahor elchilari — hafta suratlari | Hafta boshida mamlakat konstitusiyasiga oʻzgartirish kiritish orqali hokimiyatini uzaytirishni istagan Gaiti prezidenti Jovenel Moisga qarshi xalq norozilik namoyishlariga chiqdi. Iqtisodiy inqiroz ichra qolgan gaitiliklar Moisning noqonuniy ravishda hokimiyatda qolishini istamayapti.
2020 yilning eng koʻp muhokamalarga sabab boʻlgan voqealaridan biri bu, shubhasiz, oʻsha yilning 25 may kuni Minneapolis shahrida afroamerikalik Jorj Floydning polisiya xodimi Derek Shovin tomonidan tizzasi bilan boʻgʻib oʻldirilishi boʻlgan edi. Mazkur voqea ortidan butun dunyoda qora tanlilar diskriminasiyasiga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. 29 mart kuni Derek Shovin ustidan sud jarayoni boshlandi. Sud boshlanishidan avval jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda advokatlar, prokuratura xodimlari, Jorj Floydning yaqinlari ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.
Xabaringiz bor, 29 mart kuni Vengriya respublikasi bosh vaziri Viktor Orban amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. 30 mart kuni Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni Koʻksaroy qarorgohida qabul qildi. Qabulda ikki taraflama muzokaralar boʻlib oʻtdi. Viktor Orbanning tashrifi 31 mart kuni nihoyasiga yetdi.
Mana, ikki oydirki, Myanmada harbiy toʻntarishga qarshi xalq norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Oʻtgan dam olish kunlari eng ogʻir kunlar boʻlgani xabar qilindi. Toʻqnashuvda koʻplab insonlar jarohat olib, bir necha fuqarolar halok boʻldi. Ba'zi etnik ozchiliklar Tailand hududiga qayiqlarda qochib ketishga majbur boʻldi.
Yaponiyada bahor elchisi sifatida koʻriladigan sakura daraxti gullashi mavsumning eng e'tiborga molik voqeasi hisoblanadi. Aynan mazkur jarayon mamlakatda bahor kirib kelganining nishonasi sifatida koʻriladi. Butun mamlakat boʻylab kishilar tabiat goʻzalligidan bahra olish maqsadida bogʻlarga tashrif buyuradi va maroqli hordiq chiqaradi.
Koronavirusga chalingan kasallar soni boʻyicha yetakchilardan biri boʻlgan Braziliyada aholini emlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Mamlakat bugungi kunda 21 milliondan ortiq doza «Sinovac» vaksinasiga ega va kuniga 800 mingga yaqin kishi emlanmoqda. Mamlakatda umumiy hisobda 12,5 milliondan ortiq koronavirusga chalinish holatlari roʻyxatga olingan.
1 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Boyazid maydonida bir qator diniy va inson huquqlari tashkilotlari faollaridan iborat 200 dan ortiq kishi Sharqiy Turkistondagi uygʻularning huquqlariga dastak namunasi sifatida namoyishga chiqdi. Unda «Hazil emas, qatliom» yozuvini olib chiqib, siyosatchilarning diqqatini uygʻurlar masalasiga qaratish maqsad qilingan.
1 aprel kuni Myanmada harbiylar tomonidan amalga oshirilgan daavlat toʻntarishiga roppa-rosa ikki oy toʻldi. Mana, ikki oydirki, mamlakat notinchliklar ichida qolmoqda. Ayniqsa, Yangon shahrida xalq noroziligi davom etmoqda. Ular hokimiyatdan chetlatilib hibsga olingan mamlakat yetakchilarini ozod qilishni talab qilmoqda. Oddiy qoʻlbola qurollar bilan qurollangan xalq vakillariga qarshi polisiya va harbiylar professional qurollar bilan qarshilik qilmoqda. Namoyishlar davomida yuz bergan toʻqnashuvlar paytida oʻnlab insonlar halok boʻldi. Harbiylar oʻtgan dam olish kunlari havodan hujumlar uyushtirishi natijasida ba'zi etnik ozchiliklar Tailanddan boshpana izlab qochib ketishga majbur boʻlgan.
Ilm olishning erta-kechi yoʻq. Esingizda boʻlsa, oʻtgan yillarda Oʻzbekistonda ham 90 yoshli otaxonlar OTMga oʻqishga kirishga hujjatlar topshirgan edi. Nigeriyada ham 50 yoshli onaxon ilm olishga kirishdi hamda oʻrta maktabga qatnashni boshladi. Bundan tashqari, uning oʻz shaxsiy biznesi bor. U tikuvchilik qilish va ip sotish bilan ham shugʻullanadi.
Poezd eng xavfsiz transport vositalaridan biri, desak yanglishmagan boʻlamiz. Ammo, shunga qaramay, mazkur transport vositasi bilan halokatlar uchrab turadi. Xususan, 2 aprel kuni Tayvanda yoʻlovchi poezdi halokatga uchradi. Halokat tunneldan chiqishda sodir boʻlgan. Natijada 50 nafarga yaqin yoʻlovchi halok boʻlgan.
Bir necha oʻn yillardan buyon Isroil Falastin hududi, jumladan, Iordan daryosining sharqiy qirgʻogʻida noqonuniy ravishda koloniyalar tashkil qilib kelmoqda. Bunga qarshi xalqaro tashkilotlar va jahon hamjamiyati oʻz noroziliklarini bildirib keladi. Ammo amaliy jihatdan hamon biror-bir chora koʻrilgani yoʻq. Bunga qarshi esa faqatgina Falastin xalqi qarshilik qilmoqda. 2 aprel kuni ham falastinliklar Isroil kolonizasiyasiga qarshi harakatlarni amalga oshirdi.
Suriyadagi urushdan eng koʻp aziyat chekkan hududlardan biri — Idlib viloyatida Turk Qiziloy nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan beton briketlardan hudud aholisi uchun uylar qurilmoqda. 3 aprel kuni besh mingta qurilishi moʻljallangan uylarning 784 tasi bitkazilib, unga oilalar joylashtirildi. Uylarning har birining maydoni 35 metr kvadratni tashkil qiladi.
Kelayotgan hafta barchamizga bir-biridan qiziqarli suratlarni taqdim etsin. | 118 | 4,897 |
Foto | Fotogalereya: Avstraliyaning ajoyib cho‘llari | To‘rt yil avval fotosuratchi Joshua Smit qiziqarli loyihani amalga oshirdi. Ya’ni u Avstraliyada joylashgan Simpson cho‘lidan ilhomlanib, qit’aning qolgan o‘nta cho‘lini ham kichik samolyotda bosib o‘tishga qaror qildi.
Ushbu loyiha odamlarga istiqbolli Avstraliyaning cho‘l hududlarini namoyish etishga mo‘ljallangan.
TravelAsk taqdim etgan suratlarda ushbu hududning naqadar ajoyibligiga hamda tabiatning san’atiga qoyil qolish mumkin. | 45 | 437 |
Foto | Bir libosda bir necha bor ko‘rinish bergan mashhur ayollar (foto) | Aksariyat odamlar uchun bir xil kiyim kiyish mutlaqo normal holat. Ammo mashhurlar orasida bu kam uchraydi. Odatda ular har qanday qimmatbaho libosni ham faqat bir marotaba kiyadi. Lekin, albatta, istisno holatlar ham mavjud.
Malika Diana
Malika Diana har doim o‘ziga xos did bilan kiyingan. Lekin gohida libosini biroz o‘zgartirib, unga yangi ko‘rinish berganini ham ko‘rish mumkin. Misol uchun, 1989-yilda u Nigeriya prezidentining Londonga tashrifi paytida dizayner Ketrin Uokerning ushbu libosini kiygan. 1992-yilda uning Janubiy Koreyaning Seul shahriga safari chog‘ida unda bir necha yil avvalgi libosning bir qismini ko‘rish mumkin.
Kira Naytli
Ko‘rinib turibdiki, Kira Naytlining sevimli libosi bor va bu o‘ziga ham juda yoqadi. Aktrisa ushbu Chanel modelini birinchi marta 2008-yilda BAFTA mukofotlarini topshirish marosimidan oldingi ziyofatda kiygan edi. 2013-yil dekabr oyida u Londondagi xayriya tadbirining qizil yo‘lagida ushbu libosni takroran kiygan.
Megan Markl
Megan Markl Britaniya qirollik oilasining a’zosi bo‘lganida, u ham yangi qarindoshlarining eng mashhur odatlaridan birini qabul qilishi kerak edi. 2018-yilgi Tongoga tashrifi chog‘ida Sasseks gersoginyasi dizayner Veronika Beardning ko‘k rangli kundalik libosini kiyib olgan. Oradan bir yil o‘tib, 2019-yilda u yana shu ko‘ylakda, lekin sochlari to‘q va qora tuflida yana omma oldida paydo bo‘ldi.
Yeva Mendes
Agar ko‘ylakni iloji boricha ko‘proq kiyish kerak bo‘lgan tanlov bo‘lsa, Yeva Mendes unda 1-o‘rinni egallashi mumkin edi. 2010-yilda Versace libosidagi aktrisa Rimda Nyu-Yorkdagi “So‘nggi kecha” filmini namoyish qilishdan oldingi bayramda paydo bo‘ldi. Ertasi kuni u xuddi shu libosni Rim kinofestivalining qizil yo‘lagiga kiyib chiqdi.
Viktoriya Bekhem
Viktoriya Bekhem bir kiyimni takror kiyganida, hayratga tushish mumkin. Xonanda va modelyer 2019-yil “GQ Man of the Year 2019” taqdirlash marosimida oq kostyumda ishtirok etdi. Shuningdek, u tabiiy makiyaj va mayda aksessuarlarga ega edi. 2020-yilda ham u xuddi shunday kostyum kiygan – bu safar uning o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan detallari bor edi.
Dipika Padukone
Dipika Padukone Bollivud modeli va aktrisasi bo‘lib, u bu libosni 2012-yilda Vogue Beauty Awards marosimida, 2017-yilda esa Vanity Fair jurnali o‘tkazgan Oskar kechasida deyarli bir xil ko‘rinishda kiygan
Xelena Bonem Karter
2011-yilda Xelena Bonem Karter ushbu qora va oq to‘rli libosida “Kino aktyorlar gildiyasi” taqdirlash marosimiga keldi va oradan bir yil o‘tib, 2012-yilda London kinofestivalining ochilish marosimida yana o‘sha libosni kiygan. Uning tasvirlari har doim hayratlanarli, shuning uchun muxlislar aktrisa liboslarini takror kiyishini yaxshi ko‘radi.
Bizi Filipps
Aktrisa o‘zining “Busy Tonight” shousi uchun to‘y libosini kiyishga qaror qildi va ijtimoiy tarmoqlarda to‘ydan 12 yil o‘tsa ham unga deyarli mos kelishini namoyish etdi.
Priyanka Chopra
Bu tendensiyani ommalashtirishda nafaqat Bollivud, balki Nik Jonas sevgan aktrisaning xizmati ham katta. Priyanka Chopra Niderlandiyaning Vogue jurnali muqovasida o‘zining uchta to‘y libosining birini ikkinchi marta kiydi. Bu, shubhasiz, turmush qurgan kunning xotiralarini bir umrga saqlab qolishning yaxshi usuli.
Lyusi Xeyl
Lyusi Xeyl liboslardan ajoyib kombinatsiya yaratishni biladi, shunda avval kiygan degan fikr kelishi tabiiy. Misol uchun, chap tomonda asosiy qora tepa kundalik kiyimlar bilan birlashtirilgan, o‘ngda esa aktrisa film premyerasi uchun yanada rasmiy kiyingan.
Keyt Middlton
Keyt Middlton bir xil kiyimni ikki marta kiyish trendda ekanini biladi va buni o‘zining qizil paltosi bilan isbotlaydi. U birinchi marta 2018- yilda Rojdestvo xizmati uchun kiygan. 2 yil o‘tgach, 2020-yilda, Hamdo‘stlik kunida u yana paydo bo‘ldi va gersoginya hatto poyabzalni almashtirmaslikka qaror qildi. Ammo aksessuarlar butunlay boshqacha edi. | 65 | 3,846 |
Foto | Fotogalereya: Shimoliy Koreyada haqiqiy o‘zgarishlar qilish kerakligini ko‘rsatuvchi suratlar | So‘nggi ikki yil davomida Shimoliy Koreyada sekinlik bilan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Biroq haqiqiy o‘zgarishlar haqida gapirishga hali vaqtli: KXDR aholisining 10 foizi yashaydigan Pxenyandan tashqaridagi hayot bundan 10—20 avvalgi hayotdan unchalik farq qilmaydi. AdMe mamlakatdagi hayotni aks ettirgan yangi suratlarni taqdim etdi. | 93 | 334 |
Foto | Suratga tushishda fotomodellardan qolishmaydigan jonivorlar (foto) | Bizning to‘rt oyoqli do‘stlarimiz nafaqat yoqimtoy, balki kamera oldida qanday turish kerakligini ham bilishadi.
Ishonchimiz komilki, bu tabassum minglab layk yig‘adi!
U sizga uning surati yoqdimi yoki yo‘qmi bilmoqchi.
Suratga tushayotganini bilgani uchun maza qilib kulyapti.
Yoqimli oilaviy foto.
Hammaning suratga tushayotganda tilini chiqaradigan do‘sti bor!
Los-Anjelesda ta’tilda.
Ushbu tipratikan qanday rasmga tushish kerakligini biladi.
Dam olish paytida ham model modelligicha qoladi.
Maza qilib arg‘imchoq uchadigan payt.
Biz ko‘rgan eng chiroyli tabassum!
“Tinchlaning va momiqqina bo‘ling” — ajoyib shior!
“Nimanidir tushirib yubordim”.
“Voy, kamera ... O‘zingni tabiiy tut”.
“Besh tashla”.
“Meni fransuz ayollariga o‘xshatib chiz”. | 66 | 760 |
Foto | Bangladeshdagi madrasa toliblari hayotidan lavhalar (foto) | “Islam-today.ru” Bangladeshdagi madrasalardan biri haqida hikoya qildi.
6 dan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ota-onalari madrasalarga beradi, u yerda ular islom haqida ta’lim oladi. Bolalar bu yerda yashaydi va o‘qiydi.
Madrasadagi ta’lim faqat arab tilida olib boriladi. Bolalar bitta xonada yotib-turadi, xuddi shu xonada dars ham o‘tiladi. Bu ishlarning barchasi quruq yerda bajariladi.
Bo‘sh vaqtlarida esa shogirdlar Qur’onni ko‘p-ko‘p o‘qishi kerak. | 58 | 461 |
Foto | Koʻziga surma surilayotgan bolakay, suvda oqib kelgan mashinalar, Olimpiadaga tayyorlanayotgan sportchilar — 21 iyul suratlari | Bugunning eng sara suratlarini taqdim etamiz.
Tel-Aviv universitetida oʻtayotgan «Cyber Week» haftaligi davomida elektronika chiqindilaridan kiber ot yasaldi.
Bir necha kundan buyon Xitoyning markaziy viloyatlarida kuchli suv toshqinlari boʻlib oʻtmoqda. Henan provinsiyasida mashinalar suv toshqini oqibatida oqib ketdi.
Hindistonning Chennay viloyatida Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan masjidga borishdan oldin bolakayning koʻziga surma surilmoqda.
Xitoydagi suv toshqinlari yoʻllarda harakatlanishni qiyinlashtirib qoʻymoqda. Toshqinlar natijasida 25 kishi vafot etgan.
Kolumbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari yana avj olmoqda.
Bangladeshda Qurbon hayiti kunlari musulmonlar jamoat namozlarini ado etmoqda.
Avstraliyaning Brizben shahri 2032 yilgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilishi e‘lon qilingandan keyin shaharda mushakbozlik boʻlib oʻtdi.
Turkiyaning Izmir shahri sohillarida odamlar bayram kunlarini koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazmoqda.
AQShlik stol tennisi ustasi Jou Xin Tokioda oʻtayotgan Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Suzish boʻyicha sportchilar Tokioda oʻtayotgan Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Moskva viloyatida oʻtayotgan armiya oʻyinlarida qatnashayotgan harbiy arqondan qafasga solingan itni olib oʻtmoqda.
Tataristonning Qozon shahrida qurbonlik uchun tayyorlanayotgan qoʻylar. | 126 | 1,347 |
Foto | Kelajakka yetib kelganimizni isbotlovchi 7 ta ixtiro (foto) | Fantastik filmlarni ko‘rib o‘tirib, g‘aroyib ixtiroga ko‘zi tushganida, “Qani endi shu narsa menda paydo bo‘lib qolsa!” — deb o‘ylamagan kishi bo‘lmasa kerak. Ammo bunday ishonib bo‘lmas darajada zo‘r kelajak devayslarining ko‘pchiligi allaqachon mavjud. AdMe sizni hayratlantirishi aniq bo‘lgan 7 ta ixtironi keltirib o‘tdi.
Ushbu ixtiro istagan buyumingizning qalinligi yoki kengligini soniyalar ichida ko‘rsatib beradi.
goTenna gadjeti xabarlarni xuddi shunday qurilmalarga internetsiz jo‘nata oladi.
Har qanday rangda chiza oladigan ushbu ruchka o‘zi tekkizilgan buyumning rangidan nusxa oladi va uni qog‘ozda takrorlaydi.
No More Woof — itlarga odamlar bilan muloqot qilishda yordam beradigan ixtiro. Uning yordamida itlar ochiqqanligi yoki sayrga chiqishni istashini bildirishi mumkin.
Olimlar nurlanadigan bakteriyalar genlari yig‘indisidan foydalanib, tamaki o‘simligini batareya va quyoshsiz nur socha oladigan qildi.
Isroilning ZUtA Labs kompaniyasi mini-printerni ishlab chiqdi, uni boshqarish uchun faqat smartfon kerak bo‘ladi, xolos.
FingerReader uzugi matnni skanerlash, ovoz chiqarib o‘qish va tarjima qilishga qodir. Qurilma ko‘zi bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilarga mo‘ljallangan: o‘qish uchun barmoq bilan so‘zni ko‘rsatish kifoya. O‘quvchi matndan uzoqlashganda, uzuk tebrana boshlaydi. | 59 | 1,321 |
Foto | Fotogalereya: XX asr boshlarida Xitoydagi hayot tasvirlangan haqiqiy suratlar | Xitoy bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan davlatlardan hisoblanadi. TravelAsk ushbu mamlakat bundan yuz yil oldin qay ahvolda bo‘lgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Xitoylik ulkan odam — Chang. Uning bo‘yi 245 santimetrni tashkil etgan
Xitoylik boy oila farzandlari va kambag‘al oila farzandlari
Xitoyning so‘nggi imperatori Pu I
Daryo bo‘yidagi kulbalar. 1940-yillarning oxiri
Shanxay XX asr boshlarida
Xitoylik qizlarning mashhur lotos oyoqchalari
Manjurlar soch turmagi uzoq vaqtga qadar xitoyliklar uchun an’anaviy bo‘lib kelgan
Ko‘cha tomoshalari | 77 | 576 |
Foto | Fotogalereya: Haqiqiy ismi bilan chaqirilmaydigan mashhurlar | Ba’zi mashhur kishilar yaxshi jarangdorlik uchun uzun ismini qisqartirish yoki taxallus olishni ma’qul ko‘radi. AdMe ana shunday mashhurlarga e’tibor qaratdi. | 60 | 158 |
Foto | Fotogalereya: Nega samolyotlarda har ehtimolga qarshi parashyut berilmaydi | Samolyotda turbulent holati yuzaga kelsa ham, yo‘lovchilarga parashyut berilmaydi. Buning bir qancha sababi bor, deya yozadi Travel Ask.
1. Samolyotning ishonchliligi
2. Ko‘pincha baxtsiz hodisa ko‘tarilish va qo‘nish vaqtida sodir bo‘ladi
3. Juda katta moliyaviy xarajat
4. Samolyot bortidan tashqaridagi yashashga yaroqsiz sharoitlar
5. Sarosima payti odam tartibli harakat qilmaydi | 74 | 388 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlarida “tig‘iz vaqt” | “Tig‘iz vaqt” — ushbu jumla tilga olinishi bilan inson ko‘z oldiga ko‘plab odamlar va transport vositalari keladi. Hamma qayergadir shoshadi: kimdir tushlik qilgani, kimdir ish yuzasidan uchrashuvga, yana kimdir uyiga.
AdMe dunyoning turli mamlakatlarida “tig‘iz vaqt” mahali transportlar va odamlarning ko‘rinishi aks etgan suratlarini to‘plab taqdim qildi. | 58 | 358 |
Foto | Vayronalar orasida iftorlik qilayotgan suriyalik oila, otlar o'rtasida go'zallik tanlovi, 61 yoshli orangutan — 19 aprel suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Turkmanistonda turkman oti bayrami doirasida axaltaka otlari o'rtasida go'zallik tanlovi bo'lib o'tdi.
Hindistonning Amritsar shahrida riksha haydovchisi tushki issiqda dam olmoqda.
13 yoshli to'yib ovqat yemaydigan yamanlik bola. Yamanda BMTga ko'ra, dunyodagi eng og'ir gumanitar inqiroz hukm surmoqda. Bolalar to'yib ovqat yemaslik va ochlikdan halok bo'lmoqda.
“The Ascent” filmining chiqishi uchun Angliyadagi Dervent ko'li ustidagi proektsiya.
Suriyaning Idlib shahrida hukumat kuchlari tomonidan vayron qilingan uyda iftorlik qilayotgan oila.
Gamburgdagi xagenbek hayvonot bog'ida 61 yoshga to'lgan orangutan.
AQSh prezidenti Jo Bayden hamda birinchi xonim Jill Bayden pasxa bayrami munosabati bilan Oq uy balkonidan mehmonlar bilan salomlashmoqda.
Har bahorda shu bo'lar takror. Rossiya poytaxti Moskvada “G'alaba” bayramiga tayyorgarlik ko'rilmoqda.
Braziliyada samba maktabi raqqosalari karnavalga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Primoriy o'lkasidagi Kit buxtasidagi tyulenlar.
Qozonda sinxron suzish bo'yicha Rossiya chempionati o'tkazilmoqda. | 130 | 1,107 |
Foto | Foto: Quyosh faqatgina yilda bir marta, soat 11:11 da Arizonadagi memorial sirini ochadi | Antdagi (Arizona shtati) memorial AQSh qurolli kuchlarida xizmat qilgan va o‘z jonini fido etganlar xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Biroq ushbu noodatiy tuzilma yilning 364 kuni davomida xuddi tugallanmagandek tasavvur uyg‘otadi. Uning chiroyidan to‘liq bahra olish uchun bu yerga ma’lum bir vaqtda tashrif buyurish kerak, deb xabar berdi TravelAsk.
“Har yili Urush faxriylari kunida (11-noyabr) soat 11:11 da quyosh nurlari memorialning beshta ustuni ellipsidan o‘tadi va Qo‘shma Shtatlarning Buyuk Muhri mozaikasi ustini ideal holatda yoritadi. Beshta ustun AQSh qurolli kuchlarining beshta sohasining birdamligini namoyon qiladi. Ularga AQSh armiyasi, dengiz piyodalari, harbiy-dengiz floti, harbiy-havo kuchlari va sohil xavfsizligi kiradi”, — deyiladi shahar kengashi bayonotida.
“Quyosh markazi har yili biroz o‘zgaradi. 100 yil davomidagi o‘rtacha statistik hisob-kitoblar inobatga olinib, vaqtinchalik xatoliklar ham chetlab o‘tildi. Shuningdek, biz 500 yildan keyin nima bo‘lishini ham sinovdan o‘tkazdik, agar memorial o‘sha vaqtda ham mavjud bo‘lsa, u aniq “ishlashni” davom etadi”, — deydi loyiha muhandisi Jim Martin. | 88 | 1,137 |
Foto | Foto: To‘satdan yuz bergan samimiy lahzalarni kadrga muhrlagan insonlar ijodi | Ba’zida ta’sirli yoki noyob holatlarni ko‘rish uchun uydan chiqib, atrofga qarash kifoya. Albatta, yerga tushgan barg, graffiti va shunga o‘xshash oddiy narsalar ham har qanday insonni xursand qilishi mumkin.
“Uydan chiqishim bilan mashinadagi yozuvni ko‘rib, yuragim allanechuk hislarga to‘lib ketdi”.
“Bugun shamol esib, yuzimga nimadir tushdi. Ko‘zimni ochib qarasam, bu bargning bo‘sasi ekan”.
“Birdan yelkamga yoqimtoy qush qo‘ndi. Men ham deyarli disneylik malikaman”.
“Torontoda qorli kun edi va bu jonzot mening ko‘chamda o‘ynash uchun kelgan”.
“Men bu quyonchani garajda ko‘rdim. Tom ma’noda ona quyon unga bu yerda o‘tirishni va hech qayerga bormaslini aytganini tasavvur qildim”.
Asfaltdan chiqib qolgan simlardan hosil qilingan yurak.
“Graffiti bo‘r bilan chizilganga o‘xshaydi”.
“Gullarni sug‘orayotganimda asalarilar yerga tomchilayotgan suvni ichayotganini ko‘rdim, so‘ngra alohida idishda suv beradigan bo‘ldim. Endi biz do‘stmiz”.
Juda yaxshi videokamera.
“Onam ushbu laymni yurakchaga o‘xshagani uchun sotib olibdi”.
“Kartoshka menga tabassum qilmoqda”.
Benzobak uchun ajoyib yorliq.
“Ko‘chada uchratgan mushugim”.
“Uyimizga sovuqdan muzlab qolgan mushuk keldi, endi u biz bilan yashaydi, uning joyi esa isitgich yonida”.
“Universitetdagi ta’tildan keyingi birinchi kun. Ushbu dargohdagi oxirgi yil tashvishlantiradi. Ammo mendan bir necha qadam oldinda ketayotgan juftlik juda baxtli va ular kafiyatimni ko‘tarib yubordi”. | 77 | 1,455 |
Foto | Foto: Abu-Dabidagi yangi Luvr | BAAning Saadiyat orolida 11-noyabr kuni Abu-Dabi Luvri ochildi. Badiiy san’at muzeyi rasman dunyodagi eng mashhur muzeylardan birining nomini oldi. Bu nomdan 30 yil davomida foydalanish huquqi uchun Abu-Dabi Fransiyaga 525 million dollar to‘lagan. 300 ta san’at asarining ijarasi esa 750 million dollarga tushgan. Ijaraga olingan asarlar ichida Leonardo da Vinchi, Van Gog va Pikassoning asarlari ham bor. TJournal mazkur muzeyning suratlarini taqdim etdi.
Binoning gumbazi bir-biriga birikkan va quyosh nurini o‘tkazuvchi sakkiz mingta metall yulduzdan tayyorlangan. Gumbazning shakli mintaqaning me’moriy an’analarini eslatib turadi. Devorlarni qurishda ishlatilgan oq kublar arab qishloqlarini timsollantirib turadi va Madina shahriga o‘xshatish sanaladi.
Bino madaniy markazning bir qismi sifatida loyihalashtirilgan. Markazda keyinchalik Solomon Guggenxaym muzeyining filiali va Shayx Zaid milliy tarix muzeyi joylashadi. Muzey arxitektori Jan Nuvel hisoblanadi, loyihalash va qurilish uchun umumiy hisobda 10 yil ketgan. Abu-Dabi Luvrida 26 ta alohida galereya bilan birga, 270 o‘rinli majlislar zali, restoran, do‘kon va kafe bor.
Joriy yilning 21-dekabrida “Bir Luvrdan ikkinchisiga: muzeyning barcha uchun ochilishi” nomli birinchi ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi. | 29 | 1,276 |
Foto | Fotogalereya: Afrikadagi eng faol egizak vulqonlar | Niragongo va Nyamlagira vulqonlari Afrika qit’asida joylashgan eng faol vulqonlar hisoblanadi. Bu egizak vulqonlar Kongo Demokratik Respublikasida joylashgan bo‘lib, qit’adagi vulqon faolligining 40 foizi aynan ana shu ikki vulqonga to‘g‘ri keladi. Faol otilish vaqtida bu vulqonlarning lava oqimlari 20—25 kilometr janubda joylashgan Kivu ko‘ligacha yetib boradi, deb yozmoqda TravelAsk.
Niragongo vulqoni Kivu ko‘lidan 17 kilometr shimolda joylashgan bo‘lib, uning balandligi 3470 metrni tashkil qiladi. O‘tgan 135 yil ichida 34 ta otilish qayd etilgan. So‘nggi marta vulqon 2012-yilda otilgan bo‘lib, shundan buyon faollik belgilarini namoyon qilmoqda. Vulqonning o‘ziga xosligi kraterda suyuq lavaning mavjudligi hisoblanadi.
Lava ko‘li juda faol bo‘lib, vulqon otilishi vaqtida qo‘shimcha xavfni yuzaga keltiradi. Kraterning to‘lib ketishi yoki devorining buzilishi oqibatida lava tik qoya bo‘ylab pastga 100 km/soat tezlikda harakatlanadi va yo‘lida uchragan barcha narsani vayron qiladi.
Nyamlagira vulqoni o‘z qo‘shnisidan biroz shimolda joylashgan bo‘lib, balandligi 3058 metrni tashkil qiladi. Bu vulqon ham juda faol bo‘lib, kuzatuvlar boshlanganidan buyon 35 marta otilish qayd etilgan. Bu vulqon otilgan vaqtda atmosferaga katta miqdorda oltingugurt chiqadi.
Bu vulqonda ham lava ko‘lining mavjudligi qayd etilgan, biroq 1938—1940-yillarda yuz bergan kuchli otilishdan keyin lava oqib ketgan va Kivu ko‘ligacha yetib borib, o‘z yo‘lida ko‘plab uylarni yo‘q qilgan. Vulqonning so‘nggi yirik otilishi 2011-yilda kuzatilgan. | 50 | 1,538 |
Foto | Donbass, xarkov, Kiev. Ukrainadagi urush talafotlari — suratlarda | Ikki kundirki Rossiyaning Ukrainaga hujumi davom etmoqda. Ukrainadagi urush talafotlari aks etgan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.
Rossiyaliklar Putinning Ukraina hududiga qo'shin kiritish haqidagi murojaatini tomosha qilmoqda.
Kiev yaqinida urib tushirilgan Rossiyaga tegishli “Ka52” vertolyoti.
Kiev yaqinidagi portlash oqibatida chiqayotgan tutun.
Ukraina askarlari ishdan chiqqan harbiy mashinalarni tuzatmoqda.
Ukrainaning Vengriya bilan chegarasini kesib o'tish uchun ketayotgan ukrainlar.
Kievdagi havo hujumi oqibatida vayron bo'lgan ko'p qavatli bino oldida turgan odamlar.
Yuzlab ukrainaliklar xarkov shahri metrosida jon saqlamoqda.
Rus havo hujumi oqibatlari.
Vokzalda poezd kutayotgan odamlar.
Kiev metrosida jon saqlayotgan odamlar.
Kievdagi ukrain askarlari o'z pozitsiyasida.
Kievdagi ukrain askarlari o'z pozitsiyasida.
Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan Kievda avtomobillarning tirbandligi yuzaga keldi.
Rossiya hujumidan tinch aholi vakillari ham jabr ko'rmoqda.
Rossiya hujumidan tinch aholi vakillari ham jabr ko'rmoqda.
Ukrainani tark etayotgan ona-bola.
Mariopuldagi rus tankchilari. | 65 | 1,116 |
Foto | Farer orollaridagi antiqa ko‘prik-bino (fotogalereya) | Farer orollaridagi bino Skandinaviya firmasi — Henning Larsen tomonidan loyihalashtirilgan. U xuddi daryoni kesib o‘tayotgandek qurilgan, deb hikoya qiladi TJournal.
Noodatiy bino ichida Eystur munitsipaliteti ma’muriyati joylashgan, ammo uni oddiy ko‘prik sifatida ham ishlatish mumkin. Bino tomida piyodalar uchun o‘tish joyi mavjud.
Unda bir qancha ish joylari va oynalaridan daryo ko‘rinib turadigan majlislar zali ham mavjud.
Bino dizayni ustida esa avvalari Islandiyaning Reykyavik shahridagi konferens-markazda xizmat qilgan Esbyern Yakobsen ish olib borgan. Arxitektorning so‘zlariga ko‘ra, u oroldagi qadimiy binolarga taqlid qilishni istamagan, biroq ularning g‘oyalarini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirgan. | 53 | 721 |
Foto | Osmondagi Lamborghini: Falco vertolyoti taqdim etildi (foto) | Tomas Arregui ismli rassom Italiyaning mashhur brendi mahsulotini tezkor havo kemasi ko‘rinishida tasavvur qilib, uning dizaynini yaratdi, deb xabar beradi Autorambler.
Vertolyotlar samolyotlardan farqli o‘laroq, virtual loyihalar bilan ishlaydigan dizaynerlar uchun ijod qilishga ko‘proq imkoniyat yaratadi. Masalan, Falco (“qirg‘iy”) tashqi ko‘rinishi bilan Lamborghini’ning havo transport kemasiga o‘xshaydi.
To‘qqiz o‘ringa ega ajoyib vertolyot Italiyaning superkar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ramzlari bilan bezatilgan bo‘lib, vertolyotlar orasida xuddi Aventador kabi ko‘rinishga ega. Maftunkor dizayn va g‘aroyib shaklga ega parraklar Falco’ni nafaqat osmondagi eng noodatiy havo kemalaridan biriga, balki ilmiy-fantastik filming bosh qahramoniga ham aylantirgan bo‘lar edi.
Afsuski, bu hozircha virtual loyiha xolos. | 60 | 829 |
Foto | 2022-yil bahor-yoz mavsumida urfga kiradigan sumka modellari (foto) | Har yili dizaynerlar tomonidan yangi modeldagi sumkalar taqdim etiladi. Modellar shakli, rangi, dizayniga ko‘ra, albatta, bir-biridan farq qiladi. 2022-yil bahor-yoz mavsumida yorqin rangdagi katta yoki juda kichik hajmli sumkalar urfga kirishi kutilmoqda. | 67 | 256 |
Foto | Sidneyda musiqa va chiroqlar festivaliga start berildi (fotogalereya) | 25-may kuni Avstraliyada Vivid Sydney festivaliga start berildi. Festival 16-iyunga qadar davom etadi. An’anaga ko‘ra, festival vaqtida Sidney musiqa va chiroqlardan iborat installyatsiyalarga burkangan makonga aylanadi. TJournal ushbu festivalning Instagram tarmog‘ida tarqalgan ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Installyatsiyalardan tashqari bu yerda o‘yinlar, dizayn, biznes va kundalik hayotning boshqa sohalariga oid ma’ruza va master-klasslar bo‘lib o‘tadi. Ularning aksariyati pulli hisoblanadi (7,5 dollardan 440 dollarga qadar).
2018-yilda Vivid Sydney o‘zining o‘n yilligini nishonlaydi. Festival asoschilarining so‘zlariga qaraganda, ular avvaliga san’atdan barcha — kelib chiqishi va ma’lumotidan qat’iy nazar bahramand bo‘lishlari uchun harakat qilgan. | 69 | 773 |
Foto | Fotogalereya: Kinoning haqiqiy sehri yashiringan noyob suratlar | Yarim asr oldin filmlarda odamlar ommasini shakllantirish ekranlashtirish uchun plastik manekenlardan foydalanilgan. Bugun esa grafika yordamida istalgancha odamni efirga qo‘yish mumkin. Texnologiyaning rivoji tufayli zamonaviy filmlarning asosiy qismini grafik dizayner yaratadigan bo‘ldi. Lekin shunga qaramay, kadr ortida oldingidek pardozchi, bezakchi va rassom xizmat ko‘rsatadi. AdMe kinematografiyaning kadr ortidagi hayotida nazar tashladi. | 63 | 448 |
Foto | Fotogalereya: Orzulardagi ko‘chalar | Chiroyli shaharda, ayniqsa, chiroyli ko‘chada yashash barchaga ham nasib etmaydi. AdMe dunyodagi chiroyli ko‘chalardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. | 35 | 153 |
Foto | Fotogalereya: Dunyo shaharlari va ularning logotiplari | Shaharlarning logotiplari yaratilayotganda ularning o‘ziga xosligi aks ettiriladi. Zamonaviy logotiplar an’anaviylaridan farqli ravishda shaharning brendini aks ettirmoqda. TravelAsk ana shunday shaharlar va ularning logotiplarini jamladi. | 54 | 239 |
Foto | Vazn tashlash natijasida tashqi ko‘rinishi hayratlanarli darajada o‘zgargan odamlarning suratlari | Vazn o‘zgarishi tashqi ko‘rishda darhol aks etadi. Odam yosh va sog‘lom ko‘rina boshlaydi. Sport bilan shug‘ullanish va mashg‘ulotlarni bajarish orqali natijaga erishgan kishilarning ozishdan avvalgi va keyingi suratlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
“Avvallari 272 kilo edim”.
“2 yil davomida muntazam ravishda kardiomashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib 101 kilodan 65 kiloga ozdim”.
“10 yil ichida 130 kiloga ozdim. Mana isboti”.
“Vazn tashlashimga 9 yil vaqt ketdi”.
“130 kiloga ozishning uddasidan chiqdim”.
Endi Xellouinda Shrek emas, Moana bo‘lish mumkin.
Harakat qilsa, hamma narsaga erishish mumkinligining isboti.
3 yil spirtli ichimlik iste’mol qilmasdan ham mana shunday ko‘rinishga ega bo‘lsa bo‘ladi.
Uch yil mashg‘ulot qilib erishilgan natija.
“125 kilodan 88 kiloga ozdim”. | 97 | 797 |
Foto | R’n’B qirolichasi, 2019-yilning eng badavlat xonandasi Riannaning okean sohilidagi uyiga sayohat (foto) | Amerikalik taniqli xonanda, R’n’B qirolichasi deya e’tirof etiladigan Rianna 2019-yilning eng badavlat qo‘shiqchisiga aylangan edi.
Rianna yoz mavsumini o‘tkazish uchun Nyu-York shahridan 1,5 soatlik uzoqlikda, Atlantika okeani sohilida joylashgan Xemptons shaharchasidan villa ijaraga oldi. Shu tarzda xonanda zarur ishi chiqib qolsa tezda megapolisga yetib bora oladi, qolgan vaqtini esa shahar tashqarisidagi ajoyib koshonada o‘tkazadi.
Qayd etilishicha, Rianna yozda vaqtini chog‘ o‘tkazib, ushbu villani 2020-yilning kuzida sotib olishni rejalashtirmoqda.
Villa ijarasi xonandaga mavsum uchun 800 ming dollarga tushgan. Uning narxi esa 18,5 million dollar.
Villa 400 kvadrat metr maydonda joylashgan, unda to‘rtta yotoqxona, bir nechta yuvinish xonasi, mehmonxona, oshxonalar bor.
Uy interyeri asosan oq rangda. Uning hovlisida jakuzi, basseyn, plyajning alohida qismi, bog‘ mavjud. | 103 | 888 |
Foto | Shimoliy Koreyadagi parad — hayratomuz 20 suratda | Bu yil Shimoliy Koreyada Mehnat partiyasi tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda TravelAsk.
Bayram vaqtida mamlakat ahliga yangi qit’alararo ballistik raketa namunalari ko‘rsatildi, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In esa KXDR qo‘shinlari AQSh boshlaydigan har qanday urushga javob bera olishini ta’kidladi.
Paradda KXDR yetakchisi bilan yonma-yon turgan mehmonlar orasida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Li Yunshan ham bor edi. | 49 | 525 |
Foto | Fotogalereya: Topqirligiga havas qilsa arziydigan kishilar | Noodatiy fikrlaydigan kishilar eski narsalardan qanday foydalanishni va yuzaga kelgan muammolarni qanday bartaraf etishni yaxshi biladi. AdMe ana shunday kishilar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratdi. | 58 | 216 |
Foto | Fotogalereya: Hayvonlar uchun qurilgan ko‘priklar | Har yili dunyoda ko‘plab jonivorlar avtomobil yo‘llarini kesib o‘tayotgan vaqtda transport vositalarining urib ketishi oqibatida nobud bo‘ladi. Dunyo mamlakatlarida fauna olamini bunday halokatlardan saqlash uchun turli choralar ko‘riladi. TravelAsk nashri hayvonlar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi ko‘priklar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Ko‘payish mavsumida qisqichbaqalar o‘rmondan okean qirg‘og‘iga ko‘chadi. Bu vaqtda oroldagi bir qator yo‘llarda transport qatnovi to‘xtatiladi.
The West Japan Railway Company kompaniyasi tomonidan temir yo‘l relslari ostida qurilgan tunnel toshbaqalarga temir yo‘lni xavfsiz kesib o‘tish imkonini beradi.
Oamaru shahridagi yerosti o‘tish yo‘li inidan okeanga borayotgan pingvinlar xavfsizligini ta’minlash uchun qurilgan.
Bog‘ mamuriyati tomonidan hayvonlar uchun qurilgan olti ko‘prikning biri.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 49 | 915 |
Foto | Fotogalereya: Faqatgina haqiqiy yalqovlar tushunishi bo‘lgan buyumlar | AdMe yalqovlik — rivojlanish dvigateli ekanligini yana bir bor isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 69 | 106 |
Foto | Qum ostida qolgan Xitoy, Iroqdagi diniy bayram, «Grammy» mukofoti sohiblari, Kimono oʻrmoni — 15 mart suratlari | 15 martning eng gʻaroyib suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Bugun, 15 mart kuni Xitoyning shimoliy qismi hamda poytaxt Pekin qum boʻroni ostida qoldi. Natijada havoda qizil qatlam yuzaga keldi. Quyida mazkur hodisa aks etgan suratlarni tomosha qiling.
Evropa davlatlari, shuningdek, Oʻzbekistonda karantin talablari kuchayib borayotgan bir paytda ayrim davlatlar uni yengillashtirmoqda. Jumladan, Afrika qit'asida joylashgan Zimbabve davlatida karantin sabab yopib qoʻyilgan ta'lim muassasalari yana oʻquvchilarni qabul qilishni boshladi.
Iroqda yashaydigan diniy ozchiliklardan boʻlmish Sobiiylar oʻzlarining diniy bayramlarini nishonlash uchun Dajla daryosida boʻyiga tashrif buyurdilar. Ular besh kun davomida bu yerda diniy marosimlarini ado etadilar.
15 mart tunida AQShning Los-Anjeles shahrida musiqa yoʻnalishi boʻyicha an'anaviy Grammy mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda musiqa olamining eng taniqli shaxslari ishtirok etdi.
Yaponiyaning Kioto shahri yaqinidagi Arashiayama okrugida joylashgan «Kimonolar oʻrmoni». Bu yerda 600 ga yaqin kimono matolari oʻralgan silindirsimon ustunlar joylashgan. Mazkur hudud Yaponiyaning eng mashhur turistik yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yerga tashrif buyurish uchun eng qulay payt — tun.
Fransiyaning «Sharli Ebdo» satirik jurnali 15 mart sonining muqovasida Buyuk Britaniya qirollik oilasi atrofida yuz berayotgan shov-shuvli voqealarga oʻziga xos tarzda e'tibor qaratdi. | 111 | 1,453 |
Foto | Fotogalereya: Bir lahzalik sehr aks etgan suratlar | Ba’zan bir qarashda ko‘ringan manzarani anglab olish qiyin bo‘ladi. Ana shu birinchi qarashdagi manzara qadaydir sirli ko‘rinadi. AdMe ana shunday manzara va holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 50 | 200 |
Foto | Tarixiy suratlar: Malika Diana taniqli shaxslar bilan | Yandeks malika Diananing jahon yulduzlari bilan tushgan suratlari jamlanmasini taqdim etdi.
Malika Diana va Barbra Streyzand, 1992-yil
Malika Diana va Maykl Jekson, 1988-yil
Malika Diana va Greys Kelli, 1981-yil
Malika Diana va Jon Travolta, 1985-yil
Malika Diana, Stiven Spilberg va “Yura davri bog‘i” filmi aktyorlari, 1993-yil
Malika Diana va Layza Minnelli, 1991-yil
Malika Diana va Elizabet Teylor, 1982-yil
Malika Diana va Kurt Rassel, 1991-yil
Malika Diana, Billi Kristal va Meg Rayan, 1989-yil
Malika Diana va Nil Daymond, 1989-yil
Malika Diana va Tom Sellek, 1985-yil
Malika Diana va Klint Istvud, 1985-yil
Malika Diana va Pol Xogan, 1982-yil | 53 | 677 |
Foto | O‘rgimchak oyoqlarida ham tirnoqlar mavjud ekanligi aniqlandi (foto) | O‘rgimchaklarning to‘rt juft oyoqlari bo‘lib, ularda xuddi mushuk va kuchuklardagi kabi tirnoqlar o‘sishi aniqlandi. Shuningdek, ularning oyoqlari quloq hamda burun vazifasini ham bajaradi. Ular yordamida o‘rgimchaklar havodagi juda kichik tebranishlarni ham payqaydi va hidni sezadi. TravelAsk o‘rgimchak tirnoqlarini kattalashtirilgan suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 68 | 369 |
Foto | Fotogalereya: Monrealdagi ertaknamo botanika bog‘i | Botanika bog‘iga tashrif buyurish deganda asta-sekin yurish va chiroyli gul yotoqlari, yoqimli gullar, ko‘llar va yashil yaylovlar ko‘z oldimizga keladi. Travel Ask Monrealdagi botanika bog‘ining suratlarini taqdim etdi. | 50 | 220 |
Foto | Britaniyalik ijodkor qog‘ozdan haqiqiy san’at asarlarini yaratadi (foto) | Britaniyaning Yorkshir grafligida istiqomat qiluvchi ijodkor Pippa Dirlaga qog‘ozlarni qirqib murakkab shakllarni yaratadi. U o‘zining ishlarini tez-tez ko‘rgazmasi bo‘lib turadigan Lids universitetining san’at va dizayn bo‘yicha zamonaviy rassomchilik amaliyoti darajasiga ega, deb xabar berdi TJournal.
Pippa ishlarini o‘zi istiqomat qiladigan mahalliy hududning arxitekturasi, pop-madaniyati, hayvonlari, tabiatidan ilhomlanib yaratadi. Ijodkorning so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy texnika usulida ishlaydi va qirqishlarni skalpel yordamida amalga oshiradi.
Peppa o‘zining birinchi ishini 2010-yilda qirqib ishlagan. | 72 | 615 |
Foto | Asl mohiyatini anglash uchun ikki marta qarash talab etiladigan suratlar | Quyidagi rasmlarga tushunish uchun shunchaki diqqat bilan qarash kerak.
“Yo‘lning narigi tomonida ulkan olmaxonni ko‘rib qoldim”.
“Mening ikki boshli itim”.
“Yorug‘lik tufayli shaffof bo‘lib qoldim”.
“Bu yerda yaxshi bola kim?”
Bu avtomobilning fotosurati
Yopiq pardalar qandaydir tarzda deraza tashqarisidan o‘tayotgan avtomobillarning proyeksiyasini yaratdi.
“Do‘stim fotoshop qilingan stikerga o‘xshaydi”.
Chegirmaga sotilayotgan oyna ulkan oyoq shaklidagi etiklari bilan sotuvga chiqarilgandek.
Aslida, bu furgon butunlay oq rangda.
“Ushbu vafli mukammalligidan plastikka o‘xshaydi”.
“It shunchaki zina orqasida yotibdi, lekin u gilamga singib ketganday”.
Daladagi traktor.
Ushbu o‘simlik filga o‘xshaydi.
“Ushbu 3D strit-art bugun festivalda chizilgan”.
“Muzey binosi ko‘lga g‘arq bo‘layotganga o‘xshaydi”. | 72 | 825 |
Foto | Texasda “eng xunuk uy” 400 ming dollarga sotuvga qo‘yildi (foto) | Texaslik oila o‘z uyini sotish maqsadida internetda e’lon berdi. Uyning ko‘rinishi g‘aroyib bo‘lganidan uning suratlari bir zumda internetda tarqalib ketdi, deb yozadi TravelAsk.
Tashqarisidan tuppa-tuzuk ko‘ringan uy egalari tomonidan 400 ming dollarga baholangan. Garaj, basseyn, oranjereya va katta hovliga ega rancho uslubidagi uyning har bir suratlariga ajoyib izoh ilova qilingan. Uning egalari bunday uy yagona ekanligini aytib o‘tishni unutmagan.
Quyida interyerida pushti rangdan ko‘p foydalanilgan ana shu uy suratlari keltirildi. | 64 | 541 |
Foto | Sotheby’s kimoshdi savdo uyi tomonidan sotuvga qo‘yilgan takrorlanmas retro-avtomobillar (fotogalereya) | Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksion uyi kam nusxada (ba’zilari yagona nusxada) ishlab chiqarilgan retro-avtomobillar savdosini uyushtirdi. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.
Sotuvga 31 avtomobil qo‘yilgandi. Ularning eng qiziqarli va chiroylilari bilan quyidagi fotogalereyada tanishish mumkin.
Ushbu go‘zal avtomobil 1958-yilda ishlab chiqarilgan.
1956-yili argentinalik mashhur poygachi Xuan Manuel Fanxio uchun ishlab chiqarilgan mazkur kamyob avtomobil kimoshdi savdolari chog‘ida 28 million dollarga baholandi — bu 2015-yilda sotilgan avtomobillar orasida eng yuqori narxdir.
Mercedes’ning bu maftunkor modeli 1955-yilda tayyorlangan.
Italiyalik mazkur “toychoq” 1938-yilda ishlab chiqarilgan.
1962-yilda ishlab chiqarilgan Aston Martin’ning mazkur modeli kimoshdi savdosi orqali sotilgan eng qimmat Britaniya avtomobiliga aylandi. U 14,3 million dollarga baholandi.
O‘z vaqtida bu avtomobil Lamborghini tomonidan ishlab chiqarilgan sportkarlar orasida eng chiroylisi, deb topilgan. U 1972-yilda ishlab chiqarilgan.
Amerikalik rok-xonanda Jenis Joplinga tegishli bo‘lgan, 1964-yilda ishlab chiqarilgan bu mashina kimoshdi savdosida 1,76 million dollarga sotildi. | 103 | 1,166 |
Foto | Fotogalareya: Bir-biriga mutlaqo begona, lekin bir qorindan tushgan egizaklardek o‘xshash chehralar | Inson o‘zini qanchalik nodir deb hisoblamasin, yer yuzida unga o‘xshaydigan odam topiladi. AdMe bir tomchi suvdek bir-biriga o‘xshash kishilarning suratlarini bir sahifaga jamladi.
Samolyotda bir-birini uchratgan “egizaklar”. Ular hatto bir xil mehmonxonadan joy bron qilgan.
Bir-biriga o‘xshash qizlar endigina tanishgan vaqtida olingan surat.
Ushbu “egizaklar” to‘y marosimida tanishgan.
Rob ismli yigit Londondagi konsertga “egizagini” topdi.
Nil Richardson yangi uyga kelib ko‘chganida, hamma uni Jon deb chaqirardi. Sababi u yerda unga o‘xshash kishi istiqomat qilardi.
Bu qizlar o‘ziga o‘xshash insonlarni topishga yordam beradigan sayt orqali bir-biri bilan tanishgan.
Musiqiy festivalda o‘z “egizagini” topganlar.
Bazmda tanishgan “egizaklar”.
Bu yigitlar ham bazmda bir-biri bilan uchrashib qolgan.
Bir-biriga o‘xshash hamkasblar.
Tasodifan uchrashgan “egizaklar”.
Josh kollejga birinchi marta kelganida hamma uni Brayan deb chaqirardi. Keyin Josh Brayan bilan tanishib, u bilan suratga tushdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 99 | 1,172 |
Foto | Fotogalereya: Yillarni aldagan ayollar | Insonlar qadimgi davrlardan beri yoshlik eliksirini izlaydi. Ammo bugungi galereyamizdagi ayollarga uning keragi yo‘q. Ular yoshini aytishdan sira uyalmaydi, chunki baribir hech kim ularning bu gapiga ishonmaydi. AdMe yillarning ta’sirini yo‘qotgan ayollar suratini taqdim etdi. | 38 | 278 |
Foto | Fotogalereya: Mehribonlikda onalarni ortda qoldirgan otalar | AdMe farzandlariga o‘z onalaridan ham mehribonroq bo‘lgan otalarning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Suratdagi ota qizining sochini chiroyli turmaklash uchun go‘zallik maktabiga kelib saboq oldi
Ofisdagi uzoq soatlik ishdan keyin ham ushbu ota asosiy vazifasi nimadan iborat ekanligini unutmadi
Ba’zida otalar haddan ortiq mehribondirlar
Har qalay zerikarli emas
“Otam bilan hech narsa qo‘rqinchli emas”
Haqiqiy superqahramon ota
Ota — hayotda eng ishonchli tayanch
“Belidan pasti falaj bo‘lgan otam opamning to‘yida uni mehrobgacha kuzatib qo‘ydi”
Ota bo‘lish — bu ba’zida san’at uchun o‘zingni qurbon qilish demakdir
Xursandchilik uchun doim vaqt topiladi
“Qizim bilan sayrga chiqish — ota rolidagi eng yaxshi ko‘rgan ishim”
Ota yaqinda o‘zi ota bo‘lgan farzandini mehr bilan kuzatmoqda | 59 | 807 |
Foto | Kobuldagi tilanchi ayol, Frantsiyadagi prezidentlik poygasi, dunyodagi eng keksa gorilla — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Shimoliy Makedoniyada o'tgan haftada “Flash-2022” harbiy mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
12 aprel kuni Nyu-York metrosida otishma yuz berdi.
Kobul ko'chalarida tilanchilik qilib yurgan ayol.
Rossiyaning Rim shahridagi elchixonasining darvozasiga qizil bo'yoq sepib ketishdi.
Quddusda Isroil politsiyasi va falastinliklar o'rtasida yana to'qnashuvlar yuz berdi.
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida Extinction Rebellion ekologik harakati a'zolari norozilik namoyishi o'tkazdi.
Berlin hayvonot bog'idagi dunyodagi eng keksa gorilla Fatu o'zining 65 yoshini tort bilan nishonlamoqda.
Jakartada prezident saylovining ortga surilishiga qarshi norozilik namoyishi bo'lib o'tdi.
xitoy politsiyasi portlovchi uskunalarni zararsizlantirish bo'yicha o'quv mashg'ulotlarida qatnashdi.
Hindiston poytaxtida anomal issiq hukm surmoqda.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda o'tkazilayotgan prezident saylovi doirasida tarafdorlari bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda.
Ukrainaning Bucha shahrida topilgan ommaviy qabrdan jasadlar chiqarilib, tekshiruv o'tkazish uchun olib ketilmoqda. Hududda Rossiya harbiylari tinch aholini qirib tashlagani aytilmoqda.
Ukraina xavfsizlik kuchlari rus kollaboratsionistlarini qo'lga olish operatsiyasini o'tkazmoqda.
Ukrainaning Lvov shahri vokzalida Polshaga ketayotgan poezdda o'tirgan qizaloqa. | 106 | 1,385 |
Foto | Fotogalereya: Arab shayxlarining rafiqalari | Sharq ayollari haqida o‘tmishdan saqlanib qolgan stereoptiplar bugungi kunda anchagina o‘zgardi. “Shok inform” ana shu o‘zgargan stereotiplarga misol sifatida arab shayxlarining rafiqalariga e’tibor qaratdi.
Dubay hukmdori Shayx Muhammad al-Maqtumning ikkinchi rafiqasi Shayx Xayaning kelib chiqishi qirollik avlodidan. Uning otasi — Iordaniya qiroli. U Oksfordda ta’lim olgan, qirollik marosimlaridan birida Shayx Muhammad al-Maqtumga tanishtirilgan va bir necha oydan keyin uning rafiqasiga aylangan.
Shayxning rafiqasi ikki nafar bola ko‘rgan. U o‘zining onalikka bag‘ishlamagan va faol ravishda jamoat ishi bilan shug‘ullanadi. U tomonidan amalga oshirilgan loyihalardan biri ona vatani Iordaniya uchun ochlikka qarshi kurash jamg‘armasini tuzgani bo‘ldi. Shayx Xaya Yevropa uslubida kiyinadi, tez-tez dunyoviy tadbirlarga borib turadi.
Qirolicha haqida juda kam ma’lumot bor. U juda oddiy oilada tug‘ilgan, Dubay xalqaro kollejida o‘qigan, keyin esa ar-Riyoddagi qirol Saud universitetini tugatib, yuristlik kasbini egallagan. Qanday qilib oddiy qiz qirolning e’tiborini tortib, uning rafiqasiga aylangani haligacha noma’lum.
Qatarning sobiq amiri Hamad bin Xalifa at-Taniyning ikkinchi rafiqasi va amaldagi hukmdorning onasi nafaqat xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi, balki siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Shayx Moza YuNESKOning maxsus murojaatchisi hisoblanadi, bir qator davlat va xalqaro lavozimlarni egalik qiladi, hatto Britaniya imperiyasi ordenining qo‘modon xonim unvoniga ega.
Yetti nafar farzandning onasi moda olamida mashhur hisoblanadi. U mamlakat an’analariga hurmat bajo keltirgan holda, kamtarona kiyinadi, biroq bunda jahon modasi tendensiyalariga qat’iy muvofiqlikni saqlaydi.
Iordaniya qiroli Abdulla ibn al-Husayn al-Hoshimiyning rafiqasi va taxt merosxo‘ri shahzoda Husaynning onasi Raniya dunyodagi eng mashhur sharq qirolichasi hisoblanadi. U Yaqin Sharqdagi inson huquqlari faoli va ayollarning otasi va eri fikridan qat’i nazar o‘z kompaniyasini ochishi uchan kurashadi. Shuningdek, u Iordaniya armiyasi polkovniki unvoniga ega.
Amira at-Tavil Saudiya Arabistonida an’anaviy jamiyat asoslarini buzuvchi deb ataladi. Bu malikani umuman tashvishga solmaydi. Turmushga chiqquniga qadar u AQShdagi Nyu-Heyven universitetini tamomlagan, biznes boshqaruvi sohasida ilmiy darajaga ega, xalqaro haydovchilik guvohnomasini olgan. Mashinasini shaxsan o‘zi boshqaradi. Turmush qurganidan keyin bir necha yil o‘tgach u eri bilan ajrashgan. Amiraning aytishicha, eri undan tezroq bolalarni dunyoga keltirishni talab qilgan, u esa o‘zini ona rolida ko‘ra olmagan. Ajrimdan keyin uning eri boshqa uylanmadi, ular tez-tez uchrashib turishadi va do‘st bo‘lib qolishgan hamda hamkorlikda xayriya tadbirlarini o‘tkazadi.
Ayni paytda malika 33 yoshda, Saudiya Arabistonida va butun dunyoda keng qamrovdagi gumanitar muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi. | 43 | 2,882 |
Foto | Haftaning qiziqarli suratlari | “Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
Shoh Alam ko‘chasidagi graffitilar. Malayziya
Yantay shahridagi plyaj. Shandun yarim oroli, Xitoy
Shotlandiyaning Anstruter shahri qutqaruvchilarining bayram oldi mashg‘uloti
Venger ovcharkasi sayr qilmoqda
Allohoboddagi tonggi tuman. Hindiston
Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “MKS-54/55” ekipaji a’zolarini kuzatish
Dakkadagi g‘isht ishlab chiqarish fabrikasida ish jarayoni. Bangladesh
NASA’ning Terra sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan Janubiy Kaliforniyadagi yong‘inning surati
Mixail Saakashvili tarafdorlari tomonidan qurilgan Kiyev markazidagi barrikadalar
Ingliz buldogi Singapurdagi hayvonlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonada cho‘milmoqda | 29 | 735 |
Foto | National Geographic kelajak shaharlarini namoyish etdi (fotogalereya) | National Geographic jurnali “kelajakka qadam qo‘yib bo‘lgan shaharlar”ning fotosuratlarini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Jurnal prognoziga ko‘ra, 2050-yilga borib, Yer aholisining qariyb 75 foizi yanada zich, baland va “aqlli” ko‘rinish oladigan shaharlarda istiqomat qiladi.
Your Shot hamjamiyati a’zolari National Geographic’ga ilg‘or texnologiyalar tatbiq etilgan shaharlarning to‘rt mingga yaqin suratlarini yo‘lladi. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishish mumkin. | 69 | 495 |
Foto | Fotogalereya: Floridada joylashgan eng ajoyib tabiat mo‘jizalari | Florida o‘zining ajoyib plyajlari, go‘zal tabiati bilan mashhur. “Forum Daily” nashri Floridadagi tabiat ajoyibotlariga boy bo‘lgan maskanlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Ushbu bog‘ 70 gektar maydonni o‘z ichiga oladi. Bu yerda 20 metrli sharshara ham joylashgan, uning suvi qayerga oqib ketishini shu kunga qadar hech kim bilmaydi. Sharsharani tomosha qilish istagida bo‘lganlar ushbu maskanga kech qishda va erta bahorda borishlari tavsiya qilinadi, chunki bu vaqtda uning suvi ko‘p oqadi. Shuningdek, bog‘da sharsharadan tashqari kapalaklar bog‘i, sayr qilish joylari, baliq tutish uchun kempinglar, kichik ko‘l va plyaj joylashgan.
Ushbu qo‘riqxonadagi g‘orlar Florida hududa turistlar uchun ochiq hisoblangan yagona g‘orlar hisoblanadi. Ohaktoshlar atrofidan oqib o‘tuvchi yer osti suvlari uni yuvib turli ajoyib shakllar — tosh irmoqlar, hovuzlar, stalagmit, va stalaktitlar hosil qiladi.
Ushbu bog‘ Florida shimoli-g‘arbida joylashgan. U juda noyob daraxtning uyi hisoblanib, uning sharafiga ushbu nomni olgan.
Floridadagi eng ajoyib bog‘lardan biri, shuningdek, bu yerda mamlakatdagi eng katta tropik sahro joylashgan. Milliy bog‘ yuzdan ortiq noyob o‘simliklar va hayvonlar uchun uy vazifasini bajaradi.
Daryoga yer ostidagi manbalaridan oqib kelivchi iliq, shaffof suvlari orqali shunday nomga sazovor bo‘lgan. Bu yerda delfinlarni, toshbaqalarni, havorang qisqichbaqalarni, qush va baliqlarning turfa xillarini uchratish mumkin.
Kadr: YouTube
Jon Pennekampning korall riflari bog‘i jonli riflarni va dengiz ajoyibotlari tomosha qilish mumkin bo‘lgan Floridadagi eng yaxshi maskanlardan biri hisoblanadi.
Bu yerda ko‘p asrlar oldin paydo bo‘lgan juda chuqur o‘ra mavjud. Unga tog‘ irmoqlardan oqib keladigan suvlar quyuladi. Yog‘ochdan ishlangan uzun zina o‘raning tubiga qadar tushib boradi. | 64 | 1,806 |
Foto | Mukammal makiyajdan so‘ng fotoshopning keragi ham yo‘q. Isboti — suratlarda (foto) | Ko‘pgina qizlar fotosuratlarini maxsus effektlarsiz hech qachon ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaydi. Ular avval yuzdagi nuqsonlarni yashiradi, tashqi ko‘rinish va tasvirni yanada yorqinroq qiladi. Ammo mahorat bilan amalga oshirilgan makiyaj tufayli ham xuddi shunday natijaga erishish mumkin.
Makiyajning kuchi.
Pardoz, avvalo, ishonch bag‘ishlaydi.
Avval va keyin.
Jozibali ko‘rinish.
Bitiruv oqshomi uchun ajoyib makiyaj.
Fotosessiya uchun tayyorgarlik.
Kundalik makiyaj.
Dissertatsiya himoyasidagi ko‘rinish.
Qulupnay pirogiga o‘xshash makiyaj.
Tabiiy makiyaj.
10 daqiqa vaqt oladigan makiyaj.
Tug‘ilgan kun uchun tayyorgarlik.
Har kuni amalga oshiradigan pardozim.
Pardoz qilishni juda ham yaxshi ko‘raman.
Tabiiy pardoz.
Bor go‘zallikka shunchaki urg‘u berish. | 82 | 783 |
Foto | Fotogalereya: Yaqin vaqt ichida dunyoni boshqaradigan bolalar | Eng kuchli qirol va qirolichalar ham qachonlardir bola bo‘lgan. Buning ustiga juda yoqimtoy qiz va ajib o‘g‘il bolalar bo‘lgan. AdMe zamonaviy monarxiyalar kelajagi kimlarning qo‘lida ekanligini aniqlash va ularni sizga tanishtirishga qaror qildi.
Estel, 5 yosh (Shvetsiya)
Aynan Qirolicha Hazrati Oliyalari Estel Silviya Yeva Meri onasi, malika Viktoriyadan keyin taxtni egallaydi.
Kristian, 11 yosh (Daniya)
Qirol Hazratlari vaqti kelib o‘z otasi Frederikdan keyin Kristian XI ga aylanadi. An’anaga ko‘ra, qirol oilasidagi taxt merosxo‘rlari Kristian yoki Frederik ismli bo‘lishi lozim.
Leonor, 11 yosh (Ispaniya)
Malika Leonor de Todos los Santos de Burbon (11 yosh) va uning to‘qqiz yoshli singlisi infanta Sofiya egizaklardek kiyinishni xush ko‘radi. Ularning tashqi ko‘rinishi ham bir-biriga juda o‘xshaydi. Ispaniyaliklar o‘zlarining unvonli jajji go‘zallari bilan faxrlanadi.
Jak, 2 yosh (Monako)
Uzoq kutilgan egizaklarni kichkina, biroq dunyoga mashhur qirollikda juda yaxshi ko‘rishadi. Shahzoda Jak Onore Renye Monakoning merosxo‘r shahzodasi va markiz de Bo merosxo‘rlarning birinchi navbatida.
Katarina-Amaliya, 13 yosh (Niderlandiya)
Oran malikasi otasidan keyin qirolichaga aylanadi. Hozir esa mamnuniyat bilan velosipedda sayr qiladi, singillari bilan o‘ynaydi va gimnaziyada tahsil oladi.
Yelizaveta, 15 yosh (Belgiya)
Yosh malikaning bir-yo‘la to‘rtta ismi bor: Yelizaveta Tereza Mariya Yelena, Brabant gersoginyasi. Monarxning katta qizi taxt merosxo‘rligi haqidagi yangi qonunga ko‘ra Belgiyaning birinchi qirolichasiga aylanadi.
Amaliya, 2 yosh (Lyuksemburg)
Amaliya merosxo‘rlarning uchinchi nasabidan bo‘lsa ham kichkina malika Nassauni mamlakat kelajagi deb atashadi.
Jorj, 3 yosh (Buyuk Britaniya)
Shahzoda Jorjni eng mashhur merosxo‘rlardan biri deb atash mumkin. Qirolicha Yelizaveta II ning uchinchi evarasi dunyoga kelmasdan avval tanilgan edi.
Ingrid Aleksandra, 13 yosh (Norvegiya)
Norvegiya malikasi Ingrid Aleksandra konstitutsiyaviy islohot tufayli otasidan keyin qirolichaga aylanadi.
Xisaxito, 10 yosh (Yaponiya)
Bu yoqimtoy bolakay bobosi, amakisi va otasidan keyin imperatorga aylanadi. Yapon urf-odatiga ko‘ra, ism tanlashga juda jiddiy yondashiladi. Shahzoda Akisino o‘g‘li uchun “porloq va saxovatli” ma’nolarini anglatuvchi Xisaxito ismini tanlagan.
Mulay Hasan, 13 yosh (Marokash)
Marokash amaldagi monarxining katta o‘g‘li navbatdagi qirol bo‘lish uchun astoydil harakat qilmoqda. Shahzoda rasmiy tadbirlar va tashriflarda tez-tez otasiga hamroh bo‘ladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 61 | 2,584 |
Foto | Kirish uchun pul ham, hujjatlar-u tanish-bilishlar ham yordam bera olmaydigan 12 ta joy (fotomaqola) | Butun dunyo bo‘ylab hech narsadan qo‘rqmay sayohat qilish mumkin degan kishilar qattiq yanglishadi. Yer yuzida pul bilan, tanish-bilishchilik bilan “olti soniya”da kirish mumkin bo‘lmagan joylar ko‘p. Maxfiy harbiy bazalardan tortib diniy maqbaralargacha begonalar kirishi taqiqlangan makonlar mavjud.
RAF Menvit-Hill, Angliyaning Harrogeyt shahrida joylashgan harbiy baza. Ushbu noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lgan, pufaksimon binolar kompleksi Buyuk Britaniya va AQSh razvedkasini qo‘llab-quvvatlash hamda qurolli kuchlarning o‘zaro aloqa qilishini ta’minlaydi. Baza tufayli butun dunyoda elektron monitoring bo‘yicha eng katta stansiya deb e’tirof qilinadi. Har bir sun’iy yo‘ldosh (ulkan pufak shaklidagi gumbazlar) guruh tizimining bir qismi bo‘lib ular orqali maxfiy tarmoqda xususiy va tijorat kommunikatsiyalari kuzatiladi.
Bogemiya bog‘i. Triller janridagi filmlar uchun yasalgan dekoratsiyaga o‘xshaydi. Ushbu bog‘ning maydoni 2,7 ming akr maydondagi qishloq hududida, Kaliforniya shtatidagi Monte-Rioda joylashgan. Yerlarga San-Fransiskodagi san’atsevarlar xususiy klubi yoki Bogemiya klubi egalik qiladi. Klub har yili yozda dunyoning eng obro‘li odamlari uchun ikki hafta davom etadigan tadbirlar tashkillashtiradi. Bu juda shubhali tuyuladigan tadbir.
Vatikanning maxfiy arxivlari. Bu shunchaki qadimiy kutubxona emas, Vatikan arxivi! Sanoqli odamlargina ichkariga kirish huquqiga ega. Garchi kutubxonaga kirib kitobning asl nusxasini o‘qishning imkoni bo‘lmasa ham, so‘rov yuborib uning elektron shakldagi variantini olish mumkin.
Fransiyadagi Lasko g‘ori. Ushbu g‘or Fransiyaning janubi-g‘arbida joylashgan va ming yil avval, paleolit davrida qoya toshlarga chizilgan qadimiy suratlari bilan butun dunyoga mashhur. Ma’lum vaqt g‘orlar kompleksiga kirishga barcha uchun ruxsat berilgan, ammo endi suratlarni saqlab qolish maqsadida bu borada taqiqlar qo‘yilgan.
Payn-Gep, Avstraliya. Harbiy baza Amerikadagi 51-hududning Avstraliyadagi analogi hisoblanadi. Qarorgoh Avstraliya markazida joylashgan. U hukumatga va Markaziy razvedka boshqarmasiga bo‘ysunadi. Bu kengurular yurtidagi osmonida aviatsiya parvozlari amalga oshirilishi taqiqlangan yagona baza. Hudud monitoring markazi vazifasini bajaradi. Biroq u yerda nimaning monitoring qilinishi noma’lum, Payn-Gepda dronlarning bir nechta dastur bo‘yicha boshqarilishi haqida taxminlar mavjud.
Moskva Metrosi-2. Sirli transport tizimi Moskvadagi odatiy metro bilan parallel ravishda ishlaydi. Tizim Stalin Sobiq Ittifoq rahbari bo‘lgan davrda qurilgan va D-6 maxfiy nomini olgan. Ushbu tizimning mavjud ekani Federal xavfsizlik xizmati tomonidan inkor etilmagan yoki tasdiqlanmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra ushbu tizimda jami to‘rtta yo‘nalish mavjud, ular 50 dan 200 metrgacha chuqurlikda joylashgan va Kremlni Lyubyankadagi FXX binosi, hukumat aeroporti va Ramenkadagi yer osti kompleksini o‘zaro bog‘lab turadi.
39-Xona (39-Byuro), Shimoliy Koreya. Ushbu maxfiy tashkilotning asosiy vazifasi Kim Chen In uchun xorij valyutasini o‘zlashtirishni ta’minlash yo‘lini topishdan iborat. Tashkilotga 1970-yilda asos solingan va u “saroy iqtisodiyoti”ning asosiy agenti hisoblangan. 39-Xona haqida ma’lumotlar juda kam, lekin tashkilotning Shveysariya va Xitoydan 20 dan ortiq hisob raqamlarga ega ekani, ular orqali pul yuvish operatsiyalari hamda boshqa noqonuniy moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladi. Shuningdek, tashkilotning giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy qurol-yarog‘ oldi-sotdisiga aloqadorligi haqida mish-mishlar yuradi. Maxfiy tashkilotga Kim Chen Inga tegishli 130 ta savdo kompaniyasi bo‘ysunadi. Shtab-kavrtira Pxenyandagi Ishchilar partiyasi binosida joylashgan.
Boshqirdistondagi Mejgorye. Bu joy yadro raketalari saqlanadigan maxfiy baza joylashgan. Baza yaqinida doimiy ravishda ikkita batalyon adashib kelib qolgan kutilmagan mehmonlarni haydash bilan shug‘ullanadi. Bazada yadro zarbasi yo‘llangan vaqtda avtomatlashitirilgan ballistik raketalar masofadan turib ishga tushirilishi mumkin. Ular yorug‘lik, bosim va seysmik faollik hisoblagichi vositasida ishga tushadi.
Disneyland’dagi “Klub 33”, Florida, AQSh. Disney’ning eng katta xiyobonida joylashgan tushunarsiz eshik orqali faqat jamoa a’zolari kira oladigan eksklyuziv klub joylashgan. Ichkariga kirish uchun sirli eshikni topish talab etiladi. Klub Yangi Orlean maydoni hududida joylashgan. Ammo u yerga hamma ham kiritilavermaydi: faqat klub a’zolarigina ichkariga kiradi, ular orasida AQSh prezidentlari, katta kompaniyalar rahbarlari va taniqli aktyorlar bor. Klubga a’zo bo‘lish uchun do‘stlar va yaqinlarni olib kelish mumkin. Demak ushbu klub a’zosi bo‘lish uchun AQSh prezidenti yoki mamlakatning o‘ta boy odamlari bilan do‘st tutinish lozim.
51-Hudud, AQSh. Eng yomon berkitilgan sir. 51-hudud — Las-Vegasdan 80 milya uzoqlikda shimoli-g‘arbda Nevadada joylashgan harbiy baza. Baza markazida – ulkan harbiy aerodrom mavjud. Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, bazaning vazifasi parvoz qurilmalari va qurollarni sinovdan o‘tkazishdan iborat. G‘alati tomoni AQSh hukumati 51-hududning mavjudligini tan olmaydi, bu odamlar orasida tarqalgan bazada noma’lum uchar jismlar hamda o‘zga sayyoraliklar ustida tajriba o‘tkazilishi haqidagi gaplarning yanada ommalashishiga sabab bo‘ladi.
Google data-markazi. “Katta aka” o‘sha yerda o‘tiradi. Maskan juda yaxshi qo‘riqlanadi va 51-hududdan kam emas. Data-markazda trillionlab internet-foydalanuvchilarning ma’lumotlar arxivi saqlanadi.
Mariya Sionskayaning Aksumadagi cherkovi, Efiopiya. Sayyohlar, turistlar va boshqa begona shaxslarga ushbu cherkovga kirish taqiqlangan. Bu yerda ahd kemasi saqlanadi, afsonalarga ko‘ra Menelik I otasi Sulaymon podshohdan qolgan kemani Efiopiyaga olib kelgan. | 100 | 5,706 |
Foto | Toshkentdagi qor surati 327 mln obunachisi bor rasmiy Instagram sahifasiga qo‘yildi | Instagram’ning rasmiy sahifasiga Toshkentdagi qorli kun haqida surat joylashtirildi.
Jurnalist va bloger Nikita Makarenkoning yozishicha, mazkur foto turist emas, professional suratkash tomonidan olingan. Davletovuz’ning ta’kidlashicha, suratda Toshkentning Eski shaharidagi ko‘cha tasvirlangan.
“Bu Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taklif etilgan va akkreditatsiyadan o‘tishiga yordam ko‘rsatilgan italiyalik taniqli suratkash Matilda Gattoni tomonidan o‘tgan yili fevralda olingan foto.
Matilda va uning hamrohi, jurnalist Matteo Fagottoning g‘oyasi — Toshkent tarixini yaratish bo‘lgan, chunki shahar juda kam suratga olinadi va u haqda kam yoziladi.
Bu O‘zbekiston uchun mutlaq tekinga tushgan, Matilda o‘z hisobidan yetib kelgan. Mana endi reklamani 327 million odam tomosha qildi. Hali bu 2019-yilda chiqqan jurnallarni hisobga olmaganda”, — deb yozadi Makarenko. | 83 | 888 |
Foto | Fotogalereya: eng g‘aroyib davlat chegaralari | Odatda davlat chegarasi deganda qurollangan harbiylarni, ularning itlarini, tikanli simdan o‘rnatilgan g‘ovni va pasport nazoratini tushunamiz. Lekin ayrim davlatlarda chegaralar faqat ramziy ma’nodagina qoldirilgan bo‘lib, bizning tasavvurimizdagidan boshqacha ekan.
AdMe ana shunday davlat chegaralari aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi.
Tasvir muallifi — polshalik rassom Yaroslav Kozyara.
Bu ikki davlat chegarasida golf maydoni bor.
Chapda — Argentina, o‘ngda — Braziliya, o‘rtada — Paragvay.
Trotuardan chapda — Braziliya, o‘ngda Urugvay.
Bu chegara Derbi Layn shaharchasidagi bino ichidan o‘tadi.
Niderlandiyadagi kahvaxonaga kirib, uning Belgiyadagi qismidan chiqib ketaverasiz.
Bu chegara esa Everest ustidan o‘tadi.
Chegara Eurode biznes markazi ichidan o‘tadi, pochta qutilari ikki tomonda ham bo‘lishiga qaramay, xatlar bir haftada yetib boradi. | 45 | 868 |
Foto | Xitoyga qarshi sanksiyalar, Avstraliyada dahshatli toshqin, Kashmirda cheklangan ta'lim, Atlantadagi qotilliklar — 22 mart suratlari | Navroʻzdan keyingi ilk kun — 22 mart yangiliklarga uncha boy boʻlmadi. Lekin bugun ham oʻquvchilarimizga taqdim etadigan fotosuratlarimiz bor.
Tyananmen maydonidagi norozilik namoyishlari bostirilgandan soʻng Yevropa Ittifoqi Xitoyga inson huquqlarining buzilish holatlari roʻy bergani uchun sanksiyalar joriy qildi. Cheklovlarni Bryusseldagi yigʻilishda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari ma'qulladi. Sanksiyalarni Shinjonda uygʻurlarga nisbatan amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar aks-sadosi boʻldi deyish mumkin.
Avstraliyada sodir boʻlgan soʻnggi oʻn yilliklarning eng kuchli toshqini iqlim oʻzgarishi haqida tashvishli belgi bermoqda deyish mumkin. Bir yil oldin tarixga eng yirik oʻrmon yongʻinlari bilan kirgan mamlakatda bugun suv toshqinlari avjida.
20 mingga yaqin avstraliyalikni evakuasiya qilishga toʻgʻri keldi. Mamlakatda 150 dan ortiq maktab yopildi.
Hindiston hukumati Kashmirda millatchilikni ta'lim olishdan ustun qoʻydi. Bu bahsli mintaqadagi maktablar ikki yil mobaynida yopiq ushlab turildi.
Kashmir vodiysining 7 million aholisi mintaqani boshqaradigan Hindiston va unga egalikka da'vo qilayotgan Pokiston oʻrtasidagi bir necha yillik ogʻir kurashning yukini koʻtarmoqda.
2019 yil 5 avgustda Hindiston milliy hukumati Kashmirning yarim muxtor maqomini toʻsatdan tugatib, uning toʻgʻridan-toʻgʻri nazoratini qoʻliga oldi. Namoyishlar aks-sadosida hududdagi barcha maktablar va universitetlarga muhr bosildi. COVID-19 bu muhrning umrini yanada uzaytirib berdi. Mintaqada oradan 2 yil oʻtib ta'lim dargohlarining faoliyati tiklanmoqda.
Atlanta kurortida odamlar oʻlimiga olib kelgan otishmalar mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy aloqalar kuchayib borayotgan bir paytda muhokama maydoniga keldi.
Otishmalarda oʻldirilgan sakkiz kishining oltitasi osiyolik boʻlib, ularning toʻrt nafari 51 yoshdan 74 yoshgacha boʻlgan koreys millatiga mansub ayollardir.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In otishmalarni «aql bovar qilmas hodisa» deya ta'rifladi. | 132 | 1,972 |
Foto | Fotogalereya: E’tiborni tortishi uchun fotoshop shart bo‘lmagan suratlar | Reallik tushunarli va uni oldindan ko‘rish mumkin. Biroq dunyoda insonlarni hayratlantiruvchi hodisalar topiladi. AdMe ana shuday hodisalarga e’tibor qaratdi. | 72 | 158 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng chiroyli masjidlari | 5-iyun kuni Qozog‘istonda ham Hayit ayyomi nishonlandi. Shu munosabat bilan “NUR.kz” nashri dunyodagi eng chiroyli masjidlarning suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Makkadagi “Masjidul harom”
Dunyodagi eng katta masjid islom olamining markazi — Makkada joylashgan. Bu yerga har yili dunyoning turli nuqtalaridan millionlab musulmonlar tashrif buyuradi.
Madinadagi payg‘ambar Muhammad (s.a.v) masjidi
Ushbu masjid kattaligi va ahamiyati jihatidan dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Islom arxitekturasining eng nozik jihatlarini o‘zida mujassam etgan masjidni qurish ishlari 622-yilda boshlangan. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) aynan shu yerga dafn etilgan.
Shayx Zoidning Abu-Dabidagi masjidi
Masjid Birlashgan Arab Amirliklarining asoschisi va birinchi prezidenti shayx Zoid ibn Sulton an-Nahayon sharafiga nomlangan. Dunyodagi eng yirik masjidlardan biri hisoblanadigan majmuaga dunyodagi eng katta gilam va diametri 10 metr keladigan Swarovski qandili o‘rnatilgan.
Maskatdagi Sulton Qobus masjidi
Kattaligi jihatidan dunyoda uchinchi o‘rinda turuvchi masjid. Uning ichini qo‘lga to‘qilgan gilamlar va ajoyib Swrovski qandili bezab turadi.
Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidi
Marmar dengizi qirg‘og‘ida joylashgan islom va jahon arxitekturasining haqiqiy shedevri. Oltita minora hamda boshqa ko‘plab arxitektura va dekorativ ishlanmalar bilan bezatilgan.
Islomoboddagi Feysal masjidi
Tashqi ko‘rinishi bilan an’anaviy masjidlardan farq qiluvchi masjid.
Kasablankadagi Xasan II masjidi
Marokashdagi eng chiroyli masjidlardan biri. Ulkan o‘lcham va aql bovar qilmas chiroyga ega masjid ichidan Atlantika okeani ko‘rinib turadi. | 47 | 1,622 |