folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Fotogalereya: Hali siri kashf qilinmagan joylar | Yer sayyorasida hali ham noodatiy va tushunib bo‘lmas ishlarni bajaruvchi joylar bor. AdMe ularning rasmini to‘pladi.
Nikolas Keyj qabri (AQSh)
Nyugreynj qal’asi (Irlandiya)
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Glastonberi minorasi (Buyuk Britaniya)
View this post on Instagram
Tashlandiq Rastess posyolkasi (Rossiya)
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Anomal tinchlik hukm surgan sahro (Meksika)
View this post on Instagram
Vinchesterlar uyi afsonasi (AQSh)
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Kolomenskoye muzey-qo‘riqxonasidagi jarlik (Moskva)
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Plakli qishlog‘i (Buyuk Britaniya)
View this post on Instagram | 47 | 894 |
Foto | Turli mamlakatlarda maktablarga eltuvchi yo‘llar (fotogalereya) | Har kuni turli mamlakatlardagi bolalar maktabga qatnaydi. Kimnidir ota-onasi maktabga eltadi, kimdir maktab avtobusida jo‘nab ketadi, ba’zilar esa maktabga borish uchun qayiq yoki velosipedli rikshada soatlab yo‘l yurishiga to‘g‘ri keladi. Kimdir uchun maktab — zerikarli majburiyat, yana kimdir uchun hatto urush yoki davlat to‘ntarishi ham maktabni qoldirish uchun sabab bo‘la olmaydi. “TASS” bilimga yo‘l qanchalik xilma-xil bo‘la olishini o‘z fotogalereyasida ko‘rsatib berdi. | 63 | 480 |
Foto | “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto) | Ba’zi aktyorlar yillar davomida erisholmagan natijani ayrim debyutant ijrochilar birgina roli bilan qo‘lga kiritadi. Shu boisdan ular san’atni tark etgan yoki ijodiy tanaffus qilgan taqdirda ham, tomoshabinlar yodidan ko‘tarilmaydi. Quyida film va seriallardagi birgina obrazi bilan tanilib, keyin ko‘rinmay qolgan ijodkorlar haqida so‘z yuritamiz.
Lobar Polvonova — “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona
“Muhabbat sinovlari” filmidagi Ruxshona roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Lobar Polvonova negadir aktrisalik faoliyatini davom ettirishni istamadi. So‘nggi rolini 2006-yili “Hayot mamot” filmida ijro etdi. U 2005-yildan buyon Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida liboslar bo‘yicha rassom bo‘lib ishlab kelmoqda. O‘tgan yili “Alisher Navoiy” spektakli va “Faust” operasi uchun yaratgan liboslari tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Negadir u omma e’tiborida bo‘lish va aktrisalik faoliyati haqida intervyu berishni istamaydi. Shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni ham sir saqlaydi.
Navro‘za Biynazova — “Shaytanat”dagi Asadbekning qizi
U televideniyedagi faoliyatini 26 yil avval boshlagan. Bir necha yil televideniyeda muharrir sifatida faoliyat yuritib, qator ko‘rsatuv va filmlarning yaratilishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Ilk rolini esa 1997-yili “Men xohlayman” hujjatli filmida ijro etgan. 1999-yili esa uni “Shaytanat” serialiga taklif etishgan. Ba’zi sabablarga ko‘ra, aktrisa serialning 6 qismidan rol ijro etmagan.
Navro‘za Biynazova muallifligi va rejissorligidagi filmlar Nyu-York (“Chegara”. 2004-yil) va Boku (“Ko‘rgilik” 2005-yil) festivallarida ishtirok etgan. Sentabr oyida rejissorligidagi “O‘zbekning Zulfiyasiman” nomli hujjatli film premyerasi o‘tkazildi. Mazkur film shoira Zulfiyaxonim Isroilova hayotiga bag‘ishlangan.
Omon Burhon — “Shaytanat”dagi tergovchi
Aslida, Omon Burhonning aktyor bo‘lishiga hech kim shubha qilmasdi. Chunki u O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burhonning jiyani, o‘zbek televideniye asoschilaridan biri bo‘lgan Ubay Burhonning farzandi hisoblanadi. U ilk rolini 1969-yili suratga olingan “Keksa ustozning ahdnomasi” nomli 4 qismli filmda ijro etgan. Undan so‘ng 1975-yili suratga olingan “Poyga mashinalaridan qo‘rqmas bolalar” filmida suratga tushgan. Ammo u aktyor bo‘lishni istamadi va hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining Sharqshunoslik fakultetiga hujjat topshirib, arabshunoslik bo‘yicha tahsil oldi. 1998-yili rejissor Jahongir Qosimov “Shaytanat” serialidagi Zohid roliga taklif etdi. Omon Burhon rahbariyat topshirig‘i sabab serialda rol ijro etishga majbur bo‘lgan.
— Aslida, serialdan Zohidning chetlashishi ham qiziq kechgan. U paytda Prezident administratsiyasidagi faoliyatim sabab ekranda ko‘rinishim va asosiy vaqtimni suratga olish ishlariga sarflashim mumkin emasdi. Vaziyatni Yodgor Sa’diyevga tushuntirganimda ssenariyni o‘zgartirishga majbur bo‘lgan va Zohidni malaka oshirish uchun xorijga jo‘natib yuborishgan, — deydi Omon Burhon. Ayni kunda u “Oilaviy” telekanalining rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Ziyoda Hudoyqulova — “Tubanlik” filmidagi Dilroz
Asli farmatsevtika sohasida tahsil olgan Ziyoda Hudoyqulova kichik tasodif sabab kino olamiga kirib qolgan. Rejissor Hilol Nasimov Lola Eltoyevaga o‘xshashligi sabab uni “Tubanlik” filmiga taklif etgan. Film katta muhokamalarga sabab bo‘ldi va aktrisaga ikkinchi filmda ham rol ijro etish baxti nasib etdi. U Alisher Uzoqovning “Kuzda gullagan daraxt” filmida suratga tushdi.
Bundan tashqari, u Shahzodaning “Shunchaki”, “Men o‘sha”, Oybek va Nigoraning “Xavotirdaman” kliplarida ham suratga tushgan. Oilali bo‘lgach, san’atni butunlay tark etdi, ayni damda o‘g‘li Muhammadalining tarbiyasi bilan band.
Bonu Nur — “Snayper” filmidagi maxsus xizmat xodimi Nargiza
O‘n ikki yoshida san’at olamiga kirib kelgan Bonu Nur bir nechta xorazmlik ijodkorlarning klipida suratga tushgan. To‘ylarda boshlovchilik qilib yurganida Xorazmdagi telekanallardan biri uni teleboshlovchilikka taklif etgan. Bir necha yil boshlovchilik qilgan Bonu Nur oilali bo‘lib, Toshkentga ko‘chib kelgan. Kutilmaganda unga “Snayper” filmida suratga tushish taklifi berildi. Filmning ilk sahnalari olingan paytda u homilador bo‘lgan.
Bonu Nurning Nasiba ismli qizchasi bor, ayni kunlarda u aktrisalik faoliyatini yakunlab, o‘zini oilasiga bag‘ishlagan. U Instagram’da “Bonu nur oshxonasi” blogini yuritadi.
Nargiza Sharmetova (Ro‘ziboyeva) — “Opa singillar” serialidagi Nasiba
34 yoshli aktrisa asli Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan. 2010-yili O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi bo‘lgan. Talabalik chog‘idan teleseriallarda suratga tushgan. Unga “Opa-singillar” serialidagi Nasiba roli mashhurlik olib kelgan. Bir necha yildan keyin Sardor Komilov prodyuserligida Narmin taxallusi ostida xonandalik faoliyatini boshlagan. “Kechmas” nomli qo‘shig‘iga klip suratga olgach, prodyusserlik shartnomasi bekor qilingan.
Aktrisa rejissor Ulug‘bek Sharmetov bilan oila qurgach, biroz ijodiy tanaffus qilishga qaror qildi. Ayni damda uning bir yoshli Yasinbek ismli o‘g‘li bor. | 148 | 5,078 |
Foto | Fotogalereya: Vladimir Zelenskiy qayerda yashaydi — Ukraina yangi prezidentining uyi | Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2008-yildan beri 1 200 kvadrat metrlik hovlida joylangan umumiy maydoni 353 kvadrat metrlik uyga egalik qiladi. Uy Kiyevdan 30 kilometr uzoqlikdagi Ivankovich qishlog‘idagi “Pomestye” elit shaharchasida joylashgan.
Qizig‘i shundaki, shaharcha doimiy tarzda qo‘riqlanadi. Shaharchaga faqat uy egasi tashrifingizni tasdiqlagandagina kirish mumkin. Shaharchada barcha sharoitlar bor: bog‘ va maktab, o‘yin maydonchasi, bolalar sport maydonchasi, avtomobil yuvish va xizmat ko‘rsatish stantsiyasi, hamda maxsus ko‘l mavjud.
2008-yilda Zelenskiyning uyi 31 ming dollarga baholangandi. To‘rt oydan so‘ng yangi saylangan prezident 27 ming dollarga yana qo‘shimcha 12 sotix yer sotib oladi.
Hozirda Zelenskiyning ikki qavatli uyida 3 ta sanuzel, bir nechta yotoqxona, shinam oshxona bor.
Uyda garaj yo‘q. Ikkita avtomobil uchun ajratilgan joy bor, xolos. Uy atrofida daraxtlar ko‘p va qimmat gazonlar ekilgan. Asosiy rang sifatida och ranglardan foydalanilgan. Devorlarni bo‘yashda ham sariq va qaymoq ranglardan foydalanilgan.
Oshxonadagi to‘q rangli minigarnitura juda “qo‘pol” ko‘rinmasligi uchun yorqin rangli fartuk va kichik gulli kafellar qo‘shilgan.
Vladimir Zelenskiyning Italiyada ham villasi borligi saylovoldi kampaniyalar paytida ma’lum qilingandi. U klassik O‘rtayer dengizi uslubida qurilgan va baland devorlar bilan o‘ralgan. Hozirda yangi prezidentning rafiqasi Italiyadagi uy haqidagi ma‘lumotlarni rad qilmoqda. | 84 | 1,464 |
Foto | Navoiyning Shveysariyasi. Sintob qishlog‘idan fotoreportaj | Yaqinda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan OAV vakillari va turistik agentliklar uchun Navoiy va Buxoro viloyatlariga infotur tashkil etildi. Unda “Daryo” muxbiri Xonzodabegim A’zamova qatnashdi. U Navoiyning Sintob qishlog‘ida bo‘lib, o‘ziga xos maskan haqida reportaj tayyorladi.
Ilk manzilimiz Navoiy viloyati bo‘ldi. Dastlab Nurotaning Sintob qishlog‘iga bordik. Qishloqqa soat 21:00 dan keyin borganimizgami, yoki atrof zim-ziyoligigami, bilmayman, xayolimda “qishloqning nimasi qadimiy? Nega o‘zi bu yerga keldik?”, degan savollar tug‘ildi. Lekin ertasiga qishloqni yana tomosha qilish maqsadida bordik.
Qishloqqa kirib borar ekansiz, bir tomonda chang-to‘zon, bir tomonda esa xuddi bahordek yam-yashillikka guvoh bo‘lasiz. Go‘yo ikki fasl bir qishloqda uyg‘unlashgandek.
Yo‘lboshchi Sintobning qadimiy obidalarini ko‘rish uchun ikki kilometr yuqoriga chiqish kerak degandi. Ammo qishloqning maydoni juda katta ekan. Aylanamiz deb naqd 14 kilometr piyoda yuribmiz.
Yo‘l-yo‘lakay “Sintob” MFY raisi Murod Mirzayevdan qishloq haqida qiziqarli ma’lumotlar bilib oldim.
Qishloq Nurotadan taxminan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahalla raisining aytishicha, “sintob” so‘zi sanskrit tilidan olingan bo‘lib, “katta soy” degan ma’noni anglatadi.
Tog‘li hudud bo‘lgani uchun sel ko‘p keladi. Shunga moslab, sintobliklar uyini toshlardan qurgan. Aholisi 2 200 dan ziyod. Asosiy daromadi chorvachilik. Odatda transport va dastyor sifatida eshaklardan foydalanishadi.
Murod akaning aytishicha, qishloqda o‘nta avliyoning ziyoratgohi bor ekan.
Sintobga ilk sayyoh 2006-yilda Niderlandiyadan kelgan. Keyinchalik yevropalik turistlar oqimi kuchaygan. Boshqa obidalar qatori sayyohlarni Chashmai akko muqaddas bulog‘i (Sintob ko‘li) ko‘proq qiziqtirarkan. Ayni paytda qishloqda o‘ndan ortiq mehmonxonalar bor. Mehmonxonalarning ham hammasi tosh va yog‘ochdan qurilgan.
Nurotadan qishloqqacha qatnovchi yengil mashinalar narxi 15-20 ming so‘m. Qoidaga muvofiq, belgilangan tezlikda borilsa, bir yarim soatda manzilga yetib borish mumkin.
Qishloq aholisi sodda va samimiy. Tojik tilida gaplashadi. Lekin ingliz, nemis va fransuz tillarini ham oz-moz bilishar ekan.
Yo‘lda chanqab bir hovlini taqillatib suv so‘radim. Qizaloqlar olib chiqib berdi. Suv bahona bo‘lib, onasini (ayolni) suhbatga tortdim. Internet yo‘q, gaz, svet muammo. Odamlar kam. “Qishda bu yerda yashash qiyin emasmi”, deb so‘raganimda ayol: “Aslida biz bu yerda yashamaymiz. Qishloq bizga sizlarning tilingizda aytganda xuddi dachadek. Faqat issiq kunlari kelamiz. Ekin-tekin qilamiz. Hosilni yig‘ishtirib, yana o‘zimizning uyimizga qaytib ketamiz. Lekin nolimayman, hayotimdan juda manunman” deb javob berdi.
Eng qizig‘i, aksariyat navoiyliklar bu qishloq haqida bilmas ekan.
Mas’ullarning aytishicha, qishloq 2020-yilda turizm qishlog‘iga aylanishi kutilmoqda.
Xullas, infoturga borib Nurotaning bir chetida, shahar shovqin suronlaridan xoli yangi bir dunyoni kashf qildim. | 58 | 2,966 |
Foto | 2015-yilning eng shov-shuvli rebrendinglari | 2015-yil bir qator, xususan, Google, Sbarro va Johnnie Walker kabi jahonga mashhur brendlarning rebrendingi bilan yodda qoldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
2015-yil yakunlariga ko‘ra, yangilangan jahon brendlari o‘nligini tayyorlagan Business Insider nashrining qayd etishicha, yangi logotip ko‘hna brendga yangi hayot bag‘ishlashi mumkin.
AQShdagi oilaviy nonushtalarga ixtisoslashgan restoranlar tarmog‘i. Mazkur tarmoq o‘z quymoqlari va omletlari bilan mijozlar mehrini qozongan. Tarmoqning AQSh va Kanadada 1,5 mingdan ortiq shoxobchalari bor. 2012-yili Dubayda ham ochilgan.
AQShdagi 31 mingdan ortiq restoranlarda joy band qilish imkonini beruvchi, 1998-yilda asos solingan onlayn servis.
Amerikadagi kabel mediakonglomerati, Time Warner kompaniyasi tarkibiga kiradi. Kompaniya CNN, HLN, TBS, TNT, Cartoon Network va boshqa shu kabi AQShning yirik telekanallariga egalik qiladi.
Asosan Italiya va Amerika milliy taomlariga ixtisoslashgan pitsseriyalar tarmog‘i.
Diamond Foods kompaniyasining yong‘oq asosidagi ermak yeguliklarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘linmasi.
Lyuks toifasidagi mehmonxonalarning xalqaro tarmog‘i. Tarmoq jahondagi eng yirik mehmonxona xoldingi — Marriott International’ning shu’basi hisoblangan Ritz-Carlton Hotel Company tomonidan boshqariladi.
Alphabet (sobiq Google)ning investitsiyaviy bo‘linmasi. Kompaniya investitsiyalar bozorini o‘rganib boradi va qaysi startaplarga sarmoya kiritish borasida qaror qabul qiladi.
Diageo’ga tegishli va butun jahonga mashhur viski brendi. Kompaniya Red Label, Black Label, Blue Label kabi nomlar ostida viskilar ishlab chiqaradi.
Amerikadagi kabel telekanali, Viacom mediaxoldingi tarkibiga kiradi. Asosan ko‘ngilochar dasturlar namoyishiga ixtisoslashgan
Yilning eng yaxshi rebrendingi — Google Inc.’ni alohida ta’riflash, tanishtirish shart emas. Kompaniyaning avvalgi logotipi 17 yil davomida xizmat qildi. | 43 | 1,902 |
Foto | 11 sentyabr voqealariga 20 yil. AQShda sodir etilgan terakt suratlarda | Bundan 20 yil oldin — 2001 yilning 11 sentyabr kuni AQShning Nyu-York hamda Vashington shaharlariga terroristik hujum amalga oshirilgan edi. Bugun o'sha voqealarga 20 yil to'ldi. Bu haqdagi tafsilotlardan ko'pchilik xabardor. Hodisani yaxshiroq anglash uchun esa bizga suratlar yordam beradi. “Bugun suratlari” ruknining bu galgi sonini o'sha voqealarga bag'ishlaymiz.
Manhettenda joylashgan mashhur egizak binolarga terrorchilar tomonidan garovga olingan bir nechta samolyot kelib urilishi oqibatida ikki bino ham qulab tushgan.
Voqea sodir bo'lgan paytda AQSh prezidenti Jorj Bush Floridadagi maktablardan birida edi. Unga voqea haqidagi xabarni Endi Kard yetkazmoqda.
Hodisa oqibatida 3000 nafarga yaqin odam halok bo'ldi.
Shu kuni Nyu Yorkda bo'lgan Hyug Boren voqeani tarixga muhrlab qo'ygan edi.
Samolyotlar binoga kelib urilganidan keyin bir necha kishi o'zini pastga tashlagan.
Bruklin ko'prigi orqali Manhettenni tark etayogan aholi.
Portlashlarning boshqa nuqtadan ko'rinishi.
Bruklin ko'prigi orqali Manhettenni tark etayogan aholi.
Egizak binolarning qulab tushishi oqibatida butun Manhettenni chang to'zon qoplab oldi.
Sarosimaga tushgan odamlar voqea joyidan qochishga harakat qilmoqda.
“AP” jurnalisti Gulnora Smoilova olgan surat. Manhetten.
Ushbu suratdagi ayol tom ma'nodagi o'sha kunning baxtli kishilaridan biridir. Qulagan binolar ichida ishlaydigan Mersi Borders bino qulab tushishidan biroz oldin uni tark etishga muyassar bo'lgan.
Halokat joyi yaqinidan o'tib ketayotgan mana bu kishi esa nimalar yuz berganini tasavvuriga ham sig'dira olmagan bo'lsa kerak.
O'limdan baxtli tasodif tufayligina qutilib qolgan Edvard Fayn. U liftga ulgurmay qolgani uchun binodan chiqib ketishga ulgurgan. Bir necha soniyada hamma narsa hal bo'lib ketishi mumkin edi.
O'limdan qutilib qolgan yana bir ayol Donna Spera.
Amerikalik qutqaruvchilar vayronalar uzra mamlakat bayrog'ini o'rnatmoqda.
Shu kuni “NBC” telekanaliga intervyu bergan Donald Tramp hodisadan chuqur qayg'uda ekanini bayon etgan. Jurnalistning egizak binolardan bir necha metr uzoqlikda joylashgan Trampga tegishli binoning qanchalik zararlangani haqidagi savoliga u shunday javob bergan:
“Manhettendagi eng baland bino menga tegishli edi. Keyin egizak binolarni qurishdi. Endi yana mening binoyim eng baland bino bo'ldi”.
Portlashdan zarar ko'rgan binolar oldida turgan qutqaruvchi.
Hodisa oqibatlarini bartaraf etishda qatnashayotgan qutqaruvchilar.
Voqeadan bir necha kun o'tgan bo'lsa-da, hududdan chang ko'tarilishi to'xtamagan edi. 14 sentyabr 2001 yil Manhetten.
Hodisaning 10 yilligi munosabati bilan yoqilgan chiroqlar. 2011 yil 11 sentyabr.
Hodisaning 20 yilligi munosabati bilan yoqilgan chiroqlar. | 70 | 2,683 |
Foto | Germaniyalik astronavt Yevropaning qurib borayotgani aks etgan suratlarni namoyish etdi (foto) | Joriy yilning yozida yevropaliklar anomal jazirama va qurg‘oqchilikka duch keldi. Bunday ob-havoning oqibatlarini kosmosdan ko‘rish mumkin, deb yozadi “Hi-tech Mail.Ru”.
Germaniyalik astronavt Aleksander Gerst joriy yilda Xalqaro kosmik stansiyadan AQSh va Portugaliyadagi yirik o‘rmon yong‘inlarini suratga oldi. Yaqinda esa Yevropadagi qurg‘oqchilik oqibatlari aks etgan suratlarni e’lon qildi. | 94 | 397 |
Foto | Fotogalereya: Avstriyalik fotograf yovvoyi tabiatning qiziqarli holatlarini kadrga oldi | Avstriyalik mashhur fotograf Julian Rad hayvonot olamini suratga oluvchi mutaxassis hisoblanadi. U yovvoyi hayvonlarni aks ettirgan hayratomuz rasmlar yaratadi. Uning ishlari juda ko‘p nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan. To‘rt yil oldin yovvoyi hayvonlarning kulguli rasmlari uchun mashhur gran-priga nomzodi ko‘rsatilgan. Travel Ask uning ijodidan lavhalar taqdim etdi. | 87 | 372 |
Foto | Oʻzbekistonda nishonlangan ustoz va murabbiylar kuni — suratlarda | Bugun — oʻzgacha kun. Bu kun ushbu ruknni tayyorlashimizga, sizni esa oʻqishingizga bevosita sababchi boʻlgan oʻqituvchilarniki. Ular nafaqat harf tanitadi, balki katta hayotga ham tayyorlaydi. Oʻqituvchilarga izhorlar yozib tabriklash, biror sovgʻa berish kamlik qiladi, ularga oʻquvchilarining kamoli, katta yutuqlarga erishishining oʻzi — katta tabrik. Shu sababli «Bugun.uz» jamoasi ortiqcha gap-soʻzlarsiz tabrik yoʻllaydi: doim e‘tirofda boʻling, siz bunga loyiqsiz, aziz oʻqituvchi! Bayram munosabati bilan ruknning bugungi sonini oʻqituvchilarga bagʻishladik.
«Shuhrat» medali bilan taqdirlangan biologiya fani oʻqituvchisi Zebo Roʻziqulova.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashida ustozlar bilan uchrashuv.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodining mehnat faxriylari va nafaqaga chiqqan xodimlari uchun Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi.
Fargʻona soliq texnikumi maxsus fanlar kafedrasi bosh oʻqituvchisi Umida Ergasheva.
Buxoro viloyatidagi ustozlarni tabriklash jarayonidan lavha.
Termiz shahridagi San‘at saroyida boʻlib oʻtgan 1 oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiridan lavha.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 1 oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustoz va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdi, kasb bayramlari bilan ularni muborakbod etdi.
Samarqand viloyatida faxriy ustozlar bayram bilan muborakbod etildi.
Iste‘fodagi podpolkovnik Qoʻshoq Boʻronov shogirdlari va hamkasblari tomonidan bayram bilan muborakbod etildi.
Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov oʻqituvchilar bilan uchrashuv chogʻida ularni bayram bilan tabrikladi. | 65 | 1,764 |
Foto | Shvetsiyada noma’lum rassomlar sichqonlar uchun restoran ochdi | Shvetsiyaning Malmyo shahrida noma’lum rassomlar sichqonlarga mo‘ljallangan restoran va do‘kon shaklidagi ko‘cha installyatsiyasini yaratdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Installyatsiyada ko‘plab tafsilotlarga e’tibor berilgan. Masalan, restoranga kirishda shisha ortiga joylangan menyu osib qo‘yilgan, kichkina velosiped qoldirib ketilgan, do‘konda esa plakatlar osilgan, shuningdek, transformator budkasi joylashgan.
Miniatyura mualliflari o‘zlarini AnonyMouse deb ataydi hamda Instagram’da o‘z sahifasini yuritadi. Mitti restoran rasmlarini ijtimoiy tarmoqda joylashtirgach, ular 2017-yilda muxlislariga ko‘proq narsa ko‘rsatishga va’da berdi. | 62 | 651 |
Foto | Uxanda o‘quvchilar maktabga qaytmoqda. Karantindan keyingi o‘qish — suratlarda | 2019-yilning oxirida koronavirus epidemiyasi tarqalgan Xitoyning Uxan shahri hozirgi kunga kelib odatiy hayot tarziga qaytmoqda.
Daily Mail’ning yozishicha, 6-maydan Uxanda maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun darslar boshlangan.
Shahardagi qat’iy karantin aprel oyi boshida bekor qilingan bo‘lsa-da, xavfsizlik chora-tadbirlari o‘z kuchini saqlab qolmoqda.
Maktabga kiraverishda o‘quvchilarning tana harorati o‘lchanmoqda. Shuningdek, bolalar qo‘llarini yuvib, keyin maktabga kirmoqda. Ular darsda niqoblarda o‘tiribdi. Niqoblar tez-tez almashtirilmoqda. O‘quvchilarning har biriga alohida himoya to‘siqlari o‘rnatilgan.
Qayd etilishicha, hozirda 50 mingdan ortiq bola maktabga qaytgan.
Xitoyning boshqa ayrim maktablarida o‘quvchilar o‘rtasidagi masofani saqlash uchun nisbatan ijodiy yondashilmoqda.
Tarvuz bozori, maktabga qaytgan uxanlik o‘quvchilar, ko‘zoynakdagi Tramp. 6-may suratlari | 78 | 909 |
Foto | Ko‘pchilik hayoti davomida ko‘rmagan yorqin rangdagi ajoyib qushlar (foto) | Olimlarning fikriga ko‘ra, sayyoramizda qushlarning o‘n mingdan ortiq turi mavjud. Ular nafaqat turmush tarzi va yashash muhiti, balki o‘ziga xos tashqi qiyofasi bilan ham ajralib turadi.
Kotib qush
Bu qush nafaqat chiroyli ko‘zlari va patli toji tufayli, balki ilonlarga qiron keltirgani uchun ham odamlar hurmatiga sazovor bo‘lgan.
Malayziya quloqdor qurbaqatumshug‘i
Mazkur qush faqat bitta tuxum qo‘yadi. Qurbaqa og‘ziga o‘xshash tumshug‘i sababli shu nom bilan ataladi.
Qushlarning kichik vakillari orasida uzun dumli chittak o‘zgacha go‘zalligi bilan ajralib turadi.
Tojdor kaptarning hashamatli patlari uni boshqa kabutarlardan ajratib turadi.
Yelpig‘ichsimon kaptar
Bu tojli kaptarlarning bir turi. Bunday g‘ayrioddiy rangga ega qushlarni Yangi Gvineyada uchratish mumkin.
Moviy siyaliya nafaqat go‘zallik ramzi, balki zararkunandalarga qarshi kurashishda amerikalik fermerlarga katta yordam beradi.
Ko‘kqush yoki grandala
U namlik yuqori bo‘lgan o‘rmonlar va dalalarda uchraydi, patlari esa ko‘zni maftun etadi.
Yoldor kaptar — hozirgi kunga qadar yetib kelgan so‘nggi tur. Rangli ko‘rinishi mantiya kiyib olgandek taassurot qoldiradi.
Seleksionerlar tomonidan yetishtirilgan jingalak kaptar. Ular faqat dekorativ maqsadlarda ko‘paytiriladi.
Sayyoradagi eng katta patli yirtqich — Janubiy Amerika garpiyasi. Ushbu chiroyli qush oziq-ovqat zanjirining yuqori qismida joylashgani sababli deyarli raqobatchisi yo‘q.
Filippin ko‘ktarg‘og‘i oddiy chumchuqdan kichikroq. Uning yorqin patlarini ko‘rish deyarli imkonsiz: qush juda qo‘rqoq va jonsarak.
Astrilda chiroyli patlarining yorqin rangi o‘zgarishi mumkin. Bu atrof-muhit harorati va namligiga bog‘liq.
Sviristel (chumchuqsimonlar turkumiga mansub o‘rmon qushi).
Sayyoramiz faunasining mazkur vakili nafaqat ko‘zni quvontiradi, balki dalalardagi zararkunandalarni yo‘q qilib, katta foyda keltiradi.
Ba’zilar sal kam 7 ming dollar evaziga drakula to‘tiqushini sotib olishga tayyor. To‘q rangli patlari va burgutnikiga o‘xshash tumshug‘i qushga salobat berib turadi.
G‘ayrioddiy yorqin rangga ega ketsel. Uni parvoz paytida tomosha qilish haqiqatan ham hayratlanarli manzara. | 74 | 2,146 |
Foto | Bolgariyalik polvon “ulkan kartoshka”ni ko‘tardi (foto) | Asli rossiyalik bo‘lgan bolgariyalik Dimitar Savatinov dunyoning eng kuchli odami. U ekstrim bo‘yicha ko‘plab turnirlarda g‘alaba qozongan, 2014-yilda u America’s Strongest Man nomini qo‘lga kiritgan. Bir yildan so‘ng u nufuzli Arnold Strongman Classic turnirida to‘rtinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Tjournal.
2018-yilning martida u yana bir bor Shvarsnegger nomidagi mukofotga da’vogarlik qilmoqchi bo‘ldi va u yerda “Igri Prestolov” serialidagi roli orqali tanish bo‘lgan Xaftor Byornsson bilan raqib bo‘ldi.
Ular yangi shartga ko‘ra vazni 186 kilogramm bo‘lgan toshni ko‘tarishi kerak edi.
Dimitar birinchi ishtirokchi bo‘ldi: u ikki daqiqa davomida vazifani bajarishga urundi, ammo keyin davom ettirishdan bosh tortdi.
Butun turnir natijalariga ko‘ra Byornsson g‘alaba qozondi, 38 yoshli Savatinov o‘nta o‘rindan to‘qqizinchini egalladi.
Dekabrda Reddit foydalanuvchilari musobaqa suratlariga e’tibor qaratdi. Be Amazed ruknida ular “Dimitar Savatinov dunyodagi eng katta kartoshka ko‘tarmoqda” degan yozuv bilan surat joyladi.
Sharhlarda foydalanuvchilar o‘sha onda pahlavonning o‘zi kartoshkaga o‘xshashini aytib izoh qoldirgan.
Bir kun o‘tgach surat fotojabalarda tarqab ketdi.
Reddit foydalanuvchilari kartoshka to‘g‘risidagi ko‘plab hazillardan foydalanib, sportchini akkordeonist qilib, uning qo‘liga SpaceX raketasini topshirdi. | 55 | 1,351 |
Foto | Fotogalereya: Abu-Dabidagi mo‘jizaviy bino — Al-Bahar minorasi quyoshdan innovatsion himoya | Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxtida ko‘plab qiziqarli va zamonaviy binolar mavjud bo‘lib, ularning barchasi hashamatli va chiroyli ko‘rinishga ega. Ularning orasida Al-Bahar deb nomlangan ikkita egizak minoralar mavjud. Bular eng baland hisoblanmasa ham innovatsion xususiyatga ega. Ularning yaratuvchilari ilojsiz narsani yarata oldi: binoning ichida katta konditsioner tizimdan foydalanmagan holda qulay mikroiqlim tashkil qilindi. Travel Ask minoralarning suratini taqdim etdi.
Yozda harorat soyada 40°C atrofida bo‘lgan bir paytda quyoshning nurlari ostida joylashgan binoda ofis xodimlarining ishlashi uchun normal haroratni saqlab turish oson ish emas. Qishda Abu-Dabida, tabiiyki, 20—25ºC atrofida bo‘lishi qulay, ammo, afsuski bu yil davomida faqatgina uch oy davom etadi, keyin esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi. | 91 | 832 |
Foto | Foto: Namanganda o‘stirilayotgan Niderlandiya lolalari | Namangan viloyatida niderlandiyalik gulchilar bilan hamkorlikda lolalar hamda ularning piyozlari yetishtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchixonasi tomonidan ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur loyiha O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchixonasi, Namangan viloyati hokimligi va niderlandiyalik gulchilik sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. | 54 | 391 |
Foto | Toʻp tepayotgan mer, muzqaymoq yeyayotgan panda va dezinfeksiyachi masxaraboz — 4 iyun suratlari | Soʻnggi 24 soatning diqqatga sazovor suratlarini e'tiboringizga taqdim etamiz.
Afgʻonistonning Gʻazni shahrida koʻchada yurgan ayollar.
Formula-1 boʻyicha Petronas jamoasi a'zosi Luis Hamilton Boku gran-prisi oldidan tayyorgarlik koʻrmoqda.
Tayvan poytaxti Taypey shahrida kuchli boʻron ortidan yoqqan kuchli yomgʻir ostida Chan Kay Shi maydonida qolib ketgan odam. Yomgʻirning kuchliligidan maydondagi bino koʻrinmay qolgan.
Pekin shahridagi hayvonot bogʻida muzqaymoq yeyayotgan ulkan panda.
Venesuela poytaxti Karakas shahrida aholi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanmoqda.
Hindistonning Mumbay shahrida masxaraboz kiyimidagi ijtimoiy xizmat xodimi shaharda dezinfeksiya ishlarini olib bormoqda.
Janubiy koreyalik ekofaol Yaponiya elchixonasi qarshisida ushbu mamlakat bosh vaziri niqobini kiyib, norozilik namoyishi oʻtkazmoqda. Bunga esa bosh vazirning Fukushima AESdagi chiqindi suvlarning okeanga chiqarib yuborish haqidagi qarori sabab boʻlgan.
London meri Sodiq Xon Yevro-2020 kubogi oldida toʻp tepmoqda. Koronavirus sabab qoldirilgan koʻhna qit'a chempionati bir haftadan soʻng start oladi.
Filippin poytaxti Manila shahrida polisiya tomonidan oʻldirilgan Lilibet Valdez jasadi ustidan chaqaloq oʻtkazilmoqda. Ularning e'tiqodiga koʻra, mazkur amaldan soʻng marhumning ruhi chaqaloqqa koʻchib oʻtadi.
Gonkong universitetida aholi 1989 yilgi Tyananmen maydonida sodir boʻlgan ommaviy xunrezlik qurbonlari xotirasiga oʻrnatilgan «Uyat ustuni» yodgorligini tomosha qilmoqda. | 96 | 1,481 |
Foto | Autizm va ASB bilan kasallanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistondagi diqqatga sazovor joylar moviy rangda porladi (foto) | 15-sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab #moviynurtarat aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu aksiya autizmga chalingan shaxslar bilan birdamlik va ASB (autistik spektrning buzilishi) bilan kasallangan insonlarning ijtimoiy muhitga kirib borishga qaratilgan.
Aksiya davomida autizmga chalingan va ASB bilan kasallangan insonlarning muammolariga e’tiborni qaratish uchun Toshkentdagi Wyndham, Radisson Blu Hotel, Hyatt Regency Tashkent va Hilton mehmonxonalari, O‘zbekiston Milliy banki binosi va Temuriylar tarixi muzeyi ushbu aksiyada ishtirok etdi. Shuningdek, “Anhor-Lokomotiv” bog‘idagi aylanma charxpalak ham shu rangda yoritildi. Samarqandning Registon maydonidagi me’moriy ansambl moviy rangda nur taratdi. | 129 | 697 |
Foto | Dunyoning eng sohibjamol ayollari va ularning farzandlari (fotogalereya) | AdMe dunyoga mashhur sohibjamol ayollarning farzandlari suratlari bilan bo‘lishdi. Ular o‘z onalariga o‘xshagan-o‘xshamaganligiga o‘zingiz baho bering. | 72 | 151 |
Foto | Abu Dabidagi Ferrari World bog‘i eng yaxshi park unvoni uchun bahsda Disney’chilarni ortda qoldirdi (fotogalereya) | Disneylend ko‘ngilochar bog‘lar reytingida uzoq yillardan beri birinchilikni hech kimga bermay kelayotgandi, biroq bu yil bu borada yetakchilik boshqa parkga o‘tadiganga o‘xshaydi. 2019-yilda eng yaxshi mavzuli ko‘ngilochar bog‘ nominatsiyasida g‘oliblik Abu Dabidagi Ferrari World’ga nasib etdi.
Formula-1 uslubidagi ushbu olamshumul kompleks ekstremal sportni yoqtiruvchi har qanday odamni esankiratib qo‘yadi. Ushbu maqolani o‘qib, parkka tashrif buyuruvchilar qanday attraksionlarda hordiq chiqarishi mumkinligini bilib olish mumkin.
Disneylendga borgan odam o‘zini yer yuzidagi baxt manziliga tushib qolgandek sezadi, lekin 2019-yilda ushbu manzilga aylanish boshqa parkka nasib qildi. Bu Ferrari World bog‘i.
Ferrari World — Ferrari brendining birinchi avtomobil parki hisoblanadi, u yerda dunyodagi eng tezkor Amerika attraksioni ishlab turadi.
Formula Rossa attraksioni gravitatsiyada 4,8 soniyada soatiga 241 kilometr tezlik bilan harakatlanadi. Unda uchish shu darajada ekstremalki, odamlar ko‘zlariga ko‘zoynak taqib olishga majbur. Parkda ushbu qurilmadan boshqa qiziqarli mavzuli attraksionlar ham mavjud.
Bolalar parkdagi maydonchalarda o‘ynab miriqib dam olishi, kattaroq yoshdagi o‘smirlar esa 9D kinoteatrlardagi avtomobillarga minib virtual olamda sayr qilishi mumkin. Kattalar haqiqiy Ferrari’da sayr qilib, tezlik ishtiyoqidan bahramand bo‘ladi. Avtomobil ixlosmandlari F1 poyga mashinalari g‘ildiragini tezkorlik bilan almashtirishi ham mumkin.
Chipta narxi kattalar uchun 295 dirhamdan (qariyb 82 AQSh dollari) boshlanadi, bolalar chiptasining boshlang‘ich narxi esa 230 dirhamni (63 dollar) tashkil etadi.
2019-yilda eng yaxshi ko‘ngilochar bog‘ nominatsiyasiga bir nechta Disney parklari, jumladan, Parij va Shanhaydagi bog‘lar, shuningdek, Floridadagi Uolt Disney ko‘ngilochish markazi nomzodlari qo‘yildi. Tanlovda Daniyadagi Legolend, Singapurdagi Universal Studios va Abu Dabidagi Warner Bros World parklari ham g‘oliblik uchun kurashdi.
Eng yetakchi mavzuli bog‘ maxsus nominatsiyasida Parijdagi Disneylend favorit deb e’tirof qilinayotgandi, lekin yakunda Ferrari World barchadan o‘zib ketdi.
Ferrari World’dagi manzara va muhit bolalarga ham, kattalarga ham birdek yoqadi. Tezlik hamda boshni aylantirib yuboradigan attraksionlar insonga butun umr yodda qoladigan taassurotlarni beradi. | 114 | 2,325 |
Foto | Foto: Eng mashhur filmlarni suratga olish jarayonida kadr ortidagi holatlar | Filmlarni suratga olish ajoyib jarayon bo‘lishi bilan birga, o‘ziga yarasha qiyinchiliklari ham mavjud. Shuningdek, ushbu jarayon kino ishqibozlari uchun ham qiziqarli. Ayniqsa, grafikadan foydalanish xayoliga ham kelmaydigan ayrim muxlislar suratga olish maydonchasini butunlay boshqacha tasavvur qiladi.
Melissa Makkarti “Momaqaldiroq kuchi” filmini suratga olish jarayonida.
Melissa Makkartining mashina ustida qanday harakatlanganiga ko‘pchilik qiziqadi.
“Beshinchi unsur” filmida Bryus Uillis uchar taksi sahnasida ushbu platforma ichida bo‘lgan.
Tom Xenks “Butun dunyo yangiliklari” filmida.
Maykl Shennon “Po‘lat odam” filmi jarayonida.
Genri Kavill “Zak Snayderning adolat ligasi” filmida.
Bu yerda Genri Kavill “Jodugar” filmiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“O‘rgimchak odam” filmining so‘nggi sahnasi suratga olinmoqda.
“Yura davriga sayohat” filmini suratga olish jarayonidan.
Rejissor Teyt Teylor va Emma Stoun “Xizmatkor” filmini suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mel Gibson “Apokalipsis” filmini suratga olish jarayonida.
Benedikt Kamberbech “Xobbit: Smaugning xarobasi” filmida ajdaho sifatida.
“Rokki”dagi eng mashhur sahna shu tarzda suratga olingan.
Mel Gibson “Sheryurak” filmida ham bosh qahramon, ham rejissor.
Stiven Spilberg “Indiana Jons va taqdir ibodatxonasi” filmida.
“Toj” filmining sahnalaridan biri shu tarzda suratga olingan. | 75 | 1,373 |
Foto | Bulutli, yomg‘irli va quyoshli Nukus shahri (foto) | “Yosh reportyorlar klubi” blogeri Sevara Koptileuova bulutli, yomg‘irli va quyoshli Nukus shahridan fotoreportaj tayyorladi, deb yozadi “KRuz.uz”.
Quyida ana shu rasmlarni tomosha qilishingiz mumkin. | 50 | 199 |
Foto | Foto: Shahar markazlariga o‘rnatilgan hayratlanarli darajadagi katta buyumlar | Shahar ko‘chalarini bezab turadigan, aslidan bir necha barobar katta buyumlar suratini e’tiboringizga havola etamiz.
Ulkan qisqich
Belgiyadagi bog‘lardan biriga o‘rnatilgan mazkur eksponat atrof-muhitga uyg‘unlik baxsh etgan zamonaviy san’atning eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi.
Ag‘darilgan stakan
Nyu-Yorkning markazlaridan biridagi ag‘darilgan stakandan qahva to‘kilgani yanada ishonarli bo‘lishi uchun bug‘ ajraladigan va qahva ifori kelib turadigan maxsus texnika o‘rnatilgan.
Mahobatli kreslo
Mazkur kresloning yonida odam juda ham kichkina ko‘rinadi.
Sariq quyon
Mazkur installyatsiya 2011-yil, sharqiy taqvimga ko‘ra, Quyon yili hisoblangani sabab Shveysariyadagi shaharlardan biriga o‘rnatilgan.
Bilbord ustidagi poyabzal
Poyabzal bog‘ichining bir tomoni bilbord ustiga osilib turadi.
McDonald’s paketi
Eng katta fastfud tarmoqlaridan biri bo‘lgan kompaniya reklama uchun mahsulotlari solib beriladigan paketning bahaybatini bekat ichiga qo‘yishga qaror qilgan.
Ignali tugma
Nyu-Yorkka tashrif buyurgan sayyohlar shahar ko‘chalaridan birida o‘ziga xos ko‘rinishdagi eksponatga ko‘zi tushishi mumkin.
Pop-korn idishi
Pop-korn idishining ustiga chorshanba — do‘stlar kuni deb yozib qo‘yilgan.
Badminton to‘pi
Badminton to‘pi bog‘ning o‘ziga xos ko‘rinishiga sabab bo‘lgan.
Ko‘ldagi sanchqi
Sanchqi go‘yoki ko‘lga sanchilgandek tasavvur uyg‘otadi.
Ulkan to‘g‘nog‘ich
Bunday katta to‘g‘nog‘ichni umringiz bino bo‘lib ko‘rmaganingiz aniq.
Bahaybat gugurt cho‘pi
Gugurt cho‘pining kattaligi kishini hayratga soladi. | 77 | 1,539 |
Foto | Feshn-bloger sifatida mashhurlikka erishgan yoqimtoy jonivorlar (foto) | O‘ziga xos kiyinishi bilan Instagram’da allaqachon mashhurlikka erishib bo‘lgan uy hayvonlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Bodhi @mensweardog
Egalari erkaklar libosini kiydirib olgan surati bilan bo‘lishganidan keyin Bodhi laqabli it Instagram’dagi eng mashhur hayvonlardan biriga aylangan. Bugungi kunda uni 400 ming obunachi kuzatadi.
Agador @poochofnyc
Suratga yaxshi tushish, kiyim yarashishi borasida Agadorning oldiga tusha oladigani yo‘q. Jingalak sochli itga kiydirilgan kiyimlar u uchun maxsus tikilgandek go‘yo.
Zappa @zappa_the_cat
Zappa laqabli mushuk hashamatli hayotga allaqachon o‘rganib bo‘lgan. Shaxsiy stilist, qimmatbaho brend va taqinchoqlar, 100 mingdan ortiq kuzatuvchi va fotosessiyalar unga begona emas.
Prissi and Pop @prissy_pig
Floridada yashaydigan Prissini dunyodagi eng zamonaviy cho‘chqacha deb atasa bo‘ladi. Mazkur hayvon yasanish va kameraga qarab suratga tushishni juda ham yaxshi ko‘radi.
Lola Sunshayn @littlelolasunshine
Lolani esa street style yulduzi deb atasa bo‘ladi. Instagram’da @littlelolasunshine nomli sahifaga ega bo‘lgan mazkur it moda haftaliklarining doimiy mehmoni.
Sprout @brussels.sprout
Model, bloger, shaharlik olifta va shunchaki yaxshi hayvon sifatida ma’lum bo‘lgan Sprout’ni Instagram’da 165 mingdan ko‘proq obunachi kuzatadi va ularning soni kundan kunga ko‘paymoqda.
Angel @angelbengal
Angel laqabli mushuk o‘ziga mahliyo qiladigan tashqi ko‘rinishi va kulgili videolari bilan odamlar qalbidan joy olgan. Uning aktyorlik mahoratidan kelib chiqib, “Oskar” mukofotiga arziydi deyish mumkin.
Jiffpom @jiffpom
Jiff Ginnesning rekordlar kitobidan ikkita oyoqda eng tez yuguruvchi kuchuk sifatida o‘rin olgan. Suratga tushishni yaxshi ko‘rishiga nazar tashlab, uni model bo‘lish uchun tug‘ilgan deb xulosa qilish mumkin.
Svaggy @swagrman
Zamonaviy ko‘zoynaklar, yorqin, keng kiyimlar va quloqlari pushti rangga bo‘yalgan mazkur kuchuk esa reperlarning klipida suratga tushish uchun tug‘ilgandek. Unga dabdabali hayot — qimmatbaho mashinalar, koshonalar begona emas.
Rokko @roccothepug
Rokko laqabli itga esa klassik kostyum juda ham yarashadi. Bunday kiyimda o‘zini janoblardek tutishi haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. | 70 | 2,196 |
Foto | Milliardlab dollarlar barchaning ko‘z o‘ngida: dunyodagi eng qimmat megaloyihalar (foto) | Har bir ulkan loyihalarning qiymati milliardlab dollarga baholanadi. Ularning ko‘lami va hajmi insonlarni hayratda qoldiradi. Dunyodagi eng yirik va eng qimmat loyihalar bilan tanishing.
Buyuk Seto ko‘prigi, Yaponiya – 75 000 000 000 dollar
Bu 13 kilometr uzunlikdagi 11 ko‘prikli tizim bo'lib, u Yaponiyaning ikkita orolini – Xonsyu va Sikokuni bo‘ylab, ichki dengizni kesib o‘tadi. Ko‘prik 1998-yilda qurilgan, u ikki qavatdan iborat. Ularning birida poyezdlar, ikkinchisida esa mashinalar harakatlanadi. Ko‘prik, shuningdek, velosiped, piyoda yo‘llari uchun mo‘ljallangan va hatto kelajakda tezyurar poyezdlar uchun qayta jihozlanish imkoniyatiga ega.
Kaliforniya tezyurar temiryo‘li, AQSh – 77 000 000 000 dollar
Ushbu loyiha San-Fransisko, Los-Anjeles, Sakramento va San-Diyego kabi yirik shaharlarni bog‘laydi. Loyiha 2008-yilda ishga tushirilgan va uni 2016-yilga qadar tugatilishi kerak edi, biroq ko‘prik shu qadar qimmat va ko‘p vaqt talab qilganki, uni tugatish muddati 2033-yilga ko‘chirilgan. Qurilish bosqichida uni yopish ehtimoli katta, chunki 77 milliard dollar sarmoya yetarli emas, xomashyo va ishchi kuchi narxi kundan kunga o‘sib bormoqda.
Al-Maktum xalqaro aeroporti, BAA – 82 000 000 000 dollar
Aeroport 2010-yilda ochilgan, lekin u hali ham qurilishda davom etmoqda va oxirgi ishlar 2027-yilga rejalashtirilgan. Al-Maktum dunyodagi eng katta aeroport bo‘lishi kutilgan edi. Uning maydoni taxminan 5 kilometr² ni tashkil etadi va transport markazining o‘zi ko‘chalar, do‘konlar, mehmonxonalar, restoranlar va ekskursiya xizmatlari bo‘lgan kichik shaharchaga o‘xshaydi. Ayniqsa, terminallarni bog‘laydigan va vaqtni tejaydigan temir yo‘l liniyalarining qurilishi qimmatga tushdi.
Dehli-Mumbay sanoat koridori, Hindiston – 100 000 000 000 dollar
Loyiha infratuzilmaning to‘liq o‘zgarishi va yuqori texnologiyali zavod va korxonalar qurilishi bilan Hindistonning ikkita yirik shahrining sanoatini rivojlantirishdan iborat. Bu Hindiston hukumatining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lidagi qadamlaridan biridir.
O‘rmon shahri, Malayziya – 100 000 000 000 dollar
Bu 2040-yilga qadar qurilishi kerak bo‘lgan to‘rtta sun’iy orolda qurilgan orzular shahri. Garchi tahlilchilar dunyodagi shahar taqdirini bashorat qilsa-da, mamlakat ma’muriyati kelajakka umid bilan qaraydi va osmono‘par binolar, ko‘priklar va yo‘llar qurishda davom etmoqda. Shaharning asosiy xususiyati o‘rmonlardagi kabi ko‘kalamzorlarning ko‘pligi bo‘ladi.
Al-Haram masjidi, Makka, Saudiya Arabistoni – 100 000 000 000
Bu dunyodagi eng katta masjid va butun islomning markazi, hovlisida Ka’ba – islomning asosiy ziyoratgohi joylashgan. Bu birinchi qurilgan masjid bo‘lsa-da, lekin keyinchalik u bir necha bor qayta ishlangan va kattalashtirilgan. Oxirgi rekonstruksiya 2007—2015-yillarda bo‘lib o‘tdi va investitsiya qilingan mablag‘ qo‘shimcha minoralar, darvozalar qurilishi va maydonlarni rivojlantirishga ketdi. Endi masjid bir vaqtning o‘zida 2,5 million kishini sig‘dira oladi.
HS2 tezyurar temiryo‘li, Buyuk Britaniya – 128 000 000 000
Mamlakat aholisi anchadan buyon asosiy vositalar va moliyaviy mablag‘lar Londonga oqib kelayotganidan, boshqa yirik shaharlar esa ahvolga tushib qolganidan xavotirda. Hukumat bu muammoni hal qilish uchun sayyohlar va ishbilarmonlarni bir necha soat ichida Lids yoki Manchester kabi yirik shaharlarga olib boradigan yangi tezyurar temiryo‘l qurishga qaror qildi. Birinchi qatnovlar 2031-yilda, oxirgi qurilishi esa 2040-yillarga rejalashtirilgan.
Ipak shahri, Kuvayt – 132 000 000 000 dollar
Ular bu shaharni 25 yilda qurib, foydalanishga topshirishga va’da bergan. Bu vaqtga kelib, u yangi Sharq uslubida zamonaviy osmono‘par binolar, minoralar, ko‘ngilochar va iqtisodiy markazlar, shuningdek, cho‘l qo‘riqxonasi bo‘lgan zamonaviy biznes va sayyohlik markazi bo‘ladi. Shahar 250 kvadrat kilometr maydonni egallaydi, u 700 ming kishini sig‘dira oladi. Loyiha 4 bosqichga bo‘lingan va ayni paytda birinchi sayyohlarni qabul qilishni boshlash va moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun qirg‘oq chizig‘i faol ravishda ishlab chiqilmoqda.
Xalqaro kosmik stansiya – 165 000 000 000 dollar
Bu eng ajoyib loyihalardan biri edi. XKS 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda va o‘z hayotini fazo va uning chegaralarini o‘rganishga bag‘ishlagan ko‘plab astronavtlar uchun vaqtinchalik uydir. Xuddi shu rasmlarda stansiyaning ichkaridan qanday ko‘rinishini bilib olish mumkin.
Neom, Saudiya Arabistoni – 230 000 000 000 dollar
Bu nom “kelajak shahri” bilan bog‘liq. Sayohatchilarni jalb qilish uchun arablar hech narsani ayamadilar va haqiqiy ko‘ngilochar shaharni yaratishni rejalashtirmoqda, bu yerda har qadamda hayajonli narsa kutib turadi. Qurilishning birinchi bosqichi 2030-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.
Fors ko‘rfazi temiryo‘li – 250 000 000 000
Bu loyiha Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va Kuvayt kabi Fors ko‘rfazidagi barcha 6 mamlakatni birlashtiradi. 2025-yilga kelib, Finlyandiya qurilish kompaniyasi mamlakatlarning barcha markaziy shaharlari va poytaxtlarini bog‘laydigan 1350 kilometr yo‘l qurishni rejalashtirmoqda. Bu yo‘lovchi va yuk tashish uchun yangi imkoniyatlar ochilishiga, shuningdek, 80 ming kishini doimiy ish bilan ta’minlashga yordam beradi.
Shaharlarni yangilash loyihasi, Turkiya – 400 000 000 000
Mamlakatda yuz yillar davomida mavjud bo‘lgan shaharlar bor, lekin ular tarixiy qiymatiga qaramay, aholi uchun muammo tug‘diradi, chunki eski binolar zamonaviy odamlarning ehtiyojlarini qondirmaydi. Turkiya hukumati bir qancha shaharlarni qayta qurish uchun mablag‘ ajratdi, shunda ular nafaqat tarixiy qiyofasini, madaniy ahamiyatini saqlab qoladi, balki aholi va sayyohlar uchun yanada qulayroq bo‘ladi. Loyihaga ko‘ra, quruvchilar har yili 500 ta obyektni tayyorlab topshiradi. | 88 | 5,776 |
Foto | Tantana qilayotgan Makron, mamnun Putin va ivib ketgan Infantino: JChda muxlislik qilgan prezidentlar (foto) | “Vedomosti” nashri Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatida muxlislik qilgan turli mamlakatlar prezidentlarining suratlari bilan bo‘lishdi. | 108 | 169 |
Foto | Fotogalereya: Qushlarning eng katta haykali | Hindiston turli diqqatga sazovor joylarga boy. Shulardan biri Keral shtatidagi epik haykal. Dunyoning turli mamlakatlaridan uni ko‘rgani minglab sayyohlar tashrif buyuradi. Bunday buyuk manzaralarni haykaltarosh Rajiv Anchal yaratgan. Travel Ask ana shu haykallarning rasmini taqdim etdi. | 43 | 288 |
Foto | Foto: Yulduzlarning qimmatbaho unashtiruv uzuklari | Mashhurlar qimmatbaho taqinchoqlarni yaxshi ko‘radi. Buni bilgan qayliqlari esa brilliant bilan bezalgan eng yaxshi uzuklarni xarid qilishga harakat qiladi.
Peris Hilton
Yangi yil ta’tili vaqtida (2018-yil) Peris Hilton turmushga chiqayotganini e’lon qilib, aktyor Kris Zilk unga sovg‘a qilgan 20 qirotli brilliant bilan bezalgan uzugini ko‘rsatgan.
Megan Markl
Megan Marklga sovg‘a qilingan uzuk brilliantlari esa malika Diananing shaxsiy kolleksiyasiga oid.
Keyli Kuoko
To‘y marosimiga tayyorgarlik jarayonida Keylining barmoqlarini Nadis Diamonds brendining uzugi bezab turgan.
Kirsten Danst
Aktyor Jessi Plemont qaylig‘iga unashtiruv uchun oval shaklidagi brilliant uzuk xarid qilgan.
Siara
2016-yil Siara Rassel Uilsonga turmushga chiqqan, bundan bir necha oy avval esa juftlikning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tgan. Quvonchini yashira olmagan xonanda Rassel unga sovg‘a qilgan 16 qirotli uzukni Instagram orqali maqtangan.
Pippi Middlton
Pippining barmoqlarini esa Asher sovg‘a qilgan 3 qirotli brilliant bilan qoplangan uzuk bezab turadi.
Julianna Xaf
Julianna esa unashtiruvida 6 qirotli brilliant uzuk taqqan. Elison Brining turmush o‘rtog‘i Deyv Franko uni xursand qilish uchun vintaj uslubidagi uzukni topishga uzoq vaqt sarflagan.
Sofiya Vergara
Aktyor Jo Manganello 2014-yilda Sofiyaning qo‘lini so‘rash uchun brillant uzuk sovg‘a qilgan. 2015-yilda esa juftlik turmush qurgan.
Amal Alamuddinn
Jorj Kluni Amal uchun 7 qirotli brilliant uzuk sotib olgan.
Mayli Sayrus
Mayli va Lim Xemsvort 2012-yilda unashtiruvi haqida e’lon qilgan. Aktyor Sayrus uchun 3,5 qirotli brilliant uzuk
xarid qilgan.
Mila Kunis
Unashtiruv uzugi 250 ming dollarga baholanadigan Milaning nikoh uzugini Eshton Katcher internetdagi jimjimasiz variantlar orasidan tanlagan.
Bleyk Layvli
Rayan Reynolds Bleyk uchun oval shaklidagi kam uchraydigan pushti brilliant uzuk tanlashni ma’qul bilgan.
Kim Kardashyan
2013-yilda Kanye Kimning qo‘lini so‘rab unga 15 qirotli brilliant uzuk sovg‘a qilgan.
Keyt Middlton
Eng mashhur uzuklardan birini Keyt Middlton taqqan — uni malika Diananing unashtiruv uzugi bo‘lgan 12 qirotli yoqut bezab turadi.
Jennifer Eniston
Jenniferga Jastin Teru sovg‘a qilgan 8 qirotli brilliant uzuk 500 ming dollarga baholanadi. | 50 | 2,247 |
Foto | “Qo‘rqmas qizaloq” “Uoll-stritlik buqa”ga qarshi. Fotosurat | 7-mart kuni Nyu-Yorkda kichkina qizaloqning haykali o‘rnatildi. U jahon fond bozori ramzlaridan biri — “Uoll-stritlik buqa”ga uni huddi bahsga chorlagandek qarab turibdi, deb yozadi Meduza.
Haykal State Street moliya tashkiloti tomonidan o‘rnatilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad — AQShdagi uch mingta eng yirik kompaniyalaridan to‘rtdan birining direktorlar kengashida ayollar umuman yo‘q ekaniga e’tiborni qaratishdir. “Qo‘rqmas qizaloq” bir hafta davomida “Uoll-stritlik buqa” oldida viqor bilan qad rostlab turadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 59 | 590 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng g‘aroyib 10 ta ko‘l | Yer sayyorasi shu qadar hayratlanarli joylarga boyki, ba‘zan ularni ko‘rgan kishi o‘z ko‘zlariga ishonmaydi. AdMe nashri turli ranglarda jilolanuvchi g‘aroyib ko‘llar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Mineral tuzlar va suv o‘tlari bilan mo‘jizakor ravishda bezalgan Besh rangli ko‘lda osmon va yer aks etadi. Uning rangi vaqti-vaqti bilan sariqdan to‘q yashilgacha o‘zgaradi. Biroq ko‘l asosan ko‘k-olmos rangda bo‘ladi. Unga yaqin joylashgan ko‘plab ko‘llardan farqli ravishda ko‘lning suvi kamaymaydi va qishda muzlamaydi. Shuning uchun bu joy sirlarga to‘la. Xitoyning Sichuan provinsiyasi shimolida joylashgan ko‘lni mahalliy aholi sehrli deb hisoblaydi.
Pushti ko‘l yoki Retba ko‘li Senegalda joylashgan. Suvning o‘ziga xos rangi tufayli ko‘l shu nomni olgan. Bunday rang suvdagi ko‘p sonli sianobakteriyalar (fotosintezni amalga oshirish qobiliyatiga ega bakteriyalar) tufayli yuzaga kelgan. Quyosh nurini yutgan mikroorganizmlar suvning rangini o‘zgartiruvchi pigmentlar ishlab chiqaradi. Bu, ayniqsa, quruq mavsumda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ko‘lda boshqa organik hayot mavjud emas – baliqlar va boshqa suv osti jonzotlari uchun tuz miqdori juda yuqorilik qiladi. Tuz suvning tarkibida 40 foizni tashkil qiladi. Qariyb 50 yildan buyon ko‘l havzasidan tuz qazib olinadi.
Janubiy Amerikadagi eng chuqur ko‘llardan biri Chili va Argentina chegarasida joylashgan. Ko‘ldagi suv zumrad-firuza rangdan tortib dengiz suvi ranglari bilan jilolanadi. Bu fantastik joyda hatto osmon ko‘l suvidek ko‘k emas. Ko‘l o‘rtasida ulkan marmar g‘orlarning qoyalari ko‘zga tashlanadi. Suv ming yillar davomida hayratlanarli labirintlarni hosil qilgan.
Ko‘l Yangi Zelandiyada joylashgan va to‘q yashil jilolanadi. Suv havzasining bunday rangi suv tarkibidagi ko‘p miqdordagi oltingugurt va temir oksidlari tufayli yuzaga kelgan.
Tuzli Uyuni – dunyodagi eng yirik qurigan tuzli ko‘l. Uning maydoni 10582 kvadrat kilometr bo‘lib, Boliviyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. U ibtidoiy davrdagi ko‘llar o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘l havzasida 10 milliard tonna tuz bor. Ko‘l suv bilan qoplanadigan kuchli yomg‘irlar vaqtida uning yuzasi haqiqiy ko‘zguga aylanadi.
Laguna Kolorado – Boliviyada joylashgan, maydoni 60 kvadrat kilometr bo’lgan kichik ko‘l. Suvning rangi qizil qon rangidan binafsha ranggacha o‘zgarishi mumkin. Bu kun vaqtiga va havo haroratiga bog‘liq. Suvning noodatiy jilosini ultrabinafsha nurlanishdan himoyalanish uchun karotin moddasi (karotinoid guruhiga kiruvchi sarg‘ish pigment) ishlab chiqaruvchi suvosti organizmlari yuzaga keltiradi. Ko‘l minglab flamingolarning sevimli joyi hisoblanadi.
Hayratlanarli Gipslend ko‘li Avstraliyada joylashgan. Tunda ko‘lning suvi ko‘k neon rangda jilolanadi. Buning manbai bioluminestensiya (o‘zidan yorug‘lik chiqarish qobiliyati) qobiliyatiga ega suvosti tungi yoritgichlar hisoblanadi. Suvning yuza qismida to‘planadigan yaltiroq suvosti o‘tlari faqat okean tubida bo‘ladigan yorug‘lik jilosiga o‘xshash jilolanishni hosil qiladi. Yorug‘lik chiqaruvchi o‘smliklarni inson ko‘zi ko‘rmaydi.
Ko‘l Indoneziyaning Flores orolidagi Kelimutu vulqonining uchta kraterida joylashgan. Ko‘llar nafaqat turli rangda, balki ularning rangi o‘zgarishi mumkin. Masalan, qora ko‘l qizil, keyin firuza rang, keyin esa yashil tusga kirishi mumkin. Ko‘lning rangi suv tarkibidagi mineral moddalarga bog‘liq.
Kaliforniyada joylashgan sun’iy ko‘l o‘zining ulkan voronka ko‘rinishidagi noyob suv chiqarish qurilmasi bilan mashhur. Ko‘rinishidan, bu ko‘l suvi quyiladigan haqiqiy chuqurga o‘xshaydi. Chuqurning uzunligi 21 metr, eni 22 metrni tashkil qiladi.
Mars sayyorasidagi manzarani eslatuvchi ko‘l AQShdagi Yellowstone Milliy bog‘ida joylashgan. Katta prizma shaklidagi buloqni birinchi bo‘lib kashf etganlar ko‘lni “qaynayotgan ko‘l” sifatida qayd etgan. Yorqin rangdagi bakteriyalar va qaynoq buloq og‘zida hosil bo‘lgan suvosti o‘tlari tufayli ko‘lda kamalakning barcha ranglari to‘plangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 47 | 4,146 |
Foto | Karantindagi katta yubiley: Venetsiya shahrining 1600 yilligi qanday nishonlanmoqda? (foto) | 2021-yil 25-mart kuni Venetsiyaning tashkil topganiga 1600 yil to‘ldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli karantinning ikkinchi yili davom etmoqda. Bayramlarni keng miqyosda nishonlash esa taqiqlangan. Ammo dunyoning eng go‘zal shaharlaridan birining aholisi yubileyni qay tarzda nishonlashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Venetsiya 421-yil 25-martda tashkil topgan. Ajoyib shahar o‘zining o‘rta asrlardagi qiyofasini saqlab qolgan. Pandemiyaga qadar har yili 20 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan.
Aholi yubileyni qay tarzda nishonlashni va zavqlanishni biladi. Bu yil ham yubiley tantanalariga yuz minglab sayyohlar jalb etilgan bo‘lar edi. Ammo Venetsiya Italiyaning aksariyat mintaqalari singari qizil hududda. U yerda karantinning qat’iy chelovlariga amal qilinadi.
“Faqat zarur bo‘lganda ko‘chaga chiqish mumkin: ish, do‘kon, shifokor uchun. Boshqa sabab bilan ko‘chada yurish mumkin emas” − deydi Kristina Samilina. Bar, restoran, kafelar yopiq, faqatgina buyurtma berish mumkin.
Shaharda komendantlik soati mavjud. Kechasi soat o‘ndan tonggi beshgacha tashqariga chiqish taqiqlanadi. Bu kamida 2021-yilning 4-apreligacha amal qiladi.
Sayyohlar yo‘q, agar mehmonxonalarda bor bo‘lsa, ular ishlash uchun kelgan.
Venetsiyaliklar qoidalarga qat’iy rioya qiladi. Niqobsiz ko‘chaga chiqish mumkin emas. Shuningdek, jamoat joylarida dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanadi.
Santa-Lyuchiya temiryo‘l stansiyasida politsiya yo‘lovchilardan sertifikat talab qiladi. Hujjatda odamlar harakatlanish sababini, tashrif vaqti, shaxsiy ma’lumoti ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Ammo Venetsiyaning yubileyi e’tiborsiz qoldirilmaydi. Shaharning rasmiy saytida ta’tilda soat 11 da San-Marko bazilikasida ommaviy marosim o‘tkazilishi aytilgan. Odamlarning ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun televizion translyatsiya va Facebook’da jonli efir tashkil etiladi.
Soat 16:00 da esa Venetsiyaning barcha ibodatxonalari qo‘ng‘iroqlar bilan bayram kunini eslatadi. Kechki soat 06:30 da “Rai 2” milliy telekanalida shahar tarixi va madaniyati haqida hikoya qiluvchi maxsus dastur boshlanadi.
Yubileyga Grand kanal qirg‘oqlarini bog‘laydigan mashhur Rialto ko‘prigi bayramona tarzda bezatilgan.
Venetsiya hukumati yubiley tantanalari butun yil mobaynida davom etishiga qaror qildi.
Mer Luiji Brugnaro butun dunyo bo‘ylab Venetsiyaga bag‘ishlangan tadbirlarni − uning tarixi, arxitekturasi, san’ati, taniqli insonlarini 2022-yil 25-martgacha butun dunyo miqyosida o‘tkazishga chaqirdi. Bu konferensiya, seminar, ko‘rgazma, namoyish va ekskursiyalar bo‘lishi mumkin.
Shahar hokimligi bunday loyihalarni axborot bilan ta’minlashga tayyor. Buning uchun qo‘mita tashkil etilib, uning tarkibiga madaniyat, san’at xodimlari, ishbilarmon, siyosatchi, xayriya tashkiloti va ijtimoiy muassasa vakillari kirdi.
Hozirda kalendar bo‘yicha 235 ta tadbir loyihalari mavjud. Masalan, 11-sentabrdan 27-martgacha “Venetsiya − tug‘ilish va qayta uyg‘onish” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan. | 91 | 2,987 |
Foto | Fotogalereya: Forbes — insoniyat tarixidagi eng boy odamlar ro‘yxati | Forbes jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil sayyoradagi eng boy odam deb Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos topildi. Jurnalistlarning aytishicha, uning aktivlari 131 milliard dollarni tashkil qiladi. Albatta, uning puli ko‘p, ammo u insoniyat tarixidagi eng boy odam hisoblanmaydi. Bu unvonga Chingizxon loyiq deb topilgan. Bugungi kunda buyuk mo‘g‘ulning qay darajada boy bo‘lganini baholashning deyarli iloji yo‘q.
Travel Ask nisbatan eng “kambag‘al” boylardan tortib, eng “badavlat” boylargacha bo‘lgan ro‘yxatni tuzdi.
Shubhasiz, 1750-yilda tug‘ilgan Xeshen Sin sulolasining eng boy ma’muriyatchisi hamda imperatorning sevimli a’yoni bo‘lgan.
Microsoft firmasining asoschisi
XI asrdagi ushbu norman dvoryani Angliyada katta ko‘chmas mulk egasi bo‘lgan. 1086-yilda o‘tkazilgan Domesday Book tadqiqoti natijalariga ko‘ra, de Varenn Angliyaning 13 grafligidagi, xususan, Sasseksning obro‘li joylari, Norfolkdagi pomestye va qasr, Saffolk, Yorkshir va Esseks shaharlarida joylashgan yerlarga egalik qilgan. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 146 milliard dollarni tashkil etadi.
Amerikadagi kelib chiqishi nemis bo‘lgan birinchi multimillioner, savdogar. XIX asr boshida katta monopolga aylangan hamda AQSh va Kanadadagi savdoni nazorat qilgan.
Ushbu o‘rta asrlik aslzoda amakisi Vilgelm (Angliyaning bo‘lajak qiroli tufayli katta boylikka ega bo‘lgan.
Ford Motor Company avtomobil kompaniyasining asoschisi
1794-yilda kambag‘al shotland oilasida tug‘ilgan Vanderbilt temir yo‘l va yuk tashish sanoatida katta miqdorda kapital yig‘gan.
2011-yilda Liviya rahbari o‘z hukmronligi davrida 200 milliard dollar o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. U pulni ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalar va neft tushumlaridan oldi.
Angliyada hukmronlik qilgan birinchi norman. 1066-yil bosib olgan. Susseksdan Yorkshirgacha bo‘lgan yerlarni egallagan.
Hindistondagi Haydarobod knyazligining so‘nggi avlodi
Bankir va savdogar, XVI asrdagi Yevropaning eng boy odami
1894-yildan 1917-yilgacha hukmronlik qilgan
XIX asr oxirida AQSh metallurgiya sanoatini boshqargan
1870-yil Standart Oil kompaniyasiga asos solgan va AQShdagi 90% neft biznesini boshqargan
1312-yildan 1337-yilgacha Mali hukmdori bo‘lgan
O‘zining 39 yillik hukmronligi davrida har yili 25 tonnadan oltin olgan
Birinchi Rim imperatori
1556-yildan 1605-yilgacha buyuk Boburiylar imperiyasini boshqargan
1067-yildan 1085-yilgacha Xitoyni boshqargan
Buyuk mo‘g‘ul o‘zining 21 yillik hukmronligi davrida 12 million kvadrat mil yerni egallagan | 68 | 2,505 |
Foto | “Qarang, men nima topdim?!”: do‘stlar bilan baham ko‘rishga undovchi suratlar | Odamlar azal-azaldan qiziquvchan bo‘lib kelgan. Shuningdek, ularni hayratga solish ham oson emas, hamisha qandaydir yangiliklarga duch kelishi kerak. Bunday mo‘jizalarni esa tabiatning o‘zi in’om etadi.
“Mushugimning katakli panjasi”.
Qizil g‘ishtdan yasalgan yumshoq o‘rindiqlar to‘plami.
Sietldan bir soatlik masofada qovurilgan tuxum va go‘shti bor tovaga o‘xshash skeyt-park mavjud.
“Sevgilimning ofisi ilgari bouling maydoni bo‘lgan”.
“Sariq-oq shirin kartoshka”.
Shaftoli daraxti uch xil rangda gulladi.
“Balkonimda kabutar likopchaga tuxum qo‘ydi”.
Ushbu vagonda shift xuddi osmonga o‘xshaydi.
“Ushbu o‘rindiqni Buyuk Britaniyada uchratdim”.
Cherch-Bey, Yangi Zelandiya.
“Ushbu gulni bugun ertalab yugurish paytida ko‘rdim”.
AlienWare avtomobili “Emerald Bey” bog‘ida.
“Menda Batman Returns pufagi bor, men uni 1992-yilda sotib olganimdan beri to‘liq ishirilmagan”.
Pomidorli kamalak.
Ushbu restorandagi klassik qizil katakli dasturxon naqshlari uning menyusidagi taomlarning QR kodlaridan iborat.
Qahvadan qolgan dog‘ — Yerga o‘xshash.
Jalyuzidan aks etgan yorug‘lik nuqtalari oy fazalariga o‘xshaydi.
G‘arbiy Avstraliyaning ushbu xaritasida 95 foiz hudud okeandan iborat.
“Mening rododendronim aftidan qochmoqchiga o‘xshaydi”.
Ushbu daraxt kesilganda baliq silueti paydo bo‘ldi.
Faqat buyurtma qilish mumkin bo‘lgan eng katta pitssa.
“Bir hamkasbim tasodifan ruchkani eritib yubordi. U hali ham yozmoqda! ” | 77 | 1,437 |
Foto | Foto: Antaliyadagi “Moskva Kremli” | Turkiyaning Antaliya shahri aeroportidan 12 kilometr uzoqlikda 2003-yilda ochilgan Wow Kremlin Palace mehmonxonasi joylashgan. Mehmonxonaga tashrif buyuruvchilarga standart xizmatlar bilan birga, Moskvadagi Qizil maydonni eslatuvchi manzaralar ham taklif qilinadi, deb yozmoqda TJournal.
Hovuzning orqasida Vasiliy Blajenniy soboriga taqlid qilib qurilgan, bino joylashgan. Mehmonxona hududida Kremlning boshqa inshootlarini, shu jumladan “Bolshoy teatr”ning kichraytirilgan nusxasini ham ko‘rish mumkin. | 34 | 505 |
Foto | Indoneziyada Ramazon shukuhi, AQShda qora tanlilar namoyishi, Termizda kurash musobaqasi, ochilayotgan Angliya — 12 aprel suratlari | Ma'lumki, ramazon oyi davomida butun dunyo masjidlarida Taroveh namozlari ado etiladi. Taroveh namozlari bu oyning birinchi kechasidan boshlab ado etilishni boshlaydi. 13 aprel tongidan e'tiboran ramazon oyi kirib keladi. Shu munosabat bilan Indoneziya musulmonlari bugun yangi oy paydo boʻlishini teleskoplar yordamida kuzatdi hamda ramazon oyi koʻringanini tasdiqladi. Indoneziya masjidlarida Taroveh namozlari ham oʻqildi. Oyni kuzatish jarayoni hamda namozlardan olingan fotosuratlarni taqdim etamiz.
Qora tanlilar namoyishlari bilan diqqat markazida yana Minneapolis. Bu safar 20 yoshli Daunte Rayt polisiya bilan toʻqnashuv paytida otib oʻldirilgani munosabati bilan koʻplab amerikaliklar yana namoyishga chiqdi. Soʻnggi bir yilda AQShda polisiyasi tomonidan qora tanlilarning oʻldirilishi bilan bogʻliq voqealar jiddiy noroziliklarga sabab boʻlmoqda. Ular orasida eng yirigi, shubhasiz, Jorj Floydning oʻldirilishi boʻlgan edi. Aynan mana shu voqea keyingi voqealarning keng muhokama etilishiga turtki berdi, desak, yanglishmagan boʻlamiz.
Shu kunlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida kurash boʻyicha Prezident sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan XV xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda.
Koronavirus tartiblari ayrim joylarda kuchaytirilyapti, ayrim joylarda bekor qilinyapti. Jumladan, Angliyada ham ayrim cheklovlar olib tashlanib, ayrim jamoat binolari va tashkilotlar qaytadan ochilmoqda. Karantindan ochilayotgan Angliya koʻchalarini tomosha qiling. | 131 | 1,484 |
Foto | Rossiyadagi suv omborida kamyob tabiat hodisasi — “muz gullar” suratga olindi | Cheboksar suv omborida kamyob tabiat hodisasi — yupqa muz qatlami ustida “muz gullar” paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Muzlab qolgan suv omborining yuzasidagi muz kristallari kadrlari bilan nijegorodlik Pavel Sedegov ismli fuqaro o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali bo‘lishgan. Kristallarning kattaligi bir necha santimetrga yetadi va ular xuddi endigina ochilgan gullar kabi ko‘rinishga ega.
View this post on Instagram
Surat va videolar Chuvashiston, Mariy El respublikalari va Nijegorod viloyati hududidan o‘tuvchi Volga daryosidagi Cheboksar suv omborida olingan. Bu kabi “gullar”ni boshqa joylarda ham uchratish mumkin, so‘nggi bor uni Kirov viloyatining Sovetska shahri yaqinidagi suv havzasida uchratishgan.
“Muz gullar” kamdan-kam hollarda, odatda ular muzlamali tunda — havo va suv harorati keskin farq qilgan vaqtda paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, tashqarida shamol va qor bo‘lmasligi kerak. Bu kabi kristallarni suv havzasi birinchi bor muz bilan qoplanganida uchratish mumkin.
Tabiat eng yaxshi rassom ekanligini ko‘rsatuvchi noyob muz asarlar (fotogalereya) | 77 | 1,108 |
Foto | Turkmanistonga borgan Prezident, turmush qurayotgan olimpiyachilar, qurib borayotgan daryo, Xitoyga qaytgan koronavirus — 6 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi uchun Turkmanistonga bordi. Prezidentlar dastlab «Avaza»da norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv boshlangach, Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi doirasida Turkmanboshi shahrida ushbu mamlakatlarning milliy sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etildi.
Uchrashuvlar, tashriflar yakunlangandan soʻng oxirgi rasmiy tadbir — konsert uyushtirildi. Unda maslahatlashuvga kelgan barcha rahbarlari ishtirok etdi.
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida oʻtkazilayotgan Olimpiya oʻyinlarida oʻzbekistonlik erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shu tariqa sportchi Oʻzbekiston delegasiyasi hisobiga 4-medalni qoʻshib qoʻydi.
Bugun Tokioda bronzani qoʻlga kiritgan Bekzod Abdurahmonov ushbu Olimpiyada ochilish marosimida bayroqdor boʻlgan Nigora Tursunqulova bilan turmush quradi.
Quyosh Manxettendagi Butunjahon savdo markaziga tushib, Ozodlik haykalini yoritdi.
«Danza di Roma» maktabining yosh oʻquvchilari Xirosima voqealarida halok boʻlganlar va may oyida vafot etgan italiyalik raqqosa hamda yadroga qarshi harakat tarafdori Karla Frachchi xotirasiga bagʻishlangan spektakldan soʻng.
Koʻngilli Afina yaqinidagi oʻrmon yongʻiniga qarshi shoxlardan foydalanmoqda. Gresiyadagi yongʻinlar uch kundan beri davom etmoqda.
Turkiyada ham oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda. Suratda oʻt oʻchiruvchilar va mahalliy koʻngillilar tasvirlangan.
Oʻyinchoq oʻrdaklar Chikagoda 16-doimiy Oʻrdaklar derbisi paytida Chikago daryosi boʻylab suzmoqda — bu Illinoys shtati maxsus Olimpiadasi uchun pul yigʻishga yordam beradi.
Falastinlik bolakay eski mashinada oʻynamoqda.
Argetinadagi Pirs daryosi qurib bormoqda. Daryoda 1994 yildan beri eng kam suv oqimi sodir boʻlmoqda.
Koronavirus Xitoyga qaytdi: mamlakatda infeksiyaning «delta» shtammi aniqlandi. Xubey provinsiyasidagi sport zal xodimlari koronavirusga qarshi test topshirish jarayonida.
Metroda yoʻlovchilar himoya niqoblarini taqib, Xitoy Olimpiya sportchilari koʻrsatilgan reklama taxtasi yonidan oʻtib ketmoqda. | 140 | 2,175 |
Foto | Dart Veyder va magistr Yoda Qadimgi Yunonistonda yashaganida qanday ko‘rinishda bo‘lardi? | Fransiyalik rassom Trevis Darden o‘zining ikki qiziqishi — ko‘hna san’at va ommaviy madaniyatni qorishtiruvchi taxallus tanlagan. Pixel’ning yozishicha, Trevis bir qator qadimgi va mashhur yunon haykallarini “Yulduzlar jangi” kinosagasi qahramonlari ko‘rinishida tasvirlashga qaror qildi.
Mazkur haykallar, tabiiyki, qadimgi asl nusxalari kabi marmar yoki boshqa toshdan yasalgan emas — ular bor-yo‘g‘i uch o‘lchamli modellar. Biroq shu qadar ustalik bilan ishlanganki, ularning soxtaligiga shubha qilasan.
Qayd etishlaricha, Darden o‘zining shunday ijodiy ishlarini Internetda sotadi. | 89 | 589 |
Foto | Foto: Islandiyaning “Taxtlar o‘yini” seriali suratga olingan qora qumli plyajlari | Islandiyalik fotograf Gunnar Freyr qora qumli Reynisfyar plyajiga otlandi. Odatda u yerda sayyohlar gavjum bo‘ladi. Plyaj ayniqsa “Taxtlar o‘yini” seriali ishqibozlari o‘rtasida ommalashgan. Chunki serialning bir necha qismi aynan shu plyajda suratga olingan.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Hozir koronavirus tufayli Reynisfyarda hech kim yo‘q. Freyr ushbu vaziyatdan unumli foydalanib, dron yordamida bo‘m-bo‘sh plyajni suratga oldi.
View this post on Instagram
Freyrning Instagram’ida Islandiyaning boshqa rasmlarini ham ko‘rish mumkin.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
“Taxtlar o‘yini” serialidagi “Tog‘” shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi (video) | 81 | 1,060 |
Foto | VII asrga xos uy, Yaponiyadan norozi koreys yoshlari, AQSh chegarasidagi migrantlar — 20 aprel suratlari | Angliyalik usta Lil Morgans an'anaviy qurilish mahsulotlaridan foydalanib, VII asrga xos boʻlgan anglo-saksonlarning uylarini qurdi.
Malining Bamako shahrida ota-onasiga uy ishlarida yordamlashayotgan bolalar. Malida 14 yoshgacha boʻlgan bolalar aholining yarmini tashkil qiladi.
Turkiyaning Anqara shahri yaqinidagi koʻllardan biriga koʻchmanchi flamingolar qaytib keldi.
AQShning janubiy chegaralari tinimsiz ravishda Lotin Amerikasidan kelayotgan migrantlar oqimi ostida qolmoqda. Migrantlarning asosiy qismi Meksika, Gaiti va Kubadan kelmoqda. Suratda Arizona polisiyasi tomonidan ushlangan bir guruh muhojirlar.
Uelsdagi qishloqlarning birida kuchli yer oʻpirilishi sodir boʻldi. Ofat joyiga juda yaqin boʻlgan uylarga shikast yetmagan. Tep-tekis turgan yer birdan choʻkib ketishini tasavvur qilish qiyin-a?
Braziliyalik syorfing ustasi Gabriel Medina Avstraliya qirgʻoqlarida oʻtayotgan musobaqada chiqish qilmoqda.
Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi Prado muzeyi. Mexiko shahrining ispanlar tomonidan bosib olinishi tasvirlangan tasviriy san'at asarini tomosha qilayotgan san'at ixlosmandlari. Asar XVII asrga oid ekani aytilgan.
FIFA prezidenti Janni Infantino UEFA yigʻilishiga tashrif buyurdi. Uning tashrifidan maqsad soʻnggi kunlarning eng koʻp muhokama qilingan mavzusi — Yevropa Superligasining tashkil etilishi haqidagi qaror muhokamasi.
Vengriyaning siganlar yashaydigan qismida velosipedda sayr qilayotgan 4 yoshli Milan Bastyur. Vengriyaning mazkur ozchilik aholisi pandemiya davrida kerakli jihozlarning yetishmasligi ortidan onlayn darslarda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlmoqda.
Malayziyada yovvoyi hayvonot dunyosi himoyachilari qishloqlardan birida hovuzga tushib ketgan noyob hayvonni qutqarmoqda.
Daniyada koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qilishni kutib turganlar kutish davomida ajoyib musiqadan bahramand boʻlishlari ham mumkin.
Kiprlik ekologiya xodimi dengiz suvining iqlim oʻzgarishlariga ta'siri va ifloslanish darajasini oʻrganish uchun suv ostiga shoʻngʻidi.
Janubiy koreyalik yoshlar Yaponiyaning Fukushima AESdagi zararlangan suvlarning okeanga chiqarib yuborish haqidagi qaroriga norozilik sifatida Seuldagi Yaponiya elchixonasi qarshisida sochlarini oldirmoqda.
Sidney operasi va koʻprigi quyosh chiqishi paytida.
Hindiston oxirgi kunlarda koronavirusning kuchli toʻlqini ostida qolmoqda. Kuniga 200 mingdan ortiq kasallik holatlari aniqlanmoqda va minglab insonlar halok boʻlmoqda. Krematoriyalarda esa oʻliklar toʻlib ketmoqda. Mamlakat qaytadan karantinga yopilmoqda.
Tayvanda suv tarqatish punktida birgalikda ovqat pishirayotgan qoʻshnilar.
Shotlandiyadagi qoyatosh chagʻalaylari! | 104 | 2,652 |
Foto | Fotogalereya: Sayyoraning 15 ta chiroyli joyi | Dunyoda betakror g‘ozallikka ega bo‘lgan aholi yashash joylari, ko‘llar, o‘rmonlar, tog‘lar juda ko‘p. AdMe nashri sayyoradagi eng chiroyli 15 ta joyning fotojamlanmasini taqdim etdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 45 | 267 |
Foto | Foto: Bino ichida joylashgan dunyoda eng katta sharshara | 17-aprel kuni Singapurda balandligi 40 metr bo‘lgan sharshara joylashgan Jewel Changi aeroporti ochiladi, deb yozadi TJournal.
Ko‘p tarmoqli aeroport binosining ichki qismi chakalakzor ko‘rinishida bo‘lib, u sayr qilish maydonidan tashqari bog‘lar, attraksionlar, mehmonxona, aviatsiya obyektlari va taxminan 300 ta do‘kon hamda restoranlarni o‘z ichiga oladi.
Bino katta teshik kulcha shaklidagi gumbaz bilan qoplangan bo‘lib, uning markazidan suv oqadi. Yetti qavatli uy balandligidan oqadigan suv sovitish tizimining bir qismi hisoblanib, undan binoni konditsionerlashda qayta foydalaniladi.
Sharshara atrofini 200 turdagi o‘simliklardan iborat terrasa o‘rab turadi.
Ushbu loyiha ustida ishlagan arxitektorning so‘zlariga ko‘ra, shu kabi inshootni ochiq havoda yoki tomi ochiluvchi binoda ham qurishni xohlaydi. | 56 | 816 |
Foto | Fotogalereya: O‘z egasiga doridek ta’sir qiladigan uy hayvonlari | Uy hayvonlari turli ovoragarchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin, biroq shu bilan birga ular odamlarga og‘ir xastaliklardan qutulishga ham yordam bera oladi. AdMe ana shunday uy hayvonlari haqida hikoya qilmoqda.
Itlar bilan sayr qilish ozishga va xolesterinni me’yorda saqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, o‘troq hayot bilan bog‘liq nafas olishdagi turli qiyinchiliklar ham bartaraf bo‘ladi.
Itlarni tomosha qilish dofamin yoki “baxt gormoni” ishlab chiqarilishiga yordam beradi, asabiylik, ruhiy zo‘riqish va boshqa psixik kasalliklar darajasi pasayadi.
Mushuklar o‘z egasining qaysi a’zosi og‘riyotganini sezib, o‘sha joyni “isitish” uchun og‘riq bor joyning ustiga joylashib oladi.
Mushukning eng foydali tomonlaridan biri uning xurillashi hisoblanadi. U ovozli tebranish hisobiga asab tizimini tinchlantiradi, qon bosimi va yurak urishini me’yorlashtiradi. Mushuk xurillashining suyaklarni mustahkamlashi va singan joylar bitishining tezlashtirishi ham isbotlangan.
To‘tiqushlar odamni tinchlantiradi va yurak urishini me’yorlashtiradi. Erta tongdagi qushning ovozi tetiklashishga va faollik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Akvarium baliqlari ruhiy zo‘riqishdan xalos bo‘lishda eng yaxshi dori hisoblanadi. Baliqlarning suzishini 30 daqiqa tomosha qilish odamni tinchlantiradi, qon bosimini va yurak urishini me’yorlashtiradi.
Quyonlar o‘ziga ishonchi kamroq va tortinchoq odamlarga, ayniqsa bolalarga tavsiya qilinadi. Ular bilan muloqot xavotir hissini yengishga yordam beradi.
Quyonlarning mayin yungini silash jarayoni tajovuzkorlik va xavotirlilik darajasini pasaytiradi, zo‘riqishni bartaraf etadi. | 64 | 1,621 |
Foto | Indoneziyada dafn marosimi qanday o‘tkaziladi? (foto) | Indoneziyaning Sulavesi orolida dunyodagi eng g‘ayrioddiy dafn marosimi an’analarini tajribadan o‘tkazuvchi toraji elati yashaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Ular balzam surtilgan jasadni ko‘mishdan avval bir necha kun uyda saqlashi mumkin.
Tana-Toraji aholisi vakillari yaqinlari qabrini g‘ayrioddiy amallarni bajarish uchun tez-tez ziyorat qiladi. Ular qabrlarni tozalabgina qolmay, uni o‘lik uchun zaruriy buyumlar bilan to‘ldiradi, hatto balzam surtilgan jasad qoldiqlarini yuvib turadi.
Toraji aholisi asosan xristian diniga e’tiqod qiladi, biroq ular ajdodlaridan meros bo‘lib kelayotgan majusiylar urf-odatlarini ham tajribada qo‘llab kelmoqda.
Vafot etgan insonni dafn etish qimmat va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Marhumning jasadi balzam surtilganidan so‘ng chiroyli qilib bezatilgan tobutga solinadi. Tobut esa marhumning qarindoshlarining uyida bir necha kun, hatto yillab saqlanadi. Mazkur vaqt mobaynida marhumning qarindoshlari u bilan so‘zlashadi, uni turli oilaviy tadbirlarga jalb etadi.
Shundan so‘ng tobut balandligi uch qavatli uydek keladigan cho‘qqida o‘yilgan kovakka qo‘yiladi. Chuqur kovlashga uch yoki olti oy vaqt ketadi.
Ko‘mish marosimi marhumning qarindoshlari qurbonlik uchun so‘yiladigan ho‘kiz va cho‘chqalarni sotib olishga yetarli pul jamg‘arganidagina bo‘lib o‘tadi. Bu vaqtga qadar esa jasad uyda saqlanadi.
Toraji elati vakillari tobut yorqin ranglarda bezatilishi kerak deb hisoblaydi. Shuning uchun ham ular tobutni qizil yoki sariq rangda bezatadi hamda uning ichiga marhum uchun zarur narsalarni qo‘yadi.
“Urf-odatlarni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish—muhim ahamiyatga ega. Pulim ko‘payib ketgan taqdirda ham, men uni ko‘rgani kelishda davom etaman”, — deydi bir oy avval vafot etgan buvisini ko‘rgani kelgan 21 yoshli qiz.
“U jismonan yonimizda bo‘lmasa ham, biz bir-birimizni qalban his etamiz”, — deydi olti yil avval vafot etgan kelinini ko‘rishga kelgan ayol. | 53 | 1,942 |
Foto | Fotogalereya: Hayratlanarli “ijod namunalari”ni yaratishda keraksiz buyumlardan foydalanish mumkinligini isbotlovchi suratlar | AdMe juda oddiy va keraksiz buyumlardan yaratilgan ajoyib “ijod namunalari”ning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Deraza tokchasidagi shahar
Metallolomdan yaratilgan mamont
Eski bolalar o‘yinchog‘idan ishlangan lampa
Tuproq va daraxtdan yaratilgan yurak
Buyuk odamlarning ipdan ishlangan portretlari
Metall qismlardan yasalgan o‘yinchoq
Tosh mushuklar
Temir-tersakdan yaratilgan hayvonlar
Tangalardan yaratilgan Mona Liza
Tuxum — Elvis Presli | 125 | 450 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng kuchli jangovar kemalar | Bugungi kunda eng yangi qurollarni tashuvchi suvusti kemalari rivojlangan flotlarning asosiy kuchiga aylandi. “RIA Novosti” dunyo mamlakatlarining eng kuchli raketa tashuvchi kemalaridan iborat jamlanmani taqdim etdi.
“Tikonderoga” kemalar kompleksi AQSh harbiy dengiz kuchlari tarkibida 1980-yildan beri harakat qiladi va uning asosiy zarba beruvchisi hisoblanadi. Bu tipda yaratilgan 27 ta kemadan 22 tasi hozirgi paytda harakatda hisoblanadi. Ekipaj tarkibiga 387 kishi kiradi.
Har bir kemaning suv sig‘imi 9800 tonnani tashkil qiladi va jangovar axborot boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Tizim asosiy texnik operatsiyalarni kema bortida avtomatlashtirishga imkon beradi.
Asosiy zarba beruvchi kuch turli raketalar uchun mo‘ljallangan 122 ta universal vertikal uchirish qutilari hisoblanadi.
Rossiyaning og‘ir yadro raketalar tashuvchi “Pyotr Velikiy” kemasi hozirgi kunda, aviatashuvchilardan istisno tarzida, dunyodagi eng katta jangovar kema hisoblanadi. Uning to‘liq suv sig‘imi 25,8 ming tonnani, uzunligi 250 metrni, maksimal eni 28,5 metrni tashkil qiladi. Ekipaj a’zolari 760 kishidan iborat. Kema tish-tirnog‘igacha qurollangan va har qanday dushmanga qarshi kurasha oladigan suzuvchi qal’a hisoblanadi.
Ko‘pchilik jangovar kemalarning tezligi 55,56 km/soatdan oshmaydi. Bu yo‘nalishdagi rekordchilar 11380 tonna suv sig‘imiga ega Rossiyaning “Atlant” kemalari hisoblanadi. Ular 64,82 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Rossiya dengiz flotida uchta “Atlant” bo‘lib, ular Qora dengiz flotidagi “Moskva”, Tinch okeani flotidagi “Varyag” va Shimoliy flotdagi “Marshal Ustinov” hisoblanadi.
Buyuk Britaniya flotidagi “Dering”lar eng zamonaviy va texnologik kemalari hisoblanadi. Har birining suv sig‘imi 8100 tonnani tashkil qiluvchi mazkur oltita kema taktik zarba beruvchi qurollarni olib yurmaydi. Ularning asosiy vazifasi mamlakat harbiy dengiz kuchlarini havodan keladigan xatarlardan himoya qilish hisoblanadi. Har bir kema havo hujumidan himoya tizimi bilan jihozlangan. Tizimning asosi S1850 radiolokatsiya tizimi bo‘lib, 400 kilometr masofadagi va yaqin kosmosdagi nishonlarni aniqlay oladi va bir vaqtning o‘zida 1000 ta nishonni kuzatishi mumkin. | 51 | 2,172 |
Foto | Sof go‘zallik: braziliyalik albinos egizaklar dunyoni hayratga soldi (foto) | Braziliyaning San-Paulu shahrida yashovchi 11 yoshli opa-singillar — Lara va Mara Bavar teri va soch pigmentlarisiz tug‘ilgan, ammo bu ularga Nike, Insanis va Bazaar Kids kabi mashhur kompaniyalarining reklamalarida modellik qilishida to‘siq bo‘la olmadi, deb yozadi Afisha Daily.
Braziliyada yashovchi shveysariyalik fotosuratchi Vinisius Terranova opa-singillarning noodatiy go‘zalligiga birinchi bo‘lib o‘tgan yili e’tibor qaratdi. Uning Flores (“Noyob gullar”) fotoloyihasi Lara va Maraning, shuningdek, ularning 13 yoshli opasi Sheylaning portretlaridan iborat. Sheyla esa qizlarning ota-onasi kabi qora tanli bo‘lib tug‘ilgan. | 75 | 633 |
Foto | Sokinlikni sevuvchilar uchun 10 ta makon (foto) | Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lishiga qaramay, ba’zida jamiyatdan tanaffus qilishi kerak. Sizning e’tiboringizga asablarni tinchlantiradigan va ko‘ngilni xotirjam etuvchi bir-biridan ajoyib makonlarni taqdim etamiz.
Tog‘ning chetida joylashgan estetik uy
Ushbu uy juda antiqa tuzilishga ega. Uning tomi ayvoncha bilan birlashib, uyning tayanchiga aylanib ketgan.
Quvvat makoni
Ushbu bino ma’lum darajada taniqli Stounxejni eslatadi va dumaloq panjara uyni yuqoridan ko‘rinadigan qilib ajratib turganday.
Daraxtdagi jodugar uyi
Sehrgarlar haqida yetarlicha ertak o‘qiganlar ushbu sirli uyga kirishni xohlamasligi aniq.
Tinchlantiruvchi makon
Tasavvur qiling, bu joyda suv nola qilyapti. Agar siz uxlashda qiynalayotgan bo‘lsangiz, unda bu uyga kelishga shoshiling, chunki suvning shovqini har kimni uxlatishi mumkin.
Ko‘p qavatli uy
Ushbu yog‘och binoning yuqori qavatidan hududdagi barcha daraxtlarning qor bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.
Nora Xobbit
Ushbu uyga gnomlar guruhi kelguniga qadar xotirjam yashash mumkin.
Ekologik toza uy
Ushbu uyning tomida o‘t qatlami bor, shuning uchun bu kichkina kulba maysazorning bir qismidek tuyuladi va bir qarashda uyni payqash qiyin.
Uy-orol
Ushbu uy shahar shovqinlaridan charchaganlar uchun ayni muddao.
O‘rmon ichidagi kulba
Ushbu kulba olov qarshisida shamol ovozini tinglashni istaganlar uchun juda mos keladi.
Ko‘l bo‘yidagi shinam uy
Kuz o‘rmonlarni rang-barang tusga bo‘yab, yanada ajoyib manzarani kashf etadi. | 47 | 1,473 |
Foto | AQShda joylashgan 7 ta dunyo mo‘jizasi (fotogalereya) | Forum Daily AQShda joylashgan “olam mo‘jizalari” bilan bo‘lishdi. Bular tabiiy hamda inson qo‘li bilan yaratilgan hayratlanarli obyekt va inshootlardir.
Amerikaning mashhur tabiat mo‘jizalaridan biri 1979-yilda YuNESKO Jahon merosi obyekti deb tan olingan. Olti million yillik tarixga ega Grand-Kanyon 277 mil (365 km)ga cho‘zilgan.
Yerdagi eng tez oquvchi sharsharada suv 50 metr balandlikdan oqib tushadi. Niagara sharsharasi aslida uchta alohida sharsharadan iborat.
Kaliforniya o‘rmonlarida dunyodagi eng baland daraxtlar o‘sadi. Ularning balandligi 115 metrga yetishi mumkin.
Bu yerda sayyoradagi eng yuqori harorat qayd etilgan — +56,7 daraja. O‘lim Vodiysida bir kecha-kunduz suvsiz yashash o‘limga olib kelishi mumkin.
Mesa-Verde milliy bog‘ida joylashgan ulkan majmua ming yillar oldin qurilgan va kamida 150 yil davomida odamlar yashaydigan joy bo‘lgan.
Germaniyalik muhojir Pol Dobbershteyn tomonidan Muqaddas Mariyaga atab qurilgan ziyoratgoh. Inshoot uchun toshlarni u 14 yil davomida yig‘gan, so‘ng 42 yil davomida ziyoratgohni qurib bitirgan.
Bu ulkan muzlik Distribyushn ko‘rfazida joylashgan bo‘lib, eni 10 km, balandligi 122 metrga yetadi. Undan ko‘pincha aysberglar sinib tushadi. | 53 | 1,207 |
Foto | Qozog‘iston tengesi dunyoning eng chiroyli valyutalari reytingida birinchi o‘rinni egalladi (foto) | Qozog‘iston milliy valyutasi — tenge Britaniyaning The Telegraph nashri tomonidan tuzilgan eng chiroyli banknotalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Nashr mutaxassislari Qozog‘istonda 2003-yildan beri chiqariladigan 10 000 tengelik kupyurani eng chiroyli pul deb topdi. Unga bars hamda orqa fon sifatida qorli cho‘qqilar tasviri tushirilgan.
Reytingning kuchli uchligiga, shuningdek, JAR rendi va Yangi Zelandiya dollari kiritildi.
1. 10000 tenge, Qozog‘iston
2. 10 rend, JAR
3. 5 dollar, Yangi Zelandiya
4. 500 frank, Fransuz Polineziyasi
5. 2000 kolon, Kosta-Rika
6. 5, 10, 20 va 50 ringit, Malayziya
7. 5000 shilling, Tanzaniya
8. 10000 rupiya, Indoneziya
9. 5 dollar, Kanada
10. 1 riyol, Qatar
11. 1 funt, Misr
12. 100 dirham, BAA
13. 1 dollar, Bagama
14. 1 lempira, Gonduras
15. 5 naira, Nigeriya | 98 | 820 |
Foto | Janubiy koreyalik askarlar stressga qarshi balet yordamida kurashmoqda (foto) | Shimoliy Koreya bilan chegaralarni qo‘riqlaydigan janubiy koreyalik askarlar guruhi stress bilan kurashning original usulini topdi: bu balet darslari, deb yozadi TJournal.
Darslarni Janubiy Koreya milliy baletida faoliyat yurituvchi professional balet raqqosasi olib boradi. Askarlar aytishicha, mashg‘ulotlar ularga “xotirjam bo‘lish va muvozanatni topish, shuningdek, xizmatdoshlar bilan do‘stlikni mustahkamlash”ga yordam beradi. | 77 | 433 |
Foto | Fotogalereya: Odamlar tomonidan butunlay tark etilgan maskanlar | AdMe avvallari odamlar yashagan, biroq hozirda tashlandiq bo‘lgan maskanlarning hayratlanarli suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Sintradagi eski qal’a qoldiqlari, Portugaliya
Detroytdagi tashlandiq cherkov, AQSh
Kristaldagi sobiq elektrostansiya. Kolorado, AQSh
Foydalanilmaydigan tunnel. Parij, Fransiya
Sintradagi quduq, Portugaliya
Qishloqdagi uy, Norvegiya
Yolg‘iz tashlandiq cherkov, Fransiya
Yana bir tark etilgan kapella
Qachonlardir mashhur bo‘lgan “Osmon narvoni”. Oaxu, Gavayi
Butunlay yopilgan Del Salto mehmonxonasi, Kolumbiya
Yonib ketgan tunggi klub, Avstriya | 63 | 580 |
Foto | Fotogalereya: Butun dunyoda avtomobillarning katta uyumi qanday paydo bo‘lmoqda | Kaliforniyadagi cho‘l Volkswagen’ning mutlaqo yangi avtomobillari uchun tom ma’noda qabristonga aylandi. Ammo bu o‘z xaridorini hali uchratmagan avtomobillar uyumining yagona markazi emas. AdMe dunyoning boshqa joylaridagi mana shunday uyumlarga e’tibor qaratdi.
O‘n minglab yangi Volkswagen mashinalari 2015-yil dizel kompaniyasi bilan bo‘lgan janjaldan so‘ng Moxava cho‘lida paydo bo‘lgan. Audi, Volkswagen, Škoda, Bugatti, Lamborghini, Bentley, Porsche kabi avtomobil markalarini ishlab chiqaruvchi gigant kompaniya bozorda birinchilikni qo‘lga kiritish uchun dizel dvigatelli avtomobillarni ishlab chiqara boshladi. Ular esa atrof-muhitga zaharli gaz chiqaradi. Konsern bunday avtomobillardan 11 milliontasini savdoga chiqardi. Avtomobillar “dizelgeyt” nomini olib, janjal boshlanmaguncha, 2008-yildan 2015-yilgacha kompaniya mashinalarni savdoga chiqarishdan to‘xtamadi. Janjal natijasida Volkswagen kompaniyasi 25 milliard dolarlik zarar ko‘rdi va obro‘si pasaydi. Faqatgina AQShda 300 mingdan ziyod dizel avtomobil sotib olindi. Ularning barchasi bugungi kunda Amerikaning turli shtatlarida maxsus jihozlangan avtoturargohlarda saqlanadi. U yerlarni “Volkswagen qabristoni” deb atashadi. Bunday avtoturargohlar umumiy hisobda 37 tani tashkil qiladi. Eng kattasi esa Kaliforniya sahrolarida joylashgan.
Minglab “iflos” Golf va Jetta bu yerda bir necha yillardan beri saqlanadi. Volkswagen ularni qismlarga almashtirish va ekologik xavfsizligini yaxshilashni rejalashtirmoqda, lekin ijobiy obro‘ga ega bo‘lgan yangi avtomobillar har oy konveyerdan chiqayotganda buning iloji bormikan?
Ushbu poligonda avtomobillar safini kengaytirgan Audi’ning hashamatli mahsulotlari ham ikkinchi hayotga ega bo‘lishi ehtimoldan holi. Kompaniyada hisobga olinadigan muqobil ham yaxshi emas: mashinalar matbuotga osonlik bilan joylashtiriladi.
Google xaritasida yana qaysi avtomobil qabristonlari mavjud?
Volkswagen qabristoni hozirda yagona uyum emas: Nissan, Citroen — ularning barchasi o‘zlarining avtomobil zaxiralarga ega. Faqat bu kompaniyalarning mutlaqo boshqa sabablari bor: ular mashina sotishga ulgurmaydi. General Motors esa hammasidan oldinga o‘tib ketdi — bunday uyumlar uchun yer sotib olishni boshladi. Boshqa texnologiyalar bilan yangi avlod avtomobili bozorning qadimiy modellarini almashtirmoqda va ularning yagona istiqboli quyosh ostida bunday tovushga aylanishdir.
Korbi, Nortgemptonshir
Eyvonmut, Buyuk Britaniya
Shirness , Buyuk Britaniya
Suindon, Buyuk Britaniya
Ispaniyadagi Valensiya porti | 79 | 2,511 |
Foto | Sevimli reklamalarimiz qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya) | AdMe mashhur reklama roliklari qahramonlarining qanchalik darajada o‘zgarib ketganini ko‘rsatib beruvchi fotogalereyani e’lon qildi. | 76 | 132 |
Foto | Fotogalereya: Shimol yog‘dusining esni og‘diruvchi suratlari | Shimol yog‘dusi — barcha sayyohlik reytinglarida “kamida bir marta ko‘rilishi kerak” deb nomlangan ajoyib go‘zallikning tabiiy ko‘rinishi. Agar siz hali ham dunyoning eng chekka joylariga bunday sayohatni uzoq, zerikarli va qimmat deb o‘ylasangiz va bu mo‘jizani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istamasangiz, fotosuratchi Markus Varikning ishlariga nazar soling. Travel Ask’uning ijodidan lavhalar taqdim etdi. | 60 | 408 |
Foto | Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgidan “ichagi uzilishi”ga sabab bo‘lgan suratlar | Oddiy telefon yoki fotoapparat orqali ham qiziqarli va kishi kayfiyati ko‘tarilishiga sabab bo‘ladigan voqea-hodisalarni kadrga muhrlash mumkin. Buning uchun sezgir bo‘lish va vaqtida suratga olishning o‘zi kifoya.
“Suratga qaylig‘im oldi, ammo unda nimadir boshqacha”.
“Mehmonxonani panorama qilib suratga olayotganimda mushugim ham aylanib yurishga qaror qildi”.
“Shrek”dagi eshakka o‘xshagan ot.
Tanasi ikkiga bo‘lingandek ko‘rinib qolgan it surati.
“Itim Merfida iblisona nimadir bor chog‘i”.
Kim ulgursa, o‘sha yeydi.
Ajabtovur niqob!
Ikkita itni sayr qildirib yurgan odamdek ko‘ringan boshqa bir it.
“Panorama suratga olmoqchi bo‘lganingizda it kadr tomon yugurib qolsa, mana nima yuz beradi”.
Ustiga narsa tashlangan ot tumanda Betmenga o‘xshab qolgan.
“Itim bor kuchi bilan frisbini (uchar likopcha o‘yini) tutib olishga harakat qildi”.
“Akam va itim juda ham yaxshi chiqishadi. Ular deyarli bir butun”.
“Mushugim uxlayotganida suratga olmoqchi edim, uni cho‘chitib yubordim”. | 89 | 997 |
Foto | Vaktsina uchun navbat kutayotganlar, qor ostida ishlayotgan YPx xodimlari, kantslerga qarshi namoyishlar — 6 dekabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini etiboringizga havola etamiz.
O'zbekiston shaharlaridan birida qor yog'ayotgan paytda xizmat vazifasini o'tayotgan YPx xodimlari. Surat qo'rqinchli filmlar kadrlarini eslatib yuboradi.
Avstriyada kantsler saroyi oldida aholi norozilik namoyishi o'tkazmoqda. Ular qog'ozda “biz sizni saylamaganmiz” deb yozilgan plakatlar ko'tarib olgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Liverpulda narkotik moddalarga qarshi reyd o'tkazayotgan politsiyachilar bilan suhbatlashmoqda.
Indoneziyaning Yava orolida yuz bergan vulqon otilishi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Bangladeshda aholi koronavirusga qarshi vaktsina dozasini olish uchun navbat kutmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5–6 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog'istonda bo'ldi.
Meksika sohillarida patrul olib borayotgan mamlakat harbiylari.
Gambiyada amaldagi prezident Adama Barrov tarafdorlari prezidentlik saylovining dastlabki natijalaridan keyin bayram qilmoqda.
Janubiy Islandiyada shimol yog'dusi.
JARning Yohannesburg shahrida koronavirusga qarshi emlanayotgan ayol. | 125 | 1,112 |
Foto | Yo‘qolib borayotgan tabiat mo‘jizalari (fotogalereya) | Tabiat ko‘plab ajoyib joylarni yaratgan, ammo global isish va antropogen omillar tufayli, ularning ba’zilari yaqin 100 yil yoki hatto undan ham avvalroq yo‘qolib ketishi mumkin. Insider Pro nashri yo‘qolib ketish xavfi ostidagi tabiat mo‘jizalari ro‘yxatini tuzdi. | 53 | 264 |
Foto | Foto: “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining o‘ziga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan farzandlari | “Muhtasham yuz yil” seriali 2014-yilda yakuniga yetgan bo‘lishiga qaramay, undagi qahramonlar rolini ijro qilgan aktyor va aktrisalar shaxsiy hayoti muxlislar uchun hali hamon qiziq.
Xalit Ergench
Sulton Sulaymon roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va uning rafiqasi Berguzar Korel shaxsiy hayotini ommaga e’lon qilishni yoqtirmaydiganlardan. Aynan shu sabab ham ularning 2020-yil mart oyida dunyoga kelgan farzandining surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun qiziqligicha qolmoqda. 2021-yilning fevral oyida 11 yoshni qarshilaydigan katta o‘g‘li Alining esa ota-onasi bilan Istanbul ko‘chalarida yurgani aks etgan fotolar yo‘q emas. Muxlislar tomonidan otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshatiladigan Ali haqida gap ketganda Xalit uning o‘ta qiziquvchan ekani, aktyorlik karyerasi haqida esa o‘ylab ko‘rmaganini aytadi.
Maryam Uzerli
Yaqinda ikkinchi marta ona bo‘ladigan Maryam hali hamon bolasining otasi kim ekanligini sir saqlamoqda. 2021-yilning fevralida 8 yoshga to‘ladigan Lara esa onasiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi. Onasining aytishicha, qizida aktrisalik qobiliyati yo‘q emas.
Nur Fettaxo‘g‘lu
Nur va turmush o‘rtog‘i Levent Veziro‘g‘luning Elisa ismli qizi bor. Aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda 2016-yilda dunyoga kelgan qizining suratlarini joylab boradi. Koronavirus sabab e’lon qilingan pandemiya vaqtida aktrisa doimgidan ham ko‘proq vaqtini qizining tarbiyasiga bag‘ishlangan.
Pelin Qoraxon
Aktrisa ilk bor 2014-yilda farzandli bo‘lgan va unga Ali Demir deb ism qo‘ygan. Ikkinchi o‘g‘li Jan Ayup esa 2017-yilda dunyoga kelgan.
Burak O‘zchivit
“Muhtasham yuz yil”da ikkinchi darajali rol ijro qilganiga qaramay, Burak Turkiyaning eng talabgir aktyorlaridan sanaladi. Aktrisa Faxriya Evjen bilan turmush qurgan aktyorning Karan ismli uch yarim yashar o‘g‘li bor. Karanning suratini ko‘rgan muxlislar uni otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshashini ta’kidlaydi. | 97 | 1,876 |
Foto | Foto: Hindiston shaharlarining odatiy kundalik hayoti | 11 yildan buyon suratga olish bilan shug‘ullanadigan Anastasiya Dubrovina o‘z karyerasini tijoriy loyihalar va Belarusdagi to‘ylarni tasvirga olishdan boshlagan. Ayni vaqtda Moskvada istiqomat qiladigan suratkash kundalik hayotni kadrga muhrlaydi, bugungi Rossiya, xotira va bolalikka bag‘ishlangan art-loyihalarni taqdim qilib keladi.U sevimli mashg‘ulotini sayohat qilish bilan umumlashtirishga erishgan. Quyidagi suratlar uning sayohatchi-fotograf sifatida ilk xorijiy safari davomida olingan
“Tekshirishni va iloji boricha notanish joylarni kadrga muhrlashni istaganim uchun bo‘lsa kerak, mening hech bir safarim suratlarsiz bo‘lmaydi”, — deydi suratchi.
Dubrovinaning birinchi ishchi kamerasi Canon d400 bo‘lgan. Ushbu uskuna yordamida u ilk mijozlarining turli mahsulotlari: tortlar, guldastalar va boshqa ko‘plab narsalarni suratga olgan. Ayni vaqtda Fuji’ning oynasiz kamerasini afzal biladigan Anastasiyaning fikricha, ushbu fotoapparat sayohatchilar uchun ayni muddao hisoblanadi.
Hindistonga safari ijodkorning hayotida tub burilish yasagan. “Ushbu suratlar sayohat janridagi birinchi ishim. Men aynan sayohat davomida suratga olishni istashim, buning uchun menga nima kerakligi va jarayonni qanday tashkillashtirishim kerakligini tushunib yetganman”.
Fotografning Hindistonga qilgan safari taxminan ikki hafta davom etgan. Janub — Keraldan boshlangan sayohat Shimoldagi Deli, Agra, Jaypur, Jodxpur, Varanasi, Sarnatx va Xajuraxoga tashrif bilan davom etgan.
Anastasiyaning aytishicha, Hindiston nafaqat fotograflar, balki sinchkov insonlarni ham o‘ziga maftun qiladi.
“Garchi u yerda ikki marta bo‘lgan bo‘lsam-da, men qayta-qayta borishni istaydigan shahar bu — Varanasi. U betartib, ammo sirli shahar. Bu yerga vafot etish hamda Gang daryosi sohilidagi krematsiya orqali Sansara g‘ildiragidan chiqish uchun ziyoratchilar yog‘ilib keladi”, — deydi fotograf.
Uni ayniqsa, Hindistondagi mahalliy aholi va ularning kundalik turmush ta’sirlantirgan.
“Yerda o‘tiradigan psevdosadxu, har yerda hozir sigirlar, tezyurar tuk-tuklar (Hindistonda foydalaniladigan transport vositalaridan biri, motoriksha deb ham ataladi), sirli ibodatxonalar, dafn marosimi gulxanlari va turfa hidlar”, — Anastasiyaning ushbu mamlakat bilan bog‘liq yorqin xotiralarining bir qismi sanaladi.
Hindistonning kichik shaharlarida odamlar hali ham tabaqalanish tizimi asosida hayot kechiradi. Varanasida har kuni muqaddas dafn marosimi o‘tkaziladi. Dehlining markaziy ko‘chalari mutlaq tartibsiz. Mumbaydagi xarobalar kadrda chiroyli, ammo qarovsiz ko‘rinadi. Ijodkorni aynan shular ko‘proq hayratlantirgan.
“Men uchun hindlarning rang palitrasi — cho‘g‘ hamda tutun ichidagi olovrang va oxra (sariq yoki qizil tusli bo‘yoq). Bu xuddi ko‘chadagi chang bilan aralashib, tuk-tuklar harakatlanganida havoga ko‘tariladigan ziravorlarning rangiga o‘xshaydi”, — deydi u
Anastasiya o‘zining eng sevimli fotolaridan birining qanday suratga olingani haqida aytib bergan: “Rangli toshlardan bunyod etilgan pushti shahar — Jaypurda olingan ushbu suratni yaxshi ko‘raman. Unda kechki tirbandlik kadrga muhrlangan. Shahar bo‘ylab uzoq sayr qilganimdan keyin dam olish uchun duch kelgan binoning tomiga chiqdim. Tomda mitti ibodatxona turar, boshida bog‘ichi bor odam uning oldida tosh qotgancha ibodat qilardi. Men o‘z navbatida unga xalal qilmaslikka urindim”.
Anastasiyaning faoliyatida kompozitsiyaning ahamiyati katta. U vizual ritm, ranglarga urg‘u berish, shuningdek, simmetrik kompozitsiyadan, suratlarida qahramonlar haqida hikoya qilish uchun esa “uchdan bir qism” qoidasidan foydalanadi. Suratlarida birinchi bo‘lib asosiy qahramon, keyin qolgan narsalar ko‘zga tashlanadi.
Dubrovina Hindistonda uchratgan odamlari bilan tezda til topishib ketgan. Uning fikricha, potensial model bilan muloqot qilganda samimiy bo‘lish va hurmat ko‘rsatish juda ham muhim.
“Hindistonda odamlar bilan kelishish oson bo‘ldi. Ularning bari ochiq, samimiy va siz bilan tanishishni istaydi”, — deydi u.
Xususiy fotograf sifatida faoliyat olib boradigan Anastasiya Dubrovina bir-biridan ajoyib suratlarni olishda va badiiy ijod qilishda davom etadi. | 53 | 4,126 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning mashhur vegetarianlari | 1-noyabr Butunjahon vegetarianlik kunidir. Shu munosabat bilan “Daryo” jahonning mashhur vegetarianlari haqida ma’lumot beradi.
Dunyo ajoyibotlar bilan birga ajoyib va g‘aroyib odamlar bilan ham qiziq tuyuladi. Ana shunday odamlar toifasidan biri vegetarianlardir.
Vegetarianlik hayvon va parranda go‘shtidan, suv olami hayvonlari go‘shtidan voz kechib, faqat o‘simlik, meva-sabzavot va sut mahsulotlarini iste’mol qilib yuruvchi odamlarga nisbatan qo‘llaniladigan atamadir.
Vegetarianlikni tanlagan odamlar uni turli sabablarga ko‘ra tanlagan bo‘lishi mumkin. Kimdir diniy qarashlari, yana kimdir tibbiyot, ekologiya, iqtisod tarafdan bu tanlovga keladi. Har bir kishi nima sababdan vegetarianlikni tanlagani tahlil qilinsa, ularning aksariyati hayvon va parrandalarni yeyish uchun o‘ldirish, dengiz hayvonlarini yeyish uchun ovlashni vahshiylik deb tushunishini aytadi. Ayniqsa dunyoga mashhur vegetarianlarning aksariyati bu yo‘lni shu tufayli tanlaganini aytadi.
“Vegetarian” atamasi inglizcha vegetable – “sabzavot” so‘zidan kelib chiqqan. Lekin aksariyat vegetarianlar bu so‘zni lotincha vegetus – “tetik”, “tirik” ma’nolarini beruvchi so‘z bilan bog‘laydi. Bu atama 1847-yilda Buyuk Britaniya Vegetarianlar jamiyati tuzilgandan so‘ng mashhur bo‘ldi va keng qo‘llanila boshlandi.
Vegetarianlarning eng ashaddiylari hayvon va parranda go‘shti, dengiz hayvonlari mahsulotlariga qo‘shib hayvonlardan olinadigan sut mahsulotlari, tuxum, hatto asal ham yemaydi. Ular xoh quruqlikda yashasin, xoh dengizda, xoh ochiq havoda, har qanday hayvon va parranda, dengiz hayvonlari, hasharotlar va ularga daxldor hech narsani iste’mol qilmaydi. Bu toifa vegetarianlar faqat o‘simliklar va meva-sabzavotlar bilan oziqlanadi. Ular “vegan” deb ataladi.
Vegetarianlarning yana bir toifasi (ular o‘zlarini haqiqiy vegetarianlar deb biladi) faqat hayvon va parranda, dengiz hayvonlari mahsulotlarining go‘shtini yemaydi. O‘simlik va meva-sabzavotga qo‘shib hayvon va parrandalardan olinadigan sut mahsulotlari va tuxumni yeydi.
Shuningdek, vegetarianlar kundalik yashashida ham hayvonlar terisi bilan bog‘liq hech qanday buyumlarni ishlatmaydi, hayvonlar terisidan yoki tabiiy matolardan tikilgan bo‘lsa-yu, bir chetida hayvonlar terisi ishlatilgan bo‘lsa, bunday mahsulotlarni umuman ishlatmaydi. Parrandalar paridan iborat buyumlarni ham ishlatmaydi. Asosan tabiiy va sun’iy matolardan tikilgan kiyimlarni kiyadi, buyumlarni ishlatadi.
Shuningdek, ular hayvonlar tarkibida bo‘ladigan turli moddalar qo‘shib tayyorlangan dori-darmonlardan foydalanmaydi.
Bugun dunyoning ayrim davlatlarida aholining 5 foizidan 10 foizigacha vegetarianlar hisoblanadi. Bular Braziliya, Isroil, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSh kabi mamlakatlardir. Eng qizig‘i, vegetarianlarning uchdan ikki qismi ayollarni tashkil etadi.
Bugun dunyoning aksariyat mamlakatlarida vegetarianlar uchun alohida restoranlar, qahvaxonalar va boshqa ovqatlanish shoxobchalari ochilgan. Ularda vegetarianlar uchun asosan o‘simliklardan, meva-sabzavotlardan ovqat tayyorlab beriladi.
Bugungi kunda dunyodagi ko‘plab mashhur insonlar, aktyorlar, taniqli ishbilarmonlar, madaniyat va san’at ahllari vegetarianlik hayot tarzini tanlashgan.
Quyida turli kasb egalari bo‘lgan dunyoga mashhur vegetarianlarning bir qanchasi bilan tanishamiz.
Stiv Jobs
Dunyodagi eng mashhur tadbirkorlardan biri bo‘lgan va o‘z kompyuterlari bilan tom ma’noda dunyoni kompyuterlashtirib tashlagan Stiv Jobs 1977-yilda Apple kompaniyasini tuzgan paytida ashaddiy mevaxo‘r edi. U o‘sha paytlardayoq bir necha kunlab faqat mevaning ma’lum bir turi bilan oziqlanib yurishi bilan mashhur edi. U umrining oxirigacha mevaxo‘r bo‘lib qoldi.
Genri Ford
Stiv Jobs dunyoni kompyuterga to‘ldirib tashlagan bo‘lsa, Genri Ford dunyoni avtomobillarga to‘ldirib tashladi.
Ford mashhur vegetarianlardan biri bo‘lgan va “agar odamzot go‘sht yeyishni to‘xtatsa, dunyo yanada yaxshiroq bo‘lishini” bildirgan.
Fordning fikricha, “Odamzot endi bemalol hayvonlar va parrandalar go‘shtini, dengiz mahsulotlarini o‘rnini bosuvchi sun’iy ozuqa ishlab chiqara oladi. Shunday ekan, hayvon va parrandalarni o‘ldirish, dengiz hayvonlarini ovlash nega kerak?”
1931-yilda Ford “Soya o‘simligidan turli mahsulotlar o‘rnini bosuvchi ozuqa olish” haqidagi risolani o‘qib qoladi. Shundan so‘ng 1934-yilda u soya o‘simligidan turli ozuqa ishlab chiqaradigan korxonani ishga tushiradi.
Alfred Ford
Alfred Ford Gerni Fordning evarasi bo‘ladi. U ham mashhur vegetarianlardan biri hisoblanadi. Genri Ford o‘z avlodlariga nafaqat avtomobil va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasini, balki vegetarianligini ham meros qilib qoldirgan.
Shu tufayli bugun uning ko‘plab avlodlari qatori evarasi Alfred Ford ham vegetarian bo‘lgan.
Kristin Lagard
Kristin Lagard bir necha yildan beri Xalqaro valyuta jamg‘armasining ijrochi direktori vazifasida ishlab kelyapti. U ham dunyoga mashhur vegetarianlardan biri hisoblanadi.
Kristin Lagard yoshlikdan sport bilan muntazam shug‘ullangan va shu bilan birga vegetarianlikni tanlab, go‘sht mahsulotlarining har qanday turidan voz kechgan.
Bill Klinton
AQShning 42-prezidenti Bill Klinton ham vegetarian hisoblanadi.
Uning vegetarian bo‘lishi sog‘ligi bilan bog‘liq. 2010-yilda Klintonning tanasida xolesterin moddasi belgilangan miqdordan ancha oshib ketib, sog‘ligi yomonlashadi. Shundan so‘ng vrachlar unga go‘sht mahsulotlaridan batamom voz kechishni maslahat beradilar. Shundan so‘ng u ham har qanday turdagi go‘sht mahsulotlaridan voz kechib vegetarianlik hayot tarziga o‘tgan.
Klintonning tan olishicha avvaliga go‘sht mahsulotidan voz kechish sobiq prezident uchun juda og‘ir bo‘lgan. Shunda unga Kembellarning The China Study kitobini berishgan. Klinton bu kitobdagi vegetarian bo‘lgandan so‘ng nimalarga e’tibor berish, qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tish haqidagi maslahatlarni o‘qib, unga amal qilib vegetarianlikka moslashgan.
Pol Makkartni
Jahonga mashhur xonanda ser Pol Makkartni bugun keksayib qolganiga qaramay turli xayriya konsertlarida ishtirok etadi, yangi qo‘shiqlardan iborat albom yozadi. U buning muvaffaqiyatini vegetarianlik bilan bog‘laydi.
Eng birinchi Makkartining xotini Linda vegetarianlikni tanlaydi. Keyinchalik xotini bilan dunyoni va undagi hayvonot dunyosini asrashga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashgan Makkartnining o‘zi ham vegetarianlik hayotini tanladi.
Pavel Durov
Dunyoga mashhur Telegram ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi rossiyalik Pavel Durov ham vegetarian hisoblanadi.
U vegetarianlikni tanlaganiga ancha yillar bo‘lgan. Undan qanday hayot tarzida yashashi haqida so‘ralganda, u “vegetarianlik hayoti qiyin emas. Ozgina moslashib olganingizdan keyin hayvonlar va parrandalar go‘shti sizga aniq yoqmay qoladi. Bu hayotning hech qanday siri yo‘q. Men hayvon va parranda go‘shtidan voz kechganman. Asosan o‘simliklar va meva-sabzavotlar bilan oziqlanaman.
Ovqatlanishda shakar, un, kofe, spirtli ichimliklardan iloji boricha qochishga harakat qilaman. Shu mening sog‘lom turmush tarzim”.
Bred Pitt
Gollivudning mashhur akyori Bred Pitt ham ancha yillardan beri vegetariandir.
Bred Pitt hayvon va parranda go‘shti, dengiz hayvonlari mahsulotlaridan nafaqat o‘zi voz kechgan, balki u atrofidagilarni ham shunga targ‘ib qiladi. Ammo u Gollivud aktrisasi Anjelina Joli bilan birga oila qurib yashaganida vegetarian bo‘lishga Anjelinani umuman ko‘ndira olmagan.
Natali Portman
Gollivudning yana bir aktrisasi Natali Portman ham vegetarianlik hayotini tanlagan.
Natali go‘sht va go‘sht mahsulotlarini bolaligidan boshlab umuman iste’mol qilmagan. Bunga esa, bolaligida tibbiyot anjumanlaridan biriga otasi bilan birga borganida uning ko‘z o‘ngida tirik jo‘ja ustida amaliyot o‘tashadi. O‘sha ondan boshlab Natali o‘z ratsionidan hayvonlar va parranda go‘shtini, dengiz hayvonlaridan tayyorlangan mahsulotlar va ovqatlarni, shuningdek sut mahsulotlari va tuxumni chiqarib tashlaydi. O‘shandan beri Natali vegetarian bo‘lib kelmoqda.
Alek Bolduin
Gollivudning yana bir mashhur aktyori Alek Boldiun ham vegetarian hisoblanadi. Shuningdek, Boldiun dunyo bo‘ylab vegetarianlikni aktiv targ‘ib ham qiladi.
Boldiunning fikricha, dunyoda vegetarianlar qancha ko‘paysa atrof-muhitni, tabiatni, hayvonot dunyosini shuncha muvaffaqiyat bilan asrab qolsa bo‘ladi. Uning tan olishicha uni vegetarianlar olamiga sobiq xotini, aktrisa Kim Besinjer olib kirgan.
Richard Gir
Richard bundan bir necha yillar muqaddam buddizmni qabul qilgan va uning ta’sirida vegetarian bo‘lgan.
Mayk Tayson
Ko‘pchilik uchun kutilmagan ma’lumot shuki, AQShlik dunyoga mashhur Mayk Tayson ham vegetariandir.
Taysonning tan olishicha, uning vegetarianligi hali professional boksda yurgan chog‘larida, ortiqcha to‘plangan vaznni go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilishni to‘xtatganda boshlangan. Vegetarian bo‘lishi tanasiga foyda bergani bilan birga Taysonning ancha xotirjam inson bo‘lib qolishiga ham sabab bo‘lgan.
G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi. | 46 | 8,953 |
Foto | Fotogalereya: Oddiy kishilardek hayot kechiradigan milliarderlar | Ko‘plab buyuk investorlar, ishbilarmonlar va aktyorlar o‘z misolida tejamkorlik boylikning asosiy siri ekanligini isbotlagan. Insider oddiy hayot kechiradigan milliarderlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
Boyligi 75 milliard dollar bo‘lgan ishbilarmon dunyoning eng boy 10 ta odami ro‘yxatidan joy olgan. Shunga qaramay, u juda oddiy hayot kechiradi. Masalan, u hali ham 50 yil avval sotib olingan uyida yashaydi.
Boy odamning odatiga o‘xshamasa ham, Facebook asoschisi ishga 30 ming dollar turadigan Acura avtomobilida boradi. Uning boyligi 73 milliard dollardan ortiq, deb baholanadi.
Mashhurligi va boyligiga qaramasdan, Parker oddiy hayot kechirishda davom etmoqda va bu odatni bolalariga ham o‘rgatmoqda. Masalan, u o‘z o‘g‘liga shu vaqtgacha jiyani kiygan kiyimlarni kiydiradi.
Nirvana barabanchisi va Foo Fighters solisti bo‘lgani unga 280 million dollar keltirgan. Shunday bo‘lsa ham, u hatto o‘rta ma’lumoti yo‘qligi sababli pullarini sarflashdan va hammasini qaytadan boshlashga majbur bo‘lishdan qo‘rqadi.
Mashhur yulduz har doim arzonlashtirilgan narxlardagi mahsulotlarni sotib oladi va xarid qilish uchun borganda o‘zi bilan paket olib boradi.
IKEA asoschisi samolyotning oddiy chiptasini xarid qiladi va oddiy Volvo haydaydi.
AQShning sobiq birinchi xonimi Oq uyga kelganida o‘z hisobidan kiyim sotib olgan. Obama o‘zi uchun xarid qilmoqchi bo‘lganida chegirmali do‘konlarga murojaat qiladi.
U 20 yoshdan oshgan vaqtda ijara haqini tejash uchun ko‘pchilik bilan yashagan va ko‘pincha, divanda yoki polda uxlashga majbur bo‘lgan.
Katcher va Kunis Gollivuddagi eng boy va mashhur oilalardan biri sanaladi. Ular o‘z farzandlarini kamtarlikda o‘stirmoqda. Katcher va Kunis ota-onasidan nevaralariga Rojdestvoda bittadan ortiq sovg‘a bermaslikni so‘raydi.
Angliyaning bo‘lajak qirolichasi turli qabullarga bir xil kiyimda borishi ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Bu qirollik oilasi a’zolari uchun noodatiy hol.
Tim Kuk
Apple’ning bosh direktori o‘zining kelib chiqishi bilan bog‘liq xotiralarni qadrlaydi va kamtar muhit unga bu xotirani saqlashda yordam beradi. | 64 | 2,079 |
Foto | Foto: Qashqadaryoda “Moskvich” ortib olgan “Moskvich” | Qashqadaryoning Nishon tumanida 11-yanvar kuni yo‘l chetida turgan “Moskvich” ortib olgan “Moskvich”. Aftidan, haydovchi uni mashina yukxonasida ko‘rinib turgan temir bo‘laklari bilan birga metallolomga olib ketishga tayyorlanmoqda. | 53 | 232 |
Foto | Maftunkor Urungach ko‘li (foto) | Bir muddat avval “Daryo” internet-nashrida havaskor fotosuratchi Feruz Ibodullayevning Katta Chimyon cho‘qqisidan olingan qiziqarli suratlari e’lon qilingan edi.
U 9—10-iyul kunlari Ugom-Chotqol milliy bog‘idagi Urungach ko‘lida bo‘lib qaytdi. Toshkentdan 140 kilometr masofada joylashgan bu tabiat mo‘jizasiga bugun Feruz Ibodullayevning “ko‘zlari bilan qiyo boqish” imkoni bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 31 | 550 |
Foto | Odatiy mahsulotlarni tayyorlashning noodatiy usullari (fotogalereya) | Gap yegulik haqida borganida, biz uni tayyorlash haqida hamma narsani bilamiz, deb o‘ylaymiz. Ammo mukammallikning chegarasi yo‘q, shu tufayli doim nimanidir yaxshilash, originalroq va mazaliroq qilish mumkin. AdMe biz uchun odatiy bo‘lgan mahsulotlarni tayyorlashning biz bilmagan usullarini to‘pladi. | 68 | 302 |
Foto | Dunyodagi eng g‘aroyib qushlar (foto) | 1-aprel — nafaqat Kulgu kuni, balki Xalqaro qushlar kuni ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Eng noodatiy va noyob parrandalar haqida bizning maqolamizda o‘qing.
Ayni paytda yashaydigan qushlar ichida eng kattasi — Afrika tuyaqushi. Uning uzunligi 2,5 metr, og‘irligi 90—150 kilogrammga yetadi. U eng tez yuguradigan qushlardan biri — soatiga 50 kilometrgacha tezlikka erisha oladi. Yugurish vaqtida har bitta qadami 4—5 metrga yetadi. Har bitta oyog‘ida ikkitadan barmoq bor (boshqa qushlarda uch yoki to‘rtta bo‘ladi).
Qushlar orasida eng “qanotsiz”i —kalta qanotlari junga o‘xshash qalin patlari ostida deyarli ko‘rinmaydi. Kivilar — ko‘rish qobiliyati yaxshi rivojlanmagan yagona qushlar — ko‘z kosasining diametri bor-yo‘g‘i 8 millimetrga teng. Ammo tungi hayot tarzi tufayli, sezish (paypaslash) va hid bilish organlari juda yaxshi rivojlangan.
Janubiy yarim sharning eng yuqori kengliklarida yashaydigan va qanotlilar ichida past haroratlarga eng ko‘p moslashgan qush. Faqat Antarktida muz qalqoni chetiga in quradi, ba’zan 400 kilometrgacha qit’a ichkarisiga kiradi. Sovuq harorat -30 -40 darajadan oshadigan qish chillasida uyalashni boshlaydi. Yagona tuxumni bosib, bola ochadi.
Zamonaviy qushlar ichida qanotlari qulochi eng katta (351 santimetrgacha) bo‘lgan parranda. Qanotlari uzun va ingichka, o‘zi esa og‘ir (12 kilogrammgacha) bo‘lishiga qaramay, albatros charchab qolmaydi. Uning tirsak bo‘g‘imlarida qanotlarni ochiq holda tutib turuvchi moslama mavjud. Albatros Atlantika kengligida yiliga bir necha marta dunyo bo‘ylab sayohat qila olishga qodir.
Dunyodagi eng mitti qush, uning og‘irligi 1,6—1,9 gramm, uzunligi 5—6 santimetrdan oshmaydi. O‘ziga xos parvoz turi — “pirpirovchi parvoz” kolibriga havoda boshqa har qanaqa qushdan ko‘ra yaxshiroq harakatlanish imkonini beradi. Qanotlari “sakkiz” shaklidagi murakkab harakatlarni bajaradi, qanot qoqish tezligi soniyasiga 80—100 tagacha yetadi. Yuragi oshqozonidan uch marotaba kattaroq bo‘lib, tana bo‘shlig‘ining yarmini egallaydi.
Manba: National Geographic | 37 | 2,035 |
Foto | Muzli yomg‘ir Buxarestni post-apokaliptik shaharga aylantirdi (foto) | Yaqinda Buxarestda tuni bilan muz aralash yomg‘ir yog‘di. Natijada Ruminiyaning poytaxti butunlay boshqacha tusga kirdi. Bu haqda Travel Ask xabar berdi.
Daraxtlar, uylar, transport muzlab qolgan suvning shaffof qatlami bilan qoplangan. Daraxtlarning shoxlari muz qatlam og‘irligidan qulab tushgan. Xuddi jahli chiqqan jodugar shaharni muzlatuvchi sehr ishlatgandek. Yoki bu yerda muzli apokalipsis film tayyorlangan bo‘lishi mumkinmi? Ushbu anomal ob-havoni buxarestlik fotograf Andrey Rauta suratga oldi. | 68 | 507 |
Foto | Gonkonglik boyvachchalar ota-onasining pullarini nimaga sarflaydi? (foto) | Londonda, Dubayda, Beverli-Xillz hatto Mexikoda istiqomat qiladigan boylarning bolalarining hayot tarzi bilan tanish bo‘lsangiz kerak. Instagram’dagi Rich Kids of Hong Kong sahifasining 8000 minggina kuzatuvchisi bo‘lishiga qaramay, ular osiyoliklarning elita qatlami qay tarzda yashayotganidan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Insider Pro nashri ota-onasining pullarini nima sarflayotgan gonkonglik boyvachchalarning suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 73 | 446 |
Foto | Fotogalereya: Turmushni yengillashtiruvchi innovatsion ixtirolar | Ixtirolar nafaqat hayotni qulay va sodda qiladi, balki dunyoni haqiqatda ham yaxshi tomonga o‘zgartiradi. AdMe ana shunday innovatsion ixtirolarga e’tibor qaratdi. | 64 | 163 |
Foto | Foto: Andijon viloyatining sayohatbop 7 maskani | Andijon viloyatida o‘zbek xalqi tarixini o‘zida mujassam etgan muzey, tarixiy obida va yodgorliklar, shuningdek, bahavo va xushmanzara dam olish maskanlari hamda muqaddas ziyoratgohlardan iborat 400 dan ziyod sayyohlik obyekti mavjud. Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati Andijon viloyatidagi 7 ta diqqatga sazovor maskan haqida ma’lumot berdi.
Mingtepa
Mingtepa — Andijon viloyati, Marhamat tumanining sharqiy qismida, Andijon shahridan 38 kilometr uzoqlikda joylashgan. U miloddan avvalgi V-IV va milodning IV asrlarida hukm surgan Dovon davlatining poytaxti bo‘lgan Ershi shahri xarobalaridir. Keyinchalik Mingtepa deb nom olgan Ershi 70 shahardan tashkil topgan bo‘lgan. Qadimda bu savdo shahri orqali Buyuk ipak yo‘li o‘tgan.
Xitoy yozma manbalarida tilga olingan mazkur poytaxt-shahar o‘zining hunarmandchiligi, dehqonchiligi va samoviy tulporlari bilan dunyoga mashhur bo‘lib, o‘z davrida Xitoy davlati bilan raqobatlashgan.
Imom ota
Ziyoratgoh qadimdan islom olamida munosib o‘rin tutgan Imom Muhammad Hanafiya nomi bilan atalib kelingan. Tadqiqotchilar N.Abdulahadov, V.Azimovning “Oltiariq ziyoratgohlari”, “Nasibanomayi Muhammad Hanafiya” kitoblarida keltirishicha, islom lashkarboshisi Hazrati Alining o‘g‘li Muhammad Hanafiya Xurosonni zabt etib, aholining islomga kirishida xizmatlari katta bo‘lganligi uchun “Xuroson ota”, “Imom ota” nomini olgan, shuning uchun bu o‘lkada Bobo Xuroson, Imom ota nomlari bilan bog‘liq diqqatga sazovor joylar mavjud.
XVIII asrga oid ziyoratxona-xonaqoh XIX asr oxirlarida andijonlik Mahmudaliboy tomonidan qayta tiklangan. Ushbu obyekt 1982-yilda me’moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.
Xonobod sihatgohi
Xonobod – vodiyning go‘zal tabiatli, musaffo havoli, ekoturizm uchun qulay hududi. Bu yerda hordiq chiqarish bilan birga betakror tabiat manzaralaridan zavq olish mumkin. Sihatgoh dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan iqlimiy kurort hisoblanadi. Xonobod sanatoriysi o‘zining kislorod bilan to‘yingan, ionlashtirilgan havosi bilan yuqori va quyi nafas yo‘llari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan.
Xonobod sihatgohida, shuningdek, surunkali gastrit, xoletsistit, pankreatit, gastroduodenit, oshqozon va 12 barmoqli ichakning yara kasalligi – chandiqlanish bosqichida, surunkali piyelonefrit, surunkali ich qotishi, ginekologik va urologik kasalliklar, periferik asab tizimi kasalliklari, suyak va bo‘g‘im kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlar davolanadi. Sihatgoh hududi 10,5 gektar maydonni egallaydi. Uning hududi qayrag‘och, terak, eman, yong‘oq, akatsiya, kashtan, archa, chinor va boshqa daraxtlar bilan burkangan.
Jome me’moriy majmuasi
Jome me’moriy majmuasi XIX asr oxirida Muhammadaliboy tomonidan taniqli me’mor usta Isaxon Muhammad Muso o‘g‘li loyihasiga ko‘ra Farg‘ona vodiysi me’morchilik maktabi milliy an’analari asosida bunyod etilgan. Majmuaning umumiy maydoni — 2 gektardan ortiq. Majmua to‘rtburchak shaklda qurilgan bo‘lib, uning to‘rtta burchagida gumbaz, g‘arbiy tomonida xonaqoh, minora va 50 ta xona bor.
Xonaqoh 1990—1993-yillarda to‘liq ta’mirdan chiqqan. Majmua avval diniy ta’lim dargohi, keyinchalik bozor, urush yillarida aholi turar joyi, so‘ng omborxona, 1989—1995-yillarda diniy o‘quv madrasasi, 1995—2016-yillarda esa Adabiyot va san’at muzeyi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Ahmadbekhoji mehmonxonasi
Alisher Navoiy nomidagi Andijon shahar madaniyat va istirohat bog‘ining sharqiy tomonida joylashgan ushbu me’moriy obida 1905–1907-yillarda andijonlik yirik boy, paxta zavodi egasi Ahmadbekhoji Temurbek o‘g‘li buyurtmasi bilan mehmonxona va ish yuritish joyi sifatida bunyod etilgan. Qurilishda O‘zbekiston xalq me’mori, Respublika Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi Yusufali Musayev (1869 – 1947), usta Toshxon, usta Yahyo va ularning shogirdlari ishtirok etishgan. Me’moriy yodgorlik O‘zbekiston xalq rassomi, usta Saidmahmud Norqo‘ziyev tomonidan xalq amaliy bezagi san’atining sir naqqoshlik va ganch o‘ymakorligi turlari bilan bezatilgan.
Mehmonxonaning pishiq g‘ishtdan hashamdor qilib urilgan bir dahliz va katta zaldan iborat mehrob va tokchali xonasi o‘sha davrga xos eklektika uslubida ganchkorlik san’ati bilan bezatilgan. Mehrobsimon deraza atrofidagi bezaklar va xonalar shiftidagi naqshlar XIX asr oxiri Yevropa me’morchiligi ruhiyatida, ichki devorlaridagi boshqa o‘simliksimon ganch o‘ymakorligi bezaklari milliy naqqoshlik ruhiyatida bajarilgan.
Inshoot Sho‘rolar davrida savodsizlikni tugatish maktabi, qishloq soveti hamda kolxoz raislari tayyorlash kursi, Ikkinchi jahon urushi yillarida bolalar uyi va maktab vazifasini o‘tagan. 1960–1970-yillarda mexanizatorlar va shofyorlar tayyorlash dargohi bo‘lib xizmat qildi. Bino 1970–1974-yillarda ta’mirlangan.
Qal’a
Andijon shahridagi Dukchi Eshon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ushbu yodgorlik Qal’a nomi bilan mashhur. U Chor Rossiyasi harbiy qismi uchun mudofaa qo‘rg‘oni sifatida bunyod etilgan. Qal’aning 10 metrdan ortiq baland bo‘lgan devorlaridan Andijon shahrining har bir mahalla, ko‘chalari kaftdek ko‘rinib turgan va shu joydan turib isyonlarni bostirish imkoniyati bo‘lgan. Uning bir necha kazarma binolari, qurol-aslaha omborlari, oshxona, to‘pxonalardan iborat mudofaa qo‘rg‘oni bo‘lgan. Qal’ada chor Rossiyasi armiyasining Turkiston asosiy muntazam harakatdagi batalyoni 4-5-rotasiga tegishli 250 dan ziyod askari bo‘lgan.
Qal’a 130 yil davomida juda ko‘p tarixiy voqealar, jumladan, 1898-yil Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo‘zg‘olonining guvohi bo‘lgan.
Ark ichi
Ark ichi yodgorligining qurilgan davri haqida aniq tarixiy ma’lumot saqlanib qolmagan. Sharqshunos olim M.Abdurahmonovning XIV asrda yashab o‘tgan olim Hamdalloh Kazviniyning “Nusrat ul-qulub” asariga asoslanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, madrasa XIV asrda Hojar ismli shahar hukmdori tomonidan qurdirilgan.
Yodgorlik Zahiriddin Muhammad Boburning otasi Umarshayx Mirzo arki o‘ramida bo‘lib, keyingi 7-8 asr davomida bir necha bor ta’mirlangan.
Madrasa 27 hujra, 3 gumbazli darsxona, talabalarga mo‘ljallangan kichkina yopiq va ayvonli namozgohdan tashkil topgan.
Egizak shaharlar: Venetsiyaning Xitoy va Las-Vegasdagi nusxalari (foto) | 47 | 6,203 |
Foto | Foto: Bodroqlarga chizilgan filmlar sahnalari | Hasan Kale ismli turk rassomi o‘zining Artasnack loyihasi doirasida bodroqlarga yettita miniatura chizdi. Har bir miniaturani yaratish uchun bir sutka ketgan. TJournal mazkur suratlarni taqdim etdi.
Miniaturalar qatoridan “Sharpa ovchilari”, “Yashirin shakllar”, “Kvay daryosi ustidagi ko‘prik”, “O‘rgimchak odam 2”, “Iks odamlar: Apokalipsis” filmlarining sahnalari o‘rin olgan.
Rassom o‘z eksponatlarini qo‘yishi mumkin bo‘lgan mikro jismlar muzeyini ochish haqida orzu qilmoqda. | 45 | 483 |
Foto | Fotogalereya: Gotikaning shedevri — Fransiyadagi mashhur Notr-Dam soborlari | Mana shu yil yong‘inda qolib, vayron bo‘lgan Parijdagi Notr-Dam Fransiyaning yagona gotik arxitekturasi hisoblanmaydi. Bu yerda XII asrda qurila boshlangan buyuk soborlar bor. Ularda ishlatilgan gotik uslub keyinchalik butun Yevropaning shimoli va sharqiga tarqalgan. Gotik uslubdagi arxitekturaning o‘ziga xos xususiyatlari qadimiy fransuz soborlari, vertikal minoralar va ustunlar, ko‘plab dekorativ elementlar va rangli vitrajlar bilan qoplangan misollar orqali kuzatilishi mumkin. Travel Ask Yevropa gotik uslubining durdonasi sanalgan Fransiya soborlarining suratini taqdim etdi.
Shartr shahrida joylashgan ushbu sobor Parijdagi Notr-Dam soboridan avval qurila boshlangan. Uning qurilish ishlari 1260-yil yakunlangan. Soborda barcha xristianlar uchun muqaddas hisoblangan Bibi Maryam plashanitsasi saqlanadi.
Ruandagi ushbu katolik cherkovi Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Uning bir qancha qismlari yong‘in, dovul, chaqmoq hamda Ikkinchi jahon urushi paytidagi bombardimonchilikdan aziyat chekkan.
Yana bir gotik cherkov Amyenda joylashgan. Bu ushbu uslubda Fransiyada qurilgan cherkovlarning eng kattasi. U XIII asrning ikkinchi yarmida qurib bitkazilgan.
Reymsdagi Notr-Dam nafaqat diniy va me’moriy meros hisoblanadi, balki Fransiya tarixida ham o‘z ahamiyatiga ega. Gap shundaki, aynan ushbu katolik soborida O‘rta Asrlarda fransuz qirollarining toj kiyish marosimi bo‘lgan.
Ushbu sobor boshqalaridan faqat bitta minorali ekani bilan ajralib turadi. Ikkinchi minorasi oxirigacha qurilmagan. Aslida bu gotik sobor emas, balki roman-gotik uslubining qorishmasi. Uning qurilishi 1000 yil avval boshlangan. U paytlar hali gotik uslub fransuz arxitekturasida kashf qilinmagan edi. Binoning ichida XIX asrning birinchi qismiga tegishli bo‘lgan eski astronomik soat saqlanadi. | 75 | 1,800 |
Foto | Fotogalereya: Quddusdan to Seulgacha hammayoqda Santa-Klaus! | Afsonaviy qahramon Santa-Klaus Rojdestvo arafasida sovg‘alar bilan kelishi bolalarga ham ma’lum bo‘lgan haqiqatdir. Dunyo bo‘ylab barcha Santalar yilning eng mo‘jizaga boy hodisasiga qanday tayyorgarlik ko‘rganligini “Gazeta.ru” taqdim etdi.
Madrid, Ispaniya
Quddus, Isroil
La-Pas, Boliviya
Vina-del-Mar, Chili
Seul, Janubiy Koreya
Xarare, Zimbabve
Gauer yarim oroli, Uels
Lima, Peru
Sankt-Peterburg, Rossiya
Klara, Michigan shtati, AQSh
Seuldagi namoyish, Janubiy Koreya
Belgrad, Serbiya
Belgrad, Serbiya
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 60 | 691 |
Foto | Foto: Santa-Klausning Alp tog‘laridagi har yilgi yurishi | Alp tog‘larida chang‘i mavsumining ochilishini nishonlash uchun 2600 dan ortiq kishi yig‘ildi, deb yozmoqda TJournal.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, joriy yildagi ochilish dunyodagi eng yirigi bo‘lgan va Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. | 56 | 249 |
Foto | Fotogalereya: O‘z ishini sidqidildan bajaruvchi insonlar | AdMe o‘z ishini shunchaki sidqidildan bajarib, boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan insonlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Floridada keksa bir inson gazon qirqayotganida yurak xurujini boshidan kechirdi. Yordamga kelgan qutqaruvchilar unga nafaqat tibbiy yordam ko‘rsatishdi, balki gazonini oxiriga qadar ham qirqib qo‘yishdi.
Ushbu politsiyachi “Xarvi” to‘fonidan jabrlanganlarga yordam ko‘ratish maqsadida ko‘plab soat tanaffussiz ishlagan. Oqibatda u ish qilayotgan joyida uxlab qoldi.
JARdagi shaharlardan birida joylashgan avtoturargoh xizmatchilari nogironlar uchun mo‘ljallangan joyga ushbu belgini o‘rnatishib, muammoga yechim topishdi.
Sartarosh Mark Bustos asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshpanasiz insonlarning sochini olish bilan shug‘ullanadi.
Do‘kon xodimi Rojdestvo bayramida xaridorlarni xushnud etish uchun ichimliklar qutisidan qorbobo yasadi.
Suratdagi qiz uch yil vaqtini itlar uchun mo‘ljallangan boshpanada ishlashga sarflagan va shundan so‘ng ishini o‘zgartirgan. Ushbu it esa yarim yil davomida qizning qarovida bo‘lgan. Oradan uch hafta o‘tgach it qizni ko‘rib qolib, xursandligidan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan.
Suratdagi o‘qituvchi har kuni shifoxonada davolanayotgan o‘zining og‘ir bemor o‘quvchisining yoniga kelib, maktabda o‘tkazib yuborgan narsalarini so‘zlab beradi.
Ushbu ofitsant imkoniyati cheklangan ayolning ovqatlanishiga ko‘maklashdi va shu bilan birga uning turmush o‘rtog‘i ham dam olib olishi uchun imkoniyat yaratdi.
Mayk shoxobchaga kelgan har bir insonning yuziga biroz bo‘lsada tabassum yugurishi uchun shu ko‘rinishda ishlaydi.
Ushbu taksi haydovchisining avtomobili salonida mijozlar uchun barcha narsani topsa bo‘ladi.
Oyoq kiyimining bog‘ichi yechilib ketganligi sabab yiqilib tushishiga bir baxya qolgan kampirga avtobus haydovchisi yordam ko‘rsatmoqda.
Shon Vib ismli qutqaruvchini ushbu kadrdan so‘ng “eng xushsurat o‘t o‘chiruvchi” deb atashgan. Shonning bu qadar tabassum qilishiga qo‘lidagi kampirning “Turmushga chiqqanimdan buyon hech kim meni qo‘lida bunday ko‘tarmagan edi”, degani sabab bo‘lgan. | 56 | 2,064 |
Foto | Fotogalereya: Faqatgina AQShda ko‘rish mumkin bo‘lgan tabiat mo‘jizalari | The Money ikki kishilik ta’tilni 3500 dollar evaziga maroqli o‘tkazish mumkin bo‘lgan AQShdagi g‘aroyib maskanlarning ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar berdi Forum Daily.
Bristlecone Pines — Kaliforniya shtati
Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 2 548 dollar sarflanadi.
Mafusail daraxti deb ataluvchi dunyodagi eng qadimiy qarag‘ayning yoshi 4800 ga teng. Ushbu tabiat mo‘jizasi Bishop shahridan bir soatlik uzoqlikdagi yo‘lda joylashgan bo‘lib, uni tomosha qilish uchun har yili ko‘plab turistlar tashrif buyuradi.
Katta kanyon — Arizona shtati
Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 2 763 dollar sarflanadi.
Bu yerning yuzlab suratlarini tomosha qilgandan ko‘ra, bir marta borib ko‘rgan afzal. Kanyonga qish faslida — havo sovuq biroq quyosh yetarli darajada qizdiradigan vaqtda tashrif buyurgan ma’qul.
Yosemiti milliy bog‘i — Kaliforniya shtati
Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 2 289 dollar sarflanadi.
Yosemiti milliy bog‘i — sarguzashtga qiziquvchilar uchun ajoyib maskan. Bog‘ning hududi 3027 kvadrat kilometrga teng. El-Kapitan tog‘ining sharqida Shimoliy Amerikadagi eng baland Yosemiti sharsharasi joylashgan.
Katta prizma shaklidagi buloq — Vayoming shtati
Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 3 313 dollar sarflanadi.
Katta prizma shaklidagi buloq — kattaligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Uning diametri 91 metrni, chuqurligi esa 49 metrni tashkil etadi. Buloq suvining o‘rtacha harorati Selsiy bo‘yicha +71 darajaga teng.
Prizma birinchi navbatda o‘zining o‘lchami bilan emas, balki rangli ekanligi bilan ko‘pchilikni hayratlantiradi. Shu sababli ham buloq “prizma” deb ataladi — u kamalakning barcha ranglarini o‘zida jilolantiradi.
Mendenxoll muzligi — Alyaska shtati
Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 3 458 dollar sarflanadi.
Mendenxoll vodiysida joylashgan muzlikning uzunligi 19 kilometrga teng bo‘lib, Juno shahridan 19 kilometr narida joylashgan (Alyaskaning janubi-sharqi).
Muzlikdagi g‘orlarga yetib borish uchun Mendenxoll ko‘li bo‘ylab baydarkada suzish kerak, bu juda mushkul ish hisoblanadi.
AQSh o‘rmonchilik xizmati muzlikka bir kishi bo‘lib sayohat qilish juda xavfli ekanligini ta’kidlaydi. U yerga 349 dollar turadigan turlar tashkillashtiriladi. | 72 | 2,289 |
Foto | Internetda tarqalgan “sochsimon muz” surati keng muhokamalarga sabab bo‘ldi | Sayohatchilar tomonidan Irlandiyadagi o‘rmonlarning birida suratga olingan “sochsimon muz” surati internetda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb yozadi “Hi-Tech.Mail.ru”.
O‘rmonni aylanib yurgan bir guruh sayyohlar daraxtlardagi noodatiy qorni payqab qolgan — qorparchalar paxtaqandga o‘xshab ketgan. Ular xuddi daraxt shoxlari bilan birga o‘sgandek. Sayohatchilar daraxt yaqiniga borib, bu qor emas, balki muz tolalarining jamlanmasi ekanligiga guvoh bo‘lgan.
Tabiat hodisasi tasvirlangan surat Twitter’ga joylashtirilgan bo‘lib, u yerda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Foydalanuvchilar muz iplar chiriyotgan nam daraxtlarda havo harorati Selsiy bo‘yicha 0 darajaga tushganida hosil bo‘ladi, degan xulosaga kelgan. Ushbu holatni o‘rganish uchun 2015-yilda tadqiqot o‘tkazilgan: o‘shanda olimlar “muz soqollar”ning paydo bo‘lishiga Exidiopsis effuse zamburug‘i ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan.
Zamburug‘ daraxt chirishni boshlagan vaqtida yirik muz kristallarining shakllanishiga to‘sqinlik qiladigan alohida moddalar guruhini ajratadi. Ularning o‘rniga mayda tolalar paydo bo‘ladi. Bu asosan Shimoliy yarimshardagi bargli o‘rmonlarda kuzatiladi. Bunga qadar AQSh, Kanada, Rossiya, Shvetsiya va Germaniyada ham “sochsimon muzlar” kuzatilgan.
Avvalroq Rossiyadagi suv omborida kamyob tabiat hodisasi — “muz gullar” suratga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 75 | 1,365 |
Foto | Yomg'irlar ostida qolgan Toshkent — suratlarda | “O'zgidromet” xizmati hafta davomida (7 martdan 13 martgacha) kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qilib, hafta oxirigacha Erondan va Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi kutilishini va buning hisobiga respublika hududlari bo'yicha beqaror ob-havo saqlanib turishini ma'lum qilgandi.
xususan, Toshkent shahrida ham 3–4 kundan buyon yomg'ir yog'ishdan to'xtamadi. “Bugun.uz” fotomuxbiri esa ana shu kunlarning birida poytaxtning ayrim hududlarida bo'lib, yomg'irlar ostida qolgan Toshkent ahli va ko'chalaridan fotoreportaj tayyorladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistonda dam olish kunlari kuchli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. | 46 | 709 |
Foto | Har qadamda duch kelish mumkin bo‘lgan jajji mo‘jizalar (foto) | Inson dunyo haqidagi barcha bilimlarga ega bo‘lsa-da, uni hayratda qoldiradigan aqlbovar qilmas mo‘jizalar mavjud. Mo‘jizalar noyobligi, rangi, kelib chiqishi, kattaligi yoki kichikligi bilan ham insonlarni hayratlantirishi mumkin.
“Chiroqning pastki qismi ko‘zoynagimda aks etganida”.
“Kartoshkaning po‘sti mukammal darajada ajraldi”.
“Men g‘ayrioddiy daraxtni topdim va bu suratga tushish uchun ajoyib bahona bo‘ldi”.
“Qalam sindi, ammo undan noyob narsa paydo bo‘ldi”.
“Mevalar uchayotganga o‘xshaydi”.
“Ikkitasi birda atirgul”.
“Daraxt meni kuzatmoqda”.
“Kamalakning qayerda tugashini ko‘rdim”.
“Pikassoning toshlari”.
“Bananning bolasini bugun uzib oldim”.
“Dengiz tuzi qadog‘idan mukammal tuz kristali chiqdi”.
“O‘tgan yozda men yetishtirgan rangli sabzilar”.
“Ushbu shaftoli daraxti uch xil rangda gullaydi”.
“Odatda biror narsaga tiqilib qolgan soch tolasi ham xuddi shunday ko‘rinishda”.
“Ushbu chipsning o‘lchami deyarli kaftim bilan teng”.
“Qarang, ko‘k rangi ko‘proq”.
“Hamkasbim tasodifan ruchkani eritib yubordi. U g‘alati ko‘rinishda bo‘lsa-da, hali ham yozadi”. | 62 | 1,093 |
Foto | Fotogalereya: Qachonlardir ko‘chada yashagan yulduzlar | Muvaffaqiyatga erishish oson emas. Taqdir ba’zi kishilarni bolalikdan qiyinchiliklarga duchor qiladi va keyinchalik ularni siylaydi. AdMe ana shunday hayot yo‘lini boshdan kechirib, yulduzga aylanganlar suratlarini taqdim etdi. | 54 | 227 |
Foto | Xorvatiyalik vizajist buvisi misolida go‘zallikning yoshi yo‘qligini isbotladi (foto) | Xorvatiyalik vizajist Tea Flego keksalik go‘zallikka xalal bermaydi, deb hisoblaydi. O‘zining 80 yoshli buvisi Liviyaga makiyaj surar ekan, Tea bir necha kunlar ichida ular mashhur bo‘lib ketishini xayoliga ham keltirmagan edi, deb yozadi AdMe.
To‘g‘ri meykap yordamida Tea osonlik bilan hattoki 20 yoshga yosharish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Endi Liviya buvi butun dunyoga Glam-Ma sifatida tanilib, mashhurlik lazzatini surmoqda. | 85 | 435 |
Foto | Foto: Yevropadagi birinchi suvosti restorani | Norvegiyaning Snohetta arxitektura firmasi Under nomli suvosti restoranining qurilishini ma’lum qildi. U bu tipda quriladigan Yevropadagi birinchi restoran bo‘ladi, deb yozmoqda TJournal.
Eng o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlari hisobga olib quriladigan beton konstruksiya panoramali oynaga ega bo‘ladi. Restoranga tashrif buyuruvchilar oynadan suvni va dengiz jonzotlarini tomosha qilishi mumkin bo‘ladi. Muassasada mehmonlarni qabul qiluvchi uchta qavat rejalashtirilgan.
Restoranga kirish joyi qirg‘oqqa joylashtiriladi, mehmonlar beton quvur bo‘ylab pastga tushishiga to‘g‘ri keladi.
Restoranning ish vaqtidan tashqari vaqtlarda undan dengiz biologiyasini o‘rganuvchi olimlar foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Qurilish ishlarini Norvegiya qirg‘oqlarining eng janubiy nuqtasida 2018-yilning fevral oyida boshlab, 2019-yilning boshiga tugatish rejalashtirilgan. | 44 | 858 |
Foto | Foto: Dunyoning vaqt ta’sirida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan mashhur shaharlari | Dunyo aholisining soni 1950-yilda 746 million, 2014-yilda 3,9 milliard bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib 7,8 milliardga yetdi. Aholi sonining o‘sishi bilan birga shaharlar ham o‘zgara boshladi va rivojlanish hamda boshqa omillar sabab tanib bo‘lmas ko‘rinishga keldi. E’tiboringizga turli yillarda olingan va ularning har ikkisi bir joy yoki manzil ekaniga ishonish qiyin bo‘lgan darajada o‘zgargan shaharlar suratini havola etamiz.
Dubayning 1964-yilgi va hozirgi ko‘rinishi.
Buenos-Ayresdagi markaziy Avenida Nueve-de Xulio gavjum ko‘chasining 1973-yil va hozirgi ko‘rinishi.
Moskva daryosi XIX asrda va hozir.
Hindistondagi Haydarobod shahrining 1880-yillar va hozirgi ko‘rinishi.
Chikago 1838-yil va hozir.
Kuala-Lumpurdagi sulton Abdul-Samad binosining 1900-yillar va hozirgi ko‘rinishi.
Galata binosidan Istanbulning 1870-yillardagi va hozirgi ko‘rinishi.
Los-Anjelesdagi biznes markaz 1994-yil va bugungi kunda.
Bokudagi Neftchilar avenyusi 1920-yil va hozir.
Shanhaydagi Suchjouxe daryosining 1920-yillar va hozirgi ko‘rinishi.
Yerevandagi Respublika maydoni 1916-yil va hozir.
Bangkokning 1822-yil va hozirgi ko‘rinishi.
Manxettonning 1873-yildagi va hozirgi ko‘rinishi. | 82 | 1,191 |
Foto | Ruminiyalik fotosuratchi go‘zallikning o‘lchovi yo‘qligini isbotlash uchun ayollar portretlarini olmoqda (fotogalereya) | Ruminiyalik fotosuratchi qiz Mixaela Norok dunyoni kezib, ayollar portretlarini olishda davom etmoqda, deb yozadi AdMe. Ular go‘zallikning millati, yoshi va standartlari yo‘qligini isbotlaydi. | 119 | 192 |
Foto | Fotogalereya: Ichida qadimiy artefaktlar yashiringan 5 haykal | Har qanday tarixiy buyum olimlarga o‘tmish haqida juda ko‘p ma’lumot berishi mumkin. Qadimgi haykallar fan uchun qadrli hisoblanadi, ayniqsa uning ichida qiziqarli narsalar yashiringan bo‘lsa. Travel Ask tadqiqotchilarni hayron qoldirgan yodgorlik topilmalarining suratini taqdim etdi.
Ispan olimlari 240 yoshga to‘lgan Iso haykalini o‘rganganida ichidan 1777-yilda avliyo tomonidan yozilgan xatlarni topgan. Xatlarda u me’morning suratini chizgan, hosilning unumdor bo‘lgani va ichterlama epidemiyasi boshlangani haqida aytib o‘tgan. Shuningdek, u aholi kasallik o‘tib ketishiga ishonib, yomon narsalar haqida o‘ylamayotganini ham ta’kidlagan.
2. Rohib skeleti
Budda haykalini o‘rganish paytida noyob hodisa yuz bergan. Uning ichidan 10-asrda vafot etgan rohibning yaxshi holatda saqlangan skeleti topilgan. Uning jasadi mumiyolangan, keyin ibodatxonaga joylangan. Biroq bir necha asrdan keyin skelet mo‘rtlashib qolgan. Shundan keyin u haykalga joylashtirilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, skeletni endi chiqarib olish mumkin emas, chunki u parchalanib ketadi.
3. Qadimgi banknot
Avstraliyada Xitoydan keltirilgan 640 yoshdan oshgan Buddaning byusti kimoshdi savdosiga qo‘yilganda, ichiga yashirilgan qadimgi noyob banknot topilgan. U 1371-yil chiqarilgan bo‘lib, puldan ham ko‘ra xatga o‘xshardi. Unda qalbaki pullarni ko‘rgan fuqarolar zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilishi kerakligi yozilgan edi.
4. Haqiqiy tishlar
2014-yil Meksikada Iso tasviri tushirilgan yog‘och haykal qayta tiklashga topshirildi. U yerda esa haykalning og‘zida haqiqiy tishlar borligi aniqlandi. Haykalning og‘zi yopiq bo‘lgani uchun ichidagi narsani ko‘rishni iloji bo‘lmagan, bu faqat rentgen nurlari yordamida amalga oshirilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, 17-18-asrlarda bu mamlakatda dinga e’tiqod qiluvchilar o‘zining tanasidan qaysidir bir qismini cherkovga tashlab ketish an’anasi bo‘lgan ekan.
5. Toza oltindan yasalgan Budda haykali
3 metrli Budda haykali 13-14-asrlarda va hozirda ham Bangkokda joylashgan. 19-asrda uni shaharga olib kelishganida, uning usti suvalgan edi. Shuning uchun hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan.
Haqiqat esa 1955-yilda oshkor bo‘lgan. Haykal boshqa ibodatxonaga olib keltirayotganda to‘satdan tushirib yuborilgan. Suvoqning bir qismi ajralib tushgan, paydo bo‘lgan manzara esa hammani lol qoldirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, shuncha paytdan beri uning ichida 18 karatli toza oltin saqlangan. 17-asrda birmingliklar mamlakati hududidan o‘tayotganda uni saqlash uchun usti suvab qo‘yilgan bo‘lgan. | 61 | 2,507 |
Foto | Foto: “Amerika go‘zali — 2018” | AQShning Atlantik-Siti shahrida an’anaviy “Amerika go‘zali” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Shimoliy dakotalik 23 yoshli Kara Mund g‘olib chiqdi. “Interfaks” tanlovdan lavhalar taqdim etdi. | 30 | 188 |
Foto | Fotogalereya: Innovatsion karavotlar | Uyqu inson hayotining katta qismini tashkil qiladi. Buning uchun mo‘ljallangan karavot esa chiroyli, keng va qulay bo‘lishi kerak. AdMe zamonaviy innovatsion karavotlar namunalarini taqdim etdi. | 36 | 194 |
Foto | Dunyodagi eng aql bovar qilmas soch turmaklari (foto) | Butun dunyoni hayratga solish uchun ko‘p bosh qotirish shart emas. Buning uchun allaqachon g‘ayrioddiy soch turmaklari ixtiro qilingan.
Amasunzu turmagi, Ruanda
Ruanda erkaklari o‘zlarining mavqeyi va kuchlarini ko‘rsatish uchun amasunzu kiyib yurgan. Ushbu soch turmagidan esa ayollarni nikoh yoshiga yetganligi va yolg‘iz ekanligini ko‘rsatish uchun foydalanilgan.
Uzun shoxli shinyon, Xitoy
Xitoyning Guychjou provinsiyasida Myao xalqlari mavjud bo‘lib, ayollari “chan szyao” – uzun shoxli parik kiyadi. Zamonaviy qizlar dunyoga mashhur soch turmaklarini faqat ta’til vaqtida taqadi. Lekin ularning buvilari ushbu 6 kilolik parikni kun davomida taqib yurgan.
Valensiya fallerasi, Ispaniya
Aftidan rejissor Jorj Lukas Ispaniyaning Valensiya shahriga qilgan sayohatidan shunchalik ilhomlanganki, u “Yulduzlar jangi” filmi qahramoni Leining soch turmagini yaratgan. Ushbu murakkab turmak ko‘p vaqt talab etadi. Soch turmagi qanchalar murakkab bo‘lsa, qariyalarning ijtimoiy mavqeyi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Eritreya sehrgarlari
Sharqiy Afrikadagi juda kichik davlat, Eritreya noyob etnik guruhlar bilan ajralib turadi. Shunisi qiziqki, erkaklar harbiy xizmatga noma’lum muddatga chaqiriladi, shuning uchun ayollar ularga vaqt borida turmushga chiqib olishi kerak. Shuning uchun ham ayollar soch turmagi orqali yanada maftunkor bo‘lishga urinar.
Xamer qabilasi qizlari, Efiopiya
Yovvoyi Efiopiya qabilasi qizlari mehmondo‘st, samimiy va sertabassum. Ular Afrika qit’asining eng go‘zallari hisoblanadi. Aytgancha, ularning soch turmagi butun dunyo bo‘ylab urfga kirganini bilmasa kerak.
Karrayyu qabilasining afroturmagi, Efiopiya
Karrayyu qabilasining erkaklari an’anaviy tarzda qirqilgan afroturmakni “gafura” deb nomlaydi. Nikohdan so‘ng yangi oila har kuni ertalab sochiga yog‘ tomdirishi va u kun davomida yelka va bo‘yin qismga oqib turishi kerak. Bu ularning milliy marosimi hisoblanadi.
Ximba qabilasi, Namibiya
Sayyoradagi o‘ziga xos xalqlardan biri soch turmagi va zargarlik buyumlariga katta ahamiyat beradi. Hatto chaqaloqlar ham marvarid marjonlar, kattaroqlari esa chig‘anoqlar bilan bezatilgan mis bilaguzuk taqadi. Turmushga chiqqan xonimlar boshida hayvonlar terisidan yasalgan shox yoki toj bo‘ladi.
Yao xalqi, Xitoy
Bu ayollar sivilizatsiyadan uzoqda yashaydi va ota-bobolarining urf-odatlarini muqaddas biladi. Qizlar hayotida faqat bir yoshga kirgandagina soch kesishi mumkin. Shundan so‘ng qizlar sochini kesmaydi, ularning uzunligi 2 metrni tashkil qiladi. Odatga ko‘ra, soch qanchalik uzun bo‘lsa, baxtli bo‘lish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Kongodagi qabilalar
Markaziy afrikada joylashgan shtat qit’adagi eng yirik davlatlardan biridir. Biroq mamlakatda zamonaviy texnologiyalardan uzoq va daryolar bo‘yida yashaydigan qabilalar ham bor. Yer aholisi qalin sochlarini kesib, ularni kam miqdorda qoldiradi. So‘ngra qolganlarini qattiq shoxchalarga o‘xshatib turmaklaydi.
Simada turmagi, Yaponiya
Ushbu turmak XVII−XIX asrlarda qizlarning asosiy bezagi hisoblangan. Hozirda faqatgina geyshalar, ya’ni raqqosa-qo‘shiqchilar tomonidan kiyiladi. | 53 | 3,089 |
Foto | Fotogalereya: Xudoybergan Devonov suratlarida Xorazm otlari | O‘zA birinchi o‘zbek fotograf-kinooperatori Xudoybergan Devonov tomonidan 110 yil ilgari obyektivga muhrlangan qorabayir, ahaltaka, yovmit otlarining suratini taqdim qildi.
Suratlar “Ichanqal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida saqlanib kelmoqda.
– Bu o‘lka azaldan yilqichi el bo‘lgan, – deydi “Ichanqal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi katta ilmiy xodimi Dilmurod Bobojonov. – Afsuski, mustamlakachilarning qistovi bilan xalq otdan uzoqlashgan. Ot bilan bog‘liq neki bo‘lsa, barisi unutilishi shart bo‘lgan. Shu boisdanmi, bugungi avlod orasida ot ilmi ustalari yo‘q. Lekin Xorazm tarixida yilqi bilan bog‘liq juda ko‘p dalillar borki, shuning o‘zi xorazmliklar qadimdan otchi el bo‘lganligini isbotlaydi.
Xorazmdagi Ark saroyida Xorazm tojdorlarining otxonasi bo‘lgan. Keyinchalik bu joy sayyohlarni jalb qilish maqsadida qayta rekonstruksiya qilingan. Nurillaboy saroyi orqasida ham Xiva xonlari otxonasi bo‘lgan, ayni paytda otxona muzey tarkibiga kiritilgan.
Tarixiy manbalarda o‘tgan asr boshlarida Xiva hukmdori saroyi otxonasida qorabayir, yovmit, ahaltaka zotiga mansub 15 mingdan 45 minggacha jangchi ot saqlangani qayd etilgan. | 59 | 1,131 |
Foto | Filippindagi “Vamko” tayfuni oqibatlari suratlarda | Fillippindagi 11-noyabrda bo‘lib o‘tgan “Vamko” tayfuni oqibatida 7 kishi hayotdan ko‘z yumdi, poytaxt Manilada so‘nggi yillardagi eng kuchli toshqin yuzaga keldi. The Guardian nashri ushbu tabiiy ofat oqibatlari muhrlangan kadrlar bilan bo‘lishdi.
Qutqaruvchi Rizal provinsiyasidagi qishloqda bolani ko‘targani aks etgan foto.
Rizal provinsiyasidagi San-Mateo fuqarosi uyining tomida turgani muhrlangan kadr.
Rizal aholisi suv bosgan uylaridan evakuatsiya qilinmoqda.
Ko‘prik ustida maksimal darajada zich to‘xtagan mashinalar.
Qutqaruvchilar bolalarni Maniladan sharqda, Marikina shahridagi Providens qishlog‘idagi suv bosgan ko‘chalardan olib ketmoqda.
Rasmiylar minglab uylarni suv bosganligi sabab zarur choralar ko‘rdi. Manilada parvozlar, jamoat transporti, shuningdek, davlat idoralaridagi ishlar to‘xtatilgan.
Marikinada it to‘siq ustiga chiqib olgan. Hududdagi taxminan 40 ming uy to‘liq yoki qisman suv ostida qolgan.
108 million aholining teng yarmi istiqomat qiladigan Luson orolida vafot etganlar orasida cho‘kib o‘lganlar ham bor.
Albay qishlog‘ida cho‘chqa xavfsiz joyga olib ketilmoqda.
Manila va uning atrofidagi deyarli uch million oila elektrsiz qolgan.
San-Mateodagi qishloq aholisi o‘ziga tegishli narsalarni yig‘ishtirmoqda.
Marikinada erkak guruchni ko‘tarib olgani aks etgan foto.
Marikinada bola qutqarilgani muhrlangan kadr.
Qutqaruvchilar Rodrigesda qolgan aholini qutqarishga shoshilmoqda. | 50 | 1,432 |
Foto | “Xotira kundaligi”, “Farishtalar shahri” hamda qalblarni larzaga keltirishga qodir boshqa filmlar (foto) | Eng yaxshi hordiq chiqarish – bu film tomosha qilish. Ular goh kuldiradi, gohida yig‘latadi. Film orqali gohida butun dunyoni kezib chiqish, ba’zida begona qahramonlarga hamdard bo‘lish ham mumkin. Quyida xuddi shunday xususiyatlarga ega hech kimni befarq qoldirmaydigan 15 ta film bilan tanishib chiqish va ularni, albatta, tomosha qilish tavsiya etiladi.
“Qora quloqli oq Bim”
Ushbu kartina shubhasiz, bolalik xotiralarni yodga soluvchi eng ta’sirchan film. Yosh bilan bog‘liq barcha narsaning o‘zgarishi, sevimli egasini yo‘qotgan itning taqdiri, sadoqat va rostgo‘ylik, insonlarning aslida kim ekanligini hikoya qiluvchi voqealarni o‘z ichiga oladi.
“Sun’iy ong”
Uzoq kelajakda o‘lik insonlar ajoyib va murakkab robotlar bilan yonma-yon yashaydi. Robot bola Devid ham aqlini namoyish etish uchun dasturlashtirilgan. Biroq uning insonlardan tashkil topgan oilasi bu kabi hissiyotning oqibatiga tayyor emas.
“Sevishga shoshiling”
Oddiygina injiq yigit va a’lochi talaba qizning sevgi hikoyasini hamma vaqt ham buyuk asar deb atash qiyin. Muhabbat istaganda mo‘jiza yaratishi mumkin. Hayot esa qandaydir ertakka o‘xshab ketishi tabiiy. Faqatgina haqiqat bilan to‘qnashuv bir nechta voqealarni o‘zgartirib yuboradi. Ammo mo‘jiza va orzular uchun, albatta, o‘rin topiladi.
“Yashil yo‘lak”
Stiven Kingning o‘limga mahkum etilgan g‘ayrioddiy mahbus Jon Koffi haqidagi romani asosida yaratilgan mistik drama bir vaqtning o‘zida nafaqat tomoshabinlarni, balki tanqidchilarni ham hayratga solgan. Kartina chindan ham muvaffaqiyatga erishgan.
“Osmonga yetishish uchun”
Filmda jiddiy kasallikka chalingan ikki do‘stning hikoyasi har qanday tomoshabinni yig‘latadi. Qizig‘i shundaki, film tomoshasidan so‘ng hech kim og‘irlashib qolmaydi, aksincha yashash uchun o‘zida kuch topadi.
“Xatiko: Eng sodiq do‘st”
Film – hayotiy voqealarga asoslangan. Uni universitet professori Parker Uilson vokzaldan topib olgan va ular qalin do‘stga aylangan. Hattoki bu do‘stlik uzoq yillar davom etgan.
“Farishtalar shahri”
Farishtalar ham insonlar bilan birga yashasa hayot qanday bo‘lishi mumkin? Ushbu film qahramoni farishtalarga duch kelmaguncha ularga ishonmas edi. Ammo film inson hayoti go‘zalligini va dunyoda yashashga arziydigan narsalar borligini yodga soladi.
“Yaxshilik qil”
Filmda bolakay Trevor dunyoni o‘zgartirish bo‘yicha o‘z nazariyasini ishlab chiqadi. Uning mohiyati juda oddiy: “Men senga yordam beraman, sen yana uchtasiga yordam berasan”. Kartinada insonlarning bir-biriga yaxshilik qilish g‘oyasi ilgari surilgan.
“Pianinochi”
Film urushning barcha mashaqqatlariga dosh bergan, o‘tgan asrning 30-yillaridagi Polshaning eng yaxshi pianinochilaridan biri Vladislav Shpilmanning tarjimayi holiga asoslangan. Ajoyib musiqa va voqealar tizimi uchun ham filmni tomosha qilish tavsiya etiladi.
“Terabitiya mamlakati sari”
Ushbu filmda hech qanday fantastik to‘qnashuv mavjud emas. Film o‘z dunyosini yaratishga urinayotgan bolalar haqida. Bu kabi filmni hissiyotlarga berilmasdan tomosha qilishning o‘zi mumkin emas.
“Millionga teng qizaloq”
Filmda ortiqcha narsaning o‘zini topib bo‘lmaydi. U hayotni qanday bo‘lsa, boricha namoyish etadi. Hayot qiyinchiliklarga boy, faqatgina qat’iyatli, jasur va maqsadi bor odamgina unga javoban kurash olib borishi mumkin.
“Xotira kundaligi”
Qariyalar uyidagi keksa ayolning kundalik daftarida ta’sirli sevgi haqida hikoya qiladi. Bu xotiralar tomoshabinni uxlashga qo‘ymaydi, tinimsiz bezovta qiladi. Qisqasi, filmni tomosha qilib, bunga amin bo‘lish kerak.
“Yo‘l-yo‘l pijamali bola”
Asarda Berlinda yashayotgan to‘qqiz yoshli nemis bolasining otasi muhim mansabga o‘tayotgani uchun oilasi bilan boshqa joyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Bruno yangi joyni yoqtirmaydi, zerikadi, o‘ynashni xohlaydi, lekin atrofda hech kim yo‘q. U derazadan yo‘l-yo‘l pijamalarda yurgan odamlarni ko‘rib qoladi va o‘sha hududni o‘rganishga boradi. U yerda yangi do‘sti – panjaraning narigi tomonida, konslager hududida o‘tirgan yahudiy bolakay Shmuel bilan tanishadi. Ularning do‘stligi kutilmagan voqealar ro‘y berishiga sabab bo‘ladi.
“O‘gay ona”
Mazkur kartina sof tuyg‘ular, onalik, sadoqat va yengish qiyin bo‘lgan holatlar haqidagi film. Dramada Syuzan Sarandon va Juliya Roberts ijrosidagi bosh qahramonlarning murakkab va ziddiyatga boy xarakterlari ochib berilgan.
“Orzular qayerga olib boradi?”
Bosh qahramon avtohalokatda vafot etadi, ammo u turmush o‘rtog‘idan ayrilishni xohlamaydi. Robin Uilyamsning ajoyib dramatik roli film voqealarini yanada boyitgan. | 104 | 4,502 |
Foto | Fotogalereya: Odamlardek do‘stlashib, yaxshi ko‘ra oladigan hayvonlar | Ba’zan hayvonlarning do‘stligi va mehribonligi odamlarnikidan kam bo‘lmaydi. AdMe ana shunday do‘stlik va mehribonlik aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 69 | 151 |
Foto | Fotogalereya: Hayvonlarning noodatiy holatdagi suratlari (foto) | Ko‘pchilik suratga tushishni yoqtirsa, aksariyat odamlar suratga olishni ma’qul ko‘radi. Kimdir hayratomus binolar, xushmanzara joylarni, kimdir esa yo‘lida uchrab qolgan noodatiy voqealarni fotosuratga muhrlaydi. TravelAsk ana shunday oddiy odamlar tomonidan olingan hayvonlarning g‘aroyib holatdagi suratlarini jamlab, taqdim etdi. | 63 | 333 |
Foto | Kaliforniyada davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari, ot mingan prezident, Gongkongda boshlangan iPhone 13 savdosi — 27 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Boliviyaning Puyo-Puyo jamoasining vikunalarni tutish va junini olish jarayonidan lavha.
Kaliforniyada oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda.
Gongkongda iPhone 13 sotuvi boshlandi.
Meksikada 43 nafar talaba gʻoyib boʻlganining yetti yilligi munosabati bilan ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Kollej oʻqituvchilari 26 sentyabr kuni Iguala shahrida polisiya bilan toʻqnashuvdan soʻng gʻoyib boʻlgan. Ular u yerda moliyalashtirishni koʻpaytirish talabi bilan norozilik namoyishiga chiqqan.
Hindiston harbiy-havo kuchlari uchuvchilar jamoasi Shrinagardagi aviashou namoyishida.
Efiopiya pravoslav xristianlari Meskel diniy bayramini nishonladi.
Turkmaniston prezidenti respublika mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan paradda qatnashdi.
Vashingtonda kun botishi.
Isroilda yakuniga yetayotgan bir haftalik Sukkot bayrami.
Kosovolik rassom Alkent Pojegu Germaniya kansleri lavozimidan ketayotgan Angela Merkelning donlardan iborat portretini yaratmoqda. | 134 | 1,020 |
Foto | Fotoreportaj: Uxandagi koronavirusni yuqtirganlar gospitali qanday ishlaydi? | Xitoyning Uxan shahrida koronavirusni yuqtirganlar uchun vaqtincha gospitallar ochilishi davom etmoqda. Ulardan biri ko‘rgazmalar markazida joylashgan bo‘lib, uch ming kishiga mo‘ljallangan. “RBK” ushbu gospital qanday ishlayotgani haqida reportaj tayyorladi.
Ko‘rgazmalar markazi 7-fevral kuni gospitalga aylantirilgan. Markaz bemorlarni qabul qilishdan uch kun avval zarur buyumlar bilan jihozlandi.
So‘nggi sutkalarda Uxanda yana 1,6 ming kishining koronavirusni yuqtirgani tasdiqlandi. Xitoy sog‘liqni saqlash bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 73 ming nafar bemor aniqlangan.
The Global Times nashri gospitaldagi bemorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, u yerdagi shart-sharoitlar haqida maqola e’lon qildi. Qayd etilishicha, odatda bemorlar ertalab soat 06:00 da uyg‘onadi hamda ichimlik suvi va nonushta oladi.
Bemorlar tekshiruvdan o‘tganidan so‘ng, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadi. Kasalxonaning har bir bo‘limida kamida 50 nafar bemor davolanadi.
Gospitalda ayollar va erkaklar alohida joylashtiriladi. | 76 | 1,036 |
Foto | Fotogalereya: Olimlarni ham hayron qoldirgan 8 ajabtovur jonzot | Insoniyat Marsdan hayot izlarini izlayotgan bir paytda Yerning o‘zida tabiatning ajoyib jonzotlari yashamoqda. AdMe ularning rasmini taqdim etdi.
Tikanakli sichqon
O‘lmas meduza
Sug‘ur
Asalxo‘r
O‘rdakburun
Avtraliya buqa akulasi
Yarimshilliqurt
Kashalot | 63 | 260 |
Foto | Dunyoning suv bilan o‘ralgan maftunkor masjidlari (fotogalereya) | “Islam-today.ru” dengiz va okeanlar qirg‘og‘ida qurilgan masjidlar suratlari bilan bo‘lishdi. | 64 | 93 |
Foto | Noodatiyligi bilan muzey eksponati bo‘la oladigan antiqa shirinliklar (foto) | Qandolatchilar ko‘pincha o‘z shirinliklarini nafaqat mazali, balki tashqi ko‘rinishi bilan ham ishtaha ochar qilishga harakat qiladi. Albatta, kimdir o‘zi xohlagan narsaga erishadi, san’at asariga teng keluvchi haqiqiy shirinlik yaratadi. Yana kimdir uchun hamma narsa rejaga muvofiq ketmasligi va boshqa ijod namunalari paydo bo‘lishi mumkin.
Boo! Xellouin bayrami oldidan ijodiy inqirozga duch kelinganda, mana nima paydo bo‘ladi.
Mushuk hamda shirinlikni sevuvchilar uchun.
San’at va pazandalik kesishgan joyda.
“Guruch qog‘oz ajoyib narsa, ammo tort ustiga xuddi chiqindi tashlab qo‘ygandek ko‘rinmoqda”.
“Singlim mendan o‘z mushugi ko‘rinishida tort tayyorlab berishimni so‘radi”.
Bu kabi tortlar bilan hammani qo‘rqitish mumkin.
Ular xuddi haqiqiydek, Eng asosiysi adashtirib qo‘ymaslik kerak.
Ushbu pryanikli tort “Yulduzlar jangi” filmidagi uyga o‘xshaydi.
Tug‘ilgan kun uchun tort olish faqat insonlar uchungina xursandchilik emas, balki hayvonlarga ham yoqimli.
“Turmush o‘rtog‘im uzoq vaqtdan beri koreyscha harfli klaviatura olishni xohlardi, shuning uchun men unga mos keladigan tug‘ilgan kun tortini tayyorladim”.
Xuddi rasmga o‘xshaydi. Farqi buni yeyish mumkin.
Qiziq, ajdar mevasi xamiridan tayyorlangan tort qanday ta’mga ega?
Shunchaki tipratikan shirinliklar.
“Bir necha oy oldin men bir do‘stim uchun ajoyib, dahshatli tipratikan tortini pishirgandim. Bugun shunday tort menga qaytib keldi!”
Bu tort har qanday sehrgardan ko‘ra ko‘proq chalg‘ituvchi bo‘lishi mumkin.
Chuchvaralar ichida bir dona sovg‘a bilan marshmellou bor.
Deyarli bir xil.
“Bu tortni men uchun singlim tayyorlagan. U oilamizdagi har bir tug‘ilgan kun uchun shunday noyob tortlar pishiradi”.
Xo‘sh, ular o‘xshashmi?
“Sevgilim bilan birinchi marta tort bezatdim. Qaysi biri chiroyli?” | 76 | 1,795 |
Foto | “Dahshatli” hafta, Kanadadagi qor bo'roni, tayyorgarlikdan o'tayotgan xitoy politsiyasi — 14 aprel suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Mali va Niger davlatlariga tashrif buyurdi.
xitoyning Chendu shahridagi estakada ostidagi “yashil korridor”.
AQShning Oregon shatatidagi fermada o'tlab yurgan sigirlar. Suratkash vaziyatni yaxshi ko'ra olgan ekan.
xitoy politsiyasi xodimlari Nanninda tayyorgarlikdan o'tmoqda.
Ispaniyaning Malaga shahrida muqaddas hisoblangan “Dahshat” haftasi bo'lib o'tmoqda. Suratda Fusionadas sektasi a'zosi.
Ukrainaning Chernigov shahridagi vayron bo'lgan uyida mushuk ko'tarib turgan bola.
Suriyaning Idlib viloyatidagi Asad tuzumi repressiyalaridan qochganlar joylashtirilgan qochqinlar lageri.
Kanadaning Vinnipeg shahrida qor bo'roni yuz berdi va shahar ko'chalari qalin qor bilan qoplandi.
Filippinliklar koronavirus pandemiyasi sabab o'rnatilgan karantin talablari bekor qilinayotganidan foydalanib dengizlarga oshiqmoda.
Pokistonning Lahor viloyatidagi bug'doy dalasida turgan fermer. | 108 | 988 |
Foto | “Top-antropos.com” eng go‘zal o‘zbek ayollari reytingini e’lon qildi (foto) | Turli saytlarda u yoki bu millatning ko‘rkam vakillari o‘rin olgan reytinglar vaqti-vaqti bilan e’lon qilib boriladi. “Top-antropos.com” sayti eng go‘zal o‘zbek ayollarini aniqlash maqsadida to‘rt oy mobaynida o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Quyida ushbu so‘rov natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
28-o‘rin: Iroda Nosirova.
27-o‘rin. Svetlana (Oydin) Norboyeva. Teatr va kino aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti.
26-o‘rin. Ra’no Shodiyeva.
25-o‘rin. Diyora, xonanda.
24-o‘rin. Sevinch Mo‘minova.
23-o‘rin. Laylo Galiyeva.
22-o‘rin. Matluba Alimova. “Budulayning qaytishi” filmidagi roli orqali tanilgan rossiyalik aktrisa.
21. Munisa Rizayeva.
20. Asal Shodiyeva.
19. Ruxshona.
18. Tamara Shokirova (1955—2012). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Rayhonning onasi.
17. Zamzama.
16. Muborak Jamolxonova (Ashurboyeva).
15. Oydin Yusupova.
14. Parizoda.
13. Farida, model.
12. Zilola Nuraliyeva, model.
11. Gulnora Qosimova, aktrisa.
10. Lola.
9. Ravshana Kurkova. Toshkentda tug‘ilgan rossiyalik aktrisa.
8. Dilnoza Kubayeva.
7. Shahzoda Matchonova.
6. Gulchehra Eshonqulova.
5. Zarina Nizomiddinova.
4. Kamilla Muxlisova, aktrisa, model.
3. Irina Sharipova. “Tatariston go‘zali — 2010” tanlovi g‘olibi.
2. Shahzoda.
1. Rayhon. | 75 | 1,283 |