folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Qatardagi kelajak allaqachon kelganini isbotlovchi, ajoyib arxitekturaga ega 3 bino (foto) | Insonlar turli sabablarga ko‘ra sayohatga otlanadi, ammo o‘ziga xos arxitektura bilan birga kelajak haqida tasavvurga ega bo‘lishni istaganlar shubhasiz Qatar tomon yo‘l oladi.
Milliy kutubxona
Mazkur o‘ziga xos bino urbanistik yo‘nalishda faoliyat yuritishi bilan dunyoga mashhur gollandiyalik arxitektor Rem Kolxas rahbarligida loyihalashtirilgan. Elektr quvvatini tejash hamda ekologik bo‘lishi uchun bino haybatli shisha panellardan ishlangan bo‘lib, bu kunduzi bino ichi yetarlicha yorug‘ bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Interyer ham och rangdaligi hisobiga ichkaridan qaralganda bino hududi cheksizdek ko‘rinadi. Milliondan ortiq kitoblarni o‘z ichiga oladigan mazkur kutubxonaning 6 metr chuqurlikda joylashgan yerto‘lasida tarixiy meros to‘plami mavjud bo‘lib, u yerda saqlanadigan asarlar VII asrga oid. Bino nafaqat zamonaviy arxitektura asosida qurilgani, balki o‘quvchilar uchun innovatsion xizmatlar bor ekani bilan ham o‘ziga xosdir. U yerdagi kitoblar avtomatik tarzda saralanadi, o‘quvchilar uchun osma o‘rindiqlar va mustaqil ravishda ro‘yxatga oluvchi qurilmalar mavjud.
Al-Janoub stadioni
Mazkur stadion kelasi yil u bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazish uchun maxsus qurilgan.
Tashqaridan qaraganda, yelkanni esga soladigan Al-Janoub’ning ichki qismi boshqa stadionlardan farq qilmaydi, ammo yuqori qismiga nazar tashlansa, tom qismlarining qimirlashiga guvoh bo‘lish mumkin.
Nobu Doha restorani
Aynan ushbu muassasa ushbu tarmoqdagi barcha restoranlarning eng kattasi hisoblanadi. Har bir detalga alohida e’tibor qaratgan tadbirkorlar interyer borasida mahalliy motivlardan
ilhomlanilgan.
Ayniqsa, poytaxtda qazib olinishi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan marvaridlarni uchratish mumkin. Restoranda mazali ovqatlar bilan birga shahar va qirg‘oqning go‘zal manzarasini zavq bilan kuzatish mumkin. | 90 | 1,833 |
Foto | Qalblarga xursandchilik ulashuvchi 15 ta surat (fotogalereya) | Fotografiya san’ati shunday ta’sirli lahzalarni muhrlashga qodirki, ularni hayotda ba’zan payqash va xotirada saqlash imkonsiz. AdMe qalbingizda quvonch tuyg‘usini uyg‘otuvchi aynan shunday lahzalarni to‘pladi. | 61 | 210 |
Foto | Foto: Magnitogorskda bitta podyezdi qulab tushgan 10 qavatli uy | Rossiyaning Magnitogorsk shahrida 31-dekabr kuni ertalab 10 qavatli uyning podyezdi qulab tushgan. Rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar orasidan o‘nlab bedarak yo‘qolgan kishilarni izlamoqda. TJournal uy qulashining oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 63 | 319 |
Foto | Fotogalereya: Rang-barang kasblar | Kasblar turli-tuman bo‘lib, har birining o‘ziga xosligi va rang-barangligi bor. AdMe ana shunday rang-barang kasblardan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 33 | 150 |
Foto | Kemerovo viloyatida qora qor yog‘di (foto) | Kemerovo viloyatining uchta shahri — Prokopyevsk, Kiselevsk va Leninsk-Kuzneskda qora qor yog‘di, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Viloyat prokuraturasi mahalliy OAVning “Prokopevskaya” qayta ishlash zavodida ko‘mir changining otilishi to‘g‘risida xabar tarqalganidan so‘ng tekshiruvni boshlagan.
Kemerovo viloyati hokimi o‘rinbosari Andrey Panovning aytishicha, ifloslanishning sababi bug‘ qozonlari ham bo‘lishi mumkin. | 42 | 420 |
Foto | Fotogalereya: Qarindosh ekani ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan mashhurlar | Mashhurlar oilasi, aka-uka, opa-singillarini ommaga ko‘rsatishdan qochmaydi. Ammo ba’zi mashhurlarning qarindosh ekani ko‘pchilikka noma’lum. AdMe ana shu shaxslarning suratlarini yig‘di.
Aka-uka Uayanslar: Marlos, Shon, Deymon va Kinen Ayvori
Alfi Allen va Lili Allen
Qirolicha Yelizaveta II va Hilari Daff
Jeremi Ayrons va Maks Ayrons
Uilyam Meypoter va Tom Kruz
Anastasiya Stotskaya va Pavel Maykov
Janet Li va Jeymi Li Kertis
Ron Xovard va Brays Dallas Xovard
Donal Glison va Brendan Glison
Ellen Dejeneres va Keyt Middlton
Emili Deshanel va Zoi Deshanel | 70 | 568 |
Foto | Foto: Buyurtmachilarning internetdan qilgan omadsiz xaridlari | Internetdagi mahsulotlarning surati hayotdagidan farq qilishi mumkin. Aksariyat hollarda ko‘rinishiga uchib berilgan buyurtmalar oqibati odamlarning ko‘ngli to‘lmasligi bilan yakun topadi.
“Xonadoshim internet orqali yumshoq o‘yinchoq Garfildga buyurtma bergandi”.
“Nimaga buyurtma berdim-u, nimaga ega bo‘ldim”.
“Xellouin uchun buyurtma bergandim, hafsalam pir bo‘ldi”.
“Telefon g‘ilofiga onlayn buyurtma bergandim”.
Hamma narsa ham kutganing singari bo‘lavermasligining isboti.
Ko‘rinishdagi farqi yetmagandek, barmoqqa ham sig‘maydigan uzuk.
“Onam uchun internet orqali gullarga buyurtma bergandim”.
O‘lchamga e’tibor bermaslikning oqibati bir suratda.
“Sal avval chapda turgan o‘yinchoqqa buyurtma bergandim, nima uchundir o‘ng tarafdagisini olib kelishgan”.
“Elektron qurilmalari bor sirli quti ichidan mana nimalar chiqdi”.
Onlayn do‘kondagi mahsulot surati va uning hayotdagi ko‘rinishi.
“Onlayn do‘kondan xarid qilingan hovuzdan hatto itimning ham ko‘ngli to‘lmadi”.
“Tanlagan gullarim o‘rniga boshqasini keltirib berishdi”.
Printi suratdagidan farqli ravishda kichkina bo‘lgan futbolka.
Bu yerda turli gullardan yasalgan katta guldasta bo‘lishi mumkin edi.
Stressda ayni muddao bo‘lgan, ammo kutilganidan farq qiladigan o‘yinchoq.
Onlayn buyurtma berilgan narsaning uzunligi hamma vaqt ham sizga to‘g‘ri kelavermasligining isboti. | 61 | 1,356 |
Foto | Mikroto‘lqinli pechga solish tavsiya etilmaydigan yegulik va buyumlar (foto) | Mikroto‘lqinli pech uy bekalarining eng yaqin do‘sti. Biror yegulikni isitish yoki ayrim mahsulotlarni pishirish kerak bo‘lsa, mikroto‘lqinli pech hech qachon yo‘q demaydi. Hattoki, mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni ham isitishda yo‘q demaydi.
Mikroto‘lqinli pechdan foydalanishda qoidalarga amal qilish zarur. Buning uchun maxsus idish, belgilangan vaqt va chaqiruv ovozi eshitilgandan so‘ng mahsulotni chiqarib olish ketma-ketligi bajarilsa bas. Bor-yo‘g‘i shu. Ammo foydalanish bo‘yicha berilgan tavsiyalarga beparvo bo‘lish bir qancha ko‘ngilsizliklarga olib keladi, hattoki halokat bilan yakun topishi ham mumkin. Quyida sinab ko‘rilgan tajribalar natijasidan to‘g‘ri xulosa chiqarish har kimning o‘ziga bog‘liq.
Qushlar uchun maxsus oziqalarni dezinfeksiya qilishning keragi yo‘q, ayniqsa, mikroto‘lqinli pechda. Sababi undan qushlar uchun bodroq hosil bo‘ladi, ehtimol, bu ularga yoqmas.
Bu nima bo‘lishi mumkin? Arvohga o‘xshaydimi? Yo‘q, bu shunchaki mikroto‘lqinli pechda uzoq vaqt unutilgan pitssa.
Bolakay shunchaki tezpishar makaron kosasiga suv quyishni unutgan ko‘rinadi.
Bu hodisa qanday sodir bo‘lgani egasiga ham noma’lum. Faqat yopishib qolgan stakanni olish uchun juda ko‘p vaqt sarflangani aniq
Mikroto‘lqinli pechda plastik idishda ovqat isitish mumkin emas. U o‘zidan zararli kimyoviy moddalarni chiqarishi bilan birga, idishni ham eritib yuboradi.
McDonald’s kartoshkasini 30 soniya emas, 30 daqiqaga qo‘yilganda shunday ko‘rinishda bo‘ladi.
Pechda vafli uchun shakar siropini tayyorlashni istaganlar uchun atigi 5 daqiqadan so‘ng.
Muzqaymoqni boshqa idishga olishni osonlashtirish uchun qoshiqni pech yordamida qizitishga qaror qildi va …
Sovib qolgan qahvani pechda isitishga urinish va keyin esa stakanning o‘zini olishga urinish.
Mikroto‘lqinli pechda telefonni quvvatlash qat’iyan man etiladi. | 76 | 1,830 |
Foto | Fotogalereya: Mashhurlarning o‘limidan bir necha kun oldin olingan suratlari | AdMe hayotdan ko‘z yumishidan bir nega kun oldin tarixga muhrlangan mashhurlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Queen rok-guruhi vokalistining 1991-yilda olingan surati. Musiqachi o‘limining so‘nngi kunlariga qadar kasalligi haqidagi mish-mishlarni rad etib kelgan. O‘limidan bir kun oldin esa OITS oqibatida bronxopnevmoniya bilan og‘riganini ma’lum qilgan.
Stiv Jobs uyida, yaqinlari qurshovida, oshqozonosti saratoni oqibatida jon bergan.
Xit Lejer The Imaginarium of Doctor Parnassus filmidagi so‘nggi rolini ijro etmoqda. Oradan bir necha kun o‘tgach aktyor og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini haddan ortiq iste’mol qilib yuborganligi oqibatida yuzagan kelgan o‘tkir intoksikatsiya tufayli vafot etgan.
Muhammad Ali o‘ttiz yil davomida Parkinson kasalligiga qarshi kurashgan. 2016-yilning 2-iyunida amerikalik boksyorning ahvoli og‘irlashib qolganligi sabab shifoxonaga yotqizilgan. Ertasi kuni esa u olamdan o‘tgan.
Mark Tven nomi bilan butun dunyoga tanilgan Semyuel Klemensning ushbu surati o‘limidan 10 kun oldin olingan. U o‘limidan bir yil oldin shunday degan edi: “Men 1835-yilda Galley kometasi bilan birga kelganman, bir yildan so‘ng, u yana uchib o‘tadi va men ham u bilan ketishni mo‘ljallayapman”. Shunday ham bo‘ldi. Yozuvchi stenokardiyadan vafot etdi.
Jon Lennonni oradan to‘rt soat o‘tgach otib tashlagan erkak suratning o‘ng tomonida turibdi. U The Beatles guruhi asoschisi hamda a’zosidan dasxat olmoqda.
Ushbu surat 1955-yilda olimning o‘limidan bir oy oldin, Prinstondagi uyida suratga olingan.
Britaniyalik musiqachining o‘limidan uch kun oldin olingan surat. Devid Boui 2016-yilning 10-yanvarida, jigar saratoniga qarshi 1,5 yillik kurashdan so‘ng vafot etgan.
Surat 1977-yilning 16-avgust sanasida, Elvis Presli stomatologdan o‘z uyi tomon mashinada qaytayotganida olingan. Ushbu tunda musiqachi yurak xurujini boshidan o‘tkazgan va olamdan o‘tgan. | 76 | 1,890 |
Foto | Diqqatga sazovor mashhur maskanlarning tashqi ko‘rinishidan ham qiziqarliroq bo‘lgan ichki dizayni (foto) | Shunday diqqatga sazovor joylar borki, nomlarini eshitib ham ularni xayolan tasavvur qilish mumkin. Chunki aksariyat inshootlar film, kitob va ko‘rsatuvlar orqali tanish. Ammo ularning tasvirini hamma faqat tashqi tomondan biladi, mashhur maskanlarning ichki qismi qanday ko‘rinishi esa ko‘pchilikka noma’lum.
Piza minorasi, Piza
Eyfel minorasi, Parij
View this post on Instagram
Muqaddas oila ibodatxonasi, Barselona
Kolizey, Rim
Minora (Tauer) ko‘prigi, London
Nakagin minorasi, Tokio
Lotos ibodatxonasi, Nyu-Deli
Buyuk Xitoy devori
Atomium, Bryussel
Qadimiy Petra shahri
Ozodlik haykali, Nyu-York
“Xon Shatir” markazi, Nur-Sulton
Guggenxaym muzeyi, Bilbao
Big-Ben, London
Kafedral sobori, Braziliya
Gollivud belgisi, Los-Anjeles
Luvr piramidasi, Parij
Xeops piramidasi, Giza | 105 | 811 |
Foto | Chorak asr avval. Gollivudning eng mashhur yulduzlari 25 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto) | Gollivud yulduzlari yillar o‘tgan sayin yanada yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lib bormoqda. Shuningdek, 25 yil ichida ular o‘z muxlislariga ko‘plab filmlari orqali qadrdon bo‘lib qolgan. O‘tgan asrning 90-yillaridan buyon insonlar qalbidan joy olgan sevimli aktyor va aktrisalar hozir qandan ko‘rinishda?
Riz Uizerspun
1994-yil 19 yosh / 2020-yil 44 yosh
Leonardo Di Kaprio
1995-yil 20 yosh / 2020-yil 45 yosh
Tom Xenks
1995-yil 38 yosh / 2020-yil 53 yosh
Jorj Kluni
1995-yil 34 yosh / 2020-yil 59 yosh
Bred Pitt
1995-yil 31 yosh / 2020-yil 56 yosh
Kemeron Diaz
1995-yil 23 yosh / 2020-yil 48 yosh
Kianu Rivz
1995-yil 30 yosh / 2020-yil 55 yosh
Meril Strip
1995-yil 46 yosh / 2020-yil 71 yosh
Jim Kerri
1995-yil 33 yosh / 2020-yil 58 yosh
Jennifer Eniston
1995-yil 26 yosh / 2020-yil 51 yosh
Jennifer Lopez
1995-yil 26 yosh / 2020-yil 51 yosh
Pol Radd
1995-yil 26 yosh / 2020-yil 51 yosh
Xolli Berri
1995-yil 29 yosh / 2020-yil 54 yosh | 94 | 942 |
Foto | Optik illyuziya: Rangli ko‘rinuvchi oq-qora suratlar (foto) | Quyidagi suratlarga qarang. Ular rangli deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Aslida bu optik illyuziya yaratadigan rangli chiziqlarga ega oq-qora suratlardir.
Meduza’ning yozishicha, ushbu surat Reddit va Twitter’ga joylangan. Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, ularning uncha katta bo‘lmagan ekranga ega telefonida surat haqiqatdan ham rangli ko‘ringan. Faqat kattalashtirib ko‘rgandagina bunday emasligini ko‘rish mumkin.
Ayrimlarning ta’kidlashicha, optik illyuziyani faqat miya yaratmaydi. Surat jpeg formatda saqlangan. U yaxshi zichlanmagan, shu sababli rangli elementlar suratning oq-qora elementlari bilan uyg‘unlashib ketgan.
Optik suratga yana bir misol. | 59 | 653 |
Foto | Fotosessiyalardan kadr orti suratlari | Internetda minglab chiroyli va hayratlanarli fotosuratlar bor. Ularning mualliflari bu qadar muvaffaqiyatli kadrni qanday “tutib” oldi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. Fotoshop va retush barchaga tanish usullardir. Ammo undan muhimroq jihatlar suratning asl sifatini belgilab beradi — yorug‘lik, rakurs, sahna postanovkasi va hokazo.
Big Picture portali o‘quvchilarni fotosessiya jarayoni bilan yaqindan tanishtirish maqsadida kadr orti suratlaridan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 37 | 491 |
Foto | Fotogalereya: Qoyaga tirmashuvchilar tog‘larda qanday uxlaydi | Shunday odamlar borki, mehmonga, safarga borgan vaqtida ular uchun begona yostiq, o‘rin-ko‘rpada uxlash qiyinchilik tug‘diradi. Biroq tog‘ma-tog‘ tirmashib yuruvchi alpinistlar, daraxt yoki qoyada qanday uxlaydi? Albatta ulardek osilgan holatda pinakka ketish uchun, uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rish lozim. Bu borada xavaskor bo‘lgan qoyaga tirmashuvchilar maxsus palatka – portlejlardan foydalanadi.
Tommi Kaldvell va Kevin Yorgeson AQShdagi eng baland monolit-tog‘i Kaliforniyadagi El-Kapitanga tirmashib chiqib tarixga kirgan. Qoyaga ko‘tarilishning o‘ziga 19 kun vaqt ketgan, qoyaga tirmashuvchilar ishlab chiqqan Dawn Wall (“Ufq devori”) yo‘nalishni bosib o‘tishga 19 kun vaqt sarflangan.
El-Kapitan — Kaliforniyada joylashgan Yosemit milliy parkining diqqatga sazovor maskanlaridan biri. Tog‘ning o‘lchami va shaklining o‘ziga xosligi ekstremallarning bu joyga mehr qo‘yishiga turtki bo‘lgan.
Ayrim qoyaga tirmashuvchilar palatkalarini daraxtga tikadi.
AQShning Yuta shtatidagi Zayon milliy parki.
Appalachi, Shimoliy Karolina, AQSh.
Buyuk Britaniya, Uelsdagi Gogart dengiz qoyalari.
Hindiston, Himolay tizmasidagi, Meru tog‘i.
Shamoni, Fransiya.
Baffinova yeri, Kanada.
Yuta shtatidagi qoyalarga chodirni 128 metr balandlikda o‘rnatish uchun 11 nafar odam 24 soat vaqt sarflagan. | 61 | 1,294 |
Foto | Fotogalereya: 20 yil avval qarishni to‘xtatgan ayollar | Ba’zi insonlarning yoshini aniqlash qiyin bo‘ladi. Ular o‘zining yoshiga nisbatan ancha yosh ko‘rinadi. Muhimi, ular kino yulduz ham emas. AdMe yoshligini saqlab qolgan ayollarning suratini taqdim etdi.
Dominik Sakse, 51 yosh
Kareliya Moran, 48 yosh
View this post on Instagram
Liz Vebster, 51 yosh
View this post on Instagram | 54 | 351 |
Foto | Keyt Middltonning suratlari London muzeyida namoyish etildi | Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton tomonidan olingan suratlar Londondagi Qirollik harbiy muzeyi ekspozitsiyasidan o‘rin oldi. Bu boradagi tegishli ma’lumot gersoglarning Instagram’dagi sahifasida paydo bo‘lgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlash kerakki, Keyt Middlton anchadan buyon suratkashlik bilan shug‘ullanib keladi. Uning obyektividan faqatgina qarindoshlari o‘rin olmaydi. Masalan, 2020-yilning qishida u Xolokostni boshidan o‘tkazgan insonlarni suratga olgan edi. Aynan ushbu suratlar ekspozitsiyaga taqdim etilgan.
“Londondagi Qirollik harbiy muzeyining Xolokostni boshdan kechirganlarning 50 dan ortiq portreti o‘rin olgan yangi ko‘rgazmasini bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf”, — deydi Middlton.
Shu bilan birga, xabarda ta’kidlanishicha, ushbu tasvirlar Xolokostdan omon qolgan insonlar va ularning oilalarini yosh avlodlari o‘rtasidagi alohida aloqani aks ettiradi, shuningdek, bu dahshatli qayg‘uni eslab qolish uchun jamoaviy javobgarlikni eslatadi.
Avvalroq “Garri va Megan: saroydan qochish” filmining treyleri taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Amerikalik ayol Keyt Middlton kabi kiyinish uchun 30 ming dollar sarfladi (foto) | 59 | 1,177 |
Foto | Sholi maydonidagi portret, AQShdagi kimyo zavodida yongʻin, pandemiyadan keyin ilk marta muhlislarni qabul qilayotgan balet va ot poygasi — 15 iyun suratlari | Soʻnggi 24 soatning eng diqqatga sazovor suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
AQShning Minnisota shtati demokratlari vakili Ilhan Onar Kapitoliy oldida koronavirus qurbonlari uchun saqlangan bir daqiqalik sukut paytida koʻz yosh toʻkmoqda. Ma'lumot uchun, Qoʻshma Shtatlarda 600 mingdan ortiq inson infeksiya tufayli vafot etgan.
AQShning Minneapolis shtatida namoyishchilarning ustiga yuk mashinasi haydalishi oqibatida vafot etgan Deona Knaydekning sharafiga marsh uyushtirilmoqda. Yuk mashinasi haydovchisi nima sababdan bu ishga qoʻl urgani ma'lum emas, dastlabki tergov natijalari giyohvand modda yoki spirtli ichimliklar sabab boʻlganini koʻrsatgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Gresiya 2011 yil vafot etgan boshpana izlovchining soat va uzugi kabi buyumlari saqlanib kelinmoqda.
Eron poytaxti Tehron koʻchalarining birida mamlakat prezidentligiga nomzod Said Jalilning plakatlari ilingan.
AQShning Illinoys shtatida «Chemtool» kimyo zavodida kuchli yongʻin sodir boʻldi. Yogʻ moylari, yogʻ mahsulotlari va boshqa sanoat suyuqliklarini ishlab chiqaradigan zavoddagi kimyoviy alanga mahalliy aholini evakuasiya qilishga majbur qildi.
«Vintage Black Panther» partiyasining reklama mahsulotlari partiya faoli Jilkristina Vestning Kaliforniyadagi uyida toʻplandi. Vest 19 iyun kuni partiya xotirasiga bagʻishlangan mini-muzey ochadi. Muzey Gʻarbiy Oklend devoriy loyihasiga qoʻshimcha boʻlib, u fevral oyida partiya ayollarini sharaflash bilan tanishtirdi.
Xitoyning shimoli-sharqiy Liaoning provinsiyasidagi sholi maydonida turli xil guruch navlarini yetishtirish orqali yaratilgan yoshlar tasviri namoyish etildi.
Mexikodagi Palasio de Bellas Artes teatrida jonli ijrolarsiz oʻtgan bir yildan soʻng Amaliya Ernandes folklor baletining mashqlari boʻlib oʻtmoqda.
Janubiy Koreyaning Milliy Qizil Xoch qutqaruvchilari yozgi mavsumga tayyorgarlik koʻrish uchun qutqaruv mashgʻulotlarida qatnashdi. Ular Seulning janubidagi Suvon shahrida joylashgan choʻkayotgan suzuvchini qutqarish mashqlarini bajarish uchun hovuzga tushdi.
Angliyaning Askot shahrida boʻlib oʻtadigan ot poygasiga rangbarang kiyimdagi sohibjamol ayollar tashrif buyurdi. Ushbu poyga ham pandemiyadan soʻng birinchi marotada muxlislarni qabul qilmoqda. | 157 | 2,238 |
Foto | Dunyodagi eng muhim kasb — onalik ekanligini isbotlovchi suratlar (fotogalereya) | AdMe dunyoning turli burchaklarida yashovchi ayollar fotosuratlari bilan bo‘lishdi, ularni muhim rol — onalik birlashtirib turadi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 80 | 958 |
Foto | Kun fotosi: Toshkent xalqaro aeroporti momaqaldiroq chog‘ida | Telegram’dagi AviaSpotter kanalida Toshkent xalqaro aeroporti osmonida chaqnagan yashin aks etgan fotosurat e’lon qilindi. | 60 | 122 |
Foto | Aholisi eng zich joylashgan 10 ta orol (fotogalereya) | Orolda yashash haqida odamovi kishilar orzu qiladi, millionerlar esa bunga osongina erishishi mumkin, ammo ko‘pchilik uchun suv bilan ajratib qo‘yilgan bir parcha yerda istiqomat qilish haqiqiy la’natdir. Ko‘payish insonga xos, biroq buning uchun ba’zan bo‘sh joy qolmaydi, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. “Onliner.by” Yer sayyorasidagi aholi eng zich joylashgan o‘nta orolni tanishtirib o‘tdi. | 53 | 388 |
Foto | Masjidul Aqsoda juma namozi, dunyodagi eng uzun osma koʻprik, «Mehr» operasiyasi — 30 aprel suratlari | E'tiboringizga 30 aprelning eng qiziqarli suratlarini taqdim etamiz.
Bugun 60 mingga yaqin falastinliklar Isroil ishgʻolida boʻlib turgan sharqiy Quddusda joylashgan Masjidul Aqsoga juma namozini oʻqishga tashrif buyurdi. Bu yaqinda sodir boʻlgan qarama-qarshiliklarga oʻziga xos javob boʻldi, deyish mumkin.
Shimoliy Isroilda oʻn minglab ultra-pravoslav yahudiylar ishtirok etgan diniy festivalda yuz bergan tiqilinchda kamida 45 kishi vafot etdi va 150 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu mamlakatda yuz bergan tinch vaqtdagi eng falokatli hodisalardan biri boʻldi.
Toshkentdagi mahalliy aeroportga 30 aprel, juma kuni «Mehr-5» operasiyasi doirasida Yaqin Sharq va Afgʻonistondan 93 nafar oʻzbekistonlik olib kelindi. AQSh va boshqa hamkor davlatlar koʻmagi bilan amalga oshirilgan «Mehr-5» operasiyasi natijasida Suriya hududidagi urush ketayotgan «qaynoq nuqtalarga» borib qolib, «Al-Hol» lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar Oʻzbekistonga qaytarildi.
Portugaliyaning Aruka provinsiyasida dunyoda eng uzun osma koʻprik ochildi. Mazkur koʻprikning uzunligi 175 metrni tashkil qiladi hamda uning qurilishiga 2,3 million yevro sarflangan. | 101 | 1,186 |
Foto | Namoyishga chiqqan shifokorlar, qoʻlini “X” qilgan prezident, AQShga ketayotgan muhojirlar — 8 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Shri-Lankaning Kolombo shahrida shifokorlar va sogʻliq xizmati xodimlari hukumatdan yaxshi shart-sharoit va texnik jihozlar talab qilib namoyishga chiqdi.
Singapurdagi botanika bogʻida suzayotgan toshbaqalar.
Bangkok shimolidagi hududlarda daryo suvi toshishi natijasida suv toshqini yuz berdi.
Marselning «Olimpik» jamoasi muxlislari jamoa egasi Bernard Tapining dafn marosimi oldidan cherkov oldida toʻplanib turibdi.
Kolumbiyada yuzlab muhojirlar AQShga qarab yoʻlda davom etmoqda.
Braziliyada aholi mamlakat iqtisodiyot vaziri Paolo Guedasning ismi Pandora hujjatlarida e‘lon qilinganidan keyin norozilik namoyishi oʻtkazdi.
Shrinagarda anti-hind millatchilari tomonidan oʻldirilgan oʻqituvchining dafn marosimi oʻtkazildi.
Xitoy polisiyasi ofiserlari Shinjon uygʻur viloyati chegarasida patrul oʻtkazmoqda.
Nyu-Yorkdagi «Battery Park»da bir yil oldin qurolli hujum oqibatida vafot etganlar xotirasiga oʻrnatilgan 1050 ta gulga qarab turgan ayol.
AQSh prezidenti Jo Bayden Chikago aeroportida jurnalist tomonidan berilgan savolga javoban qoʻlini «X» qildi. | 112 | 1,121 |
Foto | Fotogalereya: Bir qarashda Photoshop’da ishlangandek tuyuluvchi suratlar | Ba’zida eng yaxshi suratlar kutilmaganda olinadi. Vaziyatning omadli kelishi, ozgina hazil va ijodiy yondashuv Photoshop’dan ko‘ra yaxshiroq chiqadi.
AdMe nashri kerakli vaqtda va kerakli joyda olingan suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 72 | 233 |
Foto | Foto va video: 90 darajaga ag‘darila oladigan dunyodagi eng g‘aroyib kema | AQShning Skripps okeanografiya instituti ixtiyorida shu vaqtgacha olimlar tomonidan yaratilgan dunyodagi eng g‘aroyib tadqiqot kemasi mavjud. Korpusining uzunligi 108 metr bo‘lgan mazkur kema qisman cho‘kib, vertikal holatda tura oladi. Kemaning ichki jihozlari uning xodimlari uchun har qanday holatda qulay qilib loyihalashtirilgan. TravelAsk mazkur kemaga e’tibor qaratdi.
FLIP ilmiy-tadqiqot kemasi 1962-yilda suvga tushirilgan. U turli okeanografik tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan, xususan, seysmik to‘lqinlarni va okeandagi shovqinlarni, issiqlik almashish jarayonlarini va boshqa ko‘plab holatlarni o‘rganish. Kema bugungi kunda ham muvaffaqiyatli ishlamoqda.
FLIP mustaqil harakatlana olmaydi va boshqa bir kema uni shatakka olib tadqiqot joyiga olib boradi. Kema holatini barqarorlashtirish uchun langardan foydalaniladi.
Eng g‘aroyibi kema ichidagi jihozlarning joylashishi hisoblanadi. Deyarli barcha jihozlar ikki xil holatga ega va kemaning vertikal yoki gorizontal holatda ekanligiga qarab moslasha oladi. Bundan tashqari, har bir xonada perpendikulyar holatda joylashgan ikkitadan eshik bor. | 73 | 1,109 |
Foto | Fotogalereya: Sarguzasht shaydolari uchun 11 ta joy | Agar ta’tilni oddiy plyaj va muzeyga borishdan iborat deb o‘ylasangiz, quyidagi 11 ta joyni ko‘zdan kechirishingiz kerak. U yerdagi sarguzashtlaringiz yil bo‘yi sizga ajoyib xotiralar bag‘ishlaydi. Travel Ask mana shunday rasmlarni taqdim etdi.
“Eski Gonkong” (Kavasaki, Yaponiya)
Madeyra orollari (Portugaliya)
Shoh-Chiroh oynali madrasa (Eron)
“Bogem Shveysariyasi” parki (Chexiya)
“Katta Budda, Lantau, Gonkong
“Qayta tug‘ilish krateri” (Irlandiya)
Xallasan vulqoni (Chedjudo, Janubiy Koreya)
Xerst qasri va basseyni (Kaliforniya, AQSh)
Ilon-uy (Meksika)
Mo‘jizalar bog‘i (Dubay)
Kanyo-Kristales daryosi (Makarena, Kolumbiya) | 51 | 638 |
Foto | “Ayshvariyaning singlisi Toshkentda, Munisaning opasi esa Rossiyada”: O‘zbek shou-biznesi vakillarining qiyofadoshlari (foto) | Odam odamga o‘xshaydi, deyishadi. Biroq ba’zida shunday vaziyatlarga duch kelamizki, kim aslida kim ekanini ajratish mushkul bo‘lib qoladi. Quyida xorijiy va o‘zbekistonlik mashhurlarga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan insonlar haqida so‘z yuritamiz.
Qaysi biri Aishvariya Ray?
Mashhur hind aktrisasi, “Dunyo go‘zali” Aishvariya Bachchanning O‘zbekistondagi qiyofadoshi Nargiza Azizova “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvining boshlovchisi hisoblanadi. U aka Sharif nomi bilan tanilgan aktyor Tolib Xojiyevning qizi. Ikki farzandning onasi bo‘lgan teleboshlovchi hind aktrisasiga havas qilishini yashirmaydi.
— Hind aktrisasiga o‘xshashimni bilganimga ko‘p bo‘lmadi. Akademik litseyda o‘qishga borganimda kursdoshlarim “Devdas”dagi Paroga o‘xshashimni aytishgandi. Bu filmni ko‘rmaganim va hind kinosiga unchalik qiziqmaganim uchun gaplariga e’tibor bermadim. Oradan ancha vaqt o‘tib tasodifan televizorda namoyish etilayotgan “Devdas” filmiga ko‘zim tushib qolgan. Haqiqatan hind aktrisasiga o‘xshashimni o‘shanda bilganman. Atayin taqlid qilmayman, ammo unga havasim keladi. U idealimdagi ayol desam ham bo‘ladi, — deydi Nargiza Azizova.
“Rayhonning egizagi bormidi?”
Muhabbat Oripova haqiqatan ham xonanda Rayhonga o‘xshaydi. Ba’zilar aytgandek, balki u ham xonandaning imijiga taqlid qilar. Ammo unga qarab, tabiiy o‘xshashliklarni ham payqashingiz aniq. Muhabbat asli farg‘onalik, bir necha yildan buyon Toshkent shahrida istiqomat qiladi.
“Rayhonmisiz degan savolni ko‘p berishgan. Ba’zilar savol bermay zimdan kuzatish, paparatsi qilib suratga olish holatlari ham ko‘p bo‘ladi. Ilk marta Rayhonga o‘xshashligimni Rayhonning Qo‘qondagi konsertida bilganman. Havo sovuqligi uchun Rayhon muxlislari bilan ko‘risholmagan. Shunda bitta muxlis meni ko‘rsatib “Mana Rayhon” degan va hamma kelib men bilan rasmga tushgan. Bunday holatlar ko‘p marta bo‘lgan”, — deydi Muhabbat Oripova.
“Mabodo, Uchqun Tillayevning ukasi emasmisiz?”
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Tillayevning o‘zi kabi ijodkor qiyofadoshi Samarqandda istiqomat qiladi. Hayot Hamidov bir necha yillardan buyon Samarqand viloyatidagi Hamid Olimjon teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritadi.
“Mabodo, Uchqun Tillayevning qarindoshi emasmisiz, degan savollarni ko‘p berishgan. Bir kuni to‘yda bir odam kelib ‘Siz anuv aktyorga o‘xshar ekansiz?’ dedi. Asabiylashib turganim uchunmi qaysi aktyorga deb balandroq gapirib yuboribman. Nima deyishini bilmay ‘Bitta aktyor sizga o‘xshaydi!’ dedi. Ana endi to‘g‘ri aytdingiz, deb kulgandim”, — deydi Hayot Hamidov.
Munisa Rizayevaning rossiyalik “opasi”
Munisa Rizayevani ko‘pchilik rus estrada vakili Zaraga o‘xshatishadi. Ochig‘ini aytish kerak, ilgari haqiqatan ham o‘xshashlik darajasi yuqori edi. Ammo keyingi paytlarda Munisa Rizayevaning lablari “biroz” kattalashgan. Ammo ikki ijodkorning tashqi qiyofasida qandaydir umumiylik bor.
Shakiraning o‘zbekistonlik qiyofadoshi
Shubhasiz, aktrisa Maftuna Xolmurodova Shakiraga taqlid qiladi. Chunki uning avvagi qiyofasi butunlay boshqacha edi. Bilishimizcha, u bir necha yil Sevinch Mo‘minovaga taqlid qilib, uning qo‘shiqlarini kuylab yurgan. Ammo Shakira ijrosidagi chiqishlari omadliroq chiqqach, “O‘zbek Shakirasi” nomini olish uchun intilgan. Qiyofada natijalar omadsiz emas, ammo bunday imij va raqslar o‘zbek san’ati uchun kerakmi, degan jumboqli savol bor.
Oz bo‘lsa-da o‘xshashlik bor-ov!
Negadir ko‘pchilik xonanda Sherbek Shodiyevni mashhur futbol yulduzi Messiga o‘xshatishadi. Rasmlarni solishtirsa haqiqatan ham qandaydir o‘xshashlik bor.
Qaysi biri Zarina Nizomiddinova?
Rasmdagilarning qaysi biri aktrisa Zarina Nizomiddinova ekaniga ikkilanib qoldingizmi? Chunki ularning ikkisi ham bir-biriga o‘xshaydi. Ikkinchi rasmdagi qiz model Monika. Ammo ko‘pchilik Instagram foydalanuvchilari uni aktrisa Zarinaga o‘xshatishadi.
Hojiboy Tojiboyevning qashqadaryolik qiyofadoshi...
Qiziqchi Zokir Ochildiyev “Izoh sizdan” deya mazkur suratni Instagram profiliga joyladi. Muxlislarning aksariyati suratdagi insonni marhum ijodkor Hojiboy Tojiboyevga o‘xshatdi. Ayrimlar uning Qashqadaryo viloyatida iste’qomat qilishi, uni odamlar ko‘p yillardan buyon Hojiboy Tojiboyevga o‘xshatishlari haqida izoh qoldirdi.
Ulug‘bek Ziyovuddinovni Sherali Jo‘rayevga o‘xshatishadi
Ulug‘bek Ziyovuddinov Ulug‘bek Mirzo taxallusi bilan ijod qiladi. Uning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki tor chalishi ham ustoz san’atkorni eslatadi.
“Alloh bandani bir-biriga o‘xshatadi. Bir qiyofadas yuz minglab odamlarni yaratishi mumkin. Tashqi ko‘rinishidan tortib, fe’l-atvorigacha bir xil bo‘lishi mumkin. Ulug‘ ustoz tirik afsona, san’at koinotida suzib yurgan quyoshdek. Go‘dakligimdayoq ustozning o‘ziga ham, san’atiga ham havas qilganman. Chin dildan havas qilsangiz, Alloh beradi. Ustozning o‘zini, qo‘shiqlarini, avlod-ajdodlarini yaxshi ko‘ramiz, ular uchun doim duodamiz”, — deydi Ulug‘bek Ziyovuddinov. | 125 | 4,868 |
Foto | Fotogalereya: Kanada bosh vazirining turfa rangli paypoqlari | Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo — yangi davrning yorqin siyosatchilaridan biri. Ayniqsa, uning kiyinish borasida didi alohida e’tiborga molik: universal to‘q ko‘k kostyum va klassik poyabzallar bilan birga turfa rangli paypoqlar. “uDuba.com” nashri ushbu siyosatchining g‘aroyib paypoqlari tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Bloomberg biznes-forumida Goalkeepers 2017 uchun Melinda Geyts bilan intervyu uyushtirmoqda. Oyog‘ida esa “Yulduzlar jangi”dagi Chubakka.
“Katta sakkizlik” sammiti doirasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvga kamalak rangli paypoqda
Irlandiya bosh vaziri Endi Kennini Monrealda “Yulduzlar jangi” filmidagi R2-D2 hamda C-3PO droidlari kutib oldi — Tryudo “Yulduzlar jangi kuni” hisoblanmish 4-may sanasini shunday nishonladi
Davosdagi forumga bosh chanog‘i va suyaklar tasvirlangan paypoqda
Kanada bosh vaziri Vashingtonda AQSh Savdo palatasining yig‘ilishida
Shunchaki bug‘ular
Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATOga a’zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishida
Kubadagi Gavana universitetida bo‘lib o‘tgan ma’ruza vaqtida
Tryudo “Kelli va Maykl bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali” dasturida Kanada ramzlari tushirilgan paypoqda
2017-yilning iyulida kanadalik bosh vazirni Irlandiyaning yangi tayinlangan bosh vaziri Leo Varadkar shu usulda kutib oldi | 60 | 1,322 |
Foto | 25 yil yolg‘iz yashab yer ostida ertaklar olamini qurgan haykaltarosh ijodidan fotogalereya | Havaskor-haykaltarosh Ra Pollet 25 yil davomida har kuni Nyu Mexiko sahrolaridagi qoyalarda ishlab, u yerda sehrli saroylar bunyod qiladi. U yorqin qumtoshlar bilan o‘ralgan yerosti g‘orlarini topadi va ularni bir-biriga bog‘lab, ajib ulkan zallar quradi. Haykaltarosh devorlarni o‘ziga xos o‘ymakorlik bilan bezaydi — har bir g‘or o‘ziga xos uslubda ekani bilan diqqatga sazovor. Ra uzoq yillardan buyon bir o‘zi mehnat qiladi va faqat bitta to‘rt oyoqli yordamchisi, sodiq iti unga ko‘mak beradi.
Pollet g‘orlarning devor va shiftlarida derazalar ochadi, kunduz kuni oynadan tushgan quyosh nuri ichkariga o‘zgacha tarovat baxsh etadi. Ra sirli yerosti qasrlarini “sof va toza ibodatxonalar”ga o‘xshatadi va u yerda yolg‘iz qolib zaminning qalbi bilan g‘oyibona suhbat quradi. Sangtarosh mehnatidan zavq olish hamda o‘zini-o‘zi quvontirish uchun mehnat qiladi. Ishlayotgan vaqtida g‘orning bir burchagida yashash uchun barcha sharoit mavjud bo‘lgan dam olish joyi tashkil qilib oladi.
Afsonaviy yolg‘iz san’at fidoyisi haqida “G‘orlar bunyodkori” (CaveDigger) deb nomlangan hujjatli film olingan va ushbu kartina o‘z yo‘nalishida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan. | 91 | 1,158 |
Foto | Pravoslavlarning Pasxa bayrami, Frantsiyadagi prezident saylovi, dezinfektsiya qilinayotgan Shanxay ko'chalari — 24 aprel suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Efiopiyalik pravoslavlar Quddusda Pasxa bayramini nishonlamoqda.
Ukrainaining Liman shahrida ayollar Pasxa munosabati bilan muqaddas bitiklarni o'qimoqda.
Hindistondagi Jamna daryosi tubidan tanga olib chiqqan kishi. Bu daryoga odamlar turli ishonch bilan tanga uloqtirishni odat qilgan.
Makedoniyalik pravoslavlar Pasxa bayrami munosabati bilan Quddusdan keltirilgan Muqaddas olovdan shamlarini yondirmoqda.
Frantsiyada prezident saylovining ikkinchi turi yakunlandi. Amaldagi prezident Emmanuel Makron ovoz berishda ishtirok etdi. Dastlabki natijalarga ko'ra, u oldinda bormoqda.
Peru poytaxti Lima shahridagi sabzavot bozorida sotilayotgan qovoqlar.
Frantsiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen saylovda ovoz berdi.
xitoyning Shanxay shahri ko'chalari koronavirusning yangi oqimi sabab dezinfektsiya qilinmoqda.
Armaniston prezidenti, bosh vaziri va parlament raisi armanlar “genotsidi”ning 107 yilligini xotirlamoqda.
Kievdagi Vladimir soborida Pasxani qutlayotgan ukrainalik askar. | 131 | 1,048 |
Foto | Dunyodagi eng qadimiy 14 masjid (fotogalereya) | O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portalida dunyodagi eng qadimiy masjidlar sanab o‘tildi.
“Masjidul Harom” Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan eng mo‘tabar va ulkan hamda musulmonlar ibodat qilishlari uchun barpo etilgan ilk masjiddir. Abu Zarr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yer yuzida qurilgan ilk masjid qaysi?” deb so‘radim. “Masjidul Harom”, deya javob berdilar. “Keyin qaysi biri?” dedim. “Masjidul Aqso”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Mazkur masjidda qon to‘kish va boshqa gunoh ishlar harom qilingani bois shunday nom bilan atalgan. Masjidning to‘qqizta minorasi (har birining balandligi 95 metr), to‘rtta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor. O‘n bitta yurarzinalar orqali masjidning ikkinchi va uchinchi qavatlariga chiqiladi.
“Masjidul Aqso”. “Uzoqdagi masjid” ma’nosini anglatuvchi mazkur jome Quddusi sharifda, Sulaymon alayhissalom tomonlaridan qurilgan. Islomdan ilgari arablar, keyin musulmonlar unga qibla sifatida yuzlanib ibodat qilishgan. Hijratning ikkinchi yilida Qur’oni karim hukmi bilan musulmonlar qibla sifatida Makkadagi Ka’baga qarab namoz o‘qiy boshlashgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Faqat ushbu uch masjid sari qasd qilib yo‘lga chiqiladi: Masjidul Harom, mening masjidim va Masjidul Aqso”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
“Qubo” masjidi. Islom tarixida ilk qurilgan masjid.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qubo masjidi qiblasi poydevoriga asos solganlar. Masjid qurilib bitkazilgach, jamoat bilan namoz o‘qishni boshlab berganlar. Qubo masjidi Madinai munavvaraning janubiy-g‘arbiy qismida, harami nabaviydan 3–5 km uzoqlikda joylashgan.
Qubo masjidi hijriy 435-yilida Abu Ya’lo Husayniy, hijriy 555-yilida Jamoliddin Isfahoniy tomonidan yangiladi. hijriy 877-yilida Qubo masjidi minorasi qulab tushdi, hijriy 881-yilida Sulton Qaytboy Masjidi Nabaviyni ta’mirlagan paytida, Qubo masjidi minorasini ham yangiladi. Ma’lum qilinishicha, Usmoniylar hukmdori Sulton Mahmudxon hijriy 1240-yilida Qubo masjidini qaytadan ta’mirladi. Shuningdek, jomeda Usmoniylar hukmronligi tomonidan bir qancha ta’mirlash ishlari olib borildi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimki uyida tahorat olib, Qubo masjidiga borsa va unda ikki rakat namoz o‘qisa, umra qilganning ajrini oladi”, deganlar.
“Masjidun Nabaviy”. Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan. Masjid o‘rnini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘n dinorga sotib olganlar va masjid qurilishida sahobalarga bosh bo‘lib, shaxsan o‘zlari ishtirok etganlar. Masjid binosi xom g‘ishtdan, shifti xurmo shoxi, ustunlari esa xurmo yog‘ochidan bino qilingan. Yomg‘ir yog‘sa shiftdan suv o‘tib, sajda qilgan odamning peshonasi loy bo‘lar edi. Jome keyinchalik hazrat Umar va Usmon roziyallohu anhum hamda keyingi xalifa, podshohlar tomonidan bir necha bor ta’mirlanib, kengaytirilgan.
Masjidning bir yuz besh metrli ikkita, yetmish besh metrli to‘rtta minorasi, 400 dan ortiq ustuni, 6800 ta qandili, ziyoratchilarni quyoshning jazirama nurlaridan to‘sib turuvchi ochilib-yopiladigan katta soyabonlari majmuaning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Kunduzi quyosh nuridan majmua qum rangida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabrlari joylashgan hujra gumbazi esa yashil rangda tovlanadi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ushbu masjiddagi namoz undan boshqalardagi mingta namozdan afzaldir. Masjidul Harom bundan mustasno”, dedilar.
“Qiblatayn” masjidi. Hijratning ikkinchi yili, rajab oyining o‘rtalari, dushanba kuni edi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Bani Salama yurtida peshin namozini jamoat bilan Quddusga qarab o‘qiyotgan edilar. Namoz ichida qiblaning o‘zgargani haqida vahiy keldi. Ikkinchi rakat oxirlab qolgan edi. Musulmonlarga Makkadan Masjidi Haramga tomon qarash amri tushdi. Rasuli akram o‘sha zahotiyoq yuzlarini Quddusdan Ka’baga tomon burdilar. Jamoat ham saf bo‘lib birga burildi.
Yangi qibla tomon burilib, uchinchi va to‘rtinchi rakatlarni Masjidi Haramga qarab o‘qib, namozni tugatdilar. Shu sababdan Bani Salama masjidi ikki qiblali masjid ma’nosida “Masjidul Qiblatayn” degan nom oldi.
“Chiraman juma” jome masjidi (Hindiston). Hijriy 629-yil Molik ibn Dinor roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Molik ibn Dinor roziyallohu anhu Hindistonga kelgan ilk musulmonlardan hisoblanadi.
“Xuayshen” jome masjidi (Xitoy). Hijriy 630-yil Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu tomonlaridan bunyod etilgan. 1695-yil qayta qurilgan.
“Kufa” jome masjidi (Iroq). VII asrda qurilgan. 2010-yil qayta ta’mirlangan.
“Uqba” jome masjidi (Tunis). Shuningdek, “Qayruan” jome masjidi nomi bilan ham mashhur. Taxminan hijriy 670-yili Uqba ibn Nafiy roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Masjidning minorasi bugungi kungacha yetib kelgan dunyodagi eng qadimiy minoralardan hisoblanadi.
“Aleppo” jome masjidi (Suriya). Umaviylar hukmronligi davrida VIII asrda bunyod etilgan. 2003-yil masjid hovlisi va minorasi ta’mirlangan.
“Umaviylar” jome masjidi (Suriya). Hijriy 715-yil qurilgan.
“Zaytuna” jome masjidi (Tunis). Hijriy 731-yil barpo etilgan. Mazkur jome huzurida eng qadimiy Islom universitetlaridan biri ham joylashgan. Oliygohda dunyoning turli burchaklaridan talabalar kelib tahsil olishgan.
“Sina” jome masjidi (Xitoy). Hijriy 742-yil qurilgan. Masjid Xitoy me’morchiligi asosida qad ko‘targan. Bir necha marta qayta ta’mirlangan.
“Juma” jome masjidi (Ozarbayjon). Hijriy 743-yilda Abu Muslim rahmatullohi alayh tomonidan bunyod etilgan. | 46 | 5,547 |
Foto | O‘zbekistondagi eng noyob tabiiy makonlar | Odamlar odatda boshqa davlatlardagi turistik obyektlar va noyob makonlarga katta qiziqish bildiradi. Ammo bunday joylar O‘zbekistonda ham juda ko‘p. Ana shunday sirli makonlar haqida UzNews hikoya qiladi.
Surxondaryo viloyatidagi Boysuntov tizmasida joylashgan, 3720 metr balandlikka ega massiv yovvoyi tabiat oshyoni hisoblanadi. Unga Boysundan Olachopon, Qayroq va Dibolo qishloqlari orqali borish mumkin, ammo bu yo‘l massivning qiya nishabiga eltadi, u orqali cho‘qqiga ko‘tarilish uchun esa insondan katta mahorat va kuch-bardosh talab etiladi. Ikkinchi yo‘l Darbant darasidan o‘tib, Machay, Qizil Novur va Kentala qishloqlaridan chiqadi.
Vodiy Toshkentdan 100 kilometr narida, Chotqol daryosi qirg‘og‘ida joylashgan. Uning eng diqqatga sazovor jihati paleolit davri odamlari manzilgohi — Obirahmat tog‘li arxeologik yodgorligi hamda 38 metr balandlikdan tushadigan sharsharadir.
Ko‘ndalang o‘lchami 800 metr keladigan ushbu kichik ko‘l Surxondaryo viloyatidagi Xomkon darasida joylashgan. U hanuzgacha chuqur o‘rganilmagan noyob tabiat yodgorligidir, negaki, olimlarning fikricha, tabiiy yo‘l bilan emas, balki meteorit qulashi tufayli yuzaga kelgan. Shu tariqa, Qonbeshbuloq aslida bir meteorit krateridir.
Ug‘om-Chotqol milliy bog‘ida, 1227 metr balandlikda joylashgan noyob tabiiy suv havzasi. Undagi suv nefrit tusida jilolanadi. “Urung‘och” uyg‘ur tilidan “yorqin nefrit” deb tarjima qilinadi.
Qadimgi Termizning eng qiziqarli obidalaridan biri. Tarixiy yodgorlik shahardan 3 kilometr sharqroqda joylashgan.
G‘or ichida debiti 20 litr/sekundni tashkil qiladigan yirik buloq joylashgan. G‘or Sho‘rchi tuman markazidan 55 kilometr shimoli-g‘arbda, Surxondaryoning o‘ng irmog‘i bo‘lmish Xo‘jaipok daryosi vodiysida joylashgan. G‘orning uzunligi — 220 metr, hajmi — 2700 metr kub.
G‘or dengiz sathidan 1500 kilometr balandlikda, Surxondaryo viloyati sharqidagi Boysuntov tizmasida joylashgan. 1938–1939-yillarda taniqli arxeolog Aleksey Pavlovich Okladnikov shu g‘ordan mustye davriga oid neandertal qiz bolaning qoldiqlarini topgan edi.
Suv ombori 1968-yilda Qumdaryoning vayronkor sellarini bartaraf qilish maqsadida barpo etilgan.
G‘or Zarafshon tizmasining shimoliy qismida, Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan. 1947-yilda arxeolog Mixail Mixaylovich Dyakonov bu yerdan sinantrop insonning son suyagini aniqlagan edi. | 41 | 2,351 |
Foto | Fotogalereya: Instagram foydalanuvchilari orasida mashhurlikka erishgan Bengal mushugi | Ko‘zlari juda ham chiroyli bo‘lgan ushbu Bengal mushugi o‘zining kanadalik egasi bilan butun dunyo bo‘ylab sayr qiladi. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida mushuk va uning egasi bo‘lgan qizning sayohatini 229 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib bormoqda. “RIA Novosti” o‘zining Facebook’dagi sahifasiga mushukning ayrim suratlarini joylashtirdi. | 86 | 339 |
Foto | Foto: Itning “yovvoyi tomoni”dan ilhomlanib qilingan fotomontajlar | Amerikalik fotograf Set Kastil 2012-yilda hayvonlarning noodatiy suratlari bilan mashhur bo‘lgan. U suv havzasiga o‘yinchoqlarni uloqtirgan va itlarning o‘zini suvga qanday qilib tashlashini suratga olgan, deb yozmoqda TJournal. Suratkash bu suratlar orqali uy hayvonlarining “yovvoyi tomoni”ni ko‘rsatishga harakat qilgan.
Reddit tarmog‘ida suratkashning suratlaridan ilhomlanib yaratilgan fotomontajlar joylangan. TJournal ana shu suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 66 | 469 |
Foto | “Qozog‘iston go‘zali” tanlovi tarixidagi eng chiroyli qizlar (foto) | “Qozog‘iston go‘zali” respublika tanlovi 20 yildan ortiq vaqt davomida o‘tkazilib kelinadi. Barcha qizlar “Dunyo go‘zali” va “Sayyora go‘zali” tanlovlarining asosiy go‘zaliga aylanib, mamlakatni namoyon qilishni orzu qiladi. Lekin g‘olib bitta bo‘ladi. Mamlakatning asosiy go‘zallik tojini sinab ko‘rish kimlarga nasib qilgani haqida “Tengrinews” xabar berdi.
Saule Raxmedova (1989)
Jamilya Bisembiyeva (1997)
Aynur Toleuova (2011)
Saule Junusova (2003)
Alfiya Yelsayin (2018)
Aleksandra Kazakova (2004)
Gauxar Raxmetaliyeva (2006)
Dana Tolesh (1998)
Regina Vandisheva (2014)
Margarita Kvarsova (2000)
Gulbanu Azimxan (2016)
Olga Sidorenko (2002)
Ayday Isayeva (2013)
Asel Isabayeva (1999)
Simbat Madyarova (2009)
Aliya Mergenbayeva (2015)
Alfina Nasirova (2007) | 67 | 779 |
Foto | O‘ta mahorat bilan qadoqlangani uchun ichida nima borligini taxmin qilib ham bo‘lmaydigan Yangi yil sovg‘alari (foto) | Ba’zi odamlar sovg‘alarni qanday bo‘lsa, ya’ni sotib olgandek shaklda beradi. Boshqalar ularni chiroyli qog‘ozga o‘rab, tasmalar bilan bezaydi. Yana kimlardir, sovg‘alarni imkon qadar boshqa dizaynda qadoqlaydi va uning ichidan tamoman boshqa narsa chiqadi. Bu kabi sovg‘alar ta’sirchanlikni yanada oshiradi.
“Sevgilimga sovg‘ani xuddi velosiped shaklida hadya qildim. Ammo uning ichidan marjon, suratlar, sham va turli chiroqlar o‘rin olgan”.
“Bu men o‘ylaganimdan ham ko‘ra ko‘proq vaqt oldi, ammo natijada sovg‘ani shunday tarzda o‘radim”.
Ushbu qutining ichida marjon va qimmatbaho toshlar bor.
“Akam mendan sovg‘ani shunday ko‘rinishda o‘rashimni iltimos qilgan edi”.
“Shunday qilib, jiyanim uchun bir quti yalpizli konfet o‘radim”.
“Bu otam uchun dron”.
“Drelni shunday qadoqladik”.
“Buning ichidagi sochiqlar qaynonam uchun”.
“Qizim buning ichida nima borligini topa olarmikan?”
“Dadam har doim Yangi yil sovg‘asi ichida nima borligini taxmin qiladi. Sizningcha, bu safar sovg‘a kalitlar to‘plami ekanini topa oladimi?”
“Qizim ot ishqibozi, lekin hozir ot sotib olishga qurbim yetmaydi. Shunday qilib, men bu sovg‘ani chavandozlik darslari uchun sotib oldim va uni shunday o‘radim”.
Ushbu qor tozalagich ichida soyabon bor.
Aravacha ko‘rinishidagi sovg‘ada ham soyabon bor.
Bunda esa shokoladli shirinliklar mavjud.
“Men singlimga Yangi yil uchun ko‘ylak sotib oldim”.
Suratni xuddi tank ko‘rinishida o‘radim”.
Ushbu sovg‘aning ichida USB ulagich bor.
Stol usti o‘yinchog‘ini yana qanday yashirish mumkin? | 117 | 1,528 |
Foto | Foto: Saudiya Arabistonida Ramazon oyining boshlanishi | “Islam-today.ru” nashri Makka shahrida Ramazon oyining boshlanishi qay yo‘sinda aniqlanishi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Suratlardan ko‘rish mumkinki, bir guruh mutaxassislar o‘zlarining maxsus uskunlari yordamida uzoq vaqt osmonga termulib, yangi oy chiqishini kutib o‘tirishadi. | 54 | 297 |
Foto | Turkiya sayyohlarni nimasi bilan o‘ziga jalb etishini aks ettiruvchi suratlar | Hududi Qora, Egey, O‘rta dengiz bilan o‘ralgan Turkiyaga tashrif buyurgan sayyoh qiziqishidan kelib chiqib, istaganicha hordiq chiqarishi mumkin. Xohishga qarab, barcha xizmatlarni o‘z ichiga oladigan hashamatli mehmonxonada dam olish, sevimli seriallar suratga olingan tarixiy joylar va ahamiyatga molik yerlarga tashrif buyurish, dayving hamda ekstremal sport bilan shug‘ullanish imkoniyati mavjud. AdMe tomosha qilgach, Turkiyaga borishni istovchi sayyohlar soni tobora ortishiga sabab bo‘ladigan suratlarni e’tiboringizga havola qiladi.
O‘ziga xos rangga ega Fathiye ko‘rfazi.
Istanbuldagi uysiz itlarga yemak qo‘yish uchun ajratilgan maxsus joy.
Uludag‘ning Milliy bog‘iga osilgan ogohlantiruv belgisi: “Ehtiyot bo‘ling, dinozavr bo‘lishi mumkin”.
Iste’mol qilingan yegulik va ichimliklarning umumiy narxi teng bo‘linsa, har bir xo‘randa qanchadan to‘lashi kerakligi ko‘rsatilgan hisob.
Har qanday erkak sochini Al Pachinonikidek turmaklatishi mumkin bo‘lgan sartaroshxona.
Turkiyaning nafaqat dengizlari, balki purviqor tog‘lari ham kishini o‘ziga maftun qiladi.
Antakyadagi mehmonxonani barpo qilish vaqtida Rim davriga oid mozaikalar topilgan. Endilikda mehmonxona binosi saqlab qolingan qadimiy vayronalar ustida joylashgan.
Aynan shu sabab ham mehmonlar antik madaniyat namunalarini tomosha qilgan holda nonushta qilishi mumkin.
O‘rindiqda uxlab qolgan uysiz mushukni bezovta qilmaslik uchun yerda o‘tirib, avtobus kutayotgan odamlar.
Arzon ekani sabab Turkiya aholisi meva va sabzavotlar iste’molini kanda qilmaydi. Masalan, bodringning bir kilosini 0,23, qulupnayni esa 0,62 dollarga xarid qilsa bo‘ladi.
Bursaliklar Yelizaveta II bir vaqtlar mahalliy bozorga borib, u yerdagi ipakdan tikilgan ro‘mollarga ijobiy baho berganidan faxrlanadi.
View this post on Instagram
To‘rtta quloq bilan dunyoga kelgan Midas laqabli mushuk ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda mashhurlikka erishgan.
Turkiyada ovqatlar bilan qo‘shib ayron ichilishi odatiy hol.
Saklikent Turkiyadagi eng uzun va chuqur kanyon. Uning uzunligi 18 kilometrni, balandligi esa 300 metrni tashkil qiladi.
Istanbuldagi zargarlik do‘konlaridan birida tilla taqinchoqlar peshtaxtasi ustida uxlab yotgan mushuk.
Mizg‘ib olish uchun kiyim do‘konini afzal bilgan it.
Turkiya ko‘chalarida nafaqat it va mushuk, balki toshbaqalarni ham uchratish mumkin.
Fathiye bozorida baliq yoki istalgan dengiz mahsulotini xarid qilsa bo‘ladi. Ularni mijoz uchun o‘sha zahotiyoq pishirib berishadi.
Turkiyaning muzqaymog‘i — dondurmani yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz.
View this post on Instagram
Zevgma qadimiy shahridagi mozaikaning suv bosganidan keyingi ko‘rinishi. | 77 | 2,665 |
Foto | 300 ming dollarga dunyoning turli burchaklarida qanday uy sotib olish mumkin? (foto) | AdMe turli mamlakatlarda 300 ming dollarga qanday uylarni xarid qilish mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Manzil: Kallavesi ko‘li bo‘yi
Kamin, keng ayvonli, ikki yotoqxona, bir vannaxona, oshxona, sauna va alohida garajli yog‘och uy.
Manzil: Emborio
Bir yotoqxona, bir vannaxona, oshxona, alohida dush kabinetiga ega, Egey dengizi ko‘rinib turadigan uy.
Manzil: dengizdan 300 metr masofadagi nufuzli qishloq
Uch vannaxona, uch yotoqxona, katta oshxona, alohida kir yuvish va garderob xonalari, markaziy konditsiyalash tizimi, basseyn, bog‘, parkovkali uy.
Manzil: Petrodvorets tumani, Strelna qishlog‘i
Uch xona, mehmonxona, vannaxona, garderob xonasi, ikki balkon, basseynli uy.
Praya-da-Lush kurort shaharchasi
Ikki yotoqxona, bir vannaxona, Bosch ichki texnikasi, elektr jalyuzilar, Atlantika okeani ko‘rinib turadigan uy.
Manzil: Riu-Grandi-du-Norti
To‘rt yotoqxona, to‘rt vannaxona, to‘rt xona, TV-zal, ofis, barbekyu hududiga ega uy.
Manzil: Komo ko‘li bo‘yi
Studiya kvartira, ko‘lga qaragan ayvon, tabiiy tosh va yog‘ochdan ishlangan interyer, basseyn va yashil hududli uy.
Manzil: Zamora-avenyu
Mehmonxona, uch yotoqxona, bir vannaxona, shiyponli parkovkaga ega uy.
Manzil: Kemer
Mehmonxona, uch yotoqxona, uch vannaxona, Amerika uslubidagi oshxona, sauna va ayvonli uy. | 84 | 1,282 |
Foto | Yovvoyi tabiat suratkashlari qanday ishlashini o‘zida aks ettiruvchi fotosuratlar | Yovvoyi hayvonlarni suratga tushirish oson ish emas. Ko‘pincha birgina muvaffaqiyatli kadr uchun soatlab kutishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yovvoyi hayvonlarning ba’zilari o‘z xohishi bilan suratkashlarga yaqinlashadi. Bir tarafdan ularning hayoti xavf ostida bo‘lsa, yaxshi tomoni, ularga omad kulib boqishi ham mumkin. Chunki jonzotning ayrimlari o‘zlarini suratkashdek tutsa, yana boshqalari kamera ustida joylashishga harakat qiladi.
Suratga tushish uchun eng yaxshi joy!
Niqob ichidagi yuz oshkor bo‘lganda.
Yovvoyi mushuk biroz qo‘lga o‘rganishga qaror qildi.
Agar u yerda biror yaxshi narsa yashiringan bo‘lsachi!
Ba’zida ayiqlar ham nihoyatda do‘stona munosabatda bo‘lishi mumkin.
Lekin bu har doim ham degani emas.
Eng maftunkor suratkash.
Hissiyotlarga berilgan model quchoqlashishni xohlasa...
Olmaxon o‘ziga ovqatlanish uchun ajoyib joyni topdi.
Buning ichida nimani suratga olyapsiz?
Bu yerdan hammasi yaxshiroq ko‘rinadi.
Ba’zi suratkashlar hayvonlar uchun har qanday holatga tayyor bo‘ladi.
Ayrim modellar esa aksincha, o‘zlari suratkash bo‘lishni istaydi.
Menga suratga olishni o‘rgating.
Daraxtga adashtirib...
Doimo hamma narsaga qiziquvchan maymunlar.
Hamma ham fotosessiyadan mamnun emas.
Tushlik uchun joy topildi.
Suratkashning bosh kiyimi yoqib qolganida. | 81 | 1,298 |
Foto | “O‘zsanoatqurilishbank” ATB xorijiy banklarni tashqi moliyalashtirishga kirishmoqda | Avval ma’lum qilinganiday, 13—14-dekabr kunlari Qirg‘iziston prezidenti So‘ranboy Jeenbekov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif doirasida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
Xususan, O‘zbekiston Hukumati tomonidan Respublikaning yetakchi banklariga O‘zbekiston Respublikasidan Qirg‘iziston Respublikasiga tovar va xizmatlarni eksport qilish uchun Qirg‘izistonning moliya-kredit tashkilotlariga 100 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolash taklif qilingan.
Mazkur hujjat doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qirg‘iziston kredit tashkilotlariga kredit liniyalari ajratish orqali O‘zbekistondan qo‘shni davlatga texnologiyalar va tovarlar olib kelishni moliyalashtirish imkonini beradigan uch yetakchi bankdan biri sifatida belgilangan.
Ta’kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy islohotlarida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgan yirik aksiyadorlik-tijorat banklaridan biri hisoblanadi. | 83 | 1,149 |
Foto | Kichkina boyvachcha itlar uchun hashamdor momiq kiyimlar yaratildi (foto) | Italiyaning Moncler kompaniyasi kichkina itlar uchun hashamdor momiq kiyimlarning yangi kolleksiyasini taqdim etdi. Bu haqda HighSnobiety xabar bermoqda.
Kurtkalarning narxi 370 dollardan 450 dollargacha turadi. Kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, mini-kolleksiya to‘rt oyoqli do‘stlarning sovuq va qorli ob-havoda issiq va himoyalangan holda, harakatlanishda hech qanday qiyinchiliksiz odamlar izidan yurishi uchun mo‘ljallangan.
Kolleksiyada itlar uchun yengsiz momiq nimchalar, bir necha xil rangdagi sviterlar, kichkina itlar uchun maxsus Moncler laqué kiyimi taqdim etilgan. | 73 | 581 |
Foto | Toshkentda ilk marta “Navro‘z” xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tmoqda (foto) | 24-mart kuni soat 09:00 da Toshkentning Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida (Humo Arena muz saroy oldida) “Navro‘z” xalqaro yarim marafoni start oldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Marafon shartlariga ko‘ra, ham ayollar, ham erkaklar orasida 1 dan 8 gacha bo‘lgan o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar pullik sovrinlar, diplom va medallar bilan taqdirlanadi. Jumladan:
1-o‘rin - 12 000 000 so‘m
2-o‘rin- 10 000 000 so‘m
3-o‘rin- 8 000 000 so‘m
4-o‘rin- 7 000 000 so‘m
5-o‘rin- 6 000 000 so‘m
6-o‘rin- 5 000 000 so‘m
7-o‘rin- 4 000 000 so‘m
8-o‘rin- 3 000 000 so‘m
O‘z guruhlarida 1 dan 6 gacha o‘rinlarni egallagan 5 km masofa ishtirokchilari esa pullik sovrinlar, diplom va medallar bilan taqdirlanadi.
Yarim marafon hamda 5 kilometrga yugurishning barcha ishtirokchilari masofa uchun belgilangan vaqt - 3 soat ichida finishga yetib kelsa, finishchi medaliga ega bo‘lishadi.
Belgilangan vaqt ichida vazifaning uddasidan chiqa olmagan ishtirokchilarga finishchi medali berilmaydi hamda ular trassada avtomobillar harakatini tiklash (yo‘lga qo‘yish) uchun musobaqadagi ishtiroklarini yetib kelgan masofasining o‘zida yakunlashadi.
Aytish kerakki, marafonda mahalliy aholi orasidan xohlovchilar, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Turkiya va Xitoydan kelgan vakillar ham ro‘yxatdan o‘tgan. | 76 | 1,350 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng go‘zal joylarning panoramali suratlari | To‘qqiz nafar rossiylik fotograf va uch nafar texnik xodimdan iborat AirPano jamoasi dunyodagi yirik megapolis va tabiatning eng mashhur mo‘jizalarini panorama uslubida suratga oladi. Ular suratga olishni vertolyotda maxsus qurilma yordamida amalga oshiradi. Flytothesky jamoaning ijod namunalarini taqdim etdi. | 66 | 311 |
Foto | Bitta umumiy kamchilikka ega bo‘lgan 10 ta milliarder (fotogalereya) | Barchamiz ta’lim olish omadning asosiy kaliti va boylik yo‘lidagi birinchi qadam deb hisoblashga ko‘nikib qolganmiz. Biroq ba’zan amaliy ko‘nikmalar va o‘z vaqtida “to‘lqinni tutish” diplomdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega.
AdMe ma’lumotining yo‘qligi milliardlab dollar topishga to‘sqinlik qilmagan kishilar haqida hikoya qiladi.
Richard Brenson
Ma’lumoti: tugallanmagan o‘rta maktab
Virgin kompaniyasining bo‘lajak asoschisi maktabda qiyinchilik bilan ta’lim olgan va 16 yoshida o‘qishni tashlab, Londonga yo‘l olgan. Uning birinchi biznes loyihasi jurnal bo‘lsa, 17 yoshida Brenson ilk xayriya tashkilotiga asos solgan. Hozirda u nafaqat ovoz yozish studiyasi, balki butun boshli aviakompaniyaning sohibidir.
Ingvar Kamprad
Ma’lumoti: o‘rta maktab
IKEA nomi bilan butun dunyoda mashhur kompaniyaga Ingvar Kamprad 17 yoshida asos solgan.
Genri Ford
Ma’lumoti: o‘rta maktab
Cherkov maktabida ta’lim olish yosh Genri Fordni unchalik qiziqtira olmadi — uning yagona qiziqishi turli-tuman mexanizmlar edi. Genri 16 yoshida uyidan qochib ketib, Detroytga yo‘l oldi va u yerda mexanik yordamchisi bo‘lib ishga joylashdi.
Maykl Dell
Ma’lumoti: universitetning 1 kursi
DELL kompaniyasining asoschisi Maykl Dell mahalliy gazetaga obunani sotib, o‘zining birinchi pullarini 12 yoshida ishlab topdi. Dell o‘qish davomida o‘zining birinchi kompyuter kompaniyasi PC’s Limited’ga asos soldi va 19 yoshida universitetni tashlab ketdi.
Li Kashin
Ma’lumoti: tugallanmagan o‘rta maktab
Dunyoning eng boy odamlaridan biri Li Kashin 12 yoshida maktabni tashlab, plastmassadan gullar chiqaradigan zavodga ishga joylashishga majbur bo‘lgan. 22 yoshida u Cheung Kong kompaniyasiga asos soldi.
Bill Geyts
Ma’lumoti: universitetning 2 kursi
Bill Geyts Garvard universiteti diplomiga ega, biroq uni 2007-yilda OTM ma’muriyati uning barcha xizmatlarini hisobga olib taqdim etishga qaror qilgan. Aslida esa Geyts Garvardda bor-yo‘g‘i ikki yil o‘qigan, keyin esa o‘quvchilar safidan chiqarilgan.
Larri Ellison
Ma’lumoti: universitetning 2 kursi
Dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi Oracle kompaniyasining asoschilaridan biri ikki marta oliy ma’lumotli bo‘lishga uringan. Biroq Illinoys universitetida ikki yil, Chikagoda bir semester o‘qigan xolos.
Jon Rokfeller
Ma’lumoti: 3 oylik buxgalterlik kursi
Insoniyat tarixidagi eng boy odamlardan biri Jon Rokfeller birinchi dollarini yetti yoshida ishlagan. 13 yoshida esa tanishlariga foizga pul bera boshlagan. Maktabni tugatgandan so‘ng Jon kollejga o‘qishga kirgan, biroq tezda uni tashlab ketgan.
Amansio Ortega
Ma’lumoti: tugallanmagan o‘rta maktab
Zara brendining asoschisi va egasi Amansio Ortega 13 yoshida maktabni tashlab, kiyim-kechak do‘konida eltuvchi bo‘lib ishlay boshlagan. Ortega o‘zining birinchi do‘konini 1975-yilda ochgan. Bugungi kunda Zara brendiga qarashli bo‘lgan Inditez kompaniyasi butun dunyoda faoliyat yuritadi.
Mark Sukerberg
Ma’lumoti: universitetning 2 kursi
Mazkur ro‘yxatdagi eng yosh milliarder Mark Sukerberg Garvard universitetining talabalari safida qayd etilsa-da, ijtimoiy tarmoq yaratishga berilib ketib, diplom olmagan. Sukerberg ruhshunoslik yo‘nalishida ta’lim olgan. | 68 | 3,173 |
Foto | Fotogalereya: Nobel mukofotini topshirsa bo‘ladigan “yangicha” maishiy buyumlar | AdMe kundalik hayotda juda kerakli bo‘lgan buyumlarning yangicha ajoyib variantlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Qizdiriladigan oyna
Oynaning bir qismi qizdirilganligi sabab hech qachon terlamaydi
Ikki tomonlama tish pastasi
Dizayner Dominik Uilkoks tomonidan o‘ylab topilgan ikkita qopqoqli tish pastasi.
Ikki tomonlama chiroq
Agarda yotoqxonada ikkita karavot bo‘lsa va “xonadoshlar”dan biri yarim tungacha kitob o‘qishni yaxshi ko‘rsa — bu ajoyib yechim.
Telefon uchun ko‘p funksiyali taglik (podstavka)
Keizus Quadopod tagligi keng funksiyaga ega bo‘lib, har qanday holatda yordam bera oladi.
Elektron pul idishi
Ushbu pul idishi yordamida uning ichida qancha mablag‘ yig‘ilib qolganini bilish mumkin.
Yig‘ma ko‘zoynak
Hilx Unflod ko‘zoynaklarini sumkada ko‘tarib yurish juda oson — ular yig‘iladi.
Parda uchun karniz
Bu kabi karnizlar yordamida pardalar quyosh nurini xonaga o‘tkazib yubormaydi.
Mini-dazmol
Safarlarda juda qo‘l keladigan dazmol.
Bir martalik quvvatlantirgich
Dizayner Sun Chisyan tomonidan o‘ylab topilgan quvvatlantirgich juda kichkina o‘lchamga ega, shu sabab uni har qanday sumkada ham olib yurish mumkin.
Kapalak klaviatura
Keyboardio — odatdagi klaviaturaning modernizatsiyalashgani. Tugmalar joylashuvining noodatiyligi — matn terayotganda qo‘llarni tabiiy ushlash imkonini beradi. | 79 | 1,328 |
Foto | Dunyoning eng qimmatbaho taqinchoqlari | Dunyodagi eng qimmat zargarlik buyumlari olmosdan ishlanadi hamda qimmatbaho tosh qanchalik yorqin va noyob bo‘lsa, taqinchoq ham shunchalik qimmat bo‘ladi. Bunday boyliklarning o‘ziga yarasha tarixi ham bor, deya yozadi Sputnik.
1952-yilda mashhur Cartier fransuz firmasi oniks va olmoslardan tayyorlangan panterra shaklida bilaguzuk ishlab chiqargan. U nozik ta’bi va nafosati bilan mashhur bo‘lgan Vindzor gersoginyasi Uollis Simpsonga tegishli bo‘lgan. Bilaguzukni unga Angliya qiroli Eduard VIII sovg‘a qilgan edi. Qirol gersoginyaga bo‘lgan sevgisi sabab taxtdan voz kechgan. 2010-yilda Sotbis kimoshdi savdosida 19,5 santimetr uzunlikdagi bilaguzukni ismi ma’lum qilinmagan bir xaridor sotib olgan. Bir necha toshlari tushib qolgan bo‘lishiga qaramay, xaridor uni boshlang‘ich narxdan uch barobar qimmatga xarid qilgan. O‘sha xaridor Uollis va Eduardning buyuk sevgisi haqida film suratga olgan Madonna edi, degan taxminlar bor.
14.23 karat og‘irlikdagi to‘rtburchak pushti olmos Gongkongdagi “Kristis” kimoshdi savdosida 23,2 million dollarga sotilgan. Tabiiy rangdagi pushti olmos Osiyoda shu paytgacha sotilgan eng qimmat tosh hisoblanadi. U oq va pushti oltindan ishlangan uzukka ko‘z sifatida qo‘yilgan va har ikki tomondan vazni 1,67 va 1,73 karat bo‘lgan ikkita shaffof olmos bilan bezatilgan.
Incomparable (“Tengsiz”) nomli bu marjonni Livan zargarlik brendi Mouawad 2013-yilda ishlab chiqargan. Uning narxi 55 million dollarni tashkil etadi. Og‘irligi esa 637 karat. Kompozitsiyaning markazidan 407,48 karatli sarg‘ish-jigarrang olmos joy olgan. Tosh 91 ta rangsiz olmos bilan bezatilgan va uzum shodasi shaklidagi oltin ipga osilgan. Afsonalarga ko‘ra, ushbu olmosni 30 yil oldin kongolik bir qiz topgan.
Bilaguzuk-soat - haqiqiy san’at asari va boy tasavvur mahsuli. Kichik siferblat qimmatbaho toshlar bilan qoplangan. Eng ustida esa uchta asosiy toshlar - oq, ko‘k va qizil rangli yurak shaklidagi olmoslar bor. Ularning umumiy og‘irligi 38 karat. Biroq, ushbu soatdagi barcha toshlar 200 karatni tashkil etadi. Shu kabi afzalliklar bilan 201 karatli Chopard dunyodagi eng qimmat soatlarning 10 taligiga kirishi qiyin bo‘lmagan.
Graff Diamond ustalari 100 million dollar evaziga tovusli to‘g‘nog‘ich yasagan. To‘g‘nog‘ichning asosiy qismi oq va rang-barang olmoslar bilan bezatilgan. 20.02 karat og‘irlikdagi noksimon olmos juda ham noyob hisoblanadi. Tovusning dumi turli o‘lchamdagi oq va qizil olmos toshlar bilan bezatilgan. Patning har bir uchiga oq olmos qo‘yilgan bo‘lib, u ekzotik gulning g‘unchasi o‘xshaydi.
“Vittelsbah” olmosi katta (35,56 karat) moviy rangdagi olmos bo‘lib, uni 1722-yilda Avstriyalik gersoginya Mariya Amaliya sarpo sifatida Vittelsbahlar uyidan turmush o‘rtog‘i Karl Albertga olib kelgan. Buyuk turg‘unlik davrida “Kristis” kimoshdi savdo uyi bu tarixiy olmosni sotishga harakat qilgan. Lekin xaridor topilmagan. 1964-yildan beri u xususiy to‘plamning tarkibidan joy olgan. “Vittelsbah” 2008-yil 10-dekabrda “Kristis” kimoshdi savdosida rekord narx — 16,393,250 funt sterling ( 24 million 131 ming 190 dollar) evaziga sotilgan. Xaridor ingliz zargari Lorens Graff edi.
“Hatton-Mdivani” jadeit (yashil rangli mineral) marjonlari uzoq yillar davomida bir qancha mashhur kishilarning mulki bo‘lgan. Ularning ichida Vulvort merosxo‘ri Barbara Hatton va malika Nina Mdivani bor. Nina hatto o‘lim to‘shagida yotganida ham marjonni qarz undirish agentlaridan asrash uchun yashirib qo‘ygan. Marjonning o‘zi 27 ta zumrad jadeit shodadan tashkil topgan. Marjonning ikki uchida platina, yoqut, olmos va oltindan qilingan qisqich bo‘lib, marjon egasining bo‘yniga mahkamlab qo‘yiladi.
Napoleon IIIning xotini Yevgeniyaga tegishli zumrad toshli tiara 2011-yil Sotheby kimoshdi savdosida 11,28 million shveytsar franki (12,76 million dollar) evaziga sotilgan.
Umid olmosi (Hope Diamond) — 45,52 karatli zangori rangli va o‘lchami 25,60×21,78×12,00 millimetr bo‘lgan katta olmos. Vashingtondagi Smitson instituti tabiiy tarix muzeyi ekspozitsiyasida joylashgan. | 38 | 4,007 |
Foto | Fotogalereya: Uy hayvonlarining yoqimtoyligi aks etgan suratlar | AdMe uy hayvonlarining turli holatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 63 | 72 |
Foto | Turkiyalik ikki ona bolalar chizgan rasmlarni zargarlik buyumlariga aylantirmoqda (foto) | Turkiyalik ikki ona Jasmin Erdin Tavukchu va Ozgur Karavit bolalar chizgan rasmlar eskizlari asosida zeb-ziynat buyumlarini yasaydi, deb yozadi “Deti.mail.ru”.
Bu g‘oya yangilik bo‘lmasa-da, u shunchalik muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdiki, oqibatda onalar o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi.
Dastlab Jasmin va Ozgur faqat o‘z farzandlari rasmlari asosida taqinchoqlar yasagan bo‘lsa, keyinroq ularga boshqa ota-onalardan ham buyurtmalar tusha boshladi.
Taqinchoqlar odatda kumush yoki tilla suvi yugurtirilgan kumushdan qo‘lda tayyorlanadi. Ba’zan zargarlar lazer orqali naqsh tushiradi. Butun jarayon qariyb bir hafta vaqt oladi, narxlar esa 125—195 dollar atrofida bo‘ladi. | 88 | 668 |
Foto | Ota-bola Google’ga noodatiy tarzda so‘rov jo‘natib, javob ham oldi (foto) | Ota-bola Timm va Mixael yozgi oromgohda dam olayotgan vaqtida Deichhörnchen so‘zi haqida ma’lumot kerak bo‘lib qoldi. U yerda internet bo‘lmagani sababli, ular Google’ga ushbu so‘rovni pochta orqali xat yozib yuborishga qaror qildi, deb yozadi “AdMe.ru”.
Yetti kun ichida ularga javob xati keldi, u ham qo‘lda yozilgan edi. Ular so‘ragan so‘z o‘rniga, Google xodimlari Eichhörnchen (olmaxon) so‘zini taklif qildi. Unda Google jamoasi o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan, vaziyatga hazil bilan yondashganini ko‘rish mumkin.
Taxminiy tarjimasi:
“Salom, Google.
Hozir bizda, afsuski, internet aloqasi yo‘q. Biz yozgi oromgohdamiz, ammo bir narsa bo‘yicha ma’lumot kerak edi. Bizni Deichhörnchen haqidagi barcha ma’lumotlar qiziqtiradi — u qanday mavjudot, qayerda yashaydi, nima bilan oziqlanadi. Biznesingiz reklama hisobiga mavjud ekanligini hisobga olib, uni xat ichida keltirishingizni so‘raymiz.
Oldindan rahmat!”
Google’ning javobi:
Taxminiy tarjimasi:
“Hurmatli Timm va Mixael!
So‘rovingiz uchun rahmat. Balki, siz Eichhörnchen’ni nazarda tutgandirsiz?
Quyida qidiruv so‘rovingizga bog‘liq rasmlar keltirilmoqda.
Wikipedia: Deichhörnchen — sohil olmaxoni, u kamyob tur bo‘lib, dambalar bo‘lmagani tufayli qirilib ketgan.
Reklama: Savollaringiz tug‘ilsa, Google’dan foydalaning. Iloji bo‘lsa, onlayn tarzda. Yozgi oromgohda vaqtingiz xush o‘tsin!
Google’ning oflayn jamoasi (beta-versiya).” | 73 | 1,387 |
Foto | “Uchinchi dunyo mamlakatlaridagi holatga o‘xshaydi” — Los-Anjeles yuk tashuvchi poyezdlaridagi o‘g‘riliklar haqida | AQShda Los-Anjeles hududida Union Pacific kompaniyasining pochta posilkalarini ommaviy ravishda o‘g‘irlash holatlari kuzatilmoqda. AQSh OAV sodir bo‘layotgan voqealarni falokatli filmalardagi sahnalarga qiyoslagan. “RBK” hodisa haqidagi fotogalereyada filmlardagiga o‘xshash tasvirlar qanday ekanligi haqida ma’lumot bergan. Quyida uni e’tiboringizga havola qilamiz.
AQShning eng katta temiryo‘l kompaniyalaridan biri bo‘lgan Union Pacific Los-Anjeles hududida harakatlangan mahsulot tashiydigan poyezdlardan doimiy ravishda buyumlar o‘g‘irlab ketilayotgani tufayli marshrutni o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, deya xabar qilgan Bloomberg.
Kompaniya rasmiylari politsiya jinoyatchilarga qarshi samarasiz kurash olib bormoqda deb hisoblaydi. Mahalliy sudlarda bunday holatlar mayda huquqbuzarlik deb malakalanadi, qo‘lga olingan bezorilar esa bir sutkadan ham kam qamoqda o‘tiradi, deyilgan kompaniya mansabdori tomonidan Los-Anjeles okrug prokuroriga yozilgan xatda.
“Jinoyatchilar bizning qo‘riqchilarimiz ustidan kuladi, sababi jinoyat oqibatida ularga nisbatan hech qanday jiddiy jazo chorasi ko‘rilmaydi”, — deyiladi Union Pacific maktubida.
Bir yil ichida Los-Anjeles okrugida temiryo‘llardagi o‘g‘riliklar 160 foizga ko‘paygan, ayniqsa oxirgi uch oy ichida bayram mavsumida vaziyat cho‘qqiga ko‘tarilgan. 2021-yil oktabr oyida Union Pacific poyezdlaridagi o‘g‘riliklar soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 356 foizga oshgan.
“Bunday bo‘lishini xayolimga ham keltirmagandim, bunaqasi hali bo‘lmagan. Vaziyat aqlga sig‘maydigan darajada”, — deya bo‘layotgan hodisalarga izoh bergan Union Pacific matbuot kotibi Lupe Valdes. Ayolning so‘zlariga ko‘ra ushbu jinoyatlar uchun xaridorlar to‘lov to‘laydi: “Biz iste’molchi sifatida mana shu ahmoqona holatlar uchun ham tovon to‘laymiz”.
O‘g‘irlangan posilkalarning hisobi mingdan oshgan, deyiladi AQSh ommaviy axborot vositalarining xabarlarida.
“Holatlar xuddi uchinchi dunyo mamlakatida sodir bo‘layotganga o‘xshaydi”, — deya OAVda tarqalgan fotosuratlarga izoh bergan Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom.
Union Pacific’ning buyurtmalarni yetkazib berish xizmatlaridan UPS va FedEx kabi eng katta logistik kompaniyalar foydalanadi. Vaziyat ularning biznesi va mijozlariga ham salbiy ta’sir qilgan, deyiladi Union Pacific bayonotida.
Temiryo‘ldagi o‘g‘riliklar sabab relslar atrofi chiqindilarga — qadoqlangan qutilar parchalari va ochilgan posilkalarning bo‘laklangan qismlariga to‘lgan.
20-yanvarda Los-Anjeles gubernatori Gevin Nyusom (yuqoridagi fotosuratda markazda) Union Pacific temiryo‘liga kelgan, bu yerni chiqindidan tozalash ishlarida qatnashdi va o‘g‘riliklarga qarshi kurash kuchaytirilishini va’da qildi.
“O‘tgan haftada siz ko‘rgan hodisalarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Men kamzulim va bo‘yinbog‘imni yechib keldim, chunki bunga chidab tura olmayan. Jin ursin, bu yerda nimalar bo‘lyapti o‘zi?”, — degan Nyusom.
Ko‘plab huquq-tartibot idoralari kompaniyaning e’tirozlarini e’tiborsiz qoldirgan bir pallada Los-Anjeles okrug prokurori vaziyatga munosabat bildirgan.
“Union Pacific’ning xavotiriga jiddiy qaraymiz va yaqin vaqt ichida vaziyatni muhokama qilib olmoqchimiz”, — deya e’tirozlarga javob bergan prokuror. | 114 | 3,189 |
Foto | Istanbul romantikasi: turk qahvasi, gilam bozori, chag‘alaylar bo‘lgan shaharning eng yaxshi joylari (foto) | Ajoyib tarixga ega quyoshli shahar — Istanbulga bo‘lgan sayohatingiz marshrutini rejalashtirish va ta’tilingizning davomiyligiga qarab hamma narsaga qanday ulgurish mumkinligi bo‘yicha “Wday.ru” foydali maslahatlar beradi.
Faqat dam olish kunlari uchun: tarixiy markaz
Istanbulga dam olish kunlari tarixiy joylarga tashrif buyurish lozim: barcha diqqatga sazovor joylar bir-biriga yaqin masofada joylashgan, yo‘lga vaqt sarflamaysiz.
Agar siz shaharni bir qarashda sevib qolishni istasangiz, avval turk oshxonasidan boshlang. Istanbulda tushlikni o‘tkazib yuborishingiz mumkin, ammo nonushtani hech qachon. Ayvonli kafe yoki restoranni tanlang (masalan, Seven Hills yoki Queb Lounge) va turkcha nonushta buyurtma qiling. Ovqatlarning xilma-xilligi va yoqimli mazasidan hayratda qolasiz.
Taomlanib, chag‘alaylarni tomosha qilib, Bosfor havosidan bahra olgandan so‘ng nafaqat tarixiy markaz, balki butun shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi – Ayo Sofiya masjidiga boring. Bu “dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” deb nomlanadigan jahon me’morchiligining eng muhim yodgorliklaridan biri.
Yana bir muhim me’moriy yodgorlik – Sulton Ahmed masjidi yoki Moviy masjid. Istanbuldagi barcha masjidlarda bo‘lgani kabi Sulton Ahmedga kirish ham mutlaqo bepul. Ichkariga kirish va naqshlardan bahramand bo‘lish uchun ish vaqti bilan tanishib chiqing va tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering: ayollar boshiga ro‘mol tashlaydi, yopiq poyabzal kiying va kiraverishda oyoq kiyimingizni yechib oling.
10-12 metr chuqurlikda joylashgan, bugungi kungacha saqlanib qolgan qadimiy yer osti suv ombori — Bazilika sardobasiga borishni unutmang. Ushbu salqin xonada siz nafaqat qaynoq quyoshdan qochibgina qolmay, balki o‘zingizni noyob energiya bilan sirli joyning bir qismi kabi his qilishingiz mumkin.
Sayyohlarning diqqatga sazovor joylaridan yana biri – Katta saroy mozaikalari muzeyi. Siz nafaqat estetik zavq olasiz, balki noyob madaniyat namunalaridan hayratda qolasiz. Mozaikalar minglab detallardan iborat bo‘lib, ular nihoyatda realistik tarzda yaratilgan, shuning uchun ham yuz yildan oshiq vaqt o‘tsa-da, rassomlarning mahorati hayratga solmay qolmaydi.
Shuningdek, To‘pqopi saroyiga tashrif buyurish uchun 2-3 soat ajrating. XV asrda qad rostlagan saroy majmuasi azaldan Usmonli hukmdorlarining qarorgohi bo‘lib kelgan va hozirda u dunyodagi eng yirik muzey majmualaridan biri hisoblanadi. Hudud to‘rtta hovlidan iborat bo‘lib, ularning har biri diqqatga sazovor joylarga boy.
Turk oshxonasining ramziy taomlarini tatib ko‘ring: lo‘la kabob (qovurilgan go‘sht), kyofte (turk kotletlari), simit (kunjutli non), do‘ndurma (muzqaymoq), lukum (turk shirinligi) va albatta, baklava (pahlava) — bularning barchasidan olib, sayrga chiqish mumkin.
Aytgancha, qirg‘oqda turk fastfudlari bilan savdo qiladigan rastalarni yoddan chiqarmang. Ular juda jozibali ko‘rinmasligi mumkin, ammo mahalliy aholi ko‘pincha shu yerda ovqatlanadi. Balik ekmek — turkcha skrumbiya sendvichini tatib ko‘rganingizdan afsuslanmaysiz.
Va albatta shaharning yangi, yevropacha qismida ovqatlanishingiz mumkin. Masalan, zamonaviy joylardan birida yoki Zorlu savdo-ko‘ngilochar markazida. Qadimiy ko‘chalar va zamonaviy tumanlar kontrasti har bir sayyohga xush yoqadi.
Latte yoki kappuchino emas, balki issiq qum ustida pishirilgan turkcha qora qahva ichib ko‘rmasangiz, ko‘p narsani yo‘qotasiz. Ichimlik juda xushta’m bo‘lib, ta’mi uzoq vaqtgacha og‘zingizda qoladi.
Choy ham Turkiyada juda mashhur: mahalliy aholi uchun choy ichish siz ham qo‘shilishingiz mumkin bo‘lgan butun bir madaniyatdir. Xushbo‘y turk choyi avval tatib ko‘rganlaringizga o‘xshamaydi.
Uzoq dam olish kunlari uchun: gavjum mahallalar
Agar sizning Istanbuldagi sayohatingiz bir necha kun bilan cheklanmasa, tarixiy markazga tashrifingizga joylar ham qo‘shilishi kerak. Hayot bir daqiqa ham to‘xtamaydigan biznes, dam olish va madaniyat markazi — Beyog‘lu tumaniga 1-2 kun ajrating.
Istiqlol ko‘chasi bo‘ylab yurishdan boshlang. Uning nomi “Mustaqillik” deb tarjima qilinadi va chindan ham: zamonaviy restoranlarning yonida arzon restoran, barcha mazhabdagi ibodatxonalar tungi klublar va barlar bilan bir vaqtda joylashgan va sharq me'morchiligi binolari g‘arbiy madaniyat binolari bilan tutashib ketgan. Ammo, afsuski, epidemiologik vaziyat tufayli hozir hamma joylarga tashrif buyurish imkoniyati mavjud emas.
Ko‘cha piyodalar harakatlanishi uchun, ammo bitta istisno mavjud: bu yerda eski qizil tramvay 1871-yildan beri ishlaydi – bu esdalik sovg‘alarida tasvirlangan shaharning tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Tramvay, shuningdek, Istanbulning markazida joylashgan Taqsim maydonida to‘xtaydi.
Tramvay sizni Galata minorasiga olib boradi, uni Istanbulning deyarli barcha nuqtalaridan ko‘rish mumkin. Uning o‘lchamlari hayratlanarli: 60 metrdan (dengiz sathidan 140 metr) balandlikdan shaharning ajoyib ko‘rinishi namoyon bo‘ladi. Binobarin, minora nafaqat tarixiy yodgorlik, balki bir qarashda Bosfor kaftdek ko‘rinadigan ajoyib kuzatuv maydonchasidir.
Dam olishni rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmaslik va Istanbulda dam olish kunlari yanada qiziqroq bo‘lishi uchun siz turoperatorlar xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Mehmonxonalarni bron qilishda metro yoki tramvay bekatining yaqinidagi variantlarni tanlagan ma’qul.
To‘liq hafta uchun: haqiqiy ko‘chalar va qayiq safari
Tarixiy joylarni o‘rganib chiqdingiz, qizil tramvayda sayr qildingiz va hatto do‘konlarga bordingiz va hali ham vaqtingiz bormi? Unday holda sayyohlar orasida mashhur bo‘lib borayotgan Istanbulning go‘zal tumani — Balatga tashrif buyurishingiz kerak.
Bu yerda mashhur muzeylar, zamonaviy saroylar va qadimiy masjidlar yo‘q, ammo mamlakat uchun odatiy bo‘lmagan me’morchilikka to‘la yorqin kvartallar mavjud. Shaharning ushbu ko‘chalari ta’riflab bo‘lmaydigan muhit yaratadi — bunday Turkiyani siz hali ko‘rmagansiz.
Bosfor go‘zalligi — Qora va Marmara dengizlarini bog‘laydigan bo‘g‘ozni ko‘rmasdan turib, Istanbulga tashrifni to‘liq deb atab bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, kema fonida shaharni suratga olish uchun ideal joy. Aytgancha, delfinlarni ko‘pincha Bosforda ko‘rish mumkin.
Shu bilan bir qatorda, XII asrda bo‘g‘ozning tepalikli qirg‘og‘ida qurilgan Yoros qal’asiga tashrif buyurishingiz mumkin. Yoki Istanbuldan taxminan ikki soat uzoqlikda joylashgan Shahzodalar orollariga paromda boring. Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan bo‘g‘oz manzarasi hamda bir piyola choy sayohatingiz uchun eng yaxshi yakun bo‘ladi. | 107 | 6,444 |
Foto | Fotogalereya: Qorishiqlik aks etgan suratlar | Atrofdan olinadigan asosiy ma’lumotlar ko‘rish orqali qabul qilinadi. Ba’zan bir qarashda ko‘ringan narsa aldamchi bo‘ladi. AdMe ana shunday aldamchi ko‘rinishga ega suratlarni taqdim etdi. | 44 | 189 |
Foto | Fotogalereya: Daraxtlarda qurilgan ajoyib uylar | TravelAsk dunyoning turli burchaklaridagi daraxt shoxlarida qurilgan ajoyib uylarning suratlarini bir sahifaga jamladi. | 47 | 119 |
Foto | Foto: Xitoylik juftlikning velosipedlardagi to‘y korteji | Xitoyning Shenyan shahrida yashovchi yosh juftlik o‘zlarining nikoh to‘yi korteji uchun umumiy foydalanishdagi velosipedlarni ijaraga oldi. To‘y korteji aks etgan suratlar CGTN telekanalining Facebook’dagi sahifasiga joylandi.
Limuzinlar va hashamdor mashinalarning o‘rniga yoshlar velosipedlarni ijaraga olishga qaror qildi va shu tariqa anchagina mablag‘ni tejab qoldi. 30 ta velosiped uchun ular atigi 30 yuan (4,6 dollar) to‘lagan.
Barcha velosipedlar Mobike kompaniyasiga tegishli bo‘lib, kortej shahar ko‘chalarida ko‘plab odamlarning e’tiborini tortdi. | 56 | 561 |
Foto | Foto: Peterburglik fotosuratchi mehmonxonaning yoniq turgan derazalaridan yasalgan yurak yordamida sevgi izhor qildi | Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qiluvchi fotosuratchi Anton Vaganov 24-yanvar kuni 18 qavatli “Azimut” mehmonxonasi derazalaridan yurak hosil qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Bu haqda 24-yanvar oqshomida boshqa bir fotosuratchi Stanislav Zaburdayev ma’lum qildi. Keyinroq Vaganovning o‘zi “Lenochkani qanday qilib xursand qilganini” hikoya qilib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xonalarning derazalari mehmonxona bilan kelishuv asosida yoritilgan, uning o‘zi esa tasvirga olish ishlari va fotosuratlarning eskizlari bilan shug‘ullangan.
Vaganov o‘z suyuklisi Yelena Grafni birinchi marta antiqa yo‘l bilan tabriklayotgani yo‘q. Qiz “VKontakte”dagi o‘z sahifasida bundan avvalgi g‘aroyib tabriklarning suratlarini ham e’lon qilgan. | 116 | 754 |
Foto | Barbi qirolicha, yuvilgan Lenin haykali, Qashqadaryoga borgan Prezident — 21 aprel suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Bugun prezident Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoev Koson tumanida “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig'ini hududida qurilayotgan “Yangi O'zbekiston” mavzesini borib ko'rdi.
Davlat rahbari Koson tumanidagi “Bunyodkor” paxta-to'qimachilik klasterining ishlab chiqarish korxonalarini borib ko'rdi. Turkiya va Italiyadan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan mazkur korxona yiliga 6 million dona tayyor trikotaj ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni paytda fabrikada 320 nafar xotin-qizlar ishlamoqda. Prezident ular bilan suhbatlashib, ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Qashqadaryo viloyatida birinchilardan bo'lib Kitob tumanidagi 5-son va Qamashidagi 4-son Mehribonlik uylari yopildi. U yerda tarbiyalanganlarning bir qismi yaqinlari bag'riga qaytgan bo'lsa, bir qismi oilaviy bolalar uylariga qabul qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoev bugun shunday mehribon insonlar — Husan xolliev va Gulbahor xonimova, Shokir Suyunov va Gulbahor Hamidova, Baxtiyor To'raev va Gulbahor Allanazarova oilalari bilan uchrashib, ularga minnatdorlik bildirdi.
Toshkentdagi xalqaro biznes markazida erkak yuqori qavatdagi chekish joyidan yiqilib tushdi. U o'z joniga qasd qilgan.
Samarqand shahrida yoqqan kuchli yomg'ir oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi.
Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II 96 yoshga to'ldi. Shu munosabat bilan qirollik oilasining rasmiy sahifasida uning ikki oq ot ushlab turgan surati e'lon qilindi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Lenin haykali yuvib tozalanmoqda.
Ukrainaning Irpin shahrida urush sabab vayron bo'lgan avtomobillar uyumi.
Qirolicha tavalludi munosabati bilan uning ko'rinishadagi Barbi namoyish etildi.
Har Ramazonda shu bo'lar takror. Isroil hamda Falastin o'rtasidagi navbatdagi to'qnashuvlar. Isroilning “Temir Gumbaz” raketaga qarshi tizimi G'azo sektoridan otilgan raketalarni yo'q qilmoqda.
Hindistonga yo'l olgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson samolyot bortida jurnalistlar bilan suhbatlashmoqda. | 92 | 2,052 |
Foto | Kishini o‘ylantirib qo‘yadigan suratlar (foto) | “Zakon.kz” istalgan insonni o‘yga toldiruvchi suratlarni e’lon qildi.
Tasodifmi?
“Muzlagan to‘tiqush” deb nomlangan kokteyl
O‘tkir tishli it
Eng qizig‘i, bu qiz allaqachon yutqazganini bilmaydi
Optik illyuziyaning yengil notasiga ega bo‘lgan yoga
Oynaga qaraganingda gigant olmaxon mashinangga chiqishga urinayotgani aks etgan surat
Ko‘zlari bor qora tuynuk
Hech qanday fotoshop ishlatilmagan makiyaj
Shunchaki g‘amgin quyosh charchagan kapitanni massaj qilmoqda | 46 | 470 |
Foto | Fotogalereya: Finlyandiyalik fotograf shimolni kadrga muhrladi | Yuuso Xyamyalyaynen — finlyandiyalik 23 yoshli sarguzashtsevar fotograf. U shimolga xos sovuq muhitning cheksiz yolg‘izligi va sokinligini rasmga oldi. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi. | 62 | 193 |
Foto | Fotoreportaj: Poytaxt va Toshkent viloyati hududlaridagi postlarda vaziyat qanday? | Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida joylashgan YPX maskanlari hamda postlarda qo‘riqlash, nazorat ishlari qanday tashkil etilgani haqida fotoreportaj tayyorladi.
COVID-19 koronavirus pandemiyasi sabab karantin hududlaridagi xavfsizlikni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent harbiy okrugi Ichki ishlar vazirligi hamda sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati va shahridagi nazorat YPX maskanlari, blok va to’siq postlarida kun-u tun nazorat ishlari kuchaytirilgan, deyiladi poytaxt harbiy okrugi matbuot xizmatining xabarida. | 82 | 633 |
Foto | Fotogalereya: Orol dengizining bugungi kundagi ko‘rinishi | 40 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari va mutaxassislari ishtirokida Orol dengizi va Mo‘ynoq tumani hududiga mediatur tashkil qilindi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.
Mediatur Qaraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yordamida Qoraqalpog‘iston axborot agentligi va O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan tashkil qilindi.
OAV vakillari mediaturning birinchi kunida Mo‘ynoq tumani hududiga tashrif buyurishgandi.
Fotogalereya: Orol dengizining qurishidan oldingi holati | 57 | 525 |
Foto | Fotogalereya: “Ninza-mushuklar”ni suratga oluvchi yaponiyalik ijodkor | Xisakata Xarayuki kun davomida o‘ynaydi va mushuklarni suratga olgani uchun pul ishlaydi. Yaponiyalik suratkash o‘z vaqtining asosiy qismini ko‘cha mushuklari bilan o‘ynash uchun sarflaydi. U tayoqqa bog‘langan sichqon, pat va boshqa narsalar bilan mushuklarning jig‘iga tegadi va ular ninza yoki Mortal Combat kompyuter o‘yinidagi jangchilarga o‘xshash holatga kelganida suratga oladi. Xisakata Xarayukining xobbisi unga foyda ham keltira boshlagan: hozirda uning turli ko‘rgazmalari namoyish etiladi, deb xabar berdi “Daily Afisha”. | 69 | 534 |
Foto | Foto: Solishtirganda hayratomuz darajada katta ekanligi ko‘rinadigan narsalar | Televizor pulti, sarimsoq bo‘lagi, oshxona qoshig‘ining kattaligi qanday bo‘lishi hammaga ma’lum. Ammo ba’zida odamlar ko‘zi o‘rganmagan kattalikdagi buyum va narsalarga duch kelishi va bundan hayratlanishi mumkin.
“Buvimning bahaybat pireney tog‘ iti”.
“Buvam televizorining universal pulti”.
Omni Grove Park Inn mehmonxonasidagi kamin.
Afrikaning buqa-qurbaqasi.
Yaponiya do‘konlaridan sotib olish mumkin bo‘lgan qoshiq.
Subkontrabas saksafon.
Rimdagi Panteon ibodatxonasi eshigi.
Do‘kondagi oddiy limon bilan solishtirilgan Ponderoza limoni.
Panderoza limonining kesilgandagi ko‘rinishi.
Ulkan kamg‘oq.
Avstraliyadagi termitlar ini.
Afrikalik Xogart laqabli shilliqurt.
Odatdagidan ancha katta qalampir.
Kattaligi qo‘l bilan solishtirilgan Lobster dumi.
“Do‘stimning uyidagi o‘ramli hojatxona qog‘ozi ”.
Kattaligi mushtdek keladigan qulupnay.
Odamdan qanchalik katta ekanini bilish qiyin bo‘lmagan konteynerovoz (konteyner tashishga moslashgan transport vositasi).
Sarimsoq piyozning bir bo‘lagi. | 77 | 1,017 |
Foto | Fotoreportaj: Sardobadagi chodirlar shaharchasida yaratilgan sharoitlar qanday? | Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida 2-may kuni vaqtincha joylashish uchun chodir shaharcha tiklangan edi. Harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ushbu chordirlar yaratilgan sharoitlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Ta’kidlanishicha, 200 ga yaqin harbiy texnikaga mo‘ljallangan park hozirlangan. Bir necha soatda 2 ming kishilik yotoqxona, yuvinish uchun joy, oziq-ovqat omborxonasi va boshqa texnik ta’minot obyektlari tayyorlangan, lager xavfsizligini ta’minlash uchun patrullik yo‘nalishlari tashkil etilgan.
Mudofaa vazirligi texnik ta’minot bosh boshqarmasi tomonidan safar vaqtida shaxsiy tarkibning ta’minot holati, moddiy va texnik resurslarni yanada takomillashtirish maqsadida Sardobadagi harbiy shaharchalarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirildi. Markaziy harbiy okrugiga qarashli chodir shaharchasi eng namunali deb topilgan.
“Hozirgi kunga qadar harbiylar aholi xonadonlarida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Shu vaqtga qadar okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov tomonidan sardobaliklarga beg‘araz yordam ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar ikki marta pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi askarlari tomonidan Sirdaryodagi toshqin oqibatida zarar ko‘rgan 800 dan ortiq xonadon tartibga keltirildi | 79 | 1,378 |
Foto | Bulutli Toshkent uzra jilolangan kamalak (foto) | So‘nggi bir haftadan beri Toshkentda bulutli, vaqti-vaqti bilan yomg‘irli iqlim sharoiti kuzatilmoqda. Bulutli havo ko‘pchilikka xush yoqmasligi, kayfiyatni o‘zi kabi tund qilib qo‘yishi mumkin, biroq bunda bir qator qiziqarli tabiat hodisalarini kuzatish imkoni bor.
4-dekabr kuni Toshkent uzra kamalak ko‘rindi. Bir qator fotosuratchilar bu holatni tasvirga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborga molik bir qator suratlar Facebook’dagi X-Places guruhida e’lon qilingan. | 47 | 470 |
Foto | Foto: Yuk konteynerlaridan quriladigan stadion | Qatarda 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Doha shahrida o‘zgartirilgan yuk konteynerlaridan 40 ming o‘rinli stadion qurish rejalashtirilmoqda. Chempionatdan so‘ng inshootni buzish va boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘ladi. TJournal loyihaning suratlarini taqdim etdi.
Loyiha Fenwick Iribarren Architects arxitektorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Byuroning asoschilaridan biri Mark Fenvik esa innovatsion qurilish butun dunyodagi stadion arxitektorlari va dizaynerlarini ilhomlantirishiga ishonmoqda.
Bundan tashqari, yuk konteynerlarining qurilish bloklari sifatida ishlatilishi talab qilinadigan qurilish materiallari sonini kamaytiradi. Shu tufayli stadionning uglerod gazlari va chiqindilar hajmi kamayadi. | 46 | 772 |
Foto | Fotogalereya: Saxiyligi odamlarni hayratlantiradigan mashhurlar | Boy va taniqli odamlar o‘z saxiyligi bilan ko‘pchilikni lol qoldiradi. AdMe nashri o‘z saxiyligi bilan tanilgan mashhurlar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Kabo-verdelik xonanda o‘z mamlakatining boshlang‘ich ta’lim tizimini to‘laligicha, o‘rta va oliy ta’lim tizimini qisman, shuningdek, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining yarmini moliyalashtirgan. Sezariya Evora tufayli minglab odamlar kamida o‘qish va yozishni o‘rgangan.
Aktyor leykemiyaga qarshi kurashish uchun bolalarga yordam beruvchi jamg‘armalarga va hayvonlarni himoya qiluvchi tashkilotlarga millionlab dollar hadya qilgan. Bundan tashqari, “Matritsa” filmining ikkinchi va uchunchi qismlarining liboslari va maxsus effektlari bilan shug‘ullangan xodimlarga gonorar ajratgan. Shu tariqa u 75 million dollarni sarf qilishga ikkilanmagan. “Matritsa” tasvirga olingan studiya ishchilarining so‘zlariga ko‘ra, aktyor yulduzli tarkibning har bir xodim bilan salomlashadigan yagona vakili bo‘lgan. Xodimlardan biriga uning og‘ir vaziyatda ekanligini eshitib, 20 ming dollar sovg‘a qilgan.
Qo‘shiqchi bepul konsertlar uyushtirib, kambag‘al odamlarga yordam berish uchun millionlarni sarflagan va bu ishlarni sirli ravishda amalga oshirishga harakat qilgan. Shuning uchun u tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab yaxshi ishlar uning vafotidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, Jorj notanish odamlarning qarzlarini to‘lagan.
Pol Uoker ham o‘z saxiyligini ommaga oshkor qilmagan. Bu haqda u 2013-yilda vafot etganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Zargarlik do‘konining sobiq xodimi aytishicha, Pol yosh kelin kuyovlar do‘konda nikoh uzugi tanlayotganini ko‘rgan. Biroq yoshlar o‘zlariga yoqqan uzukni sotib ola olmagan. Aktyor ularga yoqqan uzuk uchun to‘qqiz ming dollar to‘lagan hamda do‘kon xodimlaridan kelin va kuyovga uzukni anonim tarzda olib borib berishni so‘ragan va shunday ham qilingan.
Urugvayning sobiq prezidenti ”eng kambag‘al prezident” sifatida tanilgan. U o‘z daromadlarining katta qismini muhtojlarga bergan va o‘zi qishloq uyida yashagan, eski Volkswagen Beetle avtomobilida yurgan, o‘z fuqarolari boradigan klinikaga borgan va ular bilan birga shifokor qabuliga kirish uchun navbatida turgan. Uning rafiqasi Lusiya Topolanski ham o‘z daromadlarining bir qismini kambag‘allarga yordam berish uchun sarflagan.
Yaxshilik yerda qolmaydi. 22 yoshli ofitsiant Sara Xoydal o‘zi xizmat ko‘rsatgan ikki harbiy ayolning hisobini to‘lagan. U atigi 27,75 dollar bo‘lgan. Biroq oddiy askar va o‘z bolasini yolg‘iz o‘stirayotgan Sara uchun bu kam summa bo‘lmagan. Shu kuni Sarada atigi sakkiz dollar qolgan va eski avtomobiliga yoqilg‘i quyish uchun ham yetmagan. Teleboshlovchi Ellen Dejeneres Saraning bu ishi haqida eshitgan va uni o‘z shousiga taklif qilib, unga 10 ming dollar va televizor sovg‘a qilgan. Keyinroq esa teleboshlovchi Saraga mashina ham sovg‘a qilgan.
Menni Pakyao ko‘p bolali juda kambag‘al oilada tug‘ilgan. Hayot kechirish uchun u yoshligida maktabni tashlagan va ko‘chada kulcha sotgan. Bu vaqtda u boks bilan shug‘ullanishga vaqt topa olgan va o‘zining mustahkam irodasi tufayli butun dunyoga mashhur bokschiga aylangan. O‘zini tiklab olgan Menni qo‘shnilariga yordam berishga qaror qilgan va ular uchun uy qurdira boshlagan. Hozirgi kunda bunday uylarning soni mingdan oshgan, “Pakman Villaj“ deb nomlangan qishloq yuzaga kelgan. Qishloqda uylardan tashqari, sport bilan shug‘ullanish uchun maydon va ko‘p vazifali markaz ham qurilgan.
Duty Free tarmog‘ining asoschi “milliardlarsiz milliarder” deb ataladi. Chunki u o‘z boyligining (olti milliard dollardan ortiq) deyarli barchasini ko‘plab mamlakatlarda xayriya ishlariga sarflagan. Hozir Charlz Fini 86 yoshda va u o‘z rejasi bo‘yicha 2020-yilgacha o‘z ixtiyoridagi mablag‘larni ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda inson huquqlari himoyasi sohalarini rivojlantirishga sarflashni davom ettirmoqda.
“Garri Potterning onasi” xayriyalar uchun shunchalik ko‘p mablag‘ sarflaganki, milliarder xonimdan millioner xonimga aylangan. U muhtojlarga 160 million dollar yoki o‘z boyligining 16 foizini bergan. Rouling olingan gonorarlarni (taxminan 30 million dollar) turli jamg‘armalarga yo‘naltirish uchun bir nechta kitob yozgan. Bundan tashqari, uning o‘z xayriya jamg‘armasi bor.
Rock & roll qiroli avtomobillarni yoqtirgan va doimiy sotib olgan. Bir kun yangi avtomobil sotib olish uchun salonga borganda, notanish ayolning kadillakka maftun bo‘lib turganini ko‘rgan. Notanish ayolga mashina yoqqanligini bilib, uni sotib olgan va ayolga sovg‘a qilgan. Bu xabar radio yangiliklarida eshittirlgan. Radioboshhlovchi hazil qilib, u ham shunday sovg‘a olishni xohlashini aytgan. Shu vaqtda radio eshitib turgan Elvis boshlovchiga qong‘iroq qilib, undan qaysi rangdagi avtomobilni yoqtirishini so‘ragan va unga ham shunday sovg‘ani taqdim etgan. Elvis 100 dan ortiq, ba‘zi manbalarga ko‘ra ikki baravar ko‘proq mashinani sovg‘a qilib yuborgan. Uning saxiyligi haqida hujjatli film suratga olingan.
Yengil-yelpi imij xonandaning saxiylik qila olmasligini bildirmaydi. U yaqinda ixtiyoriy mamlakatdagi o‘z talaba muxlislarining talabalik zayomlarini to‘lashga qaror qildi. Faqat Niki talabaning yaxshi o‘qishi va pullarni o‘qish va kitoblar sotib olish uchun ishlatilishi haqida tasdiq olishi kerak. | 63 | 5,235 |
Foto | Fotogalereya: Kuz mahzunligini uzoq vaqtga unutishga yordam beruvchi suratlar | Ba’zan bolalarning bergan savollari ota-onalarni o‘ylantirib qo‘yadi. Bu savollarga javob berish har doim ham oson bo‘lmaydi. AdMe ana shunday savollarga javoblar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 77 | 196 |
Foto | Hamma narsaning mohiyatini solishtirish orqali anglash mumkinligini isbotlovchi suratlar | Istalgan narsaning katta yoki kichikligini bilish uchun boshqa bir buyum bilan solishtirib ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Odatiy ko‘ringanidan kattaroq ko‘rinishga ega bo‘lgan har qanday narsa kishining hayratlanishiga sabab bo‘ladi.
Nimadir yuz bergan-u, tuz xuddi muz bo‘lagiga o‘xshab ko‘rinmoqda.
Suratda ko‘rib turganingiz fotoshop emas, qubbasining diametri 2 m 10 santimetrni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ulkan meduza.
Ota-onamning 1974-yildan buyon o‘sib kelayotgan sevimli guli.
Kattaligi gigant qovoqcha bilan solishtirilgan bananlar.
Insonning boshi kattaligidagi lavlagi.
“Siz ham rozetkani ba’zida hayron qolgan smaylikka o‘xshashini payqaganmisiz?”.
“Onam va limon”.
Kaft kattaligidagi qulupnay.
Bo‘yining balandligi 190 santimetrni tashkil qiladigan yigit tarbiyalagan bog‘cha opasi bilan birga.
Mashina ruli kattaligidagi teshkulcha.
Ikki xil kattalikdagi avokado.
Bags laqabli mushuk va uning singlisi Lili.
Qadoqdagi boshqa yormalardan kattalashib ketgan ushbu yorma “bolaligida” ko‘proq bo‘tqa yegan, chog‘i.
“O‘sib, kattalashib ketgan butalar sabab qo‘shnimning uyi qanday ko‘rinishga ega ekanligini bilmay qoldim”.
“Ushbu mevani Norvegiyada tatib ko‘rganman”.
“Texasning janubiy hududidagi sumalak”.
“Qaychi qo‘l Edvard” uslubidagi ulkan sabzi.
“Otam daryo bo‘ylab katta ko‘prik qurmoqda”. | 88 | 1,325 |
Foto | Karantin vaqtida uyda sochini oldirishga majbur bo‘layotgan erkaklar — suratlarda | Uyda ijtimoiy masofalanish, “o‘zini yakkalash” yoki karantin tartibida qolayotgan odamlar qanday qilib sochini kaltalatishi yoki turmaklashi mumkin?
Sartaroshxona va salonlar aholiga xizmat ko‘rsata olmayotgan bir vaziyatda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari oila a’zolariga murojaat qilishmoqda. Kulguli, qiziqarli va g‘aroyib “natija”larni esa Instagram hamda Twitter’dagi sahifalarda #coronacuts #covidcuts va #quarantinehaircut heshteglari bilan ulashishmoqda.
AQShning Kolarado shtatida istiqomat qiluvchi teleyangiliklar muxbiri Kayl Klark rafiqasi kaltalab qo‘ygan sochlarini Twitter sahifasida birin-ketin ulashib bordi. So‘nggi surati tagida shunday izoh qoldirdi: “Biz boshimning orqasidan bir nechta malham matoni olganimizdayoq kaltalatish jarayonini to‘xtatdik. YouTube’da bir nechta videolarni ko‘rib, keyingi hafta yana urinib ko‘ramiz”.
Instagram foydalanuvchisi Erik Sterit esa rafiqasining “san’at asari”ni quyidagicha izohlagan: “Azizam, kliperlarning sozlamalarini bir tekshirib ko‘rmaymizmi?”
5 ta farzandi bor Jenni Teylor esa turmush o‘rtog‘ining sartaroshlik qobiliyatiga quyidagicha izoh bergan: “Farzandlarimdan kichkinaligida qanday turmaklashni so‘raganimda buvalariniki kabi (boshining tepasi kal) soch turmagini xohlashlarini aytishar edi. Shu kungacha “yo‘q”, degan bo‘lsam ham, hozir aqlbovar qilmas turmaklarning ayni vaqti, deb bilaman!”.
Yana bir foydalanuvchi @hookedonphoenix9 esa soch turmagi haqida shunday fikr qoldirgan:
“Yaxshi chiqmadi. Ushbu tajriba yaxshi maktab dars bo‘ldi. Sochimni nimadir qila olaman, deb o‘ylagan edim, lekin yetarlicha yomon chiqdi. Bu professional, yuqori malakali sartaroshlarning qadriga yetishimga sabab bo‘ldi”, deb izohlagan.
“Karantin turmagi”.
Turmush o‘rtog‘ining sochlarini turmaklagan foydalanuvchi quyidagicha izoh ilova qilgan: “Samson Borneodagi yovvoyi odamga o‘xshab qolgani sababli kliperlarni ishga soldim! Bir umrlik vaqtim ketgan bo‘lsa ham, bu vazifani juda yomon epladim, deb o‘ylamayman”.
Farzandlari bilan birgalikda soch olayotgan Brendon Testaning suratlarga izohi: “Ishbilarmon kishilar uchun barbershop ochiq!”
Reddit foydalanuvchisining izohi: “Kecha mittivoyimning sochini oldik. Turmagini to‘g‘rilagunimizcha biroz ustidan kulishimga ruxsat berdi”.
Instagram foydalanuvchisi Bo Poulsen o‘zining suratini aktyor Jim Kerrining filmdagi obrazi bilan yonma-yon qo‘yib, “Bu turmakning nomi “korona”, deya izohlagan.
Farzandining sochini oxirigacha ola olmagan ota: “Sartaroshxonalar yopilgani sababli mana shunga qo‘l urdik…U juda charchab, chala qoldirishga majbur qildi…Endi shu turmak bilan uxlayapti.”
“Turmush o‘rtog‘imning oldinda turgan ko‘plab soch oldirishlaridan birinchisi”.
“Akam qo‘llanmaga qarab sochini turmakladi, ammo baribir o‘xshamadi”, deb yozadi tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
11 yoshli o‘g‘li tomonidan sochi turmaklab qo‘yilgan ota.
“Klubga qo‘shildim, uyda soch turmakladim”.
“Bu yerda nimalar bo‘lyapti”.
Mening sartarosh do‘stim karantin paytida har kuni yigitining sochlarini turmaklab qo‘yadi.
Har kuni sochini oz-ozdan olib turmak qilayotgan yigit.
“Turmakmisan, turmak!”
Sartarosh mijozlaridan bunday tajribani boshqa qilmaslikni, qilishsa ham uni belgilashni unutmaslikni so‘ragan.
Rafiqasi YouTube’dan ko‘rib sochini turmaklagan ota. | 81 | 3,302 |
Foto | Toshkentda «Besh tashabbus» festivali, «Evronigoh» tanlovi, dengizda suzib ketayotgan muhojir — 22 may suratlari | Soʻnggi 24 soat davomida olingan eng qaynoq fotosuratlar jamlanmasini e'tiboringizga havola etamiz.
Germaniyada Isroil-Falastin mojarosida Isroilni qoʻllab-quvvatlash maqsadida namoyish boʻlib oʻtdi.
Xuddi shunday namoyish poytaxt Berlinda Falastin sharafiga ham oʻtkazildi.
Shu kunlarda Andijon viloyatida Respublika «Yoshlar forumi» boʻlib oʻtmoqda. Forum doirasida sportchilar mahoratlarini namoyish etmoqda.
Germaniyada koronavirusga qarshi kurash tadbirlari davomida kiritilgan ayrim cheklovlarga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.
Poytaxtda 21–25 may kunlari oʻtkaziladigan «Toshkent besh tashabbus harakati» doirasidagi tadbirlarning 22 may, shanba kuni 2-kuni boʻlib oʻtdi.
Gʻazodagi Hamas lideri Yahyo Sindor 11 may, toʻqnashuvlar boshlangan kundan buyon ilk bor koʻrinish berdi.
Ispaniya sohillarida sohil xavfsizlik kuchlari dengizda halok boʻlgan muhojirning jasadini oʻrab qoʻymoqda. Shu kunlarda Ispaniyaning janubiy sohillarida Marokashdan kelayotgan muhojirlar oqimi ortib ketmoqda.
Niderlandiyaning Rotterdam shahrida boʻlib oʻtayotgan «Evronigoh» musiqa tanlovida Gresiya sharafini himoya qilayotgan Stefaniya ikkinchi yarim finalda oʻz chiqishini namoyish etmoqda.
Isroil harbiylari bergan zarba oqibatida uyi vayron boʻlgan gʻazolik falastinlik oila uyini tartibga keltirmoqda.
Turkiyaning ikkinchi eng yirik koʻli boʻlgan Tuz koʻli bahor kelishi bilan qizgʻish tusga kirib, ajoyib goʻzal manzara hosil qilgan.
21 may kuni imzolangan kelishuvga qaramasdan, Isroil polisiyasi Sharqiy Quddusdagi falastinliklar istiqomat qiladigan Shayx Jarroh mahallasiga yana hujum qilmoqda.
Afrikadan kelgan muhojir plastik idishlar yordamida Ispaniya qirgʻoqlariga qarab suzib bormoqda. Soʻnggi kunlarda mazkur hududda muhojirlar bilan bogʻliq inqiroziy vaziyat hukm surmoqda. | 112 | 1,793 |
Foto | Foto: Donald Tramp Rokki qiyofasida | AQSh prezidenti Donald Tramp minnatdorchilik kuni arafasida Twitter’da surat e’lon qildi. Unda prezidentning boshi Silvestor Stallonening bokschi Rokki Balboa haqidagi filmida o‘ynagan obraziga fotoshop qilingan. Meduza bu suratga e’tibor qaratdi.
Tramp bu surat nimani anglatishi haqida hech qanday izoh bermagan. Twitter’da esa bu suratning ma’nosini aniqlash bo‘yicha suratlar va izohlar tarqaldi.
Rossiya bilan bog‘liqlik haqidagi navbatdagi ishoralarmi?
Barak Obama bilan bahslashmoqchimi?
Trampga shunchaki fantaziya qilish yoqadi.
Balki hammasi Tramp obrazidagi Rokki sabablidir. | 35 | 590 |
Foto | Fotogalereya: Ertak kitoblarida tasvirlangandek ko‘rinishga ega qishloqlar | AdMe maroqli hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan dunyodagi eng chiroyli qishloq va kichkina shaharlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 74 | 134 |
Foto | Maromiga yetkazib ijro etilgani uchun “Oskar” olib kelgan obrazlar (foto) | Muxlislar qalbidan joy olgan mashhur aktyor va aktrisalarning aynan qaysi filmdagi ijrosi Amerika kinoakademiyasi
tomonidan mukofotga loyiq topilgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Keyt Blanshett
2005-yil aktrisa “Aviator” filmidagi Ketrin Xepbern ijrosi uchun “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” sifatida “Oskar”ga sazovor bo‘lgan. 2014-yilda esa “Jasmin” filmidagi millionerning rafiqasini gavdalantirgani “Eng yaxshi rol ijrochisi” sifatida “Oskar” berilishiga sabab bo‘lgan.
Entoni Xopkins
1992-yilda “Qo‘zilarning sukunati” filmidagi psixiatr Gannibal Lekter ijrosi sabab “Oskar” mukofotini “Eng yaxshi aktyor” sifatida qo‘lga kiritgan Entonining 2021-yilgi taqdirlash marosimida ham shu yo‘nalishda eng yaxshi deb topilishga “Ota” filmida demensiyadan aziyat chekayotgan qariyani gavdalantirgani sabab bo‘lgan.
Xilari Suenk
Aktrisa “Yigitlar yig‘lamaydi” filmidagi roli sabab 2000-yilgi taqdirlash marosimida “Eng yaxshi aktrisa” sifatida mukofotni qo‘lga kiritgan. 2005-yilgi ham xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi deb topilib, “Oskar”ga ega bo‘lgan va bunga “Million Dollar Baby” filmidagi ijrosi sabab bo‘lgan.
Sandra Bullok
Sandra “Mehr hududi” filmida afroamerikalik o‘smir bolani qaramog‘iga olgan ayol ijrosi bois “Eng yaxshi aktrisa” sifatida “Oskar”ga ega bo‘lgan.
Riz Uizerspun
Rizning “Walk the line” filmida xonanda Jonni Keshning ikkinchi rafiqasi Jun Karterni gavdalantirgani uning 2006-yilgi “Oskar” taqdirlash marosimida “Eng yaxshi aktrisa” deb topilishiga sabab bo‘lgan.
Robert De Niro
Robert 1975-yilda “Cho‘qintirgan ota-2” filmidagi ijrosi sabab “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor”, 1981-yilda “Raging Bull” filmidagi ijrosi bois esa “Eng yaxshi aktyor” sifatida “Oskar”ga sazovor bo‘lgan.
Kolin Fert
Kolinning “Qirol nutqi” filmidagi logoped yordamida nutqidagi nuqsonni bartaraf qilishga urinadigan Buyuk Britaniya qiroli — Jorj VI roli unga “Eng yaxshi aktyor” sifatida “Oskar” olib kelgan.
Meril Strip
Meril 1980-yilda “Kramer Kramerga qarshi” filmi uchun “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa”, 1983-yilda “Sofining tanlovi” filmidagi ijrosi va 2012-yilda “Temir xonim”dagi roli uchun esa “Eng yaxshi aktrisa” sifatida “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan.
Nikol Kidman
Aktrisa “Soatlar” filmida mashhur ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulf obrazini gavdalantirgani “Eng yaxshi aktrisa” sifatida “Oskar”ga loyiq topilishiga sababchi bo‘lgan.
Tom Xenks
Tom 2 marta — 1994-yilda “Filadelfiya” filmidagi yurist roli, 1995-yilda “Forrest Gamp” filmidagi bosh qahramon ijrosi sabab “Eng yaxshi aktyor” sifatida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan.
Jek Nikolson
Jek “Kakku uyasi uzra parvoz” filmidagi Rendli Patrik Makmerfi roli sabab “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha, 1984-yilda “Endearment Terms” filmidagi fazogirni gavdalantirgani sabab “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor”, shuningdek, 1988-yil “Bundan yaxshisi bo‘lmaydi” filmidagi yozuvchi Melvin Yudellani ijro qilgani uchun “Eng yaxshi aktyor” sifatida “Oskar”ga ega bo‘lgan.
Kristof Vals
2010-yilda “Sharafsiz vahshiylar” filmidagi ijrosi uchun “Eng yaxshi aktyor” sifatida e’tirof qilingan aktyor 2013-yilda “Ozod qilingan Jango” filmidagi roli sabab “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” deb topilgan.
Mettyu Makkonaxi
Aktyor “Dallas xaridorlar klubi” filmidagi roli uchun 2014-yilgi taqdirlash marosimida “Eng yaxshi aktyor” sifatida mukofotni qo‘lga kiritgan.
Eddi Redmeyn
Eddi “Stiven Hoking koinoti” filmida bosh qahramon rolini gavdalantirgani uchun 2015-yilgi taqdirlash marosimida “Eng yaxshi aktyor” sifatida “Oskar”ga ega bo‘lgan.
Juliya Roberts
Real voqealar asosida suratga olingan “Erin Brokovich” filmida shahar aholisi huquqlarini himoya qilib, yirik korporatsiyaga qarshi chiqadigan sobiq go‘zallik tanlovi g‘olibi — Erin rolini gavdalantirgani sabab Juliya 2001-yilda “Eng yaxshi aktrisa” sifatida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan.
Frensis Makdormand
Frensis uch marta —1997-yilda “Fargo” filmidagi roli, 2018-yilda “Missuri, Ebbing chegarasidagi uchta reklama taxtasi” filmidagi haqiqat qidiradigan ona ijrosi va 2021-yilda “Ko‘chmanchilar o‘lkasi” filmidagi ishidan ayrilib, butun shahar bo‘ylab furgonda safarga otlangan ayol obrazi uchun “Eng yaxshi aktrisa” sifatida “Oskar”ga loyiq ko‘rilgan.
Keyt Uinslet
“Kitobxon” filmidagi Germaniya shaharlaridan birida tramvay konduktori bo‘lib ishlaydigan ayol — Hanna
Shmits ijrosi Keytning 2009-yilda “Eng yaxshi aktrisa” sifatida “Oskar”ga sazovor bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. | 73 | 4,447 |
Foto | Fotogalereya: “Baliqlarni bosib olmang” yoxud Vyetnamdagi noodatiy kafe | Kafelarda jonivor boqish oxirgi paytlarda urfga kirib bormoqda. Istalgan mamlakatda qahva ichib, bir guruh mushuklar, itlar va hatto qo‘ylarni tomosha qilishingiz mumkin. Lekin Amix Coffee hammasidan o‘tib tushdi. U yerda siz oyoqlaringiz ostida suzib yurgan bir talay baliqlarni ko‘rishingiz mumkin. Travel Ask ushbu kafedan suratlar taqdim etdi. | 71 | 347 |
Foto | Butun dunyo bo‘ylab joylashgan 10 ta mitti uy (fotogalereya) | Kichik gabaritli uylar hech qachon hozirgidek dolzarb bo‘lgan emas. Ko‘chmas mulk qimmatlashmoqda, rivojlangan mamlakatlardagi yoshlar esa pul jamg‘arishdan ko‘ra ta’lim uchun kreditlarni to‘lash bilan band. Mitti uy — arzongina uyga ega bo‘lish va barcha ortiqcha narsalardan voz kechish, ammo shu bilan birga o‘zini hayotning xilma-xil quvonchlaridan cheklamaslikning ajoyib usuli. Insider Pro dunyodagi eng chiroyli kichik uychalar bilan tanishtirdi.
Maydoni: 23 m²
Qayerda joylashgan: Tallin, Estoniya
Maydoni: 18 m²
Qayerda joylashgan: Boyse, Aydaxo shtati, AQSh
Hajmi: Chevrolet Express Kodasema, taxminan 2×2 metr
Qayerda joylashgan: AQSh
Maydoni: 7,3 m²
Qayerda joylashgan: Vayl-am-Rayn, Germaniya
Maydoni: 16 m²
Qayerda joylashgan: Sevastopol, Kaliforniya
Maydoni: 9 m²
Qayerda joylashgan: Yaponiya
Hajmi: 8,5×2,7 metr
Qayerda joylashgan: AQSh
Maydoni: 11,5 m²
Qayerda joylashgan: Kolorado
Maydoni: 9 m²
Qayerda joylashgan: Aptos, Kaliforniya
Maydoni: 11 m²
Qayerda joylashgan: Bratislava, Slovakiya | 60 | 1,024 |
Foto | Foto: Makiyaj yuzdagi kamchilik yoki afzalliklarga urg‘u berishi mumkinligi yulduzlar obrazi misolida | Makiyaj ayol kishining tashqi ko‘rinishida muhim rol o‘ynaydi. U orqali yuzdagi muammolarni yashirish yoki go‘zallikka urg‘u berish mumkin.
Niki Minaj
Nikining hozirgi ko‘rinishiga nazar tashlab bo‘yanish borasida ancha sipo bo‘lib qolgani, kipriklari ham avvalgidek sun’iy uzun emasligini bilish mumkin. Umuman olganda, kipriklarning ko‘zlarga proporsional uzunlikda bo‘lmasligi istalgan obrazni muvaffaqiyatsiz chiqishiga hissa qo‘shadi.
Anjelina Joli
Anjelinaning chap tomondagi surati pudraning noto‘g‘ri tanlangani qanday oqibatga olib kelishi mumkinligining isboti. Bu kabi holat yuz bermasligi uchun tanlov borasida e’tiborli bo‘lish va suratga tushganda yorug‘lik to‘g‘ri tanlangan yoki yo‘qligiga amin bo‘lish kerak.
Jennifer Lourens
Aftidan, Jennifer labning chetidan chiqarib qalam surtish obrazni buzishi mumkinligini tushunib yetgan va bu xatoni boshqa takrorlamaslikka qaror qilgan.
Kristina Agillera
Makiyajning oltin qoidasi: yo ko‘zlarga yoki labga urg‘u berish kerak. Agileraning ikkinchi suratda shunga amal qilgani va obrazi qoniqarli chiqqanini bilish mumkin.
Jennifer Lopes
Jenniferning makiyajiga nazar tashlab, och rangli pomadadan foydalanish kishini kasal odamga o‘xshatib qo‘yishini bilish qiyin emas.
Kristen Styuart
Aktrisaning chap tarafdagi surati podvodka surtishda ehtiyot bo‘lish kerakligining isboti. Asosiysi Kristen buni tushunib yetgan va husniga urg‘u beradigan usulda bo‘yanishni o‘rgangan.
Natali Dormer
Natali ko‘zlarini qora qalam bilan bo‘yagani sabab yoshi katta, ko‘zining ostidagi halqalar esa yaqqol ko‘rinib qolgan. Ikkinchi suratdagi makiyaj esa uni yosh va yanada dilbar ko‘rsatgan.
Keyt Blanshett
Rumyananing haddan ortiq surtilishi obrazni ko‘ngilsiz chiqishiga hissa qo‘shishi mumkinligini
Keytning chap tomondagi suratidan bilish mushkul emas.
Sheron Stoun
Terining tabiiy rangiga mos makiyaj qilishi go‘zallikka urg‘u berishi, aksincha bo‘lsa obrazning muvaffaqiyatsiz chiqishi Sheron Stoun misolida.
Selena Gomes
Haddan ortiq yorqin pomadadan foydalangani Selenaning yuzidagi boshqa kamchiliklarga e’tibor qaratilishiga sabab bo‘lgan. Me’yorida qilingan makiyaj va ranglarning to‘g‘ri tanlangani esa uni yanada jozibali ko‘rsatgan.
Sirsha Ronan
Sirsha ko‘zining pastki qismiga qalam surtgani sabab bemorlarga o‘xshab qolgan. Bezakli libos bilan makiyaj qilgani esa obrazining o‘ziga xos bo‘lishiga hissa qo‘shgan. | 101 | 2,381 |
Foto | Fotogalereya: Kuryerlar va itlar | Amerikaning UPS kuryerlik xizmati xodimi Shon Makkarren besh yildan buyon Facebook’da dunyoning turli shaharlarida o‘z hamkasblari tomonidan olingan surat va roliklarni yig‘ib keladi. Ushbu suratlardan kuryerlar o‘zining ish vaqtida mijozi uyiga borganida duch kelgan hayvonlar o‘rin olgangan. Ularning aksariyati itlar, deb xabar berdi TJournal.
Marshrutda bir xil itlar bilan uchrashish juda yoqimli, chunki ular sizning kim ekanligizni bilishadi va sizni ko‘rganidan mamnun.
Shon Makkarren, UPS Dogs blogi muallifi
Sekin-asta Makkarren boshqa xizmat xodimlaridan muharrirlar guruhini tashkil etdi. Hozirda blogni yurituvchilar orasida, taxminan, 30 kishi bor. Ular yuborilgan video va fotosuratlarni tahrir qilish va joylashtirish bilan shug‘ullanadi. | 32 | 755 |
Foto | Fotogalereya: Suv havzalaridagi turli xavf-xatarlar | Okeanlar, dengizlar, ko‘llar va boshqa suv havzalari turli sir-sinoatlarga boy. Sir-sinoatlar qatorida turli xavf-xatarlar ham suv havzalarining o‘ziga xosligini ko‘rsatib turadi. AdMe nashri suv havzalarida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 51 | 365 |
Foto | Xitoyliklar uchun odatiy, ammo sayyohlarni hayratga soladigan qiziqarli manzaralar (foto) | Xitoydagi hayot, albatta, aholi uchun oddiy turmush tarziga aylangan. Mahalliy aholining urf-odatlari, transport harakati, bino va infratuzilmalar u yerga tashrif buyuruvchilar uchun g‘ayrioddiy tuyiladi.
Xitoyda ko‘chada chig‘anoq sotib olish mumkin. Undan marvaridlar chiqadi, so‘ngra zirak yoki marjon shaklida zargarlik buyumlari tayyorlanadi.
Kitob do‘konida bolalar adabiyoti og‘irligi bilan baholanadi.
Endi biz ginkgo biloba daraxti qanday gullashini bilamiz.
Dars qilish hatto metro vagonida ham to‘xtatilmaydi.
Yo‘lak ustidagi suv naqshlari bir necha daqiqadan so‘ng yo‘qoladi.
“Tyanszinning ko‘zi” – yer, suv va havo birlashadigan joy.
Xitoyliklar daraxtlarga ozuqa tomchilarini qo‘yishadi. Aslida bu qo‘shimcha ozuqa emas, balki zararkunandalarga qarshi kurash vositasidir.
iPhone uslubidagi hojatxona suv baki.
Shanxay ko‘chalarida biri.
View this post on Instagram
Fuchjoudagi futuristik ekotrop.
Xitoyda nafaqat diqqatga sazovor joylarni ko‘rish, balki uning mazali nusxasini yeyish ham mumkin.
Shanxayning telefon ustunlari shahar manzarasini buzmasligi uchun daraxtlarga o‘xshab qurilgan.
Chunsinning o‘zlashtirilmagan hududidagi metro bekati.
Uyning tomidagi mashina yo‘li hamda gullar.
Syanshou kamalak ko‘prigi
View this post on Instagram
Quyoshning botishi hamda Buyuk Xitoy devori. | 89 | 1,349 |
Foto | Mahorat birdaniga paydo bo‘lmasligining 10 ta dalili: mashhur fotosuratchilarning ilk Instagram-postlari (foto) | AdMe mashhur fotosuratchilarning Instagram’ga joylangan birinchi suratlarini qidirib topdi, ular mahorat birdaniga paydo bo‘lmasligini, ammo uni har kim charxlay olishini isbotlab beradi.
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram
Oxirgi postlaridan biri:
View this post on Instagram
Birinchi posti:
View this post on Instagram | 111 | 1,469 |
Foto | So‘nggi nafasgacha birga: Yelizaveta II va shahzoda Filippning sevgi hikoyasi (foto) | 1947-yilning 20-noyabr kuni turmush qurgan qirolicha Yelizaveta va shahzoda Filipp 73 yil birga yashagan. 2021-yil 9-aprel kuni Filipp vafot etguniga qadar baxtli hayot kechirgan, yaxshi va yomon kunlarni birga baham ko‘rgan juftlikning sevgi hikoyasidagi eng esda qolarli detallarni e’tiboringizga havola etamiz.
1939-yil iyul: Birinchi uchrashuv
Naval qirollik kollejiga tashrif buyurgan qirol Jorj VI va qirolicha Yelizaveta, 18 yashar Filippdan qizlari Yelizaveta va Margaretni kuzatib qo‘yishini so‘ragan. Shundan buyon u va bo‘lajak qirolicha (u vaqtda 13 yoshda bo‘lgan) bir-biri bilan maktub orqali gaplashgan.
1947-yil iyul: Unashtiruv
Qisqa rasmiy maktubda qirollik ruxsatiga binoan malika Yelizaveta va leytenant Filipp Mauntbetten unashtirilgani aytilgan.
1947-yil noyabr: To‘y
Yelizaveta va Filipp Vestminster abbatligida 2000 nafar mehmon qarshisida turmush qurgan.
1948-yil noyabr: Shahzoda Charlz dunyoga kelgan
14-noyabr kuni juftlik o‘g‘il farzandli bo‘lgan va unga Charlz Filipp Artur Jorj deb ism qo‘yilgan.
1950-yil avgust: Annaning dunyoga kelishi
Malika Anna Elizabet Elis Luiza 1950-yilning 15-avgustida tavallud topgan.
1952-yil fevral: Qirolning o‘limi
Amaldagi monarxning uyqu vaqtida joni uzilgani haqida xabar berilganda Yelizaveta va Filipp Keniyada bo‘lgan. Yelizaveta taxtga o‘tirish uchun birinchi da’vogar bo‘lgan. Londonga qaytgan malikaning oilasi Bukingem saroyiga ko‘chib o‘tgan.
1953-yil iyun: Toj kiydirish marosimi
8000 mehmon ishtirok etgan marosimni oynayi jahon orqali 20 milliondan ortiq tomoshabin tomosha qilgan. Yelizaveta 2-iyun kuni taxtga o‘tirgan, Filipp unga sadoqatli bo‘lishga ont ichgan.
1960-yil fevral: Endryuning tavalludi
Juftlik 19-fevral kuni turmush qurgan va unga Endryu Albert Kristian Edvard ismini qo‘ygan. Bir necha kundan keyin Yelizaveta II boshqa monarx oilalaridan ajralib turishi uchun avlodlari Mauntbetten Vindzor familiyasini olishini ma’lum qilgan.
1964-yil mart: Edvardning dunyoga kelishi
Qirolichaning eng kenja o‘g‘li Edvard Entoni Richard Lyuis 10-mart kuni dunyoga kelgan.
1972-yil noyabr: Kumush to‘y (25 yillik turmush)
Kumush to‘y munosabati bilan juftlikka dunyoning turli burchagidan 15 mingdan ortiq tabriklarni o‘zida aks ettirgan maktub va 2500 telegramma yuborilgan.
1977-yil noyabr: Birinchi nabira
Malika Anna 1977-yilning 15-noyabrida Piter Mark Endryu Fillipsni dunyoga keltirgan. Tinch hayot kechirishni afzal bilgan Anna farzandlarining qirollik maqomidan rasman voz kechgan.
1992-yil noyabr: Annus Horribilis (Dahshatli yil)
1992-yil Yelizavetaning qirollik majburiyatlarini bajarayotganiga 40 yil bo‘lgan. Bu yil nafaqat Yelizaveta, balki butun qirollik oilasi uchun yo‘qotishlarga boy yil bo‘lgan. Shahzoda Charlz malika Diana bilan 11 yillik turmushiga, shahzoda Endryu Sara Ferguson bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygan, Anna ham Mark Fillips bilan ajrashgan.
1997-yil noyabr: Oltin to‘y (50 yillik)
Londonda bayramona tushlik bo‘lib o‘tgan. Yelizaveta turmush o‘rtog‘i uning hayotidagi eng asosiy suyangan tog‘i ekanini ma’lum qilgan.
2012-yil iyun: Qo‘llab-quvvatlash
Yelizaveta infeksiya sabab davolanayotgan eridan xabar olish uchun shifoxonaga tashrif buyurgan va taxtga o‘tirganining 60-yilligini nishonlashdan bosh tortgan.
2016-yil iyun: Qirolicha tavalludining 90 yilligi
21-aprelda tavallud topganiga qaramay, Yelizaveta tug‘ilgan kunini iyun oyining shanba kunida nishonlaydi. Mazkur an’ana qirol Jorj II dan qolgan.
2019-yil, yanvar: Ko‘ngilsiz hodisa
Filipp avtohalokat sabab shifoxonaga olib borilgan va shundan buyon mashina haydamagan.
2021-yil fevral: Shahzodaning ahvoli yomonlashgan
16-fevral kuni ahvoli yomonlashgan Filipp shifoxonaga olib borilgan. Deyarli bir oy davolangan shahzodaning yuragi operatsiya qilingan. Ahvoli yaxshilanganidan keyin uyga ketishga ruxsat berilgan.
2021-yil 9-aprel: Filippning o‘limi
Shahzoda Filippning hayotdan ko‘z yumgani 2021-yil 9-aprelda rasman e’lon qilingan. O‘limning sababi ma’lum qilinmagan. U va qirolicha nafaqat Britaniya monarxlari orasida, balki dunyodagi eng uzoq vaqt birga umr kechirgan juftliklardan sanaladi. | 84 | 4,091 |
Foto | Fotogalereya: Bo‘yoq qatlamlari ostida butunlay boshqa rasmni yashirgan mashhur san’at asarlari | Rassomlar va yozuvchilar o‘z ijod mahsulini shunchalar ko‘p o‘zgartiradiki, toki muxlislarga yetib borganda dastlabki ko‘rinishidan ancha farq qiladi. Ba’zan muharrir yoki boshqa rassom unga o‘zgartirishlar kiritadi. AdMe mashhur suratlarning qoralama nusxalarini yig‘di. | 95 | 271 |
Foto | Meva va sabzavotlardan yeyishga ko‘z qiymaydigan san’at asari yaratayotgan yaponiyalik rassom ijodidan namunalar | Yaponiya har doim o‘zining noyob oshxonasi bilan mashhur bo‘lib kelgan, taomlar nafaqat ajoyib ta’mi bilan, balki chiroyli ko‘rinishi bilan ham ko‘zni quvnatadi. Yaponiyalik rassom Gaku meva va sabzavotlarni yeyishga ko‘z qiymaydigan durdonalarga aylantiradi.
Gaku chizgan suratlaridan iborat ko‘rgazmasini bir necha bor namoyish etgan, ammo rassom yaqindan boshlab e’tiborini sabzavotlarga qaratdi — brokkoli, sabzi, loviya, baqlajon, turp, shirin kartoshka, sholg‘om va boshqa sabzavotlardan ajoyib haykallar yaratadi. Quyida rassomning ijod namunalari bilan tanishing | 112 | 570 |
Foto | Kechagi va bugungi Toshkent: Kamil Yenikeyevning ajoyib fotoloyihasi | Toshkent metropolitenining maftunkor suratlarini omma e’tiboriga havola etishi orqali tanilib ketgan toshkentlik fotosuratchi Kamil Yenikeyev yana bir qiziqarli loyihaga qo‘l urdi.
U tarixiy fotokartochkalarga muhrlangan Toshkent ko‘chalari va binolarini shaharning bugungi manzaralari bilan qiyosladi — muallif tarix va bugungi kunni bir nuqtada birlashtira olgan.
Qayd etish joiz, quyida joy va tashkilotlarning hozirgi nomi keltirildi, o‘tmishda esa, tushunarli holki, aksariyatining nomi ham, vazifasi ham boshqa bo‘lgan. | 68 | 525 |
Foto | Haftaning qiziqarli suratlari | “Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. | 29 | 84 |
Foto | Oddiy narsalardagi o‘zgacha tasvirlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan suratlar (foto) | Boshqalar uchun shunchaki oddiy narsa bo‘lgan bulut, muz va hattoki loydan ham o‘zgacha tasvirlarni ko‘ra olganlarni o‘ta ziyrak insonlar deyish mumkin. Quyidagi suratlarni tomosha qilish jarayonida ko‘z oldingizda kruassan mushukchalarga, bulut qushga, barmoqdagi plastir esa Betmenga aylanadi.
Mag‘rur ota va uning avlodlari.
Kimdadir juda ajoyib Wi-Fi bor ekan.
Bulut-qush.
Suzib borayotgan “Titanik”.
Devorning bo‘yog‘i yorilishidan mushukcha paydo bo‘ldi.
Dala malikasi.
“Bir aylanib kelay”.
“Barmog‘imdagi plastir Betmenga o‘xshaydi”.
Eriyotgan qor daraxt shakliga kirdi.
Zinalarning soyasiga qarab, yana boshqa zina bormi, deb o‘ylaysiz.
Yerga talpinayotgan sumalak.
Bu kolibrini sovuq va shamol yaratgan.
Kimdir shunchaki loyni, kimdir esa uzoqdagi daraxtlarni, muzlagan ko‘lni va o‘rmonni ko‘rishi mumkin.
Ko‘piklar Yevropa va Osiyo tasviriga o‘xshaydi.
Dengiz bag‘ridagi arslon.
Bu axir “Totoro” multfilmidagi avtobus-mushuk-ku! | 78 | 953 |
Foto | Fotoreportaj: Karantinda obyektlarni qo‘riqlayotgan, blokpostlarda asosiy ko‘makchi – xizmat itlari haqida | Markaziy harbiy okrugdagi xizmat itlarining asosiy qismi harbiy obyektlarni qo‘riqlashga va blokpostlardagi xizmatga jalb qilingan. Harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov xizmat itlarining karantin vaqtida tartibni saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda tutgan o‘rni haqida “Daryo”ga ma’lumot berdi.
Samarqand, Navoiy hamda Jizzax garnizonida 30 ga yaqin xizmat itlari uchun kichik pitomniklar barpo etilgan. Okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat itlari iz va mina qidiruv hamda qorovullik-qo‘riqlov xizmatiga safarbar etiladi.
Xizmat itlari bilan ertalab va kunning ikkinchi yarmida 2 soatdan mashg‘ulot o‘tkaziladi.
Kinolog boshqa okrugga yoki harbiy qismga xizmat zaruratiga ko‘ra ko‘chsa, xizmat iti ham harbiy xizmatchi bilan birga yuboriladi.
Jurnalistning yozishicha, har yili an’anaviy tarzda Mudofaa vazirligi miqyosida kinologlar chempionati o‘tkaziladi. 2020-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or mutaxassis kinolog” ko‘rik-tanlovida okrug vakili oddiy askar Mirjalol To‘ramurodov “Seam”, Doston Qodirov “Vega” hamda Bekzod Abdulboqiyev “Geroy” laqabli xizmat itlari bilan sovrindor bo‘lgan.
Xizmat itlarining asosiy qismi mashg‘ulotlarga va harbiy obyektlarni qo‘riqlashga jalb qilinar edi. Karantin tadbirlari sabab endilikda xizmat itlari tunda, ko‘rinishi yomon bo‘lgan (tuman) vaqtlarda, zarurat bo‘lganda kunning istalgan paytida blokpostlarga jalb qilinmoqda. | 106 | 1,400 |
Foto | Dunyoning turli burchaklaridagi bolalar qanday o‘yinchoq o‘ynashi haqida taassurot uyg‘otadigan suratlar | Hujjatli suratga olishga qiziqadigan italiyalik Gabriel Galimberti dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiladigan oddiy insonlarni kadrga muhrlaydi. Har bir surati alohida ma’noga ega bo‘lgan suratchining “Toy stories” nomli loyihasi bolalar va ularning sevimli qahramonlari hisoblanadi. Bu suratlar izohga hojat sezmaydi: kadr, o‘yinchoqlar, bolalarning surati olingan joy hammasi haqida yetarlicha ma’lumot beradi.
Konstruktor yig‘ishni yaxshi ko‘radigan shveysariyalik 6 yoshli Enea.
Nigeriyalik 4 yoshli Ayotomiva ham konstruktorni yoqtiradi.
Italiyalik Ernesto esa ko‘proq banka va toshlar bilan o‘ynashni yoqtiradi.
Kolumbiyalik Jeronimoning sevimli o‘yinchoqlari.
Livanlik 4 yashar Taxa va uning mashinasi
Malavilik 5 yoshli Kafey.
Kosta-Rikada yashaydigan 3 yoshli Keynor va uning mashinalari.
Zambiyada yashaydigan 3 yoshli Maudining ko‘zoynaklar kolleksiyasi.
Amerikalik mitti Virjinya va uning o‘yinchoqlari.
Zanzibaralik 5 yashar egizaklar Arafa va Aisha.
Botsvanalik 4 yoshli Botl va uning sevimli o‘yinchog‘i.
Kanadalik 4 yoshli Kallum.
Kosta-Rikada yashaydigan 3 yashar Naya o‘yinchoqlari bilan.
Shveysariyalik Elias va uning o‘yinchoqlari.
Meksikalik 4 yoshli Abel.
Tailandlik uch yashar Porya xonanda bo‘lishni orzu qiladi.
6 yoshli amerikalik Orli dinozavr va ajdarholarga juda ham qiziqadi.
Keniyalik Tangavizi o‘zining sevimli maymunchasi bilan.
Filippinda yashaydigan 4 yoshli Allena va uning o‘yinchoqlar kolleksiyasi. | 104 | 1,462 |
Foto | Foto: Aeroport va samolyotlardagi sayyohlar e’tiborini tortgan o‘ziga xosliklar | Aeroport faqat soatlab o‘tiriladi, samolyotda esa yuklar joylanib va mazali taomlar tarqatiladi xolos deb o‘ylaganlar yanglishadi. U yerda ham antiqa buyumlar bo‘lishi, qiziqarli hodisalar yuz berib kishilarning hayratiga sabab bo‘lishi mumkin.
“Tailand aeroportidagi mazkur o‘rindiqlarda faqat rohiblar va ularning shogirdi o‘tirishi mumkin”.
Yapon aeroporti taomnomasidagi guruch.
“Reysda tuz va murch samolyot ko‘rinishidagi idishlarda tarqatildi”.
“Hozirgina samolyotga chiqib o‘tirdim va yuk uchun qo‘shimcha joy borligi e’tiborimni tortdi”.
“Samolyotimda garchi televizor va ko‘ngil ochadigan tizim bo‘lmasa ham planshet va smartfon uchun tutqich bor”.
“Ushbu samolyotdagi har bir o‘rindiq ortida nafaqat yuk qo‘yish uchun joy, balki rozetka ham bor”.
“Aeroportdagi namlik ketganidan keyin qo‘llarga “quruq” degan tasvirni tushiradigan aqlli quritish apparati”.
“Tushlikka qo‘shib berishdi”.
“Samolyotda berilgan kichkina “buxanka” nondan sendvich tayyorlab oldim”.
Minneapolis aeroportidagi hojatxonalarda nafaqat sumka yoki paket, balki g‘ildirakli chamadonni qo‘yib turish uchun ham joy ajratilgan”.
Yaponiya aeroportida yo‘lovchilarga ularni kuzatuvchilar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi videofonlar o‘rnatilgan.
Chikago aeroportidagi hojatxonalarga maxsus sensorlar o‘rnatilgan: qo‘lni unga yaqin olib borsa, o‘rindiqdagi g‘ilof avtomat ravishda o‘zgaradi.
Video o‘yinlarni bepul o‘ynash imkonini beruvchi aeroport.
“Parvoz davomida Hello Kitty uslubidagi shippak tarqatildi”.
Aeroportdagi ko‘rinishi rostan ham uxlayotgan odamga o‘xshaydigan haykal. | 79 | 1,583 |
Foto | Dizaynerlik buyumlariga ko‘p pul sarflamay, ularni o‘zi yaratgan insonlarning ijod mahsuli (foto) | Ijodkorlar uchun qo‘lda qanday material bo‘lishi ahamiyatli emas. Muhimi ularga kerakli vositalar hamda keng tasavvur bo‘lsa bas. Kutilmagan tasvirlar orqali ham oddiy buyumlarni qimmatbaho san’at asariga aylantirishi mumkin.
“Men harbiydagi do‘stim bilan Warcraft o‘yini asosida chizilgan rasmni uch yil ichida tikishim mumkinligi haqida bahslashdim. Bugun oxirini tikib, yakunlaydigan kunim”.
“Qadimgi Rim byusti shaklida akvarium yasadim”.
“Men zargarman. Yaqinda to‘qishni o‘rgandim va o‘zim uchun kumush va ametistdan to‘qish asbobini yasadim”.
“Men kalmar-velosiped yasadim”.
“Men mushugimni tasvirini tushirib, sviter to‘qidim”.
“O‘zimga kashtali kostyum tikdim”.
“Yog‘och kesimlariga mushuklarning portretini chizdim”.
“Pokemon. 3 yillik ish, 105 rang, 115 ming chok”.
“Payvandlash ishidagi birinchi urinishim”.
“O‘zimga merinos yungidan sviter to‘qidim, endi uni yechmayman”.
“Sim va toshlardan yasalgan pantera”.
“Otam uchun shaxmat taxtasi yasadim”.
Timsoh-paypoqlar.
“Men kulgili mavjudotlar yasashni yaxshi ko‘raman. Bu non jundan qilingan”.
“Ba’zan kiyimlarga rasm chizaman”.
“Simdan yasagan bilaguzugim”.
Sigir rangi ko‘rinishidagi qulupnayli sovunlar.
“Do‘stlar uchun to‘y sovg‘asi: kashtada ularning suratidan ilhomlandim”.
“Do‘kondan eski adyol sotib oldim va undan ko‘ylak tikdim. O‘zimdan faxrlanaman”.
“Sevgilimga turmushga chiqish taklifini bildirish uchun ikki yil vaqtimni ushbu uzukka sarfladim. U rozilik berdi”.
Hamma ham oxirigacha bora olmaydi. | 97 | 1,493 |
Foto | Foto: Pantone instituti talqini bo‘yicha 2019-yil rangi | Pantone instituti 2019-yilning rangini tanladi. Bu — “tirik korall”, deb yozmoqda Meduza.
Institut vitse-prezidenti Lauri Pressmann yil rangini “hissiyotlar uchun ozuqa” va “mustahkam quchoq” sifatida tavsiflagan. Institut tomonidan qayd etilishicha, “tirik korall” “optimizmga ichki ehtiyoj”ning ramzi hisoblanadi.
O‘tgan yili Pantone talqini bo‘yicha yil rangi “ultrabinafsha” bo‘lgan. | 55 | 388 |
Foto | Buxoroda o'pirilib tushgan shahar devori, Milliy xavfsizlik rahbarining hashamatli uyi, urushga qarshi namoyishlar — 13 mart suratlari | 13 martning eng sara va dolzarb suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Qiziq dunyoda yashayapmiz, uni his qilishda bizga suratlar ham ancha yordam beradi.
Ukrainaning Irpen shahridan evakuatsiya ishlari davom etmoqda. Qutqaruv guruhi qari kishilarni zambilda ko'tarib xavfsiz hududlarga olib bormoqda.
Bir xil manzara aks etgan ikki surat. Bunda ham qari ayolni ko'tarib olgan xizmatchilar. Lekin yuqoridagi suratda yordam ko'rsatilayotgan bo'lsa, bunisida qamoqqa olib ketilmoqda. Moskvada Ukrainadagi urushga qarshi bo'lgan norozilik namoyishlari shunday bostirilmoqda va tarqatilmoqda.
Janubiy Karolinada sobiq prezident Donald Tramp tarafdorlari uni olqishlamoqda.
Bu yerda esa Tramp tarafdorlariga havodan o'pichlarini yubormoqda.
xarkovdagi turar joy binosi Rossiya hujumidan so'ng vayrona holga kelib qoldi.
Berlin ostonalarida minglarcha odamlar Rossiyaning Ukrainaga hujumini qoralab norozilik namoyishi o'tkazdi.
Buxoroning qadimgi Talipoch darvozasi yonida xVI asrdan saqlanib qolgan shahar devorining bir qismi yog'ingarchilik oqibatida o'pirilib tushgan.
Qozog'istonda davlatga xiyonatda ayblanib ushlangan Milliy xavfsizlik qo'mitasi sobiq rahbarining hashamatli uyi. Batafsil bu yerda.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o'tgan M-39 avtomobil yo'lining Taxtaqorcha dovonidan o'tgan yo'lning bir qismi yomg'ir sabab o'pirilib tushdi. | 134 | 1,356 |
Foto | Foto: Xitoy restorani o‘rnida ochilgan Meksika restoranidagi sombrero kiygan pandalar | AQShning Xarrisonberg shahrida joylashgan Xitoy restorani o‘rniga Meksika restorani ochildi. Shu sababli restorandagi pandalar aks etgan suratga o‘zgarish kiritildi: suratdagi pandalarga sombrero (ispancha soyabonli shlyapa) kiydirildi. TJournal mazkur suratni taqdim etdi. | 85 | 273 |
Foto | Britaniya qirollik oilasining suratkashi arxividagi suratlar (foto) | Lord Entoni Armstrong-Jons Snouden — taniqli suratkash va Buyuk Britaniya qiroli Georg VI ning ikkinchi qizi (Yelizaveta II ning kichkina singlisi) Margaret Rouz Vindzorning sobiq turmush o‘rtog‘i.
U 60 yilga yaqin Vogue jurnali bilan birga ishlagan, biroq uning eng mashhur ishlari — qirollik oilasining suratlari.
U 86 yoshida vafot etgan va o‘zidan Buyuk Britaniya qirollik oilasining ko‘plab suratlarini qoldirib ketgan. “Fotoshedevri” nashri shu suratlarning ba’zilarini to‘plab taqdim etdi. | 67 | 496 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi odamlarni bitta katta sir birlashtirib turadigan joylar | Dunyoda shunday noodatiy joylar borki, u yerlarda yashovchilar, ularning odatlari o‘ziga xos. Xuddi u yerdagi odamlarni umumiy sir birlashtirib turganga o‘xshaydi. AdMe ana shunday joylarga e’tibor qaratdi.
Xitoydagi gnomlar uchun yaratilgan qishloqda 19—48 yoshdagi 125 kishi yashaydi. Ular gnomlar, farishtalar, elflar, malika va qo‘riqchilar kiyimlarini kiyib yuradi, ularning uylari va daraxt va qo‘ziqorin shaklida qurilgan. Bu uylarning yonida barcha sharoitga ega yotoqxona ham qurilgan, shuningdek, ularning yashashi uchun barcha infratuzilma obyektlari mavjud. Ularning barchasi o‘z ishiga ega, ya’ni sayyohlarga yo‘lboshlovchilik qilish , ekskursiyalar tashkil qilish.
Amazonka daryosi bo‘yida yashovchi qabila eng baxtli qabila deb ataladi. Qabila sanashni bilmaydi, ularda ikkita son bor — “bir nechta” va “ko‘p”, yana ikkita rang — “yorug‘“ va “qorong‘u”. Ular soat va kalendarni bilmaydi, kuniga ikki marta ovqatlanadi, vaqti-vaqti bilan 20 daqiqadan uxlaydi. Qabilada qarindoshlikning uchta darajasi bor: bola, ota-ona va aka/opa. Bu yerda bo‘ysunish va iyerarxiya yo‘q, biroq hech kim o‘g‘rilamaydi va o‘ldirmaydi.
Ikariyaning har uchinchi klshisi 80 yoshga kiradi, qolgan ikki kishi esa 100 yoshgacha ham yashaydi. Buning siri Egey dengizida joylashgan orolning ajoyib tabiatida. Ikariyda odamlar shoshilmaydi, kuchi yetgunicha ishlaydi, tog‘ so‘qmoqlari bo‘ylab yuradi, o‘z bog‘larining mevalaridan yeydi.
Braziliyadagi Kandidu-Godoy egizaklar tug‘ilishi bo‘yicha mutlaqo rekordchi hisoblanadi. Bu yerdagi bitta tumanda 80 ta oilada 44 ta egizaklar juftligi bor. Aholining asosiy qismi germaniyalik bo‘lib, bu yerga Birinchi jahon urushi vaqtida ko‘chib kelishni boshlagan.
Egizaklar tug‘ilishi jarayoni 1990-yilarda payqalgan va turli mamlakatlardan jurnalistlar kela boshlagan. Mahalliy hukumatga bu yoqqan va shaharni “Egizaklar yeri” deb atagan.
Olimlar hodisaning turli sabablarini ilgari suradi. Ular orasida o‘ziga xos suv, hududning ajralib qolgani, yana doktor Yozef Mengelning genetik tajribalari bor. Aholining so‘zlariga ko‘ra, doktor bu yerda veterinar sifatida ishlagan, aynan ana shu vaqtda dastlabki egizaklar tug‘ila boshlagan.
Egizak o‘quvchilar darslarda ayyorlik qilib, bir-birining o‘rniga javob berish holatlari ko‘p uchraydi. | 79 | 2,273 |
Foto | 1-aprel uchun 20 ta o‘tkir hazil | 1-aprel — jiddiylik va kamtarlikni bir muddatga chetga surib, do‘stlar va yaqinlar bilan hazillashish imkonini beradigan kun. Shu munosabat bilan AdMe kulgi kunini maroqli o‘tkazishga yordam beradigan maslahatlarni taqdim etdi.
Qidirib top
Scittles va M&M’s obaki drajelarini aralashtirib yuboring. Bu hazilni bolalar ishtirokida o‘tadigan har qanday tadbirda uyushtirsa bo‘ladi.
Kompyuterga sut to‘kilib ketdi
Oq rangli yelimni oynak ustiga quyib, qotiring, so‘ng qotgan massani kompyuter yoki noutbuk klaviaturasiga joylashtiring.
Rangli suv
Jo‘mrak taqsimlagichiga oziq bo‘yog‘i tabletkasini qo‘ysangiz, suv rangli bo‘lib oqa boshlaydi.
Stiker bilan qoplangan mashina
Mashinaga boshdan oyoq stikerlar yopishtirib chiqing. Ular yordamida biror yozuv insho etsa ham bo‘ladi.
Bananmi, keksmi?
Banan shaklida pishirilgan keksni sovutib, sariq rangdagi krem bilan qoplang. So‘ng tanishlaringizni “banan” bilan mehmon qiling.
Sevimli hamkasbingizni “o‘lim ekrani” bilan “xushnud” qiling
Hamkasbingiz kompyuterida ish stolini bo‘shating, so‘ng avvaldan tayyorlangan skrinshotni fon rasmi sifatida belgilang. Tajribasiz foydalanuvchi bundan dahshatga tushishi tayin.
Yolg‘onchi Kola
Coca-Cola shishalariga soya sousidan to‘ldirib, do‘stlaringizga taklif qiling.
Aldoqchi sabzi
Sabzi shaklidagi pishiriq barchani xursand qiladi. Uning o‘rnini apelsin sharbatiga to‘yingan va muzlatilgan qulupnay bosishi mumkin.
Xazina qidiruvchilar
Tangani yerga yopishtirib qo‘ying va do‘stingizga uni olishni taklif qiling. Yelimdan foydalanganda ehtiyot bo‘ling — gilamga jiddiy zarar yetishi mumkin.
Ilon qani?
Stol ustiga bo‘sh qafas qo‘yib, unga “Ilonga teginmang!” deb yozilgan taxtachani ilib qo‘ying. So‘ng qochib ketgan ilonni qidirgandek bo‘lib hamma yoqni tintib chiqavering. Atrofdagilar sarosimaga tushib qolishi aniq.
Yo‘qlikka sakrash
O‘rindiq ostida turgan bu matohni ko‘rmagan inson o‘tirganidan so‘ng bir sapchib tushadi.
Ayyor sichqoncha
Sichqonchaning ostiga stiker yoki biror quvnoq rasm yopishtirib qo‘ying.
Uyga sichqon kirib oldi
Yiqitilgan qutiga dumi bor lavlagini yarmigacha tiqib qo‘ysangiz, birinchi ko‘rishda hamma uni sichqon deb o‘ylaydi.
Ofis janglari
Pitssa yoki boshqa ovqatni almashtirib qo‘ying.
O‘rgimchak
Mitti plastmassa o‘rgimchaklar ba’zan haqiqiyday tuyuladi.
Desert
Bunday “tort” qirg‘ichdan chiqarilgan kartoshka va kolbasadan tayyorlanadi. Aslida bu ham mazali desert, lekin odamlar tortdan odatda boshqacha ta’m kutadi.
Kosmonavt sharbati
Jeledan tayyorlangan bunday “sharbat”ni ichishga harakat qilgan odam vaqtini zoye ketkizadi.
Gilam va tirnoq bo‘yog‘i
Nafaqat gilam, har qayerda bunday dog‘ni joylashtirsa bo‘ladi. Lekin avval uni quritishni unutmang.
Ko‘pirmaydigan sovun
Sovunni shaffof lak bilan qoplang — undan foydalanmoqchi bo‘lganlar nega ko‘pik hosil bo‘lmayotganidan rosa hayratlanadi.
Shirinliklarni bo‘lishib yeyish kerak
Qo‘shaloq pechenye orasidagi kremni tish pastasi bilan almashtirib qo‘ying. Lekin hazilingiz qurboni uni yeb qo‘ymasligidan amin bo‘ling. | 32 | 3,021 |
Foto | Hashamat va qulaylikda mashhur Versal saroyini ham ortda qoldiradigan Bavariya qiroli qasri (foto) | Insoniyat tarixida yerlarni egallab olish va ko‘proq qudratga ega bo‘lishni istagan hukmdorlarni ko‘plab uchratish mumkin. Ulardan farqli ravishda Bavariya qiroli Lyudvig II, eng avvalo, go‘zallikni sevardi. U orzular, she’riyat va opera bilan yashaganligi sababli ham siyosatga begona bo‘lgan, o‘ziga xos noyob monarx edi. U nafis didli inson sifatida, shuningdek, o‘z davrining eng sirli va fojiali siymolaridan biri sifatida abadiy qolgan. Odamlar uni ajoyib podshoh deb atay boshladilar, chunki u o‘zining ajoyib merosi — shaxsiy nazorati ostida qurilgan eng hashamatli saroylarni qoldirdi.
U ushbu ajoyib binolardan birini fransuz monarxi Lyudovik XIV sharafiga yaratgan.
Yog‘och ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan daraxtlarning to‘liq kesilishidan norozi bo‘lgan Xerren oroli aholisining shikoyatlari hukmdorni yerning bir qismini sotib olib, u yerga saroy qurishga undadi. Shunday qilib, u nafaqat o‘rmonni yo‘q bo‘lib ketishdan saqlab qoldi, balki o‘zining navbatdagi orzusini ham amalga oshirdi.
Me’morlar Georg von Dolman va Yulius Xofman bor mahoratlarini namoyish etishga harakat qilishgan.
Versal bilan juda o‘xshashligiga qaramay, Bavariya qirolining qasri o‘sha paytdagi barcha zamonaviy qulayliklarga ega edi. Afsonaviy tasvirlar bilan bezatilgan liftlar, hammom, oqova suv va hattoki basseyn ham go‘zallik, ham texnik jihatdan mukammal edi. Umuman olganda, Xerrenkimzeye Versalning nusxasi emas, balki hashamat va qulaylikda undan bir necha bor ustun bo‘lgan.
Lyudvig II qurdirgan zallar va shaxsiy xonalarida nafis barokko uslubi ustunlik qiladi.
Dabdabali interyer uchun juda ko‘p miqdorda oltin va billur ishlatilgan.
Deyarli barcha xonalarda monarxning portretlari joylashtirilgan.
Lyudovikning haykali xudolar va nimfalar bilan birga dahlizning ichki qismiga juda mos tushgan.
Xerrenkimzeye saroyida podshohning kechki ovqati uchun g‘ayrioddiy ko‘chma stol bo‘lgan, u pastki qavatda joylashgan bo‘lib, lift bilan oliy martabali xonalarga ko‘tarilgan.
Zinapoya yuqorisida kunduzi yorug‘lik tushadigan shisha tom bor.
Xonalardan biriga sayyoralar va turli xil samoviy tasvirlar tushirilgan astronomik soat o‘rnatilgan. Ularni soatsoz Karl Shveysar yasagan.
Mazkur qasr Lyudvig II ning sirli o‘limidan bir muncha vaqt o‘tgach, jamoat tashriflari uchun ochilgan. | 98 | 2,296 |
Foto | Fotogalereya: Kino olamidan siyosatga o‘tgan aktyorlar | Siyosat aktyorlik bilan ko‘p jihatdan o‘xshash: ikkala sohada ham karyera ishontirish qobiliyatiga bog‘liq. Shuning uchun ham ko‘p mashhur aktyorlar siyosatga qiziqqach, muvaffaqiyatga erishgan, deya yozadi “RBC”.
Arnold Shvartsenegger
Eng mashhur bodibilder 22 yoshidan filmlarda suratga tusha boshlagan. 1982-yilda mashhur aktyorga aylangach, keyinchalik siyosatga qiziqqan. 2003—2011-yilllarda Kaliforniya shtatining gubernatori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Jon Gevin
Amerikalik aktyor Jon Gevin Stenford universitetida tahsil olgan, Koreyadagi urushda qatnashgan, bir necha tillarda gaplasha olgan. “Psixo” va “Spartak” filmlarida suratga tushgach, 1959-yilda eng yaxshi debyutant nominatsiyasida “Oltin globus” mukofotini olgan. Universitetda Lotin Amerika iqtisody tarixi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgani unga davlat ishlarida qo‘l kelgan. 1981—1986-yillarda u AQShning Meksikadagi elchisi lavozimida ishlagan.
Ronald Reygan
2018-yilda sobiq Gollivud yulduzi AQShning eng yaxshi prezidenti deb e’tirof etilgan. Reygan karyerasini radioboshlovchi sifatida boshlagan. 26 yoshida ilk bor ekranlarda ko‘ringan. Oradan vaqt o‘tgach, u kinoaktyorlar gildiyasining vitse-prezidenti bo‘lgan. 1937—1965-yillarda 81 ta filmda suratga tushgan. 1967-yil Kaliforniya gubernatoriga aylangan. 1981—1989-yillarda AQSh prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatib, yangi iqtisodiy siyosatni joriy qilgan. Hozirda ushbu siyosat uning sharafini “reygonomika” nomi bilan yuritiladi.
Eva Peron
Argentinaning birinchi xonimi bo‘lishdan avval Eva Peron radioboshlovchi va aktrisa bo‘lgan. 1945-yil oktabrda aktrisa polkovnik Xuan Peronga turmushga chiqqan, 1946-yil fevralda esa birinchi xonimga aylangan.
Klint Istvud
Besh karra “Oskar” mukofoti sovrindori 1986—1988-yillarda Kaliforniya shtati Karmel shahrinign meri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Glenda Jekson
Ikki karra “Oskar” mukofoti sohibasi, ingliz aktrisasi Glenda Jekson siyosatga Margaret Tetcherning tanqidi sabab kirib kelgan. 1990-yilda Jekson Buyuk Britaniya temir yo‘l vaziri bo‘lgan, 1997-yilda esa hukumatga qo‘shilgan. U Iroqdagi janglarga hamda ta’lim uchun to‘lov narxining oshishiga qarshi chiqqan.
Amitabx Bachchan
Amitabx Bachchan 1973-yilda “Uzoq muddatli qasos” filmidan so‘ng mashhur bo‘lgan. Filmda u oddiy poltsiyachi bo‘ladi, oilasining qotillarini izlaydi, korrupsiya va jinoyatga qarshi kurashadi. Aynan shu obraz Bachchanni siyosatga olib kirgan. 1984-yilda aktyot parlamentga saylangan va bu lavozimda 3 yil xizmat qilgan.
Jessi Ventura
Jessi Ventura kinodagi karyerasini 1987-yilda “Yirtqich” blokbasteridagi roli bilan boshlagan. 1990-yilda maktabdagi o‘qituvchisining maslahati bilan Ventura Minnesotadagi Bruklin-Park shahri meri lavozimiga saylovlarda qatnashgan va g‘olib chiqqan. 1999—2003-yillarda Ventura Minnesota gubernatori bo‘lgan.
Mixail Yevdokimov
Aktyorga 1990-yillarning ikkinchi yarmida suratga tushgan filmlaridagi iqtiboslar mashhurlik keltirgan. 2004-yilda u Oltoy o‘lkasining gubernatori bo‘lgan. Lekin siyosiy karyerasi silliq kechmagan. Bir yil o‘tib, viloyat kengashi gubernatorga ishonsizlik bidirgan. 2005-yil avgustda Mixail Yevdokimov avtohalokatda halok bo‘lgan.
Kel Penn
Asli hind bo‘lgan amerikalik aktyor “Garold va Kumar uzoqqa ketadi” filmi hamda “24 soat”, “Doktor Xaus” seriallari bilan mashhur bo‘lgan. Uning siyosiy karyerasi 2009-yilda Barak Obamaning saylovoldi kampaniyasi vaqtida boshlangan. Obamaning ma’muriyatida u PR sohasini boshqargan, shuning uchun suratga olish ishlaridan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. | 54 | 3,533 |
Foto | Fotogalereya: Didsiz fotosessiyalar uchun minglab dollar sarflayotgan kelin-kuyovlar. Xitoydagi “love story” bozori haqida | Ukrainalik suratkash Roman Pilipey “Yevropa matbuot fotoagentligi”ning so‘roviga ko‘ra, Xitoy sanoatining bir qismiga aylanib borayotgan to‘y fotosessiyalariga oid suratlarni e’lon qildi.
1. Rossiya yoki Yevropada kelin-kuyov to‘yning o‘zida suratga tushsa, Xitoyda suratga olish jarayonlari nikoh marosimidan ancha avval amalga oshiriladi.
2. Kelin va kuyov ishtirokidagi fotosessiya to‘y marosimining majburiy bosqichiga aylanib bo‘lgan. Bu kabi suratga olish jarayonlari bir necha oy yoki bir yil avval amalga oshiriladi.
3. Suratga olish ishlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya o‘z mijozlarining imkon qadar barcha talablarini bajaradi. Fotosessiya tashkilotchilari makiyaj, to‘y kastyumlari-yu liboslari hamda transport masalasini ham o‘ylab qo‘ygan. Transport — suratga tushish uchun mo‘ljallangan joyga qadar yetib olish uchun kerak.
4. Xitoyning turli shaharlarida joylashgan diqqatga sazovor joylarida doim kelin-kuyovlar juftligini uchratish mumkin.
5. Tarixiy joylarga qanoatlanmaydiganlar fotostudiyalarga murojaat qilib, o‘zlariga xohlagan dekoratsiyalarga buyurtma beradi. Puli to‘lansa — chiroqlar ham xuddi yulduzdek, hayvon tulumi ham xuddi haqiqiydek ko‘rinish beradi.
6. Kelin-kuyovlar asosan xutunlar — hozirgacha saqlanib qolgan o‘rta asrlarga oid xarobalarda ham suratga tushadi. Bu joylar tarixiy obidalar qatoriga kirsa-da, hamon u yerlarda odamlar yashaydi. Xarobalarda yashaydigan mahalliy aholi har kuni o‘z kulbalari oldida suratga tushadigan kelin-kuyovlarga o‘rganib qolgan.
7. Boyroq juftliklar Parijdagi Eyfel minorasi va dunyoning boshqa diqqatga sazovor joylarida suratga tushadi. Bunga puli yetmaydiganlar esa shunga mos dekoratsiyaga ega studiyalarni qidiradi. Xitoylik suratkashlarda “soxta Parij”, hatto kxmerlarning Angkor-Vat ibodatxonasi ham topiladi.
8. Ko‘pchilik Xitoyning deyarli barcha qismida uchraydigan chiroyli landshaftlar yonida suratga tushishni ma’qul ko‘radi. Ayrimlar Tayvan bo‘g‘ozidagi Gulanyuy oroliga borsa, qolganlar Yunnanya janubi-g‘arbidagi Erxay tog‘ ko‘liga boradi.
9. To‘y oldi fotosessiyalari bir necha yuz dollarga tushadi. Ayrim hollarda “love story”lar ming dollargacha ham borishi mumkin. Barchasi mijozning talabiga bog‘liq bo‘ladi.
10. Odatda fotosessiya davomida kelinlar kamida uch marotaba kiyim almashtiradi. Avvaliga ular oq kelin ko‘ylakda suratga tushsa, shundan so‘ng qizil rangli an’anaviy Xitoy libosini kiyadi. Oxirida esa zamonaviy moda liboslarida suratga tushadi. | 122 | 2,481 |
Foto | Oltin kuz faslining rang-barangligi dunyoning turli burchaklaridan olingan suratlarda (foto) | Kuz fasli ranglarning uyg‘unligi, yorqinligi va tabiatni yanada go‘zal ko‘rsatishi bilan o‘ziga xos. Tillarang, qizg‘ish yaproqlar bilan qoplangan ko‘chalar, quyosh nuri yoki kuzga xos sokinlikka soatlab tikilish, undan zavq olish mumkin. Dunyoning qaysi burchagida bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu faslga xos go‘zallik kishini o‘ziga lol etmay qo‘ymaydi. Reuters axborot agentligi tomonidan taqdim qilingan kuzgi kayfiyat baxsh etuvchi fotolar bilan bo‘lishamiz.
London, Buyuk Britaniya. Ayol kuzgi barglar to‘kilgan London ko‘chasi bo‘ylab sayr qilmoqda.
Vena, Avstriya. Suv ustiga to‘kilgan sariq yaproq.
London, Britaniya. London Fields bog‘ida, Feliks ismli 6 yoshli bolakayning barglar ustiga yotgani aks etgan surat.
Germaniya, Donaueshingen. Atrofida kuzgi ranglar mujassam bo‘lgan The Donautempel (Danube Temple).
Ayol Nyu-Yorkdagi Kongers ko‘li bo‘ylab sayr qilayotgani aks etgan surat.
Stallikon, Shveysariya. Yuziga niqob taqib olgan ishchi Stallikonga yaqin yerni yaproqlardan tozalayotgani aks etgan foto.
Fransiyadagi Gavrinkurt kanali atrofidagi manzara.
Shotlandiya, Buyuk Britaniya. Odamlar Garri daryosi ustidagi ko‘prik bo‘ylab sayr qilmoqda.
Britaniya, Uiltshir grafligidagi Stourhead bog‘idagi kuz manzarasi.
Britaniya, Uiltshir grafligidagi Stourhead bog‘idagi kuz manzarasi.
Germaniya, Berlindagi kuz manzarasi.
Shotlandiya, Britaniya. Baydarkada suzayotgan odamlar.
Shotlandiya, Britaniya. Pitloxrida tuman tushayotgani aks etgan foto.
London, Britaniya. Kuzgi yaproqlar yonida suratga tushayotgan odamlar.
London, Britaniya. Richmond bog‘idagi bug‘u.
London, Britaniya. Soyabon tutgan ikki odam, Londondagi Grin Park bog‘ida suhbatlashmoqda.
Shotlandiya, Britaniya. Lox-Faskalli suv havzasi atrofidagi manzara.
Seul, Koreya. Milliy libos kiygan juftlik kuzgi manzara va haroratdan rohatlanmoqda.
Kuzgi ranglar va yaqindagina yog‘gan qor bilan go‘zal manzara hosil qilgan Shveysariyadagi tog‘li hudud.
Qozog‘iston, Olmaota. Odamlar ko‘l bo‘yida kuzdan rohatlanmoqda. | 92 | 2,010 |