folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Fotogalereya: Sababi o‘zidan ko‘ra qiziqroq holatlar | Ba’zan hayotda shunday holatlar uchraydiki, ularning sababi o‘zidan ko‘ra qiziqroq tuyuladi. AdMe ana shunday holatlarga e’tibor qaratdi. | 52 | 137 |
Foto | Sham yorug'ida qolgan Toshkent, qor bilan qoplangan Turkiya, 800 yillik sovun fabrikasi — 25 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Bugun, 25 yanvar kuni O'zbekiston tarixida unutilmas kun bo'lib qolsa kerak. Sababini esa hamma bilib bo'ldi. xullas, “svet”siz qolgan Toshkent restoranlarining birida shamlar yoqilgan. Chiroqsiz o'tirgan tungi Toshkentni bu yerda tomosha qiling.
Toshkentda elektr energiyasidagi uzilish sabab metropoliten ham vaqtinchalik o'z eshiklarini yopdi. Kunduzi mavjud vaziyat sabab yuzaga kelgan saromisa aks etgan suratlarni esa bu yerda tomosha qiling.
Toshkentdan uzoqlashmaymiz. “Bugun.uz” muxbiri Toshkent shahrini 25 yanvar kuni tunda qalin tuman qoplagani haqida xabar berdi. “O'zgidromet” axborot xizmati ushbu hodisaning sababini tushuntirdi.
Turkiyada 24 yanvar kuni kuchli qor yog'di. Oqibatda mamlakatning ko'plab viloyatlari kuchli tsiklondan zarar ko'rdi.
Turkiyada kuchli qor yog'ishi sabab 25 yanvar kuni O'zbekistonga amalga oshirilishi kerak bo'lgan qator aviaqatnovlar kechiktirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” axborot xizmati xabar berdi.
Buyuk Britaniyada “Breksit” yuk mashinalari haydovchilari yetishmasligi yuzaga kelgan.
Odessadagi Dnestr portiga muz bo'laklari yopirilib keldi.
Rossiyaning Murmansk viloyatida shimol yog'dusi.
Sitsiliya oroli sohillarida O'rta Yer dengizini kechib o'tmoqchi bo'lgan 280 nafar muhojir qutqarib qolindi.
xitoyda qishda cho'milishni odat qilgan kishilar ko'lga sho'ng'imoqda.
Janubiy Koreya poytaxti Seulda biznes egalari hukumatning ijtimoiy masofa haqidagi yangi qaroriga norozilik sifatida sochini oldirmoqda.
Suriyaning Halab shahridagi 800 yillik tarixga ega Jbayli sovun fabrikasi. Bu yerda sovun an'anaviy usulda qo'lda ishlab chiqariladi. | 109 | 1,661 |
Foto | Texasda sovuq ob-havo kuzatilib, quvurlar yorilishi oqibatida 13 million aholi ichimlik suvisiz qoldireportaj | AQShda ayni kunlarda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo, ayniqsa, Texas shtatiga jiddiy ta'sir koʻrsatmoqda. Shtatdagi 15 million aholi issiqlik va elektr energiyasiz qolgan, harorat esa pasayishda davom etyapti.
14 fevral, yakshanba kuni shtatning ayrim hududlarida harorat minus 18 darajagacha pasaygan. Prezident Jo Bayden hududda favqulodda holat e'lon qilgan.
Gaz ballonlarini propan bilan toʻldirish uchun oʻnlab odamlar navbatlarda turmoqda.
Bundan tashqari, shtat boʻylab oziq-ovqat hamda suv yetishmovchiligi boshlangan. Shu bois doʻkonlar yonida ham katta navbatlar yuzaga kelgan.
Shuningdek, sovuq ob-havo sabab quvurlarning yorilishi oqibatida 13 million aholi toza ichimlik suvisiz qolgan.
Mahalliy aholining ba'zilari propan va oziq-ovqat uchun doʻkonlarga shoshilayotgan bir paytda qolganlar quvurlar yorilishidan jabr koʻrmoqda. Uylar yorilgan quvurlar oqibatida vayronaga aylanmoqda.
Avvalroq Gresiyada kuchli yoqqan qor jamoat transporti harakatini butunlay toʻxtatgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Moskvada kuchli qor boʻroni sabab 10 balli tirbandlik yuzaga kelgani ma'lum qilingandi. | 109 | 1,113 |
Foto | 2020-yilda eng chiroyli yuz sohibasi sifatida e’tirof etilgan ayollar (foto) | Ko‘ngilochar TC Candler platformasi 30 yildan buyon eng go‘zal qiyofaga ega qizlarning 100 talik reytingini e’lon qilib keladi. Chiroy va go‘zallik haqida turli tushuncha bo‘lishiga qaramay, sayt hakamlari o‘z mezonlari asosida tanlov qiladi. E’tiboringizga ro‘yxatdagi yigirmatalikdan o‘rin olgan qizlar suratini havola etamiz.
20-o‘rin: Oktyabrina Maksimova (model)
19-o‘rin: Banita Sandxu (aktrisa va model)
18-o‘rin: Kan Silgi (raqqosa, xonanda, Red Velvet guruhi a’zosi)
17-o‘rin: Anna van Patten (aktrisa)
16-o‘rin: Loren Say (illyustrator, model va aktrisa)
15-o‘rin: Ella Balinska (aktrisa)
14-o‘rin: Liza Soberano (aktrisa va model)
13-o‘rin: Naomi Skott (aktrisa va model)
12-o‘rin: Yu Shia (xonanda, Oh My Girl guruhi a’zosi)
11-o‘rin: Ivana Alavi (aktrisa va model)
10-o‘rin: Nensi (xonanda, Momoland guruhi a’zosi)
9-o‘rin: Jozi Leyn (model)
8-o‘rin: Im Chjin A (xonanda, aktrisa va model)
7-o‘rin: Xalima Aden (model)
6-o‘rin: Tilan Blondo (model)
5-o‘rin: Emili Nereng (bloger)
4-o‘rin: Chjou Tsziyuy (xonanda)
3-o‘rin: Meyka Vullard (model)
2-o‘rin: Lalisa Manoban (xonanda va raqqosa, Blackpink guruhi a’zosi)
1-o‘rin: Yael Shelbia (model) | 76 | 1,175 |
Foto | Foto: Toshkentga oshiqayotgan Benoy — u nimalar qurgan? | Benoy — jahondagi eng yirik xalqaro arxitektura va dizaynerlik byurolaridan biri bo‘lib, unga 1947-yili Gordon Benoy va uning hamkorlari tomonidan asos solingan. ArchiKultura’ning yozishicha, faoliyatining dastlabki davrida kompaniya asosan qishloq xo‘jaligi binolari va inshootlarini loyihalashtirgan.
Kompaniyaning bosh qarorgohi Britaniyaning Nyuark shahrida joylashgan. Vaqt o‘tishi bilan imkoniyatlar kengayib, 1995-yili Londonda kompaniyaning yangi bo‘linmasi tashkil etilgan. Benoy byurosi 2008 va 2013-yillarda qirolicha Yelizaveta II ning qo‘lidan nufuzli sovrinlarni qabul qilib olgan.
Benoy’ning loyihalari kreativligi, originalligi va yuqori sifat darajasida bajarilishi bilan obro‘-e’tibor qozongan. Kompaniya arxitektura konsepsiyalarini tayyorlash, interyer va grafik dizaynni rejalashtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, ko‘p funksional ulkan loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha katta tajribaga ega.
Byuroning vakolatxonalari, Londondan tashqari, Abu-Dabi, Gongkong, Shanxay, Singapur, Mumbay, Pekin, Melburn va boshqa shaharlarda joylashgan. Benoy amalga oshirgan loyihalar geografiyasi jahonning 80 ga yaqin mamlakatini qamrab oladi.
Kompaniya o‘z mehnat jamoasi — Buyuk Britaniya, Yaqin Sharq, Hindiston, Xitoy va Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi dizayn-studiyalarda ishlayotgan iqtidorli arxitektorlari bilan faxrlanadi. Aynan mana shunday jamoa, uning iste’dodi va tajribasi sharofati bilan Benoy jahon darajasidagi arxitektura byurosiga, yetakchi ijodiy kuchga aylangan.
Kompaniya vakillarining fikricha, “loyiha ustidagi ish ijod, hamkorlik va muloqotga asoslanmog‘i lozim”. Shu bois ham kompaniya portfoliosidan amalga oshirib bo‘lingan 400 dan ziyod loyiha o‘rin olgan, ular orasida — “Alibaba.com”ning bosh qarorgohi, Kiyevdagi yangilangan Markaziy univermag, ultazamonaviy Mall of Scandinavia savdo-ko‘ngilochar majmuasi (SKM), Singapurdagi Jewel Changi aeroporti, Yevropadagi eng yirik SKM — Bluewater, Hindistondagi Supernova osmono‘par binosi va boshqalar bor.
Kompaniya falsafasi shunday — jahonning barcha nuqtalaridan madaniyat va tajribani to‘plab, ko‘plab mamlakatlardagi mijozlar va professional hamkasblar bilan aloqalar o‘rnatish.
“Biz o‘z bilim va tajribalarimizni eksport qilib, tadqiqot dasturi yordamida yangi g‘oyalarni import qilamiz. Eng asosiysi, mijozlarimiz mana shunday mahalliy tasavvur va ‘global nazar’ qorishmasidan foyda ko‘radi... Istiqomat qilayotgan shahrimiz muhitini yaxshilash bilan biz o‘zimiz-da faxrlanishimiz mumkin bo‘lgan meros qoldirishimiz mumkin”, — deydi kompaniya vakillari.
ArchiKultura’ning yozishicha, Benoy O‘zbekistonda ham o‘ziga xos arxitektura loyihasini amalga oshirish arafasida turibdi. | 55 | 2,678 |
Foto | Foto: Puma krossovkalarida “Vinni Pux” va “Nu, pogodi!” qahramonlari | Vogue jurnali yaqin vaqt ichida Puma Suede krossovkalarining 50 yilligiga bag‘ishlangan yangi kolleksiya chiqishi haqida xabar qildi, deb yozmoqda TJournal. Kolleksiya ikki juft oyoq kiyimdan iborat bo‘lib, “Soyuzmultfilm” studiyasi bilan hamkorlikda taqdim etiladi. Bitta juft “Vinni Pux”, ikkinchisi esa “Nu, pogodi!” multfilmi qahramonlariga bag‘ishlangan. | 68 | 359 |
Foto | Hayotda bir martagina ro‘y berganda kadrga tasodifan muhrlangan lahzalar (foto) | Taxminan yuz yil oldin ta’sirchan suratni yaratish uchun ko‘p vaqt sarflash kerak edi. Hozirda esa buning uchun kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lish va smartfonning birgina tugmachasini bosish kifoya.
“Men turmush o‘rtog‘imdan jo‘jalarning biri bilan suratga olishini so‘ragan edim”.
“Tasodifan pufak yorilayotgan holatni suratga tushirishga muvaffaq bo‘ldim”.
“Daraxt tagida yer bilan uyg‘unlashayotganimni ko‘rdim”.
“Bu shunchaki deraza plyonkasining porlashi”.
“Itim uning ovqat qadog‘idagi rasmga juda o‘xshaydi”.
“Paypog‘imni onam to‘qib berdi. U menda bu kabi stakan borligini bilmaydi. Ajoyib kombinatsiya”.
“Mening ustki kiyimim buvamning divani bilan bir xil ekan”.
Ustma-ust sanchilgan darts nayzachalari.
“Do‘stim kiyik bilan ajoyib holatdagi suratimizni qo‘lga kiritdi”.
“Choyim ham stakan bilan bir xil rangda”.
“Uni eng zo‘r rangda qo‘lga tushirdim”.
“Stolim ustiga qush uchib kelayotganida suratga tushirishga ulgurdim”.
“It gilam ustida uxlayapti”.
“Men sayohat davomida telefonimdagi funksiyalarni sinab ko‘rayotgan edim. To‘satdan burgut suratga tushib qoldi”.
“Mutlaq uyg‘unlik”.
“Barg o‘z rangi bilan bir xil mashina ustiga tushdi”.
“Oradagi farqni toping”.
“Yangi kofta sotib olgan edim, u salfetka qutisi bilan bir xil ekan”. | 79 | 1,264 |
Foto | Fotogalereya: Ikki manzarani birlashtirgan suratlar | Fotograflar millionlab kishilarni hayratga soluvchi suratlarni olish uchun qulay vaziyatni soatlab kutadi. Ana shunday qulay vaziyatlar va joylarda olingan suratlar insonga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. AdMe nashri ko‘rinishidan ikkita suratga o‘xshash, ammo aslida bitta bo‘lgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 51 | 312 |
Foto | Ispaniyalik erkak qumdan jonivorlarning haqiqiydek ko‘rinuvchi haykallarini yaratadi (foto) | Ispaniyada yashovchi Andoni Bastorrika plyajda qumdan aslidan deyarli farq qilmaydigan haykallar yaratadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qumdan yasalgan san’at asarlarini muallif 10 yildan beri yaratib kelmoqda. Bastorrikaning so‘zlariga ko‘ra, plyajga keluvchilar ba’zan uning haykallarini haqiqiy hayvon deb o‘ylaydi.
Haykaltaroshning birinchi ijod namunasi kichikroq suv parisi bo‘lgan.
“Qum meni yangilik yaratishga o‘rgatadi. Haykal yasashda millionlab qum zarralaridan foydalaniladi, ular birgalikda ajoyib san’at asariga aylanadi. Biroq inson uzoqlashganidan so‘ng ijod namunasi tabiat ixtiyorida qoladi, u esa ertami, kechmi, o‘z ishini qiladi”, — deydi haykaltarosh.
Amerikalik ona qizi bilan yo‘laklarga bo‘r yordamida 3D-rasmlar chizmoqda (foto) | 91 | 771 |
Foto | Fotogalereya: O‘z o‘lchami bilan ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘luvchi bahaybat itlar | Aykama Zorba — dunyodagi eng katta it hisoblangan. Uning og‘irligi 156 kilogrammni, balandligi esa 94 santimetrni tashkil etgan. AdMe o‘lchami bo‘yicha Zorbadan qolishmaydigan itlarning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
“Iltimos, ayiqni nariroqqa siljitishga yordam bering”
“Eh, bu kichkina odamlar va ularning kichkina divanlari”
“Yonimda shunday it bor ekan, hech nimadan qo‘rqmasam ham bo‘ladi”
“Uni nima bilan boqqansiz?”
Buyog‘iga endi faqat bolakay o‘sadi degan umiddamiz
“Menimcha, bu o‘zini it kabi tutayotgan ayiq bo‘lsa kerak”
“Sizda yostiq tagligi topilmaydimi?”
“Sohibjamol va maxluq” personajlari shularga qarab chizilgan ko‘rinadi
Hatto eng katta va kuchli itlarni ham quchoqlab turish kerak
Bahaybat it bilan raqs
“Jin ursin, qanaqa shampundan foydalanar ekan-a?”
O‘zining ajoyib ekanligini his qilib turgan it | 88 | 842 |
Foto | Boshlangʻich maktabga borgan bosh vazir, suv bosgan Afina koʻchalari, qora qurumga botgan Palma oroli — 15 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Palma orolida vulqon otilishi oqibatida orolni qora qurum qopladi. Vulqon harakati toʻxtamayapti. Jami 674 gektar maydon lava bilan qoplangan, 800 dan oshiq uy vayron boʻlgan.
Nepalda hinduiylik dini namoyondalari Dashayn festivalining soʻnggi kunida diniy marosimlarni oʻtkazmoqda.
Turkiyaning Bursa shahridagi ip fabrikasida yongʻin sodir boʻldi.
Alp togʻlari bagʻridagi Tegernzee koʻli uzra tuman tushdi.
Mavrikiy hukumati koronavirusga qarshi emlangan turistlarga ikki haftalik karantinsiz mamlakatni bemalol aylanishga ruxsat berdi.
Livan poytaxti Bayrutda otishma yuz berdi. Oqibatda 4 kishi qurbon boʻldi. Otishma 2020 yilgi portlashni sud qilayotgan sudya Tariq Bitarning lavozimidan chetlatilishini talab qilib chiqqan namoyishchilar oʻrtasida yuz bergan.
Gresiya poytaxti Afina koʻchalari kuchli yomgʻir tufayli suv ostida qoldi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Bristoldagi boshlangʻich maktabga tashrif buyurdi.
Xitoyning shimoli-gʻarbiy qismida fermerlar quritilgan achchiq qalampirni yigʻib olmoqda.
Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi Milliy tabiat qoʻriqxonasida urishayotgan yovvoyi kiyiklar. | 124 | 1,177 |
Foto | Oddiy smartfonda ham san’at asari darajasidagi kadrlar olish mumkinligini isbotlovchi suratlar | Ko‘pchilikda superprofessional kamera va ko‘plab obyektivlar yordamida eng yaxshi asar yaratish mumkin degan stereotip mavjud. Ammo haqiqat shundaki, ajoyib suat olish uchun oddiy telefon va eng oddiy narsalarda ham go‘zallikni ko‘ra olish qobiliyatining o‘zi yetarli.
“Kosmosdagi baliqlarga o‘xshaydi”
“Ajoyib kadr! Suratning smartfonda olingani esa hayratlanarli”.
“Hayratlanarli kadrlardan yana biri”
Oyna— ko‘zgu
Yamaykadagi daryoning telefonda olingan surati
“Qahva donasiga o‘xshaydi”
“Kosmos yoki qora tuynukni eslatadi”
Ba’zan dunyo pushti ko‘zoynak orqali qarashga arziydi
Filmdagi kadr yoki kitob muqovasiga o‘xshaydi
Sokin va biroz qorong‘i
“Bu kadr tom ma’noda men bilan gaplashadi”
Hatto oddiy ko‘lmakda ham go‘zallikni ko‘rish mumkin
“Telefonda suratga olingan va biroz tahrirlangan”
“Rasmdagi ranglar shunchaki maftunkor”
Kunning chiroyli boshlanishi
Arthaus filmlardagi kadr kabi | 94 | 910 |
Foto | Fotogalereya: Shimoliy Koreyadagi bolalikning boshqa mamlakatlardagi bolalikdan farqi | AdMe Shimoliy Koreyada tug‘ilgan insonning hayot tarzi qay yo‘sinda davom etishi mumkinligi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Birinchidan, yangi tug‘ilgan chaqaloq ijtimoiy mavqega ega bo‘ladi. Shu orqali davlat chaqaloqni aholining “sodiq”, “ikkilanuvchi” yoki “dushman” qatlamiga kiritadi. Sonbunlik otadan bolaga o‘tadi va u katta bo‘lganida qaysi universitetda o‘qishni hamda Mehnat partiyasiga a’zo bo‘la olishi mumkinligini tanlay oladi.
Ta’lim bog‘chadan boshladi. 4 yoshidan boshlab “shimollik”lar ota-onasining ixtiyoriga ko‘ra bog‘chaga borishi mumkin, 5 yoshidan esa majburiy ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qiydi. 1-sinfga borishni istagan har bir bolakay bog‘chaga borishi shart.
Mehribonlik uylarida ota-onasi bor bolalar yashaydi. Bunga sabab yosh ota-onalar o‘z farzandini moddiy jihatdan yaxshi ta’minlay olmasligida.
Maktabda mamlakat yetakchilarining tarjimayi holi va rus tili darslari o‘tiladi. Shuningdek, alohida darslar Kim Ir Sen, Kim Chen Ir va Kim Chen Inning inqilobiy faoliyatiga ham bag‘ishlangan. Rus tilidan tashqari ingliz tili ham o‘rgatiladi, biroq xorij o‘quv qo‘llanmalaridan voz kechilganligi sabab uning darajasi juda past.
Bolalarni ommaviy qatl marosimlarini tomosha qilishga olib borishadi. Bu ular uchun normal tajriba va Shimoliy Koreya fuqarosi uchun muhim hisoblanadi.
Og‘ir bolalar mehnati. Maktab o‘quvchilari hosilni yig‘ib olish, daraxtlarni chopish, tog‘ jinslarini tashish va hatto qurilish ishlarida ishtirok etadi.
Harbiy o‘yinchoqlar juda ko‘p. Albatta, qo‘g‘irchoq va quyoncha kabi o‘yinchoqlar ham sotiladi, biroq tank, vertolyot va avtomatlar ko‘proq xarid qilinadi. Bu yosh bolalarda vatanparvarlikni rivojlanishiga hissa qo‘shadi, deya hisoblaydi koreyaliklar.
Bolalar bo‘sh vaqtini o‘zlari qiziqqan to‘garakda o‘tkazadi. Masalan, Pxenyan markazida kompyuter savodxonligi, musiqa va tasviriy san’atdan dars beradigan maktab bolalari saroyi mavjud. | 85 | 1,911 |
Foto | Fotogalereya: Aks tasvirli manzaralar | Aks tasvirga ega bo‘lgan ba’zi suratlar o‘zgacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. AdMe ana shunday aks tasvirli suratlardan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 37 | 146 |
Foto | Fotogalereya: Virjiniya dalalaridagi AQSh prezidentlarining byustlari | 2004-yil AQShning Virjiniya shtatida prezident parki ochildi. U o‘zida ajoyib manzara kasb etadi: ochiq osmon ostida AQShning 43 nafar prezidentining byusti o‘rnatilgan. Ushbu balandligi 6 metr bo‘lgan yodgorliklar maktab o‘quvchilariga tarix va haykaltaroshlik san’atidan dars berishda yordam berishi, shuningdek, qo‘shni shtatlardan odamlar parkni ko‘rgani kelishi inobatga olingan. Lekin amerikaliklar ushbu ulkan haykallarni unchalik ham yoqtirmadi. Natijada 2010-yil tashrif buyuruvchilar sonining kamligi sabab park yopilgan, deya yozadi Travel Ask.
Byustlarni uch yil mobaynida qad rostlab turaverdi. Ularni buzib tashlashga esa parkning egasi Govard Xankins yo‘l qo‘ymadi.
Buning o‘rniga u haykallarni sotib olib, o‘ziga qarashli xususiy yerlarga ko‘chirdi. Va endi mana bir necha yillardan buyon 43 nafar AQSh prezidenti Virjiniya shtatining nomsiz yerlarida yotibdi. Sekin-asta ularning rangi o‘chmoqda, birining burni sinib tushgan.
Ajablanarlisi, ularga nisbatan endi qiziqish uyg‘onib, qo‘shni davlatlar aholisi ularni ko‘rish uchun kelmoqda. | 69 | 1,058 |
Foto | Fotogalereya: Aqlni shoshirib qo‘yuvchi suratlar | AdMe odamni ikki marotaba qarashga majbur qiladigan hayratlanarli suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Suratda nechta odam bor?
Ehtiyot bo‘ling! Plyajda ulkan odam
Bu ochko‘z mushuk emas
Yaxta havoda emas, suvda turibdi
Faqatgina bitta panjasi va boshi bordek taassurot uyg‘otuvchi mushuk
Qaysi biri rasm, qaysi biri haqiqiy uy ekanligni anglash mushkul
Soyabonni kim ushlab turibdi?
Hakam qorlarni boshqara oladigan ko‘rinadi
Aslida nechta iting bor?
Ikki marotaba tomosha qiling!
Mutanosiblik buzilgan ko‘rinadi
Yangi o‘rgimchak-odam | 48 | 541 |
Foto | Foto: Taniqli fotografning go‘zallik chegara bilmasligini isbotlovchi suratlari | Mixaela Norok — ruminiyalik fotograf, u o‘zining “Go‘zallik atlasi” loyihasi orqali butun dunyoda e’tirof etilgan. AdMe nashri uning turli mamlakatlar va ularning madaniyati, ayollarining go‘zalligi aks etgan suratlarini taqdim etdi. Uning ijodi turli kasblar, yosh va turmush tarzini qamrab oladi.
Ruminiya
Meksika
Iroq
Namibiya
Afg‘oniston
Efiopiya
Ispaniya
Myanma
Janubiy Koreya
Nepal
Gvatemala
Eron
Ukraina va Hindiston
Vyetnam
Efiopiya
Tailand
Braziliya
Peru
Hindiston
O‘zbekiston | 79 | 512 |
Foto | Fotogalereya: Yangi yilni kutib olish uchun bezatilgan noodatiy archalar | “Vedomosti” nashri dunyoning turli mamlakatlariga o‘rnatilgan eng g‘aroyib archalarning suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Vilnyusdagi “Ko‘p qatlamli” archa
Shenyan shahriga o‘rnatilgan Yangi yil qarag‘ayi. U 3 mingdan ortiq tarelkalar bilan bezatilgan
Indoneziyada Rojdestvo archasini yasash uchun 6 mingdan ortiq plastik butilkalardan foydalanildi
600 ta pivo butilkasidan qurilgan Yangi yil archasi. Chanchjou shahri, Xitoy
Tishli g‘ildiraklardan yasalgan archa. Shanxay, Xitoy
Shri-Lankada dunyodagi eng baland sun’iy archa qad rostladi
“Oyog‘i osmondan” archa. London, Angliya
Qisqichbaqalarni tutishda ishlatiladigan qo‘pqonlardan yasalgan archa. Plimut, AQSh
Pekindagi qizil archa
Gorizontal archa. Moskva | 72 | 718 |
Foto | Foto: Qozog‘istonda paydo bo‘lgan 14 metrli muz “vulqon” | Qozog‘istonda 14 metrli muz “vulqon” paydo bo‘lgani tasvirlangan suratlar internetda tarqaldi. Ushbu tabiat mo‘jizasini tomosha qilish uchun ko‘plab insonlar tashrif buyurmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Noodatiy “minora”ga oid kadrlarni mahalliy aholi va turistlar ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda. Bu turdagi muz tog‘lar Olmaota viloyatida oldin ham paydo bo‘lgan, biroq joriy yilda uning o‘lchamlari hayratlanarli. Quyidagi suratlar orqali muz inshootining o‘lchamini atrofidagi insonlar kattaligi bilan taqqoslash mumkin:
Muz “vulqon” sovuq va qorli havo vaqtida yerosti suvlari chiqadigan joyda paydo bo‘ladi. Artezian suvlari fontan kabi otiladi, biroq sovuq sabab muz bo‘laklari ko‘rinishida muzlab qoladi. Kadrlarga yaxshilab e’tibor qilinsa, uning tubidan suv tomchilari otilayotganini kuzatish mumkin.
Tabiiy inshoot mahalliy diqqatga sazovor joyga aylangan. Bolalar muz “vulqon”ning qiyaliklari bo‘ylab chana uchmoqda, kattalar esa u ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga tushyapti.
Avvalroq sovuq ob-havo tufayli Moskvadagi istirohat bog‘ida qorli “shilliqurtlar” paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Internetda tarqalgan “sochsimon muz” surati keng muhokamalarga sabab bo‘ldi | 56 | 1,196 |
Foto | National Geographic 2015 tanlovining eng yaxshi suratlari | AQSh Milliy jug‘rofiya jamiyati tomonidan ta’sis etilgan National Geographic ilmiy-ommabop jurnali har yili eng yaxshi fotosuratlar tanlovini uyushtiradi, deb xabar bermoqda TravelAsk.
Tanlov g‘olibi 10 ming dollar bilan mukofotlanadi va kompaniyaning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida mehmon bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi.
Jurnal tahririyatiga yo‘llangan, tabiat manzaralari aks etgan yaxshi fotosuratlarni quyidagi fotojamlanmada tomosha qilish mumkin. | 57 | 453 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlaridagi uchuvchi qizlar | Odatda, uchuvchilik sovuqqon erkaklarga xos kasb sifatida qabul qilinadi. AdMe buning aksini ko‘rsatuvchi uchuvchi qizlar suratlarni taqdim etdi. | 62 | 145 |
Foto | Dima Bilan qanday uyda yashaydi? Qo‘shiqchining hashamatli uyidan suratlar | Dima Bilanning uyi Rasskazovo posyolkasidagi Borovskiy shosse yaqinida joylashgan. San’atkorning aytishicha, bu uyni tanlagunicha u 40 ga yaqin qo‘rg‘onni ko‘zdan kechirgan. Aynan shu variantni tanlashiga esa uyning Skazka ko‘chasida joylashgani va atrofi qarag‘ay o‘rmoni bilan o‘ralgani sabab bo‘lgan.
Qo‘shiqchi bu uyni 2010-yilda 1 million yevroga (1 120 565 dollar) sotib olgan. Avvaliga u uy bo‘lmagan — 24 sotix yerga qurilgan beton korobka edi. Qurilish 3 yilga yaqin davom etgan. Oxiri 400 kvadrat metr maydonga ega ikki qavatli kottej yuzaga kelgan.
Suhbatlashib o‘tiradigan joy ekouslub va shahar uslubining uyg‘unligida qurilgan. Bu yerda qulaylik va shinamlik hamohangdir. Uning dizaynini yaratishda Dimaga dizayner Natalya Gluxovskaya yordam bergan.
Uydagi barcha xonalar yoqimli ranglarda bezatilgan: yong‘oq, qaymoq, kulrang-jigarrang va qahva ranglarida. Mehmonxona oshxona bilan tutashib ketgan. Ovqatlanish xonasida katta stol va stul-kreslolar mavjud.
Kutubxona maxsus eskiz bo‘yicha qurilgan. Devorlar Sankt-Peterburgdan keltirilgan eski g‘ishtlardan qad ko‘targan. Polda esa qo‘l mehnati bilan yaratilgan turk gilami to‘shalgan.
Mehmonxonaga yumshoq mebellar joylashtirilgan. Xonaga jozibador Yamaha royali alohida ko‘rk berib turibdi.
Birinchi qavatda launj-hudud bor. Mehmonlar uchun u yerda individual buyurtma asosida katta divan joylashtirilgan. Shuningdek, bu yerda original osma kreslo-arg‘imchoqlar ham bor. Devorga kimoshdi savdosida sotib olingan surat osilgan.
Qo‘shiqchining ishchi kabineti ikkinchi qavatda joylashgan. U yerda stol va kompyuter, qulay charm kreslo, divan va kichik javon bor.
Yotoqxonaning katta qismini ikki kishilik karavot egallaydi. Uning yonida bizonning boshi tasvirlangan tumbalar joylashgan.
Hammomning shifti va devorlari oniksdan ishlangan abstrakt panno bilan bezatilgan. Vanna esa mayda massaj uchun mo‘ljallangan mayda toshlar bilan to‘ldirilgan podiumga o‘rnatilgan.
Uyning boloxonasida esa qalin shishadan yasalgan pol va uy kinoteatri joylashgan. Xonaga, shuningdek, tun yulduzlarni kuzatish uchun teleskop ham o‘rnatilgan.
Chordoq esa xotiralar muzeyiga aylantirilgan. Sirli xonaga kirish uchun javondagi maxfiy kirish yo‘lagini topish kerak. Chordoqda fotosuratlar, qo‘shiqchi uchun qadrli bo‘lgan turli narsalar hamda arzon narsalar sotiladigan bozordan xarid qilingan antiqa buyumlar saqlanadi. Dima bu xonaga bir yilda bir marta muhim hodisalarni eslash uchun kiradi.
Xonandaning uyida yana shunday bir xona borki, u yerga begonalar kiritilmaydi. Bu uning musiqa studiyasidir. U yerda Dima ijod bilan shug‘ullanadi. Dmitriy Bilanning bundan tashqari yana boshqa uylari ham mavjud. Lekin u bu uyni haqiqiy uyi deb hisoblaydi. | 74 | 2,709 |
Foto | Fotogalereya: Bedavo dardga chalingan 5 yoshli qizaloq ta’sirli to‘y fotosessiyasida ishtirok etdi | Amerikalik besh yoshli Sofiya Chiappalone tug‘ilganidan buyon genetik yurak porogidan aziyat chekadi. Shifokorlar qizaloq dunyoga kelganida, uning ota-onasiga farzandi ikki yildan ortiq yashay olmasligini ma’lum qilgan, deb xabar berdi 7MedNews.
Biroq hozirda u besh yoshga to‘ldi! Shunga qaramay shifokorlar har kuni uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda, ota-onasi esa qizini xursand qilish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilmoqda. Shu kunga qadar Sofiyaning yuragi uch marotaba operatsiya qilindi. Yaqin orada u yana bir bor jarrohlik stoliga yotqiziladi.
Sofiya vafot etishdan juda qo‘rqadi. Uning eng ulkan orzularida biri — yaqin do‘sti Xanter bilan oila qurish.
Qizning ota-onasi bemor farzandiga bu borada yo‘q deya olmadi. Albatta, ular rostmana to‘y uyushtirmadi, ammo bolalarga to‘y fotosessiyasini sovg‘a qilishdi.
Buning uchun Sofiya va Xanter uchun maxsus to‘y liboslar tikildi. Kelin oq libosda, sochlari turmaklangan va qo‘lida to‘y buketi bilan birga chiqish qildi.
Xanterning kiyimi esa kuzgi peyzaj bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qildi.
Sofiya kelinlik libosida o‘zini juda baxtiyor his qildi. | 98 | 1,132 |
Foto | Fotogalereya: Mashhur yulduzlarga o‘xshagan jonivorlar | Kori laqabli Bali mushugining surati, jonivorning “Yulduzlar jangi” kinosagasi so‘nggi epizodidagi yovuz qahramon — Kaylo Renni gavdalantirgan amerikalik aktyor Adam Drayverga o‘xshashi bilan internetni “portlatdi”.
“Gazeta.ru” nashri esa tashqi ko‘rinishi hayvonot olami vakillariga o‘xshab ketadigan yulduzlarning fotogalereyasini tayyorladi. | 54 | 344 |
Foto | “Qirg‘iziston go‘zali — 2017” tanlovi g‘oliblari aniqlandi (fotogalereya) | Bishkekda “Qirg‘iziston go‘zali — 2017” tanlovining finali bo‘lib o‘tdi. “RIA Novosti” tanlov ishtirokchilari suratlari bilan bo‘lishdi.
“Qirg‘iziston go‘zali” tanlovida 18 yoshli Aygerim Bektenbayeva g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Nazi Maatkaziyeva va Viktoriya Belan qo‘lga kiritdi.
Finalda 19 nafar qiz bellashdi. Ularning eng kichigi — 15, eng kattasi — 26 yoshda edi.
Uchta o‘rin sohibalarining barchasi xalqaro go‘zallik tanlovlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritadi. | 73 | 494 |
Foto | Fotogalereya: Noodatiy tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan mashhurlarning farzandlari | Barcha mashhurlar ham simmetrik yuzi, ajoyib tabassumi va chiroyli tashqi ko‘rinishi bilan maqtana olmaydi. AdMe ularning farzandlari qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Rouen Atkinson, qizi va o‘g‘li
Uma Turman va farzandlari
Kortni Lav va uning qizi
Bett Midler va uning qizi
Adriano Chelentano
Devid Boui va uning farzandlari
Meril Stripning katta oilasi
Sharlotta Gensbur va uning o‘g‘li
Donatella Versache, o‘g‘li va qizi
Jerar Depardye va uning qizlari
Mik Jaggerning farzandlari
Denni Trexonning farzandlari
Tilda Suinton va uning qizi
Sherning o‘g‘illari
Bork va uning o‘g‘li | 80 | 627 |
Foto | Foto: XX asr go‘zallik timsollari qanday kelinlik libosida turmushga chiqqan? | Tarixdagi eng chiroyli liboslardan biri amerikalik aktrisa, Monako malikasi Greys Kelliga tegishli. Helen Rouz dizayner bo‘lgan ushbu libos o‘sha davrdagi boshqa bo‘lajak kelinlar uchun ilhom manbai bo‘lgandi.
Harper’s Bazaar nashrining yozishicha, 35 ishchi, 6 hafta davomida, 25 metrlik tafta, 100 metr to‘r va vintaj uslubidagi bryussel krujevasini san’at asari darajasidagi kelinlik libosiga aylantirgan. Alexander McQueen tomonidan yaratilgan Keyt Middlton kelin ko‘ylagida ham Greys kelinlik libosiga o‘xshash jihatlar yo‘q emas.
Odri Hepbyornning Balmain’dan kiygan nozik, jozibali libosi, Merilin Monroning o‘ziga xos kostyumi zamona urfini o‘zida mujassam qilgandi. Malika Diananing 8 metr shleyfli kelinlik libosi haqida esa hozirgacha bir qarorga kelinmagan: libos eng yaxshi kelin ko‘ylaklar reytingiga kiradimi yoki eng yomon.
XX asr go‘zallik timsollarining kelinlik liboslari qanday ko‘rinishda edi? Kibor va mashhur xonimlar qanday libos tanlagandi? Quyida ushbu savollarga fotolar orqali javob beramiz.
Greys Kelli va knyaz Renye. 1956-yil, 19-aprel
Malika Diana va shahzoda Charlz. 1981-yil 29-iyul. London
Elizabet Teylor va Richard Berton. 1964-yil 15-mart. Monreal
Frenk Sinatra va Mia Ferrau. 1966-yil 19-iyun
Yoko Ono va Jon Lennon. 1969-yil 20-mart
Jon va Jaklin Kennedilar. 1953-yil 2-sentabr
Elizabet Teylor va Konrad Hilton. 1950-yil 13-may
Odri Xepbyorn va Mell Ferrer. 1954-yil 25-sentabr
Roje Vadim va Brijit Bardo. 1952-yil 12-dekabr
Sheron Teyt va Roman Polanski. 1968-yil 20-yanvar | 77 | 1,535 |
Foto | Fotogalereya: O‘xshashi yo‘q gullar | Gullar changlantiruvchilarni jalb qilish uchun shakllanadi. Yorqin rangdagi gullar o‘zining shirin nektar bilan to‘lganligini ko‘rsatgan holda hasharotlar va qushlarni jalb qiladi. Shu tariqa ularning shakllari ba’zi changlantiruvchilarni jalb qilish, boshqalarini esa quvish uchun turli ko‘rinishda shakllanadi. Fitness for brain turli shakllardagi gullardan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 35 | 390 |
Foto | Yer aholisining bir qismi to‘liq Oy tutilishiga guvoh bo‘ldi (foto va video) | 16-mayga o‘tar kechasi to‘liq Oy tutilishiga Shimoliy va Janubiy Amerika aholisining katta qismi guvoh bo‘ldi, deb xabar beradi Euronews.
Nyu-York, AQSh
Oy tutilishining ma’lum bir bosqichlari Afrika, Yevropa va Yaqin Sharqda ko‘ringan, Alyaska, Avstraliya, Osiyo va Rossiya esa osmon tomoshasidan bebahra qoldi.
Rio-de-Janeyro, Braziliya
Bu so‘nggi o‘n yillikdagi eng uzoq davom etgan to‘lin oylardan biri hamda shu yildagi ilk “qonli Oy” bo‘ldi (Oyning qizil tusga kirishi uning yuzasida quyosh chiqishi va botishi jarayonlarining aks etishi sabab bo‘ladi).
Drezden, Germaniya
Oy tutilishining jami besh soatdan ortiq davom etdi, to‘liq faza esa (ya’ni Oy to‘liq Yer soyasida bo‘lishi) 1 soat-u 24 daqiqaga cho‘zildi.
Istanbul, Turkiya
Shu yil navbatdagi to‘liq Oy tutilishi 8-noyabrda yuz beradi.
Los-Anjeles, AQSH
Griffit park, Los-Anjeles, AQSH
San-Salvador, Salvador
Santyago, Chili
Mexiko, Meksika
Frankfurt, Germaniya
Buenos-Ayres, Argentina
Toronto, Kanada
Afina yaqinidagi Sunion burnida joylashgan Poseydon ibodatxonasi
Mardin, Turkiya
Skopye, Makedoniya
Oy tutilishi fazalari suratlarining birikmasi, Templ Siti (Kaliforniya, AQSh)da olingan | 76 | 1,185 |
Foto | Politsiya hibsga olayotgan ayol, Arabiston qizil tulkisi, Sergeliga borgan Mirziyoev — 25 iyun suratlari | E'tiboringizga 25 iyunning eng sara suratlarini taqdim etamiz.
AQShning Shimoliy Karolina shtatida politsiya zo'ravonligiga qarshi o'tkazilgan namoyish paytida politsiyachilar namoyishga chiqqan ayolni hibsga olmoqda.
Kenya sahrolarida Safari Rally Kenya 2021 musobaqasi o'tkazilmoqda.
Frantsiya poytaxti Parij shahrida muhojirlar norozilik sifatida shahar meriyasi binosi oldida lager tashkil qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Sergeli tumanidagi Saxovat mahallasi hayoti bilan tanishdi. Mahalla ahli bilan muloqot bo'ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoev tashrifi davomida mahallada o'ynab yurgan bolalarning yonidan o'tib ketdi. Bolalar esa unga qo'llarini ko'tarib salom berdi.
Suriyaning Kali shahrida tashkil etilgan muhojirlar lagerida aravada yasalgan sun'iy hovuzda cho'milayotgan bolalar.
Nepalda koronavirusdan sog'aygan qariya duo qilmoqda.
Chexiyada to'fon natijasida uyi vayron bo'lgan qariya.
Quvaytda sahroda Arabiston qizil tulkisi fotokamera ob'ektlariga tushdi.
Hindistonda tez yordam xizmati xodimlari charchab dam olmoqda. Mamlakat kasallikning eng yirik markazlaridan biri bo'lib turibdi.
Kenya rallisida qatnashayotgan avtomobil qushlarni qo'rqitib yuborgan ko'rinadi. | 104 | 1,186 |
Foto | Noodatiy rakursdan olinganligi tufayli o‘zgacha ko‘rinishni hosil qilgan suratlar | 2017-yilda dunyoda, taxminan, 1,2 trillion surat olingan, bu Yerning har bir aholisi uchun 160 tadan to‘g‘ri keladi. 4 yil ichida bu ko‘rsatkich, albatta, oshgan bo‘lishi kerak. Insonlar nafaqat unutilmas daqiqalarni, balki har kungi e’tiborga olinmaydigan voqealarni ham muhrlashga intiladi. Aynan o‘shalar hammasidan ham ko‘ra qiziqroq bo‘lib chiqadi.
Avokadolarning soni nechta bo‘lishi mumkin?
“Kiyimim gul ranglari bilan mukammallik hosil qilgan”.
“Mening itimda nimadir noto‘g‘riga o‘xshaydi”.
Xuddi boshga o‘xshaydigan tosh.
Xonadagi kresloni ko‘rdingizmi? Yaxshiroq qarang.
“Itlarim ranglariga mos keladigan yopinchiqlarda uxlaydi”.
“Qo‘ziqorinli rizotto mening ish stolimga o‘xshaydi”.
Mushuk, oqqush yoki o‘rdak?
“Men deyarli uning paypoqlarini ko‘rmayapman”.
Ushbu chumolixo‘rning panjalari pandaga o‘xshaydi.
“Mening qahva stakanimda hech qanday bo‘laklar yo‘qdek tuyuldi”.
“Uning og‘zida bitta emas, ikkita koptok borligini anglashim uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ldi”.
“Mushugim jemperga mukammal tarzda mos tushgan”.
“23 daqiqa. Ko‘zoynagimni topish uchun ketgan vaqt”.
“O‘zini qushga solib olgan mushuk”.
“Agar do‘stimning suratini teskari qilib ko‘rsa, u umuman boshqa yuzga aylanib qolar ekan”.
Ushbu burgut hech qanday o‘ljani qo‘ldan boy bermasligi tabiiy.
Avval qorda yugurayotgan odamni ko‘rish mumkin, keyin esa itni.
“Men ushbu kalamush bolasini oldim, u shu yerda yotishga qaror qildi. Biz uni Jimjiloq deb atadik”. | 81 | 1,453 |
Foto | Ma’nosini tushunish uchun o‘ta sinchkovlik bilan qarash talab etiladigan suratlar | Ko‘pgina tadqiqotlar shuni isbotladiki, ba’zida ko‘rish qobiliyati ongni osongina aldashi mumkin. Derazadgi soyalar yoki qorong‘i xonadagi buyumlar biroz vaqt davomida boshqa narsa deb tasavvur qilinadi. Suratlar ham xuddi shunday: gohida tasvir aniq bo‘lishiga qaramay, bir necha marotaba qayta ko‘rib chiqish kerak.
“Kanalizatsiyani tekshirish vaqtida olingan suratlarni tekshirayotganimda kimdir menga quduq tubidan tikilib qolganini payqadim”.
Shunchaki yerdagi disk yuzasiga tuproqlar sochilgan.
Hozirda parijdagi Triumfal arkasi shunday ko‘rinadi.
“Yolg‘on emas, hayratdaman”.
“Shaharni aylanib yurgan edim va ularni uchratdim”.
“Qayiqning eskirgan qismi xuddi dengiz o‘rtasidagi orol tasviriga o‘xshaydi”.
“U itni sayr qilish uchun qo‘yib yubordi va it oyoq kiyim bilan qaytdi”.
“Ushbu suratdagi itlarimning orasidagi farq anchagina katta”.
“Sevgilimning ko‘zoynagida ko‘zlar yo‘q, u shunchaki qandillarni o‘zida aks ettirgan”.
“Mushugim shunchalar ajoyib ediki, men uni yorug‘lik bilan rasmga oldim va mana shunday natija”.
Ushbu krem qutisi havoda muallaq turgandek, ammo qopqoq shunchaki rangsiz.
Bu yerda hech qanday kema yo‘q. Yaxshilab qarang, bu shunchaki soya.
Ichkari tomondan bu yozuv “2021”, ammo tashqi tomondan do‘kon xodimlari yordam so‘rayotganga o‘xshaydi.
Ehtimol, dinozavrlar shunday ko‘rinishda bo‘lgan.
“Uyga ketayotib, kimdir ikkinchi qavat derazasidan ko‘zlari sarg‘ayib qarab turganini payqadim. Ammo bu shunchaki chiroq va pardadan hosil bo‘lgan tasavvur edi”.
“Xuddi derazam oldida yong‘in yuz berayotgandek”.
“Hamyonimni yarim soat qidirdim”.
“Atigi 1 soniyaga chalg‘idim, o‘girilib qaradim-u, hayratdan qotib qoldim”. | 81 | 1,668 |
Foto | Germaniya sirkidagi tomoshalarda hayvonlar o‘rniga galogrammadan foydalanildi (foto+video) | Germaniyadagi Ronkalli sirki xodimlari hayvonlarga nisbatdan bo‘ladigan shafqatsizlikdan qochib, gologrammalar yordamida tayyorlangan tomoshalarni taqdim etmoqda, deb xabar beradi TravelAsk.
Ronkalli sirki boy tarixga ega bo‘lib, qirq yildan buyon odamlarni hayvonlar yordamida tashkil etiladigan aql bovar qilmas tomoshalari bilan xushnud etib keladi. Biroq biroz muddat oldin sirk rahbariyati hayvonlarga qarshi shafqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish maqsadida kutilmagan qaror qabul qildi.
Ronkalli uchun uch metrli golografik tasvirlar yaratilib, sirk arenasida haqiqiy hayvonlarni o‘ynatishdan voz kechildi. | 90 | 622 |
Foto | Fotogalereya: Tarixiy shaxslar yoshlik va yetuklik davrida | Ba’zi tarixiy shaxslarning yoshlik yillaridagi suratlarini ko‘rib, ularni tanib olish qiyin emas. AdMe ana shunday shaxslarning suratlaridan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 58 | 171 |
Foto | Fotogalereya: 40 yoshidan so‘ng mashhurlikka erishgan aktyorlar | AdMe omad yulduzlari 40 yoshidan so‘ng porlagan aktyorlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Morgan Friman (50 yosh)
Morgan Friman birinchi bor 34 yoshida dunyoga tanilgan, biroq shudan so‘ng ancha vaqt ekranlarda ko‘rinmay qolgan. 50 yoshida “Ko‘cha bolasi” kartinasida ijro etgan rolidan so‘nggina aktyor o‘zining birini “Oskar”ni qo‘lga kiritgan va butun dunyoga mashhur bo‘lgan.
Tommi Li Jons (47 yosh)
Futbolda erishgan muvaffaqiyatlariga qaramay Tommi Li Jons o‘z hayotini teatr va kinoga bahshida etgan. 47 yoshida “Qochoq” filmida o‘ynagan rolidan so‘ng “Oskar”ni qo‘lga kiritgan va Gollivudning yetakchi aktyorlaridan biriga aylangan.
Melissa MakKarti (41 yosh)
Melissa MakKartiga “Vegasdagi qiz bazmi” komediyasidan so‘ng haqiqiy mashhurlik kulib boqdi. Aktirsa “Oskar”ga nomzod bo‘libgina qolmay, 40 yoshdan keyin ham o‘z maqsadiga erishish mumkinligini isbotlab berdi.
Semyuel L. Jekson (44 yosh)
1994-yilga qadar Semyuel o‘nlab filmlarda rol ijro etgan, biroq omad unga kulib boqavermagan. Unga haqiqiy mashhurlikni Kventin Tarantinoning Pulp Fiction filmi olib kelgan.
Lesli Nilsen (54 yosh)
Lesli Nilsenga omad 54 yoshida kulib boqqan. “Aeroplan” komediyasida ijro etgan roli unga haqiqiy mashhurlik olib kelgan.
Keti Beyts (42 yosh)
Mashhurlik Ketini atay qilgandek ancha yillar davomida chetlab o‘tgan. Biroq 42 yoshida aktrisa “Mizeri” filmida ijro etgan rolidan so‘ng jahonga tanilib, “Oskar”ga loyiq topilgan.
Pyer Rishar (42 yosh)
Rishar ham uzoq vaqtga qadar kino sohasida o‘z o‘rnini topa olmay yurgan. 42 yoshga to‘lganida ijro etgan “kichkina odam” roli uni butun dunyoga tanitib yubordi.
Jan Reno (46 yosh)
Uning o‘rnida boshqa odam bo‘lganida, allaqachon kino tark etgan bo‘lardi, axir Renoning karyerasi uzoq yillar davomida o‘zgarishiz davom etgan. 46 yoshida aktyor Lyuk Besson bilan tanishganidan keyingina hayoti butunlay o‘zgarib ketgan. | 63 | 1,880 |
Foto | Fotogalereya: Noodatiy uyg‘unlik hosil qiluvchi oddiy narsalar | AdMe noodatiy uyg‘unlik hosil qiluvchi oddiy narsalarning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Yongan idish xuddi gulxanda isingani kelgan chumchuqlarni yodga solmoqda
Ushbu tuxum dunyoni egallamoqchi shekilli
Kosmik portal ko‘rinishiga ega ko‘lmak
Ushbu ilon Xellouinga hammadan ham yaxshiroq tayyorlanibdi
“Kapalak”ni yegani qo‘lim bormayapti
Aeroportdagi o‘rindiq meni ko‘rganidan xursand
Mashina ustidagi qirov o‘tloqqa o‘xshaydi
“Mening buvim 1962-yilda Barak Obamaga o‘xshagan ekan”
“Ushbu chiroqqa mening suratlarim yoqqan ko‘rinadi”
“Shampun uchinchi qavatdagi qo‘shnimga o‘xshar ekan” | 62 | 605 |
Foto | Tokio Paralimpiya oʻyinlari ochilish marosimi — suratlarda | Bugun Yaponiya poytaxti Tokio shahrida navbatdagi yozgi Paralimpiya oʻyinlariga start berildi. «Bugun suratlari» ruknining bugungi sonini mazkur nufuzli musobaqaning ochilish marosimidan saralangan suratlarga bagʻishlaymiz.
Paralimpiya mash‘alasi yoqildi.
Marosimda rol ijro etayotgan aktyorlar.
Meksikalik sportchi gʻaroyib kiyimda chiqish qildi.
Yaponiya bayrogʻi ochilish marosimi oʻtkazilayotgan stadionga olib kelindi.
Abbos Karimiy va Aliya Issa qochqinlar terma jamoasi bayrogʻini olib chiqmoqda.
Afgʻoniston Islom Respublikasi bayrogʻi olib chiqilmoqda. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat sabab ushbu mamlakat sportchilari musobaqalarda ishtirok eta olmayapti.
Kamerunlik sportchilar marosimdan oldin tribunada.
Eng katta terma jamoa — Yaponiya terma jamoasi.
Buyuk Britaniya terma jamoasi sportchilari.
Marosimda rol ijro etayotgan aktyorlar. | 58 | 845 |
Foto | Fotogalereya: Eng go‘zal va kamyob toshlar | Tabiat — eng mohir rassom va u go‘zalligi jihatdan tengi yo‘q asarlarni yaratadi. Misol tariqasida, dunyoning turli burchaklaridan topilgan tosh va ma’danlarga e’tiborni qaratish mumkin — ularning har biri o‘zicha go‘zal va takrorlanmas, deb yozadi AdMe. | 42 | 254 |
Foto | Bizga go‘yoki kelajakdan yetib kelgan 10 ta oziq-ovqat (fotogalereya) | AdMe o‘z ko‘rinishi, tarkibi yoki tayyorlanishida qo‘llanilgan innovatsion texnologiyalar bilan kishini hayratga keltiradigan o‘nta mahsulot va taomlar bilan tanishtirdi.
“Ooho!” deb nomlanuvchi ushbu pufaklar dengiz suvo‘tlari ekstraktidan qilingan qobiqqa solingan suvdan iborat. Yuzlab yillar davomida parchalanib ketadigan plastik butilkalardan farqli o‘laroq, yeyilmagan pufak 4—6 haftada parchalanadi.
Londonda oliy navli qahva donlaridan noyob texnologiyalar asosida rangsiz qahva ishlab chiqishdi. Qahvaning mazasi va ta’siri saqlanib qolgan, ammo tish emali uchun zarari kamaygan.
Burgerlar uchun o‘ylab topilgan yangi turdagi kotletlar mazasi, hidi va teksturasiga ko‘ra, haqiqiy go‘shtdan qolishmaydi, ammo ular 100 foiz sabzavotlardan tarkib topgan.
Gavayi orollaridan kirib kelgan Poke nomli taom tarkibiga xom baliq, sabzavot va mevalar kiradi, ularning barchasi kosada yoki roll ko‘rinishida tortiladi.
Singapur milliy universiteti olimlari ixtiro qilgan siyohrang non zararli oq nonga nisbatan 20 foizga sekinroq hazm bo‘ladi. Qora guruchdan ajratib olingan ko‘p miqdordagi antioksidantlar nonga bunday rangni beradi.
2013-yilda birinchi yuqori texnologiyali burger yaratildi, u xaridorlarga 325 ming dollarga tushgan bo‘lardi. Ayni paytda olimlar sun’iy go‘shtning narxini pasaytirish ustida ishlamoqda.
Soylent kompaniyasi o‘ylab topgan futuristik ichimliklar va batonchalar organizmga zarur bo‘lgan ozuqa moddalarining barchasini o‘z ichiga olgan. Har doim band bo‘lgan, ammo to‘g‘ri ovqatlanishni istagan kishilar uchun mos variant.
O‘simlik oqsillari va organizm uchun foydali bo‘lgan boshqa moddalardan tarkib topgan kukun suvda eritib ichilsa, tinchlanishga yordam beradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.
Raklet nomli shveysarcha taom dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ommalashib bormoqda. U eritilgan yog‘li pishloqdan tayyorlanadi, u sabzavot, go‘sht va boshqalar solingan likopga kesib qo‘yiladi. | 69 | 1,927 |
Foto | Tez orada barpo etiladigan 10 ta hayratlanarli bino (foto) | AdMe ayni paytda barpo etilayotgan va bizni asta-sekinlik bilan yangi davrga olib boradigan binolar loyihalari bilan tanishtirdi.
Fin bo‘g‘ozi qirg‘og‘idagi 87 qavatli osmono‘par bino “Gazprom neft” rasmiy bosh qarorgohiga aylanadi. U Yevropadagi eng baland bino bo‘lishi kutilmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashadigan ulkan majmua o‘z ichiga suv yo‘llari, portlar, hayratlanarli manzaralar va yangi osmono‘par binolarni oladi.
Chjuxay shahridagi ikkita daryo kesishgan nuqtada 100 metrli tomosha maydoni quriladi. Sal buralgan minoraning ko‘rinishi baliq tanasini eslatadi, u tangachalarga o‘xshash teshik-teshik alyuminiy bilan qoplangan.
Seulning Yonsan dahasida qad ko‘taradigan majmua 88 va 77 qavatli ikkita minoradan iborat, ular tashqi tomondan ajdar terisiga o‘xshatib bezatiladi.
Ushbu osmono‘par bino qavatlari o‘ziga xos panduslar yordamida hosil bo‘ladi. Asosiysi, u yerda juda ko‘p yashil hududlar va bog‘lar mavjud bo‘ladi.
Qimmatbaho restoranlari bo‘lgan yangi “Infiniti” deb nomlanuvchi serhasham uy Sidneyda qad ko‘taradi.
Ushbu loyihaning nomi va u Bryussel uchun mo‘ljallangani ramziy ma’noga ega, axir aynan shu shaharda Yevroittifoq bosh qarorgohi joylashgan. Loyiha Yevropa hamdo‘stligi mamlakatlarining aloqasi va madaniy qadriyatlarini namoyish qilishga qaratilgan.
Yangi 40 qavatli besh yulduzli mehmonxona me’morchilik dunyosining afsonasi — Zaxa Hadidning loyihasi hisoblanadi, shuning o‘zigina u dunyodagi eng g‘aroyib binolardan biri bo‘lishidan darak beradi.
Ushbu osmono‘par bino konstruksiyasi nafaqat me’morlar, balki biologlar tomonidan ham ishlab chiqilgan: ular hamkorlikda daraxtlarning o‘sishi tamoyili va ularning himoya mexanizmlariga asoslandi.
15 yildan so‘ng Xitoyda 100 ming kishi yashashi uchun mo‘ljallangan minora shahar quriladi. Bionik arxitektura qonunlariga ko‘ra yaratiladigan inshoot yong‘in, suv toshqini, zilzila va bo‘ronga qarshi tura oladi. | 58 | 1,936 |
Foto | Taomlarida Disney va Pixar multfilmlarini aks ettiradigan yaponiyalik onaning ijod namunalari (foto) | Yaponcha bento-lanch, albatta, eng chiroyli taomdir. Guruch, baliq yoki go‘sht va sabzavotlardan tayyorlangan taomlar ko‘pincha hayvon, bino, yodgorlik, gullar yoki odamlar ko‘rinishida bezatiladi. Hatto dizayn uslublari – masalan, turli mashhur multfilm va videoo‘yin qahramonidan ham foydalaniladi. Aynan shu uslubda Etoni Mama nomi ostidagi yaponiyalik ayol muvaffaqiyatga erishdi, u o‘zi tayyorlagan taomlarining suratini Instagram’ga joylashtiradi. Hozirda uning 180 mingdan ortiq havaskor obunachilari bor, deb yozadi Meduza.
Etoni Mama uch nafar farzandini xursand qilish uchun oddiy ovqatlardan qiziqarli yegulik qahramonlar yaratishni boshladi. Vinni Pux va Minionlardan tortib, ularning soni allaqachon yuzdan ortgan. Shu bilan birga, blogerning ta’kidlashicha, uning taomlari nafaqat chiroyli, balki mazali hamdir. Pazanda onaning suratlariga qarab, bunga ishonishingiz aniq.
View this post on Instagram
Bitta taom tayyorlash uchun taxminan bir soat vaqt ketadi va Etoni Mama faqat mahsulotlarga qarab ilhom oladi. Shuningdek, u o‘zining kitobini ham nashr etdi, unda oddiy taomni qanday qilib quvnoq va ishtaha ochar qilish mumkinligi haqida batafsil yoritilgan.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 100 | 1,580 |
Foto | Permda Rossiya aviatsiyasi tarixi haqida hikoya qiluvchi bir kilometrlik graffiti chizildi | Aviadvigatellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “ODK – PM” zavodi devorida “Ochiq osmon ostidagi aviamuzey” nomli art-obyekt paydo bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Graffitini chizish 2015-yilda boshlangan edi. Rassomlar dvigatellari va reduktorlari Permda ishlab chiqarilgan barcha turdagi uchar qurilmalarning suratlarini chizib chiqqan. Qariyb uch ming kvadrat metr maydonda aviatsiya tarixi va zavod taqdirida rol o‘ynagan obyektlar tasvirlangan.
“Aviamuzey”dan “I-16”, “La-5”, “La-5FN” qiruvchilari, “Su-2”, “Tu-2” bombardimonchilari va boshqa ko‘plab samolyotlar o‘rin olgan. Loyiha rassomi Aleksey Shchigalyovning aytishicha, asosiy e’tibor samolyotlarning asliga to‘g‘ri bo‘lishiga qaratilgan.
Zavod matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu obyekt bo‘yoq ballonchalari yordamida chizilgan eng katta surat sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 90 | 1,044 |
Foto | Fotogalereya: Insonlarga ishonchni qaytaruvchi suratlar | Hayotda bo‘lib turadigan ba’zi holatlar insonlarga nisbatan yo‘qolayotgan ishonchni qaytarishga xizmat qiladi. AdMe ana shunday holatlarni aks ettiruvchi suratlarni taqdim etdi. | 55 | 177 |
Foto | Germaniyalik juftlik kinolar suratga olingan joylarni topib, mashhur sahnalarni qayta gavdalantiradi (foto) | Hamma sayohat qilishni yaxshi ko‘radi hamda safarlarga alohida tayyorgarlik ko‘radi. Biroq Secret Famous Places Instagram akkaunti va YouTube kanalini yuritadigan germaniyalik juftlik sayohatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha hammani ortda qoldirdi, deb yozadi Esquire.
Juftlik film yoki seriallar epizodlari suratga olingan joylarni topadi, film qahramonlari kiyimiga o‘xshash libos tanlaydi va yo‘lga otlanadi.
Ularning fotojamlanmasidan “Taxtlar o‘yini”, “Yulduzlar jangi” va yana ko‘plab taniqli filmlarning suratga olish guruhi ishlagan maskanlarda olingan suratlar mavjud.
“Forrest Gamp”
“Taxtlar o‘yini”
“007: Skayfoll koordinatlari”
”La-La Lend”
“Qattiqqo‘l xonim”
“Hayot-mamot o‘yinlari”
“Huriliqo”
“Taxtlar o‘yini”
“Ibtido”
“Uzuklar hukmdori”
Vengriyalik er-xotin afsonaviy filmlar kadrlarini qayta yaratdi (foto) | 107 | 845 |
Foto | Fotogalereya: Butunjahon egizaklar poytaxti qayerda joylashgan? | Nigeriyaning Igbo-Ora shahri dunyo bo‘yicha ko‘p egizaklar tug‘iladigan shahar ekanligi bilan tanilgan. Ushbu shaharda har ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa 45—50 jufti egizak to‘g‘ri keladi, deb xabar beradi Sputnik. | 63 | 221 |
Foto | Tomosha qilib ham haqiqiy sovuq nima ekanligini anglash mumkin bo‘lgan suratlar | Qish fasli bir necha yildan buyon odatdagidek bo‘lmayotgani asosan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ammo ayrim hududlarda yog‘ayotgan qor tabiatga turli rasmlar chizib qoldirmoqda. Ularga qarab, haqiqiy sovuq qanday bo‘lishini darrov anglash mumkin.
Yellounayfda havo ko‘rsatkichi -52 darajada.
Mashinaning old oynasiga yog‘gan qor shunday ag‘darildi.
“Tamom, tashqariga chiqishning keragi yo‘q”.
“Kecha kimdir kabinaning eshigini yopishni unutgan ko‘rinadi”.
“Orqa hovlida shunday holatga duch keldik”
“Tushlik tortildi”.
“Shveysariyada jiddiy tartibsizlikka uchradik. Gap shundaki, bo‘yim 190 santimetr”.
“Mukammal aylanadagi qorbola yasadim”.
“Avtomobil kapotidagi muzli naqsh”.
“Havoning sovuqligini soyaga qarab bilish mumkin”.
“Sovuq tufayli ushbu barglar chalkash ko‘rinishga ega”.
“Qor yog‘gandan keyin eshik ochilganda... Shimoliy Kanada”.
“Tomda erib, qiyshaygan muzlar shunday shaklga kirdi”.
“Men qor-pingvinglar armiyasini tuzdim”.
“Tashqarida sovunni unutib qoldirgan ekanman. Bir kechada u shaffofdan oq rangga o‘zgardi”.
“Panjara ustidagi muz”.
“Norilskda 5 kundan buyon to‘xtovsiz qor yog‘moqda”.
“Hammasi muz ostida”.
“Bahorning birinchi kuni. -35 daraja”.
“Norvegiyada yashab, ofis derazasini yopishni unutganingizda”. | 79 | 1,256 |
Foto | Muhandisdan nevropatologgacha: Jahon kinosi yulduzlarining asl kasblari (foto) | Bakalavr va magistr yo‘nalishida boshqa sohani tamomlab, shou-biznesda faoliyat yuritishni afzal bilgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Rouen Atkinson
Foto Grazia
Muhandis. Atkinson Oksford universitetining elektromuhandislik fakultetini tamomlagan.
Natali Portman
Foto Grazia
Psixolog. Garvard universitetining psixologiya fakultetini bitirgan.
Roza Syabitova
Foto Grazia
Muhandis-dasturchi. Moskva institutida elektron mashinasozlik yo‘nalishida ta’lim olgan.
Edvard Norton
Foto Grazia
Tarixchi. Yel Universitetini tabiiy va gumanitar fanlar bo‘yicha bakalavr bosqichini tamomlagan.
Olga Buzova
Foto Grazia
Geograf. Sankt-Peterburg davlat universitetining geografiya fakultetini tamomlagan.
Devid Duxovni
Foto Grazia
Ingliz adabiyoti bo‘yicha mutaxassis. Yel universitetini tabiiy va gumanitar fanlar bo‘yicha magistr bosqichini tamomlagan.
Garik Martirosyan
Foto Grazia
Yerevan davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. Nevropatolog-psixoterapevt.
Xyu Lori
Foto Grazia
Kembrij universitetining antropologiya va arxeologiya yo‘nalishini tamomlagan.
Valdis Pelsh
Foto Grazia
Moskva davlat universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. | 78 | 1,166 |
Foto | Foto: Chili tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatlari | Chilidagi o‘rmon yong‘inlari bir necha kundan beri davom etmoqda, deb yozadi Meduza. Quyidagi fotosurat 25-yanvar kuni Chili poytaxti Santyagodan 450 kilometr uzoqlikdagi manzilgohda olingan.
Bu Chili uchun yanvardagi odatiy manzara, biroq 2017-yilda o‘rmon yong‘inlari rekord daraja katta maydonlarni qamrab oldi; Chili hukumati boshqa mamlakatlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Xususan, AQShdan Boeing 747-400 Super Tanker o‘t o‘chiruvchi samolyoti yetib kelgan. Chili ma’muriyatining fikricha, kamida bir necha yong‘in odamlar tomonidan qasddan uyushtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 62 | 740 |
Foto | Foto: 50 yilda birinchi marta qorga ko‘milgan Ispaniya | Ispaniyada kuchli yomg‘ir va qor bilan birga kechayotgan “Filomena” bo‘roni oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters. El Pais gazetasining yozishicha, hozir Ispaniyada so‘nggi 50 yildagi eng kuchli qor bo‘roni kuzatilmoqda — qor mamlakatning asosan markaziy qismida yoqqan, sohilbo‘yi hududlarida jala quymoqda.
O‘nta provinsiyada, jumladan, poytaxt Madridda xavfning qizil darajasi e’lon qilingan: yo‘llar yopilgan, jamoat transporti to‘xtagan, madaniy va sport tadbirlari bekor qilingan. Davlat meteorologiya agentligi vakili Julian Morsiloning so‘zlariga ko‘ra, kelasi hafta havo harorati -10 darajagacha pasayib, xavfli muzlamalar yuzaga kelishi mumkin.
Madrid atrofida qor bo‘roni sabab mashinasida qolib ketgan 1,5 mingga yaqin odam qutqaruvchilar tomonidan qutqarilgan, odatda mashinalar bilan to‘lib toshgan Gran-Via ko‘chasi esa “chang‘ichilar ko‘chasi”ga aylangan. “Biz avvallari hech qachon bunday voqeani ko‘rmagandik”, — deydi 30 yoshli Markos Reuters’ga bergan intervyusida.
Harbiylar Madrid shahar meriyasi oldidan o‘tib bormoqda, 2021-yil 10-yanvar.
Madridning Sibeles favvorasidagi qorga burkangan haykal, 2021-yil 10-yanvar.
Ishchilar Madrid meriyasi yaqinidagi metro bekatiga kirish joyini qordan tozalamoqda, 2021-yil 10-yanvar.
Qor bosgan ko‘chalarda sayr qilayotgan madridliklar, 2021-yil 10-yanvar.
Madridlik tadbirkor o‘z do‘koniga kirish joyini qordan tozalamoqda, 2021-yil 10-yanvar.
Madridliklar qor bosgan ko‘chada sayr qilib, chang‘i uchmoqda, 2021-yil 9-yanvar.
Madridliklar shahardagi shoh ko‘chalardan birida qor o‘ynamoqda, tabloda esa: “Piyodalar, yo‘lni bo‘shating”, degan yozuv, 2021-yil 9-yanvar.
Qor bosgan Madridning Bella Artes madaniyat markazi tomidan olingan manzarasi, 2021-yil 9-yanvar.
Qorda sayr qilayotgan madridliklar, 2021-yil 9-yanvar.
Madridliklar shahar meriyasi va Sibeles favvorasi oldida sayr qilmoqda, Bella Artes madaniyat markazi tomidan olingan surat, 2021-yil 9-yanvar.
Madriddagi M30 halqa yo‘lida qorda qolib ketgan mashinalar.
Shahar ko‘chalarida chang‘i uchishga shaylangan madridlik.
Madrid merining ta’kidlashicha, shaharga “so‘nggi 80 yildagi eng yomon bo‘ron” yopirilgan.
Madrid aeroporti xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatgan, yuzlab yo‘lovchilar terminallarda ob-havoning yaxshilanishini kutmoqda.
Kastiliya-La-Mancha provinsiyasi markazi Toledoda shahar ma’muriyati ko‘chalarni qordan tozalashda armiyadan yordam so‘ragan va qishki g‘ildiragi yo‘q har qanday transport vositalarining harakatlanishini taqiqlagan.
Madridning Plasa-Mayor maydonidagi qor ostida qolgan stol-stullar.
Qor bosgan Madrid, 2021-yil 9-yanvar. | 54 | 2,649 |
Foto | Eng chiroyli qish qayerda kuzatilmoqda? Dunyoning turli burchaklaridan olingan hayratomuz suratlar | Qish mavsumi sovuq bo‘lishiga qaramay, tabiatda o‘z ijodini ajoyib ko‘rinishda namoyon qiladi. Qorga burkangan daraxtlar, muzlagan ko‘llar, sumalakka aylangan sharsharalarni haqiqiy san’at asariga qiyoslash mumkin. Quyida turli mamlakatlarda o‘z hukmini o‘tkazayotgan qish tasviri aks etgan suratlar bilan bo‘lishamiz.
Baykal ko‘li, Rossiya
Muqaddas Iosif mayog‘i, Michigan shtati, AQSh.
Kerid vulqoni og‘zidagi ko‘l, Islandiya.
Dombay, Rossiya.
Godafoss sharsharasi, Islandiya.
Kappadokiya, Turkiya.
Pelishor qal’asi, Ruminiya.
Luiza ko‘li, Kanada.
Olesunn shahri, Norvegiya.
Noshvanshtayn qal’asi, Bavariya.
Plitvits ko‘lidagi kaskad sharshara, Xorvatiya.
Xarbindagi muz shahar, Xitoy.
Toyyamdagi qor devorlar, Yaponiya.
Grenlandiya sohilidagi aysberglar.
Vogez tog‘laridagi O-Kenigsburg qal’asi, Fransiya.
Taganay milliy bog‘i, Rossiya.
Skaftafell g‘ori, Islandiya.
Lanvasser ko‘prigi, Shveysariya.
Solovki orollari, Rossiya.
Buyuk Ustyug shahri, Rossiya. | 98 | 983 |
Foto | Mutaxassislar dunyodagi eng mehmondo‘st maskanlar ro‘yxatini tuzdi (foto) | Mutaxassislar butun dunyo bo‘ylab turar joy maskanlari o‘rtasida “Traveller Review Award 2021” mukofotlarini taqsimlash natijalari bo‘yicha sayyoraning o‘nta eng mehmondo‘st joylari ro‘yxatini tuzdi.
Taydun okrugi, Tayvan
Tayvanning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan, tog‘lar va okean bilan o‘ralgan. Sayyohlar mahalliy madaniyatning xilma-xilligidan hayratda qoladi. Bu yerda ko‘plab qabilalar yashaydi, ularning har biri qadimiy an’analari va urf-odatlari bilan mashhur.
Preshovskiy viloyati, Slovakiya.
Ushbu mintaqa o‘zining tog‘li landshaftlari bilan qish mavsumida piyoda yurish va chang‘i uchishni yaxshi ko‘radigan sarguzasht izlovchilar uchun ideal joy. Shuningdek, Slovakiyaning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi.
Tasmaniya, Avstraliya.
Avstraliyaning Tasmaniya shtati o‘zining yovvoyi tabiati va go‘zal manzaralari bilan mashhur. Bu yerda mehmonlar ajoyib manzara, tarixiy va madaniy meros hamda mukofotga sazovor bo‘lgan restoranlarning ajoyib kombinatsiyalarini topish mumkin.
Kenterberi, Yangi Zelandiya.
Kenterberi yovvoyi plyajlar, ko‘llari, uzumzorlari va tog‘lari bilan mashhur bo‘lgan Yangi Zelandiyadagi eng katta mintaqadir. Yaqin atrofda tog‘lar bilan birga, boshqa go‘zalliklar ham mavjud. Janubiy orolning markazida toza suvlari bo‘lgan Tekapo ko‘li joylashgan. Kechki payt suv ombori ustidagi osmon uzra yulduzlar to‘lib toshadi. Tungi osmonni tomosha qilish uchun ajoyib imkoniyat bor.
Yangi Shotlandiya, Kanada
Yangi Shotlandiyaning qirg‘oqlarini viloyat hayotida ulkan rol o‘ynaydigan Atlantika okeani yuvib turadi. Kanadaning ushbu burchagida ko‘plab baliqchilar shaharchalari, dengiz mayoqlari va qizil qoyalar mavjud.
Yuqori Avstriya, Avstriya.
Yuqori Avstriyaning federal shtati mamlakat shimolida joylashgan hamda Germaniya va Chexiya bilan chegaradosh. Mintaqa o‘zining chiroyli yashil tepaliklari va Yevropaning ikkinchi eng uzun daryosi Dunay bilan mashhur. Sayyohlar piyoda sayr qilish paytida tabiatdan bahramand bo‘lishi va ko‘plab yo‘nalishlar bo‘ylab velosipedda sayohat qilishi mumkin.
Chubut, Argentina.
Chubut Argentinaning janubidagi provinsiya, And va Atlantika okeanining o‘rtasida joylashgan. Shuning uchun sayohatchilar tog‘lardan va plyajdan bahramand bo‘lishi mumkin.
Libertador-Xeneral-Bernardo-O’Xiggins, Chili.
Libertador-Xeneral-Bernardo-O’Xiggins viloyati sharqda Argentina, g‘arbda esa Tinch okeani bilan chegaradosh. Bundan tashqari, hududda dunyodagi eng katta yer osti mis koni mavjud.
Ayova, AQSh.
Ayova shatati Missuri va Missisipi daryolari o‘rtasida, AQShning qoq markazida joylashgan. Ayova noyob o‘simliklar, yovvoyi tabiat, fermer xo‘jaliklari va qishloqlarga ega.
Minas-Jerays, Braziliya.
Minas-Jeras Braziliyaning janubi sharqidagi okeanga chiqa olmaydigan davlat. Bu yerda tarixiy binolar mavjud, tepaliklarda ko‘plab aholi maskanlari barpo etilgan. Dengiz sathidan eng baland bo‘lgan Braziliyaning beshta shahridan to‘rttasi Minas-Jerasda joylashgan. | 73 | 2,936 |
Foto | Butun dunyo shifokorlari navbatchilikda uxlab qolgan hamkasbini himoya qildi (fotogalereya) | Yaqinda meksikalik bloger internetga kechasi 3 da navbatchilik vaqtida uxlab qolgan tibbiy xodim suratini joylab, uni o‘z ishini tegishlicha bajarmayotgani uchun tanqid qildi, deb yozadi AdMe.
Ammo butun dunyo shifokorlari o‘z hamkasbi yonini oldi va internetga o‘zlari mashaqqatli smenadan keyin uxlab qolganlari aks etgan suratlarni joyladi. Tarmoqda ushbu suratlar #YoTambienMeDormi (ispanchada: “men ham uxlab qoldim”) tegi ostida tarqalmoqda. | 91 | 449 |
Foto | Jahon yulduzlari ular endi chaqnay boshlagan vaqtdan buyon qanchalik o‘zgargan? (fotogalereya) | Hozirda mashhurlik cho‘qqisida bo‘lgan jahon yulduzlari bizning bolalik va o‘smirlik chog‘larimizda — ular endi chaqnay boshlagan vaqtda qanday ko‘rinishga ega bo‘lganligi ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. AdMe ana shu qiziqishimizni qondirishga qaror qildi. | 94 | 255 |
Foto | Shimoliy Koreya elitasi qanday yashaydi (fotogalereya) | OAVlarda oddiy koreyaliklarning og‘ir hayoti haqida reportajlar tez-tez e’lon qilib borilsa-da, KXDRda, shuningdek, ancha badavlat o‘rta sinf ham mavjud, ushbu sinf vakillari o‘zlarini bu yerda butunlay qulay his qiladi. Travel Ask Shimoliy Koreyaning badavlat kishilari qanday yashashini aks ettiruvchi suratlar bilan bo‘lishdi.
Hamma joyda bo‘lgani kabi, Shimoliy Koreyada ham elita yirik rivojlanayotgan shaharlarda yashaydi, bular Pxenyan, Chxonjin, Vonsan va Xamxindir.
Pxenyan tashqarisidagi to‘rt o‘rinli kichik samolyotlar uchun mo‘ljallangan aerodrom.
Shimoliy Koreyaning ushbu fuqarosi individual chavandozlik darslarini olishga qurbi yetadi.
Taxminiy statistikaga ko‘ra, uyali telefonlar KXDR aholisining 13—15 foizida bor, xolos.
Premium sinfidagi Audi A6 qimmatbaho avtomobili Pxenyanda harakatlanmoqda.
Shimoliy Koreyadagi elita sinfini tadbirkorlar, ularning qarindosh va do‘stlari tashkil qiladi. Ularning jami soni mamlakat aholisining taxminan 10 foiziga teng. Ularning mavjud bo‘lishi mamlakatda o‘rnatilgan davlat qurilishiga zid bo‘lsa-da, hukumat mahalliy elita gullab-yashnashiga ko‘z yumadi.
Raqamli fotoapparatga ega yoshlar.
Zeb-ziynat buyumlari Shimoliy Koreyaga asosan Xitoydan kirib keladi.
Baxtli juftlik o‘z dalmatinetsi bilan.
Mahalliy fuqaro o‘z smartfoni bilan.
Badavlat o‘rta sinf Shimoliy Koreyada 2009-yilda — hukumat pul islohotini o‘tkazishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti yaxshigina harakatga kelgan vaqtda paydo bo‘lishni boshlagan.
Pxenyanda oltita xususiy taksi xizmatlari bor, ularning har biri to‘lovni faqat AQSh dollarida qabul qiladi. | 54 | 1,595 |
Foto | Qochqinlar lageridagi iftorlik, yerto'lada yashayotgan ukrainaliklar, halokatga uchragan samolyot — 8 aprel suratlari | Bugunning eng dolzabr suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Bugun prezident Shavkat Mirziyoev Islom tsivilizatsiyasi markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida bu yerga tashrif buyurdi.
Majmuani chiroyli va sifatli qilib qurish bilan birga mazmuniga alohida e'tibor qaratish zarurligi ta'kidlandi. Islom tsivilizatsiyasi markazining tarkibiy qismlari to'g'risida ma'lumot berildi.
Shuningdek, davlat rahbari Olmazor tumanidagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatni borib ko'rdi.
Ukraina poytaxti Kievdagi ko'p qavatli uylarning yerto'lasida jon saqlayotgan ukrainalik ayollar va bolalar.
Ukraina poytaxti Kievdagi ko'p qavatli uylarning yerto'lasida jon saqlayotgan ukrainalik ayollar va bolalar.
Moskvada Rossiya Mudofaa vazirligi binosi oldida urushga qarshi namoyish qilgan qiz politsiya tomonidan qo'lga olindi.
Ukraina politsiyasi Krematorsk shahridagi vokzalga otilgan raketa qoldiqlarini ko'zdan kechirmoqda. Unda rus tilida “Bolalarimiz uchun” deb yozib qo'yilgan.
Frantsiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron saylovoldi kampaniyasi davomida Parij yaqinidagi bozorga tashrif buyurdi.
Qattiq karantinga yopilgan Shanxayda aholi yetkazib berish xizmati orqali mahsulotlarni qabul qilmoqda.
Bangladeshda Ramazon oyidagi ilk juma namozi ado etildi.
DHL kompaniyasiga tegishli tijoriy samolyot Kosta-Rikada halokatga uchradi.
Suriyaning Al Bob shahridagi qochqinlari lagerida iftorlik dasturxoni yozildi. Bunday tashabbusni Malayziyaning “ULFAH” tashkiloti ilgari surgan. | 117 | 1,559 |
Foto | Shimoliy Koreyaning Xitoy tomonida turib olingan suratlari (fotogalereya) | G‘arblik sayyohlar Pxenyanga borganida, ularga gid va haydovchi biriktirib qo‘yiladi, ular esa faqat mumkin bo‘lgan joylarni tomosha qilish va suratga olishga ruxsat beradi, bular asosan yodgorliklar va namunali korxonalardir, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ammo Reuters agentligi forosuratchisi KXDR va Xitoy chegarasida bir hafta bo‘lib, yopiq davlat aholisining haqiqiy hayotini kuzatdi va kadrlarga muhrladi. | 73 | 405 |
Foto | Makiyaj qilmagan taqdirda ham go‘zalligi bilan o‘ziga rom etadigan mashhur ayollar (foto) | Vizajist, dizayner va suratchilarning mahorati tufayli yulduzlar kino, qizil yo‘lak hamda jurnal muqovalarida juda ham latofatli, go‘zal ko‘rinadi. Aynan shu sabab ham aksariyat muxlislar kumirlarini tonnalab kosmetik vositalarsiz tasavvur qila olmaydi. Ammo makiyaj bilan ko‘rinishi ular bo‘yoqlarsiz sohibjamol emasligini bildirmaydi.
Margo Robbi
Ember Hyord
Anya Chalotra
Juliya Roberts
Emma Korrin
Kara Delevin
Maryam Uzerli
Selena Gomes
Emiliya Klark
Enn Xeteuey
Anya Teylor-Joy
Shakira
Natali Portman
Leyton Mister
Ledi Gaga
Xolzi
Xeyli Biber
Florens Pyu
Irina Sheyk | 89 | 590 |
Foto | Fotogalereya: Aslida soxta bo‘lgan rasmlar | AdMe nashri butun dunyo internet foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo‘lgan, aslida esa soxta bo‘lib chiqqan suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 42 | 143 |
Foto | Fotogalereya: Sahro qirollari | 21-iyun kuni qirol Salmon o‘g‘illaridan biri Muhammad ibn Salmonni Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi etib tayinladi. Hukmron sulola Al Saudlarning (saudiylar) eng ko‘zga ko‘ringan va nufuzli vakillari bilan “Kommersant” fotogalereyasida tanishishingiz mumkin.
Salmon bin Abdulaziz Al Saud (1935-yilning 31-dekabrida tug‘ilgan) — sulola yetakchisi. Akasi qirol Adbullohning o‘limidan so‘ng 2015-yilning 23-yanvarida qirollik taxtini egallagan. Mamlakatning birinchi qiroli Abdulaziz ibn Saudning (1932—1953) 45 nafar o‘g‘lidan biri. Taxtni egallagunga qadar mamlakatning mudofaa vaziri (2011-yildan boshlab) va Ar-Riyod gubernatori lavozimlarini egallagan.
Muhammad bin Salmon (1985-yilning 31-avgustida tug‘ilgan) — 2017-yilning 21-iyunidan Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi. Qirol Salmonning o‘g‘li. 2015-yilning 23-yanvaridan mamlakatning mudofaa vaziri va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari. Qirollik sudi rahbari.
Al-Valid bin Talyal Al Saud (1955-yilning 7-martida tug‘ilgan) — qirol Salmonning jiyani, Talyal ibn Abdulaziz Al Saudning o‘g‘li. Tadbirkor va xalqaro investor, Qirollik xolding kompaniyasi rahbari. 2017-yilning 31-mayida uning boyligi 17,1 milliard dollarga baholangan. Time jurnali unga “Arab Uorren Baffeti” laqabini bergan.
Bandar bin Sulton Al Saud (1949-yilning 2-martida tug‘ilgan) — Saudiya Arabistoni shahzodasi, qirol Salmonning jiyani. 1983—2005-yillarda Saudiya Arabistonining AQShdagi elchisi. 2005—2015-yillarda Milliy xavfsizlik kengashining bosh kotibi, keyinchalik bu lavozim bekor qilingan.
Sulton bin Salmon ibn Adbulaziz Al Saud (1956-yilning 27-iyunida dunyoga kelgan) — 2000-yildan buyon Turizm va milliy meros bo‘yicha komissiyaga yetakchilik qilib kelmoqda. Qirol Salmonning hozirda hayot o‘g‘illaridan kattasi. 1985-yilda arab dunyosining kosmosda bo‘lgan birinchi vakili bo‘ldi.
Mukrin ibn Abdulaziz Al Saud (1945-yilning 15-sentabrida tug‘ilgan) — qirol Salmonning kichik ukasi. Qirol Abdullohning o‘limidan so‘ng 2015-yilning 23-yanvarida valiahd shahzodaga aylandi. O‘sha yilning 29-aprelida qirol Salmon taxt merosi tartibini o‘zgartirgandan so‘ng mazkur maqomidan ayrildi. 2005—2012-yillarda Umumiy razvedka xizmatiga rahbarlik qilgan. 1980—2005-yillarda dastlab Xail viloyati, keyinroq Madina viloyatining gubernatori bo‘lgan.
Feysal bin Bandar Al Saud (1943-yilda dunyoga kelgan) — 2015-yilning 29-yanvaridan Ar-Riyod viloyati gubernatori. Qirol Salmonning jiyani. 1992—2015-yillarda Al-Qosim viloyatini boshqargan.
Muhammad bin Naif bin Abdalaziz Al Saud (1959-yilning 30-avgustida tug‘ilgan) — Saudiya Arabistoning sobiq merosxo‘r shahzodasi (2015-yilning 29-aprelidan 2017-yilning 21-iyuniga qadar). Qirol Salmonning jiyani, Naif bin Abdal-Azizning (2012-yilda vafot etgan valiahd shahzoda) o‘g‘li. 2012-yilning 5-noyabridan 2017-yilning 21-iyuniga qadar mamlakat ichki ishlar vaziri lavozimini egallagan.
Mutaib bin Abdulloh bin Abdalaziz Al Saud (1952-yilning 26-martida tug‘ilgan) — 2013-yildan boshlab Saudiya Arabistoni Milliy gvardiyasi vaziri. 2010—2013-yillarda Milliy gvardiya qo‘mondoni. Qirol Salmonning jiyani, sobiq qirol Abdullohning o‘g‘li. | 29 | 3,133 |
Foto | Suratlarda qolgan Toshkent. Saqlanib qolmagan qiziqarli inshootlar (fotojamlanma) | “Kommersant.uz” Toshkentdagi e’tiborga loyiq bo‘lgan, lekin buzib yuborilgan o‘nta inshootdan iborat tarixiy fotojamlanmani taqdim etdi. Poytaxtning tarixiy qiyofasi haqida “Qadimiy Toshkent” arxiv fotosuratlari loyihasi bilan hamkorlikda hikoya qilindi.
Semyon Fridlyand surati, 1934-yil
Fabrika-oshxona 1934-yilda qurilgan. Keyinroq u Lenin nomidagi radiolampa zavodi (“Foton”) korpuslaridan biriga aylandi. 2013-yilda buzib tashlangan. Uning o‘rnida hozir “O‘zavtosanoat” bosh ofisi joylashgan.
Fabrika-oshxona – inqilob davri konstruktiv me’morchiligining yorqin namunasi bo‘lib, yosh sovet davlati uslubiyati va mafkurasini o‘zida yaqqol namoyish etardi. Panoramali derazalar, keng, aniq shakl va amaliy, optimal hisoblangan rejalashtirish minimum vaqt ichida maksimal darajada ko‘p ishchilarga xizmat ko‘rsatish imkonini bergan. Fabrika-oshxonalar 1920-yillarda butun mamlakat bo‘ylab qurilgan – kommunizm quruvchilari nazarida, insonlar qimmatli vaqtlari va kuchlarini uyda taom tayyorlashga ishlatmasliklari kerak edi (bu g‘oya yashash joyiga ham ta’sir ko‘rsatgan – aynan shu sababli sovet davri uylarida oshxonalarga shunchalik kam joy ajratilgan). Hayot bu g‘oya safsata ekanligini ko‘rsatdi, lekin binoning o‘zi tariximizdan o‘rin egalladi.
“Vatan” kinoteatri kiraverishidagi qizlar. Maks Penson surati. 1959 yilda “Vatan” kinoteatri, “Zodchestvo Uzbekistana” kitobidan olingan surat.
1937–1940-yillarda qurilgan “Vatan” kinoteatri (o‘sha paytlarda u “Rodina” deb ham yuritilardi) – Stalin davri me’morchiligining ajoyib namunasi. Oynavand fasadli keng ko‘lamli monumental bino o‘zbek yog‘och o‘ymakorligi naqshlarini esga soluvchi ustunlar bilan bezatilgan. Afsuski, 1966-yilgi zilzilada kinoteatr binosi kuchli zarar yetdi. Uni buzib tashlab, o‘rnida Hamza nomidagi teatr (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri) qurishga qaror qilindi.
Eng so‘nggi va shu sababli, eng achinarli yo‘qotish – Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi qoshidagi chasovnya – kichik cherkov binosi bo‘ldi. Seminariya 1887-yilda Konstantin xiyoboni (hozirgi Amir Temur xiyoboni) yonida barpo etilgan. 1917-yil inqilobidan keyin seminariya O‘lka o‘zbek erkaklar maorif institutiga o‘zgartirildi. Keyinroq bino buzib tashlandi.
1930-yillarda cherkov yopildi, gumbazlari buzildi, biroq binoning o‘zidan turli maqsadlarda ishlatishda davom etildi. 1990-yillarda u yerda bank ofisi joylashdi. 2009-yil 18–21-noyabrda cherkov binosi butkul buzildi.
Bosh jome masjidi 1451-yilda Shayx Ubaydulloh Xo‘ja Ahror valiy mablag‘lari evaziga bunyod etilgan. Masjid 1868-yildagi zilzilada vayron bo‘lgan, 1882-yilda qayta tiklangan binosi 1966-yilgi zilzilada kuchli zarar ko‘radi va 1997-yilda butunlay buzib tashlanadi. 2003-yilda barpo etilgan yangi jome masjid avvalgisidan mutlaqo o‘zgacha ko‘rinishga ega.
Maj’am madrasasi
Eski shahar va masjid
Toshkentdagi milliy hammom 1974-yilda qurilgan Chorsu hammomi – bu sovet me’morlarining zamonaviy me’morchilik va muhandislik yechimlarini o‘zbek tasviriy an’analari va mahalliy hayot turzi bilan uyg‘unlashtirishga urinishlaridan biridir. Mohiyatan an’anaviy sharqona hammom tashqi ko‘rinishidan Bobil zikkuratlarini yodga solardi, lekin ko‘plab noyob zamonaviy yechimlar asosida qurilgandi. 2000-yillarda hammom o‘z o‘rnini yangicha hayotga bo‘shatib berdi – uning o‘rniga ko‘p qavatli avtoqo‘nalg‘a qurildi.
Tashqi ko‘rinish
Hammom. Tarx
Toshkentdagi Spaso-Preobrajensk sobori, shimoli-g‘arbdan ko‘rinishi, 1908-yil.
Toshkentda inqilobdan oldingi davrda qurilgan pravoslav cherkovlaridan bizning kunlarimizgacha faqat bittasi – Botkin qabristonidagi Aleksandr Nevskiy cherkovi saqlanib qolgan. 1920–30-yillardagi qatag‘on darvida Sergiyev cherkovi, Blagoveshensk ibodatxonasi buzib tashlandi. Toshkentdagi birinchi Iosif-Georgiyev cherkovi qoldiqlari 1990-yilda olib tashlandi.
XX asr boshlarida temir yo‘l ehtiyojlari uchun me’mor G.M.Svarichevskiy tomonidan qurilgan minora ko‘p yillardan buyon ishlatilmay kelinardi va, aftidan, aynan shu sababli shahar rahbariyati 2017-yil sentabrida uni buzib tashlashga qaror qildi. Holbuki, minoraning jozibali metall konstruksiyasi shahar landshaftining bezagi sifatida saqlab qolishga arzirdi.
Salor daryosi manzarasi. Orqada – suv minorasi. Otkritka.
1911-yil. Xotin masjidi. Eski shahar, Toshkent
Xotin masjidi. Shayxontohur majmuasi ichidagi, Langar hovuzi bo‘yidagi qizil choyxona.
Xotin masjidi ichki ko‘rinishi
Ixcham, serbezak Xotin masjidi 1754-yilda qurilgan bo‘lib, 1932-yilda Eski shahardan Shayxontohur majmuasi hududiga ko‘chirib o‘tkazilgan. 1967-yilda kutubxona sifatida ishlatilayotgan masjid buzib tashlandi.
Sovnarkomning jiddiy, sodda, zohidona ulug‘vor binosi 1931-yilda barpo etilgan. Bino fasadi, postamentlari va tribunasi bilan mavzoleyni yodga soluvchi Lenin haykali va uning qarshisidagi keng maydon – bular bari Moskvadagi Qizil maydonning Toshkentdagi analogi bo‘ldi. Qolaversa, u ham shunday nomlanar va shaharda o‘tadigan barcha namoyishlarni qabul qilardi. 1948-yilda bu yerda Hukumat uyi qurildi. 2003-yilda Senat qad rostladi.
Oloy bozori bir necha asrlardan buyon mavjud, lekin mashhur qiya ustunli ochiq, keng pavilyonlar faqat 1970-yillarda paydo bo‘ldi. 2016-yilda pavilyonlarni butunlay buzib tashlashdi. Afsus – zamonaviy temir-beton konstruksiya ostida joylashgan sharqona bozor shaharning eng fotojozibali va yodda qolarli maskanlaridan edi.
1970-yillar. Oloy bozori. Noma’lum muallif | 81 | 5,408 |
Foto | Yilning mobil telefon orqali olingan eng yaxshi suratlari | Tengi suratlar olish uchun eng zo‘r fotoapparat kerak, deb o‘ylasangiz, adashasiz. iPhone Photography Awards (IPPAWARDS) tanlovi yil yakunlarini sarhisob qildi — g‘olib suratlarni ko‘rib, ular mobil telefon kamerasi yordamida olinganiga ishongingiz kelmaydi.
Hakamlar hay’ati minglab suratlar orasidan sakkizinchi bor o‘tkazilayotgan IPPAWARDS g‘oliblarini aniqladi. E’tiboringizga havola qilinayotgan suratlar tanlov yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. | 57 | 462 |
Foto | Fotogalereya: Ayrimlarga omad rostdan ham kulib boqishini isbotlovchi suratlar | AdMe ba’zilar hayotda rostdan ham omadli ekanligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Mashinaga hech qanday shikast yetgani yo‘q
Eng muhimi — shkaf eshigini ehtiyotkorlik bilan ochish
Do‘kondagi barcha kassalar ishlaganida
Haydovchining omadi bor ekan
Yana ozgina chaproqqa kirganida bormi…
“Kalitlarim lift shaxtasiga tushib ketishiga sal qoldi”
Barcha chipslar shunaqa bo‘lsa ekan
Bu jekpot!
Besh bargli beda
“Bu qadar ulkan limonni hech ko‘rgan emasman”
Suratdagidan “biroz” farq qilarkan
Yana bir necha santimetr bo‘lganida…
“Olmaxon daraxtdan yiqilib tushgan ko‘rinadi”
Barcha barmoqlar omon qoldi
Bu uning hayotidagi eng baxtli kun | 78 | 661 |
Foto | Test: Jahon tarixidagi 33 ta buyuk voqeani suratlarga qarab ajrata olasizmi? | Quyidagi test yordamida jahon tarixi borasidagi bilimlaringizni sinab ko‘ring!
Testning yuklanishini biroz kuting.
Error while processing playbuzz: 0
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 76 | 306 |
Foto | Fotogalereya: Qarab turish imkonsiz bo‘lgan haykallar | Zamonaviy haykaltaroshlik klassik uslublardan keskin farq qiladi. U shakllarning xilma-xilligi, mazmunning boyligi bilan ajralib turadi. AdMe o‘zgacha uslubda yaratilgan haykallar jamlanmasini taqdim etdi. | 53 | 205 |
Foto | Foto: Ona maymunning qayg‘uli chinqirig‘i | Hindistonning Jabulpur shahrida fotograf Avinash Lodxi o‘z bolasini qo‘lida tutib turgan ona maymunning dahshatli qichqirgan holatini suratga oldi. Ko‘rinishidan maymun bolasi o‘lgandek taassurot uyg‘onadi. Biroq u o‘lmagan, shunchaki yiqilib tushib, keyin yana oyoqqa turib ketgan. Fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda katta tezlikda tarqaldi. Bu haqda, The Telegraph nashriga tayanib, “Moya planeta” xabar berdi.
Fotografning so‘zlariga ko‘ra, bolasining yiqilib tushishi ona maymun uchun stressli holat bo‘lgan. Uning aytishicha, hammasi bir lahzada sodir bo‘lgan va u hodisani qanday suratga olganini payqamay qolgan. Fotosurat yovvoyi tabiatdagi ona qayg‘usi uchun metafora bo‘lishga ulgurdi. | 41 | 692 |
Foto | Ayb ish qilsa ham, tanbeh berishga til bormaydigan uy hayvonlari (foto) | Uy hayvonlari mehribon va samimiy bo‘lsa-da, gohida egalarining g‘azabini qo‘zg‘atuvchi ishlarni bajaradi. Shunda ham ular aldashni bilmaydi va o‘zini xokisor tutishidan keyin inson unga tanbeh berishni ham istamaydi. Quyidagi hollarda bunga amin bo‘lish mumkin.
“U o‘zi bo‘lishi kerak bo‘lmagan joyda ko‘zlarini shunday qisadi”.
“Qilar ishni qilgan-u, navbatdagi sho‘xlik rejasini tuzmoqda”.
“Iltimos, onangga aytma”.
“Bu men emas”.
“Mening sendvichimni yeb qo‘ygandan so‘ng u yaxshi kuchuk bo‘lishga harakat qiladi”.
“Uyimizda o‘g‘ri paydo bo‘ldi”.
“Qiziq, kim bir qadoq go‘shtli yegulikni iste’mol qildi ekan-a?”.
“Shubhasiz, u biror ayb ish qilgan, ammo nimaligini hali bilolmadim”.
“Birinchi marta uni uyda yolg‘iz qoldirishdi. Men u bilan faxrlanaman”.
“Uch qismdan iborat hikoya”.
“Yogurtimni kimdir paqqos tushirganday tuyilmoqda”.
“Bugun juda og‘ir kun bo‘ldi”.
“Meni shunchaki buni kim qilgani qiziqtirgan edi”.
“Buni bilishni istasangiz, yangi devor qurilmoqda”.
“Uning mualliflik ishiga qoyil qolmay iloj yo‘q”.
“Kam nusxada chop etilgan sevimli kitobim edi”.
“Shlyapamga o‘zi birgina teshik yetishmay turgandi”.
“Mushugimning men va boshqa odamlar bilan o‘zining tutishi”.
“Har qanday vaziyatda ham tabassum va dumni silkitish darkor”.
“Turmush o‘rtog‘im hammomda qichqirgan edi. Kirganimda esa ...”
“Kechirim so‘rashga urinish”.
“Uyga qaytsam kichkintoy o‘zida yo‘q xursand, chunki stol ustida qoldirilgan pitssani paqqos tushirgan”.
“Ikki haftalik mehnatimni uyga kelganda ko‘rdim”.
“Vaqtida qo‘lga tushdi”.
“Dasturxondagi sendvich g‘oyib bo‘ldi, ammo Dag buni qilmaganini aytmoqda”. | 71 | 1,622 |
Foto | Foto: Pardoz-andozning zo‘ri shuncha bo‘lurmu, hay-hay! | Taniqli fotosuratchi Muhiddin Ali Instagram’dagi sahifasida O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonovaning yangi fotosuratini e’lon qildi.
Muhiddin Ali surat ostida: “Zulayho Boyxonovaning bahoriy kayfiyatdagi banneri uchun”, — deya izoh qoldirgan. Instagram foydalanuvchilaridan biri xonanda bu suratda yosharib ketganini qayd etib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Zulayho Boyxonova 1963-yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. U 1996-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2003-yilda esa O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.
Qayd etish joiz, fotosuratchi Muhiddin Ali bilan so‘nggi vaqtlarda qator taniqli san’atkorlar hamkorlik qilmoqda. Ular orasida Shahzoda, Nilufar Usmonova, Munisa Rizayeva, Jo‘rayevlar sulolasi, Farhod va Shirin kabilar bor. | 55 | 761 |
Foto | Foto: Sankt-Peterburg aeroportidagi kapsulali mehmonxona | Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Pulkovo aeroportida Aerosleep nomli 13 ta xonadan iborat kapsulali mehmonxona ochildi. Mehmonxona tranzit reyslarini kutib, aeroportda ko‘p vaqt qolib ketadigan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan. TJournal mehmonxona suratlarini taqdim etdi.
Har bir kapsulaga karavot o‘rnatilgan bo‘lib, unga ikki nafar katta kishi va yosh bola joylashadi. Shuningdek, kapsulada rozetkalar, konditsioner, budilnik, seyf va ko‘ngilochar tizim mavjud. Dam olishning bir soati 190 rubldan boshlanadi, biroq kapsula oldindan band qilinsa, narx arzonroq bo‘lishi mumkin. | 56 | 587 |
Foto | Fotoreportaj: Nepal qishloqlarining kutilmagan mo‘jizalari | Suratkash Tanya Sharapova Nepalning chekka tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi insonlarning hayot tarzini tadqiq etadi. Bu safar u o‘z guruhi bilan Himolay so‘qmoqlari orqali Nar va Pxu qishloqlariga yo‘l oldi, deb yozadi National Geographic.
“O‘g‘lim — rohib. Hozirda u Katmanduga ketganligi sabab, men ibodatxonaga qarab turgani keldim. Bu yerda uch kishimiz: men, dugonam Pxunju Kxano va mushugimiz Gxuri. Bu mushukni o‘g‘lim to‘rt yil oldin uyim (Nar qishlog‘i)ga borayotganida topib olgan. Gxuriga omad kulib boqdi: axir qayerda mushukni chapati, sut va quymoqlar bilan boqishadi? Mana, biz boqamiz”, — deydi Chorten Dolma.
Chortenning uyidan o‘g‘li yashaydigan ibodatxonagacha uch soatlik yo‘l. 4 150 metr balandlikka qarab tog‘ so‘qmoqlari bilan yurib borish kerak.
Tanya Sharapova o‘z jamoasi bilan 4 050 metr balandlikdagi Pxu qishlog‘igacha to‘rt soatlik yo‘lni bosib o‘tdi. Bu yerda hayot juda og‘ir — atrof to‘la tosh, kuchli shamol, kuz va qish fasllarida havo juda sovuq.
Pxuda 52 ta uy joylashgan, biroq ularning bir qismi yopiq; uy egalari ancha vaqtga bu yerni tark etgan. Kimdir Katmanduga, kimdir sharoit yaxshiroq bo‘lgan Manang qishlog‘iga ko‘chib ketgan. Aholining bir qismi pul topish ilinjida Koreya, Amerika va Belgiyaga yo‘l olgan. | 58 | 1,263 |
Foto | Aeroportning o‘z qonun-qoidalariga ega bo‘lgan alohida dunyo ekanligini isbotlovchi suratlar | Aeroportga kirgandan so‘ng o‘zgacha muhit boshlanadi va albatta, qiziqarli sarguzashtlar yuz beradi. Masalan, dunyo bo‘ylab safarga chiqqanlar orasida o‘xshash chehralarni uchratish, kutish xonasini o‘z uyi deb bilish yoki uxlab qolib, parvozni o‘tkazib yuborish kabi holatlar doimo takrorlanib turadi.
Ushbu juftlik aeroportga uyquning yangi bosqichini olib keldi.
Kimdir ikkita pitssani qo‘lida olib kelishga qaror qilgan.
“Bu yo‘lovchining o‘zi bilan olib kelayotgan yuki. Ammo meni tirnoq oladigan uskunam xavfli deb topildi”.
“Aeroport hojatxonasida josuslik qilayotgan it”.
Amsterdamdagi Sxipxol aeroportidagi soat. Bu haqiqiy san’at asari.
Bu odam shunchaki aeroportda sichqonchani oyog‘iga qo‘yib, Age of Empires o‘yinini o‘ynadi.
“Aeroport xonalaridan 4 xil ko‘rinishdagi qo‘l quritkichlarni ko‘rdim”.
“Kimdir ushbu tayoqni olib ketmoqchi bo‘lgan”.
Aeroportdagi haqiqiy insonga o‘xshatib ishlangan haykal.
Minneapolis aeroportidagi qo‘l yuvish moslamalari panjarasida samolyot tasvirlangan.
Singapurdagi chiqish yo‘lagiga maxsus quvurlar orqali ham borish mumkin.
“Otam aeroportda egizagini kutib oldi”.
Ushbu robotlar Seuldagi Inchxon aeroportida aylanib yuradi. Odamlar undan parvoz haqidagi ma’lumotlarni bilib olishi mumkin.
Mana o‘sha aeroportdan olingan yana bir surat.
McDonald’s Sidney aeroportida shunday ishlaydi. Buyurtmalar maxsus mexanizm yordamida ikkinchi qavatdan tushiriladi.
“Bugun ertalab kutish xonasida uning uxlayotganini ko‘rdim”.
“Aftidan, ular ovozimizni yozib olishadi. Bremen aeroporti”.
“Soat 2:30, Melburn aeroporti. Yigit muzlatilgan sabzavotlarni iste’mol qilmoqda”.
“Aeroportdagi odatiy kun”. | 92 | 1,651 |
Foto | Fotogalereya: Keyt Middltonning malika Dianaga taqlidi | Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyamning raqifasi Keyt Middlton o‘z vatanida va xorijda mashhur hisoblanadi. Keytning tashqi ko‘rinishiga dunyodagi millionlab qizlar taqlid qiladi. Keytning o‘zi esa marhum qaynonasi malika Diananing uslubini takrorlaydi. “Fotoshedevri” buning isbotini ko‘rsatuvchi suratlarni taqdim etdi. | 54 | 319 |
Foto | Foto: Bodoqko‘l sehri | “Daryo” nashrida havaskor fotosuratchi Feruz Ibodullayevning Katta Chimyon cho‘qqisi va Urungach ko‘liga uyushtirgan sayohatlaridan olingan fotosuratlar e’lon qilingan edi.
Tabiatni suratga olishda usta bo‘lgan Feruz Ibodullayev 23—24-iyul kunlari Toshkent viloyatidagi tog‘lar bag‘rida, dengiz sathidan 1,7 ming metr yuqorida joylashgan yana bir ajoyib suv havzasi — Bodoqko‘lga safar qildi.
Bodoqko‘ldagi yulduzlarga to‘la osmon, kishini xayolga ko‘muvchi ufq, maftunkor tong va zilol ko‘l suratlarini tomosha qilib, tabiat qo‘yniga virtual sayr uyushtiring!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 21 | 724 |
Foto | Faqatgina Toj Mahal, Shohrux Xon yoki Holi festivali emas: Hindistonning qanchalik g‘aroyib mamlakat ekanini siz o‘ylamagan rakursda ko‘rsatib beruvchi suratlar | Ko‘pchilik Hindiston deganda darhol ulug‘vor Toj Mahal, qashshoq tumanlar yoki yorqin Holi festivali haqida gapiradi. Hindistonning ba’zi shtatlarida qor va chang‘i kurortlari borligini, bu yerda ovqatni banan barglarida yeyish mumkinligini va ayollar ko‘pincha faqat bir qo‘lining tirnoqlarini o‘stirishi haqida hamma ham bilmaydi.
Bu 8 kilo ovqat solingan patnis. Kim uni 40 daqiqada tugatsa, sovrin yutib olishi mumkin.
Hindistonning ayrim hududlarida to‘satdan qor yog‘ishi mumkin. Bu mamlakat manzaralarini bu holda tasavvur qilish qiyin.
Bu kabi qushlar derazalardan qarashni yaxshi ko‘radi
Hindistonlik muhandis bahorda eriydigan va Himalay tog‘lari aholisiga qurg‘oqchilikda yordam beradigan muzdan maxsus minora loyihalashtirdi.
“Men Mumbayda yashayman, bu qushlar har kuni ertalab biznikiga uchib keladi”
Hindlarda to‘y shunday bo‘ladi. Kelin-kuyov katta oq kursida o‘tiradi.
Hindistonda sigirlar teng huquqli yo‘l foydalanuvchilari hisoblanadi.
“Do‘stimning otasi choy plantatsiyasida boshini chiqarib turgan ilonni suratga oldi”.
Janub shtatlarida ko‘p asrlik an’anani saqlab qolgan holda hali ham taomni banan barglarida yeyishadi.
Qo‘lda yasalgan savat sotayotgan erkak.
Hindistonning o‘z mini-Shveysariyasi — Kashmiri bor.
Bu yerda hatto g‘ayrioddiy rangdagi malina ham bor.
“Mening ona shahrim Patnada oqshom payti”
Ba’zi qizlar faqat chap qo‘l tirnoqlarinigina bo‘yaydi.
“Faqat Hindistonda faqat chap qo‘lining tirnoqlarini o‘stiradigan ayollarni uchratasiz”. | 160 | 1,490 |
Foto | AQSh sobiq prezidenti Jon Kennedining maxfiy bunkeri qanday ko‘rinishga ega? | 3-mart kuni Vashingtonda Oq uy ostida yadro urushi ehtimoli uchun ikkinchi maxfiy bunker barpo etilganligi ma’lum bo‘ldi. Qurilish ishlari 2010-yilda boshlanib, u 376 million dollarga tushgan. 60-yillarda AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi uchun Floridada maxsus boshpana barpo etilgan. AQSh sobiq prezidentining maxfiy bunkeri qanday ko‘rinishga ega ekanligi “RBK” fotogalereyasida.
AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining boshpanasi Florida shtatining Pinat orolida AQSh Qirg‘oq mudofaasi sobiq bazasi hududida joylashgan.
Detachment Hotel deb nomlangan bunker Sovuq urush davrida qurilgan va 30 kishi — AQSh prezidenti, uning oilasi va bir necha maslahatchi uchun mo‘ljallangan. Bunker qurilishi 97 ming dollarga tushgan.
Bombapanohgoh yadro zarbasi amalga oshirilgan taqdirda yashirinish uchun mo‘ljallangan edi. Tahdid yuzaga kelgan taqdirda xavfsizlik xizmati o‘n daqiqada Kennedini orolga yetkazishi kerak edi.
Yashirin boshpanada Kennedi ishlagan stolning nusxasi, karavotlar, gazniqoblar joylangan shkaflar va birinchi yordam vositalari bo‘lgan.
Qachonlardir maxfiy bo‘lgan obyekt hozir — tarixiy diqqatga sazovor joy. 1998-yildan buyon Palm-Bich Dengiz muzeyi bu yerda muntazam ekskursiyalar o‘tkazib keladi.
“Bunker Kennedi” muzeyining sobiq direktori Entoni Millerning so‘zlariga ko‘ra, prezident bir necha marta bunkerga kelgan va o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.
Uzun yo‘lak oxirida havoni tozalovchi qurilma o‘rnatilgan xona bor.
Miller bunkerga kirish jarayoni kiyimlarni radiatsiyaga tekshirishni ham o‘z ichiga olganligini so‘zlab beradi.
Bunker haqidagi ma’lumot 70-yillar o‘rtalarida oshkor etilgan, 1999-yilda esa u sayyohlar uchun ochilgan. | 76 | 1,675 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning ko‘plab sayyohlar bilmaydigan ajoyib joylari | Dunyoda shunday hayratlanarli joylar borki, ular haqida ko‘pchilik bilmaydi. AdMe ana shunday joylarning ba’zilariga e’tibor qaratdi. | 68 | 133 |
Foto | Fotogalereya: Dunyo shaharlaridagi metrolar | Metro jamoat transportining eng qulay tez yuradigan turlaridan biri hisoblanadi. TravelAsk dunyo shaharlaridagi ana shu transport haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. | 43 | 173 |
Foto | Oddiy narsalar yangiliklar sarlavhasidan ko‘ra ko‘proq hayratga solishga qodir ekanligini isbotlovchi suratlar | Bananlarda chindan ham urug‘ borligi, uy kapalaklarining uzunligi hattoki 13 santimetrga yetishi mumkinligi va O‘lik dengizi tubidagi tuzlar go‘yoki muz bo‘lagidek ko‘rinishiga ishonish qiyin. Ammo shunday noyob va oddiy kashfiyotlar barchaga tanish bo‘lgan narsalarga yangi ko‘z bilan qarashga undaydi va hayratlanishni o‘rganishga imkon beradi, xuddi bolalik davridagi kabi.
Kurtaklardan o‘sib chiqqan ikki atirgul.
“Deyarli 13 santimetr uzunlikdagi kuya kapalakni topdik”.
Sidney opera teatrining fasadi yaqindan ko‘rinib turibdi.
Ushbu koptoklar suv mashinasining ichida muvozanatni ushlab turishda ishlatiladi.
O‘zining suyuqligidan foydalangan holda shilliqurt tomdan tushdi.
Kir yuvish mashinasida uzoq vaqt qolib ketgan tangalar.
Qizil karamdagi qiziqarli naqsh.
Havo bilan to‘ldirilgan kartoshka bo‘lagi.
“Idishim ostida yig‘ilgan mineral cho‘kindi”.
O‘lik dengiz tubidagi muz bo‘laklari.
Ko‘rinishidan bu joy ko‘p bo‘yalgan.
“Qirg‘oqdan dengiz tipratikani skeleteni topdim”.
“Men kurtkamni oxirigacha yopilishini bilib qoldim”.
“Beshiktebratarning tashlangan terisi topildi”.
“Hovlimda kecha-yu kunduz yonib turuvchi panjara shaklidagi chiroqlar o‘tlarni kuydirib yubordi”.
Bunday stikerning orqa qismida protsessorning tuzilishini aniq ko‘rish mumkin. | 110 | 1,277 |
Foto | AQSh televideniyesida eng ko‘p maosh oladigan aktrisalar (foto) | “Gazeta.ru” Forbes reytingi bo‘yicha eng ko‘p maosh oladigan AQSh televideniyesi aktrisalari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Birinchi bor “Amerikaliklar oilasi” serialida Gloriya Delgado-Pritchett ro‘lini ijro etgan aktrisa 2012-yildan beri Forbes reytingida birinchilikni tark etgani yo‘q. 2016-yilda uning daromadi 43 million dollarni tashkil etgan.
Asli kaliforniyalik bo‘lgan Keyli “Ulkan portlash nazariyasi” shousida 10 yildan beri suratga tushadi va bu vaqt davomida u AQShda eng ko‘p maosh oladigan teleaktrisalardan biriga aylandi. Hozirda u birgina epizod uchun 1 million dollar oladi, o‘tgan yildagi daromadi esa 24,5 million dollarni tashkil etgan.
“Ofis” serialining yulduzi Mindi Kaling 2016-yilda 15 million dollar ishlab topgan. 2012-yilda 38 yoshli aktrisaning o‘zi prodyuserlik qilgan “Mindi Loyihasi” seriali unga yaxshigina daromad keltirgan.
Law & Order: Special Victims Unit serialining 53 yoshli yulduzi Marishka ko‘plab mukofotlar, jumladan, “Emmi” va “Oltin globus” sohibasi sanaladi. Uning 2016-yildagi daromadi 14,5 million dollarni tashkil etgan.
Keyingi pog‘onani ham yiliga 14,5 million dollar daromad bilan Grey's Anatomy seriali aktrisasi Ellen Pompeo egalladi. Ellen 2005-yilda beri jarroh Meredit Grey rolini o‘ynab keladi. Shu roli orqali u 2009-yildan beri Forbes jurnalida barqaror o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
Scandal seriali yulduzining o‘tgan yildagi daromadi 13,5 million dollarni tashkil etdi. Asli bronkslik bo‘lgan, Jorj Vashington universiteti bitiruvchisi 40 yoshli Kerri o‘zining kinodagi jiddiy ishlari bilan maqtansa arziydi. U Ray, Mr. & Mrs. Smith, Fantastic Four, Django Unchained filmlaridagi rollari bilan tanilgan.
Castle serialidagi izquvar Keyt Bekket roli (2009—2016-yillarda ekranga uzatilgan) 39 yoshli aktrisaga 12 million dollar daromad bilan reytingdan o‘rin olish imkonini yaratib berdi. Suratga olish ishlari yakunlangach Stana “Amneziya” serialida yana izquvar rolini ijro etmoqda. | 63 | 1,967 |
Foto | Professionallarsiz fazoga uchgan raketa, yorqin rangdagi hukumat binosi, qasamyod qilayotgan kursantlar — 16 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Ilon Maskning «SpaceX» kompaniyasi tarixda ilk bor kosmosga ekipaji professional astronavtlardan iborat boʻlmagan fazoviy kema uchirdi. Suratlarda Falcon 9 raketasining yerdan koʻtarilishi tasvirlangan.
Shimoliy Koreyada temir yoʻl raketa polkining sinov parvozi.
Meksika hukumati binosi mamlakatning mustaqillik bayramida yorqin ranglarga burkandi.
Sudanning Al-Qana shahrida yomgʻir sababli Oq Nil daryosi toshib ketdi. Toshqindan qochqinlar lageri katta zarar koʻrdi. Suratda qochqinlar toshqin oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Turkiyadagi Iskandar koʻrfazida chaqmoq chaqishi.
Indoneziyaning Jakarta shahridagi kinoteatrlarning birida kinosevar tomoshabin kino boshlanishini kutmoqda. Mamlakatdagi kinoteatrlarga 16 sentyabrdan qayta faoliyat boshlashga ruxsat berildi.
Germaniyada polisiya akademiyasini tamomlagan kursantlar qasamyod qilish marosimida.
Londonda joylashgan «Royal Botanic Gardens Kew» bogʻidagi gigant nilufar gullar. Ushbu bogʻ eng katta oʻsimliklarga egalik qilish boʻyicha Ginnes rekordlariga kirdi.
Hindistondagi maktablarning birida koronavirus sababli ochiq havoda dars oʻtilmoqda. Qizaloq dars davomida mikroskopdan foydalanmoqda.
Kanadaning Kvebek provinsiyasida joylashgan restoranlarning birida amaldagi bosh vazir saylovoldi kampaniyasi oʻtkazdi. Tanaffus paytida Jastin Tryudo chaqaloq bilan oʻynamoqda. | 127 | 1,396 |
Foto | Foto: Alina Kabayeva musobaqaga qizalog‘i bilan birga keldi | Moskvada Alina Kabayeva sharafiga nomlangan “Gazprom” chempionlar kubogi uchun badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Fotoshedevr”.
Unda qatnashish uchun dunyoning 33 mamlakatidan yosh sportchi qizlar tashrif buyurdi. Alina Kabayevaning o‘zi esa turnirga qizalog‘i bilan keldi. Ularning musobaqada birga tushgan suratlari internetda tarqalib ketdi, foydalanuvchilar esa ona-bolani maqtovlarga ko‘mib tashladi. | 59 | 433 |
Foto | Zamonaviy Bollivud: Eng taniqli hind aktrisalari qanday uslubda kiyinadi (foto) | Bollivud shuncha ommabopligiga qaramay ham, dunyodagi millionlab muxlislar uchun haqiqiy sir bo‘lib qolmoqda. Mashhur hind aktrisalarining uslubi sahnadan tashqarida qanday ekanligi esa yanada qiziq.
Ayshvariya Ray
Bollivudning eng yorqin yulduzlaridan biri nafaqat kino karyerasi bilan shug‘ullanadi, balki ko‘plab taniqli brendlarning yuzi hamdir. Shuning uchun, Rayning har bir chiqishi moda tanqidchilarining diqqat markaziga aylanadi. Ammo aktrisa o‘z uslubini saqlab qolgan.
Priyanka Chopra
Priyanka ayollik nazokatini aks ettiruvchi ko‘ylaklar kiyishni xush ko‘radi. Vaqti-vaqti bilan moda borasida tajribalar ham qilib turadi. Bu, albatta, aktrisani yanada latofatli ko‘rsatadi.
Anushka Sharma
Anushka ham avvalgi qahramon singari uslublar borasida tajriba qilishdan qo‘rqmaydi. Lekin u an’anaviy liboslarni ham unutmaydi! Gohida uni zamonaviylik va milliylikni uyg‘unlashtirgan uslubda ham ko‘rish mumkin.
Dipika Padukone
Hind yulduzlari orasida klassikaning muxlislari ham bor. Dipika sodda va uzun liboslarni yaxshi ko‘radi. Kechki sayr uchun Gollivud qiyofasini tanlasa, ish kunlari rasmiylikka e’tibor qaratadi.
Frida Pinto
Frida Pinto Gollivudda ham mashhurlikka erishishidan avval Bollivud yulduzi bo‘lgan. Aktrisa ijtimoiy tadbirlar va moda namoyishlariga tez-tez tashrif buyuradi, shuning uchun ham yangi tendensiyalarni kuzatib boradi.
Sonam Kapur
Hindistonning eng mashhur sulolasining ikki vakili − Sonam va Karina klassik va zamonaviy tendensiyalarni aralashtirishni afzal ko‘radi.
Karina Kapur
Karina Kapurning dunyo bo‘ylab muxlislari uning uslubini kuzatib boradi va aktrisalarning yangi obrazlarini e’tibordan qoldirmaydi. | 79 | 1,660 |
Foto | Fotogalereya: Yorqin va o‘ziga xos Istanbul | Istanbul Turkiyaning eng go‘zal, yorqin va o‘ziga xos shaharlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat sayohatchilar Istanbulga inson hayoti davomida bir marta bo‘lsa ham kelishi kerak bo‘lgan joy deb hisoblaydi. Loveyouplanet taqdim etgan suratlarga boqib, bu fikrga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin. | 43 | 299 |
Foto | Fotogalereya: Yegulik ko‘rinishidagi o‘rindiqlar | Rassom Garis Justovich g‘oyalari asosida yaratilgan meva va boshqa yeguliklar ko‘rinishidagi o‘rindiqlar o‘zining noodatiyligi bilan ajralib turadi. “Mazali” stullarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani yo‘q, ular hozircha faqat loyiha sifatida mavjud, Billionnews stullarning fotojamlanmasini taqdim etdi.
Ko‘plab internet foydalanuvchilari allaqachon bunday g‘aroyib jihozlarni sotib olishga tayyor ekanligini bildirgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 48 | 501 |
Foto | Noodatiy dizayni bilan hayratga soluvchi oddiy narsalar (foto) | Karl Lagerfeldning so‘zlariga ko‘ra, “Absurd va antiabsurd – ijodiy energiyaning ikki qutbidir”. Aslida har bir inson hayotning aqlbovar qilmaydigan murakkabliklarida noyob ipdir. Ayrimlar esa uning g‘alati go‘zalligiga sezilarli hissa qo‘sha oladi.
“Ushbu ryukzakni Santa-Monikadagi savdo markazida ko‘rdim”.
“Agar ko‘zlar harakatlana boshlasa, darhol binoni tark eting”.
“Stakanlardan yasalgan qandil”.
Qo‘shimcha tayanchli velosiped o‘rindig‘i.
Lichinka ko‘rinishidagi go‘shtli va sabzili pirog. Ularning ta’mi ajoyib bo‘lishi kerak!
Noodatiy Elvis.
“Onam chig‘anoqdan yasalgan mushukni yaxshi ko‘radi”.
Bu kurtka 940 dollar turadi.
Klaviatura jangchilarining zirhi.
“Onamning mushuk ko‘rinishidagi chivin o‘ldirgichi”.
Mashinadagi mashinachalar.
“Bularni do‘kon yaqinida ko‘rib qoldim”.
Sizningcha, bu qanday jonivor?
Kompyuter sichqonchasidan yasalgan archa. | 62 | 876 |
Foto | Filmlarda mayda rollarni ijro etgan mashhurlar (foto) | AdMe kinoda siz ehtimol payqamay qolgan mashhurlar va ularning mayda rollari haqida hikoya qildi. | 53 | 97 |
Foto | Foto: Makiyajsiz holatida tanib olish qiyin bo‘lgan yulduzlar | Makiyaj san’ati ham hozirda bir insonni tamoman boshqasiga aylantirib qo‘ymoqda. Ko‘z, lab, burun shakli ... Mohirona tarzda amalga oshirilgan makiyajdan so‘ng yulduzlarni asl holati bilan solishtirib ko‘ring, chindan ham tanib olish qiyin.
Yeva Longoriya
Yeva bug‘doyrang makiyajni xush ko‘radi. U hamma tadbir va marosimlarda aynan shunday makiyajdan foydalanadi. Shuningdek, uning pardozi shu qadar mukammalligidan uning asl holatida tanish mumkin emas. Ammo Eva jozibali bo‘lishiga qaramay, makiyaj borasida biroz boshqa yulduzlardan ham o‘rnak olsa bo‘lar edi.
Sofiya Vergara
Sofiya kamdan kam hollarda uyni bo‘yanishsiz tark etadi. Uni makiyajsiz hollarda atigi ikki marta suratga tushirishgan. 43 yashar Sofiya chindan ham yosh ko‘rinadi va makiyaj uni butunlay o‘zgartirib ham yuboradi.
Lera Kudryavseva
Boshlovchi Lerani hech qachon makiyajsiz ko‘rishmagan. U hatto yengil pardozda ham ulama kipriklarda ko‘rinish beradi. Ayrimlar uni makiyajni tozalash uchun uzoq vaqt sarflasa kerak, deb ham o‘ylaydi.
Xloi Kardashyan
Albatta, Kardashyanlarning boshqa oila a’zolari ham bu ro‘yxatda bo‘lishi mumkin edi. Ammo Xloining surati hammasidan ham ko‘ra ta’sirli hisoblanadi.
Tayra Benks
Tayra o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida turli xil makiyaj va qiyofani sinab ko‘rdi. Ammo uni bo‘yoqlarsiz umuman tanib bo‘lmaydi.
Pamela Anderson
Pamelani ham kamdan kam holatda makiyajsiz ko‘rish mumkin. U odatda ko‘proq ko‘zlariga urg‘u beradi va butunlay boshqa insonga aylanadi.
Rita Ora
Rita ham hamisha yorqin rangli kosmetik vositalardan foydalanadi. Shuningdek, uning pardozi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo uning eng ashaddiy muxlislari ham pardozsiz tanib olishi mushkul.
Iggi Azaliya
Yulduz iloji boricha tabiiylikka intilmoqda. Bir necha qatlam bo‘yoqlar hech kimga tabiiy chiroy baxsh etmasligini anglab yetish vaqti keldi.
Teylor Svift
Teylor makiyajsiz unchalik jozibali ko‘rinmasada 10 yilga yoshroq ko‘rinadi. Ammo yulduzning mukammal makiyaji, ayniqsa, ko‘zga berilgan urg‘u uni jasoratli ayol sifatida namoyon qiladi.
Niki Minaj
Suratni ko‘rgan har qanday inson “bu ikki xil odam” deyishi mumkin. Afsuski, bunday emas. Suratni farqlab turgan asosiy narsa faqatgina makiyaj, xolos. | 61 | 2,206 |
Foto | Kutilmagan vaqtda va joyda uyqusi kelib qoladigan jonivorlar (foto) | Hayvonlar ham odamlar singari uxlashni juda yaxshi ko‘radi. Masalan, itlar kuniga 12 soat uxlaydi, mushuklar esa 15 soatga yaqin. Ammo eng ajablanarli tomoni shundaki, ular buni qanday va qayerda amalga oshiradi?
“Jim, iltimos, mening ‘balig‘im’ endi uxlayapti”.
“Derazadan qaraganda ko‘zim tushgan manzara”.
“Mushuk shunday uxlab qolsa, demak u butunlay baxtli va o‘zini 100 foiz himoyalangan his qiladi”.
“Mening ajoyib holatda uxlovchi mushugim”.
“Mushugimni hech qayerdan topa olmaganimdan aqldan ozay dedim. Uni shu holda topdim”.
“O‘z o‘rnini biladigan mushuk”.
“Uni shu tarzda mehmonxonada uxlayotgan payti topdim”.
“Uning oilasi yaqinda ko‘paydi”.
Kichkina xaski uxlamoqda.
“U allaqachon qarib qolgan, shuning uchun hamma joyda uxlab qoladi. Ammo bugun u ajoyib joyni tanladi”.
“U xohlagan joyida uxlab qolishi mumkin”.
“Bizning Simka uyga shunchalik ko‘p narsalarni kiritdiki, o‘zi uchun yetarli joy qolmadi. Ammo u baribir uxlash uchun joy topdi”.
“Siz bilan biroz uxlasam bo‘ladimi? Rahmat!”
“U uchun eng qiyini uxlamaslikdir. Ammo bu vazifani u hech qachon bajara olmaydi”.
“Bizning mushuk deyarli 2 hafta davomida shunday uxlab yotadi. Oddiy ovqat yeydi, kvartira issiq”.
“Bizning mushukcha yotish uchun eng g‘alati joylarni topadi”.
“Sutni tugatgandan keyin yana uxlab qoladi”.
“Chata shunday uxlashni yaxshi ko‘radi”.
“Kuyovimning iti shunday zina tagida uxlashni yoqtiradi”. | 67 | 1,408 |
Foto | Dunyodagi eng qimmat uyning ichidan fotoreportaj tayyorlandi | The Business Insider nashri Fransiyaning Kann shahrida joylashgan mashhur futuristik Ko‘pik-saroyga virtual sayr uyushtirdi. U dunyodagi eng qimmat xos uy deb tan olingan, deb eslatadi “Korrespondent.net”.
Christie’s International Real Estate
Christie’s International Real Estate’da ko‘rsatilishicha, majmuaning narxi 445 million dollarni tashkil etadi. U ko‘piklar yig‘indisi shaklidagi g‘aroyib dizayni bilan mashhur. Quyidagi fotojamlanmadan ma’lum bo‘lishicha, uyning ichki qismi ham o‘ziga xos tarzda qurilgan ekan.
Christie’s International Real Estate
Christie’s International Real Estate
Christie’s International Real Estate
Christie’s International Real Estate
Christie’s International Real Estate
Christie’s International Real Estate
Christie’s International Real Estate | 60 | 795 |
Foto | Mashhur superqahramonlar bir necha yillar avval va hozir (fotogalereya) | Superqahramonlar dunyosi oxirgi paytlarda kinematografiyada juda ommabop mavzuga aylangan. Har yili super qobiliyatlarga ega odamlarning sarguzashtlari haqida bir nechta kartinalar chiqadi.
AdMe mashhur qahramonlar avvalgi ekranlarda qanday ko‘ringanligini izlab topishga va ularni hozirgi ko‘rinishi bilan taqqoslashga qaror qildi.
2000 va 2013-yil
1978 va 2002-yil
1978 va 2014-yil
1990 va 2016-yil
1943 va 2016-yil
1975 va 2016-yil
1978 va 2013-yil
1994 va 2015-yil
1978 va 2016-yil
1977 va 2008-yil
1966 va 2008-yil
1987 va 2014-yil
1990 va 2016-yil | 71 | 565 |
Foto | Basketbol bo‘yicha AQSh terma jamoasi yashaydigan kema suratlari e’lon qilindi (foto) | AQShning basketbol bo‘yicha terma jamoasi Braziliyada yashash uchun foydalanishga qaror qilgan layner Italiyaning Silver Sea kruiz kompaniyasi uchun yasalgan, deb yozadi “Korrespondent.net”. Hashamatli kema 1994-yilda suvga tushirilgan.
Oltita palubada trenajyor zali, kutubxona, kinoteatr, konsert zali, ochiq basseyn, kazino, spa-markaz, do‘kon, restoran va boshqalar joylashgan.
Nashr ta’kidlashicha, basketbol bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1992-yildan buyon Olimpiada o‘yinlari chog‘ida olimpiya qishlog‘ida yashamaydi. | 85 | 526 |
Foto | Fotogalereya: Yapon arxitektorlarining nostandart ko‘rinishda yaratgan binolari | Yaponlar binolarni qurishda arxitekturaning an’anaviy me’yorlaridan chetga chiqishni hush ko‘radi. Bunday nostandart usulda barpo etilgan binolar haqiqiy san’at asari bo‘lishi ham hech gapmas. Quyida yapon arxitektorlari yaratgan ana shunday binolardan Bigpicture nashri jamlagan namunalar keltirildi.
Ushbu bolalar bog‘chasidagi yomg‘ir suvi bolalar o‘ynashi uchun atayin ichki hovlidagi ko‘lmakka to‘planadi.
Tokio chekkasidagi kichik xususiy uy.
Tokioning Sibuya rayonidagi Ibisu Ist san’at galereyasi.
Kavaguti shahridagi “Sugamo Sinkin” turar joyi.
Sugamo Shinkin Bank filiali binosi.
Tokiodagi “Nakagin” kapsula-binosi.
Osakadagi Namba bog‘lari.
Tokiodagi bog‘li uy.
Sirg‘anchiqli uy.
O‘rmondagi dala hovlilar.
Tokiodagi Sunny Hills qandolatchilik do‘koni.
Shahardagi kichik uy loyihasi.
Kanadzava stansiyasidagi Suzumimon darvozasi
Nagoedagi fanlar muzeyi. | 79 | 876 |
Foto | Instagram‘dagi eng ommabop mamlakat aniqlandi (foto) | Cosmopolitan jurnali Instagram talqini bo‘yicha suratlarda tez-tez paydo bo‘ladigan eng ommabop mamlakat nomini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Jurnal muharrirlari shimol yog‘dusini tavsiya qildi va sayohatchilarga tabiiy hodisalardan bahra olish uchun aholi punktlaridan uzoqroqqa borishni maslahat berdi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni suvining noodatiy rangi bilan ajralib turuvchi issiq buloqlar egallagan.
Shuningdek, Yyokyulsaurloun muzligi va Islandiyaning janubiy qirg‘og‘idagi mashhur Qora plyaj ham qayd etilgan. | 52 | 537 |
Foto | Kutilmaganda odatiy o‘lchamidan juda katta yoki kichikligi bilan insonlarni hayratga solgan narsalar (foto) | Hamisha ham uchratib bo‘lmaydigan o‘ta yirik yoki juda mitti narsalar shubhasiz insonga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Ayniqsa, ularning kutilmagan nisbatlari ham mavjud bo‘lsa, hayrat yanada ortadi.
Akatsiya daraxtining yirik tikanlari insonga ham yangicha og‘riq bersa kerak.
Men tutib olgan yapoloqqush.
Chernikalar o‘rtasidagi farq faqat ularning hajmida.
Baliq o‘ta yirikligi tufayli menda biroz qo‘rquv bor.
Bananlarning kattasi.
Kuchli yomg‘irdan so‘ng topilgan ulkan qo‘ziqorin.
Sport maydonchasining yirik qandili.
Oyog‘im jiyanimning oyoqchasi oldida 51-o‘lchamda.
Suv ostidagi jajji g‘avvoslar.
Kaliforniya shtati Joshua-Tri milliy bog‘idagi ulkan toshlar.
Ushbu qurilmadagi belgilar toshqin vaqtida suv sathini ko‘rsatadi. Mening bo‘yim 180 santimetr.
Katta yuk kemalari uchun mo‘ljallangan zanjirlar.
Ko‘k kitning bosh suyagi.
Goliaf qo‘ng‘izining lichinkasi hali to‘liq voyaga yetmagan.
Qurilish samosvali va oddiygina yuk mashinasi.
“Ronald Reygan” aviatashuvchisining langari.
Gruziya xronikalari yodgorligi.
Ulkan malanga yaproqlari.
Buyurtma internet orqali berilsa va hajmi ko‘rsatilmasa, shunday bo‘lishi mumkin. | 107 | 1,151 |
Foto | NASA turfa rangli Saturn halqasi tasvirlangan suratni e’lon qildi | NASA turfa rangli Saturn halqasining suratini e’lon qildi. Mazkur halqa Tomas Pinchonning 1973-yildagi romani sharafiga “Yerning tortishish kuchi kamalagi” nomini olgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.Ru.
Surat sayyoralararo Kassini stansiyasining keng burchakli kamerasi yordamida olingan bo‘lib, u o‘z ichiga filtrlangan qizil, yashil va ko‘k tasvirlarni oladi. Ushbu sun’iy yo‘ldosh NASA, ESA va Italiyaning ASI kosmik agentligi yordamida yaratilgan. Qurilma o‘z ishini 2017-yilning 15-sentabrida yakunlagan edi, u Yer bilan aloqani yo‘qotib qo‘yib, Saturn sayyorasining ichki halqasi va atmosferasidan o‘tgandi. | 65 | 615 |
Foto | Fotogalereya: Noma’lum sabablarga ko‘ra mashhur bo‘lib ketgan bolalar shirinliklari | Dunyoning barcha chekkasida modaning o‘ziga yarasha muhim o‘rni bor. Moda nafaqat kiyim-kechakda, balki shirinliklar pishirish sanoatida ham mavjud. “Fotoshedevri” nashri bolalarning aql-u hushini o‘g‘rilagan shu kabi shirinliklarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 83 | 267 |
Foto | Ayollarni tabriklagan Prezident, tik turib topshiriq olgan G'aniev, Ukraina shaharlarini tark etayotgan fuqarolar — 7 mart suratlari | Dunyo kundan kunga o'zgarmoqda. Bir joyda suv toshmoqda, boshqa yerda o'rmon yonmoqda, bir yurtda urush bo'lsa, boshqasida bayram shukuhi. Turli foto agentliklar tomonidan chop qilingan bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
xalqaro kongress markazida 8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ayollarni samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi. Tadbirda faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan bir guruh xotin-qizlarga hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib topilganlarga ushbu mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida Prezident Shavkat Mirziyoev Respublikadagi diplomatik vakolatxonalarda faoliyat ko'rsatayotgan ayollar bilan suratga tushdi.
Shuningdek, bugun Toshkentda Tarmoq va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha joriy yil uchun belgilangan maqsadli ko'rsatkichlarga erishishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Rahbarlarga investitsiya loyihalarini o'z vaqtida amalga oshirish, tovarlarni eksportga yetkazishda logistika masalalarini tezkor hal qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Oziq-ovqat bozoriga mahsulotlarni uzluksiz yetkazish, buning uchun zarur zaxiralarni shakllantirish vazifasi qo'yildi. Bosh vazir o'rinbosari, agrar va oziq-ovqat masalalari bo'yicha kompleks rahbari Shuhrat G'aniev o'ziga berilgan topshiriqlarni tinglamoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden hamda rafiqasi Jill Bayden o'tirgan Marine One vertolyoti Oq Uyga kelib qo'ndi.
Ukrainaning Irpin shahrini tark etayotgan fuqarolar. Rossiyaning Ukraina hududidagi interventsiyasi davom etmoqda.
Pekindagi Paralampiya o'yinlar davom etmoqda.
Dominikan Respublikasi poytaxti Santo Domingo shahrida pandemiyadan so'ng ilk bora Domonikan karnavali o'tkazilmoqda.
Suratni ko'rib Toshkentning qaysi hududi ekan deb o'ylamang. Bu yer Avstraliya. U yerda bir necha kundan buyon suv toshqinlari davom etmoqda. Bugungi Toshkent ham hech bir jihatdan Avstraliyadan qolishmayapti. Har holda shu sohada tenglashyapmiz.
AQShning Selma shahrida “Qonli yakshanba” voqelarining 57 yilligi munosabati bilan miting bo'lib o'tdi. Unda AQSh vitse prezidenti Kamala Harris ham ishtirok etdi.
Ukraina qurolli kuchlari askari aholiga evakuatsiya paytida yordam bermoqda.
Janubiy Koreyadagi o'rmon yong'inlari bir necha kundan buyon davom etmoqda. Yong'in oqibatida ikki yuz yillik daraxtlar nobud bo'lgani aytildi.
Islandiyaning eng yirik muzliklari uzra shimol yog'dusi va somon yo'li uyg'unligi ajoyib manzara kashf etdi. | 132 | 2,578 |
Foto | Har bir kasbning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari borligini aks ettiruvchi suratlar | Mehnat har qanday inson hayotining ajralmas qismidir. Kimdir dars beradi, yana boshqalar hayvonlar hayotini saqlab qoladi. Albatta, har qanday kasbdan qat’i nazar, barchasi ham muhim ahamiyatga ega. Ularning mashaqqatini kasbni chuqur egallagandan so‘nggina anglash mumkin.
“Mening do‘stim professor. U tunda talabalar uchun ma’ruza yozmoqda”.
“Restoran ishchilari uchun Yangi yil bayrami shu tarzda o‘tadi”.
“Temiryo‘l ishchilari tunda ishlaydi”.
“Bu oshpazning tushligi”.
“Rassomlarning ish jarayonidagi ko‘rinishi”.
“Turmush o‘rtog‘im kun bo‘yi −50 darajali sovuqda ishlagan”.
“Tipratikanni hushsizlantiramiz. Uning o‘zi hali nima bo‘layotganini bilmaydi”.
“Mana, komediya namoyish etilgan parda ortida nimalar sodir bo‘ladi”.
“Turmush o‘rtog‘im ishdan keyin xabar yubordi: Yana bir og‘ir ish kuni uchun kechir”.
“Ushbu ko‘zoynaklar atigi bir marta taqib ko‘rilgan. Ularni dezinfeksiya qilish kerak”.
“Men supermarketda ishlayman. Dam olish xonasida turli xil yeguliklar bo‘ladi”.
“12 soatlik ishdan keyin restoran yopilishiga 5 daqiqa qolganida”.
“Bugun yuklarning birinchi qismini tushirdim. Bunga ikki soat ketdi, men o‘zim bilan faxrlanaman”.
“Men tadqiqotchiman. Bu jonivor esa toshqin vaqtida uxlab qoldi va muz qatlamidan chiqa olmadi. Endi uni evakuatsiya qilish kerak”.
“Kaliforniyadagi eng gavjum joylardan birida ishlayman”.
“Mening hamkasbim bolalar jarrohi. U bolalardan rasm chizishni so‘raydi. Uning devoriga nazar tashlagan odam ilhom manbayini topadi”.
“Men veterinarman. Uyning kichik egasi silovsinning suratini sovg‘a qildi. Menimcha, ular juda o‘xshash”.
“Sherigi uni hamon qazimoqda, u esa telefon bilan band”. | 81 | 1,652 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi suyaklar bilan to‘lgan ossuariylar | Ko‘plab xalqlarda o‘z ajdodlarining suyaklarini saqlab qo‘yish an’analari bor. Buning uchun alohida bino ajratiladi, ba’zan esa bosh suyaklari uylarda ham saqlanadi. Suyaklar saqlanadigan bunday joylar ossuariylar deb ataladi. Arxeologlar tomonidan topilgan eng qadimiy ossuariylar miloddan avvalgi oltinchi ming yilliklarga taalluqli. TravelAsk bugungi kunda sayyoraning turli nuqtalarida joylashgan ossuariylar jamlanmasini taqdim etdi. | 58 | 438 |
Foto | Kosmosga uchirilgan Tesla Roadster internet tarmog‘ida memga aylandi (fotogalereya) | Ilon Maskning og‘ir yuklarni tashishga mo‘ljallangan Falcon Heavy raketasining kosmosga uchirilishi butun dunyodagi internet foydalanuvchilarning diqqatini o‘ziga tortdi. Raketa ichidan Ilon Maskning shaxsiy avtomobili — Tesla elektrokari o‘rin olgan. Tesla Roadster rulida o‘tirgan manekenning surati tezlik bilan ko‘plab foydalanuvchilar orasida ommalashdi va “fotoshop”ga uchradi. “Gazeta.ru” ijtimoiy tarmoqlarda mazkur suratga bog‘liq eng qiziqarli memlarni to‘plab taqdim etdi.
Ilon Maskning Tesla Roadster’i Rossiya ko‘chalaridan birida
YPX xodimi Ilon Maskni to‘xtatdi (kollaj)
Tesla Roadster “Yulduzlar jangi” filmida (kollaj)
AQSh prezidenti ochiq kosmosda Ilon Maskning Tesla’sini boshqarib ketmoqda (kollaj)
Tesla Roadster yalpoq Yer uzra (kollaj)
Tesla Roadster “Beshinchi element” filmida (kollaj)
Tesla Roadster “Kelajakka qaytib” filmida (kollaj)
Tesla Roadster Moskvaning tirband ko‘chalarida (kollaj) | 83 | 925 |
Foto | Taniqli shaxslarga tegishli eng qimmatbaho uylar (foto) | Muxlislar uchun kumirlarining ijodidan tashqari shaxsiy hayoti va yashash joyi ham qiziq bo‘lgan. E’tiboringizga mashhurlar yashaydigan uy suratlarini taqdim qilamiz. Ushbu uylar suratiga qarab zavqlanish, narxini bilgandan keyin esa hayratda qolish mumkin.
Jennifer Lopes va Aleks Rodrigesning 6,6 million dollarlik uyi
Yulduzli juftlik Malibu orolidagi hashamatli uylardan birini sotib olganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Umumiy maydoni 410 kvadrat metrni tashkil qiladigan mazkur uy to‘rtta yotoqxona, mehmonxona, oshxona, uy kinozali va fitnes-studiya hamda saunani o‘z ichiga oladi.
Jastin va Xeyli Biberning 8,5 million dollarlik uyi
Xonanda va model yashaydigan 9 ta yotoqxona, 14 ta yuvinish xonasidan iborat uy 12 108 kvadrat metrni tashkil qiladi. Hovuz, tennis kortini ichiga olgan uyda ikkita oshxona, katta ovqatlanish xonasi, 15 kishilik uy kinoteatri, shuningdek, professional bar va fitnes-markaz bor.
Riz Uizerspun va Jim Totning 11,9 million dollarlik uyi
Riz va uning turmush o‘rtog‘i Jim Tot istiqomat qiladigan uy maydoni 8,652 kvadrat metrni tashkil qiladi. 6 ta yotoqxona, 8 ta yuvinish xonasini ichiga oladigan uyda yana mehmonxona spa-salon, alohida garderob va hovuz bor.
Mila Kunis va Eshton Kutcherning 10 million dollarlik uyi
Juftlikning uch qavatlik uyida 5 ta yotoqxona va yuvinish xona, mehmonxona, oshxona va ovqatlanish xonasi bor. Uyning ikkinchi qavatida har biri yuvinish xonasini o‘z ichiga olgan oilaviy yotoqxona joylashgan. Birinchi qavatda bo‘lsa mehmonxona, xizmatchilar xonasi, trenajyor zal va sauna mavjud. Uy tashqarisida esa bog‘ va ochiq oshxona va barli terrasa joylashgan. Shuningdek, hovuz va spa-salon uy ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turadi.
Jessika Alba va Kesh Uorrenning 10 millionlik uyi
Los-Anjelesda joylashgan, qaymoqrang interyerlar bilan bezalgan, shiftlari baland, terrasasi bor, atrofida daraxt va o‘simliklar ekilgan mazkur uy Jessika Albaning orzusi bo‘lgan. | 55 | 1,917 |