folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Livandagi otishma, qirolichaning almashtirilgan haykali, sayyohlar uchun ochilgan Bali — 14 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Blekpuldagi Mada Tyusso muzeyida qirolicha Yelizaveta II ning yangi mum haykali oʻrnatildi. U 2012 yilda oʻrnatilgan haykal oʻrniga qoʻyilgan. Kaliforniyadagi Alisal oʻrmon yongʻinlari oʻchirilmoqda. Bayrutdagi Adliya binosi oldida «Hizbulloh» va uning tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan norozilik namoyishi paytida yuzaga kelgan toʻqnashuvlarda kamida 6 kishi halok boʻldi. Indoneziyaning Bali oroli 19 mamlakatdan keladigan koronavirusga qarshi vaksina olgan turistlar uchun oʻz eshiklarini ochdi. Los-Anjelesda oʻtkazilgan auksionda Beatles guruhining 1960–1963 yillarda Pol Makkartni tomonidan yozilgan ikki albomi sotuvga qoʻyildi. KXDR poytaxti Pxenyan shahridagi maktablar oʻquvchilari maktab hududiga harorati oʻlchab kiritilmoqda. Xitoyning Szinan shahridagi yoʻllarda yurakchalar bilan bezatilgan piyodalar oʻtish yoʻlagi paydo boʻldi. Londonda J.K.Roulingning yangi «Rojdestvo choʻchqachasi» bolalar kitobi sotuvga chiqarildi. Germaniyada turnalarning kuzgi migrasiyasi kuzatilmoqda. Nyu-York shahrida kun botmoqda.
109
1,089
Foto
Shahzoda va malikalarning go‘dakligida olingan suratlari (foto)
8-may kuni Britaniya qirollik oilasi vakillari soni yana bittaga ko‘paygani nishonlanadi. Shu kunda Megan Markl va shahzoda Garrining o‘g‘li Archi bir yoshga to‘ladi. Juftlik farzandli bo‘lganiga salkam bir yil bo‘​lgan bo‘lsa ham, Keyt Middlton va shahzoda Uilyamdan farqli ravishda Archini ortiqcha ko‘rsatmaslik va fotolari bilan bo‘lishmaslikni ma’qul bilgan. Chaqaloq dunyoga kelganidan ikki kun o‘tib, ko‘rinish berganlarida jurnalistlar olishga muvaffaq bo‘lgan suratlar esa bundan mustasno. Harper’s Bazaar nashri malika va shahzodalar dunyoga kelganidan keyin olingan 8 tarixiy kadrni e’lon qildi. Unda qirolicha Letitsiya, Keyt Middlton, malika Diananing farzandlarini bag‘riga bosib turgan suratlarini ko‘rish mumkin. Shahzoda Charlz va malika Diana farzandi Uilyam bilan. 1982-yil, 22-iyun Monako malikasi Karolina farzandi shahzoda Andrea Albert bilan. 1984-yil, 1-iyun Britaniya malikasi Diana shahzoda Garri bilan. 1984-yil, 16-sentabr Ispaniya qiroli Filipp va qirolicha Letitsiya malika Leonor bilan. 2005-yil, 7-noyabr Ispaniya qiroli Filipp va qirolicha Letitsiya malika Sofiya bilan. 2007-yil, 4-may Britaniya shahzodasi Uilyam va Keyt Middlton farzandi Jorj bilan. 2013-yil, 22-iyun Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton farzandi Sharlotta bilan. 2015-yil, 2-may Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton farzandi Lui bilan. 2018-yil, 23-aprel Shahzoda Garri va Megan Markl farzandi Archi bilan. 2019-yil, 8-may
63
1,436
Foto
Uy ijarasi oyiga 3500 dollar, otlarning ham o‘z jakuzisi bor: Neft jannati — Qatardagi hayot haqida qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Toza ichimlik suvi Coca-Cola’dan qimmat bo‘lgan dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri – Qatar fuqarolarining 99 foizi shahar aholisi hisoblanadi. Shuningdek, Qatarda xorijliklar mamlakat fuqaroligini ololmaydi va spirtli ichimliklar savdosi ham taqiqlangan. Barcha oziq-ovqat mahsulotlari boshqa mamlakatlardan keltirilishi tufayli shaharda yashash ham shunga yarasha mehnatni talab etadi. Asli qozog‘istonlik bo‘lgan Alina uchuvchilik faoliyatini olib borayotgan turmush o‘rtog‘ining kasbi tufayli Qatarda bir yildan ko‘proq vaqt davomida yashab kelmoqda. Bu vaqtgacha oila Turkiya, Ispaniya va amirliklarda bo‘lib qaytgan. Alina neftga boy ushbu mamlakatda sayyohlar nima qilish kerakligi haqida o‘rganganlari bilan birin-ketin bo‘lishadi. Qatarda kiyinish uslubiga alohida e’tibor qaratish lozim Qatarga ko‘chib o‘tganimizda bu yer ham amirliklar kabi ekanligi, shunchaki haddan oshmaslik kerakligini bildim. Ammo bu yer biroz konservativligi ma’lum bo‘ldi. O‘tgan yoz mavsumida tizzamdan uzun ko‘ylak va ikkita yopinchiq sotib olishga to‘g‘ri keldi. Chunki mening butun boshli shkafimda bu kabi kiyimlar o‘rin olmagan. Shu bilan birga, turar joy majmuasida istagancha yurish mumkin. Chet elliklar uchun Pearl mavjud, u yerda har qanday ko‘rinishdagi libosni tanlasa bo‘ladi. Ammo savdo markazi, eski bozor va jamoat joylarida yelkangiz va tirsaklar ko‘rinmasligi lozim. Mamlakatning oilaviy hayoti haqida ikki og‘iz so‘z View this post on Instagram Tanishlarimning ko‘pchiligida taxminan 10 ta aka-uka, opa-singillar va kamida 2 ta onasi bor. Ya’ni ularning otalari odatda ikki marta turmush quradi. Aytgancha, ikkinchi nikoh uchun birinchi xotinning ruxsati kerak. Agar u qarshi bo‘lsa, unda rasmiy nikoh bo‘lmaydi. Do‘stlarimdan birining otasi ikkinchisiga uylanishni istagani uchun onasi uni tashlab ketdi. Ular rasmiy ravishda hali ajrashmagan, lekin bir oila bo‘lib ham yashamaydi. Ayol Londonga ketdi. Bu degani, barcha arab ayollari ham turmush o‘rtog‘ini boshqalar bilan “bo‘lishish”ga rozi bo‘lavermaydi. Hozirgi avlod bir vaqtning o‘zida bir nechta xotin olishni xohlamaydi. Yoshlar uchun ajrashish va keyin boshqasi bilan turmush qurish osonroq. “Bitta xotinni eplash o‘zi ancha qiyin, lekin ikkitasi – bu insultga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l, — deydi mahalliy bir yigit. — Va, tabiiyki, men yashashni xohlayman. Qolaversa, ikkisini ham birdek ta’minlash kerak. Birinchisiga Lexus, ikkinchisiga ham shunday...”. Qatarda yoshlar uchrashuvga chiqadimi? View this post on Instagram Rasmiy ma’lumot: Qatarda turmush qurishdan oldin ota-ona yoki qarindoshsiz uchrashish taqiqlanadi. Ammo norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi mahalliy tanishlarim uchrashuvga borishga muvaffaq bo‘lgan. Eng asosiysi, ko‘plab juftliklar oila a’zolaridan biri ko‘rib qolishi mumkin bo‘lgan jamoat joylarini tanlamaydi. “Uchrashuvlarni mamlakatdan tashqarida amalga oshirish mumkin. Masalan, men Londonga tez-tez uchaman. Shuning uchun bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bilan tez-tez uchrashaman. Kinolarga tushamiz, qayiqda sayr qilamiz va birgalikda ovqatlanamiz. U yerda qarindoshlarim yoki qiziquvchan ko‘zlar yo‘q”, – deya fikr bildirdi qatarlik qiz. View this post on Instagram Yana bir variant bor – yashirincha uchrashuv! Faqatgina ular yaqin bo‘lmaydi. Yigit qahvaxona derazasi yonidagi stolda, qiz esa xonaning boshqa bir burchagida bo‘ladi. Ularni faqat bir-biriga qarab, telefon orqali muloqot qilishidan payqash mumkin. Bu kabi joylarda uchrashish maqsadida tashrif buyurgan yoshlar orasida ko‘plab sujetlar mavjud, hattoki film suratga olish ham mumkin. Dunyoning eng boy mamlakatlaridan birida kun kechirish qanchaga tushadi? Qatar – bu qimmat mamlakat. Agar erimning ishdagi ajoyib ijtimoiy paketi bo‘lmaganida, bizning bu yerda tirik qolishimiz amri mahol edi. Ro‘yxatni kompaniya biz uchun to‘laydigan narsalardan boshlayman: Endi hamyonimizdan sarflanadigan oylik xarajatlar: Natijada 4 kishilik oilamiz kvartirada ijarasiz va maktab uchun pul to‘lamay, 2200-2300 dollar sarflaydi, ammo bu umumiy hisob. Aslida, rostini aytsam, u har doim ko‘proq chiqadi. Qatarda yashashning salbiy tomonlari Aytganimdek, narxlar baland va kiyinish qoidalari qat’iy. Avvalo, biz iqlimning o‘ziga xos xususiyatlariga o‘rganib olishimiz kerak. Mahalliy aholi hazillashganidek, Qatarda ikki fasl bor: yoz va juda issiq yoz. Garchi bu yerda yozning boshi bo‘lsa ham, biz charm kurtkalar kiyamiz. May oyining oxiridan oktabr oyining o‘rtalariga qadar tashqarida 40-50 °C va yuqori namlik. Uy ishlarida yordam beruvchi ayolni uzoq izladik View this post on Instagram Yaqin Sharqqa nafaqat kompaniya tomonidan to‘lanadigan kvartira, balki bolalarning o‘qishi tufayli ko‘chib o‘tmoqchi edim. Men har doim uyda yordamchim bo‘lishini orzu qilardim – u enaga, u o‘ng qo‘l, oyoq va xaloskorim bo‘lsa. Bu yerdagi oilalarda bu kun tartibidir. Yordamchilar bu yerda hamma narsani qiladi: ular bolalar bilan shug‘ullanadi, uyni yig‘ishtiradi. Agar omadlari bo‘lsa, ular ham ovqat tayyorlaydi. Ammo bundayini qidirish bir necha oy, hatto yillab davom etishi mumkin. Qatarda keniyalik bir ayol bizda bir muncha vaqt ishladi. Unda hammasi yaxshi va hech qanday muammo yo‘q edi. Afsuski, bizning Judi ofisdan ish topdi. Hozirda filippinlik Edna — enaga. Kecha turmush o‘rtog‘im bilan sayr qildik, kichik farzandim uxlagandi, kattasi enaganing nazorati ostida Lego o‘yinchoqlarini o‘ynadi. Sayrdan qaytganimizda salat va kechki ovqat tayyor, uylar esa ozoda edi – qanday yaxshi! Maktab View this post on Instagram Men onalik ko‘zyoshi bilan katta farzandimning maktabga boradigan birinchi kunidan oldin uning shimini dazmolladim. U 4,5 yoshda, ammo mahalliy bolalar allaqachon 3 yoshida maktabga boradi. Dastlabki 2 yilda tayyorgarlik dasturi, so‘ngra “birinchi sinf”ga qabul qilinadi. Qatarda yaxshi maktabga kirish lotereyada g‘olib chiqishga o‘xshaydi. Yaxshi ta’lim dargohlari hamma joyda ham mavjud emas. Barcha sinflar harflar bilan emas, balki mamlakatlar bilan nomlanadi. Biz Hindistonni tanladik. Sinfda 19 ta bola bo‘lib, ularning barchasida bitta o‘qituvchi va bitta yordamchi bor. O‘qituvchilar asosan Angliyadan, ammo boshqa mamlakatlardan ham bor. Maktabda futbol maydoni, tennis, basketbol, musiqa studiyasi va bir nechta o‘yin maydonchalari mavjud. Bolalarda o‘qishga muhabbatni kuchaytirish uchun ko‘pincha darslar maktab kutubxonasida o‘tkaziladi. Bolalar yostiqlarga o‘tirib o‘qiydi. Shuningdek, dengizda muzey va pikniklarga sayohatlar mavjud. O‘g‘lim esa maktabga borishdan juda xursand. ⠀ Qatarda yomg‘ir yog‘ishi haqiqiy mo‘jizadir Vatanimdagi yomg‘ir juda katta voqea, lekin bu yerdagisi — osmon mo‘jizasi. Yomg‘ir yog‘ganda xodimlar ishlarini tark etadi, derazalar oldida to‘planadi va katta tomchilarning yerga qulashini tomosha qiladi. Hamma uy haqida o‘ylaydi: qanday qilib Moskva, London, Toshkent yoki Olmaotada yomg‘ir yog‘ayotgani, odamlar qanday qilib ishdan uyga shoshilayotgani, boshlarini turli rangli soyabon va sumkalar ostida yashirganliklari, ko‘lmaklardan sakrab o‘tishgani haqida fikr yuritadi. Ba’zan bu yerdagi otlarga hasad qilish mumkin Qatarda suzadigan otni hayotimda birinchi marta ko‘rdim! Va u buni o‘zi uchun mo‘ljallangan maxsus basseynda bajardi. Yugurish yo‘lakchasida otni ham ko‘rdim. Va keyin otlar uchun jakuzi, sport zal, massajchi ham mavjud. Bu yerda zotni saqlab qolish, mashg‘ulotlar, ko‘rgazmalar va musobaqalar uchun otlar yetishtiriladi. Va qatarliklar buni juda jiddiy qabul qiladi. 24 soat davomida faqat otlar uchun shifoxona, mehmonxona, organik oziq-ovqat restorani, ot poygalari va arenalar mavjud. Qatarga qanday taassurotlar bilan borish kerak? “Ha, u yerda butun yil davomida issiqlik! Cho‘l! U yerda nima qilish kerak?” Aytgancha, issiq ob-havo bu yerda faqat iyundan sentabrgacha kuzatiladi. Ammo oktabrdan maygacha siz dengizda suzish, besh yulduzli mehmonxonalarda dam olish va ulkan savdo markazlarida xarid qilish kabi an’anaviy o‘yin-kulgilarni tanlashingiz mumkinligi bilan bir qatorda, quyidagilar urinib ko‘rishga arziydi:
128
8,049
Foto
Fotogalereya: Bir-biriga nihoyatda o‘xshash aka-uka va opa-singil yulduzlar
Ba’zi mashhur kishilarning aka-ukalari va opa-singillari ham taniqli insonlar hisoblanadi. AdMe nashri mashhur kishilar va ularning aka-ukalari va opa-singillari fotosuratlari jamlanmasini taqdim etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
75
285
Foto
Fotogalereya: Bu suratlar qorni yaxshi ko‘rishga majbur qiladi!
Qorni bahorning ilk yaproqlarini kutgani kabi sevuvchi AdMe nashri qor ishtirokidagi 20 fotosuratni bir joyga yig‘di. Bu suratlarni tomosha qilganingizdan so‘ng, haqiqiy qishni ham, uning bosh ziynati — qorni ham yaxshi ko‘rib qolishingiz aniq!
63
245
Foto
San’atkor ota-onasining yo‘lini tutgan o‘zbekistonlik aktyor va xonandalar (foto)
Ota va onasining san’atdagi faoliyatini munosib ravishda davom ettirayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari haqida so‘z yuritamiz. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilovning o‘g‘li Farruh otasi izidan borib san’at yo‘lini tanlagan. Uning “Har taraf” deb nomlangan ilk qo‘shig‘i Farruhga muvaffaqiyat olib kelgan. Yosh xonanda Javlon Olimov 90-yillarning xit qo‘shiqlari muallifi, xushovoz xonanda Avaz Olimovning o‘g‘li. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yakka-yu yagona farzandi Nilufar Usmonova mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos. Biroq u hozirda onasining izidan borib, san’at sohasida faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonovning o‘g‘li Islom ham ota kasbini davom ettirib, qo‘shiqlar kuylamoqda. Taniqli aktyorlar Gulchehra va Lutfulla Sa’dullayevlarning kenja farzandi Muqaddas ularning yo‘lini tanlagan. Muqaddas kinodagi faoliyatini kliplarda suratga tushishdan boshlagan. O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Holiqovaning qizi Zebuniso ham onasi bilan birgalikda O‘zbek milliy akademik drama teatrida aktrisa sifatida faoliyat yuritadi. U bir necha filmlarda ham turli obrazlarni gavdalantirgan. Xushovoz xonanda Aziz Rajabiy mashhur sulolaning munosib davomchisi ekanligi hech kimga sir emas. Uning bobosi Yunus Rajabiy, otasi Hasan Rajabiylar o‘zbek san’ati rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan san’atkorlardir. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarashevaning qizi Madina Mumtoz ham onasi izidan borganlardan. U san’atdagi faoliyatini xonandalikdan boshlagan. Keyinchalik esa bir necha klip va filmlarda suratga tushgan. O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonovning farzandi Ulug‘bek Otajonov ota kasbining munosib davomchisi. Aktyor Aziz Rametov taniqli aktyorlar Saida va Jumadulla Rametovlarning kenja farzandi. Zokirovlar sulolasi vakillari Gavhar va Jamshid Zokirovlarning farzandi Javohir Zokirov bugungi kunda el suygan san’atkor. Iste’dodli aktyor va rejissor Alisher Uzoqov taniqli aktyorlar Shohida va Muhammadjon Uzoqovlarning farzandi. Taniqli aktrisa Zarina Nizomiddinova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Yalla” guruhining ilk xonandalaridan biri Shahboz Nizomiddinovning qizi ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. San’atkorning farzandlari orasidan faqat Zarina ota kasbini tanlagan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqovning to‘ng‘ich farzandi Sanjar otasining izidan borib, xonanda bo‘ldi. Rayhon G‘aniyevaning o‘zbek kinosining asoschilaridan biri Nabi G‘aniyevning avlodidan. Uning ota-onasi Otabek G‘aniyev va Tamara Shokirovalar taniqli aktyorlar edi. Rejissor Bahodir Yo‘ldoshev va aktrisa Rimma Ahmedovalarning o‘g‘li Bobur Yo‘ldoshev bugungi kunda san’atkorlarning kasbini munosib ravishda davom ettirmoqda. O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning ikki o‘g‘li Shohjahon va Zohirshohlar ota kasbini tanlagan. Ularning har biri bugungi kunda mashhur san’atkor.  O‘zbek shou-biznesi vakillarining bolalikdagi suratlari (foto)
81
2,966
Foto
Foto: Ommaviy plyajdagi “kimsasiz orol”
Gjode & Partnere Arkitekter arxitektura byurosi Avstraliyaning Pert shahri plyaji bir qismini “kimsasiz orol”ga aylantirdi, deb yozadi TJournal. Buning uchun u yerda 72 metrli yarim aylana fanerali devor barpo etildi. Devorning botiq tomoni oyna qoplamiga ega. Devor qum, okean, chaykalar va dam oluvchilarni aks ettirib, tashqi olamdan ajratilganlik hissini hosil qiladi. Loyiha mualliflarining so‘zlariga qaraganda, oynalar plyaj mashhur bo‘lgan maftunkor shafaqlarni aks ettiradigan tarzda o‘rnatilgan.
39
507
Foto
Fotogalereya: San’at asariga aylangan hashamatli dam olish joylari
Dunyoning ko‘plab joylarida dam olish uchun qurilgan hashamatli inshootlarni uchratish mumkin. Hashamat bu inshootlarning san’at asariga aylanishiga sabab bo‘lgan. AdMe ana shunday inshootlardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. Okeandagi suv havzasi
66
256
Foto
“Uydan ishlashimni xotinim yomon ko‘radi”. Benksi o‘zining karantinga bag‘ishlangan yangi ishlarini ko‘rsatdi (foto)
Ko‘cha suratlari rassomi Benksi o‘z Instagram’ida karantinga bag‘ishlangan yangi suratlarini e’lon qildi, deb yozadi Meduza. Suratlarda rassomning  cho‘milish xonasida tartibsizlik keltirib chiqargan kamida to‘qqizta kalamush aks etgan. “Uydan ishlashimni xotinim yomon ko‘radi”, — deb yozadi Benksi. Rassom Instagram’dagi sahifasiga oxirgi marta fevral oyi o‘rtalarida surat joylagan edi. Barcha britaniyaliklar singari Benksi ham uyda karantinda o‘tiribdi. Mamlakat aholisiga 23-martdan boshlab, faqat o‘ta zarur hollarda, ya’ni oziq-ovqat do‘koni, dorixona va shifokorga borish uchun ko‘chaga chiqishga ruxsat berilgan.
116
622
Foto
Dunyoning eng xavfsiz 10 ta aviakompaniyasi (fotogalereya)
Parvozdan qo‘rqish zamonaviy dunyoda eng ko‘p tarqalgan hodisalardan biridir. Buning asosiy sababi esa aviahalokatga uchrab qolishdan qo‘riqish hisoblanadi. AdMe esa dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyalari reytingini tuzib taqdim etdi. Virgin Australia kompaniyasiga 1999-yilda asos solingan. Shundan boshlab, uning samolyotlari bilan bog‘liq birorta ham noxush hodisa yuz bermagan. 37 yillik tarixida Emirates kompaniyasi samolyotlari biror marta ham aviahalokatga uchramagan. Yaqin Sharqda eng yirik aviakompaniyalardan biri bo‘lib, haftasiga 2500 reysni amalga oshiradi. Virgin Atlantic Airways’ga 1984-yilda asos solingan. Kompaniya samolyotlari bilan noxush holatlar sodir bo‘lgan bo‘lsa, ular ham biror marta inson o‘limi bilan yakunlanmagan. KLM’ga 1919-yilda asos solingan bo‘lib, dunyodagi eng “keksa” aviakompaniyalardan biridir. Kompaniya samolyoti bilan so‘nggi bor 1977-yilda aviahalokat sodir bo‘lgan. Easy Jet 1995-yilda tashkil topgan. Har yili uning xizmatlaridan 50 milliondan ortiq odam foydalanadi. Loukosterlar orasida Ryan Air’dan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Kompaniya samolyotlari biror marta ham aviahalokatga uchramagan. Finnair tashkil topganiga 50 yildan oshganiga qaramay, uning samolyotlari bilan biror marta ham aviahalokatga sodir bo‘lmagan. Uning xizmatlaridan yiliga 10 milliondan ortiq inson foydalanadi. Etihad Airways’ga Abu-Dabida 2003-yilda asos solingan. Kompaniya tarixidagi yagona noxush hodisa 2007-yilda sodir bo‘lgan, u ham qurbonlarsiz yakun topgan. Spirit Airlines — oddiy loukoster emas, u yo‘lovchilarni eng arzon tashuvchi aviakompaniyalardan biridir. Lufthansa tashkil topganiga deyarli 59 yil bo‘ldi. Yevropadagi eng yaxshi aviakompaniyalardan biri. Kompaniya samolyotlari bilan so‘nggi bor 1993-yilda noxush hodisa ro‘y bergan. Mazkur kompaniyaga 1929-yilda asos solingan. AQShdagi eng yaxshilaridan biri. Uning samolyotlari bilan biror marta aviahalokatga uchramagan.
58
1,933
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalaridagi bolalarning hayot tarzi
TravelAsk dunyoning turni nuqtalarida istiqomat qiluvchi bolalarning hayot tarzi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. 90 yoshli xitoylik kampir nabirasining ota-onasi dalada ish qilayotgan vaqtida unga qarab turibdi. Guychjou provinsiyasi, Xitoy Boshpanasiz bolakay qabristonda o‘ynamoqda. Manila, Filippin Polshalik suratkash Kamil Stanishevskning 6 yoshli qizi uyga vazifani bajarishni xohlamagani uchun yig‘lamoqda Bolakayning tanasidagi yangi jarohatlar uni Soma qabilasidan ekanligini bildiradi, Togo. G‘arbiy Afrika Sikxlar ibodatxonasidagi diniy marosim. Parma, Italiya Junglidagi Mentaveylar qabilasining bolalari. Mentavey oroli, Indoneziyadagi G‘arbiy Sumatra provinsiyasi Navjot udumi — bu zardushtiylikning diniy marosim bo‘lib, xuddi xristianlikdagi cho‘qintirish marosimiga o‘xshab ketadi. Suratkash bolakayga “tabassum qil-chi” deganida, u buni xohlamasligini aytgan. Qohira, Misr Qizaloq avtobus oynasiga yopishmoqda. Senegal Badaviy-bola otasining qurolini ushlab turibdi. Ummon Solomon orollaridagi aborigenlar Holdan toygan maktab o‘quvchisi. Sayda, Livan Edinburgdagi dahalardan birida sigaret chekayotgan bolalar, Shotlandiya Bolakay qopdagi unni qo‘riqlamoqda. Senegal
67
1,211
Foto
Fotogalereya: Turli mintaqalardagi o‘zaro juda o‘xshash maskanlar
Instagram’dagi Howfarfromhome blogerlari: “Biz so‘nggi ikki yil davomida 40 ta davlatga tashrif buyurdik va 14 mingdan ortiq suratlar jamladik. Ushbu 14 ming suratlarni ko‘rib chiqishga vaqt topganimizda, bir-biridan uzoq masofada joylashishiga qaramay ularning o‘zaro o‘xshashliklarini payqab qoldik”, — deb yozadi. Flytothesky nashri ushbu o‘xshash maskanlarning suratlari o‘zaro birlashtirilgan fotojamlanmani taqdim etdi.
65
425
Foto
Foto: Baliqni tutib olgan akulani ovlagan yirtqich qush
AQShning Florida shtatida yashovchi fotosuratchi Dok Jon plyaj bo‘ylab sayr qilib yurganida panjalarida kichik nahang (akula)ni olib ketayotgan yirik baliqxo‘r parrandani kadrga muhrladi, deb yozadi TJournal. Olingan suratni kompyuterda kattalashtirganida u akulaning og‘zida o‘ljasi — baliq turganini ko‘rdi.
55
309
Foto
Sant’Agata-de’-Goti shahri g‘aroyibotlari
Benevento va Neapol orasida, Martorano tog‘ daryosi qirg‘og‘ida g‘aroyib va xushmanzara shahar joylashgan. Uning nomi, u yerdagi manzaralar kabi, juda go‘zal — Sant’Agata-de’-Goti. Tarixiy va tabiiy obidalarga boy shaharcha turistlar orasida katta shuhratga ega. Aslida obidalarni qidirmay, shahar ko‘chalarida kezib chiqishning o‘zi ham kishida bir olam taassurot qoldiradi. Shahar haqda Travel Ask hikoya qiladi. Sant’Agata-de’-Goti shahri nihoyatda qadimiy tarixga egaligi ko‘pchilik tarixchilar tomonidan e’tirof etiladi, ammo, shu bilan birga, u qachon paydo bo‘lgani haqida yagona fikr yo‘q. Olimlar hattoki uning nomi qanday vujudga kelgani borasida bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Bir taxminga ko‘ra, shahar nomining ikkinchi qismi — de’-Goti — got qabilasi bilan bog‘liq bo‘lib, go‘yoki aynan gotlar bu yerda ilk qal’ani barpo etgan. Ikkinchi taxmin nomni mintaqada XIV asrda hukmronlik qilgan gaskonlik De Gotlar oilasi bilan bog‘laydi. Shahar nomining birinchi qismi — Sant’Agata esa VI asrda paydo bo‘lgan. Fotosuratda aks etgan tog‘ni tashqi ko‘rinishi tufayli ba’zi olimlar qadimgi piramida qoldig‘i deb hisoblab, u yerda qazilma ishlari olib borishni taklif qilgan edi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratda esa tepalik piramidaga mutlaqo o‘xshamaydi. 2012-yilda Sant’Agata-de’-Goti Italiyaning eng chiroyli kichik shaharlari ro‘yxatiga kiritildi. Bundan tashqari, Italiya turistik klubi shaharga “To‘q qizil bayroq” sifat sertifikatini taqdim etdi.
41
1,462
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng qadimiy aysberglar
Bundan bir necha yuz yillar avval materiklardan ajralgan muzliklar hamon okeanda suzib yuribdi. Bu tabiatning hayratlanarli mo‘jizalaridan biri hisoblanadi. TravelAsk ana shunday aysberglardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi.
46
227
Foto
Fotogalereya: Kuzda amalga oshirish lozim bo‘lgan sayohatlar
National Geographic Travel nashri kuz faslida amalga oshirish lozim bo‘lgan sayohatlar ro‘yxatini tuzib taqdim etdi, deb xabar berdi TravelAsk.
60
143
Foto
Foto: Amerikalik suratkashning supermarketlardagi tovarlardan hosil qilgan art-installyatsiyasi
Amerikalik rassom va suratkash Karson Devis Braun Instagram’dagi sahifasiga o‘zining ikki san’atga oid loyihasi doirasida yaratilgan ishlarni joylamoqda. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Birinchi loyiha Mass deb nomlanib, u supermarket va boshqa jamoat joylaridagi bir tur va bir xil rangda bo‘lgan tovarlarni suratga olishni ko‘zda tutadi. New American Quilts nomli ikkinchi loyiha doirasida Braun Instagram’ga tokchalarga naqsh hosil qilgan holda joylashtirilgan tovarlar rasmini joylamoqda. Qayd etilishicha, Braun ushbu ishlarni amalga oshirish uchun hech qachon jamoat joyi rahbariyatidan ruxsat so‘ramaydi. Rasm olgach esa tovarlarni shunday qoldirgancha u yerdan shunchaki ketadi.
95
692
Foto
Qo‘rquv va hayajon uyg‘otuvchi eng gavjum 20 joy
Kimdir yolg‘izlikni ma’qul ko‘radi, boshqa birov esa sershovqin, quvnoq davralarda bo‘lishni xohlaydi. Biroq mazkur fotojamlanmada keltirilgan 20 joy har vaqt jamiyat bilan birga bo‘lish ixlosmandlarini ham qo‘rquvga solishi aniq, deb yozadi TravelAsk. “San-Lorentso” futbol klubi ishqibozlari “Estudiantes”ga qarshi o‘yin vaqtida qo‘llari yordamida oftob nurlaridan o‘zlarini asrashga harakat qilmoqda. Odamlar an’anaviy Caiqiaohui tadbiri doirasida ko‘prik ustida yig‘ilmoqda. Aqidaga ko‘ra, agar mazkur bahorgi uch kunlik tantanalar vaqtida ko‘prikka qadam qo‘yilsa, yil davomida baxtsizlik va kasalliklardan holi yashash mumkin. Yo‘lovchilar San-Paulu markazidagi metro stansiyasida poyezd kutmoqda. Yo‘lovchilar poyezd tomida shaharga qaytmoqda. Odamlar poytaxt Jakartaga yo‘l olgan poyezdga osilib ketmoqda. Yoz jazirmasida hordiq chiqarish maqsadida minglab xitoyliklar Osiyoning eng katta basseyniga yig‘iladi. Yuz minglab odamlar Kopakabana plyajiga to‘planmqoda — u yerda Rim papasi Fransisk, Braziliyaga tashrifi doirasida, so‘nggi ibodat marosimini o‘tkazadi. Temiryo‘l stansiyasi zinasida to‘planib qolgan yo‘lovchilar. Inflyatsiya va benzin narxining o‘sishi sabab, Filippinda jamoat transportidan foydalanuvchilar soni o‘sib bormoqda. Tonggi tig‘iz vaqtda chorrahada to‘xtab turgan mototsiklchilar. Tayvan yo‘llari bo‘ylab 8,8 millionga yaqin mototsikl va 4,8 million avtomobil harakatlanadi. Lloyds of London sug‘urta bozori xodimlari an’anaviy Xotira kunida. Talabalar yotoqxonasida kir yuvish ishlari. Minglab ziyoratchilar an’anaviy yillik salib yurishi vaqtida Qora Iso Masihning haykali tomon intilmoqda. Katolik ziyoratchilar mamlakatning eng yirik diniy bayrami vaqtida olomon bo‘lib harakatlanmoqda. Kirish imtihonlarida qatnashish uchun universitet darvozasi tomon harakatlanayotgan abituriyentlar. Tongga tig‘iz vaqtda yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tmoqda, qo‘riqlash xizmati xodimi esa hushyor va sergak. Buyuk Xitoy devori oldida yuz millionlab sayyohlar to‘planadi. Paliodagi ot poygalari. Mazkur an’anaviy musobaqa 1656-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Musulmon ziyoratchilar Makka shahri yaqinidagi shaytonga tosh otish marosimida qatnashish uchun ko‘prik bo‘ylab harakatlanmoqda. Hali prezident bo‘lishga ulgurmagan senator Barak Obama Sent-Luisdagi uchrashuvda chiqish qilmoqda. Patna shahri sharqidagi yo‘lovchilar bilan to‘lib-toshgan poyezd.
48
2,393
Foto
Orol dengiziga sayohat, Myanmada xalq namoyishlari, Qohirada Ramazon arafasi, shahzoda Filipp vafoti — haftaning eng sara suratlari
«Bugun.uz» dunyoning turli burchaklarida olingan haftaning eng sara suratlarini taqdim etadi. XX asrning eng falokatli fojialaridan biri hisoblangan Orol dengizining qurishi natijasida dengizda qolib ketgan kemalar. Bu hudud «Kemalar qabristoni» deb ataladi. Aprel oyi oʻtib borar ekan, ba'zi bir hududlarda hamon qish hukmronlikni berishni istamayotgandek. 7 aprel kuni Germaniyaning bir qator hududlarida qor yogʻdi. Yoqqan qor yerni oppoq tusga burkadi. Misrning Luksor shahrida arxeologlar tomonidan uch ming yillik tarixga ega deb taxmin qilinayotgan sirli shahar topildi. Shahardan koʻplab ashyolar topilgan. Taxminlarga koʻra, shahar qadimgi Misr podsholigida hukm surgan Amenhotep III davriga oid. Arxeologlar uni 1922 yilda topilgan Tutanhamon maqbarasidan keyingi eng yirik topilma deb hisoblamoqda. Soʻnggi haftalar ichida Islandiyada bir nechta vulqon otilishi sodir boʻldi. Shunday vulqonlardan biri 6 ming yil oʻtib otilgan edi. Oʻziga xos goʻzallik yaratgan mazkur jarayonni tomosha qilish uchun har doimgidek odamlar hodisa joyiga yetib keldi. Koronavirus koʻplab insonlarning hayotiga zomin boʻlayotgani sir emas. Suratda kasallik oqibatida vafot etgan falastinlik erkak yaqinlari tomonidan dafn etilmoqda. 2019 yilda Xitoyda tarqalishni boshlagan, 2020 yilda butun dunyoga tarqalib ketgan koronavirus keltirib chiqargan kasallik hamon oʻz kuchini koʻrsatmoqda. Dunyo hamon pandemiya bilan kurashni davom ettirmoqda. Koronavirusga qarshi kurash tadbirlari doirasida restoranda maxsus xonalarda tanovul qilayotgan juftlik. Buyuk Britaniya poytaxti Londonda polisiya jinoyatlariga qarshi «Kill the Bill» nomli norozilik aksiyasi davomida telefon butkasini urishga tayyorgarlik koʻrayotgan namoyishchi. Meksikadan Texasga qayiqlarda yetib kelgan migrantlarga AQSh harbiylari yordam koʻrsatmoqda. Ramazon oyi eshik qoqib kelmoqda. Butun musulmon dunyosida ushbu baraka oyiga tayyorgarlik ishlari avj pallasiga kirmoqda. Jumladan, Misr poytaxti Qohira shahri koʻchalari ham an'anaviy Ramazon chiroqlari bilan bezatildi. Ramazon oyi arafasida Misrda chiroqlar savdosi keng tusga kiradi. Myanmada fevral oyidan buyon davom etayotgan davlat toʻntarishiga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashayotgan xalq otryadlari. Myanmada fevral oyidan buyon davom etayotgan davlat toʻntarishiga qarshi xalq norozilik namoyishlari paytida yonib turgan gulxan yonidan oʻtib ketayotgan velosipedchilar. Shifokorlar alyansi kasaba uyushmasi a'zosi va Rossiya muxolifat lideri Aleksey Navalniyning shaxsiy shifokori Rossiya polisiyasi tomonidan hibsga olindi. Pandemiya sabab butun dunyoda koʻplab sohalar inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Turizm, moda sanoati kabi sohalar katta yoʻqotishga uchradi. Rejalashtirilgan koʻrgazmalar bekor qilindi. 9 aprel kuni uzoq tanaffusdan soʻng «Madrid Fashion Week» modalar haftaligi oʻz ishini boshladi. Pokistonda koronavirusga qarshi kurash tadbirlari doirasida mamlakatdagi masjidlar tozalandi. Mamlakatda dam olish kunlari tashqariga chiqish taqiqlab qoʻyilgan. Portugaliyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolash muassasasida davolanayotgan bemorlarga gitarada qoʻshiq kuylab berayotgan shifokor. 10 aprel kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning turmush oʻrtogʻi, Edinburg gersogi shahzoda Filippning vafoti munosabati bilan mamlakat boʻylab artilleriyadan toʻplar otildi. Dafn marosimi 17 aprel kuniga moʻljallangan. Qur'onni taxta boʻlaklarga yozilgan sahifalari orqali oʻrganayotgan mavritaniyalik bolalarga Turkiya diyonat vaqfi tarafidan Qur'on mushaflari tarqatildi.
131
3,524
Foto
Fantastik maxluqlar: murmansklik dengizchi ijtimoiy tarmoqqa g‘aroyib baliqlar suratlarini joylashtirib bormoqda
Murmansklik Roman Fedorsov baliq ovlovchi traulerda ishlaydi va o‘z ishi haqidagi hisobotlarni iPhone 6 Plus’ga suratga oladi. Eng g‘ayrioddiy va antiqa baliqlar suratini esa Twitter va “VKontakte”dagi sahifalariga joylashtirib boradi, deb yozadi TJournal. Uning suratlarida chuqur suv ostida yashovchi shaffof va tishli baliqlarni, shuningdek, turli shakl va o‘lchamdagi rang-barang dengiz jonivorlarini ko‘rish mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
112
603
Foto
Fotogalereya: DNK tahlili o‘rniga o‘tuvchi suratlar
Ba’zan qondoshlik chizgilari darhol ayon bo‘ladi, ba’zan esa bunga vaqt kerak bo‘ladi. Masalan, quyidagi rasm egalari toki ota-onasi yoki bobo-buvilarining rasmi topilmagunicha ularga qanchalik o‘xshashini bilmagan. AdMe ana shu rasmlarni taqdim etdi. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
51
430
Foto
Fotogalereya: Izoh topish qiyin bo‘lgan suratlar
Ba’zan yuz beradigan vaziyat va holatlarga izoh topishga ko‘pchilik qiynaladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
48
138
Foto
BAFTA-2022: Taqdirlash marosimida barchaning e’tiborini tortgan obrazlar (foto)
BAFTA (EE British Academy Film Awards) taqdirlash marosimi an’anaga ko‘ra Albert Xollda bo‘lib o‘tdi. Uzoq tanaffusdan keyin yulduzlar yana uchrashdi, shu bilan birga, betakror obraz yaratish borasida raqobatlashdilar ham, deb xabar bermoqda Marie Claire nashri. Marosimga komedik aktrisa Rebel Uilson boshlovchilik qildi. Denis Vilnevning “Dyuna” (11 ta nominatsiya), Jeyn Kempionning “It qudrati” (8 ta nominatsiya) va Kennat Branning “Belfast” (6 ta nominatsiya) filmlari yetakchilik qildi. Benedikt Kemberbetch, Stiven Grem va Uill Smit “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida, Jessi Bakli, Ariana DeBos va Enn Doud esa “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida bellashdi. Lyusi Boynton — Chloé Benedikt Kemberbetch va Sofi Xanter — Dior Naomi Kempbell — Burberry Milli Bobbi Braun — Louis Vuitton Xeyli Bennett — Valentino Emiliya Jons —  Atelier Versace Emma Uotson Jessi Bakli — Alexander McQueen Katrina Balf — Armani Privé Sharlotta Kerroll Deyzi Ridli Advoa Aboa —Saint Laurent Rebel Uilson — Giambattista Valli
79
1,026
Foto
Harbiy xizmatni o‘tayotgan go‘zallar (foto)
Harbiy majburiyat to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, Xitoyda 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan yigitlar qatori qizlar ham harbiy xizmatga chaqiriladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu mamlakatda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganlarning 7,5 foizini qizlar tashkil etadi. Bunda ularning harbiy xizmat muddati ham bir xil — ikki yilni tashkil etadi. Nomzodlar oliy yoki o‘rta maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi, bo‘yi kamida 170 santimetr va 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lishi talab etiladi. Sputnik nashri dunyoning turli mamlakatlarida harbiy xizmatni o‘tayotgan eng chiroyli qizlar suratlarini to‘pladi.
43
589
Foto
Foto: 72 ming tonna olmosdan tashkil topgan shahar
Germaniya janubida dunyodagi eng noodatiy binolarga ega shahar joylashgan. Uning o‘ziga xosligi arxitekturasida emas, balki uni qurishda ishlatilgan olmoslarda, deb xabar berdi National Geographic. Bavariyaning Nyordlingen Ris deb nomlanuvchi tabiiy hududida diametri salkam 24 kilometr keladigan tog‘ havzasi mavjud. Ancha vaqtga qadar u vulqon otilishi jarayonida paydo bo‘lgan deya taxmin qilingan, biroq 1960-yilda olimlar ushbu vodiy ulkan meteoritning yerga tushishi oqibatida yuzaga kelganini aniqlagan. Diametri salkam 1 kilometr va og‘irligi kamida 3 milliard tonna bo‘lgan osmon jismi 14,5 million yil avval Yerga tushgan. Soniyasiga 25 kilometr tezlikda harakatlanib Yerga urilgan meteroit chuqurligi 600 metr keladigan havzani hosil qilgan. O‘z navbatida cho‘kindi jinslar tarkibidagi uglerod yuqori harorat va kuchli bosim ta’sirida olmos bo‘laklariga aylangan. Kraterda Nyordlingen shahri joylashgan bo‘lib, u 898-yildan beri mavjud. Bu yerdagi binolarning devorlari va ibodatxonalarini qurishda mahalliy materilallardan foydalanilgan. Binolar tarkibida olmos borligi XX asrning 90-yillarida aniqlangan. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda umumiy miqdorda 72 ming tonna olmos mavjud, biroq ular orasidagi eng katta olmosning o‘lchami 200 mikrometrga (0,2 mm) teng.
50
1,294
Foto
Fotogalereya: Tashqi ko‘rinishdagi farq baxtli bo‘lishga xalaqit bermagan juftliklar
Ba’zi mashhurlar juftliklarida ularning tashqi ko‘rinishida sezilarli farq mavjud. Biroq bu farq ularning baxtli bo‘lishiga xalaqit bermagan. AdMe ana shunday juftliklarga e’tibor qaratdi.
84
188
Foto
Foto: Las-Vegasdagi otishmada qurbon bo‘lganlarning xotirasiga o‘tkazilgan aksiya
4-oktabr kuni kechqurun AQShning Kaliforniya shtatidagi Manhetten-bich shahrida Las-Vegasdagi otishma oqibatida qurbon bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi. TJournal aksiyadan olingan suratni taqdim etdi. Manhetten-bichda yashovchi ikki nafar ayol ommaviy qotillikning qurboni bo‘lgan. Ulardan biri mahalliy politsiya xodimi Rakel Parker, ikkinchisi esa maktab xodimi Sendi Kensi edi.
81
404
Foto
Foto: Qimmat uy fonidagi Hindistonning nochor tumanlari
Fransuz fotografi Artur Krestani birinchi marta Hindistonga 2010-yilda borgan va keyin bir necha marta mamlakatdagi urbanizatsiya jarayonini o‘rganish uchun borgan. U Hindistonni shunchaki suratga olishni xohlamagan, balki o‘z loyihasida portretli fotosuratlarning milliy an’analarini qayta ko‘rib chiqqan. Hindistonda odamlar portreti odatda yorqin manzarali fonlardan foydalangan holda tushiriladi. Krestani ularni qimmat uy-joylarning reklama broshyuralari bilan almashtirdi. TJournal uning ijod namunalarini taqdim etdi.
55
524
Foto
Fotogalereya: Amerika televideniyesining eng ko‘p maosh oladigan aktrisasi — Sofiya Vergara 45 yoshga to‘ldi
Amerika televideniyesining eng ko‘p maosh oladigan aktrisasi Sofiya Vergara 45 yoshga to‘ldi. Asli kolumbiyalik bo‘lgan Sofiya karyerasini model sifatida boshlagan — uni kolumbiyalik suratkash plyajda “kashf etgan” va birinchi shartnomasini 17 yoshida imzolagan. Bu Pepsi’ning reklamasi edi. Mayamiga ko‘chib kelgan Sofiya reklama roliklari va shoularda, keyinchalik kinolarda suratga tushishni davom etgan. Uning ingliz tilidagi birinchi roli “Papining ortidan quvib” filmida bo‘lgan. Sofiya Vergara 2009-yildan beri “Amerikaliklar oilasi” serialida suratga tushib keladi. “Gazeta.ru” aktrisaning yorqin suratlarini to‘plab taqdim etdi.
108
637
Foto
Inson qo‘li bilan barpo etilganiga ishonish qiyin bo‘lgan ajabtovur binolar (foto)
Daraxt ichida, suv ostida, yovvoyi savanna va qorli tekisliklar orasidagi uy har qanday insonning orzusidir. Ammo bu orzuligicha qolib ketmadi, albatta, vaqti kelib me’morlar buni haqiqatga aylantirdi. Norvegiyadagi suvosti restorani Dunyodagi eng katta suvosti restorani Under bir yil avval Norvegiyaning janubiy qismida ochilgan. Yarmi suvga botgan restoran 5 metr chuqurlikda panoramali oyna bilan tugaydi. U yerga kirish chiptasi 430 dollar bo‘lishiga qaramay, 6 oylab navbat kutiladi. Under nafaqat restoran, balki dengiz hayotini o‘rganadigan ilmiy-tadqiqot bazasidir. Xitoy, Chengdu − qishloq xo‘jaligi fanlari va texnologiyalari bog‘idagi cherkov Hech qanday fotoshopsiz Fransiya va Xitoy o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish doirasida yaratilgan inshoot ikki madaniyatning o‘zaro ta’sirini o‘zida mujassam etgan. Cherkov turli xil balandlikdagi alyuminiy tayoqchalardan qurilgan bo‘lib, quyosh nurlari harakati vaqtida bino vaqtinchalik shaffof ko‘rinishga ega bo‘ladi. Xitoy, Guyyan − sharsharali osmono‘par bino Xitoyning Guyang shahridagi 121 metrli osmono‘par bino devoriga sharshara tushirilganda, mahalliy aholi suv ta’minoti bo‘yicha muammolar paydo bo‘ladi, deb o‘ylagan. Ammo bu yerda tashvishlanadigan hech qanday narsa yo‘q. Aslida shahar birinchi marta dunyodagi eng baland binoda sun’iy sharsharadan biri namoyish etilgan. 108 metr balandlikdan oqib tushayotgan suvning g‘ayrioddiy ko‘rinishiga chindan ham qoyil qolish mumkin, inshootning bir soat ishlashi 100 dollarni tashkil etadi. Keniya, Laykipiya platosida qush ini ko‘rinishidagi mehmonxona Afrika savannasi o‘rtasida qurilgan mehmonxona misli kutilmagan ko‘rinishni taqdim etdi. Bu yerda zebradan tortib, shergacha ko‘rish mumkin. Ammo uyning ichida barcha sharoit yaratilgan. Elektr energiyasi quyosh batareyalari orqali ishlab chiqariladi. Niderlandiya, Ugstgest – Inson tanasi muzeyi Niderlandiyadagi ushbu muzey 7 qavatli binoning yon qismiga 35 metrli inson qiyofasida qurilgan. Bu yerda mehmonlar inson tanasiga sayohat qiladi. Barcha organlardan o‘tgan holda ularning qanday ishlashini bilib olish mumkin: nima uchun aksirish, uxlash, jarohatga olganda yoki hiqichoq payti. Shuningdek, pishloqli bulochka oshqozonda qanday hazm bo‘lishini ko‘rish ham mumkin. AQSh, Shimoliy Karolina – Frying Pan Tower mehmonxonasi 2010-yilda Richard Niltel kimoshdi savdosida Shimoliy Karolina qirg‘og‘idan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan sohil xavfsizligi stansiyasini sotib oldi. Bir necha yildan so‘ng u yer Frying Pan Tower mehmonxonasiga aylandi. Doimiy ravishda bo‘ron va akulalar uning atrofida aylanib yurganligi sababli hozirgi kunda dunyodagi eng xavfli mehmonxona deb ataladi. Mehmonxonaga qayiq yoki vertolyotda borish mumkin. Shvetsiya, Kiruna – tuxum shaklidagi sauna 5 metrli oltin tuxum shaklidagi noodatiy sauna yog‘och va po‘lat panellardan qurilgan bo‘lib, 8 kishini qabul qila oladi. “Tuxum”ni osongina qismlarga ajratish va boshqa joyga ko‘chirish mumkin. U, asosan, san’at obyekti va sayyohlar uchun jalb qilish uchun xizmat qiladi. Buyuk Britaniya − Sar orolidagi qamoqxona 1856-yilda qurilgan ushbu bino dunyodagi eng kichik qamoqxona hisoblanadi. U yerda hujra mavjud bo‘lib, umuman derazalar yo‘q. Shuningdek, qulaylik uchun atigi 2 ta karavot bor. 1990-yil fizik Andre Gard orolga qurollanib keldi va bir hafta yashaganidan so‘ng o‘zini Sark xo‘jayini deb e’lon qildi. Ammo rasmiylar tomonidan qo‘lga olindi. Ushbu voqea “Orolni o‘g‘irlashga harakat qilgan odam” filmiga asos bo‘ldi. AQSh, Vashington, Zilla – yoqilg‘i quyish shoxobchasi O‘zining oddiygina ko‘rinishiga qaramay, ushbu sobiq yoqilg‘i quyish shoxobchasi o‘tgan asrning 20-yillarida yuz bergan voqeani esga soladi. Ushbu maskan 2006-yilgacha yoqilg‘i quyish shoxobchasi bo‘lib qoldi, endi esa bu shunchaki shaharning diqqatga sazovor joyi hisoblanadi. AQSh, Atlantik-Siti – “Istasangiz ishoning, istamasangiz yo‘q” muzeyi Ushbu muzey nafaqat g‘ayrioddiy eksponatlar bilan to‘ldirilgan, balki o‘zi ham paradoksal ko‘rinishda. Bino qulab tushmoqchi degan taassurotlar bo‘lishiga qaramay, tashrif buyuruvchilarga hech narsa tahdid solmaydi. Buyuk Britaniya, Oksford – Akulali uy 1986-yilda Bill Xayn Nagasakidagi atom bombasi portlaganligining 41 yilligi munosabati bilan Oksforddagi uyining tomiga 7 metr shishadan iborat akula haykalini o‘rnatdi. Rasmiylar uni olib tashlashni talab qildi, chunki bu atrofdagilarga xavf tug‘dirishi mumkin edi. 5 yillik kurashdan so‘ng qaysar britaniyalik ko‘p yillar mobaynida mahalliy aholi diqqatiga sazovor bo‘lgan san’at obyektini himoya qilib, g‘olib chiqdi.
82
4,576
Foto
Amerikalik ayol bambukdan orzusidagi uyni qurish uchun ishini tashlab Baliga ko‘chib keldi (fotogalereya)
Nyu-Yorkning sobiq fuqarosi Elora Xadi bundan besh yil oldin moda sanoatidagi o‘zining yaxshi ishini tashlab Baliga ko‘chib o‘tgan. Bu yerda u o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga — bambukdan uy qurishga qaror qilgan, deb xabar berdi TravelAsk. Bambukdan uy qurish g‘oyasi aslida Eloraning otasidan chiqqan: u odamlar uchun eng yaxshi uy bambukdan qurilishi lozim deb hisoblagan. Biroq bambukning birgina kamchiligi bor: o‘simlikni hasharotlar yeb tashlaydi, shu sababli uni maxsus vositalar bilan qayta ishlab turish kerak.
105
528
Foto
Fotogalereya: Juda kamyob narsalar aks etgan suratlar
AdMe ko‘pchilik uchun kamyob bo‘lgan narsalar aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
53
90
Foto
Alp togʻlaridagi oppoq qor, karantinga qarshi noroziliklar, Eronda Navroʻz oldi bayramlari, vaksinasiya — 17 mart suratlari
Bir necha haftadirki, Myanmada davlat toʻntarishi uyushtirgan harbiylar hukumatiga qarshi xalq gʻalayonlari boʻlib oʻtmoqda. Dastlab namoyishlar shaklida boshlangan tartibsizlik harbiylar va xalq oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. Bugungi toʻqnashuvlardan fotolavhalarni taqdim etamiz. Butun dunyo boʻylab koronavirus xuruji yana qaytalanishi ortidan koʻplab davlatlar karantin choralarini kuchaytirmoqda. Ammo bunga hamma ham rozi emas. Germaniyaliklar ortidan irlandiyaliklar ham karantin cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlariga chiqdilar. Qish fasli tugagan boʻlsa ham, yurtimizda hamon sovuq. Keling, shu oʻrinda Alp togʻlaridagi haqiqiy qish tarovatini yana bir bor esga olaylik. Eronda hijriy shamsiy taqvim boʻyicha yilning soʻnggi chorshanba oqshomi boʻlgan «chorshanba suri» bayrami poytaxt Tehronda nishonlandi. Bu Navroʻz bayrami oldidan soʻnggi chorshanba kuni nishonlanadigan bayramdir. Shu kuni kechqurun oʻtkazilgan tantanalarda Eron yoshlari olov atrofida aylanib, uchar fonuslarni osmonga uchirdilar. Bayram tantanalari quvnoq kuy va qoʻshiqlarga ulanib ketdi. Falastinning Gʻazo sektorida aholi Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlanmoqda. Bu vaksinalar JSSTning COVAX dasturi doirasida yetkazib berilgan.
123
1,265
Foto
iPhone smartfonlarida olingan eng yaxshi suratlar taqdim etildi (foto)
2007-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan iPhone Photography Award mustaqil mukofoti tashkilotchilari 2020-yilda iPhone smartfonlarida olingan eng yaxshi fotosuratlarni saraladi. Tanlov gran-prisini britaniyalik Dimpi Bxalotiya “Uchayotgan bolalar” surati uchun qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin esa rossiyalik Artyom Barishevga nasib qildi. Barishev yil boshida Hindistonda bo‘lgan hamda iPhone 6 smartfoniga osmon bilan tutashib ketgan devorni suratga olgan. Quyida tanlov hay’ati tomonidan saralangan eng yaxshi fotosuratlar keltiriladi. Yilning eng yaxshi fotografi, gran-pri Birinchi o‘rin. Arxitektura yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin Arxitektura yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rin Gullar yo‘nalishi uchinchi o‘rin Tabiat yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin Portret, birinchi o‘rin Sayohat, ikkinchi o‘rin “Kun botishi” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin Sayohat yo‘nalishi, birinchi o‘rin Tabiat, uchinchi o‘rin Natyumort uchinchi o‘rin Boshqa fotojamlanmalar:
70
986
Foto
Michelin yulduziga sazovor bo‘lgan Tailanddagi ko‘cha tamaddixonasi (foto)
Tailandda gastronomik turizm rivoj topgan eng mashhur joylardan biri Michelin yulduziga sazovor bo‘lgan — Jai Fai ko‘cha tamaddixonasidir. Uning egasi va bosh oshpazi bo‘lgan 70 yoshli Supinya Junsutani shunchaki Jey Fay deb chaqirishadi. U katta yoshda bo‘lishiga qaramay, kuniga 11 soatdan ortiq plita oldida turib mijozlar buyurtmalari uchun xizmat ko‘rsatadi, deb yozadi TJournal. Jey xonim ish davomida yog‘ sachrashiga himoya uchun ko‘zoynak taqib oladi va uni yechmaydi. Tamaddixona menyusidan Tailand oshxonasining an’anaviy taomlari — lapshali qisqichbaqalar yoki qisqichbaqali omlet o‘rin olgan. Mahalliy OAV vakillari va bir qancha blogerlar xonimni “Tailand ko‘cha oshxonalari qirolichasi” deb nomlamoqda. Va uning shon-shuxratidan foydalanib, masalan, oshxonalar tarmog‘i ochishni yoki tamaddixonasini boshqa nufuzliroq joyga ko‘chirib o‘tkazishni istamasligidan hayratda qolishmoqda. Oshxonaning Michelin(eng nufuzli restoranlarga beriladigan maqom) yulduziga ega bo‘lishi uni yanada mashhur qilib yubordi. Hatto stol buyurtma qilib qo‘yilishi ham sizga tezkor xizmat ko‘rsatishni kafolatlamasligi mumkin. Sababi mijozlar juda ko‘p. Ba’zan odamlar navbatda 2, 3 soatlab qolib ketadi. Shu boisdan Jey xonim agarda ilojisi bo‘lsa, Michelin yulduzini qaytarib berishga tayyor. Sababi xonim sayyohlarning tamaddixonada ovqatlanish uchun emas, balki uni ko‘rish va suratga tushish uchun kelishidan aziyat chekadi. Bundan tashqari oshxonada ish juda ko‘payib ketganidan, uning qizi ishidan bo‘shab, onasiga yordam beradi.
74
1,532
Foto
Fotogalereya: Hindistonda yashovchi uzun dumli rang-barang olmaxonlar
Ulkan Malabar olmaxonlari ba’zan shekru deb ham ataladi. Ular Hindistonda yashaydi. Qalin va rang-barang terisi uni boshqa hayvonlardan ajratib turadi. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi.
69
192
Foto
Aktrisa Bahora Arslonova turmushga chiqdi
O‘zbek kinosining talabgir aktrisalaridan biri hisoblangan Bahora Arslonova turmushga chiqdi. To‘y tantanasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MyDay xabar berdi. Bahora Sherali Boboqulov ismli sportchi bilan turmush qurdi. Ikki yoshni tabriklash uchun bir qator o‘zbek shou-biznesi vakillari tashrif buyurdilar.
41
320
Foto
Fotogalereya: Avval ma’lum bo‘lmagan noyob ekzotik mevalar
Bugun ekzotik mevalar ichida duriana yoki lichi bilan hech kimni ajablantirib bo‘lmaydi. Banan va ananas haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi, ularni hatto yosh bolalar ham biladi. Lekin dunyoda yana boshqa mevalar ham borki, ular go‘yo fantastik filmdan olinganga o‘xshaydi. AdMe ana shunday ekzotik mevalarga e’tibor qaratdi. Kapulin hajmi jihatidan qorag‘atdan biroz kattaroq, ta’mi esa bodom  va olchaning aralashtirilganiga o‘xshaydi. Yamayki ahli uning daraxtini uyi yaqinidan o‘sib chiqqanini ko‘rgudek bo‘lsa, darrov kesib tashlaydi. Chunki ko‘rshapalaklar kapulinni juda yaxshi ko‘radi va tunlari uning atrofida parvona bo‘ladi. Mevasidan jem, murabbo va sharbat tayyorlanadi. Bu mevani faqat Yava orolidan yoki Indoneziyadan topish mumkin. Boshqa yerda o‘smaydi. Mevaning mazasi mangoni eslatadi, hidi esa binafshanikiga o‘xshaydi. Kepelni doimiy ravishda iste’mol qilish ayollarda vaqtinchalik bepushtlikka sabab bo‘ladi. Shuning uchun qadimda undan kontraseptiv vosita sifatida foydalanilgan. Qora olma — xitoylik seleksionerlarning ishi. “Qora brilliant” navini payvand yordamida olib ketilgan va u hozirda faqat Tibet tog‘larida o‘stiriladi. Tezkor ultrabinafsha nurlari ta’sirida olmaning po‘stlog‘i “toblanadi” va to‘q siyohrang tusga kiradi. Aki Yamaykada o‘sadi va fugu balig‘ining meva ko‘rinishi hisoblanadi. Uning tarkibida ko‘plab toksinlar borligi sabab, ko‘p davlatlarda taqiqlangan. Noto‘g‘ri tayyorlansa, meva o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Akini yeyish uchun meva qizarishini va oq shira chiqarishini kutish kerak. Urug‘i o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Yamaykada akini qovurib, yong‘oq ta’miga ega ovqat tayyorlanadi. Afrika noklari rangi va hajmidan baqlajonga o‘xshaydi. Lekin mevaning ichi yam-yashil hamda yumshoqligi saryog‘ga o‘xshaydi (unda 48% yog‘ bor) Noklar qaynatiladi, qovuriladi va xomligicha yeyiladi. Undan hatto bioyoqilg‘i ham tayyorlanadi. Nipa meva hisoblansa ham, aslida daraxt yong‘og‘i. Hindistondan Tinch okeanigacha bo‘lgan daryolar bo‘yidagi palmalarda o‘sadi. Uning barglaridan mahalliy xalq tom yasaydi, hosilidan esa alkogol ichimliklar tayyorlaydi. Bunday tashqari, mevasini muzqaymoqqa sepib ham yeyish mumkin. Lekin sersuv va ta’msiz bo‘ladi. Feroniya yoki fil olmasi Hindistonda va Shri-Lankada yo‘l yoqasida o‘sadi va unchalik ham noyob meva hisoblanmaydi. Ko‘rinishidan feroniya mog‘orlagan kokosga o‘xshaydi, hidi esa undan ham yomon — mayiz va ko‘k pishloqning aralashmasi kabi. Lekin o‘zi mazali meva hisoblanadi. Ta’mi mango va ananasdan qilingan pudingga o‘xshaydi. Mahalliy xalq undan sharbat tayyorlaydi va buni sog‘liq uchun juda foydali deb hisoblaydi. Yulduzsimon olmani tatib ko‘rish uchun Markaziy Amerikaga borishga to‘g‘ri keladi. Olmaning po‘stini yeb bo‘lmaydi, shuning uchun o‘rtasidan kesib, et qismini qoshiq yordamida o‘yib yeyiladi. U juda ham shirin emas, mazasi olxo‘rinikiga o‘xshaydi. Aguaxe — Peruda o‘sadigan palmalarning mevasi.  Usti tangachalar bilan qoplangan, ichidan esa sariq shirin eti yashiringan. Mahalliy aholi undan murabbo, jem, vino tayyorlaydi, quyosh kuyishidan asrashi uchun terisiga surtadi. Tarkibida A vitamin va fitoestrogenlar juda ko‘pligi sabab ayollar uchun foydali meva hisoblanadi. View this post on Instagram U atirgul olma, pomeran olxo‘risi va pomarozaning yig‘indisi. Jambozani faqatgina janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari va Hindistonda tatib ko‘rish mumkin. Chunki bu meva eksport qilinmaydi. Po‘stining yupqaligi va sersuv meva ekani sabab boshqa mamlakatga olib otishga yaramaydi. Po‘sti yupqa, ichidagi sersuv mevasi tarvuz ta’mini beradi. Meva kesilgan payti gullarning hidi ufuradi, shunign uchun uning ikkinchi nomi “atirgul olma”. View this post on Instagram Tumbo yoki bananli marakuyya haqiqiy mevali Frankenshteyn. Ko‘rinishidan bananga o‘xshaydi. Terisi sitrus mevalarniki, ichi esa marakuyya kabi yumshoq. Ta’mi banan va apelsinga o‘xshaydi. View this post on Instagram Pakauni Markaziy va Janubiy Amerikada yeyishadi. Yashil tayoqchalar va qora donlari tashlab yuboriladi. Ichidagi oppoq yumshoq mevasi esa yegulik sifatida foydalaniladi. Mazasi shirin vanil paxtaga o‘xshaydi.
58
4,164
Foto
Ukrainada million yoshdagi fil qoldiqlari topildi
Ukrainaning Donetsk viloyatida, Azov dengizi qirg‘og‘ida joylashgan Mariupol shahri yaqinida mamontning ajdodi bo‘lmish janubiy fil qoldiqlari topildi. Qoldiqlar million yoshdaligi aytilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Mamontlarning eng qadimiy ko‘rinishi bo‘lmish janubiy fillar 2–1 million yil muqaddam yashagan. Suyaklarning bir qismi loy va qumdan, bir qismi esa suv ichidan topildi. Madaniyat va turizm boshqarmasi rahbari Oksana Grinko ko‘proq suyaklarni topib, butun skeletni terish imkoni borligidan umid qilmoqda. Qoldiqlar tahlil uchun Kiyevga yuborildi. Asosiy qazilma ishlari 2017-yil bahorida boshlanadi.
49
633
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. Agung vulqoni. Bali, Indoneziya Oq uy foyesida yangi yil oldi tomoshasi. Vashington, AQSh AQSh prezidenti Donald Trampning tasviri tushirilgan graffitilar. Dublin, Irlandiya Irtish daryosining Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanidagi ko‘rinishi. Xitoy Xarbiy xizmatning yakullanish marosimi. Szyansu provinsiyasi, Xitoy Termonfekindagi kurkalar fermasi. Irlandiya Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan marosim. Sano, Yaman Xitoylik askarlar Szilin provinsiyasida qishki o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda Singapurdagi savdo markazida Liviya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan qutqarilgan muhojirlar Tripolidagi harbiy-dengiz kuchlari bazasida. Liviya
29
765
Foto
96 yoshli tayvanlik o‘z san’ati bilan ona qishlog‘ini buzilishdan saqlab qoldi (foto)
96 yoshli tayvanlik otaxon Xuan Yun-Fu o‘z san’ati bilan ona qishlog‘ini buzilishdan saqlab qoldi, deb yozadi Big Picture. Taychjun yaqinida qishloqda qachonlardir 1200 dan ortiq uy bo‘lgan, ularni hukumat harbiy xizmatchilarga vaqtinchalik taqdim etgan. Yillar o‘tishi bilan istiqomat qiluvchilarning ko‘pchiligi bu yerdan ko‘chib ketgan, yakka tartibda imorat soluvchilar yerlardan sotib ola boshlagan. Oxir-oqibat qishloqda atigi 11 ta uy qoldi, ammo ularning egalari ko‘chib ketishdan bosh tortdi, ular orasida Xuan Yun-Fu ham bor edi. Sobiq harbiy xizmatchi nafaqaga chiqqach, zerikkanidan tasviriy san’at bilan shug‘ullanishni boshlagan va uning ijodi tez orada nafaqat o‘z uyi, balki butun qishloqni ham qamrab ola boshlagan. Qishloq butunlay o‘zgacha qiyofa kasb etib, Taychjunning asosiy sayyohlik nuqtalaridan biriga aylandi, hukumat esa qishloqni buzib tashlash qarorini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keli. Otaxon chizish uchun har kuni tonggi 3 da uyg‘onadi. Eng qizig‘i — Yun-Fu hech qachon professional rassom bo‘lmagan.
85
1,042
Foto
Foto: “Sariq osmonli” Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniya qirg‘oqlariga 16-oktabr kuni “Ofeliya” to‘foni yopirildi. To‘fon “so‘nggi 50 yil ichidagi eng yomon tabiat hodisasi” deb atalmoqda. Uning oqibatlaridan biri Buyuk Britaniyaning ko‘plab shaharlari, shu jumladan London osmonida aks etdi — osmon sariq rangga kirdi. TJournal ana shu g‘aroyib manzara aks etgan suratlarni taqdim etdi. Britaniyaliklar tomonidan Twitter’da yozilgan eng ommabop teglar ro‘yxatiga ko‘ra, foydalanuvchilar bu manzarani “Telba Maks” filmi, dunyoning oxiri va “Yulduzlar jangi”dagi Tatuin sayyorasi manzaralari bilan taqqoslamoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa kelib chiqishiga havo oqimi Sahro cho‘lidan uchirib kelgan qumlar va Portugaliyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida paydo bo‘lgan tutunlar sabab bo‘lgan.
37
767
Foto
Fotogalereya: Iflos momaqaldiroq chaqirayotgan vulqonlar
Chililik fotograf Fransisko Negroni ekstremal ob-havo sharoitlarini aks ettiruvchi suratlari bilan tanilgan. U tomonidan olingan Chilidagi Puyeue vulqoni otilishining surati nafaqat fotografning ijodi ishqibozlarini maftun etgan, balki bir nechta xalqaro mukofotlarni ham qo‘lga kiritgan, deb yozmoqda Big Picture. Gap faqat suratlarda emas, balki Negroni kerakli joyda paydo bo‘lish va tabiatning kuchli hodisalarini kameraga muhrlash qobiliyatiga ega. Negroni vulqon otilishining qismlari va butun kuchiga urg‘u berish uchun asosan kutish bilan vaqtini o‘tkazadi. Uning ba’zi suratlarida iflos momaqaldiroq deb ataluvchi hodisa aks etgan. Iflos momaqaldiroq — vulqon og‘zidan chiqqan chang bulutida chaqmoqning hosil bo‘lishi. Tabiat hodisasi statik elektr toki ishlab chiqaruvchi kul, toshlar va tog‘ rudasi to‘qnashuvi bilan tushuntiriladi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, iflos momaqaldiroqlar vulqon otilishi vaqtida 27—35 foiz holatlarda sodir bo‘ladi.
56
972
Foto
Hovuz tubidagi Maradona surati, finishni to'sib qo'ygan chang'ichilar, Indoneziyadagi suv toshqinlari — 4 yanvar suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Indoneziyada yuz bergan suv toshqinlari tufayli 24 ming kishi evakuatsiya qilindi, 2 kishi halok bo'ldi. Italiyada o'tkazilayotgan tog' chang'isi bo'yicha musobaqada chang'ichi ayollar finish chizig'ida dam olmoqda. xitoyning Chuju provintsiyasida elektr liniyasi o'tkazish ishlari olib borilmoqda. Yaponiyada yangi yilning ilk tijoriy kuni shu holatda boshlanmoqda. Shanxayda odamlar Tai Chi bilan shug'ullanmoqda. Angliyaning Uelney kommunasida daryo suvining o'zanidan chiqib ketishi oqibatida suv toshqinlari yuz berdi. Avstraliya qirg'oqlarida odamlar dengizga tushib ketgan mashinani olib chiqishga harakat qilmoqda. Chilida namoyish paytida prezident saroyi oldiga keltirib qo'yilgan asalari uyalaridan chiqqan asalarilar politsiya xodimlarini qurshab olmoqda. Angliyada yoqqan qor uylarning tomini qoplab oldi. Afsonaviy futbolchi Diego Maradona surati tushirilgan cho'milish havzasida cho'milayotgan odamlar.
122
978
Foto
Fotojamlanma: Pandemiya davrida siyosatchilar bir-biri bilan qanday salomlashmoqda?
Koronavirus pandemiyasi siyosatchilarni ham o‘zaro masofa saqlash hamda xavfsizlik choralariga rioya etishga undamoqda. Mamlakat rahbarlari, vazirlar uchrashuvlarda o‘z hamkasblari bilan odatiy qo‘l berib emas, balki tirsaklari orqali salomlashmoqda. Sputnik ushbu jarayon aks etgan qiziqarli fotojamlanmani taqdim etdi. Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Bryusselda bo‘lib o‘tgan YEI sammitida Isroil vazirlari Gabi Ashkenazi va Izhar Shay hamda Vengriya vaziri Piter Siyyarto AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda COVID-19’ga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan anjumanda AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden va senator Berni Sanders. Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa ittifoqi parlament yig‘ilishida. Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjen Federal zaxira kengashi raisi Jerom Pauell va AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin AQSh palata vakillari spikeri Nensi Pelosi va senator Mitch Makkonnell Turkiya va Italiya vazirlari Mevlut Chavusho‘g‘li va Luidji Di Mayo. Falastinlik vazir Muhammad Shtaye jurnalist bilan salomlashmoqda. Angela Merkel Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bilan salomlashmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Moskvada uchrashuv chog‘ida
83
1,319
Foto
Bolalar sizni hech qachon zeriktirib qo‘ymasligini isbotlaydigan fotosuratlar
Bolalar bor uyda ijodiy jarayon tinimsiz davom etadigandek go‘yo. Endigina dunyoga kelgan bolakaylar shu dunyoni sinchiklab o‘rganishga urinarkan, bu ishda mutlaqo kutilmagan ishlarga qo‘l uradi. Bu esa kattalarga ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Bolalarning sho‘hligi va ijodkorligi, soddaligi va topag‘onligi manzaralari — AdMe fotogalereyasida.
77
356
Foto
Tabiat qonunlarini buzib, ikki oyoqlab yurib ketgan 14 ta it (fotogalereya)
AdMe stereotiplarni nazar-pisand qilmay, odamlar kabi ikki oyoqlab yurib ketgan itlar suratlarini bir joyga to‘pladi. Ularni tomosha qilib, barcha charchoqlaringizdan xalos bo‘lishingiz aniq!
75
191
Foto
Astronavt kun botishining fazodan olingan suratini ko‘rsatdi (foto)
Agar Istagram ijtimoiy tarmog‘ida #sunset xeshtegi bilan surat qidirilsa, kun botishining butun dunyo bo‘ylab olingan 200 milliondan ortiq suratlarini topish mumkin. Biroq, Travel Ask’ning yozishicha, qanchalik harakat qilsak ham, Yerda kun botishini astronaft Aleksandr Gerst olgan suratlardek natijaga erisha olmaymiz. European Space Agency xodimi uni fazodan turib suratga olgan. Astronavt Gerst fazoda ESA’ning amaldagi boshqa astronavtlariga qaraganda ko‘proq vaqt bo‘lgan. Qolaversa, Gers bugungi kunda fazodan eng yorqin va esda qolarli suratlardan birini olishga erishgan suratkashdir. Aleksandr yaqinda Yerga qaytgan bo‘lib, o‘zning Twitter’dagi sahifasida kun botishining fazodan olingan bir necha suratlarini joylagan. Suratda shafaq kun va tun o‘rtasini ajratib turuvchi to‘siq vazifasini bajarishini ko‘rish mumkin.
67
830
Foto
Fotogalereya: Mashhur qiyofadoshlar
Barcha odam o‘z qiyofadoshini uchratishni xohlasa kerak. Afsuski, bu hammaga ham nasib qilavermaydi. Olimlarning tasdiqlashicha, har 135 kishidan 1 nafari o‘z qiyofadoshini uchratishi mumkin. AdMe o‘tmishda yashab o‘tgan insonlarga qiyofadosh bo‘lgan 15 nafar mashhur insonning rasmlarini taqdim etdi. Ilya Mechlikov va Robin Uilyams Iosif Stalin va Serxio Ramos Ispan muzeyidagi surat va Maykl Ser Jessi Pomeroy va Robbi Uilyams Zubayda Tarvat va Jennifer Lourens Ledi Diga o‘xshash ayol Jon Mitchel va Tom Xiddlston Jinjer Rojers va Kristina Agilera 1970-yillarda yashagan ayol va Emma Uotson Pol Uoker va Jon Steynbekning o‘g‘li Jon Brekinrij va Mettyu Perri Rouz Leyn va Meggi Jillenxol Fidel Kastro va Jeyms Franko Notanish qiz va Natali Portman Garold Innis va Eminem
35
787
Foto
Sirdaryoda tug'ilgan gigant chaqaloq, Buchadan topilgan avtomobillar “qabriston”i, metall asalarilardan yasalgan haykallar — 13 aprel suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Bucha shahrida otishmalar oqibatida yaroqsiz holga kelgan “avtomobillar qabristoni” paydo bo'ldi. Metall asalarilardan yasalgan ikkita ulkan haykal o'n yilda bir marta bo'lib o'tadigan Gollandiyaning Floriade bog'dorchilik ko'rgazmasiga tashrif buyuruvchilarni qutlamoqda. Bu ko'rgazmaning maqsadi global aholining shaharlarga ko'chib o'tayotgani sababli shaharlarni yanada barqaror qilish yo'llarini namoyish etishdir. Royal Albert Hall’da raqsga tushayotgan londonliklar. Rossiya hujumidan so'ng shikastlangan uyini ko'zdan kechirayotgan kievlik onaxon. 35 yoshli Muhammad Assaf Isroil qo'shinlari bilan to'qnashuv chog'ida o'ldirilganidan keyin falastinliklar Isroil askarlariga tosh otmoqda. Janubiy Afrika qirg'oqlaridagi shaharlar kuchli yomg'irdan keyin suv ostida qoldi. Yomg'ir suvi shahardagi chiqindilari okeanga chiqarib tashladi. Filippinda Megi tropik to'foni oqibatida o'z qishlog'i ko'chki ostida qolgan aholi qayiqda Abuyog shahriga keldi. Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida yetti kiloli chaqaloq tug'ildi. Bu haqda viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
143
1,185
Foto
Ekvadorlik uchuvchi samolyot kabinasidan olgan ajoyib suratlar (fotogalereya)
Tropik kengliklaridagi reyslarda uchsangiz, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan po‘rtana va momaqaldiroqlarni ko‘rish imkoniyatingiz bo‘ladi. Ekvador aviakompaniyasi uchuvchisi Sanyago Borxa aynan shunday manzaralar aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi, deb yozadi “Fotoshedevri”.
77
268
Foto
Noodatiy yuk ortilgan yuk mashinalari ishtirokidagi avariyalar (foto)
Yosh Forest Gampga onasi aytgan so‘zlar yodingizdami? “Hayot — shokoladli konfetlar qutisiga o‘xshaydi: ichi qanaqasi tushishini hech qachon bilmaysan”. Tirkamali yuk mashinasi avariyaga uchraganda ham shunga o‘xshash holat yuz beradi. Moddiy zararni inobatga olmasak, ular kulgili manzara hosil qiladi, deb yozadi Motor nashri. Bo‘yoq 2015-yilda yuz bergan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng avariya joyi “Simpsonlar” multfilmidan parchani yodga soldi. YTHga uchragan yuk mashinalaridan biri kuzovida sariq bo‘yoq olib ketayotgan edi. Hodisa oqibatida uning kuzoviga zarar yetdi. Avariya oqibatida yuk mashinasi kabinasi va haydovchi ham sariq rangga kirgan. Avariya ancha jiddiy ko‘rinsa-da, har ikkala haydovchiga zarar yetmagan va ular ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga yetkazilgan. Pivo Shu yilning 7-iyul kuni Temp yaqinida (Arizona shtati) yuz bergan avariya mahalliy aholini quvontirdi deyish ham mumkin. Unda hech kim jabrlanmadi, albatta. International yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida tirkama yo‘l chekkasiga chiqib ketdi va yonboshga ag‘darildi. Avariya oqibatida bir necha o‘nlab pivo yashchigi tirkama tomini buzib yubordi va tashqariga to‘kildi. Yuk mashinasi haydovchisiga yengil shikastlanishlar yetgan va uning hayotiga hech narsa tahdid qilmagan. Pivo ortilgan yuk mashinalari ishtirokidagi avariyalar tez-tez uchrab turadi, biroq amalda bu haydovchining mast holatda ekanligidan yuz bermaydi. Jo‘jalar 2015-yilning avgustida Xitoy sharqida haydovchi boshqaruvni yo‘qotganligi tufayli 10 minglab kichkina jo‘jalar ozodlikka chiqib ketdi. Haydovchining baxtiga yaqin qishloqning ko‘ngilli aholisi jajji qochoqlarni tutishga yordam berdi. YTH oqibatida bir nechta jo‘ja halok bo‘ldi, ammo ko‘p qismi tirik qoldi. Biroq ularning taqdiri ham havas qilarli emas — yetti ming dollar qiymatga ega bo‘lgan yuk restoranlar uchun mo‘ljallangan edi. Ilonbaliq Oregon shtatida uch yarim tonnaga yaqin shilliq ilonbaliq olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Shilimshiqning g‘ildiraklar harakatlanishiga ta’siri tufayli yana beshta avtomobil avariyaga uchradi. Hodisalar zanjiri oqibatlarini bartaraf etish uchun huquq-tartibot xodimlari shosseni bir necha soatga yopib, o‘t o‘chiruvchilar va traktorlarni jalb etishga majbur bo‘ldi. Pul 2015-yil kirib kelishi arafasida Gonkongda inkassator furgoni yengil avariyaga uchradi. Zarba kuchli bo‘lmaganligiga qaramasdan, mashinaning orqa eshigi unga dosh berolmadi va 2 million yevroga teng pul ko‘chaga sochilib ketdi. Bir necha daqiqadan so‘ng yo‘lda ulkan tirbandlik yuzaga keldi. Politsiya odamlarni pullarni qaytarishga chaqirdi, biroq insof tuyg‘usi hammada ham uyg‘onavermadi. Yuz bergan hodisa qaysidir filmni (yoki rep ijrochi klipi) suratga olish jarayonini eslatdi.
69
2,775
Foto
Dunyo bo‘ylab ajoyib ko‘ylaklarda sayohat qilib, eng chiroyli joylarda suratlar olayotgan qiz (foto)
Ninelly nikli rossiyalik bloger #MyDressStories nomli ajoyib fotoloyiha yaratdi. U loyiha doirasida o‘z obunachilarini uning kamerasi obyektivi orqali sayyoraning eng maftunkor joylariga sayohatga otlanishni taklif qiladi, deb yozadi TravelAsk. Qiz o‘z hikoyalarini so‘zlab berib va kechinmalarini xushbichim ko‘ylaklar yordamida ifodalab butun dunyo bo‘ylab sayohat qiladi. U liboslardan ba’zilari uning o‘zi tomonidan yaratilganligini ma’lum qiladi. Ularning yordamida turli tabiat manzaralari, madaniyat va milliy an’analarni qanday his etishini ifodalashni istadi. Ninelly o‘z suratlarini afsonaviy hikoyalarga boy albomga aylantirish istagida. Kappadokiya, Turkiya Toj-Mahal, Hindiston Kurmayor, Italiya Batumi xiyoboni, Gruziya Moskva davlat universiteti Jaysalmerda tong otishi, Hindiston Milan, Italiya Jaysalmer, Hindiston San-Marko, Venetsiya Udaypurda tong otishi, Hindiston
100
894
Foto
Fotogalereya: Toshkentdagi qish manzaralari
Yakuniga yetgan qish faslning fayzi bo‘lgan qorlarga boy bo‘ldi. Sovuq va izg‘irinli kunlar nihoyasiga yetib borayotgan bir pallada beixtiyor shu kunlarning xotiralari yodga tushadi. “Daryo” Instagram’dagi @intashkent sahifasiga tayanib, Toshkentdagi qish manzaralari aks etgan fotojamlanmani taqdim etadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
43
397
Foto
Istalgan matodan san’at asari darajasida libos tikishga qodir oddiy odamlarning ijod mahsuli (foto)
Diplomi bor yoki o‘zi mustaqil ravishda o‘rganganidan qat’iy nazar, professionallar ishini tomosha qilish hamisha maroqli bo‘lgan. Birgina tikuv mashinasi, ip va mato hamda biroz fantaziya bilan o‘ziga xos libos yaratishga muvaffaq bo‘lgan kishilarning ijod mahsulini e’tiboringizga havola etamiz. “1900-yillarning boshidagi illyustratsiyadan ilhomlanib, kapalakni esga soladigan libos yaratdim”. “Sarafan yuvinish xonasidagi pardadan tikilgan, deb kim ham o‘ylabdi deysiz”. “Eski, uzun libosimni yangiladim”. Parda va adyoldan tikilgan kurtka. “Birinchi marta kiyimga naqsh tikdim”. “Tabiiy ipak va jun matosidan bir nechta sharf qilib oldim”. “60-yillar uslubida ko‘ylak tikishga harakat qildim”. “Maxsus buyurtmani kecha tikib bitirdim”. ”Mato qoldiqlaridan tikkan eng sevimli libosim”. “Ikkita arzon koftadan zapaxli bitta kofta tikib oldim”. “Eski uzun kofta va mato qiyqimidan ko‘ylak-sviter tikib oldim”. “Ushbu kostyumni bezash uchun 30 soatga yaqin vaqt ketdi”. “Eski jinsidan o‘ziga xos top tikib oldim”. “Uchta eski futbolkadan tikilgan bitta yangi futbolka”. “Mana, kungaboqarlarim qanday chiqdi”. “IKEA’dan olingan sumka vetrovkaga aylandi”. Eski erkaklar ko‘ylagidan mana nimalar qilsa bo‘ladi. “Eski jinsiga rang va iplar yordamida yangicha ko‘rinish berdim”. “O‘zim uchun ko‘ylak va 5 nafar mushugim uchun bo‘yinbog‘ tikdim”.
99
1,360
Foto
Chirchiq daryosi bo‘yidagi chiqindilar (foto)
Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zosi Chirchiq daryosi sohillarining chiqindilar uyumiga aylanib ketgani masalasini yana ko‘tardi. “Chiqindilarni keltirib, daryo yoqasidagi chuqurga to‘kishayotgani haqida shu yerga ham, portalga ham yozgandim. Qurilish chiqindilari tashlanayotgani haqidagi quruq rasmiy javob bilan qutulishdi. Kecha esa shunday manzara guvohi bo‘ldimki, odamning yig‘lagisi keladi. Yana qayerga yozish kerak?” — deya qayd etdi foydalanuvchi. Postga fikr bildirgan guruh a’zolarining ba’zilari bunday vaziyatning yuzaga kelganligini madaniyat va ta’limning past darajasi bilan bog‘lagan bo‘lsa, ba’zilar bunda mas’ul mansabdorlarning loqaydligini aybdor qilgan. Ko‘pchilik foydalanuvchilar masala yechimi — O‘zbekistonda chiqindini qayta ishlash zavodlarini ko‘paytirish ekanligini ta’kidlagan. “Potrebitel.uz” guruhi a’zosi Toshkentning Sergeli tumanida Chirchiq daryosi yoqasida hosil bo‘lgan chiqindilar tepaligining suratlarini avval ham e’lon qilgan edi.
45
986
Foto
Fotogalereya: Arzon va shinam yashash mumkin bo‘lgan mamlakatlar
AdMe arzon narxlarda va shinam yashash mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini taqdim etdi.
64
89
Foto
Fotogalereya: Bir bor qaraganda tushunib bo‘lmaydigan suratlar
Ba’zi suratlarga qarab, fotograf bu bilan nima demoqchi ekanini tushunolmay qolamiz. Bu shunchaki omadsiz kadrmi yoki o‘zini ifodalashning ajoyib usulimi? Nima bo‘lganda ham o‘zida sirli syujetlarni aks ettirgan va yaxshilab tushunish uchun uzoq qarash kerak bo‘lgan suratlar bor, deya yozadi “Zakon.kz”.
62
304
Foto
Koronavirus iskanjasidagi dunyo: Hech kimni befarq qoldirmaydigan 20 ta surat
Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq vaziyat noaniqligicha qolmoqda: kasallik ko‘paymoqda, o‘lim kamaymoqda, hamma ikkinchi to‘lqinni kutyapti (yoki birinchisining davomi), ba’zilari finta nazariyasiga ishonishda davom etmoqda. Pandemiya sabab 35 awards fotolar tanlovi koronavirus hamda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish mavzusiga bag‘ishlandi. Unda deyarli 3289 kishi ishtirok etgan, ular 8000 ga yaqin fotosuratlar yuborgan. Quyida tanlovga taqdim etilgan fotosuratlardan eng saralari taqdim etiladi. Xitoy, Shanxay Rossiya, Gulkevichi Ukraina, Xerson Rossiya, Jeleznogorsk Hindiston, Kalkutta Boliviya, La-Pas Eron, Tehron Turkiya, Anqara Polsha, Poznan
77
679
Foto
Fotogalereya: Odamlarda samimiylikni uyg‘otuvchi suratlar
AdMe bir qarashdayoq odamlarda samimiy tuyg‘ularni uyg‘otuvchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
57
94
Foto
Fotogalereya: Yaponiyaning biz bilmagan g‘amgin tomoni
Yaponiya ko‘z oldimizda har doim sakura, romantik tog‘lar va milliy kiyimdagi yaponlar bilan gavdalanadi. Lekin Neji Makidori taxallusi bilan ijod qiladigan ismi noma’lum yapon fotografi mamlakatining biz bilmagan manzaralarini rasmga olgan. Travel Ask mana shu rasmlarni taqdim etdi.
54
284
Foto
Foto: Uy kattaligidagi kapalaklar. Tabiat go‘zalligi 3D graffitilarda
Fransiyaning shimoli-sharqidagi Mets shahrida yashovchi 30 yoshli Mantra taxallusli rassom o‘zining asl ismini sir saqlaydi. Mantra tomonidan uylarning devorlariga chizilgan tasvirlarni Buenos-Ayres, Sietl, Vena, Parij, Lima, Kito, Bogotada va boshqa shaharlarda ko‘rish mumkin. National Geographic rassomning ijodidan namunalar taqdim etdi. Mantra chizish bilan yoshligidan buyon shug‘ullanadi. Skeytbording bilan shug‘ullanish uning uchun graffiti dunyosini ochgan. 2008-yildan buyon rassom beqiyos texnika qo‘llagan holda binolar devorlarida o‘z suratlarini chizmoqda. Ko‘pchilik ko‘cha san’ati ustalaridan farqli ravishda Mantra trafaret va to‘rlardan foydalanmaydi, ammo uning ishlari haqiqiy 3D tasvirlarga aylanadi. Devorlardagi asarlarning asosiy qahramonlari qushlar, hashoratlar va sudralib yuruvchilar hisoblanadi. Mantra odamlarning suratini ham chizishi mumkin, biroq bu suratlardan, albatta, floraning qandaydir qismi joy oladi.
69
944
Foto
Qo‘l mehnati: Insonlarning o‘z-o‘zlaridan faxrlanishga arziydigan ijodiy ishlaridan namunalar (foto)
Har kuni hayotimizda biror-bir yoqimli voqea yuz beradi, lekin biz har doim ham bu haqda hatto yaqinlarimizga ham aytib berish imkoniyatidan foydalanmaymiz. Ammo bu noto‘g‘ri: tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijobiy tajriba va his-tuyg‘ularimizni boshqalar bilan baham ko‘rish hayotimizni yaxshilaydi va yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga undaydi. “Xotinim qizimning tug‘ilgan kuniga keks va muzqaymoqli tort tayyorlab, tungi 3 gacha uxlamadi”. “Opam va uning oilasi uchun ajoyib shaxmat taxtasini yasadim”. “Bolaligimdan o‘zimning mo‘jaz kutubxonam bo‘lishini orzu qilardim. Bugun nihoyat tugatdim”. “Men hech qachon bunchalik xursand bo‘lmagandim: o‘zim yetishtirgan zanjabil hosilini yig‘ib oldim”. “O‘zimning birinchi asarimni sotdim. Bundan juda xursandman!”. “Mushuklarim hovlida men bilan birga dam olishlari uchun ularga ayvoncha qurdim. Hammasi uchun bir kun kerak bo‘ldi”. “Fokachchu pishirib ko‘rdim”. “Bu men yasagan birinchi skripka”. “Bugun qizimning birinchi tug‘ilgan kuni. Pulim yetganicha shu kichkina tortni pishirdim. Men o‘zimdan juda faxrlanaman!” “Men bu papye-mashe haykalchasini eng yaqin do‘stim uchun yasadim”. “Men bitiruv kechasida Sponj Bob rasmli kepka kiyaman deganimda, ba’zilar meni ahmoqqa chiqarishdi. Ammo bu hayotimdagi eng yaxshi ijodimdir”. “Yuvinish xonasining dizaynini o‘zgartirdim. Bu menga atigi 150 dollarga tushdi”. “Buvim kuchugiga qalpoqcha to‘qibdi”. “Men eski stulning charmidan foydalanib, Balenciaga sumkasini yasadim. Hammasiga 6 dollar sarfladim”. “O‘zimni yomon his qilganimda, ustaxonamga borib, shu qisqichbaqani yasadim”. “O‘zimga to‘y libosi to‘qib oldim”. “14 yoshli qizim buni mehnat darsida yasabdi. Men shunchaki g‘ururlanib ketdim”. “Lego odamchalarini yog‘och o‘ymakorligidan yasagan birinchi ishim. Itimning ham maqtanadigan narsasi bor”.
100
1,819
Foto
Foto: Filmdagi obrazi uchun bir necha yilga “qarishga” majbur bo‘lgan yulduzlar
Ijrosidagi roli muvaffaqiyatli chiqishi uchun aktyor va aktrisalar imijini keskin o‘zgartirishga, boshqacha qiyofada ko‘rinish berishga rozi bo‘ladi. “Domashniy ochag” jurnali ekranda tanib bo‘lmas darajada ko‘rinish bergan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tadi. Bred Pitt — “Benjamin Battonning sirli hikoyasi” Ushbu (The Curiouscase of Benjamin Button) filmda qariya sifatida ko‘rinish berish uchun Bredd Pitt 5 soat pardoz stoli qarshisida o‘tirgan. Keyt Uinslet — “Kitobxon” “Kitobxon” (The Reader) filmida Keyt Germaniya shaharlaridan birida tramvay konduktori bo‘lib ishlaydigan ayol rolini ijro qilgan. Uning qahramoni 20 yil qamoqda jazo muddatini o‘tashga majbur bo‘ladi. Jonni Depp — “Qora Messa” Aktyor ushbu (Black mass) filmda 19 ta qotillikni uyushtirib, shu bilan birga FQBga ishlaydigan Uaytri Baljer ismli qahramonni gavdalantirgan. Taqdiri oddiy kechmaydigan qahramonning ko‘rinishi Jonnining asl qiyofasidan keskin farq qiladi. Mila Yovovich — “Yovuzlik maskani” “Yovuzlik maskani” (Resident Evil)ning so‘ngi qismida aktrisa 44 yoshga “qarigan”. Keksa ko‘rinishga keltirish uchun naqd 4 soat vaqt sarflangan. Gari Oldman — “Drakula” Aktyor Frensis Ford Koppolning filmida Brem Stokerning romanidagi mashhur graf-vampir sifatida ko‘rinish bergan. Tilda Suinton — “Grand Budapesht mehmonxonasi” “Grand Budapesht mehmonxonasi (The Grand Budapest hotel)da Tilda badavlat va g‘alati ayol rolini ijro qilgan. Jim Kerri — “Lemoni Sniket: 33 baxtsizlik” Afsonaviy komik “Lemoni Sniket: 33 baxtsizlik” (Lemony Snicket’s a series of unfortunate events)da yovuz graf — Olaf rolini ijro qilgan. Meril Strip — “O‘rmon ichida” Klassik ertaklar motivi asosida suratga olingan (Into the woods) filmda aktrisa yoqimsiz jodugar sifatida ko‘rinish bergan. Nikol Kidman ko‘l — “Ko‘l tepasi” “Ko‘l tepasi” (Top of the lake) detektiv serialining ikkinchi mavsumida Nikol yoshi o‘tgan qahramonni gavdalantirgan. Demi Mur — “Bequsur” O‘g‘rilik haqida hikoya qiluvchi film ( Flawless)da Demi Mur oq sochli parik kiyib, ajinlar bilan ko‘rinish bergan. Vaynona Rayder 18 yashar Vaynona “Qaychi qo‘l Edvard” (Edward scissorhands)da keksa qahramonni gavdalantirishdan cho‘chimagan. Julianna Mur — “Soatlar” Aktrisa faqatgina ekranda qarishi mumkin. “Soatlar” (The hours) filmi ekran yuzini ko‘rganidan buyon 17 yil vaqt o‘tganiga qaramay, aktrisa tobora yosharayotgandek ko‘rinadi. Naoimi Uotss — “J.Edgar” Klint Istvudning siyosiy dramasida barcha: Naomi ham uning hamkasbi Leonardo Di Kaprio va Armi Xammer ham qariydi. Gap shundaki, filmda voqealar 60 yil davom etadi. Leonardo Di Kaprio — “J.Edgar” Armi Xammer — “J.Edgar” Monika Beluchchi — “Karkidonlar mavsumi” Turk va Eron ijodkorlari tomonidan ishlangan (Fasle kargadan) dramada Monika yoshi o‘tib, sochlarini oq bosgan qahramon sifatida ko‘rinish bergan.
79
2,822
Foto
Fotogalereya: Aql bovar qilmas tarzda o‘zgarib ketgan yulduzlar
AdMe turli sabablarga ko‘ra ancha-muncha ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan mashhurlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Ortiqcha vazn oqibatida paydo bo‘luvchi kasalliklar tufayli bevaqt vafot etishdan qo‘rib ozishga qaror qilgan. Ikkinchi farzandini dunyoga keltirgan Kim o‘z oldigan ozishni maqsad qilib qo‘ygan va bunga erishgan. “Galaktika posbonlari” filmidagi jamoa yetakchisi obraziga mos kelish maqsadida ozgan. Kristina o‘zining to‘yi munosabati bilan ozishga qaror qilgan. Jonaning ta’kidlashicha, u og‘irligi hayot va mamot o‘rtasidagi chegaraga qadar yetib qolganidan so‘ng ozishga qaror qilgan. Avstraliyalik milliarderga turmushga chiqish munosabati bilan ozgan. “Mashinist” filmidagi roli uchun ozishiga to‘g‘ri kelgan. Kelli o‘z hayot tarzini butunlay o‘zgartirish maqsadida ozishga majbur bo‘lgan. Aktyor Makkonaxi Dallas Buyers Club filmidagi roli uchun ozgan. Jessika turmushga chiqishidan oldin ozishga qaror qilgan. Qo‘shiqchi o‘zining metin irodasi sabab ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga erishgan. Ortiqcha vaznga qarshi bir necha yil kurashgan Opra o‘zi uchun ajoyib yechim topgan — ortiqcha vazn yo‘qotishni yengillashtiruvchi mahsulotlar va xizmatlar taklif etadigan kompaniya bilan hamkorlik qilgan.
63
1,237
Foto
Foto: Dunyodagi eng badavlat kishilarning umr yo‘ldoshlari
Ko‘pchilik badavlat insonlarni faqatgina yosh va go‘zal xonimlarga uylanadi, deb o‘ylaydi. Aslida-chi? Ular tanlovda bunga e’tibor beradimi? Yoki sadoqat va muhabbat yo‘lini afzal ko‘radimi? Jeff Bezos − 180 milliard dollar Amazon asoschisi 2019-yilda rafiqasi Makkenzi Bezos bilan ajrashgan. 25 yillik turmushdan so‘ng milliarderning ko‘ngli boshqasiga tushdi, u teleboshlovchi Loren Sanches edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jeff va Makkenzining ajrimi sakkiz oy davom etgan. Eng qizig‘i shundaki, o‘shanda Sanches boshqa inson bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Ammo Jeffning rafiqasi bilan ajrashayotganini eshitgandan so‘ng u ham munosabatlarni to‘xtatishga qaror qilgan. Jeff va Sanches hozirda birga, ammo ular rasman oila qurmagan. Ilon Mask − 174 milliard dollar Tesla va SpaceX rahbari deyarli uch yildan beri Kler Bushe bilan uchrashadi. Ma’lum bo‘lishicha, ular Twitter ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan. Umuman olganda, Kler Maskning hazil tuyg‘usini qadrlaydi va uni juda yaxshi tushunadi. Bu esa ularni yanada yaqinlashtirgan. Juftlik chindan ham bir-biriga mos. Bunday bo‘lmaganida, kim ham farzandiga ularniki kabi raqamlardan iborat ism qo‘yar edi?! Bill Geyts − 136 milliard dollar  Lekin Microsoft asoschisi Bill 27 yildan buyon o‘z rafiqasiga sodiq. Melinda va Bill ish jarayonida tanishgan. Kompyuter dahosi nafaqat o‘zining ajoyib ishchisi bo‘lgani uchun, balki past poshna kiygani tufayli ham kompaniyasining xodimiga e’tibor qaratgan. Bill hamisha poshnalar qancha past bo‘lsa, ayol shuncha aqlli bo‘ladi, deb ishongan. Melinda turmushga chiqqach, Microsoft’dan ishdan ketgan bo‘lsa-da, karyerasidan voz kechmagan. Shuningdek, u dunyodagi eng nufuzli ayollardan biri. Juftlikning uch nafar farzandi bor. Ular baxtli hayot kechirmoqda. Bernar Arno − 117 milliard dollar  Louis Vuitton kompaniyasi asoschisi 72 yoshli Moet Hennessy ikki marta turmush qurgan. U ikkinchi rafiqasi pianinochi Elen Merse bilan 30 yildan buyon baxtli. “Taniqli skripkachi Ivri Gitlis kechki ovqatga taklif qilgan edi, u yerda Bernar bilan uchrashdim. Oradan uch hafta o‘tgach, yana ko‘rishdik. Shundan so‘ng tez-tez ko‘rishish boshlangan. U Shopenning asarlarini ijro etishni yaxshi ko‘radi”, − deydi Elen intervyuda. Aytgancha, u dunyodagi eng boy odamlardan birining rafiqasi bo‘lishiga qaramay, uyda qolib ketmadi. U hamon musiqa bilan shug‘ullanadi va yiliga 30 ga yaqin konsert taqdim etadi. Uorren Baffet – 97,7 milliard dollar 90 yoshli Uorren Baffet 2006-yilda latviyalik immigrant Astrid Menks bilan turmush qurgan. Ammo bundan oldin ularning munosabati 20 yildan ortiq davom etgan. Milliarderni Astrid bilan tanishtirgan uning birinchi turmush o‘rtog‘i – Syuzen edi. Juftlik uzoq vaqt birga yashamasa-da, rasman ajrashmagan ham edi. Ammo Syuzen turmush o‘rtog‘ini uning dugonasi bilan yashayotganini bilgan va bundan umuman tashvishga tushmagan. Sababi u Baffetni turmush o‘rtoq emas, aka sifatida ko‘rgan. 2004-yilda Syuzenning vafotidan so‘ng Baffet chinakamiga ozod bo‘lib, darhol Astridga turmush qurish taklifini bildirgan. Mark Sukerberg – 97 milliard dollar Juftlikning sevgi hikoyasi ko‘pchilikka ma’lum. Channing so‘zlariga ko‘ra, Sukerberg unchalik ham havas qiladigan kuyovga o‘xshamagan, aksincha, kitob o‘qishdan bosh ko‘tarmas edi. Biroz vaqt o‘tgach, Prissilla va Mark uchrashishni boshladi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, ular ajrashishga qaror qilgan. Chunki bunga sabab ularning turli xil turmush tarzi edi. Chan o‘qishni, Sukerberg esa Facebook ijtimoiy tarmoq loyihasi ustida ish boshlagan. Shu tarzda ular uchrashuvga ham vaqt topa olmagan. Ammo taqdirdan qochib bo‘lmaydi. 2007-yilda juftlik yana bir-birini topgan. Prissilla diplomga, Sukerberg esa Facebook tufayli muvaffaqiyatga erishishi bilan 2012-yil turmush qurdi. Hozirda ularning ikki farzandi bor. Larri Peyj – 92,9 milliard dollar 47 yashar Google qidiruv tizimining asoschisi go‘zal Lyusiya Sautvort bilan 14 yildan buyon bir oila bo‘lib yashamoqda. Milliarder modelni nafaqat go‘zalligi uchun, balki Oksford, Pensilvaniya, Stenford universitetlarini tamomlagan olima va qat’iyatli qiz bo‘lgani uchun ham sevib qolgan. Hozirda Lyusiya Stenford universitetida biotibbiyotdan dars beradi. Ularning ikki nafar farzandi bor. Sergey Brin – 89,9 milliard dollar Biotexnika kompaniyasi − 23andMe bosh direktori Sergey Enn Vojtski bilan turmush qurgan. 2013-yilda juftlik xabarlarga ko‘ra, Sergeyning xiyonati tufayli ajrashdi. 2018-yilda esa Sergey Nikol Shanaxan bilan oila qurgan. Ularning bir nafar farzandi bor. Larri Ellison – 84,3 milliard dollar Oracle korporatsiyasi direktorlar kengashining raisi 76 yoshda, ammo u juda yosh ko‘rinadi. Larri 4 marta oila qurgan. U oxirgi turmush o‘rtog‘i Melani Kraft bilan 2010-yilda ajrashgan. Shunda ham yolg‘iz qolmadi. Darhol 19 yashar Nikita Kan bilan uchrashishni boshladi. Juftlik orasidagi farq 47 yoshni tashkil qiladi. Ularning munosabati hanuzgacha davom etmoqda. Milliarderning sevgilisi ham muvaffaqiyatli model, aktrisa, faol va ko‘chmas mulk agentliklari tarmog‘ini o‘z ichiga olgan bir nechta biznes egasi. Mukesh Ambani – 84,3 milliard  Mukesh Nita bilan 1985-yil turmush qurgan. Nita milliarder bilan tanishgan vaqtda maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlar edi. Keyinchalik turmush o‘rtog‘i bilan birga oilaviy biznes yuritishni boshladi. Ularning uch nafar farzandi bor.
58
5,312
Foto
Fotogalereya: Avstraliyaning alohida bir dunyo ekanligini ko‘rsatuvchi suratlar
Avstraliya nafaqat alohida qit’a, balki alohida bir dunyo. AdMe ana shu dunyoni aks ettirgan suratlarni taqdim etdi.
79
116
Foto
Fotogalereya: Katta mablag‘ keltirgan noodatiy g‘oyalar
AdMe mualliflariga o‘zlari kutganidan ham ko‘proq muvaffaqiyat keltirgan noodatiy biznes-g‘oyalar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. IllumiBoel 2.0 ixtirosi unitazga o‘rnatiladi va u xonaga kirgan odamning harakatini maxsus datchik yordamida sezib, o‘zi yonadi. Qurilmaning narxi 10 dollar bo‘lib, uni rivojlantirishga 226 ming dollar yig‘ilgan. Zak Braun kartoshkali salat tayyorlashga qaror qilgan va unga ketadigan mahsulotlarni sotib olish uchun 10 dollardan yig‘ish kampaniyasini tashkil etgan. Uning maqsadi eng ahmoqona va foydasiz g‘oya uchun ham pul ishlash mumkinligini isbotlash bo‘lgan. Natijada Zak 7000 kishidan 55 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishga erishgan. MaKey MaKey Go qurilmasi odatiy fleshka ko‘rinishida bo‘lib, u barcha narsani, masalan, pitssa bo‘lagini, bodiring yoki jeleni kompyuter klaviaturasiga aylantira oladi. G‘oya odamlarni shu qadar qiziqtirib qo‘ydiki, uning amalga oshirilishi uchun 200 ming dollar xayriya qilindi. Amarbush — tishlarni 10 soniyada tozalay oladi. Qurilma ishlashi uchun uni tishlash va ushlagichini aylantirish lozim, qolganini uning o‘zi bajaradi. Amabrush’ni yaratish uchun bir oy davomida 3,2 million yevro to‘plangan. Islandiyalik dizayner Torunn Arnadottir shamning noodatiy shaklini yaratdi — mushuk ko‘rinishida shamga o‘rnatilgan metall karkas yuqori haroratda skeletga o‘xshab qoladi. Torunn o‘zining ushbu g‘oyasi uchun 102 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Ayiq-kastyum — hayotda umuman keraksiz bo‘lgan buyumlardan ham pul ishlash mumkinligining isbotidir. Ushbu loyihaning yaratuvchilari 2500 dollar pul ishlab olishni rejalashtirishgan, ammo ular 29 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
55
1,692
Foto
Qirolicha Yelizaveta II tomonidan Vindzorlarga hadya qilingan hashamatli uylar (foto)
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning sovg‘alari har doim o‘z miqyosi va maqomining ahamiyati bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, nafaqat qirollik unvonlari, balki rezidensiyalar ham sovg‘a sifatida berib turiladi. Anmer-Holl (Kembrij gersogi va gersoginyasi) Rezidensiya Yelizaveta II dan Keyt va Uilyamga to‘y sovg‘asi sifatida hadya qilingan. Bu hashamatli 10 xonali uy Norfolkdagi Sandringem shtatida joylashgan. 2017-yilgacha bu uy juftlikning rasmiy qarorgohi hisoblanar edi, lekin ular Londonda ko‘proq vaqtlarini qirolicha xizmatida bo‘lib, xayriya loyihalarini amalga oshira boshladilar. Bugungi kunda gersog va gersoginya Kensington saroyida yashaydi, lekin ular hali ham Anmer-Hollni juda yaxshi ko‘rishadi. G‘arb ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ular karantin paytida vaqtlarini shu yerga o‘tkazishgan. Getkomb-park (malika Anna va Mark Filipps) 1976-yilda malika Anna Mark Filippsga turmushga chiqqanida onasi Glostershirdagi Getkomb-park qarorgohini sotib olgan. Keyinchalik er-xotinning ajrashishiga qaramay, malika hozirgi kundagi turmush o‘rtog‘i Ser Timoti Lourens, shuningdek, qizi Zara Tindall va uning oilasi bilan shu yerda yashaydi. Malika Anna mohir chavandoz bo‘lib, bu yerda sport festivallarini ham o‘tkazadi. Begshot-park (shahzoda Edvard va Uesseks gersoginyasi) Begshot-park 1631-yildan buyon oila tassarrufida bo‘lsa-da, qonuniy jihatdan qirollik mulki hisoblanadi. Biroq qirolicha o‘zining kichik o‘g‘li Uesseks grafi Edvard va Sofiga turar joy binosini, otxonalarini va kichik uyni ijaraga bergan. Hozirda bu ulug‘vor bino ularning bolalari —  Luiza Vindzor xonim va Jeyms vikont bilan yashaydigan uyi hisoblanadi. Qasr 1879-yilda qurilgan va 120 xonadan iborat. Sanninghill-park (shahzoda Endryu va Sara Fergyuson) York gersogi 1986-yilda Sara Fergyusonga uylanganida qirolicha ular uchun Berkshir shtatidagi Sanninghill-parkda 12 xonali uy buyurtma qilgan. Er-xotin ajralishgunlaricha shu yerda o‘n yil yashadi. Sundan keyin uy sotilgan va buzilgan, lekin shahzoda Endryu ham, Sara Fergyuson ham birgalikdagi hayotlarining eng yaxshi xotiralarini shu uy hamda qizlari Beatris va Yevgeniya bilan bog‘lashadi. Juftlik 1996-yilda ajrashgan 2003-yildan beri Endryu va Fergi Vindzordagi qirolichaning sobiq mulki bo‘lgan qirollik lojasida istiqomat qiladi.
85
2,312
Foto
Foto: Turk aktyori Burak O‘zchivit va unga ikki tomchi suvdek o‘xshash qiyofadoshi
Turkiyaning mashhur aktyori Burak O‘zchivitning egizagi topildi. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, suratga olish maydonchasida Burak O‘zchivitning model sifatida tanilayotgan Burak Xon ismli adashi hamda o‘xshashi paydo bo‘ldi. Mahoratli aktyor Burak O‘zchivitning o‘xshashi borligi ma’lum bo‘lgach ko‘plab muxlislarni hayratga soldi. Ta’kidlanishicha, Burak Xon O‘zchivitdan 10 yosh kichkina bo‘lishiga qaramay, aktyorlar bir-biriga juda o‘xshash. Hatto Burakning do‘stlari ham ularning o‘xshashliklaridan hayron qoldi. O‘zchivitning so‘zlariga ko‘ra, uni Xon bilan taqqoslashlarini  hamda bu boradagi savollarga javob berishni yoqtirmaydi. O‘zchivitning o‘zi aytganidek, Xon undan nusxa ko‘chirmoqda. “Hammasi oddiy. Xon menga taqlid qilishga urinmoqda, soch va soqolini xuddi menikidek o‘stiradi. Shuningdek, xatti-harakatimga ham taqlid qilmoqda”, − deydi Burak. Xon va O‘zchivit birgalikda ishtirok etgan reklama roligi rejissorining so‘zlariga ko‘ra, u ba’zida ikki aktyorni ajrata olmay qolgan. Xonning o‘zi bu borada ancha ijobiy fikrda bo‘lib, o‘xshashligi hamkasbi tomonidan rad etilgan bo‘lsada, xafa emas. “Men O‘zchivitni tushunaman, u yagona bo‘lishni xohlaydi. Bu har qanday aktyor uchun odatiy hol. Men hech kimga taqlid qilmayman, shunchaki suratga tushish maydonchasida o‘xshashlikdan mohirlik bilan foydalanaman”, − deydi Xon. Bundan tashqari u Gollivud yulduzlarining ham o‘xshashlari borligini, ammo mashhurlar ularga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lganini ham ta’kidlab o‘tgan.
82
1,532
Foto
Mashhur ayollarning qizil yo‘lakdagi eng kulgili obrazlari (foto)
Odatda qizil yo‘lakdan yurib kelayotgan har qanday yulduz hali hech kim ko‘rmagan qimmatbaho liboslarda namoyon bo‘ladi. Qo‘l mehnati hamda dizaynerlardan talab etilgan mashaqqatlar libosning bahosini yanada oshirishi tabiiy. Ammo hamisha ham yulduzlar yangilik qilish niyatida tanlagan liboslari kutilgan natijani bermaydi. Hattoki, bu bilan atrofda kulgi uyg‘otishi ham hech gap emas, garchi ularga ko‘p vaqt sarflangan bo‘lsa-da. Keti Perri Keti Perri Sara Jessika Parker Madonna Zendaya Lili-Rouz Depp Zoi Kravits Julianna Mur Xelen Lasichan Jaklin Van Birk Joy Villa Santigold Kesha Rita Ora Pink Janel Mone Peris Xilton El Fanning Shennon Perzer Diana Kryuger
65
684
Foto
Ilm-fan nuqtai nazaridan dunyodagi eng kelishgan erkaklar aniqlandi (fotogalereya)
Burun, lab va yuz ovali proporsiyalari 1,618 soniga qanchalik yaqinligiga qarab, Gollivudning eng kelishgan erkaklari aniqlandi, deb yozadi AdMe. Bonus: Jozibadorlik koeffitsiyentini qanday hisoblash mumkin? O‘z yuzingizni suratga tushiring: kulmang va to‘g‘ri kameraga qarang. Tasvirni A4 formatidagi qog‘ozga chiqarib oling va quyidagi o‘lchamlarni amalga oshiring:
82
374
Foto
Samolyot yo‘lovchilari suratga olgan eng aqlga sig‘mas narsalar
Parvoz qilishni hamma ham yoqtiravermaydi, ba’zilar esa aerofobiyadan aziyat chekadi. Internet foydalanuvchilari ular samolyot bortida suratga olishga erishgan aqlga sig‘mas narsalar bilan muntazam bo‘lishadi. Bu suratlardan ba’zilari juda ajoyib ko‘rinsa, boshqalari samolyotga chipta xarid qilish fikridan voz kechishga undaydi, deb yozadi TravelAsk. Bu odam samolyot qanotida yurib ketayotgandek, aslida bu shunchaki oynadagi surat Bu kurka qo‘shnilarini bezor qilgan ko‘rinadi Bu kuchuklar esa parvozidan mamnun Bulutlarni kuzatish, bundan ham romantik holat bormi? 10 kilometr balandlikda unchalik ham umid bermaydigan ko‘rinish Bundan faqat shokka tushish mumkin! Oynani karton bilan yelimlab qo‘yishga qaror qilishdimi? Balki bu aerofobiyaga qarshi kurashish usulidir? … yoki o‘z o‘rnini “isitish”ga urinishmi? Salonni tutun qoplaganda, vahima boshlanishi hayratlanarli emas Aerofobiyadan aziyat chekkaningizda… Paypoqlarni quritish uchun ajoyib joy!
63
967
Foto
Beva qolgan ikki pingvinning surati xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi
Melburndagi okean qirg‘og‘ida yonma-yon turgan ikki beva pingvinning surati Ocean Photograph Awards 2020 mukofotini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi Tengrinews. Ma’lum qilinishicha, suratkash Tobias Baumgertner internet foydalanuvchilarining ko‘ngilidan joy olgan va unga mashhurlik keltirgan surati uchun mukofotning Community Choice Award nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan. “Bu kabi mukofotga loyiq ko‘rilish men uchun ulkan sharaf, qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Million ovoz uchun rahmat, yigitlar, siz eng yaxshisiz!”, — debydi Tobias. Ta’kidlanishicha, ushbu surat 2019-yilda olingan, biroq oradan bir yil o‘tgachgina e’lon qilingan. Erkak uch kun pingvinlar koloniyasida yashab, qushlarni diqqat bilan kuzatgan. Oq pingvin — urg‘ochi bo‘lib, o‘z juftidan ayrilgan. Qorasi — nar, u ham yolg‘iz qolgan. Bu haqda suratkashga volontyorlardan biri so‘zlab bergan. View this post on Instagram “Endilikda ular bir-birini ovutish maqsadida tez-tez uchrashib turibdi. Ular bir necha soat yonma-yon turib, shaharning raqsga tushayotgan chiroqlarini tomosha qiladi”, — deb yozadi suratkash o‘zining Instagram’dagi sahifasiga. Surat joylashtirilgan birgina tvit 160 ming layk va 51 mingta izoh yiqqan.
68
1,237
Foto
Torontoda quyosh tutilishi, G7 davlatlari rahbarlari Kornuollda, Evro-2020 ochilish marosimi — hafta suratlari
E'tiboringizga haftaning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. G7 davlatlari rahbarlari sammitining ochilish marosimida davlat rahbarlari Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II hamrohligida umumiy suratga tushmoqda. Sammit Buyuk Britaniyaning Kornuoll grafligida 7-13 iyun kunlari bo'lib o'tdi. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kantsleri Angela Merkel, Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula Von der Leen, Evropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel va Italiya bosh vaziri Mario Dragi sammit doirasida stol atrofida samimiy suhbatlashmoqda. Hindistonlik fermerlar makkajo'xori donalarini quyosh nurlari ostida quritmoqda. O'tgan haftada Quyosh tutilishi hodisasi yuz berdi. Uni dunyoning turli mintaqalarida odamlar kuzatdi. Toronto minorasi ortida ko'rinib turgan hodisa. xitoyda ko'chmanchi fillar 500 km masofa yurgandan keyin charchab uxlab qoldi. 11 iyun kuni Italiya poytaxti Rim shahrida futbol bo'yicha Evropa chempionati bahslarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi hamda chempionatga start berildi. Dastlabki bahsda Italiya va Turkiya terma jamoalari kuch sinashdi. Daniya va Finlyandiya o'rtasida kechgan bahsda hushidan ketib maydonga yiqilgan Daniya terma jamoasi futbolchisi Kristian Eriksenni shifokorlar maydondan olib chiqib ketmoqda. Maydondan chiqayotganda u hushiga kelgan bo'lgan. Iordan daryosining g'arbiy sohilida joylashgan Jenin shahrida Isroil harbiylari tomonidan o'ldirilgan falastinlik politsiyachining dafn marosimida qatnashgan ayollardan biri hushini yo'qotdi. Falmut porti yaqinidagi plyajda Oxfam International tashkiloti a'zolari G7 davlat rahbarlari niqobida o'tiribdi. Ular shu orqali o'z noroziliklarini namoyish etmoqda.
110
1,680
Foto
Foto: Vashingtonda saqlanayotgan Buxoro amiri surati
AQShning Vashington shahrida joylashgan Smitson instituti qoshidagi Friyer badiiy galereyasi va Artur Sakler galereyasi arxividagi Miron Bement Smit Antuan Sevgurin kolleksiyasida Buxoro amiri aks etgan surat saqlanadi. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining Facebook’dagi sahifasida mazkur suratni e’lon qildi. Chamasi 1880—1910-yillarga oid oynali plastinkadagi negativ Ketrin Denis Smitning sovg‘asi hisoblanadi.
52
423
Foto
Fotogalereya: Tabiatning o‘zi fotoshopdan foydalangan noyob hayvonlar
AdMe taqdim etgan noyob hayvonlar saylanmasidagi hayvonlar haqida ko‘pchilik eshitmagan. Ularni ko‘rganlar ham ozchilikni tashkil etadi. Bu noyob hayvonlar tabiiy tarzda turli turlarning chatishmasiga o‘xshaydi. Ularni ko‘rib hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkinligiga ishona boshlaysiz. Rinopitek yoki puchuq burunli maymun Imperator tamarini Albatta maymunga bu nom uning uzun oq mo‘ylovi tufayli berilgan. Mara (Patagoniya quyoni) Shoxsiz momiq sigir Bu sigirlar yumshoq o‘yinchoqlarni eslatadi. Tog‘ echkisi marxur Echkining ko‘rinishi kosmosdan kelgan signalni tutib olishga urinishni eslatadi. Yenotsifat it Yenot yoki itni uy hayvoni sifatida saqlash borasida ikkilanayotganlar uchun ayni muddao! Ko‘k oyoqli olusha Malayziya junqanotlisi Uning ko‘zlari hamma narsani ko‘rib turgandek va ulardan hayratga tushgandek. Venesuela pudel-kapalagi Nisbatan yaqinda topilgan ushbu kapalak haqiqatan ham pudelni eslatadi. Tibet tulkisi
69
943
Foto
Fotogalereya: Dunyo yetakchilari qochqin obrazida
Abdulla al-Omariy Damashqda tug‘ilgan va hozirda Belgiyada yashaydi. U yetakchi dunyo mamlakatlarining rahbarlarini qochqin obrazida tasvirlashga qaror qildi. Bu orqali u har bir mamlakatning o‘ziga xos zaifligi borligini ko‘rsatib berishga harakat qilgan, deb xabar beradi “Vedomosti”. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel Suriya prezidenti Bashar Asad Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Fransiyaning sobiq prezidentlari Fransua Olland va Nikolya Sarkozi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQShning sobiq prezidenti Barak Obama “Zaiflik seriyasi” turkumidan
49
686
Foto
Tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga qaror qilganidan qattiq pushaymon bo‘lgan odamlar (foto)
Hamma ham tashqi ko‘rinish borasida o‘zgarish qilishi, soch turmagi, rangi va manikyuriga yangilik kiritib turishi kerak. Kimdir bu borada mutaxassisga murojaat qilishni afzal bilsa, ayrimlar pul tejash maqsadida yaqinlaridan yordam so‘raydi. Shunday tajriba qilib ko‘rgan va kutilmagan natija kuzatilgan kishilar surati bilan bo‘lishamiz. Soch o‘rami xohishdagidek chiqmaganda. Rafiqam: “Sochingni biroz kaltalash kerak, buni o‘zim amalga oshira olaman”. “Turmush o‘rtog‘im sochimni butunlay qirib tashlamoqchi emasman, deganini noto‘g‘ri eshitdim chog‘i”. “Soch kaltalash uchun 30 dollar to‘laganda hech bo‘lmasa uning tekislanishini kutasan”. “Sochimni rafiqam kaltaladi. U boshqacha kulishni boshlaganida bir gap bor ekanini tushundim”. “Bir yil avval va hozir. Men ajoyib ko‘rinadi, deb o‘ylagandim”. “Yoqtirgan qizim sochimni kaltalay olishi mumkinligini aytgandi”. “Bu yana men. Bir yillik munosabatlardan keyin yoqtirgan qizim sochni sezilarli darajada yaxshi kaltalaydigan bo‘ldi”. “Bu mening sochni qirish uchun birinchi urinishim. Bunday soch bilan hamkasbim menda hammasi joyida ekanligini so‘ramagunicha ikki kun ishga bordim”. “San’at asari”. “Kutilgani va natijasi”. “Sochga qo‘shib qoshni ham olib tashladim”. Sochning farqi ochilishi o‘rniga, unga “yo‘l” tushirilganda. “‘Chyolka’ kesishga uringandim”. “Yelkamgacha uzunlikda kare kesib qo‘yishni so‘ragandim”. “Besh yashar farzandim endigina ‘chyolka’ kesishni o‘rgandi”. “Sochimni tekislashni otamga ishongandim”.
91
1,499
Foto
Ikki yorti — bir butun: Sevishganlarning alohida sayohatlari vaqtida olingan kadrlaridan tayyorlangan “qo‘shma suratlar”
Fotograf va sayohatchi bo‘lgan Den va Bekka vaqtincha bir-biridan uzoqda yashadi. Den bir yil davomida har oyda yangi bir shaharda yashash uchun sayohatga chiqdi. Bekka esa ikki yarim yilni Osiyoda o‘tkazdi va shundan so‘ng Nyu-Yorkka kelib joylashdi. Bu haqda TJournal xabar berdi. Barselona va Lissabon Bir-biridan uzoqda bo‘lgan vaqtda ular Halfhalftravel deb nomlangan qo‘shma fotoloyihani ishga tushirdi. Bu loyiha doirasida ular turli qit’alarda olingan o‘xshash suratlarni bitta suratda birlashtira boshladi. Bu fotosuratlarda, asosan, manzaralar, hayvonlar va ovqatlar tasvirlangan. Juftlik suratlarni loyihaga bag‘ishlangan saytda va umumiy Instagram sahifasida e’lon qiladi. Barselona va Nyu-York Kolumbiya va JAR Marokashdan Ispaniyaga va Kaliforniyadan Nyu-Yorkka Mexiko va Tel-Aviv Mexiko va Nyu-York Nyu-York va London Mexiko va Tel-Aviv Frankfurt va Amsterdam Mexiko va Nyu-York Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
120
1,076
Foto
Fotogalereya: Buxoro va uning aholisi Prokudin-Gorskiy tomonidan XX asr boshlarida olingan suratlarda
Buxoro shahrining tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Ushbu shahar haqida xitoylik sayyohlarning qaydnomalarida ham keltirib o‘tilgan, ular Buxoroga eramizdan avvalgi 2-asrda tashrif buyurgan. Bunga qadar ham Buxoro shahri haqida turli afsona va asotirlar mavjud bo‘lgan. Shu sababli taniqli rus suratkashi Prokudin-Gorskiyning ushbu shaharga e’tibor qaratgani bejizga emas, deb xabar beradi “MyTashkent.uz”. Minorai Kalon, muazzin bu yerdan turib azon aytgan “MyTashkent.uz” Arxitektura yodgorligidagi laylakning uyasi. Buxoro, 1905-yil “MyTashkent.uz” Eski Buxoro hududidagi har bir binoni arxitektura yodgorligi deb atasa bo‘ladi “MyTashkent.uz” Buyon Qulixon maqbarasi. Buxoro, 1905-yil “MyTashkent.uz” Buyon Qulixon maqbarasiga kirish darvozasi. Buxoro, 1905-yil “MyTashkent.uz” Uyadagi laylak. 1905-yil “MyTashkent.uz” Musulmon o‘quv muassasasi binosining umumiy ko‘rinishi. Buxoro, 1905-yil “MyTashkent.uz” Bahouddin xilxonasiga kirish darvozasining noodatiy mozaikasi “MyTashkent.uz” Buxoro klassik mozaikasining yana bir namunasi “MyTashkent.uz” Bahouddin xilxonasining yog‘och darvozasi “MyTashkent.uz” Xilxona yaqinidagi saroy ichida joylashgan muqaddas quduq “MyTashkent.uz” Musulmonlar masjid ichida namoz o‘qimoqda. Buxoro, 1905-yil “MyTashkent.uz” Somoniylar maqbarasi va Chashmai Ayyub maqbarasi bilan bir joyda joylashgan ikkita madrasadan iborat ansambl “MyTashkent.uz” Devonbegi madrasasining chap tomonidagi mozaika “MyTashkent.uz”
101
1,489
Foto
Foto: Donald Tramp inauguratsiyasining gigapikselli panoramasi
CNN axborot agentligi AQShning 45-prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimida olingan 1 gigapiksel yechimli o‘ta yuqori aniqlikdagi panorama fotosuratini e’lon qildi. Bu haqda xabar berdi  TJournal. Marosimning asosiy yuqori martabali mehmonlarini ko‘rish uchun suratning pastki qismida tugmalar jamlanmasi joylashtirilgan. Bu tugmalar yordamida Donald Trampning o‘ziga, uning saylovoldi kampaniyasidagi raqibi Hillari Klinton va AQShning bir nechta sobiq prezidentlariga “bog‘lanish” mumkin. Bill Klinton, Hillari Klinton, kichik Jorj Bush, Lora Bush Barak Obama va Jo Bayden Surat AQSh kongressining old qismida joylashgan maydondagi butun sahnani qamrab olgan. Tomoshabinlar joylashgan bo‘linmani Kapitoliydan 250 metr uzoqlikda joylashgan Grant Uliss yodgorligigacha to‘liq ko‘rish mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
62
982
Foto
To'siq ustiga chiqib ketgan avtobus, suv bosgan Baxt ko'chalari, o'g'lining tobutini quchoqlab yig'layotgan ona — hafta suratlari
Haftaning eng dolzarb va sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Hindiston politsiyasining zahiradagi xodimlari bayroq ko'tarish oldidan chiqish qilmoqda. Hindistonda an'anaviy Holi bayrami nishonlanmoqda. Pekindagi “Qush uyasi” sport majmuasida navbatdagi qishki Paralimpiya o'yinlarining yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Rus harbiylari hujumi oqibatida vafot etgan otasining tobuti yonida o'tirgan ukrainalik askar. Kievdagi turar joy binosi rus raketa zarbasi oqibatida zarar ko'rdi. Rus harbiylari bilan jangda vafot etgan o'g'lining tobutini quchib, yig'layotgan ukrainalik ona. Sirdaryo tumanidagi Baxt shaharchasini 16 mart kuni kuzatilgan kuchli yog'ingarchilik sabab suv bosdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududda amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot berdi. Sirdaryo tumanida 14 mart kuni avtobus to'siq ustiga chiqib ketdi. Ma'lum qilinishicha, soat 14:30 da tuman hududidan o'tuvchi M-34 avtomobil yo'lining 92-kilometrida haydovchi — 1990 yilda tug'ilgan J.R. “Golden Dragon” rusumli avtobusda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo'qotgan va qarama-qarshi yo'nalishni ajratib turuvchi to'siqqa urilgan. Buxoro shahridagi “Talipoch qal'a darvozasi” chap tomonidagi qal'a devorining bir qismi o'pirilib tushdi. Fotograf Fanni Nurdiana Indoneziyada yangi tug'ilgan chaqaloqlar bilan fotosessiya qildi.
129
1,326
Foto
Fotogalereya: Uy hayvonlarining tushkunliklardan xalos qiluvchi suratlari
Uy hayvonlari kishilarga o‘ziga xos ruhiy sokinlik beradi. AdMe ana shu hayvonlarning kishilarni tushkunlikdan xalos bo‘lishiga yordam beradigan suratlarini taqdim etdi.
73
169
Foto
Qirollik oilasi vakillari va aslzodalar bilan turmush qurgan aktyorlar (fotogalereya)
AdMe qirollik oilasi va oqsuyaklar sulolasi vakillarining aktyorlar bilan turmush qurishiga bog‘liq holatlarni yodga oldi. Amerikalik aktrisa Rita Xeyvort 1949-yilda Pokiston shahzodasiga, Og‘a Xon III ning o‘g‘li Ali Xonga turmushga chiqib, malika unvoniga ega bo‘lgan. 1953-yilda ajrashgan. Yana bir Gollivud aktrisasi Greys Kelli Monako knyazi Renye III bilan turmush qurib, Monako knyaginyasiga aylangan, ammo 52 yoshida YTH oqibatida vafot etgan. Oliviya Uayld esa 2003—2011-yillarda italyan aristokrati, knyaz Alessandro Raspolining o‘g‘li — rejissor Tao Raspoli bilan turmush qurib yashagan. Albaniyalik aktrisa Eliya Zaxariya 2016-yilda Albaniya valiahd shahzodasi Lekaga turmushga chiqqan. Fransuz aktrisasi Klotilda Kuro va Venetsiya shahzodasi Emmanuel Filiberto de Savoy 2003-yilda turmush qurgan. Amerikalik aktrisa Jeymi Li Kyortis 1996-yilda ingliz lordi va Xeyden-Gest 5-baroni Kristofer Gestga turmushga chiqib, baronessa unvoniga ega bo‘lgan. Kasper Van Din 1999-yilda Yugoslaviya malikasi Yelizavetaning qizi Ketrin Oksenbergga uylangan, u onasi tomonidan Britaniya qirollik oilasiga aloqador va Birlashgan Qirollik taxtiga 1375-o‘rinda da’vogar. Gollivud aktrisasi Megan Markl Buyuk Britaniya shahzodasi Garri bilan 2018-yil yozida turmush qurdi.
85
1,274
Foto
Le-Burjeda eng yirik aviashouning ochilishi bo‘lib o‘tdi (foto)
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Le-Burje — 2017” xalqaro aerokosmik ko‘rgazmasini ochib berdi. Unda 47 mamlakatdan 2,5 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda. Rossiya sanksiyalar sabab ushbu yilda Fransiyaga o‘zining texnika va samolyotlarini olib kira olmadi, faqatgina maketlari va ko‘rgazma materiallari bilan ishtirok etmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” Ko‘rgazma va Airshow 324 ming kvadrat metrga teng maydonda bo‘lib o‘tmoqda, bu 46 ta futbol maydoni demakdir. Yozgi dasturda 33 ta samolyot ishtirok etadi. Tashkilotchilarning baholashicha, ish kunlari ko‘rgazmaga 150 ming, ochilish kunida esa 200 ming odam tashrif buyuradi.
63
641
Foto
KXDR yetakchisi Kim Chen In bolalar qurshovida (fotogalereya)
KXDRda partiya, armiya va xalq yetakchisi Kim Chen In yaqinda Pxenyanda joylashgan yetim bolalar boshlang‘ich maktabiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchilar va o‘qituvchilar bilan suratga tushdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Nashr Shimoliy Koreya rahbari bolalar qurshovida aks etgan fotosuratlarni bir joyga to‘pladi. Bu suratlarda “Kim Chen Inning tabassumi quyosh yanglig‘ bolalar yuzlarini yoritib turibdi”, deb yozadi nashr.
61
423
Foto
Fotogalereya: Betakror Baykal muzliklari
Bloger Aleksey Svatov anomal darajadagi sovuq haroratda, ya’ni 50 daraja sovuqda Baykalda hosil bo‘lgan muz g‘orlar haqida post qoldirgan. Uning yozishicha, muz g‘orlar ichidagi harorat tashqaridan ancha iliq ekan. Travel Ask esa mana shu betakror muzliklar tushirilgan suratlarni taqdim etdi.
40
293
Foto
Starlight Room — ulkan tog‘lar bag‘rida tunab qolish mumkin bo‘lgan chanali shinam uy (foto)
Alp tog‘lari bag‘rida dengiz sathidan 2055 metr balandlikda chana ustida turgan bejirim uylar qurilgan. Bu yerga romantik xarakterdagi odamlar tashrif buyuradi. Uy yetarli darajadagi qulayliklarga ega. Raniero Campigotto Starlight Room nomli loyihani amalga oshirgan. Uylar Kortina-d’Ampetsso kurorti yonida qad rostlagan. Konstruksiya natural yog‘och va shishadan ishlangan. Shisha devorlar va shift atrof muhit jozibadorligini kuzatishga imkon beradi. Starlight Room uychasida tunab qolmoqchi bo‘lganlarga faqat eng muhim deb hisoblangan buyumlar, ixcham krovat, televizor, DVD-pleyr va harorat o‘lchagich taqdim qilinadi. Staligt Room’da dam olib, tunda qorli tog‘lar bag‘rida charaqlagan yulduzlarni tomosha qilish mumkin. Alp tog‘laridagi kichkina uychada tunab qolishning narxi 330 yevro. Mehmonxona narxi ichiga kechki ovqat va nonushta ham kiritilgan. Starlight Room’ga qorda yuruvchi motosikllar yoki chang‘ida yetib borish mumkin.
92
944
Foto
Dunyoning eng chiroyli malika va qirolichalarining ko‘rinishi qanday? (foto)
Butun tarix davomida malikalar nafaqat davlatni boshqargan, balki moda qonunlarini yaratuvchi va odamlar uchun namuna ham bo‘lgan. AdMe turli davlatlardan bo‘lgan mana shunday malikalar suratlarini taqdim etdi. Malika Madlen, Shvetsiya View this post on Instagram Nikoletta Romanoff, Nikolay I ning chevarasi View this post on Instagram Malika Keysha Omilana, Nigeriya Malika Sofiya, Shvetsiya Malika Elizabet fon Turn-i-Taksis, Germaniya View this post on Instagram Malika Sara, Bruney Polin Dyukryue, Greys Kelli va knyaz Monako Renye III ning nevarasi Mariya-Olimpiya, Gretsiya va Daniya malikasi View this post on Instagram Alessandra de Osma, Gannover shahzodasining rafiqasi Sharlotta Kaziragi, Monako malikasining qizi Sofi Uinklman, lord Frederik Vindzorning rafiqasi, Buyuk Britaniya Malika Marta Luiza, Norvegiya Jetsun Pema, Butan qirolichasi Ledi Ameliya Vindzor, shahzoda Edvardning nevarasi, Buyuk Britaniya View this post on Instagram Malika Xayya bint al-Xusayn, Iordaniya Qirolicha Nur, Iordaniya qiroli Xuseynning bevasi Tatyana,  Gretsiya va Daniya malikasi Malika Amira at-Tavil, Saudiya Arabistoni Knyaginya Sharlen, Monako Ketrin, Kembrij gersoginyasi, Buyuk Britaniya
76
1,284
Foto
Karantinda dehqon bozorlari qanday ishlamoqda? “Farhod” dehqon bozoridan fotoreportaj
Poytaxtdagi dehqon bozorlarida karantin munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bozorlardagi tartibni huquqni muhofaza qilish organlari nazorat qilmoqda. Barcha xaridorlar ijtimoiy masofa saqlashi shart. Sputnik nashri “Farhod” dehqon bozoridan fotoreportaj tayyorladi. Bozorga kiraverishda dezinfeksiya tonellari o‘rnatilgan, barcha keluvchilarning harorati o‘lchanmoqda. Kiraverishda qo‘llarni ham antiseptik bilan zararsizlantirish shart. Qayd etilishicha, mahsulotlar qadog‘iga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Misol uchun, go‘sht mahsulotlari oldindan tortilib, alohida paketlarga joylashtirilmoqda.
85
624
Foto
Gʻalla oʻrimi, devor boʻyayotgan hokim, poezdda yurgan Xon — 7 iyun suratlari
E'tiboringizga 7 iyunning diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. Buyuk Britaniyaning Kent grafligida Folkstoun sohillarida quyuq tuman ostida sayr qilayotgan kishi. Efiopiyadagi muhtoj oilalar ehson tarqatiladigan joyda navbat kutmoqda. Mamlakat dunyodagi eng iqtisodiy qoloq davlatlardan biri hisoblanadi. Italiyaning Venesiya shahri turistlarni kutmoqda. Shahar koronavirus pandemiyasi sabab turistlarni qabul qilishdan mahrum boʻlib qolgan edi. London shahri meri Sodiq Xon pandemiya boshlanganidan buyon ilk bor qayta ochilgan poezd liniyasida harakatlanmoqda. Shu kunlarda butun Oʻzbekiston boʻylab gʻalla oʻrimi mavsumi davom etmoqda. Nyu-Dehlida koronavirus pandemiyasi sabab jamoat transportida yoʻlovchilar soni yarmigacha cheklanmoqda. Ispaniya 7 iyundan boshlab barcha vaksina olgan turistlarni qabul qilishni boshladi. Malorka shahri oʻzining ilk turistlarini qabul qilmoqda. Xorazm viloyati Xiva tumani hokimi Ozod Matyakubov 5 iyun, shanba kuni mahallalardan birida gʻisht terib, uy devorlarini oqladi. Tailand poytaxti Bankok shahrida aholi «Astra Zeneca» vaksinasini qabul qilmoqda. Janubiy Koreyaning Jeju orolida turistlar yozning iliq kunlarini dengiz sohillarida oʻtkazmoqda.
77
1,200
Foto
Fotogalereya: Tabiatning qudrati aks etgan suratlar
Amerikalik fotograf Brent Shavnor tabiatning inson qalbidan joy oladigan manzaralarini suratlarga muhrlaydi. TravelAsk uning ijod namunalarini taqdim etdi.
51
155
Foto
Foto: tortlarga rasm chizuvchi qiz Instagram yulduziga aylandi
Dekabr oyining boshida Garvard talabasi Emili Zauzmer Instagram’da o‘z sahifasini ochib, shundan buyon tasviriy san’at namunalariga aylantirilgan tortlarining suratlarini joylashtirib kelmoqda. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. O‘qishdan bo‘sh vaqtida qiz tortlarning yuzasida qiyom yordamida mashhur suratlarga o‘xshatmalar chizadi. Uning kolleksiyasidan Edvard Munkning “Chinqiriq”, Grant Vudning “Amerikacha gotika”, Vinsent van Gogning “Yulduzli tun” kartinalari reproduksiyalari o‘rin olgan.
62
497
Foto
Imkonsiz narsalarni ham amalga oshirish mumkinligini isbotlovchi insonlar (fotogalereya)
AdMe nashri har qanday qiyin vaziyatdan chiqib keta oladigan insonlarning suratlarini taqdim etdi. “Tetris” o‘ynaganim foyda berdi deb nomlangan surat! “To‘rtalang, yaxshilab ushlab tur!” Plakatdagi yozuv: “Xavfsizlik birinchi o‘rinda!” Izohga hojat yo‘q! “Kaska”ni uyda unutib qoldirgandim, ammo ishlash kerak-da! Shunchaki, qoyil! Narvonlarni xush ko‘ruvchi erkak! Tushunish va tushuntirish qiyin bo‘lgan surat! Ko‘zoynaksiz ham ko‘zni himoya qilsa bo‘lar ekan-da! Ustasiga farqi yo‘q! Barmoqlarim himoyalangan bo‘lsa bo‘ldi-da! Sherikka ishonish shunday bo‘ladi!
88
576
Foto
Foto: Krasnoyarskda bolalar kiyim do‘konining ochilishi
Rossiyaning Krasnoyarsk shahri aholisini bolalar kiyimlari do‘koni ochilishidagi bezak jumbushga keltirdi. Ularga do‘kon tashqarisida osilib turgan bolalarning manekenlari yoqmadi, deb yozmoqda TJournal. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, do‘kon shaharning Lenin tumanida ochilgan. Ochilishdagi bezak aks etgan surat birinchi marta 26-noyabrda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
55
378
Foto
Fotoreportaj: “Global ko‘kalamzorlashtirish”
Har yili bo‘lib o‘tadigan The Global Greening an’anasi doirasida 17-mart kuni kechasi dunyodagi ko‘plab yodgorliklar yashil chiroq bilan yoritildi. TJournal Instagram’dagi suratlar asosida ana shu “ko‘kalamzorlashtirish”dan reportaj tayyorladi.
44
244
Foto
Fotogalereya: Ishga ketayotgan kishilar
Nyu-yorklik fotograf Piter Fanch to‘qqiz yil davomida bitta joyda bir xil vaqtda suratga olgan. Keyinroq u kadrga bir xil odamlar tushganini va ularning avvalgi suratlardagi kabi ko‘ringanini payqagan. AdMe ana shu suratlarni taqdim etdi.
39
238
Foto
Dunyo bo‘yicha tekin dam olish mumkin bo‘lgan joylar ma’lum qilindi
Britaniyaning The Guardian nashri 6-iyun, seshanba kuni dunyoning turli mamlakatlarida sayyohlarga ma’lum bir xizmatlar evaziga mehmonxonalarda tekin yashash imkoniyatini taqdim etuvchi joylar haqidagi ma’lumotlarni chop etdi. Ushbu ro‘yxatga Shri-Lankaning markaziy qismidagi Kandi shahrida joylashgan Helga’s Folly mehmonxonasi kiritildi. 30 ta xonani o‘z ichiga olgan butik-mehmonxona egasi Xelga de Silva Blou Perera freskalarga ixtisoslashgan rassomlarni mehmonxonaga tekin joylashtiradi. Pereraning o‘zi ham san’atning mazkur turi bilan shug‘ullanadi va ko‘p yillardan buyon muassasasi devorlarini freskalar bilan bezab keladi. 2016-yildan boshlab u bu ishga boshqa rassomlarni ham jalb qila boshladi. Ro‘yxatdan, shuningdek, Mad Monkey tarmog‘i mehmonxonalari joylashgan Kambodja va Filippin ham joy olgan. U yerda rassomlar, musiqachilar, fotograflar, blogerlar va boshqa ijodiy ishchilarni kutishmoqda. Mehmonxona tarmog‘i dijeylik xizmati yoki kartina chizib berishni bir kundan ikki haftagacha mehmonxonaga tekin joylashtirish bilan taqdirlaydi. Gretsiyaning Korfu orolidagi Sunrock Backpackers Hostel ma’muriyati esa yashash va ovqatlanish evaziga mehmonxona binosida yoki uning fermasida ishlab berishni taklif qiladi. Mazkur yo‘nalishlarga Yangi Zelandiyadagi Piha Beachstay, JARdagi The Place va Meksikadagi Casa Mermejita muassasalari ham kiritildi.
67
1,367
Foto
Shavkat Mirziyoyev va qizaloq, qibraylik tadbirkorning naqd 3,7 mln dollari, 2,5 yoshli bola o‘lmagunicha o‘rnatilmagan svetofor. 21-yanvar suratlari
Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Buxoro Varnet” korxonasiga tegishli issiqxonada yetishtirilgan pomidorlarni ko‘zdan kechirmoqda. Prezident hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21-yanvar kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketgan. AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zining qasamyod marosimidan so‘ng Vashingtondagi Linkoln memorialida intervyu bermoqda. Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni unga tabrik yo‘lladi. Madriddagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Portlash boylerni tekshirish jarayonida yuz bergan. DXX Toshkent viloyatidagi firmalardan birining rahbarini naqd 3,72 million dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotganida ushladi. U 460 gektar yerni bog‘dorchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan qibraylik tadbirkor nomiga o‘tkazib berish uchun shuncha pul so‘ragan. Kadr: “O‘zbekiston 24” Tadqiqotchi Parij-Sarklay universitetidagi nanoilm va nanotexnologiyalar markaziga tashrif buyurgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni suratga tushirmoqda. Hindistonning Tamilnad shtati Tulasendrapuram qishlog‘idagi Kamala Harrisning suratlarini ko‘tarib olgan odamlar uning AQSh vitse-prezidenti sifatida qasamyod qilganini nishonlamoqda. Harrisning ona tomondan bobosi aynan shu qishloqda tug‘ilib, voyaga yetgan. “Kristof” to‘foni sababli Buyuk Britaniyaning bir qator hududlari, xususan, Yorkshir (suratda), Katta Manchester va Kembrijshir suv ostida qoldi. Qashqadaryo viloyati prokurori Erkaboy Tojiboyev otasi tomonidan muttasil kaltaklangan qarshilik bolaning qo‘llarini ko‘zdan kechirmoqda. 21-yanvar kuni ota bu va yana boshqa farzandlarini o‘ldirish bilan tahdid qilayotgani yozilgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Lozannadagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari yosh bolalarni Shveysariyaning bevosita demokratik tizimi bilan tanishtirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotda saylov urnasidan foydalanishni o‘rganmoqda. Manilaning xaroba qismida yashovchi filippinlik bolalar yordam dasturi doirasida tarqatiladigan bepul yegulik uchun navbatda turibdi. Respublika kuni munosabati bilan uyushtiriladigan parad repititsiyasida ishtirok etayotgan politsiyachilar. Amritsar, Hindiston. Moskvadagi Qizil maydonda Lenin vafotining 97 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Leninning mavzoleyi oldida yurgan Leninning qiyofadoshi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning qiyofadoshi — Govard Iks o‘zining pufak-raketasi bilan Gonkongdagi politsiya bo‘linmasi oldida salom yo‘llamoqda. Xitoyning Shitszyachjuan shahrida koronavirusga chalinganlarning yaqinlarini saqlash uchun 4 ming o‘rinlik karantin markazi qurilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagan. DXX tomonidan 21-yanvar kuni Sirdaryo viloyatida “Jihodchilar” ekstremistik oqimining yashirin guruhi a’zolari qo‘lga olingani e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, jinoiy guruh rahbarlari Sardoba suv ombori bilan bog‘liq suv toshqini oqibatida talafot ko‘rgan masjidlarning qayta qurilishiga moddiy ko‘mak yig‘ishni aytib, Telegram’da xayriya guruhini ochib, bank plastik kartasiga ehson qilingan mablag‘larni Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullangan. Bag‘dod markazidagi gavjum bozorda ikki terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Meksikaning Tachapula shahridagi kolumbiyalik muhojir Gerson, bolakayning sochini olish davomida, televizor orqali Jo Baydenning AQSh 46-prezidenti sifatida qasamyod qilishini tomosha qilmoqda. U imkon qadar ko‘proq pul ishlab, AQShga ketish orzusida. Beyt-Shemeshdagi sportzalda isroillik shifokor koronavirus tekshiruvi uchun fuqarodan namuna olmoqda. Toshkentning Yunusota ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatildi. Bu joyda besh oy avval 2,5 yoshli Temurxon Chexovskiy mast haydovchining qoidabuzarligi oqibatida halok bo‘lgan edi. Svetofor Temurxonning akasi Amirxon Prezident Shavkat Mirziyoyevga videmurojaat yo‘llaganidan bir kun o‘tib o‘rnatildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Buxoro viloyatiga safari doirasida Buxoro shahridagi IT-Park’da bo‘lib, robototexnikaga qiziquvchi qizaloq bilan muloqotda bo‘ldi.
149
4,196