url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/ernest-heminguei-chol-va-dengiz-kattik-mukova
Ernest Xeminguey: Chol va dengiz (qattiq)
Dunyo miqyosida mashhur adib, "Nobel" mukofoti sovrindori Xemingueyning mazkur asarida insonning ulug‘ligi, undagi iroda matonat, oqillik va azm-u qaroridan og‘ishmaslik o‘zgacha talqinda aks etgan. Serqirra ijodkorning millionlab nusxada chop etilgan asarini mutolaa qilishga shoshiling...
978-9943-27-718-2
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/komil-sindarov-amirlikning-oltin-tahti-izidan-kattik-mukova
Komil Sindarov: Amirlikning oltin taxti izidan (qattiq muqova)
Eʼtiboringizga havola etilayotgan kitob muallifning avvalgi asarlari – «Temuriylar kutubxonasining siri», «Kechikkan qasos» kabilarning mantiqiy davomidir. Asar qahramonlari – Faxriddin va Sanjarbeklar o‘z xizmat vazifalarini ado etmoqqa kirishar ekanlar, bu gal ham ajabtovur voqealar, kutilmagan jumboq bilan yuzma-yuz keladilar. Kitobni dastavval qo‘liga olgan o‘quvchilar jinoyat ishining tarixiy voqealar, xususan, Amir Olimxon xazinasi bilan nechog‘lik bog‘liq ekani haqidagi jumboq qarshisida bir zum kalovlanib qoladi. Asar muallifining mahorati xuddi mana shu nuqtada bo‘y ko‘rsatadi. Kitobxon asar mutolaasi davomida yechimning tezroq yakun topishini qanchalik istamasin, muallif o‘sha jarayongacha o‘quvchini boshqa-boshqa jinoyatlar, boshqa-boshqa taqdirlar, boshqa-boshqa muammolar girdobiga tortaveradi.
978-9943-20-518-5
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/napoleon-hill-uila-va-boi-bul-boilik-kurgoni-sari-sizning-kalitingiz
Napoleon Xill: O‘yla va boy bo‘l. Boylik qo‘rg‘oni sari sizning kalitingiz
Ushbu kitobni o‘qib, o‘zingizda ko‘ra olmayotgan yangi qirralaringizni kashf etasiz. Boylik, muvaffaqiyat, omad, baxt-saodatga yetaklovchi maqsadlar sari intilasiz. Va bu maqsadlar to‘g‘ri va aniq ekanligiga eʼtiboringizga havola etiladigan kitobni o‘qish davomida amin bo‘lasiz. Keltirilayotgan fikrlar, qarashlar, tamoyillar sizni befarq qoldirmaydi...
978-9943-27-691-8
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-muhammad-buzdag-qalbimdasanb-alloh
Doktor Muhammad Bo‘zdag‘: Qalbimdasan Alloh
Turk adibi Muhammad Bo‘zdag‘ qalamiga mansub ushbu asar bandaning Allohga nisbatan tutgan o‘rnini tushu nishimiz uchun katta yordam berishi shubhasiz. Muallif "Biz kimmiz?", "Qanday qilib Allohning roziligini topamiz va Unga do‘st bo‘lamiz?" kabi savollarga javobni Qurʼoni karim va Hadisi shariflar asosida tushuntirishga urinadi. "Robb" va “banda” tushunchalarini “tavhid”ga ko‘ra izohlaydi. Kitobdan “HAQ”ni topishga intilayotgan o‘quvchilar muhim yo‘riqnoma sifatida foydalanishlari ham mumkin.
978-9943-9124-0-3
256
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/atham-amin-nemutlu-notugri-hayot-tugri-yashalmaydi
Atham Amin Nemutlu: Noto'g'ri hayot To'g'ri yashalmaydi
"O'lmasdan oldin o'lish" fikrini qabul qilgan, o'z joniga qasd qilgan va o'ttiz yildan buyon qamoqxonada yashab kelgan bir ayol ... Hasrat Qurtilish; giyohvand moddalarga berilgan, erini o'ldirishda ayblangan va hayotdan allaqachon voz kechgan bir ayoldir. Yana bir bora joniga qasd qilish urinishidan so'ng, psixolog muolajasini boshlaydi. Bu safar psixolog boshqacha edi. Birinchi marotaba qamoqxonada bir bemorni davolayotgan Psixolog Efe Toshchi, Hasratning hayot hikoyasini eshitganidan keyin unga yordam berishga qaror qiladi. Bu yordam yoʻlida qayg'u va umidning bir biriga ta'sir qilgan hikoyasi boshlanadi.
978-9943-8604-5-2
156
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/serdar-uzkan-goiib-bulgan-atirgul
Serdar O'zkan: G'oyib bo'lgan atirgul
Aziz kitobxon! Cho‘pon yigit Santyagoning sarguzashtlari, Kichkina Shahzodaning boshdan o‘tkazganlari, oqcharloq Jonatan Livingstonning ko‘rgan-kechirganlari yodingizdadir? Mana, qo‘lingizda yana bir o‘zni va o‘zgani anglash haqida g‘aroyib asar turibdi. Kitob muallifi taniqli turk yozuvchisi Serdar O‘zkan, yosh bo‘lishiga qaramay, dunyo kitobxonlarining ko‘nglidan joy olib ulgurdi, desak, mubolag‘a bo‘lmas. Serdar O‘zkan millionlab nusxalarda nashr etilayotgan asarlarida madaniyatlar to‘qnashuviga urg‘u bersa-da, o‘z qahramonlariga inson o‘laroq yondashadi, turli mintaqa vakillarining farqli va o‘xshash jixatlarini har xil rakurslarda ko‘rsatadi, ularning iztiroblariyu tashvishlarini yorqin bo‘yoqlarda tasvirlaydi. "Turklarning Kichkina Shahzodasi" deb atalayotgan Serdar O‘zkanning aytishicha, uning ilk romani - “G‘oyib bo‘lgan atirgul" ning g‘oyasi Sharq odami uchun begona hisoblanmish "sehrli diyor" da o‘qib yurgan kezlarida paydo bo‘lgan ekan. Mazkur asar kishining hayoliga ham kelmaydigan chuqur kechinmalar hamda nozik ruhiy tasvirlar ila, nafis afsona, teran hikmat va go‘zal ertak qorishiqlarida hikoya qilinadi. Kitob qalb amriga quloq solish va vahimayu xavotirlar changalidan xalos bo‘lish haqida. Ehtimolki, eng qiyin daqiqalarda ruhiy xotirjamlikka erishishingizda ko‘mak berishi mumkindir. Garchi kitob jiddiy mavzuda bitilgan esa-da, tili shiraligi tufayli yengil, bir nafasda o‘qiladi. O‘zingizni qiynayotgan savollarga javob topish yo‘lida sizga hamroh bo‘la oladi. Buning uchun esa qalb sayohatiga yo‘l olishingiz lozim bo‘ladi. Zero, "Ichingizdagi ichingizdadir".
978-9943-8482-2-1
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-ahmad-ibn-muhammad-abdulloh-ahlokus-solihiin-yahshilar-ahloki
Shayx Ahmad ibn Muhammad Abdulloh: Axloqus Solihiyn (Yaxshilar axloqi)
Sir emaski, go‘zal axloq iymonning mustahkam tayanchi va haqiqatidir. Odamlarning odob-axloqi, maʼnaviyati qancha yuksak bo‘lsa, jamoat ham shuncha komil bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, jamiyatga nafi tegishini xohlagan har bir inson o‘zining xulq-atvorini qatʼiy nazoratga olib, uni yaxshilashga harakat qilmog‘i lozim. Shuning uchun ham insonlar qalbida go‘zal fazilatlarni uyg‘otish, odob-axloqini yaxshilash va ularning nafsini har xil yomonliklardan tozalashga ko‘maklashish niyatida ushbu kitobni yozish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur asarning ana shunday ulug‘ maqsadlarga vasila bo‘lishini, kishilarning xulq-atvorlarini yaxshilashga xizmat etishini Allohdan umid qilamiz.
978-9943-6617-6-9
312
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zohidbek-turdialiev-super-matematika-2
Zohidbek Turdialiyev: Super matematika 2
Ushbu kitob matematikaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Turli murakkablikdagi masala va misollarni yechish yo‘llari berilishi o‘quvchiga qulaylik tug‘diradi. Kitob oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, o‘quvchi yoshlar va ularning ustozlariga mo‘ljallangan.
978-9943-6358-1-4
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ernest-xeminguei-chol-va-dengiz-yumshok
Ernest Xeminguey: Chol va dengiz (yumshoq)
Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib, "Nobel" mukofoti sovrindori E. Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. «Chol va dengiz qissasida insonning ulug‘ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azmu qaroridan og‘ishmaslik o‘zgacha talqinda aks etgan. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.
978-9943-5318-4-0
116
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/kalila-va-dimna-yumshok-mukova
Kalila va Dimna (yumshoq muqova)
«KALILA VA DIMNA» — adabiy yodgorlik. “Panchatantra” va “Xitopadesha” kabi qadimgi hind og‘zaki ijodi zaminida vujudga kelgan, uning anik, yozilgan vaqti maʼlum emas. Asar shahzodalarga taʼlim-tarbiya berishga mo‘ljallangan bo‘lib, nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar, asosan, majoziy yo‘l bilan 2 shag‘ol (chiyabo‘ri) — Kalila va Dimna (sanskritcha Kartak va Damnako, paxlaviyda Kalilak va Dimna) munozarasi shaklida bayon etiladi. «Kalila va dimna » 6-a. da Eron shohi Xusrav Anushirvon (531—79) buyrug‘iga binoan, uning shaxsiy tabibi Barzuya tomonidan Hindistondan keltirilgan va paxlaviy tiliga tarjima qilingan. 8-a. da mashhur adib Abdulloh ibn al-Muqaffa (721—57) pahlaviydan arab tiliga, undan Rudakiy fors tiliga nazm bilan tarjima qilgan. Husayn Boyqaro davrida Husayn Voiz Koshifiy forschaga tarjima qilib, uni «Anvori Suhayliy» deb nomlaydi. Asarning fors tiliga o‘girilgan nusxasi 16-asr oxirida qayta ishlangan. Uni eski o‘zbek tiliga Muhammad Mulla Niyoz (1837), Fazlulloh qori Almaiy tarjima qilishgan. Almaiy tarjimasi 3 marta nashr etilgan (1910—13). Asar hozirgi uzbek tilida bir necha bor nashr etilgan (1966, 1977, 1988, 1992, 1994).
978-9943-27-188-3
304
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/yukori-tehnologiyalar-garoiibotdan-amalietga-mening-birinchi-enciklopediyam
Yuqori Texnologiyalar. G'aroyibotdan Amaliyotga (Mening birinchi ensiklopediyam)
Har yili ko‘plab yangi ilmiy-texnik ishlanmalar paydo bo‘lmoqda. So‘nggi 100 yil ichida insoniyat transport va qishloq xo‘jaligida mexanik uskunalar hamda hayvonlardan foydalanishdan tortib inson ishtirokisiz dasturlashtirilgan harakatlarni bajarishga qodir murakkab mashinalarni yaratishgacha bo‘lgan ulkan davrni bosib o‘tdi. Taraqqiyot tufayli mutlaqo yangi kasblar paydo bo‘ldi, baʼzilari esa, aksincha, keraksizligi sababli barham topdi. Hozirda kompyuterlar murakkab matematik hisob-kitoblarni qo‘lda bajargan hisobchilarning o‘rnini egalladi, telefon kompaniyalari abonentlarini bir-biriga ulagan telefon stansiyasi xodimalari ham o‘tmishda qoldi. Shunisi diqqatga sazovorki, baʼzi fantast yozuvchilar ko‘plab texnika yutuqlarini ular hali yaratilmagan paytda oldindan bashorat qila olishgan. Misol uchun 1903 yilda yozilgan «Quruqlikdagi bronenosets» nomli hikoyada britaniyalik yozuvchi Gerbert Uells o‘z yo‘lida barcha tirik narsalarni qirib tashlashga qodir bo‘lgan, zirh bilan qoplangan mashinalarni tasvirlagan. Hikoya ilk marta eʼlon qilingandan 13 yil o‘tibgina birinchi haqiqiy tanklar paydo bo‘ldi. Gerbert Uellsning boshqa «bashoratlari orasida hattoki avtomatik eshiklar ham bo‘lgan, biroq muallifga bu kashfiyotning guvohi bo‘lish nasib etmagan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ilk zamonaviy avtomatik eshiklar paydo bo‘lgan.
978-9943-7145-8-8
96
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/aviaciya-bolalar-uchun-enciklopediya
Aviatsiya (Bolalar uchun ensiklopediya)
Ushbu kitob yosh kitobxonlarni aviatsiya dunyosi bilan tanishtiradi. Unda samolyotlar va vertolyotlarning asosiy turlari, ularning tinchlik va harbiy maqsadlarda qo‘llanilishi haqida batafsil hikoya qilinadi. O‘quvchilar, shuningdek, aviatsiya dvigatellarining tuzilishi va samolyot qanday boshqarilishi haqida ham bilib oladilar.
978-9943-4089-51
96
2013
https://asaxiy.uz/uz/product/stefan-sveyg-kristina
Stefan Sveyg: Kristina
Buyuk yozuvchi Stefan Sveyg ushbu romanida o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Avstriyadagi ijtimoiy hayot, Birinchi jahon urushidan keyingi qiyinchiliklar bosh qahramon - Kristina hayoti misolida tasvirlaydi. Yosh, navqiron, ammo kambag‘al Kristina yoshlik zavqini ham totmagan. Chunki bo‘lib o‘tgan urush butun bir avlodning yoshligini, quvonchu shodligini o‘g‘irlagandi. Adib asarda quyi qatlam odamlarining to‘laqonli hayot kechirish uchun qanchalar mashaqqatga duch kelishini, pulsizlik tufayli o‘zlarini kamsitilgandek his qilib, bundan chuqur tushkunlikka, hatto depressiyaga tushib qolishlarini ko‘rsatadi. Shunday qiyin vaziyatda kun kechirayotgan Kristinaning hayotida nogoh o‘zi kabi nochor Ferdinand ismli yigit paydo bo‘ladi. Dunyoqarashi, fikrlashlari o‘zaro o‘xshash bu ikki yosh o‘rtasida yovuzlikka qarshi isyon ko‘targandek kurtak ochgan boqiy tuyg‘u - muhabbat ularni baxtga emas, aksincha, yana-da ulkan sinovlarga duchor qiladi. Ammo sevgining cheksiz qudrati, insonlar bu yo‘lda har qanday og‘ir sinovlarga ham tayyor bo‘lishi asarda o‘zgacha, Sveygga xos mahorat bilan tasvirlangan.
978-9943-8593-6-4
336
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-fariduddin-attor-ilohiinoma-ii-zhild
Shayx Fariduddin Attor: Ilohiynoma (II jild)
«Ilohiynoma» - Shayx Fariduddin Attorning shoh asari. Uni «Irfoniy adabiyotning durdonasi» deb atashadi. Kitobda Olloh va banda o‘rtasidagi munosabatlar, insonning ilohiy burchi va masʼuliyati, komillik sharafi va mashaqqati kabi masalalar g‘oyat baland pardalarda talqin va tarannum etiladi. Asardan joy olgan «Pokiza ayol sadoqati», «Robia va Bektosh muhabbati» dostonlari sevgi, sadoqatning go‘zal timsoli, mardlik, matonatning abadiy qo‘shig‘i bo‘lib jaranglaydi.
978-9943-20-945-9
496
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-shohruh-va-gavharshod
Pirimqul Qodirov: Shohruh va Gavharshod
Pirimqul Qodirov: Shohruh va Gavharshod
978-9943-7320-2-5
304
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/komil-sindarov-tungi-kotillik-kattik-mukova
Komil Sindarov: Tungi qotillik (qattiq muqova)
Komil Sindarov hozirgacha kitobxonlar eʼtiboriga havola etilgan "Qimmatga tushgan xato", "Temuriylar kutubxonasi siri", "Kechikka qasos", "Amirlikning oltin taxti izidan" kitoblari orqali o‘z o‘quvchilarini topishga ulgurdi. O‘quvchilarga taqdim qilinayotgan ushbu asar xam voqealarning qiziqarliligi, jumboqli holatlar, turfa xil taqdirlar yoritilganligi bilan kitobxonlar qiziqishini orttiradi. Asar qahramonlari - Sanjarbek va Faxriddin o‘z ishiga vijdonan yondashadigan, ko‘ngliga qarab ish tutadigan tergovchilar. Lekin sezimlarga tayanib ish tutib bo‘lmaydi, dalil-isbot bilan ish qilish lozim. Surishtiruv jarayonida jinoyat ishi battar chigallashib boradi. Natijada tergovchilarning ishi ham murakkablashib ketadi. Har kim aybdor bo‘lishi mumkin. Biroq haqiqiy jinoyatchini topish shart. Kitobxon asar mutolaasi davomida yechimning tezroq yakun topishini qanchalik istamasin, vaziyat chigallashib ketaveradi. Bu esa o‘quvchining jinoyatchini topishga bo‘lgan qiziqishini yana-da orttirib yuboradi.
978-9943-20-684-7
320
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-muhammad-mubashshir-ahmad-islom-hazorasi
Ahmad Muhammad, Mubashshir Ahmad: Islom hazorasi
Ushbu kitob Islom hazorasi (sivilizasiyasi) tarixi, uning o‘z zamonasida naqadar ilg‘or va peshqadam bo‘lganligi va ulamolarimizning dunyo ilmida peshvo sanalganlari haqidadir. Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-5558-3-9
200
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/bahriddin-murodzoda-uch-kalb-nolasi-kissa-va-hikoyalar
Bahriddin Murodzoda: Uch qalb nolasi (qissa va hikoyalar)
Qo‘lingizdagi kitobni o‘qir ekansiz, inson qalbining ezgulik va yovuzlik oralig‘ida, insoniy va hayvoniy istaklar qarama-qarshiliklari girdobida chirpirak bo‘lib aylanishiga guvoh bo‘lasiz. Agar yaxshilab mulohaza qilsangiz, bu o‘tkinchi dunyoning turfarang ohanjamalaridan o‘zlikni himoya qilish va boqiy dunyoga yorug‘ yuz bilan borish uchun Odam farzandlariga har doim avvalo rahmoniy yo‘l ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘yilishini ilg‘ab olasiz. Shu bilan birga, shaytoniy yo‘l ham mana man deb o‘ziga chorlab turadiki, ana shu chegarada insonga o‘zlikni anglash malakasi kerak bo‘ladi va bu uning taqdirini hal qiladi. Badiiy adabiyotning eng muhim vazifasi o‘laroq, mazkur kitob ham siz, aziz kitobxonga o‘zlikni anglash, hayot haqida chuqurroq mulohaza yuritishda eng yaqin do‘stingiz kabi qadrli bo‘lib qolishiga ishonamiz.
978-9943-7407-7-8
300
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nuriddin-toshkesen-andalus-fotihlari
Nuriddin Toshkesen: Andalus fotihlari
Islom O‘rta asrlar Yevropasida xuddi quyoshdek porladi, insonlarga avvalo huzur, tinchli, adolat, undan keyin farovonlik, boylik va madaniyat olib keldi. Musulmonlar o‘z dinining go‘zalligini shunchalar to‘g‘ri aks ettirdiki, Ispaniya xalq ko‘p o‘tmay ommaviy ravishda islomni qabul qila boshladi. O‘z dinini saqlab qolganlar ham tilidan tortib odatlarigacha - juda ko‘plab jabhalarda musulmonlarga o‘xshashga harakat urindi. Bu kitobda Andalusning sakkiz asrlik tarixining juda qisqa davri muxtasar bayon qilingan.
978-9943-8559-2-2
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/askad-muhtor-chodirhael-yumshok-mukova
Asqad Muxtor: Chodirxayol (yumshoq muqova)
Elimizning atoqli va ardoqli ijodkori, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adiblaridan biri hisoblanadi. Uning sheʼr, hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga va xarakterlarga boyligi bilan hamisha o‘quvchini hayajonga solgan. Adibning asarlarida odob-axloq, maʼnaviy olami, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklari dadil yoritiladi. "Hikoyalar xazinasi" rukni ostida nashr etilgan ushbu “Chodirxayol” to‘plamiga uning turli mavzulardagi hikoyalari jamlangan bo‘lib, kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinadi, degan umiddamiz. Taqdim etilayotgan hikoyalarda o‘sha davr ruhini saqlab qolish maqsadida shaharlar va ayrim atamalar nomi asliyatga asosan qoldirildi. Mazkur hikoyalar to‘plami barcha yoshdagi kitobxonlarga  mo‘ljallangan bo‘lib, kitob javoningizni yana bir sermazmun kitob bilan boyitadi.
978-9943-28-400-5
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-kahhor-dumli-odamlar-yumshok-mukova
Abdulla Qahhor: Dumli odamlar (yumshoq muqova)
Abdulla Qahhor kamdan-kam yozuvchiga nasib bo‘ladigan baxt sohibi. U allaqachonlar xalq qalbining to‘ridan o‘rin olgan. Respublikamizda uning nomini eshitmagan, uning kitoblari kirib bormagan bironta xonadon yo‘q, desa bo‘ladi. Uning asarlarini barcha yoshdagi va kasbdagi insonlar sevib o‘qiydilar, qissa va romanlaridan zavq oladilar, kichkina hikoyaga olam jahon mazmun sig‘dira olganiga qoyil qoladilar. "Hikoyalar xazinasi" ruknida chop etilayotgan "Dumli odamlar" hikoyalar to‘plami XX asrning 1930-70-yillarida o‘zbek xalqining tarixi hamda oddiy insonlarning fojialarga to‘la achchiq taqdiri, o‘sha davr ruhi to‘g‘risida tasavvur olish imkonini beradi. O‘quvchi hikoyani o‘qir ekan, baʼzi ayanchli hodisalardan qayg‘uradi, o‘sha davrga xos nohaqliklardan ranjiydi, hozirgi kunlarga shukronalar aytadi.
978-9943-28-383-1
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/gulchehra-vohidova-kalbim-ardogi
Gulchehra Vohidova: Qalbim ardog'i
Ushbu to‘plam O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovning munis rafiqasi Gulchehra Vohidova umr yo‘ldoshi bilan kechgan yillari haqidagi kechgan samimiy hamda yaqinlarining mehrga to‘liq xotiralarini qamrab olgan. Umid qilamizki, "Qalbim ardog‘i" kitobi ham cheksiz muhabbat, sadoqat ramzi sifatida "Oybegim mening", "Chorak asr hamnafas" kitoblari qatoridan o‘rin egallaydi.
978-9943-5671-8-4
176
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/a-abdurahmonov-uluglar-nasihati
A. Abdurahmonov: Ulug'lar nasihati
Ushbu kitobda odamzodning eng yaxshilari- payg‘ambarlar, sahobalar, tobeʼinlar, tabaʼa tobeʼinlar va solih zotlarning nasihatlari jamlangan. Ular o‘z hayotlari, ilmlarining natijasida ushbu nasihatlarni bizlarga qoldirganlar. Har bir nasihat ostida juda katta maʼno va hikmat yotadi. Alloh taolo ushbu kitobni barchamizga manfaatli qilsin, ulug‘ zotlarning nasihatlariga amal qilib, dunyo va oxiratda saodatmand bandalardan bo‘lishimizni nasib etsin, omin.
978-9943-8225-7-3
408
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulfattoh-abu-gudda-musulmonning-35-odobi-yumshok-mukova
Abdulfattoh Abu G'udda: Musulmonning 35 odobi (yumshoq muqova)
Ushbu kitobda islom dini ko‘rsatmalariga asoslangan go‘zal odob-axloq, taʼlim-tarbiya, insoniylik fazilatlarini boyitishga xizmat qiluvchi hamda inson ruhiyatini kamolotga yetkazuvchi go‘zal namunalar o‘rin olgan. Shuningdek, asarda jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini hisoblanmish oila, uning mustahkamligini taʼminlovchi omillar, yoshlarni odobli, hayoli qilib tarbiyalash, farzandlar maʼnaviyatiga tajovuz qilishi mumkin bo‘lgan "ommaviy madaniyat" ko‘rinishlari, ularning salbiy taʼsirlaridan saqlanish yo‘llari bayon qilingan. Bundan tashqari, millatimizga xos bo‘lgan qo‘shnichilik, mehmondorchilik, taʼziya, to‘y-hasham, kasalni ziyorat qilish, suhbatlashish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, bir so‘z bilan aytganda, ajdodlarimizning boy meroslari asosida shakllangan go‘zal odoblar batafsil yoritilgan. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, undagi purmaʼno, yuksak odoblar o‘quvchilar maʼrifatini yana-da boyitishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
978-9943-8145-4-7
112
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-mazhablar-birlik-ramzi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mazhablar birlik ramzi
MUQADDIMA Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin! Alloh taoloning Rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tugal va batamom salavot va salomlar bo‘lsin! Ammo baʼd: Mazhab deyilganda, asrlar osha mo‘min-musulmonlar Alloh taoloning va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari asosida ijtihod qilib topilgan, U Zotning roziligiga erishtiruvchi yo‘llarni tushunib kelmoqdalar. Aqiyda, fiqh va ruhiy tarbiya bo‘yicha musulmonlar ommasi ittifoq qilgan yo‘llardan birini tutgan odam uchun oqibat yomon bo‘lishidan qo‘rqilmasligi haqida ittifoq qilib kelinmoqda. Aslini olganda esa o‘zi yo‘l bitta, xolos. U ham bo‘lsa, Alloh taoloning oxirgi va mukammal dini, qiyomatgacha boqiy qoluvchi dini hamda barcha zamonlar va makonlarda insoniyatga ikki dunyo saodat yo‘lini ko‘rsatib beruvchi dini Islomdir...
978-9943-8143-1-8
216
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/lev-tolstoi-kreicer-sonatasi
Lev Tolstoy: Kreyser sonatasi
Ushbu kitobga ulug‘ adib Lev Tolstoyning mashhur uch qissasi kiritilgan. Mazkur asarlar o‘zining mavzu ko‘lami, ifoda yo‘sini hamda uslubi bilan ajralib turadi, shu boisdan ushbu qissalar Lev Tolstoy ijodida alohida mavqega ega. Kitobni o‘qir ekansiz, donishmand adibning olam va odam haqidagi qarashlari, hayot, eʼtiqod va umr mazmuni xususidagi mulohazalariga duch kelasiz. Mutolaa davomida kitobxondan biroz ziyrakroq bo‘lish ham talab etiladi, sababki, ulug‘ adib o‘z falsafiy mushohadalarini birda so‘zlovchi tilidan, birda qahramonlar nutqi orqali berishga harakat qilgan. Aziz kitobxon, kutubxonangiz yangi kitob bilan boyigani muborak bo‘lsin! Sizga maroqli mutolaa tilaymiz!
978-9943-8521-0-5
272
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/adem-gunesh-eng-sara-asarlari
Adem Gunesh: Eng sara asarlari
Kitobda farzand tarbiyasida muhim bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar beriladi. Ayonki, bolalarning dunyoqarashi turlicha shakllanadi. Ulardagi yaxshi-yomon psixologik o‘zgarishlarni ilg‘ay olish, vaqtida chora-tadbirlar qo‘llash ota-ona yoxud bola atrofidagi kishilar uchun ham zarur, albatta. Buning uchun esa asosli manbalar dastur qilinishi foydali va unumli. Ushbu kitob bu tomonlama sizga ko‘mak beradi, degan umiddamiz.
978-9943-6660-8-5
496
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-kodirii-mehrobdan-chaen-navruz
Abdulla Qodiriy: Mehrobdan Chayon (Navro'z)
O‘zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrlarining asoschisi, buyuk ustozimiz –Abdulla Qodiriy (1894-1938- yillar) XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk darg‘alaridan biri bo‘lgan. A.Qodiriy dastlabki taʼlimni musulmon maktabi, rus-tuzem maktabida, Abulqosim shayx madrasasida olgan. 1925-1926- yillarda Moskvadagi adabiyot kursida taʼlim olgan. Uning dastlabki ijodlari “Samarqand”, “Oina”, “Sadoi Turkiston” gazetalari va o‘zi tashkil etgan “Mushtum” jurnalida eʼlon qilingan. A.Qodiriyning “To‘y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi sheʼrlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz”, “Uloqda” (1916-yil), “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydi ?” (1920- yil) kabi hikoyalari, “O‘tkan kunlar” (1924-1926), “Mehrobdan chayon” (1929 yil) romanlari, “Obid ketmon” (1934) qissasi hozirgi vaqtda ham sevib o‘qiladi. Shuningdek, N.V.Gogolning “Uylanish” (1935 yil), A.P.Chexovning “Olchazor” (1936 yil) asarlarini ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. 1937 yilning 31 dekabrida “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, 1938 yil 4 oktyabrda o‘limga mahkum qilingan. Yozuvchining o‘zi va asarlari 1956 yildan boshlab oqlangan.
978-9943-3819-2-6
286
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/kizikarli-fizika-kushimcha-dars
Qiziqarli Fizika (Qo'shimcha dars)
Bir vaqtlar chaqmoq va momaqaldiroqdan dahshatga tushib, ularga sig‘ingan inson keyinchalik tabiat va uning hodisalari bilan uyg‘un yashashni o‘rganadi. Bugun esa u tabiat ne'matlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Demak lug‘aviy ma'nosi «tabiat» degan ma'noni anglatuvchi fizikadagi bilimlar mislsiz kuch-qudrat ramzidir. Ushbu qo‘llanmadagi qiziqarli ma'lumotlar va tajribalar bilan tanishish asnosida fizikaning qanchalik muhim fan ekanini anglaysiz. Ajabmaski, mazkur mashg‘ulotlardan so‘ng o‘qishdagi muvaffaqiyatlaringiz ikki hissa ortib, kelajakda yetuk fizik olim bo‘lib yetishsangiz. Tuzuvchi: Feruza Nazarova
978-9943-4098-3-5
48
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dennis-bakke-kuvonch-bahsh-etadigan-ish-kelazhak-biznes-modeli
Dennis Bakke: Quvonch baxsh etadigan ish. Kelajak biznes modeli
Sizning kompaniyangiz «Yashasin shodonlik» biznes modeliga asoslanib faoliyat ko‘rsatishini va har bir rahbar maksimal tarzda quvonch baxsh etadigan ish muhitini yaratishga intilishini tasavvur qiling. Siz, bunday kompaniya shiddatli raqobat sharoitida omon qololmaydi deb uylaysizmi? Ishdan zavq olish va o‘yin-kulgi bilan vaqt o‘tkazish iqtisodiy samaradorlik bilan mos kelmasligiga aminmisiz? Kelajak biznes modeli bo‘yicha ishlaydigan - jahon energetik giganti AES «kelajak kompaniyasi» asoschisi va sobiq prezidenti Dennis Bakke ushbu kitobida uni qanday qilib «orzudagidek kompaniya» ga aylantirganini tushuntiradi. Bu kitobni o‘qib bo‘lgach, siz qanday qilib kompaniyada ishlashni qiziqarli, zavqli, mamnuniyat olib keluvchi va xodimlarni rivojlanishga undovchi ish qilishni o‘rganasiz. Shuningdek, nima uchun zamonaviy rahbar anʼanaviy boshqaruv amaliyotidan voz kechishi kerak va bunday yondashuv kompaniyaga, xususan rahbarga qanday foyda keltirishi mumkinligini bilib olasiz. Tarjimon: Gulnora Ismoilova
978-9943-7591-3-8
288
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ilohii-nasihatlar-allohning-roziligiga-eltuvchi-amallar
Ilohiy nasihatlar. Allohning roziligiga eltuvchi amallar
Qo‘lingizdagi ushbu kitobda musulmon banda uchun o‘ta zarur bo‘lgan, ajr-savobi ulug‘ amallar haqida so‘z boradi. Ushbu nasihatlarga amal qilgan inson Alloh taolo roziligiga oson erishadi, bardavom kelib turadigan ajrlarni qo‘lga kiritadi, inshoolloh. Ko‘pchilik insonlar "Dinda mutaqaddim (peshqadam) bo‘lish uchun oson amallar bormi?" deb so‘raydilar. Shariatimizda bandani najotning oson yo‘liga olib boradigan amallar juda ko‘p. Islom yengillik dinidir. U insonlarni yuksak axloqli bo‘lib yashashga chorlaydi. Banda qiladigan ehsonini ham avvalo o‘zi, oilasi, yaqinlaridan boshlaydi, so‘ng ortib qolganini boshqalarga beradi. Umar roziyallohu anhu o‘z zamonlarida bir kishi masjiddan ketmaganini ko‘rib uni chiqarib yuborganlar va zimmasidagi farz bo‘lgan oilani boqishga buyurgan. Islom odamlarni dunyodan uzib qo‘ymaydi. Balki o‘zi, oilasi uchun mehnat qilsa ham, ayolining og‘ziga bir luqma solib qo‘ysa xam, eriga xushmuomala bo‘lsa ham, farzandlarini o‘pib, erkalab, ular bilan o‘ynasa ham, ovqatlanib o‘tirganda g‘iybat va boshqa gunoh so‘zlarni emas, odatiy gaplarni gapirib o‘tirsa ham, ko‘chadagilarga salom bersa ham, niyatini to‘g‘rilab chiroyli kiyimlar kiysa, ularni toza saqlasa, odamlarga tabassum qilsa ham savob olaveradi. Mo‘min banda hamisha insonlarga manfaat berishni ko‘zlashi, jamiyatdan uzilib qolmasligi darkor. Zero, hadisda insonlarning eng yaxshisi (boshqa) insonlarga eng ko‘p manfaati yetadigani bo‘lishi taʼkidlangan. Payg‘ambarlar, sahobalar, tobeinlar va solih zotlarning deyarli barchasi biror kasb bilan shug‘ullangan, o‘sha kasbi sababidan oilasini tebratgan. Shu bilan bir qatorda, ibodatda ham peshqadam va barchaga namuna bo‘lganlar. Kunduzini mehnat, kechasini esa ibodat qilib o‘tkazganlar. Xullas, Jannatga doxil bo‘lish uchun insonlardan uzilib olish shart emas. Kundalik ibodatlar, yumushlar va amallarni ham niyatni to‘g‘ri qilib bajarish orqali juda ko‘p ajru savoblar qozonish oson. Qoriy Toyyib Sohibning mashhur bir so‘zlari hammaning yodida turishi lozim: "Kamolot uchun mehnat kerak". Yaʼni oddiy bir chigit yer ustida qolib ketsa, chirib ketadi. Lekin u birortaning egniga kiyim yoki kafan bo‘lishi uchun ekib, sug‘orishga, Ishlov berib paxta bo‘lib ochilganda esa terishga, tozalab, yigirishga, so‘ng mato tayyorlashga, keyin kiyim tikishga zarurat bor. Oddiy bir mato uchun shuncha mehnat lozim bo‘lsa, Alloh taoloning Jannati uchun faqat xom xayol, quruq orzuning o‘zi yetmaydi. Kitobda insonning najot topishiga sabab bo‘ladigan, nafsga yengil (yaʼni uni bajarish oson bo‘lgan) amallar, nasihatlar haqida so‘z boradi, inshoolloh. Kitob 12 ta mavzuni o‘z ichiga olgan. Ularda musulmon bandaning yakka o‘zi bajaradigan hamda boshqa odamlarga aralashish orqali bajaradigan amallar bayon qilingan. Mavzu oxirida unga aloqador qissalar keltirilgan. Ushbu nasihatlarga amal qilgan inson najotga hamda Alloh roziligiga erishadi, inshoolloh.
978-9943-8098-4-0
392
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/plutarh-sailanma
Plutarx: Saylanma
Ushbu to‘plamga yunonistonlik mashhur muarrix va adib Plutarxning uch asari kiritilgan. Bular «Podshohlar va sarkardalarning hikmatli so‘zlari», «Iskandar Maqidunli» va «Kelin-kuyovlarga nasihatlar»dir. «Iskandar Maqidunli» asarida podshoh va sarkarda Iskandarning insoniy fazilatlari imkoni boricha mukammal yoritilgan. «Podshoh va sarkardalarning hikmatli so‘zlari» asarida 91 podshoh va sarkardaning besh yuzdan ortiq hikmatlari keltirilgan. Nisbatan kichik hajmdagi «Kelin va kuyovlarga nasihatlar»da yangi turmush qurgan yigit va qizlarga Plutarx ajoyib pand-nasihatlar beradi. Tarjimonlar: Zohir Aʼlam va Urfon Otajon
978-9943-27-417-4
240
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/alisher-navoii-saddi-iskandarii
Alisher Navoiy: Saddi Iskandariy
“Xamsa”ning yakunlanuvchi dostoni «Saddi Iskandariy» maʼlum anʼanalar asosida yaratilgan. Alisher Navoiy Iskandarning (Aleksandr Makedonskiy) sarguzashtlari fonida adolatparvarlik, markazlashgan davlat tuzish, insoniylik borasidagi o‘zining ilg‘or qarashlarini talqin etadi. Endilikda ushbu doston mohiyatini soddalashtirib keng kitobxonlarga targ‘ib qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maʼnoda dostonning nasriy tabdili nashr etilayotir.
978-9943-20672-4
452
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhek-k-hatson-vaikoff-usuli
Jek K. Xatson: Vaykoff usuli
Ko‘pgina boshlovchi treyderlar jadvallarga qo‘rquv ko‘zlari bilan qarashadi va narxlarning betartib harakatida qanday qonuniyat borligini tushunishmaydi. Bozorning yuqoriga va pastga harakatini oldindan ko‘ra olmaganlari uchun bitim tuzishning eng qulay paytini o‘tkazib yuborishadi. Bu kamchiliklardan qanday qutulish mumkin? Javob oddiy: bozorga to‘g‘ri yondashish kerak. Bozorni tushunish, demakki, katta ehtimollik bilan narx harakatini prognozlashdir. Vaykoff usuli aynan shu vazifaning uddasidan chiqishga yordam beradi. Balans va disbalans kabi bozor fazalariga asoslangan Vaykoff usulini tezda o‘zlashtirib olish depozitlarni oshirishga imkon beradi. Rus tilidan Dilshodbek Tursunaliyev tarjimasi
978-9943-7634-0-1
112
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/merve-gulzhemal-elimlasam-epishmaidimi
Merve Guljemal: Yelimlasam, yopishmaydimi?
Ushbu kitob “Yelimlasam yopishmaydimi?” deb nomlanadi va u “Aka-uka to’palonchilar” turkumiga oid 5 kitobdan biridir. Kitobning qahramoni Yoqimtoy ko’ngillarni ham buyumlar kabi yelimlab yopishtirib tuzatsa bo’ladi deb hisoblaydi. Ammo tez orada uning o’ylagani to’g’ri emasligini, kimning ko’ngli sinsa, hafa bo’lsa, dili og’risa uni “tuzatish” uchun yelim emas, balki kechirim so’rash va quchoqlash kerakligini anglab yetadi. Yoqimtoyga buni anglashda oila a’zolari, ayniqsa oyijonisi yordam beradi. Kichik farzandiga birovning dilini og’ritmaslik qanchalik muhimligini tushuntirmoqchi bo’lgan ota-onalar uchun ayni muddao!
978-9943-8606-0-5
36
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sirazh-raval-markazlashmagan-dasturii-ilovalar-bloklar-zanzhiri-tehnologiyasi-amalda
Siraj Raval: Markazlashmagan dasturiy ilovalar. Bloklar zanjiri texnologiyasi amalda
Kriptovalyuta va blokcheyn haqida tanqidiy kitoblar juda kam yozilgan. Siraj Raval o‘zining «Markazlashmagan dasturiy ilovalar. Bloklar zanjiri texnologiyasi amalda» kitobida bu bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qiladi. Kitob unchalik katta emas, 200 sahifaga ham yetmaydi. Ammo oson va qiziqarli uslubda yozilgan. Shunday bo‘lsada, o‘quvchidan avval mavzu bilan tanishishni talab etadi. Kitobda kriptovalyutaga faqat moliyaviy instrument sifatida qaralmay, balki keng maʼnoda markazsizlashtirilgan g‘oyaga asoslangan tizim deb qaraladi. Muallif ko‘pgina davlatlarda regulyatorlar qatʼiy nazoratga olishga intiladigan hamma uzatish usullarini rivojlantirishga daʼvat etadi. Markazlashtirilmaslik bu borada juda ajoyib g‘oyadir - taqiq va bloklashlarga imkon bermaydi. Rus tilidan Dilshodbek Tursunaliyev tarjimasi
978-9943-7634-1-8
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/tom-vanderbilt-sizga-ham-ekishi-mumkin-kandai-kilib-uz-maksadli-auditoriyamizni-topish-va-uni-uzimizga-zhalb-kilishimiz-mumkin
Tom Vanderbilt: Sizga ham yoqishi mumkin. Qanday qilib o'z maqsadli auditoriyamizni topish va uni o'zimizga jalb qilishimiz mumkin
Brendlar va xitoylik hamkasblar o‘rtasidagi cheksiz tanlov davrida, isteʼmolchini mamnun qilish qiyinlashmoqda. Raqobatchilar oldinga o‘tib olish va bozordan siqib chiqarish imkoniyatini ko‘ldan boy bermaydilar. Bu borada Tom Vanderbilt, marketing va psixologiya sohasidagi odamlarning xulq-atvorini, didini nafaqat oldindan bilish, balki nazorat qilish mumkin, deb hisoblaydi. Shuningdek, kitobda u sizning asosiy xaridoringizni aniqlash, mahsulot va xizmatni maqsadli auditoriyaga iloji boricha samarali tarzda taqdim etish yo‘llarini ochib beradi. Barcha huquqlar himoyalangan. Kitobni yoki uning biron-bir qismini nusxa ko‘chirish, elektron yoki mexanik shaklda, nusxa ko‘chirish shaklida, kompyuter xotirasida yozib olish, ko‘paytirish yoki boshqa usulda ko‘chirish, shuningdek, ruxsatsiz har qanday axborot tizimida ishlatish mumkin emas. Nashriyotning roziligisiz kitobni yoki uning bir qismini nusxalash, ko‘paytirish va boshqa maqsadda ishlatish noqonuniy hisoblanadi va jinoiy, maʼmuriy va fuqarolik javobgarligiga tortilishiga sabab bo‘ladi. Tarjimon "Aruana Baxt" tarjima agentligi
978-9943-7509-9-9
448
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ilhom-ganiev-rauf-parfi-uzturk-dunesi
Ilhom G'aniyev: Rauf Parfi O'zturk dunyosi
Ushbu kitob milliy tafakkurimizni yuksaltirishda betakror xizmatlar qilgan, Sharqu G'arb adabiyotini o'z ijodida badiiy tezlashtirgan, modern adabiyotini yangicha o'zanlarga burgan Rauf Parfi O‘zturk fenomenining yangi qirralarini kashf etishga qaratilgan. Shuningdek, shoir she'riyatidagi o'ziga xoslik, obrazlar poetikasi, badiiy san'atlar, metaforalar, poetik sintaksis kabi nazariy masalalar ijodkor falsafiy konsepsiyasidan kelib chiqib, jahon adabiyotiga qiyosan o‘rganilgan. Umid qilamizki, shoir ijodiga o'zgacha nigoh kitobxonni befarq qoldirmaydi. Mazkur kitob filolog mutaxassislar, ijodkor ziyolilar va barcha adabiyot muhiblariga mo'ljallangan.
978-9943-7731-8-9
732
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/homid-ahmad-tohir-rasululloh-sollalohu-alaihi-vasallamning-eshlarga-nasihatlari
Homid Ahmad Tohir: Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning yoshlarga nasihatlari
Olamlarning Robbi Alloh taologa O‘zining ulug‘ligiga loyiq hamdu maqtovlar bo‘lsin! Insoniyatga hidoyat yo‘lini ko‘rsatish uchun yuborilgan eng so‘nggi payg‘ambar – nabiyyimiz Muhammad Mustafoga, u zotning ahli oilalari, sahobalari va mo‘min-musulmon ummatlariga Alloh taoloning salotu salomi, to‘xtovsiz rahmati bo‘lsin! Muqaddas va barkamol dinimiz Islomda jamiyatda yashovchi barcha insonlarning haq-huquqlari, burchlari o‘zining aniq va to‘la-to‘kis ifodasini topgan. Islom shariatida hech kimning manfaati va huquqlari o‘zgalarning haq-huquqini poymol qilish yoxud qisqartirish hisobiga amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jumladan, yoshlar va o‘smirlarning haq-huquqlari ham shunday. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, Islom ummatining shakllanishida, hidoyat nurining butun olam uzra keng tarqalishida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan yelkadosh bo‘lgan yosh va navqiron sahobalarning hissalari katta ekani ravshanlashadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam baʼzan katta-katta qo‘shinlarning harbiy qo‘mondonligini anchagina yosh sahobalarga topshirganlari ham yoshlarga yuksak ishonch va ehtirom namunasi edi. Musulmon yoshlar barcha sohalarda ummatning eng peshqadamlari bo‘lib kelishgan. Bular sharʼiy yoxud dunyoviy ilmlar bo‘ladimi, go‘zal xulq va madaniy jabhalar bo‘ladimi yoki ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-harbiy soha bo‘ladimi, farqi yo‘q. Bu musulmon yoshlarning ulug‘ marralarni zabt etishida esa Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam bergan tavsiyalarga qatʼiyat va sabot, chuqur ishonch va ixlos bilan amal qilishgani hal qiluvchi omil vazifasini bajargan. Nabaviy o‘gitlarga og‘ishmay amal qilingan har bir davrda jamiyat mislsiz taraqqiyotga, go‘zal munosabatlar tizimiga ega bo‘lgan, kishilar o‘rtasida mehr-muruvvat, o‘zaro ko‘maklashish va birdamlik ruhi qadriyat darajasida qaror topgan. Ana shu tarixiy jarayonda shakllangan go‘zal qadriyatlar mevasidan hali-hanuz bahramand bo‘lib kelmoqdamiz. Holbuki, boshqa jamiyatlarda kuchli diniy asoslarning yetishmasligi ortidan maʼnaviy va ruhiy inqiroz kelib chiqib, tobora chuqurlashib borayotganini bugun har birimiz ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz. Ammo bu – bizning jamiyatimizda bugun shaxslararo, oilaviy yoxud umumijtimoiy muammolar, maʼnaviy pasayishlar kuzatilmayapti degani emas. Bu ham ko‘z o‘ngimizdagi ochiq-oydin haqiqat. Buning taʼsiri, ayniqsa, yoshlarda qattiqroq sezilmoqda, bugun ular har doimgidan ko‘ra ko‘proq eʼtiborga, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga muhtoj bo‘lmoqda. Ushbu moʻjaz risolada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning musulmon yoshlarning chinakam islomiy yuksak sharaf sohibiga aylanishi uchun bergan tavsiyalari jamlangan bo‘lib, ushbu Nabaviy nasihatlardan xabardor bo‘lish va ularni shaxsiy hayotida tatbiq etish har bir yoshning, xususan, yurtimizda yashayotgan mo‘min-musulmon farzandlarimizning sharafli vazifalaridir. Alloh taolo ushbu ojizona urinishimizni manfaatli qilishini so‘rab, duo qilib qolamiz. Ehtirom ila tarjimonlar Abdulhamid Zayriyev, G‘iyosiddin Habibulloh
978-9943-20-927-5
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/kitobhon-kundaligi
Kitobxon kundaligi
Ushbu kundalikda 75 ta asar haqida ma'lumot berilib, ularni o'qiganingizdan so'ng mulohazalaringizni yozib qoldirish uchun bir betdan joy ajratilgan. Kundalikdan ko'zlangan maqsad — avvalo o'quvchi nashriyot tomonidan tavsiya etilayotgan badiiy adabiyotlar bilan tanishadi. Tavsiya avvalida muallif haqida qisqa tarjimayi hol, yozuvchining mashhur asarlari, taklif etilayotgan adabiyot haqida annotatsiyalar keltirilgan. Har bir mutolaadan keyin o'quvchi mulohazasi uchun o'rinlar ham qoldirildiki, bu joy kitobxon o'z fikrlarini yozishi uchun mo'ljallandi. Tavsiya etilayotgan kitoblar ro'yxati o'zbek va jahon adabiyotining zabardast vakillari qalamiga mansub bo'lib, ba'zilari maktab dasturlaridan o'rin olgan.
null
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-iiso-muhammad-at-termizii-sunani-termizii-tarzhimasi
Abu Iyso Muhammad at-Termiziy: Sunani Termiziy tarjimasi
Ulug‘ muhaddis Imom Termiziyning «Sunani Termiziy» («Al-jomiʼ as-sahih») asari yangi nashri Misr Qohira nusxasiga asoslandi, Bayrut, Riyoz nusxalari bilan qiyoslandi. Boblar va hadis raqamlari arabiy asliyatga moslab chiqildi. Asar Hanafiy fiqhi asosida diyorimiz kitobxonlari manfaatlariga mos zarur ilmiy sharh va izohlar bilan taqdim etilmoqda.
978-9943-8552-2-9
528
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sadulloh-oidin-ulimga-kulib-bokkan-odam
Saʼdulloh Oydin: O'limga kulib boqqan odam
Imomi Aʼzam hech kimga sezdirmay huzuriga kelgan elchidan so‘raydi: "Qanday qilib ko‘rinmay keldingiz? Elchi ishonch bilan nim tabassum ila dedi: “Gunohdan qoraygan qalblar, tongda g‘aflat uyqusidan qutulolmaydi». "O‘limga kulib boqqan Abu Hanifa" asari o‘z bilimini pul va hokimiyatga sotmaydigan olim Abu Hanifaning shonli kurashi haqida hikoya qiladi. Bu shahidlik bilan tugaydigan sharafli hayot romanidir. "Agar solihlar zolimlardek o‘jar bo‘lmasalar, haqiqat o‘z o‘rnini topa olmaydi" degan Imomi Aʼzamning haqiqat uchun kurashini yoritgan qo‘lingizdagi ushbu kitob mutolaasi xayrli bo‘lishini tilab qolamiz.
978-9943-7524-7-4
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ulugbek-hamdam-bizdan-rozi-buling-ota
Ulug‘bek Hamdam: Bizdan rozi bo'ling, ota
Odatda biror kitobga annotatsiya yozar ekanmiz, yozuvchining mahoratiyu asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida to‘xtalamiz. Bu gal yondashuvni o‘zgartirib, savol bilan boshlaymiz. Xo‘sh, o‘quvchi nega qimmatli vaqtini sarflab, ushbu kitobni mutolaa qilishi kerak? Javob ham shu o‘rinda topiladi. Birinchi sabab yozuvchining mashhurligi, muallifning bundan avvalgi kitoblari nafaqat o‘quvchilar, balki adabiy tanqidchilar tomonidan ham juda iliq kutib olingan. Tili, uslubi, zamon va makon tushunchalari o‘quvchini, so‘zsiz, «asir oladi». Ikkinchi sabab - mavzuning originalligi. Ijtimoiy yengil-yelpilikdan uzoqligi asar nomidan ham bilinib turibdi: “Ota”, «barcha otalarga bag‘ishlanadi». Demak, otalik hisi, otalik burchi, otalik hukmi, otalik so‘zi... Uchinchi sabab - ushbu kitobga kirgan romanlarning hajmi. Kitob katta emas, ammo undan ikkita zabardast asar o‘rin olgan. Har ikkala roman, aytish mumkin bo‘lsa, yozuvchi ijodidagi yetuklik payti dunyoga kelgan. Yangi davr adabiyoti. Aybdorlik hisi, iztirob, armon, taskin hamda so‘zsiz va sassiz faryodlar aks etgan roman, deya izohlangani bejiz emas. Kitobni sovuqqonlik bilan, sokinlik bilan o‘qish qiyin. Mushohada va tahlil kitobxonni bir muddat tinch qo‘ymaydi... Mutolaadan keyin mehribon, jonkuyar, ammo gunohkor ota haqidagi ushbu romanni yaqinlaringizga tavsiya etar ekansiz, to‘rtinchi sabab, sizda, albatta, bo‘ladi. So‘zboshi mualliflari: Umarali Normatov, Hamidulla Boltayev
978-9943-20-959-6
352
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/uch-tilak
Uch tilak (Bolajonlar uchun ertak kitoblar)
Yaxshi kitoblar shaxsning bir qismiga aylanishi mumkin. Bugungi kunda kitob do’konlari peshtaxtalarida juda ko’p kitoblarni uchratish mumkin, biroq chiroyli va yorqin muqovadagi hamma kitoblar ham bolalar o’qishi uchun foydali bo’lavermaydi. Eng yaxshilari nafaqat qiziqarli syujetga ega, balki ma’lum tarbiyaviy g’oyalarni ham o’z ichiga oladi: ular yaxshilik, adolat, halollikni o’rgatadi. Uch xil tilda yozilgan ushbu kitoblarda bolalaringiz nafaqat shunday tarbiyaviy g’oyalarga ega bo’ladi, balki dunyoqarashi ham kengayadi. 📌 Kitoblar 10 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan 📌 Kitob ichidagi maxsus QR kod orqali kitobni audio va video formatda ham ko’rishingiz mumkin.
978-9943-23-183-2
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sadulloh-oydin-saodat-asri-fidoii-ayollari
Saʼdulloh Oydin: Saodat asri fidoyi ayollari
Har bir davrning o‘ziga xos qahramonlari bo‘ladi. Baʼzan esa bu qahramonlar hatto erkaklarning hayoliga kelmagan mardlik, jasorat va fidoyiliklari sabab bu nomga loyiq ko‘rilgan, biz ojiza sanaganimiz ayollar bo‘lishlari ham mumkin. Ushbu kitob biz bilgan jasur, mard To‘maris va Bibixonimlardan emas, tarix zarvaraqlariga o‘z ismlarini "Asri saodatning fidoyi xonimlari" deb muhrlagan Afro Xotun, Fotima bintu Muhammad, Fotima bintu Xattob, Fotima bintu Asʼad, Sumayya Xotun hamda Xadicha bintu Xuvaylid singari sheryurak ayollardir. Ularning har biri tarixning oltin zarvaraqlarini bezagan oltin boychechaklardir! Zulm yo‘l bermagan yo‘llarni, tahlikali jarliklar bag‘rini qoplagan rango-rang chechaklardir! Bu chechaklar tarixni o‘rganishni xohlagan har bir kitobxonni o‘zining muattar ifori bilan, betakrorligi bilan lol qoldirishiga aminmiz. Ularning va jasorati bizga o‘rnak bo‘lishga arziydigan darajada qimmatlidir. Turk tilidan Muxlisa Otabekzoda tarjimasi
978-9943-7524-9-8
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdukahhor-ibrohimov-bizkim-uzbeklar
Abduqahhor Ibrohimov: Bizkim, O'zbeklar
Ushbu kitobda tarixdan qolgan xotiralar haqida so‘z boradi. Agar 1991 yil milliy mustaqillikka erishmaganimizda “Bizkim, o‘zbeklar” kitobi ham dunyoga kelmas edi. Asarda ajdodlarimiz, nasl-nasabimiz kimlar ekanligi, bizning qanday xalq ekanligimiz, etnik jihatdan xalq bo‘lib, shakllanish jarayonimiz qanday kechganligi, o‘zbek davlatchiligi qanday paydo bo‘lganligi haqida so‘z boradi. Kitob 1999 yilda 10 ming nusxada chop etilgandi. so‘ng 2001 yilda ikkinchi marotaba nashr etildi. 2011 yil chop etilgan adib “Tanlangan asarlar”ning uchinchi jildidan ham “Bizkim, o‘zbeklar” o‘rin oldi. To‘rtinchi nashr ham o‘sha yilning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yilliga bag‘ishlab chop qilingan edi. Biz o‘zimizni millat deb bilan ekanmiz, o‘zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak. Masalan, turkiy tilli xalq bor, turk xalqi bor. Ular ikkisi o‘rtasidagi farqni har bir odam, avvalo, farzandlarimiz bilishi kerak. Shuningdek, ular o‘z millatiga oid, davlatchiligiga oid bilimlarni ham yaxshi o‘zlashtirishi kerak. Kitobda davlatchiligimiz tarixiga oid muhim manbalar o‘rin olgan, deydi Abduqahhor Ibrohimov.
978-9943-59-860-7
512
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/gunohi-kabiralar-va-ularning-muolazhasi-ikkinchi-kitob
Gunohi kabiralar va ularning muolajasi (Ikkinchi kitob)
Qo‘lingizdagi ushbu kitob orqali gunohi kabiralar haqida maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Kitobda gunohi kabira va gunohi sag‘iralar farqi, gunohi kabiralarga bag‘ishlangan kitoblar hamda gunohi kabiralarning muolajasi ham baholi qudrat bayon etildi. Alloh taolo barchamizni ikki dunyo saodatiga erishtirsin, o‘qiganlarimizga amal qilishni, O‘zining roziligiga noil bo‘lishimizni nasib etsin, omiyn. Nashrga tayyorlovchi: Muhammadbobur Muhiddinov
978-9943-7928-8-3
376
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/yashiringan-akl
Yashiringan aql (Bolajonlar uchun ertak kitoblar)
Yaxshi kitoblar shaxsning bir qismiga aylanishi mumkin. Bugungi kunda kitob do’konlari peshtaxtalarida juda ko’p kitoblarni uchratish mumkin, biroq chiroyli va yorqin muqovadagi hamma kitoblar ham bolalar o’qishi uchun foydali bo’lavermaydi. Eng yaxshilari nafaqat qiziqarli syujetga ega, balki ma’lum tarbiyaviy g’oyalarni ham o’z ichiga oladi: ular yaxshilik, adolat, halollikni o’rgatadi. Uch xil tilda yozilgan ushbu kitoblarda bolalaringiz nafaqat shunday tarbiyaviy g’oyalarga ega bo’ladi, balki dunyoqarashi ham kengayadi. 📌 Kitoblar 10 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan 📌 Kitob ichidagi maxsus QR kod orqali kitobni audio va video formatda ham ko’rishingiz mumkin.
978-9943-23-155-9
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mustafo-chukai-ugli-istiklol-zhallodlari
Mustafo Cho'qay o'g'li: Istiqlol jallodlari
Hurmatli kitobxon, istiqlol - mustaqillik muborak bo‘lsin!.. Go‘yo oson erishilgandek tuyulayotgan bugungi mustaqilligimiz uchun bir zamonlar Mustafo Cho‘qay o‘g‘lidek jafokashu jabrdiyda birodarlarimiz badnom etilib, ota badarg‘a qilingan edilar. Va ular yurtidan uqubatli g‘ariblikda ham Ona Vatan haqida qayg‘urib, biz uchun bebaho yodnomalar bitgan edi, toki biz uni o‘qib, shafqatsiz xatoliklarga yo‘l qo‘ymagaymiz. Ha, dorulomon kunlar kelgani chin bo‘lsin. Aziz kitobxon, ulug‘ birodarimiz Mustafo Cho‘qay o‘g‘lining ushbu kitobi siz uchun, biz uchun hammamiz uchun yozilgan. Va uni bugungi istiqlol sharofati tufayli o‘qish baxtiga muyassar bo‘layotganingizni unutmang.
978-9943-8217-8-1
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/toza-suv-rangi
Toza suv rangi (Bolajonlar uchun ertak kitoblar)
Yaxshi kitoblar shaxsning bir qismiga aylanishi mumkin. Bugungi kunda kitob do’konlari peshtaxtalarida juda ko’p kitoblarni uchratish mumkin, biroq chiroyli va yorqin muqovadagi hamma kitoblar ham bolalar o’qishi uchun foydali bo’lavermaydi. Eng yaxshilari nafaqat qiziqarli syujetga ega, balki ma’lum tarbiyaviy g’oyalarni ham o’z ichiga oladi: ular yaxshilik, adolat, halollikni o’rgatadi. Uch xil tilda yozilgan ushbu kitoblarda bolalaringiz nafaqat shunday tarbiyaviy g’oyalarga ega bo’ladi, balki dunyoqarashi ham kengayadi. 📌 Kitoblar 10 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan 📌 Kitob ichidagi maxsus QR kod orqali kitobni audio va video formatda ham ko’rishingiz mumkin.
978-9943-23-156-6
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mirkobil-hasanov-kuronning-ibratli-kissalari
Мирқобил Ҳасанов: Қуръоннинг ибратли қиссалари
Сизнинг ичингизда Аллоҳнинг китобини, пок ислом динимиз ҳукмларини ўрганаман деган инсонлар жуда кўпчиликни ташкил қилади. Қўлингиздаги китоб ана шу азиз инсонларнинг ниятларига яраша ёзилган. Унда Қуръони карим ичидаги Раббул иззат, Аллоҳ субҳаноҳу ва таолодан ибратли қиссалар келтирилган. Умид қиламизки, ушбу рисола Сиз азизларнинг комил инсон бўлиб шаклланишингизга катта ҳисса қўшади.
978-9943-7504-1-8
136
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/dinozavrlar-mening-birinchi-enciklopediyam
Dinozavrlar (Mening birinchi ensiklopediyam)
Dinozavrlar ko‘p million yillar avval yashagan. Biroq hozirgi kunga qadar ulkan va noyob sudralib yuruvchilar nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham o‘ziga sehrlab kelmoqda. Bahaybat jonivorlar filmlar, multfilmlar qahramoniga aylanishgan, o‘zlarining yumshoq o‘yinchoqlar ko‘rinishida yangi hayotlarini boshlashgan. Dinozavrlar chindan ham mavjud bo‘lganligini hamma yaxshi biladi. Lekin brontozavrning bo‘yi necha metr ekanligini yoki tirannozavrning qanday kuchga ega bo‘lganligini hamma ham biladimi? Salobatli, kuchli, o‘z yo‘lida uchragan hamma narsani yakson qilib ketaveradigan ulkan yirtqichlar shafqatsiz vahshiylar bo‘lganiga ko‘pchilikning ishonchi komil. Biroq aslida unday emas. Dinozavrlar orasida faqat o‘simliklar bilan oziqlangan beozorlari ham uchraydi. Eng qadimiy dinozavrning suyaklari qayerda topilganini, afsonaviy hayvonlarning nomi qanday tarjima qilinishini bilish hammaga ham qiziq bo‘lishi shubhasiz. Ushbu kitob nega, nimaga deb hadeb so‘rayveradigan, o‘zini o‘rab turgan muhitga qiziquvchi kichkintoylar, vaqt uzra sayohat qilishga tayyor bo‘lganlar, sayyoramiz sirlariga qiziquvchilar va qachondir ushbu sirlarni yechishni orzu qilganlar uchun mo‘ljallangan. Inson bo‘lajak kasbini bolalik chog‘idan tanlaydi. Kim biladi, ehtimol orangizda ham kimdir bir necha yillardan so‘ng mashhur tadqiqotchi-olimga, paleontologga aylanib, sirli va ajoyib jonivorlar sayyoramizdan allaqachon g‘oyib bo‘lgan dinozavrlar haqida biz bilmagan yangiliklarni kashf qilar.
978-9943-7144-9-6
96
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-siddik-minshavii-rasululloh-sollallohu-alaihi-vasallamning-turt-vorislari
Muhammad Siddiq Minshaviy: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning to'rt vorislari
Ushbu kitobda fiqhiy masalalar bo‘yicha mashhur va moʻtabar bo‘lgan to‘rt mazhab – hanafiy, shofeʼiy, molikiy va hanbaliy mazhablari imomlarining hayotiga oid ibratli voqealar bayon etilgan. Bu ulug‘ zotlarning odob-axloqi va ilmiy salohiyati haqida bu bitiklar muhtaram o‘quvchilarimizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz. Tarjimonlar: Abdushukur Muradov, Doston Mustafoyev, Davron Nurmuhamedov
978-9943-7768-6-9
252
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-hoir-shaol-islomda-eshlar-tarbiyasi
Shayx Muhammad Xoyr Sha'ol: Islomda yoshlar tarbiyasi
So‘nggi yillarda yurtimizda kechayotgan yangilanishlar va keng ko‘lamli islohotlar jarayoni xalqimizning barcha qatlamlarini, jumladan, yoshlarni ham qamrab oladi. Zotan, mamlakatning ertasi aynan bugunning chambarchas bog‘liqdir. Shuni ham alohida qayd etib o‘tish joizki, yoshlarning jamiyatda tutgan muhim o‘rnini his etgan holda, ularning hayotidagi muammolarga, yoshlar to‘qnash keladigan murakkab vaziyatlarga nisbatan amaliy va ilmiy-maʼrifiy ko‘mak berish har birimizning masʼuliyatli vazifamiz hisoblanadi. Shu bilan birga, Islom ummatining kelajakda qay holda maydonga kelishi ham aynan o‘sib-ulg‘ayib, katta hayotga qadam bosayotgan navqiron avlodga bog‘liq bo‘lib, bu jihat masalning dolzarbligini yana-da oshiradi.
978-9943-7031-5-5
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/umida-adizova-inshiroh-hikoyalar-tuplami
Umida Adizova: Inshiroh (Hikoyalar to'plami)
Ushbu kitobda jamlangan hikoyalar, ehtimol, sizga tanish tuyulgan, qahramonlar ruhingizga uyqash ko‘ringandir. Ajablanmang, men ularni sizning ko‘nglingizni o‘qib, hayotingizni kuzatib, tuyg‘ularingizni his qilib, qog‘ozga tushirganman. Qo‘limga qalam berib, ko‘nglimga hikmat ilhom qilgan Allohga omonat bo‘ling! Umida Adizova
978-9943-8252-4-6
256
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-vasatiya-haet-iuli
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Vasatiya - hayot yo'li
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 2005 yilning may oyida Kuvayt davlatida bo‘lib o‘tgan "Vasatiya (mo‘tadillik) - hayot yo‘li" mavzusidagi umumjahon Islom ilmiy anjumanida ishtirok etdilar. Anjumanga ushbu mavzuni tanlashdan maqsad yoshlarning noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketayotganligi, dinda haddan oshishi, diniy mutaassiblikka berilishi kabi dolzarb muammolarni muhokama qilish edi. Shayx hazratlarining shu nomli kitoblarida mazkur anjumanda ko‘tarilgan masalalar umumlashtirilib, undagi mavzular batafsil yoritib berilgan.
978-9943-7033-1-5
312
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/togai-murod-momo-er-kushigi
Tog‘ay Murod: Momo yer qo'shig'i
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog‘ay Murodning "Momo Yer qo‘shig‘i" qissasi ushbu kitobda mujassam. Mazkur qissada ona zamindan, xalqidan uzilgan ijodkor fojiasi katta ijodkor ustalik bilan tasvir etgan Pahlavon Daho obrazi orqali ochib beriladi. Tog‘ay Murod uslubiga xos til go‘zalligi, badiiy bo‘yoqlar bu qissaga ham ko‘rk berib turibdi.
978-9943-7586-1-2
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/rahima-shomansurova-millat-kiziga
Rahima Shomansurova: Millat qiziga
Oilada ruhiy muvozanatni, go‘zal munosabatni, fayzu barakani AYOL yaratadi. Kitob oqila, komila, ruhiyati tiniq, feʼli keng, nazari to‘q, sabru qanoatli onalarimiz, buvilarimizning eʼzozga, baxtibekamlik sharafiga erishish yo‘lidagi benazir mushohadalari, ibratli hayotlari haqida. Oilaning yuzi, iftixori, farishtasi bo‘lish niyatidagi qizlar! Ushbu kitob aynan siz uchun!
978-9943-20-903-9
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shahzoda-gozii-ibn-muhammad-ibn-tolal-fikr-yurituvchilar-uchun-islom-buiicha-kullanma
Shahzoda G'oziy ibn Muhammad ibn Tolal: Fikr yurituvchilar uchun Islom bo'yicha qo'llanma
«Fikr yurituvchilar uchun Islom bo‘yicha qo‘llanma» deb nomlangan ushbu kitob “Hilol-Nashr” nashriyoti tarjimonlar jamoasi tomonidan o‘zbek tiliga o‘girildi. Ushbu asar bugungi kunda Islom olamida dolzarb bo‘lib turgan mavzularni qamrab oladi. Muallif bu kitobda Islomning mohiyatini tushuntirib, ayni paytda nimalar Islomga zid ekanini ham ko‘rsatib o‘tgan. Shu bois bu asar tafakkur qiluvchi insonlarni Islom bilan tanishtirish uchun yaxshi qo‘llanma bo‘la oladi. U eng kamida sizni Islom va uning bugungi dunyodagi roli haqida o‘ylab ko‘rishga undaydi.
978-9943-5982-6-3
416
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/charlz-dikkens-mushkul-zamonlar
Charlz Dikkens: Mushkul zamonlar
Buyuk ingliz yozuvchisi Charlz Dikkensning «Mushkul zamonlar» romanida XIX asr Angliyadagi ijtimoiy qarama-qarshiliklar, yaʼni ishchilar sinfi va kapitalistlar o‘rtasidagi ziddiyat asosiy mavzu sifatida keng yoritilgan. Yozuvchi kapitalist uchun ishchi shunchaki qul ekanligiga chidab turolmaydi. Ishchilarning maʼnaviy dunyolari, ularning baxt va go‘zallik, nafosatga bo‘lgan intilishlari, madaniy dam olishga bo‘lgan ehtiyojlari bilan hisoblashmaydiganlarga nisbatan ëzuvchining nafrati kitob mazmuniga singdirib yuborilgan. Roman boylik va kambag‘allik, mehnat va kapital o‘rtasidagi ziddiyatlarni realistik bo‘yoqlarda tasvirlaydi. Inglizchadan tarjimonlar: Xonimkul Tojiyev, Dilnoza Xonimqulova, Mohidil Xonimqulova va Shahnoza Xonimqulova
978-9943-20-904-6
352
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-aitmatov-kulaetgan-toglar-lotin
Chingiz Aytmatov: Qulayotgan tog'lar (lotin)
Chingiz Aytmatov hayotining oxirgi yillarida «Qulayotgan tog‘lar» «Mangu qayliq» deb atalgan romanini yozdi. Unda bozor iqtisodiga o‘tayotgan, shiddat bilan globallashuv jarayonlariga kirib borayotgan hozirgi dunyoning maʼnaviy-iqtisodiy muammolarini Qirg‘iziston, Markaziy Osiyo voqeligi, odamlar taqdiri, turmushi, ongida ro‘y berayotgan keskin, og‘riqli o‘zgarishlarga chambarchas holda yoritdi. Tabiat, jamiyat, inson taqdirida yuz berayotgan rang-barang hodisalarni butun fojialari bilan birga yaxlit tasvirladi. Asar buyuk adib va donishmandning avlodlarga so‘nggi vasiyatidek o‘qiladi. Zullisonayn adib bu romanini rus tilida yozdi. U 2007 yilda Peterburgda nashr etildi. O‘zbek tiliga shu nashrdan tarjima qilindi.
978-9943-6654-3-9
240
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhadid-adabieti-namoendalari-ishokhon-ibrat
Jadid adabiyoti namoyondalari: Is'hoqxon Ibrat
Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o‘z o‘quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo‘q. «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topadi.
978-9943-7070-5-4
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/kichkintoylar-ensiklopediyasi-ertaklarda-4-kism
Kichkintoylar ensiklopediyasi ertaklarda 4-qism
Bolangiz, hech narsa o'z-o'zidan paydo bo'lmasligini biladi, albatta. Lekin ular qanday paydo bo'ladi? Nima sababdan yomg'ir yog'ib, shamol esadi, nima uchun hamma hayvonlar har xil rangda? Bolangiz bu savollarga javobni shu kitobdan topadi. Atrof muhitning barcha sir-asrorlari oddiy, qiziqarli shaklda ochib beriladi. Farzandingizga bunday qiyin narsalarni tushuntirish uchun bosh qotirishga aslo hojat qolmaydi. Ertaklar u yoki bu hodisalar qanday sodir bo'layotganini bolaga oson tarzda tushuntiradi, zerikarli narsani qiziqarli qilib beradi va hech bir kichkintoyni bee'tibor qoldirmaydi.
978-9943-6324-5-5
32
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-ihtiloflar-sabablar-echimlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ixtiloflar: sabablar, yechimlar
Diyorimiz musulmonlari qariyb yetmish yil mustabid tuzumning diynga qarshi siyosati ostida yashadilar. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, hayotning barcha jabhalariga erkinlik neʼmati ato qilindi. Xalqimiz o‘zlikni anglash, asl qadriyatlarni tiklash yo‘liga qadam bosdi. Biroq, muqaddas diynimizni o‘rganish va uning taʼlimotlariga amal qilish oson ko‘chmadi. Ilmsizlik, dinsizlikning asoratlari yuzaga chiqib, musulmonlar o‘rtasida turli ixtiloflar vujudga kela boshladi. Bir yurtda yashab, bir mazhabga amal qilib kelgan musulmonlar orasida turli nizolar chiqa boshlagach, bu ixtiloflarning sabablari va ularning yechimlarini topishga kuchli ehtiyoj sezildi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining 2003 yilda chop etilgan «Ixtiloflar haqida» kitobi ana shu dolzarb muammoga bag‘ishlangan asar bo‘ldi.     O‘tgan davr mazkur kitobning nechog‘li dolzarb va muhim ekanligini amalda ko‘rsatdi. Biroq, nizo, tortishuv va ixtiloflarga hanuz uzil-kesil barham berilgani yo‘q. Shu munosabat bilan mazkur kitob yangi maʼlumotlar bilan boyitildi, so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan yangi ixtiloflarga oid g‘oyatda muhim tahlillar, hujjat-dalillar bilan to‘ldirildi.
978-9943-5476-5-0
352
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/halis-karabenli-haelimda-guzal-kol
Halis Karabenli: Xayolimda go'zal qol
Qo‘lingizdagi kitobni mutolaa qilar ekansiz, go‘yoki qahramon tilidan aytilayotgan so‘zlar sizga bemaʼnidek, tuturiqsiz, jumlalar o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qdek bo‘lib tuyuladi. Ammo unday emas, asar qahramoni ham sizu bizdek atrofimizda yashayotgan bir inson. Biroq u ichidagi dardlarini, ichki kechinmalarini ro‘y-rost, boricha- aqliga, xayoliga nima kelsa, shularni o‘z holicha tashqariga chiqaradigan, "Odamlar nima der ekan”, deya andishaga borib o‘tirmaydigan bir “surbet”, ammo tom maʼnodagi bir oshiq. Oshiqlik shu qadarki, shoir aytganidek, ham boshga g‘am, ham ko‘zga nam keltirur. Axir ishq oshiqni ne ko‘yga solishini oshiqlargina tushunadi. Zotan, asar qahramoni aytmoqchiki: "Sevgi - biroz kurashmoq va o‘rni kelganida yaralamoqdir!" Ha, qahramonimiz ham sevgida yaralangan bir telba. Shu bois uning gap-so‘zlari sizga telbanamo bo‘lib tuyulaveradi. Aminmizki, asarni mutolaa qilish jarayonida siz ham qahramondek oshiq bo‘lasiz, sevasiz-sevilasiz, o‘rni kelsa, telba bo‘lasiz. Axir ishq o‘zingdan voz kechmoq emasmi?! Tarjimonlar: Farida Mirzayeva, Alisher Ravshanov
978-9943-8002-0-5
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/aleksandr-knish-musulmon-tasavvufi
Aleksandr Knish: Musulmon tasavvufi
Mazkur kitob so‘nggi ikki yuz yil mobaynida dunyo olimlari, sharqshunos va faylasuflari eʼtiborini tortib kelayotgan musulmon tasavvufining ilk davridan to hozirgi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlarini ilmiy xolislik bilan yoritishga bag‘ishlangan. Bu yerda tasavvuf o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi ijtimoiy-maʼnaviy hodisa, Xudo, olam va inson mohiyatini botiniy bilishning tasavvufiy usul va amaliyoti, musulmon jamiyati xos ahli (elitar qatlami)ning fikrlash va hayot tarzi sifatida ko‘rib chiqilgan. Kitobda tasavvufning musulmon jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro taʼsiri masalasi, ayniqsa, zohidlarning dunyoviy hayotdan uzoqlashishdan to asta-sekin unda faol ishtirok etishgacha bo‘lgan ming yildan ortiqroq tarixiy rivojlanish jarayoni ilmiy dalillar asosida bayon etilgan. Asardan soha mutaxassislari, shuningdek, tasavvufiy dunyoqarash, islom dini tarixi bilan qiziquvchi ilm ahli foydalanishlari mumkin. Tarjimon: Qodirqul Ro‘zmatzoda
978-9943-68-687-9
448
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-mustafo-said-han-abdulloh-ibn-abbos-roziyallohu-anhu
Doktor Mustafo Said Xan: Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu
Ulug‘ sahobalarning hayotlari ilm, xulq-u odob, din va majburiyat nuqtai nazaridan, chuqur ixlos ila Alloh taoloning roziligini talab qilishlari kamolotga intilgan kishilar uchun hayotiy ibrat maktabidir. Ular moddiy manfaat, soxta mansabga erishish yoki o‘tkinchi shuhratga ega bo‘lish uchun intilishmagan. Ularni bir narsa - Yaratganga taqvo va Uning barhaq payg‘ambariga muhabbat ulug‘likka olib chiqqan. Abdulloh ibn Abbos xam ulug‘ sahobiylardan biri bo‘lib, Payg‘ambarimiz alayhissalomning ahli baytlaridan hisoblanadi. U zot ilmda tengsiz, fahmi komil, Qurʼon tafsirida tengi yo‘q sahobiylardan edi. Mazkur kitobda Abdulloh ibn Abbosning hayoti, go‘zal musulmonlik fazilatlari, islom yo‘lidagi ulug‘ xizmatlari bayon etilgan.
978-9943-6618-9-9
276
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-kora-kuzlar-lotin
Pirimqul Qodirov: Qora ko‘zlar (lotin)
/h2>
978-9943-20-540-6
352
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/solomon-nortal-12-iil-kullikda
Solomon Nortap: 12 yil qullikda
Sotqinlik, o‘g‘rilik va jasorat haqidagi hayotiy hikoya. Noshir quyidagi qissani nashrga tayyorlashga kirishganida, uning hajmi shu jild darajasiga yetishishini kutmagan edi. Biroq, unga xabar qilingan barcha dalillarni bayon etish uchun qissa hozirgidek uzunroq ko‘rinishga ega bo‘lishi zarur edi. Ushbu kitob hayotiy bo‘lganligi uchun ham siz aziz kitobxonlarga manzur keladi degan umiddamiz. "Solomon Nortap hayoti bilan tanishganimdan keyin, men erkinlikdan mahrum bo‘lish qanchalik dahshatli ekanini tushunib yetdim". Bred Pitt Tarjimon: Matluba Raxmankulova
978-9943-7509-2-0
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmadzhon-boikobilov-dindagi-muhim-masalalar
Ahmadjon Boyqobilov: Dindagi muhim masalalar
Ushbu kitobda har bir musulmon bilishi lozim bo‘lgan bir qancha masalalar jamlangan. Xususan, qabriston ziyorati odoblari, duo qilish o‘rinlari, juma kunidagi lozim amallarning tafsilotlari bayon qilingan. Kitob siz aziz kitobxonlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-7582-4-7
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sherzod-ortikov-duneni-kutkarmagan-guzallik-esselar
Sherzod Ortiqov: Dunyoni qutqarmagan go'zallik: esselar
Esse - aytish mumkin bo‘lsa, so‘nggi paytlarda kam uchrayotgan janr. Aslida yozuvchilar hayot, insoniyat, jamiyat, siyosat borasidagi xolis fikrlarini aynan shu janrda ifodalashlari osonroq. Chunki xoh, hikoya, xoh qissa, boringki, roman bo‘lsin, yozuvchi o‘z mahorati bilan har qanday janrni esse shaklida maromiga yetkazadi. Yosh yozuvchi Sherzod Ortiqov mazkur kitobi bilan erkin janrni yana-da erkinlikka olib chiqdi. Jahon adabiyotining zabardast vakili yoki qaysidir o‘lmas asari xususidagi fikrlarini yoxud qaysidir adabiy-badiiy qahramonni o‘z esselarida jonlantirdi. Andrey Bolkonskiy, Anna, Raskolnikov, Feride va hokazo - ularning bari o‘z mualliflari tomonidan obdan izohlangan, taʼriflangan olam. Ammo muallif qahramonlarning kitobxonlar tomonidan ko‘p va xo‘b muhokama qilingan xislatlarini mutlaqo boshqa rakursdan kuzatadi. Mazkur kitob mutolaasidan keyin «Kuz simfoniyasi» orqali biroz taniganingiz- Sherzod Ortiqov nomini qaytadan kashf etishingizga aminmiz, aziz kitobxon!
978-9943-20-816-2
312
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/yunus-uguz-amir-temur
Yunus O'g'uz: Amir Temur
Taniqli Ozarbayjon yozuvchisi, ko‘pgina tarixiy asarlar muallifi Yunus O‘g‘uzning Amir Temur nomli ushbu ikki kitobdan iborat dilogiyasining "Yuksalish sari" deb nomlangan birinchi kitobida Sohibqiron Amir Temur hayotidagi eng muhim nuqtalar - uning Hindistonga yurish qilib, bu mamlakatni zabt etishi, "Dunyoning hokimi" deb nomlangan ikkinchi kitobida esa Amir Temurning Kichik Osiyoga yurish Qilib, bir qator mamlakatlarni o‘z itoatiga kiritishi, jumladan, bu hududdagi eng qudratli hukmdor bo‘lgan, Ovropaga katta xavf solib turgan turk sultoni Yildirim Boyazid ustidan g‘alaba qozonishi va dunyoning hokimiga aylanishi yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi. Asar asl tarixiy manbalarga asoslangan bo‘lib, unda Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni, insoniyat tamaddunidagi ulkan xizmatlar haqqoniy yoritib berilgan. Tarjimon: Usmon Qo‘chqor
978-9943-27-327-6
592
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/daniela-stil-saehat
Daniela Stil: Sayohat
Media-magnat Jek Xanter bilan uning rafiqasi, televideniye boshlovchisi Meddini Vashingtonning eng baxtiyor juftligi deb hisoblashardi. Ular oddiy emas, hatto risoladagidek oila bo‘lib tuyilardi. Ularga hamma havas qilardi. Biroq... "risoladagidek oila" pardasi ortida qandayin qora, chirkin, benomus sirlar yashiringanini kim biladi? O‘zining halollik, to‘g‘riso‘zlik, haqiqatparvarlik, jonkuyarlik, o‘zgalar tashvishiga loqayd bo‘lolmaslik kabi fazilatlarini saqlab qolish uchun ayol qanday azob-uqubatlar, kamsitish va tahqirlashlarga chidashi mumkin? Har qanday sabr-toqatning chegarasi bor. O‘tmishidan voz kechib, hammasini boshidan boshlashga qaror qilgan ayolning hayoti qanday tarzda o‘zgarib ketishini kim bashorat qila oladi? Mazkur kitob amerikaliklar hayotining bugungi kundagi muammolari haqida so‘z yuritadi va katta yoshdagi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. Rus tilidan Gulchehra Muhammadjon tarjimasi.
978-9943-7516-0-6
352
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/alima-ahmedova-tashbeh
Halima Ahmedova: Tashbeh
Obrazlari yorqin, ohangi shikasta, so‘zlari mardona sheʼriyat sohibasi Halima Axmedovaning ushbu kitobi shoiraning butun hayoti, ijodi, tuyg‘ularining yaxlum nomi sifatida “Tashbeh” deya ataldi. Shubhasiz, ushbu kitob mutolaasi o‘quvchini go‘zal tashbehlarga yo‘g‘rilgan cheksiz olamga yetaklaydi. Unda bir bor sayr qilgan va sohir so‘z jozibasidan mast bo‘lgan qalb sohibi atrofga o‘zgacha nigoh bilan qaray boshlasa ajab emas.
978-9943-4533-3-3
272
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/bolalar-enciklopediyasi-ui-haivonlari
Bolalar Ensiklopediyasi: Uy hayvonlari
Aziz kitobxonlar! Ushbu kitobimizda uy hayvonlari, ularning turlari, nomlari, hayot tarzlari va yeguliklari haqida atroflicha ma'lumot berilgan.
978-9943-7592-8-2
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shuhrat-goiibnazarov-islom-terrorizmga-karshi
Shuhrat G’oyibnazarov: Islom terrorizmga qarshi
Siyosiy fanlar doktori, professor Shuhrat G‘oyibnazarovning yangi kitobida islom dinining insonparvarlik, tinchlik, adolat, bag‘rikenglik, poklik kabi arkonlariga qarshi aqidaparast, fitnachi va johil guruhlarning zo‘ravonlik, bosqinchilik va talonchilikka asoslangan siyosatlarida islom dini mohiyatini azaldan buzib talqin etish hozirgi kunda ham davom etayotganligi, xususan, insoniyat tarixida eng shafqatsiz xalqaro terrorchilik tashkiloti - «Islom davlati"ning paydo bo‘lishi va misli ko‘rilmagan vahshiyliklari ko‘lami xorij va mamlakatimizdagi boy manbalar asosida chuqur ilmiy tahlil etilgan. Kitobda terrorizmga qarshi kurashda BMT, xalqaro tashkilotlarning roli, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash tajribasi hamda amaliyoti, bu boradagi profilaktik chora-tadbirlar masalalari yoritilgan. "Islom terrorizmga qarshi" nomli monografiya oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar, jamoat tashkilotlari vakillari hamda mazkur muammo bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6582-7-1
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dilrabo-bahronova-olam-manzarasining-millii-madanii-va-lingvokognitiv-kategoriyalanishi
Dilrabo Baxronova: Olam manzarasining milliy-madaniy va lingvokognitiv kategoriyalanishi
Mazkur monografiyada xalq va mentalitet, kategoriya, inson- til - tafakkur - madaniyat, lingvokognitiv dunyoqarash, olamning turli (lisoniy, milliy-madaniy, folklor, mifologik) manzaralari, konseptual tadqiqotlar, etnoslar tarixi va shaxsning lisoniy ongi, badiiy matnning konseptual mag‘zi, lisoniy shaxs, madaniy kod kabi zamonaviy tilshunoslik uchun dolzarb bo‘lgan masalalarga eʼtibor qaratildi. Olam manzarasining dunyo tilshunosligida o‘rganilgan nazariy masalalariga munosabat bildirildi hamda olam manzarasini lingvokognitologiya, lingvomadaniyatshunoslik kesimida kategoriyalarga bo‘lib ularga taʼrif va tavsif berildi, o‘zbek va ispan tillari metafora va iboralari orqali mohiyati ochib berildi. Kitob talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar filologlar hamda sohaga qiziqqan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Monografiya Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashining 2021 yil 20 apreldagi 6-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
978-9943-14-804-8
256
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/imom-shofeij-devon-kaknus-media
Imom Shofeiy: Devon
Ўтмишда буюкларимиз кўп қирралик олим бўлганликлари маълум ва машҳур. Жумладан буюк дин арбоби Имом Шофеий ҳазратлари раҳматуллоҳи алайҳ назмий асарлар ҳам битганлар. Бу китобда мазкур инсоннинг шеърий асарларидан баҳраманд бўласиз.
978-9943-6127-9-2
112
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/isokzhon-nishonov-askar-onasi
Isoqjon Nishonov: Askar onasi
"Askar onasi" – Vatanimiz Qurolli kuchlarining yigirma besh yilligiga hamda mustaqilligimizning yigirma olti yilligiga muallifning sovg‘asi. Asarda ona va farzand timsoli yaratilgan bo‘lib, unda oddiy qishloq o‘qituvchisi Saodat jaholatga qarshi kurashadi. Yot oqimlarga ilashib, ularning g‘oyalari taʼsiriga tushib qolgan yoshlarni ezgulik yo‘liga yetaklaydi. Boyliklar, tahqirlashlar, azoblashlar uning irodasini bukolmaydi. Onaning yolg‘iz farzandi Ulug‘bek qo‘lida qurol bilan sarhadlarimizni qo‘riqlaydi. Vatan bayrog‘ini o‘pib, ichgan qasamyodiga sodiq qoladi. Muallif bu ikki timsol orqali Vatanimizning yigirma olti yil ichida bosib o‘tgan sharafli yo‘lini ochib berishga harakat qiladi.
978-9943-24-134-3
168
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/zhyul-vern-ostin-ustin
Jyul Vern: Ostin-ustin
Fransuz fantast yozuvchisi Jyul Vern o‘tgan asr o‘quvchilarining sevimli yozuvchisi hisoblanganiga shubha yo‘q. O‘smir borki, uning xayolotidan, yozganlaridan hayratlangan. Ishonarli tasvirlar, aqli bovar qilmas kashfiyotlar o‘quvchini mulohazaga, tasavvur qilishga o‘rgatgan. Bugun, oradan qariyb bir asr vaqt o‘tib ham o‘quvchilar Jyul Vern asarlariga ehtiyoj sezadi. Nega? Oyga sayohat qilish yoxud suv ostida qolishga hozirgi o‘quvchilar fantastika emas, real tasvir deb qarashlari sababdir balki? Balki Jyul Vern xayolotidan hayratlanish mutolaaga turtki bo‘layotgandir? Balki qahramonlar psixologiyasi tasvirlarida oshkoralik kitobxonni jalb qilgandir?... Nima bo‘lganda ham, Jyul Vern o‘z haqiqatlarini berkitmadi, barchasi kitobxonga havola. Nashrdan chiqqan ushbu asarlar mutolaasi sizga mushtoq... Muhokamani keyinroq davom ettiramiz.
978-9943-20-575-8
160
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulloh-ibn-umar-roziyallohu-anhu-solih-sijmolar-silsilasi
Muhyiddin Mistu: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu
Китобда Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг энг яқин саҳобийларидан бири, тўрт рошид халифалардан Умар ибн Хаттоб розияллоҳу анҳунинг ўғиллари, диний ва дунёвий барча ишларида Расуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга айнан эргашган зот - Абдуллоҳ ибн Умар розияллоҳу анҳунинг намунали ҳаёти, дин йўлидаги фидокорона хизматлари ҳақида ишончли манбалар асосида ҳикоя қилинади.
978-9943-6465-0-6
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/sherzod-ortikov-mona-liza-tabassumi
Sherzod Ortiqov: Mona Liza tabassumi
"Mona Liza tabassumi" kitobini mutolaa qilarkansiz, hayot va jamiyatning yurakni o‘rtovchi realistik tasvirlari bilan yuzma-yuz kelasiz, kundalik hayotingizda o‘zingiz duch kelgan, gohida payqagan-u gohida beeʼtibor qoldirgan achchiq manzaralarga guvoh bo‘lasiz, shundoq yoningizda yashayotgan odamlarning orzu va armonlariga, iztirob va dardlariga sherik bo‘lasiz, qalbni larzaga soluvchi ijtimoiy muammolarning og‘rig‘ini tanangizda his qilasiz va ularga muallif bilan birgalikda yechim qidirasiz.
978-9943-8217-6-7
290
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/yusuf-karzovii-amallarning-martabalarini-anglash
Yusuf Qarzoviy: Amallarning martabalarini anglash
/h2>
978-9943-5995-7-4
424
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/greg-mortenson-devid-oliver-relin-uch-finzhon-choi
Greg Mortenson, Devid Oliver Relin: Uch finjon choy
Haqiqiy hayotdagi Indiana Jonsning hayratlanarli, hayajonli hikoyasi va uning Tolibon hovlisida terrorizmga qarshi kurashda ta'limdan foydalanish bo'yicha gumanitar kampaniyasi. Insonning hayotni o'zgartirish kuchidan umidini uzgan har bir kishi, 1993 yilda Pokistonning xiyonatkor K2 tog'iga ko'tarilganidan so'ng, qashshoq tog'li qishloq aholisi bilan tasodifiy uchrashuvdan ilhomlanib, ularga maktab qurishga va'da bergan uysiz alpinist Greg Mortensonning hikoyasini o'qishi kerak. . Keyingi o'n yil ichida u er yuzidagi eng xavfsiz va xavfli hududlardan birida muvozanatli ta'limni taklif qiladigan ellik beshta maktabni, ayniqsa qizlar uchun qurdi. Mortensonning g'azablangan islomchilar va tushunmaydigan amerikaliklar bilan to'qnash kelishiga olib kelgan izlanishlari haqida hikoya qiluvchi "Uch piyola choy" sarguzashtni insonparvarlik ruhi bayrami bilan birlashtiradi.
978-9943-7509-4-4
432
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/111-vatandosh-allomalarimiz
111 Vatandosh allomalarimiz
Ushbu kitobda yurtimizning ulug‘ insonlari, mashhur allomalari, turli davrda yashagan shoir-u fozillari, yozuvchi-yu faylasuflarining Vatan haqidagi, inson hayoti va faoliyati, fazilati va qusurlari, ko‘ngil mulki, boringki, borliq va yo‘qlik haqidagi hayot haqiqatlari, hikmatli iboralari jamlangan. Bir-birini takrorlamaydigan, mavzu doirasida uzviy davomli mazkur aforizmlar o‘quvchi maʼnaviyatini boyitishga ishonamiz.
978-9943-27-657-4
416
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zievuddin-rahim-odilhon-kori-yunushon-ugli-tazhvid-koidalari
Ziyovuddin Rahim, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li: Tajvid qoidalari
Maʼlumki, har bir mo‘min bandadan xoh namozda, xoh undan tashqarida bo‘lsin, Qurʼoni karimni to‘g‘ri tilovat qilish, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi. Shundan kelib chiqqan holda tajvid qoidalarini yetarli darajada o‘rganib, unga amal qilish har birimizning vazifamiz ekanini unutmaslik kerak. Mazkur kitobda tajvid qoidalari tushunarli va batafsil bayon qilingan va har bir qoida misollar bilan atroflicha tushuntirilgan. Shu maʼnoda, "tajvid qoidalari" kitobidan mustaqil o‘rganuvchilar ham, boshlovchilar ham barobar foydalanishlari mumkin. Shunday bo‘lsa-da, tajvid ilmini ustoz nazorati ostida o‘zlashtirish maqsadga muvofiq. Alloh taolo barchalarimizga O‘zining Kalomini to‘g‘ri va bexato o‘qib, uning hukmlariga amal qilishni nasib etsin!
978-9943-6608-7-8
152
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zulfiya-suz-chamani
Zulfiya (So‘z chamani)
Muhtaram kitobxon, "So'z chamani" turkumida Sizning e'tiboringizga yana bir muazzam to'plam - O'zbekiston xalq shoiri, taniqli jamoat arbobi, Javoharla'l Neru nomidagi xalqaro mukofot, xalqaro "Nilufar" mukofoti sohibasi, o'zbek she'riyatini jahon minbarlarida baralla jaranglatgan atoqli ijodkor, xalqimizning ardoqli farzandi Zulfiya ijodidan saralangan she'riy asarlar taqdim etilmoqda. Barchamiz uchun aziz va qadrdon she'riyat bilan qayta diydorlashuv sizni mamnun etadi deb ishonamiz.
978-9943-6361-5-6
128
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ismatillo-iuldoshev-mahfii-mahkama-ehud-konunsiz-kamalganlar-kissasi
Ismatillo Yo‘ldoshev: Maxfiy mahkama yoxud qonunsiz qamalganlar qissasi
Kitobda Gdlyan, Ivanov va ular guruhiga kirgan qonunbuzar tergovchilarning haqiqiy basharalari to‘g‘ri va xolisona ochib berilgan. Asarda keltirilgan har bir faktning o‘zi ham alohida olganda katta bir kitobga mavzu bo‘lishi mumkin. Muallif asarga kiritilgan faktlarni mazmunli qilib umumlashtirgan. Kitob xalqimiz boshiga tushgan mudhish kunlarning asl mohiyatini ochib beradi, deb o‘ylayman. Qissani o‘qiganda qalbingiz titraydi, adolatsizlikka qarshi nafratingiz oshadi. Xullas, bu kitobni beparvo qabul qiladigan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-7051-0-4
380
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/tavakkal-kenzhaev-n-zhannatij-sahoba
Tavakkal Kenjayev: O‘n jannatiy sahoba
Асҳоби киромлар Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни тасдиқ этдилар ва жоҳилиятдан юз буриб, Исломга кирдилар. Улар туфайли Ислом дини куч-қувватли бўлди, равнақ топди. Асҳоби киром розияллоҳу анҳумлар Қуръон ва суннатни маҳкам тутиб, ўзларидан кейинги умматларга муносиб тарзда етказдилар. Уларнинг ҳам орасида яна бир қанча улуғ зотлар борки, тарих китоббларида ушбу саҳобаларга нисбатан "Ашараи мубашшара" номи қўлланилади. Бу сўзнинг маъноси "хушхабар берилган ўн киши" деганидир. Уларга Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам тирикликларидаёқ, жаннат хушхабарини берганлар. Ушбу китоб айнан юқоридаги ўн саҳобанинг умр йўлларини имкон қадар кенгроқ ёритишга, ёш авлод учун муносиб ибрат-намуна қилиб кўрсатишга бағишланган асардир.
978-9943-6120-3-7
320
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/rahima-shomansurova-izlar-kitobi
Rahima Shomansurova: Qizlar kitobi (Yangi Asr Avlodi)
Hamma davrlarda ham oilada qizlar tarbiyasiga juda katta ahamiyat berib kelingani sababli, sharq kitobatida mavzusi qizlar tarbiyasiga bag‘ishlangan asarlar juda ko‘p. Eʼtiboringizga havola etilayotgan "Qizlar kitobi" ham qizlar tarbiyasida, ularni oilaviy hayotga tayyorlashda, insoniy nozik munosabatlarni o‘rganishda sharqona odobga oid bitilgan shunday kitoblar shodasidagi bir inju bo‘lib qoladi, degan umiddamiz.
978-9943-27-780-9
512
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zbekiston-tarihidan-savol-zhavoblar-tuplami-6000-savolga-6000-zhavob
O‘zbekiston tarixidan savol-javoblar to‘plami. 6000 savolga 6000 javob
Ushbu qo‘llanma oliy o‘quv yurtlariga kirish niyatida bo‘lgan abituriyentlar, o‘quvchi yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha mavzuli savol-javoblardan iborat. Savollar umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklari asosida tuzilgan. Kitob yangi maʼlumotlar bilan to‘ldirilgan holda 8 marta nashr etilmoqda.
978-9943-985-35-3
512
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/naim-karimov-bu-azhib-dunyo-lotin
Naim Karimov: Bu ajib dunyo
O‘zbek adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimovning  yarim asrlik ijodiy  va ilmiy faoliyati Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu yerda olim o‘nlab kitoblar, yuzlab maqolalar yaratdi, matnshunoslik sohasiga katta hissa qo‘shdi. XX asr o‘zbek yozuvchilarining, jumladan Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Hamza Hakimzodaning ko‘p jildlik  asarlar to‘plamlarini tayyorlab, nashr qildirishda qatnashdi. Adibning mazkur kitobida ham 13 ta tarixiy voqeaviy hikoyalar o‘rin olgan.
null
240
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/farmon-toshev-tazarru
Farmon Toshev: Tazarru
Ushbu to‘plamda shiddatli, tinimsiz o‘zgarayotgan, voqealarga boy zamonada yashab insoniy qiyofa va qadriyatlarni asrab yashashning nechog‘lik murakkabligi aks etadi. Uni mutolaa qilayotib, hayoti-faoliyati, qalbi-tafakkuri ziddiyatlar ichra yashayotgan tuman rahbarini, o‘g‘li va vijdoni o‘rtasida arosatda qolgan, Ollohga tazarru qilayotgan otani yaqindan taniysiz. Ularni tushunish asnosida nazaringizni o‘z qalbingiz, hayotingizga qaratasiz, o‘y-mushohadaga cho‘masiz. Kitob shuning uchun ham qalbingizdan chuqur o‘rin egallashiga ishonamiz.
978-9943-5671-3-9
136
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/d-i-fonvizin-dumbul-bojvachcha-i-a-krilov-sinchkov-odam-a-s-griboedov-akllilik-balosi
D.I.Fonvizin: Dumbul boyvachcha, I.A.Krilov: Sinchkov odam
Ushbu kitobdan rus adabiyoti namoyandalari d.I.Fonvizinning “Dumbul boyvachcha” komediyasi, I.A.Krilovning o‘quvchilari sevib o‘qiydigan masallari o‘rin olgan. Bu asarlar kitob javoningizdan munosib o‘rin egallaydi, degan umiddamiz.
978-9943-25-739-9
310
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/avtomaktab-yangi-savollar-tuplami
Avtomaktab: Yangi savollar to‘plami
Республикамизнинг кўча-йўл тармоқларида автотранспорт воситалари йилдан-йилга кўпайиб бормоқда. Бунинг асосий сабаби автотранспортга бўлган эҳтиёждир. Айниқса, шахсий автомобилларга бўлган талаб ошиб бормоқда. Бу талабни қондириш малакали ҳайдовчиларни тайёрлаш билан боғлиқ. "Йўл ҳаракати қоидалари" йўл ҳаракати қатнашчиларини муайян тартибда ҳаракатланишини белгилайди. Автомобил бошқаришни ўрганувчилар "Йўл ҳаракати қоидалари" ва бошқа норматив ҳужжатлардан тегишли назарий сабоқлар олишади. Олинган билимларни  мустаҳкамлаш машқлар ўтказиш ва ўз-ўзини имтиҳон қилиш билан амалга оширилади. Ҳайдовчиликка ўқиётган китобхонга тавсия этилаётган ушбу ўқув қўлланма ёрдамида олинган билимларни қуйидаги йўналишларда мустаҳкамлаш мумкин. - "Йўл ҳаракати қоидалари" - транспорт воситаларини хавфсиз бошқариш - йўл ҳаракати хавфсизлиги асослари - йўл транспорти ҳодисалари оқибатида тан жароҳати олганларга биринчи тиббий ёрдам. - транспорт воситаларига қўйиладигна техник талаблар.
null
80
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/islom-hamro-guruglining-ulimi
Islom Hamro: Go‘ro‘g‘lining o‘limi
Xalq og‘zaki ijodi - adabiyotimizning bitmas-tuganmas chashmasi. Bu chashmaning tiriklik suvidan bahramand bo‘lgan ne-ne baxshilar bir umr ishq-muhabbat, sadoqat, vafo va qahramonlik dostonlarini kuylab o‘tdilar. Ne tongki, asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan bunday anʼana bugun ham yangicha ko‘rinishlarda davom etayotganini sizga taqdim etilayotgan ushbu kitob ham dalillab turibdi. Isteʼdodli shoir Islom Hamro yaqinlaridan eshitgan rivoyatlarni to‘plab, kattagina doston bitdi. Kitobdan mazkur dostonning birinchi qismi o‘rin olgan.
978-9943-4804-1-4
208
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/ulugbek-amdam-vatan-hakida-kushik
Ulug‘bek Hamdam: Vatan haqida qo‘shiq
Mazkur kitobda taniqli adibning shu paytgacha eʼlon qilingan va sevib o‘qilgan asarlari juzʼiy tahrirlar bilan eʼlon qilinmoqda.Shuningdek, yangi bir roman va qator hikoyalar yozuvchining so‘nggi yillardagi ijod naunasi sifatida o‘quvchilarga munosib tuhfa bo‘ladi degan umiddamiz.
978-9943-4293-4-5
544
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/davlatim-otam-zhannatim-onam
Davlatim - Otam, Jannatim - Onam
Ota-ona har bir inson uchun eng moʻtabar va eng eʼzozli insondir. Ularning qadr-qimmati, haq-huquqlari nihoyatda bisyor. Ushbu to‘plamga ota-ona haqidagi sara sheʼrlar jamlangan bo‘lib, u siz kabi farzandlar uchun ajoyib guldastadir. Ushbu moʻjaz guldastani qo‘lga olar ekansiz, avvalo, uning ajoyib iforidan bahra olasiz, go‘zalligiga tan berasiz, bag‘ringizga mahkam bosib, ruhiyatingizda o‘zgacha jozibadorlikni his etasiz. Mutolaa jarayonida ota-onaning haqlari, ularga yaxshilik qilishning fazilatlari, ularga ozor berish va oq bo‘lishning ofatlari, shuningdek, ota-onaning farzandlari oldidagi burch va majburiyatlarini yana-da yaxshiroq anglaysiz. Beixtiyor beg‘ubor bolalik chog‘laringizga sayr etib, o‘tmishni eslaysiz, ota-onangiz siymosi ko‘z oldingizda gavdalanib, mehringiz jo‘shib, ko‘zingiz namlanadi. To‘plovchi: Erkin Qudratulloh Nashrga tayyorlovchi: Salohiddin Gadoyev
978-9943-6687-4-4
176
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zohidbek-turdialiev-super-fizika
Zohidbek Turdaliyev: Super fizika
Qo‘lingizdagi kitob fizika fanining bo‘limlari va yangi qo‘shilgan mavzularni yaxshi o‘zlashtirishda juda ham asqatadi. Kitob oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, o‘quvchi yoshlar va ularning ustozlariga mo‘ljallangan.
978-9943-6358-2-1
224
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/feruza-kuvonova-ona-va-bola
Feruza Quvonova: Ona va Bola
Katta sharaf va masʼuliyat hisoblanmish onalikning bahosi farzandning nechog‘lik parvarish va tarbiya topganligi bilan o‘lchanadi. O‘z o‘rnida har bir ona farzandining raso, komil inson bo‘lib voyaga yetishini niyat qiladi.  Bu niyat kimgadir hamroh bo‘lsa, yana kimdir rasolikdan yiroqda qoladi. Nega ? Bu taqdirmi yoki harakatlarimizning taʼsiri ? Balki taqdirga o‘zimiz eshik ochayotgandirmiz ? Homiladorlikning masʼuliyati nimada ? Bu davrda ayol psixologiyasi nimalarga muhtoj bo‘ladi ? Onalik va psixologiyaning mutanosibligi nimada ? Farzandning erta tug‘ilishi xavfmi, xursandchilik ? Odatda chaqaloqlar dunyoga kelgach, dastlabki bir yil davomida qator kasalliklarga qarshi emlanadi, nega? Yuqoridagi savollarga javob tarzida tayyorlangan ushbu kitob nafaqat yosh onalarga, balki keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-27-092-3
208
2022