url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/ernest-xeminguei-chol-va-dengiz-kattik-mukova
Ernest Xeminguey: Chol va dengiz (qattiq muqova)
Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel» mukofoti sovrindori Ernest Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. «Chol va dengiz» qissasida insonning ulug‘ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azmu qaroridan og‘ishmaslik o‘zgacha talqinda aks etgan. «Alvido, qurol» romani esa qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari, urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o‘ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.
978-9943-27-718-2
448
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/iqbol-mirzo-kuzlaringga-termusajdim
Iqbol Mirzo: Ko‘zlaringga termulsaydim
Ўзбекистон халқ шоири Иқбол Мирзонинг ушбу биринчи жилд тўпламига 2001 йилгача бўлган ижод намуналари жамланди. Шоирнинг ўсмирлик йилларида қоғозга кўчган содда, туйғулари акс етган машқлари биринчи марта ўқувчи эьтиборига ҳавола этиляпти.
978-9943-5993-0-7
248
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/boqij-mirzo-ojbahor-va-dinara-ilk-sevgi-bahori
Boqiy Mirzo: Oybahor va Dinara (Ilk sevgi bahori)
Ёшларнинг покиза муҳаббати ҳақида ҳикоя қилувчи "Ойбаҳор ва Динара" қиссаси муаллифнинг янги изланишлари, жўшқин ижодий фаолияти самараси сифатида дунёга келди. Қаҳрамонлар - илғор, истиқлол ғоялари учун курашнинг олдинги сафида бораётган ёшлар. Улар ёнидаги ўз хатоси, бегона юртларда қийналган, сарсон бўлганлар эса замондошларимизни одам савдоси ва тўғри йўлдан адашиш азобидан огоҳлантиради. Ойбаҳор - одоб ва ҳаёси, матонати билан тақдир қийинчиликларини енгади ва муҳаббатига доғ туширмай ниятига етади, ноёб истеъдоди билан корхона ишини мамлакатга танитади, ўз тенгдошларига ўрнак бўлибгина қолмай, катталарни ҳам ҳайратга солади. Динара эса ота-онасининг икки хил дунёқараши туфайли кўплаб хатоларга йўл қўяди. Оқибатда, Санк-Петербургга қочиб кетади, ота-онасини ёлғонлари билан алдайди. Иккинчи қочишида оғир кулфатларга дучор бўлади. Ота-онасини сарсон қилади.  Тўғри йўлга тушгунча кўплаб кўнгилсизликлар содир бўлади.
978-9943-4673-6-1
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/b-tozhiboev-yu-mamarasulov-salafiilarga-ilmii-raddiyalar
B. Tojiboyev, Yu. Mamarasulov: "Salafiy"larga ilmiy raddiyalar
Kitobda "Ahli sunnat val jamoat" tushunchasi keng taʼriflangan, bu toifaga mansublikning belgisi va shartlari batafsil bayon etilgan, unga qarshi chiquvchi noanʼanaviy oqimlar, xususan, "Salafiylik"- Islom tarixining dastlabki uch asrida yashab o‘tgan solih salaflarimizning yo‘llarini tutganlarini iddao qilayotgan toifa haqida maʼlumotlar berilib, ularning daʼvolariga Ahli sunnat olimlarning asarlari va fikrlari asosida ilmiy raddiyalar berilgan.
978-9943-6617-2-1
180
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/rahshona-ahmedova-soyabon-ostida
Raxshona Ahmedova: Soyabon ostida
Qo‘lingizdagi qissalar va hikoyalar to‘plami yosh adiba Raxshona Ahmedovaning ikkinchi nasriy kitobi. Mazkur to‘plamga jamlangan hikoya va qissalarda adibaning jahongashtaligi, ko‘p yurtlar va odamlarni o‘rgangani, kuzatgani bilinadi. Yapon, koreys, xitoy xalqining xarakteri, dunyoqarashi va hayotga munosabatini o‘sha zaminda ko‘rib, his etib, yuragidan o‘tkazib, keyin yozgani bir necha hikoyalarida yaqqol seziladi. Osiyo xalqlarining go‘zal, ammo o‘ta murakkab olamini ochishda yozuvchi ular bilan baqamti yashagani, hamdam, hamqadam bo‘lganini “Ayi”, "Meni kechir, Kumiko!", "Yukioning tanlovi" kabi hikoyalari so‘zlab beradi. Adabiyotda eng fusunkor, o‘ta talabchan, injiq janr bo‘lmish realizmda qog‘oz qoralash ko‘pchilikka jo‘n yumushdek tuyular, Biroq uning tilini tushungan, janr talablarini to‘g‘ri anglagangina nimadir yozishi mumkin. Raxshona Axmedovaning qo‘lingizdagi kitobda jam hikoya va qissalarida realizmning jo‘n va benihoya jozibador dunyosi yashirin. Sizga o‘sha olam kengliklarida bahuzur sayr etish nasib etsin!
978-9943-6963-0-3
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zheims-zhois-musavvirning-eshlikdagi-shamoiili
Jeyms Joys: Musavvirning yoshlikdagi shamoyili
«Musavvirning yoshlikdagi shamoyili» (ing. A Portrait of the Artist as a Young Man) - irland yozuvchisi Jeyms Joysning birinchi va ko‘p jihatdan avtobiografik romani. 1907 - 1914 yillarda yozilgan mazkur asarda Joysning keyingi romani - «Uliss» bosh qahramoni Stiven Dedalning shaxs sifatida shakllanish davri aks etgan. Romanda muallif o‘z qahramonining intellektual va diniy-falsafiy mulohazalarini aks ettirar ekan, bu orqali mutlaq haqiqat deb eʼtirof qilinuvchi katolik dini aqidalari va o‘sha davr irland jamiyati qarashlarini shubha ostiga oladi.
978-9943-6963-5-8
368
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/fozil-kori-esin-hozhi-ugli-sobirov-halol-va-harom-ibratli-hikoyalar-va-sherlar
Fozil qori Yosin hoji o‘g‘li Sobirov: Halol va harom (Ibratli hikoyalar va she’rlar)
Ushbu kitobdan taniqli voiz, din va jamoat arbobi marhum Fozil qori Yosin hoji o‘g‘li Sobirovning yillar davomida qilgan maʼruza va ilmiy suhbatlaridan saralab olingan va o‘ziga xos uslubda bayon qilingan bir qancha ibratli rivoyatlar, hikoyatlar va muallifning qalamiga mansub sheʼrlar o‘rin olgan.
978-9943-6162-9-5
80
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/aleksandr-kuprin-paganini-skripkasi
Aleksandr Kuprin: Paganini skripkasi
Ushbu kitobda ajoyib hayotiy voqelikka mushtarak bog‘langan kichik-kichik hikoyalar o‘rin olgan. Voqealar asnosida „Oshig‘im olchi bo‘ldi“, „Muttahamlar“ hikoyalarida ba’zi hazilkash qahramonlarimizning holati labingizda nim tabassum uyg‘otadi. „Paganini skripkasi“, „Quyoncha“ kabi hikoyalarda esa insonning tushkun holatlarini ko‘rishingiz mumkin. Asosiysi, kitobni o‘qib zerikmaysiz!
978-9943-6341-0-7
160
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/mario-bryulman-tadbirkorlar-uchun-unta-amr
Mario Bryulman: Tadbirkorlar uchun o'nta amr
Maʼlumki, har qanday kompaniyani boshlash, uni kengaytirishdan maqsad muvaffaqiyatga erishishdir. Konsepsiyalar ish bermog‘i darkor va omilkorlik bu borada juda katta rol o‘ynaydi. Shu vaqtning o‘zida, haqiqiy muvaffaqiyatga qachonki kompaniyaga daromad kelishidan tashqari unga aloqador tomonlar va butun atrofdagilarning turmush darajasi yaxshilansagina erishiladi. Biznes va iqtisod masalalariga bag‘ishlangan mazkur to‘plamda Mario Bryulman ish boshqarishning eng muhim elementlariga eʼtibor qaratadi va barcha keraksiz narsalarni chetga suradi. Muallif bir qator, muayyan vaziyatlarni ko‘rib chiqadi, tegishli ko‘rsatmalarni beradi, rag‘batlantiradi va nasihat qiladi. U Muqaddas Kitobdagi o‘nta amrda berilgan tushunchalarni muntazam va tushunarli ravishda o‘zining biznes-iqtisodiy muhokamalariga ulashtirib, bu bilan iqtisodiy boshqaruv va biznes axloqiy prinsiplarining bir-biri bilan qanchayin bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shveysariya, Ruminiya, Moldova, Albaniya, Nepal, Vyetnam va Markaziy Osiyo mamlakatlarida minglab startaplar va kompaniyalarning kengaytirilishi bilan bog‘liq misollar ushbu kitobda berilgan materiallarga manba bo‘lib xizmat qiladi. Mario Bryulman 1951 yilda tug‘ilgan. Hozirda xalqaro boshqaruv ishlari bo‘yicha maslahatchi, rahbar xodimlarning murabbiyi lavozimida ish olib boradi. 2009 yilda u "Swiss Consulting Group" ning notijorat bo‘limi - "Swiss Create" ga asos soldi. Faoliyatiga kelsak, u xususan endi-endi oyoqqa turib, rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish konsepsiyalarini taqdim qilishga ixtisoslashgan bo‘lib, bundan mavjud ish o‘rinlarni saqlab qolish va yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutiladi.
978-9943-7348-0-7
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nabi-zhaloliddin-zhallod-ael
Nabi Jaloliddin: Jallod ayol
Bugungi kunning sermahsul yozuvchilaridan biri Nabi Jaloliddindan odatiy bo‘lmagan mavzudagi yangi asarni kutib olishga tayyormisiz?! Agar javobingiz “ha” bo‘lsa-da, “Jallod ayol” nomi ostida chop etilgan mazkur asar mutolaasiga kirishar ekansiz, shoshib qolishingiz, hayratga tushishingiz tabiiy, shunday ekan, qarama-qarshi hislar tug‘yonini boshdan kechirishga ruhan hozirlaning. Hazrati inson har qanday sharoit va holatlarda ham inson bo‘lib qolishga majbur ekani, buning uddasidan ming bir mashaqqat bilan bo‘lsa-da, albatta, chiqishi lozimligini o‘rgatadigan mazkur asarni o‘qishga ajratgan vaqtingizga aslo achinmaymiz. Sizga tafakkurli, mushohadali, tug‘yonli mutolaa onlarini tilaymiz...
978-9943-20-885-8
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ulugbek-hamdam-muvozanat
Ulug‘bek Hamdam: Muvozanat
“Tavba, odamlar bir-birlari bilan urishib yurishsa, men doim o‘zim bilan o‘zim jang qilaman. Boshqalar bilan olishishga menda na fursat bor va na rag‘bat bor...” Eʼtiboringizga havola etilayotgan kitob qahramoni – Yusufni hamisha mana shunday chigalliklar qarshisida uchratasiz. U hamisha yashashdan maʼno axtarar ekan, qalbidagi bezov­talikdan xalos bo‘lolmaydi. Bu bezovtalik birda moddiyat, birda maʼnaviy yetishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgani holda uni tinimsiz qarshiliklar, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik, qalban hamisha o‘zini yolg‘iz his qilish kabilarda namoyon bo‘ladi. Ammo uning qalbida qatʼiyat va ishonch bor. Boshiga tushgan ming bir azoblar, jigarbandining vafoti, oilasining tanazzuliga qaramay u boshqa yo‘lni tanlolmaydi, boshqacha yasholmaydi... Bir qarashda qalbi uyg‘oq bu qahramonning iztiroblariga sherik bo‘lgingiz, uning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib, yashash uchun osonroq, yengilroq yo‘lni tanlagingiz keladi. Ammo...
978-9943-27-850-9
336
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ulugbek-hamdam-tulin-oj-kissasi
Ulug‘bek Hamdam: To‘lin oy qissasi
Мазкур "Тўлин ой қиссаси" номли тўпламга ёзувчи Улуғбек Ҳамдамнинг энг сара ҳикоялари жамланган ва уларнинг ҳеч бири ўқувчини бефарқ қолдирмайди. Ҳикояларининг бир қисми реалистик руҳда бўлиб, қаҳрамонларнинг ўй кечинммалари, меҳру оқибатлари, ёшларнинг бир-бирига бўлган муҳаббати, воқеалар ривожи ишонарли ва ҳаётий тасвирланган. Яна бир туркум ҳикоялар борки, улар чуқур рамзий характерга эга, унда дунёга келиб-кетишнинг, инсон ҳаётининг маъноси фалсафий мушоҳада қилинади. Шу туфайли бўлса керак, китобни ўқиш жараёнида китобхон ўзини ўша қаҳрамонлар билан бирга ҳаёт зарбаларига бардош бераётгандек ҳис қилади. Ҳикоялардаги воқеалар ўқувчини ҳаёт, ўлим, муҳаббат ва нафрат ҳақида теранроқ фикрлашга ундайди. "Ўзбекистон" НМИУ, 2017 йил 360 бет, Қаттиқ муқова
978-9943-25-398-8
359
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/mahmudhuzha-behbudij-tanlangan-asarlar-1-qism
Mahmudxo‘ja Behbudiy: Tanlangan asarlar (1-qism)
XX asrdagi milliy uygonish davri adabiyotining buyuk namoyandasi, millat xodimi Maxmudxo‘ja Behbudiy «Tanlangan asarlarining ushbu birinchi jildiga adib badiiy ijodi namunalari, 1903-1918 yillarda eʼlon qilingan ijtimoiy-siyosiy maqolalari, nutqlari kiritildi.Adib taklif etgan siyosiy loyihalar, uning mahalliy va «Ulfam», “Tarjimon”, “Sho‘ro” kabi xorijiy nashrlarda bosilgan maqolalari, ayrim arxiv materiallari ilk bor eʼlon qilinmoqda. Ushbu to‘plam XX asr ijtimoiy-siyosiy va adabiy tafakkurining shakllanishi, milliy uyg‘onish davri bilan qiziquvchi mutaxassis hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-4299-5-6
512
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mirzakalon-ismoilij-ajsar-bolaning-hayoti
Mirzakalon Ismoiliy: Qaysar bolaning hayoti
Mirzakalon Ismoiliy - oʻzbek yozuvchisi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Adib urushdan keyingi yillarda yaratilgan «Farg‘ona tong otguncha» (1958, 1967) trilogiyasida Oktyabr to‘ntarilishi arafasidagi o‘zbek mehnatkashlarining og‘ir hayoti va ma’rifat sari intilishini tasvirladi. M. Ismoiliy «Bizning roman» (1963) ida yoshlar hayotini aks ettiruvchi, «Odamiylik qissasi» (1965) kabi ma’naviyat yog‘dularini sharaflovchi puxta, go‘zal nasriy asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirishga o‘z ulushini qo‘shgan.
978-9943-6220-2-9
432
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ziyovuddin-rahim-odilhon-qori-yunushon-ugli-tahorat-kitobi
Ziyovuddin Rahim Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li: Tahorat kitobi
Исломда покликка алоҳида эътибор берилган. Ибодатларнинг қабул бўлиши ҳам албатта, моддий ва маънавий-руҳий покликка бевосита боғлиқ. Шунинг учун фиқҳга доир барча асарлар поклик китоби билан бошланади. Поклик деганда асосан бадан, кийим ва жой поклиги тушинилади. Баданни поклаш ғусл, таҳорат ёки таяммум қилиш билан амалга оширилади. Ушбу китобда мусанниф таҳоратга доир деярли барча оят ва ҳадисларни келтириб, шарҳ ва фақиҳларнинг фатволари билан бойитган. Шинингдек, китобда ҳозирги давримиз тақозоси билан таҳоратга доир янги пайдо бўлган масалалар атрофлича баён этилган.
978-9943-6605-4-0
376
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ukukingiz-bor-ilmij-ommabop-risolalar-seriyasi-20ta-kitob
Huquqingiz bor. Ilmiy-ommabop risolalar seriyasi (20ta kitob)
Мазкур оммабоп рисолалар орқали жамиятда ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданиятни юксалтириш ишларини узлуксиз давом эттириш, аҳолини қизиқтираётган, улар тўқнаш келаётган ҳуқуқий вазиятларни содда ва равон тарзда тушунтиришга ҳаракат қилинган. Рисолалар кенг жамоатчилик вакилларига мўлжалланган. Тўплам қуйидаги 20 та китоб ўз ичига олади: 1. Коррупцияга қарши курашиш 2. Бола учун алимент ундириш  3. Тиббий хизматлардан фойдаланиш  4. Хорижда ишлаш ва ҳимояланиш  5. Мерос олиш  6. Ногиронлиги бўлган шахслар билан мулоқот  7. Хорижий тилни ўрганиш  8. Зўравонликдан ҳимояланиш 9. Фаол истеъмолчи  10. Aёллар учун ҳимоя ордерини олиш  11. Давлат органига мурожаат қилиш  12. Йўл ҳаракатида қатнашиш  13. Солиқлар хақида маълумот олиш  14. Жамоатчилик назоратида қатнашиш  15. Никоҳ тузиш 16. Судланганликни олиб ташлаш  17. Давлат хизматларидан фойдаланиш 18. Таълим хизматларидан фойдаланиш 19. Ер олиш 20. Оқланиш ва реабилитация
null
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dinara-muminova-kueshning-sirli-botishi
Dinara Muminova: Quyoshning sirli botishi
Rassom: Asilaxon Shadixodjayeva
978-9943-6963-9-6
28
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sheniz-yuzhel-baht-allohga-ishonmokdir
Sheniz Yujel: Baxt - Allohga ishonmoqdir (qattiq muqova)
Inson o‘ziga berilgan neʼmatlar uchun har dam, har on shukrona keltirib yashashi kerak. Aslida har bir inson baxtlidir, biroq oramizda o‘z baxtini anglolmay yashayotganlar ham borligi hisobiga bu haqiqat har doim anglashilavermaydi. Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun orzu, bugunimiz esa Robbimizdan bizga bir inʼomdir. Nega bu inʼomdan go‘zal tarzda foydalanmasligimiz kerak? Besh daqiqa keyin bu hayotda bormizmi-yo‘qmizmi - bilmaymiz, shunday ekan, hoziroq - shu lahzada baxtni his qilishimiz joiz emasmi? Hayotimizda ro‘y bergan og‘riqli voqealarni har gal eslar ekanmiz, ularni yana yashab o‘tgan kabi tushkunlikka tushamiz, vujudimiz kimyosi o‘zgaradi. Bu holat bizdan sog‘ligimizni tortib oladi. Demak, ayni damlarda yashaylik, o‘tmish g‘amlari yodi bilan emas. Shukr, sabr, kengfeʼllik, xotirjamlik va ibrat bilan umr kechiraylik!
978-9943-20-921-3
320
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/davron-sultonov-kor-odam-hazinasi
Davron Sultonov: Qor odam xazinasi
Adabiyot maydoniga shiddat bilan kirib kelgan yosh yozuvchi Davron Sultonovning navbatdagi ijod namunasi "Qor odam xazinasi" sarguzasht asarini qo‘lga olib o‘qiy boshlarkansiz, muallifning taxayyul olami, unda bayon etilgan voqealarga sho‘ng‘ib ketib, beixtiyor yuzaga kelgan savollaringizga javob topish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Inglizlar mustamlakasi ostida bo‘lgan Hindistonning qorli cho‘qqilarida yashiringan xazinani topish uchun yo‘l olgan ekspeditsiya ishtirokchilarining o‘zaro munosabati, ularning qismati, qor odam qo‘riqlayotgan qimmatbaho tumor sinoatlari, shunday og‘ir sharoitlarda yosh yigit bilan qiz orasida paydo bo‘lgan chin muhabbat tuyg‘ulari kitobxonning qiziqishini yana-da orttiradi. Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-7667-7-8
288
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/uzbekiston-respublikasining-iktisodii-processual-kodeksi
O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy Protsessual kodeksi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING  IQTISODIY PROTSESSUAL KODEKSI Rasmiy nashr 2021 yil 1 martgacha bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalari bilan
978-9943-5621-5-8
416
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ktamhon-domlazhonova-dilnoma
O‘ktamxon Domlajonova: Dilnoma
Нашриётдан эслатма: Ажойиб қаламкаш, фалсафа фанлари номзоди Ўктамхон Опа Домлажонованинг ушбу "Дилнома" китоби дастлаб бир неча йил аввал чоп этилган эди. Китоб мухлислар қўлига етиб боргач, муаллифга кўплаб миннатдорчилик қўнғироқлари, хатлар келди, фикр-мулоҳазалар билдирилди. Ушбу истаклар Ўктамхон опага илҳом бағишлади, китобнинг биринчи нашрига кирмай қолган кўплаб қораламаларнинг ёзилишига туртки бўлди. Натижада, янада сайқалланган, бадиий жило  берилган янги хотиралар, ҳикоялар, кечинмалар ушбу иккинчи нашридан жой олди. Ўйлаймизки, ушбу "Дилнома" ҳам китобхонлар дилидан мустаҳкам жой олади.
978-9943-26-295-9
256
2015
https://asaxiy.uz/uz/product/odil-ikrom-hayol-makbarasi
Odil Ikrom: Xayol maqbarasi
Шеър шундай ҳодисаки, ундаги ҳар бир Сўзнинг ортида бутун бошли дунёлар яширин болади. Ўзи билан тугаган сўз - шеърники эмас. Шеърни хис этмоқ, англамоқ учун Сўз чуқурликларига тушмоқ лозим болади. Бу шундай чуқурликки, унга тушганингиз сайин юлдузли осмонга поғонама-поғона чиқиб бораётгандек бўлаверасиз. Шеърдаги хар бир сўз уз шеригига эга. Шериклик, тақозодорлик тазодий, ташбеҳий, тимсолий жиҳатлардан содир бўлади. Бу - Аллохнинг ягоналигини, қолган барча нарса-ҳодисаларнинг шериги, ўхшаши болигини ҳис ва эътироф этиш хосиласидир. Бетақрор шоир Одил Икромнинг шеърларини ўкир экансиз, кўнглингиздан ана шундай ўйлар кечади ва кўпдан буён, эҳтимол умрбод соғиниб юрганингиз нианидир топгандай бўласиз...
978-9943-6451-6-5
328
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/maktabgacha-talim-tashkiloti-direktor-ish-huzhzhatlari
Maktabgacha ta'lim tashkiloti Direktor ish hujjatlari
Ushbu amaliy qo‘llanma davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlariga tashkilot faoliyatini boshqarish va ularda metodik xizmatni tashkil etish uchun amaliy yordam sifatida tavsiya etiladi. Amaliy qo‘llanmadan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin. Tuzuvchilar: Mavluda Rustamova - Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Malika Fayzullayeva - Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Nasiba Erxonova - Nizomiy nomidagi TDPU "Maktabgacha taʼlim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi Zuhra Ro‘ziyeva - "Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi" jurnali muharriri
978-9943-7464-6-6
144
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mazza-lahza-3-aqlni-charhlovchi-ujinlar
Mazza lahza 3 – Aqlni charxlovchi o‘yinlar
Ақлни чархловчи ўйинлар
978-9943-4820-6-7
16
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/mihail-ivanin-ikki-buyuk-sarkarda-chingizhon-va-amir-temur-kattik-mukova
Mixalil Ivanin: Ikki buyuk sarkarda Chingizxon va Amir Temur (qattiq muqova)
Дунё тамаддунининг буюк тарихи ҳақида гап кетганда, бевосита Чингизхон ва Амир Темур номлари алоҳида тилга олинади. Ўз сиёсати билан бутун дунёни титратган бу икки жаҳонгир буюк империяларга асос солишди. Бу империялар бир неча аср давомида жаҳон майдонида ўз ҳукмронлигини ўрнатишди. Ушбу китоб айнан ана шу икки буюк саркарда ҳукмронлигига бағишланган. Асарда Чингизхон ва Амир Темур ҳукмронлик қилган давр, ўша давр сиёсати, ҳар иккала ҳукмдорнинг ҳарбий санъати, юришлари, истилолари ҳарбий мутахассис – Чор Россияси генерали томонидан чуқур таҳлил қилинган. Китоб Чингизхон ва Амир Темур даврини ёритишда ишончли манба бўлиб, у нафақат оддий китобхонлар, балки тарихчилар, ҳарбий мутахассислар, сиёсатшунослар, қолаверса, кенг китобхонлар оммаси учун ҳам қимматли асар бўлади, деган фикрдамиз.
978-9943-20-345-7
304
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/temirpulat-tillaev-lim-upkoni
Temirpo‘lat Tillayev: O‘lim o‘pqoni
Темурпўлат Тиллаевни бугунги китобхонларнинг кўпи яхши танимайди, ёзганларини ҳам кўпчилик ўқимаган. Эҳтимол, марказдан узоқда яшаб, ижод қилиш бунга сабабдир... Бироқ ёзган биргина асари билан аҳли ижод назарига тушиб, яна ўттизга етиб-етмай собиқ Иттифоқ Ёзувчилар уюшмасига аъзо бўлиш ҳазил гап эмасди. Қўлингиздаги китобда адибнинг икки асари киритилган.<<Ворис>>-хасис, пул ва бойликдан бошқаси қулоғига кирмайдиган, одамийлик, чин инсонлик хислатларини тан олмайдиган Чала отлиғ ота ва унинг бутунлай зидди-тириклик, ҳаёт таъниси фақат моддиятга боғлиқ, эмаслигини аллақачонлар англаган ўсмир ўғил ҳақидаги қисса. Мутолаа чоғи ҳаётда не муҳим ва нима иккинчи даражали эканини беихтиёр фаҳмлайсиз. "Ворис" шунчаки меросхўр, отанинг пулпараст кўнглига бўйсунадиган давомчи эмас. Сираям! У қадри пасаяётган меҳр, нархи бебаҳо шафқат, фазилатлар ворисидир. "Ўлим ўпқони" қиссаси эса ўзбек адабиётига жаҳон адабиётининг анъаналарини дадил олиб кирди. Инсон ботинидаги "Чоҳ"нинг нақадар чуқурлиги ҳақида бизни огоҳлантирди. Ҳеч ким кўрмаётган чоҳнинг борлигини исботлаш учун Турон - аслида, энди улғайган Ўлмас - худди исо Масиҳ ўз ихтиёри билан чортихга боргани каби, ўзини шу чоҳга қурбон қилди. Агар жаҳон адабиётидан тузиккина хабардор бўлсангиз, "Ўлим ўпқони"даги хулоса, мақсадни ҳам равшан англайсиз. Биз шунчаки яшамаймиз, балки маъно сабаб умргузаронлик қиламиз. Маъно эса моддият, бойликда эмас, билъаск, ўзликни топиш, кўнгил тўлмаслигида. Мана, асосий гап қаерда. "Ўлим ўпқони" ва "Ворис" қиссаларини ўқиш асноси уларнинг икки сўқмоққа тегишли экани, лекин бориб-бориб йўллари туташиши, муддао якдиллиги кундек ойдинлашади. Сизга мутолаа лаззати, фикрлаш бахти, тафаккур кенглигини тилаймиз.
978-9943-6502-2-0
134
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/olga-lisenko-bir-kuzli-kirol-kitob
Olga Lisenko: Bir ko‘zli qirol
Вазифалар тўла-тўкис бажарилсагина, ўзингизни «ожиз» деб ҳисоблаган муҳитдан чиқиб кета оласиз. Бир гапни ёддан чиқарманг «Кўзи ожизлар мамлакатида бир кўзли ҳам қиролдир». Китобнинг охирги саҳифасини ёпганингизда, сизнинг иккинчи кўзингиз ҳам очилишига аминмиз! Биз сизни бизнес оламига саёҳатга таклиф қиламиз! Бу китоб қўлингизда йўл бошловчи харита ва энг яхши маслаҳатчи бўлишига ишонамиз!
978-9943-5098-1-8
132
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/odil-yokubov-kuhna-dunyo
Odil Yoqubov: Ko‘hna Dunyo
Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan asarlaridan biri- «Ko‘hna dunyo» tarixiy romani hisoblanadi. Adabiy tanqidchilikning bahosiga ko‘ra, Odil Yoqubovning «Ko‘hna dunyo» romanining markazida Ibn Sino hamda Beruniy taqdirlari, ular yashagan davr turadi. Muallifning xulosalari va umumlashmalari keng, shuning uchun tarixiy haqiqatga ajib dolzarb maʼno bag‘ishlaydi. Zamonlar osha qilingan sayohat teran falsafiy umumlashmalar chiqarishga imkon beradi. Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar bilan cheklab qo‘yilmagan. Odil Yoqubov tarixni xuddi ko‘rib turadi, tarix bilan bahslashadi, zamondoshlarga uzoq o‘tmishdoshlarining tajribalaridan guvohlik berayotganday bo‘ladi. U tarixga bugungi davr nuqtayi nazaridan qaraydi.
978-9943-6313-4-2
416
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nargiza-magzumova-ginekologik-kasalliklar
Nargiza Magzumova: Ginekologik kasalliklar
Darslikda ko‘p uchraydigan, shuningdek, asosiy ginekologik kasalliklar keltirilgan. Kasalliklarning sabablari, klinikasi, diagnostikasi, davolash va oldini olish yo‘llari haqida maʼlumotlar berilgan. Talabalarni kelgusida yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun ular zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak. Hozirgi zamon davolash va profilaktika usullari xalqaro standartlar va isbotlangan tibbiyotga asoslangan.Sohadagi so‘nggi maʼlumotlar keltirilgan mazkur darslik tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavr, magistr, klinik ordinatorlari hamda ginekolog va umumiy shifokorlar uchun mo‘ljallangan. Tuzuvchi: Magzumova Nargiza Mahkamovna - t.f.d., Toshkent tibbiyot akademiyasi akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori Taqrizchilar: L.M. Abdullayeva - t.f.d., Toshkent tibbiyot akademiyasi akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti SH.A. Zufarova - t.f.d., dotsent, Respublika Aholining reproduktiv sog‘lig‘ini saqlash markazi direktori
978-9943-20-859-9
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mustafo-oratosh-muhim-savol-zhavoblar
Mustafo Qoratosh: Muhim savol-javoblar
Ушбу китобда ҳар бир мусулмон учун кундалик ҳаётида зарур бўладиган маълумотлар савол-жавоб услубида, содда тилда баён этилган. Жавоблар диёримиз мусулмонлари амал қилаётган Ҳанафий мазҳабига мувофиқ, шунингдек, мусулмон оламида эътироф этилган ишончли манбалар асосида берилган. Савол-жавоблар алоҳида мавзуларга бўлиниб, тизимли тарзда эътиборингизга ҳавола қилинмоқда. Китоб илм, марифатингизни янада камол топишига ёрдам беради, деган умиддамиз.
978-9943-22-506-0
480
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/namoz-va-duolar-a4
Namoz va duolar (a4)
Masʼul muharrir: Shayx Abdulaziz Mansur Taqrizchi: Anvar Tursun Nashrga tayyorlovchilar: Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad Tursun Oyatlar tarjimoni va izohlar muallifi: Shayx Abdulaziz Mansur Mazkur kitobda besh vaqt namoz o‘qish tartibi sodda uslubda, diyorimiz musulmonlari amal qilayotgan hanafiy mazhabi asosida bayon etilgan. Shuningdek, kitobga kundalik eng zarur duolar ishonarli manbalardan olinib ilova etildi.
978-9943-6453-7-0
104
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdurashid-nurmurodov-lim-kuz-yosh-tukkanda
Abdurashid Nurmurodov: O‘lim ko‘z yosh to‘kkanda
Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok bo‘lganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O‘zbekistonning barcha o‘g‘lonlari xotirasini yod etib “Zabarjad Media”dan navbatdagi shedevr asarni kutib oling Ikkinchi jahon urushida o‘n millionlab odamlar halok bo‘ldi. Muloqotda bu millionlar zalvorini sezmaysiz. Agar ular bir joyga to‘plansa-chi? Unda buncha odamni joylashtirish uchun o‘nlab shaharlar kerak bo‘ladi. Fashist jallodlari Sovet Ittifoqini xuddi Yevropa davlatlarini ishg‘ol qilganday osongina bosib olamiz deb o‘ylagandi. Ular kutganday bo‘lmadi. Xalq bir mushtga aylandi. Bundan talvasaga tushgan fashistlar alamini begunoh xalqdan oldilar: ularni o‘lim lagerlarida gaz bilan bo‘g‘ib o‘ldirdilar, krematoriyalarda yondirdilar. Yovuz jallodlar xotinlarining yovuzligi erlarinikidan ham vahshiyroq edi. Ular mahbuslar terisidan sovun qilib yuvinishdi, sumka qilib ko‘tarishdi, qo‘lqop qilib kiyishdi. O‘ldirilgan mahbuslar sochidan par ko‘rpalar qilib yotishdi. Odamning kuymay qolgan suyaklarini maydalashib, o‘g‘it qilib ishlatishdi. Dunyo tarixida bunday yovuzlik, bunday urush bo‘lmagan. Bu urush birinchisi va so‘nggisidir. Ana shu vahshiylarga qarshi odamlarimiz bir odamga aylanishib jang qildi va katta yo‘qotishlar bilan bo‘lsa-da, g‘alaba qozonishdi. Ana shu buyuk g‘alabaga yetishguncha millionlab odamlarimiz halok bo‘ldilar.
978-9943-5841-8-1
400
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/alouddin-kosonii-badoeus-sanoe-shariat-konunlarini-tartiblashda-guzal-sanatlar-tahorat-namoz-2-ta-kitob
Alouddin Kosoniy: Badoyeus Sanoye’. Shariat qonunlarini tartiblashda go‘zal san’atlar. Tahorat. Namoz (2 ta kitob)
/h2>
978-9943-26-842-5
null
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/aziz-nesin-garoiib-bolalar
Aziz Nesin: G‘aroyib bolalar
Aziz Nesin XX asr taraqqiyparvar turk adabiyotining peshqadam vakillaridan biridir. Aziz Nesin asarlarining qahramonlari turli yosh vakillari. Adib qahramoni qaysi yoshda bolishidan qatiy nazar, uning holatini, ichki kechinmalarini, orzu-armonlari, xayollarini bor boy-basticha, roy-rost, ishonarli tarzda mohirona tasvirlaydi. Turk hajvchisi Aziz Nesinning ushbu romani ikki shahardagi sobiq sinfdoshlar Zaynab va Ahmadning bir-biriga bitgan maktublaridan iborat. Hajv bilan bolalarcha nigoh bilan katta odamlar dunyosining illatlari ochib berilgan. Roman avval sinfdosh bo‘lgan, keyin biri boshqa shaharga ko‘chib ketgan o‘n yoshli Zaynab va Ahmadning bir- biriga yozishmalari asosiga qurilgan. Yosh bola nigohi orqali kattalarning nojo‘ya xatti- harakatlari, o‘zaro munosabatlaridagi yolg‘on, munofiqlik, soxtaliklarga qanchalik haqqoniy baho berishi, ich-ichidan ularga qarshi isyon ko‘tarishi hayotiy voqealar asosida ifoda etiladi.
978-9943-20-725-7
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-oripov-suz-chamani
Abdulla Oripov (So‘z chamani)
"So'z chamani"
978-9943-6361-1-8
128
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-ajtmatov-ok-kema-kitob
Chingiz Aytmatov: Oq kema (yumshoq muqova)
Chingiz Aymatovning "Oq kema" nomli ushbu kissasi nafaqat turkiy halklarning, balki butun dunyo kitobxonlari tomonidan sevib o‘qiladi. Asarning asosiy qahramoni Mo‘min cholning tabiatida ajdodlar tomonidan avlodlarga meros qoldirilgan urf odatlarning qadrlanishi bugungi kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Chunki har bir xalq o‘zining mavjudligini faqatgina o‘ziga xos urf-odatlar bilan isbotlay oladi. Asarning yana bir qahramoni - bola timsolida esa ezgulikka intilish, dunyoni faqat ezgulik orqali ko‘rish kabi fazilatlar mavjud. Shuningdek, asarda hozirgi vaqtda ham uchrab turadigan bir qancha muammolar: oila notinchligi, farzandsizlik, ekologik muammolar badiiy usulda ëritilgan. Bunday muammolarni yechimini esa kitobxonalarning o‘zi ushbu asarni mutolaa qilish orqali topadilar degan niyatdamiz.
978-9943-6032-8-8
160
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/mrinal-kumar-gupta-bahtli-bulish-sirlari
Mrinal Kumar Gupta: Baxtli bo'lish sirlari
Inson borki, hayotda turli muammolar bilan yuzlashadi, baʼzan ular qarshisida ojiz qoladi. Shunday paytda dardlashadigan, boringni to‘kib-soladigan, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan hamdardga ehtiyoj sezasan. Biroq dardingni jon-qulog‘i bilan tinglab, sirlaringni saqlaydigan, ayniqsa, to‘g‘ri maslahat berib, yo‘l yo‘riq ko‘rsatadigan do‘stni topish amrimahol. Dunyodagi eng ko‘p sotilgan psixologik kitoblarning mashhur muallifi Mrinal Kumar Guptaning ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilingan «Baxtli bo‘lish sirlari» kitobi siz uchun sirdosh va yaxshi maslahatchi bo‘la oladi. Oson va tushunarli tilda yozilgan, hayot sinovlaridan o‘tgan ushbu maslahatlar to‘plamini o‘qishingizni tavsiya qilamiz. Tarjimon: Dilafro‘z Ahmadaliyeva
978-9943-20-858-2
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/alhikma-oilavii-arab-tili-tuplami
"Alhikma" Oilaviy Arab tili to'plami
"Alhikma" Oilaviy Arab tili to‘plami Barcha oila aʼzolaringiz bilan birgalikda Arab tilini o‘rganish uchun to‘plam. To‘plam quyidagilardan iborat: Bolalar uchun 3 oylik boshlang‘ich arab tili kitobi Bolalar uchun 3 oylik boshlang‘ich arab tili video darslari (DVD-disk) “Alhikma” 6 oylik “Perfective” arab tili kitobi “Alhikma” 6 oylik “Perfective” arab tili kursi audio to‘plami (SD-disk) "Arab alifbosini bo‘yaymiz" kitobi Arab tili “Husnixat” kitobi Yozish mashqi uchun Doska Quloqchinlar (Naushnik) 6 oy davomida har Juma kuni “Zoom” ilovasi orqali ayyolar uchun ayol hamda erkaklar uchun erkak o‘qituvchi darsi.
978-9943-7289-1-2
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/arab-tili-saboklari-boshlangich-boskich
Arab tili saboqlari (Boshlang'ich bosqich)
Mazkur qo‘llanmada "Al-Arabiyah bayna yadayk" kitobidagi dialoglar, yangi so‘zlar, gap tuzish tartiblari va mashqlar o‘rin egallab, "Ad-Durus an-nahviya" kitobining 1-jildidagi matnlar, sarf qoidalari va ularning izohlari qo‘shilgan holda tuzildi. Kitob arab tilini o‘rganishni boshlagan talaba va mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.
978-9943-7676-8-3
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/said-ahmad-ildirak
Said Ahmad: G‘ildirak
Hajviyot O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning ijodida alohida o‘rin tutadi. Sevimli adibimiz satira va yumor tig‘ini hayotda mustahkam o‘rin topolmagan, yengil-yelpi kun ko‘ruvchi, olg‘a yurishimizga to‘sqinlik qiluvchi maʼnaviy qashshoq kimsalarga qaratadi. Bu jihatdan ayniqsa uning ham kuldiruvchi,ham o‘ylatuvchi "Kelinlar qo‘zg‘aloni", “Kuyov”, "Farmonbibi arazladi", "Hasan va Husan" komediyalari, nishonga aniq tegadigan kinoya bilan yo‘g‘rilgan hajviy hikoyalari va miniatyuralari diqqatga molikdir. Ushbu to‘plam orqali siz, aziz kitobxon, ana shu ajoyib asarlarning qahramonlari bilan uchrashasiz. To‘plamdan o‘rin olgan qissa - “G‘ildirak”da muallif mol-dunyoga hirs qo‘ygan kishilarning maʼnaviy inqirozini achchiq kinoya bilan tasvirlaydi.
978-9943-5470-4-9
512
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/men-maktabga-boraman-sanash-va-hisoblash
Men maktabga boraman (sanash va hisoblash)
Har bir inson "bolam mendan baxtli bo‘lsin" degan ezgu niyat bilan yashaydi. Shu sabab farzandi timsolida o‘z orzu-umidlarining ro‘yobini ko‘radi. "Men maktabga boraman" rukni ostida chop etilgan mazkur kitob o‘g‘il-qizlarga matematika bo‘yicha dastlabki saboqlarni berishga mo‘ljallangan. O‘zbek va rus tillaridagi turli qiziqarli mashqlar bilan boyitilgan qo‘llanma kichkintoylarning sevimli kitobiga aylanishi shubhasiz.
978-9943-4821-8-0
104
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/franc-kafka-evrilish
Frans Kafka: Evrilish
XX asr jahon adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri - Frans Kafka ijodi kitobxonlarda katta qizikish uyg‘otib kelmoqda. Uning roman, qissa va hikoyalarida o‘z davrining o‘tkir siyosiy, huquqiy, ijtimoiy muammolari, inson ruhiyatining eng murakkab qirralari, oddiy odamlarning fojiaviy qismatlari yuksak mahorat bilan betakror usulda tasvirlangan. Frans Kafka asarlari Farbda nihoyatda mashhur. Yozuvchi asarlari asosida ko‘plab kinofilmlar yaratilib, spektakllar sahnalashtirilgan. Qator mamlakatlarda Frans Kafka jamiyatlari faoliyat olib boradi, uning nomida bir nechta adabiy mukofotlar taʼsis etilgan. Pragada Frans Kafka muzeyi ham faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur kitobda Frans Kafkaning o‘zbek tiliga tarjima qilingan hikoyalari jamlandi va nashrga tayyorlandi.
978-9943-20-733-2
256
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/urush-ajollar-ishi-emas-svetlana-aleksievich
Svetlana Aleksiyevich: Urush ayollar ishi emas
Belarus yozuvchisi Svetlana Aleksiyevichning "Urush ayollar ishi emas" hujjatli qissasida Ikkinchi Jahon Urushi o‘zining bor dahshatlari bilan namoyon bo‘lgan. Ahamiyatli jihati shundaki, muallif bu asarini urushda qatnashgan qahramon ayollar tilidan yozib olgan maʼlumotlari asosida yozgan.Mazkur hujjatli qissani erinmay o‘qib chiqing. U sizda badiiy asardan ko‘ra iliqroq taassurot qoldirishi aniq. Chunki kitobni mutolaa qilish davomida siz go‘yo urush qahramonlari bilan yuzma-yuz suhbatlashganday bo‘lasiz. Bugungi tinch-omon kunlarimizga shukronalar aytasiz.
978-9943-6339-7-1
175
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/isokzhon-nishonov-kasam-kasoskor-kashkirlar
Isoqjon Nishonov: Qasam (qasoskor qashqirlar)
Ўзбек адабиётининг намояндаси Исоқжон Нишоновдан замонавий детектив қисса.
null
236
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/elchin-safarli-sensiz-hotirilar-iuk
Elchin Safarli: Sensiz xotiralar yo'q
Ushbu kitobda muhabbat uning sahifalaridan ham ko‘proqdir. Mayus, quvnoq, nochor hamda ilhomlantiruvchi muhabbatdan. Agar sevsangiz, uning mazmunidan qatʼiy nazar sevishda davom etavering. Yolg‘iz bo‘lsangiz, bir narsani esingizdan chiqarmang - muhabbat baʼzida ko‘zga ilinmas darajada kichik bo‘ladi, ammo u doim sizni o‘rab turadi. Sizda va ularning botinida. Nima bo‘lganda ham muhabbatga ishoning. Muhabbat va hayot abadiy egizak hamda barhayotdir. Biz yozuvchi Elchin Safarlining “Sensiz xotiralar yo‘q”, shuningdek, “Bosfor tubidagi muhabbat” asarlarida muhabbatning yangi kuyini tinglaymiz. Ulardan o‘zgacha zavq va surur olamiz. Yashashga ishtiyoq va sevgining otashin tug‘yoni har bir yurakni yangidan-yangi marralarga chorlayveradi.
978-9943-6748-2-0
285
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/namoz-ibodati
Tavakkal Kenjayev: Namoz ibodati
Namoz ibodati
978-9943-6721-6-1
64
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/odil-yokubov-kuhna-dunyo-27000-sum
Odil Yoqubov: Ko‘hna Dunyo
Odil Yoqubovning ushbu asari 1982 yilda yozilgan. Oradan shuncha fursat o‘tib, uni qayta nashr etishimizdan maqsad- ulug‘ allomalarimiz  Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyatini bugungi kun o‘quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va maʼnaviy saboq olishdir. Adib asarda ikki buyuk olimning bolaligi, ular yashagan ijtioiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha aylanguncha bo‘lgan davrni jonli va rangli bo‘yoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi. Har ikki ulug‘ ajdodimizning hayoti va fojiali taqdiri bugungi kun o‘quvchisini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
978-9943-20-515-4
432
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/mirzakarim-norbekov-tentakning-tazhribasi-5
Mirzakarim Norbekov: Tentakning tajribasi 5
Сиз ғайриодатий инсон бўлишни хоҳлайсизми? Вақти-вақти билан ўзингизни ялқовликка ён бериш билан сийлаб турасизми? Интуициянгизга қулоқ тутмасликни маъқул кўрасизми? Жуда катта хатога йўл қўйасиз! Биз ҳаммамиз ҳам баъзида хатолар қилиб турамиз. Лекин ҳақиқий "тентаклар"да бутун ҳаётнинг услубига айланади дегани эмас. Ишонаверинг, "улар узоқ ва бахтли умр кечирадилар" рекламаси ортида ўз устида ишлаш борасида бажарилган улкан ва машаққатли меҳнат яширинган.   Мирзакарим Норбеков Сизга қувонч ила керакли йўналишда туртки беради ва ҳаётий муҳим масалалар ечимини Сиз билан баҳам кўради. Лекин ёдингизда бўлсин, хатолардан ҳеч ким кафолатланган эмас, асосийси, ҳис-туйғуларни, ақл-идрокни, иродани, Руҳиятни ишга солган ҳолда, Қалбингизни ўзининг йўлидан эргашган ҳолда, хатоларни тўғри ечимини топишни ўрганиш. Эҳтимол, муаллифнинг ўзи бешгача санашни билмаса бизни нимага ҳам ўргатиши мумкин, деб ўйлаётгандирсиз. Аммо ҳаммаси сиз ўйлагандек оддий эмас. "Тентакнинг тажрибаси - 4" бу - Сизнинг тажрибангиздир.
978-9943-5596-6-0
272
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/namoz-suralar-duolar-zikrlar
Namoz: suralar, duolar, zikrlar
Ushbu kitobda tahorat olish qoidalari, besh vaqt namoz o‘qish, juma, tarovih va ayrim nafl namozlarining o‘qilish tartiblari o‘ziga xos sodda uslubda, diyorimiz musulmonlari amal qilayotgan Hanafiy mazhabi asosida bayon etilgan. Shuningdek, kitobda Qurʼoni karim suralaridan namunalar, kundalik eng zarur duolar, zikrlar sahih manbalardan olinib ilova qilingan. Nashrga tayyorlovchi: Sayfiddin Sayfulloh
978-9943-6629-3-3
80
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/hamid-olimzhon-oigul-bilan-bahtier-kattik-mukova
Hamid Olimjon: Oygul bilan Baxtiyor (qattiq muqova)
Mazkur kitobimiz XX asr o‘zbek sheʼriyati darg‘alari uchun tom maʼnoda ustoz sanalgan, zabardast shoirlarimizga o‘rni kelganda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan, o‘zining hur fikri, bemisl tasvirlari, jonli timsollari bilan adabiyotimizda o‘z o‘rniga, o‘z so‘ziga ega bo‘lgan ijodkor asarlarining jamlanmasidir. Uning sheʼrlari katta yoshdagi adabiyot muhiblari qalbini nazm bilan sug‘orsa, dostonu ertaklari kichik yoshdagi o‘quvchilar ko‘ngliga, shuuriga eng oliyjanob fazilatlar urugini qadaydi. Hamid Olimjon sheʼrlarida nafaqat davr ruhi, balki ertangi kun sabog‘i, nurli kelajak umidi mujassam. mutolaa barcha yoshdagi o‘quvchilarni shoir qalbi bilan yaqinlashtiradi, maʼnaviy va ruhiy suhbatga chorlaydi.
978-9943-20-575-8
208
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-nakshbandiya-vazifalar-zikrlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Naqshbandiya: vazifalar, zikrlar
Ushbu risoladan Islom olamida eng mashhur bo‘lgan, tasavvuf dunyosida eng keng tarqalgan naqshbandiya tariqatining mohiyati, tarixi, uning tasavvuf olamida tutgan o‘rni haqida eng kerakli maʼlumotlar o‘rin olgan. Asarda hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdan boshlab, mashhur sahobai kiromlar, tobeʼinlar, so‘ng Boyazid Bistomiy, Buxoroning yetti pirlari, Bahouddin Naqshband, Xoja Ubaydulloh Ahror, Imom Rabboniy kabi tariqatning ulug‘lariga bo‘lgan tabarruk silsila – tariqat silsilasining har bir bo‘g‘inida turgan zotlarning qisqacha tarjimai holi bayon qilingan. So‘ng naqshbandiya tariqatidagi uch yo‘l – Alloh taoloning zikrida bardavom bo‘lish, muroqabada bo‘lish va murshidga itoatda bo‘lishning bayoni keltirilgan. Risolaning davomida esa naqshbandiyaning o‘n bir asosli dasturi, zikrning foyda va samaralari, zokirning odoblari, muhosaba kabi muhim masalalar yoritib berilgan. Shundan so‘ng amaliy ko‘rsatmalarga o‘tilib, naqshbandiya tariqatidagi kundalik vazifalar, virdlar va ularning tafsiloti, dalil-hujjatlari, turli munosabatlarga oid zikrlar tavsifi berilgan. Risola yakunida esa xatmi xojagon, uning tartibi, odobi va uni ado etishga oid maʼlumotlar keltirilgan.
978-9943-6463-2-2
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-ajtmatov-utar-kush-nolasi
Chingiz Aytmatov: O‘tar qush nolasi
Адабиёт бор экан, китобхон ҳамиша Айтматов асарларини ўқишга ўзида еҳтиёж сезаверади. "Туркий дунё вакиллари ичидан Алишер Навоийдан кейин беш юз йил ўтиб, фақат Айтматовгина адабиёт чўққисига кўтарила олди", деб ёзган қирғиз адабиётшуноси Рустам Раҳманалиев ҳам шу жиҳатни назарда тутган бўлса, ажабмас. Халқининг қадрият ва анъаналарига содиқ ёзувчи бу жиҳатларни адабиётга, ўз асарларига олиб кирди. Ва қирғиз халқининг мард, танти одамларини дунёга танитди. Адиб бир қанча мавзуни бир вақтнинг ўзида асарларининг бош мавзусига айлантиролган юксак истеъдод соҳибидир. Муҳаббат, инсон қадри, меҳр, одамзотни улуғловчи фазилатлар Айтматов ижодининг гултожидир. Ўзи кўрган, билган, бошидан кечирган, қалбини ўртаган ҳодисаларни жонли манзараларда китобхонга ҳавола этиш ва унинг муҳаббатини қозониш осон бўлмагани ҳолда бу шараф Айтматовга насиб этди. Эътиборингизга ҳавола этилаётган китобга атрофидаги воқеа- ҳодисалар, инсонлар тақдирига бефарқ бўлмаган ва шу мавзуларни ёзганларида жон куярлик билан акс эттирган Чингиз Айтматовнинг ҳикоялари жамланди.  Уларни айнан мактаб ўқувчиларига тақдим этишдан муродимиз фарзандларимиз ҳам халқига, Ватанига садоқатли бўлсинлар, миллатини дунёга танитсинлар. Китоб ҳақида маълумотлар: Чоп этилган нашриёти: "Янги Аср Авлоди" Чоп этилган йили: 2019 Муқоваси: Юмшоқ Бетлари сони: 144
null
144
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/muslimbek-akimov-biologiya-kulaj-kullanma-7-8-sinflar
Muslimbek Hakimov: Biologiya qulay qo‘llanma (7-8 sinflar)
Bu kitob yordamida siz mavzularni tushunib, tahlil qilib, taqqoslab, osongina eslab qolishingiz mumkin. Qanday qilib jadvalli va rasmli testlarni oson ishlashni o'rganish mumkin? Buning uchun sizga test tuzuvchidek mavzuni tushuna olish taribasi kerak. Bu tajribani ushbu qo'llanma sizga beradi.
null
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-ajtmatov-bajdamtol-sohillarida-sarvikomat-dilbarim
Chingiz Aytmatov: Baydamtol Sohillarida (Sarviqomat Dilbarim)
Chingiz Aytmatov qissalarida inson va qadriyat ulug‘ligi yonma-yon qo‘yiladi. Yozuvchi qancha ruhiyat tahliliga kirib borsa, shuncha ajdodlar merosiga e’tibor qaratadi. Shuning uchun ham uning asarlarida inson qismati orqali ruhiyat va qadriyat tushunchasi zimdan kurash olib boradi. Bu jihat sizga taqdim etilayotgan uch go‘zal qissada ham aks ettirilgan.
978-9943-5683-4-1
176
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/alima-hudojberdieva-suz-chamani
Halima Xudoyberdiyeva (So‘z chamani)
O'zbek xalqining ardoqli farzandi, O'zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nima bitgan bo'lsa yurak qoni bilan, To'maris momolariga xos jasorat, shijoat bilan, Zebunniso, Nodirabegimlar kabi nafosat bilan yozgan. Ishonamiz, shoiraning ushbu kitobga kiritilgan she'rlari qalbingizga dilbar tuyg'ularni arg'umon etadi.
978-9943-6361-3-2
128
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/hudojberdi-tuhtaboev-ajlardasan-bolaligim
Xudoyberdi To‘xtaboyev: Qaylardasan bolaligim
Худойберди Тўхтабоевнинг навбатдаги ўқувчиларимизга ҳавола этаётган китобини биз умумий ном билан "Қайдасан, болалигим" дея номладик. Янги туҳфага ёзувчининг сиз севган, шу вақтга қадар қўлдан қўймай ўқиб келаётган қисса ва ҳикоялар шу жумладан, эртаклар жамланган. Тақдим этилаётган ҳар бир асар Худойберди Тўхтабоевнинг болалик йиллари, болалик орзулари, болалик севинчлари, болалик соғинчлари ҳақида сўзлайди. Бир пайтлар сиз каби бола қалби билан дунёга сиғмаган, орзуларини қаҳрамонлари тимсолида гавдалантирган ва ўз ўқувчисини ҳайратлар уммонига ғарқ қилган адибни бу гал болалигини, туғилган қишлоғини соғинган, юраклари гуп-гуп уриб, ўша манзил томон талпинтирган тенгдошингиз сиймосида кўрасиз.
978-9943-22-328-8
null
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/efraim-sevela-tuhtating-samolyotni-tushib-qolaman
Efraim Sevela: To‘xtating samolyotni, tushib qolaman
Efraim Sevela – sobiq sho‘ro yozuvchisi, lekin umrining so‘nggi yillari Amerika Qo‘shma Shtatlarida va Isroilda kechgan. Qo‘lingizdagi qissa sovet tuzumining so‘nggi yillarida yozilgan bo‘lib, unda yuksak mahorat bilan bu tuzumning turli-tuman nuqsonlari ochib berilgan. Qissa jiddiy masalalarga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, hazil-mutoyibaga, yumorga, kinoya va pichinglarga juda boy. Qisqacha aytganda ham kulasiz, ham yig‘lagudek bo‘lasiz. «Gap kelganda otangni ham ayama» deganlaridek, muallif qissaning biron o‘rnida soxta pafosga berilmaydi, quruq va puch tasvirdan, balandparvoz gaplardan qochadi. Bu esa qissaga o‘ziga xos rang va joziba bag‘ishlaydi va maroqli (bir tekisda ravon va tez) o‘qiladi. Zamonaviy so‘zlashuvda, mantiqsiz, kulguli va noodatiy vaziyatlarda qo‘llaniladigan «To‘xtating samolyotni, tushib qolaman» iborasining kelib chiqishi, mana shu asar nomiga taqalsa ne ajab.
978-9943-20-534-5
304
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/tursunboj-adashboev-arga-qaqimchi
Tursunboy Adashboyev: Qarg‘a qaqimchi
Bolangizga sheʼr yodlating! Bu pand-nasihatning eng taʼsirchan usulidir. Bu oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratishni o‘rganishdagi ilk qadamdir. Bu go‘zallikni ilg‘ash va qadrlay olish ko‘nikmasini shakllantirishning sinalgan vositasidir. Mazkur kitobda joylashgan sheʼrlarni bir emas, bir necha avlod yodlab katta bo‘lgan. Bolaligingizda o‘zingizga shodlik baxsh etgan sheʼrlar bugun farzandlaringizning tilidan jaranglab qaytadan  ko‘nglingiz va ko‘zingizni quvontirsin !
978-9943-4980-8-2
64
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/umar-hajyom-ruboijlar-2
Umar Xayyom: Ruboiylar
Ушбу китобда жаҳон адабиётининг улкан дурдоналаридан ҳисобланмиш Умар Хайём рубоийлари ўзбек, тожик, ру ва қисман инглиз тилларида бир гулдаста сифатида тақдим этилган. Ижтимоий, ишқий ва фалсафий мавзулардаги бу рубоийлар ҳар бир ўқувчининг маънавиятини бойитишга кўмак беради.
978-9943-4476-0-8
192
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-alvido-bolalik
Tohir Malik: Alvido bolalik (A5)
Yozuvchi Tohir Malik ushbu asarida birgina oila misolida bolalarni tarbiyalash borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar qanday og‘ir oqibatlarga olib kelayotganini o‘ziga xos tarzda ochib bergan. Asarda hech kim jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmasligi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantirishi aks ettirilgan.
978-9943-6045-8-2
216
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/temur-pulatov-gojibning-ikkinchi-safari
Temur Po‘latov: G‘oyibning ikkinchi safari
Одам баъзида ёлғизлик истайди... Ўзини тафтиш қилгиси, хаёллар билан ҳоли қолгиси келади... Бунинг оти "виждон билан суҳбат"дир балки, балки "ўйлаш учун берилган фурсат". Бундай пайтда одам негадир ўзининг хатолари ҳақида кўпроқ ўйлайди. Ўйлашдан аслида маъни шу... Темур Пўлатов асарларини ўқир эканмиз, негадир ёлғизлик истаб қоламиз. Олмосдай серқирра ҳаётга ҳамма ракурсдан қараш мумкин, аммо биз мутолаа жараёнида ўрнимизда қотиб, сўзсиз... бир нуқтага термиламиз. Хаёл отлиқ бир гирдоб бор хоҳиш-истагимиз, орзу-мақсадиимз билан қаърига тортиб кетади... Алалхусус, ҳамма нарса-ҳаёт ҳақиқатларимиз ёлғон эканлигига амин бўламиз. Китоб мутолааси ҳар қандай ўқувчини ўйлашга мажбур қилади, ўйлаганда ҳам узоқдан ва узоққа , яна узоқ ўйлатади... Ўйлашни ўрганиш учун ҳам айнан бу китобни ўқиш керак. Китоб ҳақида маълумотлар: Чоп этилган нашриёти: "Янги Аср Авлоди" Чоп этилган йили: 2019 Муқоваси: қаттиқ Бетлари сони: 352
null
352
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/muso-toshmuhammad-ugli-nur-kidirib
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek: Nur qidirib
«Nur qidirib» asarining bosh mavzusi – Pokiston xalqining ikki yoqlama, yaʼni mustamlakachilar va mahalliy mansabdorlar tomonidan jabr-zulm ostida qolganiga qarshi erksevar xalq farzandlari kurash olib borishlaridan iborat. Qissaning bosh qahramonlari – Ahmad Husayn va Iskandaro xalq ozodligi va farovonligi yo‘lida kurashish barobarida o‘z muhabbatlariga erishish uchun ham astoydil intiladi. Ahmad Husayn moddiy ahvoli tang bo‘lishiga qaramasdan iymon-eʼtiqodiga xilof vazifalarda ishlashdan bosh tortadi. Bir-birini qattiq sevgan Ahmad Husayn va Iskandaroning ishq va muhabbat, g‘ayrat va shijoat, o‘zlarining ham, xalqning ham baxtiyor kelajagiga oid orzu va umidlar bilan limmo-lim qalblari «Nur qidirib» quyosh sari talpinadi...
978-9943-20-646-5
336
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/tabiii-fanlar-iunalishi-testlar-tuplami
Tabiiy fanlar yo'nalishi testlar to'plami
Ko‘pyillik tajribaga ega "ZIYOKOR ACADEMY" nodavlat taʼlim muassasasi iqtidorli, isteʼdodli, izlanuvchan yoshlarni dunyodagi barcha nufuzli oliy o‘quv yurtlariga masʼuliyat bilan tayyorlash bo‘yicha samarali va munosib ishlarni amalga oshirmoqda. Endilikda abituriyentlarga yana-da qulaylik yaratish, imtihon oldidan o‘ziga qatʼiy ishonch ruhini shakllantirish, tayanch bilimlarini sinash maqsadida mazkur test to‘plamini taqdim etmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan eng oxirgi nashr etilgan darsliklar asosida tuzilgan savolnomalar ilk bor fanlar majmui kesimi ko‘rinishida havola etilmoqda. Qadrli abituriyentlar, muntazam chop etilishi rejalashtirilgan ushbu to‘plam sizning bo‘lg‘usi talabalik sari niyatingiz yo‘lida albatta ishonchli hamrohingiz, ustozingizga aylanadi. Biologiya - Doniyor Adashev Kimyo - Qobiljon Rejabboyev
978-9943-7040-4-6
196
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/akmal-nazhmiddinov-zhazhzhi-alifbe-buginlab-uqish-uchun-ertaklar-husnihat
Akmal Najmiddinov: Jajji alifbe (bo‘g‘inlab o‘qish uchun ertaklar, husnixat)
Mazkur kitob jajji bolajonlarimizga bilimning ilk kaliti-alifbeni ularning yoshiga, qiziqish doirasiga mos ravishda o'rgatishni maqsad qilgan. Har bir harfga mos rangli suratlar dilbandlarimizning alifbeni tezroq o'rganishlari va yodda saqlashlari uchun yaqindan yordam beradi. Harflar o'rganib bo'lingach, bo'ginlab o'qish uchun ertaklar hamda savol va topshiriqlar jamlangan. Kitob boshlang'ich sinf o'qituvchilari, bog'cha tarbiyachilari, qolaversa, har bir ota-ona uchun yordamchi qo'llanma bo'lib qoladi, degan umiddamiz.
978-9943-5133-7-2
116
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ezop-yolgonchi-chupon
Ezop: Yolg‘onchi cho‘pon
Miloddan avvalgi VI asrda yashagan yunon masalchisi Ezop ushbu janrning tom maʼnodagi yetuk vakili hisoblanadi. Uning qalamiga mansub masallarni o‘qir ekan, har bir zamon va makondagi o‘quvchi o‘zini iztirobga solgan ko‘plab savollarga javob topadi. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan mazkur kitob sizga manzur bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
978-9943-4296-0-4
48
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-tuplam
Deyl Karnegi: To‘plam
Bu kitob ancha mashhur bo‘lib, millionlab kishilarning yaqin hamrohiga aylangan. Uni o‘qish uchun maxsus ixtisoslik talab qilinmaydi. Kitobdagi tamoyillarni har qanday kishi o‘z hayotida qo‘llashi mumkin. Muallif mashhur kishilarning hayotiy tajribalari, og‘ir damlarda qo‘llagan usullari nechog‘lik foyda berganini misollar yordamida keltirib o‘tadi. Samimiylik, yaxshi suhbatdosh bo‘lish, odamlarni qiziqtirish, xushmuomalalik va boshqa oddiy tamoyillar ulkan marralarni egallashda samarali taʼsir ko‘rsatishini bayon etadi. Kitob o‘zida ishonch uyg‘otishni istagan kishilar uchun ham kerakli manbadir. Undagi tamoyillarni egallasangiz, shaxsiy fikringizni o‘zgalarga ochiq-oydin yetkaza olasiz. Shuningdek, xotirani mustahkamlash, qatʼiyatli, jasur bo‘lish usullari, dovruqli insonlarning umr yo‘lidan ibratli lavhalar havola etilgan. Kitobni o‘qish asnosida xavotirsiz yashash mumkinligiga ham amin bo‘lasiz. Hayotiy faoliyatingiz va kayfiyatingizni yuqori darajada tutishni o‘rganasiz. Alalxusus, qayta ko‘rib chiqilgan va tuzatilgan nashr asosida tayyorlangan bu kitob hayotda muvaffaqiyatga erishishni xohlaganlar uchun.
978-9943-6329-2-9
672
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/bogomil-rajnov-mening-nomalum-sohibzhamolim
Bogomil Raynov: Mening noma’lum sohibjamolim
Bolgar yozuvchisi va shoiri Bogomil Raynovning „Mening noma’lum sohibjamolim“ asari muhabbat haqida hikoya qiladi. Muallif bu asarida g‘arb jamiyatining muhabbat haqidagi qarashlari, intilishlari, kamchiliklarini ochib bergan. O‘z muhabbati uchun uzoq kurashgan, ammo sevganiga yetisholmagan yigit taqdiridan hikoya qiluvchi bu kitob, o‘ylaymizki, sizga manzur bo‘ladi.
978-9943-6340-1-5
160
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/amina-shenlikugli-luli
Amina Shenliko'g'li: Lo'li
Ehtirom ila Azizim, ushbu kitobni turli davrlarda yuz bergan voqea-hodisalardan taʼsirlanib, qalamga oldim, Unga xuddi dissertatsiya yozishga kirishgan tadqiqotchining g‘ayrati va hayajoni ila kirishdim. Sevishgan yoshlar hamda Serpilning akasini asar bosh qahramoni sifatida gavdalantirdim. O‘zim yashagan, his qilgan, eshitgan va ko‘rganlarimni Serpil va Samo misolida tahlil qildim, asriy qadriyatlarga nazar tashladim. Asrlar davomida biror bir millat lo‘lilarchalik ezilmaganini ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz. Ammo shu paytgacha bu holatning oddiy tomoshabinimiz, xolos. Aytishim mumkinki, kitob shaxsiy hayotimda odatiy qarashlardan chekinish tomon ilk qadamdir. Xulosa chiqarishni esa har doimgidek, aziz o‘quvchilarimga qoldiraman. Amina Shenliko‘g‘li Turk tilidan Rustam Jabborov, Durdona Rasulova tarjimasi
978-9943-20-900-8
232
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/gebbert-uells-kurinmas-odam
Gebbert Uells: Ko‘rinmas odam
Атоқли инглиз ёзувчиси ГербертУэллснинг қаламига мансуб бўлмиш ушбу асар буржуа жамиятидаги инсон фожиаси ҳақида ҳикоя қилади. Истеъдодли олим Гриффин одамни кўринмайдиган қилувчи аппарат ихтиро қилади. Бироқ бу кашфиёт унга бахт келтирмайди. Капиталистик дунёнинг барча иллатларини ўзига сингдириб олган Гриффин ўз кашфиётидан дунёга ҳоким бўлиш йўлида фойдаланмоқчи бўлади. Лекин унинг бу орзуси рўёбга чиқмайди. Гриффин оломоннинг ғазабига учраб ҳалок бўлади.
978-9943-22-258-8
232
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/ibrohim-gafurov-tarzhimalari-ajyub-nidosi
Ibrohim G‘afurov tarjimalari: Ayyub nidosi
O‘zbek tarjimashunoslik maktabining atoqli namoyandasi Ibrohim G‘afurov haqida so‘z ketganda haqli ravishda uni adabiyotimizning jonkuyar vakili, dunyo adabiyotini ona tilimizga olib kirgan va buyuk maʼnaviy xazinadan xalqimizni bahramand qilgan ustazoda ijodkor sifatida eʼtirof etamiz. Darhaqiqat, dunyo afkor ommasining qalbini larzaga solgan Fridrix Nitshe, Jeyms Joys, Lev Tolstoy, Fyodor Dostoyevskiy, Uilyam Folkner, Mopassan, Ernest Xeminguey, Gabriel Garsia Markes, Knut Gamsun, Dino Bussati kabi daho ijodkorlar adabiy merosidan bahramand bo‘lgan o‘zbek kitobxoni yoxud har bir adabiyot ixlosmandi Ibrohim G‘afurovdan ko‘nglida minnatdorlik hissini tuyishi, shubhasiz. Qutlug‘ yoshni qarshilayotgan adib dunyo adabiyotidan yangi tarjimalarini o‘quvchilarimizga ilinmoqdalar. Kitobdan o‘rin olgan har bir asar boshqalari kabi hayratlarga boy, boshqalari kabi ruhimizni oziqlantiradi, boshqalari kabi adabiyotning zaruratini, qadrini yana bir karra anglatadi.
978-9943-20-299-3
512
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/muhabbatning-mangu-ertagi-sevgi-hikoyalari
Muhabbatning mangu ertagi (sevgi hikoyalari)
Muhabbatning ko‘rinishi turfa: goh bir tabassumdan boshlansa, goh bir shirin nigohdan. Gohi Kalomdan boshlansa gohi ko‘zlarning so‘zlashuvidan paydo bo‘ladi. Oshiq- zulmatda nur taratib turgan olovdir. Maʼshuq zimiston osmonda miltillab turgan yulduz. Muhabbat nima bilan boshlanmasin, faqat ko‘z yosh bilan, armon bilan, afsusu nadomat bilan tugamasin. Sevishganlarning saltanati, ko‘shki, qasri, eng muqaddas narsasi - visoldir. Mazkur kitobda o‘zbek va jahon adiblarining muhabbat haqida eng sara asarlarini jamladik. Dini, millati, irqidan qatʼi nazar muhabbat barcha xalqlarning eng muqaddas tuyg‘usidir. Kitob azaliy va abadiy muhabbat haqida ajoyib guldasta.
978-9943-03-968-5
300
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/orzigul-hamroeva-adabiyot-abiturientlar-uchun-savol-zhavoblar
Orzigul Hamroyeva: Adabiyot (abituriyentlar uchun savol-javoblar)
Ushbu qo‘llanmani tuzishda o‘zbek adabiyoti bo‘yicha yaratilgan turli darslik va manbalarga tayanildi. Qo‘llanma maktab o‘quvchilari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurti talabalari, o‘zbek adabiyoti fani o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurtiga kirish uchun mustaqil tayyorlanuvchi hamda barcha qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
978-9943-4823-0-2
704
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdurahmon-rafat-posho-tobeinlar-hayoti
Abdurahmon Raf’at Posho: Tobe’inlar hayoti
Пайғамбаримиз Расулуллоҳ алайҳиссаломни кўрмаган, лекин саҳобаи киромларнинг илм, адаб ва дин йўлидаги барча эзгу ишларига издошлик қилганлар тобеъинлардир. Бу зотларнинг ҳаёти тақво, ибодат ва солиҳ амаллар билан безатилган. Уларнинг ҳаётини яқинроқдан ўрганар экансиз, қалбингиз нур ва завққа тўлади, ибратли ва сермазмун ҳаётларидан олинган гўзал лавҳалар ўқувчиларга манзур бўлади, деган умиддамиз. Мазкур китобда келтирилган ояти карималар таржимаси Қуръони каримнинг ўзбекча изоҳли таржимасидан олинди. Таржима ва изоҳлар муаллифи шайх Алоуддин Мансур.
978-9943-26-770-1
384
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/nurali-kobul-majmunlar-mamlakati-yohud-yovvojilar-orasida
Nurali Qobul: Maymunlar mamlakati yohud yovvoyilar orasida
Ушбу китобда ёзувчимизнинг ижоди давомида ёзган ҳикоялари жамланган.
null
246
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/muso-toshmuhammad-ugli-ojbek-oltin-vodijdan-shabadalar
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek: Oltin vodiydan shabadalar
«Олтин водийдан шабадалар» – янги давр адабиётидаги катта ҳажмли роман бўлиб, унинг асосий хусусиятлари ўзбек халқининг яқин ўтмиши, турмуш тарзи, ҳар қандай оғир дамларда ҳам ўз метин-иродасини кўрсата олувчи халқ эканлигини, меҳнаткаш кишилардаги бетакрор фазилатларни намоён этади. Зеро, Мақсуд Шайхзода таъбири билан айтганда, «Ўзи ҳимматли ижодкор – меҳнатчи бўлган Ойбек шунинг учун ҳам меҳнат аҳлини севади, лирикада бўлсин, достонларда бўлсин, роман ва драматик асарларида бўлсин, Ойбекнинг севимли қаҳрамони меҳнаткаш ишчи ва косибларни куйлайди. Меҳнаткаш инсонлардаги ўлмас фазилатларни ғоят кучли бўёқлар билан тасвирлаб берадики, бу хусусият Ойбекнинг ўзбек адабиёти учун қилган энг катта хизматларидандир».
978-9943-20-590-1
528
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/m-a-mirzaahmedov-geometriyadan-masalalar-tuplami-8-sinf-test
M.A.Mirzaahmedov: Geometriyadan masalalar to‘plami 8 sinf (+test)
Мазкур тўплам иқтидорли, математикага қизиқиши бор ўқувчиларга мўлжалланган. Тўпламдаги машқларни идрок этиб, онгли равишда ишлаган, уддалаган ўқувчилар дастур ва ДТС талабларини юқори даражада ўзлаштирган ва бажарган ҳисобланади. Тўплам ўқувчиларнинг ДТС талабларидан ошадиган чуқур  таълим тайёргарлигини таъминлай олади, уларнинг ижодий салоҳиятини намоён этиб,  тадқиқотчилик кўникмаларини шакллантириш ва ривожлантиришда фойдали бўлади.
978-9943-4912-1-2
192
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/rahimbergan-sapaev-islom-kursatma-hidoyat-rahmat
Rahimbergan Sapayev: Islom - ko‘rsatma, hidoyat, rahmat
"Ислом- кўрсатма, ҳидоят, раҳмат" мавзусидаги ахборотнома "Ислом дини нима, у қандай дин ?" каби саволларга жавоб изловчи, муқаддас Ислом динимиз асосларини ўрганишга қизиқувчи кенг жамоатчилик фойдаланиши учун расмий нашр этилган адабиётлар асосида тайёрланган диний, маънавий-маърифий мавзудаги китобдир. Мажмуада соф Ислом динимизнинг моҳияти, рукнлари, ҳанафийлик мазҳаби, солиҳ амаллар, диний экстремизм ва терроризм, миссионерлик ҳақида шаърий асосли, дастлабки, таянч маълумотлар ихчам тарзда берилган.
978-9943-5551-9-8
360
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/ivan-krilov-okkush-churtanbalik-va-kiskichbaka
Ivan Krilov: Oqqush, cho'rtanbaliq va qisqichbaqa
Ivan Krilov nomi nafaqat rus adabiyotida, balki butun jahon adabiyotida masalchilikning zabardast vakili sifatida eʼtirof etiladi. Maktab darsliklaridanoq o‘quvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan «Bo‘ri bilan Qo‘zichoq», «Tulki bilan Bo‘ri», «Tulki va uzum», «Oqqush, Cho‘rtanbaliq va Qisqichbaqa» kabi mashhur masallari yillar o‘tsada, o‘z qiymatini yo‘qotmay, tildan tilga ko‘chib kelmoqda. Krilov masallarida qahramonlar, asosan, hayvonlar, qushlar va o‘rmon jonivorlaridir. Jonzotlar o‘rtasidagi holatlarni qalamga olar ekan, ularni oynaga solib, aksida insonlarda uchraydigan qusur va kamchiliklar, bilib-bilmay yo‘l qo‘yadigan xatolar, hatto jamiyatda uchraydigan nohaqliklarni ko‘rsatadi. Kitob o‘quvchilarni sergaklikka va ogohlikka o‘rgatadi, degan umiddamiz.
978-9943-27-981-0
112
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/kime-savol-zhavoblar-va-malumotnoma
Kimyo savol-javoblar va ma'lumotnoma
Ushbu qo'llanma oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari talabalari hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo faniga qiziquvchi o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Dars o'tishda va shogirdlari bilimini aniqlashda kitobdan kimyo fani o'qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
978-9943-4822-1-0
512
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/alisher-navoij-mahbub-ul-kulub-45000-sum
Alisher Navoiy: Mahbub ul-qulub
Ushbu kitobda Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub»idagi barcha hikmatli iboralar, tanbehlar, turli foydali maslahatlar va maqollar mazmuni bayon qilingan. Asardagi ayrim o‘rinlar biroz qisqartirib tabdil qilingan. Mazkur sodda va xalqchil tilda bayon qilingan nasriy talqinlarni o‘qib chiqib ulug‘ mutafakkirning insoniyatga cheksiz mehru muhabbat bilan yo‘g‘rilgan pandu nasihatlari hisoblanmish «Qalblar mahbubi»ni anglab olishingizga ko‘mak beradi, deb o‘ylaymiz
978-9943-20-571-0
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/isomiddin-eshonkulov-hubbular-komiks
Isomiddin Eshonqulov: Xubbular (Komiks)
Ushbu kitobda quvnoq odamchalar xubbularning ajoyibu g‘aroyib sarguzashtlari hikoya qilinadi. Yosh o‘quvchilar va ularning ota-onalari, ustozlari uchun mo‘ljallangan.
978-9943-7578-9-9
20
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abd-ibn-humaid-keshii-musnadi-keshii-hadislar-tuplami
Abd ibn Humayd Keshiy: Musnadi Keshiy (Hadislar to'plami)
Mazkur asar bugungi kunimiz uchun g‘oyat qimmatlidir. Unda ibodatga oid: namoz, ro‘za, haj; jamiyat va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga oid: sadaqa, savdo, ijara, shartnoma; ijtimoiy axloqqa oid: chiroyli xulq, yaxshi amal, shirinso‘zlik; oxirat masalalariga oid: jannat-do‘zax va ularning sifatlari, savol-javob kabi masalalarni qamrab olgan hadislar to‘plangan. Ayniqsa, bugungi kunimizda dolzarb bo‘lgan oila, nikoh haqida ko‘p hadis ko‘rishimiz mumkin. Har bir mavzu bo‘yicha 1 dan 200 tagacha hadis jamlangan. Ular mazmun, maʼno va hukm hamda yo‘nalishlarga qarab tartiblangan va 33 ta mavzuni qamrab oladi. Ularda imon, tavhid, takdir, Qurʼoni karim fazilatlari, ilmning ahamiyati, zulmdan yiroqda bo‘lish, taomlanish odobi, kiyinish madaniyati, odob- axloq, fazilatli ishlar, bemorni ziyorat qilish va tabobat, fitnalar, dehqonchilik haqidagi hadislar jamlangan.
978-9943-4451-1-6
1280
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/uzbekcha-ruscha-va-ruscha-uzbekcha-suzlashuv-kitobi-2
O'zbekcha-ruscha va ruscha-o'zbekcha so'zlashuv kitobi
Kitobga eng ko‘p qullanuvchi sifat, son, olmosh va ravishlar ro‘yxati, shuningdek, so‘zlashuv tilida uchraydigan baʼzi maqol va matallar ilova qilingan. Kitobda rus voqeligiga xos bo‘lgan narsa hodisalar nomigina emas, o‘zbeklarning turmush tarzi bilan bog‘lik bo‘lgan narsa - hodisalar nomi xam beriladi. Kitobning har bir bo‘limi o‘zaro bog‘lik ikki qismdan, yaʼni lug‘at, so‘z birikmalari va tipik jumlalardan tashkil topgan. lug‘at shu tamoyil asosida tuzilgan: bosh so‘z sifatida berilgan ot bilan ko‘p qo‘llanuvchi aniqlovchilar. Shuningdek, feʼlli va otli birikmalar keltiriladi. Bosh so‘z sifatida berilgan feʼllarga esa eng ko‘p qo‘llanuvchi otlar, baʼzan ravishlar keltiriladi. Feʼllarning tur juftlari S.I.Ojegovning Rus tilining lug‘ati asosida keltirildi. Ayrim hollarda tur juftligidan biri, odatda ko‘prok qo‘llanuvchi turi ko‘rsatildi.
978-9943-03-922-3
384
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/suvosti-dunesi-mening-birinchi-enciklopediyam
Suvosti dunyosi (Mening birinchi ensiklopediyam)
Sayyoramizning ajoyib va noyob bo‘lgan suvosti olami bor. U haqida quruqlikdagi hayvon va qushlar hayotiga qaraganda ancha kam maʼlumotga egamiz. Chunki odamlar suvosti olamini o‘rganish uchun bir necha asrlar oldin okean tubiga tusha boshladilar. Bu suvosti olamini o‘rganishda juda qisqa vaqtni tashkil etadi. Odamlar uchun dengizning hal etilmagan jumboqlari ko‘p, shuning uchun ko‘plab afsona va rivoyatlar paydo bo‘ldi. Masalan, odamlar suvosti olamini ilohlar boshqaradi, deb hisoblashgan. Lekin inson har doim nomaʼlum va tushunarsiz narsalarni o‘rganishga harakat qiladi. Endilikda bizda eng chuqur dengiz tubiga tushib haroratini o‘lchash, suvosti olamini ko‘rish, hatto uni suratga yoki tasmaga tushirib olib, ko‘rishga yordam beradigan maxsus qurilmalar bor. Bir vaqtlar odamlarning faqat qayiq va baliq ovlaydigan narsalari bo‘lgan, xolos. O‘tmishning qiziquvchan tadqiqotchilari biroz chuqurlikka arqonda tushib, nafasni ushlab turib baliqlarni kuzatishgan. Ularga qanday qiyin bo‘lganligini o‘ylab ko‘ring-a? Bugun biz dengizning bepoyon kengliklarini o‘rganish imkoniyatiga egamiz! Aytgancha, insoniyat suvosti olamini koinotdan biroz oldinroq o‘rganishni boshladi. Bu ilm-fan rivoji tufayli amalga oshdi. Bugungi kunda okean va dengizlar suvosti hayotini butun dunyo biologlari, geologlari va geograflari o‘rganmoqda. Okeanlar va dengizlar tubida sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarni, okeanning quruqlik va atmosfera bilan o‘zaro taʼsirini “Okeanologiya” yoki “Okeanografiya” fani o‘rganadi. Inson tomonidan turli vaqtlarda qurilgan turli xil inshootlar falokat yoki toshqin tufayli suv ostida qoldi. Ularni suvosti arxeologiyasi o‘rganmoqda. Nafas olishga yordam beradigan qurilmalar paydo bo‘lganidan keyin, suvosti dunyosini o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ularni mashhur olim Jak-Iv Kusto ixtiro qildi. U bizga suvosti dunyosini va uning jonzotlari hayotini ochib berdi. Lekin shunga qaramay, ilm-fan rivojlanib, Yer yuzidagi eng chuqur joy - Mariana botiqligining quyi qismiga tushish mumkin bo‘lsada, okean hamon o‘zida ko‘plab sir-sinoatlarni yashirib kelmoqda. Ushbu kitobda siz okean va unda yashovchi ayrim jonzotlar bilan tanishasiz, ular qanday yashayotganini, nima bilan oziqlanishini bilib olasiz. Ehtimol, sizlardan biringiz okeanolog bo‘lishni, dengizning nomaʼlum joylarini kashf etishni va insonga nomaʼlum bo‘lgan baliq yoki dengiz hayvonini topishni xohlab qolarsiz.
978-9943-7147-2-4
96
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/geometriya-abiturientlar-uchun
Geometriya. Abituriyentlar uchun
Ushbu masalalar to'plami Oliy o'quv yurtlariga kirish imtixonlarida tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun mo'ljallangan.
978-9943-19-533-12
358
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hamidzhon-rasulov-ozik-ovkat-va-ichimliklar-hizmatlari
Hamidjon Rasulov: Oziq-ovqat va ichimliklar xizmatlari
Mazkur o‘quv qo‘llanma Mehmonxona va turizmni boshqarish taʼlim yo‘nalishi o‘quv rejasida aks etgan fanlardan dars mashg‘ulotlarini olib borish, mehmondo‘stlik va turizm sanoatini boshqarish, uni rivojlantirish bo‘yicha zarur materiallarni o‘zida mujassamlashtirgan. Uning afzalligi va boshqa darsliklardan farqi shunda-ki, qo‘llanmada oziq-ovqat va ichimliklar sanoati, uning maqsad va vazifalari, xaridorlarga har jihatdan sifatli xizmat ko‘rsatish asoslari hamda sohada muvaffaqiyatga erishishga oid barcha zamonaviy bilimlar tahliliy aks ettirilgan. Global turizm sanoatining muhim jihatlari, yaʼni mahsulot tayyorlash, qanday oziq-ovqat va ichimliklar xarid qilish, taom tayyorlash uslublari, xodimlar madaniyati, ularning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdagi hissasi, xizmat taomillari, turli xalqlarga oid xizmat turlari, zamonaviy va klassik menyular, mijozlar bilan munosabat odoblari, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar umumlashtirilgan. O‘quv-qo‘llanma turizm yo‘nalishi talabalari, turizm sanoati va mehmondo‘stlik sohasi muassasalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis-xodimlar va shu sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
978-9943-7427-9-6
256
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/maktabgacha-eshdagi-bolaning-katta-kitobi
Maktabgacha yoshdagi bolaning katta kitobi
Kitobdan turli-tuman qiziqarli topshiriqlar o‘rin olgan bo‘lib, ularni bajarish jarayonida bola harflar va raqamlarni o‘rganadi, sanash va o‘qishni bilib oladi, atrof-muhit haqidagi tushunchalari kengayadi. Kitobda diqqat-eʼtibor, xotira, fikrlash, kuzatuvchanlik va tasavvur qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga katta eʼtibor berilgan. Kitob bilan muntazam ravishda shug‘ullanish bolaning aqliy rivojlanishiga va uni maktabga tayyorlashga yordam beradi. Tarjimon: O. Azimova Sheʼrlar tarjimoni: A. Akbar
978-9943-401-66-2
160
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/shahlo-hoshimova-shisha-kolip
Shahlo Hoshimova: Shisha qolip
Asarni o‘qish jarayonida, avvaliga «Belyayev taʼsirida yozilgan asar», deb o‘ylashingiz mumkin. O‘rtarog‘ida «Nafs odamni erkin yashashga qo‘ymaydi, muallif alamzada ekan», degan to‘xtamga kelsangiz, siz bilan hamfikrman. Nihoya... Yakun shaxsan meni hayratda qoldirdi. Shunchaki hayratda. Juda alamli, juda qayg‘uli, juda oddiy yakun. Xuddi parvona yorug‘likka intilib halokatini tezlashtirgani kabi oddiy. Oqil odam qilayotgan barcha amali taqdir chegarasidan chiqolmasligini bilib turib, jon kuydirgani kabi jo‘n. Kitobxon sifatida yakun alam qildi menga. Balki sizning taassurotingiz boshqacha bo‘lar... Shoyim Bo‘tayev
978-9943-20-935-0
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/firuz-allaev-tadbirkor
Firuz Allayev: Tadbirkor (oldindan buyurtma)
Asaxiy Uz internet-do'koni asoschisi Firuz Allayev Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida tadbirkorlik haqida kitob yozmoqda.  Kitob 2023-yil avgust oyida taqdim etiladi. Iltimoslarga binoan kitobga oldindan buyurtma ochib qo'ydik.
null
200
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/gairat-mazhid-bunda-bulbul-kitob-ukiidi-lotin
G'ayrat Majid: Bunda bulbul kitob o'qiydi (lotin)
Taniqli shoir va publitsist G‘ayrat Majid "Bunda bulbul kitob o‘qiydi" nomli mazkur risolasida Isʼhoqxon To‘ra Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov hamda Muhammad Yusuf kabi maʼnaviyatimiz zahmatkashlari hamda ularning nomlari bilan ataluvchi Ijod maktablari faoliyati haqida so‘z yuritadi. Kitobdan, Shuningdek, ushbu maktablar o‘quvchilari ijodidan namunalar ham o‘rin olgan.
978-9943-5567-4-4
240
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/6-7-eshdagi-bolalar-uchun-testlar-tuplami
6-7 yoshdagi bolalar uchun Testlar to'plami
Qo‘lingizdagi to‘plam malakali pedagoglar va psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, eng to‘liq test topshiriqlarini o‘zida jamlagan. Ushbu testlar yordamida siz bolangizning rivojlanganlik darajasini osongina aniqlay olasiz, eng muhimi 6-7 yoshli bolaning rivojlanishi bo‘yicha qilingan barcha ishlarni sarhisob qilib, uning maktabga borishga va u yerda o‘qishga qay darajada tayyorligini bilib olasiz. Agar test natijalari yetarli darajada baland bo‘lmasa xafa bo‘lmang! Ushbu to‘plamdagi qo‘shimcha mashqlar kichkintoyingizning bilim darajasini oshirishga yordam beradi.
978-9943-339-477
136
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/fahriddin-haiit-tong-tushlari
Fahriddin Hayit: Tong tushlari
Har bir insonning barmog‘idagi chiziqlar o‘ziga xos bo‘lib, bir-biriga o‘xshashi uchramas ekan. Dunyoda shoirlar ham ko‘p, sevib o‘qiydigan, dilda takrorlab yuradigan sheʼrlar ham talaygina. Ular bir-biridan ayro ko‘ngillarga nur kabi iliqlik olib kiradi. halovat, taskin baxsh etadi. Har bir shoirning o‘z salohiyati, o‘z mavzusi, o‘z uslubi bor. Shu bois, so‘z turfa ranglarda jilolanib, uning jozibasi qalblarni mavjlantirib turadi. Sheʼrni o‘qigan sayin o‘qiging kelaveradi. Faxriddin Hayitning "Tong tushlari" nomli yangi to‘plamidan joy olgan sheʼrlarida inson olamining turfa timsolini ruhan anglagandek bo‘lasiz. Goh jo‘shqin, goh hazin, goh isyonli, goh sokin hissiyotlar bilan qalb manzillariga yetasiz. Manzaralar, go‘zal tashbehlar, sevgi va sog‘inch, Vatan va tasavvur, maʼno va ruhiyat, hayot va erk, halovat va iztirob kabi ko‘ngil kechinmalari misralarda o‘z aksini topgan. Har bir sheʼrda shoir o‘z qarashlarini, o‘zi topgan yechim va xulosalarini to‘la-to‘kis berishga intilgan. O‘zi anglagan dunyoni ko‘rsatib bera olgan. O‘ylaymizki, ijodkorning sheʼrlari Siz aziz o‘quvchining ko‘ngil mulkingizga aylanadi.
978-9943-7657-7-1
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/chulpon-kuklam-ruhi
Cho'lpon: Ko'klam ruhi
Cho‘lpon lirikasi rang-barangligi, nozikligi va jozibasi bilan o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Mazkur to‘plamdagi sara sheʼrlarni o‘qir ekansiz, adibni haqiqiy vatanparvar shoir, ozodlik va hurlik kuychisi, deb atagingiz keladi.
978-9943-5529-6-8
176
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/hurshid-abdurashid-fakat-u-koldi
Xurshid Abdurashid: Faqat u qoldi
O‘zbek adabiyotiga o‘z ovozi, o‘z yo‘liga ega bo‘lgan yangi bir avlod kirib keldi. Ularning taqlidlardan yiroqligi, o‘z yo‘li, o‘z qiyofalarini topish uchun izlanishlari, davr ruhiyati evrilishlarini o‘zida namoyon etishi tahsinga sazovordir. Buning eʼtirofi o‘laroq mazkur avlodning yorqin vakillari ijod namunalarini «lzlam» rukni ostida chop etilmoqda. Ushbu kitobga ana shu avlod vakillaridan biri - Xurshid Abdurashid qalamiga mansub sara sheʼrlar jamlangan. 18+
978-9943-8517-1-9
256
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkirbek-muhammadsobir-muzhodala
O'tkirbek Muhammadsobir: Mujodala
O‘tkirbek Muhammadsobir 1990 yil Asaka tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti va Andijon davlat universitetini tamomlagan. O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisi. Umumtaʼlim maktablarida, «Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus Islom bilim yurtida. Andijon Davlat universitetida o‘qituvchilik qilgan. Hozirda Anqara Hoji Bayram Valiy universitetida tahsil olmoqda. «Bu Sening yoding», «Tavba ostonasida» sheʼriy to‘plamlari chop etilgan. XIX asrda yashab o‘tgan Sultonxon Ado ijodi haqidagi «Ado qaddini dol etmish» maqolalar to‘plami muallifi. Abdulfattoh Abu G‘uddaning «Olimlarning ilm yo‘lida chekkan mashaqqatlari, ko‘rsatgan sabr-matonatlari bitilgan sahifalar» kitobidagi sheʼrlarni vaznga solgan. Uning tarjimasidagi «Qalb iffati» asari nashrdan chiqarilgan.
978-9943-8217-7-4
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/maktabga-taiergarlikning-katta-kitobi
Maktabga tayyorgarlikning katta kitobi
Kitobdagi turli xil materiallar bolani ko‘pgina maʼlumotlarni bilishga va maktabga tayyorlashga yordam beradi. Bola sanash va yozish, o‘qish va gapirib berishni o‘rganadi. Uning atrofdagi olam haqida tasavvurlari shakllanadi va dunyoqarashi kengayadi. Qo‘llanmada diqqat-eʼtibor, ko‘rish qobiliyati va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir vazifalarga katta o‘rin ajratilgan. Kitob 5-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan. Tarjimon; B. Abdullayeva Sheʼrlar tarjimoni: A. Akbar
978-9943-401-61-7
160
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ilk-kushiklarim-moi-pervye-pesni-besprovodnaya-bluetooth-kolonka
Ilk qo'shiqlarim. Мои первые песни +(Simsiz Bluetooth kolonka)
Ushbu bolalar qo‘shiqlari to‘plami musiqiy murabbiylar va pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun yaratilgan. To‘plamdan o‘rin olgan musiqiy asarlar orqali pedagog bola bilan birgalikda rang-barang musiqiy obrazlar ruhiyatini his qiladi. Jo‘shqin va ilhombaxsh, lirik, vatanparvarlik ruhidagi va juda zamonaviy qo‘shiqlarga oshno bo‘ladi. "Ilk qo‘shiqlarim" loyihasi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda "Ilk qadam" maktabgacha taʼlim muassasasining Davlat o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. To‘plamda taqdim etilgan qo‘shiqlardan musiqiy mashg‘ulotlarning “Kuylash”, "Musiqa tinglash", "Musiqiy-ritmik harakatlar" kabi bo‘limlarida foydalanish mumkin. Umid qilamizki, bu yangi to‘plam musiqa murabbiylariga bolaning musiqiy qobiliyatlarini ijodiy va ko‘p qamrovli rivojlantirishlarida, shuningdek hafta yoki oy davomida bolalar bilan o‘rganilgan mavzularni to‘liq ochib berishda yaqin ko‘makchi bo‘ladi. Aksariyat qo‘shiqlar bolalar ijrosi uchun tavsiya etilgan diapazonda yozilgan. Siz repertuar ustida ishlash davomida vokal vazifalarini osonlik bilan uddalaysiz va bolalarni qiziqtira olasiz. Qo‘shiqlar o‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan. to‘plamga qo‘shimcha sifatida esa yosh xonandalar ijrosidagi barcha qo‘shiqlar hamda ularning kuylari yozilgan USB-flesh-xotirani topasiz. Mazkur musiqiy asarlardan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkaziladigan bayramlar va ko‘ngilochar tadbirlarda, shuningdek mustaqil ijodiy faoliyatda foydalanish imkonini beradi. Kuylang, Zavqlaning va Tabassum qiling!
978-9943-6670-0-6
252
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/sadokat-holmonova-adabiet-fanini-mukammal-uzlashtirish-uchun-kullanma-7-sinf
Sadoqat Xolmonova: Adabiyot fanini mukammal o'zlashtirish uchun qo'llanma (7-sinf)
Qo‘lingizdagi kitob 7-sinf “Adabiyot” darsligini mukammal o‘zlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, bar bir mavzu bo‘yicha batafsil savol-javoblar, testlar va jadvalli topshiriqlardan iborat. Alohida javoblar kitobchasi ham ilova qilingani o‘quvchiga qulaylik tug‘diradi. Qo‘llanma maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6359-9-9
80
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/tuhtamish-annakulov-zhin-va-shaitonlarga-karshi-muzhodala
To'xtamish Annaqulov: Jin va shaytonlarga qarshi mujodala
Darhaqiqat, Qurʼoni Karimdagi Kafirun, Ixlos, Falaq va Nas suralari “qul” kalimasi bilan boshlanadi. Shuning uchun ham ko‘pgina kishilar bu suralarni qisqacha «Chor qul», deb atashadi. “Qul” kalimasi arabchada ayt, degan maʼnoni bildiradi. Yaʼni, Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga har suraning birinchi oyati boshida: (Ey Muhammad) “Ayt”, deya xitob qiladi. Ushbu kitobda ana shu suralarning nozil qilinish tarixlari, joylari, maʼnolari, sabablari, tafsirlari, fazilatlari haqida imkon qadar hadislar va rivoyatlar to‘plangan. Kitob siz aziz kitobxonlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
978-9943-7927-5-3
188
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ulugbek-hamdam-zhahon-adabieti-modernizm-va-postmodernizm
Ulug‘bek Hamdam: Jahon adabiyoti: modernizm va postmodernizm
Kitob ikki bo‘limdan iborat. Birinchi - asosiy bo‘limda “Modernizm”, «Modernizm va o‘zbek adabiyoti», “Postmodernizm” hamda «Hozirgi zamon jahon adabiyoti muammolari» kabi tadqiqotlar, ikkinchi - ilova qismida mavzuga aloqador suhbatlar, maqolalar o‘rin olgan. Yangilanayotgan badiiy tafakkurning mahsuli sifatida jahon va o‘zbek adabiyotida o‘zini yetarlicha namoyon etib kelayotgan yangi adabiy oqimlar - modernizm, postmodernizm hamda ularning o‘ziga xos muammolarini yoritishga bag‘ishlangan, yurtimizda ilk marotaba nashr yuzini ko‘rayotgan mazkur o‘quv qo‘llanma ijtimoiy-gumanitar sohalarda, jumladan, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek filologiyasi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish kabi qator taʼlim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar, o‘qituvchi-mutaxassislar uchun zarur manba bo‘lib xizmat qiladi.
978-9943-6499-9-6
288
2020