url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/metodist-kitobi
Metodist kitobi
"Metodist kitobi" Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan metodistlarning ish stolidagi eng zaruriy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu amaliy qo‘llanma MTT metodistining yil davomida bajaradigan vazifalarni to‘la to‘kis ado etilishida yordamchi bo‘la oladi. Ushbu amaliy qo‘llanmada 04-01, 04-02, 04-03, 04-04 raqamlari bilan indekslanadigan hujjatlarni to‘g‘ri yuritish, metodistning tashkilot taʼlim sifatini oshirishi uchun bajaradigan ishlari aks etgan. Mazkur kitob har bir MTT metodisti, katta tarbiyachisi va qolaversa MTT direktorining ham ish faoliyatida zarur bo‘lgan qo‘llanmadir. Ushbu amaliy qo‘llanma Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy-metodik kengashining 2020 yil 30 iyundagi onlayn shakldagi yig‘ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. Tuzuvchilar: Mavluda Rustamova - Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Malika Fayzullayeva - Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Nasiba Erxonova - "Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi" jurnali bosh muharriri Zuhra Ro‘ziyeva - "Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi" jurnali muharriri Husnida Omonova - Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 92-MTT metodisti
978-9943-7464-2-8
144
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhinoyat-ishlari-buiicha-sud-huzhzhatlari-sudebnye-akty-po-ugolovnym-delam
Jinoyat ishlari bo'yicha sud hujjatlari / Судебные акты по уголовным делам
Ushbu amaliy-uslubiy qo‘llanmada jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar tushunchasi, ahamiyati, protsessual hujjatlarning turlari va huquqiy asoslari, sud ajrimlari turlari, ularning mazmuni va chiqarish tartibi, sudga qadar ish yuritish bosqichida chiqariladigan ajrimlar, jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash bosqichida chiqariladigan sud hujjatlari, sud muhokamasining yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatlari, sud qarorlarining ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda chiqariladigan sud hujjatlari, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish yakunlari bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatlari hamda xususiy ajrimlar, ularni chiqarish va rasmiylashtirish tartiblari atroflicha yoritilgan. Qo‘llanma jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar sudyalariga metodologik va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, odil sudlovni amalga oshirish hamda sud hujjatlarini tuzishda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari hamda yuristlar malakasini oshirish muassasalarida Jinoyat huquqi va Jinoyat protsessi kurslarini o‘rganish uchun amaliy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
978-9943-394-74-2
864
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mirkarim-osim-tarihii-kissalar
Mirkarim Osim: Tarixiy qissalar
Mirkarim Osim (1907 - 1984) O‘zbek adabiyotida afsonalar asosida badiiy asarlar yaratgan adib. 1907 yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ilgan. U dastlab eski makdabda, keyinchalik "Shams ul-urfon" nomli boshlang‘ich maktabda, 1921 - 1924 yillarda esa Navoiy nomidagi Respublika bilim yurtida tahsil ko‘radi. Adib “O‘tror”, “To‘maris”, “Shiroq”, "Temur Malik", "Mahmud Tarobiy", "Aleksandr va Spitamen", "Mohlaroyim va Xonposhsha", "Karvon qo‘ng‘irog‘i", “Elchilar”, "Zulmat ichra nur", "Jayhun ustida bulutlar", "Ibn Sino qissasi", "Aljabrning tug‘ilishi", "Singan setor", Alisher Navoiy haqida hikoya qiluvchi “Astrobod”, "Alisher Navoiy va Darvishali", “Badarg‘a”, "Navoiyning xislatlari", "Ulug‘bek va Navoiy" kabi hikoya va qissalar ham yozgan. Asarlari tarixchi olim va adiblarimiz uchun asosiy manba vazifasini o‘tagan. Mirkarim Osim rus yozuvchisi M. Sholoxovning "Tinch oqar Don", S. Borodinning "Eldirim Boyaazid" nomli romanlarini, L. Batning "Hayot bo‘stoni" qissasini va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Adib "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvoni va "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2002 y.) bilan taqdirlangan. Taqdim etilayotgan ushbu to‘plamda yozuvchining To‘maris, Kitobga ixlos, Jayhun ustida bulutlar, O‘tror, Zulmat ichra nur qissalari o‘rin olgan.
978-9943-5947-1-5
288
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/uzbekiston-respublikasining-konuni-sudlar-tugrisida
O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Sudlar to'g'risida
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI SUDLAR TO'G'RISIDA Rasmiy nashr Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 15 iyunda qabul qilingan. Senat tomonidan 2021 yil 26 iyunda ma'qullangan.
978-9943-7295-0-6
152
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/frederik-dar-ikki-aelga-bir-maktub
Frederik Dar: Ikki ayolga bir mahbub
Har qanday yolg'on — yomon! Aslida bu hayot yolg'onlar bilan o'ralashib, vaqtni boy berishga juda qisqalik qiladi. Kichik yolg'on ham borgan sari yiriklashib, sohibini chohga chuqurroq botiradi, biroq ushbu yolg'on boshlanishidan juda ulkan bo'lsa-chi? Buning oqibatlari insonlar hayotini qay darajada zaharlaydi? Frederik Darning ushbu asari o'quvchiga inson qalbida tug'ilgan so'z, niyat hayotga ko'chishi muqarrarligini eslatib, bundan kerakli xulosalar olishga, qalb uyimizni pok va toza tutishga undaydi!
978-9943-20-920-6
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/napoleon-hill-uila-va-boi-bul-muvaffakiyat-sari-iul-nimadan-boshlanadi
Napoleon Xill: O‘yla va boy bo‘l. Muvaffaqiyat sari yo‘l nimadan boshlanadi
Qo‘lingizdagi ushbu kitob boy fikrlash, orzu-istaklar ustidan hukmron bo‘lish, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan. Siz hayotda qanday qilib maqsadga yetish va qatʼiyatli bo‘lishning aniq rejasini topasiz. Bu esa har bir ishda sizga qo‘l keladi. Kitob omad sari undovchi tamoyillar, yo‘nalish, qoidalar bilan boyitilgan. Aniq maqsad qo‘yib, unga sari chalg‘imay borish uchun nimalar qilish kerakligi muxtasar aytib o‘tilgan. Garchand kitobning ayrim o‘rinlarida Napoleon Xill tilidan hikoya qilinmasa-da, uning qarashlari, nuqtai nazari, tamoyillari o‘z aksini topgan.
978-9943-27-690-1
176
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/askar-kilichev-uzbektosh-ertaklar-olami
Asqar Qilichev (Uzbektosh): Ertaklar olami
Bolajonlar uchun yangicha dunyoqarash mevasi bo‘lgan ertaklar zarur. O‘zbektoshning ertaklari qiziqarli dialoglar va voqealarga boy ana shunday ertaklar sirasiga kiradi. Bu ertaklar bolalarni tafakkur qilishga, bilimga, innovatsiyaga chorlash, ularda o‘ziga ishonchni hamda bola ongida hayotga va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Serqirra va sevimli ertak qahramonlari ichida sehrli chol Algoritm bobo milliy xarakter yaratilishida, faxr va g‘urur tuyishda muhimligi bilan ajralib turadi. Ushbu ertaklarda voqealar juda tez o‘zgargani, harakat ko‘pligi uchun multiplikatsiya yoki fantastik film janrida ham bolajonlar eʼtiboriga havola etilsa taʼsiri yana ham oshgan va jonliroq ko‘rinadi.
978-9943-19-650-6
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zolim-istanbul-turk-hikoyalari
Zolim Istanbul (Turk hikoyalari)
Ushbu kitobda bir qator turk yozuvchilarining sara asarlari to‘plangan. Bu hikoyalar o‘zining hayotiyligi va qalamga olingan voqealar ibratliligi bilan o‘quvchilarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Nashrga tayyorlovchi: Umida Adizova
978-9943-7928-5-2
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdurahmon-ibrohim-gir-gir-shabada
Abdurahmon Ibrohim: G‘ir-g‘ir shabada
Abdurahmon Ibrohimning qariyb qirq yillik ijodi davomida bitgan hajviy asarlaridan saralab olinib, ushbu to‘plamga kiritilgan hikoya va hajviyalari bilan tanishar ekansiz, adib adabiyotimizning satira janri xazinasini yana-da boyitishga intilganining guvohi bo‘lasiz. Bu hikoya va hajviyalarda ayrim kishilarning xulq-atvori, tabiatida hamda ijtimoiy hayotda uchraydigan baʼzi illatlar satira va yumorning serilmoq: sarkazm, qochirim, kinoya, grotesk, mubolag‘a va boshqa usullari yordamida yaratilgan obrazlar tasviri orqali goh achchiq, goh yengil kulgi ostiga olinishi bilan o‘quvchilarni qiziqtiradi, deb o‘ylaymiz.
978-9943-6360-7-1
264
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/orzu-va-dengiz-hikoyalar-tuplami
Orzu va dengiz (Hikoyalar to'plami)
Nasr og‘ir qadam, deyishadi. Ko‘pchilik bu og‘ir qadamni tashlaydi-yu, qaytib oyog‘ini ko‘tarolmaydi. Ko‘tarsa ham, ortida iz qolmayotgan bo‘ladi. To‘plamda navqiron nosirlarning cho‘g‘ sachratib oldinga tashlagan jiddiy qadamlaridan bir ulgu yig‘dik. Bu cho‘g‘ - tuyg‘u otashi yuragingizga kirib borishini umid qilib, og‘ir qadamlardan qolajak izlarning bahosini sizning hukmingizga havola etdik. Ushbu kitob orqali navqiron nosirlarning eng sara hikoyalarini taqdim etishga intildik. Ularning elga manzur bo‘lgan yozdiqlarini adabiyot mezonlari kelajakka qay tarzda eltishi bizga qorong‘i, ammo siz - zamondosh kitobxon bugunning tafakkuri bilan o‘z bahongizni berishingiz mumkin. Buning uchun o‘qiyotgan har bir hikoyangizni adabiy didingizga ko‘ra baholab borishingiz lozim. Keyingi bosqich haqida batafsil tanishish uchun kitobning orqa sahifasini oching... Unutmang, adabiyotning kelajagiga siz ham daxldorsiz! Maroqli mutolaa! To‘plovchi: Nodirabegim Ibrohimova
978-9943-8266-2-5
304
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/uchar-gilam-uzbek-halk-ertaklari-yumshok-mukova
Uchar gilam. O‘zbek xalq ertaklari (yumshoq muqova)
Kichik yoshdagi bolajonlar uchun ajoyib ertaklar.
978-9943-5131-9-8
320
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/gairat-mazhid-bunda-bulbul-kitob-ukiidi
G'ayrat Majid: Bunda bulbul kitob o'qiydi
Taniqli shoir va publitsist G‘ayrat Majid "Bunda bulbul kitob o‘qiydi" nomli mazkur risolasida Isʼhoqxon To‘ra Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov hamda Muhammad Yusuf kabi maʼnaviyatimiz zahmatkashlari hamda ularning nomlari bilan ataluvchi Ijod maktablari faoliyati haqida so‘z yuritadi. Kitobdan, Shuningdek, ushbu maktablar o‘quvchilari ijodidan namunalar ham o‘rin olgan.
978-9943-5567-4-4
240
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/sh-soatova-f-tozhiev-aellarga-hukukii-madad
Sh. Soatova, F. Tojiyev: Ayollarga huquqiy madad
Ayolga faqat oila o‘chog‘i, ro‘zg‘orning kam-ko‘stini, dasturxonning osh-namagini rostlaydigan xilqat sifatida qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. U, avvalo, jamiyatning faol aʼzosi. Tabiiyki, uning atrofida turli huquqiy chigalliklar mavjud. Shu maʼnoda ushbu kitobda ayollarning oiladagi, taʼlim, mehnat faoliyatidagi va boshqa holatlardagi huquqlari, burchlari keltirildi.
978-9943-5622-6-4
256
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/urokhon-hozhi-shaih-nazrulloh-ugli-saodat-sari
O'roqxon hoji shayx Nazrulloh o'g'li: Saodat sari
Ulug‘ kitoblarda darj etiladiki, inson tuproqdan yaratilib, unga to‘rtta sifat: mukammal aql, ilm, tafakkur va nutq ato etildi va u barcha jonzotlar ichida mukarram bo‘ldi. Shuning uchun ham u oddiygina oiladan tortib, katta-katta davlatlarni ham boshqarmoqda. Juda nozik ixtirolar qilib, fan va texnikaning rivojlanishiga sababchi bo‘lmoqda. Imom G‘azzoliy hazratlari o‘zining asarlarida aytadilarki, Alloh taolo eng avval aqlni yaratdi. Aqldan so‘ng ikkinchi nafsni yaratdi. Uning taniga esa jaholatni kiydirdi. Demak, har kim ishini aqlga muvofiq qilsa ul xayrlidir. Aql qabul qilmaydigan ishdan yaxshilik hosil bo‘lmaydi. Aqlga zid harakat qilgan nafsiga ergashgandir. Zero, inson uchun eng katta dushman bu - nafsdir.
978-9943-381-67-4
272
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-zarif-muhammad-olim-ugli-islomda-salomatlik
Muhammad Zarif Muhammad Olim o'g'li: Islomda salomatlik
Asarda Islom dinida davolanishning hukmi, tabobatga munosabat haqida qimmatli maʼlumotlar mavjud bo‘lib, o‘quvchining davolanishiga bo‘lgan qarashlari, munosabatlari to‘g‘ri o‘zanga soladi. Muallif Islomda salomatlikka berilgan eʼtiborini harakat qilar ekan, ibodatlarning inson sog‘ligiga foydalarini ham bayon etishga harakat qilgan. Bu boradagi maʼlumotlardan ibodatlar jismoniy manfaatlar uchun ado etilar ekanda, degan maʼno tushunmaslik kerak. Balki bu dunyodagi ajru savobi deb tushunish lozim. Zotan, ibodat yolg‘iz Alloh uchun ado etiladi va uning tom maʼnodagi savobi uxraviy deb qaraladi. Kitobda bevosita sog‘liqni saqlashga qaratilgan bir qator sunnat amallar ham sanab o‘tilgan. Ularda salomatlikni asrash ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, amal qilishda sunnatni bajarishni qasd etish darkor, ana shunda amal savobli bo‘ladi va jismoniy foyda ham qo‘lga kiraveradi. Muallif kitob oxirida musulmon tabiblaridan ayrimlari bilan qisqacha tanishtiradi. Bu ham o‘z navbatida ko‘pchilik uchun manfaatli ish bo‘lgan.
978-9943-7467-5-6
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/nanekrasov-rusiyada-kim-yahshi-yashaidi-aafet-kunbotar-egdulari-fityutchev-yaproklar
N.A.Nekrasov: Rusiyada kim yaxshi yashaydi, A.A.Fet: Kunbotar yog'dulari, F.I.Tyutchev: Yaproqlar
Ushbu kitobdan rus adabiyoti namoyandalari N.A. Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi» poemasi, A.A. Fet hamda F.I. Tyutchevlarning sheʼrlari o‘rin olgan. Bu poema va sheʼrlar to‘plami siz aziz kitobxonlarni, ayniqsa sheʼriyat ixlosmandlarini quvontiradi, degan umiddamiz.
978-9943-25-954-6
376
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/sh-bahronov-s-kuronov-bolalar-uchun-yuridik-enciklopediya
Sh. Bahronov, S. Quronov: Bolalar uchun yuridik ensiklopediya
Har bir bola o‘z huquqini bilishi lozim. Chunki hayotimiz, kundalik yumushlarimiz turli huquqiy munosabatlar bilan chambarchas bog‘liq. Hatto bolalar ham deyarli har kuni atrofdagi odamlar bilan huquqiy munosabatga kirishadi. Bolalar yurtning kelajagi. Shu sababli davlatimiz tomonidan bolalarning sog‘lom o‘sishi, sifatli taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratib kelinmoqda. Shu bilan birga jamiyat taraqqiyotida bolalarning huquqiy bilimlarini boyitish ham muhim omildir. Ushbu ensiklopediya bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga o‘z huquqlari, erkinliklari va burchlari borasida maʼlumot berish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, kundalik hayotimizga doir yuridik tushunchalar, holatlar, hujjatlar bolalar uchun tushunarli bo‘lgan sodda va ravon tilda keltirilgan..
978-9943-5622-7-1
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-muhammad-tursun-muhammad-sollallohu-alaihi-vasallamga-sodik-muhammad-sodik
Ahmad Muhammad Tursun: Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga sodiq Muhammad Sodiq
Ushbu yodnoma kitob payg‘ambarlarning sayyidi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bir umr sodiqlik bilan hayot kechirgan ulug‘ olim, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh (1952–2015) haqlarida zamondoshlarining xotiralaridan iborat. Bular davrimizning benazir olimi, millat va ummatning faxri, ulug‘ mujaddid, faqih, muhaddis, mufassir, mutafakkir, murshid, zohid, barkamol shaxsiyat, go‘zal insoniy fazilatlar sohibi bo‘lmish olimning siyrat va suratlariga u zotni tanigan-bilgan kishilar tomonidan qalamga olingan ishonarli va go‘zal chizgilardir. Butun umrini Alloh taoloning haq diniga, Uning mahbub Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam keltirgan risolatni targ‘ib qilishga baxshida qilib o‘tgan saodatmand insonning ichki va tashqi dunyolarini muhtaram o‘quvchilarimizga to‘laroq tanishtirishda ushbu kitobning manfaatli bo‘lishidan umidvorlik bilan uni eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz.
978-9943-6459-5-0
256
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/hikmat-muminning-iukotganidir
Nozimjon Iminjonov: Hikmat - mo'minning yo'qotganidir
Hikmat - arabcha so‘z bo‘lib, bir so‘zni o‘z o‘rnida, kerakli odamga, kerakli miqdorda aytish yoki bir ishni vaqtida, yetarlicha, puxta qilib bajarish maʼnosini bildiradi. Hikmat - Alloh taoloni tanish yo‘llaridan biridir. Qo‘lingizdagi mazkur risola muallif tomonidan hikmatlar dengizidan yig‘ilgan marvarid shodalari kabi bebaho maʼnaviy boylik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu moʻjaz qo‘llanma hayotda o‘z o‘rningizni topish hamda muvaffaqiyatlarga erishishda sizga as qotadi degan umiddamiz. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Hikmat mo‘minning yo‘qotgan narsasidir, mo‘min kishi uni qayerda topsa ham oladi", deya marhamat qilganlar.
978-9943-7958-1-5
186
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-muhiiddin-muhammad-avvoma-zhavomeul-kalim
Doktor Muhyiddin Muhammad Avvoma: Javome'ul kalim
Hadis ilmi ilmlarning eng sharaflisi, eng afzali, tolibi ilm uchun eng muhimlaridandir. Zero, u sharʼiy dalillarning ikkinchi manbasi, usul va ahkomlarning asosidir. Tolibi ilmlar, islomiy ilmlarga qiziquvchilar Allohning kalomi Qurʼoni Karimdan keyin eʼtibor qaratishlari lozim bo‘lgan ilm Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridir, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bilib qo‘yinglarki, menga Kitob bilan birga uning misli ham berildi», deb aytganlar (imom Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar). Binobarin, Qurʼon bilan sunnat hujjat-dalil mezonida teng bo‘lib, rushdu hidoyatning asosidir. Doktor Muhyiddin Muhammad Avvoma ushbu risolada sahih va Hasan hadislarni to‘plagan bo‘lib, ularning hajmi kichik, iboralari yengil, yodlash uchun osondir. Ibodat, muomala, axloq-odob, tarbiya va boshqa mavzularga oid ushbu hadislar Islomning madori bo‘lgan hadislar jumlasidandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning go‘zal fazilatlaridan, ijobiy sifatlaridan biri «javo-meʼul kalim» bo‘lib, qisqa, lo‘nda so‘zlar bilan olam-olam maʼnolarni ifodalash qobiliyati edi. Ushbu to‘plam ham ana shunday moʻjaz, ammo shomil maʼnolarni o‘zida mujassam qilgan hadislardan iborat bo‘lgani bois kitobni shunday nomladik.
978-9943-7547-1-3
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nosirzhon-zhuraev-aksincha-sherlar
Nosirjon Jo'rayev: Aksincha: she'rlar
Sheʼr - inson ruhiyatida betartib sochilib yotadigan tuyg‘ularning maʼlum bir shakldagi ifodasi. Faqat o‘sha parishon hislarni avvalo anglash, keyin tartiblash, so‘ngra esa munosib ifodasini topib sheʼrga aylantirish - mahoratdir. Ushbu to‘plam gohida iztiroblar tasviri, baʼzida shodlik yoki qayg‘u belgisi, baʼzan esa isyon namoyishi bo‘lib to‘lg‘onadi. Undagi sheʼrlar go‘yo majburlab, katta bosim bilan muqova ostiga solingandek, aslida esa kitobdan toshib-qaynab chiqib ketadigandek taassurot qoldiradi.
978-9943-7835-3-9
272
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/muzaffar-mirzo-sham-va-shamshir-navoii-va-boikaro
Muzaffar Mirzo: Sham va Shamshir (Navoiy va Boyqaro)
Asarda hazrat mir Alisher Navoiyning Samarqandga ixrojlik tarixi, muazzam shahardagi hayoti va faoliyati - "hasbi xol" - tarjimai holi buyuk mutafakkirning zamondoshlari xotiralari va tarixiy hujjatlar negizida batafsil hikoya qilinadi. Asarning diqqatga sazovor jihati Alisher Navoiy yosh bo‘lishiga qaramay taqdirning shiddatli uqubatlariga bardosh bera olgani yorqin lavhalarda o‘z tasvirini topgan. Ilm va maʼrifatga intilgan yigitning aziz ustozlari haqida mufassal maʼlumotlar berilgan. Buyuk adibga "ota masobasida (o‘rnida)" otalik qilgan insonlardan biri, olimu fozil Said Hasan Ardasherga bitilgan nazmiy maktub romanining asosiy g‘oyasini belgilagan. Tarixiy nuqtai nazardan, haqiqat ham "Hazoyin ul-maoniy" devoniga kirgan bu masnaviy Navoiyning "hasbi-holi" hol-ahvoli, kechmishi bayonidir.
978-9943-6227-9-1
496
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-talvasa-yumshok-mukova
Tohir Malik: Talvasa (yumshoq muqova)
O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Tohir Malikning "Shaytanatning turfa olami" turkumiga kiruvchi "Murdalar gapirmaydilar" "Iblis devori" qissalari bilan siz - aziz kitobxonlar tanishgan bo‘lsangiz kerak. Ushbu asar zulm olamidan sizga hikoya qiladi.
978-9943-5469-1-2
368
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/kichkintoylar-ensiklopediyasi-ertaklarda-6-kism
Kichkintoylar ensiklopediyasi ertaklarda 6-qism
Bolangiz, hech narsa o'z-o'zidan paydo bo'lmasligini biladi, albatta. Lekin ular qanday paydo bo'ladi? Nima sababdan yomg'ir yog'ib, shamol esadi, nima uchun hamma hayvonlar har xil rangda? Bolangiz bu savollarga javobni shu kitobdan topadi. Atrof muhitning barcha sir-asrorlari oddiy, qiziqarli shaklda ochib beriladi. Farzandingizga bunday qiyin narsalarni tushuntirish uchun bosh qotirishga aslo hojat qolmaydi. Ertaklar u yoki bu hodisalar qanday sodir bo'layotganini bolaga oson tarzda tushuntiradi, zerikarli narsani qiziqarli qilib beradi va hech bir kichkintoyni bee'tibor qoldirmaydi.
978-9943-6324-7-9
32
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammadbobur-muhiddinov-musulmonning-hamrohi
Muhammadbobur Muhiddinov: Musulmonning hamrohi
/h2>
978-9943-6604-9-6
240
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhazhzhi-akademik-8-son
Sog'lomjon (Jajji akademik)
Shifobaxsh shirinlik C vitamini uchun Nobel Semizlik kasallikmi
978-9943-6500-4-6
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/oyat-hadis-duo-makol-hikmat
Oyat, Hadis, Duo, Maqol, Hikmat
Qurʼoni Karim oyatlari, olamlarga rahmat qilib yuborilgan Zot - Muhammad (alayhissalom) hadislari, maʼrifati baland ajdodlarimiz hayot tajribasining xulosalari bo‘lmish maqollar, ulug‘lar hikmati, dunë faylasuflarining durdona fikrlari, mumtoz nazm javohirlari va turli duolardan jam bo‘lgan ushbu to‘plam xonadoningizga fayz-baraka, maʼrifat olib kirishini tilab qolamiz.
978-9943-26-410-6
384
2015
https://asaxiy.uz/uz/product/kichkintoylar-ensiklopediyasi-ertaklarda-5-kism
Kichkintoylar ensiklopediyasi ertaklarda 5-qism
Bolangiz, hech narsa o'z-o'zidan paydo bo'lmasligini biladi, albatta. Lekin ular qanday paydo bo'ladi? Nima sababdan yomg'ir yog'ib, shamol esadi, nima uchun hamma hayvonlar har xil rangda? Bolangiz bu savollarga javobni shu kitobdan topadi. Atrof muhitning barcha sir-asrorlari oddiy, qiziqarli shaklda ochib beriladi. Farzandingizga bunday qiyin narsalarni tushuntirish uchun bosh qotirishga aslo hojat qolmaydi. Ertaklar u yoki bu hodisalar qanday sodir bo'layotganini bolaga oson tarzda tushuntiradi, zerikarli narsani qiziqarli qilib beradi va hech bir kichkintoyni bee'tibor qoldirmaydi.
978-9943-6324-6-2
32
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/mavzhuda-tursunova-malham-hikoyalar
Mavjuda Tursunova: Malham (hikoyalar)
"Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi" ko‘rsatuvi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining eng uzoq umr ko‘rgan ko‘rsatuvlaridan biri. Ko‘rsatuvning uzoq yillar saqlanib qolishida va uning ommabopligini taʼminlashda fidokorona ter to‘kkanlardan biri muharrir va muallif Mavjuda Tursunovadir. Ushbu kitob tomoshabinlarga manzur bo‘lgan hikoyalardan jamlangan.
978-9943-6131-2-6
330
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sh-usmonov-a-isroilov-fizikadan-malumotnoma
Sh. Usmonov, A. Isroilov: Fizikadan ma'lumotnoma
Maʼlumotnomada elementar fizikaning mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrostatika va elektrodinamika, optika, atom va yadro fizikasi bo‘limlari bo‘yicha asosiy tushunchalar, qonuniyatlar, fizik kattaliklar orasidagi bog‘lanish munosabatlari keltirilgan. Mavzular doirasida ko‘plab hodisa va jarayonlarning xususiy holatlarini yoritib beruvchi formulalar kel­tirilgan. Maʼlumotnomadan foydalangan holda bu formulalarni mustaqil holda keltirib chiqarish o‘quvchining fanni o‘zlashtirish darajasini oshirish bilan bir vaqtda fizikadan masala yechish mahoratini ham oshiradi. Ushbu maʼlumotnoma umumtaʼlim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga, texnika yo‘nalishi bo‘yicha oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishni xohlagan abituriyentlarga hamda fizikani mustaqil o‘rganishni xohlagan o‘quvchilarga mo‘ljallangan.
978-9943-6358-7-6
240
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/lyudmila-petranovskaya-agar-farzand-bilan-mushkullik-bulsa
Lyudmila Petranovskaya: Agar farzand bilan mushkullik bo'lsa
Ushbu kitob mashhur oilaviy ruhshunos olim, Rossiyaning taʼlim sohasidagi prezidenti mukofoti sovrindori, "Nima qilish kerak, agar..." va "Nima qilish kerak, agar-2...." kitoblari muallifi Lyudmila Petranovskaya tomonidan yozilgan bo‘lib, ota-ona va o‘ziga xos xarakterga ega farzandlar uchun mo‘ljallangan qo‘llanmadir. Kitobni o‘qir ekansiz, bola bilan umumiy til topishish, murakkab vaziyat va ixtilofiy holatlarni baholay olish, ulardan munosib ravishda chiqib ketish, sabr qilish va oilada bir-birini tushunib, hamkorlik hamda totuvlikni taʼminlash haqida kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
978-9943-7099-4-2
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sadokat-holmonova-adabiet-fanini-mukammal-uzlashtirish-uchun-kullanma-6-sinf
Sadoqat Xolmonova: Adabiyot fanini mukammal o'zlashtirish uchun qo'llanma (6-sinf)
Qo‘lingizdagi kitob 6-sinf “Adabiyot” darsligini mukammal o‘zlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, bar bir mavzu bo‘yicha batafsil savol-javoblar, testlar va jadvalli topshiriqlardan iborat. Alohida javoblar kitobchasi ham ilova qilingani o‘quvchiga qulaylik tug‘diradi. Qo‘llanma maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6359-8-2
64
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/izzatulla-zhumaev-abadii-eshlik-alkimesi
Izzatulla Jumayev: Abadiy yoshlik alkimyosi
Ushbu kitobda yoshlik, sog‘lik, umr kechirish masalalari haqida so‘z boradi. Muallif turli manbalardan foydalangan holda tibbiy va hayotiy xulosalar chiqaradi. Bu kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-7272-2-9
360
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/rezhep-taiiip-erdogan-dune-yanada-odil-bulishi-mumkin
Rejep Tayyip Erdog'an: Dunyo yanada odil bo'lishi mumkin (qattiq muqova)
Umuman, dunyoda bugun siyosiy kitoblarga, siyosatchilarning asarlariga qiziqish katta. Rejep Tayyip Erdog‘an ushbu kitobida global siyosat, ayniqsa, dunyoning yetakchi mamlakatlari yuritayotgan siyosat, qochqinlar masalasi, xalqaro terrorizm va islomga qarshi muammolarga to‘xtalgan. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining qonuniylik, funksionallik, taʼsirchanlik, qamrab oluvchilik, vakillik va boshqaruv muammolariga hamda BMT Xavfsizlik Kengashida keng qamrovli islohot o‘tkazish zarurligi haqidagi fikrlarini qalamga olgan. Xususan, kitobda quyidagi satrlarni o‘qish mumkin: «Bolalar o‘ldirilayotgan dunyoda hech kim begunoh emas». “Shafqat qahat bo‘lib turgan zamonda bizlarga adolatning timsoli, vijdonlarning ovozi bo‘lishdek masʼuliyat tushmoqda”. “Bizning tafakkurimizga ko‘ra, dunyoning muvozanati, ozodligi va baxtiyorligi adolat bilangina qoimdir. Dunyoning yana-da adolatli bo‘lishi uchun ham umid va ishonch beruvchi dunyoviy tizimga ehtiyoj bor. Barcha kamchiliklariga qaramay, zaruriy islohotlar o‘tkazilsa, BMT tuzilmasini bu boradagi eng maqbul tashkilot sifatida qabul qilish mumkin degan fikrdamiz”. “Adolat, huzur, ishonch, barqarorlik faqatgina maʼlum mamlakatlarda yashagan insonlarning haqi emas. Dunyomizda yashayotgan 7-8 milliard insonning har biri bu huquqqa, imkonlarga ega bo‘lishi kerak. Maʼsum bolalarning, ayollarning, insonlarning qoni nopok siyosiy hisob-kitoblar tufayli oqishda davom etgani sari insoniyatning vijdoni huzur topmaydi, topa olmaydi ham”. “Adolat butun jamiyatlar uchun umumiy qadriyat hisoblanadi. Madaniyat, tamaddun va dinga ajratmasdan barcha ijtimoiy va siyosiy tizimlar adolatni markazda tutuvchi tuzumni bunyod etishga harakat qilishgan”.
978-9943-20-930-5
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/rashod-nuri-guntekin-otash-kechasi-kattik-mukova
Rashod Nuri Guntekin: Otash kechasi (qattiq muqova)
Qo‘lingizdagi roman Rashod Nuri Guntekinning eng mashhur asarlaridan biridir. Roman qahramoni nihoyatda go‘zal, pokiza, lekin baxtsiz Afifani qattiq sevib qoladi, uning ishqida o‘rtanib kuyib-yonadi. Asar qahramonlarining ishq iztiroblari, dardu hasratlari kitobxonni befarq qoldirmaydi, go‘zallikka, muhabbatni qadrlashga chorlaydi.
978-9943-08-949-5
368
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-yahshilik-va-silai-rahm-2-zhuz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yaxshilik va silai rahm (2 juz)
null
978-9943-7035-7-5
312
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/elif-shafak-nomus
Elif Shafaq: Nomus
Elif Shafaq: Nomus
978-9943-7389-8-0
496
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abror-pir-muhammad-sajr-ham-sajr-sport-ham-yohud-terma-takim-tabibining-taassurotlari-tunisning-totli-taassurotlari
Abror Pir Muhammad: Sayr ham sayr, sport ham... yoxud Terma Taqim tabibining taassurotlari. Tunisning totli taassurotlari
Uzoq yillardan buyon futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma taqimi hamda “Lokomotiv” professional futbol klubida bosh tabib sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Abror Pir Muhammadning jamoa bilan turli xorijiy yurtlarga qilgan safarlari mobaynida ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan ajoyib futbol o‘yinlari va guvohi bilan g‘aroyib voqea-hodisalar haqidagi taassurotlari bitilgan "Sayr ham sayr, sport ham..... yoxud "Terma taqim tabibining taassurotlari" nomli turkum safar qissalarining ikkinchi jildi ham qo‘lingizga yetib bordi. "Tunisning totli taassurotlari" deb nomlangan ushbu ikkinchi kitobda bayon qilingan ajoyib futbol “jang”lari, g‘aroyib sarguzashtlar hamda futbolchi va murabbiylar hayotiga doir qiziqarli tafsilotlar siz noziktaʼb kitobxonlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
978-9943-5257-2-6
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/boqij-mirzo-tillafurush-1
Boqiy Mirzo: Tillafurush 1
"ТиллАФУРУП" романи ёзувчи Боқий МИРЗОнинг биринчи йирик насрий асари сифатида "БЕГОЙИМ" газетасида босилгандан кейин мухлислари янада кўпайди. Сабаби асар ҳаётий воқеалар асосига қурилган. Бойлик туфайли икки аёл ўртасида пайдо бўлган низо ва душманликни тасвирлар экан, муаллиф ҳаётийликдан чекинмайди, бойликка ружу қўйиш оқибатлари, инсон феълида пайдо бўлган салбий ўзгаришларни мустаҳкам ахлокий маьёрларга таянган ҳолда таҳлил қилади. Хулоса чиқаришни эса китобхоннинг ўзига қолдиради. Асарни ўқиб кўргач, ўзингиз ҳам бунга амин бўласиз.
978-9943-371-22-8
244
2011
https://asaxiy.uz/uz/product/bahor-sherii-kitoblar-tuplami-predzakaz
"Bahor" (she'riy kitoblar to'plami) (oldindan buyurtma)
🎀 AZIZ AYOLLARIMIZGA ARZIYDIGAN TUHFA ! 🎀 Bahor bayramlari navbat kutib ostonamizda eshik qoqib turishibdi. Tabiiyki, biz erkaklarning munosib sovg‘a tanlash borasidagi o‘ylarimiz ikki hissa ko‘paygan ! Sizga bu borada ko‘mak berish maqsadida ☘️ BAHOR ☘️ nomli kitoblar to‘plamini taqdim etamiz. Ushbu to‘plamda o‘zbek shoiralari : 📕 Zulfiya ; 📗 Saida Zunnunova ; 📘 Xalima Xudoyberdiyeva ; 📙 Eʼtibor Oxunova ; 📔 Oydin Xojiyeva Shoiralarning sheʼrlari, dostonlari, hikoyalari ,qissa va qatralari o‘rin olgan.
null
null
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-ibn-ismoil-al-buhorii-sulosiiet-al-buhorii
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy: Sulosiyyot al-Buxoriy
Mazkur risola muhaddislar sultoni, buyuk vatandoshimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (194 - 256 h./810-870 m.) tomonidan bitilgan, «Sahihi Buxoriy» nomi bilan shuhrat qozongan shoh asar - «Al-Jomeʼ as-sahih» («Sog‘lom hadislar to‘plami») kitobida keltirilgan uch roviylik 22 ta sahih hadisi sharifning sharhiga bag‘ishlangan. Ushbu kitob musulmon ilm-fanida Qurʼoni karimdan keyin turuvchi, bashariyat tomonidan bitilgan eng ishonchli manba deb tan olingani maʼlum. Bu 22 ta rivoyat esa mazkur kitobning eng sahih va eng ishonchli hadisi shariflaridir. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. 2020 yilda Buxoro shahrining «Islom madaniyati poytaxti» deb eʼlon qilinganiga bag‘ishlanadi Tadqiqot, tarjima va sharh muallifi: Hamidulloh Aminov (Hamidulloh Beruniy)
978-9943-7486-3-7
64
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dafna-dyu-more-reichel
Dafna dyu Morye: Reychel
Asar bosh qahramoni Filipp ota-onadan juda erta qolgan, ammo yaqin qarindoshi – katta mulk egasi bo‘lgan Ambrouz Ashley qaramog‘idagi balog‘atga yetgan yigit. O‘z dunyosi, oilaning yozilmagan qoidalariga ko‘ra, sulola vakillari ayollarsiz yashashni o‘zlari uchun to‘g‘ri qaror deb bilishadi. Qarori shu darajada qatʼiyki, qarindoshlar, ayollar haqida mutlaqo bilishni, hatto eshitishni istashmaydi. Va tabiiyki, ojiza deb taʼriflangan jins vakillarining qanchalar hiylaga qodirligini tasavvur ham qilishmaydi. Muhabbat bo‘lib ko‘ringan tuyg‘u doim ham inja hislardan iborat emas. Bu gapning qanchalar haqiqat ekanligiga mazkur asar mutolaasidan keyin yana bir bor amin bo‘lamiz. Nafsiga erk bergan, aslini maʼsumalik ortiga bekitgan ayol pirovardida fojiaga ro‘baro‘ bo‘ladi, bu, so‘zsiz, adolat tantanasidir. Zero, ezgulik hech qachon yo‘qlikka mahkum bo‘lmaydi!
978-9943-20-923-7
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammadbobur-muhiddinov-fazilatli-amallar-azhri-ulug-amallar
Muhammadbobur Muhiddinov: Fazilatli amallar, ajri ulug' amallar
Alloh taoloning rahmati shu qadar kengki, u hamma narsani qamrab olgandir. Rahmatining buyukligini aslida juda ham oddiy (nafsimizga yengil), ammo ulkan ajrga ega amallarni biz bandalari uchun joriy qilib qo‘yganidan ham bilsak bo‘ladi. Bu amallarning fazilati shu qadar ulug‘ki, uni hatto tasavvur ham qila olmaysiz. Kitobni o‘qish davomida bunga amin bo‘lasiz. Ushbu kitobda vaqt va inson hayotining muhimligi, inson umri nimaga sarflanishi tahlili, oxiratga tayyorgarlik, bir necha soniya yoki daqiqalar talab qiladigan baʼzi solih amallar haqida so‘z boradi. Mazkur moʻjazgina risola Alloh roziligini topish va dunyoyu oxiratimizni obod qilishda manfaatli bo‘lishini Allohdan so‘rab qolamiz.
978-9943-7581-4-8
280
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/syu-fancheng-konfuciilik
Syu Fancheng: Konfutsiylik
Ushbu kitobda xitoylik donishmand Konfutsiy asos solgan o‘ziga xos diniy-falsafiy oqim - konfutsiylik atroflicha tahlil qilinadi, uning manbalari, Konfutsiy, Yan-szi, Szen-si, Szi-si, Men-szi kabi yirik namoyondalari hayoti va ijodi, falsafiy qarashlari, ularning xitoy xalqi tafakkuriga ko‘rsatgan taʼsiri atroflicha tahlil qilingan. Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar, shu sohalarda dars beruvchi professor-o‘qituvchilar va falsafaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Tarjimon: Mirzaaxmedova Dilsora, Xitoy Markaziy Millatlar universiteti doktoranti
978-9943-6965-2-5
288
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-muhammad-tursin-rivoyatlar-kitobi
Аhmad Muhammad Tursin: Rivoyatlar kitobi
Muhtaram kitobxon! Bolaligimiz kechgan yillari ota-onalarimiz bizga tarbiya berish maqsadida aytib bergan ibratli hikoya va rivoyatlarni tez-tez qo‘msab qolaman, bitta-yarimta esda qolganini nabiralarimga so‘zlab beraman. Ammo bular dildagi armonlarga malham bo‘lolmasligini sezib, o‘sha rivoyatlarni to‘plab, qog‘ozga tushirishga kirishdim. Bir necha yillar mobaynida yozuvlar asta-sekin ko‘payib, nihoyat qo‘lingizda turgan ushbu «Rivoyatlar kitobi» yuzaga keldi. Unga turli davrlardagi voqealardan hikoya qiluvchi bir yuz ellikdan ortiq rivoyat kiritildi. Ushbu kitob bolalar tarbiyasi sohasida olib borilayotgan ishlarda qo‘l kelsa, farzandlarimizni yaxshilikka, ezgulikka, insofga, adolatga, pok eʼtiqodga chorlasa, axloq-odoblaridagi qusurlarni yo‘qotishda foydasi tegsa, musannif o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishgan bo‘lur edi. Kamoli ehtirom ila: Ahmad Muhammad Tursun
978-9943-7548-8-1
120
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mario-vargas-losa-shumtakalar
Mario Vargas Losa: Shumtakalar
Shumtaka so'zini eshitganda, tabiiyki, ko'pchilikning ko'z oldida yoshlik manzaralari gavdalanadi, xayolan umrning bu beg'ubor davriga sayohat qilgan bo'ladi. Sizga taqdim etilayotgan navbatdagi to'plam ,,Shumtakalar" deb nomlanadi. Kitobdan qissa, esse va hikoyalar o'rin olgan.
978-9943-6342-1-3
144
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/tuhtamurod-rustam-dengizni-kurmagan-odamlar
To'xtamurod Rustam: Dengizni ko'rmagan odamlar
Isteʼdodli adib To‘xtamurod Rustam nomi butun adabiyot ixlosmandlariga yaxshi tanish. Uning qalamiga mansub asarlar o‘ziga xosligi, yuksak badiiy saviyasi bilan yaqqol ajralib turadi. Mazkur to‘plamdan yozuvchining mashhur qissa va hikoyalari, "Dengizni ko‘rmagan odamlar" deb nomlagan romani o‘rin oldi. Ularda yoshlarning ko‘ngil kechinmalari, orzu-intilishlari, quvonch va iztiroblari yorqin, teran va taʼsirchan ifodalanadi. O‘quvchiga zavq-shavq ulashadi, hayot, mangulik haqida chuqur tafakkur qilishga undaydi.
978-9943-6752-3-0
548
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/askad-muhtor-buronlarda-bordek-halovat
Asqad Muxtor: Bo'ronlarda bordek halovat
Asqad Muxtorning ushbu qissasi yuzaki qaraganda hayot bo'ronlari, sahro bo'ronlari bilan yuzma-yuz turib, kurashib, yengib yashagan, sahro-cho'ldan oltin izlagan inson - Mardonqul Zargarov haqida yozilganday tuyuladi. Lekin asarni diqqat bilan o'qib chiqsangiz, unda asar yozilgan davrning bir qancha ijtimoiy muammolari ham ko'rsatilganligiga guvoh bo'lasiz. Bunga misol qilib ma'lum bir jinoyati uchun ozodlikdan mahrum bo'lib, o'z aybini xalq-yurt farovonligi yo'lida o'tashga harakat qilgan yoki o'z mansabidan foydalanib yurt boyligini talon-taroj qilayotgan insonlarning ham kirdikorlari ochib berilgan. Shuningdek, asarda asosiy e'tibor insonning qadr-qimmati. muhabbati, er-xotin munosabatlariga qaratilgan desak ham mubolag'a boʻlmaydi. Buni ushbu asardan yig'ilgan «Yon daftarga muhrlanuvchi bitiklar»da ham ko'rish mumkin.
978-9943-6126-9-3
320
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/usmon-turon-turkii-halklar-mafkurasi
Usmon Turon: Turkiy xalqlar mafkurasi
Dunyoda eng ko‘p imperiya qurgan va qurgan imperiyalari eng uzoq yashagan xalqlardan biri bu turkiylardir. Xush, buning sabablari nimada? Turkiyalik tarixchi olim, professor Usmon Turonning kulingizdagi Turkiy xalqlar mafkurasi» nomli tadqiqot kitobida shu va shu kabi o‘nlab, yuzlab savollarga javob izlanadi. Kitob bilan tanishib chiqar ekansiz, qariyb 2500 yillik tarix mobaynida turkiylar qurgan davlatlar, davlatlarning o‘ziga xos mafkuralari, turkiy xalqlarning eʼtiqodlari, shakl-u shamoyillari. urf odatlari, yozuvlari, boshqa xalqlar bilan munosabatlari to‘grisida ko‘pdan-ko‘p va Foyat qizikarli maʼlumotlarga ega bo‘lasiz.
978-9943-20-834-6
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/bokij-mirzo-kuzlaringni-sogindim-2-kitob
Boqiy Mirzo: Ko‘zlaringni sog‘indim (2 kitob)
Shoir va yozuvchi Boqiy Mirzoning bu asari kamolotga, hayotdan zavq-shavq, maʼnaviy ozuqa olishga intilayotgan yoshlar hayoti, psixologiyasi - xato va kamchiliklari, adashishlari, ularni to‘g‘ri yo‘lga yetaklagan sabrli, aql-zakovatli do‘stlar haqidadir. Kitob ravon, shoirona tilda yozilgan. Qahramonlar hayoti haqidagi voqealarni o‘qishga zavq bilan berilib ketasiz. Adashganlarning o‘z yo‘lini topishi, oilasini mustahkamlash uchun qilgan harakatlarini olqishlagingiz keladi.
978-9943-977-36-5
240
2015
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-ajtmatov-iyomat-yaa
Chingiz Aytmatov: Qiyomat
Қиёмат... Бу сўз бутун оғриғи билан онгимизга таъсир кўрсатади. Чингиз Айтматов ном берган ва Иброҳим Ғафуров таржимаси би­лан нашрга тайёрланган мазкур китобнинг аҳамияти хусусида гaп кетганда, асарнинг «Қиёмат» деб номланишида бир эмас, бир нечта асос борлигини таъкидлаш керак. Чунончи, Акбара билан Тошчайнар тимсолида бир жуфт бури ва унинг зурриётлари қисматининг фожеий якуни; умматларига бахт ато этиш учун курашган, алалоқибат айнан ўша бахт улашмоқчи бўлганлар томонидан рад этилган ҳазрати Исонинг чормихга тортилиши; ўзларини жамиятнинг олди кишилари деб билган, аслида эса маънан нопок кишиларга қарши сўз айтгани учун Мўйинқум даштида дарахтга чормих қилиб тортилган Авдий Каллистратовнинг фожиали ўлими; Ола Мўнгу тоғидаги тубсиз жарликка оти билан тушиб кетган ва хатто кафансиз қолган Эрназарнинг қисмати; қўрқув ва тахдиканинг зўридан Кенжашни олиб қочаётган Акбарани отаман деб аслида ўз жигарпорасининг бағрини ўқ билан илма-тешик қилиб юборган Бўстон Ўркунчиев тақдири - буларнинг бари китобхон қалбини ларзага солмай кўймайди.
978-9943-27-593-5
null
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/ael-kismatidan-kissalar-tuplam
Ayol qismatidan qissalar: to'plam
Ushbu kitobdan Sharqning uch mamlakatida ayol zotiga, ayol qismatiga bo‘lgan munosabat aks etgan uchta asar joy olgan. Mazkur asarlar turli mualliflar tomonidan, turli davrlarda, turli tillarda bitilgan. Ammo mavzu bir, mohiyat ayni, taqdirlar o‘xshash. Albatta, bu bilan qaysidir elni, qay bir mamlakatdagi tuzum yoki tutumlarni ayblash fikridan yiroqmiz. Ammo bu asarlarni o‘qish asnosida xalqimizning «birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil» maqoli esga tushsa ajab emas. To'plovchi va tarjimon Rustam Jabborov
978-9943-20-925-1
336
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/boqij-mirzo-tillafurush-2
Boqiy Mirzo: Tillafurush 2
"Тиллафуруши" романининг 2-китобида қаҳрамонлар ўртасидаги кураш давом этадн. Тўғри йўлдан адашган, замоннинг энг қайноқ тушунчаларини ўзида шакллантира олмаган, бойлик ва кибру ҳавога ружу қўйганлар азоби, бошга тушган кўргуликлари ҳаётий ҳақиқатлардан чекинмаган ҳолда кўрсатиб берилган. Китоб-хон улар оламига кириб борар экан, ўз умрининг олтин дақикалари-ни эл-юрт ободлиги, ватан фаровонлиги, мустакил юртда кечаётган ўз турмушини сермазмун ўтиши учун зарур хулосаларга келади. Азиз китобхон! Роман воқеалари билан танишиб, ўз ва дўстларингиз хатолари, камчиликлари ҳақида мулоҳазалар юритншингиздан умидвормиз.
978-9943-328-22-8
240
2011
https://asaxiy.uz/uz/product/holid-ertugrul-aisel
Xolid Ertug'rul: Aysel
Kitobxonlardan har kuni ko‘plab maktublar, telefon qo‘ng‘iroqlari va xabarlar olaman. Ularning izohlari, tavsiyalari va biz bilan baham ko‘rgan ibratli hayot hikoyalaridan xursand bo‘laman, chunki har bir munosabat yangi kitoblarimiz uchun “masalliq” bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lingizdagi «Aysel» kitobi ham bizga yuborilgan ajoyib va sirli maktub asosida yozildi. Ushbu maktub o‘lim to‘shagida bitilgan. Unda ruhiyati abgor bo‘lgan, og‘ir kasallikka chalingan va xayollari parishon bir insonning yuraklarni dog‘lovchi hayot hikoyasi bayon etilgan. Insoniy munosabatlar, yoshlar bilan bog‘liq muammolar va ommaviy zavol masalalari ko‘tarilgan mazkur kitobda o‘z joniga qasd qilish darajasiga kelib qolgan qizning boshiga tushganlari haqida so‘z boradi. Bo‘lgan voqealarga asoslangan ushbu kitob bir shox asar dunyoga keltirish niyatida yozilmadi. Shu sababli qissa yoki romanga o‘xshash asar deb uylanmasligi kerak, uning o‘ziga xos uslubi bor. Unda didaktik unsurlarga urg‘u berilib, pand-nasihat jihati kuchaytirishga harakat qilingan. Kitobga ana shu nuqtai nazardan karashni, uni qissa yoki roman mezonlari bilan baholamaslikni so‘raymiz. Kitobning auditoriyasi - keng omma. Buning uchun qisqa jumlalar va sodda uslubdan foydalanildi. Matn yozilayotganda mukammallikka emas, tushunish oson bo‘lishiga eʼtibor qaratildi. Kitoblarimizda o‘xshash mavzular nega tez tez ko‘tarilishi xayolingizga kelishi mumkin. Buning ikkita sababi bor: birinchidan, bayon etilgan voqealar hayotiy bo‘lgani bois qanday yuz bergan bo‘lsa, shunday hikoya qilingan. Yanada boyitish uchun o‘zgartirish kiritilmagan; ikkinchidan, kitobning mavzusini tashkil etgan voqealar yoshlarning axloqiy qadriyatlarini mustahkamlovchi, o‘quvchilarning o‘zlari bilan yuzlashishiga vasila bo‘luvchi xususiyatga ega. Hayotiy voqealar tanlanishining sababi ham shu. Yuraklarning chidashi qiyin bo‘lgan bu hislar oqimi qalbimizda yangi umidlar unishiga turtki berish tilagi bilan Xolid Ertug‘rul
978-9943-8026-2-9
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/guruglining-tugilishi-halk-ogzaki-izhodi
Go'ro'g'lining tug'ilishi. Xalq og'zaki ijodi
«GO‘RO‘G‘LI» — xalq og‘zaki poetik ijodi yodgorligi. Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo va Jan. Kavkaz xalqlari orasida keng tarqalgan qahramonlik eposi, dostonlar turkumi. Turkumga birlashgan dostonlar turli davrlarda yaratilgan. Ulardan ayrimlarining ildizlari bir yarim-ikki ming yil ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Bu dostonlar taxminan 17-asrdan boshlab bir turkumga birlasha boshlagan. "Go'ro'gli" turkumiga kiruvchi barcha dostonlar muayyan mustaqillikka ega. Ular og‘zaki epik anʼanada yakka-yakka ijro etiladi hamda eshituvchi va kitobxon ularning har birini alohida asar sifatida qabul qiladi. Ammo bu silsila dostonlar GO‘RO‘G‘LI obrazi, uning doimiy yo‘ldoshi G‘irot, epik ozodlik o‘lkasi Chambil yurti, anʼanaviy obrazlar Soqibulbul, Hasan Ko‘lbar, Ahmad Sardor kabilar orqali bir-birlari bilan o‘zaro birlashadi. «GO‘RO‘G‘LI» dostonlarini shartli ravishda 2 katta guruhga bo‘lish mumkin: Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharq versiyalari (ozarbayjonlar «Ko‘ro‘g‘li»si asosida yaratilgan arman, gruzin, turk, kurd va b.) va Markaziy Osiyo versiyalari (o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tojik va b.). Barcha versiyalar mavzui asosini ozodlik, adolat va xalq baxt-saodati yo‘lida kurashuvchi bahodir GO‘RO‘G‘LI (Markaziy Osiyo versiyasida) yoki Ko‘ro‘g‘li (g‘arbiy versiyasida)ning jasoratlari tashkil etadi.
978-9943-7552-0-8
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/rashod-nuri-guntekin-otash-kechasi
Rashod Nuri Guntekin: Otash kechasi
Qo‘lingizdagi roman Rashod Nuri Guntekinning eng mashhur asarlaridan biridir. Roman qahramoni nihoyatda go‘zal, pokiza, lekin baxtsiz Afifani qattiq sevib qoladi, uning ishqida o‘rtanib kuyib-yonadi. Asar qahramonlarining ishq iztiroblari, dardu hasratlari kitobxonni befarq qoldirmaydi, go‘zallikka, muhabbatni qadrlashga chorlaydi.
978-9943-08-949-5
368
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shoniez-meliboev-chaen
Shoniyoz Meliboyev: Chayon
Bir qarashda ushbu qissa qahramonlari sizga tanish kishilardek... Lekin asarni o‘qish asnosida ularning sirli, jumboqli harakatlariga guvoh bo‘la borasiz. Sodda kelinchak Oyjamolga qo‘shilib, bularning barchasiga javob izlaysiz. Voqealar rivojidagi kutilmagan holatlar, keskin burilishlar sizni o‘ziga rom etishi aniq.
978-9943-6190-9-8
288
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ikbol-mirzo-zarb
Iqbol Mirzo: Zarb
Zamonamiz qahramoni kim? Uni qaydan izlash kerak? Uning bugungi qiyofasi qanday bo‘lishi lozim? Bu kabi qo‘shqavat savollar ko‘pdan beri yozuvchilarimizni o‘ylantirib kelayotgani bor gap. Qahramon deganda aql bovar qilmas mardlik namunalarini ko‘rsatgan, tog‘larni qo‘porib, to‘fonlarni to‘xtatgan yoki bugun dunyo badiiyatida urf bo‘lganidek, insoniyatni halokatdan asrab qolgan arslonkelbat shaxs ko‘z oldimizga kelishi va shu sababdan ham uning chizgilarini yaratish muayyan mushkulotlarga ro‘para qilishi tayin. To‘g‘ri, har kimning qarichi o‘zi bilan. O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo esa biz izlagan qahramonni shundoq yonginamizda yelkama-yelka yashayotgan odamlar orasida ko‘radi. Ana shunday yurtdoshlarimizdan biri Rustam Majidov “Zarb” qissasi qahramonidir. U o‘z qatʼiyati, irodasiga suyanib qanchadan-qancha mashaqqatlarni yengib o‘tadi. Aziz Rahmonov kabi o‘smir shogirdlarini to‘g‘ri yo‘lga solib, dunyo arenasi shohsupasigacha olib chiqadi. Qarangki, birgina shaxsning sharofati bilan bugun dunyo sporti lug‘atida “Rapqon boks maktabi” degan atama paydo bo‘ldi. Ha, insonning beminnat zahmati hech qachon ko‘chada qolmaydi. Ko‘plab Osiyo va jahon chempionlari murabbiyi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, Xalqaro toifadagi AIBA hakami, senator Rustam Majidov el orasida ham “Rustam pahlavon” deb eʼzoz topgan. Aziz o‘quvchi! Yon-veringizga qarasangiz, Vatan va millat uchun sidqidildan xizmat qilayotgan oddiy odamlarni ko‘rasiz. Zamon qahramonlari shular emasmi? Balki, Siz ham ana shu fidoyilar toifasiga mansubdirsiz. Muhimi, bu imkon o‘zingizning qo‘lingizda. Kitobni o‘qib chiqqaningizdan so‘ng bir xulosaga kelarmiz...
978-9943-5161-5-1
192
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-muhammad-tursun-muminning-akidasi
Ahmad Muhammad Tursun: Mo'minning aqidasi
Bu asarga aqida bobida eng moʻtabar manbalardan sanalgan misrlik atoli olim Abu Jaʼfar Varro Ahmad ibn Muhammad Tahoviyning "Aqiydatut Tahoviya" asari asos qilib olindi. Ushbu asarning matnini imom Tahoviy bundan qariyb o‘n bir yarim asr muqaddam yozganlar. Oradan taxminan besh asr o‘tganidan so‘ng Abul Izz Hanafiy o‘sha matnni sharh qilganlar. Bundan o‘n yilcha oldin ustoz Muhammad Anvar Badaxshoniy Abul Izz Hanafiyning sharhini talxiys qilganlar. Yaʼni, asarning mazmuniga futur yetkazmagan xolda tafsilotlarini qisqartirib, ixchamlashtirgan.
978-9943-7581-2-4
216
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abduzhabbor-obidov-buyuk-shosh-ehud-kuhna-toshkand-devori
Abdujabbor Obidov: Buyuk Shosh yohud ko‘hna Toshkand devori
Toshkent o‘zining ko‘hna o‘tmishi va bugungi kundagi nufuzi bilan nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuradigan mehmonlarning diqqat eʼtiborida. Yozuvchi Abdujabbor Obidovning «Ko‘xna Toshkand devori» romani bu borada juda ahamiyatli. Jonajon poytaxtimiz tarixi, XVIII asrdagi odamlar hayoti, mexnat-u mashaqqatlari, kuvonch-u shodliklari, hokimlari Yunusxo‘ja boshchiligida hudud devorini qayta qurish, taʼmirlash va o‘n ikki darvozasi bilan bog‘lik bunyodkorlik ishlari xususida. Muallif shaharning tabiati, ko‘cha-mahallalari, suv-ariqlari, hovuzlari, bog‘-rog‘larining o‘ziga xos go‘zalligi, maʼmuriy tuzilishi, chorxokimlikdagi nizolar, aholining kasb-kori, etnik tarkibi, urf-odatlari hamda maʼnaviy dunyoqarashiga doir muhim tarixiy maʼlumotlarni turli feʼldagi badiiy obrazlari orqali ishonchli tarzda ochib bergan.
978-9943-7077-7-1
316
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/yan-parandovskii-suz-kimesi
Yan Parandovskiy: So'z kimyosi
Yan Parandovskiy (1895-1978) polyak adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri. «O‘t tutashgan osmon», “Mifologiya”, «Olimpiya doirasi» kabi asarlari, shuningdek, Oskar Uayld to‘g‘risida «Hayot qiroli» va Petrarka to‘g‘risida «Petrarka» romanlari, hikoya va esselari bilan mashhur. Biroq u badiiy asarlari bilan emas, balki ko‘proq Ilmiy-ommabop asarlari hamda biografik romanlari tufayli shuhrat qozongan. Adibning eng mashhur asari «So‘z kimyosi» bo‘lib, unda adabiyotning betakror olami qiziqarli tarzda ochib berilgan. O‘nlab tillarga tarjima qilingan asar kitobxonga adabiyotni chuqurroq tushunishda juda katta yordam beradi. «So‘z kimyosi» - o‘n uch bobdan iborat bo‘lib, uning “Muqaddimasi” bilan dastlabki ikki bobini Ozod Sharafiddinov, qolgan o‘n bobini Mirzaali Akbarov o‘zbek tiliga o‘girgan.
978-9943-20-642-7
464
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/namoz-dinning-ustuni
Namoz dinning ustuni
/h2>
978-9943-7002-6-0
104
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sirozhiddin-saiiid-matonat-manzumasi-kirill
Sirojiddin Sayyid: Matonat manzumasi (kirill)
Mazkur kitobdan shoirning so‘nggi o‘zgarishlarga munosabati, dil izhori, qalb kechinmalari aks etgan sheʼrlar, maqolalar, manzumalar o‘rin olgan. Xususan, kitobning "Suv keltirgan elda aziz" faslida yillar davomida ichimlik suviga tashna  bo‘lgan boysunliklarning shukronasi, xursandchiligi o‘z aksini topgan.
978-9943-5567-6-8
272
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/ishokzhon-muhammadzhon-ugli-talim-va-tarbiya
Is'hoqjon Muhammadjon o'g'li: Ta'lim va tarbiya
Mazkur kitobda tolibi ilmlar uchun turli fanlar yuzasidan zarur ilmlarga ega bo‘lishlari va shu bilan birga, tarbiya olishlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar berilgandir. Taʼlim va tarbiya borasidagi maʼlumotlarni bir-biridan ayri holda tasavvur qilish mumkin emas. Bu ikkisi bir jasaddagi bel va qorin kabidir. Biri ikkinchisisiz hech narsaga yaramaydi, balki noqis va majruh bo‘ladi. Buning isboti va natijasini esa voqelikda har qadamda uchratish mumkin. Shuning uchun ham dunyo miqyosida insoniyatning, xususan, yoshlarning tarbiyasi buzilib ketayotgani to‘g‘risida tez-tez tashvishli xabarlar tarqatiladi va bu borada odamni dahshatga soladigan raqamlar taqdim qilinadi. Vaholanki, dunyo misolida oladigan bo‘lsak, XX-XXI asrlarda avvalgi asrlardagiga nisbatan savodsizlikka qarshi keskinroq choralar ko‘rildi, taʼlim tizimi kuchaytirilib, takomillashtirildi. Umumiy taʼlim kirib bormagan yurt deyarli qolmadi. Hattoki baʼzi mamlakatlar aholisi ilm-fan bo‘yicha inson ko‘zi ko‘rmagan, qulog‘i eshitmagan yutuq va taraqqiyotlarni qo‘lga kiritdi. Lekin asosiy ko‘zlangan maqsadga erishilayotgani yo‘q. Shuning uchun ham ilm-fan rivojlangan mamlakatlarda tarbiyasizlik, axloqsizlik, maʼnaviyatsizlik, oriyatsizlik, madaniyatsizlik va hattoki inson zotiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan illatlar kundan-kunga keng ko‘lamda yoyilib boryapti. Albatta, buning sabablari ko‘p. Shulardan biri va eng asosiysi “tarbiya” degan buyuk bir neʼmatdan, masʼuliyat va vazifadan yuz o‘girilishidir. Voqelikdan kelib chiqib ayta olamizki, faqat taʼlimning o‘zi insoniyatning har taraflama yetuk va komil bo‘lishiga kifoya qilmaydi. Yaʼni inson tarbiyasiz bo‘lsa, o‘zi ega bo‘lgan taʼlimidan ezgu yo‘lda emas, balki yovuzlik va jinoyat yo‘lida foydalanishi mumkin. Shuning uchun ham bizning shariatimizda hech qaysi fan tarbiyadan ayri holda o‘rgatilmagan. Misol uchun, tafsir, aqoid, hadis, fiqh, mantiq, balog‘at, tarix, hattoki arab tili darsligi ham doimiy holda oyat va hadislarda kelgan tarbiyaviy maʼlumotlar bilan boyitilgan. Ijtimoiy va aniq fanlar uchun mo‘ljallangan darsliklar ham albatta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar va hujjatlar bilan quvvatlangan. Masalan, matematika, fizika, kimyo, geografiya, biologiya, zoologiya va hokazo, barcha fanlardagi maʼlumotlar, albatta, shariat manbalari bo‘lmish Qurʼon va hadisga bog‘lash va ulardan dalillar olish va buyuk allomalarning hayotlaridan tarbiyaga oid misollarni keltirish bilan quvvatlangan. Shuning uchun ham madrasalarda tarbiya, axloq-odob, madaniyat va maʼnaviyatga tegishli alohida fan va darslik bo‘lmagan, balki bunga ehtiyoj ham qolmagan. Chunki har qanday fan va ushbu fandan taʼlim berayotgan ustoz tarbiyaviy jihatdan qoniqarli, balki aʼlo darajada bo‘lgan. Mazkur mulohazalarni eʼtiborga olib, faqatgina taʼlim to‘g‘risida emas, balki uning ajralmas qismi bo‘lmish tarbiya to‘g‘risida ham imkon qadar maʼlumotlar keltirildi. Ushbu kitobda qalb va unga tegishli bo‘lgan ijobiy va salbiy holatlar to‘g‘risida, qolaversa, qalbga bo‘ladigan tashqi va ichki taʼsirlar, hujumlar, tajovuzlar va yana boshqa narsalar to‘g‘risida ham maʼlumotlar berildi. Buning boisi shuki, qalb barcha maʼlumotlar, xususan, ilm-maʼrifat, axloq-odob, taʼlim va tarbiyaning makonidir. Shuning uchun ham qalbni turli illatlardan tozalamasdan turib, go‘zal fazilatlarga erishib bo‘lmaydi. Ushbu kitobda buning ham yo‘l-yo‘rig‘i va baʼzi bir uslublari yoritilgan.
978-9943-5112-1-7
568
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/hudoiberdi-tuhtaboev-kuenlar-saltanati
Xudoyberdi To‘xtaboyev: Quyonlar saltanati
null
978-9943-57-048-1
248
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/kurbonlikka-oid-dolzarb-savol-zhavoblar
Qurbonlikka oid dolzarb savol-javoblar
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam O‘zlarining muborak hadislaridan birida "Ey odamlar! Har bir (boy) xonadon ahli zimmasida har yili qurbonlik qilish majburiyati bordir", - deya marhamat qilganlar. Hanafiy mazhabi ulamolarimiz qurbonlik qilish oqil, muqim, yaʼni safarda bo‘lmagan va garchi bir yil aylanmagan bo‘lsada, zakot nisobiga ega bo‘lgan musulmon shaxsga vojib bo‘ladi, deyishgan. Ushbu moʻjazgina risolada qurbonlikka oid eng zarur ahkomlar bayon qilingan. Shu bilan birga, hozirgi kunda hamyurtlari miz tomonidan eng ko‘p so‘ralayotgan savollarga manbalarga asoslangan holda, qisqa va xalqchil tarzda javob berilgan.
978-9943-7102-9-0
80
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-muhammad-tursun-amir-temur
Ahmad Muhammad Tursun: Amir Temur
«Azon kitoblari» nashriyoti «Dunyoni tebratgan buyuklar» rukni ostidagi navbatadagi risolani sizlarga taqdim etmoqda. Ushbu kitobcha turk zaminining ulug‘ sarkardasi, matonatli sohibqiron, jahondagi ulkan saltanatlarning biriga asos solgan salohiyatli davlat arbobi Amir Temur Ko‘ragonning hayoti, harbiy yurishlari, insoniy fazilatlari va temurzodalar davlati tarixi haqida hikoya qiladi.
978-9943-6618-6-8
120
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/sirozhiddin-saiiid-matonat-manzumasi-lotin
Sirojiddin Sayyid: Matonat manzumasi (lotin)
Mazkur kitobdan shoirning so‘nggi o‘zgarishlarga munosabati, dil izhori, qalb kechinmalari aks etgan sheʼrlar, maqolalar, manzumalar o‘rin olgan. Xususan, kitobning "Suv keltirgan elda aziz" faslida yillar davomida ichimlik suviga tashna  bo‘lgan boysunliklarning shukronasi, xursandchiligi o‘z aksini topgan.
978-9943-5567-6-8
272
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/zhadid-adabieti-namoendalari-usmon-nosir-2
Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulhamid Cho'lpon
Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o‘z o‘quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo‘q. «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topadi.
978-9943-7070-0-9
336
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/isokzhon-nishonov-okshom-fozheasi
Isoqjon Nishonov: Oqshom fojeasi
Isoqjon Nishonov 1954 yil O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Shaxand qishlog‘ida, kolxozchi oilasida tug‘ilgan.Isoqjon Nishonov 2000 yildan boshlab ijodiy ishlarga kirishgan. Uning birinchi hikoyasi tuman gazetasida chop etilgan. Shundan so‘ng u ko‘plab kichik hajmli hikoya va povestlar yozgan. “Afg‘on shamoli” – uning birinchi serial-romanidir. Mazkur kitob 15 tomdan iborat bo‘lib, bugungi kungacha uning 12 tomi chop etilgan.Quyida sizga yozuvchining "Oqshom fojeasi" asarini taqdim etamiz.
978-9943-4748-2-8
208
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/zhadid-adabieti-namoendalari-usmon-nosir
Jadid adabiyoti namoyondalari: Usmon Nosir
Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o‘z o‘quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo‘q. «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topadi.
978-9943-7070-1-6
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mahmud-hasanii-tabobat-durdonalari
Mahmud Hasaniy: Tabobat durdonalari
«Tabobat durdonalari» nomini olgan bu nashrga «Hakimlar hikoyati» va «Tabobat xazinasi durdonalaridan» kitoblarining keyingi nashrlari to‘ldirilgan holda kiritildi. Kitobni nashrga tayyorlashda kitobxonlardan tushgan takliflar eʼtiborga olinib, u birmuncha mukammallashtirildi. Chunonchi, izohlar kengaytirildi, dorivor moddalar nomi arab, fors, o‘zbek va rus tillarida berildi. Bu esa shu dorivor moddalar haqida maʼlumot olishni osonlashtiradi. Kitobdagi dorivor moddalarga keng izoh berish kitob hajmini kengaytirib yuborar edi. Shu bois ular haqida to‘laroq maʼlumot olish oson bo‘lsin degan niyatda har bir dorivor moddaning Ibn Sino va Beruniyda uchraydigan raqamlarini ko‘rsatib bordik. Bundan tashqari, kitob nihoyasida dorivor moddalar hamda kasallik nomlari ko‘rsatkichi ilova qilindi. Bu ham o‘quvchiga kitobdan foydalanishni osonlashtiradi. Masalan, halila degan nom kitobning o‘n yerida uchraydi. Biz faqat bir joyda izoh berganmiz. Qolgan yerdagisini o‘quvchi bilmasligi mumkin. Shunda u kitob oxiridagi «Dorivor moddalar ko‘rsatkichi»ga qaraydi va “h” harfini topib, u yerdan halilani qidiradi va izohni osongina topadi. O‘lchov birliklari jadvali ham kitob oxirida berildi. Mahmud Hasaniy
978-9943-4496-5-7
472
2014
https://asaxiy.uz/uz/product/dinara-muminova-azhoiib-kaktus
Dinara Muminova: Ajoyib Kaktus
Dinara Muminova: Ajoyib Kaktus
978-9943-4348-3-5
28
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ilhom-ganiev-millat-va-ahlok
Ilhom G'aniyev: Millat va Axloq
Ushbu kitob komil inson sog‘inchi g‘oyasi bilan to‘yingan. Unga asos qilib, milliy g‘oya, qadimiy maʼnaviy sarchashmalarimiz, Sharqu G‘arb mutafakkirlarining hikmatlari olingan. Maqsad taraqqiyotning yangi bosqichida millat axloqini saqlab qolishdir. Koinot gultoji - Inson maʼnaviy-ruhiy olamini yana-da boyitish, uni buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, ezgulikka chorlash. Umid qilamizki, kitob o‘quvchini befarq qoldirmaydi va millatparvarlik, ulug‘ bashariy g‘oyalarga muhabbat uyg‘otib, yosh avlodga ruhiy quvvat beradi. Kitob filolog va tarixchi, sotsiolog va psixolog, pedagog-mutaxassislar, ijodkor ziyolilar, shuningdek, barcha millatparvarlarga mo‘ljallangan.
978-9943-7733-5-6
740
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zahiriddin-muhammad-bobur-kuzidin-boshda-havodur
Zahiriddin Muhammad Bobur: Ko'zidin boshda havodur
Bobur ijodiy merosi bilan tanish kitobxon uning ohanrabosi, go‘zalligini yaxshi his qiladi. Darhaqiqat, Zahiriddin Muhammad Bobur shoh va shoir o‘laroq "toleʼ yo‘qi", yaʼni baxtsizligidan faryod cheksada, o‘sha iztiroblari uning go‘zal sheʼriyatiga asos bo‘ldi. Temuriylar saltanatining munosib vakili bo‘lgan, otasining vafotidan so‘ng juda erta yoshida taxt vorisi qilib tayinlangan Boburning keyingi hayoti tahlikalar bilan o‘tdi, atrofida ro‘y berayotgan malomatlar uni nihoyatda toliqtirdi. Vatanidan mosuvo bo‘lgan, lekin undan umidini uzolmagan shoir hasratlari, ko‘nglining nidolari g‘azallariga ko‘chdi. Eʼtiboringizga havola etilayotgan mazkur to‘plamga ham biz Zahiriddin Muhammad Bobur ko‘ngil mulkining go‘zal namunalarini jamladik. Kitob mutolaasi dilingizga manzur bo‘lishiga ishonamiz.
978-9943-6870-4-2
160
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/ramazon-kundaligim
Robia Muhammad Rizo qizi: Ramazon Kundaligim
"Ramazon kundaligim" - qanday kundalik? Bolajonlarga Ramazon oyi uchun maxsus ishlab chiqilgan mashg‘ulot kitobchasi. O‘zida turli xil o‘yinlar, boshqotirmalar, qiziqarli maʼlumotlarni jamlagan va bir qancha kutilmagan sovg‘alar yashiringan. 🎁 Bu kundalik bolajonlarimizga Ramazon oyi uchun eng qiziqarli, manfaatli va sevimli sovg'a bo'lishiga aminmiz!
null
64
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/shavkat-azizov-darding-menga-darmondir
Shavkat Azizov: Darding menga darmondir
Samimiyatga yo‘g‘rilgan mazkur kitobchada muallif o‘z bolaligi, xotirasiga nur berib turgan o‘smirlikning tiniq lahzalarini ommabop tarzda tasvirlaydi. Muallif bolalikdagi o‘zgacha hayot, odamlar orasidagi oqibat va tantilik tushunchalarini bugungi kunimizda muhim ahamiyat kasb etib bo‘lgan, hayotimiz tarziga aylanib borayotgan nomaqbul hodisalar bilan qiyoslaydi. Oiladagi buyuk tarbiya, ko‘cha-ko‘ydagi mehr-oqibat, insonlar orasidagi samimiy munosabatlar nega yo‘qolib bormoqda? Axir muallifning o‘spirin yillari o‘tganiga hali juda ko‘p bo‘lmadi-ku, nahotki, shu vaqt oraligida bizlar shunchalar o‘zgarib ketdik? Bugunda zamondoshlarimizni o'ylantirayotgan muammolar yozuvchi tomonidan o‘ziga xos uslubda bayon etilgan. Kitob barcha o'quvchilarimizga manzur bo'ladi degan umiddamiz.
978-9943-5851-6-3
80
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/komil-sindarov-dorihonadagi-kotillik-kattik-mukova
Komil Sindarov: Dorixonadagi qotillik
Komil Sindarov - o‘quvchilarga dastlab shoir sifatida tanilgan muallifni bugun o‘zbek kitobxonlari yaxshigina detektiv ustasi sifatida bilishadi. "Qimmatga tushgan xato", "Temuriylar kutubxonasining siri", "Amirlikning oltin taxti izidan", kitoblari o‘tgan yillar mobaynida "O‘zbek detektivi" ruknida chop etilib, keng kitobxonlar ommasida iliq qarshi olingan. Mazkur yangi kitob - "Dorixonadagi qotillik" ham detektiv janrida bo‘lib, hayotiy haqiqatlarni ov va qora ranglarda yaqqol tasvirlaydi. Sindarov qahramonlarini yaxshi yomon, deb ajratmaydi, o‘quvchi mutolaa jarayonida fikrlaydi, mulohaza qiladi, atrofida sodir bo‘layotgan voqealarni jonli tasvirlarda ko‘radi va nihoyatda, o‘zi xulosa qiladi.
978-9943-20-780-6
288
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/dilnoza-murodova-umidli-yulduzlar
Dilnoza Murodova : Umidli yulduzlar
O‘zbek sheʼriyatiga o‘z so‘zi, o‘z ovozi bilan kirib kelayotgan yosh isteʼdodlar orasida Dilnoza Murodova ham bor. Dilnozaning yozganlari o‘zi kabi samimiy: taqliddan yiroq, davr bilan hamnafas va ustozlar ijodidan tasvirlangan ruhda yozilgan satrlar So‘zlarimizga ushbu kitobchaga jamlangan sheʼrlarni o‘qigach, o‘zingiz ham guvoh bo‘lasiz.
978-9943-9143-9-1
96
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/sirozhiddin-saiiid-millii-hurriyat-adabieti
Sirojiddin Ahmad: Milliy hurriyat adabiyoti
Ushbu risolada o‘tgan XX asr 20-30 yillar adabiyoti va matbuotida chop etilgan adabiy-badiiy va publitsistik asarlar sirasida xalqimiz o‘z milliy davlatchiligini qurish, milliy o‘zligini saqlab qolish, milliy qarama-qarshi turish, milliy manfaat uchun kommunistlar hokimiyatiga qarshi harakat haqida hikoya qilinadi. Risola o‘zbek adabiyoti va milliy istiqlol tarixi bilan qiziqqan kishilarga mo‘ljallangan. Kitobdagi tarixiy voqea va hodisalar 20 yillar matbuoti materiallari va shu kungacha xalq ko‘zidan maxfiy tutilgan va oshkora manbalar asosida yozildi.
978-9943-5443-6-9
268
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/aydin-hiz-mening-kunglim-bir-qushdir
Aydin Hiz: Mening ko‘nglim bir qushdir
Xoja Ahmad Yassaviy shaxsi bilan yaqindan tanishish, uning taʼlimoti haqida bilishni istaganlar uchun ushbu asar taʼsirchan manbadir. Asarni mutolaa qilar ekansiz, sabr, kamtarlik, pushaymonlik, ruhiy kamolotga yetishish kabi tushunchalarni chuqurroq anglay borasiz. Turkiy davlatlar yetakchilari va turkiy qabilalarning Xoja Ahmad Yassaviy shaxsiga hurmati, munosabati, ushbu Donishmand shaxsning turkiy tilli xalqlar ichida islomni yoyish borasidagi hissasi kabi tarixiy masalalar yoritilgan ushbu asar oxirgi sahifasiga qadar sizni hayajonga soladi. O‘rta Osiyoning jug‘rofiy tasviri o‘quvchini ana shu zamonga bevosita sayohatga eltadi, o‘sha davr muhitiga singdiradi. Darhaqiqat, Xoja Ahmad Yassaviyning bag'rikenglik va mehr-muhabbat ila o‘z zimmasiga olgan vazifalari umuminsoniylikka daʼvatdir. Sunnat ermish kofir bo‘lsa, berma ozor, Ko‘ngli qattiq dilozordan Xudo bezor
978-9943-8756-9-2
336
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmadzhon-meliboev-sherlari-uziga-uhshagan-shoir-2
Ahmadjon Meliboyev: She'rlari o'ziga o'xshagan shoir
Sheʼr - ko‘ngil mulki. Qiyomiga yetgan kuyma satrlar bir ko‘ngilda tug‘ilib, ming ko‘ngilga yo‘l oladi, maʼnaviy mulkka aylanadi. Unda shoirning nozik his-tuyg‘ulari, qalb iztiroblari, orzu-umidlari, dard-armonlari o‘z mujassamini topadi. Shu bois ham har bir sheʼrda, eng avvalo, shoirning o‘zini, ichki dunyosini ko‘rish mumkin. Shoirni tanish uchun uning sheʼrini uqish kerak. Azim Suyun o‘ziga, qalbida yetilib, qalamidan sheʼrlariga juda-juda o‘xshar edi. Sheʼrlari kabi hissiyotli, hayqiriqli, shiddati tog‘ daryosiday ammo serjilo ijodkor edi. Ushbu bitiklarni o‘qib, bunga siz ham amin bo‘lasiz.
978-9943-6562-1-5
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmet-batman-sovuq-qahva
Ahmet Batman: Sovuq qahva
Ushbu kitob baʼzi narsalarning ibtidosi bo‘lishi mumkin. Ko‘zimizdagi pardalarni ko‘tarishi yoki aksincha, ko‘zlarimizni ko‘r qilishi ehtimoli bor. Har ibtido singari, sof orzular quramiz. Borligimizning badali baʼzi narsalarning ibtidosiga vasila bo‘lishdir balki. Umid qilamanki, sahifalarda o‘z aksingni topasan. Baʼzan oshiq bo‘lgan paytlaringni, yoshlikdagi muammolaringni, baʼzan esa ota-onangning qadrini ko‘rasan bu satrlarda. Aslida har satr bir jumladir, sen esa o‘z jumlangni qalbingda saqla. Nima bo‘lishidan qatʼiy nazar, o‘zingni ehtiyot qil. Takror-takror o‘qishingga tilakdoshman...
978-9943-8281-2-4
248
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/zafar-diyor-kitob-mening-dustimsan
Zafar Diyor: Kitob mening do'stimsan
Qisqagina umri davomida hamisha o‘zini bolalar kabi samimiy, beg‘ubor tuta olgan va aynan shu sifatlarini sheʼrlariga ham jo qilolgan adib Zafar Diyorning go‘zal ijodidan jamlangan mazkur kitob sizga muntazir. Undagi har bir satr barchamizga qadrli, undagi har bir jilo qalbimizni to‘lqinlantiradi, undagi har bir sheʼr qayta chorlaydi o‘ziga. Bolalikka qayta tashrifingiz mana shu kitobdan boshlansa, ne ajab. Barchangizga maroqli mutolaa tilaymiz!
978-9943-7390-5-5
80
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/chupchagim-chupchak-skazka-za-skazkoi-4
Cho‘pchagim-cho‘pchak (Сказка за сказкой) 4
Mazkur ertaklar o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotining eng sara namunalari hisoblanadi. Bir-biridan qiziqarli 20 ta ertak "Cho‘pchagim-cho‘pchak - Cказка за сказкой" nomi ostida 5 ta kitobga taqsimlanib, o‘zbek va rus tillarida chop etilmoqda. Ushbu nashrlarning bolajonlarga ajoyib sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz.
978-9943-5227-8-7
56
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/tur-heierdal-kon-tikida-safar
Tur Xeyerdal: Kon-Tikida safar
Ushbu «Kon-Tikida safar» kitobi dunyodagi ko'p xalqlar tiliga tarjima qilingan. Asarda norvegiyalik etnograf olim Tur Xeyerdalning besh sayohatchi hamrohi bilan birga oddiy palma yog'ochidan yasalgan (sol) qayiqda (1947-yil) Tinch Okeaniga chiqib, Peru orolidan Polineziya orollarigacha suzib borgani haqida hikoya qilingan. Mustaqillikdan so'ng erishgan yutuqlarimiz ichida eng hayratlanarlisi yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg'otish bo'ldi. Ayni ma'noda bu kitob yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo'lgan kishilarni irodali, e'tiqodli qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi hamda kishilarda birdamlik kayfiyatini uyg'otadi. Zero, «Kon-Tikida safar» romanida ochiq dengiz manzaralari va ana shu poyonsiz ummondagi qahramonlar har qanday qiyinchiliklarga barham berib o'z ko'zlagan manzillariga eson-omon yetib boradilar. Bu safardagi ramz-ishoralar kishi qalbini yoshartiradi, unda hayotga bo'lgan tashnalikni ikki hissa oshiradi. Aslida bu asar qaysidir ma'noda ko'ngil sari bir safar hamdir.
978-9943-20-602-1
272
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/namoz-ibodatining-fazilatlari-tartiblari-savoblari-odoblari-lotin
Namoz ibodatining fazilatlari, tartiblari, savoblari, odoblari (lotin)
"Namoz ibodatining fazilatlari, tartiblari, savoblari, odoblari" mavzusidagi ushbu qo‘llanma muqaddas Islom diniga qiziquvchi hanafiylik mazhabidagi iymon-eʼtiqodli keng jamoatchilik foydalanishi uchun tayyorlandi.
978-9943-5999-3-2
128
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/malika-kahramonova-talaffuz-kamchiliklarini-bartaraf-etish
Malika Qahramonova: Talaffuz kamchiliklarini bartaraf etish
Olimlarning fikricha, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar orasida 10-25 foizgacha turli ko‘rinish va darajadagi nutqiy nuqsonlar kuzatiladi. Nutq nuqsonlari bola nutqi va tafakkurining yetarlicha shakllanmasligi, keyinchalik esa, bilimlarni mukammal o‘zlashtirishda salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Bunday holat bolalarga o‘z vaqtida logopedik yordam ko‘rsatishni taqozo qiladi. Mazkur qo‘llanmada nutqning shakllanish mexanizmlari, analizatorlararo bog‘lanishning ahamiyati, ularning shikastlanishi natijasida sodir bo‘lgan nutqiy kamchiliklar tasnifi yoritilgan. Talaffuzdagi kamchiliklari nafaqat alohida, balki boshqa nutqiy nuqsonlar oqibatida yuzaga kelgani bois qo‘llanmada asosiy eʼtibor tovushlarni hosil qilish, ularni mustahkamlash va nutqqa kiritish, fonematik eshitish qobiliyatini rivojlantirish hamda lug‘atni boyitish masalalariga qaratilgan. Mazkur qo‘llanma poliklinika, umumiy va ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internat hamda maktabgacha taʼlim muassasalari logopedlari hamda tarbiyachi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.
978-9943-7736-9-1
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ramazon-demir-elkangga-ishq-konsa
Ramazon Demir : Yelkangga ishq qo'nsa...
Ushbu kitobda asrlar osha tarannum etib kelinayotgan ishq tuyg'usi boshqalardan o'zga bir uslubda, atroflicha talqin-u tahlil qilinadi. Professor Ramazon Demirning fikricha, bu hislarning ta'rifi yo'q. Bir so'z bilan ifodalab boʻlmaydi. Shu sababli muallif kitobda muhabbat oʻzi nima ekanini kengaytirilgan tarzda, shu bilan birga, qisqa va lo'nda shaklda tushuntirib berishga uringan. Mazkur kitob ishq tufayli sitamga botgan, yuragi kuygan, xiyonat sababli sof muhabbati ummon qadar nafratga aylangan har bir qalbga tasalli kabidir, ruhiyati uchun shifodir. Zero, ishq qanchalar yoqimli hissiyot bo'lmasin, uning azobini boshdan kechirmay turib yorga yetishishning iloji yo'q.
978-99438769-3-4
240
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/sabohat-bozorova-eshlik-va-muhabbat
Sabohat Bozorova: Yoshlik va muhabbat
Sevgi - beg‘ubor tuyg‘u, inson maʼnaviyatining ajralmas bo‘lagi. Bu tuyg‘uni yoshlikdan avaylab-asrash, uni turli tahlikalardan, razolatlardan asrash, so‘nggi pushaymonlikning oldini oladi. Ushbu kitob balog‘at yoshidagi har bir o‘g‘il-qizlarimiz, ularning ota-onalari o‘qishi zarur qo‘llanmadir. Sevgingiz beg‘uborligi abadiy bo‘lsin, aziz o‘quvchi.
978-9943-381-24-7
176
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/ulzhas-sulaimonov-aziya
O'ljas Sulaymonov: Aziya
Ushbu kitob o‘tgan asrning 70 yillarida rus tilida bitilgan. U sharqiy slavyan xalqlarining mashhur asari "Igor bo‘luki haqida doston"ning lingvistik tahliliga bag‘ishlangan. Asar tug‘iliboq bo‘g‘ilgan sobiq Ittifoq ayni kuchga to‘lgan paytida "rus og‘alar" tarixiga tuzatish kiritish sari bo‘lgan bunday urinish qattiq qarshilikka duch kelgani tabiiy hamdir. Kitob bir qarashda tor ilmiy doira - turkologiya tilshunoslik etimologiyasi ahli uchun yozilgandek tuyulsada, tarixga yondashuv ehtirosi, uyg‘oq ruh va qalb hayajoni hech bir millatsevar va haqiqatparvarni befarq qoldirmaydi.
978-9943-8573-4-6
380
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/asqad-muhtor-kumush-tola
Asqad Muxtor: Kumush tola
Asqad Muxtor qalamiga mansub barcha asarlarda inson va uning qadr-qimmati yuksak darajada ulug‘lanadi. Mustaqillikdan so‘ng ilk bora nashr etilayotgan mazkur "Kumush tola" qissasida ham yozuvchi azaliy anʼanasidan chekinmagan. El xizmatiga kamarbasta, fidoyi inson, xalqining g‘am-anduhini o‘zining barcha rohat-farog‘atidan ustun qo‘ygan pillachi Tojixon aya siymosini satrlar orqali ko‘z oldingizga keltirarkansiz, mushfiqa ayolning umr poyonida anglab yetgan haqiqati sizni ham qattiq o‘yga toldiradi: insonning yashashdan maqsadi nima? Tojixon aya umri davomida qilgan fidoyiliklari evaziga hayot unga qanday javob qaytardi? Odamlarchi? "Kumush tola" aynan shu savollari, og‘riqlari bilan siz uchun qadrli bo‘lib qoladi.
978-9943-7390-9-3
256
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-ubaida-mohir-ibn-solih-oli-muborak-sehr-hasad-va-iblis
Abu Ubayda Mohir ibn Solih Oli Muborak: Sehr, Hasad va Iblis
Muhtaram o‘quvchi! Sizga taqdim etilayotgan ushbu kitobning mavzulari oyat va hadislar bilan dalillangan. Unda inson hayotini izdan chiqaradigan, umr zavqi va lazzatini olib qo‘yadigan sehr-jodu haqida so‘z boradi.
978-9943-8481-3-9
232
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/madina-norchaeva-kumaru
Madina Norchayeva: Qumaru
O‘zbek adabiyotiga o‘z ovozi, o‘z yo‘liga ega bo‘lgan yangi bir avlod kirib keldi. Ularning taqlidlardan yiroqligi, o‘z yo‘li, o‘z qiyofalarini topish uchun izlanishlari, davr ruhiyati evrilishlarini o‘zida namoyon etishi tahsinga sazovordir. Buning eʼtirofi o‘laroq nashriyotimiz mazkur avlodning yorqin vakillari ijod namunalarini “Izlam” rukni ostida chop etmoqda. Ushbu kitobga ana shu avlod vakillaridan biri - Madina Norchayeva qalamiga mansub sara sheʼrlar jamlangan. 18+
978-9943-8349-6-5
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/dilruz-billur-tomchilar
Dilro'z: Billur tomchilar
Ushbu kitob o‘z-o‘zidan kashf etilmagan. Men ushbu kitob ustida ish olib borayotganimda boshi berk ko‘chada ekanligimni tushunib yetdim. Unga sabab bo‘ladigan omillarni qidirib topmagunimcha izlanishda davom etdim. Hayotim davomida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tganligimni hisobga olib, har safar o‘zimda ilhomlantiruvchi ilohiy kuch topganligimdan ajablanmadim. Dilro'z
978-9943-6959-5-5
180
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/malika-qahramonova-ilmga-ilk-qadam
Malika Qahramonova: Ilmga ilk qadam
Bolalar nutqini rivojlantirishda bolalarni savodxonlikka o‘rgatish alohida o‘rin tutadi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, savodxonlik mashg‘ulotlarini maktabgacha taʼlim muassasalarining katta (tayyorlov) guruhidan boshlash eng maqbul vaqt bo‘lib ona tilini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning poydevori hisoblanadi. "Ilmga ilk qadam" o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.12.2018 yil "Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash" qaroriga binoan tashkil qilingan mobil guruhlari, maktabgacha taʼlim va tarbiya muassasalarining katta (tayyorlov) guruhlari va ota- onalar uchun mo‘ljallangan. Savodga o‘rgatish qo‘llanmasining mazmuni bolalarni tovushning grafik tasviri - harf bilan tanishtirish, o‘qishga, yozishga o‘rgatish, og‘zaki nutq hamda aqliy faollikni rivojlantirish, lug‘atni boyitish, so‘zni analiz va sintez qilish malakalarini shakllantirish.
978-9943-7737-0-7
88
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/nasiba-erhonova-zuhra-ruzieva-tarbiyachi-kitobi-tasviriy-faoliyat
Nasiba Erxonova, Zuhra Ro'ziyeva : Tarbiyachi kitobi. Tasviriy faoliyat
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Sanʼat” markazida olib boriladigan taʼlimiy jarayonda tarbiyalanuvchilar estetik tarbiya olishi bilan birga ijodiy qobiliyatlari, badiiy didi, aqliy tafakkuri rivojlanadi. Mazkur qo‘llanmadan “Sanʼat” markazida olib boriladigan har bir yo‘nalish - tasviriy faoliyat, applikatsiya va loy ishi (plastilin) bilan ishlashning namunalari o‘rin olgan. "Tarbiyachi kitobi Tasviriy faoliyat" metodik qo‘llanmasi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglari, metodistlar va shu yo‘nalish talabalari uchun mo‘ljallangan.
978-9943-8441-3-1
82
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sadokat-holmonova-adabiet-fanini-mukammal-uzlashtirish-uchun-kullanma-11-sinf
Sadoqat Xolmonova: Adabiyot fanini mukammal o'zlashtirish uchun qo'llanma (11-sinf)
Qo‘lingizdagi kitob 11-sinf “Adabiyot” darsligini mukammal o‘zlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, bar bir mavzu bo‘yicha batafsil savol-javoblar, testlar va jadvalli topshiriqlardan iborat. Alohida javoblar kitobchasi ham ilova qilingani o‘quvchiga qulaylik tug‘diradi. Qo‘llanma maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6360-3-3
80
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/davron-sultonov-marhumlar-oroli-1-kitob-2
Davron Sultonov: Marhumlar oroli (2-kitob)
«Dengizchi tepalikka sekin chiqarkan, asabiylashib titray boshladi. Hafta burun o‘zi ko‘mgan o‘raga yaqin yerda, ungurlar qarshisida to‘xtab, tiz cho‘kdi. Oradan bir daqiqa o‘tmay, uning boshi egilgan tomonda, ungur ichidan ikki qo‘l chiqdi. So‘ng qo‘llar o‘z tanasi chiqishiga yordamlashdi. Hech qancha o‘tmay yer ostidan qora kiyimli, bellarida qilich osilgan besh jangchi paydo bo‘ldi. Jangchilardan biri yaqinlashib, cho‘kkalagancha dengizchining yelkasiga qo‘l qo‘ydi va u sohibining oyoqlaridan o‘pdi. Unga yana bir kun yashashga imkon berildi. Dengizchi yuzini ko‘tarmay, boshini changalzor tomon burdi. O‘zini tutib tura olmay, daraga tushib ketayotgan jangchilar ortidan qaradi va har doim dahshat ichra ko‘rganiga shohid bo‘ldi. Sohiblari go‘yo tirik odamdek odimlab borishar, ularni tirik, deyish ham mumkin edi-yu, bir narsa bunga monelik qilardi: ularning boshi yo‘q edi. Boshsiz tanalarni esa tirik odamlar, deb bo‘lmasdi...» Talablarga binoan, fantastik va noodatiy voqealar, tasvirlar, sirli va chigal jinoyatlarni o‘zida aks etgan yana bir detektiv asar yosh ijodkor Davron Sultonovdan Siz aziz o‘quvchilar eʼtiboriga havola etilmoqda. Sir-sinoatlarga boy .Marhumlar oroli romani voqealari ham sizga tanish bo‘lgan «Afsonaviy ko‘zgu»dagi Natlandiya mamlakatida ro‘y beradi. Xo‘sh, g‘ayritabiiy jinoyatlarni mashhur izquvar bilan fosh etishga tayyormisiz? Unda kitobning birinchi qismini varaqlashga kirishamiz.
978-9943-20-820-9
336
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/yangi-biznes-yoki-startap-ochmoqchi-bulganlar-uchun-foydali-kitoblar-tuplami
Yangi biznes yoki startap ochmoqchi bo'lganlar uchun foydali kitoblar to'plami
Yangi biznes yoki startap ochmoqchi bo‘lganlar uchun foydali kitoblar to‘plami 1. Toni Shey: Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi “Baxt yetkazish” asarida Zappos bosh direktori Toni Shey LinkExchange, Zappos va boshqalar orqali chuvalchang yetishtirish fermasidan tortib pizza biznesini yuritishgacha boʻlgan biznes va hayotda olgan turli saboqlari bilan oʻrtoqlashadi. Bir nafasda oʻqib chiqiladigan ushbu kitob korporativ madaniyat muvaffaqiyat kaliti ekanligi, atrofingizdagi insonlarga baxt ulashish orqali yanada baxtliroq boʻlishingiz mumkinligini koʻrsatadi. Kitob “New York Times” hamda “Wall Street Journal”ning bestseller asarlar roʻyxatidan joy olgan. 2. Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin Zamonamizning eng katta siri shundaki, hali oʻrganilmagan chegaralar va yaratilishi kerak boʻlgan yangi ixtirolar mavjud. Afsonaviy tadbirkor va investor Piter Til “Noldan birga” kitobida yangi narsalarni yaratuvchi kompaniyalarni qurish usullarini qanday topishimiz mumkinligini koʻrsatadi. Til oʻz asarini mobil qurilmalarga mukkamizdan ketib, buni sezmayotgan boʻlsak ham, aslida texnologik turgʻunlik asrida yashayotganimizni koʻrsatish bilan boshlaydi. Axborot texnologiyalari tez surʼatda rivojlandi, ammo taraqqiyot faqat kompyuterlar yoki Silikon vodiysi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Har qanday sanoat yoki biznes sohasida taraqqiyotga erishish mumkin. Bunda xar bir lider oʻzlashtirishi kerak boʻlgan eng muhim mahorat — mustaqil fikrlashni oʻrganishdir. 3. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja Tadbirkor va marketolog Allan Dib oʻzining koʻp yillik tajribasi va izlanishi samarasi oʻlaroq marketing rejani bir varaqqa sigʻdirishga erishdi. Ushbu kitobda muallif bir varaqli marketing reja tuzish barobarida kichik va oʻrta biznes yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularni tuzatish yoʻllari, mijoz topish, daromadni oshirish va biznesni avtomatlashtirish haqidagi oʻz bilimlarini oʻrtoqlashadi. Shuningdek, biznesni boshlashdan to uni soʻnggi mijozga sotguncha boʻlgan jarayon bilan ham tanishasiz. 4. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs Kitobda siz otasi tashlab ketgan, onasi rad etgan bola qanday qilib dunyoning eng katta kompaniyasiga asos solishi tarixini oʻrganasiz. Bu ogʻir tabiatli, lekin dunyoni oʻzgacha koʻz bilan koʻra olgan, uni oʻzgartirishni xohlagan, informatsion texnologiyalari revolyutsiyasiga sababchi boʻlgan insonning hayoti haqidagi kitobdir. Ikki yil davomida Jobs bilan oʻtkazilgan 40dan ortiq intervyularga, shuningdek, yuzdan ortiq oila aʼzolari, doʻstlari, raqiblari, raqobatchilari va hamkasblari bilan boʻlgan intervyularga asoslanib, Uolter Ayzekson juda shiddatli mukammallikka boʻlgan ishtiyoqi sababli oltita sohada: shaxsiy kompyuterlar, animatsion filmlar, musiqa, telefonlar, planshet kompyuterlari va raqamli nashriyot kabi sohalarda inqilob qilgan kreativ tadbirkorning shaxsiyati va hayoti haqida hayratlanarli hikoya yozgan. 5. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li Kitob vaqtni toʻgʻri taqsimlash, ish yoki oʻqish jarayonini tashkillashtirish, hayot tarzini oʻzgartirish, natijada qanday qilib samaradorlikka erishish haqida nazariyadan uzoq, aniq maʼlumot va qoʻllanmalarni beradi. Kitob talabalar, tadbirkorlar, ishchilar, rahbarlar, kuni va vaqtini tartibni solishni xohlaydigan hatto uy bekalariga ham tavsiya qilinadi. Siz ushbu to‘plamni internet do‘konimiz orqali 10 % chegirma bilan 295 000 so‘mga xarid qilishingiz mumkin.
null
null
null