url
stringlengths 33
166
| name
stringlengths 5
141
| description
stringlengths 0
16.1k
⌀ | isbn
stringlengths 5
37
⌀ | num_pages
stringlengths 2
4
⌀ | year_published
stringclasses 20
values |
---|---|---|---|---|---|
https://asaxiy.uz/uz/product/nargiza-erkaboeva-uzbek-tilidan-maruzalar-tuplami-topshirik-va-savollar | Nargiza Erkaboyeva: O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami (topshiriq va savollar) | O‘zbek tilidan maʼruzalar to‘plamini tuzishda hozirda qo‘llanilayotgan fan darsliklariga tayanildi. Mavzularning izchil tarzda bo‘limlarga bo‘lingani esa foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
Soha bilan qiziqqan kitobxonlarga mo‘ljallangan. | 978-9943-5737-0-3 | 688 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mahmud-asad-jushon-siddiqlar-yuli | Mahmud As'ad Jo'shon: Siddiqlar yo'li | Ushbu risolada Islom tasavvufining ijtimoiy hayotdagi o‘rni, nafs tarbiyasi, taqvo va komil inson xususiyatlaridan bahs yuritilgan. Tasavvufning asli, shariat va tariqat, naqshbandiylik, darveshlik, valiylik va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashish kabi bir qator masalalarga muxtasar, asosli, ilmiy dalillar orqali javob berilgan. Risola keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. | 978-9943-8225-4-2 | 200 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/shayh-alouddin-mansur-quroni-azim-muhtasar-tafsiri-a5 | Shayx Alouddin Mansur: Qur’oni Azim muxtasar tafsiri (A5) | «Qurʼoni Azim muxtasar tafsiri»
...Yuqorida zikr qilingan dalillardan maʼlum bo‘lganidek, Qurʼoni Karim maʼnolarini arabchadan boshqa tillarga tarjima qilish va o‘zga xalqlarni ham Olloh taolo So‘zining mazmunidan bahramand qilish Shariati Islomiyya tarafidan buyurilgan ishlardan hisoblanadi.
Shu bois men Qurʼoni Karim maʼnolarini elimizga yetkazish niyatida uni yaxshiroq urganish uchun arab tilidagi yuzlagan tafsir kitoblarini o‘qib chiqdim va bu mehnatlar natijasida Olloh taoloning fazlu marhamati bilan kamina Markaziy Osiyo musulmonlari diniy idorasi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining tashabbusi bilan Toshkent shahrida, Markaziy Osiyodagi eng yirik Islomshunos olimlar ishtirokida "Qurʼoni Karim maʼnolarini o‘zbek tiliga tarjima qilish” mavzuyida o‘tkazilgan o‘ziga xos musobaqada g‘olib bo‘ldim va Olloh taoloning inoyati bilan menga 1990-91-yillari tariximizda ilk marta Qurʼon maʼnolarini asliyatdan - arabchadan zamonaviy o‘zbek tiliga tarjima qilish va unga izohlar yozishdek ulug‘ baxt nasib etdi. O‘shanda men yigirma uch oy mobaynida bu xayrli ishni nihoyasiga yetkazdim va ushbu tarjima 1992-93-yillarda Toshkent shahrida, avvalo "Sharq yulduzi" oynomasida, so‘ngra “Cho‘lpon” va "Fafur G‘ulom" nashriyotlarida qayta-qayta qariyb bir million nusxada bosilib, elimizning duo va olqishlariga sabab bo‘ldi.
Shayx Alouddin Mansur
| 978-9943-715905 | 1024 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-bruks-biznes-sarguzashtlar | Jon Bruks: Biznes sarguzashtlar | Bill Geyts Uorren Baffettdan unga biznes haqida biror yaxshi kitob taklif qilishni so‘raganida, Uorren bir daqiqa ham o‘ylab o‘tirmasdan, unga o‘zidagi Jon Bruksning "Biznes sarguzashtlari" kitobining nusxasini berdi. 40 yil oldin yozilgan ushbu kitob Amerikaning yarim asr oldingi korporativ va moliyaviy hayoti haqida hikoya qiladi. Uoll-Strit hayotidan hikoyalar dramatik, qiziqarli va hayratlanarli darajada dolzarbdir. Geytsning o‘zi bu haqida shunday deydi:
"Biznesni boshqarish tamoyillari o‘zgarmaydi, o‘tmish esa menejment g‘oyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lishi mumkin... va hatto eng yaxshi mahsulot yoki biznes rejangiz bo‘lsa ham, bu hali hech narsani anglatmaydi, lekin agar sizda muammolarni hal qilishda yangicha yondashuvlarni topa oladigan menejeringiz bo‘lsa, bilingki, kompaniyani ajoyib kelajak kutmoqda".
12 ta klassik hikoyalari - bu hiyla-nayrang va moliyaviy dunyoning o‘zgaruvchan tabiati haqidagi hikoyalardir. Bruks muvaffaqiyatga erishish uchun soddalashtirilgan tushuntirishlarga qadar eʼtibor bermaydi, u mavzuni keng qamrab oladi, uning chuqurligini o‘rganadi, haqiqiy dramalar va baxtga yo‘g‘rilgan damlar haqida gapiradi. Ushbu hikoyalarning har biri namunali kompaniyaning eng yuqori bayramona fursatlarda yoki pastga qulash onlarida qanday harakat qilishiga misoldir.
Tarjimon "Aruana Baxt" tarjima agentligi | 978-9943-7591-9-0 | 560 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/adham-ibrohim-ugli-eng-komil-inson-kattik-mukova | Adham Ibrohim o‘g‘li: Eng komil inson (qattiq muqova) | Ushbu kitobda arablarning Islomgacha bo‘lgan hayotidan tortib fil egalari qissasigacha. Payg‘ambarimizning tug‘ilishlari; payg‘ambarlik alomatlari va bu vaqtga qadar bo‘lib o‘tgan voqealar; Muhammad alayhissalomga vahiyning kelishi; musulmonlarga azob-uqubatlar yetkazilishi; Isro va Meʼroj voqeasi; Madinai munavvaraga hijrat; qiblaning o‘zgarishi; Ifk hodisasi; Makka fathi; Vidolashuv haji hamda Olamlar sarvarining boqiy dunyoga rihlat qilishlari batafsil yoritilgan. | 978-9943-12-680-0 | 400 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/pavel-lebedev-bu-ekka-karang | Pavel Lebedev: Cheksiz mijozlar oqimiga ega bo'lishda 440 amaliy keys | Mijoz eʼtiborini tortish va ushlab qolish! Biznesdagi ushbu muammoni hal qilish xaridlar, shartnoma imzolanishi va martaba zinapoyasidan ko‘tarilishga olib keladi. Vizualizatsiya ustasi, taqdimot sanʼatining noyob texnikasi muallifi Pavel Lebedev o‘z kitobida diqqatni qanday samarali boshqarish kerakligini ko‘rsatadi. 12 yil davomida u rahbarlar va mutaxassislarni infografika yordamida har qanday odamni istagan narsaga ishontirishni o‘rgatib kelmoqda.
Muallif xujjat shakli va maqsadidan qatʼiy nazar ish beradigan universal tamoyil va vositalarni beradi. Ular rahbariyatga hisobot, moliyaviy hujjatlar, tijorat takliflari, biznes xatlari, kurs ishlari yoki dashbordlar tuzish uchun mos keladi.
Ushbu kitobda 68000 soatlik amaliyot va 920 ta maʼruzalarning mazmunini jamlagan super konsentrat jamlangan. U sizga g‘oyalaringizni taqdim etish sanʼatini o‘rgatadi!
| null | 252 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/komil-sindarov-kimmatga-tushgan-hato-kattik-mukova | Komil Sindarov: Qimmatga tushgan xato (qattiq muqova) | Prokuratura bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan, o‘z kasbining fidoyisi, bir oilaning mehribon otasi sirli ravishda yuqoladi. Asar ushbu voqealar bilan boshlanadi. Uning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Sirli ravishda yo‘qolgan masʼul xodimni izlashda gumon qilingan shaxslarni aniqlash, tergov qilish jarayoni, oilasi, qarindosh-urug‘larining chekkan jafolari, tahlikali o‘tkazgan kunlari asarda o‘ziga xos yo‘nalishda hikoya qilinadi.
Aziz kitobxon! Asarda tasvirlangan qahramonlarning ruhiy holatlari, alamli kechinmalari, quvonchu shodliklariga sherik bo‘lasiz, degan umiddamiz. | 978-9943-27-738-0 | 416 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-nobulsiidan-kissalar-va-hikoyalar | Shayx Nobulsiydan qissalar va hissalar | Ushbu kitob shayx Muhammad Rotib Nobulsiyning mavʼizalari asosida tayyorlangan. Bu mavʼizalarda asosan, o‘g‘irlik, ribo, poraxo‘rlik singari illatlardan imkon qadar tezroq qutilishga targ‘ib qilingan.
Ushbu mavʼizalarda asosan, shayx Nobulsiyga aytib berilgan va o‘zlari guvoh bo‘lgan voqealar aytilgan. Bu voqealarda zino, o‘g‘irlik, ribo, poraxo‘rlik, mast qiluvchi ichimliklar, ota-onaga oq bo‘lish, silai rahmdan uzilish, yetimlar haqini yeyish, hasad, baxillik, g‘iybat kabi qabih va razil ishlardan tiyilish, namoz, ro‘za, zakot, haj, sadaqa, yetimlar va miskinlarga yordam, yaqinlarga yaxshilik qilish, umrni behuda o‘tkazmaslik, doim ezgulik payida bo‘lish, farzandlarga to‘g‘ri tarbiya berish va shu kabi savobli ishlarga targ‘ib qilingan.
Tarjimon va sharhlar muallifi: Sunnatulloh Abdulbosit | 978-9943-7928-9-0 | 184 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mirzo-ulugbek-turt-ulus-tarihi | Mirzo Ulug‘bek: To‘rt Ulus tarixi | Бобокалонларимиздан бири Мирзо Улуғбекнинг номини, мунажжим бўлганини, нари борса ўз ўғли томонидан ўлдирилганини биламиз холос. Ушбу китоб эса Мирзо Улуғбек истеъдодининг яна бир қирраси-тарихчилик соҳасидаги фаолиятининг маҳсулидир. Уни мутолаа қилганлар нафақат етти аждодини, балки бутун шажарасини билиб олади, десак заррача муболаға бўлмайди.
| 978-9943-5737-3-4 | 424 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mazza-lahza-4-aqlni-charhlovchi-ujinlar | Mazza lahza 4 – Aqlni charxlovchi o‘yinlar | Ақлни чархловчи ўйинлар | 978-9943-4820-4-3 | 16 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/olti-dinii-kalima-kirk-farz-va-suralar-kahf-esin-duhon-vokea-zhuma-mulk-va-amma-porasi-30-pora | Olti diniy kalima, qirq farz va suralar: Qahf, Yosin, Duxon, Voqea, Jum’a, Mulk va Amma porasi. 30-pora (a4) | Musanniflar: Abbos Tursunov, Abdumurod Tilavov
Masʼul muharrir: Anvar qori Tursunov
Mazkur kitobda Qurʼoni karimdan ayrim suralarning asl arabiy matni, uning kirill alifbosidagi transkripsiyasi va o‘zbek tiliga o‘girilgan maʼno tarjimasi o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida havola qilindi. Ketma-ket kelgan “aa”, “uu”, “ii”, “oo” kabi unlilarni cho‘zib o‘qish, tagida (-) ishorati bor undoshlarni yumshoqroq talaffuz etish tavsiya etiladi. | 978-9943-6109-1-0 | 216 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-betashvish-yashash-siri | Deyl Karnegi: Betashvish yashash siri | Boshga tushgan fojiadan yoki hayotda uchrayotgan muammolardan bezovta yurish tashvishni orttirsa orttiradiki, aslo uni bartaraf etishga xizmat qilmaydi. Shu paytda ushbu kitob vositasida yordamga kelgan Deyl Karnegi "Dardingni olay, birodar, o‘tmishni o‘ylama, chunki u o‘tib bo‘lgan, kelajakdan tashvishlanishni bas qil, hali u yetib kelmadi. Sen yaxshisi buguning bilan yasha!" deb ruhingizga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi.
Xullas, u sizni qiyin vaziyatlarda ham unga qarshi chora-tadbir borligiga ishontiradi.
Deyl Karnegi kitobi bilan do‘st tutining, zero bu do‘stlik muammolaringizni bartaraf etib, hayotda farovon yashashingizga ko‘maklashadi.
Ushbu kitob keng omma uchun mo‘ljallangan.
| 978-9943-5532-3-1 | null | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/sem-uolton-amerikada-ishlab-chiqarilgan | Sem Uolton: Amerikada ishlab chiqarilgan | Ushbu kitob sizga o‘z biznesingizni tez muddatda yo‘lga qo‘yishingiz yordam beradi. Biznesingiz bo‘lgani yoki uni endi boshlayotganingizdan qatʼiy nazar, bu sizga ishonchli tezkorlik retseptini taqdim etadi.
Uylab ko‘ring: agar siz o‘z mahsulotingizni “Apple” yoki Gollivud studiyasi singari yirik bozorga olib chiqsangiz nima bo‘ladi? Potensial mijozlaringiz mahsulotingizni sotib olish uchun kun sanashini tasavvur qiling, O‘z bozoringizda siz uchun raqobatni deyarli butunlay yo‘qqa chiqaruvchi juda kuchli pozitsiyaga ega bo‘lishga qanday qaraysiz? Biznesingiz yoki byudjetingiz nechog‘lik kamtar bo‘lishidan qatʼiy nazar bularning barchasini bajara olasizmi?
Savol shundan iborat: siz haqiqatan ham ishni sekin-sekin boshlab, tez orada yo‘qolib ketmoqchimisiz? Biznesingiz kelajagi va hayotingizning tubdan o‘zgarishiga yordam beruvchi startni amalga oshirishga tayyormisiz? Unday bo‘lsa bu kitob siz uchun. | 978-9943-5787-0-8 | 272 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zulajho-masharipova-kasam | Zulayho Masharipova: Daxshatli nikoh | Zulayho Masharipovani kitobxonlar bir necha detektiv asarlari orqali yaxshi taniydilar, keyingi kitobini intiqlik bilan kutib nashriyotga qo‘ng‘iroq qiladigan muxlislar ham talaygina. Aziz kitobxon, adibaning navbatdagi asarida jinoyat olamining jirkanch kirdikorlari, muqaddas nikohga xiyonat, ayol nomiga noloyiq nafs bandalarining yovuzliklari bir-biridan jumboqli, shiddatli voqealar asosida ifodalanadi. Kitobxon ushbu asarni "qani, nima bo‘larkin", deya shoshib, entikib o‘qishi tayin... | 978-9943-20-497-3 | 352 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-kandaj-kilib-uziga-ishonish-va-nutk-suzlash-orkali-odamlar-kalbiga-kirib-borish-mumkin | Deyl Karnegi: Qanday qilib o‘ziga ishonish va nutq so‘zlash orqali odamlar qalbiga kirib borish mumkin? | Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jihatlariga alohida eʼtibor qaratadi. Insonlarning o‘zaro muomala madaniyati, o‘zini tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yuqori baholash orqali obro‘-eʼtibor topish mumkinligini taʼkidlaydi. Shuningdek, o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib beradi. Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi maʼruza o‘qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarni tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi anʼanasiga ko‘ra, misollar tariqasida keltiriladi.
| 978-9943-5258-7-0 | 272 | 2017 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mubashshir-ahmad-uni-poklagan-nazhot-topur | Mubashshir Ahmad: Uni poklagan najot topur | null | 978-9943-5558-5-3 | 92 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/tanklar-yosh-bilimdon-enciklopediyasi | Tanklar (Yosh bilimdon ensiklopediyasi) | Yaqindagina o‘ynab yurgan o‘yinchoq tanklarni ukangizga hadya qilib, uni qanchalar quvontirgansiz. Endi esa ona vatan tinchligi yo‘lida xizmat qilayotgan akalaringizga havas qilayotgandirsiz ? Askarlarning kiyinishi, qaddi-qomati, ko‘rsatgan jasurliklari haqidagi ko‘rsatuvlarni maroq bilan tomosha qilarsiz ? Albatta, yurt posbonlari safida bo‘lishni har bir o‘g‘il-qiz orzu qiladi. Orzu-maqsadga yetish uchun puxta bilim olish, sabr-u matonatli bo‘lish talab etiladi.
El-u yurt, ona Vatan tinchligini qo‘riqlashda esa harbiy texnikani mahorat bilan boshqaradigan sizdek o‘g‘lonlar kerak.
Siz uchun tayyorlangan ushbu ensiklopediya harbiy texnikalarning eng kuchlisi - tanklar haqida hikoya qiladi.
| 978-9943-5933-3-6 | 96 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mirnosir-miryunusov-soglom-ona-va-soglom-bola-tarbiyasi | Mirnosir Miryunusov: Sog‘lom ona va sog‘lom bola tarbiyasi | Ushbu kitob nafaqat to‘plangan bilimlar asosida, balki kattalarning hayot tajribalaridan kelib chiqib yozilgan.
Qo‘llanma sodda va tushunarli tilda yozilgan bo‘lib, u keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Mazkur kitobni bo‘lajak otalar ham o‘qishsa, foydadan holi bo‘lmaydi. Bolalik dunyosidan chiqib ketgan kattalar unga qaytib kira olmaydilar. Chunki turmush tashvishlari bunga yo‘l qo‘ymaydi. Kattalar faqatgina bolalari bilan muloqot davridagina bu olamni kuzatishlari va uning ajoyibligidan quvonishlari mumkin. Lekin shunisi qiziqki, biz kattalar bu ajoyibotni ko‘rish va undan bahramand bo‘lish o‘rniga undan qochamiz va bu ishni kimlargadir topshiramiz.
| 978-9943-4320-1-7 | 208 | 2014 |
https://asaxiy.uz/uz/product/sanatulloh-bekpulat-mabdaus-sarf-mabdaun-nahv | San’atulloh Bekpo‘lat: Mabdaus sarf Mabdaun nahv | Азиз ва муҳтарам ўқувчилар! Аллоҳ таолонинг инояти ила сиз азизларга<<Мабдаус сарф>>(араб тили сарф фанидан дарслик) ҳамда <<Мабдаун наҳв>> (араб тили наҳв фанидан дарслик) китобини тақдим қилмоқдамиз.Ушбу китоб асрлар оша мадрасаларда дарслик сифатида ўқитиб келинган. Ўшанда китоб татар тили ва араб ёзувида бўлган. Бу нарса ҳозирги китобхонга бироз қийинчилик туғдириши табиий. Ана шу қийинчиликни бартараф қилиш мақсадида, китобни ўзбек тили ва кирилл ёзувида қайтадан тайёрлашга жазм қилдик. Албатта, китобни тайёрлаш жараёнида баьзи жойларини тўлдириш ёки изоҳ бериш лозим бўлса, уни амалга оширдик. Ҳар бир дарс сўнгида эса луғатларини келтирдик. Китобнинг охириги <<cон ва саналмиги>> бўлимини қўшдик.Умил қиламизки, ушбу китоб сиз азизларга илм йўлида манфаатли бўлади, деган умиддамиз. | 978-9943-6658-8-0 | 368 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/dostoevskij-iblislar | Dostoyevskiy: Iblislar (2-jild) | Har qanday, boz ustiga ijodkor inson hayotida bo‘lganidek, muhabbat kechinmalari Dostoyevskiy ijodiga shubhasiz taʼsir ko‘rsatgan. Dostoyevskiy o‘zi sevgan ayollarning, masalan,Mariya Dmitriyevnaning fazilatlarini asarlari qahramonlari: Katerina Marmeladova, Katerina Verxovenskaya va Nastasya Filippovnaga singdirib yuborgan. | 978-9943-22-215-1 | 408 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mirzakarim-norbekov-tana-va-ruhni-tarbiyalash | Mirzakarim Norbekov: Tana va ruhni tarbiyalash | Ushbu kitob sizni o‘zingizni anglashdek hayratlanarli yo‘ldan boshlab boradi. Norbekov tizimining xususiyatlari bilan tanishishda davom etar ekansiz, ko‘rish, eshitish qobiliyatini yaxshilash, hissiyotlarni mashq qildirish bo‘yicha va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan amaliy ko‘rsatmalarga ega bo‘lasiz, ayollar esa ko‘plab muammolarga yechim topib, sezgilarining to‘laqonli tiklanishiga ko‘mak beradigan vositasiz ginekolog automassaj texnikasiga ega bo‘lishlari mumkin.
Kitobda ilova qilinayotgan barcha mashqlarning bajarilishi juda oddiy va turli yoshdagi odamlarga: ayollar, bolalar, katta yoshdagilar, hatto o‘zini qariyaga chiqarib qo‘yganlarga mo‘ljallangan va bajarilishi oson. Bu mashqlar yoshlik va salomatlik bag‘ishlovchi jozibali raqs nafosatini eslatadi.
| 978-9943-999-74-9 | 184 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/adem-gunesh-chinakam-ota-onalik-sanati | Adem Gunesh: Chinakam ota-onalik san’ati | Ushbu qo‘lingizdagi farzand tarbiyasiga oid kitob shunga o‘xshash boshqa kitoblardan farqli o‘laroq, ham sunnatga, ham pedagogika va psixologiyaga muvofiq farzandingizni haqiqatdan “o‘zi” bo‘lishini taʼminlashga hissa qo‘shadigan, hayotda o‘z o‘rnini egallab, Alloh unga bergan ruhiy va aqliy isteʼdodlarini namoyon qiladigan, dunyoda ham oxiratda ham saodat ahlidan bo‘ladigan, Robbisini rozi qiladigan, o‘zi ham Robbisidan rozi bo‘ladigan maqomni egallashga yo‘l ko‘rsatib, rahnamolik qiladi. Natijada, bola kelajakda buyuk shaxs bo‘lib, o‘zining hurmatini, hayotdagi o‘rnini yaxshi bilib, himoya qila oladi. | 978-9943-5788-6-9 | 192 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-odirov-avlodlar-dovoni-ktobi | Pirimqul Qodirov: Avlodlar dovoni | Pirimqul Qodirov «Yuduzli tunlar»ning mantiqiy davomi sanalmish Boburning sadoqatli, jasur farzandi Humoyun va nabirasi - tarixda «chinakam daho shaxs» deb nom olgan Akbar hayoti haqida hikoya qiluvchi «Avlodlar dovoni» («Akbar») romanini 80-yillarda yaratgan. Asarda pok sevgi, insoniy mehru muhabbat, shavqu shijoat tarixiy qahramonlar qiyofasida yorqin aks ettirilgan. | 978-9943-5319-3-2 | 528 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-muhammad-tursun-salohiddin-ajyubij | Ahmad Muhammad Tursun: Salohiddin Ayyubiy | "Qaqnus Media" нашриёти "Дунёни тебратган буюклар" рукни остида туркум рисолалар нашр этишни режалаган. Уларда инсоният тарихида чуқур из қолдирган атоқли ҳукмдорлар, номдор саркардалар, улуғ донишмандлар ва машҳур адиблар, етук уламолар ва фозил кишиларнинг ҳаёт саҳифалари, ҳасби ҳоллари далил-хужжатлар асосида қизиқарли ҳикоя қилинади. Ушбу рисолалар халқимизнинг, айниқса ёшларнинг билим ва савияларини кенгайтиришда, дунёқарашларини ҳар томонлама бойитишда, улуғларимизнинг ҳаётларидан ибрат олиш, уларга эргашиб, хулқ-феълларини ўнглашда ёрдам ва фойда келтиришдан умидвормиз.
Ушбу китобча машҳур саркардалардан бири, айюбийлар сулоласининг асосчиси, Муқаддас замин халоскори Салоҳиддин Айюбийнинг ҳаёти ва жўшқин саркардалик ишларига бағишланади.
| 978-9943-4932-3-0 | 100 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhaloliddin-rumij-ikmatlar-yangi-asr-avlodi-2020 | Jaloliddin Rumiy: Hikmatlar | Mavlono Jaloliddin Rumiy - jumla bashariyat nomini hamisha iftixor ila tilga oladigan buyuk ijodkor, betimsol alloma, uning "Masnaviyi ma'naviy" asari esa teran hayotiy o'gitlar, bebaho hikmat-u haqiqatlar xazinasidir. "Masnaviy"ni varaqlab, durdona pand-u hikmatlarni saralab, aziz kitobxonlarimiz uchun ixcham bir saylanma tuzdik.
Umid ulkim, ulug' bobokalon shoirimizning muborak ruhi shod, uning ruhoniyatiga oshno bo'lganlarning ko'ngillari obod bo'lgay. | 978-9943-27-955-1 | 192 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhyul-vern-suv-ostida-sakson-ming-kilometr-1 | Jyul Vern: Suv ostida sakson ming kilometr | "Шарқ" НМАК. 507 бет. Лотин алифбосида. | 978-9943-26-603-2 | 552 | 2016 |
https://asaxiy.uz/uz/product/ulugbek-hamdam-isyon-va-itoat | Ulug‘bek Hamdam: Isyon va Itoat | "Yangi asr adabiyoti" ruknida nashrga tayyorlangan navbatdagi kitobimiz yana hassos adib Ulug‘bek Hamdam ijodidan tarkib topdi.
O‘quvchi uchun Ulug‘bek Hamdamni tanishtirish yoxud asarlari haqida so‘z yuritib, o‘qishga tavsiya etish, bizningcha ortiqcha. Bundan avvalroq , aynan ushbu ruknda adibning “Muvozanat”, “Yolg‘izlik” hamda "Sabo va Samandar" nomli asarlari alohida-alohida kitob shaklida chop etildi va allaqachon o‘z o‘quvchisini topdi.
Mazkur kitobda esa yozuvchining "Isyon va itoat" hamda “Naʼmatak” romanlari va o‘ttizga yaqin hikoyalari jamlangan.
"Isyon va Itoat" avval ham nashr etilgan. “Naʼmatak” ilk bor kitobga kiritildi. Hikoyalarning baʼzilari o‘quvchilar eʼtiboriga aynan mazkur to‘plam orqali havola etilmoqda. Demoqchimizki, ushbu mutolaa sizga so‘zsiz manzur bo‘ladi. | 978-9943-20-505-5 | 432 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/uilyam-ddanko-tomas-dzhstenli-mening-kushnim-millioner | Uilyam D.Danko, Tomas Dj.Stenli: Mening qo'shnim - millioner | Har kuni minglab odamlar o‘zlariga: "Nega men boy emasman?" - deya savol berishadi. Ko‘rinib turibdiki, yaxshi taʼlim bor, 24/7 ish bilan, barqaror daromad, lekin hali ham boylik yo‘q... Boy bo‘lish sirini bilish uchun kitob mualliflari deyarli butun Amerikani kezib chiqib, 500 ta millionerdan va 11000 dan ortiq yuqori daromadli kasb egalaridan intervyular olishgan, tadqiqotlar o‘tkazishgan. Ushbu tadqiqotlar 20 yil oldin boshlangan, ammo moliyaviy farovonlik tamoyillari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini ko‘rsatmoqda. Agar siz oddiy odamlar qanday qilib boyib ketishini o‘ylayotgan bo‘lsangiz, boyish silarini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, qaysi kasb va mashg‘ulotlar boyish uchun eng munosib ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, oxir-oqibat o‘zingiz ham millioner bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, bu kitob - siz uchun!
Ushbu kitob hozirgacha dunyo bo‘ylab 40 ga yaqin tilda chop etilgan va 3000000 dan ko‘p nusxada sotilgan.
Tarjimon: Muhabbat Rixsiyeva | 978-9943-7509-6-8 | 416 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-ajtmatov-askar-bola | Chingiz Aytmatov: Askar bola | Muayyan inson hayotining qadr-qimmati kundan kunga pasayib ketmayotganmikin? Yoki hamisha shundoq bo‘lgan-u, bizga bugun yashayotganlarga ham shunday tuyulayotganmikan? Insoniyat bu haqda har kuni, har lahza o‘ylashi zarurmi? Yoki «boshiga ish tushganda» bosh qotiradimi? Balkim, muayyan insonning ko‘lidan hech narsa kelmas, uning uchun hammasini “tepada” hal qilib qo‘yishgandir? U kimningdir qo‘lida «buyuk rejalar» amalga oshishi uchun bir o‘yinchoqdir?
Chingiz Aytmatovning hikoyasi ana shular haqida.
Tarjimonlar: Asil Rashidov, Komila Karim, Bahriyev Suyun Qorayev | 978-9943-992-12-9 | 160 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/erih-mariya-remark-lissabondagi-tun | Erix Mariya Remark: Lissabondagi tun | O‘zbek adabiyoti ixlosmandlariga «Uch og‘ayni» va «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» (Nizom Komil tarjimalari) romanlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Erix Mariya Remark yigirmanchi asrning eng mashhur va asarlari ko‘p o‘qiladigan yozuvchilaridan biridir. «Zafar darvozasi» (1946), «Hayot uchquni» (1952), «Hayot-mamot pallasi» (1954), «Qora haykal» (1956), «Osmon sevishni bilmaydi» (1961), «Jannatdagi soyalar» (1971) kabi romanlar muallifi.
Adibning siz aziz kitobxonlarga taqdim etilayotgan «Lissabondagi tun» romanida musofirchilikdagi xor-u zorliklar, fashizm, zulm va ikki qalb o‘rtasidagi so‘nmas muhabbat, sadoqat kabi mavzular ko‘tarilgan. | 978-9943-28-793-8 | 312 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/davomli-salovatlar-daloilul-hairot | Davomli Salovatlar (Daloilul xayrot) | Ushbu kitob Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga aytiladigan davomli salovatlarga bag‘ishlangan. Unda shayx Abdulloh Muhammad ibn Sulaymon ibn Abu Bakr al-Jazuliy as-Samloliy ash-Sharif al-Hasaniy kalamiga mansub "Daloilul xayrot" nomli kitobdagi salovatlar keltirilgan. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. | 978-9943-4526-2-6 | 304 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/hudojberdi-tuhtaboev-uyonlar-saltanati | Xudoyberdi To‘xtaboyev: Quyonlar saltanati | Болалар адабиётининг чинакам фидойи ижодкори Худойберди Тўхтабоевнинг болажонларимизга аталган навбатдаги туҳфаси ҳам ўзига хос бадиий қимматга сазовор асар, десак муболаға қилмаган бўламиз. Икки ёш ўспирин йигитнинг орзулари, уларнинг тенгдошларидан ажратиб турадиган фазилатлари, қаламга олинган ҳар бир воқеа-ҳодисанинг замиридаги яхшиликка, эзгуликка ундаш истагининг мавжудлиги, ўйлаймизки, бу гал ҳам китобсевар мухлисларимизни қувонтиради. Шу билан бирга, китоб қаҳрамонларига ўхшаш истаги уларнинг ҳам қалбида пайдо бўлса, биз ўзимизни мақсадимиз сари бир қадам олдинга ташлаганмиз, деб ҳисоблаймиз.
Китоб мутолаасига марҳабо , ёш дўстлар !
| 978-9943-22-327-1 | 246 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/muminlarning-onalari-hazrati-hadicha-va-hazrati-oisha-yumshok-mukova | Mo‘minlarning onalari (Hazrati Xadicha va Hazrati Oisha) (yumshoq muqova) | Qo‘lingizdagi ushbu kitob ikki olam sarvari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ayollari - mo‘minlarning onalari Hazrati Xadicha va Hazrati Oisha roziyallohu anhumolarning hayot yo‘llarini yoritishga bag‘ishlangan. | 978-9943-6454-8-6 | 256 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-kahhor-anor | Abdulla Qahhor: Anor | Qo‘lingizdagi ushbu kitobda badiiy so‘z ustasi Abdulla Qahhor hikoyalari va bir qissasi jamlangan. Yozuvchi ixcham va kichik hajmli hikoyalarda murakkab xarakterli insonlar obrazini yaratadi. Bir necha avlodlar tomonidan sevib o‘qilgan va bu gun ham sevimli bo‘lib qolayotgan ushbu asarlar sizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. | 978-9943-4658-2-4 | 112 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mark-tven-tom-sojer-va-uning-sarguzashtlari-suratli | Mark Tven: Tom Soyer va uning sarguzashtlari (suratli) | Mark Tvenning «Tom Soyer», «Geklberri Finn», «Tom Soyer va Geklberri Finning boshdan kechirganlari», «Tom Soyerning yangi sarguzashtlari», «Yanki va qirol Artur» singari asarlari nafaqat G‘arbda, balki butun Sharqda ham millionlab kitobxonlar tomonidan sevib o‘qilmoqda.
Adib mazkur asarida yosh, o‘ta qiziqqon va sho‘x, chigal to‘siqlardan ham qiynalmay o‘ta oladigan, og‘ir va murakkab sharoitlarda ham o‘zini tuta biladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida hikoya qiladi. Tomning o‘ta makkor va firibgar hindi Joning iziga tushishi va undan qo‘rqmasligi, g‘ayritabiiy xayollar olamida yurishi butun shaharcha ahlini, hatto Tomning do‘stlarini ham hayratga soladi. Doimo unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan ustozi ham, uning sho‘xliklarini tanqid ostiga oladigan Polli xola ham oxir-oqibat Tomdagi jasoratga qoyil qoladilar.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga, shu jumladan, maktab yoshidagi bolalarga ham mo‘ljallangan. | 978-9943-20-496-6 | null | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/teodor-drajzer-amerika-fozhiasi-1-2-zhild | Teodor Drayzer: Amerika Fojiasi (1-2 jild) | Теодор Драйзернинг эътиборингизга ҳавола этилаётган икки қисмдан иборат йирик "Америка фожиаси" романи ҳамиша бутун дунёни ўз ғоялари атрофида бирлаштиришга уринган гигант давлат -Америкада ўша вақтларда юз берган воқеликни кенг қамраб олганлиги, воқеаларнинг изчиллиги билан ҳамиша китобхонлар эътиборини ўзига жалб этиб келган.
Асарнинг бош қаҳрамони Клайд Грифитс камбағал оилада туғилиб-ўсган йигит. Унинг бойлик орттириш йўлида қилган ножўя хатти-ҳаракатлари, бу йўлда ҳеч қандай қинғир ишлардан қайтмаслиги ва уни шундай ишларни қилишга қўйиб берган табиати - юзсизлиги, шафқатсизлиги кабилар бир қаҳрамон тимсоли орқали ўша давр Америка муҳити ҳақида ўқувчида яхлит тасаввур пайдо қилади.
Биринчи китоб орқали сиз асарнинг асосий қаҳрамонлари билан танишасиз. Табиийки, иккинчи китоб воқеаларга, ҳаяжонли фурсатларга янада бой. Бойлик кетидан қувган, шундай ҳаётни умри давомида орзу қилган, аммо бундай тўкис ҳаётга меҳнат ва машаққатсиз эришишни орзу қилган қаҳрамоннинг руҳий ҳолати билан танишаркан, бундай тақдирга аслида ўзи эмас, уни тарбиялаган оилавий муҳит, уни тарбиялаган жамият сабабчи эканлигини тушунади.
Клайд Грифитснинг электр курсида қатл этилиши унинг тақдири билан қанчалик боғлиқлиги, севги -муҳаббат риштасининг бундай шафқатсиз ҳат таъсирида ҳеч қандай аҳамият касб этмаслиги, инсоний туйғулар ўрнини эгаллаган қабоҳат ўқувчи қалбини ларзага солади.
| null | null | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/napoleon-hill-ujla-va-boj-bul-muvaffakiyat-sari-jul-nimadan-boshlanadi | Napoleon Xill: O‘yla va boy bo‘l (Muvaffaqiyat sari yo‘l nimadan boshlanadi) | Ushbu kitobni o‘qib, o‘zingizda ko‘ra olmayotgan yangi qirralaringizni kashf etasiz. Boylik, muvaffaqiyat, omad, baxt-saodatga yetaklovchi maqsadlar sari intilasiz. Va bu maqsadlar to‘g‘ri va aniq ekanligiga eʼtiboringizga havola etiladigan kitobni o‘qish davomida amin bo‘lasiz. Keltirilayotgan fikrlar, qarashlar, tamoyillar sizni befarq qoldirmaydi... | 978-9943-27-690-1 | 176 | 2016 |
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-iblis-devori | Tohir Malik: Iblis devori | Bir mamlakatga g‘anim hujum qilib, ikki aka-uka jangga otlanishibdi. Ular singillarini insof egasi hisoblangan bir tanishlariga qoldiribdilar. Qiz juda go‘zal ekan, u kishiga iblis vasvasa qila boshlabdi. Oxiri u odam gunohga botibdi-yu, “akalari kelsa nima deb javob qilaman?” deb qo‘rqibdi. Iblis “Qizni o‘ldirda, og‘ilxonaga ko‘mib qo‘y, akalari kelganda “singillaring qochib ketdi”, deysan”, deb o‘rgatibdi. Shunday ham bo‘libdi. Akalar ajablanib turishganda iblis ularga bo‘lgan gapni aytib beribdi, qiz ko‘milgan joyni ko‘rsatibdi. Podshoh u odamni o‘limga hukm qilibdi. Zinokor bo‘yniga sirtmoq tashlanganida yana iblis paydo bo‘libdi. “Sen meni shu ahvolga solding!” debdi u odam nafrat bilan. “Sen mendan o‘pkalama, istasang seni o‘limdan olib qolay. Shartim shuki, menga bir martagina sajda qilasan”. “Qanday sajda qilaman, bo‘ynim sirtmoqdaku?” debdi u odam. “Sen menga sajdani niyat qilda, boshingni men tomon egsang bas”, debdi iblis. Odam iblisning aytganini bajarib, boshini u tomon egib sajda qilgan ekan, sirtmoq tortilib, bo‘g‘ilib o‘libdi - dunyodan iymonsiz ketibdi.Ha, iblis barchani shunday vasvasaga solib, yo‘ldan chiqarmoqni istaydi. Uning o‘z olami bor. Baʼzilar “to‘g‘ri yashayapman”, deb o‘ylashadi-yu, biroq, shaytanat olamiga kirib borayotganlarini, oqibat esa iblis sirtmog‘iga tushib qolganlarini sezishmaydi. Yozuvchi Tohir Malikning “Shaytanat” asari kitobxonlarni shayton boshqaruvchi olam bilan tanishtirgan edi. So‘ng “Shaytanatning turfa olami” turkumida “Murdalar gapirmaydilar” kitobi nashr etilgan edi. Bu asarlarda ashaddiy jinoyatchilar hayoti qalamga olingandi. Shaytanat - faqat qotillar yoki o‘g‘rilar olami emas. Iblis har bir odamning ruhini parchalab, o‘z olamiga tortishga urinaveradi, yaʼni insonning maʼnaviy olamini bulg‘ashga intiladi. Oqibatda kimlarningdir maʼnaviy olami qashshoqlashadida iblis taqdim etgan olamga kirib boradi. Ammo u o‘zini zinhor jinoyatchi hisoblamaydi. Holbuki... ruhlarni azobga qo‘yish ham jinoyatdir.“Bir qoringa siqqan bolalar bir hovliga sig‘ishmaydi...” Bu maqolda qanchalar haqiqat bor? Ota-ona vafotidan keyin nima uchun farzandlar yuzko‘rmas bo‘lib ketadilar? Shaytanat olamiga kirib qolganlari uchun emasmi? Ota-onalari ruhi azob chekishini nechun o‘ylamaydilar? Yozuvchi Tohir Malik mazkur yangi asarida siz, aziz kitob muhlislarini shu mavzuda bahs yuritishga daʼvat etadi. Kitobga yozuvchining yangi yozgan hikoyalari bilan birga qayta tahrirdan chiqqan bitiklari ham jamlandiki, bularda ham iblis yetovidagi yoki undan nafratlanuvchi insonlar obrazi gavdalanadi. | 978-9943-22-294-6 | 464 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/olga-lisenko-bir-kuzli-kirol | Olga Lisenko: Bir ko‘zli qirol (Adabiyot Uchqunlari) | Vazifalar to‘la-to‘kis bajarilsagina, o‘zingizni «ojiz» deb hisoblagan muhitdan chiqib keta olasiz. Bir gapni yoddan chiqarmang «Ko‘zi ojizlar mamlakatida bir ko‘zli ham qiroldir». Kitobning oxirgi sahifasini yopganingizda, sizning ikkinchi ko‘zingiz ham ochilishiga aminmiz! Biz sizni biznes olamiga sayohatga taklif qilamiz!
Bu kitob qo‘lingizda yo‘l boshlovchi xarita va eng yaxshi maslahatchi bo‘lishiga ishonamiz! | 978-9943-5098-1-8 | 132 | 2017 |
https://asaxiy.uz/uz/product/egri-va-tugri-zbek-halq-ertaklari | Egri va to‘g‘ri (O‘zbek xalq ertaklari) | Kichik yoshdagi bolajonlar uchun ajoyib ertaklar. | 978-9943-6226-3-0 | 128 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/aleksandr-dyuma-uch-mushketyor | Aleksandr Dyuma: Uch mushketyor | Ushbu kitob fransuz Aleksandr Dyuma (1802-1870) qalamiga mansub "Les trois mousquetaires" romanining rus tili orqali B. Boyqobilov va S. To‘raxonovalar tomonidan "Uch mushketyor" nomi ostida tarjima qilingan ko‘rinishidir.
Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub bo‘lmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni so‘zlarni, jumlalarni yoki maqol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, o‘sha til egalari - xalqning turmush tarzi, etnografiyasini, madaniyati va tarixini mukammal bilish talab etiladi. Shuning uchun B. Boyqobilov va S. To‘raxonovalar ham doimo xalqimizning, ayniqsa o‘quvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor bo‘lgan. Biz ham shular qatorida tarjimon - B. Boyqobilov va S. To‘raxonovalardan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz.
"Uch mushketyor" asari - jahon adabiyotining o‘lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Bu asar nafaqat badiiy kitob orqali, balki yurtimiz telekanallarida yiliga bir necha bor berilgan videofilmi orqali ham juda mashhur.
Ushbu asar vatanimizda bir necha bor qayta chop etilgan. Chunki har doim bu kitobga talab katta bo‘lgan va barcha, katta-yu kichik sevib o‘qiydi.
Asarni o‘qish davomida XVII asrda Fransiyada bo‘lib o‘tgan voqealarning ham biroz tahliliga duch kelasiz. Asarda o‘sha davr urf-odatlari ham yorqin ranglarda tasvirlangan. | 978-9943-5770-7-7 | 752 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/bekzod-juldoshev-fizika-mukammal-tuplam | Bekzod Yo‘ldoshev: Fizika mukammal to‘plam | Mazkur qo'llanmada siz fizika fanining Mexanika bo'limiga oid testlarni uchratasiz. Qolgan bo'limga oid testlar yaqin kunlarda qo'lingizda bo'ladi. Xo'sh, qo'llanmada nimalar mujassam?
✅ 300 ga yaqin rasmli testlar;
✅ Har bir bo'lim oxirida yakuniy takrorlash testlar;
✅ 1996 yildan 2019 yilgacha DTM imtixonlarida foydalanilgan o'rtacha darajadagi qiziqarli testlar.
To'plamdagi testlar zina kabi tuzilishga ega. Boshlang'ich mavzulardagi testlar sodda bo'lib, testlar darajasi keyingi mavzularda qiyinlashib boradi.
Maqsadingiz o’zingizni sinash, bilimizngizga haqqoniy baho berish va talabalik baxtiga erishish bo’lsa,ushbu to'plam aynan siz uchun! | 978-9943-65160-9 | null | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/kuddus-muhammadij-ok-terakmi-kuk-terak | Quddus Muhammadiy: OQ terakmi ko‘k terak | Bolangizga sheʼr yodlating! Bu pand-nasihatning eng taʼsirchan usulidir. Bu oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratishni o‘rganishdagi ilk qadamdir. Bu go‘zallikni ilg‘ash va qadrlay olish ko‘nikmasini shakllantirishning sinalgan vositasidir. Mazkur kitobda joylashgan sheʼrlarni bir emas, bir necha avlod yodlab katta bo‘lgan. Bolaligingizda o‘zingizga shodlik baxsh etgan sheʼrlar bugun farzandlaringizning tilidan jaranglab qaytadan ko‘nglingiz va ko‘zingizni quvontirsin ! | 978-9943-4980-5-1 | 64 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/dunyo-mamlakatlari-yosh-bilimdon-enciklopediyasi | Dunyo mamlakatlari (Yosh bilimdon ensiklopediyasi) | Dunyoda turli xil mamlakatlar, shahar-u qishloqlar mavjud. Har biri o‘ziga yarasha go‘zal, sirli qiziqarli. Ular haqida qancha ko‘p bilganingiz sari ko‘nglingizda sayohat ishtiyoqi kuchayib boraveradi.
Mazkur kitob bahonasida siz dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Kitobda jahonning eng ko‘zga ko‘ringan mamlakatlari haqida qiziqarli maʼlumotlar berilgan. O‘ylaymizki, bu sayohat davomida ko‘p narsalarni bilib olasiz.
Tuzuvchi: Oybek Xaydarov | 978-9943-5833-2-5 | 96 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-urushning-sunggi-kurboni | O‘tkir Hoshimov: Urushning so‘nggi qurboni | Aziz o‘quvchilar! Siz bilan sevimli adibimizning «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasi haqida gaplashamiz va bu asarni to‘liq o‘qib chiqishni maslahat beramiz. Chunki asar urush haqida, urushning fojiali oqibatlarga olib kelishi haqida. Darhaqiqat, insoniyat tarixida eng dahshatli qirg‘inbarot – Ikkinchi jahon urushi millionlab kishilar yostig‘ini quritishdan tashqari, odamlar ongi, ruhiyatida ham yomon o‘zgarishlar yasadi. Ochlik, muhtojlik odamlarni asabiy, bir-biriga g‘anim qilib qo‘ydi, ayrimlarni egri yo‘lga boshladi. «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasi qahramoni Umri xola urush ketayotgan joylardan minglab kilometr uzoqda bo‘lsa-da, halok bo‘ladi. Umri xola o‘limi sabablarini asarni o‘qigach, anglab olasiz. | 978-9943-07-690-7 | 112 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhyul-paio-iroda-tarbiyasi | Jyul Payo: Iroda tarbiyasi | Yoshlarning o‘zlari ustidan hokimlikka, yaʼni o‘zini boshqarish va dangasalikni yengish uchun usul yo‘qligi haqida shikoyat qilishlarini ko‘p eshitamiz. Mazkur kitob ushbu shikoyatlarga javob o‘laroq yozilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Iroda tarbiyasiga qiziqadigan kitobxonlar va, umuman, asliy mehnat bilan shug‘ullanadigan kishilar bu kitobdan foydali ko‘rsatmalar olishadi deb ishonamiz. | 978-9943-7272-4-3 | 360 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/tkir-oshimov-tushda-kechgan-umrlar-kitob | O‘tkir Hoshimov: Tushda kechgan umrlar (Ilm-Ziyo Zakovat) | Odamzot hayotida shunday pallalar bo‘ladiki, baʼzida ularni hech qachon unutging kelmaydi, baʼzida esa tushingda kechirgandek unutishni xohlaysan. Ammo bunday vaqtlar hayotingda qanday iz qoldirganidan qatʼiy nazar, baribir qalbingning bir bo‘lagi hamisha o‘sha xotiralar bilan band bo‘lib qolaveradi... Noyob isteʼdod sohibi O‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» asarini o‘qigan kitobxon qalbidan ham shunday o‘ylar kechadi. Romanda keltirilgan voqealar qamrovi juda keng: 30-yillarning mashʼum “qatag‘on” qilish manzaralari, 80-yillardagi ko‘pchilikning yostig‘ini quritgan Afg‘oniston urushi lavhalari, shu yillarda sodir bo‘lgan «o‘zbek ishi»... Insonlar hayotida sodir bo‘ladigan bu uchta yirik, juda katta hajmli voqealarni bir-biri bilan bog‘lashda yozuvchi mahoratiga tan bermaslikning iloji yo‘q. Voqealar yoki qahramonlar haqida gapirib o‘tmoqchi emasmiz. Yaxshisi, o‘zingizni mutolaaga chorlaymiz. | 978-9943-5858-6-7 | 240 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/davron-nurmuhammad-rasululloh-sollallohu-alaihi-va-sallamga-muhabbat | Davron Nurmuhammad: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga muhabbat | Ushbu kitob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning siyrat va sunnatlarini yodga solib turuvchi eslatma sifatidagi qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. | 978-9943-6618-5-1 | 176 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-uch-ildiz | Pirimqul Qodirov: Uch ildiz | Ushbu romannig "Uch ildiz" deb nomlanishi zamirida kelajak poydevori hisoblangan yoshlarning kamolotga erishishi yo‘lida, avvalo, uchta maʼnaviy ildiz otishi g‘oyasi ilgari surilgan.
Birinchisi - puxta bilim olish, ikkinchisi - haqiqiy inson bo‘lish, uchinchisi esa muhabbatga asoslangan oila qurishdir!!!
Har bir yosh avlod shu tariqa kelajakda baxt-saodatga erishishi mumkin. O‘ylaymizki, bugungi yoshlar ham, avvalo, ana shunday maʼnaviy ildizlar asosida kamolotga yetadilar | 978-9943-5366-6-1 | 448 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/lev-tolstoj-bolalar-uchun-hikoyalar-ertaklar-masallar | Lev Tolstoy: Bolalar uchun hikoyalar, ertaklar, masallar | Mazkur kitob ulug‘ adib L.N.Tolstoyning bolalar uchun yaratilgan hikoyalari, ertaklari va masallaridan iborat. Bu moʻjaz asarlarni o‘qish davomida aziz o‘quvchi hayotda uchrab turadigan turli-tuman voqeliklarga oshno bo‘ladi. Kitob yosh o‘quvchilar, ota-onalar, ustozlar uchun mo‘ljallangan. | 978-9943-4910-8-3 | 96 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/matematika-fanidan-mavzulashtirilgan-savollar-tuplami-1996-2021 | Matematika fanidan mavzulashtirilgan testlar to'plami (1996- 2021) | To‘plam so‘nggi yillarda chop etilgan darsliklar asosida tayyorlangan. Undagi savollar joriy taʼlim dasturi asosida mavzularga tasniflangan holda berilmoqda. Ularni yechish orqali imtihonlarga tayyorlanish hamda mazkur predmetdan olingan bilimlarni tekshirib ko‘rish mumkin, Ushbu «Optima» deb nomlangan seriyada savollar sifati oshirildi, eng zarur, eng saviyali va imtihonlarga tayyorlanishda qo‘l keladigan topshiriqlar qoldirildi, yaʼni to‘plam mazmunan optimallashtirildi.
To‘plam orta umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar hamda sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. | 978-9943-7133-3-8 | 368 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/abdugaffor-gadaev-ichki-kasalliklar | Abdig‘affor Gadayev: Ichki kasalliklar | So‘nggi yillarda ichki kasalliklarning etiologiyasi, patogenezini o‘rganish, tashxislash va davolashni mukammallashtirishda sezilarli ijobiy natijalarga erishildi. Bu, avvalo, amaliyotga yangi zamonaviy laborator-asbobiy tekshirish usullarining joriy etilishi va yuqori samarali dorilarning yaratilishi bilan bog‘liq. Lekin, shunga qaramasdan, butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham aholi orasida keng tarqalgan. yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Uning qator obyektiv va subyektiv sabablari mavjud bo‘lib, ulardan biri amaliyotda ishlayotgan shifokorlarning yuqorida qayd etilgan zamonaviy usullar bilan yetarli darajada tanish emasliklari va so‘nggi yillarda talabalar uchun lotin alifbosida darsliklar nashr etilmaganligidir. Shularni eʼtiborga olib, lotin alifbosida qayta nashr etilayotgan mazkur darslik tibbiyotning so‘nggi yutuqlariga tayanilgan holda tibbiyot institutlarining davolash va tibbiy pedagogika. fakultetlari IV-VI kurs talabalari o‘quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Unda aholi orasida keng tarqalgan ichki kasalliklar batafsil yoritilgan. Darslikdan nafaqat talabalar, balki amaliyotda ishlayotgan shifokorlar ham foydalanishlari mumkin.
COVID-19 infeksiyasi va u bilan bog‘liq ichki aʼzolarning zararlanishi butun dunyoda, shu jumladan, respublikamizda ham keng tarqalganini inobatga olib, ushbu nashrda unga bag‘ishlangan yangi bob qo‘shildi. | 978-9943-4669-2-0 | 812 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/uzbek-tili-va-adabiyotidan-savollar-tuplami-iii-kism | Nargiza Erkaboyeva: O‘zbek tili va adabiyotidan savollar to‘plami (III qism) | Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u adabiyot fani bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan.
O‘zbek tili va adabiyotidan savollar to‘plamini tuzishda hozirda qo‘llanilayotgan fan darsliklariga tayanildi. Mavzularning izchil tarzda bo‘limlarga bo‘lingani esa foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
Soha bilan qiziqqan kitobxonlarga mo‘ljallangan. | 978-9943-7695-2-6 | 672 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhahon-tarihidan-savol-zhavoblar-tuplami | Abdulla Sharopov: Jahon tarixidan savol-javoblar to‘plami. 10000 savolga 10000 javob | Ushbu qo‘llanma oliy o‘quv yurtlariga kirish niyatida bo‘lgan abituriyentlar, o‘quvchi yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha mavzuli savol-javoblardan iborat. Savollar umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklari asosida tuzilgan.
Kitob yangi maʼlumotlar bilan to‘ldirilgan holda 8 marta nashr etilmoqda.
| 978-9943-4533-0-2 | 304 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-mashhur-kishilar-hayotidan-nomalum-sahifalar | Deyl Karnegi: Mashhur kishilar hayotidan noma’lum sahifalar | Ushbu kitob sizga eng og‘ir damlarda qanday ish tutish kerakligidan saboq beradi. Siz azob-uqubatga, mashaqqatlarga duchor bo‘lgan insonlar haqida o‘qib, ular o‘z muammolaridan qay tarzda xalos bo‘lganliklarini bilib olasiz.
| 978-9943-5768-3-4 | 198 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/ona-tili-abiturientlar-uchun-savollar-tuplami | Orzigul Hamroyeva: Ona tili (abituriyentlar uchun savollar to‘plami) | Ushbu savol-javoblar to‘plami umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlari darsliklari asosida, ilg‘or pedagogik uslublarga tayangan holda tuzilgan, ayniqsa, savollarda mavzuviy izchillikning saqlangani eʼtiborga molik. Ona tilini chuqur va mukammal o‘zlashtirishni istaganlarga yordam berishni ko‘zda tutib yaratilgan mazkur kitob keng o‘quvchilar ommasiga manzur bo‘ladi deb o‘ylaymiz. | 978-9943-4821-5-9 | 368 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/nazar-eshonkul-majmun-etaklagan-odam | Nazar Eshonqul: Maymun yetaklagan odam | Назар Эшонқул 1962 йил 15 июнда Қашқадарё вилояти Қамаши туманидаги Терсота кишлоғида туғилган. ТошДУнинг журналистика факултетини тамомлаган (1986). Дастлабки асари — «Уруш одамлари» 1988 йилида нашр этилган. Шундан сўнг ёзувчининг «Момо кўшиқ», «Маймун етаклаган одам», «Шамолни тутиб бўлмайди», «Момо қўшиқ» ўпламлари, «Гўрўғли» романи ва бошқа асарлари нашр этилган. Хуан Карлос Онеттининг «Ҳикоялар ва қиссалар»ини, Албер Камюнинг «Эсселар»ини, Чеховнинг «Болохонали уй» ҳикоясини, Альбер Камюнинг фалсафий эсселарини ва бошқа кўплаб дунё адабиёти намуналарини ўзбек тилига таржима қилган.
Ёзувчи асари ҳақида
«Маймун етаклаган одам» ажойиб ҳикоя. Фикрга чорлайди. Шу ҳикоянинг туғилиш жараёни хусусида икки оғиз гапириб берсангиз.
– Менга «Одам ўз умрининг рассоми, ҳар ким қандай яшаса, шундай сурат чизади, кунларни, умрни, умрнинг фаслларини чизади» деган фикр келиб қолган. Кейин атрофимда қарашларнинг дувиллаб тўкилишини, таназзулга юз тутган ғоялар ва тушунчаларни кўрдим. Улар бирма-бир Қадимги Бобил қўрғонларига ўхшаб кўз олдимизда қулай бошлади. Ҳа, 80-йилларда биз буларнинг ҳаммасини кўрдик. Ўша қулаган қарашлар, ғоялар, интилишлар миллионлаб умрларни ўзи билан бирга олиб кетди. Шунда мен ўз умрини ўтаб бўлган зиёли одамнинг образи орқали ҳаётнинг ана шу силсиласини акс эттиришни истадим. Ҳикоя ўша кайфиятда яратилган. Ҳикояда рассом ҳақида умуман ўйламаганман. Мен учун суратлар шунчаки метофора – ташбеҳ вазифасини ўтаган. Зиёли одамнинг ички дунёсини ифодалашни истаганман, халос. | 978-9943-22-383-7 | 208 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-dunyoning-ishlari | O‘tkir Hoshimov: Dunyoning ishlari (lotin) | Odam ko‘pincha o‘z yaqinlarining qadriga yetmaydi. Ayniqsa onaning qadrini bilmaslik yosh o‘tganda pushaymonlik keltirishi mumkin. Shu maʼnoda "Dunyoning ishlari" asarini kishi ulg‘ayganda tuyadigan ona armoni deyish mumkin. Asardan paydo bo‘ladigan katta xulosa ham aslida shu. Shu bilan birga asar dunyoning, yaqin insonlarning qadriga yetishga, hayotning maʼno-mazmunini teranroq anglashga, ona oldidagi farzandlik burchi va masʼuliyatini tuyishga o‘rgatadi. "Dunyoning ishlari" yuqorida aytilgan sababi tufayli qo‘ldan qo‘ymay o‘qilayotgan bo‘lsa kerak ehtimol. | 978-9943-5858-8-1 | 176 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-uroni-karim-va-uzbek-tilidagi-manolar-tarzhimasi | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi | Mazkur kitob – kitobxonlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olingan «Tafsiri Hilol»ning qisqartirilgan, maxsus nashri bo'lib, unda faqat oyatlarning asli hamda ma'nolarning o'zbekcha tarjimasi berilgan. Bu esa Qur'oni Karimni tilovat qiluvchilar uchun qiroat davomida oyatlarning mazmuni bilan ham tanishib borish imkonini beradi. «Qur'oni Karim va o'zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi»ning muqaddimasidan uning ushbu nashrning o'ziga xos xususiyatlari haqida keng ma'lumot olishingiz mumkin. | 978-9943-5477-1-1 | 632 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/bahtiyor-abdugafur-kuot-uzbechka-kuot-yohud-snajper-kiz-hakida-kissa | Baxtiyor Abdug‘afur: "Uzbechka", yoxud snayper qiz haqida qissa | Asar voqealari urush o‘chog‘ida ro‘y beradi. Balog‘at yoshidagi qizning bu vahshat vodiysiga tushib qolishi aslo tasodif emas. Urush ortidagi mehnati bilan takror tuhmatlarga uchrayvergach, o‘zini-o‘zi borsa-qaytmasga hukm qiladi. Jangda ham jiddiy sinovlarga ro‘baro‘ keladi. Dushmanga qarshi urushda tarafdorlari tomonidan o‘limdan og‘ir jazoga hukm qilinganda esa sukut va sabr bilan kutadi. Haqiqatning qaror topishi juda qiyin, ammo baribir yuzaga chiqadi.
| 978-9943-20-607-6 | 288 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zulfiya-sajlanma | Zulfiya: Saylanma | Зулфия XX аср ўзбек шеърияти осмонида чақнаб чиққан Зуҳро юлдузидир. Шоиранинг ёқимли лирик сози садолари ўзбек шеърияти наволари орасида яққол ажралиб туради, кўнгилларга ёрқин руҳ бағишлайди, нур улашади. Ўзбек аёлининг бой ва ранг-баранг ички дунёси, аёл эрки, аёл қалби, садоқат ва вафо, висол ва ҳижрон, пок севги, ёруғ муҳаббат, севикли ёр нашидалари ва изтироблари, она бахти ва армонлари шоира ижодининг ҳаётбахш сарчашмаларидир. | 978-9943-26-608-7 | 224 | 2016 |
https://asaxiy.uz/uz/product/haruki-murakami-shamol-kushigini-tingla | Xaruki Murakami: Shamol qo‘shig‘ini tingla | Харуки Мураками замонавий япон адабиётининг йирик намояндаларидан бири. Адиб асарлари дунё халқларининг элликдан зиёд тилларига таржима қилинган. Ўнга яқин миллий ва халқаро адабий мукофотга сазовор бўлган ёзувчи жаҳон адабиёти ривожига таъсир кўрсатган забардаст сўз санъаткорлари қаторида ўз ўрнига эга. Қўлингиздаги китобда Харуки Мураками ижодининг илк намуналари – «Шамол қўшиғини тингла» ва «Пинбол-1973» романлари илк бора она тилимизда эътиборингизга ҳавола этилмоқда. Машҳур япон адибининг сир-синоатга тўла, ғаройиб ижод олами билан танишишда бу икки асар ўзбек китобхони учун ўзига хос мутолаа босқичини ўтайди.
p.p1 {margin: 0.0px 0.0px 0.0px 0.0px; font: 13.0px 'Helvetica Neue'}
| 978-9943-20-635-9 | null | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/talha-ugurluel-abdulhamidhon-yashirin-tarih-hakikatlari | Talha Ug'urluel: Abdulhamidxon. Yashirin tarix haqiqatlari | Tarix-faqat shu fan sohasining emas, balki millatning har bir vakiliga birdek daxldordir. Sobiq sho‘ro davrida tariximizning juda ko‘p sahifalari yopib qo‘yildi. Haqiqat esa yosh boladek nimani berkitib qo‘ysang, shuni izlab topadi.
Mahoratli turk adibi Talha Ugurluelning uzoq yillik izlanishlari mahsuli bo‘lgan qo‘lingizdagi ushbu kitob, Usmoniylar saltanatining so‘nggi hukmdori Abdulhamidxon II ning hayoti va faoliyati tarixiy hujjatlar asosida yozilgan eng ishonchli manbadir.
Insof ko‘z oynagidan qaralganda o‘ttiz yildan oshiqroq davlat idora qilgan Abdulhamidxon davrida eng og‘ir jazo hisoblangan o‘lim hukmi faqatgina besh marotaba qayd etilgan.
Bu esa o‘z navbatida g‘arb adabiyoti hamda g‘arbsevarlar taʼriflagan qizil sulton emas, aksincha “Qamar sulton” nomi munosibligiga kifoya qiladi. Abdulhamidxon, avvalo, xalqlar birligi- ini saqlab qolishga urindi.
Millatning kelajagi, uning mavqei uchun hayotining so‘ngi kunlarigacha kurashdi. Xulosa qilib aytganda kitobni o‘qish davomida, haqiqat va xurofot manzillari ayro bo‘lishiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.
Rahmat Rashidov Adabiyotshunos, tarjimon | 978-9943-7271-0-6 | 280 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zbek-tili-va-adabiyotidan-savollar-tuplami-iv-kism | Nargiza Erkaboyeva: O‘zbek tili va adabiyotidan savollar to‘plami (IV qism) | Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u adabiyot fani bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan.
O‘zbek tili va adabiyotidan savollar to‘plamini tuzishda hozirda qo‘llanilayotgan fan darsliklariga tayanildi. Mavzularning izchil tarzda bo‘limlarga bo‘lingani esa foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
Soha bilan qiziqqan kitobxonlarga mo‘ljallangan. | 978-9943-5738-4-0 | 448 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/togaj-murod-ojdinda-yurgan-odamlar | Tog‘ay Murod: Oydinda yurgan odamlar | Ushbu kitob mutolaasiga kirishar ekansiz, qalbingizga oydin nur kirganini sezasiz. Ko‘nglingiz ajib hislar og‘ushida qoldi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning eng dilbar qissasi «Oydinda yurgan odamlar» zamirida umrboqiy va umuminsoniy qadriyatlar qalamga olinadi. Siz asl vafo va sadoqatga guvoh bo‘lasiz.
| 978-9943-4999-8-0 | 192 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/temur-malik-musofirnoma-1-kitob | Temur Malik: Musofirnoma (1-kitob) | "Америка орзуси". Бу жумлани эшитмаган одам қолмаган бўлса керак. Роман қаҳрамони-Бобур. У юксак мақсадлар қўйиб, бу орзуни амалга оширган йигит. Бобур АҚШда ўқиб, "Америка орзуси" аслида нималигини, у ҳаёт ташқаридан ялтироқ, ичидан қалтироқ эканлигини англаб етади...
| null | 176 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/togaj-murod-bu-dunyoda-ulib-bulmajdi | Tog‘ay Murod: Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi (Qattiq muqova, lotin) | Tog‘ay Murodning ushbu romani Kafka va Kamyu asarlari singari o‘quvchini oxir-oqibat “hayot maʼnisizligi” haqidagi aqidaning qora chohiga tushirib yubormaydi. Sho‘ro tuzumining g‘ayriinsoniy qiyofasini ochib berish bilan birga o‘quvchini har qanday sharoitda o‘z qalbiga quloq solib yashashga daʼvat etadi. | 978-9943-6042-4-7 | 224 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/kimyo-abiturientlar-va-repetitorlar-uchun-kullanma | P. N. Mirzayev, M. P. Mirzayeva: Kimyo (abituriyentlar va repetitorlar uchun qo‘llanma) | Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan .
Muallif: P.N.Mirzayev. M.P.Mirzayeva
| 978-9943-4822-0-3 | 432 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/uzbek-tili-va-adabiyotidan-savollar-tuplami-ii-kism | Nargiza Erkaboyeva: O‘zbek tili va adabiyotidan savollar to‘plami (II qism) | Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u adabiyot fani bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan.
O‘zbek tili va adabiyotidan savollar to‘plamini tuzishda hozirda qo‘llanilayotgan fan darsliklariga tayanildi. Mavzularning izchil tarzda bo‘limlarga bo‘lingani esa foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
Soha bilan qiziqqan kitobxonlarga mo‘ljallangan. | 978-9943-5739-5-6 | 524 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-dunyoning-ishlari-taf | O‘tkir Hoshimov: Dunyoning ishlari (yumshoq muqova) | Odam ko‘pincha o‘z yaqinlarining qadriga yetmaydi. Ayniqsa onaning qadrini bilmaslik yosh o‘tganda pushaymonlik keltirishi mumkin. Shu maʼnoda "Dunyoning ishlari" asarini kishi ulg‘ayganda tuyadigan ona armoni deyish mumkin. Asardan paydo bo‘ladigan katta xulosa ham aslida shu. Shu bilan birga asar dunyoning, yaqin insonlarning qadriga yetishga, hayotning maʼno-mazmunini teranroq anglashga, ona oldidagi farzandlik burchi va masʼuliyatini tuyishga o‘rgatadi. "Dunyoning ishlari" yuqorida aytilgan sababi tufayli qo‘ldan qo‘ymay o‘qilayotgan bo‘lsa kerak ehtimol. | 978-9943-6754-8-3 | 256 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/omina-shenlikugli-muslima-ayol-evropada | Omina Shenliko‘g‘li: Muslima ayol Yevropada | Hurmatli kitobxon!
Sizga “Nasroniy atirguli", "Imomning Maneken qizi", "Mariya" kabi asarlari bilan tanish bo‘lgan turkiyalik adiba Omina Shenliko‘g‘lining yana bir mashhur asari — "Muslima ayol Yevropada" romanini o‘zbek tilida armug‘on etmoqdamiz.
Qo‘lingizdagi asarni — "Muslima ayol Yevropada" romanini mutolaa qilar ekansiz, Islom olamidagi ayollarning butun dunyo ahliga nechog‘li o‘rnak bo‘la olganligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.
Mazkur asarning bosh qahramonlari nafaqat yozuvchining shaxsi hamda u tasvirlagan muslima ayollar, balki mutolaa jarayonida siz ham asar qahramonlaridan biriga aylanasiz.Yozuvchi bilan birgalikda Belgiya, Gollandiya, Germaniyaga yo‘lga chiqasiz.
Mazkur yozuvchini necha yillardan buyon G‘arb dunyosida musulmonlarga noto‘g‘ri baho berilayotgani, ularning Sharq haqidagi noxolis fikrlari qiynab kelar edi. Shu sababli yozuvchi adolat qalamini qo‘lga olishga majbur bo‘ldi.
Islom olamidagi ayollar, haqiqatan ham, zulm ko‘radilarmi? Ularga bunday tamg‘a bosishdan kimlar manfaatdor?
Yozuvchi Belgiyada nega ushlanib qoldi? Bu yerda uni nima hayratga soldi?
Kristel ismli ayol kim va u asar syujetida qanday o‘rin tutadi? Nega u o‘zini o‘ldirmoqchi edi?
Semaga nima uchun qayta turmush qurmasligi maslahati berildi? Bu ayol uchun zulm emasmi?
Gurbuz nega yozuvchiga tanbeh beradi yoki u haqmidi?
Nodiraning ota-onasi qiziga nima uchun turmushga chiqish masalasida yon bosishmadi? Ular haqmidi?
Rafet xotini Nodirani yoqlab o‘z onasiga qarshi chiqib to‘g‘ri qiladimi?
Nodira o‘z qaynonasi va qaynsinglisiga qilgan munosabatida haqmidi?
Nodira Belgiyada uy masalasida bo‘lgan sudda yutib chiqadimi yoki uysiz ko‘chada qoladimi?
Ushbu savollarga asarni o‘qish davomida javob topasiz | 978-9943-7200-5-3 | 256 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/iyosiddin-yusuf-kundalik-odoblari | G‘iyosiddin Yusuf: Kundalik odoblari | "Одоб" сўзи "яхшиликка чақириш" деган маънони билдиради. Яхшиликка чақириш учун энг кўп интилганимиз болалардир. Шунинг учун ёш ижодкорлардан Ғиёсиддин Юсуф ушбу китобни битди. Унда болалар ҳаётида тез-тез такрорланадиган кўплаб амалларнинг одоби баён қилинган. Китобнинг ранг-баранг экани ва ҳар бир мавзу сўнггида мавзу юзасидан саволлар берилгани болалар ушбу одобларни ўрганишида ёрдамчи бўлади деб умид қиламиз.
| 978-9943-5979-4-5 | 56 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-zulfikor-ahmad-nakshbandii-islomda-sharm-hae | Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy: Islomda sharm-hayo | Hadisi sharifda imonning shoʻbalaridan aynan hayo zikr qilin gan. Zero, hayo barcha fazilatlar boshi va imonning qolgan bo‘laklariga undovchi sifatdir. Uning ahamiyati beqiyos. Sharm bandani dunyo sharmandachiligi va oxirat azobidan ogoh etib, maʼsiyatlardan to‘sadi. Ushbu kitobda sharm va hayo atroflicha tahlil etilgan.
Sharm bandani dunyo sharmandachiligi va oxirat azobidan ogoh etib, maʼsiyatlardan to‘sadi. Ulamolar hayoni taʼriflab bunday deyishgan: "Hayo shunday xulqki, u go‘zal amallarni qilishga va yomonliklarni tark etishga undaydi".
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy: Islomda sharm-hayo | 978-9943-7271-1-3 | 72 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zho-vitale-baht-sari-turt-kadam | Jo Vitale: Baxt sari to‘rt qadam | Muallif taʼkidlaganidek ushbu kitob sizning shaxsiy uyg‘onishingizga asoslangan, hamma muammolardan qutulib, baxt sari, izlayotgan baxtingiz sari yetaklaydi.
| 978-9943-5492-4-1 | 192 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/togaj-murod-otamdan-kolgan-dalalar | Tog‘ay Murod: Otamdan qolgan dalalar | "Отамдан қолган далалар"-рамзий роман.
Муаллиф ўз романида собиқ шўролар замонида яшаб, бутун умри далада кетмон чопиб, серқуёш юртида елкаси офтоб кўрмаган, қут-баракот юртида косаси оқармаган мунис ўзбек халқи сиймосини Деҳқонқул тимсолида бадиий талқин этади. | 978-9943-25-524-1 | 342 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/siz-lidersiz-prezident-maktablari-kirish-imtihonlariga-keng-kamrovli-taiergarlik-kurslari | Siz Lidersiz! Prezident maktablari kirish imtihonlariga keng qamrovli tayyorgarlik kurslari | «Siz Lidersiz» kitoblar to‘plami aynan Prezident maktablarida taʼlim olishni niyat qilgan o‘quvchilarning imtihonlarga samarali tayyorlanishi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida kirish imtihonlarining matematika, tanqidiy fikrlash, muammoni yechish va ingliz tili bo‘limlari bo‘yicha bilimlaringizni oshirishingiz mumkin. «Siz Lidersiz» kitoblar to‘plamining «Tanqidiy fikrlash» qismida imtihonda tushadigan tanqidiy fikrlash savollariga o‘xshash savollarni tahlil qilish orqali ishlashingiz mumkin bo‘ladi. Kitobning eng afzal jihatlaridan biri shundaki, bu yerda barcha savollar mavzulashtirilgan tartibda joylashtirilgan, har bitta mavzu bo‘yicha savollarga to‘g‘ri javob topish uchun qanday samarali yondashish lozimligi to‘liq tushuntirib berilgan.
«Siz Lidersiz» kitoblar to‘plamining «Muammoni hal qilish» qismida imtihonda tushadigan matematikaga oid savollariga o‘xshash savollarni tahlil qilish orqali ishlashingiz mumkin bo‘ladi. Kitobning eng afzal jihatlaridan biri shundaki, bu yerda barcha savollar mavzulashtirilgan tartibda joylashtirilgan, har bitta mavzu bo‘yicha savollarga to‘g‘ri javob topish uchun qanday samarali yondashish lozimligi to‘liq tushuntirib berilgan.
«Siz Lidersiz» kitoblar to‘plamining «Ingliz tili» qismida imtihonda tushadigan savollariga o‘xshash savollarni tahlil qilish orqali ishlashingiz mumkin bo‘ladi. Kitobning eng afzal jihatlaridan biri shundaki, bu yerda barcha savollar mavzulashtirilgan tartibda joylashtirilgan, to‘liq javob kalitlari berilgan bo‘lib, savollar yechimiga qanday yondashish lozimligi to‘liq tushuntirib berilgan.
«Siz Lidersiz» kitoblar to‘plamining «Sinov testlari» qismida imtihonda tushadigan savollarga o‘xshash savollar to‘plamlari berilgan.
| 978-9943-7577-4-5 | null | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulhamid-tahmoz-azrati-oisha-roziyallohu-anho | Abdulhamid Tahmoz: Hazrati Oisha roziyallohu anho | Ушбу китоб мўминлар онаси Оиша розияллоҳу анҳо ҳаётлари ҳақида ҳикоя қилади. | 978-9943-5999-6-3 | 272 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/yustejn-gorder-apelsin-kiz-lotin-alifbosida | Yusteyn Gorder: Apelsin qiz | Hali farzandi ulg‘aymasdan turib dunyodan o‘tgan ota farzandiga maktub qoldiradi. Bu xatni oradan o‘n bir yil o‘tgandan keyin marhumning onasi topib oladi va uni nabirasiga beradi.
Bu maktubda ota nafaqat o‘zining turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan muhabbati haqida balki insoniyatni o‘ylantiradigan juda ko‘p muammmolarga javob izlaydi.
Shuningdek, ushbu to‘plamdan Yuxan Falkbergetning “Qismat” hikoyasi ham o‘rin olgan. | 978-9943-6339-9-5 | 160 | 2020 |
https://asaxiy.uz/uz/product/kuroni-karimdan-mashhur-suralar-va-eng-zarur-duolar-lotin | Qur’oni Karimdan mashhur suralar va eng zarur duolar (lotin) | Ushbu kitobda Qurʼoni karimdagi mashhur suralar va kundalik duolar transkripsiyasi oddiy o‘quvchining o‘zlashtirishi va talaffuz qilishi uchun qulay uslubda berildi.
Muhtaram Qurʼon o‘rganuvchilari mazkur kitobdan o‘rganganlaringizni bir ustoz nazoratidan o‘tkazib olishlaringizni tavsiya etamiz. Kitob qalbingizga surur, xonadoningizga nur baxsh etishini tilaymiz. | 978-9943-7003-3-8 | 160 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-ronald-ruel-tolkin-uzuklar-hukmdori | Jon Ronald Ruyel Tolkin: Uzuklar hukmdori | Britaniyalik adib Jon Ronald Ruyel Tolkin (1892-1973) qalamiga mansub "Hobbit yoxud borib qaytish" romanini uzviy davomi bo‘lgan "Uzuklar hukmdori" roman-epopeyasini ona tilimizga tarjima qilishdan maqsad, sehr-jodu yoki afsungarlikni targ‘ib qilish emas, aksincha yoshlarning yaxshilikka, adolatga, haqiqatga, mehr-muhabbatga bo‘lgan ishonchini yana-da mustahkamlash, kindik qoni to‘kilgan yurt - vatanga bo‘lgan muhabbatini yana-da yuksaltirishdir.
Agar ushbu asarni boshidan oxirigacha o‘qisangiz, unda ona yurt mustaqilligi uchun kurash, uni bosqinchilardan ozod qilish qancha mushkul va murakkab vazifa ekanligini anglaysiz.
Asarni o‘qigan yosh kitobxon murakkab hayotning ko‘plab jihatlari, yaxshi-yomonliklari, oq-u qorasi, yovuzlik bilan ezgulik o‘rtasidagi mangu kurashdan oz bo‘lsa-da voqif bo‘lishi, qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishib, bilimini oshishiga shubha yo‘q.
| 978-9943-6033-0-1 | 592 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/uzbek-tili-va-adabiyotidan-savollar-tuplami-i-kism | Nargiza Erkaboyeva: O‘zbek tili va adabiyotidan savollar to‘plami (I qism) | Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u adabiyot fani bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan.
O‘zbek tili va adabiyotidan savollar to‘plamini tuzishda hozirda qo‘llanilayotgan fan darsliklariga tayanildi. Mavzularning izchil tarzda bo‘limlarga bo‘lingani esa foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
Soha bilan qiziqqan kitobxonlarga mo‘ljallangan. | 978-9943-6354-8-7 | 512 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/akrom-malik-halka-zhangchi-predzakaz | Akrom Malik: Halqa. Jangchi | Ushbu kitoblar muallifning “Halqa” va “Jangchi” qissalaridir.
“Halqa” qissasidagi voqealar oxirgi yuz yillikda bo‘lib o‘tadi. Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind o‘lkasi, Afg‘on sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va Uyg‘ur diyorlariga yetaklaydi. Iymon va kufr, mo‘min va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hikoya qiladi.Unda iymonli insonning hayot mashaqqatlarini yengib g‘olib bo‘lishi, matonatning yuksak mukofoti haqida so‘z boradi.
“Jangchi” qissasi esa qadim Falastin, Shom va Isroil o‘lkalarida kechgan tarixiy voqealardan so‘zlaydi. Qahramonlar boshidan kechgan fojialar va ularning sabablari hech qachon eskirmaydi. O‘quvchi “Jangchi” qissasidan bugungi kuni uchun ibrat ola bilishidan umidvormiz. | 978-9943-5117-3-6 | 528 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zho-vitale-eng-sara-asarlari | Jo Vitale: Eng sara asarlari (yumshoq muqova) | Qo‘lingizdagi ushbu asarlar muallifi Jo Vitale o‘zining psixologiyaga oid risolalari bilan millionlab kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Aksariyat insonlar uning kitoblarini мутолаа qilib, muvaffaqiyatlarga erishib kelishadi. Muallifning, ayniqsa, ushbu to‘plamdagi "Pul topishning buyuk siri", “Kalit” , "Jalb qilish сири" kabi asarlari ko‘plab kitobxonlarga manzur bo‘lgan. Mazkur asarlar jamlanib, takror eʼtiboringizga havola qilinmoqda. Yozuvchining to‘plamdagi asarlari Siz azizlarga ham manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. | 978-9943-5692-6-3 | 368 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/mihail-ivanin-ikki | Mixail Ivanin: Ikki buyuk sarkarda Chingizxon va Amir Temur | Дунё тамаддунининг буюк тарихи ҳақида гап кетганда, бевосита Чингизхон ва Амир Темур номлари алоҳида тилга олинади. Ўз сиёсати билан бутун дунёни титратган бу икки жаҳонгир буюк империяларга асос солишди. Бу империялар бир неча аср давомида жаҳон майдонида ўз ҳукмронлигини ўрнатишди.
Ушбу китоб айнан ана шу икки буюк саркарда ҳукмронлигига бағишланган. Асарда Чингизхон ва Амир Темур ҳукмронлик қилган давр, ўша давр сиёсати, ҳар иккала ҳукмдорнинг ҳарбий санъати, юришлари, истилолари ҳарбий мутахассис – Чор Россияси генерали томонидан чуқур таҳлил қилинган.
Китоб Чингизхон ва Амир Темур даврини ёритишда ишончли манба бўлиб, у нафақат оддий китобхонлар, балки тарихчилар, ҳарбий мутахассислар, сиёсатшунослар, қолаверса, кенг китобхонлар оммаси учун ҳам қимматли асар бўлади, деган фикрдамиз. | 978-9943-20-345-7 | 304 | 2019 |
https://asaxiy.uz/uz/product/bodo-shefer-eng-sara-asarlari | Bodo Shefer: Eng sara asarlari | Men ushbu kitobim orqali pulga qanday munosabatda bo‘lish kerakligi borasida o‘z tavsiyalarimni bersam. Men o‘zim boshimdan o‘tkazgan, bilganlarimni siz bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Pulga ega bo‘lish bu erkinroq va mustaqilroq hayot kechirish deganidir. Men buni tushunib yetganimda, o‘zimdagi bilim va tajribamni boshqalarga ulashishni istadim. Inson uchishni, suzishni, dasturlashni o‘rganishi mumkinday, badavlat bo‘lishni ham o‘rgana oladi. Bunda sizga bir qancha standart choralar yordam beradi.
Birinchi millionni ishlab topishning bir qancha imkoniyat yo‘llari bor. Bu imkoniyatlar ushbu kitobda bayon etilgan.
| 978-9943-6658-0-4 | 432 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/iul-harakati-koidalariga-suratli-sharhlar-shablon-2022 | Yo‘l harakati qoidalariga suratli sharhlar + shablon (2022) | Mazkur qo‘llanma “Yo‘l harakati qoidalari”ni atroflicha o‘rganish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va uni bartaraf etishda haydovchilarga sifatli bilim berish maqsadida yaratilgan bo‘lib, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi.
Mualliflar “Yo‘l harakati qoidalari”ga sharhlar asosida sakkiz yuzdan ortiq bezakli rasmlar bilan murakkab yo‘l harakati vaziyatlarini sodda qilib tushuntirishga harakat qilganlar.
Qo‘llanma malaka oshirish tinglovchilari, haydovchilar, piyodalar, haydovchilik guvohnomasi olish uchun nomzodlarga va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
Dunyoda hech narsa mukammal bo‘lmagandek, ushbu o‘quv qo‘llanma ham baʼzi bir kamchiliklardan holi bo‘lmasligi mumkin, albatta. Shu sababli o‘quv qo‘llanma haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirgan kitobxonlarga samimiy tashakkur bildiramiz.
2021 yil 30 noyabrga qadar qo‘shimchalar bilan. | 978-9943-5047-5-2 | 224 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/amina-shenlikugli-hienat-kilma | Amina Shenliko'g'li: Yolvoraman, Xiyonat qilma | Mehribon va rahmli Alloh nomi ila.
Hurmatli opa-singillarim, aka-ukalarim! Qo‘lingizdagi ushbu roman Chanoqqala qamoqxonasida dunyoga kelgan. Asarni yozishni o‘sha yerda boshladim va Istanbulda tamomladim.
Yozuvchi degani zehniy horg‘inlikdan xoli bo‘lgan holda qalamini qo‘lga olishi va yozayotgan asari tugaguncha odamlardan biroz uzoq turishi zarur. Ana shunda ijodining foydasi, samarasi ko‘proq bo‘ladi. Bu, ayniqsa, roman yozuvchilar uchun zarur shartdir. Shovqin-suronsiz, sokin bir makon, faqatgina maslagi bilan ovora bir yurak kerak. Afsuski, zamonamizning g‘alvali buhronlarining dastidan bunday imkoniyatni topa olmadim. Men ojiza opangiz mana shu shartlar ostida qo‘lingizdagi «Yolvoraman, xiyonat qilma!» nomli kitobimni yozdim. Sizdan iltimosim shuki, agar bu asarimni ham boshqa kitoblarim kabi yoqtirib qolsangiz, atrofingizdagilarga tarqating. Unda boshqa asarlarimdagi kabi ko‘z yoshi yo‘q, ammo aqlning, tafakkurning nigohi bor.
Yana bir iltimos: kitobni o‘qib tugatganingizdan keyin islomiy mavzuda qalam tebratadigan barcha ijodkorlar uchun "Alloh rozi bo‘lsin" deb quysangiz. Ajabmaski, biz ham o‘sha karvonga qo‘shilib qolsak... Balki sizning xolis duoingiz va niyatlaringiz sababidan qalamning uchidan islom birodarligi tomchilar va bir-birimizdan ayro qolmasmiz.
Yo Parvardigor! Bizga O‘zing yordam ber!
Bizga yordam bermasang, dushmanimiz qolib, bir-birimizni bo‘g‘ishga, bir-birimizga zulm qilishga mahkum bo‘lamiz!Sening roziliging uchun va faqatgina Senga qul bo‘lganim uchun yozdim.
Yo Robbim! Guvoh bo‘l! Menga sening guvohliging yetadi!
Allohga omonat bo‘linglar, muhtaram birodarlarim!
Agar u xohlasa, jannatlarda uchrashish tilagi bilan...
Amina Shenliko‘g‘li
18.01.1990, Dortmund, Germaniya
Turk tilidan Nurulla Abdullayev tarjimasi | 978-9943-7667-2-3 | 320 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/aellar-namoz-kitobi-poklik-namoz-savol-zhavob | Ayollar namoz kitobi (poklik, namoz, savol-javob) | Barchamizga maʼlumki, mo‘mina-muslima qiz va ayollarimizning namozlarida bir qancha o‘ziga xosliklar bor. Bu farqlarni yaxshi bilib olish har bir muslima ayol-qizlarimiz uchun shart. Ushbu kitobda ayollarning namozlaridagi ayni shu o‘ziga xosliklar va farqlar sodda uslubda ketma-ketlik asosida bayon qilingan. Bu kitob har bir muslima ayol-qizlarimiz uchun juda zarur kitoblardan.
| 978-9943-6760-2-2 | 96 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/said-ahmad-zhimzhitlik | Said Ahmad: Jimjitlik | “Jimjitlik” romani 1986—1987 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida davomli eʼlon qilindi. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti uni 1989 yilda 150 000 nusxada bosib chiqardi. Biroq, senzura muallifni ogohlantirmay, hatto unga sezdirmay, asarning uchdan bir qismini olib tashladi. Oqibatda, “mayib” asar o‘quvchi quliga tegdi. Muallif o‘tgan o‘n to‘rt yil davomida romanni qayta tiklash uchun ko‘p urindi. U asarni qayta ishlash jarayonida bugungi kun talablarini nazardan qochirmadi. Roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bag‘ishlangan. | 978-9943-4881-7-5 | 400 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/biologiya-va-genetikadan-masalalar | Baxtiyor Sheraliyev: Biologiya va genetikadan masalalar | Ushbu qo‘llanmada biologiya va genetika fanidan turli masalalar va ularning yechishning bir qancha usullari keltirilgan. Qo‘llanma umumiy o‘rta taʼlim maktabi va akademik litsey o‘quvchilari, abituriyentlar, o‘qituvchilar va barcha genetika faniga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. | 978-9943-5455-6-4 | 240 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-baldoni-liderning-oltin-kitobi | Jon Baldoni: Liderning oltin kitobi | Bu moʻjaz to‘plam boshliqlarning hayoti va faoliyati davomida uchraydigan muammolar, shuningdek, ularning yechimlariga doir tajribali lider hisoblangan Jon Baldonining lo‘nda maslahatlarini o‘zida mujassam qilgan. Maslahatlarda amaliy va taktik jihatlar ko‘zda tutilgan.
Tajribali yetakchilar bu kitobdan ayrim masalalarga mutlaqo boshqacha yondashish va o‘zlaridagi liderlik xislatlarini yana-da boyitishga undovchi misollarni topishadi. Yoshlar uchun esa bu kitob, eng avvalo, dolzarb va amaliy ahamiyat kasb etadi. Kitobni o‘qing – va rahbarlik qilishda davom eting!
| 978-9943-5108-5-2 | 224 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/iul-harakati-koidalari-2022-imtihon-testlari | Yo‘l harakati qoidalari 2022 +imtihon testlari | Mazkur qo‘llanma “Yo‘l harakati qoidalari”ni atroflicha o‘rganish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va uni bartaraf etishda haydovchilarga sifatli bilim berish maqsadida yaratilgan bo‘lib, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi.
Qo‘llanma tinglovchilar, haydovchilar, piyodalar, haydovchilik guvohnomasi olish uchun nomzodlarga va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
2021 yil 30 noyabrga qadar qo‘shimchalar bilan. | 978-9943-4591-0-6 | 256 | 2022 |
https://asaxiy.uz/uz/product/amina-shenlikugli-dor-ostidagi-odam | Omina Shenliko‘g‘li: Dor ostidagi odam | Ушбу воқеани ёзаётганимда аввалига роса кулдим. Бир куни ярим кечаси шунчалик қаттиқ кулибманки,овозим турмуш ўртоғимни чўчитиб юборибди. Қарасам, эшикдан мўралаганча мени кузатяпти. Нима бўлганини сўрадим.
– Нима бўларди, овозингни эшитиб, бу хотин ақлдан оздими деб ўйладим. Бу китобнинг ёзувчиси шунчалик кулаётган экан, ўқувчиси нима қилади? – деди.
Орадан кунлар ўтиб, айни китобни ёзар эканман, кўз ёшларим шашқатор оқаётган эди. Эрим мени бу сафар йиғлаётган ҳолимда кўрди.
– Аллоҳ, Аллоҳ! Бу қандай китоб ўзи? Жуда қизиқиб кетяпман.
Валлоҳи, ёзишни тугатишинг билан ўқиб чиқаман, – деди қизиқсиниб.
Ниҳоят, тугади.
Йиллар давомида ўнлаб марта, қайта-қайта босилди. Юртимизда, Ғарбда, айрим мусулмон мамлакатларда бу асар асосида спектакллар саҳналаштирилди. Энди бир нарсани билгим келяпти: китобни қўлингизга олиб ўқишни бошладингиз. Сиз ҳам мен кулган жойда кулиб, мен йиғлаган жойда йиғлармикинсиз?..
Амина Шенликўғли
2005 йил, Истанбул | 978-9943-20-802-5 | 144 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/abdufattoh-abu-gudda-ulamolar-nazdida-vaktning-kadri | Abdufattoh Abu G‘udda: Ulamolar nazdida vaqtning qadri (oldindan buyurtma) | Abdul Fattoh Abu G‘udda rahmatullohi alayhning «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» nomli asari ilm ahllari nazdidagi vaqtning qadri xususida fikr-mulohaza yuritishga bag‘ishlangan. Mazkur kitobda o‘tgan ulamolarimizning vaqtlaridan unumli foydalanganlari va shu tufayli ulkan hajmdagi asarlar taʼlif etganlari misollar bilan bayon qilib berilgan. Ushbu kitob o‘quvchini vaqtning qadriga yetishga, o‘zi, oilasi, el-yurt va vatani uchun foydali ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishga targ‘ib qiladi. | 978-9943-5425-2-5 | 160 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/matematika-i-ii-iii-kismlar-lotin-alifbosida | Matematika I, II, III qismlar (lotin alifbosida) | Математика I, II, III қисмлар (лотин алифбосида) | null | null | null |
https://asaxiy.uz/uz/product/zarifboj-ibodullaev-asab-va-ruhiyat | Zarifboy Ibodullayev: Asab va ruhiyat | Insonning asab sistemasi juda murakkab tuzilishga ega. Asab sistemasini, xususan bosh miyani olimlar hanuzgacha o‘rganib kelishmoqda va bundan keyin ham uni o‘rganish to‘xtamaydi.
Kitob eng ko‘p uchraydigan kasalliklar haqida bo‘lib, unda bosh miyaning qon tomir kasalliklari, epilepsiya va tutqanoq sindromlari, bosh miyaning yallig‘lanish kasalliklari, parkinsonizm, miyaning ichki bosimi, tanadagi turli og‘riqlar, osteoxondroz, disk churrasi, depressiya, nevroz, ipoxondriya, isteriya, migren, psixosomatik buzilishlar, fobiya va qo‘rquv, bolalar va kattalarda uchraydigan aqliy zaifliklar, xotira buzilishlari, bosh aylanishi va chayqalib yurishlarga asosiy urg‘u berilgan.
Ilmiy - ommabop risola.
| 978-9943-5430-5-8 | 230 | 2018 |
https://asaxiy.uz/uz/product/grigorii-petrov-ok-nilufarlar-yurtida | Grigoriy Petrov: Oq nilufarlar yurtida | Qo‘lingizdagi ushbu kitobda bir millat uyg‘onishiga guvoh bo‘lgan Grigoriy Petrovning kelajak haqida kuzatuvlari va kuzatgan voqealari mavjud. O‘z hayotini Rossiya, Bolgariya, Yugoslaviya va Fransiya kabi mamlakatlarda o‘tkazgan yozuvchi olti yuz yil davomida Shvetsiyaning, so‘ngra Rossiyaning mustamlakasi ostida kambag‘al va mazlum hayot kechirgan Finlandiyaga uyushtirgan ko‘plab sayohatlarida ko‘rgan Fin xalqining milliy uyg‘onishini bu kitobda keltirib o‘tgan.
Milliy uyg‘onishga olib boradigan yo‘l yuksak axloq, mehnatsevarlik va ishlab chiqarish orqali o‘tadi va bu faqat poydevori mustahkam bir taʼlim tizimi bilan qilinishi mumkin. Afsuski, taʼlim tizimini mustahkam poydevor asosida qura olmaydigan jamiyatlarning taqdiri halokatlidir. Mazkur kitob taʼlim tizimimizning takomillashishiga, mamlakatimizning ilmiy-texnikaviy yuksalishiga katta hissa bo‘lib qo‘shil ishiga ishonamiz! | 978-9943-7254-3-0 | 192 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/dunyo-siyosat-zhamiyat-11 | Dunyo siyosat jamiyat | Ushbu qo‘llanma-maʼlumotnoma yoshlarning ommabop va muxtasar bilimlarga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Qo‘llanma o‘qituvchilar, talabalar, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari, abituriyentlar, turli kasb egalari va barcha bilimga qiziquvchilarga mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanmani yaratilishiga (2000-yil) professor A.P.Parpiyevning g‘oyasi asos bo‘lgan.
Qo‘llanmani ushbu nashrini tayyorlashda mamlakatimizning turli go‘shalaridan taklif va istaklar bilan murojaat qilganlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ushbu kitobning 11-nashriga 188 o‘zgartirish, to‘ldirish isloh qilish, aniqlik kiritish, yangilash amalga oshirildi.
Barcha maʼlumotlar rasmiy manbalarga asoslangan. Kitobning adadi (tiraji) o‘zgarishi bilan maʼlumotlar isloh qilinadi va yangilanib boriladi. | 978-9943-6833-3-4 | 224 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/akrom-malik-halka | Akrom Malik: Halqa | Qo‘lingizdagi kitobga muallifning “Halqa” va “Jangchi” qissalari kiritilgan.
“Halqa” qissasidagi voqealar oxirgi yuz yillikda bo‘lib o‘tadi. Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind o‘lkasi, Afg‘on sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va Uyg‘ur diyorlariga yetaklaydi. Iymon va kufr, mo‘min va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hikoya qiladi.
“Jangchi” qissasi esa qadim Falastin, Shom va Isroil o‘lkalarida kechgan tarixiy voqealardan so‘zlaydi. Qahramonlar boshidan kechgan fojialar va ularning sabablari hech qachon eskirmaydi. O‘quvchi “Jangchi” qissasidan bugungi kuni uchun ibrat ola bilishidan umidvormiz. | 978-9943-7253-7-9 | 544 | 2021 |
https://asaxiy.uz/uz/product/adam-uzkusa-zhannatga-taklifnoma | Adam Uzkusa: Jannatga taklifnoma | Qo‘lingizdagi kitob boshqa din va muhitda yashab, keyinchalik Allohning hidoyati yetib Islom diniga kirgan insonlar hayotidan hikoya qiladi. Bu badiiy to‘qima emas, balki haqiqiy, hayotiy voqealarga asoslangan maʼlumotlardir. Dunyoning turli chekkalarida yashayotgan odamlar va ularning ilohiy din bilan yuzlashuvi haqida bu hodisalar o‘quvchini taʼsirlantirmay qo‘ymaydi. Iymon neʼmati, Islom haqiqatini his ettiradi.
Kitobni qunt, zehn va ixlos bilan o‘qing. Chunki undagi haqiqatlar sizning qalbingizni uyg‘otadi deb ishonamiz.
Turk tilidan Marziya Saydam tarjimasi | 978-9943-7516-7-5 | 128 | 2021 |