url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/odinahon-muhammad-sodik-keling-kuron-edlaimiz
Odinaxon Muhammad Sodiq: Keling, Qur'on yodlaymiz
Maʼlumki, xalqimiz qadimdan Alloh taoloning Kalomiga muhabbati benazir, Qurʼon ‎ahliga muxlis, uni o‘qib-o‘rganishga, yod olishga ishtiyoqmand eldir. Bu aziz xalq ‎Robbining Kalomiga bo‘lgan iymoni, muhabbat va ishtiyoqi kamoli balandligidan hatto ‎sho‘ro davrida ham Qurʼoni Karimni kaftida cho‘g‘ tutgandek saqlab, Qurʼonni o‘rganish va ‎o‘rgatishni fidokorlik bilan davom ettirib keldi. Allohga hamdlar bo‘lsinkim, ‎yurtimiz mustaqil bo‘lgandan buyon turli ilmiy sohalar qatori, Qurʼon taʼlimi ham ‎taraqqiy etdi. Xalqimizda kun sayin Qurʼoni Karimga bo‘lgan eʼtibor oshgandan oshib ‎bormoqda. Jumladan, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining alohida ‎‎«Tahfizul Qurʼon» kafedrasi mavjud bo‘lib, u Qurʼon hofizlarini tayyorlashga ‎ixtisoslashgan.‎ Qo‘lingizdagi kitobda qanday qilib Qurʼon hofizi bo‘lish haqida so‘z boradi. ‎ Kitob olti bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda Qurʼon haqida, uni yod olishning ‎fazilatlari bayon qilinadi. ‎ Ikkinchi bobda Qurʼoni Karimga oid odoblar borasida so‘z yuritilsa, uchinchi bobda ‎Qurʼonni yodlash uslublari, zehnni ishga solish, unutishdan saqlanish, takrorlash kabi ‎mavzular bilan tanishasiz.‎ To‘rtinchi bobdan Qurʼoni Karimga oid baʼzi qiziqarli maʼlumotlar o‘rin olgan.‎ Beshinchi bobda esa Qurʼonni yod olish va xatm qilishni osonlashtiruvchi ayrim ‎jadvallar taqdim qilingan.‎ Maʼlumki, Qurʼoni Karimda bir qancha mutashobih (o‘xshash) oyatlar bor. Ko‘pchilik ‎qorilar ana shu o‘xshash oyatlarni yoddan tilovat qilganlarida adashtirib ham qo‘yadilar. ‎Bunday o‘xshash oyatlarni yaxshi o‘zlashtirish, ularning farqlarini bilib, bir‑biridan ‎ajratib olish alohida eʼtibor talab qiladigan ilm bo‘lgani uchun so‘nggi oltinchi bobni ‎mutashobih oyatlarga bag‘ishladik. Bu mavzuni bayon qilish uchun qadimgi va eng ishonchli ‎manbalardan ikkitasi asos qilib olindi. Ular shayx Abul Hasan Aliy ibn Muhammad ‎ibn Abdussomad ibn Attos Hamadoniyning «Hidoyatul murtab» kitobi hamda Abu ‎Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Asbahoniyning «Durratut-tanzil va g‘urratut-taʼvil ‎fil ayatil mutashabihati fi Kitabillahil Aziz» nomli asaridir.‎ Risola mustaqil o‘quvchilar hamda islomiy bilim yurtlar talabalari uchun ‎mo‘ljallangan.‎
978-9943-7031-0-0
416
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/fyodor-dostoevskij-ayotij-hikmatlar-va-tanbehlar
Fyodor Dostoyevskiy: Hayotiy hikmatlar va tanbehlar
Фёдор Достоевский — бугунги куннинг аксарият китобхони учун севимли адиб. Ўқувчиларининг ёшида чегара йўқ. Муаллифнинг қайси асари бўлмасин, рўбарў бўлган китобхон, сўзсиз, варақлаб кўради. Файласуф адибнинг ёзганлари ҳаётий ҳикматга, инсонийликка чорловчи самимий танбеҳга йўғрилганига мазкур китоб мутолааси орқали яна бир бор амин бўламиз. Тўплам ёзувчининг ўзбек тилига ўгирилган асарлари ҳақидаги маълумотлар, таржимонлар борасидаги фикрлар ҳамда асарлардан олинган пурҳикмат иборалар, мазмунан чуқур, истеҳзоли танбеҳлардан таркиб топган. Ҳар бир ҳикмат ўқувчини мулоҳазага чорлайди, китобхонни яна асарга мурожаат қилишга ундайди. Шу билан бирга Достоевский билан ҳамфикр бўлишга, унинг дунёқарашидан таъсирланишга сабаб бўлади. Марҳамат, азиз китобхон, улуғ адибнинг сара ҳикматлари, балки аввал ўқиганингиз, балки ўзингизнинг китобингизга белгилаб қўйган сатрларингиз билан қайта танишинг.
978-9943-20-807-0
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/kichkintoylar-ensiklopediyasi-ertaklarda-1-kism
Kichkintoylar ensiklopediyasi ertaklarda 1-qism
Bolangiz, hech narsa o'z-o'zidan paydo bo'lmasligini biladi, albatta. Lekin ular qanday paydo bo'ladi? Nima sababdan yomg'ir yog'ib, shamol esadi, nima uchun hamma hayvonlar har xil rangda? Bolangiz bu savollarga javobni shu kitobdan topadi. Atrof muhitning barcha sir-asrorlari oddiy, qiziqarli shaklda ochib beriladi. Farzandingizga bunday qiyin narsalarni tushuntirish uchun bosh qotirishga aslo hojat qolmaydi. Ertaklar u yoki bu hodisalar qanday sodir bo'layotganini bolaga oson tarzda tushuntiradi, zerikarli narsani qiziqarli qilib beradi va hech bir kichkintoyni bee'tibor qoldirmaydi.
978-9943-6324-2-4
32
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/rahim-karimov-komila
Rahim Karimov: Komila
Қишлокда туғилиб вояга етган, камбагал бир аравакашнинг қизи ўқиш учун шаҳарга келиб, ногох курсдоши бўлмиш шаҳарлик бой-бадавлат оиланинг фарзанди - Максудни севиб қолади. Муҳаббат қурбони бўлган гўзал Гуландомнинг кўзи ёриб, туғурукхонада вафот этади. Етим колган чақалоғи Комила эса холаси Ойбарчин опа қўлида катта бўлади. Орадан ўн олти йил ўтиб, тасодиф туфайли бу киз ўз отасини топишга муяссар бўлади ва қашшоқ бир қиздан бой-бадавлат оила фарзандига айланади. Энди унинг ҳаёти қандай кечади? Китоб ана шу тўғрисида.
978-9943-5002-8-0
304
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/aleksandr-visockii-tashkilii-tuzilma-kichik-va-urta-biznesni-boshkarish-standartlari
Aleksandr Visotskiy: Tashkiliy tuzilma (kichik va o'rta biznesni boshqarish standartlari)
Ushbu kitob boshqaruvdagi qiyinchiliklarni yengish uchun zarur bo‘lgan ishlarni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biriga bag‘ishlangan. Bugungi kunda kompaniyangiz qanchalik katta bo‘lishidan qatʼi nazar, ushbu kitobni o‘qib chiqsangiz, biznesingizning haqiqiy imkoniyatlari naqadar katta ekanligini va qaysi vaziyatlar uning rivojlanishini cheklab qo‘yishini bilib olasiz. Siz allaqachon hammasini bilaman deb o‘ylashingiz mumkin, lekin men sizning yanglishganingizni daʼvo qilish majburiyatini o‘z zimmamga olaman. Kitob ayni paytda kichik bo‘lgan kompaniya rahbarlari va biznes egalari uchun yozilgan bo‘lib, unda kompaniyaning tuzilmasi qanday bo‘lishi kerakligi, biznesni rivojlantirish jarayonida ushbu tuzilmani qanday yaxshilash to‘g‘risidagi qarorni kim qabul qilishi zarurligi o‘z ifodasini topgan. Asar - o‘z ishini yaxshi ko‘rgan va yaxshi tashkil etilgan biznesni orzu qilganlar uchun yaratilgan.
978-9943-7089-9-0
256
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zho-vitale-eng-sara-asarlari-kattik-mukova
Jo Vitale: Eng sara asarlari (Qattiq muqova)
Қўлингиздаги ушбу асарлар муаллифи Жо Витале ўзининг психологияга оид рисолалари билан миллионлаб китобхонлар эътиборини қозонган.  Аксарият инсонлар унинг китобларини мутолаа қилиб, муваффақиятларга эришиб келишади.  Муаллифнинг, айниқса, ушбу тўпламдаги "Пул топишнинг буюк сири", "Калит" , "Жалб қилиш сири" каби асарлари кўплаб китобханларга манзур бўлган. Мазкур асарлар жамланиб, такрор эътиборингизги ҳавола қилинмоқда. Ёзувчининг тўпламдаги асарлари Сиз азизларга ҳам манзур бўлади, деган умиддамиз.
978-9943-5692-6-3
368
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-aitmatov-asrni-karitgan-kun-lotin
Chingiz Aytmatov: Asrni qaritgan kun (lotin)
“Manqurt” atamasi ilk bora tilga olingan ushbu asar nimasi bilan kitobxonga yaqin?‎ Asarning asosiy qahramonlari bo‘lgan oddiy mehnat kishilari - Edigey Bo‘ron, Kazangap, ‎Bo‘key, Ukkubola, Abutolib Quttiboyev, Zarifa obrazlaridagi o‘ziga xos xarakter, ichki ‎olam, ular boshidan kechgan musibat kitobxon qalbiga shu darajada yaqinki, go‘yoki ular ‎bizdan unchalik ham olisda emasdek...‎Kazangapni Bo‘ronli bekatidan uncha uzoq bo‘lmagan Ona Bayit qabristoniga dafn etishga ‎undagan sabab hamda Nayman onaning farzandi tomonidan fojiali o‘ldirilishi ‎o‘rtasidagi bog‘liqlik asarning butun bir mohiyatini ochib beradi.‎ Manqurtga aylangan farzandi Jo‘lomonni nihoyat ming azoblar bilan topgan onaizor o‘z ‎bolasiga onasi ekanligini uqtirolmaydi. Xuddi shuningdek, insoniy tuyg‘ularidan ‎mosuvo bo‘lgan, hatto otasining mayitini qayerga ko‘mish kerakligiga befarq bo‘lmagan ‎holda, qabr uchun tanlangan makonga bepisandlarcha qaragan ongli Sobitjon yangi zamon ‎manqurti sifatida tasvirlanadi.
978-9943-6653-6-1
384
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/l-n-tolstoj-asosij-kahramonlarim-hakikat
L.N.Tolstoy: Asosiy qahramonlarim – haqiqat
Улуғ рус адиби Лев Толстой асарларининг мазкур тўпламига санъаткор яратган дилномалар - мактублар, хотиралар - кундаликлар, "Ҳожимурод" қиссаси ва "Иқрорнома"си киритилди. Бу асарларни ўқиб, мутафаккир адибнинг қалби, маънавий дунёси, бетакрор ижодий қиёфаси билан янада яқинроқ танишамиз. Санъаткор бир умр ўз юксак идеалларини мардона ҳимоя қилганига, ҳар қандай бойлик, шон-шуҳрат, мартабаю мукофотлардан баланд тура олганига, ҳеч қачон эътиқодини ўзгартирмаганига қойил қоламиз. Улуғ адиб яратган улкан ҳайратлар олами билан янада чуқур танишиш бахти муяссар бўлганидан дилимиз қувончга тўлади. Толстойнинг улуғвор қалб олами- турфа гуллар, чечаклар чаманзорига хуш келибсиз, азиз китобхон!
978-9943-25-508-1
424
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/kuroni-karim-airim-suralar-asmoul-husno-va-salavotlar-a5
Qur’oni Karimdan ayrim suralar. Asmoul Husno va salavotlar (a5)
Musannif: Mirfathulla Qodirov Masʼul muharrir: Anvar qori Tursunov Mazkur kitobda Qurʼoni karimdan ayrim suralarning asl arabiy matni, uning kirill alifbosidagi transkripsiyasi va o‘zbek tiliga o‘girilgan maʼno tarjimasi o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida havola qilindi. Ketma-ket kelgan “aa”, “uu”, “ii”, “oo” kabi unlilarni cho‘zib o‘qish tavsiya etiladi.
978-9943-5149-3-5
304
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/okai-tiryakugli-holid-ibn-valid-islom-kilichi
Okay Tiryako‘g‘li: Xolid ibn Valid: Islom qilichi
Yozgan tarixiy asarlari jahon bestsellerlari ro‘yxatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, bir qancha mukofotlar sohibi, turk adibi - Okay Tiryakio‘g‘lidan yana bitta o‘tkir syujetli roman sizlar uchun armug‘on qilindi. Ushbu kitobda siz haqli ravishda Islom dinining qilichi sharafiga musharraf bo‘lgan Xolid ibn Valid haqida, shu bilan birga, muqaddas dinimiz uchun VI-VII asrlarda olib borilgan kurash haqida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lasiz! Vizantiya imperatoriga keltirilgan qaydnomalar nima haqida edi va bu qaydnomalarni kim yozgan edi? Ushbu qaydnomalar Vizantiya imperatorini nega bunchalik xavotirga soldi? Ibrohim G‘assoniy kim? Nega u Xolid ibn Validni o‘ldirmoqchi bo‘ladi? Kanoniklar kimlar? Ularning asosiy maqsadlari nima? Xolid ibn Validning islom diniga o‘tishiga nima sabab bo‘lgan? Ibrohim G‘assoniy nega islom diniga o‘tdi? Xolid ibn Valid qay holda Islom dinining qilichi degan muqaddas sharafga ega bo‘lgan? O‘zini payg‘ambar deb eʼlon qilgan firibgarlar Tulayho va Musaylama kimlar edi? Bular sodda, ishonuvchan xalq va qabilalarni qanday qilib o‘ziga bo‘ysundirishgan? Ushbu firibgarlarning taqdiri nima bilan tugaydi? Uvays al-Qaroniy kim va islom olamida uning qanday o‘rni bor, shuningdek, nega asarda bu inson haqida alohida maʼlumot beriladi? Xolid ibn Validning taqdiri nima bilan tugaydi? Ushbu savollarga asarni o‘qish davomida javob topasiz! Turk tilidan Muhammadjon Boltayev va Alisher Ravshanov tarjimasi
978-9943-7787-4-0
480
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-malik-zhannat-kaliti
Erkin Malik: Jannat kaliti
Inson doim jannatni orzu qilib yashaydi. Uning kalitini topish uchun nima qilmoq kerak? Ushbu kitobga shu va shu kabi savollarga javob topganday bo‘lasiz.
978-9943-5992-4-6
336
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/rustamzhon-urinov-ona-tili
Rustamjon O'rinov: Ona tili
Aziz kitobxon! Siz ilm yo‘lida qo‘lingizga kitob olibsizmi, demak, to‘g‘ri yo‘ldasiz! Ushbu qo‘llanma sizni yuksak orzularingizga yetkazish uchun qimmatli kalit bo‘lsa ajab emas. Negaki, yosh mustaqil tadqiqotchi Rustamjon O‘rinov tomonidan taqdim etilgan mazkur kitob amaldagi darsliklar asosida tuzilgan bo‘lib, undan foydalanish qulay, qoidalar aniq. Izoh talab o‘rinlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Mustaqil o‘rganuvchilar ham fanni bemalol shu qo‘llanma orqali o‘rganishlari mumkin. Shuningdek, qo‘llanma attestatsiya sinovlaridan o‘tuvchilarga ham mo‘ljallangan. Ayniqsa, sinflar kesimida lug‘atlar jamlanmasining ilova qilingani so‘z boyligingizni boyitish, savodxonligingizni yana-da oshirishga yordam beradi.
978-9943-20-832-2
288
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ozod-mumin-huzha-labirint-fantastik-hikoyalar
Ozod Mo‘min Xo‘ja: Labirint (fantastik hikoyalar)
Ushbu kitobda Ozod Mo‘min Xo‘janing turli yillarda yozilgan eng yaxshi fantastik hikoyalari jamlangan. Ularda o‘zga sayyoraliklar va Yer odami o‘rtasidagi munosabatlar inson maʼnaviyatidagi evrilishlar asnosida o‘z aksini topganligi bilan eʼtiborga molik. Taniqli adibimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning taʼbiri bilan aytganda, inson yaxshilik va ezgulikka intilib yashasa, o‘zining barcha orzulariga erishishi mumkinligi yoki, aksincha, zo‘ravonlik, xiyonatkorlik, o‘zgalarning haqini yeyish va boshqa shaytoniy istaklar og‘ushida yashagan kimsalarga jazo muqarrarligini muallif fantastik voqealar orqali tasvirlaydi.
978-9943-6501-2-1
304
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zieuddin-rahim-namozda-hushu
Ziyouddin Rahim: Namozda Xushu’
Хушуъ Аллоҳ берган улуғ неъмат, фойдали илм саналади. Севикли Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам намоз ўқиш бобида ҳам биз учун ибратдирлар. У зот намозни жуда чиройли адо этардилар, айниқса, мушкул вазиятда қолганда намоз уқиб Парвардигордан мадад сўрар, ибодатдан чексиз хузур-халоват олардилар. Шу сабаб: “Кўзимнинг кувончи намоздадир” дея мархамат килганлар. Шундай экан, намозни Аллоҳ ва Расули буюрганидек ўқиш учун нималарга эътибор қаратиш керак? Қандай иллатлар хушуъга халал беради? Нима қилсак, намозимиз ҳусни қабул этилади? Ушбу китобда шулар хусусида сўз юритилади.
978-9943-26-963-7
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/odinahon-muhammad-sodik-mufassal-tazhvid
Odinaxon Muhammad Sodiq: Mufassal tajvid
Ushbu asarning sohibasi diniy va Qurʼoni Karimga oid ilmlardan xabardor oilada tug‘ilib o‘sdi. O‘zimizda va chet ellarda yetuk olimlardan dars olishga muvaffaq bo‘ldi. Libiyada oliy o‘quv yurtida o‘qish davomida katta ustozlardan boshqa ilmlar qatori tajvid ilmidan ham oliy saviyadagi darslarni oldi va Qurʼoni Karimni to‘liq yod oldi. Keyinchalik Misrda katta qiroat ustozlarida dars olib, imom Osim qiroatining Hafs va Shoʻba rivoyatlari bo‘yicha hamda imom Nofeʼ qiroatining Varsh rivoyatlari bo‘yicha ijoza va mukofot olish baxtiga muyassar bo‘ldi. Shu bilan birga bir necha yillardan buyon Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus o‘quv yurtida qizlarimizga dars berib kelmoqda. U kishining shogirdlari mahalliy va xalqaro Qurʼoni Karim musobaqalarida muvofaqiyat ila qatnashib kelmoqdalar. Bir necha qizlarimiz ushbu qo‘limizdagi kitob sohibasidan dars olib, Qurʼoni Karimni ilmiy asosda to‘liq yod oldilar va ilmiy ijoza ham olishga muyassar bo‘ldilar.
978-9943-7547-3-7
216
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulhamid-zairiev-davron-abdurahimov-ummat-onalari-roziyallohu-anhunna
Abdulhamid Zayriyev, Davron Abdurahimov: Ummat onalari (roziyallohu anhunna)
Payg‘ambarimiz o‘z hayotlari davomida uylangan zavjai mutahhoralar bilan hikmat va ibratga to‘la hayot kechirdilar. Shu bois bu ayollarini “ummul mo‘minin" degan yuksak sharaf bilan ulug‘lanadi. Mazkur kitobda ana shu umr yo‘ldoshlarining hayoti va din yo‘lidagi beqiyos xizmatlari haqida so‘z boradi. Ishonch ila aytamizki, o‘quvchilar hukmiga havola etilayotgan "Ummat onalari" kitobi hech kimni befarq qoldirmaydi.
978-9943-12-659-6
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shojim-butaev-shurodan-kolgan-odamlar
Shoyim Bo‘tayev: Sho‘rodan qolgan odamlar
"Sho‘rodan qolgan odamlar" asarida qamoqxona noziri hibsdagi o‘z o‘g‘lini onasining janozasiga konvoy sifatida olib borish voqeasi misolida parokandalikka yuz tutgan tuzumning tang ahvoli, chorasizlik va uning oqibatida yuzaga kelgan illatlar hikoya qilinadi. "Eski arava" qissasida esa jahannamdan kelgan amaldorlarni izzat-hurmat bilan kutib olgan laganbardor yurtfurushlar fosh etilgan.
978-9943-5235-8-6
256
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-oiz-karnii-hakikii-saodat
Doktor Oiz Qarniy: Haqiqiy saodat
Qo‘lingizdagi ushbu kitob dunyoning mashhur yozuvchilaridan biri - Doktor Oiz Qarniyning ikki asari asosida tayyorlangan. Unda saodatning 30 sababi hamda 200 kaliti bayon qilingan. Haqiqiy saodat istaganlarga kitobni o‘qib, uqib, hayotlariga tatbiq etishlarini tavsiya qilamiz. Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar: X.Abdulvohid qizi, D.Kamolxon qizi
978-9943-7581-3-1
168
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/bahodir-yangishaharlikugli-hanna-kissa
Bahodir Yangishaharliko'g'li: Hanna (qissa)
Bahodir Yangishaharliko‘g‘li Izmirning ilk Ijro Qo‘mitasi raisi bo‘lgan Ahmed afandining nabirasi bo‘lib, Manisa Akhisorda 1962 yil nasl nasabi ziyoli oilada dunyoga keladi. Litseyni bitirgandan keyin o‘sha davrda rivojlangan impressionizm ortidan Parijga borishni niyat qiladi. Ammo onasining eʼtirozlari sabab huquq yo‘nalishida o‘qishga qaror qiladi. 1985-yilda Dokuz Eylul universiteti huquq fakultetini bitirib advokat bo‘lib ishlay boshlaydi. Bundan tashqari bir qancha davlatlarga sayohat ham qiladi. Qalbining sasiga quloq tutib advokatlikni to‘xtatadi va 2011 yilda o‘zi yoqtirgan soha - adabiyot olamiga kirib keladi.
978-9943-7930-5-7
352
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/etiketning-oltin-kitobi
Etiketning oltin kitobi
"Etiketning oltin kitobi" - uchta katta bo‘limlar va har bir bo‘limdagi qator kichik mavzular jamlanmasidan tashkil topgan ushbu kitob har bir oila hatto, har bir inson uchun mo‘ljallangan. Oila aʼzosiningyoshi, jinsi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar har bir kishida o‘ziga xos shaxsiy etiket bo‘ladi va buni bilish sinchkovlik, aql, bilim, kattalar o‘gitini talab qiladi. Insonni oila hamda jamiyatdagi tutgan o‘rni ham uni nechog‘li xulqli va komilligidan darak beradi. Ushbu kitob Sizni yaqin do‘stingiz, maslahatgo‘yingiz, sirdoshingizga aylanishi shubhasiz... Turmush tarzingizdagi harakatlarda miridan sirigacha ko‘rsatma beruvchi mukammal qo‘llanma - "Etiketning oltin kitobi" sizga muntazir!
978-9943-27-006-0
448
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/akmal-miravaz-ugli-muzaffar-komilov-hanafii-fikhidan-zarur-masalalar
Akmal Miravaz o‘g‘li, Muzaffar Komilov: Hanafiy fiqhidan zarur masalalar
Eʼtiboringizga taqdim etilayotgan "Hanafiy fiqhidan zarur masalalar" deb nomlangan ushbu kitob asrlar davomida tajribadan o‘tgan fiqhiy manbalarga suyanib, jamiyatimizdagi mavjud ijtimoiy masalalarga yechim berishga harakat qilib, zarur joylarda ilmiy izohlar berilgan holda tayyorlandi. Mazkur kitob soha bo‘yicha tahsil olayotgan tolibi ilmlar, fiqh bo‘yicha izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-12-640-4
472
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-dunening-ishlari-kattik-mukova
O‘tkir Hoshimov: Dunyoning ishlari (qattiq muqova)
XX asr o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni va uslubiga ega bo‘lgan adib – O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov, aytish mumkinki, XXI asr o‘quvchisining ham sevimli adibi bo‘lib qoladi. Jonli va hayotiy tasvirlar, sof o‘zbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar o‘rtasidagi suhbatlar mutolaasi o‘quvchini o‘z taʼsiriga oladi. Nafaqat millat, balki chin insoniylik tarannumi yozuvchi asarlarida yetakchilik qilishi kitobxon uchun tarbiyaviy va hayotiy saboq bo‘ladi. Xoh jiddiy, xoh hajviy bo‘lsin O‘tkir Hoshimov asarlarida hayot qaynaydi: unda har birimiz o‘zimizni, oilamizni, do‘st-u yorimizni, hatto hech kimga o‘xshamagan onamizni ko‘ramiz... Bir inson umrini qamragan roman bo‘lsin, qator novellalardan iborat qissa yoki hikoya bo‘lsin, janridan qatʼiy nazar, O‘tkir Hoshimov asarlarida dunyoning ishlari mujassam. Mutolaa har qanday o‘quvchi uchun katta hayotiy xulosa berishiga ishonamiz
978-9943-5858-7-4
192
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/ivan-franko-feruza
Ivan Franko: Feruza
Feruza ismli qiz o'zi ko'ngil qo'ygan yigitning ortidan konga ishlashga keladi. Qalbidagi muhabbat tufayli og'ir mehnatga, turmush qiyinchiliklariga chidaydi. Sevgan yigiti Ivan esa uning muhabbatiga beparvo qaraydi. Hamqishlog'i Ganka bilan ham uchrashib yuradi. Oqibatda ikkala qiz janjallashib qoladi. Ganka esa johilligi tufayli Feruzani suvga tashlab yuboradi. Ana shu noto'g'ri qadam navnihol yoshlarning bevaqt o'limiga sabab bo'ladi. Qo'lingizdagi to'plamdan o'rin olgan qissa va hikoyalar sizga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.
978-9943-6341-9-0
144
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-yulduzli-tunlar-lotin
Pirimqul Qodirov: Yulduzli tunlar (lotin)
Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan.Roman voqealari orqali o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo‘r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi. Asarning bosh qahramoni Mirzo Bobur odamlaridagi bemehrlik, bir-birini ko‘rolmaslik, xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan g‘oyat erta, o‘n ikki yoshda taxtga o‘tirganida ro‘baro bo‘ldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada bo‘lgan shohning kuygan yuragi- shoir qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun umr vatan ishqida yonib, sog‘inch bilan o‘rtanib, “Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim...” deya iztirob chekkan bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi.
978-9943-9872-5-8
560
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/kuroni-karim-va-hadisi-sharifda-kelgan-eng-zarur-duolar-yumshok-mukova
Qur’oni Karim va Hadisi Sharifda kelgan eng zarur duolar (yumshoq muqova)
Nashrga tayyorlovchi: Fayzullox Lutfulloh o‘gli Biz eʼtiboringizga havola etayotgan ushbu kitobda Janobi Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning kundalik muborak duolari, Qurʼoni karimda kelgan mustajob Qurʼoniy duolar hamda mo‘min musulmonlarning kundalik hayotida kerak bo‘ladigan eng zarur duolar qisqa va lo‘nda qilib jamlandi. Shuningdek, kitobga Haj va umra ibodatida o‘qiladigan duolari kiritildi. Kitob siz aziz kitobxonlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
978-9943-5687-2-3
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-fikhii-iunalish-va-kitoblar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fiqhiy yo'nalish va kitoblar
Fiqh va fiqhiy mazhablar hamda bu borada yozilgan kitoblar haqida so‘z borar ekan, biz uchun hanafaiy mazhabi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bizning vatanimiz qadimdan hanafiylik tarqalgan, o‘ziga xos nufuzga ega bo‘lgan va shunday bo‘lib kelayotgan o‘lkadir. Vatanimizdan ko‘plab faqihlar chiqqan va fiqhning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha barchaning tahsiniga sazovor bo‘lgan kitoblar bitilgan. Shuning uchun ham hanafiy fiqhi kitoblari va ularning martabalariga oid maʼlumotlarni taqdim qilishga alohida ahamiyat berdik. Kitobimizda hanafiy mazhabidagi kitoblarning martabalari va ularning darajalari haqida ham maqola keltirdik. Hanafiy kitoblar ichida ulug‘ vatandoshimiz Burhoniddin Marg‘iloniy rahmatullohi alayhining “Hidoya”si alohida eʼtiborga sazovorligi bois “Hidoya”ning ilmiy va nazariy ahamiyati hamda uning o‘ziga xos xususiyati» nomli maqolani ham taqdim etdik. Albatta, fiqhiy asarlar haqidagi maʼlumotlar bugungi kunimizda yozilgan kitoblar to‘g‘risidagi bilimsiz to‘liq bo‘lmasligi aniq. Shuning uchun ham «Hozirda yozilayotgan fiqhiy kitoblar» sarlavhasi ostida «Mavsuʼatul fiqhil islamiy», «Al-mavsuʼa al-fiqhiyya», «Majmuʼatu al-fataviy ash-sharʼiyya», “Fiqhus-sunna”, «Al-fiqhul islamiyyu va adillatuhu», “Eʼlous-sunan”, «Al-fiqhul Hanafiyyu va adillatuhu», «Al-Muomalot al-moliya» kabi kitoblar haqida ham imkon qadar so‘z yuritdik. So‘ng umumiy fiqhiy istilohlarga, hanafiy mazhabining baʼzi istilohlariga, ibodatdagi istilohlarga va boshqa maʼlumotlarni taqdim qilishga o‘tildi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu kitobni diqqat bilan o‘qigan har bir shaxs juda ko‘p kerakli maʼlumotlar bilan oshno bo‘ladi, degan umiddamiz. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
978-9943-5773-5-0
312
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-avlodlar-dovoni-kattik-mukova
Pirimqul Qodirov: Avlodlar dovoni (qattiq muqova)
Pirimqul Qodirov «Yuduzli tunlar»ning mantiqiy davomi sanalmish Boburning sadoqatli, jasur farzandi Humoyun va nabirasi - tarixda «chinakam daho shaxs» deb nom olgan Akbar hayoti haqida hikoya qiluvchi «Avlodlar dovoni» («Akbar») romanini 80-yillarda yaratgan. Asarda pok sevgi, insoniy mehru muhabbat, shavqu shijoat tarixiy qahramonlar qiyofasida yorqin aks ettirilgan.
978-9943-6655-7-6
640
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-lutfii-kozonchi-saodat-asri-kissalari-hazrati-umar-roziyallohu-anhu
Ahmad Lutfiy Qozonchi: Saodat asri qissalari. Hazrati Umar (roziyallohu anhu)
Ushbu kitob Islom dinining buyuk va odil xalifasi hazrati Umar (roziyallohu anhu) haqida hikoya qiladi. Islomni qabul qilganlaridan keyin u zotning qalbi Haq taolo va Uning Rasuli (sollallohu alayhi va sallam)ga bo‘lgan muhabbat ila limmo-lim to‘ldi. O‘ziga ayb va kamchiliklarini aytgan kishini yaxshi ko‘radigan zotning feʼl-atvori ham bashariyatga go‘zal bir o‘rnakdir. Umrlarining so‘ngiga qadar muqaddas din yo‘lida ham molini, ham jonini ayamagan xalifa haqidagi ushbu kitob sizga mazkur ulug‘ shaxs va u zotning fazilatlari borasida keng maʼlumot beradi, degan umiddamiz.
978-9943-7160-2-5
620
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/omina-shenlikugli-ehromlar-kizi-lailo
Omina Shenliko'g'li: Ehromlar qizi Laylo
Turk adabiyotining mashhur yozuvchisi Omina Shenliko‘g‘li qalamiga mansub "Ehromlar qizi Laylo" romanini o‘qir ekansiz, asar qahramonlari, aytish joiz bo‘lsa, uch avlod hayotining turli sinovlari, taqdirning kutilgan va kutilmagan siylovlari bilan evrilishiga guvoh bo‘lasiz. Otasining qarshiligiga qaramay o‘z sevgilisini tanlagan Layloning baxtiyor va shirin boshlangan kunlari shu qadar achchiq va shu qadar ayanchli yakun topadiki, voqea rivojini kuzatib borayotgan o‘quvchining qalbi og‘rimay qolmaydi. "Unday qilma o‘g‘lim! Yolvoraman senga! Bolam, senga yaxshi bo‘lishi, ko‘ngling o‘ksik bo‘lmasin deb harakat qildim... Bolam qayt! Seni jangari qilolmayman!.." Sevgan yorining, umr yo‘ldoshining xiyonati sabab hali tug‘ilmagan go‘dagining kelajagi va istiqboli uchun o‘zining hayotini maʼlum maʼnoda qurbon qilgan Layloning o‘g‘liga qilgan iltijolarini go‘yo eshitish, his etish juda og‘up. Qayerdadir yo‘l qo‘yilgan xato yoxud bo‘shliq onaning farzandining o‘z orzusidagidek inson bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida qilgan ming harakatini butunlay aksiga evrilish qildi. Ammo achchiq yakun bo‘lsada, onaning xalqi, Vatani oldida adolatli qaror qabul qilishi yaralangan yuragi, boy bergan farzandi uchun taskin bo‘la oladi.
978-9943-7788-8-7
272
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-halol-nima-yu-harom-nima-kattik-mukova
Tohir Malik: Halol nima-yu, harom nima (qattiq muqova)
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning bir necha yil avval shu nomdagi kitobi nashr etilgan. Qo‘lingizdagi bu kitobga adib tomonidan hayotlik vaqtida ko‘p yangiliklar kiritilgan, dunyoni tushunishga xizmat qiluvchi yangi hikmatlar bilan boyitilgan. Yozuvchining hayot falsafasiga doir kuzatishlari, fikrlarini to‘ldirgan bu yangi to‘plam ham kitobxonlarni befarq qoldirmaydi, deb umid qilamiz.
978-9943-6046-1-2
400
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-alvido-bolalik-yumshok-mukova
Tohir Malik: Alvido bolalik
Bolalik - umrimiz bahori, orzu-umidlarimiz bilan ulg‘ayadigan eng jo‘shqin va haroratli damlar. ‎Bolalik, umrimiz mazmunini, qo‘yingki, butun hayotimizni belgilab beruvchi shunday bir nozik ‎pallaki, bu davrda biz yaqinlarimizning alohida e'tiboriga ehtiyoj sezamiz. Agar bunday ‎fursatlarda ozgina e'tiborsizlik holatlari kuzatilsa-chi?‎ Taqdim etilayotgai kitobda aynan shu jarayon bilan bog‘liq holatlarni yozuvchi hayotiy, real ‎voqea-hodisalar asosida yoritib bergan.‎
978-9943-5530-4-0
184
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-eng-sara-asarlar-1
Deyl Karnegi: Eng sara asarlar (yumshoq muqova)
Garchi Karnegi vafotiga yarim asrdan oshgan bo‘lsada, uning asarlari hamon eng ko‘p chop etiluvchi nashrlar ro‘yxatidan tushgani yo‘q. Hozirgacha insonlar uning g‘oyalari va falsafalaridan ruhlanadilar, hayratlanadilar va uni buyuk dohiy sifatida ko‘radilar. Uning kitoblaridan iqtibos olish keng urf olgan.
978-9943-5691-2-6
416
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ryunoske-akutagava-elgizlik-zhahannami
Ryunoske Akutagava: Yolg‘izlik jahannami
Xayol va voqelik, haqiqat va majoz, muyassariyat va maxrumiyat muvozanati bor ekan, aql-u ko‘ngil amriga bo‘yinsunamiz, vaqt-u umid oralig‘ida yashaymiz, taraqqiyotning temir panjalari emas, tabiat yaratgan mo‘jizalardan hayratlanamiz, bashariy axloq kamoloti sari talpinamiz. Zero, iymon-u ishonch komilligi asosiga barpo etilgan sukunatida sadolar, uqubatida sururlar, ufnatida esa xush iforlar mujassam va pinhonligini anglash baxti - odamzodni xar nechuk arosatlar qaʼrida ham omon saqlamog‘i bejiz emas... Ushbu kitobda ramz-u ishoralar orqali bayonsiz bayon etilgan katta-kichik novellalardagi voqea-hodisalar oddiy bo‘lib tuyulsa-da, aslida murakkab taqdirlar iztirobi sizni befarq qoldirmaydi.
978-9943-6336-2-9
160
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/kuron-kissalari-paigambarlar-kissalari
Qur’on qissalari. Payg‘ambarlar qissalari
Maʼlumki, Qurʼoni karimda 25 ta payg‘ambarning hayoti va faoliyatiga doir qissalar berilgan. Ushbu kitob ana shu qissalar asosida tayyorlandi. "Qurʼon qissalari" g‘oyalarining yuksakligi, maqsadlarining olijanobligi, mushohadalarining kengligi bilan ajralib turadi. Ular asosan inson tabiatini tarbiya qilish, uning xulq-atvorini go‘zallashtirish, kishilar orasida odob-axloqni targ‘ib qilish kabi ulug‘vor hikmatlarni o‘z ichiga olgan. Shu bois kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-5014-6-1
248
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/tkir-oshimov-ikki-eshik-orasi-lotin-ilm-ziyo-zakovat-nashr
O‘tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi (lotin)
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha komleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida" gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'gan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ulug' adib, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u o'zbek tilining hozirgi imlo qoidalariga to'liq moslangan shaklda berildi.
978-9943-5975-1-8
528
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/abiturientlar-matematikasidan-mahsus-testlar
Abituriyentlar matematikasidan Maxsus testlar
Asadullo Ozodov tomonidan abituriyentlar majburiy fanlari uchun maxsus yaratilgan ajoyib kitobni sotib olishingiz mumkin. Ushbu kitob avvalgi nashrdagi "Abituriyentlar matematikasi (https://t.me/ABTbooks/383)" kitobining mantiqiy davomidir. Endi siz DTM standardlari asosida yaratilgan testlar asosida majburiy fan hisoblangan matematika faniga o'zi xos tarzda mukammal tayyorlanasiz!
null
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/l-n-tolstoj-tirilish
L.N.Tolstoy: Tirilish
"Тирилиш"- улуғ мутафаккир адиб Лев Толстойнинг энг "фош қилувчи" романларидан биридир. Асарда бош қаҳрамонларнинг аччиқ қисмати мисолида муаллиф нафақат жамиятдаги ёлғон ва қаллобликларни, қолаверса, инсон онги ва қалбининг энг қуйи бурчидаги яширин сирларинида очиб ташлайди. Лев Толстой инсон руҳининг беқиёс улуғворлиги, виждон амри ва раҳмдиллик киши тарбиясида жуда катта аҳамиятга эга эканини кўрсатади. Унинг ушбу асари ҳам, севимли адибимиз Абдулла Қаҳҳор таъбири билан айтганда, "тараша ёки пайраҳанинг ўтига ўхшаб ловуллаб ёниб, бир зумда ўчмайди, балки саксовулнинг чўғига ўхшаб тутаб, суст ёнади, лекин ҳарорати зўр бўлади, анча фурсат ўчмай туради."
978-9943-25-904-1
488
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/stiven-king-buri-odam-jili
Stiven King: Bo‘ri-odam yili
Taker Millz shaharchasida vahima boshlanadi. Shahar ahli yangi yil kayfiyati bilan yashayotgan kunlarda dahshatli qotillik yuz beradi. Bu qotilliklarning oy to'lishgan kunda sodir etilishi hammani qo'rquvga soladi. Shaharda bo'ri-odam haqida mish-mishlar tarqaladi... Ushbu to'plamdan o'rin olgan hikoyalar sayqal topgan uslubi, kutilmagan voqealari bilan o'quvchini hayratga soladi.
978-9943-6341-2-1
160
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/m-yu-lermontov-ora-kuzlar
M.Yu.Lermontov: Qora Ko‘zlar
Михаил Юрьевич Лермонтов (1814-1841) жаҳон адабиётининг энг ноёб истеъдодларидан бири ҳисобланади. У улуғ Пушкин ижодига ҳавас билан қараб, рус шеъриятини янгилади. Бор-йўғи йигирма етти йил умр кўрган  бўлса ҳам, абадиятга дахлдор даҳо санъаткорга айланди. Унинг насрий асарлари ҳам, айниқса, “Замонамиз қаҳрамони” романи рус насрини юксак поғонага олиб чиқди. Муҳими шундаки, Лермонтов ижоди чор Россиясининг мустамлакачилик сиёсатига берилган қақшатқич зарба бўлиши баробарида, мазлум халқларни қўллаб-қувватловчи ўчмас эрк қўшиғига айланди. Ушбу китобни ўқиб чиқсангиз, бунга ўзингиз ҳам ишонч ҳосил қиласиз.
null
390
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zbekiston-respublikasining-oila-kodeksi
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ  ОИЛА КОДЕКСИ 2021 йил 1 апрелгача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалари билан
978-9943-6392-9-4
200
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/farhod-ikramov-umidzhon-ishmuhamedov-tadbirkorlik-kadamlari
Farhod Ikramov, Umidjon Ishmuxamedov: Tadbirkorlik qadamlari
Ushbu kitobning asl maqsadlaridan biri! Internet, Google, YouTube, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda biznesni qanday yuritish mavzusida ko'p ma'lumotlar har xil tillarda bor, lekin ular har yerda tizimlashmagan holda mavjud. Eng achinarlisi, o'zbek tilidagi ma'lumotlar kam. Ushbu qo'llanmaning asosiy maqsadi - har qanday biznesni boshlayotganda amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlarni bir joyga jamlash.
978-9943-69-080-6
152
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/filip-kotler-marketingning-300-ta-asosii-savollariga-zhavob
Filip Kotler: Marketingning 300 ta asosiy savollariga javob
Savollar va javoblar shaklida tuzilgan ushbu kitob - strategik marketing sohasida jahondagi eng mashhur ekspertlardan biri, zamonaviy marketolog Filip Kotlerning bilimi va ko‘p yillik tajribasi kvintessensiyasidir. Kitobni o‘qib bo‘lib siz marketing bo‘yicha mutaxassislarga qanday ko‘nikmalar zarurligini, kompaniyalar marketingning samaradorligini qanday baholashlari, pasayishlar davrlarida qanday marketing strategiyalari eng oqilona bo‘lishi, bizning davrimizda globallashuv va yangi texnologiyalar sababli marketing roli qanday o‘zgarishi, kelgusida marketing bo‘limlari qanday bo‘lishi mumkinligini bilib olasiz. Kitob kompaniyalar rahbarlariga, marketing bo‘yicha direktorlarga, marketolog-amaliyotchilarga, brend menejerlarga, shu sohadagi oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari va talabalariga mo‘ljallangan.
978-9943-7089-2-1
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/tkir-oshimov-ikki-eshik-orasi-1
O‘tkir Hoshimov: Ikki Eshik orasi (qattiq muqova)
"Рост билан ёлғоннинг ўртаси - тўрт энлик", деган гап бор. Қизиқ, нега энди оз эмас, кўп эмас, тўрт энлик ? Гап шундаки, кўз билан қулоқнинг ораси -  тўрт энлик экан . Эшитганингга эмас,кўрганингга ишон... Мақсад - шу. Бу китобдаги кўп одамларни ўзим кўрганман. Кўплари билан гаплашганман. Баъзиларининг ўзи билан, баъзиларининг... руҳи билан... Баъзилари нимани гапирган бўлса, шуни қоғозга туширдим. Баъзилари нима гапирганини эмас, нима ўйлаганини ёзишга мажбур бўлдим. (Начора, ҳамма рост гапиравермайди. Аммо ёлғон гапираётган одам ҳам ичида, барибир ростини ўйлайди.) Хуллас, бу савдолар кўп йиллар давомида кўп кишиларнинг бошидан кечган. Улар устидан ҳукм чиқариш - сизларга ҳавола... Тилимнинг учида турган яна бир андишани айтмасам бўлмайди. Эҳтимол, сиз бу китобда фожиа кўпайиброқ кетмадимикан, деган хаёлга борарсиз. Начора, аввало, ҳаёт- нуқул байрамдан иборат эмас. Уруш эса ўйин эмас. Иккинчи жаҳон уруши эллик миллион одамнинг уволига қолди. Шундан бир ярим миллиони бизнинг ўзбеклар эди. Энг азиз, энг асл кишиларимиз. Қолаверса, уруш фақат окопдаги жангчиларнинг жонига чанг солиб қолмади. Минглаб чақирим наридаги одамларни ҳам синовдан ўтказди. Негаки, биз бир хонадон аъзоларимиз. Мушкул дамларда имонини, инсонлигини сақлаб қолган ота-оналаримиз, ака-опаларимизнинг ҳаёти бугунги замонда бизга ўрнак бўлса не ажаб ! Эътиборингизга ҳавола этилаётган мазкур китоб Ўткир Ҳошимов асарлари ичида қамрови, ўқувчи қалбига яқинлиги билан алоҳида аҳамиятга эга. Унда адиб қарийб қирқ йиллик даврни ўз ичига олган, бир қанча чигал ва мураккаб тақдирлар мисолида ўз халқининг уруш даврида бошдан кечирган ҳаёти, қисмати ҳақида маҳорат билан қалам тебратган. Замон ва давр қандай шароитда кечишидан қатъи назар инсоний қадр-қиммат тушунчаларини сақлаб қолган, тақдирини эл-юрти, халқи, ватани тақдири билан боғлаган, фарзандидан айрилгаинида ҳам қалбига қувонч бахш этиши мумкин бўлган бошқа сабабни ўзи учун ярата олган, ҳаётини севги-муҳаббат туйғулари билан безамоқчи бўлгани ҳолда уруш ҳукмига тобе бўлиб қолган инсонлар қисматини ифодаловчи ушбу асар мутолаасидан сўнг бугунги ўтаётган тинч -омон ҳаётингиз, фарзандларингиз бахти учун шукрона айтасиз. Асар айнан шу жиҳати билан қалбларга яқин.
978-9943-5975-2-5
544
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zahiriddin-muhammad-bobur-boburnoma-yangi-kitob
Zahiriddin Muhammad Bobur: Boburnoma (Kiril yozuvida)
Муҳтарам китобхон ! Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг жаҳонга машҳур қомусий асари "Бобурнома " ни ҳозирги ўзбек адабий тилида ўқийсиз. "Бобурнома" - ўзбек мумтоз адабиётининг нодир ёдномасидир. Жаҳон шарқшунослари Бобурнинг китобига шунчалик қизиқадиларки, асар инглиз тилига ўн марта таржима қилинган. "Бобурнома" - биринчи навбатда шоҳаншоҳ Бобур, падар Бобур , лашкарбоши Бобур, самимий Бобур, саховатди Бобур, ҳақгўй Бобурнинг умумий таржимаи ҳолидир. Дунё олимлари Бобурни жаҳоннинг йирик императорларига қиёслаб, якдиллик билан унинг дилбар шахслигини таъкидлашади. "Бобурнома"ни ўқисангиз, Бобур ҳақидаги ҳақиқий кўп серияли кино кўргандай ҳузур қиласиз. Муҳими, Бобур шахсига сизда ҳавас уйғонади.
978-9943-5544-4-3
448
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulmannon-abdulloh-tizhorat-va-ishlab-chikarish-hakida-tasavvur
Abdulmannon Abdulloh: Tijorat va ishlab chiqarish haqida tasavvur
Muomala - Islomning besh arkonidan biridir. Tijorat esa ana shu ruknlardan biri - muomalalar rukniga kiradi. Qurʼon oyatlari va hadislardan shu narsa maʼlum bo‘ladiki, agar tijorat va topish-tutish yaxshi niyat va shariatda joiz, halol yo‘l bilan qilinsa, bu ish nafaqat joiz amal, balki afzal ibodat ham bo‘ladi. Agar tijorat noto‘g‘ri niyat yoki nojoiz yo‘l bilan qilinsa, bu yo‘l bilan topilgan mol-dunyo inson uchun zarar, fitna va dushman bo‘ladi. Shu sababli Qurʼon va hadisda molga nisbatan ikki xil - salbiy va ijobiy maʼnodagi lafzlar ishlatilgan. Baʼzi o‘rinlarda uni “dushman”, “fitna” va «yomon» deyilgan bo‘lsa, boshqa o‘rinlarda unga «Allohning fazli», «Allohning rizqi» va «Allohning pokiza narsalari» deya taʼrif berilgan. Yaʼni u yaxshi narsalardan hisoblangan.
978-9943-7036-2-9
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/hozhi-ahmadzhon-bobomurod-etikod-musaffoligi-iulida
Hoji Ahmadjon Bobomurod: E’tiqod musaffoligi yo‘lida
Hoji Ahmadjon Bobomurod ko‘zga ko‘ringan ulamolardan. Domla «Islom odobi va madaniyati», «Islomga kaytish», «Kamolot sari», «Haj yo‘riqlari», «Najot, shifo va boylik keltiruvchi duolar», «Islom odobi va axloki», «Komil insonlar yo‘lidan», «Qo‘sha qaringlar», «Sof islomiy akida» hamda «Ilohiy taksimot» asarlarining muallifidir.
978-9943-5687-4-7
128
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/erkinzhon-kori-fozilov-zhannat-soginchi
Yorqinjon qori Fozilov: Jannat sog'inchi
Ushbu kitob har qanday oddiy mo‘min-musulmon oson anglab, islom dinining haq ekanligini tushunib va qilayotgan amallarini Alloh taolo rozi bo‘ladigan darajada tuzatib olsinlar degan ezgu maqsadda sodda va ravon tilda bayon etilgan. Bu kitobda Alloh taoloning oyati karimalaridan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislaridan va sahobai kiromlarning go‘zal ibratli amallaridan va ulamoi hukamolarning hikmatli so‘zlaridan keltirilgan.
978-9943-8225-6-6
368
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/bahrom-irzaev-ukon-tarihidan-lavhalar
Bahrom Irzayev: Qo‘qon tarixidan lavhalar
Kitobda XX asr boshida o‘zbek adabiyoti va sanʼatining azaliy o‘choqlaridan biri bo‘lgan Xo‘qandi latifdan yetishib chiqqan olim-u murabbiylar, davlat va jamoat arboblari, shoir-u jurnalistlar hayoti, ularning ijodiy faoliyati hamda mustabid tuzum qatag‘on siyosati oqibatida mahv etilishi qalamga olingan. Shuningdek, o‘quvchi milliy taraqqiyparvarlarimizning Vatan va millat ravnaqi, uning istiqloli yo‘lida olib borgan shiddatli kurashi, qahramonona hayot yo‘li va ijodiy merosi haqida ko‘plab yangi maʼlumotlarni ko‘lga kiritadi. Maktab o‘quvchilari, talabalar, umuman, yurtimiz tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6498-5-9
240
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/aellarga-hos-eng-zarur-fikhii-masalalar
Ayollarga xos eng zarur fiqhiy masalalar
Ushbu kitob “Hidoyat” jurnalining 1999-2000 yillardagi sonlarida «Ayollar sahifasi», «Xos fiqxiy masalalar» ruknlari ostida eʼlon qilingan turkum maqolalar asosida nashrga tayyorlandi. Mazkur kitobda ayollar uchun kundalik hayotda lozim bo‘lgan muhim sharʼiy masalalar ishonchli manbalar asosida sodda bayon etilgan. Kitobda keltirilgan maʼlumotlar, ayni paytda erkaklar uchun ham o‘ta muhim, oila tinch-totuvligi, farovonligining poydevori vazifasini o‘tovchi maʼlumotlardir.
978-9943-5015-4-6
200
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/nabi-zhaloliddin-umar-haiem-dilogiya
Nabi Jaloliddin: Umar Xayyom (dilogiya)
/h2>
978-9943-20-855-1
608
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulhamid-chulpon-kecha-va-kunduz
Abdulhamid Cho‘lpon: Kecha va kunduz
Абдулҳамид Сулаймон Чўлпоннинг “Кеча ва кундуз” романи яратилганига қарийб 80 йил бўлса-да, ‎у ҳамон қўлдан-қўлга ўтиб келмоқда. Мазкур асар икки қисимдан иборат бўлиб, дастлабки – ‎‎“Кеча” деб номлангани қўлингиздаги китобда акс этади. “Бугун” деб аталган иккинчи қисми ‎ҳақида эса маълумотлар йўқ.‎  Китобда ўзбекларга ҳос андиша, ҳиммат, иффат ва соддалик каби фазилатлар билан бирга ‎хотинбозлик ва мол-мулк ортириш йўлидаги иллатлар ҳам ўз интиқосини топган. Бу каби сифатлар ‎ва иллатлар китобхонни чуқур мушоҳада юритишга ундайди.‎ Чўлпон дунёси, унинг олами, ижодидаги нафислик ва сержилолик сиз азизларга манзур бўлади, ‎деган умиддамиз.‎ Асар ёшларнинг миллий маънавиятинишакллантиришда муҳим ўрин тутади.
null
288
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-aitmatov-yuzma-yuz
Chingiz Aytmatov: Yuzma-yuz
Ватан ҳоини ҳеч бир замонда ҳам кечирилмайди. Машҳур ёзувчи Чингиз Айтматовнинг "Юзма-юз" қиссасида иккинчи жаҳон уруши жангоҳларидан қочган йигит ва унинг оиласи тақдири ҳақида ҳикоя қилинади. Қиссада уруш ва унинг аянчли оқибатлари нималарга олиб келиши борасида сўз юритилади.
978-9943-5946-0-9
280
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/gabriel-garsia-markes-yolgizlikning-yuz-jili
Gabriel Garsia Markes: Yolg‘izlikning yuz yili
«Ёлғизликнинг юз йили» – буюк колумб ёзувчиси Габриэль Гарсия Маркесга Нобель мукофотини олиб келган машҳур асар. Роман ҳозирги кунга келиб испан тилидан бошқа тилларга энг кўп таржима қилиниш бўйича Мигел Сервантеснинг «Дон Кихот»идан кейинги ўринда туради. Роман «мўъжизавий реализм» деб номланган йўналишда ёзилган. Бунга сабаб, асарда нореал нарсалар оддий ҳолдай кўрсатилади. Асар Маркес томонидан 1965–1966 йилларда 18 ой ичида Мехико шаҳрида ёзиб тугатилган. Асарнинг оригинал ғояси 1952 йилда, муаллиф туғилиб ўсган қишлоғи Аракатакага ташриф буюрганида туғилган. Адиб 1954 йилда ёзилган «Шанбадан кейинги кун» ҳикоясида илк бор Макондо шаҳри тилга олинади. Аслида Маркес романининг номини «Уй» деб номламоқчи бўлган, охир-оқибат ёзувчи Альваро Самудионинг «Катта уй» романига ўхшаб қолмаслиги учун «Ёлғизликнинг юз йили» номини танлаган.
978-9943-5683-7-2
416
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/sardor-nazarov-yahshi-otalar-kitobi
Sardor Nazarov: Yaxshi otalar kitobi
Ota bo‘lishning masʼuliyati yuksak, uning o‘rnini boshqa hech kim bosolmaydi. Oila hayotida o‘z vazifalarini uddalash, farzand tarbiyasida xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun erkak kishi nimalarga eʼtibor berishi kerak? Hozirgi yosh otalar oila boshlig‘i sifatida o‘zini qanday tutishi lozim, nimalar nazardan chetda qolmoqda? Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan ushbu kitobda shular haqida hayotiy misollar yordamida fikr yuritiladi.
978-9943-6965-9-4
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/noila-holmuhammad-onalik-makomi
Noila Xolmuhammad: Onalik maqomi
Ayolning yelkasidagi yuklar qancha og‘ir, jarohatlari qancha ko‘p bo‘lsa, uning onalik hayotidagi to‘siqlar ham shunchalar ko‘p bo‘ladi. Tashvishlari ko‘p onalar onalik qilishga imkon topolmaydilar. Bu yo‘lda albatta unga suyanch tirgak va yordamchilar kerak. Uni tushunadigan, qo‘llab quvvatlaydigan dastak kerak. Salgina shabbodadan xasta bo‘ladigan, onaning butun ruhiy holatini o‘ziga sut bilan birga so‘rib oladigan bir parchagina bu mavjudlikni INSON holiga keltirmoq sizningcha oson ishmi? Millatning sifati onalarning o‘z rolini ijro etishiga, o‘z vazifasida qolishiga bog‘liq. Onaning o‘z o‘rnida bo‘lishi - insonlikning baxti demakdir. Jamiyatdagi haqsizliklar, oilalardagi zo‘ravonliklar, adolatsizliklar ayolning asl vazifalaridan uzoqlashishiga olib keladi. Bundan ko‘z yummoq buyuk bir g‘aflatdir.
978-9943-7508-7-6
128
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/muminlarning-onalari-hazrati-hadicha-va-hazrati-oisha-kattik-mukova
Mo‘minlarning onalari (Hazrati Xadicha va Hazrati Oisha) (qattiq muqova)
Qo‘lingizdagi ushbu kitob ikki olam sarvari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ayollari - mo‘minlarning onalari Hazrati Xadicha va Hazrati Oisha roziyallohu anhumolarning hayot yo‘llarini yoritishga bag‘ishlangan.
978-9943-5422-7-3
256
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/rasululloh-sollallohu-alajhi-vasallam
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«...Жобир ибн Абдуллоҳ розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар: «Умматимдан бир тоифа ҳақда зоҳир бўлган ҳолларида бардавом бўлишади. То Аллоҳнинг амри келгунича уларни хорлаганлар уларга зарар етказа олмайди. «Ийсо ибн Марям соллаллоҳу алайҳи васаллам тушганида уларнинг амири: «Кел, бизга намоз ўқиб бер», дейди. «Йўқ. Сизлар баъзингиз баъзингизга амирсизлар. Бу, Аллоҳнинг ушбу умматга қилган икромидир...», дейди. Муслим ривоят қилган» Таржимон: Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
978-9943-6463-3-9
448
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/esin-va-suralar-kahf-esin-duhon-vokea-zhuma-mulk-naba-va-kichik-suralar
Yosin va suralar: Qahf, Yosin, Duxon, Voqea, Jum’a, Mulk, Naba’ va kichik suralar
Musanniflar: Tavakkal Kenjayev, Mirfathulla Qodirov Masʼul muharrir: Anvar qori Tursunov Muharrir: Abdukamol Abdujalilov Mazkur kitobda Qurʼoni karimdan ayrim suralarning asl arabiy matni, uning kirill alifbosidagi transkripsiyasi va o‘zbek tiliga o‘girilgan maʼno tarjimasi o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida havola qilindi. Ketma-ket kelgan “aa”, “uu”, “ii”, “oo” kabi unlilarni cho‘zib o‘qish, tagida (-) ishorati bor undoshlarni yumshoqroq talaffuz etish tavsiya etiladi.
978-9943-5469-2-9
144
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/abdukayum-juldoshev-ishk-afsunlari
Abduqayum Yo‘ldoshev: Ishq afsunlari
“Бўлмаса ишқ, икки жаҳон бўлмасун...” дейди ҳазрат Навоий. Мутаффакирлар севмаган одамни тўлақонли яшамаган инсон деб ҳисоблашади. Бу бежиз эмас, албатта. Ҳаёт моҳияти, шодлиги, қувончи ва ҳаттоки, изтироб-аламлари айнан ишқ-муҳаббатда намоён бўлади. Севги ҳар бир юракда янгиланади, ҳар бир ошиқ унинг сира такрорланмас янги-янги қирраларини кашф этади, сезади, ҳис қилади. Ушбу китоб азалий ва абадий муҳаббат мавзусида. Қиссалар қаҳрамонлари ўртанадилар, куйиб-ёнадилар, ҳижрон азобини бошдан ўтказадилар, васл суруридан маст бўладилар, хиёнатдан азоб чекадилар.
null
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/mehrigiyoh-mashhur-kushiklar-kutubhonasi
Mehrigiyoh (mashhur qo‘shiqlar kutubxonasi)
Халқ тили билан айтиладиган ашулалар ҳамма даврларда барча тоифаларнинг ҳамиша севиб тинглайдиган қўшиқлари бўлганлигини эътиборда тутиб, "машҳур қўшиқлар кутубхонаси" рукнини миллий қўшиқчилигимизнинг олтин фондидан жой олган энг машҳур ашулалардан дасталанган китоб билан бошлашни маъқул топдик. Чунки халқ оғзаки ижоди ёзма адабиётнинг сарчашмаси ҳисобланади. Халқ ижодкорлигининг  бебаҳо дурдонлари бўлган мазкур қўшиқларнинг шакли ихчам, мазмуни чуқур ва серқирра, тимсолу ташбеҳлари гўзал ва бетакрор, сўз ва иборалари нозик, таъсирчан,тили содда ва тушунарли, услуби равон ва жарангдор бўлганлиги учун ҳам қадимдан кенг тарқалган ва оммабоп бўлган. Шунинг учун ҳам санъаткорлар халқ қўшиқларига доимий равишда мурожаат қилиб келишган. Халқ бахшилари ва фолклор ижрочилари оғзидан ёзиб олинган шеъру қўшиқлар эмас, балки айнан куйга солиниб, ҳофизлар ва хонандалар томонидан ижро этиб келинаёган ашулалардан тартиб берилганлиги жиҳатидан мазкур мажмуа маданият ва санъат аҳли учун ўзига хос қўлланма бўлиши билан бирга қўшиқсевар халқимизга ҳам муносиб туҳфа бўлади. Тузувчи ва тўпловчи: Эргаш Очилов
978-9943-01-861-7
320
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/buyuk-ihtirolarning-sehrli-olami
Buyuk ixtirolarning sehrli olami
Кишилик жамиятида инсонлар ҳамиша тараққиёт сари интилганлар. Янги кашфиётлар, ихтиролар, битмас-туганмас топилмалар ҳамиша қизиқтириб келган. Буюк ихтиролар ва уларнинг ижодкорлари ҳақидаги изланишлар эса ўзининг долзарблиги билан фанда алоҳида аҳамиятга эга. Республика мустақиллигига қадар яратилган кўпгина қўлланмалар, энциклопедия ва илмий манбаларда буюк ихтиролар, уларни яратган шахслар ҳақида тўлиқ маълумот берилмаган. Ушбу китоб айнан фандаги ихтиролар ва ихтирочиларнинг ҳаёти, фаолити ҳақида тўлиқ тасаввур қилишимизга имкон беради. Шунингдек, китобда алоҳида ўрин эгаллаган кимёвий элементларнинг кашф этилиши ва яратилиш тарихи билан боғлиқ қизиқарли маълумотлар ҳамда муаллифларнинг  иллюстрациялари берилмоқда. Ушбу илмий-оммабоп китоб бу оламнинг сеҳрли ихтиро ва кашфиётлари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига ва ёш ихтирочи, магистр, мустақил илмий тадқиқотчиларга мўлжалланган.
978-9943-5412-2-1
320
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-abdurahimov-hukmdorning-kargishi
O‘tkir Abdurahimov: Hukmdorning qarg‘ishi
“Hukmdorning qarg‘ishi” deb nomlangan ushbu detektiv qissada Aleksandr Makedonskiyga tegishli bo‘lgan buyumlar, Muhammad Horazmshoh taxti va yurtimiz tarixiga oid boshqa ko‘plab asori-atiqalarning badavlat kolleksionerlar, sobiq sho‘ro hukumati vakillari, chet el razvedkasi agentlari tomonidan qidirilishi hamda ularniig qo‘lga kiritilishi davomida kechgan voqealar haqida hikoya qilinadi
978-9943-330-38-2
384
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/iul-harakati-koidalariga-suratli-sharhlar-shablon
Yo‘l harakati qoidalariga suratli sharhlar + shablon
Мазкур қўлланма “Йўл ҳаракати қоидалари”ни атрофлича ўрганиш, йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш ва уни бартараф этишда ҳайдовчиларга сифатли билим бериш мақсадида яратилган бўлиб, йўл ҳаракати иштирокчиларининг хавфсизлигини таъминлашга ёрдам беради. Муаллифлар “Иўл ҳаракати қоидалари”га шарҳлар асосида саккиз юздан ортиқ безакли расмлар билан мураккаб йўл ҳаракати вазиятларини содда қилиб тушунтиришга ҳаракат қилганлар. Қўлланма малака ошириш тингловчилари, ҳайдовчилар, пиёдалар, ҳайдовчилик гувоҳномаси олиш учун номзодларга ва кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган. Дунёда ҳеч нарса мукаммал бўлмагандек, ушбу ўқув қўлланма ҳам баъзи бир камчиликлардан ҳоли бўлмаслиги мумкин, албатта. Шу сабабли ўқув қўлланма ҳақида ўз фикр ва мулоҳазаларини билдирган китобхонларга самимий ташаккур билдирамиз.
978-9943-5047-5-2
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/temur-tuzuklari-ilm-zakovat
Temur Tuzuklari (qattiq)
"Темур тузуклари", "Тузуки Темурий", "МалрузотиТемурий", "Воқиоти Темурий" номлари билан ҳам машҳур бўлган "Темур тузуклари" асари икки қисмдан иборат.   Биринчи қисмда Амир Темурнинг таржимаи ҳоли, ижтимоий-сиёсий фаолияти, унинг Мовароуннахрда марказий ҳокимиятни қўлга киритиши, сиёсий тарқоқликка барҳам бериши  марказлашган давлат тузиши, 27 мамлакатни, ўз тасарруфига киритиши, буюк соҳибқирон тилидан ихчам тарзда баён этилган. Иккинчи қисмида эса машҳур жаҳонгирнинг фарзандларига аталган ўзига хос васият, панд-насиҳатлари ва ўгитларидан иборат. Унда давлатни идора этишда кимларга таяниш, тож-у тахт эгаларининг тутуми ва вазифалари, вазир ва қўшин бошлиқларини танлаши, армиянинг тузилиши ва жанг олиб бориш қоидалари, сипоҳийларнинг маоши, мамлакатни бошқариш тартиби, давлат арбоблари ва қўшин бошлиқларининг бурч ва вазифалари, амирлар, вазирлар бошқа мансабдорларнинг тож-у тахт олдида кўрсатган алоҳида хизматларини тақдирлаш йўсини ва бошқалар хусусида гап боради.
978-9943-6324-9-3
144
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/tkir-oshimov-tushda-kechgan-umrlar-book-media-nashr
O‘tkir Hoshimov: Tushda kechgan umrlar
"Тушда кечган умрлар" бу роман ҳақида эшитмаган инсон бўлмаса керак. Қонли ўтмиш ҳақида ҳикоя қилувчи ушбу романда воқеалар қамрови жуда кенг: 30-йилларнинг машъум "Қатағон" қилиш манзаралари, 80-йилларда Афғонистон уруши лавҳалари, шу йилларда содир бўлган "Ўзбек иши" можаролари. Бу учта йирик, жуда катта ҳажмли воқеаларни бир-бири билан боғлашда, улар орасига "бириктириш нуқтасини" топишда муаллиф ички монологдан унумли фойдаланади. Асар йиллар ўтса-да ўқувчилар қалбидан кенг жой олиб келмоқда. Ўйлаймизки, у сизга ҳам маъқул бўлади.
978-9943-5545-9-7
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/mark-tven-eng-sara-asarlari
Mark Tven: Eng sara asarlari
Марк Твен китобларида қаҳрамонлар ҳаёти ва уларнинг кўрган-кечирганлари ҳақида усталик билан ҳикоя қилади. Сюжетлардаги мулоҳазага бой нуқталар ва маҳорат билан ифодаланган кулгули ҳолатлар унинг асарларини дунё китобхонлари учун гўзал маънавий озуқага айлантиради. Муаллифнинг ҳикоя ва романлари ўқувчига шуниси билан ёқимлики, уларни ўқир экансиз ўзингизни бевосита асар ҳаётида яшаётгандек ёки унинг қаҳрамонларидан биридек ҳис қиласиз. Асардаги воқеа-ҳодисалар китобхонни чўлғаб олади, ҳикояларни ўқиб хаёллар уммонига ғарқ бўласиз улардаги ҳаётий ва самимий лаҳзалардан баҳра оласиз. Китобдаги воқеалар ривожи енгил, эркин ва баъзи ўринларда эса қалбни жумбушга келтиради. Ахир, Марк Твен ўз жанрида энг яхши ёзувчилардан бири деб эътироф этилиши бежизга эмас !
978-9943-5691-6-4
656
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhazhzhi-akademik-2-son
Jajji akademik
“Jajji akademik” jurnalining 2020-yil 2-soni nashrdan chiqdi. Navbatdagi son zamonaviy bolalar – jajji akademiklarni kutmoqda! Oling, o‘qing va o‘rganing! 2020-yil 2-son mundarijasi: ✅ Davlat nima? ✅ Avtomobil ichida ot bormi? ✅ Siz – superqahramonsiz! ✅ Qora tuynukning ilk surati ✅ Koinotdek keng orzu ✅ Havoning asosi ✅ Tilga e’tibor – elga e’tibor ✅ Yo‘q bo‘lib ketgan davlat ✅ Kommunal to‘lovlarini qisqartiring! ✅ Intellektual jang ✅ Komiks: Ozon tuynugi ✅ Hello, little academic ✅ Привет, маленький академик ✅ Do‘ppi kiysam, o‘zbekka aylanaman ✅ Temurning temir xotirasi ✅ Esingizdan chiqmasin! ✅ Bosim va yuza ✅ Aql charxi
null
null
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-odirij-tkan-kunlar-2
Abdulla Qodiriy: O‘tkan kunlar (Qattiq muqova)
Ўзбек романчилиги ва ҳаётий ҳикоялар жанрларининг асосчиси, буюк устозимиз-Абдулла Қодирий (1894-1938-йиллар) ХХ аср ўзбек адабиётининг буюк дарғаларидан бири бўлган. Ушбу роман адабиётимиз бестселлери ҳисобланади. Севги кимларни йиғлатиб, кимларни куйдирмаган дейсиз. Шарқ адабиёти дурдоналаридан ҳисобланмиш мазкур асарда муҳаббат ўзгача бадиий талқин қилинади. Шунингдек, ватанпарварлик, олижаноблик, вафо ва хиёнат, ҳавас ва ҳасад, замон талотўплари тилга олинади. Ҳам тарихий, ҳам адабий  чизгилар, шоирона гўзал сўзлар, бетакрор тасвирий ифодалар, асар қаҳрамонлари тилидан айтилган ва бугунги кун ёшларининг  тилида ҳам севги ибораларига айланиб қолган оташин сўзлар... шубҳасиз айтиш мумкинки, асарни ўқимасликнинг , қайта-қайта мутолаа қилмасликнинг иложи йўқ. Абдулла Қодирийнинг "Ўзбек романчилиги асосчиси" сифатида тан олинишига сабаб бўлган ушбу асар воқеалар тарихимизнинг бир кўриниши, муаллиф таъкидлаганидек ўзбеклар турмушидан тарихий романдир.
978-9943-5524-9-4
432
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/kuroni-karimdan-mashhur-suralar-va-eng-zarur-duolar
Qur’oni Karimdan mashhur suralar va eng zarur duolar (kirill)
Ushbu kitobda Qurʼoni karimdagi mashhur suralar va kundalik duolar transkripsiyasi oddiy o‘quvchining o‘zlashtirishi va talaffuz qilishi uchun qulay uslubda berildi. Muhtaram Qurʼon o‘rganuvchilari mazkur kitobdan o‘rganganlaringizni bir ustoz nazoratidan o‘tkazib olishlaringizni tavsiya etamiz. Kitob qalbingizga surur, xonadoningizga nur baxsh etishini tilaymiz.
978-9943-7002-2-2
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/a-pilihin-shahmat-urganaman
A.Pilixin: Shaxmat o‘rganaman
Ушбу китоб дунёдаги энг оммабоп ўйин - шахмат ҳақида. Шахмат ўйнашни хоҳловчилар, унинг бошланиши ва охирида яхши натижага эришмокчи бўлганлар, мусобақадан олдин ўз кучига ишониш туйғусини шакллантиришни истовчилар мазкур китобга мурожаат қилишлари мумкин. Шахмат ўйнашни энди ўрганаётганлар ҳам, бу соҳада анча-мунча натижага эриш ганлар ҳам бу китобдан ўзига керакли кўрсатма ва маслаҳатларни топа олади. Шахмат усталарининг мураббий сифатида ўқувчига такдим этаётган мазкур сабоқ лари уларга бу борадаги энг тўғри йўлни кўрсатади. Китоб бошловчи ва тажрибали шахматчиларга ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган
978-9943-4661-1-1
168
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/abdunosir-shirdonii-musulmon-uchun-30-vaz
Abdunosir Shirdoniy: Musulmon uchun 30 va'z
Ushbu kitobni varaqlar ekansiz, dinimizning muhim ko‘rsatmalari: ilm o‘rganish, poklik, namoz, ro‘za, zakot, muqaddas oylar, sadaqa va boshqa ko‘plab fazilatlar mohiyati va ahamiyatini yaxshiroq bilib olasiz. Zararli illatlar oqibatini chuqurroq anglab yetasiz. Qurʼoni Karim oyatlari va hadisi shariflar asosida aytilgan vaʼzlar, pand nasihatlarni o‘qiysiz. Ushbu nasihatlar, pandlarni o‘qib, ularga amal qilsangiz, ikki dunyo saodatiga erishasiz inshoolloh. Masʼul muharrir: Shayx Usmonxon Temirxon o‘gli, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Muharrirlar: Tolibjon Nizom Ulug‘bek Sulton
978-9943-7581-0-0
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mario-pyuzo-chukintirgan-ota-yohud-mafiya-sardori
Mario Pyuzo: Cho‘qintirgan ota yoxud mafiya sardori
Марио Пьюзони машҳур қилган ва адабиёт саҳнасида унинг номини кўкларга кўтаришга сабаб бўлган асар, шубҳасиз, "Чўқинтирган ота ёҳуд мафия сардори" асаридир. Бу асар миллион йиллардан бери одамлар ўртасида давом этиб келаётган иллатлар, бир-бирини кўролмаслик, чексиз бойликка бўлган ҳирс, адоват кабиларни рўй-рост ифодалаб бергани, шунингдек, америкалик ва сицилиялик мафиячиларнинг кирдикорларини тўла-тўкис очиб бергани билан дунё миқёсида оммалашиб кетди. Асар бадиий тўқималарга бой бўлса-да, китобхонни ортидан эргаштиради. Демак, биз ҳурматли китобхонларимизни улар интиқлик билан кутган асар мутолаасига қайта чорлаймиз. Рус тилидан таржима: Турсунбой Адашбоев, Муҳаммаджон Ўринбоев
978-9943-22-297-7
464
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/romish-hatarli-omad-yohud-duzahdagi-farishta
Romish: Xatarli omad yoxud do‘zaxdagi farishta
Саргузашт ва детектив жанрининг муайян қоидалари асосида ёзилган  ушбу қисса хатарли, қизиқ воқеаларга бой. Уни ўқиш жараёнида китобхон қаҳрамонга ҳамдард бўлади, шиддатли кечинмаларни у билан бирга кечиради. Китобда халқпро террор оламида қонли из қолдирган реал шахслар, тарихий воқеалар ҳам сюжет талабларига кўра бадиий талқинда, қаламда олинган.
978-9943-6355-6-2
208
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/migel-de-servantes-don-kihotning-sarguzashtlari
Migel de Servantes: Don Kixotning sarguzashtlari
Qo‘lingizdagi ushbu kitob ispan adibi Migel de Servantes (1547-1616) qalamiga mansub «Don Kixotning sarguzashtlari» asari-jahon adabiyotining o‘lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Bu asar nafaqat badiiy kitob orqali, balki yurtimiz telekanallarida yiliga bir necha bor berilgan videofilmi orqali ham juda mashhur. Migel de Servantes ushbu asari orqali nafaqat soddalik va mug‘ombirlikni hajv qiladi, balki shu bilan birga yuksak insoniy fazilatlarni ham tarannum etadi. Bu fikrimizning isbotida quyida berilgan «Yondaftarga muhrlanuvchi bitiklar»da ko‘rishingiz mumkin. Asarning ushbu nashrida hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga асосан qo‘shimcha iqtiboslar kiritildi va hozirgi o‘zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
978-9943-5858-4-3
608
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zhura-fozil-hongulning-sarguzashtlari
Jo‘ra Fozil: Xongulning sarguzashtlari
Ёзувчи Жўра Фозилнинг  "Хонгулнинг саргузаштлари" номли ушбу китобига турли йилларда ёзилган қисса ва ҳикоялари киритилган.
978-9943-26-797-8
264
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/rudolf-erih-raspe-baron-myunhauzenning-sarguzashtlari
Rudolf Erix Raspe: Baron Myunxauzenning sarguzashtlari
Baron Myunxauzen sarguzashtlari asari XVII asrda Germaniyada yashab o‘tgan Myunxauzen ismli baronning hayoti asosida yozilgan. Hikoyalarni uning o‘zi tuzganmi yoki boshqa biror kishi tomonidan yozilganmi, bu hali aniqlanmagan, ammo, 1781 yilda uning bir necha hikoyalari chop etilgan edi. 1785 yilda nemis yozuvchisi E.Raspe bu hikoyalarni qayta ishlab chiqqan. Asarga boshqa yozuvchilarning ham Myunxauzen haqida yozgan fantastik hikoyalari qo‘shilib ketgan. Ammo kitobning muallifi sifatida E.Raspe qabul qilingan. Bu asarda nemis kishilarining xarakterli tomonlari aks ettirilgan. Kitob mashhur bo‘lgach, Myunxauzen ismi insonlar tomonidan yolg‘onchi va o‘zida yo‘q sifatlarni tavsiflovchi, deb atala boshlangan.
978-9943-08-760-6
112
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/mazza-lahza-2-aqlni-charhlovchi-ujinlar
Mazza lahza 2 – Aqlni charxlovchi o‘yinlar
Ақлни чархловчи ўйинлар
978-9943-4820-5-0
16
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/braian-treisi-maikl-treisi-biznesning-cheksiz-muvaffakiyati
Brayan Treysi, Maykl Treysi: Biznesning cheksiz muvaffaqiyati
Yuzlab, minglab, va hatto millionlab odamlar qilgan ishni siz ham qila olasiz. Shunchaki buni qanday bajarishni o‘rganishingiz kerak. Millionlab dollarlik mahsulot va xizmatlarni sotish jarayonidagi o‘rgangan tajribalarimizni o‘g‘lim Maykl va men bu kitobga kiritdik. Bu kitobdagi hamma narsalar vaqt davomida sinalgan, isbotlangan va amaliyotda qo‘llanilgan va har qanday bozorda sizga osonroq va tezroq ishlashga yordam berishga mo‘ljallangan.
978-9943-5710-7-5
244
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/suv-ostiga-sayohat-mening-birinchi-enciklopediyam
Suv ostiga sayohat (Mening birinchi ensiklopediyam)
Азиз дўстим! Сувостининг сирли оламига хуш келибсиз. Бу ерда сиз турфа хил балиқлар, делфин, акула, кит ва бошқа денгиз мавжудотлари билан яқиндан танишишингиз мумкин. Шунингдек, сувости дунёси билан боғлиқ кўплаб қизиқарли маълумотларни билиб оласиз.
978-9943-07-708-9
80
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-ajtmatov-asrga-tatigulik-kun-new
Chingiz Aytmatov: Asrga tatigulik kun
Dunyo adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega, buyuk qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani o‘quvchilarga yaxshi tanish. Zero, bu asar o‘z davrining muammolarini badiiy bo‘yoqlarda ifoda etadi. Bir qarashda asarda kechayotgan voqealar shunchaki tabiiy, hayotiy voqeadek tuyuladi. Biroq yozuvchining atrofni biz ko‘rgandan tamoman boshqacha yo‘sinda ko‘rsata olishi, voqealar bayonidagi sirli ishoralar kitobxonni hayratlantiradi.
978-9943-5310-8-5
416
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/tkir-oshimov-ikki-eshik-orasi-lotin
O‘tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi (lotin)
Роман ўтган асрда иккинчи жаҳон урушининг бошқа халқлар қатори ўзбек халқи бошига келтирган кулфатларини ёритишга бағишланган. Асарда урушнинг инсониятга хавф туғдирувчи моҳияти, унинг халқимизга келтирган мудҳиш оқибатларини ватандошларимиз сиймолари акс этган бадиий образлар воситасида ёритиб берилган. Ўзбек ўқувчилари орасида энг кўп ўқиладиган мазкур роман Ватанга садоқат, ишқ-муҳаббат, инсонпарварлик мавзуси билан аҳамиятлидир. Халқимизнинг севимли адиби Ўткир Ҳошимовнинг ушбу дурдона асари китоб жавонингиздан жой олишига ишонамиз.
978-9943-5189-3-3
640
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/mazza-lahza-1-aqlni-charhlovchi-ujinlar
Mazza lahza 1 – Aqlni charxlovchi o‘yinlar
Ақлни чархловчи ўйинлар
978-9943-4820-4-3
16
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhadid-adabieti-namoendalari-tuplam-6-ta-kitob
Jadid adabiyoti namoyondalari. To'plam (6 ta kitob)
Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o‘z o‘quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo‘q. «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topadi. Ushbu to'plamda: Abdulla Qodiriy Abdulla Avloniy Abdurauf Fitrat Abdulhamid Cho'lpon Usmon Nosir Is'hoqxon Ibrat kabi jadid adabiyoti namoyondalarining ijodiy mahsullari bilan tanishasiz.
null
null
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-odij-maksudij-ibodati-islomiya
Ahmad Hodiy Maqsudiy: Ibodati islomiya
Ушбу китоб диёримиз мусулмонлари орасида бошланғич диний қўлланма сифатида маълум ва машҳурдир. Унда аҳли сунна вал жамоанинг, хусусан, ҳанафий мазҳаби бўйича шариат қоидалари тушунтирилган. Асар асримиз бошларида ўша пайтдаги тил меъёрларига мос ифода ва иборалар ила битилган. Бу йўсин хозирги замон ўқувчиси учун бироз қийинчилик туғдириши табиий, албатта. Шу боисдан ҳам муаллифнинг баён тилини бир оз замонавийлаштиришга журъат этдик. Ушбу мўъжаз қўлланма кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган бўлиб, мактаб ёшидаги ўқувчиларга, шунингдек, улуғ ёшдаги саводли кишиларга ҳам бирдек асқотади деган умиддамиз. Аллоҳ таоло барчамизни ибодати исломияда собитқадам қилсин!
978-9943-6617-9-0
168
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ag-gadaev-msh-karimov-hs-ahmedov-ichki-kasalliklar-propedevtikasi
A.G. Gadayev, M.Sh. Karimov, X.S. Axmedov: Ichki kasalliklar propedevtikasi
/h2>
978-9943-5269-5-2
712
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mutabar-mumina-ayollar-muminlarning-onalari-va-boshka-sahobiya-ayollar-hayotidan-lavhalar
Mo‘tabar mo‘mina ayollar. Mo‘minlarning onalari va boshqa sahobiya ayollar hayotidan lavhalar
Muhtaram o‘quvchi! Qo‘lingizdagi kitobga turli yillarda “Hidoyat” jurnalida chop etilgan hikoyalar kiritildi. Saodat asrida sahobiya ayollar ko‘rsatgan sabr va matonat fidokorlik va yaxshi xulq namunalari bu hikoyalarda samimiy bayon etiladi. Chindan ham Hazrati Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning pok xotinlari - moʻtabar onalarimiz va boshqa sahobiya ayollarning hayoti dinimizning ibratlarga tula tarixida juda go‘zal sahifalardir. Ularni o‘rganish zamonamiz uchun xam ko‘p foydali, o‘ta muhim bir ish. Zero, odob-axloq tamoyillarini yemiruvchi turli va juda nozik illatlar urchigan bir davrda yashamoqdamiz. Shu boisdan taqvoli bo‘lish, foydali ilm talab qilish, o‘rniga itoat etish, farzandlarni salohiyatli qilib tarbiyalash kabi o‘ta muhim ishlarda sahobiya ayollardan ibrat olgan mo‘minalar bugun xam, inshaalloh ulug‘ ajr-savoblarga erishadilar. Tavfiq Alloh taolodandir.
978-9943-22-513-8
152
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/fyodor-dostoevskij-zhinoyat-va-zhazo-ozb
Fyodor Dostoyevskiy: Jinoyat va jazo (qattiq)
Асар 1866 йилда ёзилган. Аммо инсон кечинмаларининг эски ва янгиси бўлмаганидек, роман қадри ҳам эскирмаган. Китоб ўзбек тилида бундан аввал 1977 йилда чоп этилган. Қарийб 40 йилдан кейин асарни қайта нашр этишдан мақсадимиз, бугунги китобхонларимизни ўз даврида шуҳрат қозонган асар – талаба ҳаётидан аянчли драма билан таништириш. «Камбағаллик айб эмас, бироқ йўчилик – иллат. Биринчисида инсон туғма олижаноб фазилатларни сақлаб қола олади, аммо йўқчиликда уларни ҳеч қачон ва ҳеч ким сақлаб қола олмайди», асардаги персонажларидан бири бош қаҳрамонга бу гапни ҳаётий мисоллар асосида изоҳлаб беради. Университетнинг собиқ талабаси бўлган Расколников эса бу гапдан тегишли хулоса чиқара олмайди. Натижада, йўқчиликдан қутулиш, тезда бойиб кетиш ва юқори мавқеига эга бўлиш мақсадида ақл бовар қилмайдиган жиноят содир қилади. Фожиали жиҳати – қаҳрамон ўз жиноятини оқлайди. Аммо ҳаёт қонунлари адолатли – жиноятни жазосиз қолишига имкон бермайди. Руҳий жазо жиноятчини ўз айбига иқрор бўлишга мажбур этади. Романда шу мудҳиш қотилликнинг узлуксиз уқубатлари билан бирга гўзал муҳаббат тасвири ҳам борки, у китобхон қалбини беихтиёр жунбишга келтиради.
978-9943-25-859-4
616
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/uzbekiston-respublikasi-kodekslari-ii-zhild
O‘zbekiston Respublikasi kodekslari (II jild)
"O‘zbekiston Respublikasi kodekslari" kitobi ikki jilddan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi barcha kodekslari jamlangan. Mazkur rasmiy nashrning 1-jildi o‘nta kodeksni o‘z ichiga oladi. 2021 yil 1 dekabrgacha bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan.
978-9943-7296-3-6
736
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-daftar-hoshiyasidagi-bitiklar-lotin
O‘tkir Hoshimov: Daftar hoshiyasidagi bitiklar (Yangi Asr Avlodi) (lotin)
Bu – ko‘pdan beri siz qo‘ldan qo‘ymay o‘qib kelayotgan kitob. Bu – ko‘pdan beri siz farzandlaringiz, yaqinlaringiz o‘qishlarini astoydil istayotgan kitob. Bu –  ciz va biz haqimizdagi kitob. Yaralganimizdan to bugungi kunimizgacha bizga nimalar ayon – nimalar noayon, nimalarni topdik – nimalarni yo‘qotdik, kimlarga mehr berdik – kimlarni esa xo‘rladik yoki tahqirladik, o‘zimizga havola. Ko‘nglimizdan kechadigan ana shu haqiqatlarni yodga soladigan mazkur kitob xuddi shu jihati bilan qalbimizga yaqin. O‘qing, ishoning, zero, har bir odam bolasi hayoti davomida kitobda qayd etilgan bitiklarga qayta va qayta duch kelaveradi… Bu bitiklar har insonning taqdirida takrorlanaveradi…
978-9943-27-733-5
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-grej-eng-sara-asarlari
Jon Grey: Eng sara asarlari
Mashhur psixolog va ijodkor Jon Greyning "Erkaklar Mars, ayollar esa Venera sayyorasidan” nomli asari zamonamizning eng yaxshi xaridorgir kitoblaridan biridir. Mazkur asar juda ko‘plab odamlarning taqdirlari yaxshi tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Erkak va ayollar o‘rtasida yuzaga kelayotgan juda ko‘p muammolar bizning haqiqatan ham turli dunyoqarashga ega insonlar ekanligimizdan dalolat beradi. Biz nafaqat har xil insonmiz, balki turli sayyoradan kelganmiz ham. Biz erkak va ayollarning ko‘p masalalarga yondashuvimiz shu darajada farq qiladiki, natijada, bir-birimizni chindan tushunishimiz uchun alohida umumiy muloqot tili kerak bo‘ladi. Biz aynan mana shu tilni o‘rganib olsak, muhabbat mojarolari, oila va ishda uchrayotgan ko‘plab kelishmovchiliklar barham topadi. Kitob 16 yoshdan katta barcha erkak va ayollar uchun mo‘ljallangan. Yozuvchining "Osmondan tushgan bolalar" nomli asari esa ota-onalar uchun foydali asardir. Unda farzand tarbiyasi bilan bog‘liq muhim hayotiy maslahatlar, qimmatli fikrlar beriladi. Kitobni o‘qish davomida uni hayotga tatbiq etsangiz, ko‘plab yutuqlarga erishasiz. Ijodkorning ushbu kitoblari Siz azizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-5692-3-2
720
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhurabek-ramazonov-men-shu-emon-kizni-yahshi-kuraman
Jo‘rabek Ramazonov: Men shu yomon qizni yaxshi ko'raman
Сурхондарёлик шоир ва адиб Жўрабек Рамазонов қисқа умр кўрган бўлсада, ўзининг бетакрор ижоди билан қалбларга абадий муҳрланиб қолди. Ўйлаймизки, ушбу китоб сизнинг севимли ҳамроҳингизга айланади, азиз адабиёт ихлосманди!
978-9943-20-530-7
320
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/oltin-olma-zolotoe-yabloko-chitaem-po-slogam
Oltin olma. Золотое яблоко (читаем по слогам)
Bolajonlarimizga rus tilini o‘rganishlari uchun ajoyib ertak kitobi. O‘zbek tiliga D.Karabayeva tarjimasi. Rassom M.Yuldashev
978-9943-7024-1-7
16
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/kuroni-karim-va-hadisi-sharifda-kelgan-eng-zarur-duolar
Qur’oni Karim va Hadisi Sharifda kelgan eng zarur duolar (qattiq muqova)
Nashrga tayyorlovchi: Fayzullox Lutfulloh o‘gli Biz eʼtiboringizga havola etayotgan ushbu kitobda Janobi Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning kundalik muborak duolari, Qurʼoni karimda kelgan mustajob Qurʼoniy duolar hamda mo‘min musulmonlarning kundalik hayotida kerak bo‘ladigan eng zarur duolar qisqa va lo‘nda qilib jamlandi. Shuningdek, kitobga Haj va umra ibodatida o‘qiladigan duolari kiritildi. Kitob siz aziz kitobxonlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
978-9943-5217-6-6
320
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/isokzhon-nishonov-afgon-shamoli-9-10-kitoblar
Isoqjon Nishonov: Afg‘on shamoli (9-10 kitoblar)
«Afg‘on shamoli» asarining to‘qqizinchi qismida turkiyalik millatchi ekstremist Baqqol tomonidan terrorchi Xattob yordamida tashkil etilgan «Kulrang bo‘rilar» nomli ajal to‘dasi va uning kirdikorlari haqida so‘z boradi. Bu to‘daga qarshi yurtning asl o‘g‘loni Bo‘ronning jasorati, rus asirlarining qutqarilishi, Vataniga nafi tega boshlagan G‘afurning ko‘magi bilan Bo‘ronning farzandi Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi, Xattobning yo‘q qilinishi va ko‘pgina qiziqarli tafsilotlarga boy turfa taqdirlar qalamga olingan. Asarning o‘ninchi qismi yanada shiddatli voqealarga boy. Shu kungacha jangarilar safida yurib O‘zbekistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatish maqsadida bo‘lgan razil kimsalarning topshiriqlarini itoatkorlik bilan bajarayotgan G‘afurning yuragida birdan yorug‘lik paydo bo‘ldi. Begunoh odamlarning daryo bo‘lib oqayotgan qoni uning ko‘zini ochdi. Nega odamlar bir-biri bilan urishyapti, yosh demay, qari demay oldidan chiqqanni o‘ldiryapti, degan savollarga javoban o‘z hayoti mazmunini o‘zgartirdi. Kindik qoni to‘kilgan vatani, ko‘z qorachig‘idek ardoqlab o‘stirgan xalqi tinchini saqlab qolish maqsadida G‘afur Endi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga yordam bera boshlaydi. Yovuz niyatli kishilarning rejalari haqida maʼlumotlar to‘plash uchun boshidan ko‘p qiyinchiliklarni o‘tkazadi.
978-9943-6353-5-3
384
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/sadriddin-ainii-sudhurning-ulimi
Sadriddin Ayniy: Sudxo'rning o'limi
Atrofimizda turlicha tabiat egalari bor. Kimdir ochiqko‘ngil – kimdir g‘azabnok, kimdir shafqatli – kimdir mehrsiz, kimdir samimiy – kimdir xushomadni yaxshi ko‘radi. Ammo shunday tabiatli insonlar toifasi borki, ular nafaqat og‘zaki gurunglarning, balki butun boshli asarlarning qahramonlariga aylanganlar. Shunday qahramonlardan biri, shubhasiz, Sadriddin Ayniyning xasislikda, sudxo‘rlikda dong‘i ketgan Qori Ishkambasidir. Boylik, mol­dunyo nafaqat ko‘zini, balki butun ong­u shuurini egallab olgan Ishkamba obrazi, uning qarashlari, atrofdagi odamlar va yashayotgan muhitiga munosabati kitobxonning kulgidan ko‘ra, g‘azabini, ko‘pchilik holatlarda esa chin dildan rahm­shafqat tuyg‘usini uy­g‘otadi.
978-9943-56-84-8-8
144
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/aellarga-hos-eng-zarur-fikhii-masalalar-kattik
Ayollarga xos eng zarur fiqhiy masalalar (qattiq)
Ushbu kitob “Hidoyat” jurnalining 1999-2000 yillardagi sonlarida «Ayollar sahifasi», «Xos fiqxiy masalalar» ruknlari ostida eʼlon qilingan turkum maqolalar asosida nashrga tayyorlandi. Mazkur kitobda ayollar uchun kundalik hayotda lozim bo‘lgan muhim sharʼiy masalalar ishonchli manbalar asosida sodda bayon etilgan. Kitobda keltirilgan maʼlumotlar, ayni paytda erkaklar uchun ham o‘ta muhim, oila tinch-totuvligi, farovonligining poydevori vazifasini o‘tovchi maʼlumotlardir.
978-9943-7006-6-6
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-sunggi-uk
Tohir Malik: So‘nggi o‘q
Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub bo‘lmish ushbu asar o‘zbek kitobxonlari uchun yaqin o‘tmishimizga bir nazar bo‘lib, tarixiy voqealar asnosida inson ruhiyatiga qilinadigan benazir sayohat hamdir. Qismat va zamonning achchiq to‘lqinlariga tashlangan qahramonning temir bardoshiga tan bermay ilojimiz yo‘q. Tog‘dek g‘amlar ostida ham eng buyuk sharaf - inson bo‘lib qolish darsini o‘rganamiz.
978-9943-6046-0-5
400
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mark-tven-yanki-va-irol-artur
Mark Tven: Yanki va Qirol Artur
Taqdim etilayotgan asarning bosh qahramoni o'n to'qqizinchi asrdan oltinchi asr Angliyasiga tushib qoladi. Bosh qahramonning Amerikaning Konnektikut shtatida bo'lishi ham bejiz emas. Yozuvchi umrining so'nggi yillarini Konnektikut shtatidagi Redding qishlog'ida o'tkazadi va shu yerda vafot etadi. Oltinchi asrga tushib qolgan Yanki g'addor va qoloq jamiyat hukm surgan Angliyada yangi tuzum - xalq kuchiga tayangan demokratik jamiyat qurmoqchi bo'ladi va bu kurashda bir guruh hukmron feodal doiralarining, o'zining mustabid siyosatini o'tkazayotgan rim katolik cherkovining qarshiligiga duch keladi. Romanning yana bir muhim jihati shundaki, Mark Tven cherkovning insoniyat taraqqiyoti yo'liga to'g'anoq bo'lishini, hukmron sinf tomonida turib xalq qonini so'radigan tekinxo'r bir maraz ekanligini yorqin bo'yoqlar bilan chizib beradi; cherkovning kirdikorlarini fosh etib, uni qattiq tanqid qiladi.
978-9943-20-573-4
416
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/ozoda-turmuhammedova-olmahon-muhitdinova-imtihonga-tajyormisiz
Ozoda Turmuhammedova, Olmaxon Muhitdinova: Imtihonga tayyormisiz
Imtihon inson hayotidagi eng og‘ir lahzalardan hisoblanadi. Zero, qanday imtihon bo‘lishidan qatʼiy nazar, u kelajakka o‘z taʼsirini o‘tkazadi, baʼzan hatto hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Jumladan, oliy o‘quv dargohlariga kirish uchun topshiriladigan test sinovlari ham ko‘pincha hayot-mamot masalasiga aylanadi. Bu esa baʼzan imtihon topshiruvchining juda katta ruhiy bosim ostida qolib ketishiga, natijada o‘z imkoniyatlarini to‘la ishga sololmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oddiy savollarga nega javob berolmaganligini tushunolmay imtihondan so‘ng kuyunib yurganlarni ko‘p ko‘rganmiz-ku... Xo‘sh, aslida, bunday xavfdan himoyalanish mumkinmi? Qo‘lingizdagi kitobcha aynan shu haqda.
978-9943-985-59-9
32
2015
https://asaxiy.uz/uz/product/savdodagi-savdolar
Ozoda Turmuhammedova, Olmaxon Muhitdinova: Savdodagi savdolar
Savdo, biznes sohasini aksariyat kishilar daromad manbai, deb tushunadi. "Boshlasang bo‘ldi, pulning o‘zi oqib kelaveradi" degan fikrni ham takror-takror eshitganmiz. Aslida ham shundaymi? Balki bu sohaning ham sirli va ko‘zga tashlanmas nozik jihatlari bordir? Savdoda qoqilmaslik hamda raqobatchilar qarshisida sinib qolmaslikning o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat? Umuman sotuvchi bo‘lish yoki mahsulotni vaqtida sotish qanchalik oson? Sotilmayotgan tovarga yoxud sotib olishni istamayotgan xaridorga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Shu va shu kabi savollarga dunyoga mashhur biznes vakillari tajribasi va xulosalari asosida aynan ushbu kitobdan javob topasiz.
978-9943-20-277-1
64
2017