url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/murat-tosun-olim-etishtirgan-onalar
Murat Tosun: Olim yetishtirgan onalar
Onalar farzand tarbiyasida hamisha oilada muhim o‘rin tutganlar. Bola tug‘ilishidan oldin, hatto juft tanlanayotgan vaqtdayoq bo‘lajak onaga eʼtibor qaratiladi. Farzand tug‘ilgandan keyin ham otasi ish yo boshqa sabablar bilan ko‘p vaqt uyda bo‘lmaydi, tarbiyaga doir zarur o‘gitlar, ko‘rsatmalar bergan holda, asosiy ishi moddiy taʼminot bo‘lib qolaveradi. Illo, ona soliha, ilmli bo‘lsa, farzandi kelajakda buyuk inson bo‘lib yetishishi uchun astoydil harakat qiladi. Agar «Nega farzand tarbiyasi yolg‘iz mening zimmamda bo‘lar ekan?!» deya u ham tarbiya bilan shug‘ullanmasa, nafaqat bir bolaning, balki butun boshli millatning kelajagini barbod qiladi. Ulug‘larimiz hayotiga nazar soladigan bo‘lsak, ularning onalari hatto otalari vafot qilgandayam ham moddiy taʼminotni o‘z zimmalariga olishgan, ham farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan. Yillar davomida chekilgan zahmat natijasi o‘laroq, Imom Ahmad, Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar yetishgan. Bu kitobda ana shunday ulug‘ zotlarning onalari farzand tarbiyasida qanday yo‘l tutganlari, qanchalar azob-uqubat tortganlari haqida hikoya qilinadi. Shunday ekan, har bir ona haqida o‘qib, alohida o‘git olamiz.
978-9943-7254-6-1
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/elif-shafak-ishkka-oid-40-koida-18-kalin-mukova
Elif Shafaq: Ishqqa oid 40 qoida
Ушбу китоб бугунги кунда асарлари замонамиз бестселлерига айланишга улгурган, Туркия ва АҚШ ёзувчиси сифатида танилган Элиф Шафақ томонидан ёзилган. Унда ишқ туйғуси ва одамлар орасидаги ўзаро бир-бирини тушунишдай мураккаб руҳий муаммолар маҳорат билан ёритиб берилган. Шунингдек, Шарққа ва Ғарбга, ўтмишда ва ҳозирга оид мотивларнинг бирлашиб кетиши билан ўқувчи диққатини ўзига тортади.
978-9943-5672-0-7
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/nargiza-erkaboeva-magnit-ayol-yohud-erkaklarni-esdan-ogdirish-sanati
Nargiza Erkaboyeva: Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og‘dirish san’ati
Mazkur kitobga ilk marta ayollik energiyalari va ularni uyg'otuvchi, oshiruvchi amaliyotlar berilgan. Kitob trening-kitob tarzida yozilgan bo'lib, nazariya bilan birga ko'plab amaliy mashg'ulotlardan tashkil topgan. Kitob magnit ayol bo'lish, har qanday yoshda ham jozibador, maftunkor, yosh va sog'lom qolish sirlaridan bahramand etadi. Mazkur kitobdagi amaliyotlar orqali siz ayollik energiyangizdan foydalanib sevgiga, sovg'alarga, sayohatlarga ochadi.
978-9943-6354-1-8
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-muhammad-tursun-duneni-tebratgan-7-buyuk
Ahmad Muhammad Tursun: Dunyoni tebratgan 7 buyuk
Mazkur kitobda dunyo tamaddunida ulkan hissa qo‘shgan, Islom olamida o‘z hayoti va faoliyati bilan o‘chmas iz qoldirgan Hasan Basriy, Umar ibn Abdulaziz, Abdulloh ibn Muborak, Abu Homid G‘azzoliy, Salohiddin Ayyubiy, Amir Temur, Avrangzeb Olamgir kabi ulug‘lar haqida so‘z boradi. Mutolaa davomida yuqorida tilga olingan shaxslar hayot yo‘llariga oid go‘zal lavhalarga duch kelasiz
978-9943-6619-4-3
584
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhin-sharp-diktaturadan-demokratiyagacha
Jin Sharp: Diktaturadan Demokratiyagacha
«Diktaturadan demokratiyaga» kitobining dastlabki nashri 1993 yilda Bangkok shahrida, Xit Pyang (Khit Pyaing, New Era Journal) birlashmasi bilan Birmaning Demokratiyani tiklash komiteti tarafidan qilingan. U paytdan aqalli o‘ttiz bir tilga tarjima qilinib Serbiya, Indoneziya, Tailand va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan. Bu esa AQSHda nashr etilgan to‘rtinchi nashridan o‘zbekchaga qilingan tarjimasi.
978-9943-6220-6-7
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mukammal-dasturlash-2
Javlon Abdullo: Mukammal dasturlash 2: JavaScript
Ushbu kitob zamonaviy dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar, dasturlash bilan shug'ullanadiganlar va hatto dasturiy ta'minot yaratish bo'yicha yetuk mutaxassislarga ham mo'ljallangan bo'lib, ilm olish va uni mustahkamlash uchun eng kerakli bo'ladigan zaruriy bilimlarni o'zida jamlagan hamma sodda tushunarli tilda bayon etilgan. Ortiqcha ma'lumotlar o'rniga o'n yillab yig'ilgan tajribalardan foydalanib aniq ko'rsatmalar keltirilgan. Kitobdagi ma'lumotlarni o'zlashtirgan o'quvchi malakali veb-dizayner sifatida keng faoliyat yuritishdan tashqari nafaqat "front-end" (timusti) dasturlovchi bo'lishi mumkin, balki to'laqonli veb-dasturiy ta'minot yaratish borasida yetuk bilimlarga ham ega bo'ladi. Kitobda yoritilgan mavzular bo'yicha fikr-mulohazalar, takliflar, savollar hamda o'z amaliy dasturlash faoliyatingizda muamolar yuzaga kelsa, ilm.yurt.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.
978-9943-6501-6-9
300
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/stiven-kovi-stiv-zhons-fokus-ustuvor-maksadlarga-erishish
Stiven Kovi, Stiv Jons: Fokus, ustuvor maqsadlarga erishish
Baʼzida insonlar doimiy bosim ostida ishlaydilar va hatto uzoq muddat talab etadigan vazifalarni tez bajarib o‘zlaridan faxrlanadilar. Ammo hammasini oldindan rejalashtirib, hayotingizni rejaga solish maʼqulroq emasmi? Stiven Kovi barcha yumushlarni to‘rt guruhga bo‘lishni taklif qiladi: shoshilinch va muhim; shoshilinch va muhim emas; shoshilinch lekin muhim emas; va nihoyat na shoshilinch na muhim bo‘lgan ishlar. Qaysi guruhdagi ishlarga bor say-harakatingizni ketkazgan arziydi? Odatda ko‘pchilik "muhim va shoshilinch" ni tanlaydi ammo bu noto‘g‘ri tanlovdir. Faqatgina shunday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish insonni muntazam stress, shoshqaloqlik va hayotiy kuchlardan tamom bo‘lishiga olib keladi. Ammo muallif bildirgan maslahatlarga quloq tutsak, hayotimiz batamom o‘zgaradi. Ayniqsa, bugungi zamonaviy menejerning vaqtni aniq rejalashtirish uchun texnik vositalardan iborat qurollari yetarlicha, siz bu bilan albatta ko‘zlangan maqsadga oson erishasiz.
978-9943-8104-9-5
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/akrom-malik-halka-kattik-mukova
Akrom Malik: Halqa (qattiq muqova)
Ushbu kitob hali chop etilmasidan avval yuz minglab muxlislar qalbini zabt etdi. Mashhur suxandonlar tomonidan o‘qib eshittirildi. Rasman nashrdan chiqmay turib qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Chunki unda O‘zbek adabiyotida nisbatan yangi bo‘lgan mavzularga murojaat qilingan. Mustaqillik davri adabiy-badiiy tafakkuridagi yangilanishni ushbu asar misolida ko‘rish mumkin. Mazkur to‘rtinchi nashr ham fikrimizni tasdiqlaydi. Voqealar o‘ziga xos yo‘nalishga ega, muallifning uslubi ravon, turli qahramonlar, turfa qismatlar o‘qirmanni mutaassir qiladi, farqli jug‘rofiy hududlarga mansub insonlar dardi bir nuqtada tutashadi. Har bir ifoda va tasvir Sizni insoniylikka oshno chorlaydi. Odamlar dardi va g‘amini his qilishga undaydi. Ushbu kitob orqali Siz Hind ummoni va Hind o‘lkasiga, G‘arb yurtlariga, Pokiston, Turkiston, Xitoy, AQSH, Turkiya, Shomga g‘oyibona sayohat qilasiz. Umid qilamizki, “Halqa” kitobi Sizning doimiy hamrohingizga aylanadi, qalbingizdan chuqur o‘rin oladi.
978-9943-8415-4-3
528
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhadidlar-8-zhild
Jadidlar (8 jild)
"Jadidlar" — jadidlar haqidagi sakkiz jildli kitoblar toʻplami. Sakkiz nafar jadidchi hayoti va ijodiga bagʻishlangan risolalarni turli muallif yozgan: Olim Usmonov Gʻulom Zafariy, Dilmurod Quronov Abdulhamid Choʻlpon, Ulugʻbek Dolimov Isʼhoqxon Toʻra Ibrat, Hamidulla Boltaboyev Abdurauf Fitrat, Bahodir Karimov Abdulla Qodiriy, Oltinbek Olim Abdulla Avloniy, Sotimjon Xolboyev Munavvarqori qori Abdurashidxonov, Zaynobidin Abdirashidov Mahmudxoʻja Behbudiy haqidagi jildni yozgan. Toʻplam Yoshlar nashriyot uyida yumshoq muqovada, lotin yozuvida choʻntak kitobi shaklida nashr qilingan. "Umuman, biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz me'rosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi." Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston respublikasi prezidenti.
978-9943-6682-8-7
null
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ehann-volfgang-gete-faust
Yohann Volfgang Gyote: Faust
Buyuk olmon shoiri Gyotening «Faust» tragediyasi jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasidir. Adibning aynan ushbu va boshqa barcha asarlarini ham dinlararo, madaniyatlararo, millatlararo bag‘rikenglik, Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi, umuminsoniyat maqsadlarining uyg‘unlashtirilgan namunasi, deyish mumkin.
978-9943-27-312-2
528
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mihail-bulgakov-esh-vrach-kundaligi
Mixail Bulgakov: Yosh vrach kundaligi
Shifokorda bilim va tajriba uyg‘un bo‘lsagina muvaffaqiyatga erisha oladi. Mixail Bulgakovning «Yosh vrach kundaligi» asarini mutolaa qilar ekansiz, shifokorda ana shu ikki omil bilan birga qatʼiyat, jasorat va o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmasining shakllanishi birlamchi ahamiyat kasb etishiga amin bo‘lasiz. Asarda XX asr boshida rus jamiyatidagi oddiy odamlar qiyofasi butun bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi: sodda, ishonuvchan, samimiy. Shuningdek, kamchiliklar ham ro‘y-rost qalamga olingan. Ko‘prik ostida ko‘zi yorigan ayolni shifokor: «Farzandingni dunyoga keltirish uchun shu yerdan boshqa joy topa olmadingmi?» deb koyiganida, ayol: «Dard tutib turganida qaynotam ot-arava bermadi, vrachlik punkti unchalik uzoq emas, piyoda yetib ol», deb aytdi, deya javob beradi. Bu turmush tarzining yigirmanchi asrga xos ko‘rinishlaridan biri edi. Muxtasar aytganda, fan-texnika va axborot texnologiyalari taraqqiyoti virtual va ayni damda soxtakor munosabatlarni avj oldirgan bugungi kunda samimiy munosabatlarga qurilgan ushbu asarni o‘qish kishiga o‘zgacha maroq va kayfiyat beradi! Tarjimonlar: Barno Tojiboyeva, Asomiddin Murodov, Ramazon Boymirzayev
978-9943-20-910-7
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-tafsiri-hilol-6-zhild
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf:: Tafsiri Hilol (6 jild)
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг қаламларига мансуб олти жилдлик «Тафсири Ҳилол» «Тафсири Ҳилол» - бутун оламга мударрис бўлган буюк уламолар юрти - Мовароуннаҳр диёрида ёзилган энг янги тафсирдир. Замонамизнинг забардаст олимларидан бири шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг ушбу тафсирлари ўзининг содда ва равон тили, теран ва дақиқ услуби билан ажралиб турувчи шоҳ асардир. «Тафири Ҳилол» мўътабар тафсирларнинг анъаналарига содиқ қолган ҳолда, бугунги кун китобхонининг савияси, дунёқараши ва эҳтитёжларини ҳам ҳисобга олиб ёзилган бўлиб, ўқувчини Қуръони карим маъноларининг битмас-туганмас ҳикматларига ошно этади.
978-9943-7034-8-3
3808
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/allan-piz-tana-tili
Allan Piz: Tana tili
Ushbu kitobda ruhshunos Allan Piz izlanishlari, tadqiqotlari asosida inson tana aʼzolarining harakati, yuz ifodasi noverbal muloqot asosi ekanligi, shaxsni anglash, uni idrok etish tana tiliga bog‘liqligi, suhbatda makon va maydonlar, shaxsiy maydon, kaftlar va ular yordamida uzatiladigan maʼlumotlar, ko‘l va panjalar, oyoqlar va tananing boshqa aʼzolari bilan bog‘liq imo-ishoralarning maʼnosi haqida maʼlumotlar berilgan va bundan oliy taʼlim muassasalarida "Eksperimental psixologiya va praktikum". "Konsultativ psixologiya". "muloqot psixologiyasi", “Psixodiagnostika” kabi fanlarni o‘qitishda qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
978-9943-03-723-6
200
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhaloliddin-rumii-ichindagi-ichindadur-kirill
Jaloliddin Rumiy: Ichindagi ichindadur (Kirill)
Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o‘zligini, o‘zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo‘lgan ko‘zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o‘sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning o‘zligimizni bilishimiz haqida. Axir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar «O‘zini bilgan avliyo bo‘ladi» deya bejiz aytishmagan. Hazratning o‘zi shunday deydi: «Rivoyat qiladilarki, bir podshoh o‘g‘lini hunarmandlar to‘piga qo‘shib qo‘yibdi. Ular bolaga turli bilimlardan, jumladan, ilmu nujumdan dars berishibdi. Shoh o‘g‘li butunlay ahmoq bo‘lgani holda o‘ziga o‘rgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi. Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib, o‘g‘liga «Bunda ne bor?» debdi. Bola «Qo‘lingdagi dumaloq, sariq va ichi bo‘sh narsadir» degach, hukmdor hayratda qolib «Alomatlarini to‘g‘ri aytding, ismini ayt» deb buyuribdi. O‘g‘il «G‘alvir bo‘lsa kerak» deb javob beradi. Podshoh «Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat — belgilarni aniq ayting-u, ammo g‘alvirning hovuchga sig‘masligiga qanday qilib farosating yetmadi?» dedi afsus chekib.
978-9943-27-365-8
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhan-dominik-bobi-skafandr-va-kapalak
Jan-Dominik Bobi: Skafandr va kapalak
Inson jasorati va matonatining mahsuli bo‘lmish «Skafandr va kapalak» avvalo, cho‘ng bir iztirob, so‘ngra xuddi shunday umidga yo‘g‘rilgani bilan eʼtiborni tortadi. Fransuz dramaturgi Jan-Dominik Bobining ushbu asarini varaqlab, ilk satrlariga ko‘z yugurtirarkanmiz, ayni kuchga to‘lgan, hayot va ijodda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan 44 yoshli dramaturgning kutilmaganda insultga chalinib, to‘shakka mixlanib qolishi, ammo taqdirning ayanchli sinovi oldida taslim bo‘lmay sog‘lom miya va yagona ko‘z yordamida hayot uchun kurashishga bel bog‘lagani, nigohlari bilan logoped ko‘magida dunyo bilan muloqotga kirishishi vujudimizni titratadi.
978-9943-20-831-52
96
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdufattoh-abu-gudda-ulamolar-nazdida-vaktning-kadri-kattik-mukova
Abdulfattoh Abu G'udda: Ulamolar nazdida vaqtning qadri (qattiq muqova)
Abdul Fattoh Abu G‘udda rahmatullohi alayhning «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» nomli asari ilm ahllari nazdidagi vaqtning qadri xususida fikr-mulohaza yuritishga bag‘ishlangan. Mazkur kitobda o‘tgan ulamolarimizning vaqtlaridan unumli foydalanganlari va shu tufayli ulkan hajmdagi asarlar taʼlif etganlari misollar bilan bayon qilib berilgan. Ushbu kitob o‘quvchini vaqtning qadriga yetishga, o‘zi, oilasi, el-yurt va vatani uchun foydali ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishga targ‘ib qiladi.
978-9943-7161-3-1
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/said-chamlizha-iimon-va-huzun
Said Chamlija: Iymon va huzun
Inson hayoti davomida ko‘plab sinov-imtihonlarga duch keladi. Ularni sabr va sabot bilan yengib o‘tish iymonning taqozosidir. Unutmaylik, iymonimizda tushkun bo‘lsak, hayotimiz ham tushkun kechadi. Ushbu kitobda asrimizning eng jiddiy muammolari bo‘lmish tushkunlik, umidsizlik, asabiylik, beqarorlik xususida jiddiy mulohazalar bayon qilingan. Tushkun insonlar iymonsiz emas, albatta. Lekin tutganimiz iymon shoxi bizni hayot tashvishlaridan chiqarolmasa, u shoxni qanday tutganimizni o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Muallif bu borada jiddiy savollarni o‘rtaga tashlaydi va jo‘yali javoblarni ham hikmatli tarzda taqdim etadi. O‘qing, uqing, mulohaza qiling va hayotga yorug‘ nazar tashlang. Turk tilidan tarjimon: Umida Adizova
978-9943-7407-1-6
128
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/bodo-shefer-pul-alifbosi
Bodo Shefer: Pul alifbosi
Ҳар бир инсон туғилгандаёқ бой бўлиш ҳуқуқига эга бўлади, деган машҳур қоидага биноан, муаллиф пул билан муомала қилиш жараёнларини кен китобхонлар оммасига батафсил (болалар тилида) тушунтириб беради: пулни қандай тежаш, тўғри сарфлаш, қарзларни узиш- хуллас, биринчи миллион долларни қандай қилиб ишлаб топишни ўргатади.
978-9943-51-0-9
248
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/mudhish-psihologiya-seni-toliktiraetgan-hamma-narsadan-voz-kech
Mudhish Psixologiya: Seni toliqtirayotgan hamma narsadan voz kech
Ushbu kitob - taʼsiriga tushib qolganingiz hissiy manipulyatsiyalarni farqlab olishingizga, o‘zingizni himoya qilish va vaziyatni o‘z nazoratingizga olib, kuchli tarzda boshqarishingizga yordam beradi, sizni toliqtirayotgan, zarar berayotgan barcha muammolardan qutulish yo‘llarini o‘rgatadi.
978-9943-8604-6-9
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/imom-zarnuzhii-ilm-olish-sirlari
Imom Zarnujiy: Ilm olish sirlari
Hadisi sharifda taʼkidlanganidek, “Ilm o‘rganish har bir muslim va muslimaga farzdir”. Maʼlumki, har bir ishni oxiriga yetkazish va uni mukammal ado etish uchun unga oid ilmlarni o‘rganish asosiy omil hisoblanadi. Insonga hamma ilmlarni o‘rganishi farz emas. Balki, hozir bajarilishi lozim bo‘lgan amalning ilmini bilishi kerak. Shunda bajaradigan ishi nuqson va kamchiliklardan holi va ilm asosida qilinganidan mukammal bo‘ladi. Ushbu kitobda ilm olishga oid barcha zaruriy masalalar atroflicha yoritilgan. Mazkur asar ilm olish istagida bo‘lgan har bir kishiga dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi, inshoolloh. Tarjimon: Zokirjon Sharipov
978-9943-7162-5-4
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-kodirii-mehrobdan-chaen-yumshok-mukova
Abdulla Qodiriy: Mehrobdan chayon (yumshoq muqova)
O‘zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrlarining asoschisi, buyuk ustozimiz –Abdulla Qodiriy (1894-1938- yillar) XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk darg‘alaridan biri bo‘lgan. A.Qodiriy dastlabki taʼlimni musulmon maktabi, rus-tuzem maktabida, Abulqosim shayx madrasasida olgan. 1925-1926- yillarda Moskvadagi adabiyot kursida taʼlim olgan. Uning dastlabki ijodlari “Samarqand”, “Oina”, “Sadoi Turkiston” gazetalari va o‘zi tashkil etgan “Mushtum” jurnalida eʼlon qilingan. A.Qodiriyning “To‘y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi sheʼrlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz”, “Uloqda” (1916-yil), “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydi ?” (1920- yil) kabi hikoyalari, “O‘tkan kunlar” (1924-1926), “Mehrobdan chayon” (1929 yil) romanlari, “Obid ketmon” (1934) qissasi hozirgi vaqtda ham sevib o‘qiladi. Shuningdek, N.V.Gogolning “Uylanish” (1935 yil), A.P.Chexovning “Olchazor” (1936 yil) asarlarini ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. 1937 yilning 31 dekabrida “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, 1938 yil 4 oktyabrda o‘limga mahkum qilingan. Yozuvchining o‘zi va asarlari 1956 yildan boshlab oqlangan.
978-9943-5524-8-7
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/tomas-arris-izil-azhdarho
Tomas Harris: Qizil Ajdarho
Amerikalik mashhur yozuvchi Tomas Harris ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan taniqli triller asarlar muallifi hisoblanadi. Uning asarlari 50 million nusxadan ortiq sotilgan. Tomas Harrisning ushbu "Qizil ajdarho" asari qotil doktor Gannibal Lekter haqidagi tetralogiyasining birinchi kitobidir. Bu kitob dunyo bo‘ylab 10 million nusxadan ortiq sotilgan va 40 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Bu asarda izquvar Grexem bir vaqtlar o‘zi qo‘lga olgan, ayni vaqtda ruhiy kasal jinoyatchilar shifoxonasidagi davolanayotgan afsonaviy qotil doktor Gannibal Lekterdan "Qotilni, albatta, qotil tuta oladi" degan tamoyilga asoslanib Amerika Qo‘shma Shtatlarini zir titratayotgan "Tish parisi" laqabli beshafqat qotilni tutishga yordam berishini so‘raydi. Axir, o‘zi uchiga chiqqan jinoyatchi bo‘la turib, Gannibal Lekter nega boshi berk ko‘chaga kirib qolgan mamlakatning manaman degan izquvarlariga tutqich bermas qotilni tutishda qimmatli maslahatlarini berishi mumkin? Qamoqxonaning zerikarli muhitidan to‘ygan Lekter ham bu iltimosga rozi bo‘ladimi? Yoki Federal qidiruv byurosi izlayotgan "Qizil Ajdarho"ni qo‘lga olib, o‘zidanda aqlliroq qotil yo‘qligini isbotlamoqchi bo‘ladimi? "Tish parisi" kim o‘zi? Uning oilasi bormi? Nega u doimo vahshiy qotilliklar qilgan? "Tish parisi" va "Qizil Ajdarho" bitta shaxsmi? Gannibal Lekter izquvar Grexemga, haqiqatan ham, yordam beradimi? Izquvar Grexemning o‘zi ham "Qizil ajdarho "ning navbatdagi o‘ljasiga aylanadimi? "Qizil ajdarho" qo‘lga olinadimi? Ushbu savollarga asar o‘qish davomida javob topasiz!
978-9943-7200-3-9
496
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shuhrat-orif-men-asli-odammas-yor-edim
Shuhrat Orif: Men asli odammas, yor edim...
Мазкур китоб шоир Шуҳрат Орифнинг узоқ кутган ва бошқаларни-да узоқ куттирган тўплами. Ундаги ҳар бир шеърнинг ўз мухлиси бор. Ҳар бир шеърда бир такдир, ҳар бир сўзда бир умид мужассам... Сўзлар кишини ўйлатади, ўқиётиб амин бўласизки, муаллиф ҳеч бир жумлани шунчаки ишлатмайди. Катта ҳарфлар билан ёзиладиган ШЕЪР ўқишни истаганлар учун нашрга тайёрланган ушбу китоб адабиёт ихлосмандларига муборак бўлсин.
978-9943-20-685-4
160
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulhamid-zairiev-tohirzhon-evadullaev-saiiidalar-ibratli-oila
Abdulhamid Zayriyev, Tohirjon Evadullayev: Sayyidalar. Ibratli oila
/h2>
978-9943-12-650-3
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/suz-yodlash-sirlari
Shoxrux-Mirzo Rahmonov: So‘z yodlash sirlari
Ingliz tilini o‘rganishda zamonaviy taʼlim jarayonida noanʼanaviy usullardan keng foydalanilmoqda. Mazkur kitob sizni so‘z yodlashning eng qulay va unumli usullari bilan tanishtiradi. Shuningdek, test yechish va tarjima borasida ham yangicha tavsiyalar berilgan, Kitob ingliz tilini o‘rganadigan keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-5930-3-9
128
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/azam-hoshimii-alvido-vatan
A'zam Hoshimiy: Alvido vatan
Vatandan judo bo‘lish inson tortishi mumkin bo‘lgan alamli azoblardan biridir. Muallif o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida, mustabid sho‘rolar davrida O‘zbekiston chet ellarga ketishiga majbur bo‘lgan vatandoshlarimizdan biri. Kitobda muallifning yutimizdagi qatag‘onlarga guvoh bo‘lgani yoritilgan.
978-9943-5326-8-7
120
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/andrei-safronov-etti-kadam-ila-superhotira-trening-kitob
Andrey Safronov: Yetti qadam ila Superxotira (Trening kitob)
Bir zumda yodlab olish ko‘nikmasi ulkan imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Faraz qiling-a, yurgan yo‘lingizda xorijiy tilning yangi so‘zlarini yodlab olsangiz. Kitob, moliyaviy hisobot yoki taqdimotdagi zaruriy maʼlumotlar barchasi xotirangizga mixlanib qolaversa. Sana, sheʼrlarni yod olishda farzandlaringizga yordam bersangiz, o‘zlashtirish baholari yaxshilanadi. Ilm olishga havasi ortadi. Tasavvur qilib ko‘rdingizmi? Barchasi haqiqat! Mazkur kitob xotirada saqlab qolish bo‘yicha chempion bo‘lmish Anrey Safranov tomonidan xotirani rivojlantirish bo‘yicha komil boshqaruv ko‘rsatma to‘plamidir. Muallif sizga oddiy mashqlarni qadam-baqadam bajartirib borib, turli xil maʼlumotlarni umrbod xotirada saqlashni o‘rgatadi. Mazkur qo‘llanma sizning taʼlim sohangiz, ishingiz yoki biznesingizda tayyor dasturi amal bo‘ladi.
978-5-9614-2802-5
96
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/askad-muhtor-dune-bolalari
Asqad Muxtor: Dunyo bolalari
Aziz kitobxon do'stim! Siz bugunning baxtli farzandi, baxtli avlodisiz! Orzularingiz yo'lida qanchalik muammo va to'siqlar boʻlmasin, ulardan mardona hatlab o'tmog'ingiz uchun shunchalik ko'p umid, shunchalik ko'p imkoniyat va sizga bildirilgan ishonch bor. Butun dunyo bolalari, ya'ni tengdoshlaringiz hayoti sizni hech qiziqtirganmi? Ular bilan imkoniyatlaringiz qay darajada bir-biriga yaqin? Orzularingiz-chi? Asqad Muxtor «Dunyo bolalari» nomi bilan mazkur kitobga jamlagan hikoyalar, ishonch bilan aytamizki, sizning dunyoga, umuman, hayotga boʻlgan munosabatingizni o'zgartirib yuboradi. Qahramonlarning ayanchli taqdirlari, yaxshi yashashga bo'lgan umidi, shu murg'ak yoshida ham gardaniga olgan ulkan mas'uliyat hissi ularga nisbatan mehringiz va muhabbatingizni oshiradi.
978-9943-6870-0-4
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/robert-kijosaki-sheron-lechter-boj-bola-aqlli-bola
Robert Kiyosaki, Sheron Lechter: Boy bola, aqlli bola
Бугунги Кунда қўлингиздаги каби адабиётларга эҳтиёжнинг ошаётгани кишини хурсанд қилади. Негаки, дунёга чиқиш, чўққига эришганлар билан беллашишга бўлган интилиш мазкур типдаги китобларни тайёрлаётганимиздаги ҳаракатларимиз зое кетмаётганидан дарак беради. "Бой бола, ақлли бола" китоби бирмунча аввал чиққан "Бой ота, камбағал ота"нинг узвий давоми бўлиб, кишини фикр доирасини очишда бир-бирини тўлдиради.
978-9943-6633-4-3
240
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/hadicha-kubro-tongar-bakirmaidigan-onalar-yumshok-mukova
Xadicha Kubro Tongar: Baqirmaydigan onalar (yumshoq muqova)
Farzandingizni hurmat qilasizmi? Albatta, yaxshi ko‘rasizmi deb so‘ramoqchi emasmiz, chunki millati, irqi, dinidan qatʼiy nazar ona maqomidagi zot borki, farzandini o‘z jonidan bir necha karra ortiq sevishi, shubhasiz! Ammo Yaratgandan beg‘ubor bir omonat, go‘zal hadya bo‘lmish bolamizga munosib munosabat ko‘rsatish, farzand tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, uning shaxsini qadrlash har doim, har birimizning qo‘limizdan kelavermasligi rost. Qo‘lingizdagi mazkur kitobni nafaqat farzand o‘stirayotgan onalar, balki turmush ostonasidagi qizlar ham o‘qib ibrat olishlarini tavsiya qilamiz. Muallif bolalarga “bizniki” deb qarash noto‘g‘ri ekani, aksincha, biz bor-yo‘g‘i Egasining oldidagi bir omonatchi ekanligimizni eslatib, farzand tarbiyasi borasidagi fikrlarimizni mutlaqo o‘zgartiradi, xatolarimizga oyna tutadi. Tarjimon: Nurulla Abdullayev
978-9943-20-871-1
240
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/v-chan-kim-rene-moborn-movij-ummon-strategiyasi-raqobaciz-bozorni-topish-yoki-yaratish-strategiyalari
V.Chan Kim, Rene Moborn: Moviy ummon strategiyasi. Raqobatchilarsiz bozorni topish yoki yaratish strategiyalari
Har bir tadbirkor, rahbar va menejer o‘qishi shart bo‘lgan kitoblar bor. Ulardan biri «Moviy ummon strategiyasi. Raqobatchilarsiz bozorni topish yoki yaratish strategiyalari» kitobi hisoblanadi. Raqobat juda kuchli, mijozlarni jalb qilish, bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lish, haqiqiy o‘ziga xos xizmat yoki mahsulot yaratish qiyin bo‘lgan holatlarda «moviy ummon strategiyasi» sizga yordamga keladi. Ushbu kitob iqtisodiyotda o‘ziga mos o‘rnini topishni ko‘zlagan har bir tadbirkorga tavsiya qilinadi. Ushbu kitobning mualliflari "moviy ummon strategiyasi"ga qanday erishish mumkinligini yorqin misol va tahlillar orqali ko‘rsatib berishgan. Buning uchun ular 30 dan ortiq sohada 150 ga yaqin tadqiqotlar o‘tkazishgan, tadqiqot natijalarni tahlil qilishgan. Mazkur kitobda "moviy ummon strategiyasi"ga erishish yo‘llari. iqtisodiy xatarlarning oldini olish usullari, raqobatchilarsiz sohalarni yaratish yo‘nalishlari haqida batafsil maʼlumot berilgan. Ushbu qo‘llanma 3,5 million nusxada sotilib beshta qitʼada juda keng tarqaldi. Kitob shu davr ichida 43 tilga tarjima qilindi, bu esa o‘ziga xos rekorddir. Natijada "Moviy ummon” atamasi tadbirkorlik, ishlab chiqarish va biznes sohasida mustahkam o‘ringa ega bo‘ldi. "Moviy ummon strategiyasi"ga jahon miqyosida (internet, gazeta, jurnal, radio va televideniye) 400 mingdan ortiq ijobiy fikrlar qoldirilgan va bu raqamlar yanada o‘sib bormoqda.
978-9943-6656-4-4
384
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nensi-kleinbaum-ulik-shoirlar-zhamiyati
Nensi Kleynbaum: O'lik shoirlar jamiyati
Amerikadagi nufuzli akademiyaning yetti o‘quvchisi qatʼiy qonunlar asosida yashaydilar. Ular uchun eng muhim so‘zlar: anʼana, sharaf, intizom va mukammallik. Biroq bunday sharoitda orzu uchun sira ham joy topilmaydi. Ingliz adabiyotidan kiradigan yangi o‘qituvchi Jon Kiting hammasini o‘zgartirmoqchi bo‘ladi. Ko‘pchilik muallimlarning o‘ta ketgan rasmiyatparastligi va mutaassibligi unga yot bo‘lib, o‘z ishi va o‘quvchilarini chin dildan yaxshi ko‘radi. Kunlardan birida u shogirdlariga shoirlar jamiyati sirini ochadi. Va shu lahzadan boshlab o‘spirinlarning hayoti butunlay o‘zgaradi. 1989 yilda AQSHda suratga olingan "O‘lik shoirlar jamiyati" filmining ssenariy muallifi Tom Shulman bo‘lib, u keyinchalik "Eng yaxshi film" nominatsiyasi bo‘yicha afsonaviy “Oskar” mukofotini olgan va o‘z vaqtida juda katta dovruq qozongandi. Mana shu film ssenariysi asosida Nensi Kleynbaum mazkur kitobni yozib, o‘quvchilar hukmiga havola etdi. Kitob yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z orzu umidlariga yetishish yo‘lida har lahzadan unumli foydalanishga undaydi. Tarjimonlar: Gulchehra Muhammadjon, Mirzohid Muzaffar
978-9943-7668-9-1
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ikki-eshik-orasi-ukit
O‘tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi
Эътибоирнгизга ҳавола этилаётган мазкур китоб Ўткир Ҳошимов асарлари ичида қамрови, ўқувчи қалбига яқинлиги билан алоҳида аҳамиятга эга. Унда адиб қарийб қирқ йиллик даврни ўз ичига олган, бир қанча чигал ва мураккаб тақдирлар мисолида ўз халқининг уруш даврида бошдан кечирган ҳаёти, қисмати ҳақида маҳорат билан қалам тебратган. Замон ва давр қандай шароитда кечишидан қатъи назар инсоний қадр-қиммат тушунчаларини сақлаб қолган, тақдирини эл-юрти, халқи, ватани тақдири билан боғлаган, фарзандидан айрилгаинида ҳам қалбига қувонч бахш этиши мумкин бўлган бошқа сабабни ўзи учун ярата олган, ҳаётини севги-муҳаббат туйғулари билан безамоқчи бўлгани ҳолда уруш ҳукмига тобе бўлиб қолган инсонлар қисматини ифодаловчи ушбу асар мутолаасидан сўнг бугунги ўтаётган тинч -омон ҳаётингиз, фарзандларингиз бахти учун шукрона айтасиз. Асар айнан гу жиҳати билан қалбларга яқин.
978-9943-22-286-1
null
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/atham-amin-nemutlu-duo-takdirni-uzgartiradi
Atham Amin Nemutlu: Duo taqdirni o'zgartiradi
Bu roman hayotda bo‘lib o‘tgan voqeadan taʼsirlangan holda yozilgan ... Inson taqdirida shunday bir burilish nuqtasi borki, ayni isyon qiladigan paytingda, ha, o‘sha onda qisqagina bir duo bilan aynan hovuchlaringda turgan mana shu ko‘rinmas tilsim bilan - qadaring oqimini o‘zgartirib yuborasan. Har kechaning bir tongi bo‘lgani kabi, har dardning ham bir oxiri bor. Shuning uchun yiqilsang shaxt bilan o‘rningdan tur va bir silkinib o‘zingga kel. Keyin esa yana maqsading tomon yugurishda davom et ...
978-9943-8250-8-6
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/vikas-svarup-harobadan-chikkan-millioner
Vikas Svarup: Xarobadan chiqqan millioner
Vikas Svarupning ajoyib debyut romani Hindistonning Mumbay shahridagi qamoqxona kamerasidagi sahnalar bilan boshlanadi. Chunki asar qahramoni Ram Muhammad Tomas mamlakatdagi eng katta viktorina bo‘lmish "Kim milliard yutib oladi?" teleshousida 12 savolning barchasiga to‘g‘ri javob bergach, shu yerga olib kelinadi. Umrida maktabga bormagan, loaqal biror gazeta o‘qimagan kambag‘al yetim bolaning bunday tanlovda g‘alaba qozonishiga aql bovar qilmaydi. Biroq Ram bir qator hayajonli hikoyalar orqali hayotida boshidan kechirgan hodisalar viktorina savollariga javob berishda qanday asqatganini advokatiga so‘zlab beradi. Vikas Svarupning "Xarobadan chiqqan millioner" asari o‘zida yuqori saviyadagi komediya, drama va ishqiy romanni mujassam etib, nafaqat arzimas narsalar haqida, balki hayot to‘g‘risidagi bilimlarni qanday to‘plaganimizni ochib beradi. Insoniyatning qashshoqligidan to shon-shuhratigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishni ko‘rsatish orqali Vikas Svarup ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashning kaleydoskop tasvirini taqdim etadi va shu bilan birga, tirik qolishdan boshqa tanlovi qolmagan bola bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Ingliz tilidan Quvonch G‘ayratov tarjimasi
978-9943-8321-1-4
340
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/saidmurod-davlatov-mening-buyuk-farzandim
Saidmurod Davlatov: Mening buyuk farzandim
S.Davlatovning «Mening buyuk farzandim» kitobi - bu ota-onalarga hozirgi bozor munosabatlari sharoitida bolalarni iqtisodiy salohiyatli, muvaffaqiyatli inson qilib tarbiyalashni o‘rgatuvchi bebaho ilmiy ommabop qo‘llanmadir. Unda muallif ota-onalarga hayotda yuksak muvaffaqiyatlarga erishuvchi insonni tarbiyalash strategiyasini, yo‘nalishlari va usullarini taklif qiladi. Muallif nazdida ota-onalar zamonaviy hayotda o‘zlarining fikrlash tamoyillarini o‘zgartirish orqaligina farzandlarida moliyaviy savodxonlikni tarbiyalash, ularning shaxsiy rivojlanishlari yo‘lidagi muhim maqsadlarga erisha oladilar. B.M.Murzubraimov Mazkur kitob siz pul uchunmas, pullar sizning foydangizga xizmat qilishi haqida tushuncha beradi. U dunyoqarashingizni o‘zgartirish bilan birga, turli usullar vositasida kam vaqt sarflab, ko‘p pul topishni o‘rgatadi. Sizga moliyaviy mustaqillik sari yo‘l ko‘rsatadi.
978-9943-8089-2-8
328
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-ali-tantovii-ei-kizim
Shayx Ali Tantoviy: Ey qizim
Jamiyat ayollarning tarbiyasi evaziga quriladi yoki aksincha. Sivilizatsiyalarning kelajagi bevosita ayollarning maʼrifatiga bog‘liq. Ushbu kitob bu masalani chuqur anglab yetgan olimning uzoq yillik tajribalarining natijasidir. Farzandlar onalarining fazilatlari sabab yetuk inson bo'ladilar, erlar ham ayollarining ko‘magi ila Robbimizning yo‘lida sobitqadam bo‘lishadi. «Ey qizim» kitobi «Zamonimizning og‘riqlariga oz bo‘lsada shifo bo‘ladi» degan niyatda nashrga tayyorlandi.
978-9943-8622-0-3
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-bahor-kaitmaidi-yumshok-mukova
O‘tkir Hoshimov: Bahor qaytmaydi (yumshoq muqova)
O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov mustaqil Vatanimizning adabiyoti va maʼnaviy xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkordir. Qariyb ellik yil davomida turli tillarda ikki yarim millionga yaqin nusxada chop etilgan yetmishdan ortiq kitobi adibni xalqimizning ardoqli farzandiga aylantirdi. Yozuvchining “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning so‘nggi qurboni”, “O‘zbek ishi” kabi novellalari o‘zbek hikoyachiligida muhim hodisa bo‘ldi. Ilk romani “Nur borki, soya bor” (1976) da yozuvchi o‘ziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli maʼnaviy – axloqiy masalalar bilan birga o‘tkir ijtimoiy muammolarni ko‘targan.”Ikki eshik orasi “(1986), “Tushda kechgan umrlar” (1994 ) romanlarida O‘. Hoshimov zamondosh – asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bog‘liq holda tahlil va talqin etish yo‘lidan borgan. Bahor qaytmaydi” (1970), “Dunyoning ishlari”(1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan.
978-9943-27-552-2
280
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/rejchel-lippinkott-mikki-dotri-tobias-iakonis-muhabbat-masofasi
Reychel Lippinkott, Mikki Dotri, Tobias Iakonis: Muhabbat masofasi
Ҳеч қачон қуча олмайдиган инсонингни севиб қолиш мумкинми? Стелла Грант ўзи қарор чиқаришни яхши кўради. У ўзининг хаста ўпкасинигина назорат қила олмайди ва уни деб тез-тез шифохонага тушиб туради. Ўзига бошқа касаллик юқмаслиги учун у оралиқ масофа сақлаши шарт. Ҳамиша бир ярим метр. Ҳеч қандай истисноларсиз. Уилл Ньюман шифохонадан қочиб кетишни орзу қилади. У атайин дориларни ичмайди, синов муолажалари имкониятини писанд қилмайди. Тез орада Уилл 18 га тўлади, ўшанда ҳамиша орзу қилганидек саёҳатга отланади. Уилл Стелланинг ҳаёти учун ҳалокатли хавф туғдиради. У туфайли қиз янги ўпка жарроҳлигидан маҳрум бўлиши мумкин. Ҳаётини сақлаб қолишнинг битта шарти - иложи борича Уиллдан олисроқ юриш. Ундай бўлса нима учун бир ярим метр масофа иккисига жазога айланди? Стелла ва Уилл хасталикдан ярим метрни ўғирлашга тайёр. Агар бу иккисининг юрагини оғриқдан асраса, бу унча хавфли эмасдир?
978-9943-599796
344
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/uolter-tevis-irolichaning-yurishi
Uolter Tevis: Qirolichaning yurishi
Ota-onasidan erta ayrilgan Elizabetni biqiq va zahmatga to‘la yetimxona hayoti qarshi oldi. “Mumkin”, “Mumkin emas” degan temir qoidalar, qatʼiy tartib-intizom ostida tarbiyalanayotgan qizaloq turli tazyiqlarga qaramay yetimxona farroshi janob Sheybeldan shaxmat o‘ynashni o‘rgandi va favqulodda bu ­o‘yinga mehr qo‘ydi. Tabiatan yolg‘izlikka moyil asar qahramoni tunlarni xayolan shaxmat taxtasi ustida o‘tkazar, donalarni ko‘z oldida gavdalantirar, uning butun fikr-u xayolini o‘yinning ohanrabosi o‘ziga band qilgandi.Kitobxon kichkina jussali Elizabetni ko‘z oldiga keltirarkan, shafqatsiz o‘yinlar, shafqatsiz yurishlar, shafqatsiz hujumlar qarshisida mardonavor turgan qizaloqning irodasiga tan bermaslikning ilojini topolmaydi. O‘z navbatida Elizabet ham har bir o‘yinga raqiblari kabi shafqatsiz munosabat bilan javob qaytaradi. Hayotning turli zarbalarini metin irodasi orqali chetlab o‘tgan Elizabet obrazi shaxmat o‘ynashga ishtiyoq uyg‘otishi bilan bir qatorda, o‘quvchini qatʼiyat va kuchli xohish-istak albatta muvaffaqiyat keltirishiga ishontiradi, maqsad sari dadil qadam tashlashga umidlantiradi.
978-9943-7069-7-2
400
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mirkarim-osim-zulmat-ichra-nur-kattik-mukova
Mirkarim Osim: Zulmat ichra nur (yumshoq muqova)
Alisher cho‘kkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko‘rib o‘tirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o‘g‘irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G‘iyosiddin endi to‘rt yoshga kirgan o‘g‘li Alisherga kulimsirab qarab turdi. «Shul yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, albatta kitobni ilkidan ayirmay o‘zi bila asrab yurg‘ay», deb o‘yladi ota shiringina, do‘mboq o‘g‘lidan ko‘zini uzolmay...
978-9943-6657-5-0
158
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zulfiya-kuzlaringda-bormi-yulduzing
Zulfiya: Ko'zlaringda bormi, yulduzing
Zulfiya - bahor shoirasi. Zulfiya - qalblar shoirasi. Zulfiya sadoqatni madh etuvchi dilbar shoira. Ijodkorni go'zal asarlar yozishga undovchi turli holatlar bor. Zulfiya esa yuragidagi ayriliq azobini misralarga tizar ekan, beixtiyor yozganlarida o'zining vafo va yorga sadoqat tuyg'ularini ham ifoda etadi. Ayolni ulug'lagan, ayolni sharaflagan jufti xotirasini abadiylashtirishni o'z burchi deb bilar ekan, Zulfiya bu mas'uliyatni bajarishning uddasidan chiqdi: Hayotda men uchun qolarding tirik, Qalaming mujdasin kutardim mushtoq. Zulfiya ijodiga mushtoqlar, Zulfiya ijodini sog'inganlar uchun tayyorlagan tuhfamiz umid qilamizki, barchangizga manzur boʻladi.
978-9943-6869-9-1
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/holid-husainii-ming-kuesh-shulasi-yumshok-mukova
Xolid Husayniy: Ming quyosh shuʼlasi (yumshoq muqova)
Азиз китобхон! Таниқли америкалик афғон адиби Холид Ҳусайний қаламига мансуб, жуда ‎катта шов-шувларга сабаб бўлган асарни ҳукмингизга ҳавола этмоқдамиз. Асарда яқин ‎ўтмишда, биздан атиги бир неча юз чақирим йироқда юз берган ҳаққоний воқеалар тилга ‎олинган. Асар қаҳрамонларининг фожиавий қисмати билан танишаркансиз, уларга ‎нисбатан ҳамдардлик ҳиссини туйиш баробарида тинчлик, осойишталик, фаровонлик ‎сингари неъматларнинг қанчалик бебаҳо эканини англаб етасиз. Қалбингизда биз ‎яшаётган замон ва макон учун беҳад шукроналик жўш уради.‎ Хуллас, ўзингиз ўқинг, завқ олинг, изтироб чекинг ва хулоса чиқаринг, азизлар!‎
978-9943-27-248-4
288
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/aleksandr-grin-alvon-elkanlar
Aleksandr Grin: Alvon yelkanlar
Aleksandr Grinning «Alvon yelkanlar» povesti Assol ismli qizchaning og'ir va iztirobli hayoti haqida so'zlaydi. Assol go'daklik chog'ida onasidan ajrab qoladi. Otasi esa o'zini qizalog'ining tarbiyasiga bag'ishlaydi. Uni mo'jizalarga ishonch ruhida o'stiradi. Bir kuni qizaloq Egil ismli keksa ertakchini uchratib qoladi. Ertakchi qizaloqqa qachonlardir uni so'roqlab alvon yelkanli kemada shahzoda kelishini aytadi. Qizcha ana shu gapga ishonadi va sadoqat bilan o'sha saodatli damlarni kutib yashaydi. Bu yo'lda qanchadan-qancha aziyatlar chekadi. Boshiga malomat toshlari yog'iladi. Yo'qchilik, dasti qisqalik hamisha ortidan ergashib yuradi. Ammo u hech qachon taslim bo'lmaydi. O'z saodati uchun mehnat qilishdan chekinmaydi. U mo'jiza o'z-o'zidan kelmasligini, uni inson o'z qo'li bilan yaratishi lozimligini anglagan daqiqalardan, boshqalarni ham ana shu haqiqatga ishontiradi. Oradan yillar o'tib, ertakchi cholning bashorati ro'yobga chiqadi: ufq tomondan suzib kelayotgan alvon yelkanlar ko'zga tashlanadi... Bir so'z bilan aytganda, mazkur asar o'quvchiga ishonch va sadoqat, sabrning tagi oltin ekanini Assol hayoti misolida isbotlaydi
978-9943-20-830-8
128
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/saidmurod-davlatov-karzdan-kutulishning-samarali-usuli
Saidmurod Davlatov: Qarzdan qutulishning samarali usuli
Hech kim qarzga botishni orzu qilmaydi, hech kim “omadsiz” bo‘lishni orzu qilmaydi.Lekin, omad yo‘lida har kim shu ahvolga tushishi mumkin. Buni, o‘ziga xos tajriba deb bilsak buladi, hayotning o‘zi, bizni masʼuliyatli bo‘lishga o‘rgatayotgandek. Qarzlardan qutilib, omadli va boy bo‘lishga imkoniyatingiz yana-da ko‘payganini his qilishingiz mumkin. Afsuski, bunday holatga tushgan juda ko‘p insonlar orzularidan voz kechib ortga chekinadilar. Joniga qasd qilish holatlari ham uchrab turadi. Bu holat tajriba va bilim yetishmasligi tufayli yuz beradi. Pul nima o‘zi. Pul- bu, yoki qarz, yoki sizning ideal ishchingiz. Bu tangani ikki tarafidek gap. Bilim va mahorat pulni nuqsonsiz ishchiga aylantirishi mumkin, bu va qarzlarni-boyib ketish imkoniyatiga aylantirish haqida ushbu kitobdan javob topishingizga ishonamiz.
978-9967-9362-5-6
180
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/odil-ekubov-ota-izidan
Odil Yoqubov: Ota izidan
Farzand - otaning izdoshi, farzand - otaning g‘ururi, farzand otaning suyanchi. Bu ko‘pchilik biladigan oddiy haqiqat. Odil Yoqubov asari qahramoni bo‘lgan Shukurjon ham otasiga shunday sadoqat bilan ulg‘aygan ziyoli yigit. U bosmachilar bilan jangda halok bo‘lgan otasining diydorini ko‘rmagan, otasining bag‘rida orom olmagan, otasining erkalashlaridan bahramand bo‘lmagan. Bunday go‘zal va eng shirin tuyg‘ularga qalbi tashna bo‘lib voyaga yetgan. Afsuski, ona ko‘kragini har tun qo‘msaydigan go‘dak bu mehrdan ham mosuvo bo‘lib, ona tomonidan buvisi qo‘lida tarbiya topadi. Buvisi Shukurjonni ota-onasiga mehr tuyg‘usi bilan voyaga yetkazadi, unga har oqshom uyqu oldidan otasining qahramonligi haqida go‘zal hikoyalar so‘zlab beradi. Voyaga yetgan Shukurjon endi otasi ruhini shod qilish, uning pok nomini oqlashni o‘zining farzandlik burchi deb biladi, shunga ahd qiladi. Ammo bu yo‘lda uning oldida bir qancha to‘siqlar paydo bo‘ladi. Yosh kitobxon do‘stim! Keling, asarni birgalikda o‘qiylik, Shukurjonga xayrixoh bo‘laylik.
978-9943-6869-8-4
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/paulo-koelo-alkimyogar-yumshoq-muqova
Paulo Koelo: Alkimyogar (yumshoq muqova)
Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi- o‘z Taqdirini ro‘yobga chiqarishga erishuvidir... Barcha odamlar yoshlik paytlarida o‘z taqdirlarini biladilar... Ammo fursat o‘tishi bilan sirli bir kuch ularni o‘z Taqdirlarini  ro‘yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi. Bu sirli qudrat inson zotiga g‘animday tuyuladi, aslida esa o‘z taqdirini qanday ro‘yobga chiqarish Yo‘lini xuddi ana shu qudrat ko‘rsatib beradi. U insonnig ruhini va erkini o‘sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud : qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan bo‘ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan. “Alkimyogar” romani zamiridagi ushbu hikmat o‘tmishdagi o‘tgan yoxud rivoyat qahramoni bo‘lgan kimningdir hayotigagina taaluqli emas, bu sizu biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o‘tilajak Yo‘ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o‘qilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir. “Alkimyogar” haqida gapirganda Richard Baxning "Jonatan ismli chag‘alay", “Tasavvurlar” yoki Ekzyuperining "Kichik shahzoda" singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo‘q. Ammo “Alkimyogar” ularning hech biriga o‘xshamaydi.
978-9943-7009-7-0
136
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/adem-uzkusa-safar
Adem Uzkusa: Safar
Tosh qotgan fikr sovuq quroldir. Dunyoqarashi tor bo‘lgan insonlarning har qanday narsani barbod qila olishlariga guvoh bo‘lganimdan beri tafakkurimni kengaytirish uchun sayohat qilaman... Sayohat eng buyuk va jiddiy fan sifatida yana o‘zligimizga qaytishga yordam beradi... Barcha muhtasham hikoyalar ikki zaylda bir insonning safarga chiqishi yoki bir shaharga begonaning tashrifi ila boshlanadi... Turk tilidan Durdona Djaxbarova, Zuhraxon Vaxidova tarjimasi
978-9943-9124-3-4
224
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/redzhin-galanti-siz-kurkuvdan-kuchliroksiz
Redjin Galanti: Siz qo'rquvdan kuchliroqsiz
Kitob o‘smirlarga bezovtalik, stress va qo‘rquvlarni yengishga yordam beradi. Tavsiya etilgan Mashqlar terapiyasiga va kognitiv ongni xulq-atvor rivojlantirish amaliyotiga asoslangan ulardan muntazam foydalanish o‘smirning hayoti tinchroq va baxtliroq o‘tishida yordam beradi.
978-5-001-69888-3
164
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mening-birinchi-albomim
Mening birinchi albomim (Estalik uchun)
Bolaning tug'ilishi har bir oila hayotida aql bovar qilmaydigan mo''jiza va ulkan voqeadir. Farzandingizning tug‘ilgandan uch yoshgacha bo‘lgan har bir lahzasini suratga olish orqali siz ba’zan juda tez uchib ketadigan o‘sha bebaho onlarning jonli xotirasini yaratasiz! Albom sahifalarini fotosuratlar va matnli eslatmalar bilan to'ldirib, siz, masalan, maydalanganlarning birinchi so'zi yoki uning birinchi sevimli kitoblari kabi muhim kichik narsalarni unutmaysiz. Kitob yangi ota-onalar uchun ajoyib sovg'a, shuningdek, oilangizning chinakam qimmatli yodgorligi bo'ladi.
978-9943-8691-9-6
36
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/ethem-emin-nemutlu-hakikii-muzhiza-uzingga-ishonmokdir
Ethem Emin Nemutlu: Haqiqiy mo'jiza o'zingga ishonmoqdir
Muvaffaqiyatsizlikdan aslo qo‘rqma. Aslida, kelasi yil ham hozir turgan joyingda bo‘lishdan qo‘rq! Kechagi kunni unut, u o‘tdi ketdi. Qo‘lingda butun boshli bugun bor, uning qadrini bil va hech bir ishni ertaga qoldirma! "Ha, bugungi ishni zinhor ertaga qoldirma. Chunki erta ham keladi, ammo sen ertaga yetib borolmasliging mumkin!" Shuni unutmaki, boshdan kechirilgan bir on, xayoldagina qolgan sarobdan ancha yaxshidir! Vaqti keldi. Bugun - aynan o‘sha kun! Ayolmisan, erkakmisan, bolamisan, bu meni qiziqtirmaydi! O‘rningdan tur va harakatga tush! Ortga suraverishdan voz kech, jasoratlan endi. Chunki hayot orqaga suriladigan darajada uzun emas, do‘stim. Shunday ekan, dam shu damdir - buguningga egalik qil!
978-9943-8251-5-7
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ali-chankirili-men-bilan-uinamaisizmi-ona
Ali Chankirili: Men bilan o'ynaysizmi, ona
Ali Chankirilining mazkur asari yosh onalar uchun mo‘ljallangan. Mutolaa jarayonida kitobxonlar bolalarini har tomonlama yetuk, qobiliyatli, keng dunyoqarashga ega qilib tarbiyalash borasida amaliy tavsiyalar olishadi. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolajonlarning eng faol o‘rganish mexanizmi hisoblanadi. O‘yinlar bola kamolotida muhim o‘rin egallaydigan ilk yillarni samarali va mazmunli tashkil etish istagida bo‘lsangiz, ushbu kitob, albatta, stolingiz ustida qo‘llanma sifatida turishi zarur. Undan olganlaringiz jigarbandingizning hayotini turfa yorqin ranglarga chulg‘ab, tasavvur olamini yana-da boyitadi, ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantiradi.
978-9943-8590-6-7
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hakan-mengyuch-kalbingiz-sof-bulsa-hikoyangiz-bahtli-yakunlanar
Hakan Mengyuch: Qalbingiz sof bo'lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar
Hech qanday uchrashuv tasodifiy emas. Xuddi hozir bu satrlarni o‘qiyotganingiz bejiz bo‘lmaganidek, Afrikaga borganim va u yerda bir sufiy bilan uchrashib, undan o‘rganganlarimni shu kitobda jamlaganim ham bejiz emas. Sufiylar: "Dardlar insonni olg‘a intilishga undaydi", - deydilar. Eng muhimi, olg‘a intilishdan voz kechmaslikdir. Bu esa yo‘lga chiqqanlar uchun "umid bor" degan maʼnoni anglatadi. Chunki taqdir har lahza qayta-qayta yoziladi. Siz kim bilan uchrashishingizni yoki nima topishingizni hech qachon bila olmaysiz. Baʼzida istagan narsangizni qidirib ham topa olmaysiz, lekin kimki istaganini topgan bo‘lsa, demak, u izlagan. Mavlono aytganidek: "Yo‘lga chiqsang, manzil ko‘rinadi". Ushbu kitobga yo‘limda menga hamrohlik qilgan ustozlarimdan ilhomlanib sufiy ahlining dardlardan qutulish, o‘zaro munosabatlardagi muammolarini hal etish, hayotga yana-da ijobiy munosabatda bo‘lish uchun qo‘llagan amaliy usullarini kiritdim. Kitobdagi nasihat-u ko‘nikmalar bugungi kungacha minglab odamlarga yordam bergan va sizga ham yordam berishiga ishonaman. Shuni esdan chiqarmang, hamrohim: necha yoshda bo‘lishingizdan, boshingizdan nimalar kechirganingizdan qatʼiy nazar, qalbingiz sof bo‘lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanadi. Turk tilidan Abduvosilova Muqaddas va Ergashboy Matyoqubov tarjimasi
978-9943-8021-9-3
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hudoiberdi-tuhtaboev-mungli-kuzlar-lotin
Xudoyberdi To‘xtaboyev: Mungli ko‘zlar (lotin)
Ota-onaga farzandining baxtidan bo‘lak neʼmat kerak emas. Xuddi shuningdek, farzand ham eng baxtiyor damlarida ota-ona yonida bo‘lgisi, baxtini ular bilan baham ko‘rgisi keladi. Ota-ona diydori, ota-ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar. Qimmatli kitobxon! Sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning siz - aziz kitobsevar do‘stlarimiz uchun taqdim etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga ancha fursat o‘tgan bo‘lishiga qaramay, u badiiy qimmatini hamon yo‘qotmagan, aksincha, har bir kitobxon ushbu asarni har gal qo‘liga o‘zgacha mehr va iztirob bilan oladi. Mol-dunyoni har narsadan uchun bilgan va oxir-oqibatda guldek farzandlarining achchiq qismatiga sabab bo‘lgan ota-ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar, umid qilamizki, yana bir karra o‘zining yangi o‘quvchilarini kashf etadi.
978-9943-20-342-6
304
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/kelli-makgonigal-iroda-kuchi
Kelli Makgonigal: Iroda kuchi
Kelli Makgonigal - falsafa fanlar doktori, psixolog va Stenford universiteti professori insonning ruhiy va jismoniy holati o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish bo‘yicha yetakchi mutaxassisdir. Uning bakalavriat psixologiya kurslari ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Bulardan biri Stenford universitetining o‘qituvchilar uchun eng yuqori mukofoti - Valter Gor mukofotidir. Makgonigalning mashhur ochiq kurslari, jumladan, "Iroda kuchi ilmi" va "Mehr-shafqat ilmi" insonni baxtli va muvaffaqiyatli qilish uchun psixologiyadan qanday foydalanishni o‘rgatadi. Ushbu kitob esa vasavasa, giyohvandlik, ishlarini o'z vaqtidan kechiktirgan va o'zini biror narsa qilishga ko'ndirish bilan kurashgan har bir kishiga, ya'ni barchamizga bag'ishlanadi.
978-9943-24-123-7
332
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/haetingizni-uzgartirish-imkonini-beradigan-besh-kitob
Hayotingizni oʻzgartirish imkonini beradigan besh kitob
Biz uchun har kunimiz yangi maqsadlar qoʻyish, yomon odatlardan voz kechish va chinakamiga muvaffaqiyat qozonish uchun eng qulay fursatdir. Siz ham bu fursatdan unumli foydalaning va yangidan hayot boshlang. Biz esa doimgidek kitoblarni sizga hamroh qilib beramiz. Bu safargi tavsiyamizda hayotingizni yaxshi tomonga oʻzgartirish va toʻlaqonli hayot kechirish uchun zarur koʻnikmalar jamlangan kitoblar bor. Mutolaa qiling, tavsiyalarga amal qiling va hayotingizni ijobiy tomonga o'zgartiring. Yangi hayot boshlash, hayotingizni oʻzgartirish imkonini beradigan besh kitob. 1. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi 2. Samaradorlikning 21 yoʻli 3. Beparvolikning nozik sanʼati 4. Stiv Jobs 5. Atom odatlar
null
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-yulduzli-tunlar-yumshok-mukova
Pirimqul Qodirov: Yulduzli tunlar (yumshoq muqova)
Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan.Roman voqealari orqali o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo‘r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi. Asarning bosh qahramoni Mirzo Bobur odamlaridagi bemehrlik, bir-birini ko‘rolmaslik, xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan g‘oyat erta, o‘n ikki yoshda taxtga o‘tirganida ro‘baro bo‘ldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada bo‘lgan shohning kuygan yuragi- shoir qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun umr vatan ishqida yonib, sog‘inch bilan o‘rtanib, “Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim...” deya iztirob chekkan bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi.
978-9943-20-272-6
520
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shohruh-mirzo-rahmonov-mukammal-hotira-2
Shohruh-Mirzo Rahmonov: Mukammal xotira 2
Bu kitob muallif yozgan «Mukammal xotira» nomli birinchi kitobning davomi bo'lib, xotirangizni rivojlantirishga amaliy ko'mak beradi. Birinchi kitobda ko'proq nazariy bilimlar qamrab olingan boʻlsa, mazkur nashrda asosan amaliy mashqlar- xotirani kuchaytirishning aniq usullari berilgan. Tabiiyki, kuchli xotiraga ega boʻlishni istamaydigan kishi topilmasa kerak. Bunga erishishda sizga kitobdagi qiziqarli usullar va tavsiyalar yordam berishiga ishonamiz. «Mukammal xotira - 2» keng o'quvchilar ommasi uchun mo'ljallangan.
978-9943-7576-5-3
352
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/agata-kristi-kuot-al-karnaku-kuot-kemasidagi-kotillik
Agata Kristi: "Al-Karnaku" kemasidagi qotillik
Puaro obrazi mashhurlik bobida Sherlok Xolms darajasigacha yetib bordi. Buni kino ixlosmandlari, adabiyotsevarlar ham tasdiqlashi shubhasiz. Detektiv qirolichasi Agata Kristi kashf qilgan, keyinchalik adibaga katta shuhrat keltirgan "Al-Karnaku kemasidagi qotillik" asari o‘zbek o‘quvchisiga kitob holida ilk bora taqdim etilmoqda. Aslida sayohat uchun yo‘lga otlangan Puaro insonlar taqdirining navbatdagi qarama-qarshiliklariga duch keladi. Yosh, sohibjamol va ayni paytda juda katta mol-mulk sohibasi qanchalik aqlli, qanchalik tadbirkor bo‘lmasin, hayot sinovlari, hayot imtihonlari oldida o‘zini butkul yo‘qotib qo‘yadi. Turmushga chiqib baxtni orzu qilgan qiz taqdiri kutilmagan vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Puaro ustamonlik bilan yechim topgan jinoyat ishi boshqalari kabi hayratlanarli, boshqalari kabi hayajonga boy, boshqalari kabi kutilmagan yechim bilan yakun topadi.
978-9943-20-536-9
256
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/mark-tven-shahzoda-va-gado
Mark Tven: Shahzoda va gado
Sizlarga hikoya qilmoqchi bo‘lgan bu qissamni birovdan eshitganman, u otasidan eshitgan ekan, uning otasi esa buvasidan, buvasi ham o‘z otasidan eshitgan ekan va hokazo. Xullas, uch yuz yil, balki bundan ham ko‘proq vaqt mobaynida otalar buni bolalariga hikoya qilaverganlar va shu tariqa bu qissa bizgacha saqlanib kelgan. Ehtimol, bu voqea chindan ham bo‘lgandir, ehtimol, rivoyat yoki afsonadir, lekin har holda bunday voqeaning bo‘lishi mumkin. Balki ilgari zamonda bunga faqat donishmand va o‘qimishli kishilar ishongandirlar, balki o‘qimagan oddiy kishilar ham ishonib, bu qissani yaxshi ko‘rib qolgandirlar.
978-9943-5841-2-9
240
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/mihail-bulgakov-usta-va-margarita-1
Mixail Bulgakov: Usta va Margarita (qattiq muqova)
«Usta va Margarita» romani g‘aroyib binosining bunyod etilishida Bulgakov isteʼdodining uch turi bab-baravar yoinki deyarli bab-baravar xizmat ko‘rsatdi. Ularning har jihatdan chatishib, yagona daryo oqimiga qo‘shiluvi asarning eng yaxshi sahifalarini tashkil qilgankim, bu ayni vaqtning o‘zida nafaqat romanning, umuman olganda Bulgakov badiiy so‘z sanʼatining ulkan yutug‘idir.
978-9943-5684-3-3
512
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zhaloliddin-rumij-etti-mazhlis
Jaloliddin Rumiy: Yetti majlis
Jaloliddin Rumiyning ilmiy va adabiy merosi g‘oyat katta. G‘azal, masnaviy va ruboiylarni o‘z ichiga oladigan “Devoni kabir” (“Ulug‘ devon”), falsafiy-so‘fiyona mushohadalar, ruhiyat dialektikasini kashf etib, inson aqlini lol qoldiradigan teranlik bilan yozilgan “Masnaviy-maʼnaviy”, “Maktubot”, “Fihi mo fixiy” (“Ichindagi ichindadir”) nomli asarlarini butun dunyo sevib o‘qiydi. Rumiy o‘z asarlarida odamni tadqiq etadi, uning tabiati va intilishlarini kuzatadi, botiniy jilolar va surilishlar, qalb siljishlarini qidirib topadi. Rumiy asarlaridagi joziba shu qadar inson ko‘ngliga yaqinki, uning har bir so‘zi – bir mayoq, umr yo‘llarini yoritguvchi chiroq, qalbga qo‘yiladigan ziyo kabidir. Jaloliddin Rumiyning buyukligi yana shundaki, u islomning ulug‘ shoiri va mutafakkiri bo‘lgani holda barcha mazhab­lar va dinlardan yuqori ko‘tarila oldi, bani basharni birlashtiruvchi yagona ilohiy g‘oyalarni olg‘a surib, kishilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi eʼtiqod va iymon, ishq va sig‘inish, poklik va tavbadan so‘z ochdi. “Cho‘llar muxtalif, ammo maqsad bir, yaʼni Olloh huzuri”, deya Ulug‘ Tangri haqiqati Olloh jami maxluqot barobarligini isbotladi. O‘quvchilar eʼtiboriga havola etilayotgan mazkur kitob Rumiy dunyosining yangi manzillarini ochadi, kitobxonni Rumiy bilan qayta yuzlashtiradi. O‘z navbatida kitobxon ham asar vositasida mehrga, muhabbatga, chin insoniy tuyg‘ularga chanqoq qalbini qondiradi.
978-9943-20-327-3
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/fyodor-dostoevskij-imorboz
Fyodor Dostoyevskiy: Qimorboz
Fyodor Dostoyevskiy - tom maʼnoda ham rus adabiyotining, ham dunyo adabiyotining zabardast vakili. Uning asarlari o‘zbek kitobxonlari uchun allaqachon sevimliga aylanib ulgurgan. Qaysiki o‘quvchi bo‘lsin, kitob do‘konida Dostoyevskiyning hali mutolaa qilib ulgurmagan asarini kurar ekan, uni olmasdan o‘tmaydi. Nega? Sababi oddiy, chunki Dostoyevskiy asarlariga doimo mohir tarjimonlar murojaat qilishgan. “Telba”, "Jinoyat va jazo", “Iblislar”, har uchalasi Ibroxim Gafurov tomonidan tarjima qilingan. Tarjima qilinganda ham shunchaki o‘tirilgan emas, balki aynan Dostoyevskiy tilida, aynan Dostoyevskiy bo‘lib, o‘zbek tilida kayta yozilgan. So‘zsiz, Ibrohim G‘afurov tarjimalari hakida hech ikkilanmasdan: "Ibrohim G‘afurov ushbu asarlar tarjimasi jarayonida Dostoyevskiy bo‘lib, asarni o‘zbek tilida qayta yozgan", deyishimiz mumkin. Navbatdagi nashrga tayyorlagan mazkur kitobimizdan ikkita roman o‘rin olgan: birinchisini aynan Ibrohim Fafurov o‘zbek tiliga o‘girgan bo‘lsa, ikkinchisi maxoratli mutarjim Olim Otaxonovga tegishli. Har ikkala roman o‘quvchini doimgidek, o‘ylatadi. So‘zlar, iboralar. tasvirlar, sifatlar, holatlar har qanday o‘quvchini hayratga soladi. Kitobxon asarga, yozuvchiga, tarjimonga muhabbat bilan keyingi mutolaani kutadi...
978-9943-20-650-2
400
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zhoanna-ketlin-rouling-garri-potter-va-mahfij-hona
Joanna Ketlin Rouling: Garri Potter va maxfiy xona
Асарни ўқир экансиз машиналар учадиган, дарахтлар уришадиган, ўргимчаклар гапирадиган, хатлар қичқирадиган ушбу ўқув йилида рўй берган кўплаб ташвишли воқеалар гувоҳи бўласиз...
9789943720145
400
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-kodirij-utgan-kunlar
Abdulla Qodiriy: O‘kgan Kunlar (Yangi Asr Avlodi)
Ўзбек романчилиги ва ҳаётий ҳикоялар жанрларининг асосчиси, буюк устозимиз-Абдулла Қодирий (1894-1938-йиллар) ХХ аср ўзбек адабиётининг буюк дарғаларидан бири бўлган. Ушбу роман адабиётимиз бестселлери ҳисобланади. Севги кимларни йиғлатиб, кимларни куйдирмаган дейсиз. Шарқ адабиёти дурдоналаридан ҳисобланмиш мазкур асарда муҳаббат ўзгача бадиий талқин қилинади. Шунингдек, ватанпарварлик, олижаноблик, вафо ва хиёнат, ҳавас ва ҳасад, замон талотўплари тилга олинади. Ҳам тарихий, ҳам адабий  чизгилар, шоирона гўзал сўзлар, бетакрор тасвирий ифодалар, асар қаҳрамонлари тилидан айтилган ва бугунги кун ёшларининг  тилида ҳам севги ибораларига айланиб қолган оташин сўзлар... шубҳасиз айтиш мумкинки, асарни ўқимасликнинг , қайта-қайта мутолаа қилмасликнинг иложи йўқ. Абдулла Қодирийнинг "Ўзбек романчилиги асосчиси" сифатида тан олинишига сабаб бўлган ушбу асар воқеалар тарихимизнинг бир кўриниши, муаллиф таъкидлаганидек ўзбеклар турмушидан тарихий романдир.
978-9943-20-339-6
464
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/togai-murod-otamdan-kolgan-dalalarkrill
Tog‘ay Murod: Otamdan qolgan dalalar (Kirill)
"Otamdan qolgan dalalar"- ramziy roman. Muallif o‘z romanida sobiq sho‘rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o‘zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi. Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari — toʻgʻrisoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan tasvirlaydi. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Roman markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bogʻliq, oʻzbekning ramzi degulik mehnatkash inson — bosh qahramon Dehqonqul tilidan soʻzlab beriladi. Dehqonqul obrazi — oʻzbek adabiyotida badiiy kashfiyot hisoblanadi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan „mehnat kishisi“, „yangi inson“ timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Dehqonqul shoʻrolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi qahramon taqdiri orqali davrni, „sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash“ni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymaydi. Sovet hokimiyati yillarining „muhim pallalari“ atayin chetlab oʻtiladi, fuqarolar urushi yillarida aqlini tanigan bola 60-yillarda ham bolaligicha qolaveradi. Bu hol aslo „mantiqsizlik“ boʻlib tuyulmaydi. Yozuvchini birinchi galda Dehqonqulni qul, mute qilib shakllantirgan hayotiy omillar qiziqtiradi. Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, moʻl hosil berishigina saodat. Dehqonqul shu tashvishlar bilan band boʻlib oilasiga, farzandlariga ham eʼtibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambagʻalligiga koʻnadi. Siyosatdan yiroq boʻlgan boʻlsa-da, asar yakunida „Paxta ishi“ sababli qamaladi. Shuncha yil qul boʻlib yashagan Dehqonqulning koʻzi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana oʻshanda anglaydi. Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: „Men bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman“!
978-9943-8222-0-7
384
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/akbar-mirzo-suiqasd
Akbar Mirzo: Suiqasd
Mazkur roman «Ayozi cho‘zilgan bahor» va «Ajal bilan yuzma-yuz» kitoblarining mantiqiy davomidir. Mustaqillikning dastlabki o‘n yilligida mamlakatimizda sodir etilgan dahshatli voqealar qish ayozining hamon davom etganidan darak beradi. Ikki daqiqa!Bu soniyalar juda ko‘p narsalarni o‘zgartirib yuborardi, agarki g‘animlarning Prezident uchun oldindan tayyorlangan suiqasdi amalga oshganida. Bomba portladi, biroq Olloh suygan bandasini xor qilish yoki hayotdan mahrum etish odamzodning qo‘lida emas. El-yurt ishqida yongan yuraklar mangulikka daxldordir.
978-9943-25-498-5
360
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-olmos-kamar-yumshok-mukova
Pirimqul Qodirov: Olmos kamar (yumshoq muqova)
"Olmos kamar" romanida Abror va Sherzodning ma'naviyati, kasb, ruhiyat, shuurdagi kurashlarini, hayot, jamiyat, oila, el-yurtga qarashlari aro ziddiyatlarni ko'rsatish asosiga qurilgan. Ularning ikkovi ham arxitektor-yangi shahar bunyod etuvchi, uni obodonlashtiruvchi mutaxassis. Lekin tarbiya, tabiati, burch va mas'uliyatiga munosabati, muhabbatga, oilaga qarashda farq kuchli. Abror elparvar, adolatgo'y, maydonlarga ko'rk berishda milliy udumlarimiz, an'analarimizga rioya qilish tarafdori. Bahrom esa ishni o'zboshimchalik bilan do'ndirishga moyil. Yozuvchi ularni murakkab kechinmalar, iztiroblar, adashishlar, to'g'ri yo'lni topa olish natijasidagi yoniq quvonchlar ichida ko'rsatadi. Bu qahramonlar kitobxonni mustaqil mushohada yuritishga, mayda andishalar girdobiga o'ralib qolmaslikka, hayotda kurashlardan qo'rqmay, el-yurt dardi bilan yashashga o'rgatadi.
978-9943-20-542-0
416
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/paygambar-sollahu-alayhi-vasallam-atrofidagi-ayollar-buyuk-sahobiya-ayollar
Payg'ambar sollahu alayhi vasallam atrofidagi ayollar. Buyuk sahobiya ayollar
Qo‘lingizdagi ushbu kitobda ona, enaga, ayol, singil siymosidagi, Alloh uchun dunyodan kechgan, vatan himoyasida bo‘lgan, ilm, ibodat, taqvoda peshqadam 56 ta buyuk sahobiya ayollar bilan tanishasiz. Shuningdek, kitobda Islomda ayollarga munosabat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lib kelishlaridan oldin ayollarga munosabat, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, sahobiya ayollar haqida umumiy maʼlumotlardan bahramand bo‘lasiz.
978-9943-8891-5-6
320
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhannat-saiiidalari
Jannat sayyidalari
Ushbu kitob har bir muslima qiz, har bir mo‘mina ayol, har bir fozila ona, har bir soliha buvi, nafsi oldin o‘tgan solihalar haqida ko‘proq maʼlumot olishga, ruhi esa Robbining Jannatiga mushtoq bo‘lgan ayollar uchun tuhfadir. Ey muslima singlim yoki opam, agar ko‘zingizga yo‘llar chalkash ko‘rinsa, barglar to‘kilayotgandek bo‘lib tuyulsa, o‘zingizga yordam beradigan o‘rnak qidirayotgan bo‘lsangiz, har bir tutilish va xato oldida turganingizda ushbu kitobni o‘qing! Siz ushbu kitobni o‘qing, shoyad, u qalbingizni to‘g‘ri yo‘l tomon boshlaydigan, nafsingizga orom beradigan, himmatingizni baland qiladigan, o‘zingiz uchun soliha yo‘lboshchi topsangiz... Nashrga tayyorlovchilar: X.Abdulvohid qizi, D.Kamolxon Qizi
978-9943-8524-6-4
264
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hadicha-kubro-tongar-men-bolamni-urmaiman
Xadicha Kubro Tongar: Men bolamni urmayman
Bu kitob qalbimni tirnadi .... Jamiyatdagi eng maʼsum, o‘zini himoya qila olmaydigan, zo‘ravonlik ko‘rsa-da, aybdor kabi boshini egib turadigan va ne ajabki, yana o‘sha zo‘ravon kattalar ko‘ziga mehr istab termilib, sal xayrxohlik sezsa yelkasini qisibgina ularning bag‘riga intiladigan beg‘uborlar ruhiy olamini yurakdan his qildim. Bolaligida ruhiy-hissiy, jismoniy, jinsiy tajovuz qurboni bo‘lganlarning mahzun hikoyalarini mutolaa qilish naqadar mushkul bo‘lmasin, kelgusida bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan jasoratli bir chaqiriq sifatida dolzarb hamdir. Kitobni o‘qigach, qalbingizdagi bolalikka yangi hayot baxsh etishga jazm qilsangiz, sizni faqat olqishlaymiz!
978-9943-20-949-7
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hadicha-kubro-tongar-boshimning-tozhi
Xadicha Kubro Tongar: Boshimning toji
Atrofni tutgan bahoriy chechaklardan ko‘ra, bir necha oy qor tagida yashiringan boychechak, shuningdek, qo‘l yetmas cho‘qqilarda bitgan orxideyaning qiymati balandroq. Odamlar ham xuddi mana shu gullardek nafis va ardoqli bo‘ladi. Qolaversa, insonning qadrini Robbimizning O‘zi baland qilgan. Buyurilgandek liboslanish orqali go‘zal qalbimiz va qadrimizni namoyon qilamiz. Taʼbir joiz bo‘lsa, inson o‘zini qimmatbaho orxideyadek qadrli qilishi azizu mukarramligi taqozo etadigan muhim ishoralardan biridir. Ziynatlarni begona nigohlardan berkitish, satrlamoq - yomon o‘ylardan chetlanmoq, degani. Shuningdek, ongu shuuri ham pokiza bo‘lmog‘ini istamoqdir. Turkiyalik yozuvchi, psixolog, oila maslahatchisi Xadicha Kubro Tongarning mazkur kitobi qizlarga bu borada sodda uslubda tayanch tushunchalarni beradi.
978-9943-20-957-2
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/markus-zusak-kitob-ugrisi
Markus Zusak: Kitob o‘g‘risi
Hurmatli kitobxonlar! Sizga Avstraliyaning mashhur yozuvchisi Markus Zusak (1975 yilda tug‘ilgan) qalamiga mansub "Kitob o‘g‘risi" romanini o‘zbek tilida armug‘on etmoqdamiz. Ushbu asar 2005 yilda yozilgan bo‘lsa ham, 2019 yilgacha 40 dan ortiq tilga tarjima qilingan va 16 000 000 dan ko‘p nusxada sotilgan. Faqat ingliz tilida chop etilgan tiraji 1 500 000 dan oshgan. "The New York Times Best Seller list" jurnalida 230 hafta davomida yuqori pog‘onalarni zabt etib turgan. «Amazon» internet do‘konida eng ko‘p sotilgan “TOP-30” kitoblar ro‘yxatida hozirgacha mavjud va asarni o‘qib chiqqanlarning 94% i internet va ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy fikrlar qoldirishgan. Asar hayotiy voqealar asosida yozilgan va undagi voqealar II jahon urushi davrida Germaniyaning Myunxen shahridagi joylashgan Molking nomli kichik shaharchada bo‘lib o‘tadi. Asarning o‘qir davomida fashistlarning zulmidan nafaqat boshqa millat vakillari, balki nemis millatining o‘zi ham benihoya azob chekkkaniga guvoh bo‘lasiz. Asarga berilgan "Kitob o‘g‘risi" nomi majoziy nommi yoki haqiqatmi? Asarni hikoya qiluvchi adibmi, fashistlar zulmining jabrdiydasimi yoki Ajalmi? Gitler nega yahudiylarni millat sifatida yo‘q qilishga qaror qilgan? "Billur kecha" yoki "Vitrinalar sindirilgan kecha" nimani anglatadi? "Nyurnberg qonunlari "da nimalar taʼkidlangan? Lizel kim? U omadli qahramonmi yoki davr qurbonimi? Nega uni onasi boshqa oilaga berib yuboradi: nochorlikdanmi yoki shafqatsizlikdanmi? Xubermanlarning Lizelni o‘z oilasiga qabul qilishdan ko‘zlagan maqsadlari nima edi? Roza Xuberman asar boshida ko‘ringani kabi insonmi yoki aslida boshqachamidi? Hans Xuberman qanday shaxs va nega Lizel uni “dada” deyishga darrov rozi bo‘ladi? Lizel o‘zining haqiqiy onasini nimada ayblaydi? U haqmidi? Lizelning o‘rtog‘i Rudi kim va Lizelning hayotida qanday rol o‘ynaydi? Lizel nima uchun kitob o‘g‘irlaydi? Uning o‘zi bu o‘g‘irlikni qanday izohlaydi? Hans Xuberman nega yahudiy yigit - Maksni o‘z yerto‘lasiga yashiradi: insoniylik tufaylimi yoki bunga boshqa sabab bormidi? Roza Xuberman va Lizel bu yahudiy yigitga qanday munosabatda bo‘lishadi? Maks fashistlar taʼqibidan qutuladimi yoki u bilan birgalikda Xubermanlar oilasi ham gestaponing qo‘liga tushadimi? Ushbu savollarga asarni o‘qish davomida javob topasiz.
978-9943-7346-0-9
560
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/algoritmlash-va-dasturlash-asoslari-s-tili-asoslari-amalij-kullanma-nazariya-masalalar-mulohazalar-echimlar-tavsiyalar-akademiknashr-2021
Algoritmlash va dasturlash asoslari. C++ tili asoslari. Amaliy qo‘llanma, nazariya, masalalar, mulohazalar, yechimlar, tavsiyalar
B. J. Boltayev A. R. Azamatov A. D. Rahimov B. A. Azamatov D. T. Asrayeva Sh. Z. Qambaraliyev Qo'llanmada C++ dasturlash tili va elementlari, dastur tarkibi va tavsifi, unda dasturlash imkoniyatlari va usullari, tuzilmalar mohiyati erkin tarqatiladigan Codeblocks IDE asosida ochib berishga qaratilgan.  Shu bilan birga, umumiy  va nazariy ma'lumotlar, dastur namunlaridan tashqari takrorlash va mustaqil ishlash uchun ko'p sonli vazifalar keltirilgan. Keltirilgan vazifalarni hal etishda turli yondashuvlar va usullarning mohiyati cohib berishga harakat qilingan. Ma'lumotlar va vazifalar "oddiydan murakkabga" mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan. Vazifalar qiyinlik darajasi bo'yicha A, B, C va D turkumlarga ajratilgan. Qo'llanmadan o'qituvchilar, o'quvchilar, talabalar, umuman dasturlash san'ati bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. Qo'llanma 11 va undan katta yoshli qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
978-9943-6501-4-5
404
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-odirij-tkan-kunlar-abadij-barhayot-asarlar-tarihij-roman-ziyo-zakovat
Abdulla Qodiriy: O‘tkan Kunlar (Abadiy barhayot asarlar tarixiy roman).
Ўзбек романчилиги ва ҳаётий ҳикоялар жанрларининг асосчиси, буюк устозимиз-Абдулла Қодирий (1894-1938-йиллар) ХХ аср ўзбек адабиётининг буюк дарғаларидан бири бўлган. Ушбу роман адабиётимиз бестселлери ҳисобланади. Севги кимларни йиғлатиб, кимларни куйдирмаган дейсиз. Шарқ адабиёти дурдоналаридан ҳисобланмиш мазкур асарда муҳаббат ўзгача бадиий талқин қилинади. Шунингдек, ватанпарварлик, олижаноблик, вафо ва хиёнат, ҳавас ва ҳасад, замон талотўплари тилга олинади. Ҳам тарихий, ҳам адабий  чизгилар, шоирона гўзал сўзлар, бетакрор тасвирий ифодалар, асар қаҳрамонлари тилидан айтилган ва бугунги кун ёшларининг  тилида ҳам севги ибораларига айланиб қолган оташин сўзлар... шубҳасиз айтиш мумкинки, асарни ўқимасликнинг , қайта-қайта мутолаа қилмасликнинг иложи йўқ. Абдулла Қодирийнинг "Ўзбек романчилиги асосчиси" сифатида тан олинишига сабаб бўлган ушбу асар воқеалар тарихимизнинг бир кўриниши, муаллиф таъкидлаганидек ўзбеклар турмушидан тарихий романдир.
978-9943-5524-9-4
432
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/nshabdullaeva-tarbiyachining-ish-hujjatlari
N.Sh.Abdullayeva : Tarbiyachining ish hujjatlari
Mazqur o‘quv qo‘llanmada Maktabgacha taʼlim vazirlining 2019 iyl 30 avgustdagi "Davlat maktabgacha tashkilotlar i pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 155-sonli buyrug‘ining 2 ilovasi "05-Umimiy tipdagi MTT tarbiyachisi"ning ish hujjatlari yuritish tartibi hamda "Ilk kadam" davlat o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan pedagogik jarayonni rejalashtirish, mavzuli rejalashtirish metodik qo‘llanmasidan foydalangan holda rivojlanish markazlarida taʼlimiy faoliyatni tashkil etish, pedagoglar bilan o‘zaro hamqorlik ish rejasini, rivojlanish markazlarida taʼlimiy tarbiyaviy faoliyat jarayonini kuzatish va tahlil qilish kabi masalalar qamrab olingan.
978-9943-7464-4-2
144
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ernest-heminguei-alvido-kurol-kattik-mukova-2
Ernest Xeminguey: Alvido, qurol (qattiq muqova)
Dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel» mukofoti sovrindori Ernest Xemingueyning «Alvido, qurol» romani undagi qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari orqali urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o‘ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Aziz kitobxon, serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling.
978-9943-20-991-6
368
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-nur-borki-soya-bor-yumshok-mukova
O‘tkir Hoshimov: Nur borki, soya bor (Nurli dunyo)
O‘zbek adabiyotida faqat shu millatgagina xos bo‘lgan fazilat va qadriyatlarni tarannum etuvchi shoir va yozuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘tkir Hoshimov ijodida aynan shu jihatlar ustuvorlik qiladi. O‘zbekona tuyg‘u, kechinma, insoniy qadr-qimmat mavzularini o‘ziga xos ifodalagan adibning, "Nur borki, soya bor" romanida inson ruhiyati butun murakkabligi va serqirraligi bilan tasvirlanadi. Bu asarlarga hayot va inson haqidagi falsafiy, ibratli fikrlar singdirib yuborilgan, halollik va poklik ulug‘langan, “nur” va “soya”lar orasidagi azaliy kurash mavzusi taʼsirli voqealar asosida yoritilgan.
978-9943-8879-3-0
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/robin-sharma-unvonsiz-rahbar
Robin Sharma: Unvonsiz rahbar
"Unvonsiz rahbar"- qisqa qilib aytganda, kasbiy va shaxsiy hayotdagi haqiqiy muvaffaqiyatga bag‘ishlangan zamonaviy masal. Bosh qahramon Bleyk Devis Nyu-Yorkda yashaydi. U kitob do‘konida ishlaydi, o‘z ishidan, hamkasblaridan va umuman, hayotdan norozi. Bleyk ota-onasidan erta judo bo‘lgan, Iroqda jang qilgan va hayotning bu zarbalaridan o‘ziga hamon kelolmaydi. Kunlarning birida otasining eski qadrdoni Tommini uchratib qolishi, uning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. Quvnoq, tavakkalchi, o‘ziga xos bu qariya Bleykni yangi hayotga, muvaffaqiyatlarga ilhomlantiradi. Tommi va Bleyk bir kun mobaynida qabriston ziyoratiga ham ulguradilar va Nyu-York buylab sayohat qilish uchun to‘rt nafar o‘qituvchi bilan uchrashishga ham muvaffaq bo‘ladilar. Bularning barchasi Bleyk uchun baxtli hayot va muvaffaqiyatli martaba sari imkoniyatlar eshigini ochdi. Natijada, Bleyk ijobiy muvaffaqiyatli shaxsga aylandi: har bir kuni mazmun va quvonchga to‘la baxtli ota va mehribon er hamda o‘z kompaniyasining eng yosh vitse-prezidenti. Muallifning fikriga ko‘ra, yetakchilik salohiyati har bir insonda mavjud, lekin hamma ham undan foydalana olmaydi. Olamshumul daqiqalar uchun ko‘pincha maxsus daqiqalarni kutib yashaymiz. Lekin bu daqiqalar ko‘p hollarda kelmaydi... Bunda esa bizga ko‘pincha yomon taqdir, adolatsiz boshliqlar, siyosiy vaziyat va boshqa holatlar aybdordek tuyuladi. Aslida esa, barcha muammolar o‘zimizda.
978-9943-8435-6-1
272
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmet-batman-saboh-uikum
Ahmet Batman: Saboh uyqum
Ahmet Batman Saboh uyqum Turk adibi Ahmet Batman qalamiga mansub navbatdagi kitob qalbi yarimlarga, hayotdan bir parcha huzur izlaganlarga, hanuz ishqqa ishonadiganlarga ruhiy malham bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddamiz. Asarda ishqiy kechinmalar, oshiq va maʼshuqlarning qalb iztiroblari, shodlik va qayg‘ulari bayon qilinadi.
978-9943-8281-1-7
256
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/fedor-dostoevskii-zhinoyat-va-zhazo-kattik-mukova
Fyodor Dostoyevskiy: Jinoyat va jazo (qattiq muqova)
Достоевский ижоди, гарчи зиддиятли бўлса-да, рус ва жаҳон адабиётига катта таъсир кўрсатган. Достоевский 19-асрдаги реалистик роман жанрини янги ўзига хос томонлар билан бойитди. Адиб тўлақонли бадиий образларда нафақат воқеалар оқимини, инсонлар тақдирини, қалб курашини, балки жамият маънавий ҳаётидаги фожиавий конфликтларни ҳам бера олди. Ўзининг интеллектуал романларида фикрларнинг кескин курашини, ғоя ва дунёқарашнинг фожиавий тўқнашувини маҳорат билан тасвирлади. Достоевский романлари вазмин тасвир услуби эмас, аксинча, соф драматик жанрларга хос кескинлиги ва лиро-публицистик пафоси билан ажралади. Достоевскийнинг «Жиноят ва жазо», «Телба» ва бошқа асарлари Иброҳим Ғафуров томонидан ўзбек тилига таржима қилинган. Ҳаёт менга бир марта берилади ва бошқа ҳеч қачон қайтиб келмайди: мен «умум бахти» қачон келаркин, деб кутиб ўтиришни истамадим ва истамайман. Мен ўзим ҳам яшашни истайман, бўлмаса, яшашнинг ҳам кераги йўқ. Камбағаллик айб эмас, бироқ йўқчилик бу – иллат. Сиз камбағалчиликда ҳали ўзингизнинг туғма олижаноб фазилатларингизни сақлаб қолган бўласиз, йўқчиликда эса уларни ҳеч қачон ва ҳеч ким сақлаб қола билмайди. Беркитадиган нарсаси бўлмаган кишилар ўзларини бахтли деб билсалар арзийди. Бошқалар нима деркин, деб ўтириш ожизликнинг биринчи белгисидир! …омад келмагандан кейин ҳамма нарса бемаъни бўлиб кўринади! Табиат қонунларига кўра, одамлар умуман икки тоифага бўлинадилар: паст тоифа (одми одамлар), ўзига ўхшаганларни урчитишдан бошқа нарсага ярамайдилар, улар урчиш материалидирлар ва иккинчиси, одам деб санаса арзийдиган ва ҳаётда, ўз муҳитида янгилик, янги сўз барпо қилиш иқтидорига, қудратига эга бўлганлар (фавқулодда). Биринчи тоифадагилар – бугунги куннинг соҳиблари, иккинчидагилар эса келажакнинг эгаларидир. Биринчилар дунёни эминликда сақлаб турадилар, моддий борлиқни миқдоран кўпайтирадилар, иккинчилар эса дунёни ҳаракатга келтирадилар ва уни мақсад сари олиб борадилар.
978-9943-27-379-5
768
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mirach-chagri-oktosh-seni-sevaman-dema-xis-ettir
Mirach Chag'ri Oqtosh: "Seni sevaman" dema, his ettir
Sevishdan ham muhimroq narsalar bordir. His ettirish, iforidan bahra olib, o‘pish kabi... Baʼzan sevilishdan ko‘ra ko‘proq sevgan insoningizning borligini his etishni istaysiz. Borligini his eta olmagan insoningizni seva olmaysiz. Ayollar sevilganini eshitishdan ko‘proq buni his etishni istaydilar. Sevgan insonining sevgisini his etgan go‘zalroq ayol yo‘qdir dunyoda. Sevgan ayoliga sevgisini his ettiradigan erkakning ishqiga to‘yib bo‘lmaydi. Men bu kitobda o‘zimni senga his ettirish uchun yozdim. Men sevganim sari buni his ettirdim, sen his etganing sari uzoqlashding. Vaholanki, sen qalbimning go‘zal holati eding... Va o‘sha kuni shunday ketdingki, men o‘zimni his etmay qo'ydim.... Va shu qalb bilan seni sevishda davom etdim. Borligini his eta olmagan insoningizni seva olmaysiz...
978-9943-8251-3-0
216
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/usmon-sungur-eken-e-nasib
Usmon Sungur Eken: Yo nasib!..
Qanchalar go‘zal duo: "Yaxshi insonlar yoniga eltsin yurar yo‘llaring." Kut! Sabr qil! Alloh kechiktirdimi demak, go‘zallashtiryapti ... Kun kelib bugungi zahmating rahmatga aylanadi ... Kut! Sabr qil! Dunyo nasibgohdir. Qadarda nima bo‘lsa, shu bo‘ladi. Qara, Robbing Qurʼonda nima deydi: "Robbing tezda senga ato qilur va sen rozi bo'lursan." (Zuho surasi, 5-oyat)
978-9943-8252-6-0
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/entoni-berzhess-1985
Entoni Byorjess: 1985
Entoni Byorjess - o‘zbek kitobxoni uchun yangi nom. “1985” romani adibning o‘zbek tiliga o‘girilgan ilk katta asaridir. Mazkur kitob va muallifning boshqa asarlaridan bilish mumkinki, Antiutopiya Byorjessning sevimli janri. Kollektiv xotira ustidan nazorat o‘rnatgan davlat, hurfikrli shaxsning ko‘ksidan itargan jamiyat, ziyolilari ko‘chada tilanchilik, axlat titish bilan shug‘ullanayotgan, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan hukumat. Bir qarashda kitobxonning yuragi orqaga tortib ketadi. Ammo roman keng mushohadaga chorlashi bilan ahamiyatlidir. Bosh qahramon Bev Jonsning har qanday jimjimador bo‘yoqlar, majburan qo‘shilgan ijobiy sifatlardan holi tarzda, bor buy-basti bilan tasvirlanishi, yozuvchining sovuqqon uslubi, eng muhimi, asar taqdim etayotgan yangi g‘oya Siz, aziz kitobxonlarni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz. Rus tilidan Sardor Salimov tarjimasi
978-9943-7390-0-0
352
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhoze-mauro-de-vaskonselos-azizim-purtahol
Joze Mauro de Vaskonselos: Azizim, Po'rtaxol
Joze Vaskonselosning mazkur avtobiografik asari kitobxonlar mehrini tezda qozongan. Ushbu roman Braziliyada va ispan tilida so‘zlashuvchi ko‘p mamlakatlarda o‘rganish uchun maktab dasturiga kiritilgan. Yozuvchi qashshoq oilada yashaydigan besh yashar Zeze nomidan hikoya qiladi. Ushbu kitob birinchi navbatda bolalarga atalgan bo‘lsa-da, aslida kattalarning muammolariga taalluqlidir. aniqrog‘i, kattalarning muammolari bolalarga salbiy munosabat ko‘rsatishga taʼsir etmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida. Mazkur asar kattalarga bolani qay tarzda baxtiyor etish mumkinligini o‘rgatadi. O‘zbek kitobxonlari diqqatiga ilk bor taqdim etilayotgan ushbu kitob barchaga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-7516-6-8
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sem-uolton-men-walmartni-kandai-yaratdim
Sem Uolton: Men "Walmart"ni qanday yaratdim
/h2>
978-9943-7509-8-2
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-kamol-pajgambarlar-tarihi
Muhammad Kamol: Payg‘ambarlar tarixi
Китоб ўқувчи ёшларга мўлжалланган, шунинг учун ундаги маълумотлар қисқа ва лўнда, бунинг устига меҳрибон ота ўз боласига насиҳат қилгандек ёқимли оҳангда <<Азиз болажоним>>! деган хитоб билан муаллиф тез-тез мурожаат қилиб турадики, бу ёшларнинг эътиборини тортишда ва қизиқиш уйғотишда катта аҳамиятга эга.
978-9943-5201-3-4
184
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/sema-marashli-tujdan-kejin-ham-muhabbat-bulsin
Sema Marashli: To‘ydan keyin ham muhabbat bo‘lsin
Сема Марашли Туркиянинг Қаҳрамонмараш вилоятида туғилган. Менежмент ва бихевиористика йўналишида таҳсилолган ёзувчининг илк китоби "Менга эртак айтиб бер" 2001 йилда нашрда чиққан.  Оила ахлоқи ва фарзанд тарбиясига оид мақола ва ҳикоялари даврий нашрларда мунтазам эълон қилиб борилади. Оилали уч фарзанднинг онаси.
978-9943-7047-9-4
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/okay-tiryakio-g-li-abdulhamid-so-nggi-hukmdor
Okay Tiryako‘g‘li: Abdulhamid so‘nggi hukmdor (lotin yozuvi)
Yozgan tarixiy asarlari jahon bestsellerlari ro‘yxatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bir qancha mukofotlar sohibi, adibi Okay Tiryakio‘g‘lidan o‘tkir syujetli yana bitta roman sizlar uchun armug‘on qilindi. Endi siz «Abdulhamid» bilan birgalikda usmonlilar jumboqli va qizg‘in davrini yashashga tayyor turing. Sulton Abdulhamidning sir-sinoatga to‘la saroyga qadam tashlar ekansiz, buyuk sultonning xalqaro siyosiy muzokaralarida o‘zingiz ham ishtirok etayotgandek bo‘lasiz. "Birodarlik jamiyati"  nomlanuvchi guruhning yillar davomida tayyorlangan uchta anarxisti tomonidan Parijda boshlangan tartibsizliklarining Istanbulda uyushtirilgan suiqasdga borib taqalishining yechimi topilib, endi hammasi iziga tushadi deb o‘ylarkansiz, birdan o‘zingiz ham saroydagi voqealarning qoq markaziga tushib qolasiz. Go‘yoki sulton Abdulhamid oldida paydo bolasiz. Ana endi siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarning javobini topa boshlaysiz: 93-urushda nimalar bo‘lgan? Falastin mojarolarida-chi? Konstitutsiyani qabul qilish jarayonlari qanday o‘tgan? Parlament nega tarqatib yuborilgan? "31 mart voqealari" nimani bildiradi? Sulton bilan josuslar o‘rtasidagi qizg‘in tortishuvlarda ishtirok etib, siz ham saroydagi hiyla-nayranglar o‘rtasida yurasiz. Do‘st-dushmanning, xiyonat muhabbatining qayerdan qanday paydo bo‘lishini bilish qiyin bo‘lgan bu romanning bosh qahramoni obrazida shaxsan ishtirok etayotgandek his qilasiz o‘zingizni.
978-9943-7200-1-5
576
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/haiati-bizhe-yassavii-bobo-hikoyalari
Hayati Bije: Yassaviy bobo hikoyatlari
Ushbu kitobda maʼnaviyat sultoni, "Piri Turkiston" Xoja Ahmad Yassaviy hazratlarining, shuningdek, ul zotning ustozlari va izdoshlarining ibratli hayot yo‘li nafaqat bolajonlarimiz, balki ota-onalar oson tushunadigan uslubda bayon qilingan. Muallif yosh avlod qalbida ulug‘ ajdodlarga mehr-muhabbat uyg‘otishni maqsad qilgan. Kitob hikoyatlarga mos rasmlar bilan bezatilgan. Nashr so‘ngida Ahmad Yassaviyning hikmatlaridan namunalar ham ilova etildi. Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar: Abdumurod Tilavov, Dilfuza Shoyzoqova
978-9943-20-869-8
112
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/omina-shenlikugli-imomning-maneken-qizi-2
Omina Shenliko‘g‘li: Imomning maneken qizi (yumshoq muqova)
Omina Shenliko‘g‘li 1953 yilda Turkiyaning Giresun viloyati, Darali Anbaralan qishlog‘ida tug‘ilgan. Kichik yoshidanoq Adabozoriga, u yerdan esa oilasi bilan birgalikda Istanbulga kelib joylashadi. Yoshlik chog‘idan turli yo‘nalishlardagi tahsil bilan bir qatorda xristianlik dini va “Injil” kitobi bo‘yicha ilmiy izlanishlar bilan shug‘allanadi. Keyingi yillarda ko‘proq Islomiy bilimlar olib, fiqh va aqoidda mustahkam bilimga ega bo‘ldi. Diniy olim va jurnalist Rajab O‘zkan bilan turmush qurib, ikki farzandning onasi bo‘ladi. Omina Shenliko‘g‘li 1985 yildan beri “Maktub” nomli jurnalning nashr ishlari boshqaruvchisi bo‘lib ishlab kelmoqda. Vaqti-vaqti bilan Turkiyaning turli viloyatlari va chet mamlakatlarda konferensiyalar o‘tkazib keladi. Ko‘plab hikoya, qissa va romanlar muallifidir.
978-9943-4932-9-2
172
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/napoleon-hill-uila-va-boi-bul-omadli-13-kadam
Napoleon Xill: O‘yla va boy bo‘l. Omadli 13 qadam
Ushbu kitob o‘z oldingizga maqsad qo‘yishni, ishonch tuyg‘usini mustahkamlashni, turli sinovlarni yengib o‘tishni, izlanishni o‘rgatadi. Shuningdek, maxsus bilimlar, aql-zakovat, ortga chekinmaslik haqida keng tushuncha beradi. Kitobda ko‘plab insonlar hayotidan olingan ibratli misollar keltirilgan. Unda fikr kuchi, g‘ayrat shijoat, baxt-saodatga erishish yo‘llari, muvaffaqiyatning oddiy sirlari bayon etilgan. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-27-691-8
208
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-aitmatov-kiematkattik-mukova
Chingiz Aytmatov: Qiyomat(qattiq muqova)
Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanida ezgulik va yovuzlikning kurashi, inson va tabiat munosabati bo‘rilar Akbara bilan Toshchaynar obrazi orqali ochib beriladi. Inson tomonidan hududlarni o‘zlashtirish, o‘rmonlarni yo‘q qilish, tabiatning azaliy qoidalarini buzish va oxir-oqibat jonzotlarni o‘z ona uyidan siqib chiqarish qiyomat-qoyim darajasida tasvirlanadi. Bo‘rilarning dastlabki uch bolasini ovchilar otishadi. Tog‘da kon yo‘li ochilgach, bo‘rilar yashayotgan qamishzorga o‘t qo‘yiladi. Ularning keyingi beshta bolasi yong‘inda nobud bo‘ladi. Akbara bilan Toshchaynar endi toqqa ko‘chishadi. Ammo aroqxo‘r Bozorboy yangi dunyoga kelgan to‘rt bo‘ri bolasini sotib yuboradi. Romandagi Avdiy Kallistratov obrazi insonlarni bu yo‘ldan qaytarishga urinadi. Ammo zo‘rovon, qarashlari haminqadar bo‘lgan kishilar uni it azobiga solib, poyezddan irg‘itib yuborishadi.Asardagi bosh qahramonlar Akbara va Toshchaynarning kechmishlari, sarson-sargardon qismati va oxir-oqibat fojiasiga insoniyat sababchi ekanligi asarda yorqin aks ettirilgan. Quyida asardan saralaganlarimiz ikki bo‘ri mushohadalari va boshqa qahramonlarning muammoga haqqoniy munosabatidir. Har narsaning o‘z vaqti-soati keladi. Cho‘lu dashtlarda hayotning shu maromda tebranib turishi tabiatning adolatidan bo‘lsa kerak.
978-9943-6654-2-2
366
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/hudoyberdi-tohtaboev-zhannati-odamlar-yaa
Xudoyberdi To‘xtaboyev: Jannati odamlar (lotin)
"Янги аср авлоди" НММ. Лотин алифбосида.
978-9943-20-341-9
272
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/mubashshir-ahmad-olim-odam-va-olam
Mubashshir Ahmad: Olim, odam va olam
null
978-9943-5558-2-2
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nosir-fozilov-saraton
Nosir Fozilov: Saraton
“Qorxat” - maktab o‘quvchilari hayotiga bag‘ishlangan mazkur qissa bo‘lajak yozuvchi bola tilidan hikoya qilinadi. Sinfning ramziy va hayotiy qahramonini tanlagan o‘quvchilar u bilan uchrashish uchun sinfning faol o‘quvchilaridan biri - qiziquvchan Sog‘indiqni masofa uzoq bo‘lishiga qaramay, Mo‘ynoqqa yuborishadi. Aynan o‘sha qahramon bilan qayta va qayta uchrashsada, muddaosini aytolmagan Sog‘indiq talay sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Mutolaa davomida o‘quvchi Sog‘indiqning hangomalaridan tabassum qiladi, qiyinchiliklaridan iztirob chekadi, safariga bevosita hamrohlik qiladi. Jonli va rangdor tasvirlar o‘quvchi diqqatini butkul o‘ziga tortadi. Kitobdan o‘rin olgan ikkinchi qissa - “Saraton”. Sarlavha jihatidan avvalgi nomga mutlaqo zid bo‘lsada, ammo asar qahramonlari yana maktab o‘quvchilari. Ularning asosiy farqi - voqealar tasvirlangan davr. Saratonda boshlangan urushning sovuq xabari odamlarning, ayniqsa, yosh bolalarning, o‘smirlarning kayfiyatiga, yurish-turishiga, dunyoqarashiga qanchalik taʼsir qildi? Urush voqealariga urush ortida mehnat qilayotgan xalqning munosabati, jamiyatda hukm surayotgan birdamlik g‘oyalarining yoshlar ongiga taʼsiri, ulg‘ayishga majbur bo‘layotgan o‘smirlar - asardagi har bir tasvir o‘quvchini fikrlashga, munosabat bildirishga undaydi. Anʼanalar, qadimdan davom etib kelayotgan qadriyatlar, jasorat va mardlik bilan bir qatorda tarannum etilgan andisha va hayo tuyg‘ulari kitobxonni sergaklantiradi. Atrofidan asar qahramonlariga o‘xshash insonlarni axtaradi, ularning ijobiy tomonlaridan o‘rnak, salbiy jihatlaridan saboq oladi ...
978-9943-20-394-5
240
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-haellarga-bulaman-tutkun
O‘tkir Hoshimov: Xayollarga bo'laman tutqun (Nurli dunyo)
Taniqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning hikoyalari ravon o‘qiladi. Yozuvchi qalamga olgan voqealar sizga tanishdek, hikoyalarda qalamga olingan mavzu, qahramonlar sizning yaqin kishilaringizdek tuyuladi. Shu bois yozuvchining asarlari qayta- qayta nashr etilmoqda. Qo‘lingizdagi to‘plam ham yozuvchining eng yaxshi hikoyalaridan saralandi.
978-9943-8880-1-2
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hakimugli-ismoil-muso-firavn-uldira-olmagan-paygambar
Hakimo'g'li Ismoil: Muso — Fir'avn o'ldira olmagan payg'ambar
Ushbu asar orqali Muso payg‘ambar va Bani Isroil xalqining bundan ming yillar avvalgi hayoti haqida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lasiz, ayni paytda o‘zgarmas insoniy haqiqatni o‘sha davr zamon va makoniga moslashtirasiz.
978-9943-8622-4-1
192
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-dunening-ishlari
O‘tkir Hoshimov: Dunyoning ishlari (Nurli dunyo)
Odam ko‘pincha o‘z yaqinlarining qadriga yetmaydi. Ayniqsa onaning qadrini bilmaslik yosh o‘tganda pushaymonlik keltirishi mumkin. Shu maʼnoda "Dunyoning ishlari" asarini kishi ulg‘ayganda tuyadigan ona armoni deyish mumkin. Asardan paydo bo‘ladigan katta xulosa ham aslida shu. Shu bilan birga asar dunyoning, yaqin insonlarning qadriga yetishga, hayotning maʼno-mazmunini teranroq anglashga, ona oldidagi farzandlik burchi va masʼuliyatini tuyishga o‘rgatadi. "Dunyoning ishlari" yuqorida aytilgan sababi tufayli qo‘ldan qo‘ymay o‘qilayotgan bo‘lsa kerak ehtimol.
978-9943-8879-0-9
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-ibrohim-al-fikii-vaktni-boshkarish
Doktor Ibrohim al-Fiqiy: Vaqtni boshqarish
Vaqtni boshqarish nima? Qanday qilib vaqtingizdan samarali foydalanish imkoniga ega bo‘lish mumkin? Yaxshi rahbar va yaxshi xodim bo‘lish uchun nima qilish kerak? Vaqtni zoye qiluvchi hamda uni tejashga yordam beruvchi omillarni bilasizmi? Kam vaqt va kam kuch sarflab, ko‘p natijaga erishish mumkinmi? Vaqtni tartibga sola olasizmi? Vaqtni boshqarishga doir mashqlar haqida eshitganmisiz? Ushbu savollarning barchasiga vaqtni boshqarish, shaxsiy rivojlanish, insonning xotira kuchi, neyrolingvistika sohasida muhim burilish va yangiliklarni amalga oshirgan, o‘nlab kitoblar yozgan olim - doktor Ibrohim al-Fiqiyning ushbu kitobida javob topasiz.
978-9943-8089-3-5
96
2022