url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/akmal-miravaz-ugli-nur-katralari
Akmal Miravaz O‘g‘li: Nur qatralari
O‘n to‘rt asrdirki, Kalomulloh katta qiziqish, yuksak eʼtibor, mustahkam eʼtiqod ila o‘qilib kelinmoqda. “Nur qatralari” kitobida ilmga oid oyati karimalarning arabcha matni va o‘zbek tilidagi tarjimasi keltirilib, o‘qituvchi va o‘quvchining oyatdan oladigan xulosalarini bayon etishga harakat qilindi. Inshoolloh, ushbu kitob Qurʼoni karimni o‘rganmoqchi bo‘lgan kishilarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
978-9943-12-658-9
184
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/leonid-andreev-yahuda-iskariot
Leonid Andreyev: Yahuda Iskariot
"Yahuda Iskariot" qissasi nashr etilishi bilan juda ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan asar. Bir guruh fikr bildirganlar asarni osmonga ko‘tarsalar, ikkinchi guruh uni ayovsiz ravishda yerga urardi. Eng qizig‘i, yozilganiga 100 yildan oshganiga qaramay bu bahs hali-hanuz to‘xtagani yo‘q. Asar Iso Masih va uning shogirdi Yahuda munosabatlari, Yahudaning xiyonati haqidagina emas, aslida bir insonning ikkinchi bir insonga qilgan qabohati haqidadur. Qissadagi xiyonat talqini, tabiiy ravishda, bu mavzuda yozilgan boshqa asarlar talqinidan farq qiladi. Yana aytish lozimki, qissada Andreyevning butun ijodiga xos qirra: voqealarni qora ranglarda aks ettirish ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
978-9943-6337-5-9
112
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ozod-sharofiddinov-tanlangan-asarlar
Ozod Sharofiddinov: Tanlangan asarlar
Ushbu kitobdan O'zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos va alloma Ozod Sharafiddinovning eng sara esse va maqolalari, ayniqsa O'zbekiston Mustaqillikka erishganidan keyin jo'shib yozgan asarlari o'rin olgan.
978-9943-26-956-9
576
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/erih-mariya-remark-qarzga-olingan-umr
Erix Mariya Remark: Qarzga olingan umr
Muhabbat ko‘ngil qo‘ygan insoningga fido bo‘lishing! Asarda avtomobil poygasi ishqibozi bo‘lgan Klerfening xasta Lilianga bo‘lgan fidoyi muhabbati, ularning birgalikda kechirgan sarguzashtlari va o‘rtalaridagi murakkabliklarga to‘la munosabatlar, oshiq-maʼshuqning iztiroblari tasvirlangan. Yigit sevgilisining roziligini ololmay sarson, ammo uning ozorlaridan huzur topadi. Tuzalmas xastalikka yo‘liqqan, o‘z umrining kam qolganini ham biladigan Lilianning esa ichki olami butunlay mavhum, qorong‘i. Qiz kasallikka qasdma-qasd hayotdan zavq olib yashashga, oz bo‘lsa-da, undan o‘z ulushini olib ulgurishga intiladi-yu, biroq imkoniyati cheklangan. Qismat esa ularga butunlay boshqa narsani ravo ko‘radi.
978-9943-9082-7-7
240
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/bobur-ismoilov-tadbirkor-bulaman
Bobir Ismoilov: Tadbirkor bo‘laman
Nega baʼzi odamlar butun umr moddiy qiyinchiliklar ichida yashaydiyu baʼzilarning omadi chopaveradi? Nima, ular qumni pulga aylantirish xususiyatiga egami yoki qayerdandir xazina topib olganmi? Aslo unday emas. Muvaffaqiyatli odamlarning siri boshqalardan farqli, nostandart fikrlashida, hech kim eʼtibor qilmagan joyda imkoniyatlar eshigini ko‘rishida, o‘z ustida tinimsiz ishlashida va bir daqiqa ham ilm olishdan to‘xtamasligidadir. Qo‘lingizdagi kitob nazariy va amaliy ilmlarni uyg‘unlashtirgan murakkab faoliyat turi tadbirkorlik haqida. Uni mutolaa qilib har bir odam tadbirkor bo‘lishi mumkinligini anglab yetasiz. Kitob tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-8517-9-5
160
null
https://asaxiy.uz/uz/product/zhavlon-zhovliev-onam-va-koinot-2
Javlon Jovliyev: Onam va koinot
Javlon Jovliyev yuragida katta dardlari bor yozuvchi jiddiy mavzularda kuyunib yozadigan adiblardan. Qo‘lingizdagi kitobga uning turli yillarda yozgan hikoyalari kiritildi. Kitob mutolaasi davomida adibning orzu-istaklarini anglaganday bo‘lasiz: u odam bolasining asl inson, manqurtlikdan qutulib, fikrlaydigan, yurt va millat uchun qayg‘uradigan shaxs bo‘lishini istaydi, qo‘rqoqlik, ikki- yuzlamachilik, manfaatparastlik va xoinlikdan yiroq go‘zal jamiyatgina taraqqiyotga erisha olajagini uqtirmoqchi bo‘ladi; har bir odam fikriy qullik, maʼnaviy qo‘rqoqlikdan qutulib, asl Komillikka yetishishi lozimligini taʼkidlaydi. Shundagina dunyoda jaholat urchimaydi, bashariyat tanazzuliga sabab bo‘ladigan turli inqirozlar yuz bermaydi, qirg‘inbarot urushlar bo‘lmaydi. Kutubxonangiz yangi kitob bilan boyiganiga hissa qo‘shayotganimizdan mamnun bo‘lgan xolda Sizga maroqli mutolaa tilaymiz, aziz kitobxon!
978-9943-85-21-2-9
272
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hakan-uzkan-voz-kechilmas-ayol-bulish
Hakan O'zkan: Voz kechilmas ayol bo'lish
Voz kechilmas ayolning munosabatlari doimo oqilonalikka asoslanadi va bunday munosabatlar doirasida rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. Iltifotlidir, bo‘lib o‘tganlarni egmay, bukmay boricha so‘zlaydi. O‘rganishga va o‘zini rivojlantirishga qarshi emasligi, aksincha buni bajonidil qabul qila olish tabiati tufayli qarshisidagi odamni diqqat bilan tinglaydi. Ha, mana shu sabablar tufayli voz kechilmas ayollar o‘zaro munosabatlarda doimo muvaffaqiyatga erishadi. Voz kechilmas ayol o‘zidagi jamiki kuch-quvvatini, energiyani va salohiyatni o‘z maqsadiga erishish yo‘lida boshqalardan olmaydi, balki o‘z isteʼdodidan foydalanishdan, o‘z qoida va mezonlarini qatʼiy himoyalashidan, maqsadlariga erishish yo‘lidagi qatʼiyatidan oladi. Atrofidagi insonlardan ko‘rgan hurmat-eʼtiboriga esa o‘ziga xos ayol ekanligi, o‘zining kim ekanligini, o‘zini qanday tutish kerakligini aniq-ravshan bilishi, gapirganda odamlarni o‘ziga maftun etuvchi ovozi va muammolarga tezda yechim topadigan amaliy aql-zakovati orqali erishadi. Voz kechilmas ayolning ko‘zga ko‘ringan, eng ajoyib fazilatlardan biri shuki, u nafaqat nima istayotganini biladi, balki o‘z istagiga erishish uchun kuch, salohiyat va aqliy qobiliyatga ham egadir. Tarjimonlar: Muqaddas Abduvosilova, Ergashboy Matyoqubov
978-9943-8436-0-8
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hazh-va-umra-kullanmasi-ibodat-duolar-hukmlar
Abbos Ahmad, Ibrohim Nurulloh: Haj va Umra qo'llanmasi (Ibodat, duolar, hukmlar)
Haj Islom dinining besh arkonidan biri, sevimli ibodatlardandir. Unga alohida eʼtibor berib, xolisona ado etganlarga Alloh taolo tomonidan behisob ajru savoblar vaʼda qilingan. Qo‘lingizdagi risolada haj ibodatini ado etish davomida o‘qilishi tavsiya etilgan duolar o‘rin olgan. Ularni o‘qish ibodatning yana-da go‘zal va mukammal bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Taʼkidlash lozimki, aynan shu duolarni o‘qish majburiy emas, bilmaganlar toqatlari yetgani qadar duo qilaveradilar. Duolaringizda qo‘lingizdagi kitobni sizga taqdim qiluvchilarni ham unutmasligingizni so‘rab qolamiz!
978-9943-8012-2-6
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/syu-zhonson-meni-kuchlirok-sev-bir-umrlik-sevgiga-doir-7-suhbat
Syu Jonson: Meni kuchliroq sev. Bir umrlik sevgiga doir 7 suhbat
Buzilgan munosabatlarni saqlab qolish mumkinmi? Ha, agar “yaqinlik”ka bo‘lgan ehtiyojini tan olsa, birini tanqid qilishga, boshqasini esa himoyalanish va uzoqlashishga majburlayotgan "ahmoqona raqs"ni to‘xtatsa va juftining hissiyotlarini tushunishga harakat qilsa. Meni kuchliroq sev - bu: hissiy yo‘naltirilgan terapiyaning mashhur tamoyillari; amaliyotdan xulosalar; shaxsiy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar. Sevgi nima? U qanday yaraladi? Qayerga ketadi? Uzoq yillar davomida uni saqlab qolish mumkinmi? Syu Jonson zamonaviy mashhur psixolog, oilaviy psixoterapevt aytadiki, biz xuddi havoga ehtiyojimiz bo‘lgani kabi, yaqinlikka ham shunday intilamiz. Uyg‘un munosabatlar bizni stressdan himoya qiladi va hayotimizdagi qiyinchiliklar hamda qayg‘ularni yengib o‘tishga yordam beradi. Bu dono, chuqur maʼnoli va judayam foydali bo‘lgan kitob juftliklarga qalban yaqinlik va xavfsiz hissiy bog‘liqlikka erishishda yordam beradi.
978-9943-7379-4-5
384
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdurasul-abdullaev-dakika-kadri-1-kitob
Abdurasul Abdullayev: Daqiqa qadri (1-kitob)
Inson aqli va tafakkuri jamiki muammolarni yechishga qodir. Bizning butun qadr-qimmatimiz, kuch-qudratimiz bilimdonlikdadir. Aynan shu fikrlarimiz bizni kamolotga eltuvchi yo‘l bo‘lishi lozim. “Zakovat” intellektual o‘yinining asl maqsadi ham shu. Shu bois ushbu ko‘rsatuv teletomoshabinlar diqqat-eʼtiborini qozonib kelmoqda. Teleboshlovchi Abdurasul Abdullayevning muallifligi ostida nashr qilingan "DAQIQA QADRI" nomli ushbu kitob 1001 savol va uning 1001 javobidan iborat. Shuningdek, kitobda “Zakovat” intellektual o‘yini haqida qiziqarli maʼlumotlar keltirilgan. Kitob taʼlim muassasalarida “Zakovat” o‘yinlarini tashkil etishda, yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirishida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Yurtdoshlarimizning qiziqarli maktublari, ijod namunalari, savol va javoblaridan iborat ushbu kitob barchangizga manzur bo‘ladi. degan umiddamiz. Kitob keng ommaga mo‘ljallangan.
978-9943-5534-4-6
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/fyodor-dostoevskij-hurlangan-va-hakoratlanganlar
Fyodor Dostoyevskiy: Xo‘rlangan va haqoratlanganlar (Yosh Kuch NMIU)
Ушбу китоб рус адиби Фёдор Достоевский қаламига мансуб "Униженые и оскорбленные" романининг Ҳабиба Зиёхонова томонидан "Хўрланганлар ва ҳақоратланганлар" номи остида таржима қилинган кўринишидир. Шуни билингки, бадиий асарни таржима қилиш (айниқса, туркий тилларга мансуб бўлмаган тилдан таржима қилиш) шу асарни қайтадан ёзиш билан тенг қийинчиликка эга. Шу тилдаги ибораларни, сўзларни, жумлаларни ёки мақол-маталларни маромига етказиб таржима қилиш жуда мушкул иш ҳисобланади. Ўзбек китобхонларига тақдим этилаётган бу роман улуғ рус ёзувчиси Ф.М.Достоевскийнинг энг йирик асарларидан бири. Адиб рус подшоларининг пойтахти  бўлган Петербург шаҳрининг энг қашшоқ , бахтсиз фуқаролари ҳаётини тасвирлайди, уларнинг олийжаноблигини, золим княз Валковский каби катта ер эгаларининг бераҳм, очкўзлигини чуқур бадиий воситалар билан кўрсатади. Тўғри асар тили бирмунча қийинроқ, тушунилиши эса осон эмас. Лекин адибнинг ҳам маҳорати айнан шунда кўринади: асарни охиригача ўқисангизгина, адибнинг нима демоқчи эканлигини тушунасиз. Чунки олдинги саҳифаларда сизни нима кутаётганлигини айта олмайсиз, ҳар бир саҳифада, албатта кутилмаган, ҳолатга дуч келасиз... Ушбу китоб илк бор ўзбек тилида 1966 йилда чоп этилган. Бу даврдаги нашрида айрим сўз ва жумлаларнинг маъноси изоҳланмаган ёки русча сўзлар, ёки байналмилал жумлалар орқали берилган эди. Бу ҳолат билан биз таржимонларни ёки ўша давр нашриёти ходимларини камситиш фикридан йироқмиз. Фақат ҳозирги давр китобхонларининг талаб ва илтимосларига асосан асар таржимасига қўшимча иқтибослар киритилди ва асар ҳозирги ўзбек адабий тили қоидалари асосида қайта таҳририланди.
null
480
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/mirach-chagri-oktosh-seni-sevaman-dema-menga-turmushga-chik
Mirach Chag'ri Oqtosh: "Seni sevaman" dema, menga turmushga chiq
Ushbu safarga chiqishni istashimiz yoki istamasligimizni bizdan hech kim so‘ramadi. Bundan tashqari, ushbu yo‘lni so‘nggi bekatiga qadar loyiq inson bilan bosib o‘tishimiz darkor. Safarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan biror ish qilsang, o‘zingga ham, safardagi boshqa insonlarga ham xiyonat qilgan bo‘lasan. Shunday ekan, na o‘zingga, na boshqa insonlarga zarar berma. Zarar yetkazishni hatto aqlingga ham keltirma. Bir kun kelib, quyosh hayotning bir tarafidan yuzingga nur sochadi. Bir kun kelib esa, boshqa tomonidan yomg‘ir tomchilari bir-biriga g‘arq bo‘layotganini kuzatasan. Sen hayotning quyoshli tomonida sayr qilar ekansan, yomg‘irli tomonida sodir bo‘layotgan baʼzi narsalardan bebahra qolishing mumkin. Hayot balki shundan iboratdir, ehtimol, butunlay boshqachadir. Buni bila olmaymiz; ammo ehtimollarni istisno qilmaslik lozim. Yomg‘ir va tuyg‘ulardan qochmaslik kerak. Safar davomida qarshingdan to‘siqlar chiqadi va balki ushbu to‘siqlardan tezlik bilan o‘tganingda silkinib ketarsan; ammo muhimi bu emas. Yakuni qanday bo‘lishini bilgan safaringda to‘siqlar seni qo‘rquvga solmasin. Silkinishlar seni yiqita olmaydi. Bu qalbing ko‘plab silkinishlarni yengib o‘tgan. Har bir insonni farqli va o‘zgacha tarzda shakllantirgan safari belgilab beradi. Ushbu safarda qayerga borishi emas, kim bilan borishi muhim. Yuragi kim bilan tez ursa, hislarini unga yo‘naltirishi darkor. Hayotning yomg‘irli tomoniga duch kelsang ham, aslida quyoshli tomonida hech narsa farqli emas. Har bir yomg‘irli oqshomning quyoshli tonggi bo‘lgani kabi, har bir quyoshli kunning ham yomg‘irli oqshomi bor. Shu bois, muhim bo‘lgan yagona narsa - yo‘ldagi hamrohingdir... Uni tanlayotganingda eʼtiborli bo‘l. Hayotning ikki tarafiga ham senla nazar sola oladigan jasorati va tuyg‘ulari bo‘lsin... Yo‘lga chiqqach, har safar oyoqqa tosh tekkanida, joni avvalo o‘zi uchun emas, yonidagi yo‘ldoshi uchun og‘rishi kerak. Shunday og‘risinki, yo‘llarning boshqa taraflari ham ochilsin. Hatto toshlar va to‘siqlardan iborat bo‘lsa xam. Endi esa tabassum qil. Qahva damlab, o‘rindiqqa suyanib ol. Deraza ortidagi yomg‘irning tomchilari bir-biriga g‘arq bo‘layotgan ondan eʼtiboran qanday shakllarga kirayotganini men bilan kuzat.
978-9943-6748-8-2
232
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/agata-kristi-tilsimli-shahmat
Agata Kristi: Tilsimli shaxmat
Ушбу китобга детектив жанри қироличаси номини олган ёзувчи Агата Кристининг энг қизиқарли, сирлилиги билан китобхон эътиборини тортади. Ёзувчининг асарлари китобхонни воқеаларнинг сирли жумбоққа бойлиги билан ўзига тезда жалб қилади. Унинг изқувар қаҳрамонлари фикри таниқлиги, жиноятларни фош қилишда яқиндан иштирок этиши ажралиб туради. Айниқса, қўнғиз мўйлов Пуаронинг жиноятларни фош этиши ёки Марпл хонимнинг жиноятларни очишда масаланинг ечимида ўзининг аниқ хулосасини бериши кишини ҳайратга солади. Сиз, азиз ўқувчи, китобни ўқиш жараёнида бунга амин бўласиз.
978-9943-27-948-3
160
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/shukrullo-kafansiz
Shukrullo: Kafansiz ko‘milganlar (qattiq muqova)
Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir degan yozuvchilarni eshitganmisiz? Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromovdek buyuk rahbarlarnichi? Ularni kim otgan, nega bilasizmi? O‘ttizinchi, elliginchi yillar daxshatinichi? Shukrulloning ushbu asari shu mavzularni qamrab olgan hisoblanadi.
978-9943-03-851-1
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-hadis-va-haet
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hadis va hayot
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Hadis va Hayot» deb nomlangan kitoblarining to‘plami. (34 juz, 32 jild) «Hadis va Hayot» silsilasi mashhur alloma, Qohiradagi “al-Azhar” dorilfununi mudarrislaridan biri shayx Mansura Ali Nosif hazratlarining «At-toj al-jomeʼ lil-usul fii ahadiysur Rasul» («Rasul sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan asllarni jam qiluvchi toj») deb nomlangan ulkan asarlariga yozilgan komil va shomil sharhlardan iborat to‘plamdir. «Hadis va Hayot» silsilasining dastlabki juzlari chop etilishi bilan kitobsevarlarning sevimli asariga aylanib, ko‘plab muxlislarning javonlaridan, mo‘min-musulmonlarning qalbidan chuqur va munosib o‘rin oldi. «Hadis va Hayot» silsilasidagi kitoblar nomi 1-juz Muqaddima 2-juz Islom va Iymon kitobi 3-juz Niyat, Ixlos va Ilm kitobi 4-juz Poklik kitobi 5-juz Namoz kitobi-1 6-juz Namoz kitobi-2 7-juz Namoz kitobi-3 8-juz Zakot kitobi 9-juz Ro‘za kitobi 10-juz Haj va Umra kitobi 11-juz Savdo, Ziroat va Vaqf kitobi 12-juz Faroiz va Vasiyat kitobi 13-juz Nikoh, Taloq va Idda kitobi 14/15-juzlar Qasamlar, nazrlar va ov kitobi 16/17-juzlar Taom, sharob va libos kitobi 18-juz Tib va Dam kitobi 19-juz Olamlarga raxmat payg‘ambar 20-juz Anbiyolar qissasi 21-juz Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo 22-juz Usmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo 23-juz Jannat bashorat berilganlar va ahli bayt 24-juz Peshqadamlar roziyallohu anhum 25-juz Nubuvvat xonadoni xonimlari 26-juz Ansorlar roziyallohu anhum 27-juz Axyorlar va Diyorlar fazli 28-juz Tafsir kitobi 29-juz Tafsir, Tush va Masallar kitobi. 30-juz Qurʼon fazilatlari kitobi 34-juz Yaxshilik va Axloq kitobi 35-juz Duolar, Zikrlar, Istig‘for va Tavba 36-juz Zuhd va Raqoiqlar kitobi. 37-juz Adab kitobi.
978-9943-7035-2-0
null
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/asaxiy-books-top-10-badiii-kitoblar-tuplami
“Asaxiy Books” Top 10 Badiiy kitoblar to'plami
“Asaxiy Books” dan sovg‘a! Badiiy mavzudagi kitoblar to‘plamini chegirma narxda xarid qiling, biz bo‘lsa buyurtmani O‘zbekistonning xohlagan hududiga yetkazamiz. Bizning to‘plam bilan yaqinlaringizga quvonch ulashing! 1. Jorj Oruell: 1984 2. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º 3. Svetlana Aleksiyevich: Chernobil tavallosi 4. Teodor Drayzer: Sarmoyador 5. Den Braun: Ibtido 6. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma 7. Jorj Oruell: Molxona 8. Oldos Haksli: Ajib yangi dunyo 9. Den Braun: Raqamli qalʼa 10. Jerom Selinjer: Javdarzordagi xaloskor To‘plam narxi: 379.000 so‘m🤩
null
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/zhoanna-ketlin-rouling-garri-potter-va-olov-kuboki
Joanna Ketlin Rouling: Garri Potter va olov kuboki
"Гарри Поттер" романлар туркумининг ушбу қисмида бу йил "Хогварс" да Уч сеҳргар беллашуви бўлиб ўтади. Сеҳргарлар оламида ниҳоятда қизиқарли саналадиган ушбу тадбирда Европадаги учта йирик мактаб: "Хогварс", "Белстек" ва "Дурмштранг" ўқувчилари орасидан саралаб олинган чемпионликка даъвогарлар иштирок этади. Бу беллашувнинг оқибатлари ҳақида эса асарни ўқиш давомида билиб оласиз.
978-9943-5367-5-3
720
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zahiriddin-mansur-toshni-teshgan-tomchilar
Zahiriddin Mansur: Toshni teshgan tomchilar
Инсон умри уч босқичдан - ўтмиш, ҳозир ва келажакдан иборат. Нафас олаётган ҳар бир инсон ўз умрининг иккинчи босқичидадир. Агар бизни келажагимиз қизиқтирса, сўнг натижа нима бўлишидан бефарқ бўлмасак ушбу китобни ўқинг. Маънавий олам боғига хуш келибсиз.
978-9943-6606-4-9
296
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-kodirij-mehrobdan-chayon
Abdulla Qodiriy: Mehrobdan Chayon (Yangi Asr Avlodi)
Ўзбек романчилиги ва ҳаётий ҳикоялар жанрларининг асосчиси, буюк устозимиз-Абдулла Қодирий (1894-1938-йиллар) ХХ аср ўзбек адабиётининг буюк дарғаларидан бири бўлган. Ушбу роман адабиётимиз бестселлери ҳисобланади.
978-9943-27-663-5
336
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-muhammad-asharai-mubashshara
Ahmad Muhammad: Asharai Mubashshara
я
978-9943-6617-5-2
444
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-ona-lochin-vidosi-kattik-mukova
Pirimqul Qodirov: Ona lochin vidosi (qattiq muqova)
Romanning “Jahon adabiyoti” jurnalida bosilgan birinchi qismi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yangidan yozilgan ikkinchi qismida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiydek buyuk siymolarga mehrini bergan fidoiy ona – Gavharshod begimning fojiaviy taqdiri tasvirlanadi. Maʼrifatli ona umrining oxirigacha adolat uchun jasorat bilan kurashadi. Isteʼdodli yoshlarni tarix sahnasiga chiqarishga ko‘maklashadi.
978-9943-20-541-3
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/amid-olimzhon-tanlangan-asarlar
Hamid Olimjon: Tanlangan asarlar
Hamid Olimjon(1909-1944) o'zbek xalqining sevimli shoirlaridan biri bo'lib, ulug' ustozlari va tengdoshlaridan she'r va dostonlarining ravonligi, quymaligi, jo'shqinligi, go'zal insoniy tuyg'u va kechinmalarning mohirona ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Uning eng yaxshi she'r va dostonlari o'zbek adabiyotining oltin xazinasidan o'rin olgan. Ulug' shoir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan nashr etilayotgan ushbu kitob Hamid Olimjon ijodi muhlislariga munosib sovg'a bo'ladi, deb umid qilamiz.
973-9943-5989-2-8
384
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/abdurashid-nurmurodov-on-hidi
Abdurashid Nurmurodov: Qon hidi
Отаси ва укасининг урушдан ногирон бўлиб қайтгани, сўнг онасининг пахта майдонига сепилган заҳарли доридан оқ қон касалига чалиниб вафот этиши юрагида улкан бўшлиқ пайдо қилган инсон бор дардини, изтиробини қоғозга тўкди. Қаҳрамонлари унга оғриқли кунларида дуч келди, бир-бирларининг яхшию ёмон кунида ҳамнафас, ҳамдард бўлди. Сўнг­гида эса... уларнинг ҳаммасини йўқотди. Афғон тупроғида жон олиб жон берган минглаб ватан ўғлонларининг, аччиқ қисмат эгаларининг тақдири ҳақида битилган китоб – “Қон ҳиди”  романи шу тарзда дунёга келди. Елкасига шараф юкини ортиб жангга киргану сўнггида ўзларининг кераксиз буюмдек ташландиқ кимсаларга айланганини тушунганида минг афсус... улар анча улғайиб қолган эдилар. Аммо яшаш керак эди... Қандай қилиб?! Юракда шунчалар залворли юкни кўтариб яшаб бўладими? Муаллиф асари орқали кўпроқ жанг саҳналарига эмас, аксинча ўзи каби бахтсиз, ўзи каби ёлғиз тақдирдошларининг ички оламига, руҳиятига эътибор қаратди.  Китобга эса ушбу сўзлар билан якун ясади: “Сўнгги пайтларда “Ҳаётнинг мазмунсиз йўлида “яшаш” номли касаллик билан умргузаронлик қилишдан не фойда”, деган ўй бот-бот хаёлимга келади. Лекин яшаяпман! Аммо бир кун келиб улар билан учрашишим тайинлигини эслаб, кўнгилда ёруғ умидлар пайдо бўлади. Ўша “қайғусиз кун”да учрашгунча, мендан олдин кетган дўстларим!..”
null
400
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/saidmurod-davlatov-mening-kuchli-tomonim
Saidmurod Davlatov: Mening kuchli tomonim
Agar kishi o‘zining haqiqiy maqomiga sazovor bo‘la olsa, albatta, muvaffaqiyatga erishadi. Shon-shuhrat, boylik, muvaffaqiyat ikki kulini qovushtirib, kutib o‘tirgan insonga kelmaydi. O‘z maqsadlaringizga erishish uchun harakat qilishingiz kerak, qiyinchiliklarni yengishingiz va birinchi navbatda, o‘z-o‘zingizni rivojlantirish bilan shug‘ullanishingiz zarur. Biznes-murabbiy va moliyaviy fikrlash bo‘yicha bestsellerlar muallifi Saidmurod Davlatov o‘zlikni anglash va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalana olishni yaxshi biladi. Mazkur kitobda u hayotda munosib o‘rin egallash uchun kerak bo‘ladigan barcha zaruriy tamoyillar haqida bayon qiladi.
978-9943-8089-3-5
280
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-homid-gazzolii-tavhid-risolasi
Abu Homid G‘azzoliy: Tavhid risolasi
"Hujjat-ul islom" Imom G‘azzoliyning ushbu risolasi iymon asoslari, tavhidning mazmun-mohiyati haqidadir. Risolada har bir musulmon bilib, amal qilishi lozim bo‘lgan ilm va amallar Qurʼon oyatlari, hadisi shariflar asosida sodda uslubda bayon qilingan. Iymon nuri dilingizni, yo‘lingizni va uyingizni hamisha yoritib tursin, aziz o‘quvchi! Tarjimon Rohila Ro‘zmanova
978-9943-8225-1-1
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sheniz-yuzhel-baht-allohga-ishonmokdir-yumshok-mukova
Sheniz Yujel: Baxt - Allohga ishonmoqdir (yumshoq muqova)
Inson o‘ziga berilgan neʼmatlar uchun har dam, har on shukrona keltirib yashashi kerak. Aslida har bir inson baxtlidir, biroq oramizda o‘z baxtini anglolmay yashayotganlar ham borligi hisobiga bu haqiqat har doim anglashilavermaydi. Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun orzu, bugunimiz esa Robbimizdan bizga bir inʼomdir. Nega bu inʼomdan go‘zal tarzda foydalanmasligimiz kerak? Besh daqiqa keyin bu hayotda bormizmi-yo‘qmizmi - bilmaymiz, shunday ekan, hoziroq - shu lahzada baxtni his qilishimiz joiz emasmi? Hayotimizda ro‘y bergan og‘riqli voqealarni har gal eslar ekanmiz, ularni yana yashab o‘tgan kabi tushkunlikka tushamiz, vujudimiz kimyosi o‘zgaradi. Bu holat bizdan sog‘ligimizni tortib oladi. Demak, ayni damlarda yashaylik, o‘tmish g‘amlari yodi bilan emas. Shukr, sabr, kengfeʼllik, xotirjamlik va ibrat bilan umr kechiraylik!
978-9943-20-921-3
320
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/robin-sharma-oz-ferrarisini-sotgan-rohib-yumshok-mukova
Robin Sharma: O'z "ferrari"sini sotgan rohib (yumshoq muqova)
Kanadalik eng mashhur yozuvchilardan biri. Shimoliy Amerikada liderlik, motivatsiya va shaxsni rivojlantirish bo‘yicha malakali mutaxassis. Shu kunga qadar uning asarlari 6 milliondan ko‘proq nusxada chop etilgan. Sharmaning "O‘z Ferrarisini sotgan rohib", "O‘lsang kim yig‘laydi", "Titulsiz lider", "200 Hayot darsi" kabi kitoblari o‘quvchilari qalbidan chuqur joy olgan, ularni ruhlantirgan va yashashga bo‘lgan ishtiyoqini oshirgan. Kitobxonga hayotining go‘zal lahzalaridan bahramand bo‘lish, har bir soniyada zavq olib yashashga chaqiradi. Qo‘lingizdagi kitob ham yozuvchining navbatdagi bestseller asari hisoblanadi, dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan va 18 dan ziyod davlatda sevib o‘qiladi. Siz hayotda o‘z maqsadingizdan chalg‘iyapsizmi? Yoki sizga biror madad kerakdir? Unda bu kitob aynan siz uchun, aziz kitobxon!
978-9943-7788-9-4
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/erih-mariya-remark-zhannatdagi-soyalar
Erix Mariya Remark: Jannatdagi soyalar
Ular Amerika deya atalmish jannatga soya kabi kirdilar. Ikkinchi jahon urushi olovida yonib qovurilgan odamlar... O‘tmishini yo‘qotib, Yevropaning turli burchaklaridan quvilgan qochqinlar... Asablari tarang go‘zallik timsoli va sharobxo‘r yozuvchi. Telba aktrisa hamda ajoyib jarroh. Qarshilikning umidsiz qahramoni va o‘tkir optimistik biznesmen. Bunday turli toifadagi insonlarni nima birlashtirib turgan bo‘lishi mumkin? Tuturiqsiz muhojirona hayotning mo‘rtligimi yoki bir kun kelib uyga qaytishning muqaddas umidi? Erix Mariya Remarkning o‘zbek tiliga ilk marotaba tarjima qilingan «Jannatdagi soyalar» kitobi mutolaasi davomida yuqoridagi savolga birgalikda javob topamiz. Rus tilidan Mavjuda Ahmedova tarjimasi
978-9943-20-965-7
544
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/kurbon-said-ali-va-nino
Qurbon Said: Ali va Nino
Qurbon Said shaxsi uning kitoblari kabi jumboqlarga to‘la. Ushbu taxallus ostida yashiringan muallifning asl ismi sharifi hozirgacha bahs-munozaralarni keltirib chiqaradi. "Ali va Nino" romani tarixi ham sirli: 1937 yilda ilk bor chop etilgan mazkur kitob 1970 yilgacha butkul unutilgandi. Birvarakayiga Amerika bilan Angliyada bosib chiqarilgandan keyin uning qahramonlari kitob do‘konlari peshtaxtalariga g‘olibona tarzda qaytib, yigirmanchi asrning eng mashhur sevishganlari sifatida nom qozondilar. Bugungi kunda ushbu roman o‘ttiz uch tilga tarjima qilingan, asar asosida filmlar suratga olingan. Batumida esa uning qahramonlariga atab haykal o‘rnatilgan. Tarixning dolg‘ali voqealari asosida musulmon yigit Ali bilan nasroniy qiz Ninoning muhabbati haqidagi qissa hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi.
978-9943-8267-0-0
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-oiz-karnij-ramazon-hikmatlari
Doktor Oiz Qarniy: Ramazon hikmatlari
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмитанинг 2153-сонли хулосаси асосида нашрга тайёрланди. Арабчадан Заҳириддин Мансур таржимаси.
978-9943-6909-2-9
248
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-ajtmatov-va-muhtor-shohonov-chukkida-kolgan-ovchining-ohi-zori
Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov: Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori
Мана азиз китобхон, ниҳоят сиз соғинган ва анчадан буён орзиқиб кутаётган китоб нашрдан чиқди. Соғинчлар, интизор кутишлар бежизга эмас. Қардош қирғиз ва қозоқ адабиётининг икки буюк устуни - Чингиз Айтматов, Мухтор Шохоновнинг суҳбатлари асосида тартиб берилган мазкур асар ўзини бутун инсоният тақдирига дахлдор деб билган Ўқувчи соғинчи учун арзирли туҳфа. Китобда ўтган аждодлар руҳига ҳурмат, улар қолдириб кетган маънавий мерос ва қадриятлар олдидаги масъулият, келажак авлод тақдири, одамзотнинг табиат неъматларига муносабати, маънавий комиллик, тил ва миллат уйғунлиги, Ватан қадри, муҳаббатнинг инсон тақдиридаги ўрни масалалари кўндаланг қўйилади. Ўқувчи китобни ўқиркан, суҳбатдошлар қалбидаги оғриқни ўзида ҳам ҳис қилади. Адабиётга шунчаки кириб келмаган, тили, дини ва миллатидан қатъи назар ОДАМЗОТ тақдири, келажаги учун қайғурган, келгуси авлод фарзандларини фақат ва фақат бахтли кўрмоқни истаган ва истакларини мазкур асар орқали ифодалаган Айтматовдек, Шохоновдек истеъдод эгалари бизни ҳамиша уйғоқ юрак, уйғоқ руҳ билан яшашга чорлайди. Сўнгги маротаба 90 йилларда чоп этилган Чингиз Айтматов ва Мухтор Шохоновнинг «Чўққида қолган овчининг оҳи зори» китоби «Забаржад Медиа» нашриёти томонидан қайта чоп этилмоқда.
null
480
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/sema-marashli-turmush-urtogimning-tengi-juk
Sema Marashli: Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q
Bugungi kunga qadar oila, oilaviy munosabatlar to‘g‘risida juda ko‘p yozilgan. Kimdir oilani muqaddas deya ko‘klarga ko‘targan bo‘lsa, yana kimdir muhabbatni o‘ldiradi deya yerga urgan, boshqalar esa oila haqida ko‘pdan-ko‘p nasihatlar qilgan. Men ham oila haqida hikoya yozishni istadim. «Nega hikoya?» deb so‘raydigan bo‘lsangiz, shunday izoh berishim mumkin: men hikoyalarning qudratiga ishonaman. Hikoyalar tuyg‘ularni tiniqlashtirishi, esda qoladigan qilishi mumkin. Hayotiy voqealar asosida yozilgan hikoyalarimda ko‘pchilik o‘z hayotiga oid nimadir topishiga ishonaman. Yozganlarim o‘zlarining dardlari va choralari bilan oilaviy hayotda baxtiyorlik sanʼatiga hissa qo‘shadigan hikoyalar bo‘lishi uchun urindim. Bu kitobdagi hikoyalarda moddiy muammolar, fidokorliklar yoki yirik hodisalar yo‘q. Yong‘in emas, yong‘inga sabab bo‘ladigan uchqunlar haqida hikoya yozdim. Gul emas, gulni undiradigan suv to‘g‘risida hikoya yozdim. Sizga manzur bo‘ladi, degan umiddaman. Hikoyalarimni yozish jarayonida juda ko‘p insonlar bilan uchrashdim. Samimiyatlari, tuyg‘ulari va boshdan kechirganlarini men bilan o‘rtoqlashgan hikoyalarimning yashirin qahramonlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. © Sema Marashli
978-9943-20-809-4
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/paulo-koelo-portobello-zhodugari-yk
Paulo Koelo: Portobello jodugari (yumshoq muqova)
Garchi muhabbat farzandi bo‘lsa-da, u ota-onasidan yiroqda katta bo‘ldi. To‘kis oila, asilzodalar muhiti, yaxshi maktab... Bir farzand uchun haqiqiy ota-ona nima qilishi lozim bo‘lsa, lo‘li qiz — Shirinni boqib olgan oila ham unga keragicha mehr bilan munosabatda bo‘lishdi. Ulg‘aygach, Shirinning asli nasliga qanchalik taʼsir qildi? Umid bilan voyaga yetkazgan Samira Xalilga farzandining asrandi ekanligini aytish nima uchun kerak bo‘ldi? Afina ismi Shirin hayotiga qanchalik daxldor? Jodugarlik — qahramonning ichki holatimi yoki xohishi? Uning sirli o‘limi ortida yana qanday sinoatlar yashirin? Mutolaa davomida o‘quvchi juda ko‘p savollar qurshovida qoladi, javoblar ortidan yana javoblar kelib chiqadi, o‘zini anglamoqchi bo‘lgan ayolning hayot va xayol haqidagi haqiqatlari kitobxon ko‘z o‘ngida bor bo‘y-bastini ko‘rsatadi...
978-9943-5768-9-6
272
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/murod-kalonhon-onasi-upmagan-qiz
Murod Kalonxon: Onasi o‘pmagan qiz
Ҳаёт биз билган ва билмаган ҳодисотлар, синоатларга бой. Улар турфа тақдирлар ҳақида сўзлайди, хулоса чиқаришга ундайди. Ҳукмингизга ҳавола қилинаётган ушбу ҳикояларнинг барчаси содир этилган энг оғир жиноятлар асосида ёзилган. Ҳаётий воқеалар жамланмасидан иборат ушбу тўплам ўқувчиларга манзур бўлади деган умиддамиз.
978-9943-4667-6-7
180
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/tkir-oshimov-sevgi-kissalari-oki
O‘tkir Hoshimov: Sevgi qissalari
Sevgi. Muhabbat... Insoniyat tarixi qancha uzoq bo‘lsa, Muabbat deb atalmish tuy0u ham shunchalik qadimiydir. Zero inson bor ekan, sevgi xam yashayveradi. Shoir va yozuvchilar. rassom va bastakorlar asrlar davomida bu mavzuda bir-biridan go‘zal asarlar yaratgani bejiz emas.Elimizning atoqli va ardoqli adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov ham muhabbat haqida talay hikoya, qissa, romanlar yozgan va ular kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilib kelinmoqda. Bu asarlarda sevgining sehr va quvonchlari, iztirob va armonlari g‘oyat hayotiy, taʼsirchan aks etgan.Ushbu kitobga adibimizning eng hayajonli asarlari jamlangan.
978-9943-22-233-5
296
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/saidmurod-davlatov-men-va-pul-2
Saidmurod Davlatov: Men va pul 2
Ushbu kitob Saidmurod Davlatovning mashhur bestselleri "Men va pul. Birinchi qism" kitobining davomi hisoblanadi. Ikkinchi kitobning asosiy g‘oyasi- strategik rejalashtirish, pul oqimini tashkil etish, kapitalni ko‘paytirish orqali mustahkam poydevor yaratib, moliyaviy erkinlikka yo‘l topishdan iborat. Unda biznes yuritishning ko‘plab o‘ziga xos jihatlari tasvirlangan, shuningdek muallif tajribasiga asoslangan amaliy maslahatlar berilgan. Kitob o‘z biznesini endigina boshlayotganlar uchun xam, biznes bilan shug‘ullanayotganlar uchun ham birdek foydali bo‘ladi. U biznesni eng noqulay sharoitlarda ham saqlab qolish va uni rivojlantirish bo‘yicha bilimlarni taqdim etadi.
978-9943-8090-3-1
360
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/sadritdinov-alovuddin-salom-men-ofzhonman-alifbo-mahallasiga-sayohat
Sadritdinov Alovuddin Salom, men Qofjonman! "Alifbo" mahallasiga sayohat
Kitobchada bolalarga arab alifbosini o'rganishlari qiziqarli bo'lishi uchun harflarga oid kichik hiyokalar berilgan. Har bir  harfning talaffuzi bilan birga uning yozilishini ko'rsatib o'tilgan. Berilgan rasmlar bolalarning harflarni oson eslab qolishlariga ko'maklashsa? hikoyachalar ularning tasavvurlarini boyitadi, kreativ frikrlashga o'rgatadi.
978-9943-23-157-3
40
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/gunohi-kabiralar-va-ularning-muolazhasi-birinchi-kitob
Gunohi kabiralar va ularning muolajasi (Birinchi kitob)
Qo‘lingizdagi ushbu kitob orqali gunohi kabiralar haqida maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Kitobda gunohi kabira va gunohi sag‘iralar farqi, gunohi kabiralarga bag‘ishlangan kitoblar hamda gunohi kabiralarning muolajasi ham baholi qudrat bayon etildi. Alloh taolo barchamizni ikki dunyo saodatiga erishtirsin, o‘qiganlarimizga amal qilishni, O‘zining roziligiga noil bo‘lishimizni nasib etsin, omiyn. Nashrga tayyorlovchi: Muhammadbobur Muhiddinov
978-9943-7927-4-6
384
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abror-akbarov-my-first-english-lessons-uzb
Abror Akbarov: My first English lessons (o‘zb)
My first English lessons
978-9943-6041-8-6
32
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/meditaciya-darslari-uzlikni-anglash-sari-kadam
Meditatsiya darslari: o‘zlikni anglash sari qadam
Meditatsiya – insonni asliyatga, o‘z tabiatiga qaytaradi. Sarosimada qolgan aqlni tinchlantiradi, ruhan poklanish orqali maʼnan yetuklikka olib boradi. Aynan shuning uchun meditatsiya amaliyoti maʼnaviy va jismoniy sog‘lomlikka yetishtiradigan eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Mazkur kitob Naomi Ozanes, Katsudzo Nishi, Anatoliy Nekrasovning meditatsiya haqidagi amaliy mashg‘ulot maʼruzalari asosida tayyorlandi. Unda meditatsiya orqali salomatlikni tiklash va mustahkamlash usullari taklif etiladi, shuningdek, o‘zlikni anglash, Borliq bilan bir butunlikda ekanimizni his etishda meditatsiyaning roli sodda qilib tushuntiriladi. To‘plovchi va tarjimon: Muhayyo Rixsibekova Taqrizchi: Abdukarim Usmonxo‘jayev, tibbiyot fanlari nomzodi, “Turon” fanlar akademiyasining akademigi
978-9943-27804-2
240
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/egasiz-zhoinamoz-hikoyalar-tuplami
Egasiz joynamoz (Hikoyalar to'plami)
Har bir badiiy asarning qiymati uning tili va g‘oyasi bilan xarakterlanadi. Shu maʼnoda muhtaram o‘quvchilarimizga taqdim etilayotgan mazkur hikoyalar jamlanmasi o‘zining sodda, ravon tili va hayotiyligi bilan eʼtiborga molik. Kitobga zamonaviy turk yozuvchilarining bir turkum hikoyalari jamlangan. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Tarjimon Umida Adizova
978-9943-8047-6-0
152
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/lev-tolstoj-urush-va-tinchlik-uchinchi-va-turtinchi-kitoblar
Lev Tolstoy: Urush va tinchlik. Uchinchi va to‘rtinchi kitoblar
Bu kitob faqat urush yoxud tinchlik haqida emas. Unda mavzular qamrovi – odamlar qismati, ularning taqdiri, o‘ylari, qarashlari va ayni paytda bo‘layotgan jarayonga munosabati kitobxon eʼtiboridan chetda qolmaydi. Qolaversa, mutolaa jarayonida qalbingizga yaqin bo‘lib qolgan yoxud jamiyatda qanday mavqega ega bo‘lishdan qatʼiy nazar urushni o‘zining taqdiri bilan bog‘lagan va bo‘layotgan voqealarga faol munosabat bildirayotgan qahramonlar qismati sizga favqulodda hodisa emas, balki o‘z erki, o‘z nomusi uchun kurashayotgan timsol sifatida gavdalanadi. Andrey Bolkonskiy, Per Bezuxov, Nikolay Rostov, Natasha, Sonya, Mari – ular bilan uzoq muddat o‘zingizni hamfikr, yo‘ldosh, hamsuhbatdek his qilasiz...
978-9943-27-381-8
912
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/sheniz-yuzhel-gudaklikdan-iigitlikka-kadar
Sheniz Yujel: Go'daklikdan yigitlikka qadar
Bolalarning yomoni bo‘lmaydi, uquvsiz va yomon tarbiyachi ota-onalargina mavjud. Ular har tomonlama to‘kis va baxtiyor farzand baxtli oilada, go‘zal muhitda kamol topishini anglasalar edi, o‘zlariga chetdan nazar tashlashga chog‘langan bo‘lishardi. Demak, biz sharafli avlodga ega bo‘lishni istar ekanmiz, saʼy-harakatlarimizni, avvalo, o‘zimizni taftish qilishga qaratishimiz joiz. Qo‘lingizdagi mazkur kitob farzand tarbiyasida go‘daklikdan o‘smirlik davriga qadar bola bilan qanday munosabat o‘rnatish borasidagi muhim taktika va uslublarni o‘z ichiga olgani bilan dolzarbdir. Bu kitobni har doimgidek faqat onalar emas, hurmatli va aziz otalar ham mutolaa qilishlarini tavsiya qilamiz. Sababi kitobda o‘smir yoshdagi o‘g‘il farzandlar bilan til topishish, yaʼni eng murakkab pallada ota sifatida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga ko‘makchi bo‘ladigan maʼlumotlar berilgan. Zero, kitobdan olinadigan xulosalar sizni qalbingizdagi xayrli avlod o‘stirish orzusiga eltuvchi yo‘lga boshlaydi. Turkchadan Boboxon Muhammad Sharif tarjimasi
978-9943-20-873-5
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdurasul-abdullaev-dakika-kadri-2-kitob
Abdurasul Abdullayev: Daqiqa qadri (2-kitob)
Teleboshlovchi Abdurasul Abdullayevning muallifligi ostida nashr qilingan navbatdagi "Daqiqa qadri 2" nomli kitobi ham avval nashr etilgan kitoblari kabi 1001 savol va uning 1001 javobidan iborat. Shuningdek, kitobda muallifning “Zakovat” intellektual o‘yini nima uchun ommalashgani, yana qanday qilsa u jozibali o‘yinga aylanishi mumkinligi haqidagi qiziqarli fikrlari keltirilgan. Kitob barcha taʼlim muassasalarida “Zakovat” o‘yinlarini tashkil etishda, yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirishida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Yurtdoshlarimizning qiziqarli maktublari, ijod namunalari, savol va javoblaridan iborat ushbu kitob barchangizga manzur bo‘ladi. degan umiddamiz. Kitob keng ommaga mo‘ljallangan.
978-9943-5534-5-3
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/bekzodbek-muhtarov-mustazhob-duolar-kuronii-duolar-tuplami
Bekzodbek Muxtarov: Mustajob duolar. Qur'oniy duolar to'plami
Mazkur kitobda duo, uning fazilatlari, duo qabul bo‘lish shartlari, odoblari, duolar qabul bo‘ladigan fazilatli vaqt va o‘rinlar, Qurʼoni karimda zikr qilingan duolar hamda Rasul alayhissalom va solih insonlarning Qurʼonda zikr etilgan duolari o‘rin olgan. Ushbu kitobda keltirilgan duolar Qurʼoni karim oyatlari asosida taqdim etildi.
978-9943-7248-5-3
104
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-kahhor-bemor
Abdulla Qahhor: Bemor
Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga hikoya janrining mislsiz ustasi sifatida kirib kelgan. Ustoz yozuvchi hattoki o‘zbeklarning Chexovi darajasida ulug‘langan. Uning hikoyalarida o‘zbek xalqining eng yaxshi qirralari-o‘tkir aql, hayotiy donishmandlik aks etishi bilan birga, hazil-mutoyibaga moyillik ham sezilib turadi. Abdulla Qahhorning o‘zi: "Men bolaligimda o‘zim guvoh bo‘lgan voqea-hodisalarni tasvirlaganman. Haqiqat va faqat haqiqatni yozganman. Agarda mazkur haqiqat sizga, zamonaviy yoshlarga aql bovar qilmas bo‘lib tuyulsa, u holda men oxirigacha yetmagan achchiq hikoyamni ertak deb atay qolaman",-deb yozgandi.
978-9943-4660-8-1
111
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-bozor-va-unga-bogliq-masalalar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bozor va unga bog‘liq masalalar
Бандаларига молиявий муомалаларни ҳалол йўллар билан амалга оширишни ва ҳаром йўллардан четланишни амр қилган Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин! Умматларига молиявий муомалаларни батафсил тушунтириб, уларни қандай амалга оширишни кўрсатиб берган маҳбуб Пайғамбаримиз Муҳаммад Мустафога мукаммал ва батамом салавотлар ва дурудлар бўлсин!     Қадимги фуқаҳоларимиз ушбу «Бозор ва унга боғлиқ масалалар» деб атаётган китобимизда келадиган масалаларга оид бобни «Китобул байъи» – «Савдо китоби» деб аташган. Ҳар бир инсон турмуш тақозоси ила ҳаётида доимий равишда молиявий муомалаларга дуч келади ва бу муомалаларда иштирок этади. Айни шу муомалалар одамларнинг кўп вақтини ва фаолиятини ўз ичига олади.    Молиявий муомалалар тартибга солинмаса, уларнинг қоидалари бўлмаса, кишилар орасида келишмовчиликлар кўпайиши аниқ. Шунинг учун ҳам Аллоҳ таоло бу ишни Ўз зиммасига олган ва умумий таълимотларни баён қилиб берган. Сўнгра Пайғамбаримиз алайҳиссалом орқали бу ишларнинг тафсилотини йўлга қўйган. Шу тариқа савдо сотиққа оид исломий ҳукмлар мусулмонлар ҳаётига татбиқ қилинган. Исломдан олдинги даврдаги бу борада шаклланган нотўғри ҳукмлар бирин-кетин бекор бўла бошлаган. Кейинчалик фуқаҳоларимиз ушбу мавзуда келган оят ва ҳадислардан чиқадиган ҳукмларни тартибга солиб, ижтиҳод даражасига етмаган мусулмонлар учун уларга ёрдам тариқасида осонлаштириб, тушунтириб беришган.     Ҳозирги кунимизда одамлар орасида молиявий муомалаларда турли келишмовчиликлар, уруш-жанжаллар ва маҳкамабозликлар чиқаётгани ҳеч кимга сир эмас. Бу каби нохуш ҳолатларни камайтириш учун нима қилиш лозим? Бизнингча, шариатимизда кўрсатилган таълимотларни яхшилаб ўрганиб, уларга амал қилиш зарур.
978-9943-5477-7-3
104
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/yuz-haromdan-bir-halol-yahshi
Yuz haromdan bir halol yaxshi
Muhtaram kitobxon! Qo‘lingizdagi ushbu kitobda taniqli turk yozuvchilarining bir turkum ibratli hikoyalari jamlangan. Insonni faqat ezgulik sari yetaklaydigan bu hikoyalarni o‘qir ekansiz, qalbingiz, iymoningiz nurlanadi. To‘plovchi va tarjimon Umida Adizova
978-9943-7534-6-4
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/bahtier-abdugafur-madaminbek-konli-gullar-vodiisi
Baxtiyor Abdug'afur: Madaminbek: Qonli gullar vodiysi
O‘tgan asr boshlarida Turkiston alg‘ov-dalg‘ov voqealar girdobida qoldi. Shunday og‘ir vaziyatda xalqimiz orasidan chinakam yurt fidoyilari yetishib chiqdi va vatan ozodligi yo‘lida tengsiz kurashga kirishdi. Ushbu asar millat qahramonlaridan biri Madaminbekning hayot va kurash yo‘liga bag‘ishlangan. Asarni o‘qish davomida kitobxon bugungi dorilomon kunlar osonlik bilan kelmaganini tushunib yetadi degan o‘ylaymiz.
978-9943-6966-9-3
496
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/stiv-zhobs-biznes-hakida-dunyoni-uzgartirgan-odamning-250-ta-mulohazasi
Stiv Jobs: Biznes haqida dunyoni o‘zgartirgan odamning 250 ta mulohazasi
Shaxsiy kompyuterlar, “iPod”, “iPad”, “iMas” va boshqa shu kabi qurilmalarni ishlab chiqaruvchi "Apple Inc." kompaniyasining bosh direktori Stiv Jobs (1955–2011) o‘z davrining ixtirochisi va biznes kelajagini oldindan ko‘ra oladigan tadbirkorlaridan biri edi. “Apple” kompaniyasi uning rahbarligi ostida odamlarning kommunikatsiya imkoniyatlarini kengaytirdi va yangi texnologiyalar yaratdi. Jobsning mulohazalari beqiyos tajribaga va teran maʼnoga boy. Bu mulohazalar o‘quvchiga ushbu taniqli tadbirkorning dunyosini ochib beradi. Ushbu kitob barchaga, shuningdek, biznesda yoki ixtirochilik muvaffaqiyat qozonishni istagan har bir kishiga mo‘ljallangan.
978-9943-7318-1-3
256
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/teodor-drajzer-zhenni-gerhardt
Teodor Drayzer: Jenni Gerxardt
Бу асар марказида ажойиб қалб соҳибаси бўлган қиз Женнининг тақдири туради. Яхши ниятли, ҳис-туйғулари беғубор ўзининг ҳалол меҳнати билан кун кўришга, олижаноб инсон бўлиб етишишга интилади. Бироқ ёвуз кучлар эса бу покиза қиз тақдирини ҳам ўз гирдобига олади, соф муҳаббатини поймол этади. "Женни Герхарт" ёзувчининг тенгсизлик оламидаги инсон тақдирига бағишланган энг яхши асарлари қаторида туради.
978-9943-4393-2-0
384
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-fuod-abdulbokij-marvarid-marzhonlar-imom-buhorij-va-muslim-rivoyat-kilgan
Muhammad Fuod Abdulboqiy: Marvarid marjonlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan muttafaqun alayh hadislar
Ушбу китоб Муҳаммад Фуод Абдулбоқий қаламига мансуб бўлиб, унда «Саҳиҳи Бухорий» ва «Саҳиҳи Муслим» китобларидан ўта диққат-эътибор билан бир-бирига қиёслаб, саралаб олинган, худди марвариду маржонлар янглиғ тизилган ва «Ал-луълуъу вал-маржон лиш-шайхони Имом Бухорий ва Муслим» (яъни, «Икки Шайх — Имом Бухорий ва Муслим баробар ривоят қилган марварид маржонлар») деб аталган китобдан ушбу саҳиҳ, муттафақун алайҳ ҳадисларни бақадри ҳол арабчадан ўзбек тилига ўгириб, Сиз азизларга тақдим қилинмоқда.
978-9943-6610-8-0
624
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/robin-sharma-super-haet
Robin Sharma: Super hayot
Bugun – sizning yangilangan, sizga uni biror-bir haqiqatda go‘zal va umrboqiy narsaga aylantirib olishingiz uchun berilgan yangi hayotingizning birinchi kunidir. Hech bir o‘tmish kelajakni belgilay olmaydi, shunday ekan, hayotingizdagi ijobiy o‘zgarish­lar, burilishlar kiprik qoqqulik muddatda sodir bo‘lishi hech gap emas (albatta, agar hayot tarzingizni eng yuqori darajasigacha olib chiqishga bo‘lgan qatʼiy qarorga ega bo‘lsangiz). Qarshingizda – g‘olib­lar uchun das­tur. Bu kitob bilan qiziqayotganingizning o‘zi sizning ko‘pchilik ommadan ajralib turishingizni isbot qiladi. Shu bilan birga sizda, hayotiy kamolotga erishish yo‘lida, o‘z ong, tana va feʼl-atvoringiz ustidan g‘olib va hokim bo‘lishga qaratilgan qatʼiy qaroringiz borligini ko‘rsatadi. O‘z-o‘zini qayta kashf qilishga chorlovchi bu chaqiriqni “Labbay!” deya qarshi oling va shaxsiy imkoniyatlaringiz, qobiliyatlaringiz, xullas, potensialingiz boyliklariga cho‘ming. Buyuk bo‘lishga va nihoyat, jurʼat qiling!
978-9943-7084-0-2
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mirzakarim-norbekov-tentakning-tazhribasi-3
Mirzakarim Norbekov: Tentakning tajribasi 3
Мирзакарим Норбеков: Тентакнинг тажрибаси 3
978-9943-4602-2-5
358
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-abdulloh-muhammad-ibn-ismoil-al-buhorii-sahihi-buhorii-al-zhome-as-sahih-2-ta-kitob
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy: Sahihi Buxoriy: Al-jome' as-sahih (2 ta kitob)
Odamlar orasida «Sahihi Buxoriy», «Al-jomeʼ as-sahih" kabi nomlar bilan tanilgan ushbu kitobni Imom Buxoriy «Al-jomeʼ as-sahih al-musnad min hadisi Rasulillahi sollallohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyamihi» (Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislari, sunnatlari va muborak hayotlaridan to‘plangan sahih musnad) deb nomlagan. Barcha ulamolar: muhaddislar, faqihlar, usuliylar, mutakallimlar, nahviylar va boshqalar «Sahihi Buxoriy. Alloh taoloning Kitobi - Qurʼoni karimdan keyingi eng ishonchli va sahih kitob ekanligiga ittifoq qilganlar.
978-9943-6991-3-7
1728
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/artur-konan-dojl-baskervillar-iti-qissalar-va-hikoyalar
Artur Konan Doyl: Baskervillar iti (qissalar va hikoyalar)
Бош қаҳрамони изкувар Шерлок Холмс бўлган детектив жанрдаги «Тўртлар белгиси» (1890), «Баскервиллар ити» (1901 – 1902). «Даҳшатлар водийси» (1914 – 1915) саргузашт қиссалари ва «Шерлок Холмс саргузаштлари» (1891 – 1892), «Шерзо Холмс ҳақида хотиралар» (1892-1893) ҳикоялар тўпламлари деярли бутун жаҳон тилларига таржима қилинган. Ва айни пайтда юртимиз китобсеварларига ҳам яхши таниш. Тўпламда ёзувчининг машҳур изқувар Шерлок Холмсга бағишланган энг сара икки қиссаси ва Конан Дойлнинг ўзи энг яхши асарларидан 3-рақамлиси деб атаган «Раққос одамчалар» асари, шунингдек, бошқа сара ҳикоялари танлаб олинган.
978-9943-6327-2-1
528
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-talvasa
Tohir Malik: Talvasa
Ўзбекистон Халқ ёзувчиси Тоҳир Маликнинг "Шайтанатнинг турфа олами" туркумига кирувчи "Мурдалар гапирмайдилар" "Иблис девори" қиссалари билан сиз- азиз китобхонлар танишган бўлсангиз керак. Ушбу асар зулм оламидан сизга ҳикоя қилади.
null
364
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/suyukli-paigambarim-bilan-365-kun-suyukli-paigambarim-dustlari-bilan-365-kun-suyukli-kuron-kitobi-bilan-365-kun
Suyukli Payg'ambarim bilan 365 kun. Suyukli Payg'ambarim do'stlari bilan 365 kun. Suyukli Qur'on kitobi bilan 365 kun
"Suyukli Payg‘ambarim bilan 365 kun" kitobi bolajonlarimiz uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak hayotlaridan hikoya qiluvchi ajib bir kitobdir. U zotning hayotlarini o‘rganish va undan ibrat olish mo‘minlar uchun saodatning bir manbayidir. Kitobdagi voqealar yosh avlodlarimizning fikrlashi va unga yondashishlarini inobatga olgan holda, sodda va tushunarli uslubda bayon qilingan. Shuningdek, o‘qilishi va qabul qilinishi oson bo‘lishi uchun kitob maʼlum qism, yaʼni kunlarga bo‘lib chiqilgan. Kitobning yaralishida Nurdan Damlaning "365 kunda sevgili Payg‘ambarim" kitobi asos qilib olindi. Kitobning ovozli shakli ham hosil qilinib, ichidagi suratlari boyitildi. Siz, aziz ota-onalar, ushbu kitob orqali Nabiy sollallohu alayhi va sallamning xulqlari va u zotning ummat uchun qilgan ezgu ishlarini farzandlaringizga ham tanitishda ko‘mak berasiz, degan umiddamiz. Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar: I. Nurulloh, V. Shodiyeva "Suyukli Payg‘ambarimning do‘stlari bilan 365 kun" kitobida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning sahobalari, yaʼni u zot bilan bir davrda hayot kechirgan kishilarning fazilatlari, Islom yo‘lida qilgan xizmatlari haqida hikoya qilinadi. Sahobalar hayoti saodat asriga, Nabiy (alayhissalom)ning muborak umr yo‘liga tutash bo‘lganligi sabab, dinimizni o‘rganishda ularning ham hayotini bilishimiz bizga zarurdir. Kitob Toha Kilinchning "365 kunda Payg‘ambarimning do‘stlari" nomli kitobi asosida nashr yuzini ko‘rmoqda. Kitobning ovozli shakli hosil qilinishi bilan birgalikda, bolajonlarning mavzuni teran anglashlari uchun ichidagi suratlari yana-da boyitildi. Kitob orqali farzandlarimiz Rasululloh (alayhissalom) va sahobalar bilan bog‘liq voqea-hodisalar, o‘zaro muloqotlardan hikmat, ham o‘rnak olishadi, degan umiddamiz. Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar: I. Nurulloh, S. Ahmad, Sh. Anvarova "Suyukli Qurʼon kitobi bilan 365 kun" kitobi Qurʼonning mazmun-mohiyati asosida yozilgan bo‘lib, unda anbiyolar qissasi hamda saodat asridagi muhim voqea-hodisalar va ulardan olinadigan ibratlar, nasihatlar bayon qilinadi. Kitob Nurdan Damlaning "365 kunda suyukli kitobim Qurʼon" nomli asari asosida nashrga tayyorlandi. Kitobning ovozli shakli hosil qilinishi bilan birgalikda, bolajonlarning voqealarni teran anglashlari uchun ichidagi suratlari yana-da boyitildi. Asar bolajonlar va katta yoshlilar uchun ham foydali bo‘lib, saodatli hayot sari bir maʼnaviy yo‘lboshchi bo‘ladi, degan umiddamiz. Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar: I. Nurulloh, D. Shoyzoqova Kitoblarning ovozli shaklini o'qigan: A. Abdulazizov
978-9943-6945-6-9
1824
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdigaffor-gadaev-utkur-mirsharipov-odam-anatomiyasi
Abdig‘affor Gadayev, Utkur Mirsharipov: Odam anatomiyasi
Odam anatomiyasi tibbiyotning fundamental fanlaridan biri hisoblanadi. U talabalarni bo‘lajak mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishlari uchun zamin yaratadi. Darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat taʼlimi yo‘nalishi bo‘yicha davolash ishi (60910200), pediatriya ishi (60910300), tibbiy profilaktika ishi (60910400), stomatologiya (60910100), tibbiy biologiya ishi (60910600) va xalq tabobati (60911100) fakultetlarining o‘quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Shuningdek, undan tibbiyot texnikumlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin. Kitob hozirga qadar respublikamizda odam anatomiyasi fanidan nashr etilgan darsliklardan bir muncha farq qiladi. Unda keltirilgan ko‘p sonli rangli rasmlarda mushaklar va ichki aʼzolarning anatomik tuzilishi bilan bir qatorda ularni qon va nerv bilan taʼminlanishi, vena hamda limfa tomirlari yo‘nalishlari keltirilgan. Bunday yondashish nafaqat bo‘lg‘usi shifokorga inson organizmiga bir butunlikda qarash imkoniyatini yaratadi, balki kitobni amaliyotda ishlayotgan vrachlar uchun ham muhim qo‘llanmaga aylantiradi.
978-9943-7407-2-3
704
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhim-ron-aql-vitaminlari
Jim Ron: Aql vitaminlari
Bu kitob har qanday kompaniya, firma va tashkilotlarning biznesmen va rahbarlari uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo‘llanma biznesmen uchun qiziqarli, shuningdek, endigina tadbirkorlikni rejalashtirayotgan insonlarga ham kerakli hisoblanadi. Amerikalik mashhur biznes-faylasuf, chet el bestselleri Jim Ron maslahatlari kichik, yakka tartibdagi ishlab chiqarishdan tortib, to ulkan masshtabdagi transnatsional korporatsiya rahbarlarigacha juda zarurdir. Bu ko‘rsatmalar umumiy bo‘lgani uchun undan nafaqat tadbirkorlar, balki oddiy kishilar ham o‘zlariga kerakli hayotiy saboqni olishlari ko‘zda tutilgan.
978-9943-987-01-2
132
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/stefani-maer-zulmat-ostonasidagi-muhabbat
Stefani Mayer: Zulmat ostonasidagi muhabbat
Tushida ko'rib, sevib qolgan qahramonini yigirma to'qqiz yoshigacha qo'liga qalam olmagan Stefani Mayer shunchalik ishtiyoq bilan berilib ta'riflaydiki, hattoki romanni o'qigan uning turmush o'rtog'i "Sen Edvardni sevasan!" deydi. Stefani Mayer aslida diniy tarbiya ko'rgan, turmush o'rtog'ining gapidan chiqmaydigan, uch farzandning onasi, uy bekasi, bir so'z bilan aytganda sizu bizga o'xshgan oddiy ayol! Butun dunyo kitobxonlarining e'tiborini tortishga, qalbidan joy egallashga muvaffaq bo'lgan, ko'nglidagi orzu-armonlarini qog'ozga tushirib, mashhurlik cho'qqisini egallagan Stefani Mayerning "Zulmat ostonasidagi muhabbat" (<<Sumerki>>) romanini e'tiboringizga havola etamiz.
978-9943-24-305-7
288
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/omina-shenlikugli-iskanzha
Omina Shenliko‘g‘li: Iskanja
Ushbu asarda kommunizm iskanjasi qurboniga aylangan bir Uyg‘ur millatiga mansub musulmon oilasining qismati yoritilgan. Kommunizm niqobi ostida millatning, yoshlarning ongiga maʼnaviyat, madaniyat deb dinsizlik g‘oyalarning singdirilishi, xalqni o‘zligidan, milliy va diniy ildizlaridan judo qilish jarayonlari yorqin ifodalab berilgani ushbu kitob kitobxonni befarq qoldirmasligi tabiiy. Asarda bir oila, uning aʼzolari boshidan o‘tgan fitna va qiynoqlar misolida butun boshli millatning chekkan dard-u, alam iztiroblari yoritilgandir.
978-9943-7060-6-4
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/elchin-safarli-qajtganimda-ujda-bul
Elchin Safarli: Qaytganimda uyda bo‘l...
Айни дамларда ҳаётнинг абадийлигини аниқ ҳис этаяпман. Ҳеч ким ўлмайди, айни ҳаётда кимки бир-бирини севган бўлса, ундан кейин ҳам учрашадилар. Вужуд, исм, аслият -барчаси ўзгарса-да, бир нарса оҳанграбодек бизни бир-биримизга тортаверади: муҳаббат абадий қовуштирувчидир. Ҳозирча эса мен яшаяпман- гоҳ севаман, гоҳ эса севишдан толиқаман. Лаҳзаларни эслаб қоламан, улар ҳақида эртага ёки ҳаётимнинг донишманд йилларида ёзиш учун бу хотираларни авайлаб сақлайман.
null
216
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/alisher-navoij-hamsa
Alisher Navoiy: Xamsa
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho‘qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda to‘liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. “Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi.
978-9943-20-411-9
496
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/rabindranat-tagor-nur-va-soyalar
Rabindranat Tagor: Nur va soyalar
Ushbu majmuaga Hindistonning buyuk adibi Rabindranat Tagorning bir juft hikoyasi, rus shoiri Sergey Yeseninning turkum sheʼrlari, shuningdek atoqli o‘zbek ijodkorlari - To‘ra Sulaymon, Muhammad, suf sheʼrlaridan namunalar jamlandi. Inson, uni anglash, uning qalbini qog‘ozda aks ettirish mazkur so‘z sanʼatkorlarining bosh mavzusi, asosiy g‘oyasidir.
978-9943-5150-3-1
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/nafisa-chorieva-alifboga-sayohat
Nafisa Choriyeva: Alifboga sayohat
Ushbu moʻjazgina kitobchaga jamlangan go‘zal ertaklardagi voqealar bolajonlarimizga tanish bo‘lsada, ularga Nafisa opalari qaytadan bezak berib, zeb berib, go‘zal tashbehlar bilan boyitgan. Endi esa siz ulardan bahramand bo‘ling!
978-9943-7392-1-5
32
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/stiv-king-rita-heyvurd-yohud-shoushenkdan-qochish
Stiven King : Rita Xeyvord yoxud Shoushenkdan qochish
Stiven Kingning siz, aziz kitobxonlarga ona tilimizda ilk bor taqdim etilayotgan «Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish» qissasida qamoqxona hayotining dahshatlari borasida so‘z yuritiladi. «Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish»qissasi garchi Stiven King uslubiga xos bo‘lmagan noodatiy psixologik realizm yo‘nalishida yozilgan bo‘lsada, yozuvchining «shoh» asarlaridan biriga aylangan. O‘ngga evrilgan dahshatli tush... Umrbod qamoq jazosiga mahkum bo‘lgan bir begunohning taqdiri; tirik qolish amrimahol bo‘lgan yerda hayot uchun kurash; hali biron kimsa qochib qutulolmagan turmadan qochish haqidagi qissa... Aziz o‘quvchi! Agar siz hali muallifning ijodi bilan tanish bo‘lmasangiz, ishoning, Shoushenk... mutolaasidan so‘ng hayotingizda, botiningizda evrilish paydo bo‘ladi.
978-9943-7010-0-7
132
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/beyhan-budak-bahtni-yuqotgan-joyda-izlamang
Beyhan Budak : Baxtni yo'qotgan joyda izlamang
Natija o‘zgarmasada, aksariyat odamlar bir xil usulni qayta-qayta sinab ko‘rishda davom etadi. Agar shunday qilsangiz, har safar o‘zingizni yana-da g‘azablangan va baxtsiz his qilasiz. Bu kitobda baxtingizning yo‘qotgan joyda emasligini tushuntirishga harakat qildim. Agar yetarlicha harakat qilganingizni va natijasini ko‘rmaganingizni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, sayohatga otlanishning vaqti keldi. Aynan mana shu sayohatni tan olish deb aytaman. Kuchsiz emassiz shunchaki insonsiz ! Tan olib kuchga to‘lish uchun hayot saboqlari
978-9943-8604-9-0
256
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/adhamjon-ahmedov-men-bolam-va-pul
Adhamjon Ahmedov: Men, bolam va pul
Xalq orasida hammamizga maʼlum bo‘lgan bir ibora bor: «Bola-da, esdan chiqarvoradi ...» Bola kattalar tomonidan qanchalik xafa qilinsa ham, ertasiga hech narsa bo‘lmagandek yana o‘sha kattalar atrofida parvona bo‘laveradi. Bolalardagi bu holat biz kattalarni aldab qo‘yadi, negaki biz ularni kechagi voqealarni unutib yuboribdi, deb o‘ylaymiz. Aslida unday emas. Bolaning aqli unutsa ham, his-tuyg‘ulari hech narsani unutmaydi. Zero, insonning bolaligi aql bilan o‘rganish emas, balki his-tuyg‘ular bilan shaxsiyatini shakllantirish davridir. Misol uchun, qorong‘idan qo‘rqish aql bilan bog‘liq emas, uni ruhiyatning jarohatlanishi desak ham bo‘ladi .... Yoki tirnoq tishlashni aql bilan izohlab bo‘lmaydi, bu holat ruhiy zaiflikning tashqi ko‘rinishi hisoblanadi. Boshqacharoq misol keltirsam, jahli chiqqan bolani aqliy nasihatlar bilan to‘xtatib bo‘lmaydi. Chunki uning ichki dunyosida ro‘y berayotgan jarayonlar katta kuch bilan vulqondek tashqariga otilayotgan bo‘ladi. Shu va yana boshqa barcha ijobiy-salbiy his-tuyg‘ular bolalik chog‘lardanoq shakllanib boradi. Bola erkalatilsa, erkatoy bo‘ladi, hadeb ayblanaversa, o‘zini aybdor deb biladi yoki u qadrlanmasa, qadrsizlik tuyg‘usi bilan ulg‘ayadi. Eʼtibor berilgan, qadrlangan bola esa aziz va qadrli bo‘ladi. Bolaga baho berish unga ehson emas,balki inson sifatida uning eng tabiiy haqqi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytsak, kelajak «Ha, endi, bola-da» deb beeʼtibor bo‘lmagan ota-ona va tarbiyachilar bilan bunyod bo‘ladi. Adem Gunesh
978-9943-8517-3-3
176
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-sodiq-muhammad-ismoil-talabaning-odoblari-ilm-safariga-otlangan-talaba-uchun-35-tavsiya
Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil : Talabaning odoblari. Ilm safariga otlangan talaba uchun 35 tavsiya
Ushbu moʻjazgina kitob buyuk mutafakkirlar to‘plagan hikmat bulog‘laridan sarchashma bo‘lib, undan tolibi ilmlar uchun taʼlim yo‘lida rag‘bat uyg‘otuvchi oyati karimalaru hadisi shariflar va yana Islom ulamolarining tavsiyalari o‘rin olgan. Asarni o‘qigan har bir inson jamiyat rivojining asosi bo‘lgan ilm sari talpinishiga ilm shubhamiz yo‘q.
978-9943-8140-3-5
144
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-ajdarning-tavbasi
O‘tkir Hoshimov: Ajdarning tavbasi (Nurli dunyo)
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning asarlaridan musiqiy ohang, samimiyat har bir o‘quvchini maftun etadi. Buning boisi, adib asarlarining jozibadorligi, xalqchilligida. Adibning hajviy hikoyalarida ham ana shu jozibadorlik, samimiylik ustuvorlik qiladi. Ushbu kitobdan O‘tkir Hoshimovning ,,Ajdar"ning tavbasi", ,,Telpak", ,,Mo'mintoy", ,,Qizil qarg'a" kabi hajviy hikoyalari o‘rin olgan. Keling, ushbu kitob bahonasida do‘stlarga samimiy tabassum ulashaylik.
978-9943-8880-4-3
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ezgin-kilich-sen-ketgandan-keyin
Ezgin Kilich: Sen ketgandan keyin
Biror-bir ayolni eng oxirgi marta qachon sevgansiz? Biror-bir ayolni so‘nggi bor qachon o‘pganingizni, quchoqlaganingizni, birga uxlaganingizni so‘raganim yo‘q. Biror-bir ayolni eng oxirgi marta qachon chin yurakdan, samimiy sevgansiz? Yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqqan, yoningizda bo‘lsa ham sog‘ingan, telbalarcha rashk qilgan, ko‘z qorachig‘ingizday asragan, himoya qilgan holda biror-bir ayolni eng oxirgi marta qachon sevgansiz?.. "Jasur yigitlar hech narsadan qo‘rqmaydi" kabi gaplarning hammasi behuda. Qo‘rqishingiz shart. Qalbingizni zabt etgan ayolni yo‘qotishdan qo‘rqishingiz, uni rashk qilishingiz, boshqalardan qizg‘anishingiz shart ... Ko‘chada uning qo‘llaridan ushlab yurishingiz, tanishlaringizning hammasiga uni tanishtirishingiz lozim. Go‘yoki: "Bu ayol-mening hayotim!" - deyotganday tanishtirishingiz shart. Agar chiroyli bir ayolni sevishni istasangiz, uni tabassum qildira olishingiz kerak. Chunki baxtli ayol - dunyoning eng go‘zal ayolidir. Siz uni baxtli qila olishingiz shart. Ha, aynan shuning uchun ham uning kipriklarini ham seving ... Kaftlarining ichini ham seving ... Pardoz-andozsiz yuzini ham seving ... Tunlari bedorligini ham seving ... Uni sochlarini yuladigan ayolning azob-uqubatini tushunadigan, anglay oladigan darajada seving. Shuningdek, ayolning o‘z sochlarini yulishiga sababchi bo‘lmang ...
978-9943-9156-7-1
176
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-bakr-muhammad-ibn-jafar-narshahiy-buhoro-tarihi-yurtimizdagi-islomgacha-bulgan-davr-va-islomning-kirib-kelishi
Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiy: Buxoro tarixi. Yurtimizdagi islomgacha bo'lgan davr va islomning kirib kelishi
Ushbu kitobda Movarounnahr, xususan, Buxoroyi sharifning islomdan oldingi ijtimoiy-siyosiy hayoti, shu bilan birga, arablarning Buxoroni fath qilishi va islom dinining haqida so‘z boradi. Muallif shaharu qishloqlarning tasviri va tavsifiga, tarixiy shaxslarning hayoti hamda faoliyatiga alohida to‘xtaladi. Shuningdek, "Buxoro tarixi”da turli hikoyat va rivoyatlar, hadislar ham o‘rin olgan.
978-9943-8790-3-4
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ismoil-bilgin-madina-muofaasi
Ismoil Bilgin: Madina mudofaasi
Usmoniylar davlati halokatga yuz tutgan yillari, Birinchi jahon urushida qo‘shinimiz bir necha jabhada jang qildi. Shunday to‘qnashuvlardan bir qismi Hijozda kechdi. Chor taraf qurshab olingan, yetishmovchilik vaziyatni tobora qiyinlashtirardi. Ammo askarlarimiz qo‘llaridan kelganini oxirigacha sidqidildan bajarishga azmu qaror qilgan edi. Ular loyqa suv ichdi, xurmo danaklaridan non pishirdi, hatto chigirtka tutib yedi. Yozuvchi Falih Rifqi Atay aytganidek, hatto uchoq bilan ham uch-to‘rt marta qo‘nib yetib boriladigan uzoqlikda vatan uchun, bayroq uchun jang qildilar. Faqat dushman bilan emas, ochlik bilan ham, suvsizlik va jazirama bilan ham kurashdilar. "Madina mudofaasi. Cho‘l yo‘lbarsi Faxriddin posho" ana shu vatanparvarlarning kurashini kelgusi avlodlarga yetkazuvchi va ularni yaqindan tanituvchi asardir.
978-9943-8559-3-9
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/oskar-uayld-dorian-greyning-portreti-yumshoq-muqova
Oskar Uayld: Dorian Greyning portreti (yumshoq muqova)
Dorian Grey kim o‘zi? O‘tgan asrda kitobxonlar uni adolatli jazoga tortilgan, vasvasaga berilgan gunohkor deb eʼtirof etdilar. Bugungi kun o‘quvchisi esa Dorian Greyni butun borlig‘ini, qalbini, ruhini abadiy yoshlik uchun qurbon qilgan takabbur, ayni paytda nochor va zaif qahramon sifatida tanidilar. Kiborlar oilasida dunyoga kelgan, onameros husni tavajjuh egasi bo‘lgan Dorian baxtli-saodatli yashashi uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lgani holda taqdirning beshafqat hukmi bilan yuzma-yuz keldi. «Go‘zal narsaning ortida hamisha biron bir fojia yashirinib yotadi. Eng kamsuqum, eng arzimas bir gulning gullashi uchun ham dunyolar to‘lg‘oq azobini boshdan kechirmoqlari zarur», deydi asar qahramonlaridan biri. Darhaqiqat, Dorian Greyning go‘zal siymosi ortida ham ul­­kan fojia yashirinadi: qalb o‘ladi, ruh mangu yo‘qoladi. Iflos ishratxonalar, davomiy maishatlar, o‘g‘rilik, jamiyatdagi qalang‘i-qasang‘ilarning qabihligi endi uning xayolida go‘zallikka, bunday razolatlar esa doimiy ehtiyojga aylanadi. Oskar Uayld adabiyotga ana shunday murakkab tabiatli qahramon timsolini olib kirdi va u orqali inson xohish-istaklarining chegarasini, hayotiy muvozanatning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishini yuksak badiiy mahorat bilan ko‘rsatib berdi. Va asar millionlar qalbini zabt etdi, Dorian Grey obrazi esa kitobxon qayd daftariga bitildi.
978-9943-5841-9-8
336
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-malik-shaitonvachchaning-nairanglari-4-kitob
Erkin Malik: Shaytonvachchaning nayranglari (4-kitob)
Kundalik turmushimizda ro'y berayotgan ko'ngilsizliklar, alg'ov-dalg'ov bo'layotgan ishlarimiz hamda xayolimizga keladigan nojo'ya fikrlarni tartibga soladigan, tarbiyaga chaqiradigan ma'rifiy qissa - Erkin Malik qalamiga mansub "Shaytonvachchaning nayranglari" kitobi yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
978-9943-8100-1-3
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hadicha-kubro-tongar-barkamol-farzand-tarbiyasi
Xadicha Kubro Tongar: Barkamol farzand tarbiyasi
"Barkamol farzand tarbiyasi” kitobi bola tarbiyasiga bag‘ishlangan asardir. Asarda farzand tarbiyasiga taʼsir etuvchi omillar har tomonlama tahliliy xulosalar bilan yoritib berilgan. Kitobda bolalikning ilk yillaridanoq tarbiyaning pedagogik va diniy jihatlari qanday bo‘lishi kerakligi bayon qilingan.
978-9943-8643-9-9
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/r-tolipova-rus-tilining-amalii-grammatikasi
R. Tolipova: Rus tilining amaliy grammatikasi
Ushbu qo'llanma 2009-yilda chop etilgan "O'zbek va rus tillarining qiyosiy kursi" nomli kitobning qayta ishlangan va to'ldirilgan variantidir. Barcha mashqlarning kaliti mavjudligini hisobga olib, qo'llanmadan tilni mustaqil o'rganishda foydalanish mumkin. Ushbu qo‘llanma rus tilini o‘zlashtirishda o‘zlarining bilimi va nutqiy ko‘nikmalaridagi kamchiliklarni to'ldirish niyatida bo‘lgan o'zbekzabon til o'rganuvchilarga mo'ljallangan. Grammatik shakllar haqidagi maʼlumotlar o'zbek tilida tushuntirilgan va kirill yozuvida yozib ko‘rsatilgan. Mazkur qo'llanmada rus tilining barcha sathlari (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis kabilar) bo'yicha o'zbek tilidan farqlanuvchi va o'zbekzabon til o‘rganuvchilarda qiyinchilik tug‘diruvchi asosiy grammatik vositalar qamrab olingan.
978-9943-5338-1-3
176
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/mihail-bulgakov-hosiyatsiz-tuhumlar
Mixail Bulgakov: Xosiyatsiz tuxumlar
Mixail Bulgakovning «Xosiyatsiz tuxumlar» asari janri fantastika bo‘lib, o‘z ichiga o‘tkir satira, ijtimoiy dramani ham qamrab olgan qiziqarli qissadir. Kashfiyot misoli atomga o‘xshaydi. Undan ezgulik yo‘lida foydalanilsa naf, yovuzlik yo‘lida foydalanilsa xavf keltirishi muqarrar. Hikoya qahramoni professor Persikov to‘satdan «hayot nuri»ni kashf qiladi. Bu ilm-fanning kelgusidagi rivojiga, xususan, embriologiya yo‘nalishida misli ko‘rilmagan natijalar keltirishi, katta o‘zgarishlarga olib borishi mumkin edi. Sallani so‘rashsa, kallani olib keladigan odamlar kashfiyot nihoyasiga yetib ulgurmasidan, hatto uning mohiyatini anglamasdan mamlakatda yuzaga kelgan muammoga «hayot nuri» orqali yechim topmoqchi bo‘lishdi. Taassufki, «hayot nuri» hayotni yaxshilash o‘rniga, mamlakatni, odamlarning hayotini parokanda qila boshladi... Tarjimonlar: Barno Tojiboyeva, Asomiddin Murodov, Ramazon Boymirzayev
978-9943-20-980-0
112
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-malik-shaitonvachchaning-nairanglari-5-kitob
Erkin Malik: Shaytonvachchaning nayranglari (5-kitob)
Kundalik turmushimizda ro'y berayotgan ko'ngilsizliklar, alg'ov-dalg'ov bo'layotgan ishlarimiz hamda xayolimizga keladigan nojo'ya fikrlarni tartibga soladigan, tarbiyaga chaqiradigan ma'rifiy qissa - Erkin Malik qalamiga mansub "Shaytonvachchaning nayranglari" kitobi yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
978-9943-8099-6-3
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/gustav-flober-bovari-honim
Gustav Flober: Bovari xonim
Gustav Floberning eng katta romani - Bovari xonim. fransuz adabiyotining eng mashhur asarlaridan biridir. Bosh qahramon - Emma Bovarining hayoti, turmush tarzi, orzu-istaklari va nihoyat fojiasi haqida hikoya qiladigan ushbu roman aslida nafaqat o‘sha davr, balki hoy-u havasga berilgan ayolning hamma zamon va bar makonlardagi fojiasidir. Emma nomunosib turmush yoki taqdirning noloyiq jufti sabab o‘z hayotini o‘zgartirish va o‘zicha go‘zal hayot qurish sari intiladi. Boy va kelishgan xushtor ayolga qanchalik baxt bera oladi yoki qadrli va sevikli bo‘lish uchun er qanday fazilat va imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim? Taqdir yo‘rig‘iga rozi bo‘lmagan inson o‘z hayotini qanchalik o‘zgartira oladi? Yoki taqdir insonga qanchalik bog‘liq? Bovari xonim timsolida yengil hayot va qiyinchiliksiz farog‘atdan bahramand bo‘lish istagi insonni oxir-oqibat fojiaga, hatto butun oilasining tanazzuliga sabab bo‘lishi yorqin tasvirlarda ifodalanadi.
978-9943-27-614-7
512
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sadulloh-oidin-sahroda-porlagan-nur
Sa'dulloh Oydin: Sahroda porlagan nur
Taqvimlar milodiy 571 yilni ko‘rsatganda Makka shahrida bir bola tug‘ildi. Bu bolaga “Muhammad” deb ism qo‘yishdi. U qayerga bormasin farovonlik va tinchlik olib keldi. Muqaddas kitoblar uni bashorat qilgan edi. Payg‘ambarlar uning xabarini bergan edilar. Sahroning bag‘rida va nubuvvat osmonida bir nur yaralgan edi. Hazrati Muhammad alayhissalomning bolalik yillari... G‘am-u dardga to‘la yillari! Va ajoyib, moʻjizaviy hayot! Hammani maftun etgan, borligi bilan to‘kinlik hamda baxt manbai bo‘lgan jajji bolakay! Sahroni yoritgan nur... Qo‘lingizdagi ushbu kitob payg‘ambarimizning bolalik yillari haqida hikoya qiladi. Bu asarni o‘qiyotganingizda payg‘ambarimiz bilan birga azob chekasiz, u kishining quvonchiga sherik bo‘lasiz! Uning ko‘zyoshlariga ko‘z yoshlaringizni qo‘shasiz...
978-9943-8513-3-7
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/dilrabo-mingboeva-timsollar-tilsimi
Dilrabo Mingboyeva: Timsollar tilsimi
"Ramzlar ongosti - ko‘ngil tubining mevasi", deydi Erix Fromm va shuning uchun ham ularni biror chet tilini o‘zlashtirgan kabi o‘rganishni taklif etadi. Ushbu kitob esa ramzlar tilini o‘rganishdagi urinishlarning bir ko‘rinishi - dunyo xalqlari madaniyati, diniy, mifologik, poetik tafakkuridan bahramand bo‘lish ishtiyoqining natijasi. Birinchi bo‘limda bu tilni o‘rganish jarayonida tug‘ilgan fikr-xulosalar adabiy maqolalar tarzida berilgan. Turli manbalardan qidirib yig‘ilgan, tarjima va tahrir qilingan, saralab, alifbo tartibida berilgan maʼlumotlar esa ikkinchi bo‘limdan o‘rin olgan. Uchinchi bo‘limda Borxesning "Fantastik mavjudotlar kitobi", tarjimasi taqdim etilgan. Kitobda islom dinida shirk hisoblangan, yaʼni “xudolar”, “ilohlar” kabi so‘zlarda miflarda aks etgan “maʼbudlar” nazarda tutilgani uchun shartli ravishda qo‘shtirnoq ichiga olingan.
978-9943-7659-7-9
280
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/rodrigo-karlas-ferras-ronaldo
Rodrigo Karlas Ferras: Ronaldo
Futbol olamida Krishtiano Ronaldo nomi ilk bor paydo bo‘lganiga xam salkam yigirma yil bo‘ldi. O‘tgan vaqt davomida Ronaldo futbolda nima karomat ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, deyarli barchasini amalga oshirdi. U - sayyoramizdagi eng ko‘p gol urgan futbolchi. Mazkur kitobda Ronaldoning bolaligidan to bugungi yulduzlik davrigacha bo‘lgan jarayon hikoya qilinadi. Kitob Ronaldoning xotiralari va o‘sha xotiralarning tafsilotidan tashkil topgan. Ronaldo yulduzlik shohsupasiga o‘zidan-o‘zi chiqib qolmagani, bu yo‘ldagi mashaqqatlar kishini befarq qoldirmaydi. Tarjimon: Xurshid Serobov
978-9943-5128-0-1
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-al-gazzolii-hulukul-muslim-muslimlar-hulki
Muhammad Al-G'azzoliy: Xuluqul muslim (Muslimlar xulqi)
Buyuk olim Muhammad G‘azzoliyning ushbu "Xuluqul muslim" kitobi musulmonning hamma sohadagi, hatto er-xotinning Islomiy axloqlari qanday bo‘lishi kerakligigacha yoritib berilgan. Kitobni o‘qigan sari o‘quvchi, avvalo, o‘zidagi nisbiy axloqlarini anglab, keyin o‘zida uchragan ayrim holatlarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, sahobalar va solih kishilar tutgan yo‘llarini havas qilib, ularga ergashishga harakat qiladi.
978-9943-8226-0-3
408
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/muftii-muhammad-takii-usmonii-ota-ona-hizmati-va-kushni-haklari
Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy: Ota-ona xizmati va qo'shni haqlari
Ushbu risolada islomiy axloq-odoblardan ikkitasi - ota-onaning farzand ustidagi haqlari va qo‘shnilar bilan chiroyli muomalada bo‘lish masalalari Qurʼoni karim va hadisi shariflar hamda yetuk ulamolarning nasihat-o‘gitlari asosida keng yoritib berilgan. To‘g‘ri, bu ikki mavzu haqida shu paytgacha ko‘p va xo‘b gapirilgan, kitoblar chiqqan, mundoq qaraganda, kami qolmagan. Ammo ushbu risolani o‘qigan odam hali bilishimiz, o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalar juda ko‘p ekanini ochiq his etadi. Barcha o‘quvchilarimizga xayrli mutolaa!
978-9943-8017-7-6
56
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/bahodir-enishehirliugli-hukmdorim
Bahodir Yenishehirlio'g'li: Hukmdorim
Sulton Abdulhamidning yaqin do‘sti Tahsin posho haqida roman – “Hukmdorim”. Turkiyada va ko‘plab mamlakatlarda katta qiziqish bilan tomosha qilingan “Poytaxt” serialining Tahsin poshosi bo‘lmish Bahodir Yenishehirlio‘g‘li o‘zi gavdalantirgan qahramonning unutilgan hayotini romanga aylantirdi. Usmoniylar saltanatining so‘nggi yillari. Ichki va tashqi dushmanlarning birgina maqsadi bor – sulton Abdulhamidni taxtdan ag‘darish. Hukmdorning atrofida ishonishi mumkin bo‘lgan hech kim yo‘q edi, toki Tahsin poshoni topgunicha. Tahsin posho – davlati va humkdoriga sodiq, yaxshi taʼlim-tarbiya olgan arbob. Hukmdorning Tahsin poshoga cheksiz ishonchi va Tahsin poshoning hukmdorga nihoyasiz sadoqati... Hammani hayron qoldirgan do‘stlik, birodarlik...
978-9943-80-268-1
304
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdukarim-mirzaev-otalar-iiglamaidi
Abdukarim Mirzayev: Otalar yig'lamaydi
Aziz o‘quvchi! Asl hikmatlar qalbga abadiyan muhrlanadi va tildan tilga, dildan dilga ko‘chib yuraveradi. Kaminangiz ham bu hikoyalar sizga yana-da yaqinroq bo‘lishi, yaxshi-yomon kuningizda asqatishi uchun ularni dastlab video hikoyalar tarzida, endi esa moʻjaz to‘plam shaklida hukmingizga havola etyapman. Zora, "Ilmni yozish bilan bog‘lab qo‘yinglar", degan hadisga tayangan bu aʼmolimiz mudom yaxshiliklarga vasila bo'lsa... Abdukarim Mirzayev
978-9943-8176-5-4
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/yavuz-bahodirugli-enaetgan-buhoro
Yavuz Bahodiro‘g‘li: Yonayotgan Buxoro
Ko‘ngil sarhadlari benihoya keng, bepoyondir. Uni cheklashga harchand urinishmasin, yurak doim har qanday chegaralarni buzib o‘taveradi. Marhum adib Yovuz Bahodiro‘g‘li ham butun umri davomida bu chegaralarni qalami bilan buzishga harakat qilib o‘tdi, tariximiz va qadim madaniyatimiz bugun bizga ayta olishi mumkin bo‘lgan barcha narsani o‘z kitoblariga naqshladi. Ot minib, O‘rta Osiyo cho‘llaridan o‘tib, Venagacha yetib borgan ajdodlar tarixini bugungi kunda ana shu ulkan sarhadlarda yashayotgan xar bir insonni, turli davlatlarda yashasa-da, bir millatning farzandi bo‘lgan avlodlarga so‘zlab berdi. Turkiyada xalq uni «Tarixni sevdirgan inson» deb atadi. Endi esa adib o‘zining yuzlab marta nashr qilingan, yuz minglab odamlar o‘qigan «Yonayotgan Buxoro» asari bilan o‘zbek qardoshlarimiz bilan uchrashmoqda. Umid qilamanki, siz xam bu kitobni sevib qolasiz va ehtimol, siz xam muallifni «Tarixni sevdirgan inson» deb ataysiz... Fotih Duman
978-9943-8365-0-1
258
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhorzh-samuel-kleison-vavilondagi-eng-boi-odam
Жорж Самуэл Клейсон: Вавилондаги энг бой одам
Қашшоқлик нима? Но­чор яшашнинг айбдори ким? "Пулни топиш жуда қийин, уни билиб сарфлаш ҳаммасидан ҳам қийин” деган халқ ҳикматини қандай тушунасиз? Фаровонликка эришиш­нинг порлоқ йўли борми? АҚШлик ёзувчи Жорж Самуэл Клейсон қаламига мансуб "Вавилонлик бой” асарида ана шу саволларга жавоб изланади. 1926 йил­да чоп этилган ушбу асар молиявий омадга эришиш усулларини ўргатувчи памфлетлар сериясидан ўрин олган китоб бўлиб, у банклар ва суғурта компаниялари орасида жуда тез тарқалиб, миллионлаб ўқувчиларнинг олқишига сазовор бўлган. Айтиш­ларича, ушбу китобни барча миллионерлар ўқиб чиқишган экан.
978-9943-7915-9-6
188
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/tosimasa-oota-eng-yahshi-dada
Tosimasa Oota: Eng yaxshi dada!
Ushbu kitob «Yaponiyalik ota-onalar» nomli turkum nashrining davomi hisoblanadi. Zamonaviy er bo‘lish mushkul ish, ota bo‘lish esa yana-da mushkulroq! Ushbu kitobda ishdagi karyera va otalik vazifasini o‘zaro uyg‘unlikda olib borish jarayonida muammolarni boshdan kechirayotgan otalar uchun oddiy va samarali maslahatlar jamlangan. Yaponiyalik muallif Tosimasa Oota vaqt tig‘izligida qanday qilib otalar farzandlari bilan muloqot qila olishi, arzimas daqiqalar davomidagi suhbat orqali qanday qilib bola qalbidan joy olish, qanday o‘yinlar o‘ynash mumkinligi haqida hikoya qiladi. Bu bilan bola tarbiyasi qiziqarli o‘yinga, o‘ta band bo‘lgan mehnatkash inson esa, dunyodagi eng mehribon otaga aylanadi. Kitobdan quyidagilarni bilib olasiz: Doimo band otaning o‘z farzandlari bilan qanday muloqot qila olishini; Qanday qilib bir lahzalik suhbat bilan bolangiz qalbida joy olish; Qanday qilib bola uchun maxsus o‘yinlar o‘ylab topishni; Turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatingiz farzandingiz kelajagiga qay darajada taʼsir etishni.
978-9943-7695-8-8
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/setagi-arifmetik-hisoblash-va-matikii-fikrlashni-rivozhlantiruvchi-boshkotirmalar
Setagi — arifmetik hisoblash va matiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi boshqotirmalar
Setagi — arifmetik hisoblash va matiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi boshqotirma o'yini. Gorizontal va vertikal matematik tengliklar to'g'ri bo'lishi uchun 1 dan 9 gacha bo'lgan sonlarni o'rinlarini topish zarur. 👉 Ushbu qiziqarli topshiriqlarning javoblarini kitobda berilgan QR kodlar orqali tekshirish mumkin.
null
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ken-langdon-orzuiingizdagi-biznesni-boshlash-uchun-100-ta-eng-zur-goya
Ken Langdon: Orzuyingizdagi biznesni boshlash uchun 100 ta eng zo'r g'oya
Ushbu kitobda bayon etilgan 100 ta eng ajoyib g‘oya siz orzu qilgan biznesni qurishingizga yordam beradi. Unda ko‘plab savollarga javob topish orqali biznes sir-asrorlarini tushunishga intilasiz. Masalan, avvalo, orzuyingizdagi biznes aynan nima? Siz boylik qidiryapsizmi yoki erkinlikmi, balki shon-shuhratdir? Yoki orzuyingizdagi biznes yuksak hayot sifati bilan bog‘liqmi? Nima bo‘lganda ham, biznesni rejalashtirish vaqti keldi. Siz buyuk kun kelganda o‘zingizga kerakli ko‘nikma va tajribalar haqida o‘ylashni boshlashingiz zarur. Bu borada 100 ta eng zo‘r g‘oyalardan iborat mazkur xazina sizga qo‘l keladi. Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan. Tarjimon: E'zoza Qilichova
978-9943-7598-8-4
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ethem-emin-nemutlu-kai-birimiz-sevmaganmiz-2
Ethem Emin Nemutlu: Qay birimiz sevmaganmiz
Ayting, qay birimiz sevmaganmiz?.. Axir, hammamizning ham qalbimizda ISHQning yarasi qobiq bog‘lamaganmi?.. Baʼzan o‘sha qobiqlar yorilib, undan ISHQning qoni sizib chiqmaganmi?.. Eslaganingizda yuzingizda achchiq tabassum paydo qiladigan unutilmas, qadrdon xotiralar sizda ham borku, shunday emasmi?.. Farzandli, nabirali bo‘lgan bo‘lsak ham, chap ko‘ksimizdagi yaralar paydo qilgan o‘sha insonni kutilmaganda qayerdadir uchratib qolsak, ko‘zlarimiz to‘qnashsa, nima qilamiz, ayting?.. "Qara, oradan qancha yillar o‘tdi, lekin sening o‘sha oxirgi nigohingni hali-hamon qalbimda ko‘tarib yuribman!" deymizmi?.. Ayting, qay birimiz sevmaganmiz?.. ISHQ o‘tmishda qolib ketadigan, o‘tmish bilan nihoya topadigan tuyg‘u emas... Har qanday vaqtda, har on sevishingiz mumkin, hattoki hozir ham.... Do‘stim, shu doimo yodingizda bo‘lsin: sevgi yosh, vaqt, mavsum tanlamaydi...
978-9943-8842-0-5
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhaloliddin-rumii-manavii-masnavii-tuplam
Jaloliddin Rumiy: Ma`naviy Masnaviy (To'plam)
Shoirlar shoiri, oshiqlar  oshig‘i, olimlar olimi bo‘lmish Mavlono Jaloliddin Rumiyning shoh asari – “Maʼnaviy masnaviy”ning yangi  bebaho tarjimasi amalga oshirilayotganidan xabardorsiz.  Noziktaʼb  shoir, mohir tarjimon va  so‘z  zargari  Odil Ikrom tomonidan qilingan bu tarjimaning bir qismi, yaʼni faqat birinchi kitobi chop etilgan edi. Mana, nihoyat, olti kitobdan iborat muhtasham asar tarjimasi nihoyasiga yetdi.
978-9943-7573-3-2
null
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/alan-aleksandr-miln-vinni-puh-va-uning-sarguzashtlari-suratli
Alan Aleksandr Miln: Vinni Pux va uning sarguzashtlari (suratli)
Жаҳон адабиётида болалар учун ёзилган китоблар орасида Алан Александр Милн ижоди, қаҳрамонлари ёш китобхонларимиз қалбига шу қадар яқинки, у ҳақда эшитганда, кўрганда ҳаяжонларини, қувончларини яширолмайдилар. Уларнинг севимли қаҳрамонлари - Винни Пухнинг саргузаштлари чиндан-да мароқли, чиндан-да ҳайратланарли. Бола қалбимизни тўлқинлантирадиган асарни бирга мутолаа қиламиз
978-9943-27-702-1
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/hadicha-kubro-tongar-nikohimni-asrai-olaman
Xadicha Kubro Tongar: Nikohimni asray olaman
Hech birimizda qaysi oilada tug‘ilishni tanlash borasida imkoniyat bo‘lmagan, ammo ne baxtki, barcha-barchamiz farzandlarimizni qanday oilada ulg‘aytirish bo‘yicha tanlovga egamiz. Mehr va muhabbatga to‘la baxtiyor oila qurish yoki dilxiraliklar, qo‘pol munosabatlar asosidagi insonni bezdiradigan xonadon asoschilari bo‘lish o‘z qo‘limizda. Nikohingiz malhamga, yaxshilanishga, baxtga va sevgiga muhtojmi? Turmush o‘rtog‘ingizni anglay olasizmi yoki o‘rtangizda tushunmovchiliklar mavjudmi? Oilaviy muammolarni faqatgina ajrim bilan emas, o‘zaro munosabatlarni psixologik tahlil qilish orqali hal qilish umididamisiz? Javobingiz “Ha” bo‘lsa, Xadicha Kubro Tongarning qo‘lingizdagi mazkur kitobi yordamchingiz bo‘lsin! Demak, niyat va g‘ayrat o‘zimizdan. Tarjimon: Go‘zal Mirzayeva
978-9943-20-947-3
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/muhiddin-abu-muhammad-abdulkodir-zhiilonii-rabboniilikni-anglash-va-rahmonii-faizni-kozonish
Muhiddin Abu Muhammad Abdulqodir Jiyloniy: Rabboniylikni anglash va rahmoniy fayzni qozonish
Azizlar! Ushbu sizga taqdim etilayotgan kitob, elimizda G‘avsul Aʼzam nomi bilan mashhur bo‘lgan Abdulqodir Jiyloniy hazratlarining islom olamidagi taniqli asarlaridandir. U oltmish sakkizta Majlisdan iborat bo‘lib, hozircha elliktasi hukmingizga havola etilmoqda. Ushbu kitobni o‘qib, zarracha manfaat, hilm, ruhoniy yuksalish topasiz degan umiddamiz Tarjimon: To‘lqin Iyso o‘g‘li
978-9943-26-289-8
368
2015
https://asaxiy.uz/uz/product/hikmat-anil-uztekin-fesleen
Hikmat Anil O'ztekin: Fesleen
Ketmoq qiyinmi yoki qolmoq? Qolmoqni bilmadim- u, ketmoqning sira oson bo‘lmasligini tushundim. Bir hisob-kitobi bor ekan bu ishning, qaytishni istasa-da, qayta olmasligi, yuragida cho‘zilib ketgan g‘urbatlari, ayriliqlari bor ekan. Ustiga-ustak, ketsa, ikki kishilik badal to‘lar ekan inson... Mening ismim Fesleyen. Men bu hikoyada ketganlardanman. Aytmoqchi bo‘lgan ko‘p gapim bor va eʼtirof etishim kerak bo‘lgan bir dunyo tashvishlarim. Qog‘oz qalamimni tayyorladim. Bir rayhonning tuprog‘iga bo‘lgan sog‘inchini yozmoqchiman, bir rayhonning yomg‘iriga va quyoshiga bo‘lgan sog‘inchlarini aytmoqchiman sizga. Bir qizning yuragini ochmoqchiman. Agar siz ham bir kun tuprog‘idan uzoqlarga ekilgan, quyoshga bo‘y cho‘zishga urinayotgan kichkinagina chechakka ko‘zingiz tushsa, ustidan bosib o‘tmang, xo‘pmi? Bu dunyoda yolg‘iz o‘zi ketayotgan bir insonning Allohdan o‘zga kimi ham bo‘lishi mumkin? Uning baxtsizligiga siz sababchi bo‘lmang... Va sizdan iltimos, sevishganlarni ayirmang!
978-9943-7929-1-3
256
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdurasul-abdullaev-dakika-kadri-3-kitob
Abdurasul Abdullayev: Daqiqa qadri (3-kitob)
O‘zbekiston Milliy teleradiokanali orqali efirga beriladigan “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvi savollari asosida nashrga tayyorlangan "Daqiqa qadri 3" kitobi ham “Zakovat” turkumi ostida chop etilgan avvalgi kitoblar kabi 1001 savol va ularning 1001 javobidan iborat. Shuningdek, kitobda nafaqat ko‘rsatuv muxlislari tomonidan yo‘llangan savol-javoblar, balki boshlovchi Abdurasul Abdullayevning shaxsan o‘zi tuzgan ajoyib jumboqlar va ularning yechimlari ham jamlangan. Ushbu kitob mamlakatimizdagi turli soha va qatlam vakillarining intellektual salohiyatini oshirishda, ayniqsa, yoshlarning yetuk aql-idrok egasi bo‘lib yetishishlarida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Vatanimizning turli sarhadlarida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning maktublari va boshqa manbalar asosida to‘plam holiga keltirilgan ushbu qo‘llanma barchaga manzur buladi, degan umiddamiz. Kitob keng ommaga mo‘ljallangan.
978-9943-5534-6-0
320
2019