url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/hairiddin-sulton-navoii-30
Xayriddin Sulton: Navoiy-30
Azim poytaxt Toshkentning qoq markazida joylashgan Navoiy ko‘chasidagi manglayiga “30” raqami zarb etilgan bu muhtasham imorat ushbu kitob qahramonidir. Ehtimol, siz, hech zamonda bino ham badiiy asar qahramoni bo‘lishi mumkinmi, deb so‘rarsiz.  Lekin Sanʼat nomli oqsoch momo qalʼalar va qo‘rg‘onlar, saroy va qasrlar, masjidu madrasalar, butxonayu kalisolar haqida otashin harorat va mahorat bilan bitilgan qanchadan-qancha go‘zal asarlarga doya bo‘lgani tarixdan yaxshi maʼlum. Loaqal «Bibi Maryam ibodatxonasi», «Saddi Iskandariy», «If qalʼasining mahbusi», «Arbat bolalari», «Daryo bo‘yidagi uy» kabi asarlarni eslash kifoya. Shu maʼnoda, "Navoiy – 30" o‘z siymosida ham qalʼa, ham qo‘rg‘on, ham saroy, ham dorilfununga xos jamiki belgi-alomatlarni mujassam etgani uchun, hech shubhasiz, badiiy asarning to‘laqonli qahramoni bo‘lishga mutlaqo munosibdir. Muallif  va  nashriyot kitobda uchrashi mumkin bo‘lgan ayrim o‘xshash holatlar tasodif ekanini qayd etadi.
978-9943-7108-4-9
512
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sema-marashli-tanishishni-unutibmiz
Sema Marashli: Tanishishni unutibmiz
Yulduzlarni supurasan  o'zing bilmagan holda. Quyosh quchog'ingda, xabaring yo'q. Mitti bola ko'zlaringga tikilmoq istaydi, sen esa ters o'girilib olgansan. O'pkangda mashshoqlar yig'ilgan-u navolarni eshitmaysan. Ulkan g'avg'odir bu hayot, tushunmaysan. Uchadiyu ketadi, ortidan yugursang-da, ushlay olmaysan. Uilyam Shekspir Sema Marashli Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida tug‘ilgan. Menejment va bixevioristika yo‘nalishida tahsil olgan yozuvchining ilk kitobi "Menga ertak aytib ber” 2001 yilda nashrdan chiqdi. Oila axloqi va farzand tarbiyasiga oid maqola va hikoyalari davriy nashrlarda muntazam eʼlon qilib boriladi. Oilali, uch farzandning onasi.
978-9943-7514-1-5
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/robert-kiiosaki-sheron-lechter-pul-okimining-kvadranti
Robert Kiyosaki, Sheron Lechter: Pul oqimining kvadranti
Bu kitob moliyaviy tushunchalar haqida. Odamlar bozor talablariga moslasha olmay qiynalib turgan bir paytda, badavlat ishbilarmon kishilar bundan ancha yillar muqaddam, ozod erkin hayot kechirish maqsadida, bir nechta amallarni o‘rganib chiqishdi. Ulardan biri siz pul uchun emas-pul sizga, siz uchun ishlashidir. Bu kitob, o‘z moliyaviy ahvolingizni boshqarish sirlarini ochishda yordam beradi.
978-9943-6632-6-8
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-mansab-pillapoyalaridan-kandaj-kutarilish-mumkin
Deyl Karnegi: Mansab pillapoyalaridan qanday ko‘tarilish mumkin
Maʼlum bir sohada faoliyat yuritayotgan kishining xizmat pillapoyalaridan yuqori lavozimlarga intilishi tabiiy hol. Bilim va tajriba, uzoq yillik sidqidildan qilingan mehnat albatta maqsadga yetaklaydi. Ammo bu borada amal qilinishi kerak qoidalar borki, ish qidirishdan boshlab, rahbar bilan yuzma-yuz muloqot qilishga rezyume tuzishga qolaversa ish joyining o‘zida ishchan qiyofa yaratish kabi nozik masalalarga jiddiy yondashish talab qilinadi.
978-9943-27-805-9
272
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhahon-halklari-ertaklari-2-kitob
Jahon xalqlari ertaklari (2 kitob)
Ertaklar- bolalar adabiyotining eng nodir durdonalari. Ajoyibotlarga to‘la orzular osmonida parvoz qiluvchi baxtiyor bolalikni ertaklarsiz tasavvur qilish qiyin. Bola ertaklardagi jasur qahramonlardan ibrat oladi, chunki bu qahramonlar hamisha mehnatkash xalqni turli ajdaho va devlardan, bola-ofatlardan himoya qiladilar. Ertaklar qaysi tilda yaratilmasin, albatta, kitobxon qalbiga yo‘l topadi. Uni yaxshilikka undaydi. Mazkur havola etilayotgan "Jahon xalqlari ertaklari" turkumi arab, turk va mo‘g‘ul ertaklaridan iborat bo‘lib, o‘quvchilarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-22-232-8
160
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-lutfi-ozonchi-sunggi-tufon
Ahmad Lutfiy Qozonchi: So'nggi to'fon
Axmad Lutfi Kozonchi avvalgi asarlarida bo‘lgani singari "So‘nggi to‘fon" romanida xam maktab o‘quvchisi Hasan va uning mushtipar onasining boshidan kechirganlari orqali Alloh xar bir bandasiga hamisha mehribon ekanligini taʼkidlaydi. Jabrdiyda onaning, begunoh bolaning iltijosi izsiz ketmasligi Lutfulloh amakining ularga beminnat yordam ko‘rsatishi orqali gavdalantiradi. "So‘nggi to‘fon" ramziy-majoziy maʼnoni anglatadi. Romanda Tursunga o‘xshagan yovuz, mehrsiz kimsalar har bir xonadon uchun, jamiyat uchun bamisoli to‘fon deyiladi. Insonga chuqur exhtirom bilan bitilgan "So‘nggi to‘fon" romanini o‘qigan xar bir kishining qalbini insoniy tuyhular, o‘ylar qamrab oladi.
978-9943-20-414-0
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-kifoya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kifoya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Kifoya” deb nomlangan uch jildlik kitoblari. Ushbu 3 jildlik mujalladning to‘liq nomi «Kifoya sharhi Muxtasari Viqoya»dir, yaʼni u diyorimizda mashhur bo‘lgan «Muxtasari Viqoya»ning tarjima va sharhidir. «Muxtasari Viqoya»ning asl nomi “Niqoya” bo‘lib, uning muallifi hijriy 747 sanada vafot etgan mashhur faqih Sodrush-shariyʼa Ubaydulloh ibn Masʼud al-Buxoriydir. Ubaydulloh ibn Masʼud bu kitobni bobosi Mahmud ibn Sodrush-shariyʼaning «Viqoyatur Rivoya fiy masailil Hidoya» nomli kitobini muxtasar qilish – qisqartish ila yuzaga keltirgan, biroq ahli ilmlar va xalqimiz orasida «Muxtasari Viqoya» nomi ila mashhur bo‘lib ketgan. «Muxtasari Viqoya» hanafiy mazhabidagi eng moʻtabar kitoblardan biri hisoblanadi. Zero u hanafiy mazhabdagi asosiy eʼtimodga sazovor bo‘lgan to‘rt matndan biri bo‘lmish “Viqoya” kitobining muxtasaridir. Ulamolar va tolibi ilmlar bu kitobni qadimdan eʼzozlab keladilar.  “Kifoya” ning birinchi juzi “Poklik” va “Namoz” kitoblaridan iboratdir. Shuningdek ushbu kitobdan fiqh ilmining taʼrifi, tarixi, manbalari va ahamiyati haqida, fiqhiy mazhablar va ular o‘rtasidagi farʼiy ixtiloflar haqidagi maʼlumotlar o‘rin olgan.
978-9943-7035-1-3
1808
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/songul-unsal-bizni-elgiz-deb-uiladilar
Songul Unsal: Bizni yolg'iz deb o'yladilar
Ortiq bu mavsumning boshqa bir bahoriga ehtiyojim bor... Barcha yaralarimizga malham o‘rniga tuz bosildi. Osmonlarga ko‘tarilgan sevgimiz urug‘idan ayriliq unib chiqdi. Juda qattiq sevib, go‘yo ulardan voz kechib bo‘lmaydigandek his qildik... Avval voz kechildik keyin voz kechdik. Balki bizni yolg‘iz deb o‘ylaganlari ham shundandir biroq hech kimga ozor bermadik. Ichimizdagi yolg‘izlikka qaramay umidimizni yo‘qotmadik. Naqadar ranjisak ham chiroyli sevishdan aslo voz kechmadik. Barcha yolg‘izliklar yolg‘izligidan g‘ururlanganlar, haqiqatan sevganlar va birovning azob chekishidan xavotirlangan insonlar uchun xosdir... Turk tilidan Aziza Xusanboyeva va Risolat Ibragimova tarjimasi
978-9943-8134-2-7
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/malala-yusufzoj-men-malalaman
Malala Yusufzoy: Men Malalaman
Ushbu asar «23,5 burchak ostida» loyihasi doirasida ilk bora o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Asar Nobel mukofoti laureati, 24 yoshli pokistonlik Malala Yusufzoy tomonidan yozilgan bo‘lib, muallif bu asarda o‘z mamlakatidagi qizlar taʼlimiga nisbatan to‘sqinliklar, ayollar huquqining poymol bo‘lishi haqida yozadi. Bir qancha qiyinchiliklar tug‘ilishiga qaramay, ilm olish hamda o‘zining va boshqalarning huquqlarini himoya qilishdan chekinmagan. Malala ko‘plab yoshlarga o‘rnak bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-20-818-6
384
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/berkutai-soisal-kelmasang-ham-kutaman
Berkutay Soysal: Kelmasang ham kutaman
Berkutay Soysal Turkiyaning maʼlum va mashhur yozuvchilaridan biri bo‘lib, asarlari o‘quvchilar tomonidan intiqib kutiladi hamda sevib o‘qiladi. Yozuvchining mazkur asari o‘ziga xos jozibasi, ifoda uslubi, insonning eng nozik va nafis tuyg‘ularini taʼsirchan bayon etganligi bilan ajralib turadi. - Aytingchi, siz ham hech qachon kelmaydigan bir insonni intiq kutganmisiz? Bir kun kelib ketishi mumkinligi hatto tushingizga ham kirmagan insonning ortidan qo‘l silkitib qolganmisiz? Men kelmaganni kutaman, uzoqdagi insonni sog‘inaman va azoblanganim sari yana-da ko‘proq sevaman. Men ham ketmoqchi bo‘lganlarni to‘xtatib qolishga urindim. Yo‘lini to‘sib «Meni tashlab qayerga ketmoqchisan?» deb siquvga oldim. Biroq bundan hech narsa o‘zgarmadi. Ketishga qaror qilganni to‘xtatib bo‘lmas ekan. Ehtimol, vaqtincha to‘xtatishing mumkindir, ammo baribir qo‘lingdan chiqib ketadi. Alal oqibat men ham bu haqiqatga o‘zimni moslashtirdim, o‘sha kundan boshlab tark etganlarni va sira qaytib kelmaydiganlarni kutishni boshladim. Kelmasligini bilib turib kutdim. Kutish bu - o‘z joningga suiqasd qilishdek bir xatodir. Va men bu xatoni anglaganimdan beri kutishga yana-da mahkamroq bel bog‘ladim. Berkutay Soysal
978-9943-7253-4-8
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/robin-sharma-ferrari-sini-sotgan-rohib-bilan-uz-takdiringizni-kashf-eting
Robin Sharma: "Ferrari" sini sotgan rohib bilan o'z taqdiringizni kashf eting
Asar haqida so'z ketganda adib: "Hayot men uchun sham emas, aksincha, bu damda yonib turgan mash'aladir. Men esa uni kelajak avlodga topshirishdan oldin tobora alangalatib, iloji boricha yorqinroq qilib yetkazishni istayman" deydi.
978-9943-8022-7-8
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/bahrom-irzaev-nodirjon-abdulahatov-sayyid-nosirhon-tura-kosoniy
Bahrom Irzayev, Nodirjon Abdulahatov : Sayyid Nosirxon to‘ra Kosoniy
Ushbu kitobda favqulodda qobiliyat sohibi, komusiy olim, Turkiston Muxtoriyatining maorif vaziri, Turkiston ozodligi yo‘lida shahid ketgan Sayyid Nosirxon tura Kosoniy (1873-1930) hayoti va faoliyati to‘g‘risida suz yuritiladi. Monografiya, tarix, dinshunoslik, agiografiya va masavvuf adabiyoti bilan kizikuvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan
978-9943-8141-03
220
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-nurli-halkachalar
O‘tkir Hoshimov: Nurli halqachalar (Nurli dunyo)
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov xalqimizning sevimli adiblaridan biri. Yozuvchining roman va qissalari, hikoyalari qayta-qayta nashr etilmoqda. ,,Daftar hoshiyasidagi bitiklar", ,,Dunyoning ishlari" kabi asarlarini o‘qimagan kitobxon topilmasa kerak. Qo‘lingizdagi to‘plamdan yozuvchining turli yillarda yozilgan eng sara hikoyalari o‘rin olgan.
978-9943-8880-0-5
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-qodiriy-utkan-kunlar-lotin
Abdulla Qodiriy: O‘tkan Kunlar (lotin)
O‘zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrlarining asoschisi, buyuk ustozimiz-Abdulla Qodiriy (1894-1938-yillar) XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk darg‘alaridan biri bo‘lgan. Ushbu roman adabiyotimiz bestselleri hisoblanadi. Sevgi kimlarni yig‘latib, kimlarni kuydirmagan deysiz. Sharq adabiyoti durdonalaridan hisoblanmish mazkur asarda muhabbat o‘zgacha badiiy talqin qilinadi. Shuningdek, vatanparvarlik, olijanoblik, vafo va xiyonat, havas va hasad, zamon taloto‘plari tilga olinadi. Ham tarixiy, ham adabiy  chizgilar, shoirona go‘zal so‘zlar, betakror tasviriy ifodalar, asar qahramonlari tilidan aytilgan va bugungi kun yoshlarining  tilida ham sevgi iboralariga aylanib qolgan otashin so‘zlar... shubhasiz aytish mumkinki, asarni o‘qimaslikning , qayta-qayta mutolaa qilmaslikning iloji yo‘q. Abdulla Qodiriyning "O‘zbek romanchiligi asoschisi" sifatida tan olinishiga sabab bo‘lgan ushbu asar voqealar tariximizning bir ko‘rinishi, muallif taʼkidlaganidek o‘zbeklar turmushidan tarixiy romandir.
978-9943-5210-9-4
464
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-osmondan-tushgan-pul
O‘tkir Hoshimov: Osmondan tushgan pul (Nurli dunyo)
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning asarlarini sevib mutolaa qilamiz. Buning boisi, adib asarlarining jozibadorligi, xalqchilligida. Adibning hajviy hikoyalarida ham ana shu jozibadorlik, samimiylik ustuvorlik qiladi. Ushbu kitobdan O‘tkir Hoshimovning „Jinni bo‘lish oson ekan", „Shaharlik kuyov", G‘aroyib sayohat", „Osh", „Yubiley" „Omadli jentlmenlar" kabi hajviy hikoyalari o‘rin olgan. Keling, ushbu kitob bahonasida do‘stlarga samimiy tabassum ulashaylik.
978-9943-8880-2-9
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-chul-havosi
O‘tkir Hoshimov: Cho'l havosi (Nurli dunyo)
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning asarlari xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Buning boisi adib asarlarining hayotiyligi, tilining jozibadorligida. Qo'lingizdagi to'plamdan O'tkir Hoshimovning „Cho'l havosi" qissasi hamda „Yanga", „Jintepa“, „O'zbek ishi", „Xayollarga bo'laman tutqun" kabi bir qator hikoyalari o'rin olgan.
978-9943-8879-7-8
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ehann-volfgang-gete-garb-u-shark-devoni
Yohann Volfgang Gyote: G'arb-u Sharq devoni
Badiiy tarjima ijodiy ish bo‘lib, u tarjimon zimmasiga og‘ir va masʼuliyatli vazifani yuklaydi. Chunki tarjimon biron-bir asarni tarjima qilar ekan, uni asl nusxadagidek badiiy va janr xususiyatlarini saqlagan holda kitobxonga yetkazib berishi kerak. Kitobxon tarjima asarni o‘qiganda, uning tarjima ekanligini unutsin, shundagina mutarjim o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni, tarjima qilishdek masʼuliyatli vazifani bajargan bo‘ladi. Mazkur kitobga nemis adabiyotining buyuk ijodkori - Yohann Volfgang Gyotening ikkita mashhur asari kiritildi va eng eʼtiborli jihati - har ikkala asar asliyatdan tarjima qilingan. Mahoratli tarjimonlar Gyoteni o‘zbek kitobxoniga ro‘baro‘ qilarkan, aytish mumkin bo‘lsa, har ikkala asarda ham yozuvchini o‘zbekcha “gapirtirishga” muvaffaq bo‘lishgan.
978-9943-27-669-7
256
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-shamol-esaveradi
O‘tkir Hoshimov: Shamol esaveradi (Nurli dunyo)
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning asarlari xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Buning boisi adib asarlarining hayotiyligi, tilining jozibadorligida. Qo'lingizdagi to'plamdan O'tkir Hoshimovning,,Shamol esaveradi" qissasi hamda „Uzun kechalar", „Tasodif“, „Hotam xasisning xazinasi", „Tarnov" kabi bir qator hikoyalari o'rin olgan.
978-9943-8879-6-1
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/klayv-steypliz-lyuis-narniya-saltanati-arslon-jodugar-va-kiyim-javoni
Klayv Steypliz Lyuis : Narniya saltanati arslon, jodugar va kiyim javoni
Eshik ortidagi dunyo, hech qachon tugamaydigan ayozli qish... Ozod bo‘lishini kutayotgan muhtasham bir o‘lka: NARNIYA. Bir kuni to‘rt bola Piter, Syuzan, Edmund va Lyusi ular yashaydigan uydagi javon ichidan NARNIYA o‘lkasiga o‘tish mumkinligini bilib qolishadi. NARNIYA saltanati Oq jodugarning qo‘l ostidadir. Hammaning umidlar tugagan fursatda Narniyaning haqiqiy xaloskori Arslon qaytib keladi. Biroq, bu uchun ham katta qurbonlik talab qilinadi... «NARNIYA saltanati» sarguzashtlariga oshiqayotgan bolajonlar talaygina oramizda, to‘g‘rimi? Siz bu asar qahramonlarini televizorda ko‘rgansiz. Lekin barchangizni ishontirib aytamanki, kitobdan oladigan zavqingiz o‘rnini boshqasi bosolmaydi.
978-9943-8309-2-9
208
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/mirach-chagri-uqtosh-sen-un-etti-yoshimsan
Mirach Chagri O'qtosh: Sen o'n yetti yoshimsan
Yosh turk yozuvchilaridan biri Mirach Chag'ri Oqtosh o'zining <<Sen o'n yetti yoshimsan» nomli kitobi orqali o'quvchilarini javobsiz va alamli ishq hikoyasi bilan tanishtiradi. Mazkur asar sevgi, ishonch, mehr-oqibat, sadoqat, rashk va oila haqida qisqacha kechinmalardan iborat. Mirach Zumra bilan futbol o'yini chog'ida uchrashib, uni bir ko'rishdayoq sevib qoladi. O'shanda Zumra endigina 17 yoshda edi. Oilaviy hayotidan chuqur psixologik jarohatlar olgan Zumra Mirachning qalbida chuqur va unutilmas iz qoldiradi. Ikkalasi ham bolaligida otalari tomonidan tashlab ketilgani yoshlarning o'zaro munosabatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Qo'lingizdagi asarda yozuvchining samimiy muhabbati va ko'ngil qo'ygan qizi bilan yo'llari tutashmagani sabablari, tafsilotlari ta'sirchan tarzda hikoya qilingan.
978-9943-8757-3-9
176
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/ilhom-kahhorov-notiklik-sanati
Ilhom Qahhorov: Notiqlik san'ati
Ushbu qo‘llanma notiqlik sanʼatini mustaqil o‘rganayotgan barcha sohadagi rahbar xodimlar, ustoz-murabbiylar, o‘quvchi va talabalar, qolaversa, imom-xatiblar hamda omma uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular mazkur kitobdan qisqa va lo‘nda shaklda bayon qilingan nutq madaniyati to‘g‘risidagi amaliy maslahatlardan foydalanadilar, degan umiddamiz.
978-9943-4548-8-0
216
2015
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulmannon-abdulloh-zakot-kitobi-zakotga-oid-fatvolar
Abdulmannon Abdulloh: Zakot kitobi (Zakotga oid fatvolar)
Alloh taologa hamdu sanolarimiz, Allohning Rasuli hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlarimiz bo‘lsin! Zakot ibodati - har bir inson uchun dunyo va oxirat saodatiga erishish yo‘lini ko‘rsatib bergan dinimizning besh ruknidan biri bo‘lib, inson hayotining moliyaviy, moddiy jabhasiga oid ilohiy farmondir, yetarli darajada mol-mulki bor har bir mo‘min-musulmonning zimmasidagi buyuk sharaf hamda ulkan masʼuliyatdir. Zakot ibodatining sharofati bilan jamiyatda fayz-baraka, farovonlik, tenglik, mehr-muruvvat mustahkamlanadi, yetim-yesirlar, beva-bechoralar, faqir-miskinlarning moliyaviy ahvoli yaxshilanadi. Alloh subhanahu va taoloning inoyati bilan xalqimiz istiqlolga erishib, o‘zligini anglamoqda, diniy va milliy qadriyatlarini tiklamoqda, yurtimizda tarixiy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda. Ushbu ijobiy o‘zgarishlarning natijasi o‘laroq, dinimizning arkonlarini birin-ketin o‘rganib, ularga amal qilayotgan mo‘min-musulmonlarimizdan endi moliyaviy ibodatlar haqida ham tobora ko‘proq savollar kelib tushmoqda. Ayni paytda, ushbu savollardan ko‘pchilik orasida zakot, fitr sadaqasi, xayr-ehson kabi moliyaviy ibodatlar borasida baʼzi noto‘g‘ri tushunchalar, xato tasarruflar bo‘layotgani ham maʼlum bo‘lmoqda. Bu esa dinimizning moliyaviy ibodatlar borasidagi taʼlimotlarini tartib bilan o‘rganish, ularning asl mohiyatini, tartib-qoidalarini, ilohiy hikmatlarini, uxroviy ajru savoblari hamda bu dunyodagi barakoti va samaralarini xalqimizga yana-da kengroq, batafsilroq tushuntirib, yetkazib berish lozimligini ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan zakotning nisobi, qanday mol-mulklardan berilishi, tilla va kumush, chorva, ekin va shu kabilardan beriladigan zakot miqdori, kimlarga berilishi, kimlar zakot olmasligi va shu kabi ko‘plab mavzularga oid savollarga javob topish mumkin bo‘lgan mazkur risolani kitobxonlarga taqdim qilishni niyat qildik. Kitobxonlarga qulay bo‘lishi, shuningdek, zakotga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga oson javob topishlari uchun risola asosan savol-javob shaklida tayyorlandi.
978-9943-7796-7-9
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdukarim-mirzaev-oekyalang-bolalar
Abdukarim Mirzayev: Oyoqyalang bolalar
Aziz o‘quvchi! Asl hikmatlar qalbga abadiyan muhrlanadi va tildan tilga, dildan dilga ko‘chib yuraveradi. Kaminangiz ham bu hikoyalar sizga yana-da yaqinroq bo‘lishi, yaxshi-yomon kuningizda asqatishi uchun ularni dastlab video hikoyalar tarzida, endi esa moʻjaz to‘plam shaklida hukmingizga havola etyapman. Zora, "Ilmni yozish bilan bog‘lab qo‘yinglar", degan hadisga tayangan bu aʼmolimiz mudom yaxshiliklarga vasila bo'lsa... Abdukarim Mirzayev
978-9943-8167-6-1
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mrinal-kumar-gupta-bahtli-bulish-sirlari-yumshok-mukova
Mrinal Kumar Gupta: Baxtli bo'lish sirlari (yumshoq muqova)
Inson borki, hayotda turli muammolar bilan yuzlashadi, baʼzan ular qarshisida ojiz qoladi. Shunday paytda dardlashadigan, boringni to‘kib-soladigan, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan hamdardga ehtiyoj sezasan. Biroq dardingni jon-qulog‘i bilan tinglab, sirlaringni saqlaydigan, ayniqsa, to‘g‘ri maslahat berib, yo‘l yo‘riq ko‘rsatadigan do‘stni topish amrimahol. Dunyodagi eng ko‘p sotilgan psixologik kitoblarning mashhur muallifi Mrinal Kumar Guptaning ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilingan «Baxtli bo‘lish sirlari» kitobi siz uchun sirdosh va yaxshi maslahatchi bo‘la oladi. Oson va tushunarli tilda yozilgan, hayot sinovlaridan o‘tgan ushbu maslahatlar to‘plamini o‘qishingizni tavsiya qilamiz. Tarjimon: Dilafro‘z Ahmadaliyeva
978-9943-20-858-2
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-brizhes-kei-vest-brayan-kertis-esh-honim-uchun-odobnoma-barcha-kiz-bilishi-lozim-bulgan-50-koida-tuplami
Jon Brijes, Key Vest, Brayan Kertis: Yosh xonim bo'lish uchun 50 etiket qoidalar to'plami
Zamonaviy qizning hayoti turli voqea, doimiy muloqotlar bilan to‘la, masalan, maktab, klub, turli to‘garak, bazm, do‘stlar bilan kafeda vaqt o‘tkazish, konsert, to‘y, marosimlar kabi. Har bir yosh xonim ko‘plab insonlar bilan aloqada bo‘ladi, tanishadi. Shunday holatlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun zamonaviy odob qoidalariga amal qilish lozim. Mazkur kitob hayotning turli vaziyatlarida ko‘ngilsiz holatga uchramay, silliqlik bilan chiqib ketish imkonini beruvchi etiket qoidalari bilan tanishtiradi. Kitob nafaqat qizlarga, balki yoshi, jinsidan qatʼiy nazar odobli bo‘lishni istagan keng ommaga, ayniqsa, namunali farzand tarbiyalashni maqsad qilgan ota-onalarga mo‘ljallangan. Siz mazkur kitobdan: telefonda muloyim muloqot qilish sanʼati, minnatdorchilikni ifoda etish ko‘nikmasi, hamdardlik bildira olish, dasturxon atrofida o‘zini tuta bilish tashqi qiyofani to‘g‘ri parvarish qilish kabi etiket qoidalarni o‘rgatadi. Doimo o‘zgarib boruvchi bu olamda yaxshi odob-axloq qoidalari hech qachon urfdan chiqmaydi! Rus tilidan R. Nuritdinova tarjimasi
978-5-699-59284-0
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhen-sinsero-ni-zya
Jen Sinsero: Ni Zya
Halqa shaklida to‘g‘ralgan piyoz va qovurilgan go‘shtni maza qilib isteʼmol qilish Jen Sinseroga odatlar haqida benazir kitob yozishga xalal berolmadi. Anchagacha chiranish mumkin, lekin baribir tonggi soat beshda uyg‘onishni, badantarbiya qilishni va tish tozalaydigan ipdan foydalanishni o‘rganolmaslik mumkin. Biroq ushbu kitob muallifining favqulodda iqtidori shiddatli transformatsion jarayonni yo‘lga qo‘yadiki, har kungi harakatlaringiz va fikrlaringiz o‘zgarayotganini o‘zingiz sezmay qolasiz. Qo‘lingizdagi kitob yomon odatlarni yaxshilariga almashtirish bo‘yicha 21 kunlik marafondir. Marafon esa quyidagicha ishlaydi: o‘zingiz uchun yangi mashq o‘ylab topasiz va uni ajratilgan muddat oxirigacha bajarishda davom etaverasiz. Natijada nafaqat hayotingizni o‘zgartirasiz, qolaversa, yuragingizda g‘ayrat jo‘sha boshlaydi. Qolaversa, kichik illatlaringiz uchun o‘zingizni koyishni bas qilasiz.
978-9943-7767-8-4
216
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-tasavvuf-hakida-tasavvuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tasavvuf haqida tasavvuf
Ushbu kitob tasavvuf tariqatlari, haqiqiy tasavvuf, yaʼni Qurʼon va sunnatga ilmiy ravishda yondashuvchi tasavvuf qanday bo‘lishi, tasavvufning vazifalari, tariqat silsilasi, mashhur tariqat shayxlarining hayoti va faoliyatiga oid muhim maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, kitobda karomat tushunchasi va uning turlari, Allohning valiy bandalari va ularga berilgan karomatlar, tasavvufdagi shahodat, vahdatul vujud tushunchalarining kelib chiqishi va ularning mohiyati atroflicha ochib berilgan.
978-9943-7545-1-5
296
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/erih-mariya-remark-ortga-iul
Erix Mariya Remark: Ortga yo'l
Atoqli nemis adibi Erix Mariya Remark asarlari o‘zbek adabiyotsevarlariga begona emas. "Uch og‘ayni", "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q", "Lissabondagi tun", "Qora haykal" romanlari kitobxonlarning qalb to‘rlaridan joy olgan, desak, mubolag‘a bo‘lmas. Mana, "G‘arbiy front..."ning mantiqiy davomi bo‘lmish "Ortga yo‘l" romani ham nashr etildi. Millionlar yostig‘ini quritgan muhoraba mavzusida qalam tebratgan muallif ushbu asarida ham Birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan yoshlar qismati orqali urush dahshatlarini boshdan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik, o‘smirlik orzu-umidlari chilparchin bo‘lgan butun boshli avlodning ayanchli taqdirini mahorat ila yorqin bo‘yoqlarda, bor bo‘yicha tasvirlaydi. Ishonamizki, mutolaadan so‘ng aslo tushkunlikka tushmaysiz, bilʼaks, inson eng og‘ir sharoitlarda ham ojiz qolmasligiga, barchasi insonning ruhiyati, maʼnaviy dunyosi hamda irodasiga bog‘liqligiga ishonchingiz ortadi, adabiyot va hayot haqidagi tasavvurlaringiz yana bir pog‘ona ko‘tariladi. Agar taʼbir joiz bo‘lsa, "Ortga yo‘l" o‘quvchini "tishni tishga qo‘yib, mushtni tugib-tugib, chidab-chidab yashash"ga o‘rgatadi. Aziz kitobxon, yana bir mutolaa zavqi hamda kitobxonlik saodati muborak bo‘lsin!
978-9943-7930-7-1
320
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/imom-abu-iso-muhammad-termizii-shamoilul-muhammadiya
Imom Abu Iso Muhammad Termiziy: Shamoili Muhammadiya
Buyuk muhaddis Abu Iso Termiziy rahmatullohi alayhning “Shamoili Muhammadiya" kitobi Islom olamida shuhrat qozongan, moʻtabar sanalgan manbadir. U o‘zining ajoyib uslubi bilan keng kitobxonlar eʼtiboriga tushgan, mag‘ribu mashriqqa dong‘i ketgan. Bu muborak kitobda bashariyatning eng afzal vakili, anbiyolar sayyidi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamning tashqi ko‘rinishlari, ulug‘ xislatlari, yuksak xulqlari, go‘zal muomalalari haqidagi hadislar keltirilgan. Sahobalar sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni shu qadar aniqlik bilan vasf qilishganki, kitobni o‘qiganda xuddi u zotni ko‘rgandek bo‘lasiz. Asʼhobi kirom Rasulullohning yuzlari, ko‘zlari, qoshlari, kipriklari, sochlari, qo‘l-oyoqlari, yurishlari, o‘tirishlari, kiyinishlari, ovqatlanishlari, ibodatlari, odamlar bilan muomalalari qandayligini tiniq tavsiflab berishgan. Imom Termiziy ana shunday hadislarni “Shamoil"da jamlagan, ularni mohirona tartiblab, boblarga ajratgan. Mo‘min banda Rasuli akram alayhissalom tashqi ko‘rinishlari, oliy fazilatlari haqida bilishi lozim maʼlumotlar mana shu kitobda bor. Uni qunt bilan o‘qigan kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamga xos go‘zal sifatlarni o‘rganadi. Bu bilan uning imoni mustahkamlanadi, Rasulullohga hurmat-eʼtibori, muhabbati ortadi. Tarjimon va sharh muallifi: Ziyovuddin Rahim
978-9943-22-515-2
656
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nuriddin-ismoilov-gunohkor
Nuriddin Ismoilov: Gunohkor
Yozuvchi Nuriddin Ismoilov — 1969 yil 20 yanvarda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi Avliyotepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Yozuvchi Nuriddin Ismoilovning bir qancha hikoya va qissalari matbuotda eʼlon qilingan. Yozuvchining kitoblarini mutolaa qilar ekanmiz, ularning mavzu doirasi juda keng va xilma-xilligi, voqealar tasviri juda hayotiyligiga guvoh bo‘lamiz. Shu bois ularni qo‘liga olgan kitobxon go‘yo asar qahramonlari bilan yonma-yon yurgandek, sarguzashtlarni birga boshidan kechirayotgandek his qiladi o‘zini.
978-9943-4845-0-4
368
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mehmet-olakosh-tutkun
Mehmet Olaqosh: Tutqun
Aziz kitobxonlarimizga yozuvchi Mehmet Olaqoshning axloqiy-didaktik ruhda yozilgan ushbu qissasini taqdim qilarkanmiz, ushbu kitob barchamizning qalbimizga tutqun etilgan qo‘rquv va johillik illatlarini yod etishda yaxshi dasturulamal bo‘lishiga tilakdoshmiz. Tarjimonlar: Gulbahor Abdulloh, Otabek G‘aybulloh
978-9943-8643-5-1
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/rahimbergan-sapaev-mumin-musilmonning-bir-kuni
Rahimbergan Sapayev : Mo'min - Musulmonning bir kuni (kirill)
«Mo'min-musulmonning bir kuni» deb nomlangan ushbu qo'llanma Islom diniga e'tiqod qilguvchi ahli sunna val jamoa hanafiylik mazhabidagi keng jamoatchilik foydalanishi uchun rasmiy nashr etilgan adabiyotlar asosida tayyorlangan diniy, ma'naviy-ma'rifiy mavzudagi kitobdir. Kitob insonni fikrlashga, go'zal Qur'oniy axloq asosida doimo ogoh bo'lib yashashga chaqiradi. Ko'pchilik yoshi kattalar ba'zan to'y-ma'rakalarda duo qilishga to'g'ri kelib qolsa, duoni qanday qilib boshlash va qanday so'zlar bilan yakunlash bo'yicha muammoga duch kelishmoqda. Albatta, namoz o'qish boshqa, chiroyli duo qilish boshqa masala. O'qing, uqing, ibratlaning!
978-9943-8791-0-2
176
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/ernest-heminguey-chol-va-dengiz-yumshoq-muqova
Ernest Xeminguey: Chol va dengiz (yumshoq muqova)
Dunyo miqyosida mashhur adib, "Nobel" mukofoti sovrindori Xemingueyning mazkur asarida insonning ulug‘ligi, undagi iroda matonat, oqillik va azm-u qaroridan og‘ishmaslik o‘zgacha talqinda aks etgan. Serqirra ijodkorning millionlab nusxada chop etilgan asarini mutolaa qilishga shoshiling...
978-9943-7002-2-2
116
116
https://asaxiy.uz/uz/product/gi-de-mopassan-azizim-lotin-alifbosida
Gi De Mopassan: Azizim (lotin alifbosida)
“Azizim” 1885 yil - Mopassanning uchinchi respublika davridagi fransuz burjua jamiyati illatlari avj olgan sotqinlikni fosh etgan ikkinchi mashhur romani sanaladi. Asarning bosh qahramoni qishloq qovoqxonachisining o‘g‘li Jorj Dyuruadir. U Afrikada askar bo‘lib xizmat qilgan va mustamlaka xalqlarni kamsitish va o‘ljani qo‘lga kiritishga qaratilgan harakatlarda qatnashadi. Bular qahramon feʼl-atvorining qo‘pol shaxsiyatparast bo‘lib shakllanishiga taʼsir etadi.
978-9943-07-651-8
352
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zaynobiddin-abdirashidov-nodira-egamqulova-borar-yuling-turkistondir
Zaynobiddin Abdirashidov, Nodira Egamqulova: Borar yo'ling Turkistondir
XX asr o‘zbek milliy uyg‘onish harakati - jadidchilikning yorqin vakillarining hamon dolzarbligini yo‘qotmay kelayotgan uyg‘oq fikrlari aks etgan ushbu to‘plamga milliy va tashqi davriy nashrlarda eʼlon qilingan safar xotiralari, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga doir maqolalar, adabiy materiallar kiritildi. Shuningdek, Mahmudxoja Behbudiyning gator maqolalari va «Farg‘ona xotiralari»ning davomi, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ismoil Obidiy, Ahlulloh Haybullin, Mo‘minjon Muhammadjonov, Ahmadjon Bektemirov maqolalari, Abdurauf Muzaffarzoda qalamiga mansub tanqidiy maqolalar hamda «Ong umidlari» hikoyasi ilk bor eʼlon qilinmoqda. Ushbu nashr XX asr ijtimoiy-siyosiy va adabiy tafakkurining shakllanishi, milliy uyg‘onish davri bilan qiziquvchi mutaxassislar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-8348-9-7
352
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-amin-yildirim-nikoh-ahloqi
Muhammad Amin Yildirim: Nikoh axloqi
Oila degan tushuncha o‘z maʼnosini yo‘qotib borayotgan ayni davrda jamiyatimizdagi muammo va kamchiliklar ildizi qidirilsa, har qanday ziyrak inson anglay oladiki, oilalarimiz maʼrifat o‘chog‘i degan sharafli nomdan anchayin yiroqlashib ketdi... Nikoh bu xayr - yaxshilik deydilar, biroq zamona zayli bilan nikoh ko‘pchilik uchun o‘ziga xos bir «front maydoniga» aylanib qolgandek... «Muhtasham axloq» kitobining «Nikoh axloqi, bo‘limida oila mustahkamligi yo‘lida eʼtiborga olish lozim bo‘lgan ishlar go‘zal tarzda yoritib berilgan. Nikohdan so‘ng va yangi bir oila ostonasida ilk oylarda boshlanadigan sinov-imtihonlar, kelin-qaynona, kuyov-qaynona, qaynota munosabatlari, solih va soliha er-xotinlik masalalari yuzasidan atroflicha so‘z yuritiladi. Ushbu kitob har qanday o‘quvchiga nikoh vakolat emas, burch ekanligi, undan soyasiz kunda so‘ralishini, Mehribon Robbimiz bu maqomni huzur va sakinat olishimiz uchun tuhfa etganini, biroq oilamiz huzur maskani yoki uning aksi bo‘lishiga o‘zimiz sababchi bo‘lishimizni yana bir bor his ettira olishiga ishonamiz!
978-9943-8769-6-5
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/komil-sindarov-ugirlangan-bolalik-kattik-mukova
Komil Sindarov: O'g'irlangan bolalik (qattiq muqova)
Ijtimoiy tarmoqlar orqali jinoyatchilik, bezorilik, ayniqsa, qotillik sodir etilgani to‘g‘risidagi sovuq xabarlarni tinglar ekanmiz, odamlar nega insoniylikni yo‘qotib, qahri qattiqlashib borayotgani haqida o‘ylab qolamiz... Bir narsa aniqki, hayotda hech kim onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Aksincha, bola voyaga yetar ekan, oiladagi nosog‘lom muhit, ota onaning tarbiya masʼuliyatini his etmasligi, eʼtiborsizlik va loqaydlik kabi illatlar uning oxir-oqibat jinoyat ko‘chasiga kirishiga sabab bo‘ladi. Komil Sindarov qalamiga mansub «O‘zbek detektivi» ruknida nashr yuzini ko‘rgan yangi asar - «O‘g‘irlangan bolalik» yuqoridagi mulohazalar haqida so‘zlaydi. Kitobni varaqlar ekansiz, norasida go‘daklarning sirli ravishda yo‘qolib qolishi, gumondorlarning xatti-harakati jinoyat motiviga tasodifan mos kelishi va sizga yaxshi tanish bo‘lgan prokuratura tergovchisi Sanjarbek va hamkasblarining ustalik bilan yo‘qotilgan qotillik izlari va dalillarini mohirlik bilan fosh etishdagi kasbiy mahorati asarni bir nafasda o‘qib chiqishingizga xizmat qiladi.
978-9943-20-857-5
304
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ziyovuddin-rahim-istigforning-40-hosiyati-salavotlar
Ziyovuddin Rahim: Istig'forning 40 xosiyati. Salavotlar
Istig‘forni kanda qilmagan kishi turli balo-ofatlardan, mashaqqatlardan omon bo‘ladi, solih farzandlar, halol mol-dunyo, farovon turmush neʼmati bilan rizqlantiradi. Istig‘for haqida uzoq to‘xtalish mumkin. Ushbu risolada shu maʼnoda istig‘for aytish sabablari, fazilatlari va hukmlari bayon etilgan.
978-9943-8524-8-8
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-bahor-qaytmaydi
O‘tkir Hoshimov: Bahor qaytmaydi (Nurli dunyo)
O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov mustaqil Vatanimizning adabiyoti va maʼnaviy xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkordir. Qariyb ellik yil davomida turli tillarda ikki yarim millionga yaqin nusxada chop etilgan yetmishdan ortiq kitobi adibni xalqimizning ardoqli farzandiga aylantirdi. Yozuvchining “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning so‘nggi qurboni”, “O‘zbek ishi” kabi novellalari o‘zbek hikoyachiligida muhim hodisa bo‘ldi. Ilk romani “Nur borki, soya bor” (1976) da yozuvchi o‘ziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli maʼnaviy – axloqiy masalalar bilan birga o‘tkir ijtimoiy muammolarni ko‘targan.”Ikki eshik orasi “(1986), “Tushda kechgan umrlar” (1994 ) romanlarida O‘. Hoshimov zamondosh – asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bog‘liq holda tahlil va talqin etish yo‘lidan borgan. Bahor qaytmaydi” (1970), “Dunyoning ishlari”(1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan.
978-9943-8880-5-0
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-homid-muhammad-gazzolii-hakikat-iulining-asoslari
Abu Homid Muhammad G‘azzoliy: Haqiqat yo'lining asoslari
"Hujjatul islom", ulug‘ mutafakkir Imom G‘azzoliyning ushbu asari komil inson orzusidagi har musulmon uchun o‘ta zarur maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan. Iymon va islomning tub mohiyati, odob-axloq tamoyillari, qalb xotirjamligi sirlari, nafs tarbiyasi va ko‘plab mavzular ushbu asarda sodda va ravon usulda bayon etilgan. Alloh taolo barchamizni haq yo‘ldan boshlasin va adashtirmasin. Ikki dunyo saodatini nasib aylasin.
978-9943-8481-6-0
304
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/komil-sindarov-kechikkan-kasos-kattik-mukova
Komil Sindarov: Kechikkan qasos (qattiq muqova)
Tog‘ayevlar xonadonining barcha aʼzolari mudhish qotillik qurboniga aylanishdi. Ularning bunday ayansli taqdiriga boylik sababmi yoki... Ketma-ket sodir etilgan  jinoyatlar ishtirokchilari kimlar yoki bu bitta odamning ishimi ? Mayram nima uchun o‘zini qariyb 20 yil davomida karlikka, gunglikka olib yurdi ? Neʼmatillaning baxtli oilasiga ko‘z tegdimi yoki ular ham baxtsizlik qurbonlarimi ? Tergovchilar- Faxriddin bilan Sanjarbek nima uchun aynan  yil avvalgi jinoyat sabablarini o‘rganishga bel bog‘ladilar? Qo‘lingizdagi kitob jinoyat olamining ana shunday nihoyatda chigal va nihoyatda murakkab muammolari, sirlariga yechim izlaydi.
978-9943-20-228-3
320
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sabohaddin-ali-muinali-mantodagi-madonna
Sabohaddin Ali: Mo'ynali mantodagi Madonna
Atoqli turk adibi va shoiri Sabohaddin Ali (1907 1948) qisqa umri davomida samarali ijod qildi, turmushning barcha mashaqqatlarini boshdan o‘tkazdi: musofirlikning qattiq nonini yeyishga, uzoq vaqt zindonda kun sanashga majbur bo‘ldi, hammollikdan tortib muallimlik, tarjimonlik bilan shug‘ullandi. Lekin hamisha yoniq fikr, yorqin tafakkur bilan yashadi, alamini muhabbat navolari hamda erksevarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan asarlar bitishdan oldi. Muallifning asarlari ilk marta bundan oltmish yil oldin o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lsa-da (bolalarga atalgan kichik hikoyalar), o‘zbek kitobxoni Sabohaddin Ali ijodi bilan chinakam maʼnoda "Mo‘ynali mantodagi madonna" romani orqali tanishishga muyassar bo‘lmoqda, deyish mumkin. Adibning xotiralarida keltirilishicha, "Mo‘ynali mantodagi madonna" muallif harbiy xizmatni o‘tayotganda qo‘li singan paytda yozilgan. Yozuvchi asarni yozayotganida og‘riqni bosish uchun qo'lini bot-bot sovuq suvga pishib-pishib olgan ekan. Taʼbir joiz bo‘lsa, "Mo‘ynali mantodagi madonna" Sabohiddin Alining tizzasi ustida yozilgan asardir. Alining boshqa asarlari singari ushbu romanning ham ayricha bir xususiyati bor dastlabki sahifalarni zerikibgina mutolaa qilishni boshlagan kitobxon besh-o‘n sahifadan keyin yuragida ajib titroqni tuyadi. Bir zamonlar dunyoning narigi chekkasida xuddi o‘ziga o‘xshagan, ruhi ruhiga uyqash inson yashab o‘tganini, u bilan o‘rtalarida qil o‘tmas do‘stdek qadrdonlikni his qiladi. Bora-bora bo'g‘zini taxir g‘ashlik achishtira boshlagan o‘quvchi kitobning so‘nggi sahifasini yopar ekan, o‘kirib yig‘lab yuborishdan, xo‘rsinik aralash ko‘z yosh to‘kishdan o‘zini arang tiyib qoladi. Bugun ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan ushbu asar noziktaʼb kitobxonlarning ko‘nglini zabt etishiga umid qilamiz.
978-9943-8482-1-4
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-avloniy-turkiy-guliston-yohud-ahloq
Abdulla Avloniy Turkiy Guliston yoxud axloq
Abdulla Avloniy merosining shoh asari sanalgan «Turkiy guliston yoxud axloq» asari bo‘lib, unda inson uchun muhim bolgan jamiki axloq-odob me’yorlari, ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu asar ikki guruhga ajratilib, «yaxshi xulqlar» deb nomlagan qismiga 33 maqolat, «yomon xulqlar» qismiga esa 21 ta maqolat jamlangan. Hayotiy rivoyatlar asosida Avloniy tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy bogliqligini, tarbiya avvalo o‘qitish bilan amalga oshirilishini asar mazmuniga singdirib yuborgan.
978-9943-8999-2-6
96
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/zhuliya-sano-yamanugli-mening-ismim-sano
Juliya Sano Yamano'g'li: Mening ismim Sano
Varaqlayotganingiz bu kitob sahifalari ichida bir qizning hayot kechinmalari va haqiqatlarni izlashi mobaynida o‘zini, o‘zligini qidirishiga guvoh bo‘lasiz. Bu – yo‘l bilan bog‘liq hikoya. Safarga chiqqan yo‘lovchining hayoti desam mubolag‘a bo‘lmasa-da, bu taʼrif uni yetarlicha ochib bermaydi deb qo‘rqaman. Zero, bu izlanish, Haqni topish va alaloqibat, Unga yetishish hikoyasidir. Juliya bilan boshlanib, Sano ila yakunlanuvchi hikoya. Fotih Duman
978-9943-8559-4-6
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mubashshir-ahmad-uni-poklagan-nazhot-topur-yumshok
Mubashshir Ahmad: Uni poklagan najot topur (yumshoq)
Ushbu kitob ustoz Mubashshir Ahmad tomonidan taʼlif etilgan bo‘lib, unda taniqli Islom olimlarining purmaʼno hikmatlari tasnif etilgan. Asardan buyuk tobein Hasan Basriy, hujjatul Islom Abu Homid G‘azzoliy va yana ko‘plab yetuk ulamolarning ajoyib hikmatlari o‘rin olgan. Mazkur asarni o‘qigan har bir kitobxonning qalbida ezgulik nuri porlab, odamiylik xislatlari chandon oshishiga ishonamiz.
978-9943-5558-5-3
92
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-zuhriddin-kori-nakshbandii-shahrihonii-nodirhon-hasan-hufiya-zikr
Shayx Zuhriddin qori Naqshbandiy Shahrixoniy, Nodirxon Hasan: Xufiya zikr
Naqshbandiya tariqati yetti asrlik tarixiy davrga ega va u o‘zining jug‘rofiy hududlarini tobora kengaytirib bormoqda. Bu esa mazkur tariqatdagi xufiya zikr qoidalarining muayyan juzʼiy o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda. Ushbu kitob Markaziy Osiyoda hazrati Bahouddin Naqshbanddan to hozirgi vaqtgacha o‘zgarishsiz amalda bo‘lgan xufiya zikr odoblarini bayon qilib beradi. Kitob xufiya suluk ixlosmandlariga va tariqatning barcha yo‘l egalariga havola etiladi.
978-9943-7582-5-4
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/robin-sharma-doimii-kahramon-manifesti-kattik-mukova
Robin Sharma: Doimiy qahramon manifesti
Amerikaning taniqli yozuvchi va gumanist mutafakkiri, xalqaro bestseller muallifi va liderlik masalalari bo‘yicha mutaxassis - Robin Sharmaning "Doimiy qahramon manifesti" insonning o‘zidagi yashirin qobiliyalarini yuzaga chiqarishda yordam beruvchi o‘ziga xos falsafiy, samaradorlikni oshirishga qaratilgan inqilobiy uslublar va aqlbovar qilmas go‘zallik, cheksiz quvonch va maʼnaviyatga yetaklovchi asardir. Muallif professional notiqlar olamidagi yorqin yulduzlardandir. Kitobni o‘qib turib notiqlik madaniyatining sir-asrorlaridan ham voqif bo‘lasiz. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-8434-2-4
432
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hasanhon-yahe-abdulmazhid-hatmi-kuronga-marhabo
Hasanxon Yahyo Abdulmajid: Xatmi Qur'onga marhabo
Bugungi kunda yurtimizda o‘tkazilayotgan xatmi Qurʼonlar ko‘p jihatdan namunali va go‘zal tarzda ado topmoqda. Shu bilan birga, bu ibodatni endilikda yuqori ilmiy saviyada, bilim va hujjat asosida, yana-da mukammal, yana-da manfaatli shaklda o‘tkazish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi. Xususan, qorilarimiz bu maʼnoda o‘z ustilarida yana ham ko‘proq ishlashlari, Qurʼoni Karimning tajvidini, uning maʼnolarini, axloqu odobini ham puxta egallashga harakat qilishlari lozim. Qurʼonni go‘zal suratda, harf va kalimalarini dona-dona qilib, muhabbat bilan qiroat qilish har bir qorining Qurʼon oldidagi burchidir. Shu bilan birga, qorilarimiz Qurʼonni qiroat qilishda qanchalik yaxshi namuna ko‘rsatsalar, unga amal qilishda ham ana shunday o‘rnak bo‘la olishlari darkor. Xatmi Qurʼonda ishtirok etayotgan har bir musulmon kishi Qurʼonga nisbatan odob bilan, ixlos bilan munosabatda bo‘lishi dinimiz talablaridandir. Qurʼon qiroatini tinglash bilan birga uning maʼnolarini o‘rganishga ham harakat qilish lozim. Yurtimizda ulamoi kiromlarimiz tomonidan ona tilimizda yozilib, nashr etilayotgan tafsirlarni o‘qib, ilohiy o‘gitlardan bahramand bo‘lib borsalar, har kungi o‘qiydigan, tinglaydigan suralarining qisqacha mazmuni bilan tanishib borsalar, juda ham ulkan ajru savoblarga, foydalarga ega bo‘ladilar, inshaalloh. Allohga shukrlar bo‘lsinki, hozirgacha yurtimizda Qurʼoni Karimga doir bir qator kitoblar chop qilinib, xalqimiz qo‘liga yetib bordi. Ammo yuqorida biz so‘z yuritgan mavzu – xatmi Qurʼon haqida haligacha biror maxsus asar yo‘q edi. Yosh tadqiqotchilarimizdan Hasanxon Yahyo Abdulmajid tarafidan tayyorlangan ushbu «Xatmi Qurʼonga marhabo!» nomli kitob bu boradagi birinchi qadam bo‘ldi. Risola juda ham ravon, lo‘nda tili va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Unda juda ko‘p qimmatli maʼlumotlar o‘rin olgan. Ayniqsa, xatmi Qurʼon duosiga doir satrlar hech kimni befarq qoldirmasa kerak. O‘ylaymizki, bu kitob avvalo qorilarimiz uchun, qolaversa, barcha mo‘min-musulmonlar uchun ajoyib qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Alloh taolodan o‘tinchimiz – hofizi Qurʼonlarimiz yana ham ko‘payaversin, ularning sharofatlaridan yurtimiz yana-da osuda bo‘lib, xalqimizning ichu tashi ilohiy kalom nuri bilan munavvar bo‘lib boraversin! O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Mundarija Taqdim «Xatmi Qurʼonga marhabo!» kitobiga taqriz Muqaddima «Xatmi Qurʼon»ning maʼnosi nima va u qanday amal? Qurʼonni xatm qilish qachon boshlangan? Qurʼonni qancha muddatda xatm qilish kerak? Salafi solihlar hayotidan namunalar Xatm yetkazish uchun nimalarga eʼtibor berish lozim? Xatmi Qurʼonning foydalari va undan ko‘zlangan maqsadlar Xatmi Qurʼon odoblari Xatmi Qurʼonda takbir aytish masalasi «Xatmi sag‘ir» haqida Xatmi Qurʼondagi basmala masalasi Xatmda unutib qoldirilganoyatlarni qanday to‘ldiriladi? O‘tganlarga xatmi Qurʼon bag‘ishlash haqida Xatmi Qurʼonda duo qilish Ahli Qurʼon do‘stlarga ko‘ngil nidosi Tinglovchilarga murojaat O‘tmishdan namunalar Xatmi Qurʼon duosi
978-9943-7547-2-0
336
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/halis-karabenli-ishkning-yashirin-kiefasi
Halis Karabenli: Ishqning yashirin qiyofasi
"Yurakni sindirish ... Siz bunga ishonasizmi? Sizningcha, yurakni sindirish iborasi juda ham g‘alati emasmi? Yurak sinishi mumkinmi?... Axir, bir parcha go‘sht bo‘lsa ... Menimcha, yurakni sindirib bo‘lmaydi, do‘stlar! U o‘z joyiga ham sig‘maydigan darajada kengayib ketadi. Ko‘krak qafasi degan joy endi unga torlik qila boshlaydi. Yurakning ichida juda ko‘p xonalari bor ... Yurak tanaga sig‘may, og‘izdan chiqib ketar darajaga yetadi ... Keyin esa tilidagi sevgi so‘zlari ila mazax qila boshlaydi. Oqibatda, kimdir uni tanadan oxirigacha tortib olib, oyoqlari ostiga tashlaydi. Halis Karabenlining "Ishqning yashirin qiyofasi" asari biz yuz o‘girgan, unutishga harakat qiladigan, hatto o‘zimizga ham eʼtirof ettira olmagan tuyg‘u - ishqning yashirin qiyofasi haqida hikoya qiladi. Barham topgan sevgining ortidan keladigan riyokor, munofiq, ikkiyuzlamachi hayot haqida hikoya qiladi ... "Orzular ila cheklangan dunyoda yashang", deya yolg‘on so‘zlayotgan, hammamizning, ayniqsa ayollarning istagan odamini seva olishlari mumkinligi, lekin u bilan birga bo‘la olmasligini anglatayotgan zamonaviy dunyoning ertagi ... Oxir-oqibat, o‘zingni anglamasang, boshqalarni anglolmaysan va taqillatgan har bir eshigingda yangi jarohatlar olasan ... Turk tilidan Ilhom Salimov, Alisher Ravshanov tarjimasi
978-9943-8427-3-1
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-malik-shaitonvachchaning-nairanglari-3-kitob
Erkin Malik: Shaytonvachchaning nayranglari (3-kitob)
Kundalik turmushimizda ro'y berayotgan ko'ngilsizliklar, alg'ov-dalg'ov bo'layotgan ishlarimiz hamda xayolimizga keladigan nojo'ya fikrlarni tartibga soladigan, tarbiyaga chaqiradigan ma'rifiy qissa - Erkin Malik qalamiga mansub "Shaytonvachchaning nayranglari" kitobi yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
978-9943-8099-0-6
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mavlonodan-kalbga-malham-hikmatlar-tasavvufii-hikoyalar
Mavlonodan qalbga malham hikmatlar. Tasavvufiy hikoyalar
Mavlononing ko‘ngil javohirlari va tasavvufiy hikoyalardan tarkib topgan mazkur to‘plam mutolaasi qalbingizni boyitadi. Darhaqiqat, Mavlono Jaloliddin Rumiyning purmaʼno hikmatlari va tasavvufiy hikoyalar shunchaki o‘qib ketilmaydi. Ulardan qalbga, ruhga, jonga huzur olinadi, dunyoyimizga sakinat inadi, haqiqatlar qatidan ulkan saboqlar chiqariladi. Ko‘ngilni yayratmoq, tafakkurni charxlatmoq istagingiz bo‘lsa mazkur hikmatlar yordamchingiz bo‘lsin. Xayrli va manfaatli mutolaa onlarini tilaymiz. To‘plovchi: Go‘zal Mirzayeva
978-9943-20-984-8
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/bilimga-intiluvchilar-uchun-enciklopediya-mening-birinchi-enciklopediyam
Bilimga intiluvchilar uchun Ensiklopediya (Mening birinchi ensiklopediyam)
“Koinot” deganda mavjud makon va uni to‘ldirib turgan jismlar tushuniladi. Koinotni tasavvur qilish va uni ko‘z bilan ilg‘ash qiyin. Koinot - bu nafaqat Quyosh sistemasi, balki uni o‘z ichiga olgan galaktika (yulduzlar, chang va gaz dan iborat yagona tizim) va yana millionlab galaktikalardir. Ajdodlarimiz Koinotni soddaroq shaklda tasavvur qilishgan: ular borliqning markazi Yer; Quyosh, Oy va yulduzlar esa shunchaki “osilib” turibdi va uning atrofida osmon gumbazida “aylanib” yuribdi, deb o‘ylashgan. Koinotning markazi Quyosh ekanligi haqidagi farazni XVI asr o‘rtalarida polshalik astronom Nikolay Kopernik ilgari surgan. Keyinchalik teleskop ixtiro qilindi va insonlarning astronomiya to‘g‘risidagi bilimlari kengaya boshladi. Koinotning o‘lchamini taxminan baholash uchun «yorug‘lik yili» degan tushunchani eslab qolish kerak. Bu yorug‘lik nuri bir yil ichida bosib o‘tgan masofa bo‘lib, u 9460 milliard kilometrga teng. Demak, Somon yo‘lining ko‘lami taxminan yuz ming yorug‘lik yiliga tengdir. Bizga eng yaqin galaktikalar ikki million, olisdagilari esa - trillion (olimlarga maʼlum bo‘lgan galaktikalar) yorug‘lik yili masofasida joylashgan.
978-9943-7147-1-7
96
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mumin-sekman-dr-bahar-erish-bolalar-muvaffakiyatga-kandai-erishadi
Mo'min Sekman, Dr. Bahar Erish: Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadi
* Bolalar muvaffaqiyatga erishish jasoratini qanday yo‘qotadilar? * Genlar bolalar muvaffaqiyatiga qay darajada taʼsir ko‘rsatadi? * Kompyuter o‘yinlarining darslarni o‘zlashtirishga taʼsiri qanday? * Bosh farzandlar doim muvaffaqiyat qozonadilarmi? * Pul mukofoti baholarga qanday taʼsir ko‘rsatadi? * Tug‘ilgan oyning muvaffaqiyatga taʼsiri qanday? * Ismlar ham karyeraga taʼsir qiladi(mi?) * Qizlar ko‘proq muvaffaqiyatga erishadimi yoki o‘g‘il bolalar? * Uddaburon bolalar to‘qchilikdan yetishib chiqadimi yoki yo‘qchilikdan? Insoniyat asrlar davomida eski savolga yangi javoblar izlamoqda: «Bolalarni muvaffaqiyat qozonishga qanday o‘rgatish mumkin?» Muvaffaqiyat haqidagi kitoblari 3 million o‘quvchiga yetib borgan Mo‘min Sekman hamda Kolumbiya universitetida «Iqtidorli isteʼdodlarni tayyorlash» mavzusida dissertatsiya yoqlagan Dr. Bahar Erish bolalarni muvaffaqiyatga erishishlarini rivojlantirish yo‘lida bilimlarini birlashtirdilar. Ular bolalar muvaffaqiyatiga qiziqqan har bir kishi, ayniqsa, ota-onalar va o‘qituvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan yangi va foydali usullarni taqdim qildilar. Bu oilaviy muvaffaqiyat kitobidir. Muvaffaqiyatli bola tarbiyasi fanining keng qamrovli va foydali xulosasidir. Uning zamirida ajoyib izlanish yotadi: «Bola qanday qilib o‘z salohiyati bilan eng yuqori muvaffaqiyatga erishadi?» «Menda turmush qurishdan oldin bola tarbiyalash haqida oltita nazariya bor edi. Hozir mening olti farzandim bor, ammo hech qanday nazariya yo‘q!» degan edi shoir Jon Uilmot. Bolaning rivojlanishi bo‘yicha yozuvchi Adel Faber quyidagilarni eʼtirof etgandi: «O‘z farzandlarim bo‘lishidan oldin men ajoyib ona edim!» Bu kitob bolalar muvaffaqiyati haqidagi eng dolzarb savollarga keyingi avlodning ilmiy javoblarini havola etadi.
978-9943-20-940-4
320
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/duoning-kabul-bulish-sirlari-zikr-salavot-va-duolar
Duoning qabul bo'lish sirlari. Zikr, salavot va duolar
Ushbu ruhiy ozuqa - Ahmad ibn Abdurahmon al-Kumushxonaviyning "Romuzul-ahodis" (Hadislar dengizi) to‘plami hamda "Avrodi Qurʼoniy" (Hafta kunlari davomida o‘qiladigan Qurʼoniy zikr-duolar), Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak amrlari va sahobai kiromdan Muhammad ibn Usmon roziyallohu anhu tomonidan Qurʼoni karimdan olingan yetti kunlik avrod, "Tafsiri Hilol" va boshqa manbalardan foydalanilgan. Nashrga tayyorlovchi: Ahmadjon Boyqobilov
978-9943-7582-8-5
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ibrohim-unsal-zhonim-onam
Ibrohim Unsal: Jonim onam
Qo‘lingizga olganingiz ushbu asarda bolaligi, hayotining iztirobli besh yili ona hasratida o‘tgan, diydor sog‘inchi yashirin sheʼrlariga kuch gan bosh qahramon Umurning ruhiyat olami yuksak badiiyat ila yoritilgan. Bu asar oiladagilar orasida mehr rishtalarini mahkam bog‘lashga yordam bera oladigan bir asardir. Uning sahifalarini o‘qigan sayin siz ham Umurning kechinmalarini qalbingizda his etasiz. Ona muhabbatining buyukligiga yana bir bor amin bo‘lasiz. Asar sizni Umurning nigohi ila ona sog‘inchiga o‘rangan dunyo sari boshlaydi... Asar muallifi, taniqli turk yozuvchisi Ibrohim Unsal 1955-yilda Turkiyada dunyoga kel gan. Yozuvchi Istanbul Universitetining Adabiët Fakultetida o‘qigan. U sheʼr, hikoya, romanlar bilan bir qatorda tarixiy mavzularda ham asarlar yozgan. Hozirda ana shu asarlari sabab Ibrohim Unsal yoshlarning sevimli yozuvchisiga aylangan.
978-9943-8513-0-6
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ali-fuad-bashgil-kelazhak-dushmanlari
Ali Fuad Bashgil: Kelajak dushmanlari
Siz muvaffaqiyatga erishish yo‘lini bilasizmi? Kitob ana shu muhim savolga javob beradi. Muallif sizu bizni muvaffaqiyatlar mamlakatiga olib borishga vaʼda beradi. Zero, siz ana shu yo‘ldan borib, O‘zingiz orzu qilgan baxtingizni topishingiz mumkin. Nashrga tayyorlovchi: Muhammad Odil Hamid
978-9943-7469-4-7
112
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sema-marashli-kainona-kelin-munosabatlarida-murosayu-madora
Sema Marashli: Qaynona-kelin munosabatlarida murosayu madora
Turmush barakotdir, muhabbatdir. Bir kishi bilan turmush qurib, kattakon oilaga ega bo‘lasiz. Oilangiz bitta edi, ikkita bo‘ladi. Bu bir neʼmatdir. Har neʼmatning kulfati bo‘lgani kabi yangi oilaga ega bo‘lishning ham o‘ziga xos qiyinchiliklari bor, albatta. Yangi oilangiz aʼzolari sevganingizning sevganlaridir. Turmush o‘rtog‘ingizni qizg‘anishingiz, ular bilan bo‘lishishni istamasligingiz mumkin. Yoxud turmush o‘rtog‘ingizning oilasi uni qizg‘angani bois sizga ko‘ngil eshiklarini bekitishi mumkin. Bunday vaziyatda oldingizda ikki yo‘l bor. Birinchisi: «Sizning oilangiz-mening oilam» deya xato va kamchiliklariga eʼtibor bermasdan ularni qabul qilish, mehr va hurmat ko‘rsatib, ko‘ngil eshiklaridan ichkariga qadam tashlashga muvaffaq bo‘lish. Ikkinchisi: muntazam ravishda turmush o‘rtog‘ingiz oilasining xatolari va sizga yoqmagan jihatlariga eʼtibor qaratib, ulardan uzoqroq turish, turmush o‘rtog‘ingizni ham oilasidan ajratib olishga urinish. Bu yomon yo‘l. Tarjimon: Nurulla Abdullayev
978-9943-8203-9-5
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/nasiba-erhonova-shoira-isakova-psiholog-kitobi
Nasiba Erxonova, Shoira Isakova: Psixolog kitobi
"Psixolog kitobi" maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlarining yillik ish rejasidagi vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan metodikalarni o‘z ichiga qamrab olgan amaliy qo‘llanma. Psixolog - bolalar, ularning ota-onalari hamda tashkilot xodimlari uchun kerak li mutaxassis. Psixolog bolalar bilan ishlar ekan, ota-onalar bundan xavotirlanmasliklari kerak, chunki u shifokor emas, tashxis qo‘ymaydi. Pedagog-psixologning vazifasi butunlay boshqa. MTT psixologi quyidagi vazifalarni bajaradi: Bola bilan ishlash. Psixolog birinchi o‘rinda bolaning xarakteri, uning ruhiyati, qo‘rquvlarini o‘rganadi. Farzandingizning bolalar bog‘chasiga moslashishi, tengdoshlari bilan muloqotga kirishib ketishidagi muammolarni hal qilishga yordam beradi. Bolaning ota-onasi bilan ishlash. Psixolog ota-onalar bilan ishlashda bir necha usullardan foydalanadi. Bolaning bog‘chaga kelgandagi holatini tushunib, ota-onaga farzandi bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligi haqida tavsiyalar beradi. MTT xodimlari bilan ishlash. Tarbiyachining tashkilotdagi ishi oddiy, katta mehnat talab qilmaydiganday ko‘rinadi. Ammo bu noto‘g‘ri. Psixolog bog‘chada pedagogning yordami bilan ish yuritadi. Pedagog hamda psixolog o‘zaro maslahatlashgan holda boladagi muammolarni hal qilishadi. Pedagog guruhdagi har bir bola bilan til topishishi, jajji yurakchasiga kirishi, unga do‘st, o‘rtoq bo‘lishi kerak.
978-9943-7464-0-4
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdukarim-mirzaev-tushimda-kiematni-kurdim
Abdukarim Mirzayev: Tushimda qiyomatni ko'rdim
Aziz o‘quvchi! Asl hikmatlar qalbga abadiyan muhrlanadi va tildan tilga, dildan dilga ko‘chib yuraveradi. Kaminangiz ham bu hikoyalar sizga yana-da yaqinroq bo‘lishi, yaxshi-yomon kuningizda asqatishi uchun ularni dastlab video hikoyalar tarzida, endi esa moʻjaz to‘plam shaklida hukmingizga havola etyapman. Zora, "Ilmni yozish bilan bog‘lab qo‘yinglar", degan hadisga tayangan bu aʼmolimiz mudom yaxshiliklarga vasila bo'lsa... Abdukarim Mirzayev
978-9943-8176-4-7
96
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/filip-kotler-hermavan-kartazhaya-ivan-setiavan-marketing-40-ananaviilikdan-rakamli-olam-sari-iul
Filip Kotler, Hermavan Kartajaya, Ivan Setiavan: Marketing 4.0: An'anaviylikdan raqamli olam sari yo'l
So‘nggi olti yil davomida biz butun dunyo bo‘ylab uchrashgan marketologlar Marketing 3.0 ning davomini so‘rashdi. Marketing dinamikasini hisobga oladigan bo‘lsak, ko‘pchilik Marketing 4.0 ning tayyor bo‘lishini kutishlari tabiiy. Marketing 3.0 da biz mahsulotga asoslangan marketingdan (1.0) mijozga yo‘naltirilgan marketingga (2.0) va oxir-oqibat insonga yo‘naltirilgan marketingga (3.0) katta o‘tish haqida so‘z yuritganmiz. Marketing 3.0 da mijozlarning aqli, qalbi va ruhi bilan butun vujudi bilan taʼsir ko‘rsatish jarayoni kuzatiladi. Shuning uchun biz marketingning kelajagi insoniy qadriyatlarni o‘z ichiga olgan va aks ettiruvchi mahsulotlar, xizmatlar va kompaniya madaniyatlarini yaratishda ekanligini taʼkidladik. Kitob 2010-yilda nashr etilganidan beri ko‘plab marketologlar Marketing 3.0 tamoyillarini qabul qilmoqdalar. Kitob shu qadar eʼtirof etilganki, u butun dunyo bo‘ylab ingliz tilidan tashqari 24 tilga ham tarjima qilingan. Darhaqiqat, biz Marketing 3.0 ni yozganimizdan beri ko‘p narsa sodir bo‘ldi, ayniqsa texnologik taraqqiyot nuqtai nazaridan. Bugun biz ko‘rayotgan texnologiyalar yangi emas. Ammo ular so‘nggi yillarda birlashmoqda va bu konvergensiya butun dunyo bo‘ylab marketing amaliyotiga katta taʼsir ko‘rsatdi. Bundan yangi tendensiyalar paydo bo‘lmoqda: “almashish” iqtisodiyoti, “hozir” iqtisodiyoti, ko‘ptarmoqlilik integratsiyasi, kontent marketingi, ijtimoiy CRM va boshqa ko‘plab narsalar shular jumlasidandir. Ishonamizki, texnologiya konvergensiyasi oxir-oqibat raqamli marketing va anʼanaviy marketing o‘rtasidagi yaqinlashuvga olib keladi. Ushbu o‘tish davrida yangi marketing yondashuvi talab etiladi. Shunday qilib, biz Marketing 4.0 ni Marketing 3.0 ning tabiiy natijasi sifatida kiritamiz. Ushbu kitobning asosiy sharti shundaki, marketing raqamli iqtisodiyotdagi mijozlar yo‘llarining o‘zgaruvchan tabiatiga moslashishi kerak. Marketologlarning roli mijozlarni xabardorlikdan tortib, oxir-oqibat targ‘ibot qilishgacha bo‘lgan sayohatga yo‘naltirishdir.
978-9943-7930-5-7
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sadihon-mavlihon-ugli-tanazzul-2-qism
Sa’dixon Mavlixon o‘g‘li: Tanazzul 2-qism
Тақризчилар: Қозоқбой Йўлдош - Педагогика фанлари доктори, профессор. Умурзоқ Ўлжабоев - Филология фанлари номзоди, доцент.   Маъсул муҳаррирлар:  Ортиқбой Абдуллаев: Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, филология фанлари нлмзоди, ёзувчи, таржимон.  Шодмон Воҳидов: Тарих фанлари доктори, профессор.  Босим Тўйчибоев: Филология фанлари номзоди. Яҳёхон Дадабоев: Ўлкашунос олим.
978-9943-22-383-7
342
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zhek-london-eng-sara-asarlari-yumshok-mukova
Jek London: Eng sara asarlari (yumshoq muqova)
Agar ushbu asarlar boshqa yozuvchi qalami tomonidan bitilganda edi, go‘yo ular sayozroq yoki zerikarliroq bo‘lib qolardi. Jek London ajoyib yozuvchi, uning asarlaridagi hikoyalar chuqur  o‘ylangan, yozuvchi voqeani tub ildizi bilan yoritib uni o‘quvchi qalbiga shoyi-ipakdek silliq kirib borishini taʼminlagan. Siz aziz o‘quvchiga asarlarning sahifalarida “yashash”gina qolgan, xolos.
978-9943-5691-4-0
688
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-avlodlar-dovoni-yumshok-mukova
Pirimqul Qodirov: Avlodlar dovoni (yumshoq muqova)
Pirimqul Qodirov «Yuduzli tunlar»ning mantiqiy davomi sanalmish Boburning sadoqatli, jasur farzandi Humoyun va nabirasi - tarixda «chinakam daho shaxs» deb nom olgan Akbar hayoti haqida hikoya qiluvchi «Avlodlar dovoni» («Akbar») romanini 80-yillarda yaratgan. Asarda pok sevgi, insoniy mehru muhabbat, shavqu shijoat tarixiy qahramonlar qiyofasida yorqin aks ettirilgan.
978-9943-5286-2-8
640
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/sharif-holmurodov-ruza-ruh-shifosi-zakot-ahillik-qurgoni
Sharif Xolmurodov: Ro‘za ruh shifosi. Zakot ahillik qo‘rg‘oni
Ушбу китоб Рўза - инсон руҳининг поклиги ва беш фарзнинг яна бири бўлган закотнинг қанчалар омонатдорлиги ҳақидадир.
978-9943-6609-6-0
192
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-lutfij-ozonchi-gaj-ona-krilcha
Ahmad Lutfiy Qozonchi: O‘gay ona (Kirill alifbosida)
Нега энди ўн саккизга кирган, ҳусни одоби беқиёс гўзал бўлган қиз кўплаб совчилар орасида хотини ўлган икки болали эркакни танлайди ва унга турмушга чиқди? Аҳмад Лутфий Қозончининг "Ўгай она " асарида мана шу ҳақида ҳикоя қилинади. Бутун оилси, қариндош-уруғи қизни бу қароридан қайтаришга уринишади. Нега айнан икки болали эркак. Балки йигитнинг катта бойлиги бордир, балки қиз уни кўриб ёқтириб қолгандир. Йўқ асл сабаб бошқа...
978-9943-5546-8-9
192
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/paigambarlar-muzhizalari-va-sahobalar-karomatlari-kattik-mukova
Payg'ambarlar mo'jizalari va sahobalar karomatlari (qattiq muqova)
Moʻjiza o‘zi nima, karomatchi? Bunday ulug‘ sifatlar kimlarga beriladi? Bunday savollar qadimdan ilm ahli va oddiy o‘quvchilarni qiziqtirib kelgan. Kitob ana shular haqida hikoya qiladi va insonni komillik sari yetaklaydi.
978-9943-6786-7-5
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/robin-sharma-eng-sara-asarlari-qattiq-muqova
Robin Sharma: Eng sara asarlari (Qattiq muqova)
Робин Шарманинг бестселлерга айланган "Феррарини сотган роҳиб" асари адвокат ва миллионер Жулиан Ментлнинг ҳаёти ҳақида ноодатий воқеани ҳикоя қилади. У руҳий кризисни бошдан кечириб қадимий маданиятлардан бирига шўнғийди ва ўзи учун амалий, оқилона билимларни кашф этади. Ҳаётингиз қандай тезликда кўз олдингиздан ўтиб кетаётганини сезяпсизми ? У сизга ўз ўрнингизни, бахт ва қувончга эришишга ҳақли эканингизга ишонч қолдирмаяптими ? Унда Робин Шарманинг минглаб инсонларни ҳаётини тубдан ўзгартириб юборган "Ўлсанг ким йиғлайди ?" асари сиз учун мадад, янги, ажойиб ҳаёт сари йўлчи юлдуз бўлиб хизмат қилади. Кўплаб инсонлар эса, ўзларини "Ўрта ҳол" кўришга ва шу тарзда яшашга маҳкумдек ҳис қилишади. Бу адашишлик ҳолосдир. Тақдир- шунчаки қилган танловларингиз меваси. "Унвонсиз лидер" асари сизга оддий, аммо тақдирингизни ҳал қилувчи танловларни амалга оширишда ёрдам беради. Қўрқманг !. Таваккал қилинг ва сиз ўзгача инсонга айланасиз. Бу буюк асар барчанинг шахсий кутубхонасида бўлмоғи зарур. У сизни янги ҳаётга етаклайди, ундаги маслаҳатлардан фойдаланиб ўз муаммоларингизни хулосага айлантиринг ва олға боринг !
978-9943-5771-8-3
600
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zamonavii-rus-tili-tulik-kursi
Zamonaviy rus tili (to'liq kursi)
Mashhur adib A. Rustamovning ushbu qo‘llanmasidan rus tili grammatikasining barcha bo‘limlariga - fonetika, so‘z yasash, orfografiya, gap bo‘laklari, gap turlari va punktuatsiyaga oid maʼlumotlar o‘rin olgan. Grammatika qoidalariga qiziqarli va foydali ilovalar qo‘shilgan bo‘lib, ularda rus tiliga taalluqli ko‘plab savollarga javoblar topish mumkin. Ushbu kitob rus tilini o‘rganuvchi va rus tilida savodxonligini oshiruvchilarga foydali bo‘ladi. Mazkur nashrda rus tili grammatikasiga oid barcha kerakli qoidalar: fonetika, so‘zlarning yasalishi, gap bo‘laklari va punktuatsiyaga oid maʼlumotlar jamlangan. O‘quvchilarga qulay bo‘lishi uchun qiyin so‘zlarning turlanishi va istisnoli so‘zlar, istisnoli feʼllarning tuslanishi, har xil tuslanuvchi feʼllar, murakkab sonlar, murakkab sanoq sonlarning to‘g‘ri yozilishi bo‘yicha to‘liq jadvallar berilgan. Shuningdek barqaror qiyosiy birikmalar, masalan, vergulsiz yoziladigan birikmalar, murakkab bog‘lovchilar va bog‘lovchili so‘zlar, kirish so‘z va jumlalarning ro‘yxatlari o‘rin olgan.
978-9943-7600-3-7
272
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mehmet-olakosh-zhumali
Mehmet Olaqosh: Jumali
Mafiyalar hayoti, jinoyat olami, qasos oldidagi manfaatlar to‘qnashuvi Mexmet Olaqoshning “Jumali” qissasida birinchi marta o‘zbek tilida havola etilmoqda. Zulmat hayotidan pok eʼtiqodiy turmushga yuzlangan qahramonlar hayoti kitobxonlarimizga maʼqul keladi degan umiddamiz. Tarjimonlar: Gulbahor Abdulloh, Otabek G‘aybulloh
978-9943-8099-4-9
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/holid-husainii-toglar-ham-sado-berdi-yumshok-mukova
Xolid Husayniy: Tog'lar ham sado beradi (yumshoq muqova)
Amerikalik afg‘on adibi Xolid Husayniy navbatda eʼtiboringizga havola etilayotgan asari orqali yana o‘sha mavzuga - urush hayotini barbod qilib yuborgan insonlar taqdiriga murojaat qiladi. Bu gal asarda yaxlit bir qahramon yo‘q. Pari, Abdulla, Parvona, Nabi, Markos, Adel, Idris, Vahdatilar - ularning har biri o‘z takdiri misolida yashayotgan jamiyati, o‘zini o‘rab turgan ijtimoiy muhit haqida o‘quvchida maʼlum tasavvur uyg‘otadi. Onasidan yolg‘iz yodgori - singlisini o‘z bag‘rida ulg‘aytirgan, ammo keyinchalik bolalik xotiralari butunlay unut bo‘lgan holda, boshqa ona bag‘rida ulg‘aygan qiz taqdiri; o‘z vijdoni oldida poklanishni istagan, birgina maktub orqali qalbidagi haqiqatlarni oshkor qilgan Nabi hayoti; yuzlarini it tanib bo‘lmas darajaga solgan qizining kelajak hayotini butunlay dugonasi izmiga tashlab, “oshig‘i” ortidan ketgan ayol qismati - ularning hammasi haqida ushbu kitobda o‘qiysiz.
978-9943-27-759-5
240
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/namoz-va-duolar-kirill
Namoz va duolar (kirill)
Masʼul muharrir: Shayx Abdulaziz Mansur Taqrizchi: Anvar Tursun Nashrga tayyorlovchilar: Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad Tursun, Abdulloh Murod Xolmurod o‘g‘li Oyatlar tarjimoni va izohlar muallifi: Shayx Abdulaziz Mansur Mazkur kitobda besh vaqt namoz o‘qish tartibi sodda uslubda, diyorimiz musulmonlari amal qilayotgan hanafiy mazhabi asosida bayon etilgan. Shuningdek, kitobga kundalik eng zarur duolar ishonarli manbalardan olinib ilova etildi.
978-9943-6721-3-0
64
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/holid-husainii-shamol-ortidan-yugurib-yumshok-mukova
Xolid Husayniy: Shamol ortidan yugurib (yumshoq muqova)
Xolid Husayniy 1965 yilda Qobulda afg‘on diploma­ti oilasida tug‘ilgan. 1980 yilda uning oilasi AQSHga ko‘chadi. Shu yerda u tibbiyot fakultetiga o‘qishga kiradi. Uning ilk romani «Shamol ortidan yugurib» AQSHda yangi asrning bestseller asariga aylanadi. Mazkur asar dunyoning qirqdan ortiq tillarida 10 million nusxada nashr qilingan. Bu kitob asosida Gollivud kino ijodkorlari film ham suratga olishgan.
978-9943-27-758-8
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-ahhor-tmishdan-ertaklar-kitob
Abdulla Qahhor: O‘tmishdan ertaklar (yumshoq muqova)
"O‘tmishdan ertaklar" - o‘zbek adabiyotining zabardast vakili bo‘lgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o‘rin tutadi. Bu asar nafaqat yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o‘tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so‘z yuritadi.  Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi. To‘plamning ikkinchi qismi bo‘lgan hikoyalar ham o‘zbek adabiyotining maʼnaviy boyligidir. Yozuvchining ilk hikoyalar to‘plami 1932 yilda chop etilgan. Bugungacha bo‘lgan davr mobaynida o‘zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko‘p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya eʼtirof etilgan bir qancha ijod namunalari o‘quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig‘irig‘ini pisand etmay, hamon sevib o‘qiladi. Adib qahramonlari o‘quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg‘uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga o‘tirasiz. Abdulla Qahhor asarlarida ana shunday ohanrabo bor...
978-9943-6657-3-6
144
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ismoil-bilgin-57-polk-falastin
Ismoil Bilgin: 57-polk. Falastin
Ismoil Bilgin yaqin tarixga oid mavzularni, xususan, Birinchi Jahon urushi voqealarini o‘z ichiga olgan asarlari orqali yosh avlodning tarixiy bilimlarini orttirishga hissa qo‘shish maqsadida bir qancha hikoyalar, yoshlarga oid romanlar yozgan va yozishda davom etmoqda. Falastin jangi Usmoniylar davlatini tor mor qilgan jang sifatida maʼlum. So‘nggi jabhada juda qiyinchilik bilan jang olib borilgan va afsuski, yengilish aniq bo‘lib qolgach, «Mandros yarash sulhi» orqali davlat taslim bo‘ladi. Falastin jangi - bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealardan xulosa chiqarishning, bu davr tarixini chuqur o‘rganib, bugungi kun masalalariga oid jihatlarni yaxshiroq o‘rganishning ham eng yaxshi namunasidir. Bu yerda bo‘lib o‘tgan jarayonlar yaqin o‘tmishdagi bir qancha siyosiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Bu kitobda turk harbiy tarixida muhim o‘rin tutuvchi 57-polk ishtirok etgan eng katta jangning oqibatlari bayon etilgan. Tarjimon: Nodir Shams
978-9943-7667-5-4
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhim-kollinz-morten-hansen-z-tanloviga-kura-buyuklar
Jim Kollinz, Morten Xansen: O‘z tanloviga ko‘ra buyuklar
"ЎЗ ТАНЛОВИГА КЎРА БУЮКЛАР" бу - кўп йиллар давомида олиб борилган тадқиқотлар натижаси бўлиб, бунда нима учун баъзи компаниялар иқтисодий беқарорлик ва ҳатто бетартиблик шароитида гуллаб яшнаши, бошқалари эса йўқ бўлиб кетиши ҳақида сўз юритилади. Бу аник илмий хулосаларга асосланган: муаллиф гипотезаларни шакллантириш баробарида далиллар билан уни тасдиклайди ёки рад этади. Бу китобни уқиб чиққандан сўнг, сиз буюк бизнес ташкил қилишнинг асосий тамойиллари, шунингдек, салбий вазиятларни бартараф қила олувчи лидерларнинг бошка лидерлардан асосий фарқли жиҳатларини билиб оласиз.
978-9943-5788-0-7
336
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/moida-musulmon-halqlari-taomlari
Moida - musulmon xalqlari taomlari
Mazkur kitob oddiy oshpazlik risolasi yoinki "musulmon oshxonasi sirlari"dangina iborat emas, bu -mo‘minlar yeguliklari borasida to‘laqonli yo‘riqnoma-qo‘llanmadir. Kitobdan ovqatlanish borasidagi Qurʼoni karimda zikr etilgan suralar, payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan to‘g‘ri ovqatlanish xususidagi sahih hadislar o‘rin olgan. Musulmonlarning umumiy taomlanish odoblari haqidagi maʼlumotlarda Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning "Odob as-Solihin" kitobidan foydalanilgan. Dasturxon atrofida o‘tirish, mehmon va mezbon majburiyatlari borasidagi o‘gitlar Kaykovusning "Qobusnoma" kitobidan keltirilgan. Albatta, risolada Islomga eʼtiqod qo‘ygan turli xalqlarning foydali, to‘yimli va shirin taomlari qay tarzda tayyorlanishi borasidagi maʼlumotlar mavjud. Musulmonlarga taʼqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari va hayvonlarni qurbonlikka keltirish xususidagi boblar ham maʼqul keladi, deya umid bildirib qolamiz.
978-9943-26-573-8
240
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/zbekiston-respublikasining-kodekslari-tuplami-2-tom
O‘zbekiston Respublikasining Kodekslari To‘plami (2 tom)
O'zbekiston Respublikasining Kodekslari To'plami. 2021-yil 15-maygacha bo'lgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan.
978-9943-6393-0-0
744
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/russkij-yazyk-za-2-mesyaca-rus-tili-zukko-kitobxon
Русский язык за 2 месяца (Rus tili 2 oyda)
Til o'rganish ilmining eng afzallaridan biri. Ushbu kitobni til o'rganish ishtiyoqidagi yoshlar, qiziquvchilar uchun nashrga tayyorladik. O'organilishi oson bo'lishi uchun jadvallar, figuralar va mavzulashtirilgan lug'atlar keltirdik. Kitob so'ngida olgan bilimlaringiz mustahkamlanishi uchun turli xil mavzulardagi matnlarni keltirdik. Ilm o'rganishdan charchamang...
978-9943-7024-9-3
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/alisher-umirdinov-talaba-dustimga-78-tavsiya
Alisher Umirdinov: Talaba do'stimga 78+ tavsiya
Universitet yoki institutdagi 4 yil siz uchun umringizdagi eng qadrli davr. Bu davrda siz TALABA deya nomlanib, oilangiz aʼzolari ham o‘qishdan boshqa masalalarda sizdan katta yordam kutishmaydi. Demak, talabalik bir maʼnoda oila va jamiyat oldida eng kam masʼuliyat talab etiladigan davr hamdir. Ammo «oltin davringiz» tugashi bilan oilangiz va jamiyat sizdan katta ishlar kutishni boshlashadi. Vaholanki, umidlaringizga qarshi yuqori maoshli ish sizni kutib turgani yo‘q. O‘zbekiston mehnat bozoridagi raqobat kun sayin qiziganidan qizimoqda. Ko‘ngildagidek ish topish esa hecham oson emas. Do‘ppini bir chetga qo‘yib, tafakkur qilishga urinib ko‘ring: nima qilsak, universitet ostonasidan chiqqanimiz hamon hayotimizning silliq va farovon kechishiga erishish mumkin? Qanday qilib biz maoshi va muhiti yaxshi bo‘lgan mehnat jamoasining aʼzosi bo‘lishimiz mumkin? Universitetni bitirmay turib ham bizni ishga oluvchilar ishonchini qozonish uchun qanday amaliy qadamlarni tashlashimiz kerak? Nima qilsak keyin afsus chekmaymiz? Ushbu kitob talabalarning mana shunday savollariga javob topish maqsadida nashrga tayyorlandi.
978-9943-7580-3-2
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sanatulloh-bekpulat-mabda-ul-kiroat-a4
San’atulloh Bekpo‘lat: Mabda’ ul-qiroat (A4)
Ушбу китоб бир асрдан буён мадрасаларда қўшимча ўқув қўлланмаси сифатида ўқитиб келинмоқда. Шундай бўлса-да, ҳали ҳамон ўз аҳамиятини йўқотмаган. Асар дастлаб татар тилида араб ёзувида битилган. Бу эса бугунги китобхонларга бир оз қийинчилик туғдиради.Шу эътибордан китоб ўзбек тилига таржима қилинди. Айрим изоҳталаб жойларига шарҳлар берилди. Ҳар бир дарс сўнгида эса луғатлар илова қилинди. Ўқувчи ўзи мустақил ўрганиши учун сарф фанидан 22 боб келтирилди.
978-9943-6658-9-7
512
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/mahmud-asad-zhushon-yunus-emro-va-tasavvuf
Mahmud As’ad Jo‘shon: Yunus Emro va tasavvuf
Mutasavvif shoir Yunus Emroning nomi oʻzbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Xoja Ahmad Yassaviy hazratlarining sodiq izdoshi boʻlgan bu shoir yassaviyona “hikmat” kabi sodda, ammo teran va joʻshqin sheʼrlari tarjimasi turkiy xalqlar yuragidan joy olgan. Ushbu moʻjaz kitob oʻzbek kitobxonlarini shoirning hayoti, tasavvufona qarashlari va diltortar sheʼrlari tarjimasi bilan tanishtiradi. Ushbu risola keng kitobxonlar ommasiga manzur boʻladi degan umiddamiz.
978-9943-7271-3-7
144
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/deil-karnegi-uz-uziga-ishonch-hosil-kilish-va-omma-oldida-suzlash-sanati
Deyl Karnegi: O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlash san’ati
Eʼtibor berganmisiz, aksariyat hollarda ko‘pchiligimiz ikkilanamiz, "fikr bildirishga ojizlik qilamiz. Hadeganda yakuniy xulosaga kelavermaymiz. Bu esa o‘zimizga nisbatan ishonchsizlikni namoyon etadi. Shuningdek, omma oldida hayajon bosib, shaxsiy nuqtai nazarini ifodalay olmaydiganlar bor. Ularda jo‘yali fikr, istiqbolli takliflar bo‘lsa-da, ko‘pchilik huzurida buni bayon etishga ojizlik qiladilar. Mashhur ruhshunos Deyl Karnegining mazkur kitobi o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib beradi. Chunonchi, siz tinglovchini qiziqtirish, yaxshi maʼruza o‘qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham boy maʼlumot olasiz. Ushbu kitob hayot yo‘lingizda doimiy hamrohingizga aylanadi, degan umiddamiz.
978-9943-27-323-8
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zh-uoker-biznes-start-internet-millionerlarining-mahfij-formulasi
J. Uoker: Biznes-start. Internet-millionerlarining maxfiy formulasi
Ushbu kitob sizga o‘z biznesingizni tez muddatda yo‘lga qo‘yishingiz yordam beradi. Biznesingiz bo‘lgani yoki uni endi boshlayotganingizdan qatʼiy nazar, bu sizga ishonchli tezkorlik retseptini taqdim etadi. Uylab ko‘ring: agar siz o‘z mahsulotingizni “Apple” yoki Gollivud studiyasi singari yirik bozorga olib chiqsangiz nima bo‘ladi? Potensial mijozlaringiz mahsulotingizni sotib olish uchun kun sanashini tasavvur qiling, O‘z bozoringizda siz uchun raqobatni deyarli butunlay yo‘qqa chiqaruvchi juda kuchli pozitsiyaga ega bo‘lishga qanday qaraysiz? Biznesingiz yoki byudjetingiz nechog‘lik kamtar bo‘lishidan qatʼiy nazar bularning barchasini bajara olasizmi? Savol shundan iborat: siz haqiqatan ham ishni sekin-sekin boshlab, tez orada yo‘qolib ketmoqchimisiz? Biznesingiz kelajagi va hayotingizning tubdan o‘zgarishiga yordam beruvchi startni amalga oshirishga tayyormisiz? Unday bo‘lsa bu kitob siz uchun.
978-9943-5786-7-8
288
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-muhammad-tursun-asan-basrij
Ahmad Muhammad Tursun: Hasan Basriy
"Qaqnus Media" нашриёти "Дунёни тебратган буюклар" рукни остида туркум рисолалар  нашр этишни режалаган. Уларда инсоният тарихида чуқур из қолдирган атоқли ҳукмдорлар, номдор саркардалар, улуғ донишмандлар ва машҳур адиблар, етук уламолар ва фозил кишиларнинг ҳаёт саҳифалари, ҳасби ҳоллари далил-хужжатлар асосида қизиқарли ҳикоя қилинади. Ушбу рисолалар халқимизнинг, айниқса ёшларнинг билим ва савияларини кенгайтиришда, дунёқарашларини ҳар томонлама бойитишда, улуғларимизнинг ҳаётларидан ибрат олиш, уларга эргашиб, хулқ-феълларини ўнглашда ёрдам ва фойда келтиришдан умидвормиз. Ушбу китобча бир юз ўттиз саҳоба билан учрашган улуғ тобеъин, ривоят қтлган ҳадислари "Кутубус-ситта" га киритилган атоқли муҳаддис, ҳазрат Али назоратларида улғайиб, улуғ мужтаҳид, улкан фақиҳ, обид ва нотиқ бўлиб етишган Ҳасан Басрий раҳматуллоҳи алайҳнинг ҳаёти ва илмий фаолияти ҳақида ҳикоя қилади.
978-9943--5816-0-9
96
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/azrati-oisha-roziyallohu-anho-muminlar-onasi
Hazrati Oisha roziyallohu anho, mo‘minlar onasi
Ояти карималар Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсиридан олинди
978-9943-7768-7-6
448
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/odij-maqsudij-boshlangich-arab-tili-darsliahmad-gi-shifohiya
Hodiy Maqsudiy: Boshlang‘ich arab tili darsligi Shifohiya (A5)
Ушбу дарслик-қўлланма кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган бўлиб, мактаб ёшидаги бошланғич толиби илмларга ҳамда улуғ ёшдаги мустақил ўрганувчи кишиларга араб тилини ўзлаштиришда, иншааллоҳ, хизмат қилади. Китобни қайта нашрга тайёрлашда QR-кодлар ёрдамида дарсларни аудио тарзида тинглаш имкониятини ҳосил қилдик. Дарсларнинг овозли шакли устоз Анвар Аҳмад ҳамда Шерзод Мансурлар томонидан ўқилган.
978-9943-6658-7-3
496
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ushimcha-mashgulotlar-uchun-yozuv-daftari
Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun Yozuv daftari
Бошланғич синфлар учун чизиқли ёзув дафтари.
null
null
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-aiman-rushdii-suvaid-suratli-tazhvid
Doktor Ayman Rushdiy Suvayd: Suratli tajvid
Kitobda tajvid ilmi haqida batafsil maʼlumot berilgan bo‘lib, tajvid qoidalari va tushunchalarining taʼriflari aniy bo‘lishiga harakat qilingan. Shuningdek, qadimgi tajvid ilmi bilan zamonaviy tovushlar ilmi (fonetika), nutq aʼzolari fiziologiyasi jamlab tushuntirilgan. Talaffuz aʼzolarini, harflarning maxrajlarini yorqin namoyon etuvchi, nutq jarayonini imkon qadar tushunarli bayon qiluvchi suratlardan foydalanilgan. Tajvid ilmining baʼzi masalalarini izohlash va ularni bir-biridan farqlash uchun turli ranglardan foydalanilgan. Kitobning yana bir yangiligi shundaki, unda mavzularga oid ko‘proq maʼlumot berish uchun QR kodlar orqali video maʼlumotlarga ham havola berilgan.
978-9943-6459-1-2
264
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/alisher-navoij-lison-ut-tajr
Alisher Navoiy: Lison ut-Tayr
Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlari matnini o‘rganish uning hayotlik chog‘laridayoq boshlab yuborilgan edi. Bu anʼana endilikda ham davom etayotir. Ayni maʼnoda ushbu tabdilda ilk bor shoir asarlarining matniy tadqiq qilinmagan jihatlari qayta o‘rganib chiqilgan. Eng muhimi, unda ulug‘ shoirning "Lison ut-Tayr" asari ilk bor ham yangicha nasriy, ham meʼyoriy tabdil qilindi. Bu tarz ulug‘ shoirning ushbu falsafiy-tasavvufiy asari mohiyatini soddalashtirib keng kitobxonlarga targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabdil adabiyotshunos, tilshunos, sharqshunos, matnshunos va barcha mumtoz sheʼriyatimiz muhiblariga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-20-604-5
544
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/rasululloh-sollallohu-alajhi-vasallamning-farzandlari
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning farzandlari
Аллоҳ таоло инсониятга хотамул анбиё қилиб юборган Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг барча одамлар каби жуфти ҳалоллари, фарзандлари бўлиб, бу ҳам комиллик белгиси эди. Ушбу китобдан Аллоҳнинг Расули, одамларнинг энг яхшиси Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг фарзандлари ҳақида маълумотлар оласиз. Зеро, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг фарзандлари билан муносабатлари ҳам Ҳақ ризолигини истаганлар учун энг улуғ ибрат мактабидир.
978-9943-25-888-4
224
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/komil-sindarov-temurijlar-kutubhonasining-siri
Komil Sindarov: Temuriylar kutubxonasining siri
Комил Синдаров: Темурийлар кутубхонасининг сири
978-9943-27-651-2
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/amina-shanlikugli-vizhdon-azobi
Amina Shenliko‘g‘li: Vijdon azobi
Amina Shenliko‘g‘li: Vijdon azobi. Maktub-roman, hikoyalar Adibaning asl kasbi jurnalist bo‘lganligi sababli, o‘quvchilardan tahririyatga minglab xat va nomalar keladi. Yozuvchi ularni birlashtiradi, shundan so‘ng "Vijdon azobi" maktub-romani dunyoga keladi. Amina Shenliko‘g‘li keyingi yillarda kitoblarni eng ko‘p o‘qilayotgan turk adibalaridan biridir. Mazkur kitobni haqiqat va jaholat, ezgulik va yovuzlik kurashida ko‘ngil iztiroblarining badiiy inikosi deb qabul qilish mumkin.
978-9943-27-853-0
192
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/hudojberdi-tuhtaboev-sarik-devni-ulimi
Xudoyberdi To‘xtaboyev: Sariq devning o‘limi
Ўзбекистон халқ ёзувчиси, болаларнинг севимли адиби Худойберди Тўхтабоевнинг "Сариқ девни миниб" саргузашт романининг иккинчи қисми - "Сариқ девнинг ўлими"да асар қаҳрамони Ҳошимжон ҳаётида маъсулиятли давр бошланади. Табиатан зийрак, фаҳм-фаросатли Ҳошимжон катта бир операцияда қатнашиб, унинг муваффақиятли якунланишини таъминлайди. Воқеалар ривожи эса асарни мутолаа қилиш давомида танишасиз.
978-9943-27-947-6
288
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-abdulaziz-mansur-uroni-karim-manolarining-tarzhima-va-tafsiri-kr-kodli-lotin-alifbosida
Shayx Abdulaziz Mansur: Qur’oni Karim: ma’nolarining tarjima va tafsiri (QR kodli)
Tarjima va tafsir muallifi: Shayx Abdulaziz Mansur Tahrir hayʼati: Usmonxon Alimov, Xayriddin Sultonov, Abdugafur Axmedov, Shoazim Minovvaro, Zohidjon Islomov, Ubaydulla Uvatov, Ahadjon Hasanov, Homidjon Ishmatbekov Mamlakatimizda bebaho diniy-ma'rifiy merosimizni o'rganish va undan xalqimizni bahramand qilishdek xayrli ishlarga katta e'tibor berilmoqda. Qur'oni karim m'nolari o'zbek tiliga tarjima va taafsir qilish an'anasining davom etayotgani so'zimiz dalilidir. Yurtimiz ulamolaridan Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan ushbu tarjima va tafsiro'ziga xos xususiyatlari bilan kitobxonlarga ma'naviy va ma'rifiy boylik baxsh etadi degan umiddamiz. Mazkur kitobning endilikda QR-kodli varianti ham chop etildi. Kodni telefonga kiritish orqali Qurʼon tilovatini va Afzal Rafiqov o‘qigan maʼnolar tarjimasining audio shaklini tinglashingiz mumkin.
978-9943-6946-4-4
624
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/voris-julchiev-senga-ishonaman
Voris Yo‘lchiyev: Senga ishonaman
Voris (Yo‘lchiyev) - bugungi kunda dunyo kitobxonlari tomonidan eʼtirof etilayotgan ozarbayjonlik yozuvchi. 2018 yilda Rossiyada «Yilning eng yaxshi yozuvchisi» deya tan olingan. Bizning kitobxonlar uchun uning asarlari hali unchalik taniqli emas, mazkur asar ham ilk bor nashrga tayyorlandi. Tarjimon Rustam Jabborov asarni o‘girishda yozuvchining tabiatiga, dunyosiga kira olgan, asarni Voris bo‘lib yetkaza olgan. Buni kitob mutolaasi davomida yaqqol sezishingiz mumkin.Asarda bosh qahramon bitta emas. Bir davr, bir muhit, bir sharoitda ulg‘aygan ikki sinfdosh do‘stning hayot yo‘llari mutlaqo farqli. Dunyoqarashlar turlicha, maqsadlar, qahramonlarning xarakteri turfa xil, albatta-da, asli hayot shunday yaralgan, ammo... «Hayot - boylar uchun tuhfa, kambag‘allar uchun jazo», - degan qahramon o‘z fikrida qanchalik sobit? Yoki biz ham «Hayotni o‘zimizga hadya etgan inʼomlari uchun emas, balki hadya etishi kutilayotgan neʼmatlari uchun sevamizmi? Ammo yakun o‘quvchi qarshisidagi savollarga javob bera oladi.Asar mutolaasidan so‘ng o‘zingizga manzur bo‘lgan yana bir yozuvchi kashf etishingizdan umidvormiz.
978-9943-20-709-7
160
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-kahhor-sinchalak
Abdulla Qahhor: Sinchalak
„Sinchalak“ — oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa. Muallif bu qissani 1958-yil yozgan. Qissa shu kungacha bir necha marta nashr qilingan. Qissa oʻquvchilar hamda tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Asar Saida ismli „oʻzi kichkina, nimjon boʻlsa hamб osmonni koʻtargulik quvvati, gʻayrati bor“ qiz haqidadir. Adabiyotshunos Ozod Sharafiddinovning yozishicha, Abdulla Qahhor „Saida obrazida hozirgi ilgʻor oʻzbek ayollarining xarakterli, tipik sifatlarini umumlashtiradi“.
978-9943-7320-8-7
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/hakan-mengyuch-men-naiman
Hakan Mengyuch: Men nayman
Bu kitob " Boshqalarning shovqin-suroniga emas, yuragingizning shivir-shiviriga quloq tutish" haqidadir. Bu bir safardir. Qamishzorlardan boshlanib, "Naychi nafasi" bilan o'z ruhini topadigan kamolot safaridir. Eshiklari sizga ochilgan, siz bilan boshlanib, siz bilan tugaydigan komillikdir. Munosabatlaringizni, tanangizni, ongingizni, yutuqlaringizni barqarorlashtirish yo'lidagi harakatlaringizga yo'riqnoma sifatida yozilgan ushbu kitob yolg'iz o'zingiz ocha olmagan eshiklarni oxirigacha ochish uchun siz bn ushrashdi. Aslida, sizga kerak bo'lgan bilimlar o'zingizda har doim mavjud bo'lgan. Yaratgan har lahza siz bilan gaplashgan, siz esa Uni eshita olmagansiz, chunki ongingiz shovqin-suronlar ichida edi. Sizga yordam beradigan odamlar doimo bo'lgan, lekin ularni hayotingizga kiritmagansiz chunki qalbingiz boshqalarga ishonishni unutgan. Qarshingizga chiqqan har qanday to'siqdan qochdingiz, chunki qalbingizda uxlab yotgan salohiyatingizdan voz kechgansiz.
978-9943-8221-7-7
368
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/herbert-uells-kurinmas-odam
Herbert Uells: Ko'rinmas odam
Fizik olim Griffin jonli mavjudotni ko'rinmas holga keltirish ustida bir necha yil davomida izlanishlar olib boradi. Avvaliga u mushukda tajriba o'tkazib ko'rib, aql bovar qilmas ixtirosidan oʻzi ham hayratga tushadi. Chunki mushuk ko'rinmaydigan boʻlib qoladi. Ko'rinmas odamga aylanish juda katta imkoniyatlar eshigini ochishiga ishongan Griffin ixtirosini o'zida ham sinab koʻradi. Ammo kutilmaganda uning hayoti azobga aylanadi. Nega? Kitobni o'qigach, dunyoviy istaklar insonni qay ko'rgiliklarga ro'baro' qilishi mumkinligiga amin boʻlamiz.
978-9943-8593-4-0
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-suqqabosh-bevagina
O‘tkir Hoshimov: So'qqabosh bevagina (Nurli dunyo)
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning asarlaridan musiqiy ohang, samimiyat har bir o‘quvchini maftun etadi. Buning boisi, adib asarlarining jozibadorligi, xalqchilligida. Adibning hajviy hikoyalarida ham ana shu jozibadorlik, samimiylik ustuvorlik qiladi. Ushbu kitobdan O‘tkir Hoshimovning ,,Ajdar"ning tavbasi", ,,Shaharlik kuyov", "Moddiy yordam",,,G‘aroyib sayohat" kabi hajviy hikoyalari o‘rin olgan. Keling, ushbu kitob bahonasida do‘stlarga samimiy tabassum ulashaylik.
978-9943-8880-3-6
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/saidmurod-davlatov-ayol-erkaklar-haqida-nimalarni-bilmaydi-va-erkak-ayollar-haqida-nimalarni-bilishi-kerak
Saidmurod Davlatov: Ayol erkaklar haqida nimalarni bilmaydi va erkak ayollar haqida nimalarni bilishi kerak
Hatto bir-biriga juda yaqin bo‘lgan insonlarning ham baʼzan o‘zaro til topishishlari qiyin bo‘ladi. Bu ayniqsa, erkak va ayol munosabatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Zamonaviy dunyoda gender farqlar qanchalik inkor etilmasin, insoniyat hali ham qadimgi davrlardagidek ikki jinsga bo‘linadi. Ushbu jins vakillari hamjihat oila yaratish va uni ziddiyatlardan himoya qilish uchun bir-birlarini tushunishni o‘rganishlari zarur. Ushbu kitob sizga umr yo‘ldosh tanlash, nikohingizni mustahkamlash va xonadoningizni «jang maydoniga emas, balki o‘zingizni hamisha baxtli his etadigan makonga aylantirishga yordam beradi.
978-9943-8090-0-0
208
2023