url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/rauf-zhilasun-mukaddas-azob
Rauf Jilasun: Muqaddas azob
Hayotning achchiq voqeligi, iymon halovati va jaholat azoblari boricha yoritilgan mazkur asarda Sudan xalqining milliy ozodlik kurashi, mashaqqatlari aks etgan. Asarni o‘qish davomida, baxtning cheksiz dengizlariga, chidab bo‘lmas azob botqoqlariga sayohat qilasiz. Haq yo‘lda duch kelinadigan sinovlarda mustahkam iymon vositasi ila zafarlarga erishish mumkinligi haqida yozilgan ushbu asarni o‘qishni albatta tavsiya qilamiz.
978-9943-8027-0-4
352
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/nizomulmulk-siesatnoma-yumshok-mukova
Nizomulmulk: Siyosatnoma (yumshoq muqova)
Mana, to‘qqiz asrdan oshibdiki, qo‘limizdagi ushbu kitob turli tillarda ko‘pgina xalqlarning amir-u umarolari, mutafakkir-u ijodkorlari, umuman, ziyoli ahli diqqatini o‘ziga tortib keladi. Hatto G‘arb mamlakatlarida bu kitob barcha davrlar uchun davlatni, jamiyatni boshqarishda, din-u eʼtiqod pokligini, mamlakat yaxlitligi va daxlsizligini saqlashda, fuqarolar haq-huquqlari va osoyishtaligini himoya qilishda, xalqqa shu talablar darajasidagi salohiyatli rahbarlar bosh bo‘lishida asqatadigan yaxshi qo‘llanma, maroqli badiiy asar va tarixiy manba sifatida eʼtirof etilgan. Kitob tarixchilar, siyosatchi va siyosatshunoslar, faylasuflar, shuningdek, bu sohalarga qiziqqan kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. Fors tilidan tarjima, so‘zboshi va izohlar mualliflari Shodmon Vohid, Aftondil Erkinov
978-9943-27-635-2
304
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-gunbai-iildiz-bizga-sazhda-yarashadi
Ahmad Gunbay Yildiz: Bizga sajda yarashadi
«Bizga sajda yarashadi» Hayot bu — jumbokdan iborat ko‘ngil, Tilini topmasang so‘zlasholmassan. O‘z fikring bo‘lmasa mahol bu dunyo, Bol tutgan chechakni ko‘ra olmassan. Kun botib, ortidan keladi kecha, Hafta o‘tar, oylar o‘tar, yil o‘tar. Poyonli bu umr xuddi yo‘l kabi. Harf-harf qayd qilindi umring qog‘ozga Bir nazar soldingmi yopilmay turib? Shodlikmi, qayg‘umi manzil oxiri? Yul tugar bir кун.... Bizdan ne qolar? Turk tilidan Ozoda Ahmedova, Shohsanam Ochilova tarjimasi
978-9943-8252-0-8
220
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/dominik-spenst-6-dakika-sizning-haetingizni-uzgartirib-yuboradigan-kundalik
Dominik Spenst: 6 daqiqa. Sizning hayotingizni o'zgartirib yuboradigan kundalik
Germaniyada eng ko‘p sotiladigan motivatsion kundalik. Amazon bestselleri. 17 tilda tarjima qilingan. Bu kundalik tufayli har kuni butun dunyo bo‘ylab 600 odam o‘zini baxtliroq his qiladi. Baxt omad yoki voqealarning tasodifiy bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishi natijasi emas. To‘g‘ri “sozlanish” va fikrlash tarzi baxtli bo‘lishga yordam beradi. Ertalab 3 daqiqa va kechqurun 3 daqiqa - hayotingizni yana-da ongliroq, uyg‘unroq, demak baxtliroq qiladigan yaxshi odatlarni rivojlantirish uchun shunchagina vaqt kerak bo‘ladi. Pozitiv psixologiya va neyrobiologiyaning amaliyotda tasdiqlangan tamoyillari oldingizga qo‘ygan maqsadga erishishga, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, boshqalar bilan munosabatlaringizni yaxshilashga va hayotda ishonch bilan qadam bosishingizga yordam beradi. Bu kundalik bilan bilan siz hayotingizni doimiy va proaktiv ravishda, bosqichma-bosqich va har kuni yaxshilab borishingiz mumkin!
978-9943-8134-4-1
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hadicha-roziyallohu-anho
Xadicha (roziyallohu anho)
Alloh taborak va taolo bandalariga yana-da oson bo‘lmog‘i uchun insonlarning orasidan chiqqan eng sevimli quli va rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayot yo‘llarini sizu biz uchun ibrat maktabi qilib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oilaviy shoista hayotlari, u kishining zavjai muhtaramalari bilan bo‘lgan munosabatlari ummatlari uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Allohning Kalomi va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashgan kishining ikki dunyosi ham obod bo‘ladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ilk uylangan ayoli Xadicha roziyallohu anho onamizning yaxshiliklari, feʼl-atvorlari haqida qancha gapirmaylik, oz bo‘lib qolaveradi. Ul muhtaramaning xulqlarini o‘rganganimiz sari dinimiz va turmushimizdagi baʼzi masalalarga ham o‘z-o‘zidan yechim topib boraveramiz. Chunki payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam yaqinlarining xulqlari dinda aytilgan xayrli xulq sifatlariga mutanosibdir. Xadicha roziyallohu anho onamizning tutum va xulqlari Alloh taolo va payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam xohlaganlari kabi edi. Ushbu risola Payg‘ambarimizning ayollari, u zotga ilk iymon keltirgan zoti sharifa, barcha mo‘minlarning onasi - Hadicha roziyallohu anho hayotiga bag‘ishlangan. Unda Xadicha onamizning bolaliklari, oilalari, Payg‘ambarimizga qanday turmushga chiqqanlari, Islom dini yo‘lida chekkan mashaqqatlari hikoya qilingan. Asar Islom dini tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Nashrga tayyorlovchi: Tavakkal Kenjayev
978-9943-7004-3-7
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ezgin-kilich-menga-bahtni-kursat
Ezgin Kilich: Menga baxtni ko'rsat
Qachondir yoningda bo‘lishimni istasangu, lekin buning iloji bo‘lmasa, ko‘zlaringni mahkam yum va qo‘llaringni yuragingning ustiga qo‘y. Men sening ko‘z qovoqlaring ortidagi qorong‘ilikda, yuragingning har bir urishida bo‘laman. Qachonki kemaga chiqadigan bo‘lsang, sochlaringning orasidan o‘tgan shamol emas, mening barmoqlarim bo‘ladi. O‘qiyotgan kitobingning har bir satrida yoki tinglayotgan qo‘shig‘ingning musiqasida nafas olishni davom ettiraman. Yomg‘irli kunda yelkangdan o‘padigan yomg‘ir tomchisi qiyofasida ham yoningda bo‘lishim mumkin. Balki, hidlash uchun qo‘lingni uzatgan gul bargidan uchib ketayotgan kapalak bo‘larman. Meni qanchalik ko‘p his qilishni xohlasang, men ham shunchalik ko‘p yoningda bo‘lishni davom ettiraman. Yuragingning pardasini hech qachon berkitib qo‘yma. Yorug‘likning ichkariga kirishiga ruxsat ber. Tabassum qilmoq senga yarashadi, aslo qovog‘ingni uyma ... Baxtiyorlik - ulkan va behisob qiyinchiliklarga bardosh bergan insonlarning haqqidir. Maqtanib aytishga arziydigan kunlarni va orzularingdagidek ajoyib hayotni yasha. Ko‘zlaringni yum va ikkalamiz suhbatlashadigan lahzalar uchun ajoyib xotiralarni yig‘ib qo‘y. Axir, qayg‘uni, qayerda bo‘lsa ham, tanib olaman, menga baxtni ko'rsat ....
978-9943-8427-4-8
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zigmund-frejd-psihoanaliz
Zigmund Freyd: Psixoanaliz haqida beshta ma’ruza
Зигмунд Фрейд психоанализ асосчиси сифатида машҳур. Унинг таълимоти нафақат адабиёт ва санъат, балки руҳият билан боғлиқ ҳар бир соҳага жиддий таъсир этди; кутилмаган қарашлари билан инсонлар онгида ҳали-ҳамон инқилоб қилишдан тўхтагани йўқ... Ушбу китоб Зигмунд Фрейднинг Америка аудиториясида қилган маърузалари асосида тайёрланган.  Маълумки, Фрейд фикрларини жуда мураккаб шаклда ифода қилган. Шунинг учун уни тушуниш, тушунилган матнни таржима қилиш ўта қийин иш. Балки шундай машҳур олим асарларининг шу пайтгача ўзбек тилига таржима қилинмаганининг сабаби шундадир. Таржимон ушбу китобдаги мазмунини имкон даражада аслиятга яқинлаштиришга ҳаракат қилган, баъзи мураккаб, узун гапларни бўлиб-бўлиб ифодалаган. Шундай бўлса-да, таржимани тўкис, мукаммал деган даъвода эмасмиз.
978-9943-5580-0-7
140
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-muminning-nazhoti-mufassal-zakot-kitobi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo‘minning najoti – mufassal zakot kitobi
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари қаламларига мансуб «Мўминнинг нажоти - муфассал закот китоби». Муаллиф: Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф Нашриёт: «Hilol Nashr» нашриёти
null
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/napoleon-hill-uila-va-boi-bul-52-hafta-uchun-52-rezha
Napoleon Xill: O‘yla va boy bo‘l. 52 hafta uchun 52 reja
Napoleon Xill kishilarning o‘z ichki imkoniyatlari va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, natijada ruhan va maʼnan sog‘lom, boy bo‘lishga yordam beradigan bir yillik reja tuzishni taklif qildi. 52 hafta uchun tuzilgan 52 hayotiy reja Napoleon Xillning o‘zini maʼlum va mashhur qildi. Mazkur qoidalar asosida o‘z hayotlari va faoliyatlarini yo‘lga qo‘ygan kishilar haqiqatan yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan. Siz ham sog‘lom, baxtli, badavlat bo‘lishingiz mumkin. Bularning bariga erishish uchun istak va kuchli xohish bo‘lsa kifoya. Mazkur kitobda keltirilgan omadli bo‘lish qoidalari hayotiy maqsadlaringizni amalga oshirishda, oldinga harakatlanishda sizni behad ruhlantiradi.
978-9943-27-878-3
144
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhanni-rodari-zhelsomino-elgonchilar-mamlakatida
Janni Rodari: Jelsomino Yolg'onchilar mamlakatida
Chippolinoning g‘aroyib sarguzashtlari, u ko‘rsatgan jasorat va mardliklar esingizda bo‘lsa kerak. Mana, siz o‘sha ajoyib voqealar muallifi, italyan adibi Janni Rodari bilan yana bir bor uchrashyapsiz. Bu kitobda uning «Uch xotimali ertaklar" va "Jelsomino Yolg‘onchilar mamlakatida» asarlari bilan tanishasiz. «Uch xotimali ertaklar»da voqea maʼlum nuqtagacha bayon qilinadida, so‘ng u uch xil yakunlanadi. Agar siz topag‘onlik qilib, bu ertaklarni boshqacharoq yakunlasangiz va uni o‘rtoqlaringizga, ukalaringizga aytib bersangiz yana-da yaxshi. Qiziqarli voqealardan iborat kitob sizga muntazir!
978-9943-27-237-8
336
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sadiya-erol-aykach-men-robiya
Sa'diya Erol Aykach: Men Robiya...
Allohning irodasi bilan g‘ayb olamidan shahodat olamiga ketmoqdadir. Yaratish, yaratilish doimiydir. Oqqan suv kelgan suv emas va olamda hamma narsa shunaqa. Uchi yonib turgan tayoqni aylantirganimizda ko‘zimizga otashli chiziq ko‘rinadi, aslida esa tayoq har lahza o‘z o‘rnini o‘zgartirmoqda. Biz olamni o‘zgarmaydi deb o‘ylaymiz, haqiqatda esa olam har lahza yo‘q bo‘lib, keyin esa yana paydo bo‘lmoqda. Buni idrok qila olgan inson doimo lahzaning ichidadir va shu lahzaga moslashmoqda.
978-9943-8559-9-1
224
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/ulmas-umarbekov-odam-bulish-kiiin-yumshok-mukova
O'lmas Umarbekov: Odam bo'lish qiyin (yumshoq muqova)
O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma'naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlaridir. Adib bolalarining bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, tuhfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.
978-9943-63-13-2-8
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mettyu-dikson-brent-adamson-savdo-chempionlari
Mettyu Dikson, Brent Adamson: Savdo chempionlari
Mettyu Dikson va Brent Adamson savdo sohasi haqidagi anʼanaviy qarashlarga qarshi chiqdi. Turli industriyalardagi minglab sotuvchilarni o‘rganishga oid chuqur tadqiqotlar olib borib, ular ko‘pchilik qabul qilgan majmuaviy savdolarda mijozlar bilan munosabat o‘rnatadigan sotuvchilar eng samarali ish olib boradi va aynan ular yuqori natijalarga erishadigan jamoani shakllantiradi degan qarashlarni rad etishdi. Maʼlum bo‘lishicha, hammasi mutlaqo aksincha, aynan shunday sotuvchilar eng past ko‘rsatkichga ega. Eng yaxshi sotuvchilar, nafaqat, mijozlar bilan munosabatlarni o‘rnatadilar, balki ularga qarshi chiqadilar. Chempionlarni o‘ziga xosligini ko‘rsatadigan fazilatlar o‘rta darajadagi sotuvchida ham shakllanishi mumkin. Bu qanday amalga oshishi haqida ushbu kitobdan O‘qing. U o‘z kompaniyangizda Chempionlarni aniqlashda, ularning yondashuvini modellashtirishda va bu yondashuvni savdo jamoasida joriy etishda hamda biznesning umumiy samaradorligini sezilarli darajada oshirishda sizga yordam beradi. Birinchi marta o‘zbek tilida nashr etildi.
978-9943-7085-9-4
288
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zho-zhirard-har-kandai-narsani-istalgan-odamga-kandai-sotish-mumkin
Jo Jirard: Har qanday narsani istalgan odamga qanday sotish mumkin
Odamzod hayotida bolaligida, yoshligida bo‘ladigan hodisalar, qiyinchiliklar, baʼzida ularni hech qachon unutging kelmaydi, baʼzida esa tushingda kechirgandek bo‘lasan. Ammo bunday vaqtlar hayotingda qanday iz qoldirganidan qatʼiy nazar, qalbingning bir bo‘lagi hamisha o‘sha xotiralar bilan bo‘lib qolaveradi... Bu kitob qahramoni Jo Jirard yoshligidan qiyinchilik ko‘rib, oilasidan, yaqinlaridan mehr ko‘rmaydi. Otasining kaltaklari, ko‘chadagi dashnomlar, pulsizlik hamda yo‘qchiliklar Jo Jirardning irodasini yana-da mustahkamladi va o‘z oldiga ko‘p pul topib boy bo‘lishlikni maqsad qilib qo‘ydi. Siz bu kitobni bir marta emas, bir necha marta o‘qishni tavsiya qilamiz. Kitob shunda sizga o‘z ishingiz orqali ko‘p pul topib, katta daromad olishingizga yo‘l yo‘riq ko‘rsatib yordam beradi.
978-9943-7592-4-4
288
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/valerij-sinelnikov-stressdan-emlanish
Valeriy Sinelnikov: Stressdan emlanish
V. V. Sinelnikov - mashhur amaliyotchi psixoterapevt, psixolog, minglab odamga sog‘lig‘ini tiklash, moddiy farovonligini oshirish, hayot quvonchini his qilishga yordam bergan oddiy va samaradorligi bilan o‘ziga xos bo‘lgan psixologik metodikalar muallifi. Uning bu kitobidan qanday qilib ong ostingiz imkoniyatidan kuch va energiya to‘plash, muammolaringizni tushunish, stress va kasallik nimaligini batamom unutish uchun foydalanish mumkinligini bilib olasiz. Kitob shifobaxsh kuchga ega. Uning ijobiy taʼsiri kitobni qo‘lga olgan paytingizdanoq boshlanadi.
978-9943-381-83-4
200
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/marziya-saidam-fantom-ogrigi
Marziya Saydam: Fantom og'rig'i
O‘zbek adibasi Marziya Saydamning bitmishlari o‘z uslubi va ohangi bilan o‘quvchilar eʼtiboriga tushgan. Uning yozganlari o‘quvchini seskantiradi, uyquli ko‘zlarga, yuzlarga suv purkaydi, albatta, yozuvchining ayrim mulohazalari bahs talab, biroq asosiy nuqta shuki, o‘zbek publitsistikasida Marziya Saydam o‘ziga xos sas bilan paydo bo‘ldi. Dunyoga yangicha qarash, zamon va makonni, odamlar va muammolarni haqiqat nigohlari bilan anglashga bo‘lgan urinish kitobxonni jalb qiladi. Ushbu moʻjaz to‘plamga yozuvchining sara maqolalari jamlangan. Umid qilamizki, ushbu bitiklar sizni befarq qoldirmaydi. Turk yozuvchisi Adam Uzkusa qalamiga mansub «Jannatga taklifnoma» kitobi Marziya Saydam tarjimasi bilan chop etilgan va o‘quvchilar olqishiga sazovor bo‘lgan.
978-9943-8403-0-0
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-tushda-kechgan-umrlar-29000-sum
O‘tkir Hoshimov: Tushda kechgan umrlar (Nurli dunyo)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 13 sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida" gi qarorida yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘gan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Ulug‘ adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar maʼnaviy olami shunga yarasha bo‘ladi. Ushbu nashrning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, bu nashri hozirgi o‘zbek tilining imlo qoidalariga to‘liq moslangan shaklda berildi.
978-9943-8879-2-3
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-ikki-karra-ikki-besh
O‘tkir Hoshimov: Ikki karra ikki - besh (Nurli dunyo)
Kitobni mutolaa qilish asnosida ko‘nglingiz yayrab, kayfiyatingiz chog‘ bo‘ladi. Qahramonlarning qismati o‘quvchini kuldirib qolmay, chuqur o‘yga toldiradi. Ayniqsa, «Ikki karra ikki — besh» qissasidagi oddiy mehnatkash yigit Qo‘shoqvoy taqdiri orqali hayotning pastu balandliklari mohirona ochib beriladi. To‘plamdagi boshqa hangomalar ham bir-biridan maroqli.
978-9943-8879-5-4
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhek-london-uch-kalb
Jek London: Uch qalb
Siz o‘qishga hozirlangan "Uch qalb" romani muallifi Jek Londonning hayoti ham xuddi romanlardagidek kechgan edi. U hayotiy yorqin taassurotlaridan o‘z asarlari uchun syujet xam chiza olgan. Jek zavod ishchisi, oltin qazuvchi va hattoki qaroqchining hayoti qanday ekanligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan edi va “sarguzashtlar”ga bo‘lgan ishtiyoqini asarlaridan ham yaqqol sezish mumkin. Jek juda erta inson qalbining tubiga kirib borish va boshqalarning harakatlarini tushunish qobiliyatini namoyon etgan ijodkorlardan ekani bejiz emas. Yozuvchining so‘nggi romani - "Uch qalb"da o‘quvchilar xazina izlovchilar Frensis va Genri Morganning sarguzashtlari hamda ularning go‘zal Leonsiyaga bo‘lgan sevgisi va uning o‘zaro his-tuyg‘ulariga guvoh bo‘ladi. Biroq, ular kechirgan his va ehtiroslarning paydo bo‘lishi qahramonlarning ochiq va samimiy tabiatini o‘zgartirmaydi. Chunki ularning muhabbati hiyla-nayranglarga yot va xiyonat qilishga qodir emas.
978-9943-8104-5-7
432
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/astrid-lindgren-mio-bolazhonim-mio
Astrid Lindgren: Mio, bolajonim Mio
Mio - asl ismi Bu Vilxelm Ulson bo‘lgan yigitcha. Tutingan ota-onasi bag‘riga sig‘dirmagan bolakay moʻjiza sodir bo‘lib, o‘z otasi hukmronlik qiladigan yurt - Uzoq Mamlakatga borib qoladi. Bu yerda do‘stlar orttiradi, odamlarning bir-birlariga bo‘lgan mehr-muhabbatini ko‘rib, hayratga tushadi. Otasi har gal «Mio, bolajonim Mio», deya erkalaganda esa dunyoning eng baxtli bolalari qatorida ko‘radi o‘zini. Yovuz Kato esa Uzoq Mamlakatning eng katta dushmani. Qolaversa, u shu mamlakat bolalarining ko‘pchiligi yuragini toshga aylantirgan va ularni ota-onasidan judo qilgan. Yovuz Katoga qarshi jangga otlangan Mio o‘quvchi ko‘z o‘ngida haqiqiy qahramon sifatida gavdalanadi. Qo‘lingizdagi kitob ana shu kabi sarguzashtlarga boy va u ilk bora o‘zbek tilida nashr qilinmoqda. Rus tilidan Sardor Salimov tarjimasi
978-9943-7390-1-7
128
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/erik-emmanyuel-shmitt-oskar-va-pushti-honim
Erik-Emmanyuel Shmitt: Oskar va Pushti xonim
Oskar - saraton kasali bilan og‘rigan o‘n yoshli bolakay. Barcha urinishlar - dori-darmon, operatsiya ham uning umrini uzaytirishiga ozgina bo‘lsada umid yo‘q. Oskar hayot unga shafqat qilmasligini bola qalbi bilan his etadi. Ne tongki, hech qachon umidsizlikka tushmaydi. Najot farishtasi - kasalxonaning pushti kiyimdagi hamshirasi Roza buvi hamda qahramonimiz o‘rtasidagi suhbatlar asarning asosini tashkil etadi. Xudoga murojaat qilarkan, Oskar allaqachon hayotining yuz yilini mazmunli yashab o‘tgan minnatdor inson sifatida o‘quvchining yodiga muhrlanadi. Kitob ilk bor o‘zbek tilida nashr qilinmoqda. Rus tilidan Maftuna Umid qizi va Dilfuza Kamoljonova tarjimalari
978-9943-7069-0-3
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/tursunoj-yaqubova-zhavohirlar-hazinasi
Tursunoy Yaqubova: Javohirlar xazinasi
Bu to‘plamga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda dunyoning eng taniqli allomalarining mustaqillik, ona-Vatan, boy meros va qadriyatlar, maʼnaviyat, tafakkur qirralari, chin insoniylik, hayot tarzimiz haqidagi falsafiy dono fikrlari, ibratli so‘zlari kiritilgan. Ularning ayrimlarini muallif kitoblarni, kundalik nashrlarni o‘qish jarayonida yon daftariga qayd qilib borgan.Bu dono so‘zlarni biz "Javohirlar xazinasi" deb atadik. Bu durdona fikrlar sizning dunyoqarashingizni shakllantirishga, fikr-doirangizni boyitishga ozgina bo‘lsa-da yordami tegsa maqsadga erishilgan bo‘ladi.
978-9943-382-40-4
112
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/aellar-ibodatiga-hos-masalalar-lotin
Ayollar ibodatiga xos masalalar (lotin)
«Ayollar ibodatiga xos masalalar» mavzusidagi ushbu qo‘llanma muqaddas Islom diniga ixlosi baland hanafiylik mazhabidagi ayollar foydalanishi uchun tayyorlandi. Albatta, ayol pokiza, iymon-eʼtiqodli bo‘lsa, oilada farzandlar ham iymon-eʼtiqodli qilib tarbiyalanadi. Natijada oila va butun bir jamiyat aʼzolari iymon-eʼtiqodli bo‘ladilar. Nashrga tayyorlovchi: Rahimbergan Sapayev
978-9943-7102-8-3
128
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/umar-souel-musulmon-tadbirkor
Umar Souel: Musulmon tadbirkor
Musulmon tadbirkor o‘z biznesini yurgizishda nimalarga eʼtibor qaratishi lozim? Boy-badavlat bo‘lishning qandaydir sir-asrori bormi? Muvaffaqiyatga erishgan taniqli tadbirkorlarning qaysi jihatlari ish yuritishda asosiy mezon bo‘la oladi? Ushbu kitobdagi maʼlumotlar biznes bo‘yicha professional maslahatlardan iborat bo‘lib, unda yuqoridagi savollarga batafsil javob berilgan.
978-9943-69-082-0
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sun-czi-gari-galiardi-zhang-va-marketing-sanati
Sun Szi, Gari Galiardi: Jang va marketing san’ati
Sun-Szining urush olib borish haqidagi taniqli risolasi bundan ikki ming yil oldin yozilgan. Lekin bugungi kunda ushbu risoladan ko‘proq tadbirkorlar va marketing hamda menejment mutaxassislari foydalanmoqdalar. Zotan, bu o‘lmas asar bizga qanday qilib yangi bozorlar topish, insonlarni boshqarish, minimal xarajatlar bilan mijozlarni jalb qilishni o‘rgatadi. Kitobni o‘qigach, buyuk xitoy strategining saboqlari bozor uchun kurashda ancha foyda keltirishini anglaysiz. Ajoyib olim va tarjimon Gari Galiardining sharhlari matnni anglashni osonlashtiradi va mutolaani foydali va zavqli qiladi. Tarjimon: Odilxon Orifjonov
null
156
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-koleman-kumita-300-dune-hukumati-sirlari
Jon Koleman: Qo'mita 300. Dunyo hukumati sirlari
Jon Koleman - amerikalik publitsist, Britaniya maxsus xizmatlarining sobiq xodimi. Jon Koleman - 11 kitob muallifi. Ularning ichida eng mashhuri bu - «Qo‘mita 300» (The Committee of 300) bo‘lib, dunyoning oligarxlar jamiyati, masalan Rotshildlar dinastiyasi va omma uchun yopiq jamiyatlar: Rim klubi, Tavistok instituti va boshqalarning faoliyati haqidagi 30 yillik tadqiqotlari asosida yozilgan. Ushbu kitobda Koleman dunyoda juda buyuk kuchga ega maxfiy tashkilot mavjudligi va uning tarkibiga Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa baʼzi davlatlarning elitasi kirishini, ularning yagona maqsadi - butun dunyoda yagona hokimiyatni o‘rnatish, birlashtirishni aytib o‘tgan. Kolemanning taʼkidlashicha, o‘zlarining faoliyatini ko‘rsatmaydigan bu odamlarning rejalari sayyoramizdagi aholi sonini bir milliardga qadar qisqartirishdan iborat.
978-9943-7788-5-6
352
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-daftar-hoshiyasidagi-bitiklar
O‘tkir Hoshimov: Daftar hoshiyasidagi bitiklar (Nurli dunyo)
Bu – ko‘pdan beri siz qo‘ldan qo‘ymay o‘qib kelayotgan kitob. Bu – ko‘pdan beri siz farzandlaringiz, yaqinlaringiz o‘qishlarini astoydil istayotgan kitob. Bu –  ciz va biz haqimizdagi kitob. Yaralganimizdan to bugungi kunimizgacha bizga nimalar ayon – nimalar noayon, nimalarni topdik – nimalarni yo‘qotdik, kimlarga mehr berdik – kimlarni esa xo‘rladik yoki tahqirladik, o‘zimizga havola. Ko‘nglimizdan kechadigan ana shu haqiqatlarni yodga soladigan mazkur kitob xuddi shu jihati bilan qalbimizga yaqin. O‘qing, ishoning, zero, har bir odam bolasi hayoti davomida kitobda qayd etilgan bitiklarga qayta va qayta duch kelaveradi… Bu bitiklar har insonning taqdirida takrorlanaveradi…
978-9943-8879-4-7
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/imom-abu-zakariyyo-yahyo-ibn-sharaf-an-navaviy-dimashqiy-riyozus-solihiyn-solihlar-gulshani
Imom Abu Zakariyyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy Dimashqiy: Riyozus Solihiyn (Solihlar gulshani)
Faqihlarning buyugi va valiylarning ustuni deb sharaflangan atoqli olim Abu Zakariyyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy qalamiga mansub qo‘lingizdagi ushbu “Riyozus solihiyn” (Solihlar gulshani) kitobi bitilganiga salkam sakkiz yuz yil bo‘ldi. Shuncha yil o‘tgan bo‘lsada, o‘zining sahihligi, ishonarliligi, daqiqliligi, Qurʼoni Karim va Sunnati nabaviyya asosida insoniyatni hidoyatga chorlash, axloqini o‘nglashda katta xizmat qilib kelmoqda.
978-9943-8225-5-9
800
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/eng-sara-muhabbat-kissalari
Eng sara muhabbat qissalari (yumshoq muqova)
Muhabbat ne qudratki, inson qalbida ana shu tilsimli olamga ehtiyoj, intilish bor? Unda ne qudrat yashirinki, urib turgan yurak o‘zga bir qalb tomon hamisha ilhaq bo‘laveradi, yuragi sog‘inch azobi bilan o‘rtanaveradi? Bu savolga dunyoda qancha odam istiqomat qilsa, xuddi shuncha javob bor, yaʼni har bir inson yuragida gohida oshkor, gohida pinhon muhabbat yashaydi. Darhaqiqat, Dunyo muhabbatdan paydo bo‘ldi. Muhabbat tiriklik ustuni bo‘ldi. Muhabbat shaxslarni kamolga yetkazdi. Muhabbat maʼnan komil insonni tarbiyaladi. Muhabbat odam bolasiga o‘zini tanitdi. Muhabbat hayratlar, azoblar, og‘riqlar, dardlar, qayg‘ular bilan keldi. Va inson farzandi uni shu holida quvonch bilan qabul qildi, og‘ir damlarida undan panoh istadi. Eʼtiboringizga havola etilayotgan kitobga biz o‘lmas va abadiy mavzu - muhabbat eng sara qissalarni jamladik. To‘plam yuragingiz qatidagi yechimi yo‘q savollarga javob berolsa, nelarnidir yodingizga solsa, qalbingizda mudrab turgan tuyg‘uni qayta hayajonlantirsa va uni o‘qishga yana ehtiyoj sezsangiz, biz o‘z maqsadimizga erishgan hisoblaymiz o‘zimizni. To‘plovchi: Maʼmura Qutliyeva
978-9943-27-957-5
320
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/lev-tolstoi-hazrati-muhammad-sav-ugitlari-maktublar-ikrornoma
Lev Tolstoy: Hazrati Muhammad (s.a.v) o'gitlari. Maktublar. Iqrornoma
«Qayerdaki hayot bo‘lsa, o‘sha joyda insoniyat paydo bo‘lgandan beri unga yashash imkonini beradigan iymon bor. Va iymonning belgilari hamma joyda va hamisha bir xil. Har qanday iymon kimga bo‘lmasin va qanday bo‘lmasin, javob bergan bo‘lsa, iymonning har qanday javobi insonning cheklangan hayotiga cheklanmagan narsaning maʼnosini baxsh etadi va bu maʼnoni azob-uqubatlar, muhtojliklar, o‘lim mahv etolmaydi. Binobarin, faqat iymondagina hayotning maʼnosini va yashash imkonini topish mumkin» - Lev Tolstoy birmuncha ikkilanishlardan so‘ng tugal xulosaga kelganida ellik yoshlar bo‘sag‘asida edi. Shundan keyin o‘ttiz yildan ortiqroq umr ko‘rdi. Sakson yoshlar atrofida qariyb bir necha o‘n yillardan beri jurʼat qilolmayotgan ishga jazm qildi: islom dini va uning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) hayotini o‘rgandi. Mazkur to‘plamda aynan o‘sha izlanishlar samarasi bo‘lgan «Hazrati Muhammad (s.a.v.) o‘gitlari» va “Iqrornoma” Tolstoy talqinida taqdim etilmoqda. Tarjimonlar: Ozod Sharafiddinov, Abdumurod Tilavov
978-9943-20-951-0
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hulie-kartal-esh-kizning-kundaligi
Xuliyo Kartal: Yosh qizning kundaligi
Xuliyo Kartalning ushbu kitobida o‘tayotgan umrning har lahzalaridan zavqlanadigan va hayotdagi har bir voqea-hodisada sir, joziba, hikmat mujassamligini ko‘ra biladigan taʼsirchan qalbli insonning mahzun kechinmalari, o‘yga toldiruvchi mulohazalari bitilgan. Unda badiiy asarlardagi singari syujet chizig‘i, bir-biri bilan mojarolashgan qahramonlar obrazi ko‘rinmaydi. Mazkur kitobda ko‘ngilda kechgan o‘ylar bayon qilinadi, xolos. Kitobning bosh qahramoni — muallifning o‘zi. Muallif — uning asosiy va birdan-bir qahramoni. Lekin ana shu yakka, yagona qahramon o‘ylari, kechinmalari, hayot va inson umri haqidagi mulohazalari kishini ko‘p masalalar xususida o‘ylab ko‘rishga, mushohada yuritishga undaydi. Kundalik daftar aslida inson hayoti, ruhiy kechinma, quvonch va iztiroblari aks etgan birgina shaxsga tegishli bo‘lgan qaydlar. Ammo shunday kundaliklar borki, bir insonning umr yo‘li butun bir davr farzandlari uchun hayot saboni bo‘lishi mumkin. Mazkur kundalik ham sizni befarq qoldirmaydi. Qahramonning dard va shodliklariga sherik bo‘lasiz. Mutolaa jarayonida o‘zingiz uchun ibrat olishingizga umid qilamiz.
978-9943-27-385-6
96
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/astrid-lindgren-uzunpaipok-peppi
Astrid Lindgren: Uzunpaypoq Peppi
Dunyodagi eng kuchli va eng betakror qiz bilan tanishishni istaysizmi? Uning aql bovar qilmas sarguzashtlariga guvoh bo‘lishni-chi? Unda, keling, sizni Uzunpaypoq Peppi bilan tanishtiramiz! Peppi hech kimga o‘xshamagan, yerga ursa osmonga sapchiydigan, sarguzashtsevar, serg‘ayrat, umuman olganda, ajoyibu g‘aroyib qiz. Mazkur kitob esa sizga ana shu g‘aroyib qizaloq- Peppi haqida hikoya qiladi. Aytgancha, kitob ilk bor o‘zbek tilida taqdim etilmoqda va albatta u barchangizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. Ingliz tilidan Shohrux Usmonov tarjimasi
978-9943-7390-2-4
128
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhein-ostin-andisha-va-gurur-lotin
Jeyn Ostin: Andisha va g‘urur (lotin)
Jeyn Ostin "Andisha va g‘urur" ("Гордость и предубеждение") asarida qishloq dvoryaning qizi Elizabet Bennet bilan o‘zining kelib chiqishi, boyligi ila mag‘rur boy pomeshchikning o‘g‘li Fitsuilyam Darsi o‘rtasidagi sarguzashtlarni hikoya qiladi. Asar 1813-yilda nashr qilinib, adabiyot dunyosida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu asar haqida o‘sha paytdagi "Britaniya tanqidchisi" jurnali shunday yozgan edi : "Asar shu paytgacha o‘quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi hamma  romanlardan yuqori turadi". Umid qilamizki, mazkur asar hurmatli o‘zbek kitobxonlariga ham manzur bo‘ladi.
978-9943-27-716-8
404
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/adem-gunesh-voz-kech-va-tinchlan
Adem Gunesh: Voz kech va tinchlan
Inson ko‘ngliyu ruhoniyati bilan hamisha yorug‘likka talpinib yashaydi. Bu yorug‘likda u o‘zini, maqsadini, hayotini topadi. U qanchalik qorong‘ulikka mahkum bo‘lib qolsa yorug‘likka chiqishi shunchalik qiyin kechadi. Bu jarayonni inson boshqara oladimi? Albatta, ha! Tuyg‘ularni boshqara olish, yorug‘ hislarga erishish, o‘zingizni har qanday vaziyatdan omon asrab o‘tish hayotning lazzatlari, zavqu shavqini tuyishga to‘siq bo‘lolmaydi. Albatta, to‘siqlarga uchrashdan qo‘rqmang, to‘siqlar sizni kuchli qiladi. Qo‘lingizdagi Adem Guneshning mazkur "Voz kech va tinchlan" deb nomlangan kitobi aynan shunday to‘siqlarga uchragan hamda yechim ustida bosh qotirayotgan insonlar uchundir. Asar 6 haftalik amaliyot dasturini o‘z ichiga olgan, siz ularni birma bir bosib o‘tish orqali hayotingizni yaxshilaysiz, biz yuqorida taʼkidlagan yorug‘likka erishasiz.
978-9943-8513-1-3
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-shajtanat-5-qism
Tohir Malik: Shaytanat (2 jild)
Дунё яралибдики, эзгулик ва ёвузлик мудом инсониятни курашга чорлаб келади. Тоҳир Маликнинг "шайтанат" олами ҳақида ҳикоя қилувчи ушбу асари неча йиллардан буён ўқувчилар эътирофига сазовор бўлиб келмоқда. Жиноятчилар оламининг сир-асрорлари ҳақида сўз юритувчи мазкур асар Сиз ўқувчилар учун ажойиб совға бўлишига ишонамиз. Асар детектив жанрга ихлосманд китобхонлар учун муносиб туҳфадир.
null
null
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/nurdan-damla-azrati-adicha-roziyallohu-anho
Nurdan Damla: Hazrati Xadicha (roziyallohu anho)
Ушбу рисола Пайғамбаримизнинг аёллари, у зотга илк иймон келтирган зоти шарифа, барча мўминларнинг онаси - Ҳадича розияллоҳу анҳо ҳаётига бағишланган. Унда Хадича онамизнинг болаликлари, оилалари, Пайғамбаримизга қандай турмушга чиққанлари, Ислом дини йўлида чеккан машаққатлари ҳикоя қилинган. Асар Ислом дини тарихи билан қизиқувчи китобхонлар оммасига мўлжалланган.
978-9943-5326-4-9
448
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/pulat-mumin-buladigan-bolalar
Po‘lat Mo‘min: Bo'ladigan bolalar
Bolalarning taniqli shoiri Po‘lat Mo‘minning ushbu saralangan to‘plamida ota-onaga mehr, do‘stlik, odob-axloq, mehnat va bilimdonlik, zukko bo‘lishga chorlovchi sheʼrlar o‘rin olgan. Kichik va o‘rta maktab yoshidagi aziz o‘g‘il-qizlar, bu qiziqarli kitob sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-20-410-2
96
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/ektor-garsia-francesk-mirales-ikigay
Ektor Garsia, Fransesk Mirales : Ikigay
Siz bu kitobni o'qir ekansiz, Yapon xalqining uzoq umr ko'rishi va baxtli hayot kechirishining siri bo'lmish IKIGAI haqida bilib olasiz. Nafaqat IKIGAI, balki bugungi kunda ommalashib, barchani o'ziga tortayotgan bir qator yangi asr ilmlari bo'lmish: Morita terapiyasi, Naikan meditatsiyasi, logoterapiya kabilarning qimmatli bilimlari sohibiga aylana olasiz. Va ularni qanday qilib osonlik bilan hayotingizga tatbiq qilishni ham aynan anu shu asarning oʻzidagina o'rganasiz, buning uchun yana bir nechta kitoblar o'qishingizga hojat qolmaydi. Shuningdek, Yaponiyaning butun dunyoda tengi yo'q, hech bir mamlakat ishlab chiqara olmaydigan mahsulotlari xususida ham, va yana Stiv Jobsni hayratga solgan Yapon san'at asalari nima ekanligini ham bilib olasiz. Takumi, Gibli Hara hachi bu, Radio Tayso, Yoga, Tai chi, Shiatsu, Wabi-sabi va boshqa shu kabi bir qator yer yuzidagi barcha insonlar bilishi lozim bo'lgan qimmatbaho, ilm-u sir-asrorga limmo lim to'yingan asar desam mubolag'a bo'lmasligini, qancha go'zal so'zlar ila madh etmay, kamligini o'qigan kitobxongina tushunib, anglab yetadi. Bir jumla ila tushuntirmoq joiz bo'lganda esa, har bir insonning kutubxonasida bo'lishi kerak va shart bo'lgan yagona "Uzoq va Baxtli Yashashning Sirli Kaliti Berkitilgan Kitob" deya ta'riflagan bo'lar edim.
978-9943-8885-0-0
176
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/zhek-london-martin-iden-yangi-asr-avlodi
Jek London: Martin Iden (Yangi Asr Avlodi)
Yozuvchi Jek London bir qarashda Martin Iden timsolida o‘zini tasvirlaydi. Hayot naqadar og‘irligi, mehnat qattiqligi, ishonch poymol bo‘lishi, muhabbat sarobga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Inson asli qadrlashi kerak bo‘lgan tuyg‘ular, munosabatlar jamiyatdagi noqisliklar sabab oyoqosti bo‘lishi hech gap emasligini aytmoqchi bo‘ladi. O‘quvchiga buni uqtira oladi ham.
978-9943-27-717-5
608
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/bernhard-shlink-kitob-uqib-beruvchi
Bernhard Shlink: Kitob o'qib beruvchi
Bernxard Shlinkning «Kitob o‘qib beruvchi» romanida urushdan keyingi yillarda olmon jamiyati ortiqcha bo‘yoqlarsiz, bor bo‘yicha tasvirlangan. Asar dunyoning 39 tiliga tarjima qilinib, olamshumul shuhrat qozongan, Yevropa va Amerikada ko‘plab milliy va xalqaro adabiy mukofotlar bilan taqdirlangan. Muallif fashizm ishtirokchilarining jinoyati, uning to‘lovi, avlodlar tafakkuri o‘rtasidagi tafovut kabi mavzularni ko‘targan va bor bo‘yicha ochib bergan. Roman sodda, ortiqcha his-tuyg‘ularsiz, bo‘rttirishlardan xoli yozilgani bilan hayotiydir. Asar kitobxonga fashizm dahshatlari insoniyatga qilingan yovuzliklar salmog‘i va vahmini yana bir bor his qildiradi.
978-9943-8592-2-7
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mirach-chagri-oqtosh-senga-uhshash-yuq
Mirach Chag'ri Oqtosh : Senga O'xshashi yo'q
Hayotingizga kirib kelgan insonlar hamda boshdan o‘tkazganlaringizning barchasi birma-bir hayotingiz oqimida o‘tib ketaveradi. Hammasining oxirida siz o‘zingiz bilan yana yolg‘iz qolasiz. Dard chekkaningizda, xursandchilik onlaringizda va yolg‘iz qolganingizda o‘zingizni yana-da yaxshiroq taniy boshlaysiz. Shunda astoydil qilgan mehnatlaringizning, ko‘rsatgan muhabbatingizning hamda siz loyiq bo‘lgan hurmatning naqadar qiymatli ekanini anglaysiz. Ana shuning uchun ham sevishni, avvalo, o‘zingizdan boshlang. Zero hayotingiz davomida eng uzun va qadrli munosabatni o‘zingiz bilan qurib borasiz. Olayotgan har bir nafasingiz, o‘tib borayotgan har bir oningiz aslo qaytib kelmaydi. Hayotingiz davomidagi bo‘shliqlarni esa faqatgina vaqt bilan to‘ldira olasiz. Buni aslo unutmang!
978-9943-6632-4-4
192
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/zhaner-yaman-guzal-engildik
Janer Yaman: Go'zal yengildik
Bizning zimmamizga tushgani yiqilgan joyimizda kutishdan iborat edi, xolos. Kutishga kutardik, lekin kutganlarimizning kelish niyati aslo yo'q edi. Kelajak nomli mavhumlik mavjud bo'lmaganlar, kelmaganlar va yo'qotilganlar ustida barpo qilinardi. Biz bu hayotning sovuq, zulmatga burkangan, ichida kimsa yo'q va behalovat dahlizlarning darz ketgan devorlariga yopishtirilgan ko'lanka edik. Rasmning hoshiyasidan chetda qoldirilgan yoqimsiz manzara, davom etishi shart bo'lmagan zerikarli bir dars edik. Bizga ko'nika olishmadi. Bizdan voz kechdilar. Voz kechdilar va g'olib bo'lishdi. Biz yutqazdik. Yutqazsak-da, voz kechmadik. Har safar yanada go'zal tarzda mag'lub bo'laverdik. Eng go'zal yengilgan faqat biz bo'ldik. Turk tilidan Alisher Ravshanov va Muhammadjon Boltayev tarjimasi
978-9943-8428-2-3
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/maksim-batirev-sotuvchining-45-koidasi
Maksim Batirev: Sotuvchining 45 qoidasi
Biznes bu kurash. Sizning obro‘yingiz, biznesingizning mavjudligi, kurashchilaringiz va ularning oilalari farovonligi, har birining shaxsiy maqsadi va intilishlari xavf ostida bo‘ladi. Raqobat kuchaygani sari g‘alaba qozonish qiyinlashaveradi. G‘alaba uchun sotuvchi va rahbar qahramonlar kerak. Qahramon bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki, qahramon bo‘lib yetishadilar. Agar sizda biznesga nisbatan qiziqish bo‘lmasa, bu kitobni yopishingiz mumkin, u siz uchun emas. Qolganlarga esa Maksim Batirev bilan yosh kurashchi kursidan dars olishni taklif qilaman. Kurashning haqiqiy xatti-harakatini ko‘rishingiz va g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirishni o‘rganib olishingiz mumkin. Maksim Batirev taklif qilayotgan usul bizga mos keladi, har doim qo‘l keladi va raqobatchilarni yengishga yordam beradi. Biznesda kumush o‘q, sehrli dorilar va boshqa moʻjizaviy masalliqlar mavjud emas. Biznesda ko‘p mehnat qilish kerak. Faqatgina shu tarzda natijaga erishish mumkin. Natijani odamlar yaratadi. "Odamlar odamlardan sotib oladilar", - deb yozadi muallif. Tarjimon: Tojiyeva Zarina Nurbekovna
978-9943-7509-1-3
336
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-buzdag-muhabbat-anatomiyasi
Muhammad Bo'zdag': Muhabbat anatomiyasi
Hurmatli kitobxon! Eʼtiboringizga turkiyalik adib Muhammad Bo‘zdan qalamiga mansub mashhur asarlaridan biri - "Muhabbat anatomiyasi" kitobi o‘zbek tilida taqdim etilmoqda. Bu adibning qaysi asarini mutolaa qilmang, barchasida insonni ijobiy va mantiqiy fikrlashga undaydigan, kamolotga chorlaydigan, ikki dunyoyingizni farovon etadigan pand-nasihatlarni uchratasiz. Kitob sizga zillat va qalb xastaliklarini muolaja etishingizda yo‘lboshchi va ko‘makchi bo‘lishiga ishonamiz. Tin olib... shov-shuvli hayotning shovqin-suronida o‘zimiz haqimizda tafakkur qilamiz! Keling... Munosabatlarni ustunliklarga ko‘ra tartiblaymiz!
978-9943-7469-9-2
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-maksvell-liderlikning-21-mukarrar-konuni
Jon Maksvell: Liderlikning 21 muqarrar qonuni
Бу китоб дидингизга мос тушиши шубҳасиз: сиз бунда баён қилинган, инсон тақдирига ҳал қилувчи таъсир кўрсатувчи мезон ва саъй-ҳаракатларни ўз ҳаётингиз ёки бизнесингизда бевосита қўллаб кўришингиз мумкин.  Бу китобдан мулоҳазаларнинг умумлашмаси саналувчи ҳеч  бир назарияни топмайсиз - бунда лидерликнинг муқаррар ва ўзгармас қоидалари баён қилинган, булар Жон Максвелнинг ҳамда у тилга олган кўпчилик одамларнинг шахсий тажрибасидаги синовлар ўлароқ, кўп бора тасдиқдан ўтган. Китоб ҳақида маълумотлар: Чоп этилган нашриёти: "Инфо-Капитал-Груп" Чоп этилган йили: 2018 Муқоваси: Юмшоқ Бетлари сони: 304
978-9943-5443-8-3
304
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/murod-muhammad-dust-lolazor
Murod Muhammad Do'st: Lolazor
Bugungi kun kitobxoni kutgan asar – “Lolazor” nihoyat, qo‘limizda!  Garchi romanning ilk nashri o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligiga to‘g‘ri kelsa-da, u o‘quvchilar “to‘ymagan” asarlardan biri hisob­­lanadi. Nega? Sabab oddiy – asar voqealari ayni kunimizdan, biz yashayotgan jamiyat “sir”laridan  so‘zlaydi. Mutolaa davomida qahramonning umr yo‘li, faoliyati bilan tanishasiz. Bu yo‘lning dastlabki qadamidan to so‘ngiga qadar o‘quvchi asosiy obrazlardan biri – Yaxshiboyevga hamroh bo‘ladi. Yana biri – Oshno bilan do‘st tutinadi. Lekin birda hamfikr bo‘lsa, birda ularga qarshi chiqadi. Qarshi chiqish bilan esa, tabiiyki, o‘quvchi vaziyatni o‘zgartirmaydi, aksincha, Oshnoning oshnosiga, Yaxshiboyevning shogirdiga, hatto Qurbonoyning fojiasiga aylanadi. Boshqa yo‘l yo‘q – istamagan holda o‘quvchi o‘zining sobit qarashidan voz kechadi! Yana bir ahamiyatli jihati, mutolaa jarayonida asar qahramonlarining ismi shunchaki tanlanmaganiga guvoh bo‘lasiz. Hatto Yaxshiboyev o‘z shogirdlariga murojaat qilar ekan, ularning familiyasini ism o‘rnida ishlatishi bejiz emasligiga amin bo‘lasiz. Boshqaruvchi inson, kim bo‘lishidan qatʼiy nazar, hokimiyat tepasiga kelar ekan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi. Borgan joyini bog‘ qiladimi, gulzor qiladimi, lolazor qiladimi yoki umuman hech narsa – bunisi endi bosh­qa masala. Asar so‘ngida kitobxon mulohazaga cho‘madi, bir so‘z bilan ayt­ganda, mutolaadan kim nimani izlasa, shuni topadi.
978-9943-20-822-3
672
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/halis-karabenli-zamonga-engilma
Halis Karabenli: Zamonga yengilma
Taniqli turk yozuvchisi Halis Karabenli bugungi o‘zbek kitobxonlariga hozircha "Baʼzilar olisdan sevarlar" asari orqaligina tanish. Qo‘lingizdagi "Zamonga yengilma" kitobi ham muallifning o‘tkir qalami ila bitilgan bo‘lib, asarda inson qalbining turli evrilishlari yorqin bo‘yoqlar va nozik did bilan tasvirlangan. Halis Karabenlining qahramonlari, garchi turli feʼl-atvorli kishilar bo‘lsa-da, erkka intiladilar, o‘z burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda sinab ko‘radilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Yozuvchi mazkur asarida inson eng og‘ir sharoitlarda ham ojiz emasligini isbotlaydi. Barchasi insonning ruhiyati, maʼnaviy dunyosi hamda irodasiga bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Asar keng kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan. Turk tilidan Nodirabegim Jamshid qizi tarjimasi
978-9943-7253-5-5
184
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/adem-gunesh-esh-bola-demang-ularni
Adem Gunesh: Yosh bola demang ularni...
Xalq orasida hammamizga maʼlum bo‘lgan bir ibora bor: «Bola-da, esdan chiqarvoradi ...» Bola kattalar tomonidan qanchalik xafa qilinsa ham, ertasiga hech narsa bo‘lmagandek yana o‘sha kattalar atrofida parvona bo‘laveradi. Bolalardagi bu holat biz kattalarni aldab qo‘yadi, negaki biz ularni kechagi voqealarni unutib yuboribdi, deb o‘ylaymiz. Aslida unday emas. Bolaning aqli unutsa ham, his-tuyg‘ulari hech narsani unutmaydi. Zero, insonning bolaligi aql bilan o‘rganish emas, balki his-tuyg‘ular bilan shaxsiyatini shakllantirish davridir. Misol uchun, qorong‘idan qo‘rqish aql bilan bog‘liq emas, uni ruhiyatning jarohatlanishi desak ham bo‘ladi .... Yoki tirnoq tishlashni aql bilan izohlab bo‘lmaydi, bu holat ruhiy zaiflikning tashqi ko‘rinishi hisoblanadi. Boshqacharoq misol keltirsam, jahli chiqqan bolani aqliy nasihatlar bilan to‘xtatib bo‘lmaydi. Chunki uning ichki dunyosida ro‘y berayotgan jarayonlar katta kuch bilan vulqondek tashqariga otilayotgan bo‘ladi. Shu va yana boshqa barcha ijobiy-salbiy his-tuyg‘ular bolalik chog‘lardanoq shakllanib boradi. Bola erkalatilsa, erkatoy bo‘ladi, hadeb ayblanaversa, o‘zini aybdor deb biladi yoki u qadrlanmasa, qadrsizlik tuyg‘usi bilan ulg‘ayadi. Eʼtibor berilgan, qadrlangan bola esa aziz va qadrli bo‘ladi. Bolaga baho berish unga ehson emas,balki inson sifatida uning eng tabiiy haqqi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytsak, kelajak «Ha, endi, bola-da» deb beeʼtibor bo‘lmagan ota-ona va tarbiyachilar bilan bunyod bo‘ladi. Adem Gunesh
978-9943-20-891-9
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhunaid-suavi-alining-zhoinamozi-ehud-oilasiga-nur-kiritgan-farzand
Junayd Suavi: Alining joynamozi yoxud Oilasiga nur kiritgan farzand
Ushbu asarda inson doimo ezgulikka intilib yashashi kerakligi va bu yo‘lda uchraydigan har qanday qiyinchiliklardan sabr, to‘g‘ri tadbir orqali o‘tishi lozimligi hali endigina 10 yoshga to‘lgan bola – Alining boshidan kechirgan voqealari misolida hikoya qilinadi. Kitobdagi suratlar asar voqealarini yana-da aniqroq tasavvur qilishga yordam beradi va sizga maʼqul bo‘ladi deb umid qilamiz. Tarjimon Umida Adizova
978-9943-6787-1-2
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/voris-umidlar-intihoda-uladi
Voris: Umidlar intihoda o‘ladi
Ворис: Умидлар интиҳода ўлади: роман Ворис. Озарбайжон тилидан Р. Жабборов таржимаси.
978-9943-20-741-7
208
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/rustam-zhabborov-100-zhumboqli-hikoya
Rustam Jabborov: 100 jumboqli hikoya
Mazkur kitob yuzta hikoyadan iborat. Hikoyalar asosan, rivoyatlar, tarixiy haqiqatlar, qiziqarli faktlar asosida yozilgan. Va har bir hikoyada bir sir yashiringan. Hikoya so‘nggida keltirilgan savolga javob topish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Urinib ko‘ringchi, nechta hikoyadagi jumboqni kitob  oxiridagi javoblarga qaramasdan topar ekansiz?
978-9943-20-708-0
208
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/odil-yokubov-ulugbek-hazinasi
Odil Yoqubov: Ulug‘bek xazinasi
"Ўзбекистон халқ ёзувчиси Одил Ёқубовнинг “Улуғбек хазинаси” номли асари ўқувчиларга яхши таниш. Бобокалонимиз Муҳаммад Тарағай Улуғбекнинг таваллуд тўйи муносабати билан қайта нашр етилаётган романда алломанинг шахсий ҳаёти, фожеавий қисмати ҳаяжон билан ҳикоя қилинади. Aсар муаллиф томонидан қайта ишланиб, Улуғбекнинг умри сўнгида мушарраф бўлган севгиси, соҳибқирон  бобоси Aмир Темур ҳақидаги хотиралари ва бошқа баъзи бир лавҳалар билан тўлдирилди."
978-9943-20-429-4
368
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/said-ahmad-ufk
Said Ahmad: Ufq (Kirilcha)
​​​«Уфқ» трилогияси Ўзбекистон халқ ёзувчиси Ўзбекистон Қахрамони Саид Аҳмад ижодида алоҳида ўрин тутади. Трилогия XX аср миллат ҳаётининг ўн йиллик даври — иккинчи жахон уруши, уруш ва урушдан кейинги йиллар воқеаларини ўз ичига олади. Трилогияда ўша йиллари халқ бошига тушган мусибатлар, одамлар кўксидаги армонлар, шу муносабатларни енгишга қодир мислсиз матонат ва шижоатлар ёзувчи истеъдодига хос эҳтирос, зўр илҳом билан акс эттирилган. Асарда Икромжон, Жаннат, Азизхон, Дилдор, Асрора каби теран, халқчил, ёрқин миллий образлар яратилган. "Сано-стандарт" нашриёти. 631 бет.
978-9943-7743-8-7
632
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/pol-ekman-yolgon-psihologiyasi
Pol Ekman: Yolg‘on psixologiyasi
Замонавий одам ўн дақиқалик суҳбат ичида ўртача уч марта ёлғон гапириши тўғримикан? Ёлғон инсон ҳаётининг барча соҳаларига кириб борганига қандай муносабат билдирасиз? Агар сиз ёлғонни сўз ва овоздаги турланиш орқали ҳам аниқлай олмасангиз қандай йўл тутганингиз маъқул бўлади? Пол Экманнинг китобидан шундай саволларга муфассал жавоб топсиз. Унутманг, ёлғонни яшириш жуда қийин. Универсал ҳисобланувчи макроифодалар ва микро саъй-ҳаракат бўлган имо-ишоралар ҳар доим (ижтиомй ҳолати ва қайси миллатга мансублигидан қатъий назар) ёлғонни фош қилиб қўяди. Бошқалар илғамаган нарсаларга эътибор беришни ўрганинг. Китоб ёлғон ва алдовни фош этишдан манфаатдор бўлган барчага: сиёсатчилар ва ишбилармонлар, шифокорлар ва юристлар, психологлар, ўқитувчилар, менежерлар, уй бекалари, касбий ва шахсий ҳаётда алдамчилик ва психологик фириблар қурбонига айланишни истамаган ҳар бир кишига - кенг оммага мўлжалланган.
978-9943-5786-8-5
448
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ugur-qushar-allohga-qoching
Ug'ur Qo'shar: Allohga qoching
Jismimizda og‘riq tursa, zudlik bilan shifoxonaga chopamiz, darddan xalos bo‘lish uchun esa shifokor tavsiya etgan dorilarni kechiktirmay isteʼmol qilamiz. Jismga eʼtibor berganimiz yaxshi, biroq tiriklikning javxari bo‘lgan ruhimizni ham unutib qo‘ymasligimiz kerak. Mutolaasiga oshiqayotganingiz ushbu kitob aynan muolajaga muhtoj ruhimizni davolashga xizmat qiladi Muallif ushbu asarni ruhiy zo‘riqishlarga qarshi retsept o‘laroq taʼlif etib, muolaja vositalari faqatgina Islomda ekanini taʼkidlaydi. O‘ylaymizki, ushbu asar muolajaga extiyoji bor ruhlarni xech qanday og‘riq-mashaqqatsiz davolab, sog‘lomlarini esa yana-da tetiklashtirishga yordam beradi
978-9943-8139-6-0
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mustafo-koratosh-bahtli-turmush-uchun-olti-maktub
Mustafo Qoratosh: Baxtli turmush uchun olti maktub
Mazkur kitob turkiyalik olim, professor Mustafo Qoratosh qalamiga mansub bo‘lib, unda chinakam baxtiyor oila qurmoqchi bo‘lganlar uchun qimmatli nasihatlar o‘rin olgan. Muallif o‘z fikrlarini kelin-kuyov, qaynona va qaynotalarga maktub usulida taqdim etadi. Kitobga mutafakkirlarning oila, ayol, baxt haqidagi hikmatlari ham ilova qilindi. Saodatli, baxtiyor turmush har biringizga nasib etsin, aziz o‘quvchi!
978-9943-8251-7-8
128
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ehson-shenojak-namoz-qalb-gavhari
Ehson Shenojak: Namoz qalb gavhari
Agar namoz yomonlikdan qaytarsa, nega musulmonlar shunchalik ko‘p gunoh qilishadi? Nima uchun namoz "Allohu Akbar" bilan boshlanadi? Fotihani o‘qiyotganimizda, aslida, nima deymiz? Namozning qabul qilinganligini qanday bilamiz? Rasululloh nega musibat paytida namoz o‘qidilar? Mashhur turk olimi doktor Ehson Shenojak qalamiga mansub mazkur kitobda shu kabi savollarga batafsil javob topishingiz mumkin.
978-9943-8513-5-1
128
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/adem-gunesh-shahsiyat-va-harakter-rivozhlanishida-farzand-tarbiyalash-siri
Adem Gunesh: Shaxsiyat va xarakter rivojlanishida farzand tarbiyalash siri
Har bir bola fitratida uning kelajakda qanday inson bo‘lib yetishishi haqidagi sirlarni qamrab olgan "Bolalik siri" bordir. Bu sir "Yo‘l ko‘rsatuvchi" o‘laroq bolaning shaxsiyati va xarakterini shakllantirishda kattalardan vazminlik, sabr-toqat talab qiladi. Bolaning asl o‘zligini yuzaga chiqarish uchun "Bahs maydoni"ni vujudga keltiradi. Kattalar bolaning tabiatida ko‘zga tashlanadigan bu nozik harakatlarni eʼtiborga olmasdan o‘z bilganlaricha “Namunali” farzand tarbiyalashda g‘ayrat ko‘rsatib, bu sohada muammolarni keltirib chiqarmoqdalar ... Ushbu kitobda bolaning “Men”iga ozor bermasdan, insoniylik va samimiy o‘zlik durdonalarini parchalamasdan "Gap uqtirish sanʼati"ning bir qancha hayotiy usullari bilan tanishasiz ... Bir so‘z bilan aytganda, bu sahifalar orqali hazrati Rumiy, Yunus Emro, Hoji Bektosh, Fotih sultonlardek buyuk zotlar tarbiyasida Onado‘li (Anatoliya) pedagogikasi kashf etgan muhim jihatlar haqida bilib olasiz. Turk tilidan Dilbar Rajabova tarjimasi
978-9943-8252-1-5
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/denis-sheshukov-biznesni-kadam-bakadam-tizimlashtirish
Denis Sheshukov: Biznesni qadam-baqadam tizimlashtirish
Rejalashtir, nazorat qil va yolla. Kompaniyangiz foyda keltiryaptimi yoki omon qolish uchun kurashyaptimi? Inqiroz istalgan payt yuz berishi mumkin bo‘lgan hozirgi zamonda va doimiy o‘zgarib turadigan ishbilarmonlik muhitida tadbirkor uchun barqarorlik va o‘sishning qiymati kun sayin ortib bormoqda. Ammo mahsulot yaxshi sotilmasa, xodimlar vijdonan ishlashni istama boshqaruvda esa tartibsizlik hukm sursa, bunga qanday erishish mumkin? Sizga boshqaruv tizimi kerak! Denis Sheshukov 2002-yildan beri biznesni tizimga solish, tadbirkor maqsadlari orqali biznesda boshqaruv vositalarini ishlab chiqish va amalga tatbiq qilish bilan shug‘ullanib qelmokda. Shu paytgacha u Rossiya, Isroil, Turkiya, Hindiston va Qozog‘istonda bir yuz ellikdan ortiq loyihalarni amalga oshirgan. U o‘z tajribasiga asoslanib, biznesiga tashxis qo‘yish va o‘z boshqaruv tizimingizni yaratishga yordam beradigan ushbu kitobni yaratdi.
null
364
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zeus-kabadaii-meni-elgiz-koldirma
Zeus Kabadayi: Meni yolg'iz qoldirma
Muallifning mazkur asari yo‘nalish jihatidan kundalikka o‘xshaydi. Insonning ko‘ngil bilan suhbati, dil daftariga bitilgan izhorlar. Mavzu-javobsiz muhabbat. Isyonga to‘la qalbning ko‘ngil iztirobidan boxabar bo‘lar ekan, o‘quvchi tanish holatlarga duch keladi. Qahramonga hamdardlik asnosida o‘z-o‘ziga taskin beradi. «Meni yolg‘iz qoldirma» deya o‘tinayotgan qahramonning taqdiri pirovardida qanday aks etadi? Bilish qiziq, ammo bu faqat mutolaa so‘ngida ayon bo‘ladi.
978-9943-8590-3-6
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/islomda-ota-ona-va-farzand-haklari
Islomda ota-ona va farzand haqlari
Bizning ota-bobolarimiz oilani qadimdan eʼzozlab-avaylab  kelganlar. Ota-ona va farzand munosabatini shakllantirishda oilaning o‘rni beqiyos. Islom dinida Alloh bilan banda o‘rtasida haq bo‘lgani kabi, banda bilan banda o‘rtasida ham haqlar mavjud. Ushbu risolada ota-ona va farzand o‘rtasidagi haqlar va ularni ado etish kabi masalalar atroflicha yoritilgan. Alloh bu risolani hammamiz uchun manfaatli qilsin. Masʼul muharrir: Jaloliddin Xolmo‘minov Musannif: Bahriddin Jo‘rabek o‘g‘li
978-9943-6907-8-3
96
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-malik-shaitonvachchaning-nairanglari-1-kitob
Erkin Malik: Shaytonvachchaning nayranglari (1-kitob)
Kundalik turmushimizda ro'y berayotgan ko'ngilsizliklar, alg'ov-dalg'ov bo'layotgan ishlarimiz hamda xayolimizga keladigan nojo'ya fikrlarni tartibga soladigan, tarbiyaga chaqiradigan ma'rifiy qissa - Erkin Malik qalamiga mansub "Shaytonvachchaning nayranglari" kitobi yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
978-9943-8099-3-2
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mehmet-olakosh-yashash-fursati
Mehmet Olaqosh: Yashash fursati
Insoniyat tamadduniga nazar solarkansiz, tarixni o‘zgartirgan buyuk voqealar lahzada qabul qilingan qarorlar ortidan sodir bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz. G‘afur G‘ulomning “Vaqt” sheʼrida aytilganidek, «Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun – Oltindan tarozi Olmosdan tosh oz». Mehmet Olaqosh qalamiga mansub «Yashash fursati» asarida ham murakkab, aql bovar qilmas hodisalar silsilasida qolgan va shu lahzalarda hayotlari uchun muhim qaror qabul qilishlari kerak bo‘lgan taqdirlar haqida hikoya qilinadi. Turkchadan tarjimonlar: Otabek G‘aybulloh, Gulbahor Abdulloh
978-9943-6787-7-4
120
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/endryu-metyus-oson-yashang
Endryu Metyus: Oson yashang
Avstraliyalik psixolog, rassom, yozuvchi Endryu Metyus qalamiga mansub ushbu kitob ruhiy tushkunlik, depressiya va kayfiyatni ko‘tarish uchun tavsiya etiladigan dunyo miqyosidagi eng yaxshi vositalardan biridir. Kitobdagi fikr-mulohazalar sevgi-muhabbat, oqibat, do‘stlik, mansab-martaba, o‘qish va ish faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘mak beradi. Uni mutolaa qilar ekansiz, har qanday muammoning yechimi borligiga va hayotingiz hali oldinda ekaniga amin bo‘lasiz. Ijobiy fikrlash, yurak amriga quloq tutish, tartibga rioya qilish, atrofingizdagi insonlarga, pulga, ishga bo‘lgan munosabatni to‘g‘ri shakllantirish orqali dunyoda yashash nechog‘lik oson va quvonchli ekanini tuyasiz. Muallifning aniq va noodatiy tavsiyalari hayotiy voqealar orqali izohlangan. Ularni amalda ko‘llashingiz va hayotning ajoyib ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilishingiz mumkin!
978-9943-7592-2-0
256
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/allohning-elchisi-muhammad-sollallohu-alaihi-vasallam
Allohning elchisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam
Qo‘lingizdagi ushbu kitob Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini dunyoga zamonaviy uslubda tanishtiradi. Qo‘llanma o‘z o‘quvchilariga Islom axloqiy asoslarini va u zot sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini suratlar bilan boyitilgan va birlamchi maʼlumotlar bilan cheklangan holda namoyon qilib beradi. Kitob 12 qismdan iborat. Har bir qism alohida mavzuga bag‘ishlangan. Mavzular suratli taqdimot uslubida yoritib berilgan. Kitob muallifi doktor Hussam Toglou (Hussam Toglaw) marketing va tadbirkorlik maʼruzachisi bo‘lib, u Sidney texnologiya universitetida biznesni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik unvoniga ega. Shu bilan birga, u erkin Islom tadqiqotchisi ham hisoblanadi. Xussam Toglou ilmiy faoliyatidan tashqari so‘nggi 20 yil ichida dinlararo muloqotlar bilan shug‘ullanib keldi. Uning tarixiy ziyoratgoh joylarida orttirgan tajribasi qo‘lingizdagi kitobning yozilishiga sabab bo‘lgan. Bu kitob qaysidir maʼnoda tarixiy masjidlar va noyob islom meʼmorchiligiga ega davlatlarga tashrif buyuruvchilar uchun sayyohlik qo‘llanmasi vazifasini ham o‘taydi. Ushbu kitob dunyodagi arab, ingliz, nemis, rus, ispan, italyan, xitoy, yapon, turk tili kabi 29 ta tilga tarjima qilingan. Kitobning asli ingliz tilida yozilganligi sababli o‘zbek tiliga tarjima uchun kitobning aynan ingliz tilidagi nusxasi asos qilib olindi. Tarjimon: Hasanov Mirnosir Mirqobil o‘g‘li Muqova va kitob dizayneri: Teylor va Toglou (Taylor va Toglaw)
978-9943-7502-6-5
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/luiza-hei-hammasi-yahshi-buladi
Luiza Xey: Hammasi yaxshi bo'ladi
Siz bugungacha kasallikning oldini olish, davolanish, salomatligingizni tiklash va mustahkamlashda tibbiyot hamda idrok-irodangizga tayanib keldingiz. Endi esa ixtiyoringizda bu masalalarda sizga yaqindan yordam beradigan Luiza Xeyning ijobiy kayfiyat dasturi mazmun-mohiyati yoritilgan kitob bor. Mazkur kitobdagi g‘oyalar tibbiyot olimlari tomonidan eʼtirof etilgan va millionlab kishilar ijobiy kayfiyat dasturidan foydalanib dardlariga davo topganlar. Ishonchimiz komil, siz xam salomatligingizni tiklash va mustaxkamlashda, umuman, hayotda baxtli yashash uchun ushbu kitobdagi tavsiyalardan unumli foydalanasiz. Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan. Rus tilidan Malika Ubaydullayeva tarjimasi
978-9943-5534-1-5
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhim-ron-baht-va-bojlikka-erishishning-etti-juli
Jim Ron: Baxt va boylikka erishishning yetti yo‘li
Кучли китоб ҳамиша ўз қадр-қимматини йўқотмайди. Қайтанга, бошқа тилларга таржима қилиниб янада мадҳ этилади. Кучли китоб қандай бўлади ўзи ? У одамларга албатта тўғри йўлни кўрсатиши,  ҳаётига ҳам, руҳига ҳам енгиллик ато этиши, умуман фойдаси тегиши керак. Ушбу китоб ҳам чет эл файласуфининг фикрлари, тажрибалари, ибратлари йиғиндиси бўлиб, сизга албатта манзур бўлади, деган умиддамиз.
978-9943-4395-6-6
128
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/hadicha-kubro-tongar-bakirmaidigan-bolalar
Xadicha Kubro Tongar: Baqirmaydigan bolalar
Uyimizda chaqaloq yig'isini eshitishimiz bilan quvonchimiz ichimizga sig'maydi, ammo Ona maqomi mas'uliyatli ekanligini kunlar oʻtishi bilan anglab boramiz. Oramizda turli tushunmovchiliklar, sababsiz yig'ilar, itoatsizliklar, o'ziga ishonchning sustligi, uyga vazifalarga e'tiborsizliklar yoki internet olamiga qaramlik kabi muammolar qarshisida chorasiz qolamiz va "najot farishtasi" ni qidiramiz. Qo'lingizdagi ushbu kitob esa sizga muammolar yechimini topishingizga imkon beradi. Unda siz farzandingizni voyaga yetkazishning samarali usullari hamda baxtli va xotirjam ona-bola munosabatini qurish yo'llari bilan tanishasiz. Bu istagingizga erishishingizda sizga zafarlar va yoqimli mutolaa tilab qolamiz. Tarjimonlar: Nizomov Xusayin, Askarova Sabina
978-9943-7524-4-3
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhen-sinsero-ahmoqlik-qilmang-muvaffaqiyat-asosi-sizning-qulingizda
Jen Sinsero: Ahmoqlik qilmang. Muvaffaqiyat asosi sizning qo‘lingizda
Кўлингиздаги китоб, таъбир жоиз бўлса, сизнинг шахсий мураббийингиздир: у сизни ҳар куни илҳомлантириб, муваффақият ва ютуқлар сари ундайди. Муаллиф муваффақият сари ўйлдан оғишмасликка чорлаб, эрта тонгдан то кеч қадар "руҳий машғулотлар зали" да турли машқларни бажаришга ундайди. Бу эса сизнинг ички қувватингизни ошириб, энг қийин вазиятларда ҳам олғаинтилишингизга кўмак беради
978-9943-7027-1-4
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-vohidov-ruhlar-isyoni
Erkin Vohidov: Ruhlar isyoni
Shoir Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoni xalqparvar bengal shoiri Nazrul Islom hayotiga bag‘ishlanadi. Nazrul Islom sheʼriyati yigirmanchi asrning erkparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari bilan to‘liq. Nazrul Islom do‘stlik va hurriyatni yonib kuyladi. Doston Nazrul Islomning fojiasi qismatini yorqin gavdalantiradi.
978-9943-5737-6-5
80
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/skomolovshrahmatov-sunii-intellekt-asoslari-mashinavii-ukitish
Sirojiddin Komolov, Sherzod Raxmatov: Sun'iy intellekt asoslari. Mashinaviy o’qitish
Ushbu kitob sun’iy intellektning mashinaviy o‘qitish yo‘nalishi haqidagi qo‘llanma bo‘lib, mashinaviy o‘qitish asoslarini o‘zida qamrab oladi. Qo‘llanma o‘zida bir qancha mashinaviy o‘qitish algoritmlarini jamlagan bo‘lib, har bir algoritmni yoritishda nazariy bilim bilan birgalikda, amaliy mashg‘ulot ham berib boriladi. Kitobda keltirilgan bilimlarni egallashda oliy matematika asoslari hamda Python dasturlash tili ko‘nikmalari talab etiladi.
978-9943-6561-8-5
104
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sema-marashli-sevmok-shunchalar-guzal-bulsa
Sema Marashli: Sevmoq shunchalar go'zal bo'lsa...
Muhabbat - Allohning bandalariga eng buyuk inʼomi. Sevmoq - ibodat, sevgi esa sarmoyadir. Sevgini kamaytirish yoki ko‘paytirish insonlarga bog‘liq. Sarmoya tugamasligi uchun bilishimiz kerak bo‘lgan narsalar bor. Sevgini o‘rganish va o‘rgatish kerak. "Keling, bu yerda iliqqina bahor bor. Qorda, qishda sovqotmang, sevishni o‘rganing..." deyish darkor. Sema Marashli Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida tug‘ilgan. Menejment va bixevioristika yo‘nalishida tahsil olgan yozuvchining ilk kitobi "Menga ertak aytib ber” 2001 yilda nashrdan chiqdi. Oila axloqi va farzand tarbiyasiga oid maqola va hikoyalari davriy nashrlarda muntazam eʼlon qilib boriladi. Oilali, uch farzandning onasi.
978-9943-7514-1-5
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/murod-kalonhon-abohat-uyasi
Murod Kalonxon: Qabohat uyasi
Дайри дуннинг биз билган ва билмаган синоатлари, ҳақиқатлари бисёр. Бирда фикр, бирда шукр қилиб улар ҳақида мушоҳадалар юритамиз, хулосалар чиқарамиз. Мурод Калонхоннинг мазкур қиссалар тўпламида ҳам турфа тақдир эгаларининг ҳаёти  ортиқча бўёқларсиз, ўзига хос маҳорат билан акс эттирилган.
978-9943-4667-5-3
148
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/hudojberdi-tuhtaboev-sariq-devni-minib-20000-sum
Xudoyberdi To‘xtaboyev: Sariq devni minib (yumshoq muqova)
Ўзбекистон халқ ёзувчиси, болаларнинг севимли адиби Х.Тўхтабоевнинг асарлари нафақат республикамизда, балки чет элларда ҳам маълум ва машҳурдир. "Сариқ девни миниб" саргузашт романи болалар ҳаётидан олиб ёзилган бўлиб, уларнинг севимли китобларидан ҳисобланади. Бу асарда орзу-ҳавасга элтадиган чинакам йўл ҳалол меҳнат, яхши хулқ-одоб ва қунт билан ўқишда эканлиги таъкидланади. "Янги аср авлоди" НММ. 250 бет. Лотин алифбосида.
978-9943-27-946-9
256
256
https://asaxiy.uz/uz/product/nizomulmulk-siyosatnoma
Nizomulmulk: Siyosatnoma
Mana to‘qqiz asrdan oshibdiki, qo‘limizdagi ushbu kitob turli tillarda ko‘pgina xalqlarning amir-u umarolari, mutafakkir-u ijodkorlari, umuman, ziyoli ahli diqqatini o‘ziga tortib keladi. Hatto G‘arb mamlakatlarida bu kitob barcha davrlar uchun davlatni, jamiyatni boshqarishda, din-u eʼtiqod pokligini, mamlakat yaxlitligi va daxlsizligini saqlashda, fuqarolar haq-huquqlari va osoyishtaligini himoya qilishda, xalqqa shu talablar darajasidagi salohiyatli rahbarlar bosh bo‘lishida asqatadigan yaxshi qo‘llanma, maroqli badiiy asar va tarixiy manba sifatida eʼtirof etilgan Kitob tarixchilar, siyosatchi va siyosatshunoslar, faylasuflar shuningdek, bu sohalarga qiziqqan kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan...
978-9943-27-635-2
304
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/aqlvoy-oshpaz-bolalar-bogchasi-uchun-receptlar
Aqlvoy Oshpaz : Bolalar bog'chasi uchun retseptlar
Bu kitob sizning yordamchingiz va bolalar uchun mazali sog'lom taomlar dunyosiga yo'l ko'rsatuvchidir. Katta jamoa maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanishini yaxshilash uchun ishlamoqda. Ishonchim komilki, bu sizga yoqadi. Keling, birgalikda harakat qilaylik! Har bir sahifada siz bilan, do'stingiz. Aqlvoy.
9789943667020
484
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/usmon-nuri-tupbosh-tarbiyada-101-qadam
Usmon Nuri To'pbosh: Tarbiyada 101 qadam
Ushbu risolada farzand tarbiyasida ustoz-murabbiylarning qanday qiymat bilan o‘lchab bo‘lmaydigan bir yuz bir o‘gitdan iborat vazifalari bayon etiladi. Ustoz-murabbiylar dunyo va oxiratda siz uchun savob va rahmat manba bo‘lmish farzand va shogirdlaringizdan mehringizni ayamagan xolda, u vazifangizni sidqi dildan ado etib, ikki dunyo saodatiga erishing. Mazkur risola ko‘pchilik kitobxonlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
978-9943-12-673-2
116
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/kinsun-hayotni-sokinlashtirish-payti
Kinsun: Hayotni sokinlashtirish payti
Muvaffaqiyatsizliklarni to'g'ri qabul qilish qanday ham yaxshi. Zero, butun jonzotlarga obihayot baxsh etadigan dengiz ham turli xil chiqindilarni jimgina ko'tarib yuradi. Ammo dengiz bu marhamati tufayli kamayib qolmaydi. Zotan, sevgi va bag'rikenglik insoniylik belgisidir. Jaloliddin Rumiy
978-9943-8605-0-6
240
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulaziz-kiranshal-holis-alloh-uchun-oilamni-yahshi-kuraman
Abdulaziz Kiranshal: Xolis Alloh uchun oilamni yaxshi ko'raman
Agar oilangizda baxtli emas ekansiz, dunyoning hech bir yerida baxtli bo‘la olmaysiz! Agar oilangizda huzur yo‘q ekan, bu huzurni Marsdan ham topa olmaysiz! Oila bog‘lari shu qadar og‘irki, uni ko‘tarish uchun kamida ikki kishi kerak bo‘ladi, hatto uch kishi… 🔸Bu kitob – o‘z jufti haloli haqida qayg‘urayotgan er-xotinlar uchun. 🔸Bu kitob – har qancha harakat qilmasin, gunohlar changalidan qutulib keta olmayotgan musulmonlar uchun. 🔸Bu kitob – xayrli umr yo‘ldosh, huzur-halovatli oila qurishni kutayotgan yosh yigit-qizlar uchun! Bir so‘z bilan aytganda, aynan Siz uchun! Tarjimon: Farruh Nurmuhammedov
978-9943-9082-6-0
176
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/erdogan-yildirim-barchasi-senga-atalgan
Erdog'an Yildirim : Barchasi senga atalgan
Bu hayotda boshdan o‘tkazganlaringning barchasi sen uchun darsdir. Hech narsa uchun kech bo‘lgani yo‘q. Nima bo‘lganda ham sen o‘zingga kech qolma, o‘tmishda yashama. Hayotingda yangi bir sahifa och. Umringga yangi bir boshlanma tuhfa et.... Keyin esa o‘zgarmaydigan bedavo narsalarni hayot sahifangdan birma-bir o‘chirib tashla. Hayotingni rango-rang onlar bilan bo‘ya. Tushkunlik, umidsizlik yukini yelkangdan uloqtir. Yuragingda umidga joy bo‘shat. Orzularingni fikrlaring bilan uyg‘unlashtir. Ko‘nglingni og‘ritgan, senga yomonlik tilaydigan, yaxshilik tomon yurmaydigan kimsalarning ustini qalin chiziqlar bilan chizib tashla. Ko‘z yoshlaring daryodek oqishiga sabab bo‘lganlarni ko‘ngling qatlaridan chiqarib tashla. O‘zingga yangi va yoqimli onlar hadya qil. Qani bo‘l! Yangi bir boshlanma insho et! Yangilan! Yangila o‘zingni! Hayotingda yangi bir sahifa och. Ertanggi kuningga yangi imkoniyatlar eshigini och. Yangilan va ahvolingni ijobiy tomonga o‘zgartir
978-9943-8604-8-3
176
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/giesiddin-yusuf-tarbiya-chi
G‘iyosiddin Yusuf: Tarbiya-chi?
Biz farzandlarimizga yaxshi nafaqa: oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va shu kabilarni qilib beryapmiz, ammo tarbiya-chi? Ularning tarbiyasi qay holda? Hamma ham farzandiga tarbiya beryaptimi? Mana shu maʼnoda ushbu kitobni «Tarbiya-chi?» deya nomladik. Maqsadimiz ota-onalarni farzand tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qilishga chaqirish, bu borada o‘rgangan ilmlarimiz va hayotiy tajribadan kelib chiqqan holda tavsiyalar berish hamda sizlardan kelgan farzand tarbiyasiga doir savollarning javobini taqdim qilish. Shu bilan birga, mavzuga doir tarjimalarni ham ilindik.
978-9943-8643-4-4
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/nabizhon-bokii-kizil-toshburon
Nabijon Boqiy: Qizil toshbo'ron
«Qatlnoma» asari orqali kitobxonlar qalbidan joy olgan yozuvchi va publitsist Nabijon Boqiyning mazkur asari XX asr jamoatchiligida turli qarashlar uyg‘otgan, fidokor jadidlar harakati namoyandalari safida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shaxs - Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotini qamrab olgan salmoqli hujjatli roman hisoblanadi. Hamzaning 1889 yildan 1929 yilgacha davom etgan 40 yillik hayotidan hikoya qiladi. Tarjimai holidan tortib, ijodiy faoliyati, siyosiy qarashlari va yillar davomida ko‘p sonli kitobxonlarni katta so‘roqqa ro‘baro‘ qilgan qatl sabablari - barchasi mazkur «Qizil toshbo‘ron» ostida yashiringan.
978-9943-20-960-2
544
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-muminning-merozhi-mufassal-namoz-kitobi-lotin-alifbosida
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo'minning me'roji (mufassal namoz kitobi) (lotin alifbosida)
Китобда қуйидаги масалаларга оид маълумотлар ўрин олган: Дин ва шариат нима?  Иймон ҳақида  Иймон шартлари  Ақида  Аҳли сунна вал жамоа  Ҳалол ва ҳаром  Намоз энг улуғ ибодатдир  Намознинг бошқа фойдалари  Амалларнинг ҳукмлари  Намозга покланиш  Таҳорат учун сувлар  Қудуқ сувларининг ҳукми  Териларнинг ҳукми  Қолдиқлар ва сарқитларнинг ҳукми  Нажосат  Қазои ҳожат ва истинжо одоблари  Таҳорат  Ғусл  Таяммум  Маҳсига масҳ тортиш  Ҳайз ва нифос  Истиҳоза қони  Узрли кишининг ҳукми  Мисвок  Намоздаги ҳолатлар  Намознинг турлари  Намоз вақтлари  Намоз ракатлари  Азон ва иқомат  Намоз қандай ўқилади?  Икки ракатли фарз намозни ўқиш тартиби   Тўрт ракатли фарз намозни ўқиш тартиби   Уч ракатли намозни ўқиш тартиби   Тўрт ракатли суннат намозларини ўқиш тартиби   Намоздаги фарз амаллар  Намознинг вожиблари  Намознинг суннатлари  Намознинг мустаҳаблари  Намоздаги ҳаром амаллар  Намознинг мубоҳлари  (рухсат этилган амаллари)  Намозни бузувчи амаллар  Намоздаги макруҳ амаллар  Макруҳ бўлмаган амаллар  Намознинг одоблари  Намозда ўқиладиган кичик сура ва дуолар  Сано  Ташаҳҳуд (ат‑таҳият)  Салавотлар  Қунут дуоси  Намоздан сўнг ўқиладиган дуолар  Жамоат намози  Намоздаги сафлар тартиби  Имомликка кимлар лаёқатли?  Қибла  Қазо намозларини адо этиш  Турли намозлар  Фарз намозларига қўшиб ўқиладиган суннат намозлари  Витр намози  Таровеҳ намози  Мусофирнинг намози  Жума намози  Жаноза намози  Икки ийд (ҳайит) намозлари  Рамазон ҳайити намози  Қурбон ҳайити намози  Бемор кишининг намози  Хавф намози  Қуёш ва ой тутилгандаги намозлар  Истисқо намози  Нафл намозлар  Нафл намозларини ўқиш тартиби  Маркабда намоз ўқиш  Эътикоф ўтириш  Саждаи саҳв  Тиловат саждаси  Сутра  Масжид одоблари  Салла  Олти диний калима  Қирқ фарз  Ибратли намозлар  Улуғлар намоз ҳақида
978-9943-7574-8-2
232
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/roald-dal-matilda
Roald Dal: Matilda
Bolaligida sehrgar yoxud g‘ayritabiiy qobiliyatga ega bo‘lib qolishni, turli moʻjizalar ko‘rsatishni orzu qilmagan o‘g‘il yoki qiz bo‘lmasa kerak. Afsuski, qo‘lingizdagi ertak qahramoni bunday orzulardan yiroq esada, nohaqlik va yovuzlik ustidan g‘alaba qozonish ishtiyoqi bu mitti qizaloqda shunday qobiliyatni jonlantiradi. Vaholanki, unda shundog‘am hech bir bolada yo‘q isteʼdod bor edi. Xullas, qahramonimizdagi ushbu xislatlar yosh kitobxonalarimizni o‘zlaridagi qobiliyat va ustunliklarini yaxshilik yo‘lida sarflashga, ko‘p kitob mutolaa qilishga o‘rgatadi. Keling, ertakni o‘qishni boshlaylikda, bularga birgalikda amin bo‘laylik. Komila Nosirova tarjimasi
978-9943-20-791-2
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sadullo-kuronov-koinot-zhavohiri
Sa'dullo Quronov: Koinot javohiri
Ushbu kitobda "Galaktikada bir kun" nomli asardagi voqealar davom etadi. Unda Ahmad o‘zga sayyoralik do‘stlari bilan koinotning olis maskanlarida boshdan kechirgan sarguzashtlar aks etgan. Asar syujeti fizika va astrofizikaning nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, kvant chigalligi, umumiy maydon nazariyasi, torlar nazariyasi, atom fizikasi, gravitatsiya kabi ilmiy muammolari va gipotezalari asosiga qurilgan. Shunday ekan, asar sizga maroqli mutolaa bilan birga ilm-fan yutuqlaridan zavqlanish va hayratlanish imkonini ham beradi. Asar bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan.
978-9943-7576-3-9
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/hakan-mengyuch-ketsammikan-eki-kolsammikan
Hakan Mengyuch: Ketsammikan yoki qolsammikan
Sizdan xato-yu nuqson, ayb izlaganlar bilan huzur-halovatda yashay olmaysiz ... To‘rt tomonimiz ham: "Dunyo bizning atrofimizda aylanadi", deya hisoblaydigan narsisslar bilan o‘rab olingan ... Shunisi g‘alatiki, narsissni sevib qolish juda oson... Chunki ular o‘zlarining yuksak aql-zakovati, manipulyatsiya qobiliyatlari, feʼl-atvori va tabiati tufayli dunyoning eng jozibali oshiqlaridir... Afsuski, ularning sevgi tuyg‘ulari emas, balki o‘zlarini sevib qolgandek ko‘rsatish mahorati inkor etib bo‘lmas darajada kuchli... Hakan Mengyuch qalamiga mansub ushbu "Ketsammikan yoki qolsammikan" kitobi romanchilik anʼanasini buzgan holda yangi bir uslubda yaratilgan. Shu bilan birga, bu kitob narsissizm tufayli yuzaga kelgan huzur-halovatsiz, baxtsiz va noxush munosabatlarning psixologik oqibatlarini bugungi kunimizning ko‘zgusida aks ettiradi. Bundan tashqari, siz ushbu kitobdan narsisslar yaratilgan alangali soxta jannatdan qanday qutulish va yo‘q qilinayotgan o‘zingizga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash bo‘yicha bebaho maslahatlarni ham topasiz. Chunki bu asar nafaqat roman, balki najot yo‘li ham... Aleyna va Ertanning "ishq, muhabbat va sevgi" kabi ko‘ringan tuyg‘ular urushi orqali o‘zingizni kashf etasiz. Turk tilidan Muqaddas Abduvosilova va Ergashboy Matyoqubov tarjimasi
978-9943-8434-7-9
352
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shohida-ibragimova-investor-kundaligi
Shohida Ibragimova: Investor kundaligi
Men "Investor kundaligi" nomli maxsus qo‘llanmani sizga taqdim etar ekanman, kundalik sizga qanchalik foydali ekanligi meni g‘oyatda baxtiyor qilmoqda. Bu qo‘llanmani yaratishdan asosiy maqsad xalqimiz turmush darajasini bir pog‘ona yuqoriroqqa olib chiqish va moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishdir. Bu qo‘llanmadan foydalanishni boshlar ekansiz hayotingiz tartibli va barakali bolishni boshlaydi. Sababi, qo‘llanmadagi siz uchun maxsus tayyorlangan har bir ko‘rsatmalar kuningiz, pullaringiz va hatto shaxsiy rivojlanishingiz uchun ham ijobiy taʼsir qiladi. Bugungi kunda zamon shiddat bilan tezlashib borayotganligi sababli 10 yil oldingi kelajakni o‘ylagan holda ish tutishga to‘g‘ri kelmoqda. Mehnat jarayonlari takrorlanuvchi kasblar(haydovchilik, operatorlik, kassirlar va hokazo) avtomatlashtirilmoqda. Bundan yagona xulosa, kelajak kasblarini hozir o‘rganishdir. Xususan, investorlik ham yaqin 5 yilda O‘zbekistonda o‘z o‘rniga ega bo‘ladigan sohalar sirasiga kiradi. Aynan mana shu kundalik investor bo‘lishingiz uchun yoki investitsiya mohiyatini anglab yetishingiz uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Bugungi zamon moliyaviy savodxon bo‘lishni talab qilmoqda. Negaki, talabdan ko‘ra taklif ko‘p. Ilmsizlik tufayli keraksiz takliflardan foydalanishingiz oqibatida katta moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelishingiz mumkin. Mana shunday muammolarga yechim taqdim eta oladigan "investor kundaligi" nomli maxsus yon daftarcha doimiy foydalanishingiz va doim birga olib yuradigan hamrohingiz bo‘ladi degan umiddaman. Hurmat bilan, Shohida Ibragimova va Moliya.uz jamoasi
null
264
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-gunbai-iildiz-gunohning-rangi
Ahmad Gunbay Yildiz: Gunohning rangi
Barcha ranglar jozibasini yelga uchirgan jirkanchlik ... Oniy orzular, lahzalik ehtiros va qasos hissi yo‘lida qurbon qilingan ishq ... Iffatli maʼsumaning dil daftaridagi alamli bitiklar ... Hayotning nihoyasiz ozorlarni yelkalagan mardona ko‘ngil... Havoi nafs botqog‘iga botgan manfurning begunoh qurboni ... Alangasi avlodlar taqdiriga oshqin solgan laxcha cho‘g‘ ... Ahmad Gunbay Yildizning takror-takror mutolaaga chorlovchi tarbiyaviy-axloqiy, ibratli romanlaridan biri. Turk tilidan Dilfuza Turdiyeva tarjimasi
978-9943-8252-5-3
240
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/h-b-saparov-uta-havfli-yukumli-kasalliklar
Husan Saparov: O'ta xavfli yuqumli kasalliklar
Ushbu qo‘llanmada o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning tarixi va geografik tarqalishi, etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxisoti, davolash usullari hamda profilaktikasi haqidagi maʼlumotlar bayon etilgan. Mazkur qo‘llanma tibbiyot sohasining barcha jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlariga mo‘ljallangan.
978-9943-4048-5-4
384
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/luiza-hei-takdiringizni-boshkaring
Luiza Xey: Taqdiringizni boshqaring
Biz o‘z so‘zlarimiz va fikrlarimiz bilan hayotiy tajribalarni yaratamiz. Qalbimizda tinchlik va totuvlikni ijobiy fikrlashga mostlashtirib, faqat ijobiy hodisalar va xuddi shunday fikrlaydigan odamlarni o‘zimizga jalb qilamiz. Aksincha, biz ayblovlar va xafagarchiliklarni “tuzatib” olganimizda, o‘zimizni qurbondek his qilsak, hayotimiz maʼnosiz va ko‘ngilsizliklarga to‘la bo‘ladi va biz aynan shunday odamlarni o‘zimizga jalb qilamiz. Boshqacha qilib aytganda, o‘zimizni va atrof muhitni idrok etishimiz haqiqiy hayotimizga aylanadi, Har kuni 60 000 dan ortiq fikrni o‘ylaymiz. Bundan tashqari ularning ko‘pchiligi eski fikrlar. Agar biz o‘tmishga eʼtibor qilaversak, bugungi kunimizga kuchimiz yetmaydi. Agar biz kelajak haqida o‘ylaversak, biz hayollarda yashaymiz. Haqiqiy vaqt hozir mavjud. Aynan shu vaqtda, bizning boshimizda sehrli tozalash boshlanadi. Rus tilidan Tohir To‘lqin tarjimasi
978-9943-7593-6-7
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mehmet-olakosh-devona
Mehmet Olaqosh: Devona
Bugungacha Alisher Navoiyning “Xamsa”dagi Majnuniyu Dostoyevskiyning “Telba”si bilan tanish bo‘lgan kitobxonlarimiz uchun Mehmet Olaqoshning “Devona”sini ham tuhfa etamiz! Romanda mol-dunyo ilinjida devona bo‘lgan qahramonlar qismati tasvirlangan. Hurmatli kitobxon, maroqli mutolaaga xush kelibsiz! Tarjimonlar: Otabek G‘aybulloh, Gulbahor Abdulloh
978-9943-6787-2-9
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/anni-shmidt-mushuklar-malikasi-minush
Anni Shmidt: Mushuklar malikasi Minush
Odamlarning yomonliklari, ona tabiatga, hayvonlarga, jamiyatga ziyon yetkazishi haqida ertaklar, qissalar juda ko‘p. Lekin hayvonning odamga aylanib, atrofdagilarga yaxshilik ulashishi, xuddi odamdek umr kechirishi ham qiziq, ham hayratlanarli. Kichkina shaharchadagi dongdor gazeta muhbiri, oqko‘ngil, mehribon Tibbe va uning insonga aylanib qolgan do‘sti, kotibasi Minush haqidagi ushbu qissa bir-biridan qiziq, g‘aroyib, ajabtovur voqealarga boy. "Mushuklar matbuot xizmati", uylar tomidagi "Konsert kechasi", Minushning tomma-tom sakrab, xo‘jayini uchun do‘st-dugona mushuklardan maʼlumot to‘plashi va shu orqali ayrim kimsalarning yovuzligini fosh etishganini bilish rosa qiziq-a? Mushukoy Minushning boshidan kechirganlari, odamga aylanganidan keyingi hayot sizni sinchkovlikka, to‘g‘riso‘zlikka, adolat uchun kurashishga undasa ajabmas.
978-9943-6500-5-3
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ojbek-kutlug-kon
Oybek: Qutlug‘ qon
Қутлуғ қон романи тил ва бадиий маҳорат жиҳатидан диққатга сазовордир. Асарда адиб образ яратишда психологик таҳлил санъатидан, халқ тили бойликларидан усталик билан фойдаланган. Образ характерини, персонаж тилини табиий ва жонли қилиб тасвирлаган. Шунга кўра романдаги ҳар бир образнинг ўз ички ва ташқи дунёси бор, ўз характерида индивидуал тили бор масалан,Абдушукур тилидан ишлатилган “Ғолибо мақсад”, “Каминанинг ғоявий ҳаёти”, “э воҳ, заволи Туркистон”, “Миллий сармоя”, “Ўз бойларимиз-мусулмон бойларимиз” сингари иборалар индивидуал тус берган. Асар ҳақида фикр юритган олим Ҳомил Ёқубов шундай деган эди. “Бадиий асарда персонаж нутқи сингари муаллиф нутқи ҳам аниқ ва образли бўлиши, миллий тароват билан безалган, давр руҳи билан суғорилган бўлиши шарт. Бу жиҳатдан романнинг тили ибратлидир”.
978-9943-6313-5-9
368
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mushfik-kozimij-kurkinchli-tehron
Mushfiq Kozimiy: Qo‘rqinchli Tehron
Mazkur asar ikki kitobdan iborat bo‘lib, unda o‘tgan asr boshlaridagi voqealar qalamga olinadi. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar zanjiri o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bosh qahramon Farruhning ezgulik va jaholat, nafs yo‘lidagi talato‘plarga qarshi kurashi, qasosga undagan turfa sarguzashtlari va Mahinga bo‘lgan sof muhabbati ikki romanni bir-biriga uzviy bog‘lab turuvchi umumiy syujet chizig‘ini tashkil etadi. "Qo‘rqinchli Tehron" dunyo adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan asarlar sirasiga kiradi. Mushfiq Kozimiy qalamiga mansub ushbu asar olamiga oshufta bo‘ling, aziz kitobxon.
978-993-27-954-4
656
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/sadullo-kuronov-galaktikada-bir-kun
Sa’dullo Quronov: Galaktikada bir kun
Mazkur asar voqealari koinotda kechuvchi o‘tkir syujetlar asosiga qurilgan. Qissa qahramoni 12 yoshli Ahmad yaratgan juda noyob fazo kemasi yerlik olimlar qolib, o‘zga sayyoraliklarning eʼtiborini tortadi. Endi u o‘zi bilmagan holda galaktikamizdagi yovuz kuchlar va yaxshilarning kurashiga aralashib qoladi... Asarni o‘qirkansiz, qiziqarli voqea va hodisalar ichida qahramonlar bilan birga yashaysiz. Shu bilan birga, koinot, galaktikalar, turli osmon jismlari va hodisalari haqida ilmiy maʼlumotlar bilan ham tanishasiz.
978-9943-5927-6-6
160
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/fyodor-dostoevskij-telba-2
Fyodor Dostoyevskiy: Telba (qattiq muqova)
Eʼtiboringizga havola etilayotgan roman – “Telba”ni turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar. Nashriyotimiz tomonidan taqdim etilayotgan bu yirik asar 35 yillik tanaffusdan so‘ng o‘z o‘quvchilari bilan qaytadan diydor ko‘rishdi. Asarning qimmati nimada? Nima uchun “Telba”ni o‘qigan kitobxon daho ijodkor – Dostoyevskiy ijodiga qayta murojaat qilishga o‘zida kuchli maʼnaviy ehtiyoj sezadi? Kitob qahramoni telba, darvish bo‘lgani holda o‘quvchini qaysi jozibasi bilan o‘ziga tortadi? Javoblar bisyor. Hamma zamonlarda bo‘lgan, hamma zamonlarda uchraydigan – manfaatparast, boylikka mukkasidan ketgan johillar orasida yashab, insoniylik mohiyatini saqlab qolgan, odamlarga hamisha hamdard bo‘lolgan, buyuk qalbi bilan yashagan knyaz Mishkin (telba); hayotining o‘ta murakkab va mushkul damlarida zohiran juda go‘l va zaif ko‘ringan qahramonimizga qalban muhtojlik sezgan Nastasya Filippovna, Aglaya kabi asarning tayanch qahramonlari mutolaa yakuniga qadar o‘quvchining diqqat markazida turadi. Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin fursat o‘tgan bo‘lsa-da, undagi qalbni poklashga bo‘lgan daʼvat, tuyg‘ularni eʼzozlash, har qanday sharoitda ham o‘zligini yo‘qotmasdan yashash kerakligi haqidagi taʼkidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir o‘quvchi uchun yangilik bo‘lib qolaveradi.
978-9943-5623-4-9
846
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/artur-konan-dojl-sherlok-holms-hakida-hikoyalar
Artur Konan Doyl: Sherlok Xolms haqida hikoyalar
Artur Konan Doyl (1859-1930)- ingliz yozuvchisi, mutafakkir va publitsist, tibbiyot va huquq fanlari doktori, jahon adabiyotida detektiv va sarguzasht janrlarining benazir bilimdoni sifatida tanilgan mashhur adib. Ijodini "Sesassa vodiysining siri" (1879) hikoyasi bilan boshlagan. Konan Doylga bosh qahramoni izquvar Sherlok Xolms bo‘lgan detektiv janrdagi "Baskervillar iti", "Dahshatlar vodiysi" sarguzasht qissalari va "Sherlok Xolms sarguzashtlari" hikoyalar to‘plamlari beqiyos shuhrat keltirgan. Sherlok Xolms haqidagi ajoyib-g‘aroyib hikoyalar favqulotda hodisalarga boyligi bilan katta-yu kichik kitobxonlarning eʼtiborini qozongan. Kutilmagan vaziyatlarda o‘zni yo‘qotmaslik, mustahkam iroda, aql-zakovat - boshqalarning mushkulini yengillashtirishni hayotining mazmuniga aylantirib olgan izquvar tahsinga loyiq fazilatlidir.
978-9943-22-196-3
296
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/zhen-sinsero-nolimang
Jen Sinsero: Nolimang
"Ishoning, mendek betayin bir miskin moliyaviy ahvolini yaxshilay olibdimi, siz ham aniq eplaysiz!" - deydi Jen Sinsero. Zero, muallifga ishonmaslikning o‘zi imkonsiz. U qirq yoshgacha garajda yashab kun ko‘rgan, ikkinchi qo‘ldan o‘tgan eski-tuski kiyimlarni kiyib yurgan va hatto tishini davolatishga ham pul topolmagan. Hozir Jen dunyo bo‘ylab sayohat qiladi, faqat besh yulduzli mehmonxonalardagina to‘xtaydi. Uning kitobi - moliyaviy fikrlashni qayta sozlash usullari va strategiyalarining muhim eng mohiyatidir. Ko‘lingizdagi kitob nafaqat daromad sari eltadigan yo‘ldagi psixologik to‘siqlarni olib tashlaydi. balki eng mardonavor maqsadlarga erishish uchun kuch-quvvat beruvchi energetik tepki xam tushiradi.
978-9943-7098-9-8
256
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/boshlangich-arab-tili-saboqlari-alifbo-harflar-mahrazhi-husnihat-va-ulab-uqish-qoidalari
Boshlang‘ich arab tili saboqlari (alifbo, harflar mahraji, husnixat va ulab o‘qish qoidalari)
Ҳалқимиз кўп йиллар давомида Аҳмад Ҳодий Мақсудийнинг "Муаллими соний" китоби асосида араб тили саводини чиқарган. Ушбу китоб "Муаллими соний" асосида ҳарфларни таниш, ўқиш қоидалари ва ёзиш услублари келтириб ўтилган. Китоб араб тилини ўрганишни бошлаган талаба ва мустақил ўрганувчилар учун мўлжалланган.
978-9943-6657-8-1
64
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mirzakalon-ismoilij-fargona-tong-otguncha-2-kitob
Mirzakalon Ismoiliy: Farg‘ona tong otguncha (2 kitob)
"Фарғона тонг отгунча"нинг ушбу иккинчи китоби аввалгисидан қарийб ўн йил кейинги воқеаларни ўз ичига олади. Бунда Дилшод билан Тўтиқиз бошидаги ғавғолар, севги-муҳаббат, Тешабой, Ашурмирзо, фосиҳ афанди, Ҳожи хола кирдикорлари, Ғуломжон , Қудрат, Ольга Петровна, Замон, Жамолиддин ва бошқаларнинг қора кучларга қарши курашлари тавирланади. "Сўнгги кеча" номли бу китобнинг ҳам тили аввалгисидек равон ва жозибали.
978-9943-20-661-8
496
2019